Maktabgacha yoshdagi bolalarda ta’lim-tarbiya jarayonida algoritmik ko‘nikmalarni shakllantirishning nazariy asoslar
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ta’lim-tarbiya jarayonida algoritmik ko‘nikmalarni shakllantirishning nazariy asoslar MUNDARIJA № Nomlanishi Bet KIRISH 4 I BOB . TA’LIMIY O‘YIN FAOLIYATI ORQALI TARBIYALANUVCHILARDA ALGORITMIK KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY JIHATLARI 1.1 T arbiyalanuvchilarda algoritmik ko‘nikmalarni shakllantirish da o‘yin faoliyatning nazariy jihatlari 9 1.2 T arbiyalanuvchilarda algoritmik ko‘nikmalarni shakllantirish ning bisqichlari 20 1-bob bo‘yicha xulosa 23 II - BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TA ’ LIMIY O ‘ YINLAR ORQALI ALGORITMIK KO ' NIKMALARNI SHAKILLANTIRISHDA MANTIQIY TOPSHIRIQLAR YORDAMIDA O ' RGANISH 2.1 Mantiqiy topshiriqlar yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarda algoritmik ko'nikmalarni shakillantrish yo’llari 24 2.2 Maktabga tayyorlov guruh bolalarida o‘yin usullarini o‘quv mashg‘ulotda qo‘llash orqali algoritmik ko‘nikmalarni shakllantirish 36 2.3 Maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqiy topshiriqlar orqali algoritmik ko‘nikmalarni shakillantrish bo'yicha ishlarni mazmuni tashkil etilishi 43 2- bob bo‘yicha xulosa 50 XULOSA 51 ILOVA 55 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 58 3
KIRISH Mavzusining dolzarbligi va zarurati. Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi – bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqidildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi. Hozirgi paytda yuz berayotgan globallashuv jarayoni va jamiyatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash ta’lim tizimida ham jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev hozirgi kunda katta e’tibor qaratmoqda. Jumladan ta’lim sifati samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim jarayoniga e’tiborni maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlashni atyib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022- 2030- yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuqoridagi fikrlarning dalilidir. Unda berilganidek, maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk maktabda o‘qishga tayyorgarlik darajasini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu ta’lim bolaning 6–7 yoshga to‘lguniga qadar oilada maktabgacha ta’lim tashkilotlari va mulk shaklidan qat’iy nazar, ta’lim tashkilotlarida olib boriladi. “Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi”da maktabgacha ta’lim masalasi alohida yoritib o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022- 2030- yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa me’yoriy- huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda respublikamizda maktabgacha ta’limni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari o‘z aksini topgan. 4
Shuningdek, Konsepsiyada maktabgacha ta’limning asosiy ikkita – didaktik va metodik modellarining mohiyati ham chuqur va yetarlicha yoritib berilgan. Har ikkala model ham shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari nuqtayi nazaridan asoslab berilgan bo‘lib, ularning asosiy tamoyillari, ta’lim vositalari, bosqichlari hamda pedagog va bolalarning o‘zaro harakati turlari aniq ko‘rsatib berilgan. Bilim olishga intilish, ma’rifatli bo‘lish o‘zbek xalqi, millatining ruhiyatida ustuvor o‘rin tutuvchi omil sanaladi. Ma’rifatlilik – faqatgina bilim va malakaga ega bo‘lish emas, ayni vaqtda chuqur ma’naviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shunday xislatlarga ega shaxslar namoyon bo‘ladi. Bolalarning ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lishini rivojlantirib borish yosh avlod tarbiyasida umumxalq ishidir. Ma’lumki, Vatan beshikdan boshlangani kabi, ta’lim-tarbiya ham beshikdanoq, xattoki, bola tug‘ilmasidanoq berila boshlanishi kelajakdagi ijobiy natijalarga sabab bo‘ladi. Mamlakatimiz yoshlariga erta ta’lim-tarbiya berish mas’uliyatini hozirda yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z zimmasiga olgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bilimlarni berish shakli mashg‘ulotdir. Mashg‘ulotlar jarayonida bolaning nutqi rivojlanib, undagi grammatik va fonetik qirralari sayqallanib, til boyligi oshib borish bilan bir qatorda undagi psixologik va intellektual jihatlari rivojlanib boradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim-tarbiya jarayonida algoritmik ko‘nikmalarni shakllantirish muh i m ahamiyatga ega chunki bolalarni tarbiyalashda ularni aqliy qobiliyatlarni rivojlantrishda algoritmik ko’nikmalarni shakllantrishimiz lozim, bola muayyan vazifani berganimizda avval maqsadga erishish uchun reja tuzishni, keyin reja asosida ishlash ko’nikmasini shakllantrishimiz, bunda bolaning so‘z boyligini oshirish, balki uning muloqot qobiliyatini rivojlantiradi, undagi bilish jarayonlarini shu jumladan bolaning tafakkurini o‘stirishda ham muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Ta’lim tarbiya jarayonida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda algoritmik ko‘nikmalarni shakllantirishni 5
ta’minlaydigan didaktik o‘yinlardan keng ko‘lamda foydalansh, yangicha o‘yinlar ishlab chiqish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. . Bitiruv malakaviy ishining vazifasi. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalar harakatlarni qanday tartibda amalga oshirilganiga qarab, ular o‘z faoliyatini qanday rejalashtirganligi, algoritmik ko‘nikmalari, kerakli natijaga erishish uchun o‘z ixtiyori bilan xatti-harakatlarini amalga oshirish ko‘nikmasi, erkin fikr yurita olish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan. Bitiruv malakaviy ishining obyekti. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchi bolalar, ularning ota-onalari, nashr etilgan ilmiy metodologik asarlar, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan ta’limiy o‘yinlar qo‘llanmasi va maqolalardan iborat. Bitruv malakaviy ishining predmeti: maktabgacha yoshdagi bolalarda algoritmik ko‘nikmalari shakllantrish uchun didaktik o‘yinlardan foydalangan holda o‘quv mashg‘ulotlar usullarini ishlab chiqish. Bitruv malakaviy ishining ilmiy yangligi: maktabgacha yoshdagi bolalarda ta’limiy o‘yin faoliyatining chiziqli, tarmoqlanuvchi, davriy algoritm modullari muammoli ta’lim kontekstida evristik suhbatlar; qoidali, muammoli, to‘liq bo‘lmagan harakatlar to‘plamiga ega bo‘lgan ta’limiy-o‘yinlar; elementar algoritmik blok sxemalarni tuzish modellari kommunikativ va texnologik yondashuvlarga ustuvorlik berish orqali takomillashtirish Bitruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalari ning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, a lgoritmik ko‘nikma tushunchasiga ta’limiy o‘yin faoliyati orqali shakllantirilishi natijasida aniqlik kiritildi, hamda uni turli sharoit va faoliyat turlarida qo‘llay olish yo‘llari tahlil qilindi. M aktabgacha yoshdagi bolalarda algoritmik ko‘nikmalar i shakllantiri li sh i darajalarini baholash mezonlari taklif etil gan bo‘lib , ular baholanayotgan ko‘nikmalarning bilish , regulyativ , muloqot bloklari bo‘yicha guruhlandi. Mavzuning o‘rganganlik darajasi. Hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalar algoritmik ko‘nikmalari shakllantrishda yanada yuqori talablar qo‘yilmoqda. Bu talablarga javob berish algoritmik ko‘nikmalari shakllantrishda 6
oid yangi izlanishlarni taqozo etadi. Shunday qilib, pedagogika ilmining hozirgi bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bolalar algoritmik ko‘nikmalari shakllantrishga nisbatan qo‘yiladigan talablar bilan ushbu talablar ijrosi o‘rtasida ziddiyatlar namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kunda umuman o‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat turi ekanligi barchamizga ma’lum. Shu sababli, didaktik o‘yinlar maktabgacha ta'limda ta'lim-tarbiya sifatida keng qo‘llanilmoqda. Bolalar o‘yinining tartibli, davomli, uyushqoqli va aniq maqsadga qaratilgan holda tashkil etilishi, o‘tkazilishi va muayyan natija bilan yakunlanishi tarbiyaviy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lib, bolalarda tashkilotchilik va tashabbuskorlik sifatlarini tarbiyalaydi, boshlangan ishini oxiriga yetkazish ko‘nikmalarini paydo qiladi, ularning irodali bo‘lib o‘sishlariga yordam beradi, ruhiy, aqliy rivojlantiradi. O‘yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyat turi bo‘lganligi tufayli, u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O‘yin bolaning kelajagidagi o‘quvi, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatining qay darajada shakllanib borishini belgilaydi. O‘yin doimo haqiqiy hayotni aks ettiradi. Kelgusi o‘quv faoliyatiga ruhan, aqlan tayyorlab boradi. Ayni paytda o‘yin bola uchun ermak, quvonch manbai hamdir. Bolaning diqqati, xotirasi, ijodiy tafakkuri va tasavvurini xamda dunyoqarashini shakllantirishga, o‘stirishga xizmat qiladigan vositadir. Haqiqatdan ham, o‘yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi hayotni va kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning o‘yin faoliyati mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o‘zgarib turadi. O‘yin doimo o‘zgarib turganligi tufayli bola o‘ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning atrof muhitga kishilarga, narsalarga va o‘ziga bo‘lgan turli munosabatlari mazmun hamda shakl jihatdan har doim o‘zgarib turadigan o‘yin jarayonida namoyon bo‘ladi. Bolalarning turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, qobiliyatlari hamda bir qancha shaxsiy fazilatlari o‘yin jarayonida bevosita rivojlanadi. O‘yin jarayonidagi bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, bolalarning turli 7