ONA TILI MASHG‘ULOTLARIDA YOZMA NUTQ KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRUVCHI O‘QUV TOPSHIRIQLARINI ISHLAB CHIQISH MEZONLARI


![mazmunini takomillashtirish, o‘quvchilarda adabiy talaffuz ko‘nikmalarini
shakllantirish, uning natijasida imloviy savodxonlikni oshirish bugungi kunda
davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Imlo o‘qitish
orqali o‘quvchilarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Zero,
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy
salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada
bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz
va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”[9 ; 14-b], – de b
ta’kidlanishi ona tili ta’limi oldiga mamlakatimiz yoshlarini o‘z fikrini og‘zaki va
yozma ravishda erkin hamda savodli bayon qila oladigan mustaqil fikr sohiblari
etib tarbiyalashdek dolzarb vazifalarni qo‘yadi. Shu ma’noda umumiy o‘rta ta’lim
tizimida imlo o‘qitish orqali o‘quvchilarda nutqiy hamda lingvistik
kompetensiyalarni, xususan, adabiy talaffuz ko‘nikmasini to‘la shakllantirish,
imloviy savodxonlikni rivojlantirish, so‘z boyligining oshishiga zamin yaratish va
mustaqil fikrlashga o‘rgatish uchun imloga doir o‘quv materiallarining metodik
ta’minotini takomillashtirish zarurati mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Alisher
Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil
etish to‘g‘risida”gi PF-4797-son Farmoni, 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv
yurtidan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4958-son
Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-
iyuldagi “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 571-son Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa
me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu
dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy
ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalar
rivojlanishining I. “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va
madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish”ning ustuvor
yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_3.png)
![Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ona tili o‘qitish metodikasida
keyingi yillarda bir qator ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borildi. Jumladan,
Sh.Yusupova [48; b.137] va N.Yuldasheva [46; b.123] kabilar o‘z tadqiqotlarida
ona tilini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishni targ‘ib qilgan.
A.Gulyamov[18; b.37], M.Saidov[40; b.25] va N.Alavuddinovalar[12; b.24] esa
ona tili o‘qitish orqali mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish
metodikasi ustida izlanishlar olib borgan.
Imlo o‘qitish masalasi esa, juda kam o‘rganilgan mavzulardan hisoblanadi.
X.Muhiddinova imloni rus guruhlarida o‘qitishda dastur va darsliklar
mazmunidagi uzluksizlik masalasiga asosiy e’tiborini qaratadi [29; b.270].
H.Mirzohidova o‘zbek maktablarida imlo o‘qitishni qirg‘iz tiliga qiyoslab, qardosh
tillarga taqqoslab tushuntirishning qulayliklari haqida fikr yuritadi [27; b.143].
M.Saidov o‘zining o‘zbek maktablarining 5-sinflarida ona tili ta’limi
jarayonida tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari va ulardan foydalanish
metodikasiga doir tadqiqot ishida ona tilining “Muqaddima”, “Leksika” bo‘limlari
qatori “Imlo” bo‘limini o‘qitish masalasiga ham qisman to‘xtalib o‘tgan. Unda
imlo o‘qitish jarayonida, asosan, mashq va topshiriqlarni tafakkurni
rivojlantirishga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Ammo imlo o‘qitishning birlamchi
vazifasi, ya’ni adabiy talaffuzga o‘rgatish, talaffuz mashqlari, talaffuzning imloga
ta’siri kabilar e’tibordan chetda qolgan. Mazkur tadqiqotda imloga doir o‘quv
materiallari mazmuni, usul va vositalarini takomillashtirish, o‘quvchilarda bugungi
kunda dolzarb bo‘lib borayotgan adabiy talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish
metodikasiga doir masalalar o‘rganilgan.
D issertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim
muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi . Ushbu tadqiqot
Samarqand davlat universitetining “Til va adabiyot o‘qitish muammolari”
mavzusidagi tadqiqot rejasi asosida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim tizimida imloga doir o‘quv
materiallarning metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat .
Tadqiqotning vazifalari:](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_4.png)




![I BOB. ONA TILI DARSLARIDA YOZMA NUTQNI
RIVOJLANTIRUVCHI O‘QUV TOPSHIRIQLARINI
TAKOMILLASHTIRISH
1.1. Ona tili ta’limida yozma nutq ko‘nikmasini rivojlantirish pedagogik
muammo sifatida .
Ta’lim mazmuni masalasi insoniyat tarixida eng qadimiy va ayni vaqtda eng
dolzarb masalalardan biri sanaladi. Bu tabiiy hol, albatta. Chunki insoniyat tarixiy
taraqqiyotning barcha davrlarida “Nimani o‘qitish va qanday o‘qitish kerak?”
degan savolga javob izlab kelgan va hamon izlamoqda.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi ona tiliga bo‘lgan munosabatni
tubdan o‘zgartirdi. Ona tili ta’limi mazmunining yangilanishi mazkur sohada
qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘lamini belgilab berdi. Respublikamizning birinchi
Prezidenti ta’lim sohasiga oid muammolarga to‘xtalib shunday degan edi: “Shu
kungacha hech kim boshlang‘ich sinflarda va undan keyingi bosqichlarda
o‘qiyotgan o‘quvchilarga qaysi sinfda nimani o‘qitish maqsadga muvofiqligini
ilmiy nuqtai nazardan to‘la asoslab bergan emas” [7; b.62].
Ilmiy, ilmiy-metodik manbalarda ta’lim mazmuni tushunchasi turlicha talqin
qilinadi. Jumladan, rus pedagog-olimlari I.Ya.Lerner [20; b.186]
va
M.N.Skatkinlar ta’lim mazmuniga o‘rganish uchun tanlangan va o‘quvchilarning
o‘zlashtirishlariga mo‘ljallangan, metodik jihatdan ishlangan boy ijtimoiy
tajribaning bir qismi sifatida qaraydilar.
Adabiyotlarda “ta’lim mazmuni” tushunchasi bilan birga “ o‘quv materiali”
atamasi ham qo‘llaniladi . Didaktikada o‘quv materiali tushunchasi keng va tor
ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda u “ta’lim mazmuni” tushunchasiga teng
bo‘lsa, tor ma’noda ma’lum darajada o‘rganilishi kerak bo‘lgan, o‘quvchilarning
o‘zlashtirishlariga moslashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar tizimi tushuniladi.
Ta’lim mazmuni deganda 1) o‘quv rejalari, 2) o‘quv dasturlari, 3) darsliklar
hamda 4) o‘quv-metodik qo‘llanmalar nazarda tutiladi. Ona tilidan dastur hamda
darsliklar o‘quvchilarning o‘rganishlari uchun tanlangan va ularning
o‘zlashtirishlariga muvofiqlashtirilgan til materiallarini o‘z ichiga oladi [53;
b.128]. .](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_9.png)
![Pedagogika fanlari doktori Q.Husanboyevaning ta’lim mazmuniga
o‘qituvchini ham kiritishi [19; b.262] nihoyatda to‘g‘ri yondashuv. Chunki til
sathlaridan aynan imlo va orfoepiyani o‘qitishda o‘qituvchining roli juda muhim
bo‘lib, o‘quvchilar adabiy talaffuzni bevosita o‘qituvchidan o‘rganadilar.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, ta’lim mazmunining yoyilmasi o‘qitishning
didaktik vositalari, jumladan, maktab darsliklari hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining “Ona tili” darsliklarida imloning o‘rganilishi ayrim holatlarni ta’rif
va tavsiflash bilan chegaralanib qolmoqda. Holbuki, o‘zbek tilining imloviy
qurilishi o‘ziga xos murakkabliklarga ega bo‘lib, uni o‘zlashtirish nafaqat
xorijliklardan, balki o‘zbeklardan ham qunt bilan ishlashni talab etadi. Zero,
bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida ayrim teleboshlovchilar,
radiomuxbirlarning o‘z nutqlarida g‘ayritabiiy talaffuzlardan foydalanishlari
kishining g‘ashini keltiradi va bu holat ularning adabiy talaffuz me’yorlarini to‘g‘ri
o‘zlashtira olmaganliklarini sezdirib turadi.
Vaholanki, o‘zbek o‘quvchilariga ham imlo ta’limi jarayonida faqat nutq
organlarining darslikdagi umumiy grafik chizmasi bilan chegaralanib qolmasdan,
tovushlar talaffuzi holati aks etgan maxsus chizmalar asosida ta’lim berish,
imloviy mashqlarga imkoni boricha boshlang‘ich sinflarda ko‘proq o‘rin ajratish,
yuqori sinflarda ularga o‘rni bilan qaytib turish adabiy til me’yorlarini egallashning
muhim omili ekanligini shu o‘rinda alohida ta’kidlash lozim.
Maktab “Ona tili” darsliklarida ham, oliy ta’lim darsliklarida ham imloviy
mashqlarga o‘rin ajratilmagan. Bu holat o‘zbek adabiy talaffuz me’yorlarining
o‘quvchi va talabalar tomonidan yetarlicha o‘zlashtirilmay qolishiga olib
kelayotgan sabablardan biridir. Ona tili ta’limi tarixiga nazar tashlasak, bunday
mashqlar o‘zbek tili fan sifatida shakllangan dastlabki yillarda (1930–1940) chop
etilgan darsliklarda ham uchramasligiga guvoh bo‘lamiz [40; b.149].
Shu o‘rinda “mashq” va “topshiriq” atamalarini mohiyatan farqlash, ularning
lingvodidaktikadagi o‘rni hamda ahamiyati haqida to‘xtalish joizdir. Metodist
M.Saidov o‘quv materiallari sirasida o‘quv topshiriqlarini uch turga bo‘lib, ularni
o‘zaro farqlaydi va, ko‘pincha, o‘qituvchilar o‘z ish faoliyatlari davomida
“mashq”, “topshiriq” va “masala” tushunchalarini qorishtirib yuborishlarini](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_10.png)
![ta’kidlaydi. Olim pedagogika fanlari doktori A.G‘ulomovning “mashq ham o‘quv
topshirig‘ining bir shakli, ham o‘qitishning muayyan bir usuli,” degan fikriga
qo‘shiladi va topshiriq mashqning bir bo‘lagi, u, asosan, mashqning shartida o‘z
ifodasini topshini, topshiriq mashqqa qaraganda torroq tushunchani ifodalashini
e’tirof etadi [40; b.25].
Bizningcha, topshiriq mashqni o‘z ichiga oladi, topshiriqlar o‘quvchini
yo‘naltiradi, fikrlashga undaydi; takrorga asoslangan mashqlar ko‘nikma va
malaka hosil qilish uchun xizmat qiladi.
Tilshunoslikning “Imlo” bo‘limi “Orfografiya” va “Orfoepiya” bilan bevosita
aloqador bo‘lganligi bois ularni o‘qitish vositalari ham bir-biriga chambarchas
bog‘liq. Shu nuqtai nazardan mazkur ishda mashq va topshiriq atamalariga
o‘zgacha yondashildi. Darslik va qo‘llanmalarda ko‘p uchraydigan “mashq”,
“topshiriq” atamalari o‘zaro uyadoshlik hosil qilsa-da, ular orasida sinonimik
munosabat yo‘q. Biroq kuzatishlarimiz asosida ayta olamizki, uzoq yillardan beri
amalda bo‘lgan qator darslik va qo‘llanmalarda mazkur ikki tushunchaning
berilishida chalkashlik, birining o‘rnida boshqasining qo‘llanilishi kabi holatlarni
ko‘rish mumkin.
5-8-sinf “Ona tili” darsliklaridan olingan quyidagi namunalar fikrimizni
tasdiqlaydi:
“333-mashq. Berilgan she’riy misradagi so‘zlarni unli va undoshga ajrating.
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonliq hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidir” [21; b.224] .
“2-topshiriq. Gapni aniqlovchili, to‘ldiruvchili, holli birikmalarga ajrating”
[23; b.229] .
Keltirilgan misollardan ham ko‘rinib turibdiki, darsliklarda mashq va
topshiriqlarning berilishi, mazmuni bir-biridan farqlanmaydi. Ikkalasida ham
“ ajrating ” topshirig‘i berilmoqda.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da mashq atamasiga shunday ta’rif berilgan:
“ Mashq 1. [arabcha. –husnixat, rasm chizish uchun namunalar] biror faoliyatni
puxta o‘rganish, malaka hosil qilish uchun bajariladigan ish, tayyorgarlik
mashg‘uloti. Harbiy mashq. Mashq qilmoq. Siddiqjon ko‘kragini sandalga berib,](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_11.png)
![xat mashq qilar, Kanizak uning ro‘parasida kitob o‘qib o‘tirar edi. A. Qahhor,
Qo‘shchinor chiroqlari. – Ish yomon, – dedi kelgan militsionerlar, – ko‘p mashq
ko‘rmagan, hali miltiq otishni bilmaydigan militsionerlar, qo‘lidan nima kelar edi.
S. Ayniy, Qullar. 2. Ma’lum maqsadda bajariladigan, qilinadigan muayyan ish,
harakat. Imloga doir mashqlar. Jismoniy mashqlar. Bolalar bir-birlarining
qo‘llarini ushlab, gimnastika mashqlarini yengil va chiroyli bajaradilar.
Gazetadan. [ 50 ; b.162].
“Pedagogika Ensiklopediyasi”da mashqqa berilgan ta’rifning ancha
takomillashgan va ta’lim sohasiga moslashtirilgan shaklini ko‘rish mumkin:
Mashq (arabcha – husnixat, rasm chizish uchun namunalar) – biror faoliyatni
puxta o‘zlashtirish yoki sifatini yaxshilash maqsadida ko‘p marta takrorlash. Mas.,
o‘qish, yozish. Mashq ta’limda ko‘nikma va malakalar hosil qilishda muhim o‘rin
tutadi [36; b.223].
Topshiriq atamasiga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da quyidagicha ta’rif
berilgan: “ Topshiriq 1. Kimsaning zimmasiga yuklatiladigan ish, vazifa.
Hukumat topshirig‘i. Topshiriq bermoq. Tergovchi ham xit bo‘ldi. Axir, u bu yerga
o‘ynagani kelmagan-ku. Maxsus topshiriq bilan oqni oqqa, qorani qoraga
ajratgani kelgan .”
[ 50; b.150] .
Ko‘rinib turibdiki, har bir atama o‘z mazmun-mohiyatiga ega. Ya’ni, mashq
muayyan harakatni, bir necha bor aynan takrorlash orqali shu mashg‘ulotdan
ko‘zlangan ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishni nazarda tutsa, topshiriq kishining,
jumladan, o‘quvchining zimmasiga biror mazvuni mustahkamlash maqsadida bir
marta bajarish uchun beriladigan ish, vazifani anglatadi.
Demak, mashq – ko‘nikma yoki malaka hosil qilish vositasi. Topshiriq esa
ma’lumotlarni xotiraga kirituvchi qurilmaga o‘xshaydi. U yo‘naltiruvchi
xususiyatga ega. Topshiriq orqali o‘quvchini fikrlashga, mustaqil ishlashga
o‘rgatish mumkin. Zero, mashqlar ham, topshiriqlar ham “Ona tili” darsliklarining
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Nazariy ma’lumotlar, ya’ni grammatik qoidalar
o‘quvchida belgilangan mavzu doirasida bilim, tushuncha hosil qiladi. Ta’lim
mazmunida o‘quvchi egallashi ko‘zda tutilgan ko‘nikma va malakani, asosan,](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_12.png)
![mashqlar shakllantiradi. Topshiriqlar bu o‘rinda ko‘proq o‘quvchi bilimini
boyitishga xizmat qiladi.
Maktabda, odatda, muayyan o‘quv predmetiga tegishli darslik dars jarayonida
ham, hatto darsdan so‘ng ham o‘quvchi va o‘qituvchining shu o‘quv predmeti
bo‘yicha bilim berish hamda ma’lumot olishning asosiy vositasi, tayanchidir.
Shunday ekan, asosiy diqqatni darslikdagi o‘quv materiallarining tarkibi, tuzilishi
va, albatta, mazmuniga qaratish kerak. Maktab darsliklarida millat tafakkuri va
mafkurasining eng ilg‘or namunalari aks etishi kerak [7; b.4-19], - degan ta’kid,
fikrimizcha, “Ona tili” darsliklariga ko‘proq tegishlidir. Ajdodlardan, umuman,
insoniyat daholaridan bugungi kungacha yetib kelgan tafakkurning eng ilg‘or
mahsuli bo‘lgan maqol, matal, hikmatli so‘zlar, tasviriy ifodalar, iboralar ona tili
ta’limining mazmunini tashkil etishi kerak, ulardan onda-sonda emas, balki har
darsda, har o‘quv topshiriq tarkibida unumli foydalanish maqsadga muvofiq. O‘z
o‘rnida va o‘z vaqtida o‘quvchilar tafakkuriga singdirilgan bu kabi xalqona, milliy
durdonalar ularning fikrlarini teranlashtirishga, dunyoqarashlarini kengaytirishga
va o‘zlarida hosil bo‘lgan ijodiy tafakkur mahsulini ravon, aniq hamda tushunarli
tarzda bayon eta olishlariga zamin yaratadi.
Amaldagi dastur va darsliklar o‘quvchini ona tili ta’limi maqsadiga muvofiq
mustaqil izlanishga undashi lozim. Bunday sharoitda darslikning eng muhim
qismini nazariy ma’lumotlar bazasi emas, balki o‘quvchiga ona tilimizning son-
sanoqsiz imkoniyatlaridan unumli va o‘rinli foydalanishni o‘rgatadigan o‘quv
topshiriqlari tashkil etmog‘i lozim. (Chunki maktabda ona tili ta’limi tilshunos
tayyorlash maqsadini emas, til imkoniyatlaridan keng foydalana oladigan ijodiy
tafakkur sohibini jamiyatga yetkazib berishni taqozo etadi.) Demak, o‘quv
topshiriqlari o‘quvchini izlanishga unday olsagina, ularni talab darajasida deb
hisoblash mumkin bo‘ladi. Hozirda respublika miqyosida amalda bo‘lgan maktab
darsliklaridagi o‘quv topshiriqlarining ayrimlari belgilangan talablarni qondira
olmaydi. Chunonchi, ona tili darslarida tez-tez uchraydigan “Matndan otlarni
topib tavsiflang” kabilarni o‘quv topshiriqlari darajasida baholab bo‘lmaydi,
sababki, ular o‘quvchida ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat
qila oladigan yetarli ko‘nikma, malakalarni hosil qilishi qiyin.](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_13.png)
![Darslikni parovozga qiyos qilib, uning vagonlari sifatida har bir mavzuga
taalluqli lug‘atlar, jumladan, orfografiya uchun imlo lug‘ati, orfoepiya uchun
talaffuz mashqlari to‘plami, leksika uchun izohli lug‘at, morfologiya uchun
morfem lug‘at va boshqalardan samarali foydalanilsa, ko‘zlangan natijaga erishish
mumkin. Axborot texnologiyalari asrida ma’lumotlar bazasi muammo emas.
Shuning uchun darsliklarning topshiriqlar qismi mukammal, tizimli, puxta ishlab
chiqilsa, bas.
Bugungi kun ona tili ta’limi maktabda o‘rgatilishi belgilangan til sathlaridan
qat’i nazar, hatto imlo o‘qitishda ham o‘quvchining so‘z boyligini oshirish, shu
orqali o‘z fikrini og‘zaki va yozma shakllarda mustaqil, ravon, lo‘nda va jozibali
ifodalay olishiga erishishni talab etadi. Ushbu maqsadni amalga oshirish, albatta,
o‘zbek tilining tengsiz xazinasi hisoblangan maxsus leksik boyliklarsiz samarali
bo‘lishi qiyin.
Nafaqat imlo o‘qitishda, balki tilning barcha sathlarini o‘qitishda matal,
topishmoq, tez aytish, latifa, lof, terma va doston namunalaridan tahlil materiali
sifatida foydalanish ona tili ta’limida samaradorlikka erishishda, barkamol avlodni
tarbiyalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qila oladi.
“Ona tili” darsliklarida to‘g‘ri talaffuz va imlo me’yorlarini ko‘nikma sifatida
shakllantirish borasida ko‘plab mashqlar, turli tushuntirishlar beriladi. Ammo
nutqiy faoliyat davomida ayrim nutq tovushlarining adabiy talaffuzi va imlosini
o‘quvchiga o‘rgatish qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaraveradi.
Adabiy talaffuz va uning me’yorlari masalasi dunyoning rivojlangan
mamlakatlari tillarida atroflicha o‘rganilganligini kuzatamiz [ingliz, fransuz va b.].
Bu borada jahon tajribasida, jumladan, ingliz tilida imloviy mashqlardan unumli
foydalaniladi. Shuning uchun ham amaldagi asosiy darslik va o‘quv
qo‘llanmalarida har bir nutq tovushining hosil bo‘lish jarayoni haqida batafsil
ma’lumot beriladi [15; b.7]. Oliy maktab va umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun
nashr ettirilgan darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarda tovushlarning talaffuz holati
aks etgan maxsus chizma (rasm)lar yo‘q. O‘zbek tiliga xos bo‘lgan ayrim
tovushlarning to‘g‘ri talaffuzini oddiy, an’anaviy mashqlar bilan yetarli darajada
o‘rgatib bo‘lmasligini bugungi o‘quvchi, talaba, hatto ayrim katta yoshdagi ziyoli](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_14.png)
![kishilar, xususan, o‘qituvchilarning nutqi ham isbotlab turibdi.
Muammoning bir uchi yana o‘rta umumta’lim maktablarida ona tili o‘qitish
masalasiga borib taqaladi. Adabiy talaffuz – madaniyatlilik belgisi. O‘rta
umumta’lim tizimida 5-sinfdan boshlab talaffuzning asosiy birligi hisoblangan
nutq tovushlari “Imlo” bo‘limi tarkibida tizimli o‘qitila boshlaydi. “Imlo” bo‘limi
ta’limi taqozosiga ko‘ra shu yerda o‘quvchilarga nutq tovushlari bilan birga to‘g‘ri
talaffuz hamda imlo qoidalarini singdirish talabi ham qo‘yiladi.
O‘zbek adabiy tili turli lahjalardan o‘sib chiqqanligi sababli uning talaffuzi
borasida hududlar bilan bog‘liq jiddiy muammolar bor. Maktab ona tili
darsliklarini tuzishda, ayniqsa, imloga doir o‘quv materiallarini berishda mualliflar
aholi hududiy talaffuzining tilga ta’sirini inobatga olishlari kerak. (Masalan,
AQShda har bir shtat uchun alohida darslik yaratilgan.) Shu ma’noda dastur va
darsliklar tuzishda orfoepik nuqtai nazardan har bir hududning talaffuzidagi
muammolari e’tiborga olinishi lozim. Masalan, Xorazm vohasida ayrim so‘zlar
talaffuzida [ q] undoshi o‘rnida [ k] nutq tovushini qo‘llash ko‘nikmaga aylanib
qolgan. Demak, xorazmlik o‘quvchiga adabiy talaffuz me’yorlarini singdirish
uchun darslikda berilgan ikkita mashq yetarli bo‘lmaydi. Mavzuga monand, ammo
darslikdagi o‘quv topshiriqlarini aynan takrorlamaydigan o‘quv topshiriqlarini
tuzish, mashqlar tizimini yaratish va ulardan unumli foydalanishni barcha
o‘qituvchi ham bir xilda amalga oshiravermaydi.
Toshkent viloyati, xususan, shahar hududida ommaviy tarzda [ h] bo‘g‘iz
undoshi o‘rnida muntazam [ x] chuqur til orqa undoshining ishlatilishi ( xandaley,
xurmat, xamma va b. ), shuningdek, Buxoro, Samardand (shahar hududida),
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida [ o‘] unlisining
talaffuzida muammolar borligini aytish mumkin.
Bu borada Samarqand viloyatiga alohida to‘xtalish mumkin. Pastdarg‘om,
Urgut va Nurobod tumanlarida [ i]–[e] unlilarining aytilishida chalkashliklar borligi
kuzatiladi. Xuddi shunday Kattaqo‘ g‘ on tumanida [ o‘] – [u] unlilarining
ishlatilishida muammo lar mavjud. Mazkur h ududda yashovchilar, o‘quvchilar,
hatto o‘qituvchilar ham [ o‘] unlisi ni [u] , [u] unlisini [ o‘] o‘rnida qo‘llaydilar .
Ko‘rinadiki, 5-sinf “O na tili ” darsligida yuqorida keltirilgan nutq tovushlarini](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_15.png)
![o‘zlashtir i shga mo‘ljallangan nazariy ma’lumotlar va ularni mustahkamlovchi
mashqlar yetarli e mas. Mazkur nutq tovushlarini sanab o‘tilgan h udud lar ning
o‘quvchilar i nutqida adabiy me’yor holatiga keltirish uchun bu g ungi darslik va
qo‘llanmalarda deyarli e’tibor qaratilmagan maxsus imloviy mashqlar, tovushlar
talaffuzi jarayonida nutq a’zolarining ko‘rinishi aks e t gan alohida oksilografik
chizma(rasm)lar ishlab chiqilishiga ehtiyoj seziladi .
Shuningdek, [ h] bo‘ g‘ iz undoshining ko‘pchilikning ham yozma, ham o g‘ zaki
nutqda noto‘ g‘ ri qo‘llanilayotgani, uni bartaraf etishga qaratilgan sa ’ y-
harakatlarning deyarli sezilmayotgani bu borada zarur tavsiyalar ishlab chiqishni
va ularni zudlik bilan amaliyotga tatbiq etishni taqazo e tadi .
1999-2000-yillar keng amaliyotda qo‘llangan H.Ne’matov boshchiligida
yaratilgan 5-sinf “Ona tili” darsligida [h] va [ x] undoshlarini imloda ham
talaffuzda farqlash uchun berilgan o‘quv materiali boshqalariga nisbatan
o‘quvchiga ancha foydali [31; b.102].
O‘zbek tilida [o‘] unlisi so‘zning turli o‘rinlarida bir-biridan farqli talaffuz
etilishi ma’lum, biroq uni o‘quvchilarga farqlab berish masalasi muammoligicha
qolmoqda. [o‘] unlisi talaffuzi bilan bog‘liq nozik jihatlarga aksariyat ona tili
darsliklarida e’tibor qaratilmasligi o‘quvchilarimizning adabiy nutq me’yorlarini
to‘la o‘zlashtirishlariga soya tashlab turadi. Oliy ta’limning sohaga tegishli
amaldagi darsliklarida mazkur masalaga qisman e’tibor qaratilgan nazariy
ma’lumotlar uchraydi, ammo u amaliy jihatdan ishlanmagan [43; b.19]. Ta’kidlash
kerakki, bugun keng amaliyotda bo‘lgan 5-sinf “Ona tili” darsligidagina [o‘] unlisi
talaffuzda farq qilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar misollari bilan keltirilgan [21;
b.224]. Bu, albatta, ijobiy hodisa, biroq “bir holatda torroq, boshqasida kengroq
aytiladi”, degan izoh o‘quvchiga amaliy jihatdan yordam berishi qiyin. Keltirilgan
misollarni o‘qituvchi ko‘magisiz to‘g‘ri talaffuz qilib bo‘lmaydi.
Masalan, torroq aytilishiga ko‘l, kengroq aytilishiga bo‘ri so‘zlari misol
tariqasida keltirilgan bo‘lsa-da, bu hamisha ham kutilgan natijani beravermaydi.
Shuni inobatga olib, [o‘] unlisi talaffuzi bilan bog‘liq mashqlarga keng o‘rin berish
zarur.
Mashq uzluksiz takrorga asoslangandagina samara beradi. O‘quv](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_16.png)
![materiallarining o‘quvchi tomonidan samarali o‘zlashtirilishi takror bilan bog‘liq .
Zero, “Bilimning onasi takror ”dir.
Ma’lumki, psixologik nuqtai nazardan inson xotirasi, jumladan, o‘quvchi
xotirasi ham muayyan turlarga bo‘linadi. Ma’lumotlarni bir marta o‘qish oddiy
xotirada vaqtincha saqlanadi va qisqa muddatda unutiladi. Agar uzluksiz
takrorlansa, u doimiy xotiraga o‘tadi. E.G‘oziyev ta’kidlagan G.Ebbingauzning
o‘quvchi eslab qolishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar tarkibi, miqdori va sifati
haqida olgan xulosalarini shu o‘rinda keltirish o‘rinli. U hech qanday ma’no
anglatmaydigan 38 ta bo‘g‘inni o‘quvchi 55 marta takrorlaganda eslab qolganini;
38 – 40 ta so‘zdan iborat materialni eslab qolish uchun esa, 6-7 marta takrorlash
kifoya qilganni aniqlagan [51, b.221-222].
O‘quvchining ijtimoiy hayotda aloqa-
aralashuvni to‘g‘ri amalga oshirishida xizmat qila oladigan zaruriy ma’lumotlarni
uning uzoq muddatli xotirasiga o‘tkazish uchun o‘sha ma’lumotlarni ko‘p marta
takrorlatish va xotirasida qayta tiklab turish lozim. Shu o‘rinda aytish mumkinki,
imlo sathini o‘qitishda mashq va topshiriqlarning o‘quv materialini tashkil etuvchi
sermazmun, purhikmat matnlardan o‘rinli foydalanilsa, o‘quvchi ularni bir-ikki
takrorlash bilan uzoq muddatli xotirasiga “yozib qo‘yadi”. Biror jismoniy harakat
avtomatlashish darajasiga yetishi uchun qancha uzluksiz mashq zarur bo‘lsa,
muayyan nutqiy malakaning shakllanishiga ham shuncha mashq, harakat kerak
bo‘ladi.
5-sinfda imlo sathi ta’limini takomillashtirishda ilg‘or pedagogik
texnologiyalardan unumli foydalanish ham muhim ahamiyatga molik. Ma’lumki,
maktabda bugungi “Ona tili” o‘quv predmeti ta’limida omilkor o‘qituvchilar
tomonidan ko‘plab innovatsion texnologiyalar zamon talablariga mos holda
qo‘llanilmoqda. Tabiiyki, bu “Imlo” sathi ta’limida, jumladan, o‘quvchiga nutq
tovushlarining to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish jarayonida juda qo‘l keladi. Ammo
amaldagi ishlar yetarli darajada emas, chunki o‘quvchilar nutqida tovushlar
talaffuzi bilan bog‘liq muammolar to‘la bartaraf bo‘lgani yoki mazkur
muammoning yechimi sifatida asosli tavsiya-yu metodik ko‘rsatmalar ishlab
chiqilib keng amaliyotga tatbiq etilgani yo‘q.](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_17.png)
![Mazkur masalaning yana bir jihati borki, har qanday sharoitda ham ona tili
o‘qituvchilari mazkur bo‘limni o‘z imkoniyat va salohiyatlaridan kelib chiqib
tushuntiradilar. Odatda, o‘quvchi uchun o‘z ona tilining hamma tovushlari ham
talaffuz va imloda qiyinchilik tug‘diravermaydi. Mahalliy til hisoblangan sheva
ta’sirida ayrim unli va undosh tovushlarning aytilishi hamda yozilishida
chalkashliklar, xatolar bo‘lishi mumkin. Amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki,
respublikamizning turli hududlarida o‘quvchilar nutqida, asosan, unlilardan [i] –
[e], [o‘] – [u] va undoshlardan [ h ], [ x ] , [ q ] , ba’zan [j] tovushlari talaffuzida,
ba’zan shuning ta’sirida imloda ham xatoga yo‘l qo‘yishadi. Bunday vaziyatlarda
amalda qo‘llanilayotgan topshiriq xarakteridagi mashqlar bilan qancha ko‘p
ishlansa ham, kutilgan natijaga erishish qiyin kechmoqda.
O‘quvchining og‘zaki nutqi tug‘ilib o‘sgan yeri, oilasi, yaqinlari ta’sirida
shakllangan holda maktabga keladi. Ba’zan ularni o‘zlari o‘rganib qolgan holatdan
adabiy talaffuz me’yorlari doirasiga o‘tkazish ancha qiyinchilik tug‘diradi. Bunday
sharoitda o‘qituvchi, albatta, imlo o‘qitish jarayonidagi dastlabki faoliyatni
hududiy muammolardan kelib chiqqan holda talaffuzi qiyin nutq tovushlar i ustida
ishlashga qaratishdan boshlashi zarur. Aks holda, ayrim o‘quvchilar balo g‘ atga
yetganda ham ba’zi nutq tovushlari talaffuzini eplay olmaydigan bo‘lib qolishadi.
Bu kabi “nutqiy kemtiklik” madaniy davralarda o‘quvchiga bir umr xalaqit berishi
mumkin. O‘qituvchi o‘z vaqtida og‘zaki nutqida muammolari bor o‘quvchilarga
alohida e’tibor berib, maxsus talaffuz mashqlari ustida muntazam ishlasa,
muammoga o‘rin qolmasligi aniq. Biroq bu borada maktabning amaldagi didaktik
ta’lim vositalari (darslik, qo‘llanmalar)da imloviy mashqlarga maxsus o‘rin
ajratilmagan .
Fikrimizcha, imloga doir o‘quv materiallarining shakllanishi, tarixiy
taraqqiyoti tahlilidan kelib chiqib bu boradagi muammolarni atroflicha o‘rganish
ularning yechimini topish imkonini beradi.
1.2-§. Imloga doir o‘quv materiallari mazmuni va ularning
takomillashish jarayoni
Tilimizga xos barcha birliklarni milliylik nuqtai nazaridan to‘la o‘rganilgan
deb bo‘lmaydi. Xususan, o‘zbek tilining tovush tizimi ilmiy va metodik jihatdan](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_18.png)

![etuvchi nazariy bilimlar maktab darsliklarida ko‘plab uchrashi ham achinarli
holdir.
Atrofimizga nazar tashlasak, ilg‘or davlatlarning ko‘pida ona tilidan ta’lim
mazmuni tubdan yangilandi. “Ta’lim mazmuni sirasida o‘quvchilarga taqdim
etilayotgan bilimlar ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondira olishi, ularni
ijodkorlikka, bunyodkorlikka undashi lozim” [48; b.11] ligi belgilandi.
O‘quvchilarda ijodkorlikni, mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish , fikr
mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shaklda to‘g‘ri, ravon
ifodalashga o‘rgatish uchun ona tili ta’limining mazmunini tubdan yangilash,
o‘quv materiallarini zamon ehtiyojiga moslash talab qilindi [53; b.27]. Buni
amalga oshirishda, tabiiyki, ta’lim vositalari muhim ahamiyatga ega. Bugungi
kunga qadar bir qator maktab “Ona tili” darsliklari yaratildi, lekin ulardagi o‘quv
materiallarning hammasi ham talabga javob beradimi, degan savol atrofida
mulohaza yuritishga to‘g‘ri keladi. Professorlar Hamid Ne’matov va Askar
G‘ulomov ona tili ta’limining bugungi holatini, uni yaxshilashda nimalar qilish
kerakligini, o‘quvchilarga nimalarni o‘rgatish lozimligini jiddiy tahlil orqali o‘rinli
asoslagan edilar [53; b.32].
Jahonga bo‘ylasha oladigan malakali kadrlarni tarbiyalash ona tili ta’limi
oldida turgan dolzarb vazifa bo‘lib , uni amalga oshirish umumiy o‘rta ta’limning
asosiy vositasi bo‘lgan darsliklar, ulardan o‘rin olgan o‘quv materiallarining
saviyasiga ko‘proq bog‘liqdir. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bugungi kun ona tili
ta’limi maqsadi darslarda asosiy ta’lim vositasi faqat darslik bo‘lishini taqozo
etmaydi. O‘qituvchi ham, o‘quvchilar ham belgilangan mavzular mohiyati bilan
bog‘liq tarzda, odatda, “Axborot banki” materiallari (lug‘atlar, ma’lumotnomalar,
qomuslar, qaydlar va h.lar)ga tez-tez murojaat etishlari lozim. Afsuski, ona tili
ta’limi mazmuni yangilanganiga qariyb yigirma yildan oshgan bo‘lsa-da, maktab
o‘qituvchilarimizning aksariyati hamon faqatgina darslik materiallaridan
foydalanishmoqda.
“Ona tili” darsliklarida berilgan nazariy ma’lumotlar orasidagi ayrim
chalkashlik, noaniqliklarni bartaraf etish, o‘quv materialini darsliklarda qay tarzda
berish masalalari hamon azaliy muammoligicha qolmoqda. (Ellik-oltmish yil avval](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_20.png)
![qanday bo‘lsa, hozir ham “Ona tili” darsliklari mavzuning nazariy jihatiga asosiy
e’tiborni qaratib har bir mavzu doirasida ikkitadan beshtagacha qoida bermoqda.
Demak, grammatizmdan hamon qutilganimiz yo‘q.) Xo‘sh, o‘quvchiga darslikda
zarurmi, yo‘qmi, qoida taqdim etyapmiz. Qoida noto‘g‘ri, yoki g‘aliz bo‘lsa-chi?!
Muammo ustiga muammo paydo bo‘laveradi, darsda mavzu bo‘yicha ko‘zlangan
maqsadga, aniqrog‘i, o‘quvchi egallashi zarur bo‘lgan malakaga erishish qiyin
kechadi. Shu ma’noda mazkur muammoning yechimini topish uchun “Ona tili”
darsliklari tarixi hamda ularning mazmun-mundarijasini o‘rganib chiqishni zarur,
deb hisobladik. “Ona tili” darsliklarida mavjud nazariy ma’lumotlar, ularni
mustahkamlovchi mashq va topshiriqlar qachondan boshlab va nima uchun maktab
darsliklariga kiritilganligining sabablarini o‘rganish bu boradagi tasavvurni
tiniqlashtiradi.
“XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida vatanimizda ona tili
ta’limining jadidchilik harakati bilan bog‘liq yangi turdagi o‘zbek maktablari
uchun darslik va qo‘llanmalar yaratish davri boshlandi” [48; b.32].
Ko‘rinib turibdiki, bugungi “Ona tili” darsliklariga tamal toshni jadidlar
qo‘ygan. O‘tgan asrning 30-yillarida yaratilgan “Ona tili” darsliklari, xususan, ilk
“O‘zbek tili darslik”larining yaratilishiga xizmat qilgan olim Abdurauf Fitratning
“O‘zbek tili qoidalari to‘g‘risida bir tajriba” “Sarf” kitobida imloga oid
ma’lumotlar ham berilgan. Mazkur qismda Fitrat nutq tovushlarini tavsiflab, ularni
unli va unsiz tovushlar deb ikki guruhga ajratadi. Olim unlilarni 9 ta, unsizlar
sonini esa 23 ta deb keltiradi. Shundan so‘ng tovush o‘zgarishlariga to‘xtalib,
tovush tushishi hamda tovush almashishi haqida ma’lumot beradi va “Bu holat
tilimizning yengillik istaganidan kelib chiqib qolg‘on bir hol” deb izoh beradi [17;
b.36].
Uning fikriga ko‘ra, o‘zbek tili yalpi turk tilining keng bir tarmog‘i sifatida
barcha turkiy tillarga xos xususiyat o‘zbek tilida ham bo‘lishi tabiiy ekanligi,
turkiy tillarning barcha tarmoqlarida bo‘lgani kabi o‘zbek tilida ham ohangdoshlik,
so‘zlar ohangi e’tiboriga ko‘ra yo‘g‘on va ingichka ga bo‘linishi aytiladi. Masalan,
sin so‘zi yo‘g‘on bo‘lsa, min so‘zi ingichka deb e’tirof etilgan. Shuningdek, ohang
masalasi eski yozma asarlarimizda, qishloq shevalarida uchrashi, fors adabiyoti](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_21.png)
![ta’siri bilan buzilgan shahar shevasida bo‘lmasa-da, o‘zbek tilida bu hodisani yo‘q
deb bo‘lmasligini ta’kidlaydi.
Professor A.Fitratning imlo, xususan, nutq tovushlari, talaffuz va
ohangdoshlik masalalariga milliylik nuqtai nazaridan yondashishni kuzatamiz.
Darhaqiqat, til millat belgisi sifatida doimo o‘ziga xos xususiylikka ega bo‘ladi.
Olimning milliylikka yo‘g‘rilgan ilmiy asoslari pishiq qarashlari o‘z vaqtida
maktab o‘quvchilari uchun yaratilgan “O‘zbek tili uchun darslik”larida ham o‘z
aksini topgan edi. Xususan, buni bevosita Q.Ramazon va X.Qayyumiylarning
darsligi [40; b.149]
misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
Darslik mualliflari ham A.Fitrat yo‘lidan borib tilning milliy xususiyatlarga
jiddiy e’tibor qaratishgan. Ta’kidlash kerakki, darslikdagi atamalarning ham
aksariyati o‘zbekcha ( so‘zlav a’zolari, so‘z tuzumi. ..). Ushbu darslikda imloga
alohida e’tibor berilib, nutq tovushlari unli va unsiz (joriy darsliklarda buning
o‘rniga undosh atamasi qo‘llangan. 1940 - yillar darsliklarining ayrimlarida
shovqinlilar )ga ajratilgan. Har bir nutq tovushiga (bugungi imloviy talqinlarga
unchalik o‘xshamagan) alohida tavsif berilgan. Unlilarning talaffuzi va imlosi
batafsil yoritib berilgan. Shuningdek, bo‘g‘in mavzusiga doir nazariy ma’lumotlar
ham bugungi talqinlarga o‘xshamaydi. Masalan, “ So‘zning ayrim havo zarbiga
to‘g‘ri keladigan bo‘lagi bo‘g‘in deyiladi ”
[ 40; b.149] .
Jadidlar davri darsliklari bilan hozirda amaldagi darslik ma’lumotlar orasida
uyg‘un o‘rinlar ham uchraydi. Masalan, urg‘u haqidagi nazariy ma’lumot joriy
darsliklardagiga aynan o‘xshashdir. Unda nazariy ma’lumotlarni mustahkamlovchi
mashqlarning mavjud emasligini ham ta’kidlash joizdir.
Bizningcha, darsliklar tarixini o‘rganish ta’limning kelajagini belgilashda
muhim omil vazifasini bajaradi. Istalgan sohada biror yangilik yaratish, albatta,
avval erishilgan tajriba yoki natijalarga asoslangandagina uning yashovchanligini
va amaliy qiymatini ta’minlashi ma’lum. Darslik yaratish borasida ham bu
yondashuv qo‘l keladi.
Quyida 1930-1940-yillarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun chop
etilgan “Ona tili” darsliklari mundarijasining diqqatga sazovor o‘rinlariga e’tibor
qaratamiz. O‘tgan asrning 30-yillarida amalda bo‘lgan (lotin alifbosidagi) “O‘zbek](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_22.png)
![tili” darsliklarining imlo bo‘limiga doir “ Unsiz tovushlar”, “Lab ohangi”,
“Ohangdoshlik”, “Yo‘g‘on va ingichkalik”, “Bosim” kabi bir qator atamalar XX
asr boshlarida A.Fitrat, Q.Ramazon va X.Qayyumiylar tomonidan yaratilgan
darslik hamda qo‘llanmalarda ham uchraydi. Mazkur atamalar bugungi kun o‘zbek
terminologiyasida ishlatilmasa-da, ular o‘zbek tilining milliy tabiatigagina xos
tushunchalarni ifodalay olishi bilan muhimdir. Jadidchilik davri asarlarida milliy
xarakterning ustuvorligi ma’lum. Shu nuqtai nazardan yondashilganda, bu davrda
yaratilgan tilshunoslikka aloqador darslik va qo‘llanmalarda ham ona tilidagi nutq
tovushlarining o‘ziga xos milliy xususiyatlari ko‘proq tadqiq qilinganligini
kuzatamiz.
Professor A.Fitrat dastlab o‘zbek tilini turk tilining keng bir tarmog‘i
hisoblab, boshqa turkiy tillardagi kabi o‘zbek tilida ham mavjud bo‘lgan so‘zlar
ohangi masalasiga to‘xtaladi va bu borada “yo‘g‘on” hamda “ingichka”
atamalarini qo‘llaydi. A.Fitrat yo‘g‘on va ingichka likni so‘zlarga nisbatan
qo‘llagan bo‘lsa, Q.Ramazon hamda X.Qayyumiylar [40; b.37] mazkur atamani
nutq tovushlariga nisbatan ham ishlatadi.
“Inichka tavuş demak, asasij maxraclar blan bolgan hadisa ustiga tilni aldqa
taman cozib arqada koprak kenglik qaldirib ciqarilgan tavuş demakdir:
kana(kene), saman, gullar.
Jog‘an tavuş demak, tavuşni hasil etgac, tilni arqa tamanga tartib
chiqarilgan tavuş demakdir: qarat, Turg‘un”.
Bundan tashqari, mualliflar darslikning imlo bo‘limida “Lab ohangi”
atamasini ham qo‘llaydilar va quyidagicha ta’rif beradilar: “ Baş bog‘unda kelgan
lab unlilarining ikkinchi bog‘unda ham lab unlilarini istaşi lab ahani deb ataladi”
[40; b.28].
A. Fitrat so‘z va uning turlari mavzusiga to‘xtalganda “so‘z” atamasiga: “So‘z
ma’no bildirgan tovushlar to‘dasidir”, deya o‘ziga xos ta’rif ham beradi. Ohang
masalasiga yana murojaat qilib, asli o‘zbekcha so‘zlar yo yo‘g‘on, yo ingichka
bo‘lishini, asosga qo‘shilgan qo‘shimchalarni ham yo‘g‘onlik-ingichkalikda o‘ziga
ergashtirishini ta’kidlaydi.
Uning “ bosim” atamasi haqidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir: “ So‘z bir](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_23.png)
![bo‘g‘unini qattiqroq uzub aytilishidur. Bu bizning tilda ko‘prak so‘zning oxirida
voqe’ bo‘lsa ham hali qat’iy suvratda tekshirilgani yo‘q ” [17; b.29]. Jadidlar
davrida qo‘llangan ushbu atama bugungi kundagi “urg‘u” terminiga to‘g‘ri keladi.
Fitrat o‘zbek tili tovushlar tizimi haqida to‘xtalganda ularning tasnifiga doir
quyidagi ikki atamani ishlatadi: Unsiz: b, p, t, ch, j,...(23ta). Unli: o, a, u; o‘-o‘, e,
i-y (9 ta. Kirill alifbosiga tabdil qilingan variantidan foydalanildi). M. Mirtojiyev
esa o‘zbek tilida 14 ta unli ( i, i, , ы, u, u, ye, a, á, ó, o, e.. . ) borligini ta’kidlaydi
[2 8 ; b.424]. Unsiz atamasi bugungi tilshunoslik atamalari sirasida uchramaydi.
Uning hozirgi varianti undosh bo‘lib, darsliklar tarixida shovqinlilar deb ham
nomlangan.
A.Yo‘ldoshevning ch alasav o dlar maktabi u ch un tuzilgan “O‘ zbek tili
darsligi ” g rammatika va iml oni o‘qitishga mo‘ljallangan. Dastlabki bo‘lim
“ Qanda y yo z ish kerak ? ” deb nomlanadi. Imlo, odatdagidek, tovush va harfni
tushuntirishdan boshlangan. E’tiborli tomoni shundaki, “ Yo‘g‘o n va i ng i ch ka
s o‘ zlar” , “ Yo‘g‘o n va i ng i ch ka t o vu sh lar” kabilar bugungi kunda imloga doir
o‘quv materiallari sirasida uchramaydi. Beshinchi bo‘lim gazeta hamda kitoblar
ustida ishlashni o‘rgatishga mo‘ljallangan ma’lumotlarni o‘zida jamlagan.
Mazkur darslik A.Fitratning tajriba uchun yozilgan darsligi ta’sirida
yaratilgan bo‘lib, aynan tovushlardagi yo‘g‘on va ingichkalik masalasi alohida
o‘rganishni talab etadiki, mazkur tajribadan bugungi kunda ham foydalanish
mumkin. Fikrimizcha, bu hozirgi talaffuz va imlo muammolarini yechishda samara
beradi.
Q.Ramaz o n va X.Qa yyu mi y [40; b.126] larning 5- , 6-sinflar u ch un yaratilgan
grammatikaga bag‘ishlangan darsli gi “ Sarf” deb nomlanadi. Unda, asosan,
morfologiyaga oid til materiallari berilgan bo‘lib, undan “Imlo” , “Ba’zi
harflarni ng iml o si”, “ O ha ng d osh lik” kabi mavzular ham o‘rin olgan. Ta’kidlash
kerakki, bu yerda undosh tovush atamasi uchramaydi, nutq tovushlari unli va unsiz
tovushlarga bo‘lingan. Darslikda ohangdoshlik mavzusining mavjudligi diqqatga
sazovordir. Bu yerda nutq tovushlarining o‘ziga xos xususiyatlari orqali so‘zlarda
sodir bo‘layotgan yo‘g‘on va ingichkalik haqida ma’lumotlar morfologik
yondashuv asosida yoritilgan.](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_24.png)
![Jadidlarning sa’y-harakatlari bilan yaratilayotgan, o‘z davrida sekin-asta
shakllanayotgan milliy ruhdagi “Ona tili” darsliklari o‘z o‘rnini 1939-yilga kelib
A.G‘ulomov ta’kidlaganidek, 1938-yilda (S.Barxudarov va Dosichevalarning rus
maktablari uchun “Rus tili” darsligi stabil qo‘llanma sifatida qabul qilingach),
o‘zbek maktablari uchun ham keyingi yillarda til me’yorlarini belgilashda nazariy
asos vazifasini o‘tagan Olim Usmon va Barot Avizovlarning to‘liqsiz o‘rta va o‘rta
maktablar uchun tavsiya etilgan darsligi egalladi [46; b.235].
Keyinchalik professor A.K.Borovkov rahbarligida tuzilgan darsliklar [14;
b.227] oldingilariga nisbatan ancha mukamallikka egaligi bilan ajralib turadi.
Mazkur darslikda ot so‘z turkumini tushuntirishda shunday mashqlar tanlanganki,
ular metodik jihatdan olib qaralganda o‘quvchi o‘zlashtirishi zarur deb hisoblangan
bilim, malaka va ko‘nikmalar uchun har tomonlama foydali. Masalan, mazkur
darslikdagi 40-mashq o‘nta gapdan iborat matndan tashkil topgan. Gaplar, odatda,
turli so‘z turkumlari doirasida uchraydigan omonimlik asosida qurilgan. Shu
asosda o‘tilgan mavzu, bugungi mavzu va o‘tilajak mavzular o‘rtasida uzviylik
ta’minlangan. Ko‘rinadiki, mavzulararo uzviylikni ta’minlash yukini mashqlar
zimmasiga osongina yuklash mumkin ekan. Bugungi kun “Ona tili” darsliklarida
ham har bir mavzu o‘tilganda mustahkamlash uchun berilgan mashqlardan hech
bo‘lmaganda bittasi shu xarakterda bo‘lsa, o‘tilgan – o‘tilayotgan – o‘tilajak
mavzularni, birinchidan, bir-biriga bog‘laydi, ikkinchidan, o‘tilayotgan mavzu
o‘tilgan mavzuni to‘ldiradi, o‘tilajak mavzu haqida o‘quvchida oldindan tasavvur
uyg‘otadi.
(XXI asrga kelib jahon tilshunosligida, jumladan, uning bir bo‘lagi bo‘lgan
o‘zbek tilshunosligida ham tilni tizim sifatida o‘rganish to‘la o‘zlashdi. Nazariy
taraqqiyot nuqtai nazaridan yondashilganda bu beqiyos yutuq. Biroq nazariy
ma’lumotlarni akademizm asosida to‘la-to‘kis maktab darsliklariga ko‘chirish yoki
singdirish, aslida, maktab o‘quvchisiga nima beradi?! Shuningdek, mashqlar
tuzishda ko‘r-ko‘rona jimjimador jumlani mashqlar tarkibida keltirish ham
yaramaydi.) Professor A.K.Borovkov rahbarligida tuzilgan mazkur darslikdagi
imlo mavzusiga doir 2-mashqda o‘quvchilarga unli tovushlar haqida batafsil
nazariy ma’lumot berilgan. Ta’lim oluvchilarni bilim olishga, mehnatsevarlikka,](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_25.png)
![botirlikka, birso‘zli, nomusli bo‘lishga, birdamlikka undovchi insoniyat uchun
“yashash qoidalari” hisoblangan xalq maqollaridan samarali foydalanilganligini
kuzatamiz. Chunonchi, 2-mashq. Quyidagilarni o‘qing. Tor, o‘rta keng va keng
unlilarni aniqlab, jadvalda ko‘rsating.
1. Ish ishga tortar, yalqovlik boshga tortar. 2. Bilgan bilganini ishlar,
bilmagan barmog‘ini tishlar. 3. Qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinibdi. 4. Quyonni qamchi
o‘ldirar, yigitni nomus o‘ldirar. 5. Arslon izidan qaytmas, botir so‘zidan qaytmas.
6. Yigit kishiga yetmish hunar oz. 7. Oyni etak bilan yopib bo‘lmas. 8. Ayrilganni
bo‘ri yer [14 ; b.227] .
Darsliklarda o‘quv materiallarining berilishi mavjud ikki usulda amalga
oshiriladi: mashq – qoida (induktiv), qoida – mashq (deduktiv) shaklida. Tahlil
qilinayotgan darslikda o‘quv materiallarining berilishi ham 1.1-jadvaldagi kabi
butunlay o‘ziga xos bo‘lib, m isol-qoida-mashq usulida berilgan.
Mavzu: Urg‘u haqida tushuncha
1.1.-rasm.
Ta’lim tizimining ma’lum bir bosqichida o‘quv materiallarini misol – qoida –
mashq shaklida berish samarali bo‘lishi mumkin. Imlo qismida hozirgi
darsliklardan farqli ravishda tovushlar tasnifi berilgan, unli va undosh
tovushlarning imlosiga alohida e’tibor qaratilgan. To‘g‘ri, darslik o‘z davrining
talabi asosida tuzilgan. Uning asosiy qismi bugungi kunga mos kelmaydi, ammo
o‘rgansa bo‘ladigan jihatlari ham ancha. Jumladan, nutq tovushlarining to‘g‘ri
talaffuzi va imlosini o‘rgatishda mustahkamlovchi mashqlar tarkibida nasriy Qishlog‘imiz so‘zida beshta
bo‘g‘in bor. So‘z oxiridagi “ da ”
bo‘g‘ini boshqalariga qaraganda
kuchliroq aytiladi. Tasavvur
Misol
Qoida So‘z bo‘g‘inlarining bittasida
un(ovoz) kuchayib, shu bo‘g‘inning
boshqalariga nisbatan kuchliroq aytilish
hodisasi urg‘u deb ataladi. Xulosa
Mashq 27-mashq . Quyidagi maqollarni
o ‘ qing . Har bir so‘zning qaysi bo‘g‘ini
boshqalaridan kuchliroq aytilishiga
diqqat qiling. Mustahkamlash](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_26.png)
![matnlar bilan birga she’riy matnlardan foydalanilganligi tilni adabiyot bilan
bog‘lashni ta’minlagan va nutq tovushlarining matndagi xususiyatlarini to‘laroq
o‘rgatish, provardida, o‘quvchilarni talaffuz, ohang, urg‘u va bo‘g‘in haqida
ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishiga olib keladi. Har bir mavzu dastlab o‘quvchini
mavzuga tayyorlash – misol, o‘quvchiga ma’lum bo‘lgan tushunchalar ehtiyojdan
kelib chiqish asosida tuzilgan qoida, so‘ngra o‘quvchi olgan yangi bilimlarni
mustahkamlash uchun mashq tarzida berilgan. Eng muhimi, hozirgi maktab
darsliklarida uchramaydigan unli va undosh tovushlarining hosil bo‘lishini yaqqol
tasavvur ettirish maqsadida nutq organlarining maxsus chizmasi yordamida har bir
tovushning talaffuz holati aks etgan rasmlar berilgan. Ayniqsa, unlilarning
ifodalanishiga alohida urg‘u berilgan. Masalan, [ e] unlisining talaffuzi haqida
quyidagilarni keltiradi: “ e harfi so‘z boshida kelsa [ye] tarzda talaffuz qilinadi: ye r,
yemish, yelka, yetmish va b. Undosh tovushlardan keyin kelsa [e] tarzda aytiladi:
kel, bel, terak, kerak va sh.k. Metodik jihatdan e’tiborga molik bu dalillar barcha
ona tili darsliklarida, ayniqsa, ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktab
o‘quvchilariga mo‘ljallangan darsliklarda ham o‘rni-o‘rni bilan yoritilishi kerak.
Biz tahlil etayotgan darslikda undosh tovushlarni tushuntirishda ham she’riy
matnlardan o‘rinli foydalanilgan. Ba’zan [ n ] burun tovushi chuqur til orqa
shovqinlilaridan bo‘lgan [ q ] , [ g‘ ] oldidan kelib, shunqor, chanqov, chanqoq,
qorong‘i, yong‘oq, qo‘ng‘iz, qo‘ng‘ir kabi so‘zlarda [ ng ] tarzda aytilsa ham, [ n ]
yozilishi ta’kidlangan. Mustahkamlash uchun esa 9-mashqda Fozil Yo‘ldosh
ijodidan foydalanilgan. Chunonchi, [ q ] , [ g‘ ] undoshlaridan oldin kelgan [ n ]
undoshning aytilishi va yozilishiga diqqat qiling.
Baring Qo‘ng‘irotda davron surgansan,
Alpomishman bir suhbatda turgansan.
Unlilarning ifodalanish i ga ko‘proq ahamiyat berilgan . Chunki ular bo‘g‘in
hosil qiladi, urg‘u masalasi ham unli tovushlar bilan bog‘liq, hatto, so‘zning
lug‘aviy ma’nosiga ham ta’sir qiladi. Unli tovushlarning so‘zdagi ahamiyatini
tushuntirish uchun unli tovushlarning har biriga bittadan mashq ajratilgan.
Ko‘rinadiki, 1940-yildan to 1980-yillargacha yaratilgan maktab “O‘zbek tili”
darsliklarining asosiy mualliflari – A.Borovkov, A.G‘ulomov,](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_27.png)
![T.Shermuhammedov, Z.Ma’rupov, Y.Abdullayev kabilardir. Ular yaratgan
“O‘zbek tili grammatikasi” darsligidan o‘z davrida o‘sha davr ta’lim maqsadiga
mos mukammal o‘quv vositasi sifatida foydalanilgan. Mazkur darslikning birinchi
va keyingi to‘ldirilgan nashrlari o‘rtasida bir qator farq hamda o‘zgarishlar
uchraydi. Masalan, IV nashrda berilgan o‘quv materiali bilan XIV nashrdagisi
o‘rtasida ba’zi o‘zgarishlar bor. Darslikning VII nashrida o‘quv materiallarining
kimlar tomonidan ishlanganligi haqida ma’lumot berilgan. Prof. A.K.Borovkov
imlo, so‘z sostavi va leksika bo‘limlarini; A.G‘ulomov ot va fe’l mavzularini;
Z.Ma’rufov sifat, ravish, olmosh; T.Shermuhammedov son, yordamchi so‘zlar va
undov so‘z turkumlarini ishlaganligi ta’kidlangan. Darsliklar mazmunini tarixiy-
qiyosiy aspektda o‘rganish mobaynida tilning, tilshunoslikning, o‘zbek tili o‘qitish
metodikasining tadrijiy taraqqiyotini ham bevosita kuzatish mumkin.
Tom ma’noda, “O‘zbek tili grammatikasi” darsligi yillar mobaynida nazariy
ma’lumotlar bilan boyitib borilgan. Chetdan kuzatilsa, mazkur darslik o‘zbek
bolalariga o‘z ona tillarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo‘llarini
o‘rgatishga emas, balki barcha o‘zbek bolalaridan tilshunoslar tayyorlash (hech
mumkin bo‘lmagan holat)ga mo‘ljallangaligi ko‘rinadi.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida nazariy ma’lumotlarning o‘quvchilarga to‘la
tushunarli emasligi tufayli o‘tilayotgan mavzuning mazmun-mohiyati kutilganicha
anglanmaydi, natijada ta’limning samarasi past bo‘lib qolaveradi. Hozirda ham ona
tili ta’limida grammatizmga berilish, xos atamalarning qo‘llanilishida ham
angashilmovchiliklar, chalkashliklarning mavjudligi o‘qitish sifatini yaxshilashga
ma’lum ma’noda to‘sqinlik qilmoqda. O‘zbek tilshunosligiga taalluqli
atamalarning ko‘pchiligi rus va rus tili orqali kirib kelganligi bugungi kunda sir
emas. Buni professorlar A.Q.G‘ulomov, H.G‘.Ne’matov va I.K.Mirzayev [26;
b.61-63] larning ilmiy mulohazalari ham tasdiqlaydi.
Ta’kidlanganidek, “Ona tili” darsliklariga kirib qolgan ayrim atamalar o‘tgan
asrning 30-yillarida rus tilidan tarjima yo‘li bilan yaratilgan “O‘zbek tili
grammatikasi” darsligida mavjud edi.
Shu o‘rinda imlo bo‘limiga tegishli atamalar xususida to‘xtalamiz. Hozirda
bu sohaga aloqador terminlar deyarli o‘zgarmagan, yangi istilohlar kiritilmagan.](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_28.png)
![Bir atamaning turli darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarda mualliflar tomonidan har
xil talqin etilishi masalasiga ham e’tibor qaratish zarur. Bugungi darsliklarda
uchraydigan undosh atamasi A.Fitrat va undan keyin 1937-yilda Q.Ramazonlar
darsliklarida unsiz , 1939-yil O.Usmon va B.Avizovlar darsligida undosh , 1946-
yilda professor A.Borovkov boshchiligida tuzilgan grammmatikada shovqinlilar
atamalari bilan qo‘llangan.
A.Borovkov, A.G‘ulomov, Z. Ma’rufov, T.Shermuhammedovlarning “O‘zbek
tili grammatikasi darsligi”ning 1946-yilgi to‘rtinchi nashrida shovqinlilar atamasi
qo‘llangan bo‘lsa-da, keyingi nashrlari (1949-yil, VII nashrida)da mazkur termin
undosh atamasiga almashtirilgan. IV nashrda mualliflar bu haqda quyidagi
fikrlarini bayon etadilar: “Shovqinli tovushlar odatdagiday bir bo‘g‘inda unlilar
bilan birga aytiladi. Ko‘p vaqt bu ikki xil tovushni bir-biriga bog‘lab, nom ham
berganlar. Ruschada unlini glasnыy , shovqinli tovushni esa soglasnыy, ya’ni unli
bilan birga aytiladigan tovush deb ataydilar. Shuningdek, darsliklarimizda
shovqinli tovushlarni undoshlar deb xuddi shu ma’noda ishlatganlar [14; b.227].
M.Asqarova, K.Qosimovalar tomonidan tuzilgan 5-sinflar uchun “Ona tili”
darsligining 1993-ildagi 13-nashrida imloga doir o‘quv materiallarining berilishi
“Imlo va grafika”dan boshlangan. Bo‘limning birinchi mavzusi “Nutq tovushlari
va ularning hosil bo‘lishi” deb nomlangan. Mualliflar tomonidan mazkur darslikda
o‘quv materiallarini, hatto rasmdagi nutq a’zolari aks etgan chizmani ham,
o‘quvchining o‘zi tushunib, xulosa chiqara oladigan darajada, u bilishi tabiiy
bo‘lgan misollar asosida keltirilgani e’tiborga loyiqdir. Xususan, unli va undosh
tovushlar quyidagi tartibda tushuntiriladi:
Rasmda ko‘rsatilgan predmetlarni bildiradigan so‘zlarni ayting. (Rasmda
olma, gilos, uzum keltirilgan.) Har bir so‘zdagi unli va undosh tovushlarni
ko‘rsating. Siz aytgan unlilardan tashqari yana qanday unlilar bor?
Avval unli keyin undosh tovushlarni talaffuz qiling va savollarga javob
bering: a, b, o, u, t, o‘, q, i, p, ye.
Qaysi tovushlarni talaffuz qilganingizda, havo og‘iz bo‘shlig‘ida ayrim
to‘siqlarga uchraydi [13; b. 71 ]?](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_29.png)
![Darslikdagi 180-mashqda tez aytishdan foydalanilgan. Mazkur tajribadan ona
tili darslarida, ayniqsa, imlo mavzusi o‘tilayotganda ko‘proq foydalanilsa, samarali
bo‘ladi, asosan, talaffuzi qiyin tovushlarning aytilishini mashq qildirishda qo‘l
keladi. Ma’lumki, [ x ] va [ h ] undoshlarining talaffuzi va imlosida ko‘pchilik
o‘quvchilar qiynaladi. Shu o‘rinda tez aytishlardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish
samara beradi. Imkoniyatga qarab o‘quvchilarning o‘zlari tez aytishlarga misollar
topishsa, avvalo, ularning foalligi ortadi, qolaversa, bu o‘quvchini ijodiy o‘ylashga
undaydi.
Quyida H.Ne’matov, A.G‘ulomov, M.Qodirova hamda
M.Abduraimovalarning 5-sinflar uchun “Ona tili” darsligi mazmuni xususida
qisqacha to‘xtalamiz:
Unda imlo ona tilining izchil kursi sifatida DTSning “Uqtirish xati”da
keltirilganidek, butunlay induktiv usulda berilgan. Masalan, til fanining bo‘limlari
ham 162-mashqqa biriktirilgan “Tilshunoslik fani” matni asosida berilgan.
Mashqning sharti esa quyidagicha:
Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosini darslikka ilova
qilingan “Izohli lug‘at”dan aniqlang (matnda tilshunoslik atamalari ajratib
ko‘rsatilgan) [32; b. 144 ] .
Shundan keyin “Talaffuz va imlo” mavzusiga o‘tib ketiladi. Unda bir nechta
tovushdosh so‘zlar berilgan bo‘lib, o‘quvchidan ularning talaffuz va yozuvda bir-
biridan farqlanishini tushuntirish talab qilinadi. Xuddi shunday 163-, 164-, 165-
mashqlar ham o‘quvchini oldingi bilimlariga tayangan holda mustaqil ishlashga
undaydi. Ushbu darslikning o‘ziga xos tomoni nazariy ma’lumotlarni uzluksiz
mashqlar tarkibiga kiritilganligidadir. O‘quvchiga nazariy materialni quruq
yodlataverish uning nutqiy malakasi rivojiga ijobiy ta’sir qilmaydi. Aksincha,
nazariy ma’lumotlardan adabiy talaffuz, imloviy savodxonlik, so‘z boyligini
oshirish, mustaqil ishlay olish hamda ijodiy fikrlash kabi ko‘nikmalarni
shakllantirishga ko‘maklashuvchi bir vosita sifatida foydalanish to‘g‘ri bo‘ladi.
1.3-§. “Ona tili” dastur va darsliklarining imloga doir o‘quv materiallari
yuzasidan tahlili](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_30.png)
![Ta’limning asosini tashkil etuvchi vositalar, ularning mazmun-mundarija va
tarkibini o‘rganish hamda takomillashtirish mazkur sohaga doir tadqiqotlarning
asosiy muammolaridan hisoblanadi.
Adabiy tilda ravon, lo‘nda va mantiqan izchil so‘zlash uchun milliy imloning
qonun-qoidalari, orfoepik jihatdan talaffuz me’yorlarini chuqur bilishni taqozo
etadi. Sho‘ro davri darsliklarida o‘zbek tili imlosi uning butun grammatikasi kabi
rus tili talqinlari asosida shakllantirilgan. Jamiyatdagi hukmron mafkura o‘zbek
tilining boy imloviy imkoniyatlarini inobatga olinishiga yo‘l qo‘ymagan. Natijada
o‘zbek adabiy tili talaffuz me’yorlarida hozirgacha ham g‘alizliklar seziladi. Ayrim
viloyat vakillari teleko‘rsatuvlarda intervyu berganda kishida maktab ta’limini
ko‘rmagandek taassurot qoldiradi, tushunib bo‘lmaydigan darajada shevalarda
so‘zlashadi. Bu holat o‘zbek adabiy tilining shakllanish jarayoniga ham, “Davlat
tili haqida”gi Qonunda belgilanganlarga to‘liq amal qilinishiga ham salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda.
Maktabda ona tili ta’limiga qo‘yilgan eng muhim talablardan biri
o‘quvchilarni o‘z fikrlarini bayon qilish faoliyatiga tayyorlash [53; b.23] ekanligi
nuqtai nazari bilan bugun amalda bo‘lgan N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov,
V.Qodirov va Z.Jo‘rayevalar muallifligidagi umumta’lim maktablarining 5-sinflari
uchun “Ona tili” darsligi (imloga doir o‘quv materiallarining berilishi) tahliliga
kirishamiz.
Darslikda imloga doir o‘quv materiallari tegishli mavzular tarkibidan
quyidagicha o‘rin olgan:
Boshlang‘ich sinfda o‘tilganlarni takrorlash maqsadida 333-mashq berilgan.
Uning sharti quyidagicha: “Boburning quyidagi baytiga diqqat qiling. Undagi unli
va undosh tovushlarni ajrating.
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonliq hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidir”
[ 22; b. 22 4 ].
Imlo va grafika haqidagi nazariy ma’lumotlardan oldin quyidagi topshiriq
berilgan: Topshiriq. Bola, kitob so‘zlarini bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inlarni tovushlarga
ajrating. So‘zlarning nechta bo‘g‘in va tovushdan iborat ekanini ayting [ 21 ,
b. 119 ].](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_31.png)
![Mazkur darslikda nazariy ma’lumotlarni mustahkamlovchi mashqlarning
o‘quvchilar qobiliyatiga qarab turlicha berilganligi, har xil boshqotirmalardan
unumli foydalanilganligi, shuningdek, maqol va tez aytishlar o‘rni bilan keltirilishi,
shubhasiz, ijobiy hodisadir. Albatta, yutuqlar ancha. Biroq to‘ldirilishi zarur
bo‘lgan o‘rinlar ham mavjud. Masalan, o‘quvchi mustaqil shug‘ullanishi uchun
mo‘ljallangan ba’zi mashqlarning sharti jo‘n va tushunarsizligi (333-, 334-
mashqlar), mashqlar so‘ngidagi ayrim savol va topshiriqlarning o‘quvchilar yoshi
hamda qobiliyatiga mos kelmasligi, shuningdek, bir savolning mazmunan
ikkinchisida takrorlanishi kabi holatlar uchraydi [21, b. 120 ].
Darslikdagi o‘quv materiallar orasida boshqalarida uchramaydigan, juda
muhim bo‘lgan [ o‘ ] unlisining talaffuz variantlari haqida ma’lumot mavjud.
O‘quvchi nutqining ravon va ta’sirchan bo‘lishida birgina tovushning, asosan, unli
tovushlarning ta’siri katta ekanligi barchamizga ma’lum. Agar so‘zlovchi birgina
tovushni to‘g‘ri talaffuz qila olmasa ham, uning nutqi buziladi. Shuni inobatga
olsak, mazkur darslikda [ o‘ ] unlisining so‘zlar tarkibida to‘g‘ri talaffuzi va
ularning bir-biridan farqlanishi masalasiga e’tibor qaratilishi nihoyatda
ahamiyatlidir. Buni darslikning yutug‘i deb baholash o‘rinli. Ammo e’tirof etish
hamda o‘rganish, o‘rgatish boshqa-boshqa hodisalar ekanligi aniq. Darslikda aynan
shu jihatga e’tibor qaratish zarur bo‘lgan o‘rinlar bor. Masalan, darslikning 139-
sahifasida shunday ma’lumot berilgan: “ O‘ tovushi ko‘l, o‘s, cho‘l, jo‘ra, mo‘tabar
kabi so‘zlarda torroq , bo‘ri, qo‘ri, xo‘roz, ro‘mol kabi so‘zlarda esa kengroq
eshitiladi, ammo hamma vaqt bir xil yoziladi”. Kuzatishlar aytilgan fikrlarni
asoslash, bu borada o‘quvchida zaruriy ko‘nikma va malakalarni hosil qilish uchun
yanada aniqroq misollar keltirilishini talab etadi.
Yaratilgan barcha “Ona tili” darsliklarida imlodan mavjud o‘quv materiallari
o‘ziga xoslikka egadir. Hammasida ham unli va undosh tovushlar tavsiflangan,
bo‘g‘in va urg‘u mavzulari, shuningdek, mashqlar tizimi ham keltirilgan. Imlo
sathi orfografiya va orfoepiya bo‘limlari bilan chambarchas bog‘langan.
Mustaqillik davrida yaratilgan “Ona tili” darsliklari oldingilariga nisbatan nazariy
va amaliy jihatdan biroz boyitilganligini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, [ o‘ ] unlisining
ikki xil talaffuz varianti mavjudligi N.Mahmudov boshchiligida yaratilgan](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_32.png)
![darslikka qadar umuman e’tirof etilmagan. Natijada o‘quvchi buni bilmagani
uchun [ u ] va [ o‘ ] unlilarini imloda ham chalkashtirib kelmoqda.
Maktabda ona tili o‘qitishni foydali maqsadlarga bo‘ysundirish, har bir
o‘rganiladigan grammatik tushuncha, ma’lumot, ta’rif hamda qoidalarning og‘zaki
va yozma nutqni rivojlantirishga yordamini nazarda tutishni, (nazariy emas) amaliy
tilshunoslikka e’tiborni kuchaytirishni taqozo etadi.
Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan yana bir muhim talab o‘quvchilar tafakkurini
rivojlantirishdir [53; b.128].
Kompetensiyaviy yondashuv asosida ishlab chiqilgan davlat ta’lim
standartlari bo‘yicha tuzilgan “Ona tili” dasturida imloga doir o‘quv materiallari
quyidagicha berilgan.
Dasturda berilganlarga diqqat qilsak, unda imloning asosi bo‘lgan nutq
tovushlari talaffuzi va imlosiga soatlar ajratilganda bir darsda yonma-yon
o‘rganilishi zarur bo‘lgan tovushlarga e’tibor qaratilmagan. Masalan, 35-, 36-
mavzular “N utq tovushlarining ma’no farqlash vazifasi”, “ Ayrim unlilar talaffuzi
va imlosi”, “ u va i unlilarining talaffuzi va imlosi”ga bag‘ishlangan. Agar
o‘qituvchi [ i] va [ e] unlilarini bir darsda talaffuz asosida bir-biridan farqlab
o‘rgatsa, yaxshi natijaga erishish mumkin. Chunki so‘zlovchilar, asosan, talaffuzda
[ i] va [ e] unlilarini chalkashtirishlariga deyarli har kuni duch kelamiz.
Dasturda yana 37-, 38-mavzular “a va o, o‘ unlilarining talaffuzi va imlosi”,
“Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi” uchun 2 soat vaqt ajratilgan. Fikrimizcha,
[o‘] unlisining talaffuzi va imlosiga 2 soat vaqt ajratilishi lozim. Chunki [o‘]
unlisining talaffuzi va shu asosda uning imlosiga ta’siri murakkab bo‘lib alohida
shug‘ullanishni talab qiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida imlo o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning
talaffuzi bilan bog‘liq kamchiliklar ustida alohida shug‘ullanilmasligi jamiyatda
qator kamchiliklarni yuzaga keltirmoqda. O‘quvchi nutqidagi talaffuziy
“kemtiklik”larni akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlari ham bartaraf
etayotgani yo‘q. Adabiy tilda so‘zlash, to‘g‘ri talaffuz bilan bog‘liq
muammolarning ko‘p sonli o‘qituvchilar nutqida, ba’zan ona tili va adabiyot o‘quv
predmetlari o‘qituvchilarining ham nutqida mavjudligi achinarli holdir. Xorijiy](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_33.png)
![tillarni o‘rganishga alohida ahamiyat berilayotgan bir davrda har bir kishi, avvalo,
o‘z ona tilida ravon so‘zlay olishi zarur. Zero, bu insonning jamiyatdagi o‘rnini,
madaniyat darajasini belgilab beradi.
Mazkur darslikning 32-mavzu sida og‘zaki va yozma nutq tushunchalari
haqida nazariy ma’lumot, ta’rif kiritilgan. Bizningcha, darslikning shu o‘rnida
adabiy tilning o‘quvchi hayotidagi ahamiyati, adabiy talaffuzning o‘rni haqidagi
muhim ma’lumotlar ham berilishi zarur. Chunki aksariyat darsliklarda adabiy
tilning ta’rifi va shakllari haqida ma’lumot berilib, uning kishi kelajak hayotidagi
buyuk xizmati, ahamiyati haqida hech narsa aytilmaydi. To‘g‘rirog‘i, adabiy
tilning targ‘iboti shevada so‘zlaydigan o‘quvchi fikrini o‘zgartiradigan darajada
aniq va ravshan bo‘lmog‘i juda-juda muhimdir.
“Urg‘u va uning turlari”, “So‘z urg‘usi” mavzulariga 2 soat vaqt ajratilgan.
Chuqurlashtirilgan sinflarda esa mazkur vaqt 4 soatni tashkil etadi. Biz buni (so‘z
urg‘usi to‘g‘ri talaffuz uchun zaruriy kreteriy ekanligini inobatga olib) hamma
darajalar uchun bir xilda 4 soatga mo‘ljallash kerak, deb hisoblaymiz.
Darsliklardan o‘rin oladigan imloga doir o‘quv materiallari, jumladan, mashq
namunalari hamda topshiriqlar kompleks shaklida bo‘lishi, ya’ni bir-birini
to‘ldirishi muhimdir. Yuqorida ta’kidlangani kabi to‘g‘ri talaffuz bilan birga
o‘quvchida imloviy savodxonlik, so‘z zaxirasining boyishi, mantiqiy fikrlash kabi
malakalar ham bir paytda rivojlanib borishi kerak.
Xo‘sh, amaldagi “Ona tili” darsliklarimiz umumiy o‘rta ta’limning asosiy
ta’lim vositasi sifatida bu talablarga qay darajada javob bera olyapti? Quyidagi
tahlillarimiz shu savolning javobi bilan bog‘lanadi.
O‘quvchi talaffuzini adabiy til me’yorlariga moslashtirish murakkab
masalalardan biri bo‘lib, mazkur jarayonda o‘quvchilarning har biri bilan alohida-
alohida ishlash talab qilinadi. Mamlakatning turli hududlarida turli tovushlar,
bo‘g‘inlar, qo‘shimchalar, so‘zlar talaffuzi bilan bog‘liq muammolar uchraydi.
Darslikdagi mashqlarda, o‘qituvchi tomonidan tuzilgan o‘quv topshiriqlarida
o‘quvchi uchun talaffuzi qiyin tovushlarning talaffuzini adabiy me’yorlarga
moslovchi jihatlarga e’tibor berilishi lozim. Ma’lumki, unli tovushlardan [ u]-[o‘],
[i]-[e]; undoshlardan [ h]- [x], [q], [j], [ng] kabilarning aytilishi va yozilishida](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_34.png)
![xatoliklar ko‘p uchraydi. Demak, mazkur tovushlar talaffuziga doir mashqlarga
asosiy e’tiborni qaratish kerak bo‘ladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Ona tili”dan 5-siflar uchun amaldagi
dasturida 43-, 45-mavzular b, m undoshlaridan oldin kelgan n undoshining
talaffuzi va imlosi. Jj (dj) undoshining talaffuzi va imlosi. X va H undoshlarining
talaffuzi va imlosiga jami 3 soat vaqt ajratilgan. Oxirgi ikki undosh tovushning
talaffuzi va imlosidagi muammo va chalkashliklar ustida ishlash uchun 2 soat
kamlik qiladi. Bizningcha, [ x ] va [ h ] undoshlarini alohida mavzu qilib berish
zarurati mavjud. Chunki o‘quvchilar, asosan, talaffuz va imloda shu ikki tovushni
aralashtirishlarini doimiy kuzatish mumkin.
Ona tili ta’limida, xususan, imlo o‘qitishda adabiy til imlosiga sheva
imlosining ta’siri masalasi hal etilishi zarur bo‘lgan asosiy muammo sifatida
turibdi. Mahalliy tilda unlining 9 xil talaffuz varianti mavjud. Ona tili
o‘qituvchilarining aksariyati buni farqlamaydi. Aslida o‘qituvchi qat’iy tarzda
adabiy tilda dars o‘tishi lozim. Darsliklarda bu jihat e’tiborga olinishi kerak.
“Ona tili” darsliklarida [ i ] unlisining talaffuzi va imlosiga doir muhim
ma’lumotlar berilgan bo‘lsa-da, imlo o‘qitish jarayonida ayrim munozaralar paydo
bo‘lmoqda. O‘zbek tilida [ i ] rus tilidagi kabi talaffuz qilinmaydi. Shu o‘rinda
tovushlarni ifoda etuvchi harflarning talaffuzi va nomlanishini o‘zaro farqlash
lozim.
“Bo‘g‘in ko‘chirish”ga alohida e’tibor berilgan. So‘zning bir yo‘ldan keyingi
yo‘lga bo‘g‘inlab ko‘chirilishi. Bo‘g‘in hosil qilgan bir unli harfni oldingi yo‘lda
qoldirib yoki keyingi yo‘lga ko‘chirib bo‘lmasligi. Bir bo‘g‘inli so‘zlar, ( ona, ahil,
o‘rik, elak kabi ikki bo‘g‘inli so‘zlarning ko‘chirish uchun bo‘linmasligi. Tutuq
belgisi qo‘yib yoziladigan so‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish uchun bo‘linishi, tutuq
belgisining oldingi bo‘g‘inda qoldirilishi ( va’-da, mash’- al, ta’-lim ). Harf
birikmali so‘zlarning bo‘g‘inlab ko‘chirilishi ( si-ngil, ko‘-ngil, tong-gi kabi)
yonma-yon kelgan bir xil undoshli so‘zlarning bo‘g‘inlab ko‘chirilishi ( ik-ki, kat-
ta, is-siq kabi) Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning imlosi, bunday
so‘zlarning yozilishini so‘z oxiriga unli tovush qo‘shib aytib tekshirish: ( maktabim
– maktab, kitobim-kitob, maqsadim – maqsad, umidim – umid kabi) Aytilishda](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_35.png)

![Imloga doir o‘quv materiallarning asosini tashkil etuvchi mashq va topshiriqlar
didaktik, metodik jihatdan tahlilga tortilib, ularni takomillashtirish zarurati
mavjudligi ko‘rsatildi, kerakli o‘rinlarda tavsiyalar berildi. Ona tili
mashg‘ulotlarida hozirgacha foydalanilgan va foydalanilayotgan o‘quv
materiallarining berilishi, ularning tadrijiy taraqqiyoti tarixiy aspektda tekshirib
ko‘rildi va quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Maktabda imlo o‘qitish jarayonida o‘quvchi uchun talaffuzi va imlosi qiyin
unlilar (masalan, [i]-[e], [u]-[o‘], [a]-[o]) va undoshlar([x]-[h], [g‘]-[q], [f]-[p])ga
ko‘proq e’tibor berilsa, o‘quvchining og‘zaki va yozma nutqida sezilarli ijobiy
o‘zgarish sodir bo‘lishini tjribalar dalillaydi.
2. Respublikamizning turli hududlarida xalq shevalari bilan bog‘liq holda
adabiy me’yordagi bir tovush turlicha talaffuz ko‘rinishlariga ega bo‘ladi va bu,
tabiiyki, talaffuzda hududiy muammolarni keltirib chiqaradi. Mazkur muammo
o‘qituvchining imlo o‘qitishda darslik materiali bilangina ishlashi yetarli
bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Ularni bartaraf etish uchun esa orfoepik nuqtai nazardan
puxta o‘ylangan hududiy darsliklar yaratish yoki maxsus imloviy mashq va o‘quv
topshiriqlari tizimi ishlab chiqilishini taqozo etadi.
3. Adabiy talaffuz masalasiga jiddiy e’tibor berilishi, maktab o‘qituvchilarining
barchasi, ayniqsa, ona tili o‘quv predmeti o‘qituvchisi bu borada o‘z
o‘quvchilariga namuna bo‘la olishlari lozim. Ona tili o‘quv predmeti o‘qituvchisi
aynan imlo bo‘limi ta’limida talaffuz mashqlarini sinfdagi har bir o‘quvchi bilan
induvidual tarzda olib borgandagina kutilgan natijaga erishiladi.
4. Avval aytilishi qiyin tovushlarning o‘zini qayta-qayta ayttirish (ya’ni takror
orqali mashq qildirish, o‘quvchining nutq apparatini shu tovushlar talaffuziga
moslashtirish), keyin shu tovushlar ishtirok etgan bo‘g‘inlar, so‘zlar talaffuzi va
nihoyat she’riy yoki nasriy jumla tarkibida aniq, jozibali talaffuz qilishni mashqlar
vositasida amalga oshirish samara beradi.
5. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Ona tili” dastur va darsliklarda
talaffuzi hamda imlosi qiyin bo‘lgan tovushlarga, urg‘u va bo‘g‘in ko‘chirilishi
kabi mavzular ustida ishlashga amaldagidan ko‘proq dars soatlari ajratilishi lozim.](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_37.png)

![Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida imlo o‘qitishni samarali bo‘lishiga erishish
uchun amaldagi o‘quv materiallarini bu boradagi muammolarni inobatga olgan
holda takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Muhimi shuki, o‘quvchida, avvalo,
o‘quv soati uchun ajratilgan har bir daqiqadan, darsliklarda berilayotgan har bir
ma’lumotdan unumli foydalanish ko‘nikma hamda malakasini shakllantirish va
rivojlantirish talab etiladi. O‘quvchiga taqdim etilayotgan o‘quv materiallari
birgina muammo yoki mavzu doirasidagina emas, balki birdaniga o‘quvchida ikki
yoki uch zaruriy (adabiy talaffuz, imlo savodxonligi, zarur so‘z boyligi va mustaqil
ishlash) malakalarini shakllantirishga xizmat qila olsa, ko‘zlangan maqsadga
erishish oson bo‘ladi. Masalan, o‘quvchiga til fanining bo‘limlari haqida sof
nazariy ma’lumotlarni ketma-ket (Amaldagi birgina 5-sinf darsligida “Bilib oling”,
“Esda tuting” shaklida 200 dan ortiq sof nazariy qoida va ta’riflar borligini nazada
tutyapmiz) taqdim etgandan ko‘ra, ularda to‘g‘ri talaffuz va o‘z fikrini rang-
barang shakllarda aniq, ravon va sodda tarzda ifodalay olish ko‘nikmalarini
shakllantirishga xizmat qila oladigan amaliy jihatlarni o‘rgataylik. O‘quvchiga
imloga doir biror topshiriq berishda nutq tovushlari haqidagi ma’lumotlarni berish
asnosida imkon qadar unda ravon nutq, mazmunli muloqot malakasini, mustaqil
ishlay olish ko‘nikmasini shakllantirishga erishish darsning samaradorligini
ta’minlaydi. Shu o‘rinda o‘quvchiga tahlil uchun berilgan mashq yoki topshiriq
mazmuni oddiy xabar emas, balki hikmatlar, iboralar, tasviriy ifodalar, yashash
qoidalariga teng bo‘lgan xalq maqollari, xalq dostonlaridan zarur parchalar
shaklida bo‘lsa, bir paytning o‘zida darsning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy, ham
rivojlantiruvchi maqsadlari amalga oshadi.
Bugungi kunda ta’lim jarayoniga turli yangi pedagogik texnologiyalar tatbiq
qilinmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijasida bir qator yangi tipdagi mashq va
topshiriqlar amaliyotda sinab ko‘rilmoqda. Jumladan, I. Davronov [16, b.188-193]
ning algoritmik mashqlar haqidagi fikr-mulohazalari bu boradagi yangicha
yondashuvlardan biridir. Biroq ona tili o‘qitishda shunday mavzular bo‘ladiki,
ularning ta’limida didaktik o‘yinlardan ko‘ra an’anaviy amaliy ishlar orqali kerakli
natijaga erishish mumkin bo‘ladi. Ta’kidlash kerakki, talaffuzning imloga va,
aksincha, yozuvning og‘zaki nutqqa ta’siri bo‘lishi tabiiy. Fan-texnika qanchalik](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_39.png)

![Mamlakatimiz umumiy o‘rta ta’lim o‘quv dasturida ona tili ta’limi oldiga
quyidagi bosh maqsad qo‘yildi: “Ona tili mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik,
mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki,
yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirish” ga qaratish lozim [25, b.16]. Chunki 8-9-sinf o‘quvchilarining ruhiy
holati, fikrlash qobilyati o‘ziga xos shakllanayotgan bo‘ladi. Shuning uchun
o‘quvchilarda ijod qilish, yaratuvchanlik, turli xil fikrlarni mantiqiy o‘ylab tahlil
qilish jarayoni amalga oshayotgan vaqt hisoblanadi. O‘quvchining aynan shunday
qobilyatlarini shakllantirish ya’ni to‘g‘ri boshqarish til va adabiyot
o‘qituvchilarining zimmasiga tushadigan vazifadir. Ona tili darslarida o‘qituvchilar
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga, so‘zlarning ma’no jihatlarini farqlashga,
so‘zlardan o‘rinli qo‘llashga, imloviy savodxonlikni oshirishga, so‘zlarni to‘g‘ri
talaffuz va yozishga, so‘zlardan gap, matn, jumlalar hosil qilishga, matn va
jumlalardagi xatolarni topishga, mantiqiy fikrlash qobilyatini oshirishga katta
e’tibor qaratish kerak.
2.2-§. Mashq va topshiriqlar tizimi – imloviy ta’lim samaradorligining
asosi
Ona tili mashg‘ulotlarida imlo ta’limining maqsadi, mazmuni takomilini
ta’minlashda nutq tovushlariga oid mashqlarning o‘rni benihoya katta. Chunki ular
yordamida o‘quvchi uchun adabiy tilda so‘zlashish, uning rang-barang
imkoniyatlaridan foydalanish sharoiti paydo bo‘ladi. Mazkur masala, ya’ni
dasliklarda imloviy materiallar talqini masalasi ingliz, nemis, fransuz tili
darsliklarida ancha mukammal, to‘liq, rang-barang shakllarda berilgan va e’tiborga
molik tomoni shundaki, imloviy mashqlardan foydalanish boshlang‘ich sinflardan
keyingi ta’lim jarayonlarida ham davom ettiriladi.
Adabiy til va uning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan talaffuz me’yorlari
millatning yuzi, madaniyatlilik belgisi sifatida namoyon bo‘ladi, shuningdek, shu
millat vakillarining o‘zaro muloqotlari tushunarli va samarali bo‘lishini
ta’minlaydi. Ona tili darslarida talaffuz ustida ishlanar ekan, hamma tovushlarning
to‘g‘ri talaffuzi ham maxsus mashqni talab etavermaydi. Har bir tilda ham talaffuz
va imlosi muammoli bo‘lgan nutq tovushlari mavjud. Jumladan, o‘zbek tilida ham.](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_41.png)
![Asosan , o‘quvchilar, barcha soha vakillari, eng achinarlisi, ayrim mutaxassis-
o‘qituvchilar ham [ x ] – [ h ] , [ u ] – [o‘] , [ i ] – [ e ] va ayrim hududlarda [ q ] , [ ng ] kabi
tovushlarning aytilishi va yozilishida muntazam xatoga yo‘l qo‘yadilar.
O‘.Usmonova bu masalani hal qilishdagi qiyinchiliklarga shevalarni sabab qilib
ko‘rsatadi [45, b.3]. Tadqiqotchi talaffuz masalasi o‘zbek tilida o‘rganilmasdan
kelinayotganligini ta’kidlaydi va bu borada o‘z ishida adabiy talaffuz me’yorlarini
belgilash ishlariga birinchi bo‘lib qo‘l urgan olim F.K.Kamolov hamda professor
S.I.Ibrohimovlarning qimmatli fikrlariga tayanadi.
Bugungi kunda ham ayrim unli va undoshlar talaffuzini o‘rgatishda
qiyinchiliklarga duch kelinadi. Talaffuzdagi har xillikka sabab sheva ekanligi
nazarda tutilsa, adabiy talaffuzni shakllantirishning samarali yo‘li bu – imloviy
mashqlar ustida ishlash ekanligi ma’lum bo‘ladi. Talaffuzda ham, yozuvda ham
eng ko‘p chalkashlik bo‘g‘iz undoshi [h] bilan bog‘liq. Uni bartaraf qilish uchun
quyidagicha yondashish tavsiya qilinadi:
Agar biz videoproektor (imkoni bo‘lmasa, plakatlarga tushirib olish ham
mumkin) orqali maxsus tuzilgan imloviy mashqlar va shu tovushlar talaffuz holati
aks etgan oksilografik tasvirlardan foydalansak, natija ijobiyga o‘zgarishi mumkin.
Nutqiy malakalarni shakllantiruvchi vosita, bizningcha, quyidagicha mashqlardan
muntazam foydalanishdir.
[X] va [H] harflarining talaffuzi hamda imlosi. [h] – bo‘g‘iz undoshi bilan
[ x] – chuqur til orqa undoshining ba’zan imloda, asosan, talaffuzda almashtirilib,
xato qo‘llanilmoqda. Bu borada ko‘plab metodik tavsiyalar, hatto maxsus lug‘atlar
(“h”li va “x”li so‘zlar lug‘ati) yartilgan bo‘lsa-da, bu borada hozirgacha sezilarli
natija yo‘q.
Quyida b o‘g‘iz undoshininig talaffuzi va imlosiga doir maxsus mashq va
topshiriqlar ni tavsiya etamiz:
1-mashq. Quyidagi ma ’ lumotlarni o‘qing va t o‘g‘ ri talaffuz qilishni mashq
qiling.
[ h ]- bo‘g‘izda hosil bo‘luvchi yagona undosh tovush bo‘lib, o‘pkadan
chiqayotgan havo bo‘g‘izda to‘siqqa uchraydi. Unli tovushlardan farqi shovqindan
iboratligidadir. Chuqur til orqa undoshi [ x ] dan talaffuziga ko‘ra farqlanadi:](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_42.png)
![[ h] - talaffuzda til tanglayga tegmaydi, titramaydi.
[ x] - talaffuzda tilning orqa qismi qattiq tanglayga tegadi va o‘pkadan
kelayotgan havo bosimi til va tanglay orasidan sirg‘ a lib, titrab o‘tadi.
h al – hol – hil – ho‘l x ol – xil – xo‘r – xas
h ol – xol hush – xush
h am – xam h il – xil
h amma – xamma h atto – xato
O‘qituvchi shu holatni videoproektor orqali (uning hajmi katta bo‘lganligi
sababli sinfdagi barcha o‘quvchi tasvirni yaqqol ko‘rib turadi va bu eng
muhimidir) batafsil izohlab, shu asosda to‘ g‘ ri talaffuz qilib bera olsa, natija
istalgandek bo‘ladi. So‘ng mustahkamlash uchun biror matn, masalan, Muhammad
Yusufning “Ilm istang” she’ri [ h] va [ x] harflari tushirilgan holda ekranga
chiqarilsa, o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida mustaqil o‘rganganlarini amaliyotda
qo‘llab ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. Vaqt ham tejaladi. Uyga vazifa sifatida
biror sevimli asar misolida [ x] yoki [ h] tovushi ishtirok etgan 20 ta so‘z topish
topshiriladi. Bu borada she’riy matnlar ustida ko‘proq ishlash yaxshi natija beradi.
1-mashq. Berilgan she’riy matndagi bo‘sh o‘rinlarga kerakli harflarni
qo‘ying va she’rni ifodali o‘qing.
Alp o‘ g‘ lonlar o‘lkasi bu ko‘…na Turon,
Qalqonlari, qanotlari , ilm istang.
Yarim ja…on bunyod etgan so…ibqiron,
Alisherning avlodlari , ilm istang.
Ilm istang , izingizdan ibrat yog‘sin,
I…losingiz sha…dingizdan shiddat yog‘sin,
Ortingizdan mag‘rur-mag‘rur millat yo g‘sin
Mulki Turon najotlari , ilm istang. (M.Yusuf)
2-mashq . “Adabiyot” darsligidan uyga vazifa sifatida o‘qishga berilgan
biror asardan [ x] va [ h] undoshlari ishtirok etgan so‘zlarga 15 tadan misol topib
daftaringizga yozing va ularni to‘g‘ri talaffuz qilishga odatlaning.
3-mashq . Tezaytishlarni takrorlang va siz ham shunday tezaytishlar tuzishga
harakat qiling.](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_43.png)
![1.Hamid hali ham Hamidadan hayiqadi. 2.Xurshid xo‘rozining xunukligidan
xo‘rsindi.
Tutuq belgisining ifodalanishi. Tutuq belgisi ishtirok etgan so‘zlarning
talaffuzida , ba’zan imlosida ham kamchiliklar uchraydi. Darsliklarda mazkur
belgining uch vazifasi haqida batafsil ma’lumot berilgan bo‘lsa-da, talaffuzda
chalkashliklar mavjud. Ya’ni unlidan keyin kelganda ham, undoshdan keyin
kelganda ham ajratib aytilaveradi. Ma’/naviyat, ma’/rifat, ma’/no. Muammoni
bartaraf etish uchun, bizningcha, masalaga quyidagicha yondashish mumkin :
E slatma [ : ] cho‘zi qlikni bildiradi .
1-mashq. Talaffuzda qiyoslang.
Tana – ta ’ : na ma’ : no
Davo – da’ : vo ma’ : rifat
Sher – she’ : r ma’ : naviyat
Agar tutuq belgisi unlidan keyin kelsa, shu unli tovush cho‘ziqroq talaffuz
qilinadi.
2- mashq . Qoidaga asosan to‘g‘ri talaffuz qilishni mashq qiling .
San’/at – sanat mas’/ul
Tal’/at – talat jur’/at
Qal’/a – qala mas’/ud
Sur’/at – surat in’/om tal ’/ at
Agar tutuq belgisi undoshdan keyin kelsa, u o‘zidan keyingi tovushdan ajratib
talaffuz qilinadi.
1-topshiriq. Dastlab tutuq belgisining unli harflardan keyin kelishiga, so‘ng
undosh harflardan keyin kelishiga xalq maqollari orasidan misollar topib yozing
va talaffuz asosida farqlang.
Masalan , - Va’daga vafo mardning ishidir.
- Da’vogar sust bo‘lsa, Qozi muttaham bo‘lar.
- Elga ma’qul-senga ma’qul.
- Mehnat-e’tibor garovi.
- Ma’raka-mardniki, Ziyofat-xalqniki.
- Da’vo qilma domladan, Qarzdor bo‘lma so‘fidan.](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_44.png)

![5 -mashq . Qanday so‘zlarda i unlisi yoziladi , lekin o‘qilmaydi? Misollar
keltiring.
[ i ] unlisi o‘zbekcha va arabcha so‘zlarda juda qisqa talaffuz qilinadi.
Chunonchi, b ilim, iliq, din, asir, amir va b.
Rus va tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlarda aniqroq, cho‘ziqroq talalaffuz
qilinadi. Masalan, kino, bino, fizika, durbin va hk .
6 -mashq . Berilgan ma’lumotlarni o‘qing va imloviy mashqlar ustida ishlang.
[ i ] va [ u] unlilari ayrim holatlarda [ e] va [ o‘] unlilari bilan almashtirilib imlo
va talaffuzda turli xatoliklarni keltirib chiqarmoqda. Uni bartaraf etish uchun
darslikdagi ma’lumotlar kifoya qilmaydi.
Fikrimizcha, [ i ] unlisining qipchoq lahjasi vakillari nutqidagi talaffuzi
boshqacharoq bo‘lib, barcha o‘rinlarda qisqa [ e] tarz i da talaffuz qilinadi. Bu
muammoni bartaraf etish uchun darslikka ilova tarzda quyidagi imloviy
mashqlarni berish zarur.
7- mashq . T o‘g‘ ri talaffuz qiling.
i n – e n ; i z – e z ; i qtisod– i qtidor ; i flos– n afis ; i roda– i bora ….
8-mashq. Berilgan so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qiling, ma’nosini bir-biridan
farqlang. Har biriga ma’nodosh so‘z toping va ular ishtirokida jumla tuzing.
e t – it e’lon – ilon
el – il eshon – ishon
ez – iz echki – ichki
en – in endi – indi
9 -mashq . [ i ] – [ u ] ishtirokidagi so‘z juftlarini talaffuz me’yorlari asosida
o‘qing va qaysi to‘g‘ri ekanligini aniqlang.
qurish – qurush tuzilish – tizilish
tug‘ulish – tug‘ilish surush – surish
tuzum – tuzim turush – turish
turmish – turmush tiyish – tuyish
10 -mashq . Quyidagi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qiling va xato yozilganlarini
aniqlang.](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_46.png)
![Qipchoq lahjasiga mansub o‘quvchilar ko‘p holatlarda [ o‘ ] unlisini [ u ] unlisi
bilan talaffuzda va imloda almashtirib noto‘g‘ri qo‘llashadi.
q o‘l – qul q o‘sh – qush
g‘o‘ ra – g‘ura g‘ o‘z a – g‘uza
q o‘ra – qura q o‘shiq – qushiq
q o‘zi – quzi o‘zim – uzim
qo‘y – quy to‘y – tuy
o‘y – uy so‘y – suy
[a] va [o] unlilari talaffuzi hamda imlosi
O‘zbekcha so‘zlarda [a] unlisi, odatda, asliga ko‘ra talaffuz qilinadi, biroq
ayrim so‘zlarda [o]ga o‘xshab aytiladi , lekin a yoziladi. Masalan, d avom, ravon,
vagon, narvon…
11-mashq . O‘zbek tilidagi til orqa [o] unlisi boshqa tillardagi [o] ga shaklan
o‘xshasa ham , talaffuzda farq qiladi.( O‘ qituvchi yordamida talaffuz qiling.)
ton (so‘zidan ton di) – ton (ohang)
tok ( uzum ) – tok (kuchlanish)
tom (uyning tomi) – tom (bob)
12 - mashq . Uyga vazifa. Keltirilgan xalq maqollaridagi s o‘ zlardan
qaysilarida [a] unlisi [o] kabi talaffuz qilinadi, ammo [a] yoziladi .
1. Achchiq savol berib, shirin javob kutma. 2. Toza havo – tanga davo.
[ o‘ ] unlisining talaffuzi va imlosi
[ o‘ ] unlisinining tilimizda bir xil talaffuz etilmasligi ma’lum. Dastlab [ o‘ ]
unlisining ikki xil talaffuzini farqlab olish uchun misollar shakldosh so‘zlardan
keltiriladi va o‘qituvchi ko‘magida birma-bir talaffuz qilinadi:
to‘r (uyning to‘ri) to‘r (setka)
o‘r (sochni) o‘r (o‘tni)
o‘t (harakat ) o‘t (maysa)
o‘sma (harakat) o‘sma (ot)
So‘z tarkibida talaffuz qilib bo‘lgandan so‘ng quyidagi mashq orqali jumla
tarkibida ham aytib ko‘ramiz.](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_47.png)
![13-mashq. Berilgan gaplardagi tagiga chizilgan so‘zlarni ma’nosiga ko‘ra
to‘g‘ri o‘qing va ma’nodoshlarini toping.
Mehmon uyning to‘r ida o‘tiradi. Biz to‘r ni olib baliq tutgani yo‘l oldik. Onasi
qizining sochini o‘rib qo‘ydi. Niholni erta ekkan, hosilni erta o‘rar .
Oltin o‘tda bilinar – odam mehnatda. O‘t gan bulutdan yomg‘ir kutma.
O‘sma qoshni o‘stiradi.
14-mashq. Berilgan she’riy matnni ifodali o‘qishni mashq qiling. Undan
[ o‘ ] unlisi ishtirok etgan so‘zlarni talaffuz asosida ikki ustunga ajratib yozing.
Qiyosi yo‘q aslo, mehri bir daryo,
O‘xshasa o‘ziga o‘xshaydi o‘zbek.
Bolalariga-ku bildirmas, ammo,
Dunyoda bolam, deb yashaydi o‘zbek.
O‘nta bo‘lsa , o‘rni boshqa uning-chun:
O‘g‘lim otashimdan yaralgan uchqun,
Qizim parilardan chehrasi gulgun,
Yuzlari lolam deb, yashaydi o‘zbek. (M. Yusuf)
Agar o‘zbek tili ikkinchi til yoki davlat tili sifatida o‘qitilayotgan bo‘lsa,
mashqlar qatorini o‘quvchining ona tilidagi tovushlar bilan ham davom ettirish
mumkin:
bol– bol but – but kon – kon
sol – sol tut – tut ton – ton
son – son tush – tush tok – tok
ton – ton shum – shum dom – dom
Bunday mashqlar birinchidan, o‘quvchi nutqini adabiy talaffuzga
odatlanishini ta’minlaydi, ikkinchidan, o‘quvchining rus va o‘zbek tili bo‘yicha
bilimlarini ham boyitadi. Qolaversa, o‘qituvchi mazkur mashqdagi so‘zlarni
namuna sifatida talaffuz qilib berayotganda so‘zlarning ma’nosini o‘quvchilarga
tushuntirishga harakat qilib, sinonimlardan foydalanadi, natijada ta’lim
oluvchining so‘z boyligi oshishiga ham erishiladi. Yoki talaffuz mashqi tugagach,
o‘quvchilarning o‘zlariga o‘zbekcha so‘zlarga ma’nosi to‘g‘ri keluvchi boshqa
so‘zlar topish topshirig‘i berilsa, ularning mustaqil ishlashlariga, fikrlashlariga,](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_48.png)
![oldin o‘rganilganlarini amaliyotda qo‘llashlariga sharoit yaratiladi.
Nazariy ma’lumot. Ayyub G‘ulomov ham urg‘u masalasiga alohida ahamiyat
berib, o‘zbek tili urg‘usi chuqur tekshirishni talab etishini, ham nazariy, ham
amaliy jihatdan ahamiyatli bo‘lgan qaltis hodisa ekanligini ta’kidlaydi [52, b.80].
O‘z tekshirishlarini quyidagicha bayon qiladi: “ Bizning o‘zbek tili yuzasidan
bo‘lgan kuzatuvimiz oddiy undash holida urg‘uning o‘z o‘rnida qolishini, biror
jahl bilan qattiq gapirishda, jiddiy kuchli undashda haqiqatan, ko‘chirilishini
ko‘rsatadi ” [52, b.3-4]. Olim o‘zbek tilida urg‘u undalmalarning ohangida,
emotsional munosabat ifodalashda turlicha bo‘lishini qayd etgan o‘rinlar ham
mavjud. Maktab darsliklarida o‘quvchiga bu haqda ma’lumot berilmaydi.
1 -topshiriq. “Insonni tafakkur ma ’ rifatli qiladi, tu yg‘ u esa uni boshqaradi”.
(J.J.Russo) jumlada nechta bo‘g‘in bor. Ulardan qaysi biri aytilishi da
boshqalaridan balandroq, cho‘ziqroq talaffuz qilinadi.
1 -mashq . Quyidagilarni mantiqiy urg‘usiga e ’ tibor berib o‘qishni mashq
qiling.
Hayot nafas olish miqdori bilan o‘lchanmaydi. U n afasni tutib turishga bizni
majbur etgan onlar miqdori bilan o‘ lchanadi.
Vaqt bizdan har bir soniyada o‘ tib ketaveradi. Uni hozirning o‘ zidayoq
sarflash kerak.
2 -mashq . O‘zbek tilida urg‘u, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi.
Aytib k o‘ ring : bolá , kit ó b , savdó , davó…
3 -mashq . Tilimizda urg‘usi birinchi bo‘g‘inga tushadigan so‘zlar ham
mavjud. Talaffuz qiling: lékin, ámmo, bálki, hátto,…
4 -mashq . Boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarda urg‘u, ko‘pincha, so‘z
o xiriga tushmaydi. O‘ qituvchi bilan birga t o‘g‘ ri talaffuz qilishni mashq qiling:
tráktor, fùzika, matemátika, diréktor, fonétika, gráfika, krédit, téxnika, prùnter,
skáner, páynet,…
5 -mashq .So‘zlarni t alaffuzda farqlashni o‘ rganing. O‘zbek tilida so‘z urg‘usi
ma ’ no farqlash vazifasini ham bajaradi : ólma (harakat)– olmá (meva), tórtma
(harakat)– tortmá (stolning tortmasi),…](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_49.png)
![6 -mashq . Uyga vazifa. She’rni o‘qing. So‘z urg‘ularini qo‘yishni mashq
qiling.
Topshiriqlar – bilim olish va mustaqil fikrlashga yo‘naltiruvchi vosita
Ona tili ta’limi oldi d a tur gan aasosiy maqsad o‘quvchilar ning ijodiy
tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishdir. Zero : “ Demokratik jamiyatda
bolalar , umuman , har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi . Agar bola
erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’limning samarasi past bo‘lishi muqarrar.
Albatta , bilim kerak , ammo bilim o‘z yo‘liga , mustaqil fikrlash ham katta
boylikdir ” [7, b.4-19].
Bugungi kun izlanishni, yangilikni, qulaylikni talab qilar ekan, dars
jarayonida rasm va boshqa ko‘rgazmali vositalardan o‘rni bilan maqsadli
foydalanish zarur. Ishimizda an’anaga aylanib qolgan topshiriqlardan farqli o‘laroq
ehtiyojlarni o‘rganish asnosida maxsus topshiriqlar tizimi ishlab chiq ildi va ular
ba’zi umumta’lim maktab larida sinab ko‘rildi . Quyidagi fikrlarimiz shular bilan
bog‘lanadi.
Biz 5-sinflar uchun quyidagi takomillashtirilgan topshiriqlarlarni taklif
etamiz:
1-topshiriq . Berilgan hikmatli so‘z ma’nosini tushuntiring. Unda ishtirok
etayotgan tovushlarning hosil bo‘lish o‘rnini talaffuz asosida mustaqil aniqlang.
Har bir so‘zning ma’nodoshini topib yozing.
Janjallashayotgan ikki kishining qaysi biri aqlliroq bo‘lsa, o‘sha aybdor.
2-topshiriq . Berilgan xalq maqoli ma’nosini tushuntiring. Unda ishtirok
etayotgan tovushlarning hosil bo‘lish o‘rnini talaffuz asosida mustaqil aniqlang.
Bilimliga yorug‘ dunyo,
Bilimsizga – qorong‘u.
3-topshiriq . Maqollarni o‘qing. Xato yozilgan so‘zlarni topib, ularni tuzating
va maqollarni tanlab yod oling. Tuzatilgan so‘zlar imlosini lug‘atdan tekshiring.
Ilim o‘lchovi – aqil,
Zehin o‘lchovi – naql.
Kitop ko‘rmagan kala –
Giyox unmagan dalla.](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_50.png)





![Imlo o‘qitishda o‘quv materiallarini o‘quvchilarga qaysi metod orqali
tushuntirish yaxshi natija beradi? Quyida imloga doir o‘quv materiallarini
o‘qitishda qo‘l keladigan samarador usullar ustida ishlab, aytilgan fikrlarni ayrim
misollar bilan asoslashga harakat qilindi. Har qanday ma’lumotni qay darajada
o‘zlashtirish tinglovchining xohish-irodasiga bog‘liqdir. Psixologik nuqtai
nazardan darsda, ayniqsa, yangi dars bayonida o‘quvchini qiziqtirish lozim. Aks
holda, harakat besamar ketishi mumkin. Shu ma’noda imlo o‘qitishda ham turli
noan’anaviy dars usullaridan foydalanish lozim.
Quyida “Urg‘u” mavzusining noan’anaviy ta’limi xususida to‘xtalamiz:
1. “Qiyoslash” metodi. Bir predmet haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish
uchun uni ikkinchisi bilan qiyoslash o‘quvchida yorqin tasavvur hosil qiladi. Shu
ma’noda o‘quvchiga ona tilini boshqa bir tilga qiyoslab o‘rgatish eng samarali
usuldir. O‘qituvchi ona tili darslarida, xususan, imlo mavzusini
tushuntirayotganda ma’lumotlarni o‘quvchiga imkon qadar u o‘rganayotgan biror
chet tilidagi zaruriy bilimlar bilan taqqoslasa, dars yanada samarali bo‘ladi.
O‘qituvchining taqqoslanayotgan tilni qay darajada bilishi natijaga salbiy yoki
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
“Urg‘u” mavzusini tushuntirish uchun unga istagancha ta’rif keltirgan bilan
kutilgan natijaga erishish qiyin. Lekin o‘zbek tili urg‘usini rus, nemis yoki
bo‘lmasa ingliz tillaridan biridagi so‘z urg‘usi bilan solishtirish, o‘quvchida darhol
tushuncha hosil qiladi: (bolalàr , rebyata, chíldren ) , ya’ni o‘zbek tilida urg‘u,
asosan, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Boshqa tillarda esa, aksincha.
Nafaqat urg‘u, balki butun imloni qiyoslash usuli bilan o‘qitish yaxshi samara
beradi. Dars jarayonida ikki til tovushlari taqqoslanadi, ularning har biri o‘ziga xos
xususiyatga egaligi uqtiriladi. Tillar o‘rtasidagi imloviy farq va o‘xshashliklar
aytiladi. Misol uchun [ q ] , [ h ] , [ g‘ ] , [ o‘ ] va [ ng ] tovushlarining rus tilida yo‘qligi,
alifbodagi farqlar, ingliz tilida ikki unlining bir o‘rinda kelib talaffuzda boshqa unli
tovush sifatida aytilishi ( g oo d , b oo k, ch oo se , mee t ) yoki bo‘lmasa so‘z oxirida ye
unlisining o‘zak tarkibidagi biror unliga qo‘shib o‘qilishi ( take [te y k]) kabilarni
tushuntirishda; o‘zbek tiliga xos jaranglilarning talaffuzda jarangsizlashuvi, ba’zi
burun tovushlarining ham boshqacha talaffuz etilishi (ta n bur-ta m bur), og‘zaki](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_56.png)
![nutqda ba’zi so‘zlarda oxirgi tovushning tushib qolishi (Samarqand – Samarqan,
go‘sht – go‘sh, baland – balan...) , bo‘g‘in hodisasidagi farqlar, umuman,
tovushlarning aytilishi va yozilishidagi muvofiq hamda nomuvofiqliklar o‘rni bilan
taqqoslab boriladi. Bu jarayonda o‘quvchilar darsning faol ishtirokchisiga
aylanadi, qolaversa, sekin-asta qiyoslashni o‘zlari davom ettira boshlaydi.
Zero, taqqoslash – o‘quvchida mustaqil fikrlash ko‘nikmasini ham
shakllantiradi. Bu esa bugungi ta’limning maqsadini tashkil etadi. O‘quvchida
solishtirish jarayonida o‘zbek tilining o‘zigagina xos bo‘lgan jihatlari haqida
tushuncha paydo bo‘lgach, o‘z tilidan faxrlanish, shuning barobarida, unda milliy
g‘urur ham shakllanib boradi.
2. “Klaster” metodidan foydalanib, bellashuvchi ikki guruh a’zolaridan qaysi
biri bo‘g‘inlarni tez va to‘g‘ri joylashtirsa, undan xalq maqolining bir qismi kelib
chiqadi. Davomini topgan ham g‘olib bo‘ladi.
“Davomini top!” usuliga doir klaster:
1. T- chizma asosida [o‘] unlisining talaffuzdagi farqlarini aniqlash
Ikkala guruhga T – chizma beriladi. Ular aralash holda berilgan so‘zlar
orasidan [o‘] unlisining tor va keng talaffuz qilinadiganlarini ikkiga ajratadilar.
Vazifani to‘g‘ri va to‘liq bajargan guruh ishtirokchilari baholanadi.
O‘r (sochni), to‘r(setka), o‘r(o‘tni), bo‘l(nonni), to‘r(uyning), o‘z (olmosh),
(talaba) bo‘l, (pulini) to‘la, to‘la (idish), o‘n (so‘m), o‘n (fe’l), o‘z(fe’l)
2. “ Veen diagrammasi” asosida unli va undosh tovushlar tasnifini samarali
o‘rgatish mumkin. Ikki guruhga bo‘linib unli va undosh tovushlarning farqli
hamda o‘xshash jihatlari quyidagi ma’lumotlar asosida ajratiladi: Sinf
o‘quvchilari ikki guruhga bo‘linib ma’lumotlarni doiralarga joylashtiradilar.
Noto‘g‘ri yoki chalkash ma’lumot yozgan jamoa mag‘lub bo‘ladi.
2. “Klaster” shaklidan foydalanib ikkala guruh a’zolari ham birma-bir
jarangli va jarangsiz undoshlarni jufti bilan jadvallarga joylashtiradi.
Juftini bilasizmi?](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_57.png)



![Bola ko‘rgan narsalarni o‘zi bilgancha nomlaydi, yoddan yozadi va
bo‘g‘inlarga ajratadi. Bunda o‘quvchining so‘z qo‘llashi, tanlashi hamda imloviy
savodxonligi ochiq namoyon bo‘ladi. Bo‘g‘in haqida olgan nazariy ma’lumotlarini
amaliyotda qo‘llab ko‘radi, mustahkamlaydi.
9. “Kim xattot?” usuli.
Sinf uch guruhga bo‘linadi. Qur’a tashlash yo‘li bilan ulardan biri ekspert,
qolgan ikkisi bahslashuvchi jamoalarga ajratiladi. Ekspert guruhi jamoasi x va h
undoshi ishtirok etgan so‘zlarni aralash holda aytaveradi, bu so‘zlardan bir jamoa
tarkibida x undoshi ishtirok etgan so‘zlarni, ikkinchi jamoa tarkibida h undoshi
ishtirok etgan so‘zlar qatorini yozib boradilar. Belgilangan vaqtda jamoalar ishi
to‘xtatiladi. Ekspertlar jamoasi ikkala guruh ishlarini tekshirib beradi. Ish yakunida
o‘qituvchi uchala guruh ishlarini ko‘rib chiqib baholaydi.
10. “Kim notiq?” usuli.
O‘qituvchi ekspert bo‘lib turadi. Uchta jamoaga uchta o‘ unlisi ko‘proq
ishtirok etgan she’riy matn beriladi. Guruhlar kelishib olib, bittadan notiq
tayinlaydi. Ular matnlarni o‘qiydi. Guruhning boshqa a’zolari o‘ tovushi ishtirok
etgan so‘zlarni farqiga ko‘ra ikkiga ajratib chiqadi. Qaysi jamoa ikkala
topshiriqdan ham ball olsa, g‘olib bo‘ladi.
11. “Juftini top!” usuli.
Bunda tutuq belgisi ishtirok etgan so‘zlarning paronim juftlarini topish uchun
uchta jamoa bellashadi. Sardorlar bellashgan paytda qolganlar tutuq belgisi ishtirok
etgan so‘z qatnashgan xalq maqollaridan topib turadi. Kimda misol ko‘p bo‘lsa,
o‘sha jamoa g‘olibdir.
Da’vo –davo, ta’na-tana, qal’a-qala, she’r-sher.
12. “O‘rnini top!” usuli. Bu usul mustahkamlovchi xarakterda bo‘lib [ i]
unlisining talaffuz variantlari o‘rgatib bo‘lingandan so‘ng qo‘llaniladi. Birnchi
guruh o‘quvchilari rasmda ko‘rsatilgan narsalarning nomlarini talaffuz qiladi.
Ikkinchi guruh ularni jadvalga joylashtiradi. Rasmda (videoproyektor yoki
plakatda it, ilon, tipratikon, ukki, tulki, bo‘ri, sigir, sichqon kabilarning rasmi
beriladi)](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_61.png)
![Birgina 8-sinf ona tili darsligida matnlar bilan ishlashga e’tibor qaratilgan. Bu
darslik xalqaro baholash tizimi bo‘lgan PISA dasturiga turli xil topshiriqlarni
bog‘lashga harakat qilingan. Darslikdagi matnlar o‘quvchini o‘qish savodxonligini
oshirishga, matnni mantiqiy fikrlashga, turli xulosalar chiqara olishga qaratilgan.
Matnlarda o‘qish savodxonligini oshirish bilan bir qatorda grammatik topshiriqlar
ham berilgab bo‘lib, bu esa o‘quvchilarning yozma nutqini ham rivojlantirishga
yordam beradi. 8-sinf darsligi bo‘yicha fikr yuritayotgan ekanmiz, aynan bir
mavzu yuzasidan matn va topshiriqlarni tahlil qilamiz. Masalan: 76-77-darslar
“Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari yuzasidan tahlil” mavzusiga e’tibor
qarataylik. Unda Ulug‘bekning shogirti va buyuk allomamiz Farobiyga bog‘liq bir
matn berilgan [38, b.105-106]. Bunda har ikki matn doirasidan kelib chiqqan
holatda topshiriqlarni tuzish mumkin. Aynan bu matnlarni Blum taksanomiyasi
[41, b.18] orqali turli topshiriqlar o‘ylab topish mumkin. Blum taksanomiyasida
savollar bosqichma bosqich tuziladi. Har bir bosqichda berilgan savollar matn
mazmunini chuqurroq tushunishga va tahlil qilishga qaratilgan bo‘ladi. Savollar
borgan sari murakkablashib boraveradi.
Bilish. 1. Ikkinchi matn nima haqda?
2. Berilgan savolga Farobiy qanday javob berdi?
________________________________________
Tushunish. 1. Farobiy bunday javobi bilan nima demoqchi?
2. Nima uchun aynan Farobiyga bunday savol berdi?
__________________________________________________
Qo‘llash. Ilmga nisbatan shunday ehtirom ko‘rsatish holatini hozir ham
uchratish mumkinmi?
Tahlil. Nima uchun odamlarni Ulug‘bekning shogirtidan qay holatda xabar
olishi qiziqtirayapti?
______________________________________________________________
____
Sintez. Har ikkala matnda ilm orqali qanday insonga xos bo‘lgan xislat
ifodalangan?
Shu bilan birga birinchi matn yuzasidan turli savol va topshiriqlar ham
tuzish mumkin. O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, har bir guruhga bitta-bitta
topshiriq taqsimlab chiqsa ham bo‘ladi. Jumladan:
1-topshiriq.
Matn nima haqda? Ulug‘bekning sevimli shogirdi kim?
2-topshiriq.
“Yo‘l libosini keltiringlar, otlar hozirlansin!” – Ulug‘bek tomonidan bunday
buyruq berilishiga sabab nima edi?
3-topshiriq .](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_62.png)
![Ulug‘bek hasadgo‘ylarga nisbatan qanday yo‘l tutdi?
4-topshiriq.
Hasadgo‘y kishi deganda qanday insonni tushunasiz?
5-topshiriq.
“Ilm ahlini vaqti-vaqti bilan ziyorat qilib, holidan xabar olish savobdir”
fikriga qanday munosabat bildirasiz?
Yuqorida berilga savollar orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini ham yozma, ham
og‘zaki bayon qilishi mumkin. Sizda, albatta, savol tug‘ilishi mumkin. Nima uchun
birdaniga ikki xil shart, chunki bir sinfda 25-30 o‘quvchi bo‘lishi mumkin.
Ularning og‘zaki va yozma nutqi har xil: kimdir fikrini og‘zaki yaxshi bayon
qiladi, lekin juda imloviy xatolari ko‘p. Kimdir juda chiroyli yozadi, ammo og‘zaki
nutqida bayon qila olmaydi. Shu orqali o‘qituvchi ma’lum darajada bir natijaga
erisha oladi. O‘qituvchi qay yo‘l bilan bo‘lsa ham o‘quvchilarning ozgina bilimini
oshirishga harakat qiladi.
Umuman olganda berilgan topshiriqlarni bajarish orqali o‘quvchilarning
firlash doirasi, dunyoqarashi kengayadi. Topshiriqlarga javob yozishda o‘zi
o‘ylagan fikrlarini yozma bayon etish uning yozuv ko‘nikmasini ham
shakllantiradi. Shu mavzuda grammatik mashqlar ham berilgan: 150-topshiriq.
Matndan ikkinchi darajali bo‘laklarni aniqlang. 159-mashq. Berilgan so‘zlardan
foydalanib, matndagi aniqlovchilarni sinonimlari bilan almashtiring. Foydalanish
uchun so‘zlar: istiqomat qilmoq, buyuk, muhtaram, o‘zga, mashhur, qaror,
farmon [39, b.105-106]. 153-topshiriq. Yuqoridagi berilgan matndan
to‘ldiruvchilarni aniqlang. Bu mavzu ikki dars uchun mo‘ljallanganligi sababli
uyga vazifa sifatida 154-155-topshiriqlar va 160-mashq berilgan. Bu topshiriq va
mashqlarda so‘zlarning ma’nosi bilan lug‘at daftarga ko‘chirish, yod olish,
jumlalarni to‘g‘ri tuzish, “Zukko tilshunos” musobaqasini o‘tkazish kabi shartlar
bor.
Aynan maktab darsliklarida bo‘layotgan o‘zgarishlar o‘quvchilarni mantiqiy
fikrlashga, yozuv ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilayotganligini ko‘ramiz.
Darsliklarda o‘zgarishlar bo‘lsa-da, o‘quvchilarda yozma nutq ko‘nikmasida
kamchiliklar juda ko‘p. Shuning uchun boshlang‘ich sinf darsliklarida va yuqori
sinf darsliklarida tilshunoslikning orfografiya bo‘limiga oid qoidalar, mashqlar
kengroq berilib yoritilsa, yozma nutqimizda uchraydigan kamchiliklarni ancha
qismini bartaraf etgan bo‘lamiz deb o‘ylayman. Birgina ona tili o‘qitish metodikasi
darsligida ham grammatikaning ko‘p qoidalari orfografiya o‘qitish bilan, ayniqsa,
aytilishi yozilishiga to‘g‘ri kelmaydigan so‘zlarning imlosi bilan uzviy
bog‘liqligini, bu xil imlo qoidalarni grammatik ma’lumotsiz o‘quvchi ongiga
singdirish qiyinligini, umuman, orfografiyani grammatikasiz o‘qitib bo‘lmasligini
aytib o‘tadi [54, b.237]. Shunday ekan ona tili darslarida yozma nutqni
rivojlantirish uchun turli xil mavzudagi diktant, bayon va insholarni yozdirish](/data/documents/c3fbe17e-3bae-47e1-a18c-644767c1741a/page_63.png)




















ONA TILI MASHG‘ULOTLARIDA YOZMA NUTQ KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRUVCHI O‘QUV TOPSHIRIQLARINI ISHLAB CHIQISH MEZONLARI MUNDARIJA K i r i s h . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . I BOB. ONA TILI DARSLARIDA YOZMA NUTQNI RIVOJLANTIRUVCHI O‘QUV TOPSHIRIQLARINI TAKOMILLASHTIRISH 1.1. Ona tili ta’limida yozma nutq ko‘nikmasini rivojlantirish pedagogik muammo sifatida......................................................................................... 1.2. Imloga doir o‘quv materiallari mazmuni va ularning takomillashish jarayoni ......................................... ................................................................ 1.3. “Ona tili” dastur va darsliklarining imloga doir o‘quv materiallari yuzasidan tahlil ................................................................................... .......... 1-bob bo‘yicha xulosa............................................................................ II BOB. O‘QUVCHILARDA XATOSIZ YOZISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI 2.1. Imloga doir mashqlar va uning turlari........................................... 2.2. Mashq va topshiriqlar tizimi – imloviy ta’lim samaradorligining asos i .............................................. ................................................................ 2.3. Imloga doir o‘quv materiallarini interfaol usullardan foydalangan holda o‘qitish yo‘llari .......................................... ................................................... 2-bob bo‘yicha xulosa........................................................................... III BOB. IMLOGA DOIR TAKOMILLASHTIRILGAN O‘QUV TOPSHIRIG‘INING AMALIYOTDA QO‘LLANILISHI 3.1. O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining mazmuni............................... . 3.2. Tajriba-sinov natijalari tahlili 3-bob bo‘yicha xulosa.............................................................................. . UMUMIY XULOSALAR . FOYDALANILGAN ADABIY O TLAR .
Kiris h Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati . Jahonda globallashuv jarayoni tezlashayotgan bir paytda tillarni asrash, ularni takomillashtirish va o‘qitish masalalari dolzarb bo‘lib bormoqda. Bugungi kunga kelib til ta’limiga doir turli interfaol usullar amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Har qanday tilning asosini uning tovushlar tizimi, ya’ni imlosi tashkil qiladi. Ingliz, fransuz, nemis va boshqa rivojlangan xorijiy tillarni o‘qitishga doir ilmiy adabiyotlarda imloga, xususan, talaffuzga alohida e’tibor beriladi va ta’lim jarayonida imloviy mashqlardan unumli foydalaniladi. Dunyo tajribasida talaffuz mashqlari bir bo‘lim yoki bir mavzu bilan tugab qolmaydi. Darsliklarda keltirilgan mashq turlari o‘quvchida to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarining osongina shakllanishiga olib keladi. Dunyoda tillarni o‘qitish kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan bo‘lib, dars jarayonida lingivistik kompetensiyalarni shakllantirish nutqiy kompetensiyalarning rivojlanishiga olib keladi. Shu o‘rinda chet tillarni o‘qitish bilan ona tilini o‘qitish maqsadlari ma’lum ma’noda farq qilishini, ularni bir chiziqda tasavvur qilib bo‘lmasligini ta’kidlash lozim. Shunga qaramay, ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha belgilangan darajalar ona tiliga ham tatbiq qilinmoqda. Til o‘rganishga qo‘yilgan mazkur talablar asosida tinglash, gapirish, o‘qish va yozish malakalari shakllanadi. Bunday yondashuvdan ijodiy foydalanib, ona tili darslarini ham samarali tashkil etish mumkin. Rivojlangan davlatlarning til o‘qitish metodikasida gapirish (speaking), yozish (writing) kabi mashg‘ulotlar, asosan, mashqqa tayanadi, mashq va topshiriq aniq farqlanadi, o‘z o‘rnida ishlatiladi. Shu sababli ularning til o‘rganish kompetentligi yuqoridir. Shuningdek, PISA, PIRLS kabi xalqaro baholash tizimlari orqali dunyoning ko‘plab davlatlarida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi aniqlanmoqda. Respublikamizda ham ona tili o‘qitish kompetensiyaviy yondashuvga asoslandi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi imloga doi r o‘quv materiallari
mazmunini takomillashtirish, o‘quvchilarda adabiy talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish, uning natijasida imloviy savodxonlikni oshirish bugungi kunda davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Imlo o‘qitish orqali o‘quvchilarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Zero, “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”[9 ; 14-b], – de b ta’kidlanishi ona tili ta’limi oldiga mamlakatimiz yoshlarini o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda erkin hamda savodli bayon qila oladigan mustaqil fikr sohiblari etib tarbiyalashdek dolzarb vazifalarni qo‘yadi. Shu ma’noda umumiy o‘rta ta’lim tizimida imlo o‘qitish orqali o‘quvchilarda nutqiy hamda lingvistik kompetensiyalarni, xususan, adabiy talaffuz ko‘nikmasini to‘la shakllantirish, imloviy savodxonlikni rivojlantirish, so‘z boyligining oshishiga zamin yaratish va mustaqil fikrlashga o‘rgatish uchun imloga doir o‘quv materiallarining metodik ta’minotini takomillashtirish zarurati mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4797-son Farmoni, 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4958-son Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24- iyuldagi “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 571-son Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish”ning ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ona tili o‘qitish metodikasida keyingi yillarda bir qator ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borildi. Jumladan, Sh.Yusupova [48; b.137] va N.Yuldasheva [46; b.123] kabilar o‘z tadqiqotlarida ona tilini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishni targ‘ib qilgan. A.Gulyamov[18; b.37], M.Saidov[40; b.25] va N.Alavuddinovalar[12; b.24] esa ona tili o‘qitish orqali mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi ustida izlanishlar olib borgan. Imlo o‘qitish masalasi esa, juda kam o‘rganilgan mavzulardan hisoblanadi. X.Muhiddinova imloni rus guruhlarida o‘qitishda dastur va darsliklar mazmunidagi uzluksizlik masalasiga asosiy e’tiborini qaratadi [29; b.270]. H.Mirzohidova o‘zbek maktablarida imlo o‘qitishni qirg‘iz tiliga qiyoslab, qardosh tillarga taqqoslab tushuntirishning qulayliklari haqida fikr yuritadi [27; b.143]. M.Saidov o‘zining o‘zbek maktablarining 5-sinflarida ona tili ta’limi jarayonida tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari va ulardan foydalanish metodikasiga doir tadqiqot ishida ona tilining “Muqaddima”, “Leksika” bo‘limlari qatori “Imlo” bo‘limini o‘qitish masalasiga ham qisman to‘xtalib o‘tgan. Unda imlo o‘qitish jarayonida, asosan, mashq va topshiriqlarni tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Ammo imlo o‘qitishning birlamchi vazifasi, ya’ni adabiy talaffuzga o‘rgatish, talaffuz mashqlari, talaffuzning imloga ta’siri kabilar e’tibordan chetda qolgan. Mazkur tadqiqotda imloga doir o‘quv materiallari mazmuni, usul va vositalarini takomillashtirish, o‘quvchilarda bugungi kunda dolzarb bo‘lib borayotgan adabiy talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasiga doir masalalar o‘rganilgan. D issertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi . Ushbu tadqiqot Samarqand davlat universitetining “Til va adabiyot o‘qitish muammolari” mavzusidagi tadqiqot rejasi asosida bajarilgan. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim tizimida imloga doir o‘quv materiallarning metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat . Tadqiqotning vazifalari:
- umumiy o‘rta ta’lim tizimida yozma nutqni o‘stirishning bugungi ahvolini o‘rganish va uning ona tili ta’limida tutgan o‘rnini belgilash; - darsliklardagi yozma nutqni o‘stirishga oid o‘quv materiallarining DTS hamda dastur talablariga mosligini qiyosiy o‘rganish, shuningdek, ularni o‘qitish bilan bog‘liq muammolarning sabablarini aniqlash va yechimlarini topishga harakat qilish; - yozma nutqni o‘stirish orqali o‘quvchilarda adabiy talaffuzni shakllantirish, imloviy savodxonlikni, so‘z boyligini oshirib borish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning mazmun, usul, vositalarini ishlab chiqishni takomillashtirish; - o‘quvchilar imlo o‘qitish jarayonida qaysi o‘quv materialini faqat o‘qib tushunib olishi va qaysilarini qat’iy yoddan bilishi lozimligi aniqlash, imlo o‘qitishda qanday metod, usul va texnologiyalardan foydalanish muhimligini aniqlash; - ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarni tajribada sinab ko‘rish va olingan natijalarni statistik tahlilga tortish. Tadqiqotning ob’ekti u mumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinflarida orfografiya bo‘limini o‘qitish jarayoni hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti ni imloga doir o‘quv materiallarining metodik ta’minoti mazmuni, usullari, tizimi va texnologiyasini takomillashtirish tashkil etadi. Tadqiqotning usullari: tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, qiyosiy tahlil, zidlash, tasniflash, suhbat, statistik tahlil, intervyu, anketa-so‘rovnomalari, pedagogik tajriba-sinov kabi bir qator usullardan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: - imlo o‘qitish jarayonida talaffuzi va imlosi qiyin nutq tovushlarini o‘zlashtirishda odatlantiruvchi mashqlardan foydalanish adabiy talaffuz ko‘nikmasini rivojlantirib, imloviy savodxonlikni oshirgan; - imloga doir o‘quv materiallarini takomillashtirishda talaffuzning hududiy muammolari inobatga olinib, imloviy tahlil uchun tanlangan o‘quv materiallari polifonik, polifunksional bo‘lganda samaradorlik yuqori bo‘lishi isbotlangan;