TALABALARNI MALAKAVIY AMALIYOTINI NAZORAT QILISHNING AXBOROT TIZIMINI ISHLAB CHIQISH
TALABALARNI MALAKAVIY AMALIYOTINI NAZORAT QILISHNING AXBOROT TIZIMINI ISHLAB CHIQISH MUNDARIJA Kirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3 I bob . Axborot tizimlarini ishlab chiqishning nazariy asoslari …… 7 1. Boshqaruv jarayonlarining axborot tizimi uchun ma’lumotlar bazasining asosiy tushunchalari ……………………………….. 7 2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida ma’lumotlar bazasini loyihalash ………………………………………………........….. 11 3. Ma’lumotlarning modellari va ma`lumotlar bazasini yaratish tizimlari. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ………………… 17 4. I-bob bo‘yicha xulosalar……………………………………….. 21 I I bob. Talabalarni malakaviy amaliyotini nazorat qilishning axborot tizimini loyihalash . …… ………….. ………. . . . . . …. 22 1. Tizimning ma’lumotlar bazasini yaratish vositalari. . . . . . . . … . . 22 2. Malakaviy amaliyot bo’yicha umumiy qoidalar ………………... 28 3. Talabalarni malakaviy amaliyotini nazorat qilish va monitoring qilish tizimining ma’lumotlar model…………… …………… …. 35 4 . 5 . Talabalar malakaviy amaliyotlarni boshqarish va monitoring qilish tizimining ma’lumotlar bazasini loyihalash … . . ................ 38 II-bob bo‘yicha xulosalar……………………………………….. 41 I II bob. Talabalar malakaviy amaliyotini boshqarish va monitoring qilish tizimi ning tav f sifi ……………….………………………. 42 1. Ta labalar malakaviy amaliyotini boshqarish va monitoring qilish tizimi ning tuzilmasi . …………………………………………………… 42 2. Talabalar malakaviy amaliyotini boshqarish va monitoring qilish tizimi hamda uning tafsifi. . . . . . ………………………............. 44 3. III-bob bo‘yicha xulosalar……………………………………….. 49 Xulosa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 50 Adabiyotlar ro‘yxati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 51 1
Ilovalar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 54 KIRIS H BMI ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi [1] . Unda belgilangan vazifalar sirasida ta’lim va fan sohasini rivojlantirish ham aloxida ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim tizimidagi boshqaruv jarayonlarni elektron hisoblash mashinalari yordamida avtomatlashtirish usullarini yaratish bugungi kunni asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi[1]. Jamiyatning barcha sohalari jadallik bilan rivojlanayotgan bir vaqtda axborot texnologiyalari ham barcha sohalarga jadallik bilan kirib bormoqda. Bugungi kunda ma’lumotlar oqimining ko‘pligi tufayli ularni qisqa vaqt ichida qayta ishlash muommosi ham ortib bormoqda. Ma’lumotlar oqimining ko‘pligi tufayli ularni qisqa vaqt ichida qayta ishlash uchun ma’lum bir sohaga oid muammoni hal qiladigan avtomatlashtirilgan tizimlar yaratish ta’lab etiladi[3]. Ushbu masalalarning dolzarbligi xususida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357 sonli qarori, hamda “O‘zbekiston Respublikasida “Elektron ta’lim milliy tarmog’ini yaratish” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ- 1740 sonli qarori va me’yoriy hujjatlarda alohida ta’kidlab o‘tilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda boshqaruv tizimlarini sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon andozalari darajasiga ko‘tarish, zamonaviy axborot texnologiyalarini yurtimizda keng joriy etish uslubini yaratish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Hozirgi globallashuv jarayonida boshqaruv 2
jarayonlariga avtomatlashtirilgan intellektual tizimlarni joriy qilish asosida ish samaradorligini oshirish mumkin. Zamonaviy axborotlar sistemasi, ma’lumotlar integrasiyasi konsepsiyasiga asoslangan katta xajmdagi ma’lumotlarni saqlash bilan tavsiflanadi va ko‘p sonli foydalanuvchilarning turli xildagi talablariga javob berishi kerak bo‘ladi. Axborot tizimi va axborot texnologiyasining avtomatlashtirilgan elementlarini qo‘llash va avtomatlashtirish asosida yangi axborot texnologiyasini yaratish avtomatlashtirish sistemalarini loyihalashtiruvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Yuqorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib talabalarni malakaviy amaliyotini nazorat qilishning axborot tizimini ishlab chiqish va avtomatlashtirish masalasi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu bitiruv ishining maqsadi talabalarni malakaviy amaliyotini nazorat qilishning axborot tizimini ishlab chiqish hisoblanadi. Tadqiqot obyekti va predmetining belgilanishi: Talabalarni malakaviy amaliyotini nazorat qilishning axborot tizimini ishlab chiqish va avtomatlashtirish ob’yekti, bo‘lim ish faoliyatini avtomatik tarzda boshqarishni tashkil etish model hamda algoritmlari tadqiqot predmeti hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi: Ishning maqsadi talabalarni malakaviy amaliyotini nazorat qilishning axborot tizimini ng algoritmi, modeli va ma’lumotlar bazasini yaratishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: Ishning maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim: - boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish mexanizmlarining model hamda algoritmlarini nazariy jihatdan tahlil qilish; - talabalarni ng malakaviy amaliyotini nazorat qilishning axborot tizimini ng ma’lumotlar bazasini loyihalash; - talabalarni ng malakaviy amaliyotini nazorat qilishning axborot tizimini loyihalash. - talabalarni ng malakaviy amaliyotini nazorat qilishning axborot tizimini ishlab chiqishdan iborat. 3
Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili: Ma’lumotlar bazasining tarkibiy qismlarini, ma’lumotlarning infologik va datalogik modellari bilan ishlash, ma’lumotlar bazasining fayl tizimini yaratish, ma’lumotlar bazasiga so‘rovlar bilan ishlov berish quyidagi asosiy adabiyotlardan tahlil qilib o‘rganildi: 1. Atkinson, Leon. A92 MySQL. Biblioteka professionala.: Per. s angl. — M.: Izdatelskiy dom "Vilyame", 2002. — 624 s.: 2. T. Konolli, K. Begg "Bazы dannыx: proektirovanie, realizatsiya i soprovojdenie" , Dialektika 2000 . 3. “Professional PHP Programming” Published by Wrox Press Ltd., USA. Web ilovali axborot tizimlarini yaratishda asosan Marxvida I.V. "Sozdanie Web-stranits: HTML, CSS, JavaScript" Minsk OOO "Novoe znanie", 2002 -352 s. adabiyotlar i dan foydalanildi. Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi: - ma’lumotlar bazalarini loyihalashda relyasion algebra va tarmoq texnologiyalaridan foydalanildi; - dastur client-server (mijoz-server) texnologiyasi asosida ishlab chiqildi; - ma’lumotlarni himoyalashda identifikasiyalash usulidan foydalanildi; - dastur foydalanuvchilarini guruhlarga ajratish va dasturdan foydalanish uchun avtorizatsiya tizimini qo‘llash texnologi yas idan foydalanildi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Dissertatsiya ishini bajarish natijasida yaratilgan ma’lumotlar bazasiga ko‘ra talabalarning malakaviy amaliyotini boshqarish va monitoring qilish bo‘yicha ma’lumotlarni yagona algoritm asosida qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minot yaratish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Talabalarning malakaviy amaliyotini boshqarish va monitoring qilishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqishda foydalanilgan model hamda algoritmlar ilmiy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: talabalarni malakaviy amaliyotini nazorat qilishning axborot tizimining ma’lumotlar bazasini infologik va datalogik modellari ishlab chiqildi; 4
talabalarni malakaviy amaliyotini nazorat qilishning axborot tizimini tuzilmaviy sxemasi va dasturiy majmuasi ishlab chiqildi. Bitiruv ishining tarkibining qisqacha tavsifi: Dissertatsiya ishi, kirish qismi, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati iborat. I- bob. Axborot tizimlarini ishlab chiqishning nazariy asoslari . Mazkur bobda avtomatlashtirilgan axborot tizimlarinining nazariy asoslari bo‘yicha ma’lumotlar bazasining asosiy tushunchalari, uni loyihalash jarayoni, yaratish usullari, avtomatlashtirilgan tizimlarning afzalliklari, tahrirlash uchun amaliy dastur ishlab chiqish vositasilari bayon etilgan. I I -bob. Talabalarni malakaviy amaliyotini nazorat qilishning axborot tizimini loyihalash . T alabalarni malakaviy amaliyotini nazorat qilishning axborot tizimi va jarayonni monitoring qilish tizimi ma’lumotlar bazasini loyixalash , ma’lumotlar bazasining infologik va datalogik modellarini ishlab chiqish hamda axborot tizimining modullari keltirilgan . III-bob. Talabalarni malakaviy amaliyotini nazorat qilishning axborot tizimini ishlab chiqish va tizimning tavfsifi . Mazkur bobda talabalarni malakaviy amaliyotini nazorat qilishning axborot tizimini dasturiy ta’minotining tavsifi , ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish, dasturiy ta’minotning mantiqiy strukturasi, dasturiy ta’minotning fizik jihatdan yaratilishi, dastur yordamida malakaviy amaliyotni boshqarish va monitoring qilishni amalga oshirish jarayoni keltirilgan. 5