MAKTABDA GEOGRAFIYA TA’LIMI VA UNI O‘QITISH
MUNDARIJA KIRISH …………………………………………………………………………. 1-BOB. MAKTABDA GEOGRAFIYA TA’LIMI VA UNI O‘QITISH USUL VA TEXNOLOGIYALARI …………………………………………… 1.1. Geografiyada ta’limning maqsadi va mazmuni.................................... 1.2. Geografiya ta’limi metodlari va texnologiyalari tasnifi...................... 1.3. Geografiya darslarini turlari va ularni tuzilishlari................................ 2-BOB. MULTIMEDIYA VA U ASOSIDA GIDROSFERA MAVZUSINI O‘QITISH ……………………………………………………………………… 2.1. Mediatexnologiyalar asosida o‘qitishning metodik ta’minoti............. 2.2. Ta’limda multimedia vositalari, ularning afzalliklari.......................... 2.4. Suv resurslari mavzusini o’qitishda modulli texnologiyalardan foydalanish.................................................................................................. 2.5. Gidrosfera mavzusini KEYS texnologiyalari asosida o‘qitish … …… 2.6.“Suv omborlarining o’rni va xalq xo’jaligidagi axamiyati” mavzusini muammoli texnologiyalar asosida o’qitish………………………………. XULOSA … …………………………………………………………………….. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ………………………… 1
KIRISH Har qanday jamiyat taraqqiyotining har tomonlama yetuk o‘qituvchilarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ta’limning turli bosqichlariga yetuk pedagogik kadrlarni yetkazish avvalo ta’limi sohasidagi tadqiqotlarni izchil olib borish, ta’lim metodikasi faniga alohida e’tibor berishni taqozo etadi. Mamlakatda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 29 avgust) va Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida tub islohotlar olib borish, ta’limni yanada rivojlantirish va uning uzluksizligiga alohida e’tibor qaratilgan. Gidrologiya fanlari tizimining shakllanishi va rivojlanishi o‘ziga xos tarixga ega bo‘lib, uni alohida o‘rganish, ilmiy va amaliy ahamiyatini, fanlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Shu bilan bir qatorda respublikamiz oliy ta’lim tizimida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalasi bugungi kunda dolzarb ahamiyatga egaligi hammamizga ma’lum. O‘zbekistonda ta’lim – tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri «shaxs manfaati va ta’lim ustivorligi»dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan bu modelni amalga oshirish bilan hayotimiz jabhalarida ro‘y beradigan «portlash effekti» natijalari ro‘yi-rost ko‘rsatib berildi, ya’ni: -ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muhit butunlay o‘zgaradi; - insonning hayotdan o‘z o‘rnini topish jarayoni tezlashadi; - jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi; 2
- jamiyatimizning potensial kuchlarini ro‘yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi; - fuqarolik jamiyati qurishni ta’minlaydi, model vositasida dunyodan munosib o‘rin olishga, o‘zbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi «Portlash effekti» sari shijoat bilan qadam tashlash, yo‘llarda uchraydigan qiyinchiliklarni bosqichma-bosqich va izchil hal etish masalalari nafaqat pedagog nazariyachi va amaliyotchilarni junbushga keltiradi, balki jamiyatimizni to‘liq pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Demak, jamiyatimizning har bir fuqarosini tarbiya asoslari bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazish jarayonini yangi pedagogik «qurol» va vositalar bilan ta’minlash davr taqazosidir. O‘rganilganlik darajasi. O‘zbekistonda geografik fan ta’limi metodikasi sohasida H.H.Hasanov, P.N.G‘ulomov, O.Mo‘minov, P.Musayev, R.Qurbonniyozov, M.Nabixonov va boshqalar tadqiqot olib borishgan. Shuningdek P.Baratov, A.A.Rafiqov, A.Qayumov, H.Vahobov, A.Zaynutdinov, T.Mirzaliyev, A.Soatov, O‘.Q.Abdunazarov va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari olib borishgan bo‘lsa, gidrologiya sohasida A.Rasulov, F.Hikmatov, D.Aytbayev, G‘.Yunusov, R.Ziyayev va boshqalarning oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohalari darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy qo‘llanmalar yaratish masalalariga qaratilgan. Ushbu ishda ular yaratgan metodalogiyalar va g‘oyalar asos qilib olinadi. Ishning maqsad v a v azifalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi maktab geografiya darslarida Gidrologik mavzularni o‘qitish va o‘qitish usullarini samaradorligini ko‘rsatib berishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi v azifalar belgilab olindi: 3
Geografiyada ta’limning maqsadi va mazmuni. Geografiya ta’limi metodlari va texnologiyalari tasnifi. Geografiya darslarini turlari va ularni tuzilishlari. fanlarni o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish; qo’llashga tavsiya etiladigan innovatsion texnologiyalar va usullar saralash; Tadqiqot ishining ob’ek t i sifatida maktab o’quv predmetlari olingan. Tadqiqotning predmet i esa geografik fanlarda gidrologik mavularni o’qitishni takomillashtirish olingan va o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 4
1-BOB. MA KTA BDA GEOGRA FIY A TA ’LIMI VA UN I O‘QITISH USUL VA TEX N OLOGIY A LA RI 1.1. Geografi y ada t a’limning maqsadi v a mazmuni. O‘qitish maqsadlarini aniqlash didaktika va geografiya o‘qitish metodikasining eng muhim muammosidir. O‘qitish maqsadi geografiya nima uchun o‘qitiladi? degan savol bilan chambarchas bog‘liq. O‘qitish maqsadi maktab geografiyasining mazmunining tuzilishini o‘qitish metodlari va yo‘nalishini belgilashda katta ahamiyatga ega. Dastlab barcha fanlar uchun o‘qitish maqsadlarini aniqlashda didaktik tadqiqotlar amalga oshiriladi. Ta’lim haqidagi va kadrlar tayyorlash to‘g‘risidagi qonunlar o‘qitish maqsadini aniq belgilashga katta e’tibor berilgan. O‘qitish maqsadini aniqlashda jamiyatning xususiyatlari qiziqishi albatta e’tiborga olinadi, ya’ni o‘quvchilar jamiyat uchun kurashadigan va qayg‘uradigan bo‘lishi kerak. Maktab o‘z o‘quvchilarini mehnatni sevadigan vatanparvar zamonaviy fan texnika texnologiyaga oid ko‘nikma va malakalarga ega qilib tarbiyalashi zarur. Tabiiy boyliklarimizni chet mamlakatlar bilan qiyoslashda iqtisodiy – ijtimoiy siyosiy ilmiy geografik munosabatlarimizni aniqlashda ahamiyati katta. Ta’limiy maqsadlar: -o‘quvchilarga tabiiy, iqtisodiy, kortografiya va boshqa geografiya fanlarining asoslarini o‘rgatish. Tabiatni qo‘riqlash va undan oqilona foydalanishning tabiiy ilmiy va texnika iqtisodiy tomonlarining 5