Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining lingvopragmatik tahlili
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining lingvopragmatik tahlili Reja: I.Kirish II.Asosiy qism: 1.Tilshunoslikda lingvistikpragmatikaning o‘rganilish masalalari. 2. Matnning implikatur birliklari. Tag ma’no. 3. Nutqiy aktlar. III.Xulosa. IV.Foydalanilgan adabiyotlar. 1
Kirish O‘tgan asrning 80-yillarida umumiy va roman tilshunosligi bo‘yicha yirik mutaxassis, Moskva davlat universiteti professori R.A.Budagov yangidan kuch olayotgan “matn lingvistikasi”ni hech qanday tilshunoslikka aloqasi yo‘q, istiqbolsiz soha ekanligini isbotlashga chinakamiga urindi. 1 Chunki u tilshunoslikning hamma fanlarni qiyoslab o‘rganaverishi, linvistikaning alohidalik xususiyatini yo‘qqa chiqaradi, deb hisoblar edi. Ammo bugungi davr fanlar integratsiyasini talab qilmoqda. Har bir fanni boshqa fan-sohalar bilan qiyoslab o‘rganish, bir-biriga taqqoslash, ikkalasi kesishgan nuqtani topish va shu asosda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni zamonaviy tilshunoslikning o‘zi taqozo etmoqda. Endilikda tilga turlicha yondashishga harakat qilish, uning ilgari hech kim e’tibor qilmagan nuqtalarini topish va sharhlashga urinishlar bo‘lmoqda. Bularning barchasi tilshunoslikka yangi Antroposentrik nazariyaning kirib kelishi fonida yuz berdi. Endilikda tilni o‘zini yakka holda emas, balki inson bilan bog‘lab o‘rganishga, uning nutqini tadqiq etishga, jonli nutq orqali kishilarning ruhiyatiga, ongiga kirib borishga harakat qilinmoqda. Bularning barchasi paradigmalar almashinuvi fonida yuz berdi. Xususan, XX asrning 70-yillari oxiriga kelib, transformatsion-genera tiv grammatikaning "lingvistik paradigma" sifatida ta’sir doirasi kamaya boshladi. Bu holatni ayrim yevropalik tilshunoslar "Xomskiy erasi tugadi" deya baholadilar. "Generativistik paradigma" o‘z o‘rnini navbatdagi paradig maga - antropotsentrik paradigmaga bo‘shatib berdi. Va bu paradigmaning qoq markazida faqat inson va uning nutqi ustuvor bo‘ladigan bo‘ldi. Jamiyatda h u kmron bo‘lgan turli munosabatlar zamirida inson kommunikativ maqsadi yotadi. Bu maqsad esa til orqali amalga oshadi. Obrazli qilib aytganda, inson til vositasida dunyoni o‘zgartiradi. Bu o‘zgarish yakka shaxs yoki u mansub bo‘lgan jamiyatning nutqiy faoliyati bilan bog‘liq sohalarda, ya’ni rasmiy va norasmiy doiralarda belgilab qo‘yilgan ayrim mezonlarning bekor qilinishi, yangilarining amalda bo‘lishida, qisqasi, ijtimoiy voqelikning yangilik kasb etishida namoyon bo‘ladi. S h uning uchun ham til inson faoliyatining hamma sohalariga birday taalluqlidir. Tilshunoslikning fan sifatida o‘rganish obyekti va predmetini aniqlash antik davrlardan beri falsafiy va metodologik nazariy muammo sifatida tadqiqotchilarni qiziqtirib keladi. Mazkur muammoning murakkabligi tilning mohiyati ko‘p qirrali va rivojlanib boruvchi hodisa ekanligi bilan izohlanadi. Tilshunoslikning ko‘p asrlik tarixida tadqiqotchilar tomonidan tilning ichki qurilishini har tomonlama izchil izohlashga imkon beradigan nazariy mezonlar ishlab chiqilgan. 1 Сафаров Ш. Прагмалингвистика.,- Тошкент: 3-бет. 2
Tilshunoslikdagi antropotsentrik nazariyada tilni o‘rganishga inson va uning faoliyatining kiritilishi psixolingvistika, sotsiolingvistika, etnolingvistika kabi tilshunoslik bilan bog‘liq sohalarning vujudga kelishi va rivojlanishiga zamin yaratdi. Til tufayli fikrlar shakllanish jarayoni ilmiy tadqiqotlarga yo‘l ochdi: «Inson allaqachon dastlabki falsafiy, mantiqiy va psixologik tahlilni amalga oshirdi va uning natijalari tilda aks etdi hamda mustahkamlandi». 2 So‘z muloqotning asosiy birliklaridan biri sifatida nafaqat tushuncha ifodalaydi, balki xalq madaniyati, milliy-ma’naviy qadriyatlari, falsafasi va psixologiyasi bilan bog‘liq tomonlarni ham anglatadi, ya’ni o‘ziga xos semantik komponentlar hisobiga kengayib boradi. Zamonaviy manbalar lingvopragmatikani nutqda lisoniy belgilarning amal qilishini “belgi – belgidan foydalanuvchi” munosabati yo‘nalishida o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi deb belgilaydi. Pragmatika tushunchasi ilk bor semiotikada paydo bo‘lib, u turli belgilarning semiotik tizimdagi funksional xususiyatlarini ifodalovchi, ular haqidagi turli ma’lumotlarni saqlovchi va yetkazuvchi fan sifatida tushuniladi. Semiotika bilan bog‘liq masalalarni tadqiq etgan Charlz Morris mazkur fan doirasida uch bo‘limni ajratadi: belgilar o‘rtasidagi munosabatni o‘rganuvchi sintaktika (sintaksis), belgi va belgilangan obyekt o‘rtasidagi munosabatni o‘rganuvchi semantika, belgi va uni qo‘llovchi (interpritator yoki uni tuzuvchi va tushunuvchi) o‘rtasidagi munosabatni o‘rganuvchi pragmatika 3 . Olim tomonidan ilgari surilgan fikrlarning ilmiy asoslanishi, til pragmatikasi shakllanishi keyinchalik Dj.Ostin, Dj.Syorl, G.Grays, Z.Vendler va boshqa faylasuflar g‘oyalari bilan barqarorlashdi. 1.Tilshunoslikda lingvistikpragmatikaning o‘rganilish masalalari XX asr boshlaridan butun dunyo tilshunosligida tilga semiotik nuqtayi nazardan yondashish asosiy o‘rin egalladi. Ferdinand de Sossyur g‘oyalari asosida til belgilar sistemasi sifatida qaraldi va til birliklarining sistemaviy tabiatini ochib berishga asosiy e’tibor berildi. Natijada til sistemesi bilan uning funksiyalashuvi, bu jarayonda til sistemasidagi invariant birliklarning turli-tuman variantlanishi va o‘zgarmas birliklarning o‘zgaruvchanlik kasb etishi namoyon bo‘ldi. Tilshunosning bosh vazifasi bevosita kuzatishda xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘luvchi lisoniy birliklar 2 Шатуновский И. Б. Семантика предложения и нереферентные слова. – М.: Школа «Языки русской культуры», 1996. -С. 21 . 3 Стариченок В.Д. Большой лингвистический словарь.-Ростов-на-Дону: « Феникс » , 2008,- С. 286 . 3
zamirida yashiringan zotiy, o‘zgarmas birliklarni aniqlash va bu birliklarning til sistemasidagi o‘rnini belgilashdan iborat bo‘ldi. Bu esa tilshunoslikda o‘tkinchi, vaqtincha hodisalardan barqaror, doimiy mohiyatlarni anglash imkonini berdi. Natijada tilning har bir sathida shu sath birliklarining modellari va bu modellarning nutq jarayonidagi ko‘rinishlari aniqlandi. Umumiylik va xususiylik dialektikasiga tayangan sistem-struktur tilshunoslik til va nutqni izchil ravishda farqlaydi hamda asosiy e’tiborni xususiyliklarda takrorlanuvchi umumiy jihatlarni belgilash orqali ularni modellashtirishga qaratadi. Bunday modellashtirish dastlabki davrda faqat shaklga qarab belgilangan, tilshunos uchun eng ahamiyatli narsa substansiya emas, shakl (forma) deb qaralgan. (L.Yelmslev) bo‘lsa, keyinchalik shu narsa ma’lum bo‘ldiki, shakldan mazmunni soqit qilish mumkin emas. Sistem-struktur tilshunoslikning otasi hisoblanuvchi Ferdenand de Sossyurning o‘zi ham shakl va mazmun munosabatini daftar varag‘iga qiyoslaydi. Varaqning ust qismi shakl bo‘lsa, ost qismi mazmundir. Lekin varaqni hech qachon ust va ost qismlariga alohida ajratib bo‘lmaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, til sistemasining quyi (fonologik) sathidan tashqari, barcha sath biriklari ma’no bilan uzviy bog‘langan. Ular shakl va mazmun munosabatidan tashkil topgan butunlik sanaladi. Shuning uchun ham har qanday lisoniy model (qolip) mazmunni o‘zidan soqit qila olmaydi. Ko‘p hollarda lisoniy qolipni belgilashda mazmun yetakchi planga o‘tib qolishi mumkin. Ayniqsa bu sintaktik omonimiyalarda to‘liq namoyon bo‘ladi. Shu bois sistem-struktur tilshunoslik keyingi davrlarda lisoniy birliklarning shakl va mazmun munosabatiga ham alohida e’tibor bera boshladi. Buning natijasida tilshunoslikda alohida yo‘nalish- mazmuniy yo‘nalish maydonga keldi. Tilshunoslikda mazmuniy yo‘nalishning maydonga kelishi va bu yo‘nalish bo‘yicha bir qancha ilmiy tadqiqotlarning maydonga kelishi natijasida gap semantikasida bir qancha ilmiy muammolarni hal qilish imkoniyati yaratildi. 4
Mantiqiy semantikaning yirik vakillaridan biri bo‘lgan B.Rassel so‘zlarni indikativ va indikativ bo‘lmagan so‘zlarga ajratadi. 4 U obyektiv borliqdagi ma’lum narsa-hodisalarni , belgi-xususiyatlarni, harakat- holatlarni nomlash xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlarni indikativ “ishora qiluvchi” so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlarni esa indikativ bo‘lmagan so‘zlar deb hisoblaydi. Sistem-struktur tilshunoslikda birinchi tipdagi so‘zlar deskriptiv so‘zlar, ikkinchi tipdagi so‘zlar esa deskriptiv bo‘lmagan so‘zlar deb yuritiladi. Gap semantikasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslar gap tarkibida ana shunday noindikativ, ya’ni indikativ bo‘lmagan so‘zlar kelganda ancha qiyinchilikka duch keladilar. Gap shundaki, gap tarkibidagi deskriptiv so‘zlarni konkret nutq vaziyati bilan bog‘lanmasa ham, qaysi denotativ (atash) ma’noda ekanligini, obyektiv borliqdagi nimani nomlab kelayotganligini aniqlash imkoniyati bo‘lsa, deskriptiv bo‘lmagan so‘zlarni bu tarzda aniqlash mumkin emas. Bunday so‘zlar obyektiv borliqdagi narsa va hodisalar, belgi va xususiyatlar, harakat va holatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri nomlamagani tufayli ular muayyan vaziyat bilan bog‘lanmasa, nimaga ishora qilayotganligi noma’lumligicha qolishi ayon bo‘ldi. Ko‘rinadiki, gap semantikasini shu gap tarkibida qo‘llanilayotgan so‘zlarning faqat obyektiv borliqqa munosabatini aniqlash bilangina to‘la izohlash mumkin emas ekan. Bunga gapning nutq jarayoniga, nutq vaziyatiga bo‘lgan munosabatini aniqlashni ham qo‘shish zaruriyati tug‘ildi. Ana shunday amaliy ehtiyoj bilan lingvistik semantika bag‘ridan lingvistik pragmatika o‘sib chiqdi. Shunday qilib, sintaksisda uch yo‘nalish maydonga keldi: 1) Sintaktika 2) Semantika 3) Pragmatika 5 4 Рассел Б. Человеческое познание.- M .,- C .139. 5 Хакимов М ., Газиева М . Прагмалингвистика асослари .- Тошкент , 2020, 36- бет . 5