INTERFAOL METODLAR ASOSIDA TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI FANIDAN “SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNING MAQSADI VA VAZIFALARI
“INTERFAOL METODLAR ASOSIDA TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI FANIDAN “SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNING MAQSADI VA VAZIFALARI” MODULINI O’QITISH” MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY ISHI
BITIRUV MALAKAVIY ISH I NING MUNDARIJASI Kirish …………………………………………………………………………….3 I BOB. “SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNING MAQSAD VA VAZIFALARI” MODULINI O‘QITISHNING TARAQQIYOT YO‘NALISHLARI 1.1. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari” modulini o‘qitish mazmunini modernizatsiyalash ………………………………….8 1.2. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiviy ishlarning maqsad va vazifalari” moduliga doir tarbiyaviy tadbirlarni loyihalash………………………………….20 II BOB. INTERFAOL TA’LIM ASOSIDA “SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNING MAQSAD VA VAZIFALARI” MODULINI O‘QITISH 2.1. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari” modulini o‘qitishga doir interfaol metodlar tizimi ………………………………..31 2.2. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari” modulini o‘qitishga doir interfaol mashg‘ulotlarni tashkil etish …………………39 2.3. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari” modulini o‘qitish jarayonida talabalarni to‘garaklar faoliyatini boshqarishga tayyorlash …………………………………………………………………………47 2.4. Ma’ruza matni ……………………………………………………………….73 2.5. Seminar mashg‘uloti …………………………………………………………80 2.6. Modul yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar ……………………..85 2.7. Modul yuzasidan taqdimot ………………………………………………..…91 2
Xulosa …………………………………………………………………………… . 97 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………………… …... 100 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Jadal sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan b ugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xususan, dunyoning ayrim mintaqalarida tobora kuchayib ildiz otib borayotgan ma’naviy inqiroz xavfi xalqimiz ma’naviyatini asrash barobarida uni yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan himoya qilishni talab qilmoqda. Qolaversa, jahonnning qaysidir burchagida bo‘lmasin, ma’naviyatga qarshi qandaydir tahdidning paydo bo‘lishi o‘zining bugungi kuni va ertangi istiqbolini o‘ylab yashayotgan har bir ongli inson, har bir xalqni tashvishga soladi. Albatta, bunday ma’naviy tahdid va mafkuraviy xurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishi, ulardan ayniqsa, farzandlarimiz ko‘proq aziyat chekishi mumkinligi yoshlarda mafkuraviy immunitet va g‘oyaviy kurashchanlik ruhini yanada kuchaytirish lozimligini taqozo etmoqda. Y u rtboshimizning ko‘p yillik hayotiy tajribalari natijasi o‘laroq dunyo yuzini ko‘rgan «Y u ksak ma’naviyat – y engilmas kuch» nomli asarida yoshlarimiz bizning nafaqat ishonchimiz va kelajagimiz, balki bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi ekanligi, h al qiluvchi kuch esa engilmas, engilmas kuch yuksak ma’naviyatli shaxs timsolida namoyon bo‘lishi har jihatdan asoslab berildi. Ayni zamonda, «Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. 3
Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zbo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin» 1 ligi xavfining oldini olish choralari aniq ko‘rsatib berildi. SHuningdek, asarda yangi jamiyat qurish yo‘lida xalqimizning ma’naviy yuksalishini o‘z oldimizga qo‘ygan olijanob maqsadlarga etishda hal qiluvchi mezon deb qarash va shu asosda ish olib borish biz uchun doimo ustuvor vazifa bo‘lib kelgani, bugun ham e’tiborimiz markazida turganining alohida ta’kidlangani e’tiborlidir. Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan ushbu ustuvor vazifalarni bajarishga barchamiz, ayniqsa, Respublika ta’lim-tarbiya muassasalari favqulodda mas’uliyat bilan qarashlari lozimdir. Albatta, Respublikamizning barcha turdagi ta’lim muassasalarida bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgacha uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimi yaratildi. Jumladan, o‘rta maxsus ta’lim bosqichida har bir ta’lim muassasasi rahbari hamda fakultet dekanlarining ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari shtat birliklari joriy etildi, har bir guruh uchun murabbiylar, ularning ishini muvofiqlashtiruvchi murabbiylar kengashi, shuningdek, Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limlari, ta’lim muassasalarining jamoat tashkilotlari sifatida Kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar kengashi, “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatining asosiy mazmuni ushbu masalaga yo‘naltirilgan. Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalardagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda dunyoda sodir bo‘layotgan voqealardan talabalarning doimiy xabardorligini ta’minlash maqsadida barcha ta’lim muassasalarida har haftaning dushanba kunlaridagi birinchi soat “Axborot soati”, har payshanba “Ma’naviyat kun”lari sifatida belgilangan. 1 Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. – Б.4. 4
Albatta, ma’naviy-axloqiy tarbiya borasida amalga oshirilgan ushbu ishlar bilan ko‘nglimizni xotirjam qila olmaymiz. Shu bois ham «Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch» asarida olg‘a surilgan asosiy g‘oyalar, qo‘yilgan vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirishni, ularni tizimli tashkil etish ustida jiddiy ishlar olib borilishini taqozo etmoqda. Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani talabalarni tarbiyaviy faoliyatga samarali tayyorlashda alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari” modulini interfaol ta’lim metodlari asosida o‘qitish mazkur jarayonning jadal amalga oshirilishiga xizmat qiladi. Mavzuningning o‘rganilganlik darajasi. Shaxs va jamiyat munosabatlari, ma’naviyat va axloqiy tarbiya masalalari, shaxsni shakllantirishda ijtimoiy munosabatlarning o‘rni Sharq mutafakkirlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Husayn Voiz Koshifiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Jaloliddin Rumiy, Abdulla Avloniylar tomonidan o‘rganilgan. Uzluksiz ta’lim jarayonida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalasi keng o‘rganilgan sohalardan biri bo‘lib, o‘ziga xos pedagogik tizimning ishlab chiqilganligi bilan tavsiflanadi. M.Ochilov, K.Hoshimov, S.Temirova, O.Musurmonova, S.Nishonova, U.Mahkamov, M.Inomova, M.Quronov, S.Ochilov, N.Ortiqov, M.Inomova, Q.Quronboev, J.Toshmatova, SH.Olimov, F.Olimova, G.Maxmutova, Sh.Xalilova, SH.SHodmonova, M.Axmedova, H.Axmedova, V.V.Karakovskiy, N.E.Shurkova kabi olimlar ta’limning turli bosqichlarida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslarini ishlab chiqqanlar. Ularning tadqiqotlarida ayniqsa, yuqori sinf o‘quvchilarining va oliy ta’lim muassasasi talabalarining ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirish, mazkur jarayonda milliy tarbiya asoslaridan samarali foydalanish, barkamol insonni tarbiyalash modelining ishlab chiqilganligi e’tiborga loyiq. 5