Bolalar konsultasiyasining xususiyatlari.
Kirish I BOB.Bolalar psixologiyasi faniga kirish va uning maqsad, vazifalari. 1.1.Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari. 1.2.Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. II BOB.Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti. 2.1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti. 2.2.Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar. Reja:
Kirish “ Psixologiya” ikkita yunoncha so’zdan “psyche”- jon, ruh va “logos”ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmeti har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan xislatlarni tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir , deb ta’rif berishadi. Psixika – bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni, ichki ruhiy olamni ham ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi.
Psixikaning jarayonlari quyidagicha: 1. Bilish faoliyati: diqqat, nutq, faoliyat 2. Bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur 3. Shaxsning hissiy-irodaviy sohasi: hissiyot, iroda 4. Shaxsning individual-psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyat. Psixologiya – juda qadimiy va shu bilan birga navqiron fandir. Psixik hodisalarning ilk talqini qadimiy yunon olimi Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 yillar)ning “Ruh haqida” nomli asarida berilgan. Psixik hodisalar va ularning qonuniyatlariga taalluqli ilmiy tadqiqot ishlari XIX asrning ikkinchi yarmida, ilmiy psixologiya asoslari esa XIX va XX asrlar o’rtasida yuzaga kelgan.
I bob.Bolalar psixologiyasi faniga kirish va uning maqsad, vazifalari. 1.1Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari Bolalar psixologiyasi – psixologiya fanining alohida tarmog’i bo’lib, bolaning tug’ilganidan to yetuklik davrida psixik taraqqiyotini, turli yosh davrlaridagi bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini, rivojlanishining turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlarini o’rganadi.
Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining oldida bir qancha muhim nazariy va amaliy vazifalari turadi, uning nazariy vazifalariga quyidagilar kiradi: 1. Turli yoshdagi bolalarga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni, ya’ni bolalarning idrokiga, sezgi- tuyg’ulariga, diqqatiga va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga, xayoliga, irodasiga xos xususiyatlarni o’rganish; 2. Bolaning psixik taraqqiyotiga faol ta’sir qiluvchi omillarni aniqlab berish; 3. Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos bo’lgan qonuniyatlarni o’rganish; 4. Bola shaxsi va shaxsiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni o’rganish; 5. Bolani maktab ta’limiga tayyorlash; 6. Maktabda muvaffaqiyatli o’qish uchun bolaning aqliy jarayonlarini faollashtirish; 7. Ta’lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini shakllantirish;