logo

O’zbek adabiy talaffuzi (orfoepik) me’yorlari

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

41.8056640625 KB
Mavzu: O’zbek adabiy talaffuzi (orfoepik) me’yorlari
Reja:
1. Adabiy talaffuz normalari haqida umumiy ma’lumot.
2. Unlilar orfoepiyasi (talaffuzi).
3. Undoshlarning talaffuz me’yorlari haqida.
4. Rus   tilidan   shuningdek   tojik   va   arab   tillaridan   o’zlashtirilgan
so’zlarning talaffuzi.
5. O’zbek tilida turli tovush o’zgarishlari va adabiy talaffuz me’yorlari.
1 Adabiy   talaffuz   qoidalari   to‘plamiga   orfoepiya   deyiladi   (yunoncha
epos   -   nutq).   Tilshunoslikning   adabiy   talaffuz   me'yorlarini   belgilaydigan
bo‘limi ham orfoepiya deb yuritiladi.
Orfoepiya   so’zlarni,   ularning   tarkibidagi   tovushlarni,   shuningdek,
o’zak   va   qo’shimchalardan   iborat   so’z   formalarini   to’g’ri   talaffuz   qilish
me’yorlari   tizimidir.   Tilshunoslikning   bu   tizim   haqidagi   bo’limi   ham
orfoepiya  deyiladi 1
.
Adabiy   nutqning   mavqei   mustahkamlanib,   ish   doirasi   kengayib
bormoqda.   Bu   jarayon   adabiy   nutqning   yozma   va   og‘zaki   ko‘rinishlarida
turlicha sodir bo‘ladi. Adabiy nutqning yozma ko‘rinishida yozish me'yorlari
mumkin   qadar   aniq   qoidalashtirildi,   rasmiy   qaror   bilan   joriy   etildi;   bu
qoidalarga   qat'iy   amal   qilish   lozim.   Adabiy   nutqning   og‘zaki   ko‘rinishida
ahvol   boshqacha:   og‘zaki   nutqni   yozma   nutq   darajasida   tejab-tergab
bo‘lmaydi.   Buning   ustiga   adabiy   talaffuz   qoidalarining   o‘zi   ham   aniq
belgilab   chiqilmagan.   Og‘zaki   nutqqa   xos   hodisalarni   adabiy   yoki   noadabiy
deb baholashda shaxsiy yondashish ham kuchli.
Orfoepiya adabiy  tilning  talaffuzini  o’rganish  yoki  so’zlarda   adabiy til
qoidalariga   muvofiq   talaffuz   qilish   haqidagi   fandir.   Bu   uning   fonetika,
orfografiya va nutq ma daniyati bilan bevosita bog’liqligini ko’rsatadi.
Keyingi   vaqtlarda   fan   va   texnikaning   rivojlanishi,   sa vodxonlik   va
madaniy   saviyaning   oshuvn   natijasida   kishilarda   edabiy   tildan   to’g’ri
foydalanishga   va   nutq   madaniyatini   oshirishga   qiziqish   kuchaymoqda.
Qishilar   chiroyli   gapirishga   va   ifodali   o’qishga   harakat   qilmoqdalar.
She’rxonlik   va   kitob   xonlik   uchrashuvlarida,   konfsrensiyalarda   va   turln
yig’inlar da adabiy tilning normalaridan to’g’ri foydalanib, o’z nutq- larining
ta’sirchanligini oshirishga urinmoqdalar. Bularning’  hammasini orfoepiyani
1
  Жамолхонов Х. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент, 2005, 119 б.
2 to’liq   egallamasdan,   adabiy   til   va   uning   talaffuz   normalarini   to’liq
o’zlashtirmasdan   amalga   oshirish   qiyin.   Demak,   orfoepiya   haqiqatan   ham
nutq madaniyatining muhim qismini tashkil etadi.
Ma’lumki,   nutqning   ikki:   y o z m a   va   o g ’ z a k i   formalari   navjuddir.
Yozma nutqning  qonun-qoidalarini   o r f o g r a f i y a   fani, og’zaki nutqnnng
qonun va qoidalarini esa  o r f o e p i y a   f a n i   o’rganadi.   Demak,   orfoepiya
talaffuz   va   to’g’ri   gapi rish   qoidalarini   o’zida   jamlab,   adabiy   talaffuz
normalari ni belgilaydi.
Ulug’   Oktyabr   sosialistik   revolyusiyasidan   keyin   savodsiz lik   tugatilib,
hayot   va   madaniyatning   hamma   sohalarida   juda   katga   o’zgarishlar   yuz
berdn, yangi intelligensiya yuzaga keldi  va xalq tili asosida yangi adabiy
til   normalari   yaratildi,   bunga   xalq   tili   va   xalq   shevalarining   eng   yaxshi
xususiyatlari   qamrab   olindi.   Shular   bilan   bog’liq   ravishda   maktab,   teatr,
radio,   televideniye   va   boshqa   ommaviy   madaniy   tarbiya   vosita larining
yordamida   nutq   madaniyati   rivojlandi,   o’zbek   tili   leksikasi   yangidan
yaratilgan   so’zlar,   xususan,   rus   tilidan   o’zlashgan   so’z   va   formalar
hisobiga nihoyatda kengayib boyi di.  Shular   asosida  tilimizda     ko’pgina
yangicha     talaffuzlar   yuzaga   keldi,   ba’zilari   esa   iste’moldan   chiqib   ketdi.
Nati jada orfoepiyaning yangicha normalari paydo bo’la boshladi.
Orfoepiyaning   yuzaga   kelishida   ikkita   faktor   muhim   rol   o’ynaydi.
Bulardan biri orfografiya, ikkinchisi xalq og’zaki putqiiing turli ko’rinishlari
va turli xil sheva talaffuzla ridir. Lekin orfoepiyaning shakllanishida odatda
birinchi   faktor   muhimroqdir.   Yangi   o’zbek   orfoepiyasining   shakllana
borishida ulug’ rus tili va u orqali kirgan so’zlar talaffu zining ham o’ziga
xos   o’rnn   va   roli   bor.   Biroq   o’zbek   orfoepnya sini   ilmiy-nazariy   jihatdan
ishlab   chiqish   va   uning   qoidala- rini   yaratish   hanuzgacha   til   hayotida   va
orfoepiyada amalda yuz  bergan o’zgarishlardan orqada qolib kelmoqda.
3 O’zbek   tilshunosligi   Ulug’   Oktyabr   revolyusiyasidan   keyingn   davrda,
xususan, so’nggi yigirma yildan ortiqroq vaqt ichida juda katta taraqqiyot
yo’lini   bosib   o’tdi.   Tilshunoslikdagi   bunday   rivojlanish   orfoepiyaning
ayrim   sohasida   ham   yuz   ber di.   Natijada   orfoepiyaga   oid   ko’pgina
masalalar   ham   yoriti lib,   uning   ayrim   sohalariga   aniqlik   kiritildi.   Biroq
bu   sohada   qo’lga   kiritilgan   muaaffaqiyatlar   hali   ilmiy   jihatdan   yetarli
darajada umumlashtirib berilmagan.
O’zbek xalq shevalarining ko’pchiligi adabiy tilimiz nor malaridan  keskin
farq   qiladi.   Ularning   talaffuzlari   ham   adabiy   talaffuz   normalariga
ko’pincha   mos   kelmaydi.   Lekii   bu   shevalar   yagona   bir   umumxalq
tilining   quyi  formalari   sifatida juda ko’p umumiyliklarga ega bo’lganidek,
o’zbek ti lining   og’zaki   talaffuzida   ham   ko’pgina   umumiyliklar   bor.   Ular
jamlab   tartibga   solinsa,   o’zbek   adabiy   tilining   orfo epiya   normalarini
(asoslarini) belgilovchi qoidalarining  to’plamini yaratish mumkin 2
.
O‘zbek   tilining   ko‘p   dialektli   (shevali)   ekani   yana   qo‘shimcha
qiyinchiliklar   keltirib   chiqaradi.   O‘zbek   tili   dialektlari   (shevalari)   o‘z
tovushlar   tizimi   bilan,   ayniqsa   ovoz   tovushlar   tizimi   bilan   o‘zaro   sezilarli
farq qiladi, shu sababli ayni bir leksemaning talaffuzida turlilik voqe bo‘ladi.
Masalan, ko‘pgina bir bo‘g‘inli leksemalar tarkibidagi ovoz tovush olti ovoz
tovushli   shevada   boshqacha,   to‘qqiz   ovoz   tovushli   shevada   boshqacha
talaffuz   qilinadi.   Birinchi   tur   shevada   to‘r- (poygakning   teskarisi   bo‘lgan
o‘rin)   leksemasi   bilan   to‘r- (baliq,   qush   ovlashda   ishlatiladigan   to‘qima
asbob) leksemasi bir xil talaffuz qilinsa, ikkinchi tur shevada bu leksemalar
tor-   va   tor-   shaklida   farqli   aytiladi.   Adabiy   talaffuzda   shu   shevalardan
biridagi holat asosga olinadi. Hozirgi adabiy o‘zbek tilida   o   va   o   tovushlari
2
  Шоабдураҳманов Ш. ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили, 1-қисм. - Тошкент:  Ўқитувчи, 1980, 51-б.
4 o‘rniga yagona o (o‘) tovushi aytiladi, demak, to‘qqiz ovoz tovushli shevaga
emas, olti ovoz tovushli shevalarga asoslaniladi.
          O‘zbek tili shevalari orasidagi fonetik farqlar juda rang-barang bo‘lib,
bularning   barchasini   sanash   va   adabiy   talaffuz   nuqtayi   nazaridan   baholab
chiqish qiyin. Bu yerda bir necha farqni keltirish bilan kifoyalanish mumkin:
ba'zi   shevalarda   leksema   boshlanishida   y   tovushi   aytilsa,   ba'zi   shevalarda   j
aytiladi:   yur – jur   kabi; leksemalarni shevalar ora quyidagicha farqli talaffuz
qilishlar anchagina:  dala- - tala-, bola- - bala-, mushuk- - mushuv- - mishiq-,
kongil-   -   kangul-   -   kongul-   va   b.   Adabiy   nutqqa   ana   shunday   bir   necha
talaffuz ko‘rinishidan biri tanlanadi.
                        "O‘zbek   tilining   asosiy   imlo   qoidalari"   adabiy   talaffuzni   ham,
so‘zlashuv   nutqi   talaffuzini   ham   hisobga   olib   tuzilgan.   Quyida   adabiy
talaffuz   bo‘yicha   tavsiyalar   imlo   qoidalari   asosida   bayon   qilinadi 3
.   "O‘zbek
tilining asosiy imlo qoidalari"da qamrab olingan hodisalarga suyanib adabiy
talaffuz bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni keltirish mumkin:
1)   ko‘ngil-,   o‘tin-   kabi   birinchi   bo‘g‘inida   u   tovushi   keladigan
leksemalarning keyingi bo‘g‘inida  u  emas,  i  aytiladi;
2)   Leksemaning   oldingi   bo‘g‘inida   o   tovushi   kelsa,   v   tovushi   bilan
boshlanadigan
keyingi   yopiq   bo‘g‘inida   i   emas,   u   talaffuz   qilinadi:   so vun-,   tovush-,
saksovul-  kabi;
3)   Leksemaning   oldingi   bo‘g‘inida   u   tovushi   kelsa,   keyingi   yopiq
bo‘g‘inida  i  emas,  u  talaffuz qilinadi:  yulduz-; yutuq-, turmush-, tugun-  kabi;
4)   duk-duk,   g‘ov-g‘uv   kabi   tasvir   birliklarining   dukur-dukur,   g‘ovurg‘
uvur  shaklida  r  tovushidan oldin  u  aytiladi;
5)   ta'na-,   la'l-,   mu'tabar-,   mo‘jiza-,   e'tiqod-,   me'yor   kabi   arabcha
leksemalarda belgisidan oldingi ovoz tovush cho‘ziq aytiladi;
3
  Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili. –Toshkent: Universitet,  2006, 404-405- betlar.
5 6)   ehtiyot-, ehtimol-, mehmon-, istehkom-   kabi arabcha leksemalarda h
tovushidan oldin i emas, e aytiladi;
7)  poeziya-, teatr-  kabi o‘zlashma leksemalarda ichki bo‘g‘in boshida  e
tovushidan oldin y tovushi qo‘shib aytiladi:  poyema-  kabi;
8) sahro- , baho- , jazo-, mojaro- kabi o‘zlashma leksemalarning oxirgi
ochiq bo‘g‘inida cho‘ziq  o  aytiladi;
9)   savol-,   bahor-,   davo-,   baho-   kabi   keyingi   bo‘g‘inida   o   tovushi
keladigan o‘zlashma leksemalarning oldingi bo‘g‘inida  o  emas,  a  aytiladi;
10)   Rus   tili   orqali   olingan   so‘zlardagi   o   tovushi   uch   xil   talaffuz
qilinadi: a) bir bo‘g‘inli leksemalarda, ko‘p bo‘g‘inli leksemalarning urg‘uli
bo‘g‘inida   o   aytiladi:   gol-,   domna-,   kolba-   kabi   ;   b)   ko‘p   bo‘g‘inli
leksemalarda   urg‘uli   bo‘g‘indan   oldingi   bo‘g‘inda   a   aytiladi:   montaj-   -
mantaj-,   kolorit-   -   kalorit-   kabi;   d)   ko‘p   bo‘g‘inli   leksemalarda   urg‘uli
bo‘g‘indan   keyingi   bo‘g‘inda   i   aytiladi:   rektor-   -   rektir-,   stabilizator-   -
stabilizatir-  kabi ;
11)   O‘zlashma   leksemalarda   yonma-yon   kelgan   ovoz   tovushlar
quyidagicha   talaffuz   qilinadi:   a)   uo   ,   oa   ,   aa   ,   oo   tovushlari   oraga   tovush
qo‘shmay   o‘zicha   aytiladi:   muomala-,   jamoat-,   taom-,   mudofaa-,
koordinatsiya-   kabi;   b)   leksema   boshlanishida   yoki   ichida   ia   ,   io   ,   ea   ,   oi
tovushlari   oralig‘iga   y   tovushi   qo‘shib   aytiladi:   diyagramma-,   idiyoma-,
teyatir-,   qoyida-,   doyim-,   oyid kabi;   d)   leksema   boshlanishida   yonma-yon
kelgan   ae   tovushlaridan   keyingisi   o‘rniga   y   tovushi   aytiladi:   ayradrom-,
ayrastat-  kabi;
12)   - a   ravishdoshi   shaklidagi   mustaqil   fe'l   ol-   yordamchisi   bilan
kelganida   ikki   xil   talaffuz   qilinadi:   a)   ao   tovushlari   saqlab   aytiladi:   ko‘ra
oladi,   yoza   olmaydi   kabi;   b)   ao   tovushlari   bitta   cho‘ziq   o   tovushi   sifatida
talaffuz qilinadi:  ko‘roladi, ko‘rolmaydi  kabi.
6 13) Quyidagi hollarda ovozli tovush o‘rniga shovqin tovush aytiladi: a)
leksema(shakl)   oxirida   b   o‘rniga   p   aytiladi:   minglap;   kelip;   uslup-,
garderop kabi;
Shovqin   tovush   aytish   bunday   leksemaga   qo‘shimcha   qo‘shilganida
ham   saqlanadi:   kitopxon-,   kelipman   kabi;   b)   Leksema   oxirida   d   tovushi
o‘rniga   t   tovushi   aytiladi:   umit-,   vujut-,   uglerot-,   sud-,   sut-   kabi;   Shovqin
tovush   aytish   bunday   leksemaga   qo‘shimcha   qo‘shilganida   ham   saqlanadi:
maqsatsiz,   uglerotli   kabi;   d)   Leksema   oxirida   g   tovushi   o‘rniga   k   tovushi
aytiladi:  bark-, tek-, pedagok-  kabi; Shovqin tovush aytish bunday leksemaga
qo‘shimcha   qo‘shilganida   ham   saqlanadi:   barkka   kabi;   e)   g‘   tovushi   bilan
tugagan  leksemaga   g   tovushi  bilan  boshlanadigan  qo‘shimcha  qo‘shilganida
har ikki tovush   qq   tarzida aytiladi (lekin asliga ko‘ra   g‘g   yoziladi): cho‘g‘-   
ga,     cho‘g‘ga,   cho‘qqa   kabi;   bo‘g‘ga   leksemashakli   shunday   aytiladi   va
yoziladi va b.
Yuqorida   adabiy   talaffuz   bo‘yicha   ayrim   tavsiyalar   bayon   qilindi.
Qoidalashtirish   zarur   hodisalar   nutqda   juda   ko‘p   va   rang-barang.   Bularni
sinchiklab o‘rganish  va mukammal adabiy talaffuz qoidalarini tuzish – nutq
madaniyati sohasidagi muhim vazifalardan biri 4
.
  O rfoepik   me’yorlar   aslida   xalq   jonli   tili   faktlari   asosida   yaratiladi   –
jonli   tildagi   turlicha   talaffuz   ko’rinishlaridan   adabiy   til   an’analariga,
taraqqiyot   tradi-siyalariga   mos   keladiganlari   tanlanadi.   Masalan,   o’zbek
shevalarida   bir   so’z   turlicha   talaffuz   qilinadi:   yo’q-jo’q,   ko’z-go’z,ota-
ata,aka-oka,anor-onar   kabi.   hozirgi   zamon   davom   fe’li   qo’shimchasi
shevalarda   –   yap(ti),   -op(ti),   -utti,   -vot(ti)   shakllarida   qo’llanadi:
boryapti,boropti,   borutti,   borvotti   kabi.   Adabiy   tilda   shulardan   yo’q,   ko’z,
ota, aka, anor boryapti   variantlari adabiy talaffuz me’yori (orfoepik norma)
sifatida saralangan.
4
  Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili. –Toshkent: Universitet,  2006, 40- bet.
7 To’g’ri talaffuz nutq madaniyatining muhim belgilaridan biri sanaladi.
Adabiy   tilda   to’g’ri   yozish   qanchalik   muhim   bo’lsa,   to’g’ri   talaffuz   ham
shunchalik ahamiyatlidir. Shuning uchun ham o’quvchi va talabalarda to’g’ri
talaffuz   ko’nikmalarining   shakllantirilishiga   ta’limning   barcha   bosqichlarida
jiddiy e’tibor beriladi.
Unli tovushlar orfoepiyasi .
I  unlisi : 1) bir bo’g’inli so’zlarda qisqa va ingichka talaffuz qilinadi:  til,
tish,   bil,   sir   kabi;   2)   q,g’,x   undoshlari   bilan   yondosh   qo’llanganda   yo’g’on
(orqa   qator   unli   tarzida)   talaffuz   etiladi:   qish,   g’isht,   xil   kabi;   3)   y,   ng
undoshlaridan oldin ingichka va bir oz cho’ziq talaffuz etiladi:  chiy, kiy, ming
kabi;  4)  h  bilan  yondosh  bo’lganda  ham  bir  oz  cho’ziq  va  ingichka  talaffuz
qilinadi:   hid, hind, his   kabi; 5)ko’p bo’g’inli so’zlarning urg’usiz bo’g’inida
kuchsiz   va   qisqa   ( bilan,   biroq,   sira,   tilak,   gilam,   gilos,   viqor   kabi),   urg’uli
bo’g’inda   esa   kuchliroq   va   cho’ziqroq   ( nozik,   alik,   rostlik   kabi)   talaffuz
etiladi; b) so’z oxiridagi ochiq bo’g’inda bir oz kengayadi («i»dan kengroq,
«e»dan   torroq   unli   tarzda   talaffuz   qilinadi):   tepki,   bordi,   oftobi,   xuddi,   rozi
kabi.
U   unlisi:   1)   bir   bo’g’inli   so’zlarda   va   ko’p   bo’g’inli   so’zlarning
urg’usiz   bo’g’inida   qisqa   ( tush,   tus,   pul,   buloq,   bug’doy   kabi),   urg’uli
bo’g’inida   esa   kuchliroq   va   cho’ziqroq   ( bulut,   yetuk,   popuk   kabi)   talaffuz
etiladi; 2) k,g,y undoshlaridan keyin ingichka (old qator unli tarzida), q, g’, x
undoshlaridan   so’ng   esa   yo’g’on   (orqa   qator   unli   tarzida)   talaffuz   qilinadi.
qiyos qiling:  kul  va  qul ,  atirgul  va  norg’ul ,  yuk(yuk)  va  xulq  kabi; 3)  –uvchi, -
uv   affikslari   tarkibida   cho’ziqroq   aytiladi:   yozuvchi,   o’quvchi,   to’quvchi,
oluv, qo’shuv  kabi.
o’   unlisi:   1)   bir   bo’g’inli   so’zlarda,   shuningdek   ko’p   bo’g’inli
so’zlarning   urg’usiz   bo’g’inida   qisqa   talaffuz   etiladi:   bo’r,   to’r,   ro’mol,
so’roq   kabi;   2)   takroriy   formalarning   birinchi   komponentida   (urg’uli
8 bo’g’inda) cho’ziq  talaffuz  qilinadi:   ko’p-ko’p,  zo’r-zo’r,  mo’l-mo’l   kabi;  3)
sayoz til orqa k,g, til o’rta y va bo’g’iz undoshi (h) dan so’ng yumshoq (old
qator)   unli   tarzida,   chuqur   til   orqa   q,g’,x   undoshlaridan   so’ng   qattiq   va
yo’g’on   (orqa   qator)   unli   tarzda   talaffuz   etiladi.   qiyos   qiling:   ko’l   va   qo’l,
go’r va g’o’r, ho’l va xo’r, yo’l va qo’r  kabi.
E   unlisi :   1)   so’z   va   bo’g’in   boshida   kengroq   ( erkin,   ekin,   eslamoq
kabi),   bo’g’in   ichida   bir   oz   torroq   ( kecha,   beda,   tekin,   sekin   kabi)   talaffuz
qilinadi.
A   unlisi :   1)   sayoz   til   orqa   k,g   undoshlari   bilan   yonma-yon   kelganda
yumshoq   va   ingichka   unli   tarzida   ( kam,   katta,   gap,   gal,   gazlama,   kayfiyat
kabi),   chuqur   til   orqa   q,g’,x   undoshlari   bilan   yondosh   qo’llanganda   esa
yo’g’on   unli   tarzida   ( qalam,   qarg’a,   qasida,   g’am,   g’alvir,   xalq,   xabar,   xat
kabi) talaffuz etiladi.
O   unlisi:   1) quyi keng, kuchsiz lablangan unli tarzida talaffuz qilinadi:
tosh,   bahor,   somon,   shamol   kabi.   Shevalarda   va   jonli   tilda   bu   unlining
urg’usiz bo’g’inda «a»ga yaqin talaffuz qilinish hollari ham uchraydi:  samon,
davon   kabi,  ammo  bu hol  adabiy  talaffuz (orfoepik  me’yor) hisoblanmaydi;
2)   sayoz   til   orqa   k,g   undoshlaridan   so’ng   yumshoq,   chuqur   til   orqa   q,g’,x
undoshlaridan   so’ng   esa   yo’g’on   unli   tarzida   talaffuz   qilinadi.   qiyos   qiling:
kosib   va   qoshiq,   kotib   va   qolip,   komil   va   qobil,   gov   va   g’ov ,   govmish   va
g’ovlamoq   kabi;   3)   urg’uli   bo’g’inda   kuchliroq   va   bir   oz   cho’ziq   talaffuz
etiladi:   bog’bon, obod   so’zlarining birinchi va oxirgi bo’g’inlaridagi o unlisi
talaffuzini qiyoslang; 4) y va h undoshlari bilan yondosh qo’llanganda ham o
unlisi bir oz yumshoq, ingichka unli holida talaffuz etiladi. qiyos qiling:   yor
(yor) va qor, hokim va xolis  kabi.
Og’zaki   nutqda   bir   tovush   bilan   boshqa   bir   tovush   al mashinib
qo’llanilishi   mumkin.   Masalan,   ketdi   so’zini   ketti,   boramiz   so’zini   baramis,
baland   so’zini   balan   kabi.   Bu   qoida   ko’proq   undoshlarga   xos.   Lekin   u
9 ba’zan unlilarga ham joriy   qilinishi mumkin. Masalan,   shu yerda   birikmasi
xalq sheva larining   deyarli   ko’pchilitida   shayerda   deb   talaffuz   qilinadi   va
bu   hol   adabiy   orfoepiya   normasidan   chekinish  bo’lmaydi.   Biroq unlilarni
almashtirib talaffuz qilish undoshlarni  almashtirib talaffuz qilishga nisbatan
amalda kam uchraydi.  Chunki unlilarni almashtirib talaffuz qilish ko’pincha
so’z  ma’nosining buzilishiga olib keladi. Masalan:  kir  —  ker~  kar  —  kor —
ko’r; sil  —  sel  —  sal  —-  sol  —  so’l.
Undosh tovushlar orfoepiyasi.
Undosh  tovushlar  orfoepiyasi  ko’proq kombinator va pozision  omillar
ta’sirida   yuz   beradigan   fonetik   hodisalarga   bog’liq   bo’ladi.   Xususan:   1)   b,d
jarangli   undoshlari   so’z   oxirida   jarangsiz   p,t   tarzida   talaffuz   etiladi,   bu   hol
o’zbek adabiy talaffuzi uchun me’yor hisoblanadi:  kitob>kitop, borib>borip,
yozib>yozip,   savod>savot,   obod>obot   kabi;   2)b,d   undoshlari   jarangsiz
undoshlar   bilan   yonma-yon   qo’llanganda   assimilyasiyaga   uchrab,   p,t   holida
talaffuz   etiladi,   bu   hol   ham   adabiy   talaffuz   me’yori
hisoblanadi: ibtidoiy>iptidoiy,ketdi>ketti ;   3)   j,z   undoshlarining   jarangsiz
undoshlar ta’sirida sh,s deb talaffuz etilishi ham adabiy til uchun me’yordir:
ijtimoiy>   ishtimoiy,   mazkur>maskur   kabi;   4)   b,q   undoshlarining   intervokal
holatda (ikki unli orasida) sirg’aluvchi v,g’ undoshlariga o’tishi ham adabiy
talaffuz me’yoriga xilof emas:  bora ber>boraver, keta ber>ketaver  kabi.
Updoshlarning   talaffuzi   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etadi   va   ularni
noto’g’ri talaffuz hilish qo’pol xatoliklarga  olib kelishi mumkin. Masalan,
so’nggi   vaqtlarda   ba’zan,   ng   tovushi   yozilishiga   qarab   n   +   g   tarzida
(borin-giz,   kelin-giz,   o’zin-giz   kabi)   talaffuz   qilinmoqda.   Holbuki   ng
tovushi   as lida   n   tovushiga   o’xshash   sodda   bir   tovushdan   (q)   iborat
bo’ lib, burun rezonansi kuchliroqdir. Alfavitda bu tovush o’zi- ning alohida
grafik   belgisiga   ega   bo’lmay,   qo’shimcha   g   tovushi   yordamida   ikki   harfiy
belgi   bilan   ifodalanganligi   tufayli   alfavitdagi   bu   kamchilik   orfografiya
10 orqali orfoepiyaga sal biy ta’sir etib, ba’zi so’zlarni buzib talaffuz qilishga
sa babchi   bo’lmoqda.   Demak,   unli   va   undosh   tovushlarni   to’g’ri   ta laffuz
etmaslik jiddiy chalkashlik va nuqsonlar  to’g’dirishi   mumknn.
1. q,k bilan tugagan otlarning egalik affikslari bilan turlangan shakllari
quyidagicha   talaffuz   etiladi:   a)   ko’p   bo’g’inli   so’zlarda   qishloq>
qishlog’imiz,   qishlog’ingiz,   qishlog’i;   telpak>   telpagim,   telpaging,   telpagi
kabi. Bir bo’g’inli so’zlarda bunday o’zgarish bo’lmaydi:   o’q>o’qi, tok>toki
kabi ( yoq, yo’q  so’zlari bundan mustasno).
2.q,k,g,g’   bilan   tugagan   otlarning   jo’nalish   kelishigidagi   shakllari
quyidagicha   talaffuz   qilinadi:   qishloq+ga>qishloqqa,   chelak+ga>chelakka,
tog’+ga>toqqa, pedagog+ga>pedagokka   kabi. Boshqa barcha holatlarda: a)
jarangsiz undoshlardan so’ng   –ka, jarangli undoshdan va unlidan so’ng –ga
talaffuz etiladi:   otka, oshka, qopka,  ammo   uyga, ovga, tolga, tomga, bolaga,
akaga  kabi.
3.   Fe’llarda: a) ong+la>angla, son+a>sana, yosh+a>yasha  kabi; 
b) ek+gan > ekkan,   ket+gan > ketkan,    oq+gan > oqqan, 
tush+gan>tushkan  kabi.
4. Olmoshlarda:   u+n+da>unda, bu+n+da>bunda, shu+n+da>shunda
(bir   «n»   orttiriladi),   men+ning>mening,   sen+ning>sening   (bir   «n»   tushirib
qoldiriladi).
5. Bir   so’zidan   dona   son   yasalganda,   o’zakdagi   «r»   undoshi         «t»ga
o’tadi:  bir+ta>bitta  kabi.
Boshqa tillardan o’zlashtirilgan ayrim so’zlar orfoepiyasi.
1.Turkiy tillarda, ma’lumki, f undoshi bo’lmagan, shuning uchun jonli
so’zlashuvda arab, fors va rus tillaridan o’zlashgan so’zlardagi «f»ni «p» deb
talaffuz qilish hollari uchraydi:  ulfat>ulpat, faner>paner, ferma>perma  kabi.
11 hozirgi   o’zbek   adabiy   tilida   ularni   «f»   bilan   talaffuz   qilish   me’yor   holiga
kelgan. 
2.So’z   yoki   bo’g’in   boshida   undosh   tovushlarning   qatorlashib   kelishi
turkiy   tillarga   xos   bo’lmagan.   Bu   hodisa   keyinchalik   boshqa   tillardan
o’zlashtirilgan so’zlar talaffuziga ham ta’sir qilgan – jonli so’zlashuvda so’z
yoki   bo’g’in   boshida   yoxud   bo’g’indagi   ikki   undosh   orasida   bir   unlining
orttirilishiga   olib   kelgan:   shkaf>ishkop,   stakan>istakon,   plan>pilon,
traktor>tiraktir   kabi.   Bunday   holat   so’z   oxirida   ham   uchraydi:   aql>aqil,
fikr>fikir, ilm>ilim, hukm>hukum   kabi. hozirgi o’zbek adabiy tilida bunday
so’zlarni asl holicha (unli orttirmay) talaffuz qilish orfoepik me’yor sanaladi.
Bunday me’yor shu tipdagi so’zlarning yozuvdagi shaklini (imlosini) to’g’ri
belgilashga ham yordam beradi.
3.Umumturkiy   so’zlarda   ikki   unli   yonma-yon   qo’llanmaydi,   bu   hol
arab tilidan o’zlashgan   oila, doir, rais, maorif, saodat, mutolaa   kabi so’zlar
talaffuziga ta’sir qilgan:  oila, doir, rais  so’zlarida bitta «y» orttirilgan ( oyila,
doyir,rayis   kabi ),   maorif,   saodat,   mutolaa   so’zlari   esa   unlilarning
diftonglashuviga   –   mo:rip,   so:dat,   mutola:   kabi   talaffuz   qilinishiga   olib
kelgan.   Keyingi   bir   asr   ichida   rus   tilidan   so’z   o’zlashtirishning
faollashganligi,   ruscha   o’zlashmalarning   rus   tilidagi   talaffuz   va   imlo
me’yorlarini o’zbek tiliga aynan singdirish tendensiyasining ustun bo’lganligi
o’zbek   tilida   ikki   unlining   so’z   tarkibida   yonma-yon   kelishini   orfoepik   va
orfografik  me’yorga  aylantirdi:   biologiya,  geometriya,  geologiya,  geodeziya
va boshqalar. Bu hol arabcha o’zlashmalarda ( oila, doir, rais, maorif, saodat,
matbaa,   mutolaa   kabilarda)   ham   ikki   unlining   yonma-yon   talaffuz   qilinishi
va yozilishini me’yor darajasiga ko’tardi.
4.Arab   tilidan   o’zlashtirilgan   ta’na,   da’vo,   ma’no,   e’lon,   me’mor,
mo’tabar  kabi so’zlarning birinchi bo’g’inidagi unlilar bo’g’iz artikulyasiyasi
bilan cho’ziqroq talaffuz etiladi.
12 5.Rus   tilidan   o’zlashgan   so’zlarda   «i»   unlisi   o’zbek   tilining   «i»
unlisidan   torroq   va   cho’ziqroq   talaffuz   etiladi.   qiyos   qiling:   tish   (o’zb.)   –
tip>ti:p  (rus.),  til  (o’zb.) –  tir>ti:r  (rus.) kabi.
6.Rus   tilidan   o’zlashtirilgan   ko’p   bo’g’inli   so’zlarning   urg’usiz   ochiq
bo’g’indagi «i» o’zbekcha «i»dan torroq va cho’ziqroq talaffuz etiladi. qiyos
qiling:  bilan  (o’zb.) –  bilet  (rus.),  kinoya  (o’zb.) –  kino  (rus.) kabi.
7.Rus   tili   orqali   o’zlashtirilgan   so’zlarning   so’nggi   ochiq,   urg’uli
bo’g’inida   «i»   unlisi   o’zbekcha   «i»dan   tor   va   cho’ziq   talaffuz   etiladi.   qiyos
qiling:   maxsi (o’zb.)   –   taksi (rus.),   tepki (o’zb.)-   konki (rus.)   kabi.   Urg’uli
bo’g’inning boshqa tiplarida (yopiq, to’la yopiq bo’g’inlarda) ham ruscha «i»
o’zbekcha  «i»dan  cho’ziqroq  va  torroq  talaffuz  qilinadi.  qiyos  qiling:   metin
(o’zb.) - nikotin>nikoti:n  (rus.),  ovsin  (o’zb.) - apelsin>apelsi:n  (rus) kabi.
8.Rus   tilidan   o’zlashtirilgan   bir   bo’g’inli   so’zlarda   «u»   unlisi   o’zbek
tilidagi   «u»dan   cho’ziqroq   va   kuchliroq   talaffuz   etiladi.   qiyos   qiling:
dud (o’zb.)   –   dub>du:b (rus),   pul (o’zb.)   –   puls>pu:ls (rus.),   tush (o’zb.)   –
tush>tu:sh (rus.) kabi.
9.Rus   tilidan   o’zlashtirilgan   ko’p   bo’g’inli   so’zlarning   urg’uli
bo’g’inida   «u»   unlisi   o’zbek   tilidagi   «u»dan   ancha   cho’ziq   va   bir   oz
yo’g’onroq talaffuz etiladi. qiyos qiling:   bu-da (o’zb.) –   budka   (rus.),   mangu
(o’zb.) -  mangusta  (rus.),  mavzu  (o’zb<arab.)-me duza  (rus.)  kabi.
10.   Rus   tilidan   o’zlashtirilgan   ko’p   bo’g’inli   so’zlarning   urg’usiz
bo’g’inidagi   «u»   qisqa   talaffuz   qilinadi,   ammo   o’zbek   tilidagi   «u»   ayni   shu
fonetik   pozisiyada   ruscha   «u»dan   ham   qisqaroq   bo’ladi.   qiyos   qiling:
dushman>d’shmen (o’zb.)-   turbina (rus.),   muzday>m’zdey (o’zb.)- muzey (rus)
kabi.
11.So’z   boshidagi  berkitilmagan,  urg’usiz  bo’g’inda   «u»  unlisi  ruscha
so’zlarda yo’g’onroq, o’zbekcha so’zlarda ingichkaroq (yumshoqroq) talaffuz
13 etiladi. qiyos qiling:   uklad (rus.) –   uxlamoq   (o’zb.),   uzual   (rus.)- uzum   (o’zb.)
kabi.
12.Ruscha leksik o’zlashmalarda «u» unlisi yumshoq undoshdan so’ng
o’ta   ingichka   (old   qator   unli   tarzida),   qattiq   undoshdan   so’ng   esa   yo’g’on
(orqa qator unli tarzida) talaffuz qilinadi. Imloda ingichka   «u» tovushi «yu»
harfi   bilan   ifodalanadi.   qiyos   qiling:   abajur   va   manikyur   (manik yu r),
ultimatum   va   kostyum   (kast yu m),   plug   va   salyut(sal yu t)   kabi.   Rus   tilidan
o’zlashtirilgan   so’zlarda   yumshoq   undoshdan   keyin   kelgan   «u»   o’zbekcha
«u»dan   ham   ingichkaroq   va   yumshoqroq   talaffuz   etiladi.   qiyos   qiling:   gul
(o’zb.)- tyul>t’ÿl  (rus.) kabi.
13.Ruscha   leksik   o’zlashmalarning   urg’usiz   bo’g’inidagi   «e»   unlisi
o’zbekcha   «e»dan   ancha   tor   («i»ga   yaqin)   talaffuz   etiladi:   telefon>tilifon.,
televizor>tiliviz’r, adres>adris  kabi.
14.Rus   tili   orqali   o’zlashgan   so’zlarda   «a»   unlisi   o’zbekcha   «a»dan
yo’g’onroq talaffuz etiladi. qiyos qiling:  kana (o’zb.)- kanal  (rus.) kabi. 
15.Rus   tilidan   o’zlashtirilgan   so’zlardagi   o’rta   keng,   lablangan   «o»
unlisi urg’uli bo’g’inda o’zbek tilidagi o’rta keng, lablangan «o’»dan kengroq
talaffuz   etiladi.   qiyos   qiling:   ton   (rus.)   - to’n   (o’zb.),   tok   (rus.)   - to’q   (o’zb.),
tort   (rus.)- to’rt   (o’zb.)  kabi.  Urg’usiz   bo’g’inda  esa  ruscha  «o»   reduksiyaga
uchrab,   o’ta   kuchsizlanadi   va   «qisqa   «i»   yoki   «a»   tarzida   talaffuz   qilinadi:
traktor>t’rakt’r , samolyot>samal’öt kabi.
16.Jonli   tilda   «r»   bilan   boshlangan   arabcha,   forscha   va   ruscha
so’zlarning   boshida   bir   «o’»   tovushining   orttirilishi   ancha   keng   tarqalgan:
ro’za>o’raza,   rus>o’ris,   ro’mol>o’ramol   kabi.   Adabiy   talaffuz   me’yori
sifatida  ro’za, rus, ro’mol  shakllari saralangan.
17.Rus   tilidan   o’zlashtirilgan   so’zlarning   oxirida   lab-tish   «v»   undoshi
jarangsiz   «f»   tarzida   talaffuz   qilinadi:   aktiv>aktif,   passiv>passif,
ustav>ustaf,   kursiv>kursif   kabi;   «v»ning   jarangsizlanishi   so’z   ichidagi
14 assimilyativ   holatda   ham   yuz   beradi:   avtomat>aftomat,   stavka>stafka   kabi.
Bunday talaffuz adabiy til uchun me’yor sanaladi, ammo o’zbek tilining o’z
so’zlarida   qo’llanadigan   lab-lab   «v»   undoshi   so’z   oxirida   ham,   jarangsiz
undosh   ta’sirida   ham   «f»   ga   o’tmaydi:   ov,   birov,   ovqat,   shavkat   kabi.   (Bu
holat ham orfoepik me’yor sanaladi).
18.Rus   tilidan   o’zlashtirilgan   so’zlarning   ko’pchiligida   urg’u   erkin
bo’ladi, bu hol o’zbek adabiy tili va talaffuziga ham singib bormoqda:  atlás,
trolléybus, tramváy  kabi.
19.   O’zbek   tilidagi   urg’u   asosan   so’zning   oxirgi   bo’g’iniga   tushadi,
ammo   ayrim   o’zlashgan   so’zlarda   urg’u   so’zning   oldingi   bo’g’inlarida
bo’lishi   ham   mumkin:   hámma,   jámi,   hamúsha,   afsýski   kabi.   Bunday
holatlardan   xabardor   bo’lish   adabiy   talaffuz   me’yorlariga   amal   qilish
imkonini beradi.
O’zbek  orfoepiyasining   normalari
  Orfoepiyada   og’zaki   nutq   talaffuzi   asosiy   rol   o’y naydi.   Talaffuzni
belgilashda   esa,   tovushlarning   to’g’ri   ay tilishi   ahamiyatlidir.   O’zbek   tili
orfoepiyasining   norma larini   belgilashda   fonetikaning,   ayrim   tovushlar
talaffuzi   qonuniyatlarining   roli   kattadir.   Ana   shunday   qoidaga   kirib   qolgan
xususiyatlar   asosan   quyidagilardan   iboratdir.
1.   b   undoshi   bilan   tugaydigan   oftob,   kitob,   adab,   maktab,   Tolib,   hisob
kabi so’zlarning oxiri o’zbek tilining deyarli   hamma shevalarida p tarzda
talaffuz   qilinadi   va   bu   hol   or foepiya   uchun   normal   hodisa   hisoblanadi.
Lekin bu so’zlarning  
oxiriga egalik affiksi yoki bir unli tovush  qo’shilishi
bilan   p   tovushi   yana   b   tarzida   talaffuz   qilinadi:   kitobi,   maktabi.   Xuddn
shunga o’xshash b tovushining so’z oxirida p tarzda ta laffuz etilishi  borib,
kelib, aytib  singari ravishdoshlarda  ham uchraydi.
15 2.  Og’zaki    nutqda     va  deyarli  barcha  o’zbek  shevalarida  uchta  so’zi
ushta,   uch   so’m   so’zi   —   usso’m,   besh   so’m   so’zi   —   besso’m,     quchdi
so’zi —  qushdi, yechdi  so’zi —  yeshdi, izsiz  so’zi —  issaz, yuzsiz  so’zi —
yussiz   tarzda   talaffuz     qilinadi     va     bunday   talaffuz   qilish   adabiy
orfoepiyaning   umumiy   normasidan   chekinish   bo’l maydi.     Lekin,   oshni
o’rnida   oshshi,   ishni   o’rnida     ishash,     yuzni   o’rnida   yuzzi,   qorni   o’rnida
qorri   quyidagi     ayrim   talaffuz lar   va   o’rda,   sho’rdi,   o’tta,     sho’tti,   aqqa,
baqqa   kabi   formalar orfoepiyasining umumiy normasiga kirmaydi. Chunki
bunday   qo’l lash   ko’pchilik   shevalarga   emas,   balki   bir   yoki   bir   tilli
she valarga   xos   bo’lganligi   uchun   umumxalq   tilining   talaffuzini   aks
ettirmaydi.  Ikkinchidan,   ular og’zaki  nutqda   har xillik ni ko’paytiradi.
3. Samarqand,   xursand,   dard,   baland,   band,   go’sht,   past   singari
so’zlarning   oxiridagi   d   tovushnnnng   nutqimizda   jarang sizlashib,   t   tarzda
talaffuz   qilinishini yoki   shu   tipdagi  so’zlarning ba’zilarida so’z oxiridagi
d   yoki   t   undoshining   og’ zaki   nutqda   tamoman   tushib   qolishini   (xursan,
Samarqan, go’sh,  pas  singari) ixchamdikka intilish nuqtai nazaridan, tilimiz
tabiatini hisobga olgan holda va tradisipga  aylanib   qolgan ligini nazarda tutib,
orfoepiya normasiga mos keladi, deyish  mumkin.
4. Og’zaki   nutqda   bo’lsa,   kelsa,   bo’lgan,   kelgan   singari   so’z lar
talaffuzida  l  tovushini ko’pincha tushirib qoldirish ham  adabiy   orfoepiya
normasiga         aylanib         qolgan.         Opti,         bo’p ti,         qopdi,         borarkan,
kelarkan,         ovor,       qo’yvor         kabi         so’zlarnipg         og’zaki           nutqdagi
talaffuzi     ham     shu    hodisaga  kiradi.
5.   Buncha   —   muncha,       bundan   —   mundan       tipidagi       so’zlarning
adabiy   nutqimizda   parallel   ishlatilishi   ham     adabiy   orfo epiyaniig
normasiga   zid   emas.   Tanbur   so’ziniig   tambur   tarzida,   Sunbula     so’ziniig
sumbula     tarzida     talaffuz     qilinishi   ham   orfoeshtya normasidagi chekinish
16 bo’lmaydi.
6. Chiroq,   oyoq,   yonoq,   yaproq   tipidagi   so’zlarning   oxiridagi   q
tovushini   g’   tarzda   talaffo’z   qilish   tilimizdagi   shu   so’zlarning
asli   holiga   to’g’ri         kelmaganidek,   o’zbek   tilining   tabiatiga   ham   to’g’ri
kelmaydi.   Shuning   uchun   ham   yuqoridagi   so’zlar   oxi ridagi   q   tovushini
o’zining  orfografik  holatini  saqlagan  hol da   og’zaki   nutqda   ham   q   tarzida
talaffuz   qilish   maqsadga   mu vofiqdir.   Ayni   vaqtda   bu   hol   orfozpiya   bilan
orfografiyaning  birligini saqlash uchun xizmat qiladi.
7.   Hozirgi   yozuvimizda   bir   xil   yoziluvchi   ayrim   so’zlar   ham
borki,   ularning   og’zaki   talaffuzi   farq   qiladi   va   bu   farqni
nutqda   aralashtirish yaramaydi. Masalan,  Ravshan  va  tavsiya  s o’zlaridagi
v   tovushi   og’zaki   nutqda   u   ga   yaqin   qilib   lab-lab   v   tarzda   talaffuz
etilmog’i   lozim.   Bu   so’zlardagi   v   va   f   ga   aylantirib   talaffuz     qilish
hozirgi  orfoepiyaning normasi dan cheknnishga  olib   keladi.
8.   O’zbek   tiliga   rus   tili   orqadi   kirgan   sovet-ikterna sional   so’zlarning
deyarli   hammasi aslida qanday qo’llangan   bo’lsa,   adabiy   tilda   ham   xuddi
shunday   qo’llanadi.   Shunga   ko’ra   ular   og’zaki   adabiy   nutqda   ham
asosan   asliga   mos   ra vishda   talaffuz   qilinadi.   Bunga   fabrika   so’zinipg
pabrika   emas,   asl   holicha   fabrika   tarzida   talaffuz   egilishi   misol   bo’la
oladi.
9.   Ayrim   so’zlarni   talaffuz   etishda   ba’zi   istisnolarga   yo’l   qo’yiladi.
Masalan,   o’zbek   tilida   so’z   oxirida   sk   tipidagi   ikki   undoshning   qator
kelmasligi   nazarda   tutilib,   rus   tilidan   kirgan   otpusk,   kiosk,   propusk   kabi
so’zlarni   oxiriga   bitta   a   qo’shib,   otpuska,   kioska,   propuska   tarzida   talaffuz
qilish or foepik qoida tusiga kirib qolgan 5
.
5
  Жамалхонов Х. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 2005, 120-б.
17 18 Xulosa
Xulosa   qilib   shuni   aytish   kerakki,   Orfoepiya   so’zlarni,   ularning
tarkibidagi   tovushlarni,   shuningdek,   o’zak   va   qo’shimchalardan   iborat   so’z
formalarini   to’g’ri   talaffuz   qilish   me’yorlari   tizimiuchun   hizmat   qiladi.
Tilshunoslikning bu tizim haqidagi bo’limi ham  orfoepiya  deyiladi.
Adabiy   nutqning   mavqei   mustahkamlanib,   ish   doirasi   kengayib
bormoqda.   Bu   jarayon   adabiy   nutqning   yozma   va   og‘zaki   ko‘rinishlarida
turlicha sodir bo‘ladi. Adabiy nutqning yozma ko‘rinishida yozish me'yorlari
mumkin   qadar   aniq   qoidalashtirildi,   rasmiy   qaror   bilan   joriy   etildi;   bu
qoidalarga   qat'iy   amal   qilish   lozim.   Adabiy   nutqning   og‘zaki   ko‘rinishida
ahvol   boshqacha:   og‘zaki   nutqni   yozma   nutq   darajasida   tejab-tergab
bo‘lmaydi.   Buning   ustiga   adabiy   talaffuz   qoidalarining   o‘zi   ham   aniq
belgilab   chiqilmagan.   Og‘zaki   nutqqa   xos   hodisalarni   adabiy   yoki   noadabiy
deb baholashda shaxsiy yondashish ham kuchli.
Orfoepiya adabiy   tilning   talaffuzini   o’rganish   yoki   so’zlarda   adabiy til
qoidalariga   muvofiq   talaffuz   qilish   haqidagi   fandir.   Bu   uning   fonetika,
orfografiya va nutq ma daniyati bilan bevosita bog’liqligini ko’rsatadi.
19 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Шоабдурахмонов   Ш .,   Ас қарова   М. ,   Хожиев   А. ,   Расулов   И. ,   Дониёров
Х. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –Т. : 1890 .
2. Турсунов   У. ,   Мухторов   Ж. ,   Ра ҳ матуллаев   Ш.   Ҳозирги   ўзбек   адабий
тили.    T .: 1992.
3. Жамолхонов Х.   Ҳозирги ўзбек адабий тили 1-қисм.  – Т .: 2005.
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili. –Toshkent: Universitet,
2006.
20

Mavzu: O’zbek adabiy talaffuzi (orfoepik) me’yorlari Reja: 1. Adabiy talaffuz normalari haqida umumiy ma’lumot. 2. Unlilar orfoepiyasi (talaffuzi). 3. Undoshlarning talaffuz me’yorlari haqida. 4. Rus tilidan shuningdek tojik va arab tillaridan o’zlashtirilgan so’zlarning talaffuzi. 5. O’zbek tilida turli tovush o’zgarishlari va adabiy talaffuz me’yorlari. 1

Adabiy talaffuz qoidalari to‘plamiga orfoepiya deyiladi (yunoncha epos - nutq). Tilshunoslikning adabiy talaffuz me'yorlarini belgilaydigan bo‘limi ham orfoepiya deb yuritiladi. Orfoepiya so’zlarni, ularning tarkibidagi tovushlarni, shuningdek, o’zak va qo’shimchalardan iborat so’z formalarini to’g’ri talaffuz qilish me’yorlari tizimidir. Tilshunoslikning bu tizim haqidagi bo’limi ham orfoepiya deyiladi 1 . Adabiy nutqning mavqei mustahkamlanib, ish doirasi kengayib bormoqda. Bu jarayon adabiy nutqning yozma va og‘zaki ko‘rinishlarida turlicha sodir bo‘ladi. Adabiy nutqning yozma ko‘rinishida yozish me'yorlari mumkin qadar aniq qoidalashtirildi, rasmiy qaror bilan joriy etildi; bu qoidalarga qat'iy amal qilish lozim. Adabiy nutqning og‘zaki ko‘rinishida ahvol boshqacha: og‘zaki nutqni yozma nutq darajasida tejab-tergab bo‘lmaydi. Buning ustiga adabiy talaffuz qoidalarining o‘zi ham aniq belgilab chiqilmagan. Og‘zaki nutqqa xos hodisalarni adabiy yoki noadabiy deb baholashda shaxsiy yondashish ham kuchli. Orfoepiya adabiy tilning talaffuzini o’rganish yoki so’zlarda adabiy til qoidalariga muvofiq talaffuz qilish haqidagi fandir. Bu uning fonetika, orfografiya va nutq ma daniyati bilan bevosita bog’liqligini ko’rsatadi. Keyingi vaqtlarda fan va texnikaning rivojlanishi, sa vodxonlik va madaniy saviyaning oshuvn natijasida kishilarda edabiy tildan to’g’ri foydalanishga va nutq madaniyatini oshirishga qiziqish kuchaymoqda. Qishilar chiroyli gapirishga va ifodali o’qishga harakat qilmoqdalar. She’rxonlik va kitob xonlik uchrashuvlarida, konfsrensiyalarda va turln yig’inlar da adabiy tilning normalaridan to’g’ri foydalanib, o’z nutq- larining ta’sirchanligini oshirishga urinmoqdalar. Bularning’ hammasini orfoepiyani 1 Жамолхонов Х. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент, 2005, 119 б. 2

to’liq egallamasdan, adabiy til va uning talaffuz normalarini to’liq o’zlashtirmasdan amalga oshirish qiyin. Demak, orfoepiya haqiqatan ham nutq madaniyatining muhim qismini tashkil etadi. Ma’lumki, nutqning ikki: y o z m a va o g ’ z a k i formalari navjuddir. Yozma nutqning qonun-qoidalarini o r f o g r a f i y a fani, og’zaki nutqnnng qonun va qoidalarini esa o r f o e p i y a f a n i o’rganadi. Demak, orfoepiya talaffuz va to’g’ri gapi rish qoidalarini o’zida jamlab, adabiy talaffuz normalari ni belgilaydi. Ulug’ Oktyabr sosialistik revolyusiyasidan keyin savodsiz lik tugatilib, hayot va madaniyatning hamma sohalarida juda katga o’zgarishlar yuz berdn, yangi intelligensiya yuzaga keldi va xalq tili asosida yangi adabiy til normalari yaratildi, bunga xalq tili va xalq shevalarining eng yaxshi xususiyatlari qamrab olindi. Shular bilan bog’liq ravishda maktab, teatr, radio, televideniye va boshqa ommaviy madaniy tarbiya vosita larining yordamida nutq madaniyati rivojlandi, o’zbek tili leksikasi yangidan yaratilgan so’zlar, xususan, rus tilidan o’zlashgan so’z va formalar hisobiga nihoyatda kengayib boyi di. Shular asosida tilimizda ko’pgina yangicha talaffuzlar yuzaga keldi, ba’zilari esa iste’moldan chiqib ketdi. Nati jada orfoepiyaning yangicha normalari paydo bo’la boshladi. Orfoepiyaning yuzaga kelishida ikkita faktor muhim rol o’ynaydi. Bulardan biri orfografiya, ikkinchisi xalq og’zaki putqiiing turli ko’rinishlari va turli xil sheva talaffuzla ridir. Lekin orfoepiyaning shakllanishida odatda birinchi faktor muhimroqdir. Yangi o’zbek orfoepiyasining shakllana borishida ulug’ rus tili va u orqali kirgan so’zlar talaffu zining ham o’ziga xos o’rnn va roli bor. Biroq o’zbek orfoepnya sini ilmiy-nazariy jihatdan ishlab chiqish va uning qoidala- rini yaratish hanuzgacha til hayotida va orfoepiyada amalda yuz bergan o’zgarishlardan orqada qolib kelmoqda. 3

O’zbek tilshunosligi Ulug’ Oktyabr revolyusiyasidan keyingn davrda, xususan, so’nggi yigirma yildan ortiqroq vaqt ichida juda katta taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. Tilshunoslikdagi bunday rivojlanish orfoepiyaning ayrim sohasida ham yuz ber di. Natijada orfoepiyaga oid ko’pgina masalalar ham yoriti lib, uning ayrim sohalariga aniqlik kiritildi. Biroq bu sohada qo’lga kiritilgan muaaffaqiyatlar hali ilmiy jihatdan yetarli darajada umumlashtirib berilmagan. O’zbek xalq shevalarining ko’pchiligi adabiy tilimiz nor malaridan keskin farq qiladi. Ularning talaffuzlari ham adabiy talaffuz normalariga ko’pincha mos kelmaydi. Lekii bu shevalar yagona bir umumxalq tilining quyi formalari sifatida juda ko’p umumiyliklarga ega bo’lganidek, o’zbek ti lining og’zaki talaffuzida ham ko’pgina umumiyliklar bor. Ular jamlab tartibga solinsa, o’zbek adabiy tilining orfo epiya normalarini (asoslarini) belgilovchi qoidalarining to’plamini yaratish mumkin 2 . O‘zbek tilining ko‘p dialektli (shevali) ekani yana qo‘shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. O‘zbek tili dialektlari (shevalari) o‘z tovushlar tizimi bilan, ayniqsa ovoz tovushlar tizimi bilan o‘zaro sezilarli farq qiladi, shu sababli ayni bir leksemaning talaffuzida turlilik voqe bo‘ladi. Masalan, ko‘pgina bir bo‘g‘inli leksemalar tarkibidagi ovoz tovush olti ovoz tovushli shevada boshqacha, to‘qqiz ovoz tovushli shevada boshqacha talaffuz qilinadi. Birinchi tur shevada to‘r- (poygakning teskarisi bo‘lgan o‘rin) leksemasi bilan to‘r- (baliq, qush ovlashda ishlatiladigan to‘qima asbob) leksemasi bir xil talaffuz qilinsa, ikkinchi tur shevada bu leksemalar tor- va tor- shaklida farqli aytiladi. Adabiy talaffuzda shu shevalardan biridagi holat asosga olinadi. Hozirgi adabiy o‘zbek tilida o va o tovushlari 2 Шоабдураҳманов Ш. ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили, 1-қисм. - Тошкент: Ўқитувчи, 1980, 51-б. 4

o‘rniga yagona o (o‘) tovushi aytiladi, demak, to‘qqiz ovoz tovushli shevaga emas, olti ovoz tovushli shevalarga asoslaniladi. O‘zbek tili shevalari orasidagi fonetik farqlar juda rang-barang bo‘lib, bularning barchasini sanash va adabiy talaffuz nuqtayi nazaridan baholab chiqish qiyin. Bu yerda bir necha farqni keltirish bilan kifoyalanish mumkin: ba'zi shevalarda leksema boshlanishida y tovushi aytilsa, ba'zi shevalarda j aytiladi: yur – jur kabi; leksemalarni shevalar ora quyidagicha farqli talaffuz qilishlar anchagina: dala- - tala-, bola- - bala-, mushuk- - mushuv- - mishiq-, kongil- - kangul- - kongul- va b. Adabiy nutqqa ana shunday bir necha talaffuz ko‘rinishidan biri tanlanadi. "O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari" adabiy talaffuzni ham, so‘zlashuv nutqi talaffuzini ham hisobga olib tuzilgan. Quyida adabiy talaffuz bo‘yicha tavsiyalar imlo qoidalari asosida bayon qilinadi 3 . "O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari"da qamrab olingan hodisalarga suyanib adabiy talaffuz bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni keltirish mumkin: 1) ko‘ngil-, o‘tin- kabi birinchi bo‘g‘inida u tovushi keladigan leksemalarning keyingi bo‘g‘inida u emas, i aytiladi; 2) Leksemaning oldingi bo‘g‘inida o tovushi kelsa, v tovushi bilan boshlanadigan keyingi yopiq bo‘g‘inida i emas, u talaffuz qilinadi: so vun-, tovush-, saksovul- kabi; 3) Leksemaning oldingi bo‘g‘inida u tovushi kelsa, keyingi yopiq bo‘g‘inida i emas, u talaffuz qilinadi: yulduz-; yutuq-, turmush-, tugun- kabi; 4) duk-duk, g‘ov-g‘uv kabi tasvir birliklarining dukur-dukur, g‘ovurg‘ uvur shaklida r tovushidan oldin u aytiladi; 5) ta'na-, la'l-, mu'tabar-, mo‘jiza-, e'tiqod-, me'yor kabi arabcha leksemalarda belgisidan oldingi ovoz tovush cho‘ziq aytiladi; 3 Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili. –Toshkent: Universitet, 2006, 404-405- betlar. 5