Maktabga tayyorlov guruhi bolalar taraqqiyoti


MAVZU: Maktabga tayyorlov guruhi bolalar taraqqiyoti MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………….......3 I BOB. MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALARIDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI…………………………………………………………………………...7 1.1 Maktabga tayyorlov guruhi bolalarida jismoniy sifatlarni shakllantirish pedagogik muammo sifatida…………………………………………………………..7 1.2 Sharq mutafakkirlari va g‘arb pedagog olimlarining maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlanishi to‘g‘risidagi fikr va mulohazalari………...18 I BOB BO‘YICHA XULOSA………………………………………………..25 II BOB. MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALARIDA JISMONIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI, SHAKL VA METODLARI……………………………………………………………………….27 2.1 Maktabga tayyorlov guruhi bolalarida jismoniy sifatlarni shakllantirishning mazmuni va mohiyati………………………………………………………………...27 2.2 Maktabga tayyorlov guruhi bolalarida jismoniy sifatlarni harakatli o‘yinlar va gimnastika elementlari vositasida shakllantirish………………………………….37 2.3 Maktabga tayyorlov guruhi bolalarida jismoniy sifatlarni shakllantirishda xorij tajribalaridan foydalanish……………………………………………………….54 II BOB BO‘YICHA XULOSA……………………………………………..59 XULOSA………………………...……………………………………………60 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………...……..62
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining eng muhim vazifalaridan biri bolani maktab ta’limiga sifatli tayyorlab berish hisoblanadi. Maktabga tayyor bola bilim olishni istaydi. Bugungi kunda mamlakatimizda Maktabgacha ta’lim sohasiga katta e’tibor berilmoqda. Bu tizimni yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, tizimli malakali oliy ma’lumotli kadrlar bilan ta’minlash, ayniqsa maktabga tayyorlashda bolalarga bilim tarbiya berishning darajasini oshirish, turli xil zamonaviy ta’lim dastur va texnologiyalaridan foydalanishni tatbiq etish, bolalarni har tomonlama axloqiy, aqliy, ruhiy, jismoniy, rivojlantirish uchun sharoit yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zi maktabgacha ta’lim tizimining asosiy vazifasi bolani maktabga sifatli, barkamol qilib tayyorlash hisoblanadi. Endi guruhlar kesimida oladigan bo‘lsak tayyorlov guruhi katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtboshimiz Sh . Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Yoshlarga milliy vatanparvarlik ruhida ta’lim berish bugungi kunning jiddiy vazifalaridan hisoblanadi” . Darhaqiqat, Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim tarbiya berishda va ularni jismonan sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalashda milliy urf odatlarimizning va
qadriyatlarimizning ahamiyati juda katta hisoblanadi. Bu borada maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va rivojlanish xususiyatlari inobatga olinishi ahamiyatga molik. Bolalarning jismonan yetuk bo‘lishi ularning aqliy jihatdan kamol topishiga zamin yaratadi. Bu borada ota-onalardan va tarbiyachi pedagoglardan yuksak bilim va mahorat talab etiladi. Tarbiyachi va ota onalar o‘zaro hamkorlikda bolaning sog‘lom turmush tarzini to‘g‘ri tashkil etishi, ularning qiziqishlari bilan o‘rtoqlashishi, uning imkoniyat darajalarini hisobga olgan holda bolalarni ma’lum yo‘nalishga yo‘naltirishi va ularga yuklamalar berishi lozim bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Hujjat tizimni malakali pedagog kadrlar ta’minlash, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlar quvvatini oshirish, moddiy-texnik holatini yaxshilash hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarning o‘quv metodik materiallar bilab ta’minlash kabi vazifalarni hal etilishini nazarda tutadi. O‘zbekiston Respublikasida “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. 6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilar asosan- bolaning maktabga tayyorgarligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyat uchun ko‘prik vazifasini o‘tashini oila yoki maktabgacha ta’lim tashkilotdagi ta’lim-tarbiya sharoitlarini maktab ta’limiga ozorsiz o‘tkazishini ta’minlash zarurligini hisobga olish zarur. Tarbiyachilar tomonidan bolalarga bilim berish, ularni axloqiy, aqliy, jismoniy, ruhiy jihatdan tarbiyalash bolalarning ijtimoiy muhitga moslashishi uchun ular bilan muloqat olib borishi, guruhga qo‘shilishi qiyin bo‘lgan bolalar bilan individul shug‘ullanishi u bolada yaxshi o‘zgarish bo‘lishini kuzatish mumkin.
Tayyorlov guruhlarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan, metod va usullardan foydalanilsa biz kutgan natijadanda yaxshiroq natijaga erishishimiz mumkin. Quyidagi dasturlar asosida ish olib borilsa maktabgacha ta’lim sohasida katta o‘zgarish kuzatilishini ko‘rishimiz mumkin. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarda jismoniy sifatlarni shakllantirish, ular sog‘ligini mustahkamlash, ish qobiliyatlarini rivojlantirish va bolalarni maktabga yetuk, sog‘lom tayyorlashning asoslarini yoritish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida yangi zamonaviy usul va metodlarni joriy etish, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish Bitiruv malakaviy vazifalari: Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib bitiruv ishining vazifalari etib quyidagilar belgilanadi: -maktabga tayyorlov guruhi bolalarini sog‘lom va baquvvat qilib o‘stirish; -maktabgacha yoshdagi bolalar organizmini chiniqtirish; -maktabga tayyorlov guruhi bolalarida jismoniy tarbiya jarayonida ta’lim va tarbiyani to‘g‘ri tashkil etish va tarbiyachilar tomonidan turli xil dasturlardan foydalanish; Bitiruv malakaviy ishining obyekti. 42-DMTT dagi 6-7 yoshli tayyorlov guruhidagi bolalar Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Maktabga tayyorlov guruhi bolalarini jismoniy sifatlarini rivojlantirishda harakatli o‘yinlar va gimnastika elementlaridan foydalanish Bitiruv malakaviy ishining metodlari: Mavzuga oid adabiyotlar tahlili, suhbat, kuzatuv metodlari, pedagogik tadqiqot