logo

So‘z ijodkorligi va leksik birliklarni o‘qitish

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

371 KB
So‘z ijodkorligi va leksik birliklarni o‘qitish
M U N D A R I J A
ISHNING UMUMIY TAVSIFI .............................................................................3
I BOB. O‘ZBEK TILIDA SO‘Z YASALISHI
1.1 E. Shukur hayot va ijodiga chizgilar………………………………………….8
1.2 She’riy  matnlarda neologizm va okkazionalizmlarning o‘zaro munosabati...13
Birinchi bob yuzasidan xulosa…………………………………………………...30
II BOB. ESHQOBIL SHUKUR SHE’RIYATDA SO‘Z IJODKORLIGI
2.1 Eshqobil Shukurning so‘zdan foydalanish mahorati.........................................32
2.2 Eshqobil Shukur she’rlarida so‘z ijodkorligi……………………………....43
Ikkinchi bob yuzasidan xulosa……………………………………………………47
III BOB. TAJRIBA – SINOV ISHLARINING NATIJALARI 
3.1. Eshqobil Shukur she’rlarining leksik tahlili.....................................................48
3.2 Leksika o‘qitish metodikasi ……………………………………………..……56
Uchinchi bob yuzasidan xulosa............................................................................66
Xulosalar .............................................................................................................67  
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati .....................................................................69
  ISHNING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning   dolzarbligi.   Til   doimiy   ravishda   yangi   lug‘aviy   birliklar
hisobiga boyib boradi. Hech bir so‘z kommunikativ ehtiyojsiz tug‘ilmaydi. Ammo
yangi  paydo bo‘lgan so‘zlar  tildagi  mavqeiga  ko‘ra farqlanadi.  Har  qanday  yangi
paydo   bo‘lgan   lisoniy   birliklar   til   tizimida   o‘z   o‘rniga   ega   bo‘lishi   yoki   ega
bo‘lmasligi   mumkin.   Lug‘at   tarkibida   o‘z   o‘rniga   ega   bo‘lmasdan   yakka
(individual)   nutqqa   xos   va   o‘sha   nutq   (matn)   doirasidagina   qolib   ketadigan,
tasodifiy,   ya’ni   favqulodda   yaratilgan   va   ko‘pincha   lisoniy   aloqa   jarayonida   atigi
bir   martagina   qo‘llanadigan   so‘zlar   borki,   ular   hamisha   yangiligi,   g‘ayritabiiy
tuyulishi,   betakrorligi,   adabiy   normadan   tashqarida   bo‘lishi   bilan   ajralib   turadi.
Bunday   so‘zlarni   xalq   va   til   ijodkorlari   yaratadi.   Xalq   yaratgan   so‘zlar
tilshunoslikda   og‘zaki   nutq   okkazionalizmi,   ma’lum   ijodkorlar   tomonidan
yaratilgan so‘zlar esa individual - yakka nutqqa xos, ya’ni badiiy okkazionalizmlar
deb yuritiladi. Shoir yoki yozuvchilarimizning o‘z ijodida muayyan so‘zni yang bir
ma’noda qo‘llashi ham bu tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishiga olib keladi.
O‘zbek   tilshunosligida   nutq   uslublari   dorasida   ijodkorlarning   badiiy
mahorati,   poetic   individualligi   keng   o‘rganilmoqda.   Eshqobil   Shukurning   ham
tildan foydalanish, so‘z qo‘llash mahorati o‘ziga xos. Shoir ijodida ham yangidan-
yangi badiiy ifodalarni ko‘rish mumkin. Bundan tashqari uning tadqiqotchi sifatida
so‘zlar   etimologiyasi   bilan   jiddiy   shug‘illanayotgani   ham   alohida   ahamiyat   kasb
etadi.   Shoir   ijodida   yangi   so‘zlar   qo‘llash   malakasi   boshqalarnikidan   farq   qiladi.
Yangi   so‘zlar   so‘zlovchi   yoki   ijodkorlar   tomonidan   o‘z   fikr   va   maqsadini   o‘ziga
xos   tarzda   va   aniq   ifodalash,   o‘zlari   tasvirlayotgan   biror   shaxs,   narsa,   obyekt,
voqea-hodisalarni   barcha   qirralari   bilan   namoyon   etish   hamda   ularga   nisbatan
bo‘lgan   o‘z   munosabati,   ya’ni   his-tuyg‘ularini   yorqin   ifodalash   maqsadida
yaratiladi   va   qo‘llanadi.   Yangi   so‘zlar   tasvir   obyektini   tavsiflashda   tildagi
imkoniyatlar nutq egasini qanoatlantira olmaganda yaratiladi. Okkazionalizmlar bir
marta qo‘llanishi va o‘ta ta’sirchanligi, obraz yaratishda nihoyatda qulayligi bilan
til   birliklaridan   farqlanib   turadi.   Okkazional   so‘zlarning   o‘ziga   xos   vazifalari,
2 xususiyatlari   mavjudki,   ular   o‘zbek   tilshunosligida   hali   yetarli   ravishda   tadqiq
qilingan emas. To‘g‘ri, okkazional so‘zlar haqida o‘zbek tilshunosligida anchagina
fikrlar bildirilgan. Ayniqsa, S.Toshaliyevaning o‘zbek tilida okkazional so‘zlarning
yasalishiga   oid   izlanishlari   diqqatga   molikdir.   Lekin   lug‘aviy   okkazionalizm
maxsus   tadqiqot   obyekti   qilib   olinmagan   va   har   tomonlama:   fonetik,   lug‘aviy,
morfologikjihatdan, shuningdek, og‘zaki  yoki  yozma nutq ko‘rinishlaridagi  holati
bo‘yicha   o‘rganilmagan.   Ayniqsa,   Eshqobil   Shukur   sh’erlarida   lug‘aviy
okkazionalizmlarning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   okkazional   so‘zning   tug‘ilish
sabablari,   unga   bo‘lgan   ehtiyoj,   okkazionalizmlarning   unga   yondosh   bo‘lgan
hodisalar  −  neologizm,  sinonimiya,  normal   va  nonormal   leksik  birliklardan  farqi,
okkazional   so‘zlarning   tilda   ado   etuvchi   uslubiy,   badiiy-estetik   vazifalari,   bu   tip
so‘zlarning   til   lug‘at   sistemasiga   munosabati   kabi   muammolar   o‘z   tadqiqini
kutmoqda. Shu ma’noda mazkur dissertatsiya mavzusi dolzarb hisoblanadi.
Muammoning   o‘rganilganlik   darajasi .   Til   lug‘aviy   tarkibining
shakllanishi   va   rivojlanishi   jarayonlarini   o‘rganish   o‘z   tarixiga   ega.   Bu   masalaga
bag‘ishlangan   ishlarda   okkazional   so‘zlarga   e’tibor   berib   kelinadi.   Badiiy
asarlarning lisoniy xususiyatlari  jahon va o‘zbek  tilshunosligida keng  o‘rganilgan
til   sathlari   lingvostilistik 1
,   lingvopoetik 2
  nuqtai   nazardan   atroflicha   tadqiqi
qilingan.     Xanpiraning   V.V.Mayakovskiy   ijodiga   xos   okkazionalizmlarni
1
Шоабдураҳмонов Ш.  « Равшан »  достонининг тили ва стили :   филол.фан.докт. ...дисс. –Т., 1949.  Мамадов Х.
Лексико-стилистические   особенности   художественной   прозы   Алишера   Навои:   автореф.   дисс.…
канд.филол.наук.   –Т.,1969.   Шомақсудов   А.   Муқимий   сатираларининг   тили.   – Т.,   1970.   Қўчқортоев   И.
Абдулла   Қаҳҳорнинг   фразеологик   новаторлиги:   филол.фан.номз.   ...дисс.   автореф.   –Т.,   1975.     Юлдашев   Б.
Язык   и   стиль   произведений   Саида   Ахмада:   автореф.   дисс.…канд.филол.наук.   –Т.,1979.   Абдиев   Э.   Язык   и
стиль   драм   Камила   Яшина:   автореф.   дисс.…канд.филол.наук.   –Т.,1982.   Чориев   Т.   Садриддин   Айний
публицистик   асарларининг   тили   ва   услуби(лексика   ва   фразеология):филол.фан.номз.   ...дисс.   автореф.   –
Самарқанд, 2001. Боймирзаева С.У.   Ойбек прозасининг лингвостилистик тадқиқи: филол.фан.номз. ...дисс.
автореф. –Самарқанд, 2004. Чориева З. Абдулла Қодирийнинг   “Ўткан кунлар” романидаги мактубларнинг
луғавий-маъновий   ва   услубий   хусусиятлари:   филол.фан.номз.   ...дисс.   автореф.   –Т.,   2006.   Нормуродов   Р.
Шукур   Холмирзаев   асарларининг   тил   хусусиятлари:   филол.фан.номз.   ...дисс.   автореф.   –Т.,   2000   ва   б.
Қўчқорова   М.   Абдулла   Қаҳҳор   адабий-танқидий   публицистикасининг   мавзувий   таснифи   //   Ўзбек   тили   ва
адабиёти, 2009, - № 2.  52-55.
2
Мирзаев   И.К.   Проблем   лингвопоэтической   и   нтерперетации   стихотворного   текста :   автореф.   дисс.…
докт .филол.наук. –Т.,199 1 .    Маҳмудов Н. Абдулла Қаҳҳор ҳикояларининг лингвопоэтикасига доир // Ўзбек
тили   ва   адабиёти.     1987.   -   №   4.   Муҳаммаджонова   Г.   80-йиллар   охири   ва   90-   йиллар   бошлари   ўзбек
шеъриятининг   лингвопоэтик   тадқиқи:   филол.фан.номз.   ...дисс.   автореф.   –Т.,   2004.   Хамидов   З.Лексико -
семантическое   и   лингвопоэтическое   исследование   языка   « Лисан   ат - тайр”.   –Т.,   1982.   Йўлдошев   М.М.
Чўлпоннинг бадиий тил маҳорати: филол.фан.номз. ...дисс. автореф. –Т., 2000. 
3 o‘rganishga   bag‘ishlangan   dissertatsiyasi   birinchi   monografik   ish   edi.   O‘zbek
tilshunosligida   bu   mavzuga   shoir   yoki   yozuvchining   so‘z   qo‘llash   mahoratiga
bag‘ishlangan   ishlarda,   shuningdek   adabiy   til   me’yorlari   bo‘yicha   yaratilgan
asarlarda,   so‘z   yasalishi   haqidagi   maqola   va   tadqiqotlarda   ayrrim   fikkrlar   ilgari
surilgan.   Q.Samadov,   X.Abdurahmonov,   N.Mahmudov,   B.Choriyev,   B.Yoriyev
M.Mirtojiyev,   L.Abdullayeva   kabilar   o‘z   tadqiqotlarida   ma’lum   bir   ijodkorning
so‘z   qo‘llash   mahorati   masalasida   okkazionalizmlarning   o‘rni   va   rolini   qayd   etib
o‘tgan   bo‘lsalar-da,   lekin   yangi   so‘z   ijodkorligi   ularning   leksik   va   badiiy-estetik
xususiyatlari   tahlil   qilingan   monografik   ish   o‘zbek   tilshunosligida   hali
o‘rganilmagan. B.Umurqulov okkazional so‘zlarni ijodkorning o‘ziga xos uslubini
belgilovchi   omillardan   biri   sifatida   talqin   etadi.   Okkazional   so‘zlar   va   ularning
adabiy normaga munosabati A.Mamatov   tomonidan chuqur o‘rganildi. Olim asosiy
e’tiborni   lingvistik   me’yor   muammosini   hal   etishga   qaratar   ekan,   “nonormal”,
“noqonuniy”   bo‘lgan   okkazional   so‘zlar   va   iboralarga   xos   belgilarni   misollar
asosida   tahlil   qilib   beradi   Tadqiqotchi   S.Mo‘minov   neologizm   va
okkazionalizmlarning   xususiyatlarini  qiyoslab, o‘ziga xos bo‘lgan farqli  tomonlar
haqida o‘z qarashlarini   bayon qiladi.  O‘zbek tilida okkazional so‘zlarni izchil ilmiy
asoslarda   o‘rganish   XX   asrning   90-   yillari   oxiriga   to‘g‘ri   keladi.   S.Toshalieva
“O‘zbek   tilida   okkazional   so‘z   yasalishi”   mavzuida   nomzodlik   dissertatsiyasini
yoqladi.   Bu   ushbu   muammoga   oid   birinchi   monografik   ish   edi.   Tadqiqotchi
okkazional   so‘zlarning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   haqida   ham   to‘xtaladi.   U
okkazional   so‘zlarni   to‘rt   tipga   ajratadi:   leksik   okkazionalizmlar,   semantik
okkazionalizmlar,   okkazional   yasalmalar   va   okkazional   ibora.   Tadqiqot,   asosan,
okkazional   so‘zlarning   yasalishiga   bag‘ishlangan   bo‘lib,   unda   okkazional   so‘z
yasalishi usullari atroflichayoritilgan.
Tadqiqotimizning   boshqa   ishlardan   farqli   tomoni   shundaki,   unda   asosan,
Eshqobil   Shukr   she’riyati,   uning   hayot   yo‘li,   so‘z   qo‘llash   mahorati,   so‘z
ijodkorligi   shuningdek   she’rlarining   leksikasi   asosida   o‘qitish   metodikasi   haqida
ham ayrim tavsiyalar ishlab chiqiladi. 
4 Tadqiqotning     obyekti   va   predmeti.   Ishning   tadqiq   obyektini   Eshqobil
Shukur she’riyatida uchraydigan yangi so‘zlar tashkil qiladi.
Tadqiqot   usullari.   Ishning   metodologik   asosini   til   va   tafakkur   birligi,
obyektiv   borliq   va   lisoniy   belgi   munosabati,   til   evolyutsion   rivoji   kabi   lisoniy-
falsafiy   qoidalar   tashkil   qiladi.   Shuningdek,   mavzuning   ba’zi   muammoli
tomonlarini tahlil qilishda ushbu muammo bo‘yicha tilshunoslikda mavjud nazariy
qarashlarga tayanib ish tutildi.
Ishda   tasvirlash,   tavsiflash,   sistem   tahlil,   qiyoslash,   tasniflash   kabi   metod   va
usullardan foydalanildi
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- Eshqobil Shukr she’riyatida yangi so‘z ijodkorligi bo‘yicha  material to‘plandi
va lisoniy tadqiq qilindi;
- yangi so‘zning mohiyati, uning lug‘aviy va grammatik belgilari tahlil qilindi;
- yangi   so‘zning   asosiy   xususiyatlari:   nutqqa   bog‘liqlik,   ijodiylik,   norma   bilan
munosabat,   betakrorlik,   ta’sirchanlik,   majburiy   bo‘lmagan   nominatsiya   va
boshqalar tahlil qilindi; 
- yangi   so‘zlar   sinonimiyasi,   okkazional   so‘zlarning   til   lug‘at   tizimiga   kirish
yoki kirmasligi ochib berildi;
- Eshqobil Shukur she’riyati misolida leksika o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar ishlab
chiqildi.
Tadqiqot   natijalarining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati.   Ushbu   tadqiqotda
yangi   so‘zlarning   badiiy-estetik   vazifasi   nazariy   va   amaliy   jihatdan   o‘rganilgan.
Ish   natijasida   umumlashtirilgan   ilmiy-nazariy   xulosalar   so‘z   muammosini   til   va
nutq   aspektida   o‘rganishda,   ayni   paytda,   so‘zning   badiiy-estetik   xususiyatlarini
ochishda muayyan qimmatga ega. Ishdagi ilmiy tahlil turkiy tillar, xususan, o‘zbek
tili   leksikologiyasi,   leksikografiyasi,   uslubshunosligi,   nutq   madaniyati   bo‘yicha
yaratiladigan   qo‘llanmalar   qo‘shimcha   material   bo‘lib   xizmat   qila   oladi.
Shuningdek, badiiy matnni lingvistik tahlil qilishda ham foydalanish mumkin.
5 Tadqiqotning   tuzilishi.   Bitiruv   malaka   ishi     kirish,   uch   bob,   xulosa   va
foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxatidan   iborat   bo‘lib,   kompyuter   yozuvida   71
sahifani tashkil etadi.
6 I.BOB O‘ZBEK TILIDA SO‘Z YASALISHI 
1.1.   Eshqobil   Shukr   hayotiga   chizgilar.   Eshqobil   Shukur   1962-yil
Surxondaryo   viloyatining   Qumqo‘rg‘on   tumanidagi   Boymoqli   qishlog‘ida
tug‘ilgan.   ToshDUning   filologiya   fakultetini   bitirgan   (1984).   Uzoq   yillar
O‘zbekiston televideniyesi kanallarida ishlagan. Bugungi kunda “Ma’naviy hayot”
jurnali   bosh   muharriridir.   Ilk   she’rlar   to‘plami   –   «Yurakni   o‘rganish»   (1984).
Shundan   so‘ng   uning   «Sochlari   sumbul-sumbul»   (1988),   «Tungi   gullar»   (1989),
«Yashil   qushlar»   (1995),   «Hamal   ayvoni»   (2003)   she’riy   kitoblari   va   2005   yilda
«Ko‘hna   bog‘   rivoyatlari»   nasriy   kitobi   nashr   etilgan.   «Naqshband»,   «Ibtido
xatosi»   kabi   dostonlari,   «Nasoyim   ul-muhabbatga   sayr»   turkumi,   shuningdek,
«Oqibat   oqshomi»,   «Dunyoning   ko‘chishi»   kabi   qissalari   ham   bor.   Eshqobilning
porloq ijodiy ertasiga komil ishonchim bor. 
  Ijodkorning   shakllanishida   xalq   merosining   ahamiyati   qay   darajada?
Umuman olganda, Eshqobil Shukurning shakllanishida qaysi jihatlar muhim   о ‘rin
tutadi?   Shu   о ‘rinda   diqqatingizni   hamma   ishlatadigan,   lekin   hamma   ham   e’tibor
qilavermaydigan, kichkinagina bir obrazga qaratish lozim. Ona yerimizning tabiiy
y о ‘ldoshini qadim-qadimdan “Oy” deb atashgan. Lekin qaysi bir zamonlarda oyni
kimdir birinchi b о ‘lib “oymomo” deb aytgan. Hamma gap shunda! Qanday yaxshi
obraz bu! Shu obraz sabab odamlar oyni tirik bir timsolda k о ‘radigan b о ‘lganlar va
asrlar   mobaynida   unga   sirlarini   aytib   kelganlar.   Hatto   tili   chiqayotgan   g о ‘daklar
k о ‘p   s о ‘zlardan   oldin   “oymomo”ni   aytib   о ‘rganadilar.   Bu   obrazning   necha   ming
yillik   y о ‘lni   yurib   kelayotganini   tasavvur   qilib   k о ‘ring.   Qarangki,   shunda   ham   u
qarib qolmagan. Xalqimizning og‘zaki ijodiyotida bunday ramzlar va timsollar oz
deysizmi? Ular juda k о ‘p.  О ‘sib kelayotgan bolaning tafakkuri shunday obrazlarni
о ‘ziga   singdirsa,   albatta   u   olamga   ijodiy   k о ‘z   bilan   qaraydi.   Dostonlarimizga   bir
qarang.   Jahonda   barmoq   bilan   sanarli   xalqlarninggina   “Alpomish”day   dostoni
b о ‘lishi   mumkin.   Yoxud   baxshilarimiz   yonib   kuylagan   “G о ‘r о ‘g‘li”   dostonini
oling.   Bu   dostonning   shakli,   syujeti,   ramz   va   timsollari,   badiiy   qudrati   hozirgi
zamon jahon adabiyotining eng ilg‘or asarlariga manba b о ‘la oladi. 
7 Nobel mukofoti laureati Migel Anxel Asturiasning bir gapi bor: “Nazarimda
eng   yaxshi   romanlar   yozilgan   emas,   aytilgan”.   Bu   о ‘rinda   adib,   Amerika
kechmishida   afsonalar   va   rivoyatlarni   q о ‘shiq   va   doston   shaklida   aytib   yurgan
bizdagi baxshilarga  о ‘xshash odamlarni nazarda tutgan. Modomiki, mutolaa asosan
о ‘qish   emas,   uqish,   unda   men   mutolaa   qilganim   –   ilk   badiiy   asarlarni   о ‘qigan
emas,   balki   tinglaganman.   Qishning   sovuq   va   uzun   kechalarida   sandal   atrofida
о ‘tirib   tinglagan   ertaklarimiz   va   afsonalarimiz   hanuz   yuragimda   sado   beradi.
Hazrati Rumiy iborasi bilan aytganda, men bu asarlarni “yodlagan emasman, balki
yeganman”. 
Hozirgacha odamzot omochdan kosmik kemagacha b о ‘lgan masofani bosib
о ‘tdi.   Baribir,   bugungi   kosmik   kemalarning   kashf   etilishida,   uchar   gilamlar-u,
Delal   va   Ikarning   ham   о ‘z   о ‘rni   bor.   Shuning   uchun   ham   ertak   va   afsonalarga
о ‘tmish   xayollari   deb   qaramaslik   kerak.   Modomiki,   ular   faqat   о ‘tmishning   о ‘zi
b о ‘lib   qolganida   yoki   shunchaki   ch о ‘pchak   b о ‘lganida   bugungi   bolalarga   ertak
aytib   berib   о ‘tirishga,   hatto   onalarning   alla   aytib   о ‘tirishlariga   hojat   qolmasdi.
Bular odam qalbi bilan bog‘liq hodisalar.
SHOIR   bolaligidan   momolar-u   bobolarning   gurunglarini   yaxshi   k о ‘rgan.
Ehtimol, doimo bobosiga ergashib yurgani  uchun shunday b о ‘lgandir. Hozir  ham
qishloqqa   borganida,   k о ‘proq   keksalar   bilan   gurunglashadi.   Yaqinda,   yurtga
borganida   ham   Qizlarsho   momo,   Jamol   momo,   О ‘ngol   momo,   Shayman   bobolar
bilan   k о ‘p   gurunglashdi.   Ularning   eng   yoshi   saksondan   oshgan.   Ular   menga
yoshlik yillarida k о ‘rgan-bilganlarini, eshitganlarini aytib beradilar. Ularning tilida
s о ‘z boshqacha harakat qiladi.
Masalan,   О ‘ngol   momo   hikoyasini   bunday   boshlaydi:   “Kunsuluv   eridan
qoraxat   olganda,   “Sen   yerning   ostida   chirisang,   men   yerning   ustida   chiriyman!”
deb qasam k о ‘tardi”. Yoki Jamol momo g‘amgin bir q о ‘shiqni aytib beradi:
Chiqib edim shamolga,
Kirib edim amalga,
Qaytarib soldi qamalga.
8 Holim k о ‘p, holdoshim y о ‘q,
Dardim k о ‘p, darddoshim y о ‘q.
Bir kuni onasi   о ‘zi yozgan bir hikoyatni   о ‘qib bera boshladi: “Abdimurod yolg‘iz
yigit   edi…”   Onasi   uni   birinchi   jumladayoq,   t о ‘xtatdi.   Chunki,   uning   hikoyatga
asos b о ‘lgan voqeadan xabari bor edi. Keyin ona uning birinchi jumlasini shunday
tahrir qildi: “Yolg‘iz yigit edi” deb yozma, “Uning  о ‘zidan boshqa qorasi y о ‘q edi”
deb   yoz”.   K о ‘ryapsizmi,   bu   jumlada   qancha   badiiy   rang   bor,   obraz   bor   va   tirik
tilning taftli nafasi bor.
  Bola   bilan   samimiy   suhbat   kattalarning   ham   tabiatini   tozalashga   yordam
beradi.   Kichkina   о ‘g‘lim   besh   yoshida   rasm   chizishga   qiziqib   qoldi.   U   qanday
surat   chizmasin,   albatta   unda   quyosh   b о ‘lardi   va   har   bir   quyosh   kulib   turardi.
Biron-bir suratda quyoshning x о ‘mraygani yoki jiddiy turgan holati y о ‘q edi. Men
undan s о ‘radim: “Nima uchun hamma chizgan rasmlaringda quyosh kulib turadi?”
U:   “Quyosh   о ‘zi   har   doim   kulib   turadi-da”,   –   deb   kulib   javob   berdi.   Men   uning
kulgisida chizgan rasmlaridagi quyoshning kulgusini k о ‘rganday b о ‘ldim. Ehtimol,
rostdan   shundaydir.   Biz   kattalar   quyoshning   kulib   turganini   k о ‘rmayotgandirmiz.
Bola   uchun   esa,   quyosh   kulayapti.   Bu   uning   haqiqati.   Y о ‘qsa,   u   rasmni   bunday
chizmas edi.
Ayrim ijodkorlar butun ijodi davomida faqat bir y о ‘nalishda ijod qilib  о ‘tadi.
Ba’zi   iste’dod   egalari   esa,   ma’lum   bir   yoshga   vaqti-voyaga   yetganlarida   boshqa
janrlarga   ham   murojaat   qiladilar.   Keyingi   holatni   sizda   ham   kuzatish   mumkin.
Yashashni   bir   ne’mat   desak   she’riyat   uning   tuzidir.   Yosh   bolalarni   qarang,
ularning hammasi poeziya bilan yashaydi. Hayratlanadi. Agar hayotning poeziyasi
b о ‘lmasa hatto beshikdagi bola ham olti oyda qarib qolgan b о ‘lardi. Odam qalbini
hayrat   va   muhabbat   ulg‘aytiradi.  Shuning  uchun   har   qanday   nasriy   asarning   ham
zamirida   nazm   yotadi.   Nazmsiz   nasr   о ‘lik   bir   narsa.   Hamma   yaxshi   nasriy
asarlarga qarang, ularning har biri bitta she’r tasvirlashi mumkin b о ‘lgan tuyg‘uni
ifodalaydi. Shuning uchun Shukur aka Tagorning “Roman t о ‘rt satr she’r b о ‘lishi
kerak”   degan   gapini   k о ‘p   takrorlardi.   Shoir   oq   qog‘ozning   ikki   chetidan   xoshiya
9 qoldirib yozsa, nosir qog‘ozni t о ‘ldirib yozadi. Ularning farqi boru y о ‘g‘i shunda.
Sizni qadim  turkiy tilning katta muxlisi, tadqiqotchisi  sifatida ham bilamiz. S о ‘z,
s о ‘zlarning   о ‘zagi   va   turli   tillardagi   shakllarga   bag‘ishlangan   tadqiqotlaringiz,
qadimiy   turkiy   yozuvlarga   bag‘ishlangan   maqolalaringiz   k о ‘pchilikda   katta
qiziqish   uyg‘otgan.   Haqiqiy   she’rning   dunyoga   kelishida   yana   qaysi   omillarning
о ‘rni beqiyos?
  Eshqobil   Shukurni   qadimiy   turkiy   tilning   tadqiqotchisi   deb   aytish   ham
mumkin. Shoir bu haqda shunday deydi: “Men  о ‘zimni bu tilning bir  о ‘g‘li sifatida
k о ‘raman.   Undan   qarzdorligimni   ich-ichimdan   his   etaman.   Bu   shunchaki   gap
emas. Avvalgi chiqishlarimdan birida ham aytgandim: “Ona tili” degandan k о ‘ra,
“Ona   Til”   deyish   ma’qulroq,   g о ‘yo   Ona-Vatan,   ona   yurt   deganday.   Bu   bizni
yanada burchliroq b о ‘lishga undaydi. Chamasi bundan yigirma yillar avval “S о ‘zni
k о ‘rayapman”   degan   maqola   yozganman.   Bu   maqola   ushbu   gazetada   bosilgan.
Ochig‘i, men s о ‘zni his qilishni, uning mohiyatini ilg‘ashni istayman. S о ‘zlarning
paydo   b о ‘lishi,   ildizlari   haqidagi   urinishlarim   esa,   bir   shoirning   о ‘z   tilini   chin
ma’noda   anglashi   uchun   harakatlaridir.   Men   bu   jarayonda   olimlik   da’vo
qilolmayman.   Men   s о ‘z   tahliliga   boshqacha   rakursda,   she’r   yozayotganday
yondashishni   istayman.   Ishoning,   о ‘zbek   tilidagi   biron-bir   s о ‘zning   menga
noma’lum   b о ‘lgan   biron-bir   jihatini   topib   olsam,   о ‘zimning   о ‘zimga   noma’lum
b о ‘lgan  sirimni  kashf  etganday   bir  holga  tushaman.  “Chayla”  bilan  “yaylov”ning
bitta   s о ‘z   ekanligini   topib   olganimda,   y о ‘qotgan   о ‘yinchog‘ini   topib   olgan
bolakayday   bir   necha   kun   yayrab   yurganman.   Bir   qancha   s о ‘zlar   ustida   ishlagan
ish   daftarimning   birinchi   betiga:   “Mehr   va   muhabbat   bilan,   azizim,   mehribonim,
suyuklim   Ona   Tilimga   bag‘ishlayman”   deb   yozib   q о ‘yibman.   Aytmoqchimanki,
yaxshimi   yomonmi,   xatolimi   xatosizmi   bu   ishlarim   о ‘z   tilimga   mehrimning
mevalaridir.   Men   turkiy   tillarga   oid   lug‘atlarni   eng   qiziq   qissalardan   ham
qiziqibroq   о ‘qiyman.   Chunki,   har   bir   s о ‘z   menga   bir   sirni   shivirlayotganday
b о ‘ladi. Ayniqsa, Qoshg‘ariy “Devon”ida…
10 She’riyatda,   umuman   adabiyotda,   mezon   deb   hisoblaydigan,   о ‘zingiz   amal
qiladigan   tabarruk   tamoyil   nimadan   iborat?   Shunday   mezon   bormikan   asli?
Tuproqning   eng   katta   hikmati   shundaki,   unda   har   qanday   urug‘   unadi,   о ‘sadi,
kamol   topadi.   Adabiyot   ham   shunga   о ‘xshaydi.   Unda   ham   eng   g о ‘zal   fikrlar   va
tuyg‘ularning   unib   о ‘sishini   k о ‘rasiz.   О ‘tgan   asrdagi   materialistlarning   eng   katta
xatosi   ular   insondan   hayvonni   izladilar.   Bu   bor   gap.   Haqiqiy   adabiyot   esa,
maxluqdan malakni izlaydi. Hatto ichi zulmat odamning tiynatidan ham nur topadi
yoxud   unga   nur   olib   kiradi.   Rumiy,   Navoiy,   Gyote,   Tolstoy…   Bu   zotlarning
hammasi   shu   maqsadda   adabiyot   yaratganlar.   Insonni   insonday   k о ‘rishni
istaganlar.
Umumlashuv va globallashuv  davri qalbni qotirib tashlaydi, bunday paytda
albatta adabiyot oldinga chiqishi kerak. 
Shunday qadriyatlarimiz borki, ular bilan yuzma-yuz kelganingda, yuraging
zirqirab   ketadi.   Millatimizning   shunday   yorqin   xusuiyatlari   borki,   ularni   bugungi
globalizatsiya   t о ‘fonlaridan   asrab   qolish   va   millat   bolalari   ruhiga   singdirish
adabiyotimizning   bugungi   kunining   vazifasidir.   Bizda   milliy   tarbiyaning   zamini
juda   pishiq.   Bu   xalqning   katta   dostonlaridan   tortib,   eng   kichik   matal   va
topishmoqlarigacha qalb tarbiyasi, fikr tarbiyasi, kerak b о ‘lsa, jism tarbiyasigacha
о ‘zida   aks   ettirgan.   Shularni   qayta   ijodiy   ishlashimiz   kerak.   Bunday   asos   va
manbani hamma xalqlarda ham bu darajada mukammal deb b о ‘lmaydi.
Dunyoda   til   va     adabiyotidagi   umumlashuv,   globallashuv   k о ‘p   qaltis
jarayon.   Shuning   uchun   yosh   ijodkorlarimiz   ehtiyot   b о ‘lishlari   kerak.   Navoiylar,
Qodiriylar   yaratgan   bog‘ga   bilib-bilmay   har   xil   chirmovuqlar-u,   zaharli
zamburug‘larni olib kirmasinlar. “Bu b о ‘ston sahnida gul k о ‘p, chaman k о ‘p” 
  Shoirning   so‘zga,   tilga   munosabati   haqida   zamondoshlari,   uni   tanigan
ijodkorlarning fikri ham muhim ahamiyatga ega.
Iqtidorli shoirimiz Eshqobil Shukur she’riyatini  ko‘p yillardan buyon o‘qib,
kuzatib kelaman. Har qanday yasamalikdan, har qanday fikrbozlikdan, har qanday
11 soxta   ohanglardan   xoli   bo‘lgan   bu   she’riyatda   dilkashlikni,   samimiyatni,   mehrni,
kuyinchaklikni, teranlikni, go‘zallikni uchratasiz.
Abdulla Oripov,
O‘zbekiston xalq shoiri (2013-yil)
Eshqobil Shukur o‘zbek she’riyatida o‘z o‘rniga,boshqa hech bir shoir bilan
adashtirib yubormaydigan ovozga ega shoir. U fikr va hayajon shoiri. U tajribalar
qilishni yaxshi ko‘radi. U qog‘oz to‘ldirish uchun emas, yuraklarni to‘ldirish
uchun   yozadi.
Xurshid Davron,
O‘zbekiston xalq shoiri (2013-yil)
She’r   so‘zi   bo‘lmaydi.   Demoqchimanki,   so‘zlar   orasida   she’rga
mo‘ljallangan   alohida   so‘zlar   bo‘lmaydi.   Lekin   chin   shoirning   qo‘liga   tushsa,
hamma   so‘z   she’r   bo‘ladi.   Eshqobil   juda   xalqchil   shoir.   U   boshqalarga
o‘xshamaydi. Men qidirib ko‘rdim, kimga o‘xshar ekan deb, yo‘q, o‘xshamaydi.
Erkin A’zam,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi. (2003 yil)
Eshqobil   Shukurning   “Hamal   ayvoni”   kitobini   varaqlab,   bir   xulosaga
keldimki,  Eshqobil   taqlid qilmagan  shoir.  Uning  “Nasoyim  ul  muhabbatga  sayr”
turkumi xalqimiz uchun yuksak ma’rifiy ruhdagi asarlardan deb hisoblayman. 
Mirzo Kenjabek, shoir
Eshqobil Shukur o‘zbek tilidagi so‘zlarni qo‘llabgina qolmay ularning kelib
chiqish-yu qanday yangi ma’no ifodalashi, qaysi ma’nolar bilan borib bog‘lanishi
bilan   ham   qiziqadigan   erkin   tadqiqotchidir.   Endi   shoirning   so‘z   ijodkorligini
teranroq   anglash   uchun   neologizmlar   va   okkozianalizmlar   haqida   muxtasar
tushuncha berish maqsadga muvofiqdir.
1.2.   She’riy   matnlarda   neologizm   va   okkazionalizmlarning   o‘zaro
munosabati.   So‘z yasalishi  qanday usul  bilan bo‘lsa ham, yangi  so‘z hosil  qilish
mumkinligini ko‘rdik. O‘zbek tilida so‘z yasalishining bir necha usuli mavjud: 1)
semantik usul; 2) fonetik usul; 3) sintaktik-l e k s i k usul; 4) affiksatsiya usuli; 5)
12 kompozitsya   usul.     Semantik   usul   bilan   so‘z   yasalishida   tilda   bor   bo‘lgan   so‘z
(so‘z   formasi)ning   ma’nosi   o‘zgarishi   natijasida   yangi   so‘z   qosil   bo‘ladi:   kun
(sutkaning   yorug‘   qismi)   –   kun   (quyosh,   planeta),   boshda   (o‘rin   kelnshigidagi
otdak   yuzaga   kelgan   ravish),   kechasi   (egalik   formasidagi   otdan   yuzaga   kelgan
ravish) va b.
O‘zbek tilida fonetik o‘zgarish (tovush o‘zg‘arishi) sh» hosil bo‘lgan so‘zlar
ham anchagina: ko‘r – ko‘z, bo‘r – buz kabi. Bunday yo‘l bilan so‘z hosil bo‘lishi
foketik usul bilan so‘z yasalishi deyiladi. Sintaktik-leksik usul bilan so‘z yasalishi
deganda   so‘z   birikmasining   so‘zga   aylannshi   tushuniladi.   Vaqtlar   o‘tishi   bilan
ma’lum   tipdagi   so‘z   bnrikmalari   bir   so‘zga   aylanishi   mumkin.   Bunda   so‘z
birikmasi   bir   ma’no   –   leksik   ma’no   ifodalaydigan   bo‘lib   qoladi,   birikma
kompoksntlari o‘rtasidagn sintaktik aloqa yo‘qoladi. Natijada aslida so‘z bnrikmasi
bo‘lgan   birlik   qo‘shma   so‘zga   aylanadi.   Masalan,   tokqaychi,   qashqargul,
mingboshi,   jo‘xoripoya,   engiltabiat,   kaltafahm   kabn   qo‘shma   so‘zlar   xuddi
shunday yo‘l bilan hoskl bo‘lgan.
So‘zga   affnks   qo‘shish   bilan   yangi   so‘z   hosil   qilish   affiksatsiya   usuli   bilan
so‘z   yasalishi   deyiladi:   ishchi,   betonchi,   sportchi,   paxtakor,   ochits,   yopiq,   ishla,
egovla,   o‘yla   kabi.   O‘zbek   tilida   affiks   qo‘shnb   so‘z   yasashdan   tashqari,   birdan
ortiq   o‘zakni   (mustaqil   ma’noli   morfemani)   qo‘shish   orqali   ham   yangi   so‘z
yasaladi. So‘z yasashning bu usuli  kompozitsin usul  deyiladi. Kompozitsiya usuli
bilan   qo‘shma   so‘zlar   yasaladi:   tuyaqush,   oybolta,   atirgul,   havo   rang,   sotib
oyamoq, olib kelmoq, hech qachon, har vaqt kabi.
Demak,   qo‘shma   so‘zlar   ikki   usul:   sintaktik-leksik   va   kompozitsiya   usuli
bilan   yuzaga   keladi.   Semantik,   fonetik   va   sintaktik-leksik   usullar   bilan   so‘z
yasalishi   tarixiy   yasalish   (diaxron   yas.)   hisoblanadi.   Hozirgi   so‘z   yasalishiga
keyingi   ikki   usul   –   affikeatsiya   va   kompozitsiya   usullari   kiradi,   shu   ikki   usul
hozirgi so‘z yasalishi-ning o‘rganish ob’ekti bo‘la oladi.
Hozirgi o‘zbek tilida so‘z yasalishining eng faol usuli  affiksatskya usulidir.
So‘z   yasovchi   affikslar   bir   qator   xususuyatlarga   ega.   Ba’zan   affikslar   bir   xil
13 ma’nodagi, ba’zilari esa turli «ma’nodagi so‘zlar yasaydi. Masalan, -soz affiksi bir
xil   ma’nodan   ot   yasasa   (asbobsoz,   soatsoz   kabi),   -chi   affiksi   bir   necha   xil
ma’nodagi   otlar   yasaydi   (traktorchi,   sportchi,   neftchi;   jinoyatchi,   tuhmatchi;).
Ba’zi affikslar bir turkumga oid so‘z yasasa, ayrim affikslar har xil turkumga oid
so‘z yasaydi.  Qiyoslang:  aravakash  (ot)  – pastkash  (sifat);  bedavo (safat)  betinim
(ravish). So‘z yasovchi affikslar o‘zbek tilida asosan suffmks xarak-tervda bo‘lnb,
boshqa   tillardan   o‘zlashgan   so‘zlarda   o‘shl   tillar-dai   o‘tgan,   o‘zak   oldiga
qo‘shiluvchi   affikslar   ham   uchraydi:   be-garaz,   noxush,   notinch,   antidemokratiya
kab i . O‘ zga tildan o‘tga n   ma’lum so‘zlar tark i bida qo‘llanuvchi aff i kslarni o‘zbek
tili   nuqta y i   nazaridan   so‘z   yasovchi   affiks   yoki   bunday   affiks   emasl i gini
baholashda ikki holatni hisobga oli sh  kerak. Agar bunday affiks o‘zga tildan o‘tgan
so‘zdagina uchrab, o‘zbek tilida yangi so‘z yasash uchun xizmat qilmasa, bunday
affiks so‘z yasovchi affiks hisoblanmaydi 
Affikslarning   so‘z   yasash   darajasi   bir   xil   emas.   Ba’zi   affikslar   juda   ko‘p
miqdorda, ba’zilari esa judakam miqdorda yangi so‘z yasaydi. Shuningdek, ayrim
affikslar hozirgi kunda ko‘plab yangi so‘zlar yasashda faol qo‘llansa, ayrimlarining
esa   so‘z   yasash   vazifasi   juda   cheklangan   bo‘ladi.   Ana   shu   farqli   xususiyatlariga
ko‘ra   so‘z   yasovchi   affikslar   uch   turga   bo‘linadi:   1)   unumli   (yoki   mahsuldor)
affikslar, 2) kam u n u m (k a m mahsul) affikslar, 3) unumsiz   affikslar.
Unumli     qo‘shimcha   juda   ko‘p   miqdorda   yangi   so‘zlar   yasaydi,   shungdek,
hozirgi o‘zbek tilida yangi so‘zlar yaratishda ham faol ishtirok etadi. Ot yasovchi -
chi,   sifat   yasovchi   -li,   fe’l   yasovchi   -la   affikslari   ana   shunday   affikslardan
hisoblanadi.   Masalan,   ot   yasovchi   -dosh   (musoba-qadosh,   suxbatdosh,   kursdosh)
affiksi, sifat yasovchi -ma (qo-vur.ia, chiyratma, terma) affiksi. Unumsiz affikslar
juda   kam   yangi   so‘z   yasalishida   qatnashadi,   ular   yordamida   hozirgi   kunda   yangi
so‘z yaratilmaydi. Masalan, ot yasovchi -gar (savdogar, zargar), -kash (aravakash),
sifat yasovchi -ag‘on  (chopag‘on, qopag‘on).
                  Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ldiki, so‘z yasalishi tahlilida yasama so‘zning
yasovchi   komponentlari   belgilanadi,   ya’ni   so‘z   qismlarga   ajratiladi.   Shuningdek,
14 so‘z   morfologik   strukturasi   jihatdan   ham   tahlil   etiladi.   Bundan   tashqari,   so‘z
morfema   nuqta y i   nazaridan   ham   tahlil   etiladi.   Lekin   so‘zning   so‘z   yasalish
strukturasi morfema strukturasidan ham, morfologik strukturasidan ham farqlanadi.
So‘zning   so‘z   yasalish   strukturasi   shu   so‘zni   yasovchi   komponentlar i dan   iborat
bo‘ladi. So‘z yasalish tahlilida yasama so‘zning qaaday yasovchi komponentlardan
tashkil topgani va shu komponentlar asosida yasama so‘z ma’nosining ifodalanish
usuli   o‘rganiladi.   Masalan,   terim:   ter   –   yasovch i   asos.   –im   yasovchi   aff i ks;
terimchi:   terim   –   yasovchi   asos,   -chi   –   yasovchi   affiks.   Demak,   so‘z   yasalishi
tahlilida, birinchidan, faqat so‘z yasovchi vositalar o‘rganiladi. Bunda  (morfologik
tahlil   tekshiradigan)       shakl       yasovchi   vositalar   e’tibordan   chetda   qoladi.
Ikkinchidan,   bu   tahlilda   yasama   so‘z   tarkibida   nechta   o‘zak   va   nechta   yasovchi
affiks   borligi   o‘rganilmaydi       (so‘z     shu   nuqtayi   nazardan   tahlil   etilmaydi),   balki
yasama so‘zni yuzaga keltirgan komponentlar belgilanadi. Masalan, terimchi so‘zi
morfema tarkibiga ko‘ra uch qismga bo‘linsa  (ter + im + chi), shu komponentlari
nuqtayi   nazaridan   u   (terimchi   so‘zi)   ikkiga   bo‘linadi         (terim   +   chi).   Chunki
terimchi   so‘zi   ter   o‘za-»   gidan   yasalayotgani   yo‘q,   balki   terim   va   -chi   yasovch i
komionent-lar   yordamida     yasalgan.   Paxtakorlik   so‘zining   ham     morfema
strukturasi   bilan   so‘z   yasalish   strukturasi   o‘zaro   farqlanadi.   Morfema   strukturasi:
paxta + kor + lik, so‘z yasalish strukturasi; paxtakor+lik.
Yasama so‘zning asosi (so‘z yasalish asosi) so‘z yoki so‘z birikmasiga teng
bo‘lishi ham mumkin: belbog‘li (belbog‘ + li) temir yo‘lchi      (temir    yo‘l + chi),
besh, yillik (besh yil + lik) kabi. 
So‘z   yasalishi   hodisasi   mustaqil   so‘z   turkumlariga   xos   bo‘lib,   lekin   so‘z
yasashning   biror   usuli   bilan   yangi   so‘z   hosil   qilish   so‘z   turkumlar i ning   barchasi
uchun   b i rdek   emas.   Masalan,   hozirgi   o‘zbek   tilida   eng   mahsuldor   usul   –
affiksatsiya   va   konpozitsiya   usuli   bilan   so‘z   yasash   ot,   sifat,   fe’l   va   ravish
turkumlari   uchun   xarakterlidir.   Son   turkumida   esa   affiksatsiya   usuli   bilan   ham,
kompozitsiya   usuli   bilan   ham   miqdor   bildiruvchi   yangi   so‘z   (yangi   yasalmaydi.
Sonlarga   qo‘shiluvchi   -(i)nchi   (uchinchi,   beshinchi,   ikkinchi),   -ta   (ikkita,   uchta,
15 beshta)   kabi   affikslar   yangi   miqdor   bildiruvchi   son   hosil   qilmaydi,   balki   son
(miqdor)   tushunchasini   o‘zgartmagan   holda,   unga   tartib,   dona   kabi   ma’nolar
qo‘shadi,   xolos.   U«   besh,   besh   yuz,   besh   yuz   ming,   besh   yuz   million,   o‘ n   ming,
o‘n besh ming kabilarda har bir so‘z (son)  o‘z ma’nosida qatnashadi, ular birikib
yang i   bir   so‘z   (son)ni   hosil   qilmaydi.   Olmoshlar   boshqa   turkumga   oid   so‘zlar
o‘rnida   q o‘llanuvchi,   umumiyl i k   xususiyatiga   ega   so‘zlar   bo‘lganidai   yang i   so‘z
yasal is h hodisasi bu turkumda deyarli yo‘q darajadadir.
“Neologizm   (grekcha   neos   –   yangi   +   logos   –   so‘z,   tushuncha).   Yangi
predmet yoki   yangi tushunchani ifodalash uchun yaratilgan so‘z yoki nutq iborasi.
So‘z   keng   qo‘llanish   doirasiga   kirgach,   neologizm   bo‘lmay   qoladi…   Sovet
davrining ayrim neologizmlari eskirgan so‘zlar qatoriga o‘tdi. Stilistik (individual
–   stilistik)   neologizm.   Biror   adabiy   asar   muallifi   tomonidan   ma’lum   stilistik
maqsad bilan yaratilgan, lekin keng tarqalish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, tilning
lug‘at   tarkibiga   kirmagan   neologizm.”   Lug‘atda   okkazionalizm   va   okkazional
tushunchalariga   ham   alohida   to‘xtalingan:   “Okkazionalizm.   Ma’lum   matn
sharoitidagina   qo‘llanib,   unumsiz   so‘z   yasash   qolipi   asosida   yaratilgan   so‘z.
Qiyoslang:   stilistik   neologizm   ”.“Okkazional   (lotincha   occasionalis   -   tasodifiy).
Umum   tomonidan   qabul   qilingan   qo‘llashlarga   mos   kelmaydigan,   individual
xususiyatga   ega   bo‘lgan,   maxsus   kontekstga   bog‘liq   bo‘lmagan   (qiyoslang:
uzual)”.   Uzual   terminiga   berilgan   ta’rifni   ham   ko‘raylik.   “Uzual.   Ma’lum   til
jamoasining qo‘llanish talabiga mos keladigan so‘z, frazeologik ibora, grammatik
konstruktsiya va h.k. (qiyoslang:  okkazional)”. “Uzus (lotincha usus  – urf, qoida,
qo‘llash).   Ma’lum   til   vakillari   tomonidan   qo‘llash   uchun   qabul   qilingan   so‘z,
turg‘un birikmalar, shakllar, konstruktsiyalar va h.k.”. Berilgan ta’riflar qiyoslansa
ma’lum   bo‘ladiki,   lug‘at   tuzuvchilar   okkazionalizmni   neologizm   deb   qarashdan
qochishga   harakat   qilganlar.   Ular   ko‘rsatgan   stilistik   neologizmlarga   berilgan
tavsiflar   mohiyat   jihatidan   okkazionalizm   tavsiflariga   yaqin,   lekin   birinchisida
“tilning   lug‘at   tarkibiga   kirmagan”   degan   fikr   ham   borki,   u   ikkinchi   so‘z   tavsifi
ichida yo‘q. Shunday tasavvur tug‘iladiki, okkazionalizmlar neologizmlardan farq
16 qiladigan   birliklar,   lekin   mualliflar   ularni   qat’iy   ravishda   neologizm   emas,   deya
olmaydilar.   A.Hojiyevning   “Lingvistik   terminlarning   izohli   lug‘ati”da
“Okkazionalizm  produktiv bo‘lmagan qolip asosida  yasalgan,  faqat  shu matnning
o‘zida   qo‘llangan   so‘z,   individual   uslub   neologizmi.   Masalan,   muzqaymoq
(morojn ы y)   kabi”   degan   ta’rif   berilgan.   Bundan   tashqari,   lug‘atda   okkazional
ma’no   haqida   ham   tushuncha   berilgan:   “Okkazional   ma’no   (lot.   occasionalis   -
tasodifiy).   So‘zning   semantik   strukturasida   shakllanib   yetmagan,   ma’lum
individual   qo‘llashda   reallashadigan   ma’no:   Fan,   san’atning   gullari   butun,
to‘plangandi   suhbat   uchun   (Oybek).   Bu   izoh   o‘zbekcha   okkazional   so‘z   va
okkazional   ma’no   haqida   aniq   ma’lumot   beradi.   Ko‘rinadiki,   “okkazionalizm”
“individual   uslub  neologizmi”  termini   bilan  sinonimik  tarzda  qo‘llanishi   mumkin
ekan,   chunki   lug‘atlar   qoidalashtirilgan,   muayyan   me’yorlarga   solingan
tushunchalarni   beradi.   Okkazionalizmlarga   lug‘atlarda   e’tibor   berilmoqda   ekan,
ularning   xususiyatlarini   sanashda   buni   hisobga   olish   kerak,   deb   o‘ylaymiz.
Tasodifiy,   favqulodda   yaratilgan   so‘zlarni   nomlashga   doir   terminlar
Okkazionalizmlarga berilgan turli ta’riflar bu masalaga bag‘ishlangan monografiya
va maqolalarda ham uchraydi. 
Biz   bu   ta’riflarga   ishimizning   keyingi   sahifalarida   o‘rni   bilan   batafsil
to‘xtaymiz.   Tilshunoslikda   tasodifiy   yaratilgan   so‘zlarni   qanday   nomlash
masalasiga   ham   katta   e’tibor   berilgan   va   bunday   so‘zlar   tadqiqiga   bag‘ishlangan
ishlarda turli terminlar taklif qilingan.
Rus   tilshunosligida   “okkazional   so‘z”   termini   ilk   bor   N.I.Feldman
tomonidan   qo‘llanganini   aytdik.   U   bu   so‘zni   quyidagicha   ta’riflaydi:
“Okkazionalso‘zlar  so‘z  yasalishining  mahsuldor  tiplariga ko‘ra  yuzaga keladi  va
ularning   ma’nolari   matnda   motivlashadi   va   izohlanadi.”   G.Paul   ham   bu   terminni
ilk bor qo‘llaganlar qatorida turadi va “okkazional so‘z”ni uzual ma’noning zidini
anglatuvchi termin sifatida ishlatadi. Okkazional so‘zlar bo‘yicha qator tadqiqotlar
muallifi Xanpira shunday yozadi: “Neologizm” termini juda eskidir. Adabiyotlarda
hozirgacha   “neologizm”   termini   mavjud   bo‘lib,   o‘rta   maktabda   ham   faqat   shu
17 termin   tan   olingan.   Yangi   so‘zlarning   hosil   bo‘lishi   bilan   bog‘liq   ko‘p   qirrali
muammoni yoritish uchun bu birgina terminning o‘zi yetarli emas”. Olim boshqa
bir maqolasida okkazional so‘zlarni tasodifiy so‘zlar sifatida talqin qiladi.
So‘zning   tug‘ilishi,   yaratilish   jarayoni   bilan   tanishish   qiziq   va   muammoli
ma’lumotlar   beradi.   Rus   tilshunosligida   bu   masalaga   V.V.Lopatinning   “Rojdenie
slova”   nomli   monografiyasi   bag‘ishlangan   bo‘lib,   unda   okkazionalizmlarning
yaratilishiga   ham   katta   e’tibor   berilgan.   Tadqiqotchi   monografiyaning   II   bobida
to‘laligicha   shu   muammoni   yoritadi.   U   bunday   tasodifiy   so‘zlarni   atash   haqida
to‘xtalib,   shunday   deydi:   “Bunday   so‘zlarga   nisbatan   “neologizm”   terminini
qo‘llash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ko‘pgina tilshunoslar ularni boshqacha atash to‘g‘risida
fikr   bildiradilar.   Bunday   so‘zlarga   nisbatan   ishlatiladigan,   ko‘p   tarqalgan   termin
okkazional  so‘zlar  yoki  okkazionalizmlardir  (lotincha occasio  -  tasodif). Biz  ham
shu   termindan   foydalanamiz.”   V.V.Lopatin   boshqacha   terminlar   ham   mavjudligi
haqida bunday deydi:
“Lingvistik   adabiyotlarda   okkazional   so‘zlarning   boshqacha   termini   ham
mavjud.   Ular   turli   mualliflar   tomonidan   taklif   etilgan   va   “okkazionalizmlar”
termini kabi keng doirada qabul qilinmagan.” Tadqiqotchi bu terminlarni keltirish
o‘rinli     ekanligini,   ularning   har   biri   o‘zini   oqlashini,   o‘rganilayotgan   hodisaning
o‘ziga   xos   tomonini   tavsiflashini   va   bu   bilan   ushbu   hodisa   har   tomonlama
yoritilishini   aytadi.   So‘ngra   olim   bu   terminlarni   sanab   o‘tadi:   individual   so‘zlar,
muallif   so‘zlari   yoki   individual-muallif   neologizmlari,   stilistik   yoki   individual-
stilistik   neologizmlar,   matn   neologizmi,   bir   martalik   neologizmlar,   adabiy
neologizmlar,   o‘zi   yasalgan   so‘zlar,   ekspromt-so‘zlar,   meteor   so‘zlar,   shoir
neologizmlari yoki poetik neologizmlar. Bular, bizning nazarimizda, eng munosib
terminlar   (nomunosib   deb   hisoblaganlarimizni   bu   yerda   keltirmadik,   chunki   ular
real,”-   deydi   u.   V.V.Lopatinning   bu   fikrlari   bizga   ma’qul.   Lekin   tilshunoslikda
mavjud bo‘lgan imkoniyatdagi so‘zlar (potentsial so‘zlar)ni ham okkazionalizmlar
deb   atashi   bizni   biroz   o‘ylantirib   qo‘ydi.   Chunki   imkoniyat   hali   ro‘yobga
18 chiqmaganlik   ma’nosini   ifodalar   ekan,   hali   kelajakda   yaratiladigan   barcha
so‘zlarga nisbatan potentsial so‘zlar terminini ishlatish to‘g‘ri bo‘lsa kerak.
A.Arjanov   bir   qiziqarli   fikrni   aytadi.   Jumladan,   u   shunday   deydi:   “Yangi
so‘zlarning   ikki   tipi   bor:   neologizm   va   egologizmlar.   Ular   orasidagi   farq
anchagina. Klassik  neologizmlar  shu bilan xarakterlanadiki, ular  tezda umumxalq
mulkiga   aylanadi,   turli   matnlarga   osongina   singishib   ketadi   va   lug‘atlar   ularni
tezda   to‘la   huquqli   so‘zlar   qatorida   ro‘yxatga   kiritadi.   Egologizmlar   –   boshqa
masala   (“ego”   –   men;   bu   termin   so‘z   yasalishining   sub’ektiv   xarakterga   ega
ekanligini ta’kidlaydi). Ular faqat o‘z matnlaridagina yashaydilar”. A.Arjanovning
bu fikrida asos bor. Egologizm terminining mohiyati “so‘z yasalishining sub’ektiv
xarakterga   egaligini”   ko‘rsatadi,   ammo   tasodifiylik   belgisi   unda   ifodalanmaydi.
Bizga ma’lumki, sub’ektiv yasalgan so‘zlarning ba’zilari umumtilga qabul qilinishi
mumkin. Masalan, M.Shayxzoda uslubiga xos xalqobod, nurobod so‘zlari umumtil
qatlamiga   o‘tib   ketdi.   Lekin   okkazionalizmlarning   aksariyati   o‘zlari   bog‘liq
bo‘lgan   matnga   xosligicha   qolaveradi.   V.V.Lopatin   egologizm   terminini   ham
munosib,   qulay     termin   deb   hisoblaydi.   Ko‘rinadiki,   okkazionalizm   termini
ko‘pchilikka   hali   singishib   ketgan   emas.   Shuning   uchun   rus   tilshunosligida   ham,
o‘zbek   tilshunosligida   ham   tasodifiy,   muallifning   o‘zigina   yaratgan   so‘zlarga
nisbatan   turli   terminlar   qo‘llanmoqda.   Lekin   har   ikkala   tilshunoslikda
okkazionalizm   terminidan   foydalanuvchilar   soni   ko‘payib   bormoqda.   Bizning
nazarimizda,   ushbu   terminni   ishlatish   ma’qulga   o‘xshaydi.   Sababi   u,   birinchidan,
umumtilshunoslikda  o‘z bahosini  olgan. Ikkinchidan, bu terminning ma’nosi ham
hodisaning   mohiyatini   o‘zida   aks   ettiradi.   Uchinchidan,   bu   termin   juda   ixcham
bo‘lib, qo‘llanish uchun qulay. To‘rtinchidan, u lingvistik terminlar lug‘atlarida o‘z
ifodasini   topgan.   Yuqoridagilardan   kelib   chiqqan   holda   okkazionalizm   va
okkazional   so‘zlar   terminlarini   ishlitishni   ma’qul   deb   hisoblaymiz.   Mavjud   ilmiy
adabiyotlarni   o‘rganish   shuni   ko‘rsatdiki,   okkazio-   nalizm   paydo   bo‘lish
xususiyati,   neologizm   ifodalaydigan   tushunchasiga   ko‘ra   ma’lum   ma’noda
19 aloqadorlikka   egadek   tuyuladi.   Lekin   bu   lisoniy   hodisalar   bir-biridan   farq   qiladi.
Quyida ushbu masala haqida o‘z fikri- mizni bildiramiz.
Yangi   so‘z   (neologizm)   va   okkazionalizmning   o‘zaro   munosabati   hamda
farqini quyidagi to‘rt mezon asosida tahlil qilish mumkin:
1.   Muallifning   (yaratuvchining)   bor   yoki   yo‘qligi.   Bu   mezon   yangi   so‘zni
ta’riflash  uchun  muhim  emas.   Yangi   so‘z  –  til   fakti.  Okkazional   so‘zlar   esa   nutq
fakti   hisoblanadi.   Okkazional   so‘zlarning   muhim   belgilaridan   biri   uning   biror
muallifga   taalluqliligidir.   Bunday   so‘zlarning   aksariyati   xotirada   qayta
tiklanmaydi.   Ular   biror   shaxs   tomonidan   birinchi   bor   yaratiladi.   Albatta,   og‘zaki
nutqda   uchraydigan   okkazional   so‘zlarning   kimga   taalluqli   ekanligini   bilish
mumkin emas, bunga og‘zaki nutqning qo‘nimsiz, o‘zgaruvchanligi halaqit beradi,
ammo   yozma   nutq   okkazional   so‘zlarning   yaratuvchisini   topishni   ancha
yengillashtiradi.   Bir   so‘z   bilan   aytganda,   okkazional   so‘zlar   printsipial   ravishda
aniq shaxsga  –  ana  shu  okkazional  so‘zning  yaratuvchisiga  taalluqlidir.  Tilda  esa
uning   har   bir   fakti,   shu   jumladan,   yangi   so‘zlar   ham   faqat   ijtimoiy   jihatdangina,
ya’ni  mazkur  til  egalari   bo‘lgan   barcha   kishilar   jamoasiga  qarashli   mutlaq   egasiz
birlik   sifatida   ahamiyatlidir.   Tildagi   barcha   so‘zlar   singari,   keyinchalik   egasi
unutilgach,   yangi   so‘zlar   umumlashtirilgan   va   ularning   muayyan   mualliflarga
tegishli   ekanligi   esdan   chiqarilgan.   2.   So‘zning   yangilik   o‘lchovi   muhim,   lekin
barcha   yangi   so‘zlar   uchun   absolyut   va   majburiy   emas.   Mazkur   o‘lchov   hozirgi
zamon   yangi   so‘zlari,   so‘zning   yangiligi   sezilib   turadigan   dolzarb   (faol)   yangi
so‘zlar uchungina majburiydir. Masalan, tijoratchi, jamoa xo‘jaligi, vazirlik va shu
kabilar   90   -   yillarda   qo‘llana   boshladi,   hozirgi   kunda   ularning   yangilik   bo‘yog‘i
yo‘qoldi.   Neologizm   tushunchasining   genetik   o‘zagi   va   printsipial   asosi   so‘zning
yangilik   sifatidir.   “Demak,   neologizm   nihoyatda   nisbiy   tushunchadir.
Neologizmning yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotib odatiy, normal so‘zlar qatoriga o‘tishi
tipik   qonuniyatdir.   So‘z   endi   paydo   bo‘lganida,   yangilik   bo‘yog‘ini   saqlab
turganida   neologizm   xususiyatini   saqlaydi.   Yangi   so‘z   til   tomonidan   tamoman
o‘zlashtirilmaguncha;   leksikaning   faol   zahirasi   fondiga   qo‘shilmaguncha,   ya’ni
20 g‘ayritabiiylik   ottenkasini   yo‘qotmaguncha   neologizm   bo‘lib   qolaveradi”.   Lekin
shunga   qaramay,   bu   xususiyat   hamma   yangi   so‘zlarga   ham   xos   emas.   O‘tmish
davrlardagi   (nisbiy)   yangi   so‘zlarda   bunday   sifat   yo‘q,   ammo   u   dolzarb   yangi
so‘zlarda bor. Shuni  unutmaslik  kerakki, nisbiy  yangi  so‘zlar  o‘z vaqtida  dolzarb
yangi   so‘zlar   bo‘lgan.   Chunki   dolzarb   yangi   so‘zlar   vaqt   o‘tishi   bilan   muqarrar
ravishda nisbiy yangi so‘zlarga aylanadi. Dolzarb yangi so‘zlardagi yangilikni his
etish   ana   shu   yangi   so‘zda   bo‘lishi   lozim   bo‘lgan   majburiy   belgidir.   Umuman
olganda,   yangilik   xususiyatining   yangi   so‘zga   xosligi   mutlaqo   shubhasizdir.   Bu
xususiyat neologizm umumiy tushunchasining asosi bo‘lib hisoblanadi. Mana shu
ma’noda   E.Begmatovning   neologizmning   mohiyati   yuzasidan   aytgan   quyidagi
fikrlari haqiqatdir: “ Neologizm paydo bo‘lish davriga ko‘ra yangi yoki eng yangi
so‘z   bo‘lib,   unda   yangilik   ottenkasi   yaqqol   sezilib   turadi.   Neologizm   tilda   yangi
paydo   bo‘lgan   so‘zdir.   U   til   normativ   so‘zlar   qatoriga   o‘tib   ulgurmagan
leksemadir.   Shu   tufayli   neologizmlar   lug‘at   tarkibining   passiv   qatlamiga   mansub
so‘zlar   hisoblanadi”.   Hamma   qiyinchilik   shundaki,   bu   xususiyatni   tahlil   qilgan
paytda   uni   son   yoki   rasmiy   jihatdan   xarakterlab   bo‘lmaydi.   Bu
o‘rganilayotganxususiyatning   tilshunoslar   tomonidan   obyektivlashtirish   va
ta’riflashni   juda   qiyinlashtiradi.   Masalan,   tilda   paydo   bo‘lgan   so‘z   o‘zining
yangiligini   (va   shu   bilan   birga   o‘zining   neologizmlik   maqomini)   qancha   vaqt
saqlab   qolishini   aytib   berish   juda   qiyin,   hatto   mumkin   ham   emas.   Tilda   paydo
bo‘lgan so‘z semantik jihatdan qanchalik dolzarb, ya’ni unga nutqiy ehtiyoj qancha
kuchli   bo‘lsa,   u   til   jarayoniga   qanchalik   jadal   qo‘shilib   ketsa,   uning   yangiligi
shunchalik   tez   so‘nib   boradi   hamda   uning   neologizm   sifatidagi   muddati   ham
shunchalik qisqa bo‘ladi. Masalan, bugungi kundagi bir qator vazir, viloyat, tuman,
hokim,   teleko‘prik.Tamaddinoma,   nafaqaxo‘r,   taqdimot   kabi   yangi   so‘zlar   xuddi
shu   g‘oyatdolzarbligi   va   tez-tez   qo‘llanishi   sababli   o‘zining   yangiligini   yo‘qotdi.
Shunday qilib, yangi so‘zlar bevosita tildagi tarixiy o‘zgarishlar umumiy zanjiriga
kiradi va shuning uchun o‘zi ham ana shu o‘zgarishlarga uchraydi.
21 Neologizm tushunchasining  printsipial  shartlari  va belgilaridan biri bo‘lgan
bundayhol   tarixiy   vaqt   mezoni   tufayli   lingvistik   jihatdan   kiritilgan,   alohida   nutq
faktisifatidagi   okkazional   so‘zlarga   yotdir.3.   Nihoyat,   aytish   kerakki,   yangi   va
okkazional  so‘zlar  til   lug‘at  tarkibiga  kirish   yoki   kirmaslik   mezoni   jihatidan  ham
juda turlichadir. Yangi so‘zlarning til lug‘at tarkibiga kirishi (aniqrog‘i, tilning bir
qismi   ekanligi)   hech   qanday   shubha   tug‘dirmaydi.   Adabiy   tilning   tarixi   shundan
dalolat   beradi.   Okkazional   so‘zlar   sof   nutq   mahsulidir.   Faqat   til   fakti   bo‘lib,
okkazionallik   maqomidan   ajralgan   (yoki   bunday   maqomga   umuman   ega
bo‘lmagan) taqdirdagina yuzaga kelgan so‘z yangi so‘z deb atalishi mumkin.
E.Begmatov   to‘g‘ri   ta’kidlaganidek:   “So‘zning   yangiligi   yoki   eskiligi
so‘zning   tilda   paydo   bo‘lish   davriga   ko‘radir.   So‘zning   qo‘llanuvchanligi   yoki
eskirganligi   leksemalarning  funksional  aktivligi  yoki  passivligiga  ko‘radir”.2  Shu
ma’noda   har  bir   so‘zni  uning  paydo  bo‘lgan  vaqtiga  nisbatan   printsipial  ravishda
neologizm   deb   atash   mumkin.   “Tilda   yangi   so‘zlarni   yaratish   tilning   tarixiy
rivojlanishi, uning vaqt jihatidan oldinga harakat qilishi mahsulidir. Shuning uchun
tildagi   barcha   yangi   hosil   bo‘lgan   so‘zlarni   faqat   sinxron   tarzda   emas,   balki
diaxron tarzda, ya’ni til rivojlanishining muayyan davrida yuzaga kelganligi nuqtai
nazaridan   o‘rganish   mumkin”.   Bundan   shu   narsa   kelib   chiqadiki,   yangi   so‘z
tushunchasi   diaxrondir.   Okkazional   so‘zlar   xotirlanmaydigan   xossagagina   emas,
balki   qo‘llanish   jihatidan   bir   martalik   va   sinxron-diaxron   qorishiqlik   xossasiga
ham   egadir.   Demak,   ular   tarixiy   vaqtga   nisbatan   taalluqsizdirlar.   Shuning   uchun
bunday   so‘zlar   neologizm   deb   atala   olmaydi.   Shunday   qilib,   yangi   so‘zni
ta’riflashda   vaqt   mezoni   zarur,   lekin   yuqorida   ko‘rsatilganidek,   u   absolyut   emas,
unga   nisbiylik   jihatidan   qaraladi.   Yuqorida   keltirilgan   dalillarga   asoslanib,   yangi
so‘zga   shunday   ta’rif   berish   mumkin:   Yangi   so‘z   tilda   o‘z   tarixiy   hayotining
dastlabki bosqichini o‘tayotgan, yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zdir.
Shunday qilib, yangi so‘z terminini okkazional so‘zlarga nisbatan ularning alohida
xossalari   tufayli   qo‘llab   bo‘lmaydi.   Yangi   so‘z   u   yoki   bu   dalilni   (mazkur   holda
yangi   so‘zning   ifodalanish   dalilini)   muayyan   faktga   bog‘laydigan   tamomila
22 diaxron   tushunchadir.   Okkazional   so‘zlar   o‘z   “ichki”   tarixidan   mahrum
bo‘lganligidan   printsipial   jihatdan   “notarixiydir”,   chunki   bir   marta   qo‘llanishi,
aksariyatining xotirada qayta tiklanmasligi va sinxron - diaxron qorishiqligi tufayli
nular   tilda   uzoq   vaqt   yashashdan   mahrumdir.   Okkazional   so‘zlarning   paydo
bo‘lishi  har  holda unga nisbatan tashqi  belgi bo‘lgan tarixiy faktlar  bilan bog‘liq.
Masalan, okkazional so‘z o‘zi yuzaga kelgan aniq tarixiy sanaga ega bo‘lishi, o‘z
aniq   tarixiy   shaxsi,   o‘z   muallifi   bilan,   shuningdek,   uning   paydo   bo‘lishiga   olib
kelgansabablar   va   vaziyatlar   bilan   aloqador   bo‘lishi   mumkin.   Bunday   so‘zlarga,
barqaror   (uzual)   so‘zlardan   farqli   ravishda,   chinakam   tarix   yotdir.   U   vaqti-vaqti
bilan o‘zgarib turadigan xususiyatlardan mahrumdir, ya’ni leksik ahamiyat, stilistik
bo‘yoq,   ekspressivlik,   so‘z   yasovchi   struktura   va   hokazolar   sohasidagi   ichki
rivojlanishdan mahrumdir.
Okkazional   so‘zning   tarixiy   hayoti   nuqtali   xarakterga   ega,   chunki   uning
ishlatilishi   printsipga   ko‘ra   diaxron   jihatdan   uzoqqa   cho‘zilmaydi.   Okkazional
so‘zlar tilning vaqt jihatiga dahldor emas, ya’ni uni, paydo bo‘lgan vaqtidan qat’i
nazar,   na   yangi   so‘z,   na   barqaror   so‘z   deb   atab   bo‘lmaydi.   Okkazional   so‘zlar
yozma matnlarda muhrlanib qolishi mumkin, ammo u og‘zaki nutqda tug‘ilganida
nutqiy   jarayon   tugashi   bilan   yashashdan   mahrum   bo‘ladi.   Demak,   bunday   holda
okkazional   so‘zlar   tarixiy   rivojlanish   va   o‘zgarish   omilidan   yiroqdir.   Okkazional
so‘zlarning ana shu biz ko‘rsatgan xususiyatlari, ya’ni ularning printsipial jihatdan
“eskirmasligi” ular to‘g‘risida “doimiy yangi so‘zlar” yoki “abadiy yangi so‘zlar”
degan ancha keng tarqalgan fikrlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Okkazional so‘zlarni yangi so‘zlar qatoriga qo‘shish to‘g‘ri ham, maqsadga
muvofiq   ham   emasdir.   Tilning   lug‘aviy   boyligi   bo‘lmish   har   qanday   so‘zni
ma’lum ehtiyoj, kommunikativ talab yuzaga keltiradi va bu so‘zga muayyan vazifa
yuklanadi.   Mana   shu   xususiyat   okkazionalizmlarga   ham   xosdir.   Avval   ham
ta’kidlanganidek, okkazionalizmlar biror tushunchani o‘ziga xos tarzda, yangitdan
va   ko‘p   holda   ta’sirchan   ifodalash   ehtiyoji   bilan   yaratiladi.   Bunda   so‘zlovchidan
ma’lum   topqirlik,   lisoniy   mahorat   talab   qilinadi.   Okkazional   so‘zlar   qanday   nutq
23 tipida   yuzaga   kelishiga   qarab,   o‘sha   nutq   talab   qiluvchi   vazifani   bajaradi   va   bu
orqali nutqning ma’noviynominativ, kommunikativ ehtiyojini qondiradi. Masalan,
oddiy,   neytral   mavzuli   nutqlarda   okkazional   so‘z   nisbatan   oddiy   kommunikativ
vazifani   o‘tashi   mumkin,   ammo   badiiy   nutqda   yaratilgan   okkazional   so‘z   badiiy-
estetik   vazifani   o‘taydi   va   o‘zi   mansub   matnga   badiiylik   bo‘yog‘ini   baxsh   etadi.
Quyida okkazionalizmlarning mana shu xususiyatlariga to‘xtalamiz. Badiiy nutqda
yaratilgan   okkazionalizmlarni   o‘rganishdan   shu   narsa   ma’lum   bo‘ldiki,   ular   turli
funktsional   xususiyatlarga   ega.   Quyida   bu   xususiyatlar   bilan   tanishamiz:
1.Okkazionalizmlar,   shuningdek,   barcha   so‘zlar,   avvalo,   nominativ   vazifani
bajaradi. Yozuvchi yoki shoir okkazionalizmlarni yaratar ekan, biror narsa, hodisa
yoki tushunchani  aniq, rangdor ifodalashga  harakat  qiladi. Bunda doim qo‘llanib,
biror   narsani   atab   kelayotgan   so‘zlar   o‘zgartirilmaydi,   balki   u   yoki   bu   predmet
yoki tushunchani juda aniq atash uchun yoki nutq maqsadini to‘la ifodalash uchun
yetishmayotgan   so‘zning   o‘rnini   to‘ldirish   uchun   favqulodda   so‘zlar   yaratiladi.
Masalan: Har nechuk, shoirman ─ sen bilan jondosh, To‘yingda to‘ydoshman, tirik
yelkadosh. (A.Oripov) "Rahmat" de, fazoda yo‘ldoshlar uchun, Oyga inoq bo‘lgan
oydoshlar   uchun.   (M.SHayxzoda)   Bevijdon   jangbozlar   bilmaydilarki,   Ilonga
chaqtirmas   bolasin   shunqor.   (M.SHayxzoda)   Bunday   misollarni   ko‘plab   keltirish
mumkin. Ko‘rinadiki, to‘ydosh, oydosh, jangboz okkazionalizmlari o‘zlari ishtirok
etayotgan   ayni   shu   matnda   tushunchani   atash   vazifasini   bajarmoqda.   Matnning
bunday mazmun ifodalashida ko‘rsatilgan okkazionalizmlarni boshqa so‘zlar bilan
almashtirib   bo‘lmaydi.   Lug‘atimizda   ularning   ma’nosini   beradigan,   xuddi   shu
matnga   mos   keladigan   so‘zning   o‘zi   yo‘q.   Shuning   uchun   ham   bunday
okkazionalizmlarning yaratilishini  ijobiy hol deb baholaymiz. "Biz mavjud so‘zni
o‘zgartirmaymiz,   balki   bizga   kerakli,   ammo   yo‘q   bo‘lgan   so‘zning   o‘rnini
to‘ldiramiz,   ─   deydi.   Ye.A.Zemskaya.   Agar   tilning   har   bir   uyachasini   so‘z   bilan
to‘lgan yig‘ma kassa sifatida tasavvur etsak, bunday hollarda (ya’ni okkazionalizm
qo‘llangan   holatda─   ta’kid   bizniki;   T.O.)   so‘zlovchi   bo‘sh   uyachani   to‘ldirishga
xizmat qiladi”. Bunday okkazionalizmlarning faqat nutqda yaratilishi “ularni nutq
24 nominatsiyasi birligi” deb atashga imkon beradi. Okkazionalizmlarning nominativ
vazifasi   misollarda   ham   ifodalangan:   Paxtazorda   oydin   bir   kecha   Yulduzlar-la
g‘o‘zalar   ulfat.   Yulduzlarni   desang   oybachcha   G‘o‘zalarning   onasi   mehnat...
(M.SHayxzoda)   Kimnidir   axtarar,   portlar   bardoshi:   "Hamon   yelkadami   o‘sha
shumro‘ylar?"  (Mirtemir)  Yuqorida  keltirilgan  misollardagi  okkazionalizmlarning
hozirgi o‘zbek adabiy tilida sinonimi mavjud emas. Ular obyektni bevosita ataydi
va   mavjud   narsa,   tushunchalarning   hali   ochilmagan   qirralarini   boshqa   jihatdan
ko‘rsatadi.   Shunday   okkazionalizmlar   ham   mavjudki,   ularni   tilda   mavjud
terminlarning   sinonimi   deyish   mumkin:   Ombor   mudiri   Isoqul   bilan   Ziyodullani,
molshunos   Ziyodqulni   ham   oyog‘ini   yerga   tekkizmay   topib   keltirishibdi.(S.
Soliev)   Yetmadim   yor   vasliga,   qalbiga   san   yet   she’rim,   Bunda   ul   do‘nduqchani
sanga bolishdosh qiladi. (A.Obidjon) Yaxshiyam jiyanim kutib turgan ekan. Buni
qarangki, uyam futbolgohga tushgan ekan. (N.Aminov) 
Misollardagi   molshunos   -   zootexnik,   bolishdosh   -   yostiqdosh,   futbolgoh   -
stadion   o‘rnida   ishlatilgan.   Ko‘rinadiki,   so‘zlarning   adabiy   tildagi   variant   o‘rniga
ularning dialektal shakllari ishlatilgan. "Bunday so‘zlar tilning baholovchi vositasi
emas,   balki   eng   avvalo,   aniq   terminlar   bo‘lgani   uchun   o‘zlarichaso‘zlovchining
his-tuyg‘ularini   ifodalamaydi.   Mazmuniga   sub’ektiv   munosabatni   bildirish   uchun
bunday   so‘zlarni   yo   his-tuyg‘u   ifodalaydigan   boshqa   so‘z   bilan   bog‘lash,   yoki
sub’ektiv   baho   suffiksi   bilan   ta’minlashga   to‘g‘ri   keladi”.1   Yuqoridagi
misollardagi okkazionalizmlar faqat atash uchun ishlatilgan, lekin ular tarkibidagi -
shunos,   -dosh   affikslari,   goh   elementi   bu   so‘zlar   ifodalayotgan   mazmunni
muayyan sub’ektiv baho bilan boyitadi. Bu esa mazkur so‘zlarga okkazionalizmlik
xususiyatini   bag‘ishlaydi.   Quyidagi   okkazionalizmlarning   adabiy   tildagi
sinonimlari mavjud. 
O‘zbekiya   -   O‘zbekiston,   sharbatfurush   -   limonad   sotuvchi,   bovurdoshlik   -
jigarbandlik,   tillachi   -   paxtakor,   raykatta   -   rayon   rahbari,   bog‘chachi   –   bog‘cha
tarbiyachisi,   o‘zbekzoda   -   o‘zbek   farzandi,   sukutgoh   -   qabriston,   chopilmalar   -
chop etilgan material, baletqo‘rg‘on - balet teatri, yaylog‘i - yaylovi, qo‘shiqnigor -
25 kontsert,   saboqdosh   -   kursdosh,   o‘zbakiy   -   o‘zbekcha,   ovoznigor   -   magnitofon,
yotoqgoh - yotoqxona, xabarkash – xabarchi kabi.
  Okkazionalizmlar xabar, ma’lumot (informatsiya) berish vazifasini bajaradi.
Bunda   okkazionalizmlar   tinglovchiga   yoki   o‘quvchiga   kutilmagan   yangi   xabar
beradi.   Bu   xabarning   mazmuni   voqea   -   hodisalar,   ularning   belgilari,   shaxs
faoliyatlarini   ifodalaydi.   Misollar:   Bu   biz   botir...   bu   biz   har   ishda   olamgir.
(G‘.G‘ulom) Biri ─ bog‘ egasi, o‘zgasi ─ molchi. (Mirtemir) Yigit Majnun edi, qiz
Layli   edi,   Bu   ─   oftobdil,   u   ─   oftobjamol.   (E.Vohidov)   Misollardagi   har   bir
okkazionalizm   o‘zi   anglatayotgan   mohiyat   haqida   xabar   beradi.   Har   bir   xabar
shaxs   tavsifining   tinglovchiga   noma’lum   bo‘lgan   qirralari   haqidadir.   Bu
okkazionalizmlarning   ayrimlari   umumnutq   so‘zlariga   o‘xshab   yasalgan.
Qiyoslaylik:   jahongir   –   olamgir;   chorvachi-   ishchi   –   molchi;   mohidil   –   oftobdil;
sohibjamol   -   oftobjamol   kabi.   Yuqoridagi   misollarda   okkazionalizmlar   shaxs
faoliyati   haqida   xabar   bersa,   quyidagilar   o‘quvchi   va   tinglovchini   faoliyatning
belgilari   bilan   tanishtiradi:   bir   zamondan   cho‘ng   elchi   kabi.   Darhayrat   boqadi   ...
chor atrof ekin. (Mirtemir) Pongvosh sahro mulkida toparmidi yo‘l axir Jayhunona
kurashga   qodir   kelmasa   daryo?!   (O.Matjon)   Barra   soqol   boltashakul   qaychulanib
soz   Va   yana   aft   -   angorimiz   mullaga   taqqos.   (A.Obidjon)   Yana   shunday
okkazionalizmlar   borki,   ular   voqea-hodisa   haqida   xabar   beradi:   Birovlar   shivir   -
shivir  gapirishadi,  stollar  osha   xatbozlik qilishadi.  (P.Qodirov)  Mashinani   terlatib
paxta   ko‘rak   terganlar,   Qo‘llarini   tezlatib,   hosillarni   uzganlar   Xorazmlashsin
ishida, ahdni bajarishida... (M.Shayxzoda) Shaxs va voqea-hodisalarning belgilari
haqida   xabar   beradigan   okkazionalizmlar   ham   anchagina   uchraydi:   Bu   yashinvor
chinqiriqli   Turonda...   "Unutganning   kuysin   ikki   dunyosi".   (H.Xudoyberdieva)
Qarang,   kelib-   kelib   bir   g‘archashm   qassobga   va’da   beribman-a!   (N.Aminov)
Okkazionalizmlar   hayotdagi   hamma   narsani,   tushunchani   ataydi   ham,   ularning
faoliyati   va   belgilari   xususida   ma’lumot   ham   beradi.   Bunday   qo‘llash   ehtiyojdan
kelib   chiqadi.   Ehtiyoj   odamni   gapirtirar   ekan,   Tesha   tegmagan,   kutilmagan
so‘zlarni   yaratishga   ham   undaydi.   Bu   tabiiydir.   "Okkazional   so‘zlar...   insonning
26 faqatgina   intellekti   –   fikrlash   qobiliyatigagina   emas,   balki   uning   hissiyotiga,
voqelikni, dunyoni estetik jihatdan qabul qilishiga bog‘liq holda dunyoga keladi."
Har   bir   ijodkor   so‘z   yaratar   ekan,   shu   so‘z   orqali   o‘zining   ijobiy   yokisalbiy
munosabatini   ham   ifodalaydi.   To‘plangan   okkazionalizmlarni   o‘rganib   chiqish
shuni   ko‘rsatdiki,   ularni   baholash   vazifasini   bajarishiga   ko‘ra   quyidagiga   bo‘lish
mumkin .   Baletqo‘rg‘on,   chopilma,   to‘yxo‘r,   tamoshagoh,   guzargoh,   sukutgoh,
sababkor,   sirilmoq,   ayovligim,   g‘ururdosh,   avtoqalam,   o‘zbekzoda,   zahmatchi,
ehtiyojmand,   mehnatxona,   nonxona,   xayolxona,   zilzilakor,   jangboz,   o‘chkor,
shubhagar,   fazoshumul,   uxdadosh,   bayroqdosh   kabi.   Misollar:   Bosh   kasalkor
kampir   bilan   salomlashib,   so‘ng   sariq,   ag‘darma   mahsi   –kalishini   shapillatib
kasallar   oldiga   o‘tdi.   (A.Muqimov)   Qora   sochlar   ko‘rki   o‘zbakiy   do‘ppi.
(Mirtemir) 2. Ijobiy bo‘yoqqa ega bo‘lgan okkazionalizmlar: yulduzkent, oydosh,
nur   kema,   she’riston,   kavkabiston,   zafaryot,   safodo‘z,   sersehr,   she’rparast,
dilparast, o‘tbardor, fikrchan, xushso‘z, Donishqishloq, novvot qoya, qoyabardosh,
sho‘xona, quyoshpayvand, jarangsoz, tavozekor, shafaqgun, bahornaqsh, serfusun,
asaliston   kabi.   Misollar:   Hilol   ham   lol   boqarmish   mungnoz   chehraga.   (Dilbaroy)
Baxmalpo‘st   anjirlar   bekam,   bexato.   (N.   Parda)   Topshirishib   meni   serardog‘
xonam qo‘liga… (Zulfiya) Salbiy buyoqqa ega bo‘lgan okkazionalizmlar. Bularni
ikki guruhga bo‘lish mumkin:
a)   kinoya,   piching   ma’nosini   ifodalovchi   okkazionalizmlar:   Qishboy,   sigirboz,
nafosatboz,   tekin   hurmat,   progul   tumov,   Yaxshi   Yamoniy,   kadrcha,   mazmundor
magazin,   kassa   shamollagan,   maymuniyat,   maymuniy,   soqoldosh,   molshunos,
xurrakchilar   kabi.   Misollar:   Ajab   bo‘libdi,   bilaman   Siz   o‘lgurni,   yana
sekretarbozlikmi?   (N.Aminov)   ...   xotinboz   emas,   sigirboz,   ─   dedim.   (N.Aminov)
G‘o‘zapoyahokim farmon bitadi  yana yashashga. (A.Qutbiddin) b) voqea, hodisa,
shaxslarning   salbiy   xususiyatini   ko‘rsatuvchi   okkazionalizmlar:   boltashakul,
podshohparast,   o‘yparast,   taxtparast,   shonparast,   o‘larmandlik,   shumro‘y,
ranjidaxotir,   qo‘ng‘iroqzor,   kitobyoqar,   devqarash,   bo‘yterak,   dirdov,   vahimador,
g‘alvador,   g‘archashm,   puchak   jonlar,   tirik   devor,   dahanaparastlik,   dollarzoda,
27 Kalamushzor,   shovqinzor,   o‘zso‘zlik,   bo‘ronzoda,   osqin,   buyruqrot,   o‘riston,
chivinxaroba,   xudparastlik,   zarxo‘r   kabi.   Misollar:   Uyning   bir   cheti   to‘la
yig‘loqigul   edi.   (S.   Nur)   Alamingga   nihoya,   Ne   taxtparast   odamsan.   Sen   shoh,
Senga himoya yo‘q, ammo, netay, otamsan. (E.Vohidov) Sen shuncha yuksaltgan
bayroq tegsinmi Molparast, shonparast, nopok qo‘llarga?! (O.Matjon)  Asad  kirdi.
Kunduzlari   “Kalamushzor”   adirlar   lovillab   qishloqqa   qaynoq   harorat   purkaydi.
(A.Rizaev) Men xayolni she’rga soldim, O‘yparast bo‘lma va lek Besamar bo‘lsa,
seni Bir kun xarob aylar xayol. (E.Vohidov)
Bunday   misollarni   yana   davom   ettirish   mumkin.   Har   qanday   holatda   ham
okkazionalizmlar   ijodkorning   o‘z   hissiyotini   to‘laqonli   ifodalashga   xizmat   qiladi
yoki   narsa,   voqea-hodisa,   shaxslarning   ijobiy   hamda   salbiy   xususiyatlarining
barcha   qirralarini   aks   ettirish   uchun   lug‘atlardagi   mavjud   so‘zlarning   imkoni
bo‘lmaganda,   bu   vazifani   bajarish   okkazionalizmlarga   yuklatiladi.   Lug‘atlarda
berilgan   hammaga   ma’lum   bo‘lgan   so‘zlardagi   imkoniyat   so‘zlovchining
tasavvurida   aniq   gavdalanadi.   Masalan,   "ko‘z"   so‘zi   matnlarda   o‘z   imkoniyatini
namoyon   etadi:   odamning   ko‘zi,   uzukning   ko‘zi,   tizzaning   ko‘zi,   ishning   ko‘zi,
yog‘ochning   ko‘zi,   derazaning   ko‘zi,   qalb   ko‘zi   kabi.   Ko‘z   so‘zining   har   bir
ma’nosi  birikmada keltirilgan so‘zlarning ma’nolari  o‘zaro bir-biriga ta’sir qilishi
natijasida   ro‘yobga   chiqadi.   Demak,   hammaga   ma’lum   bo‘lgan   muayyan   so‘zlar
matnga   bog‘liq   bo‘lar   ekan,   shu   bilan   birga   ularning   o‘zlari   ham   shu   matnning
shakllantirilishi   uchun   xizmat   qiladi.   Okkazional   so‘zlardan   nazmro‘y,
turmushaviy,   aqlavval   kabilar   so‘zlovchi   va   tinglovchi   tasavvurida   o‘ta   mavhum
gavdalanadi.Ularning   ma’nolari   matndagina   ro‘yobga   chiqishi   mumkin.   Ana
shundagina   ularning   ma’nolari   qanday   maqsad   uchun   kerak   bo‘lganligi
ravshanlashadi.
She’rdagi   qaysi   misra  okkazionalizm  emas?  fazoli   manzaralar, bo‘yoqlarga
to‘lgan xayolxonasi  faqat bir marta ishlatilayotganligi, g‘ayritabiiyligi bilan inson
hissiyotiga   ta’sir   etadi.   Bu   o‘rinda   mavjud   til   birikmalari   nutqda   o‘zgacha
birikmalar   hosil   qilib,   til   bilan   nutq   orasidagi   munosabatda   zidlik   namoyon
28 bo‘lmoqda   va   bu   zidlik   estetik   qimmat   kasb   etmoqda.   Demak,   til   va   nutq
birikliklarining   o‘zaro   zid   munosabatda   bo‘lishi   natijasida   vujudga   kelgan
g‘ayritabiiylik   okkazionalizmlarni   paydo   qiladi,   ya’ni   til   birliklari   nutqda   adabiy
she’r o‘lchovidan chetga chiqadi va kutilmagan nutqiy shakllar yaraladi. Bu nutqiy
shakllar yuqorida sanalgan nominativ, xabar berish, baholash vazifalari bilan birga
estetik   vazifani   ham   bajaradi.   Shuni   alohida   ta’kidlash   lozimki,
okkazionalizmlarning   baholash   vazifasi   estetik   vazifa   bilan   qay   jihatdandir
chatishib   ketadi.   Agar   ijobiy   ma’no   ifodalaydigan   okkazionalizmlar   estetik
kategoriyalardan   biri   ─   go‘zallik   bilan   ma’no   jihatdan   aloqador   bo‘lsa,   salbiy
ma’no   ifodalaydigan   okkazionalizmlar   esa   xunuklik   kategoriyasi   bilan   bog‘liq
bo‘ladi. Go‘zallik va xunuklik ma’nolari  ifodalanib, inson ruhiyatiga ta’sir qilish,
unda zavq-shavq, o‘ychanlik, taajjub yoki  nafrat tuyg‘ularining vujudga kelishiga
turtki   berishi   okkazionalizmlarning   estetik   vazifasidan   kelib   chiqadi.   Okkazional
so‘z  shunday   birlikki,  u  kishini  nafaqat  aqliy  bilimga,  balki  hissiy   bilishga,  ya’ni
voqelikni estetik jihatdan qabul qilishga undaydi.
Bob bo‘yicha xulosa
Eshqobil   Shukurning   yangi   so‘z   ijodkorligi   va   o‘zbek   tilida   yangi   so‘zlar,
okkazionalizmlarning   funktsional-uslubiy   va   badiiyestetik   xususiyatlarini
o‘rganish quyidagi umumiy xulosalarni chiqarishga imkon beradi:
1. Eshqobil Shukurning o‘ziga xos hayot yo‘li va so‘z tanlash mahorati, so‘z
ustida   ishlash   malakasi   haqida   yorqin   xulosalarga   kelish   uchun   uning   so‘zlar
etimologiyasiga doir yondashuvlarini alohida o‘rganish lozim.
2.   Yangi   so‘zlar   haqida   aniq   ma’lumotga   ega   bo‘lish,   nejlogizmlar   va
okkozionalizmlarni   she’riy matnlardan to‘g‘ri ajratish uchun ula haqidagi nazariy
ma’lumotlarga tayanib ish ko‘rish maqsadga muvofiq. Ijodkor nutqining individual
mahsuli   bo‘lib   qoladigan,   tilning   me’yoriy   unsurlariga   aylanmaydigan,   doimo
yangilik bo‘yog‘ini saqlaydigan nutqiy hodisadir.
29 3.   Okkazional   so‘zlar   odatiy,   ya’ni   me’yoriy   leksikadan   qo‘llanish
chastotasi,   nutqda   uchrash   darajasiga   ko‘ra,   yangiligi,   adabiy   normaga
bo‘ysunmasligi va faqat nutq birligi bo‘lib qolishi bilan keskin farqlanib turadi.
4. O‘zbek tili okkazionalizmlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, okkazional
so‘zlar   nutqning   mazmunini   aniq,   to‘g‘ri,   obrazli   va   barcha   qirralari   bilan   aks
ettirish   maqsadida   yaratiladi.Bu   ma’noda   ular   nutqda   muayyan   badiiy-estetik
vazifani bajaradi.
5.   Okkazionalizm   bilan   neologizmning   qiyosi   shuni   ko‘rsatadiki,
okkazionalizmlarning   yangiligi   tarixiy   vaqtga   bog‘liq   emas,   ularga   tildagi   turli
davr o‘zgarishlari taalluqli bo‘lmaydi va tilning me’yoriy leksikasi tarkibiga kirishi
muammolidir.  Neologizm  tarixiy vaqtga  nihoyatda  bog‘liq  hodisa,   chunki  har  bir
davrning   o‘z   neologizmi   bor,   ularni   yaratuvchi   muallif   aniq   emas,   ular   tildagi
tarixiy   o‘zgarishlar   bilan   bog‘liq   holda   o‘zgarib   turadi.   Masalan,   tuman,   hokim,
vazir,   mahkama,   viloyat   so‘zlari   hozirgi   kunda   tarixiylik   xususiyatini   yo‘qotib,
yangi   ma’no   bilan   yana   qo‘llana   boshladi.   Shuningdek,   neologizmlar,   okkazional
so‘zlardan farqli ravishda, til lug‘at tarkibining to‘laqonli a’zosidir. Mana shunday
qiyoslash   natijasi   ko‘rsatadiki,   okkazionalizm   −   nutq   birligi,   neologizm   esa   til
birligidir degan xulosaga qo‘shilish mumkin.
6. Okkazionalizmlarning badiiy-estetik vazifasini tadqiq qilishdan shu narsa
ma’lum   bo‘ldiki,   okkazional   so‘z   eng   avvalo   nominativ   vazifani:   [futbolgoh
(stadion), molshunos (zootexnik)]; ikkinchidan, xabar berish vazifasini: [ranjkom,
ganjkom,   olamgir,   molchi   kabi];   uchinchidan,   baholash   vazifasini:   [maymuniyat,
molshunos,   xurrakchilik   (salbiy   baho);   nur   kema,   oydosh,   sersehr,   novvot   qoya
(ijobiy   baho)];   shuningdek,   estetik   va   obrazlilikni   ifodalash   vazifasini   [asaliston,
bahornaqsh, g‘azalnaqsh, baletqo‘rgon, yashin so‘nggi, progul tumov] bajaradi.
7.   Badiiy   nutqda   okkazionalizmlar   tilda   mavjud   bo‘lgan   tushunchalarni
boshqacha   ifodalash,   so‘zga   yangi   ma’no   yuklash   va   yana   boshqa   xil   nutqiy
talablarni   kondirish   uchun   ishlatiladi.   Masalan,   gulgun   so‘zi   ifodalaydigan
tushunchaning   shafaqgun   orqali   berilishi,   qulflamoq   lug‘aviy   birligi   o‘rnida
30 kalidlamok,  xotinboz   buqa  so‘zining   o‘rnida   sigirboz,  kollektiv   o‘rnida  gullektiv,
kallapo‘sh   o‘rnida   gullapo‘sh   okkazionalizmlarining   qo‘llanilishi   fikrimizning
dalilidir.
II BOB.  SHE’RIYATDA SO‘Z IJODKORLIGI
2.1.  Eshqobil  Shukurning  so‘zdan  foydalanish  mahorati.   Millatni  millat
sifatida   tutib   turadigan   ustunlar   bor.   Bular   milliy   tafakkur,   milliy   ma’naviyat,
milliy   did,   milliy   madaniyat   kabi   tarixiy   aqlimiz   va   salohiyatimizning
majmualaridir. Lekin bularning barchasining zaminida bitta ganjina yotadiki, usiz
hech   bir   ustun   о ‘zini   tik   tutib   turolmaydi.   Bu   milliy   tildir.   Abdulla   Qodiriy,
Ch о ‘lpon,  Fitrat,  Usmon  Nosir, Oybek,  Mirtemirlar   ona tilimiz haqidagi  shunday
hujjatni   k о ‘rganlarida   qatag‘on   xandaqlaridan   buyuk   tog‘larday   о ‘sib   chiqardi.
Yana   bir   о ‘y   о ‘tdiki,   uzog‘i   bilan   bir-ikki   oyning   ichida   har   bir   odamdan   tortib,
mamlakatimizning   hamma   jabhalarida   tilga   munosabat   keskin   о ‘zgaradi.   Bu
borada ijobiy ma’nodagi inqilob sodir b о ‘ladi. Afsuski, bunday b о ‘lmadi. Shunday
muhim Farmonga biz munosib javob bera olmayapmiz. Harakatlarimiz ancha sust
kechayapti.   Lanjlik   qilayapmiz.   Keling,   bu   borada   qilinayotgan   va   qilingan
ishlardan   emas,   tezda   qilishimiz   kerak   b о ‘lgan   ishlardan   gaplashaylik.   Amalga
oshirilgan   amallar   о ‘zimizniki.   Bunday   vaziyatda   beixtiyor   Qonun,   ijro   va
ommaviy   saviya   haqida   о ‘ylab   qolar   ekansan.   Chunki   ommaviy   saviyaning
darajasi Qonunnning mohiyatini ochadi va ijrosini ta’minlaydi.
Imkoniyat   berilmasa,   iloji   y о ‘q,   ta’qiqlar   bor,   tilimizni   tiyib   о ‘tiraylik,
deymiz.   Imkoniyat   berilsa,   rivoyatda   aytilganiday,   oyog‘idagi   zanjir   yechilsa-da,
joyidan   qimirlashni   istamagan   fil   kabi   qimirlamaymiz.   Holbuki,   Shayx   Sa’diy
“Qimirlagan qudratlidir” deganlar.
Farmondan   s о ‘ng   mamlakatimizning   yuragi   sanalgan   Toshkent   shahri
k о ‘chalaridagi   peshlavhalarda,   yozuvlaru   reklamalarda   ajnabiy   s о ‘zlar   bosimi
necha   foyizga   о ‘zgardi?   Uch   oyda   uch   foyizgayam   о ‘zgarmagan.   Hamon
shaharning   muhtasham   k о ‘chalaridagi   har   20ta   d о ‘konning   uchdan   ikki   qismi
ajnabiy   nomda.   Hamon   о ‘zbek   tilidagi   yozuvlardan   k о ‘ra   boshqa   tildagi
31 yozuvlarning   salmog‘i   ancha   baland.   Xususan   yoshlarimiz   har   kuni   tomosha
qiladigan,   k о ‘rsatuvlarining   80   foyizi   ajnabiy   s о ‘zlar   bilan   nomlangan   xususiy
telekanallarning nechta k о ‘rsatuvi nomini   о ‘zgartirdi? Bittasi ham   о ‘zgartirmagan.
Dunyoda befarqlikdan yomon narsa y о ‘q. Ya’ni, na uyoqlik, na buyoqlik! “Nima
b о ‘lsa   b о ‘lar,   menga   nima?”   degan   aqida   bilan   yashash…   Befarqlik   hamma
illatlarning inkubatoridir.
Buning   ustiga   til   qoidalari   har   qadamda   buzilyapti.   Ommaviy   axborot
vositalarini   olasizmi,   idoralararo   hujjatlar   aylanishini   kuzatasizmi,   kino   yo
seriallarni   k о ‘rasizmi,   hatto   kitoblarni   olasizmi   va   hakazo   va   hakazolarda   tilga
e’tiborsizlikka   duch   kelaverasiz.   Biz   о ‘tgan   yili   ashaddiy   qoidabuzarlar   va
tartibbuzarlarni   ham   bor-y о ‘g‘i   3-4   oy   ichida   qat’iy   tartibga   olish   mumkinligini
amalda   k о ‘rdik,   bunga   о ‘zimiz   guvoh   b о ‘ldik.   Y о ‘l   harakati   qoidalariga   amal
qilish   b о ‘yicha   keskin   choralar   k о ‘rilishi   qisqa   muddatda   о ‘z   natijasini   berdi.   Til
qoidalari   masalasida   ham   xuddi   shunday   qat’iy   va   keskin   choralar   zarur,
nazarimda.   Davlat   tili   t о ‘g‘risidagi   Qonunga   bepisandlik   bilan   qaraganlarga,   uni
buzganlarga   yaxshigina   jarima   solish,   kerak   b о ‘lsa   lavozimi   bilan   bog‘liq   aniq
choralar k о ‘rish kerak b о ‘layapti, xuddi y о ‘l qoidalarida qilinganidek.
Yoshlar  tili  tashvishlanarli  holda. T о ‘g‘ri, bilimdon zukko yoshlarimiz bor,
ular  tilga e’tibor qiladilar. Umidimiz ham  shulardan. Lekin yoshlarning ommaviy
holida   til   masalasida   jiddiy   muammolar   bor.   Ularning   k о ‘pchiligining   tili   g о ‘yo
о ‘zbek   tili   emas,   allaqanday   jargon   tiliga   о ‘xshab   qolayapti.   Ba’zi   bolalarimiz
gapirayotganda   eshitib   turib,   men   о ‘z   ona   tilimni   tanimay   qolayapman.   О ‘zbek
tilini  haqorat  qiladigan darajadagi  estrada  q о ‘shiqlari  paydo  b о ‘layapti. Ularda til
x о ‘rlanadi. Biz bunga indamaygina y о ‘l berayapmiz, hatto targ‘ib ham qilayapmiz,
qarsaklar   chalayapmiz.   K о ‘pchilik   yoshlar   ona   tilidan   k о ‘ra   о ‘sha   q о ‘shiqlardagi
jargonni   о ‘ziga tezroq singdirayapti. Xohlaymizmi, xohlamaymizmi, yoshlarda til
qanday   b о ‘lsa,   fikrlash   darajasi   ham   shunday   b о ‘ladi.   Undan   ortiqcha   b о ‘lishi
mumkin   emas.   Bu   matematikadagi   formuladay   gap.   Q о ‘shiluvchilarning   о ‘rni
almashgan   bilan   yig‘indi   о ‘zgarmaydi.   Yoshlar   tilidagi   ma’naviy   n о ‘noqlik   esa
32 bevosita   ta’lim   tizimidagi   tilga   munosabatga   borib   taqaladi.   О ‘qituvchi   qanday
fandan dars bermasin, undan  о ‘quvchilar til madaniyatini ham   о ‘rganishlari kerak.
Dars   о ‘z oti bilan dars. Hatto aniq fandan dars berilayotgan b о ‘lsa-da, unda bilim
til   vositasida   singdiriladi.   Demak,   о ‘qituvchining   til   madaniyati   fanni   qanday
tushuntira   olishini   ham   belgilab   beradi.   Jonkuyar,   fidoyi,   zahmatkash,   zakiy
о ‘qituvchilarimiz   qatorida,   taasufki,   bitta   ma’lumotnoma   yozishga   q о ‘li   qaltirab
qoladigan  chalamullalar   ham  uchrab  turadi.   Kelajak  esa,   о ‘quvchidan   ham   avval,
ota-onadan ham avvalroq yaxshi  о ‘qituvchilar bilan bog‘liq. Yaxshi  о ‘qituvchi tilni
ham, elni ham yaxshilaydi. Shunday  о ‘qituvchilarimiz k о ‘paysin.
Tilimizning   taqdiri   yoshlarning   zimmasida.   Axir   Ona   tilimiz   ertaga   shu
yoshlar tilida va dilida yashaydi-ku. Yoshlarimiz k о ‘p vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda
о ‘tkazayapti.   Ijtimoiy   tarmoqlarda   jamiyatga   foydasi   tegayotgan   fikrli   bloggerlar
bor. Lekin yana shunday bloggerlar toifasi paydo b о ‘layaptiki, ularning ba’zilariga
inshomi,   diktantmi   yozdirib   k о ‘rsangiz,   har   sahifada   20ta   xato   qilishi   tayin.
Oqibatda   ular   buzuq   tili   bilan   elning   dilini   buzayapti.   Savod   degani   shunday
narsaki,   u   bittagina   jumlada   о ‘zini   namoyon   etadi.   Savodsiz   odamning   ommaga
maqola   e’lon   qilishi   jarrohlikdan   bexabar   aravakashning   bir   kasalni   operatsiya
qilishi bilan barobardir.
Milliy ma’naviyatning asosi  milliy til dedik. Shu masalada yana bir gap. Keyingi
paytlarda   ijtimoiy   tarmoqlarda   “ma’naviyat   shaxsiy   masala,   unga   davlat   ham,
boshqalar ham aralashmasligi kerak” degan ma’nodagi chaqiriqlar paydo b о ‘lyapti.
Xalqimizda   el   tushunchasi   juda   aziz   tushuncha.   El   xudbinlikni,   individulizmni,
yakka   shumshuklikni   yomon   k о ‘radi.   Ma’naviyat   shaxsiy   masala   emas.   U
osmondan tushganday yo yerdan chiqqanday bir odamning ichida t о ‘satdan paydo
b о ‘lib   qolmaydi.   Odam   d о ‘konda   sotiladigan   ajdodsiz   q о ‘g‘irchoq   emas-ku.   Ota-
ona, bobo-momo degan gaplar bor. Men   о ‘z ichimdagi  ma’naviyatning 55 foizini
ota-onam,   bobom   va   momomdan   olganman   desam,   t о ‘g‘ri   b о ‘ladi.   Qolgan   45
foyizi   k о ‘rib-kechirganlarim   va   о ‘qiganlarimning   tuhfasi.   Mening   ma’naviyatim
mening ma’nomdir. Bu ma’noni faqat   о ‘zim tiklaganman desam, yolg‘onchilik va
33 xudbinlik   b о ‘ladi.   Aytganimday,   bobom,   momom,   otam,   onam,   qadrdon
maktabim,   universitetim,   elim,   ona   yerim…   Ma’naviyat   elga   taalluqli.
Ma’naviyatli   odamlarning   birlashuvidan   el   paydo   b о ‘ladi.   Yanayam   aniqrog‘i,
odamlar   ma’naviyatni   emas,   ma’naviyat   odamlarni   birlashtiradi,   xuddi   Ona   Til
kabi. Ma’naviyatsiz odamlar birlashsa, poda paydo b о ‘ladi. Milliy til mahv etilgan
joyda ma’naviyatsizlik zaharli q о ‘ziqorinlarday potirlab gullaydi. Chunki, unda el
y о ‘qoladi. Bunday falokatdan har bir xalqni Xudoning  о ‘zi asrasin!
Keyingi paytlarda   о ‘zbek tili fani b о ‘yicha davlat attestatsiyasini joriy etish
masalasida   gaplar   b о ‘layapti.   Bu   juda   yaxshi.   Ushbu   davlat   attestatsiyasi
maktablar, oliy  о ‘quv yurtlari  о ‘qituvchilari  о ‘rtasida ham, shuningdek, korxona va
tashkilotlar   rahbarlari   miqyosida   ham   о ‘tkazilishi   kerak.   Shunda   har   qanday
korxona   yo   tashkilot   rahbari   о ‘zi   rahbarlik   qilayotgan   joyda   davlat   tiliga
munosabat   qandayligini   yaxshiroq   his   etadi.   Qolaversa,   bu   ish   davlat   tilining
nufuzini oshirishda amaliy chora b о ‘ladi, mas’uliyatni kuchaytiradi.
О ‘zbek   tilining   davlat   tili   sifatidagi   nufuzi   va   mavqeini   oshirish   borasida
oldimizda ulkan va sharafli ishlar turibdi. Olimlarimiz, adib va shoirlarimiz amalga
oshiradigan   qator   vazifalar   borki,   buning   о ‘zi   alohida   katta   mavzu.   Yozsak   bir
kitob   b о ‘ladi.   Muhimi,   insoniyat   boshidan   kechirayotgan   xatarli   kechmishlar
oldida   befarq   b о ‘lmaylik.   Ona   Til,   Ona   Yer,   Ona   Vatan   taqdiriga   о ‘z   taqdirimiz
deb   qaraylik.   Ana   shunda   bir-birimizga   qarab   “Biz   nega   shundaymiz?”   degan
afsusli   savolni   bermaymiz.   Globallashuv   sabab   dunyoda   о ‘nlab   tillar   tanazzulga
uchrayapti. 
Eshqobil Shukur iste’dodli shoir sifatida nafaqat yangi she’rlar, balki yangi
so‘zlar   ham   kashf   qilishini   keng   kitobxon   ommasi,   shoirning   muxlislari     yaxshi
biladi.   Bundan   tashqari,   so‘zlarning   etimologiyasi,   ular   ifodalayotgan   ma’no
haqida ham bir qator izlanishlar olib borgan. Quyida ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Ona   tilim   -   oltin   sandig‘im.   Tilimiz   tarixida   arab   tilidan   kirgan   “ basir”   so‘zi
“ko‘ruvchi”,   “ko‘ra   oluvchi”,   “kuzatuvchi”,   “sezgir”,   “o‘ta   sezgir”   ma’nolarida
ishlatilgan. Biroq negadir keyingi davrlarda “basir” so‘zi ko‘zi ko‘r ma’nosida ham
34 qo‘llanadigan   bo‘lgan.   “Basirat”   so‘zi   ham   “ko‘ruvchanlik”,   “ziyraklik”,
“sezgirlik”, “o‘tkir zehnlilik” mazmunini ifodalab kelgan. Navoiy davrida olimlar
donishmandlar   ahlini   “basirat   ahli”   de yishgan.   Shoir   “Hayrat   ul-abror”   dostonida
shunday yozgan:
Sirri haqiqatdin o‘lub bahravar,
Ayla basirat ko‘zi birla nazar.
Oradan besh asr o‘tib, “basir” so‘zi boshqacha ma’noga keladi. Bu so‘z ko‘zi ko‘r
mazmunini ham ifodalaydi. “Navoiy asarlari lug‘ati”ning 1973-yilgi nashrida ham,
to‘ldirilgan   1983-yilgi   nashrida   ham   “basir”   so‘ziga   biror   nuqtada   “ko‘zi   ko‘r”
ma’nosida   izoh   berilmagan.   1983-yilgi   nashrda   lug‘atga   “basar”   so‘zi   qo‘shiladi,
bu   so‘z   “ko‘z”,   “ko‘rish”,   “ko‘ra   olish   quvvati”,   “ko‘z   quvvati”   ma’nolarida
izohlanadi.   Navoiyning:   “Kim   basar   hissi   qorong‘u   kechada   qildi   g‘alat”   degan
misrasida ham “basar hissi” ko‘rish sezgisi mazmunida keladi.
Qumg‘og‘   va   saksovul.   Saksovul   qumli   joylarda,   cho‘llarda   o‘sadi.   Bu
daraxtning   ildizi   yantoq   tomiridan   ham   uzoqqa   ketadi,   qaqragan   cho‘lda   ham
suvga   yetadi.   “Saksovul”...   Bu   chiroyli   so‘zning   etimologiyasi   haqida   aniq
ma’lumotlar   uchratmadim.   “Saksovul”   so‘zi   tarkibidagi   “sakson”dagi   “saks”   va
“ovul”   so‘zlari   haqida   o‘yladim,   “saksovul”ni   “yasavul”,   “jig‘ovul”,   “shig‘ovul”
so‘zlari   bilan   solishtirib   ko‘rdim,   lekin   biror   jo‘yaliroq   taxminga   kelolmadim.
Ammo “saksovul” so‘zining ma’nodoshini uchratib qoldim.
Manzar   Abulxayrovning   “Navoiy   asarlarida   so‘z   va   iboralar”   kitobida
tariximizda   saksovulni   “qumg‘og‘”   deb   ifodalash   ham   bo‘lgan   deb   ko‘rsatilgan.
Bunday   nomlanishga   saksovulning   cho‘lda,   qumda  o‘sishi   sabab   bo‘lgan   bo‘lishi
kerak. Xususan, bunday ifoda Alisher Navoiy asarlarida uchraydi.
Garchi quyoshdin parvarish olam yuziga omdur,
Sahroda qumg‘og‘u tikan, bo‘stonda sarvu gul butar
Ulapa   va   ulufa.   Bolaligimizda   biror   bola   ayb   ish   qilib   qo‘ysa,   unga
kattalar:“Bu   bolaning   ulapasini   berib   qo‘yish   kerak”   degan   gapni   ishlatishardi.
Umuman, “ulapa” so‘zi  jazo ma’nosida qo‘llanardi. Birov kimdandir  xafa bo‘lsa,
35 “Shoshmay   tursin,   hali   ulapasini   qo‘liga   beraman”   deyar   edi.   Xullas,   “ulapasini
berish”   xalq   iborasi   darajasiga   ko‘tarilgan   gap   edi.   Lekin   “ulapa”   so‘zining   aniq
ma’nosini   yaqin-yaqingacha   bilmasdim.   Hatto,   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da
ham bu so‘z haqida hech narsa deyilmagan. Bolaligimdan menga tanish bo‘lgan bu
so‘zning asl ma’nosini boshqa joydan topdim.
“Tarixiy   harbiy   terminlar   lug‘ati”da   izohlanishicha,   o‘rta   asrlarda
harbiylarga   beriladigan   ish   haqi,   maosh   “vajh”   so‘zi   bilan   ifodalangan.   “Ulufa”
so‘zi amaldor va lashkarboshilarga beriladigan oylik maosh mazmunini bildirgan.
Bobur “Boburnoma”da bu so‘zni ishlatgan ekan: “Behrada bo‘lg‘on turk va yerlik
sipohilarning dag‘i vajh va ulufalarini ortturub, Hindubekka ko‘mak qo‘yduk”.
“Navoiy   asarlari   lug‘ati”da   “ulufa”   so‘zi   maosh   ma’nosidan   ham   oldin   “hayvon
yemishi,   ozig‘i”   mazmunini   bildirishi   aytib   o‘tilgan.   Xalq   orasidagi   “Ulapasini
berib qo‘yaman” iborasi esa kinoya ma’nosida qo‘llanar ekan.
Kezanak. “Kezanak” degan so‘z ko‘proq chorvadorlarimiz tilida ishlatiladi.
Bu so‘z tilimizda juda kam qo‘llansa-da, unga ehtiyoj bor. Ot, qo‘y, qoramolning
to‘piqdan   yuqori,   pochasining   ingichka   qismini   xalqimiz   “kezanak”   degan.
Hozirgacha k ye z a n a k so‘zi chorvadorlar, qassoblar, oshpazlar tilida bor. Lekin
bu   bechora   so‘z   hatto   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”ga   ham   kirmay   qolgan.
Bugungi kunda t u yo q, t o‘ p i q, p o y ch a, k ye z a n a k kabi mol oyog‘ining
qismlari birgina “mol oyog‘i” degan so‘z bilan ifodalanadi. Bunday so‘zlar tilimiz
bog‘ida   tursa,   hech   kimdan   non-osh   tilamaydi,   aksincha,   bu   bog‘ni   boyitadi.
Cho‘ponlar   so‘yilib,  kalla-pochasi   pishirilgan   qo‘yning   kezanagiga   qarab  ham   bu
uning qanday qo‘y ekanini aytib bera’
Emaklash”   fe’lining   ma’nosini   hammamiz   bilamiz.   Dustaman   tushib   qo‘l
yordamida butun gavdani sudrab borish, aniqrog‘i dustaman yotib yurish. Ikki qo‘l
kafti   va   ikki   tizza   bilan   harakatlanish   ham   shu   so‘z   bilan   ifodalanadi.   Bu   ancha
qiyin   ish.   Xo‘sh,   nega   bu   holatni   emakladi,   emgakladi   deymiz?   Mahmud
Koshg‘ariy   “e   m   g   ӓ   k”   so‘zini   mehnat   va   mashaqqat   ma’nolarini   anglatadi   deb
izohlagan. “Emg ӓ ndi” so‘zi “qiynaldi” mazmunini bildirgan.
36 Haqiqatan   ham   emaklayotgan   odam   qiynaladi,   mashaqqat   chekadi.   Faqat   qo‘lga
tayanib   butun   gavdani   harakatga   keltirish   oson   emas.   Demak,   “emakladi”,
“emgakladi” so‘zlari qiynaldi, mehnat qildi, mashaqqat chekdi ma’nolaridan kelib
chiqqan.   “Alisher   Navoiy   asarlari   lug‘ati”da   ham   “emgak”   so‘zi   “mashaqqat,
kulfat” ma’nosida izohlangan. “Ne ajab sorg‘orsa yuz, yetkan soyi emgak menga”
deydi Navoiy. Davr o‘tishi bilan “emgak” so‘zining “kulfat” ma’nosi iste’moldan
chiqqan,   “mehnat”   ma’nosi   keyingi   zamonlargacha   saqlanib   qolgan.   Mirtemir
yozadi:
Sen uchun dalaning chokini so‘kdik,
Bola o‘stirgandek emgaklar to‘kdik.
Tilimizda   “emgakchi”   degan   so‘z   “mehnatchi”,   “mehnat   qiluvchi”
ma’nosida keladi.
YILQI.   Otlar   podasini   “yilqi”,   “jilqi”   deymiz.   “O‘zbek   tilining   etimologik
lug‘ati”da “yilqi” so‘zi “Turkiy tillar etimologik lug‘ati”ga ko‘ra “bir joyga to‘pla”
ma’nosini anglatgan -y ы l fe’liga -q ы   qo‘shimchasi qo‘shilishi bilan yasalgan, deb
izohlangan.   Sharqshunos   A.   Vamberi   “yilqi”   so‘zidagi   -y ы l   o‘zagini   “-y ы g‘ ы l”
fe’lining   qisqargani   degan   farazni   aytadi.   Mahmud   Koshg‘ariyda   “yilqi”   so‘zi
“j ї lq ї ”   –   “to‘rt   oyoqli   hayvon”   ma’nosida   keladi,   deyilgan.   Ot   podasi   ma’nosida
emas, umuman to‘rt oyoqli hayvonlar  ma’nosida. Negadir  Alisher  Navoiyda ham
bu qadimiy so‘zga duch kelmadim, balki bordir. “Muhokamat ul lug‘atayn”da ham
otlarning   turi   va   yoshi   haqida   so‘z   boradi,   lekin   “yilqi”   so‘zi   ishlatilmaydi.   Shu
o‘rinda yana bir taxmin: G‘ani Abdurahmonov va Alibek Rustamovning “Qadimgi
turkiy   til”   kitobida   aytilishicha,   “yol”   so‘zi   qadimgi   tilimizda   “yil”   shaklida
bo‘lgan.   Yilqi   yolli   bo‘ladi.   Qolaversa,   tilimizda   ot   yasovchi   “-qu”   (“-qi”)   va   “-
g‘u”  qo‘shimchalari  bo‘lgan. Bu bir  taxmin. Lekin, asosiy  manbalarda  yilqi  so‘zi
“y ы lq ы ” shaklida berilgan.
Tilimizda   “Yilqi   –   molning   poshshosi,   tuya   molning   qashqasi”,   “To‘qson
to‘qay   yilqisi   bor”   kabi   maqol   va   iboralar   mo‘l.   Yusuf   Xos   Hojib   “yilqi”   so‘zini
boshqacha ishlatgan:
37 O‘pish,   ho‘plash,   o‘pqon,   o‘pka…   Xo‘sh   bu   so‘zlarni   nima   bir-biriga
bog‘lab   turadi?   Ularda   qanday   yaqinlik   bor?   Shavkat   Rahmatullaevning   “O‘zbek
tilining etimologik lug‘ati”da shunday gap bor: “Qadimgi turkiy tilda, masalan ich
tomonga   tort”   ma’nosini   anglatgan   op   –   (o‘p)   fe’lidan   “bo‘sa   ol”   ma’nosini
anglatgan   öp   (o‘p)   fe’li   …   unli   tovushining   yumshoqligi   bilan   farqlangan”.   Bu
ta’kid menda boshqa bir mulohazani uyg‘otdi.
“Turkiy tillar etimologik lug‘ati”da op so‘zi yeb qo‘ymoq, komiga tortmoq,
yamlamay yutmoq ma’nolarini ham anglatadi deyilgan. Bu ma’nolarda ham baribir
“ichga   tortish”   mazmuni   bor.   Odam   suvni   ho‘plaganda   ham   ichiga   tortadi.
O‘pishda   ham   shu   holat   seziladi.   O‘pqon   suvni   tortib   ketadigan   yer   ostidagi
ko‘rinmas chuqurlik, girdob degani. Demak, o‘pqonda ham ichiga tortish ma’nosi
bor.   Nafas   olish   a’zosi   –   o‘pka   ham   nafasni   ichiga   tortadi.   Shuningdek   tilimizda
sakrash,   hatlash   paytida   aytiladigan   “Ho‘p!”   degan   undov   so‘zi   bor.   Aslida
sakrayotgan   odam   “Ho‘p!”   deb   nafasni   ichiga   tortib   oladi-da,   so‘ng   sakraydi.
Bunda ham nafasni ichga tortish, kuchni ichga yig‘ish ma’nosi bor.
Eshqobil   Shukurning   “Yozuq” bilan     yozug‘   so‘zlari   o‘rtasidagi   nozik
farqlarni ko‘rsatib bergani ham e’tiborga loyiqdir.
O‘zaro   muomalada   yoki   badiiy   asarlarimizda   “Yozug‘i   ne   edi?”,   degan
iboraga   duch   kelsak,   ba’zan   uni   “Manglayidagi   yozuvi   ne   edi”,   degan   ma’noda
ham  tushunamiz.  Xo‘sh,  “yozuq”(“yazuq”)   so‘zining  o‘zagi   “yoz”(“yaz”)   qanday
ma’noni   bildiradi?   “Qadimgi   turkiy   til”   kitobida   izohlanishicha,   qadimda   “yaz”
so‘zi   “yomonlik   qil”,   degan   ma’noni   anglatgan.   “Yozuq”   so‘zi   esa,“gunoh”
ma’nosini   bildirgan.   “Yozyovon”dagi   “yoz”Farg‘onada   “Yozyovon”,   degan   joy
bor?   Xo‘sh,   “yozuq”   so‘zidagi   “yoz”   “yomonlik   qil”,   degan   ma’noni   bildirsa,
“Yozyovon”dagi   “yoz”   qanday   mazmunni   anglatadi?“Yozyovon”dagi   “yovon”
aslida   “yobon”   bo‘lib,   uning   ma’nosi   “dala,   dasht”,   degani.   Endi   bu   so‘zdagi
“yoz”(yaz) so‘zi haqida to‘xtalsak,. Qadimda “yazi” so‘zi ham “cho‘l, dala” degan
ma’noni   anglatgan.   U   holda   “Yozyovon”da   bir   xil   ma’nodagi   ikkita   so‘z
38 qaytarilganmikan?   Ehtimol,   “Yozyovon”   –   “dashtu   dala”,   deganidir.   Chunki
“dasht”   bilan   “dala”ning   farqi   bor.   Dasht   yovvoyi,   dala   esa,   madaniylashgan
ma’nosida.   So‘zning   ma’nosini   izlasang   fikr   kelaveradi-da.   Yovvoyilikning   o‘zi
tabiiylik   emasmi?   Deylik,   yovvoyi   o‘t   tabiiy   ko‘kargan   o‘t-ku.   Nega   biz   tabiiy
narsani yovvoyi deb ataymiz? Endi bu boshqa mavzu. Sahrodagi “yovvoyi” Odam
o‘z   qo‘liga   kirmagan,   o‘z   tasarrufida   bo‘lmagan,   o‘zi   egallamagan   narsalarni
o‘ziga   begona,   yot,   yov,   yovvoyi   deb   bilgan.   Deylik   piyozpoyadan   ko‘kargan
tabiiy o‘tni “begona o‘t”, deymiz. Balki bu yerda ko‘kargan piyoz begonadir. Ezop
aytganiday, dehqon yerga qadagan urug‘ yer uchun o‘gay farzand, tabiiy ko‘kargan
o‘t   esa   asl   farzand,   ehtimol.   Xo‘sh,   umumiy   ma’nosi   “qo‘lga   o‘rgatilmagan”,
“inson   qo‘li   bilan   bunyod   etilmagan”,   deb   izohlangan   “yovvoyi”   so‘zining   asl
mazmuni   nima?   O‘zbek   tilining   etimologik   lug‘atida   izohlanishicha,   “bu   sifat
qadimgi   turkiy   tildagi   “sahro”   ma’nosini   anglatgan   “yaba”   otidan   –yi
qo‘shimchasining qo‘shilishi bilan yasalgan bo‘lib, asli “o‘z-o‘zicha yashaydigan,
o‘z-o‘zicha o‘sadigan”, degan ma’noni anglatgan”.Shundan xulosa qilib aytishimiz
mumkinki,   “yovvoyi”ning   tub   ma’nosi   “sahroyi”   bo‘ladi.   Qo‘shimcha   sifatida:
“yaba”   so‘zi   “sahro”   ma’nosini   anglatsa,   “Yozyovon”dagi   “yobon”   ham   “sahro”
mazmunidadir,   ehtimol.   “Tirik”   nimasi   bilan   tirik?   Har   kuni   qayta-qayta
ishlatadiganimiz   “tirik”   so‘zi   hamisha   tirik   va   tetik.   Mahmud   Qoshg‘ariy   izohiga
ko‘ra, “tir” so‘zi  asli  “yasha” degan ma’noni anglatadi. Demak, “tirik” so‘zi  ham
aynan   shu   “tir”   so‘zidan   kelib   chiqqan.   O‘z-o‘zidan   ayonki,   tirik   yashashi   bilan
tirik.Kesilgan   “kesak”   “Kesak”   so‘zi   ham   o‘z   ildizi   haqida   o‘zi   aytib   turibdi.   U
“kes”   so‘zidan   hosil   bo‘lgan   va   qadimgi   davrlarda   “kesak”   “kes”   deb   ishlatilib,
unga   -ak   qo‘shimchasi   keyin   qo‘shilgan.   Hozir   tilimizdagi   “kesakladi”   fe’li   ham
“kesladi” shaklida bo‘lgan. Umuman, “kesak” quritilgan loyning bo‘lagi, kesilgan
qismi   mazmunini   bildiradi.   Koshg‘ariy   izohiga   ko‘ra,   qadimda   har   narsaning
bo‘lagi,   parchasiga   ham   “kesak”   deyilgan.   “Kesak   neng”   –   narsaning   bo‘lagi.
Hozirgi  tilimizda bu so‘zning faqat  yerdagi  kesak mazmunidagi  ma’nosi  saqlanib
qolgan. 
39 Boborahim  Mashrabning  “o‘rtar” radifli  g‘azali  haqidagi  mulohazalari  ham
aniq   xulosalar   beradi.   Bu   g‘azalning   qo‘shig‘ini   xirgoyi   qilmagan   kishi   kam
topiladi.
Agar oshiqlig‘im aytsam, kuyib jonim, jahon o‘rtar,
Bu ishq sirrin bayon etsam, yurak-bag‘rim chunon o‘rtar.
Gap shundaki, shoir g‘azalda “o‘rtar” so‘zini shu qadar mahorat bilan ishlatganki,
har bir baytda bu so‘z tub ildizi bilan to‘liq namoyon bo‘lgan. Qadimgi tilimizda
“o‘rt”   so‘zi   “yong‘in”   ma’nosini   anglatgan.   “O‘rtar”   so‘zi   ham   shundan   kelib
chiqqan.   Qiltiriq   Biz,   odatda,   qiltiriq   deganda   nihoyatda   ozg‘in,   juda   oriq,   degan
ma’noni   tushunamiz.   Holbuki,   “qiltiriq”   co‘zining   tub   ma’noci   don   qobig‘i
uchidagi   ingichka   uzun   qilcha,   demakdir.   O‘zbek   tilining   etimologik   lug‘atida
izohlanishicha, bu co‘z qadimda ham shunday ma’noni anglatgan.
O‘ylab   qaracangiz,   bu   cifat   juda   ozg‘in   odamga   nicbatan   bekorga
ko‘chmagan.   Haqiqatan   ham,   don   qobig‘i   uchidagi   qilcha   nihoyatda   ingichka
bo‘ladi.   Bu   cifatning   odamga   ko‘chishi   uchun   kuzatuvlar,   qancha   tarixlar   kerak
bo‘lgan.
“O‘shakchi”   ushoqchimi?   “O‘shakchi”   degan   co‘z   menga   bolalik
yillarimdan   tanish.   Qishlog‘imizda   chaqimchi,   mayda   gap,   gap   tashuvchi
odamlarni   “o‘shakchi”   deyishardi.   Lekin   chaqimchilarni   nega   “o‘shakchi”
deyishlarini hech tushunolmaganman. Hozir ham janubiy viloyatlarimizda bu co‘z
ko‘p   qo‘llanadi.   Mahmud   Koshg‘ariyning   “Devoni”   indekcida   “ushoq”   co‘ziga
shunday   izoh   beriladi:   Ushaq   I.   –   kichik,   mayda.   Ushaq   II.   –   chaqimchilik,
malomat.   Darhaqiqat,   chaqimchilik   ham   mayda   gaplar   bilan   mashg‘ul   bo‘lishdir.
Chaqimchilik   maydakashlik,   degan   ma’noda   “ushaq”   co‘zi   bilan   ifodalangan
bo‘lishi mumkin.
“ Yukcak”dagi pat.  Qizig‘i shundaki, “yukcak” co‘zidagi “yuk” co‘zi “qush
pati”, degan ma’noni anglatar ekan. Koshg‘ariy bu co‘zni shunday izohlagan. Ayni
shu   “yuk”   co‘ziga   “-cak”   qo‘shimchaci   qo‘shilib,   “yukcak”   co‘zi   hocil   bo‘lgan.
40 G‘alati-ya… Bittagina co‘zning mantiqiy ildizlari ham qancha kechmishlarga borib
taqaladi.
Beshik kertti.  Yaqin o‘tmishgacha bizda beshik kertti, degan udum bo‘lgan.
Bu   udumga   ko‘ra   qiz   bolani   chaqaloqligidayoq   kimgadir   unashtirib   qo‘yishgan.
Ba’zi   viloyatlarimizda   bu   udum   “qulog‘ini   tishlatti”,   deb   ataladi.   Xo‘sh,   “beshik
kertti” iboracidagi  “kertti” co‘zining ma’noci  nima?  Mahmud Koshg‘ariy izohiga
ko‘ra “kertik” co‘zi belgi degan mazmunda keladi. “Kertti” eca, “kecilgan, o‘yiq”
deb   izohlangan.   Umuman,   bu   ibora   “beshigida   belgili   qildi”,   degan   ma’noni
anglatadi.
Kaftda   avaylamoq.   Ayamoq.   Tilimizda   “avaylamoq”   ma’nisini   anglatgan
“ayadi”, degan fe’l bor. Bu fe’lning o‘zagi “aya” so‘zidir. Shuningdek, qadimdan
tilimizda   “kaft”   ma’nosini   bildirgan   “oya”,   “aya”   so‘zlari   bor.   Bir   qarashda
avaylash ma’nosidagi “aya” fe’li bilan “kaft” ma’nosidagi “aya” so‘zi shaklan bir
xilu,   mazmunan   har   xilday   tuyuladi.   Lekin   qo‘lda   ko‘tarib   ardoqlashni   qadimda
“qo‘limning oynasida tutdim”, deb ham ifodalashgan. Avaylash bilan kaftda tutish
mazmunan bir-biriga yaqin. Shundan kelib chiqib, “kaft” ma’nisidagi  “aya” so‘zi
bilan “avayla” ma’nosidagi “aya” so‘zi tub ildizi bir xil, deb faraz qilish mumkin.
Shuningdek,   “aya”   so‘zini   “taqdirlamoq”   “ato   qilmoq”,   “ta’riflamoq”   kabi
ma’nolari ham borligi manbalarda ta’kidlangan.
Tegirmonning   tegrasi. Tilimizdagi   g‘allani   un,   sholini   oqlab   guruch   qilib
beradigan qurilma nomini anglatgan “tegirmon” so‘zi “O‘zbek tilining etimologik
lug‘ati”da izohlanishicha, asli “aynan” ma’nosidagi “tegir” so‘zidan kelib chiqqan.
Bu   qadimgi   so‘z   hozir   ham   tilimizda   “aylana”   mazmunidagi   “tegra”   shaklida
saqlanib qolgan. “Tevarak” so‘zi ham shundan kelib chiqqan. 
Eshqobil   Shukurning   bunday   tahlillari   bugun   tobora   unutilib   borayotgan
noyob   so‘zlarimizning   yan   istemolga   qaytishiga   yordam   beradi.   Qolaversa,   inson
o‘zi   qo‘llayotgan   so‘zning   ma’nosini,   uning   qanday   kelib   chiqqanini   bilsa,   ifoda
qilmoqchi   bo‘lgan   fikrining   ta’sir   kuchi   ortadi.   Har   bir   o‘zbek   tilimizdagi
so‘zlarning   tarixi   bilan   qiziqishi,   uning   evolyutsiyasini   bilishi   kerak,   o‘zidan
41 keying   avlodga   til   haqidagi   muhim   ma’lumotlarni   yetkasizib   bermasa,   insonning
yashashdan   maqsadi   nima   bo‘ladi?   Shu   ma’noda   E.Shukurning   mazkur   faoliyati
alohida o‘rganishni, ilmiy tekshirib ko‘rishni taqozo qiladi.
2.2.Eshqobil   Shukur   she’riyatida   so‘z   ijodkorligi.   Eshqobil   Shukur
iste’dodli   shoir   sifatida   nafaqat   yangi   she’rlar,   balki   yangi   so‘zlar   ham   kashf
qilishini keng kitopxon ommasi, shoirning muxlislari  yaxshi biladi.
O‘zbek tilida yangi so‘z yasashning 5 turi mavjud bo‘lib, shulardan eng faoli
morfologik va sintaktik usullardir. E.Begmatov to‘g‘ri ta’kidlaganidek: “So‘zning
yangiligi   yoki   eskiligi   so‘zning   tilda   paydo   bo‘lish   davriga   ko‘radir.   So‘zning
qo‘llanuvchanligi   yoki   eskirganligi   leksemalarning   funktsional   aktivligi   yoki
passivligiga   ko‘radir”.   Shu   ma’noda   har   bir   so‘zni   uning   paydo   bo‘lgan   vaqtiga
nisbatan printsipial ravishda neologizm deb atash mumkin. Bunda faqat u yoki bu
so‘z   tilda   qachon   paydo   bo‘lganligini   aniqlash   kerak.   “Tilda   yangi   so‘zlarni
yaratish   tilning   tarixiy   rivojlanishi,   uning   vaqt   jihatidan   oldinga   harakat   qilishi
mahsulidir.   Shuning   uchun   tildagi   barcha   yangi   hosil   bo‘lgan   so‘zlarni   faqat
sinxron   tarzda   emas,   balki   diaxron   tarzda,   ya’ni   til   rivojlanishining   muayyan
davrida yuzaga kelganligi nuqtai nazaridan o‘rganish mumkin”. Bundan shu narsa
kelib chiqadiki, yangi so‘z tushunchasi diaxrondir. Yangi so‘zlar xotirlanmaydigan
xossagagina   emas,   balki   qo‘llanish   jihatidan   bir   martalik   va   sinxron-diaxron
qorishiqlik   xossasiga   ham   egadir.   Demak,   ular   tarixiy   vaqtga   nisbatan
taalluqsizdirlar.   Shuning   uchun   bunday   so‘zlar   neologizm   deb   atala   olmaydi.
Shunday   qilib,   yangi   so‘zni   ta’riflashda   vaqt   mezoni   zarur,   lekin   yuqorida
ko‘rsatilganidek,   u   absolyut   emas,   unga   nisbiylik   jihatidan   qaraladi.   Yuqorida
keltirilgan dalillarga asoslanib, yangi so‘zga shunday ta’rif berish mumkin: Yangi
so‘z   tilda   o‘z   tarixiy   hayotining   dastlabki   bosqichini   o‘tayotgan,   yangilik
bo‘yog‘iga   ega   bo‘lgan   so‘zdir[Mirtojiyev,3].   Badiiy   asarlar   tili   o‘rganilganda
ularda yangi so‘zlarning qo‘llanilishiga elohida e’tabor qilinmaydi. 
Eshqobil   Shukur   she’rlarida   o‘ziga   xos   jihatlar   anchagina.   Avvalo,   ularda
milliy   ruh   sezilib   turadi.   Shoir   o‘z   she’rlarida   mazmunni   ro‘yobga   chiqarish
42 uchun   sintaktik   kombinatsiyalardan     juda   ustalik   bilan   foydalanadi.   Hatto   yangi
so‘zlar hosil qilishdan ham cho‘chimaydi. Xususan, so‘z yasovchi qo‘shimchalar
orqali   morfologik   usulda   bir   qator   so‘zlar   hosil   qilganini   tahlillar   jarayonida
uchratish   mumkin.   Fikrlarni   dalillash   uchun   shoirning   “Hamal   ayvoni”
to‘plamidan   ayrim   she’rlarini   tahlil   qilib   ko‘rish   mumkin.   Masalan,   shoir   - iston
qo‘shimchasini  mozor so‘ziga qo‘shib yangi so‘z yasaydi.   Quyidagi bandda esa,
shoir   porillaydi   fe’lini   keltirgan,   porlamoq   fe’li   bizga   ma’lum,   ammo   mazkur
grammatik shakl har holda kam uchraydi:
Qizning marmar tanida
Porillaydi   o l durlar.
Ming tola sochga sho‘ng‘ib,
Chars-churs sinadi nurlar. [Hamal ayvoni,27.]
Eshqobil Shukur o‘zbek tiliga xos bo‘lgan ko‘plab so‘zlarni iste’molga olib
kirishga urunganini she’rlarida ko‘rish mumkin.
Bahaybat  o‘yiq  bor ko‘kraklarida,
Zamonlarning dahshatlari dastidan.
Bir Vatanni tutib kipriklarida,
Bir xalq chiqib kelar yerning ostidan.
O‘yiq so‘zi o‘zbek tilida asosan, o‘tgan zamon sifatdoshi bilan hosil qilingan
fe’l   orqali   ifodalanadi.   Masalan,   o‘yilgan,   so‘yilgan…   -oy   qo‘shimchasi   atoqli
otlarga   qo‘yilib   kelishi   hammaga   ma’lum,   asosan,   xotin-qizlarning   nomlariga
qo‘shilib   kelib   turli   ekspressiv-uslubiy   ma’nolarni   ifodalshga   xizmat   qiladi.
Eshqobil   Shukur   esa,   uni   turdosh   otlarga   nisbatan   ham   qo‘llagani   yangicha
yondashuvdir: 
Sochlari sumbul-sumbul…Sochlari…
Kelbat kerib kelayotgan  kelinoy,  
Shoir chanqovuz haqidagi bir she’rida “charnamoq” fe’lini ham qo‘llaganiga
guvoh   bo‘lish   mumkin:   // charnagan *   o‘zim   mening,   Kalbning   yorug‘   qa’ridan
sinmas til topib oldim.//
43 O‘zbek   tilida   qirqilmoq   va   kesilmoq   fe’llari   nihoyatda   faol   qo‘llaniladi,
biroq Eshqobil Shukr o‘z she’rlarida ko‘p marotaba qiyilmoq fe’lini qo‘llagan:
Tilim tiyildi mening,
so‘zim  qiyildi  mening.
E.   Shukurning   o‘ziga   xos   so‘z   yaratish   mahorati   borligini   uning   quyidagi
juda   ta’sirli   bo‘lgan,   milliy   an’analarimizni   o‘zida   mujassam   quyidagi   misralari
orqali   ham   bilish   mumkin.   Mazkur   she’rda   muallif   kompozitsiya   usuli   bilan
jozibador so‘zlar yasay olgan: 
Oybulutning  orasidan oyday kelinlar kelar,
Kunbulutning  orasidan kunday kelinlar kelar.
Yoki   Koshingga   emranib   keldim,   o‘zbegim,   Shoiring   ketdimi   mendan
norizo.   Yaxshi   bo‘larmidi   xalqim,   o‘zligin   Shoirning   qalbidan   topsa   podsho .
[Boyqaro,   19.]   Emranib   fe’li   ham   bugungi   kunda   faol   muloqotda   uchramaydi,
ammo   shoir   tomonidan   qo‘llanilayotgani   misralarning   o‘ziga   xos   jozibasini
ta’minlab beradi.
Quyidagi   misralarda   ham   beka   so‘ziga   qo‘shilayotgan   -siz   qo‘shimchasi
odatiy   emasdek:   // Mening   dunyolarim   qancha   betartib,   Sening   dunyolaring
shuncha   sarishta.   Bekasiz   samoga   bergali   tartib   Ortingdan   kelmoqda   qirq   ming
farishta//.
Mazkur   misralarda   shoir   tomonidan   she’riy   nutqlarda   ko‘proq   uchraydigan
so‘zlar   qo‘llanilagan:   //   Ko‘pchigan   tuproqda   qaqrar   saraton,   Bahor   tebratadi
rangpar   havoni.   Olti   oy   oldinda   qaqshar   qahraton ,   Kuzgacha   omon   elt   olti
daryoni.//   Ajratib   ko‘rsatilgan   so‘zlarning   yasalish   asosi,   hosilalarning   ayrimlari
tarixiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
//Uvuqlarni   –   ko‘k   suyaklarni   Tishlab   olib,   so‘ng   ko‘char   shamol.   Kaftda
ezib   iyaklarini   Tepaliklar   suradi   xayol.//   Misralarida   uvuq   so‘zi   ham   juda   kam
qo‘llanadigan, aksariyat o‘quvchilar uchun yangi so‘z hisoblanadi.
Ba’zi   so‘zlarning   she’riy   misrlarda   morfologik   jihatdan   o‘zgarib
qo‘llanilishini   ham   ko‘rish   mumkin,   masalan,   erinchoq   so‘zi   bugungi   kunda  ham
44 faol hisoblanib uning mazkur misrada boshqacha shaklda kelishi, hududiy talaffuz
muhitiga   bog‘liq   bo‘lishi   mumkin.   //Tongda   tandirini   yoqar   kelinchak,   Suprada
yetilar botmon xamiri. Molxonada «mo‘»lab kuyar e rinchak  Yelini tirsillab ketgan
sigiri.//
O‘zbek   tilida   -li   va   -lik   qo‘shimchalarning   qo‘llanilishida   chalkashliklar
ko‘zga   tashlanadi:   //Eri   o‘ldi   Bibizilolning...   Kelinchaklik   davri   o‘ldi,
Belanchaklik   uylari   o‘ldi.   Kun   –   motam.   Tun   –   motam.//   Belanchaklik   emas,
aslida belanchakli uylar bo‘lganida uslubiy jihatdan to‘g‘rib o‘lardi.
Ko‘pincha   -dosh   qo‘shimchasi   yurt,   vatan,   hatto,   millat   so‘zlariga   nisbatan
qulay   va   faol   qo‘llanib   keladi,   biroq   shoir   tomonidan   uning   el   so‘ziga   ham
qo‘shilgani   yangi   vaziyatni   yuzaga   keltirmoqda:     // Eldoshlarim . ..   Jon   desa   jon
bergan,   eldoshlarim ,   Aylanayin   bergan   jonlaringizdan.   Menga   Vatan   bergan,
eldoshlarim, Aylanay bergan Vatanlaringizdan.//
E.Shukrning   o‘ziga   xos   mahorati   shundaki,   u   xalqona   ohanglarni   ifodalash
uchun   asosan,   o‘zbekcha   so‘zlardan   foydalanadi.   Shevaga   xos   so‘zlar   ham
uchraydi:  //Sho‘r boshing yopinar ko‘k bulut. Tegrangda shamollar tizilar. Havoda
suzadi   ko‘k   tobut,   Ko‘m-ko‘k   kuy   ko‘klardan   uzilar.   Ko‘kaylari   kesilgan   Ayol,
Bovri yurtdan uzilgan Ayol, Bir yurt yolboradi: qo-ol!//
Sifat   yasovchi   -li   qo‘shimchasi   quyidagi   misralarda   maqsadli,   atayin
qo‘lanilgandek taassurot qoldiradi:
Davlatli  begoyim,  erkli  begoyim, 
Biza muruvvat qil,  ko‘rkli  begoyim. 
Xudo tumor taqib boshing boylamish,
  Bandaga darchasi  berkli  begoyim.  [Hamal ayvoni,54.]
Xulosa   qilib   aytganda,   Eshqobil   Shukr   ijodida   ko‘plab   so‘zlarning   yangi
ma’noda,   yangi   grammatik   shaklda     qo‘llanilishi   she’rning   xalqchilligini
ta’minlashga   xizmat   qilmoqda.   Bunday   so‘zlar   o‘ziga   xos   tarzda,   yangitdan   va
ko‘p   holda   ta’sirchan   ifodalash   ehtiyoji   bilan   yaratiladi.   Bunda   so‘zlovchidan
ma’lum   topqirlik,   lisoniy   mahorat   talab   qilinadi.   Shoir   tomonidan   qo‘llangan
45 so‘zlar   qanday   nutq   tipida   yuzaga   kelishiga   qarab,   o‘sha   nutq   talab   qiluvchi
vazifani   bajaradi   va   bu   orqali   nutqning   ma’noviy   nominativ,   kommunikativ
ehtiyojini qondiradi. 
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar
E .  Shukurning o‘zbek tiliga xos bo‘lgan nodir so‘zlar tahliliga bag‘ishlangan
turkum   mulohazalari,   milliy   mentalitetimizni   ifodalaydigan,   konsept   darajasidagi
so‘zlar etimologiyasiga doir qarashlari, she’rlarida qo‘llangan so‘zlarning ifodalari
o‘rganilib quyidagi xulosalarga kelindi.
1. Eshqobil   Shukurning   so‘zlar   etimologiyasiga   doir   izlanishlari   ham   uning
she’riyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bu esa, o‘quvchilarga misra mazmunini
teran anglashga, so‘zni his qilishga o‘rgatadi.
2. O‘zbek tili o‘zining boy ichki yasalish tizimiga egadir.   Tilimizning boyishi
ichki ma’no taraqqiyoti  bilan ham  bog‘liq. Jumladan, ijodkorlar tomonidan
til   birliklari   yangi-yangi   ma’nolarda   qo‘llanilmoqda.   Neologizmlar   va
okkozionalizmlar masalasi ham aynan     shoir yoki yozuvchilarning tilimizga
qo‘shayotgan yangidan-yangi ifodalari bilan bog‘liq.
3. Eshqobil Shukur nafaqat  o‘z sherlari bilan, balki til taraqqiyoti, so‘z tarixi,
etimologiyasi   bilan   bog‘liq   muammolarga,   nutqimizdagi   chalkash
qo‘llanilayotga   so‘zlarga   o‘z   munosabatini   ham   bildira   olgan.   Bu
yondashuvlarni   asosli   deb   hisoblash   mumkin,   chunki   ko‘pchilik   izohlar
shunchaki aytilmagan, ishonchli manbalardan yetarli asoslar ham keltirilgan.
46 III BOB. TAJRIBA – SINOV ISHLARI NATIJALARI
3.1.Eshqobil Shukur she’rlarining leksik tahlili.  Leksikologiya (yunoncha
Lexis   -   so‘z,   logos   –   fan,   ta’limot)   so‘z   haqidagi   fan   bo‘lib   (uni   o‘zbek   tilida
so‘zshunoslik   deb   ham   atashadi),   muayyan   tilda   ishlatiladigan   barcha   so‘zlar   shu
tilning   lug‘at   boyligini   tashkil   qiladi.   Tilshunoslikning   bu   bo‘limi   so‘z   va   uning
ma’nolarini o ‘rganish bilan shug‘ullanadi. Shu sababli leksikologiya o‘quvchi so‘z
boyligini oshirish va boyitishda katta imkoniyatlarga ega.
Leksikologiyani   o‘rganish   jarayonida   so‘zning   grammatik   hamda   lug‘aviy,
o‘z   va   ko‘chma   ma’nolari,   bir   ma’noli   va   ko‘pma’noli   so‘zlar,   ma’no   ko‘chish
usullari, ma’nodosh, uyadosh, zid ma’noli, shakldosh, talaffuzi yaqin, ma’nosi farq
qiluvchi   –paronim   so‘zlar,   umumxalq   ko‘p   ishlatadigan   va   kam   ishlatadigan
so‘zlar,   tarixiy,   shevaga   oid,   yangi   paydo   bo‘lgan   va   eskirgan,   kasb-hunarga   oid
so‘zlar,   istilohlar,   ibora   va   tasviriy   ifodalar   kabi   hodisalar   bilan   tanishiladi.
Talabalar   nutiqning   go‘zalligi,   izchilligi,   ta’sirchanligi   asosan   ularning   lug‘at
boyligi   bilan   bog‘liq.   Boshlang‘ich   sinflardan   akademik   lisey   va   kasb-hunar
kollejlarigacha   bo‘lgan   davrda   o‘quvchilar   o‘rganadigan   so‘zlar   lug‘ati
kengaytirilib boriladi. Bunda bir qancha xususiyatlar e’tiborga olinadi. Xususan: –
so‘zlaming   amaliy   ahamiyati,   ya’ni   butun   ta’lim   jarayoni   uchun   ma’rifiy
ahamiyatga ega bo‘lgan so‘zlar; – so‘zlaming amaliyotda qo‘llanish darajasi, uning
muntazam   yoxud   alohida   holatlardagina   qo‘llanishi;   –   so‘z   ma’nosining   to‘la
tushunilishi,   o‘rinli   va   nutqiy  vaziyatga   mos   ravishda   ishlatilishi   nazarda   tutiladi.
So‘zning   o‘z   va   ko‘chma   ma’nosini   o   ‘rganish   usullari   mavzuini   o   ‘rganish
jarayonini   tahlil   qilib   ko‘ramiz.   Topshiriq:   quyidagi   gaplami   o‘qing.   0   ‘z   va
ko‘chma ma’noda kelgan so‘zlami ajrating. 
Suv ustida, suvlar ustida
Yuraklarim chisirlaydi-yey,
Ishq dastidan, hijron dastidan
Suyaklarim qisirlaydi-yey.
47 O‘t ustida, o‘tlar ustida
Ko‘z yoshlarim daryo bo‘ldi-yey,
Ishq qasdida, hijron qasdida
Bardoshlarim ado bo‘ldi-yey.
Tosh ustida, toshlar ustida
Ko‘nglim erir oy kabi ma’yus.
Ishq faslida, xijron faslida
Yig‘la, Bahor, mening ismim – Kuz.
Yo‘l ustida, yo‘llar ustida
Oyoqlarim yurak bo‘ldi-yey,
Ishq kasridan, hijron kasridan
Umrim faqat tilak bo‘ldi-yey.  ( Eshqobil Shukur)
1-topshiriq.   Berilgan   gaplardagi   gul,   yulduz   so‘zlarining   ma’nolarini
aniqlang.
Namuna: 1-ustunda berilgan gaplardagi yulduz, gul so‘zlari qiz, farzand ma’nosini
beradigan   ко ‘china   ma’noda   qo‘llanilgan.   2-ustundagi   mazkur   so‘zlar   esa   o‘z
ma’nosida qo‘llangan. Demak, bir xil shakldagi so‘zlar ikkinchi tur ma’noda ham
qo‘llaniladi va mazkur holatni so‘zning ko‘chma ma’nosi deb yuritiladi.
2-topshiriq.  Gapdagi gul va yulduz so‘zlarining uyadoshlarini toping.
Namuna: gul – atirgul, chinnigul, gulsafsar, bo‘tako‘z; gul- qiz, farzand, ona,  yol,
singil; yulduz-sayyora, yer, Oy, Quyosh, Mars, Yupiter, Neptun; yulduz-qiz, go‘zal
qiz, tarbiyali, aqlli,ilmli qiz... Bu kabi o‘yin-topshiriqlar o ‘quvchilardagi mantiqiy
tafakkurni   rivojlantiradi,   mustaqil   mushohada   malakasini   chuqurlashtirishga,   so‘z
boyligini oshirish va boyitishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. “Izchil kurs”ni o‘rganishda
o‘z va ko‘chma ma’noli so‘zlarorasidagi ma’noviy munosabatlar, ma’no guruhlari
(uyadosh, ma’nodosh, zid ma’noli so‘zlar kabi)ning ko‘chma ma’noda qo‘llanishi
48 ustida   ishlash,   til   sathlarini   bog‘lab   o‘rganish   orqali   lug‘at   xazinasini   oshirish   va
boyitishga   imkon   beradi.   Ona   tili   mashg‘ulotlarida   berilgan   mashqlardagi
so‘zlaming o‘z va ko‘chma ma’nolari ustida ishlanadi.
Yurakni uyg‘otib yuboring...
Tinglayin yulduzlar qo‘ng‘irog‘ini,
Mayin qora o‘tni kechib o‘tarkan,
Shamollarning nafis titrog‘i ila
Yurakni uyg‘otib yuboring...
Qora havolarda oydin xo‘rsiniq,
Suygum kelayotir kuyib-kuyib men.
Uyqular oqadi suv kabi tiniq,
Tushlarni tomosha qilay to‘yib men.  (Eshqobil Shukur)
Ushbu satrlarda yasama  go‘zallik yo‘q, tun bilan kunning o‘zaro almashish
daqiqalariga xos belgilami payqab, tuyib, ko‘rib, kun botishi bilan salqin tushishini
nozik badiiy b o ‘ y o q la rd a , ko‘chma ma’noda tasvirlanadi: “ Yurakni uyg‘otib
yuboring ”   kabi.   Matn   ustida   ishlash   mashqlaridan   so‘ng   o   ‘quvchilarda   mustaqil
fikrlash   malakasini   hosil   qilish   uchun   quyidagi   topshiriqlardanfoydalanish
mumkin. 
1-topshiriq.   Hayvon,   qush   va   o‘simlik   nomlari   ro‘yxatini   tuzing.   Har   bir
so‘zni o ‘z ma’nosida va ko‘chma ma’noda qo‘llab, so‘z birikmasi va gaplar hosil
qiling.
Namuna:
1-ish. Burgut, anion, qaldirgoch, sher, lochin, ohu, kiyik...
2-ish. Burgutningqanoti, arslon na’rasi, qaldirg‘ochlar qo‘shigi,
hurkak kiyik, sheming yuragi...
3-ish. Bizning shirin uyqumizni arslonlaming na ’rasi buzdi. Burgutning 
qanotlari parvoz paytida salkam ikki metrga boradi. Arslon tongda ko‘zini ochdi. 
Uni qaldirgochlar galasining vijir- vijiri bezovta qilgan edi.
49 2-topshiriq. Hosil qilingan so‘zlami ko‘chma ma’noda qo‘llab, gap tuzing.
1 ish.
arslon
kiyik
sher
qaldirg‘och
Bobur lochin-dek bola
Shoira ohu-dek qiz
qarchig‘ay
gul
burgut
to‘ti
2-ish. Gaplani kengaytiring.
Namuna: Bobur – qarchigiaydek yigit. Shoira – ohu ko‘zli, kiyikdek chaqqon qiz;
Arslon va sherlar o‘rmon va tog‘larda yashaydilar. Lochinning ko‘zlari nihoyatda
o‘tkir   boiladi.   O‘quvchilar   hayvon   va   qush   nomlari   orqali   insonga   xos
bo‘lgansalbiy   va   ijobiy   xususiyatlarni   tavsiflash   bilan   o   ‘z   bilimlarini
mustahkamlaydilar.   Ular   shaxsni   qanday   baholash   va   tavsiflashni   so‘z   birikmasi
yoki  gap  qurish  orqali  izohlaydilar.  Topshiriq  javoblari   baholangach,  madaniy  va
yovvoyi   o‘simlik   nomlari,   poliz   ekinlari,   uy-ro‘zg‘or   nomlari   kabi   uyadosh
so‘zlardan lug‘atlar tuzish;  ulami o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llab, gaplar qurish,
matn   yaratish,   so‘zlar   ko‘chma   ma’noda   ishlatilganda   qanday   ma’noni
anglatayotganini   tushuntirish   talab   etilsa,   bolaning   ijobiy   tafakkur   doirasi
kengayadi, so‘zlash mahorati rivojlanadi. Bunda, ayniqsa, badiiy asarlarga tayanish
yaxshi   samara   beradi.   O‘quvchilar   e’tiborini   so‘z   ma’nolarining   doimiy   yashash
joyi – nutq jarayoniga qaratish nihoyatda dolzarb va zamriydir. 
Tilimizda   ayrim   so‘zlar   o‘zlariga   xos   xususiyatlariga   ko‘ra   ma’noviy,
shakliy,   ma’no   jihatdan   o‘xshash   yoki   zidlanishni   bildiradi.   Shunga   ko‘ra,   ular
shakldosh,   ma’nodosh,  zid  ma’noli   va  paronim  so‘zlar  kabi  guruhlarga  bo‘linadi.
50 So‘z   ustida   ishlash   jarayoni   murakkab   va   ko‘pqirrali.   Shunga   erishish   lozimki,
o‘quvchi   yangi   va   notanish   so‘zga   e’tiborsiz   bo‘lmasin.   Uning   ma’nosini
anglashga,   zarur   paytlarda   o‘z   nutqida   qo‘llashga   harakat   qiladigan   bo‘lsin.
Ma’nodosh so‘zlar (sinonimlar) ustida ishlash usullari Hoziigi o‘zbek adabiy tilida
sinonimiya   hodisasi   va   uning   nutqiy   amaliyotini   o‘iganish   uchun   maktab,
akademik   lisey   va   kasb-hunar   kollejlari   hamda   oliy   ta’lim   amaliyotida   xilma-xil
shakl   va  usullar  mavjud.  Ulaming orasida  eng  keng taiqalganlaridan  biri   sinonim
so‘zlar   qatorini   hosil   qilishdir.   Buni   o‘quvchi   va   talabalar   mustaqil   ravishda
bajarishadi.   O‘quvchining   dunyoqarashi,   tasawur   doirasi,   tayyorgaiiik   darajasiga
qarab,   bu   qatorlar   ancha   mukammal   yoki   ixcham   bo‘lishi   mumkin.   O‘quvchilar
sinonimik qatoriami tuzish jarayonida yangi so‘zlami o ‘z lug‘at boyliklari sirasiga
kiritadilar.   Shu   bilan   biiga,   hozirgacha   nisbatan   kam   ishlatiladigan   so‘zlaming
faollashishiga   ham   zamin   yaratiladi.   Bu   xildagi   ko‘nikma   va   malakalami
shakllantirish   va   takomillashtirish   uchun:   berilgan   so‘zlarga   sinonimlami   tanlash;
tegishli matndan, darslikdagi mashqlar yoki badiiy asarlardan
sinonim   so‘zlami   ajratib   yozish;   sinonim   sotzlar   asosida   saylanma   diktant
o‘tkazish;   har   bir   sinonim   soizning   ta   ’no   nozikliklarini   izohlash   kabi   mashqlar
ajarilishi   mumkin.   Eng   oxirgi   turkumdagi   vazifalar   talabalaming   yangi   so‘zlami
o‘iganishlari   va   o‘zlashtirishlarida   eng   ko‘p   darajada   yordam   beradi.   Bu
jarayondagi   mashqlaming   turlari   juda   rang-barang   bo‘lishi   mumkin.   Ular   orasida
sinonimik qatordagi  barcha so‘zlar  uchun umumiy bo‘lgan ma’noni  topish asosiy
o‘rin   tutadi.   Masalan,   jahl,   achchiq,   giazab,   qahr,   zarda   so‘zlarini   ko‘raylik.
Bulaming hammasini birlashtirib turadigan bosh ma’no nojo‘ya xatti-harakat yoki
hodisaga   nisbatan   qo‘zg‘algan   kuchli   darajadagi   his-tuyg‘u   va   uning   ifodasidir.
Mazkur   so‘zning   ma’nolarini   aniqlashda   “0   ‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”dan
foydalanish mumkin:
achchiq – qahr, jahl; zarda.
zarda - ko‘chma. jahl, g‘azab, zug‘um.
qahr – qattiq achchiqlanish holati; g‘azab.
51 g‘azab – kuchli darajada nafratlanish, achchiqlanish hissi,
qahr, jahl.
Keyingi bosqichda shu qatordan barcha so‘zlar uchun umumiy bo‘lganlarini
(jahl,  achchiq), ulardan  belgining darajasi  nisbatan  kuchli   va yuqori  bo‘lganlarini
(giazab,   qahr)   ajratish   mumkin   bo‘ladi.   Ushbu   qatordagi   so‘zlami   ma’noning
kuchayib   borishi   yoki   pasayib   borishi   yo‘nalishida   joylashtirib   chiqish   ham
topshiriq   sifatida   yaxshi   samara   beradi.   Bunda   ham   o   ‘quvchilar   so‘z   ma’nolari
ustida bosh qotirishadi, natijada, mazkur so‘zlaming ular ongida mustahkamlanib,
nutqlarida faollashib qolishiga imkon yaratiladi. 
Sinonimlar   ustidagi   ish   jarayonida   o‘quvchilar   so‘zlaming   faol   yoki   passiv
arajadagi iste’molini (“barvasta”  oddiy nutqda juda kam  ishlatiladi, “gavdali” esa
juda faol qo‘llanadi), ulaming muayyan yo‘nalishdagi  chegaralanishini  (“norg‘ul”
asosan   yosh,   yigit   kishilargagina   nisbatan   qo‘llanadi),   ayrim   hollarda   ulaming
emosional   bo‘yoqqa   ega   bo‘lishini   (“barzangi”   asosan   salbiy   ma’no   tashiydi)
anglab   yetishadi.   Bu   sinonimlarni   nutq   jarayonida   qo‘llash   orqali   ham
o‘quvchilarning   sinonim   so‘zlarga   bog‘liq   bilim,   tushuncha,   ko‘nikma   va
malakalarini takomillashtirish imkoniyatlari bor. Ular nutq jarayonida bir so‘zning
o   ‘rniga   boshqasini   qo‘llab   bo‘lmasligini,   bordi-yu   qo‘llanganda   ham   u   yerdagi
ma’noning   boshqacha   noziklik   bilan   yuzaga   chiqishini   amaliy   jihatdan   sezib
olishadi, ko‘rishadi. Sinonimlar ustidagi ishlar o‘quvchilar nutq boyligini oshiradi,
ulaming   bitta   ma’noni   ifodalashdagi   ortiqcha   takroriylikdan   qutulishlariga   imkon
beradi,  fikmi   nisbatan   aniq,   lo‘nda   va   tiniq   ifodalashga   o‘rgatadi.   Shuning   uchun
ham   bu   jarayonda   badiiy   adabiyotlaiga   ko‘proq   murojaat   etish,   o‘quvchilaming
bevosita   izohli   lug‘atlar   ustida   ishlashlarini   rag‘batlantirish   maqsadga   muvofiq
bo‘ladi. So‘zlaming shakl va ma’no munosabatlariga ko‘ra turlari ustida ishlashda
ma’nodosh so‘zlar guruhlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’nodosh   so‘zlar   –   tilimizning   leksik   boyligi.   Undan   qancha   o‘rinli
foydalanilsa,   fikmi   ravon,   go‘zal   ifodalash   imkoniyatlari   shuncha   kengayadi,
so‘zdan to‘g‘ri va samarali foydalanish malakalari shakllanadi.
52 Og‘zaki   hamda   yozma   nutqni   ma’nodosh   so‘zlar   bilan   boyitishda   so‘zlami
quyidagi leksik ma’no gumhlariga ajratish usullaridan foydalanish mumkin.
1-topshiriq.   Istamoq,   kengashmoq,   so‘ramoq,   salomlashmoq,   xohlamoq,
maslahatlashmoq,   flkrlashmoq,   orzu   qilmoq,   sog‘inmoq,   ko‘rishmoq,
omonlashmoq,   ahdlashmoq,   salom-alik   qilmoq   kabi   ma’nodosh   so‘zlami   leksik
ma’no guruhlariga ajrating:
– istamoq, xohlamoq, orzu qilmoq, sog‘inmoq;
– maslahatlashmoq, kengashmoq, fikrlashmoq, ahdlashmoq;
– salomlashmoq, so‘rashmoq, ko‘rishmoq, omonlashmoq,
salom-alik qilmoq...
2-topshiriq. Ma’nodosh so‘zlami ma’lum bir belgining oshib yoki kamayib borishi 
(so‘zning ma’no darajalari) bo‘yicha tartib bilan joylashtiring:
–  hujra, xona, kulba, uy, koshona, saroy, qasr, qal’a;
–  tuzuk, durust, yaxshi, ajoyib, a’lo...
Yoshlami  mustaqil   fikrlashga,  leksik   ma’no  belgilarini  farqlashga  yo‘naltiradigan
bunday   topshiriqlami   bajarish   gapda   so‘zning   o‘mini   aniqlashni   osonlashtiradi,
undan sharoitga mos ravishda foydalanish imkoniyatini yaratadi.
3-topshiriq. Berilgan so‘zlarga leksik ma’nosi yaqin so‘zlardan qator hosil qiling:
gulzor,   gumon,   sezgi...   Ularni   ma’no   darajalanishiga   qarab   joylashtiring:   gulzor,
gulbog‘, guliston, gulshan, chaman, chamanzor, bog‘u-bo‘ston... Har bir so‘zga
namunadagidek   qatorlar   hosil   qilingach,   so‘zlarning   oshib   borayotgan   ma’no
ko‘lami quyidagicha tasnif etiladi:
–   “gulzor” so‘zining ma’no darajasi  gulbog‘ so‘zining ma’nosidan (ko‘lami)
torroq,   chunki   “gulzor”   deganda,   gul   ekilgan   joy   ma’nosi   anglashilsa,   gulbog‘
deganda,   gul   va   manzarali   butalar   ekilgan   joy   tushuniladi.   “Gulbog‘”   so‘zida
ma’no kengayishi hodisasi ko‘rinadi;
–   “guliston”   so‘zining   ma’no   ko‘lami   gulzor   va   gulbog‘dan   ko‘ra   kengroq,
ya’ni   unda   gullar   vatani   (diyori,   mamlakati)   ma’nosi   bor.   Lekin   mazkur   so‘z
umumiste’moldagi   so‘z   bo‘lib,   “guliston”da   “chaman”   so‘zida   anglashiladigan
53 badiiy   ko4arinkilik,   bo‘yoqdorlik   ko‘rinmaydi.   Shuning   uchun   guliston   so‘zi
gulshan, chaman so‘zlaridan pastroqda turadi.
4-topshiriq.   Gapdagi   muayyan   bir   so‘zni   uning   ma’nodoshi   bilan   almashtiring.
Namuna:   O‘zbekistonimiz   (Respublikamiz,   yurtimiz,   o‘lkamiz,   diyorimiz,
mamlakatimiz...)   kun   sayin   chiroyli   (ko‘rkam,   obod,   go‘zal,   suluv...)   bo‘lib
bormoqda. 5-topshiriq. Berilgan gap yoki matndagi ajratilgan so‘zlarga  
ma’nodosh, uyadosh, zid ma’noli so‘zlar topib, ularni o‘zgartiring.
Otang seni yo‘qlab Toshkentga keldi,
Endi uyg‘on, ko‘zingni och, tosh.
Yetmaydimi senga besh yillik o‘lim,
Otang keltiribdi bir xalta ko‘z yosh.
Unga yuzingni yuv, yuragingni yuv,
Qara, bosh-odog‘ing qop-qora qurum.
Otang yetmish yilni sudrab kelibdi,
Seni qo‘yvormaydi besh yillik o‘lim.  (Eshqobil Shukr)
Namuna: hamrohing, qalbing, riyodan, botiniy nur...
1   Ma’nodoshlar   –   hamrohing,   yaqining,   sheriging,   yo‘ldoshing,
mahraming...
  2   Uyadoshlar:   hamrohing   –   sheriging,   qo‘shning,   hamdarding,   homiying,
tanishing, ulfating...
3 Zid ma’no: hamrohing – raqibing, dushmaning, yoving...
4 Ma’nodoshlar: qalbing,ko‘ngling, yuraging...
Matn   ustida   ishlash:   Matndan   ma’nodosh   so‘zlami   ajrating,   guruhlang,
ularga zid ma’noli so‘zlar tanlang. Topgan so‘zlaringizdan foydalanib, SB lar hosil
qiling.
...Kulgi-yu tabassum Ollohning insonga bergan betakror marhamatidir-ki, bu
xislat   na   hayvonot   dunyosida,   na   parranda-   yu   darrandalarda   uchraydi.   Inson
qiyofasidagi shodmonlik belgisi faqat insongagina xos. Kulgi-yu tabassum bebaho
54 gavhardir,   inson   qalbining   yuzdagi   in’ikosidir,   i   yurak   soginchlarini   izhor   etib
turadi...
1-ish.
kulgu – yig‘i
marhamat – malomat, la’nat
tabassum - jahl
xislat - fe’l, badfe’l
xursandlik – xafalik
fazilat – xulq-atvor
shodlik – g‘am
ne’mat – falokat, balo-qazo
O‘quvchilaming bu sohadagi bilim va malakalarini yanada kengaytirish 
uchun quyidagi o‘quv – topshiriqlardan foydalanish mumkin:
– Matndagi yangi yoki sizga tanish bo‘lmagan so‘zni belgilang,
uning ma’nosini izohlang;
– matnda ajratilgan o‘z va ko‘chma ma’nodagi so‘zlaming
uyadosh va ma’nodoshlarini toping;
– ma’nodosh so‘zlaming hammasi uchun umumiy boMgan
ma’noni belgilang;
     – ma’nodosh so‘zlaming ma’no nozikliklarini aniqlang;
– ulardan foydalanib, matn yarating. Ma’nodosh (sinonim) so‘zlar qatorini 
tuzing.
3.2   Leksika   o‘qitish   metodikasi.   Bunda   darslikdagi   muayyan   mashqda
berilgan so‘zga o‘quvchilar ma’nodosh (sinonim) so‘z izlashadi. Bunday mashqlar
uchun   o‘quv   materiali   sifatida   adabiyot   darsligiga   murojaat   etish   mumkin.
Ma’nodosh   so‘zlami   o‘rganish   yuzasidan   bajariladigan   ijodiy-   nazorat   ishlarining
yana   bir   turi   saylanma   diktant   tarzida   o‘tkazilishi   mumkin.   Bunda   matn   o‘qiladi,
undan   faqat   (sinonim)   ma’nodosh   so‘zlargina   ko‘chirib   yoziladi,   agar   o‘qituvchi
lozim   topsa,   eshitib   yozilgan   ma’nodoshlarga   shakldoshlar,   zid   ma’noli   so‘zlar,
55 uyadoshlar   tanlash,   ular   vositasida   SBlar   hosil   qilishga   qaratilgan   qo‘shimcha
mustaqil ishlardan biri topshirilishi mumkin. Ma’nodosh so‘zlar ustida ishlashning
shakl va usullari nihoyatda xilma-xil. Ulaming eng keng tarqalganlarini talabalarga
eslatish,  mavzuga  oid  ijodiy  va  mustaqil  ishlar  bajarish,  nazorat  testlari   tuzish  va
ulami guruh oldida himoya qilish o‘ta foydali o‘quv topshiriqlaridan hisoblanadi.
Bunday   ijodiy-amaliy   ishlar,   og‘zaki   nutqni   ma’nodosh   va   uyadosh   so‘zlar
bilan   boyitishda   muhim   o‘rin   egallaydi.   Zid   ma’noli   so‘zlar   ustida   ishlash
O‘quvchilar so‘z boyligini oshirishda zid ma’noli so‘zlar ustida ishlash ham katta
ahamiyatga ega. Ular nutqqa alohida aniqlik, ifodalilik, ta’sirchanlik bag‘ishlaydi.
Ulardan foydalanish usullari xilma-xil:
- Berilgan so‘zlaiga zid ma’noli so‘zlar tanlash: katta - ..., xursand - ... , tez
- ... , xunuk - ..., oq - ... , olmoq - ... , kelmoq -... kabi.
- zid ma’noli so‘zlaming ma’nosini sharhlash;
-   kecha-kunduz,   oq-qora,   yosh-qari,   katta-kichik   kabi   juftliklar   ma’nosini
aniqlash,   ular   ishtirokida   gap   tuzish   va   matn   yaratish   kabi   amaliy   ishlar   bilan
shug‘ullanish o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishga samarali yordam beradi.
Nutqni   zid   ma’noli   so‘zlar   bilan   boyitishda   xalq   maqollarining   o‘ziga   xos
o‘mi,   vazifasi   bor.   0   ‘quvchilar   “0   ‘zbek   xalq   maqollari”,   “Aql   aqldan   quwat
oladi”,   “So‘z   ko‘rki   –   maqol”   kitoblaridan   zid   ma’noli   so‘zlar   ishtirok   etgan
maqollarni ajratadilar va ma’nosini sharhlaydilar.
Masalan:   “Yaxshidan   yetar   sharofat,   yomondan   yetar   kasofat”,   “D   o‘st
achitib   gapirar,   dushman   kuldirib”,   “Yaxshilardan   haigiz   chiqmas   yomonlik,   asli
yomon   bo‘Isa,   kutma   omonlik”,   “Yomonga   bosh   bo‘lguncha,   yaxshiga   yo‘ldosh
bo‘l”, “Yomondan qoch, yaxshiga quloch och” kabi maqollar ma’nosini sharhlash,
muayyan bir mavzuga oid maqollar topish va yozish ham qiziqarli, ham  samarali
usullardandir.   Berilgan   ma’nodoshlarga   zid   munosabatda   bo‘ladigan   qator   hosil
qilish ham so‘z boyligini oshirish, gap tuzish malakasini mustahkamlashda, nutqda
gap ma’nodoshligi hodisalaridan foydalanishda yaxshi samara beradi.
56 Namuna: Bu ertakni barcha o‘qishi kerak. - Bu ertakni katta- kichik o ‘qishi
kerak.Turmush   g‘avg‘olaridan   xabardor   –   Turmushning   issiq-sovug‘ini   bilgan
kabi.
Zid   ma’noli   so‘zlar   ko‘proq   sifat   va   ravish   so‘z   turkumlaridan   hosil
o‘ladi.Ular:   –   so‘z   birikmasi   tarkibida:   baland   bino   –   past   bino;   oq   marmar-qora
marmar kabi; – butun bir birikmada: baland bo‘yli, semiz, keksa ayol – past bo‘yli,
oriq, yosh ayol; qalin muqovali (jildli) katta kitob – yupqa muqovali (jildli) kichik
kitob   kabi;   –   ba’zi   birikmada   zid   ma’noga   ega   bo‘lgan   so‘z   boshqa   birikmada
aynan   shu   ma’noni   bildirmasligi   ham   mumkin.   Solishtiring:   qalin   daftar   –   yupqa
daftar, ammo qalin soch – yupqa soch emas, siyrak soch; issiq havo – salqin havo,
ammo issiq suv – salqin ichimlik emas, sovuq yo muzdek ichimlik kabi; – so‘z zid
ma’noli   juftiga   ega   bo‘lmaganda,   yasovchi   qo‘shimchani   qo‘shish   bilan   zid
ma’noli   tushunchalami   ifodalash   usulidan   foydalanish   orqali   so‘z   boyligini
oshirish   mumkin:   ma’noli-ma’nosiz,   bema’ni-   bama’ni   kabi.   Zid   ma’noli
so‘zlaming ma’nosi, tuzilishini  bilish – narsa va hodisalar  orasidagi  farqni to‘g‘ri
ajrata   olish   imkonini   beradi.   So‘zning   shakl   va   ma’nolarini   belgilashda   ayni   bir
so‘zning   ma’nodoshlari   va   zid   ma’nolilarini   kontekstda   qiyoslash   ham   talabada
ijodiy tafakkumi rivojlantirishga katta yordam beradi.
Sovuq va issiq so‘zlari ham o‘ziga xos shakldoshlari va zid ma’nolilariga ega: issiq
havo – sovuq havo, qaynoq suv – muzdek suv, qaynoq hayot – sokin hayot, tinch
mamlakat – notinch mamlakat, xush xabar – noxush xabar ... Shoir va yozuvchilar
voqelikni,   narsa   –   hodisalarning   xususiyatlari,   sifatini   bir-biriga   qarama-qarshi
qo‘yib tasvirlashda zid ma’noli so‘zlardan unumli foydalanadilar.
Nazmiy matn ustida ishlash uchun topshiriqlar
1-topshiriq.   Berilgan   nazmiy   matnda   ajratib   ko‘rsatilgan   so‘zlarning
ma’nodoshlarini toping. Ular bilan so‘z birikmalari hosil qiling. 
2-topshiriq.   Matndagi   zid   ma’noli   so‘zlarning   ma’nosini   sharhlang.   Ular
ishtirokida gaplar tuzing.
57 3-topshiriq.   Ko‘chma   ma’noda   ishlatilgan   so‘zlami   o‘z   ma’nosida   qo‘llab,
gaplar tuzing. Kichik matn yarating.
Ko‘rinadiki, zid ma’noli so‘zlami so‘zlovchi nutqiga kontrast – ekspressiv bo‘yoq
bemvchi   vosita   sifatida   o‘rganish   o‘zbek   tili   o‘qitish   metodikasida   muhim
ahamiyat kasb etadi. 
Har   bir   til   lug‘atida   tovush   (harf)lar   tarkibi   va   yozilishi   jihatidan   bir   xil,
ammo ma’nosi har xil so‘zlar – shakldoshlar mavjud. Ular ma’nolariga ko‘ra turli
buyum, voqea-hodisa, tushunchalami anglatadi. Ko‘pincha, tovush tarkibiga ko‘ra,
shakldoshlar bilan ko‘pma’noli so‘zlami ajrata olmaslik hollari uchraydi.
Ayrim   so‘zlar   o‘zlarining   asl   ma’nolaridan   boshqa   ma’nolarga   ham   ega   bo‘ladi.
Chunonchi, inson organizmidagi a’zo nomlari: bosh, ko‘z, qosh, yuz, burun, ogiz,
til, qoil, oyoq, quloq.. v.h. lar o‘zining asosiy leksik ma’nosidan tashqari ko‘chma
ma’nolarda ham ishlatiladi; ularda ichki ma’no “ip”lari saqlanadi. Masalan: bosh –
organizmning bosh qismi – boshqaruvchi ma’nosini anglatadi va xuddi shu ta ’no
boshliq,   boshqarma,   bosh   maqola,   soizboshi,   yoil   boshi,   suv   boshi,   ishboshi,   bir
bosh uzum kabi so‘z birikmasi va qo‘shma so‘zlarda saqlanadi. Natijada lug‘atimiz
tarkibida   shakli   bir,   ma’nosi   turlicha   so‘zlar   paydo   bo‘ladi.   Shakldoshlik   va
ko‘pma’nolilik orasida farq ham mavjud: shakldoshlarda so‘z ma’nolari bir-biriga
o‘xshamaydi.   ko‘k   -   o‘simlik,   rang,   osmon,   motam   libosi;   olma   –   daraxt,   meva,
buyruq fe’li kabi.
Keldi bahor, pishdi tut (meva),
Tut yesang, shunday ish tut (qil),
Chug‘urchiq kelishin kut,
Bekorga sinmasin tut (daraxt).
Ushbu tuyuqda tut – meva, ish tut – ish qil – buyruq fe’li, tut – mevali daraxt turi 
ma’nolarida ishlatilgan va mazkur so‘zlar nutqning ravon, qiziqarli, ta’sirli  
bo‘lishiga xizmat qilgan.
– ko‘pma’noli so‘zlarda so‘z ma’nolari bir-biriga yaqin va aloqador bo‘ladi: ko‘z –
ko‘rish a’zosi, uzukning ko‘zi, derazaning ko‘zi, taxtaning ko‘zi, ishning ko‘zi 
58 kabi; - shakldoshlaming uslubiy jihatdan nutqda ikki xil anglanishi tushuncha 
doirasini kengaytiradi: yuragiga o‘t tushdi – yuragi yondi. Nutqda bir o‘rinda so‘z, 
ikkinchisida so‘z birikmasini qo‘llash bilan so‘z o‘yini yuzaga kelishi  
shakldoshlarda ham mavjud:
Deydilarki,   kungaboqar   umr   bo‘yi   kunga   boqar.   Matnda   kungaboqar   –   ot,
o‘simlik,   hamda   ot+fe’l+ar   birikmasi   –   kunga   boqar   -   shakldoshlardir.
Shakldoshlaming   o‘ziga   xos   xususiyatlaridan   xalq   og‘zaki   ijodida,   badiiy
adabiyotda poetik janr – tuyuq tuzishda keng foydalaniladi. U mumtoz adabiyotda
tajnis san’ati deb ataladi.
Ko‘z yoshim tuproq ila gar qotila,(aralashsa, qorishsa)  
Kelmagaymen javridin haqqo, tila, (tilga)
Hamzasi o‘ltirdi-yu, ul bexabar,
Men agar o‘lsam, ne kam ul qotila.(qotilga). (Lutfiy)
Shakldosh   so‘zlami   chuqur   o‘rganish   talabalar   so‘z   boyligini   oshirish   va
nutqiy   mahoratini   yuksaltirishda   nozik   qochirimlardan   foydalanish,   ijodiy
tafakkur,  mustaqil fikmi shakllantirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Tovushlar   soni   va   turi   jihatidan   teng   bo‘lmasa-da,   talaffuzda   o‘xshash
bo‘lgan   paronimlar   shakldoshlarga   ko‘p   jihatdan   yaqin   turadi.   Paronimlami
shakliy, ma’noviy hamda qo‘llanishi doirasida quyidagi ma’no gumhlariga ajratish,
o‘rganish yaxshi natija beradi:
-   bir-ikki,   ba’zan   undan   ortiq   tovushga   ko‘ra   qisman   farqlanuvchi   shaldiy
umumiylikning   mavjudligi:   tahlil-tahrir,   matbuot   –   matlubot,   taqlid   –   taxlit
kabi;
-   paronim   juftliklar   o‘rtasidagi   tovush   almashtirish   va   ma’no   munosabatining
turli xilligi: arosat - asorat, arg‘uvon-armug‘on kabi;
-   leksik ma’nolarida umumiy semantik qirralar mavjudligi: tanglay – manglay,
kift – kaft, jiyron – jayron kabi;
-  leksik ma’nolari nisbatan yaqinligi, o‘xshashligi: mahrum – marhum, mahram
kabi;
59 - ma’lum   tomonlari   bilan   ma’nodosh   munosabatda   bo‘lish:   bekinmoq   -
biqnmoq, nihon - pinhon, kurtak – murtak kabi; 
- zidlanishdagi   muayyan   umumiylik   hollari:   e’tiroz-e’tirof,   bema’ni   –   bama’ni,
import – eksport kabi.
Paronimlami nutqda xato qo‘llash, juftliklami qorishtirish so‘z ma’nolarini 
yaxshi bilmaslikdan kelib chiqadi. O‘qituvchi bunday xatoning oldini olish uchun 
mashg‘ulot jarayonida shakliy, ma’noviy bir-biriga o‘xshash yoki yaqin bo‘lgan 
paronimlar ma’nosini sharhlash, ulami so‘z birikmasi va gap ichida qo‘llash kabi 
amaliy ishlardan foydalanishi nihoyatda zarur.
Namuna:   Matbuotda   (gazeta,   jumal)   e’lon   qilindi.   Matlubot   -   iste’mol
hamkorligi,   keng   iste’mol   mollari;   asorat   –   qoldiq,   shamollash   asorati,   yomon
asorat,   arosat   –   ikkilanmoq,   ikki   yo‘l   orasida   (arosatda)   qolmoq;   bogcha–kichik
bog; bog‘cha – maktabgacha tarbiya maskani; o‘qituvchi mehnatiga tahsin aytmoq
– Alisher Hirot va Mashhadda tahsil ko‘rdi. Xullas, talabaning nutqiy taraqqiyotida
shakldosh,   paronim   so‘zlaming   har   biriga  ma’nodosh   va   uyadosh   so‘zlar   tanlash,
ular   ishtirokida   so‘z   birikmasi   va   gap   tuzish,   so‘z   o   ‘y   m   la   r   i   tashkil   qilish,
tuyuqlar   va   hikmatli   so‘zlar,   maqol   va   matallar   ustida   ishlash;   turli   izohli
lug‘atlardan   foydalanib,   so‘z   ma’nolarini   sharhlash,   xilma-xil   iboralar,   matal   va
hikmatli   so‘zlardan   foydalanib   matnlar   yaratish   kabi   amaliy   ishlami   bajarishi
keyingi pedagoglik faoliyatida o‘ta foydalidir.
Kam   ishlatiladigan   so‘zlar   ustida   ishlashda   berilgan   so‘zlarni   fanlarga   oid,
kasb-hunarga oid, shevaga oid, tarbdy so‘zlar  kabi  guruhlarga ajratish, guruhlami
mustaqil   davom   ettirish,   shunday   so‘zlar   ishtirokida   matnlar   yaratish,   asosiy
e’tiborni kam ishlatiladigan so‘zlar ma’nosi va ulaming nutqda qo‘llanishiga
qaratilishi  darkor. Terminologiya shunday so‘zlar jumlasiga kiradi. Terminlaming
qaysi   fanga   mansubligiga   ko‘ra   guruhlarga   ajratish,   so‘z   va   terminlar   orasidagi
munosabatni aniqlash (til – anatomiya tennini; til– muloqot vositasi, ona tili faniga
oid   termin;   izg‘irindek   dilni   tilgan   (sifatdosh)   o‘ylar   ...   kabi);   uyadosh   va
60 shakldosh   terminlar   yordamida   matn   tuzish   kabi   topshiriqlami   bajarish   -   talaba
lug‘at zaxirasini terminlar bilan boyitishga yordam beradi. 
1   Ma’lum   bir   fan   sohasida   tor,   xususiy   ma’noga   ega   bo‘lib,   ko‘pchilik
boshqa   ma’noda   keng   qo‘llaydigan   so‘zlar   toping.   Tor   va   keng   qo‘llanish
ma’nolari   doirasida   gaplar   tuzing.   Namuna:   Quyosh   sistemasining   to‘rtinchi
sayyorasi – yer.
Osmon uzoq, yer qattiq (M.) Sen yemi boqsang – yer seni boqadi. Dehqon rizqini
yerdan topadi. 
2   “Geografiya”,   “Matematika”,   “Tabiatshunoslik”   darsliklarining   ma’lum
bir   betini   sinchiklab   o‘qing.   Ularda   xususiy,   tor   ma’noda   qo‘llanilgan   va   keng
qo‘llanishda   boshqa   ma’nolarga   ega   bo‘lgan   so‘zlar   ro‘yxatini   tuzing.   Ulaming
ma’nosini   tushuntiring.   Har   bir   fan   uning   o   ‘zigagina   xos   bo‘lgan,   muayyan
terminlar   sistemasiga   ega.   Shunday   ekan,   ularni   bilish,   tushunish,   keng   va   tor
ma’nolarini   farqlay   olish,   to‘g‘ri   ishlatish   bilan   birga   fan,   kasb-kor   uchun   xos
bo‘lgan   terminlar   sirasini   o‘zlashtirishga   erishish   mashg‘ulotlarning   asosiy
vazifalaridan   biri   bo‘lishi   kerak.   Terminlami   o‘tganishda   talabalarga   tanish   va
yaqin   bo‘lgan   kasb-   hunarga   oid   so‘zlar   lug‘atini   tuzish,   ulami   izohlash   va   shu
so‘zlar   ishtirokida   gaplar   tuzish   matnlar   yaratishga   oid   topshiriqlami   bajarish
samarali natija beradi.
Boshqa tillardan kirib, o‘zbek tiliga o‘zlashib qolgan so‘zlar – olinma so‘zlar
hisoblanadi.   Ulami   og‘zaki   va   yozma   nutqda   bemalol   ishlatish   uchun   ular
anglatgan   ma’no   talabalar   ongiga   singdirilishi   zarur.   Ayniqsa,   ilmiy   terminlar
borasida olinma so‘zlar muhim mavqega ega. Aniq fanlarga xos “kvadrat”, “kub”,
tilshunoslikdagi   “morfologiya”,   “sintaksis”,   “leksikologiya”,   kundalik   turmushda
ishlatiladigan   EHM,   kompyuter,   disket,   kasseta   kabi   so‘z   va   terminlami
almashtirish o‘zbek xalqini jahon madaniyatidan uzishga olib kelmasligi lozim.
Tilimizda   maktab,  maorif,  mashq,   tolib  (talaba)   kabi   arabcha;   barg,   daraxt,
shirin kabi forscha – tojikcha; lag‘mon, shiypon kabi xitoycha so‘zlar mavjud; rus
tili va u orqali boshqa xorij tillaridan kirgan stol, stul, ruchka, buxgalteriya, soldat
61 (nemischa),   palto,   triko   (fransuzcha),   klub,   futbol,   biznes,   kompyuter   (inglizcha),
tomat,   limon   (ispancha)   kabi   so‘z   va   terminlar   ham   o‘zbek   tilida   keng   iste’mol
qilinadigan va o‘zlashgan so‘zlar qatoriga kiritiladi. Bunday so‘zlaming ma’nosini
sharhlash,   imlosi   va  ma’nosi   ustida   ishlash,   ular   ishtirokida   gaplar   tuzish   va   turli
matnlar   yaratish   kabi   amaliy   ishlardan   dars   jarayonida   unumli   foydalanish
mumkin.   Turli   sohalarbo‘yicha   olinma   so‘zlaming   ro‘yxatini   olish,   ularning
lug‘aviy   ma’nolari   ustida   ishlash,   olinma   so‘zlardan   so‘z   birikmalari   va   gaplar
tuzish   kabi   amaliy   ishlar   izchillik   bilan,   o‘zaro   uyg‘unlikda   olib   borilsagina,
bunday   so‘zlar   talabalar   so‘z   boyligini   oshirish,   ulaming   nutqiy   ko‘nikma   va
malakalarini shakllantirish, matn yaratish mahoratining oshishiga xizmat qiladi.
Nutqimizda   kvadrat,   kub,   grammatika,   leksika,   stol,   stul,   shkaf,   palto,
kostyum,   tufli,   botinka,   traktor,   kombayn,   rektor,   universitet,   professor,
kompyuter,   multimedia,   kodoskop   kabi   ko‘pgina   so‘zlar   borki,   ularni   boshqa
so‘zlar bilan almashtirishga hech qanday ehtiyoj ham, zarurat ham yo‘q.
Talaba   lug‘at   boyligining  muhim   qismini   ibora   va  tasviriy   ifodalar   tashkil   qiladi.
Ma’nosi   va   qo‘llanishi   jihatdan   bir   so‘zga   teng   keladigan,   ko‘chma   ma’no
fodalaydigan   so‘zlar   qo‘shilmasi   iboralardir.   U   nutqimizni   boyitadigan,
o‘zallashtiradigan   va   ta’sirchanligini   oshiradigan   vositadir.   O‘zbek   tilini   o‘qitish
metodikasida   berilgan   so‘zlami   iboralar   bilan   (yoki   aksincha)   almashtirish,   ular
ma’nosini sharhlash ma’no darajalarining oshib yoki kamayib borishini taqqoslash
kabi amaliy ishlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1 Tadbirkor o‘z ishini biladi.
1 Tadbirkor ishning ko‘zini biladi.
2 Onamning jahli chiqdi.
2 Onamning sabr kosasi to‘di.
3 U ishni yaxshi bajardi.
3 U ishni xamirdan qil sug‘urganday bajardi.
4 Masalani yechishda
5 Masalani yechishda
62 Shahlo   juda   qiynaldi.   Shahloning   ona   suti   og‘ziga   keldi.   Bundan   tashqari,
o‘quvchilaiga   ona   tili   mashg‘ulotlarida   iboralar   lug‘atini   tuzdirish,   iboralarga   zid
ma’noli,   muqobil   ibora   yoki   so‘z   birikmalari   tanlash   kabi   mashqlardan
foydalanishni   o‘rgatish   ham   so‘z   boyligini   oshirish   va   rivojlantirishda   muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   Quyida   iboralar   ustida   ishlash   yuzasidan   bajariladigan
mashqlardan   namunalar   beramiz.   Iboralar   mazmunini   sharhlang,   ulami   avval
ma’nodoshlari, so‘ngra oddiy so‘zlar bilan almashtiring.
1 Gapi bir joydan chiqdi, og‘iz-burun o‘pishdi – kelishdi.
2 Dimog‘i chog‘ bo‘ldi, vaqti chog‘, chehrasi ochildi, og‘zi qulog‘iga yetdi, 
boshi osmonga yetdi... – xursand bo‘ldi.
-  yeng shimarib, ishga tushdi, boshi bilan sho‘ng‘idi, g‘ayrat qildi – astoydil 
ishga tushdi.
-  oq-qorani tanidi, do‘st-dushmanni ajratdi – hayot tajribasiga egabo‘ldi.
- terisiga sig‘madi, og‘zining tanobi qochdi, boshi ko‘kka yetdi - suyundi.
 -  tili qichidi – gapirgisi keldi.
2.  Iboralami zid ma’nodagi muqobillari bilan almashtiring.
- dimog‘i chog‘ – kayfiyati buzuq.
- yeng shimarib – qo‘l uchida, naridan-beri.
- terisiga sig‘madi – tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi.
- tili qichidi – tovushi o‘chdi, dami chiqmadi...
Shu   bilan   birga,   talabalar   tomonidan   to‘plangan   iboralami   guruh   ishtirokida
eshitish,   to‘g‘rilash,   tahlil   qilish,   to‘ldirish   mashqlari   o‘tkazilishi   ularda   til
sezgirligi,   so‘z   tanlash   mahorati,   matn   yaratish   madaniyatining   shakllanishiga
sabab bo‘ladi.
Matn ustida ishlash uchun topshiriqlar
1-topshiriq.   Gap   juftlarida   ajratilgan   qismlar   orasida   qanday   ma’no
munosabatlari borligini aniqlang.
2-topshiriq.   Berilgan   so‘zlami   iboralar   bilan   almashtiring.   Ular   ishtirokida
gaplar tuzing. Yuvosh, qo‘rqdi, chaqqon, toza, ko‘p gapirdi, gapirildi, quvondi.
63 Namuna:  yuvosh – qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan, qo‘rqdi  – kapalagi  uchdi
kabi. Iboralar o‘rtasida o‘zaro shakldoshlik va ma’nodoshlik ham bo‘lishi mumkin:
boshga   ko‘tarmoq   (e’zozlamoq),   boshga   ko‘tarmoq   (shovqin-suron   solmoq)   –
shakldosh iboralar: tegirmonga tushsa butun chiqadi – suvdan quruq chiqadi –
ma’nodosh   iboralar.   O‘quvchilar   badiiy   asami   o‘qiyotganda   uchraydigan
shakldosh,   ma’nodosh,   zid   ma’noli   iboralar   ma’nosi   sharhlangan   izohli   lug‘at
daftari   tutsalar,   mazkur   so‘zlar   ishtirok   etgan   gaplar   tuzsalar,   so‘z   boyligini
oshirish va nutqiy mahoratni shakllantirishda yaxshi natijalami qo‘lga kiritadilar.
Tasviriy   ifodalar   (po‘lat   ot   chavandozi,   zangori   kema   kapitani   (mexanik-
haydovchi   o‘rnida);   zangori   ekran,   oynai   jahon   (televizor);   qanotli   do‘stlar
(qushlar);   oq   oltin   (paxta))   dan   nutqda   to‘g‘ri   va   o‘rinli   foydalanish   nutq
go‘zalligini   ta’minlovchi   asosiy   usullardan   biri   hisoblanadi.   Bunda   narsa   yoki
shaxs   nomlarini   tasviriy   ifoda   orqah   berish   yoki   tasviriy   ifodani   predmet   nomi
bilan almashtirish, ulaming ma’nolarini sharhlash, ular ishtirokida gap va matnlar
tuzish foydalidir.
Leksikologiyani   o‘rganishda   bilimlami   mustahkamlash,   takrorlash   va
umumlashtirishda   so‘zning   botiniy,   lug‘aviy   ma’nosini   tavsiflash   shu   jarayonda
to‘g‘ri   va   o‘rinli   so‘zlash   mahoratini   egallash   uchun   leksik   tahlildan   foydalanish
yaxshi natija beradi. Leksik tahlildan namunalar:
1-topshiriq. Viloyat so‘zining lug‘aviy ma’nosini sharhlang.
viloyat – yirik ma’muriy - territorial bo‘linma, muzofot:
Samarqand viloyati, Farg‘ona viloyati...
2 Ma’nodoshlari: hudud, vodiy, depara, manzil, muzofot...
3 Bugun respublikamizning Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida havo
issiq bo‘ladi. O ‘quvchi leksik tahlil jarayonida so‘zning lug‘aviy ma’nolari haqida
o‘zi   mustaqil   fikr   yuritadi.   Shu   so‘zga   ma’nodoshlami   o‘zi   izlaydi,   iloji   bo‘lsa,
boshqa   tildagi   taijimasini   topadi.   Shu   so‘z   ishtirok   etgan   gaplar   quradi   va   matn
yaratadi.
64 Eshqobil   Shukur   ijodi   misolida   leksika   o‘qitilsa,   o‘quvchilarning   nutqi
ravon,  aniq,  ta’sirchan   bo‘lib,  til   birliklari   haqida  (tovush,   so‘z,  qo‘shimcha,  so‘z
birikmasi,   gap   kabi   sintaktik   qurilmalarda),   so‘zlaming   ma’no   va   shakl
unosabatlari   asosidagi   bog‘lanishlarini   taqqoslash   asosida   milliy   tafakkur   ham
shakllanadi.   O‘quvchi   ongida   ana   shu   xususiyatni   tarkib  toptirish,   barcha   ona   tili
o‘qituvchilarining   diqqat   markazida   bo‘lishi   lozim.   Shuning   uchun   o‘zbek   tili
mashg‘ulotlarining   bosh   maqsadi   o‘quvchi   so‘z   boyligini   oshirish,   uni   nutqda
to‘g‘ri   va   o‘rinli   qo‘llash   ko‘nikmalarini   shakllantirish,   til   bo‘limlarini   uslubiyat
bilan bog‘liq holda o‘rganish hisoblanadi.
Bob bo‘yicha xulosalar
1. Shoir  E.Shukur o‘z ijodida  so‘zlardan foydalanishda, tahlil qilishda shunday
tanlov qilganki, bir  so‘z yoki  iboraga berilgan izoh orqali boshqa yana shu
tushunchaga   aloqador   boshqa   so‘zlarning   ham   etimologiyasi   haqida
muayyan tasavvurlar paydo bo‘ladi.
2. E.Shukur   she’riyarida   nafaqat,   so‘zlar,   tushunchalar,   ma’nolar,   balki
qadimiy ohanglar ham jaranglab turadi, bu – shoirning tildan naqadar ustalik
bilan foydlanganini ko‘rsatadi. Bu tajribani ham o‘rganish lozim, shoirning
poetik individualligi  alohida  monografik ishlar  orqali  ochib berilishi  kerak,
nafaqat   leksikasi,   fonetikasi,   sintaksisi,   morfologiyasi   ham   tadqiq   qilsa
maqsadga muvofiq bo‘lardi.
3. Leksika   o‘qitishda   uning   she’rlari,   umumta’lim   maktablari,   oliy   ta’limda
leksik tahlil qilinsa, o‘qitish metodikasi ishlab chiqilsa, o‘quvchilarning o‘z
ona tillariga muhabbati yanada oshgan bo‘lardi.
65 XULOSA LAR  
Eshqobil   Shukurning   o‘zbek   tiliga   xos   bo‘lgan   nodir   so‘zlar   tahliliga
bag‘ishlangan turkum mulohazalari, milliy mentalitetimizni ifodalaydigan, konsept
darajasidagi   so‘zlar   etimologiyasiga   doir   qarashlari,   she’rlarida   qo‘llangan
so‘zlarning ifodalari o‘rganilib quyidagi xulosalarga kelindi.
1.   Shoir   Eshqobil   Shukurning   hayoti   va   ijodiy   faoliyati   tahliliy   o‘rganilganda
uning she’riyatidagi o‘ziga xoslikning sabablaridan biri ota-onasi, momolardan
qadimiy   so‘zlarni   o‘rganganligi,   xalq   dostonlarini   ko‘p   o‘qiganligi,
baxshilarning ohanglarini takror-takror tinglagani bilan bog‘liq.
2. O‘zbek tili o‘zining boy ichki yasalish tizimiga egadir.   Tilimizning boyishi
ichki ma’no taraqqiyoti  bilan ham  bog‘liq. Jumladan, ijodkorlar tomonidan
til   birliklari   yangi-yangi   ma’nolarda   qo‘llanilmoqda.   Neologizmlar   va
okkozionalizmlar masalasi ham aynan     shoir yoki yozuvchilarning tilimizga
qo‘shayotgan yangidan-yangi ifodalari bilan bog‘liq.
3. Eshqobil Shukur nafaqat  o‘z sherlari bilan, balki til taraqqiyoti, so‘z tarixi,
etimologiyasi   bilan   bog‘liq   muammolarga,   nutqimizdagi   chalkash
qo‘llanilayotga   so‘zlarga   o‘z   munosabatini   ham   bildira   olgan.   Bu
yondashuvlarni   asosli   deb   hisoblash   mumkin,   chunki   ko‘pchilik   izohlar
shunchaki aytilmagan, ishonchli manbalardan yetarli asoslar ham keltirilgan.
4. Shoir   so‘zlardan   foydalanishda,   tahlil   qilishda   shunday   tanlov   qilganki,   bir
so‘z   yoki   iboraga   berilgan   izoh   orqali   boshqa   yana   shu   tushunchaga
aloqador boshqa so‘zlarning ham etimologiyasi haqida muayyan tasavvurlar
paydo bo‘ladi.
5. Eshqobil Shukur she’riyarida nafaqat, so‘zlar, tushunchalar, ma’nolar, balki
qadimiy ohanglar ham jaranglab turadi, bu – shoirning tildan naqadar ustalik
bilan foydlanganini ko‘rsatadi. Bu tajribani ham o‘rganish lozim, shoirning
poetik individualligi  alohida  monografik ishlar  orqali  ochib berilishi  kerak,
nafaqat   leksikasi,   fonetikasi,   sintaksisi,   morfologiyasi   ham   o‘rganilishi
kerak.
66 6. Leksika   o‘qitishni   aynan   Eshqobil   Shukurga   bog‘langani   ham   bejiz   emas,
har   bir   shoir   ijodining   stilistikasi,   sintaksisi   bor,   ammo   biz   o‘rgangan
mazkur xassos shoir ijodining leksikasi va fonetikasi alohida ilmiy tadqiqot
sifatida   o‘rganilsa,   o‘zbek   tili   lug‘at   tarkibi   yangi   ma’nolar   bilan   boyiydi.
Uning   she’rlari,   umumta’lim   maktablari,   oliy   ta’limda   leksik   tahlil   qilinsa,
o‘qitish   metodikasi   ishlans,   o‘quvchilar   o‘z   ona   tillari   bilan   yaqindan
tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
67 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
N o r m a t i v - h u q u q i y   h u j j a t l a r   v a   m e t o d o l o g i k
a h a m i y a t g a   m o l i k   n a s h r l a r  
1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини
биргаликда   барпо   этамиз   //   Ўзбекистон   Республикаси     Президенти
лавозимига     киришиш   тантанали   маросимига   бағишланган   Олий     Мажлис
палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқ. – Т.: Ўзбекистон, 2016. – 56 б.
2. Мирзиёев   Ш.М.   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб   халқимиз
билан бирга қурамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017. –  488 б.
3. Мирзиёев   Ш.М.   Танқидий   таҳлил,  қатъий   тартиб-интизом   ва   шахсий
жавобгарлик   –   ҳар   бир   раҳбар   фаолиятининг   кундалик   қоидаси   бўлиши
керак.– Т.: Ўзбекистон, 2017. –  104 б.
1. Ahmedov A. Badi iy asar tilini o‘rganish haqida // O‘zbek tili va adabiyoti.
− 1989.− № 9. −B.
2. Abdurahmonov X., Mahmudov N. So‘z estetikasi. −T.: Fan, 1981. −43b. 3.
Abdusaidov   A.   Matbuot   tilida   okkazional   frazeologiz mlar   //   O‘zbek   tili   va
adabiyoti. − 2003. −№4. −B.84-86.
4.   3. A’zamov   A.,   Xaqqulov   I.   Mas’ul   so‘z.   Badiiy   so‘z   shukuhi.   −T.:   Fan,
1987.− 63 b.
5. Yoriyev B. Shayxzoda poeziyasida okkazionalizmlar // O‘zbek tili
stilistikasidan kuzatishlar. −Samanqand, 1981. −B. 77-80.
6.   Begmatov   E.   va   boshqalar.Adabiy   norma   va   nutq   madaniyati.   −T.:   Fan,
1983. − 151 b. 
7.   Begmatov   E.,   Mamatov   A.   Adabiy   norma   nazariyasi.   −T.:   Navro‘z   I
qism,1997. −92 b.; II qism, 1998. −134 b.; III qism, 2000. −138 b.
8. Berdialiev A. So‘zdagi sehr. − T.: O‘zbekiston, 1996. −32 b. 
9. Doniyorov X., Yo‘ldoshev B. Adabiy til va badiiy uslub. T.: Fan, 1988. −208 b.
10.  Э шқобил   Шукур   Ҳамал   айвони   шеърлар   ва   достон   “ Шарқ ”  нашриёт -
матбаа   акциядорлик   компанияси   Бош   таҳририяти   Тошкент  – 2002
68 11. Jumanazarov Yu. Til va uslub. −T.: Fan, 1973. −135 b.
12. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −T.: O‘qituvchi, 1993.−32 b.
13. Madrahimov I. O‘zbek tilida so‘zning serqirraligi va tasniflash asoslari: Filol.
fanlari nomzodi ... dis. −T., 1994.− 141 b.
14. Mirtojiyev M. Okkazional ma’no // O‘zbek tilshunosligi masalalari. ToshDU
Ilmiy ishlar to‘p. − T., 1973. CHiq. 443. −B. 90-98.
15. Samadov Q. Oybekning til mahorati. −T.: Ped. Instituti, 1981. −104 b.
16. Toshaliyev I., Jo‘raboeva M. Hozirgi o‘zbek tilida okkazional so‘z yasalishi //
O‘zbek tili stilistikasining aktual masalalari. − T.: O‘qituvchi, 1983.− B. 29-49.
17. Toshaliyeva S.I. O‘zbek tilida okkazional so‘z yasalishi: Filol. Fanlari nomzodi
... dis. − T., 1998. − 170 b.
18. Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullaev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. −
T.: O‘zbekiston, 1992. −399 b.
19.   Umurqulov   B.   She’riyatda   okkazional   so‘zlar   //   O‘zbek   tilining
leksikgrammatikxususiyatlari.. ─ T.: Fan, 1988.−B.89-93
20. Umurqulov B. Badiiy adabiyotda so‘z. −T.: Fan, 1993. −132 b.
21. Choriyev B. G‘. G‘ulom she’riyati tili. −T.: Fan, 1990. −112 b.
22. Shodieva D. Muhammad Yusuf she’rlaridagi affiksatsiya usuli bilan hosil
qilingan okkazionalizmlar // Til va adabiyot ta’limi. − T., − 2004. −№5.− B. 48-54.
23. O‘zbek tili leksikologiyasi. T.: Fan, 1981. −313 b.
24. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I- II tom. −M.: Rus tili, T. I. 1981.−631 b.
T. 2. 1981.− 715 b.
25.   Xojiyev   A.   Lingvistik   terminlarning   izohli   lug‘ati.   –   T.:   O‘qituvchi,   1985.   –
B.63 
26.Umurqulov   B.   Poetik   nutq   leksikasi.─   T.:   Fan,   1990;   O‘sha   muallif.   Badiiy
adabiyotda so‘z.−T.: Fan,1993. 
27.   Umurqulov   B.   O‘zbek   badiiy   prozasi   tilining   lug‘aviy   xususiyatlari   Filol.
fanlari d-ri: avtoreferati. –T., 1994.
28. http://www.ut.uz/eng/today/europe_recognizes her _ discovery.mgr
69 29. http://www.uzbekistan.be/press-releases/14-2008.
30. http://www.sfs.uni-tuebingen.de/~lothar/lexbuch/Seminar01/skripte/
onomasio.html
31.   http://www.schneid9.de/sprache/linguistik/ling11.pdf;   www.uni-leipzig.   de/
~fsger/materialien/Texte/Lexikologie.pdf
32. http://lamp/semiotics/ru_gv_ch2/htm
33. http://www.i-ru/biblio/archive/ter_jasik/01.aspx (may, 2004)
70

So‘z ijodkorligi va leksik birliklarni o‘qitish M U N D A R I J A ISHNING UMUMIY TAVSIFI .............................................................................3 I BOB. O‘ZBEK TILIDA SO‘Z YASALISHI 1.1 E. Shukur hayot va ijodiga chizgilar………………………………………….8 1.2 She’riy matnlarda neologizm va okkazionalizmlarning o‘zaro munosabati...13 Birinchi bob yuzasidan xulosa…………………………………………………...30 II BOB. ESHQOBIL SHUKUR SHE’RIYATDA SO‘Z IJODKORLIGI 2.1 Eshqobil Shukurning so‘zdan foydalanish mahorati.........................................32 2.2 Eshqobil Shukur she’rlarida so‘z ijodkorligi……………………………....43 Ikkinchi bob yuzasidan xulosa……………………………………………………47 III BOB. TAJRIBA – SINOV ISHLARINING NATIJALARI 3.1. Eshqobil Shukur she’rlarining leksik tahlili.....................................................48 3.2 Leksika o‘qitish metodikasi ……………………………………………..……56 Uchinchi bob yuzasidan xulosa............................................................................66 Xulosalar .............................................................................................................67 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati .....................................................................69

ISHNING UMUMIY TAVSIFI Mavzuning dolzarbligi. Til doimiy ravishda yangi lug‘aviy birliklar hisobiga boyib boradi. Hech bir so‘z kommunikativ ehtiyojsiz tug‘ilmaydi. Ammo yangi paydo bo‘lgan so‘zlar tildagi mavqeiga ko‘ra farqlanadi. Har qanday yangi paydo bo‘lgan lisoniy birliklar til tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi yoki ega bo‘lmasligi mumkin. Lug‘at tarkibida o‘z o‘rniga ega bo‘lmasdan yakka (individual) nutqqa xos va o‘sha nutq (matn) doirasidagina qolib ketadigan, tasodifiy, ya’ni favqulodda yaratilgan va ko‘pincha lisoniy aloqa jarayonida atigi bir martagina qo‘llanadigan so‘zlar borki, ular hamisha yangiligi, g‘ayritabiiy tuyulishi, betakrorligi, adabiy normadan tashqarida bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bunday so‘zlarni xalq va til ijodkorlari yaratadi. Xalq yaratgan so‘zlar tilshunoslikda og‘zaki nutq okkazionalizmi, ma’lum ijodkorlar tomonidan yaratilgan so‘zlar esa individual - yakka nutqqa xos, ya’ni badiiy okkazionalizmlar deb yuritiladi. Shoir yoki yozuvchilarimizning o‘z ijodida muayyan so‘zni yang bir ma’noda qo‘llashi ham bu tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishiga olib keladi. O‘zbek tilshunosligida nutq uslublari dorasida ijodkorlarning badiiy mahorati, poetic individualligi keng o‘rganilmoqda. Eshqobil Shukurning ham tildan foydalanish, so‘z qo‘llash mahorati o‘ziga xos. Shoir ijodida ham yangidan- yangi badiiy ifodalarni ko‘rish mumkin. Bundan tashqari uning tadqiqotchi sifatida so‘zlar etimologiyasi bilan jiddiy shug‘illanayotgani ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shoir ijodida yangi so‘zlar qo‘llash malakasi boshqalarnikidan farq qiladi. Yangi so‘zlar so‘zlovchi yoki ijodkorlar tomonidan o‘z fikr va maqsadini o‘ziga xos tarzda va aniq ifodalash, o‘zlari tasvirlayotgan biror shaxs, narsa, obyekt, voqea-hodisalarni barcha qirralari bilan namoyon etish hamda ularga nisbatan bo‘lgan o‘z munosabati, ya’ni his-tuyg‘ularini yorqin ifodalash maqsadida yaratiladi va qo‘llanadi. Yangi so‘zlar tasvir obyektini tavsiflashda tildagi imkoniyatlar nutq egasini qanoatlantira olmaganda yaratiladi. Okkazionalizmlar bir marta qo‘llanishi va o‘ta ta’sirchanligi, obraz yaratishda nihoyatda qulayligi bilan til birliklaridan farqlanib turadi. Okkazional so‘zlarning o‘ziga xos vazifalari, 2

xususiyatlari mavjudki, ular o‘zbek tilshunosligida hali yetarli ravishda tadqiq qilingan emas. To‘g‘ri, okkazional so‘zlar haqida o‘zbek tilshunosligida anchagina fikrlar bildirilgan. Ayniqsa, S.Toshaliyevaning o‘zbek tilida okkazional so‘zlarning yasalishiga oid izlanishlari diqqatga molikdir. Lekin lug‘aviy okkazionalizm maxsus tadqiqot obyekti qilib olinmagan va har tomonlama: fonetik, lug‘aviy, morfologikjihatdan, shuningdek, og‘zaki yoki yozma nutq ko‘rinishlaridagi holati bo‘yicha o‘rganilmagan. Ayniqsa, Eshqobil Shukur sh’erlarida lug‘aviy okkazionalizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari, okkazional so‘zning tug‘ilish sabablari, unga bo‘lgan ehtiyoj, okkazionalizmlarning unga yondosh bo‘lgan hodisalar − neologizm, sinonimiya, normal va nonormal leksik birliklardan farqi, okkazional so‘zlarning tilda ado etuvchi uslubiy, badiiy-estetik vazifalari, bu tip so‘zlarning til lug‘at sistemasiga munosabati kabi muammolar o‘z tadqiqini kutmoqda. Shu ma’noda mazkur dissertatsiya mavzusi dolzarb hisoblanadi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi . Til lug‘aviy tarkibining shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini o‘rganish o‘z tarixiga ega. Bu masalaga bag‘ishlangan ishlarda okkazional so‘zlarga e’tibor berib kelinadi. Badiiy asarlarning lisoniy xususiyatlari jahon va o‘zbek tilshunosligida keng o‘rganilgan til sathlari lingvostilistik 1 , lingvopoetik 2 nuqtai nazardan atroflicha tadqiqi qilingan. Xanpiraning V.V.Mayakovskiy ijodiga xos okkazionalizmlarni 1 Шоабдураҳмонов Ш. « Равшан » достонининг тили ва стили : филол.фан.докт. ...дисс. –Т., 1949. Мамадов Х. Лексико-стилистические особенности художественной прозы Алишера Навои: автореф. дисс.… канд.филол.наук. –Т.,1969. Шомақсудов А. Муқимий сатираларининг тили. – Т., 1970. Қўчқортоев И. Абдулла Қаҳҳорнинг фразеологик новаторлиги: филол.фан.номз. ...дисс. автореф. –Т., 1975. Юлдашев Б. Язык и стиль произведений Саида Ахмада: автореф. дисс.…канд.филол.наук. –Т.,1979. Абдиев Э. Язык и стиль драм Камила Яшина: автореф. дисс.…канд.филол.наук. –Т.,1982. Чориев Т. Садриддин Айний публицистик асарларининг тили ва услуби(лексика ва фразеология):филол.фан.номз. ...дисс. автореф. – Самарқанд, 2001. Боймирзаева С.У. Ойбек прозасининг лингвостилистик тадқиқи: филол.фан.номз. ...дисс. автореф. –Самарқанд, 2004. Чориева З. Абдулла Қодирийнинг “Ўткан кунлар” романидаги мактубларнинг луғавий-маъновий ва услубий хусусиятлари: филол.фан.номз. ...дисс. автореф. –Т., 2006. Нормуродов Р. Шукур Холмирзаев асарларининг тил хусусиятлари: филол.фан.номз. ...дисс. автореф. –Т., 2000 ва б. Қўчқорова М. Абдулла Қаҳҳор адабий-танқидий публицистикасининг мавзувий таснифи // Ўзбек тили ва адабиёти, 2009, - № 2. 52-55. 2 Мирзаев И.К. Проблем лингвопоэтической и нтерперетации стихотворного текста : автореф. дисс.… докт .филол.наук. –Т.,199 1 . Маҳмудов Н. Абдулла Қаҳҳор ҳикояларининг лингвопоэтикасига доир // Ўзбек тили ва адабиёти. 1987. - № 4. Муҳаммаджонова Г. 80-йиллар охири ва 90- йиллар бошлари ўзбек шеъриятининг лингвопоэтик тадқиқи: филол.фан.номз. ...дисс. автореф. –Т., 2004. Хамидов З.Лексико - семантическое и лингвопоэтическое исследование языка « Лисан ат - тайр”. –Т., 1982. Йўлдошев М.М. Чўлпоннинг бадиий тил маҳорати: филол.фан.номз. ...дисс. автореф. –Т., 2000. 3

o‘rganishga bag‘ishlangan dissertatsiyasi birinchi monografik ish edi. O‘zbek tilshunosligida bu mavzuga shoir yoki yozuvchining so‘z qo‘llash mahoratiga bag‘ishlangan ishlarda, shuningdek adabiy til me’yorlari bo‘yicha yaratilgan asarlarda, so‘z yasalishi haqidagi maqola va tadqiqotlarda ayrrim fikkrlar ilgari surilgan. Q.Samadov, X.Abdurahmonov, N.Mahmudov, B.Choriyev, B.Yoriyev M.Mirtojiyev, L.Abdullayeva kabilar o‘z tadqiqotlarida ma’lum bir ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati masalasida okkazionalizmlarning o‘rni va rolini qayd etib o‘tgan bo‘lsalar-da, lekin yangi so‘z ijodkorligi ularning leksik va badiiy-estetik xususiyatlari tahlil qilingan monografik ish o‘zbek tilshunosligida hali o‘rganilmagan. B.Umurqulov okkazional so‘zlarni ijodkorning o‘ziga xos uslubini belgilovchi omillardan biri sifatida talqin etadi. Okkazional so‘zlar va ularning adabiy normaga munosabati A.Mamatov tomonidan chuqur o‘rganildi. Olim asosiy e’tiborni lingvistik me’yor muammosini hal etishga qaratar ekan, “nonormal”, “noqonuniy” bo‘lgan okkazional so‘zlar va iboralarga xos belgilarni misollar asosida tahlil qilib beradi Tadqiqotchi S.Mo‘minov neologizm va okkazionalizmlarning xususiyatlarini qiyoslab, o‘ziga xos bo‘lgan farqli tomonlar haqida o‘z qarashlarini bayon qiladi. O‘zbek tilida okkazional so‘zlarni izchil ilmiy asoslarda o‘rganish XX asrning 90- yillari oxiriga to‘g‘ri keladi. S.Toshalieva “O‘zbek tilida okkazional so‘z yasalishi” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Bu ushbu muammoga oid birinchi monografik ish edi. Tadqiqotchi okkazional so‘zlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ham to‘xtaladi. U okkazional so‘zlarni to‘rt tipga ajratadi: leksik okkazionalizmlar, semantik okkazionalizmlar, okkazional yasalmalar va okkazional ibora. Tadqiqot, asosan, okkazional so‘zlarning yasalishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda okkazional so‘z yasalishi usullari atroflichayoritilgan. Tadqiqotimizning boshqa ishlardan farqli tomoni shundaki, unda asosan, Eshqobil Shukr she’riyati, uning hayot yo‘li, so‘z qo‘llash mahorati, so‘z ijodkorligi shuningdek she’rlarining leksikasi asosida o‘qitish metodikasi haqida ham ayrim tavsiyalar ishlab chiqiladi. 4

Tadqiqotning obyekti va predmeti. Ishning tadqiq obyektini Eshqobil Shukur she’riyatida uchraydigan yangi so‘zlar tashkil qiladi. Tadqiqot usullari. Ishning metodologik asosini til va tafakkur birligi, obyektiv borliq va lisoniy belgi munosabati, til evolyutsion rivoji kabi lisoniy- falsafiy qoidalar tashkil qiladi. Shuningdek, mavzuning ba’zi muammoli tomonlarini tahlil qilishda ushbu muammo bo‘yicha tilshunoslikda mavjud nazariy qarashlarga tayanib ish tutildi. Ishda tasvirlash, tavsiflash, sistem tahlil, qiyoslash, tasniflash kabi metod va usullardan foydalanildi Tadqiqotning ilmiy yangiligi: - Eshqobil Shukr she’riyatida yangi so‘z ijodkorligi bo‘yicha material to‘plandi va lisoniy tadqiq qilindi; - yangi so‘zning mohiyati, uning lug‘aviy va grammatik belgilari tahlil qilindi; - yangi so‘zning asosiy xususiyatlari: nutqqa bog‘liqlik, ijodiylik, norma bilan munosabat, betakrorlik, ta’sirchanlik, majburiy bo‘lmagan nominatsiya va boshqalar tahlil qilindi; - yangi so‘zlar sinonimiyasi, okkazional so‘zlarning til lug‘at tizimiga kirish yoki kirmasligi ochib berildi; - Eshqobil Shukur she’riyati misolida leksika o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqotda yangi so‘zlarning badiiy-estetik vazifasi nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilgan. Ish natijasida umumlashtirilgan ilmiy-nazariy xulosalar so‘z muammosini til va nutq aspektida o‘rganishda, ayni paytda, so‘zning badiiy-estetik xususiyatlarini ochishda muayyan qimmatga ega. Ishdagi ilmiy tahlil turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili leksikologiyasi, leksikografiyasi, uslubshunosligi, nutq madaniyati bo‘yicha yaratiladigan qo‘llanmalar qo‘shimcha material bo‘lib xizmat qila oladi. Shuningdek, badiiy matnni lingvistik tahlil qilishda ham foydalanish mumkin. 5