logo

ABDULLA ORIPOVNING HAJVIYANAVISLIK MAHORATI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

668 KB
ABDULLA ORIPOVNING HAJVIYANAVISLIK
MAHORATI
MUNDARIJA:
Kirish...................................................................................................................
I bob. HAJV VA UNING  BADIIY  ADABIYOTDAGI O ’ RNI
1.1. Hajvning jamiyat va adabiyotdagi vazifalari................................. .. .......... ..... .
1.2. Shoir hajviyalarining adabiy manbalari................................................. .........
1.3.  Abdulla Oripov hajvlarining mazmun doirasi....................................... .........
II bob.  A.ORIPOV NING HAJVIY XARAKTER  YARATISH MAHORATI
2.1. Shoir yaratgan hajviy tip va xarakterlarning oziga xos jihatlari......................
2.2.  Abdulla  Oripov ijodida hajviy xarakterlar poetikasi........................ .................
2.3.  Abdulla  Oripov hajviyotida badiiy niyat va shoir pozitsiyasi............................
III bob. ABDULLA ORIPOV HAJVIYOTINING BADIIY 
XUSUSIYATLARI
3.1.  Shoir hajviy uslubida adabiy janrlar va sheriy shakllarning 
o ’ rni.........................................................................................................................
88 
3.2. Abdulla Oripovning hajviyotda she ’ riy san ’ atlardan foydalanish 
mahorati...............................................................................................................10
6
1 XULOSA..............................................................................................................1
23
FOYDALANILGAN 
ADABIYOTLAR...............................................................127 
Sharof   Rashidov   nomidagi   Samarqand   davlat   universiteti   magistranti
Axrorova   Mahbuba   Akbarovnaning   “Abdulla   Oripovning   hajvnavislik   mahorati”
mavzusidagi   5A   120101-   Adabiyotshunoslik   (O’zbek   adabiyoti)   bo’yicha   magistr
akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga
Annotatsiya
Mazkur   tadqiqot   ishi   jahon   adabiyotshunosligida   alohida   e’tibor   qaratilib
kelinayotgan adabiy hodisa bo’lgan hajviyotning adabiyotdagi o’rni va O’zbekiston
xalq   shoiri   Abdulla   Oripovning   hajviyanavislik   mahoratiga   bag’ishlangan   bo’lib,
unda ijodkor hajv   doirasining  mazmuni,  hajviy  xarakter yaratish  mahorati,  hajviy
asarlarning badiiy xususiyatlari tadqiq etilgan. Dissertatsiya kirish, uch asosiy bob
hamda   xulosa   qismidan   iborat   bo’lib,   dissertatsiyalar   oldiga   qo’yilgan   talab
asosida amalga oshirilgan. 
Tadqiqot ishida hajvning jamiyatdagi illatlarni fosh etishi, bu illatlar yuzaga
keltirgan jarohatlarni davolash kabi vazifalarga e’tibor qaratilgan. 
Shuningdek   shoir   hajvlari   janr   nuqtayi   nazaridan   ham   o’rganilgan   bo’lib,
uning shoir hajviyoti turli adabiy janrlar ballada, rivoyat, qissa, to’rtlik, masnaviy,
voqeaband hajviy she’rlar , hazil she’rlar kabi shakllarda yaratilganligi aniqlangan
va   misollar   keltirib   o’tilgan.   Shoir   hajvlari   esa   umumiy   tarzda   satira   va   yumorga
qaratilgan. 
Mazkur   ishda   muallifning   kulgusini   yuzaga   keltirish   uchun   talmeh,   tazod,
tashxis,   mubolag’a,   tanosub,   irsoli   masal   kabi   she’riy   san'atlardan   foydalanish
mahorati va bu orqali asarlarning jozibador shirali, xalqona ruhga ega bo’lganligi
tadqiq etilgan. 
Akhrorova   Makhbuba   who   is   master’s   student   of   Samarkand   State
University   which   is   named   Sh.   Rashidov.   Abdulla   Aripov’s   humour   art     “5A
2 120101-dissertation   for   a   master’s   degree   on   the   topic   of   dissertation   (Uzbek
literature) 
Annotation
This   research   work     is   devoted   to   the   role   of   comedy   in   literature,   which   is   a
litarary   phenomenon   for   which   world   literature   pays   special   attention,   and   the
mastery of comedy of the People’s Poet of Uzbekistan A. Aripov. The entrance to
the dissertation is based on the requirements of the dissertation, which consistes of
the main chapter and the concluding part. 
The research focuses on the role of comedy in exposing the flaws in society,
as well as treatment of injuries caused by these flaws masnavi, comic poems, etc,
and exemples are given. The poet’s comedies are generally divided into satire and
humor. In this work, the author demonstrates the skill of using poetic arts such as
talmeh, tazod, diagnosis, rhyme, tanosib to create laughter, and thus the attractive
poems of the work.
Kirish 
Dissertatsiya   mavzusining   dolzarbligi   va   zarurati.   Jahon
adabiyotshunosligida   hajviyot   alohida   diqqat   qaratib   kelinayotgan   adabiy   hodisa
bolib,   dunyoning   mashhur   hajvnavis   shoir-u   adiblari   ijodi   bo‘yicha   olib
borilayotgan   izlanishlar   buni   yaqqol   tasdiqlaydi.   Hajviyotning   falsafiy-ijtimoiy
mohiyati, poetikasi, ilmiy-nazariy xususiyatlar; komik, yumoristik va satirik janrlar
taraqqiyotiga   ta’sir   ko‘rsatgan   omillarning   ma’lum   ijodiy   maktablar   va   ularning
yetakchi namoyandalari faoliyatiga ko‘rsatgan   tasirini baholash keng ko‘lamda   olib
borilayotir.   Ma’naviy   tanazzul,   fojeiy   qismat   muammosining   hajviy   tasvir   va
ifodaga   ko‘chib,   komediyaning   mumtoz   tragediya   bilan   barobar   rivojlanish
darajasiga   kotarilishi   badiiy   ijodiy   tafakkur   tadrijining   mahsuli   sifatida   talqin
qilinmoqda.
3 Dunyo   adabiyotshunosligida   iste’dod   salohiyati,   ta’sir   kuchining   hajviyot
orqali   tez  va  ko‘lamli   namoyon  bo ’ lishi   bir  necha   asrlik  she’riyat,   xususan   Sharq
adabiyoti   misolida   isbotlangan.   Yevropaning   eng   yetuk   shoirlarida   ham,   ularning
she’riyatida   umumiy ruh nechog‘li   mahzun, anduhli sanalmasin, yumor va satiraga
murojaatlar  qilinishi  haqidagi  tadqiqotlarda   “ kulgi psixologiyasi ” ,   “ hajv  falsafasi ”
ning   badiiy   ijod   tafakkurida   muhim   o‘ringa   egaligi   qayd   etiladi.   Ularda   hajviyot
ijtimoiy  illatlarni fosh etish barobarida  insoniy  takomil  nuqsonlarini  bartaraf  etish
g‘oyasi   hamda hajvnavislik mahorati masalalari ilgari suriladi.
O ' zbek adabiyotida hajviyot o‘ziga   xos xususiyatlariga ega bo ’ lib, u folklor,
mumtoz va jahon adabiyoti yutuqlarini sintez qiluvchi adabiy hodisadir. Adabiyot
hayotimizning   asosiy   jihatlari   —   go‘zallik,   yaxshilik,   olijanoblik   kabi   xislatlarni
tarannum   etsa-da,   uning   yo‘liga   g ’ ov   bo‘lgan   barcha   manfiyliklarga   qarshi
kurashni ham o‘z   oldidagi vazifa sifatida belgilaydi.   “ Adabiyot - xalqning yuragi,
elning   manaviyati   ko‘zgusi.   Bugungi   murakkab   zamonda   odamlar   qalbiga   yo‘l
topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan   kuchidan
foydalanish   kerak.   Ajdodlar   merosini   o‘rganish,   boy   madaniyatimizga   munosib
buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni hozirlaymiz ” 1
.
O‘zbekiston   Qahramoni,   Xalq   shoiri   Abdulla   Oripovning   bir   qator   hajviy
she’rlari,   “ Ranjkom ”   va   “ Jannatga   yol ”   dostonlari   misolida   satira   va   yumor
masalasini o‘rganish, hajviyotning estetik vazifalarini ijodkor badiiy mahorati bilan
bog‘liq   holda   tadqiq   etish   mavzuning   dolzarbligini   ta’minlaydi.     Shundan   kelib
chiqib,   mazkur   tadqiqotda   Abdulla   Oripov   hajviyotining   o‘ziga   xos   qirralarini,
hajviy   obrazlar   tabiatini   satira   va   yumor   orqali   ochish   usullari,   u   oziqlangan
manbalarni   o‘rganish,   hajviy   she’rlar   tahlili   asosida   shoir   hajviyotining   tadrijiy
o‘sish   darajasini ko‘rsatish   ham muhim vazifalardandir.
Dissertatsiya   mavzusi ning   o‘rganilganlik   darajasi.   Ma’lumki,   o‘zbek
adabiyoti   tarixan   hajvnavislikning   katta   manbaiga   ega.   Abdulla   Oripov
hajvnavisligini o‘rganish   uchun ana shu katta manbaning, ijodiy silsilaning tadqiq
1
1
  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Шавкат   Мирзи ё евнинг     Алишер   Навоий   номидаги
Ўзбекистон   Миллий   боғида   барпо   этилган   Адиблар   хиёбонининг   очилишида   сўзлаган   нутқи .   /
Халқ сўзи, 2020 ,  21 май,  № 106 ( 7608 ) .
4 etilishiga   ham   diqqat   qaratish   lozim.   Binobarin,   ayni   masala   ikki   yo‘nalishda   ish
korishni taqozo qiladi:
  Birinchidan,   ozbek   adabiyotshunosligida   hajvnavislikning   o‘rganilish
darajasi   yoritilishi   maqsadga   muvofiq.   O’zbek   hajviyotini,   hajvchi   shoir   va
yozuvchilar   ijodini   o‘rganishga   bagishlangan   tadqiqotlar   miqdor   va   sifat   e’tibori
bilan   ancha   yuqori.   Jumladan,   Alisher   Navoiy   satirasini   o‘rgangan
A.Abdug‘afurov,   Abdulla   Qahhor   satirasini   tadqiq   etgan   M.Qo ' shjonov,
shuningdek,   o‘zbek   hajvnavisligining   turli   qirralarini   organgan   R.Muqimov,
O.Sharafiddinov,   M.Nazarov,   R.Muhammadiyev,   S.   Toshkanov,   O.Saidov,
Sh.Axmedova 2
 kabi olimlar ishlarini alohida ta’kidlab   otish lozim.
Ikkinchidan, tadqiqot   ishi uchun obyekt sifatida tanlangan   Abdulla Oripov
ijodi     adabiyotshunoslar   tomonidan   turli   miqyoslarda   o‘rganilgan.   Shoir   asarlari
tadqiqi   borasida   M.Qo ' shjonov,   O.Sharafiddinov,   N.Jabborov,   S.Meliyev,
N.Afoqova,   D.Begimqulov,   G.Ashurova,   A.Hamdamov 3
  kabi   olim   va
tadqiqotchilar   muayyan   ilmiy   tadqiqotlarni   amalga   oshirganlar.   Binobarin,
akademik   M.Qo ' shjonov   shoirning   adabiy   portretini   yaratgan.   Tadqiqotchi
N.Afoqova   shoir   asarlarida   qo‘llangan   badiiy   san’atlarni   mumtoz   adabiyotga
qiyosan   o‘rgangan   bo‘lsa,   G.Ashurovani   ham   shoirning   badiiy   mahorati   masalasi
qiziqtirgan.   A.Hamdamovning   nomzodlik   tadqiqot   ishisi   esa   shoir   she’riyatidagi
xalqona   poetik   tafakkur   muammosini   o‘rganishga   bag‘ishlangan.       Shuningdek,
milliy   adabiyot,   she’riyat   nazariyasi   yo‘nalishida   yaratilgan   qator   tadqiqotlarda
ham   u   yoki   bu   mavzu   munosabati   bilan   Abdulla   Oripov   ijodi   ilmiy   tahlilga
2
Абдуғафуров А. Навоий сатираси.  —  Тошкент: Фан, 1966;  Қўшжонов М. Абдулла Қаҳҳор ижодида сатира
ва   юмор.   —   Тошкент:   Фан,   1973;   Шарафиддинов   О.   Ҳажвиётга   садоқат.   —   Тошкент:   1998;   Муқимов   Р.
Бадиий   адабиётда   сатира   ва   сатирик   образ   масалалари.   —   Самарқанд:   1975;   Назаров   М.   Юмор   нима?
ЎзАС, 1986.  №  8; Муҳаммадиев Р. Аския.  —  Тошкент: 1970; Тошканов С. Ўзбек совет адабиётида сатирик
характер   проблемаси.   —     Тошкент:   1987;   Саидов   О.   Сатира   тили  билан.   —   Тошкент:   1978;   Ш.Ахмедова.
Юмор жилолари.  —  Тошкент: Фан, 1998.
3
  Қўшжонов   М.   Онажоним   шеърият.   —   Тошкент:   Ўқитувчи,   1994;     Шарафиддинов   О.   Талант   —   халқ
мулки.   —   Тошкент:   Ёш   гвардия,   1979;   Қўшжонов   М.,   Жабборов   Н.   Замон,   мезон,   шеърият.   —   Тошкент.
2015; Мелиев С. Абдулла Орипов.  —  Тошкент: Маънавият, 2001; Афоқова Н. Абдулла Орипов лирикасида
бадиий   санъатлар.   Филол.фанл.номз...   дисс.   —   Тошкент,   1998;     Ғаниев   И.,   Афоқова   Н.   Озод   руҳ
фалсафаси.   —   Тошкент:   Фан,   2007;   Ашурова   Г.  Сўз   ва   тимсол   уйғунлиги.   —   Тошкент:   Маънавият,   2007;
Ҳамдамов А.  Абдулла  Орипов  шеъриятида   хал қона поэтик тафаккур  муаммоси .   Филол.фанл.номз... дисс.
—  Тошкент, 2011.
5 tortilgan 4
. XX asr o‘zbek   she’riyati   uchun etalon bo‘la   oladigan shoir asarlarini shu
davr adabiyotiga oid tadqiqotlarda chetlab o‘tish   mumkin emas ham, aslida.
Tanqidchi I.G ' afurov  Abdulla  Oripovning xarakter  yaratish  mahorati  haqida
fikr bildirib, uning yuzaga kelish omillarini ko‘rsatishga   harakat qiladi 5
.
Adabiyotshunos   N.Shodmonov   “ Shoir   hazillari ”   maqolasida   shoirning   bir
nechta she’rlarini   tahlil qilib, o‘zbek   adabiyoti tarixida hajvnavislikning rivojlanish
tamoyillari, shoirning hajviy xarakterlar yaratish usullari haqida mulohaza yuritadi.
Olim   Abdulla   Oripov  hajviyotini   birgina   maqolada   batafsil   tavsiflashning   imkoni
yo‘qligini,   kelajakda   bu   mavzuda   yirik   tadqiqotlarni   amalga   oshirish   lozimligini
takidlaydi 6
.
Adabiyotshunos   H.Absamiyev   o‘zining   “ Hajviy   lirikada   tipik   xarakter
yaratish   usullariga   doir ”   ilmiy   maqolasida   shoirning   hajviy   she’rlariga   to‘xtalib,
uning   tipik   xarakterlar   yaratish   usullarini   sharhlaydi.   Maqolada   shoirning
“ Tarbiya ”  nomli hajviy she’ri   tahlilga tortiladi 7
. Ko‘rinadiki, shoirning hajvnavislik
mahorati  yuqoridagi  tadqiqotlarda u  yoki bu  nuqtai nazardan  tadqiq etiladi.  Lekin
bu  izlanishlar   shoir  hajviyoti   haqida   yo‘l-yo‘lakay   bildirilgan  fikrlar  bo‘lib,  uning
turli     qirralarini   to‘liq   yorita   olmaydi.   Shulardan   kelib   chiqib   aytish   mumkinki,
shoir   ijodining   hajvnavislik   qirrasi   va   undagi   mahorat   masalalarining   yaxlit,
fundamental tadqiqi oldimizdagi vazifadir.
4
  Қосимов Я. Ўзбек шеъриятида поэтик фикрнинг янгиланиш жараёни: Филол.фан.номз...  дисс. - Тошкент,
1993;   Йўлдошева   М.   Ҳозирги  ўзбек   модерн   шеъриятининг  асосий   хусусиятлари:   Филол.фан.номз...дисс.   -
Тошкент,   2004;   Акрамов   Б.   Проблема   поэтического   образа   в   современной     узбекской   лирике   (60-е-80-е
годы):   Автореф.   дисс...   докт.филол.наук.   -   Ташкент,   1991;   Жумабоева   Ж.   ХХ   аср   ўзбек   шеъриятида
психологик   тасвир   маҳорати:   Филол.фан.докт...   дисс...   автореф.   —   Тошкент,   1999;   Қурбонбоев   И.А.   90-
йиллар ўзбек шеъриятида образлилик: Филол.фан.номз...дисс.  - Тошкент, 2005;  Норбоев  Б. Ҳаётни поэтик
талқин   этиш   тамойиллари   ва   маҳорат   муаммолари:   Филол.фан.докт...дисс.   -   Тошкент,   1996;     Тўлаков   И.
Ҳозирги ўзбек лирикасида давр ва қаҳрамон талқини: Филол.фан.докт... дисс. - Тошкент, 1994; Аҳмедов Ҳ.
Ўзбек   адабиётида   насрий   шеър:   Филол.фан.номз...   дисс.   -  Тошкент,   1995;   Маматова   А.   Ўзбек   адабиётида
сарбаст шеърнинг шаклланиши ва унинг бадиий-эстетик хусусиятлари: Филол.фан.номз...  дисс. - Тошкент,
2000;   Хамдамов   У.   ХХ   аср   ўзбек   шеърияти     бадиий   тафаккур   тадрижининг   ижтимоий-психологик
хусусиятлари: Филол.фан.докт... дисс. - Тошкент, 2018.
5
Ғафуров И.  Лириканинг юраги.  —   Тошкент: Ёш гвардия, 1982.  —  Б. 224.
6
Шодмонов Н. Шоир ҳазиллари // Абадий садо.  —  Қарши: Насаф, 2011.  —  Б.64.
7
 Абсамиев Ҳ. Ҳажвий лирикада типик характерлар яратиш усулларига доир //  Совет шарқи халқлари 
адабиётида сатира ва юмор масалалари. Илмий мақолалар тўплами.  —   Самарқанд. 1986.  —  Б. 77. 
6 Tadqiqotning maqsadi:   Abdulla Oripov ijodida hajviy asarlarning o‘rni   va
shoir hajvnavisligida badiiy mahorat masalalarini ilmiy-nazariy tadqiq etish.
Tadqiqotning vazifalari:
 adabiyotda hajviyotning o‘rni   ijodiy va estetik ehtiyojdan iborat ekanini ilmiy
asoslash;
Abdulla  Oripov hajviy me ' rosini to‘plash, tasniflash va tavsiflash;
shoir   hajvnavislik   iste’dodining   sayqallanishiga   omil   bo‘lgan   manbalarni
aniqlash;
hajviy   she’rlar   tahlili   orqali   satira   va   yumorning   tabiati   hamda   badiiy
xususiyatlariga oydinlik kiritish;
shoir hajvining tadrijiy taraqqiyotini ilmiy asoslash;
shoirning hajviy tip va xarakter yaratish mahoratini yoritish;
hajvni hosil qiluvchi tasviriy vositalarni tahlil qilish, shoirning hajviy san’atlar
yaratish mahoratini ochib berish;
shoir   hajviyotida     hajv   tamoyillarining   o‘rnini   hamda   adabiy   janrlar   va
shakllarning namoyon bo‘lish   usullarini tahlil qilish. 
Tadqiqotning   obyekti   sifatida   Abdulla   Oripovning   2001-2016-yillar
oraligida   nashr   etilgan   8   jildlik   “ Tanlangan   asarlar ” i,   1989-yilda   nashr   etilgan
“ Ishonch   ko ’ priklari ”   va   1980-yilda   nashr   qilingan   “ Najot   qalasi ”   she ' rlar
to‘plamlari   olingan.
Tadqiqotning   predmeti ni   Abdulla   Oripov   she’riyatida   hajviyot,     hajviy
janrlar, qahramon va tiplarga xos xususiyatlar bilan bog‘liq   masalalar tashkil etadi.
Tadqiqot   usullari:   tadqiqot   ishida   tarixiy-qiyosiy,   analitik,   germenevtik,
statistik, biografik hamda so t siologik tahlil usullaridan foydalanildi.
          Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi:  tadqiqot ishi kirish, uch bob, xulosa va
foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxatidan   iborat   bo‘lib,   umumiy   hajmi   86   sahifani
tashkil etadi.
I bob. HAJV VA UNING  BADIIY  ADABIYOTDAGI O‘RNI  
7 1.1.Hajvning jamiyat va adabiyotdagi vazifalari
                    Hajviyot aloqa shakli va dunyoqarash fenomeni sifatida, globallashuvning
zamonaviy   tamoyillari,   yuksak   jamiyat   shakllanishi   hamda   tolerantlik,   birdamlik
va   ijodkorlikning   ustuvor   yon ' alishlarini   tasdiqlaydigan   davrda   tobora   ko ' proq
ahamiyat   kasb   etmoqda.   Hajv   ko ' pincha   soxtalikni   haqiqatdan   ajratib   olishda
yetakchi vosita ekanligini ulug '  hajvchilar hamisha ta ' kidlashgan. Shu sababli jahon
adabiyotida   mumtoz   hisoblangan   kopchilik   asarlarning   asosida   kulgi   yotishi   ham
bejiz emas. Shuni alohida takidlash lozimki, umumiy kulgining ozi bolmagan, har
qaysi   davrning   oz   kulgisi   bolgan.   Har   bir   davr   oz   kulgisi   bilan   birga   uning
obyektini ham dunyoga keltiradi. Bir davr uchun kulgili sanalgan voqea-hodisalar
boshqa   davr   uchun   jiddiy   hisoblanishi   mumkinligini   adabiyot   tarixi   korsatib
turibdi.
Hajv   (rus.   komicheskoye,   ing.   comical)   atamasi   kulgi   bilan   bogliq   adabiy
hodisalar   tizimini   anglatib,   jahon   adabiyotshunosligida   turli   korinishlarda   faol
qollanadi.   Lekin   komiklik   klassisizm   davrigacha   tragediyaga   muqobil   ravishda
qahramonlari   quyi   tabaqadan   bolgan   va,   albatta,   muvaffaqiyatli   yakunga   ega
asarlarga   nisbatan   qollangan.   Bular   adabiyotda   tragediyaga   nisbatan   quyi   janr
hisoblangan.   Marifatparvarlik   adabiyoti   unga   tenglik   maqomini   berdi   va   XX
asrdan uning maqomi yanada yuksaldi.
  Hajviyot   ikki   qirradan   iborat:   satira   va   yumor   va   uning   asosi   hisoblangan
kulgi   insoniyatning   va   xususan   har   bir   kishining   ajralmas   sifatlaridir,   ularsiz
bizning   mavjudligimizni   tasavvur   qilib   bolmaydi.     Godaklikdan,   taxminan
hayotimizning   40-kunidan   boshlab     kulishni   boshlaymiz,     butun   hayotimiz
davomida   kulishda   davom     etamiz   va   shu   tariqa   kulish   inson   hayotining   asosiy
ehtiyojlaridan biriga aylanib qolgan. Hajviyot yarashish, tartibga solish va ijtimoiy
qadriyatlarni saqlash vositasi sifatida madaniyatning muhim qismi bolib, milliy ong
va  munosabat   xususiyatlarini  aks   ettiradi.   Shuning  uchun  bu  madaniyat   fenomeni
etnopsixologiya,   lingvomadaniyatshunoslik,   adabiyotshunoslik,   sanatshunoslik,
psixolingvistika   va   boshqa   fanlarning   organish   obyekti   hisoblanadi.   Bundan
8 tashqari,   hattoki,   kulgi,   yumor   va   ularning   inson   tanasiga   ta’sirini   organadigan
alohida, psixoatriyaning gelotolgiya fani ham mavjud.
Shuni   takidlash   kerakki,   hajv     bu   falsafaning   ham   obyektidir,   avvalambor
yordamchi   fanlar   malumotlarini   umumlashtiruvchi   hamda   komikaning   mavjudligi
va rivojlanishining universal qonunlarini ifoda etuvchi fandir. Falsafada dunyoning
turli tillarida satira, yumor va kulgini ilmiy jihatdan o‘rganishga   bag‘ishlangan   juda
koplab   izlanishlar   mavjud.   Nemis   yozuvchisi   va   badiiy   nazariyotchisi   Jan-Pol
takidlaganidek,   qadimdan   kulgi   faylasuflarning  tariflariga  shunchaki   mos   kelishni
istamagan,   chunki   bu   hissiyot   dunyoda   hech   kim   kormagan   darajada   turli   xil
shakllarga   ega   boladi;   barcha   hislar   ichida   yolgiz   kulgidagina   tugallanmaydigan,
egri   chiziqlar   soniga   teng   material   bor.   Birgina   rus   shoiri   A.Blok   she’riyatidagi
quvnoqlik   va   yumor   masalasida   onga   yaqin   tadqiqotlarda   fikr   yuritilishi   ham
buning   dalilidir.   Ingliz   va   boshqa   xalqlar   adabiyotshunosligida   ham   bunday
holatlarni kuzatish mumkin. Ularda hajviyot ijtimoiy illatlarni fosh etish barobarida
insoniy   takomil   nuqsonlarini   bartaraf   etish   g‘oyasi   hamda   hajvnavislik   mahorati
masalalari ham ilgari suriladi.
              Kulgi xalqimizning yuksak talanti, otkir zakovati, zarif tabiati, quvnoqligi,
hazilga  moyilligidan  dalolat  beruvchi     milliy  fazilatlaridan  biridir.  Shuning  uchun
xalq  ogzaki   ijodidan  boshlab  hajviyotga   katta  e'tibor   qaratilgani   korinadi.   Chunki
kulgining tasir kuchi ulkan ekanligini, kulgida jamlangan katta, qudratli kuchligini
xalq   yaxshi   biladi.   Shu   bois   folklor   asarlarida   otkir,   ta’sirchan   qurol   sifatida
kulgiga  e'tibor   qaratilgan.   Xalq  ogzaki   ijodida  yaratilgan  hajviy  ruhdagi   asarlarda
xalq   kulgisining   turli   qirralari,   rang   barangligi   yaqqol   korinadi.   Xalqning
maqollari,   matallari,   qoshiq   va   dostonlari,   ertak   va   latifa,   loflarida   kulgi   ozining
barcha qirralari bilan namoyon bolgan.
                      Kulgi yozma adabiyotda katta orin egallaydi. Adabiyotda ham kulgining
orni   haqida   mashhur   hajvnavis   Said   Ahmad   shunday   deb   yozadi:   “ Hajv
hayotimizni   bezaydigan,   ruhlarimizni   yengillatadigan   va   shu   bilan   birga
hayotimizdagi illatlarni turtkilab, yoldan chiqqanlarni kopchilik orasida  “ po ’ stagini
9 qoqadigan ”  g ’ oyaviy qurol hamdir ” 8
. Haqiqatan ham adabiyot o ’ z oldiga hayotning
ijobiy  jihatlarini   ko ’ rsatish,   ularni   tarannum   etishni   maqsad   qilib  oladi.   Shu  bilan
bir qatorda u jamiyatda uchrab turadigan illatlarni ham fosh etishni oz zimmasiga
yuklaydi,   bunda   satira   va   yumorning   orni   beqiyosdir.   Hajv   insonning   meyorida
faoliyat   korsatishi   uchun   muhim   shart,   inson   hayoti   va   aloqasining   ajralmas
tarkibiy   qismi,   ijodkorlik   va   talim   jarayonining   ajralmas   qismi   bolib,   u   shaxs   va
umuman  jamiyat   hayotida   muhim  orin  egallaydi.     Kulgi   madaniyat   va   malum   bir
jamiyat meyorlari bilan chambarchas bogliq.  
             Ulug ’  hajvchilar hajviyotning obyektiv hayotiy ildizlari mavjudligini qayta-
qayta takidlaganlar. Ular  komizmni  doimo  hayotning,  voqyelikni  chuqur organish
hamda   tushunish   uchun   yuksak   badiiy   mahoratga       ega   bo ’ lish   zarurligini   ham
uqtirishgan.   Shuning   uchun   Sharq   adabiyotida,   umuman,   jahon   adabiyotida
hajvnavislikning ildizi juda  qadimgi davrlarga borib  taqaladi.  Hajviyot voqyelikni
aks  ettirishning  alohida  g ’ oyaviy-badiiy  tamoyili  sifatida  jahon  xalqlari  adabiyoti,
shuningdek, o ’ zbek xalqining ham og ’ zaki va yozma adabiyotida  qadimdan yuqori
orin egallab kelgan.  “ Qadimiy tarixga ega bolgan ozbek hajviyoti har bir davrda oz
kulgisini   yaratib   keldi.   Zero,   kulgi   xalq   ogzaki   ijodi,   yozma   adabiyot   bilan
hamohang   bo ’ lib,   unga   xizmat   qilib  kelmoqda.   O ’ zbek   xalqining   tabiatidan   kelib
chiqqan,   ildizi   insoniyatning   paydo   bo ’ lishiga   borib  taqaladigan   hodisalardan   biri
kulgi, hajviyotdir ” 9
. 
                    Abu  Rayhon  Beruniy  asaridan  quyida  keltiradigan  parchadan  korinadiki,
yozma   adabiyotda   hajvnavislikning   rivojlanishi   ancha   qadimgi   yozma
yodgorliklarga   borib   taqaladi.   Beruniy   asarlarida   keltirgan   mualliflar   ijtimoiy
mavqyei,   sinfiy   qarashlariga   ko ’ ra   bir   necha   toifalarga   bo ’ linadilar.   Ular   orasida
xalifalarni madh etib kun ko ’ rgan (Abu Nuvos, Al Hanafiy kabi) shoirlar ham,  xalq
tomonida  turib,   yuqori   tabaqa  vakillarini   kalaka  qilgan  (Farazdaq,   Bashshor   ibn
Burd   singari)   hajvchilar   ham,   adolat   va   marifat   kuychilari   (Imrul   Qays,   Abul
Farrosh, Abu Zuayb, Abu Tammom) ham bor ” 10
.
8
  Саид Аҳмад. Сайланма. Уч жилдлик. Учинчи жилд.  —  Тошкент. 1982.  —  Б.558.
9
Ахмедова Ш. Юмор жилолари.  —  Тошкент: Фан. 1998.  —  Б.7.
10
Комилов Н. Ибн Сино ва Данте.   —   Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат  нашриёти. 1983.
Б.20.
10            Ilk yozma yodgorliklar,  “ Avesto ” , qahramonlik eposlari, Siyovush, Tomaris
haqidagi afsona va rivoyatlarda satira va yumor namunalarini uchratish mumkinligi
haqida qarashlar mavjud 11
.
                    X-XII   asarlar   adabiyotida   Rudakiy   va   Ibn   Sino   asarlarida   hajv,   kinoya,
kesatiq   shakllarida   uchraydi,   ezopona   til,   zarifona   bayon   usuli   vositasi   orqali
komik holatlardan kulgi hosil qilinadi.
                  Hakim Sozoni Samarqandiy kosiblardan chiqqan mashhur  hajvchi  bolgan.
Uning   “ Hazliyot “   devoni mavjud bolib, undagi xushchaqchaq, quvnoq yumorning
erkinlikka   tayanishi,   syujetli   latifanamo,   mutoyibanamo   hajviyalarida   shoirning
realistik tasvirga moyilligi korinadi 12
.
                    H ajvnavislikning   tugilishi   juda   qadimga   borib   taqal ishini
N .A.Dobrolyubov ning   quyidagi   sozlari   ham   tasdiqlaydi :   “ B izning   adabiyotimiz
satira   bilan   boshland i ,   satira   bilan   davom   etdi,   hozirgacha   satira   zaminida
turibdi ” 13
.   Zero,   mumtoz   adabiyotimizda,   hajvnavislik   bobida   qalam   tebratgan
Alisher Navoiy, Turdi, Gulxaniy, Maxmur, Zavqiy, Avaz Otar singari shoirlar ham
oz   hajviyalarida   riyokor   din   ahllari,   zolim   amaldorlarni,   insofsiz   qozilarni   kuchli
tanqid   ostiga   olib   asarlar   yaratsalar-da ,   ularning   zamirida   bu   shaxslarni   xalqqa
nisbatan adolatli va marifatli bolish lari ga chorlov ruhi sezilib turadi. 
                    O ’ zbek mumtoz  adabiyotida  Alisher  Navoiy, Mashrab,  Gulxaniy, Zavqiy
kabi   shoirlar   ozlari   yashagan   davrdagi   kulgili   holatlarni   korsatish   uchun   hajvdan
unumli  foydalandilar.  Ular  ijodida  kulgili holat, kinoya,  satirik  kulgi,  kesatiq, shu
bilan   birga   hayotbaxsh   yumor   korinishlari   namoyon   boladi.   Ayniqsa,   Alisher
Navoiyning kulgiga munosabati diqqatga sazovordir:
              Tarki adabdin biri kulgu durur
               Kulgi adab tarkiga belgidurur 14
.
11
Муқимов Р. Бадиий адабиётда сатира ва сатирик образ масалалари.  —  Самарқанд. 1975.
12
 Бу ҳақда қаранг: Ахмедова Ш. Юмор жилолари.  —  Тошкент: Фан. 1998.  —  Б.7.
13
Добролюбов Н.А. Полн. сбор. соч. Том 2, стр. 138.
14
Алишер Навоий. Хамса. Ҳайратул   —  аброр. -  Тошкент. 1998.  —  Б.71.
11 Alisher Navoiy adabiyot tarixida  kulgining qudratini va tasir kuchini chuqur
his   etgan   holda   oz   ijodiga   tatbiq   eta   oldi.   Shoir   ijodidagi   yumoristik   gazallar,
hajvga boy kichik lavhalar bunga misol bola oladi 15
.
                Mushfiqiy,   Maxmur,   Muqimiy,   Zavqiy,   Sofizoda     kabi   shoirlar   hajvdan
foydalanib,   xalq   qalbiga   yaqin   asarlar   yozdilar.   Buni   xalq   ogzaki   ijodida
Mashrabning   ayrim   asarlari,   Turdi,   Gulxaniy,   Maxmur   bitiklari   misolida   korish
mumkin.   Hajvda   kulgi   muhim   orin   tutadi.   Odatda,   kulgi   deyilganda,   quvonch,
shodlik   hosilasi   tushuniladi.   Lekin   hajviyotdagi   kulgi   kishida   faqat   xursandchilik
uygotmaydi.   Chunki   hajviy   kulgi   illatdan,   kamchilikdan   paydo   bolganligi   uchun
hamisha   gam   bilan   yonma-yon   keladi.   Shu   bois   fojia   hajvning   astaridir,   degan
qarash   bor.   Gulxaniy   “ Zarbulmasal ” da   tasvirlagan   holatlarni   oqib  kulasiz.     Lekin
bundan   xursand   bolib   ketmaysiz.   Qushlarning   ozini   tutishlari,   gap-sozlari,
qiliqlaridan   tugilgan   kulgi   anduh   va   afsus   bilan   baqamti   kelayotganligi   sezilib
turadi.
                    Umuman  olganda,   ular  hajviyotdan  boshqa  janrlarda  ham   ijod  qilishgan,
ammo satira bu  ijodkorlar  badiiy merosining  asosiy  qismini  tashkil etadi. Bunday
hajvnavislar davrasining shakllanishi hayotiy asosga ega edi.
                  Birinchidan, faqat tanbeh orqali hayotni ozgartirish mumkin emasligini ular
yaxshi   bilishgan.   Shuning   uchun   rang-barang   satira   va   yumor   orqali   mavjud
kamchiliklarni hajv qilish yolini tanladilar. 
                  Ikkinchidan,   bu   ijodkorlar   hukmdorlarga,   xalqning   bunday   hayotdan
noroziligini,   davlat   tuzumidagi   ozgarishlar   zarurligini,   aks   holda   ommaviy
tartibsizliklar bolishi mumkinligini korsatishga harakat qildilar. Bularning barchasi
hajviyalarda oz aksini topdi. 
            Uchinchidan, ular satira, allegoriyalarning kuchiga, eng oddiy dehqondan to
hukmdorlargacha   yetib   borishlari   va   oxir-oqibat   ijobiy   natijalarga   erishishlariga
ishonishdi.   Xalq   bunday   hajviy   asarlarni   ishtiyoq   bilan   qabul   qildi,   ularning
mualliflarini sevdi, shu tariqa hajviy ijod, allegoriya va satira keng rivojlandi. 
15
Абдуғафуров А. Навоий сатираси.   —  Тошкент: Ўзбекистон  ССР  Фан. 1972. - Б.260.
12                   Tortinchidan, xalqning qollab-quvvatlashi, hajvga munosabati   masalchi va
hajvnavis ijodkorlar safi yangi va istedodli kishilar bilan kengayib borishiga sabab
boldi.  Eng  muhimi, ular  adabiyotning ushbu yonalishini yanada  kengroq tarqatish
yolida qatiy turdilar. 
                  Beshinchidan,   hajvnavislar   hayotdagi   qusurlarni   namoyish   qilish   uchun
aynan satiraga murojaat qilishgan va oz asarlarida hayotiy obrazlarni tasvirlashgan.
Shoirlar   xalqning   manfaatlari   uchun   hajvchilik   ananasini   davom   ettirishga
intilishganki,   bu   anana   XX   asrda   ham   davom   etdi.   XX   asrning   20 - yillarida
adabiyotda   satiraga   bolgan   etibor   kuchaydi:   hajv   va   uning   nazariyasiga
bagishlangan   ilmiy   ishlar   gazeta   va   jurnallar   chop   etila   boshladi .   B unda   A bdulla
Qodiriy juda katta jonbozlik korsatdi.  U o zining hajviy asarlari va ilmiy maqolalari
bilan   doimiy   ravishda   matbuotda   chiqishlar   qilib   bordi.   “ Kulgilikning   boshlanish
tarixi   juda   eskidir.   Kulgi   inson   bilan   birga   tugilgan,   uning   boshqa   xususiyatlari,
yani   kamolot   va   ruhiy   holatlari   ila   yondoshdir.   Shuningdek,   biz   ozbeklarning
kulgisevarligimiz ham oz tarifini eskidan boshlaydi ” 16
.
                      “ 26   nchi   yilda   kuldiruvchilarimiz ”   maqolasida   tanqidning   ikki   xili:
“ Adabiyot   dunyosida   ikki   turli   tanqid   borligi,     jiddiy   tanqid   va   hajviy   tanqid ”
haqida   fikr   yuritadi.   “ Jiddiy   tanqid   ozining   kuzatgan   nishonasi   ustida   ozgarishlar
yasasa   ham ” ,   uning     koproq   mutaxassislarga   ( “ ziyolilarga ” )   qaratilgani ,   ammo
unda   ommaviylik   xususiyati   kamligini   hisobga   olib,   asosiy   diqqatini   hajviy
tanqidga   qaratadi.   Hajviy   tanqidni   xalqning   ruhiga   yaqin,   xalq   qalbini   his   eta
oladigan tarjimon deb hisoblaydi. 
                    XX   asr   ozbek   adabiyotida   A.Qodiriy,   A.Fitrat,   S.Ayniy,   Hamza   boshlab
bergan   mavzularni   Gafur   Gulom,   Abdulla   Qahhor,   Said   Ahmad   kabi   ijodkorlar
davom ettirdilar.
                    Gafur Gulom ham kulgichilik adabiyotning bir bolagi ekanligini takidlab,
unga   etibor   bilan   qarashni   talab   qilgan.   Ozining   “ Kulgichilik   togrisida ” ,   “ Yumor
va   satira ” ,   “ Yusufjon   qiziq ”   kabi   maqolalarida   hajv   haqida,   kulgida   shakl   bilan
16
   Абдулла Қодирий. Кичик асарлар.  —  Тошкент. 1962.  —  Б.16.
13 mazmunning   uygunligi   haqida   qimmatli   fikrlarini   bayon   etgan   edi.   Shuningdek,
zabardast hajvchi yozuvchi Said Ahmad ham xalqimiz orasida ozining hayotbaxsh
kulgisi bilan mashhurdir.
                  Umuman  olganda,   ozbek  adabiyotshunosligida  hajv  muammosi   XX  asrda
koproq   tadqiq   etilgan.   Folklorshunos   H.Razzoqov   ozbek   xalq   ijodida   satira   va
yumor,   T.Ashurov   ozbek   xalq   dostonlarida   satira   va   yumor   masalalarini   tadqiq
etgan 17
. Folklorshunos K.Imomov ozbek satirik ertaklari haqida tadqiqot yaratgan.
Adabiyotshunos olim A.Abdugafurov ozbek adabiyoti tarixi hamda Alisher Navoiy
ijodida   hajviyotning   tutgan   orni   muammosini   juda   batafsil   va   chuqur   organgan 18
.
Ikki   kitobdan   iborat   tadqiqotda   Navoiyning   ozbek   hajviyotiga   qoshgan   ulkan
hissasi, kulgi yaratish, satirik obraz yaratish mahoratini, novatorligi ochib berilgan.
Bundan   tashqari   olim   keyingi   faoliyatida   Muqimiy   satirasini   organishga   alohida
etibor   qaratgan 19
.   Adabiyotshunos     R.Muqimov   ozbek   va   tojik   satirasi
taraqqiyotining asosiy bosqichlari, N.Rahimov ozbek satirasi tarixini, S.Toshkanov
satira sanati, ozbek adabiyotida satirik xarakter muammosini tadqiq etgan.
                    Hajviyot   masalalarini   alohida   yozuvchi   satirasi   misolida   organishda
akademik   M.Qoshjonovning   “ Abdulla   Qahhor   ijodida   satira   va   yumor ”   (1973),
O.Sharafiddinovning N.Aminov hajvi tadqiq etilgan   “ Hajviyotga sadoqat ”   (1987),
adabiyotshunos   olima   Sh.Ahmedovaning   “ Said   Ahmad   hajviyotida   badiiy
mahorat ”   (1994),   S.Maxsimxonovning   Abdulla   Qodiriy   ijodida   hajviy   xarakter
muammosiga bagishlangan (1997) tadqiqotlarini alohida takidlash orinlidir. Ammo
shuni   ham   aytib   otish   kerakki,   keyingi   yillarda   hajviyot   masalalarini   organish
harakati sust davom etmoqda.  Buning sababi hajvchi shoirlar ijodining shu qirrasi
yetarli organilmaganligidir.   Misol tariqasida Erkin Vohidov,      Abdulla   Oripov va
boshqa shoirlar ijodini korsatish mumkin.   
              Ustozlari   ananalarini   davom   ettirgan   Abdulla   Oripov   ijodida   ham   hajviyot
oziga   xos   orin   tutadiki,   shoir   ijodining   shu   qirrasi   tadqiq   etilishi   zarur   bolgan
muammolardan hisoblanadi.
17
Ашуров Т. Ўзбек халқ достонларида сатира ва юмор.  —  Тошкент: Фан, 1974.  —  Б.260
18
Абдуғафуров А. Навоий сатираси.  —  Тошкент: Фан. 1-китоб.1966; 1972. 2-китоб.
19
 Абдуғафуров А. Муқимий сатираси.  —  Тошкент: Фан. 1976.
14 Adabiyotda   hajviyot   juda   katta   orin   tutar   ekan,   hajvning   orni   va   vazifalari
nimalardan   iborat   degan   muammo   kondalang   bolib   turadi.   Hajvning   vazifalari
oziga   xos   xususiyatlarning   namoyon   bolishi   bu   hodisani   boshqalardan   ajratib
turadigan   sifatlaridan   biridir.   Hajviyotning   ahamiyati   haqida   gapirganda   biz   -
jamiyatning   muayyan   sohalarida   kulgining   manosi   va   undan   amaliy   foydalanish
natijasini   nazarda   tutamiz.   Shu   bilan   birga,   kulgining   u   yoki   bu   sohadagi   rolini
inobatga   olgan   holda,   munosabatlarning   ushbu   sohasidagi   ijtimoiy   ahamiyatini
tavsiflovchi vazifalarni tushuntirishga harakat qilamiz.
                      “ Binobarin,   yozuvchinig   kulgi   yaratish   mahoratini   qiyosiy   organish,   bu
kulgining manbalarini aniqlash, uni tasnif qilish, bu usullarning tavsifini berish fan
uchun   yangilik   bolishi   aniq.   Chunki   kulgi   sanatkor   qolida   "haqiqatni   yolgondan
ajratishda   ulug   vosita"   /V.G.Belinskiy/   bolib,   kishiga   quvonch   baxsh   etadi,   tetik
kayfiyat   uygotib,   yaxshilikka,   olijanoblikka   undaydi.   Biz   tadqiq   qilmoqchi
kulgining ozi nima? Kulgi fiziologik, psixik va falsafiy hodisadir. Badiiy ijodda esa
adibning   hayotni   tasvirlash,   obraz   yaratish   usullaridan   biridir.   Shu   boisdan
kulgining   jonli   hayotdagi   vazifasi   emas,   balki   badiiy   asardagi   orni,   roli
qiziqarliroqdir ” 20
.   Shunday   ekan,   u   yoki   boshqa   tarzda   hajv   muammosi   bilan
shugullanadigan   deyarli   har   bir   tadqiqotchi   kulgining   vazifalarini   yoritib   beradi.
Albatta, turli xil mualliflar turli xil vazifalarni ajratib korsatishadi va ularni turlicha
talqin qilishadi,  bazilarini maqullab, boshqalarni esa inkor etishlari mumkin. Ishda
imkoniyat darajasida kulgi asosan,  satirik   kulgining badiiy tasvir vositasi, voqea-
hodisalarni ifodalash tamoyili, obraz yaratish usullaridan biri sifatidagi rolini aynan
shu   qirrasi   kam   tadqiq  etilgan   Abdulla   Oripov  ijodi   misolida   oydinlashtirishni   oz
oldimizga   maqsad   qilib   qoydik.   Organilgan   materiallarni   umumlashtirishga   va
hozirgi   paytda   malum   bolgan   kulgi   vazifalarini   Abdulla   Oripov   ijodi   misolida
organib, imkon qadar umumlashtirishga harakat qildik. 
                        1.   Kulgi,   hajvning   asosiy   vazifalaridan  biri  bilish   (kognitiv)  funksiyasi
hisoblanadi.   “ A.Genisning   fikriga   kora,   yumorni   hayotni   bilish   vositasi   sifatida
korib   chiqish   mumkin:   agar   biron   bir   hodisani   organsangiz,   unda   kulgili   narsani
20
  Ахмедова Ш. Саид Аҳмаднинг ҳажвий маҳорати. Фил.фан.номз.......дисс.Тошкент. 1994. Б.-4.
15 toping   va   bu   hodisa   sizga   toliqligicha   ochib   beriladi.   Aflotunning   kulgisiz
jiddiylikni   bilishning   iloji   yoqligi   haqidagi   fikri   barchaga   malum.   Hyech   narsa
odamning kulgisidek uning mohiyatini ochib bermaydi. F.M.Dostoyevskiy odamni
chinakam   tanib   olish   uchun   uning   qanday   gapirayotganiga   yoki   yiglayotganiga
emas, balki qanday qilib kulayotganiga va kulishiga qarab  “ qalbning eng ishonchli
sinovi 21
”   degan   xulosaga   keladi.   Bu   xulosa   adibning   hayotidagi   eng   jiddiy
qarorlardan biridir. Shu bilan bir qatorda  kulgi ruhning gozalligini ochib beradi, bu
odatda bolalarning yuzlarida korinadi, ozida qandaydir ruhiy illatni his  qilgan kishi
esa   kulgidan   qorqadi.   Kulgi   ozimizni,   boshqa   odamlarni   va   shuning   uchun   butun
dunyoni   bilishga   yordam   beradi.   Qaysidir   manoda   hajviyot   ham   dunyoni
anglashdir,   hamma   narsani   komiklik   qirralaridan   otkazib,   biz   hayot   hodisalarini
mutlaqo  boshqacha   tarzda  koramiz.   Masalan,   Abdulla   Oripovning   “ Maymuniyat ”
sherida   ozini   daho   olimlardan   yuqori   qoyuvchi,   ilmsiz,   manman   kimsalar   qattiq
tanqid ostiga ol in adi. Shoir bunday kimsalarni kuchli kesatiq bilan fosh qiladi.  Ular
q oyib   bersa   “ Gulxaniy   ham   Krilov   ham   bizdan   tarqagan ”   deya   jar   solishdan
toymaydi.  Oquvchi  mana shu sher orqali jamiyatda manmanlikni  oziga kasb qilib
olgan insonlar haqida malumotga ega boladi.
                        2.     Sharhlash   (tushuntirish)   vazifasi.   Hajviyot   qaysidir   manoda   hayot
hodisalarini tushunishga yordam beradi. U hayotdagi qarama-qarshiliklar va uning
badiiy   ifodasi   aksidir.   U   hayotni   tushuntirish,   uning   hodisalarini   sharhlash,   u
voqyelikning   qarama-qarshiligi,   hayot   haqidagi   bizning   goyalarimiz   va   haqiqatda
mavjud   bolgan   narsalar   ortasidagi   nomuvofiqlik   natijasida   vujudga   keladi.
Adabiyotda   hajv,   satira  va  yumor  korinishida   namoyon  bolar   ekan,   ular   bir-birini
toldirib,   bir-biriga   otib   turadigan   ikki   alohida   oziga   xos   teng   bolakdir.   Ularning
mazmuni kulgida zuhur topadi. Hayotdagi voqea-hodisalar har xil, bazan bir-biriga
qarama-qarshi   his-tuygular   qozgatishi,   turlicha   qabul   qilinishi,   fikrlanishi,
odamlarda   turlicha   munosabatlar   uygotishi   mumkin.   Satira   uchun   hodisaning
muhim   tomonlarini   kulgi   yoli   bilan   inkor   etish   xarakterli   bolsa,   yumor   uchun
hodisaga   ijobiy   tomondan   qarab,   uning   alohida,   bazan   ikkinchi   darajali
21
Бу ҳақда қаранг: Зелезинская Л.А. Юмор как предмет социально-философского анализа. Диссертация на 
соискание учени степени  кандидата философских наук. Благовещенск-2014.  Стр-77
16 kamchiliklari   ustidan   kulish,   bazan   kulgi   yoli   bilan   uning   yaxshi   tomonlarini
tasdiqlash   xarakterlidir.   Shu   bilan   birga   kulgi   -   mavjudlikni   ochishning   kuchli
usullaridan   biri.   1968   yilda   yozilgan   “ Ilgor   ishchi   va   chaqqon   muxbir   qissasi ”
sherida   shoir   60-70-yillardagi   ijtimoiy  hayot,   turmushni   hajv   ostiga   oladi.   Sherda
oddiy   xalqning   qiyinchiliklari,   turmush   tashvishlari,   dardi,   ishchilar   qatlamining
rozgor tebratishdagi mashaqqatlari tasvirlanadi:
                    Ishchi tongda turib olib
                   Qurilishga boradi. ..
                 Qol ishda-yu, ammo ozga
                Xayol kezar boshida,
               Bogchadagi qizchasining
              Lentasi yoq sochida.
Ishchining turmushidagi yetishmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida tinim
bilmay qilgan mehnati   boshqalar uchun qadrsiz. Rozgordagi muammolari sababli
bir kunlik   “ norma ” sini  uch  baravar  bajarishga majbur.  Uning  uyida taziya,  ammo
muxbirlar   may   bayrami   sharafiga   gazetaga   suratini   bosib   chiqarishadi.   Chunki
ularga   “ pufak   qahramonlar ”   zarur.   Ishchining   dardi,   tashvishi   hyech   kimni
qiziqtirmaydi.   Bu   xalq   orasidagi   “ Qassobga   moy   qaygusi,   echkiga   jon   qaygusi ”
naqliga mos kelishi hajviy satrlar orqali ochib beriladi:
                Ajal yetib bir kun uning
                Qazo qilar onasi.
                Marhum degan ozi borib
                Kirmaydi-ku qabrga.
                Onasining olishini
                Qaydan bilmish u garib,
17               Yoqsa avval ozroq narsa
             Qoymasmidi jamgarib.
           Bu sherda ham  “ Ezop tili ”  orqali shoro davri va uning insonni ezishga, uning
ustidan   hukm   yuritishga   asoslangan   siyosati   ustidan   kulinadi.   Hajv   orqali   shoir
“ nimkosa ” da   osha   paytlarda   aytish   mumkin  bolmagan   mulohazalarini   hajv   orqali
tasvirlaydi,   tushuntiradi.   Demak,   korinadiki,   hajviyot   hayot   hodisalarini
tushunishga imkon bermoqda. Sher tahlili   hayotdagi qarama-qarshiliklar va uning
badiiy ifodasi aksi ekanligini isbotlashga yordam beradi.
      3.  Hajviyotning  yana   bir    vazifasi   soddalashtirish,   shiddatni   kamaytirish,
tushirish   deb   ham   atash   mumkin.   Shunday   qilib,   hatto   kulgining   xafagarchilikni
ketkazishi,   kuchni   tiklashi   va   charchoqni   ketkazishi   bir   necha   bor   isbotlangan.
Kulgi   malum   bir   hissiy   boshatish,   kundalik   hayotning   muammolari   va
tashvishlaridan xalos bolish vazifasini bajaradi, taxmin qilingan, toplangan barcha
ijtimoiy   istaklarni,   qatiy   meyorlar   va   taqiqlarda   belgilangan   keskinlikni   ozod
qilishni   oz   ichiga   oladi.   Kulgi   turli   qatlamlar   yoki   shaxs   ruhiyatining   bolaklari
orasidagi   zoriqishni   bartaraf   etish   natijasidir.   Hajviyot   tarixi   buning   yaqqol
dalilidir.
O ’ zbek   adabiyotida   ham   kulgiga   etibor,   asosan,     buyuk   Alisher   Navoiy
ijodida   choqqiga   chiqdi   desak   xato  qilmaymiz.   XV   asr   yilnomachilari  Xondamir,
Vosifiy   va   boshqalarning   guvohlik   berishlaricha,   Alisher   Navoiy   yuksak   yumor
tuygusiga ega bolgan ekanlar. Tabiatan xushtab bolgan ulug shoir hazil, kulgining
qadriga   yetadigan,   butun   nozikliklari   bilan   uni   tushunadigan   zakiy   inson   bolgan,
shu   bilan   birga   shunday   qobiliyatga   ega   bolgan   kishilarni   ham   hurmat   qilgan,
adabiy   majlislar,   sherxonliklarga   ularni   taklif   qilib,   ozi   ham   ular   bilan   birga   latif
tabiatini, otkir zakovatini namoyish etgan. Shuning uchun ham Navoiy  “ Majolisun-
nafois ” ,   ( “ Nafis   majlislar ” )   tazkirasida   yumor   tuygusiga   ega   bolgan   “ xushtab ” ,
“ shiringoy ” ,   “ tabi   hazilga   moyil ”   shoirlar   Jununiy,   Kavsariy,   Sayid   Kozimiy   va
boshqalar haqida malumot berishi ham bejiz emas 22
. 
22
  Бу ҳақда қаранг:    Ахмедова Ш. Саид Аҳмаднинг ҳажвий маҳорати. Фил.ф.ном.дисс....Тошкент. 1994. 26-
бет.
18 Demak,   kulgi   qorquvga   va   kundalik   hayotning   jiddiyligiga   tasir   qiladi   va
dam olish motivlari unda aniq namoyon bolib,  kundalik tashvishlardan tin olishda
yordam   beradi.   Bu   vazifani   tinchlantiruvchi   deb   atash   mumkin,   bu   nafaqat   qiyin
vaziyatni   yumshatish,   bosimni   ham   yumshatish   va   odamlar   ortasida   yaxshi
munosabatlarni ornatishning kommunikativ funksiyalarini oz ichiga  oladi. 
  1.2. Shoir hajviyalarining adabiy manbalari
Adabiy tasirsiz badiiy asar yaratib bolmasligi ilmda oz isbotini topib kelgan.
Har   qanday   ijod   namunasi   ozidan   avval   yaratilgan   ijod   namunalarining,   oz
salafdoshlari   ijodining   qaysidir   jihatlaridan   adabiy   oziqlanib   kelgan.   Bu   adabiy
hodisa   Abdulla   Oripov   ijodiga   ham   begona   emas.   Shoir   hajviyalaridagi   nozik
qochirimlarning   yuksak   salmogi   va   mazmundorligini   taminlagan   omillar:   ozbek
xalq ogzaki ijodi, ozbek mumtoz adabiyoti, qardosh xalqlar adabiyoti, rus va Garb
adabiyotining ilgor adabiy manbalari bolib kelgan. Shoir bu manbalardan oz ornida
unumli bahramand bola oldi va ijodiy foydalandi. 
                    Folklor va yozma adabiyot munosabati benihoya keng bolib, bu muammo
milliy  adabiyotning shakllanishi  va rivojlanishida  xalq  ogzaki  ijodining  roli,  unga
xos   tasviriy  vositalar,   uslublardan,   shakllardan  foydalanishning  muhim  tomonlari,
folklorizmlarning   yuzaga   kelishi   kabi   masalalarni   qamrab   oladi.     Shu   manoda,
ijodkorlarning   folklor   ananalaridan   foydalanishdagi   uslub   va   mahoratini   kuzatish
muhim ahamiyatga ega.
            Malumki,  “ Folklor ananalari ”  deganda xalq ogzaki ijodiga xos ifoda uslubi,
badiiy   shakllar   va   tasvir   vositalari,   epik   motiv   va   obrazlar,   marosim   hamda   urf-
odatlarga xos tushuncha va qarashlarning faqat folklor asarlarida saqlanib qolishi,
ularni poetik ifodalashning davom ettirilishi anglashiladi. Jumladan, shoir ijodidagi
Nasriddin Afandi obrazi ozbek xalq ogzaki ijodi namunalaridan olinganligi, yoxud
Abdulla   Oripovning   ozi   takidlaganidek   ( Afandi   degani   ozim   bolaman,   Har   xil
hangomaga   ichi   tolaman) 23
,   Dantening   tarjimasi   uning   uchun   katta   maktab
bolganligi   fikrimizga   dalil   bola   oladi.   Xususan,   I.Gafurov   shoir   hajviyotini   tahlil
23
  Абдулла Орипов. Танланган асарлар. 8 жилд.  —  Тошкент, 2016.  —  Б.89.
19 qilib:   “ Bu   intilish   Erkin  Vohidov   va   Abdulla   Oripov  singari   shoirlarda   yorqinroq
kozga tashlanayotganligi sababini men bazan Gyote va Dantening tarjima qilinishi
bilan boglayman ” 24
, deya takidlab otadi. 
“ Men ozim doimo qayta-qayta oqib turadigan asarlar: otmishdan  —  Chexov,
Mark   Tven,   O.Genri,   bugungi   kunda   Aziz   Nesin,   Yevgeniy   Petrov   va   Ilf.
Ozimizdan   Said   Ahmad.   Va   tabiiyki,   bulardan   ham   avval   Afandi   latifalari   —
ozimizning   osha   eski   tanishimiz   Xoja   Nasriddin...   Nazarimda,   Nasriddin   afandi
asari jahon adabiyotining eng yorqin, eng tugal, olmas obrazlari qatorida turadi. U
nafaqat   odamga   zavq   bagishlaydi,   nafaqat   aql-zakovatining   bitmas-tuganmas
imkoniyatlarini   namoyish   qiladi,   balki   bu   obraz   har   qanday   odamga   yashashga
yordam   beradi.   Uni   inson   hayotining   butunlay   boshqacha   tarzda   —   ranglarda,
jilolarda,   umidbaxshlik   bilan   qabul   qilishga   yordam   beradi ” 25
,   —   deb   yozadi
adabiyotshunos  olim Ozod Sharafiddinov.
Shoir ana shunday manbalardan unumli foydalanganligi bois hajviyalaridagi
tasvir   hayotiylik,   yaratgan   hajviy   xarakterlari   tabiiylik   kasb   etdi.   Abdulla   Oripov
hajviyotidagi ananaviylik va novatorlik masalasiga oid qarashlarimizni yuqoridagi
adabiy manbalarga mansub ijod namunalari bilan shoir hajvlarini qiyoslash asosida
dalillashga urinib koramiz.
Afandi obrazining to ’ laqonli yaratilishini taminlagan dastlabki adabiy manba
o ’ zbek xalq ogzaki ijodi namunalaridir.  “ Afandi eshik oldida otirsa, bir kishi uning
oldiga hovliqib kelibdi:
- Afandi   anavi   tomonda   podsho h ning   mulozimlari   sov g a-salomlar   k o tarib
kelishyapti.
- Podshohning   mulozimlari     sovga-salomlar   ko ’ tarib   kelishayotgan   bolsa,
menga nima?  —  debdi Afandi.
- Sovga-salomlarni siznikiga olib kelishyapti.
- Sovga-salomlarni menikiga olib kelishayotgan bo ’ lsa senga nima?   —   debdi
Afandi beparvo.
24
 Ғафуров И. Лириканинг юраги.  —  Тошкент: Ёш гвардия. 1982.  —  Б.224.
25
 Шарафиддинов О. Ижодни англаш бахти.  —  Тошкент: Шарқ НМАК. 2004.  —  Б.252.
20                           Abdulla   Oripov   aynan   shu   latifani   she ’ riy  yol   bilan   biroz   boshqacha
shaklda ifodalaydi. Shoir hajviyalarida xalq ogzaki ijodi janrlaridan, ulardagi tasvir
usullaridan,   xalq   latifalaridan   ustalik   bilan   foydalanganligini   koramiz.   Bu   hajviy
qahramonning nutq uslubidan ham sezilib turadi:
      —   Qo ’ y yetaklab otdiku - birov,
—   Menga nima, dedi Afandi.
—   Siznikiga qarab ketdi-yov,
–  Senga nima, dedi Afandi.
Yuqoridagi   nutq   uslubida   folklorga   xos   bolgan   bayon   uslubini   ko ’ rishimiz
mumkin. Ushbu parchada loqayd va  ochkoz odamlarning qiyofasi Afandi misolida
ochib   berilgan.   Hajviy  qahramonni   o ’ z   nutqi   vositasida   fosh   etish   ham   an ’ anaviy
usullardan   biri   bo ’ lib   hisoblanadi.   Shoir   o ’ zining   hangoma,   hajvga   bo ’ lgan
munosabatini  “ Afandi ”  deb nomlangan she ’ rida quyidagicha izohlaydi:
Afandi degani ozim bolaman,
Har xil hangomaga ichi tolaman.
Esi yoq odamlar kallasizlardan,
Xafa bolishadi, shunga kulaman [2.95].
Afandi   latifalari,   askiyalar,   chandishlar,   laparlar   o ’ zbek   xalqining   asrlar
mobaynida   kulgidan   bahramand   bo ’ lib   kelganligini,   inson   va   hayotdagi   kulgili
jihatlarni  nozik  ilg ’ ay  olganligini   ko ’ rsatadi.   Qolaversa,   o ’ zbek  tili  shunday  nodir
xususiyatga   egaki,   so ’ zlashuvning   o ’ zidayoq,   tabiiy   ravishda,   kulgi   paydo
bo ’ laveradi. Chunki, ozbek sozlarining kopchiligi kamida ikki manoga ega boladi.
Ko ’ rinadiki,   hajviy   asarlarning   birinchi   belgisi   uning   tanqidiy   yonalishga   egaligi
bo ’ lsa, ikkinchi xususiyati tasvirning kulgili tarzda berilishidan iboratdir.
Qabristonga, demangiz, tirik keldi, yor-yor,
Quvontirib bizlarni olik keldi, yor-yor.
Shu tariqa yomonni tig ’ laymiz ham, yor-yor,
            Yaxshilarni ko ’ mganda, yiglaymiz ham, yor-yor.(8.197)
21       Hayotda   har   kim   har   xil   kasbning   orqasidan   tirikchilik   qiladi,   oilasini
boqadi.   Xalqimizda   “ Otning   o ’ limi   —   itning   bayrami ”   degan   maqol   bor.   Xalq
donoligining   noyob   durdonalari   sanalgan   maqollarda   katta   mazmun   mujassam.
Shoirning   yuqoridagi   she ’ rining   mavzusi   ohorli,   yangi.   Dehqon   yerga   ekin   ekib,
hosil   undirib,   xalqni   boqadi,   muallim   bolalarni   o ’ qitib,   ilm-marifatli   qiladi,   tabib
kasallarni   davolaydi   va   h.k.   Go ’ rkovlar   esa   olamdan   ko ’ z   yumgan   insonlarni
ko ’ mib   kun   kechiradilar.   Albatta,   har   qanday   kasbning   mashaqqati   bo ’ lganidek,
mazkur kasbning ham o ’ z zahmatlari bor. Ular har kun g ’ am, qayg ’ u bilan robaro ’
keladilar,   inson   umrining   nihoyasi   borligi   bilan   har   kuni   to ’ qnashadilar,
odamlarning  olim   oldida   ojizliklarini   chuqur   his   etadilar.   Umrning   o ’ tkinchiligini
hammadan   ham   ular   teran   anglaydilar.   Yaxshi-yomonni   ko ’ madilar,   yaxshilarni
ko ’ mganlarida   yig ’ laydilar   ham.   Ammo   insonlar   xilma   xil   bo ’ lganlari   kabi
go ’ rkovlar   ham   xilma-xildirlar.   Ular   orasida   ham   ochko ’ zlari,   tamagirlari   bor:
“ Yopib   qo ’ yib   ustiga   choponini,   yor-yor,   Yechintirib   olamiz   kafanini,   yor-yor".
Ochko ’ z,   xudodan   ham   qo ’ rqmaydigan,   duch   kelgan   odamni   talaydigan,   qalbiga
ozor beradigan,   oxirgi  luqmasini  ham og ’ zidan  yulib  oladigan yuraksiz,  imonsiz,
qalbsiz     kimsalar   afsuski,   atrofimizda  bisyor.  Unday  kimsalar  yaxshi,   yomon  deb
ajratmaydilar,   boy-kambag ’ al   deb   o ’ tirmaydilar,   faqat   o ’ z   manfaatlarini
o ’ ylaydilar.   Hatto,   o ’ liklarning   kafanini   yechib   oladigan   go ’ rkovlar   ham   borligi
dahshat. Shoir fikrning ko ’ lamini berishda folklor janrlaridan foydalangan.
Yozma   adabiyotimizda   dastlab   doston,   maqol,   topishmoq,   yoqlov,   yig ’ i,
keyinchalik   yor-yor,   alla   kabi   folklor   janrlari   stilizasiya   qilingan.   Shoir   Abdulla
Oripov   ijodida   ham   ana   shu   an’ana   davom   ettirilgan.   Uning   qator   she’rlarida,
xususan,   “ Go’rkovlar   qo’shig’i ”   nomli   she’rida   ana   shu   an’analar   bardavomligini
ko’ramiz.   Malumki ,   “ Yor-yor ”   qoshigi   toy   marosimida ,   xursandchilikda
aytiladigan xalq qo’shig’i sanaladi. Qabristonga o’lik kelishi go’rkovlar uchun ana
shunday   bayram.   Shoir   aynan   shuning   uchun   to’yda   aytiladigan   “ yor-yor ”
qo’shig’ini   stilizasiya   qilib,   mazmunni   kuchaytirishga   erishgan.   Sher   misralarini
o’qiy   boshlashimizdayoq   “ kimga   aza,   kimga   to’y ”   ekanligini   anglaymiz.   She’rda
g ’ ayriodatiy   holat   ifodasi   chizilgan.   Hayot   ana   shunday   ziddiyatlardan   tashkil
22 topgan.   Mazkur   “ yor-yor ” da   g’ayritabiiy   quvonch,   qismatning   qattiqligi,   inson
iqlimining rang-barangligi, umrning xotimasi, otkinchiligiga ishora aks etadi.  Shoir
xalq  qoshigining ruhiga  chuqur  kirib  bora  olgan,  shu  sababli  sherda  aks  ettirilgan
holatlarni   tushunish   oson.   Mazkur   sherda   janr   stilizasiyasi   muvaffaqiyatli   amalga
oshib,     sheriyat     ixlosmandlari   yana   bir   xalqona   ruhdagi   sherdan   bahramand
bo ’ ldilar.   Sher   satrlarida   “ tirik-olik ” ;   “ chopon-kafan ” ;   “ yomon-yaxshi ”   zid
tushunchalari inson tabiatidagi nomutanosiblikni chuqur ifodalashga xizmat qilgan.
Ijtimoiy  illatlarning  hajviy  tanqidi   bo ’ lgan  satira  dastlab   ozbek   xalq  ogzaki
ijodida   shakllangan   va   keng   tarqalgan.   Mehnatkash   xalq   adolatsiz   hukmdorlar,
zulmkor   amaldorlarga   qarshi   bo ’ lib,   noroziliklarini   latifalar,   hajviy   ertaklar   va
qoshiqlar  orqali  izhor  qilganlar.  O ’ z  davridagi   zulm,  haqsizlik  va  boshqa  ijtimoiy
illatlar ustidan ommaning qahr-gazabini uygotganlar. Nasriddin Afandi obrazi ham
shu asnoda vujudga kelgan. Xalq hajviy satirasi va kulgisi yozma hajviy adabiyot
uchun ozuqaviy manba sifatida bir necha asrlardan buyon xizmat qilib kelmoqda. 
Abdulla   Oripov nnig  hajviy  she ’ rlaridan  yana  biri   “ Qaysar   bola ”   1994-yilda
yozilgan .   Ushbu   sher   sarlavhasi   ostida   “ qiziqchilar   bisotidan ”   degan   izoh
berilganligi   ham   uning   xalq   ogzaki   ijodi   va   hajviyot   bilan   bogliq   ekanligidan
dalolat beradi. Sher rivoyaviy usulda  bolib, u  ertaklarga xos an ’ anaviy :   “ Bor ekanu
yoq   ekan,   Bir   bola   bo ’ lgan   ekan ”   degan   zachin   bilan   boshlanishi   fikrimizning
dalilidir.   She ’ rning     mazmuniga   kora   qaysar   bola   hammani,   hatto   ota   va   onasini
ham, muallimini ham sensirashi xususida so ’ z boradi.  Bu bola hech kimga  “ siz ” lab
murojaat qilmaydi, bu holatga jazo tariqasida o ’ qituvchisi barchani siz deyman deb
yuz marta yozishni topshiradi. Bola vazifani a ’ lo darajada uddalaydi va yuz emas
ikki  yuz marta yozib  keladi.  Ya ’ ni  she ’ r davomida  bolakayning  ushbu buyurilgan
vazifani oshig ’ i bilan bajarib kelganligi ma ’ lum bo ’ ladi:
Muallim shod:  “ men senga,
Ha, ishongan edim-da ”
Bola dermish:  “ seni bir
23 Xursand qilay dedim-da ” 26
.
U muman olganda, shoir ijodida bu kabi  yumoristik kulgi kam   uchraydi.  Bu
she ’ r sof hajviy mazmunda bo ’ lib, undagi asosiy poetik obraz   “ tartibsiz   bola ”    va
“ muallim ”   obrazlari   bo ’ lib,   ushbu   obraz   asosan   asosiy   timsolning   xarakterini
ochishga ko ’ maklashuvchilik vazifasini bajargan.
Hajviy   asar   yaratish   ijodkordan   yuksak   mahorat,   istedod   va   albatta,   katta
mehnatni   talab   etiladi.   Ijodkor   xalq   og ’ zaki   ijodi   namunalaridan   ham   keng
foydalanganligi,   o ’ zidan   oldingi   salaflarining   ijod   mahsuli,   qolaversa   G ’ arb
madaniyatining   ta ’ siri   ham   beqiyosdir.   “ Ilohiy   komediya ” ning   tarjima   qilinish
jarayoni haqida  shoir quyidagilarni takidlaydi:  “ Tarjima jarayoni men uchun ulug ’
maktab   bo ’ ldi.   Agar   qog ’ oz   ustida   eng   ko ’ p   ter   to ’ kkan   bo ’ lsam,   o ’ sha   tarjima
ustida   to ’ kkanman ” 27
.   Bu   tarjima   shoir   hajviyotida   ramziylik   va   satirik   kulgining
kuchayishiga ta ’ sir ko ’ rsatmay qolmadi.
Mumtoz   adabiyot   namunalarida,   qardosh   xalqlar   adabiyotida     ham   bu   usul
yordamida xalqona kulgining turli shakllari yaratilganini ko ’ rish mumkin.
“ Oliy   hazrat   ba ’ zan   shirin   tilni   mazax   va   mutoyibaga   ochardi   va   munosib
o ’ rinlarda   latifasimon   so ’ zlarni   bayon   ipiga   tortardi.   Bunday   so ’ zlar   Oliy
hazratning   nozik   zehni   va   muborak   fikrining   yuqori   darajada   o ’ tkir   ekanligiga
dalolat qilganligidan ularni bir xillarini yozishga jur ’ at qilinadi …” 28
. Xondamirning
“ Makorim   ul-axloq ”   asarining   uchinchi   bobida   keltirilgan   bu   so ’ zlar   Alisher
Navoiyning   kulgi   haqidagi   qarashlariga,   kulgiga   munosabatiga   aniqlik   kiritishga
yordam beradi.
Navoiy   yumoridagi   quvnoqlik   va   serzavqlik,   latiflik   va   zariflik   uning   xalq
kulgisiga   bo ’ lgan   cheksiz   muhabbati   tufayli   yaratilgan,   chunki   kulgi   o ’ zbekning
qon-qoniga,   butun   tabiatiga   singib   ketgan   milliy   xislatlaridan   biridir.   Navoiy
shunday   yozadi:   “ Hazil-mutoyiba   bir   oz   ko ’ ngilni   xushlamoq   uchun   shodlik   va
xursandchilik uchun bo ’ lsa yoqimlidir. Beozor hazil zariflikdir, ammo undan o r tsa
26
  Абдулла  Орипов.Танланган асарлар. 2 жилд.   —     Тошкент, 2016.   —   Б.259.
27
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. G.Gulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyoti.   —  Toshkent. 2001 . 1-
jild.  —  В. 11.
28
 Ғиёсиддин Хондамир. Макоримул-ахлоқ.  —  Тошкент: Академнашр. 2018.  —  Б.372.
24 aqlsizlikdir ” .   Ulug ’   shoir   o ’ rinsiz,   hayosiz   kulgini   faqat   kulgi   uchun   bo ’ ladigan
kulgini   odobsizlik   belgisi   deb   atadi.   Insonlarga   xizmat   qiladigan   sof   kulgini   esa
olqishlaydi.
                      “ She ’ riyatda   yangilik   topish   oson   kechmaydi,   -   deb   yozgan   edi   Asqad
Muxtor   “ She ’ r   —   shoirning   ijtimoiy   vijdoni ”   nomli   maqolasida.   Yangilikka
intilish,   ijodiy   izlanish   har   bir   haqiqiy   talantning   ehtiyoji,   muhim   xususiyatidir.
Ammo   “ talant   stixiyasini   ham   idrok   ila   boshqara   bilish   lozim ” ,-   deydi   Kant.   Bu
o’rinda buni, shoirning o’z talantini barcha buyuk traditsiyalarni, ayniqsa, ijodning
milliy   an’analarini   yaxshi   bilish   bilan   oziqlantirishi   haqidagi   gap,   deb   tushunish
mumkin ” 29
.   Abdulla   Oripov   o ’ z   ijodiy   izlanishlarini   “ idrok   ila ”   boshqara   bildi.
Oybek,   G ’ afur   G ’ ulom,   Maqsud   Shayxzoda   ijodiy   tajribasidan   oziq   olgan   shoir
she ’ rlarida   xalqimiz   ma ’ naviy   tafakkuridagi   an ’ analarga   mos   keladigan,   ijtimoiy-
psixologik tasvirga asoslangan poetik fikr yanada teranroq, yanada nafisroq ko ’ rina
boshladi.     Bu   xususiyat   shoirning   hajviyotida   ham   bo ’ y   ko ’ rsata   boshladi   desak
mubolaga   bo ’ lmaydi.   Shoir   hajviyotida   asosan,   hajviya   qahramonlari   o ’ z   nutqlari
orqali   kirdikorlarini   fosh   etadilar.   Bu   o ’ ta   murakkab   usul   bo ’ lib,   hajvchidan   juda
katta hayotiy tajriba, ilm, badiiy mahorat talab qiladi. Zero, qahramonning kimligi,
qaysi   ijtimoiy   qatlamga   mansubligi,   saviyasi,   ma ’ naviyati,   ma ’ daniyati,   xulq-
atvori,   niyati   uning   nutqida   o ’ z   inikosini   topadi.   Bu   usul   yordamida   shoir   juda
ko ’ plab hajviy obrazlar yarata oldi:
Turib-turib bir kun maymun boshin qashladi
Va maymuniy rejalarni tuza boshladi.
           Dedi:   —  Shukr, olib ketmish Gulxaniy bobo,
           Demak, bizning davrimiz ham kelmish mutlaqo.
           Krilov ham marhum emish allaqachonlar,
          O ’ zimizga qolgan demak endi zamonlar. [2.143]
Majoziy   usulda   tasvirlangan   “ Maymuniyat ”   she ’ rida   she ’ r   yozishni
eplolmaydigan,   “ maymunona   fikrlardan   nazm   tuzguvchi ” ,   ko ’ chirmakash
29
Асқад   Мухтор.   Шеър   —   шоирнинг  ижтимоий   виждони   //   Ўзбекистон   адабиёти   ва   санъати.   -   1984.   -   20
янв.
25 shoirning majoziy obrazi mohirona tasvirlanadi va u o ’ zini-o ’ zi fosh etadi, bu esa
o ’ quvchida kulgini qo ’ zg ’ atadi:
Derdi:   —   Olam gultojimiz biz maymuniyat,
Oh, insonlar. Qilolmasman ularga toqat.
Oxir o ’ ylab maymun topdi shundoq naqlni:
Insonlarning orasida Darvin aqlli,
Toping uni. Ulug ’  olim bizni alqagan,
Gulxaniy ham, Krilov ham bizdan tarqagan[ 2.143] .
  Bu   kulgi   satirik   ruhda   bo ’ lib,   she ’ rda   maymun   o ’ zini   aqlli   ko ’ rsatishga
urinadi, u o ’ zini fosh etishni istamaydi ham. O ’ quvchi she ’ r davomida uning gap-
so ’ zlari,   o ’ zini   baholashda   juda   yuqori   qo ’ yishi,   nodonligi,   befarosatligi,
maqtanchoqligidan   kuladi,   nafratlanadi,   ham   unga   achinadi.   Xalqimizda   bir   naql
bor:  “ Bilib ilonga oyoq bermagan ” . Xuddi shunday bu maymunga ham to ’ la-to ’ kis
ilm,   iqtidor,   ijod   berilganda   edi,   u   o ’ zini   boshqarolmay   qolgan   bo ’ larmidi?   Bu
hattoki, uning nutqidan ham ma ’ lum:  “ Oh insonlar. Qilolmasman ularga toqat ” . U
o ’ ziga   shunchalik  ishonib  yubordiki,   uning  quyidagi   da ’ volari  o ’ quvchida  kulgini
qo ’ zg ’ aydi:   “ Gulxaniy  ham,   Krilov   ham   bizdan  tarqagan ”   deya   olamga   jar   soldi.
Ba ’ zi   kimsalar   borki,   mehnati   evaziga   pul   topish   o ’ rniga   g ’ alamislik,   pastkashlik
qilib, birovlarni sotish evaziga daromad qilishni ko ’ zlaydiki, shoir bu o ’ rinda ham
qahramonni nutqi orqali fosh etadi, achchiq hajvga duchor qiladi. Hajviy qahramon
o ’ zini hech kim pisand etmasligidan nolib, garov o ’ ynaydi.
Kecha bir davrada o ’ ynadim garov,
Meni qabul qiling, yozguvchilikka,
  deya   o ’ z   so ’ zi   bilan   iste ’ dodsizligini   tan   oladi.   Kinoni   texnikasi   q iyin   deb   rad
etadi, rassomlik uchun  h am talant kerakligini tan oladi: 
Masalan, xo ’ tikka o ’ xshasin xo ’ tik,
Sharmanda qiladi bundaqa ijod.
Bastakorlar   soyuziga   borishga   vijdoni   yo ’ l   bermaydi,   chunki   qo ’ shiq   aytib
ko ’ rmagan, shoirlikni esa tushunmaydi, shuning uchun shoirlarni xudo urgan, tekin
kulgiga   qolgan   deb   hisoblaydi.     Uning   sevgani   “ yoz g uvchilik ” .   Odamlarning
ustidan rosa  g ’ oyaviy maktublar bitganini tan oladi :  
26 Xullas, o ’ rtoq rais, aylangiz imdod,
Men sizga haq gapni aytaman tikka.
Ko ’ pirib yotibdi menda iste ’ dod,
  Meni qabul qiling yozguvchilikka .
She ’ r     sarlavhasining   pastida   ” Bir   g ’ alamis   tilidan ”   degan   yozuv   bor.
“ G ’ alamis ”   qaysidir soyuzga a ’ zo bo ’ lish niyatida. Va nihoyat, o ’ ziga mos kasbni
tanlaydi:   yozguvchilik!   Begunoh   odamlar   ustidan   ig ’ vo   xatlar   yozish,   odamlar
diliga  ozor  berish,  hasadgo ’ ylik  bilan birovlarga choh  qazish  kabi  chirkin  ishlarni
tanlaydi, kasb qilib oladi. Bu she ’ rda ham satirik kulgi qahramonlarning o ’ zini o ’ zi
fosh kilishidan kelib chiqadi.
                  Adabiyotshunos   M.Qo ’ shjonov:   “ Abdulla   Oripov  qaysi   bir   mavzuga   qo ’ l
urmasin,   undan   yangi,   hali   birov   aytmagan   qirralarni   topadi,   o ’ z   fikrlarini
ifodalashda hali birov ishlatmagan obrazlarni ishlatadi. Shu yo ’ l bilan u o ’ zgalarni
takror   qilmaydigan   jozibali   asarlar   yaratdi ” 30
,   degan   edi.   Haqiqatan   ham   hajvni
qurol qilib olgan shoir g ’ alamis odam qiyofasini aniq tasvirlab bera olgan. 
Umuman,   Sharq   va   G’ a rbning   eng   yaxshi   an’analarini   o’zlashtira   olgan
Abdulla Oripov hajviy asarlarining yaratilishida folklor, mumtoz adabiyot va jahon
adabiyoti   adiblarining   hajviyot   namunalari   adabiy   manba   bo’lib   xizmat   qilgan.
Shoir   bu   adabiy   manbalardagi     ilg’or   an’analardan   ijodiy   foydalanib,   h ajviy
obrazlarning haqqoniy tasviriga, milliy va zamonaviy hajviy qahramonlar va tiplar
turkumini   o’ziga   xos   uslub   va   mahorat   bilan   yarata   oldi.   Hajvi yot   sohasida   qunt
bilan   ijod   qilib,   dunyo   adabiyotidagi   hajvnavislik   tajribasini   o’rgandi,   o’ziga   xos
hajviy ijod namunalarini yaratdi.
1.3. Abdulla Oripov hajvlarining mazmun doirasi
Hajviyot   ijtimoiy   hayotni   aks   ettirar   ekan,   undagi   illatlar,   salbiy   voqea-
hodisalar     yoki   dalillarni   shunchaki   qayd   etmaydi,   balki   uning     mohiyatini   ochib
berishni   oz   zimmasiga   oladi.   Zero,   yumor   ijtimoiy   hayotdagi   illatlarning   oldini
30
Қўшжонов М. Онажоним шеърият.  —  Тошкент: Ўқитувчи, 1984.  —  Б.27.  
27 olsa, satira ushbu illatlarni davolaydi, bartaraf etadi. Abdulla Oripov sheriyatining
salmoqli  qismini  hajviyot   tashkil  etadi.  Hajviy  sherlarining  yuzaga  kelishini  shoir
quyidagicha   izohlaydi:   “ Mening   ijodimda   yolgizlik,   mahzunlik   tuygulari   kop
uchraydi,   deya   dakki   berishgan   va   buning   sababini   turlicha   sharhlashgan   ham.
Aslida   esa   mening     tabiatim   ozi   shunaqaroq   bolsa   kerak.   Ikkinchidan,   meni
qiynagan   savollarga   javob   topolmay   ortangandirman,   uchinchidan,   shu   hasad
degan   baloning   hujumiga   juda   erta   duch   keldim.   Bularning   barchasi   satrlarimda
qandaydir   shaklda   aks   etgan   bolsa   ajab   emas.   Chunonchi,   hajviy   ruhdagi   sherlar
ham   qandaydir   suniy   ravishda   yaratilgan   emas.   Kop   qatori   meni   ham   laqillatgan,
aldagan   odamlarning   son-sanogi   yoq.   Haligiday   achchiqroq   sherlarning
yozilishiga, albatta, oshalar sabab bolgan ” 31
.
         Jamiyatdagi   salbiy   hodisalar, ayrim shaxslar faoliyatida uchrab turadigan oz
manfaatlari   yolida   hyech   narsadan   qaytmaslik,   igvogarlik,   xushomadgoylik,
mansabparastlik,   ozlikdan   voz   kechish   kabi   illatlar   Abdulla   Oripov   hajvlarining
mavzuidir.  Hajviyot  shoir uchun baralla aytolmagan  dardini kuylashda  malum bir
vosita rolini otaydi. 
1.   Milliy   qadriyatlarimizning   toptalishi,   diniy   etiqodning   tahqirlanishi,
yoshlarning axloqan va manan tanazzulga yuz tutishi, befarqlik, meshchanlik kabi
illatlarning qoralanishi:
Qani, ayting, saodatli boldimi Inson,
Nasihatgoy shoirlarning gapiga kirib.
Insonlarning ruhida ham beshubha, beshak,
Kop hayvoniy hirslar yashar, pinhoniy xolos.
Odamlarni boshqaradi yolgiz soz: Ozim!
Ozim! - deya bir-birlarin kozin oyarlar.
Ozing uchun har yumushga bola olgin shay,
31
Abdulla    Oripov .  Tanlangan   asarlar .  —   Toshkent .  2000 .   - В.  11.
28 Seni aldab ketishmasdan ulgurgin aldab  [2.357].
2. Mahalliy xalq turmush darajasi, moddiy ogirligini korsatish va sabablarini
fosh etish:
Ne kunlarni kormadi-ya mening bu boshim,
Muhtojlikning hasrat tola yolidan otib …
Uning yodi bilan otdi sarson hayotim,
Muallimlik kasbimni ham oldilar tortib.
Kop noqislik mavjud hali Inson felida,
Baxtli Udir  —   kimning kongli haqqa toq ekan.
Allaqaysi tolei but elning tilida
Pora degan tushuncha ham, soz ham yoq ekan [2.374].
3. Hajviy qahramonlarning nutqi orqali mavjud tuzum, istibdoddan norozilik,
mustaqillik, insoniy haq-huquqlar, ijtimoiy adolat goyalarining tarannum etilishi:
Yiqilganga madad bersang   —   buni anglayman,
Halollik deb jangga kirsang alqagum abad.
                              Yovuzlikdan zada bolgan qora manglayman,
                     Nomardlardan dod deganman, dod degum minbad  [2.377].
Bu   goyaviy-badiiy   niyat   “ Ranjkom ”   asarida   Raisning   “ kuyib-pishishi ” ,
azolarning   “ maqtanishi ” ,   “ birovning   ustidan   noorin   kulishi ” ,   farrosh   kampirning
mardlarcha   jasorati,   haqiqatni   qorqmasdan   aytishi,   hurfikrliligi   shaklida   royobga
chiqariladi.
  Hajviyani   oqish   jarayonida   tashkilot   raisi   va   uning   yordamchilari   yani
azolarning   gap-sozlari,   ozini   tutishi   oquvchida   ularga   nisbatan   nafrat   tuygusini
uygotadi. Nutqlari orqali ozlarining tuban manaviy qiyofalarini korsatadilar. Nafrat
29 tuygusi   bazida   kulgi,   qahqaha   bilan   qorishib   ketadi.   Shoir   hajv   tigini   milliy   urf-
odatlarni,  qadriyatlarni,  ozligini  unutayotgan  Inson  nomiga  nomunosib  kimsalarni
fosh  qilishga qaratadi,  ularni otkir  sarkazm-zaharxanda  hajv  tigi  ostiga oladi.  Shu
bilan   birga   hajvchi   bu   amaldorlarning   farrosh   ayol   oldida   “ ip   esholmay ”
qolganligini, marifat, ilm, saviya, dunyoqarash borasida bu ayoldan qoloq ekanligi
bir qancha hajviy sahnalarda kozga tashlanadi. 
 Abdulla Oripov hajvlari ozining mazmundorligi, kopqatlamlik, kopmanolik,
polifonik xususiyati va serjilo kulgisi bilan xarakterlanadi. 
                  Kulgi   ijtimoiy   meyorlar   va   qonunlarni   sharhlashda   malum   bir
moslashuvchanlikni   taminlaydi.   Kulgi,   shuningdek,   dostona   munosabatlarga
chorlaydi:   biz   yaqin   kishilarimiz   oldida   kayfi   chog,   hazil   qilib   kuldiruvchi
kishilarni qadrdonlardek his qilamiz.  Kulgi doimo muloqotga chorlaydi, aloqalarni
yolga   qoyishga   yordam   beradi,   vaziyatni   yaxshilaydi,   suhbatdoshini   ruhlantiradi.
” Odatda   yumor   kulgining   yengil   turi   deb   hisoblanadi.   U   xususiy   hayotdagi
yaramas   hodisalar   ustidan   kulish   bilan   shugullanadi,   kishilarga   oz   xatolarini,
kamchiliklarini   tuzatishda   yordamlashishga   intiladi.   Shu   sababli   komizm
shaklining bagrida tarbiyaviy kulgi deb ham hisoblaydilar. Satira   otkir kulgidir, u
hayotdagi katta ijtimoiy ahamiyatga ega bolgan zararli hodisalarni fosh etadi ” 32
,  —
deb yozadi akademik M.Qoshjonov. Shuni ham takidlab otish lozimki, yumor olim
aytganidek,   “ yaramas hodisalar ”   ustidan emas, ijobiy tuygu, kayfiyat uygotadigan,
kulgiga sabab bolgan voqea-hodisalar, holatlar ustidan kulish orqali kelib chiqadi.
Satira haqiqatan ham otkir kulgi bolib,  Abdulla  Oripov  hajviyotida jamiyatdagi va
hayotdagi   ijtimoiy   ahamiyatga   ega   zararli   hodisalar,   illatlar   ustidan   kuladi,
shaxslarning   qilmishlariga,   xatti-harakatlariga,   hodisalarga   oz   munosabatini
bildiradi. Satira haqiqiy hajv bolishi va u oz maqsadiga erishish uchun, muallifning
goyasini, yonalishini oquvchilarga yetkaza bilishi, ikkinchidan, uning tigi, nayzasi
qaysi   narsa   va   hodisaga   yonaltirilganligi   aniq   bilinib   turishi   lozim.   Satiraning   bu
ulug   vazifasi   kulgi   orqali   amalga   oshiriladi.   Shuning   uchun   buyuk   hajvchilar
nuqsonlarni   yoqotishda,   munofiqlarni   masxaralashda   kulgining   roli   ulkan
32
Қўшжонов М. Абдулла Қаҳҳор ижодида сатира ва юмор.  —  Тошкент: Фан. 1973.  —  Б.149.
30 ekanligini takidlab kelishgan.  Masalan,    Jan Pol Rixter va uning izdoshlari uchun
yumor  nafaqat   sanat,   balki  axloq  va  hayot   falsafasi   ham   edi.   "Biz   ustidan  kulgan
narsa  cheksiz   ulugvorlik  idealiga  nisbatan  ahamiyatsizdir".   Barcha  insoniy  illatlar
cheksiz   bolsa-da,   bizning   kulgiga   moyilligimiz   insoniyatga   rahm-shafqatni   targib
qilishdan   va   shu   bilan   birga   Xudoni   uluglashdan   iboratdir.   Jan   Pol   buni   ustalik
bilan   tushuntirib   beradi:   biz   boshqalarning   ahmoqona   hatti-harakatlari   ustidan
kulishimiz  ularni  tushunishimiz yoki vaqtinchalik tushunishga bolgan  harakatimiz
evaziga   sodir   boladi   va   shu   tarzda   biz   minimal   va   maksimal   ortasidagi   farqni
anglash   imkoniga   ega   bolamiz.   Uning   "yumor   ozini   saqlab   qolishdan   boshqa
maqsadni   bilmaydi 33
".   Uning   qichitqi   ot   kabi   sheriy   rang-barangligi   ochmaydi,
uning jarohatlangan barglari qachon osib chiqayotganini sezmay ham qolasiz" tarifi
Gobbsning   kulgi   nazariyasini   qattiq   tanqid   qilish   usuli   bilan   mustahkamlangan:
"Kulayotganda   sen   qanchalik   yuqoriga   kotarilayotganingni,   ustidan   kulinayotgan
shaxs   esa   qanchalik   yerga   urilayotganini   tola   his   etolmaysan   (hayratlanarlisi,
kopincha, buning aksi his qilinadi). Kulayotgan, ammo konglida kiri yoq insonning
ozi ham kopincha masxara ostiga olinadi, bolalar va ayollar boshqalarga qaraganda
koproq  kulishadi,  ozlarini  hamma  bilan  solishtiradigan  takabbur  insonlar  esa     eng
kam kulishadi" 34
.
             Bu mulohazalardan kelib chiqib qaraydigan bolsak,  Abdulla  Oripov ijodida
bunday kulgi alohida bir turkumni tashkil etadi. Ularda inson hayotida juda muhim
va dolzarb bolgan masalalar, ularning yechimi, orzu-umid, oy-fikrlari, sodda ozbek
xalqining beguborligi aks etgan:
Ishchi yigit maosh poyla b,
Turar edi navbatda.
Bu birinchi moyanasi,
Zavqi ham zor, albatta.
33
  Бу ҳақда қаранг: Зелезинская Л.А. Юмор как предмет социально-философского анализа. Диссертация на 
соискание учени степени  кандидата философских наук. Благовещенск-2014.   -  С .  7 9
34
  Бу ҳақда қаранг: Зелезинская Л.А. Юмор как предмет социально-философского анализа. Диссертация на 
соискание учени степени  кандидата философских наук. Благовещенск-2014.  -   С .  7 9
31 Barmoqlarin bukib-bukib,
Rejalarin tuzardi.
Koz oldida alvon-alvon
Orzulari suzardi 35
.
      “ Oyisining   jamgarmasi ”   nomli   voqeaband   sher   (1990-yil)   yosh   bir
yigitchaning   birinchi   maoshini   naqadar   hayajon   bilan   kutib,   har   xil   rejalar   tuzib,
oyisiga   romol,   qayligiga   sirga,   peshayvonga   bitta   ilgich   olishni   xayol   qilib
turganligi   tasviri   bilan   boshlanadi.   Ammo   yigitning   orzu-xayollari   uzoqqa
chozilmaydi. Maoshidan kasaba  uyushmaga,  soliqchilar-u madaniyat hodimlariga,
olayotgan   Orolga,   hattoki   necha   yillar   avval   yashab   otgan     Navoiyga   ham   haq
tolaydi:
– Navoiyni bilasan-a,
         Xalqqa malum har ishi.
        Shu kunlarda sal yordamga
       Muhtojdirlar u kishi.
– Hazratimning qalam haqqin,
       Ayting, kimlar oladi?
     -Ulushlari Davlat degan
      Togasiga qoladi.
Sherda   oz   davrining   sodda,   samimiy   kishilari   obrazi   yumoristik     aks
ettiriladi:
Yigit goyat mamnun edi,
Kotarinki kayfiyat,
Chontagida on besh tiyin
35
  Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar.  —   Toshkent. 2000 .   —  Б. 61.
32 Ortib qolmish, xayriyat.
                    Shoir   bir   tomonda   jamiyat   azolarini   qoralasa,   ikkinchi   tarafdan   sodda,
laqma, gol, omi bir yigitning ustidan kuladi.   Nahotki,   bu   yigit   Navoiyni   bilmasa,
tanimasa? Zotan bu sher mustaqillikdan oldingi davrlarda mumtoz adabiyotimizga
xolisona   yondashilmaganidan   dalolat   berib   turibdi.   Bunday   ilmsiz,   chalasavod
kishilar   jamiyatda   oz   orniga     ega   bololmasligi   alohida   takidlab   otiladi.   Ammo
sherning   yakunida   kulgi   xarakteri   ozgarib,   boshqa   tus   oladi,   yani   achchiq   hajvga
aylangan   kulgi   sodda   bir   yigitni   laqillatib,   bemani   pul   yigishlar   oqibatida   barcha
maoshini talon-taroj qilganlar ustidan chiqarilgan aybnomaga aylanadi.
Ijtimoiy  hayotda   uchraydigan   nuqsonlarni   ayovsiz     “ qamchilaydi ” gan   shoir
oz   davridagi   poraxorlik,   fisqu-fasodga   och   kishilar,   insonlarga   qilingan
nohaqliklarga qarshi hajviyotning tigi  orqali kurashib kelgan. 
“ Ijodkor   umuminsoniy   dardni   shaxsiy   darddek   qabul   qilishi   yoki   shaxsiy   dardini
umuminsoniy   dard   darajasiga   kotarishi   lozim ” ,   —   deb   yozadi   Abdulla   Oripov 36
.
Shoir   ushbu   talabni   oz   ijodiga   tola - tokis   tatbiq   ham   qildi .   Dilozorlik   dard ,   dard
bolganida   ham   kechirilmaydigan   dard .   Insonning   kongli   Kabaga   tenglashtiriladi .
Kongilni   vayron   qilish   Kabani   vayron   qilishga   tengdir. Shunday   ekan, pok   niyatli
insonlarning   vazifasi   ana   shunda y   kimsalarning   niqoblarini   yirtish,   ularni   fosh
etish,   ularga   qarshi   hushyor   turish   lozim.   ” Shikoyatchi   hangomasi ” da   istedodsiz,
nodon, galamis   kimsalarni   hajv   “ qamchisi ”   bilan   ayovsiz   “ savalaydi ” :
U   mirshabxonaga   qilar   qong i roq:
  -Jinoyat   yuz   berdi, chorasin   koring.
   Ozim   sanab   chiqdim   erta   tongdanoq ,
  Bitta tovugim yoq, toptirib bering.
           Ishlagan odamning ishi kop, mana
                                  Tovuq masalasi ochiqdir hamon.
36
Абдулла Орипов. Эҳтиёж фарзанди.  —   Тошкент. 1988.  —   Б . 117.
33         Hafta ham otmasdan, sim qoqar yana:
– Itim goyib boldi, netay, mirshabjon.
                            Abdulla   Oripov   hayotning   barcha   tomonlarini   ilgay   oladi,   inson
iqlimining  turfa  qirralarini   kashf   eta   oladi.   Yuqoridagi   tahlilga  tortmoqchi   bolgan
sherimizda ham yana bir tip   —   shikoyatchi haqida yozadi. Shikoyatchining hyech
kimga   foydasi   tegmaydi,   jamiyatda   biror   foydali   ish   qilmaydi,   lekin   jamiyatdan
juda   katta   foyda   korishni   istaydi.   Nafi   tegmaganiga   yarasha,   zarari   ham   tegmasa
edi.   Bundan   kimsalarning   ishi   odamlarga   xalaqit   berish,   ularning   qimmatli
vaqtlarini   ogirlashdan   iborat.   Uning   ozi   hyech   kimga   hyech   narsa   berolmaydi,
manaviy   qashshoq,   lekin   hammadan   foyda   kutadi,   arzimagan   ishlarni   deb   katta -
katta   idoralarni,   odamlarni   ishdan   qoyadi,   asabini   buzadi,   eng   yomoni   ozini   haq
deb   biladi,   mavhum   maqsadni   kozlaydi.   Sherdagi   vaziyat   hayotiy   zaminga   ega
bolganligi   bois   bizga  erish  tuyulmaydi,   shikoyatchi   ustidan  kinoya  bilan  kulamiz.
Atrofimizda   ana   shunday   ” iti   yoqolsa ” ,   ” tovugi   yoqolsa ”   ham   idoralarni   bezovta
qiladigan   mayda   gap   kimsalardan   ranjiymiz.   Shoir   ularni   shunday   fosh   etadi:
” Kimlardir uni deb doim ovora, U ham charchamasdi, bilmasdi tinim. Bir kun ozi
keldi:   —   Tez   koring  chora, ” Sening  aqling  yoq ” ,   deb  aytdi   xotinim ” .   Bunday  kas
bilan   yashaydigan   xotinga   haykal   qoyish   kerak   emasmi?   Jamiyatga   foydasi
tegmaydigan,   taraqqiyotga   gov   boladigan,   rivojlanishni   bogadigan   shikoyatchilar
kishini   gazablantiradi,   jahlini   chiqazadi,   sogligini   ketkazadi.   Sherni   oqir   ekansiz,
unda   atrofingizdagi   xuddi   shunday   kimsalarni   ko r gandek   bolasiz,   siz   ularni
taniysiz,   ularga   nisbatan   kuchli   nafrat   paydo   boladi.   Hajv   oz   ornini   nafratga
boshatib   beradiki,   bu   Abdulla   Oripov   yaratgan   kopchilik   satirik   sherlarga   xos
xususiyatdir. 
        Abdulla   Oripov  davrning  eng  muhim  qirralarini  nihoyatda  aniq   his   qiladi.
“ Abdulla   Oripov   sheriyatining   parvozini   tayinlagan   jihatlardan   biri,   balkim,   eng
asosiysi, - bu samimiyatdir degan oy ustunlik qiladi ” 37
, - deb yozadi oripovshunos
olim   D.Begimqulov.   Bu   fikrni   shoir   hajviyotiga   ham   qollash   mumkin,   chunki
Abdulla   Oripov   hajviyotining   mazmunini,   mohiyatini   samimiylik   bilan   birga
37
Бегимқулов Д. Самимият ёғдулари // Шарқ юлдузи. 2001. 2-сон, - Б. 12.
34 haqqoniylik,   rostgoylik   tashkil   etadi.   Sher   qaysi   mavzuda   —   hayotdagi,
jamiyatdagi,   inson   qiyofasi   va   qalbidagi   shoirni   norozi   qilgan   illatlar,
zamondoshlarining   turli   kayfiyatdagi   kulgiga   sabab   boluvchi   holatlari   —   qaysi
bolmasin,   barchasida   rostgoylik,   haqgoylik   ufurib   turadi   va   bu   hajv   orqali
namoyon boladi. Shoirning mahorati mana shunda,  desak yanglishmagan bolamiz.
II BOB. SHOIRNING HAJVIY XARAKTER  Y A RATISH MAHORATI
2.1. Shoir yaratgan hajviy tip va xarakterlarning oziga xos jihatlari
Badiiy   ijodda   obrazlar   hal   qiluvchi   ahamiyatga   ega,   chunki   obraz
adabiyotning asosiy masalasidir. Ijodkorning goyasi, dunyoqarashi, talanti, asosan
obrazlarda   mujassamlantiriladi.   Hajvchilar   obrazlar   yordami   bilan   oz   goyasini,
dunyoqarashini,   jamiyatga,   tabiatga,   insonlarga   nisbatan   munosabatini   bildiradi,
voqea-hodisalarga, insonlarga oz bahosini beradi. 
Hajviy   lirika   namunalari   Abdulla   Oripov   ijodidan   keng   orin   olgan   va   ular
alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Inson   xarakterini   lirika da   ifodalashda   har   bir
yonalishlar qatorida hajviyot ham alohida   ahamiyat   kasb etadi.   “ Xarakter yaratish
yuksak   badiiyatning   mezoni   va   asosiy   shartlaridan   biri   bolganidek,   lirikada
xarakter   orqali   inson   hayotining   falsafasi   hamda   ichki   kechinmalarining
mazmunini   berish   birinchi   darajali   ahamiyat   kasb   etadi ” 38
.   Istiqlol   yillari
38
И.Ғафуров. Шеърият-изланиш демак.  —   Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1984. 
—  Б. 20.
35 sheriyatida   hayotni   poetik   idrok   etishda   hajviyotning   ham   oz   orni   borligini
isbotlovchi   bir   qator   hayot   falsafasi   hamda   ichki   kechinmalari   aks   etgan   hajviy
sherlar   ham   yuzaga   keldi.   Xususan,   shoirlarning   ijtimoiy   ozgarishlar   davridagi
insonlar   xarakter-xususiyatlarida   yuzaga   kelgan   illatlarni   fosh   qiluvchi   va
shuningdek,   azaldan   mavjud   bolgan   murakkab     xarakter   belgilarini   qoralovchi
hajviy sherlarining mavjudligi bu davr sheriyatida alohida ahamiyatga molikdir. 
“ Abdulla   Oripov   sheriyatida   hajviyot   ham   katta   orin   egallaydi.   Shoirning
“ Tulki   falsafasi ” ,   “ Yozuvchilikka   ariza ” ,   “ Turgunboy ” ,   “ Temir   odam ” ,   “ Etiqod ”
kabi   sherlarida,   “ Ranjkom ” ,   “ Jannatga   y o l ”   dostonlarida   hajviyot   xususiyatlari
yaqqol   namoyon   bolgan.   Bu   asarlarda   adolatsizlik   va   qalloblik,   ayyorlik   va
kozboyamachilik,   xiyonat   va   vijdonsizlik,   poraxorlik   va   yolgonchilik,
ikkiyuzlamachilik   va   tamagirlik   singari   illatlar   turli   shakllarda   hajv   ostiga
olingan ” 39
.   Yuqorida   nomlari   keltirib   otilgan   asarlar   Abdulla   Oripov ning
mustaqillikdan oldingi ijodiga mansub asarlar edi. 
Abdulla   Oripov   satira lari ning   boshqa   hajvnavis   shoirlar   ijodidan   farqi
shundaki,   u   hayotda   katta   nuqsonlarga   yol   qoygan,   jamoatchilik   oldida     ozini
qoralab   qoygan   turli   razil,   jirkanch,   xasis,   qopol,   anqov,   dangasa,   uquvsiz,   gol,
johil,   byurokrat   kabi   turli-tuman   kimsalarni   asarlarining   asosiy   obyektiga
aylantiradi.   Shoir   satira   tamoyillariga   kora,     oz   hajviyotida   mazkur   noqisliklarga
ega   personajlar,   obrazlar   orqali   ulardagi   kamchiliklarning   mohiyatini   kulgi   orqali
ochib berdi, ulardagi illatlardan baralla kuladi.
Shoir   istiqlol   davri dagi   ijodida   ham   hajviy   yonalishdagi   sherlar   ijod   qilgan.
Xususan,   “ Haj   daftari ”   turkumidagi   “ Haj   savobi ”   sheri,   shuningdek,   “ Qaysar
bola ” ,   “ Maqtanchoqlar ” ,   “ Oqlar   va   qoralar ” ,   “ Qollanma ” ,   “ Safardoshlar ” ,   “ Ikki
shoir ”   sherlari   shular   jumlasidandir.   Bu   sherlarda   kulgi   kopincha   nomuvofiqlik
keltirib chiqaradi. Nomuvofiqlik hajv paydo bolishi uchun zarur deb hisoblanishiga
qaramay,   u   hali   hanuz   toliq   organilmagan.   Kulishning   hamma   holatlarini   ham
ushbu   nazariya   nuqtai   nazaridan   tushuntirib   bolmaydi.   Bundan   tashqari,
nomuvofiqlik   chalkashlikka   yoki   kulgidan   tashqari   boshqa   holatlarga   ham   olib
39
  Мирзаев   С.   ХХ аср ўзбек адабиёти.  —   Тошкент :   Янги аср авлоди, 2005.  —  Б. 391.
36 kelishi mumkin.  Ular  ong  tomonidan  his qilinishi  va nomuvofiqlik  nazariyasining
cheklanganligi hisobga olinib, olimlar bu nazariya barcha kulgi holatlarini qamrab
ololmaydi   degan   xulosaga   kelishgan.   Shunga   qaramay,   ushbu   nazariyaning   kuch
va   imkoniyatlarini   etiborsiz   qoldirmaslik   lozim.   Chunki   nomuvofiqlik   kulgiga
sabab bolishini kopchilik hajvnavislar ijodi tasdiqlaydi.
Shoirning  “ Eski choriq ”   sherida lirik qahramon muallifning ozi bolib, u   “ eski
choriq ”   poetik   obrazi   orqali   insonnnig   ozligini   yoqotmasligi   muammosini   ilgari
suradi.   Ushbu   poetik   obraz   odamga   uning   otmishi-yu,   kelajagi   haqida   malumot
beradi.
        Tasmadan boglangan oddiy poyabzal,
Garchi yoqsilliknnig misoli erur.
          Bilsang, u men uchun ming darsdan afzal,
Dunyo hikmatlarin timsoli erur 40
.
Ushbu   baytda   “ poyabzal ”   nafaqat   poetik   obraz,   balki   timsol   vazifasini,
“ dunyo hikmatlarinnig timsoli ”   vazifasini bajarmoqda. Chunki   “ dunyo hikmatlarin
timsoli ”   jumlasi   orqali   shoir   hayotdagi   barcha   past-balandliklarni   nazarda
tutmoqda. Yanayam aniqrogi, eski poyabzal koproq insonnnig otmishini   —   uning
ogir   kunlarini   esga   soladi.   Shuning   uchun   ham   u   “ yoqsillik ” ning   belgisi   sifatida
ham tashbehlanadi.
Inson qiyinchilik kunlarini unutib, pillapoyadan yuqorilaganda, hasad tufayli
yana   pastga   qulaganida   ham   aynan   “ eski   poyafzal ”   unga   yana   “ vafoli ”   hamroh
bola oladi:
                 Shunda tashlab qochar ne-ne dost, yoron,
Axir ular uchun songan yoruglik.
Ogzi qulogiga yetkuncha shodon,
40
  Ўша китоб, - Б. 276.
37   Seni kutib olar oshal choriging 41
.
Sherdagi   “ ogzi   qulogiga   yetdi ”   iborasi   “ eski   choriq ”   obrazi   uchun   togri
tavsif   bolishi   mumkin.   Chunki   choriqnnig   ogzi   ochilgan   holatda   qolib   ketadi.   Bu
esa choriq poetik obrazinnig shodlanayotgan holatiga oxshatilmoqda, holat kulgisi
keltirilib chiqarilmoqda.
“ Maqtanchoqlar ”   sherida   esa   “ uch   maqtanchoq ” ning     poetik   obrazi
yaratilgan:
Bir kuni yigildi uchta maqtanchoq,
Har kim oz yutugin oylay boshladi.
       Eng yuksak marrani zabt etgan qay choq?
   Boshlarin qashlashib oylay boshladi. 42
Sher   davomida   “ maqtanchoqlar ”   navbat   bilan   oz   qilgan   qilmishlaridan
sozlaydilar. Birinchi maqtanchoq ozini n g qimorda ulkan bir shaharni yutib olganini
aytib   maqtanadi.   Ikkinchi   maqtanchoq   esa   ne-ne  zukkolarning  aqlini   olib,   bir  zor
shoirning qalam haqini omarib ketganligini sozlaydi.
Uchinchi maqtanchoq esa:
Uchinchisi dedi: Asli men golib,
      Jasorat barq urar qilgan ishimda.
  Qaysi kun korpaga burkanib olib,
          Boshligimni sokdim boplab...ichimda! 43
Mana shu tarzda maqtanganlarning hyech biri ham qoyillatib biror bir ishni
amalga   oshirmagan.   Lekin   birinchi   va   ikkinchi   maqtanchoq   qimorbozlik   va
lottibozlik   illatlari   mujassam   timsollar   vazifasini   otagan   bolsa,   uchinchi
41
 Ўша китоб, - Б. 276.
42
 Ўша китоб, - Б. 277.
43
 Абдулла Орипов.Танланган асарлар.  —  Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат, 2006.  —  Б.  277.
38 maqtanchoq   esa   qorqoqlik   yoki   ikkiyuzlamachilik   illatlarini   ozida
mujassamlashtirgan poetik obrazdir. Shoir uchta maqtanchoq tilidan uch xil illatni,
uch  xil   murakkab  hajviy  xarakterning  oziga  xos   tomonlarini  hajviyotning  serqirra
usulidan foydalanib ochib bera olgan.
         Hajviyotda   kishining   ruhiy   faoliyatini   tushunish   mumkin   va   atrofimizdagi
olamning   paydo   bolishini   anglash,   malum   dunyoqarashga   ega   bolish   mumkin.
Satira bu haqiqatni anglashning sof jismoniy shakli bolib, kulgi har doim yangi bir
narsani   ochib   beradi:   yaqin   hodisalarning   ziddiyatli   tabiati   yoki   tanish   odamda
uzoq,   kutilmagan   fazilatlarning   oxshashligi   singari.   Shunday   qilib   aytish
mumkinki,   hajv   -   bu   dunyoni   ozining   yoruglik  va   qorongu  tomonlarini   bir-biriga
qaratish   qobiliyatiga   ega   bolgan   universal   vosita   sifatidagi     bilish   shaklidir.   Bu
mulohazalarimiz birinchi bobda aytilgan hajvning bilish vazifasiga misol boladi.
Bugungi   kun   ozbek   adabiyoti   oldida     ijtimoiy   jamiyat   kishisiga   xos   ijobiy
sifatlarni ozida mujassamlashtirgan shaxslarni tarbiyalash vazifasi turibdi. Bunday
insonlarni tarbiyalashda undagi qusur va illatlarni fosh etishda satira va yumordan
keng foydalaniladi,  shu orqali undagi salbiy hislatlarni yoqotishga harakat qilinadi.
Abdulla   Oripov   poeziyasida   zamonamiz   kishisi   xarakteridagi   laganbardorlik,
poraxorlik,   igvogarlik,   manmanlik   singari   illatlarni   yoqotishga   qaratilgan   kurash
tamoyillari  ustunlik qiladi. Bu haqida shoirning ozi shunday deydi:  “ Afsuski, otgan
asrda   takabburlik   negadir   kuchaydi,   ekologiyaning   buzilishi   shorolar   zamonida
davlatning  katta  miqyosdagi   rejalarini  oylamay-netmay  oshirish  bois  kelib  chiqdi.
Bugungi yoshlarimiz paxta dalasiga sepilgan zahri qotillarni kormagan …
                        Latifa keltirib otay: bir kishi suhbatdoshiga   “ yarim milliard yildan keyin
oxir zamon  bolarmish ” , debdi.   “ Chatoq-ku ” ,   —   deb ikkinchisi  xafa  bolib qolibdi.
Bir oz vaqtdan keyin, boyagi suhbatdosh  “ Yanglishibman, bir milliard yildan keyin
oxir   zamon   bolarmish ” ,   debdi.   Shunda   bunisi:   “ Xayriyat ”   deb   xursand   bolib
ketibdi, goyo bir milliard bilan yarim milliardning insonning qisqa umriga nisbatan
farqi borday.
39             Takror  aytamiz, odamlar mendan keyin nima bolsa, bolaverar, degan tuygu
bilan   yashashga   odatlandi.   Bunday   hayot   tarzi   boqimandalik   kayfiyatini   vujudga
keltirdi» 44
.   Shoir   bu   yerda   inson   tabiatidagi   bazi   illatlar   haqida   fikr   yuritmoqda,
ijodida   esa,   ayniqsa,   hajviyotida   inson   xarakteridagi   illatlar,  qusurlar  satira   ostiga
olinadi,   ular   otkir   kulgi   vositasi   bilan   fosh   qilinadi.   Zero,   satirik   poeziyadan
maqsad   insonni   manaviy-axloqiy   goyalarga   sodiq   qilib   tarbiyalash,   undagi
kamchiliklarni   hajvga   olib   uni   ham   jamiyatning   faol   kishisiga   aylantirishdir.
Ammo,   hajvga   olingan,   keskin   tanqidga   uchragan   obrazlar   talqin   etilgan
asarlarning   barchasida     insonparvarlik   bor   deb   qarasak,   bu   qarashlarimiz   bir
yoqlama bolib qoladi. Bazida hajviy sherlarda fosh qilingan shaxsni tarbiyalashdan
kora koproq uni yakson qilish goyasi ilgari suriladi. Zero, yumor jamiyatda kurtak
otib   kelayotgan   illatlarni   fosh   etib,   kelgusida   uning   tomir   otib   ketmasligini
taminlaydi.   Satira   esa   mavjud   illatlarni   tag-tomiri   bilan   qoporib   tashlab,   uni   yoq
qiladi.
                    Shoir   hajviyotida   hajviy   xarakter   va   tiplarning   mavjud   bolishi   hajviy
sheriyatning   oziga   xos   xususiyatlaridan   biridir.   Demokratik   adabiyot   davrigacha
bolgan davrda hajviyotning asosiy quroli majoziy obrazlar orqali tasvirlash bolgan.
XIX   asr   oxirlaridan   boshlab,   ozbek   hajviyotida   hajviy   xarakter   va   tip   yaratish
yolga   qoyila   boshladi.   Abdulla   Oripov   hajviyotida   asosan   jamiyatimizda
uchraydigan   kamchilik   va   nuqsonlar   hajviy   tig   va   kinoyali   ohang   bilan   fosh
qilingan.   Bu   haqda   shoirning   ozi:   “ Malumki,   mamlakatimizda   qayta   qurish
oshkoralik   okoplariga   kirib   olib,   oz   manfaatlari   yolida   baqirib-chaqirib
yurguvchilar   hozircha   kamaymayotir.   Demagoglik,   yani   sharoitga   moslashuvchi
xudbinlik   hamma   davrda   ham   taraqqiyotga   toganoq   bolgan.   U,   ayniqsa,   manaviy
jabhada jamiyatga katta zarar keltiradi. Dostonni satirik ohangda yozishga urindim.
Chunki   satirada   aniqlikdan   tashqari   shartlilik   imkoni   ham   bordir ” 45
,   deya
“ Ranjkom ”   dostonining   yaratilish   sabablarini   bayon   qiladi.   Shoir   siyosatga,
jamiyatdagi  illatlarga  qarshi  satira  kuchidan foydalanishga  majbur bolganligini  va
shu yol bilan ularni fosh qila olishini aytib otadi. 
44
Орипов А. Танланган асарлар. 6-жилд. —  Тошкент. Шарқ  НМАК. 2010.  —  Б.334.
45
  Абдулла Орипов. Ранжком. Шарқ юлдузи. 1989.  № 1-2 бет .
40 Ustoz   deb   atalmish   sharafli   nomga   hamma   ham   sazovor   bolavermaydi.   Oz
kasbining   mashaqqatlariga   chidagan,   oqib-organgan,   bu   yolda   boshqalardan
moddiyat   talab   qilmaydigan   insonlargina   chin   ustozlik   maqomiga   loyiqdir.
Shogirdlarga   xolis   ustozlik   qilish   ham   sharafli   vazifadir.   Ammo  bularni   unutgan,
nafsi   hakalak   otgan   kimsalar   yani   “ ustozlar ”   ham   yoq   emas.   “ Bir   ustoz   ogiti ”
nomli hazil tortligida shoir shunday insonlarni tasvirlaydi:
            Topgan-tutganingni xalqqa ber, qozim.
            Oshanda hyech qachon topmaysan tozim.
            Lekin bir mantiqni unutma aslo:
            Yani, mansubdirman xalqqa men ozim  (1,312).
    Ustozning   nasihati   oquvchida   kulgi   uygotish   bilan   birga   manfaatparast
insonlarga nisbatan kinoya ham uygotadi, shu bilan birga soziga amal qilmaydigan
“ ustozlar ”  satira ostiga olinadi. 
Shoir   ijodidagi   boshqa   sherlari   kabi   hajviy   sherlarida   ham   chuqur   falsafiy
mano   va   ijtimoiy   muammolarni   tilga   olish   orqali   ham   hajviy   qahramon   obrazini
yaratadi.   1993-yilda   yozilgan   “ Lottiboz ”   sherida   yurtimiz,   jamiyatimiz
mustaqillikka   erishgan   bolsa-da,   bu   yolda   juda   koplab   azob-uqubatlarga   giriftor
bolib,   ularni   yengib   otishda   ozida   kuchli   bardoshni   sezsa-da,   lirik   qahramon
lottiboz kimsalarga toqati yoqligini takidlaydi.
Abdulla   Oripovning   mahorati   shundaki,   yuqorida   tilga   olingan   illatlarning
kulgili   qiyofasini   ustalik   bilan   chizib   beradi.   Bu   oquvchida   ham   kulgini,   ham
insonlardagi   tanqidiy   xarakterga   nisbatan   nafrat   va   gazab   tuygusini   uygotadi.
Sherda   shoir   bu   kabi   nuqsonlar,   oz   shaxsiy   manfaatlari   uchun   toymaydigan
kimsalarning   jamiyatda   orni   yoqligi   haqidagi   goyani   ilgari   suradi.   Shoir   voqea-
hodisalarga, qahramonlarning holatiga kulgi va masxarani singdirib, ularni chuqur
umumlashtirdi,   tipiklashtirish   usulidan   mohirona   foydalana   oldi.   Tipiklashtirish
natijasida zamonning ruhi, nafasi shoir hajviyalarida oz aksini topa oldi.    
41                       Bu kabi hajviy sherlar zamona ruhi bilan sugorilib originallik kasb etadi.
Zero,   zamonamiz   kishilarini   tarbiyalashda   hajviy   asarlarning   xizmati   juda   katta.
Chunki, hajv orqali jamiyatdagi, inson xarakteridagi nuqsonlar, kamchiliklar ochib
tashlanadi va bu jarayonda oquvchini bu kamchiliklardan ogoh etib namunali, halol
kishi sifatida tarbiyalaydi
Adabiyotimiz da   ijodkorlar,   ayniqsa,   hajvnavislar   hajviy   asarlar   orqal i
insonlarning   axloqiy-estetik   qarashlariga   mos   kelmaydigan   odatlarni   qoralab,   har
qancha obrosizlantirmasin, uning zamirida goyat kuchli insonparvarlik ruhi yomon
x islatli  va  xarakterli  insonni   yuksak  marifatli,  insonparvarlik  tuygulariga  munosib
kishi   qilib   tarbiyalash   maqsad i   yotadi.   Zero,   shoir   yaratgan   satirik   xarakterlar,
tiplar   barcha   xalqlarda,   barcha   mamlakatlarda,   barcha   adabiyotlarda   uchrashini
hisobga   oladigan   bolsak,   ijodkorning   muammoni   umuminsoniy   miqyosga   kotarib
chiqqani   yaqqol   namoyon   boladi.   Bu   esa     Abdulla   Oripov   ijodiga,   xususan,
hajviyotiga abadiylik baxsh etadi.
Satirada   murakkab   hajviy   tipning  xarakterini   ochishda     kulgi   juda   katta   rol
oynaydi. Kulgi, ironiya, sarkazm va masxarasiz satirani, murakkab hajviy obrazni
tasavvur qilish mumkin emas.  Har bir satirik asar va obraz kulgi bilan sugorilgan
bolishi   shart.   Shu  bois   shoir   temir  odam,   yozguvchi,   nodon,   galamis,   shikoyatchi
kabilarning   felini   teran   angla b,   h ayotda   oz   ornini   topa   olmagan,   istedodsiz,
hasadgoylarni   ayamay   fosh   etdi.   Foydali   ishlarni   qilmasdan,   jamiyat   manfaatini
oylamasdan,   ozining   biqiq   muhitidan   chiqa   olmagan   ” kolmak   davra ” larni   korib,
kongli ozor chekdi, qalbi yaralandi.
  Satirik  asarning  sifati   va  taqdiri  qahramon  xarakterini  kulgili   qiyofasi   orqali
kulgili  vaziyatlarda  ochish   mahoratiga  bogliq.   Abdulla   Oripov  ana   shu   mahoratni
egallagani u yaratgan hajviy obrazlarda yaqqol korinadi. 
2.2.  Abdulla  Oripov ijodida hajviy xarakterlar poetikasi
42 Hajviy   sherlarida   Abdulla   Oripov     satirik   obraz   yaratish   sirlarini   mohirona
egallagan   hajvchi   shoir   sifatida   namoyon   boladi.   Shoir   hajviy   sheriyatida
kishilarning   shaxsiyati   va   faoliyatidagi   ayrim   kamchilik   va   nuqsonlarni   hajviy
chizgilar,   kulgili   vaziyatlar,   ramziy   tasvirlar   orqali   korsatib   beriladi.
“ Maymuniyat ” ,  “ Hangoma ” ,  “ Tulki falsafasi ” ,  “ Fil va chumoli ”  kabi ramziy-hajviy
sherlar original darajaga chiqa olgan.
Abdulla   Oripov   h ajvlar i da,   asosan,   tamagir,   igvogar,   oz   manfaati   yolida
hyech narsadan toymaydigan, zolim kimsalarni hajv tigi ostiga olib ularni masxara
qiladi,   kulgi   “ qamchi ” si   bilan   “ savalaydi ” .   Ularning   yuzidagi   pardani   yirtib
tashlab,   ularning   botiniy   dunyosi   naqadar   tuban   va   jirkanch   ekanligini   goyatda
ustalik bilan tasvirlaydi.
“ Mashrab ” ,   “ Shoirlar   hayoti ” ,   “ Turgunboy ” ,   “ Safardoshlar ” ,   “ Hangoma ” ,
“ Uchinchi   odam ”   singari   yuzlab   hajviy   sherlari   orqali   aniq   shaxslar   kulgi   ostiga
olinadi.   Agar   hajviy   timsol   kulgili   bolmasa,   uning   hajviyotga   aloqasi   ham
bolmaydi.   Shu   boisdan   hajvgoy   shoir   xilma-xil   badiiy   usullar,   sheriy   sanatlardan
foydalangan   holda   kulgi   uygotuvchi   badiiy   qiyofalar,   xarakterlarni   yaratadi.
Abdulla   Oripov   ozining   hajviy   uslubini   yaratar   ekan,   avvalo,   yuqorida
aytganimizdek,   xalq   ogzaki   badiiy   ijodidagi   hajvnavislik   usullarini   organdi,
ulardan   manaviy   ozuqa   oldi.   Afandi   latifalari,   hajviy   qoshiqlar,   loflardagi   kulgi
uygotish tajribalari shoir uchun alohida ijodiy maktab bolib xizmat qildi :
Lofchining uslubi shundoqdir azal,
Mahliyo qiladi sizni yolgonga.
Qay kuni bir lofchi der edi dangal:
— Shapaloq tortganman Napoleonga.(6.65.)
  “ Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissasi ”   asarida bu
xususiyat yorqin gavdalanadi. 
  Xabar keldi Fan shahriga
43                     Olis jungli tomondan.
                    Otgan kecha allanarsa 
                     Yonib tushmish osmondan.   [1.302].
Shoir   xalq   ogzaki   ijodi   bilan   cheklanib   qolmay,   yuqorida   aytib
otganimizdek,   mumtoz   adabiyotimizda   shakllanib   yuksak   bosqichlarga   kotarila
olgan   hajvnavislikni   ham   mukammal   egalladi.   Jumladan,   Navoiy,   Zavqiy,
Mashrab,   Turdi   kabi   shoirlar   ijodini   sinchiklab   organgani   hajviy   sherlari   va
yaratgan   xarakterlarida   yaqqol   kozga   tashlanadi.   Ulardagi   kulgili   qiyofa   yaratish
usullari:   hajviy   timsolning   tashqi   korinishini   borttirib  tasvirlash,   ulardagi   ijtimoiy
illatlarni ayovsiz fosh etish, tasviriy vositalardan orinli foydalanishlar ham Abdulla
Oripov sheriyatidan keng orin olgan:
Enagasi alla aytar Mashrabga boz-boz:
— Katta bolsang xon bolasan, allayo alla.
Osha zahot eshitilar beshikdan ovoz:
— Aldayo alda...[ 2.85]
Shoirlar   uchun   mumtoz   adabiyotimiz   hajvgoy   shoirlarning   hajviy   xarakter
yaratish,  tasvir  usullari  ilhom  hamda  tajriba  manbai  bolib  xizmat  qilgan.  Salaflari
ijodiga xos zaharxanda, achchiq tanqid, kinoyali mazmundor kulgi hajviy obrazlar
yaratishda   Abdulla   Oripov hajviyotida yanada chuqurlashdi va keskinroq tus oldi.
Shoir   faqatgina   ularning   ananalarini   davom   ettirmay,   hajvnavis   sifatida   yangi
tasviriy usullar kashfiyotchisi sifatida maydonga chiqdi.
Hajviy qiyofani chizishda avvalo, uning portretiga alohida ahamiyat beriladi.
Korinishi,   hulq-atvori,   nutqi   kulgili   qilib   beriladi.   Bunda   shoir   ozi   hajv,   fosh
etmoqchi   bolgan   shaxsni   organib,   hajv   yaratish   uchun   zamin   bola   oladigan
detallarni beradi, kulgini qahqahaga aylantirish usullarini qollaydi:
1.  Abdulla  Oripov oz ijodida hajviy tip va xarakterni uning portreti vositasida fosh
etadi,  “ Mish-mish ”  tortligi fikrimizga misol bola oladi:  
44      Uning mish-mishidan ranjimang aslo,
                       Nima bolsa asli naslida bolgan.
                       Ona qornidanoq ozi ham hatto,
                      Asli mish-mish bilan dunyoga kelgan  (1. 275).
Tortlikni   oqigan   kitobxon   koz   oldiga   giybatchi,   mish-mish   tarqatuvchi
insonlarning   portreti   namoyon   boladi,   shoirning   mahorati   shundaki,   mish-mish
takror sozi orqali portret chizgilarini aniq bera olgan.
2.   Kop   hollarda   hajviy   asarlarda     murakkab   hajviy   tiplar   ozlarini   ozlari   fosh
etadilar.   Ayniqsa,   Abdulla   Oripov  uslubiga  xos   xususiyatlardan  biri   shuki   —
bu   xususiyat   uni   boshqa   hajvchi   ijodkorlardan   ajratib   turadi   -     kopchilik
hajviyalarida qahramonning nutqi orqali ozini fosh etishdir.   “ Haj savobi ”  sheri
Makkai   Madinaga   haj   ziyoratiga   borib   kelgan   Hoji   bobo   bilan   muxbir   ortasidagi
savol-javob   asosiga   quriladi.   Dialogning   oziyoq   Hoji   boboning   maqsadi   ziyorat
emas, tijorat ekanligini oshkor etadi:
Muxbir   “ korganlaringizni   aytib   bering,   “ Kabatulloh   darvozasi   qandoq
ekan? ”   deb soraganda  Hoji bobo:
      Kabatulloh jamoliga yoqdir taraf,
    Ammo-lekin bozori ham maqtov talab.
      Xaridorlar durbin bormi, deb sorashar,
              Muxbir bolam, hayron boldim shunga qarab [2.154].
        Korinib turibdiki, Haj amalini bajarish bahonasida tijoratni kozlab borgan Hoji
bobo ozining chirkin qiyofasini gap-sozlari orqali fosh etmoqda. Hajga borib kelsa-
da,   qarashlari   ozgarishsiz,   osha-osha...   suhbat   davomida   soxta   hojining   kulgili
qiyofasi ochiq-oydin oshkor boladi:
        Madina ham shahar ekan oliyhimmat,
45 Ayollari yurishibdi yuzda chimmat.
       Atlas olib borgan edim, arzon ketdi,
            Muxbir bolam, u joylarda asal qimmat [2.154] .
Haj   amali-yu   savoblari   haqidagi   savollarga   ham   Hoji   bobo   tijoratni
aralashtiradi. Musulmon kishi uchun haj safariga chiqish, amallarini bajarish katta
baxt.   Bu   baxtni   esa   bazi   kimsalar     nafs   yolida   qurbon   qiladilar.   Hoji   bobo   ham
nafsiga   qul   bolgan   insonlarning   tipik   vakili   bolib,   suhbat   jarayonida   satira   tigi
orqali uning asl qiyofasi fosh etiladi. Shunda ham u ozini haqiqiy musulmon kishi,
haj amallarini bajargan  “ jannati ”  shaxs sifatida biladi. Muxbir:
Men savobdan gapiraman, siz savdodan,
Hoji bobo, aslida Haj qildingizmi?
Hoji bobo:
Tayyoraning pattalari qolimdadir,
Guvohlarim mana ongu solimdadir.
Bunday makruh savollarni kim orgatdi,
Muxbir bolam, Haj savobi qolimdadir[2.155].
Hoji   boboning     nima   maqsadda   Haj   safariga   chiqqanini   muxbir   anglay
olmaydi.   U   savobdan   soz   ochsa,   Hoji   bobo   savdodan   gapiradi.   Tazod   kulgisi
yuzaga  keladi.   Muxbir  uning  Hajga  borib  kelganligiga  shubha  bilan  qaraydi.  Ana
shu yerda Abdulla Oripovning hajvnavislik mahorati yaqqol kozga tashlanadi: Hoji
bobo   tilidan   soddagina   qilib   uning   komik   holati   chiziladi.   Shoir   voqea   bilan
psixologik holat ortasidagi munosabatni togri belgilashga harakat qiladi.  Inson Haj
amalini   nima   uchun   va   kim   uchun   bajaradi?   Musulmon   kishi   va   Olloh   ortasida
vositachi   bolishi   mumkinmi   yoki   guvohlar   kerakmi?     Gumroh   Hoji   bobo   uchun
chiptalar,   hamrohlar   guvoh   bolishi   mumkin   ammo,   Haj   amalini   bajarmagani   va
buni niyat ham qilmaganini oshkor qilib qoyadi, ozini esa   “ Haj savobi dilimdadir ”
46 deb oqlamoqchi boladi. Sherni oqish jarayonida oquvchida kulgining paydo bolishi
va  songgida  esa   uning  qah-qahaga  aylanishi   tabiiydek  tuyuladi.  Ana  shu  tabiiylik
tufayli   asar   ozining   ijtimoiy   qimmatini   saqlab   qoladi   va   kulgi   ostiga   olingan
personaj, qahramon tabiati keng va chuqur ochib beriladi. 
                        Xulosa   qilib   aytganda,   Abdulla   Oripov   yaratgan   juda   kop   obrazlar ,
xususan,   “ muxbir ” ,   “ hoji   bobo ” ,   “ eski   poyafzal ” ,   “ oqlar   va   qoralar ”   kabi   koplab
poetik obrazlar hajviy obrazlilikning, xarakterlarning  oziga xos namunalari sifatida
maydonga kelgan.
Abdulla   Oripov   hayotning   barcha   tomonlarini   ilgay   oladi,   inson   iqlimining
turfa   qirralarini   kashf   eta   oladi.   U   temir   odam,   yozguvchi,   nodon,   galamis,
shikoyatchi   kabi   inson larning   xarakterli   xususiyatlarini   jamlab,   tipiklashtira   oldi .
Hayotda   oz   ornini   topa   olmagan,   istedodsiz,   hasadgoy   odamlar   obrazi   xarakter
darajasiga kotarildi.     Foydali ishlarni qilmasdan, jamiyat manfaaatini oylamasdan,
ozining   biqiq   muhitidan   chiqa   olmagan   ” kolmak   davra ” larni   korib ,   kongli   ozor
chek kan,   qalbi   yaralan gan   ijodkor   ozining   har   bir   hajviy   sherida   ularning
qiyofalarini kulgi orqali, kinoya va sarkazm orqali yorqin tasvirlashga erishdi.
2.3.  Abdulla  Oripov hajviyotida badiiy niyat va shoir pozitsiyasi
Kulgining   manbai,   albatta,   hayotdir.   Hayotdagi,   jamiyatdagi   nuqsonlar,
kamchiliklar,   insonlar   tabiatidagi   salbiy   xususiyatlar   ustidan   kulinadi.   Hajviyot
(komika) tushunchasi (komika: yunoncha - kulgili, quvnoq, qadimiy Yunonistonda
Dionisning   qishloq   festivalida   kulgili   niqoblilar   guruhi)   bayramona   oyin-kulgi,
havaskor xalq kulgusidan kelib chiqadi. Bu kundalik qaygu va tashvishlarga qarshi
turuvchi   ruhiy   erkinlik   kulgisidir.   Asosan,   komika   deganda   tabiiy   hodisalar,
obyektlar va ular orasida vujudga keladigan munosabatlar va malum bir ijodkorlik
turi nazarda tutiladi, buning mohiyati biror bir tizim va hodisalarni ongli ravishda,
komik  taassurot  uygotish  maqsadida tashkil  etish bilan  izohlanadi.  Shunday  qilib,
hajviyot   bu  ijtimoiy  (estetik)   kulgining   asosi   bolgan   haqiqat   obyektlarining   oziga
xos   xususiyatidir.   Ananaga   kora,   hajviyot   satirik   va   yumoristik   turlarga   bolinib,
yumor,   satira   va   ironiya   deb   ataladigan   uchta   asosiy   shaklda   qollaniladi.   Rus
47 olimlari komikaning turli shakllarini korib chiqish jarayonida, uning ikkita bolimi:
yurakdan  (yumor)  va  yuraksiz   (satira)  quvnoqliklarga  ajratadilar.  Satira  va  yumor
turli   xil   shakldagi   hajviyotning   songgi   qutblaridan   biri   bolsa,   ironiya   esa
komikaning   oraliq   shakli.   Takidlash   lozimki,   yumor,   satira   va   ironiyaning   asl
holatlari   hayotda   juda   kam   uchraydi.   Bu,   birinchi   navbatda,   kulgining   tabiati
subyekt munosabatlari orqali belgilanishi bilan bogliq, bu esa tashqi kuzatuvchiga
baholashda   qiyinchiliklar   uygotadi.   Masalan,   kopincha   bir   gapning   ozida   ham
yumor,   ham   satira   unsurlari   bolishi   mumkin,   chunki   subyekt   mavzu(obyekt)ga
nisbatan har ikki kulgini his qilishi mumkin. Hajviyotning yana bir mustaqil shakli
sifatida  “ sarkazm ”  ajralib turadi. U komikaning birinchi qutbi bolsa, uning ikkinchi
qutbi hazil (mutoyiba) deb hisoblanadi. 
          Biz   Abdulla   Oripov  hajviyotini  tadqiq  etish  jarayonida    komikaning  barcha
shakllariga   emas,   balki   faqat   ananaviylariga   murojaat   etamiz:   satira,   ironiya,
kinoya   (sarkazm)   va   yumor.   Satira   koproq   dunyoning   nomukammalligini   va
insoniy   illatlarni   shafqatsizlarcha   masxara   qiluvchi   komik   turdir.   Satira   deganda
hajvni   sanatda   namoyish   etish   usuli   hamda   masxara   qilish   tufayli   muallifga
nuqsonli   bolib   tuyulgan   hodisa   yoki   narsani   yoqqa   chiqarish   tushuniladi.   Unda
fosh etish xususiyati mavjud boladi. Hajvnavis olib borilayotgan hayot hodisalarini
tahlil   qiladi,   uning   asl   mohiyati   yashirin  korinadigan   va   aldamchi   kiyimlarni   olib
tashlaydi,   befarqlik,   gollik,   shuhratparastlik,   ochkozlik   va   insonning   boshqa
kamchilik hamda illatlarini fosh qiladi. Bundan tashqari, hajvnavis har doim salbiy
hodisa va holatlarni yerga urishga, uning bemani, badbashara korinishini gazab va
nafrat tola kulgi bilan ifodalab berishga intiladi.
                 Satira hajv subyektining oz obyektiga bolgan munosabatini tavsiflash bilan
birga,   “ masxarali   kulgi ” da   inson   ozi   bilmagan   holda   masxara   qilinayotgan   inson
bilan ozini taqqoslashi hamda ozida bu kamchiliklarni topmasligini korish mumkin.
Shuning uchun rassom oquvchida hayotning tanqidiy hodisalariga nisbatan ustunlik
hissini uygotib, oz maqsadiga erishadi. Satira ijtimoiy muhitda muhim hisoblangan
illatlarni estetik tanqid shakli sifatida korib chiqishi mumkin. 
48             Hajviyotning ikki shakli  —  satira va yumor gruzin yozuvchisi N. Dumbadze
tomonidan  mahorat   bilan  taqqoslangan:   “ Satira  va  yumor  bir  onaning  farzandlari.
Yumor   —   bu  iliq  suv   kabi   isituvchi   va  erkalovchidir,  kirlarni  ham  ketkaza   oladi.
Satira esa qaynoq suv, u nafaqat kirlarni yuvadi, balki kuydiradi ham" 46
.
                      Ironiya  (kesatiq,   istehzo)  hajvning  yana  bir  mustaqil   turi  sifatida  ajratib
turadi.   Ironiya  ananaviy  ravishda   yumor  va   satira   ortasidagi,   aniqrogi,    yumor  va
sarkazm (kinoya) ortasidagi oraliq shakl sifatida qabul qilinadi. Ironiyada yumorga
nisbatan   tasvirlanayotgan   hodisa   kamchiliklari   uning   yanada   muhim   xususiyatlari
bilan   bogliq   holda   keskinroq   ifodalanadi.   Bu   unga   nisbatan   nafrat   bilan
munosabatda bolish uchun zamin yaratadi.
Agar   ironiya   yomon,   kuchli   masxara   korinishida   bolsa,   u   sarkazm   deb
ataladi.   Sarkazm   hajv ning   asosiy   va   mustaqil   shakllaridan   biri   hisoblanadi.   I.V.
Popchenko, Yu.Borev, Yu.B.Latishev va boshqa bir qator komik tadqiqotchilar oz
asarlarida   bu   fikrni   takidlab   otishgan.   Sarkazm   (yunoncha   tana)   -   bu   tanaga
sanchiladigan kuchli masxara, achchiq ironiya; ironiya bilan har bir narsani dalillab
korsatib   beruvchi,   ayniqsa,   ozining   ijtimoiy   oqibatlari   bilan   xavfli   hisoblanuvchi
janrdir, shunday qilib sarkazm  —  ironiyaning eng yuqori darajada namoyon bolishi
bolib,   ironiyadagi   faqatgina   salbiy   baho   berilishidan   farqli   olaroq,   ozining
shafqatsiz hamda yoq qiluvchi kuchga ega baholari bilan ajralib turadi.
         Abdulla Oripov hajviy sherlarining aksariyatida ironiya, sarkazm, zaharxanda
kuchli   ekanini   koramiz.   Bu   xususiyat   qahramon   nutqi   orqali   fosh   etish   ruhi
ustuvorligida   namoyon   boladi.   Bu   esa   shoir   uslubining   yetakchi   xususiyatlaridan
biri   ekanligini   korsatadi.   “ Ranjkom ”   dramasida   shoir   ozini   korsatmaydi,     sozni
qahramonning   oziga   berib   qoyadi.   Bu   usulning   ham   bir   qator   afzalliklari   bor:
hajviy   qahramon   oz   nutqi   bilan   ozini   fosh   etadi   va   oquvchining   kulgisiga   sabab
boladi   ammo,   kulgiga   qolganini   sezmaydi;   soz   tejalib,   ixchamlik   yuzaga   keladi;
shoir ozining ijtimoiy hayotga, davr illatlariga qarshi subyektiv fikrlarini yashiradi,
ularga  qahramon  kozi   bilan  qarab  baho  berish  imkoniyatiga  ega   boladi.   Dramada
46
  Ҳомидий   Ҳ.,   Абдуллаева   Ш.,   Иброҳимова   С.   Адабиётшунослик   терминлари   луғати.   —   Тошкент:
Ўқитувчи, 1970.  —   Б.308.
49 qayta   qurish   va   oshkoralik   okoplariga   kirib   olgan,   oz   manfaatlari   yolida   baqirib-
chaqirib   yuruvchi   amaldorlar,   sharoitga   moslashuvchi   xudbinliklar   qoralanadi.
Unda hayotimizdagi barcha manfiy hodisalar ochib tashlanadi. Asarda shoir rais va
uning ikki yordamchisi nutqi orqali ularning kirdikorlarini ochib tashlaydi, ozining
pozitsiyasini bir qadar pardalab korsatishga harakat qiladi.   
                  Bu   dramada   shoir   yaratgan   hajviy   tiplar:   rais,   ikki   nafar   tashkilot   azosi,
savdoyi   olim,   goz   kotargan  chol   va  farrosh  kampirga   muallifning  munosabati,   oz
pozitsiyasi   mavjud.   Umuminsoniy   qadriyatlarni   yaxshi   tushungan,   vatanparvar,
ezgulikka   sodiq   bolgan   kitobxon   muallifning   goyaviy   pozitsiyasi   bilan
personajnikini   yaxshi   farqlay   oladi.   Ularning   pozitsiyasi   bazan   bir-biriga   mos
kelsa,   bazan   zid   kelib   qolishi   ham   mumkin.     Jumladan,   raisning   razilona
qilmishlari,   yettidan   yetmishgacha   barchani   ranjitishni   maqsad   qilib   olgani,
azolarning kishilarga noorin  tuhmat uyushtirishlari, ularni kalaka qilishlari, buning
oqibati kishilar hatto olim bilan yuzlanishida personaj va muallif pozitsiyalari bir-
biriga   zid,   albatta.   Ammo   dostondagi   farrosh   kampirning   goyalari,   fikrlari,   xalq
gamiga sherikligi tahsinga sazovor:
Eslaysanmi, tashabbus deb, qahraton sahar
Yoq paxtani  “ terib ”  yurdi necha minglab jon.[ 2.368].
                  Bu misollar muallif va qahramon pozitsiyasining bir-biriga mutanosibligini
korsatadi,   desak   xato   bolmaydi.   Qahramonlarining   marifatga   qarshi   jaholat   bilan
yondashishi,   riyokorligi,  tirnoq  ostidan   kir  qidirishi,   xudosizligi,   ijtimoiy  turmush
illatlarini   oz   xarakteriga   jo   qilishi   marifatli   shoirning   noroziligidir.   Shoir   ozining
noroziligini   hajv,   kulgi   vositasida   ifodalaydi,   oz   fikr  va   goyalarini   mohirlik  bilan
satiraga yogrilgan holda taqdim etadi. 
                      “ Asar majoz  usulida yozilgan.   “ Hasharot ”   jurnali,   “ Ranjkom ”   tashkiloti,
Rais, Birinchi azo, Ikkinchi azo, Farrosh ayol, Savdoyi olim, Goz kotargan chol  —
bularning     barchasi   otkir   istehzo   bilan   yogrilgan.   Syujetda   epik   voqealar   silsilasi
yetakchilik   qilmaydi.   Shoir   ezop   tilidan   foydalanib,   jamiyatda   hasharotdek
parazitlik   bilan   kun   kechirib   yurgan   zararkunandalarning   basharalarini   ochib
50 tashlaydi ” 47
.   Haqiqatan   ham   asar   otkir   satirik   ruh,   zaharxandali   kulgiga   boy.
Shoirning   ozi   ham   bu   haqda   shunday   deydi:   “ Kop   sherlarimda   ozbek   xalqining
otmishi,   buguni   haqida   kuyunib,   ularning   bolaklarga   bolinib   yashashidan
charchagan   edim.   Shu   manoda   “ Ranjkom ”   degan   asar   yozganman.   El   bir   bolsa,
tinch bolsa deyman ” 48
.
Safimizni kengaytirish kerak muntazam,
Bu orinda gor yoshlarning roli kop katta.
Surbet boling, surbet boling. Bizning shior   —   shu,
Oz-ozidan kela berar qolgan unsurlar.
Tuhmat, igvo, chaquv, hasad  —   bular bor gap-ku,
El ichida vaqt - bemahal qozgang ur-surlar [2.198].
“ Ranjkom “   dramasini   tahlil   qilgan   adabiyotshunos   olim   S.Meliyev     asarda
“ jamiyat uchun nomatlub hodisa qalamga olingan esa-da, kulgi, yumor yoq. Togri,
asarda   qitmir   askiyalar,   kuldirishga   moljallangan   qichima   gaplar   (masalan,
taqirboshdan bilib turib taroq sorash sahnasi) yoq emas. Ammo bular beozor kulgi,
yumor   uygotmaydi,   aksincha   doston   sahnidagi   bogiq   ob-havoni   battar
ogirlashtiradi.
                      Asarda kulgining yoqligi  “ minus-usul ”   (yani  “ yoq usul ” , hodisasini yodga
soladi.  Kulgining yoqligi,  begubor  kulgiga  mutlaqo  zid  holat  asarda  badiiy  vazifa
otaydi.   Shaklan  inson  bolaturib,   insoniylikdan  yiroq  turgan  ranjkomchilar  jozibali
insoniy   xislat   —   begubor   kulgidan   mahrum   ekanliklari   tabiiy   tuyuladi ” ,-   deb
yozadi 49
.   Olimning asarda kulgi yoq degan fikriga qoshilib bolmaydi, togri asarda
yumor kulgisi yoq, ammo satirik kulgi, zaharxanda, kinoya, pichingga asoslangan,
qahramonni   oz   nutqi   bilan   fosh   qiluvchi   hajviy   kulgi   uning   mohiyatiga
singdirilgan.   Olim   muallif   ovozida   ham   kulgi   yoq   deb   hisoblaydi,   bizningcha,
47
Ғаниев И., Афоқова Н. Озод руҳ фалсафаси.  —  Тошкент: Фан , 2006.  —  Б.121.
48
  Абдулла Орипов. Ранжком. Шарқ юлдузи.  № 1. 1989. 2 бет.
49
Қўшжонов М.,Мелиев С. Абдулла Орипов.  —  Тошкент: Маънавият. 2000.  —  Б.63.
51 yumor kulgisi  yoq deyilsa,  maqsadga  muvofiq  bolur  edi.  Asarda  satirik  kulgining
qay darajada namoyon bolganini korsatuvchi tahlil va misollarga otamiz.
           Kulgining shakllari  turlicha:  quvnoq va qayguli, mehr yoki gazab ila, orinli
va   ahmoqona,   magrur   va   samimiy,   iltifotli   va   xushomadgoy,   shubhali   va
qorqinchli,   haqorat   qiluvchi   va   ruhlantiruvchi,   surbetlarcha   va   hadiksirash   ila,
dostona   va   garazli,   istehzoli   va   yurakdan,   kinoyali   va   oddiygina,   muloyim   va
qopol,   kop   manoli   va   asossiz,   zafarona   va   aybini   oqlashdagi,   hayosiz   va
xijolatomuz   kulgi   bolishi   mumkin.   Bundan   tashqari,   ushbu   royxatni   kulgili,
qayguli,   asabiy,   masxara   qiluvchi,   fiziologik,   hayvoniy   kulgilar   bilan
kengaytirishimiz mumkin. Hattoki mayus kulgi ham bolishi mumkin. Ushbu royxat
ozining boyligi va xilma-xilligi bilan qiziqdir.  
                    Tadqiqotchilarning   kulgi   turlarini   tasniflashda   keltirayotgan   turli   xil
asoslariga   qaramay,   kopincha   va   bizning   fikrimizcha   eng   mos   tarif   ikki
tomonlama: fiziologik va ruhiy jihatdan berilgan tarifdir: ahmoqona, ammo zavqli,
odamni   shunchaki   quvonganidagi,   kulgili   biror   hodisaga   aloqasiz,   pichingga
noaloqador   kulgilardir;   quvnoq   tuygu   bilan   ifodalangan,   quvonch   va   kulgi
niqoblari  bir-biriga  uygunlashadigan  kulgi   turlarini  ajratish   mumkin.  Shu  jihatdan
Abdulla   Oripov   hajvlariga   nazar   tashlaydigan   bolsak,   tahlillar   shuni   korsatadiki,
unda kopincha satirik kulgi va uning shakllari uchrashini koramiz. Shoir hajvlarida
esa   kulgi   niqoblari   bir-biriga   uygunlashadigan   kinoya,   zaharxanda,   sarkazm,
piching, fosh qiluvchi kulgi asosiy orinni egallaydi. Shu bilan birga shoir hajviyoti
hayot   voqyeliklarini   togri   aks   ettirgan   holda   inkor   qilish   yoli   bilan   gozallikni
uluglay   olgan,   kitobxonni   ezgulikka   undaydigan   kulgiga   asoslangani   bilan
ahamiyatlidir.
III   BOB.   ABDULLA   ORIPOV   HAJVIYOTINING   BADIIY
XUSUSIYATLARI
3.1.Shoir hajviy uslubida adabiy janrlar va sheriy shakllarning orni
52 Malumki, har bir janr shakli hayotdagi voqea-hodisani oz xususiyatiga qarab
korsatadi.   Bu   voqea-hodisalar   adabiy   janrning   xususiyatlariga   qarab   har   xil
darajada   tasvirlanadi.   Masalan,   satirik   romanda   kop   qirrali,   murakkab   hayot
jarayoni, juda kop hayotiy hodisalar, bir qancha shaxslar orin olsa, satirik sherlarda
esa   hodisalarni   va   insonlar   hayotini   detallarigacha   korsatib   bermasdan,   balki
muhim  bolgan  biror  voqeani,   lavhani   tasvirlab,  bazi   kulgili  shaxslarni  hajv  ostiga
olish muhimdir. 
Shoirning   “ Suv ” ,   “ Tulki   falsafasi ” ,   “ Imzo   yigish ” ,   “ Turgunboy ” ,
“ Hangoma ”   kabi   ikki   yuzga   yaqin   hajviy   sherlari   va   “ Ranjkom ”   nomli   dramatik
dostoni   qatori   uning   kopgina   masnaviy,   tortliklari,   balladalari,   voqeaband
hajviyalari,   hazillarida,   hatto,   yor-yorlarida   ham   hajv   unsurlaridan   keng   kolamda
foydalanilganini korish mumkin.
Shu   bilan   birga   adabiyotshunos   olim   N.Shodmonov   shoirning   “ hikoyat-
rivoyat ”   tipidagi   hazillari   mavjudligi,   ularda   ijtimoiy   masalalarga   etibor
qaratilganligini korsatib otadi 50
.
Masnaviy .   Mumtoz   adabiyot   tarixidan   malumki   hajviy   asarlar   asosan
masnaviyda   yaratilgan   bolib,   bu     anana     XX   asr   boshlarigacha   amalda   bolgan.
Abdulla   Oripov   ham   ushbu   anana   izidan   borib   koplab   hajviyalarini   masnaviyda
yaratdi.     Jumladan,   “ Tulki  falsafasi ” ,   “ Maymuniyat ” ,   “ Gorkovlar  qoshigi ” ,   “ Chol
va   “ kommunizm ”   qissasi ” ,   “ Dunyo ” ,   “ Qult-qult ”   kabi   sherlar   masnaviyda
yozilgan:
Kasbini eplolmay qolsa aksari,
Tulkilik qiladi hayvonlar bari.
Kopincha ilojsiz qolgan fursatda
Tulkilik qiladi sher ham, albatta.
50
Шодмонов Нафас. Шоир  “ ҳазил”лари // Абадий садо.  —   Қарши: Насаф, 2011.
53 Tortliklar.   Abdulla   Oripov   hajviyotida   tortliklarning   ham   orni   beqiyosdir.
Aslida,   tortlikdan   turli   xalqlar,   jumladan,   turkiy   xalqlar   mumtoz   sheriyatida   ham
jiddiy,   falsafiy   fikrlarning   badiiy   talqinini   ifodalashda   foydalanilgan.   Ozbek
sheriyati tarixida faqat tuyuqlar malum manoda quvnoqlik xarakteriga ega. Abdulla
Oripov   tortlik   janridan   hajviy   ifoda   uchun   unumli   foydalanadi   va   bir   qator
hajviyalarini yaratishda shu janrga murojaat qiladi:
Ishlaring yurishib turgani asno,
Kopayib ketadi xeshu aqrabo.
            Darvinning kitobin qoltiqlab olib,
” Toga ” , deb keladi maymun ham hatto.    
Yoki:
Janozamni kutib soching oqardi,
Lekin yasharkanmiz taqdirga kora.
Osmon shunaqa bir farmon yubordi,
Olmaydigan boldim, kechirgin,  jora . [1.33.]
Mazkur   tortliklarda   odamlar   felidagi   manfaatparastlik,   ozgalarga   yomonlik
tilash va buning oqibatida ozi uyatda qolishi kulgi ostiga olingan. Odamzotning feli
murakkab va   qiziq:   senga ishi tushganida tort bukilib tazim qiladi, sening ishing
tushganida   osmon   qadar   kekkayadi.   Uning   felidagi   murakkablik   shoirni   hayratga
soladi.   Shodmonlikda,   xurramlikda,   dorilomon   kunlarda   qarindoshlar,   dostlar
atrofingda   aylanadi,   xizmatingga   shay   boladi,   hatto   begonalar   qarindoshlik   davo
qiladi.   Darvinning kitobin qoltiqlab olib,   ” Toga ” , deb keladi  maymun  ham hatto.
Shoir   bu   oxshatish   orqali   oquvchida   kulgi   qozgatadi.   Boshingga   ish,   tashvish,
xastalik,   qashshoqlik,   xorlik   tushganida   qidirsang   ham   atrofingda   hyech   kimni
topolmaysan.   “ Janozamni   kutib   soching   oqardi ” .     Haqiqiy   dost   topish   mushkul.
Xalqimizda   ” Bir   mol   dosting,   bir   jon   dosting   boladi ”   degan   naql   bor,   jon   dost
topish qiyinligiga ishora qilinadi.  
54            ” Mutoyiba ”  nomli tortlik mazkur sherning davomiga oxshaydi:
Dunyo keng, shataloq otish mumkindir,
Yoki xarsangtoshday yotish mumkindir.
Esirgap aytganday, haqiqiy dostni
Sotib olib bolmas, sotish mumkindir.
Inson   yaralibdiki,   hamdard,   hamroz,   dost   qidiradi.   Istedodli   adib   Asqad
Muxtor   ozining   ” Tundaliklar ”   nomli   asarida   ” Dostlik   boru,   ammo   dostlar   yoq ”
degan    edi.   Bu  bekorga  emas.   Adib  oz  hayoti   mobaynida  buning  isbotini  korgan.
Shoir   Abdulla   Oripovning   yuqoridagi   tortligida   dostga   xiyonat   masalasiga   ishora
qilingan.   Haqiqiy   dostni   topish   qiyin.   Dostlikni   asrash   yanada   murakkab   vazifa.
Lekin dostni sotish   —   bir lahzalik oson ish! Hikmat shuki, dostdan judo bolish  —
bu   baxtdan   judo   bolishdir.   Dostga   sodiqlik   —   eng   ulkan   saodat.   Yana   bir
takidlangan hikmat shuki, lozim bolsa, haqiqiy dost uchun jon fido qilish ham baxt.
                        “ Dunyo   keng ,   shataloq   otish   mumkindir ,   Yoki   xarsangtoshday   yotish
mumkindir ”    misralarida kulgili holat (shataloq otish), kulgili vaziyat ostida kinoya
yotadi.   Adabiyotshunos   Abdulla   Ulugov:   “ Shoir   barcha   mavzudagi   sherlarida
manaviy   gozallik,   insoniy   barkamollikka   davat   etadi ” ,   degan   haqli   fikrni   yozadi.
Darhaqiqat,   shoirning   ixcham   to r tligida   katta   mano   mujassam.   Insoniy
barkamollikka erishish uchun kishinig qalbi haqiqiy insoniy xislatlarga ega bolishi
kerak. Ana shunday xislatlardan biri  sadoqat masalasidir. Dostiga sadoqatli odam,
vataniga, xalqiga, oilasiga ham sadoqatli bolishi tabiiy.   “ Bugungi sheriy jarayonda
kechayotgan   fazilatlaru   kamchiliklar   inson   va   jamiyat   haqidagi   haqiqatlarni
aytishga intilish bilan bogliq ” 51
.
Abdulla   Oripov   hajviyotida,   ayniqsa,   hazillari   va   tortliklarida   yengil
yumoristik ruh ustunlik qilib turadi.  “ Ruhlar ”  tortligi bunga misol bola oladi:
Ruhlar hamma joyda hozir bolganlar,
51
Н.Раҳимжонов. Мустақиллик даври ўзбек шеърияти.  —   Тошкент: Фан, 2007. - Б.  52.
55 Bu holni tiriklar yaxshi bilganlar.
Muttasil tushimga kirishar, ajab,
Ular qaysi reysda uchib kelganlar.
Inson   degan   sharafli   nomga   ega   bolish   uchun   insoniyat   qadimdan   shu
sharafga   intilib   kelgan.   Bu   yolda   kuchlari   yetgancha   harakat,   mehnat   qilganlar.
Kimdir   maqsadi   yolida   qiyin,   ammo   togri,   mashaqqatli   yolni   tanlaydi.   Bunda
imkon boricha, kuchi yetgancha haqiqiy inson bolishga harakat qiladi. Bazilar esa
yengil-yelpi   yoldan   borib,   mashaqqatdan   qorqib   “ ogirning   ustidan,   yengilning
ostidan   yurib ” ,   ozligini   yoqotib   inson   deyishga-da   til   bormaydigan   darajaga
yetadilar.   “ Inson ”   nomli   sherda   shoir   shu   ikki   toifa   odamlarning   xarakter-
xususiyatlarini umumlashtirib beradi:
Birovni maqtasang, yolgon, dedilar,
Ozingni maqtasang, nodon, dedilar.
Barchani lutf ila torga chiqarib,
Poygakda otirsang, inson, dedilar.
Ijod   masuliyati   har   doim   buyuk   istedod   egalarining   doimiy   hamrohi   bolib
kelgan. Shoirlik martabasi, uning oziga xos qiyinchiliklari, sher yozish masuliyati
shoirni   ham   birmuncha   vaqt   ijoddan   holi   bolishga,   qayerlargadir   qochib   ketishga
undashi  Abdulla  Oripovning  “ Tolstoy ”  nomli hazil tortligi orqali ochib beriladi:
Siz ulug siymosiz, tengi yoq daho,
Bizga ijodingiz hamroh doimo.
Lekin uydan qochish rejangiz qayda?
Menga osha zarur, Tolstoy bobo! 
Talmehdan  foydalanib  va  murojaat   orqali   hazil  qilish   bilan  shoir  oquvchini
mushohadaga undaydi.
56                         Balladalar.    Abdulla Oripovning hajviy sherlarini tahlil qilish jarayonida
shunga   amin   boldikki,   u   jamiyatdagi   illatlar-u   nuqsonlarni   mohirona   topgan   va
ularni fosh qilishda hajviyotning uslub va turlaridan ustalik bilan foydalana olgan.
Shu   jumladan,   u   hajv   yaratishda   balladaga   murojaat   qilgan.   Yuqorida   shoirning
“ Mehr   haqida   ballada ” si   tahliliga   tortilgan   edi.   “ Ballada   lirik   poeziyaning   epik
xarakterdagi janrlaridan biri. U kichik syujetli sherlardan iborat bolib, unda voqea
bilan   birga   shoirning   his-tuygulari   ham   aks   etadi ” 52
.   Shoir   “ Nodonlar   haqida
ballada ” sida   jamiyat   uchun   xavfli   bolgan   eng   qorqinchli   illat   “ nodonlik ”   haqida
fikr yuritadi:
Qaydadir yuz bersa biror falokat,
Tushar tahlikaga jamiki hayvon.
Muxbir yengamiz, deb jar solar albat,
Bundan faqatgina qorqmaydi nodon.
                  ” Ozbek   tilining   izohli   lugati ” da   ” Nodon ”   soziga   shunday   izoh   berilgan:
1. ” Nodon   —   (forscha   -   bilmaydigan,   xabarsiz,   ilmsiz;   kaltafahm,   befarosat.   Ilm-
marifatdan   xabari   yoq,   ongi,   tushunchasi   past;   oqimagan,   bilimsiz;   qoloq.   2.
Fahm-farosati   kam;   tushunmaydigan,   tentak 53
.   Soz   izohidan   kelib   chiqilsa,
shoirning   nima   uchun   bu   mavzuda   sher   yozganligining   sababi   ayonlashadi.
Kishilik  jamiyati  tarixi qadimiy va sir-sinoatlarga tola.  Bu qadimiy dunyoda turfa
toifa   insonlar   yashaydilar.   Nodonlar   ham   ana   shunday   toifalardan   biri.   Afsuski,
bundaylar   oramizda   kopchilikni   tashkil   qiladi.     Sher     shoirning   asosli   xavotiri
natijasida   dunyoga   kelgan.   ” Qaydadir   yuz   bersa   biror   falokat ”   hattoki   hayvonlar
ham xavotirga tushadilar, ammo nodonlar tushmaydilar.
Amir qushbegining ketiga tepdi,
Shu zum Peterburgni olaman, debdi.
Shaksiz u   -   bekorning beshtasin yebdi,
52
Ҳотамов   Н,   Саримсоқов   Б.     Б.   Адабиётшунослик   терминларининг   русча-ўзбекча     луғати.   —   Тошкент:
Ўқитувчи, 1979,  —  Б.33. 
53
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ўзбекистон миллий энциклопедияси, Давлат илмий нашриёти.  —  Б.48.
57 Bundan faqatgina qorqmaydi nodon.
Nodonni   na   siyosat,   na   jamiyat   rivoji   bezovta   qiladi,   u   hyech   narsadan
qorqmaydi,   farqsiz,   farosatsiz.   Chunki,   qorqishga   asos   ertaga   nima   boladi,   degan
savol. Bundan savolni aqlli  odamgina  oziga  bera oladi, aslo nodon  emas.   ” Zilzila
Toshkentning   yarmini   buzsa ”   ham,     jamiyat   ” tamagir   hukmiga   tushsa ”   ham,
” avliyo   zotlarning   nazaridan ”   ham,   ” qirgin   va   ofat   boshlansa ”   ham   nodon
qorqmaydi.   Unga   baribir,   chunki   u   fikrlay   olmaydi,   oylamaydi.   Shoirni   ana   shu
holat,   jamiyatimizda   fikrsiz,   loqayd,   befarq   odamlarning   kopayayotganligi
iztirobga   soladi.   Nodon   obrazining   galati   talqini   kishini   beixtiyor   oyga   toldiradi.
Inson   zoti   tugilgan   asnodan   yashash   uchun   kurashadi.   Oz   hayotini   yaxshi   yolga
qoyish, atrofdagilarni baxtli korish, jamiyat rivojlantirish uchun  intiladi . Ona tabiat
uchun   ham,   inson   uchun   ham   yashash   —   katta   baxt.   Yashaganda   ham   ezgu
tuygularni dilga jo qilib, zahmat yuklarini yelkaga olib, baxt-saodat uchun chidam
bilan olga intilish, tinimsiz kurashib yashash insonga xos saodatdir. Damini ichiga
yutib,   haqiqat   uchun   kurashmasdan   loqayd   umr   kechirish,   xalq,   V atan   taqdiriga
daxldor   ishlarga   befarqlik   esa   —   kulfat.   Odam   nima   bolgan i da   ham     yaxshimi -
yomonmi   fikrlashi   kerak,   atrof-muhitda   kechayotgan   voqea-hodisalarga   ozining
munosabatini   bildirishi   kerak.   Taniqli   adib   Nazar   Eshonqul   shunday   deb   yozgan
edi:   ” Fikr   -   botiniy qiyofa, odamning, shaxsning ichki qiyofasini korsatib turuvchi
kozgu.   Fikri   yoq   odamning   qiyofasi   bolmaydi.   Fikr   odamning   ozligini,   oziga
xosligini   bildirib   mavjudligini   korsatib,   talab   qilib   turadi.   Fikr,   aslida,   men
mavjudman   degani ” 54
.   Darhaqiqat,   fikrsizlik   —   ulkan   fojea,   fojea   bolganda   ham
kechirilmas   fojea.   Tirik   banda   atrofidagi   voqea-hodisalarga   qandaydir
munosabatini   bildirishi   kerak.   Shoir   aytmoqchi,   hatto   hayvonlar   ham   munosabat
bildiradilar.   Demak,   nodon   —   hayvondan   ham   battarroq   jonzot.   U   xavfli,   u
indamay turib dunyoni garq qilishga qodir.  Bu orinda  holat kulgisi ustun.
                      Shoirning   “ Sharq   hikoyasi ”   deb   nomlangan   asari   ham   ballada   janriga
mansub, chunki unda  kichik bir kulgili syujet orqali muallifning his-tuygulari ham
aks etganini korish mumkin. Ahil, totuv yashayotgan ota-ogilning  boshiga tushgan
54
Назар Эшонқул. Мендан  “мен”гача .  —  Тошкент: Академнашр,  2014.   —  Б. 413 .
58 korgiliklar   hajv   ostiga   olinadi.   Yolga   tushgan   ota-ogilning   birgina   ulovi   eshak
bolib,   ular   galma-galdan   minib   ketmoqchi   bolishadi:     Ota   doim   ota   axir,   Yani
mudom   izzatda.   Eshakka   u   mindi   dastlab.   Ogil   yayov,   albatta.   Bir   qishloqdan
otishda,   ahmoq   chol   ogli   qolib   ozi   minib   olgan,   deya   odamlar   ularning   ustidan
kulishadi. Ikkinchi qishloqda esa odamlar eshak mingan ogilning ustidan kulishadi,
keyingi manzilda  ikkalasi mingashib olganini korgan odamlar yana gap qilishadi: -
Ahmoq   ekan   bular   rosa,   Insofi   yoq   lavanglar.   Ikki   odam   bir   eshakni   Minib  opti,
qaranglar.   Malomatdan   charchagan   ota   ogliga   zarda   qiladi,   ikkalasi   ikki   yoqqa
ketib qoladi:
Qondoshlikning million yillik
Rishtalari uzildi.
Ortaga bir eshak tushib
Oralari buzildi.
Shoir   bu   yerda   aslida   jaholat   ustidan:   odamlarning   gap-sozlari   bilan
yuradigan,   yashaydigan   odamlar   ustidan   kulmoqda,   eshak   aslida   bir   detal   bolib,
ota-ogilning,   gapchi   odamlarning   qiyofasini   ochib   berishda   asosiy   vosita   bolib
xizmat   qilmoqda.   Shoirning   bu   siradagi   asarlarini   kichik   balladalar   deb   nomlash
maqsadga   muvofiq,   chunki   ularda   tasvirlangan   kichik   voqealar   zamirida   Insonni
ogohlantiruvchi katta mazmun yotadi. 
                        Voqeaband hajviy sherlar . Shoirning 2016-yilda yozilgan   “ Osmondagi
zilzila ”   asari voqeaband hajviy sherga misol bola oladi. Chop etilmagan bu asarda
inson   tabiatining   turfa   xilligi,   etiqodsizligi   hajv   ostiga   olinadi.   Boshiga   mushkul
tushganda inson xudoni eslab qolishi, qorquv asnosida tavbalar qilishi tazod orqali
kulgili   tasvirlanadi.   Samolyotning   osmonga   kotarilishini   shoir   qaltiroq   tutishga,
bezgakka,   zilzilaga  oxshatadiki,  bu  oz-ozidan  kulgi  uygotadi.   Sherda  tasvirlangan
insonlar   qorquv   tufayli,   birdan   xudoni   eslab,   shu   asnoda   gunohlarini   boynilariga
olib,   ozlarini   fosh   etishga   kirishib   ketadilar:   qilgan   ishlarini   aytishga   tili   bormay,
uchuvchini   qargab   yiglayotgan   kampir,   haj   qilgani   borganda   savdogarlik   qilgan
59 chol   (aslida   hajga   emas,   savdoga   borgan   bozorchi   hoji,   bu   mavzu   shoirning
yuqorida   tahlilga   tortganimiz   boshqa   bir   sherida   batafsil   tasvirlangan),
talabalarining haqqini yegan poraxor olim, qandaydir tanqidchi :
                                                       U derdi:  —  Kun koray deb,
                                                       Qorani ham oqladim.
                                                      Ozimga hyech yoqmagan
                                                      Kitoblarni yoqladim.
Samolyotning qaltirashi bosilgandan keyingi holat yanada kulgili, hozirgina
gunohlariga tavba qilib otirgan odamlar ozlarini oqlashga tushib ketadilar. 
Sherdagi   voqea   Ozbekiston   xalq   yozuvchisi   Asqad   Muxtorning   “ Fano   va
baqo ”   hikoyasiga   oxshab   ketadi.   Hayot   haqiqatidan   malumki,   butun   umri
fosiqlikda otgan, uning evaziga hayoti yaxshi kechganligidan bu xususida umuman
oylab kormas kimsa ham olimi koziga koringanda oz gunohlarini tan oladi, vijdoni
qiynaladi.   Hikoyada   xuddi   mana   haqiqat   hikoyada     Xolxoja   va   Ochil   obrazlari
misolida   ochib   beriladi.   Hikoyani   oqigan   kitobxon   qahramonlar   qalbidagi
diyonatsizlikning  tub  asosi  totalitar tuzumnipg  ozida  degan  xulosaga  keladi.  Buni
Xolxoja,   Ochil   ochiq   etirof   etishadi.   Ajal   ularning   bogizidan   olganda,   ortada
shunday gap kechadi: 
“   —   Boqiy dunyoning borligi uning ostonasiga kelganimizdagina yodimizga
tushadi.   Inson   borligiga   bir   umr   iymon   keltirsa,   kaptar   kelib,   quzgun   ketmaydi...
dorilbaqo...   ostonasida   turgan   kishi   uchun   fanoning   ozi   ham,   u   tugdirgan
mudhishgunohlar   ham   hyech   nima   emas.   Faqat   ularni   bu   dunyoga   tashlab   ketish
kerak.
— Tashlab ketib bolar ekanmi...  —  dedi Ochil esankirab.
— Boladi,   dedi   Xolxoja...   —   kimgadir   yorilish   kerak.   Yoriladiganing
bolmasa, yomon, ichingda ketadi. Xayriyat, mana... ”
60 Bu   ularning   baqo   dunyo   oldidagi   tavba   qilishlari   edi.   Lekin   ular   bu   fano
dun yo da oz hayotlari n i iymonsizlik asosiga  qurganliklari tufayli olim chekingach,
ya n a   avvalgidek   fosiqligini   davom   ettirishadi.   Chunki   ularning   xamiri   so s ialistik
jamiyatiing   ozidan,   yani   diyonatsizlik   va   iymonsizlikdan  qorilgan.   Asqad   Muxtor
hikoya   qahramo n lari   faoliyati   va   xatti-harakatida n   kelib   chiqib,   inso nn i   oxiratdan
ogoh  etadi:   “ Azobli yolning  barini bir-bir  bosib otish kerak. Fanoda ham,  baqoda
ham Xudovandi karim bir insonga ikki dunyoni berib qoyibdi. Ammo iymonni boy
berganga ikkalasi xam harom ekan... ” 55
. Ustozlar ananasini davom ettirgan  Abdulla
Oripov  ham iymonsizlikka qarshi hajv  “ zambaragi ”  bilan  “ ot ochadi ” : 
Faqat bitta bolakay,
  Qorakoz, ozgin, nimjon.
  Onasiga biqinib,
—   Qorqmang,  —  derdi, ayajon,
  degan   misralar   keltiriladi.   Samolyot   qaltiraganda   ham,   qaltiroq   tinganda   ham
onasiga   dalda   berib   turgan   bolakay   obrazi   ramziy   (simvolik)   xarakterga   ega.   Bu
obraz simvolistik sheriyatning buyuk namoyandasi A.Blokning   “ Cherkov xoridagi
kuylayotgan qiz ”  sheridagi bolakay obrazi vazifasiga oxshash vazifa bajaradi, yani
har  ikki  sherda  ham  bolakay  kelajakning  ramzidir.  Abdulla  Oripov  sheri  avvalida
etiqodsiz   odamlarning   turlanishi   haqiqatan   kulgi   uygotadi.   Ammo   keyin   shoir
jiddiy   mushohadaga   undaydi:   begunoh,   sodda   va   jasur,   qorakoz   ozbek     bolakay
timsolida   kelajak  umidi ramziylashtiriladi. Sherdan  kelajak  ana  shunday  qalbi  va
qiyofasi bir xil insonlarniki bolishi lozim degan falsafiy xulosa kelib chiqadiki, bu
shoir ijodining umumiy xarakterini ham ozida aks ettiradi.
“ Ojar doxtir va chorasiz bemor hangomasi ”  sheri ham shoirning Texasda  —
xorijda   bolgan   vaqtida   yozilgan   (2016).   Oyogi   kesib   tashlangan   bemorga   ojar
doxtir   yurasan   deb   shart   qoyadi,   oyogim   yoq-ku,   hatto   tayogimni   ham   olib
qoyishgan, qanday yuray deb yolvorsa ham: 
55
Асқад Мухтор. Инсонга қуллуқ қиладурмен.  —  Тошкент. 2006.  - Б.  46. 
61 Doxtir uqtirardi:  —   Yurgaysan, tamom,
Mening gapim shuldir, boldi, vassalom.
Noiloj qolgan bemor oylay-oylay bir chora topadi: 
U ikki qolida yura boshladi,
   Dunyoni teskari kora boshladi.
  Ojar doxtirdan-ku asrasin xudo,
  Avvalo, oyoqdan bolmagin judo.
Shoir  bu  bilan  yana  osha   azaliy  mavzu  insonni  illlatlardan  xalos   qilish,   uni
poklash, uning qalbini tozalash kabi buyuk maqsadlarni oz oldiga qoyadi. Dunyoni
teskari korish insonni fojialarga olib kelib mumkinligidan ogohlantiradi. Bu sherda
ojar   doktorning   hajviy   qiyofasini   yaratishga   urgu   berilgan.   Shu   bilan   birga   oz
soziga ega bolmagan inson  —  bemorning harakati hajv ostiga olingan.
              Korinadiki, shoir ijodining keyingi davrlarida ham hajviyotga sodiq qolib,
hajv   quroli   orqali   inson   manaviyatini   boyitishga   xizmat   qiladigan   sherlar   yaratib
qoldirdi.
              Hazil sherlar.   Abdulla  Oripov ijodining salmoqli qismini hajviyot tashkil
etib, shu yonalishda ham satiraning ustunligi kozga yaqqol tashlanadi. Shoir tabiri
bilan aytganda  “ hazil ”  deb etirof etilgan sherlar ham 30 ga yaqinligiga tadqiqotimiz
davomida   guvoh   boldik.   Bu   sherlarni   mavzusiga   kora   tasnif   qilish   mumkin.   Va
ularda qanday obrazlar tasvirlangan degan savol tugilishi tabiiy. Shoir hajviyotida
ijtimoiy   mavzudagi   hajviyalar   yetakchilik   qiladi.   Masalan,   “ Hazil ”   sherida   inson
ellik   yoshga   yetganda   bu   dunyoda   u   nimalarga   erishish   mumkinligi   haqida
mulohazalar yuritiladi:
Ellikda odamlar qirol bolishgan,
   Qirol bolmaganlar qarol bolishgan.
62 Shu baytning oziyoq oquvchilarda kulgini uygotadi: yo qirol bolish yo qarol
bolish. Bir-biriga zid keluvchi holatni solishtirish kulgi   tugdiradi. Sher davomida
uquvsiz kimsalarning aravakash bolishi, ammo zargarlarning bari bu yoshda boyib
ketishi   takidlanadi.   Zero,   “ hunarli   inson   xor   bolmas ”   degan   dono   xalqimiz.   Bu
yoshda hattoki shoirlar ham dovruq qozongan, oshiq ham shu yoshda yorni yonib
sevgan. Ammo:
         Oh, dostim, bizlar-chi, nimani kordik,
Ellikka shunchaki lallayib kirdik.
Sherning   yakunlovchi   baytida   shoir   shunchaki   bu   hayotda   hyech   bir
maqsadsiz yashayotgan kimsalar ustidan kuladi. Sherdagi birgina    “ lallayib ”  degan
soz   ishyoqmas,   tepsa-tebranmas,   hayotdan   mani   izlamaydigan   insonlarni   koz
oldimizga keltiradi va kulgi uygotish vazifasini bajaradi. Shoirning mahorati mana
shunday hazil sherlarda  yaqqol korinadi. 
               Hazil sherlar tahliliga otishdan oldin bir masalani oydinlashtirib olish zarur.
Chunki nomuvofiqlik nazariyasi ham kulgining eng rivojlangan asoslaridan biridir.
Ushbu   nazariyaning   asosiy   goyasi   quyidagicha:   biz   batartib   (rejali)   dunyoda
yashayapmiz,   bunda   biz   malum   model   va   narsalarga,   ularning   xususiyatlari,
hodisalari   va   boshqalarga   organib   qolganmiz.   Ushbu   model   va   kutilgan   natijalar
roy   bermaganda   esa   ozimizni   kulgidan   toxtata   olmaslik   holatiga   duch
kelishimizning   ehtimoli   katta.     Ushbu   nazariyalar   nomuvofiqlikni   anglash   (idrok
etish)   —   hodisaning   hajviy   tabiatini   belgilovchi   eng   muhim   omil   ekanligini
korsatib  beradi:   barcha  kulgili   narsalar   bemani,   ajablanarli,   oziga   xos,   gayrioddiy
yoki   biz   kutgan   narsaga   togri   kelmaydi.   Bu   nazariya,   avvalgisi   kabi,   qadimgi
Yunonistonda   paydo   bolgan.   Aristotel   ozining   “ kulgiga   sabab   boladigan   bazi
nomuvofiqliklar ”  goyasini ilk bora  “ Ritorika ”  asarida korsatib bergan. Aristotel sud
majlisida   qanday   gapirish   kerakligi,   tinglovchilarda   kulgi   uygotish   maqsadida
umidlar   berib,   keyin   ularni   puchga   chiqargan   holda   kutilmagan   natijalar   yaratish
kerakligi     haqida   yozadi.   Soz   oyiniga   asoslangan   hazillarda   ham   xuddi   shu   holat
takrorlanadi.   Aristotel   “ nomuvofiqlik   —   kulgi   manbai ”   goyasini
63 rivojlantirmaganligi   sababli,   bu   haqida   uning   qarashlarini   sharhlovchi   va   keng
ommaga   taqdim   etuvchilar   ham   toxtalib   otmaganlar.   Faqatgina   Siseron
Aristotelning   “ tinglovchilarni   hayratda   qoldirish   yordamida   kuldirish   mumkin ”
goyasini   qollab-quvvatladi.   Umuman   olganda,   Siseron   Aristotel   goyalarini
yoqlagan   va   takrorlagan   holda,   “ kulgining   eng   aniq   shakli,   biz   bir   narsani
kutishimiz,   ammo   boshqasini   eshitishimizda   namoyondir ”   fikrini   ilgari   suradi.
Xuddi   shunday   Abdulla   Oripov   hatto   hazil   sherlarida   ham   satirik   kulgu,   kinoya
bilan tegishli xulosalar chiqarish qobiliyatiga ega ijodkor ekanligi namoyon boladi.
                    Malumki,  satirik  asarlarning goyaviy-badiiy  salmogi  ularning tasir kuchi,
haqqoniyligi   va   hayotiyligi   bilan   olchanadi,   buni   shoirning   yuqorida   tahlilga
tortganimiz  “ Bir ustoz ogiti ”  sheri misolida korish mumkin:
Topgan-tutganingni xalqqa ber qozim,
Oshanda hyech qachon topmaysan tozim.
Lekin bir mantiqni unutma aslo:
Yani, mansubdirman xalqqa men ozim. [ 1.312]
“ Imzo  yigish ”   sherida  xalqning   “ imzo  yigish  kasali ” ga  chalinganligi  tanqid
ostiga olinadi va satira tigi ostiga olinib, mubolaga orqali kulgi kuchaytiriladi:
Elimizda bir naql bor:
Kopning oshi mazali.
Shundanmikin, keng tarqaldi,
Imzo yigish kasali[2.135].
    Jamiyatning   qaysi   bir   jabhasida   bolmasin   “ imzo   yigish ”   kasali   uchraydi:
qorovulni   ishdan   boshatish-u,   ogiroyoq   kelinning   kozi   yorishi,   harbiyda   xizmat
qilayotgan   askar   ogilning   maktub   yozishigacha...   — imzo   toplanadi.   Hattoki,
“ taziyada   imzo   chiqsa   olishga   ham   tayyormiz ”   deb   illatlar   ustidan   kuladi,   tanqid
qiladi. Sherni quyidagi misralar bilan yakunlaydi:
64 Qutulolmay qoldim, dostlar,
Men ham imzo komidan.
Shu sherni ham yozdim asli,
Millionlarning nomidan[2.169].
“ Hayot   ishqi ”   deb   nomlangan   sherda   shoir   solim   bir   choyxonada   shirin
suhbat   qurib,   oz   tengi   bilan   yayrashayotgan   chollar   obrazini   zor   mahorat   bilan
tasvirlaydi.   Chollarning   barisi   egilib-bukilib   qolgan   bolsa-da   gugurt   qutisidan   fol
korib   “ baxtim   bormikin ”   deya   qiziqishadi,   holbuki   bu   chollar   “ oshini   oshab,
yoshini yashab ”  bolishgan:
Yana qanday baxtni kutar, ajabo,
Har biri toqsonga kirgan bu chollar.
Inson necha yoshga bormasin, uning qalbi, kongli bahor faslidek qolaveradi.
Shoir shunchaki chollarning bu korinishini, holatini, xatti-harakatini yengil yumor
orqali ifodalab bergan.
Abdulla   Oripovning   sherlarida     shoirlarga   bagishlangan   turkum   mavzular
yetakchilik   qiladi.   Bu     turkumni   ikki   yonalishda   tasnif   qilish   mumkin:    Ular   ikki
xil:
1. Jiddiy sherlar;
2. Hazil sherlar.
Masalan,   birinchi   yonalishdagi   shoirlar   mavzusida   yozilgan   “ Oq   qogoz ” ,
“ Tanishlar ” ,   “ Shoir ” (1967),   “ Ikki   shoir ” ,   “ Shoir   umri ” ,   “ Shoir   Chorijon
marsiyasi ” ,   “ Shoirning   ogli ” ,   “ Shoirning   yuragi ” ,   “ Shoir   qalbi ” ,   “ Qardosh
shoirga ” ,   “ Oq  tulpor ”   kabi   turkum  sherlarda,   asosan,   shoirlar  hayoti   tasvirlangan.
Ularda   shoirlikning   oziga   xos   qiyinchiliklari,   ularning   qismati,   konglidan
kechayotgan   hislari,   sirini   yagona   dosti   bolmish   oq   qogozgagina   aytishi,   yaxshi
kunda   dostu   yoronlarining,   tanishlarining   kop   bolishi-yu   boshiga   ish   tushganda
65 ularning   birovini   ham   topib   bolmasligi   oziga   xos   mahorat   bilan   aks   ettiriladi.
Shunda   ham   shoir   bundaylarga   parvo   qilmasligi   lozim:   “ Tanishsiz   qolsang   ham
shoir   bolib   yur ”   deya   nasihatlar   beradi.   Bazi   sherlarning   sarlavhasi   bir   xil   (m:
“ Shoir ” )   bolib,   battasi   jiddiy,   bittasi   hazil   sherlar   sirasiga   kiradi.   Shuning   uchun
ular yiliga qarab tasnif qilindi. 
                      Yuqorida   shoirning  etirofi  bilan   “ hazil ” lar   izohi   ostida   juda   kop  sherlar
yaratildi. Ammo, ularning barchasini ham shunchaki yumorga qiyoslab bolmaydi,
tag   zamirida   chuqur   mano,   xalqni   oylantirgan   dard-alamlar   yotadi.   Jumladan,
“ Shoirlar hayoti ”  bunga misol bola oladi:
Shoirlar surati turibdi qator,
Mana bu  —   Lermontov, mana bu  —   Furqat.
Dunyoga sigmagan buyuklar nochor
Bugun ramkalardan boqishar faqat.
Nima ham qilardi bir jonsiz boyoq,
Parchalab tashlardi tirik bolganda[2.111].
Shoir   hayotdan   olgan   taassurotlarini   sherga   soladi,   sher   shaklida
moddiylashtiradi. Yuqoridagi sherida shoirning ramkaga solingan suratlariga boqib
oyga chomadi: dunyoga sigmagan buyuklar haqida,   ularning   “ ramkaga ”   solingan
fikrlari   haqida   oylaydi.   Rus   shoiri   Lermontovning   yosh   va   qisqa   umr   korganligi,
Furqatning   darbadar   hayoti,   Vatanga   sigmaganligi   nafaqat   yurtga,   dunyoga
sigmagan   buyuklar   balki,   ramkaga   solingan   fikrlar   haqida   oylaydi.   Goyoki   inson
vafot   etgandan   song   ezozlanadi,   surati   ramkaga   solib   devorga   ilib   qoyilsa   etibor
qilgandek,   qadrlangandek   tuyuladi.   Tarixga   nazar   tashlasak,   bunday   hodisalarga
koplab   guvoh   bolamiz:   Hamzaning   toshboron   qilinishi,   Mashrabning   osilishi,
Qodiriy va Cholponlarning otilishi...
Shoir achchiq alam, tanqid, kinoya bilan shunday xulosa yasaydi:
Shoirlar hayoti hamisha shundoq,
66 Ramkaga tushadi faqat... olganda [2.111].
  Aslida   haqiqiy   ijodkorlarni   manan   oldirib   bolmaydi,   ularni   jismonan
oldirsalar-da   ular   ozlarining   olmas   asarlari   bilan   abadiyatga   daxldordirlar.   Zero,
haqiqiy   shoirlarni   “ ramka ” da   ushlab   bolmaydi,   faqat   gapira   olmagandagina
ramkada jim turishi mumkin.
Korinadiki,   “ Shoirlar   hayoti ”   sheri   garchand   shoir   tabiri   bilan   “ hazil ”   deb
izoh   berilgan   bolsa-da,   sher   bir   oz   jiddiy,   unda   shoirning   hayotda   va   bu   dunyoni
tark etgandan  keyin  ham jamiyatda tutgan  orniga  etibor qaratiladi. Aslida  haqiqiy
ijodkorni   manan   oldirib   bolmaydi,   ular   garchi   jisman   mahv   etilsa-da,   ular
ozlarining   olmas   asarlari   bilan   abadiyatga   daxldordir.   Aslida   “ ramka ” da   ushlab
bolmaydigan   haqiqiy   shoirlar   olgandagina   (gapira   olmaganida,   ijod   qilmaganida)
“ ramka ” da   jimgina   turadilar,   -   degan   hazil   ostidagi   zil   kitobxonni   mushohada
yuritishga chorlaydi.
Ikkinchi   yonalishga   mansub     “ Turmush   tashvishlari ” ,   “ Shoir   va   ilhom ” ,
“ Shoir ”  (1989, hazil),  “ Ikki shoir ”  kabi sherlarda hajv u yoki bu darajada namoyon
boladi.   “ Turmush   tashvishlari ”   sherida   barchaning,   barcha   kasb   egalarining   oz
tashvishi borligi sanab otiladi:
Xotin ish buyurar,
Bola yiglaydi.
Bogcha deb qaygadir yugurmoq darkor.
Balki shu tashvishlar bolmasa edi,
Shoir bolarmidim ancha ulugvor.
Shoir  agarda  turmushning  mana shunday  mayda  ikir-chikirlari bolmaganda,
insoniyat   qanchadan-qancha   buyuk   ishlarni   uddalashi   mumkinligini   takidlaydi.
Ammo   shu   turmush   tashvishlari   bolmasa   ham   yashashdan   mano-mohiyat
bolmaydi. Buni anglagan shoir sherni quyidagi hazil bilan yakunlaydi:
Shirindir shu hayot
67 Xoli firoqdan,
Mayli bitmasin hyech uning ishlari,
Havolab ketsak goh
Tortsin oyoqdan.
“ Shoir ”   nomli   sherda   shoirlarning   oziga   xos   tabiati,   xarakteri   yumoristik
yonalishda ochib beriladi. Oddiy kishi bilan shoir ortasida yer bilan osmoncha farq
borligi,   agarda   shaharga   elon   osib   bizga   “ esi   butun   odam   kerak ”   deyilsa,   talotop
bolib, butun shahar yopirilib kelishi, yoxud buning aksi soralsa, qanday hodisa roy
berishi sherda zor mahorat bilan ochib beriladi, tazod orqali hajv hosil qilinadi:     
Elon ossang agar shaharda shu kun,
Jununvash, devona kimsaga doir.
Tarqab ketar edi qolganlar, butun,
Faqat qolar edi  “ U men ” ,- deb, shoir...
Albatta,   shoirlik   bu   Alloh   tomonidan   insonga   berilgan   oliy   nematdir.   Ana
shu nematning qadriga yetish, istedodini ostirish, mehnat qilish lozimligini  Abdulla
Oripov   kopchilik     sherlari   orqali   talqin   va   tashviq   qilib   kelgan.   Shoirning   satirik
sherlarida ham inson   manaviyati va axloq muammolari   birinchi oringa qoyilgani
uning   muhim     xususiyatlaridan   biridir.   Buni   boshqa   janrlardagi   sherlarda   ham
yaqqol korish mumkin. 
  Abdulla  Oripov ning qayta qurish yillarida (1987) yozilgan  ” Aytishuv ”  nomli
sheri ham hajviy yonalishdagi oziga xos sherlari sirasiga kiradi. Ushbu sher suhbat-
dialog   usulida   yozilgan   bolib,   unda   “ Ajdodlar ”   va   “ Avlodlar ”   kabi   obrazlar   aks
ettirilgan. Ularning ozaro suhbatidan xarakter-xususiyatlari ochib berilgan:
Ajdodlar:
– Samarqandu Buxoroni bizlar qurganmiz.
Avlodlar:
68 – Bizlar esa siz qurganni borib korganmiz. 56
Sher davomida ajdodlar tomonidan qurilgan, barpo etilgan barcha narsalarni
avlodlarning barbod qilishlari xususida soz boradi:
Ajdodlar:
– Bizdan qoldi shox daryolar, kollar musaffo.
Avlodlar:
– Ularni ham quritgaymiz bir kun, inshollo...
Ajdodlar:
– Biz poroxni xumga tiqdik kashf etgan oni.
Avlodlar:
– Xum ustiga otirgizdik bizlar dunyoni . 57
“ Boshqa   birorta   ortiqcha   soz,   izoh,   sharh,   poetik   talqin   yohud   tahlil   shart
emas,   ularning   bari   dialogning   ozida   jo   bolgan.   Shoir   matnda   aytilmagan
qanchadan-qancha  manoni   topishni,   uning  tagiga  yetib,   idrok  etishni   oquvchining
oziga   qoldiradi.   Sherxon   bu   ishnnig   uddasidan   chiqishga   ishonadi ” 58
.   Achchiq
kinoya,   sarkazm   shoir   sheriyatida   hajviy   yonalish ga   ozgacha ,   biroz   keskin   ruh
bagishlaydi.
                        Shoirning   satirik   mazmundagi   sherlari   mustaqillikdan   keyingi   yillarda
ijtimoiy   hayotdagi   ozgarishlarni,   ozgarishlar   jarayonida   insonlar   xarakterida
shakllangan   illatlarni   korsatib ,   ularni   bartaraf   qilishga   qaratilgan   bolsa,   uning
yumoristik   sherlarida   esa   hayotdagi   birorta   nuqsonli   holatdan   yengil   kulish   bilan
unga   ishora   qilinib,   undan   ozod   bolishga   undaladi.   Bu   unsurlar   shoirning
mustaqillikdan keyingi ijodida ham oziga xos boy korsatadi.
   Yuqorida aytganimizdek, h ajviy sheriyatdagi poetik obrazlar, ikki xil: biri-
satirik,   ikkinchisi   —   yumoristik   xarakterda   boladi.   Abdulla   Oripov   koproq
56
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. G.Gulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyoti.  —  Toshkent. 2001 . 1-jild,
—   B.70 .
57
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. G.Gulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyoti.  —  Toshkent. 2001 . 1-jild,
—  B.70.
58
Н.Каримов ва бошқалар. ХХ аср ўзбек адабиёти тарихи.  —   Тошкент: Ўқитувчи, 1999.  —   Б.475.
69 insonlardagi   salbiy   xislatlarni   hajv   ostiga   olishga   intiladi,   buni     quyidagi   “ Uzr ”
sherida   korsatib   beradi.   Sherda   keksa   bir   qalamkashning   shoirdan   uzr   sorashi,
yomonlik qilganini tan olishi haqida fikr yuritiladi. Gunohini boyniga olganiga ham
rahmat deyish kerak deb oylaydi qahramon. Ammo: 
Sen gugurt chaqqanda yonsayu olam,
Uzringdan ne foyda, ey, soqir, nodon.
Attangki, qaydadir noshud shifokor
Kimningdir dilbandin ayladi nobud.
Unga uzrlarning ne keragi bor,
Qolma-qol ketmoqda kichkintoy tobut.
Siz mening umrimni qildingiz ado,
Turfa puchmoqlardan bolgan hujumlar.
U temir panjalar yurakni borho
     Anorni siqqandek, ezib gijimlar.
Dono   xalqimizda   ” Uzri  gunohidan  battar ”   degan   maqol   bor.   Qilgulikni   qilib
qoyib, bir gunohsizni botqoqqa botirib, dilini toptab, umrini xazon, qalbini vayron
qilib,   songra   uzr   sorash   gunohdan   ham   battar,   olganni   ustiga   chiqib   tepganda
oxshaydi.   Lekin   shoir   shunga   ham   shukur   qilish   kerak,   deydi.   Ana   shu   uzr
soralmasdan oldin, har bir odam oz harakatlarini nazorat qilishi kerak. Masalan, bir
savodsiz   shifokor   birovning   dilbandini   oldirib   qoyib,   songra   uzr   sorasa,   uni
kechirib   boladimi?   Bir   insonni   umrini   barbod   qilib   qoyib,   songra   uzr   sorasa,   uni
kechirib   boladimi?   Bir   umr   turli   puchmoqlardan   qilingan   tuhmatlar,   giybatlar,
hasad-xusumatlar   shoir   yuragini   ” anorni   siqqandek,   ezib   gijimlar ”   ekan,   bularni
xotiradan   butunlay   ochirib   boladimi?   Sher   misralaridagi   zalvorli   hazin   yuk   kishi
qalbini   ezib,   ana   shunday   kimsalarga  nisbatan   nafrat   paydo  qiladi.   Sher     Abdulla
Oripov uslubiga xos tarzda hajviyona yakunlangan:  ” Kun-bakun taraqqiy etmoqda
70 dunyo,   Nogoh   odamkushni   topmoq   ham   qiyin.   Hozirgi   madaniy   jallodlar   hatto,
Avval uzr sorab, soyishar keyin ” .  Ha, bu qadim dunyo qanchalik taraqqiy etmasin,
dilozorlar,   hasadgoylar   qanchalik   liboslarini,   qiyofalarini   ozgartirmasinlar,   baribir
asl basharalarini yashirolmaydilar. Shoir tabiri bilan aytganda,   ” madaniy jallodlar ”
qiyofasida   yashaydilar,     boshqa   qiyofada   oz   faoliyatlarini   davom   ettiraveradilar.
Niqoblangan holda yovuzlik urugini sochaveradilar.  Hajv bu sherda otkir sarkazm,
achchiq kinoya shaklida namoyon bolgan. 
                     Xulosa qilib aytish mumkinki, i jodi davomida kuchli satirik asarlar bilan
bir   qatorda   shoir   oz   tabiri   bilan   aytganda,   30   ga   yaqin   “ hazil ” lar   ham   yaratgan
Abdulla   Oripov   hajviyotida   turli   adabiy   janrlar   (ballada,   rivoyat,   qissa,   tortlik),
voqeaband   hazillar,   hazil   sherlar   koplab   uchraydi.   Shoir   bazan   jiddiy   sherlarida
ham   kulgi   chiqaruvchi   unsurlarga   etibor   qaratib,   satiraning   kuchiga   urgu   beradi.
Barcha   janrlar   va   shaklllar   shoir   hajviy   tafakkurining   turli   darajada,   turli
boyoqlarda namoyon bolishini taminlashga xizmat qilgan. 
3.2.  Abdulla Oripovning hajviyotda sheriy sanatlardan 
foydalanish mahorati
             Kulgi-satiraning, satirik yozuvchining eng kuchli qurolidir. Satirik asarning
qimmatini tushiradigan  narsa ham  uning kulgidan  mahrum  bolishidir.  Har qanday
badiiy   asarning,   jumladan,   hajviy   asarning     sehri,   jozibasi,   maftunkorligi   badiiy
asar tiliga bogliq. Zero, xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov:  “ Har bir tilning qudrati
va  afzaliyatlari   shu  tilni   yaratgan   xalqning   ozi   bilan   birga  yashasagina   rivojlanib,
osib  boradi.   Oz  xalqidan  va  sarzaminidan  uzilib  qolgan  til   tabiiy  kuchini,   boyligi
va   gozalligini   yoqota   boshlaydi.   Demak,   el   borki,   til   bor.   Eldan  uzilmagan   odam
tildan ham ayrilmaydi ” , 59
—  deb takidlaydi. 
                 Haqiqatan ham shu jihatdan  Abdulla   Oripov hajviyotiga qaraydigan bolsak,
shoir   xalq   tiliga,   xalq   dardini   xalqona   usullarda   tasvirlash   mahoratini   egallagan
59
Қодиров П. Тил ва эл.  —  Тошкент. Ғафур Ғулом  номидаги адабиёт ва санъат нашриёти,  2005.   —  Б.7.
71 ijodkordir.   Garchand   shoir   hajviyotida   satirik   kulgi   ustun   tursa-da,   bu   kulgi
zamirida   xalq   hayotini   yaxshilashga,   manaviyatini   boyitishga   intilish   kuchli
ekanligi yaqqol namoyon boladi. 
                      Abdulla   Oripov   har   bir   sozni   did   bilan   tanlaydi;   tafakkur   tarozisida
olchaydi.   Original  va  obrazli     ifoda  usuli   zamirida  badiiy  mantiq  yotadi;   tabiiyki,
bu mantiq londa, har qanday suniy bezakdan xoli, ixcham shaklda yuzaga chiqadi.
Bu shaklning voqe bolishida, avvalo, shoirning didi, tafakkuri va otkir nigohining
uygun mutanosibligini koramiz. Aslida xalq hayotini, turmush tajribalarini kuzatish
natijasida ijtimoiy-ruhiy holatlarga oid xulosalar, mantiqiy umumlashmalar ogzaki
ijodda  paydo  boladi.  Maqol,  matal,  aforizmlar avloddan-avlodga  otib,  xalq  badiiy
tafakkurida   yashab   keladi.   Bunday   hikmatli   iboralarda   oxshatish   badiiy   tasvir
vositalari keng qollanadi. 
Donishmand dediki,
Osonni kutma,
Imkondan ortiq bir imkonni kutma.
Daryodan daryoni talab aylagil
Va lekin hyech qachon ummonni kutma 60
.
                    Shoir   aynan   xalq   naqlini,   azaliy   haqiqatlarni   sher   matnida   qollashi
jarayonida   “ Deydilar ” ,   “ Deydiki ”   tarzidagi   ifodani   kop   ishlatadi.   Shoirning
mashhur  “ Deydilar,  it hurar  —  Otadi karvon ” , misralari bilan boshlanuvchi tortligi
fikrimizni isbot etadi. Shoirning har bir gozal satri shu soz ortida xalq donoligining
javhari turganini takidlab turadi.  Shoir aytmoqchiki, har narsaning oz olchovi bor,
har   narsa   oziga   mos   bolsin,   muruvvatsizdan   saxovat   kutma,   tuban   odamdan
yaxshilik kutma, tuban  —  tuban, yuksak yuksakdir.
           “ Yaxshilik va yomonlik ”  sherining oxirgi bandida shoir  it obraziga murojaat
qiladi.   Aslida,   xalq   orasida   it   bilan   bogliq   juda   kop   naqllar   bor.   Bu   orinda   shoir
kimga   yaxshilik   qilishni   ham   bilgan   maqul   demoqchi.   Chunki   xalq   orasida   “ It
itligini qiladi ” , degan hikmat yuradi. 
60
Абдулла Орипов . Танланган асарлар. Тўрт жилдлик. Биринчи жилд. Шеърлар ва достонлар.-Тошкент:  
Адабиёт ва санъат, 2000.37-бет. Иккинчи жилд. Шеърлар,  достонлар. 2001.  —  Б.496.
72                        Abdulla Oripov sherlarida  “ falsafa ”   yoki   “ hikmat ”   sozlarining qollangani
kozga   tashlanadi.   Sherlaridan   ayrimlari   “ Tulki   falsafasi ” ,   “ Men   anglab   yetgan
falsafa ”   yoki   “ Sharq   hikmati ”   kabi     sarlavhalar   bilan   nomlanadi.   Ayrim
sherlarining   avvalgi   misrasidayoq   shu   “ hikmat ” li   soz   aytayotganiga   diqqatni
qaratadi:  “ Dunyoda ajib bir hikmat mavjuddir ” ,  “ Mana bu hikmatga, dostim, quloq
sol ” ,   “ Qadim bir gapni uqtirar hayot ” . Shoirning oz tabiri bilan aytganda  “ ulug bir
hikmatga amin bolgan ” i diqqatni tortadi:
Goho yer mehrini oylarkan,
Esga tushar dorning siyogi;
Ajab  hikmat , odam olarkan,
Uzilganda... yerdan oyogi  (  1. 57).
Ushbu   tortlikda   ikki   mano   mujassam.   Istaysizmi-yoqmi ,   insonning   oyogi
yerdan   uzilganda   oladi.   Ikkinchidan ,   dorga   osilgan   odamning   ham   oyogi   yerdan
uzilgan boladi. Dor va yer sozlari vositasida shoir  “ ajib hikmat ” ni bayon etmoqda:
Bozorga oxshaydi asli bu dunyo,
Bozorga oxshaydi bunda ham mani.
Ikkisi ichra ham kormadim aslo,
Molim yomon degan biror kimsani  (1 .  231) .
            Til  —  adabiyotning asosiy quroli, hayot hodisalari, dalillar bilan birga uning
asosiy ish materialidir. Voqelikni obyektiv yoritishda,  subyektiv nuqtai nazar bilan
baholashlarni   ifodalashda   asarning   mazmuni   va   uslubi   til   vositasida   royobga
chiqadi. U yoki bu darajada oquvchi ongi   —   shuuriga, hissiyotiga tasir korsatadi.
Mohir soz sanatkori, bugungi ozbek sheriyatining sardori Abdulla Oripovning ona
tiliga   munosabati,   ona   tili   imkoniyatlaridan   foydalanish   mahorati   badiiy
madaniyatimizda  ibrat maktabiga aylanib bormoqda.
                Hajviy asarlarda kulgini yaratish badiiy tasvir vositalaridan keng va unumli
foydalanishni   talab   etadi.   Zero,   hajvga   olingan   obyektning   kuchaytirilgan,
73 borttirilgan   qiyofasi   xilma-xil   sheriy   sanatlarsiz   oz   mohiyatini   ochib   berolmaydi.
Shu bois turli xil sheriy sanatlar, xususan, mubolaga va tashbeh, talmeh va tazod,
husni talil va istiora singari tasviriy vositalarsiz hajviy asar oz kozlagan maqsadiga
aniq-ravshan yeta olmaydi va bu badiiy vositalarning hajviy qahramonning ijtimoiy
qiyofasini kulgi vositasida yorqin va tasirchan qilib tasvirlashda xizmati beqiyos.
Abdulla   Oripov   hajviy   uslubiga   xos   yana   bir   jihat   sherlarida   talmeh
sanatidan   keng   foydalanishidir.   Adabiyotshunoslikda   talmehning   xususiyatlaridan
biri   sherda   tasvirlanayotgan   timsolni   mifologik,   afsonaviy   yoki   tarixiy  obrazlarga
qiyoslashdan   iborat.   Bunda   oquvchi   koz   oldiga   afsonaviy   shaxsning   qiyofasi,
xislatlarigina   emas,   uning   nomi   bilan   bogliq   hikoyat,   rivoyat,   afsonalar   ham
jonlanadi.   Shoir   ozi   gavdalantirayotgan   shaxslarning   illatlarini   borttirib   tasvirlar
ekan   tarixiy   shaxslarning   qiyofalari-yu   xususiyatlarini   yanada   jonliroq   aks
ettirishga omil boladi.
Bazi suhbatdoshning oy-fikri galat,
Yashirib otirmay, ochiq-oydin der:
— Bosh vazir ekanlar Navoiy hazrat,
Nega shunday odam yozib yurgan sher [ 2.165 ] .
  Bazi   nodon,   saviyasi   quyi   darajadagi   insonlarning   fikrlash   doirasi,   oy-
xayollari   yuqoridagi   sherda   ochib   beriladi.   Sherda   ozbek   mumtoz   adabiyotining
dahosi   bolmish  Alisher   Navoiy  hazratlari  haqidagi   fikr-mulohazalar  talmeh  orqali
kulgining tugilishiga imkon beriladi.   “ Tugma nodon ”   sherining keyingi bandlarida
hajvga olingan timsolning xislatlari yanada borttirib, jonlantirib boriladi. Bu esa oz
navbatida kulgidan ham yuqori bolgan qahqahani yuzaga chiqaradi:
Savollar chulgaydi uni galma-gal,
Miyasi toladi mubham tutunga:
Bobur vazir emas, shoh ekan tugal,
Nima kerak bolgan sher yozish unga [2.165]
74 Shoir   tarixiy   shaxslarni   tasvirlar   ekan,   oquvchi   ularni   koz   oldiga   keltiradi,
takidlanayotgan   goyani   aniqroq   tushunib   oladi.   Agarda   ishora   qilinayotgan
afsonaviy yoki tarixiy shaxs oquvchiga nomalum bolsa, shoir kozlagan maqsadiga
yeta   olmaydi.   Bunda   shoir   ushbu   xususiyatlarni   hisobga   olgan   holda   talmeh
yaratsa, maqsadga muvofiq boladi, yoqsa bu sanat turi oz qimmatini yoqotadi.
Qadim donishmandlar demishlar bundoq:
— Uch odamning biri Xizr erur, boq.
Men-ku ishonaman, Xizrdir biri,
Qolgan ikkovi kim? Bunisi jumboq.
                    Sherda  murojaat   qilingan  Xizr  obrazi   unga  alohida  mazmun  bagishlaydi.
Yaxshilik   va   yomonlikni   bir-biridan   farqlashda,   yaxshilikni   borttirib   korsatishda
Xizr obrazining orni beqiyosdir.  “ Polvon ”  sherida:
Merosiy polvonsan, Alpomish otang,
Kozingda chaqnaydi oftob shulasi.
Raqibingni siltab osmonga otsang,
Oyni korib qaytar bira-tolasi.
Shoir   polvonning   kuchini   qiyoslashda   Alpomish   obrazidan   foydalanadi.
Zero,   bu   obraz   keng   kitobxon   ommasiga   tanish   va   qiyoslash   usuli   shoir
chizayotgan timsolning yorqin, aniq, hayotiy bolishini taminlaydi. Siltab osmonga
otilgan raqibning oyni korib qaytishini koz oldiga keltirishi mubolaga bolib, kulgini
qozgatmasligi mumkin emas.  
         Abdulla Oripov hajviyoti afsonaviy va tarixiy shaxslarning nomlari bilan boy.
Uning   sherlari   bilan   tanishar   ekansiz,   yuqorida   takidlangan   nomlar   bilan   bir
qatorda   yana   Afandi,     Aflotun,   Munkar   va   Nakir,   Iskandar,   Luqmoni   hakim,
Gulxaniy,   Darvin,   Tolstoy,   Pushkin   singari   timsollarni   koramizki,   ularning
75 barchasi   hajviy   qahramonlar   qiyofasini   gavdalantirish   va   kulgi   yaratishda   muhim
vosita bolib xizmat qiladi.
         Abdulla Oripovning hajviy asarlaridagi kulgi yaratish vositalaridan yana biri
tashxis sanatidir. Jonivorlar yoki jonsiz narsalarga insoniy xislatlarning kochirilishi
tufayli  tashxis  qollangan baytlar  alohida  jozibaga ega boladi.  Hajviyotda bu  sanat
turi   timsol   illatlarini   yanada   borttirib   korsatish   va   bu   orqali   kulgi   uygotish
vazifasini   otaydi.   Shoir   tashxisdan   “ Tulki   falsafasi ” ,   “ Maymuniyat ” ,
“ Chumolixor ” ,   “ Xeshu   aqrabo ” ,   “ Fil   va   chumoli ”   singari   sherlarda   unumli   va
samarali   foydalana   oldi.   Bu   sanat   turi  orqali   shoir   jamiyatdagi   illatlarni   togridan-
togri   emas,   balki   ularni   niqoblab,   majoziy   tasvirda   beradi,   yuqorida   tahlilga
tortganimiz  “ Maymuniyat ”  sheri fikrimizga misol bola oladi. 
                Abdulla   Oripov   hajviyotini   tadqiq   qilish   jarayonida   irsoli   masal,   tazod,
tanosib, iyhom singari sheriy sanatlar qatnashgan sherlarni uchratish mumkin va bu
sanat turlarini tahlil etish ham alohida tadqiqni talab etadi. Shoir hajviyotiga diqqat
qilsak,   badiiy   sanatlar   hajviy   timsol   illatlari   oquvchini   zeriktirmasdan,   uni
qiziqtirgan holda fosh etishga xizmat qiladi.
  Konflikt   asarning   hayotiyligini,   realligini,   uning   goyaviy-badiiy   jihatdan
yuksakligi   va   tasirchanligini   taminlovchi   asosiy   kategoriyadir.   Darhaqiqat,   badiiy
asarning   asosini,   qimmatini,   salmogini   belgilashda   konfliktning   orni   beqiyosdir.
Satirik   asarlarning   konfliktini   belgilashda   har   bir   ijodkor   oz   tajribasi   va
mahoratidan kelib chiqib, qalamga olgan mavzusini qaysi yonalishda ochishi uning
mahoratidan darak beradi. Konflikt, avvalo, estetikaning gozallik kategoriyasi bilan
bogliqdir.   Hayotda   gozal   va   xunuk,   yaxshi   va   yomon   narsalar   orasida   doimo
qarama-qarshiliklar   mavjud.   Shu   bois   xunuk   va   yomon   narsalarning   fosh   etilishi
gozallik va yaxshilikning uluglanishiga sabab boladi. Hajviy asarlar ana shu xunuk
voqealarning fosh etilishi asosiga quriladi. Besonaqay, xunuk kishilarning ozlarini
gozal qilib korsatishga urinishi kulgili holatlarni yuzaga keltiradi.
Hajviy  asarlarda  konflikt  salbiy  va  ijobiy  kuchlar  qarama-qarshiligi   asosiga
quriladi.   Hajviyotda   ijobiy   kuchlar   xarakter   darajasiga   kotarilmay   qolishi   ham
76 mumkin,  ammo  murakkab  hajviy  qahramonlar  hajviy  tip  darajasigacha   kotariladi.
“ Agar   kulish   lozim   bolsa,     deb   yozgan   edi   satirik   N.V.Gogol,   -   haqiqatan   ham
umumxalq   kulgisiga   loyiq   bolganlar   ustidan   kuchli   ravishda   kulish   yaxshidir 61
” .
Bunday   hajviy   asarlarda   yaxshilik-yomonlikka,   gozallik-xunuklikka,   oliyjanoblik-
pastkashlikka,   ilm-savodsizlikka,   qahramonlik-qorqoqlikka   qarshi   qoyiladi   va
konflikt   yuzaga   chiqariladi.   Abdulla   Oripov   hajviyotida   ham   konfliktning   turli
korinishlarini korish mumkin. U ozining yuqorida ham tilga olganimiz  “ Ilgor ishchi
va   chaqqon   muxbir   qissasi ”     hajviy   sherida   zamon,   jamiyat   va   shaxs   ortasidagi
konfliktni   korsatib   beradi.   Oddiy   ishchi   erta   tongda   turib   qurilishga,   ish   joyiga
boradi:   gisht   teradi,   tosh   yonadi,   shagal   qoradi.   Ammo   qoli   ishda-yu   boshida
boshqa   xayol   kezadi:   bogchadagi   qiziga   lenta   kerak,   kenjatoyiga   telpak,   yana
biriga  papka   kerak.   Bu   muammolarni   oylab,   ulardan   qutulishni   kozlab   ishchi   shu
kuni  “ norma ” sini ikki hissa bajardi:
Kun yarmidan ogmay turib
Muxbir kelib qoladi,
Ilgor,-deya uni, darrov
Suratini oladi.
Ertasiga gazetada
Xabar chiqar bir quloch:
“ U Yangi yil sharafiga
Mehnat qildi... ”  Na iloj![2.87]
            Gazetani oqigan ishchi kulib qoya qoladi, ilgorligining sababini yangi yilga
yoyadi.   Oddiy   ishchi   xalqining   qiyinchiliklari,   dardi,   oy-kechinmalari   va   osha
davrning   unga   nisbatan   beparvoligi,   hamma   ozining   gamida   ekanligi,   birov  bilan
birovning   ishi   yoqligi   yumoristik   kulgi   vositasida   ochib   beriladi.   “ Men   nima
61
  Зелезинская Л.А. Юмор как предмет социально-философского анализа. Диссертация на соискание учени 
степени  кандидата философских наук. Благовещенск-2014.   -  С .  94
77 deyman,   qobizim  nima  deydi ”   qabilida   ishchi   nima  qayguda-yu  muxbir  nimaning
tashvishida.   Kunlar   shu   zayda   otib,   vaqti   yetib   ishchining   xotini   ogil   farzand
koradi.   “ Ogil   kordik ”   deb   ishchining   ogzi   qulogida.   Shoir   chaqaloqni   baqaloqqa
oxshatishi ham kulgi qozgaydi, ammo uni boqish kerak:
Ishchi shu kun uch baravar
Bajaradi normasin.
Ertasiga gazetada
Xabar chiqar bir quloch:
“ Baliqchilar kuniga u
            Mehnat qildi... ”  Na iloj![2.87] 
Yana   gazetani   oqigan   ishchi   kulibgina   qoyadi,   ilgorligining   sababini
baliqchiga   yoyadi.   Kunlar   shu   zaylda   otadi,   onasining   vafoti   ham   uni   mablag
topishga   undaydi.   Oldindan   mablagi   yoqligi   sababli   ishchi   yana   oylovga   tushadi:
marhumani komish kerak, qabrga tosh kerak, marakalarni otkazish... bularni oylab
ishchi shu kuni  “ norma ” sini tort baravar bajardi:
Kun yarmidan ogmay turib,
Muxbir kelib qoladi.
Peshqadamni qaqqaytirib
Suratini oladi.
Ertasiga gazetada
Xabar chiqdi bir quloch:
“ May bayrami sharafiga
Mehnat qildi... ”  Na iloj![2.88]
78   Xabarni   oqigan   ishchining   jahli   chiqdi,   uyda   taziya   bolsa-yu,   bunda
ishchining   masxaraomuz   surati   gazetada   chiqib   tursa.   Shoir   bunda   aza   bilan
bayramni   bir-biriga   zid   tarzda   qollaydi.   Ishchining   qaqqayib   turgan   surati
oquvchida kulgini qozgaydi. Muxbirni ham bir boplay deb tahririyatga yol oladi:
Keyin bilsa muxbir ham
Bor ekan oz nolasi,
Chiqim uchun yozgan ekan,-
Tuqqan ekan xolasi[2.88].
Ishchining   oz   moddiy   ehtiyojlarini   qondirish,   yetishmovchiligini   toldirish
uchun qilgan mehnatining   “ Yangi yil sharafiga... ” ,   “ Baliqchilar kuni sharafiga... ” ,
“ May bayrami sharafiga... ”   deya muxbir ham oz dardida, ehtiyojidan kelib chiqib
maqola  yozadi.   Bu  esa   oquvchiga   “ Qassobga   moy  qaygusi,   echkiga   jon  qaygusi ”
naqlini   eslatadi.   Bunda  shoir   konfliktni  kulminasion  nuqtaga  olib  chiqsa-da,   oxir-
oqibat   sodda   va   mehnatkash   qahramonni   yumoristik   kulgi   bilan   shunchaki
yengilgina hajv qilib otadi. Blez Paskal   “ hyech narsa kutilayotgan va tosatdan yuz
bergan   ozgacha   natija   orasidagi   nomuvofiqlik   kabi   kulgili   bolmaydi ” 62
  degan
goyani   ilgari   surganki,   mazkur   sherdagi   nomuvofiqlik   kulgini   keltirib
chiqarmoqda.
Hayotiy   tiplarni   yaratish   va   ularning   mohiyatini   ishonarli   tarzda   ochib   berishda
konfliktning orni katta. Bunda shoir hajviy tip va xarakterdagi nuqson, illatlarni aks
ettirish orqali konfliktni yuzaga chiqaradi.
Yozguvchilik esa, oh, bu garoyib,
Mening talantimga shu soha nuqta.
Pastu balandlarga turfa, ajoyib
Maktublar bitganman goyaviy puxta [2.107].
62
Кўчирма  Зелезинская нинг  “  Юмор как предмет социально-философского анализа ”  дис.дан олинди .С. 58 .
79 Shoirning   hajviy   qahramoniga   xos   qusur   faqat   malum   bir   shaxsning
ozigagina   taalluqli   illat   emas,   balki   jiddiy,   taraqqiyotga,   jamiyat   azolarining
manfaatlariga   toganoq   bolishga   qodir   ijtimoiy   muammodir.   Bunday   illatni   tag-
tomiri   bilan   qoporib   tashlash   lozimligini   shoir   kulgi   vositasida   mahorat   bilan
yuzaga chiqaradi. Uning kulgisi bazan achchiq zaharxanda, bazan esa satiraga otib
ketadi.          
                  Said   Ahmad   “ Avvalo,   hajvchi   xalq   tilini,   shu   tilning   butun   ranglari-yu
ohanglarini   boshqalardan   kora   nozik   his   qiladigan   va   uni   juda   chiroyli   qilib
odamlar chehrasiga tabassum purkaydigan qilib aytib bera oladigan mahorat egasi
bolmogi   kerak.   U   tinglovchini   ogir   ruhiy   holatdagi   muvozanatini   buzib,   yengil
quvnoq kayfiyat holatiga olib kiradigan bolishi kerak. Kulish oson, kuldirish qiyin.
Kulgisiz   hayot   goyatda   zerikarli   bolishini,   kulgni   kundalik   hayotimizda   juda
muhim rol oynashini hammamiz bilamiz-ku ” 63
-, deb yozganida qanchalar haq edi.
Shu nuqtai nazardan qaraydigan bolsak,   Abdulla   Oripov ijodida hajviy asarlarning
tili   oddiy,   xalqona,   shu   bilan   birga   satira   va   yumor   bilan   sugorilganligi   kozga
yaqqol   tashlanadi.   Ravon   uslub,   kinoya,   piching,   orinli   zaharxanda   kulgidan
foydalanib   yaratilgan   hajviy   sherlar   oquvchini   goh   kuldirib,   goh   yiglatib,   gohida
gazabnok   qilib   mulohazaga   chorlaydi.   Kamchiligu   nuqsonlarnini   ozida
mujassamlashtirgan   kimsalar   hajv   qamchisi   bilan   savalanar   yoki   hajviy   obraz
kamchiliklari   beozor   kulgiga   olinar   ekan,   bunda   oz   oldiga   qoygan   maqsadga
erishish uchun turli vositalardan foydalanadi. 
              Hajviy   timsolning   oz-ozini   fosh   etish   usuli   bunda   shoir   uchun   qol   keladi.
Qahramonning xatti-harakati orqali kulgili vaziyat hosil qilish:  shoir hajviyalarida
xarakterning individual xususiyatlarini kichik kulgili epizodlarda ochishga harakat
qiladi   va  buni   kulgili   vaziyatlar   orqali  korsatadi.   “ Guruhboz ”   sherida  jamiyatdagi
ayrim kishilarning salbiy xatti-harakatlari, ayanchli ahvoli kulgi ostiga olinadi:
Bitta ozi pashshani ham yiqolmaydi,
U joyga ham bitta ozi chiqolmaydi.
63
Саид Аҳмад. Сайланма. Уч жилдлик. Учинчи жилд.  —  Тошкент .1982.   —  Б.558.
80 Qayga borsa atrofiga sherik toplar,
Yoqolsa ham bitta ozi yoqolmaydi...[2.111].
      Bu   orinda   litota-kichraytirish   usulidan   (Bitta   ozi   pashshani   ham
yiqolmaydi)  foydalanib, muallif nutqidagi tavsif kulgili vaziyat hosil qilmoqda.
Yoki:
Hozir gadolar ham goyat mukammal,
Ishni diplomatik yoldan boshlaydi.
Egasidan u-bu sorashdan avval
Itiga, albatta, suyak tashlaydi [2.144].
Otgan   asr   adabiyotimiz   tarixini   ochmas   iz   qoldirgan   yozuvchi-yu
shoirlarimiz,   sara   nasriy   va   nazmiy   asarlarimiz   bilan   boyitdilar.   Tarixga   nazar
tashlasak,   Qodiriy,   Cholpon,   Hamza,   Furqat   singari   onlab   ijodkorlarimizning
qatagon   qurbonlari   bolganliklarining   guvohi   bolamiz.   Otgan   asrning   50-yillariga
kelib,   esa   bu   shaklning   korinishi   ozgardi   xolos.   Endi   otish,   osish   shart   emas,
majlislarda, yiginlarda tuhmat-u bohtonlar bilan   “ oldirish ”   avj oldi. Bu holat shoir
etiboridan chetda qolmadi:
Parvo qilmang, bolmaganni boldiramiz,
Paymonasi tolmaganni toldiramiz.
Bir zamonlar otar edik, osar edik,
Endi esa majlis qilib oldiramiz  [2.146].
      Korinadiki,   Abdulla   Oripov   satirik   va   yumoristik   obrazlar   yaratishda
ananaviy  usulda   poetik  xarakteristikalar   berib,  personajlarning  oz-ozini   fosh   etish
usuli,   konflikt   va   turli   tasviriy   usullar   orqali   ochishga   etibor   beradi.   Obrazning
xarakterini,   psixologiyasini   bevosita   uning   oylari,   sozlari,   xatti-harakatlari   bilan
yorqin ochib beradi.
81                       Satira,   yumor,   komika   va   kulgi   bizni   har   tomondan   orab   oladi:
munosabatlarning qaysi sohasiga murojaat qilishimizdan qati nazar, hamma joyda
u   yoki   bu   qiyofada   namoyon   bolishini   uchratamiz.   Oila   azolari,   hamkasblari,
mamurlar   bilan   bolgan   munosabatmi   yoki   jamoat   transportida   tasodifiy
uchrashuvlar boladimi, biz qandaydir hajvning korinishlarini  uchratamiz. Achchiq
kinoya, sarkazm shoir  sheriyatida hajviy yonalish ga   keskin ruh bagishlaydi.
Ha jviy   sheriyat   tarixidan   malumki,   u   faqat   ikki   —   satirik   va   yumoristik
korinishlardagi   muayyan   janrdagi   asarlardangina   iborat   emas.     Hajv   istalgan
janrdagi ixtiyoriy sher tarkibida ham uchrashi mumkin. Shu manoda shoirn i ng juda
kop   falsafiy   sherlari,   hatto,   «Jannatga   yol»   va   «Sohibiron»   kabi   yirik   dramatik
dostonlarida ham kulgili lavhalarga orin ajratilganiga guvoh bolish mumkin.
  “ Jannatga   yol ”   dostonida asar qahramonining yozguvchi, igvogar bir kimsa
bilan   Arosatda   uchrashib   qoladi   va   u   bilan   suhbat   jarayonida   oquvchi   Abdulla
Oripovning  ijodiga  xos   bolgan  oz-ozini   fosh  etish   usuli   orqali   galamis   kimsaning
portretini chizib berganiga guvoh boladi: 
      Tarozibon ustidan ham xat yozdim kokka,
                Olatasir, tekshir-tekshir u yerda hozir.
                Bir bor olsa Azroilning qolida odam,
                Kaminaning dastlarida ikki oladi 64
.
“ Sohibqiron ”   dramasida Amir Temur obrazi jiddiy, qatiyatli, mohir sarkarda
va   davlat   arbobi   sifatida   tasvirlasada   asarning   bazi   orinlarida   hajvga   ham   orin
beriladi.   Temurning   savdoyi   olimga   nisbatan   hazil   aralash   murojaat   qilishi
fikrimizni dalillaydi:
                 Olim odam vosvos bolsa  —  bu yomon illat!
                  Inshoolloh, tuzalgaysiz.
64
  Абдулла   Орипов.   Танланган   асарлар.     —   Тошкент:   Ғ.Ғулом   номидаги   Адабиёт   ва   санъат
нашриёти,  2010.   —  Б .364.
82                   Umid qilurmiz,
                  Dard qozimas rost tarixni yozayotganda 65
.
            Bu shundan dalolat beradiki, shoir ijodiy tafakkurida quvnoqlik va hajv ruhi
chuqur falsafiy mushohadaga moyillik kabi mustahkam oringa ega. Shuning uchun
ham shoirning oltmish yillik ijodiy faoliyatida hyech bir davr hajvdan xoli emas va
u domiy suratda rivojlanib borgan.
Abdulla   Oripov  fenomeniga   bagishlangan  tadqiqot   ishlarida  uning  shaxsiga
ham,   sheriyatiga   ham   Vatan   va   xalq   taqdiri,   ularning   porloq   kelajagi   uchun   olib
borgan   faoliyatiga,   ijodining   goyaviy-badiiy   xususiyatlariga   koproq  urgu  beriladi.
Bunga   hyech   qanday   shubha   yoq.   Lekin   tadqiqotimiz   shoir   shaxsiyatida   ham,
uning faoliyatida ham quvnoqlik va hajv muhim ahamiyat kasb etganini korsatdi.
                    Inson   hayotidagi   yumor-mutoyibaning   orni   haqida   mushohada   qilganda,
haqiqatdan   ham   u   bizning   kundalik   hayotimizning,   tabiatimizning   ajralmas   bir
qismi bolib, kulgi, hajv odamlarning kundalik hayotining bir bolagiga va kundalik
unsuriga   aylandi.   Kundalik   hayot   —   bu   ijtimoiy-madaniy   hayot,   jamiyat
funksiyalarini   korsatuvchi   “ tabiiy ” ,   ozini   namoyon   qiladigan     insoniy
organizmning   hayot   uchun   zarur   xizmatlari   majmuidir.   Kundalik   hayot   dunyosi
ozaro   bogliqdir,   chunki   biz   boshqa   odamlar   orasida   yashaymiz,   biz   gamxorlik,
mehnat,   ozaro   tushunish   birligi   bilan   boglanganmiz.   Bunda   kulgining   orni
nihoyatda   ulkan   ekanligini   hajvchi   ijodkorlar,   jumladan,   Abdulla   Oripov   ijodi
yaqqol   korsatib   turibdi.   “ Samimiyat,   haqqoniylik,   tabiiylik   hamda   mahorat   har
qanday mavzudagi asarni ham nurlantirib, unga  qanot bagishlaydi ” 66
, -deb yozgan
edi   shoirning   ozi.   Shundan   kelib   chiqadigan   bolsak,   Abdulla   Oripov   asarlarini,
ayniqsa,   sheriyatini   nurlantirib,   unga   qanot   bagishlaydigan   unsurlardan   biri
hajviyot ekanligiga yana bir karra amin bolamiz. 
XULOSA.
65
  Абдулла   Орипов.   Танланган   асарлар.     —   Тошкент:   Ғ.Ғулом   номидаги   Адабиёт   ва   санъат
нашриёти,  2010.   —   Б.380.
66
Орипов А. Эҳтиёж фарзанди.  —  Тошкент. 1988.  —  Б.154.
83 Hajvning kop ming yillik tarixida uning turli xil korinishlari, janrlari vujudga
keldi:   latifa,   hazil,   mutoyiba,   askiya,   qiziqchilik,   masxarabozlik,   xarakterlar
komediyasi,   maishiy-axloqiy   komediya,   komediya-buffonada,   lirikkomediya,
satira,   yumor,   fars   va   hokazo.   Uning   yozma   shakli   tarixi   Aristotel,   Yuvenal   va
Aristofan nomlari bilan boshlanib, turli xalqlarda ularning oz milliy xarakterlariga
mos   yozuvchi   koplab   namoyandalari   yetishib   chiqdi.   Unga   bolgan   etibor   davrlar
otgan sayin ortib bordi. Buning sababi sifatida kulgining hayotiy va ijodiy ehtiyoj
ekanini   korsatish   mumkin.   Hajvshunoslarning   kulgiga   moyilligi   bolmagan   hyech
bir  inson  topilmasligi   togrisidagi   xulosalari   butun  jamiyat   va  uning  taraqiyotidagi
barcha bosqichlarga ham taalluqlidir. Ozbek adabiyoti tarixi ham buni tasdiqlaydi.
Hajv   falsafiy   jihatdan,   kopincha,   fojia,   ulugvorlik,   jiddiylik,   mukammallik,
tasirlilik kabi holatlarga qarshi qoyilsa-da, kulgining tragikomik va yuksak,  jiddiy
va tasirli  turlari juda  keng  tarqalgan.  Hajv mohiyatini faylasuflar  jaholat,  oz-ozini
kemirgan   jaholat,   ahamiyatsizlikdan   muhim   bir   narsani   hal   qilish   kabilar   bilan
izohlasalar-da,   kopincha,   u   sabab   va   oqibat,   maqsad   va   vositalar,   tushuncha   va
obyekt   kabilar   oralaridagi   nomutanosiblik,   nomuvofiqlik,   shuningdek,   kutilmagan
holatlar   bilan   vujudga   kelishi   etirof   qilinadi.   Hajvning   yagona   predmeti   insondir.
Hajviyot   aloqa   shakli   va   dunyoqarash   fenomeni   sifatida,   globallashuvning
zamonaviy tamoyillari, yuksak jamiyat shakllanishi hamda tolerantlik, birdamlik va
ijodkorlikning   ustuvor   yonalishlarini   tasdiqlaydigan   davrda   tobora   koproq
ahamiyat   kasb   etadi.   Abdulla   Oripov   hajviyotining   falsafiy   mazmuni   va   qatiy
xulosalar keltirib chiqarishi uning mazkur tezislarga muvofiqligi bilan belgilanishi
mumkin.
Hayotda hajv inson hayotining deyarli barcha sohalariga kirib boradigan va
turli   xil   ijtimoiy   munosabatlar   subyektlari   (kundalik   hayotning   muhim
xususiyatlaridan   biri)   ortasidagi   ozaro   tasirning   noyob   vositasi   hisoblanadi.
Hajviyot toliq negiziga  kora zamonaviy jamiyatda kundalik hayotning uzviy qismi
bola  oladi.   Shuning  uchun  hayot   haqiqatini   tasvirlashda   adabiyotda   hajvning  orni
katta ekaniga Abdulla Oripov ijodi misol bola oladi.
84 O zbek   sheriyatida   hajviy   yonalishning   sara   namunalarini   yaratgan   Abdulla
Oripov   ijodida,   uning     hajviy   asarlarida   xalq   ogzaki   ijodi   va   mumtoz   adabiyotda
mavjud   asarlar   voqealaridan,   hodisalardan,   personajlar   xarakteridan,   ruhiyatidan,
ularning nutqidan keltirilishi ananaviy tamoyil hisoblanadi.
M ustaqillikgacha   bolgan   va   mustaqillik   davri   hajviy   sheriyatida   obrazlilik,
hajviy   xarakter   va   tiplar   yaratish   mahorati   oziga   xos   tarzda   shakllangan.   Birgina
Abdulla   Oripov   sheriyatida   obrazlilikning   umuman,   hajviyotning   satirik   va
yumoristik   shakldagi   korinishlari   kuzatiladi.   Hajviyot   bugungi   adabiy   jarayonda
kechayotgan   yutuq   va   kamchiliklar,   inson   kamoloti   va   jamiyat   takomili   bilan
bogliq   muammolarga   muttasil   yondashuv   asosida   rivojlanmoqda.   Mavjud
muammolarni hal qilishda hajviy lirikaning  o rni muhimligini  Abdulla Oripov ijodi
misolida   korish   mumkin.   Bu   sheriyatda   hajviy   yonalish   davri   ijtimoiy
muammolariga diqqatni jalb etib, illatlarni fosh va bartaraf etishga xizmat qildi.
Shoir   sherlarida   koplab   poetik   obrazlar   qollanilgan   bolib,   ular   hayotdagi
realistik   va   bazan   ramziy   timsollilikning   namunalari   hisoblanishi   mumkin.   Shoir
hajviy   sheriyatidagi   satirik   va   yumoristik   obrazlar   ozining   xilma-xilligi   va
ifodadagi   originalligi   bilan   ajralib   turadi.   Ijodkor   satirik   obrazlar   yaratishda
ananaviy   usulda   hajviy   tavsiflar   berish,   personajlarning   oz-ozini   fosh   etish   va
boshqa   turli   tasviriy   usullar   orqali   ochishga   etibor   beradi.   Obrazning   xarakterini,
ruhiyatini   bevosita   uning   oylari,   sozlari,   xatti-harakatlari   orqali   yorqin   ochib
beradi.   Shoir   hajviyoti   xalqning   kurashi,   hayoti,   orzu-istaklari,   hayotiy   talablarini
keng   kolamda   mahorat   bilan   yoritdi.   U   yaratgan   satirik   obrazlar   ozining
haqqoniyligi  va hayotiyligi bilan mukammal fenomenologik ahamiyat kasb etadi.
Abdulla   Oripov   hajviyotining   mavzu   doirasi   juda   keng.   Shoir   hajviyotida
tamagirlik   va   poraxorlik   ( “ Tarbiya ” ,   “ Bir   ustoz   ogiti ” ,   “ Osmondagi   zilzila ” ,
“ Nafs ” ,   “ Mayna ” ),     nodonlik   ( “ Nodonlar   haqida   ballada ” ,   “ Tugma   nodon ” ,
“ Qadr ” ,   “ Taajjub ” ,   “ Shikoyat ” ,   “ Imzo   yigish ” ,   “ Adi-badi   haqida   rivoyat ” ),
tovlamachilik   ( “ Tovlamachi   kimsalarga ” ,   “ Oyisining   jamgarmasi ” ),   hasad
( “ Uchinchi   odam ” ,   “ Ikki   shoir ” ),   lottibozlik   ( “ Lottiboz ” ),     ikkiyuzlamachilik
( “ Koshki ” ,   “ Firibgar   qissasi ” ,   “ Maqtanchoqlar ” ),   igvogarlik   ( “ Jumboq ” ,   “ Davo ” ,
85 “ Mish-mish ” ,   “ Sharq   hikoyasi ” ,   “ Yozamiz ” ),   yolgonchilik   ( “ Yolgonchi ” ),
befarqlik  ( “ Aytishuv ” ,   “ Turgunboy ” ,   “ Gap bitta ” ,   “ Sabablari  qidirilmoqda ” )   kabi
mavzular   yetakchilik   qiladi.   Ushbu   sherlarda   fosh   etuvchi,   kinoyali   satirik   kulgi
ustunlik qilishi yaqqol korinadi.
Abdulla   Oripov   hajvnavislikda   oz   uslubini   yarata   oldi.   Shoir   badiiy
uslubining oziga xosliklari quyidagilardan iborat:
satirik kulgining kuchliligi;
hajviy xarakterlarning takrorlanmas oziga xoslikda yaratilishi;
kinoya va sarkazmning kuchliligi;
oddiy va xalqona til imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish;
hayotdagi   nuqsonlarga   murosasizlik   va   kulgini   asar   mazmunidan,   salbiy
xarakterlardan,   voqealar   oqimidan,   vaziyatlardan,   qarama-qarshiliklardan   keltirib
chiqarish;
kulgining   hayot   dialektikasiga   zid   kelmasligi   va   unga   mos   holda   yaxshini
yomondan, haqiqatni tuhmatdan, rostni yolgondan ajratib korsata olish.
Hajviyot, kulgi vositasida murim ijtimoiy-axloqiy masalalarni ortaga qoyish,
hayot   haqiqatini   ayta   olish,   davrning   hajviy   tiplarini   yaratish   mumkinligini   jahon
adabiyotidagi   barcha   mashhur   hajvchi   ijodkorlar   kabi   Abdulla   Oripov   ijodi   ham
tasdiqlaydi.
Shoir   satirasida   qoyilgan   va   hal   qilingan   muammolar   faqat   adabiy
ahamiyatga   ega   bolibgina   qolmasdan,   ommaviy   va   ijtimoiy   ahamiyatga   ham
egadir.   Xasislik,   munofiqlik,   axloqan   tubanlik,   johillik,   iymonsizlik,   etiqodsizlik,
qoloqlik  kabi  illatlarga  qarshi   adolat,   sof   vijdon,   haqiqat,   insonni   uluglash,   milliy
qadriyat   kabi   masalalarni   qarshi   qoyish   uning   goyaviy   yonalishi,   satirik   tigini
otkirlashtiradi. Bu esa, hajvning kolamini yanada kengaytiradi.  
86 87 FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR ROYXATI
I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:
1. Mirziyoyev   Sh.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan   birga
quramiz.  —  Toshkent: Ozbekiston, 2017.  —   485 b.
2. Mirziyoyev   Sh.M.   Adabiyot   va   sanat,   madaniyatni   rivojlantirish   —   xalqimiz
manaviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir / Xalq sozi. 2017. 4
avg.
3. Ozbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning     Alisher   Navoiy
nomidagi   Ozbekiston   Milliy   bogida   barpo   etilgan   Adiblar   xiyobonining
ochilishida  sozlagan nutqi . /  Xalq sozi, 2020 ,  21 may,  № 106 ( 7608 ) .
II. Ilmiy-nazariy adabiyotlar:
4. Abdusamatov   H.   Ozbek   sovet   satirasining   bazi   masalalari.   OzSSR   Fanlar
akademiyasi nashriyoti.  Toshkent. 1960. 196 b.
5. Abdusamatov H. Abdulla Qahhor. Adabiy-tanqidiy ocherk. Ozadabiynashr, 1961.  -
B. 136.
6. Abdusamatov  H.  Tanqidmi,  tosh  otish? Toshkent  Ozbekiston  Respublikasi   Fanlar
akademiyasi Fan nashriyoti. 1992.  - B.   92.
7. Abdugafurov  A.Navoiy satirasi. 2 tomlik. 1-tom. Toshkent. 1966.  - B.   260.
8. Abdugafurov  A.Navoiy satirasi. 2 tomlik. 2-tom. Toshkent. 1972.  - B.   265.
9. Axmedova Sh. Yumor jilolari. Toshkent. Fan. 1998.  - B.   50.
10. Afoqova N,. Ganiyev I. Ozod ruh falsafasi. T., Fan, 2007.  - B. 260.
11. Ashurova G.Soz va timsol uygunligi.  —  T., Manaviyat, 2007.  - B. 280.
12. Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik. 2-jild. Fan nashriyoti. T., 1979.  - B.   315.
13.   Arastu.   Axloqi   kabir.   Ozbekiston   milliy   ensiklopediyasi   Davlat   ilmiy
nashriyoti. Toshkent. 2018.   - B.   350.
14. Baxtin M.M. Vopros ы  literatur ы  i estetiki: Isledovaniya razn ы x let.  —  Moskva:
Xudojestvennaya literatura, 1975.  —  502 s.
15. Belinskiy V.G. Adabiy orzular. Toshkent. 1987.  - B.   220.
88 16. Boltaboyev   H.   Sharq   mumtoz   poetikasi   manbalari.   Birinchi   kitob.   —   Toshkent:
Ozbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008.   - B.   426.
17. Bahodir Karim. Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil va talqin. OzRFA  “ Fan ”  nashriyoti,
2006.  - B.   231.
18. Gorkiy M. Poln. sbor. soch.  T. 29, s.   451.
19. Dolimov U. Milliy uygonish pedagogikasi.   —   Toshkent:   NOSHIR , 2012.    —   384
b.
20. Yoqubov H. Gafur Gulomning hayoti va ijodi. Toshkent. 1959.  - B. 256.
21. Jabborov   N.   Adabiyot   va   milliy   manaviyat.   —   Toshkent:   Manaviyat,   2015.   -   B.
132.
22. Jabborov   N.   Zamon.   Mezon.   Sheriyat.   —   Toshkent:   Gafur   Gulom   nomidagi
NMIU, 2015.  —  304 b.
23. Jabborov N. Marifat nadir.  —  Toshkent: Manaviyat, 2010.  —   B.   112.
24. Joraqulov U. Hududsiz jilva.  —  Toshkent: Fan, 2006.  —    B.   203.  
25. Joraqulov Uzoq. Nazariy poetika masalalari. G.Gulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi. Toshkent, 2015.  - B.   353.
26. Kant I. Kritika sposobnosti sujdeniya. Moskva: Mыsl, 1966. - S. 504.
27. Karimov  B.   Ruhiyat   alifbosi.   —   Toshkent.   Gafur  Gulom  nomidagi   NMIU.   2016.
—  B.    364.
28. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari.   —   Toshkent: Ozbekiston, 2008.   —   B.
536.
29. Mallayev   N.   Alisher   Navoiy   va   xalq   ijodiyoti.   —   Toshkent:   Adabiyot   va   sanat,
1974.  —  228 b.
30.  Mamajonov S. Gafur Gulom prozasi.  —  Toshkent: Fan, 1966.  —  226 b. 
31.   Mamajonov S. Lirik olam va epik kolam.   —   Toshkent: Adabiyot va sanat, 1979.
—  334 b
32. Mark Tven. Sobr.soch. v 12 tomax. T.12.M.: Sovetskiy pisatl. 1961. S. 245.
33. Mirvaliyev S. Ozbek adiblari / XX asr ozbek adabiyoti /   —    Toshkent: Yozuvchi,
2006.  —  280 b.
34. Muqimov   R.   Badiiy   adabiyotda   satira   va   satirik   obraz   masalalari.   Samarqand.
1975.  - B. 56.
89 35. Murodov M, Qozoqov D. Hajv tigi bilan. Toshkent: Ozbekiston. 1986.  - B.   32.
36. Nazarov   B.   Abdulla   Oripov.   XX   asr   ozbek   adabiyoti   tarixi.   Oliy   oquv   yurti
talabalari uchun d arsli k. —   T oshkent:   Oqituvchi , 1999.
37. Nazarov B. Istiqlol davri adabiyotining manzaralari // Mustaqillik davri adabiyoti.
Toshkent.  2006.  - B. 260.
38. Normatov U. Qodiriy bogi.   —   Toshkent: Yozuvchi, 1995.  —   B.   217.
39.  Nikolayev D. Smex  —  orujiye satirы. M.: 1982. - S. 320.
40. Orzibekov   R.   Ozbek   adabiyoti   tarixi.   —   Toshkent:   Ozbekiston   Yozuvchilar
uyushmasi A JN , 2006.  —  272 b.
41. Oripov A. Ehtiyoj farzandi. Toshkent. 1987. - B. 187.
III. Badiiy adabiyotlar:
42. Abdulla   Oripov.   Tanlangan   asarlar.   8   jildlik.   G.Gulom   nomidagi   Adabiyot   va
sanat nashriyoti. Toshkent. 2001.
43. Abdulla   Oripov.   Ishonch   kopriklari.   G.Gulom   nomidagi   Adabiyot   va   sanat
nashriyoti.  Toshkent.  1989 .  238 bet.
44. Abdulla Oripov.  Najot qalasi. G.Gulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyoti.
Toshkent.  1980 .  277 bet.
45. Navoiy A. Mukammal asarlar toplami. Yigirma tomlik. Uchinchi tom. Garoyib us-
sigar.  —  Toshkent: Fan, 1988.  —  616 b.
46.   Navoiy   A.   Mukammal   asarlar   toplami.   Yigirma   tomlik.   Tortinchi   tom.   Navodir
ush -shabob.   —  Toshkent: Fan, 1989.  —  560 b.
47. Erkin   Vohidov.   Tanlangan   asarlar.   “ Sharq ”   nashriyot-   matbaa.   Toshkent.   2016.   -
B.   691.
VI.   Internet materiallari, elektron resurslar
htths: //www.twiprx.com stylistics
htths: //dic.akademic.ru
www.philol.ru  
htths: //www.dissercat.com
90 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA 
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
AXROROVA MAXBUBA AKBAROVNA
ABDULLA ORIPOVNING HAJVIYANAVISLIK MAHORATI
5A120101-Adabiyotshunoslik   (O‘zbek   adabiyoti)   mutaxassisligi   bo‘yicha
magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya
91 Ish ko’rib chiqildi va himoyaga 
ruxsat berildi  Ilmiy rahbar   filologiya fanlar doktori, 
prof. Sh. Hasanov
Rasmiy taqrizchi   filologiya fanlar doktori, 
professor …
Magistrlik   dissertatsiyasi   istiqlol   davri   adabiyoti   va   adabiyot   nazariyasi
kafedrasining   2022-yil   ___-maydagi   majlisida   muhokama   qilingan   va   YaDAK
himoyasiga tavsiya etilgan (___-sonli bayonnomasi)
Kafedra mudiri: prof. Sh.Hasanov
Fakultet dekani prof. A.Pardayev
Magistrlik dissertatsiyasi YaDAK ning 2022-yil ___-iyunidagi yig`ilishida  himoya
qilingan va _____ ball bilan baholangan.  (Bayonnomasi  №  ____)
YaDAK    raisi   __________________
A`zolari :   __________________
__________________
Samarqand – 2022
92

ABDULLA ORIPOVNING HAJVIYANAVISLIK MAHORATI MUNDARIJA: Kirish................................................................................................................... I bob. HAJV VA UNING BADIIY ADABIYOTDAGI O ’ RNI 1.1. Hajvning jamiyat va adabiyotdagi vazifalari................................. .. .......... ..... . 1.2. Shoir hajviyalarining adabiy manbalari................................................. ......... 1.3. Abdulla Oripov hajvlarining mazmun doirasi....................................... ......... II bob. A.ORIPOV NING HAJVIY XARAKTER YARATISH MAHORATI 2.1. Shoir yaratgan hajviy tip va xarakterlarning oziga xos jihatlari...................... 2.2. Abdulla Oripov ijodida hajviy xarakterlar poetikasi........................ ................. 2.3. Abdulla Oripov hajviyotida badiiy niyat va shoir pozitsiyasi............................ III bob. ABDULLA ORIPOV HAJVIYOTINING BADIIY XUSUSIYATLARI 3.1. Shoir hajviy uslubida adabiy janrlar va sheriy shakllarning o ’ rni......................................................................................................................... 88 3.2. Abdulla Oripovning hajviyotda she ’ riy san ’ atlardan foydalanish mahorati...............................................................................................................10 6 1

XULOSA..............................................................................................................1 23 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR...............................................................127 Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti magistranti Axrorova Mahbuba Akbarovnaning “Abdulla Oripovning hajvnavislik mahorati” mavzusidagi 5A 120101- Adabiyotshunoslik (O’zbek adabiyoti) bo’yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga Annotatsiya Mazkur tadqiqot ishi jahon adabiyotshunosligida alohida e’tibor qaratilib kelinayotgan adabiy hodisa bo’lgan hajviyotning adabiyotdagi o’rni va O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning hajviyanavislik mahoratiga bag’ishlangan bo’lib, unda ijodkor hajv doirasining mazmuni, hajviy xarakter yaratish mahorati, hajviy asarlarning badiiy xususiyatlari tadqiq etilgan. Dissertatsiya kirish, uch asosiy bob hamda xulosa qismidan iborat bo’lib, dissertatsiyalar oldiga qo’yilgan talab asosida amalga oshirilgan. Tadqiqot ishida hajvning jamiyatdagi illatlarni fosh etishi, bu illatlar yuzaga keltirgan jarohatlarni davolash kabi vazifalarga e’tibor qaratilgan. Shuningdek shoir hajvlari janr nuqtayi nazaridan ham o’rganilgan bo’lib, uning shoir hajviyoti turli adabiy janrlar ballada, rivoyat, qissa, to’rtlik, masnaviy, voqeaband hajviy she’rlar , hazil she’rlar kabi shakllarda yaratilganligi aniqlangan va misollar keltirib o’tilgan. Shoir hajvlari esa umumiy tarzda satira va yumorga qaratilgan. Mazkur ishda muallifning kulgusini yuzaga keltirish uchun talmeh, tazod, tashxis, mubolag’a, tanosub, irsoli masal kabi she’riy san'atlardan foydalanish mahorati va bu orqali asarlarning jozibador shirali, xalqona ruhga ega bo’lganligi tadqiq etilgan. Akhrorova Makhbuba who is master’s student of Samarkand State University which is named Sh. Rashidov. Abdulla Aripov’s humour art “5A 2

120101-dissertation for a master’s degree on the topic of dissertation (Uzbek literature) Annotation This research work is devoted to the role of comedy in literature, which is a litarary phenomenon for which world literature pays special attention, and the mastery of comedy of the People’s Poet of Uzbekistan A. Aripov. The entrance to the dissertation is based on the requirements of the dissertation, which consistes of the main chapter and the concluding part. The research focuses on the role of comedy in exposing the flaws in society, as well as treatment of injuries caused by these flaws masnavi, comic poems, etc, and exemples are given. The poet’s comedies are generally divided into satire and humor. In this work, the author demonstrates the skill of using poetic arts such as talmeh, tazod, diagnosis, rhyme, tanosib to create laughter, and thus the attractive poems of the work. Kirish Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon adabiyotshunosligida hajviyot alohida diqqat qaratib kelinayotgan adabiy hodisa bolib, dunyoning mashhur hajvnavis shoir-u adiblari ijodi bo‘yicha olib borilayotgan izlanishlar buni yaqqol tasdiqlaydi. Hajviyotning falsafiy-ijtimoiy mohiyati, poetikasi, ilmiy-nazariy xususiyatlar; komik, yumoristik va satirik janrlar taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan omillarning ma’lum ijodiy maktablar va ularning yetakchi namoyandalari faoliyatiga ko‘rsatgan tasirini baholash keng ko‘lamda olib borilayotir. Ma’naviy tanazzul, fojeiy qismat muammosining hajviy tasvir va ifodaga ko‘chib, komediyaning mumtoz tragediya bilan barobar rivojlanish darajasiga kotarilishi badiiy ijodiy tafakkur tadrijining mahsuli sifatida talqin qilinmoqda. 3

Dunyo adabiyotshunosligida iste’dod salohiyati, ta’sir kuchining hajviyot orqali tez va ko‘lamli namoyon bo ’ lishi bir necha asrlik she’riyat, xususan Sharq adabiyoti misolida isbotlangan. Yevropaning eng yetuk shoirlarida ham, ularning she’riyatida umumiy ruh nechog‘li mahzun, anduhli sanalmasin, yumor va satiraga murojaatlar qilinishi haqidagi tadqiqotlarda “ kulgi psixologiyasi ” , “ hajv falsafasi ” ning badiiy ijod tafakkurida muhim o‘ringa egaligi qayd etiladi. Ularda hajviyot ijtimoiy illatlarni fosh etish barobarida insoniy takomil nuqsonlarini bartaraf etish g‘oyasi hamda hajvnavislik mahorati masalalari ilgari suriladi. O ' zbek adabiyotida hajviyot o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo ’ lib, u folklor, mumtoz va jahon adabiyoti yutuqlarini sintez qiluvchi adabiy hodisadir. Adabiyot hayotimizning asosiy jihatlari — go‘zallik, yaxshilik, olijanoblik kabi xislatlarni tarannum etsa-da, uning yo‘liga g ’ ov bo‘lgan barcha manfiyliklarga qarshi kurashni ham o‘z oldidagi vazifa sifatida belgilaydi. “ Adabiyot - xalqning yuragi, elning manaviyati ko‘zgusi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, boy madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni hozirlaymiz ” 1 . O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripovning bir qator hajviy she’rlari, “ Ranjkom ” va “ Jannatga yol ” dostonlari misolida satira va yumor masalasini o‘rganish, hajviyotning estetik vazifalarini ijodkor badiiy mahorati bilan bog‘liq holda tadqiq etish mavzuning dolzarbligini ta’minlaydi. Shundan kelib chiqib, mazkur tadqiqotda Abdulla Oripov hajviyotining o‘ziga xos qirralarini, hajviy obrazlar tabiatini satira va yumor orqali ochish usullari, u oziqlangan manbalarni o‘rganish, hajviy she’rlar tahlili asosida shoir hajviyotining tadrijiy o‘sish darajasini ko‘rsatish ham muhim vazifalardandir. Dissertatsiya mavzusi ning o‘rganilganlik darajasi. Ma’lumki, o‘zbek adabiyoti tarixan hajvnavislikning katta manbaiga ega. Abdulla Oripov hajvnavisligini o‘rganish uchun ana shu katta manbaning, ijodiy silsilaning tadqiq 1 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзи ё евнинг Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий боғида барпо этилган Адиблар хиёбонининг очилишида сўзлаган нутқи . / Халқ сўзи, 2020 , 21 май, № 106 ( 7608 ) . 4

etilishiga ham diqqat qaratish lozim. Binobarin, ayni masala ikki yo‘nalishda ish korishni taqozo qiladi: Birinchidan, ozbek adabiyotshunosligida hajvnavislikning o‘rganilish darajasi yoritilishi maqsadga muvofiq. O’zbek hajviyotini, hajvchi shoir va yozuvchilar ijodini o‘rganishga bagishlangan tadqiqotlar miqdor va sifat e’tibori bilan ancha yuqori. Jumladan, Alisher Navoiy satirasini o‘rgangan A.Abdug‘afurov, Abdulla Qahhor satirasini tadqiq etgan M.Qo ' shjonov, shuningdek, o‘zbek hajvnavisligining turli qirralarini organgan R.Muqimov, O.Sharafiddinov, M.Nazarov, R.Muhammadiyev, S. Toshkanov, O.Saidov, Sh.Axmedova 2 kabi olimlar ishlarini alohida ta’kidlab otish lozim. Ikkinchidan, tadqiqot ishi uchun obyekt sifatida tanlangan Abdulla Oripov ijodi adabiyotshunoslar tomonidan turli miqyoslarda o‘rganilgan. Shoir asarlari tadqiqi borasida M.Qo ' shjonov, O.Sharafiddinov, N.Jabborov, S.Meliyev, N.Afoqova, D.Begimqulov, G.Ashurova, A.Hamdamov 3 kabi olim va tadqiqotchilar muayyan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Binobarin, akademik M.Qo ' shjonov shoirning adabiy portretini yaratgan. Tadqiqotchi N.Afoqova shoir asarlarida qo‘llangan badiiy san’atlarni mumtoz adabiyotga qiyosan o‘rgangan bo‘lsa, G.Ashurovani ham shoirning badiiy mahorati masalasi qiziqtirgan. A.Hamdamovning nomzodlik tadqiqot ishisi esa shoir she’riyatidagi xalqona poetik tafakkur muammosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Shuningdek, milliy adabiyot, she’riyat nazariyasi yo‘nalishida yaratilgan qator tadqiqotlarda ham u yoki bu mavzu munosabati bilan Abdulla Oripov ijodi ilmiy tahlilga 2 Абдуғафуров А. Навоий сатираси. — Тошкент: Фан, 1966; Қўшжонов М. Абдулла Қаҳҳор ижодида сатира ва юмор. — Тошкент: Фан, 1973; Шарафиддинов О. Ҳажвиётга садоқат. — Тошкент: 1998; Муқимов Р. Бадиий адабиётда сатира ва сатирик образ масалалари. — Самарқанд: 1975; Назаров М. Юмор нима? ЎзАС, 1986. № 8; Муҳаммадиев Р. Аския. — Тошкент: 1970; Тошканов С. Ўзбек совет адабиётида сатирик характер проблемаси. — Тошкент: 1987; Саидов О. Сатира тили билан. — Тошкент: 1978; Ш.Ахмедова. Юмор жилолари. — Тошкент: Фан, 1998. 3 Қўшжонов М. Онажоним шеърият. — Тошкент: Ўқитувчи, 1994; Шарафиддинов О. Талант — халқ мулки. — Тошкент: Ёш гвардия, 1979; Қўшжонов М., Жабборов Н. Замон, мезон, шеърият. — Тошкент. 2015; Мелиев С. Абдулла Орипов. — Тошкент: Маънавият, 2001; Афоқова Н. Абдулла Орипов лирикасида бадиий санъатлар. Филол.фанл.номз... дисс. — Тошкент, 1998; Ғаниев И., Афоқова Н. Озод руҳ фалсафаси. — Тошкент: Фан, 2007; Ашурова Г. Сўз ва тимсол уйғунлиги. — Тошкент: Маънавият, 2007; Ҳамдамов А. Абдулла Орипов шеъриятида хал қона поэтик тафаккур муаммоси . Филол.фанл.номз... дисс. — Тошкент, 2011. 5