logo

Tarbiya jarayonida milliy qadryatlarning o'rni.

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.296875 KB
Mavzu: Tarbiya jarayonida milliy qadryatlarning o'rni.
Reja         
1.Sharqona tarbıyanıng o‘zıga xos jıhatlari.
2.Yoshlarni milliy qadryatlar vositasida tarbiyalash.
3.Ota-onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat va g‘amxo‘rlik -
shaxs ma'naviyatining yuksak ifodasi. Yosh avlodni komillikka yetaklovchi eng katta kuch–bu kitob va hayotiy 
saboqlardir. Yoshlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash kelajakni, millatni va 
milliyligimizni boqiy ozod holda ko‘rishimiz mumkin. Vatanga sadoqat, do‘stlikka
ishonch, oilaga mehr–muhabbat, kattalarga hurmatda kichiklarga izzatda bo‘lish 
tuyg‘usini 
shakllantirsh milliy qadryatlarimizni asl ko‘rinishidir. Insonga faqat dunyoda yuz 
berayotgan voqelik haqida, odob - axloq qoidalari, mehr va sadoqat tushunchalari 
haqida bilim berishning o‘zi uning ma‘naviyaxloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo‘lib 
qolmaydi. Balki, unda iroda qudrati, mas‘uliyat tuyg‘usini shakllantirish, ko‘nglida
atrof muhitga, mehnatga, kasbga, ilmga, qalban va ruhan o‘zga insonlarga mehrli 
va oqibatli bo‘lish tuyg‘usini uyg‘otishga,dilida ulug‘ maqsadlar tug‘ilishiga va 
atrofida yuz berayotgan hodisalarga o‘z munosabatini bildira olishiga erishishimiz 
lozim. Yosh avlodni shu xislatlar bilan voyaga yetishlari uchun esa turli yo‘llar: 
kattalarni o‘git va nasihatlarini tinglash, undan to‘g‘ri xulosa chiqara olish 
qobilyatlarini rivojlantirish orqali; turli vositalar bilan va eng asosiysi yosh avlod 
tarbiyasiga samimiy (chin ko‘ngildan)yondashish va tinimsiz izlanishlar natijasida 
erishish mumkin.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng erkin fikrlaydigan, o‘z-
o‘zini anglaydigan, jamiyat manfaatlarini tushunib yetadigan, har tomonlama yetuk
komil insonni tarbiyalash vazifasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi qilib 
belgilandi. Uni amalga oshirish esa avvalo tarbiyalanuvchilarning ichki ruhiy 
ma’naviyatini boyitish va mustaqil dunyoqarashini shakllantirishni taqozo etadi. 
“Har qaysi davlat, har qaysi xalq intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan 
qudratlidir” Sh.M.Mirziyoyev.
Dunyoda har bir xalqning asrlar, zamonlar osha yashab kelayotgan milliy 
qadriyatlari bor. Yosh avlodni ma‘nan barkamol etib tarbiyalashda ham shubhasiz, 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanamiz. 
O‘zbekiston Respublikasida Milliy madaniyatni yanada 
rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 28.11.2018yildagi PQ-4038-sonli qarori ham milliy qadriyatlarni  yoshlari ongi va qalbiga singdirish usullari to‘g‘risida fikr bildirganda shuni 
alohida qayd qilmoq kerakki, avvalo ma’muriy yo‘l va zo‘rlik usuliga ehtiyotkor 
bo‘lish talab qilindi. Chunki imkoni boricha zo‘rlik qilish, majbur qilish usulidan 
foydalanmaslik maqsadga muvofiqdir.
Ushbu uslubiy qo‘llanmada sharqona an'analar, urf-odat, 
marosimlar, shuningdek, ularning kelib chiqish tarixi va tarbiyaviy ishlardagi 
ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritilgan.
Sharqona tarbiya tushunchasi Sharq mamlakatlari xalqlariga mansub bo‘lgan 
xislatlarni o‘zida ifoda etadi. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, moddiy va 
ma’naviy madaniyat maskanlari qadim zamonlardan beri Yaqin, O‘rta va Uzoq 
Sharq mamlakatlarida vujudga keladi. Misr, Suriya, Iroq, Iordaniya, Turkiya, 
Yamaq, Sudan, Quvayt va 
boshqalar Yaqin Sharq mamlakatlaridir. O‘rta Sharq esa Eron, Afg‘oniston, 
Movarounnahr, Birma, Vetnam, Indoneziya, Tayland, Hindiston va boshqalarni, 
Uzoq Sharq - Xitoy, Yaponiya, Koreya, Rossiya Uzoq Sharqi mamlakatlarini o‘z 
ichiga oladi.Sharq xalqlarining barchasida xos bo‘lgan fazilatlar mavjud bo‘lib, 
ular jumlasiga xalqlarning vazminligi, sabr-toqatli bo‘lishi, ijtimoiy muammolarni 
kelishuv yo‘li bilan hal etish, foydali mehnat faoliyati bilan muntazam ravishda 
shug‘ullanib borish, mehribonlik, birdamlik va boshqalar kiradi.
Insoniyat hayotida tarbiyaviy ahamiyatga molik bo‘lgan bunday hislatlar - insonni 
sabr-toqatli, irodali, o‘tkir fikrli, jismonan baquvvat va ruhan egilmas, mehr-
muruvvatli bo‘lishini ifodalaydi.Xalqlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va muruvvat 
singari fazilatlar mavjudligi haqida rivoyatlar keltiriladi. Ularning birida 
aytilishicha, boylikda tengi yo‘q bir inson befarzand bo‘lib, umr yo‘li yaqinlashib 
qolganda Yaratgandan farzand so‘rab ko‘p yalinibdi. Hech bo‘lmasa
farzandi bor degan nomga ega bo‘lay degan nolasiga, farzanding bo‘ladi, faqat u 3 
kun yashaydi, deb javob kelibdi. Nihoyat, chol farzandli bo‘libdi va shu kundan 
boshlab xalqqa osh beribdi, muhtojlarga mehr qo‘lini cho‘zibdi. Bunday ishlar har 
kuni davom etaveribdi, kunlar va oylar o‘tib, chaqaloq ulg‘aya boshlabdi.  Kunlarning birida cholga Yaratgandan “Sening mehr-muruvvating taqdiringni 
o‘zgartirdi”, -degan xabar berilgan ekan.
O‘zbek xalqi azaldan kamtarligi, bosiqligi, qanoatliligi, xayoliligi bilan o‘zgalar 
diqqatini tortib kelgan. “Kamtarga kamol” degan naql ham bejiz aytilmagan. 
Alisher Navoiy o‘zining “Hayratul abror” dostonida shunday g‘oyalarni bayon 
etadi: “Agar senga osmonning kuch-g‘ayrati nasib bo‘lsa ham, yer yuzida 
kamtarlikni tanla. G‘amg‘ussa yuki seni tog‘dek ezib tursa ham, uning ostida 
tuproqdek tura 
ber. Boshingga toshlar yomg‘irdek yog‘ilsa ham binafsha kabi boshingni yuqori 
tutib tura ber” Mustaqillik yillarida qat’iy belgilab olingan ustuvor yo‘nalishlardan 
bir jamiyatdaga barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlikni, mamlakatimiz 
sarhadlarining dahlsizligini va hududiy 
yaxlitligini ta’minlashdan iboratdir. Har qanday mavjudot singari insoniyat ham 
o‘zining tinchligini saqlashi oliy qadriyat sifatida baholanadi .Qadimiyurf-odatimiz
,qadriyalarimizga ko‘ra har bir oilada tinchlik va xotirjamlik tilab fotiha qilinadi. 
Tinchlik va xotirjamlik tuyg‘ulari xalqimiz tomonidan ardoqlab kelingan va bir 
qancha maqollar yaratilgan. Darhaqiqat, faqat tinchlik sharoitidagina insonning 
ezgu orzu-umidlari ro‘yobga chiqishi mumkin. Milliy qadriyatlar millat uchun 
muhim va jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan jihat va xususiyatdir.O‘z milliy qadriyati 
bo‘lmagan millat yoki elat yo‘q. Millat milliy 
qadriyatlarining sohibi. Millatning tanazzuli milliy qadriyatlarning tanazzulidir. 
Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi birligi, kelajagi, uni tashkil etgan 
avlodlar, ijtimoiy qatlamlar, millat, ong, til, ma`naviyat hamda madaniyat bilan 
uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.O‘zbekistonning Mustaqillikka erishishi 
tufayli milliy 
qadriyatlarga e`tibor kuchaydi. Negaki, milliy qadriyatlar 
mustaqilligimizni mustahkamlaydigan ma`naviy asoslardan biridir.Xalqimizning 
asrlardan-asrlarga meros bo‘lib kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy 
jarayonda shakllangan. Ularning o‘tmishi 3 ming yildan ortiq davrni o‘z ichiga 
oladi. 3 ming yildan ortiq davrni o‘zida mujassamlashtirgan qadriyatlarimiz  Markaziy Osiyo 
tsivilizatsiyasini yaratdi. Bizning milliy qadriyatlarimiz ana shu sivilizatsiyasiga 
mos jihatlar: tug‘ilgan makon, ona yurtga ehtirom, avlodlar xotirasiga sadoqat, 
kattalarga hurmat, mulozamat, hayo, andisha kabilarning ustuvorligi bilan 
xarakterlanadi.Milliy qadriyatlarimizda jahonning boshqa xalqlariga 
o‘xshamaydigan boshqa urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar va an`analaridagi 
o‘ziga xoslik ham bor. Ma`lumki, qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi. 
Shu sababli ular mahalliy, milliy, mintaqaviy 
shakllar va umuminsoniy mazmunda mavjud bo‘ladi. Mahalliy qadriyatlarning eng
yetuklari va umummilliy manfaatlarga moslari asta-sekin saralanib umummilliy 
darajaga ko‘tariladi. Qadriyatlar insoniyat tarixi davomida asta-sekin 
shakllanadilar. Ularning miqdoriva sifatining ortishi insoniyat taraqqiyoti 
qanchalik ilgarilanganligining ko‘rsatkichidir. Qachonlardir, o‘tmishda ba`zi 
qadriyatlar to‘g‘risida, masalan, ma`rifat to‘g‘risida, umuman tushuncha bo‘lgan 
emas. Bunday yangi tushunchalar asrlar o‘tgansari shakllanib, qadriyatlar qatorini 
boyitib boradi. Ayni vaqtda, qadriyatlar mahalliy, milliy, mintaqaviy va 
umumisoniy bo‘lishi tabiiydir. Chunki “qadriyat” 
tushunchasi muayyan vaziyat va sharoitda shakllanadi. Jamiyat taraqqiy etgani sari
jahonning barcha xalqlariga tegishli, ya`ni umuminsoniy qadriyatlar ko‘payib 
boraveradi va bu o‘zgarishlar insoniyat o‘z rivojida qanday yangi cho‘qqilarni 
egallayotganining belgisi bo‘ladi (masalan, erkinlik, tinchlik, ijtimoiy tenglik, 
ijtimoiy haqiqat, ma`rifat, ma`naviyat, go‘zlallik, yaxshilik, insonparvarlik, 
insoniylik, demokratiya, huquqiy jamiyat, qonunning ustuvorligi, xotinqizlar 
ozodligiva boshqalar). Milliy qadriyatlar orasida xalqimizning insonparvarligi va 
boshqa oliyjanob fazilatlari, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi yillarida yana yaqqol 
namoyon bo‘ldi.Urush tufayli uy-joysiz qolgan minglab oilalarga boshpana berdi, 
yetim bolalarni o‘z tarbiyasiga oldi, o‘zi yemay, ularga berdi. Shomahmudov 
Shoahmad va Bahri ayalarning insoniylik fazilatlarini davom ettiruvchilar soni 
ko‘payib bordi. Ular turli millat vakillaridan bo‘lgan yetim bolalarni, tili va dini 
har xil bo‘lishiga qaramay, yagona qadriyatlar asosida, umuminsoniy an’analar  ruhida tarbiyalab yetishtirdilar. Urush davridagi iqtisodiy qiyinchiliklar, milliy 
qarashlarning turlichaligi bu ishga g‘ov bo‘la olmadi. Urush yillarida xalqimiz 
boshqa xalqlar bilan bir qatorda turib, fashizm balosini daf etishga munosib hissa 
qo‘shganini har doim g‘urur bilan ayta olamiz.Milliy qadriyatlarimiz boshqa 
xalqlarga xos bo‘lmagan marosimlar, urf-odatlar va an’analar majmuasidan 
iboratdir. Ular o‘zlarining shakllanish sharoitlariga ko‘ra mahalliy, milliy, 
mintaqaviy va umuminsoniy mazmunda mavjud bo‘ladi.
Mahalliy qadriyatlar umummilliy manfaatlariga mos ravishda saralanib, 
mazmunan boyib boradi. Mahalliy qadriyatlarning eng ilg‘ori va yaxshisi 
umuminsoniy darajaga ko‘tariladi. Qadriyatlarning mohiyatini to‘g‘ri baholab, 
yashovchanligini ta’minlash millatning 
manfaatlaridan kelib chiqish va uning jamiyatdagi o‘rnini 
mustahkamlashi lozim. Millatning jahondagi nufuzi milliy qadriyatlarga bo‘lgan 
to‘g‘ri munosabatlari bilan belgilanadi. Qadriyatlar tarixiy voqelik va 
hodisalarning insoniy, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini yuqori ko‘tarish maqsadida
va salohiyatini oshirish uchun qo‘llaniladi.
Xalqning ma’naviy qiyofasini belgilashda moddiy, ma’naviy, 
madaniy yodgorliklarning ahamiyati beqiyosdir. Bunday boyliklar xalqimiz 
tomonidan uzoq yillar mobaynida yaratiladi va avaylab- asrab kelinadi. Ularning 
ko‘pchiligi noyob boylik sifatida davlat muhofazasi ostiga olinadi.
Afsuski, xalqimizning bunday boyliklari chet el bosqinchilari tomonidan olib 
ketildi yoki vayron qilindi. Masalan, 1873-yilningmay oyi oxirlarida rus 
qo‘shinlari Xiva ostonalarida paydo bo‘lganida Muhammad Rahimxon o‘zini 
mudofaa qilib, turkman ovuliga ketishi bilan bosqinchilar saroyni talab, barcha 
qimmatbaho buyumlarni, 300 ta qo‘lyozma asarni qo‘lga kiritdilar. 
Kaufmanqo‘shinlari Xivani ostinustun qilib taladilar, ko‘ziga nima ko‘rinsa, uni 
aholidan tortib oldilar, xazinadagi barcha oltin, kumush vaqimmatbaho narsalarni, 
ma’naviy mulkni ham Rossiya imperiyasining poytaxtiga jo‘natishga ulgurdilar. 
Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Milliy qadriyatlar insonlarning bir-birlariga mehr-oqibati, sadoqati, urf-odatlari, g‘oyaviylik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik, halollik, 
insonparvarlik, birodarlik, mustaqillik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, taraqqiyparvarlik
singari mazmun va fazilatlarni o‘zida aks ettiradi. Xalqning madaniy qadriyatlari, 
ma’naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviy 
manba bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa 
qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy 
qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi., 
Umuman olganda, qadriyat deganda insoniyatga xizmat 
qiladigan, uning hayotiy ehtiyoji va manfaatlarini qondiruvchi barcha moddiy va 
ma’naviy boyliklar tushuniladi. 
Yuqoridagi fikrlarga xulosa yasaydigan bo‘lsak, ma'naviyat 
tarkibida axloqiy fazilatlar ustuvor o‘rin egallashiga ishonch hosil qilamiz. Ayni 
paytda, ma'naviyatning mazkur qatlamlari o‘zaro uzviy bog'liqligini ham alohida 
ta'kidlab o‘tish lozimdir.Ulardan birortasi na sof axloqiy, na sof estetik, na sof 
intellektual, na sof ekologik mohiyat kasb etmaydi. Savollar:
1. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi fanining maqsad vavazifalari 
qanday?
2. Insonparvarlik tarbiyasi mazmuni, metod va tamoyillari qanday?
3. Tarbiya jaraYonida bola shaxsi ?
4. Tarbiyaviy ishlar tarkibi va tuzilishi?
5. Tarbiyachi va uning faoliyati mazmuni?
6. MTT da ota-onalar bilan hamkorlik ishlari qanday olib boriladi?
7. Jamoatushunchasi va uni shakllantirish bosqichlarini aying?
8. MTT larda tadbirlarni o'tkazish senariysini tuzish qanday amalga oshiriladi?
9. Tarbiya umuminsoniy qadriyat sifatida qanday ahamiyatga ega?
10. Tarbiyaviy ishlar samaradorligini aniqlash mezonlari qanaqa? 1. Tarbiya – bu:
A Maxsus tashkil etilgan pedagogik jarayon bo‘lib, bu jarayon insonni har 
tomonlama kamol toptirishga qaratilgan bo‘ladi.
B Axloqiy e’tiqod va xatti-harakatlarni shakllantirish jarayoni.
D Maxsus tashkil etilgan va ongli amalga oshiriladigan jarayon.
E Bunda insonlarning bir-biriga tafsif etadigan jarayoni.
2. Islom Karimovning: “Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’lim va tarbiyasini 
ko‘rgan shaxslar kerak”, - degan iborasi qayd etilgan asarni aniqlang.
A Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyoti poydevori.
B Barkamol avlod orzusi.
D Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik.
E O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat
3. «Ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi» tushunchalari didaktikaning
qaysi jihatini yoritadi?
A) Ta’Iim funksiyalari
B) Ta’Iim vositalari
D) Ta’Iim metodlari
E) Ta’lim natijasi
4. O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi qay tarzda 
ta’minlanadi?
A) Davlat ta’lim standartlari va davlat talablari asosida
B) Umumiy o ‘rta ta’lim standartlari asosida
D) Ilg‘or pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida
E) Kadrlar tayyorlash milliy modelini amalga oshirish jarayonida
5. 0 ‘quvchi faoliyatining asosiy turi qaysi javobda to‘g ‘ri berilgan?
A) 0 ‘qish, mehnat
B) Mehnat, o‘yin
D) 0 ‘yin, o‘qish E) Muomala, mehnat
6. Ta’lim mazmunini unifikatsivalash va tabaqalashtirish, Ta’lim-tarbiya tizimi va 
uzviylik, Ta’lim-tarbiyaning amaliyot bilan bog‘liqligi, Ta’lim va tarbiyaning 
birligi…………..
A) Ta’lim tamoyillari
B) Ta’lim qununiyatlari
D) Ta’lim metodlari
E) Ta’lim paradigmalari
7. Didaktika – bu:
A Ta’lim nazariyasi.
B O‘quv tillarini tashkil etishning formalarini takomillashtirish.
D Ta’lim qonuniyatlari, prinsiplarini va mohiyatini tadqiq etadi.
E Ilmiy fan bo‘lib, ta’limning nazariy asoslarini o‘rgatadi.
8. «Buyuk didaktika» asari qaysi pedagog olim tomonidan yozilgan?
A Yan Amos Komenskiy.
B Abu Rayhon Beruniy.
D Abu Ali Ibn Sino.
E Pestalotsi.
9. Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi IX sessiyasida (1997-y) 
so‘zlagan. “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” nutqida 
tarbiyaning maqsadi qanday ifodalanadi?
A Barkamol, erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash.
B Tadbirkor shaxsni tarbiyalash.
D Umuminsoniy va milliy tarbiY.
E Mehnatsevarlik tarbiyasi.
10. Shaxs – bu:
A Kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi 
xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi. B Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga soluvchi.
D Har qanday odam shaxs hisoblanadi.
E Yangi tug‘ilgan chaqaloq.
11. Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.
A Mikro muhit, mezo muhit, makro muhit , irsiyat, ta’lim-tarbiya, shaxsiy faoliyat.
B Mikro muhit, iste’dod, xotira.
D Shaxsiy faoliyat, mafkura.
E Irsiyat, iste’dod, xotira.

Mavzu: Tarbiya jarayonida milliy qadryatlarning o'rni. Reja 1.Sharqona tarbıyanıng o‘zıga xos jıhatlari. 2.Yoshlarni milliy qadryatlar vositasida tarbiyalash. 3.Ota-onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat va g‘amxo‘rlik - shaxs ma'naviyatining yuksak ifodasi.

Yosh avlodni komillikka yetaklovchi eng katta kuch–bu kitob va hayotiy saboqlardir. Yoshlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash kelajakni, millatni va milliyligimizni boqiy ozod holda ko‘rishimiz mumkin. Vatanga sadoqat, do‘stlikka ishonch, oilaga mehr–muhabbat, kattalarga hurmatda kichiklarga izzatda bo‘lish tuyg‘usini shakllantirsh milliy qadryatlarimizni asl ko‘rinishidir. Insonga faqat dunyoda yuz berayotgan voqelik haqida, odob - axloq qoidalari, mehr va sadoqat tushunchalari haqida bilim berishning o‘zi uning ma‘naviyaxloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo‘lib qolmaydi. Balki, unda iroda qudrati, mas‘uliyat tuyg‘usini shakllantirish, ko‘nglida atrof muhitga, mehnatga, kasbga, ilmga, qalban va ruhan o‘zga insonlarga mehrli va oqibatli bo‘lish tuyg‘usini uyg‘otishga,dilida ulug‘ maqsadlar tug‘ilishiga va atrofida yuz berayotgan hodisalarga o‘z munosabatini bildira olishiga erishishimiz lozim. Yosh avlodni shu xislatlar bilan voyaga yetishlari uchun esa turli yo‘llar: kattalarni o‘git va nasihatlarini tinglash, undan to‘g‘ri xulosa chiqara olish qobilyatlarini rivojlantirish orqali; turli vositalar bilan va eng asosiysi yosh avlod tarbiyasiga samimiy (chin ko‘ngildan)yondashish va tinimsiz izlanishlar natijasida erishish mumkin. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng erkin fikrlaydigan, o‘z- o‘zini anglaydigan, jamiyat manfaatlarini tushunib yetadigan, har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalash vazifasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi qilib belgilandi. Uni amalga oshirish esa avvalo tarbiyalanuvchilarning ichki ruhiy ma’naviyatini boyitish va mustaqil dunyoqarashini shakllantirishni taqozo etadi. “Har qaysi davlat, har qaysi xalq intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir” Sh.M.Mirziyoyev. Dunyoda har bir xalqning asrlar, zamonlar osha yashab kelayotgan milliy qadriyatlari bor. Yosh avlodni ma‘nan barkamol etib tarbiyalashda ham shubhasiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanamiz. O‘zbekiston Respublikasida Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.11.2018yildagi PQ-4038-sonli qarori ham milliy qadriyatlarni

yoshlari ongi va qalbiga singdirish usullari to‘g‘risida fikr bildirganda shuni alohida qayd qilmoq kerakki, avvalo ma’muriy yo‘l va zo‘rlik usuliga ehtiyotkor bo‘lish talab qilindi. Chunki imkoni boricha zo‘rlik qilish, majbur qilish usulidan foydalanmaslik maqsadga muvofiqdir. Ushbu uslubiy qo‘llanmada sharqona an'analar, urf-odat, marosimlar, shuningdek, ularning kelib chiqish tarixi va tarbiyaviy ishlardagi ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Sharqona tarbiya tushunchasi Sharq mamlakatlari xalqlariga mansub bo‘lgan xislatlarni o‘zida ifoda etadi. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, moddiy va ma’naviy madaniyat maskanlari qadim zamonlardan beri Yaqin, O‘rta va Uzoq Sharq mamlakatlarida vujudga keladi. Misr, Suriya, Iroq, Iordaniya, Turkiya, Yamaq, Sudan, Quvayt va boshqalar Yaqin Sharq mamlakatlaridir. O‘rta Sharq esa Eron, Afg‘oniston, Movarounnahr, Birma, Vetnam, Indoneziya, Tayland, Hindiston va boshqalarni, Uzoq Sharq - Xitoy, Yaponiya, Koreya, Rossiya Uzoq Sharqi mamlakatlarini o‘z ichiga oladi.Sharq xalqlarining barchasida xos bo‘lgan fazilatlar mavjud bo‘lib, ular jumlasiga xalqlarning vazminligi, sabr-toqatli bo‘lishi, ijtimoiy muammolarni kelishuv yo‘li bilan hal etish, foydali mehnat faoliyati bilan muntazam ravishda shug‘ullanib borish, mehribonlik, birdamlik va boshqalar kiradi. Insoniyat hayotida tarbiyaviy ahamiyatga molik bo‘lgan bunday hislatlar - insonni sabr-toqatli, irodali, o‘tkir fikrli, jismonan baquvvat va ruhan egilmas, mehr- muruvvatli bo‘lishini ifodalaydi.Xalqlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va muruvvat singari fazilatlar mavjudligi haqida rivoyatlar keltiriladi. Ularning birida aytilishicha, boylikda tengi yo‘q bir inson befarzand bo‘lib, umr yo‘li yaqinlashib qolganda Yaratgandan farzand so‘rab ko‘p yalinibdi. Hech bo‘lmasa farzandi bor degan nomga ega bo‘lay degan nolasiga, farzanding bo‘ladi, faqat u 3 kun yashaydi, deb javob kelibdi. Nihoyat, chol farzandli bo‘libdi va shu kundan boshlab xalqqa osh beribdi, muhtojlarga mehr qo‘lini cho‘zibdi. Bunday ishlar har kuni davom etaveribdi, kunlar va oylar o‘tib, chaqaloq ulg‘aya boshlabdi.

Kunlarning birida cholga Yaratgandan “Sening mehr-muruvvating taqdiringni o‘zgartirdi”, -degan xabar berilgan ekan. O‘zbek xalqi azaldan kamtarligi, bosiqligi, qanoatliligi, xayoliligi bilan o‘zgalar diqqatini tortib kelgan. “Kamtarga kamol” degan naql ham bejiz aytilmagan. Alisher Navoiy o‘zining “Hayratul abror” dostonida shunday g‘oyalarni bayon etadi: “Agar senga osmonning kuch-g‘ayrati nasib bo‘lsa ham, yer yuzida kamtarlikni tanla. G‘amg‘ussa yuki seni tog‘dek ezib tursa ham, uning ostida tuproqdek tura ber. Boshingga toshlar yomg‘irdek yog‘ilsa ham binafsha kabi boshingni yuqori tutib tura ber” Mustaqillik yillarida qat’iy belgilab olingan ustuvor yo‘nalishlardan bir jamiyatdaga barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlikni, mamlakatimiz sarhadlarining dahlsizligini va hududiy yaxlitligini ta’minlashdan iboratdir. Har qanday mavjudot singari insoniyat ham o‘zining tinchligini saqlashi oliy qadriyat sifatida baholanadi .Qadimiyurf-odatimiz ,qadriyalarimizga ko‘ra har bir oilada tinchlik va xotirjamlik tilab fotiha qilinadi. Tinchlik va xotirjamlik tuyg‘ulari xalqimiz tomonidan ardoqlab kelingan va bir qancha maqollar yaratilgan. Darhaqiqat, faqat tinchlik sharoitidagina insonning ezgu orzu-umidlari ro‘yobga chiqishi mumkin. Milliy qadriyatlar millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan jihat va xususiyatdir.O‘z milliy qadriyati bo‘lmagan millat yoki elat yo‘q. Millat milliy qadriyatlarining sohibi. Millatning tanazzuli milliy qadriyatlarning tanazzulidir. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi birligi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, ijtimoiy qatlamlar, millat, ong, til, ma`naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.O‘zbekistonning Mustaqillikka erishishi tufayli milliy qadriyatlarga e`tibor kuchaydi. Negaki, milliy qadriyatlar mustaqilligimizni mustahkamlaydigan ma`naviy asoslardan biridir.Xalqimizning asrlardan-asrlarga meros bo‘lib kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Ularning o‘tmishi 3 ming yildan ortiq davrni o‘z ichiga oladi. 3 ming yildan ortiq davrni o‘zida mujassamlashtirgan qadriyatlarimiz

Markaziy Osiyo tsivilizatsiyasini yaratdi. Bizning milliy qadriyatlarimiz ana shu sivilizatsiyasiga mos jihatlar: tug‘ilgan makon, ona yurtga ehtirom, avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, mulozamat, hayo, andisha kabilarning ustuvorligi bilan xarakterlanadi.Milliy qadriyatlarimizda jahonning boshqa xalqlariga o‘xshamaydigan boshqa urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar va an`analaridagi o‘ziga xoslik ham bor. Ma`lumki, qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi. Shu sababli ular mahalliy, milliy, mintaqaviy shakllar va umuminsoniy mazmunda mavjud bo‘ladi. Mahalliy qadriyatlarning eng yetuklari va umummilliy manfaatlarga moslari asta-sekin saralanib umummilliy darajaga ko‘tariladi. Qadriyatlar insoniyat tarixi davomida asta-sekin shakllanadilar. Ularning miqdoriva sifatining ortishi insoniyat taraqqiyoti qanchalik ilgarilanganligining ko‘rsatkichidir. Qachonlardir, o‘tmishda ba`zi qadriyatlar to‘g‘risida, masalan, ma`rifat to‘g‘risida, umuman tushuncha bo‘lgan emas. Bunday yangi tushunchalar asrlar o‘tgansari shakllanib, qadriyatlar qatorini boyitib boradi. Ayni vaqtda, qadriyatlar mahalliy, milliy, mintaqaviy va umumisoniy bo‘lishi tabiiydir. Chunki “qadriyat” tushunchasi muayyan vaziyat va sharoitda shakllanadi. Jamiyat taraqqiy etgani sari jahonning barcha xalqlariga tegishli, ya`ni umuminsoniy qadriyatlar ko‘payib boraveradi va bu o‘zgarishlar insoniyat o‘z rivojida qanday yangi cho‘qqilarni egallayotganining belgisi bo‘ladi (masalan, erkinlik, tinchlik, ijtimoiy tenglik, ijtimoiy haqiqat, ma`rifat, ma`naviyat, go‘zlallik, yaxshilik, insonparvarlik, insoniylik, demokratiya, huquqiy jamiyat, qonunning ustuvorligi, xotinqizlar ozodligiva boshqalar). Milliy qadriyatlar orasida xalqimizning insonparvarligi va boshqa oliyjanob fazilatlari, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi yillarida yana yaqqol namoyon bo‘ldi.Urush tufayli uy-joysiz qolgan minglab oilalarga boshpana berdi, yetim bolalarni o‘z tarbiyasiga oldi, o‘zi yemay, ularga berdi. Shomahmudov Shoahmad va Bahri ayalarning insoniylik fazilatlarini davom ettiruvchilar soni ko‘payib bordi. Ular turli millat vakillaridan bo‘lgan yetim bolalarni, tili va dini har xil bo‘lishiga qaramay, yagona qadriyatlar asosida, umuminsoniy an’analar