logo

MUMTOZ TARIXIY POETIKA

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

558 KB
MUMTOZ TARIXIY POETIKA
MUNDARIJA
Fanning annotatsiyasi…………………………………………………………………2
Muallif haqida ma`lumot……………………………………………………………..4
« Mumtoz tarixiy poetika ” fanining  sillabusi…………… ................................... ...........5 .
Ma’ruza 1. Adabiyotshunoslikka oid fanlar tizimida tarixiy poetikaning mohiyati 
va o‘rni…………………………………………………………………………10
Ma’ruza  2. Syujetlarni o‘rganishga oid muhim nazariyalar..............................13
 Ma’ruza 3. Mif poetikasi……………………………………………………….26
Ma’ruza 4. Ramziy obrazlar va mif munosabati………………………………..30
Ma’ruza   5.  Mifologiya va yozma adabiyot munosabatlari …………………….33
Ma’ruza 6. Qadimgi Sharq adabiyoti poetikasi masalalari ……………………..36
Ma’ruza 7. Janrlar poetikasi ……………………………………………………..39
Ma’ruza 8. Ilk arab adabiyoti janrlari …………………………………………..42
Ma’ruza 9. Mumtoz adabiyotshunoslikda tarixiy poetikaning joriylanishi ………45
Ma’ruza 10. Tarixiy manbalar va poetika munosabatlari………………………..47
Ma’ruza   11.  Tarixiy poetikaning boshqa adabiyotshunoslik fanlari  bilan o‘zaro 
munosabati ……………………………………………………………………50
Amaliy 1. Qadimgi turkiy yodgorliklarning formal-poetik xususiyatlari……..55
Amaliy 2. Moniylik mifologiyasida ramziy obrazlar talqini. Moniylik oqimidagi 
adabiyotda doimiy kultlar    …………………………………………………….55
Amaliy   3.   Beruniyning   “O‘tmish   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar”   va
“Mineralogiya” asarlarida rivoyat, afsona va hikoyatlar ………………………..56
Amaliy  4. “Jome’ ut-tavorix”dagi O‘g‘uz xoqon shaxsi va “O‘g‘uznoma” 
dostonining qiyosiy tahlili...................................................................................56
Amaliy 5. Xamsanavislik. Muqaddima va xotimalarning dostonlar g‘oyaviy 
mundarijasi bilan bog‘liqligi……………………………………………………57
Amaliy  6. O‘rta Osiyo, Eron va Ozarbayjonning qadimgi xalqlari miflaridagi 
mushtaraklik va farqli jihatlar.............................................................................57
Amaliy 7. O‘rta Osiyoda X-X11 asarlarda arab tilidagi adabiyot………………58
Seminar 1. Nizomiy Ganjaviy “Panj ganji” kompozitsiyasi va syujeti chizig’i....58
Seminar 2. Navoiy “Xamsa”sida poetika masalalari............................................59
Seminar 3. Sharq mumtoz poetikasi va musiqa san’ati.  Abdurahmon Jomiyning 
“Risolai musiqiy” asari………………………………………………………….59
Seminar  4. Atoulloh Husayniyning “Badoeye’ us-sanoye’” asarida poetika 
masalalari……………………………………………………………………….60
Fan yuzasidan testlar…………………………………………………………….61
Glossariy…………………………………………………………………………66
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………80
1 1-mavzu
Adabiyotshunoslikka oid fanlar tizimida tarixiy poetikaning mohiyati va
o‘rni.    (nazariy poetika, dinamik poetika, struktural poetika va b.)
1.Reja:
1.Mumtoz tarixiy poetika tushunchasi
2. Mumtoz tarixiy poetika fanining predmeti
3. Mumtoz tarixiy poetika fanining vazifalari
Poetika   qadimdan   o‘rganilib   kelinayotgan   soha   bo‘lib,   adabiyotshunoslikning
mazmuni   va   shaklini   tashkil   qiladi.   Poetika   qadimdan   beri   olimlar   va   ijodkorlarning
diqqatini   jalb   qilib   keladi.   Bu   tabiiy,   albatta.   Badiiy   ijod,   adabiyotning   taraqqiyoti
nazariy yoritishni va umumlashtirishni taqozo qiladi. Ko‘pincha umumlashtirishlarning
natijasi   katta   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   edi.   SHu   munosabat   bilan   Aristotelning
“Poetika”   asarini   eslash   o‘rinlidir.   Uning   mazkur   asaridagi   umumlashtirish   katta
mohiyat kasb etgani uchun ham bugungacha unga murojaat etamiz. 
Poetika uzoq vaqt tavsifiy va me’yoriy xarakter kasb etib keldi. X1X asrning ikkinchi
yarmidan   boshlab   tarixiy   poetika   sohasida   qilingan   ishlar   mazmun   tomondan   keskin
o‘zgardi.  Ayniqsa,  A.N.Veselovskiyning   “Tarixiy poetika”  (“Istoricheskaya  poetika”)
asari tarixiy poetikani fan sifatida shakllantirishga turtki berdi. 
X1X   asrda   adabiyotning   tarixiy   tadqiqotlari     yo‘nalishida   ko‘p   ishlar   amalga
oshirildi, badiiy tasvir vositalariga tarixiy nuqtai nazardan yondashuv, tur va janrlarga
oid   olib   borilgan   tadqiqotlar   va   ularning   rivojiga   batafsil   ta’rif   berilgin   ishlar   tarixiy
poetikaga fan sifatida  asos yaratib berdi. Tarixiy poetikaga oid ko‘plab ishlar Rossiya,
Polsha,   Fransiya,   Germaniya   kaba   mamlakatlarda   yuzaga   keldi   va   davom   etmoqda.
Jumladan,   Rossiyada   tarixiy   poetikani   fan   sifatida   shakllantirgan   olim
A.N.Veselovskiydir.   Uning   izlanishlari   va   erishgan   yutuqlari   adabiyotshunoslikda
alohida   bosqichni   tashkil   etadi.   SHu   bilan   birga   ta’kidlash   kerakki,   A.N.Veselovskiy
mo‘ljallagan   niyatini   –   adabiy   hodisalarning   keng   doirasini   qamrab   oladigan   yagona
umumiy   poetikani   yaratishga   ulgurmadi.   A.   N.   Veselovskiyning   “Tarixiy   poetika”
asarida   tarixiy-metodologik   tamoyillarda   ayrim   etishmovchiliklar   bo‘ldi.   Jumladan,
turli   poetik   turlar   va   shakllarni   ajratib   olib   talqin   qilishda,   badiiy   tasvir   vositalarini
yoritishda   ma’lum   noizchillikda   ko‘rinadi.   Ammo   shunga   qaramay,   u   tarixiy
poetikaning tamal toshini yaratib berdi. U tarixiy poetikaning o‘rganish ob’ekti sifatida
uslub,   poetik   til,   adabiy   syujetlarni   o‘rganishni   birinchi   o‘ringa   chiqardi,   so‘ngra
adabiy   turlarning   “tarixiy   izchilligi”   tadqiq   etilishi   lozimligini   uqtirgan   edi.
V.M.Jirmunskiyning   “Poetika   –   she’riyatni   san’at   sifatida   o‘rganadigan   fandir” 1
  deb
aytganda,   tarixiy   poetikaning   o‘rganish   ob’ektini   aniqlab,   A.N.Veselovskiyga
yaqinlashgan   edi.   Ayniqsa,   SHarq   mumtoz   poetikasida   Abu   Nasr   Forobiyning
she’riyat va uning shakllanishi, arab va yunon she’riyatidagi qonuniyatlar va ularning
har   biridagi   o‘ziga   xosliklar,   she’r   insoniyatni   taajjubga   solish   va   ijtimoiy   maqsadlar
1
 Жирмунский В.М. Историческая поэтика А.Н.Весел о вского.  – “ Веселовский А.Н. Историческая поэтика”
(Москва,   1940)   китобида,   9-10-   бетлар;   Горский   И.К.   Александр   Веселовский   и   современность,   Москва,
1975.
2 uchun   yozilishi   to‘g‘risidagi   fikrlari,   nazariy   qarashlari     SHarq   mumtoz   tarixiy
poetikasining ob’ektini ifoda etadi. 
Tarixiy   poetika   nazariy   poetika   bilan   zich   aloqadadir.   Nazariy   poetika   badiiy
asarning,   umuman   olganda,   adabiyotning   ishoraviy   (semiotik),   estetik   va
kommunikativ  tabiati   muammolarini  o‘z  ichiga  olib,  bu  muammolarni   sinxron   nuqtai
nazardan   tahlil   qiladi .     Hatto   adabiyot   nazariyasining   asosini   aynan   poetika   tashkil
qiladi, degan fikrlar o‘tgan asrning 20-yillarida paydo bo‘lgan edi. 2
  Xuddi shu davrda
M.M.Baxtin   nazariy   poetikaning   vazifasi   va   ob’ektiga   “badiiy   asarni   shu   holicha
ajratib ko‘rsatish,  uning tuzilishi  manzarasini  berish, badiiy asarning elementlarini va
bu   elementlarning   vazifalarini   aniqlashdir”,   deb   ta’rif   beradi.   SHuningdek,   M.Baxtin
bu   vazifalarni   badiiy   asarning   estetik   tabiati   haqidagi   savolga   javob   bermasdan   hal
qilib   bo‘lmasligini   ta’kidlaydi. 3
    Bular   nazariy   poetikaning   o‘rganish   ob’ektiga
kiradigan vazifalardan bir qismidir. 
“Adabiyot   nazariyasi”   (“Teoriya   literaturы”)ning   muallifi   V.E.Xalizev   ham   nazariy
poetikani   adabiyot   nazariyasi   bilan   bir   deb   qaraydi:   “Adabiyot   nazariyasi...turli
aspektlar   va   bo‘limlardan   iborat.   Uning   markaziy   bo‘g‘ini   –   umumiy   poetika   bo‘lib,
nazariy poetika  deb ham yuritiladi... (ta’kid bizniki – D.S.) ” 4
Tarixiy   poetika   badiiy   asar   tarkibiy   qismlarining   va   ularning   vazifalari
o‘zgarishini   qamrab   olib,   diaxron   nuqtai   nazardan   tahlil   qiladi,     bunday   o‘zgarishlar
yirik madaniy davrlar qamrovida kechadi. 
YUqoridagi   iqtiboslar   va   qarashlar   majmuini   quyidagicha   ifodalasak,   to‘g‘ri
bo‘ladi:   nazariy   poetika   adabiyotshunoslik   kategoriyalari   tizimini   ishlab   chiqadi   va
ularning mantiqiy tahlilini beradi.  Tarixiy poetika  esa adabiyotshunoslik kategoriyalari
tizimining   kelib   chiqishi   va   taraqqiyotini   o‘rganadi.   SHu   bois   nazariy   poetikada
sinxron, tarixiy poetikada daixron nuqtai nazar asosiy o‘rin tutadi.
Adabiyotshunoslikni   nazariy   va   tarixiy   poetikaga   bo‘lib   o‘rganish   metodologik
xarakter   ifodalashidan   ko‘ra,   texnik   xarakterga   ega   deb   qaraydiganlar   ham   bor.   Bu
qarash   tarafdorlarining   fikricha,   “nazariy   poetika   tarixiy   bo‘lishi   kerak”,   poetikaning
har   bir  ta’rifi   “aniqlanadigan  shakllar   butun  taraqqiyoti  davomida  o‘xshash” 5
  bo‘lishi
lozim.
Nazariy,   tarixiy,   me’yoriy   va   boshqa   poetika   turlari   haqidagi   bahs   munozaralar
hali   davom   etadi.   CHunki   A.Veselovskiy   boshlab   bergan   tarixiy   poetika   bo‘yicha
tadqiqotlar   o‘tgan   asrning   50-yillariga   qadar   to‘xtab   qoldi.   XX   asrning   ikkinchi
yarmidan   keyin   Rossiyada   ham,   Evropada   ham   tarixiy   poetikaga   qiziqish   kuchaydi.
V.V.Vinogradov,   D.S.Lixachev,   E.M.   Meletinskiy,   S.Averinsev,   M.Gasparov,
O.Freydenberg,   M.Steblin-Kamenskiy,   M.   Polyakov   va   boshqa   bir   qator   yirik
olimlarning   tarixiy   poetika   bo‘yicha   olib   borgan   tadqiqotlari   bu   sohaning   rivoj
topishiga   katta   xizmat   qildi.   SHuni   har   doim   nazarda   tutish   kerakki,   Evropada   olib
2
 Тамарченко Н.Д., Тюпа В.И., Бройтман С.Н.  Теория литературы. В двух томах. Том 1, Москва.ACADE M A .
2004, C.9.
3
  Бахтин М.М. Проблем ы  содержания, материала и форм ы в словесном художественном творчестве. //ВЛЭ.
Москва, 1975, С. 9.
4
  Хализев В.Е. Теория литературы.  – Москва, 2002, С.8.
5
  Медведев П.Н. (Бахтин М.М.). Формальный метод в литературоведении. – Москва, 1993, С.38. 
3 borilgan poetikaga oid ko‘p ishlar sturkturalizm g‘oyalari ta’siri ostida   paydo bo‘ldi.
Bu tadqiqotlar tarixiylik tamoyiliga nafaqat begona, balki bu tamoyilga qarama-qarshi
qo‘yildi. 
Tarixiy poetika adabiyot tarixi bilan zich bog‘lanib, o‘z o‘rganish ob’ektiga ega
bo‘lgan   nazariy   kurs   hisoblanadi.   Hozirgi   adabiyotshunoslikda   mavjud   muammoga
turli   yondashuvlar   bu   fanning   aniq   definitsiyasini   chegaralashda   ayrim   muammolarni
keltirib   chiqaradi.   1986   yili   Tarixiy   poetika:   o‘rganish   yakunlari   va   istiqbollari”
(“Istoricheskaya  poetika. Itogi i perspektivы  izucheniya”)    to‘plamida P.A.Grinser  va
M.L.Gasparovning   maqolalari   bilan   M.M.   Girshman   maqolasi   o‘rtasida   tarixiy
poetikaning  predmetini  va   o‘rganish  ob’ektini   belgilash  borasida   bahslar  bo‘lib  o‘tdi.
Mazkur   to‘plamdan   joy   olgan   P.A.Grinserning   maqolasi   “Literatura   drevnosti   i
srednevekovya   v   sisteme   istoricheskoy   poetiki”   va   M.L.Gasparovning   maqolasi
“Istoricheskaya   poetika   i   sravnitelnoe   stixovedenie”   deb   nomlanadi.   Jumladan,
P.A.Grinser   tarixiy   poetikaning   o‘rganish   ob’ekti   va   predmetiga   quyidagicha   ta’rif
beradi:   “Agar   tarixiy   poetikaning   predmeti   u   yoki   bu   darajada   ishlab   chiqilgan   deb
hisoblanadigan   va   uning   predmeti   poetik   tamoyillar,   usullar   va   shakllarning   kelib
chiqishi,   tarixiy   taraqqiyotini   o‘z   ichiga   oladigan   bo‘lsa,   bu   qadar   keng   muammoni
o‘rganishning aniq yo‘llari hali jiddiy oydinlashtirishni talab qiladi. YAnada tabiiy yo‘l
– poetologik kategoriyalar (obraz, uslub, janr, metod va b.) ni diaxronik (ya’ni tarixiy
izchillik   nuqtai   nazaridan   –   D.S.)   tahlil   etish   –   bu   kategoriyalarni   o‘z   ierarxiya   va
vazifalari bo‘yicha o‘zgarmas hodisa sifatida talqin etish xavfini tug‘diradi. Qolaversa,
poetik  kategoriyalar,  shubhasiz   ko‘chib  yuradi.  Hatto   uzoq   tarixiy   istiqbolda   ular   o‘z
dolzarbligini  saqlaydi, davrdan davrga va adabiyotgan adabiyotga o‘tganda ham, ular
ko‘pincha o‘z qiyofasini va mazmunini o‘zgartiradi, yangi aloqalar va munosabatlarga
kirishadi,   har   safar   alohida   va  bir-biridan   farq  qiladigan   tizim   yuzaga   keladi.   Har   bir
bunday tizimning xarakteri  davrning badiiy tafakkuri, o‘z navbatida, davrning adabiy
aqidalarida   va   uning   poetikasida   yuzaga   chiqqan.   Agar   poetik   nazariya   bilan   poetik
amaliyot   o‘rtasida   ma’lum   uzilish   mavjud   bo‘lsa,   bu   uzilish   u   yoki   bu   madaniy
an’analar   orqali   bir   necha   asr,   ba’zan   ming   yillar   oralig‘ida   ajralib   turadigan
zamonaviy   tadqiqotlar   bilan   Grinser   tarixiy   poetikaning   predmeti     sifatida   SHarq
mumtoz   adabiyotining   tajribasidan   o‘rganishni,   ayniqsa,   SHarq   adabiyotiga   yaqin
bo‘lgan Evropa antik adabiyoti va o‘rta asr adabiyoti bilan tipologik jihatdan qiyoslab
o‘rganishni taklif qiladi (72 bet). Bu fikr ancha jonli va ma’lum bir nazariy dalillarga
tayangani   bilan   o‘zini   oqlaydi.   Tarixiy   poetikaning   predmetini   u   yoki   bu   darajada
qat’iylashgan  deb qarash mumkin. Tarixiy poetika poetik tamoyillar, usullar, shakllar
va   janrlarning   kelib   chiqishi   hamda   ularning   taraqqiyoti   (evolyusiyasi)   bilan   ish
ko‘radi. 
Grinserning mulohazalari ancha jonli, ayni paytda ma’lum manbalarga tayangani
bilan   diqqatga   sazovor.   SHarq   mumtoz   adabiyoti   degan   tushuncha   ostida   Grinser,
birinchi navbatda, sanskrit, arab adabiyotini nazarda tutadi. Zotan yozma adabiyotning,
yaratilgan   davri   qadimiyligi   e’tiborga   olinsa,   Grinser   tayangan   manbalar   tamomila
o‘zini oqlaydi. Jumladan, asli sanskrit tilida yaratilgan “Oltun yorug‘” asarining tarkibi
va janr   hususiyatlariga  va  janrlar  poetikasiga   e’tibor  bersak,  masala   ma’lum   darajada
oydinlashadi.
4 2 -mavzu
Syujetlarni o‘rganishga oid muhim nazariyalar
O‘zbek   adabiyoti,   umuman,   turkiy   xalqlar   adabiyoti   tarixida   A.N.Veselovskiy
ta’rif   bergan   tarixiy   poetikaning   barcha   jihatlarini   qamrab   olgan   manbalar   bor.
Mahmud   Koshg‘ariyning   «Devonu   lug‘at   it-turk”   asari   ana   shunday   manbalardan
biridir. 
A.N.Veselovskiy  adabiyotning, xususan,  she’rning asosiy  masalalarini  tarixiy poetika
uchun manba qilib oladi. Bu bejiz emas. Zotan, badiiy tafakkur ilk bor she’rda o‘zini
namoyon   qilgan.   A.N.Veselovskiyning   she’r   asosida   qo‘ygan   asosiy   muammolari
quyidagilardir:   1.   Ibtidoiy   snkretizm   va   janrlar   taraqqiyoti.   2.   SHoirning   holati   va
she’rning ijtimoiy vazifasi. 3. Poetik til taraqqiyoti. 4. Syujetlar poetikasi.
«Har   qanday   poetik   taraqqiyot   boshida,   -   deb   yozgan   edi   A.N.Veselovskiy,   -
poetik janrlarning ibtidoiy snikretizmi yotadi. SHe’rning bunday holati epos, lirika va
dramaning   dastlabki   yaxlitligidan   ajralib   chiqmagan   va   she’r-   musiqadan,   taqlidiy
raqsdan   ajralib   chiqmagan   davrga   to‘g‘ri   keladi.   SHe’rning   ilk   taraqqiyot   bosqichida
ritmik   va   musiqaviy   elementlar   bosh   o‘rin   tutadi.   So‘z   ikkinchi   o‘rinda   turadi.   Matn
tasodifan   improvizatsiya   qilinadi   va   keyin   unutiladi.   Ibtidoiy   she’rning   mazmuni
ibtidoiy jamoaning, ijtimoiy hayotning turli tomonlarini ramziy shaklda aks ettiradigan
urf-odatlarni   beradi».   A.N.Veselovskiy   lirika   va   dramaning   kelib   chiqishi   uchun
birinchi   darajali   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   bahorgi   urf-odatlarga   e’tibor   qaratadi.
SHe’rning   keyingi   taraqqiyoti   urf-odat   aloqalaridan   qo‘shiqning   ajralib   chiqishiga   va
poetik   janrlarning   differensiatsiyalashuviga   olib   keldi.   Mahmud   Koshg‘ariyning
«Devonu lug‘atit-turk» asarida anna shu differensiatsiyalashuvni ko‘ramiz.
Koshg‘ariyning tug‘ilgan yili aniq emas. U «Devonu lug‘atit-turk» asarini  1068
yili yozib tugatgan. Koshg‘ariy bu asari ustida uzoq yillar  ishladi. Avval yurtma-yurt
kezib   material   to‘pladi.YUqori   CHindan   tortib   butun   Moavarounnahr,   Xorazm,
Farg‘ona   va   Buxoroga   qadar   cho‘zilgan   keng   hududni   kezib   chiqdi.   Bu   hududda
yashagan   urug‘lar,   qabilalarning   turmush   tarzini,  kasb   korini,   turar   joylarini   aniqladi,
tillarini   sinchiklab   o‘rgandi.   Mahmud   Koshg‘ariy   bu   asarini   o‘rganish   bilan   ilk   bor
turkiyshunoslikka asos soldi. 
«Devonu   lug‘atit-turk»   -   qomusiy   asar.   Bu   asardan   faqat   tilga   yoki   adabiyotga
oid   materiallar   va   dalillarnigina   emas,   balki   Markaziy   Osiyoda   istiqomat   qilgan
qabilalar tarixi to‘g‘risidagi manba hamdir. Har bir qabilaning o‘sha davrdagi mavqei,
tarixi   to‘g‘risida   ham   etarli   ma’lumotlar   beradi.   Jumladan,   o‘g‘uzlar,   qarluqlar   kabi
yirik qabilalar to‘g‘risida o‘rni-o‘rni bilan aytilgan ma’lumotlar bunga dalildir. 
«Devonu   lug‘atit-turk»   adabiy   manba   sifatida   ham   qimmatli   yodgorlikdir.
Asardagi she’riy parchalar X1 asrgacha bo‘lgan adabiy hayot to‘g‘risida to‘laqonli so‘z
yuritishga   imkon   beradi.   Bu   she’riy   parchalar   ma’lum   bir   so‘zning   izohi   uchun
keltirilgan   bo‘lsa-da,   bu   parchalar   qadimgi   turkiy   adabiyotda,   xususan,   lirik   va   epik
janrning rivoj topganidan dalolat beradi. Koshg‘ariy keltirgan mazkur she’riy parchalar
turli   mavzuda   –   mehnat,   yorning   ta’rif-tavsifi,   turk   bahodirlarining   qahramonliklari,
ezgulikka   da’vat,   vatanparvarlik   va   h.   SHe’riy   parchalarni   Mahmud   Koshg‘ariy   xalq
og‘zidan yozib olgan. Ayni paytda «Devonu lug‘atit-turk»dagi ba’zi she’riy parchalar
5 majlum   bir   ijodkor   qalamiga   mansub   ekanligini   Koshg‘ariyning   ishorasidan   bilish
mumkin.   Koshg‘ariy   ko‘p   o‘rinlarda   «shoir   aytadi»   iborasini   ishlatadi   va   bir   to‘rtlik
keltiradi. Ular xalq orasida mashhur bo‘lganlari uchun ham Koshg‘ariy ularning ismini
aytib o‘tirmagan. Ba’zi shoirlarning (masalan, CHo‘chu) aytib o‘tadi. 
O.Pritsakning   aytishicha,   o‘z   Qoraxoniylar   sulolasiga   mansub   odam   bo‘lgan.   U
siyosiy ta’qiblardan qochib, o‘n yilcha turkiy qavmlar yashaydigan o‘lkalarda u erdan-
bu   erga   ko‘chib   yurgan.   Ana   shu   davrda   u   turkiylar   haqida   ko‘p   material
to‘plagan.Oxiri Bag‘dodda to‘xtagan. Bu davrda Bag‘dodni Saljuqiylar egallagan edi.
Saljuqiylar   ham   turkiyzabon   bo‘lgani   uchun,   Mahmud   Koshg‘ariy   o‘zi   to‘plagan
materiallar   saljuqiylarda   qiziqish   uyg‘otishini   bilib,   «Devonu   lug‘atit-turk»   asarini
yozgan.      
«Devon»dagi   she’riy   parchalar   ko‘p   turkologlar   o‘rtasida   munozaraga   sabab
bo‘lib   kelgan.   Ko‘pchilik   evropalik   turkologlar   «Devon»da   keltirilgan   to‘rtliklarni
dastlab turkiy xalqlarning qadimgi folkloriga mansub deb qaragan edilar. Jumladan, K.
Brokkelman   shunday   fikrni   aytgan   edi.   Ammo   u   «Devon»dagi   ikkilik   va   to‘rtliklar
unutilib   ketgan   ma’lum   bir   shoirlar   ijodiga   mansubligini   ham   e’tibordan   chetda
qoldirmaydi.   Uningcha,   asardagi   asar   yozilgan   davrdan   ilgari   mavjud   bo‘lgan   va
islomga   hech   qanday   aloqasi   yo‘q.   Brokkelman   ham   «Devon»dagi   she’riy   parchalar
misralari teng bo‘g‘inli (etti bo‘g‘indan o‘n to‘rt bo‘g‘inga) qofiyalangan she’rlardir. 
V.V.Bartold   esa   «Devonu   lug‘atit»dagi   she’riy   parchalarga   nisbatan     tamomila
boshqacha   fikrda.   Uningcha,   «Devonu   lug‘atit-turk»dagi   she’rlar   orasida   xuddi
«Qutadg‘u   bilig»   dagi   singari,   saroy   adabiyotiga   xos   xususiyatlar   bor.   Buning   isboti
sifatida V.V.Bartold quyidagi to‘rtlikni keltiradi:
Turkan qatun qutinga,
Tegur mendin qo‘shug‘,
  Ayg‘il sizing tabug‘chi
O‘tnur yangi tabug‘ (1, 357)
Malika   (shoh)   xotinga   mendan   maqtov,   qasida   (qo‘shiq)   etkazgin,   xodimingiz
yangi xizmat bilan yo‘llanadi, deb ayt.
Mazkur to‘rtlik, garchi shaklan xalq og‘zaki  ijodiga xos to‘rtlikni gavdalantirsa
ham,   aniq   obraz   (Turkon   malika)   mavjudligi,   didaktik   mazmun   ifodalangani   bilan
individual   she’riyatga   mansub   deb   qaralsa   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi   va
V.V.Bartoldning qarashlari o‘rinli aytilgan bo‘ladi.   
Ayni   paytda   «Devonu   lug‘atit-turk»da   shakl   jihatidangina   emas,   balki   mazmun
tomondan   «Qutadg‘u   bilig»ga   monand   didaktik   xarakterdagi   parchalar   ham   borki,
barqaror   adabiy   muhit,   ma’lum   izga   tushgan   ijtimoiy   hayotning   aks   sadosini
ko‘rishimiz   mumkin.   Namuna   sifatida   «Devonu   lug‘atit-turk»ning   1-jildidagi
to‘rtliklarni keltiramiz:
Ulug‘luq bo‘lsa sen ezgu qilin,
Bo‘lg‘il kishig beglar qatin yaxshi ulan (1,95).
Daraja   yoki   martaba   topsang,   xulqingni   chiroyli   qil,   amirlar   oldida   yaxshilik
etkazuvchi, xalqning ishlarini yaxshi qabul qiluvchi bo‘l.
6 Kelsa qali yarlig‘ bo‘lub yunchig‘ uma,
Keldur anuq bo‘lmish ashig‘ tutma uma (1, 118).
Bechora,   ojiz   g‘arib   mehmon   kelsa,   hozir   bo‘lgan   (o‘zingda   bo‘lgan)   narsani
mehmonga   tezlik   bilan   taqdim   qil,   kechiktirib,   beparvolik   qilib,   mehmonga   malol
keltirma.
Kelsa kishi etma angar o‘rtar kula,
Baqqil angar ezgulugung ag‘sin qula (1, 149).
Senga   kular   yuzli   bir   kishi   kelsa,   sen   uning   yuziga   issiq   kul   sochma,   yaxshilik   qil,
yoqimli qiliq bilan hurmatla.
«Devonu   lug‘atit-turk»dagi   she’riy   parchalar   yuzasidan   evropalik   olimlar   olib
bildirgan   mulohazalar   anchayin   diqqatga   sazovor.   Asardagi   to‘rtliklar   turkiy
she’riyatning   qadimgi   namunalaridir   degan   K.Brokkelmanning   fikrlari   P.Peloning
qarashlarini   shubha   ostiga   qo‘ydi.   P.Pelo   moniylik   she’rlari   yuzasidan   olib   borgan
tadqiqotlarida, qadimgi turkiy she’riyat qofiyali emas, balki alliteratsiyali she’r bo‘lgan
degan xulosaga kelgan edi. Alliteratsiya, uningcha, misralar boshida keladi va she’rni
bir tizimga soladi. Pelo «Devonu lug‘atit-turk»dagi to‘rtliklarning qofiyalanishini fors
she’riyati ta’siri deb  qaraydi. «Qutadg‘u bilig»ning she’r tuzilishiga fors she’riyatidagi
qofiya   o‘z   izini   qoldirgan   va   bu   haqda   etarli   fikrlar   aytilgan. 6
    Moniylik   oqimidagi
she’rlarga   e’tibor   berilsa,   haqiqatan,   alliteratsiyaning   misralar   boshida   qo‘llanganini
kuzatish   mumkin.   Masalan,   «Tong   tangrisi»   nomli   madhiya   alliteratsiya   izchil
qo‘llangan she’rning yaqqol namunasidir. SHe’rni to‘liq keltiramiz.
Tang tangri keldi,
Tang tangri o‘zi keldi,
Tang tangri keldi,
Tang tangri o‘zi keldi.
Turunglar qamug‘ baglar, qadashlar,
Tang tangrig ogalim.
Korugma kun tangri,
Siz bizni kuzating,
Korunugma ay tangri,
Siz bizni qurtgaring.
Tang tangri,
Yidlig‘, yiparlig‘,
Yarug‘lug‘, yashuqlug‘
Tang tangri
Tang tangri.
6
 Тўхлиев Б. Юсуф хос  Ҳ ожиб ва туркий  қ офия тара ққ иёти.Тошкент, 1994.
7 Tang tangri,
Yidlig‘, yiparlig‘,
Yarug‘lug‘, yashuqlug‘
Tang tangri
Tang tangri. 7
Misralar   boshidagi   t,   y,   k,   s   undoshlarining   takrori   alliteratsiyali   she’ri   yuzaga
chiqargan. Bu she’rda “Devonu lug‘atit-turk”dagi singari qofiya qo‘llanmagani uchun
hijolar  tengligi  yo‘q.   Alliteratsiyali  she’rda hijolar  tengligi  bo‘lishi  shart  emas.  Ritm
va ohang alliteratsiya bilan birga takror orqali ham yuzaga kelaveradi.
Moniylik she’rlarini kuzatsak, alliteratsiya usuli she’riyatning muhim xususiyati
bo‘lganini   ko‘ramiz.   “Bizing   Tangrimiz   adgusi   radni   tiyur”,   Aprinchur   tiginning
boshlanishi   o‘chib   ketgan   she’ri,   “O‘lim   tasviri”,   “Moniyga   atalgan   madhiya”
alliteratsiyali   she’r   qadimgi   turkiy   she’riyatning   tuzilishida   asosiy   omil   ekanini
ko‘rsatadi. 
“Devon”dagi   she’rlar   haqida   quyidagi   xulosalarga   kelish   mumkin:   1.   Mahmud
Koshg‘ariyning   “Devonu   lug‘atit-turk”   asaridagi   she’rlar   ham   xalq   og‘zaki   ijodiga,
ham   individual   she’riyatga   mansub.   2.   Matnlar   islomdan   oldingi   davrga   mansub,
ammo musulmonlikning ta’siri ham seziladi. 
Bunday   talqindan   so‘ng   yana   quyidagicha   savol   kelib   chiqadi:   agar   “Devon”dagi
she’rlar   ham   xalq   og‘zaki   ijodiga,   ham   individual   she’riyatga   mansub   bo‘lsa,   qaysi
tamoyillarga ko‘ra ularni farqlash mumkin? “Devon”dagi hamma she’rlar sillabik she’r
deb qabul qilingan, ya’ni folklor va adabiy parchalar metrikasi bir xil. Hamma she’rlar
qofiyalangan.   Demak,   she’rning   tovush   tuzilishi   folklor   va   individual   she’riyatni
farqlash uchun zaruriy edement  bo‘lib xizmat qilmaydi. Nihoyat, matnlar mazmunida
ham (Turkon malikaga bag‘ishlangan to‘rtlikdan tashqari) folklorga oid she’rlar bilan
individual she’riyatni farqlashga yordam beradigan hech narsa yo‘q. 8
 
Agar  “Devon” dagi  she’rlar  islomgacha  bo‘lgan davrga mansub  bo‘lsa  va bora-
bora musulmonlik ta’sirida qolgan bo‘lsa, bu she’riy parchalarning tuzilishidagi qaysi
elementlar islomgacha bo‘lgan davr elementlariyu qaysi elementlar islom ta’sirida deb
qaraladi?   Musulmonlik   ta’siri   nimada   o‘z   ifodasini   topgan?   Bombachining   fikricha,
islomgacha   bo‘lgan   she’r   turi   izosillabizm   (teng   hijolilik)   tamoyili   buzilgan
o‘rinlardagi   baytlarda   o‘z   aksini   topgan.   Bombachi,   qadimgi   turkiy   she’riyat   uchun
misralardagi bo‘g‘inlar miqdori turlichaligi xarakterlidir, deb asoslashga harakat qiladi.
Masnaviy   shaklidagi   qofiyalanishga   ega   bo‘lgan   ikkiliklar   arab-fors   poetikasning
ta’siri sinab ko‘rilgan usuldir deb qarash mumkin, deydi.
Bombachining bu fikrini haqiqatdan uzoq deb bo‘lmaydi. Zotan, Koshg‘ariy o‘z
asarida (1 jild, 151-betda Ash’a degan shoirning arabcha bir baytini keltiradi) arabcha
baytlarni   ham   keltiradiki,   bundan   Mahmud   Koshg‘ariy   arab-fors   she’riyati
poetikasidan   foydalangani   haqiqatga   yaqin,   deb   aytish   mumkin.   Quyida   arab-fors
adabiyotiga oid masnaviy shaklidagi baytlardan keltiramiz.
7
  Resid Rahmati Arat. Eski turk siiri: 1991, 8 - 35-s.
8
  Стеблева И.В. Разитие тюркских поэтических форм в Х1 веке. Главная редакция восточной 
литературы, Москва, 1971, 8 -бет.  
8 Alg‘il o‘gut mendin, o‘g‘ul erdam tila,
Bo‘yda ulug‘ bilga bo‘lub, bilging ula (1, 85).
O‘g‘il, mendan o‘git sotib ol, fazilat tila,
El-yurt orasida ulug‘ olim bo‘l, ilmingni tarqat.   
Qishqa etin kelsa, qali qutlug‘ yay,
Tun, kun kecha alqinur o‘zlak bila ay (1, 111)
Barakali   yoz   kelsa,   qishga   tayyorlan,   chunki   kecha   va   kunduzning   o‘tishi
bilan oy va zamon kechadi (yoz o‘tib qio‘ keladi).
Bardi eran qo‘nuq, ko‘rub qutqa saqar,
Qali yavuz uyuq, ko‘rub evni yiqar (1, 112)
Mehmonni  davlat  va   barakatdan   sanaydiganlar  o‘tib  ketdi,  sahrolarda  ko‘ringan
qoralarni va manzillarni belgilash uchun qo‘yilgan toshlarni ko‘rib, odam deb o‘ylab, u
kelib qolmasin deb, chodirni buzguvchilar qoldi. 
O‘truk o‘tun ag‘rilayu yuzga baqar,
Elkin tashub bermish ashig‘ bashqa qaqar (1, 127)
Erlarning hiylakori, pastkashi, baxili qoldi. Mehmon uning oldida o‘g‘ridek ko‘rinadi,
musofir  mehmonga eydigan narsasini  minnat  qilib, bergan narsasi  bilan mehmonning
boshiga uradi. 
SHuni   ta’kidlash   kerakki,   Koshg‘ariy   «shoir   aytadi»   iborasi   ostida   keltirgan
to‘rtliklar shaklan xalq og‘zaki ijodiga tegishli. Ammo adabiy jarayonning qadimgi va
ilk   klassik   davrdagi   holati   folklor   va   yozma   adabiyot   tamoyillarining   bir-biriga
uyg‘unligi   bilan   belgilanadi.   Ayniqsa,   urxun   yodnomalari   bilan   «Devonu   lug‘atit   -
turk»   qislanganda,   badiiy   fikrlashning   eng   umumiy   tamoyillari   urxun   yodnomalarida
ham, «Devon»da bir ekanligi ayonlashadi. 9
 
«Devonu lug‘atit-turk» va enisey yodnomalaridagi jang lavhalari bir biriga motiv
va   syujet   jihatidan   uyg‘un   keladiki,   «Devon»dagi   to‘rtliklar   «islomdan   oldingi   O‘rta
Osiyo   xalqlarining   eposi» 10
ga   aloqador.   Fitratning   ko‘rsatishicha,   «Devon»dagi
to‘rtliklar milodiy VII-VII asrlarga oid adabiy manbalardir. Qadimgi turkiy adabi yot   -
urxun-enisey yodnomalaridagi an’ana Qoraxoniylar davri adabiyotiga uzluksiz o‘tgani
haqidagi   fikrlar   shunday   parchalarda   o‘z   tasdig‘ini   topadi.   Jumladan,   A.Bombachi
qadimgi turkiy adabiyot bilan «Qutadg‘u bilig» o‘rtasidagi aloqani tarixiy sharoit bilan
bog‘laydi:   «Turkiylar   uchun   islomgacha   bo‘lgan   davrdan   islomga   o‘tish   birdaniga
9
Қ аранг: Ра ҳ монов Н. Кў ҳ на битигтошлар.  Ғ афур  Ғ улом номидаги нашриёт -матбаа 
бирлашмаси.Тошкент, 1991, 14-бет.
10
 Ўзбек фольклорининг эпик жанрлари. Тошкент, Фан, 1981, 88 -бет.
9 bo‘lmagan   edi.   An’ananing   uzluksizligi   Qoraxoniylar   adabiyotida   yaqqol   kuzatiladi.
Til ilgari qanday bo‘lsa, shundayligicha qoldi». 11
  
Bombachining   bu   fikri   uchta   manba   –   urxun-   enisey   yodnomalari,   «Devonu
lug‘atit-turk» va «Qutadg‘u bilig»ga tegishli. Rus va Evropa turkologiyasida «qadimgi
turkiy   adabiyot»   va   «qadimgi   turkiy   til»   nomi   ostida   X11   asrgacha   bo‘lgan   turkiy
tildagi yodgorliklar nazarda tutiladi va bu o‘zini oqlaydi. 
Gap «Devonu lug‘atit-turk» va urxun- enisey yodnomalarining tili umumiyligi va
bu   manbalardagi   tasvirning   uyg‘unligi   haqida   ketar   ekan,   yana   Fitratga   murojaat
etamiz. U yuqoridagi asarida «Devon»dagi bir necha epik asarlarni tiklaydi, ular tasvir
xarakteri,   ruhi,   poetik   jihatlari,   voqealar   mazmuni   jihatidan   xalq   eposlariga   taalluqli
ekanligi   sezilib   turadi.   Fitrat   «Devon»dagi   to‘rtliklarni   mazmuniga   ko‘ra,   o‘n   besh
bo‘limga guruhlaydi. Biz bu o‘rinda VII (Tangut begining urushi, 53-58- betlar),   VIII
(Uyg‘urlar bilan urush, 58-60-betlar), XII (Bir urush, 74-78-betlar),   XIII (Uch urush,
72-74-betlar) bo‘limlaridagi to‘rtliklarning yodnomalardagi  parchalarga nafaqat g‘oya
va mazmun tomondan, balki tarixiylik nuqtai nazaridan ham ta’kidlamoqchimiz. Misol
uchun «Tangut  begining urushi» deb nomlangan bo‘lim  to‘rtliklarida (8 to‘rtlik)  jang
manzarasi tasvirlangan. 
Qatun sini jig‘iladi,
Tangut begin yag‘iladi,
Qani ag‘ib jag‘iladi,
O‘yin suvin qizil sag‘di.
Qatun   sini   qabilasi   qichqirishib,   g‘ulg‘ula   solib,   tangut   begiga   dushman   bo‘ldi,
urush ochdi, (oqibatda) bo‘ynidan zil suv sog‘ilgan kabi bo‘lib, qoni vijillab oqdi.  
Bu   to‘rtliklardagi   tarixiy   voqealar   turk   xoqonligi   davrida   yuz   bergan.   Qiyos
uchun Bilga xoqon yodnomasidagi tangutlar bilan bo‘lgan jang lavhasiga to‘xtalaylik.
Yati   yigirmi   yashima   tangut   tapa   suladim.   Tangut   bodunin   buzdim,   og‘lun,
yutuzin,   yilqisin,   barimin   anta   altim   (Bx,   24)   –   O‘n   etti   yoshimda   tangutga   lashkar
tortdim. Tangut xalqini engdim, o‘g‘lini, xonumonini, yilqisini, molini o‘shanda oldim.
Bu   voqea   VIII   asrning   boshlarida   –   taxminan   702   yiliga   to‘g‘ri   keladi.   Ammo
tarixiy   voqealarning   aynanligini   «Devon»dan   qidirish   maqsadga   muvofiq   emas.
«Devon»dagi to‘rtliklar xalqning ijodi sifatida paydo bo‘lgan, ya’ni xalq qo‘shiqlaridir.
Quyidagi parchada ham Bilga xoqon yodnomasidan keltirilgan parchadagi singari jang
tasviri va tangutlarning mag‘lubiyati tasvirlangan:
Tangut susin ushuqladi,
Kishi ishin elikladi,
Aran atin balqiladi,
Bulun bolup bashni tig‘di.
Tangut   qo‘shinini   sovuqda   bosdi.   Bu   ish   bilan   erkaklar   ishini   masxara   qildi.
Bosqinda barcha er hakm otlarni har kimga bo‘lakladi (ya’ni hadya qildi). Oxirida o‘zi
asir bo‘lgach, boshi kesildi.
11
  Бомбачи А. Тюрские литературыё Введение в историю стиля. “Зарубежная тюркология” 
тўплами. Москва, 1986, 208 -бет.   
10 Tangut xani yubildi,
O‘lum birla tubuldi,
Qazashlari tabladi,
O‘lum ko‘rub yuzi ag‘di.
Tangut   xoni   uni   boshdan   aldadi-da,   so‘ngra   ulim   bilan   tepaladi,   engdi,   qarindoshlari
uni bu mag‘lubiyatidan orlandilar. CHunki o‘limni ko‘rgach, uning yuzi oqargan edi.
Mazkur   to‘rtliklarda   jang   tasviri,   qahramonlarning   xatti-harakatlari,   holati
batafsil   tasvir   etilgan.   CHunki   epik   bayon   bilan   birga,   naturalistik   tasvir   tamoyil
folklor uchun, ayniqsa, doston uchun xarakterli xususiyatdir. 
YOki   quyidagi   to‘rtlik   ham   motiv   va   syujet   jihatidan   To‘nyuquq,   Kul   tigin
yodnomalaridagi aksariyat jang lavhalarini gavdalantiradi. 
Eran alpi o‘qushtilar,
Qing‘ir ko‘zun baqishtilar,
Qamug‘ tutup to‘qushtilar,
Qilich qing‘a kuchin siqti.
Erlar,   botirlar   bir-birlarini   kurashga   undadilar.   Bir-birlariga   yov   ko‘zi   bilan
yomon qaradilar. Butun yaroqlari bilan urushga kirishdilar. Qilichlarning qinga kirishi
qiyinlashdi. 
«Devon»dagi to‘rtliklar qadimgi turk davrida shakllangan va ularga qadimgi turk
davridagi   tarixiy   voqealar   zamin   bo‘lgan   ekan,   bizningcha,   yuqoridagi   parchalarni
tarixiy qo‘shiq janriga mansub deb qarash kerak. 12
  
Mahmud Koshg‘ariy nozik didli adabiyotshunos sifatida maqol va she’rni yaxshi
farqlaydi va har bir baytni berishda aniqlik kiritadi. Qaysi o‘rinda maqol, qaysi o‘rinda
she’r   kelayotganini   o‘quvchiga   uqtirish   uchun   “maqolda   shunday   kelgan”,   “she’rda
shunday kelgan” iboralarini keltiradi. 
“Devon”da   she’rlardan   tashqari,   Mahmud   Koshg‘ariy   ikki   afsonani   ham
keltirgan.   SHu   afsonalardan   biri   -     “Oltin   qon”   afsonasi,   ikkinchisi   -   yil   hisobi
to‘g‘risidagi   afsonadir.   Afsona   turkcha   o‘n   ikki   muchal   yillarining   paydo   bo‘lish
tarixiga   oiddir   (1,   331-332).   Koshg‘ariy   afsonani   hikoya   qilib   bo‘lgach,   qadimgi
turkiylarda   yil   hisobi   quyidagi   tartib   bilan   yuritilishini   ko‘rsatadi:   sichqon   yili,   sigir
yili, bars yili, quyon yili, timsoh yili, ilon yili, ot yili, qo‘y yili, maymun yili, tovuq yili,
it yili, to‘ng‘iz yili.
Bu   afsonaning   yana   bir   diqqatga   sazovor   tomoni   shundaki,   qadimgi   Xitoy   afsonalari
tarkibida ham mazkur afsona bor. Xitoylarda bu afsona Budda bilan bog‘liq.
Xitoylarda   rivoyat   qilinishicha,   Budda   er   yuzini   tark   etishdan   oldin   huzuriga
hamma   hayvonlarni   chaqiribdi.   U   bilan   xayrlashgani   o‘n   ikki   hayvon   kelibdi,   xolos.
Kelgan   hayvonlarni   mukofotlash   uchun   Budda,   men   chaqirganimda   navbat   bilan
kelganingiz   bo‘yicha   yillarga   nom   beraman,   debdi.   Hayvonlar   birinchi   bo‘lib   kim
kelgani to‘g‘risida bahslasha boshlabdilar. Oxiri, bir to‘xtamga kelish uchun musobaqa
uyushtirishga   qaror   qilibdilar:   daryoning   narigi   qirg‘og‘iga   birinchi   bo‘lib   o‘tgan
hayvonning  nomi   bilan  birinchi  yil  ataladigan  bo‘libdi.  Keyingi   yillar    daryoni  birin-
12
  Ра ҳ монов Н. Ю қ оридаги асар, 16 -17-бетлар.
11 ketin kechib o‘tgan hayvonlar nomi bilan ataladigan bo‘libdi. Nihoyat, o‘n ikki jonzot
qirg‘oqqa   tizilishibdi   va   baravar   suvga   o‘zlarini   tashlabdilar.   Kalamush   darrov
ho‘kizning   ustiga   minib   olibdi,   ho‘kiz   esa   hech   narsani   sezmabdi.   Ho‘kiz   boshqa
hamma   hayvonlardan   oldinga   ketib,   daryoning   narigi   qirg‘og‘iga   chiqishga
tayyorlanibdi.   SHu   lahzada   kalamush   uning   ustidan   sakrabdi-da,   qirg‘oqqa   bir   necha
soniyaga   ho‘kizdan   oldin   chiqibdi.   SHunday   qilib,   kalamush   birinchi   bo‘lib   chiqqan
hisoblanibdi.   Qolgan   hayvonlar   shu   tartibda   suzib   o‘tibdilar:   yo‘lbars,   quyon,   ajdar,
ilon,   ot,   qo‘y,   maymun,   xo‘roz,   it .   To‘ng‘iz   nihoyatda   sustkash   va   dangasa   ekan,
shuning uchun eng oxirida qirg‘oqqa etib kelibdi. 13
   
Ikkala   afsonadagi   yil   hisobining   nomlari   va   tartibida   katta   farq   yo‘q.   Ehtimol,
Xitoyga   buddaviylik   kelgandan   keyin,   qadimgi   turklar   afsonasini   o‘zlashtirgan
bo‘lishlari mumkin. 
SHuningdek,   “Devonu   lug‘atit-turk”da   munozara   (YOz   va   Qish   munozarasi)
janri, Alp Er To‘ngaga va yana bir noma’lum qahramonga bag‘ishlangan marsiya ham
bor. 14
 
“Devonu   lug‘atit-turk”dagi   janrlari   o‘zaro   bir-birini   taqozo   qiladi.   Masalan,
munozara   janri   to‘rtlik   shaklisiz,   yoki   fard   janrisiz   shakllana   olmaydi.   YOki
munozarada   madh   ham   uchraydi.   Unda   munozarani   yozishga   buyurgan   kishi
ta’riflanadi. 15
 
Munozara   dunyo   adabiyotidagi   qadimiy   janrlardan   biridior.   U   G‘arb   va   SHarq,
jumladan,   fransuz,   fors   va   turkiy   xalqlar   adabiyotida   keng   tarqalgan.   Fors-tojik
adabiyotida munozaraning birinchi etib kelgan qadimiy namunasi “Daraxti asurik” dir.
Bu   asar   pahlaviy   tilida   yozilgan.   Unda   xurmo   daraxti   bilan   echki   orasida   munozara
ketadi va kimning insonga ko‘proq foyda berishi to‘g‘risida bahs yuritiladi. 16
 
Mahmud   Koshg‘ariyning   “Devonu   lug‘atit-turk”   asari   asosida   tiklangan
munozara   janri   to‘g‘risida   I.V.Stebleva,   E.Rustamov,   M.   Abduvohidova   o‘z
munosabatlarini   bildirganlar.   Jumladan,   E.Rustamov   “O‘zbek   adabiyoti   tarixi”
kitobida   “Devonu   lug‘atit-turk”dagi   munozara   haqida   qisqa   to‘xtalib   ketgan   bo‘lsa,
I.V.Stebleva   “X1   asrda   turkiy   she’riy   shakllar   taraqqiyoti”   (“Razvitie   tyurkskix
poeticheskix form v X1 veke”, Nauka, GRVL, Moskva, 1971, 195-bet) nomli asarida
“Devonu   lug‘atit-turk”dagi   munozara   janrining   tiklangan   matnini   ham   keltirgan.   Bu
o‘rinda I.V.Steblevaning mehnati alohida tahsinga loyiq ekanini aytib o‘tish kerak. U
“Devonu   lug‘atit-turk”ning   to‘rtta   nashri   –   turk   olimlari   Ahmad   Rif’at   va   Basim
Atalay   tarjimalarini   va   nashrlarini,   o‘zbek   olimi   S.Mutallibov   tarjimasi   va   nashrini,
nemis (?)   turkolog   olimi   K.   Brokkelmanning   nashrlariga   tayanib,   tanqidiy   matn
tayyorlab, munozara janrini tiklaydi va yigirma uchta to‘rtlikni munozara janri sifatida
beradi.  I.V.Stebleva keltirgan “Devonu lug‘atit-turk”dagi munozara quyidagicha:
Qish yay bila to‘qushti,
13
  Тони Энтони. Укрощение тигра, Санкт - Петербург,  2008, 29 - бет.   
14
  Қ аранг: Стеблева И.В. Ю қ оридаги асар, 153 -  162, 195  - 207 -  бетлар.
15
  Ўзбек адабиёти тарихи. 1 том, Тошкент, Фан, 1977,311 -бет.
16
 Ўзбек адабиёти тарихи.., 311 -бет.
12 Qing‘ir ko‘zin baqishti,
Tutushqali yaqishti,
Utg‘alimat o‘g‘rashur (1.VA 170, T. I 181-182) 17
Yay qish bila qarishti,
Ardam yasin qurishti,
CHerig tutib kurashti,
O‘qtag‘ali utrushur (II. BA 97, T. II 104)
Qish yayg‘ahi suvlanur,
Ar at manin yavrayur,
Iglar yama savriyur,
At yin taqi bakrishur (III. BA 278, T  III 294)
O‘l qar qamug‘ qishin inar,
Ashliq tarig‘ anin o‘nar,
Yavlaq yag‘i manda tunar,
San kalibon tabrashur (II BA 204, T .   II  237)
Canda qo‘par chayanlar,
Quzg‘u singak yilanlar,
Duk ming quyu tumanlar,
Quzruq tikib yugrushur (III. BA 367, T. III 378)
Tumlug‘ kelib qapsadi,
Qutlug‘ yayig‘ tepsadi,
Qarlab ajun yapsadi,
Et yin ushub emrishur (I BA 463, T.  I 430 ) .
Balchiq  baliq yug‘rulur,
CHig‘ay yavuz yig‘rilur,
Eringaklari o‘g‘rilur,
O‘zg‘uch bila evrishur (I. BA 248, T. I 249)
Kaldi esin esnayu,
Qazqa tugal usnayu,
Kirdi budun kusnayu,
Qara bulit ko‘krashur (II. BA 223, T. II 259-260, BA 147, ) 
Ordi bulit  i ngrashu,
Aqti aqin mungrashu,
17
  1.ВА 170, Т 181-182 – 1 рақами – “Девону луғатит-турк”нинг жилдини, ВА – Басим Аталайни, кейинги 
рақам – жилднинг саҳифасини,  Т – Тошкентни, кейинги рақам – Тошкент нусхасининг саҳифасини 
англатади. 
13 Qaldi budun tanglashu,
Ko‘krar taqi mangrashur (III BA 398, T.III 407)
Quydi bulut yag‘murin,
Kerib tutar aq to‘rin,
Qirqa qo‘zti o‘l qarin,
Aqin aqar angrashur  (III BA 39, T.III 46)
Qar buz qamug‘ erushdi,
Tag‘lar suvi aqishdi,
Ko‘kshin bulit orushdi,
Qayg‘uq bo‘lub egrishur (I BA 186, T.I 195)
Qaqlar qamug‘ kulardi,
Tag‘lar bashi ilardi,
Ajun tani yilirdi,
Tutu chechak cherkashur (I BA 179, T.I 189)
Ay qo‘pub evlanib,
Aq bulit o‘rlanib,
Bir bir uza o‘klunub,
Sachlub suvi engrashur (III BA 398, T. I 258)
Tuman chechak tizildi,
Bukundan o‘l yazildi,
O‘gush yatib uzaldi,
Yerda qo‘ba azrishur (I BA 233-234, T.I 236-237)
Tegma chechak ukuldi,
Bukuklanib bukulti,
Tugsin tugun tuguldi,
Yarg‘ilamat yurkashur 18
 (I BA 437, T.I 409-410; II BA 285, T II 329) 
Yamg‘ur yag‘ib sachildi,
Turlug chachak suchuldi,
Yinju qabi achildi,
CHindan yipar yug‘rushur (II BA 122, T.II 139)
Qizil, sarig‘ arqashib,
Yepkin, yashil yuzkashib,
Bir-bir keru yurkashib,
Yalinguq ani tanglashur  (I BA 395, T.I 375)
18
 ДЛТ Ii жилдда охирги мисра “йазлиб йана йуркашур (таралиб, кўплигидан яна йи ғ илади)”. 
14 Yashin atib yashnadi,
Tuman turub tushnadi,
Ayg‘ir, qisir kishnadi,
O‘gur alib o‘qrashur (I BA , 235-236 T.I 238)
Alin tubu yashardi,
Urut o‘tin yashurdi,
Ko‘lning suvin kushardi,
Sig‘ir buqa mungrashur (II BA ,79 T.II 83)
Qulan tugal qumutti,
Arqar so‘qaq yumutti,
Yaylag‘ taba emitti,
Tizgiq to‘rub sekrashur (I BA ,214, T.I 221)
Qo‘chingar teka sevildi,
Sag‘liq surug qo‘shuldi, 
Sutlar qamug‘ yushuldi,
O‘g‘laq qo‘zi yamrashur (III BA ,102, T. III 113)
Yilqi yazun atlanur,
O‘tlab aning etlanur,
Beglar semiz atlanur,
Sevnub o‘gur isrishur (I BA , 285, T. I 282)
Sanda qachar sundilach,
Menda tinar qarg‘ilach,
Tatlig‘ o‘tar sanduvach,
Erkak tishi uchrashur (I BA ,529, T. I 481, III BA 178, T. III 193)
Yay baruban  erkuzi,
Aqti aqin munduzi,
Tug‘di yarug‘ yulduzi,
Tingla so‘zum kulgusuz (I BA , 96, T. I 121)
Ag‘di bulit ko‘krayu, 
Yag‘mur to‘li sekrayu,
Qaliq ani ugriyu,
Qancha barir belgusiz (I BA , 354, T. I 336)
Turlug chechak yarildi,
Barchin yazim kerildi,
Uchmaq yeri ko‘ruldi,
15 Tumlug‘ yana kelgusuz (I BA 119, T. I 141)
Qush, qurt qamug‘ tirildi,
Erkak tili terildi,
Ugur alip tarildi,
Yinqa yana kirgusuz (III BA 5 -6 , T. III 1 1-12 )
Yay, ko‘rkinga inanma,
Suvlar uza tayanma, 
Esizligig anunma,
Tilda chiqar ezgu so‘z (III BA 160-161, T. III 176)
Munozaraning   asosiy   qahramonlari   Qish   bilan   YOz   ramziy   obrazlardir.   Har
ikkala   qahramon   o‘rtasidagi   bahs   va   munozara   turkiy   xalqlar   og‘zaki   ijodidan
oziqlangan   va   mazkur   ramziy   obrazlarda   xalqning   orzu-umidlari   o‘z   aksini   topgan.
SHuningdek,   oxirgi   to‘rtlikdagi   didaktik   ruh   mazkur   janrning   xulosasi   sifatida
keltirilganini ko‘rsatadi. 
“Devonu   lug‘atat   turk”da   ayrim   to‘rtliklar   dostonlar   syujetiga   aloqador   jang
lavhalarini eslatadi:
Kecha turub yo‘rir erdim,
Qara, qizil bo‘ri ko‘rdum,
Qatig‘ yani qura ko‘rdum,
Qaya ko‘rup baqu ag‘di (III 138). 
16 3-mavzu
Mif poetikasi
N.Veselovskiyning   qadimgi   she’riyat   sinkretizmi   va   adabiy   turlarning   kelib
chiqishi   haqidagi   qarashlari   Levi   Stross,   Levi   Bryul   kabi   g‘arb   olimlarining   ibtidoiy
fikrlash tarzi haqidagi qarashlariga hamohangdir. Zotan, ibtidoiy fikrlash tarzi sinkretik
xarakterga   ega.   Veselovskiy   ibtidoiy   sinkretizmning   tarixiy   asoslarini   qidiradi:
uningcha,   ibtidoiy   sinkretizm   ritmik,   doiraviy   harakat   hamda   qo‘shiq   va   musiqaning
verbal ijro etilishini o‘z ichiga oladi. Badiiy matnni qaror toptirishda ritmning roli katta
bo‘lgan. 
SHuni ta’kidlash kerakki, ibtidoiy sinkretizm bosqichida mifni A.N.Veselovskiy
e’tiborga   olmaganday   ko‘rinadi.   Ammo   qadimgi   she’rning   ritm   bilan   verbal   ijro
etilishi jarayonida mif ham bor deb qarash maqsadga muvofiqdir. Mif faqat verbal ijro
etiladi.   Ayni   paytda   mifni   yoki   mifologik   tasavvurlarni   qamrab   olgan   qadimgi   she’r
tasviriy san’atni ham o‘z ichiga oladi. Keng ma’noda hammasini she’riyat deb qarash
mumkin. 
Sinkretizm   davrida   so‘z   estetik   tafakkur   orqali   anglanadigan   ma’nosidan   yoki
o‘zi   ifodalagan   ob’ektidan   ajralmagan.   Masalan,   “daraxt”   so‘zi   va   daraxtning   o‘zi
mifologik   ong   uchun   ikkita   real   voqelik   –   so‘z   va   predmet   sifatida   emas,   balki   bitta
ajralmas   voqelik   sifatida   paydo   bo‘ladi.   Bu   degani   –   so‘z   qandaydir   substansial   (ilk
asos,   hamma   narsalar   va   hodisalarning   mohiyati)   hodisa   sifatida   qabul   qilinadi
deganidir. Buni yanada aniqroq tasavvur qilish uchun diniy tasavvurlar yordam beradi.
Iso Masihning   ta’limotida  aytilishicha,  so‘z  jamiki   olamning asosi   bo‘lib,  avval   so‘z,
keyin olam paydo bo‘lgan:
Azalda  Kalom  bor edi,
Kalom  Xudo bilan birga edi,
Kalom  – Xudo edi.  
Azalda U Xudo bilan birga edi. 
Butun borliq Kalom orqali yaratilgan,
Usiz yaratilgan biron narsa mavjud emas.
Kalom   –   obraz,   u   sinkretizm   davrining   mahsuli,   Xudo   yaratgan   hamma
narsalarning   asosi.   Ayni   paytda   Kalom   –   ko‘p   ma’noli.   SHu   o‘rinda   N.YA.Marrning
quyidagi gapini eslatish o‘rinli: “Tilning taraqqiyotida shunday bosqich bo‘lgan ediki,
universal   ma’noga   ega   bo‘lgan   bitta   so‘z     mavjud   edi”.   Bizningcha,   N.YA.Marr   Iso
Masih ta’limotidan olingan yuqoridagi parchada keltirilgan  Kalom ni nazarda tutgan. 
Sinkretizm, yuqoridagilardan ma’lum bo‘lishicha, ibtidoiy tafakkurning mahsuli
sifatida   paydo   bo‘lgani   shubhasizdir.   Ibtidoiy   tafakkur   esa   atrof   muhitni,   jamiki
o‘zgarishlar   va   hodisalarni   miflashtirishning  natijasidir.   Bu   jarayon  o‘ziga   xos,   ilg‘or
pozitsiya   sifatida   qaralishi   kerak.   Agar   atrof   olamni   miflashtirish,   mifologik   fikrlash
bo‘lmaganda   edi,   insoniyatning   ilk   dunyoqarashi,   tabiatga   bo‘lgan   munosabati
nihoyatda g‘arib. Estetik tafakkurdan tamomila uzilgan bo‘lar edi. SHu bois sinkretizm
va mifologik fikrlash jarayoni bir-biridan ajralmagan holda qaraladi. 
17 SHu   o‘rinda   ibtidoiy   tafakkurning   xususiyatlari   haqida   aytib   o‘tish   o‘rinlidir.
Ibtidoiy tafakkur uchta xususiyatga ega, ya’ni ibtidoiy tafakkur –  konkret ,  ajralmas  va
obrazli dir.   Har   uchala   xususiyat   ibtidoiy   inson   yashagan   ijtimoiy   bosqichda   yuzaga
chiqqan. 
Olamni   bilib   olgan   insonda   obrazli   taqakkur   bilish   vazifasini   bajaradi.   Bu
bosqichda  obrazli  tafakkur  va  tushuncha  aynan  bir   xildir.  Masalan,   doimiy  epitet   ( oq
qor )   yoki   o‘xshatish   ( bo‘riday   odam),  metafora  kabi     badiiy  tasvir   vositalari   ibtidoiy
davrda obrazli tafakkur mahsuli, ayni paytda tushuncha hamdir. 
Ibtidoiy   tafakkur   mavhum   tushunchalarni   bilmagan.   U   mifologik   obrazga
asoslangan. Ammo bu degani – ibtidoiy tafakkur o‘z o‘zidan mifologik mazmunga ega
degan ma’noni bildirmaydi. Borliq har qanday fikrlashning omili hisoblanadi, fikrlash
esa   obrazlar   vositasida   ob’ektiv   borliqni   ifodalaydi.   SHuning   uchun   ham   ibtidoiy
insonlar buyum bilan uning paydo bo‘lish jarayonini, buyum va uning xususiyatlarini
bir-biriga   o‘xshatavergan.   Aytaylik,   hayvonlarning   paydo   bo‘lishini   odamlarning
paydo   bo‘lishi   bilan   birday   tasavvur   qilganlar,   o‘zi   bilan   hayvonot   o‘rtasiga   chegara
qo‘ya bilmagan. Hayvonot yoki tabiatdagi boshqa buyumlar bilan bog‘liq tasavvurlar,
qarashlar (masalan, animizm, totemizm va h.) shubhasiz, ibtidoiy sinkretizm davridagi
insonning   obrazli   fikrlash   mahsuli   va   ayni   paytda   hayvonot   olami   hamda   tabiat
haqidagi tushunchalaridir. 
Fikrlashning sinkretikligi turli buyumlarning o‘xshashligi kabi hodisalarni paydo
qildi. Ibtidoiy inson tilida zid hodisalar bir xil so‘z bilan atalgan . Fikrlash ham konkret
xarakter   kasb   etgan   edi.   Har   bir   buyum   hissiy   tarzda   qabul   qilingan,   obraz   esa
predmetning   tashqi   tomonini   –   zohiriy   va   sezilib   turadigan   tomonini   aks   ettirgan.
Ob’ekt va sub’ektning yaxlitligi katta mohiyatga ega edi. Hamma buyumlar bir biriga
o‘xshash   tasavvur   qilingan.   Ma’lum   bir   qabilaga   mansub   odamlar   o‘za   qabilaning
totemi nomi bilan atalavergan. Ibtidoiy fikrlash barham topgandan keyingina, metafora
obrazli  “ko‘chim”ga, keyingi bosqichda esa  poetik ko‘chimlarga aylangan. Bu poetik
ko‘chimlarda   mifologik   metafora   hali   saqlangan   edi.   Bu   obrazlarni   keyingi   davr
adabiyotidagi   obrazlar   bilan   bir   xilda   qaramaslik   kerak.   Ibtidoiy   tafakkur   mahsuli
bo‘lgan bu obrazlar – mifik ijod mahsuli bo‘lgan obrazlardir.     
  Bu   fikrni   tasdiqlash   maqsadida   Markaziy   Osiyoning   qadimgi   san’ati   va
mifologiyaning, poetik tafakkurning munosabatlariga oid bir dalil keltiramiz. 
Markaziy Osiyodan topilgan san’at asarlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, ish qurollari,
devor   suratlari,   qoyalarga   o‘yilgan   yoki   yog‘ochlarga   ishlangan   va   boshqa   qator
namunalari   orasida   ikki   qiyofali   tasvirlar   bor.   YOzma   matn   yoki   xalq   og‘zaki   ijodi,
xususan,   sehrli   ertaklar,   afsonalar   bilan   yuqorida   biz   aytib   o‘tgan   san’at   asarlaridagi
tasvirlarning mohiyati va mazmuni bir-biriga yaqindir. Zotan, ikki qiyofali tasvir san’at
asarida   bo‘ladimi   yoki   matnda   bo‘ladimi   -     baribir,   bir   mazmundagi   mifologik  obraz
bo‘lib,   “bu   mifologik   obraz   uchun   polisemantizm,   ya’ni       obrazlarning   mazmuniy
o‘xshashligi deb ataladigan tasavvurlar xarakterlidir.  Bu hodisa sub’ekt va ob’ektning,
bilib bo‘ladigan olam bilan bu olamni biladigan insonning yaxlitligi bilan izohlanardi.
Olamni   mifologik   o‘zlashtirishni   paydo   qiladigan   konkret   fikrlash   shundan   iborat
ediki,   inson   buyumlarni   va   hodisalarni   faqat   yakkalikda,   umumlashtirishlarsiz,
ularning tashqi, jismoniy mavjudligi bilan, ularning sifatiga yorib kirishlarsiz tasavvur
18 qila   olar   edi.   Biz   bunday   mifologik   tasavvurlarni   “”obrazlar”   deb   ataymiz...Ilgarigi
mifologik   fikrlashda   buyumning   “xususiyati”   jonli   mavjudot,   shu   buyumning
qiyofadoshi   sifatida   fikr   qilingan   edi”. 19
  SHu   nuqtai   nazardan   baholansa,   tasviriy
san’atdagi ikki qiyofali jonzotlar xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotdagi g‘ayritabiiy
timsollarning o‘rnini bosadi va estetik ehtiyojni qondiradi. 
Markaziy   Osiyoning   barcha   hududlarida   –   Janubiy   Sibir,   Mo‘g‘uliston,   O‘rta
Osiyo   hududlarida   topilgan   san’at   namunalari   “skif-sibir   san’atida   hayvonot   usuli”,
“skif  hayvonot  usuli”  kabi  terminlar  bilan yuritiladi. Biz  san’atdagi  bu usulga  e’tibor
berishimizga sabab – miflar, xalq og‘zaki ijodi va ilk yozma adabiyotdagi g‘ayritabiiy
timsollar   bilan   san’atdagi   bu   singari   timsollar   bir-birini   to‘ldiradi,   badiiy   fikrlash   har
ikkalasida ham bir xil tarzda namoyon bo‘ladi. San’atdagi bu tasvirlar qadimgi turkiy
qavmlarning   badiiy   tafakkur   imkoniyatlarini   ham   ko‘rsatadi.   Qolaversa,   bu   usulning
san’atda uzoq asrlar davomida qo‘llanib kelgani ham insoniyatning, xususan, qadimgi
turkiylarning estetik tafakkuri rivojiga ham bir dalildir.
SHunisi ham borki, bu muammo yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilgan va
bir  qancha nuqtai nazar bo‘lishiga qaramay, Dunaydan tortib O‘rdusgacha cho‘zilgan
cho‘l zonasida istiqomat qilgan xalqlarda skif-sibir “hayvonot usuli”ning kelib chiqishi
va uning tasviriy hamda amaliy san’atdagi ko‘rinishlari haqida kitoblar maqolalar bor
bo‘lishiga   qaramasdan,     masala   hanuzgacha   munozaraliligicha   qolmoqda 20
.
O‘zbekistonda   skif-sibir   hayvonot   usuli   haqida   N.Rahmonovning   ayrim   kuzatishlari
bor. 21
  U   qadimgi   turkiy   yozma   yodgorliklarda   va   “O‘g‘uznoma”   dostonida   skif-sibir
hayvonot   usulining   o‘zaro   genetik   bog‘liqligi   jihatlari,   jumladan,   har   ikkalasida   ham
uch   qavatli   olam   modeli   ifodalangani   haqida   so‘z   yuritib,   qadimgi   turklarning
tasavvuri aynan skif-sibir hayvonot usuli asosida paydo bo‘lganini dalillashga harakat
qilgan.   SHunisi   diqqatga   sazovorki,   N.Rahmonov   skif-sibir   hayvonot   usuli   faqat
san’atda emas, balki yozma adabiyotda ham o‘z izini qoldirganini dalillashga uringan
va   mafkura,   dunyoqarashning   yaxlitligi   bu   usulning   san’atda   va   adabiyotda   deyarli
birligini  ko‘rsata  olgan. Bu  yodgorliklardagi  mifologik  obrazlarning  umumiyligi   yoki
tarixiy qahramonlarni ideallashtirish yo ularga mifologik mazmun yuklash orqali olam
modelini   qadimgi   turklar   va   skiflar   qanchalik   aniq   tasavvur   qilganlari   haqida   o‘z
qarashlarini   ilgari   surgan.   SHubhasiz,   qadimgi   turkiylar   va   skiflarning   olam   modeli
haqidagi   tasavvurlarining   umumiyligi   ularning   qarindoshligini   belgilovchi   omillardan
biri ekani to‘g‘risida bugun mulohazalarni aytish mumkin. 
Skif-sibir   hayvonot   usulida   ayrim   ramziy   obrazlar   “ko‘chib   yurishi”   natijasida
Evropaga ham tarqalgan.
19
  Фрейденберг О.М. Миф и литература древности. “Наука”, 1978, с.182. 
20
    Маннай-оол   М.Х.   . К   вопросу   о   происхождении   скифо-сибирского   "звериного   стиля" . -
Новые исследования Тувы №3, 2009 ; Толстов С.П, Итина М.А. Саки низовьев Сырдарьи.
СА,   1966,   №2,   с.   151-175;   Киселев   С.В.   Древняя   история   Южной   Сибири.   М.:   1951;
Руденко С.И. Культура населения горного Алтая в скифское время. М.-Л.: 1953;  Руденко
С.И. Культура населения Центрального Алтая в скифское время. М.-Л.: 1960.
21
  Рахмонов   Н.А.   Орхоно -енисейские   памятники   и   тюрксие   эпосы.   АДД.   Ташкент,   1991.
С.45.
19 Skif-sibir   hayvonot   usulida   yasalgan   oltin   va   kumush   buyumlar   orasida
g‘ayritabiiy   timsollarning   Markaziy   Osiyodagi   yodgorliklarda   kuzatilishi   alohida
e’tiborni tortadi. O‘tgan asrning 60-70-yillarida skifologiyaga bo‘lgan qiziqish qadimiy
tasviriy   san’at   asarlarini   tizimli   holda   o‘rganishga   olib   keldi   va   maxsus   konferensiya
ham   o‘tkazildi.   Bu   konferensiya   materiallari   alohida   to‘plam   holida   bosilib   chiqdi. 22
Mutaxassislar   Osiyo   va   Evropaning   ko‘p   hududlaridan   topilgan   arxeologik
yodgorliklar misolida skif-hayvonot usulida bajarilgan san’at naunalarini tahlil qildilar.
Lekin   O‘rta   Osiyo   skif-hayvonot   usulida   bajarilgan   san’at   namunalari   e’tibordan
chetda qolganini shu o‘rinda eslatib o‘tish o‘rinlidir. 
To‘plamdan   o‘rin   olgan   maqolalar   orasida   mashhur   arxeolog
M.I.Artomonovning   san’atdagi   “skif-sibir   hayvonot   usuli”ga   bag‘ishlangan   maqolasi
g‘oyat ahamiyatlidir. U mazkur usul haqida so‘z yuritar ekan, bu usul ma’lum bir etnik
guruhga   emas,   balki   miloddan   oldingi   birinchi   ming   yillikda   turli   irqlarga   va   turli
tillarda   so‘zlashuvchi   xalqlarga   mansubligi   to‘g‘risida   o‘z   mulohazalarini   o‘rtaga
tashlaydi. 23
  SHubhasiz,   san’atdagi   bir   turli   etnik   guruhga   mansub   usul   boshqa
xalqlarga  ham   tarqalganda,   ularning  turmush   tarzi,  xo‘jalik  yuritishining   umumiyligi,
bir   xildagi   jamiyat   qurilishi   va   o‘xshash   mafkurasi   muhim   rol   o‘ynaydi.
M.I.Artomonov skif-sibir hayvonot usulining ilk bor paydo bo‘lishida SHimoliy Eron
qabilalari   asosiy   mavqeni   egallagani   to‘g‘risida   gapiradiki, 24
  bu   fikr   o‘rganilayotgan
mavzu   va   qo‘yilgan   masalani   hal   qilishda   ob’ektiv   xulosalar   chiqarish   uchun   etarli
dalillarni bermasligi mumkin. Biz Eron va skif-hayvonot usuli tarqalgan hududlarning
xalqlari   bilan   tarixiy-etnik   munosabatlarga   to‘xtalmaymiz,   chunki   bu   alohida   mavzu.
Bizning asosiy ob’ektimiz tasviriy va amaliy san’atdagi alohida usulning ostida yotgan
mifologik mazmun bo‘lgani uchun,  masalaga o‘rni-o‘rni bilan to‘xtalib o‘tamiz. 
Skif-sibir   hayvonot   usuli   amaliy   jihatdan   kundalik     hayotda   qo‘llanadigan
buyumlar   –   ish   qurollari,   uy-ro‘zg‘or   buyumlari,   taqinchoqlar,   kiyimlarda   o‘z   aksini
topgan.   SHuningdek,   devor   suratlari   va   amaliy   san’at   namunalari   orasida   ham   skif-
sibir hayvonot usulida bajarilganlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Biz skif-sibir hayvonot
usulini   hududiy   jihatdan   emas,   balki   bu   usulning   Markaziy   Osiyo   va   undan   tashqari
hududidagi   umumiy   xususiyatlariga,   jumladan,   tasvirlanayotgan   parranda   yoki
hayvonlarning   g‘ayritabiiy   tasviriga   tayanib   o‘rganish   tarafdorimiz.   Zotan,   bu   usulda
mifologik   tasavvurlarga   asoslangan   mifologik   fikrlash   Markaziy   Osiyo   hududidagi
etnik   guruhlarning   qarindoshligiga   ham   dalillardan   biri   bo‘la   oladi.   G‘ayritabiiy
hayvonlar, parrandalar kulti mifologik fikrlashga zamin  bo‘lgan. 
Ko‘p tarqalgan tasviriy san’at asarlari orasida qanotli ot, qanotli tuya va boshqa
qator  g‘ayritabiiy qanotga ega bo‘lgan jonzotlar ko‘p uchraydi. “Amudaryo xazinasi”
turkumiga kirgan san’at asarlari orasida g‘ayritabiiy jonzotlar tasviri uchraydi. 
“Amudaryo   xazinasi”ga   mansub   yodgorliklar,   ma’lumotlarga   qaraganda,
Axmoniylar davriga oid bo‘lib, miloddan oldingi IV-II asrlarga tegishli.  Bu
xazinaga   mansub   buyumlar   orasida   dastagi   she’rning   kalla   qismi   va   orqa   tomoni
22
  Проблемы скифской археологии. М.; 1971.
23
  Артомонов М.И. Скифо-сибирское искусство звериного стиля. – “Проблем ы скифской 
археологии ” тўпламида.  М.: 1974, 24-бет. 
24
 
20 oltindan   qilingan   ko‘za,   ikki   qanotli   grifon   gavdasi   shaklidagi   bilaguzuk,   fantastik
Gopatshoh   –tanasi   ho‘kiz,   bosh   qismi   soqolli   odam   bo‘lgan   tasvirlar   ham   diqqatga
sazovor 
21 4 -mavzu
Ramziy obrazlar va mif munosabati
         
             Qadimgi she’rning asosiy xususiyatni shuki, so‘z paydo bo‘lganda, u she’rning
ham  vazifasini  bajargan.  Xususan,  miflar  yaratilgan paytda  ulardagi  dunyoni   bilishga
intilish,   diniy   tasavvurlar   ijro   usuli,   sodda   poetik   qurilishishi   va   boshqa   qator
elementlar borki, she’rning vazifasini bajargan deb qarash mumkin. SHe’r rivoj topgan
davrdagi   badiiy   tasvir   vositalara,   diniy  va   ilmiy  tasavvurlar,   musiqa   va  ohang   so‘zda
mujassamlashgan   bo‘lib,   sinkretik   xarakter   kasb   etgan.   SHe’riyat   rivoj   topganda
(xususan   obrazlilikning   asosiy   vositalaridan   biri   parallelizm   shakllanganda),   she’rdi
mifologik   tasavvurlar   relikt   sifatida   saqlanib   qoldi   va   she’rni   she’r   qilib   turadigan
ramziy   obrazlar,   o‘xshatish,   epitet   va   boshqa   qator   badiiy   tasvir   vositalari   ajralib
chiqib, differensiatsiyalashuv  jarayoni  boshlandi. Qadimgi she’rlar  musiqa va harakat
bilan   ijro   etiladigan   bo‘ldi.   Umuman   obrazli   tafakkur   ibtidoiy   davrda   hali   she’r
mifologik   jarayonning   ilk   bosqichi   davrida   boshlangan   edi.   A.F.Losevning   fikri   bu
jahitdan   qimmatlidir.   Uning   aytishicha,   mifda   tom   ma’nodagi   borlik   aks   etgan   edi,
ya’ni haqiqiy voqelik mavjud substansiyalar butun realligi bilan bor edi. 
                      Eng   arxaik   va   ilk   obraz   ko‘rinishi   ikki   a’zoli   parallelizmdir.   Ikki   a’zoli
parallelizmning   ko‘rinishi   quyidagicha:   “Tabiat   tasviri   va   u   bilan   yonma-yon   inson
hayotida   aynan   shunga   o‘xshash   manzara   ikki   a’zoli   parallelizmni   hosil   qiladi.
Ob’ektiv   mazmunni   farqlashda   ular   bir-birini   takrorlaydi,   ular   orasida,   ya’ni   tabiat
manzarasi bilan inson hayotidagi aynan shunga mos manzara ular o‘rtasida umumiylik
borligini   ko‘rsatadi,   ular   orasida   ohangdoshlik   bor...parallelizm   tenglashtirish
g‘oyasiga   moyil   edi.”   Tenglashtirish   shuni   anglatadiki,   tabiat   manzarasi   bilan   tabiiy
hodisalar, inson ruhiy holati solishtiriladi va teng qo‘yiladi. Navoiyning
Orazin yopqoch, ko‘zimdin sochilur har lahza yosh 
Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘ach quyosh
mashhur bayti psixologik parallelizmning namunasidir. 
Ikki   a’zoli  parallelizmdan  tashqari, epitet   ham  she’r   sinkretizmining bir  ko‘rinishidir.
Umuman, she’r sinkretizmi barcha badiiy tasvir vositalarida o‘z aksini topadi.  
           Adabiy turlarning tahliliga to‘xtalar ekanmiz, biz mualliflik muammosiga duch
kelamiz.   Buning   mohiyati   shundaki,   sinkretizm   davrida   adabiy   turlar   endigina
shakllana   boshlagan   edi.   Ularning   paydo   bo‘lishi   (xuddi   bayon   va   ko‘chimlarning
kelib chiqishi kabi) san’at taraqqiyoti bu bosqichi tugayotgani va yaqinligini anglatadi.
Adabiy turlar mohiyatan nimani ko‘rsatadi? Oddiy ta’rif shunday: adabiy tur – badiiy
asarning bir turi. Tarixan uchta tur shakllangan bo‘lib, har uchala tur –  epik, dramatik,
lirik   tur   bir   butunlikni   hosil   qiladi.   SHunday   qilib,   adabiy   turlarning   genezisi   va
shakllanishi   –   bu   badiiy   asar   va   uning   ko‘rinishlari   kelib   chiqishi   hamda   taraqqiyoti
demakdir.
Ammo   bu   ta’rif   ham   etarli   emas.   Gap   shundaki,   badiiy   asar   ko‘p   qirrali   tushuncha.
Zotan, adabiyotshunoslik matn va estetik ob’ekt o‘rtasiga chegara qo‘yadi. Matn o‘z-
o‘zidan   tushunarli.   Darvoqe,   u   tashqi   asar   (N.D.Tamarchenko)   deb   ham   aytiladi.
22 Badiiy asar estetik ob’ekt (yoki “estetik ob’ektning mazmuni”) sifatida “ badiiy olam ”,
“ ijodkorni ham qamrab oladigan ijod ”, “ estetik komponent ” yoki “ obraz ” hisoblanadi.
SHuningdek,   badiiy   asar   o‘z   arxitektonikasiga   (badiiy   asar   qismlarining   o‘zaro
muvofiq yaxlit holda uzviy qurilishi) – tugallangan shakliga ega.
                    Adabiy   turlarga   berilgan   ta’riflardan   ularning   paydo   bo‘lishi   sinkretizm
chegaralarini   anglatishi   tushunarli   bo‘ladi:   chegaralarning   borligi   shundan   guvohlik
beradiki,   badiiy   va   nobadiiy   reallik   chegaralari   paydo   bo‘ldi.   Badiiy   olam   o‘z   ichida
differensiatsiyalashdi.   Ammo   badiiy   asar   hali   mustaqil   hodisa   sifatida   mavjud
bo‘lmagan   paytda,   tarixiy   poetika   bo‘lg‘usi   san’at   turlarining   (musiqa,   qo‘shiq,   raqs,
teatr, adabiyot) “ibtidosi” va adabiy turlar sinkretik ko‘rinish holatida bo‘lgan, mif va
udumlarning tarkibiy qismlari sifatida tashkil topgan edi. 
           A.N.Veselovskiy tarixiy poetikaga asos solgan olim sifatida adabiy turlar hosil
bo‘lishining   ilgarigi   notarixiy   nazariyasini   bekor   qildi.   Veselovskiy   adabiy   turlarning
hosil   bo‘lishi   haqida   Gegel   sxemasining   asossizligini   ko‘rsatdi.   Gegel   sxemasi
bo‘yicha, adabiy turlarning taraqqiyoti ob’ekt (epos)dan sub’ekt (lirika)ga va ularning
birikuvi   (drama)ga   tomon   borgan.   SHuningdek,   A.Veselovskiy,   lirika   boshqa   adabiy
turlarga   qaraganda   ustunlik   qiladi,   degan   romantik   qarashlarning   asossizligini   ham
ko‘rsatdi.   SHunday   qilib,   turlarning   hosil   bo‘lish   jarayoni   ob’ektivlikdan
sub’ektivlikka   (yoki   aksincha)   tomon   borgan   emas,   balki   azaldan   adabiy   turlar   bir-
biridan ajralib chiqmagan hamda mustaqil holda mavjud bo‘lmagan edi. 
                        Bizga   ma’lumki,   mif   bilan   bir   qatorda   udumlar   –   arxaik   madaniyatning
sinkretik   shaklidir.   Bu   o‘rinda   udumlarga   to‘xtalishimiz   bejiz   emas.   SHubhasiz,
udumlar   ham   adabiy   turlar   shakllanishiga   o‘z   ta’sirini   o‘tkazgan.   SHuning   uchun
ayrim   olimlar   adabiy   turlarning   ajralib   chiqishini   A.N.Veselovskiy   qarashlaridan
boshqacha   tarzda   talqin   qiladilar.   E.M.Meletinskiyning   aadabiy   turlarning,   xususan,
eposning kelib chiqishi haqida aytgan fikri diqqatga sazovor. Uning fikricha, eposning
kelib   chiqishi   lirika   va   dramanikidan   boshqacha,   eposning   kelib   chiqishida
udumlarning   aslo   roli   yo‘q,   balki   ular   mifdan   kelib   chiqqan.   Meletinskiy   qadimgi
san’atda   so‘zning   sakral     xususiyatlariga   alohida   diqqat   qaratish   lozimligini
ta’kidlaydi. SHu o‘rinda sakral termini haqida. Bu so‘z lotincha bo‘lib, “diniy kult va
udumlarga   mansub   bo‘lgan   muqaddaslik”   degan   ma’noni   bildiradi,   umuman,   xalq
og‘zaki   ijodida   sakral   ob’ektlar,   jismlar   muhim   rol   o‘ynaydi,   ularning   udumlarga
bog‘liqligi   aynan   sakrallik   xususiyatidan   kelib   chiqadi.   Haqiqatan,   bugungi   kunda
xatti-harakatning va mifning verbal qismi sakral maqomiga hech qanday shubha yo‘q.
Albatta,   A.N.Veselovskiy   va   E.M.Meletinskiyning   epos   alohida   tur   sifatida   ajralib
chiqishiga   oid   qarashlari   qanchalik   o‘zini   oqlashi   haqida   kelgusidagi   tadqiqotlar
natijasida   bir   qarorga   kelish   mumkin.   Lekin   shuni   aytish   kerakki.   mif   asosan   verbal
xususiyatga ega ekan, udumlar, kult yoki sakral ob’ektlar mifning shakllanishiga turtki
bergan degan  mulohazani   o‘rtaga  tashlamoqchimiz.  Masalan,   totemistik, kosmogonik
yoki boshqa mif turlarining paydo bo‘lishi shunday fikrga olib keladi. 
           X1X-XX asr Evropa adabiyotshunosligi asosan antik adabiyotni asos qilib oldi
va  buning  natijasida   grek  va  rim   adabiyoti   tarixi  tarixiy  poetika  sohasida  ham  asosiy
mezon bo‘lib qoldi. Hatto A.N. Veselovskiy  ham antik yunon adabiyoti  taraqqiyotini
mezon   sifatida   qaragan   edi:   “Grek   adabiyoti   taraqqiyoti   tarixi   bizga   taxminiy   adabiy
23 turlarning izchil ravishda ajralib chiqish manzarasini namoyon qiladi. Biz epos, lirika,
drama   va   romanda   o‘ziga   xos   ifodani   izlaydigan   va   topadigan   ma’lum   ijtimoiy   va
badiiy   talablarning   sahnadagi   tarixi,   aksi   hisoblangan   har   bir   turni   bilib,
umumlashtirishga  beixtiyor   moyil   bo‘lamiz” 25
. Ammo  sanskrit,  arab, fors  va  b.  sharq
adabiy   manbalari   Evropa   tarixiy   poetikasi   uchun   asos   sifatida   etarli   darajada   qabul
qilinmadi.   SHu   bois   A.Veselovskiyning   yuqoridagi   qarashlarini   ham   tanqidiy
o‘rganish taqozo etiladi. CHunki Bibliyaning shakllanishi, shumerlarning “Gilgamish”
dostoni, hindlarning “Moxobxorot” va “Ramyana” dostonlari, “Avesto”ning miloddan
oldingi   II   ming   yillikning   boshlarida   yaratilgan   qatlami   yunon   adabiyotidan
qadimiyligini   hisobga   olsak,   adabiy   turlarning   tarixiy   jarayonini   o‘rganishda   SHarq
adabiyotiga   ham   e’tibor   berish   zarurligi   ayon   bo‘ladi.   Birgina   “Oltun   yorug‘”ning
badiiy   tuzilishi   va   adabiy   janrlarning   shakllangani   milodiy   birinchi   ming   yillik
oxiridagi   sanskrit   adabiyotida   sinkretizmning   qonuniyatlarini   belgilaydigan   manba
bo‘lib yuzaga chiqadi.
           A.N. Veselovskiyning qarashicha, eposlarning shakllanishida kantilenlar asosiy
omil   bo‘lgan.   Ammo   kantilenlar   eposning   adabiy   tur   sifatida   ajralib   chiqqan   ilk
davriga emas, balki liro-epik qo‘shiqlar paydo bo‘lgan davrlarga aloqador. Kantilenlar
tarixiy   voqealar   asosida   paydo   bo‘ladi.   Eposning   kelib   chiqishini   tarixiy   voqealarga
bog‘lar   ekanmiz,   yilnomalardagi   tarixni   nazarda   tutish   kerak   emas.   Masalan,
Rossiyalik nemislardan Vollnerning kuzatishlari epos va tarix munosabatlarini aniqroq
ochib   beradi.   Vollnerning   fikricha,   eposlarning   taraqqiyoti   yilnomalarda   berilgan
voqealarning   mazmunini   tamomila   o‘zgartirib   berish   natijasi   bilan   bog‘liq.   Aslida
eposda   o‘zgartirib   berilgan   voqealar   yilnomada   dalil   sifatida   keltirilgan.   Vollner,
qadimgi   rus   she’riyatida   Oleg   (“Igor   jangnomasi”dagi   Oleg   Svyatoslavovich)ning   va
Vladimir   Monomaxning   ishlari   to‘g‘risida,   shuningdek,   ko‘p   tarixiy   shaxslar   haqida
ko‘plab   qo‘shiqlar   yaratilgan,   deb   taxmin   qiladi   va   bu   qo‘shiqlarda   tarix   yozgan
yilnomachidan   ko‘ra   ko‘proq   ma’lumotlar   berilgan.   Ammo   bu   ma’lumotlar   tarixiy
emas,   balki   qo‘shiqchi   (o‘zbek   xalq   og‘zaki   ijodidagi   baxshi)   ning   ijodi   mahsuli
hisoblanadi.   Vollner   xalq   qo‘shiqlari   bilan   yilnomalarni   solishtirgan   va   ularo‘rtasida
moslik   topa   olmagach,   shunday   xulosaga   kelgan:   “Qo‘shiqlarning   mazmuni
ertaklarnikiga   o‘xshaydi,   bu   qo‘shiqlarning   qahramonlari   tarixiy   nomlarni   olgan,
xolos”. 
25
 Веселовский А.Н. Историческвя поэтика…, 65 -бет.
24 5 -mavzu
Mifologiya va yozma adabiyot munosabatlari
                  Ammo   muarrix   yilnomachi   e’tibor   bergan   voqealarga   qo‘shiqchi   ham   e’tibor
berganmikan,   degan   savol   paydo   bo‘lishi   tabiiy.   Albatta,   qo‘shiqchining   vazifasi,
xuddi   bugungi   tarixiy   romanlardagi   singari,   qahramon   atrofida   tarix   yaratish   emas,
balki xalq qo‘shiqlaridagi  qahramonni ideallashtirish, uning xalq qo‘shiqlarida yorqin
obrazini   yaratish,   unga   katta   ijtimoiy   vazifa   yuklash,   xalqning   dardi   bilan   yashovchi
qahramon   sifatida   ko‘rsatish   va   hokazolar   bilan   bog‘liq,   ya’ni   qo‘shiqchi   agarda
yilnoma bilan yaxshi tanish bo‘lsa ham, so‘zsiz o‘z nuqtai nazari bo‘yicha qahramonga
munosabatini bildiradi. Masalan, qadimgi fransuz xalq qo‘shiqlarining juda ko‘pchiligi
Buyuk   Karlga   bag‘ishlangan.   Keyingi   asrlarda   ham   tarixiy   shaxslar   atrofida   fransuz
xalq qo‘shiqlari yaratilgan, Buyuk Karl haqidagi qo‘shiqlar bilan o‘sha tarixiy shaxslar
haqidagi   qo‘shiqlar   qo‘shilib   ketgan,   Buyuk   Karl   boshqa   “epik   qahramonlarning
elkasida katta bo‘lgan”. 
                 YUqoridagi tarixiy va xalq qo‘shiqlarining mnosabatidan kelib chiqqan holda,
kantilenlarning vazifasi haqida shuni aytish kerakki, qo‘shiqchi bitta shaxs yoki voqea
haqida   bitta   emas,   balki   bir   necha   qo‘shiqni   bilgan.   Qo‘shiqchi   sho‘a   qo‘shiqlarni
qatorasiga kuylayvergan, natijada bitta qahramon yoki voqea yuz bergan joy (masalan,
Borodino jangi) haqida qo‘shiqlar turkumi yaratilgan. Ayniqsa, serb xalq qo‘shiqchisi
Vuka   Karadjichning   (X1X   asr)   arxividagi   xalq   qo‘shiqlari   bu   jihatdan   nihoyatda
diqqatga   sazovor.   Uning   arxivida   qadimgi   davrga   oid   qo‘shiqlar   orasida   bur   turkum
qo‘shiqlar   uchraydi.   Masalan,   shoh   Lazar   va   shahzoda   Markoga   bag‘ishlangan
qo‘shiqlar  shular  jumlasidandir.   “Knyaz Lazarning qasami”, “SHoh Lazar  va malika
Militsa”, “SHahzoda Marko uylanadi”, “SHahzoda Marko otasining qilichini taniydi”,
“SHahzoda   Marko   va   Muso   qaroqchi”,   “Marko   ramazon   oyida   may   ichadi”,
“SHahzoda   Marko   er   haydaydi”   kabi   qator   qo‘shiqlardan   ham   yilnomalardagi   tarixiy
voqealarni   talab   qilib   bo‘lmaydi.   Xuddi   kantilenlar   singari   liro-epik   xarakterdagi
qo‘shiqlardir.   Agar   bu   qahramonlarga   bag‘ishlangan   qo‘shiqlar   birlashtirilsa,   epos
hosil   bo‘lishi   tabiiy.   Ammo   bu   qahramonlar   haqidagi   qo‘shiqlarni   turli   qo‘shiqchilar
ijro   etganlar.   Demak,   kantilenlardan   eposga   o‘tish   jarayoni   bir   necha   qo‘shiqni   bitta
ijrochi kuylashiga bog‘liq emas ekan. Qo‘shiqlarni turkumlashtirish natijasida Roland
haqida   qo‘shiq,   Nibelunglar   haqida   qo‘shiq   kabi   qadimgi   dostonlarning   shakllanishi
haqida ham muhim izohlarni va talqinlarni topishimiz mumkin. 
           Turkiy xalqlarda kantilenlardan epos hosil bo‘lishiga oiiboratiboratd eng yaxshi
misol “Dada Qo‘rqut” kitobidir. Bu kitobiy doston bo‘lib, XV asrda yozib qoldirilgan.
Doston o‘n ikki qo‘shiq ( boy )dan tashkil topgan. Har bir qo‘shiq mustaqil asar bo‘lgani
holda birlashtirilib, dostonni hosil qilgan. Zotan, har bir qo‘shiqning qahramoni bitta –
Qo‘rqut ota. 
                      Kantilenlar   birlashib,   yirik   epik   asar   hosil   qilishi   uchun   xalq   og‘zaki   ijodi
mahsuli bo‘lishi shart emas. Hamma gap – asar qahramonining yagonaligida. Masalan,
Bibliya,   “Avesto”,   “Manas”   kabi   yirik   asarlar   kantilenlar   asosida   hosil   bo‘lgan   deb
qarash mumkin. Bibliya tarkibidagi oltmish oltita kitobning qahramoni – YAhve (ya’ni
Xudo), “Avesto”ning bosh qahramoni – Zardusht, “Manas” eposining bosh qahramoni
25 – Manas. Gap bu asarlarning katta hajmdaligida emas, balki bir necha asrlar davomida
qo‘shiqlar shakllana borib, har bir qo‘shiq bitta qahramon atrofida birlashadi. Masalan,
Bibliyaning ilk syujetlari miloddan oldingi X1V- XIII boshlarida shakllana boshlagan.
Miloddan  oldingi  1X  asrda  esa  ilk bor  yozib  olina boshlagan.   Taxminan  milodning  I
asr oxiri – II asr boshlarida yakunlangan va yaxlit kitob holiga keltirilgan. Biz uchun
kitoblardagi   aqidalar   muhim   emas,   balki   bir   necha   kitoblardan   yaxlit   bir   kitobning
hosil bo‘lish yo‘llari, usullari, Bibliya tarkibidagi  har bir kitob Musoning Tavrotidagi
aqidalarni   izchil   davom   ettirishi   muhimdir.   YAhve   obrazi   Musoning   Ibtido   qitobida
bor edi va oxirgi kitob – Vahiy kitobigacha bu obraz davom etgan. Buning natijasida
g‘oya   va   maqsad   jihatidan   bir-biriga   yaqin   bo‘lgan   kitoblar   birlashtirilib,   Bibliyani
hosil qilgan. 
          “Avesto” ning shakllanishi haqida ham shunday gapni aytish mumkin. Asarning
qadimiy  qatlami   Gohlarning  paydo   bo‘lishi  va   boshqa  qismlarining  shakllanib,   yaxlit
asar “Avesto”ni yuzaga keltirishi eposlarning shakllanish jarayonini o‘zida ifoda etadi.
Asarni   tashkil   qilgan   qo‘shiqlar,   bo‘limlar,   fargard   va   hokazolar   aynan   kantilenlarni
o‘zida ifoda etadi. SHuning uchun bu har ikkala asar ham kantilenlardan tashkil topgan
deb aytish mumkin.                
 
Mifologiya v a yozma adabiyot.  Epik asarlar tarkibidagi mifologik unsurlar
                Tarixiy   poetikaning   o‘rganish   ob’ektlaridan   biri   mifologiya   masalasi   ilk   bor
A.N.Veselovskiy   tomonidan   qo‘yilgan.   U   psixologik   parallelizmning   paydo   bo‘lish
yo‘llari haqida so‘z yuritar ekan: “SHe’r tili eng qadimgi psixologik jarayonni davom
ettiradi:   u   til   obrazlari   va   mifdan,   ularning   metaforalari   va   ramzlaridan   foydalanadi,
ayni   paytda   ularga  o‘xshash   yangilarini   ham   yaratadi”. 26
  Psixologik   parallelizm   bilan
mifning   o‘zaro   aloqasi   ramzlarni   hosil   qiladi.   Miflar   ilk   badiiy   tafakkur   manbai
bo‘lgani uchun ham tarixiy poetikaning ob’ekti hisoblanadi. 
          Avvalo, mif nima degan savolga javob beramiz. Ko‘pincha, mif – bu afsonadir,
deb   talqin   qiladilar.   Aslida   mif   yunoncha   so‘z   bo‘lib,   “afsona”   ma’nosini   bildiradi.
Antik miflarda yuksak badiiy mazmun saqlangan.  Badiiy   tafakkurning   ilk   bosqichida
mif   shakllangan.   Afsona   esa   mif   zaminida   paydo   bo‘lgani   shubhasiz.   Mifning
qoldiqlari   (reliktlari)   afsonalarga,   hatto   tarixiy   rivoyatlarga   turtki   beradi   va   ularning
zaminida mif qoldiqlari saqlanishi mumkin.
Mifologiya   ilk   timsollar   olami   va   ruhiy   materiyadir.   Ammo   mifologiyani
yaratganlar   uchun   u   shunchaki   ishonchli   yoki   haqiqiy   bo‘lmagan.   Ammo   ibtidoiy
inson   uchun   mifologiya   ob’ektiv   borliq   hisoblangan.   Masalan,   biz   uchun   bir   yil   365
yoki 366 kundan iborat  degan tushuncha qanchalik haqiqat  hisoblansa,  ibtidoiy inson
uchun ham mifda aks etgan voqealik shunchalik haqiqiy hisoblangan.
Miflar   ham   anonim   asarlar   bo‘lib,   jamoaviy   tarzda   yaratilgan.   Ibtidoiy   insonlar
uchun   mif   badiiy   asar   hisoblanmagan,   ya’ni   ular   mif   yaratganlarida   badiiy   asar
yaratyapmiz, deb o‘ylamaganlar.
26
  Веселовский А.Н. Историческая поэтика..., 133 -  бет.
26 Mifologiya  –   bu  avlodlarning  mulki   bo‘lib,   avloddan  -   avlodga   o‘tib  kelgan   ilk
obrazlar olamidir. Ilk obraz – tafakkurning obrazidir. Har qanday obrazdan bir ajralib
chiqa   olamiz,   uni   unutishimiz   mumkin.   Ammo   ilk   obrazdan,   garchi   mumkin   bo‘lsa
ham ajralish mumkin emas,  uning ta’sirini  boshdan kechirmaslik ham mumkin emas.
Ilk   obraz   –   bu   tafakkurning   “ko‘zi”.   Biz   ko‘z   bilan   ko‘ramiz,   ammo   ko‘zimizni
ko‘rmaymiz.   Ilk   obraz   ham   shunday:   biz   ilk   obraz   yordamida   anglaymiz   yoki   fikr
yuritamiz, ammo ilk obrazning o‘zi fikrlashi - xuddi ko‘z o‘zini ko‘ra olmaganday gap.
Buni   xuddi   oynaga   o‘xshatish   mumkin.   Oynada   biz   o‘zimizni   o‘zimiz   ko‘ra   olamiz.
O‘zimizning qiyofamiz – ilk obrazlardan biridir.
Mifologik   fikrlash   –   jamoaviy   fikrlashdir.   Mifologiya   inson   fikrlashining
dastlabki   shakli   bo‘lib,   fikrlashning   yanada   rivojlangan   shakllariga   –   diniy,   badiiy,
falsafiy.   Ilmiy   fikrlashga   manba   bo‘ldi.   Bularning   hammasi   mifologik   fikrlashning
“g‘ishtchalari”dan   tarkib   topgan.   Gegel   miflarni   inson   naslining   pedagogikasi   deb
atagan edi. Miflar ma’naviy madaniyatning o‘ziga xos materiyasi hisoblanadi.  
Mifologiyaga   YAngi   davrda   qiziqish   Amerikaning   kashf   qilinishi   bilan   yanada
kuchaydi.   XVIII   asrda   fransuz   missioneri   J.F.Lafito   SHimoliy   Amerika   hindulari
turmush tarzini ilk bor tadqiq qiluvchilardan biri bo‘ldi. SHundan boshlab dunyoning
turli   joylaridagi   xalqlar   miflarini   qiyoslash   imkoni   paydo   bo‘ldi   va   qiyosiy
mifologiyaga   asos   solindi.   Qiyosiy   mifologiyani   o‘rganishda   ko‘proq   miflarning
o‘xshashligiga,   qadimda   ularning   kelib   chiqishi   qonuniy   xarakteriga   e’tibor   qaratildi.
Italyan faylasufi Dj. Viko mifologiyani chuqur tadqiq etdi. U miflarni “ilohiy poeziya”
sifatida   qaradi.   Uning   mif   falsafasi   mifologiyani   o‘rganishda   kelgusidagi   deyarli
hamma yo‘nalishlarning boshlanishini o‘z ichiga qamrab oldi.   
Miflarni ratsional talqin qilishga ilk urinishlar ularni allegoriya sifatida tushunish
bilan   bog‘liqdir.   Tadqiqotchilar   miflarda   qochirimlarni,   o‘gitlarni,   o‘xshatishlarni,
ishoralarni   ko‘rdilar.   Miflarga   bunday   yondashuvning   yorqin   namunasini   tajribaviy
bilimlar   metodologiyasining   asoschisi   F.   Bekonda   ko‘ramiz.   U   “Qadimgilar
donishmandligi   haqida”   risolasida   antik   miflarni   va   ularda   yashiringan
donishmandlikni  bayon qildi.   U miflarning mohiyatini  quyidagicha o‘xshatish  orqali
ifodalagan edi: “Miflar menda shunday taassurot qoldiradiki,   yaxshi siqib olinmagan
bir   bosh   uzumdan   nimadir   olingan,   ammo   eng   yaxshi   qismi   qolib   ketib,
foydalanilmaganday tuyuladi”. 
Ibtidoiy   davrda   mif   olamning   anglashning   asosiy   usuli   hisoblangan.   Mif   o‘zi
yaratilgan davrda olamni his qilish va anglashni ifodalagan. 
X1X   asrda   bir   qator   mifologik   maktablar,   nazariyalar   shakllandi.   Jumladan,
mifologiyada   Angliya   antropologiya   maktabi   (E.   Taylor,   J.   Frezer,   Dj.   Xarrison,
S.E.Xeyman   va   b.)   ritualizm   va   funksionalizmni,   fransuz   sotsiologiya   maktabi
(E.Dyurkgeym,   Levi   Bryul)   diniy-mifologik   fikrlashni,   nemis   ritual   maktabi
(E.Kassirer) simvolizm nazariyasini shakllantirdi. Mifologik maktablar tarixiy poetika
uchun unchalik ahamiyatli bo‘lmagani uchun bu haqda to‘xtalmaymiz.
27 6 -mavzu
Qadimgi SHarq adabiyoti poetikasi masalalari
Tarixiy   poetikaning   o‘rganish   ob’ektlaridan   biri   mifologiya   masalasi   ilk   bor
A.N.Veselovskiy   tomonidan   qo‘yilgan.   U   psixologik   parallelizmning   paydo   bo‘lish
yo‘llari haqida so‘z yuritar ekan: “SHe’r tili eng qadimgi psixologik jarayonni davom
ettiradi:   u   til   obrazlari   va   mifdan,   ularning   metaforalari   va   ramzlaridan   foydalanadi,
ayni   paytda   ularga  o‘xshash   yangilarini   ham   yaratadi”. 27
  Psixologik   parallelizm   bilan
mifning   o‘zaro   aloqasi   ramzlarni   hosil   qiladi.   Miflar   ilk   badiiy   tafakkur   manbai
bo‘lgani uchun ham tarixiy poetikaning ob’ekti hisoblanadi. 
Avvalo, mif nima degan savolga javob beramiz. Ko‘pincha, mif – bu afsonadir,
deb   talqin   qiladilar.   Aslida   mif   yunoncha   so‘z   bo‘lib,   “afsona”   ma’nosini   bildiradi.
Antik miflarda yuksak badiiy mazmun saqlangan. 
Badiiy   tafakkurning   ilk   bosqichida   mif   shakllangan.   Afsona   esa   mif   zaminida
paydo   bo‘lgani   shubhasiz.   Mifning   qoldiqlari   (reliktlari)   afsonalarga,   hatto   tarixiy
rivoyatlarga turtki beradi va ularning  zaminida mif qoldiqlari saqlanishi mumkin.
Mifologiya   ilk   timsollar   olami   va   ruhiy   materiyadir.   Ammo   mifologiyani
yaratganlar   uchun   u   shunchaki   ishonchli   yoki   haqiqiy   bo‘lmagan.   Ammo   ibtidoiy
inson   uchun   mifologiya   ob’ektiv   borliq   hisoblangan.   Masalan,   biz   uchun   bir   yil   365
yoki 366 kundan iborat  degan tushuncha qanchalik haqiqat  hisoblansa,  ibtidoiy inson
uchun ham mifda aks etgan voqealik shunchalik haqiqiy hisoblangan.
Miflar  ham  anonim asarlar bo‘lib, jamoaviy tarzda yaratilgan. Ibtidoiy insonlar
uchun   mif   badiiy   asar   hisoblanmagan,   ya’ni   ular   mif   yaratganlarida   badiiy   asar
yaratyapmiz, deb o‘ylamaganlar.
Mifologiya – bu avlodlarning mulki bo‘lib, avloddan - avlodga o‘tib kelgan ilk
obrazlar olamidir. Ilk obraz – tafakkurning obrazidir. Har qanday obrazdan bir ajralib
chiqa   olamiz,   uni   unutishimiz   mumkin.   Ammo   ilk   obrazdan,   garchi   mumkin   bo‘lsa
ham ajralish mumkin emas,  uning ta’sirini  boshdan kechirmaslik ham mumkin emas.
Ilk   obraz   –   bu   tafakkurning   “ko‘zi”.   Biz   ko‘z   bilan   ko‘ramiz,   ammo   ko‘zimizni
ko‘rmaymiz.   Ilk   obraz   ham   shunday:   biz   ilk   obraz   yordamida   anglaymiz   yoki   fikr
yuritamiz, ammo ilk obrazning o‘zi fikrlashi - xuddi ko‘z o‘zini ko‘ra olmaganday gap.
Buni   xuddi   oynaga   o‘xshatish   mumkin.   Oynada   biz   o‘zimizni   o‘zimiz   ko‘ra   olamiz.
O‘zimizning qiyofamiz – ilk obrazlardan biridir.
Mifologik   fikrlash   –   jamoaviy   fikrlashdir.   Mifologiya   inson   fikrlashining
dastlabki   shakli   bo‘lib,   fikrlashning   yanada   rivojlangan   shakllariga   –   diniy,   badiiy,
falsafiy.   Ilmiy   fikrlashga   manba   bo‘ldi.   Bularning   hammasi   mifologik   fikrlashning
“g‘ishtchalari”dan   tarkib   topgan.   Gegel   miflarni   inson   naslining   pedagogikasi   deb
atagan edi. Miflar ma’naviy madaniyatning o‘ziga xos materiyasi hisoblanadi.  
Mifologiyaga  YAngi   davrda  qiziqish   Amerikaning   kashf   qilinishi   bilan  yanada
kuchaydi.   XVIII   asrda   fransuz   missioneri   J.F.Lafito   SHimoliy   Amerika   hindulari
turmush tarzini ilk bor tadqiq qiluvchilardan biri bo‘ldi. SHundan boshlab dunyoning
turli   joylaridagi   xalqlar   miflarini   qiyoslash   imkoni   paydo   bo‘ldi   va   qiyosiy
27
  Веселовский А.Н. Историческая поэтика..., 133 -  бет.
28 mifologiyaga   asos   solindi.   Qiyosiy   mifologiyani   o‘rganishda   ko‘proq   miflarning
o‘xshashligiga,   qadimda   ularning   kelib   chiqishi   qonuniy   xarakteriga   e’tibor   qaratildi.
Italyan faylasufi Dj. Viko mifologiyani chuqur tadqiq etdi. U miflarni “ilohiy poeziya”
sifatida   qaradi.   Uning   mif   falsafasi   mifologiyani   o‘rganishda   kelgusidagi   deyarli
hamma yo‘nalishlarning boshlanishini o‘z ichiga qamrab oldi.   
Miflarni ratsional talqin qilishga ilk urinishlar ularni allegoriya sifatida tushunish
bilan   bog‘liqdir.   Tadqiqotchilar   miflarda   qochirimlarni,   o‘gitlarni,   o‘xshatishlarni,
ishoralarni   ko‘rdilar.   Miflarga   bunday   yondashuvning   yorqin   namunasini   tajribaviy
bilimlar   metodologiyasining   asoschisi   F.   Bekonda   ko‘ramiz.   U   “Qadimgilar
donishmandligi   haqida”   risolasida   antik   miflarni   va   ularda   yashiringan
donishmandlikni  bayon qildi.   U miflarning mohiyatini  quyidagicha o‘xshatish  orqali
ifodalagan edi: “Miflar menda shunday taassurot qoldiradiki,   yaxshi siqib olinmagan
bir   bosh   uzumdan   nimadir   olingan,   ammo   eng   yaxshi   qismi   qolib   ketib,
foydalanilmaganday tuyuladi”. 
Ibtidoiy   davrda   mif   olamning   anglashning   asosiy   usuli   hisoblangan.   Mif   o‘zi
yaratilgan davrda olamni his qilish va anglashni ifodalagan. 
X1X   asrda   bir   qator   mifologik   maktablar,   nazariyalar   shakllandi.   Jumladan,
mifologiyada   Angliya   antropologiya   maktabi   (E.   Taylor,   J.   Frezer,   Dj.   Xarrison,
S.E.Xeyman   va   b.)   ritualizm   va   funksionalizmni,   fransuz   sotsiologiya   maktabi
(E.Dyurkgeym,   Levi   Bryul)   diniy-mifologik   fikrlashni,   nemis   ritual   maktabi
(E.Kassirer) simvolizm nazariyasini shakllantirdi. Mifologik maktablar tarixiy poetika
uchun unchalik ahamiyatli bo‘lmagani uchun bu haqda to‘xtalmaymiz.
Mif va adabiyot . Mif va adabiyot doimo aloqada bo‘lib kelgan, mif adabiyotga
muttasil   ravishda   ta’sir   o‘tkazgan.   SHuningdek,   bu   singari   ta’sir   bilvosita   tasviriy
san’at,   udumlar,   xalq   bayramlari,   diniy   odatlar   orqali   namoyon   bo‘ladi.   Ayniqsa,
ertaklarda,   eposlarning   arxaik   syujetlarida   miflarning   ta’siri   yaqqol   seziladi.   Xalq
qo‘shiqlari   tafakkur   tarzi   bo‘yicha   mifologiyaga   tortadi,   san’at   turi   sifatida   esa
adabiyotga tutashadi.
Keyingi asrlarda mifologiyaning ilmiy konsepsiyasi,  estetik va falsafiy ta’limoti
shakllandi,   mifologiya   folklorshunoslikning   alohida   bir   yo‘nalishi   sifatida
o‘rganiladigan bo‘ldi.    
Mif   va   yozma   adabiyotning   o‘zaro   munosabati   ikki   aspektda   –   evolyusion   va
tipologik   aspektda   qaralishi   mumkin.   Evolyusion   aspekt   mif   haqidagi   tasavvurlarni
tarixiy   jihatdan   yozma   adabiyot   paydo   bo‘lmasdan   oldingi   tafakkurning   ma’lum
bosqichi sifatida qaraydi. Adabiyot bu nuqtai nazardan faqat mifning “buzilgan”, ya’ni
relikt   shakllari   bilan   munosabatda   bo‘ladi.   Ilk   yozma   adabiyotdagi,   eposlardagi,   xalq
qo‘shiqlaridagi   ramziy   obrazlar,   metafora,   eposlarning   arxaik   syujetlari   bunga
misoldir.    
Mifologik   maktab   vakillari   orasida   simvolik   nazariya   etkachilik   qildi   va   hozir
ham   davom   etmoqda.   Masalan.   I.G.Gerder   mifni   talqin   qilganda,   aynan   simvolik
nazariyani ilgari surdi.      
Tarixiy   poetikaning   o‘rganish   ob’ektlaridan   biri   mifologiya   masalasi   ilk   bor
A.N.Veselovskiy   tomonidan   qo‘yilgan.   U   psixologik   parallelizmning   paydo   bo‘lish
yo‘llari haqida so‘z yuritar ekan: “SHe’r tili eng qadimgi psixologik jarayonni davom
29 ettiradi:   u   til   obrazlari   va   mifdan,   ularning   metaforalari   va   ramzlaridan   foydalanadi,
ayni   paytda   ularga  o‘xshash   yangilarini   ham   yaratadi”. 28
  Psixologik   parallelizm   bilan
mifning   o‘zaro   aloqasi   ramzlarni   hosil   qiladi.   Miflar   ilk   badiiy   tafakkur   manbai
bo‘lgani uchun ham tarixiy poetikaning ob’ekti hisoblanadi. 
Avvalo, mif nima degan savolga javob beramiz. Ko‘pincha, mif – bu afsonadir,
deb   talqin   qiladilar.   Aslida   mif   yunoncha   so‘z   bo‘lib,   “afsona”   ma’nosini   bildiradi.
Antik miflarda yuksak badiiy mazmun saqlangan. 
Badiiy   tafakkurning   ilk   bosqichida   mif   shakllangan.   Afsona   esa   mif   zaminida
paydo   bo‘lgani   shubhasiz.   Mifning   qoldiqlari   (reliktlari)   afsonalarga,   hatto   tarixiy
rivoyatlarga turtki beradi va ularning  zaminida mif qoldiqlari saqlanishi mumkin.
Mifologiya   ilk   timsollar   olami   va   ruhiy   materiyadir.   Ammo   mifologiyani
yaratganlar   uchun   u   shunchaki   ishonchli   yoki   haqiqiy   bo‘lmagan.   Ammo   ibtidoiy
inson   uchun   mifologiya   ob’ektiv   borliq   hisoblangan.   Masalan,   biz   uchun   bir   yil   365
yoki 366 kundan iborat  degan tushuncha qanchalik haqiqat  hisoblansa,  ibtidoiy inson
uchun ham mifda aks etgan voqealik shunchalik haqiqiy hisoblangan.
Miflar  ham  anonim asarlar bo‘lib, jamoaviy tarzda yaratilgan. Ibtidoiy insonlar
uchun   mif   badiiy   asar   hisoblanmagan,   ya’ni   ular   mif   yaratganlarida   badiiy   asar
yaratyapmiz, deb o‘ylamaganlar.
Mifologiya – bu avlodlarning mulki bo‘lib, avloddan - avlodga o‘tib kelgan ilk
obrazlar olamidir. Ilk obraz – tafakkurning obrazidir. Har qanday obrazdan bir ajralib
chiqa   olamiz,   uni   unutishimiz   mumkin.   Ammo   ilk   obrazdan,   garchi   mumkin   bo‘lsa
ham ajralish mumkin emas,  uning ta’sirini  boshdan kechirmaslik ham mumkin emas.
Ilk   obraz   –   bu   tafakkurning   “ko‘zi”.   Biz   ko‘z   bilan   ko‘ramiz,   ammo   ko‘zimizni
ko‘rmaymiz.   Ilk   obraz   ham   shunday:   biz   ilk   obraz   yordamida   anglaymiz   yoki   fikr
yuritamiz, ammo ilk obrazning o‘zi fikrlashi - xuddi ko‘z o‘zini ko‘ra olmaganday gap.
Buni   xuddi   oynaga   o‘xshatish   mumkin.   Oynada   biz   o‘zimizni   o‘zimiz   ko‘ra   olamiz.
O‘zimizning qiyofamiz – ilk obrazlardan biridir.
Mifologik   fikrlash   –   jamoaviy   fikrlashdir.   Mifologiya   inson   fikrlashining
dastlabki   shakli   bo‘lib,   fikrlashning   yanada   rivojlangan   shakllariga   –   diniy,   badiiy,
falsafiy.   Ilmiy   fikrlashga   manba   bo‘ldi.   Bularning   hammasi   mifologik   fikrlashning
“g‘ishtchalari”dan   tarkib   topgan.   Gegel   miflarni   inson   naslining   pedagogikasi   deb
atagan edi. Miflar ma’naviy madaniyatning o‘ziga xos materiyasi hisoblanadi.  
Mifologiyaga   YAngi   davrda   qiziqish   Amerikaning   kashf   qilinishi   bilan   yanada
kuchaydi.   XVIII   asrda   fransuz   missioneri   J.F.Lafito   SHimoliy   Amerika   hindulari
turmush tarzini ilk bor tadqiq qiluvchilardan biri bo‘ldi. SHundan boshlab dunyoning
turli   joylaridagi   xalqlar   miflarini   qiyoslash   imkoni   paydo   bo‘ldi   va   qiyosiy
mifologiyaga   asos   solindi.   Qiyosiy   mifologiyani   o‘rganishda   ko‘proq   miflarning
o‘xshashligiga,   qadimda   ularning   kelib   chiqishi   qonuniy   xarakteriga   e’tibor   qaratildi.
Italyan faylasufi Dj. Viko mifologiyani chuqur tadqiq etdi. U miflarni “ilohiy poeziya”
sifatida   qaradi.   Uning   mif   falsafasi   mifologiyani   o‘rganishda   kelgusidagi   deyarli
hamma yo‘nalishlarning boshlanishini o‘z ichiga qamrab oldi.   
28
  Веселовский А.Н. Историческая поэтика..., 133 -  бет.
30 Miflarni ratsional talqin qilishga ilk urinishlar ularni allegoriya sifatida tushunish
bilan   bog‘liqdir.   Tadqiqotchilar   miflarda   qochirimlarni,   o‘gitlarni,   o‘xshatishlarni,
ishoralarni   ko‘rdilar.   Miflarga   bunday   yondashuvning   yorqin   namunasini   tajribaviy
bilimlar   metodologiyasining   asoschisi   F.   Bekonda   ko‘ramiz.   U   “Qadimgilar
donishmandligi   haqida”   risolasida   antik   miflarni   va   ularda   yashiringan
donishmandlikni  bayon qildi.   U miflarning mohiyatini  quyidagicha o‘xshatish  orqali
ifodalagan edi: “Miflar menda shunday taassurot qoldiradiki,   yaxshi siqib olinmagan
bir   bosh   uzumdan   nimadir   olingan,   ammo   eng   yaxshi   qismi   qolib   ketib,
foydalanilmaganday tuyuladi”. 
Ibtidoiy   davrda   mif   olamning   anglashning   asosiy   usuli   hisoblangan.   Mif   o‘zi
yaratilgan davrda olamni his qilish va anglashni ifodalagan. 
X1X   asrda   bir   qator   mifologik   maktablar,   nazariyalar   shakllandi.   Jumladan,
mifologiyada   Angliya   antropologiya   maktabi   (E.   Taylor,   J.   Frezer,   Dj.   Xarrison,
S.E.Xeyman   va   b.)   ritualizm   va   funksionalizmni,   fransuz   sotsiologiya   maktabi
(E.Dyurkgeym,   Levi   Bryul)   diniy-mifologik   fikrlashni,   nemis   ritual   maktabi
(E.Kassirer) simvolizm nazariyasini shakllantirdi. Mifologik maktablar tarixiy poetika
uchun unchalik ahamiyatli bo‘lmagani uchun bu haqda to‘xtalmaymiz.
Mif va adabiyot . Mif va adabiyot doimo aloqada bo‘lib kelgan, mif adabiyotga
muttasil   ravishda   ta’sir   o‘tkazgan.   SHuningdek,   bu   singari   ta’sir   bilvosita   tasviriy
san’at,   udumlar,   xalq   bayramlari,   diniy   odatlar   orqali   namoyon   bo‘ladi.   Ayniqsa,
ertaklarda,   eposlarning   arxaik   syujetlarida   miflarning   ta’siri   yaqqol   seziladi.   Xalq
qo‘shiqlari   tafakkur   tarzi   bo‘yicha   mifologiyaga   tortadi,   san’at   turi   sifatida   esa
adabiyotga tutashadi.
Keyingi asrlarda mifologiyaning ilmiy konsepsiyasi,  estetik va falsafiy ta’limoti
shakllandi,   mifologiya   folklorshunoslikning   alohida   bir   yo‘nalishi   sifatida
o‘rganiladigan bo‘ldi.    
Mif   va   yozma   adabiyotning   o‘zaro   munosabati   ikki   aspektda   –   evolyusion   va
tipologik   aspektda   qaralishi   mumkin.   Evolyusion   aspekt   mif   haqidagi   tasavvurlarni
tarixiy   jihatdan   yozma   adabiyot   paydo   bo‘lmasdan   oldingi   tafakkurning   ma’lum
bosqichi sifatida qaraydi. Adabiyot bu nuqtai nazardan faqat mifning “buzilgan”, ya’ni
relikt   shakllari   bilan   munosabatda   bo‘ladi.   Ilk   yozma   adabiyotdagi,   eposlardagi,   xalq
qo‘shiqlaridagi   ramziy   obrazlar,   metafora,   eposlarning   arxaik   syujetlari   bunga
misoldir.    
Mifologik   maktab   vakillari   orasida   simvolik   nazariya   etkachilik   qildi   va   hozir
ham   davom   etmoqda.   Masalan.   I.G.Gerder   mifni   talqin   qilganda,   aynan   simvolik
nazariyani ilgari surdi.      
31 7-mavzu
Janrlar poetikasi
Qadimgi   SHarq   adabiyotidagi   janrlar   belgilarida   ham   qisman   antik   janrlar
xususiyatlarini ko‘rish mumkin.
“Oltin   yorug‘”ning   janr   xususiyatlari   to‘g‘risida   dastlab   S.E.Malov   o‘z
munosabatini bildirgan. 
Markaziy Osiyo hududida istiqomat qilgan qadimiy qavmlarning ijtimoiy hayoti,
madaniy–ma’naviy   hayot   tarzi   arxeologik   materiallardan   ko‘ra,   yozma   manbalarda
to‘laqonli   o‘z   aksini   topgan.   Qadimiy   yozma   manbalarni   yozma   adabiyot   sifatida
talqin va tahlil etish, ularning janr xususiyatlarini belgilash masalasi hali kun tartibiga
qo‘yilgan emas. 
Ma’lumki,   yozma   matnlarni   janrlarga   ajratishda   turli   belgilarga   tayaniladi.   Sof
adabiy   belgilarga   asoslangan   holda   janrlarga   ajratish   –   keyingi   hodisa.   SHu   bois
adabiyot   tarixi   oldida   shunday   vazifa   turadi:   faqat   janrlarning   o‘zini   emas,   balki
janrlarga   ajratish   tamoyillarini     o‘rganish,   alohida   janrlar   va   ularning   tarixini   emas,
balki   ma’lum   davrdagi   janrlar   tizimini   o‘rganish   ma’lum   natijalarga   olib   keladi.   Ilk
mumtoz   davr(X1   asr)dan   keyingi   janrlarni   tizim   holida   o‘rganish   borasida   ma’lum
natijalarga erishilgan. Ammo ilgariga borgan sari adabiy janrlarga ajratish tamoyillari
murakkablashib   boraveradi.   Zotan,   yozma   yodgorliklar   adabiy   vazifadan   tashqari,
noadabiy vazifalarni ham u yoki bu darajada bajaradi 1 8
. “Xuastuanift”, “Oltun yorug‘”
asarlari   bunga   bir   misoldir.   Bu   yozma   yodgorliklarning   qaysi   janrga   mansubligini
aniqlashtirishda   aniq   bir   fikr   yo‘q.   Mazkur   yozma   yodgorliklarning   qaysi   janrga
mansubligini   belgilashda   ularni   yuzaga   keltirgan   ijtimoiy–madaniy   muhitni   ham
nazarda   tutish   kerak.   Darvoqe,   mazkur   yodgorliklarning   noadabiy   vazifasi   –   ma’lum
diniy oqimlarni keng omma orasiga yoyish va insoniyatni ezgulikka etaklash vazifasi
ham yozma yodgorliklarning alohida janr sifatida shakllanishida xizmat qilgan. 
“Xuastuanift”   moniylik   oqimi   va   uning   aqidalarini   bayon   qilishni   o‘z   oldiga   maqsad
qilib   qo‘ygan   asardir.   Asarning   yig‘ma   matnini   nashrga   tayyorlagan   L.   V.Dmitrieva
“moniylarning   tavba   ibodati”   degan   ta’rif   bilan   cheklanadi. 1 9
  Uning   vazifasi
“Xuastuanift”ning   to‘liq   matnini   tiklash   bo‘lgan   edi.   S.E.Malov   ham   bu   yozma
yodgorlikning parchasini e’lon qilganda, “ibodat” terminini ishlatadi. “Ibodat” qadimgi
turkiy   adabiyotda   janr   belgilariga   egami,   degan   savol   tug‘ilishi   tabiiy.   Bu   savolga
javob   berishda,   shubhasiz,   janrlar   to‘g‘risidagi   bugungi   mezonlar   ahamiyatli   bo‘la
olmaydi.   Bu   davrdagi   janrlarni   aniqlashda   yozma   yodgorlikning   o‘zidan   olingan
terminga   e’tibor   qaratish   va   janrni   o‘sha   termin   bilan   atash   o‘rinli   bo‘ladi.
“Xuastuanift”ning   har   bir   bo‘limi   so‘ngida   muallif   moniy   jamoasi   a’zolarining   ilgari
qilgan   gunohlari   uchun   Tangri   Xo‘rmuzdga   iltijo   qilib,   otunch   (iltijo)   terminidan
foydalanadi   va   tavba   qiladi.   Bizningcha,   ana   shu   termin   “Xuastuanift”ning   janr
xususiyatini   o‘zida  ifoda  etadi.  Har  bir   bo‘limning  mazmunidan  kelib  chiqqan  holda,
muallif o tunch  terminini takrorlaydi.
1
8
  Л ихачев Д.С..  Исследования по древнерусской литературе. – Л.: “Наука” ЛО, 1986, с.57.
1 9
 Дмитриева Л. В.. Хуастуанифт (введение, текст, перевод). – “Тюркологические исследования”, изд. АН 
СССР, М.: –Л.: 1963, стр.214. 
32 Qadimgi   turkiy   adabiyotda   ham   janrlar   bir–biriga   bog‘liqsiz   yashay   olmaydi,
ular o‘zaro munosabatda bo‘lgan holda bir tizimni hosil qiladi.
“Oltun   yorug‘”   asari   esa,   “Xuastuanift”dan   farqli   ravishda,   sudur lardan   tashkil
topganligini   yuqorida   aytdik.   Sudur   adabiy   janr   sifatida   rus   adabiyotshunoslari
tomonidan qayd etilgan. 2 0
  Ammo “Oltun yorug‘” faqat sudurlardan iborat emas, balki
asar   boshida   va   oxirida,   har   bir   bo‘limda   afsonalar,   hikoyatlar   bor.   “Sudur”   janri,
bizningcha, bu ikkala afsonani qamrab ololmaydi. Buning ustiga, “Oltun yorug‘” xuddi
“Qutadg‘u   bilig”dagi   singari   syujet   qurilishiga   ega   ekanini     ko‘ramiz.   Tangrilar
tangrisi     burxon   bilan   Xo‘rmuzd   o‘rtasidagi   savol–javob   shundan   dalolat   beradi.
Xullas, “Oltun yorug‘”ning “Qutadg‘u bilig” bilan bir janr doirasida qarash o‘rinli.
Antik   davr   janr   xususiyatlari   to‘g‘risida   so‘z   ketganda,   grek   adabiyotidagi   janr
qonuniyatlari   dunyo   xalqlari   adabiyoti   janrlari   uchun   mezon   emas.   Biz   adabiyotni
davrlashtirganimizda,   eydetik   bosqich   to‘g‘risida   so‘z   yuritgan   edik.   Eydetik   poetika
davri   Evropada   qadimgi   grek   adabiyotidagi   janrlar   tizimi   shakllanishidan   boshlanadi.
So‘ngra   o‘rta   asar   adabiyotlarida   janrlar   shakllanishining   uzundan-uzoq   davri
boshlanadi.   XVI-XVII   asrlarda   milliy   adabiyotlarning   badiiy   tajribasini   o‘zida
mujassamlashtirgan  janrlarning  antik  tizimi  tiklanishi  yuz  beradi.  Xuddi  antik  davrga
yaqin bo‘lgan, ammo undan keskin farq qiladigan yangi janrlar  paydo bo‘ladi;   kanon
grekcha so‘z bo‘lib, “qoida” ma’nosini bildiradi. 
SHuni   ta’kidlash   kerakki,   ilk   grek   ijodkorlari   keyingi   davr   adabiyoti   uchun
janriy   kanon   yaratgan   edilar.   Jumladan,   doston   kanoni   Gomer   tomonidan,   didaktika
kanoni   Gesiod   tomonidan,   masal   kanoni   Ezop   tomonidan   aniqlashtirib   berilgan.   Janr
kanoni bu ijodkorlarda abstrakt konstruksiya sifatida emas, balki his  qilinadigan obraz
sifatida zarur edi. 
Janr kanonlari dastlab aniq bitta matn ijodkori tomoiidan boshlangan bo‘lsa, janr
qonuni  har  qanday  matn namunasini  o‘zining imkoniyatlaridan  bir  sifatida o‘z ichiga
oladi, ammo janr bu imkoniyatlar bilan hal bo‘lib qolmaydi, u imkoniyatlar yig‘indisi
bilan, jumladan, hali amalga oshirilmagan imkoniyatlar bilan hosil qilinadi.    
2 0
  Буддизм. Словарь. – М.: “Республика”, 1992, 233–бет.
33 8 -mavzu
Ilk arab adabiyoti janrlari
Ilmi   adab   –   SHarq   adabiyotshunosligining   asosidir.   Ilm   adab,   ya’ni   odob   ilmi
dastlab arab adabiyotiga nisbatan qo‘llangan. Ilmi adab islom paydo bo‘lgandan so‘ng
shakllandi.   Ilmi   adab   va   adab   adabiyoti   bir   asosga   –   so‘zning   badiiy   matndagi
vazifasiga   borib   taqalar   ekan,   ular   biri   ikkinchisini   taqozo   etadi,   adab   ilmi   adab
adabiyotiga tayanadi.   
Bu   fan   ma’lum   tizimga   solingan   fanlarni   va   axloqiy   mezonlarni   o‘zida
mujassam etib, saroy kotibi boshqalardan ajralib turishi uchun nihoyatda madaniyatli
muomala   qilish   lozim   edi.   Qolaversa,   xalifa   yoki   sultonning   kotibi   yozgan   maktub
yoki   biron   hujjatda   adab   ilmi   aks   etishi   kerak   edi.   Zotan,   adab   ilmining   maqsadi
hukmdor huzurida olib boradigan xizmatida kotib boshqalardan farqli ravishda yuqori
o‘rinda turish uchun alohida fazilatlarga va qobiliyatga ega bo‘lishi lozim edi. 
Ilmi adab aslida  adab   madaniyati  ta’sirida paydo bo‘lgan. Adab madaniyati ham
yuqori tabaqa vakillari o‘rtasidagi  o‘zaro munosabatlar va muloqot shakllaridan kelib
chiqdi.  Adab  madaniyati  dunyoviy  qoidalar   majmuini  ishlab  chiqishni  anglatadi.
Bu   dunyoviy   qoidalarga   davlat   xizmatidagi,   hukmdorga   yaqin   odamlar,   davozim
pillapoyalariga   intilganlar   –   hakamlar,   muallimlar,   turli   lavozimdagi   amaldorlar   va
b.lar rioya qilishlari shart  edi. “Adab” adabiyotining shakli  va mazmuni ayni ana shu
toifadagilarning hayoti va faoliyati asosida shaklandi: axloqiy mavzudagi asarlar, nafis
she’rlar,   nasriy   parchalar,   engil,   erkin   suhbat   olib   borishga   yordam   beradigan   hazil-
mutoyibalar, latifalar shular jumlasidandir. 
Arabshunoslar   adab   adabiyotiga   mansub   deb   hisoblagan   namunalar   diqqatga
sazvordir.   Alab   adabiyotining   namunalarini   arab   adabiyotidan   boshqa   SHarq
adabiyotining   barchasida   –   hind,   yahudiy,   fors   adabiyotlarida   uchratamiz.   Masalan,
hind   adabiyotining   mumtoz   namunalari   hisoblangan   “Kalila   va   Dimna”,
“Panchatatra”ni,   yahudiy   adabiyotida   “Barlom   va   YUsuf”,   “Donishmand   Akir”
qissalarini,   fors   adabiyotida   “Siyosatnoma”ni   va   boshqa   qator   asarlarni   kiritish
mumkin.   Umuman   olganda,   adab   adabiyotini   didaktik   adabiyotga   tenglashtirish
mumkin   (masalan,   “Qutadg‘u   bilig”,   “Hibatul-haqoyiq”   kabilar).   Ko‘pchilik   sharq
xalqlari   adabiyotida   adab   umuman   adabiyotga   nisbatan   qo‘llangan.   YUqorida   biz
keltirgan   hind,   arab,   yahudiy   va   turkiy   adabiyotdan   keltirilgan   namunalar   buning
dalilidir.   Bu   asarlardan   har   biri   to‘g‘risida   uzoq   so‘z   yuritish   mumkin.   Adab
adabiyotning   ko‘pchiligi   Hindistondan,   Old   Osiyodan   kelib   chiqqan   va   hindu,
buddaviylik, arab  va fors adabiyotiga  ham  moslashtirilgan . Bu adabiyot  yunon, lotin,
qadimgi yahudiy, qadimgi rus va qator evropa tillariga tarjima qilingan. Ana shunday
asarlardan biri «Barlom va YUsuf» asaridir. 
Asar   o‘ziga   xos   qoliplovchi   tuzilishga   ega.   Darvesh   Barlom   shahzoda   YUsufga
bio   qator   maslahatlar,   jumladan,   davlatni   qanday   boshqarish,   davlat   boshqaruvida
ma’rifatning   roli   to‘g‘risida   maslahatlar   beradi;   shuningdek,   asar   tarkibiga   ko‘p
masallar,   hayvonot   hayotiga   oid   ertaklar,   latifalar   kiritilgan.   Bu   asarning   sharq
versiyalarida   darvesh   bosh   qahramon   bo‘lib,   uning   ismi   -   Budosaf.   Bu   ism
buddaviylikdagi bo‘disatvdir. U jonzotlar orasida eng ma’rifatlisi, jonzotlarning komil
bo‘lishi   uchun   ustozdir.   Bu   buddaviylik   qissasi   dastlab   sanskrit   tilidan   forschaga
34 tarjima   qilingan   va   moniylar   orasida   tarqalgan.   Fors   davlati   arablar   tomonidan   bosib
olingandan keyin, arab tiliga («Bluxor  va Budosaf»  nomi  bilan), so‘ngra suryoniy va
turkiy   tilga   («SHahzoda   va   darvesh»   nomida   bilan)   tarjimasi   paydo   bo‘ldi.   Arabcha
tarjimasi esa yahudiy va gruzincha versiyalarining yaratilishiga asos bo‘ldi. Tez orada
grek,   efiopiya   va   lotin   tillarida   xristiancha   versiyalari   yuzaga   keldi.   Bu   versiyalarda
voqealar xiristancha mazmunda bo‘lib, darvesh Barlom xristian avliyosi sifatida paydo
bo‘ladi.   SHundan   so‘ng   xristian   mazmunidagi   arabcha   versiyasi   paydo   bo‘ldi.   Grek
tilidan   slavyanchaga,   lotinchadan   g‘arbiy   Evropa   tillariga   tarjima   qilindi.   (inglizcha
«Barlaam and Josaphat»). 29
 
Arab   xalifaligi   va   islom   ma’rifatining   yoyilishi   natijasida   adab   adabiyoti   rivoj
topdi.   Adab   adabiyotining   didaktik   ruhi   yanada   xalqona   tus   oldi,   musulmon
madaniyatining gullab-yashnashi uchun zamin yaratildi. 
Musulmon madaniyati gullab-yashnagan davr – “Musulmon Renessansi” (Adam
Mets)   deb   nom   olgan   1X-X1   asrlarda   va   keyingi   ma’rifatparvar   hukmdorlar   davrida,
ayniksa, xalifa Ma’mun davrida olimlar, donishmandlar, shoirlar, musiqachilar majlisi
bo‘lib   o‘tar,   bunday   kechalarda   albatta   hukmdor   va   a’yonlar   ham   ishtirok   etardilar.
Hukmdorlarning bilimga hurmatli munosabati dunyoviy madaniyatning o‘zagini ishlab
chiqishga   ta’sir   etdi.   Bu   madaniyat   birinchi   navbatda,   aslzodalar   doirasida   yoyildi,
mazkur   madaniyatning   yuzaga   kelishi   va   zodagonlar   doirasida   yoyilishiga   esa   adab
adabiyoti   asos   bo‘ldi.   Adab   adabiyotining   rivoj   topishi,   SHarq   va   hatto     Evropa
mamlakatlariga yoyilishi adabiyotga, badiiy so‘zga bo‘lgan mas’uliyatni oshirdi.  
Ayni   paytda   alohida   mutaxassislik   adabiyoti,   intelektual   mehnat   bilan
shug‘ullanadigan   shaxslar   uchun   o‘quv   qo‘llanmalari   ham   paydo   bo‘ldi.   Adab   orqali
beriladigan tarbiya asosida ma’naviy an’analarga, birinchi navbatda, diniy an’analarga
rioya qilish yotardi. Ammo adabning maqsadi dunyoviy ta’lim berish edi. 
Adab   diniy   emas,   balki   dunyoviy   adabiyot   bo‘lib,   gohida   behayoroq   adabiyot,
ayni   behayo   qismi   kurtuaz   she’riyati   va   nasrini   ham   qamrab   olardi.   Adab   adabiyoti,
ayniqsa,   darsliklar   keng   kitobxonlar   ommasiga   matematikadan,   grammatika,   tarixdan
boshlang‘ich   bilimlar   berishga   mo‘ljallangan   edi.   Ayniqsa,     Uyg‘onishning   eng
gullagan   davrida   –   xalifa   Ma’mun     davrida   adab   adabiyoti   orqali   bilim   berish   ancha
rivoj topdi. Qolaversa, bunga asosiy sabablardan biri Ma’mun akademiyasining tashkil
topishi bo‘ldi. As-Sijistoniy (888 yil vafot etgan) aql-idrokka munosabatga, jumladan,
ko‘p adiblar qadrlaydigan yunon ilmiga ishora qilib, xalifa Ma’munning tushi  haqida
hikoya   qiladi.   Bu   tushda   Ma’mun   Arastu   bilan   uchrashibdi.   Arastu   Ma’munning
savollariga   javob   berib,   aql-idrokka   havola   qilibdi.   Arastu   o‘z   obro‘si   orqali   xalifa
Ma’munni   qo‘llab-quvvatlabdi .   CHunki   xalifa   Ma’mun   ilohiyotchilarning   raqibi
mutaliziylarga moyilligi bor edi.      
Adabning   yorqin   vakillari   al-Johiz,   Ibn   Qutayba,   Abu   Xayyon   at-Tavhidiy
kabilar edi. Agar al-Johizning nomi bilan yangilikka intiluvchi, izlanuvchi timsoli ko‘z
oldimizga   kelsa,   undan   yarim   asr   keyin   yashagan   Ibn   Qutayba   adabga   oid   asarlarni
kanonlashtirishga e’tibor qaratdi. 
29
 Интернет матеиралларидан. «Адаб» сўзига  қ араш керак.  
35 Badiiy   so‘zning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   va   ma’nosi   ilk   o‘rta   asrlarda   SHarq
olimlarining   e’tiborini   tortdi.   Jumladan,   Forobiyning   bu   haqdagi   qarashlari   alohida
ahamiyat   kasb   etadi.   U   “Fanlarning   tasnifi   haqida   risola”   asarida   poetikani   “til
haqidagi   fanlar”ning   tarkibida   kiritib,   uch   qismga   bo‘ladi:   1.   Metrika.   2.   Qofiya.   3.
Stilistika. 30
  SHuningdek,   Forobiy   she’r   san’atlari,   she’r   shakllari   va   yunon   she’r
navlarini tahlil qilar ekan, so‘zning inson ruhiga ta’siri she’rning hosil bo‘lishi uchun
muhim   qonuniyat   ekanini   aytadi:   “Mabodo   to‘g‘ri   so‘z   o‘zgartilirsayu   odatdagiday
aytilmaydigan bo‘lsa va buning ustiga unga uncha-muncha narsalar qo‘shilgan bo‘lsa,
u holda bu narsa inson ruhiga xush keladi. Balki bunday so‘zlarni obrazli qilib va rost
aytish ham mumkin. Ehtimol, shu bilan obrazli  gaplar orqali e’tibor rost va tuyg‘ular
tomonga   qaratilgan   bo‘ladi.   Natijada   obrazli   gap   ham,   rost   ham   ma’qul   bo‘ladi.
Bunday holda obrazli gaplar taajjubga sazovor bo‘ladi va undan kishi ruhi lazzatlanib,
engil tortadi. Narsa yoki hodisa aytilganda muvofiq kelguday bo‘lsa, uni rost deb qabul
qilinadi.   Obrazli   gap   esa,   so‘z   qanday   aytilgan   bo‘lsa,   o‘shaanday   harakat   qilishga
qaratilgan bo‘ladi. Rost esa, gap nima xususida borayotgan bo‘lsa, o‘shanga qaratilgan
bo‘ladi, ya’ni u gapning asosidagi holatning ruhi haqida fikr yuritadi”. 31
Forobiyning she’r, uning hosil bo‘lish qonuniyatlari va insoniyat tomonidan qay
darajada, qay holatda qabul qilinishi ilmi adabning o‘ziga xos ko‘rinishidir.
Arab   she’riyati   nazariyasini,   arab   adabiyotini   o‘rganish   “lingvistik   jihatlar”
(I.YU.Krachkovskiy) tufayli paydo bo‘ldi. Darvoqe, Forobiyning she’r paydo bo‘lishi
haqidagi qarashlari ham arab olimlarining qarashlariga hamohangdir. SHe’rning, ya’ni
adabiyotning shakllanishi lingvistik omillar natijasi ekani keyingi arab va fors olimlari
ishlarida   ham   ko‘rinadi.   Xullas,   ilmi   adabning   asosida   arab   tili   morfologiyasi,
sintaksisi, leksikologiyasi haqidani fanlar 1X asrda badiiy san’atlar haqidagi fan kelib
chiqdi (Al-Johiz va ibn al-Mu’tazning asarlari). X11 asr oxirida bu nazariya  ulum ash-
she’r  (she’r haqidagi fanlar) yoki  ulum al-adab  maxsus fan sifatida shakllandi. Ilk bor
Forobiy arab va yunon she’r tuzilishi, she’riyatdagi mahorat va qonuniyat haqida so‘z
yuritganda,   aslida   ilmi   adabga   asos   solgan   edi.   Bu   fan   tarkibiga   ilmi   ma’oni,   ilmi
bayon, ilmi balog‘a, ilmi bade’, ilmi aruz va ilmi qofiya fanlari yaxlit holda ilmi adabni
tashkil   qildi.   Umuman.   X1-X11   asrlarda   adabiy   an’analarni   izohlashga   arab   she’r
nazariyasini   moslashtirdilar.   YUqorida   aytilganiday,   arab   she’r   nazariyasi
grammatikadan   o‘sib   chiqdi.   Bu   haqda   I.YU.Krachkovskiy,   N.YU.CHalisovalarning
kuzatishlari alohida ahamiyatda ega. 
30
 Ал-Фараби. Философские трактаты. Алма ата, 1972, с. 116-117.
31
 Форобий. Шеър санъатлари. Тошкент,  Ғ афур  Ғ улом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 
1980, 90 -91-бетлар.
36 9 -mavzu
Mumtoz adabiyotshunoslikda tarixiy poetikaning joriylanishi
Xullas,   adabiyot   fan   sifatida   bir   qator   muhim   fanlarning   mujassamlashuvidan
tashkil topgan bo‘lib, o‘z davrida sog‘lom muhit yaratish uchun xizmat qila boshlagan
edi. Bunday vaziyat islom adabiyoti tarix, fiqh, falsafa va mistika kabi fanlarning eng
muhim jihatlarini o‘zida jamlab, bu adabiyotning ko‘p qirrali bo‘lishiga yordam berdi,
o‘sha fanlarning ham vazifasini o‘z zimmasiga oldi.  
Islom adabiyoti, ya’ni adab ilmi adab (adabiyotshunoslik) sifatida  musulmon
mamlakatlari   adabiyotida   keng   tarqaldi.   Islomiy   madaniyatni   keng   yoyish,   targ‘ib
qilish,   axloq   mezonlarini   ishlab   chiqish   va   ommaga   etkazish   kabi   ishlarni   adabiyot
bajara   olishi   mumkinligini   ilm   ahli   to‘g‘ri   anglab   etdi.   Islom   etib   borgan   o‘lkalarda
islomiy   aqidalar   bilan   bir   qatorda,   ilmi   adab   ham   shakllandi,   madrasalarda
o‘qitiladigan bo‘ldi. Ayniqsa, fors adabiyotida bu fan mustahkam o‘rnashdi. 
Ilmi   adab   dastlab,   chamasi,   amaliy   vazifalarni   bajarish   uchun   ishlab   chiqilgan.
Dastlab   xalifa   va   sultonlar   saroyida   shakllangan   ilmi   adab   insoniy   munosabatlarni
madaniy   tarzda   yo‘lga   qo‘yish   uchun   joriy   qilingan   bo‘lsa,   bora-   bora   takomillashib,
o‘ziga   xos   qonuniyatlar,   mezonlar   shakllandi.   Adab   alohida   ilm   sifatida   SHarq
poetikasining   asosiga   aylandi.   Adab   adabiyoti   ilk   shakllanish   davridanoq   o‘z   asosini
badiiy so‘zga qurgan ekan, albatta, adabning fan sifatida paydo bo‘lishida ham badiiy
so‘zning matndagi  vazifasi,  estetik  tabiati    asosiy   tayanch  nuqtani  tashkil   qilgan, deb
qarash mumkin. 
Atoulloh   badiiy   so‘z   nazariyasini   tahlil   qilar   ekan,   badiiy   matndagi
vazifasiga ko‘ra, so‘zni quyidagicha tasnif qiladi:
Ilmi balog‘a  –  «notiqlik,  ritorika”.
Ilmi maoni  – “obrazlar haqidagi fan”.
Ilmi bayon  – “sharh, stilistika”.
37 Ilmi tavobiyi balog‘a   – “ritorikaga bo‘ysunadigan fan”. Mana shu to‘rt fan
SHarq adabiyotshunosligida  ilmi bade’ ni – poetikani tashkil qiladi. 32
 
32
Мусулмонкулов Р. Персидско -таджикская калссическая поэтика Х-Х V веков. Москва, Наука, 
ГРВЛ,1989, 16 -бет.
38 1 0 -mavzu
Tarixiy manbalar va poetika munosabatlari
                      Eng   arxaik   va   ilk   obraz   ko‘rinishi   ikki   a’zoli   parallelizmdir.   Ikki   a’zoli
parallelizmning   ko‘rinishi   quyidagicha:   “Tabiat   tasviri   va   u   bilan   yonma-yon   inson
hayotida   aynan   shunga   o‘xshash   manzara   ikki   a’zoli   parallelizmni   hosil   qiladi.
Ob’ektiv   mazmunni   farqlashda   ular   bir-birini   takrorlaydi,   ular   orasida,   ya’ni   tabiat
manzarasi bilan inson hayotidagi aynan shunga mos manzara ular o‘rtasida umumiylik
borligini   ko‘rsatadi,   ular   orasida   ohangdoshlik   bor...parallelizm   tenglashtirish
g‘oyasiga   moyil   edi.”   Tenglashtirish   shuni   anglatadiki,   tabiat   manzarasi   bilan   tabiiy
hodisalar, inson ruhiy holati solishtiriladi va teng qo‘yiladi. Navoiyning
Orazin yopqoch, ko‘zimdin sochilur har lahza yosh 
Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘ach quyosh
mashhur bayti psixologik parallelizmning namunasidir. 
Ikki   a’zoli  parallelizmdan  tashqari, epitet   ham  she’r   sinkretizmining bir  ko‘rinishidir.
Umuman, she’r sinkretizmi barcha badiiy tasvir vositalarida o‘z aksini topadi.  
           Adabiy turlarning tahliliga to‘xtalar ekanmiz, biz mualliflik muammosiga duch
kelamiz.   Buning   mohiyati   shundaki,   sinkretizm   davrida   adabiy   turlar   endigina
shakllana   boshlagan   edi.   Ularning   paydo   bo‘lishi   (xuddi   bayon   va   ko‘chimlarning
kelib chiqishi kabi) san’at taraqqiyoti bu bosqichi tugayotgani va yaqinligini anglatadi.
Adabiy turlar mohiyatan nimani ko‘rsatadi? Oddiy ta’rif shunday: adabiy tur – badiiy
asarning bir turi. Tarixan uchta tur shakllangan bo‘lib, har uchala tur –  epik, dramatik,
lirik   tur   bir   butunlikni   hosil   qiladi.   SHunday   qilib,   adabiy   turlarning   genezisi   va
shakllanishi   –   bu   badiiy   asar   va   uning   ko‘rinishlari   kelib   chiqishi   hamda   taraqqiyoti
demakdir.
Ammo   bu   ta’rif   ham   etarli   emas.   Gap   shundaki,   badiiy   asar   ko‘p   qirrali   tushuncha.
Zotan, adabiyotshunoslik matn va estetik ob’ekt o‘rtasiga chegara qo‘yadi. Matn o‘z-
o‘zidan   tushunarli.   Darvoqe,   u   tashqi   asar   (N.D.Tamarchenko)   deb   ham   aytiladi.
Badiiy asar estetik ob’ekt (yoki “estetik ob’ektning mazmuni”) sifatida “ badiiy olam ”,
“ ijodkorni ham qamrab oladigan ijod ”, “ estetik komponent ” yoki “ obraz ” hisoblanadi.
SHuningdek,   badiiy   asar   o‘z   arxitektonikasiga   (badiiy   asar   qismlarining   o‘zaro
muvofiq yaxlit holda uzviy qurilishi) – tugallangan shakliga ega.
                      Adabiy   turlarga   berilgan   ta’riflardan   ularning   paydo   bo‘lishi   sinkretizm
chegaralarini   anglatishi   tushunarli   bo‘ladi:   chegaralarning   borligi   shundan   guvohlik
beradiki,   badiiy   va   nobadiiy   reallik   chegaralari   paydo   bo‘ldi.   Badiiy   olam   o‘z   ichida
differensiatsiyalashdi.   Ammo   badiiy   asar   hali   mustaqil   hodisa   sifatida   mavjud
bo‘lmagan   paytda,   tarixiy   poetika   bo‘lg‘usi   san’at   turlarining   (musiqa,   qo‘shiq,   raqs,
teatr, adabiyot) “ibtidosi” va adabiy turlar sinkretik ko‘rinish holatida bo‘lgan, mif va
udumlarning tarkibiy qismlari sifatida tashkil topgan edi. 
           A.N.Veselovskiy tarixiy poetikaga asos solgan olim sifatida adabiy turlar hosil
bo‘lishining   ilgarigi   notarixiy   nazariyasini   bekor   qildi.   Veselovskiy   adabiy   turlarning
hosil   bo‘lishi   haqida   Gegel   sxemasining   asossizligini   ko‘rsatdi.   Gegel   sxemasi
bo‘yicha, adabiy turlarning taraqqiyoti ob’ekt (epos)dan sub’ekt (lirika)ga va ularning
39 birikuvi   (drama)ga   tomon   borgan.   SHuningdek,   A.Veselovskiy,   lirika   boshqa   adabiy
turlarga   qaraganda   ustunlik   qiladi,   degan   romantik   qarashlarning   asossizligini   ham
ko‘rsatdi.   SHunday   qilib,   turlarning   hosil   bo‘lish   jarayoni   ob’ektivlikdan
sub’ektivlikka   (yoki   aksincha)   tomon   borgan   emas,   balki   azaldan   adabiy   turlar   bir-
biridan ajralib chiqmagan hamda mustaqil holda mavjud bo‘lmagan edi. 
                        Bizga   ma’lumki,   mif   bilan   bir   qatorda   udumlar   –   arxaik   madaniyatning
sinkretik   shaklidir.   Bu   o‘rinda   udumlarga   to‘xtalishimiz   bejiz   emas.   SHubhasiz,
udumlar   ham   adabiy   turlar   shakllanishiga   o‘z   ta’sirini   o‘tkazgan.   SHuning   uchun
ayrim   olimlar   adabiy   turlarning   ajralib   chiqishini   A.N.Veselovskiy   qarashlaridan
boshqacha   tarzda   talqin   qiladilar.   E.M.Meletinskiyning   aadabiy   turlarning,   xususan,
eposning kelib chiqishi haqida aytgan fikri diqqatga sazovor. Uning fikricha, eposning
kelib   chiqishi   lirika   va   dramanikidan   boshqacha,   eposning   kelib   chiqishida
udumlarning   aslo   roli   yo‘q,   balki   ular   mifdan   kelib   chiqqan.   Meletinskiy   qadimgi
san’atda   so‘zning   sakral     xususiyatlariga   alohida   diqqat   qaratish   lozimligini
ta’kidlaydi. SHu o‘rinda sakral termini haqida. Bu so‘z lotincha bo‘lib, “diniy kult va
udumlarga   mansub   bo‘lgan   muqaddaslik”   degan   ma’noni   bildiradi,   umuman,   xalq
og‘zaki   ijodida   sakral   ob’ektlar,   jismlar   muhim   rol   o‘ynaydi,   ularning   udumlarga
bog‘liqligi   aynan   sakrallik   xususiyatidan   kelib   chiqadi.   Haqiqatan,   bugungi   kunda
xatti-harakatning va mifning verbal qismi sakral maqomiga hech qanday shubha yo‘q.
Albatta,   A.N.Veselovskiy   va   E.M.Meletinskiyning   epos   alohida   tur   sifatida   ajralib
chiqishiga   oid   qarashlari   qanchalik   o‘zini   oqlashi   haqida   kelgusidagi   tadqiqotlar
natijasida   bir   qarorga   kelish   mumkin.   Lekin   shuni   aytish   kerakki.   mif   asosan   verbal
xususiyatga ega ekan, udumlar, kult yoki sakral ob’ektlar mifning shakllanishiga turtki
bergan degan  mulohazani   o‘rtaga  tashlamoqchimiz.  Masalan,   totemistik, kosmogonik
yoki boshqa mif turlarining paydo bo‘lishi shunday fikrga olib keladi. 
            X1X-XX asr Evropa adabiyotshunosligi asosan antik adabiyotni asos qilib oldi
va  buning  natijasida   grek  va  rim   adabiyoti   tarixi  tarixiy  poetika  sohasida  ham  asosiy
mezon bo‘lib qoldi. Hatto A.N. Veselovskiy  ham antik yunon adabiyoti  taraqqiyotini
mezon   sifatida   qaragan   edi:   “Grek   adabiyoti   taraqqiyoti   tarixi   bizga   taxminiy   adabiy
turlarning izchil ravishda ajralib chiqish manzarasini namoyon qiladi. Biz epos, lirika,
drama   va   romanda   o‘ziga   xos   ifodani   izlaydigan   va   topadigan   ma’lum   ijtimoiy   va
badiiy   talablarning   sahnadagi   tarixi,   aksi   hisoblangan   har   bir   turni   bilib,
umumlashtirishga  beixtiyor   moyil   bo‘lamiz” 33
. Ammo  sanskrit,  arab, fors  va  b.  sharq
adabiy   manbalari   Evropa   tarixiy   poetikasi   uchun   asos   sifatida   etarli   darajada   qabul
qilinmadi.   SHu   bois   A.Veselovskiyning   yuqoridagi   qarashlarini   ham   tanqidiy
o‘rganish taqozo etiladi. CHunki Bibliyaning shakllanishi, shumerlarning “Gilgamish”
dostoni, hindlarning “Moxobxorot” va “Ramyana” dostonlari, “Avesto”ning miloddan
oldingi   II   ming   yillikning   boshlarida   yaratilgan   qatlami   yunon   adabiyotidan
qadimiyligini   hisobga   olsak,   adabiy   turlarning   tarixiy   jarayonini   o‘rganishda   SHarq
adabiyotiga   ham   e’tibor   berish   zarurligi   ayon   bo‘ladi.   Birgina   “Oltun   yorug‘”ning
badiiy   tuzilishi   va   adabiy   janrlarning   shakllangani   milodiy   birinchi   ming   yillik
33
 Веселовский А.Н. Историческвя поэтика…, 65 -бет.
40 oxiridagi   sanskrit   adabiyotida   sinkretizmning   qonuniyatlarini   belgilaydigan   manba
bo‘lib yuzaga chiqadi.
A.N.   Veselovskiyning   qarashicha,   eposlarning   shakllanishida   kantilenlar   asosiy
omil   bo‘lgan.   Ammo   kantilenlar   eposning   adabiy   tur   sifatida   ajralib   chiqqan   ilk
davriga emas, balki liro-epik qo‘shiqlar paydo bo‘lgan davrlarga aloqador. Kantilenlar
tarixiy   voqealar   asosida   paydo   bo‘ladi.   Eposning   kelib   chiqishini   tarixiy   voqealarga
bog‘lar   ekanmiz,   yilnomalardagi   tarixni   nazarda   tutish   kerak   emas.   Masalan,
Rossiyalik nemislardan Vollnerning kuzatishlari epos va tarix munosabatlarini aniqroq
ochib   beradi.   Vollnerning   fikricha,   eposlarning   taraqqiyoti   yilnomalarda   berilgan
voqealarning mazmunini tamomila
41 11-mavzu
Tarixiy poetikaning boshqa adabiyotshunoslik fanlari
bilan o‘zaro munosabat
Rashididdinning “Jome’-ut-tavorix”ida va Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi”da
CHig‘atoyning aqlli, qobiliyatli, o‘ziga hurmatni talab qiladigan hukmdor bo‘lgani
ta’kidlanadi. 
Temuriylar   saltanatining   vujudga   kelishida   Movarounnahrdagi   tarixiy-
siyosiy   sharoit   muhim   rol   o‘ynadi.X1U   asrning   birinchi   yarmida   musulmon
madaniyatining   Movarounnahrda   mustahkam   qaror   topishida   Kepak   xon   (1318-
1326)ning   xizmatlari   katta   bo‘ldi.   Hozirgi   Qashqadaryo   CHig‘atoy   xonlarining
qarorgohi bo‘lib qoldi. Kepakxon o‘zi uchun bir saroy qurdirdi. Bu saroy “qarshi”
(o‘zbekchada “saroy” demakdir) deb nomlandi. O‘rta Osiyoda hukmronlik qilgan
mo‘g‘ul   hukmdorlaridan   Kepak   xon   birinchi   bo‘lib   butun   davlat   miqyosida   o‘zi
nomi bilan qo‘yilgan tangalarni joriy qildi. Bu pulning nomi Amir Temur davrida
ham “kepak” nomi bilan yuritilaverdi. Kepakxon musulmon madaniyatining rivoj
topishida   katta   xizmat   qilgan   bo‘lsa   ham,   o‘zi   majusiyligicha   qoldi.   Uning   ukasi
Tarmashirin(1326-1334) musulmonlikni qabul qildi. Tarmashirin akasining yo‘lini
davom   ettirib,   ko‘chmanchilik   an’analariga   jiddiy   zarba   bera   boshladi.   Oqibatda
Tarmashirin o‘ldirildi. SHundan so‘ng CHig‘atoy xonlarining saroyi bir ncha yilga
Ili daryosi bo‘ylariga ko‘chirildi.
YAngicha   ma’muriy   bo‘linish   –   tumanlar   ham   ayni   shu   davrda   paydo
bo‘ldi.   Samarqand,   Buxoro,   Eron   tumanlarga   bo‘lingan   edi.   Bunday   ma’muriy
bo‘linish,   shubhasiz,   davlat   qurilishi   va   takomillashuvida   jiddiy   rol   o‘ynadi.
Jumladan,   birgina   Samarqand   viloyati   CHig‘atoylar,   shuningdek,   Amir   Temur
davrida va XU111 asrgacha etti tumanga bo‘lingan edi. 34
 X1U asrning 40–yillarida
Moavarounnahrda,   aynan,   hozirgi   Qashqadaryo   hududida   yana   chig‘atoylardan
Qozonxon   o‘z   hokimiyatini   o‘rnatdi,   Qozonxon   Qarshining   g‘arb   tomonida
Zanjirsaroyni   barpo   qildi.   Qozonxon   mamlakatda   mustahkam   hokimiyat
o‘rnatishga qaror qildi. Buning natijasida Qozonxon bilan orlot, jaloyir, qovchin va
barlos   urug‘boshilari   o‘rtasida   ziddiyat   paydo   bo‘ldi.   Barlos   urug‘idan   bo‘lgan
Qozog‘on qo‘zg‘olon ko‘tarib, mo‘g‘ul shahzodalaridan birini xon deb e’lon qildi.
O‘rtada   bir   necha   yil   urush   bo‘ldi   va   nihoyat,   1346–1347   yillarda   Qozonxon
mag‘lub   bo‘lib,   o‘ldirildi.   Hokimiyat   Qozog‘onxon   qo‘liga   o‘tdi.   Ammo
Qozog‘onxonga   faqat   Movarounnahr   hukmronligi   tegdi.   CHig‘atoy   davlatining
qolgan   qismiga   dug‘lat   urug‘boshisi   hukmronlik   qiladigan   bo‘ldi.   Fors
manbalarida   bu   boshliqlar   amir   deb   atalgan   bo‘lsa,   turkiy     qavmlar   bek   yoki
mo‘g‘ulcha   no‘yon   deb  ataladigan  bo‘ldilar.  Movarounnahr  amirlari   ham,  dug‘lat
amirlari ham bir qonuniyatga amal qildilar: ikkalasi ham CHingixxon avlodlaridan
xon tayinlashni o‘zlarining hokimiyati uchun qonuniy deb bildilar. 
Ma’lumotlarga   ko‘ra,   ikkala   davlatning   harbiy   tuzilishi   deyarli   bir   xil
bo‘lgan   edi.   CHig‘atoy   termini   aholining   ko‘chmanchi   va   ko‘chmanchilik
34
Бартольд В.В.Сочинения. Том II. Стр.33.
42 an’analarini   bildirish   uchun   Movarounnahrda   saqlanib   qoldi.   Ammo   u   erda
CHig‘atoy   naslidan   xonlar   qolmagan   bo‘lsam   ham,   bu   nom   temuriylar
saltanatining   oxirgi   nasllarida,   xususan,   Bobur   avlodlarida   saqlanib   qoldi.
CHig‘atoyning   ko‘chmanchi   avlodi   o‘zlarini   mo‘g‘ullar   deb   ataydigan   bo‘ldilar.
Mo‘g‘uliston   degan   geografik   nom   ana   shundan   qolgan.   Umuman,   etnik   nom
aslidan uzoqlashib, tamomila boshqa nom va laqablarni oldi. 35
Amir   Qozog‘on   o‘n   ikki   yil   hukmronlik   qildi.   1358   yili   Qozog‘onxon
o‘zining   kuyovi   tomonidan   o‘ldirildi.   Qozog‘on   hukmronligi   davri   shunisi   bilan
diqqatga sazovor  bo‘ldiki, ichki nizolar, chig‘atoy ulusi  bilan mungullar  o‘rtasida
yuz bermadi. Qozog‘onning o‘limidan keyinm hokimiyat uning o‘g‘li Abdullaning
qo‘liga   o‘tdi.   Abdulla   otasi   hayotligida   Samarqandda   yashardi.   (Qozog‘on   esa
ko‘chmanchilar   yo‘lboshchisi   bo‘lib   hayot   kechirar,   ishni   Amudaryo   bo‘yidagi
Soli   Saroy   qishlog‘ida,   yozni   Munka   shahrida   –   hozirgi   Baljuvon   yonida
o‘tkazardi.) Abdulla poytaxtni o‘zi yashab turgan joyga ko‘chirmoqchi bo‘lgan edi,
lekin   boshqa   amirlar   bunga   qarshi   chiqdilar,   bu   nizolar   oqibatida   urush   kelib
chiqdi,   urushda   Abdulla   halok   bo‘ldi.   Keyingi   yillar   Movarounnahrda   doimiy
isyonlar, fitnalar, mo‘g‘ul  xonlar  bilan muttasil  kurashlar  davri  bo‘ldi. Xullas,  bu
davrda yuz bergan asosiy voqealar quyidagilardan iborat:
Mo‘g‘ul   xoni   Tug‘luq   Temur   1360-1361   yillarda   Movarounnahrga   yurish
qildi,   shu   paytda   xon   tomonidan   SHahrisabz   va   Qarshi   begi   qilib   tayinlangan
Temur ilk bor jang qildi;
Temur   Qozog‘onning   nabirasi   Husayn   bilan   ittifoq   tuzib,   mo‘g‘ullarga
qarshi   qo‘zg‘olon   ko‘tardilar.   Lekin   Husayn   bilan   Temur   CHirchiqda   (1365   yili)
mo‘g‘ullarga qarshi kurashda mag‘lubiyatga uchradilar;
XU   asrda   mashhur   shoir   sifatida   e’tirof   etilgan   Qobulshoh   xon   deb   e’lon
qilindi,   lekin   ko‘p   o‘tmay   u   taxtdan   tushirildi   va   Odil   Sulton   xon   bo‘lib   taxtga
o‘tirdi;
Husayn Balxda 1368 yili o‘ziga atab qal’a qurdirmoqchi bo‘ladi, Temur esa
uni bu niyatidan qaytarishga urinadi va amakisi  Abdullaning taqdirini misol  qilib
keltiradi;
Husayn va Temur o‘rtasida kurash ketadi. Temur Husaynning turk amirlari,
ayniqsa, musulmon ruhoniylari orasidagi dushmanlari bilan ittifoq tuzadi;
Husayn asirga olib o‘ldiriladi;
Balxdagi   qal’a   yo‘q   qilinadi,   poytaxt   Samarqandga   ko‘chiriladi,   u   erda
harbiy inshootlar, shahar devori qurdiriladi (1370 yil). 
SHunday qilib, Temur o‘n yil davomida butun Movarounnahrni egalladi .
Albatta, Amir Temur  shaxsiyati   madaniy   hayot   rivoji   uchun   muhim
omillardan biri bo‘lgan edi. Amir Temur shaxsiyati to‘g‘risida ishonchli ma’lumot
Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” asarida bor. U Amir Temurga quyidagicha
ta’rif   beradi:   “Temur   Ko‘ragon   –   anorallohi   burhonahi,   agarchi   nazm   aytmoqqa
iltifot   qilmaydurlar,   ammo   nazm   va   nasrni   andoq   xo‘b   mahal   va   mavqeda
o‘qibdurlarkim, aningtek bir bayt o‘qug‘oni ming yaxshi bayt aytqoncha bor”.*
35
Бартольд В.В. Ю қ оридаги асар,  36–бет.
43 Navoiyning   “Majolis   un-nafois”idagi   Amir   Temurga   oid   e’tirofini   –
sohibqironning   g‘oyat   nozik   ta’b   bo‘lgani,   she’rni   yaxshi   tushungani   haqida
“Temur tuzuklari”da keltirilgan ma’lumotlar ham tasdiqlaydi”. Buning boisi  yana
uning  shaxsiyatiga   borib  taqaladi.   “Temur  tuzuklari”da  aytilishicha,   u  ilm  ahliga,
din   bilimdonlariga,   qissaxonlarga   alohida   e’tibor   berib,   o‘ziga   yaqinlashtirgan   va
bundan ko‘p manfaatdor bo‘lgan. 
Amir   Temurdan   so‘ng   u   tashkil   qilgan   davlat   ikkiga   bo‘linib,   Xurosonda
Amir   Temurning   o‘g‘li   SHohruh   (1409-   1447   yillar),   Movarounnahrda   nabirasi
Ulug‘bek   (1409-1449   yillar)   hukmronlik   qildilar.   Yirik   mamlakat   ikkiga   bo‘linib
ketgan   bo‘lsa   ham,   madaniy   hayotda   aslo   uzilish   bo‘lmadi.   Aksincha,   adabiy-
madaniy aloqalar rivoj topib boraverdi. Amir Temurdagi ma’rifatparvarlik fazilati,
temuriy   shahzodalarga   namuna   bo‘lgani   bois,   ular   adabiy-madaniy   jarayon
rivojlanishiga   alohida   e’tibor   bergan.   Navoiy   “Majolis-un-nafois”da   temuriylar
avlodidan   etishib   chiqqan   yigirma   ikki   ijodkorning   ismi-sharifini   zikr   etadi.   Bu
shoirlar   orasida   Xalil   Sulton,   Ulug‘bek   Sulton,   Boysung‘ur   Mirzo,   Abulqosim
Bobur   Mirzo,   SHoh   G‘arib   Mirzo   va   boshqalar   bor.   Ayniqsa,   Boysung‘ur   Mirzo
adabiyotga   homiylik   qilibgina   qolmay,   o‘zi   ham   she’rlar   yozdi.   SHayx   Ahmad
Taroziyning “Funun -ul-balog‘a” (1436-1437 yillarda yozgan) asarida Boysung‘ur
Mirzoning bir o‘zbekcha qit’asi ham berilgan. Mana o‘za qit’a:
Furqatingda sorig‘ o‘ldi olmangiz,
Ey musulmonlar, yaroqon o‘lmasun.
O‘lmakimdan fikrim oncha yo‘q turur,
Qo‘rqaram o‘lsam, yaroqon o‘lmasun.
SHubhasiz,   temuriylar   hukmronligi   davrida   turkiy   tilli   adabiyotga   alohida
e’tibor   qaratildi.   Akademik   V.V.Bartold   keltirgan   dalillar   bu   jihatdan   ancha
diqqatga   sazovor.   Jumladan,   uning   ta’kidlashicha,   temuriylar   davri   madaniy
hayotida   Qobulshoh   (1366   yili   xon   deb     e’lon   qilingan   va   ko‘p   o‘tmay   taxtdan
tushirilgan)ning   ma’lum   darajada   roli   bo‘lgan.   Qobulshoh   turkiy   tilda   she’rlar
yozgan.   XU   asrda   ham   bu   shoir   ancha   shuhrat   qozongan.   Amir   Temurning
safdoshlaridan amir Sayfiddin barlos fors va o‘zbek tillarida she’rlar yozgan.*
Mirzo   Ulug‘bek   hukmronligi   davrida   Movarounnahr   bu   jihatdan   ko‘p
muvaffaqiyatlarga   erishgani   ma’lum.*   SHaxsan   Ulug‘bekning   fanga   qo‘shgan
hissasi beqiyosdir.  U   bobosi   Temur   kabi   olimlar   bilan   suhbat   qurib,   ularga
g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bilan cheklanib  qolmadi,   balki   SHarq   tarixida   kam
uchraydigan hodisani – hokimiyat boshqaruvi bilan ilmni birga qo‘shib olib bordi.
Zamondoshlari Ulug‘bekni bu fazilatlari tufayli Arastuning shogirdi Iskandan bilan
tenglashtiradilar. Navoiy “Farhod va SHirin” dostonida aytadi:
SHahekim, ilm nurin topti zoti,
Aning to hashr qoldi yaxshi oti.
Sikandar topti chun ilmu hunarni,
Ne yanlig‘ oldi ko‘rgil bahru barni.
44 Aningtek saltanat ahli ko‘p erdi,
Qayu birga nu nav’ ish dast berdi?
Iki ming yil o‘tub yuz ming xiradmand,
Bo‘lub hikmatlari birla barumand.
Temurxon naslidin sulton Ulug‘bek
Ki, olam ko‘rmadi sulton aningtek..
XU   asrning   ikkinchi   yarmida   Movarounnahrda   adabiyot   yuksalish
bosqichiga   ko‘tarildi.   Bu   haqda   SHayx   Ahmad   Taroziyning   yuqorida   biz   aytib
o‘tgan   “Funun-ul-balog‘a”   asarida   ko‘plab   shoirlarning   nomlari   keltirilganki,
mavjud   ma’lumotlarga   qo‘shimcha   sifatida   xizmat   qiladi,   ayni   paytda   ba’zi
ma’lumotlarga   aniqlik   kiritadi.   SHayx   Ahmad   she’rshunoslik,   xususan,   sharq
mumtoz poetikasi munosabati bilan nomlari bizga noma’lum bo‘lib kelgan ko‘plab
turkiy   va   forsiyzabon   shoirlarning   nomlarini   keltiradi.   Imon   Ziyovuddin   Forsiy,
Jalol   Samarqandiy,   Umid   Kamoliy,   Mavlono   Sayfiddin,   Muhammad   Ganjaviy
kabi   bir   qator   shoirlar   temuriylar   davri   adabiyotida   ma’lum     mavqe   egallaganini
anglash mumkin. Ayni  paytda shayx Ahmad Taroziyning o‘zi  ham  zamonasining
iste’dodli shoiri bo‘lganini mazkur asarida keltirilgan g‘azalidan bilamiz .
Mustahkam   poydor   davlat,   hukmdorlarning   adabiyotga   muhabbati   va
e’tibori Xuroson va Movarounnahrdagi adabiy jarayonga, ilm-fan ravnaqiga katta
ta’sir   o‘tkazgani   haqiqat.   Bu   davrda   o‘zbek   va   fors   adabiyoti   yonma-yon   kamol
topib   bordi.   O‘zbek   adabiyoti,   bir   tomondan,   o‘z   an’analari   negizida,   ikkinchi
tomondan, fors adabiyoti tajribalari ta’sirida tobora rivoj topdi. O‘zbek adabiyotida
yangi janrlarning paydo bo‘lishi va mavjudlarining takomili ham buni tasdiqlaydi.
O‘zbek   nasri   va   she’riyatida   o‘ziga   xos   xuroson   uslubi   paydo   bo‘ldi.   Bu   adabiy
uslubning muhim xususiyatlaridan biri shuki, badiiy va ilmiy asarlar ifodasida fors,
arabiy   so‘z   hamda   iboralardan,   atamalardan,   forsiy   tilga   xos   jumla   tuzish
qoidalaridan keng foydalanilgan. Bu holat o‘lkadagi etnik sharoit ta’sirida yuzaga
kelgan edi.”
Umuman,   temuriylar   davri   yangicha   tafakkur   mahsuli   bo‘lgan   adabiyotni
paydo qildi. Keyingi davrlarda – temuriylar saltanati parchalanib, uch xonlik barpo
bo‘lgandan   keyin   ham,   temuriylar   davri   adabiyoti   an’analari   davom   etdi.
Hindistonda   boburiylar     saltanatidan   keyin   yuzaga   kelgan   o‘zbek   adabiyoti   ham
bevosita va bilvosita temuriylar davri adabiyotining mahsulidir. 
Tayanch so‘z va iboralar
 Janr
Maqom.
45 May 
Ramz
SHlok
Taqshut 
Fard
No‘m
Oltin O‘rda adabiyoti
Noma
Munozara
Poetik o‘zlashtirish
Sinkretizm
Maqom 
Sudur
Referat mavzulari
1. O‘rta Osiyo, Eron va Ozarbayjonning qadimgi xalqlari miflaridagi 
mushtaraklik va farqli jihatlar
2. O‘rta Osiyoda X-X11 asarlarda arab tilidagi adabiyot
3. Qays Roziy va mumtoz adabiyot poetikasi masalalari (dars davomida “Aqliy
hujum” metodidan foydalaniladi).
4. V.V.Bartold tomonidan temuriylar davri adabiyotining o‘rganilishi
5. Navoiy “Xamsa”si poetikasi masalalari
6. Navoiy devonlarining janriy tarkibi
7. “Lison ut-tayr”da ramziy timsollar tizimi (“Klaster” metodidan 
foydalaniladi)
8. XU1-X1X asrlar adabiyotida janrlar takomili
46 AMALIY VA SEMINAR MASHG’ULOTLARI ISHLANMALARI:
1-amaliy:
Qadimgi turkiy yodgorliklarning formal-poetik xususiyatlari.
Reja:
1. Qadimgi turkiy yodgorliklar haqida
2. Turkiy yodgorliklarning formal xususiyatlari
3. Turkiy yodgorliklarning poetik xususiyatlari
Adabiyotlar:
1. Broytman   S.N.   Istoricheskaya   poetika   –   Moskva,   2001;   Teoriya   literateraurы:   v
drugax tomax. T.2: Istoricheskaya poetika . Pod red. N.D. Tamarchenko.- Moskva:
ASADEMIA, 2004.-368 S.
2. Болтабоев   Ҳ.   Шарқ   мумтоз   поетикаси.   –   Т.:   Ўзбекистон   миллий
энциклопедияси, 2008. – 426 бет
3. Stebleva   I.V.   Jizn   i   literatura   doislamskix   tyurkov.   Moskva,   “Vostochnaya
literatura”, 2007.
4. Boltaboev H. Mumtoz so‘z qadri. – T.: Adolat, 2004.
5. Istoricheskaya poetika. Itogi i perspektivы izucheniya. – Moskva, 1986.
6. O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari. 1-2 jild. - Toshkent: Fan, 2005, 2007.
2-amaliy:
Moniylik mifologiyasida ramziy obrazlar talqini. Moniylik oqimidagi
adabiyotda doimiy kultlar
Reja:
1. Mifologiya haqida
2. Moniylik mifologiyasi
3. Ramziy obrazlar talqini
4. Kult tushunchasi
5. Moniylik oqimidagi adabiyotda doimiy kultlar
Adabiyotlar:
1. Broytman   S.N.   Istoricheskaya   poetika   –   Moskva,   2001;   Teoriya
literateraurы:   v   drugax   tomax.   T.2:   Istoricheskaya   poetika   .   Pod   red.   N.D.
Tamarchenko.- Moskva: ASADEMIA, 2004.-368 S.
2. Болтабоев   Ҳ.   Шарқ   мумтоз   поетикаси.   –   Т.:   Ўзбекистон   миллий
энциклопедияси, 2008. – 426 бет
3. Stebleva   I.V.   Jizn   i   literatura   doislamskix   tyurkov.   Moskva,   “Vostochnaya
literatura”, 2007.
4. Boltaboev H. Mumtoz so‘z qadri. – T.: Adolat, 2004.
5. Istoricheskaya poetika. Itogi i perspektivы izucheniya. – Moskva, 1986.
6. O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari. 1-2 jild. - Toshkent: Fan, 2005, 2007.
47 3-amaliy:
Beruniyning “O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Mineralogiya”
asarlarida rivoyat, afsona va hikoyatlar
Reja:
1. Abu Rayhon Beruniyning adabiyot va madaniyat tarixidagi o’rni
2. “O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari va unda rivoyat, afsona va 
hikoyatlar
3. “Minerologiya” asari orqali yetib kelgan rivoyat, afsona va hikoyatlar
Adabiyotlar:
1. Broytman   S.N.   Istoricheskaya   poetika   –   Moskva,   2001;   Teoriya   literateraurы:   v
drugax tomax. T.2: Istoricheskaya poetika . Pod red. N.D. Tamarchenko.- Moskva:
ASADEMIA, 2004.-368 S.
2. Болтабоев   Ҳ.   Шарқ   мумтоз   поетикаси.   –   Т.:   Ўзбекистон   миллий
энциклопедияси, 2008. – 426 бет
3. Stebleva   I.V.   Jizn   i   literatura   doislamskix   tyurkov.   Moskva,   “Vostochnaya
literatura”, 2007.
4. Boltaboev H. Mumtoz so‘z qadri. – T.: Adolat, 2004.
5. Istoricheskaya poetika. Itogi i perspektivы izucheniya. – Moskva, 1986.
6. O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari. 1-2 jild. - Toshkent: Fan, 2005, 2007.
4-amaliy:
“Jome’ ut-tavorix”dagi O‘g‘uz xoqon shaxsi va “O‘g‘uznoma” dostonining
qiyosiy tahlili
Reja:
1. “Jome’ ut-tavorix” asari haqida
2. Asardagi O‘g‘uz xoqon shaxsi haqida
3. O‘g‘uz xoqon shaxsi va “O‘g‘uznoma” dostonining qiyosiy tahlili
Adabiyotlar:
1. Broytman S.N. Istoricheskaya poetika – Moskva, 2001; Teoriya literateraurы: v
drugax   tomax.   T.2:   Istoricheskaya   poetika   .   Pod   red.   N.D.   Tamarchenko.-
Moskva: ASADEMIA, 2004.-368 S.
2. Болтабоев   Ҳ.   Шарқ   мумтоз   поетикаси.   –   Т.:   Ўзбекистон   миллий
энциклопедияси, 2008. – 426 бет
3. Stebleva   I.V.   Jizn   i   literatura   doislamskix   tyurkov.   Moskva,   “Vostochnaya
literatura”, 2007.
4. Boltaboev H. Mumtoz so‘z qadri. – T.: Adolat, 2004.
5. Istoricheskaya poetika. Itogi i perspektivы izucheniya. – Moskva, 1986.
6. O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari. 1-2 jild. - Toshkent: Fan, 2005, 2007.
48 5-amaliy:
Xamsanavislik. Muqaddima va xotimalarning dostonlar g‘oyaviy mundarijasi
bilan bog‘liqligi
Reja:
1. Sharq mumtoz adabiyotida epik poeziyaning yuzaga kelish omillari
2. Xamsanavislik an’anasi
3. Xamsalardagi muqaddima va xotimalarning dostonlar g’oyaviy mundarijasi 
bilan bog’liqligi
Adabiyotlar:
1. Broytman S.N. Istoricheskaya poetika – Moskva, 2001; Teoriya literateraurы: v
drugax   tomax.   T.2:   Istoricheskaya   poetika   .   Pod   red.   N.D.   Tamarchenko.-
Moskva: ASADEMIA, 2004.-368 S.
2. Болтабоев   Ҳ.   Шарқ   мумтоз   поетикаси.   –   Т.:   Ўзбекистон   миллий
энциклопедияси, 2008. – 426 бет
3. Stebleva   I.V.   Jizn   i   literatura   doislamskix   tyurkov.   Moskva,   “Vostochnaya
literatura”, 2007.
4. Boltaboev H. Mumtoz so‘z qadri. – T.: Adolat, 2004.
5. Istoricheskaya poetika. Itogi i perspektivы izucheniya. – Moskva, 1986.
6. O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari. 1-2 jild. - Toshkent: Fan, 2005, 2007.
6-amaliy:
O‘rta Osiyo, Eron va Ozarbayjonning qadimgi xalqlari miflaridagi
mushtaraklik va farqli jihatlar
Reja:
1. Mif va uning turlari 
2. O‘rta Osiyo, Eron va Ozarbayjonning qadimgi xalqlari miflaridagi 
mushtaraklik 
3. Qadimgi xalqlari miflaridagi farqli jihatlar
Adabiyotlar:
1. Broytman   S.N.   Istoricheskaya   poetika   –   Moskva,   2001;   Teoriya
literateraurы:   v   drugax   tomax.   T.2:   Istoricheskaya   poetika   .   Pod   red.   N.D.
Tamarchenko.- Moskva: ASADEMIA, 2004.-368 S.
2. Болтабоев   Ҳ.   Шарқ   мумтоз   поетикаси.   –   Т.:   Ўзбекистон   миллий
энциклопедияси, 2008. – 426 бет
3. Stebleva   I.V.   Jizn   i   literatura   doislamskix   tyurkov.   Moskva,   “Vostochnaya
literatura”, 2007.
4. Boltaboev H. Mumtoz so‘z qadri. – T.: Adolat, 2004.
5. Istoricheskaya poetika. Itogi i perspektivы izucheniya. – Moskva, 1986.
6. O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari. 1-2 jild. - Toshkent: Fan, 2005, 2007.
49 7-amaliy:
O‘rta Osiyoda X-X11 asarlarda arab tilidagi adabiyot
Reja:
1. Adabiy yodgorliklarning topilishi va o’rganilishi
2. X-XII asrlar O’rta Osiyoda adabiyotning ravnaqi
3. X-XII asrlar O’rta Osiyoda arab tilidagi adabiyot
Adabiyotlar:
1. Абу   Мансур   Абдумалик ибн Муҳаммад ас-Саолибий .   Татиммат ал-
Йатима .  Т. :  Фан, 1990
2. Broytman   S.N.   Istoricheskaya   poetika   –   Moskva,   2001;   Teoriya
literateraurы: v drugax tomax. T.2: Istoricheskaya poetika . Pod red. N.D.
Tamarchenko.- Moskva: ASADEMIA, 2004.-368 S.
3. Болтабоев   Ҳ.   Шарқ   мумтоз   поетикаси.   –   Т.:   Ўзбекистон   миллий
энциклопедияси, 2008. – 426 бет
4. Stebleva I.V. Jizn i literatura doislamskix tyurkov. Moskva, “Vostochnaya
literatura”, 2007.
5. Boltaboev H. Mumtoz so‘z qadri. – T.: Adolat, 2004.
6. Istoricheskaya poetika. Itogi i perspektivы izucheniya. – Moskva, 1986.
7. O‘zbek   mumtoz   adabiyoti   namunalari.   1-2   jild.   -   Toshkent:   Fan,   2005,
2007.
1-seminar:
Nizomiy Ganjaviy “Panj ganji” kompozitsiyasi va syujeti chizig’i
Reja:
1. Xamsachilik an’anasi va Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”si
2. “Panj ganj” ning kompozitsiyasi 
3. Nizomiy “Xamsa”sining mazmuni va syujeti
Adabiyotlar:
1. Муҳиддинов М.Қ.  Комил инсон – адабиёт идеали.  –  Т . : Маънавият,  
2005.
2. Nizomiy Ganjaviy, “Xamsa”. Toshkent: “Istiqlol nuri”, 42016
3. Низомий   ва   ўзбек   адабиёти   (Илмий   анжуман   материаллари).     –
Тошкент: Ислом университети, 2007;
4. Ҳ о м и д и й     Ҳ. Ганжалик пир \\ “Сино” журнали, 2002 йил, Куз (№
7), 31–35-бетлар;  
50 5. Ҳайдар Хоразмийнинг Низомий “Махзан ул-асрор”ига муносабати. 
ЎТА -1974.-№2.-Б.2.-Б.13.
2-seminar:
Navoiy “Xamsa”sida poetika masalalari
Reja:
1. Navoiyning so’z borasidagi qarashlari
2. Nazm va nasr haqida Alisher Navoiy
3. Navoiy “Xamsa”sida poetika masalalari
Adabiyotlar:
1. Муҳиддинов М.Қ.  Комил инсон – адабиёт идеали.  –  Т . : Маънавият,  
2005.
2. Nizomiy Ganjaviy, “Xamsa”. Toshkent: “Istiqlol nuri”, 42016
3. Alisher Navoiy. Xamsa. MAT 7-11-jild. Toshkent: 1987-1991 
4. Ҳ о м и д и й     Ҳ. Ганжалик пир \\ “Сино” журнали, 2002 йил, Куз (№
7), 31–35-бетлар;  
5. Ҳайдар Хоразмийнинг Низомий “Махзан ул-асрор”ига муносабати. 
ЎТА -1974.-№2.-Б.2.-Б.13.
3-seminar:
Sharq mumtoz poetikasi va musiqa san’ati.  Abdurahmon Jomiyning “Risolai
musiqiy” asari
Reja:
1. Sharq mumtoz poetikasi masalalari
2. Shar mumtoz musiqasi
3. Abdurahmon Jomiyning “Risolayi musiqiy” asari
Adabiyotlar:
1. Муҳиддинов М.Қ.  Комил инсон – адабиёт идеали.  –  Т . : Маънавият,  
2005.
2. Nizomiy Ganjaviy, “Xamsa”. Toshkent: “Istiqlol nuri”, 42016
3. Низомий   ва   ўзбек   адабиёти   (Илмий   анжуман   материаллари).     –
Тошкент: Ислом университети, 2007;
4. Ҳ о м и д и й     Ҳ. Ганжалик пир \\ “Сино” журнали, 2002 йил, Куз (№
7), 31–35-бетлар;  
51 5. Ҳайдар Хоразмийнинг Низомий “Махзан ул-асрор”ига муносабати. 
ЎТА -1974.-№2.-Б.2.-Б.13.
4-seminar:
Atoulloh Husayniyning “Badoye’ us-sanoye’” asarida poetika
masalalari
Reja:
1. Sharq poetikasi tarixi
2. Atoulloh Husayniyning “Badoye’ us-sanoye’” asari
3. Asarda poetika masalalari
Adabiyotlar:
1. Муҳиддинов М.Қ.  Комил инсон – адабиёт идеали.  –  Т . : Маънавият,  
2005.
2. Nizomiy Ganjaviy, “Xamsa”. Toshkent: “Istiqlol nuri”, 42016
3. Низомий   ва   ўзбек   адабиёти   (Илмий   анжуман   материаллари).     –
Тошкент: Ислом университети, 2007;
4. Ҳ о м и д и й     Ҳ. Ганжалик пир \\ “Сино” журнали, 2002 йил, Куз (№
7), 31–35-бетлар;  
5. Ҳайдар Хоразмийнинг Низомий “Махзан ул-асрор”ига муносабати. 
ЎТА -1974.-№2.-Б.2.-Б.13.
52 Mumtoz tarixiy poetika fanidan 
Testlar
1. Har qanday ertak mif bosqichini bosib o‘tishi kerakmi?
a) bosib o‘tishi kerak
b) sehrli ertaklar bosib o‘tmasligi mumkin
v)  ertak sxemasi naturalistik mifdan qadimiy bo‘lgani uchun bosib o‘tmaydi
g) maishiy ertaklar bosib o‘tadi. 
2. Antik davr...
a) folklor yaratilgan davr
b)  madaniyat tug‘ilgan davr
v) individual she’riyat tug‘ilgan davr
g) romanning ilk paydo bo‘lgan davr
3. Ibtidoiy fikrlashning xususiyatlari...
a) inson faqat sonlarni bilgan
b) san’at asarlarini, obrazli fikrlashni bilmagan
v ) ibtidoiy fikrlash konkret, ajralmagan va obrazli
g) ibtidoiy fikr konkret emas, ajralgan va obrazli emas.
4. Ibtidoiy fikrlash... 
a) mavhum tushunchalarga asoslangan
b ) mifologik obrazlarga asoslangan
v) Gomer eposlariga asoslangan
g) ibtidoiy fikrlash degan tushuncha yo‘q
5. Poetik metafora...
a)  mifologik fikrlashdan kelib chiqadi 
b) individual fikrlashdan kelib chiqadi
v) boshqa xalqlar badiiy tafakkuri ta’siridan kelib chiqadi
g) o‘xshatishdan kelib chiqadi
6. Ibtidoiy fikrlash bosqichida tashqi olam...
a) so‘z ko‘rinishida tasavvur qilingan
b)  inson ko‘rinishida tasavvur qilingan
v) hayvonot olami ko‘rinishida tasavvur qilingan
g) tabiiy jismlar ko‘rinishida tasavvur qilingan
7. Ilk obraz...
a) individual badiiy tafakkur shakli
b) inson bilan tabiat o‘rtasidagi aloqalar shakli
v) inson va samoviy jismlar o‘rtasidagi munosabatlar shakli
g)  mifologik tasavvur shakli 
53 8. Ibtidoiy inson olamni...
a ) totemlar sifatida tasavvur qilgan
b) fetishlar sifatida qabul qilgan
v) samoviy jismlar sifatida qabul qilgan
g) hayvonot olamidan iborat deb bilgan
9. Mif nima?
a) janr
b)  bilish jarayonining bevosita shakli
v) obraz
g) bir necha obrazni yaxlit tasavvur qilish 
10. Qadimgi miflar  – bu …
a) totemistik miflardir
b) kalendar miflardir
v ) qahramonlik miflaridir
g) kosmogonik miflardir
11. Totemizm...
a) mavhum tushunchalarni paydo qiladi
b) konkret tushunchalarni paydo qiladi
v) metaforani shakllantiradi
g)  obrazni paydo qiladi
d) YUrtda tinchlik, totuvlikni ta’minlaydi.
12. A.N.Veselovskiyning qarashicha, qaysi biri qadimiy?
a) mif
b ) ertak
v) epos
g) drama
13. Tarixiy poetikaning quyidagi metodlaridan qaysi birini 
O.M.Freydenberg ishlab chiqqan?
a) tarixiy
b) qiyosiy -tarixiy
v)  genetik
g) tarixiy -tipologik
14. Sinkretizm davridagi “daraxt” so‘zi... 
a) buyum va so‘zdan iborat
b) so‘z bor, buyum hali mavjud emas
v)  so‘z va buyum ajralmagan
g) uchalasi ham  to‘g‘ri
54 15. Ko‘p a’zoli parallelizm...
a)  ikki a’zoli parallelizmdan kelib chiqqan
b) inkor parallelizmdan kelib chiqqan
v) bir a’zoli parallelizmdan kelib chiqqan
g) ramzlardan kelib chiqqan
16. Sinkretizm davridagi obraz...
a) arxaik tushunchalardan o‘sib chiqdi
b ) arxetip shakllardan kelib chiqdi
v) ko‘chimlardan kelib chiqdi
g) bu davrda hali obraz shakllanmagan edi.
17. “Syujet motivlardan tashkil topib qolmay, ko‘p hollarda...”
a) motivni yaratadi
b) kompozitsiyani hosil qiladi
v) asarni shakllantiradi
g)  motivlar tomonidan aniqlanadi
18. Arxetip syujet sxemalari...
a ) mifologik syujet sxemalaridir
b) epos syujeti sxemalaridir
v) lirik janrlar sxemalaridir 
g) bunday syujet sxemalari bo‘lmagan
1. Har qanday ertak mif bosqichini bosib o‘tishi kerakmi?
a) bosib o‘tishi kerak
b) sehrli ertaklar bosib o‘tmasligi mumkin
v)  ertak sxemasi naturalistik mifdan qadimiy bo‘lgani uchun bosib o‘tmaydi
g) maishiy ertaklar bosib o‘tadi. 
2. Antik davr...
a) folklor yaratilgan davr
b)  madaniyat tug‘ilgan davr
v) individual she’riyat tug‘ilgan davr
g) romanning ilk paydo bo‘lgan davr
3. Ibtidoiy fikrlashning xususiyatlari...
a) inson faqat sonlarni bilgan
b) san’at asarlarini, obrazli fikrlashni bilmagan
v ) ibtidoiy fikrlash konkret, ajralmagan va obrazli
g) ibtidoiy fikr konkret emas, ajralgan va obrazli emas.
4. Ibtidoiy fikrlash... 
a) mavhum tushunchalarga asoslangan
55 b ) mifologik obrazlarga asoslangan
v) Gomer eposlariga asoslangan
g) ibtidoiy fikrlash degan tushuncha yo‘q
5. Poetik metafora...
a)  mifologik fikrlashdan kelib chiqadi 
b) individual fikrlashdan kelib chiqadi
v) boshqa xalqlar badiiy tafakkuri ta’siridan kelib chiqadi
g) o‘xshatishdan kelib chiqadi
6. Ibtidoiy fikrlash bosqichida tashqi olam...
a) so‘z ko‘rinishida tasavvur qilingan
b)  inson ko‘rinishida tasavvur qilingan
v) hayvonot olami ko‘rinishida tasavvur qilingan
g) tabiiy jismlar ko‘rinishida tasavvur qilingan
7. Ilk obraz...
a) individual badiiy tafakkur shakli
b) inson bilan tabiat o‘rtasidagi aloqalar shakli
v) inson va samoviy jismlar o‘rtasidagi munosabatlar shakli
g)  mifologik tasavvur shakli 
8. Ibtidoiy inson olamni...
a ) totemlar sifatida tasavvur qilgan
b) fetishlar sifatida qabul qilgan
v) samoviy jismlar sifatida qabul qilgan
g) hayvonot olamidan iborat deb bilgan
9. Mif nima?
a) janr
b)  bilish jarayonining bevosita shakli
v) obraz
g) bir necha obrazni yaxlit tasavvur qilish 
10. Qadimgi miflar  – bu …
a) totemistik miflardir
b) kalendar miflardir
v ) qahramonlik miflaridir
g) kosmogonik miflardir
11. Totemizm...
a) mavhum tushunchalarni paydo qiladi
b) konkret tushunchalarni paydo qiladi
v) metaforani shakllantiradi
56 g)  obrazni paydo qiladi
d) YUrtda tinchlik, totuvlikni ta’minlaydi.
12. A.N.Veselovskiyning qarashicha, qaysi biri qadimiy?
a) mif
b ) ertak
v) epos
g) drama
13. Tarixiy poetikaning quyidagi metodlaridan qaysi birini 
O.M.Freydenberg ishlab chiqqan?
a) tarixiy
b) qiyosiy -tarixiy
v)  genetik
g) tarixiy -tipologik
14. Sinkretizm davridagi “daraxt” so‘zi... 
a) buyum va so‘zdan iborat
b) so‘z bor, buyum hali mavjud emas
v)  so‘z va buyum ajralmagan
g) uchalasi ham  to‘g‘ri
15. Ko‘p a’zoli parallelizm...
a)  ikki a’zoli parallelizmdan kelib chiqqan
b) inkor parallelizmdan kelib chiqqan
v) bir a’zoli parallelizmdan kelib chiqqan
g) ramzlardan kelib chiqqan
16. Sinkretizm davridagi obraz...
a) arxaik tushunchalardan o‘sib chiqdi
b ) arxetip shakllardan kelib chiqdi
v) ko‘chimlardan kelib chiqdi
g) bu davrda hali obraz shakllanmagan edi.
17. “Syujet motivlardan tashkil topib qolmay, ko‘p hollarda...”
a) motivni yaratadi
b) kompozitsiyani hosil qiladi
v) asarni shakllantiradi
g)  motivlar tomonidan aniqlanadi
18. Arxetip syujet sxemalari...
a ) mifologik syujet sxemalaridir
b) epos syujeti sxemalaridir
v) lirik janrlar sxemalaridir 
g) bunday syujet sxemalari bo‘lmagan
57 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY  VA O’RTA MAXSUS  TA`LIM  VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
MUMTOZ TARIXIY POETIKA
  fanidan
 
GLOSSARIY
(izohlli lug’at)
Samarqand-2022
58 Abjad   –   I.   Tarixiy   sanalarniifodalashning   Sharq   xalqlari   orasidagi   o’ziga
xos usuli .   Unda sanalar raqamlar bilan emas, harflar yoki harflar ishtirokida hosil
bo’luvchi   so’z   va   jumlalar   vositasida   ifodalanadi.   Abjad   hisobida   harflarning
maxsus   tartibi   mavjud.   28   ta   harf   jami   sakkizta   so’zda   jamlanadi.   Bular:   abjad,
havvaz, huttiy, kalaman, sa`fas, qarashat, saxxaz, zazag’. Ra q amlar 1 dan 9 gacha,
10 dan 90 gacha, 100 dan 1000 gacha   h ar bitta  h arfga biriktiriladi.
II.   Abjad   hisobida harflar   tartibdagi dastlabki  to’rtta harfni  (alif, be, jim va
he) ifodalovchi so’z.
Ajuz – q.  Zarb.  
Alqish  -  madhiya, hamd  (DLT)
Asllar   -   Juzvlarni   turli   tartibda   q o'shish   natijasi da   Xalil   ibn   Ahmad
tomonidan   hosil qi l ingan   dastlabki   ruknlar.   Asllar   sakkizta:   Fa`uvlun ,     Fo`ilun ,
Mafo`iylun ,   Fo`ilotun ,   Mustaf`ilun , Maf’uvlotu, Mutafoilun, Mafoilatun.
Afoil   va   tafoillar   –   Aruzda   “fa’ala”   so’zidan   hosil   qilinuvchi   so’zning
vazni , o’lchovini  ifodal ashga xizmat qiladigan   ma’nosiz so’zlar.
Aruz   –   I.   She’riy   vaznlar   tizimi.   VIII   asrda   arab   filologi   Xalil   ibn   Ahmad
tomonidan   asos   solingan.   O’zbek   mumtoz   she’riyatining   asosiy   vazni.   O’zbek
adabiyotiga XI asrdan boshlab kirib kelgan. Aruzda yozilgan dastlabki asar Yusuf
Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostoni. Aruz vaznida   hijolar sifati ya’ni cho’ziq
yoki qisqaligining muayyan tartibda takrorlanishiga asoslaniladi.     
II.   Arabiston   yarim   orolida   jaylashgan   bir   vodiyning   nomi   bo’lib,   u
vodiydagi   kishilarning   asosiy   mashg’uloti   vaqtinchalik   uy-chodir   tikib   sotishdan
iborat.   Aruz   tizimidagi   atamalarning   ko’pchiligi   shu   vodiy   xalqining   urf-odatlari,
ashyolari nomidan olingan. 
III.  Uyning (chodirning) asosini tashkil etuvchi ustunlar-ruknlardan birining
nomi. Ayrim olimlarning fikriga ko’ra vaznning nomi aynan shu so’zdan olingan.
IV.   Baytdagi   ruknlardan   birining   maxsus   nomi.   Birinchi   misraning   oxirgi
rukni.
Aruzvoriy   -   Navoiyning   "Mezon   ul-avzon"ida   hazaji   musammani   solim
vaznida yozilgan g’azallarga bitilgan qo’shiqlarga nisbatan shu atama qo'llangan.
Axloqiy-ta’limiy   g’azallar   -   halollik,   rostgo’ylik,   myehnatsyevarlik,   ilm-
hunarga intilish, do’stga sadoqat, kattaga hurmat, kichikka shafqat, vatanparvarlik,
xalqparvarlik, vatan va xalq dushmanlariga, zolim, o’g’ri va riyokorlarga nisbatan
nafrat kabi olijanob xislatlar, didaktik g’oyalar o’z aksini topadi gan g’azallar.
Bayt   –   I.   Arab   tilida   uy   ma`nosi ni   ifodalaydi.   Xalil   Ibn   Ahmad   she`rning
eng kichik qismini ham shu so’z bilan nomlagan.  Bayt ikki misradan iborat.
Bahr   -     (arabcha   –   dengiz,   ko'pligi   buhur)   Aruz   tizimida   ruknlarning
takroridan hosil bo'luvchi  vaznlar turkumi. Alisher  Navoiyning " Mezon ul-avzon "
59 asarida o'n to'qqizta, Boburning " Muxtasar ”ida esa " ariz " va " amiq " bahrlari bilan
birga yigirma bitta bahr keltirilgan. 
Begona bayt   -   Maqtadan oldingi bayt .   Unda shoirning g’azal mazmuniga u
qadar bog’liq bo’lmagan fikrlari, qarashlari byerilishi mumkin.
Debocha   –   arabcha   boshlanma,   Devonlarda   kirish   qismga   nisbatan
qo’llanuvchi atama.
Dyevon  - shoirning o’zi tomonidan, shuningdyek, boshqalar tomonidan ham
tuziladi. Unda biror shoirning qofiya va radiflari ma’lum harflar bilan tugallangan
shye’rlari   alifbo   tartibida   (qofiyalanib   kyeluvchi   so’zlarning   oxirgi   harflari
asosida)   joylashtirilgan.   Arab   yozuvida   28   harf   mavjud   bo’lganligi   uchun
dyevonlarda   ham   ana   shu   harflarni   ma’lum   miqdordagi   shye’rlar   bilan   to’ldirish
asosiy   qoidalardan   hisoblangan.   Dyevon   tartib   byerish   forsiy   adabiyotda   turkiy
adabiyotga   nisbatan   ancha   avval   kuzatiladi.   Jumladan,   XI   asrda   yashagan   Nosir
Xisrav (1004-1088) kabi forsiygo’y shoirlar sohibi dyevon bo’lganlar.   
Doira -  Aruz metodikasida bahrlarni yaxshi tushunish va eslab qolish uchun
bir-biriga  yaqin   bo'lgan  bahrlar  kiritiladigan   chizma.  Unda  misra,  uning  afo`illari
hamda   bahr   nomlari   kiritiladi.   Misrani   qaysi   so'zdan   boshlab   o'qishga   ko'ra   turli
bahrlar hosil bo'ladi.  Masalan:
Doirai muttafiqa - mutaqorib (fa`uvlun), mutadorik (fo`ilun).
Yuzi rashki xurshidi anvar bo'lubtur
E tuk  - hikoya, ertak (DLT)
Fard   –   arabcha   so’z   bo’lib,   yolg’iz,   yakka,   yagona   ma’nolarini   anglatadi.
Fardning ko’pligi  mufradot  deyiladi. Lirikaning eng kichik janri  bo’lgan fard   a-a
yoki  a-b  shaklida qofiyaladadi.
Fosila   -     (arabcha   palos)   Aruzda   eng   katta   juzv ning   nomi.     To'rt   va   undan
ortiq harfli juzv. Fosila ikki xil bo’ladi:
1. Fosilai sug’ro (kichik fosila) - uch harakatli va bir sokin harfdan iborat.
2. Fosilai kubro (katta fosila) - to'rt harakatli va bir sokin harfdan iborat.
Furu`-   Asl   ruknlarning turli tarzda o'zgarishi natijasida hosil bo’lgan yangi
ruknlar.  
Gurizgoh -   qasida janrida lirik kirishdan so’ng keluvchi qism. 
Hajviy g’azal  -   hayotda uchraydigan kamchilik va qusurlarni kulgu vositasi
bilan tanqid qilish usulida yozilgan shye’rlardir.
Hazaj –  Aruz tizimidagi   bahrlardan birining nomi.  Hazaj  bahri   mafo`iylun
ruknining   takrorlanishidan   hosil   bo’ladi.   Bu   bahrning   ikki   shakli   dostonchilikda
qo’llanadi 
I .   Hazaji   musaddasi   mahzuf   (maqsur)   ( Mafo`iylun   mafo`iylun   fa`uvlun
(mafo`iyl) ).   Nizomiyning "Xusrav va Shirin" dostoni tufayli shuhrat qozongan bu
60 vazn   "Xamsa"lardagi   ikkinchi   dostonlarga   xos   bo'lib,   unda   ishqiy-sarguzasht
syujetlar bayon etiladi. Amir Xusrav Dehlaviyning "Shirin va Xusrav", Jomiyning
"Yusuf   va   Zulayho",   Navoiyning   "Farhod   va   Shirin"   dostonlari   ham   shu   vaznda
yozilgan.   Mazkur   vazn   turkiy   adabiyotda   keng   iste`molda   bo'lgan.   Jumladan,
Xorazmiy   "Muhabbatnoma"si   va   uning   naziralari,   Sayfi   Saroyining   "Suhayl   va
Guldursun",   Haydar   Xorazmiyning   "Gul   va   Navro'z"   dostonlari   shu   vaznda
yozilgan. 
II.   Hazaji   musaddasi   axrabi   maqbuzi   mahzuf   (maqsur)   ( Maf`uvlu
mafo`ilun   fa`uvlun   (mafo`iyl)).   Xamsalarning   uchinchi   dostonlari   shu   vaznda
bo'lib,   ko'proq   ishq   iztiroblari,   dard   va   mahzun   ohanglarni   ifodalashga
mo'ljallangan.   Nizomiy,   Amir   Xusrav,   Jomiy   va   Alisher   Navoiyning   Layli   va
Majnun   haqidagi   dostonlari,   Hoju   Kirmoniyning   "Gavharnoma"si   shu   vaznda
yozilgan.
Hashv   (hashvayn )   -     Aruz   vaznida   baytdagi   ruknlarning   maxsus   nomi.
Birinchi va ikkinchi misralarning o’rtadagi ruknlari.
Husni ta`lil  -    (arabcha  chiroyli dalillash ) . Tasvir etilayotgan hodisaga  aslida
unga   bog’liq   bo’lmagan   biror   go`zal   sabab   ko`rsati sh .   Shu   bilan   fikrni
kuchaytirish, bo’rttirish.
Ibtido   – (arabcha – boshlanish).   Aruz vaznida baytdagi ruknlardan birining
maxsus nomi. Ikkinchi misraning birinchi rukni.
Intoq   -   (arabcha   nitqlantirish,   gapirtirish)   Tashxis ning   bir   turi   bo’lib   unda
insongagina xos bo`lgan  jihatlardan bittasi ya’ni nutqga ega bo’lish hodisasi aslida
bunday xislatga ega bolmagan jonli va jonsiz predmetlarga ko’chiriladi.
Janr   -   (fransuzcha   renhre   –   xil)   atamasi   o’rniga   Sharq   shye’rshunosligida
“shye’r navi” istilohi ishlatilib kyelingan. Adabiy turlar muayyan janrlardan tashkil
topadi.   Shayx   Ahmad   Taroziyning   “Funun   ul-balog’a”   asarida   o’sha   davr   adabiy
tajribasida   kyeng   qo’llanilgan   tur   va   janrlar   xususida   juda   muhim   ma’lumotlar
kyeltiriladi. Byesh qismdan iborat bu asarning birinchi qismida shye’riyatning o’n
turi, navi borligi qayd etilgan
Juzv   -     Arab   tilida   qism   ma`nosini   bildirib,   jonsiz   predmetlarga   nisbatan
qo’llanadi. Aruz she’riy tizimida arab alifbosidagi harakatli (fatha, kasra, zamma)
yoki   sokin   harflarning   birga   qo’llanishidan   hosil   bo’ladigan   ruknnin ning   kichik
bo’lagi. Juzvlar uch xil:  sabab ,  vatad  va  fosila .
K o’g -  shye’r, maqom, kuy, ashula vazni (DLT)
Laff va nashr –  (arabcha laff – yig’ish, nashr – yoyish). She’riy san’atlardan
biri.   XV   asr   adabiyotshunosi   Atoulloh   Husayniy   uni   shunday   tushuntiradi:   Laffu
nashr   andin   iboratdurkim,   bir   nechani   zikr   qilur,   andin   so`ng   ul   bir   nechaga
aloqador   bir   necha   nimani   bu   nimalarning   har   biri   ul   bir   nechaning   qaysi   birig’a
taalluqlug’ erkonin aniq bilmay zikr qilurlar".
61 Lafziy   san`atlar   -   so`zlarning   shakliy   xususiyatlari   ya`ni   ularning
tarkibidagi   tovushlar   va   harflar   bilan   bog’liq   hodisalar   asosida   yuzaga   keladigan
she’riy   san’atlarning   umumiy   nomi.   Jumladan,   tarse`,   tajnis,   saj`,   musajja`,
zulqofiyatayn,   takrir   (mukarrar),   qaytarish   (radd)   ishtiqoq,   mulamma`,
muvashshah, kitobat (harf san`ati) kabilar lafziy san’atlar sirasiga kiradi.
Lirika   -   Qadimgi   Yunonistonda   “lira”   dyeb   ataluvchi   torli   musiqa   asbobi
nomidan   kyelib   chiqqan   bo’lib,   lira   jo’rligida   kuylash   ma’nosini   anglatadi.
Aristotyelning   fikricha,   bu   atama   miloddan   avvalgi   ibtidoiy   jamoa   davrida
myehnat   quroli,  ayollardagi  qo’l   va  quloq  taqinchoqlari   harakati  natijasida  paydo
bo’lgan ritmik ohanglar mahsulidir.
Madh -  Qasida janrining asosiy qismiga nisbatan qo’llanuvchi termin.
Marsiya   –   arabcha   soz   bolib,   yiglamoq,   aza   tutmoq,   qayg’urmoq
ma’nolarini   bildiradi.   Adabiy   atama   sifatida   vafot   etgan   biror   shaxs   sifatlarini
ta’riflovch,   uni   maqtovch,   unga   bo’lgan   shoir   munosabatlarini   ifodalovchi,   lirik
qahramonning   qayg’u-hasratlarini   tasvirlovchi   asar.   O’zbek   adabiyotidagi   ilk
namunasi “DLT” asaridagi “Alp Er To’nga marsiyasi” she’ridir.
Masal  – arabcha so’z bo’lib, o’rnak, namuna. Ma’nolarini bildiradi. Adabiy
istilohda   majoziy   obrazlar   asosida   insonga   xos   xususiyatlarni   ochib   beruvchi,
qissadan hissa chiqarich mohiyatiga ega didaktik asardi. Masal she’riy yoki nasriy
shaklda yoziladi.  
Masnaviy   –   (arabcha   "ikki"   sanoq   sonini   bildiruvchi   "isnan"   so'zidan
yasalgan   bo'lib   ikkilik   ma`nosini   ifodalaydi).   Sharq   mumtoz   she`riyatida   har   juft
misra   o'zaro   butunlikni   hosil   qiluvchi,   ya`ni   qofiyalanuvchi   she`riy   shakl.   O'rta
asrlarda yirik hajmli dostonlarga nisbatan ham, ikkilik shaklida yozilgan kichikroq
hajmdagi   she`rlarga   nisbatan   ham   masnaviy   atamasi   qo'llangan.   Hozirgi
adabiyotshunoslikda bu atama janr va she`riy shakl ma`nosida qo'llanadi.
Maxlas band   -   taxallusli  band hisoblanadi.Musammatlar ning   birinchi  band
ibtido band, so’ngi band – maxlas yoki muhr dyeb yuritiladi. 
Ma`naviy   san`atlar   -   so`z,   jumla,   misra,   bayt   yoxud   undan   kattaroq
birliklarning   ma`no   qirralari,   mazmuniga   xos   hodisalardan   ustalik   bilan
foydalanish, shu yo`l bilan badiiylik, go`zallik yarati sh   natijasida hosil bo`ladi gan
she’riy san’atlarning umumiy nomi .. Tashbeh, istiora, kinoya, mubolag’a, tablig’,
ig’roq,   g’uluv,   sifatlash,   tazod,   iyhom,   tafsir,   laffu   nashr,   ta`did,   ruju`,   tashxis,
talmeh,   irsoli   masal,   tazmin,   husni   matla`,   ta`rix,   muammo,   tajohilul   orif,   husni
ta`lil kabilar ma`naviy san`atlar sirasiga kiradi. 
Muammo   –   arabcha   so’z   bo’lib,   yashirilgan,   berkitilgan   ma’nolarini
anglatadi.  Adabiy termin sifatida bir so’z, ko’pincha ism yashirinib berilgan kichik
62 lirik janr. Muammo, odatda, bir, ba’zan ikki baytdan tashkil topadi. U  a-a  yoki  a-a,
b-b  shaklida qofiyalanadi.    
Muashshar     -     mashru’   (arabcha   -   o’nlik)   har   bandi   o’n   misralik   kam
uchraydigan musammat shakli. Qofiyalanishi:   a-a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-
b-b-a, d-d-d-d-d-d-d-d-d-a  yoki  a-a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-a-a, d-d-d-d-
d-d-d-d-a-a   Fors-tojik   adabiyotshunoslari   uni   “musammati   muashshar-mashro’x”
istilohi bilan nomlaydi. 
Munozara   –   arabcha   tortishuv,   fikr   olishuv   ma’nolarini   bildiradi.   Adabiy
termin sifatida fors-tojik va o’zbek she’riyatidagi ma’lum janr nomi. Munozarada
turli   narsa,   voqea,   hodisa,   tushuncha,   holat   va   boshqalar   tortishuvga   kirishadi.
Obrazlar ko’pincha ramziy xarakterli bo’ladi. 
Muzdavij musammat  - bandlaridagi oxirgi misralar birinchi banddagi bilan
qofiyadosh bo’ladi. Bu musammatning oddiy shakli hisoblanadi.
Murabba’   - (arabcha - to’rtlik) eng qadimiy shye’riy janrlardan bo’lib, har
bandi   to’rt   misradan   iborat   shye’r   shakli.   Uning   shakllanishi   melodiy   era
boshlariga borib bog’lanadi. Qofiyalanishi:  a-a-a-a, b-b-b-a, d-d-d-a  va h.
Musabba’   -   (arabcha   -   yettilik)   har   bandi   yyetti   misradan   iborat   shye’r
shakli bo’lib, u musammatning kam uchraydigan turidir. Qofiyalanishi:   a-a-a-a-a-
a-a, b-b-b-b-b-b-a, d-d-d-d-d-d-a  yoki   a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a-a, d-d-d-d-d-a-a
va h.
Musaddas   -   (arabcha   -   oltilik)   har   bandi   olti   misra   bo’lgan   aruzning   turli
bahr   va   vaznlarida,   turli   mavzularda   yoziluvchi   musammat   shakli.   Qofiyalanishi:
a-a-a-a-a-a,   b-b-b-b-b-a,   d-d-d-d-d-a   yoki   a-a-a-a-a-a,   b-b-b-b-a-a,   d-d-d-d-a-a
va   h.   Musaddas   namunalari   o’zbyek   adabiyotida   XV   asrning   birinchi   yarmida,
so’ngroq Navoiy va Boyqarolar adabiy muhitida yaratildi.
Musallas     -   (arabcha   -   uchlik)   har   bandi   uch   misradan   iborat   bo’lib,
musammatning kam uchraydigan turi. Qofiyalanishi:  a-a-b, d-d-b, f-f-b  yoki  a-a-a,
b-b-b-b, d-d-d  va h.  Shye’rning bu shakli G’arbda tyersina (ital.) dyeb ataladi. 
Musalsal   g’azal   -   tarkibidagi   lirik   voqyea,   manzara,   fikr   va   kyechinma
satrlar   silsilasida   darajama-daraja   rivojlanish   xususiyatiga   ega   bo’lgan   g’azaldir.
Mumtoz   shye’riyatdagi   tadrij   usulining   butun   g’azal   davomida   faol   qo’llanishi
musalsal   (silsilali)   g’azalning   xususiyatlaridandir.   Navoiyning   “Yordin   ayru
ko’ngul   mulkyedurur   sultoni   yo’q”,   “Jong’a   chun   dyerman:   “Nye   erdi   o’lmakim
kayfiyati?” misralari bilan boshlanuvchi asarlari musalsal g’azallardir.
Musamman   -   (arabcha   -   sakkizlik)   har   bandi   sakkiz   misradan   iborat
musammat shye’r shakli. Qofiyalanishi:  a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-a, d-d-d-d-
d-d-d-a  yoki  a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-a-a, d-d-d-d-d-d-a-a  va h. 
63 Musammat   -   arabcha   “tasmit”   so’zidan   olingan   bo’lib,   ipga   tizilgan
marvarid   dyegan   ma’noni   bildiradi.   Musammat   va   uning   shakliy   elyemyentlari
islomgacha   bo’lgan   shye’riyatda   ham   uchraydi.   Uning   janr   sifatida   shakllanishi,
adabiy   ijodda   ko’proq   qo’llanila   boshlashi   XI   asrga   to’g’ri   kyeladi.   Musammat
haqida Rashidi Votvot, Qays Roziy, Vohid Tabriziy, Qabul Muhammad, Atoulloh
Husayniy asarlarida ma’lumotlar bor.
Mustaqil   musammat   -   barcha   misralar   bir   muallif   qalamiga   mansub
musammat.   Bunday   musammat   “tab’i   xud”   (o’z   tab’i)   dyeb   yuritiladi.   Bunday
shye’rlar musammatning uchlikdan o’nlikkacha shakliy turi asosida yaratiladi.
Mustazod -    arabcha «zoid», “zodi” so’zlaridan yasalgan bo’lib, orttirilgan
ma’nosini bildiradi. Bir misrasi g’azalning bir yarim misrasiga teng bo’lib, yagona
vazngda yoziladigan she’riy janr. Uning to’liq misralari  hazaji musammani sadru
ibtido   axrab,   hashvayn   makfuf,   aruz   va   zarb   mahzuf   yoki   maqsur   vaznida,
orttirilgan   misralari   esa   hazaji   murabbai   sadru   ibtido   axrab,   aruz   va   zarb
mahzuf  yoki  maqsur  vaznida yoziladi. Boshqacha qilib aytganda, misradagi  sadr
va  ibtido ,  aruz  va  zarb  orttiriladi.
Mutakorir   musammat   -   birinchi   banddagi   so’nggi   misra   yoki   bayt   har
band   oxirida   naqorat   bo’lib   takrorlanib   boradigan   she’r   shakli.   Bu   holat
musammatning   barcha   xillarida   uchraydi.   Takrorlanadigan   misra   yoki   misralar
“mukarrar”,   “takror”,   “tarjye’”,   “qoplama   misra”   (V.Rahmonov),   hozirgi   zamon
adabiyotshunosligida “ryefryen” atamasi bilan yuritiladi. 
Mutassa’   -   tasnye’   (to’qqizlik)   har   bandi   to’qqiz   misrali   juda   kam
uchraydigan shye’r shakli. Qofiyalanishi:   a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-a, d-
d-d-d-d-d-d-d-a  yoki  a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-a-a, d-d-d-d-d-d-d-a-a
Mutaqorib   -   Aruz   tizimidagi   bahrlardan   birining   nomi.   Mutaqorib   bahri
fa’uvlun   ruknining   takrorlanishidan   hosil   bo’ladi.   Bu   bahrning   Mutaqoribi
musammani mahzuf (maqsur)  ( Fa`uvlun fa`uvlun  fa`uvlun fa`ul (fa`uvl) ) shakli
dostonchilikda   qo’llanadi.   Bu   vazn   Firdavsiyning   "Shohnoma"   asari   tufayli
mashhur   bo'lib,   keyinchalik,   Nizomiyning   "Iskandarnoma"   dostonidan   boshlab
"Xamsa"lardagi   beshinchi   doston   vazni   maqomiga   ega   bo'ldi.   Amir   Xusravning
"Oinai   Iskandariy",   Jomiyning   "Xiradnomai   Iskandariy",   Navoiyning   "Saddi
Iskandariy"   dostonlari   ham   shu   vaznda   yaratilgan.   Mazkur   vazn   jangnoma
dostonlarga xos deb qaraladi. Biroq didaktik ruhdagi qator asarlar ham shu vaznda
yaratilan.   Xususan,   turkiy   adabiyotdagi   ilk   dostonlar   -   "Qutadg’u   bilig"   (Yusuf
Xos   Hojib)   va   "Hibat   ul-haqoyiq"   (Ahmad   Yugnakiy),   Sa`diyning   mashhur   asari
"Bo'ston" shular jumlasidan.
Muxammas   -   (arabcha   -   byeshlik)   har   bir   bandi   byesh   misradan   iborat
bo’lib, musammatning eng ko’p tarqalgan turi. Qofiyalanishi:  a-a-a-a-a, b-b-b-b-a,
64 d-d-d-d-a   va   h.   O’zbyek   mumtoz   adabiyotida   muxammasning   dastlabki
namunalari XV asrning birinchi yarmi shoirlari ijodida uchraydi.
Nasib  – qasidaning kirish qismi. 
Nazira   -   arabcha   so’z   bo’lib,   lug’aviy   ma’nosi   o’xshash,   tyeng,   misl
dyemakdir.   Adabiy   istilohda   esa,   bir   shoirning   ikkinchi   bir   shoir   asariga   javob
aytishi, avvalgi asar shakliga o’xshash asar yaratishidir. Biroq nazirada muallif o’z
nazirasiga   asos   qilib   olgan   asarning   g’oyaviy   mazmuni   orqasidan   butunlay
ergashuvi shart emas.
Noma   – arabcha xat. Adabiy termin sifatida maktub tarzida yozilgan badiiy
asar.   Turkiydagi   ilk   noma   Xorazmiyning   “Muhabbatnoma”   asari   hisoblanadi
(1353). 
Orifona   g’azallar   -   yetakchi   mavzusi   tasavvufiy-falsafiy   g’azallardir.
Orifona   g’azallarning   mazmuni   vujud   butunligi   (Tangri)   bo’lib,   tasavvufning
ma’naviy   tayanchini   tashkil   etadi.   Vahdati   vujud   (yoki   vujud   vahdati)   butun
g’azaliyotga tafsilot, suratlar, dyetallar baxsh etadi.
O tkunch –  hikoya (DLT)
Oshiqona   g’azallar- g’azalning   mavzu   jihatdan   eng   ko’p   tarqalgan   turi
bo’lib,   uning   katta   qismi   uchun   yor   va   uning   jamoli   tasviri,   uning   jafokorligi,
haqiqiy   oshiqqa   shafqatsizligi,   olijanob,   yuksak   muhabbatga   munosib   bo’lmagan
raqibga   myehribonligi,   unga   muhabbat   qo’yganligi,   chin   oshiqning   alam   va
rashkdan yonishi  tavsir etilgan. Oshiqona g’azallarda odatda uch an’anaviy obraz
(oshiq, ma’shuqa, raqib) kuzatiladi.
Paradigma  – (yunoncha - shartli belgilar). Aruzda hijoning vazni, o’lchovi,
ya’ni qisqa, cho’ziq yoki o’ta cho’ziq ekanligini ko’rsatuvchi shartli belgilar.
Parokanda   g’azal   -   har   bir   bayt   o’zicha   mustaqil,   tugallangan   bir
mazmunga   ega   g’azal   bo’lib,   unda   umumiy   badiiy   mazmun   parokanda   –   tarqoq
bo’ladi.   Bunday   g’azaldagi   baytlar   bir   ipga   tizilgan   qimmatbaho   har   xil
gavharlarga   o’xshaydi.   Ammo   har   bir   bayt   tashqi   ko’rinishidan   mustaqildyek
ko’rinsa-da, ular orasidagi g’oyaviy-badiiy birlik bilinib turadi.
Pyeyzaj   g’azallar   -   tabiat,   byepayon   qir-adarlar,   dala-bog’lar,   yulduz   to’la
osmon,   qorli   tog’lar,   buloq   va   daryolar,   yashil   vodiylar   tasviri   va   unga   lirik
qahramonning otashin muhabbati o’z ifodasini topadigan g’azallar.
Publitsistik   g’azallar   -   shu   mazmundagi   shye’rlar   kabi   eng   jangovar,   eng
ta’sirchan poeziya turidir. U o’zining otashinligi, hozirjavobligi bilan ajralib turadi.
Qasida   – arabcha “qasd”  co’zidan olingan, niyat, intilish ma’nosini  beradi.
Adabiy termin sifatida lirik tur janrlaridan biri. Qasida muhim tarixiy voqealar va
mashhur   tarixiy   shaxslar   haqida   tantanali   uslubda   yozilgan   asardir.   Mumtoz
65 adabiyotda   tabiat   lavhalari,   cholg’u   asboblari   va   boshqalarga   bag’ishlab   ham
qasidalar yozilgan. 
Qasd  – Qasida janrinig so’nggi xulosaviy qismi. 
Qit’a   –   arabcha   so’z   bolib,   qism,   parcha   ma’nolarini   anglatadi.   Qit’a   ikki
yoki  undan ortiq baytlardan iborat bo’lib, matlasiz g’azaldek ( b-a, d-a, f-a, h-a va
h. )   qofiyalanadi.   Ba’zan   masnaviy   tarzida   ( a-a,b-b,   d-d,   h-h   va   h. )   qofiyalanishi
ham   mukin.   Qit’alar   asosan   ijtimoiy,   didaktik   maznunda   bo’ladi.   Qit’aning
ko’pligi muqattaot deb yuritiladi. 
Q oshug’  -  shye’r, qasida, qo’shiq  (DLT)
Rajaz -   Aruz tizimidagi   bahrlardan birining nomi.   Rajaz   bahri   mustafilun
ruknining   takrorlanishidan   hosil   bo’ladi.   Mazkur   bahr   asosan   she’riyatda
qo’llanadi. O’rta asrlarda ilmiy she’rlar shu bahrda yozilganligi uchun “urjuza” deb
nomlangan.
Ramal   -   Aruz   tizimidagi   bahrlardan   birining   nomi.   Ramal   bahri   fo`ilotun
ruknining   takrorlanishidan   hosil   bo’ladi.   Bu   bahrning   ikki   shakli   dostonchilikda
qo’llanadi:
I.   Ramali   musaddasi   mahzuf   (maqsur)   ( Fo`ilotun   fo`ilotun   fo`ilun
(fo`ilon)).   Bu   vazn   ko'proq   tasavvufiy   dostonlarda   qo'llanadi.   Uning   shuhrat
qozonishi   Fariduddin   Attorning   "Mantiq   ut-tayr"   hamda   Jaloliddin   Rumiyning
"Masnaviyi   ma`naviy"   dostonlari   bilan   bog’liq.   Alisher   Navoiy     "Lison-ut   tayr"
dostonini   mazkur   vaznda   yarat gan .   Jomiy   esa   bu   vaznni   "Salomon   va   Absol"
dostonida qo'lla gan .
II.   Ramali   musaddasi   maxbuni   abtar   ( Fo`ilotun   fa`ilotun   fa`lan   (fa`lon,
fa`ilun,   fa`ilon) ) .   Boburning   qayd   etishicha   bu   vazn   "g’oyat   latif"   bo'lsa-da,
masnaviylarda ko'p qo'llanmaydi. Xusrav Dehlaviyning "No'h spehr" asaridagi bir
fasl (spehr) hamda Jomiyning "Sabhat ul-abror" dostoni shu vaznda yozilgan.
Rindona g’azal  -   mazmunini hayotga muhabbat, shodlik va baxt-saodatga,
quvnoqlikka intilish, zulm va zo’rlikka qarshi  norozilik, shayx va zohidlarni  fosh
qilish,   isyonkorlik   tashkil   etadigan   g’azal.   Rindona   g’azallar   qalandarona
g’azallar  ham dyeb yuritiladi.  
Ruboiy   -     She’riy   janr   nomi.   Arabcha   ( ﻰﻋﺎﺒ  Pﺮ )   so’z   bo’lib,   to’rtlik   dyegan
ma’noni   anglatadi.   Forsiylar   uni   “dubaytiy”   dyeb   ham   ataydilar.   Tort   misradan
iborat bo’lgan mustaqil she’r. Aruz tizimining hazaj bahriga tegishli bo'lgan 24 xil
vaznda yoziladi. Bu vaznlar qaysi rukn bilan  boshlanishiga  ko'ra  shartli  ravishda
axram (maf`uvlun, - - -) va axrab (maf`uvlu - - V ) shajaralariga bo'linadi. Har bir
shajara da 12 tadan vazn mavjud bo’lib, ularda mafo`iylun aslining solimi  hamda
quyidagi  zihof  va  furu`lari  ishtirok etadi:  maf`uvlu – axrab;    maf`uvlun – axram;
mafo`ilun – maqbuz; mafo`iylu – makfuf;   fo`ilun – ashtar;   fa` - axrami majbub;
66 fo` - azall;  fa`ul – majbub; fa`uvl – axtam. Ruboiy  qofiyalanishiga ko’ra  xosa  va
tarona   kabi   turlarga   bo’linadi.   Ruboiy   asosan   falsafiy,   ba’zan   ishqiy   va   didaktik
mavzularda   yoziladi.   Uning   birinchi   misrasi   tyezis   bo’lib,   unda   shoir   mazkur
ruboiyda  aytmoqchi   bo’lgan  fikrini  o’rtaga   tashlaydi.  Ikkinchi   misrasi   antityezis.
Bunda   birinchi   misraga   qarama-qarshi   fikr   aytiladi.   Uchinchi   misra   moddayi
ruboiya   dyeb   ataladi.   Bu   misra   shoirning   to’rtinchi   misrada   aytmoqchi   bo’lgan
xulosasi   uchun   ko’prik   vazifasini   o’taydi.   Ruboiyning   to’rtinchi   misrasi   sintyez
hisoblanib,   bunda   shoir   avvalgi   uch   misradan   g’oyaviy   xulosa   chiqaradi.   Ruboiy
ko’proq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy, shuningdyek, ishqiy mavzularda yoziladi.
Rukn  – (arabcha – ustun). Aruzda  juzv larning qo’shilishidan hosil bo’luvchi
baytning ritmik bo’laklari.  Ruknlar baytda to’rtta (murabba’), oltita (musaddas) va
sakkizta (musamman) bo’lishi mumkin.
Sabab   –   (arabcha   qoziq)   Aruzda   eng   kichik   juzv ning   nomi.   Sabab     -   ikki
harfli juzv. Sabab ikki xil bo’ladi:
1. Sababi xafif (yengil sabab) - bir harakatli va bir sokin harfdan iborat.
2. Sababi saqiyl (og’ir sabab) - ikki harakatli harfdan iborat.
Sadr   – (arabcha – rais).   Aruz vaznida baytdagi ruknlardan birining maxsus
nomi. Birinchi misraning birinchi rukni.
Sandrush  –  munozara  (DLT,  “Qish va yoz”  munozarasi ),
San`at   –   (arabcha   sun`   ( ﻊﻧﺼ )   o`zagidan,   yaratmoq   degan   ma`noni
ifodalaydi). “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug’ati”da hunar, kasb, ustalik,
mohirlik   ma`nolarida   sharhlangan   "San`at"   so`zi   Navoiy   asarlarida,   shuningdek,
san`atgar, san`atgariy, san`atnamoy, san`atoyin, san`atsoz, san`atfosh kabi lug’aviy
va   grammatik   shakllarda   ham   qo`llangan.   "Farhangi   zaboni   tojiki"   kitobida
"san`at" so`zining quyidagi ma`nolari ham sharhlangan:
- takalluf dar suxan, suxanoroyi, hunarnamoyi dar nazmu nasr. 
Mazmuni:   so`zda   lutf   (go`zallik,   nozik   ma`no)   yaratish,   nasr   va   nazmda
so`zni mahorat bilan qo`llash, hunar ko`rsatish.
"San`at"   so`zi   zamonaviy   adabiyotshunoslik   atamasi   sifatida   "...voqelikni
obrazlar   va   yorqin   manzaralar   orqali   badiiy   ifodalashdan   iborat"   hodisani
ifodalaydi.
Sari’   -   Aruz   tizimidagi   bahrlardan   birining   nomi.   Sari’   bahri   Mustaf’ilun
Mustaf’ilun   Maf’uvlotu   ruknlarining   takrorlanishidan   hosil   bo’ladi.   Bu   bahrning
Sari`i   musaddasi   matviyi   makshuf     ( Mufta`ilun   mufta`ilun   fo`ilun )   shakli
dostonchilikda qo’llanadi.   Nizomiyning "Maxzan ul-asror" dostoni tufayli bu bahr
xamsanavislikdagi   dastlabki   doston   vazni   sifatida   qat`iy   maqomga   ega   bo'ldi.
"Matla` ul-anvor" (Amir Xusrav), "Tu h fat ul- Ah ror" (Jomiy) va " H ayrat ul-abror"
(Navoiy)   dostonlari   ham   shu   vaznda.   Turkiy   adabiyotda   yaratilgan   mashhur
67 dostonlardan   Mavlono   Haydar   Xorazmiyning   "Maxzan   ul-asror"   hamda
Durbekning   "Yusuf   va   Zulayho"si   shu   bahrda   yaratilgan.   Mazkur   vazn   falsafiy-
didaktik mavzularni ifodalash uchun  q ulay deb  h isoblanadi.
Segona   ilm   ("uchlik ilm")   – Qadimda filologiyaga oid ilmlar uchligi.   Bular
"Ilmi   aruz"   (aruz   vazni   qonuniyatlari   va   shakllari   haqidagi   ilm),   "ilmi   qofiya"
(qofiya  va uning  turlari, qofiya tarkibi  haqidagi  ilm)   hamda  "ilmi   bade`"  (she`riy
san`atlar haqidagi ilm).
Soqiynoma   –   Sharq   she’riyatidagi   janrlardan   biri.   Soqiynoma   ham
tarje’band,   tarkibband   singari   bir   necha   bandlardan   tashkil   topadi.   Har   bir   band
masnaviy   kabi   qofiyalanadi.   Soqiynoma   aksar   soqiyga   murojaat   bilan
boshlanuvchi falsafiy mazmundagi she’r.  
Sov  -  qissa, hikoya, risola, so’z, otalar so’zi, payg’ambar  (“DLT”)
Tanosub   -   S he`riy   san`atlardan   biri .   Baytda,   umuman,   she`riy   bandlarda
ma`no   jihatidan   bir-biriga   ya q in   tushunchalarn i   anglatuvchi   so`zlarni   q o`llash
or q ali   hosil   q ilinadi.   Masalan,   "bulbul"   so`zi   gul,   bog’,   chaman,   navo   so`zlari
bilan;   "Ka`ba"   esa   haj,   farz,   Tengri,   ziyorat   so`zlari   bilan   mazmuniy   bog’lanib,
yaxlit tushuncha, tugal ifoda va jonli lavha yaratadi.
Taqte` - ( arabcha – “qata`a" fe`lidan yasalgan bo’lib, bo’lmoq, parchalamoq
degan ma`noni ifodalaydi) Aruz istilohlaridan biri sifatida baytni ritmik bo’laklar-
ruknlarga ajratish qonuniyatlarini ifodalovchi yoxud o’rgatuvchi fasl.
Tarje’band  – arabcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’nosi qaytish, ilgarigi narsani
takrorlash.   Tarje’band   har   bir   bandning   oxirida   bir   xil   baytning   takrorlanish
usulidan   foydalanib   yaratilgan   asar.Har   band   oxirida   birinchi   band   maqta’i
takrorlanib keladi. Mazkur maqta misralari o’zaro qofiyalangan bo’ladi. 
Tarkibband   –  arabcha  so’z  bo’lib,  biriktirish,   bir  qancha   narsani  biriktirib
bir   narsa   hosil   qilish   ma’nosini   anglatadi.     Tarkibbanddagi   bandlar   soni   turlicha
bo’lib,   har   banddagi   misralar   g’azal   shaklida   qofiyalanadi.   Bandning   maqta’I
o’zaro qofiyalangan bo’ladi. Bu qofiya bandlardagi asosiy qofiyalardan farq qiladi.
Bandlarning har qaysisi har xil vaznda bo’lishi mumkin.
Ta’rix –  arabcha so’z bo’lib, sodir bo’lgan biror voqeani anglatadi. Sharqda
ana   shu   voqeaning  sanasini   sh’erda   harflar   vositasida   berish   usuli   ta’rix   deyiladi.
Ta’rix maxsus  janr  sifatida mustaqil  asar  ham  bo’ladi, boshqa asar  tarkibiga ham
kiritilishi mumkin.
Tatabbu’   -   arabcha   so’z   bo’lib,   bir   narsaning   izidan   tushish,   izlash,
tyekshirish, ergashish ma’nolarini bildiradi. Tatabbu’ g’azalda bir shoir tomonidan
badiiy qolipga solingan bir mazmun boshqa shoir tomonidan davom ettiriladi, unga
ergashib,   uni   yangi   shaklga,   yangi   ifoda   qolipiga   solinadi.   Natijada   bir   mazmun
turli badiiy shaklga tushadi, turli variantdagi shye’riy asarlar vujudga kyeladi.
68 Tazmin   -   arabcha   so’z   bo’lib,   uning   lug’aviy   ma’nosi   bir   nimani   ikkinchi
bir   nima   orsiga   qo’ymoqdir.   Adabiy   istiloh   sifatida   g’azal   yoki   musammat
shye’rlarda   bir   shoirning   ikkinchi   bir   shoir   shye’ridan   parcha   olib,   uning   izidan
borib shye’r yaratishidir.  
Tashbeh   ( o`xshati sh)   –   Adabiyotda   keng   ho`llanadigan   she`riy
san`atlardan   biri.   T . da   narsa,   belgi   va   harakat   kabilar   boshqasiga   o`xshatish,
qiyoslash orqal i   tasvirlanadi. Tashbehning yuzaga kelishida to`rt  unsur  ishtirok
etishi mumkin:
1.   Mushabbih   ya’ni   o`xshamish   -   tasvirda   fikr   qaratilgan   narsa   yoki
tushuncha.
2.   Mushabbihun   bih   ya’ni   o`xshatilmish   -   tasvirda   qiyoslanayotgan   narsa
yoki tushuncha.
3.   Vajhi   shaboh   ya’ni   o’xshatish   asosi   -   o`xshatishning   qanday   belgi   yoki
xususiyatga ko`ra chiqqanligi.
4.   Odoti   tashbeh   ya’ni   o’xshatish   vosita   -   o`xshatilishning   lug’aviy   yoki
grammatik  belgisi.
Tashxis   –   ( arabcha   "shaxs"   o`zagidan ,   "shaxslantirish"   degan   ma`noni
anglatadi)   Mumtoz she`riyatimizda keng  q o`llangan badiiy tasvir vositalaridan biri.
T. insongagina xos bo`lgan jismoniy va ruhiy holatlarni (o’ylash, fikrlash, gapirish,
quvonosh   yoxud   iztirob   chekish,   xastalanish,   jarohatlanish,   musobaqalashish,
sevish,   rashk   qilish   vahokazo)   tabiat   unsurlari,   jonzotlar,   borliqdagi   narsa-
buyumlar hamda hodisalarga ko`chirish san`ati. 
Turkiy (turkona) –   G’azalchilikdagi  uslublardan biri.   Navoiyning "Mezon
ul-avzon"ida   ramali   musammani   mahzuf   (maqsur)   vaznida   yozilgan   g’azallar
shunday   atalgan.   Asosan   mazmunga   e’tibor   beriladigan,   soda,   xalqona   uslubda
yoziladigan g’azallar.
Tuyuq   –   Turkiy   she’riyatga   xos   bo’lgan   janr   nomi.   Aruzning   ramali
musaddasi   maqsur   (mahzuf)   yoki   foilotun,   foilotun,   foilon   (foilun)   vaznida
yoziladigan   to’rt   misrali   she’riy   janr.   Odatda   tuyuqlarda   qofiya   o’rnida   tajnis
(omonim) so’zlar qo’llanadi. Navoiy va Boburning fikriga ko’ra tajnis qo'llanishi,
qo'llanmasligi yoki ularning soni tuyuqning alohida   turlarini tashkil etadi. Tuyuq
asosan   ishqiy   mavzularda   yoziladi.   Tuyuq   so’zi   adabiy   tyermin   sifatida   XIV   asr
oxiri   va   XV   asr   boshlarida   ishlatila   boshlangan.   Tuyuqning   dastlabki   kitobiy
namunalari   sivaslik   hukmdor   va   shoir   Burhoniddin   Ahmad   (XIV   asr)   ijodi   bilan
turkiy poeziyada taraqqiy eta boshlagan.
Vatad   -   (arabcha   ustunlarni   bog’laydigan   arqon)   Aruzda   juzv ning   nomi.
Uch harfli juzv. Vatad  ikki xil bo’ladi:
1.   Vatadi   majmu`   (jamlangan   vatad)   -   ikki   harakatli   va   bir   sokin   harfdan
iborat. 
69 2.   Vatadi   mafruq   (ajratilgan   vatad)   -   bir   harakatli,   bir   sokin   va   yana   bir
harakatli harfdan iborat.
Voqyeaband   g’azal   -   lirik   qahramon   kyechinmalari   bilan   bog’liq   voqyea-
hodisalar   ixcham   shaklda,   lirik   manzarada   ifodalanadi gan   g’azal .   Bunday
g’azallarni   kichik   bir   lirik   lavha   dyeb   bilmoq   lozim.   Yakpora   g’azallar   zimnida
vujudga   kyelgan   voqyeaband   g’azallar   Lutfiy   ijodidan   boshlanib,   Navoiy   ijodida
kamol topdi
Xafif   -   Aruz   tizimidagi   bahrlardan   birining   nomi.   Xafif   bahri   Fo`ilotun
Mafo`i y lun   F oi l otu n   ruknlarining   takrorlanishidan   hosil   bo’ladi.   Bu   bahrning
Xafifi   musaddasi   maxbuni   abtar   ( Fo`ilotun   mafo`ilun   fa`lan )   shakli
dostonchilikda   qo’llanadi.   Bu   vaznda   yozilgan   ilk   masnaviylardan   biri   mashhur
so'fiy   shoir   Sanoiyning   "Hadiqat   ul-haqoyiq"   dostonidir.   Falsafiy-tasavvufiy
pandnoma   ruhidagi   bu   doston   Nizomiyning   "Maxzan   ul-asror"   dostoniga   ilhom
bag’ishlagan   deb   aytiladi.   Biroq   bu   vaznda   Nizomiy   o'zining   to'rtinchi   dostoni
"Haft   paykar"ni   yaratdi.   Shundan   boshlab,   Bahrom   haqidagi   ishqiy-sarguzasht
dostonlar shu vaznda yoziladigan bo'ldi. Xususan, " H asht bi h isht" (Amir Xusrav),
"Sab`ayi sayyor" (Navoiy), " H aft avrang" (Ashraf) va h okazo.   Abdura h mon Jomiy
esa Sanoiy izidan borib, bu vaznda yana bir falsafiy-didaktik dostoni "Silsilat uz-
za h ab"ni yaratdi . 
Yakpora   g’azal   -   har   baytning   mazmuni   o’zidan   oldingi   yoki   kyeyingi
baytlarga   izchil   bog’langan   g’azaldir.   Bunday   g’azalning   mazmuni   matlada
ko’tarilgan bir mavzuni izchil yoritish jarayonida vujudga kyeladi. Razg’uziyning
“Kun hamalga kirdi ersa, kyeldi olam navruzi”, Navoiyning “Qaro ko’zum, kyelu
mardumlig’   emdi   fan   qilg’il”,   “Kyecha   kyelgumdur   dyebon   ul   sarvi   gulro’
kyelmadi”, “kabi g’azallari kompozitsiyasiga ko’ra yakporadir. 
Y ir -  g’azal, kuy, maqom (DLT)
Zarb   (ajuz)   –   Aruz   vaznida   baytdagi   ruknlardan   birining   maxsus   nomi.
Ikkinchi misraning oxirgi rukni.
Zihof     va   furu’lar   –   Aruz   she’riy   tizimida   asl   ruknlarning   turli   tarzda
o'zgarishi (zihof) hamda   o'zgarish natijasida hosil bo’lgan yangi ruknlar (furu`). 
O’tluk   -  o’git va nasihat, ma’viza  (DLT)
G’azal   -   ( ﻝﺯﻏ )   arabcha   so’z   bo’lib,   uning   lug’aviy   ma’nosi   xotin   kishiga
xushomad   qilmoq,   oshiqona   munosabatda   bo’lmoqdir.   Adabiy   tyermin   sifatida
ishq-muhabbat   kuylangan   lirik   shye’rga   nisbatan   qo’llanadi.   «G’azal»   so’zi   xalq
orasida, umuman, shye’r, shye’riyat va qo’shiq ma’nosida ham qo’llangan.
G’azali   husni   matla’   -   G’azalning   ikki   bayti   qofiyadosh   bo’ladi,   matla’
qo’sh kyelsa zyebi matla’ (matlaning yarashig’i, zyebi), husni matla’, husni ibtido
70 dyeyiladi   va   quyidagicha   qofiyalanadi:   a-a,   a-a,   b-a,   d-a,   f-a   va   h.     Bunday
g’azallarning dastlabki namunalari Navoiy ijodida kuzatiladi. 
G’azali qit’a   - shakliy jihatdan qit’aga o’xshab kyetadi. Bunday g’azalning
matlasi qit’adagidyek o’zaro qofiyalanmagan bo’ladi. Q ofiyalanishi:   b-a, d-a, f-a,
h-a va h.
G’azali   musajja’ -     (sajli   g’azal)   asosiy   qofiyadan   tashqari,   ichki   qofiyaga
ega   bo’lgan   g’azaldir.   Bunday   g’azallarning   shoirlar   kamolot   bosqichida
yaratganlar.
G’azali   mulamma’   -   ikki   yoki   undan   ortiq   tilda   yozilgan   g’azaldir.
Mulamma’   arabcha   ( ﻊﻣﻟﻤ )   so’z   bo’lib,   turli   rangga   bo’yalgan   ma’nosini   byeradi.
Ba’zi adabiyotshunoslar mulamma’ni “shiru shakar”, agar uch tilda bo’lsa “shahdu
shiru shakar” dyeb ataydilar.
G’azali   muvashshah   -   bayt   yoki   misralaridagi   birinchi   harflar   olib   tizilsa,
ularning   birikmasidan   ma’lum   bir   ism   yoki   so’z  hosil   bo’ladigan   g’azal.   Bu   usul
g’azal, murabba’, muxammas va boshqa janrdagi shye’rlarda qo’llanishi mumkin.
G’azali   mushoira   -   ikki   yoki   undan   ortiq   ijodkorning   birgalikda   yozgan
g’azalidir. Mushoira arabcha shoirning o’zaro shye’riy suhbati dyemakdir.
G’azali   zulqofiyatayn   -   baytlarida   boshdan   oyoq   ikkitadan   qofiya
uchraydigan   g’azal.   Bunday   g’azalning   ilk   namunasi   Alishyer   Navoiy   ijodida
uchraydi:
Ko’zing nye  balo   qaro  bo’luptur,
Kim jong’a  qaro   balo  bo’luptur.
G’azali   zyebqofiya   -   g’azalning   eng   kam   uchraydigan   turi   bo’lib,   undagi
hamma baytlar xuddi matla’ kabi ( a-a, a-a, a-a, a-a, a-a  va h.) qofiyalanadi.
G’azal-chiston  - topishmoq mazmunidagi g’azal bo’lib, uning ilk namunasi
Huvaydo ijodida (“zulfi ishq”) uchraydi.
Chiston   -     fors-tojikcha   “chist”   –   nima,   “on”   –   u   ma’nosini   bildiruvchi
she’riy   topishmoq.   U   lug’z   deb   ham   ataladi.   Chistonda   biror     predmet   yoki
hodisaning   xarakter   va   belgilarini   ta’rif-tavsif   etish   orqali   o’quvchini   o’sha
predmet yoki hodisani topishga ishora qiladigan she’rdir.  
71 Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalar ro‘yxati
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar
1. Broytman S.N. Istoricheskaya poetika – Moskva, 2001; Teoriya literateraur ы : v
drugax tomax. T.2: Istoricheskaya poetika . Pod red. N.D. Tamarchenko.- Moskva:
ASA DEMIA, 2004.-368 S.
2. Borev   YU.B.   Teoreticheskaya   istoriya   l i terat u r ы /   Teoriya   leteratur ы .   T.4:
L i teraturn ы y protsess.- Moskva, 2001.S. 130-468.
3. Stebleva   I.V.   Jizn   i   literatura   doislamskix   tyurkov.   Moskva,   “Vostochnaya
literatura”, 2007.
4. Stebleva I.V. Ritm i sm ы sl v tyurkoyaz ы chnoy klassicheskoy poezii. Moskva,
“Vostochnaya literatura”, 1993.
5. Veselovskiy A.N. Istoricheskaya poetika. – Moskva: V ы sshaya shkola, 1989. -
s.
6. Istoricheskaya poetika. Literaturn ы e epoxi i tip ы  xudojestvennogo soznaniya. –
Moskva: 1994.
7. SHarq   mumtoz   poetikasi   manbalari   H.Boltaboev   talqinida.   –   Toshkent:
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2008. -  b.
8. Semantika   obraza   v   literaturax   Vostoka.   –   Moskva,   “Vostochnaya   literatura”,
1998.
9. Teoriya janrov literatur Vostoka. – Moskva, “Vostochnaya literatura”, 1985. 
10. Xolm o‘minov J., Hazratqulov J. Forsiy adabiyotning jahon adabiyotidagi o‘rni.
Toshkent. “ YANGI NAŞR ” : 2012.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Boltaboev H. Mumtoz so‘z qadri. – T.: Adolat, 2004.
2. Istoricheskaya poetika. Itogi i perspektiv ы  izucheniya. – Moskva, 1986. 
3. O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari.  1-2 jild. - Toshkent: Fan, 2005, 2007.
4. Mumtoz   tarixiy   poetika.   O‘UM,   O‘zMU   2011.   O‘zbek   filologiyasi   fakulteti
kutubxonasi.
5. Oltin yorug‘. T.:  MUMTOZ SO’Z  .2013
6. www. ziyonet.uz  
7. www.literature.uz
Xorijiy manbalar
11. Broytman S.N. Istoricheskaya poetika – Moskva, 2001; Teoriya literateraur ы : v
drugax tomax. T.2: Istoricheskaya poetika . Pod red. N.D. Tamarchenko.- Moskva:
ASA DEMIA, 2004.-368 S.
12. Borev   YU.B.   Teoreticheskaya   istoriya   l i terat u r ы /   Teoriya   leteratur ы .   T.4:
L i teraturn ы y protsess.- Moskva, 2001.S. 130-468.
13. Stebleva   I.V.   Jizn   i   literatura   doislamskix   tyurkov.   Moskva,   “Vostochnaya
literatura”, 2007.
72 14. Stebleva I.V. Ritm i sm ы sl v tyurkoyaz ы chnoy klassicheskoy poezii. Moskva,
“Vostochnaya literatura”, 1993.
15. Veselovskiy A.N. Istoricheskaya poetika. – Moskva: V ы sshaya shkola, 1989. -
s.
16. Istoricheskaya poetika. Literaturn ы e epoxi i tip ы  xudojestvennogo soznaniya. –
Moskva: 1994.
17. Semantika   obraza   v   literaturax   Vostoka.   –   Moskva,   “Vostochnaya   literatura”,
1998.
18. Teoriya janrov literatur Vostoka. – Moskva, “Vostochnaya literatura”, 1985. 
19. Istoricheskaya poetika. Itogi i perspektiv ы  izucheniya. – Moskva, 1986. 
Kurs ishi mavzulari:
1. Metafora tarixiy poetika kontekstida.
2. SHarq adabiyotida adabiy janrlarning o‘zaro munosabatlari.
3. “ Oltun yorug‘ ”  mumtoz adabiy manba sifatida.
4. SHumer adabiy yodgorliklari poetikasi.
5. X1 asrda turkiy she’riy shakllar va janrlar taraqqiyoti.
6. SHarq adabiyotida epik janrlarning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti.
7. SHarq adabiyotida lirik janrlarning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti.
8. Ramziy obrazlarning paydo bo‘lishi va badiiy matndagi roli (xalq   og‘zaki
ijodi va yozma adabiyot materiallari asosida).
9. Mif va uning turlari.
10. Tarixiy poetika va adabiyot tarixi.
11. Tarixiy poetika va qiyosiy she’rshunoslik.
12. Qadimgi va o‘rta asrlar mumtoz adabiyoti tarixiy poetika kontekstida.
13. Tarixiy poetika va folklor.
 
73  
 
74 75 76

MUMTOZ TARIXIY POETIKA MUNDARIJA Fanning annotatsiyasi…………………………………………………………………2 Muallif haqida ma`lumot……………………………………………………………..4 « Mumtoz tarixiy poetika ” fanining sillabusi…………… ................................... ...........5 . Ma’ruza 1. Adabiyotshunoslikka oid fanlar tizimida tarixiy poetikaning mohiyati va o‘rni…………………………………………………………………………10 Ma’ruza 2. Syujetlarni o‘rganishga oid muhim nazariyalar..............................13 Ma’ruza 3. Mif poetikasi……………………………………………………….26 Ma’ruza 4. Ramziy obrazlar va mif munosabati………………………………..30 Ma’ruza 5. Mifologiya va yozma adabiyot munosabatlari …………………….33 Ma’ruza 6. Qadimgi Sharq adabiyoti poetikasi masalalari ……………………..36 Ma’ruza 7. Janrlar poetikasi ……………………………………………………..39 Ma’ruza 8. Ilk arab adabiyoti janrlari …………………………………………..42 Ma’ruza 9. Mumtoz adabiyotshunoslikda tarixiy poetikaning joriylanishi ………45 Ma’ruza 10. Tarixiy manbalar va poetika munosabatlari………………………..47 Ma’ruza 11. Tarixiy poetikaning boshqa adabiyotshunoslik fanlari bilan o‘zaro munosabati ……………………………………………………………………50 Amaliy 1. Qadimgi turkiy yodgorliklarning formal-poetik xususiyatlari……..55 Amaliy 2. Moniylik mifologiyasida ramziy obrazlar talqini. Moniylik oqimidagi adabiyotda doimiy kultlar …………………………………………………….55 Amaliy 3. Beruniyning “O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Mineralogiya” asarlarida rivoyat, afsona va hikoyatlar ………………………..56 Amaliy 4. “Jome’ ut-tavorix”dagi O‘g‘uz xoqon shaxsi va “O‘g‘uznoma” dostonining qiyosiy tahlili...................................................................................56 Amaliy 5. Xamsanavislik. Muqaddima va xotimalarning dostonlar g‘oyaviy mundarijasi bilan bog‘liqligi……………………………………………………57 Amaliy 6. O‘rta Osiyo, Eron va Ozarbayjonning qadimgi xalqlari miflaridagi mushtaraklik va farqli jihatlar.............................................................................57 Amaliy 7. O‘rta Osiyoda X-X11 asarlarda arab tilidagi adabiyot………………58 Seminar 1. Nizomiy Ganjaviy “Panj ganji” kompozitsiyasi va syujeti chizig’i....58 Seminar 2. Navoiy “Xamsa”sida poetika masalalari............................................59 Seminar 3. Sharq mumtoz poetikasi va musiqa san’ati. Abdurahmon Jomiyning “Risolai musiqiy” asari………………………………………………………….59 Seminar 4. Atoulloh Husayniyning “Badoeye’ us-sanoye’” asarida poetika masalalari……………………………………………………………………….60 Fan yuzasidan testlar…………………………………………………………….61 Glossariy…………………………………………………………………………66 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………80 1

1-mavzu Adabiyotshunoslikka oid fanlar tizimida tarixiy poetikaning mohiyati va o‘rni. (nazariy poetika, dinamik poetika, struktural poetika va b.) 1.Reja: 1.Mumtoz tarixiy poetika tushunchasi 2. Mumtoz tarixiy poetika fanining predmeti 3. Mumtoz tarixiy poetika fanining vazifalari Poetika qadimdan o‘rganilib kelinayotgan soha bo‘lib, adabiyotshunoslikning mazmuni va shaklini tashkil qiladi. Poetika qadimdan beri olimlar va ijodkorlarning diqqatini jalb qilib keladi. Bu tabiiy, albatta. Badiiy ijod, adabiyotning taraqqiyoti nazariy yoritishni va umumlashtirishni taqozo qiladi. Ko‘pincha umumlashtirishlarning natijasi katta ahamiyatga ega bo‘lgan edi. SHu munosabat bilan Aristotelning “Poetika” asarini eslash o‘rinlidir. Uning mazkur asaridagi umumlashtirish katta mohiyat kasb etgani uchun ham bugungacha unga murojaat etamiz. Poetika uzoq vaqt tavsifiy va me’yoriy xarakter kasb etib keldi. X1X asrning ikkinchi yarmidan boshlab tarixiy poetika sohasida qilingan ishlar mazmun tomondan keskin o‘zgardi. Ayniqsa, A.N.Veselovskiyning “Tarixiy poetika” (“Istoricheskaya poetika”) asari tarixiy poetikani fan sifatida shakllantirishga turtki berdi. X1X asrda adabiyotning tarixiy tadqiqotlari yo‘nalishida ko‘p ishlar amalga oshirildi, badiiy tasvir vositalariga tarixiy nuqtai nazardan yondashuv, tur va janrlarga oid olib borilgan tadqiqotlar va ularning rivojiga batafsil ta’rif berilgin ishlar tarixiy poetikaga fan sifatida asos yaratib berdi. Tarixiy poetikaga oid ko‘plab ishlar Rossiya, Polsha, Fransiya, Germaniya kaba mamlakatlarda yuzaga keldi va davom etmoqda. Jumladan, Rossiyada tarixiy poetikani fan sifatida shakllantirgan olim A.N.Veselovskiydir. Uning izlanishlari va erishgan yutuqlari adabiyotshunoslikda alohida bosqichni tashkil etadi. SHu bilan birga ta’kidlash kerakki, A.N.Veselovskiy mo‘ljallagan niyatini – adabiy hodisalarning keng doirasini qamrab oladigan yagona umumiy poetikani yaratishga ulgurmadi. A. N. Veselovskiyning “Tarixiy poetika” asarida tarixiy-metodologik tamoyillarda ayrim etishmovchiliklar bo‘ldi. Jumladan, turli poetik turlar va shakllarni ajratib olib talqin qilishda, badiiy tasvir vositalarini yoritishda ma’lum noizchillikda ko‘rinadi. Ammo shunga qaramay, u tarixiy poetikaning tamal toshini yaratib berdi. U tarixiy poetikaning o‘rganish ob’ekti sifatida uslub, poetik til, adabiy syujetlarni o‘rganishni birinchi o‘ringa chiqardi, so‘ngra adabiy turlarning “tarixiy izchilligi” tadqiq etilishi lozimligini uqtirgan edi. V.M.Jirmunskiyning “Poetika – she’riyatni san’at sifatida o‘rganadigan fandir” 1 deb aytganda, tarixiy poetikaning o‘rganish ob’ektini aniqlab, A.N.Veselovskiyga yaqinlashgan edi. Ayniqsa, SHarq mumtoz poetikasida Abu Nasr Forobiyning she’riyat va uning shakllanishi, arab va yunon she’riyatidagi qonuniyatlar va ularning har biridagi o‘ziga xosliklar, she’r insoniyatni taajjubga solish va ijtimoiy maqsadlar 1 Жирмунский В.М. Историческая поэтика А.Н.Весел о вского. – “ Веселовский А.Н. Историческая поэтика” (Москва, 1940) китобида, 9-10- бетлар; Горский И.К. Александр Веселовский и современность, Москва, 1975. 2

uchun yozilishi to‘g‘risidagi fikrlari, nazariy qarashlari SHarq mumtoz tarixiy poetikasining ob’ektini ifoda etadi. Tarixiy poetika nazariy poetika bilan zich aloqadadir. Nazariy poetika badiiy asarning, umuman olganda, adabiyotning ishoraviy (semiotik), estetik va kommunikativ tabiati muammolarini o‘z ichiga olib, bu muammolarni sinxron nuqtai nazardan tahlil qiladi . Hatto adabiyot nazariyasining asosini aynan poetika tashkil qiladi, degan fikrlar o‘tgan asrning 20-yillarida paydo bo‘lgan edi. 2 Xuddi shu davrda M.M.Baxtin nazariy poetikaning vazifasi va ob’ektiga “badiiy asarni shu holicha ajratib ko‘rsatish, uning tuzilishi manzarasini berish, badiiy asarning elementlarini va bu elementlarning vazifalarini aniqlashdir”, deb ta’rif beradi. SHuningdek, M.Baxtin bu vazifalarni badiiy asarning estetik tabiati haqidagi savolga javob bermasdan hal qilib bo‘lmasligini ta’kidlaydi. 3 Bular nazariy poetikaning o‘rganish ob’ektiga kiradigan vazifalardan bir qismidir. “Adabiyot nazariyasi” (“Teoriya literaturы”)ning muallifi V.E.Xalizev ham nazariy poetikani adabiyot nazariyasi bilan bir deb qaraydi: “Adabiyot nazariyasi...turli aspektlar va bo‘limlardan iborat. Uning markaziy bo‘g‘ini – umumiy poetika bo‘lib, nazariy poetika deb ham yuritiladi... (ta’kid bizniki – D.S.) ” 4 Tarixiy poetika badiiy asar tarkibiy qismlarining va ularning vazifalari o‘zgarishini qamrab olib, diaxron nuqtai nazardan tahlil qiladi, bunday o‘zgarishlar yirik madaniy davrlar qamrovida kechadi. YUqoridagi iqtiboslar va qarashlar majmuini quyidagicha ifodalasak, to‘g‘ri bo‘ladi: nazariy poetika adabiyotshunoslik kategoriyalari tizimini ishlab chiqadi va ularning mantiqiy tahlilini beradi. Tarixiy poetika esa adabiyotshunoslik kategoriyalari tizimining kelib chiqishi va taraqqiyotini o‘rganadi. SHu bois nazariy poetikada sinxron, tarixiy poetikada daixron nuqtai nazar asosiy o‘rin tutadi. Adabiyotshunoslikni nazariy va tarixiy poetikaga bo‘lib o‘rganish metodologik xarakter ifodalashidan ko‘ra, texnik xarakterga ega deb qaraydiganlar ham bor. Bu qarash tarafdorlarining fikricha, “nazariy poetika tarixiy bo‘lishi kerak”, poetikaning har bir ta’rifi “aniqlanadigan shakllar butun taraqqiyoti davomida o‘xshash” 5 bo‘lishi lozim. Nazariy, tarixiy, me’yoriy va boshqa poetika turlari haqidagi bahs munozaralar hali davom etadi. CHunki A.Veselovskiy boshlab bergan tarixiy poetika bo‘yicha tadqiqotlar o‘tgan asrning 50-yillariga qadar to‘xtab qoldi. XX asrning ikkinchi yarmidan keyin Rossiyada ham, Evropada ham tarixiy poetikaga qiziqish kuchaydi. V.V.Vinogradov, D.S.Lixachev, E.M. Meletinskiy, S.Averinsev, M.Gasparov, O.Freydenberg, M.Steblin-Kamenskiy, M. Polyakov va boshqa bir qator yirik olimlarning tarixiy poetika bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari bu sohaning rivoj topishiga katta xizmat qildi. SHuni har doim nazarda tutish kerakki, Evropada olib 2 Тамарченко Н.Д., Тюпа В.И., Бройтман С.Н. Теория литературы. В двух томах. Том 1, Москва.ACADE M A . 2004, C.9. 3 Бахтин М.М. Проблем ы содержания, материала и форм ы в словесном художественном творчестве. //ВЛЭ. Москва, 1975, С. 9. 4 Хализев В.Е. Теория литературы. – Москва, 2002, С.8. 5 Медведев П.Н. (Бахтин М.М.). Формальный метод в литературоведении. – Москва, 1993, С.38. 3

borilgan poetikaga oid ko‘p ishlar sturkturalizm g‘oyalari ta’siri ostida paydo bo‘ldi. Bu tadqiqotlar tarixiylik tamoyiliga nafaqat begona, balki bu tamoyilga qarama-qarshi qo‘yildi. Tarixiy poetika adabiyot tarixi bilan zich bog‘lanib, o‘z o‘rganish ob’ektiga ega bo‘lgan nazariy kurs hisoblanadi. Hozirgi adabiyotshunoslikda mavjud muammoga turli yondashuvlar bu fanning aniq definitsiyasini chegaralashda ayrim muammolarni keltirib chiqaradi. 1986 yili Tarixiy poetika: o‘rganish yakunlari va istiqbollari” (“Istoricheskaya poetika. Itogi i perspektivы izucheniya”) to‘plamida P.A.Grinser va M.L.Gasparovning maqolalari bilan M.M. Girshman maqolasi o‘rtasida tarixiy poetikaning predmetini va o‘rganish ob’ektini belgilash borasida bahslar bo‘lib o‘tdi. Mazkur to‘plamdan joy olgan P.A.Grinserning maqolasi “Literatura drevnosti i srednevekovya v sisteme istoricheskoy poetiki” va M.L.Gasparovning maqolasi “Istoricheskaya poetika i sravnitelnoe stixovedenie” deb nomlanadi. Jumladan, P.A.Grinser tarixiy poetikaning o‘rganish ob’ekti va predmetiga quyidagicha ta’rif beradi: “Agar tarixiy poetikaning predmeti u yoki bu darajada ishlab chiqilgan deb hisoblanadigan va uning predmeti poetik tamoyillar, usullar va shakllarning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyotini o‘z ichiga oladigan bo‘lsa, bu qadar keng muammoni o‘rganishning aniq yo‘llari hali jiddiy oydinlashtirishni talab qiladi. YAnada tabiiy yo‘l – poetologik kategoriyalar (obraz, uslub, janr, metod va b.) ni diaxronik (ya’ni tarixiy izchillik nuqtai nazaridan – D.S.) tahlil etish – bu kategoriyalarni o‘z ierarxiya va vazifalari bo‘yicha o‘zgarmas hodisa sifatida talqin etish xavfini tug‘diradi. Qolaversa, poetik kategoriyalar, shubhasiz ko‘chib yuradi. Hatto uzoq tarixiy istiqbolda ular o‘z dolzarbligini saqlaydi, davrdan davrga va adabiyotgan adabiyotga o‘tganda ham, ular ko‘pincha o‘z qiyofasini va mazmunini o‘zgartiradi, yangi aloqalar va munosabatlarga kirishadi, har safar alohida va bir-biridan farq qiladigan tizim yuzaga keladi. Har bir bunday tizimning xarakteri davrning badiiy tafakkuri, o‘z navbatida, davrning adabiy aqidalarida va uning poetikasida yuzaga chiqqan. Agar poetik nazariya bilan poetik amaliyot o‘rtasida ma’lum uzilish mavjud bo‘lsa, bu uzilish u yoki bu madaniy an’analar orqali bir necha asr, ba’zan ming yillar oralig‘ida ajralib turadigan zamonaviy tadqiqotlar bilan Grinser tarixiy poetikaning predmeti sifatida SHarq mumtoz adabiyotining tajribasidan o‘rganishni, ayniqsa, SHarq adabiyotiga yaqin bo‘lgan Evropa antik adabiyoti va o‘rta asr adabiyoti bilan tipologik jihatdan qiyoslab o‘rganishni taklif qiladi (72 bet). Bu fikr ancha jonli va ma’lum bir nazariy dalillarga tayangani bilan o‘zini oqlaydi. Tarixiy poetikaning predmetini u yoki bu darajada qat’iylashgan deb qarash mumkin. Tarixiy poetika poetik tamoyillar, usullar, shakllar va janrlarning kelib chiqishi hamda ularning taraqqiyoti (evolyusiyasi) bilan ish ko‘radi. Grinserning mulohazalari ancha jonli, ayni paytda ma’lum manbalarga tayangani bilan diqqatga sazovor. SHarq mumtoz adabiyoti degan tushuncha ostida Grinser, birinchi navbatda, sanskrit, arab adabiyotini nazarda tutadi. Zotan yozma adabiyotning, yaratilgan davri qadimiyligi e’tiborga olinsa, Grinser tayangan manbalar tamomila o‘zini oqlaydi. Jumladan, asli sanskrit tilida yaratilgan “Oltun yorug‘” asarining tarkibi va janr hususiyatlariga va janrlar poetikasiga e’tibor bersak, masala ma’lum darajada oydinlashadi. 4

2 -mavzu Syujetlarni o‘rganishga oid muhim nazariyalar O‘zbek adabiyoti, umuman, turkiy xalqlar adabiyoti tarixida A.N.Veselovskiy ta’rif bergan tarixiy poetikaning barcha jihatlarini qamrab olgan manbalar bor. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘at it-turk” asari ana shunday manbalardan biridir. A.N.Veselovskiy adabiyotning, xususan, she’rning asosiy masalalarini tarixiy poetika uchun manba qilib oladi. Bu bejiz emas. Zotan, badiiy tafakkur ilk bor she’rda o‘zini namoyon qilgan. A.N.Veselovskiyning she’r asosida qo‘ygan asosiy muammolari quyidagilardir: 1. Ibtidoiy snkretizm va janrlar taraqqiyoti. 2. SHoirning holati va she’rning ijtimoiy vazifasi. 3. Poetik til taraqqiyoti. 4. Syujetlar poetikasi. «Har qanday poetik taraqqiyot boshida, - deb yozgan edi A.N.Veselovskiy, - poetik janrlarning ibtidoiy snikretizmi yotadi. SHe’rning bunday holati epos, lirika va dramaning dastlabki yaxlitligidan ajralib chiqmagan va she’r- musiqadan, taqlidiy raqsdan ajralib chiqmagan davrga to‘g‘ri keladi. SHe’rning ilk taraqqiyot bosqichida ritmik va musiqaviy elementlar bosh o‘rin tutadi. So‘z ikkinchi o‘rinda turadi. Matn tasodifan improvizatsiya qilinadi va keyin unutiladi. Ibtidoiy she’rning mazmuni ibtidoiy jamoaning, ijtimoiy hayotning turli tomonlarini ramziy shaklda aks ettiradigan urf-odatlarni beradi». A.N.Veselovskiy lirika va dramaning kelib chiqishi uchun birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan bahorgi urf-odatlarga e’tibor qaratadi. SHe’rning keyingi taraqqiyoti urf-odat aloqalaridan qo‘shiqning ajralib chiqishiga va poetik janrlarning differensiatsiyalashuviga olib keldi. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit-turk» asarida anna shu differensiatsiyalashuvni ko‘ramiz. Koshg‘ariyning tug‘ilgan yili aniq emas. U «Devonu lug‘atit-turk» asarini 1068 yili yozib tugatgan. Koshg‘ariy bu asari ustida uzoq yillar ishladi. Avval yurtma-yurt kezib material to‘pladi.YUqori CHindan tortib butun Moavarounnahr, Xorazm, Farg‘ona va Buxoroga qadar cho‘zilgan keng hududni kezib chiqdi. Bu hududda yashagan urug‘lar, qabilalarning turmush tarzini, kasb korini, turar joylarini aniqladi, tillarini sinchiklab o‘rgandi. Mahmud Koshg‘ariy bu asarini o‘rganish bilan ilk bor turkiyshunoslikka asos soldi. «Devonu lug‘atit-turk» - qomusiy asar. Bu asardan faqat tilga yoki adabiyotga oid materiallar va dalillarnigina emas, balki Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan qabilalar tarixi to‘g‘risidagi manba hamdir. Har bir qabilaning o‘sha davrdagi mavqei, tarixi to‘g‘risida ham etarli ma’lumotlar beradi. Jumladan, o‘g‘uzlar, qarluqlar kabi yirik qabilalar to‘g‘risida o‘rni-o‘rni bilan aytilgan ma’lumotlar bunga dalildir. «Devonu lug‘atit-turk» adabiy manba sifatida ham qimmatli yodgorlikdir. Asardagi she’riy parchalar X1 asrgacha bo‘lgan adabiy hayot to‘g‘risida to‘laqonli so‘z yuritishga imkon beradi. Bu she’riy parchalar ma’lum bir so‘zning izohi uchun keltirilgan bo‘lsa-da, bu parchalar qadimgi turkiy adabiyotda, xususan, lirik va epik janrning rivoj topganidan dalolat beradi. Koshg‘ariy keltirgan mazkur she’riy parchalar turli mavzuda – mehnat, yorning ta’rif-tavsifi, turk bahodirlarining qahramonliklari, ezgulikka da’vat, vatanparvarlik va h. SHe’riy parchalarni Mahmud Koshg‘ariy xalq og‘zidan yozib olgan. Ayni paytda «Devonu lug‘atit-turk»dagi ba’zi she’riy parchalar 5