logo

BOLALARNING ESHITIB TUSHUNISH KOʻNIKMASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Yuklangan vaqt:

20.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

354.5 KB
BOLALARNING ESHITIB TUSHUNISH KO NIKMASINIʻ
SHAKLLANTIRISH METODIKASI
MUNDARIJA
T/r Nomlanishi  Bet 
KIRISH 3
I BOB. BOG CHA TARBIYALANUVCHILARIDA ESHITIB 	
ʻ
TUSHUNISH KO NIKMASINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY 	
ʻ
ASOSLARI
1.1. Eshitib tushunish ko nikmasini shakllantirishning 	
ʻ pedagogik va
psixologik omillari 8
1.2. Til ga   oid   mashg ulotlarda
ʻ   tarbiyalanuvchi larning   eshitib
tushunish ko nikmasi	
ʻ ni shakllantirish imkoniyatlarining oldingi
va bugungi holati 22
Birinchi  bob bo yicha xulosa	
ʻ 34
II BOB.  MTT TARBIYALANUVCHILARINING ESHITIB
TUSHUNISH  KO NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI	
ʻ
2.1. Ona   tili   saboqlarida   eshitib   tushunish   ko nikmasini	
ʻ
shakllantirishga doir ta lim mazmunini takomillashtirish	
ʼ 35
2.2 . Bolalarning   eshitib   tushunish   ko nikmasini   shakllantirishda	
ʻ
didaktik metariallarga qo yiladigan talablar	
ʻ 43
Ikkinchi  bob bo yicha xulosa	
ʻ 48
UMUMIY XULOSALAR 50
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 53
KIRISH Mavzusining   dolzarbligi :   Respublikamizda   barcha   sohalarda
bo‘layotgani   kabi   davlat   tilining   o‘rni   va   nufuzini   oshirish   borasida   tub
o‘zgarishlar   amalga   oshirilmoqda.   Ta’lim   tizimiga,   xususan   o‘zbek   tilini
rivojlantirish,   davlat   tili   sifatidagi   mavqeyini   ko‘tarishga   qaratilgan   e’tibor
buning yorqin isbotidir.  
Prezidentimiz   Sh.M.Mirziyoyev   2019-yil   21-oktabrda   “O‘zbek   tilining
davlat   tili   sifatidagi   nufuzi   va   mavqeyini   tubdan   oshirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi   Farmonni   imzoladi.   Unga   ko‘ra   uch   oy   ichida   “Davlat   tili
haqida”gi   Qonunni   takomillashtirgan   holda   uning   yangi   tahrirdagi   loyihasi
ishlab chiqildi.
2019-yil   8-oktabrda   “O‘zbekiston   Respublikasi   oliy   ta’lim   tizimini
2030-yilgacha   rivojlantirish   konsepsiyasini   tasdiqlash   to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi 1
. Unda, ta’lim
sifatini   oshirish   maqsadida   xalqaro   tajribalarni   tahlil   qilish   orqali   oliy
ta’limning   ilg‘or   standartlarini   joriy   etish,   jumladan,   o‘quv   dasturlarida
nazariy   bilim   olishga   yo‘naltirilgan   ta’limdan   amaliy   ko‘nikmalarni
shakllantirishga   yo‘naltirilgan   ta’lim   tizimiga   bosqichma-bosqich   o‘tish,
ya’ni   ta’lim   mazmunini   sifat   jihatidan   yangi   bosqichga   ko‘tarish,   o‘qitish
metodikasini takomillashtirish nazarda tutilgan. 
Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat  tilini rivojlantirish departamenti
tashkil   etilib,   uning   asosiy   vazifasi   –   davlat   tilini   rivojlantirish,   davlat   tili
to‘g‘risidagi   qonun   hujjatlariga   rioya   etilishi   ustidan   monitoringni   amalga
oshirish etib belgilandi 2
. 
O zbekiston   Respublikasi   Maktabgacha   ta’lim   tashkilotlari   uchun   “Ilkʻ
qadam”   davlat   o quv   dasturi   ikkinchi   marta   takomillashtirilgan   holda   chop	
ʻ
1
  “O‘zbek   tilining   davlat   tili   sifatidagi   nufuzi   va   mavqeini   tubdan   oshirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmoni. Toshkent, 2019
2
  “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmoni. Toshkent, 2019.
2 etildi.   Dastur   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlari   direktor   va   mutaxassislarini
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Ilmiy kengashining
2021-yil   23-dekabrdagi   10-sonli   bayonnomasi,   O‘zbekiston   Respublikasi
Maktabgacha ta’lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2022-yil
4-fevraldagi   1-sonli   bayonnomasi   bilan   tasdiqlangan   va   nashr   qilish   uchun
tavsiya etilgan 3
. 
Bugungi kunda   bilimga asoslangan jamiyatda axborotni izlash, saralash
va   qabul   qilish,   tushunish   va   uni   tahlil   qilish,   tavsiflash,   tuzish   va   qayta
ishlash   muhim   aqliy   ko‘nikmalarni   egallashga   alohida   e’tibor   qaratilmoqda.
Bunday bilimlar bog chalarda berila boshlash kerak.ʻ
O‘z   fikrini   og‘zaki   va   yozma   shaklda   savodli   bayon   qila   oladigan,
mustaqil   shaxsiy   fikrga   ega,   dunyoqarashi   keng   bolani   tarbiyalash   ona   tili
ta’limining asosiy maqsadini belgilaydi.
Bolaning  til materiali va vositalarini nutqda qo‘llay bilish uchun yetarli
bilimlarni   o‘zlashtirishi,   muayyan   bir   xabarni   yoki   ma’lumotni   turli
shakllarda   bera   olish,   badiiy   asarlarni   anglash ,   ular   haqidagi   fikr-
mulohazasini og‘zaki shaklda to‘g‘ri bayon eta olish talab etiladi. 
Bugungi   kunda   bolalarda   til   ko‘nikmalarini   rivojlantirishning   o‘ziga
xos   metod   va   usullaridan   foydalangan   holda   ta’lim   sifatini   shakllantirish
mumkin.   Shu   singari   bolalarda   eshitib   tushunish   malakasini   rivojlantirish,
ularning   nutqni   qabul   qilishlaridagi   to‘siq   va   kamchiliklarni   bartaraf   etish
borasidagi   yangi   usul   va   metodlarni   ishlab   chiqish   mavzuning   dolzarbligini
belgilaydi.  
Bitiruv   malakaviy   ishining   obyekti   va   predmeti   Tadqiqotni   amalga
oshirishda bolalarning eshitib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish jarayoni
tadqiqot   obyekti   qilib   olindi.   Bolalarning   eshitib   tushunish   ko‘nikmalarini
3
  “Ilk qadam” davlat o quv dasturi. – Toshkent, 2022.	
ʻ
3 shakllantirishning metodik usullari, tahlillari, natijalari va  tavsiyalarini ishlab
chiqish  tadqiqot predmetini  belgilab beradi.  
Bitiruv   malakaviy   ishining   maqsadi   va   vazifalari.   Bolalarning
eshitib tushunish ko‘nikmasini  metodikasini takomillashtirishdan iborat.  
Ushbu maqsad asosida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
– eshitib tushunishga oid ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish;
– eshitib   tushunish   bo‘ yicha   ishlab   chiqilgan   metod   va   usullarning
mazmun-mohiyati,   uning   ta’limdagi   ahamiyatini   muayyan   misollar   bilan
tizimlashtirish ;
–   bolalarda   eshitib   tushunish   bo‘ yicha   tatbiq   etilgan   o‘qitish   usullarini
boshqa o‘qitish usullaridan farqliligi va o‘ziga xosligini ko‘rsatib berish ;
Bitiruv  malakaviy  ishining   ilmiy  yangiligi.   Mazkur  tadqiqotda  badiiy
matnlarni   eshitib   tushunish   ko‘nikmasini   rivojlantirishga   qaratilgan
topshiriqlar   va   ular   bilan   bog‘liq   muammolar   o‘rganib   chiqilgan   va   shu
asosida eshitib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan topshiriqlar
va ularning samarali usullari ishlab chiqilgan.
Bitiruv   malakaviy   ishining   asosiy   masalalari   va   farazlari.
Maktabgacha   ta’lim   tashkilotlari   tarbiyalanuvchida   hayotiy   muhim
ko‘nikmalardan   biri   bo‘lgan   eshitib   tushunish   ko‘nikmasini   shakllantirishda
zamonaviy   usullardan,   pedagogik   texnologiyalardan   foydalangan   holda
mashq va topshiriqlar ishlab chiqilsa, ularning kompetentligini oshirishlarida
yuqori natijaga erishishlari nazarda tutilgan.
Muammoning   ishlanganlik   darajasi   va   adabiyotlar   tahlili .   Ona   tili
ta’limida   til   ko‘nikmalaridan   biri   bo‘lgan   eshitib   tushunish   ko‘nikmasini
rivojlantirishning   ilmiy   asoslari   yetarli   darajada   o‘rganilmagan   va   shuning
uchun hozir ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. 
O.Roziqovning   “Ona   tili   didaktikasi”,   K.Qosimova,   S.Matchonov   va
boshqalarning   “Ona   tili   o‘qitish   metodikasi”,     A.Ko‘chiboyevning   “Xorijiy
4 tillarga   o‘rgatishning   kommunikativ   metodikasi”,   J.Jalolovning   “Chet   tili
o‘qitish   metodikasi”,   R.Zaripovaning   “Chet   tillar   o‘qitish   metodikasi”,
O‘.Hoshimov,   I.Yoqubovlarning   “Ingliz   tili   o‘qitish   metodikasi,
I.Azimovaning   “O‘zbek   tilidagi   gazeta   matnlari   mazmuniy   persepsiyasining
psixolingvistik   tadqiqi”   (monografiya),   K.Mavlonovaning   “Ona   tili   fanini
adabiyot   fani   bilan   badiiy   matn   orqali   integratsiyalab   o‘qitish   metodikasini
takomillashtirish”   (dissertatsiya),   bir   nechta   metodik   qo‘llanmalarda   til
ko‘nikmalarini   rivojlantirish,   jumladan   bolalarning   eshitib   tushunish
ko‘nikmasinini shakllantirish ilmiy jihatdan o‘rganilgan.
Xorij tilshunos olimlari D.Nunan “The importance of teaching listening
and   speaking   skills’’,   “Listening   in   language   Learning»,   Pourhpossein
Gilakjani   va   Ahmadi   M.R.   «A   study   of   factors   Affecting   EFL
Learners’English   Listening   Comprehension   and   the   Strategies   for
Improvement», Vilmante Liubiniene «Developing Listening Skills in CLIL»,
Tony   Lynch   and   Kenneth   Anderson   «Effectivs   english   learning»,   Brown
H.D.   «Principles   of   Language   Learning   and   teaching»,   Goh   C.C.   «A
Cognitive   Perspective   on   Language   Learners’   Listening   Comprehension
Problems»,   O‘.Malley,   J.M.Chamot,   Kupper   L.   «Listening   Comprehension
Strategies in Second Language Acquisition» mavzusida tadqiqot olib borgan.
Yuqoridagi kabi ilmiy ishlar bilan tanishish natijasida  shu mavzu bilan
bog‘liq metodik muammolarni o‘rganish zarurati tug‘ildi. 
Bitiruv   malakaviy   ishining   metodologik   usul   va   metodlari.
Mavzuga   oid   nazariy   va   metodik   adabiyotlarni   o‘rganish,   muloqot
jarayonlarni   kuzatish,   ayrim   nazorat   va   tajriba   ishlarini   o‘rganish,   bolalar
bilan suhbatlashish, og zaki so‘rovnomalar o‘tkazish.ʻ
Ishning  tuzilish tartibi.   Tadqiqot kirish, ikki bob, to rtta	
ʻ   fasl, xulosa,
foydalanilgan   adabiyotlar   ro yxatini   o‘z   ichiga   oladi,   57     sahifani   tashkil	
ʻ
etadi.
5 I BOB. BOG CHA TARBIYALANUVCHILARIDA ESHITIBʻ
TUSHUNISH KO NIKMASINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY
ʻ
ASOSLARI
6 1.1. Eshitib tushunish ko nikmasini shakllantirishning ʻ pedagogik va
psixologik omillari
Tinglab   tushunish   ko‘nikmasi   muloqot   uchun   zarur   bo‘lgan   ko‘nikma
sanaladi.   ”Eshitish   samarali   muloqot   kaliti,   bu   qobiliyatsiz   ,   shubhasiz,
xabarlar   anglashilmaydi.   Tinglab   tushunish   eng   muhim   ko‘nikmalardan   biri
bo‘lib, axborot va fikrlarni qabul qilish, mazmunni tushunish va so‘zlovchiga
javob qaytarish jarayonidir. Matnni yoki so‘zni shunchaki shunchaki eshitish
yetarli emas,yaxshi tinglovchi so‘zlovchining noverbal nutq vositalariga ham
e’tibor qaratishi kerak” 4
.
Bog chaga   endi   kelgan   bolada   ham   o‘z   darajasida   eshitib   tushunish	
ʻ
ko‘nikmasiga   ega   bo‘ladi,   chunki   jahon   miqyosida   olib   borilgan
tadqiqotlarda inson bolasi tug‘ilmasidan avvalroq eshitishni boshlashi, oilada
ota-onasi va boshqa kattalar tomonidan qo‘llangan so‘zlar va gaplarni eshitib,
bevosita   ularni   anglab,   tahlil   qiladi   va   javob   qaytaradi,   shu   yo‘sinda   uning
og‘zaki   nutqi   shakllanib   boradi.   Og‘zaki   muloqot   jarayoni   esa   inson
hayotining   katta   qismini   tashkil   etadi.   Inson   jamiyatda   insonlar   orasida
yashar   ekan,   ular   bilan   aloqa   munosabatda   u   axborotlarning   ko‘p   qismini
ko‘rib   va   eshitib   oladi,   tahlil   qiladi,   ularga   munosabat   bildiradi   va   javob
qaytaradi.   Bolaning   og‘zaki   nutqi   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   tinglash   jarayonida
rivojlanishi,   garchand   unda   so‘zlash   qobiliyati   bo‘lsa   ham,   rivojlanmasligi
barchamiz   bolaligimizda   sevib   tomosha   qilgan   “Tarzan”   va   “Maugli”
filmlarida   aks   etgan.   Tadqiqotchilar   yana   bir   muhim   tajriba   o‘tkazib
ko‘rishadi,   yangi   tug‘ilgan   egizaklarning   biri   o‘z   ota-onasida   qoldirilib,
ikkinchisi   maxsus   laboratoriyada   o‘sishi   kuzatiladi,   bolakayga   3   yoshga
to‘lgunicha   hech   kim   gapirmaydi,   suhbatlashmaydi.   Belgilangan   muddat
4
  Kamelia Gulam, Listening skills, Business Communication: Basic Consepts and skills, 2014.
7 o‘tgach,   natijalar   shuni   ko‘rsatadiki,   maxsus   sharoitda   o‘stirilgan   bolaning
nutqi deyarli rivojlanmaydi.
Bundan   shu   narsa   ayon   bo‘ladiki,   inson   gapirishni   bevosita   eshitib
o‘rganadi. Bola kattalar nutqini eshitib, unga taqlid qilish orqali bevosita o‘z
nutqini   rivojlantiradi,   qanchalik   u   ko‘p   eshitsa,   muloqotda   bo‘lsa,   uning
og‘zaki nutq malakasi rivojlanib, qolaversa so‘z boyligi ko‘payib boraveradi.
7   yoshga   yetgan   bolaning   lisoniy   tajribasining   bir-biridan   farq   qilishi,   o‘zi
ko‘nikkan   lisoniy   muhitadan   butkul   farq   qiluvchi   muhitga   tushishi,   unga
tushadigan kommunikativ vazifaning o‘zgarishi, u endi qisqa gaplarni emas,
balki   mashg‘ulot   mavzusu   doirasida   qurilgan   katta   hajmdagi   og‘zaki   nutqni
eshitib   tushunishi,   ma’lum   bilim   sifatida   o‘zlashtirishi 5
  bir   qancha
qiyinchiliklar   tug‘dirishi   tabiiy.   Qolaversa,   bu   qiyinchilik   yildan   yilga   ortib
boraveradi.   Shuning   uchun,   bolaning   tinglab   tushunish   ko‘nikmasini
bosqichma-bosqich mashq qildirish, rivojlantirish, eshitish davomida diqqatni
ushlash ko‘nikmasini shakllantirish zarur.
Olima  Iroda  Azimova  o‘qib  tushunish   ko‘nikmasiga  qaraganda  eshitish
”…orqali   matnni   tushunish   sekinroq   amalga   oshadi.   Bu   matnni   o‘qish
vaqtida oldingi so‘zlarga qaytish va ularni doimiy nazarda tutib turish imkoni
mavjudligi   hisobiga   ro‘y   beradi.   Matnni   o‘qishda   ko‘z   harakatining   15%i
oldingi   so‘zlarga   qaytishga   sarf   bo‘lishi   hamda   matndagi   periferik
ma’lumotning   hisobga   olinishi   (ya’ni   ko‘z   matndagi   so‘zlarni   ketma-ket
qabul   qilib   borar   ekan,   ayni   vaqtda   ma’lum   so‘zni   qabul   qilish   bilan   birga
atrofdagi   so‘zlarni   ham   hisobga   oladi.   –   I.A.)   psixologik   tajribalarda[Carrol
David   W.Psychology   of   Language.   –   California,   1998.   –   P.93-94)
isbotlangan”,  – deb ta’rif beradi. 6
  
5
  Azimova I.Ona tili ta’limida lisoniy malakani rivojlantirishning psixolingvistik asosi, Maqola.Global ta’lim va 
metodika.215-bet.
6
  Azimova I. O‘zbek tilidagi gazeta matnlari mazmuniy persepsiyasining psixolingvistik tadqiqi. – Toshkent, 2019.
– 32-b.  
8 Yaqin   yillargacha   chet   tilini   o‘rganishda   zarur,   deb   bilganimiz   eshitib
tushunish   ko‘nikmasini   shakllantirish   ona   tilida   ham   birdek   zarur   sanaladi.
Tinglash   tilni   o‘zlashtirishning   asosiy   qobiliyatlaridan   biridir.   1950-yilda
“Ta’lim tadqiqotlari”(Journal of Educational Research)jurnalida olimlar olib
brogan tadqiqotlar natijasi aloqaning 45%ini tinglash, 30%ini so‘zlash, 16%i
o‘qish va 9% yozish ekanligini ko‘rsatgan. Agar bu raqamlar to‘g‘ri bo‘lsa va
odamlar   o‘z   tajribasidan   xulosa   chiqarsa,   tinglash   qobiliyati   va   uni
shakllantirish birinchi o‘rinda turishi kerak bo‘lgan ko‘nikmadir. Inson hayoti
davomida og‘zaki muloqot 70%dan ortig‘ini tashkil etayotganligi ham eshitib
tushunish   ko‘nikmasining   muhimligini   yana   bir   karra   isbotlaydi 7
.   Bolalarda
eshitib tushunish ko‘nikmasi hayotiy ko‘nikma sifatida hamda mashg ulotlarʻ
davomida turli usullarda rivojlantirilib borilishi maqsadga muvofiqdir. 
Xorij   olimlari   tomonidan   “Eshitish   qobiliyatining   ahamiyati”   degan
tadqiqot   o‘tkazilgan,   bu   tajribaning   natijalari   esa   inson   uyg‘oq   vaqtining
o‘rtacha   70%ini   muloqot   qilish   uchun   sarflashini   ko‘rsatgan,   bu   esa
tinglashning   nechog‘lik   muhim   ekanligini   ko‘rsatib   beradi.Tinglash   orqali
tinglovchi   lug‘at,   grammatika,   talaffuz,   og‘zaki   so‘z   tartibi,   shuningdek,
so‘zlar   iboralar   jumlalardagi   ohang   haqida   bevosita   axborot   oladi.   Urg‘u,
ovoz   ohangi   va   balandligi   matnga   qo‘shimcha   axborotlarni   berib,   tushunish
darajasiga ta’sir qiladi.
Tinglash nafaqat bola uchun xonadagi ko‘rsatmalar va audio qurilmalar
orqali   tinglagan   matnini,   ya’ni   axborotini   tushunishni,   balki   kundalik
munosabatda   og‘zaki   uzatilayotgan   har   qanday   axborotni   qabul   qilib,   javob
qaytarishni   anglatadigan   hayotiy   ko‘nikma   bo‘lganligi   uchun   ham   muhim
sanaladi. “Faol tinglash” deb ataladigan bu termin nafaqat eshitish tuyg‘usini,
balki uzatilayotgan xabarning to‘g‘ri qabul qilinishini ta’minlash uchun tana
7
 Strategies to develop rhe speaking and listening skills in the seventh B grade at the Chiquilistagua public shoool. – 
2014.
9 tilidan xabardor bo‘lishni va so‘zlovchining hamdardlik qobiliyatini ham o‘z
ichiga oladi(Bryson, 2003)
“Kechirasiz, menga vokzalga boradigan yo‘lni aytib bera olmaysizmi?”
degan   oddiy   misolda   madaniy   farqlar   bo‘lishi   tabiiy,   maqsad   esa   bir   xil   –
samarali   muloqot.   Ikkala   tomon   ham   faol   tinglay   olmasa,   haqiqiy   muloqot
imkoniyati kamayadi. Tinglash qobiliyatisiz tilni o‘zlashtirish mumkin emas
va shuning uchun ham tinglash bo‘lmasa, eng muhim o‘zaro bir-biriga ta’sir
o‘tkazadigan aloqa ham bo‘lmaydi.
Eshitish   –   bu   ovoz   va   ma’noning   kombinatsiyalashgan   jarayoni
hisoblanadi.   Fonemaning   dekodlanishi   bu   so‘zlar   va   jumlalarning   asosini
tushunishdir.   D.Nunanning   fikriga   ko‘ra,     tinglab   tushunish   olti   bosqichli
jarayon   bo‘lib,   bu   bosqichlar   miyamizda   ayni   ketma-ketlikda   va   shunchalik
tez sodir bo‘ladi,  tinglash, ishtirok etish, tushunish, eslash, baholash va javob
berish 8
. 
1.Eshitish.   Bu   quloqning   sezgir   retseptorlarini   rag‘batlantiradigan
tovush to‘lqinlari  tufayli yuzaga keladigan javob bilan bog‘liqdir.
2.Diqqat.   Bu   bizning   miyamizga   qaratilgan   tanlovni   anglatadi.   Miya
ogohlantiruvchi   signallarni   qo‘zg‘atadi   va   kishining   diqqat   markaziga
tushishiga imkon beradi.
3.Tushunish.   Bu   biz   eshitgan   narsalarning   ma’nosini   tahlil   qilish   va
eshitgan,   ko‘rgan   ramzlarni   tushunishdan   iborat.   Ramziy   stimullar   nafaqat
so‘zlar,   balki   ular   qarsaklar,   tovushlar   bo‘lishi   mumkin.   Buning   uchun   biz
konteksdan mo‘ljallangan na’noni tushunishimiz kerak.
                  4.Yodda   saqlash.     Bu   jarayon   ham   tinglashning   muhim   qismi
hisoblanadi, chunki bu shaxs ma’lumotni qabul qilish va uni talqin qilishdan
tashqari ongimiz ma’lumotlarni esda saqlab qoladi. Lekin bizning xotiramiz
8
 The importance of teaching listening and speaking skills, p. 12.
10 eslab   qolingan     narsalar   avval   eshitilgan   yoki   ko‘rgan   narsalardan   mutlaqo
farq qilishi ham mumkin.
          5.Baholash,  ya’ni tinglovchi qabul qilingan xabarni baholaydi. Aynan
shu   vaqtda   faol   tinglovchilar   dalillarni   aniqlaydilar,   dalillarni   fikrga   qarab
tartiblaydilar va xabarda noxolislik bor yoki yo‘q ekanligini aniqlaydilar.
                  6.Javob berish.   Bu bosqichda tinglovchining javobi orqali u xabarni
to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qabul qilganini bilish mumkin 9
.
                 Yana bir boshqa manbada uzatilayotgan axborotni quloq orqali qabul
qilib tushunish 5 bosqichda amalga oshadi deya ko‘rsatiladi:
    Ya’ni bular: tinglash, tushunish, eslab qolish, tahlil qilish va baholash.   
Tinglab   tushunish   malakasiga   diqqatning   qaratilishi   til   ta’limi
nazariyasida   Krashen   ilgari   surgan   “maqbul   input”   (comprehensible   input)
g‘oyasi   bilan   bog‘liq   holda   yangi   yuqori   bosqichga   ko‘tariladi.   Bu   g‘oyaga
ko‘ra til o‘rganishda o‘qish va eshitish uchun o‘rganuvchining darajasiga mos
material   berish   ushbu   jarayonning   samarali   bo‘lishini   ta’minlaydi.   Olim
D.Nunan   ona   tili   ta’limida   tinglab   tushunish   XX   asrning   oxirlarigacha   ham
avtomatik   o‘rganiladigan   jarayon   sifatida   qaralganini,   G.Brown   o‘z
tadqiqotida   tinglab   tushunish   og‘zaki   nutq   ham   mashqlar   asosida
shakllantirilishi   zarurligini   isbotlab   bergach,   ona   tili   ta’limida   ham   tinglab
tushunishga alohida e’tibor  berilganligini aytib o‘tadi . 10
 
9
 O ‘sha manba, 13-b.
10
 D.Nunan (2002) “Listening in language Learning”. In “Methodology in Language Teaching” Eds. Jack 
C.Richards,Willy A.Renandya. P-235.
11 Tadqiqotchilar odatda nutqni idrok etishni ko‘p darajali jarayon sifatida
ta’riflaydi,   tinglovchilarga   ularning   bilimlarini   mustahkamlashda   imkon
beradigan bir qator ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Nutqni idrok etishda uchta
asosiy daraja muhim ahamiyat kasb etadi:
-psixoakustik (nutq signalining jismoniy xususiyatlarini idrok etish); 
-lingvistik (fonetik, nutq signalining leksik, sintaktik va semantik namoyishi);
-kognitiv (nutqning tuzilishi haqida ma’lumotli gipoteza).
Muloqot   ikki   tomonlama   jarayon   bo‘lib,   jarayonida   tinglab   tushunish
jarayoni juda muhim. Anderson va Linchning so‘zlariga ko‘ra, “tushunish bu
so‘zlovchining faqat gapirgani tufayli sodir bo‘ladigan narsa emas, tinglovchi
bu jarayonda muhim rol o‘ynaydi, u miyasida turli xil so‘zlarni faollashtiradi
va   so‘zlovchi   nimani   nazarda   tutayotganini   tushunishga   harakat   qiladi.
Tinglash so‘zini sodda qilib tushuntiradigan bo‘lsak, “bu biz eshitgan narsaga
e’tibor berish va ma’nosini tushunishga harakat qilish faoliyatidir”. O.Malley,
Chamot,   Kupper   bundan   ko‘ra   kengroq   ta’rifni   taklif   qiladi:   “Tinglab
tushunish bu faol va ongli jarayon bo‘lib, unda tinglovchi ma’lumotlardan va
mavjud   bilimlardan   foydalangan   holda,   bir   nechta   strategik   resusrlarga
tayangan   holda   ma’noni   yaratadi”.   Mendelsonning     ta’kidlashicha,   og‘zaki
suhbatni   tinglashda   malakali   tinglovchidan   nutq   tezligi   va   lingvistik
shakllarni   qayta   ishlash,   barcha   xabarlarni   tushunish,   har   bir   so‘zni   alohida
tushunmasdan axborotni to‘liq tushunish, turli xil matnlarni taniy olish va shu
bilan   birga   so‘zlovchining   niyatini   tushunish   talab   qilinadi.   Tinglovchilar,
shuningdek,   nutqning   tasviriy   kuchi   nima   ekanligini,   ya’ni   ma’lum   bir
sharoitda   tovushlar   qatori   nimani   anglatishini   muloqot   ishtirokchisi   sifatida
qayta ishlashi va hukm chiqarishni bilishlari kerak. Purdy tinglashni “boshqa
odamlar   tomonidan   taqdim   etilgan   verbal   va   noverbal   ma’lumotlarni   qabul
qilish,   idrok   etish,   talqin   qilish,   eslash   va   ularga   javob   berishning   faol   va
12 dinamik   jarayoni”   deb   ta’kidlaydi.   Uning   fikricha   ham,   tinglash   jarayoni   5
bosqichda amalga oshadigan murakkab psixologik jarayondir. 
Tinglash   umuman   olib   qaraganda,   xulosa   chiqarish   jarayoni   deb
qaraydigan   bo‘lsak,   bunga   tinglovchining   bilim   va   hayotiy   ko‘nikmalari
o‘zaro ta’sir qiladi. Chunki tinglovchi eshitgan narsalarining aqliy tasvirlarini
bilimlariga tayangan holda yaratadi. Rost tinglashni so‘zlovchining haqiqatda
aytayotgan   gaplarini   qabul   qilish,   ma’noni   yaratish   va   ifodalash,   so‘zlovchi
bilan muhokama qilish  va javob  berish, ishtirok etish, tasavvur  qilish  orqali
ma’noni yaratish deb hisoblagan.
  Tinglab tushunish samarali bo‘lishi uchun tinglovchi xabarni dekodlash
qobiliyatiga   ega   bo‘lishi   kerak.   D.Nunan   ham   aynan   shuni   ta’kidlab,   o‘z
tadqiqotida   tinglab   tushunishga   oid   muhim   masalalarni   ko‘rib   chiqqan.
Tadqiqotchi   tinglash   va   eshitib   tushunish   atamalarini   belgilaydi,   uning
tarkibiy   qismlarini   tushuntiradi,   tinglashni   tushunishda   bolaning   vazifasi,
tinglab tushunish prinsiplarini ishlab chiqadi 11
.
  Tinglash   jarayonida   eshitayotgan   ma’lumotni   eslab   qolish   muhim
sanaladi.   Ko‘pchilik   bu   eslab   qolishni   “sxema”   deb   ataydi.   Psixolog
Barletning   ishlarida   ham   eslab   qolish   shu   atama   ostida   uchraydi   va   u
“sxema”   bizdagi   ulkan   tajribalar   va   va   reaksiya   o‘tmishdagi   tajribalarga
taalluqli ekanligini keltiradi. Kognitiv psixologiya tinglashni axborotni qayta
ishlash   jarayoni   sifatida   belgilaydi.   Aynan   sxemalar   tushunish   jarayonida
bosh   tuzilmalardir.   Rumelxart   tomonidan   “sxema”ga   quyidagicha   ta’rif
beriladi: “Sxema bu xotirada saqlanadigan umumiy tushunchalarni ifodalash
uchun   ma’lumot   strukturasi”.   Har   bir   insonda   o‘ziga   xos   va   bir-biriga
o‘xshamaydigan   sxemalar   mavjud   va   ular   bizning   eski   bilimlarimizdir.   “U
bizning   barcha   tushunchalar   haqidagi   bilimlarimizni,   vaziyatlar,   hodisalar,
11
 S.M.Ahmadi “The Importance of Listening Comprehention in Language Learning” International Journal of 
Research in English Education.   p. 7.
13 voqealar   ketma-ketligi,   harakatlar   va   ularning   ketma-ketligi   haqidagi
bilimlarimizni ifodalash uchun ishlatilishi mumkin” 12
.
Kognitiv   tushunish   jarayoniga   ko‘ra,   “sxema”   deganda   tinglovchiga
berilayotgan   matnni   anglashi   uchun   foydalanadigan   va   unga   zarur   bo‘lgan
mavhum   matn   tuzilishi   anglashiladi.   Tinglab   tushunish   jarayonidagi
sxemalarni shartli ravishda ikkiga bo‘lish mumkin:
1.Til sxemasi
2.Tarkibiy sxemasi
Til sxemasi deganda, tinglovchining eshitayotgan gapini anglashi uchun
zarur   bo‘lgan   tilshunoslikka   oid   bilimlari   kiradi.   Bu   sxemaga   fonetika,
leksika,   grammatika   haqidagi   ma’lumotlarni   olish   mumkin.   Bu   fikrlarni
aynan   Kerrel   va   Eisterxoldlarda   ham   uchratamiz.   Qabul   qilinayotgan
axborotning   qanday   tovushlardan   tuzilganligi   va   bu   tovushlar   qanday
anglashilishi,   so‘zlarning   qanday   ma’no   bildirishi,   va   o‘zaro   bir-biri   bilan
bog‘lanishi haqidagi lingvistik bilimlar avvaldan tinglovchi miyasiga sxema
tarzida   o‘rnashgan   bo‘ladi   va   tanish   tovush   va   so‘zlar   eshitilishi   bilan   ular
faollashadi.   Tinglovchi   yaxshi   tushunishi   uchun   unda   nafaqat   avvalgi
lingvistik belgilar, balki aynan o‘sha vaziyat uchun tegishli bo‘lgan belgilar
ham   asqotadi.   Qabul   qilinayotgan   axborot   miyadagi   “sxema”larga   mos
kelsa,   u   tinglovchi   tomonidan   muvaffaqiyatli   tushuniladi,   mos   kelmagan
taqdirda   u   qayta   ishlanishga   ehtiyoj   sezadi   yoki   bo‘lmasa   ma’lumot   qabul
qilinishi   o‘sha   yerda   to‘xtaydi.   Masalan,   kontekstda   axborotni   qabul
qiluvchi   uchun   butkul   notanish   birinchi   marotaba   duch   kelinayotgan   jumla
yoki so‘z kelsa, o‘sha joyda uning miyasi yaxlit ma’noni anglashda to‘siqqa
duch   keladi.   “Sxema”     prinsipida   ma’lumotlarni   qayta   ishlash,   ya’ni   to‘liq
tushunishning ikki usuli juda faol qo‘llaniladi va olimlar tomonidan miyada
eng ko‘p qo‘llanilishi e’tirof etiladi:
12
 Rumelhart, 1980, p.34
14 a)pastdan-yuqoriga yondashuvi
b)yuqoridan-pastga yondashuvi
Bu   ikki   yondashuvdan   tashqari   uchinchi   yo‘nalish   ham   bor   bo‘lib,   bu
interfaol yondashuv deb ataladi.
Birinchi yondashuv, ya’ni “pastdan yuqoriga”   yondashuvi aksar yangi
axborot   qabul   qilinayotganda   va   yangi   ma’lumotlar   qabul   qilinayotganda
ishlaydi.   Bu   tushunish   kichik   til   birliklaridan   katta   til   birliklariga   qarab
borishni   anglatadi,   ya’ni   avval   fonemalar   tushunilib,   ular   so‘z   qurilishiga,
so‘z   birikmasiga,   sintagma   keyin   gap,   andan   matn   tushunilishga   o‘tadi.
Biroq   mazkur   yondashuvning   ham   kamchilik   tomoni   bor:   bu   jarayon
tinglovchining   lingvistik   bilimi   bilan   chambarchas   bog‘liq   bo‘lib,   matnni
tushunish   tinglovchining   oldingi   bilimlari   bilan   matn   o‘rtasidagi   interfaol
jarayon hamda samarali tushunish faqatgina lingvistik bilimlar bilan bog‘liq
bo‘lmaydi.
              Ikkinchi   yondashuvda   xabarning   ma’nosini   tushunishda   asosiy   o‘zida
bilimlardan   foydalanadi.   Tinglovchi   nutqni   tushunishni   avval   matnning
umumiy   ma’nosidan   boshlaydi,   o‘z   xulosasidan   kelib   chiqib   matndagi
gaplarni,   so‘z   birikmalari   va   boshqa   mayda   birliklarni   tushuna   boshlaydi.
Katta   til   birliklardan   kichik   til   birliklariga   qarab   borgani   sababli   ham
“yuqoridan pastga” yondashuvi deb ataladi.
Tushunish   bu   juda   murakkab   va   ko‘p   bosqichli   jarayon   bo‘lib,
vaziyatdan   kelib   chiqqan   holda   birin-ketin   u   yondashuvdan   yoki   bu
yondashuvdan,   ayni   paytda   har   ikkalasidan   bir   paytda   foydalanib   matnni
tushunishga   erishadi   va   bu   jarayon   bizning   miyamizda   judayam   tez
fursatlarda, ko‘z ochib yumguncha va avtomatik tarzda hosil bo‘ladi.
Mashg‘ulotlarda   bevosita   tarbiyachi   tomonidan   bolalarning
ko‘nikmalarini   shakllantirishga   qaratilgan   bo‘lib,   bu   jarayonda   eng   ko‘p
qo‘llaniladigan   ko‘nikma   ham   tinglab   tushunishdir.   Yaqin   yillargacha   uch
15 nutqiy   ko‘nimaga   e’tibor   berilib,   tinglab   tushunish   ko‘nikmasiga   deyarli
e’tibor   berilmas   edi.   Lekin   jahon   tajribasidan   boshqa   til   ko‘nikmalaridan
ko‘ra   tinglab   tushunishga   ko‘proq   vaqt   sarflanishi   va   boshqa   ko‘nikmalar
singari   tinglab   tushunish   ko‘nikmasi   ham   rivojlantirilib     borilishi   zarurligi
aniq   bo‘ldi.   Tadqiqotchilar   ham   tinglab   tushunish   murakkab   jarayon
ekanligini bot-bot ta’kidlashadi.
            Bog chada   o tkaziladigan   mashg‘ulotlar   davomida   bevosita   tarbiyachiʻ ʻ
boshchiligida   ko‘nikma     rivojlantirilib   boriladi.   Ko‘nikmani
rivojlantirmoqchi   bo‘lgan   pedagog   e’tibor   berishi   kerak   bo‘lgan   bir   nechta
jihatlar bor: bu bolaning yoshi, bilim saviyasi, qiziqishlari va ayniqsa bolaga
shu   mashg ulotda   o‘rgatmoqchi   bo‘lgan   ko‘nikma   haqida   aniq   tasavvurga
ʻ
ega bo‘lishi zarur. Pedagog tomonidan amalga oshirilgan mashg‘ulotlar ko‘r-
ko‘rona emas, balki aniq maqsad va reja asosida olib borilishi kerak. Tinglab
tushunish   ko‘nikmasini   rivojlantirishga   qaratilgan   mashg‘ulotlar   alohida
tayyorgarlikni va mas’uliyatni talab etadi. Audiomatnni diqqat bilan tinglash
va   topshiriqlarni   bajarish   boladan   talab   qilinadigan   ish   bo‘lsa,   aniq
strategiyalar   asosida   mashq   va   topshiriqlar   ishlab   chiqish   pedagogdan   talab
qilinadi.
Samarali   tinglashni   tashkil   etishda   tarbiyachi   va   bolada   buni
shakllantirishga   halaqit   beradigan   bir   nechta   to‘siqlar   mavjud.   Olim
M.Underwood bunday to‘siqlarning yettitasini sanab o‘tadi 13
:
1.Tinglovchi matnni yetqazib berish tezligini nazorat qila olmaydi. Ya’ni
bu to‘siq o‘qib tushunishga qaraganda tinglab tushunishda juda qiyin, sababi
matnni   o‘qiyotgan   odam   matnga   qayta-qayta   o‘z   tezligida   o‘qib   chiqadi   va
tushunadi, tinglashda esa bu imkoniyat juda ham cheklangan.
2.Tinglovchi so‘zni qayta-qayta takroran eshitish imkoniyati bo‘lmaydi.
Bu o‘zlashtirish jarayonidagi katta to‘siqdir. Takroran eshittirish mashg ulot	
ʻ
13
 Underwood M.(1989).Teching Listening.Longman
16 jarayonida   pedagogning   qo‘lida   bo‘ladi.   Lekin   hayotda   bu   imkoniyat   yo‘q,
ustozidan   bolalar   matnni   yana   eshittirishni   so‘rashlari   mumkin,   lekin   real
vaziyatda bu cheklangan.
3.Tinglovchilar so‘z boyligining yetarli bo‘lishi. Tinglanayotgan matnda
bola   umuman   duch   kelmagan   so‘z   uchrab   qolishi   mumkin,   bunday   holatda
uning   miyasi   axborotni   qabul   qilishdan   “tormozlanadi”   va   o‘sha   so‘zning
ma’nosini   izlashni   boshlaydi,   natijada   bola   matnning   umumiy   ma’nosidan
uzilib qoladi.
4.Tinglovchi so‘zlovchining ishlatayotgan emotsiyasini bildiradigan turli
belgilarini,   imo-ishoralarini   bilmasligi,   tovush   balandligi,   intonatsiyasini   va
to‘xtamlarni har xil tanlashi. Bu holat ayniqsa, so‘zlashuv uslubida judayam
ko‘p   uchraydigan   qiyinchilikdir.   Biz   o‘zimiz   doim   eshitib   yoki   bevosita
o‘zimiz ishlatib yurgan qochirimlarni, “tag ma’no”, ko‘chma ma’no kabilarni
hech bir qiyinchiliksiz tushuna olishimiz mumkin, yangi holatga duch kelish
bizga muammo bo‘lishi tabiiy holat.
5.Tinglovchida   kontekstual   bilimning   yetishmasligi.   Tinglovchi   har   bir
so‘zning ma’nosini tushunishi mumkin, biroq nutqiy vaziyat unga aniq tanish
bo‘lmaguncha u matnning umumiy ma’nosini tushuna olmaydi.
6.Matnni   o‘z   tili   bilan   konsentratsiya   qila   olish.   Bu   xuddi   chet   tilini
o‘rganishdagi qiyinchilikdek ko‘rinishi mumkin, biroq ona tilida ham ba’zan
bu qiyinchilikka duch kelinadi.
7.Bolalarning   pedagog   tomonidan   tayyorlangan   sun’iy   sharoitga
o‘rganib   qolishi.   Ya’ni   bunda   bola   har   bir   so‘zni   ustozi   tomonidan   yaxshi
tushunishi   uchun   aniq   talaffuz   qilishiga   o‘rgangan,   har   bir   so‘zni   anglashi
uchun   qayta-qayta   eshittirilgan   bo‘lishi   mumkin.   Bu   holat   ularda   notanish
nutq   kelganda   noqulaylikni   keltirib   chiqarib,   matnni   tushunishiga   to‘sqinlik
qiladi.
17 Tinglab   tushunish   odatda   uch   bosqichga   bo‘linadi,   mashg ulotlardaʻ
tarbiyachilar   ham   aynan   shu   tomoniga   e’tibor   bersalar   maqsadga   muvofiq
bo‘ladi:
1.Tinglashdan oldingi faoliyat
2.Tinglash jarayonidagi faoliyat
3.Tinglashdan keyingi faoliyat
Tinglashdan   oldingi   faoliyat   bu   xuddi   pedagogning   avvalgi   bilimlari
bilan   yangi   matn   o‘rtasida   bog‘liqlikni   yuzaga   keltirishga   o‘xshaydi,
murabbiy topshiriq tayyorlayotgan paytda yangi so‘zlarni tanlashi, matnning
grammatik   qurilishi   murakkab   bo‘lishi   yoki   avval   hech   duch   kelmagan
mavzudan   foydalanishi   mumkin.   Bunda   pedagog   bolalarning   har   birining
imkoniyatidan   kelib   chiqib   matnni   taqdim   qilishdan   oldin   ularga   mavzu
haqida   qisqa   tushuncha   berishi   kerak,   ularni   mavzuga   olib   kiradigan   qisqa
yoki   mulohazakor   savollardan   foydalanishi   mumkin,   bu   jarayon   bolada
miyasining   aynan   shu   mavzu   bilan   bog‘liq   bilimlarini   faollashtiradi.
Umuman   hali   pedagog   duch   kelmagan   yangi   so‘zlarni   tinglashdan   oldin
izohlab berishi va lug‘at bilan ishlashi ham maqsadga muvofiqdir. 
Tinglash   davomidagi   faoliyat.   Bunda   pedagog   bevosita   tinglash
davomida   boladan   bir   nechta   topshiriqlarni   bajarishni   talab   qilishi   mumkin.
Tinglashdan   avval   topshiriqlar   bilan   tanishib   chiqishni   so‘rash   maqsadga
muvofiq, chunki aynan yuqoridagiga o‘xshash vaziyat kelib chiqqanda ularni
samaraliroq tinglashiga xizmat qiladi.
Tinglashdan   keyingi   faoliyat   eng   muhim   jarayon   bo‘lib,   undagi
tarbiyachining   bu   ko‘nikmasi   qay   darajada   ekanligi   tekshiriladi.To‘g‘ri   va
aniq   tuzilgan   topshiriqlardan   keyin   pedagog   eshitgan   vaziyati   bilan   o‘z
boshlang‘ich bilimi va tajribasini konsentratsiya qila oladi va matnni tanqidiy
tinglab, mulohaza yuritishi mumkin.
18 Milliy   metodikamizda   hali   aynan   mavzuyimiz   doirasida   aniq   tajriba   va
sinovlar   amalga   oshirilmagan   bo‘lsa   ham,   jahon   tajribasidaa   bunday
sinovlarni   bir   nechtasini   uchratishimiz   mumkin.   Xorijlik   tadqiqotchilar
eshitib   tushunish   ko‘nikmasini   rivojlantirish   uchun   kerakli   strategiyalardan
foydalanish   lozimligini   ta’kidlashdi   va   samarali   strategiyalarni   ishlab
chiqishdi. 
Tinglovchilarga   tushunishni   osonlashtirish   va   ko‘nikmalarining
rivojlanishini   oshirish   uchun   bir   nechta   strategiyalarni   taklif   qilishadi.
Kognitiv, metakognitiv, ijtimoiy-ta’sirchan strategiyalar shular jumlasidandir.
L.Vandergrift   ham   aynan   shu   uchta   strategiyani   qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘tkazilgan   tadqiqotlar   bular   orasidan   metakogitiv   strategiya   samaraliroq
degan xulosaga kelgan.
                Metakognitiv   strategiyada   uch   xil   bilimlar   ishlaydi,   bular:   strategik
bilimlar,   shaxs   bilimi   va   vazifa   bilimi.   Taib   va   Gholarning     ta’kidlashicha,
tinglab tushunishda strategik bilimlar muhim rol o‘ynaydi 14
.
            Bolalarda   tinglab   tushunish   malakasi   maktabgacha   yoshi   chog‘idayoq
shakllangan   bo‘lishini   aytib   o‘tgan   edik.   Biroq   buning   o‘zi   yetarli   bo‘lmay
buni   bosqichma-bosqich   rivojlantirib   borish   zarur.   Pedagog   o‘zida   “nimani
tinglaydi,   qachon   tinglaydi,   qayerda   tinglaydi   va   qanday   tinglaydi?”degan
savollarga   javob   topgachgina   qadam-baqadam   o‘z   strategiyasini   amalga
oshirsa bo‘ladi.  Yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qilinib, to‘g‘ri  va maqsadli
mashg ulotlar   tashkil   qilinsagina,   tarbiyachi   ham   maqsadiga   erishadi.ʻ
Tarbiyalanuvchilarida ham bu ko‘nikmani yana bir pog‘onaga ko‘taradi.
14
 The Effects of Listening Comprehension on English Language Learners  Writing Performance while Taking Notes
by  Juary De Brito   MA, Bridgewater State University, 2015,  p.15.
19 1.2. Til ga oid mashg ulotlardaʻ   tarbiyalanuvchi larning  eshitib tushunish
ko nikmasi	
ʻ ni shakllantirish imkoniyatlarining oldingi va 
bugungi holati
So‘nggi   yillarda   maktabgacha   ta’limda   ta’lim   shakli   va   mazmuni   bilan
bog‘liq   bir   qancha   o‘zgarishlar   ro‘y   berdi.   Ayniqsa,   ‘”Ilk   qadam”   davlat
20 dasturida. Ta’lim mazmuni dastur hamda o‘quv- metodik   qo‘llanmalarda o‘z
ifodasini topadi. Milliy o‘quv dasturi doirasida so‘nggi yillar ichida bir necha
bor   nashrdan   chiqib,   tarbiyachilar   qo‘liga   yetib   borgan.   Unda   amaliy
ko‘nikmalarni,   nutqiy   kompetentsiyalarni,   ijodiy,   kreativ   fikrlashni
rivojlantirishga e’tibor qaratilgan .
Ammo   o‘rganishlarimiz   davomida   milliy   metodikamiz   tarixiga   nazar
tashlar   ekanmiz,   qiziq   bir   atamaga   duch   keldik:   Qur’on   va   hadislarni
o‘rgatishda   madrasalarda   turli   usullardan   foydalanishgan,   ana   shunday
usullardan biri “ilmi samo” deb atalgan. Bunda ustoz yoki shogird tomonidan
biror   hadis  aytib   eshittirilgan   va   uning   ma’nosi   va   aytilayotgan   fikrga   baho
berishi   so‘ralgan.   Bundan   ko‘rinadiki,   tinglangan   axborotni   tushunishga
qaratilgan   metodika   bizga   butunlay   begona   emas,   uning   tarixiy   ildizlarini
milliy metodikamizdan topish mumkin.
Ushbu   faslimizda   tinglab   tushunish   ko‘nikmalarini   rivojlantirishda
qo llanmalarning   oldingi   va   bugungi   holati   tahlil   qilindi.   Shaxsiyʻ
munosabatimizni   ifodalash   bilan   birgalikda   bir   qancha   metodik   tavsiyalar
berishga ham qaror qildik.
“O‘z   fikrini   og‘zaki   va   yozma   tarzda   to‘g‘ri   bayon   qiladigan,
kitobxonlik   madaniyati   shakllangan,   mustaqil   va   ijodiy   fikrlay   oladigan,
kitobxonlik   madaniyati   shakllangan,   mustaqil   va   ijodiy   fikrlay   oladigan,
o‘zgalar   fikrini   anglaydigan   –   muloqot   va   nutq   madaniyati   rivojlangan
shaxsni   kamol   toptirish” 15
  deya   Davlat   ta lim   standartida   ona   tili   fanining	
ʼ
maqsad   va   vazifasi   bayon   etib   qo‘yilgan.   Bundagi   aynan   “o‘zgalar   fikrini
anglaydigan, bayon qiladigan” degan o‘rni bizning obyektimizga mos keladi.
7 yoshli bolalar tayyorlov guruhi hisoblanishadi. Bundan tashqari DTSda ona
tili   fanining   o‘qitish   bosqichlari   belgilab   chiqilgan   bo‘lib,   bolalarda
15
 Davlat Ta’lim Standarti, 2017-yil
21 shakllantirilishi   lozim   bo‘lgan   nutqiy   kompetensiya   elementlari   A2   va   A2+
darajalarida quyidagicha talablar keltiriladi:
 A2
1. Mashq   va   topshiriqlardagi   voqea-hodisalarni,   tinglangan   matndagi
axborotni tushuna oladi;
2. Mashq   va   topshiriqlarda   berilgan   matnni   orfoepiya   doidalariga   rioya   qilib
o‘qiydi;
3. So‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini to‘g‘ri bayon qila oladi. 
A2+
1.  So‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini to‘g‘ri, qisqa va ravon bayon qila
oladi.  2.  Badiiy tasviriy vositalardan o‘rinli foydalana oladi.
Bir   tomondan   olib   qaraganda,   ushbu   talablarning   orasida   7   yoshli
bolalarning tinglab tushunish ko‘nikmasini bildiradigan kompetensiyalar ham
bor,   biroq   xalqaro   dasturlardagi   talablarga   to‘liq   javob   bermaydi.   So‘nggi
yillarda   barcha   sohalarda   bo‘lgani   kabi   ta’lim   sifati   va   mazmunini
yangilashga   berilayotgan   e’tiborning   samarasi   o‘laroq   2020-yildan   boshlab
yangi   avlod   mashg‘ulotliklari   va   unga   qo‘yiladigan   talablar   butkul
yangilanishga   yuz   tutdi.   Bu   jarayon,   avvalo,   ta’lim   mazmunini   yangilashni
nazarda   tutar   edi.   Katta   izlanish   va   tajribalar   evaziga   Yangi   Milliy   o‘quv
dasturining   loyiha   shakli   ishlab   chiqildi,   bunda   amaldagi   Davlat   dasturidan
farqli   o‘laroq   bolada   grammatik   bilimlarni   nutqiy   ko‘nikmalar   soyasida
rivojlantirishni   nazarda   tutadi.   Tinglab   tushunish   ko‘nikmasiga   ham   alohida
e’tibor   berilib,   bunda   bolalar   uchun   qo‘yilgan   talablar   birmuncha
takomillashganining   va   xalqaro   talablarga   moslab   ishlab   chiqilganligining
guvohi bo‘lamiz.
22 Tinglab tushunish
( 7 yoshli bolalarda mantiqiy fikrlashning o sib borishiʻ )    
             
+ monologik   nutq   va   suhbatni   eshitib   tushuna   olish;
mavzuni aniqlash va nomlay bilish; munosabat bildira
olish;
+ jonli   nutq   va   audiomaterialning   umumiy   mavzusi
yuzasidan tilga olingan tafsilotlarni belgilay olish;
+ berilgan savollarni tushuna olish va javob bera olish;
savol bera olish;
maqsadga ko‘ra mantiqiy urg‘u qo‘ya bilish;
+ audiomaterialda   berilgan   ma’lumotni   yozma,   grafik
va rasm ko‘rinishida ifodalay olish;
+ eshitilganlar asosida xulosa qilish va xulosani dalillar
bilan asoslay olish.
Bu talablar har bir aqli rivojlangan bolaga berilgan bo‘lib, maktab yoshidagi 
bolalar uchun ham tinglab tushunishdagi kompetensiyalar keltirilgan: 
Tinglab tushunish
(Maktab yoshidagi bolalar misolida)
+ monologik   nutq   va   suhbatni   eshitib   tushuna   olish;
dialogik   nutq   va   suhbatda   tomonlarning   vazifasi,
23 fikri va qarashlarini farqlay olish;
+ jonli   nutq   va   audiomaterial,   ning   umumiy   mavzusi
yuzasidan tilga olingan tafsilotlarni belgilay olish;
+ audio   yoki   videomaterialda   berilgan   ma’lumotni
yozma, grafik va rasm ko‘rinishida ifodalay olish;
+ so‘roq   gap,   darak   gap,   undov   gaplar   va   kinoya
ohangidagi farqni tushuna olish;
+ tinglangan   nutqni     kommunikativ   sifatlariga   ko‘ra
baholay olish; 
+ eshitilganlar   asosida   xulosa   qilish   va   xulosani
dalillar bilan asoslay olish;
+ tinglangan ko rsatmalar asosida harakat qila olishʻ
Shu   paytgacha   chop   etilib   foydalanilgan   qo llanmalarda   aynan   biz	
ʻ
aytayotgan   tinglab   tushunishga   qaratilgan   mashq   va   topshiriqlarni   deyarli
uchratmaymiz,   biroq   yangi   Milliy   o‘quv   dasturida   bunday   mashq   va
topshiriqlar talaygina.
Yangi   nutq   o stirishga   oid   manbalarda   bola   to‘rt   nutqiy   ko‘nikmani	
ʻ
rivojlantirishga e’tibor qaratadi, deyilgan: o‘qib tushunish, tinglab tushunish,
og‘zaki   nutq,   yozma   nutq.   Nutqiy   mavzulardagi   topshiriqlar   va     matnlar
ichida     grammatik   b ilimlar   bolaga   o‘rgatib   boriladi .   Bunda   ona   tili   butun
borliqni: tabiatni, jamiyatni, fanlarni, o‘zlikni anglash va o‘rganish vositasiga
24 aylantirilgan.   Bola   tilning   strukturasini   emas,   balki   tilning   o‘zini
o‘zlashtiradi , un dan foydalanishni  o‘rganadi. 
Tinglab tushunish ko‘nikmasi faol, inson umri davomida eng ko‘p duch
keladigan   ko‘nikma   bo‘lib,   aloqa-munosabatda   bolada   maktabga   chiqqan
davrgacha  ham shakllangan bo‘ladi. 
Tinglab   tushunish   ko‘nikmasini   egallash,   Anderson   va   Linchning
ta’kidlashicha,   o‘z   o‘rnida   ko‘plab   ko‘nikmalarni   o‘z   ichiga   oladi   va   ular
yuzma-yuz   suhbatda   tinglash   jarayonini   tashkil   etuvchi   to‘rt   bosqichda
bo‘ladi:
1. Og‘zaki signallarni atrofdagi tovushlar orasidan ajratib, aniqlay olishi
kerak.
2.   Uzluksiz   nutq   oqimini   birliklarga   bo‘lishi   va   undagi   so‘zlarning
ma’nosini tushuna olishi kerak.
3. Gapning sintaksisini tushunish va so‘zlovchining maqsadini tushunish
kerak.
4. Tilga oid bilimlaridan foydalanib, javob qaytara olishi kerak 16
Ko‘rinadiki, biz shunchaki qulog‘imiz bilan eshitayotgan axborotimizni
to‘liq   tushunishimiz   uchun   yuqoridagi   ko‘nikmalarni   egallagan   bo‘lishimiz
kerak.   Bu  esa     uzluksiz  t a’lim   jarayonida     bosqichma-bosqich   rivojlantirilib
bori lishi zarur .
Matnlar   bolaning   yoshiga   mos   va   qiziqarli   bo lishi   kerak.   Masalan,ʻ
“ Ertaklar   –   yaxshilikka   yetaklar”   mavzusining   mashg‘ulotda   quyidagicha
topshiriq  beriladi:
Audiomatnni tinglang.  
1. Ertak janri qiziqarli bo lishini anglashi	
ʻ  lozim!  
2. Bolaning qaysi ertaklarni bilishi so raladi.	
ʻ
       3. Bolaga qanday ertaklar yoqishini bilib olish kerak!
16
 Anderson and Lynch.Listening.New York:Oxford University Press.2003
25  Ular haqida gapiring.
4.Qaysi ertak qahramonlariga o xshashni xohlaysan?ʻ
  Tarbiyachi   audio   matnni   eshittirishdan   oldin   bolalarga   quyidagi   savol
bilan murojaat qiladi: ” Qaysi ertakni eshitishni xohlaysan?
Bu   savol   ularni   matnni   tinglash   jarayoniga   tayyorlashda   muhim
hisoblanib,   bolalarni   tinglashga   tayyorlaydi,   ya’ni   bolani   konteksga   olib
kiradi.   Bolalar   o‘z   ichki   kechinmalari   haqidagi   ma’lumotlarni   aytib   beradi.
Pedagog   ularni   yana-da   mavzuga   yaqinlashtirishi   uchun   bir   nechta
qo‘shimcha savollar bersa,  maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bolalarni     audiomatn   tinglashlaridan   oldin   savollar   bilan   tanishtirish
kerak,   chunki   shunda   ular   berilayotgan   axborotni   qaysi   tomoniga   ahamiyat
berishi   kerakligini   o‘zlari   uchun   aniqlab   oladilar.   Tinglanayotgan   axborotda
bola uchun notanish, birinchi marta duch kelayotgan so‘zlar bo‘lsa, tarbiyachi
bu so‘zlar bilan ularni tanishtirishi, ma’nosini izohlab berishi lozim. Chunki
bola notanish jumlaga duch kelishi bilan diqqatini shu jumlaga qaratib, undan
keyingi qismga e’tibor bermaydi, shu so‘zning ma’nosini axtarish bilan band
bo‘lib, matn to‘liq tushunilmaydi.
Matnni   tushunish  jarayoni   birmuncha   murakkab.   Olima  Iroda   Azimova
buni 5 ta darajaga bo‘ladi:
1. Assotsiativ daraja
2. Leksik-morfologik daraja 
3. Kontekstual daraja
4. Struktural daraja 
5. Matn darajasi 17
 
Ko‘rinadiki,   matn   bir   marta   tinglanganda   to‘liq   holatda   tushunilmaydi.
Shuning   uchun   ham   tarbiyachi   bolalariga   audiomatnni   bir   necha   marta
eshittirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
17
  I.Azimova. O‘zbek tilidagi gazeta matnlari mazmuniy persepsiyasining psixolingvistik 
tadqiqi,monografiya,2019,81-bet
26                 Matn   eshittirilgandan   so‘ng   bolaga   yuqoridagi   5   ta   savol-topshiriq
beriladi.   Savollar   matnni   yanayam   tushunishga   yordam   beradi.   Savollarga
e’tibor   beradigan   bo‘lsak,   barchasi   og‘zaki   javob   berishga   qaratilgan   va   bir
xil usulda: ya’ni bolani nimani eslab, tushunganligini tekshirishga qaratilgan
faqat   bitta   ko‘nikmasini   aniqlagan.   Tinglab   tushunish   topshirig‘ini   bolalar
o‘zlari   bir   nechta   topshiriqlar   qo‘shishlari   mumkin,   bunda   yozma
topshiriqlardan   foydalanish,   og‘zaki   topshiriqlarni   ham   qo‘shish   mumkin.
Bolaning   mushohada   yuritishga,   munosabat   bildirishga,   baholashga   oid
ko‘nikmalarini   tekshirishga   qaratilgan   topshiriqlar   uni   matnni   yanada   to‘liq
tushunishiga yordam beradi.
  Tinglab   tushunish   topshiriqlari   o‘qib   tushunish   ko‘nikmasini
tekshiradigan   topshiriqlarga   nisbatan   osonroq   bo‘ladi.   Chunki   tinglab
tushunishda   matnga   qaytib   murojaat   qilib   bo‘lmaydi.   Matn   tanlanayotganda
ham   aynan   shu   jihatni   e’tibordan   qochirmaslik   zarur.     Murakkab
vaziyatlardan chiqishning amaliy yo‘llarini topadi.
“Ilk qadam” davlat dasturida quyidagi ma’lumotlarga duch kelasiz:
3.2.3.   “Nutq,   muloqot,   o‘qish   va   yozish   malakalari”   sohasi
kompetensiyalari. 
«Nutq,   muloqot,   o‘qish   va   yozish   malakalari“   sohasidagi   ta’lim   va
tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bola: 
● ona tilini eshitadi va tushunadi; 
●   ona   tilida   to‘g‘ri   talaffuz,   mos   grammatik   shakllar   va   turli   gap
tuzilmalaridan foydalanadi; 
● chet tilini o‘rganishga qiziqish bildiradi; 
● chet tili bo‘yicha dastlabki bilimlarini namoyish etadi;
● badiiy adabiyotga qiziqish bildiradi;
●   so‘zning   lug‘aviy   ma’nosi,   bo‘g‘inli   va   fonetik   tuzilishi   to‘g‘risida
tasavvurga tushunchaga ega bo‘ladi; 
27 ●   gapning   turli   ma’no   shakllarini   mustaqil   ravishda   tuzadi   va   so‘zlab
bera oladi;
●   ona   tilida   yozishning   dastlabki   malakalari   va   vositalaridan
foydalanishni biladi.
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarga   ta’lim   berishda   kompetensiyaviy
yondashuv:
3.2.4. «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari 
«Bilish   jarayonining   rivojlanishi»   sohasidagi   ta’lim   va   tarbiya   jarayoni
yakunida 6-7 yoshli bola: 
● bilim olishga katta qiziqish bildiradi; 
●   o‘quv   va   hayotiy   faoliyat   uchun   axborotni   mustaqil   topadi   va
qo‘llaydi; 
●   predmetlar,   voqea-hodisalar   va   holatlar   o‘rtasidagi   bog‘liqlikni
tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;  
● raqamlar, sanashni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi; 
● makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi; 
● elementar matematika hisoblarini amalga oshiradi; 
● atrof-muhitni asrab-avaylash munosabatini namoyon etadi 18
. 
Bolani   audioga   tayyorlash   uchun   bir   nechta   savollar   bilan   murojaat
qilishi,   ularni   matnga   tayyorlashi   mumkin.   Matn   sarlavhasining   o‘ziyoq
diqqatni   o‘ziga   tortishi   va   uni   ham   bolalar   bilan   muhokama   qilish   mumkin.
Bu mavzuda ham yangi so‘zlar lug‘ati bilan ishlash tavsiya qilinadi. 
Dastlabki topshiriq og‘zaki savollardan iborat: 
1. Rasmlarni   diqqat   bilan   kuzating.   Unda   nimalar   tasvirlangani   haqida
gapiring .
Matnga   aloqador   2   ta   rasm   beriladi,   bolalar   uchun   yangilik   bo‘lgan
axborotlarni  tushunishga  yordam  beradi.  Bu  savol  bilan  audioni  tinglashdan
18
 “Ilk qadam” davlat dasturi. – Toshkent, 2022. –B.17-18.
28 oldin   bolalarga   murojaat   qilish   mumkin.   Ularni   rasmlarga   qarab   nimani
tushunganliklarini so‘rab olinadi. Matnni tinglab bo‘lgandan keyin   yana bir
marta   rasmlarga   qarab,   keyingi   va   oldingi   xulosalarini   o‘zaro
solishtirishlarini, tasavvurlari qanchalik o‘zgarganligini so‘rash mumkin.
  Mashg‘ulotda   matnni   eshittirishdan   oldin   bolalarni   savollar   bilan
tanishib chiqishlarini so‘rash kerak, chunki savollar ko‘proq xotirani sinashga
qaratilgan   bo lishi   lozim.   Tinglab   tushunishga   qaratilgan   topshiriqlar   esaʻ
nimani  eslab  qolgani  bilan  bir  qatorda  balki  matnni  qanday  tushunganligiga
qaratilgan bo‘lsa ayni muddao bo‘ladi.
Bolalar   audiomatnda   eshitgan   ma’lumotlarining   ketma-ketligini   matnni
mazmuniy   bo‘laklarga   ajratgan   holda   gaplarni   tartiblab   yozib   chiqishlari
so‘raladi. Bunda audioni lozim bo‘lsa yana bir marta eshittirilsa ham bo‘ladi.
Chunki bir martada matn yaxlitligicha bola ongida tushunilmaydi. Bu sohada
o‘tkazilgan tajribalardan aynan shunday xulosa kelib chiqqan:
1.Boshlang‘ich daraja.
 Bunda ayrim leksemalar yaxshi tushunilib, yodda qoladi.
2.O‘rta daraja. 
Bunda matn bloklarga bo‘lingan holda qabul qilinadi. 
3.Yuqori daraja. 
Matnga   tegishli   har   bir   so‘z   alohida   holdagi   va   kontekstual   ma’nolar   bilan
tushuniladi 19
Anglashiladiki,   bola   matnga   oid   topshiriqlarning   darajasidan   kelib
chiqib, audioni 2-3 martagacha eshittirishi mumkin.
19
  I.Azimova.   O‘zbek   tilidagi   gazeta   matnlari   mazmuniy   persepsiyasining   psixolingvistik
tadqiqi.Monografiya,2019,121-bet
29   Keyingi   topshiriqlar   lingvistik   kompetensiyani   rivojlantirishga
qaratilgan   bo‘lsa,   yaxshiroq.   Topshiriqda   bola   olmoshga(u,   bu,   shu,   o sha)ʻ
oid   bilim   va   ko‘nikmalarini   mustahkamlaydi   va   olmoshlarning   vazifasi
so‘zlarni   takror   qo‘llashdan   qochish   ekanligini,   uni   qanday   qo‘llash
kerakligini o‘rganadi.
Xulosa   qilib   aytadigan   bo‘lsak,   yangi   topshiriqlar   bolada   hayotiy
ko‘nikmalarni,     umri   davomida   asqotadigan   4   ta   nutqiy   kompetensiyani
rivojlantirishga   qaratilgan   bo‘lib,   tinglab   tushunish   ko‘nimasi   ana   shulardan
biridir.   Bolalar   o‘z   mahorati   va   tavsiyalarga   amal   qilgan   holda,   bolaning
matnni   to‘liq   tushunishiga   va   unda   shu   ko‘nikmani   rivojlanishiga   erisha
oladilar.
Mashg ulotlarda   grammatik   nomlar   bilan   nomlanmasdan,   balki   nutqiy	
ʻ
mavzularga   biriktirilgan   bo‘lsa,   yanada   yaxshi   bo lardi.   Bolaga   kerak	
ʻ
bo‘ladigan   grammatik   mavzular   nutqiy   mavzuga   singdirib   yuborilgan,   bitta
nutqiy mavzuda bolaning ma’lum ko‘nikmasi rivojlantiriladi va bular o‘zaro
aloqador holda kechadi. 
II   topshiriq.   Audiomatn   uchun   eng   mos   sarlavha   qaysi   deb   o‘ylaysiz?
Nima uchun? Siz yana qanday sarlavhalarni taklif qilasiz?
Kitobga muhabbat            
Bolalik orzulari                      
Kitob – bilim bulog‘i
Maktab sari qadam      
Kelajakda kim bo lmoqchiman?            	
ʻ
Ota-onam – ilk ustozlarim
Mening oilam
Bolalarga  ushbu  topshiriqni   bajarishda  namunaviy  sarlavhalarni  tanlash
uchun   berilgani   ayni   muddao.   Boisi   bola   dabdurustdan   o‘zi   matnga   nom
o‘ylab topishi unchalik oson emas yoki bola matn mazmunidagi esida qolgan
30 bitta   so‘zni   umuman   boshqa   so‘zlar,   ya’ni   matnda   nazarda   tutilmagan
ma’nolarda qo‘llab sarlavha topishi mumkin, namuna berilishi bolani matnga
tomon yana bir marta yo‘naltirgan.
III   topshiriq.   Matn   asosida   berilgan   to‘g‘ri   fikrlarni   aniqlab   yozing.
Noto‘g‘ri gaplari esa to‘g‘rilab ayting.
Bolaning ko‘pincha aralash mollar do‘konidagi kitoblarni sotib olishga
puli yetmasdi.
“G‘uncha” jurnalidagi she’rlardan ko‘ra, bog cha bolasi yaxshiroq ijodʻ
qiladi.
Bolaning ilk bosilib chiqqan she’ri uy jihozlaridan biri haqida edi.
“G‘uncha”   jurnali   xodimi   bola   yuborgan   she’rlarga   munosabat
bildirmay, qaytaraverardi.
Shoirning ilk she’ri u 3 yoshli  paytida bosilib chiqdi.
Chaqoloqning   ilk   she’ri   bosilgach,   bola   havaskor   shoirligiga   o‘zi   ham
ishonmasdi.
Go dak tug ilgandan kitob o qishni boshlab yubordi.	
ʻ ʻ ʻ
Boladan   bu   topshiriqda   tinglagan   matnidagi   ma’lumotlarni   to‘g‘ri
noto‘g‘riga ajrata olishi, ya’ni mushohada qila olish talab etiladi.
Keyingi   topshiriqda   endi   matnning   turlarini   ajrata   olish   ko‘nikmasini
tekshirishga qaratilgan savol beriladi:
Ayt-chi, kelajakda kim bo lmoqchisan?	
ʻ
Qanaqa shirinliklarni yoqtirasan?
Yaqin do sting bormi?	
ʻ
Nima uchun ushbu fikrga kelgansan?
Bolaga   odatda   bitta   savol   beriladigan   bo‘lsa,   bola   birgina   so‘z   bilan
javob   berib   qo‘ya   qoladi,   bunda   uni   fikrlatish   uchun   yordamchi   savollarni
31 berish   kerak.   Tarbiyachi   faqat   manbalar   bilan   chegaralanib   qolmasdan,
bunday savollarni o‘zi ham tayyorlab qo‘yishi kerak.
Bunday   topshiriqlarni   avvalgi   qo llanmalarda   deyarli   uchratmaymiz,ʻ
standartlarda   tinglab   tushunish   ko‘nikmasining   kompetensiya   talablari
ko‘rsatilgani   bilan   amaldagi   manbalargacha   ona   tilida   tinglab   tushunish
ko‘nikmasini   rivojlantirishga   qaratilgan   topshiriqlar   berilmagan,   qisman
berilganlari ham talab darajasida bo‘lmagan.
 I BOB BO‘YICHA XULOSA
1.   Tinglab   tushunish   ko nikmasini   shakllantirish   jarayonini   tashkil	
ʻ
etishda   ushbu   jarayonga   xos   bo lgan   pedagogik   tamoyillarni   ishlab   chiqish,
ʻ
bunda   o quvchining   psixologik   xususiyatlarni   hisobga   olish   juda   muhim.	
ʻ
Ya ni,   tinglash   ko nikmasini   shakllantirish   jarayonida   qo yilgan   maqsadga	
ʼ ʻ ʻ
32 erishish   yo lida   pedagogik   ta sir   vositalari   qatorida   bolaning   psixologikʻ ʼ
xususiyatlari(diqqat,   tafakkur,   xotira,   idrok,   iroda)ga   asoslangan   ta lim	
ʼ
strategiyalarini ham uyg un holatda qo llay olishi ushbu jarayonning samarali	
ʻ ʻ
tashkil etilishiga katta yordam beradi. 
2.   Davlat   dasturlarida   tinglab   tushunish   ko nikmasini   shakllantirishga	
ʻ
qaratilgan   mazmunni   qayta   ishlab   chiqishga   ehtiyoj   mavjud.   Shuningdek,
ushbu   malakani   shakllantirish   jarayonining   tashkilotchilari   hisoblanmish
bolalarga   mana   shunday   metodik   tavsiyalar   va   uslubiy   ko rsatmalarni   berib	
ʻ
borish orqali ularni ushbu jarayonga tayyorlab borish muhim. 
3.   Til   ta’limida   olib   borilgan   tadqiqotlar   hamda   jahon   metodikasidagi
yondashuv   va   tamoyillarning   har   biri   tinglab   tushunish   ko nikmasini	
ʻ
shakllantirish metodikasi uchun umumiy tavsifiy xarakterga ega.
4.Yangi   dasturning   ishlab   chiqilishi   va   shu   asosdagi   yo riqnomaning	
ʻ
yozilib   amaliyotga   joriy   etilishi   asnosida   bolalarning   tinglab   tushunish
ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan topshiriqlarning kiritilishi o rinlidir.	
ʻ
Nutqiy   ko‘nikmalarni   rivojlantirishga   qaratilgan   dastlabki   va   muhim
qadamlardan biri bo‘ldi.
5. Tinglab tushunish ko‘nikmasiga oid ta’lim mazmunini shakllantirish,
ilg‘or   metodikalarga   asoslangan   o‘quv-uslubiy   qo‘llanmalar   yaratish   hamda
ilmiy-metodik   tavsiyalar   ishlab   chiqish   bu   sohadagi   keyingi   dolzarb
vazifalardan biridir.
II BOB.  MTT TARBIYALANUVCHILARINING ESHITIB
TUSHUNISH  KO NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH	
ʻ
METODIKASI
33 2.1.  Ona tili saboqlarida eshitib tushunish ko nikmasiniʻ
shakllantirishga doir ta lim mazmunini takomillashtirish	
ʼ
Ishimizning   yuqori   qismlarida   so‘nggi   yillarda   ta’lim   mazmunini   qayta
ko‘rib chiqish, eng ilg‘or metodikalarga asoslangan holda  metodik faniga oid
fanlarni   o‘qitishda   bir   qancha   islohotlar   olib   borilganligini   haqida   so‘z
yuritdik. Bu o‘zgarishlar bevosita qo llanma va o‘quv-uslubiy majmualarning	
ʻ
tubdan yangilanishini talab qilmoqda. Ta’lim mazmunini takomillashtirish bu
birdaniga yoki tez fursatlarda bi tadigan ish emas. Shunday bo‘lsa-da, so‘nggi
yillarda   til   o‘qitish   sohasida   olib   borilgan   ishlar,   ilg‘or   tajribalarning
ommalashtirilishi,  metodika  sohasida  qilingan  ilmiy  ishlar  tahsinga  sazovor.
Kommunikativlik   yo‘nalishi   asosida   tuzilgan   dasturning   ishlab   chiqilishi   bu
izlanishlarning dastlabkilaridan bo‘ldi. Bu haqda ishimizning yuqori qismida
to‘xtalib o‘tgan edik.  
Nutqiy   ko‘nikmalardan   o‘qib   tushunish   ko‘nikmasini   shakllantirish   va
baholash   masalasi   o‘zbek   tili   metodikasida   o‘rganish   obyektiga   aylantirilib,
bu   yo‘nalishda   bir   qancha   tadqiqotlar   olib   borildi.   Bunday   ishlar   sirasiga
K.Mavlonova,   N.Xakimova,   Sh.Abdiraimov,   F.Sharopova   va
Sh.Tursunlarning   ishlarini   olishimiz   mumkin.   Tinglab   tushunish   ko‘nikmasi
bo‘yicha   esa   olima   Iroda   Azimovaning   maqola   hamda   monografiyalari
alohida e’tirofga sazovor. 
Tinglab   tushunish   ko‘nimmasiga   oid   qarashlarni   umumlashtirib,   ta’lim
mazmunini takomillashtirishga oid mulohazalarimizni birlashtirgan holda o‘z
metodik   tavsiyalarimizni   ushbu   bobda   yoritishga   qaror   qildik.   Avvalo,
mavjud holatni aniqlash maqsadida va ularning tinglab tushunish ko‘nikmasi
haqidagi   qarashlarni   aniqlash   maqsadida   bolalar   orasida   so‘rovnoma
o‘tkazdik.   Bunda   faqat   batafsil   javob   talab   qiladigan   savollardan
foydalanganimiz   natijalarni   tahlil   qilishda   biroz   qiyinchiliklarni   yuzaga
34 keltirdi.   Keyingi   so‘rovnomalarda   bittadan   muqobil   javobni   talab   qiladigan
yopiq   test   yoki   bir   nechta   javobni   talab   qiladigan   yopiq   testlardan
foydalanishni o‘zimizga maqsad qilib qo‘ydik.
So‘rovnomada   Samarqand   shahridagi   MTT   tarbiyachilari   ishtirok   etdi,
buning   natijasi   shuni   ko‘rsatdiki,   pedagoglarning   ko‘pchiligi   tinglab
tushunish deganda chet tili, asosan, ingliz tili mashg‘ulotlarida olib borilgan
topshiriqlarni bilishgan. 
“Hayotiy   ko‘nikmalar   deganda   nimani   tushunasiz?”   degan   savolga
pedagoglar   “Hayotda   orttirilgan   malaka”,   “Hayotdan   olgan   tajribalarni
tushunaman”, “Yashash jarayonida olgan bilimlarini va o‘z hayotida qo‘llay
olishi”,   “O‘qib   tushunish,   og‘zaki   nutq,   yozma   nutq   va   tinglab   tushunish
ko‘nikmalari”,   “Hayoti   davomida   o‘rganib,   odatlanib   qolgan   narsalar”   kabi
javoblarni berishgan. 
“Yangi   dasturdagi   tinglab   tushunishga   oid   topshiriqlarga   o‘xshash
topshiriqlar   bilan   avval   ham   duch   kelganmisiz?   Duch   kelgan   bo‘lsangiz
qayerda va qanday shaklda edi ular?” degan savolga aksariyati 10 nafari duch
kelmaganligini   bildirgan,   5   nafari   chet   tili   mashg‘ulotlari   orqali   tanish
ekanligini, 2 nafari boshqa o‘rinlarda duch kelganligini yozishgan. 
Navbatdagi   savol   amaliy   bo‘lib,   “Tinglab   tushunish   ko‘nikmasini
rivojlantirish   uchun   yana   qanday   amaliy   topshiriqlardan   foydalanish
mumkin?” degan savolga 6 nafar tarbiyachi javobsiz qoldirishni afzal ko‘rgan
bo‘lsa, 4 nafari matnlar bilan ishlashda jihozlar va sharoit bo‘lishi kerak, deb
javob berganlar. Boshqa pedagoglarda esa “Avval og‘zaki tushuntirib berish,
keyin   eshittirish”,   “Audiomatnni   ko‘proq   marta   eshittirish”,   “Savol-javob,
rasmning   qaysi   biri   matnga   mos”,   “Matn   asosida   savol-javob   qilish   eng
samaralisi” kabi javoblarni berishgan.
O‘tkazilgan   so‘rovnomadan   shuni   xulosa   qilish   mumkinki,
tarbiyachilarning   ko‘p   qismi   hali   bu   ko‘nikmaning   mohiyatini   to‘liq
35 tushunmaydilar,   unga   oid   materiallardan   qanday   foydalanish   va   mashq-
topshiriqlar ishlab chiqish yuzasidan metodik tavsiyaga muhtojlar.
Bolaning   tinglab   tushunish   ko‘nikmasini   tekshirish   uchun   topshiriqlar
ishlab   chiqayotganda   bir   necha   xil   kompetensiyalarni   tekshirishga   e’tibor
qaratish   zarur.   Dasturda   bitiruvchilardan   tekshirilishi   talab   qilinadigan
ko‘nikmalar quyidagicha berilgan :
Tinglab tushunish
+ monologik nutq va suhbatni tinglab tushuna olish
+ jonli nutq va audiomatn mavzusi yuzasidan tilga olingan
tafsilotlarni belgilay olish ;
+ berilgan savollarni tushuna olish va javob bera olish
+ so‘roq   gap,   darak   gap,   undov   gaplar   va   kinoya
ohangidagi farqni tushunish;
+ audiomatnda berilgan ma’lumotni turli shaklda, xususan,
jadval, chizma, grafik ko‘rinishida ifodalay olish
+ audiomatnni   og‘zaki   aytib   bera   olish   va   matn
ko‘rinishida yozib bera olish
+ tinglanganlar   asosida   xulosa   qilish   va   xulosani   dalillar
bilan asoslay olish
+ dialogik nutq va suhbatda tomonlarning vazifasi, fikri va
qarashlarini farqlay olish;
Tinglab   tushunish   ko‘nikmasining   boshqa   ko‘nikmalardan   farqlagan
holda   alohida   e’tiborning   qaratilganligini   quvonarli   hol,   albatta.   Bu   talablar
har bir guruh tarbiyalanuvchilari uchun uning yoshidan va darajasidan kelib
chiqib   murakkablashib   borishi   bu   ko‘nikmaning   maktabgacha   yoki   faqat
36 boshlang‘ich   sinfda   egallanadigan   malaka   emasligini,   uni   muntazam
rivojlantirib borish zarurligini isbotlab turibdi.
          Tinglab   tushunish   ko‘nikmasini   shakllantirishga   qaratilgan   mashq   va
topshiriqlar   ishlab   chiqishda   asosiy   e‘tiborni   shaklga   emas,   nimani
tushunayotganligiga   qaratish   zarur   bo‘ladi.   Tushunish   bu   eng   asosiy
kompetensiyalardan   biri   hisoblanib,   bola   eshitgan   matnda   eksplitsit   yoki
implitsit ma’lumotlarni qay darajada tushunganligini nazarda tutadi. 
            Tinglab   tushunish   ko‘nikmasini   shakllantirish   jarayoni   asosan   4
bosqichda amalga oshadi:
a)tinglab tushunish ko‘nikmasini baholashga qaratilgan matn tanlash;
b)shakllantirilishi lozim bo‘lgan kompetensiyalarni ajratib olish va shu
asosda topshiriqlar ishlab chiqish;
c)   tinglab   tushunish   ko‘nikmasini   shakllantirish   uchun   mashg‘ulotni
tashkil etish;
d)baholash;
Bu  bosqichlar  alohida  tekshirishni  talab  etadi.  Biz  o‘z  tekshirishlarimiz
va   tajribalarimiz   davomida   tinglab   tushunishga   oid   eng   muhim
kompetensiyalar   orasidan   tushunish,   munosabat   bildira   olish,   mulohaza
yuritish va foydalanish ko‘nikmalarini umumlashtirgan holda tanlab oldik va
topshiriqlarni   ishlab   chiqishni   va   ularning   natijalarini   baholashni   shu
kompetensiyalar   asosida   olib   borishga   qaror   qildik.   Chunki   hali   bu
ko‘nikmani baholashga qaratilgan aniq bir talablar ishlanmaganligi sababli bu
ishimizda qiyinchiliklarni yuzaga chiqaradi. 
Pedagog   tinglab   tushunish   ko‘nikmasini   shakllantirishga   oid
mashg‘ulotlarni tashkil etayotganda, avvalo, matn tanlashga e’tiborli bo‘lishi
kerak. Mashq va topshiriqlar yuqoridagi to‘rt ko‘nikmalarni shakllantirishga
qaratilgan   bo‘lib,   har   bir   topshiriq   alohida   ko‘nikmaga   qaratilsa   maqsadga
muvofiq  bo‘ladi. Bu  ko‘nikmani  shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda
37 pedagog audiomatnni bir necha marta qo‘yib eshittirishi zarur bo‘ladi. O‘qib
tushunish   ko‘nikmasidan   farqli   o‘laroq,   audiomatnni   qayta-qayta   murojaat
qilish   imkoniyati   cheklangan,   shunday   bo‘lsa-da,   bola   uni   yaxshiroq
tushunishi, undan murakkabroq  mulohaza yuritishga, munosabat bildirishga,
foydalanishga   oid   topshiriqlarni   bajarishi   uchun   to‘liq   tushuna   olishi   kerak.
Chunki matnni yaxshi tushungan bola, bu masala yuzasidan o‘z munosabatini
bildira   oladi,   mulohaza   yuritadi   va   albatta,   undan   faoliyati   davomida
foydalanadi. 
Ona   tili   malakasida   o‘qib   tushunishni   baholash   masalalari   bilan
shug‘ullangan   Sh.Abdiraimov   o‘z   ishida   o‘qib   tushunish   malakasini
baholashga qaratilgan test topshiriqlarining bir necha xil turidan foydalanish
mumkinligini keltirib o‘tadi. Garchi tinglab tushunish ko‘nikmasini baholash
mezonlari berilmagan bo‘lsa ham, bunday bir necha xil test topshiriqlaridan
ko‘nikmani shakllantirish jarayonida foydalansa bo‘ladi. 
Bunday test turlariga quyidagilarni keltirish mumkin:
1 .Bitta to‘g‘ri javobga ega muqobil javobli test topshirig‘i;

2.Bir necha to‘g‘ri javobga ega muqobil test topshirig‘i;

3.Moslashtirishni talab qiladigan test topshirig‘i;

4.   Binar   test   topshirig‘i(hukmni   to‘g‘ri   yoki   noto‘g‘ri   ekanligini
tasdiqlovchi javob variantlaridan iborat bo‘ladi);

5.Kengaytirilgan javobni talab qiladigan test topshirig‘i;

6.Qisqa javobni talab qiladigan test topshirig‘i; 20
Tarbiyachi   tinglab   tushunish   ko‘nikmasini   shakllantirishga   qaratilgan
mashg‘ulot   uchun   matn   tanlayotganda   o‘qib   tushunish   malakasini
shakllantirishga   qaratilgan   matnlardan   ko‘ra   osonroq   matndan   foydalanishi
zarur,   topshiriqlari   ham   xotirani   sinashga   qaratilgan   bo‘lishi   kerak   emas.
Topshiriqlarning   murakkablik   darajasi   ham   osonroq,   bolaning   salohiyati   va
20
 Abdiraimov Sh.S. Ona tili ta limida o qib tushunish malakasi baholash. Monografiya. T.: — 2022.	
ʼ ʻ
38 yoshidan   kelib   chiqqan   holda   ishlab   chiqilishi   zarur.   G‘.Hamroyev
dissertatsiyasida   o‘quv   topshiriqlarini   takomillashtirishda   ularning   vazifaviy
farqlanishinishini   belgilab   olish   zarurligini   ta’kidlaydi.   Shunda   topshiriq
bolani fikrlashga, o‘quv topshiriqlari bilan ishlashga yo‘naltirishi va shu bilan
birga   shakllangan   bilim   va   ko‘nikmalarni   sinash   vazifasini   ham   bajarishini
aytib o‘tadi 21
.
Topshiriqlar   bilan   ishlash   jarayonini   ham   3   bosqichda   tashkil   etish
maqsadga   muvofiq:   tinglashdan   oldingi   topshiriqlar,   tinglash   davomidagi
topshiriqlar, tinglashdan keyingi topshiriqlar . Bu haqda ishimizning yuqori
qismida ham to‘xtalib o‘tgan edik.
Mashg‘ulotlarda   va   topshiriqlarni   ishlab   chiqishda   yuqoridan-pastga
yoki pastdan-yuqoriga strategiyalaridan foydalanish mumkin.
Pastdan   yuqoriga   strategiyasida   tinglash   jarayoni   quyidagilarni   o‘z
ichiga oladi:
Alohida so‘zlarni tinglash, 
So‘z chegaralarini aniqlash;
So‘z birikmalarni tinglash;
Sintagmalarni tinglash;
Grammatik shakl va vazifalarni aniqlash;
Matnni tinglash
Yuqoridan   pastga   strategiyasida   esa   endi   katta   birliklardan   kichigiga
qarab yuriladi:
Asosiy g‘oyani tinglash;
E’ tibor berilgan alohida axborotlarni tinglash
Ma’lumotlarni ketma-ketlashtirish;
Bashorat qilish;
Taxmin qilish;
21
 Hamroyev  G‘.Ona tili ta’limida o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning lingvodidaktik asoslarini 
takomillashtirish.Dissertatsiya.T.:2020.
39 Xulosa chiqarish.
Tinglab   tushunish   ko‘nikmasini   shakllantirishda   tinglashning   turlarini
ham   yoddan   chiqarmaslik   zarur.   Xorijlik   tadqiqotchilar   tinglashning   eng
asosiy 4 ta turini ajratib ko‘rsatganlar:
 Faol tinglash 
 Tanlab tinglash 
 Diqqat bilan tinglash 
 Tanqidiy tinglash 
Pedagog   o‘zi   ko‘zlagan   aniq   maqsadga   erishish   uchun   tinglab   tushunishga
oid   mashq   va   topshiriqlarni   berayotganda   quyidagilarga   ham   e’tibor   bersa,
tinglash yana ham samaraliroq kechadi:
Audiomatnni   tinglayotganda   ortiqcha   ovozlarning   bo‘lamsligi,   ya’ni
shovqin bolaning diqqatini bo‘lishga olib keladi;
 Bolaga uning yoshi va qiziqishlaridan kelib chiqib matn tanlash;

Matnning   bloklari   yoki   asosiy   e’tibor   berilishi   kerak   bo‘lgan
o‘rinlarda savollar berib uni yanayam tushunishiga erishish;

Hammaning diqqati jamlanganligini ko‘z bilan nazorat qilish;
 Muhim atamalarga izoh berib ketish;

Tinglab bo‘lgach biroz munozara uyushtirish.
Tinglab tushunishni shakllantirishda matn tanlash eng muhimidir, sababi
matn   tanlashning   ham   o‘z   mezonlari   bor.   Avvalo,     bolada   shakllantirilishi
lozim   bo‘lgan   lingvistik   va   nutqiy   kompetensiyalar   bir-biriga   mos   kelishi
kerak. 
40 Ikkinchidan,   matnning   hajmiga   e’tibor   berish   kerak,   ya’ni   bu   yoshdagi
bola   nechta   so‘zdan   iborat   matnni   tinglasa,   tushuna   olishini   aniqlab   olish
kerak.
Uchinchidan,   uning   qiziqishlarini   va   kundalik   turmsuh   tarzini   hisobga
olish   kerak,   bunda   bolaning   yoshi   ham   muhimdir,   sababi   uning   yoshidagi
bolalarni   qiziqtirgan   mavzulardagi   matnlardan   foydalanilsa,   maqsadga
muvofiq   bo‘ladi.     Bular   tinglab   tushunish   ko‘nikmasini   shakllantirishda
didaktik materiallarga qo‘yiladigan talablardan faqatgina matnga xosi bo‘lib,
bu   va   boshqa   talablar   haqida   ishimizning   keyingi   qismida   batafsilroq
to‘xtalishga harakat qilamiz.
2.2. BOLALAR NING ESHITIB TUSHUNISH KO NIKMASINIʻ
SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK METARIALLARGA
QO YILADIGAN TALABLAR	
ʻ
41 Ona   tili   fani   boshqa   fanlarning   o‘zlashtirilishida   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.   Chunki   bolada   har   qanday   sohani   o‘zlashtirishda   kerak   bo‘ladigan
ko‘nikmalar   bevosita   ona   tili   fani   orqali   o‘zlashtiriladi.   Tinglab   tushunish
ko‘nikmasi   ham   bolaga   umri   davomida   kerak   bo‘ladigan   va   u   eng   ko‘p
foydalanadigan   ko‘nimalardan   biri   hisoblanadi.   Biz   bitiruv   malakaviy
ishimizning   ushbu   qismida   aynan   shu   ko‘nikmani   rivojlantirishda   didaktik
materiallarga qo‘yiladigan talablar haqida so‘z yuritamiz.
Matn.   Matnlar   tinglab   tushunish   ko‘nikmasini   shakllantirishda
foydalanishimiz kerak bo‘lgan manba sanaladi.
Matnlarni adabiyotlarda uchta turi keltiriladi. 
Bular statik, 
dinamik va 
mavhum matnlardir. 
Statik   matnlarning   tuzilishi   murakkab,   unlarga   qaraganda   dinamik
matnlarni idrok etish va tushunish ancha osonroq sanaladi. 
Mavhum matnlarni esa ko‘rgazmalarsiz tushunish nihoyatda murakkab 22
.
Matnning   bunday   xususiyatini   hisobga   olgan   holda   tayyor   manbalardan
foydalangan   holda   matn   tanlash   maqsadga   muvofiqdir.   Bularga
audiokitoblar,   spektakllar,   radio   va   televizion   dasturlar,   suhbatlar   va
boshqalar kirishi mumkin. 
Matnlarning   til   uslubi   ham   e’tibor   berilishi   muhim   bo‘lgan   unsur.
Matnlar   5   ta   nutq   uslubidan   birida   bo‘lishi   mumkin.   Matn   tanlayotgan
pedagog   faqat   bir   uslubdagi   matnlarni   tanlamasdan,   har   xil   uslubdagilardan
foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Chunki faqat bir xil yo‘nalishdagi matnni
tinglayvergan   bolada   bu   ko‘nikma   yaxshi   rivojlanadi,   deb   ayta   olmaymiz,
o‘xshash   matnlar   bolani   zeriktirib   qo‘yishi   ham   bor   gap.   Bola   ilmiy-
ommabop   yoki   publitsistik   matnni   tushunishi   rasmiy   yoki   badiiy   matnni
22
 Lamara KADAGIDZE Different types of Listening Materials , IBSU International Refereed Multi-diciplinary 
Scientific Journal,  №1, 2006,  p. 149.
42 tushunishidan   osonroq   kechadi,   chunki   bolada   tasviriy   bo‘yoqdor   so‘zlarni
tushunish   o‘z   ma’nosidagi   kundalik   so‘zlarini   tushunishdan   qiyinroq   yoki
bola   unga   hali   umuman   duch   kelmagan   bo‘lishi   yoki   ko‘chma   ma’nosini
tushunmasligi mumkin. Shu tufayli ham pedagog bir xillikdan chekinib, turfa
uslublardagi matnlardan foydalanishi zarur. 
Faqat     monologik   matnlardan   foydalanish   ham   yaramaydi,   chunki
dialogik   yoki   polifonik   matnlar   tushunilishi   monologik   matnlardan
murakkabroq.   Topshiriqlar   tuzayotganda   jonli   suhbatlardan,   reportajlardan,
filmlardan   tez-tez   foydalanish   bolaning   bu   ko‘nikmasini   yaxshiroq
shakllanishiga yordam beradi.
Matnlarni   tanlashning   aniq   va   muayyan   o‘lchovlari   hali   belgilab
berilmagan.   Uning   hajmi   bilan   bog‘liq   minimum   ham   yo‘q.   Pedagog   o‘zi
ko‘zlagan   maqsadlarga   to‘la   olib   boradigan   matnni   tanlashi   qiyin   va
murakkab,   bunda   e’tibor   berilishi   lozim   bo‘lgan   yana   bir   jihat
tarbiyachilarning   so‘z   boyligidir.   Pedagog   hamma   bolaning   so‘z   boyligi
darajasini   aniqlay   olmasligi   va   barchasi   uchun   tushunarli   matn   tanlashining
iloji yo‘q. Bunda u o‘rtacha o‘zlashtirishga ega bo‘lgan bola uchun tushunarli
bo‘lgan   matnlardan   foydalanishi   o‘rinli,   bundan   tashqari   bolaga   matnni
eshittirishdan   oldin   yangi   deb   bilgan   tushunchalarining   izohini   berib   ketish
ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Matn   tanlaganda   pedagog   mashg‘ulot   mavzulariga   va   shakllantirilishi
lozim bo‘lgan kompetensiyalarga mosligini inobatga olishi lozim. Chunki har
bir mashg‘ulotni tashkillashtirilayotganda mashg‘ulotning maqsadi bo‘ladi va
mashg‘ulot   so‘ngida   pedagog   o‘z   oldidagi   maqsadga   erishishi   kerak.
Tanlayotgan   matni   aniq   bir   kompetensiyalarini   shakllantiradigan
topshiriqlarni   ishlab   chiqishga   mos   kelishi   kerak.   Bunda   har   bir   topshiriq
bolaning   tushunish,   munosabat   bildirish,   mulohaza   yuritishi   va   foydalanishi
bilan bog‘liq. Ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi kerak.
43 Tanlanayotgan matnlar o‘quv dasturlariga mos kelishi kerak. Chunki har
qanday   sohada   bo‘lgani   kabi   pedagogikaning     o‘z   me’yor   va   talablari   bor.
Bunda   qanday   mavzudagi   va   janrdagi   matnlardan   foydalanish   DTSda   va
o‘quv dasturlarida belgilab berilishi kerak. 
Bola   tushunchasi   va   bilimining   boyishiga   xizmat   qiladigan   matnlar
tanlanishi   zarur.   Chunki   har   qanday   mashg‘ulot   bolaning   fikrlashi   va
dunyoqarashini   o‘stirishga   xizmat   qilishi   kerak.   Ayniqsa,   ona   tili
mashg‘ulotlarida   bu   vazifa   yana   bir   karra   ortadi.   Matnlarda   bolaning   lug‘at
boyligini   oshiradigan   so‘zlarning   bo‘lishi   hamda   pedagog   va   topshiriqlar
yordamida   bu   so‘zni   o‘zlashtirishga   erishishi   ayni   muddaodir.   Bundan
tashqari   faqatgina   nutqiy   ko‘nikmasini   shakllantirishga   e’tibor   qaratibgina
qolmay,   lingvistik   bilimlarni   oshirishga   qaratilgan   topshiriqlar   ham   ishlab
chiqish   mumkin.   Albatta,   bitta   matn   orqali   yaxlit   bitta   grammatik   mavzuni
o‘zlashtirishga   erisha   olmaymiz,   lekin   bola   o‘rganishi   zarur,   ma’lum
lingvistik ko‘nikmani berish mumkin.
Tinglab   tushunish   ko‘nikmasini   shakllantirishga   qaratilga   mashg ulotlarʻ
alohida   tayyrogarlikni   talab   qiladi.   Bunda   AKT   va   audiojihozlarning   o‘rni
beqiyos.   Xonani   mashg‘ulotga   tayyorlashda   tarbiyachi     bu   jihatga   ham
e’tibor   berishi   kerak.   Matnlarni   audio   yoki   videomateriallardan   foydalanib
taqdim   qilish   mumkin.   Bunda   audiomaterialni   eshitgan   bolaning   faqat   bir
tomonlama  eshitish   retseptorlari   bilan  bolaga   ta’sir  o‘tkazsak,   videomaterial
orqali bolaning ham eshitish, ham ko‘rish diqqati orqali matnni tushunilishiga
erishish   mumkin.   Biz   tajriba   sinovlarimiz   davomida   audiomatnlarni
eshitgandan   ko‘ra   audiovizual   material   orqali   matnni   qabul   qilgan   bolaning
tushunish darajasi yuqoriroq bo‘lishiga guvoh bo‘ldik, biroq ayrim bolalarda
teskari holat kuzatildi: dastlabki ko‘rsatkichlariga qaraganda videoni tomosha
qilib bajargan topshiriqlarining ko‘rsatkichlari biroz pasaydi. Buning sababini
axtarganimizda   ayrim   bolalarning   tinglab   tushunish   ko‘nikmasiga   boshqa
44 ko‘nikmalariga   qaraganda   yaxshiroq   rivojlanganligining,   tasvirlarni   ko‘rish
chog‘ida   diqqati   chalg‘iganligining   guvohi   bo‘ldik.   Lekin   umumiy
ko‘rsatkichlar   baribir   audiovizul   material   orqali   berilgan   topshiriqlar   orqali
bo‘ldi.
Bilamizki, bola har kuni tarbiyachining nutqini tinglaganligi sababli unda
boshqa   ovozlarga   nisbatan   tarbiyachisisining   ovozini   tushunishi   yaxshiroq
bo‘ladi.   Audiomaterial   tayyorlayotganda   ham   faqat   bir   xil   ovozdan   yoki
pedagogning   ovozidan   emas,   balki   tayyor   audiolardan   hamda   bir   necha   xil
tovushli manbalardan foydalanish bolalarning bir yoqlama bo‘lib qolishining
oldini oladi.
Audiomateriallarning   sifatiga   ham   e’tibor   berish   zarur,   chunki   tinglash
paytida har qanday ortiqcha ovozlar diqqatning bo‘linishiga, bolani e’tiborini
tortishga   sabab   bo‘ladi.   Tayyor   audiomatnlardan   foydalanganda   matnning
adabiy   tilda   ekanligiga   ahamiyat   berish   kerak.   Chunki   shevalardagi   farqlar
bolaning tushunish ko‘rsatkichlarining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Topshiriqlar.   Yuqorida   ta’kidlab   o‘tganimizdek,   topshiriqlarni   ishlab
chiqish   ham   tarbiyachidan   e’tiborni   talab   qiladi.     Tanlangan   matnlardan
ishlab   chiqilayotgan   topshiriqlar   turli,   asosiysi,   har   biri   alohida   ko‘nikmani
shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Olim G‘.Hamroyev bolada tinglab
tushunish   va   og‘zaki   nutqini   o‘stirishda   topshiriqlar   bilan   bir   qatorda
mashqlar   ham   ahamiyatli   ekanligini   aytib   o‘tadi   va   bunday   mashqlar
boshlang‘ich   sinflardan   boshlab   berib   borilsa,   maqsadga   muvofiq   bo‘lishini
ta’kidlab, shunday mashqlarga bir nechta misollar ham keltirib o‘tadi 23
.
 Bitta topshiriq bir paytning o‘zida bolaning 4 ta kompetensiyasini: ham
tushunishini,   ham   munosabat   bildirishini,   ham   mulohaza   yuritishini,   ham
foydalanishini   tekshira   olmaydi.   Bitta   topshiriq   bitta,   ko‘pi   bilan   ikkita
ko‘nikmani   tekshirishi   mumkin.   Tinglab   tushunish   bo‘yicha   turli   testlardan,
23
 Hamroyev  G‘.Ona tili ta’limida o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning lingvodidaktik asoslarini 
takomillashtirish.Dissertatsiya.T.:2020
45 bundan   tashqari   amaliy   topshiriqlardan,   tezkor   savol-javoblardan,   “aql
xaritasi”, hikoyani tinglash va davom ettirish, nutqni vizual elementlar bilan
solishtirish,   konteksdan   noma’lum   so‘zlarning   ma’nosini   taxmin   qilish,
so‘zlovchining kayfiyati va maqsadini aniqlash, taqqoslash, diktant yoki matn
yozish,   chizmalar   yaratish,   turli   diagrammalar   va   jadvallar   ishlash,   matn
asosida rasmlar yaratish kabi topshiriqlardan foydalanish mumkin. 
Ushbu   tavsiyalarga   amal   qilgan   holda   tinglab   tushunish   ko‘nikmasini
shakllantirishga   oid   matnlar   tanlansa,   topshiriqlar   ishlab   chiqib,   bolalarda
mashg‘ulotlar   o‘tkazilsa,   bu   ko‘nikmaning   bolada   rivojlanishiga   erishiladi,
deb o‘ylaymiz.
II BOB BO‘YICHA XULOSA
1. Tinglab   tushunish   ko‘nikmasiga   oida   malaka   talablari   mazmunini
ishlab   chiqish,   ushbu   jarayonga   ta’sir   qiladigan   omillar   haqida   xulosa
chiqarish   ona   tili   ta’limida   tinglab   tushunish   ko‘nikmasini   shakllantirish
bosqichlaridan bo‘lib, har biri uchun alohida ta’lim mazmuni va mezonlarini
ishlab chiqish muhim. Aynan mana shu mezonlar keyingi metodik tavsiyalar
46 va ko‘rsatmalarni ishlab chiqish va taklif etish uchun asos vazifasini o‘tashi
lozim.
2. Tinglab   tushunish   ko‘nikmasini   shakllantirish   jarayonida   didaktik
materiallarga bir nechta talablar qo‘yiladi . Bunda audio uchun matn tanlashda
bolaning   yoshi,   qiziqishlari,   aqliy   salohiyatini   ham   hisobga   olish   kerak,
matnlarning turli uslublarda bo‘lishiga e’tibor berishi kerak. Albatta, DTSdan
chiqib ketmagan holda mavzularini u o‘rganayotgan mavzularga yaqinligiga
e’tibor   berish   kerak.   Matnda   so‘zlarning   qiyinlik   darajasini   va   so‘zlar
hajmiga e’tibor berish muhim sanaladi.
3. Tinglab   tushunish   ko nikmasini   shakllantirish   va   rivojlantirishʻ
jarayonida   har   bir   ko nikmani   shakllantirishga   alohida   e tiborni   qaratish,	
ʻ ʼ
ularni   shakllantirish   bilan   bog liq   metod,   usul   va   vositalardan   foydalanish	
ʻ
muhim   sanaladi.   Demak,   pedagog   bolalarda   qaysi   kognitiv   jarayonlar   bilan
bog liq muammo borligini aniqlashi, shu asosda keyingi metodik tadbirlarni	
ʻ
ushbu   muammolarni   bartaraf   etish   ustida   ishlashga   yo naltirishi   samarali	
ʻ
natijani kafolatlashga yordam beradi.
4. Tinglab tushunish ko nikmasining mavjud holatini aniqlash maqsadida	
ʻ
tajriba-sinov   ishlari   olib   borildi.   Olib   borilgan   tajriba-sinov   natijalari   shuni
ko rsatadiki,   bolalar   munosabat   bildirish   va   mulohaza   yuritish   bilan   bog liq	
ʻ ʻ
malakalarni   shakllantirishga   qaratilgan   topshiriqlarni   bajarishda   ko p	
ʻ
muammoga   duch   kelmoqdalar.   Demak,   aynan   shu   kognitiv   jarayonlar   bilan
bog liq   mashq   va   topshiriqlarni   yaratish,   ular   ustida   ishlashga   oid   metodik	
ʻ
tavsiyalarni ishlab chiqishga ehtiyoj mavjud.
5. Tajriba-sinovning   ikkinchi   qismi   ishlab   chiqilgan   metodik   tavsiyalar
asosida shakllantirilishi maqsad qilib olingan tinglab tushunish malakasining
keyingi   holatini   aniqlashga   qaratildi.   Tajriba-sinov   guruhi   ishtirokchilari
ma lum   muddat   maxsus   ishlab   chiqilgan   metodik   usullar   va   tinglab
ʼ
tushunishga   oid   topshiriqlar   ustida   ishladilar.   Tajriba-sinov   natijalaridan
47 tinglab tushunish malakasini shakllantirish jarayonida ishlab chiqilgan usullar
yordamida   belgilangan   ko nikmalarning   har   biri   ustida   alohida   ishlash,ʻ
shunday   savol   va   topshiriqlar   orqali   matnni   tahlil   qilish   bolada   tinglab
tushunish   bilan   bog liq   malaka   va   ko nikmalarning   o sishiga   sezilarli   ta sir	
ʻ ʻ ʻ ʼ
ko rsata olganligini ko rish mumkin. 	
ʻ ʻ
UMUMIY XULOSALAR
1.   Tinglab   tushunish   ko nikmasini   shakllantirish   jarayonini   tashkil	
ʻ
etishda   ushbu   jarayonga   xos   bo lgan   pedagogik   tamoyillarni   ishlab   chiqish,
ʻ
bunda   bolaning   psixologik   xususiyatlarni   hisobga   olish   juda   muhim.   Ya ni,	
ʼ
tinglash   ko nikmasini   shakllantirish   jarayonida   qo yilgan   maqsadga   erishish	
ʻ ʻ
yo lida   pedagogik   ta sir   vositalari   qatorida   bolaning   psixologik	
ʻ ʼ
48 xususiyatlari(diqqat,   tafakkur,   xotira,   idrok,   iroda)ga   asoslangan   ta limʼ
strategiyalarini ham uyg un holatda qo llay olishi ushbu jarayonning samarali	
ʻ ʻ
tashkil etilishiga katta yordam beradi. 
2.   Amaldagi   DTS   va   o quv   dasturida   tinglab   tushunish   ko nikmasini	
ʻ ʻ
shakllantirishga qaratilgan mazmunni qayta ishlab chiqishga ehtiyoj mavjud.
Shuningdek,   ushbu   malakani   shakllantirish   jarayonining   tashkilotchilari
hisoblanmish   pedagoglarga   mana   shunday   metodik   tavsiyalar   va   uslubiy
ko rsatmalarni   berib   borish   orqali   ularni   ushbu   jarayonga   tayyorlab   borish	
ʻ
muhim. 
3.   Til   ta’limida   olib   borilgan   tadqiqotlar   hamda   jahon   metodikasidagi
yondashuv   va   tamoyillarning   har   biri   tinglab   tushunish   ko nikmasini	
ʻ
shakllantirish metodikasi uchun umumiy tavsifiy xarakterga ega.
4.Milliy   o‘quv   dasturining   ishlab   chiqilishi   va   shu   asosdagi
mashg‘ulotliklarning   yozilib   amaliyotga   joriy   etilishi   asnosida   bolalarning
tinglab   tushunish   ko‘nikmasini   shakllantirishga   qaratilgan   topshiriqlarning
kiritilgani   nutqiy   ko‘nikmalarni   rivojlantirishga   qaratilgan   dastlabki   va
muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
5. Tinglab tushunish ko‘nikmasiga oid ta’lim mazmunini shakllantirish,
ilg‘or   metodikalarga   asoslangan   o‘quv-uslubiy   qo‘llanmalar   yaratish   hamda
ilmiy-metodik   tavsiyalar   ishlab   chiqish   bu   sohadagi   keyingi   dolzarb
vazifalardan biridir.
6.Tinglab tushunish ko‘nikmasiga oid malaka talablari mazmunini ishlab
chiqish, ushbu jarayonga ta’sir qiladigan omillar haqida xulosa chiqarish ona
tili   ta’limida   tinglab   tushunish   ko‘nikmasini   shakllantirish   bosqichlaridan
bo‘lib, har biri uchun alohida ta’lim mazmuni va mezonlarini ishlab chiqish
muhim.   Aynan   mana   shu   mezonlar   keyingi   metodik   tavsiyalar   va
ko‘rsatmalarni   ishlab   chiqish   va   taklif   etish   uchun   asos   vazifasini   o‘tashi
lozim.
49 7 .   Tinglab   tushunish   ko‘nikmasini   shakllantirish   jarayonida   didaktik
materiallarga bir nechta talablar qo‘yiladi . Bunda audio uchun matn tanlashda
bolaning   yoshi,   qiziqishlari,   aqliy   salohiyatini   ham   hisobga   olish   kerak,
matnlarning turli uslublarda bo‘lishiga e’tibor berishi kerak. Albatta, DTS va
o quv   dasturlaridan   chiqib   ketmagan   holda   mavzularini   u   o‘rganayotganʻ
mavzularga   yaqinligiga   e’tibor   berish   kerak.   Matnda   so‘zlarning   qiyinlik
darajasini va so‘zlar hajmiga e’tibor berish muhim sanaladi.
8.   Tinglab   tushunish   ko nikmasini   shakllantirish   va   rivojlantirish	
ʻ
jarayonida   har   bir   ko nikmani   shakllantirishga   alohida   e tiborni   qaratish,	
ʻ ʼ
ularni   shakllantirish   bilan   bog liq   metod,   usul   va   vositalardan   foydalanish	
ʻ
muhim   sanaladi.   Demak,   pedagog   bolalarda   qaysi   kognitiv   jarayonlar   bilan
bog liq muammo borligini aniqlashi, shu asosda keyingi metodik tadbirlarni	
ʻ
ushbu   muammolarni   bartaraf   etish   ustida   ishlashga   yo naltirishi   samarali	
ʻ
natijani kafolatlashga yordam beradi.
9.   Tinglab   tushunish   ko nikmasining   mavjud   holatini   aniqlash	
ʻ
maqsadida   tajriba-sinov   ishlari   olib   borildi.   Olib   borilgan   tajriba-sinov
natijalari shuni ko rsatadiki, bolalar munosabat bildirish va mulohaza yuritish	
ʻ
bilan bog liq malakalarni shakllantirishga qaratilgan topshiriqlarni bajarishda	
ʻ
ko p   muammoga   duch   kelmoqdalar.   Demak,   aynan   shu   kognitiv   jarayonlar	
ʻ
bilan   bog liq   mashq   va   topshiriqlarni   yaratish,   ular   ustida   ishlashga   oid	
ʻ
metodik tavsiyalarni ishlab chiqishga ehtiyoj mavjud.
 10. Tajriba-sinovning ikkinchi qismi ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar
asosida shakllantirilishi maqsad qilib olingan tinglab tushunish malakasining
keyingi   holatini   aniqlashga   qaratildi.   Tajriba-sinov   guruhi   ishtirokchilari
ma lum   muddat   maxsus   ishlab   chiqilgan   metodik   usullar   va   tinglab	
ʼ
tushunishga   oid   topshiriqlar   ustida   ishladilar.   Tajriba-sinov   natijalaridan
tinglab tushunish malakasini shakllantirish jarayonida ishlab chiqilgan usullar
yordamida   belgilangan   ko nikmalarning   har   biri   ustida   alohida   ishlash,	
ʻ
50 shunday   savol   va   topshiriqlar   orqali   badiiy   matnlarni   tahlil   qilish   bolada
tinglab tushunish bilan bog liq malaka va ko nikmalarning o sishiga sezilarliʻ ʻ ʻ
ta sir ko rsata olganligini ko rish mumkin. 	
ʼ ʻ ʻ
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
SIYOSIY VA IJTIMOIY ADABIYOTLAR
  1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz
bilan birga quramiz. T.: O zbekiston. 2017-yil. 	
ʻ
2.   Mirziyoyev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   qat iy   tartib-intizom   va   shaxsiy	
ʼ
javobgarlik   har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bo lishi   kerak.	
ʻ
O zbekiston.: 2017- yil. 	
ʻ
51 3.   O zbekiston   Respublikasining   “Ta lim   to g risida”gi   Qonuni.ʻ ʼ ʻ ʻ
Barkamol   avlod-O zbekiston   taraqqiyotining   poydevori.   Sharq   nashriyot	
ʻ
matbaakonserni, 1997. 
4.   O zbekiston   Respublikasining   Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi.	
ʻ
Barkamol   avlod   –   O zbekiston   taraqqiyotining   poydevori.   “Sharq”	
ʻ
nashriyoti, Toshkent -1997. 39-b.
5.   “O zbek   tilining   davlat   tili   sifatidagi   nufuzi   va   mavqeyini   tubdan	
ʻ
oshirish   chora-tadbirlari   to g risida”gi   O zbekiston   Respublikasi	
ʻ ʻ ʻ
Prezidentining Farmoni. Toshkent – 2019. 
6.   O zbekiston   Respublikasining   “Davlat   tili   to g risida”   gi   Qonuni.	
ʻ ʻ ʻ
Toshkent – 1989. 
7.   O zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “Davlat   tili
ʻ
to g risida”gi   qonunni   amalga   oshirish   davlat   dasturi   to g risida”gi   qarori.	
ʻ ʻ ʻ ʻ
Toshkent – 1990.
  8.   O zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “Davlat   tili	
ʻ
haqida”gi   qonuni   yangi   tahririning   qabul   qilinishi   haqidagi   311-qarori.
Toshkent – 1996.
  9.   “O zbekiston   Respublikasi   oliy   ta lim   tizimini   2030-yilgacha
ʻ ʼ
rivojlantirish   konsepsiyasini   tasdiqlash   to g risida”gi   O zbekiston	
ʻ ʻ ʻ
Respublikasi Prezidentining Farmoni. Toshkent – 2019. 
10.   O zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “Хalq   ta limi	
ʻ ʼ
tizimida ta lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish
ʼ
chora-tadbirlari   to g risida”gi   2018-yil   8-dekabrdagi   997-sonli   qarori.	
ʻ ʻ
Toshkent – 2019. 129
11. Umumiy o rta ta limning ona tili fanidan davlat ta lim standartlari va
ʻ ʼ ʼ
o quv dasturi. T.: 2017-yil, 6-aprel. 	
ʻ
12. Milliy o quv dasturi. Muhokama uchun taqdim etilgan. 2021-yil.	
ʻ
52 ILMIY-NAZARIY ADABIYOTLAR
13. Abdiraimov Sh.S. Ona tili ta limida o qib tushunish malakasi baholash.ʼ ʻ
Monografiya. T.: — 2022. 
14. Anderson and Lynch. Listening.Oxford:Oxford University Press, 2003.
          15.Azimova   I.   Ona   tili   ta limida   lisoniy   malakani   rivojlantirishning
ʼ
psixolingvistik   asosi   /   I.   Azimova   /   Global   ta lim   va   milliy   metodika	
ʼ
taraqqiyoti. III an anaviy respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiali //	
ʼ
T.: -2019. 
            16.   Azimova   I.   O‘zbek   tilidagi   gazeta   matnlari   mazmuniy
persepsiyasining psixolingvistik tadqiqi. – Toshkent.2019. 
           17. Azimova   I   va b. Ona tili. Umumiy o rta ta’lim maktablarining 6-	
ʻ
sinfi uchun mashg‘ulotlik. Toshkent, 2022.
            18.D.Nunan   (2002)   “Listening   in   language   Learning”.   In
“Methodology   in   Language   Teaching”   Eds.   Jack   C.Richards,Willy
A.Renandya. P-235.
     19.Developing Listening skills. Studies about languages.2009.
          20.   Hamroyev     G‘.Ona   tili   ta’limida   o‘quv   topshiriqlarini   ishlab
chiqishning lingvodidaktik asoslarini takomillashtirish.Dissertatsiya.T.:2020
     21.Hamroyev G‘.Ona tilidan o‘quv materiallarining metodik ta’minotini
takomillashtirish//Global   ta’lim   va   milliy   metodika   taraqqiyoti   mavzusidagi
IV   an’anaviy   respublika   ilmiy-amaliy   anjumani   materiallari.Toshkent   –
ToshDO‘TAU.2019.
             22.  J.   Jalolov.   Ingliz  tili  o‘qitish  m е todikasi,   «Pedagog»   nashriyoti.
Toshk е nt.
            23.Kamelia Gulam. Listening skills, Business Communication: Basic
Consepts and Skills. – 2014.  
53       24.Lamara KADAGIDZE Different types of Listening Materials , IBSU
International   Refereed   Multi-diciplinary   Scientific   Journal,     №1,   2006,     p.
149.
25.N.Mahmudov   va   b.   Ona   tili.   Umumiy   o rta   ta’lim   maktablarining   5-ʻ
sinfi uchun mashg‘ulotlik. – Toshkent: Ma’naviyat, 2015.
26.Murodova   A.   5-sinf   bolalarida   eshitib   tushunish   ko‘nikmasini
shakllantirishning nazariy va metodik asoslari.2020
        27.   S.M.Ahmadi   “The   Importance   of   Listening   Comprehention   in
Language Learning” International Journal of Research in English Education.
p. 7.
28.The importance of teaching listening and speaking skills, p. 12.
29.The Effects of Listening Comprehension on English Language Learners
Writing   Performance   while   Taking   Notes   by     Juary   De   Brito       MA,
Bridgewater State University, 2015,  p.15.  
  30.Underwood   M.(1989).Teching   Listening.Longman3.   Strategies   to
develop the speaking and listening.2014
            31.   1977   3.   Г.   Лозанов   Сущность  истории   и   экспериментальные
перспективы   редагогической   системы   при   обучении   иностранным
языкам. Изд. МГПИИЯ, «Высшая школа» 3, 1977 
              32.   Методика   преподования   иностранних   язиков   зарубежом.
Москва, «Прогресс» 1967.
INTERET MANBALARI
33. www.uzedu.uz 
34.  www    .   oecd    .   org    /   pisa    /   aboutpisa    /  
35. infourok.ru/conference/online/28
36. www.centeroko.ru 
54 37..https://burmak2.edu.yar.ru/docs/seminari/
formirovanie_gramotnogo_chteni ya. html 66. infourok.ru
55

BOLALARNING ESHITIB TUSHUNISH KO NIKMASINIʻ SHAKLLANTIRISH METODIKASI MUNDARIJA T/r Nomlanishi Bet KIRISH 3 I BOB. BOG CHA TARBIYALANUVCHILARIDA ESHITIB ʻ TUSHUNISH KO NIKMASINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ʻ ASOSLARI 1.1. Eshitib tushunish ko nikmasini shakllantirishning ʻ pedagogik va psixologik omillari 8 1.2. Til ga oid mashg ulotlarda ʻ tarbiyalanuvchi larning eshitib tushunish ko nikmasi ʻ ni shakllantirish imkoniyatlarining oldingi va bugungi holati 22 Birinchi bob bo yicha xulosa ʻ 34 II BOB. MTT TARBIYALANUVCHILARINING ESHITIB TUSHUNISH KO NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI ʻ 2.1. Ona tili saboqlarida eshitib tushunish ko nikmasini ʻ shakllantirishga doir ta lim mazmunini takomillashtirish ʼ 35 2.2 . Bolalarning eshitib tushunish ko nikmasini shakllantirishda ʻ didaktik metariallarga qo yiladigan talablar ʻ 43 Ikkinchi bob bo yicha xulosa ʻ 48 UMUMIY XULOSALAR 50 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 53 KIRISH

Mavzusining dolzarbligi : Respublikamizda barcha sohalarda bo‘layotgani kabi davlat tilining o‘rni va nufuzini oshirish borasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim tizimiga, xususan o‘zbek tilini rivojlantirish, davlat tili sifatidagi mavqeyini ko‘tarishga qaratilgan e’tibor buning yorqin isbotidir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2019-yil 21-oktabrda “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Unga ko‘ra uch oy ichida “Davlat tili haqida”gi Qonunni takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi. 2019-yil 8-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi 1 . Unda, ta’lim sifatini oshirish maqsadida xalqaro tajribalarni tahlil qilish orqali oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish, ya’ni ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, o‘qitish metodikasini takomillashtirish nazarda tutilgan. Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilib, uning asosiy vazifasi – davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish etib belgilandi 2 . O zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilkʻ qadam” davlat o quv dasturi ikkinchi marta takomillashtirilgan holda chop ʻ 1 “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Toshkent, 2019 2 “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Toshkent, 2019. 2

etildi. Dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Ilmiy kengashining 2021-yil 23-dekabrdagi 10-sonli bayonnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2022-yil 4-fevraldagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan 3 . Bugungi kunda bilimga asoslangan jamiyatda axborotni izlash, saralash va qabul qilish, tushunish va uni tahlil qilish, tavsiflash, tuzish va qayta ishlash muhim aqliy ko‘nikmalarni egallashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday bilimlar bog chalarda berila boshlash kerak.ʻ O‘z fikrini og‘zaki va yozma shaklda savodli bayon qila oladigan, mustaqil shaxsiy fikrga ega, dunyoqarashi keng bolani tarbiyalash ona tili ta’limining asosiy maqsadini belgilaydi. Bolaning til materiali va vositalarini nutqda qo‘llay bilish uchun yetarli bilimlarni o‘zlashtirishi, muayyan bir xabarni yoki ma’lumotni turli shakllarda bera olish, badiiy asarlarni anglash , ular haqidagi fikr- mulohazasini og‘zaki shaklda to‘g‘ri bayon eta olish talab etiladi. Bugungi kunda bolalarda til ko‘nikmalarini rivojlantirishning o‘ziga xos metod va usullaridan foydalangan holda ta’lim sifatini shakllantirish mumkin. Shu singari bolalarda eshitib tushunish malakasini rivojlantirish, ularning nutqni qabul qilishlaridagi to‘siq va kamchiliklarni bartaraf etish borasidagi yangi usul va metodlarni ishlab chiqish mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Bitiruv malakaviy ishining obyekti va predmeti Tadqiqotni amalga oshirishda bolalarning eshitib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish jarayoni tadqiqot obyekti qilib olindi. Bolalarning eshitib tushunish ko‘nikmalarini 3 “Ilk qadam” davlat o quv dasturi. – Toshkent, 2022. ʻ 3

shakllantirishning metodik usullari, tahlillari, natijalari va tavsiyalarini ishlab chiqish tadqiqot predmetini belgilab beradi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bolalarning eshitib tushunish ko‘nikmasini metodikasini takomillashtirishdan iborat. Ushbu maqsad asosida quyidagi vazifalar belgilab olindi: – eshitib tushunishga oid ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish; – eshitib tushunish bo‘ yicha ishlab chiqilgan metod va usullarning mazmun-mohiyati, uning ta’limdagi ahamiyatini muayyan misollar bilan tizimlashtirish ; – bolalarda eshitib tushunish bo‘ yicha tatbiq etilgan o‘qitish usullarini boshqa o‘qitish usullaridan farqliligi va o‘ziga xosligini ko‘rsatib berish ; Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi. Mazkur tadqiqotda badiiy matnlarni eshitib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar va ular bilan bog‘liq muammolar o‘rganib chiqilgan va shu asosida eshitib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan topshiriqlar va ularning samarali usullari ishlab chiqilgan. Bitiruv malakaviy ishining asosiy masalalari va farazlari. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchida hayotiy muhim ko‘nikmalardan biri bo‘lgan eshitib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishda zamonaviy usullardan, pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda mashq va topshiriqlar ishlab chiqilsa, ularning kompetentligini oshirishlarida yuqori natijaga erishishlari nazarda tutilgan. Muammoning ishlanganlik darajasi va adabiyotlar tahlili . Ona tili ta’limida til ko‘nikmalaridan biri bo‘lgan eshitib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning ilmiy asoslari yetarli darajada o‘rganilmagan va shuning uchun hozir ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. O.Roziqovning “Ona tili didaktikasi”, K.Qosimova, S.Matchonov va boshqalarning “Ona tili o‘qitish metodikasi”, A.Ko‘chiboyevning “Xorijiy 4

tillarga o‘rgatishning kommunikativ metodikasi”, J.Jalolovning “Chet tili o‘qitish metodikasi”, R.Zaripovaning “Chet tillar o‘qitish metodikasi”, O‘.Hoshimov, I.Yoqubovlarning “Ingliz tili o‘qitish metodikasi, I.Azimovaning “O‘zbek tilidagi gazeta matnlari mazmuniy persepsiyasining psixolingvistik tadqiqi” (monografiya), K.Mavlonovaning “Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab o‘qitish metodikasini takomillashtirish” (dissertatsiya), bir nechta metodik qo‘llanmalarda til ko‘nikmalarini rivojlantirish, jumladan bolalarning eshitib tushunish ko‘nikmasinini shakllantirish ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Xorij tilshunos olimlari D.Nunan “The importance of teaching listening and speaking skills’’, “Listening in language Learning», Pourhpossein Gilakjani va Ahmadi M.R. «A study of factors Affecting EFL Learners’English Listening Comprehension and the Strategies for Improvement», Vilmante Liubiniene «Developing Listening Skills in CLIL», Tony Lynch and Kenneth Anderson «Effectivs english learning», Brown H.D. «Principles of Language Learning and teaching», Goh C.C. «A Cognitive Perspective on Language Learners’ Listening Comprehension Problems», O‘.Malley, J.M.Chamot, Kupper L. «Listening Comprehension Strategies in Second Language Acquisition» mavzusida tadqiqot olib borgan. Yuqoridagi kabi ilmiy ishlar bilan tanishish natijasida shu mavzu bilan bog‘liq metodik muammolarni o‘rganish zarurati tug‘ildi. Bitiruv malakaviy ishining metodologik usul va metodlari. Mavzuga oid nazariy va metodik adabiyotlarni o‘rganish, muloqot jarayonlarni kuzatish, ayrim nazorat va tajriba ishlarini o‘rganish, bolalar bilan suhbatlashish, og zaki so‘rovnomalar o‘tkazish.ʻ Ishning tuzilish tartibi. Tadqiqot kirish, ikki bob, to rtta ʻ fasl, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro yxatini o‘z ichiga oladi, 57 sahifani tashkil ʻ etadi. 5