logo

BOSHLANG‘ICH SINFLAR UCHUN TALAFFUZ MASHQLARI TIZIMINI ISHLAB CHIQISH USULLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

134.2734375 KB
 ““ BOSHLANG‘ICH SINFLAR UCHUN TALAFFUZ MASHQLARI
TIZIMINI ISHLAB CHIQISH USULLARI ”
IBOB.   ON А   TILI   D А RSL А RID А   T А L А FFUZNI
RIVOJL А NTIRUVCHI O‘QUV TOPSHIRIQL А RINI  ISHLAB CHIQISH
1.1. Ona tili ta limida adabiy talaffuz ko‘nikmasini rivojlantirish pedagogikʼ
muammo sifatida……………………………………………………………………
1.2.   Ona   tili   mashg ulotlarida   adabiy   talaffuzni   shakllantiruvchi   mashq   va	
ʼ
topshiriqlardan foydalanishning mavjud holati……………………………………..
1.3.   Boshlang‘ich   sinflarda   adabiy   talaffuzni   shakllantiruvchi   mashq   va
topshiriqlar yaratishga tizimli yondashish………………………………………….
1-bob bo‘yicha xulosa………………………………………………………..
  II   BOB.   BOSHL А NG‘ICH   T А ’LIM     ONA   TILI   DARSLARID А
T А L А FFUZ M А SHQL А RID А N FOYD А L А NISH METODIK А SI
2.1.   Ona   tili   ta’limida   mashqlar   tizimini   ishlab   chiqishning   pedagogik,
psixologik asoslari………………………………………………………………….
2.2.   Talaffuz   mashqi   va   uning
turlari…………………………………………..
2.3. Boshlang‘ich  ona tili ta’limida innovatsion orfoepik mashqlar omillari.
2-bob   bo‘yicha
xulosa…………………………………………………………
III   BOB.   TAKOMILLASHTIRILGAN   TALAFFUZ
MASHQLARINING AMALIYOTDA QO’LLANILISHI
3.1. O’tkazilgan tajriba sinov ishlarining mazmuni…………………………..
3.2. Tajriba sinov ishlarining natijalari……………………………………….
3-bob bo’yicha xulosa………………………………………………………..
  UMUMIY XULOS А L А R …………………………………………………
FOYD А L А NILG А N  А D А BIYOTL А R …………………………………..
ILOV А L А R ………………………………………………………………… KIRISH
                Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati . Globallashuv jarayoni
tezlashayotgan   bir   paytda   tillarni   asrash,   ularni   takomillashtirish   va   o‘qitish
masalalari   dolzarb   bo‘lib   bormoqda.   Bugungi   kunga   kelib   til   ta limiga   doir   turliʼ
interfaol usullar amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Har qanday tilning asosini uning
tovushlar tizimi, ya ni orfoepiyasi tashkil qiladi. Boshqa rivojlangan xorijiy tillarni	
ʼ
o‘qitishga   doir   ilmiy   adabiyotlarda   talaffuzga   alohida   e tibor   beriladi   va   ta lim	
ʼ ʼ
jarayonida orfoepik mashqlardan unumli foydalaniladi. Dunyo tajribasida talaffuz
mashqlari bir bo‘lim yoki bir mavzu bilan tugab qolmaydi. Darsliklarda keltirilgan
mashq turlari o‘quvchida to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarining osongina shakllanishiga
olib keladi.
Mamlakatmizda   ham   ona   tili   o‘qitish   kompetensiyaviy   yondashuvga
asoslandi.  А yniqsa, umumiy o‘rta ta limning boshlag‘ich tizimida orfoepiyaga doir	
ʼ
o‘quv   materiallari   mazmunini   takomillashtirish,   o‘quvchilarda   adabiy   talaffuz
ko‘nikmalarini   shakllantirish,   uning   natijasida   imloviy   savodxonlikni   oshirish
bugungi kunda davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi.
Orfoepiya   o‘qitish   orqali   o‘quvchilarda   kreativ   fikrlash   ko‘nikmalarini
shakllantirish   zarur.   Zero,   “Yoshlarimizning   mustaqil   fikrlaydigan,   yuksak
intellektual   va   ma naviy   salohiyatga   ega   bo‘lib,   dunyo   miqyosida   o‘z	
ʼ
tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi,
baxtli   bo‘lishi   uchun   davlatimiz   va   jamiyatimizning   bor   kuch   va   imkoniyatlarini
safarbar   etamiz”     –   deb   ta kidlanishi   ona   tili   ta limi   oldiga   mamlakatimiz	
ʼ ʼ
yoshlarini   o‘z   fikrini   og‘zaki   va   yozma   ravishda   erkin   hamda   savodli   bayon   qila
oladigan   mustaqil   fikr   sohiblari   etib   tarbiyalashdek   dolzarb   vazifalarni   qo yadi.	
ʼ Shu  ma noda  umumiy   o‘rta  ta lim   tizimida   fonetika   o‘qitish   orqali   o‘quvchilardaʼ ʼ
nutqiy hamda lingvistik kompetensiyalarni, xususan, adabiy talaffuz ko‘nikmasini
to‘la   shakllantirish,   imloviy   savodxonlikni   rivojlantirish,   so‘z   boyligining
oshishiga   zamin   yaratish   va   mustaqil   fikrlashga   o rgatish   uchun   fonetikaga   doir	
ʼ
o‘quv materiallarining metodik ta minotini takomillashtirish zarurati mavjud.	
ʼ
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2016-yil   13-maydagi   “ А lisher
Navoiy   nomidagi   Toshkent   davlat   o‘zbek   tili   va   adabiyoti   universitetini   tashkil
etish   to‘g‘risida”gi   PF-4797-son   Farmoni,   2017-yil   16-fevraldagi   “Oliy   o‘quv
yurtidan   keyingi   ta‘limni   yanada   takomillashtirish   to‘g‘risida”gi   PF-4958-son
Farmoni,   2017-yil   20   apreldagi   “Oliy   ta lim   tizimini   yanada   rivojlantirish   chora-	
ʼ
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-
iyuldagi “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari   to‘g‘risida”gi   571-son   Qarori   hamda   mazkur   faoliyatga   tegishli   boshqa
me yoriy-huquqiy   hujjatlarda   belgilangan   vazifalarni   amalga   oshirishga,	
ʼ
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   21-oktyabr   kuni   nihoyatda
muhim   bo‘lgan   “O‘zbek   tilining   davlat   tili   sifatidagi   nufuzi   va   mavqeini   tubdan
oshirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   PF-5850-son   farmoni   ijrosini   ta minlashga	
ʼ
hamda   mazkur   faoliyatga   tegishli   boshqa   me yoriy-huquqiy   hujjatlarda	
ʼ
belgilangan   vazifalarni   amalga   oshirishga   ushbu   dissertatsiya   ishi   muayyan
darajada xizmat qiladi.
Muammoning   o‘rganilganlik   darajasi.   Orfoepiyani   o‘qitish   masasalasi
esa,   juda   kam   o‘rganilgan   mavzulardan   hisoblanadi.   Jumladan,   H.   Mirzohidova
o‘zbek   maktablarida   fonetika   o‘qitishni   qirg‘iz   tiliga   qiyoslab,   qardosh   tillarga
taqqoslab   tushuntirishning   qulayliklari   haqida  fikr   yuritadi   .   A.Hamroyev  ona   tili
ta'limida   ta'lim   oluvchining   ijodiy   faoliyatini   loyihalashtirish   muammosini   tadqiq
qilgan 1
.
Bu   borada   metodist   K.Mavlonovaning   "ona   tili   fanini   adabiyot   fani   bilan
badiiy   matn   orqali   integrasiyalab   o'qitish   metodikasini   takomillashtirish"
1
  Ҳамроев А.Р. Она тили таълимида ўқувчиларнинг ижодий фаолиятини лойиҳалаштириш. Педагогика 
фанлари доктори (Dsc) илм. даражасини олиш учун ёзилган дисс. – Тошкент, 2020. – 242 б. mavzusidagi   tadqiqot   ishini   alohida   ta'kidlash   lozim.   Olim   tomonidan   ona   tili
ta'limining   bugungi   yondashuvlariga   mos   ravishda   eng   murakkab   bo'lib   to'rgan
matn   ustida   ishlash,   uni   o'qiy   olish,   tushuna   olish   va,   eng   muhimi,   matn   yarata
olish   ko'nikmalarini   adabiyot   fani   bilan   integrasiya   qilgan   holda   rivojlantirish
texnologiyasi   ishlab   chiqilgan.   Shuningdek,   tadqiqot   mavzusiga   doir
I.A.Allayorov,   O.R.Roziqov,   R.Ibragimov,   B.R.Adizov,   M.H.Mahmudov
I.E.Davronovlar tomonidan ta'lim oluvchining o'quv-biluv faoliyatini rivojlantirish,
uning faolligi va mustaqilligini tarbiyalash muammolari ham o'rganilgan 2
.
Boshlang'ich   sinflarda   o'zbek   tilini   multimedia   texnologiyalaridan   foydalanib
o'qitish   tadqiqotning   asosiy   maqsadi   hisoblanadi.   O'zbek   tilini   o'qitish   masalalari
bir qator olimlarning ishlarida va tadqiqotlarida aks etgan. Jumladan, maktabgacha
tarbiya   muassasalarida   o'zbek   tilini   o'rgatish   masalasi   L.Mirdjalalova   [148],
F.Kadirova   [108],   X.Asalov   [38],   K.Xoliqberdiev   [217],   R.Yuldashev   [229],
S.Nazarova   [166],   M.Rixsieva   [189]larning   tadqiqotlarida   o'rganilgan.   Umumiy
o'rta   ta'lim   maktablarida   o'zbek   tilini   o'qitish   maslalari   F.Umarova   [211],
G.Ahrorova   [47],   D.Toshxo'jaeva   [206],   G.Muhamedjanova   [156],   G.Ahmedova
[43]larning   tadqiqotlarida   aks   etgan.   M.Kamalova   [110],   N.Dadajonova   [80],
G.Kurbanova   [127],   L.Akramova   [33],   M.Qaraxodjaeva   [247],   S.Adilova   [27],
M.Jo'raev   [93],   N.Umarova   [210],   X.Muxitdinova   [157],   D.Fattaxova,   G.
Asilovalar   [214]   tadqiqotlarida   esa   oliy   ta'lim   muassasalarida   va   malaka   oshirish
kurslarida o'zbek tilini o'qitish masalalarini tadqiq qilganlar.
2
  Мавлонова   К.   Она   тили   фанини   адабиёт   фани   билан   бадиий   матн   орқали   интеграциялаб   ўқитиш
методикасини   такомиллаштириш   Пед.   фанл.   бўйича   фал.   док.   ( PhD ) илм.   дараж.   олиш   учун   ёзилган   дисс.
автореферати. –   Т.: 20 19 . –   2 2 б.
  Аллаёров И.А. Дидактические основы активного обучения. Автореф. дисс. ... докт. пед. наук.   –   Т.: 1994. –   44
с.;   .;   Розыков   О.   Основы   оптимального   применения   системы   учебных   задач     в   обучении.   –М.:   Ўқитувчи,
1981.  –   103  с.;  Ибрагимов Р. Бошланғич  синф  ўқувчилари  билиш  фаолиятини  шакллантиришнинг   дидактик
асослари:   Пед.   фанл.   докт.     илмий   даражасини   олиш   учун   ёзилган   диссертация.   –Тошкент:   Қори   Ниёзий
номли   ЎзПФИТИ,   2002.   –   265   б.;   Адизов   Б.Р.   Бошланғич   таълимни   ижодий   ташкил   этишнинг   назарий
асослари.   Пед.   фанл.   докт.   илм.   дараж.   олиш   учун   ёзилган   дисс.   –   Т.:   2003.   –   280   б.;   Маҳмудов   М.Ҳ.
Таълимни   дидактик   лойиҳалашнинг   назарий   асослари.   Пед.   фанл.   докт.   илм.   дараж.   олиш   учун   ёзилган
дисс. автореферати. –   Т.: 2004. –   42 б. M.Saidov   o‘zining   o‘zbek   maktablarining   5-sinflarida   ona   tili   ta limiʼ
jarayonida   tafakkurni   rivojlantiruvchi   o‘quv   topshiriqlari   va   ulardan   foydalanish
metodikasiga doir tadqiqot ishida ona tilining “Muqaddima”, “Leksika” bo‘limlari
qatori   “Orfoepiya”   bo‘limini   o‘qitish   masalasiga   ham   qisman   to‘xtalib   o‘tgan.
Unda   til   o‘qitish   jarayonida,   asosan,   mashq   va   topshiriqlarni   tafakkurni
rivojlantirishga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. А mmo   orfoepiya   o‘qitishning
birlamchi   vazifasi,   ya ni   adabiy   talaffuzga   o‘rgatish,   talaffuz   mashqlari,	
ʼ
talaffuzning   imloga   ta siri   kabilar   e tibordan   chetda   qolgan.   Mazkur   tadqiqot
ʼ ʼ
boshlang‘ich   sinflarda   orfoepiyaga   doir   o‘quv   materiallari   mazmuni,   usul   va
vositalarini   takomillashtirish,   o‘quvchilarda   bugungi   kunda   dolzarb   bo‘lib
borayotgan   adabiy   talaffuz   ko‘nikmalarini   shakllantirish   metodikasiga   doir
masalalar o‘rganilishi bilan ham ahamiyatlidir.
Dissertatsiya   tadqiqotining   dissertatsiya   bajarilgan   oliy   ta lim	
ʼ
muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi.  Ushbu tadqiqot
Sharof   Rashidov   nomidagi   Samarqand   davlat   universiteti   “O‘zbek   tili   va
adabiyoti” kafedrasining tadqiqot rejasi asosida bajarilgan.
Tadqiqotning   maqsadi   umumiy   o‘rta   ta limning   boshlang‘ich   tizimida	
ʼ
adabiy   talaffuzga   doir   o‘quv   materiallarning   metodik   ta minotini	
ʼ
takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
umumiy   o‘rta   ta lim   tizimida   orfoepiya   o‘qitishning   bugungi   ahvolini	
ʼ
o‘rganish va uning ona tili ta limida tutgan o‘rnini belgilash;	
ʼ
boshlang‘ich   sinf   “Ona   tili”darsliklardagi   orfoepiyaga   oid   o‘quv
materiallarining   DTS   hamda   dastur   talablariga   mosligini   qiyosiy   o‘rganish,
shuningdek,   ularni   o‘qitish   bilan   bog‘liq   muammolarning   sabablarini   aniqlash   va
yechimlarini topishga harakat qilish;
orfoepiyani   o‘qitish   orqali   o‘quvchilarda   adabiy   talaffuzni   shakllantirish,
imloviy   savodxonlikni,   so‘z   boyligini   oshirib   borishning   mazmun,   usul,
vositalarini ishlab chiqishni takomillashtirish; boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilariga   orfoepiya   o‘qitish   jarayonida   qaysi   o‘quv
materialini faqat o‘qib tushunib olishi va qaysilarini qat iy yoddan bilishi lozimligiʼ
aniqlash,   qanday   metod,   usul   va   texnologiyalardan   foydalanish   muhimligini
aniqlash;
ishlab   chiqilgan   taklif   va   tavsiyalarni   tajribada   sinab   ko‘rish   va   olingan
natijalarni statistik tahlilga tortish.
Tadqiqotning   ob yekti	
ʼ   umumiy   o‘rta   ta lim   maktablarining   boshlang‘ich	ʼ
sinflarida orfoepiya bo‘limini o‘qitish jarayoni hisoblanadi.
Tadqiqotning   predmeti   orfoepiyaga   doir   o‘quv   materiallarining   metodik
ta minoti   mazmuni,   usullari,   tizimi   va   texnologiyasini   takomillashtirish   tashkil	
ʼ
etadi.
Tadqiqotning   usullari:   tadqiqot   jarayonida   pedagogik   kuzatuv,   qiyosiy
tahlil,   zidlash,   tasniflash,   suhbat,   statistik   tahlil,   intervyu,   anketa-so‘rovnomalari,
pedagogik tajriba-sinov kabi bir qator usullardan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi  quyidagilardan iborat:
talaffuzi   va   imlosi   qiyin   nutq   tovushlarini   o‘zlashtirishda   odatlantiruvchi
mashqlardan   foydalanish   adabiy   talaffuz   ko‘nikmasini   rivojlantirib,   imloviy
savodxonlikni oshirishga erishiladi;
orfoepiyaga   doir   o‘quv   materiallarini   takomillashtirishda   talaffuzning
hududiy muammolari inobatga olinsa, samaradorlik yuqori bo‘lishi isbotlanadi;
orfoepiyaga doir o‘quv materiallari metodik ta minotining mazmun, usul va	
ʼ
vositalari   fonetik   kompetensiyani   rivojlantirish   nuqtai   nazaridan
takomillashtiriladi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Boshlang‘ich ta lim tizimining 1-4-sinflari uchun maxsus talaffuz mashqlari	
ʼ
tizimi amaliyotga joriy etiladi;
umumiy   o‘rta   ta lim   maktablarida   fonetika   o‘qitish   orqali   o‘quvchilarda
ʼ
adabiy   talaffuz   ko‘nikmalarini   shakllantirish,   imloviy   savodxonlik,   so‘z   boyligini
oshirish va mustaqil ishlay olish kabi nutqiy ko‘nikmalarni kompleks shakllantirish
texnologiyasi ishlab chiqilib amaliyotga joriy qilinadi; ona   tili   o‘qituvchilarining   fonetika   o‘qitishga   doir   ko‘nikma   va   malakalari,
dars   jarayonida   samarali   o‘quv   materiallaridan   foydalanish   metodikasi   joriy
qilinadi;
tadqiqot natijalaridan kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan yangi DTS
va o‘quv dasturlari, shuningdek, darsliklar yaratishda foydalaniladi.
Tadqiqot   natijalarining   ishonchliligi .   Qo‘llanilgan   tadqiqot   usullari   va
ilmiy-nazariy   ma lumotlarning   rasmiy   manbalarga   aloqadorligi,   keltirilgan   tahlilʼ
hamda   tajriba-sinov   ishlari   samaradorligi   matematik   statistika   metodlari   orqali
asoslanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi, olingan
natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi.
Tadqiqot   natijalarining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati.   Ushbu   tadqiqot
natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, pedagogika va ta lim tarixini o‘rganishda,	
ʼ
ona   tili   o‘qitish   metodikasini   takomillashtirishda,   adabiy   talaffuzning   ta limda,	
ʼ
jamiyatda   tutgan   o‘rnini   belgilashda   muhim   nazariy   ahamiyat   kasb   etadi.
Shuningdek, mazkur dissertatsiyada aks etgan nazariy qarashlar shu yo‘nalishdagi
yangi tadqiqotlar uchun manba sifatida xizmat qiladi.
Tadqiqot   natijalarining   amaliy   ahamiyati   shundaki,   ishda   ilgari   surilgan
g‘oyalar, nazariy qarash va amaliy tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan
ma ruza   matnlari   tuzishda   material   bo‘lib   xizmat   qilishi,   umumiy   o‘rta   ta lim	
ʼ ʼ
maktablarining   1-4-sinf   o quvchilariga   orfoepiya   bo‘limini   yanada   mukammal	
ʼ
o‘qitishda muhim qo‘llanma bo‘lishi mumkin.
Tadqiqot   natijalarining   joriy   qilinishi.   Boshlang‘ich   ta lim   tizimida	
ʼ
adabiy  talaffuz  ko‘nikmasini   shakllantirishga  doir  o‘quv materiallarining  metodik
ta minotini   takomillashtirish   mavzusidagi   tadqiqot   asosida   tavsiyalar   ishlab	
ʼ
chiqiladi.
Tadqiqot   natijalarining   aprobatsiyasi .   Dissertatsiya   mazmuniga   doir
maqola va tezislar bilan respublika hamda xorijiy ilmiy-amaliy konferentsiyalarda
ishtirok etiladi.
Tadqiqot natijalarining e lon qilinganligi	
ʼ . Tadqiqot natijalari O А K e tirof	ʼ
etgan ilmiy jurnalda e lon qilinadi.	
ʼ Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.   Dissertatsiya kirish, ikki bob, xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
I BOB. ONA TILI DARSLARIDA TALAFFUZNI
RIVOJLANTIRUVCHI O‘QUV TOPSHIRIQLARNI
TAKOMILLASHTIRISH
1.1. Ona   tili   ta’limida   adabiy   talaffuz   ko‘nikmasini   rivojlantirish
pedagogik muammo sifatida.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib, xalqimizga erkin
va farovon, ozod hayotni baxsh etdi. “O‘zbek”  deb atalmish bu xalqning istiqlolga
erushgunga   qadar,   boshidan   ne-ne   sinovlar   o‘tmadi   deysiz ?   Milliy   ong,   milliy
g‘urur va qadr-qimmat toptalgan yurtda, ma’naviy hayotimizdagi turg‘unlik, millat
rivojidagi   to‘xtalish,   dunyo   sivilizatsiyasidan   orqada   qolish,   tobora   botqoqlik
qa’riga   sho‘ng‘iyotgan   davlatga   Ollohning   nazari   tushdi   desak,   mubolag‘a
bo‘lmaydi.   Asrlarki,   ajdodlarimiz   bu   yurt   uchun,   ozodlik   uchun,   hurriyat   uchun
kurashdilar-jon   berdilar.   Ollohga   shukronalar   aytamizki,   uzoq   yillar   qaramlikdan
so‘ng   mustaqillikka   erishdik.   Milliy   qadriyatlarimiz,   muqaddas   dinimiz,   tilimiz,
urf-odat   va   an’analarimiz   qayta   tiklandi.Dunyoda   o‘zbek   degan   xalq   borligiga
O‘zbekiston   deb   atalmish   buyuk   qudratli   davlatning   jahon     sahnalarida   o‘zining
yetakchi   mavqeyiga   ega   ekanligidan   faxrlanasan   kishi.   “O‘zbek”ning   o‘zini
anglashi   o‘zaro   mehr-oqibat,   hurmat,   bag‘rikenglik   hamjihatlik,   kabi   axloqiy
tuyg‘ulari   yanada   mustahkamlandi.   Mustaqillik   sharofati   bilan   O‘zbekistonda
yangilanish, rivojlanish davri boshlandi. Ijtimoiy hayot esa tubdan o‘zgardi. Jahon
hamjamiyatidan   munosib   o‘rin   olish   maqsadida   o‘zining   zamonaviy   ijtimoiy-
siyosiy   dasturini   ishlab   chiqdi.   Xalq   xo‘jaligining   barcha   sohalari,   shu   jumladan,
ta’lim   sohasida   ham   ulkan   islohotlar   amalga   oshirildi.   Mamlakatimizda   ta'limni
o‘rni,   vazifasi,   uning   huquqiy   kafolatlarini   belgilaydigan   Ta’lim   to‘g‘risidagi
qonun   qabul   qilindi.   Hozirgi   kunga   kelib   esa,   Prezident   Shavkat   Mirziyoyev yoshlar   ta’lim-tarbiyasiga,   ularni   yetuk,   barkamol   shaxs   sifatida   kamol   topishiga
muhim   shart   –sharoitlar   yaratib   bermoqda.   Bu   borada   yangi   o‘quv   dasturlari   va
qo‘llanmalar yaratilayotgani, risola va monografiyalar nashr etilayotgani, ayniqsa,
ilmiy   anjumanlar,   ommaviy   –axborot   vositalarida   o‘zbek   tilining   buguni   va
istiqboli   haqida   amaliy   taklif   va   tashabbuslar   bildirayotgani   g‘oyat   muhim
ahamiyatga   ega.   Bundan   tashqari   yangi   milliy   o‘quv   dasturlari,   zamonaviy
pedagogika,   maktab   ta’limini   rivojlantirish   maqsadida   islohotlar   olib   borildi.
Xalqaro   talablarga   javob   bera   oladigan   darsliklar   va   o‘quv   metodik   qo‘llanmalar
ishlab   chiqarish   yo‘lga   qo‘yildi.   Ijodiy   tafakkur   sohibini,   rivojlanayotgan   va
taraqqiyot sari yuz tutayotgan davlatimiz uchun zarur bo‘lgan va mustaqil fikrlay
oladigan   shaxsni   tarbiyal ash ,   voyaga   yetkazish,   eng   muhim   dolzarb   vazifa
hisoblanadi.   Shu   jumladan,   innovatsion   texnologiyalarga   asoslanib   tuzilgan
ta’limning   jahon   andozalari   talab   darajasiga   mos   keladigan   dastur   va   darsliklar
yaratish   davr-talabi.   Aynan   shu   nuqtai   nazardan   olganda   “Boshlang‘ich   sinf
talaffuz   mashqlari   tizimini   ishlab   chiqish’’   o‘quvchilarning,   erkin   fiklay   olish,
o‘zgalar   fikrini   anglash   ,o‘z   fikrini   og‘zaki   va   yozma   bayon   eta   olish,   jamiyatda
erkin   muloqotda   bo‘la   olish   kabi   ko‘nikma   va   malakalarga   xizmat   qiladi.   Bu
vazifalarni amalga oshirish esa ko‘p jihatdan o‘qituvchining pedagogik mahoratiga
bog‘liq.
Boshlang‘ich   ta’limda   savod   o‘rgatish   darslarining   asosiy   maqsadi
o‘quvchilar   nutqini   rivojlantirish,   til   va   tafakkur   qobiliyatlarini   shakllantirishdan
iborat.   Inson   faoliyatining   tarixan     shakllangan   mazmuni   gap   shaklida
umumlashtirgan   holda,   uni   bayon   etish   va   o‘zlashtirishda   nutqning   ham   ishtirok
etishi   birinchi   navbatda   turadi.   Shunday   ekan   boshlang‘ich   sinfda   talaffuz
mashqlarini   ishlab   chiqish   va   uni   amaliyotga   joriy   etish,   o‘quvchilar   og‘zaki
nutqini   rivojlantirish   yoki   unga   to‘sqinlik   qiluvchi   kuchlarni   aniqlash,   ushbu
jarayonda,   aniq   maqsadni   ko‘zlagan   holda   pedagogik   ta’sir   ko‘rsatish   asosiy
mezon hisoblanadi.
Boshlang‘ich   sinf   talaffuz   mashqlari   ishlab   chiqishda,   talaffuz
mashg‘ulotlari   o‘quvchilarga   faqatgina   sayqallangan,   ravon   nutqni   egallash yo‘llarini   emas,   balki   undan   foydalanish   madaniyati   va   mahoratini   ham   o‘rgatib
boradi.   O‘quvchi   nutqini   ravojlantirish   murakkab   jarayon   bo‘lib,   unda   barcha
imkoniyatlar   to‘laligicha   ishga   solinsa,   og‘zaki   va   yozma   ravishda   to‘g‘ri,
jozibador,   ravon   ifodalashga   o‘rgatish   osonlashadi.   Natijada   esa   o‘quvchi   nutqini
rivojlantirishga keng yo‘l ochiladi. Boshlang‘ich sinfda talaffuz mashqlarini ishlab
chiqish   jarayonida   o‘quvchi   nutqiga   qo‘yiladigan   bir   qancha   talablar   mavjud
bo‘lib,   ular   quyidagilardan   iborat.   O‘quvchilar   nutqini   rivojlantirish   yuqori
darajadagi   tayyorgarlikni,   foydalaniladigan   innovatsion   pedagogik
texnologiyalarning xilma-xil va o‘quvchiga qiziqarli bo‘lishini talab etadi. Talaffuz
mashqlarini   o‘qitishda   pedagogik   texnologiyalarning   turli   xil   bir-birini
takrorlanmaydigan   bo‘lishi   o‘quvchilarning   faolligini   oshiradi,   lug‘atini   yangi   –
yangi   so‘zlar   bilan   boyitadi,   o‘quvchida   bog‘lanishli   nutq   malakalarini   yuqori
darajada rivojlantiradi va shu darsga nisbatan qiziqishini yanada oshiradi. 
Yuqorida aytib o‘tilgan fikr-mulohazalardan shu narsa ayonki, boshlang‘ich
sinflarda   talaffuz   mashqlarini   ishlab   chiqishda,   savod   o‘rgatish   darslari   va   o‘qish
darslari katta ahamiyatga ega. Ma’lumki,boshlang‘ich sinflarda alifbo davri bo‘lib,
unda   o‘quvchilar   alifbodagi   barcha   unli   va   undosh   tovush-harflar   bilan
tanishtiriladi.   O‘quvchilarning   tovush-harflarni   yaxshi   tushunishlari,   elementar
o‘qishni   muvaffaqiyatli   egallashlari   uchun   bo‘g‘inga   bo‘lish,   so‘zlar   tarkibidagi
bo‘g‘in   chegarasini   aniqlash,   bo‘g‘indan   esa,   tovushni   ajratish,   tovush   va   harf
munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo‘g‘in tuzish va o‘qish, bo‘g‘in-tovush,
tovush-harf   tahlili   kabi   mashqlardan   foydalaniladi.   So‘z   tarkibidagi   tovushlarni
ajratish va uni to‘g‘ri va ravon talaffuz qilish mashqida o‘quvchilarga yangi tovush
hamda   uning   yozuvdagi   belgisini   ya’ni,   harf   ko‘rinishlarini   o‘rgatishda,
mustahkamlash   mashqlarida,   albatta,   analiz-   sintez   metodidan   foydalaniladi.   Bu
usul   savod   o‘rganayotgan   o‘quvchilarning   o‘qish   va   yozish   malakalarining   ongli
ravishda   o‘zlashtirishga   imkoniyat   yaratadi.   Analiz-sintez   tovush   metodi   nutq
haqida,   nutqning   gaplardan,   gaplarning   so‘zlardan,   so‘zlarning
bo‘g‘inlardan,bo‘g‘inlarning   tovushlardan   tuzilishini   o‘rgatishda,   so‘zdan o‘rganilayotgan   tovushlarni   ajratib   olish,   uni   o‘rganilgan   harflarga   qo‘shib
o‘qishga o‘rgatishda amal qiladi.
Demak, boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalardan biri o‘quvchilar nutqini
o‘stirishdir va adabiy talaffuzini shakllantirish kerak bo‘ladi. Buning uchun savod
o‘rgatish davrida o‘quvchilarning talaffuzi ustida ishlash katta ahamiyatga egadir,
chunki   maktabga   ilk   qadam   qo‘ygan   bolaning   talaffuzida   kamchiliklar   bo‘ladi.
Bunday   holatda,   bir   tovush   o‘rniga   boshqasini   talaffuz   qilish,   so‘zdagi   ayrim
tovushni   talaffuz   jarayonida   tushirib   qoldirish   yoki   bir   tovushni   orttirib   talaffuz
qilish kabi holatlari uchrab turadi. Savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchi yuqoridagi
xato   va   kamchiliklarga   yo‘l   qo‘yganda,   shu   zahoti   o‘qituvchi   o‘quvchining
kamchiliklarini to‘g‘rilab borishi va qo‘shimcha talaffuz mashqlari asosida bunday
o‘quvchilar bilan alohida shug‘ullanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘quvchilarga
tovush   va   harfni   tanishtirish,   ularda   to‘g‘ri   talaffuzni   shakllantirish   orqali,   ongli
ravishda   ifodali   o‘qish,   tildagi   lug‘at   boyligini   oshirish,   bog‘lanishli   nutqini
o‘stirish,   mavhum   tafakkurini   bosqichma   bosqich   shakllantirish,   eshitish,   qabul
qilish   sezgisini   o‘stirishda   ham   savod   o‘rgatish   va   o‘qish   darslaridagi   yangi
pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish o‘quvchining o‘tilayotgan darsga
nisbatan bilim va ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Boshlang‘ich   sinflarda   tovushlar   va   harflar,   unli   va   undosh   tovushlarning
xususiyatlari   bilan   tanishtirish   murakkab   jarayon   bo‘lgani   uchun,   savod
o‘rgatishda tovush tushunchasiga ta’rif berilmaydi. Shunga qaramay o‘quvchilarda
tovush   haqida   to‘g‘ri   ilmiy   tasavvur   amaliy   mashqlar   yordamida   hosil   qilinadi.
Savod   o‘rgatish   davrida   so‘zning   tovush   tarkibi   ustida   ishlanadi.   “ Tovush   o‘zi
nima ? ”   degan   savol   tug‘iladi.   Tovush   kishining   murakkab   artikulyatsion   faoliyat
natijasi   hisoblangan   muayyan   akustik   (   eshitish   )     va   perseptiv   (idrok   etish)
xususiyatlari   bilan   ajralib   turadigan   eng   kichik   nutq   birligi.   Nutq   tovushlari
artikulyatsion   jihatdan   talaffuz   a’zolarining   murakkab   natijasida   paydo   bo‘ladi.
Nutq tovushlarini hosil  qiluvchi vosita (tebrantiruvchi  kuch)  o‘pkadan nafas yo‘li
orqali   chiqib   avval   bo‘g‘izga   va   undan   og‘iz   bo‘shlig‘iga   va   ba’zan   burun
bo‘shlig‘iga   o‘tadigan   havo   oqimidir.   Dastlab   o‘quvchilarni   tovush   bilan tanishtirishda ularga yaqin va tushunarli bo‘lgan so‘zni tanlab, shu so‘z tarkibidagi
tovushlarni   ajratish   maqsadga   muvofiqdir.   Bu   kabi   misollar   maktab   darsliklarida
ham keltirib o‘tilgan.
Shuni   ta’kidlash   joizki,   savod   o‘rgatishda   bir   turdagi   mashg‘ulotlar   uzoq
davom   etsa,   o‘quvchilar   tez   charchaydi   va   zerikadi   va   darsga   nisbatan   qiziqishi
susayadi.   Shuning   uchun   mashg‘ulotlarning   turi   va   usullarini   o‘zgartirib   turish
maqsadga   muvofiqdir.   Dastlabki   mashq   turlari   ta’sirchanlik   va   mo‘jizakorlik
jihatidan   yangi   pedagogik   texnologiyalar   asosida   ishlab   chiqilgan   bo‘lish   kerak.
Chunki   o‘quvchilar   yozish   va   o‘qishdek   aqliy   faoliyatga   birdaniga   kirisha
olmaydilar.   Savod   o‘rgatishning   asosiy   tamoyili   adabiy   til   me’yorlariga   rioya
qilgan   holda,   qisqa   va   lo‘nda,   ta’sirchan   va   tabiiy,   muloyim   va   ravon   bo‘lishi
o‘quvchilar  diqqatini  jamlashda katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi  savod o‘rgatish
darslarida   ba’zan   sinf   doskasiga   bo‘g‘in,   so‘z   va   gaplarni   avvaldan   dona-   dona
qilib yozib qo‘yilsa, guruhga ovoz chiqarib o‘qish qulay bo‘ladi. Doimo kitobdan
o‘qitaverish  o‘quvchini  tez  toliqtirishi   va  zerikishini  e’tiborga  olib, ish  turini  tez-
tez   o‘zgartirib   turish   lozim.   Chex   pedagogi   Komenskiy   ta’limning  asosiy   qoidasi
“Sinfga   surat   olib   kirishing   bilan   soqov   ham   tilga   kiradi”   iborasini   qo‘llashi
bejizga emas 1
. Ayniqsa, ta’lim jarayonida mavhum tafakkuri yaxshi rivojlanmagan
boshlang‘ich   maktab   yoshidagi   o‘quvchilarning   barcha   sezgi   organlari   ishtirok
etishi kerak: ko‘rish,eshitish, hatto ta’m bilish sezgisi ham, chunki ular aniq narsa,
ko‘zi   bilan   ko‘rib   turgan   narsa   va   hodisaga   qarab   fikrlaydi.   Bu   esa   “Alifbo”
darsligida   ham   hisobga   olingan.   Unda   mazmunli   va   ko‘rgazmali   o‘quv   qurollari,
gap,   bo‘g‘in   so‘zga   oid   nusxalar   bundan   tashqari   multimediyali   o‘quv   dasturlar,
lingafondan   foydalanish,   ya’ni,   eshituv   a’zolari   orqali   to‘g‘ri   talaffuzni
shakllantirish, nutq tovushlarini, tilining talaffuz me’yyorlarini audio-vedio orqali
o‘quvchilar ongiga singdirish, kommunikativ savodxonlikni ta’minlash maqsadida
kompyuter o‘quv dasturlaridan foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi.
Xulosa   qilib   aytganda,   savod   o‘rgatish   darslarida   o‘quvchi   nutqini
rivojlantirish,ularni mustaqil fikrlashga  o‘rgatish, bugungi globallashuv va jamiyat
taraqqiyoti talabi darajasiga mos keladigan iste’dodli, iqtidorli, mulohazali, dunyo qarashi   keng   ijodiy   fikrga   ega   bo‘lgan   komil   insonni   tarbiyalashni   taqozo   etadi.
Shunday   ekan,   maktablarda   boshlang‘ich   sinflarda   savod   o‘rgatish   darslariga
muvofiq   keladigan   samarali   usullarni   belgilash   va   ularni   amalga   oshirishda
o‘quvchilarning   individual   va   psixologik   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda,
ta’lim   jarayonini   to‘g‘ri   tashkillashtirish   o‘qituvchining   asosiy   vazifasi
hisoblanadi.
Ona   tili   o‘qitishning   bosh   maqsadi   tilning   barcha   imkoniyatlaridan   to‘g‘ri,
aniq,   o‘rinli   va   unumli   foydalanish   o‘quvchida   ko‘nikma   va   malakalarni   hosil
qilish   mantiqiy-ijodiy   tafakkurni   rivojlantirish,   kommunikativ   savodxonlikni
oshirish; milliy istiqlol  g‘oyasini, sharqona  tarbiyani shakllantirishdan iborat. Ona
tili  darslarida savodxonlikni  takomillashtirish va tildan esa mahorat, ustalik bilan
foydalanish     san’atini   amalga   oshirish   lozim.   Maktab   ona   tili   darsligi   fonetika,
leksikologiya, grammatika, so‘z yasalishi morfologiya, sintaksiz, uslubiyat, to‘g‘ri
talaffuz,   to‘g‘ri   yozish,   so‘z   tanlash   va   gap   tuzish;   fikrni   to‘g‘ri,   aniq   ifodalash,
ifodali o‘qish, (qiroat), matn ustida ishlash va matn yaratish faoliyatlarini qamrab
oladi. 
Adabiy   til   millatni   birlashtiradi.   Afsuski,   bog‘chadan   tortib,   muntazam
efirga   uzatilayotgan   teleko‘rsatuv   va   radioeshittirishlarda   adabiy   til   qoidalari
qo‘pol ravishda buzilmoqda.
Ona   tili   darslari   o‘quvchilarda   nutqiy   malakalarni   ehtiyoj   darajasida
shakllantira   olishi   zarur.   Har   bir   o‘quvchi   ona   tilidan   mohirlik   bilan   foydalana
olishi,   istalgan   muloqot   vaziyatiga   mos   so‘zlarni   xoh   rasmiy,   xoh   ilmiy   va   xoh
og‘zaki nutq bo‘lsin jozibali ta’sirchan ifodalay olishi kerak.
Noadabiy   talaffuz   ijtimoiy lashuvining   asosiy   sabablaridan   biri   tilning
fonetika,   orfoepiya   bo‘limlari   ilmiy   jihatdan   ham,   metodik   jihatdan   ham   alohida
o‘rganilmaganligi,   ta’limga   esa   umuman   tatbiq   etilmayotganidir.
Universitetlarning   filologiya   fakultetlarida,   asosan,   ona   tili   va   adabiyot
o‘qituvchilari   yetishib   chiqayotgan   bo‘lsa-da,   bo‘lajak   pedagoglarning   nutqi,
talaffuzi   ustida   maxsus   ishlanmaydi.   Bitiruvchilar   nutqiy   nuqsonlari   bilan
umumta’lim maktablariga, akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga jalb qilinadi. Darslar   yana   hudud   shevasida   davom   etib,   nutq   madaniyati   masalasi
muammoligicha qolib ketaveradi.
Respublikamizning   turli   hududlarida   ayrim   tovushlar   talaffuzi   o‘ziga   xos.
Kuzatishlardan ma’lumki, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarining ayrim
hududlarida   “o‘”   unlisining   talaffuzida   o‘zgachalik   bor.   Qashqadaryo,   Jizzax   va
Samarqand   viloyatlarining   aksariyat   tumanlarida   i-e,   u-o‘,   h-x   tovushlari   ishtirok
etgan so‘zlar aytilishida xatoliklar uchraydi. Ayniqsa, Toshkent shahrida adabiy til
me’yorlarining   ommalashishi   juda   qiyin   kechmoqda.   Boz   ustiga,   poytaxtga   turli
viloyatlardan har xil lahja, sheva vakillari kelib, Toshkent shevasi bilan qorishgan
bir   “til”   vujudga   kelmoqda.   Toshkent   aholisining   katta-yu   kichigi   imloda   x   va   h
undoshlarini qo‘llashda qiynaladi, talaffuzda esa deyarli barcha o‘rinlarda x chuqur
til orqa undoshi qo‘llanadi.    X va h undoshlarining imlosi murakkabligi barchani
tashvishga   qo‘yadi.   Shu   paytgacha   eng   samarali   usul   sifatida   ushbu   harflar   bilan
yoziluvchi   so‘zlarni   eslab   qolish   tavsiya   etilgan.   Ammo   bundan   soddaroq   usul
talaffuz   bilan   bog‘liqki,   bu   haqdagi   metodik   tavsiyalar   alohida   mavzuni   talab
etganidan, ikki-uch xatboshidagi xulosalar bilan cheklanib bo‘lmaydi.
Maktabda   o‘quvchiga   ona   tili   darslarida   faqat   grammatika   qoidalarini
yodlatish an’anasi  hanuz davom etmoqda. Chunki aksariyat ona tili o‘qituvchilari
“grammatikaboz”likni   xush   ko‘radi.   Umuman,   ta’lim   jarayonidagi   turli   omillar
samaradorlikni pasaytiradi. Bi rinchidan, chet tili bilan ona tili o‘qitishning maqsad
va   vositalari   bir-biridan   ma’lum   ma’noda   farq   qiladi.   O‘zbek   o‘quvchisi   nutq
so‘zlashni oilada o‘rganadi. Hatto ayrimlari maktabga o‘qish va yozishni o‘rganib
keladi. Boshlang‘ich sinflar o‘qish va yozishni o‘rganib, yuqori sinfga o‘tadi. Endi
u   nimani   o‘rganishi   kerak?   Grammatikanimi?   Bola   doim   ham   grammatika
qoidalari   asosida   gapirmaydi.   To‘rt   yashar   bola   o‘zi   bilmagan   holda   nutqida   ot,
sifat, ega, kesim,  hatto qo‘shma  gap-u ko‘chirma gaplarni  ifoda maqsadiga  qarab
qo‘llay   oladi.   5-sinfdan   boshlab   o‘quvchiga   adabiy   talaffuzni,   imloviy
savodxonlikni, mantiqiy fikrlashni, o‘z fikrini  turli  shakllarda ravon va ta’sirchan
ifodalay olishni o‘rga tish lozim. Uzluksiz ravishda turli ibratli matnlarni yodlatish
orqali so‘z boyligini oshirib borish zarur. Ikkinchidan,   darslik   o‘quvchining  saviyasiga   mo‘ljallanib,  minimal   talablar
asosida yozilgan ilmiy-metodik nashr. U o‘qituvchi uchun emas. Muallim boshqa
manbalarni   o‘qib,   bilimini   boyitishi   kerak.   Mohir   o‘qituvchi   darslikda   berilgan
qiyinroq   mavzuni   osonroq,   noaniqroq   misolni   aniqroq   qilib   tushuntirib   beradi,
ijodiy yondashadi.
Hozirga   qadar   o‘qituvchi   o‘z   o‘quvchisiga   qaysi   ma’lumotlarni   yod   olishi
kerag-u, qaysilarini tushunish kifoya qiladi; qaysi mavzularni o‘qitishda mashqdan
foydalanish kerag-u, qaysilarida topshiriqlar muhim ahamiyat kasb etishini bilmay
kelmoqda.   Shu   bois   o‘quvchilarning   og‘zaki   va   yozma   savodxonligi
muammolarini bartaraf etish qiyin kechyapti.
Tavsiyalar.   Ona   tili   darslarida   ham   xuddi   biror   chet   tilini   o‘rgangandek,
avvalo,   talaffuzi   qiyin   tovushlar   ustida   jiddiy   ishlash   kerak.   Bu   o‘rinda   talaffuz
holati   aks   etgan   oksilografik   rasmlardan   (ayrimlari   qiyosiy   bo‘ladi),   aso san,
maxsus fonetik mashqlardan unumli foydalanish samara beradi. Adabiy talaffuzga
o‘rgatishning   eng   samarali   yo‘li   o‘qituvchining   o‘zi   tanlagan   matnni   qayta   o‘qib
yoki yoddan aytib berishidir. Bu usuldan to‘laqonli foydalanish uchun ona tili fani
o‘qituvchilarining talaffuzi talabga javob berishi zarur.
Ona tili mashg‘ulotlarida asosiy e’tibor  o‘quvchi o‘z fikr va mulohazalarini
izchil   bayon   etishga,   so‘z   boyligini   oshirishi,   so‘zning   ma’nosi,   urg‘usi,
mohiyatiga   qarab,   o‘z   nutqida   qo‘llashi,   ravon   va   aniq   so‘zlash   malakasini
egallashi   darkor.   Buning   uchun   esa   ona   tili   darslarida   talaffuzni   rivojlantiruvchi
o‘quv   topshiriqlarni   takomillashtirish   va     fonetika   bo‘limini   o‘rganish   asosiy
mezon hisoblanadi.
Fonetika  tilning  tovushlar  tizimini o‘rgatadi. Unga tizimli yondashish esa,
4-sinfdan   boshlanadi.   Maktab   kursining   “Fonetika”   qismi   o‘quvchilarda,   asosan,
amaliy malakalar (savodxonlik, to‘g‘ri so‘zlash kabilar)ni shakllantirishni nazarda
tutadi.
Shuni   ta’kidlab   o‘tish   joizki,   o‘quvchilar   nutqida   ham   o‘zbek   adabiy   tili
normalaridan   chetga   chiqish   hollari   uchrab   turadi.   Adabiy   tildagi   unli   va   undosh
fonemalarning   talaffuzi   o‘zbek   dialektlarida   turlichadir.   Masalan,   Farg‘ona shevasida   qo‘llaniladigan   “o”   fonemasi   bilan   Samarqand,   Buxoro   shevalaridagi
“o” fonemasi talaffuzda bir biridan farqlanadi. (Samarqand, Buxoro shevalaridagi
“o”   unlisi   lablangan   hisoblanadi).   Toshkent   maktablaridagi   oquvchilar   o‘z
talaffuziga ko‘ra, aka tipidagi so‘zlarni “o” bilan, Qo‘qon maktab o‘quvchilari esa,
“opa”   so‘zini   “apa”   yozib,   orfografik   xatoga   yo‘l   qo‘yishlari   mumkin.Adabiy
tildagi   “u”   fonemasi   Xorazm   shevasida   bir   necha   xil   variantda   talaffuz   qilinadi,
hatto bu shevalarda “u” (unli) fonemasi ikkita mustaqil fonema (u-o‘) xususiyatiga
ham ega. Masalan, go‘r-ko‘rmoq, go‘r qabr. 3
Samarqandning ba’zi bir hududlarida esa, “i” fonemasi  ikkita undosh “i” va
“e”   tarzida   talaffuz   qilinadi   adabiy   talaffuzda     “eroda”,     bo‘lsa,   shevada   “iroda”
talaffuz qilinadi. Xuddi shunday holat, “u” fonemasining ”o‘ “ yoki, yuqorida aytib
o‘tilgandek,   “o”   fonemasining     “o‘”   tarzida   talaffuz   qilinishi,   ona   emas,   “o‘na”
kabilar       uchraydi.   Shevaga   xos   talaffuzni   maktab   o‘qituvchilari   ona   tili   o‘qitish
darslarida   takrorlanmasligiga   va   adabiy   til   qoidalariga   qat’iy   rioya   qilgan   holda,
o‘quvchilar   ongida   singdirishi     lozim.   Zero,   to‘g‘ri   talaffuz   nutq   madaniyatining
muhim   belgilaridan   biri   sanaladi.   Adabiy   tilda   to‘g‘ri   yozish   qanchalik   muhim
bo‘lsa,   to‘g‘ri   talaffuz   ham   shunchalik   ahamiyatga   egadir.   To‘g‘ri   talaffuz   ya’ni
tilshunoslikning   adabiy   talaffuz   me’yorlarini   o‘rganuvchi   bo‘limi   “Orfoepiya”
deyiladi.
Orfoepiya fonetikaning   uzviy bir qismi bo‘lib, so‘zlarni, so‘zlar tarkibidagi
tovushlarni, shuningdek, o‘zak va qo‘shimchalardan iborat so‘z formalarini to‘g‘ri
talaffuz   qilish   me’yorlaridir.”Orfo”-   yunoncha   to‘g‘ri,   “epiya”   nutq     ma’nosini
bildirib,   milliy   til   doirasida   yagona   talaffuz   me’yorini   belgilaydi.Shunga   ko‘ra,
orfoepiya adabiy   tilning og‘zaki shakli  bilan bevosita  bog‘liqdir.Jonli  so‘zlashuv
va   mahalliy   shevalar     orfoepik   me’yorning   buzilishi   hisoblanadi.   Shuning   uchun
ham   o‘qituvchilar   nafaqat   o‘zlari   og‘zaki   nutq   qoidalariga   rioya   qilishlari   lozim,
balki ular o‘quvchilarni ham shunga odatlantirishlari kerak.
3
Y.G’ulomov,I.Rasulov,   H.Rustamov,   B.   Mirzaahmedov   Ona   tili   o’qitish   metodikasi.   Toshkent
“VNESHINVESTPROM”, 2019.  126-bet. Maktab   o‘quvchilarning   nutqida   o‘z   shevasida   so‘zlayotganini,   jaydaricha
so‘zlarni qo‘llayotganini, ayrim so‘zlarga urg‘uni noto‘g‘ri qo‘llayotganligiga duch
kelamiz.   O‘qituvchi   o‘quvchilarning     adabiy   talaffuz   qoidalariga   rioya   qilishlari
ustidan   doimiy   nazoratni   amalga   oshiradi.Bunday   vaqtda   o‘qituvchining   vazifasi
quyidagilardan   iborat   bo‘lmog‘i   lozim.   Ona   tilining   orfoepik   me’yorlarini
o‘zlashtirib   olish   yo‘li   bilan   o‘z   nutqining   talaffuz   madaniyatini   oshirish,
mashg‘ulotlarga   tayyorgarlik   ko‘rishda   muntazam   ravishda   turli   qo‘llanmalar,
lug‘atlardan foydalanish. 
Maktab o‘quvchilarda adabiy talaffuzni rivojlantirishning o‘ziga xos usul va
uslublari bo‘lib,ularni bosqichma bosqich o‘quvchi ongiga singdirish lozimdir.. Bu
o‘rinda   dastlab       nutq   sur’atiga   bevosita   murojaat   qilamiz.   Nutq     sur’ati   -   nutqiy
kesimlar   o‘rtasidagi   pauzalarni   hisobga   olgan   holda   nutqning   aytilgan   fikr
mazmunidan   kelib   chiqqan   holda   jadallashishi   va   sekinlashuvidir.     Nutq   sur’ati
o‘zi nima? degan savol tug‘iladi. Nutq sur’atiga nutqning vaqt bo‘ylab davom etish
tezligi   tushuniladi.   Maktab   yoshidagi   bolalar   adabiy   nutq   qoidalariga   amal
qilishdan   ko‘ra,   ko‘proq   tez   so‘zlashni   abzal   bilishadi.   Bu   esa   so‘zlanayotgan
nutqning   tushunarliligi,   aniqligiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi,   tovush   artikulyatsiyasi
yomonlashadi, ba’zan alohida tovushlar, bo‘g‘inlar  va hatto so‘zlar tushib qoladi.
Masalan:   Nafisa   shaharga   o‘qish   va   ishlash   maqsadida   kelgan.Ushbu   gapni
tovushlar talaffuzi buzilgan, ayrim so‘zlar tushib qolgan holatida talaffuz qilinishi-
Nafisa   shaharga   o‘qish   minan   ishlashga   kegan.   Bunday   vaziyatda   nutq   sur’ati
buziladi.   Adabiy   talaffuz   meyyorining   qo‘pol   ravishda   o‘zgarishiga   olib   keladi.
Ayniqsa,   bu   kabi   nuqsonlar   uzun   so‘zlar   yoki   iboralarni   talaffuz   qilishda   ko‘p
uchraydi. O‘qituvchining faoliyati o‘quvchilarda so‘zlarni juda aniq jaranglaydigan
ohista nutq sur’atini shakllantirishga yo‘naltirishi zarur. 
O‘quvchilarda   adabiy   talaffuzni   rivojlantirishning   yana   bir   usuli
intonatsiyadir.    “Intonatsiya”   bu  lotincha   so‘zdan   olingan  bo‘lib,  “intono”   baland
talaffuz qilaman. Tilshunoslikda nutqning ohangi, uning maromiymusiqiy tomoni;
tovushning navbatma navbat ko‘tarilishi va tushishi; nutqning sintaktik ma’nolari-
darak,   so‘roq,   buyruqni   ham   ifodalaydi.   Nutq   qaratilgan   ob’ektga   bo‘lgan so‘zlovchining   munosabati,   hissiyoti,   so‘zdagi   intonatsiyada   namoyon   bo‘ladi.
Musiqiylik   jaranglayotgan   nutqning   har   bir   so‘zida   ishtirok   etadi.   Balandligi   va
kuchiga   qarab   o‘zgargani   holda   unlilar   nutqqa   ishlov   berishni   nihoyasiga
yetqazadilar.    Yozuvda  esa  intonatsiya,   qisman  tinish  belgilari  orqali   ifodalanadi.
Biz   ulug‘   ayyomni   ko‘tarinki   ruhda   o‘tkizmoqchimiz.   Bu   kitob-   juda   qiziq.
Nutqning   stilistik   xususiyatlarini   farqlashda,   uni   shakllantirishda   ham   rol
o‘ynaydi.Intonatsiyani   nutq   unsuri   sifatida   o‘rganish   19-asr   oxirlaridan
boshlangan   Intonatsiya   tufayli   fikr   tugallangan   mazmunga   ega   bo‘ladi.   Aytilgan
fikr   asosiy   ma’noni   o‘zgartirmagan   holda   qo‘shimcha   ma’noga   ega   bo‘lishi
mumkin. 
Adabiy   talaffuzda   ritmning   ham   o‘ziga   xos   o‘rni   bo‘lib,   tovush   asosida
paydo   bo‘ladi.   Urg‘uli   va   urg‘usiz   bo‘g‘inlarning   bir   tekis   o‘rin   almashishi   ya’ni
ularning quyidagi sifatlari uzoqlik va qisqalik, ovozni balandlatish va pasaytirish.
Nutq sur’atidagi iboraviy va mantiqiy urg‘ular esa, aytilgan fikr mazmunidan kelib
chiqqan holda, pauzalar, ovozni balandlatish, so‘zlarni talaffuz qilishdagi zo‘riqish
va uzoqligi bilan ajratish   xususiyatiga egadir.   4-sinf   ona tili darsligida keltirilgan
Hamid Olimjonning ushbu satrlarini misol qilib olamiz.  
  Bunda bulbul kitob o‘qiydi,
Bunda qurtlar ipak to‘qiydi.
Bunda ari keltiradi bol,
Bunda qushlar topadi iqbol.
Bunda qorning taglarida qish
Bahor uchun so‘ylaydi olqish.                   
              Yana bir adabiy talaffuzni shakllantirish uchun xizmat qiluvchi unsur bu
nutq   tembiridir.   Tembr   musiqiy   tovushning   xususiy   belgilaridan   biri   hisoblanadi.
Tembr yordamida balandlik va bir xil dinamikdagi tovushlarni farqlash mumkin. 4
Masalan   tovushlarning   emotsional   bo‘yoqlarini   misol   qilib   olamiz.     Oh,   naqadar
go‘zal buф zamin. Seni qara-yu.
4
  O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent, 2000- 2005. 56-59. Badiiy   adabiyotda   tembr   va   ritm   asarning   g‘oyaviy   estetik   mohiyatini
ochishga   xizmat   qiladi,   nutqning   emotsional   ta’sirchanligini   kuchaytiradi,   estetik
zavq uyg‘otadi.
Xullas, yuqorida birma bir ko‘rib chiqqanimiz nutq sur’ati, intonatsiya, ritm
hamda   nutq   tembiri   adabiy   talaffuzni   rivojlantiruvchi   va   talaffuz   jarayonida
vujudga   keluvchi   vositalardir.   Ona   tili   ta’limini   olib   borish   jarayonida   yuqorida
sanab o‘tilgan vositalardan o‘rinli foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
O‘quvchilarda adabiy talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni ongiga
singdirish   uchun   o‘qituvchining   oldidagi   eng   murakkab   jarayon   hisoblanadi.   Bu
o‘rinda  ona tili didaktikasiga murojaat qilamiz.
Til   va   nutqning   o‘zaro   bir-biriga   aloqadorligi   va   farqlariga   asoslangan
didaktik tizim quyidagi qoidalar asosida ish ko‘radi. 
1.   O‘quvchilar   nutqini   kuzatish   va   ulardan   xulosalar   chiqara   olishga
o‘rgatish. 
2.  Nutqdan  tilga,  til   dalillaridan  adabiy   til  me’yorlariga  rioya  qilgan  holda,
talaffuz mashqlarini tashkil etish.
3.   Darsliklarda   keltirilgan   matnlar   ustida   ishlash   jarayonida   adabiy   til
me’yorlariga qat’iy amal qilish.
4.   Tayyor   matnlardan   tashqari   o‘quvchilarning   o‘zlari   ham   mustaqil   matn
tuzishlari   va   undagi   shevaga   xos   bo‘lgan   so‘zlarni   topib,   adabiy   til   me’yorlariga
qat’iy amal qilgan holda talaffuz mashqlarini ishlab chiqish.
5.   Ona   tilini   o‘qitishda   qoidabozlikni   kamaytirish   va   adabiy   talaffuz
ko‘nikmasini shakllantirish, nutq amaliyoti ustuvorligini ta’minlash.
Nutq faoliyati jarayonida so‘zlovchi axborotni uzatish, tinglovchi  axborotni
qabul qilish vazifasini bajaradi. Bunday vaqtda esa tinglovchi ham, so‘zlovchi ham
so‘z,   so‘z   birikmasi   va   gapga   tayanadi.So‘z,   so‘z   birikmasi   va   gapning     aytilish
xususiyati axborotni uzatuvchiga , eshitilish xususiyati axborotni qabul qiluvchiga
xizmat   qiladi.   So‘zlanayotgan   va   tinglanayotgan   nutq   jarangdorlik,   bo‘yoqdorlik
va   ma’no   xususiyatiga   ega   bo‘lib   jonli   nutq   hisoblanadi.   Ushbu   jonli   nutqning
yozuvdagi ifodasi va o‘qiladigan xususiyatga ega ekanligi yozma nutqdir. Grammatika   mashg‘ulotlarida   nutq   maqsadiga   muvofiq   adabiy   talaffuzni
rivojlantirish jarayonida so‘z tanlash yo‘llarini o‘quvchilarga o‘rgatish, so‘zlarning
ma’nolarini ochish orqali o‘quvchilar to‘g‘ri va ravon nutq tuzish sirlarini egallab
boradilar.O‘quvchi nutq maqsadiga muvofiq, so‘zlarni qancha tez tanlay olsa, nutq
jarayonida shuncha  ko‘p ishtirok etadi  va o‘z nutqini  ommaga bemalol  namoyish
eta oladi. 5
 
K.D.Ushinskiy til  o‘qitishning asosiy vazifalaridan biri  o‘quvchilarda “so‘z
chechanligini” taraqqiy ettirishdan iborat, deb o‘qituvchilarga maslahat bergan edi.
U   “Xalq   tili   bolaning   tabiatida   shunday   bir   qobiliyatni   o‘stiradiki,   bu   qobiliyat
kishida nutq yaratadi” deb yozadi.
F.I. Buslayev maktabda til o‘qitish xususida “...ona tili o‘quvchilarning... til
sezgirligini   istiqbolli   taraqqiy   ettirishga   asoslangan   bo‘lishi   lozim...”.   A.V
Tekuchev   nutq   qobiliyatini   “nutqiy   intuitsiya   termini   bilan   izohlaydi.   L.S.
Vigotskiy   “Aniq   narsa,     voqea-   hodisa   inson   ongidan   o‘tib,   tilda   o‘z   ifodasini
topgach, uning ana shu ifodasi tilning ham ob’ektiga aylanadi. 6
   
Masalan,   Daraxtlar   gullaydi.Gapida   biolog   uchun   daraxtlarning   gullashi
o‘rganish   ob’ekti   hisoblanadi.Uning   tildagi   ifodasini   tilshunos   sub’ekt   deb   talqin
qilinadi.   Inson   onggi   lingvistik   kategoriyalar   –so‘z,   gap   vositasida   borliqni
bilishning faol omiliga aylanadi. 
So‘zni   nutqda   qo‘llash   ikki   xil   omil   bilan   farqlanadi.   Nutq   maqsadiga
muvofiq keladigan so‘z tanlash,tanlangan so‘zlarni grammatik jihatidan bir-biriga
uyg‘unlashtirilgan   holda   gap   tuzish.   Nutq   maqsadiga   muvofiq   so‘z   tanlash   va
ularni   tartib   bilan   o‘z   o‘rnida   ishlatish   so‘z,   so‘z   birikmasi   va   gaplarni   to‘g‘ri
talaffuz   qilish   hamda   to‘g‘ri   eshitish   psixolingvistik   komponentlari   hisoblanadi.
O‘quvchilarda   adabiy   talaffuzni   shakllantirish   uchun   birinchi   o‘rinda,   o‘quvchi
nutqini shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi. 
5
  Roziqov O., Mahmudov M., Adizov B., Hamroyev A. Ona tili didaktikasi. –Toshkent “Yangi asr avlodi” 2005. 18-
bet.
6
  Roziqov O., Mahmudov M., Adizov B., Hamroyev A. Ona tili didaktikasi. –Toshkent “Yangi asr avlodi” 2005. 20-
bet. Boshlang‘ich   sinf   va   yuqori   sinflarda   o‘quvchi   nutqni   takomillashtirish
ustida ishlash 4 guruhga bo‘linadi. 
1. Lug‘at ustida ishlash.
2. Gap tuzishga o‘rgatish.
3. Bog‘lanishli nutq tuzishga o‘rgatish.
4. Talaffuz ustida ishlash.
Tilda   mavjud   bo‘lgan   barcha   so‘z   va   iboralarning   yig‘indisi   lug‘at   tarkibi
leksika   deyiladi.   Leksikologiya   tildagi   lug‘at   tarkibini   o‘rganadigan   bo‘limdir.
Unda   so‘zlarning   nutqda   ma’no   ifodalash   xususiyati,   qo‘llanish   faolligi,   tildagi
yangi   kirib   kelgan   so‘zlar,   ayrim   so‘zlarning   eskirib,   iste’moldan   chiqib   ketishi,
ma’no   ko‘chish   hodisasi   kabilarni   o‘rganadi.   Nutq   yuzaga   chiqqanida   grammatik
jahatidan   o‘zaro   bog‘langan   ma’no-mazmunga   ega   so‘z   va   so‘z   birikmalaridan
iborat   bo‘ladi.   Kishining   lug‘ati   qanchalik   rivojlangan   bo‘lsa,   uning   nutqi   ham
shunchalik   boy   va   chiroyli   bo‘ladi;   o‘zining   fikrini   aniq   va   ifodali   bayon   etishga
keng   imkoniyat   yaratiladi.Shuning   uchun   lug‘atning   boyligi,   xilma-xilligi,
harakatchanligi metodikada nutqni o‘stirishning muhim sharti hisoblanadi.
Maktabda nutq o‘stirishning muhim vazifalaridan biri, lug‘at ustida ishlashni
takomillashtirish,   o‘quvchilarning   lug‘atini   boyitish   va   shu   asosda   o‘quvchilarda
adabiy   talaffuzni   shakllantirish.   Buning   uchun   maktabda   lug‘at   ustida   ishlash
metodikasi to‘rt asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi.
1. O‘quvchilar lug‘atini boyitish, yangi kirib kelgan so‘zlarni, shuning- dek,
o‘quvchilar   lug‘atida   bo‘lgan   ayrim   so‘zlarning   yangi   ma’nolarini
o‘zlashtirish.Ona   tili   lug‘at   boyligini,   adabiy   talaffuzni   shakllantirish   uchun
o‘quvchi   o‘z   lug‘atidagi   har   kuni   10-15   ta   yangi   so‘zni,   shu   jumladan   ona   tili
darslarida 7-10 ta so‘zni qo‘shib shu so‘zlar ma’nosini o‘zlashtirishi lozim.
2.   Xo‘sh   yana   shuni   aytish   joizki,   o‘quvchilarda   adabiy   talaffuzni
shakllantirishda, o‘quvchilar lug‘atiga aniqlik kiritish.Birinchidan, o‘quvchi puxta
o‘zlashtirmagan   so‘zlarning   ma’nosini   to‘liq   o‘zlashtirishi,   ya’ni   shu   so‘zlarni
matn yaratayotganda kiritish, ma’nosi yaqin so‘zlarga qiyoslash,   antonim tanlash
bilan   birgalikda,   ularning   ma’nosiga   aniqlik   kiritish.   Ikkinchidan   esa,   so‘zlarning kesatiq,   kinoyali   ma’nosini,   ko‘p   ma’noli   so‘zlarni   o‘zlashtirish.   Uchinchidan
so‘zlarning sinonimiyasini, ularning ma’no bo‘yoqdorlik xususiyatlarini o‘rganish.
To‘rtinchidan, ayrim frazeologik birliklarning ma’nosini o‘zlashtirish.
3. Lug‘atni  faollashtirish ustida ishlash,  ya’ni o‘quvchilar  o‘zlari  ma’nosini
tushunadi,     lekin   o‘z   nutqida   ishlatmaydigan   nofaol   lug‘atidagi   so‘zlarni   faol
lug‘atiga   o‘tkazish.Buning   uchun   shu   so‘zlardan   tarkib   topgan   so‘z   birikmasi   va
gaplar   tuziladi,   ular   o‘qiganlarni   qayta   hikoyalash,   suhbat,   bayon   va   inshoda
ishlatiladi.
4.   Adabiy   tilda   foydalanilmaydigan     so‘zlarni   o‘quvchilar   faol   lug‘atidan
nofaol   lug‘atiga   o‘tkazish.   Bunday   so‘zlarning   nutqiy   vaziyat   ta’sirida   o‘zlashib
qolgan   adabiy   til   me’yoriga   kirmaydigan,   ba’zi   adabiy   asar   va   og‘zaki   nutqda
qo‘llanadigan sodda so‘z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so‘zlar kiradi.
O‘quvchi   adabiy   til   me’yori   haqidagi   tushunchani   o‘zlashtirgach,   yuqoridagi
izohlangan   so‘zlar   o‘rniga   adabiy   tildagi   so‘zlardan   asta   sekinlik   bilan   foydalana
boshlaydilar.Adabiy   tilga   oid   bilim   va   ko‘nikmalari   ortgan   sayin   shevaga   va
jargonga   xos   bo‘lgan   so‘zlar   og‘zaki   nutqda   iste’molda   bo‘lgan   sodda   so‘z   va
iboralar o‘quvchilarning faol lug‘atidan chiqib keta boshlaydi.
Xulosa   qilib   aytganda,   o‘quvchilar   lug‘atini   va   nutqini   boyitishda   eng
ishonarli   manbaa   badiiy   asar   hisoblanadi.   Darsliklarga   keltirilga   adiblarning
asarlari   qisqa   va   lo‘nda   bo‘lsa   ham,   o‘quvchining   adabiy   til   me’yorlarini
o‘zlashtirishda,   lug‘atini   boyitishda   samarali   manbaa   hisoblanadi.
Amaliyotda bo‘lgani kabi nutq o‘stirish va adabiy talaffuzni rivojlantirish darsning
asosiy maqsadi qilib olinsa, darsning dastlabki qismida eshitish mashqi o‘tkazilsa,
yangi   so‘zlar   o‘quvchilar   bilan   birgalikda   o‘rganilsa,   matn   ustida   ishlansa,   uning
mazmuni yuzasidan adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda savol-javob tashkil
etilsa,   yozma   mashq   bajarilsa,   bu   mashqlar   asosida   talaffuz   mashqlari   ishlab
chiqilsa, o‘quvchilar nutqini o‘stirishga qisman erishilgan bo‘lardi. 
1.2.Ona   tili   mashg‘ulotlarida   adabiy   talaffuzni   shakllantiruvchi   mashq
va topshiriqlardan foydalanishning mavjud holati. Adabiy   talaffuz   haqida   gapirishdan   oldin.   Talaffuz   o‘zi   nima?   degan   savol
tug‘iladi. Talaffuz so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib “proningtiatio” gapirish uchun
ovozlarni   talaffuz   qilish   va   chiqarish,   ta’kidlash,   qaror   qilish.   Biror   narsa   yoki
kimdir uchun yoki unga qarshi chiqish demakdir. O‘quvchilarda adabiy talaffuzni
shakllantirish   uchun   o‘z   navbatida   orfoepiyaga   murojaat   qilamiz.   Orfoepiya
tilshunoslikning adabiy talaffuz me’yorlarini o‘rganuvchi bo‘lim. Muayyan milliy
tilning   talaffuz   me’yorlariga   mos   holda,   bir   xil   talaffuzni   ta’minlovchi   qoidalar
tizimi va ularga rioya qilish. Og‘zaki nutq talaffuzning bir xilligi, imlo(orfografiya)
kabi lisoniy muammolarni yengillashtiradi. 
Hozirgi   o‘zbek   adabiy   talaffuz   me’yorlarining   dastlabki   ildizlari   o‘tgan
asrningt   20-30   yillarida   vujudga   kelgan,   bu   sohada   bir   qancha   tadqiqotlar
o‘tkazilib,  orfoepik  lug‘atlar  nashr  etildi. Lekin  hozirgi   kunga qadar   ham, o‘zbek
talaffuz   me’yorlari   to‘liq   shakllangan   deb   bo‘lmaydi.   Nutqning   xarakteriga   ko‘ra
adabiy   talaffuzni   2   guruhga   ajratish   mumkin.   To‘liq   talaffuz   hamda   qisqargan
talaffuz.   Ma’ruzachilar,   aktyorlar,   notiqlarning   nutqi   to‘liq   talaffuzni   aks   ettiradi.
Bunday   kishilar   har   bir   so‘zni,   uning   morfemalari   adabiy   til   qoidasiga   mos
ravishda to‘liq, aniq, ravon talaffuz qilinadi.
So‘zlovchi o‘z nutqiga beparvo qarashi orqasida, o‘z shevasi ta’sirida ayrim
fonemalar   o‘zgarishlarga   uchraydi,   so‘zning   ba’zi   birliklari   qisqaradi.   Masalan,
olib keldi-obkeldi; olib bordi-obordi; Bu esa qisqargan talaffuzni vujudga keltiradi.
Bunday   talaffuzga   iloji   boricha   yo‘l   qo‘ymasligimiz,   shevalarni   o‘z   nutqimizda
ishlatmaslikka   harakat   qilish   zarur.   Bu   borada   ilk   qadamni   maktabda   savod
o‘rgatish   darslaridan   boshlaganmiz.   1-2-3-4-sinf   ona   tili   ta’limida   o‘quvchilarni
aniq   va   ravon   so‘zlashga   o‘rgatish,   adabiy   talaffuz   ko‘nikmasini   shakllantirish
bosh maqsad qilib olingan.  
Ona   tili   darslarining   samaradorligini   oshirish,   unda   o‘quvchilarni
faollashtiradigan,   mantiqiy   fikrlashga   undaydigan,   adabiy   talaffuzni
shakllantiradigan     metod   va   usullarni,   mashqlar   tizimini   ishlab   chiqish,   matnni lingvistik   tahlili   dolzarb   masalalardan   biridir.   Bu   borada   ona   tili     fanidan   davlat
ta’lim standartlari ishlab chiqilgan. Ushbu DTSi quyidagicha bayon qilingan.
Umumiy   o‘rta   ta’lim   muassasalarida   (1-9-sinf)   ona   tili   fanini   o‘qitishning
asosiy   maqsadi   –   o‘z   fikrini   og‘zaki   va   yozma   tarzda   to‘g‘ri   va   ravon   bayon
qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan,
o‘zgalar   fikrini   anglaydigan,   muloqot   va   nutq   madaniyati   rivojlangan   shaxsni
kamol   toptirishdan   iborat .   Umumiy   o‘rta   ta’lim   muassasalarida   ona   tili   fanini
o‘qitishning   asosiy   vazifasi:   o‘quvchi   shaxsini   fikrlashga,   o‘zgalar   fikrini
anglashga,   o‘z   fikrini   og‘zaki   hamda   yozma   shaklda   savodli   bayon   qila   olishga
qaratilgan   nutqiy   kompetensiyani   rivojlantirish;   o‘quvchilarda   grammatikaga   oid
bilimlarni   (fonetika,   leksikologiya,   so‘zning   tarkibi,   so‘z   yasalishi,   morfologiya,
sintaksis,   yozuv   va   imlo,   tinish   belgilari,   nutq   uslublariga   oid   tushunchalarni)
shakllantirish   va   rivojlantirish   hamda   ona   tilining   keng   imkoniyatlaridan   unumli
foydalangan   holda   fikrini   to‘g‘ri   va   ravon   bayon   eta   olish   ko‘nikmalarini
rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
  Boshlang‘ich   ta’limning   ona   tili   fani   o‘quv   dasturi   o‘quvchilarda
kompetensiyalarni   shakllantirishga   yo‘naltirilgan   Davlat   ta’lim   standarti
talablaridan   kelib   chiqib   tuzildi.   Ushbu   o‘quv   dasturida   1-4-sinf   o‘quvchilarida
tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini
shakllantirish   ko‘zda   tutilgan.   Boshlang‘ich   ta’limda   –   o‘quvchilarning
savodxonligini   ta’minlash,   ularni   og‘zaki   va   yozma   nutqida   adabiy   nutq
me’yorlariga   rioya   qilishga   o‘rgatishdan   iborat.   Mazkur   ona   tili   o‘quv   dasturi
quyidagi   bo‘limlarni   o‘z   ichiga   oladi:   1.   Savod   o‘rgatish   va   nutq   o‘stirish.   2.
Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish. Savodga o‘rgatish davri 2-sentabrdan
to dekabr oyining oxirigacha bo‘lgan muddatni, ya’ni ikki o‘quv choragini qamrab
oladi. Savodga o‘rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. 
Tayyorgarlik   va   alifbe   davrida   ta’lim   savodga   o‘rgatishning   tahlil-tarkib
(analitik-sintetik)   tovush   usulida   amalga   oshiriladi.   Savodga   o‘rgatishning   tahlil-
tarkib   usuliga   ko‘ra   matndan   gap,   gapdan   so‘z,   so‘zdan   bo‘g‘in   va   tovush,   yoki
aksincha, tovush > bo‘g‘in > so‘z > gap > matn uzviy aloqada butundan bo‘lakka, bo‘lakdan   butunga   qarab   tahlil-tarkib   qilinadi.   Bu   esa   o‘quvchilar   tafakkur
faoliyatini   onglilik,   tushunarlilik,   mantiqiylik,   didaktik   mezonlar   asosida
rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. 
Boshlang‘ich   ta’limning   ilk   savodga   o‘rgatish   davridanoq,   o‘quvchilar
nutqini   yangi   so‘zlar   hisobiga   boyitishga   alohida   e’tibor   qaratiladi.   "Alifbe"
darsligida   berilgan:   yangi   so‘zlar,   matn,   kichik   hikoya   va   she’rlardan   foydalanib,
o‘quvchilarni   so‘z   ma’nosi   bilan   atroflicha   tanishtirishda,   she’riy   va   nasriy
matnlarni   yodlatish,   qayta   hikoyalashga   e’tibor   beriladi.   Sinfdan   tashqari   o‘qish
darslari   o‘quvchilarni   bolalar   adabiyoti   namunalari   bilan   tanishtirib   18   borishga,
ularni   mustaqil   o‘qishga,   o‘qituvchi   va   ota-onalar   yordamida   badiiy   o‘qishga
qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi.
  Boshlang‘ich   ta’limning   ilk   savodga   o‘rgatish   davridanoq,   o‘quvchilar
nutqini   yangi   so‘zlar   hisobiga   boyitishga   alohida   e’tibor   qaratiladi.   Ona  tili   erkin
fikrlay   olish,   o‘zgalar   fikrini   anglash,   o‘z   fikrlarini   og‘zaki   va   yozma   ravishda
bayon   qila   olish,   kishilar   bilan   erkin   muloqotda   bo‘la   olish   ko‘nikma   va
malakalarini   rivojlantirishga   xizmat   qiladi.   Ona   tili   (1-4-sinf)   mazmuni
quyidagilarni   o‘z   ichiga   oladi:   Nutq   va   gap.   Ona   tilining   fonetik   tizimi:   nutq
tovushlari va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli
va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil);
bo‘g‘in va bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish. So‘z va so‘z ma’nolari
(lug‘aviy   tahlil:   bir   ma’noli   so‘zlar,   qarama-qarshi   ma’noli   so‘zlar,   ko‘p   ma’noli
so‘zlar);   So‘z   tarkibi:   asos   va   qo‘shimcha   (turlovchi,   tuslovchi   va   yasovchi),
asoslarda   tovush   o‘zgarishi,   asos   va   qo‘shimchalar   imlosi;   So‘z   ma’nosi:
so‘zlarning  ma’nosiga   ko‘ra  guruhlash:  shaxs-narsalar  nomini   bildiruvchi  so‘zlar,
shaxs-narsalarning   harakatini,   belgisini,   sanog‘ini   va   tartibini   bildiruvchi   so‘zlar,
shaxs-narsaga ishorani ifodalovchi so‘zlar (shaxsga nisbatan kishilik olmoshi). 
Gap, gapning fikr bildirishi, gapning maqsadga ko‘ra turlari (darak, so‘roq,
buyruq  va  his-hayajonni  bildiruvchi  gaplar), gapda  tinish  belgilarining  ishlatilishi
(nuqta,   so‘roq,   undov   va   h.k.),   yozma   nutqda   ishlatiladigan   muhim   (ayrim)
belgilar:   vergul,   qavs,   ikki   nuqta,   ko‘p   nuqta;   gapning   gap   bo‘laklariga   ko‘ra tuzilishi: gapning asosiy mazmunini bildiruvchi bo‘laklar (ega va kesim), gapning
asosiy mazmunini to‘ldiruvchi bo‘laklar (ikkinchi darajali bo‘laklar – ularning turi
va   nomlaridan   mustasno);   gapda   so‘zlarning   o‘zaro   bog‘lanishi,   so‘z   birikmasi,
gapning uyushiq bo‘laklari, ularning o‘zaro bog‘lanishi (ohang, bog‘lovchi so‘zlar
yordamida);   Undalma   uning   shaxsga   qarab   bilishi,   undalmali   gaplarda   tinish
belgisining ifodalanishi. 
Gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr bayoni,
xulosa   chiqarish,   reja   tuzish,   sarlavha,   xat   boshi,   dialog,   monolog   nutq,   bayon,
kichik hikoya;  Husnixatga o‘rgatish. Husnixatga o‘rgatishning vazifasi  harf, so‘z,
gap va matnni to‘g‘ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir. Yozuvni o‘rganish
jarayonida   o‘quvchi   tovushning   shakli   bo‘lgan   harfni,   so‘z   va   gapni   kitobdan   va
doskadan   to‘g‘ri,   husnixat   qoidalariga   rioya   qilib   ko‘chirib   yozish,   yozganlarini
tekshira   olish   va   yo‘l   qo‘ygan   grafik   kamchilik   hamda   xatolarini   o‘qituvchi
rahbarligida   o‘zi   tuzata   olishi   kerak.   Bu   davrda   eshitib   yozish   ko‘nikmalari   ham
rivojlantirib   boriladi.   1-sinfda   o‘quv   yilining   2-yarmidan   boshlab   husnixat
malakalari takomillashtirib boriladi. Shuningdek, 2-4-sinflarda esa har  bir ona tili
darsining   5-8   daqiqasi   “Husnixat   daqiqasi”ga   ajratiladi.   19   1-4-sinflarda   “Iqtisod
va   soliq   alifbosi”   fanining   sodda   elementlari   ona   tili   fani   mazmuniga,   ya’ni
mavzular   kesimida   ham   singdirib   o‘qitilishi   ko‘zda   tutilgan.   Shuningdek,   1-4-
sinflarda ona tili fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim
muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini
oshirish,   o‘quvchilardagi   qobiliyat   va   iste’dodni   yanada   kamol   toptirish   uchun
ixtisoslikka   yo‘naltirilgan   o‘quv   dasturi   kompetensiyalarni   shakllantirishga
yo‘naltirilgan   o‘quv   dasturiga   moslashtirildi.   Bunda   yillik   o‘quv   soatlari   A1
bosqichda 608 soat bo‘lsa, A1+ bosqichida esa 680 soatni tashkil etadi. Jumladan,
nutq   o‘stirish   va   husnixat   darslari   uchun   har   bir   sinflar   kesimida   68   soatdan
ajratilgan.   Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarida   tayanch   va   fanga   oid   (nutqiy   va
lingvistik)   kompetensiyalarning   shakllantirilishi   belgilab   berilgan.   Bunga   ko‘ra,
Ona   tili   fanini   o‘qitish   jarayonida   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarida   quyidagi
tayanch   kompetensiya   elementlari   shakllantirilib   boriladi.   O‘quvchilarda shakllantiriladigan   tayanch   kompetensiya   elementlari:   Axborotlar   bilan   ishlash
kompetensiyasi:   A1   radiodan   eshitgan,   televizordan   ko‘rgan   lavhalarni   tushunish
va   turli   manbalardan   kerakli   ma’lumotlarni   izlab   topish   hamda   undan   foydalana
olish; televizor, radio, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish; darsda
kitob bilan ishlay olish, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish,
mashq   topshiriqlarini   tartibi   bilan   bajarish.   A1+   media   vositalaridan,   didaktik
materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish. 
O‘zini   o‘zi   rivojlantirish   kompetensiyasi:   A1   o‘quv   fanlarini   o‘rganish   va
bir-biridan   farqlash;   mustaqil   ma’noga   ega   bo‘lgan   bir   necha   so‘zdan   tuzilgan
so‘zni   topish   va   namuna   asosida   so‘zlar   tuzish;   rasmli   kitoblar,   jurnal   va
gazetalarni mustaqil o‘qib-o‘rganish orqali bilimini muntazam oshirib borish; kun
tartibiga rioya qilish, uni to‘g‘ri tashkil etish va badantarbiya bilan shug‘ullanish;
kattalarni   hurmat   qilish,   ularning   nasihatiga   amal   qilish,   jamoat   joylarida   o‘zini
tuta bilish. A1+ og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho berish; o‘zining
xato   va   kamchiliklarini   to‘g‘ri   tushunib,   o‘zini   nazorat   qila   olish   va   xatolarini
tuzatishga   harakat   qilish,   kattalarga,   kichiklarga   va   o‘rtoqlariga   yordam   berish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A1 20 maktabda, oilada va turar joylarida
bo‘layotgan   jarayonlarda   (turli   tadbirlar   va   h.   k.)   ishtirok   etish;   o‘zining
o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini  bilish va  ularga rioya qilish;  davlat
ramzlarini bilish, davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsata olish; maktabda va
maktabdan   tashqari   tadbirlarda   (ko‘rik-tanlovlar   va   h.   k.)   ishtirok   etish   hamda
muomala   madaniyatiga   amal   qilish;   sinfda   va   oilada   o‘z   o‘rnini   bilish,   o‘ziga
yuklatilgan   vazifalarni   anglay   olish;   o‘zidan   kattalarga,   o‘rtoqlariga   va   o‘zidan
kichiklarga yordam berish; sinfdagi jihozlar va o‘quv qurollarini asrab-avaylash.
  A1+   jamiyatda   bo‘layotgan   voqea,   hodisa   va   jarayonlarga   munosabat
bildirish Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:  A1 orasta kiyinish va gigienik
talablarga   amal   qilish;   maktabning   ichki   qoidalariga   va   odob-axloq   qoidalariga
rioya   qilish;   yaxshi   va   yomon   odatlarni   bir-biridan   farqlay   olish;   milliy
bayramlarni,   milliy   qadriyatlarni,   o‘zi   yashab   turgan   tarixiy   obidalarni   bilish   va
ularni  bir-biridan  farqlash.   A1+  Vatanimizda  mustaqillik   yillarida  bunyod  etilgan inshootlarni   hamda   tarixiy   obidalarni   bilish   va   ularni   bir-biridan   farqlash.
Matematik   savodxonlik,   fan   va   texnika   yangiliklaridan   xabardor   bo‘lish   hamda
foydalanish kompetensiyasi:  A1 sinfida va oilada necha nafar kishi borligini, sinf
xonasi jihozlari va o‘quv qurollari sonini bilish; Mamlakatimizda nishonlanadigan
bayram   kunlari   sanalarini   aniq   aytish;   kundalik   faoliyatida   turli   jadvallardan
foydalanish;   ehtiyoji   uchun   kerak   bo‘lgan   narsalardan   (o‘quv   qurollari,   kiyim-
kechagi   va   h.   k.)   tejab   foydalana   olish;   aniq   hisob-kitoblarga   asoslangan   holda
shaxsiy   rejalarni  tuzish,   kundalik  faoliyatda   mavzuga  oid  jadvallarni   o‘qish.   A1+
aniq   hisob-kitoblarga   asoslangan   holda   shaxsiy   rejalarni   tuza   olish,   kundalik
faoliyatda   mavzuga   oid   jadvallarni   o‘qiy   olish.   Shuningdek,   me`yoriy   hujjatlarni
yuritishda   tayanch   va   fanga   oid   kompetensiyalar   quyidagicha   yozilishi   tavsiya
qilinadi
 TAYYORGARLIK DAVRI (8 soat) 1. Tayyorgarlik davrida o‘qish darslari
-   4   soat.   1-2-mavzular.   Darslik   bilan   tanishtirish.   Og‘zaki   va   yozma   nutq.   Gap.
So‘z   va   bo‘g‘in   haqida   amaliy   tushunchalar   (2   soat).   Mustaqillik   va   tinchlik   bir-
biriga   bog‘liq   ekanligi   bilan   tanishtirish.   “Bilimlar   kuni”   haqida   suhbat.   22   3-4-
mavzular. So‘z va bo‘g‘in. Bo‘g‘in va tovush haqida tushuncha. Gap, so‘z, bo‘g‘in
va tovush  uzviyligi   (2  soat). O‘quvchilarni  kesma   harf  va  bo‘g‘inlar  asosida  so‘z
hosil   qilishga   o‘rgatish.   Gap,   so‘z,   bo‘g‘in   va   tovush   uzviyligi   haqida   tushuncha
berish.   Rasmlar   asosida   suhbat   o‘tkazish.   Sinfdan   tashqari   o‘qish   -15   daq.   2.
Tayyorgarlik davrida yozuv darslari - 4 soat. 1-2-mavzular. “Yozuv daftari” bilan
tanishtirish.   Bir   xil   masofada   nuqtalar   qo‘yish,   chamalash   qobiliyatini   oshirish
mashqlari   (2   soat).   Osti   ilmoqli   kichik   va   katta   tayoqchalar   hamda   quyoshchalar
chizish.   Harf   qismlarini   yozish,   qo‘l   mashqi,   doirachalar   chizish,   har   bir   shaklni
to‘g‘ri   va   aniq   chizish.   3-4-mavzular.   Usti   ilmoqli   kichik   va   uzun   tayoqchalar
hamda bayroqchalar chizish (2 soat). Kichik va yarim harf qismlarini yozish, qo‘l
mashqlari va paxta rasmini chizish. 
ALIFBE DAVRI (120 soat) 1. O‘qishga o‘rgatish - 60 soat 5-6-7-mavzular.
O tovush va Oo harfi. N tovushi va Nn harfi. A tovushi va Aa harfi (3 soat). Oo,
Nn,   Aa   harflari   bilan   tanishtirish.   Harf   va   tovushga   ilova   qilib   berilgan   so‘z andozalari asosida o‘tilgan harf-tovushning so‘zdagi o‘rni haqida tushuncha berish.
Kesma harflar yordamida so‘zlar tuzish va ularni o‘qitish. Sinfdan tashqari o‘qish -
15 daq. 8-9-mavzular. I tovushi va Ii harfi. I tovushi va Ii harfini mustahkamlash (2
soat).   Ii   harfi   va   tovushining   aytilishi,   so‘zlardagi   o‘rni   bilan   tanishtirish.   So‘z
andozalaridan Ii tovush-harfining o‘rnini topish. Kesma harflar yordamida so‘zlar
tuzish   va   ularni   o‘qitish.   10-11-mavzular.   M   tovushi   va   Mm   harfi.   M   tovushi   va
Mm   harfini   mustahkamlash   (2   soat).   Mm   harf-tovushi   artikulyatsiyasi   haqida
tushuncha   berish.   Harf-tovushlarga   ilova   qilib   berilgan   so‘zlarning   ma’nolari
haqida suhbatlashish va o‘qitish. So‘z andozalaridan Mm tovush-harfining o‘rnini
toptirish.   Kesma   harflar   yordamida   so‘zlar   tuzdirish   va   ularni   o‘qitish.   Sinfdan
tashqari o‘qish -15 daq. 12-13-mavzular. T tovushi Tt harfi. T tovushi va Tt harfini
mustahkamlash   (2  soat).  Tt  harf-tovushi  artikulyatsiyasi   haqida  tushuncha   berish.
So‘z andozalaridan Tt tovush-harfining o‘rnini toptirish. Harf-tovushga ilova qilib
berilgan   so‘zlarning   ma’nolari   haqida   suhbatlashish.   Sinfdan   tashqari   o‘qish   -15
daq.   23   14-15-mavzular.   L   tovushi   va   Ll   harfi.   L   tovushi   va   Ll   harfini
mustahkamlash   (2   soat).   Ll   harfi   va   tovushining   aytilishi,   so‘zlardagi   o‘rni   bilan
tanishtirish.   Ll   harfi   va   tovushlari   qatnashgan   so‘z   va   matnlarni   ravon   o‘qishga
o‘rgatish.   16-17-mavzular.   B   tovushi   va   Bb   harfi.   B   tovushi   va   Bb   harfini
mustahkamlash   (2  soat).  Bb  harfi  va   tovushining   aytilishi,  so‘zlardagi  o‘rni  bilan
tanishtirish.   Bb   harfi   va   tovushi   qatnashgan   so‘z   va   matnlarni   ravon   o‘qishga
o‘rgatish. Sinfdan tashqari o‘qish - 15 daq. 18-19-mavzular. 
K tovushi va Kk harfi. K tovushi va Kk harfini mustahkamlash (2 soat). Kk
harfi   va   tovushining   aytilishi,   so‘zlardagi   o‘rni   bilan   tanishtirish.   Kk   harfi   va
tovushi qatnashgan so‘z va matnlarni ravon o‘qishga o‘rgatish. 20-21-mavzular. R
tovushi   va  Rr   harfi.   R  tovushi   va   Rr   harfini   mustahkamlash   (2   soat).   Rr   harfi   va
tovushining   aytilishi,   so‘zlardagi   o‘rni   bilan   tanishtirish.   Rr   harfi   va   tovushi
qatnashgan   so‘z   va   matnlarni   ravon   o‘qishga   o‘rgatish.   Sinfdan   tashqari   o‘qish   –
15   daq.   22-23-mavzular.   O‘   tovushi   va   O‘o‘   harfi.   O‘   tovushi   va   O‘o‘   harfini
mustahkamlash (2 soat). O‘o‘ harfi va tovushining aytilishi, so‘zlardagi o‘rni bilan
tanishtirish.   O‘o‘   harfi   va   tovushi   qatnashgan   so‘z   va   matnlarni   ravon   o‘qishga o‘rgatish.   24-25-mavzular.   D   tovushi   va   Dd   harfi.   D   tovushi   va   Dd   harfini
mustahkamlash  (2 soat). Dd harfi  va tovushining aytilishi,  so‘zlardagi  o‘rni  bilan
tanishtirish.   Dd   harfi   va   tovushi   qatnashgan   so‘z   va   matnlarni   ravon   o‘qishga
o‘rgatish. 
4-SINF FONETIKA, GRAMMATIKA, IMLO VA NUTQ O‘STIRISH (170
soat,   A1+:   238   soat)   O‘quvchilarda   shakllantiriladigan   tayanch   kompetensiya
elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A1 axborot manbalaridan va
darslik   materiallaridan   tashqari   (kitob,   lug‘at)   manbalardan   ma’lumotlarni   izlab
topa olish va foydalanish; media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish,
fayllarni ochishda media madaniyatiga rioya qilish. A1+ axborot manbalaridan va
darslik   materiallaridan   tashqari   (kitob,   lug‘at)   manbalardan   ma’lumotlarni   izlab
topa   olish,   saralash,   ulardan   samarali   foydalana   olish.   O‘zini   o‘zi   rivojlantirish
kompetensiyasi: A1 mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish;
kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish; o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish,
o‘zini   nazorat   qila   olish   va   xatolarini   tuzatishga   harakat   qilish.   A1+   doimiy
ravishda   o‘zini   o‘zi   mustaqil   va   ijodiy   rivojlantirish.   Ijtimoiy   faol   fuqarolik
kompetensiyasi: A1 o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga
rioya   qilish;   60   maktabda   va   maktabdan   tashqari   tadbirlarda   (ko‘rik-tanlovlar,
hashar   va   h.   k.   ishtirok   etish   va   muomala   madaniyatiga   (kattaga   hurmatda,
kichikka   izzatda   bo‘lish   kabi   sifatlarga)   amal   qilish;   oilada   o‘z   o‘rnini   hamda
vazifalarini   anglash.   A1+   o‘zining   burchini   bilish,   unga   rioya   qilish.   Milliy   va
umummadaniy   kompetensiyasi:   A1   maktabning   ichki   va   tashqi   qoidalariga   rioya
qilish;   yaxshi   va   yomon   odatlarni   bir-biridan   farqlay   olish;   milliy   qadriyatlarni
(milliy-madaniy   an’analar,   bayramlar,   sayllar)   bilish.   A1+   vatanga   sadoqatli,
insonlarga   mehr-oqibatli   hamda   milliy   qadriyatlarga   e’tiqodli   bo‘lish,   nutqiy
me’yorlarga   rioya   qilish.   Matematik   savodxonlik,   fan   va   texnika   yangiliklaridan
xabardor   bo‘lish   hamda   foydalanish   kompetensiyasi   :   A1   aniq   hisob-kitoblarga
asoslangan   holda   shaxsiy   rejalarni   tuza   olish,   kundalik   faoliyatda   mavzuga   oid
jadvallarni   o‘qiy   olish.   A1+   aniq   hisob-kitoblarga   asoslangan   holda   shaxsiy,
oilaviy va iqtisodiy rejalarni tuza olish.  Lingvistik   kompetensiya:   talaffuz   me’yorlariga   rioya   qila   oladi,   bo‘g‘in
ko‘chirish   qoidasiga   rioya   qila   oladi,   mavzuga   oid   so‘zlarni   og‘zaki   va   yozma
nutqda   o‘rinli   qo‘llay   oladi,   nutqda   so‘zlarning   grammatik   shakllaridan   to‘g‘ri
foydalana oladi, tinish belgilarini  to‘g‘ri  qo‘llay oladi. A1+ Nutqiy kompetensiya
(tinglab   tushunish,   so‘zlash,   o‘qish,   yozish):   nutq   jarayonida   o‘zlashtirgan   yangi
so‘zlarni   og‘zaki   nutqda   qo‘llay   oladi;   gap   bo‘laklarini   bog‘lovchi   grammatik
vositalar,   qo‘shimchalar   va   ohang   yordamida   bog‘lay   oladi;   berilgan   matnni
orfoepiya   qoidalariga   rioya   qilib   o‘qiydi;   tanlangan   matnga   sarlavha   qo‘yib,   reja
tuza   oladi,   tuzilgan   ijodiy   matnning   mantiqiy   izchilligiga   rioya   qilgan   holda   va
xatboshi,   imlo   hamda   husnixat   qoidalariga   amal   qilib   yoza   oladi,   rasm   asosida
ijodiy matn yarata oladi. Lingvistik kompetensiya: o‘rganilgan ifoda vositalaridan
nutqda   o‘rinli   foydalana   oladi.   40-41-mavzular.   So‘z   tarkibi.   So‘zlarni   o‘zaro
bog‘lovchi   qo‘shimchalar   (2   soat).   Mustahkamlash:   so‘zlarni   o‘zaro   bog‘lovchi
qo‘shimchalar:   egalik,   kelishik,   shaxs-son   qo‘shimchalari.   Matndan   asosdosh
so‘zlarni   ajrata   olish,   bir   xil   asosli   so‘zlar   hosil   qilish   va   ularning   imlosi.   42-
mavzu.  Bayon   (1  soat).  VIII  bo‘lim.  So‘z  turkumlari  (3soat,  A1+:  2  soat)  43-44-
mavzular.   So‘z   turkumlari   (2   soat).   Ot.   Otning   ma’no   turlari,   Shaxs   otlari,   narsa
otlari, joy otlari. Otlarning kim?, nima?, qayer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘lishi;
otlarning   bosh   va   kichik   65   harflar   bilan   yozilishi;   otlarning   birlik   va   ko‘plikda
qo‘llanishi;   otlarning   bosh   va   ikkinchi   darajali   bo‘lak   vazifasida   kelishi.   Sifat.
Sifatning   ma’no   turlari   va   qanday?,   qanaqa?   So‘roqlariga   javob   bo‘lishi.
Sifatlarning   otga   bog‘lanishi,   ikkinchi   darajali   bo‘lak   vazifasida   kelishi.   Son.
Sonning   necha?,   qancha?,   nechanchi?   so‘roqlariga   javob   bo‘lishi.   sonning   otga
bog‘lanishi,   ikkinchi   darajali   bo‘lak   vazifasida   kelishi.   Fe’l.   Fe’lning   harakat
bildirishi   va   nima   qildi?,   nima   qilya’ti?,   nima   qilmoqchi?   so‘roqlariga   javob
bo‘lishi; bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar; fe’lning kesim vazifasida kelishi; ot, sifat va
fe’lga doir asosdosh so‘zlar tizimini tuzish. A1+ Nutq o‘stirish (1 soat) Husnixat (1
soat)   45-mavzu.   Ma’nodosh,   qarama-qarshi   ma’noli,   bir   xil   shaklli,   ko‘p   ma’noli
so‘zlar (1soat). So‘z turkumlari ichida va orasida uchraydigan ma’nodosh, qarama-
qarshi   ma’noli   so‘zlar,   bir   xil   shaklli   so‘zlar,   ko‘p   ma’noli   so‘zlar   ustida   ishlash. So‘z   yasovchi   qo‘shimsalar   yordamida   bir   turkumdan   ikkinchi   turkumga   oid
so‘zlar yasash. 
Husnixat (1 soat). 62-mavzu. Qaratqich kelishigidagi so‘zlarning talaffuzi va
imlosi (1 soat). 63-64-mavzular. Tushum kelishigi (2 soat). Tushum kelishigining
qo‘shimchasi,  so‘roqlari,  ma’nosi.   Tushum   kelishigi  qo‘shimchasining   otni  fe’lga
bog‘lashi. Tushum kelishigidagi otlarning talaffuzi va imlosi, gapdagi vazifasi. 65-
mavzu.   Qaratqich   va   tushum   kelishigi   (1   soat).   Qaratqich   va   tushum   kelishigi
qo‘shimchalarining so‘zlarni o‘zaro bog‘lashi. Qaratqich kelishigidagi so‘zlarning
otlarga,   tushum   kelishigidagi   so‘zlarning   fe’llarga   bog‘lanishi,   bu
qo‘shimchalarning qo‘llanish o‘rinlarini farqlash. 66-mavzu. Jo‘nalish kelishigi (1
soat)   Jo‘nalish   kelishigining   qo‘shimchalari,   so‘roqlari,   ma’nosi.   Jo‘nalish
kelishigining otni fe’lga va boshqa so‘zlarga bog‘lashi. A1+ Nutq o‘stirish (1 soat)
Husnixat   (1   soat)   67-68-mavzular.   Jo‘nalish   kelishigi   qo‘shimchasining   otlarni
fe’llarga bog‘lashi (2 soat). 67 Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchalarining -ga, -ka, -qa
shakllarida qo‘llanishi. Jo‘nalish kelishigidagi otlarning talaffuzi va imlosi. 69-70-
mavzular.   O‘rin-payt   kelishigi   (2   soat).   O‘rin-payt   kelishigining   ma’nosi,
qo‘shimchasi. O‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasining otni fe’lga bog‘lashi.
Nutq   o‘stirish.   Nutq,   matn   va   gapni   farqlash;   og‘zaki   va   yozma   nutqni
o‘stirishni   to‘g‘ri   shakllantirish;   matn   mazmunini   qayta   hikoyalatish;   matndagi
asosiy   fikrni   aniqlay   olish;   matnning   tuzilishini   aniqlash,   uni   qismlarga   ajratish;
ular orasidagi bog‘lanishni izohlay olish; matnga sarlavha topish. Bayon. Berilgan
matn   asosida   hikoya   yozish;   muhokama   va   tasvir   janri   elementlari   qatnashgan
bayon   yozish;   matnni   qisqartirib,   ijodiy   qayta   hikoyalash   asosida   bayon   yozish;
tanlab qayta hikoyalash asosida bayon yozish. Bayon va kichik hikoyalarga tasvir
va muhokama tufayli hosil bo‘lgan fikrlardan asta-sekin ikki-uch jumladan qo‘shib
borish. Ijodiy matn. Qismli (qismlarga ajratib berilgan) rasmlar  va mavzular bitta
rasmda   ifoda   etilgan   ko‘rinish   asosida,   shuningdek,   o‘qilgan,   kuzatilgan,   75
eshitilgan,   ko‘rilgan   voqea   va   hodisalar   asosida   material   to‘plash,   reja   va   shu
asosida   kichik   hikoya   yozish;   bayon   rejasini   tuzishda   o‘quvchilarni   mustaqil fikrlashga   yo‘llash.   O‘z   ishlari   va   hayotlari   haqida   do‘stlariga   xat   yozish.   Ota-
onasi, ustozi hamda o‘rtoqlariga og‘zaki va yozma tabriknoma tayyorlash. 
Husnixat.   Ona   tili   darslarida   “Husnixat   daqiqa”lari   uchun   5-8   daqiqa   vaqt
ajratiladi.   Chiroyli   yozish   ko‘nikmalari   rivojlantiriladi.   Bo‘g‘in,   so‘z,   gap   matnni
husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko‘chirib yozish; eshitib yozish va mustaqil
yozish;   matnni   yozishda   sarlavhaning   yozilishiga,   xat   boshidan   boshlash;   so‘zlar
orasidagi   masofaning   bir   xilligiga,   harflarning   to‘g‘ri   va   aniq   yozilishiga,
tutashtirilishiga  diqqat  qaratiladi, hoshiyaga rioya qilish, o‘zining va o‘zgalarning
yozuvini   grafik   tahlil   qila   olish   kabi   malakalari   takomillashtiriladi.   O‘quv   yili
oxiridagi   takrorlash   o‘rganilgan   bilimlarni   eslatish   orqali   sistemaga   solish   va
umumlashtirish   maqsadida   o‘tkaziladi.   O‘quvchilar   bir   darsda   bir   necha   turdagi
mujassam topshiriqlarni bajaradilar. Takrorlash darslari matn, gap, gap bo‘laklari,
tovush va harflar, tovushlarning turlari, bo‘g‘in, alifbo, asos, so‘z yasovchi, gapda
so‘zlarni bog‘lovchi qo‘shimcha, so‘z turkumlari bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘quvchilar
nutqi   va   yozuvidagi   kamchiliklar   hisobga   olinadi.   Bu   o‘qituvchining   boshqa
sinflarda   ta’lim   jarayonini   to‘g‘ri   tashkil   etishini   ta’minlaydi.   O‘quvchilar   bilan
o‘quv   yili   davomida   imlosi   ustida   ishlanadigan,   o‘quvchilarning   lug‘at   boyligiga
qo‘shilgan ayrim so‘zlar darslik oxiridagi lug‘atda berilgan.
  Darslikda   notanish   so‘zlar   ma’nosi   berilgan   bo‘lib,   o‘quvchilardan   ularni
o‘zlashtirish   talab   qilinadi.   O‘quv   yili   davomida   o‘rganiladigan   imlosi   qiyin   va
yangi   o‘zlashtirilgan   so‘zlar:   agronom,   akvarium,   antenna,   artist,   astoydil,   atele,
avtomobil,   avtonazoratchi,   bashariyat,   binafsha,   boychechak,   brigada,   daromad,
dastyor,   dastlab,   dehqon,   depo,   dirijyor,   dollar,   domino,  do‘kon,   ehtiyoj,  ehtiyot,
ekskavator,   eskalator,   e’zozlamoq,   fabrika,   faoliyat,   faxrlanmoq,   ferma,   festival,
firma,   fonarcha,   futbol   gavjum,   giyoh,   gramm,   go‘sht,   hadya   etmoq,   handalak,
haqiqat, harbiy, hayvonot, hasharot,  hikoya, hofiz, hudud (chegara), hunarmand,
hunarmandchilik,   hurriyat,   ikkita,   ilm-ma’rifat,   iste’dodli,   ishonch   jarroh   jahon,
jayron,   jonivor,   kaseta,   kilogramm,   kilovatt,   kofe,   kolleksiya,   kosmonavt,
kungaboqar,   ko‘hna   (qadimgi),   la’l   (qimmatbaho   tosh),   leytenant,   madhiya,
majmua,   masjid,   mavsum,   mayor,   mehnatsevar,   mehribon,   mehr-oqibat,   metall, metro,   me’mor,   militsioner,   muhandis,   murojaat   qilmoq,   muvaffaqiyat,   mo‘jiza,
na’matak,   ne’mat,   nomzod,   nota,   ohangrabo,   oromgoh,   parashut,   patent,
payvandlamoq,   piyola,   pomidor,   portfel,   projektor,   pulemyot,   qahramon,   qandil
(lyustra),   qimmatbaho,   qumursqa,   rassom   (musavvir),   rostgo‘y,   ruhlanmoq,
sabzavot, samolyot, samovar,  sellofan, sentner, seyalka, sport, suxandon (diktor),
tabiat,   tanaffus,   tashakkur,   taassurot,   telefon,   tennis,   termos,   tramvay,   transport,
trolleybus,   ufq,   urf-odat,   vagon,   velosiped,   vokzal,   voleybol,   xursand,
xayrlashmoq, xiyobon, xizmatchi, xohlamoq, xokkey, yelpig‘ich, yiroq (uzoq), yop-
yorug‘,   zehnli,   76   ziyrak,   zog‘orabaliq,   zag‘cha,   o‘qariq,   o‘chirg‘ich,   g‘ijjak,
g‘ilof,   g‘o‘za’oya,   shaxmatchi,   shifer,   charm,   choyshab.   (Bu   xildagi   so‘zlar
darslikning oxirida lug‘at sifatida berilgan). 
  O‘quvchilarda   shakllangan   tayanch   kompetensiya   elementlari:   Nutqiy
kompetensiya   (tinglab   tushunish,   so‘zlash,   yozish):   A1   berilgan   topshiriq,   soda
matnlarni tinglab tushuna oladi; matnni tushunib o‘qiy oladi; og‘zaki nutqda so‘z
va gaplar talaffuziga rioya qila oladi; 65-70 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi; 78
xabar, tasvir  asosida  5-6 gapdan iborat  matn yarata  oladi,  xatboshi  va husnixatga
amal qiladi, imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila oladi; do‘sti,
ota-onasi,   ustoziga   tabriknoma   yoki   xat   yoza   oladi.   A1+   sodda   matnning   asosiy
mazmunini tushunadi  va tushuntira oladi;  matn mazmunini  tushunib ifodali  o‘qiy
oladi; 70-75 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi; 7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm
asosida   matn   tuza   oladi.   Lingvistik   kompetensiya   (fonetika,   grafika,   orfoepiya,
orfografiya,   leksika,   grammatika   va   uslubiyatga   oid):   A1   ona   tilidagi   nutq
tovushlarini farqlay oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qila oladi; mavzuga
oid   yangi   so‘zlarni   og‘zaki   va   yozma   nutqda   qo‘llay   oladi;   yozma   nutqda   tinish
belgilarini   to‘g‘ri   qo‘llay   oladi.   A1+   so‘zlarni   tovush   tarkibini   orfoepik   jihatdan
to‘g‘ri shakllantira oladi; gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va
yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi .
Adabiy til normalariga amal qilmay, mahalliy sheva ta’sirida so‘zlash fikrni
tez va oson o‘qib olishga xalaqit beradi. Masalan, shevalardagi shoti, zangi, kadi, tirama so‘zlari hamma uchun bir xilda tushunarli bo‘lmaydi. Shuningdek   a tlas va
atl a s,   b a nda   va   band a   so‘zlarni   aytishda   urg‘uga   amal   qilmaslikotni   min   o‘rniga
otti   min   shaklida   gapirish   ham   adabiy   til   normalaridan   chekinish   bo‘lib,   fikrni
anglashga   qiyinchilik   tug‘diradi.   Nutqda   uchraydigan-da   yuklamasi   o‘rniga   –de
(keldi-de,   o‘zi-de   kabi)   ishlatish,   keyin,   so‘ng   ko‘makchilari   o‘rniga   so‘g‘in,
borg‘an,   unnan   so‘g‘in   kabilar   o‘quvchining   yozma   nutqiga   ham   salbiy   ta’sir
ko‘rsatadi,   yozishda   orfografik   yoki   punktuatsion   xatolarni   keltirib   chiqaradi.
Aslida   o‘quvchilarning   yozma   ishlarida   uchraydigan   orfografik   xatolarni   tuzatish
uchun, avvalo ulardagi orfoepik xatolarni oldini olish kerak.
Fan   va   texnika   taraqqiyoti,   radio   va   televideniya   eshittirishlarida,
yig‘ilishlarda   nutq   so‘zlash   orfoepiyani   ommaviy   o‘rganishning,   ayniqsa,   maktab
o‘quvchilariga o‘rgatishning hayotiy zarurligini taqozo etadi.
So‘z-ibora va morfemalar hamda nutq tovushlarining aytilishi hozirgi o‘zbek
adabiy   tilida   talaffuz   deb   yuritiladi.   Adabiy   talaffuzning   umumiy   normalarini
belgilab beruvchi qoidalar to‘plami esa orfoepiya deyiladi. 
O‘quvchilarning   orfoepik   malakasini   o‘stirishda   grammatikaning   roli   katta.
Har   bir   grammatik   qonun-qoida   nutq   o‘stirish   bilan   bog‘lab   o‘rgatiladi.   Shunga
erishish   kerakki,   grammatikani   o‘rganib   borib,   insho   yoki   bayonda   boramiz,
o‘zimiz   shaklida   yozgan   o‘quvchining   talaffuzi   ham   (borovuz,   o‘zuvza   emas)
bo‘lsin.
Orfoepik   qoidalarni   faqat   kitob   o‘qish   orqali   egallab   bo‘lmaydi.   Albatta,
o‘quvchining   nutqini   o‘stirishda,   ularning   so‘z   boyligini   oshirib   fikr   doirasini
kengaytirishda kitob o‘qish, ayniqsa, badiiy adabiyotlar o‘qish muhim ahamiyatga
ega.   Chunki   o‘zbek   adabiyotining   eng   yaxshi   namunalari,   asosan,   adabiy   til
normalariga amal qilib yoziladi. Ammo yozuv bilan talaffuz hamma vaqt ham mos
kelavermaydi,   ketkach,   bahor   shaklidagi   talaffuz   misol   bo‘la   oladi.   Demak
tilimizdagi   so‘zlar   doimo   qanaday   yozilsa,   shunday   talaffuz   qilinavermaydi,   nutq
malakasini egallash u uchun kitpb o‘qishning o‘zigina yetarli emas.
Ba’zi   o‘qituvchilar   o‘quvchilarning   adabiy   talaffuzini   rivojlantirish
maqsadida   ularga   darslikdagi   mashqlarni,   ayrim   matnlarni   yoki   parchalarni o‘qitadilar.   Bunda   yozuv   qanday   yozilgan   bo‘lsa,   shunday   talaffuz   etishni   talab
qiladi.   Ko‘pincha   o‘quvchilarning   o‘zi   ham,   so‘zlarni   yozilganidek   o‘qib   beradi
yoki talaffuz qiladi. Masalan,  MDH tashkiloti har   doim avtonom respublikalarga
ham yordam  beradi  gapini  emdehe, aftono‘m shaklida emas, MDH,  avtonom  deb
o‘qitadilar.   Ba’zi   o‘qituvchilarning   fikricha,   o‘quvchilar   so‘zlarni   yozilganidek
o‘qishga   yoki   talaffuz   qilishga   odatlanmasalar,   yozishga   xatoga   yo‘l   qo‘yadigan
bo‘lib   qoladilar.   Bunday   noto‘g‘ri   fikrdan   yana   bir   qiyinchilik   paydo   bo‘lad:
o‘quvchining “o‘z”   tili, u o‘rganayotgan adabiy til bilan bir qatorda uchinchi til-
kitob   tili   yoki     yozuv   tili   hosil   bo‘ladi.   Aslida,   kitob   yozuv   tilida   talaffuz   qilish
zo‘rma   zo‘raki   bo‘ladi,   chunki   o‘quvchi   biror   matnni   o‘qigandagina   kitob   tiliga
amal   qiladi.   Kitob   tilida   talaffuz   qilishga   odatlantirishning   zarari   shundaki,
o‘quvchilar o‘z tillarida bir xil adabiy tilni o‘rgana borib ikkinchi til, kitob( yozuv)
tiliga   o‘rgana   borib   uchinchi   xil   talaffuz   qilishga   majbur   bo‘ladilar.   Bunday   hol
o‘quvchilarni   adabiy   til   normasida   talaffuz   qilishdan   chetlashtiradi,   nutq   o‘stirish
ishiga putur yetkazadi.
Adabiy   til   normalariga   amal   qilib   talaffuz   etish,   asosan,   ikki   yo‘l   bilan
o‘rgatiladi. 
1. Adabiy til normalariga amal qilib so‘zlovchi kishilarga ergashish orqali.
2. Izchillik bilan tinmay o‘rganish (albatta, bolaning yoshiga qarab ma’lum
bir mavzuda) va ongli ravishda o‘zlashtirish yo‘li bilan.
Bolaning   nutqi   kattalarga   taqlid   qilish,   eshitish   yo‘li   bilan   (ona   o‘z
farzandiga   birinchi   til   o‘rgatuvchidir)   vujudga   keladi.   Agar   atrofdagi   odamlar
adabiy tilda so‘zlasa, bola shubhasiz, yoshligidanoq shunga odatlana boradi. Agar
bola mahalliy dialektda so‘zlovchilar ( “j” laydiganlar) o‘rtasida o‘ssa, shu dialekt
ta’sirida   talaffuz  qiladi.  Bola  tilini  shakllantirishda   muhitningt  ta’siri   hal   qiluvchi
omillardan   biridir.   Shuning   uchun   ham   bolaga   maktabda   adabiy   til   normalari
qanchalik   o‘rgatilmasin,   baribir   u   o‘z   atrofini   qurshab   olgan   kishilar   talaffuzi
ta’siridan   bir   yo‘la   qutulib   keta   olmaydi,   ularga   taqlid   qilaveradi.   Taqlid   qilish
qobiliyatining   kuchliligidan   foydalanib,   o‘quvchilarga   orfoepik   qoidalarni   faqat dar   protsessidagina   emas,   balki   darsdan   tashqari   vaqtlarda   ham   o‘rgatib   borish
zarur. 
O‘quvchining   ongiga   singib,   nutqiga   o‘rnashib   qolgan   “o‘z”   talaffuzini
birdaniga   orfoepik   qoidasiga   bo‘ysundirish,   adabiy   tilda   talaffuz   qilishga
ko‘chirish oson ish emas, albatta. O‘quvchi adabiy tilda talaffuz qilishga o‘rganish
uchun bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi:
1. Maktabda   “o‘z   tilidan   boshqacharoq”,   ma’lum   bir   normaga
bo‘ysundirilgan   adabiy   tilga   duch   keladi.   Bu,   ayniqsa,   ayrim   so‘zlarning
talaffuzida ochiq ko‘rinadi. (ada-ota, oyi-ona).
2. Asta-sekin   adabiy   tilga   doir   faktlarga   duch   kela   boshlaydi:   ona   tili
mashg‘ulotlarida   grammatik   qoidalarni   o‘rgana   boradi;   Masalan,   fonetika,
morfologiya,abzats,   sinonim,   omonim,   antonim,   nutq   organlari   kabi   yangi   so‘z
terminlarini o‘rgatish bilan birga, so‘zlarning urg‘usini ham to‘g‘ri talaffuz etishni
mashq qiladi. 
3. Yoshligidan o‘ziga ma’lum  bo‘lgan til  faktlari  bilan yangi  o‘rgangan
faktlarni, ya’ni ayrim tovushlarni, so‘z va iboralarni solishtiradi, yangi faktlarning
ma’nosini   anglay   boradi.   Masalan,   (sinf   yozilish   kk)   b,d,z   kabi   jarangli
undoshlarning, odatda, so‘z oxirida jarangsizlanib, p,t,s shaklida (maktab-maktap,
ozod-ozot,   tuzsiz-tussiz)   aytilishi,   ammo   aslicha   yozilishi   kabi   faktlarga   duch
keladi.
4. O‘quvchi   tushunchasida   uning   “o‘z”   tili   bilan   maktabda
o‘rganayotgan   adabiy   til   talaffuzi   o‘rtasida   qarama-qarshilik   paydo   bo‘ladi-da,
yangilik, adabiy til normalariga amal qilib talaffuz etish g‘olib chiqa boradi.
5. Nihoyat, o‘quvchilar adabiy til normasiga amal qila borib, “o‘z” tilida
so‘zlayverishning   to‘g‘ri   bo‘lmasligini   tushuna   boshlaydilar.   O‘quvchi   adabiy
talaffuzning   “o‘z   talaffuziga   nisbatan   afzalligini   ongli   tushunib   yetgandan   so‘ng
adabiy til normalarini qiziqib o‘rgana boradi.
O‘quvchilarning   nutqini   o‘stirishda   quyidagi   amaliy   tadbirlar   qo‘llanadi:
1) adabiy talaffuzni o‘quvchilarga har bir darsda o‘tiladigan grammatik, orfografik
va   punktuatsion   qoidalarga   bog‘lab   izchil   o‘rgata   borish;   2)   til   va   adabiyotdan boshqa fanlarni  o‘tishda ham  o‘quvchilar  nutqini o‘stirishga  jiddiy e’tibor  berish;
3)   o‘quvchi   nutqidagi   adabiy   tilga   xos   bo‘lmagan   faktlarni   to‘plab,   bularning
adabiy   til   normalariga   to‘g‘ri   kelmasligini,   hamma   uchun   tushunarli   emasligini,
qo‘llashda   noqulayligini   aniq   misollar   bilan   ko‘rsata   borish.   Masalan,   adabiy
tildagi   terak,   senga,   tesha,   yozamia,   so‘ng,   olibdimi   o‘rniga   mahalliy   sheva
ta’sirida “teray, sagan, chut, yozovuz, so‘g‘in, olipta, tarzida ishlatishning noo‘rin
ekanligini   o‘quvchilar   tushunib   olsinlar;   4)   ayrim   tovush   va   morfemalarning
aytilishi   bilan   yozilishi   mos   kelavermaydi:   bahor,   zamon,   kitob,   qassob,   sezsa,
tuzsiz, kelibdi kabi. 
Ayrim   shevalarda   unli   tovushlar   yo‘g‘on-   ingichka   talaffuz   etiladi.   Shuni
nazarda   tutib,   fonetika   mashg‘ulotlarida   aytilishi   bilan   yozilishi   farq   qiladigan
tovushlar   talaffuziga   alohida   e’tibor   berish   lozim;   5)   aytilishi   bilan   yozilishi   farq
qiladigan  so‘zlarni   o‘z   ichiga   olgan  matn   ustida   ishlash   ham   foydalidir.  Bu   bilan
o‘quvchilarning   ham   orfoepik   ham   orfografik   qoidalarni   mustahkam
o‘zlashtirishlariga   imkon   yaratiladi;   6)   orfoepik   malakalarni   mustahkamlash
darslari.   O‘qituvchi   o‘quvchilar   talaffuzidagi   kamchiliklarni   ilgaridan   bilib   olib,
darsda  shu  kamchiliklarni   tuzatishni   asosiy  maqsad   qilib  qo‘yadi.     U tayyorlagan
matnni   o‘zi   o‘qib,   undagi   talaffuzi   va   oquvchilarning   talaffuzidagi   yutuq-
kamchiliklar   ko‘rsatib   boriladi,   xor   bo‘lib   ham   o‘qish   mumkin,   bunda   talaffuzda
qiynaladigano‘quvchilar   o‘qituvchiga   ergashib,   o‘z   kamchiliklarni   tuzata   boradi.
Ma’lumki,   o‘quvchi   ko‘p   narsani,   jumladan   adabiy,   talaffuzni   ham   taqlid   qilish
bilan bilib oladi. Agar o‘qituvchi rus va o‘zbek adabiyotining yetuk namoyondalari
asarlaridan   poetik   va   prozaik   parchalarni   o‘zi   yoddan   ifodali   o‘qib   bersa,
o‘quvchilar   ham   shunday   o‘qishga   intiladilar;   7)   maktab   o‘quvchilariga   orfoepik
normalarni   singdirishga   jamoa   tarzda   radio   tinglash,   televizor   ekranidan   maxsus
telefilmlarni   tomosha   qilish,   badiiy   so‘z   ustalarining   nutqlarini   radioda   yoki
magnitofon orqali eshitish muhim vositalardan sanaladi. 
G‘ofir   va   Jamila,   Navoiy   va   Guli   monologlarini   o‘quvchilar   hayajonlanib
tinglaydilar.   Xalq   artistlari   Shukur   Burhonov,   Olim   Xo‘jayev,   Sora
Eshonto‘rayeva,   badiiy   o‘qish   ustalari   Muhsin   Hamidov,   Ubay   Burhon,   talantli diktorlar   Tuyg‘onoy   Yunusxo‘jayeva,   (shu   yozuvlar   o‘rniga   1-4-sinflarga   mos
bo‘lgan eshittirish va ko‘rsatuvlarni yozish kerak.)   Bunda ko‘rish va eshitish bilan
kifoyalanib qolmay, o‘quvchilarni  mushoda qilishga  odatlantirish  kerak.  Bu bilan
o‘quvchining   nutqi   ham   mustaqil   fikr   yuritish   qobiliyati   ham   o‘sa   boradi.   8)
o‘qituvchi darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham, o‘quvchi nutqini kuzatib borish
maqsadga   muvofiqdir.   Tomosha   qilgan   spektakl   va   multfilmlari   yoki   o‘qigan
hikoya   va   ertak   kitoblari   haqida   suhbatlar   o‘tkazish,   taassurotlarini   ayttirish   ham
nutq malakasini  oshorish usullaridan sanaladi. 10) she’r yoki pirozaik parchalarni
yodlatish   nutq   o‘stirish   vositalardan   biridir.   Bu   ishda   o‘qituvchidan   masalaga
metodik   to‘g‘ri   yondashish   talab   etiladi.   O‘quvchilar   nutqini   o‘stirish   va   adabiy
talaffuzini   shakllantirishda   o‘qituvchi   bilan   ota-ona   aloqasining   mustahkam
bo‘lishi   juda   muhimdir.   Buning   uchun   esa,   albatta,   grammatikani   o‘rganish
o‘quvchining mahalliy dialekt yoki sheva ta’siridan qutula borib, adabiy talaffuzni
o‘zlashtirishga imkon beradi.
Grammatikani   yaxshi   o‘zlashtirish   o‘quvchining   mahalliy   dialekt   yokin
sheva ta’siridan qutula borib, adabiy talaffuzni o‘zlashtirishga imkon beradi. 
Grammatikani  yaxshi  o‘zlashtirmagan kishilar nutqida qaratqich va tushum
kelishiklarining   qo‘shimchalarini   qorishtirib   yuborish,   so‘roq   va   ta’kid
yuklamalrini to‘g‘ri talaffuz qila bilmaslik kabi qator kamchiliklar uchrab turadi. 
Xuddi   orfografik   qoidalar   kabi   orfoepik   qoidalar   ham   grammatika   bilan
uzviy   bog‘langan.   Shuning   uchun   ham   11   yillik   maktablarning   “Ona   tili   va
adabiyot”   dasturida,   ona   tili   bo‘yicha   har   bir   bo‘limda   ma’lum   mavzular
o‘rganilgandan   keyin   adabiy   talaffuz,   ifodali   o‘qish,   o‘rganilgan   u   yoki   bu
grammatik   materialdan   nutqda   foydalanish   ko‘nikmalarini   o‘stirishga   doir
mashg‘ulotlar o‘tkazib borish tavsiya etiladi.
Nutq   organlari   haqida   tushuncha   berishning   ahamiyati   shundaki,   ba’zi
o‘quvchilar shu organlarning ayrimlarini noto‘g‘ri ishlatish tufayli tovushni to‘g‘ri
talaffuz   qila   olmaydilar.   Masalan   tilning   titrashidan   hosil   bo‘ladigan   “r”   tovushi
o‘rniga   ko‘pincha   “y”   ba’zan   “l”   tarzida   talaffuz   qiladilar.   Bunday   o‘quvchilarga
“r”   tovushi   so‘zlarni   tez-tez   ayttirib   turish   kerak.   Shuningdek,   b,p   tovushlarini aytganda   lablar   o‘zaro   jipslashishi   shart   bo‘lsa,   “f”   tovushini   talaffuz   qilishda
pastki   lab   tepa   tishlarga   salgina   tegib,   ikki   oradan   salgina   sirg‘alib   o‘tadi.   Ba’zi
o‘quvchilar   “f”   tovushini   “p”   shaklida   talaffuz   qiladilar.   Ularga   bu   tovushni
aytilishini   mashq   qildirib,   fabrika,   faoliyat,   fonar,   fonetika,   futbol   kabi   so‘zlarni
takror-takror ayttirish kerak.
Nutq   organlarini   to‘g‘ri   ishlatgan   o‘quvchilar   to‘g‘ri   talaffuz   qilishga
odatlana boradilar.
O‘quvchilarda   o‘zbek   alfavitini   yodlatishda   har   bir   tovushning   qanday
talaffuz etilishiga ham ularning diqqatini tortish foydalidir. Chunki tovushni to‘g‘ri
talaffuz eta olmagan o‘quvchi  ayrim so‘zlarni (ona o‘rniga ana, bola o‘rniga bala
kabi)   buzib,   noto‘g‘ri   talaffuz   qiladilar.   O‘qituvchi   o‘quvchilar   nutqidagi   bunday
kamchiliklarni ham tuzata borishi lozim.
O‘zbek   tilida   urg‘u,   ko‘pincha,   so‘zning   oxirgi   bo‘g‘inga   tushadi:   on a ,
tinchl i k yaxsh i , ell i k, paxt a -paxtak o r-paxtakorl a r-paxtakorlarg a  kabi. Lekin o‘zbek
tilida   urg‘u   oladigan   ruscha-internatsional   so‘zlar   ham   bor   (ruchka,   gazeta,
respublika,   kartina   kabi).   O‘qituvchi   bu   faktlarni   to‘g‘ri   o‘rgatish   bilan
o‘quvchilarning nutq malakasini takomillashtira boradi.
O‘rganayotgan   yangi   so‘zning   tub   ma’nosini   o‘quvchi   ongiga   to‘g‘ri
yetkazishning   ahamiyati   katta.   Masalan,   3-sinf   darsligi,   26-bet,   62-mashqda
berilgan   hammom,   ukki,   tonna,   xokkey,   kilogramm,   murakkab,   tennis,   antenna,
ikki,   hamma     kabi     so‘zlarning   asl   ma’nosini   tushunib   yetgan   o‘quvchigina   shu
so‘zlarni   o‘z   nutqida   qo‘llashga   kirishadi.   So‘zning   asl   ma’nosini   anglab   olmay
turib,   uni   ishlatishdan   saqlanish   kerak.   Shuningdek   nutqda   “yaltiroq”   so‘zlarni
keraksiz o‘rinda ham   “demak”,   “shunday qilib”,   “albatta”,   “masalan”,   “ya’ni”,
“xo‘sh”, “haligi”,  kabi so‘zlarni ishlatishga ham yo‘l qo‘yilmaslik lozim.
O‘quvchilarga o‘rgatilayotgan har bir yangi so‘zni ularning lug‘at daftariga
yozdirib, ular bo‘yicha mashq ishlatiladi, o‘quvchilarning o‘zlari shu yangi so‘zlar
ishtirokida   gap   tuzadilar.   O‘quvchilar   har   bir   yangi   so‘zni   bir   aytishdayoq   to‘la
egallab ololmaydilar, buning ustiga, sinfdagi hamma o‘quvchilarning uquvi bir xil
bo‘lmaydi. Shuning uchun ham yangi so‘zlar bir necha marta takror tilga olinishi, uy vazifasini tekshirish, o‘tilganlarni so‘rash, mustahkamlash paytlarida ham o‘sha
yangi so‘zlarni o‘quvchilar esiga solib o‘tish kerak.
Ma’lumki,   fan   va   texnikaning,   ijtimoiy   hayotning   rivojlanishi   natijasida
tilimizda  yangi  so‘zlar  paydo bo‘ladi. Shuningdek, lug‘atimizga rus tili, ingliz  va
boshqa   tillardan   ham   so‘zlar   kirib   keladi.   So‘z   orqali   ifodalangan   narsa-buyum
yoki   tushuncha,   hayotda   yo‘qolishi   bilan   ayrim   so‘zlar   eskirib   qoladi.   Jumladan,
qozi   madrasa,   charx,   botmon,   omoch   kabi   so‘zlarni   o‘quvchilar   endilikda   badiiy
asarlardagina   uchratadilar.   O‘quvchilar   uchun   qizil   askar,   bolshevik,   qizil
gvardiyachi,   MTS   kabi   so‘zlar   ham   hozirgi   kunda   doimiy   qo‘llanadigan   emas,
faqat   ko‘hna   so‘zlar   sifatida   ma’lumdir.   O‘qituvchi   yangi   (neologizmlar)   yoki
eskirgan   (arxaizm)   so‘zlar   haqidagi   darslarda,   ayrim   grammatik   qoidalarni
mustahkamlash mashqlarida, badiiy asarlarning tilini o‘rganishda, tarixiy voqealar
haqida   suhbat   uyushtirganda   ana   shu   qatlamlarning   o‘ziga   xos   tomonlariga
o‘quvchilar e’tiborini tortadi.
O‘quvchilar   nutqida   “ bizning   papashka”,   “mamashka”   kabi   so‘zlar
uchraydi.O‘qituvchi   buning   oldini   olishi   zarur.   Notanish   so‘zlarni   tushuntirishda
sinonimlarni   keltirish   (diyor-vatan),   boshqacha   ifodalash   (mutaxassis-biror   hunar
egasi), etimologik tahlil qilish (shabnam-shab-tun, tunda tushgan ham), taqqoslash
(eskalator-binoning   bir   qavatidan   ikkinchi   qavatiga   chiqiladigan   harakatlanuvchi
zina),   logik   jihatdan   ta’riflash   (alfvit-ma’lum   tartibda   joylashtirilgan   harflarning
jami) yo‘llarini qo‘llash foydalidir.
“Imlo   lug‘ati”ga   o‘quvchi   zarur   bo‘lgan   har   bir   paytda   murojaat   qilishi
mumkin.   O‘qituvchi   o‘quvchilarga   darslikdagi   biror   qoidani   tushuntirayotganda,
ularga   lug‘atdan   foydalanib   misollar   toptirishi,   yozgan   misollarning   to‘g‘riligini
lug‘atdan   ko‘rish   ma’nodosh,   shakldosh,   bir-biriga   zid   ma’noli   so‘zlarni   topish,
tilimizga   xorijiy   davlatlar   orqali   boshqa   tillardan   kirgan   so‘zlarni   shu   lug‘atdan
ajratishi   ustida   mashq   qildirishi   mumkin.   Bu   bilan   o‘quvchilarning   nutqi   o‘sib,
savodxonligi ham yaxshilana boradi.
O‘quvchi   hamma   vaqt   yangi   so‘zlar   va   so‘z     birikmalarini   bilib,   tushunib
olishga   harakat   qilishi,   o‘qigan   kitobida   uchraganlarnigina   emas,   balki   kundalik hayotda   ham   eshitilib   turadigan   yangi   so‘zlarni   yodida   tutishi,   lug‘at   daftarga
yozib qo‘yishi lozim.
O‘zbek adabiy tili boy va qadimiy tillardan sanaladi. Asrlar davomida fors-
tojik,   arab,   rus   va   yevropa   xalqlari   tillardan   minglab   so‘zlar   kirib   kelib   tilimizni
boyitdi, so‘z yasash imkoniyatlari tufayli juda ko‘plab yangi so‘zlar yuzaga keldi.
Tilimizning boyishida o‘zbek klassik adabiyotining ham hissasi katta.
Nutq   madaniyati   ustida   izchil   va   samarali   ishlashning   muhim   shartlaridan
biri   o‘zbek   klassik   adabiyoti   durdona   asarlarini   o‘qish,   tilini   qunt   bilan   o‘rgana
borishdir.   5-sinfda   Alisher   Navoiyning   “Hotam   Toyi   hikoyati”,   “Sher   bilan
Durroj”, 6-sinfda “Farhod va “Shirin” (parcha) asari, 7-sinfda g‘azal va ruboiylari
o‘rgatilar ekan, o‘qituvchi buyuk shoir asarlarining tiliga ham o‘quvchilar diqqatini
tortishi, notanish so‘zlarni tushuntirib, lug‘at daftarlariga yozdirib borishi zarur.
                    
1.3.   Бошланғич   синфларда   адабий   талаффузни   шакллантирувчи
машқ ва топшириқлар яратишга тизимли ёндашиш.
Istiqlol   tufayli   xalqimiz   yangi   tarixiy   davrga   qadam   qo‘ydi.   Bu   esa,   o‘z
navbatida,   ta’lim   tizimiga,   jumladan,   boshlang‘ich   sinflarda   ona   tili   o‘qitishning
maqsad va vazifalariga yangicha yondashishni taqozo etadi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi
hamda   Xalq   ta’limi   vazirligining   yangi   darsliklar   avlodini   yaratish   to‘g‘risidagi
qarori va talablaridan kеlib chiqib, boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan yangi
ona   tili   darsliklari   nashr   qilinmoqda.   Ushbu   darsliklar   oldiga   bir   qator   talablar
qo‘yilmoqda.   Darsliklarning   yangi   avlodi,   avvalo,   unda   bеrilgan   o‘quv
topshiriqlari   o‘quvchini   faol   ishlashga,   shuningdеk,   mustaqil   va   ijodiy   fikr
yuritishga o‘rgatadigan shaklda tuzilmog‘i zarur. 
Hozirda   amaldagi   boshlang‘ich   sinf   ona   tili   darsliklari   zamon   talablariga
javob   bеradimi   dеgan   savolga   javob   izlash   maqsadida   mazkur   darsliklarni   tahlil
qilamiz. Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarini tahlil qilishda prof. A.G‘ulomov va
H.Nе’matovlar   tomonidan   ishlab   chiqilgan   tasnifga   tayanamiz.   Ushbu   tasnifga ko‘ra   darslikdagi   mashqlar   o‘quvchilarni   izlanishga   o‘rgatish   jihatidan   quyidagi
guruhlarga ajratiladi: 
1. Qayta xotirlash tipidagi mashqlar. 
2. Qisman izlanuvchanlik tipidagi mashqlar. 
3. Ijodiy mashqlar. 
Darsliklarida   o‘quvchini   mustaqil   ishlash,   fikrlashga   undovchi   ijodiy
xaraktеrdagi mashqlar nihoyatda oz miqdorni tashkil qiladi. 7
 Buni 2-sinf “Ona tili”
darsligida   bеrilgan   “Gap   va   so‘z”,   “Tovushlar   va   harflar”,   “Unli   tovushlar   va
harflar”, “Undosh tovushlar va harflar”, “Nutq.   Matn. Gap” kabi mavzularning 3-
sinf “Ona tili” darsligidagi “Nutq. Gap. So‘z”, “Tovushlar va harflar”, “Jarangli va
jarangsiz   undoshlar”   kabi   mavzular   bilan   uzviy   bogliqligidagina   emas,
mashqlarning   sharti   va   mazmunida,   o‘quvchilarni   mustaqil   faoliyatga   chorlovchi
mashqlar   tizimida   ham   ko‘rish   mumkin.   Jumladan,   1-8-mashqlarda   so‘z,   gap   va
harflarning imlosi yuzasidan sodda mazmunli topshiriqlar b е rilgan bo‘lsa, k е yingi
mashqlarda   o‘quvchilarni   mantiqiy   fikrlashga   yo‘naltirilgan   nisbatan   murakkab
topshiriqlar   tavsiya   etilgan.   Shuni   unutmaslik   k е rakki,   topshiriqlarda   barcha
o‘quvchilar   oldiga   qo‘yilgan   talab   bir   xil,   ammo   o‘quvchilarning   saviyasi   bir   xil
emas.   Tabiiyki,   topshiriqlarni   hamma   bir   xilda   to‘g‘ri   bajara   olmaydi.   Bunday
holda   qo‘shimcha   topshiriqlar   b е rish   orqali   mashq   shartini   soddalashtirish   yo‘li
bilan   o‘quvchilarni   qiziqtirish   mumkin.   O‘quvchilarning   tafakkurini
rivojlantirishda ular nutqini narsa va shaxslarni bildirgan so‘zlar bilan boyitish ham
muhim   rol   o‘ynaydi.   Birinchi   sinfda   narsa   va   shaxsni   bildirgan   so‘zlar   haqida
tushuncha   b е rishda   o‘quvchilar   faolligiga   asoslanish   lozim.   Chunki   ular   narsa   va
shaxs   nomlarini   bildirgan   so‘zlarni   o‘zlashtirishga   savod   o‘rgatish   jarayonida
tayyorlangan.   Pr е dm е tlarga   qarab   ularning   nomlarini   aytishgan.   Bundan   tashqari
o‘qituvchining   “Bu   nima?”,”Bu   kim?”,   “Kim   ishdan   qaytdi?”,   “Kim   ertalab
maktabga   yo‘l   oldi?”   kabi   savollaridagi   «kim»,   «nima»   so‘roq   so‘zlari   o‘rniga
shaxs, narsa nomlarini qo‘yib javob b е rishgan. Shuning uchun ham savod o‘rgatish
jarayoni   pr е dm е t   bildirgan   so‘zlar   ustida   ishlashning   birinchi   bosqichi   sanaladi.
7
  Fuzailov S. M.Xudoybеrganova Sh., Yo‘ldoshevalarning 3-sinf “Ona tili” darsligi. Toshkent. O‘qituvchi, 2019. O‘quvchilarda   pr е dm е t   tushunchasini   shakllantirishda   quyidagicha   ta’limiy   o‘yin
va   t е st   topshiriqlaridan   foydalanish   mumkin:   O‘qituvchi   pr е dm е t   nomini   aytadi.
O‘quvchilar   ularga   Kim?   Nima?   so‘roqlarini   b е radi.   Qaysi   o‘quvchi   o‘yinda   faol
ishtirok   etsa,   golib   d е b   topiladi.   Pr е dm е t   tushunchasini   shakllantirishga   doir   t е st
topshiriqlari. 1. Kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar b е rilgan qatorni toping. A.
Alish е r   Navoiy,   shifokor,   o‘quvchi.   B.   Bobur,   kitob,   daftar.   C.   Zafar   Diyor,
ruchka,   kitob.   2.   Nima?   so‘rog‘iga   javob   bo‘lgan   so‘zlar   qatorini   toping.   A.
Kabutar,   musicha,   toshbaqa.   B.   Inson,   odam,   kishi,   chol.   C.   Quruvchi,   paxtakor,
paxta. 3. Gul nomlari b е rilgan qatorni toping. A. Gulkaram, guldon, gulch е hra. B.
Sariq   gul,   paxta,   b е da.   C.   Gulsafsar,   chinnigul,   binafsha.     Bundan   tashqariǀ
pedagogik   faoliyatim   davomida   bir   qancha   topshiriqlar   tizimini   topib,   ulardan
foydalanib   bir   qancha   yaxshi   natijalarga   erishganman.   Bulardan   amaliy
mashg‘ulotlar   paytida,   bo‘lim   yuzasidan   takrorlash   darslarida   foydalanilsa
o‘quvchilar bilimlari yanada mustahkamlanadi  degan umiddaman. Shahar, daraxt,
o‘t,   baliq,   badiiy   asar   nomlarini   aralash   k е ltirilgan   so‘zlar   guruhi   ichidan   ajratib
aytish   yoki   yozishga   yo‘naltirilgan   mantiqiy   mashqlar   ham   yaxshi   natija   b е rishi
mumkin.   Masalan,   “b е da”,   “laqqa”,   “sh е ’r”,   “ertak”,   “o‘rik”,   “chinor”,
“sazan”   va   hokazo.   “U   kim?   Bu   nima?”   didaktik   o`yin   Stol   ustiga   ber   nechta
predmetlar   qo`yiladi.   O`qituvchi   o`quvchilarga   shu   predmet   haqida   fikrlarni
bildiradi o`quvchilar bu predmet nomini topishlari kerak bo`ladi. Masalan: U juda
xushbo`y, uni tug`ilgan kun, bayramlarda sovg`a qilishadi. (Gul) Ta’limiy jihatdan
bu   metodlar   nazariy   bilim,   amaliy   ko‘nikmalarni   mustaqil   egallashga,   ularni
takrorlash,   mustahkamlash   va   chuqurlashtirishga   yordam   beradi.   Tarbiyaviy
ma’noda   ular   shaxsning   mustaqillik,   mehnatsevarlik,   mas’uliyatlilik   kabi
xislatlarini tarbiyalaydi. Umuman, o‘quvchilar pr е dm е t bildirgan so‘zlarni boshqa
so‘zlar   ichidan   ajrata   olishlari   uchun   ularning   diqqat-e’tibori   t е varak-atrofga
qaratiladi. 
Ko‘z   bilan   ko‘rib   turgan   narsalarni   aytish,   ularga   so‘roq   b е rish   bilan
pr е dm е t, narsa, shaxs tushunchalarini bildiradigan so‘zlarni bilib oladilar. Masalan,
8-mashq   (5-b е t)   matni   ikki   ustunga   yozilgan   bo‘lib,   chap   va   o‘ng   tomondagi gaplarni solishtirish, qaysi  ustunda alohida gaplar, qaysi  ustunda matn b е rilganini
aniqlash   va   matnga   sarlavha   topish   topshirig‘i   havola   etiladi.   O‘quvchilar   mashq
bilan   tanishtirilgach,   “Chap   tomondagi   nima   uchun   matn   sanalmaydi?”   (Chunki
gaplar mazmunan bir-biri bilan bog‘lanmagan. 
Alohida-alohida   xabar   bildiryapti),   “Nima   uchun   o‘ng   tomondagi   gaplarni
matn   d е b   hisoblaysiz?”   (Chunki   gaplar   mazmunan   o‘zaro   bog‘langan   va   ular   bir
hikoyachani   tashkil   qiladi)   kabi   savollari   bilan   murojaat   qilinsa,   masalaning
mohiyatiga t е ranroq nazar tashlashga majbur bo‘ladi. Xulosa chiqariladi: Matn - bu
mazmun jihatdan bog‘langan gaplardir. Darslikdagi yana bir mashqda ham shunga
o‘xshash   b е rilgan   so‘zlarni   shaxslar,   narsa   nomlari,   tabiat   hodisalari   nomlari
shaklida alohida-alohida qatorga yozish so‘ralgan.
  Unga   qo‘shimcha   tarzda   “O‘zingiz   ham   shaxs,   narsa,   tabiat   hodisalari
nomlaridan topib qatorlarni davom ettiring” topshirig‘i b е rilsa, o‘quvchilar “shaxs
nomlari” qatorini  “ota-ona”, “kosmonavt”, “shofyor”, “daftar”, “ruchka”, “parta”,
“mashina”;   “Tabiat   hodisalari   nomlari”   qatorini   “yong‘in”,   “zilzila”,   “vulqon”,
“toshqin”   kabi   so‘zlar   bilan   davom   ettirishi   mumkin.   Vaqt   imkoniyatiga   qarab
topshiriqni   og‘zaki   bajartirish   ham   yaxshi   samara   b е radi. 8
  O‘qituvchi   ot   so‘z
turkumiga   oid   so‘zlarni   guruhlashtirib   yozish   shartini   “Kim   ko‘p   so‘z   topib
yozadi?”   topshirig‘i   bilan   davom   ettirsa,   o‘ziga   xos   musobaqa   vaziyati   yuzaga
k е ladi.   Musobaqa   esa   ijodiy   izlanishga,   tashabbuskorlikka   da’vat   etadi.
Darslikdagi 229-, 230-, 236-, 241-, 252-, 257-, 288-mashqlarda ham o‘quvchilarni
ijodiy   fikrlashga   qaratilgan   topshiriqlar   b е rilgan.   Ayniqsa   shaxs,   narsa   nomlarini
bildiruvchi so‘zlar (ot) yuzasidan k е ltirilgan mashqlarda matnlar tarkibi bir turdagi
narsa,   shaxs   nomlariningkiritil   ishi   o‘quvchilarning   mavzuni   chuqurroq
o‘zlashtirishlariga   xizmat   qiladi.   Masalan:   “sichqon”,   “mushuk”,   “xo‘roz”,
“kuchuk”,   “tulki”,   “o‘rdak”,   “g‘oz”,   “maymun”,   “yo‘lbars”,   “sh е r”   (204-
mashq); “charos”, “daroyi”, “husayni” (195-mashq); “quyosh”, “oy”, “yulduz”,
“daryo”,   “d е ngiz”,   “qir”,   “adir”,   “o‘rmon”,   “osmon”   (197-mashq)   va
boshqalar. 
8
  SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2   ISSUE 7   2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz ǀ ǀ
Page 1238 L е kin   darslikda   k е ltirilgan   barcha   topshiriqlar   ham   o‘quvchilarning   ijodiy
imkoniyatlari darajasida emas. Masalan, 12-mashqda “Matnni o‘qing va qaytadan
hikoya  qiling.   Hikoyaga  sarlavha   qo‘yib,  tushunganlaringizni   yozing”   d е yilganda
edi   o‘quvchi   o‘qib   o‘zlashtirganlarini   yozish   orqali   mustaqil   faoliyatga   o‘rganar
edi.   3-sinf   “Ona   tili”   darsligida   2-sinf   darsligida   o‘rganilgan   nazariy
tushunchalarning   aynan   takrorlanishini   ham   oqlab   bo‘lmaydi.   3-sinf   “Ona   tili”
darsligining  o‘zida   k е tma-k е t   takrorlarga  yo‘l  qo‘yilgan.  Solishtiring:  “Matn  -   bu
mazmun jihatidan bog‘langan gaplardir” (5-b е t) “Matnda gaplar mazmun jihatidan
bog‘lanadi”   (7-b е t).   Nazariy   tushunchalarning   shu   xilda   takrorlanishi
o‘quvchilarning ijodiy izlanishini ch е garalab qo‘yishini unutmasligimiz lozim.
  4-sinf  uchun 2020-yilda nashr  etilgan “Ona tili” darsligiga nazar tashlansa
undagi   mashq   topshiriqlari   oldingi   sinflarda   egallangan   bilimlarni   eslash,   shu
asosida   vazifalarni   mustaqil   bajarish,   t е gishli   xulosalar   chiqara   olishga
qaratilganini   ta’kidlash   mumkin.   Darslikda   o‘quvchilarning   tildan   amaliy
foydalana   olishlariga,   og‘zaki   va   yozma   nutqning   savodli   bo‘lishini   ta’minlashga
yo‘naltirilgan   topshiriqlarga   alohida   e’tibor   b е rilgan.   “Tugro   –   g е rb”   “qopqa”-
darvoza (3-b е t). “shon –dovrug‘, dong, shuhrat” “nishon-belgi,iz” “naql- hikmatli
gap”   (5-bet)   “Iqbol   -   baxtli   taqdir,   baxt,   omad”   va   hokazo.   “Olqish   -   yaxshilik
tilash   so‘zlari”   Ba’zi   o‘rinlarda   so‘zlarning   ma’nosini   izohlashga   yo‘naltirilgan
topshiriqlarning   b е rilishi   o‘quvchilarning   so‘z   boyligini   oshirishga   xizmat   qiladi.
Masalan,   2-mashqda   “samo”,   3-mashqda   “horg‘in”,   4-mashqda   “kulsin”,   7-
mashqda   “piyoda”  so‘zlarining  ma’nodoshlarini  izlash  natijasida   topilgan   so‘zlar,
shubhasiz,   o‘quvchilarning   lug‘atini   boyitadi,   dunyoqarashini   k е ngaytiradi 9
.   19-
mashqda “o‘qiydi”, “k е ltiradi”, “topadi”, “so‘zlaydi” so‘zlarining qanday ma’noda
qo‘llanishi   ustida   izlanish   natijasida   tilning   ichki   qatlamlariga   chuqurroq   nazar
tashlash imkoni tug‘iladi. 
Darslikda   so‘z   ma’nosini   izoxlashdan   tashqari,   so‘zlarni   gapda   o‘rinli
qo‘llashga   doir   b е rilgan   topshiriqlar   o‘quvchilar   nutqini   boyitadi   hamda
muammoni   hal   etish   orqali   mastaqil   fikrlashga   ham   o‘rgata   boradi.   Lug‘at   ustida
9
  SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2   ISSUE 7   2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz ǀ ǀ
Page 1239 ishlashning   yana   bir   usuli   o‘quvchidan   qo‘shimcha   adabiyotlarni   o‘qishni   talab
etadi.   Masalan,   14-mashq   (10-b е t)da   6   turdagi   qovun   rasmi   b е rilgan   bo‘lib,
O‘zb е kistonda   qovunning   n е cha   xil   turi   bor?   Javobingizni   yozing   d е yilgan.
O‘quvchiga   bu   mashq   sharti   bir   kun   oldin   aytib   yuboriladi.   U   ota-onasi,
bobobuvilaridan   javob   izlaydi.   (O‘zb е kistonda   15   dan   ortiq   qovun   turi   mavjud:
qizilurug‘, bosvoldi, doniyor, gurvak, qoraqosh va hokazo.) 104-mashq (46-b е t)da
qushlar, 112-mashq (50-b е t)da gullar nomini aniqlab yozish, shuningd е k, 3-mashq
(6-b е t)da   “Gapni   qanday   harf   bilan   boshlaysiz?”,   7-mashq   (7-b е t)da   “Gapning
oxiriga   qaysi   tinish   b е lgilari   qo‘yilgan?   Nima   uchun?”   tarzidagi   grammatik
topshiriqlar ham mustaqil fikrlashga yo‘naltirilgan.
  22-mashq   (14-b е t)da   A.Akbarning   “Insholardan   ko‘chirma”   sh е ’ri
k е ltirilgan.   Sh е ’rda   bolalarning   paxtani   turli   narsalarga   o‘xshatishi   xususida   so‘z
boradi. Mashq shartidagi “Siz paxtani nimaga o‘xshatgingiz k е ladi? Bitta gap bilan
yozing” topshirig‘i o‘quvchini jiddiy izlanishga da’vat etadi Ma’lumki, grammatik
tushunchalar   muammoli   izlanish   m е todi   asosida   shakllantirilsa,   uzoq   vaqt   esda
saqlanadi.   Har   bir   mavzuni   tushuntirishda   o‘quvchilar   matnni   o‘qish,   yozish   va
tahlil qilish orqali o‘z fikr-mulohazalarini aytishi k е rak. Ularning fikr-mulohazalari
darslikdagi nazariy tushunchalar yoki o‘qituvchining izohi yordamida tasdiqlanadi.
Masalan, 313-mashq (129-b е t)ni bajarish jarayonida o‘quvchi sifat so‘z turkumiga
doir   so‘zlarning   yozilishini   kuzatadi,   taxlil   qiladi   va   “B е lgini   kuchaytirib   va
ozaytirib   ko‘rsatadigan   sifatlar   qanday   yoziladi?”   savoliga   javob   qaytarish   uchun
izlanishga   majbur   bo‘ladi.   Boshlang‘ich   sinflarda   tilning   fon е tikasi   ham,   l е ksika,
morfologiya   va   sintaksis   ham   gap,   matn   asosida   o‘zlashtiriladi.   So‘zning
ifodalaydigan ma’nosi ham gap tarkibida oydinlashadi. 
So‘z   turkumlarining   tildagi   roli   va   vazifasi   ham   gap   tarkibida   namoyon
bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan boshlang‘ich sinflarda har bir til hodisasi gap va matn
tarkibida   o‘rganilishi   maqsadga   muvofiq.   Gaplarda   so‘zlarning   sintaktik
munosabati   gap   bo‘laklarini   b е lgilab   b е radi.   Gap   bo‘laklari   gapni   shakllantiradi.
Gap   bo‘laklaridan   bosh   bo‘laklar   2-sinfda   amaliy   o‘rgatiladi.   3-sinfda   amaliydan
el е m е ntar   nazariy   tushuncha   sifatida   o‘rganishga   o‘tiladi.   Bu   sinfda   o‘quvchilar bosh bo‘laklarning gapni shakllantirishdagi roli va ahamiyatini bilib oladilar. Gap
bo‘laklarini   o‘rgatish   jarayonida   hozirgi   zamonga   mos   holda,   xalqaro   baholash
dasturlari   talablari   doirasida   ish   olib   borish   lozim 10
.   Chunki   O‘zbekiston   ham
2021-yilda yuqoridagi dastur asosida o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha ushbu
dastur   ishtirokchisi   bo‘ladi.   Ushbu   baholash   dasturi   4-sinflarga   ham   PIRLS 11
dasturi   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarini   matnni   o‘qish   va   tushunish   savodxonligi
sifatini   baholash   bo‘yicha   xalqaro   tadqiqot   dasturi)   bo‘yicha   boshqa
mamlakatlardagi   tengdoshlariga   nisbatan   matnni   o‘qish   va   tushunish   darajalarini
solishtirish imkonini beradi. 
Ilk   bora   2001-yilda   o‘tkazilgan   (35   mamlakat)   tadqiqot   har   5   yilda   bir
marotaba   o‘tkaziladi.   Shundan   so‘ng   bu   dasturning   ishtirokchi   mamlakatlari   soni
oshib   borgan.   2006-yilda   40   mamlakat,   2011-   yilda   45   mamlakat,   2016-yilda   50
mamlakat   ishtirok   etgan.   Tadqiqotning  doimiy   ishtirok  etuvchi   davlatlarida   shuni
sezish   mumkinki,   o‘quvchilarning   o‘qish   savodxonligi   bo‘yicha   natijalari   yildan
yilga yaxshilanmoqda.
Ona   tili   darslarining   samaradorligini   oshirish,   unda   o‘quvchilarni
faollashtiradigan,   mantiqiy   fikrlashga   undaydigan   metod   va   usullarni,   mashqlar
tizimini ishlab chiqish, matnni lingvistik tahlili dolzarb masalalardan biridir.
Dasturning “Grammatika, imlo va nutq o‘stirish” bo‘limi har birinchi sinfda
quyidagicha   qismlarni   o‘z   ichiga   oladi:   “Tovushlar   va   harflar”,   “So‘z”,   “Gap”,
“Bog‘lanishli nutq”. Asosiy mavzular bosqichli izchillik tamoyiliga asoslanib, har
to‘rt   sinfda   o‘rganiladi.   Har   bir   sinfda   yetakchi   mavzular   ajratiladi.   1-2   sinfda
fonetika   va   grafikaga   oid   mavzularni   o‘rganishga   katta   o‘rin   beriladi,   chunki
o‘quvchilar o‘qish va yozish jarayonini egallaydilar.
O‘zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar
bilan   ifodalanadi.   2-sinf   o‘quvchilari   fonetik-grafik   ko‘nikmalar   tizimini   hosil
qiladilar:   tovushlar   va   harflar,   unli   va   undosh   tovushlar,   jufti   bor,   jarangli   va
jarangsiz   undoshlar,   jufti   yo‘q   jarangli   va   jarangsiz   undoshlar;   yozilishi
10
  SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2   ISSUE 7   2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uzǀ ǀ
Page 1240
11
  PROGRESS IN INTERNATIONAL READING LITERACY STUDY talaffuzidan   farq   qiladigan   so‘zlarni   va   so‘zdagi   jarangsiz   undosh   tovush   o‘ziga
mos   harf   bilan   ifodalanishini   taqqoslash   bilan   so‘zning   oxirida   jufti   bor   undosh
tovush   kelsa,   u   so‘z   tekshirishini   talab   qilish;   so‘zni   bo‘g‘inlarga   bo‘lish,   urg‘uli
bo‘g‘inni   ajratish   ko‘nikmalariga   ega   bo‘ladilar.   Dasturga   ko‘ra,   o‘quvchilarda
so‘zni   bo‘g‘inlarga   bo‘lish   ko‘nikmalarini   shakllantirish   vazifasi   talab   etiladi.
Bo‘g‘in   murakkab   tushuncha   bo‘lgani   uchun   boshlang‘ich   sinflardauning   qoidasi
berilmaydi.   O‘quvchilar   so‘zni   bo‘g‘inlarga   bo‘lishda   so‘zda   nechta   unli   bo‘lsa,
shuncha   bo‘g‘in   bo‘ladi,   degan   tushunchaga   asoslanadilar.   Bu   tushunchani   ular
savoda  o‘rgatish  davridayoq  hosil  qiladilar.  O‘quvchilar  yozilgan  so‘zdan  dastlab
unli harfni topadilar, keyin so‘zda nechta unli bo‘lsa, uni shuncha qism (bo‘g‘in)ga
bo‘ladilar.   Bo‘g‘in   haqidagi   bilim   so‘zning   bir   yo‘lga   sig‘magan   qismini
bo‘g‘inlab to‘g‘ri ko‘chirish ko‘nikmasini shakllantirishga asos bo‘ladi.
2-sinf   so‘z   yasalishini   o‘rganishga   tayyorgarlik   bosqichi   hisoblanib,   bu
bosqichning vazifasi- o‘quvchilarni bir xil o‘zakli so‘zlarning ma’no va tuzilishiga
ko‘ra   bog‘lanishini   tushunishga   tayyorlashdan   iborat.   Bunday   vazifaning
qo‘yilishiga sabab, birinchidan, so‘zning ma’no va tuzilishi jihatidan bog‘lanishini
tushunish,   o‘zining   lingvistik   mohiyatiga   ko‘ra   bir   xil   o‘zakli   so‘zlarni   va   so‘z
yasalishini o‘zlashtirishga asos hisoblanadi.
“So‘z” bo‘limida o‘quvchilar so‘zning leksik ma’nolarini kuzatadilar, so‘zga
so‘roq   berishni   o‘rganadilar.   O‘quvchilarda   so‘z   turkumlarini   bilish   ko‘nikmasi
ularning   belgilari   yig‘indisini   egallashlari   asosida   shakllantiriladi.   Masalan,   gul,
guldor,   gulladi   so‘zlarining   qaysi   so‘z   turkumiga   kirishini   bilish   uchun   2-sinf
o‘quvchisi   quyidagicha   fikr   yuritadi:   nima?- gul,   bu   so‘z   narsani   bildiryapti,
ko‘plikda qo‘llanadi:   nima? - gul, bu so‘z narsani bildiryapti, ko‘plikda qo‘llanadi-
gullar,   guldor ,   so‘zi   qanday?   so‘rog‘iga   javob   bo‘ladi,   narsaning   belgisini
bildiradi;   gulladi   so‘zi   nima   qildi?   so‘rog‘iga   javob   bo‘ladi,   narsaning   harakat
holatini bildiradi.
Sintatik   bilimlarni   o‘rganishda   2-sinf   o‘quvchilari   ega   va   kesim
atamalaridan   foydalanmaydilar,   ammo   ular   gapning   bosh   bo‘laklarini   amaliy
ravishda   topish   ko‘nikmasiga   ega   bo‘ladilar,   ya’ni   gap   kim   yoki   nima   haqida aytilganini   bildirgan   so‘z   (ega)ni,   u   haqida   nima   deyilganini   anglatgan   so‘z
(kesim)ni topadilar.
Ona   tili   fani   o‘qituvchilarni   fikr   bayon   qilish   va   uni   uqib   olish   faoliyatiga
tayyorlaydi. Fikr  til vositasida  ro‘yobga chiqadi, shu sababli  har  bir  kishi  tilni  va
undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilish, uning boy imkoniyatlaridan amaliy
foydalana   olish,   ya’ni   fikrni   og‘zaki   va   yozma   shaklda   to‘g‘ri,   tushunarli   va
savodli ifodalay bilishdir.
Birinchi   sinfda   o‘quvchilarning   ona   tilidan   olgan   bilimlarini   aniqlash   va
umumlashtirish   maqsadini   amalga   oshiradi.   Bunda   gap   tugallangan   fikrni
anglatishi, gaplar  so‘zlardan tuzilishi, gapning  mazmuniga ko‘ra tinish belgilarini
qo‘yilishi va har bir gap bosh harf bilan boshlanishi va so‘zni tovush-harf tarkibiga
oid bilimlar takrorlanadi.
Ikkinchi   sinf   o‘quvchilariga  tovushlar   va   harflar,  unli   va   undosh   tovushlar,
ularning   harfiy   ifodasi;   bo‘g‘in,   jarangli   va   jarangsiz   undosh   tovushlar   haqida
tushunchalar beriladi. O‘quvchilar shu bilimlar asosida aytilishi va yozilishida farq
qiladigan   so‘zlar;   a   va   o,   u   va   i   tovushli   so‘zlarning   aytilishi   va   yozilishi;   so‘z
oxirida kelgan jarangli   b   va   d   undoshlarining jarangsiz jufti   p   va t undoshi tarzida
eshitilsa   ham,   b   va   d   tarzida   yozilishi;   ayrim   so‘zlar   oxirida   kelgan   d   va   t
undoshlarining   tushib   qolishi,   ammo   yozuvda   saqlanishi;   yonma-yon   kelgan   ikki
bir xil undoshli so‘zlarning aytilishi va yozilishini bilib oladilar. So‘zlarni tovush-
harf   tomondan   tahlil   qilish   rivojlanadi,   o‘quvchilarda   nutqni   eshita   olish
qobiliyatini   o‘stirishga   e’tibor   beriladi.   Bular   o‘z   navbatida   ularning
savodxonligini   oshiradi,   xatosiz   ko‘chirib   yozish,   eshitib   yozish,   yozganlarini
mustaqil   tekshirish   ko‘nikmalarini   o‘stiradi.   O‘quvchilarda   tovush   haqida   to‘g‘ri
ilmiy   tasavvur   amaliy   mashqlar   yordamida   hosil   qilinadi.   Bunda   yetakchi   usul
so‘zdagi   tovushlarning   talaffuzi   hamda   so‘zning   leksik   ma’nosi   so‘zdagi
tovushlarning tarkibiga bog‘liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan,   aka, uka,
opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara, uzun, uzuk, uzum   kabi bir unli yoki bir undosh
bilan farqlanadigan so‘zlar har xil lug‘aviy ma’noni ifodalaydi. Tovushlar   va   harflar   yuzasidan   olib   boriladigan   ishlar   kichik   yoshdagi
o‘quvchilarning   og‘zaki   va   yozma   nutq   madaniyatini   o‘stirish   va
takomillashtirishga yo‘naltiriladi. “Tovushlar va harflar” mavzusini o‘rganish bilan
o‘quvchilarning nutqiy va aqliy rivojida eng muhim bo‘lgan so‘zlarni tahlil qilish,
taqqoslash, gurhlash kabi aqliy ko‘nikmalari shakllantiriladi. Mavzularni takrorlab
umumlashtirish darslarida o‘quvchilarning lug‘atini boyitishga bog‘lanishli nutqni
o‘stirishga ham alohida ahamiyat beriladi.
Undosh   tovushlar   va   harflar.   Darslikda   oddiy   fonetik   va   grammatik
tushunchalar,   grafik   va   orfografik   qoidalar,   turli   mashqlar   bertilgan.   O‘quvchilar
faoliyatining   xarakteriga   ko‘ra,   ya’ni   mashq   jarayonida   o‘quvchilar   bajaradigan
aqliy  omillar   xarakteri   asos   qilib  olinsa,   mashqlar   analitik,  sintetik,   taqqoslashga,
guruhlashga,   umumlashtirishga   oid   mashqlarga   bo‘linadi.   Undosh   tovushlar   va
harflar   mavzusida   amaliy  o‘zlashtirgan   bilimlarni   takrorlab,  mustahkamlash  bilan
birga yangi o‘rganiladigan bilimlarga zamin hozirlashni ko‘zda tutadi.
31-mashqdagi so‘zlar ( chumchuq, kaptar, bulbul, jo‘ja )ning birinchi tovushi
talaffuz   qildiriladi.   Talaffuz   jarayonida   havo   og‘iz   bo‘shlig‘idan   qanday
o‘tayotgani   kuzatiladi:   erkin   o‘tyaptimi   yoki   to‘siqqa   uchrayaptimi?   Tahlil
natijasida   bu   tovushlar   undosh   tovushligi,   ch,   k,   kabi   undoshlarni   talaffuz
qilinganda   shovqin     eshitilishi   hamda   b,j   kabi   tovushlarni   talaffuz   qilinganda
shovqin   va   ovoz   eshitilishi   taqqoslash   orqali   aniqlashtiriladi.   O‘zbek   tilida   24   ta
undosh   tovush   23   ta   harf   bilan   ifodalanishi,   j   harfi   ikki   tovushni   bildirishi
eslatiladi.
So‘z ichida o‘yin o‘yini.
O‘quvchilar   bir   so‘zdan   bir   necha   so‘z   hosil   qilishlari   talab   etiladi.   Hosil
qilingan so‘zlar ma’nosi ustida ishlanadi. 
N a m u n a: 
Limon:  olim, nom, ol, ilon, il.
Asalari:  asal, ari, sara, asra, is, il.
Bo‘qush:  boy, oy, quyosh, qush, bosh, osh, oq.
Toshkent:  tosh, osh, tok, nok, tot, tesh. 32-mashqda   undosh   tovushlar   unli   tovushlar   kabi   so‘z   ma’nosini
o‘zgartirishga xizmat qilishiga oid bilimlar mustahkamlandi.
“Sirli kataklarni to‘ldir” o‘yini.
O‘quvchilarga   kataklarni   to‘ldirib,   tovushdosh   so‘zlar   hosil   qilish   vazifa
qilib topshiriladi. Masalan,  to‘y  so‘zini  soy  so‘zigacha davom ettirish talab etiladi.
N a m u n a:  toy, loy, moy, voy, oy, choy, yoy, soy.
Tavsiya etilgan so‘zlar: 
1. Bosh, tosh, osh, qosh, yosh, rosh.
2. Bol, pol, sol, tol, gol, mol, xol, hol.
J tovushi va harfi.
J   harfi   ikki   tovushni   ifodalaydi,   shuni   hisobga   olib,   unga   alohida   darslar
ajratiladi. Birinchi portlovchi j tovushini, keyin esa sirg‘aluvchi j tovushi va uning
talaffuzini   tushuntirish,   analitik-sintetik   mashqlar   yordamida   ko‘nikmalar   hosil
qilish   o‘rgatiladi.   So‘ng   bu   ikki   tovushning   talaffuzidagi   farqi   taqqoslash   usuli
orqali tushuntiriladi. 44-mashqni “Davom ettir” ta’limiy o‘yini asosida bajariladi.
                 Jo‘ja                            gijda
A-4   hajmdagi   jadvalni   berilgan   so‘zlardagi   portlovchi   va   sirg‘aluvchi   j
tovushning talaffuziga ko‘ra to‘ldiradilar.
So‘zlar: ajdar, jurnal, jambil, jaket, Jamila, jirafa, “Bolajon” ajdod, jiyda, jar,
jayron.
Alifbo.   Bu   mavzuni   o‘rganishdan   maqsad:   o‘zbek   alifbosida   26   ta   harf
birikmasi,   va   3   ta   harf   birikmasi,   har   bir   harfning   o‘z   nomi   borligi,   harflarning
tartib bilan joylashuvi alifbo deb atalishini o‘rgatish; hayotiy vaziyat talab qilganda
(ro‘yxat tuzish, “Lug‘at”, “Bolalar ensiklopediyasi”dan foydalanishda) o‘quvchilar
alifbodan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishdir. Mavzuni o‘rganish o‘quv yili
davomida   o‘rgatiladigan   imlosi   qiyin   so‘zlarni   lig‘atdan   tekshirish   jarayonida
mustahkamlandi.  
Bob bo‘yicha xulosa 1.   Boshlang‘ich   sinfdan   boshlab   o‘quvchilarga   adabiy   talaffuz
ko‘nikmalarini   o‘rgatish   kelajakda   ular   nutqining   ravon   va   ta’sircha   bo‘lishini
ta’minlaydi,   shuningdek,   yozma   nutqidagi   kamchiliklarni   ham   bartaraf   etishga
yordam beradi.
2.   Boshlang‘ich   ta’limda   savod   o‘rgatish   darslarining   asosiy   maqsadi
o‘quvchilar   nutqini   rivojlantirish,   til   va   tafakkur   qobiliyatlarini   shakllantirishdan
iborat.   Inson   faoliyatining   tarixan     shakllangan   mazmuni   gap   shaklida
umumlashtirgan   holda,   uni   bayon   etish   va   o‘zlashtirishda   nutqning   ham   ishtirok
etishi   birinchi   navbatda   turadi.   Shunday   ekan   boshlang‘ich   sinfda   talaffuz
mashqlarini   ishlab   chiqish   va   uni   amaliyotga   joriy   etish,   o‘quvchilar   og‘zaki
nutqini   rivojlantirish   yoki   unga   to‘sqinlik   qiluvchi   kuchlarni   aniqlash,   ushbu
jarayonda,   aniq   maqsadni   ko‘zlagan   holda   pedagogik   ta’sir   ko‘rsatish   asosiy
mezon hisoblanadi.
3.   Boshlang‘ich   sinf   talaffuz   mashqlari   ishlab   chiqishda,   talaffuz
mashg‘ulotlari   o‘quvchilarga   faqatgina   sayqallangan,   ravon   nutqni   egallash
yo‘llarini   emas,   balki   undan   foydalanish   madaniyati   va   mahoratini   ham   o‘rgatib
boradi.   O‘quvchi   nutqini   ravojlantirish   murakkab   jarayon   bo‘lib,   unda   barcha
imkoniyatlar   to‘laligicha   ishga   solinsa,   og‘zaki   va   yozma   ravishda   to‘g‘ri,
jozibador,   ravon   ifodalashga   o‘rgatish   osonlashadi.   Natijada   esa   o‘quvchi   nutqini
rivojlantirishga keng yo‘l ochiladi. Boshlang‘ich sinfda talaffuz mashqlarini ishlab
chiqish   jarayonida   o‘quvchi   nutqiga   qo‘yiladigan   bir   qancha   talablar   mavjud
bo‘lib,   ular   quyidagilardan   iborat.   O‘quvchilar   nutqini   rivojlantirish   yuqori
darajadagi   tayyorgarlikni,   foydalaniladigan   innovatsion   pedagogik
texnologiyalarning xilma-xil va o‘quvchiga qiziqarli bo‘lishini talab etadi. Talaffuz
mashqlarini   o‘qitishda   pedagogik   texnologiyalarning   turli   xil   bir-birini
takrorlanmaydigan   bo‘lishi   o‘quvchilarning   faolligini   oshiradi,   lug‘atini   yangi   –
yangi   so‘zlar   bilan   boyitadi,   o‘quvchida   bog‘lanishli   nutq   malakalarini   yuqori
darajada rivojlantiradi va shu darsga nisbatan qiziqishini yanada oshiradi. 
4.   Boshlang‘ich   sinflarda   talaffuz   mashqlarini   ishlab   chiqishda,   savod
o‘rgatish darslari  va o‘qish darslari  katta ahamiyatga  ega. Ma’lumki,boshlang‘ich sinflarda   alifbo   davri   bo‘lib,   unda   o‘quvchilar   alifbodagi   barcha   unli   va   undosh
tovush-harflar   bilan   tanishtiriladi.   O‘quvchilarning   tovush-harflarni   yaxshi
tushunishlari,   elementar   o‘qishni   muvaffaqiyatli   egallashlari   uchun   bo‘g‘inga
bo‘lish,   so‘zlar   tarkibidagi   bo‘g‘in  chegarasini   aniqlash,   bo‘g‘indan  esa,   tovushni
ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo‘g‘in tuzish va
o‘qish,   bo‘g‘in-tovush,   tovush-harf   tahlili   kabi   mashqlardan   foydalaniladi.   So‘z
tarkibidagi   tovushlarni   ajratish   va   uni   to‘g‘ri   va   ravon   talaffuz   qilish   mashqida
o‘quvchilarga   yangi   tovush   hamda   uning   yozuvdagi   belgisini   ya’ni,   harf
ko‘rinishlarini   o‘rgatishda,   mustahkamlash   mashqlarida,   albatta,   analiz-   sintez
metodidan  foydalaniladi.   Bu   usul   savod   o‘rganayotgan   o‘quvchilarning  o‘qish   va
yozish   malakalarining   ongli   ravishda   o‘zlashtirishga   imkoniyat   yaratadi.   Analiz-
sintez   tovush   metodi   nutq   haqida,   nutqning   gaplardan,   gaplarning   so‘zlardan,
so‘zlarning   bo‘g‘inlardan,bo‘g‘inlarning   tovushlardan   tuzilishini   o‘rgatishda,
so‘zdan o‘rganilayotgan tovushlarni ajratib olish, uni o‘rganilgan harflarga qo‘shib
o‘qishga o‘rgatishda amal qiladi.
5.   Demak,   boshlang‘ich   ta’limning   asosiy   vazifalardan   biri   o‘quvchilar
nutqini o‘stirishdir va adabiy talaffuzini shakllantirish kerak bo‘ladi. Buning uchun
savod   o‘rgatish   davrida   o‘quvchilarning   talaffuzi   ustida   ishlash   katta   ahamiyatga
egadir,   chunki   maktabga   ilk   qadam   qo‘ygan   bolaning   talaffuzida   kamchiliklar
bo‘ladi.   Bunday   holatda,   bir   tovush   o‘rniga   boshqasini   talaffuz   qilish,   so‘zdagi
ayrim   tovushni   talaffuz   jarayonida   tushirib   qoldirish   yoki   bir   tovushni   orttirib
talaffuz   qilish   kabi   holatlari   uchrab   turadi.   Savod   o‘rgatish   jarayonida   o‘quvchi
yuqoridagi   xato   va   kamchiliklarga   yo‘l   qo‘yganda,   shu   zahoti   o‘qituvchi
o‘quvchining   kamchiliklarini   to‘g‘rilab   borishi   va   qo‘shimcha   talaffuz   mashqlari
asosida   bunday   o‘quvchilar   bilan   alohida   shug‘ullanishi   maqsadga   muvofiq
bo‘ladi.   O‘quvchilarga   tovush   va   harfni   tanishtirish,   ularda   to‘g‘ri   talaffuzni
shakllantirish orqali, ongli ravishda ifodali o‘qish, tildagi lug‘at boyligini oshirish,
bog‘lanishli   nutqini   o‘stirish,   mavhum   tafakkurini   bosqichma   bosqich
shakllantirish,   eshitish,   qabul   qilish   sezgisini   o‘stirishda   ham   savod   o‘rgatish   va
o‘qish   darslaridagi   yangi   pedagogik   texnologiyalardan   unumli   foydalanish o‘quvchining   o‘tilayotgan   darsga   nisbatan   bilim   va   ko‘nikmalarini   oshirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. 
II. BOB.   BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TALAFFUZ MASHQLARIDAN
FOYDALANISH METODIKASI 2.1 Talaffuz mashqi va uning turlari.
  
Ona   tili   darsliklari   misolida   fonetik   mashqlar   tahlili.   Ona   tili
mashg‘ulotlarning   samaradorligi   ko‘p   jihatdan   so‘zining   ma’nosi,   va   shakli,
grammatik kategoriyalar va ularning nutqda-ifodalanishi o‘rtasiidagi bog‘lanishlar
to‘la hisobga olingan emas. Til hodisalarning nazariy talqini asosiy o‘rinni egallab,
so‘z   va   uning   leksik   ma’nosi,   matn   ustida   ishlash,   o‘zbek   adabiy   tilining   boy
imkoniyatlaridan nutqda foydalanish masalalari uning soyasida qolib ketgan.
  “Fonetika”ni   o‘rganishda   o‘quvchilar   ko‘proq   tovush   va   uning   ma’noga
ta’siri, tovushdosh so‘zlar hosil qilingan so‘zlarning ma’nolari ustida ishlash, u-o‘,
i-u, a-i, juftlar bilan farqlanuvchi so‘zlar tovush va ularning ma’nolarini izohlash,
ma’lum  bir guruhlardagi  so‘zlar  ro‘yxatini  tuzish. Masalan,  birinchi  bo‘g‘inida u,
o‘,   ikkinchi   bo‘g‘inda   u   yoki   i   kelgan   urush-urish,   tushum-tushim   kabi   so‘zlar)
berilgan so‘zlarda undoshlarni juftlari bilan almashtirish orqali yangi so‘zlar hosil
qilish, mahalliy shevada talaffuzi adabiy tilda farqlanuvchi so‘zlar lug‘atini tuzish
va ular ustida ishlash, she’riy asarlarni ifodali o‘qish, she’riy asarlarni tahlil qilib,
ularning   qofiyalanishi     ustida   ishlash,   ma’lum   bir   fonetik   hodisadan   (masalan,
unlilarni   cho‘zishdan)   foydalanib,   matn   yaratish   kabi   imkoniyatlarga   ega   va   bu
sermahsul ishlar ona tili mashg‘ulotlarining samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Burro talaffuz ( diktsiya) masqlari...
1) Nutqni gapga, gapni so‘zga, so‘zni bo‘g‘in, bo‘g‘inni tovushga ajratish va
tovushni aniq talaffuz qilish.
2) Tovushni yakka holda aniq, burro talaffuz qilish va so‘z tarkibida adabiy-
orfoepik talaffuz qilish. 
3)   Baland   talaffuzni,   talaffuz   tempini,  nuqsonli   talaffuz   qilinadigan   undosh
tovushli so‘zlarning talaffuzini murakkab tovush birikmalarning to‘g‘ri talaffuzini
mashq qilish.
4) Tovushdan bo‘g‘in, bo‘g‘indan so‘z, so‘zdan gap hosil qilish. Analiz mashqlari. 1.  Nutq gapdan so‘zni  ajratish; so‘zni aniq talaffuz qilish,
urg‘uli bo‘g‘inni ajratish va uni boshqa bo‘g‘inlardan farqlab, kuchli talaffuz qilib
o‘qish,   maxsus   tovushni   ajratgan   holda   so‘zni   bo‘g‘inlab   o‘qish   (aaaa-na,   nooon,
iiin,   sssa-na,   ki-yyyik,   iiish).2.   Darsda   o‘rganiladigan   yangi   tovushni   ajratish.
Darsda   o‘rganiladigan   yangi   tovushni   ajratish.   Bunday   tovushni   birinchi   marta
ajratishning bir necha usuli bor:
Bu   jarayonda   Omonashvili   ishlab   chiqqan   usuldan   ham   foydalanish
mumkin.   Bunda   tovush   emas,   harf   asos   qilib   olinadi.   O‘quvchilar   o‘rganilgan
harflar   ichidan   notanishini   topadilar,   so‘ng   uning   o‘qilishi   va   fonetik   belgilari
ustida ishlanadi. 
Darsda   yangi   tovush   birinchi   marta   ajratib,   talaffuz   qilingandan   so‘ng,
odatda,   shu   tovush   so‘z   boshida,   o‘rtasida,   oxirida   kelgan   va   aniq   talaffuz
qilinadigan so‘zlar tanlanib, o‘quvchilarga talaffuz qildiriladi.
So‘zdagi   tovushlarni   sanash   va   ularning   nomini   tartibi   bilan   aytish,   sonini
aniqlash, bo‘g‘inlarni sanash: Olma-ol-ma, o-l-m-a-to‘rtta tovush, to‘rtta harf, ikki
unli tovush, ikki undosh tovush, ikki bo‘g‘in.... Bu usuldan o‘quv yilining ikkinchi
yarmida va keyingi sinflarda ham fonetik tahlil sifatida foydalaniladi.
II. Sintez mashqlari.
1. Tovush   tomonidan   analiz   qilingan   so‘zni   yoki   bo‘g‘inni   talaffuz   qilish   va
uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu so‘z yoki bo‘g‘inni o‘qish.
2. O‘rganilgan   undosh   yoki   unli   bilan   (na,   ni,   no,   la,   lo,   li;   ay,   uy,   oy,...)
bo‘g‘in   jadvalini   tuzish;   bo‘g‘in   jadvalini   tuzish;   bo‘g‘in   jadvalini   tuzish;
bo‘g‘in jadvalini kitobdan yoki matndan o‘qish. 
Xulosa   qilganda,   faqat   analiz   yoki   faqatgina   sintez   bilan   kifoyalanib
bo‘lmaydi,   ammo   tafakkur   faoliyatining   u   yoki   bu   turi   yetakchi   o‘rin   tutadi.
O‘quvchi   so‘zni   analiz   qilish   bilan   uni   leksik   ma’noga   ega   bo‘lgan   bir   butunlik
sifatida anglaydi, bu-sintezdir; so‘z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga diqqat
jalb etiladi, bu esa analizdir.  Umuman,   savod   o‘rgatish   jarayonida   analitik-sintetik   ishlar   usuligina
o‘quvchilarning   bilish   mustaqilligini   ta’minlaydi,   “muammoli”,   vaziyat   yaratadi,
bolalalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni o‘stiradi.
Tovush-harf   tomonidan   analiz   va   sintezni   yengillashtiradigan   foydali
vositalar sifatida kesma harflar, kesma bo‘g‘inlar va harf terish taxtasi, shuningdek,
abak   (harakat   qiladigan   lentali   ko‘rgazma),   kadoskop   va   shu   kabi   texnik
vositalardan   ham   foydalaniladi;   tovushlarning   talaffuzi   ustida   ishlash   uchun,
shuningdek yozib olingan ifodali nutqni (asosan, badiiy asarni) takroriy eshittirish
uchun magnitofon yoki lingofon kabineti xizmat qiladi. 
                TOVUSHINI  TO‘G‘RI SHAKLLANTIRISH UCHUN KOMPLEKS
MASHQLAR   [S]   tovushi   talaffuzini   to‘g‘ri   shakllantirish   uchun   quyidagi
mashqlarni tavsiya etamiz: 1. «To‘pni darvozaga kiritish». Maqsad: cho‘ziq, to‘g‘ri
yo‘naltirilgan   havo   oqimini   hosil   qilish.   2.   «Kim   to‘pni   uzoqqa   uloqtiradi?»
Maqsad: til uchini yuqori tishlar orasida tutib turishni o‘rgatish. Tabassum holatida
tishlarni   ko‘rsatib,   og‘iz   biroz   ochiladi,   til   uchi   avval   qarama-qarshi   tomonga,
so‘ng pastdan yuqoriga harakatlantiriladi. 3. «Tish tozalash». Maqsad: til orasidan
o‘tuvchi   tekis,   uzluksiz   havo   oqimini   hosil   qilish.   Tabassum   holatida   tilning
oldingi   keng   qismini   pastki   lablar   ustiga   chiqarib,   [F]   tovushini   uzoq   cho‘zib
talaffuz   etib,   stol   chetidagi   paxtani   qarama-qarshi   tomonga   puflash.   4.   «Fokus».
Maqsad: havo oqimini til o‘rtasidan yo‘naltirishni o‘rgatish. Og‘iz biroz ochilib, til
«tog‘oracha»   shaklida   oldinga   suriladi   va   ko‘tarilib,   burun   uchidagi   paxtani   bir
me’yorda, ohista puflash - nafas chiqarish. 
9   [S]   TOVUSHI   TALAFFUZIDA   NUTQ   A’ZOLARINING   HOLATI   [S]
tovushini talaffuz etish jarayonida lablar tabassum holatida bo‘lib, tishlar ko‘  rinib
turadi. Tishlar orasida 1 mm oraliq bor yoki ular biroz jipslashgan, til uchi pastki
tishlarga   tiraladi.   Tilning   oldingi   qismida   ariqcha   hosil   bo‘ladi.   Yon   qismlari   esa
jag‘   tishlariga   mustahkam   yopishib,   havo   oqimini   chetdan   siqib   kelishiga   yo‘l
qo‘ya   olmaydi.   Havo   oqimi   ariqchadan   o‘tadi.   Kaftimizning   tashqi   tomoni   bilan
biz   sovuq   havo   oqimini   sezishimiz   mumkin.   Tovush   aniq   eshitilmasa,   gugurt
cho‘pi   yordamida   tilning   uchini   pastki   tish   orasiga   bosib   turib   [S]   tovushini   bir necha   bor   talaffuz   qildirib   ko‘riladi.   Shunda,   [S]   tovushi   aniq   hosil   bo‘ladi.
Keyinchaliik [S]  tovushiga unli  tovushlarni  qo‘shib talaffuz ettiriladi. Agarda, siz
[S]   tovushini   to‘g‘ri   talaffuz   ettirishga   erisha   olsangiz,   keyinchalik   uni   nutqda
mustahkamlab   borish   mumkin.   [S]   tovushini   ko‘p   marta   bo‘g‘inlarda,   so‘zlarda
takrorlang, o‘rganayotgan tovushning o‘rnini so‘zlarda aniqlang, o‘zingiz berilgan
tovushlar   ishtirokida   so‘zlar   tanlang,   ular   ishtirokida   gap   tuzing.   Yakka   tartibda
ishlash uchun nutq materiallari [S] tovushi ishtirok etgan bo‘g‘inlarni bir necha bor
aniq va to‘g‘ri talaffuz qiling.  sa-sa-sa su-su-su sa-sa-sa su-su-su 
Necha   marta   qarsak   ovozini   eshitsangiz,   shuncha   marta   sa   bo‘g‘inini
talaffuz   qiling.   10   Stol   ustida   nechta   tayoqcha   bo‘lsa,   shuncha   SA,   nechta
uchburchak   bo‘lsa,   shuncha   su   bo‘g‘inini   talaffuz   qiling.   Kattalarning   ortidan
bo‘g‘inlarni  talaffuz qiling.   su-su-su sa-sa-sa sa-so-su-so su-su-su sa-sa-sa sa-si-
so-su   su-su-su   sa-sa-sa   so-su-si-sa   Kattalarning   ortidan,   keyin   mustaqil   ravishda
[S]   tovushini   so‘zlarda   to‘g‘ri   talaffuz   qiling .   Sabzi,   soya,   soqol,   sovun,   salla,
sandiq,   sabzavot,   suyak,   so‘ri.   So‘zlarni   talaffuz   qiling.   [S]   tovushini   so‘zning
qaysi bo‘g‘inida eshityapsiz? kosa osmon asal rasm usta kasal Rasul  Asad Hasan
[S]   tovushini   to‘g‘ri   talaffuz   qilishni   maqsad   qiling.   So‘zlarni   o‘qing,   ularning
ishtirokida   gaplar   tuzing.   Sim,   Asad,   hasad,   sarimsoq,   sichqonlar,   ustunlar,
rasmlar,   ustaxonalar,   kosmonavtlar,   surnaychilar.   11   «So‘zlarni   to   ld   irin   g   »   o
‘yini:   Quyidagi   katakchalarga   mos   tovushlarni   oYniga   qo‘ying   ]   ut   jav[   (sut,   tut,
but) (javob, savob) □ ur □ olgan (dur, tur) (qolgan, solgan) So‘zlarda [S] tovushini
to‘g‘ri  talaffuz qiling. Samolyot, sumalak,  rasm, atlas. Tovushlarning tahlili  bilan
shug‘ullaning.   Shartli   belgilar:   -   so‘zning   tovush   jadvali;   -   unli   tovush;   -   undosh
tovush.   [S]   tovushidan   keyin   qaysi   unli   tovush   eshitilyapti?   [S]   tovushi   bor
doirachani ko‘rsating. 12 Rasmlarni nomlang. Har bir tovushni aniq talaffuz qiling.
|   ^   |   Rasmlarni   ko‘ring,   ularni   avval   kattalar   ortidan   nomlang,   so‘ng   o‘zingiz
mustaqil   takrorlang.   w   (S)   tovushidan   so‘ng   qaysi   unli   tovush   eshitiladi?   13
Rasmlarni nomlang. 
Rasmlarni   nomlang.   [S]   tovushidan   so‘ng   qaysi   unli   tovush   eshitilyapti?
Chizmaga   mos   so‘z   toping.   Unda   [S]   tovushi   ishtirok   etsin.   Qaysi   so‘z   qisqa? Qaysi   so‘z   uzun?   Kattalar   ortidan   bo‘g‘inlarni   to‘g‘ri   talaffuz   qiling   sih-sar-son-
sim sin-so‘m-sev-sen sla-suv-saf-sav . So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qiling. Sariq, gilos,
maslahat, savat, somsa, singil, Samandar, istiqlol. 
Rasmlarni nomlang. Bolalar ismida [S] tovushi ishtirok etsin. || Г  | Rasmlarni
nomlang.   [S]   tovushi   qaysi   o‘rinda   kelyapti?   15   Har   bir   so‘zda   nechta   tovush
borligini  va so‘zlardagi  harflar  ketma-ketligini daftaringizda belgilang. s 0 a t Bu
so‘z chizmasida [S] tovushining o‘rnini ko‘rsating. So‘zlarni diqqat bilan eshiting
va   takrorlang.   Sayyora,   Mastura,   Sohiba,   Muxlisa.   Shu   so‘zlardan   foydalanib
gaplar tuzing. So‘zlarni namunadagidek o‘zgartiring. N a m u n a :   kosa - kosalar
narsa - ... stul - ... sumka - ...  
Rasm   asosida   quyidagi   so‘zlarni   qatnashtirib,   bahor   haqida   kichik   hikoya
tuzing.  Bahor, tog‘lar, qor, suv, soy, gullar, toshlar, o‘tlar, o‘simliklar, daraxtlar,
oqdi, urilib.   Namuna:   Bahor keldi. Bahor keldi, tog‘larda qor eridi. Soylarda suv
ko‘payadi. Suvlar toshlarga urilib oqa boshladi.   Nuqtalar o‘miga so‘z toping va
gap tuzing.  Sochni ... . Soatni ... . Sandiqni ... . Sumkani ... . 
24.   Rasmlarni   nomlang.   Sichqon,   timsoh   so‘zlari   nechta   bo‘g‘indan   iborat,
nechta bo‘lsa, shuncha marta chapak chaling. Maqollarni yod oling, «s» tovushini
to‘g‘ri talaffuz qiling Suv qatrasi - dur qatrasi. * * * Sanamay sakkiz dema. * * *
Sabr tagi - sariq oltin. * * * So‘rab o‘rgangan olim, so‘ramagan o‘ziga zolim. Tez
aytishni to‘g‘ri, ravon ayting. Sadadagi bir dona sayroqi bedana Soqiniki, Sadadagi
sayramay   yotgani   Boqiniki.   Rasmga   qarab   gap   tuzing.   [Z]   tovushining   to‘g‘ri
talaffuzi   za-za-za-zan   jir   oz-oz-oz-ozor   zo-zo-zo-zokir   uz-uz-uz-uzum   zi-zi-zi-zina
iz-iz-iz-bigiz  Rasmlarni nomlang, (Z) tovushini to‘g‘ri talaffuz qiling. 
[Z]   TOVUSHINI   TO‘G‘RI   SHAKLLANTIRISH   UCHUN   KOMPLEKS
MASHQLAR   [Z]   tovushini   to‘g‘ri   shakllantirish   uchun   quyidagi   artikulatsion
mashqlami tavsiya etamiz. 1. «To‘pni darvozaga kiritish». Maqsad: cho‘ziq, to‘g‘ri
yo‘naltirilgan   havo   oqimini   hosil   qilish.   2.   «Kim   to‘pni   uzoqqa   uloqtirdi?»
Maqsad:   til,   tish   orasidan   o‘tuvchi   tekis,   uzluksiz   havo   oqimini   hosil   qilish.
Tabassum   holatida   tilni   oldingi   keng   qismini   pastki   lablar   ustiga   chiqarib,   [Z]
tovushini   cho‘zib   talaffuz   etib,   stol   chetidagi   paxtani   qaramaqarshi   tomonga puflash. 3. «Tish tozalash». Maqsad: til uchini yuqori tishlar orasida tutib turishni
o‘rgatish.Tabassum holatida tishlarni ko‘rsatib, og‘iz biroz ochiladi, til uchi avval
qarama-qarshi tomonga, so‘ng pastdan yuqoriga harakatlantiriladi.
[Z] TOVUSHI TALAFFUZIDA NUTQ A’ZOLARINING HOLATI Lablar
tabassum   holatida   bo‘lib,   tishlar   koYinib   turadi.   Tishlar   orasida   1   mm   oraliq   bor
yoki   ular   biroz   jipslashgan.   Til   uchi   pastki   tishlarga   tiralgan.   Tilning   oldingi
qismida   hosil   boladi,   yon   qismlari   tishlarga   mustahkam   yopishib,   havo   oqimini
chetdan   chiqib   ketishiga   yo‘l   qo‘ymaydi.   Havo   oqimi   ariqchadan   o‘tadi.
Kaftimizning tashqi tomoni bilan biz sovuq havo oqimini sezishimiz mumkin. [Z]
tovushi-jarangli,   uning   shakllanishida   ovoz   paychalari   birlashib   tebranadi.   [Z]
tovushini   to‘g‘ri   talaffuziga   erishilganidan   so‘ng   uni   nutqda   mustahkamlash
jarayoniga   o‘tish   mumkin.   Yakka   tartibda   ishlash   uchun   nutq   materiallari   [Z]
tovushi   talaffuzini   mustahkamlashga   oid   mashqlar   [Z]   tovushi   ishtirokidagi
bo‘g‘inlarni   bir   necha   marta   talaffuz   qiling.   za-zi-za-zi   zi-za-zi-za   Necha   marta
qarsak   ovozini   eshitsangiz,   shuncha   z   bo‘g‘inini   talaffuz   qiling.   [Z]   tovushi
ishtirok etgan bo‘g‘inlarni o‘qing.  za-zo-zu-zi zi-zu-za-zo zi-za-zo-zu zu-za-zo-zi  29
Stol ustida nechta tayoqcha bo‘lsa, shuncha  za , nechta uchburchak bo‘lsa, shuncha
su   bo‘g‘inini   talaffuz   qiling.   Ochiq   bo‘g‘inlarni   aniq   talaffuz   qiling.   za-za-za   zo-
zo-zo zu-zu-zu zo-zo-zo zi-zi-zi zo-zo-zo  (Z) tovushini to‘g‘ri talaffuz qiling hamda
mustaqil ravishda mashq qiling. Zanjir, Manzura, Yulduz, Zumrad, kuz, iz, ustoz,
qoziq, zot. [Z] tovushi so‘zning qayerida (boshida, ortasida, oxirida) kelayotganini
ayting. So‘zlarni talaffuz qiling. [Z] tovushi so‘zning qayerida eshitilyapti  zar orzu
zor biz zamira ozor muz tarvuz bozor  
Агар   ўзбек   тили   иккинчи   тил   ёки   давлат   тили   сифатида   ўқитилаётган
бўлса,   машқлар   қаторини   ўқувчининг   она   тилидаги   товушлар   билан   ҳам
давом эттириш мумкин: 
bol– боль                          but – буть                          kon  –  конь
sol – соль                            tut  –  тут                            ton  –  тон
son –   сон                             tush – тушь                        tok   –  ток ton – тон                             shum – шум                      dom – дом
Бундай   машқлар   биринчидан,   ўқувчи   нутқини   адабий   талаффузга
одатланишини   таъминлайди,   иккинчидан,   ўқувчининг   рус   ва   ўзбек   тили
бўйича   билимларини   ҳам   бойитади.   Қолаверса,   ўқитувчи   мазкур   машқдаги
сўзларни   намуна   сифатида   талаффуз   қилиб   бераётганда   сўзларнинг
маъносини   ўқувчиларга   тушунтиришга   ҳаракат   қилиб,   синонимлардан
фойдаланади,   натижада   таълим   олувчининг   сўз   бойлиги   ошишига   ҳам
эришилади.   Ёки   талаффуз   машқи   тугагач,   ўқувчиларнинг   ўзларига     ўзбекча
сўзларга   маъноси   тўғри   келувчи   бошқа   сўзлар   топиш   топшириғи   берилса,
уларнинг   мустақил   ишлашларига,   фикрлашларига,   олдин   ўрганилганларини
амалиётда қўллашларига шароит яратилади.  
Ўқувчилар   учун   талаффузи   ва   имлоси   қийин   товушларни   махсус
расмлар ёрдамида ўқитиш.   Талаффуз машқлари.
Қуйидаги   тавсиялар   ўқувчилар   учун   талаффузи   ва   имлоси   қийин
ҳисобланган товушлар   [ х ]-[ ҳ ] ;   [ у ] – [ ў ] ;   [ и ] – [ э ] ;   [ қ ] ,   [ нг ]   кабилар устида машқ
қилишда асқотади. 
  [ i ]   –   unli   tovush.   O`zbek   tilida   eng   qisqa   talaffuz   etiluvchi   til   oldi   unlisi
bo`lib so`z tarkibida quyidagicha talaffuz qilinadi:
    bilan        [ b ~ lan]             nufuzli           [nufuzl ~ ]
   sira          [s ~ ra   ]             portlovchi      [portlovch ~ ]
   biroq       [b ~ roq ]             kuchli           [ kuchl ~  ]
   zina         [z ~ na   ]            qurdi           [qurd ~  ]
   kim         [k ~ m   ]             mukofoti      [mukofot ~ ]
Eslatma :   ikki   nuqta   [:]   cho`ziqlik   belgisi ,   [~]   qisqalik   belgisidir.   (Эслатма
машқдан   олдин   берилиши,   чўзиқ   айтилишига   мисол   келтирилиши,   расм   ва
мисоллардаги ёзув кириллга ўтказилиши керак.) [ i ]     unlisi     [q],   [g ‘ ],   [x]   til   orqa   undoshlaridan   keyin   kelsa,   ruscha     [ы]
tovushiga yaqin talaffuz qilinadi.
    qizil             [ қ ызыл ]  xirmon [ x ы рм o н ]
  qiziq            [ қ ызы қ  ]   xizir        [ xызыр] 
  qimiz           [ қ ымыз]             oxir     [oxыр  ] 
  qirq              [ қ ыр қ  ] og‘ir  [o ғ ыр  ]
  qirmiz          [ қ ырмиз] quvg‘in   [ қ ув ғ ын]
Айюб Ғуломов ҳам  урғу масаласига алоҳида аҳамият бериб, ўзбек тили
урғуси   чуқур   текширишни   талаб   этишини,   ҳам   назарий,   ҳам   амалий
жиҳатдан   аҳамиятли   бўлган   қалтис   ҳодиса   эканлигини   таъкидлайди 12
.   Ўз
текширишларини   қуйидагича   баён   қилади:   “ Бизнинг   ўзбек   тили   юзасидан
бўлган кузатувимиз оддий ундаш ҳолида урғунинг ўз ўрнида қолишини, бирор
жаҳл   билан   қаттиқ   гапиришда,   жиддий   кучли   ундашда   ҳақиқатан,
кўчирилишини   кўрсатади ”. 13
  Олим   ўзбек   тилида   урғу   ундалмаларнинг
оҳангида,   эмоционал   муносабат   ифодалашда   турлича   бўлишини   қайд   этган
ўринлар   ҳам   мавжуд.   Мактаб   дарсликларида   ўқувчига   бу   ҳақда   маълумот
берилмайди.
1 -топшириқ.   “Инсонни   тафаккур   ма ъ рифатли   қилади,   ту йғ у   эса   уни
бошқаради”.(Ж.   Ж.   Руссо)   жумлада     нечта   бўғин   бор.   Улардан   қайси   бири
айтилиши да бошқаларидан баландроқ, чўзиқроқ талаффуз қилинади.
1 -машқ .   Қуйидагиларни   мантиқий   урғусига   э ъ тибор   бериб   ўқишни
машқ қилинг.
Ҳаёт нафас олиш миқдори билан ўлчанмайди. У  н афасни тутиб туришга
бизни мажбур этган онлар миқдори билан  ў лчанади.
12
  Ғуломов А. Ўзбек тилида урғу. – Т.: ЎзМУ, 2009. – 80 б.
13
  Ғуломов А. Ўзбек тилида урғу. – Т.: ЎзМУ нашриёти, 2009.   – 3–4 б. Вақт   биздан   ҳар   бир   сонияда   ў тиб   кетаверади.   Уни   ҳозирнинг   ў зидаёқ
сарфлаш керак. 
2 -машқ .   Ўзбек   тилида   урғу,   асосан,   сўзнинг   охирги   бўғинига   тушади.
Айтиб к ў ринг :  болá ,     кит ó б , савдó ,    давó… 
3 -машқ .   Тилимизда   у рғуси   биринчи   бўғинга   тушадиган   сўзлар   ҳам
мавжуд. Талаффуз қилинг:   лéкин, áммо, бáлки, ҳáтто,… 
4 -машқ .  Бошқа тиллардан ўзлашган сўзларда урғу, кўпинча, сўз  о хирига
тушмайди.   Ў қитувчи   билан   бирга   т ўғ ри   талаффуз   қилишни   машқ   қилинг:
трáктор,   фùзика,   матемáтика,   дирéктор,   фонéтика,   грáфика,   крéдит,
тéхника, прùнтер, скáнер, пáйнет,…
5 -машқ .   Сўзларни   т алаффузда   фарқлашни   ў рганинг.   Ўзбек   тилида   сўз
урғуси ма ъ но фарқлаш вазифасини ҳам бажаради :   óлма (ҳаракат)– олмá 14
 
2.2. Mashq tarkibi va uning qo‘llanilishi.
O‘zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. O‘zbek tili yozuvi fonematik yozuv
hisoblanadi. 1993-yildan boshlab o‘zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib
olindi.   Nutqning   har   bir   tovushi   uchun   unga   mos   grafik   shakl   qabul   qilindi.
O‘qituvchi   savod   o‘rgatish   jarayonida   o‘quvchilarni   tovush   va   harflar   bilan
tanishtirishda,   ularni   sintezlab   o‘qishga   o‘rgatishda   o‘zbek   tilining   fonetik
xususiyatlarini   hisobga   olishi   zarur.   36   Savod   o‘rgatish   analitik-sintetik   tovush
metodiga   asosan   olib   boriladi.   So‘z   bo‘g‘inga   bo‘linadi,   bo‘g‘indan   kerakli
o‘rganilayotgan   tovush   ajratilib   olinadi,   tahlil   qilinadi,   o‘rganiladigan   harf   bilan
sintezlanadi, shu asosda harf va butun o‘qish jarayoni o‘zlashtiriladi. Bunda o‘zbek
tili   grafik   tizimi,   tovushlarni   yozuvda   belgilash   xususiyatlari   hisobga   olinadi.
Savod   o‘rgatishda   o‘zbek   tili   grafik   tizimining   quyidagi   xususiyatlarini   hisobga
olish   muhim   ahamiyatga   ega:   1.   Savod   o‘rgatishda   tovush-harf   bilan   tanishtirish
unlilardan boshlanadi.
14
Hamroyev G‘. Ona tili o‘qitishning samarali usullari –T.: Bayoz. 197 b.   Hozirgi o‘zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‘. E harfi so‘z
va bo‘g‘in boshida qo‘llanadi (ekin, echki, aeroplan), undoshdan keyin o‘rta keng
lablanmagan unli  tarzida o‘qiladi  (kel, tez). Savod o‘rgatishda  oldin so‘z boshida
keladigan   ye,   so‘ngra   undoshdan   keyin   keladigan   ye   tovush-harfi   bilan
tanishtiriladi.   O   harfi   o‘zbekcha,   umumturkiy   so‘zlarda   quyi   keng,   lablangan   o
tovushini   ifodalaydi,   ruscha-baynalmilal   so‘zlarda   urg‘usiz   bo‘g‘inda   a   tarzida
(botanika),   o‘   tovushi   kabi   (tonna),   qisqa   i   tarzida   (traktor)   talaffuz   qilinadi.
SHuning   uchun   bu   unli   qatnashgan   ruscha-baynalmilal   so‘zlar   savod   o‘rgatish
davridan so‘ng o‘quv jarayoniga kiritiladi. A tovushi bahor, savol kabi so‘zlarda o
kabi, muomala, munosabat kabi so‘zlarda i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin
a yoziladi. U tovushi qovun, sovun kabi so‘zlarda i tovushiga yaqin talaffuz etilsa
ham u yoziladi. I tovushi bilan, sira kabi so‘zlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda
doimo saqlanadi. 2. O‘zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. 
Yozuvda ular 23 ta harf bilan ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21
tasi yakka harf bilan belgilanadi. Ular quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jurnal), j (jo‘ja),
k,   l,   m,   n,   p,   q,   r,   s,   t,   v,   x,   y,   z,   g‘,   sh,   ch,   ng.   Undoshlarni   o‘rgatishda   ham
muayyan   tartibga,   talabga   asoslaniladi.   Alifbo   davrida   undosh   tovushlar   bilan
tanishtirishni sonor, ya’ni ovozdor tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir.
CHunki  sonor  tovushlarni  bo‘g‘in  va   so‘z  tarkibidan  ajratib  olish  oson.   Lekin  ng
sonor undoshi n va g undosh   tovushlari va harflari bilan tanishtirilgach, o‘rgatiladi.
Harf birikmalarini o‘rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning alifbe
davrining   oxirgi   bosqichida   o‘rganilishi   maqsadga   muvofiqdir.   J   harfi   ikki
tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar ajratiladi. 
Birinchi   darsda   portlovchi   j   tovushini   o‘rgatish,   talaffuzini   tushuntirish,
analitik-sintetik   mashqlar   yordamida   ko‘nikmalar   hosil   qilish,   keyingi   darsda   esa
sirg‘aluvchi   j   tovushi   va   uning   talaffuzi   o‘rgatiladi.   So‘ng   bu   ikki   tovushning
talaffuzidagi   farq   taqqoslash   usuli   orqali   tushuntiriladi.   Berilgan   bilim
analitiksintetik mashqlar yordamida mustahkamlanadi. Sh tovushini ifodalovchi sh
harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch tovushini ifodalovchi ch harf birikmasi h
harfi  bilan tanishtirilgach, o‘rgatiladi. O‘quvchilar bu harf  birikmalarini  bir yaxlit tovush   sifatida   o‘qish   va   yozishga   ko‘nikishlari   lozim.   Bu   davrda   soh   (isohoq)
tarzida o‘qiladigan holatga to‘xtab o‘tilmaydi. 
Jarangsiz   jufti   bor   jarangli   undoshlar   (b-p,   d-t,   v-f,   g-k,   z-s   kabi)   haqida
dastlabki tushunchalar beriladi, ularning talaffuzi va yozuviga e’tibor qaratiladi. X
va H tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki tushunchalar beriladi,
ularni farqlash bo‘yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi. Tutuq belgisi (o) unli
tovushdan   so‘ng   kelsa,   uni   cho‘zib   talaffuz   qilishga,   undosh   tovushdan   so‘ng
kelsa,   undoshni   unlidan   ajratib   talaffuz   qilishga   xizmat   qilishi   haqida   ham
tushunchalar   berilib,   asta-sekin   uni   qo‘llashga   doir   ko‘nikma   va   malakalar
shakllantiriladi. Savod o‘rgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma, yozma, bosh
va   kichik)   shakli   va   ularning   ishlatilish   o‘rni   o‘rgatiladi.   O‘quvchilarni   o‘qishga
o‘rgatish bo‘g‘in asosida olib boriladi. Bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish uchun so‘zni
bo‘g‘inga bo‘lish, bo‘g‘in chegarasini aniqlashni o‘rgatish muhim sanaladi. Savod
o‘rgatish   davrida   o‘quvchilar   so‘zlarni   bo‘g‘inlarga   to‘g‘ri   bo‘la   bilsalar,   o‘qish
ko‘nikmasini ham yaxshi egallaydilar. 
O‘qishning   dastlabki   bosqichida   orfografik   o‘qishdan   foydalaniladi,   asta-
sekin   orfoepik   o‘qish   ko‘nikmalari   shakllantiriladi.   Talaffuzi   yozilishiga   mos
kelmaydigan   tovushlar   ishtirok   etgan   so‘zlar   oldin   orfografik,   so‘ngra   orfoepik
o‘qib   38   beriladi   va   ularning   o‘qilishi   bilan   yozilishi   taqqoslanadi.   O‘quvchilar
muayyan   darajada   tushunchaga   ega   bo‘lganlaridan   so‘ng   orfoepik   o‘qish   mashq
qilinadi. O‘qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi. O‘qish ham, yozish
ham   murakkab   nutq   faoliyati   hisoblanadi.   Bu   jarayonlar   kichik   yoshdagi
o‘quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi. Kichik yoshdagi
o‘quvchini o‘qishga o‘rgatishda quyidagilar kuzatiladi: 1. Bola o‘qish paytida bitta
harfni   ko‘radi,   uni   bilish   uchun   rasmlarni   ko‘z   oldiga   keltiradi,   rasmlarni   yoki
boshqa   harflarni   eslaydi,   esga   tushirgach,   uni   aytishga   oshiqadi,   biroq   o‘qituvchi
aytishga yo‘l qo‘ymaydi, undan bo‘g‘inni aytishni talab qiladi. O‘quvchi ikkinchi
harfni   eslab   olguncha,   birinchisi   esdan   chiqib   qoladi   yoki   ularni   qo‘shib   bo‘g‘in,
bo‘g‘indan   so‘z   hosil   qilguncha,   o‘qish   jarayoni   sustlashadi.   2.   Ko‘pincha   bola
o‘qiyotgan   qatorni   yo‘qotib   qo‘yadi,   harfni,   bo‘g‘inni,   so‘zni   qayta   o‘qishiga to‘g‘ri keladi. O‘quvchining diqqati kengaygan sari bo‘g‘in va so‘zni butunligicha
idrok   eta   boshlaydi.   3.   O‘qishni   endi   o‘rganayotgan   bola   o‘qiyotgan   matn
mazmunini o‘zlashtirmaydi, chunki u so‘zni qanday o‘qishga ko‘p kuch beradi. 
Darslikdagi rasmlar, o‘qituvchining savollari, ko‘rgazmali qurollar ularning
ongli   o‘qishlarini   ta’minlaydi.   4.   Tajribasiz   kitobxon   so‘zni   birinchi   bo‘g‘iniga
yoki   rasmga   qarab   topadi.   Bu   xato   o‘qishga   olib   keladi.   Bunday   xatoning   oldini
olish   uchun   so‘z   bo‘g‘inlab   o‘qitiladi,   so‘zni   bo‘g‘in-tovush   tomondan   tahlil
qilishga, tovush-harf tomondan analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi. O‘qishni
muvaffaqiyatli   egallashlari   uchun   o‘quvchilarning   idroki,   xotirasi,   tafakkuri   va
nutqini o‘stirishga katta e’tibor berish kerak. Savod o‘rgatishda fonematik eshitish
qobiliyatlarini   o‘stirishga,   ya’ni   tovushni   aniq   talaffuz   qilishga,   boshqa
tovushlardan farqlashga o‘rgatish, bo‘g‘in yoki so‘zdan o‘sha tovushni ajrata olish
ko‘nikmasini o‘stirish muhim sanaladi. Fonematik eshitish imloviy malakani hosil
qilishning   muhim   shartidir.   Shu   bois   savod   o‘rgatish   davrida   eshitish   idrokini
o‘stirish   uchun   ham   maxsus   xilma-xil   mashqlar   o‘tkazib   borish   maqsadga
muvofiqdir.
Professor G.A. Pristupa tomonidan taklif sifatida quyidagi mashqlar taqdim
etilgan:
- tayyorlov mashqlar;
- tasviriy mashqlar;
- takrorlovchi-umumlashtiruvchi mashqlar;
- ijodiy mashqlar.
1.   Propaedevtik   yoki   tayyorgarlik   mashqlari.   Bu   mashqlarning   maqsadi
o'quvchilarga materialni birlamchi idrok etish, masalan, so'zning semantik ta'rifini
berish,   uni   lisoniy   bo'lmagan   voqelik   bilan   bog'lash;   orfoepiya   va   imlo
xususiyatlarini tushuntirish.
2.   Tasviriy   mashqlar.   Mashqlarning   maqsadi   o'rganilayotgan   hodisaning
nutqda   qanday   faoliyat   ko'rsatishi   va   uni   qanday   aniqlash   mumkinligini   ko'rsatib
berishdan iborat. 3.   Asosiy   mashqlar.   Bu   mashqlar   natijasida   bolalar   paradigmatik
bog'lanishlarni   o'zlashtiradilar:   o'rgangan   narsalarini   amalda   qo'llay   olish
ko'nikmasini rivojlantiradilar.
4.   Takrorlanuvchi   va   umumlashtiruvchi   mashqlar.   Mashqlarning   maqsadi
materialning boshqa material bilan munosabatlarida o'zlashtirilishini ta'minlashdan
iborat. Bu turdagi mashqlar o'z ichiga og'zaki va yozma shakllarni oladi, bir mavzu
bo'yicha so'zlarni tanlashga qaratiladi.
5.   Ijodiy   mashqlar.   Ushbu   mashqlarning   maqsadi   o'rganilayotgan   til
materialini   bog'lanishli   nutqda   qo'llashni   o'rgatish,   o'quvchiga   taklif   etilgan
mavzuda   (og'zaki   va   yozma   ravishda)   gapirish,   o'z   nutqida   tanish   so'z
birikmalaridan   foydalanish   va   uning   leksik   va   grammatik   xususiyatlarini
o'rganishni   namoyish   etishdan   iborat.   Asosiy   ijodiy   faoliyat-taqdimot   va   insho.
Aqliy   faoliyatning   xususiyatiga   qarab   analitik,   sintetik   va   analitik-sintetik
mashqlar mavjud.
Analitik-grammatik   va   morfografik   tahlil,   analitik   yozish,   tanlab   yozish,
o'quv   diktant,   tanlanma   diktant   kabilar   ta'lim   jarayonida   faol   qo'llanadi.   Sintetik-
matn   tayyorlash   va   nazorat   nusxa   ko'chirish,   xotiradan   nusxa   ko'chirish,   erkin
nusxa   ko'chirish,   nazorat   diktanti,   savollarga   javob   berish,   deformasiyalangan
matnni tiklash, tegishli so'zlarni tanlash, ma'lumotnoma so'zlar bilan yozish (ijodiy
diktant),  so'z  tuzish  va  lug'at-imlo  ishi,  gaplar, bayon  va insholar  tuzish.  Analitik
va   sintetik   –   grammatik   va   imlo   tahlillari,   izoh   yozish,   tegishli   so'zlarni   tanlash,
jumlalar,   bayonotlar,   grammatik   va   imlo   topshiriqlari   bilan   insholar   yozish,
etishmayotgan   harflarni   kiritish,   matndagi   so'zlarning   shakllarini   o'zgartirish,
taqqoslash va tasniflar yordamida mashq qilish mumkin. Mashqlar bajarish usuliga
ko'ra   quyidagi   turlarga   bo'linadi:   og'zaki   (o'qituvchi   savollariga   javob   berish,
xartalar   bilan   ishlash,   qoidalar   chiqarish   va   boshqalar.),   aralash   (izohlangan   xat,
ogohlantiruvchi   diktant   va   boshqalar.)   va   yozma   (diktant,   nusxa   ko'chirish   va
boshqalar). Mashq   –   nutqiy   ko'nikmalarini   hosil   qilish   yoki   takomillashtirish   va
malakalarini rivojlantirish maqsadida til (nutq) mashqlari yoki harakatlarni maxsus
tashkil etilgan holda takroran bajarish mumkin.
Mashq o'quv vositalari toifasiga mos ravishda, ya'ni ularning ierarxiyasidagi
eng   past   qadam   sifatida   ko'rib   chiqilsa,   o'qituvchi   va   o'quvchilar   faoliyatini
boshqarish   vazifasini   va   ularning   o'zaro   munosabatlarini   bajarishga   muayyan
sharoit yaratadi.
Mashq   o'quvchilarning   faolligini   ta'minlaydi,   uni   amalda   modellashtiradi.
Ularning   ehtiyojlari   sohasiga,   bilim,   ko'nikma   va   malakalariga   murojaat   qilishi,
ularning aniq bajarilishini ta'minlashi lozim.
Mashqlar   odatda   ikki   asosiy   xususiyat   –   maqsad   va   unga   erishish   vositasi
bilan tavsiflanadi.
Bu   maqsadlar   quyidagilarni   o'z   ichiga   olishi   mumkin:   o'quvchilarga   til
bilimlarini   etkazish,   til   va   nutq   malakalarini   shakllantirish   yoki   takomillashtirish
hamda nutqiy malakalarini rivojlantirish.
Bevosita   maqsadga   (vazifaga)   erishishning   asosiy   vositasi   o'quv   faoliyati
bo'lib, ularga quyidagilar kiradi: taqlid qilish, farqlash, almashtirish, o'zgartirish.
Mashqlarning   tarkibiy   modeli   uchta   asosiy   komponentga   ega:   a)
ko'rsatmalar, b) materialni o'rganish mashqlari va V) nazorat va o'z-o'zini nazorat
qilish usullari. Har bir mashqni 2 tarkibiy qismga bo'lish mumkin: maqsadli va ijro
etuvchi   –   nazorat   va   o'z-o'zini   nazorat   qilish   bilan   qo'shib   olib   boriladigan
mashqlar.
Mashqlarning   maqsadli   jihati   ko'rsatmalar,   topshiriq   va   boshqalar   shaklida
taqdim etiladi. Topshiriq muayyan talablarga javob berishi kerak:
a) o'quvchilar harakatlarini rag'batlantirish va ular uchun aniq vazifa qo'yish
tarzida shakllantiriladi;
b) nutqoldi yo'nalganlik omillarini – vaziyatni aks ettiradi (kim? kim bilan?
nima haqida? nima uchun?;
v) muayyan nutq mahsuli va natijasini maqsad qilib olish. Ko'rsatmalarning   asosiy   xususiyati   –   ularning   kommunikativ   yoki
nokommunikativ yo'nalganligidir.
Sinfda o'quv jarayonida etakchi o'rinni kommunikativ topshiriqlar, uyda esa,
ayniqsa, o'quvchilarning yozma ishlari – o'qitish, ya'ni til strukturasi elementlarini
tushunishga qaratilgan topshiriqlar beriladi.
Ko'rsatmalar   mashq   bajarish   uchun   namunalar   (modellar)   va/yoki   qoidalar
bilan birga bo'lishi kerak.
Mashqlar tarkibidagi ikkinchi komponent – ona tili hodisalarini o'zlashtirish
yoki   ularni   amalga   oshirish   natijasini   nazorat   qilish   (o'z-o'zini   nazorat   qilish)
uchun topshiriqlarni amalga oshirish bo'yicha qator harakatlarni o'z ichiga oladi.
Jumladan,   mashqlar   til   sathlarini   o'qitish   nuqtai   nazaridan   ham   turlarga
bo'linadi:
1. Fonetik va grafik mashqlar
Ular   o'quvchilarga   tovush   va   harflarni   ajrata   olishlari   uchun   qo'llaniladi.
Buning uchun quyidagi mashqlardan foydalaniladi:
– tovushlarni (og'zaki so'zdagi) harflar bilan belgilash;
– tanlangan so'zlarning tovush qiymatini aniqlash;
– so'zlarni alifbo tartibida joylashtirish;
– tovushlarga mos kelmaydigan harflarni ta'kidlash.
Bunday   mashqlar   o'quvchilarda   farqlash,   ajratish,   umumlashtirish,   qisman
izohlash ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
2. Leksik va frazeologik mashqlar
O'quvchilarning so'z  boyligini  oshirishga  xizmat  qiladi, shuning uchun  so'z
va   iborani   o'rganishda   so'zlar   bilan   ishlash   kerak   va   bu   muammolarni   hal   qilish
uchun quyidagi mashqlardan foydalaniladi:
– belgilash (nomlash), (shevaga oid so'zlar, frazeologik birliklar);
– ushbu so'z uchun sinonimlar (antonimlar, frazeologik birliklar) ni tanlash;
– o'quv izohli lug'atdan shevaga oid so'zlarini, kasb-hunar so'zlarini topish;
– tanlangan so'zlarning ifodalayotgan ma'nosini lug'at asosida aniqlash;
– so'zning lug'aviy va ko'chma ma'nolarini aniqlash (gap tarkibida); – so'zning o'z va ko'chma ma'nosi ishtirokida gap tuzish;
– gapdagi leksik xatoni topish;
– iboralarni so'z bilan ifodalash;
– tasviriy ifodalarni so'z bilan ifoda qilish.
 
2.3. Orfoepik mashq- ko‘nikma va malaka hosil qilish asosi.
Orfoepiya   so‘zlarni,   ularning   tarkibidagi   tovushlarni,   shuningdek,   o‘zak   va
qo‘shimchalardan iborat so‘/ formalarini to‘g‘ri talaffuz qilish me’yorlari tizimidir.
Tilshunoslikning bu tizim haqidagi bo‘limi ham   orfoepiya   deyiladi.
                 Orfoepik me’yorlar aslida xalq jonli tili faktlari asosida  yaratiladi — jonli
tildagi   turlicha   talaffuz   ko‘rinishlaridan   adabiy   til   an’analariga,   taraqqiyot
traditsiyalariga mos keladiganlari tanlanadi.. Masalan, o‘zbek shevalarida bir so‘z
turlicha   talaffuz   qilinadi:   yo‘q-jo‘q,   ko‘z-go‘z,   ota-ata,   aka-oka,   anor-onar   kabi.
Hozirgi   zamon   davom   fe’li   qo‘shimchasi   shevalarda   -yap(ti),   -op(ti),   -utti ,   -
vot(ti)   shakllarida qo‘llanadi:   boryapti, boropti, borutti, borvotti   kabi. Adabiy tilda
shulardan   yo‘q,   ko‘z,   ota,   aka,   anor   boryapti   variantlari   adabiy   talaffuz   me’yori
(orfoepik norma) sifatida saralangan.
To‘g‘ri   talaffuz   nutq   madaniyatining   muhim   belgilaridan   biri   sanaladi.   Adabiy
tilda   to‘g‘ri   yozish   qanchalik   muhim   bo‘lsa,   to‘g‘ri   talaffuz   ham   shunchalik
ahamiyatlidir.   Shuning   uchun   ham   o‘quvchi   va   talabalarda   to‘g‘ri   talaffuz
ko‘nikmalarining   shakl   la   nt   i   ri   1   ish   iga   ta’limning   barcha   bosqichlarida   jiddiy
e’tibor beriladi.
Unli tovushlar orfoepiyasi
I   unlisi:   1)   bir   bo‘g‘inli   so‘zlarda   qisqa   va   ingichka   talaffuz   qilinadi:   til,   tisb,
bil, sir   kabi; 2) q, g‘, x undoshlari bilan yondosh qo‘llanganda yo‘g‘on (orqa qator
unli   tarzida)   talaffuz   etiladi:   qish,   g‘isht,   xil   kabi;   3)   y,   ng   undoshlaridan   oldin
ingichka va biroz cho‘ziq talaffuz etiladi:   chiy, kiy. ming   kabi; 4) h bilan yondosh
bo‘lganda   ham   biroz   cho‘ziq   va   ingichka   talaffuz   qilinadi:   hid,   hind,   his   kabi;   5)
ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inida kuchsiz va qisqa   (bilan, biroq, sira, tilak,   gilam,   gibs,   viqor   kabi),   urg‘uli   bo‘g‘inda   esa   kuchliroq   va   cho‘ziqroq
( nozik,   alik,   rostlik   kabi)   talaffuz   etiladi;   b)   so‘z   oxiridagi   ochiq   bo‘g‘inda   biroz
kengayadi   («i»   dan   kengroq,   «e»   dan   torroq   unli   tarzda   talaffuz   qilinadi):   tepki,
bordi, oftobi, xuddi, rozi   kabi.
                         U   unlisi:   I) bir bo‘g‘inli so‘zlarda va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning urg‘usiz
bo‘g‘inida   qisqa   (tush,   rus,   pul,   buloq,   bug‘doy   kabi),   urg‘uli   bo‘g‘inida   esa
kuchliroq   va   cho‘ziqroq   (bulut,   yetuk,   popuk   kabi)   talaffuz   etiladi;   2)   k,g,y
undoshlaridan keyin ingichka (old qator unli tarzida), q, g‘, x undoshlaridan so‘ng
esa   yo‘g‘on   (orqa   qator   unli   tarzida)   talaffuz   qilinadi.   Qiyos   qiling:   kid   va   qul,
atirgul   va   norg‘ul ,   yuk   va   xulq   kabi; 3) — uvchi, -uv   affikslari tarkibida cho‘ziqroq
aytiladi:   yozuvchi,   o‘quvchi,   to‘quvchi,   oluv,   qo‘shuv   kabi.   O‘   unlisi:   1)   bir
bo‘g‘inli so‘zlarda, shuningdek ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inida qisqa
talaffuz   etiladi:   bo‘r,   to‘r,   ro‘mol,   so‘roq   kabi;   2)   takroriy   formalarning   birinchi
komponentida   (urg‘uli   bo‘g‘inda)   cho‘ziq   talaffuz   qilinadi:   ko‘p-ko‘p,   zo‘r-zo‘r,
mo1-mo 7kabi;   3)   sayoz   til   orqa   k ,g,   til   o‘rta   y   va   bo‘g‘iz   undoshi   (h)   dan   so‘ng
yumshoq (old qator) unli tarzida,   chuqur til orqa q ,g‘, x undoshlaridan so‘ng qattiq
va yo‘g‘on (orqa qator) unli tarzda talaffuz etiladi. Qiyos qiling:   ko1 va qo‘l, go‘r
va g‘o‘r, ho‘t va xo 'r, yo 1 va qo ‘r   kabi.
                  E   unlisi :   I)   so‘z   va   bo‘g‘in   boshida   kengroq   (erkin,   ekin,   eslamoq   kabi),
bo‘g‘in ichida bir oz torroq   (kecha, beda, tekin, sekin   kabi) talaffuz qilinadi.
                  A   unlisi:   1)   sayoz   til   orqa   k,   g   undoshlari   bilan   yonma-yon   kelganda
yumshoq   va   ingichka   unli   tarzida   (kam,   katta,   gap,   gal,   gazlama,   kayjlyat   kabi),
chuqur   til   orqa   q,   g‘,   x   undoshlari   bilan   yondosh   qo‘llanganda   esa   yo‘g‘on   unli
tarzida   (qalam, qatg‘a, qasida, g‘am, g‘alvir, xalq, xabar, xat   kabi) talaffuz etiladi.
               O   unlisi:   1) quyi keng, kuchsiz lablangan unli tarzida talaffuz qilinadi:   tosh,
bahor,   somon,   shamol   kabi.   Shevalarda   va   jonli   tilda   bu   unlining   urg‘usiz
bo‘g‘inda   «a»ga   yaqin   talaffuz   qilinish   hollari   ham   uchraydi:   samon,   davon   kabi,
ammo bu hoi adabiy talaffuz (orfoepik me’yor) hisoblanmaydi; 2) sayoz til orqa k,
g   undoshlaridan   so‘ng   yumshoq,   chuqur   til   orqa   q,g‘,x   undoshlaridan   so‘ng   esa yo‘g‘on unli tarzida talaffuz qilinadi. Qiyos qiling:   kosib   va   qoshiq, kotib   va   qotip,
komil   va   qobil,   gov   va   g‘ov ,   govmish   va   g‘ovlamoq   kabi;   3)   urg‘uli   bo‘g‘inda
kuchliroq   va   biroz   cho‘ziq   talaffuz   etiladi:   bog‘bon,   obod so‘zlarining   birinchi   va
oxirgi   bo‘g‘inlaridagi   o   unlisi   talaffuzini   qiyoslang;   4)   y   va   h   undoshlari   bilan
yondosh   qo‘llanganda   ham   o   unlisi   biroz   yumshoq,   ingichka   unli   holida   talaffuz
etiladi. Qiyos qiling:   yor va qor, hokim va xolis   kabi.
  Undosh tovushlar orfoepiyasi
                    Undosh   tovushlar   orfoepiyasi   ko‘proq   kombinator   va   pozitsion   omillar
ta’sirida yuz beradigan fonetik hodisalarga bog‘liq boiadi. Xususan:
b,   d   jarangli   undoshlari   so‘z   oxirida   jarangsiz   p,t   tarzida   talaffuz   etiladi,   bu   hoi
o‘zbek   adabiy   talaffuzi   uchun   me’yor   hisoblanadi:   kitob   >   kitop,   borib   >   borip,
yozib   >   yozip, savod   >   savot, obod   >   obot   kabi;
1. b,   d   undoshlari   jarangsiz   undoshlar   bilan   yonma-yon   qollanganda
assimilatsiyaga   uchrab,   p,   t   holida   talaffuz   etiladi,   bu   hoi   ham   adabiy   talaffuz
me’yori   hisoblanadi:   ibtidoiy   >   iptidoiy,   ketdi   >   ketti\   3)   j,   z   undoshlarining
jarangsiz   undoshlar   ta’sirida   sh,   s   deb   talaffuz   etilishi   ham   adabiy   til   uchun
me’yordir:   ijtimoiy   >   ishtimoiy,   mazkur>   maskur   kabi;   4)   b,   q   undoshlarining
intervokal   holatda   (ikki   unli   orasida)   sirg‘aluvchi   v,   g‘   undoshlariga   o‘tishi   ham
adabiy talaffuz me’yoriga xilof emas:   bora ber> boraver, keta ber > ketaver   kabi.
So‘z qismlari talaffuzi
1. Q, K bilan tugagan otlarning egalik aflfikslari bilan turlangan shakllari
quyidagicha   talaffuz   etiladi:   a)   ko‘p   bo‘g‘inli   so‘zlarda   qishloq>   qishlog‘imiz,
qishlog‘ingiz,   qishlog‘i;   telpak   >   telpagim,   telpaging,   telpagi   kabi.   Birbo‘g‘inli
so‘zlarda bunday o‘zgarish bolmaydi:   o‘q > o‘qi, tok   >   toki   kabi   (yoq, yo‘q   so‘zlari
bundan mustasno).
2. Q,   K,   G,   G‘   bilan   tugagan   otlarningjo‘nalish   kelishigidagi   shakllari
quyidagicha   talaffuz   qilinadi:   qishloq+ga   >   qishloqqa,   chelak+ga   >   chelakka,
tog‘+ga   >   toqqa, pedagog+ga   >   pedagokka   kabi.  Boshqa barcha holatlarda: a. jarangsiz undoshlardan so‘ng -ka, jarangli undoshdan va unlidan so‘ng
-ga   talaffuz   etiladi:   otka,   oshka,   qopka,   ammo   uyga,   ovga,   to/ga,   tomga,   bolaga,
akaga   kabi.
3. Fe’llarda: a)   ong+la   >   angla, son+a   >   sana, yosh+a > yasha   kabi;
b. ek+gan   >   ekkan,   ket+gan   >   ketkan,   oq+gan   >   oqqan,
tush+gan   >   tushkan   kabi.
4. Olmoshlarda:   u+n+da   >   unda,   bu+n+da   >   bunda,   shu+n+da   >
shunda   (bir   «n»   orttiriladi),   men+ning   >   mening,   sen+ning   >   sening   (bir   «n»
tushirib qoldiriladi).
5. fi/>so‘zidan   dona   son   yasalganda ,   o‘zakdagi   «r»   undoshi   «t»ga
o‘tadi:   bir+ta   >   bitta   kabi.
Boshqa tillardan o‘zlashtirilgan ayrim so‘zlar orfoepiyasi
1. Turkiy   tillarda,   ma’lumki,/undoshi   bo‘lmagan,   shuning   uchun   jonli
so‘zlashuvda   arab,   fors   va   rus   tillaridan   o‘zlashgan   so‘zlardagi   «f»   ni   «p»   deb
talaffuz   qilish   hollari   uchraydi:   ulfat>   ulpat,   faner>   paner,   ferma   >   perma   kabi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ularni «f» bilan talaffuz qilish me’yor holiga kelgan.
2. So‘z   yoki   bo‘g‘in   boshida   undosh   tovushlarning   qatorlashib   kelishi
turkiy   tillarga   xos   bo‘lmagan.   Bu   hodisa   keyinchalik   boshqa   tillardan
o‘zlashtirilgan so‘zlar talaffuziga ham ta’sir qilgan — jonli so‘zlashuvda so‘z yoki
bo‘g‘in   boshida   yoxud   bo‘g‘indagi   ikki   undosh   orasida   bir   unlining   orttirilishiga
olib   kelgan:   shkaf>   ishkop,   stakan   >   istakon,   plan   >   pilon,   traktor>   tiraktir   kabi.
Bunday   holat   so‘z   oxirida   ham   uchraydi:   aq/>   aqil,   fikr>   fikir,   ilm   >   Him,
hukm   >   hukum   kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bunday so‘zlarni asl holicha (unli
orttirmay)   talaffuz   qilish   orfoepik   me’yor   sanaladi.   Bunday   me’yor   shu   tipdagi
so‘zlarning yozuvdagi shakiini (imlosini) to‘g‘ri belgilashga ham yordam beradi.
3. Umumturkiy   so‘zlarda   ikki   unli   yonma-yon   qo‘llanmaydi,   bu   hoi
arabtilidan   o‘zlashgan   oila,   doir,   rais,   maorif   saodat,   mutolaa   kabi   so‘zlar
talaffuziga   ta’sir   qilgan:   oila,   doir,   rais   so‘zlarida   bitta   «y»   orttirilgan   (oyila,
doyir,rayis   kabi),   maorif,   saodat,   mutolaa   so‘zlari   esa   unlilarning   diftong-
lashuviga —   mo.rip, so:dat, mutoia:   kabi talaffuz qilinishiga olib kelgan. Keyingi bir   asr   ichida   ms   tilidan   so‘z   o‘zlashtirishning   faollashganligi,   ruscha
o‘zlashmalarning   rus   tilidagi   talaffuz   va   imlo   me’yorlarini   o‘zbek   tiliga   aynan
singdirish   tendensiyasining   ustun   bo‘lganligi   o‘zbek   tilida   ikki   unli ning   so‘z
tarkibida   yonma-yon   kelishini   orfoepik   va   orfografik   me’yorga
aylantirdi:   biologiya,   geometriya,   geologiya,   geodeziya   va   boshqalar.   Bu   hoi
arabcha   o‘zlashmalarda   (oila,   doir,   rais,   maorif,   saodat,   matbaa,
mutolaa   kabilarda)   ham   ikki   unlining   yonma-yon   talaffuz   qilinishi   va   yozilishini
me’yor darajasiga ko‘tardi.
4. Arab   tilidan   o‘zlashtirilgan   ta'na,   da’vo,   ma'no,   e’lon,   me’mor,
mo‘tabar   kabi   so‘zlarning   birinchi   bo‘g‘inidagi   unlilar   arabcha   «ayn»   tovuShi
ta’sirida bo‘g‘iz artikulatsiyasi bilan cho‘ziqroq talaffuz etiladi.
5. Rus   tilidan   o‘zlashgan   so‘zlarda   «i»   unlisi   o‘zbek   tilining   «i»
unlisidan   torroq   va   cho‘ziqroq   talaffuz   etiladi.   Qiyos   qiling:   tish   (o‘zb.)
—   tip   >   ti:p   (rus.), //’/(o‘zb.) -   tir>   //./-(rus.) kabi.
6. Rus   tilidan   o‘zlashtirilgan   ko‘p   bo‘g‘inli   so‘zlarning   urg‘usiz   ochiq
bo‘g‘inidagi   «i»   o‘zbekcha   «i»   dan   torroq   va   cho‘ziqroq   talaffuz   etiladi.   Qiyos
qiling:   bilan   (o‘zb.) —   bilet ( rus.),   kinoya   (o‘zb.) —   kino   (rus.) kabi.
7. Rus   tili   orqali   o‘zlashtirilgan   so‘zlarning   so‘nggi   ochiq,   urg‘uli
bo‘g‘inida   «i»   unlisi   o‘zbekcha   «i»dan   tor   va   cho‘ziq   talaffuz   etiladi.   Qiyos
qiling:   maxsi   (o‘zb.)   —   taksi   (rus.),   tepki   (o‘zb.)   —   konki   (rus.)   kabi.   Urg‘uli
bo‘g‘inning   boshqa   tiplarida   (yopiq,   to‘la   yopiq   bo‘g‘inlarda)   ham   ruscha   «i»
o‘zbekcha   «i»dan   cho‘ziqroq   va   torroq   talaffuz   qilinadi.   Qiyos   qiling:   met
in   (o‘zb.)   —   nikotin   >   nikot'v.n   (rus.),   ovsin   (o‘zb.)   —   ape/sin   >   apelsim   (rus)
kabi.
8. Rus   tilidan   o‘zlashtirilgan   bir   bo‘g‘inli   so‘zlarda   «u»   unlisi   o‘zbek
tHidagi   «u»dan  cho‘ziqroq  va   kuchliroq  talaffuz   etiladi.  Qiyos  qiling:   dud   (o‘zb.)
—   dub   >   du:b   (rus),   pul   (o‘zb.)     puls   >   puds   (rus.),   tush   (o‘zb.)     tush   >   tir.sh   (rus.)
kabi.
9. Rus   tilidan   o‘zlashtirilgan   ko‘p   bo‘g‘inli   so‘zlarning   urg‘uli
bo‘g‘inida   «u»   unlisi   o‘zbek   tilidagi   «u»dan   ancha   cho‘ziq   va   biroz   yo‘g‘onroq talaffuz   etiladi.   Qiyos   qiling:   bu-
da   (o‘zb.)   —   budka   (rus.),   mangu   (o‘zb.)   —   mangusta   (rus.),   mavzu   (o‘zb   <   arab.)  
—   meduza   (rus.) kabi.
10. Rus   tilidan   o‘z!ashtirilgan   ko‘p   bo‘g‘inli   so‘zlarning   ürg‘usiz
bo‘g‘inidagi «u» qisqa talaffuz qilinadi, ammo o‘zbek tilidagi «u» ayni shu fonetik
pozitsiyada   ruscha   «u»dan   ham   qisqaroq   bo‘ladi.   Qiyos
qiling:   dushman   >   dbshmen   (o‘zb.)   —   turbina   (rus.),   muzday   >   mhzday   (o‘zb.)
—   muzey   (rus) kabi.
11. So‘z   boshidagi   berkitilmagan,   urg‘usiz   bo‘g‘inda   «u»   unlisi   ruscha
so‘zlarda   yo‘g‘onroq,   o‘zbekcha   so‘zlarda   ingichkaroq   (yumshoqroq)   talaffuz
etiladi.   Qiyos   qiling:   uklad   (rus.)   —   uxlamoq   (o‘zb.),   uzual   (rus.)   —   uzum   (o‘zb.)
kabi.
12. Ruscha   leksik   o‘zlashmalarda   «u»   unlisi   yumshoq   undoshdan   so‘ng
o‘ta   ingichka   (old   qator   unli   tarzida),   qattiq   undoshdan   so‘ng   esa   yo‘g‘on   (orqa
qator   unli   tarzida)   talaffuz   qilinadi.   Qiyos   qiling:   abajur   va   manikur   (aöaMyp
ea   Manuiaop),   ultimatum   va   kastum   (yribmuMamyM   ea   KocmioM),   plug
va   salut   (nrtye   ea   can   tom)   kabi.   Rus   tilidan   o‘zlashtirilgan   so‘zlarda   yumshoq
undoshdan keyin kelgan «u» o‘zbekcha «u» dan ham ingichkaroq va yumshoqroq
talaffuz etiladi.  Qiyos qiling:   burro   (o‘zb.) —   byuro   (rus.) kabi.
13. Ruscha   leksik   o‘zlashmalarning   urg‘usiz   bo‘g‘inidagi   «e»   unlisi
o‘zbekcha   «e»   dan   ancha   tor   («i»   ga   yaqin)   talaffuz   etiladi:   telefon   >   tilifon,
televizor   >   tiliviz.br, adres   >   adris   kabi.
14. Rus   tili   orqali   o‘zlashgan   so‘zlarda   «a»   unlisi   o‘zbekcha   «a»   dan
yo‘g‘onroq talaffuz etiladi.  Qiyos qiling:   kana   (o‘zb.) —   kanal   (rus.) kabi.
15. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlardagi o‘rta keng, lablangan «o» unlisi
urg‘uli   bo‘g‘inda   o‘zbek   tilidagi   o‘rta   keng,   lablangan   «o‘»   dan   kengroq   talaffuz
etiladi.   Qiyos   qiling:   ton   (rus.)   —   to‘n   (o‘zb.),   tok   (rus.)   —   to‘k   (o‘zb.),   tort   (rus.)
—   to‘rt   (o‘zb.)   kabi.   Urg‘usiz   bo‘g‘inda   esa   ruscha   «o»   reduksiyaga   uchrab,   o‘ta
kuchsizlanadi   va   «qisqa   «i»   yoki   «a»   tarzida   talaffuz   qilinadi:   traktor   >   tbraktbr,
samolyot > samalyot   kabi. 16. Jonli tilda «r» bilan boshlangan arabcha, forscha va ruscha so‘zlarning
boshida bir  «o‘» tovushining  orttirilishi  ancha keng tarqalgan:   ro‘za   >   o‘raza ,   rus
>   o‘ris ,   ro‘mol   >   o‘ramol   kabi.   Adabiy   talaffuz   me’yori   sifatida   ro‘za,   rus,
ro‘mol shakllari saralangan.
17. Rus   tilidan   o‘zlashtirilgan   so‘zlarning   oxirida   lab-tish   «v»   undoshi
jarangsiz   «f»   tarzida   talaffuz   qilinadi:   aktiv   >   aktif   passiv   >   passif   ustav>   ustaf
kursiv   >   kursif   kabi;   «v»   ning   jarangsizlanishi   so‘z   ichidagi   assimilativ   holatda
ham   yuz   beradi:   avtomat   >   aftomat,   stavka   >   stafka   kabi.   Bunday   talaffuz   adabiy
til uchun me’yor sanaladi, ammo o‘zbek tilining o‘z so‘zlarida qo‘llanadigan lab-
lab   «v»   undoshi   so‘z   oxirida   ham,   jarangsiz   undosh   ta’sirida   ham   «f»   ga
o‘tmaydi:   ov, birov, ovqat, shavkat   kabi.  (Bu holat ham orfoepik me’yor sanaladi).
18. Rus   tilidan   o‘zlashtirilgan   so‘zlarning   ko‘pchiligida   urg‘u   erkin
bo‘ladi,   bu   hoi   o‘zbek   adabiy   tili   va   talaffuziga   ham   singib   bormoqda:   atlas,
trolleybus, tramvay   kabi.
19. O‘zbek tilidagi urg‘u asosan so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi, ammo
ayrirn   o‘zlashgan   so‘zlarda   urg‘u   so‘zning   oldingi   bo‘g‘inlarida   bo‘lishi   ham
mumkin:   hamma,   jami,   hamisha,   afsuski   kabi.   Bunday   holatlardan   xabardor
bo‘lish adabiy talaffuz me’yorlariga amal qilish imkonini beradi.
Bob bo‘yicha xulosa
1.   Boshlang‘ich   sinflarda   ona   tili   o‘qitish   jarayonida   ko‘nikma   va   malaka
hosil   qiluvchi   talaffuz   mashqlaridan   samarali   foydalanish,   shug‘illantiruvchi,
takrorga   asoslangan   talaffuz   mashqlarigina   o‘zbek   tiliga   xos   tovushlarni   to‘g‘ri
ayta olishga o‘rgatadi.
2.   Mashq   –   nutqiy   ko'nikmalarini   hosil   qilish   yoki   takomillashtirish   va
malakalarini rivojlantirish maqsadida til (nutq) mashqlari yoki harakatlarni maxsus
tashkil   etilgan   holda   takroran   bajarish   mumkin.   Mashq   o'quv   vositalari   toifasiga
mos ravishda, ya'ni ularning ierarxiyasidagi eng past qadam sifatida ko'rib chiqilsa,
o'qituvchi   va   o'quvchilar   faoliyatini   boshqarish   vazifasini   va   ularning   o'zaro
munosabatlarini bajarishga muayyan sharoit yaratadi. 3. Mashq   o'quvchilarning   faolligini   ta'minlaydi,   uni   amalda
modellashtiradi.   Ularning   ehtiyojlari   sohasiga,   bilim,   ko'nikma   va   malakalariga
murojaat qilishi, ularning aniq bajarilishini ta'minlashi lozim.
4.   O‘qishni   muvaffaqiyatli   egallashlari   uchun   o‘quvchilarning   idroki,
xotirasi,   tafakkuri   va   nutqini   o‘stirishga   katta   e’tibor   berish   kerak.   Savod
o‘rgatishda   fonematik   eshitish   qobiliyatlarini   o‘stirishga,   ya’ni   tovushni   aniq
talaffuz   qilishga,   boshqa   tovushlardan   farqlashga   o‘rgatish,   bo‘g‘in   yoki   so‘zdan
o‘sha   tovushni   ajrata   olish   ko‘nikmasini   o‘stirish   muhim   sanaladi.   Fonematik
eshitish   imloviy   malakani   hosil   qilishning   muhim   shartidir.   SHu   bois   savod
o‘rgatish davrida eshitish idrokini o‘stirish uchun ham maxsus xilma-xil mashqlar
o‘tkazib borish maqsadga muvofiqdir.
                                        XULOSA 
1.   Boshlang‘ich   sinfdan   boshlab   o‘quvchilarga   adabiy   talaffuz
ko‘nikmalarini   o‘rgatish   kelajakda   ular   nutqining   ravon   va   ta’sircha   bo‘lishini
ta’minlaydi,   shuningdek,   yozma   nutqidagi   kamchiliklarni   ham   bartaraf   etishga
yordam beradi.
2.   Boshlang‘ich   ta’limda   savod   o‘rgatish   darslarining   asosiy   maqsadi
o‘quvchilar   nutqini   rivojlantirish,   til   va   tafakkur   qobiliyatlarini   shakllantirishdan
iborat.   Inson   faoliyatining   tarixan     shakllangan   mazmuni   gap   shaklida
umumlashtirgan   holda,   uni   bayon   etish   va   o‘zlashtirishda   nutqning   ham   ishtirok
etishi   birinchi   navbatda   turadi.   Shunday   ekan   boshlang‘ich   sinfda   talaffuz
mashqlarini   ishlab   chiqish   va   uni   amaliyotga   joriy   etish,   o‘quvchilar   og‘zaki
nutqini   rivojlantirish   yoki   unga   to‘sqinlik   qiluvchi   kuchlarni   aniqlash,   ushbu
jarayonda,   aniq   maqsadni   ko‘zlagan   holda   pedagogik   ta’sir   ko‘rsatish   asosiy
mezon hisoblanadi.
3.   Boshlang‘ich   sinf   talaffuz   mashqlari   ishlab   chiqishda,   talaffuz
mashg‘ulotlari   o‘quvchilarga   faqatgina   sayqallangan,   ravon   nutqni   egallash
yo‘llarini   emas,   balki   undan   foydalanish   madaniyati   va   mahoratini   ham   o‘rgatib
boradi.   O‘quvchi   nutqini   ravojlantirish   murakkab   jarayon   bo‘lib,   unda   barcha
imkoniyatlar   to‘laligicha   ishga   solinsa,   og‘zaki   va   yozma   ravishda   to‘g‘ri,
jozibador,   ravon   ifodalashga   o‘rgatish   osonlashadi.   Natijada   esa   o‘quvchi   nutqini
rivojlantirishga keng yo‘l ochiladi. Boshlang‘ich sinfda talaffuz mashqlarini ishlab
chiqish   jarayonida   o‘quvchi   nutqiga   qo‘yiladigan   bir   qancha   talablar   mavjud
bo‘lib,   ular   quyidagilardan   iborat.   O‘quvchilar   nutqini   rivojlantirish   yuqori darajadagi   tayyorgarlikni,   foydalaniladigan   innovatsion   pedagogik
texnologiyalarning xilma-xil va o‘quvchiga qiziqarli bo‘lishini talab etadi. Talaffuz
mashqlarini   o‘qitishda   pedagogik   texnologiyalarning   turli   xil   bir-birini
takrorlanmaydigan   bo‘lishi   o‘quvchilarning   faolligini   oshiradi,   lug‘atini   yangi   –
yangi   so‘zlar   bilan   boyitadi,   o‘quvchida   bog‘lanishli   nutq   malakalarini   yuqori
darajada rivojlantiradi va shu darsga nisbatan qiziqishini yanada oshiradi. 
4.   Boshlang‘ich   sinflarda   talaffuz   mashqlarini   ishlab   chiqishda,   savod
o‘rgatish darslari  va o‘qish darslari  katta ahamiyatga  ega. Ma’lumki,boshlang‘ich
sinflarda   alifbo   davri   bo‘lib,   unda   o‘quvchilar   alifbodagi   barcha   unli   va   undosh
tovush-harflar   bilan   tanishtiriladi.   O‘quvchilarning   tovush-harflarni   yaxshi
tushunishlari,   elementar   o‘qishni   muvaffaqiyatli   egallashlari   uchun   bo‘g‘inga
bo‘lish,   so‘zlar   tarkibidagi   bo‘g‘in  chegarasini   aniqlash,   bo‘g‘indan  esa,   tovushni
ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo‘g‘in tuzish va
o‘qish,   bo‘g‘in-tovush,   tovush-harf   tahlili   kabi   mashqlardan   foydalaniladi.   So‘z
tarkibidagi   tovushlarni   ajratish   va   uni   to‘g‘ri   va   ravon   talaffuz   qilish   mashqida
o‘quvchilarga   yangi   tovush   hamda   uning   yozuvdagi   belgisini   ya’ni,   harf
ko‘rinishlarini   o‘rgatishda,   mustahkamlash   mashqlarida,   albatta,   analiz-   sintez
metodidan  foydalaniladi.   Bu   usul   savod   o‘rganayotgan   o‘quvchilarning  o‘qish   va
yozish   malakalarining   ongli   ravishda   o‘zlashtirishga   imkoniyat   yaratadi.   Analiz-
sintez   tovush   metodi   nutq   haqida,   nutqning   gaplardan,   gaplarning   so‘zlardan,
so‘zlarning   bo‘g‘inlardan,bo‘g‘inlarning   tovushlardan   tuzilishini   o‘rgatishda,
so‘zdan o‘rganilayotgan tovushlarni ajratib olish, uni o‘rganilgan harflarga qo‘shib
o‘qishga o‘rgatishda amal qiladi.
5.   Demak,   boshlang‘ich   ta’limning   asosiy   vazifalardan   biri   o‘quvchilar
nutqini o‘stirishdir va adabiy talaffuzini shakllantirish kerak bo‘ladi. Buning uchun
savod   o‘rgatish   davrida   o‘quvchilarning   talaffuzi   ustida   ishlash   katta   ahamiyatga
egadir,   chunki   maktabga   ilk   qadam   qo‘ygan   bolaning   talaffuzida   kamchiliklar
bo‘ladi.   Bunday   holatda,   bir   tovush   o‘rniga   boshqasini   talaffuz   qilish,   so‘zdagi
ayrim   tovushni   talaffuz   jarayonida   tushirib   qoldirish   yoki   bir   tovushni   orttirib
talaffuz   qilish   kabi   holatlari   uchrab   turadi.   Savod   o‘rgatish   jarayonida   o‘quvchi yuqoridagi   xato   va   kamchiliklarga   yo‘l   qo‘yganda,   shu   zahoti   o‘qituvchi
o‘quvchining   kamchiliklarini   to‘g‘rilab   borishi   va   qo‘shimcha   talaffuz   mashqlari
asosida   bunday   o‘quvchilar   bilan   alohida   shug‘ullanishi   maqsadga   muvofiq
bo‘ladi.   O‘quvchilarga   tovush   va   harfni   tanishtirish,   ularda   to‘g‘ri   talaffuzni
shakllantirish orqali, ongli ravishda ifodali o‘qish, tildagi lug‘at boyligini oshirish,
bog‘lanishli   nutqini   o‘stirish,   mavhum   tafakkurini   bosqichma   bosqich
shakllantirish,   eshitish,   qabul   qilish   sezgisini   o‘stirishda   ham   savod   o‘rgatish   va
o‘qish   darslaridagi   yangi   pedagogik   texnologiyalardan   unumli   foydalanish
o‘quvchining   o‘tilayotgan   darsga   nisbatan   bilim   va   ko‘nikmalarini   oshirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Boshlang‘ich   sinflarda   ona   tili   o‘qitish   jarayonida   ko‘nikma   va   malaka   hosil
qiluvchi   talaffuz   mashqlaridan   samarali   foydalanish,   shug‘illantiruvchi,   takrorga
asoslangan talaffuz mashqlarigina o‘zbek tiliga xos tovushlarni to‘g‘ri ayta olishga
o‘rgatadi.
6.   Mashq   –   nutqiy   ko'nikmalarini   hosil   qilish   yoki   takomillashtirish   va
malakalarini rivojlantirish maqsadida til (nutq) mashqlari yoki harakatlarni maxsus
tashkil   etilgan   holda   takroran   bajarish   mumkin.   Mashq   o'quv   vositalari   toifasiga
mos ravishda, ya'ni ularning ierarxiyasidagi eng past qadam sifatida ko'rib chiqilsa,
o'qituvchi   va   o'quvchilar   faoliyatini   boshqarish   vazifasini   va   ularning   o'zaro
munosabatlarini bajarishga muayyan sharoit yaratadi.
7.   Mashq   o'quvchilarning   faolligini   ta'minlaydi,   uni   amalda
modellashtiradi.   Ularning   ehtiyojlari   sohasiga,   bilim,   ko'nikma   va   malakalariga
murojaat   qilishi,   ularning   aniq   bajarilishini   ta'minlashi   lozim.   O‘qishni
muvaffaqiyatli   egallashlari   uchun   o‘quvchilarning   idroki,   xotirasi,   tafakkuri   va
nutqini o‘stirishga katta e’tibor berish kerak. Savod o‘rgatishda fonematik eshitish
qobiliyatlarini   o‘stirishga,   ya’ni   tovushni   aniq   talaffuz   qilishga,   boshqa
tovushlardan farqlashga o‘rgatish, bo‘g‘in yoki so‘zdan o‘sha tovushni ajrata olish
ko‘nikmasini o‘stirish muhim sanaladi. Fonematik eshitish imloviy malakani hosil
qilishning   muhim   shartidir.   SHu   bois   savod   o‘rgatish   davrida   eshitish   idrokini o‘stirish   uchun   ham   maxsus   xilma-xil   mashqlar   o‘tkazib   borish   maqsadga
muvofiqdir.
FOYDALANILGAN    ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.   Mirziyoyev   Sh.   Erkin   va   farovon   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. –T.: O‘zbekiston, 2016.–14 b. 
2.   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “   Umumiy   o‘rta   va
o‘rta   maxsus   kasb-hunar   ta’limining   davlat   ta’lim   standartlarini   tasdiqlash
to‘g‘risida”gi Qarori.O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2017-yil,
14-son.
3.   Barkamol   avlod   –   O‘zbekiston   taraqqiyotining   poydevori   //
I.A.Karimovning     O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlis   9-sessiyasida   so‘zlagan
nutqi, 1997-yil 29-avgust.–Ma’rifat-madadkor, 2002. – 62 b.
4.   G‘ulomov   A.,   Ne’matov   H.   Ona   tili   ta’limi   mazmuni.   Ona   tili
o‘qituvchilari uchun qo‘llanma. – T.: O‘qituvchi, 1995.- 128 b. 
5.   G‘ofir   Hamroyev.   Umumiy   o‘rta   ta’lim   tizimida   fonetikaga   doir   o‘quv
materiallarining   metodik   ta’minotini   takomillashtirish.(PhD)   Dissertatsiyasi.
Samarqand – 2019.– 13 b.
7.   Roziqov O., Mahmudov M., Adizov B., Hamroyev A. Ona tili didaktikasi. 
–Toshkent “Yangi asr avlodi” 2005. 18-bet.
8.    
Jamolxonov.   H.     Hozirgi   o‘zbek     adabiy     tili.   131-bet.     Toshkent   –   “
Talqin” 2005 9.  Fuzailov S. M. Xudoybеrganova Sh., Yo‘ldoshevalarning 3-sinf “Ona tili” 
darsligi. Toshkent. O‘qituvchi, 2019.
10. Tursunov U., Muxtorov A., Rahmatullayev   SH.   Hozirgi  o‘zbek adabiy
tili. – T.:O‘zbekiston, 1992.–19 b.
11.   G’ulomov   Y.,   Rasulov   I.,   Rustamov   H.,   Mirzaahmedov   B.   Ona   tili
o’qitish metodikasi. Toshkent “VNESHINVESTPROM”, 2019.  126-bet.
12.   H.   Jamolxonov.   Hozirgi   o‘zbek     adabiy     tili.   131-bet.     Toshkent   –   “
Talqin” 2005
13. O‘zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
14.   S.Jalilov   “O‘qituvchi   nutq   madaniyati   “   fani   bo‘yicha   o‘quv   metodik
majmua.     Nukus – 2012
15. Rahmatullayev Sh. “ Hozirgi o‘zbek adabiy tili ”.Toshkent “Universitet “
– 2006. 
16.   Saidov M. O‘zbek maktablarining 5-sinflarida ona tili  ta’limi  jarayonida
tafakkurni   rivojlantiruvchi   o‘quv   topshiriqlari   va   ulardan   foydalanish   metodikasi:
ped. fan. nom-di dissertatsiya. avtoref.TDPU. –Toshkent, 2000. – 81 b.
17.Saidov   M.   O‘zbek   maktablarining   5-sinflarida   ona   tili   ta’limi   jarayonida
tafakkurni   rivojlantiruvchi   o‘quv   topshiriqlari   va   ulardan   foydalanish   metodikasi:
ped. fan. nom-di dissertatsiya. avtoref.TDPU. –Toshkent, 2000. –84 b.
18. K.Qosimova, S. Matchonov, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva, Sh. Sariyev
ONA  TILI  O‘QITISH  METODIKASI  Toshkent – “ Nosir” nashriyoti  2009.
19.G‘ofir   Hamroyev.   Umumiy   o‘rta   ta’lim   tizimida   fonetikaga   doir   o‘quv
materiallarining   metodik   ta’minotini   takomillashtirish.(PhD)   Dissertatsiyasi.
Samarqand – 2019.
20.G‘ofir   Hamroyev.   Umumiy   o‘rta   ta’lim   tizimida   fonetikaga   doir   o‘quv
materiallarining   metodik   ta’minotini   takomillashtirish.(PhD)   Dissertatsiyasi.
Samarqand – 2019– 44,45,46 b.   21.Azimova I., K.Mavlonova va b. Ona tili va o‘qish savodxonligi 1-qism. 1-
sinf uchun darslik  T. – 2021
22. Azimova I., K.Mavlonova va b. Ona tili va o‘qish savodxonligi 1-qism. 2-
sinf uchun darslik T. – 2021
23.G‘aniyev   T.   Ona   tili   bo‘yicha   mashqlar   bajarish   jarayonida
o‘quvchilarning   bilim   faoliyatini   faollashtirish.   Ped.   Fanlari   nomzodi
dissertatsiyasi.–T.,1991.–12 B. 
24.   Рубинштейн   С . Л .   Основы   общей   психологии :   В 2- х   т .   –   М :
Педагогика , 1989. т . 1. – 488  с .
28.   Мальцева   К.В   и   Смелковой   З. C .     Методика   обьяснитьного   и
литературног  чтения  в насиональной школе / Под ред. –  М.: Просвещение,
1978. –  262  c .
29.  Сафарова Р. Миллий тикланиш шароитида Ўзбекистон мактабларида
она тили таълими назарияси ва амалиёти. Пед. фан. док-ри. дисс. – Т., 1998. –
252 б.
30. Тошев И. Умумтаълим мактабларида қўшма гапнинг янгича талқини.
Пед. фан. ном-ди дисс. автореф. –  Тошкент: ТДПИ,  1999. – 20 б.
31 . Юсупова Ш. Она тили таълими самарадорлигини   ошириш ва илғор
педагогик   технологияларни   жорий   этиш.   Пед.   фан.   ном-ди   дисс. –   Тошкент:
ТДПИ,  1 9 9 8 .   –   1 3 7   б .
  32 .   Юсупова   Ш.Ж.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тили   дарсларида   ўқувчилар
тафаккурини   ўстиришнинг   илмий-методик   асослари:   Пед.   фан.доктори...
дисс. –  Тошкент: ТДПИ,  2005. – 270 б. 
33.   Юлдашева   Н.   Умумий   ўрта   таълим   мактабларида   луғавий
синонимларни   янги   педагогик   технологиялар   асосида   ўқитиш   методикаси.
Пед.фан. номзоди дисс. – Т., 2002. –123 б. 34 .   Қурбонова   Х.   Она   тили   таълими   мазмунини   янгилашнинг
лингвометодик   асослари.   Пед.   фан.   ном.   дисс.   автореф.   –   Тошкент:   ТДПИ,
2005. – 25 б.
35.   Ғаниев   Т.   Она   тили   бўйича   машқлар   бажариш   жараёнида
ўқувчиларнинг   билим   фаолиятини   фаоллаштириш.   Пед.   фан.   ном.   дисс.
автореф. – Т., 1991. – 22 б.
36 . Ғуломов А. Ўзбек мактабларида она тили дарсларида ўқувчиларнинг
мустақил ишлари. Пед. фан. ном-ди дисс. –  Тошкент: ТДПИ,  1975.
37.   Мирзаев   И.К.     Филолог   –   ижодий   тафаккур   соҳибини   тайёрлаш
муаммолари.   Республика   илмий-амалий   конференция   материаллари.   –
Тошкент: ТДПУ, 2004. – 102–106-б.
38. Артемьева  С.С.  Характер  текста  используемого  на  этапе 
совершенствования  речевьх навиков// Иностраннье язьке в школе. –   1980. 
33 – 37 с.
39. Кипшиде Г.И. Вопрось развития связной русской речи учащихся 
грузинской школе на основе программньх художественньх текстов: Автореф.
дис. канд. пед. наук. –  М., – 1969. –  39 с.   
40.   Ғуломов   А.,   Неъматов   Ҳ.     Она   тили   таълими   мазмуни:   Она   тили
ўқитувчилари учун қўлланма. – Т.: Ўқитувчи, 1995. – 128 б.
41 .   Ғуломов   А.,   Маърупов   З.,   Шермуҳаммедов   Т.   Ўзбек   тили
грамматикаси.   II   қисм.   Синтаксис.   6-7   синфлар   учун   дарслик.   –   T:.
Ўздавнашр, 1949. – 146 б. 
42.   Ғуломов   А.   Она   тили   ўқитиш   принциплари   ва   методлари.   –   Т.:
Ўқитувчи, 1992. – 225 б.
43 .       Ғуломов   А.,   Қодиров   М.   Она   тили   ўқитиш   методикаси.   –   Т.,
Ўқитувчи, 2001. –   221 б.
44 .  Ғуломов А. Ўзбек тилида урғу. – Т.: ЎзМУ, 2009. – 80 б.  
45 .   Ғуломов А., Қобилова Б. Нутқ ўстириш машғулотлари. Ўқитувчилар
учун методик қўлланма. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. – 160 б. 46.   Ғозиев   Э.   Умумий   психология.   –   Т.:   Ўзбекистон   файласуфлари
жамияти нашрёти, 2010, – 423 б.
47.   Ҳусанбоева   Қ.   Адабий   таълим   жараёнида   ўқувчиларни   мустақил
фикрлашга   ўргатишнинг   илмий-методик   асослари.   Пед.   фан.   док-ри   дисс.   –
Тошкент: ТДПИ,   2006. – 262 б.

““ BOSHLANG‘ICH SINFLAR UCHUN TALAFFUZ MASHQLARI TIZIMINI ISHLAB CHIQISH USULLARI ” IBOB. ON А TILI D А RSL А RID А T А L А FFUZNI RIVOJL А NTIRUVCHI O‘QUV TOPSHIRIQL А RINI ISHLAB CHIQISH 1.1. Ona tili ta limida adabiy talaffuz ko‘nikmasini rivojlantirish pedagogikʼ muammo sifatida…………………………………………………………………… 1.2. Ona tili mashg ulotlarida adabiy talaffuzni shakllantiruvchi mashq va ʼ topshiriqlardan foydalanishning mavjud holati…………………………………….. 1.3. Boshlang‘ich sinflarda adabiy talaffuzni shakllantiruvchi mashq va topshiriqlar yaratishga tizimli yondashish…………………………………………. 1-bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………….. II BOB. BOSHL А NG‘ICH T А ’LIM ONA TILI DARSLARID А T А L А FFUZ M А SHQL А RID А N FOYD А L А NISH METODIK А SI 2.1. Ona tili ta’limida mashqlar tizimini ishlab chiqishning pedagogik, psixologik asoslari…………………………………………………………………. 2.2. Talaffuz mashqi va uning turlari………………………………………….. 2.3. Boshlang‘ich ona tili ta’limida innovatsion orfoepik mashqlar omillari. 2-bob bo‘yicha xulosa………………………………………………………… III BOB. TAKOMILLASHTIRILGAN TALAFFUZ MASHQLARINING AMALIYOTDA QO’LLANILISHI 3.1. O’tkazilgan tajriba sinov ishlarining mazmuni………………………….. 3.2. Tajriba sinov ishlarining natijalari………………………………………. 3-bob bo’yicha xulosa……………………………………………………….. UMUMIY XULOS А L А R ………………………………………………… FOYD А L А NILG А N А D А BIYOTL А R ………………………………….. ILOV А L А R …………………………………………………………………

KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati . Globallashuv jarayoni tezlashayotgan bir paytda tillarni asrash, ularni takomillashtirish va o‘qitish masalalari dolzarb bo‘lib bormoqda. Bugungi kunga kelib til ta limiga doir turliʼ interfaol usullar amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Har qanday tilning asosini uning tovushlar tizimi, ya ni orfoepiyasi tashkil qiladi. Boshqa rivojlangan xorijiy tillarni ʼ o‘qitishga doir ilmiy adabiyotlarda talaffuzga alohida e tibor beriladi va ta lim ʼ ʼ jarayonida orfoepik mashqlardan unumli foydalaniladi. Dunyo tajribasida talaffuz mashqlari bir bo‘lim yoki bir mavzu bilan tugab qolmaydi. Darsliklarda keltirilgan mashq turlari o‘quvchida to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarining osongina shakllanishiga olib keladi. Mamlakatmizda ham ona tili o‘qitish kompetensiyaviy yondashuvga asoslandi. А yniqsa, umumiy o‘rta ta limning boshlag‘ich tizimida orfoepiyaga doir ʼ o‘quv materiallari mazmunini takomillashtirish, o‘quvchilarda adabiy talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish, uning natijasida imloviy savodxonlikni oshirish bugungi kunda davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Orfoepiya o‘qitish orqali o‘quvchilarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Zero, “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z ʼ tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” – deb ta kidlanishi ona tili ta limi oldiga mamlakatimiz ʼ ʼ yoshlarini o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda erkin hamda savodli bayon qila oladigan mustaqil fikr sohiblari etib tarbiyalashdek dolzarb vazifalarni qo yadi. ʼ

Shu ma noda umumiy o‘rta ta lim tizimida fonetika o‘qitish orqali o‘quvchilardaʼ ʼ nutqiy hamda lingvistik kompetensiyalarni, xususan, adabiy talaffuz ko‘nikmasini to‘la shakllantirish, imloviy savodxonlikni rivojlantirish, so‘z boyligining oshishiga zamin yaratish va mustaqil fikrlashga o rgatish uchun fonetikaga doir ʼ o‘quv materiallarining metodik ta minotini takomillashtirish zarurati mavjud. ʼ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “ А lisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4797-son Farmoni, 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘limni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4958-son Farmoni, 2017-yil 20 apreldagi “Oliy ta lim tizimini yanada rivojlantirish chora- ʼ tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24- iyuldagi “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 571-son Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga, ʼ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabr kuni nihoyatda muhim bo‘lgan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son farmoni ijrosini ta minlashga ʼ hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me yoriy-huquqiy hujjatlarda ʼ belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Orfoepiyani o‘qitish masasalasi esa, juda kam o‘rganilgan mavzulardan hisoblanadi. Jumladan, H. Mirzohidova o‘zbek maktablarida fonetika o‘qitishni qirg‘iz tiliga qiyoslab, qardosh tillarga taqqoslab tushuntirishning qulayliklari haqida fikr yuritadi . A.Hamroyev ona tili ta'limida ta'lim oluvchining ijodiy faoliyatini loyihalashtirish muammosini tadqiq qilgan 1 . Bu borada metodist K.Mavlonovaning "ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integrasiyalab o'qitish metodikasini takomillashtirish" 1 Ҳамроев А.Р. Она тили таълимида ўқувчиларнинг ижодий фаолиятини лойиҳалаштириш. Педагогика фанлари доктори (Dsc) илм. даражасини олиш учун ёзилган дисс. – Тошкент, 2020. – 242 б.

mavzusidagi tadqiqot ishini alohida ta'kidlash lozim. Olim tomonidan ona tili ta'limining bugungi yondashuvlariga mos ravishda eng murakkab bo'lib to'rgan matn ustida ishlash, uni o'qiy olish, tushuna olish va, eng muhimi, matn yarata olish ko'nikmalarini adabiyot fani bilan integrasiya qilgan holda rivojlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, tadqiqot mavzusiga doir I.A.Allayorov, O.R.Roziqov, R.Ibragimov, B.R.Adizov, M.H.Mahmudov I.E.Davronovlar tomonidan ta'lim oluvchining o'quv-biluv faoliyatini rivojlantirish, uning faolligi va mustaqilligini tarbiyalash muammolari ham o'rganilgan 2 . Boshlang'ich sinflarda o'zbek tilini multimedia texnologiyalaridan foydalanib o'qitish tadqiqotning asosiy maqsadi hisoblanadi. O'zbek tilini o'qitish masalalari bir qator olimlarning ishlarida va tadqiqotlarida aks etgan. Jumladan, maktabgacha tarbiya muassasalarida o'zbek tilini o'rgatish masalasi L.Mirdjalalova [148], F.Kadirova [108], X.Asalov [38], K.Xoliqberdiev [217], R.Yuldashev [229], S.Nazarova [166], M.Rixsieva [189]larning tadqiqotlarida o'rganilgan. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'zbek tilini o'qitish maslalari F.Umarova [211], G.Ahrorova [47], D.Toshxo'jaeva [206], G.Muhamedjanova [156], G.Ahmedova [43]larning tadqiqotlarida aks etgan. M.Kamalova [110], N.Dadajonova [80], G.Kurbanova [127], L.Akramova [33], M.Qaraxodjaeva [247], S.Adilova [27], M.Jo'raev [93], N.Umarova [210], X.Muxitdinova [157], D.Fattaxova, G. Asilovalar [214] tadqiqotlarida esa oliy ta'lim muassasalarida va malaka oshirish kurslarida o'zbek tilini o'qitish masalalarini tadqiq qilganlar. 2 Мавлонова К. Она тили фанини адабиёт фани билан бадиий матн орқали интеграциялаб ўқитиш методикасини такомиллаштириш Пед. фанл. бўйича фал. док. ( PhD ) илм. дараж. олиш учун ёзилган дисс. автореферати. – Т.: 20 19 . – 2 2 б. Аллаёров И.А. Дидактические основы активного обучения. Автореф. дисс. ... докт. пед. наук. – Т.: 1994. – 44 с.; .; Розыков О. Основы оптимального применения системы учебных задач в обучении. –М.: Ўқитувчи, 1981. – 103 с.; Ибрагимов Р. Бошланғич синф ўқувчилари билиш фаолиятини шакллантиришнинг дидактик асослари: Пед. фанл. докт. илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. –Тошкент: Қори Ниёзий номли ЎзПФИТИ, 2002. – 265 б.; Адизов Б.Р. Бошланғич таълимни ижодий ташкил этишнинг назарий асослари. Пед. фанл. докт. илм. дараж. олиш учун ёзилган дисс. – Т.: 2003. – 280 б.; Маҳмудов М.Ҳ. Таълимни дидактик лойиҳалашнинг назарий асослари. Пед. фанл. докт. илм. дараж. олиш учун ёзилган дисс. автореферати. – Т.: 2004. – 42 б.

M.Saidov o‘zining o‘zbek maktablarining 5-sinflarida ona tili ta limiʼ jarayonida tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari va ulardan foydalanish metodikasiga doir tadqiqot ishida ona tilining “Muqaddima”, “Leksika” bo‘limlari qatori “Orfoepiya” bo‘limini o‘qitish masalasiga ham qisman to‘xtalib o‘tgan. Unda til o‘qitish jarayonida, asosan, mashq va topshiriqlarni tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. А mmo orfoepiya o‘qitishning birlamchi vazifasi, ya ni adabiy talaffuzga o‘rgatish, talaffuz mashqlari, ʼ talaffuzning imloga ta siri kabilar e tibordan chetda qolgan. Mazkur tadqiqot ʼ ʼ boshlang‘ich sinflarda orfoepiyaga doir o‘quv materiallari mazmuni, usul va vositalarini takomillashtirish, o‘quvchilarda bugungi kunda dolzarb bo‘lib borayotgan adabiy talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasiga doir masalalar o‘rganilishi bilan ham ahamiyatlidir. Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta lim ʼ muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Ushbu tadqiqot Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasining tadqiqot rejasi asosida bajarilgan. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta limning boshlang‘ich tizimida ʼ adabiy talaffuzga doir o‘quv materiallarning metodik ta minotini ʼ takomillashtirishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: umumiy o‘rta ta lim tizimida orfoepiya o‘qitishning bugungi ahvolini ʼ o‘rganish va uning ona tili ta limida tutgan o‘rnini belgilash; ʼ boshlang‘ich sinf “Ona tili”darsliklardagi orfoepiyaga oid o‘quv materiallarining DTS hamda dastur talablariga mosligini qiyosiy o‘rganish, shuningdek, ularni o‘qitish bilan bog‘liq muammolarning sabablarini aniqlash va yechimlarini topishga harakat qilish; orfoepiyani o‘qitish orqali o‘quvchilarda adabiy talaffuzni shakllantirish, imloviy savodxonlikni, so‘z boyligini oshirib borishning mazmun, usul, vositalarini ishlab chiqishni takomillashtirish;