SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDOGOGIK QARASHLARI
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDOGOGIK QARASHLARI 1
MAVZU: SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDOGOGIK QARASHLARI MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………………....3 1. Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-pedagogik qarashlari……………….5 2. Ijtimoiy pedogogika diniy qarashlarning paydo bolishi va rivojlanishi.12 3. Imom Ismoil al-Buxoriy ta’limlarida ijtimoiy-pedagogik qarashlar…..17 4. Imom at-Termiziyning ijtimoiy-pedogogik qarashlari…………………27 XULOSA………………………………………………………………..….....35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………….………37 2
KIRISH Mamlakatimizda qonunlar ustivorligiga amal qilinadigan demokratik jamiyatni barpo etishga kirishilgan bugungi kunda jamiyatimizning barcha a’zolarini, birinchi navbatda o‘sib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy ruxda tarbiyalash g‘oyat dolzarb masalalardan hisoblanadi. Zero, har bir shaxs birinchidan, jamiyatimizning a’zosi sifatida ijtimoiy hayotimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlarning yaratuvchisi, jamiyat sub’ekti bo‘lsa; ikkinchidan esa, u mazkur jarayonning qatnashchisidir. Bu jihatdan olganda inson jamiyatning ob’ektidir. Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-ma’naviy hayotning rivojlanishi murakkab jarayonlardan iborat. Albatta, bunday jarayon kishilarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Bilim saviyasi yetarliy bo‘lgan, e’tiqod - iymoni but bilgan kishilar har qanday murakkabliklar boshqacha qilib aytganda, barcha qiyinchiliklarni bardosh bilan bartaraf etishga harakat qilsa, ba’zilar bunday xolatdan esankirab qoladilar. Natijada ijtimoiy hayotga loqaydlarcha munosabatda bo‘ladi, ba’zi birlar esa hayotning yengil tomonini tanlaydilar. Bunday kishilar o‘zlarining xuzur halovatlarini o‘ylaydilar. Buni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi qiyinchiliklar yoki turli mafkuraviy g‘oyalar oqimi harakatidagi jarayonidan yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari hozirgi vaqtda ijtimoiy hayotimizga, turmush tarzimizga yot bo‘lgan giyoxvandlik, foxishabozlik, qonunbuzarlik, turli aqidaparastlik kabi illatlarning ham suqulib kirib kelishi ayrim kishilar, ayniqsa yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunday ekan, salbiy og‘ishlar girdobiga kirgan shaxslar bilan tarbiyaviy ishlar ko‘lamini kuchaytirish, ta’sir ko’rsatishning darajasini oshirishni taqoza etadi Buning uchun esa keng omma shu jumladan salbiy og‘ishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan shug‘ullanishning faol yo‘l, usul, vositalarini aniqlash, ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning uslubiyotini ishlab chikish zarur. Bunday ma’suliyatli ish esa umumiy pedagogikaning alohida soxasi bo‘lgan «Ijtimoiy pedagogika”ning zimmasidadir. Chunki, tarbiyaviy ish nafakat ta’lim muassasalarida, balki, ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarida amalga oshiriladi. Keyingi yillarda pedagogika yo‘nalilishidagi oliy o‘quv yurtlarining pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida “Ijtimoiy pedagogika” 3
fani o‘qitilib kelinmoqda. Bizningcha, bu fanni barcha oliy o‘quv yurtlarining mavjud ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sababi shundaki, mazkur o‘quv yurtlarini tamomlab tegishli joyga mutaxassis bo‘lib kelganlar o‘z navbatida o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan ob’ektda ijtimoiy pedagoglik vazifasini ham bajaradi. 4
1. SHARQ MUTAFAKKIRLARINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK QARASHLARI Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi uzoq tarixga ega. Uning tarixiy taraqqiyotini bir necha bosqichlarga bo‘lib o‘rganish mumkin. Birinchi bosqich-qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida tan olinishi bilan harakterlanadi. Bu davrda turli tarbiya nazariyalari paydo bo‘lgan. Bundan ko‘rinadiki, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosi mavjud bo‘lgan. Dastlab tarbiya umum faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, keyinchalik esa o‘ziga xos faoliyat turiga aylangan. Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tarbiyachilar paydo bo‘lgan. Vaqt o‘tgani sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko‘ra farqlana borgan, uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarning oilaviy tarbiyasi ham ommalasha boshlagan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarda mehnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bo‘lgan. Mavjud yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-xunarlarga o‘rgatishgan. Bularning hammasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk ko‘rinishlari mavjud bo‘lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi. Agar ibtidoiy davr ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin yaratgan bo‘lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo bo‘lishi, ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Bu xulosani bizgacha yetib kelgan pedagogik g‘oyalarning yozma manbalari tasdiqlaydi. Sharqda ijtimoiy pedogogik g‘oyalar odatda muqaddas kitoblar shaklida butun halq mulkiga aylangan (Xitoyda-Shukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi kitoblari, O‘rta OsiyodaAvesto va boshqa). Faqatgina miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o‘rtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy pedogogik g‘oyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum bo‘la boshlaydi. Shubhasiz, ijtimoiy pedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) faylasuflari katta hissa qo‘shishgan. Xususan, Suqrot (mil. avv. 5