logo

Zamonaviy o'qituvchining pedagogik mahorati

Yuklangan vaqt:

13.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

99.4208984375 KB
ZAMONAVIY O’QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI
                                          MUNDARIJA 
KIRISH……………………………………………………………………………….4
1-   BOB.   PEDAGOGIK   MAHORAT     VA     UNING     O'QITUVCHI
FAOLIYATIDA TUTGAN  O 'RNI    …………......................................................6
1.1. Pedagogik mahorat va uning  mohiyati  …………................................................6
 1.2. Pedagogik mahorat fanining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari   .................14
1.3. O’qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan  о  'rni……...24
    2 - B O B . H O Z I R G I   D A V R D A     O ’ Q I T U V C H I L A R N I N G   K A S B I Y
M A H O R A T I N I   T A K O M I L L A S H T I R I S H   Y O ’ L I   V A   S H A R T -
S H A R O I T L A R I … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … . 3 5
2.1.       Pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy tamoyillari.   Pedagogik faoliyatni
tashkil etishda metodlarni maqsadga muvofiq tanlash………………………………35
2.2.       Pedagogik faoliyatni rejalashtirish. Reja shakllari, ish kunini to’g’ri tashkil etish
…………………………………………………………………………………….....44
2.3.   Ta’lim   jarayonida   o’z   -   o’zini   boshqarish   va   o’z   ustida   ishlash.     Shaxsiy
pedagogik tajriba to’plash tizimi………………………………………………….…54
XULOSA VA TAVSIYALAR……………………………………………………..69
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR  RO’YXATI……………………………....73
                                                   
1 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi:   O ‘zbekiston   Respublikasida   o'qituvchi   kadrlaming
ma’naviy qiyofasiga, aqliy salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida
mas’uliyat yuklangan. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev   quyidagilarni   qayd   etadi:   «Biz   yurtimizda   yangi   avlod,   yangi
tafakkur   sohiblarini   tarbiyalashdek   mas’uliyatli   vazifalarni   ado   etishda   birinchi
galda   ana   shu   mashaqqatli   kasb   egalariga   suyanamiz   va   tayanamiz,   ertaga
o‘zimizga   keladigan   yoshlaming   ma’naviy   dunyosini   shakllantirishda   ulaming
xizmati   naqadar   beqiyos   ekanini   o‘zimizga   yaxshi   tasavvur   qilamiz».   Ushbu
fikrlardan bugungi kun o‘qituvchisiga nisbatan qo‘yilayotgan talablaming mazmun
va   mohiyati   anglaniladi.   Zamonaviy   o‘qituvchi   qanday   bo'lishi   kerak?
Mustaqillikdan   keyin   ushbu   muammo   ko‘plab   olimlarning,   ziyoli   ahlining,   hatto
ota-onalarning   diqqat-e’tiborida   bo‘ldi.   O'qituvchilar   uchun   zamonaviy,   hozirgi
kun   talablariga   javob   bera   oladigan   metodik   va   o   ‘quv   qo'llanmalari,   darsliklar
yaratila   boshlandi.   Lekin   bu   muammo   bo'yicha   izlanishlar,   ilmiy-tadqiqotlar
hozirgi   kunda   ham   davom   etmoqda.   Hozirgi   kundagi   global   o‘zgarishlar,   fan-
texnika   va   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarining   kun   sayin   rivojlanib
borishi   XXI   o’qituvchisidan   pedagogik   mahoratni,   o'tkir   irodani,   pedagogik-
psavodxonlikni, fikrlash doirasi keng va mulohazali boiishni talab qiladi. 
O'zb е kiston R е spublikasi Pr е zid е ntining 2017 yil 7 f е vraldagi PF-4947-son
“O'zb е kiston R е spublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strat е giyasi
to'g'risida”gi,   2019   yil   4   apr е ldagi   PF-4947-son   “O'zb е kiston   R е spublikasi   xalq
ta'limi   tizimini   2030   yilgacha   rivojlantirish   Kons е psiyasini   tasdiqlash
to'g'risida”gi   Farmonlari,   Vazirlar   Mahkamasining   2019   yil   31   d е kabrdagi
“Uzluksiz   ma'naviy   tarbiya   kons е psiyasini   tasdiqlash   va   uni   amalga   oshirish
chora-tadbirlari   to'g'risida”gi   1059-son   qarori   hamda   boshqa   m е 'yoriy-huquqiy
hujjatlarda   b е lgilangan   vazifalarni   amalga   oshirishga   ushbu   tadqiqot   ishi
muayyan darajada xizmat qiladi. 
Ta’lim   muassasalarida   faoliyat   ko'rsatayotgan   o'qituvchilar   o'qitish
shakllarining   optimal   darajada   tashkil   etishni,   barkamol   shaxsni   shakllantirish
2 nazariyasini turli yangi g'oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Mamlakatimiz
ta’lim   tizimida   olib   borilayotgan   islohotlar   muvaffaqiyatini   ta’minlash   ta’lim
muassasalarida   faoliyat   olib   borayotgan   o'qituvchi   va   tarbiyachilarning   ma’naviy
qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ko'p jihatdan bog'liq. 
Shaxsni   har   tomonlama   barkamol   inson   darajasida   tarbiyalash   nihoyatda
murakkab   jarayon   bo‘lib,   juda   qadim   zamonlardan   buyon   ushbu   faoliyatga
jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur  holat  yosh avlod tarbiyasi, uning
tashkil  etilishi,  mazmuni   nafaqat   shaxs   kamoloti,  balki   jamiyat   taraqqiyotini  ham
belgilashda  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligini   anglatadi. Ushbu  tajribalar  o‘qitish
shakllarida   foydalanil   digan   o'qitish   qonuniyatlari,   prinsiplarini   ijodiy   qo'llashda,
ilmiy   bilishga   doir   g‘oyalar,   nazariy   bilimlar,   qonuniyatlarni   amaliyotga   tatbiq
etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qadimdan buyuk allomalar vataj bo'lib
kelgan   O'zbekistonda   yosh   avlod   tarbiyasi   mutlaqo   o'zgacha   ma’no   kasb   etishi
muqarrar.   O'qituvchi   -   O'zbekistonning   porloq   kelajagini   barpo   etuvchi,   dunyoga
mashhur mutafakkir va olimlaming davorchisi bo'lgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi
uchun javobgar shaxsdir. Shunday ekan, o'qituvchining mazkur talablarga muvofiq
keluvchi   vazifasi,   uning   o'quvchilar,   hamkasblar   hamda   ota-onalar   o'rtasidagi
obro’ e ’tibori hozirgi zamon talablariga mos bo'lishi shart. 
O'qituvchi   barkamol   avlod   ta’lim-tarbiyasi   uchun   javobgar   shaxs   bo'lib
nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga  о 'rnak bo'lishi, shu bilan
birga,   pedagogik   mahoratini   ham   namoyon   eta   olish   yetuk   o'qituvchi   sifatida
malakali kadrlami tayyorlash ishiga o'zini  munosib hissasini qo'shishi zarur. 
Pedagogik   mahoratga   ega   bo'lish,   o'qituvchi   uchun   ta’lim-tarbiyani
samaradorligini   ta’minlovchi   zamin   bo'libgina   qolmasdan,   ayni   vaqtda   uning
jamiyatdagi   obro'-e'tiborini   ham   oshiradi,   o'quvchilarga   nisbatan   hurmat   yuzaga
keladi. 
Kasbiy mahoratni oshirish yo'lida amaliy harakatlarni tashkil etish: pedagogik
faoliyatda   yo'l   qo'yilgan   yoki   qo'yilayotgan   xatolardan   xalos   bo'lish,   o'quvchilar,
hamkasblar   hamda   ota-onalar   bilan   munosabat   muvaffaqiyatlarga   erishish
imkoniyatini yaratadi.
3 Tadqiqotning  o’rganilganlik  darajasi:     O  'z  davrlarida  Abu  Nasr  Forobiy,
Yusuf Xos Hojib, Sa’diy Sherziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher
Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Abdulla Avloniy va boshqalar o'qituvchilik kasbi,
uning   mashaqqatlari,   shuningdek,   o'qituvchi   shaxsida   aks   etishi   zarur   bo'lgan
sifatlar   xususida   qimmatli   ma’lumotlami   o'z   asarlarida   qizg'in   bahs   qilishgan.
Binobarin,   pedagogik   jarayonning   mohiyatini   anglamaga   bolaga   nisbatan   chuqur
hurmatda   bo'lmagan   o'qituvchi   ta’lim-tarbiya   samaradorligi   va   inson   kamolotini
ta’minlovchi fikrga ham ega bo'lmaydi. Yuksak pedagogik mahoratga ega bo'lgan
o'qituvchi   bolani   tushuna   olishi,   unga   nisbatan   insonparvar   munosabatda   bo'lishi,
har   qanday   pedagogik   vaziyatni   to'g'ri   baholashi,   yuzaga   kelishi   ehtimol   bo'lgan
ziddiyatlami   o'z   vaqtida   bartaraf   etishi,   pedagogik   faoliyat   hamisha   ilg'orligi,
jamiyat taraqqiyoti hamda pedagogik jarayont o'quvchilar ongiga singdirilayotgan
ezgu g'oyalami hayot bilan bog'la olishi lozim. 
Tadqiqot
maqsadi ;bo’ lajak   mutaxassis   sifatida   talabalarda   pedagogik   madaniyatni   shakllanti
rish,   pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga oid uslubiy tavsiyalar ishlab
chiqish                                         
                Tadqiqot   obyekti:   oliy   o`quv   yurtlarida   talaba-yoshlarni   o’qituvchilik
kasbiga tayyorlash jarayoni.
                Tadqiqot   predmeti:   oliy   o`quv   yurtlarida   talaba-yoshlarni   o’qituvchilik
kasbiga tayyorlashning mazmuni, shakl va metodlari. 
            Tadqiqot vazifalari:     
-   talabalarni     pedagogik     mahoratning     tarkibiy     qismlariga     doir     nazariy     bilimlar  
bilan   qurollantirish;  
-ularda     pedagogik     faoliyatni     oqilona     tashkil     etish,     pedagogik     jarayonni  
samarali   yo‘lga   qo‘yish   ko‘nikma   va   malakalarini   rivojlantirish;  
          -   a labalarning     pedagogik     hamkorlikni     qaror     toptirish     texnologiyasiga  
  oid   bilimlarni   egallashlarini   ta’minlash; -
auditoriyadan tashqari o`tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarda talabayoshlarni har 
tomonlama  pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish; 
4                     Tadqiqot   ishining   tuzilishi   va   hajmi:     tadqiqot   ishi   kirish,   2   bob,   6   fasl,
xulosa, adabiyotlar ro’yxati, ilovalardan iborat.
 
5 1-BOB. PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING
O‘QITUVCHl FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI.
1.1. Pedagogik mahorat va uning mohiyati.
  O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   hamda   Prezidentimiz
tomonidan qabul qilinayotgan har bir Qarorda barkamol avlod tarbiyasi va ularning
kasbiy   mahoratini   avvalo   ta’lim   muassasalarida   oshirib   borishga   jiddiy   e’tibor
qaratilmoqda. Xususan 2010 yilning “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilinishi ham
pedagoglar   va   tarbiyachilar   zimmasiga   ulkan   mas’uliyatlar   yukladi.   Jumladan,
Respublikamiz   Prezidenti   I.A.Karimovning   “Barkamol   avlod   yili”   Davlat   dasturi
to‘g‘risidagi Qarorida “Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash,
yoshlaming   o‘z   ijodiy   va   intellektual   salohiyatini   ro'yobga   chiqarishi,
mamlakatimiz   yigit-qizlarini   XXI   asr   talablariga   to‘liq   javob   beradigan   har
tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar
va   imkoniyatlami   yaratish   bo‘yicha   keng   ko‘lamli   aniq   yo‘naltirilgan   chora-
tadbirlami amalga oshirish”' 1
 muhim vazifa sifatida belgilangan. Ushbu vazifalarni
bekamu   ko‘rsatmalarni   amalga   oshirilishi   uchun   bugungi   kunda   avvalo,   bo‘lajak
o‘qituvchilaming   saviyasini   va   bilimini   uzluksiz   takomillashtirib   borishga
mustahkam   zamin   yaratilishi   kerak.   Oliy   pedagogik   ta’lim   muassasalarida   ushbu
muammolaming   echimini   topishda   “Pedagogik   mahorat”   fanini   chuqur   o'rganish
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egallash
uchun   nimalami   bilish   kerak?   Jiozirgi   zamon   pedagogikasi   va   psixologivasi
«pedagogik   mahorat»   tushunchasiga   turlicha   izoh   beradi.   Jumladan,   “Pedagogik
ensiklopediya"da   ta’rif   quyidagicha   izohlangan:   “O'z   kasbining   mohir   ustasi
sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal
bo'lgan,  yuksak  darajada madaniyatli,  o'z  fanini  chuqur  biladigan,  yondash  fanlar
egallagan   mutaxassis” 2
.   Ushbu   ta’rifhing   mohiyatidan   kelib   chiqib   o'qituvchining
pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin: 
1
 Ozbekiston Respublikasi Prezidentining „Barkamol avlod yili  Davlat dastur ito’g’risidagi qarori. 27.01.2010-ˮ
yildagi PQ-1271 son.
2
 R.Safarova.  „Pedagogik ensiklopediyaˮ . N;. TOSHKENT. 2015
6 1.   Madaniyatning   yuqori   darajasi,   bilimdonlik   va   aql-zakovatning   yuksak
ko'rsatkichi. 
2. O 'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi. 
3.   Pedagogika   va   psixologiya   kabi   fanlar   sohasidagi   bilimlarni   puxta
egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi. 
4. O'quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi. 
Pedagogik   mahorat   tizimi   quyidagi   o   ‘zaro   bir-biri   bilan   bog'liq   bo‘lgan
asosiy komponentlardan iborat: 
1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo‘ysunishi. 
2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish. 
3. Pedagogik qobiliyatga ega bo'lish. 
4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash. 
Barcha   kasblar   orasida   o'qituvchilik   kasbi   o‘zgacha   va   muhim   ijtimoiy
ahamiyat   kasb   etadi.   Zero,   o‘qituvchi   yosh   avlod   qalbi   kamolotining   memori,
yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u voshlami g‘oyaviv -
siyosiy   jihatdan   chiniqtirib   tabiat,   jamiyat,   ijtimoiy   hayot,   tafakkur   taraqqiyoti
qonuniyatlarini   o‘rgatadi,   yoshlami   mehnat   faoliyatiga   tayyorlab,   kasb-hunar
sirlarini   puxta   egallashlarida   ko'maklashadi   va   jamiyat   uchun   muhim   bo‘lgan
ijtimoiy-iqtisodiy   vaziyatlami   hal   etadi.   Ana   shu   mas’uliyat   o‘qituvchidan   o‘z
kasbining mohir ustasi  bo'lishni, o'quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko'rsatib, ularning
qiziqishi,   qobilivati,   iste’dodi,   e’tiqodi   va   amaliy   ko'nikmalarini   hai   tomonlama
rivojlantirish   yo'llarini   izlab   topadigan   kasb   egasi   bo'lishni   talab   etadi.   Buning
uchun   doimo   o'qituvchilarning   kasbiy   mahoratini,   ko'nikm   a   va   malakalarini
oshirib   borish,   ularga   har   tomonlama   g'am     xo'rlik   qilish,   zarur   shart   -   sharoitlar
yaratish,   kerakli   moddiy   va   ilmiy   -   metodik   hamda   texnik   yordam   ko'rsatish,
o'qituvchilarning   ijodiy   tashabbuskorligini   muntazam   oshirib   borishga
ko'maklashish lozim. 
Shunga   asosan,   Pedagogik   mahorat»   fani,   mahoratli   o'qituvchilami
tavyorlashga   xizmat   qiladi,   o'qituvchilar   va   tarbiyachilaming   kasbiy   faoliyati
sirlarini, mohirligini o'rgatuvchi va uni takomillashtirish to 'g '- risida m a’lumotlar
7 berib   boruvchi   fan   bo'lib,   o'qituvchilarda   pedagogik   mahoratning   mohiyat
mazmunini,   hozirgi   zamon   talablari   doirasida   kasbiy   faoliyatini   rivojlantirishning
yo‘llarini, vositalarini, shakllarini o'rganadi. 
Pedagogik   mahorat   o'qituvchilar   va   tarbiyachilarga   pedagogik   ijodkorlik,
pedagogik texnika, ta’lim - tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro
hamkorligi,   muloqot   olib   borish   taktikasi,   nutq   madaniyati,   tafakkuri,
tarbiyachining ma’naviy - m a’rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga
oshirish,   bu   jarayonda   xulq-atvomi   va   hissiyotni   jilovlay   olish   xususiyatlarini
o'rgatadi   va   o'z   kasbini   rivojlantirib   boruvchi   pedagogik   faoliyatlar   tizimi
to'g'risida   m   a’lumotlar   beradi.   Pedagogik   mahorat   o'qituvchilarning   pedagogik
faoliyati zamirida takomillashib boradi.
 Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat
oldida, davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan
o'qituvchilar   mehnati   faoliyatidir.   Bo'lajak   o'qituvchilar   o   'z   pedagogik   faoliyati
jarayonida faoiiyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim: 
O‘qituvchining   pedagogik   faoliyati   tarkibiy   qismlari .   Pedagogik
faoiiyatning   maqsadi,   pedagogik   faoiiyatning   obyekti   va   subyekti,   pedagogik
faoliyatning vositasi.
                Pedagogik   jarayonning   mohiyatini   anglamagan,   bolaga   nisbatan   chuqur
hurmatda   bo'lmagan   o'qituvchi   ta   ’lim-tarbiya   samaradorligi   va   inson   kamolotini
ta’minlovchi   fikrga   ega   bo'lmaydi.   Pedagogik   jarayonning   vazifasi   bilim   berish,
tarbiyalash, rivojlantirish bo'lib, o'qituvchilaming faoliyat mezonini begilab beradi.
O'qituvchilarning   faoliyati   pedagogik   jarayonning   harakat   vositasidir.   Pedagogik
jarayonning   obyektlari   bo'lmish   tarbiyalanuvchi   insonga,   o‘quvchi   va   o'quvchila
guruhiga hamda alohida o'quvchiga pedagogik jarayonning subyektlar - ota-onalar,
o'qituvchilar,   tarbiyachilar,   sinf   jamoasi,   pedagogik   jamoj   mas’uldirlar   va   ular
jamiyat   talablari   asosida   ta’lim   va   tarbiya   berish   faoliyatini   bajaradilar.
o‘qituvchining   pedagogik   faoliyatida   ijobiy   nati   jalarga   erishishi,   mehnat
malakasini,   ya’ni   egallagan   bilimlarini   o'zinmj   hayotiy   va   amaliy   faoliyatida
nechog'lik qo‘llay bilishi bilan belgilanadi. 
8                  O'qituvchilarning pedagogik faoliyati samarali  bo'lishi  uchui zarur bo'lgan
qobiliyatlar   tizimini:   bilim,   bolani   tushuna   olish,   kuza   tuvchanlik,   nutq   malakasi,
tashkilotchilik,   kelajakni   ko'ra   bilish,   diqqatn   taqsimlab   olish,   vaziyatni   to'g'ri
baholash,   yuzaga   kelish   ehtimol   bo'lgan   har   xil   ziddiyatlami   o'z   vaqtida   bartaraf
etish, o'quvchilam bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi. 
                   Mazkur  fanning mazmunidan kasbga doir  topshiriq va vazifalam  yechish
uchun   o'quv   -   tarbiya   jarayonini   boshqarish,   unga   rahbarlil   qilishda   pedagogik-
psixologik   ta’limot   nuqtai   -   nazaridan   yondashish   ta’lim   -   tarbiyani   milliy
an’analarimiz   ruhida   zamonaviy   metodlar   asosida   modellashtirish,   o'quv   -
tarbiyaviy   jarayonda   ilg‘or   pedagogik   tex   nologiyalami   tatbiq   etish   uchun
o'qituvchi mahoratming zarurligi haqi dagi m a’lumotlar va ularni takomillashtirish
tizimlari o‘rin olgan. 
          Shunga ko'ra, «Pedagogik mahorat» fani kasbga oid bilim va qobili yatlami
o'qituvchilarda   shakllantirish,   ijodkorlikni   tarbiyalash,   mahoral   ko'nikma   va
malakalami   egallashlari   uchun,   pedagogik   texnika,   pedago   gik   hamkorlik,
pedagogik nazokat, nutq madaniyati to‘g ‘risida m a’lu motlar berib boradi.
        Bu maqsad bo’lajak o‘qituvcbilaming quyidagi vazifalarni mun tazam bajarib
borishlari orqali amalga oshiriladi: 
              1.   Bo'lajak   o'qituvchilar   pedagogik   mahoratning   nazariy   va   metodologik
asoslari bilan qurollantiriladilar. 
                2.   Pedagogik   mahorat   fanining   pedagogik   texnika,   pedagogik   ham   korlik
(muloqot),   pedagogik   nazokat,   pedagogik   qobiliyat,   tarbiyachili]   mahorati,   ta’lim
jarayonini   boshqarish,   nutq   madaniyati,   tarbiya   texno   logiyasi,   pedagogik
ijodkorlik,   refleksiya   kabi   tarkibiy   qismlari   to‘g‘ri   sidagi   bilimlar   tizimini
egallaydilar.   
          3.   Bo'lajak   o'qituvchilar   milliy   urf-odat   va   an’analarimizda   va   O'rt   Osiyo
mutafakkirlarining   boy   ijodiy   meroslarida   aks   etgan   pedagogil   mahorat   sirlarini
mustaqil egallashga nisbatan o'zlarida ehtiyoj v havasni rivojlantirib boradilar. 
9           4.   Egallangan   pedagogik-psixologik   va   metodik   bilimlar,   ko‘nikma   va
malakalar   to'g'risidagi   ma’lumotlar   asosida   har   bir   bo‘lajak   o'qituvchi   o‘zining
shaxsiy pedagogik mahoratini shakllantiradi. 
              5.   O‘quv-tarbiyaviy   jarayonni   jahon   andozalariga   xos   so'nggi   zamonaviy
metod   va   shakllar   asosida   tashkil   etish   va   boshqarishni   amalga   oshirishning
nazariy va amaliy asoslarini muntazam o'zlashtiradilar. 
       6. O‘qituvchilar o 'z kasbiy mahoratlarini takomillashtirishlari uchun shaxsiy-
ijodiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalarini egallaydilar. 
              7.   Tarbiyachi   mahoratining   mohiyati,   funksiyasi,   tuzilishi   to‘g‘risida
o'qituvchilar uzluksiz m a’lumotlami o'rganib boradilar. 
              8.   Yuksak   zamonaviy   axborot   texnologiyalari   va   portal   tizimidan   erkin
foydalanish asosida o 'z kasbiy mahoratlarini shakllantiradilar. 
        Bu maqsad va vazifalaming hal etilishi o'qituvchilar va tarbiyachilami zamon
bilan   hamnafas   bo'lishga,   yoshlami   tarbiyalash   dardi   bilan   yashash   va   kelajakni
aniq ko'ra olishga o'rgatadi. Har bir o'qituvchi shaxsida mamlakatimizning dolzarb
muammolarini, maqsad va vazifalarini vijdonan tasavvur qilib, aniq bajarib borishi
uchun   shijoat   bilan   o'z   imkoniyati,   bilimi,   tajribalarini   ishga   solishga   o'rgatadi
hamda   pedagogik   faoliyatga   ijodiy   yondashish   malakalariga   ega   bo'lishni
tarbiyalaydi. 
                Xo'sh   pedagogik   mahoratning   o'zi   nima?   Unga   hozirgi   zamon   fani   nuqtai
nazaridan quyidagicha ta’rif beriladi: 
                Pedagogik   mahorat   -   о   ‘qituvchilarning   shaxsiy   (bolajonligi,   xayrixohligi,
insonparvarligi,   mehribonligi   va   h.k.)   va   kasbiy   (bilimdonligi,   zukkoligi,
fidoyi'ligi, ijodkorligi, qobiliyati va hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo
‘lib,   о 'qituvchilarning   ta   ’lim-tarbiyaviy   faoliyatida   yuqori   darajaga   erishishini,
kasbiy   mahoratini   doim   iy   takomillashtirib   borish   imkoniyatini   ta   ’minlovchi
faoliyatdir.   U   o'z   fanini   mukammal   bilgan,   pedagogik-psixologik   va   metodik
tayyorgarlikka ega bo'lgan,  о 'quvchilarni  о  'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning
optimal   yo   ‘llarini   izlab   topish   uchun,   am   aliy   faoliyat   olib   boradigan   har   bir   о
‘qituvchining kasbiy faoliyatida namoyon bo 'ladi. 
10                Shunday qilib, pedagogik mahorat  egasi  bo'lish  uchun o'qituvchi  o'z  o'quv
predmetini   davr   talablari   asosida   bilishi   pedagogik   va   psixologik   bilimlarga   ega
bo'lishi,   hamda   insoniylik,   izlanuvchanlik   va   fidoyilikni   o'zida   tarkib   toptirishi
lozim. I.P. Rachenko pedagogik mahoratni pedagogik san’atning bir qismi sifatida
ta’riflab, shunday yozadi: “Pedagogik mahorat deganda o‘qituvchining pedagogik-
psixologik   bilimlarni,   kasbi)   malaka   va   ko'nikmalami   mukammal   egallashi,   o‘z
kasbiga qiziqishi rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuitsiyaci, hayotga axloqiy-
estetili   munosabatda   bo'lishi,   o'z   fikr-mulohazasiga   ishonchi   va   qat’iy   irodasi
tushuniladi” 3
.   Tadqiqotchilaming   fikriga   ko'ra,   quyidagi   to‘rtta   komponent
pedagogik mahoratning asosiy tasbkil etuvchilari hisoblanadi:
            Pedagogik   mahoratning   tashkil   etuvchi   komponentlari   «   o‘qituvchilik
kasbiga sadoqat, o'z fanining o'qitish metodikasini mukammal bilishi;  «pedagogik
qobiliyatlarini namoyish eta olishi; «pedagogik texnikani o‘z o'mida qo'llay bilishi.
              Shuni   alohida   qayd   etib   o'tish   zarurki,   o'qituvchilik   kasbi   murakkal   va
mas’uliyatli   jarayondan   iborat.   Ushbu   kasbning   sharafliligi   va   murak   kabligi   shu
bilan   belgilanadiki,   o'qituvchi   doimo   ongning   yagona   sohib   bo'lmish   insonning
ta’lim-tarbiyasi   bilan   shug‘ullanib,   u   bilan   muloqo   olib   boradi.   Ongli   va   tirik
jonzot esa  aqliy, ruhiy hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo‘ladi. Shu
sababli, boiajak o'qituvchila tarbiyalanuvchi bilan doimiy muloqotda bo'lishi, unga
ta’sir   ko'rsatisl   uchun   muntazam   ravishda   psixologiya   va   tarbiya   nazariyasini
mukamma o'rganib, o'z kasbiy faoliyatini muttasil rivojlantirib borishi kerak. 
                O'qituvchilarning   shaxsiy   fazilatlari   sirasiga   iymon-e’tiqodi,   dunyo
qarashining   kengligi,   faolligi,   odob-axloqi,   fuqarolik   burchini   his   qilishi
manaviyati,   dilkashligi,   talabchanligi,   qat’iyligi   va   o'z   maqsadlarig;   intilishi,
insonparvarligi,   huquqiy   bilimdonligi   mamlakatimizning   ijtimo   iy-siyosiy
talablariga o'z fikr-mulohazasi bilan faol ishtirok etishi kiradi. 
                O'qituvchilarning   kasbiy   xususiyatlariga:   o'z   kasbini,   bolalarni   sevi   shi,
ziyrakligi,   hozirjavobligi,   vazminligi,   pedagogik   nazokati,   tasawuri   qobiliyati,
tashkilotchiligi,   notiqlik   madaniyati,   chuqur   va   keng   ilmiy   saviyasi,   kasbiy
3
 A.Xoliqov.  „Pedagogik mahoratˮ darslik. TOSHKENT. «IQTISOD-MOLIYA»2011
11 layoqatliligi, ma’naviy ehtiyoji va qiziqishi, intellekti, yangilikni anglay va qo'llay
olishi,   kasbiy   ma’lumotni   mvintazam   oshirishga   nisbatan   intilishi   va   boshqa
fazilatlari kiradi. 
                O'qituvchilarning  kasbiy   pedagogik   tayyorgarligi   shartli   ravishda   quyidagi
yo‘nalishlarda olib boriladi: 
        1) O'qituvchining shaxsiy fazilatlar bo‘yicha tayyorgarligi. 
       2) O'qituvchining ruhiy - psixologik tayyorgarligi. 
              3)   O‘qituvchining   ijtimoiy   -   pedagogik   va   ilmiy   -   nazariy   jihatdan
tayyorgarligi.
                  4)   O‘qituvchining   maxsus   va   ixtisoslikka   oid   uslubiy   bilimlarni   egallab
borishi.         Yana   shuni   ta’kidlash   joizki,   pedagogik   mahorat   o‘qituvchilar   hamda
tarbiyachilar shaxsiy va kasbiy sifatlarining yig‘indisi bo'lib, o‘qituvchi mahoratini
shakllantirishni   ta’minlovchi   omillami,   pedagogik-psixologik,   metodik   bilimlarni
doimiy egallab borishi lozim. 
              Yuksak   pedagogik   mahoratni   shakllantirishni   ta’minlovchi   omillar
quyidagilar: 
             a)   ixtisoslik   bo‘yicha  o'quv  predmetini,  zamon,  ilm-fan, texnika  taraqqiyoti
darajasida   mukammal   bilishi,   uning   boshqa   o'quv   fanlari   bilan   o‘zaro
aloqadorligini ta’minlash malakasiga ega bo'lishi; 
            b)   ta’lim   oluvchilaming   yosh,   fiziologik,   psixologik   hamda   shaxsiy
xususiyatlarini   hisobga   olishi,   ularning   faoliyatini   obyektiv   nazorat   qilishi   va
baholashi; 
              v)   ta’lim   jarayonini   demokratlashtirish   va   insonparvarlashtirish   asosida   o‘z
faoliyatini tashkil etishi; 
       g) o‘quv - tarbiyaviy jarayonni zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun
asosiy pedagogik- psixologik va metodik ma’lumotlarga ega bo'lishi; 
            d)   fanlami   o'qitish   jarayonida   zamonaviy   axborot   texnologiyalari
imkoniyatlaridan keng foydalanishni bilishi; 
              e)   jamoani   «ko‘ra   bilish»,   o'quvchilarning   qiziqishlari,   intilishlari,   ularning
hayot faoliyatlarida uchraydigan qiyinchiliklami tushunish va hamdard bo'la olish,
12 o'z   vaqtida   ular   fikrini   anglay   bilish,   zukkolik   bilan   har   bir   bolaning   xarakter
xususiyati,   qobiliyati,   irodasini   tushunish   hamda   ularga   muvaffaqivatli   ta’sir
ko'rsatishning shakl, usul, vositalaridan xabardor bo'lishi; 
               j) o'z shaxsiy sifatlari (nutqining ravonligi, tashkilotchilik qobiliyati, badiiy
ehtiyoji, didi va hokazo) ni takomillashtirish malakasiga ega bo'lishi. 
                 O‘qituvchining pedagogik mahorati pedagogika oliy ta’lim muassasalarida
shakllanib   boradi.   Yuksak   saviyali   pedagogik   kadrlar   tayyorlashga   nisbatan
talablar,   ularning   malakasini   oshirish   va   qayta   tayyorlash   tizimini
takomillashtirish,   o‘z   kasbi   bilan   uzluksiz   taraqqiyotga   moslasha   oladigan
o'qituvchining   shakllanishi,   bo‘lajak   o‘qituvchi   umummilliy   mavqeining   o‘sib
borishini ta’minlaydi. 
 
13 1.2. Pedagogik mahorat fanining vazifalari va asosiy tarkibiy
qismlari.
  Mamlakatimizning   istiqlol   yo‘lidagi   ilk   qadamlaridanoq,   buyuk   ma’-
naviyatimizni   tiki   ash   va   yanada   yuksaltirish,   milliy   ta’lim-tarbiya   tizimini
takomillashtirish,   uning   milliy   zaminini   mustahkamlash     zamon   talablari   bilan
uyg‘unlashtirish   asosida   jahon   andozalari   va   ko‘nikmalari   darajasiga   chiqarish
maqsadida   ta’lim   tizimida   ulkan   bunyodkorlik   ishlari   olib   borilmoqda.   Xususan,
O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisning   IX   sessiyasida   qabul   qilingan   ‘Ta’lim
to‘g‘risida”gi   hamda   “Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”   to‘g‘risidagi   Qonunda
ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarda o'qituvchi-tarbiyachilaming mehnati
naqadax   yuksakligi,   ular   oldida   barkamol   avlodni   tarbiyalashdek   sharafli   va
mas’uliyatli   vazifa   turganligi   ta’kidlanadi.   ‘Ta’lim   to‘g‘risida”gi   Qonunning   3-
moddasida ta’lim O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb
e’lon   qilingan   hamda   ta’lim   sohasidagi   davlat   siyosatining   quyidagi   asosiy
prinsiplari belgilab berilgan: 
-ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; 
-ta’linming uzluksizligi va izchilligi;
  -umumiy   o‘rta,   shuningdek   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limining
majburiyligi; 
-   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limining   yo‘na!ishini:   akademik   litseydayoki
kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; 
- ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
 - davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
 - ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan vondashuv; 
- bilimli bolishni va iste’dodni rag‘batlantirish; 
- ta'lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. 
Ushbu prinsiplar zamirida o‘qituvchi pedagogik faoliyatining-asosiy mohiyati
mujassamlangan   bo‘lib,   uni   hayotga   tatbiq   etish   o'qituvchilar   zimmasiga
yuklatilgan.   O‘qituvchi   yuqori   malakali   kadrlar   tayyorlash   sifatini   ta’minlovchi
14 asosiy javobgar shaxs ekan, uning pedagogik mahorati ham hozirgi zamon talablari
darajasida,   jahon   andozalariga   mos   ravishda   shakllanishi   kerak.   Shu   jihatdan,
“Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi   ”da   ham   o'qituvchining   kasbiy   mahoratini
oshirishga jiddiy e’tibor qaratilgan. Jumladan, Dasturning 4.2. bandida pedagogik
kadrlaming   malakasini   oshirish   va   ularni   qayta   tayyorlashning   zamon   talablariga
moslashuvchan,   ta’limning   yuqori   sifatli   va   barqaror   rivojlanishini   ko‘zlovchi
tizimini   vujudga   keltirish   ta’kidlanadi.   Pedagog   kadrlami   ildam   qayta   tayyorlash
va ularning malakasini oshirish, raqobatbardosh darajada ularning kasbiy sifatlarini
takomillashtirishni   qo'llab-quvvatlash   ta’minlanadi.   Ushbu   talablar   zamirida   ham
o‘qituvchining   pedagogik   mahoratini   uzluksiz   takomillashtirib   borish   naqadar
muhim   va   davr   talabi   ekanligi   ta’kidlanmoqda.   Shunday   ekan,   “Pedagogik
mahorat”   fanining   vazifalarini   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   Qonun   hamda   “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” talablari belgilab beradi. Uning vazifalari quyidagilardan
iborat: 
-   ta’lim   tizimida   amalga   oshirilayotgan   yangilanish   va   islohotlami
insonparvarlik va demokratik tamoyiliarga moslab olib borish; 
-   ta’lim   mazmunini   mamlakatning   ijtimoiy   va   iqtisodiy   taraqqiyoti
istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning
zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda boyitib borishni ta’minlash;
  -   bo'lajak   o'qituvchilarning   ma’naviy-axloqiy   jihatdan   dunyoqarashini
rivojlantirishda   milliy   urf-odat   va   an’analarimizdan,   boy   adabiy   merosimizdan
samarali foydaianishning tezkor metod \a usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
  -   ta’lim   va   tarbiya   jarayonini   kelgusida   o‘qituvchilardan   talab   qiladigan
darajada sifatini va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlash
uchun   normativ   hujjatlar,   o‘quv-uslubiy   adabiyotlar,   moddiy-texnika   va   axborot
bazasi bilan boyitib borish;
  -   bo'lajak   o'qituvchilarning   yuksak   kasbiy   tayyorgarlik   darajasi,   malakasi,
bilimi, madaniy va ma’naviy-axloqiy saviyasining sifatini zamon talablariga javob
beradigan darajada oshirib borish; 
15 -   bo'lajak   o'qituvchilami   yuqori   malakali   kadrlar   tayyorlash   bilan   pedagogik
faoiiyatning   nufuzi   va   ijtimoiy   maqomini   ko   tanshga   o'rgatish.   Pedagogik
mahoratni egallashda kasbga oid nazariy va amaliy bilimlarni egallash, pedagogik
jamoa bilan doimiy muloqotda bolish ijobiy natijalar beradi. 
Binobarin,   bunday   muhitda   o'zaro   fikr   almashish,   shaxsiy   mulohazalamt
boshqalar  tomonidan bildirilayotgan qarashlar  bilan taqqoslab, ularning to'g'riligi,
haqqoniyligiga ishonch hosil  qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki
kamchiliklami   aniqlash   hamda   ulami   bartaraf   etish   yo'llarini   topish   imkoniyati
mavjud.   Buyuk   nemis   pedagogi   Adolf   Disterverg   o'qituvchining   doimiy   ravishda
fanlami   mutolaa   qilish   bilan   shug'ullanishi   haqida   gapirib,   shunday   degan   edi:
“O'qituvchi   muntazam   ravishda   fan   bilan   shug'ullanmog'i   lozim.   Aks   holda
и uqurigan   daraxt   va   toshga   o'xshab   qoladi.   Qurigan   daraxt   va   tosh   meva   bera
olmaganidek,   kelajakda   bunday   о   'qituvchidan   hech   qanday   natija   kutib
bo‘lmaydi” 4
.   Hozirgi   zamon   fan   va   texnikasi   jadal   sur’atda   rivojlanayotgan,
zamonaviy   axborot   texnologiyalarining   salmog'i   keskin   oshayotgan   bir   davrda
o'qituvchi   pedagogik   mahoratini   takomillashtirish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
Agar, ilgari fanning biror sohasida ro'y berayotgan yirik kashfiyot qariyb o'n besh
yillik samarali va kishi zo'rg'a ishonadigan voqea hisoblangan bo'lsa, hozir har yili,
hatto har oyda fan, texnika sohasida yangi kashfiyotlar yaratilmoqda, bilimlarning
ilgari   noma’lum   boigan   yangi   yo'nalishlari   maydonga   kelmoqda.   Kishilarda
bilimga   bo‘lgan   intilish   beqiyos   darajada   o'sib   borayotir.   Shuning   uchun   hozirgi
kunda   o'qituvchi   faqat   o'z   fani   bo'yicha   emas,   balki   o'z   faniga   yaqin   bo'lgan
sohalardagi   yangiliklarni   bilishi   talab   etiladi.   Bizga   ma’lumki,   ilg'or   jamiyat
fuqarosining,   xususan   o'qituvchining   ma’naviy   boyligi   uning   keng   dunyoqarashi,
teran   fikrlash   layoqati,   savodxonligi,   yuksak   insoniy   fazilatlarga   boyligi   bilan
baholanadi.   “Barcha   illatlarning   kelib   chiqishi   ilmsizlikdandir” 5
  degan   edi   yunon
faylasufi   Sokrat.   Shunday   ekan,   yosh   avlodning   yuksak   bilim   va   tafakkur   sohibi
bo'lishi   uchun   barchamiz   javobgarmiz.   Bu   javobgarlik   ko'proq   o'qituvchilar
4
 A’zam Xoliqov  „Pedagogik mahoratˮ. Toshkent. «IQTISOD-MOLIYA» 2011
5
 Davronov.Z, Primov.M, Sultonova.A. Falsafa fanidan o’quv uslubiy majmua. Toshkent-2019
16 zimmasida Darhaqiqat, o'qituvchilarning obro'-e’tiborini ta’minlaydigan ilk vosita
uning   tarbiyalanganlik   darajasidir.   Birinchidan,   o'qituvchi   ma’naviy   jihatdan
sog'lom   va   keng   fikrlay   oladigan   bo'lishi,   o'z   milliy   qadriyatlari,   urf-odatlari   va
millatimizning   buyuk   siymolari   ijodiy   merosini   teran   bilishlari   kerak.   Binobarin,
o'zi   tanlagan  mutaxassislik   va   fan  sohasida   izlanishlar   olib  borgan,  allomalaming
hayoti va ijodini yaxshi  bilishi hamda mantiqiy tafakkurga ega bo'lishi lozim. Bu
o'qituvchi   pedagogik   mahoratining   shakllanib   borishida   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.   Ayniqsa,   milliy   an’analarimiz,   urf-odatlarimiz,   qadriyatlarimiz   asosida
davlati   kutubxonasi   mizning   buyuk   kelajagi   b’lmish   yosh   avlodga   chuqur   bilim
berish   o‘qituvchilardan   yuksak   qobiliyatni   va   ishchanlikni   talab   qiladi.
o‘qituvchilik   kasbining   shakllanishi   davomida   uning   pedagogik   mahorati
takomillashib  boradi.  U har   xil   psixologik  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  o'quvchilar
bilan ta’lim-tarbiyaviy faoliyat olib boradi. Turli ziddiyatlarga duch keladi. Bu o‘z
navbatida uni tinimsiz ijod qilishga, tarbiyaning har xil vosita va usullarini topib,
mohirona   qo‘llashga   majbur   etadi.   Tarbiya   natijasida   belgilangan   maqsadga
erishish   uchun   o‘qituvchilar   yillar   davomida   yig‘ilgan   tajriba   va   malakalariga
tayanib ishlaydilar. O'quvchilarning nazariy hamda amaliy faoliyatida erishadigan
barcha   yutuqlari   va   ijobiv   natijalari   0‘qituvchi   pedagogik   mahoratini   namoyon
etuvchi   asosiy   vositalar   hisoblanadi.   o‘qituvchi   pedagogik   mahoratning   tarkibiy
qismlarini   bilishi,   uning   cheksiz   imkoniyatlaridan   foydalanishi   lozim.   Quyida
keltirilayotgan  pedagogik   mahorat  fanining  asosiy  tarkibiy  qismlari  milliy  an’ana
va   urf-odatlarimizdan   kelib   chiqib,   hozirgi   global   rivojlanish   davrida   yanada
to‘ldirilib boriiishi mumkin;
- turli vaziyadarda tarbiyacbiga xos bo'lgan ijodiy kayfiyatni boshqarish.
- o‘quvchilar bilan doimo yaxshi kayfiyat va rag‘ batlantiruvchi munosabatda
bo'lish.
-   yuksak   zamonaviy   axborot   texnologiyalari   va   portal   tizimidan   erldn
foydalana olish. 
  Pedagogik   mahoratni   egallash   vositalari   o‘qituvchi   barkamol   avlodni
tarbiyalash   jarayonida   ishtirok   etar   ekan,   nafaqat   ma’naviy-axloqiy   madaniyati
17 bilan atrofdagilarga o’rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralaiini
namoyon   eta   olishi,   yetuk   o‘qituvchi   sifatida   barkamol   insonni   tarbiyalashga,
yuqori   malakali   kadrlami   tayyorlash   ishiga   o‘zining   munosib   hissasini   qo‘shishi
zarur.   Pedagogik   mahorat   -   yuksak   pedagogik   tafakkur,   ta’lim-tarbiya   jarayoniga
ongli, ijodiy vondashuv, metodik bilimlarni samarali qo'llay olish qobiliyati bo'lib.
u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, O‘rta
Osiyo   mutafakkirlari   ijodiy   merosida   yoritilgan   murabbiyiami   tayyorlash
to‘g‘risidagi   ma’lumotlar   hamda   zamonaviy   axborot   texnologiyalari,   portal
yangiliklaridan   xabardor   bo'lish,   ilg‘or   xorijiy   davlatlaming   o‘qituvchilar
tayyorlash   texnologiyalarini   nazariy   jihatdan   o'rganish   jarayonida   tarkib   topadi.
Yosh   o'qituvchilaming,   shuningdek,   ta’lim   muassasasida   bir   necha   yillik   mehnat
stajiga ega bo‘lgan o'qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo'lishlari o'zlarini
kasbiy   jihatdan   takomillashtirib   borish   yo'lida   bir   qator   shartlarga   amal   qilishi
hisobiga   rivojlanib   boradi.   Ularni   quyidagi   vositalar   asosida   yanada   rivojlantirish
mumkin:
  1. Mustaqil o‘qib-o‘rganish (pedagogika fanida ro'y berayotgan eng so nggi
yangiliklar haqida ma’lumotlami beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari,
portal   tizimi,   vaqtli   matbuot   sahifalarida   chop   etilayotgan   ma’lumotlar,
shuningdek,   ilg‘or   texnologiyalar   bilan   tanishib   borish,   ularda   ilgari   surilayotgan
g‘oyalami umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalami tayyorlash).
  2.Tajribali   ustoz   o'qituvchilar   faoliyatini   o‘rganish   (ta’lim   muassasasidan
chetga   chiqmagan   holda   tashkil   etilib   vaqt   va   iqtisodiy   nuqtai   nazardan   samarali
sanaladi.   Tajribali   o'qituvchilar   faoliyatini   o‘rganish,   ular   tomonidan   tashkil
etilayotgan   mashg'ulotlami   kuzatish,   tahlil   qilish   asosida   amalga   oshiriladi.   Bu
borada   olingan   taassurotlami   umumlashtirish   asosida   xulosa   chiqarish   maqsadga
muvofiqdir). 
3.   O'qituvchi   xodimlami   qayta   tayyorlash   va   malakasini   oshirish   kurslari   va
institutlarida kasbiy malaka va ko'nikmalami oshirib borish.
4. Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya hamda
seminarian pedagogik o'qish hamda treninglar) da faol ishtirok etish. 
18 5.   Respublika   hamda   rivojlangan   xorijiy   mamlakatlaming   yetakchi   ta’lim
muassasalarida o‘z tajribalarini oshirish, kasbi bo‘yicha eng so'nggi ma’lumotlami
o'rganish. Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok
etish ijobiy natijalar beradi. 
Binobarin,   bunday   muhitda   o'zaro   fikr   almashish,   shaxsiy   mulohazalami
boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi,
haqqoniyligiga ishonch hosil  qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki
kamchiliklami   o‘z   vaqtida   aniqlash   hamda   ularni   bartaraf   etish   yoilarmi   topish
imkoniyati   mavjud.   Pedagogik   mahoratga   ega   bo‘lish   ta’lim-tarbiya
samaradorligini ta’ minlash garovi boiibgina qolmay, ayni vaqtda o'qituvchilarning
jamoada,   ijtimoiy   muhitda   obro‘-e’tiborini   oshiradi,   o'quvchilar   orasida   unga
nisbatan   hurmat   yuzaga   keladi.   Kasbiy   mahoratni   oshirish   yo'lida   amaliy
harakatlami   tashkil   etish   pedagogik   faoliyatda   yo'l   qo'yilgan   yoki   qo'yilayotgan
xatolardan   holi   bo'lish,   o'quvchilar,   hamkasblar   hamda   ota-onalar   bilan
munosabatda   muvaffaqiyadarga   erishish   imkoniyatini   yaratadi.   Hozirgi   paytda
O'zbekiston   Respublikasiaa   yosh   o'qituvchilarning   kasbiy   mahorati,   bilim   va
ko'nikmalarini   muntazam   oshirib   borish   maqsadida   qizg'in   faoliyat   olib
borilmoqda.   Xususan,   O'zbekiston   xalq   ta’limi   vazirligi   hamda   Osiyo   taraqqiyot
banki   bilan   hamkorlikda   amalga   oshirilayotgan   ‘Ta’lim   sektorini   rivojlantirish
dasturi” loyihasi doirasida respublika hududlarida masofadan o'qitishning “Ta’lim-
resurs” Markazlari tashkil etilgan. Ushbu faoliyat natijasida yosh o'qituvchilarning
xorijiy   mamlakatlarda   kasbiy   malakalarini   oshirish   imkoniyati   tug’ildi.
Maktablarga   yosh   o'qituvchilami   jalb   etish   va   ularga   har   tomonlama   amaliy
yordam berish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg'or va zamonaviy texnologiyalami joriy
etishga   ko'maklashish   maqsadida   2009-yildan   boshlab   “Respublika   yosh
o‘qituvchilar   assotsiatsiyasi”   o‘z   faoliyatini   boshladi.   Mustaqillikka   erishgach,
Prezidentimiz   I.   A.   Karimov   tashabbusi   bilan   1   oktyabr   -   O'qituvchi   va
murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Mamlakatimizda
an’anaviy   ravishda   “Yilning   eng   yaxshi   pedagogi”   Respublika   ko'rik-tanlovi
o'tkazilib  kelinmoqda.  Umumta’lim   maktablarida faoliyat   ko'rsatayotgan   pedagog
19 xodimlar orasidan ilg'or va tashabbuskor  o'qituvchilar aniqlanib rag'batlantirilishi,
yosh   o‘qituvchilarda   o‘z   kasbiga   nisbatan   hurmat   va   ehtirom   uyg‘otadi.   2006-
yildan   boshlab   esa,   “Yilning   eng   yaxshi   fan   o‘qituvchisi”   ko‘ri   tanlovi   o‘tkazilib
kelinmoqda.   “Yil   maktabi”   -   Respublika   ko'rik-tanlo1   o‘qituvchilarga   jamoa
asosida   ta’lim   muassasasida   qo‘lga   kiritilayotga   yutuqlami   targ‘ib   etish   uchun
sharoit   yaratmoqda.   Shuningdek,   mustaqillik   yillarida   respublika   xalq   ta’limi
tizimida   3425   nafar   o'qituvchi   va   murabbiylar   pedagogik   faoliyatda   ulkan
yutuqlarini   qo‘lga   kiritganlari   va   fidokorona   melmatlari   uchun   turli   davlat
mukofotlari va unvonlari bilan taqdirlandilar. Barkamol avlodga ta’lim va tarbiya
berishda   cheksiz   matonatla   uchun   ustoz   o‘qituvchilardan   olti   nafari   “O‘zbekiston
Qahramoni” unvoni bilan, 302 nafari “O'zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”
va   31   nafari   “O‘zbekistonda   xizmat   ko‘rsatgan   xalq   ta’limi   xodimi”   faxri
unvonlariga sazovor bo‘lganlar, 101 nafari “El-yurt hurmati”, 21 nafa “Fidokorona
xizmatlari uchun” ordeni bilan, 1229 nafari “Shuhrati medali bilan taqdirlanganlar.
«Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»da   alohida   ta’kidlangan   milliy   modeli
O‘zbekiston   Respublikasining   milliy-hududiy xususiyatlarii  inobatga  olish  hamda
ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosic tayyorlangan kadr (mutaxassis) -
barkamol   inson   va   yetuk   mutaxass   qiyofasini   o‘zida   to‘laqonli   aks   ettiruvchi
namunadir.   O‘zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim   to‘g‘risida»gi   Qonuni   hamda
«Kadrlar tayy orlash milliy dasturi» g‘oyalarini amalga oshirish jarayonida asosan
o‘qituvchi   kadrlaming   roli   nihoyatda   beqiyos.   XXI   asr   bolasini   o‘qitish   va
tarbiyalash,  ularni  barkamol  inson  va yetuk malaka mutaxassis  kadrlar  darajasiga
etkazish   vazifasini   faqat   yuksak   tajribaj   ega   XXI   asr   o‘qituvchisigina   uddalay
oladi. O‘qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘rni XV
asrda   yashab,   ijod   etgan   mutafakkir,   Alisher   Navoiyning   yaqi   do‘sti   Kamoliddin
Husayn   Voiz   al-Koshifiy   (taxm.   1440-1505   y.)   bola   tarbiyasida   maktab   va
muallimning   alohida   orni   borligi   haqida   gapirib,   muallimlar   dono,   bilimli,
shirinsuxan,  adolatli  boiishi   zarur  deb  hisoblaydi.   Alloma  murabbiylar   to‘g‘risida
“Axloqi  Muhsiniy”  asarid shunday  yozadi:  “Murabbiy (bolaga)  nasihat  va  ta 'lim
berishda   lutf   v   odob   qoidalariga   rioya   qilishi   darkor.   Jamoatchilik   joylarida
20 o'quvchiga   pand   berish   yaramaydi,   balki   xilvat   joyda   bolaga   nasihat   qilish   zarur.
Agar (murabbiy) nasihat  berishning fursati  kelganini bilsh unga muloyimlik bilan
murojaat qilishi lozim, chunki bizning zamonamizda muloyim va xushfel bo ‘lish
maqsadga muvqfiqdir ” 6
.
Buyuk   allomalardan   Abdurahmon   Jomiy   o'z   asarlarida   tarbiyachi-muallim
foaliyatiga quyidagicha ta’rif beradi: "muallim bilimli, aqlli, adolatli, o'zida butun
yuksak   fazilatlarni   mujassamlashtirgan   bo'lishi   kerak.   O'zini   nomunosib   tutgan
odam   hech   vaqt   bolalarga   bilim   va   odob   bera   olmaydi   ” 7
.   Hozirgi   zamon
o‘qituvchisi   qanday   ijobiy   sifatlarga   ega   bo'lishi   lozim.   Avvalo   zamonaviy
bilimlar, ilg'or tajribalar hamda pedagogik mahoratni yuqori dangada egallaganligi,
pedagogik   izlanish   vazifasiga   mos   tadqiqotlar   metodlari   majmuasini   shakllantira
olishi,   nazariy   tadqiqot   va   amaliy   tajriba-sinov   ishlarini   o'tkazish   malakasiga   ega
bo'lishi,  o'qitadigan  o'quv fanidan  o'quv dasturi,  DTS,  darsliklar  va  o'quvmetodik
qoilanmalar,   elektron   darsliklami   yarata   olishi   va   amalda   qo'llay   olishi   lozim.
o‘zming   pedagogik   faoliyatini   doimiy   takomillashtirib   borishi,   kasbiy   sifatlarini
rivojlantirishi,   o'z-ozini   nazorat   qilish   va   baholash   malakasini   egallashi,   yangi
pedagogik g'oyalami ishlab chiqa olish, zamonaviy axborot texnologiyalarini dars
jarayonida qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo'lishi, o‘qitishning istiqbolli yo'nalishlari
talablari   asosida   metod,   shakl   va   vositalami   yaratish   va   ulami   ta’lim   jarayonida
uzviy qo‘llash malakalarini bilishi kerak. O'qituvchi - odobli, adolatli hamda «bola
qalbining injeneri»dir. Bolaning ijobiy va salbiy xususiyatlari ba’zan murabbiydan
o'tishini   psixolog   olimlar   ta’kidlab   o'tishgan.   Chunki   o'quvchi   o'qituvchining
yurish-turishi, kiyinishiga, gapirishiga taqlid qiladilar. Bola garchi yosh bo'lsa-da,
uning   inson   ekanligini   yoddan   chiqarmaslik   kerak,   uni   ko'pchilik   oldida
obro'sizlantirmaslik, g'ururini toptamaslik kerak. 
Pedagog   olim   Komil   Zaripov   o'qituvchining   kasbiy   mahorati   mazmun   va
mohiyatini “Ilg'or o'qituvchi”, “Ijodkor o'qituvchi”, “Novator o'qituvchi” timsolida
asoslaydi  va shunday ta’riflaydi: “Ilg'or o'qituvchi” avvalo boshqa o'qituvchilarga
6
 N.M.Quchqorova.  „Pedagogik kasbiy kompitentligi va kreativlikˮ darslik. N;.BOOKMANY PRINT. Toshkent 2022.
7
 G.Niyozov, M.Ahmedova. Pedagogika tarixidan simenar mashg’ulotlari. N;.NOSHIR. Toshkent-2011
21 qaraganda   o'z   ishiga   mas’uliyat   bilan   qaraydi.   Shu   sohadagi   ijobiy   tajribalarni
o'rganib,   o'z   darslarida,   ta’lim   muassasasidan   va   guruhdan   tashqari   tarbiyaviy
tadbirlarda   qo'llaydi.   Shu   orqali   u   ta’lim   va   tarbiya   sohasida   muayyan   yutuqlami
qo'lga   kiritadi.   “Ijodkor   o'qituvchi”da   ham   “Ilg'or   o‘qituvchi”dagi   xususiyatlar
bo'lishi   mumkin.   Ularning   jiddiy   farqi   shundaki,   ilg'or   o'qituvchi   mavjud
manbalami   o'rganib,   shular   asosida   ta’lim   -   tarbiya   bo'yicha   muayyan   ishlarni
amalga   oshirsa,   ijodkor   o‘qituvchi   bor   manbalarga   tar   qidiy   ko‘z   bilan   qaraydi.
Ko'p hollarda mavjud metodik yo‘l - yo'riq larga o‘z munosabatini bildirib, sharoit
va   vaziyat   taqozosiga,   o'zinin   imkoniyatlariga   qarab   mavjud   tartiblardan   farqli
zamonaviy   metodi   usullardan   foydalanadi”.   "Novator   o'qituvchi”,   o'zining   yaxlit
pedagogik   vosita   va   usulla   mavjudligi   bilan   farqlanib   turadi.   Shu   bilan   birga
novator   o‘qituvchi   ilmiy   tahlil,   o‘ziga   tanqidiy   ko'z   bilan   qaray   bilish
xususivatlariga hai ega bo‘ladi. Ularning ko'pchiligida g'oyat murakkab, boshqalar
o'zig   ishonmaydigan   sharoitlarda   ham   o‘z   ishlarining   to'g'ri   ekanligig   ishonch
bo'ladi.   Demak,   pedagogik   mahorat   egasi   bo‘lish   uchun   o'qituvchi   o‘zid   ham
ilg'orlikni,   ham   novatorlikni   (yangilikka   intilish),   ham   ijodkorlik   tarbiyalashi
lozim.   O'qituvchi   pedagogik   mahoratini   “O'qituvchilamin   axloqiy   shakllanishi”
yo'nalishida o'rgangan professor Malla Ochilov pedagogik mahoratni egallashning
muhim   manbasi   axloq   deb   ta’kidlal   kasbga   oid   axloq   normalarini   shunday
ta’riflaydi   “Faoliyatning   ma’lum   bir   sohasi   bilan   shug'ullanuvchi   kishilarga
taalluqli   axloqiy   normala.   talablar   kam   bor.   Bunday   axloq   kasb   (professional)
axloqi   deyiladi.   He   bir   jamiyatda   hufemron   bo   ‘lgan   axloq   bilan   kasb   axloqi   о
'rtasida   ma'lum   bir   munosabat   mavjud.   Bu   umumiylik   bilan   xususiylik   o'rtasida
munosabatdir.   Kasb   axloqi   umuminsoniy   axloq   nazariyasining   qoidalar   va
kamchiliklarini   о ‘zida   mujassamlashtiradi,   oydinlashtiradi   va   rivojlantiradi 8
  ”.
Pedagogik   mahoratning   o'ziga   xos   xususiyatlaridan   yana   biri,   unui   o'qituvchi
shaxsi   va   kasbi   to'g'risida   mukammal   ma’lumot   va   tushur   chalarga   ega
ekanligidadir. O'qituvchi inson sifatida shaxsiy fazilatlarg ega bo'lishi bilan birga,
kasbiy,   ya’ni   ixtisoslik   fazilatlariga   ham   eg   bo'lishi   lozimligini   tajriba
8
 B.X.Xodjayev.  „Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotiˮ darslik. N;.Sano-standart. Toshkent-2017
22 ko'rsatmoqda. Buni yuqorida kasb axloq to'g'risida bildirilgan fikrlar misolidaham
ko'rdik.   Shaxsiy   sifatiar   tizimida:   milliy   mafkuraviy   onglilik,   milliy   odot   lilik,
farosat,   nozik   didlik,   o'z   kasbiga   sadoqat   va   vijdoniylik,   tashal   buskorlik,
bolajonlik, talabchanlik, adolatparvarlik, pedagogik odol tadbirkorlik, qat’iylik, har
qanday   vaziyatda   o'zini   idora   qila   olisl   millatlararo   muloqot   madaniyati,
kvizatuvchanlik,   samimiylik,   topqirlil   kelajakka   ishonch,   xushmuomalalilik   kabi
fazilatlarga ega boiishi kerai 
23 1.3. O‘qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda
tutgan o‘rni.
Ta’lim   va   tarbiya   tarixini   o‘rganar   ekanmiz,   uning   rivojlanishi,   yillar
davomida   shakllanib   borishi   ustoz   va   shogird   faoliyatiga   bog‘liqligining   guvohi
bo‘lamiz.   Eng   qadimgi   davrlardayoq   mudarrislar   (o‘qituvchilar)   ta’lim   va
tarbiyaning samarali ta’sir usullarini qidirib topib, hayotga tatbiq eta boshlaganlar.
Buning   natijasida   eramizdan   oldingi   davrlardayoq   ta’lim-tarbiyaning
samaradorligiga   erishilishi   uchun   o‘qituvchiga   bo‘lgan   talablar   kuchayib   bordi.
O‘qituvchi   mahoratini   takomillashtirish   yuzasidan   turli   g‘oyalar,   nazariya   va
tavsiyalar paydo bo‘la boshladi. 
Miloddan   avvalgi   VII   –   VI   asrlarda   O‘rta   Osiyoda   ishlab   chiqarish
kuchlarining ortib borishi bilan ijtimoiy hayotda ham ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Turk va fors tilida so‘zlashuvchi xalqlar o‘rtasida o‘zaro madaniy aloqalar yuzaga
keldi.   Yosh   avlodni   mustaqil   hayotga   tayyorlashda   asrlar   davomida   qo‘llanib
kelingan,   yerli   millatning   o‘ziga   xos   urf   –   odati   va   an’analariga   mos   ravishda
tatbiq   etilgan   ta’lim   va   tarbiyaning   noyob   usul   va   vositalari,   tadbir   va   shakllari
vujudga   kela   boshladi.   Hali   maktab   bo‘lmagan,   pedagogik   fikr   tarkib   topmagan
davrdayoq qabila a’zolari bolalarda mehnatsevarlik, axloq-odob, nafosat, do‘stlik,
mehrshafqat,   insonparvarlik   sifatlarini   tarkib   toptirish   sohasida   aql   idrok   bilan
faoliyat   olib   borishgan.   Ularning   ta’lim-tarbiya   usullari   yillar   davomida   hayot
tajribasi va sinovlaridan o‘tib, sayqallanib o‘sha davrning olijanob mevasi sifatida
bizning davrimizgacha etib keld.
VII asrlarga kelib O‘rta Osiyoda ilm-fan va madaniyat sohasidagi rivojlanish
bevosita ta’lim va tarbiya beruvchi mudarrislarning qizg‘in faoliyati hamda ularga
qo‘yiladigan talablarning nihoyatda rang-barangligi va xilma-xilligi bilan diqqatga
sazovordir. Ilk ibtidoiy jamoa va quldorlik davrlaridan boshlab, bolalarning ta’lim
va   tarbiyasiga   javobgar   ulamolar   hamda   mudarrislar   nasihat,   tushuntirish,
rag‘batlantirish,   maqtash,   namuna   ko‘rsatish,   tanbeh   berish,   ta’qiqlash,   majbur
qilish,   po‘pisa   qilish,   qo‘rqitish   kabi   usullardan   foydalanganlar.   Biroq
24 mudarrislarning   o‘zi   bolaga   ta’lim-tarbiya   berish   uchun   mukammal   amaliy   va
nazariy   bilimga   ega   bo‘lishi   kerak   edi.   Shu   sababli   mudarrislar   savodli   madrasa
toliblari orasidan tanlangan va ma’lum muddat tayyorgarlikdan o‘tishgan.
Markaziy   Osiyoning   Xorazm   zaminida   shakllangan   eng   qadimiy   va
“o‘tmishdagi   dinlarning   eng   kuchlilaridan   bo‘lgan”   (Yu.A.Rappoport)
zardushtiylik   dinining   muqaddas   kitobi   “Avesto”da   bolalar   ta’limtarbiyasiga   oid
qiziqarli   ma’lumotlar   berilgan.   “Avesto”da   ta’kidlanadiki,   bilim   va   tarbiya
hayotning   eng   muhim   tirgagi   bo‘lib   hisoblanadi.   Har   bir   yoshni   shunday
tarbiyalash zarurki, u avvalo yozishni o‘rganish asosida bilim olishi kerak, so‘ngra
esa   odob-axloqi   bilan   eng   yuksak   pog‘onaga   ko‘tarilsin.   Kohin   muallimlari
oqsoqollar   Kengashi   tomonidan   tanlanib,   qat’iy   belgilangan   qoidalar   asosida
yoshlarga ta’lim va tarbiya berishgan. “Avesto”da bolalarni o‘qitish va tarbiyalash
qoidalari quyidagi tartibda tavsiya etilgan:
a) diniy va axloqiy tarbiya;
b) jismoniy tarbiya; 
v) o‘qish va yozishga o‘rgatish.
Maxsus   tayyorgarlikdan   o‘tgan   muallimlar   bolalarni   yetti   yoshidan   boshlab,
diniy   tarbiyaga   asoslangan   maktablarga   jalb   qilishgan.   Maktablarda   “muqaddas
yashil   ko‘ylak”   kiydirish   marosimi   o‘tkazilgach,   kohin   muallimlar   bolalarni
“Avesto”da   keltirilgan   madadkor   kuchlarni   ulug‘lovchi   ezgulik   va   yaxshilik
ma’budasiga   sig‘intirishgan.   Duolar   quyidagi   so‘zlar   bilan   boshlangan:   “Men
zardushtiylik   diniga   sodiq   qolishga   va’da   beraman,   men   yaxshi   fikrlar,   yaxshi
so‘zlar,   yaxshi   amallarga   ishonaman...”.   Marosimdan   so‘ng   muallimlar   bolalarga
sovg‘alar   ulashishgan.   Muallimlar   mashg‘ulotlar   jarayonida   bolalarga   nisbatan
jismoniy jazodan ko‘ra ko‘proq o‘z diniga ishonch va e’tiqodni, dunyodagi barcha
yaxshilik va ezguliklarning bunyodkori, ilohiy Axuramazdaga sig‘inishni, odamlar
boshiga   yovuzlik   va   yomonliklarni   yog‘diruvchi   Axrimandan   esa   nafratlanish
hissini   tarbiyalar   edilar   yaxshilik   va   ezguliklarning   bunyodkori,   ilohiy
Axuramazdaga   sig‘inishni,   odamlar   boshiga   yovuzlik   va   yomonliklarni
yog‘diruvchi   Axrimandan   esa   nafratlanish   hissini   tarbiyalar   edilar.   Bolalarning
25 sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sishi bilan birga o‘z dinining barcha rasmrusumlarini
to‘liq   bajarishiga,   o‘rganilayotgan   fanlarni   puxta   bilishiga,   axloqiy   pokligiga,
mehnatsevarlik,   rostgo‘ylik,   saxovatlilik   kabi   fazilatlarni   egallashiga   kohin
muallimlari   javobgar   edilar.   “Avesto”da   er,   suv   va   havo   muqaddas   deb   e’lon
qilinib,   muhitni   iflos   qilgan   va   uni   asrash   qoidalarini   buzgan   kishi   400   qamchi
urish bilan jazolanardi. Tabiatni asrash, uni obod qilish yoshlik davrlaridanoq ular
ongiga singdirilgan. 
Zardushtiylik   dini   ta’limotida   ilgari   surilgan   umuminsoniy   qadriyatlar
majmuasi   ezgulik   va   yaxshilik,   jaholat   va   yomonlik,   ta’lim   va   tarbiya   haqidagi
g‘oyalari   bilan   ulkan   pedagogik   ta’sir   kuchiga   ega   bo‘lgan.   Bunda   tarbiyachi
muallimlarning o‘z kasbiga sadoqatini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Zardushtiylik
dinida iymon uchta tayanchga asoslanadi:
-fikrning sofligi,
- so‘zning sobitligi,
-amallarning insoniyligi.
  Muallimlar   ta’lim   va   tarbiyada   yoshlar   ongiga   “bergan   so‘zning   uddasidan
chiqish,   unga   sodiq   qolish,   savdo–sotiq   va   shartnomalarga   qat’iy   amal   qilish,
qarzni   o‘z   vaqtida   to‘lash,   aldamchilik   va   xiyonatdan   xoli   bo‘lish,   halol   mehnat,
yaratuvchilik,   yovuzlikni   qalbdan   chiqarib   tashlash,   iymon–e’tiqodli   bo‘lish,
miskinlarga   yordam   berish,   yaxshi   niyat,   yaxshi   so‘z   va   yaxshi   amallarga   qo‘l
urish” kabi insoniy tuyg‘ularni singdirish uchun qizg‘in mehnat qilganlar. Xullas,
“Avesto” dunyodagi eng qadimgi din –zardushtiylik ta’limotining axloqiy falsafasi
sifatida e’tirof etiladi.
Buyuk   allomalarimiz   o‘z   asarlarida   mudarrislar   kasbining   nozikligini,
mas’uliyatli   ekanligini   va   murakkabligini,   shu   bilan   birga   sharafli   ekanligini,
yoritib, muallimning mahorati, ularga qo‘yilgan talablar, fazilatlariga oid qarashlar,
shogirdlar   bilan   munosabatga   kirishish   mahorati,   muomalasi   to‘g‘risida   o‘z
mulohazalarini bildirganlar. 
Uyg‘onish   davrining   yetuk   namoyondalari   Abu   Nasr   Forobiy,   Abu   Rayhon
Beruniy,   Abu   Ali   ibn   Sino,   Unsurul   Maoliy   Kaykovus,   Abul-Qosim   Umar
26 AzZamaxshariy,   Shayx   Sa’diy   Sheroziy,   Alisher   Navoiy,   Abdurahmon   Jomiy,
Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz al-Koshifiy kabilarning ijodiy merosi pedagogik
tafakkurni   shakllantirishda   bo‘lajak   murabbiylarga   muhim   manba   bo‘lib
hisoblanadi.   Ular   avlodlardan   avlodlarga   o‘tib,   o‘z   qimmatini   yo‘qotmagan
mudarrislarni,   tarbiyachilarni   tayyorlash   tajribalarini   umumlashtirib,   boyitib
borishgan.   Zero,   insoniyat   kelajagi   va   kurrai   zaminning   gullab-yashnashi   faqat
ta’lim va tarbiyaga bog‘liq ekanligini buyuk mutafakkirlar chuqur his qilishgan.
Shuning   uchun   muallimlar   kuchi   va   g‘ayrati   bilan   barkamol   avlodni
tarbiyalash   ularning   eng   yorqin   orzusi   bo‘lib   kelgan.   O‘zbekiston   deb   atalmish
muazzam zaminimizda yashab o‘tgan allomalarning bu borada o‘z o‘rni va hurmati
bor.   Barkamol   avlodni   tarbiyalash,   bunda   muallimning   o‘rni   to‘g‘risida
allomalarimiz   ijodiy   merosidan   juda   ko‘p   misollar   keltirishimiz   mumkin.Yunon
faylasuflari o‘qituvchilarning ta’lim va tarbiya berishda og‘zaki nutqning shakl va
qonuniyatlarini,   mulohaza   va   isbot   kabi   mantiq   ilmi   qoidalarini   chuqur
o‘zlashtirishlari lozimligini qat’iy talab qilganlar.
Shuning uchun pedagog o‘qituvchilar o‘z fikrlari va tuyg‘ularini o‘quvchilar
hamda tinglovchilar  tafakkuri va ongiga chuqur  singdira olganlar  va keskin ta’sir
o‘tkazganlar.   Har   bir   pedagog   o‘zlarining   notiqlik   san’ati   ustida   tinimsiz
mashg‘ulotlar  olib  borganlar,  sehrli   ovoz  sohibi  bo‘lish  uchun  nutq  texnikasining
barcha   qonuniyatlariga   amal   qilganlar.   Ular   o‘z   nutqlarini   mafkuraviy   va   siyosiy
kurash hamda yosh avlodni tarbiyalash quroli deb hisoblaganlar. Mashhur faylasuf
olim   Sokrat   (eramizdan   avvalgi   469─399)   o‘quvchilar   bilan   savol-javob   usuli
orqali  ta’lim-tarbiya berishning suhbat  metodiga asos  solgan. Sokratning shogirdi
Platon   o‘z   ustozi   g‘oyalarini   davom   ettirib,   o‘quvchilar   bilan   savol-javob   usulini
notiqlik   san’atining   bir   shakli   sifatidagi   ahamiyati   cheksiz   ekanligini   bayon   etadi
hamda uni inson tafakkuri va ongini, dunyoqarashini og‘zaki nutq bilan boyituvchi
noyob uslub sifatida baholaydi.
Yunonistonda   yoshlarga   ta’lim-tarbiya   berishda   notiqlik   san’atining
ahamiyatini   yoritib   berish   hamda   uning   rivojlanishi   faylasuf   olim   Demosfen
(eramizdan avvalgi 384─322) nomi bilan uzviy bog‘langan. U yoshlik yillaridanoq
27 notiqlik   san’atiga   qiziqdi.   Tug‘ma   duduq   bo‘lishiga   qaramasdan,   o‘quvchi   va
tinglovchilarning   istehzolariga   bardosh   berib,   qizg‘in   va   shiddatli   mehnati   bilan
notiqlik mahoratini namoyish eta olgan. Barcha dunyoviy bilimlarni faqat notiqlik
san’atining olijanob qudrati asosida tinglovchilar tafakkuriga etkazish mumkin deb
ta’kidlagan  edi   faylasuf.  Faqat   Demosfen  Yunonistonda  notiqlik  san’atiningyetuk
namoyondasi, ya’ni elitasi sifatida mashhur bo‘ldi. U davlat tribunasini siyosiy va
mafkuraviy kurash maydoniga aylantirdi.
O‘qituvchilarning   kasbiy   mahoratlarini   takomillashtirish   to‘g‘risidagi
muammolar   evropa   olimlari   Ya.   A.   Komenskiy,   Djon   Lokk,   G.Pestalotssi,
A.Disterverg,   K.D.Ushinskiy   kabilarning   asarlarida   o‘z   ifodasini   topgan.
Jumladan,   chex   olimi,   mashhur   pedagog   Ya.   A.   Komenskiy   o‘qituvchining   eng
muhim   xususiyatlari   qatoriga   bolalarni   sevishi,   yuksak   axloqi,   bilimdonligi,
iqtidori,   qobiliyati   kabilarni   kiritadi   va   ularning   mohiyatini   mukammal   tavsiflab
beradi.Yan   Amos   Komenskiy   o‘z   davrida   o‘qituvchilarning   bola   dunyoqarashini
rivojlantirishdagi roliga yuqori baho berib, o‘qituvchilik «yer yuzidagi har qanday
kasbdan   ko‘ra   yuqoriroq   turadigan   juda   faxrli   kasb» 9
  ekanligini   ta’kidlaydi.
Muallifning   fikricha,   o‘qituvchi   o‘z   burchlarini   chuqur   anglay   olishi   hamda   o‘z
qadr-qimmatini   to‘la   baholay   bilishi   zarur.   Ya.A.   Komenskiy   o‘qituvchi   obrazini
tasvirlar   ekan,   uning   shaxsida   quyidagi   fazilatlar   namoyon   bo‘lishi   maqsadga
muvofiqligini   ta’kidlaydi:   vijdonli,   ishchan,   sabotli,   axloqli,   o‘z   ishini   sevuvchi,
o‘quvchilarga   mehr   bilan   muomala   qiluvchi,   ularda   bilimga   havas   uyg‘o-tuvchi,
o‘quvchilarni o‘z ortidan ergashtiruvchi va diniy e’tiqodni shakllantiruvchi.
I.G.Pestalotssi   o‘qituvchining   kasbiy   sifatlariga   baho   berish   bilan   birga,
asosan   uning   xalq   ta’limi   tarmog‘ini   takomillashtirishdagi   roli   hamda   fan
asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifalariga to‘xtalib o‘tadi.
A.   Disterverg   o‘qituvchining   ta’limdagi   roliga   yuqori   baho   berib,   u   o‘z
faoliyatini   chuqur   bilib,   pedagogik   mahoratini   oshirib   borishi   o‘quvchilarni
qalbdan   yoqtirishi   natijasida   yuzaga   keladi   deb   uqtiradi.   O‘qituvchi   bolalarning
9
 K.Hoshimov, S.Nishonova.  „Pedagogika tarixiˮ darslik. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi 
nashriyoti. Toshkent-2005
28 individual   xususiyatlarini,   qobiliyatini,   faoliyatini   mukammal   bilishi   uchun
muayyan   darajada   psixologik   bilimlarga   ham   ega   bo‘lishi   kerakligini   takidlab
o‘tgan.
XV   asrda   yashab,   ijod   etgan   mutafakkir,   Alisher   Navoiyning   yaqin   do‘sti
Kamoliddin   Husayn   Voiz   al–Koshifiy   (taxm.   1440–1505   y.)   bola   tarbiyasida
maktab   va   muallimning   alohida   o‘rni   borligi   haqida   gapirib,   muallimlar   dono,
bilimli,   shirinsuxan,   adolatli   bo‘lishi   zarur,   deb   hisoblaydi.   Alloma   murabbiylar
to‘g‘risida “Axloqi Muhsiniy” asarida shunday yozadi: “Murabbiy (bolaga) nasihat
va   ta’lim   berishda   lutf   va   odob   qoidalariga   rioya   qilishi   darkor.   Jamoatchilik
joylarida   o‘quvchiga   pand   berish   yaramaydi,   balki   xilvat   joyda   bolaga   nasihat
qilish  
zarur. Agar (murabbiy) nasihat berishning fursati kelganini bilsa, unga muloyimlik
bilan   murojaat   qilishi   lozim,   chunki   bizning   zamonamizda   muloyim   va   xushfe’l
bo‘lish maqsadga muvofiqdir” 10
.
Buyuk   allomalardan   Abdurahmon   Jomiy   o‘z   asarlarida   tarbiyachi-muallim
foaliyatiga quyidagicha ta’rif beradi: “muallim bilimli, aqlli, adolatli, o‘zida butun
yuksak   fazilatlarni   mujassamlashtirgan   bo‘lishi   kerak.   O‘zini   nomunosib   tutgan
odam hech vaqt bolalarga bilim va odob bera olmaydi” 11
.
Hozirgi   zamon   o‘qituvchisi   qanday   ijobiy   sifatlarga   ega   bo‘lishi   lozim.
Avvalo   zamonaviy   bilimlar,   ilg‘or   tajribalar   hamda   pedagogik   mahoratni   yuqori
darajada   egallaganligi,   pedagogik   izlanish   vazifasiga   mos   tadqiqotlar   metodlari
majmuasini   shakllantira   olishi,   nazariy   tadqiqot   va   amaliy   tajriba-sinov   ishlarini
o‘tkazish  malakasiga   ega  bo‘lishi,  o‘qitadigan  o‘quv  fanidan  o‘quv  dasturi,  DTS,
darsliklar   va   o‘quvmetodik   qo‘llanmalar,   elektron   darsliklarni   yarata   olishi   va
amalda   qo‘llay   olishi   lozim.   O‘zining   pedagogik   faoliyatini   doimiy
takomillashtirib   borishi,   kasbiy   sifatlarini   rivojlantirishi,   o‘z-o‘zini   nazorat   qilish
va   baholash   malakasini   egallashi,   yangi   pedagogik   g‘oyalarni   ishlab   chiqa   olish,
zamonaviy   axborot   texnologiyalarini   dars   jarayonida   qo‘llash   ko‘nikmalariga  ega
10
 N.M.Quchqorova. „Pedagogik kasbiy kompitentligiva kreativlikˮ darslik. BOOKMANY PRINT. Toshkent 2022
11
 G.Niyozov, M.Ahmedova. Pedagogika tarixidan simenar mashg’ulotlari. N;. NOSHIR. Toshkent 2011.
29 bo‘lishi,   o‘qitishning   istiqbolli   yo‘nalishlari   talablari   asosida   metod,   shakl   va
vositalarni  yaratish  va  ularni   ta’lim   jarayonida  uzviy  qo‘llash  malakalarini   bilishi
kerak.O‘qituvchi — odobli, adolatli hamda «bola qalbining injeneri»dir.
Bolaning ijobiy va salbiy xususiyatlari ba’zan murabbiydan o‘tishini psixolog
olimlar   ta’kidlab   o‘tishgan.   Chunki   o‘quvchi   o‘qituvchining   yurish-turishi,
kiyinishiga,   gapirishiga   taqlid   qiladilar.   Bola   garchi   yosh   bo‘lsa-da,   uning   inson
ekanligini   yoddan   chiqarmaslik   kerak,   uni   ko‘pchilik   oldida   obro‘sizlantirmaslik,
g‘ururini toptamaslik kerak.
Pedagog   olim   Komil   Zaripov   o‘qituvchining   kasbiy   mahorati   mazmun   va
mohiyatini   “Ilg‘or   o‘qituvchi”,   “Ijodkor   o‘qituvchi”,   “Novator   o‘qituvchi”
timsolida   asoslaydi   va   shunday   ta’riflaydi:   “Ilg‘or   o‘qituvchi”   avvalo   boshqa
o‘qituvchilarga qaraganda o‘z ishiga mas’uliyat bilan qaraydi. Shu sohadagi ijobiy
tajribalarni   o‘rganib,   o‘z   darslarida,   ta’lim   muassasasidan   va   guruhdan   tashqari
tarbiyaviy  tadbirlarda  qo‘llaydi.  Shu orqali  u  ta’lim   va tarbiya  sohasida  muayyan
yutuqlarni   qo‘lga   kiritadi.   “Ijodkor   o‘qituvchi”da   ham   “Ilg‘or   o‘qituvchi”dagi
xususiyatlar   bo‘lishi   mumkin.   Ularning   jiddiy   farqi   shundaki,   ilg‘or   o‘qituvchi
mavjud   manbalarni   o‘rganib,   shular   asosida   ta’lim   -   tarbiya   bo‘yicha   muayyan
ishlarni   amalga   oshirsa,   ijodkor   o‘qituvchi   bor   manbalarga   tanqidiy   ko‘z   bilan
qaraydi.   Ko‘p   hollarda   mavjud   metodik   yo‘l   –   yo‘riqlarga   o‘z   munosabatini
bildirib,   sharoit   va   vaziyat   taqozosiga,   o‘zining   imkoniyatlariga   qarab   mavjud
tartiblardan farqli zamonaviy metodik usullardan foydalanadi”.
“Novator o‘qituvchi”, o‘zining yaxlit pedagogik vosita va usullari mavjudligi
bilan farqlanib turadi. Shu bilan  birga novator  o‘qituvchilarda ilmiy tahlil, o‘ziga
tanqidiy   ko‘z   bilan   qaray   bilish   xususiyatlari   ham   ega   bo‘ladi.   Ularning
ko‘pchiligida g‘oyat murakkab, boshqalar o‘ziga ishonmaydigan sharoitlarda ham
o‘z ishlarining to‘g‘ri ekanligiga ishonch bo‘ladi.
Demak,   pedagogik   mahorat   egasi   bo‘lish   uchun   o‘qituvchi   o‘zida   ham
ilg‘orlikni,   ham   novatorlikni   (yangilikka   intilish),   ham   ijodkorlikni   tarbiyalashi
lozim.   O‘qituvchi   pedagogik   mahoratini   “O‘qituvchilarning   axloqiy   shakllanishi”
yo‘nalishida o‘rgangan professor Malla Ochilov pedagogik mahoratni egallashning
30 muhim   manbasi   axloq   deb   ta’kidlab,   kasbga   oid   axloq   normalarini   shunday
ta’riflaydi   “Faoliyatning   ma’lum   bir   sohasi   bilan   shug‘ullanuvchi   kishilarga
taalluqli   axloqiy   normalar,   talablar   ham   bor.   Bunday   axloq   kasb   (professional)
axloqi   deyiladi.   Har   bir   jamiyatda   hukmron   bo‘lgan   axloq   bilan   kasb   axloqi
o‘rtasida   ma’lum   bir   munosabat   mavjud.   Bu   umumiylik   bilan   xususiylik
o‘rtasidagi munosabatdir. Kasb axloqi umuminsoniy axloq nazariyasining qoidalari
va kamchiliklarini o‘zida mujassamlashtiradi, oydinlashtiradi va rivojlantiradi” 12
.
Pedagogik   mahoratning   o‘ziga   xos   xususiyatlaridan   yana   biri,   uning
o‘qituvchi shaxsi va kasbi to‘g‘risida mukammal ma’lumot va tushunchalarga ega
ekanligidadir.   O‘qituvchi   inson   sifatida   shaxsiy   fazilatlarga   ega   bo‘lishi   bilan
birga,   kasbiy,   ya’ni   ixtisoslik   fazilatlariga   ham   ega   bo‘lishi   lozimligini   tajriba
ko‘rsatmoqda.   Buni   yuqorida   kasb   axloqi   to‘g‘risida   bildirilgan   fikrlar   misolida
ham ko‘rdik. 
Shaxsiy sifatlar tizimida: milliy mafkuraviy onglilik, milliy odoblilik, farosat,
nozik   didlik,   o‘z   kasbiga   sadoqat   va   vijdoniylik,   tashabbuskorlik,   bolajonlik,
talabchanlik,   adolatparvarlik,   pedagogik   odob,   tadbirkorlik,   qat’iylik,   har   qanday
vaziyatda o‘zini idora qila olish, millatlararo muloqot madaniyati, kuzatuvchanlik,
samimiylik,   topqirlik,   kelajakka   ishonch,   xushmuomalalilik   kabi   fazilatlarga   ega
bo‘lishi kerak.
Kasbiy sifatlar tizimida: pedagogik ziyraklik, O‘zbekistonning o‘z istiqlol va
taraqqiyot   yo‘li   mohiyati,   beshta   tamoyil   rivojlanishining   ma’naviy   –   axloqiy
negizlarini   bilishi,   milliy   tarbiya   mohiyati   va   mazmunini   chuqur   anglash,   chuqur
ilmiy   nazariy   salohiyati,   pedagogik   ijod,   o‘z   fanining   tarbiyaviy   imkoniyatlarini
mukammal bilish, pedagogik bilimlarni takomillashtirishga intilish, mamlakatimiz
Prezidentining ichki va tashqi siyosatidan xabardorlik, o‘zbek xalqining an’analari,
qadriyatlari, urf – odatlarini yaxshi anglashi, siyosat, tarix, madaniyat, ma’naviyat,
adabiyot va san’at, axloqshunoslik, dinshunoslik, huquqshunoslik, o‘lkashunoslik,
texnikaga oid ma’lumotlardan xabardorlik, etnopedagogika, etnopsixologiyaga oid
bilimlarga ega bo‘lish va hokazo.
12
 B.X.Xodjayev.  „Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotiˮ darslik. N;. Sano-Standart. Toshkent 2017
31 Bo‘lajak   o‘qituvchilarda   yuqorida   qayd   qilingan   milliy   pedagogikaning
faoliyatga   tayyorlovchi   shaxsiy   va   kasbiy   sifatlariga   ega   qilish   lozim.   Bu   hol
kasbiy   mahorat   egasi   bo‘lish   va   kadrlar   tayyorlashning   milliy   dastur   talablarini
bajarishga yordam beradi.
“Muallimning yuksak sifati uning aqli, ilmi, fikri, so‘zi, axloqu odobidadirˮ 13
– degan edi taniqli murabbiy, maktabshunos olim Hikmatulla Abdullayev o‘zining
“Yashil   daftar   hikmati”   asarida.   –O‘qituvchining   yuz   qarashlari   ham,   gapirishlari
ham, qalbi ham, ko‘rinishi ham, yurish-turishi ham, kiyinishi ham chiroyli va ibrat
namunasi bo‘lsin. Ayniqsa, uning nutqi tushunarli, ravon, ta’sirli bo‘lishi darkor. U
muloqotda   bamisoli   so‘z   zargari   ekanligini   ko‘rsata   olishi   muhimdir.   Shunga
erishish   kerakki,   odamlar,   ayniqsa,   otaonalar   va   o‘qituvchilar   uni   rostgo‘y,   halol,
pokiza,   sog‘lom   fikrli,   shafqatli   va   muruvvatli,   insonparvar   kishi   sifatida   e’tirof
etsinlar”.
O‘qituvchi «Sog‘lom avlod uchun» kurashchi, bor bilimi va tajribasini ta’lim-
tarbiya   ishiga   bag‘ishlagan,   o‘z   qadrini,   o‘z   hurmati,   o‘z   obro‘sini   saqlaydigan
inson. Shuning uchun vaqt oltindan, durugavhardan qimmatlidir. U har bir daqiqa
vaqtni   to‘g‘ri   taqsimlaydigan,   bajariladigan   vazifalarni   hisobga   oluvchi,   darsga
tayyorlanishi,   dars   o‘tkazishni   rejalashtiradigan,   ta’lim   muassasasining   umumiy
qo‘shimcha   topshiriqlarini   tez   va   sifatli   bajaradigan   hamda   vaqtida   ovqatlanish,
vaqtida dam olishni biladigan intizomli shaxsdir.
Ta’lim va tarbiya jarayoni har bir o‘qituvchidan ulkan aql-zakovat, sabr-toqat,
matonat,   o‘quvchilarga   va   o‘z   kasbiga   yuksak   mehrmuhabbatli   bo‘lishni   talab
etadi.   O‘qituvchining   doimo   izlanuvchan,   bilim   va   tajribasini   orttirib   borishi,
o‘quvchilarni chuqur tushu-nish, ularning ichki dunyosini payqay olishi, o‘sish va
rivojlanish darajalarini  nazorat  qilib borishi  na zarur paytda so‘z, ish yoki  amaliy
harakat   bilan   yordam   bera   olish   qobiliyati   ta’lim   va   tarbiya   jarayonining
muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillardir.
Pedagogik   kasb   –   bu   barkamol   inson   sifatida   xarakterlanuvchi   ijtimoiy
ahamiyatga   molik   fazilatlarning   barqaror   tizimidir.   O‘qituvchio‘z   kasbiga   ixlos
13
 A.Xoliqov.  „Pedagogik mahoratˮ darslik. N;.IQTISOD MOLIYA. Toshkent 2011.
32 qo‘yishi   va   uning   ijtimoiy   ahamiyatini   tushunib   etishi,   bolalarga   ta’sir   o‘tkazishi
va ular bilan hamdardligini namoyon qila olishi shunday fazilatlar majmuasidirki,
ular   o‘qituvchi   faoliyati   va   muloqoti   bilan   uyg‘unlashganda   o‘qituvchi
mehnatining   bir  
butunligiga erishiladi.
O‘qitish   va   tarbiyalash   –   bular   bir-biridan   ancha   farqli   tushunchalardir.
O‘qituvchi   o‘z   kasbining   to‘la   ma’nodagi   egasi   bo‘lishi   uchun   atrof-muhitidagi
odamlar   orasida   hurmat–e’tibor   qozona   olishikerak.   O‘qituvchi   hamma   joyda
madaniyatli murabbiy, ezgu fazilatlar egasi sifatida namuna bo‘lishi zarur. 
O‘qituvchining   mahorati   pedagogika   oliy   ta’lim   muassasalarida   bilim   va
malakalarni egallash davridayoq, shakllanib boradi. Pedagogik kadrlar tayyorlash,
ularning   malakasini   oshirish   va   qayta   tayyorlash   tizimi   kasbga   moslashishi,
tanlangan kasb ichidagi uzluksiz taraqqiyotga moslasha oladigan, keng ma’nodagi
o‘qituvchining   shakllanishiga   bo‘lgan   talabga   muvofiq,   holda   bilimlarning
pedagogik-psixologik   va   umummilliy   mavqeining   o‘sib   borishida   aks   etmog‘i
lozim.Ayniqsa, o‘qituvchilarning qobiliyatida notiqlik san’ati  qanchalik  kuchli  va
ta’sirchan   bo‘lsa,   o‘quvchilar   uning   so‘zini   zo‘r   ishtiyoq   bilan   tinglaydi.
O‘qituvchi   o‘z   kasbiga   ixlos   qo‘yib,   o‘zining   pedagogik   iste’dodini,   samimiy
munosabatini   o‘quvchilar   orasida   namoyon   etsa,   o‘qituvchi   bilan   o‘quvchilar
orasidagi   o‘zaro   muloqot   yuksak   darajada   mustahkamlanib
boraveradi.O‘qituvchilik   faoliyati   ushbu   kasbni   tanlagan   har   bir   yosh   yigit   va
qizlardagi qobiliyat va iste’dodning barcha qirralarini ishga solishga majbur qiladi.
A.S.Makarenkoning   fikricha,   “jamoada   40   ta   qobiliyatsiz   o‘qituvchi   o‘rniga   4   ta
qobiliyatli tarbiyachi-o‘qituvchi bo‘lgani ma’qul”ligi haqida gapirgan edi. Bu bilan
u   qobiliyatsiz   kishilar   ta’lim-tarbiya   ishiga   katta   zarar   etkazishi   mumkinligini
alohida uqtiradi.
Avvalo,   o‘qituvchilar   –   ta’lim   muassasasidagi   ta’lim   va   tarbiyaviy
jarayonining   asosiy   tashkilotchilaridir.   Yigit   va   qizlarning   ma’lumot   jihatidan
umumiy   tayyorgarlik   darajasi   hamda   mustaqil   ijodiy   tafakkur   taraqqiyoti,
tarbiyalangan   darajasi   dastur   va   darsliklargagina   emas,   balki   o‘qituvchilarga,
33 ularning mahorati hamda fuqarolik hislatlariga ham taalluqli bo‘ladi. Shu boisdan
ham pedagogika oliy ta’lim muassasalariga o‘qituvchilik kasbini sevgan, unga chin
ko‘ngildan   qiziqqan   va   moyilligi   bo‘lgan   iqtidorli   yoshlargina   qabul   qilinishi
lozim.
34 I I - B O B . O ’ Q I T U V C H I   M A H O R A T I N I   T A K O M I L L A S H T I R I S H
Y O ’ L I   V A   S H A R T - S H A R O I T L A R I .
 
2.1.             Pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy tamoyillari.
Pedagogik faoliyatni tashkil etishda metodlarni maqsadga muvofiq
tanlash.
                                                Kimki shogirdligidan	 chin	 dildan	 shod,
                                                Bir	
 kun	 o’zi	 ham	 bulg’usi	 ustod.
                                                Ilm	
 ila	 yetish	 mumkin	 birodar,
                                                Zarradan	
 tortib	 to	 quyoshga	 qadar.                   (Nosir	 Xisrav).
 
«Y a ngi tamoyillar asosida rivojlanayotgan ta’lim tizimi yosh avlodni barkamol
ma’naviy   yetuk   inson   sifatida   shakllantirishga   qaratilgandir» 14
  —   deyiladi   Kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturida.     Ana   shunday   barkamol   insonni   tarbiyalash
masalasi     o’qituvchining pedagogik mahoratiga ko’p jihatdan bog’liq.
Buyuk   alloma   inson   ruhiyatining   muhandisi   Abu   ali   Ibn   Sino   o’zining   «Tib
qonunlari» asarida shunday fikr bayon qiladi:
«O’qituvchining barcha hatti - harakatlari ezgulikdan iborat bo’lmog’i lozim» 15
.
Ezgulik   avvalo   bola   qalbiga   yo’l   topishdan   boshlanadi.   U   bilan   g’am x o’r,
hamnafas   bo’lish,   beg’ubor   qalb   egasini   hurmat   qilish,   hohish   -   istaklariga   befarq
bo’lmaslik, bir so’z bilan aytganda bolajon bo’lish zarur.
Bola   tafakkurini   har   tomonlama   rivojlantirish,   dunyoqarashini   shakllantirishda
yangi zamonaviy bilimlarni keng ko’lamli olib borilishi kerak.
Chunki   bolaning   bilish,   yangiliklarni   qabul   qilish   doirasi   keng,   undan   to’g’ri
samarali foydalanish esa o’qituvchilarning, tarbiyachilarning vazifasidir.
  Respublikamiz hukumati  xalq ta’limi sohasida  o’rtaga qo’yayotgan vazifalarni
bajarish   ko’p   jihatdan   o’qituvchiga   bog’liq.   Hozirgi   sharoitda   ta’lim   tarbiyadan
ko’zda  tutilayotgan  maqsadlarga  yetishish,  o’quvchilarning  xilma -  xil   faoliyatlarini
14
 Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 29.08.1997-yildagi 463-I-son qarori.
15
 A.Xoliqov.  „Pedagogik mahoratˮ darslik. N;.IQTISOD MOLIYA. Toshkent-2011
35 uyushtirish,   ularni   bilimli,   e’tiqodli,   mehnatsevar,   barkamol   inson   qilib   o’stirish
o’quvchi   zimmasiga   yuklatilgan .   Xalqimizning   kelajagi,   mustaqil   O’zbekistonning
istiqloli ko’p jihatdan o’qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh
avlodni   o’qitish   va   tarbiyalash   ishiga   bo’lgan   munosabatiga   bog’liq.   Uzluksiz
pedagogik   ta’lim   g’oyasi     amalga   oshirilmoqda.   Shu   munosabat   bilan   o’qituvchilar
malakasini   oshirish   va   ularni   qayta   tayyorlash   ishi   davlat   va   jamoatchilik   diqqat
markaziga qo’yildi.
Biror   kasbning   haqiqiy   ustasi   bo’lish   uchun   kishida   tabiiy   qobiliyat,   ma’lum
jismoniy   va   ruhiy   xislatlar   jo   bo’lishi   kerak.   Pedagogning     o’qituvchilik   faoliyatini,
yoshlarni o’qitish va tarbiyalash ishini samarali bajarishi, ota - onalar va bolalarning
izzat   -   hurmatiga   sazovor   bo’lishi   uchun   ham   unda   qobiliyat,   mahorat,   qiziqish
bo’lmog’i lozim.
Muvaffaqiyatli   ishlash   uchun   har   bir   o’qituvchi   pedagogik   mahoratga   ega
bo’lishi  zarur.   Pedagogik mahorat  egasi  oz  mehnat  sarf  qilib katta natijaga  erishadi.
Ijodkorlik   uning   hamisha   hamkori   bo’ladi.   Pedagogik   ishga   qobiliyatli,   iste’dodli
kishidagina pedagogik mahorat bo’lishi mumkin.
  Respublikamiz xukumati  xalq ta’limi sohasida  o’rtaga qo’yoyatgan vazifalarni
bajarish   ko’p   jihatdan   o’qituvchiga   bog’liq.   Yangi   iqtisodiy   siyosatga   o’tish
sharoitida   ta’lim   tarbiyadan   ko’zda     tutilayotgan   maqsadlarga   erishish,
o’quvchilarning   xilma   -   xil   faoliyatini   uyushtirish,   ularni   bilimli,   odobli,   e’tiqodli,
barkamol inson qilib o’stirish o’qituvchi zimmasiga yuklatilgan.
O’qituvchi   pedagogik   mahoratini   oshirish   uchun   o’z   -   ustida   ishlashi,   tinmay
izlanish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ish olib borishi lozim.
Yangi metodik mahorat, bu yangi pedagogik texnologiya deganidir.
Pedagogik   texnologiya   pedagogik   mahorat   to’g’risidagi   f an.   Shunga   ko’ra
pedagogik   texnologiyada   o’qituvchining   metodik   mahorati   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya o’zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari
bilan bog’liq xususiy nazariyasiga ega:
36 O’quv   -   tarbiyaviy   jarayonni   ilmiy   asosda   qu rish   o’ qitishning   axborot
vositalaridan   va   didaktik   materiallardan,   ta’limning   faol   metodlar i dan   keng
foydalanishga   asoslangan   o’qituvchi   va   o’quvchilarning   birgalikdagi   faoliyatiga
zamin yaratadi.
1.   Mahoratli   o’qituvchi   davlat   buyurtmasiga   mos   keladigan   ta’lim   -   tarbiya
maqsadini   aniq   va   ravshan   belgilashi   kerakki,   natijada   ma’lum   vaqt   ichida   unga
erishishni   ta’minlaydigan   didaktik   jarayonni   tuzish   va   joriy   etish   to’g’risida   xulosa
qilishi mumkin bo’lsin.
2. O’qituvchi pedagogik tizimda belgilangan maqsadga to’g’ri keladigan o’quv -
tarbiyaviy   jarayon   mazmunini   o’quv   dasturi   bo’yicha   chuqur   hollashi,   muntazam
ravishda   o’z   pedagogik   mahorat i ni   ilmiy   -   texnikaviy   taraqqiyot   talablariga   mos
holda mustaqil ravishda kengaytirib borish i   lozim.
  «O’qituvchi   o’z   bilim   malakasini   oshirish   usullarini   puxta   egallamog’i,
mustaqil ishlashni o’rganmog’i lozim» 16
,-   degan edi A bduraxmon   Jomiy.
O’z bilimlarini mustaqil oshirish uchun quyidagi bo’limlardan iborat individual
reja tuzib olishlari tavsiya etiladi.
      1.   G’ oyaviy — siyosiy saviyani oshirish.
      2. Ilmiy — nazariy bilimni oshirish.
      3. Metodik bilim va mahoratni oshirish.
     4. Pedagogik va psixologik nazariyani yanada puxta o’rganish.
  O’qituvchining   pedagogik   mahoratini   doimiy   oshirib   borish   va   uni
rivojlantirishda  maktabdagi   metod  birlashmalar  hamda   kabinetlarning  xizmati  katta.
Metod   birlashmalarda   o’qituvchilar   fikr   almashadilar:   o’zaro   kuzatilgan   darslar
muhokama   qilinadi.   Yosh   va   tajribasiz   o’qituvchilarga   maslahatlar   uyushtiriladi,
ilg’or tajribalarni keng ommalashtiradilar.
-   Pedagogik   ijodkorlik   manbai   -   bu   pedagogik   tajribadir.   Pedagogik   tajriba
muammoli   vaziyatlarga   juda   boydir.   Ilg’or   pedagogik   tajriba   deganda   biz
16
 N.A.Muslimov, Sh.S.Sharipov, O.A.Qo’ysinov.  „Mehnat ta’limi o’qitish metodikasi, kasb tanlashga yo’llashˮ 
darslik. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. Toshkent-2014
37 o’qituvchining o’z pedagogik vazifasiga ijodiy yond a shishni, o’quvchilarning ta’lim
tarbiyasida yangi, samarali yo’l va vositalarni qidirib topish i ni tush u namiz.
-   Ilg’or   pedagogik   tajriba   o’qituvchi   tomonidan   qo’llaniladigan   ish   vaqti   va
usullari, uslub va vositalaridir, Ular vositasida o’quv -     tarbiyaviy ishlarda eng yuqori
natijalarga erishiladi.
- Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va
qonuniyatlarni   ochish   o’quv   tarbiya   jarayoniga   sifatli   o’zgarishlar   kiritadi.
O’quvchilarning   bilish   faoliyatini   boshqarish,   yangi   ko’rinishdagi   o’quv   jarayonini
modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo’ladi.
-   Fan   -   texnika   taraqqiyoti   o’qituvchining   ijodkor   bo’lishini,   fanning   muhim
muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini o’quvchilarga yetkaza
olishi   va   nihoyat   o’quvchilarni   ham   ijodiy   fikrlashga,   tadqiqot   ishlariga   o’rgata
olishini   talab   qiladi.   Shuning   uchun   o’qituvchi   avvalo   tadqiqotchilik   malakalarini
egallashi   zarur.   O’qituvchi   ilmiy   tadqiqot   ishlari   olib   borishi   davomida   omillarni
to’playdi, tahlil qiladi, ular asosida xulosalar chiqaradi. U fan xulosalaridan o’zining
amaliy   faoliyatida   foydalanish   jarayonida   hozirgi   zamon   o’qituvchisi   uchun   zarur
bo’lgan juda muhim fazilatlarni egallaydi.
Maktabda   pedagogik   mehnatni   ilmiy   asosda   tahlil   qilish   muammosi   ko’pincha
darsda   vaqtdan   unumli   foydalanish,   sinfdan   tashqari   tadbirlardan   va   o’qituvchi
tarbiyachilarning ijtimoiy topshiriqlarini tartibga solishdan iborat deb qaraladi.
Pedagogik   mahoratni   ilmiy   -   asosda   tashkil   etish   mazmuni   ancha   keng
tushuncha   bo’lib,   unga   avvalo,   xodimlarning   malakasi,   qobiliyati   va   qiziqishlarini
hisobga olgan holda ularni to’g’ri tanlash va joy - joyiga qo’yish, qayta tayyorlash va
ularning   malakasini   oshirish da   qo’llanilayotgan   usullar   tizimini   uzluksiz
takomillashtirish   va   ta’lim   -   tarbiya   jarayoniga   texnika   vositalarini   joriy   etish
masalalari kiradi.
Ta’lim   metodlaridan   foydalanishning   samaradorligi   va   muvaffaqiyati   ular
o’quvchilar   mustaqilligi   va   ijodiy   faolligini   rivojlantirishga   qanchalik   yordam
berishiga   bog’liq.   O’qituvchi   o’quvchilarga   mustaqillik   ko’rsatish   uchun   sharoit
38 yaratsa, o’quvchilar bilimlarini bamisoli o’zlari olayotgandek tuyulsa, mazkur metod
samarali bo’ladi.
Ta’lim   metodlarida   o’qituvchining   qiyofasi,   uning   dunyoqarashi,   yning
psixologik   -   pedagogik,   metodik   va   maxsus   ilmiy   tayyorgarli gi   namoyon   bo’ladi.
Xuddi ana shu omillar ta’lim metodlarini samoradorligini belgilaydi. Muayyan metod
yaxshi   tayyorgarligi   bo’lgan   o’qituvchida   o’z   afzalliklarini   namoyon   qilsa,
tayyorgarligi zaif bo’lgan o’qituvchida shu metodning o’zi salbiy jihatlarini namoyon
qiladi. Shu sababli ta’lim metodlarini samaradorligini oshirish uchun o’qituvchining
tayyorgarlik darajasi prinsipial ahamiyatga ega. O’qituvchi ijodiy pedagogik faoliyati
va o’quvchilar ijodiy faoliyatining ta’lim metodida o’z ma’lumoti, madaniyati, kasbiy
tayyorgarligi   darajasini   qanchalik   aks   ettirishiga   bog’liq.   Bunda   ijodiyot   uchun
qancha imkoniyatlar bor.
Bilim   faoliyati   xususiyatlarini,   uning   ziddiyatlarini   o’qituvchining   anglab   olish
izlanish   xarakteridagi   o’quv   vaziyatini   shakllantirishi   va   ularni   hal   etish   jarayonini
boshqarish imkonini beradi.
Ilg’or o’qituvchilarning ish tajribasi ta’lim metodlarini takomillashtirishga katta
ta’sir   ko’rsatadi.   Bunday   tajribani   umumlashtirish   va   yoyish   o’quv   jarayoni   sifatini
oshirishning muhim shartidir.
O’qituvchilar   mehnat   faoliyati   jarayonida   o’z   ishlarining   chinakam   ustalariga
aylanadilar.   Sog’lom   fikr   yurituvchi   har   bir   kishi   mahoratli   tarbiyachi   bo’la   oladi,
mahoratga tajriba hamda fikr yuritish orqali erishiladi.
Pedagogik   faoliyatning   nazariy   asosiy   kasbga   oid   bilimlardir.   U   faqatgina   o’z
predmetini emas, balki pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarini o’zlashtirishi va
ularni   muntazam   to’ldirib   borishi   lozim.   Ilmiy   psixologik   -   pedagogik   bilimlar
sistemasining   mavjudligi   o’qituvchiga   faqat   o’z   sinfini   hamda   ayrim   o’quvchilarni
o’rganish   va   ularning   to’g’ri   tavsifnoma sini   tuzishgina   emas,   balki   o’quvchilar
jamoasi   bilan   va   uning   hap   bir   a’zosining   rivojlanishi   istiqbollarini   ham   belgilash
imkonini   beradi.   O’qituvchi   tarbiyachining   amaliy   faoliyati   bu   ko’plab   pedagogik
vazifalarni  beto’xtov  hal  qilishdir.  O’zining  kasbga  doir   bilimlar  to’plamidan  ijodiy
foydalangan o’qituvchigina ularni muvaffaqiyatli hal etishi mumkin.
39 Pedagogik   odobini   egallash   o’qituvchidan   o’z   ustida   puxta,   o’ylab   ishlashni
talab qiladi. O’qituvchi o’z hatti - harakatini  doimo nazorat qilishi, qarashi, ishorasi
bilan   o’quvchilar   hatti   -   harakatiga   o’z   munosabatini   bildira   bilish   kerak.   Ya’ni
pedagoglik odobi o’qituvchida o’z tuyg’ularini ifoda qilishning sof tashqi malakalari
mavjud   bo’lishini   ham   nazarda   tutadi.   Malakalarning   bunday   majmui   pedagoglik
mahoratning tarkibiy qismi bo’lib, u pedagoglik texnikasi deb ataladi. O’qituvchining
pedagoglik   mahorati ,   uning   intellekti   va   madaniyatiga   jiddiy   e’tibor   beriladi   va
bu   o’ rinda   o’qituvchi   o’z   pedagoglik   mahoratini,   kasbga   doir   vazifalarni   hal   qilish
qanchalik   qo’lidan   kelishini   doimo   tekshirib   borishi ,   bola   ongi   hamda   qalbiga   eng
yaxshi  yo’llarni  axtarishi   talab  etiladi.  O’qituvchi   o’quvchilarga  o’z  hatti   -  harakati,
turmush tarzi, o’z qiyofasi va bilimi bilan ta’sir qiladi. Uning madaniyati, hakgo’yligi
va   ma’naviy   sifatlari   o’quvchilar   tomonidan   har   xil   tarzda   qabul   qilinadi.   SHuning
uchun ham  o’qituvchi  u  qaysi   fanni   olib borishidan  qat’iy  nazar, o’quvchilar  uchun
ma’naviylik murabbiysi, taqlid uchun yuksak namuna, o’rnak bo’lishi kerak.
  Tarbiya   jarayonida   pedagogik   ta’sir   ko’rsatish   mahorati   o’quvchiga   u   yoki   bu
yuksak   axloqiy   fazilatlarning   mohiyatini   anglatish   jarayonida   qo’llaniladigan
o’qituvchining   ish   usullaridan   biridir.   Pedagogik   ta’sir   ko’rsatishning   eng   samarali
usullaridan   ertaklar,   dostonlar,   she’rlar,   maqollar   aytishdir.   Masalan:   "Ota   o’zining
10 yashar o’g’li bilan daladan qaytayotib, yo’l ustida tushib yotgan bir taqani ko’radi
va unga deydi:
- Taqani ol.      
-   Eski   taqa   uchun   egilib   o’tiramanmi   -   deb   gap   qaytaradi   o’g’li.   Otasi
indamasdan   o’zi   egilib   taqani   oladida,   yo’lida   davom   etadi.   Kun   issiq   edi.   Bola
chanqay boshladi. Bir oz yo’l yurgandan keyin olcha sotib o’tirgan baqqol ko’rinadi.
Otasi boyagi taqani olchaga almashtirib belbog’iga tugib oladi. O’g’liga ko’z - ko’z
qilib bir dona olchani og’ziga tashladi-da, bir  donasini  yerga tashladi. O’g’li  darrov
egilib olchani oladi va chanqog’ini bostirmoqchi bo’lib og’ziga soladi. Otasi olchani
ketma - ket tashlaydi. O’g’li 10-15 marta egilib olchalarni terib olib yegandan so’ng
nihoyat   otasi   to’xtaydi   va   belbog’ida   qolgan   olchalarni   o’g’liga   uzata   turib   deydi:
"Ko’rdingmi   o’g’lim,   sen   taqani   ko’tarib   olish   uchun   bir   marta   egilishga   eringan
40 eding, olchalarni terib olish uchun 10-15 marta egilding, agar yengil mehnatni og’ir
deb hisoblasang, undan battar og’iriga duch kelasan!"
  Bu   hikmatning   pedagogik   ta’sirini   salbiy   va   ijobiy   ko’rinishlarini   bolalarga
izohlashda o’qituvchi quyidagi savollar orqali murojaat qilishi mumkin:
-           Otaning talabi to’g’rimi yoki yo’qmi?   Sababini ochib bering.
-           Otaning bolaga mehnatdan bosh tortmasligi uchun tutgan ishi to’grimi?
-           Bolaga dastlab o’z harakati bilan o’rnak bo’lib, so’ng xatosini tushuntiradi.
Bu borada sizning fikr - mulohazalaringiz qanday?
  Tarbiya   jarayonida   tarbiyaviy   ta’sir   ko’rsatishning   quyidagi   usullaridan
foydalaniladi:   bolaga     qo’yilgan   talab,   pedagogik   ta’sir   ko’rsatish,   o’quv   tarbiya
jarayonida o’qituvchi o’z maqsadiga erishish uchun doimo o’quvchilarga o’z talablari
bilan yondoshadi. Ularni rag’batlantiradi, ogohlantiradi, tanbeh beradi.
  O’qituvchining   pedagogik   asosda   quyilgan   talablarni   tushuntirish   nojuya
harakatlardan   bolalarni   saqlash,   ayniqsa   kichik   yoshdagi   maktab   o’quvchilarini
maktab   va   jamoada   moslashguncha   ketma   -   ket   talablar   quyiladi.   Yuqoridagi
talablarning   qanchalik   ta’sir   etishi   tarbiyachining   pedagogik   mahorati   va   obruyiga
bog’liqdir.   Talablarning qo’yilish shakllari:
-       Tarbiyachi tomonidan talabni to’ppa - to’gri qo’yilishi.   Bunday talab bolalar
jamoasi   bilan   ishlashning   dastlabki   bosqichidir.   Mashhur     pedagoglardan
biri     A.S.Makarenko   "Samimiy,   oshkora,   ishonarli,   qizg’in   va   qat’iy   talab   bo’lmasa
jamoani   tarbiyalashni   boshlab   bo’lmaydi" 17
  degan   edi.   Bunday   talablar   jamoani   bir
maqsad yuliga boshlash uchun   xizmat qilishi ;
-         talabning   ijobiy   bo’lishi   va   bolaning   hatti   -   harakatlariga   to’sqinlik
qilmasligi;
-         talab ning     aniq va tushunarli bo’lishi;
-         qo’yilgan talab va vazifalarni natijasini bilish;
-         talab   ochiq   chehra   bilan,   samimiy   bir   ohangda   berilishi,   iltimos,   maslahat
shaklida bo’lib, bolani yaxshi niyatga chorlashi;
17
 F.Qodirova, Sh.Toshpo’latova, N.Kayumova, M.A’zamova.  „Maktabgacha pedagogikaˮ darslik. N;.Tafakkur. 
Toshkent 2019
41 -         talab bolalarning yoshi, bilim saviya s iga mos bo’lishi;
-         talablarda kesatish, luqma, minnat qilish bo’lmasligi va boshqalar.
Kishilik   jamoasi   paydo   bo’lgan   davrdan   boshlab   inson   hech   qachon   yolg’iz
yashay   olmagan.   Jamoani   tashkil   qilishi   va   uning   tarbiyaviy   ta’sirini   nazariy   va
amaliy   asoslari,   mutafakkir   va   olimlar   tomonidan   o’rgani li b,   ilmiy   tadqiqot   ishlari
olib   borilgan.   Tarbiyachining   navbatdagi   vazifasi   bolalar   jamoasini   tashkil   qilish,
tarbiyalash   va   jipslashtirish   borasidagi   nazariy   bilimlarni   o’zlashtirib,   ilg’or
tajribalarga   suyanib ,   o’quvchilarni   tarbiyaviy   jarayonda   o’rtoqlik,   do’stlik,   o’zaro
hamkorlik,   hamjihatlik,   o’z   -   o’zini   tarbiyalash   mahoratini   o’zlashtirishdan
iborat.   Ular:
·     sinf boshlang’ich jamosini tarbiyalash va ularda o’zaro munosabat aloqalarini
yaratish;
·     o’ q uvchilar kundalik faoliyatlarini hamma qirralari ni   jamoada jipslashtirish;
·     shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo’yishga o’rgatish;
·     jamoada  bir   -  biriga  mehr-  oqibat,  muruvvat   va  saxiylik,  do’stona  hamkorlik
mavjud bo’lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylandi.
                        Kichik   yoshdagi   maktab   o’quvchilar   jamoalari ni   tashkil   qilishda
o’qituvchidan turli tuman vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi.
1.             O’qituvchi   jamoa   a’zolarini   yangi   sharoitga   moslashuv   darsida   ularga
ishonch,   hurmat,   xushmuomalalik   talablarini   to’g’ri   qo’ya   bilish   bilan   birga
o’quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bo’lishi kerak.
2.   O’quvchilar jamoa s ida yetakchi kuch tayanch o’zagini tanlash.
3.   Jamoa   a’zolarining   har   birining   kuchiga,   qobiliyatiga   qarab   topshiriqlar
berish.
4. Jamoada yangi an’ana, qonun qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va unga
amal qilish.
5.   Jamoa isti q bolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.
        Har   bir     o’qituvchi   pedagogik   faoliyat   yuritar   ekan,   berayotgan   ta’lim   -
tarbiyasini   yanada   samarali   chiqishi   uchun   u   o’z   ustida   muttasil   ishlashi,   bilimini,
mahoratini o’stirishi kerak. O’quvchilar bilan bo’ladigan munosabatlarni puxta o’ylab
42 ularning   ko’ngliga   ozor   yetkazmasdan   ish   olib   borishi   kerak.   Muomala   madaniyati
o’zini tuta bilishini nazorat qilishi kerak. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi uning
muomala s idan   namoyon   bo’ladi.   Muomalaning   asosiy   vositasi   tildir.   Xalqimizdan
shunday   naql   bor:   "Bola   shirin   so’zning   gadosi".   Bas   shunday   ekan   tarbiyachi
muom a lasida   juda   ehtiyotkor   bo’lishi   kerak.   Alisher   Navoiy   muomala   qiluvchi
shaxsning   mahorati   haqida   shunday   deydi:   "Shirin   so’z   kungillar   uchun   bamisli
asaldir".   Yana   b u     haqda   Husayn   Voiz   Koshifiy   shunday   deydi:   "Nasihatli   shirin
so’z-u muloyimlik birla ibtido qilday, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushruylik
ko’rgazmayin nasihat korga kelmas" 18
.
Davlat   ta’lim   standartlarining   muhim   darajasi   bo’lgan   eksperimental   tayanch
o’quv   rejasi   va   dasturlar   har   tomonlama   puxta   o’rganilishi   zarur.   Ushbu   dastur   va
rejani   yaratishda   mamlakatimizdagi   fan   texnika   ijtimoiy   iqtisodiy   sohalardagi
rivojlanishlar   hisobga   olingan.   Unda   avv a lo   o’quvchilarni   psixologik , fiziologik
xususiyatlariga muhim o’rin berilgan.
U mumta’lim   maktablari   hamda     oliy   va   o’rta   maxsus   o’quv   yurtlarida   ta’lim   -
tarbiya mazmunini qaytadan mukammal ishlab chiqish ga e’tibor qaratilmoqda .
·         ta’lim   tarbiya   shakllari ,   usuli ,   vositalarini   jahon   andozasi   talablariga   mos
holda rivojlantirish;
·         ta’lim -tarbiya   hamda     madaniy   -   ma’rifiy   muassasalarini   yangi   texnika   va
texnologiya asosida zamonaviy jihozlash;
·         o’qituvchi     murabbiylar   ijodkorligini   ta’minlash ,   kasb   mahoratlarini
oshirishning samarali yo’llarini topish;
·         oila, mahalla,   maktabda ta’lim - tarbiya mazmunini mukammal   ishlab chiqish
amaliyotiga keng     tadbiq etish;
  Shunday   qilib   o’qituvchinin   mehnatini   ilmiy   tashkil   etish,   davlatning   bu
haqdagi   g’amxo’rligi,   barkamol   avlodni   tarbiyalashdek   muqaddas   vazifasini   yorug’
yuz bilan ado etish uchun kuchli turtki bo’ladi.
18
B.Husanov. V.G’ulomov.  „Muomala madaniyatiˮ darslik. T;.Ta’lim nashriyoti. Toshkent 2009
43 2.2. Pedagogik faoliyatni rejalashtirish, reja shakillari, ish kunini
to’g’ri tashkil etish .
O’quvchi-talabalar     bilan     ishlashni     tashkillashtirishning   eng     ommabop
shakllaridandir.     Loyihalash     metodi     –     o’qitishning     tashkillashtirilishi   bo’lib,
o’quvchi-talabalar   rejalashtirish   va   amaliy   vazifalarni   bajarishlari   orqali   loyiha
ko’rinishida   bilim   oladi.   Loyihalashtirish   metodini   qo’llash   natijasida   loyiha
(proyekt) ko’rinishidagi bilim o’zlashtiriladi. O’qituvchi  va  o’quvchi   o’rtasidagi
munosabatlarni     ifodalovchi     hamkorlik   pedagogikasiga     tayanib,     talabalarning
birgalikda     ta’lim     olishlari     amalga     oshiriladi.   Talabalarni   hamkorlikda   ta’lim
olishlari,   ta’lim   jarayonlarini   loyihalashtirish,   talabalar   bilan     ishlashni
loyihalashtirish     kabilar     Pedagogiktexnologiyalarning     asosiy     metodlari
hisoblanadi.   O’quv-tarbiya   jarayonida   vujudga   kelgan   yangi   pedagogik
munosabatlar   mazkur   jarayonda     Pedagogiktexnologiyalarni     qo’llashni     taqozo
etadi.  Pedagogika  fani  va amaliyotida  turli  xil  yondashuvlar  qo’llaniladi.  Ular
og’zaki   –ko’rgazmali,     tadqiqiy,   izlanuvchan,   tizimli,   funksional,   kompleks,
texnologik, faoliyatli yondashuvlardir.
Og’zaki-ko’rgazmali  yondashuv. U an’anaviy bo’lib, asosan  o’qituvchining
axborot     berishi,     o’quvchi-talabalarning     bilimini     qabul     qilishi,     to’plashi     va
xotirasida   saqlashi     bilan     belgilanadi.     «Bilim»     tushunchasi     xotirada
saqlanadigan    axborot  ma’nosida    tushuniladi.   Bunday    bilimlar,   ularni    qo’llay
olish     ko’nikmalari     (imtihonda   shu   axborotga   doir   berilgan   savolga   bergan
javobiga   qarab)   orqali   tekshirib   ko’riladi.   Bu     tizimdagi     bilimlar     asosan,     esda
saqlab     qolish     natijasi,     ko’pincha     rasmiy   ma’lumotdir,     u     ko’pincha     yuzaki
bo’lishi   ham   mumkin.   Ular   xotira   tubida   saqlangan bo’ladi yoki boshqa so’z
bilan   aytganda,     faqat   unga   qaratilgan   to’g’ridan-to’g’ri   savol   qo’yilganda     esga
olinadi.  Qayta  esga  olish  darajasidagi  bilim  uzoq  vaqt  xotirada saqlanmaydi.
Talaba savol berilganda eslashi, ba zan esa umuman eslay olmasligi ham mumkin.‟
Og’zaki-ko’rgazmali     yondashuv     respublikamiz     o’quv     yurtlarida     keng
tarqalgan.   Ma’lumot   berish   tizimida   tayyor   bilimlarni   «o’qituvchi-talabalarga»,
44 ularning   ehtiyoji   va     faollik     darajasiga     bog’liq     bo’lmagan     holda,     bevosita
berish     mumkin     bo’lgan   imkoniyatidan     kelib     chiqadi.     Demak,     shunga     ko’ra
o’qituvchining  asosiy  vazifasi  –zaruriy axborotni ma lum qilishi va uni xotirada‟
mustahkamlash   ustida   ishlashdir.V.Guzeyevning     ta’kidlashicha,     an’anaviy
metodikaga     xos     bo’lgan     xususiyat   dastur     talablarida     ifodalanuvchi     ta’lim
maqsadlarini   «o’zlashtirish»   tushunchasi  qobig’iga   o’ralgan   qandaydir   noaniq
tasavvur   bilan   tavsiflanadi.   Bunda   ta’lim jarayonida   ko’proq   muvaffaqiyatga
erishgan     o’qituvchilarning     ish     tajribalarini   umumlashtirish     asosida     ta’lim
jarayonlari     tashkil     etiladi.     Har     bir     aniq     vaziyat     uchu   n   ilg’or     o’qituvchi
(pedagog)larning     pedagogik     faoliyati     namunasi     qidiriladi,     ammo   ta lim	
‟
tizimida     faoliyat     yuritayotgan     bir     qator     olimlar     va     amaliyotchilar     alohida
metodikalarning     davri     o’tib     ketganligi     va     har     qanday     ilg’or     pedagoglar
tajribalarini   umumlashtirish     tizimli     va     maqsadga     yo’naltirilgan,     samarali
ta limni  qurish  imkonini bermasligini jiddiy ta’kidlashmoqda.	
‟
Respublikada amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi bir qator ijobiy ishlar,
fantexnikaning jadal sur’atlar bilan o’sishi, bugungi kunda  raqobatbardosh yuqori
malakali kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning ma’lumot olish darajasini
yuqori tarzda ta’minlashga  nisbatan  jamiyat  ehtiyojlari  bilan  o’qitish  uslublari
o’rtasida  ziddiyatlar Tug’ilishiga  olib  keladi.  Shuning  uchun  ta’lim  jarayonida
boshqa     yondashuvlarni   qo’llash   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.Tadqiqiy-ijodiy
yondashuv.  Ta’limning  maqsadi  talabada  biror  muammoni yechish  qobiliyatini
o’stirish,   yangi   bilim     va     tajribani     mustaqil     ravishda   o’zlashtirish,   harakatning
yangi   zamonaviy   usullarini   topish   va   tashabbus   ko’rsatishni   nazarda   tutadi.
Tadqiqiy–ijodiy     yondashuvda     pedagog     talabaning     o’quv     faoliyatiga
Rag’batlantiruvchi     usulda     rahbarlik     qiladi,     shaxsiy     tashabbusini     qo’llab   -
quvvatlab,  u bilan  hamkorlik  qiladi  hamda  uning  fikr  va  qiziqishlarini  doimo
nazarda     tutadi.   Pedagogning     talaba     shaxsiga     bo’lgan     munosabati,     ularga
muhabbati     va     jon     koyitishi,   yuksak   ishonchi,   o’zaro   hamkorlikning   vujudga
kelishi, muloqot madaniyatining yuqori darajada  bo’lishi,  tahsil  olish  jarayonida
talabalarni     to’g’ridan-to’g’ri     majburlashdan   voz     kechish     va     aksincha,     ijobiy
45 rag’batlantirishning     ustunligi     tufayli     ko’zlangan   maqsadga     erishish,     talabalar
faoliyatida     uchraydigan     kamchiliklarga     chidamli     bo’lish,   ularni     bartaraf
etishning     eng     samarali     yo’llarini     qo’llashda     namoyon     bo’ladi.     Ushbu
yondashuv bo’yicha pedagogik texnologiya variantlari ishlab chiqilgan. Tadqiqiy-
ijodiy   yondashuvning   ta’lim   tizimida   o’z   o’rni   bo’lib,   o’z   joyida   qo’llanilishi
lozim.Izlanuvchan yondashuv. Bu yondashuvdagi maqsad talab alarda muammoni
hal   etish,   yangi,   oxirigacha   tugallanmagan   tajribani   mustaqil   o’zlashtirish,   ta’sir
etishning   yangi     yo’llarini     yaratish     va     idrokni     rivojlantirishdan     iboratdir.
Izlanuvchan     ta’lim   andozasining     ta’lim     mazmuni,     tabiat     va     jamiyat     bilan
o’zaro   ta’siri   shaxsni tadqiqotchilik yo’liga boshlash, uning jadal ijodiy faoliyati
xarakteri bilan bog’liq.
Shu     bilan     birga     pedagog     ta lim     oluvchilar     o’quv     faoliyatini‟
boshqarishda   demokratik,     rag’batlantiruvchi     yo’l     tutadi,     ularning     shaxsiy
tugallanmagan     tajribani   mustaqil     o’zlashtirishi,     xatti-harakati,     harakatning
yangi     yo’llarini     yaratish   qobiliyatlarini   va   shaxsiy   ma’no   kasb   etishini
rivojlantirish   yo’lini   tutadi.   Izlanuvchan   ta’lim     andozasining     ta lim     mazmuni,	
‟
tabiat     va     jamiyat     bilan     o’zaro     ta’siri     shaxsnitadqiqotchilik   yo’liga   boshlashi
uning jadal ijodiy faoliyati xarakteri bilan bog’liq.
Pedagog     ta’lim     oluvchilar     o’quv     faoliyatini     boshqarishda     ijodiy     yo’l
tutadi,   talabalarning   o’quv   faoliyatining   operativ-texnik   jihatlarini   o’zlashtirishga
qadar   uning   ahamiyati   va   rag’batlarini   birinchi   o’ringa   olib   chiqadi.   Bugungi
kunga   qadar   o’qitishda   izlanuvchan   yondashuvni   o’z   ichiga   oluvchi   pedagogik
texnologiya ko’rinishlari ishlab chiqilgan.
Tizimli   yondashuv     –     ilmiy   bilish   metodologiyasi   va   pedagogik   amaliyot
ning bir yo’nalishi   sifatida   universal   tavsifga   ega   bo’lib,   pedagogikada   keng
qo’llaniladi.   «Tizimli     yondashuv»     tushunchasi     ko’pincha     «tizimli     metod»,
«tizimli   tahlil   usuli» tushunchalari   bilan   uzviy   bog’liq.   Chunki   tizimli   tahlil
usullari  ham  obyektni  yax lit tizim  sifatida  o’rganishni  nazarda  tutadi.  Tizimli
yondashuv   tuzilish   vazifasiga   ko’ra bajariladigan   tahlilga   juda   yaqin.   Tizimli
tahlilning     obyekti     yaxlit     narsa     yoki     hodisa   hisoblanadi,     u     obyektning     turli
46 qismlarini,     qismlarning     o’zaro     uzviyligini,     ti   zim   chegaralarini   va   tizimning
atrof-muhit bilan bog’liqligi, aloqadorligini nazarda tutadi. 
Bu  tizimda  bir  qancha  qoida  va  tamoyillar  majmuidan  foydalaniladiki,
ular   tadqiqotchilik   va   amaliy   faoliyatda   yuqori   natijalarga   erishish   imkoniyatini
yaratadi.  
Texnologik  yondashuv.   Texnologiya   tushunchasi     –    tayyor  mahsulot   olish
uchun   ishlab   chiqarish   jarayonlarida   qo’llanadigan   usul   va   metodlar   majmui;
shunday usul va metodlarni  ishlab  chiquvchi  va  takomillashtiruvchi  fan  sifatida
ta riflanadi.   Texnologiyaning     o’ziga     xos     xususiyati     shundan     iboratki,     unda‟
o’quv  maqsadlariga erishishni  kafolatlaydigan  o’quv  jarayoni  loyihalashtiriladi
va  amalga  oshiriladi. 
Texnologik yondashuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan
natijalarni   amalga   oshirish   imkonini   beruvchi   amaliy   ko’rsatmali   tuzilmada   o„z
ifodasini   topadi.Ta’limga   texnologik   yondashuv   o’quv   jarayonini   o’zaro   uzviy
bog’liq   etaplar   va   amallarga     ajratishni     va     bo’lishni;     ta’limdan     ko’zlangan
natijaga     erishish     uchun   bajariladigan     harakatlarni     muvofiqlashtirish,
bosqichma-bosqich     amalga     oshirishni;   loyihalashtirilgan   ish   va   amallarning
barchasini   bir   xil  tarzda  bajarishni  nazarda  tutadi. Qayta     takrorlanish   xususiyati
tufayli  ushbu  tizim  modul  shakliga  ega  bo’lib, mazmunlar bilan to’ldirilgan va
umumiy   tarkibga   bog’langan   birliklar,   ya’ni   ta’limning   umumiy     maqsadi     va
mazmuni,  o’quv  maqsadi,  o’qitish  va  baholash  jamlamalaridan tashkil  topadi.
Amalda   bu   pedagogning   qayta  -qayta    takrorlanuvchan     harakatining  algoritmi
hisoblanadi.   Ushbu   algoritmning   yangi   bo’limlarda   qo’llanishi   o’quv   jarayoni
ko’lamini qamrab oladi. 
Ta’lim     jarayonini     pedagogik     texnologiya     asosida     tashkil     etishning
rejalashtirish   bosqichida,   yetakchi   pedagoglar   pedagogik   texnologiyaning   qonun-
qoida   va   tamoyillari   asosida     uslubiy     ashyolarni     ishlab     chiqish     paytlarida
yuqoriroq  malaka  talab  etiladi. Loyiha tayyor bo’lgach, pedagog asosan tashkiliy
va maslahatchi vazifalarini bajaradi. Bu  yondashuv  asosan,  reproduktiv  ta’limga
xosdir.  Reproduktiv  ta’lim  tipik vaziyatlarda  biror  ish  -  harakatni  oldin  bilib
47 olingan     qoidalar     asosida     bajarishdir.   Reproduktiv     darajasi     uchun     pedagogik
texnologiya     usulida     ta lim     –     takror     ishlab   chiqiladigan     konveyerli     jarayon‟
sifatida  tashkil  etiladi,  undan  kutiladigan  natija  ham mufassal  tasvirlanib,  aniq
qayd     etiladi.     O’quv     materiali     aniq     ifodalangan     o’quv   maqsadiga   mos   qayta
tuzilib,   ishlab   chiqiladi,   ba’zi   bo’laklari   qismlarga   ajratilib,   har   bir   bo’lakni
o’rganish mustaqil nazorat qilinib, xato va kamchiliklari tuzatilib boriladi. 
O’quv   so’nggi     natijalari     bo’lgan     o’quv     maqsadiga     erishishga
jarayonining barcha bosqichlarida butun tizimning asosiy texnologik jihati –  o’quv
jarayonining  
yo’naltirilganligini   ham   kuzatish   mumkin.   Texnologik   yondashuvni   qo’llash
qo’yilgan   o’quv   maqsadlariga   erishishni   kafolatlaydi.   Keng   ko’lamda   amalga
oshirilayotgan   ta’lim   islohotlari   ta’lim   jarayonining   ilg’or   texnologiyalarini
o’rganish   va   o’quv   -tarbiya   jarayoniga   joriy   etishni   taqozo   qiladi.   Bu   esa,   o’z
navbatida,   pedagoglardan   ta’lim   sohasiga   texnologik   yondashuvni,   pedagogik
texnologiya   usulini   egalashni,   hududimizning   milliy,   ma’naviy-madaniy
xususiyatlarini   va     an’analarini     hisobga     olgan     holda     pedagogik     amaliyotda
qo’llash     hamda   rivojlantirishni   talab   etadi.   Texnologik   yondashuv   doirasida
yaratilgan   didaktik   loyihalash   usullariga   bo’lgan   munosabat     o’quv     jarayonini
samarali     va     ijodiy     rejalashtirish,     yangi     fikrlar     bilan   boyitish,   ularning
natijalarini baholashga yordam beradi. Ta’limni boshqarishga tizimli yondashuv  -
boshqaruvchi,     ya’ni     o’qituvchining     mavjud     imkoniyatlari     asosida     tahsil
oluvchilarga  kerakli  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni  qo’yilgan  maqsadga  mos
holda   shakllantirish     jarayonidir.     Ta’limda     boshqarish     jarayoni     turli     yo’llar
bilan     amalga   oshirilishi     mumkin.     Hozirgi     paytda     ta’lim-tarbiya     jarayonini
boshqarishga     turli   texnologiyalar     joriy     etilmoqda.     Ta’limning     harakatchan
modelini  tuzish  orqali boshqarish  o’zining  samaradorligini  ko’rsatmoqda.
Mo’ljallangan     texnologiya     tizimli   yondashuvga     asoslangan     bo’lib,
quyidagi     ketma-ketlikda     amalga     oshiriladi:   o’rganilayotgan     fan     bo’yicha
ma’lumotlarni     tayyorlash;     tayyorlangan     ma’lumotlarni   o’qitish     uslubi     va
maqsadini     e’tiborga     olgan     holda     ma’lum     ketma-ketlikka     keltirish;
48 o’rganilayotgan     mazmunni     qo’llamoqchi     bo’lgan     pedagogik     usullar     nuqtai
nazaridan   tahlil     qilish;     pedagogik     texnologiyalarni     yaratilishining     dastlabki
bosqichiga     oid   maqsadni   aniqlash;   pedagogik   texnologiyalarni   qo’llash   jarayoni
ketma-ketligini   ishlab   chiqish;     texnologiyalardan     foydalanishga     oid     uslubiy
tavsiyalar  tayyorlash; texnologiyalarni  qo’llash  va  erishilgan  nat ijalarni  bilim,
ko’nikma     va     malaka   tizimlariga     ajratish;     olingan     natijalar     bo’yicha     sifat
ko’rsatkichlarini     aniqlash;   ko’zlangan     maqsadga     erishilganlik     darajasini
aniqlab,     baholash;     ta’limni     boshqarish   jarayoni   to’g’risida   tegishli   xulosalar
chiqarish va boshqalar. 
«Kadrlar     tayyorlash     milliy     dasturi»da     belgilangan     vazifalarni     amalga
oshirish  uchun    ijodiy    pedagogikaga,     ijodkor    o’’qituvchiga    ehtiyoj    nihoyatda
ortib     bormoqda.   Bugun   ta’lim   muassasalarida   ijodkor   o’qituvchilarning   bo’lishi
davr talabidir.
Pedagogik  faoliyat  –  inson  shaxsi,  uning  dunyoqarashi,  ishonchi,  ongi,
xulqini   shakllantirishga     bo’ysundirilgan     cheksiz     masalalarni     yechish
jarayonidir.     Psixologik   pedagogik     adabiyotlarda     pedagogik     faoliyat     turlari
(ta’lim     beruvchi,     tarbiyalovchi,   rivojlantiruvchi,   safarbarlik,   tadqiqotchilik,
tashkilotchilik va boshqalar) qator olimlar tomonidan  tadqiq  qilingan.  Shu  bilan
birgalikda     pedagogik     faoliyat     muntazam   o’zgaruvchan,     yangilanuvchan,
rivojlanuvchanligi    bilan   ajralib   turadi,    unga    ijtimoiy  buyurtma  uzluksiz  ta’sir
ko’rsatadi. 
Ta’lim-tarbiya     jarayonini     Pedagogiktexnologiyalar     bilan     ta’minlash
vazifasi pedagogdan bevosita  ijodiy  faoliyatni hamda  ishlab  chiqarishga  tegishli
bo’lgan  soha bilimlarini  talab  etadi.  Demak,  texnologiya  mavjud,  uni  ta’lim-
tarbiya  jarayoniga singdirish  shart  ekan,  bu  jarayon  qayerda  kechishi  mumkin,
degan     savol     tug’ilishi   tabiiy.    Bu     esa,     shaksiz,     pedagogik     korxonada,     ya’ni
pedagogik     ishlab     chiqarishjarayonida   ro’y   beradi.Tarbiyalash     texnologiyasi
nisbatan     yangi     atama     bo’lishiga     qaramay     rivojlangan   mamlakatlarda   keng
tarqalgan.   Tarbiyalash   texnologiyasi   pedagogikada   yangi   yo’nalish   hisoblangan
«ijtimoiy     pedagogika»     bilan     birgalikda     fuqarolik     g’ururi,     vatanparvarlik,
49 ijtimoiy  faollik,  mas’uliyat  hissi  va  boshqa  shaxsiy  sifatlarni  shakllantirishda
jiddiy ta sir qilmoqda. ‟
Ta’kidlash     joizki,     tarbiyalash     texnologiyasi     yoshlar     bilan     tarbiyaviy
ishlarning   g’oyasi,     mazmuni     va     tarkibini     emas,     balki     bu     sohadagi
respublikamiz     hukumati   tomonidan     ishlab     chiqilgan     maqsad     va     vazifalarni
samarali     amalga     oshirish     bilan   shug’ullanadi.     Tarbiyalash     texnologiyasi
mo’ljallangan     tarbiyaviy     maqsadga     samarali   erishuvni   ta minlovchi   vositalar	
‟
majmuasini ko’rib chiqadi.
O’qituvchi     (pedagog)larning     o’zida     muloqot,     bahs     olib     borish
madaniyatini   shakllantirish     maqsadida     pedagogik     ta’lim     mazmuniga
qo’yiladigan     talablar,     ayniqsa   muhimdir.     O’zaro     hamkorlik     pedagogikasi     –
o’qituvchi     (pedagog)     va     o’quvchitalabalar     orasida     hamfikrlilik,     ishonch,
o’zaro     yordam,    ijodiy    hamkorlik     muhitini   yaratadi.     Bu     esa,     o’z     navbatida,
yoshlar     tomonidan     haqiqiy     insoniy     qadriyatlarni   anglash   va   e’tirof   etilishini
kafolatlaydi.
Milliy     o’zlikni     anglashni     butun     olam     insonparvarlik     g’oyasi     va
madaniyati, umuminsoniy qadriyatlar, ko’p millatli xalqimiz an’analaridan ajratib
tiklab   bo’lmaydi.   Yoshlarning     iqtidori     va     bilimga     chanqoqligi     ma’naviyatga
erishishi     va     rivojlanishiga   yordam   beradi.Milliy   mafkura,   psixologik   va
pedagogik fanlardan foydalanib, maqsadlar ketma -ketligini   to’g’ri   «texnologik»
tanlay     bilish     o’ta     muhim.     Nazariya     nuqtai     nazaridan   tarbiya     uslubiyatini
ta’riflash     yetarli.     Lekin     texnologik     jihatda   n     barcha     tarbiya   maqsadlarining
qismlarini     aniqlash     va     ularni     ro’yobga     chiqarish     yo’llarini     belgilash   zarur
bo’ladi.
«Oliy     va     o’rta     maxsus     o’quv     yurtlarida     bo’lg’usi     mutaxassislarning
umumiy  va kasbiy madaniyatini shakllantirish bo’yicha jamlama tarbiyaviy ishlar
rejasi» tarbiyaviy ishlarni   dasturlashga   misol   bo’la   oladi.   Ushbu   dastur   Oliy
va  o’rta  maxsus  ta’lim vazirligi o’quv yurtlari olimlari va pedagoglari guruhining
mehnati mahsulidir. Uning asosi  qilib,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.
Karimovning     O’zbekistonning   daxlsizligini   mustahkamlash,   uning   buyuk
50 kelajagini   barpo   etish,   har   bir   talabani   ko’p   qirrali     barkamol     va     Vatanning
yuksak     g’oyalariga     sodiq     shaxs     sifatida     tarbiyalash   haqidagi   ko’rsatmalari
olingan.   Dasturda     asosiy     tarbiyaviy     yo’nalishlar     va     maqsadlar     keltirilgan.
Jumladan,   fuqaro   tarbiyasi,   kasb   egallash,   shaxsiy     mas’uliyat,   yuqori   malakali
bo’lish va kasbiy mahoratga   intilishni   tarbiyalash,   oilaviy   hayotga   tayyorlash,
talabani     shaxs     sifatida   rivojlantirish   kabilarga   alohida   e’tibor   berilgan.   Mazkur
dastur talaba va pedagogning faoliyatlarini  ayrim-ayrim  holda  ta’riflaydi,  bu  esa
quyida   keltirilgan   tarbiya texnologiyasi   va   D.   Kratvolning   ruhiyatli   qadriyat
sohasidagi     o’quv     maqsadlari   tasniflagichga     mos     keladi.     U     dunyoda     tan
olingan  tarbiyaviy  maqsadlarni  va kutiladigan  natijalarni  rejalashtirishda  keng
qo’llaniladi.  Uning  asosida  tarbiyaviy texnologiya  yotadi.  Ta’lim  texnologiyasi
kabi     tarbiya     vazifalarini     shakllantirishda   ta’lim   oluvchilar   xatti-harakatini   aks
ettiruvchi fe’llardan foydalaniladi.
O’quv-tarbiya     jarayoniga     Pedagogiktexnologiyalarni     joriy     qilish
pedagogdan   ijobiy   ishlashni   talab   etadi.   Pedagog   o’zida   unga   yordam   beruvchi
tashqi   imkoniyatlar,   ya’ni,     nazariy-amaliy,     o’quv     qurollari     va     vositalari
mavjudligi     haqida     to’liq   ma’lumotlarga   ega   bo’lishi   kerak.   Pedagog   o’zidagi
mavjud   ma’lumot   va   imkoniyatlar   asosida     qaralayotgan     ta’lim     yo’nalishi
bo’yicha     ma’lumotlar     hamda     ilg’or     o’qitish   uslublarini   ko’zlagan   maqsadga
yo’naltirish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim.
Pedagogda     shakllangan     bilim,     ko’nikma,     malaka,     o’qitish     vositalari,
Pedagogiktexnologiyalar     imkoniyatlarini     maqsadga     muvofiq     yo’naltira     olish
qobiliyatlari     mavjud     bo’lib,   u     davlat     ta’lim     standartlari     asosida     ta’lim
oluvchiga     aniq   maqsadini   belgilab   beradi.   Bu   esa,   o’z     navbatida,   pedagogik
texnologiyalarni   qo’llash   rejasini     ishlab     chiqishga,     ya’ni     vazifalarini     belgilab
olishga     olib     keladi.     Belgilangan   maqsad   va   vazifalarni   e’tiborga   olgan   holda
ta’limning   harakatchan   modeli   yaratiladi.   Modelni   ishlab   chiqish   asosan   tizimli
yondashuv   uslubi,   maqsadlar   tizimini   yaratish   va   unga   erishish   ketma-ketligiga
asoslangan   holda   olib   boriladi.   Ta’lim   modelini   yaratish   zamonaviy   ta’lim
texnologiyasining asosiy talablaridan biridir.
51 «Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»   pedagogga   raqobatbardosh   kadrlar
tayyorlash yuzasidan   zamonaviy   talablar   majmuini   belgilab   beradi.   Bir-biriga
bog’liq   bo’lgan talablarning   majmui,   pedagogning   umumlashtirilgan   modelini
tashkil  etadi. 
inson omilini ta’minlovchi shaxs fazilati;
-    ta’lim     oluvchilarning    bilimlarini     xolisona    baholay    olish     va    nazorat
qila  olish mahorati.
Umumlashgan modelga muvofiq asosiy talablar quyidagilardan iborat, ya’ni:
- pedagogning ta’lim berish mahorati;
- pedagogning tarbiyalay olish mahorati;
- ta’lim-tarbiya jarayonida.
O‘qitishdagi   barcha   yondashuvlarni   guruhlab,   ularni   quyidagi   ko‘rinishlarga
ajratish mumkin: tushuntirish-ko‘rgazmali, ijodiy izlanish va texnologik.
O‘qitishning tushuntirish-ko‘rgazmali	 yondashuvi   –   bunda   o‘quvchilar
mashg‘ulot davomida o‘quv va uslubiy adabiyotlardagi illyustrativ vositalar orqali
«tayyor»   holda   bilim   oladilar.   Bu   yondashuv   an’anaviydir.   Ushbu   yondashuv
o‘qituvchining   o‘quv   axborotini   etkazishi   va   talaba   xotirasiga   to‘plash   va
mustahkamlashdan   iborat.   Bunda   «bilim»   tushunchasi   xotirada   saqlanayotgan
ma’lumot ma’nosini anglatadi. Uning (bilimning) mavjudligi nazorat va imtihonlar
orqali tekshiriladi. Bu bosqichda, ya’ni uni qayta takrorlash bosqichida, bilim uzoq
vaqt   saqlanmaydi.   O‘qitishning   tushuntirish-ko‘rgazmali   usulida   o‘qituvchining
talabaga   o‘quv   axborotini   etkazishida,   odatda,   talabaning   faolligi   va   o‘quv
ma’lumotni   qabul   qilishga   tayyorligi   hisobga   olinmaydi.   Bunda   o‘qituvchining
asosiy   vazifasi   o‘quv   axborotini   talabaga   etkazish   va   ma’lum   yo‘llar   bilan   uni
talaba   xotirasida   mustahkamlashdan   iborat.   Bu   yondashuvda   o‘quv   maqsadlari
umumiy   ko‘rsatiladi   va   o‘quv   fanini ng   darajasi   haqida   xira   tassavur   bo‘ladi.
O‘qitish   maqsadiga   erishilganligini   baholash   imkoniyati   bo‘lmaydi,   chunki   ular
noaniq   va   mujmal   qo‘yiladi.   O‘qitish   sifati   pedagogning   mahorati   va   talabalar
kontingentiga bog‘liq bo‘ladi.
52 Talabaning   o‘quv   axborotini   qabul   qilishi,   o‘ylashi,   uning   xulosalari,
baholashlari reproduktiv (qayta tiklash) fikr yuritish doirasida qoladi. O‘qitishning
tushuntirish-ko‘rgazmali yondashuvi o‘z mohiyati bilan reproduktiv usul bo‘lib, bu
usulda   ta’lim   oluvchilarning   faoliyati   algoritmik   xarakterga   ega   bo‘ladi.
O‘qitishning   tushuntirish-ko‘rgazmali   usuli   bir   necha   asrlar   davomida   doimo
takomillashib,   ta’lim   tizimiga   katta   xizmat   qildi.   Ammo   u   hozirgi   kunda   ilmiy-
texnik taraqqiyotning oshib borayotgan talablariga javob bera olmay qo‘ydi.
O‘qitishning ijodiy	 izlanish	 (tadqiqot	 yondashuvi)  – bu pedagog boshchiligida
qo‘yilgan muammolar, masalalarni echishning yo‘llarini faol izlashni tashkil etish
usulidir.   Fikrlash   jarayoni   produktiv   (unumli)   xarakterga   ega   bo‘ladi.   Pedagog
bosqichma-bosqich, doimiy ravishda talabaning izlanish jarayonini yo‘naltiradi va
nazorat   qiladi.   Bunda   vazifalar   va   muammolar   tahlilidan,   qisqa   og‘zaki   yoki
yozma   tushuntirishdan   so‘ng,   ta’lim   oluvchilar   mustaqil   ravishda   adabiyotlar   va
manbalarni   o‘rganadilar,   kuzatishlar   va   boshqa   izlanishlar   olib   boradilar.   O‘quv
ishi  usullari  bevosita ilmiy tadqiqot  usullarigacha rivojlanib, mustaqil  tadqiqot va
tashabbusga qiziqish paydo bo‘ladi. Talabalar mustaqil ravishda yangi tajribalarga
ega bo‘ladi, yangi faoliyat turlarini o‘rganadi. O‘qitishning izlanish modellarining
ta’lim   mazmuni   bilan   o‘zaro   ta’siri,   shaxsning   tadqiqotchilik   holati   uning   faol,
ijodiy faoliyati yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik	
 texnologiya   –   bu  o‘quv  jarayonini   zamonaviy  tashkil   etish   tizimi
bo‘lib,   ommaviy   ta’lim   sharoitida   o‘qitishning   zaruriy   sifatini   ta’minlaydi   va
jadallashgan   ilmiy-texnik   taraqqiyot   talablariga   javob   beradi.   Pedagogik
texnologiya   tamoyillarini   tizimli   amalga   oshirish   rejalashtirilgan   natijalarga
kafolatli   erishishni   ta’minlaydi.   Pedagogik   texnologiyada   muammoli   o‘qitishning
ishlatilishi   unga   tadqiqot   tusini   beradi,   ya’ni   o‘qitishda   ijodiy   izlanish   amalga
oshiriladi.
53 2.3.   Ta’lim jarayonida o’z - o’zini boshqarish va o’z ustida
ishlash.     shaxsiy pedagogik tajriba to’plash tizimi.
  Buyuk   kelajak   taraqqiyoti   tomon   odim   otayotgan   mamlakatimizda   kadrlar
masalasi   yosh   avlod   tarbiyasi   birinchi   o’rindagi   muhim   masalalar   qatorida   turibdi.
Zeroki   O’zbekiston   ravnaqi   kelajagi   shu   yoshlar,   ya’ni   kadrlar   qo’lida   ekan,   jamiki
e’tibor ularni hur fikrli bo’lishi, jahon ta’lim standartlariga mos kela oladigan ta’lim
olishi   buyuk   kelajak   uchun   qo’yilayotgan   mustahkam   poydevordir.   Jumladan,   1997
yil   27   avgustda   qabul   qilingan   Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi   ta’limni   yana   bir
pag’ona   ildamlatdi,   desak   xato   qilmagan   bo’lamiz.   Chunki   zamonaviy   ta’lim
olishning o’zi har bir yosh avlodga katta - katta mas’uliyatlar yuklaydi. Zeroki ta’lim
tarbiya   jarayoni   shaxsni   har   tomonlama   kamol   toptirish,   yuksak   g’oyali,   milliy
g’ururli chuqur ma’lumotli, ma’naviy va jismoniy yetuk qilib yetishtirish maqsadini
ko’zda   tutadi   va   o’z   ishlarini   shu   nuqtai   nazardan   yo’lga   qo’yadi.
Prezidentimiz     mustaqillikning   dastlabki   yillaridayoq   mamlakaimizda   yosh   avlodni
tarbiyalash,   hayotda   o’z   o’rnini   topish,   demokratik   davlat   qurish   vazifalariga
bo’ysundirilishi lozim ekanligini uqtirib o’tgandi.
Tarbiya   jarayonida   kishining   turli   qobiliyatlari   rivojlanadi,   g’oyaviy,   ahloqiy,
irodaviy,   estetik   hislatlari   shakllanadi,   tabiatga,   jamiyatga   ilmiy   qarashlar   tizimi
tarkib topadi, jismoniy kuch quvvatlari mustahkamlanadi.
Bugungi   kunda   zamonaviy   ta’limni   turli   usullarda   amalga   oshirish   mumkin.
Bularning barida butun mas’uliyat o’qituvchiga yuklatilmasdan o’quvchidan ham o’z
- o’zini boshqarish talab etilmoqda.
O’qitish tizimida o’z - o’zini boshqarishning zarurligi, eng avvalo, butun o’quv
yurtlari tizimining samarali, puxta ishlab chiqilganligidan dalolat beradi. Chunki o’z -
o’zini   boshqarish   tufayli   o’qitishdagi   o’zaro   munosabat   o’qitishning   borishini   jadal
boshqarish   va   kamchiliklarni   o’z   vaqtida   tuzatish   keyingi   darsga   zamin   va   imkon
yaratadi.   O’z   -   o’zini   boshqarishni   biz   mustaqil   ish   jarayonlarida   turli   xildagi
tadbirlar   uyushtirish   va   o’tkazishda,   tarbiyaviy   soat   darslarida   ko’rishimiz   mumkin.
O’z   -   o’zini   boshqarish   mohiyati   o’quvchilarda   birinchi   o’rinda   o’zini   mustaqil   his
54 qilishi va o’zi ko’proq darsni qabul qilishidan iborat. Agar o’qituvchi o’quvchilarga
ma’lum   bir   mavzuni   o’zlashtirishga   qiziqtirib   borsa   o’qituvchi   mavqei   nima   bilan
o’lchanishini bilamiz. Uning mavqei o’z kasbiga muhabbati, o’quvchilariga nisbatan
talabchanligi,   o’quv   dasturi   va   darsliklardan   to’g’ri   foydalana   bilishi,   shuning   bilan
bir   qatorda   o’z   ustida   tinmay   izlanib,   o’z   -   o’zini   tarbiyalashi   bilan   o’lchanadi.
Kelajagimiz   yoshlar   qo’lida   ekan   biz   o’qituvchilar   ana   shu   yoshlarni   chin   inson
bo’lib   yetishishlari   uchun   qo’limizdan   kelgan   barcha   mahoratimizni   ishga
solmog’imiz kerak.
O’qituvchilik   nihoyatda   mas’uliyatli   kasb,   bu   esa   ko’proq   o’z   ustida     ishlash,
tajriba   almashish,   darsga   tayyorgarlikni   takomillashtirishga   da’vat   etadi.
O’qituvchilarning   o’z   -   o’zini   tarbiyalashlarida   matbuot   sahifalari   bilan   tanishishi,
ilg’or   o’qituvchilarning   tajribalariga   suyangan   holda   dars   tahlillarida   qatnashishi,
jamoadagi kasbdoshlari bilan uslub almashish yuqori samara beradi.
Tarbiyaviy   jarayonni   mustahkamlash,   yaxshilash,   uni   davr   talabiga   javob
beradigan   holga   keltirish   uchun   deyarli   barcha   qoidalarni,   usullarni,   g’oyalarni
qaytadan ko’rib chiqish, bola shaxsiga e’tiborni qaratish, yillar davomida to’plangan
ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarur.
Hozirgi   zamon   pedagogikasida   tarbiya   tarbiyachining   tarbiyalanuvchi   shaxsiga
oddiy   ta’sir   ko’rsatishi   emas,   balki   tarbiyachilar   va   tarbiyalanuvchilarning   aniq   bir
maqsadga qaratilgan, bir - biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro
ta’sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi.
O’qituvchi   yoshlarga   ta’lim   -   tarbiya   beruvchi   insondir.   O’qituvchida
o’qituvchilik   kasbiga   xos   layoqat,   qobiliyat   bo’lmog’i   darkor.   Avvalo   u   bolalarni
sevishi,   ijodkor,   ishbilarmoi   bo’lishi,   ma’naviy   barkamol   bo’lishi,   dunyoviy
bilimlarni   mukammal   egallagan   bo’lishi   lozim.   O’qituvchi   o’quvchilarga   ta’lim   -
tarbiya   berar   ekan,   avvalo,   uning   o’zida   tarbiyaviy   hislatlar   tarkib   topgan   bo’lishi
darkor. O’qituvchi odobli bo’lishi kerak. Uning odobi, madaniyati yuksak bo’lsagina,
odamlarga   nisbatan   mehribon,   sahovatli   bo’la   oladi,   uni   hamma   hurmat   qiladi.
Buning   uchun   ochiq   ko’ngil,   qat’iy   bo’lishi,   o’zini   tuta   bilishi,   bardoshli   bo’lishi
55 kerak. Bolalarga  nisbatan  talabchan  bo’lish  bilan  birga o’z  shaxsiga  tanqidiy  nuqtai
nazardan qaray olishi kerak.
O’qituvchi   pedagogik   etikaning   normalarini   o’zlashtirib   olishi,   tajribada
qo’llashi, o’zining dunyoqarashi va ahloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fikrlash
va   his   etish,   turmushda   sinab   ko’rish   natijasida   pedagogik   etikaning   qoidalari
o’qituvchining o’z e’tiqodiga, intilishiga, o’z ahloqiy sifatiga aylanadi.
Bu   ahloqiy   e’tiqod   o’qituvchining   dars   berish   jarayonida,   tarbiyaviy   ishlarda,
o’quvchilar   va   boshqa   kishilar   bilan   munosabatlarda,   muomalasida,   kundalik
turmushda   o’zining   shaxsiy   namunasi   bilan   ahloqiy   ta’sir   o’tkazishda   ko’zga
tashlanadi.   Muallim   ahloqining   natijalari   uning   yoshlarga   ahloqiy   ta’sirining
samaradorligida   namoyon   bo’ladi.   Shaxs   ahloqining   xarakterlaydigan   belgilaridan
biri   ma’suliyatdir.   O’qituvchining   ma’suliyati   -   ma’suliyat   tushunchasining   bu t un
mazmunini   saqlagan   holda   muallimning   faoliyati   va   ta’lim   —   tarbiya   jarayonining
aniq   vazifalarini   ham   o’z   ichiga   oladi.   O’qituvchi   zimmasiga   bola   shaxsini   har
tomonlama kamol toptirish ma’suliyati yuklanadi.
Pedagogik   odobga   ega   bo’lgan   o’qituvchi   o’quvchilar   orasida   obro’   qozanadi.
O’qituvchi qanchalik ko’proq obro’ qozonsa, ta’lim va tarbiya mohiyatan shunchalik
muvaffaqiyatliroq bo’ladi.
O’qituvchining asosiy maqsadi hamma o’quvchilarning muvaffaqiyatli o’qishiga
erishishidir. Buning uchun o’quvchilardan o’z ustida ishlashi, o’z - o’zini tarbiyalashi
talab etiladi.
O’z   -   o’zini   tarbiyalash   o’z   faoliyatini   tahlil   qilishdan   va   o’z   shaxsini
takomillashtirishdan   boshlanadi.   O’quvchilarda   shu   hislatga   ehtiyoj   paydo
bo’lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa bo’ladi.
O’z   -   o’zini   tarbiyalash   o’quvchilarning   o’zini   -   o’zi   idora   qilish   organlari
faoliyatida   qatnashishlari,   ularning   ijtimoiy   faollik   mavqini   shakllantirishning
ta’sirchan vositasidir.
O’quvchilar   o’qishda,   tarbiyada,   dam   olishda     o’zini   tarbiyalash   usullaridan
foydalanadilar, o’z - o’zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi.
56 O’z - o’zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo’lganda,   u o’zini shaxs deb
anglay   boshlagach,   amaliy   ishlarda   mustaqillik   ko’rsata   boshlagan   vaqtda   paydo
bo’ladi.   O’z   -   o’zini   tarbiyalashda   maslahat   va   ko’rsatmalar   berilishi   lozim.   Bunda
o’quvchilarni   o’zlariga,   hatti   -   harakatlarini   tanqidiy   ruhda   munosabatda   bo’lishga
o’rgatish juda muhimdir.
O’qituvchi mehnatda, xulq - atvorda tirishqoqlik qilib, o’z     imkoniyatlarini ishga
solishi,   o’ziga   majburiyat   olishi,   o’zini   nazorat   qilishi,   o’ziga   -   o’zi   hisob   berishi,
o’ziga o’zi baho berishi singari o’z - o’zini tarbiyalashning elementlarini shakllantirib
borishi lozim.
O’z   -   o’zini   baholash.   O’qituvchi   o’zining   pedagogik   faoliyatida   qanday
qiyinchiliklarga   duch   keladi?   Ulardan   biri,   masalan,   mehnatga   va   uzluksiz   ta’limga
tayyorgarlikni shaklalntirish va o’qituvchilarning rivojlanish istiqbollarini ko’ra bilish
kabi umumiy tarbiyaviy vazifalarni qo’yishni bilmaslik bilan bog’liqdir.
O’z   shaxsiy   faoliyatini   tahlil   qilish   va   baholash   o’qituvchilar   uchun   eng   katta
qiyinchilik   tug’diradi.   Ba’zan,   hatto   o’z   ishini   umumiy   nazariy   asoslarini   bilgan
holda o’qituvchi vaziyatning ichki psixologik ma’nosini va shuning uchun uni amaliy
jihatdan   boshqara   olmaydi.   Yoki   o’qituvchi   o’zining   pedagogik   ta’siri   natijasini
oldindan   ko’ra   bilmaydi,   oldindan   taxmin   qila   olmaydi   va   shuning   uchun   ham
noto’g’ri   pedagogik   xulosalarga   keladi.   Boshqa   hollarda   u   sodir   bo’gan   vaziyatga
o’zini   moslaydi   va   uni   o’zgartirmaydi.   Eng   katta   qiyinchiliklardan   biri   shundan
iboratki, o’qituvchi o’zining pedagogik faoliyatini bir butunlikda ko’ra olmaydi, o’z
faoliyatining   vazifalarini,   vositalari   va   natijalari   orasidagi   aloqalarni   e’tibordan
chetda   qoldiradi.   Har   bir   o’qituvchi   o’zi   uchun   qanday   qiyinchiliklar   xarakterli
ekanligining bilishi va ana shu nuqtai nazardan o’z mehnatiga baho berishi muximdir.
O’z pedagogik faoliyatini o’zi shakllantirib borishning umumiy yo’li – uning har
qaysi tarkibiy qismi va ular orasidagi aloqalar ustida ongli ravishda ishlashdan iborat.
Avvallari qo’lga kiritilgani pedagogik malakalarga aylanadi. O’qituvchida o’z ustida
ishlash ichki dasturining mavjudligi mazkur sohaga mos mashq qilishni kuchaytiradi.
Biz qo’yidagi mashq turlarini tavsiya etamiz:
57 1.   Pedagogik   vaziyatni   tahlil   qilish,   uning   faol   ishtirokchilarini   va   imkoniyati
boricha   hulq   motivini   aniqlash,   ana   shu   vaziyatdagi   har   bir   ishtirokchining   hatti   -
harakatiga uning hulqi bilan bir butunlikda qarash;
2.   Yuzaga   chiqqan   pedagogik   muammoning   (sirtdan)   ichki   psixologik   –
pedagogik ma’nosini tushunish;                                        
3. Vaziyat  mohiyatini tahlil qilishdan kelib chiqqan holda o’zining bir yoki bir
nechta pedagogik vazifalarini ifodalash;
4.   Hatto   biror   tahlika   yuz   berishi   mumkin   bo’lgan   noaniq   sharoitlardan   ham
oldindan pedagogik qaror qabul qilish;
5. Pedagogik ta’sir ko’rsatishning sinovini amalga oshirish. To’la - to’kis qaror
qabul qilish ,   oldindan vaziyatni fikran oxirigacha o’ylash, ushbu ta’sirning (yaqin va
uzoq)   o’quvchilar   hatti   -   harakatida   qanday   iz   qoldirishini   ko’ra   bilishga   intilish.
Vaziyatni   tahlil   etish   nihoyasiga   yetganidan   keyin   va   uning   natijalarini   e’tiborga
olgan   holda   yana   bir   marta   unga   qaytish   va   xudi   shu   vaziyatni   hal   qilish
imkoniyatining boshqa yo’llarini o’ylab ko’rish («variativ pedagogika»), shuningdek,
shunga   o’xshash   vaziyatlarda   keyingi   safar   qanday   yo’l   tutish   ma’qul   ekanligini
aniqlash;
6. Xudi  shu vaziyatni  yana bir marta, lekin, agar  uning ishtirokchilari  o’zlarini
boshqa ch a   tutsalar,   qanday   vaziyat   yuz   berishi   mumkinliginidan   kelib   chiqib,
o’zgacha ko’rinishlarda o’ylab ko’rish;
7.   Muhokama   qilinayotgan   pedagogik   vaziyatda   o’zini   uning   boshqa
ishtirokchilari   qatoriga   qo’yish   va   shu   holatda   o’zining   hatti   -   harakatiga   baho
berish   va   tuzatish   kiritish.   O’zini   avval   uchramagan   har   xil   pedagogik   vaziyatlarda
sinab   ko’rish,   o’zining   hatti   -   harakatini   boshqa   shunga   yaqin   o’qituvchilar   hatti   -
harakati bilan taqqoslash va boshqalar.
Bunday mashqlarning umumiy mohiyati pedagogik vaziyatni tez va to’g’ri tahlil
qilishga   va   o’zgartirishga   o’rganishdan,   yuz   beradigan   vaziyatlarni   intuntiv   tarzda
emas,   balki   bilimlarga   asoslangan   holda   yondashishni   bilishdan   iborat.   Oldindan
to’liq aytish mumkin bo’lmagan, qiyin vaziyatlarni tahlil qilishga doir mashqlar eng
katta samara beradi, masalan o’quvchilar darsda doimo o’quv ishidan chaqmaydilar.
58 Lekin,   shuni   ta’kidlash   kerakki,   pedagogik   mahorat   uchun   faqatgina   shakllangan
pedagogik faoliyatgina yetarli emas, bunda o’qituvchining   faolligi     ham zarur.
O’quvchining   qobiliyatini   o’z   kuchi   bilan   yuzaga   chiqishiga   yordamlashish
zarur. O’z - o’zini baholash qiyin, lekin o’quvchini bunga yetarli tayyorlash mumkin.
Shu   bois   o’quvchi   irodali   bo’lishi,   o’z   burchini   tushunishi,   tahlil   va   tarbiya   olish
uchun   sabablar   bo’lishiga   intilishi   lozim.   O’quvchilar   o’z   -   o’zini   tarbiyalash   bilan
birga   o’z   ustida   ishlab   boradi.   O’z   ustida   ishlash   asosan   o’spirinlikdan   boshlanadi.
Bunda ularning nazariy tafakkurini shakllantirish to’garak va fakultativ mashg’ulotlar
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga o’quvchining badiiy asarlarni qo’yishi va
tushunishi   orqali   mustaqil   fikrlashga,   mulohaza   yuritishga   va   munozaraga   o’rganib
boradi,   Unda   asta   -   sekin   tabiat   va   jamiyat   haqida   o’zining   nuqtai   nazari,   e’tiqodi,
qarashi shakllanadi. Bu esa unda mustaqil o’ylashi, to’g’ri yo’l va xulosa chiqarishi,
qatiy   qaror   qila   olish   fazilatlarini   o’stiradi.   O’quvchilar   o’z   ustilarida   ishlash
jarayonida   ularning   qobiliyati,   iste’dodi   rivojlanadi.   Ularda   o’tiladigan   darslar,
laboratoriya   ishlari   va   amaliy   mashg’ulotlar,   referat,   konspekt   yozish   kabi   ta’limiy
faoliyat   turlari   o’zlari   o’zlashtirishi   zarur   materiallarni   mustaqil   holda   tushunishga
olib keladi. Bu esa o’z ustida ishlashning muhim omili sanaladi.
Yuqorida   keltirgan   fikrlarimizning   barchasi   o’quvchi   faoliyati   bo’yicha
yozilgan. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, o’z o’zini tarbiyalash, o’z ustida ishlash
faqatgina   o’quvchi   faoliyatida   emas,   balki   butun   bir   shaxs   faoliyatida   namoyon
6o’lishi   kerak.   SHaxs   o’z   -   o’zini   tarbiya   etmasa,   o’z   ustida   ishlamasa,   u   bir   joyda
qotib   turgan   toshga   o’xshab   qoladi.   Toshni   esa   kimdir   vaqti   kelib,   yo   tepib,   yo
uloqtirib   tashlaydi.   Agar   shaxs   izlansa,   o’z   qobiliyatlari   ustida   ishlasa,   o’zidagi
yaxshi fazilatlarni kamol toptirsa, uning obro’si, mavqei ham shu darajada yuksaladi,
doimo el nazarida bo’ladi. Uni hech kim uloqtirib yo chetga chiqarib qo’ya olmaydi.
Har  bir  o’qituvchi  doimiy ravishda  o’z -  o’zini  tarbiyalashi,  o’z  ustida ishlashi
kerak.   U   «men   allaqachon   tarbiyalanganman,   menda   hamma   ahloqiy   sifatlar   tarkib
topgan»   deb,   yoki   «men   o’z   fanimda   hamma   yutuqlarga   erishganman,   o’z   fanimni
chuqur   bilaman»   deb   bir   xilda,   bir   joyda   qotib   qolmasligi,     doimo   intilishda,
izlanishda bo’lishi kerak.
59 Hozirgi   paytda   maktablarda   dars   berayotgan   o’qituvchilarni   kuzatib,   ikki   xil
xulosaga   kelish   mumkin.  Birlari   juda   faol,  intiluvchan,   ijodkor   o’qituvchilar   bo’lsa,
ayrimlari   esa   hech   bir   intilishi   yo’q,  doimo   bir   xilda   dars   beruvchi   o’qituvchilardir.
Bularni ko’rib bir quvonsang, bir qo’l siltaging keldshshi. Axir yosh avlodni ta’lim -
tarbiyasi   o’qituvchilarga  ishonib   topshiriladi   -   ku!   Nahotki,  ayrim   ertangi   kun  bilan
ishi   yo’q   o’qituvchilar   bu   mas’uliyatni     his   etmasalar.   O’quvchilarning   o’z   ustlarida
ishlashlarida   ham   o’qituvchi   yo’llanmasi,   ko’rsatmasi,   topshiriqlari   muhim   rol
o’ynaydi.   SHuning  uchun   o’qituvchi   doimo  izlanishda   bo’lishi,   fanga  qandaydir   bir
yangiliklar   olib   kirishga   intilishi,   o’zining   odobi,   kasbiy   sifatlari   bilan   boshqalarga
o’rnak   bo’lishi   darkor.   O’z   ustida   ishlaydigan   ijodkor   o’qituvchilarning   obro’   -
e’tibori,   martabasi   ulug’   bo’ladi.   Ular   doimo   el   nazarida,   hurmatida   bo’ladi.   Xalq
hurmatida, e’tiborida bo’lishining o’zi eng katta baxtdir.
O’z-o’zini   uqtirish.   Shaxsni   kamol   toptirishda     o’z-o’zini     uqtirish     muhim
ahamiyatga   ega.   O’z-o’zini     uqtirishning     eng   yuqori   darajaga   ko’tarilganligini
yoglarda     kuzatish   mumkin.   Lekin   kundalik   hayotda   ham     o’z-o’zini     uqtirish   biz
o’ylagandan   ko’proq   uchraydi.     Odatda   o’z-o’zini   uqtirish   iborasi-o’quvchida   o’z
kamchiliklarini anglab, ularni o’zi tuzatishiga intiltiruvchi     ijobiy     hissiyotlarni     tarkib
topishini   bildiradi.   Lekin   ayrim   tasodifiy   va   arzimas   tashqi   omillar   ta’siriga   o’ta
berilib,     bolaga   o’ziga   nisbatan   salbiy   munosabatlar     shakllanib   qolish   hollari   ham
uchraydi. Bunga o’zini     o’zi past baholashni misol qilib ko’rsatish mumkin.
  O’z-o’zini     uqtirish     xarakterdagi       salbiy     hislatlarni     juda     katta     imkoniyatlarga
ega. Lekin o’z-o’zini uqtirishdan pedagogik ta’sir etish sifatida foydalanish shaxsdan
ma’lum     darajada   yetuklikni,   bundan   tashqari     barqaror     diqqatga   ega   bo’lishni   talab
qiladi.   Bular   o’smirlik   va   o’smirlik   davrlariga   mosdir,   chunki     shu     davrda   shaxsda
o’z   ichki   dunyosiga   jonli   qiziqish   uyg’onadi,   shaxsni   atroflicha   o’rganish   va   o’z-
o’zini     takomillashtirishga   ehtiyoj   tug’iladi.   Aynan   shu     davrda   o’z-o’zini
uqtirish     o’z-o’zining     tarbiyalashning muhim vositasi sifatida namoyon bo’ladi.
O’z-o’zini   uqtirishdan   tarbiyaviy   maqsadda     foydalanish,   shaxsni   biror   hatti
harakatni   noto’g’riligiga   yetarli   aniq   iqror   bo’lib,     undan   holi
60 bo’lish     itsagi     paydo     bo’lganda     va     nihoyat   o’z-o’ziga   ta’sir   eta   olish   uchun
ma’lum     sharoitlar yarata olgandagina foydalanishi mumkin.
Bunday   holda   o’qituvchining   vazifasi     o’quvchini   o’z-o’zini   uqtirish
metodikasi     bilan     qurollantirishdangina iborat bo’ladi.     O’z-o’zini     uqtirish tez kunda
natija   bermasligini,   balki   kamchiliklarni   bartaraf   qilishda   ma’lum     ketma-ketlikka
rioya   qilish,   uqtirish     predmeti     doimo     diqqat   markazida   turishiga
bog’liq     ekanligini     tushuntirish lozim. Qiyinchiliklar oldidagi qo’rquvni prityazaniya
darajasi   susayib   yoki   haddan   tashqari   ortib   ketganda     o’z   kuchiga
ishonmaslikni     yengishda     va     ichki     qarama- qarshiliklarni juda yaxshi samara beradi.
              D a r s d a   o ’ z - o ’ z i n i   n a z o r a t   q i l i s h .   O’z-o’zini nazorat qilish yosh
o’qituvchi   pedagogik   qobiliyatining   tezroq   rivojlanishiga,   tajribali   pedagoglar
mahorati   "sirlari"ni   tezroq   egallashga   imkon   beradi.   O’qituvchi   o’z   faoliyatini   o’zi
tahlil qilar ekan, u o’zini boshqarish va takomillashtirishning eng kuchli quroliga ega
bo’ladi,   muvaffaqiyatli   ishlash   usullarini   egallaydi   (diagnoz-prognoz).   Bular   esa
o’qituvchida o’z mehnatidan qoniqish hosil qilish hislarini uyg’otadi, unga ma’naviy
quvvat, ijodiy ishtiyoq (entuziazm) bag’ishlaydi.
O’qituvchi   o’zini-o’zi   ahloqiy   barkamollikka   erishtirishga   intilishi   kasb
faoliyatini   muvaffaqiyatli   olib   borishining   muhim   shartidir.   Bunday   turtkining
bo’lmasligi   ijodkorlikni   pasayishiga,   o’z   kasbidan,   hatto   o’zidan   ham   norozilikni
paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
O’qituvchi o’zining darsini o’zi tahlil qilayotganda, quyidagilarga e’tibor berishi
tavsiya etiladi:
- ko’zlangan maqsad va dars natijasini taqqoslash;
-   o’quvchilar   bilimi,   ko’nikmasi   va   kamol   topishidagi   siljishlarni   ko’zlangan
natijaga muvofiqligini aniqlash;
- o’quvchilar darsda ishtiyoq bilan ishlaganliklariga alohida e’tibor berish.
  O’qituvchilarning   toifalari   ham   har   xil,   ilmiy   dunyoqarashlari,   tajribasi   ham
turlicha   bo’ladi.   Demak,   yosh   o’kituvchilar   mana   shu   har   xil   toifa   o’qituvchlarning
tajribalaridan,   uslublaridan   unumli   foydalanishlari   mumkin.   O’qituvchilarni   esa
quyidagicha toifalashtirish maqsadga muvofiq.
61 Ijodkor   o’qituvchi   o’z   kasbini   sevadi,   qobiliyatli,   mahorati   yetarli,   bilimdon,
pedagogik a   va     psixologiya   fanlarining   rivojiga   hissa   qo’shuvchi ,   o’quv   dasturi,
darsliklardan,   ko’rgazmali   qurollardan   unumli   foydalanish   bilan   birga   u larni
takomillashtirish uchun yangi fikrlar   bildirib boradi . O’z tajribasi asosida maqolalar,
metodik   qo’llanmalar,   darsliklar   yozadi,   ijod   qiladi,   o’ylanadi.   Bunday
o’qituvchilarning   darsi   namunali,   o’quvchilari   bilimli   bo’ladi.   Ularning   darslarini
kuzatuvchilar esa juda katta ma’naviy ozuqa oladilar hamda o’tilgan darslarni yuqori
baholaydilar.
Tashabbuskor   o’qituvchi   -   o’quv   dasturi,   darslik   va   metodik   qo’llanmalarni
talab darajasida amalga oshiradi. Ko’rgazmali qurollar yasaydi, texnik vositalaridan,
ilg’or   tajribalardan   foydalanib,   ularni   hayotga   tatbiq   etishda   tashabbus   ko’rsatadi.
Maktabdagi ta’lim -   tarbiya ishlarida o’z tashabbusi bilan maktab rahbarligiga yordam
beradi. U doimo izlanuvchan, yangiliklar yaratuvchi hisoblanadi.
  Ilg’or o’qituvchi   - o’qitish va tarbiyalash usullarini mukammal egallagan, dars
jarayonida   o’quv   dasturi.   darslik   va   metodik   qullanmalarni   to’liq   amalga   oshiradi.
Darsga   qo’yilgan   talablar,   uning   maqsad   va   vazifasini   namunali   bajaradigan
o’quvchilarga   puxta   bilim   va   tarbiya   bera   oladigan,   bolalarning   mustaqil   fikrlash
qobiliyatini   rivojlantirib,   eng   yaxshi   natijalarga   erishuvchidir.   Dars   vaqtni   to’g’ri
taqsimlovchi,   bir   daqiqa   vaqtning   qadriga   yetuvchi,   dars   jarayonida   o’quv   dasturi
qodalarini   bajara     oladigan   qobiliyatga   ega   bo’ladi.   Maktabning   hamma   ishlarida
ilg’orlikka intiluvchan hisoblanadi.
Fidoyi   o’qituvchi   -   kasbini   sevgan,   irodali,   qiyinchiliklarga   brdosh   beradi,
o’quvchilar   bilan   ishlash   qobiliyatini   mukammal   egallagan.   U   hech   qachon
nolimaydi,   hech   kimni   yomon   demaydi,   tinch   osoyishtalik   bilan   o’tgan   mazmunli
kunllariga shukronalar     aytadi. Bunday o’qituvchi o’quvchilarga namuna bo’ladi .
Oddiy   o’qituvchi   madaniyati,   ko’rinishi   ham,   o’quvchi   va   odamlar   bilan
muomalasi   ham   oddiy   dars   jarayonida   o’quv   dasturi,   darslik   mazmunini   oddiy   va
sodda   holda   tushuntirishga   harakat   qiluvchidir.   Har   qaysi   o’quvchi   mavzuni   yaxshi
tushunayapti   deb   ishonuvchan,   darsda   vaqti   -   vaqti   bilan   "Tushundingizmi?",
"Yaxshi"   so’zlarini   ishlatuvchi,   ishonuvchan   shaxs.   Ta’lim   -   tarbiya   ishida   kim
62 nimani taklif etsa unga ishonib, bajarishga harakat qiluvchi, o’zicha biror bir yangilik
haqid a   o’ylamaydi,   yangicha   takliflar   aytmaydi,   izlanmaydi,   eshitgan   o’zi   ko’rgan
tajribalar asosida dars o’tkazaveradi. Mutaxassisligi boshqa o’qituvilarimiz ham bor.
O’zi  fizik, matematikadan  dars  beradi, tarixchi  geografiyadan, tarixchi  adabiyotdan,
adabiyotchi   boshqa   bir   fandan   dars   o’ tmoqda.   Yaxshi   qobiliyatli,   mahorati   bor
umumiy   pedagogik   bilimi   bo’lsa-yu,   sharoitini   hisobga   olib   boshqa   fanlarni
o’qitishga   ruxsat   berilgan.   Lekin   xalq   ta’limi   bo’limi   xodimlari,   maktab   rahbarlari
bunday   o’qituvchilarning   ish   faoliyatini   nazorat   qilishlari,   ularga   metodik   jihatdan
maslahat va yo’l yo’riqlar ko’rsatishlari shart.
  Insonning   sog’lom   va   baquvvat   bo’lib   tarbiya   topishida   buyuk
mutafakkirlarimizning     o’ gitlari   muhim   o’rin   kasb   etadi.   Jumladan,   A lisher   Navoiy
o’qituvchining   talabchan,   xushmuomala   bo’lishiga   undagani,   amma   har   ikkalasida
ham   ma’lum   me’yorni   bilish   zarurligini   uqtiradi.   T arbiya   haqida   gapirar   ekan,
"Qobiliyatlini   t a rbiya   qilmaslik   zulmdir   va   qobiliyatsizga   tarbiya   xayf.   Uni   tarbiya
qilmaslik bilan nobud qilma, shunga tarbiyangni nobud qilma" deydi.
A lisher   Navoiy   tarbiyada   insonning   o’z   -   o’zini   tarbiyal a shga   xato   va
kamchiliklarining   anglab   tuzatishga   e’tibor   beradi.   Yangilish   va     yangilishni   anglab
ogohlangan   kishi   baxtli   kishidir   deydi.   Navoiy   ta’lim   tarbiya   masalalariga   alohida
e’tibor   berar   ekan,   tarbiyaviy   jarayonlarni,   vositalarni,   talablarni   ko’rsatadi.   U
ta’limda   ilmiylikka   asoslangan,   tarixiylik   kabi   talablarni   asos   qilib   oladi.   O’z
davridagi   musulmon   maktablarining   yutuq   va   kamchiliklarini   tahlil   etadi.   U
o’qituvchi haqida gapirar ekan, muallim o’z shogirdlarini ham o’zi ta’lim berayotgan
fanni   ham   sevgan   bo’lishi   zarur   deydi.   O’ziga   nisbatan   ham,   o’quvchiga   nisbatan
ham talabchan bo’lishni uqtiradi.
Iqtisodiy   va   siyosiy   sohalardagi   barcha   islohotlarimizning   maqsadi   yurtimizda
yashayotgan   barcha   fuqarolar   uchun   munosib   hayot   sharoitlarini   tashkil   qilib
borishdan   iboratdir.   Aynan   shuning   uchun   ham   ma’naviy   jihatdan   mukammal
rivojlangan   insonni   tarbiyalash,   ta’lim   va   maorifni   yuksaltirish,   milliy   uyg’onish
g’oyasini   ruyobga   chiqaradigan   yangi   avlodni   voyaga   yetkazish   davlatimizning   eng
63 muhim   vazifalaridan   biri   bo’lib   qoladi.   (Karimov   I.A.   1995   yil   fevral   Oliy   majlis
birinchi sessiyasidagi ma’ruza).
  Respublikamiz   hukumati   xalq   ta’lim   sohasida   o’rtaga   qo’yayotgan   vazifalarni
bajarish   ko’p   jihatdan   o’qituvchiga   bog’liq.   Hozirgi   kunda   ta’lim   tarbiyadan   ko’zda
tutilayotgan maqsadlarga erishish o’qituvchilarning xilma - xil faoliyatini uyushtirish,
ularni   bilimli,   odobli   va   e’tiqodli,   mehnatsevar,   barkamol   inson   qilib   o’stirish
o’qituvchi zimmasiga yuklatilgan.
Islohotlar   davrida   o’zining   fidokorona   mehnati   bilan   yosh   avlodni   o’qitish   va
tarbiyalash   sifatini   oshirishga   katta   hissa   qo’shayotgan   ijodkor   o’qituvchilar   soni
ortib bormoqda.
Uzluksiz   pedagogik   ta’lim   g’oyasi   o’qituvchilar   malakasini   oshirish   va   qayta
tayyorlash   ishlarining   amalga   oshirishi   pedagogik   mahoratni   takomillashtirishda
muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.
Zamonaviy   o’qituvchiga   birgina   umumiy   madaniyatning   o’zi   kifoya   qilmaydi,
shuningdek   maxsus   bilimlar   va   malakalar,   bolalarni   kuzatish,   ularning   o’sishidagi
muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy ijtimoiy g’oyalar bilan taqqoslash,
ularni   rivojlantirish   yo’llari   va   usullarini   aniqlash,   turli   vositalar   tarbiyaviy   ta’sir
ko’rsatish usullarining o’zaro bir - biriga o’tishini  tahlil qilish pedagogik izlanishlar
va yutuqlarini ilmiy jihatdan bir sistemaga solish malakalari zarur bo’ladi.
O’qituvchi talabchan bo’lishi yaxshi va mehribon bo’lishi, sabrli, bosiq bo’lishi
va o’z kasbiga nisbatan e’tiqodli bo’lishi  lozim.     Bolani butun qalbi bilan sevadigan
o’qituvchi   ko’proq   tabassum   qiladi,   kamroq   qovoq   soladi,   shu   tariqa   professional
pedagog   bolalarni   bilim   berish   bilan   birgalikda   ayni   vaqtda   ularga   o’z   xarakterini
bera oladi. Ularga odmiylik namunasi bo’lib ko’rinadi.
O’qituvchining kasbga oid mahoratlarini shakllantirishda pedagogik - psixologik
nazariyalarning   ahamiyati   kattadir.   Chunki   ma’naviyatimiz   shakllanishida   o’z   -
o’ziga   ega   bo’lgan   ulug’   insonlar   ya’ni   o’qituvchilar   faoliyati   to’g’risida   ularga
qo’yilayotgan   talablar   ham   zamonaviy   pedagogik   texnologiyalar   to’g’risidagi
nazariyalar sharoitida asosiy mahorat manbai bo’lib xizmat qiladi.
64 Pedagogik   mahoratni   takomillashtirishda   shaxsiy   pedagogik   ilmiy   izlanishni
ahamiyati kattadir. Ijtimoiy faollik va fuqarolik burchini aniqlash o’qituvchi shaxsiga
xos   sifat,   zero   haqiqiy   peagog   to’la   ma’nodagi   jamoatchi   bo’lib,   bolalarga   hayotda
ijtimoiy faol holatda turmushining amaliy namunasini ko’rsatadi. O’qituvchi ishidagi
muvaffaqiyatni kunlik faoliyatida kattalar va bolalar, ayrim guruh va yakka shaxslar
bilan aloqaga kirisha olish qobiliyati ta’minlaydi.
Aloqalarda faoliyatda duch kelinadigan turli  xil voqealarga pedagogik qoidalar
nuqtai   nazaridan   emas,   balki   sharoitni   hisobga   olgan   holda   ijobiy   hal   etish   talab
etiladi.
Keng ilmiy saviya, ma’naviy ehtiyoj va qiziqish, intellektual qiziqish, yangilikni
his   qila   bilish,   pedagogik   ma’lumotni   oshirishga   intilish   o’qituvchiga   xos
xususiyatlardan biridir.
Ilmiy   pedagogik   izlanishlarni   baholash   mezonlari   to’g’risida   fikr   yuritilganda,
avvalo,   tadqiqotning   zamonaviyligi,   dolzarbligi   undan   ko’zlangan   maqsad   hamda
natijalar nazarda tutiladi.
O’qituvchi   shaxsining   kasb   sohasidagi   xususiyatlari   quyidagilardan   iboratdir,
ya’ni   bolalarni   sevish,   ular   bilan   ishlashga   qiziqish,   pedagogik   ishni   sevishi,   ruhida
pedagogik   ziyokorlik   va   kuzatuvchanlik:   dilkashlik,   talabchanlik,   qat’iylik   va
maqsadga intilish, vazminlik, o’zini tuta bilish kasbiy layokatlilik va boshqalar.
  Samarali   pedagogik   o’zaro   ta’sir   ko’rsatishni   to’g’ri   tashkil   etish   o’qituvchiga
bolalar   bilan   muomala   qilishda   tarbiyalanuvchilarning   aql   idrokigagina   emas,   balki
ularning   his   tuyg’ulariga   ham   ta’sir   ko’rsatish,   samimiy   munosabatda   bo’lishga
yordam beradi.
O’qituvchi   mehnatining   o’ziga   xosligi   shundan   iboratki   bu   mehnat   natijalari
darhol   ko’rinmaydi.   U   o’zining   ijod   mahsulini   ko’rish   uchun   yillab   mehnat   qilishi
kerak.   O’qituvchi   faoliyatini   o’rganish   shuni   kursatadiki,   bu   faoliyat   o’zining   sifat
ko’rsatkichlari   bo’yicha   ham   turlicha   bo’ladi.   Haqiqiy   fidoyi   o’qituvchilar   o’z
faoliyatida eng yaxshi natijalarga erishadilar.
  Pedagogik   mehnatni   tajribali   o’qituvchilarning   faoliyatini   o’rganish,   ular
faoliyatidagi quyidagi xarakterli xususiyatlarni aniqlashga imkon beradi.
65 1.     O’qituvchining siyosiy qarashlari va e’tiqodining aniqligi hamda barqarorligi
uning o’quvchilar oldida chinakam obru e’tibor qozonishining muhim shartidir.
2.     Ular   mamlakatning   butun  ijtimoiy  hayotida   faol   ishtirok  etadilar   va   ijtimoiy
faoliyatni   o’z   ishlaridan   ajratmaydilar.   Shuningdek   ijtimoiy   faoliyat   davomida
egallagan   tajribalarni   maktabga   olib   keladilar.   Bu   faoliyatga   o’z   o’quvchilarini   jalb
qiladilar,   ulardan   ijtimoiy   hayotda   faol   ishtirok   etadigan   kishilarni   tarbiyalab
yetishtiradilar.
3.   Har   bir   o’quvchi   shaxsiga   katta   qiziqish   bilan   qarab,   barcha   ishlarni
o’qituvchilar jamoasi o’zlari tashkil eta ishiga imkoniyat yaratib beradi .
4.   Novator   o’qituvchilar   uz   ishlarida   yaqin   kelajakdagi   vazifalarnigina   emas
balki kelajakni o’ylab ish yuritadilar, o’qituvchilarni rivojlanishini loyihalashtiradilar.
5.   Mohir   o’qituvchilarning   bolalarga   bo’lgan   munosabatlarning   taqdiri   haqida
g’amxo’rliq   qilish,   o’z   tarbiyalanuvchilarining   kelajagi   bilan   qiziqish   orqali
xarakterlanadi.
6.   O’qituvchi   shaxsigahar   tomonlama   ta’sir   ko’rsatish   tufayli   odatda   mohir
o’qituvchida orqaga qoluvchi o’quvchi bo’lmaydi.
7.   Mohir   o’qituvchilar   ilg’or   pedagogik   tajribani   hamma   ta’lim   va   tarbiyaning
nazariyasini o’rganadilar. Hamma yangiliklarni     tushunib olishga o’z tajribalari bilan
solishtirib   k o’ rishda   ba’zilari   o’z   ishida   tadbiq   qilishga   biror   narsalarni   qayta
qurishga harakat qiladilar.
  O’qituvchining ijodkorligi o’quvchining ijodkorligini o’yg’otadi.
Darhaqiqat Prezidentimiz I. A. Karimov aytganlaridek: Farzandlarimizni vatanga
sadoqat   ruhida   tarbiyalayotgan,   ularning   q a lbida   oliyjanob   fazilatlarni   qaror
toptirayotgan insonlar hamisha e’zozga loyiq.
  Hayot   kashfiyotlar   olami.   Tajriba,   uslub,   fikrlar   uyg’unligi   tuganmasdir.   u
samarali   mehnat   natijasida   isbot   va   dalillar   orqali   o’quvchilar   qalbida   kuchayadi,
tuyg’ularga   ta’sir   ko’rsatadi.   O’quvchilar   muallimning   faxri,   kelajagidir.   SHu   bois
ular   niyati   o’quvchilarni   mustaqil   yurt   quruvchilari,   muxandislari,   ilmu   -   ma’rifat
fidoyilari   safida   ko’rishdir.   O’qituvchilarning   eng   birinchi   maqsadi   o’quvch i sini
66 tezroq   savodli   qilishdan   iboratdir.   Lekin   uni   amalga   oshirish   nihoyatda
mashaqqatlidir.
Har bir o’qituvchining o’z faoliyat tizimini ishlab chiqishi va unga qat’iy amal
qilishi uning ta’lim sohasidagi muvaffaqiyatlarining muhim omillaridan biridir.
O’qituvchi   shaxsiy   faoliyati   tizimini   pishlab   chiqishda   quyidagilarga   e’tibor
berishlari   lozim.   Bizga   ma’lumki   o’quvchilarning   xarakter   xususiyati,   ruhiy   holati
jihatdan uch toifaga bo’linadi.
1.     Ota   -   onalar   tomonidan   barcha   injiqlariga   quloq   solib,   erka   va   tantiq   qilib
o’stirilgan,   bularning   aksariyatida   tillari   chuchukroq   yoki   nutqlarida   kamchiliklar
seziladi.   Bu   o’quvchilar   hech   narsaga   sidqidildan   yondoshmadilar.   Bunday
o’quvchilarga   jiddiy   munosabatda   bo’linadi.   Ba’zi   yaxshiroq   harakatlarini
rag’batlantirib boriladi.
2.     Qattiqqullik, kaltak va dakki tufayli haqoratlarga suyanib qolgan bolalar. Bu
toifadagi  o’quvchilarga  mehr   muhabbat   bilan  yondoshib  samarali   natijaga   erishmoq
mumkin.
3.     Ota   -   onalar   bolasiga   jiddiy   va   talabchan   bo’lishgan.   Bunay   o’quvchilar
hozirjavob va tirishqoqlik bilan ajralib turadi.   Ularga sinfdagi jamoa ishlarini ishonib
topshiriladi, rag’batlantirib boriladi.
O’qituvchining   o’quvchilar   bilan   muomalasi   tarbiya   natijalariga   katta   ta’sir
ko’rstadi. Bolaga muhabbat hech qachon javobsiz qolmaydi.
Umumiy     o’rta   ta’limning   davlat   ta’lim   standarti   o’quvchilar   umumta’lim
tayyorgarligiga saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajasini belgilab beradi.
Davlat   ta’lim     standarti   ta’lim   mazmuni   shakllari,   vazifalari,   usullarini,   uning
sifatini baholash tartibini belgilaydi. ta’lim mazumnining uzagi hisoblangan standart
vositasida mamlakat xududida faoliyat ko’rsatayotgan turli muassasalarda (davlat va
nodavlat)   ta’limning   barqaror   darajasini   ta’minlash   sharti   amalga   oshirildi.   Davlat
ta’lim   standarti   o’z   mohiyatiga   ko’ra   o’kuv   dasturlari,   darsliklar,   qo’llanmalar,
nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti o’zining tuzilishi va mazmuniga
ko’ra   davlat,   xudud,   maktab   manfaatlari   va   vazifalari   muvozanatini   aks   ettiradi
67 hamda   eng   asosiy   o’quvchi   shaxsi.   uning   intilishlari,   qobiliyati   va   qiziqishlari
ustivorligidan kelib chiqadi.
Davlat   ta’lim   standartini   bajarish   O’zbekiston   Respublikasi   hududida   faoliyat
ko’rsatayotgan   mulkchilik   shakli   va   idoraviy   bo’ysunishidan   qat’iy   nazar   barcha
ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy   o’rta   ta’lim   davlat   ta’lim   standartini   ishlab   chiqishda   "Ta’lim
to’grisida"gi   qonun   "Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi"   to’g’risidagi   hujjatlar   asos
qilib xizmat qiladi.
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti quyidagi prinsiplarga tayangan
holda ishlab chiqildi:
·         davlat   ta’lim   standartining   davlat   va   jamiyat   talablariga   shaxs   ehtiyojiga
mosligi;
·         o’quv   dasturlari   mazumnining   jamiyat   ijtimoiy   iqtisodiy   taraqqiyoti   hamda
fan texnika rivojlanishi bilan bog’liqligi;
·         umumiy   o’rta   ta’limning   boshqa   ta’lim   turlari   va   bosqichlari   bilan
uzluksizligining va ta’lim mazmunining uzviyligi;
·         umumiy o’rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
·         ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
·         umumiy  o’rta  ta’limning  mazmuni,  shakli,   vazifalari  va  usullarini  tanlashda
innovatsiyalarga tayanish;
·         ilg’or   demokratik   xorijiy   mamlakatlarning   ta’lim   sohasidagi   me’yorlarni
belgilash tajribalarni milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydlanish.
Umumiy   o’rta   ta’lim   maktablari   uchun   tayanch   o’quv   rejasi   davlat   ta’lim
standartining   tarkibiy   qismi   bo’lib,   u   ta’lim   sohalarini   me’yorlashda   hamda
maktabning moliyaviy faoliyatini belgilashda asos bo’ladigan davlat hujjatidir.
Tayanch   o’kuv   rejasi   o’quv   predmeti   bo’yicha   beriladigan   ta’lim   mazmunini
o’quvchiga   yetkzish   uchun   ajratilgan   o’quv   soatlarining   minimum   hajmidagi
miqdorini   ifodalaydi.   U   har   bir   sinfda   muayyan   o’quv   predmeti   bo’yicha   davlat
standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashda asos bo’ladi.
68 XULOSA VA TAVSIYALAR 
          Xulosa   qilib   aytadigan   bo’lsak,   ta’limda   innovatsion   pedagogik
texnologiyalardan foydalanish ta’limni sifatini ko’tarsa, innovatsion texnologiyalar
ta’lim   taraqqiyotini   harakatga   keltiruvchi   kuchdir.   Har   bir   jamiyatning   kelajagi
uning   ajralmas   qismi   va   hayotiy   zarurati   bo‘lgan   ta’lim   tizimining   qay   darajada
rivojlanganligi   bilan   belgilanadi.   Bugungi   kunda   mustaqil   taraqqiyot   yo‘lidan
borayotgan   mamlakatimizning   uzluksiz   ta’lim   tizimini   isloh   qilish   va
takomillashtirish,   yangi   sifat   bosqichiga   ko‘tarish,   unga   ilg’or   pedagogik   va
axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat
siyosati   darajasiga   ko‘tarildi.   Ta’lim-tarbiya   mazmuni,   maqsad   va   vazifalari
davrlar o’tishi bilan kengayib taraqqiy etib borishi natijasida uning shakl, usul  va
vositalari   ham   takomillashib   bormoqda.   Hozirgi   inson   faoliyatining   asosiy
yo’nalishlari   shu   faoliyatdan   ko’zda   tutilgan   maqsadlarni   to’liq   amalga   oshirish
imkoniyatini   beruvchi   yaxlit   tizimga,   ya’ni   texnologiyalarga   aylanib   bormoqda.
Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham so’nggi yillarda ta’lim texnologiyalari
faol   tarzda   amal   qila   boshladi.   Ma’lumki,   ta’lim-tarbiya   jarayoni   katta   avlod
tomonidan  o’z  bilim   va  tajribalarini   o’sib  kelayotgan   avlodga   o’rgatishdan   iborat
bo’lib,   bu   jarayonda,   asosan,   inson   hayoti   uchun   zarur   axborotlarni   avloddan-
avlodga   uzatish   amalga   oshiriladi.   Inson   hayoti   axborotlar   bilan   chambarchas
bog’liq.   Insonning   har   bir   harakati   axborot   olish   va   uzatish   yoki   undan
foydalanish,   uni   o’rganish,   o’zlashtirish,   saqlash   va   boyitishdan   iborat.   Shuning
uchun ham hozirgi insoniyat sivilizatsiyasi axborot sivilizatsiyasi deb ataladi. XXI
asrni ham bejizga axborot asri deb atashmagan. “Sivilizatsiya – axborotni to’plash,
tahlil   qilish   va   undan   foydalanish   hamda   atrof-muhit   va   o’zi   haqida   axborot
yaratish uchun eng ko’p ma’lumot olishga qodir bo’lgan moddaning yuqori turg’un
holatidir”.   Bu   ta’rifdan   axborotni   avloddan-avlodga   uzatishning,   ya’ni
ta’limtarbiya ishining ahamiyati qanchalik muhim ekanligi ko’rinib turibdi. Ya’ni,
ta’lim-tarbiya sivilizatsiyaning mavjudlik sharti hisoblanadi.
         Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim
muassasalarini   innovatsion   jarayonlarga   qo‘shilishini   taqozo   etmoqda,   o‘zini
69 yaratish   imkoni   mavjud   innovatsion   maydonda   ko‘rish   va   eng   muhimi   aniq
yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat.
                Bugungi   kunda   maktab   va   oliy   ta’lim   tizimidagi   an’anaviy   va   ommaviy
ko‘rinishdagi   ta’lim   va   tarbiya   jarayonlari   o‘rniga   ta’lim   muassasalari
rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda.
                Fanni   va   innovatsiyani   kelajakda   rivojlantirish   strategiyasida   “innovatsion
insonni” yaratish, ya’ni ishlashidan qat’iy nazar u innovatsiya va yangi bilimlarga
moyil   bo‘lishi   kerak.   Bugungi   kunda   zamonaviy   innovatsion   yaroqlilik   yuzaga
kelmoqda. 
             Hozirda boshqa faoliyat sohalari, jumladan, ishlab chiqarish rivojlanishining
innovatsion   yo‘liga   o‘tgach,   ta’lim   sohasi   ularga   faqat   yetakchilarni   tayyorlash
funksiyasini bajardi. Lekin aslida esa boshqacha ko‘rinish ko‘zga tashlanadi. Ilgari
jamiyat uchun uncha ko‘p bo‘lmagan va mustaqil shakllangan innovatorlar yetarli
edi. 
             An’anaviy pedagogik ta’lim mazmuni  va tashkil  etishi jixatidan aniq o‘quv
fani   bo‘yicha   mutaxassis   o‘qituvchilarni   tayyorlashga   qaratilgan.   Kasbiy-
pedagogik tayyorgarlikdagi an’anaviy tizimda, faoliyatli yondashuv asosida o‘quv-
tarbiyaviy   jarayon   yotadi   va   bu   jarayonda   ishtirokchilar   o‘rtasidagi   munosabatlar
sub’ekt-ob’ekt   tarzida   yo‘lga   qo‘yilgan.   Bu   yerda   sub’ekt-o‘qituvchi   ma’lum
chegaralangan   sharoitda   bo‘lib,   uning   faoliyatini   o‘quv   reja   va   o‘quv   dasturi
boshqaradi   va   hamda   munosabatlar   qat’iy   belgilab   qo‘yilgan.   Ob’ekt-talaba
ma’lum darajadagi bilim hajmi bilan chegaralangan. 
        O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqot namunasining o‘zgarishi innovatsion
faoliyat   shartlaridan   biridir.   Yangi   munosabatlar   an’analarda   bo‘lganidek,
qistovlar,   hukmga   bo‘ysunish   kabi   unsurlardan   holi   bo‘lishi   lozim.   Ular
tenglarning   hamkorligi,   o‘zaro   boshqarilishi,   o‘zaro   yordam   shaklida   qurilgan
bo‘lishi   darkor.   Ular   munosabatlaridagi   eng   muhim   xususiyati   bu   o‘qituvchi   va
talabaning ijoddagi hamkorligidir.
        O‘qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga
baho   berish,   kelgusidagi   harakatlarning   maqsadi   va   konsepsiyasini   shakllantirish,
70 ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab
oladi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. 
              Pedagogik   ta’lim   rivojlanishining   zamonaviy   innovatsion   yo‘nalishlarini
ichida   xususiy   innovatsion   nazariyani   shaxsiy   (xususiy)   yo‘nalishli   ta’lim
sohasidagi   ishlanmalarni,   ta’limni   tashkiliy-tuzilmaviy   modelini,   ta’limni   ko‘p
darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin.
              Umuman   olganda   ta’limda   individual-ijodiy   va   jamoaviy-ijodiy   faoliyat
sohasida     bugungi   kunga   kelib   sezilarli   tajribalar   to‘plandi,   o‘quv   pedagogik
jarayoni   ishtirokchilari   o‘rtasida   sub’ekt-sub’ekt   munosabatlari   rivojlanishida
o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini kuzatish mumkin. Ushbu tizim orqali talabalarni
mustaqil   ishlashga   ishtiyoqi   ortib,   reyting   tizimida   ularning   faol   ishtiroki
ta’minlansa,   ikkinchi   tomondan   pedagoglar   tomonidan   talabalar   faoliyatini
boshqarishda metodik madaniyat darajasi o‘sib borishi kuzatiladi.
              1.   Bugungi   kunda   ilg‘or   ta’limiy   yangiliklarni   aniqlash,   ularning
jamg‘armalarini tashkil etish, sinab ko‘rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning,
ilmiy   xulosalarini   ishlab   chiqish   va   tatbiq   etish   tizimini   yaratish   dolzarb
ahamiyatga   ega.   Shu   jihatdan   olib   qaralganda   bu   borada   bir   qator   izlanishlar,
metodik ta’minot yaratilishi maqsadga muvofiq. 
2.   Ta’limda   o‘qitishni   yangi   texnologiyalar   bilan   mustahkamlab,   tizimli
yondashuv asosida uning umumiy samarasini yaxshilashga urunish. 
3.   “Boshlang‘ich   ta’lim”   yo‘nalishi   bo‘yicha   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari
intellektini   didaktik   o‘yinlar   orqali   rivojlantirishning   pedagogik   imkoniyatlari
yetarli darajada o‘rganilmaganligi namoyon qilindi. Ushbu muammoga doir qabul
qilingan   me’yoriy   hujjatlar,   o‘quv   dasturlar   va   darsliklar   va   h.k.     o‘quv-uslubiy
adabiyotlar   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   intellektini   didaktik   o‘yinlar   orqali
rivojlantirishning   pedagogik   imkoniyatlari   nuqtai   nazaridan   tahlil   qilindi.
Shuningdek   boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchilari   va   o‘quvchilari   orasida   o‘tkazilgan
anketa   so‘rovnomalar,   suhbatlar   natijalari   mazkur   muammoning   dolzarbligi,
hayotiy zarurat ekanligi aksariyat respondentlar tomonidan yetarli darajada anglab
yetilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
71 4 Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini maktabda didaktik o‘yinlar orqali
o‘quvchilar   intellektini   rivojlantirishni   amalga oshirishga   tayyorlash  muammosini
ilmiy   asosda   ishlab   chiqish   maqsadida   uning   integratsion   yondashuv   orqali
imkoniyatlari   modellashtirildi.   Pedagog   o‘zlashtirishi   zarur   bo‘lgan   didaktik
o‘yinlarga   doir   bilimlar,   ko‘nikmalar   va   malakalar   hamda   uning   kommunikativ,
tashkilotchilik, safarbarlik va boshqa faoliyatlar mazmuni bilan boyitildi.
72 FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
1.O’zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim   to’g’risida”gi   Qonuni.   Oliy   ta’lim.
Me’yoriy hujjatlar to’plami. – T.: «Sharq». 2001. 
2.O’zbekiston   Respublikasining   “Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi
to’g’risida”gi Qonuni. – T.: «Sharq», 2001.
3.O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019   yil   8   oktyabrdagi   PF-5847-
sonli   “O’zbekiston   Respublikasi   oliy   ta’lim   tizimini   2030   yilgacha   rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmoni.
  4.O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi   PF-4947-
sonli   “2017-2021   yillarda   O’zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni.
5. Zaripov K. 0 ‘cptuvchilar malakasini oshirishda maktab rahbarimng roli. -
T.: “O'qituvchi”, 1993,97 - bet 
6.   Ochilov   M   ,   Ochilova   N.   uO‘qituvchi   odobi”.   -   Т .:   uO‘<   publikasi
Prezidentiniiig Qarori. “Adolat” gazetasi, 2010 yil, 29yanvar. 
7.   Karimov   I.   O^ituvchi,   ustoz,   murabbiy...:   Talabalar   va   yosh   o‘qiti   chilar
uchun. //Risola. - Qo‘qon DPI, 2009. - 99 b. 
8.0monov  N.T.  Pedagogik   texnologiyalar   va   pedagogik   mahorat.   -   '   Iqtisod-
moliya. 2009. - 240 b. 
9. Ochilov  М ., Ochilova N. O'qituvchi odobi. //Saylanma. - 0 ‘qituvchi, 1997.
- 118 b. 
10.     O‘zbekiston     Respublikasining     2020-yil   23-sentabrdagi     “Ta limʼ
to‘g‘risida”gi   O‘RQ-637-son   Qonuni     /     “Qonun   hujjatlari   ma lumotlari   milliy	
ʼ
bazasi”, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son.
  11.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   29-apreldagi   №PF-
5712-   sonli   “O‘zbekiston   Respublikasi   Xalq   ta limi   tizimini   2030-yilgacha	
ʼ
rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni // Qonun hujjatlari
ma lumotlari   milliy   bazasi,   29.04.2019   y.,   06/19/5712/3034-son.	
ʼ
https://lex.uz/docs/4312785
73 12. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat.-   Т .: Nizomiv nomli TDP 2005.- 149
b. 
13. Tarbiyaviy ish metodikasi. //Pedagogika institutlari uchun o‘q qo4llanma
(L. I. Ruvinskiy tahriri ostida). -  Т .: 0 ‘qituvchi, 1991. - 376 b. 
14. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q, “Muloqot” jumali, 1998 yil, 5- son. 
15.   X.Omonov.,   N.Xo‘jaev.,   S.Madiyarova.k   Pedagogik     texnologiyalar     va
pedagogik maxorat  T.:Iqtisod moliya 2009 yil.
16. О‘quv qo`llanma A.A.Xoliqov  Pedagogik maxorat  T.:Iqtisod
moliya 2011 yil.
17.M.To`xtahodjayeva Pedagogika  T.:   O‘zbekiston     faylasuflar   milliy
jamiyati  2010yil
18.E.Yuzlikaeva, M.Axmedova. Umumiy pedagogika  TDPU-2012  T   338
20.
19. Ibragimov X.I., Sh.AҚ Abdullaeva  Pedagogika nazariyasi T.:   Fan
va   tex. “2007 yil
20.Xoshimov K, Nishonova S, Inomova.M, Xasanov R Pedagogika   tarixi
T.:О‘qituvchi 1996
21.Tolipov  0 \.  Usmonboeva  M.  Pedagogik texnologiya:   nazariya  amaliyot.-
Т .: Fan, 2005.- 206 b. 
22. Т .:   Fan.   2009   Turg4mov   S. Т .,   Maqsudova   L.A.   Pedagogik   jarayonlami
tashkil eti va boshqarish. -. - 168 b
23. www. tdpu. uz
24.www. pedagog. uz
25.www. ziyonet.uz
74

ZAMONAVIY O’QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………………….4 1- BOB. PEDAGOGIK MAHORAT VA UNING O'QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O 'RNI …………......................................................6 1.1. Pedagogik mahorat va uning mohiyati …………................................................6 1.2. Pedagogik mahorat fanining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari .................14 1.3. O’qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan о 'rni……...24 2 - B O B . H O Z I R G I D A V R D A O ’ Q I T U V C H I L A R N I N G K A S B I Y M A H O R A T I N I T A K O M I L L A S H T I R I S H Y O ’ L I V A S H A R T - S H A R O I T L A R I … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … . 3 5 2.1. Pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy tamoyillari. Pedagogik faoliyatni tashkil etishda metodlarni maqsadga muvofiq tanlash………………………………35 2.2. Pedagogik faoliyatni rejalashtirish. Reja shakllari, ish kunini to’g’ri tashkil etish …………………………………………………………………………………….....44 2.3. Ta’lim jarayonida o’z - o’zini boshqarish va o’z ustida ishlash. Shaxsiy pedagogik tajriba to’plash tizimi………………………………………………….…54 XULOSA VA TAVSIYALAR……………………………………………………..69 FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………....73 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi: O ‘zbekiston Respublikasida o'qituvchi kadrlaming ma’naviy qiyofasiga, aqliy salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida mas’uliyat yuklangan. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev quyidagilarni qayd etadi: «Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o‘zimizga keladigan yoshlaming ma’naviy dunyosini shakllantirishda ulaming xizmati naqadar beqiyos ekanini o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz». Ushbu fikrlardan bugungi kun o‘qituvchisiga nisbatan qo‘yilayotgan talablaming mazmun va mohiyati anglaniladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo'lishi kerak? Mustaqillikdan keyin ushbu muammo ko‘plab olimlarning, ziyoli ahlining, hatto ota-onalarning diqqat-e’tiborida bo‘ldi. O'qituvchilar uchun zamonaviy, hozirgi kun talablariga javob bera oladigan metodik va o ‘quv qo'llanmalari, darsliklar yaratila boshlandi. Lekin bu muammo bo'yicha izlanishlar, ilmiy-tadqiqotlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Hozirgi kundagi global o‘zgarishlar, fan- texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI o’qituvchisidan pedagogik mahoratni, o'tkir irodani, pedagogik- psavodxonlikni, fikrlash doirasi keng va mulohazali boiishni talab qiladi. O'zb е kiston R е spublikasi Pr е zid е ntining 2017 yil 7 f е vraldagi PF-4947-son “O'zb е kiston R е spublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strat е giyasi to'g'risida”gi, 2019 yil 4 apr е ldagi PF-4947-son “O'zb е kiston R е spublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kons е psiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 d е kabrdagi “Uzluksiz ma'naviy tarbiya kons е psiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 1059-son qarori hamda boshqa m е 'yoriy-huquqiy hujjatlarda b е lgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Ta’lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilar o'qitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish 2

nazariyasini turli yangi g'oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchi va tarbiyachilarning ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ko'p jihatdan bog'liq. Shaxsni har tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib, juda qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi, mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Ushbu tajribalar o‘qitish shakllarida foydalanil digan o'qitish qonuniyatlari, prinsiplarini ijodiy qo'llashda, ilmiy bilishga doir g‘oyalar, nazariy bilimlar, qonuniyatlarni amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qadimdan buyuk allomalar vataj bo'lib kelgan O'zbekistonda yosh avlod tarbiyasi mutlaqo o'zgacha ma’no kasb etishi muqarrar. O'qituvchi - O'zbekistonning porloq kelajagini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlaming davorchisi bo'lgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir. Shunday ekan, o'qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi vazifasi, uning o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o'rtasidagi obro’ e ’tibori hozirgi zamon talablariga mos bo'lishi shart. O'qituvchi barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs bo'lib nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga о 'rnak bo'lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olish yetuk o'qituvchi sifatida malakali kadrlami tayyorlash ishiga o'zini munosib hissasini qo'shishi zarur. Pedagogik mahoratga ega bo'lish, o'qituvchi uchun ta’lim-tarbiyani samaradorligini ta’minlovchi zamin bo'libgina qolmasdan, ayni vaqtda uning jamiyatdagi obro'-e'tiborini ham oshiradi, o'quvchilarga nisbatan hurmat yuzaga keladi. Kasbiy mahoratni oshirish yo'lida amaliy harakatlarni tashkil etish: pedagogik faoliyatda yo'l qo'yilgan yoki qo'yilayotgan xatolardan xalos bo'lish, o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabat muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi. 3

Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi: O 'z davrlarida Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Sa’diy Sherziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Abdulla Avloniy va boshqalar o'qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, o'qituvchi shaxsida aks etishi zarur bo'lgan sifatlar xususida qimmatli ma’lumotlami o'z asarlarida qizg'in bahs qilishgan. Binobarin, pedagogik jarayonning mohiyatini anglamaga bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo'lmagan o'qituvchi ta’lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ham ega bo'lmaydi. Yuksak pedagogik mahoratga ega bo'lgan o'qituvchi bolani tushuna olishi, unga nisbatan insonparvar munosabatda bo'lishi, har qanday pedagogik vaziyatni to'g'ri baholashi, yuzaga kelishi ehtimol bo'lgan ziddiyatlami o'z vaqtida bartaraf etishi, pedagogik faoliyat hamisha ilg'orligi, jamiyat taraqqiyoti hamda pedagogik jarayont o'quvchilar ongiga singdirilayotgan ezgu g'oyalami hayot bilan bog'la olishi lozim. Tadqiqot maqsadi ;bo’ lajak mutaxassis sifatida talabalarda pedagogik madaniyatni shakllanti rish, pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish Tadqiqot obyekti: oliy o`quv yurtlarida talaba-yoshlarni o’qituvchilik kasbiga tayyorlash jarayoni. Tadqiqot predmeti: oliy o`quv yurtlarida talaba-yoshlarni o’qituvchilik kasbiga tayyorlashning mazmuni, shakl va metodlari. Tadqiqot vazifalari: - talabalarni pedagogik mahoratning tarkibiy qismlariga doir nazariy bilimlar bilan qurollantirish; -ularda pedagogik faoliyatni oqilona tashkil etish, pedagogik jarayonni samarali yo‘lga qo‘yish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish; - a labalarning pedagogik hamkorlikni qaror toptirish texnologiyasiga oid bilimlarni egallashlarini ta’minlash; - auditoriyadan tashqari o`tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarda talabayoshlarni har tomonlama pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish; 4

Tadqiqot ishining tuzilishi va hajmi: tadqiqot ishi kirish, 2 bob, 6 fasl, xulosa, adabiyotlar ro’yxati, ilovalardan iborat. 5