logo

MUMTOZ ADABIYOT VAKILLARIDAN A.NAVOIY IJODI VA HIKMATLARINI BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘TISH

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

132.939453125 KB
MAVZU : MUMTOZ ADABIYOT VAKILLARIDAN A.NAVOIY IJODI VA
HIKMATLARINI BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘TISH
KIRISH………………………………………………………………………. 3 
 
I BOB. ALISHER NAVOIY MEROSI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH 
SINF  O‘QUVCHILARINING TAFAKKURINI 
SHAKLLANTIRISHNINGILMIY-NAZARIY JIHATLARI 
 
1.1.  Alisher  Navoiyning  ma’rifiy  qarashlarini  o‘rganish  pedagogik-
psixologikmuammo sifatida  ………………………………………………………………..... 8 
1.2.  Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkurini  shakllantirishda  mutafakkir 
merosidan foydalanishning imkoniyatlari ……………………………………..13 
 
II BOB. ALISHER NAVOIY MEROSINI BOSHLANG‘ICH
 SINFLARDAO‘TISHNING USUL VA METODLARI
 
2.1.   Dars   jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mumtoz adabiyotga olib 
kirishning    o‘ziga xos xususiyatlari ………………………………………….. 20 
2.2. Alisher Navoiy hikmatlarini boshlang‘ich sinflarda o‘rganishning ahamiyati va 
usullari………………………………………………………………………..32 
  Xulosa  ……………………………………………………………………….4   
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ………………..…………………………46 
1 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi:   O‘zbekiston   Respublikasi   mustaqillikka   erishgandan
so‘ng mamlakat hayotining barcha jabhalarida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan,   yosh   avlodga   ta’lim-tarbiya   berish   borasida   amalga   oshirilayotgan   ishlar
ibratlidir. Aslida ham kelajakni ana yoshlar yaratadi. Davlatimiz rahbarining birinchi
chaqiriq   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   XVI   sessiyasidagi   nutqida
“Erkin   fuqarolik   ma’naviyatini,   ozod   shaxsni   shakllantirish   masalasi   oldimizda
turgan  eng  dolzarb  vazifadir.  Boshqacha   aytganda  biz o‘z  kuchi  va  imkoniyatlariga
tayanadigan atrofi, atrofda sodir bo‘layotgan voqyea-hodisalarga mustaqil munosabat
bilan   yondashadigan,   ayni   zamonda   shaxsiy   manfaatlari   bilan   uyg‘un   holda
ko‘radigan  erkin,  har  jihatdan  barkamol   insonlarni  tarbiyalashimiz  kerak.Barchamiz
yaxshi   anglab   olishimiz   kerakki,   hayotimizning   boshqa   sohalaridagi   ahvol,   amalga
oshirilayotgan   islohotlarimizning   samaradorligi   avvalo   xalq   ma’naviyatining
tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, an’analarimizning saqlanishi
madaniyat   va   san’at,   fan   va   ta’lim   rivoji   bilan   uzviy   bog‘liqdir”,   -   deb
aytdi.Respublikamiz   hukumati   tomonidan   mustaqillikning   dastlabki   yillaridanoq,
jismonan   sog‘lom,   ma’nan   yetuk   shaxs   yaratishga   e’tibor   berila   boshlandi.   Bu
boradagi   ishlarni   aniq,   maqsadli   amalga   oshirish   uchun   davlat   ahamiyatiga   molik
dasturlar, rejalar ishlab chiqildi. 
Birinchi   prezidentimiz   ikkinchi   chaqiriq   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy
Majlisining   birinchi   sessiyasida   jamiyatimizda   ma’naviyat   sohasida   amalga
oshirilayotgan   islohotlarga   to‘xtalib,   “Eng   asosiy   vazifamiz   –   milliy
qadriyatlarimizni   tiklash,   o‘zligimizni   anglash,   milliy   g‘oya   va   mafkurani
shakllantirishning,   muqaddas   dinimizning   ma’naviy   hayotimizdagi   o‘rnini   va
hurmatini   tiklash   kabi   mustaqillik   yillarida   boshlangan   orzu   ishlarimizni   izchillik
bilan   davom   ettirish,   ularni   yangi   bosqichga   ko‘tarish   va   ta’sirchanlikni
kuchaytirishdir”, - deb ta’kidlagan. Ma’naviyat – uzluksiz da’vom etadigan jarayon.
Ma’naviyat yuksak shaxslar yurtini tanitadi. Shaxsning esa uning ma’naviy qiyofasi
tanitadi.   Ma’naviyat   tarbiyadan   boshlanadi.   Ta’lim-tarbiyasiz   ma’naviyatning
bo‘lmasligi   ko‘pchilikka   ayon   haqiqatdir.   Milliy   pedagogikamizning   asoschilaridan
2 biri Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo
saodat, yo falokat masalasidir!”, - degan so‘zlari fikrimizga dalil bo‘ladi.
Boshlang‘ich   sinf   bolasining   ma’naviyatini,   tafakkurini   shakllantirish-   bu
doimiy   tizimlilik,   uzviylikni,   davomiylikni   talab   etadi.   Bu   vazifalarni   amalga
oshirishda   buyuk   mutafakkir,   davlat   arbobi   hazrat   Alisher   Navoiy   merosidan
foydalanishni davr taqozo qilmoqda. Bu borada birinchi   yurtboshimizning “Yuksak
ma’naviyat   –   yengilmas   kuch”   asarida   alohida   to‘xtalib   o‘tgani   e’tiborga   molik.
“O‘zbek   xalqi   ma’naviy   dunyosining   shakllariga   g‘oyat   kuchli   va   samarali   ta’sir
ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan yana biri – bu hazrat  Alisher  Navoiydir  bobomizdir. Biz
uning   mo‘tabar   nomi,   ijodiy   merosining   boqiyligi,   badiiy   dahosi   zamon   va   makon
chegaralarini bilmasligi haqida doimo farxlanib so‘z yuritamiz.
Alisher   Navoiy   xalqimizning   ongi   va   tafakkuri,   badiiy   madaniyati   tarixida
butun   bir   davrni   tashkil   etadigan   buyuk   shaxs,   milliy   adabiyotimizning   tengsiz
namoyondasi,   millatimizning   g‘ururi,   sha’ni-sharafini   dunyoga   tarannum   qilgan
o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi
biror-bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va
e’tiqod   bilan   qaramasa.   Agar   biz   bu   ulug‘   zotni   avliyo   desak,   u   avliyolarning
avliyosi,   mutafakkir   desak,   mutafakkirlarning  mutafakkiri,   shoir   desak,   shoirlarning
sultonidir”.
  Inson   qalbining   quvonch-qayg‘usini,   ezgulik   va   hayot   mazmunini   Navoiydek
teran   ifoda   etgan   shoir   jahon   adabiyoti   tarixida   kamdan-kam   topiladi.   Ona   tiliga
muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ongu-
shuurimizga, yuragimizga Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan
xalqimizni,   ayniqsa,   yoshlarimizni   qanchalik   ko‘p   bahramand   etsak,   milliy
ma’naviyatimizni   yuksaltirishda,   jamiyatimizda   ezgu   insoniy   fazilatlarni   kamol
toptirishda   shunchalik   qudratli   ma’rifiy   qurolga   ega   bo‘lamiz,   -   deb   ta’riflagan   edi
yurtboshimiz.
Ibrohim   Haqqul   “Navoiyga   qaytish”   asarida:   “Alisher   Navoiyning   buyukligini
bilmaslik,   o‘zbek   millatining   madaniyati,   tarixi,   milliy-ma’naviy   kuch-quvvati   va
jahon   badiiy   tafakkuriga   qo‘shgan   buyuk   hissasini   anglamaslik   bilan   bilan
3 barobardir”,-   degan   edi.[12,64]   Navoiyni   boshqa   xalqlarga   tanitmoq   uchun   emas,
o‘zimiz   yaxshi   bilishimiz   uchun   ko‘proq   tashvishlanishimiz   zarurga   o‘xshaydi.
Ochig‘ini aytganda, biz hali Navoiy ijodiyotini kerakli va arziydigan darajada o‘qib-
o‘rganganimiz   yo‘q.   Navoiyni   puxta   bilish   uchun   juda   jiddiy   va   puxta   tayyorgarlik
ko‘rishimiz   kerak.   Alisher   Navoiy   hamma   narsani   erkinlik   va   vobastalikda   talqin
qilgan,   inson   qismati   bilan   bog‘liq,   har   qanday   haqiqatning   istiqbolini   tafakkur
hurligida   ekanligini   ko‘rgan.   Demak,   tuyg‘uda,   ruhda,   ko‘ngil   va   tafakkurda
erkinlikni qaror toptirmay turib, Navoiy asarlarining asl ma’no-mohiyatini chaqishga
urinish   foydasiz.   Navoiy   asarlarining   g‘oyalarini   targ‘ib   qilishdan   oldin,   ularning
ma’no-mohiyatini   to‘g‘ri   anglab   olish   lozim.   Navoiyni   bilish   boshqa,   uni   anglash
boshqa.   Navoiyni   anglaydiganlar   ko‘payaversagina   navoiyshunoslikda   juda   katta
o‘zgarishlar   yuz   beradi.   Har   qanday   mamlakatning   taraqqiyoti   faqat   uning   moddiy
boyliklari   bilan   emas,   balki   yoshlarning   ma’naviy-axloqiy   fazilatlari,   intellektual
qobiliyatlariga   ham   bog‘liq.   Davlatimizning   ilk   rahbari   I.A.Karimov   2008   yilni
mamlakatimizda   “Yoshlar   yili”   deb   e’lon   qildi.   Yurtboshimiz   ta’kidlaganidek,
yoshlar   respublikamiz   aholisining   oltmish   foizdan   ko‘prog‘ini   tashkil   qiladi.   Erkin
fuqarolik   jamiyatimizning   asosi   ko‘p   jihatdan   ana   shu   yoshlarimizning   ma’naviy-
axloqiy   tarbiyasiga   bog‘liq.   Yoshlarimizda   ma’naviy-axloqiy   sifatlarni
shakllantirishda   ma’naviy   birligimizning   timsoli   bo‘lgan,   buyuk   mutafakkir   Alisher
Navoiyning   merosi   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Birinchi   Prezidentimiz
I.A.Karimovning bevosita sa’yi harakatlari bilan Alisher Navoiy merosini o‘rganish,
asarlaridagi g‘oyalarni xalqqa yetkazish davlat siyosati darajasig a ko‘tarrgan edilar.
Vashington   universiteti   professori,   mashhur   turkiyshunos   olim   E.Sirtoutas   xonim   -
dunyoning   hech   bir   mamlakatida   o‘z   shoirlariga   O‘zbekistondagidek   hurmat   va
ehtirom   ko‘rsatilmaydi.   Hattoki,   Buyuk   Britaniyada   ham   Shekspir   O‘zbekistonda
Alisher Navoiy e’tibor qozongandek shuhrat topgan emas. 1991 yilda O‘zbekistonda
hazrat   Navoiyning   550   yillik   to‘yi   keng   nishonlandi.   Aynan   shu   yili   O‘zbekiston
uzoq kutilgan mustaqillikni qo‘lga kiritdi. Navoiy mustaqil davlatning ramzi bo‘ldi.
Buyuk   Temur   bilan   bir   qatorda   Navoiy   O‘zbekistonning   mustaqillik   sari
intilishlarining ma’naviy ifodachisi hisoblanadi, - degan edi.
4 Kaliforniya   universiteti   professori,   G‘arbning   ko‘zga   ko‘ringan   navoiyshunos
olimlaridan   biri   A.Badrogligeti   fikricha   -   Navoiyni   qancha   ko‘p   o‘qigan   kishi
ma’naviy jihatdan shunchalik boyib, kamolotga erishib boradi. Sayyoramizda tog‘lar
orasida   eng   baland   cho‘qqi   Everest   bo‘lsa,   shoirlar   ichra   eng   yuksagi   hazrat
Navoiydir - deb ta’kidlagan. Mumtoz adabiyotimizning bilimdoni Ibrohim Haqqul -
yoshlarimiz   Navoiyni   qanalik   chuqur   va   puxta   bilsa,   ma’rifat,   ezgulik,   komillik
sirlarini   o‘shancha   kengroq   egallaydi.   Navoiyning   so‘zlari   diliga   o‘rnashgan   odam,
o‘zi   istasin-istamasin   odamiylik   sharafi   va   kuch-quvvatini   idrok   etadi.   Navoiy
saboqlariga amal qilgan kishi o‘z-o‘zidan xalq dardu tashvishlarini yengillatishga bel
bog‘laydi,   fikrni-fikrsizlikka,   ilm-ma’rifatni   -   nodonlik   va   jaholatga   qarshi   qurol
o‘rnida   ishlatadi.   Navoiyni   yetarli   darajada   bilish   -   odamiylik,   diyonat   va   iymon   -
e’tiqodning   kuchiga   ishonch   demak.   Ko‘nglida   shu   ishonch   g‘olib   bo‘lgan   odamlar
soni jamiyatimizda qancha ko‘paysa, insoniy muammolar har qalay kamayib boradi,
-   deb   aytgan   edi   [12,24].   Demak,   bugungi   kunda   Navoiyning   ma’naviy   olamini
o‘rganishga  ehtiyoj  sezilayapti. maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalar  ma’naviyatini
shakllantirishda   Navoiy   merosidan   foydalanishni   davr   talab   qilayapti.   Shu   bois
Alisher Navoiyning ijodiga yana bir bor nazar solishni joiz deb topdik.
Yosh   avlod   faqat   Navoiy   asarlaridan   emas,   umuman   mumtoz   adabiyotimiz
chashmalaridan bebahra qolayotganligi juda tashvishlanarli. Ahvol shu tarzda davom
etaversa, yaqin besh-o‘n yilda o‘tmish adabiyotimizga mutlaqo ehtiyoj sezmaydigan,
go‘zallik   tuyg‘usidan   mahrum,   moddiy   dunyo   g‘am-tashvishidan   boshqasini   tan
olmaydigan   yoshlarning   butun   bir   avlodi   vujudga   kelishi   hyech   gap   emas.   Eng
yomoni,   bunday   o‘spirinlar   mustaqil   fikr,   adabiyot,   san’at,   ma’naviyat,
ma’rifatninginson   taqdiridagi   qimmati,   yashashdan   asosiy   maqsad   nima   ekanligi
to‘g‘risida   bosh   qotirib   o‘tirishni   ortiqcha   tashvish   deb   biladi.   Shu   bois   mumtoz
adabiyot vakillarini boshlang‘ich sinflarda o‘rganish ahamiyatlidir.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi:  Navoiyning   ta’lim to‘g‘risidagi   fikrlari
I.Husanxo‘jayevning   tadqiqot   ishlarida   ochib   berilgan.   U   o‘zining   “Alisher   Navoiy
ta’lim-tarbiya  haqida”gi   o‘llanmasida   bu muammoni  atroflicha tahlil   etdi. Professor
A.Zunnunov   o‘zining   qator   asarlarida   Alisher   Navoiyning   “Xamsa”   va   boshqa
asarlarini pedagogik talqin qilib, oliy pedagogik ta’lim va umumta’lim tizimida shoir
5 merosidan foydalanish yo‘llarini yoritib berdi. Navoiyning fikricha, deb yozadi olim
–   “Odob   odamning   olijanob   fazilatlaridan   biridir.   Odobli   kishi   ochiq   yuzli,
xushmuomala,   yoqimli   bo‘ladi.   Bunday   kishilar   uchun   ikki   yuzlamalik,   qo‘pollik
yotdir”.   Pedagog   olimlardan   O.Musurmonova,   M.Ochilov,   R.Mavlonova,
Q.Abdullayeva,   H.Hamrayeva   va   boshqalar   o‘z   tadqiqotlarida,   darsliklari   va   o‘quv
qo‘llanmalarida,   maqolalarida,   risolalarida   shoir   merosiga   alohid   e’tibor   bilan
murojaat qilishgan.
Professor   M.Ochilov   Navoiy   asarlarida   ulug‘langan   axloqiy   insoniylik
fazilatlaridan o‘qituvchini axloqiy tayyorlash jarayonida foydalanishni targ‘ib qiladi.
U   o‘zining   o‘qituvchi   fazilatlari,   amaliy   faoliyatiga   tayyorgarlik   jarayoniga
bag‘ishlangan   monografisida   o‘qituvchi   shaxsining   bosh   fazilati   axloqiy   fazilatlar
bo‘lishini asoslab berdi.
Pedagog   olima   S.Nishonova   o‘zining   “Milliy   qadriyatlar   va   barkamol   inson
tarbiyasi”   nomli   maqolasida   “Buyuk   mutafakkir   Alisher   Navoiy   ijodining,   uning
amaliy   faoliyatining   markaziy,   yo‘nalish   nuqtasi   ham   hamma   narsadan   oldin
insondir.   Ana   shu   inson   Navoiy   talqinida   ijodkor,   qobiliyatli,   dono,   bilimli,   sabru
qanoatli,   sahiy,   himmatli,   rostgo‘y,   adolatli,   insonparvar,   do‘stga   sodiq,   va’dasiga
vafodor, kamtar shaxs” - deya ta’kidlagan.
Ammo,   mutafakkirning   ma’rifiy   merosidan   boshlang‘ich   sinf   bolalarida
tafakkurni   shakllantirish   ,hikmatlarning   alohida   o‘rni   muammosi   -   alohida   tadqiqot
obyekti   sifatida   o‘rganilmagan.   Shu   bois,   malakaviy-bitiruv   ishimiz   mavzusini
“Alisher   Navoiy   ijodi   va   hikmatlarini   boshlang‘ich   sinflarda   o‘tish”   tarzida
tanlashimizga asos bo‘la oldi.
Tadqiqotning maqsadi:  Alisher Navoiy merosi asosida  boshlang‘ich sinf yoshidagi
bolalarda tafakkurni shakllantirish va unga oid tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning vazifalari :
N avoiy ijodini o‘rganishning pedagogik –pisixologik jihatlarini tadqiq etish;
Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarining   tafakkurini   shakllantirishda   Navoiy
me’rosining muhim qirralarini ochish;
6 Navoi hikmatlarining yosh – avlod tarbiyasidagi ahamiyatini yoritish;
Metodik tavsiyalar ishlab chiqish 
Tadqiqotning   obyekti:   Boshlang‘ich   sinflarda     mutafakkir   merosini
o‘rganishning qulay shakllari orqali   tafakkurni rivojlantirish jarayoni. 
Tadqiqotning predmeti:  Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarda Navoiy ijodini 
organishning mazmuni, shakl va metodlari. 
  Tadqiqot metodlari:  mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilish, pedagogik  
kuzatish, tajriba, suhbat, so‘rovnoma, savol-javob, tadqiqot natijalarini matematik-
statistik tahlil etish. 
Himoyaga olib chiqiladigan holatlar : 
Alisher Navoiyning ma’rifiy   qarashlarini   o‘rganishning pedagogik-psixologik
johatlari; 
  Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilatining   tafakkurini   shakllantirishda   mutafakkir
merosidan foydalanish ;
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mumtoz adabiyot olamiga olib kirish ;
Navoiy hikmatlarining boshlang‘ich sinflardagi ahamiyati.
Bitiruv malakaviy ishi ikki bob , tort fasl , xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro‘yhatidan iborat 
7  I BOB. ALISHER NAVOIY MEROSI ASOSIDA
BOSHLANG‘ICH
SINF O‘QUVCHILARINING TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING
ILMIY-NAZARIY JIHATLARI
1.1. Alisher Navoiyning ma’rifiy qarashlarini o‘rganish pedagogik-psixologik
muammo sifatida.
 
Pedagog -yosh avlodni  xalqimizning munosib farzandlari  qilib tarbiyalashdek
muhim, faxrli va shu bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi.
  O‘qituvchining   siyosiy   yetukligi   bolalarni   tarbiyalash   sifati   uchun   xalq   va
jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini tushinib yetishga, ta’lim va tarbiya vazifalarini hal
etishga ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi
o‘rtoqlarining   o‘sishiga   ko‘maklashishga   yordam   beradi.   O‘qituvchi   o‘zi   yashab
turgan   o‘lka   hayotini   bilishi,   tabiat   va   jamiyatning   rivojlanish   qonuniyatlarini
tushunish,   ijtimoiy   faol   bo‘lish,   umumiy   va   maktabgacha   tarbiya   pedagogikasini,
bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi kerak. Uning pedagogik hodisalarni tahlil
qilishga   ilmiy   nuqtai   nazardan   yondashuvi   bolani   har   tomonlama   rivojlantirishni
muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi.
Respublikamiz   rahbariyati   hozirgi   kunda   o‘qituvchilar   va   tarbiyachilar
faoliyatini   yuqori   baholamoqda.   Yosh   avlodni   barkamol   inson   qilib   tarbiyalashda
erishgan   yutuqlari   uchun,   o‘qituvchilik,   tarbiyachilik   ishidagi   ijodiy   mehnatlari,
ilg‘or   tajribalarni   umumlashtirishda   erishgan   yutuqlari   uchun   o‘qituvchilar   va
tarbiyachilar   “Metodist   o‘qituvchi”,   “Ka++tta   o‘qituvchi”,   “Xalq   ta’limi   a’lochisi”,
“Metodist   -   tarbiyachi”   va   boshqa   shunga   o‘xshash   unvonlar   bilan   taqdirlanadilar.
Ularga respublika miqyosidagi unvonlar berilib turli mukofotlar bilan taqdirlandilar.
Jamiyatimiz   hayotida   amalga   oshirilayotgan   tub   islohotlar   bugungi   kunda
bog‘chada,   maktabda,   o‘rta   maxsus   va   oliy   o‘quv   yurtlarida   shakllanayotgan   yosh
avlodning   ijodiy   xulq-atvori   normalari   va   qoidalarini,   ilmiy   bilim   asoslarini   kasb-
hunar, malaka va ko‘nikmalarni har tomonlama puxta egallab borishni talab qiladi.
8 Buning   uchun   uzluksiz   ta’lim   sistemasining   muhim   bo‘g‘ini   bo‘lgan
umumta’lim maktablari oldiga har bir o‘g‘il va qizni zarur darajadagi ilmiy bilimlar
bilan   qurollantirish,   jahon   madaniyati,   milliy   madaniyatimizning   durdonalari   bilan
tanishtirish,   ularni   jismoniy   va   ma’naviy   jihatdan   chiniqtirish   vazifasi   qo‘yiladi.
Davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan bu muhim vazifani amalga oshirishda umumta’lim
maktablari  muhim rol o‘ynaydi. 
Tarbiya   fangina   bo‘lib   qolmay,   balki   san’at   hamdir,   uni   egallash   uzoq   vaqt
davom  etadi. O‘zi  o‘qiydigan, doimo bilimini  oshirib boradigan kishi  o‘qituvchidir,
degan   qoida   tarbiyachiga   ham   bevosita   taalluqlidir.   Doimo   o‘zini   tarbiyalash   bilan,
tarbiya   ilmi   va   san’atini   egallash   bilan   shug‘ullanadigan   tarbiyachigina   haqiqiy
tarbiyachi bo‘la oladi. Bu borada allomalardan biri “Bolani tarbiyalash tarbiyachining
o‘z-o‘zini   takomillashtirishidan   boshqa   narsa   emas”,   degan   edi.   Biz   shuni   esdan
chiqarmasligimiz kerakki, tarbiya obyekti bo‘lgan bola uzluksiz o‘sadi, yildan-yilga
tarbiya   sharoitlari   o‘zgaradi,   bularning   hammasi   tarbiya   ishida   murakkab   vazifalar
yaratadi, bu esa pedagogdan ijodiy yondashishni talab etadi.  
O‘zbekiston   Respublikasining   mustaqilligi   sharofati   bilan   milliy   tariximizga,
ajdodlarimiz   qoldirib   ketgan   buyuk   merosga   alohida   e’tibor   berila   boshlandi.
Jumladan,   Alisher   Navoiy   ijodi   olimlarimizning   diqqat   markazida   bo‘lib,   bu   buyuk
merosni   butun   ommaga   yetkazish,   ularni   bundan   bahramand   etish   kun   oldidagi
dolzarb   masalaga   aylandi.   Birinchi   yurtboshimiz   I.Karimov   o‘zining   “Yuksak
ma’naviya   –   yengilmas   kuch”   asarida   Alisher   Navoiy   to‘g‘risida,   buyuk
mutafakkirning   merosi   haqida   fikr   yuritib,   jumladan,   quyidagilarni   aytadi:   “O‘zbek
xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan
ulug‘ zotlardan yana biri – bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo‘tabar nomi,
ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi
haqida   doimo   faxrlanib   so‘z   yuritamiz.Bugungi   kunda   maktabgacha   ta’im
muassasalari,   o‘rta   umumta’lim   maktabarida,   kollej   va   liseylarda   va   oliy
maktablarda,   Alisher   Navoiyning   hayoti   va   faoliyati,   asarlari   va   undagi   g‘oyalarni
o‘rganishga munosabat o‘zgarmoqda. 
9 Tarbiyalanuv   -   yoshlar   ongiga   dars   jarayonida   Alisher   Navoiyning   merosi   va
asarlaridagi   ma’naviy   tushunchalarni   singdirish   dolzarb   masalalardan   biridir.
Yoshlarlarda   Alisher   Navoiy   merosi   va   mumtoz   adabiyotimizga   qiziqishni   oshirish
ko‘p   jihatdan   mutafakkirning   ma’rifiy   g‘oyalarini   o‘rgatishga   bog‘liq.   “Alisher
Navoiy  xalqimizning   ongi   va   tafakkuri,   badiiy  madaniyati   tarixida   butun   bir   davrni
tashkil   etadigan   buyuk   shaxs,   milliy   adabiyotimizning   g‘ururi,   sha’nu   sharafini
dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy
va   forsiy   tilda   so‘zlovchi   biron-bir   inson   yo‘qki,   u   Navoiyni   bilmasa,   Navoiyni
sevmasa,   Navoiyga   sadoqat   va   e’tiqod   bilan   qaramasa   .   Biz   bu   ulug‘   zotni   avliyo
desak,   u   avliyolarning   avliyosi,   mutafakkir   desak,   mutafakkiri,   shoir   desak   desak,
shoirlarning sultonidir”.
Inson   qalbining   quvonchu   qayg‘usini,   ezgulik   va   hayot   mazmunini   Navoiydek
teran   ifoda   etgan   shoir   jahon   adabiyoti   tarixida   kamdan-kam   topiladi.   Ona   tiliga
muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ongu
shuurimiz,   yuragimizga   avvalo   Navoiy   asarlari   bilan   kirib   keladi.   Biz   bu   bebaho
merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsan, milliy
ma’naviyatimizni   yuksaltirishda,   jamiyatimizda   ezgu   insoniy   fazilatlarni   kamol
toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz. O‘zbek adabiyotining
asoschisi,   shoir,   olim,   ma’rifatparvar,   faylasuf,   musiqashunos,   davlat   arbobi
Nizomiddin Alisher   Navoiy  1441-yil  Hirotda  tug‘ilgan.  U turk va  fors  tillarida  ijod
qilgan.   Navoiy   o‘ttizga   yaqin   she’rlar   to‘plami,   yirik-yirik   dostonlar   hikmatlar   va
rivoyatlarning   muallifidir.   Uning   “Xamsa”,   “Xazoyin   ul-maoniy”,   “Badoyi   ul-
bidoye’”, “Muhokamat ul-lug‘atayin” kabi asarlari butun dunyoga mashhur. Alisher
Navoiyning   fikricha,   mamlakatda   ma’rifatchilik,   insonparvarlik   va   adolatlilik   hukm
surishi zarur. Uning she’riy to‘plamlari va boshqa asarida ta’lim-tarbiya masalalariga
ham alohida o‘rin berilgan. Navoiy ta’kidlashicha, yer kurrasida yashayotgan barcha
insonlar   millatidan   qat’iy   nazar   tengdir.   U   insonlar   hayot   mazmunini   faqat   mehnat
tashkil   etadi,   deydi.   Shoir,   eng   avvalo,   har   bir   kishi   o‘z   xalqining   tarixini   bilishi
shartligiga ahamiyat  berib, uni chuqurroq o‘rganishga da’vat etadi. Buyuk shoir har
bir xalqning tarixi mamlakatni xarob ahvolga solgan nima-yu, uning ravnaq topishiga
imkon bergan nima, shuni ko‘rsatib bermog‘i lozim,- deydi.
10 Alisher   Navoiy   merosini   pedagogik   jihatdan   o‘rganish   respublikamizda
I.Hasanxo‘jayev,   A.Zunnunov,   X.Hamrayeva,   K.Abdullayev,   A.Hasanova,
G.Rahimova,   A.Abdumannotovlar   tomonidan   amalga   oshirilgan.   Jumladan,
A.Abdumannotov   “Alisher   Navoiy   merosi   asosida   boshlang‘ich   sinf
tarbiyalanuvlarining   ma’naviy   tushunchalarini   shakllantirish”   mavzusidagi
nomzodlik   dissertasiyasini   yoqlagan.   Olim   Navoiy   asarlaridagi   boshlang‘ich   sinf
tarbiyalanuvchilarining ma’naviyatini shakllantiradigan jihatlarini ko‘rsatib bergan.
Navoiy ijodi bebaho xazina. Undan imkon qadar tezroq foydalanish lozim. Shuning
uchun bugungi kunda boshlang‘ich sinflardan boshlab Navoiy merosi bilan bolalarni
tanishtirish,   ularni   ma’naviy-axloqiy   ruhda   tarbiyalash   muhim   masalalardan   bir
sanaladi.
Alisher   Navoiy   pedagog-mudarris.   U   ta’lim-tarbiya   masalalariga   alohida
e’tibor berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko‘rsatadi. U ta’limda
ilmiylik,   asoslanganlik,   tarixiy   kabi   talablarni   asos   qilib   oladi.   O‘z   davridagi
musulmon   maktablarining   yutuq   va   kamchiliklarini   tahlil   etadi.   Uning   asarlarida
axloqiy   va   mehnat   tarbiyasiga   doir   qarashlari   asosiy   o‘rinni   tashkil   etadi.   Alisher
Navoiy   ijodiyotiga   qiziqish,   uni   o‘rganish   Yevropa   va   Rossiyada   ham   hiyla   katta
tarixga   ega.   Fransuz   sharqshunosi   Kartmer   1481   yilda   bosilgan   xrestomatiyasida
Alisher   Navoiyning   “Muhokamat   ul-lug‘atayn”   va   “Tarixi   mulki   Ajam”ini   e’lon
qilgan,   I.N. Berezin   “Turk   xrestomatiyasi”da   uning   barcha   asarlaridan   parchalar
berilgan.   M. Nikitskiy   1856   yilda   birinchi   manbalar   asosida   “Amir   Nizomiddin
Alisher.   Uning   davlat   va   adabiyot   sohasidagi   ahamiyati”   mavzuida   magistrlik
dissertasiyasini yozadi.  
Keyingi yillarda ijodkorning yurtimiz va chet el kutubxonalarda saqlanayotgan
deyarli   barcha   nodir   nusxalar   o‘rganildi.   Alisher   Navoiyning   ko‘pgina   asarlarining
ilmiy   tanqidiy   matni   ishlab   chiqildi.   “Devoni   Foniy”   va   boshqa   asarlarining   nodir
nusxalari topilib, nashr etildi. 20-asrda Alisher Navoiyning chinakam sahnaviy hayoti
boshlandi.   Izzat   Sulton   va   Uyg‘un   “Alisher   Navoiy”   dramasini   (1945,   1948),   I.
Mahsumov   bastakorlar   Yu.   Rajabiy   va   S.   Jalil   bilan   hamkorlikda   “Navoiy
Astrobodda”   musiqali   dramasini   (1967-yilda)   yozdilar.   Alisher   Navoiy   obrazi
11 kinoekranda   ham   mujassamlashdi.   Alisher   Navoiy   dostonlari   asosida   yaratilgan
“Farhod   va   Shirin”   musiqali   dramasi   (1937),   “Layli   va   Majnun”   operasi   (1942),
“Suhayl   va   Mehri”   baleti   (1967),   “Dilorom”   operasi   (1958),   “Iskandar”   dramasi
(1991)   teatr   san’atining   eng   ko‘zga   ko‘rinadigan   asarlaridan   bo‘lib   qoldi.   Biroq,
qariyb  bir   yarim  asr   davom  etgan  mustamlakachilik  davrida,  ayniqsa  sho‘ro  tuzumi
davrida  madaniy  merosimizni  xalqimizga  yot  mafkura qolipiga  solib  talqin  qilishga
urinishlar   bo‘ldi.   Bu   hodisa   Alisher   Navoiy   ijodiga   munosabatda   ham   o‘z   ifodasini
topdi. Uni yo‘qsillarning do‘sti, mulkdorlarning muxolifi qilib ta’riflashga intilishdi.
Jahon   adabiyotining   durdonasi   bo‘lgan   asarlaridagi   (mas.   “Hayrat   ul-abror”
dostonidagi) ajoyib boblar qisqartirib nashr etildi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodi
Allohga   imon   keltirgan,   Qur’oni   karimdagi   har   bir   oyatni   muqaddas   deb   bilgan,
naqshbandiya tariqatini qabul qilgan adib va mutafakkirning hayoti va ijodidir. Uning
ijodi   mohiyatini   anglab   yetmoq   uchun   din   tarixini   yaxshi   bilgan,   Qur’oni   karimni
o‘qib,   ma’nosini   anglab   yetgan   kishi   bo‘lish   kerak.   Sho‘ro   tuzimida   esa   diniy
ilmlarni targ‘ib qilish ta’qiqlandi. Shu bois, garchi navoiyshunos olimlar shoir ijodini
targ‘ib   qilish   bo‘yicha   ancha   ishlar   qilgan   bo‘lsalar   ham,   Alisher   Navoiy   ijodi
ko‘pchilik kitobxonlar uchun tushunarsiz bo‘lib qoldi.
Mustaqillik   bizga   barcha   qadriyatlarimiz   qatori   Alisher   Navoiy   merosini
o‘rganishning   keng   ufqlarini   ochdi.   Endilikda   uning   ijodini   aslicha,   mohiyatini
tushunib o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. 1991-yilda Alisher Navoiy tavalludining
550 yilligi tantanali  nishonlandi.   Alisher Navoiy nomidagi   O‘zbekiston   Respublikasi
Davlat   mukofoti   ta’sis   etildi.   Respublikamizning   birinchi   Prezidenti   Islom
Karimovning   tashabbusi   va   rahbarligida   Toshkentda   Alisher   Navoiy   nomidagi
O‘zbekiston   Shoirning   20   jildli   mukammal   asarlar   to‘plami   nashr   etila   boshlandi
(2000   yilga   qadar   16   jild   chop   etildi).   Mamlakatimizda   Alisher   Navoiy   xotirasi
yuksak darajada e’zozlanadi. Mustaqillik munosabati bilan xalqimiz mafkuralashgan
tuzumning   ta’siridan   ozod   bo‘ldi.   Tilimiz,   dinimiz,   milliy   an’analarimizni
rivojlantirish   uchun   imkoniyatlar   yaratildi.   Alisher   Navoiyning   merosi   milliy
ma’naviyatning   ulkan   bir   boyligidir.   Shu   bois   mutafakkirning   merosini   pedagogika
va   mustaqillik   mafkurasi   uyg‘unligida   o‘rganish   davr   talabidir.   Yuqoridagilardan
ko‘rinib   turibdiki,   Navoiy   merosi   bus-butunligi   ma’rifatga   yo‘g‘rilgan   asarlardir.
12 Ularni   har   bir   kishi   yoshligidanoq   o‘rganib   borishi   lozim.   Shu   maqsadda
maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda Navoiy ijodiga Milliy   bog‘i  barpo etildi
va bu   bog‘ o‘rtasida   shoirning salobatli haykali qad   ko‘tardi.
13 1.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkurini  shakllantirishda
mutafakkir   me’rosidan foydalanishning  imkoniyatlari.
Allomalardan Rizouddin ibn Faxriddin aytadi: “Har bir odam va har bir elning
saodatli   bo‘lishiga   bosh   sabab   ilmdir.   Ekinlar   uchun   yomg‘ir,   sug‘orish   qanday
bo‘lsa, odam bolasi uchun ham shu darajada keraklidir”.
Bolalarini   ilmli,   odobli   qilib   o‘stirish   ota-onaning   burchidir.   Muallimlar   ham
bu   muqaddas   vazifalardan   chetda   emasdir.   “Agar   muallim   esangiz,
shogirdlaringizning   har   bir   harakatini   ko‘z   odingizda   tuting,   ularni   xushmuomalali
bo‘lishga o‘rgating, jamiyatning foydali a’zolari qilishga erishing”. Bolalarni nojo‘ya
so‘z,   nojo‘ya   xatti-harakatdan   to‘xtab   qolishga   o‘rgatib,   o‘zi   esa   o‘zini   to‘xtata
olmaydigan,  bolalarni   do‘stlik,  o‘rtoqlikka  o‘rgatib,  o‘zi  esa  ular   bilan  o‘rtoq,  do‘st
sifatida   emas,   balki   katta   rahbar   sifatida   muomalada   bo‘ladigan   pedagog   yomon
tarbiyachidir.
Kishi   shaxsining   dastlabki   asoslari   vujudga   keltiradigan   maktabgacha   tarbiya
yoshidagi   kattalarning   bolaga   ta’siri   ayniqsa   katta   bo‘ladi.   Bola   aqliy   va   axloqiy
jihatdan   faqat   kattalarning   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   ta’sirida   tarbiyalanadi,   kamolga   yetadi.
Hyech   qanday   shakllar,   hyech   qanday   intizom,   hyech   qanday   ustav   hamda
mashg‘ulotlar   inson   shaxsining   sun’iy   ravishda   almashtirishi   mumkin   emas.   Yosh
qalb   uchun   bu   quyoshning   samarali   nuridir,   buni   hyech   bir   narsa   bilan   almashtirib
bo‘lmaydi.   Bola   shaxsining   shakllanishida   tarbiyachining   yetakchi   rol   o‘ynashi,
uning shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. O‘qituvchi bolalarga kundalik
hayotda,   o‘yinlarda,   mashg‘ulotlarda,   birgalikdagi   mehnat   faoliyatida   va   ular   bilan
bo‘ladigan   muomalada   ta’sir   ko‘rsatadi.   U   har   bir   bolani   diqqat   bilan   o‘rganishi,
uning shaxsiy  xususiyatlarini, qobiliyatlarini  bilishi,  pedagogik nazokatini  namoyon
qilishi bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z
vaqtida yordam ko‘rsata olishi oiladagi ahvoli bilan iziqishi zarur.
Tarbiyachining   pedagoglik   mahorati   ko‘p   qirralidir.   Mahorat   kasbiy
tayyorgarlikdan, nazariy bilim va ish tajribasini doimo oshirib boradi 
14 Boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchisi   tarbiya   yoshidagi   bolalarga   tabiat,   jamiyat
hodisalari,   kattalarning   mehnati   haqida   boshlang‘ich   bilim   va   tushunchalar   beradi,
ularga   madaniy   axloq,   o‘z   tengdoshlari   va   kattalar   bilan   madaniyatli   munosabatda
bo‘lish   odatlarini   singdiradi,   yaxshilik,   haqiqatgo‘yik,   adolat,   jamurlik,   kamtarinlik,
kattalarga   hurmat   bilan   qarash,   tabiatga   qiziqish,   kuzatuvchanlik,   o‘simlik   va
hayvonlarga   nisbatan   g‘amxo‘rlik   bilan   qarash,   mehnatsevarlik,   kattalar   mehnati
natijalarini  asrab-avaylash kabi  axloqiy sifatlarni  tarbiyalaydi. Xalq san’ati, musiqa,
ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli
qiladi,   bolalar   bilan   olib   boradigan   ishida   yordam   beradi.   Pedagog   kerakli   bilim,
malaka   va   ko‘nikmalarni   ma’lum   bir   izchillik   bilan   egallab   borsagina   bolalarni
tarbiyaash va ularga ta’lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi.
O‘zbek   xalqining   ulug‘   shoiri   va   mutaffakiri     Alisher   Navoiy   jahon
adabiyotining   buyuk   san’atkorlaridandir.   Uning   nomi   va   merosi   Gomer   va   Dante   ,
Rudakiy   va   firdavsiy   ,   Nizomiy   va   Shota   Rustaveli,   Sa’diy   va   Jomiy   ,   Shekspir   va
Balzak   ,   Pushkin   va   Tolstoy   kabi   ulkan   so‘z   san’atkorlari   bilan   birga   tilga   olinadi.
Navoiyning   butun   faoliyati   va   ijodiyotini   insonning   baxt-saodati   uchun   kurashga   ,
xalqning osoyishtaligiga  , obodonchilik ishlariga , ilm –fan ravnati  va taraqqiyotiga
bag‘ishlangan   desak   ,   shubhasizdir.Navoiy   me’rosi   boshlang‘ich   sinf
o‘quvchilarining tafakkurini shakllantirishda muhim vositalardan hisoblanadi.
Tafakkur ( arabcha- fikrlash , aqliy bilish) predmet va hodisalarning umumiy ,
muhim   xususiyatlarini   aniqlaydigan   ,   ular   o‘rtasidagi   ichki   zaruriy   aloqalar   ,   ya’ni
qonuniy   bog‘lanishlarni   aks   ettiradigan   bilishning   rasional   bosqichidir.   U   quyidagi
xususiyatlarga ega :
1.Unda   voqelik   abstraklashgan   ,   ya’ni   umumlashgan   holda   in’ikos
qilinadi.Hissiy   bilishdan   farqli   o‘laroq   ,   tafakkur   bizga   predmetning   nomuhim,
ikkinchi   darajali   belgilaridan   fikran   chetlashgan   ,   mavhumlashgan   holda
e’tiborimizni   uning   umumiy   ,   muhim   ,   takrorlanib   turuvchi   xususiyat     va
munosabatlariga qaratishimizga imkon beradi. 
Tafakkur   borliqni   bilvosita   aks   ettiradi.Unda   yangi   bilimlar   tajribasiga   har
safar bevosita murjat etmasdan , mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilinadi.
15 Tafakkur  insonning  ujodiy faoliyatidan  iborat.  Unda  bilish  jarayoni   borliqda
real   analogiga   ega   bo‘lmagan   narsalar   yuqori   darajada   ideallashgan   obyektlarni
yaratish, turli xil forma sistemalarini qurish bilan keladi. Ular yordamida predmet va
hodisalarning  eng   murakkab  xususiyatlarini   o‘rganish,   hodisalarni   oldindan   ko‘rish,
bashoratlar   qilish   imkoniyati   vujudga   keladi.   Tafakkur   til   bilan   uzviy   aloqada
mavjud.   Fikr   ideal   hodisadir.   U   faqat   tilda   –   moddiy   hodisada   reallashadi,   boshqa
kishilar   bevosita   qabul   qila   oladigan,   his   etadigan   shaklga   kiradi   va   odamlarning
o‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi.
Tafakkur   shakllari   –   fikrning   mazmunini   tashkil   etuvchi   elementlarning
bog‘lanish   usuli,   uning   tuzilishi.   Fikrlash   elementlari   deganda,   predmetning   fikrda
ifoda   qilinadigan   belgilari   haqidagi   axborotlar   tushuniladi.   Tafakkur   uch   shaklda:
tushuncha,   hukm,   xulosa   chiqarish   shaklida   mavjud.   Xususan,   ayrim   predmetlar,
ularning sinfi kishilar tafakkurida turli xil mazmunga ega bo‘lgan tushunchalarda aks
ettiriladi. 
Tafakkuri   yaxshi   rivojlangandagina   bolaga   ma’rifiy   qarashlarni   tezroq   va
osonroq   singdirish   mumkin.   Bundan   tashqari,   ya’ni   bolada   nafaqat   tafakkurning
yaxshi   shakllanishi,   balki   insonga   xos   bo‘lgan   barcha   yaxshi   xislatlar   va   fazilatlar
ham   mujassamlashgan   bo‘lmog‘i   lozim.   Jumladan,   odamiylik,   qanoatlilik,
do‘stonalik, mehribonlik, rahmdillik, olijanoblik, xushmuomalalik, quntlilik, halollik,
tirishqoqlik,   chaqqonlik,   zehnlilik,   xotirjamlik,   topag‘onlik,   sinchkovlik,
serg‘ayratlik, jo‘shqinlik, intizomlilik kabilar. To‘g‘ri, maktabgacha yoshdagi bolada
bu   xislatlarning   barchasi   shakllanib   bo‘lgan,   deyish   qiyin.   Lekin   mana   shu
fazilatlarni   shakllantirish   tarbiyachilar   va   ota-onalar   vazifasi   ekanligini   ta’kidlab
o‘tish   joiz.   Biz   tadqiqotlarimiz   jarayonida   maktabgacha   tayyorlov   davri   (6-7   yosh)
dagi   bolalarga   e’tibor   qaratishni   lozim   topdik.   Yuqorida   sanab   o‘tilgan   barcha
xususiyatlar  bu davrgacha ham ma’lum  ma’noda shakllanib ulgurmog‘i kerak. Bola
chaqaloqligidanoq   atrof-muhit   bilan   tanishib   bora   boshlaydi.   U   ona   allasini   eshitar
ekan,   unda   mehribonlik,   nafosatlilik   kabi   xususiyatlar   shakllana   boradi.   Ota-
onasining   bir-biriga   qilgan   shirin   muomalasidan,   o‘ziga   bo‘lgan   munosabatidan
axloqlilik,   shirinsuxanlik   sifatlari   kurtak   yoza   boshlaydi.   Bola   maktabgacha   ta’lim
muassasasiga   kelganida   esa   zehnini   o‘stiruvchi,   aqlini   charhlovchi   mashg‘ulotlarda
qatnashib   borib,   jamoat   joyida   o‘zini   tutishni,   kattalar   bilan   qanday   munosabatda
16 bo‘lish   lozimligini,   o‘rganib   boradi.   Bularning   barchasi   bolani   shaxs   sifatida
shakllanishiga   turtki   bo‘ladi.   Qachonki   bola   o‘z   shaxsini   yaxshi   anglab   yetsa,
atrofdagilariga uning qanday nafi tegishi mumkinligini bilib borsa, nima yaxshi,nima
zararligini   uqib   olsa,   uning   kelajakka   qarab   ketadigan   yo‘li   ravon   deyish   mumkin.
Har   bir   boladagi   kelajak   yo‘lining   qanday   bo‘lishi   oila   va   ta’lim   muassasalariga
bog‘liq. Bola 2-3 yoshda oila a’zolarini taniydi va har bir harakatni ulardan o‘rganib
boradi.   Bog‘chada   esa   do‘stlaridan   va   tarbiyachi   opalardan   o‘rnak   oladi.   Shundan
so‘ng u maktab tarbiyasiga tayanadi. Oiladagi va maktabdagi muhitning sog‘lomligi
bola kelajagini belgilovchi omillar qatoriga kiradi.
      Avvalo,   oila   mustahkam,   ma’naviy   toza   bo‘lsa,   unda   tarbiyalanayotgan   farzand
ham   o‘sha   toza   muhitdan   bahra   oladi.   Ona   har   doim   bolani   erkalab,   alla   aytib
uxlatishi   lozim.   Ulg‘aygan   sari   ota-ona   unga   ertaklar,   rivoyatlar   aytib   ularning
dunyoqarashi   kengayishiga   turtki   bo‘lishi   lozim.   To‘g‘ri   so‘z   bo‘lishiga   va   hyech
qachon yolg‘on gapirmaslikka da’vat qilish kerak. O‘zidan katta opa-akalarni hurmat
qilishi,   ular   tomonidan   berilgan   vazifalarni   bajarashi,   ulardan   qo‘rqibroq   turishi
kerakligini   ota-ona  har   doim   bola  ongiga   singdirib  borishi   lozim.  Qo‘rqibroq  turish
degan   jumla,   biroz   g‘aliz   tuyular,   lekin   inson   psixikasi   shunday,   bir   narsadan   yoki
biron kimdan hayiqsagina qilinmog‘i kerak bo‘lgan vazifa osonroq va tezroq bitadi.
Ota-ona bolaning o‘zidan kattalarga gap qaytarishga hyech qachon yo‘l qo‘ymasligi
zarur.   Shunday   o‘rinlar   bo‘lganida   u   bilan   alohida   gaplashib   kerakli   maslahatlarni
berishi   lozim   bo‘ladi.   Bolaning   yarim   kuni   o‘tadigan   joyi   bu   ta’lim   muassasalari
hisoblanadi.   Zero,boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   o‘z   kunining   9-10   soatlarini
maktabda   o‘tkazishadi.   Bunday   vaqt   mobaynida   bola   tarbiyachi   nazoratida   bo‘ladi.
O‘z   kasbini   sevuvchi,   bolalarga   mehribon,   o‘z   ishining   ustasi   bo‘lgan   ustozlarga
bolalarni   bemalol   ishonaverish   mumkin.   Ustozning   ,   ayniqsa   ,   boshlang‘ich   sinf
o‘qituvchisining   o‘zida   ham   shaxsga   xos   barcha   fazilatlar   bo‘lishi   darkor.   Buning
uchun   o‘qituvchi   –   mutaxassislarni   tayyorlaydigan   oliy   ta’lim   muassasalari
zimmalariga ham katta vazifa yuklatiladi. Mutaxassislik fanlaridan, jumladan, turkum
pedagogika va psixologiya fanlaridan yaxshi dars berilishi lozim.
17 Yuoridagilardan   ko‘rinib   turibdiki,   bola   ma’naviyatini   shakllantirish   ko‘p
narsalarga   bog‘liq   ekan.   Bola   ma’naviyatini,   tafakkurini   shakllantiradigan   vositalar
ham ko‘p. Shulardan biri sifatida Navoiy merosini aytib o‘tish joiz. Avvalo, Navoiy
asarlarini   bilish   kerak,   shundan   keyin   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilariga   o‘rgatsa
bo‘ladigan asarlarni tanlab olish lozim.
Alisher   Navoiyning   nasriy,   nazmiy,   ilmiy   asarlari:   “Xamsa”,   “Xazoyin   ul-
ma’oniy”, “Devoni Foniy”, “Nazm ul-javohir”, “Lison ut-tayr”, “Mahbub ul-qulub”,
“Majolis   un-nafois”,   “Xamsat   ul-mutahayrin”,   “Haloti   Sayyid   HAsan   Ardasher”,
“Holoti   Pahlavon   Muhammad”,   “Vaqfiya”,   “Muhoakat   ul-lug‘atayin”,   “Mezon   ul-
avzon”, “Mufradot”, “Tarixi mulki Ajam”, “Nasomul-muhabbat”, “Tarixi anbiyo va
hukamo”.
Keltirilgan   asarlari   orasida   “Xamsa”   tarkibidagi   “Hayrat   ul-abror”   asari
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy-axloiy ruhda tarbiyalashda muhim manba
hisoblanadi.   Biz   tadqiqot   jarayonini   olib   borishda   shu   narsani   aniqladikki,
mashg‘ulotlar orasida “Nutq o‘stirish” va “Badiiy adabiyot” mashg‘ulotlarida Navoiy
merosidan   foydalanishning   imkoniyati   mavjud   ekan.   Ayniqsa   ,   “   Hayrat-ul   abror”
tarkibida keltirilgan “Sher bilan Durroj”, “Himmatli bo‘lsang”, “Ikki vafoli yor”, “Bir
kabutar”   kabi   hikoyatlari   tahlilga   molikdir.   Ushbu   hikoyatlarni   “O‘qituvchi   –
o‘quvchi”   hamkorligini   tashkil   etgan   holda   ham   o‘qish   mumkin.   Hikoya   qilish
chog‘ida bollalar gap nima haqida ketayotganligiga e’tibor berishlarini nazorat qilib
turishi shart. Kerakli o‘rinlarda savollar bilan murojaat qilib, bolalarni bahsga tortishi
lozim.   Bunda   bola   erkin   fikrlashga,   o‘z   fikrini   bemalol   bayon   qilishga   o‘rganadi,
qolaversa boshqalar fikrini eshitishga, hurmatlashga o‘rganib boradi. 
“Sher   bilan   Durroj”   hikoyati   orqali   bola   yolg‘onchilikning   oqibatlari   xususida
Durrojning yolg‘on gapirishlaridan bilib oladi. Tarbiyachi bu o‘rinda qahramonlarni
alohida ta’riflab o‘tsa yaxshi  bo‘ladi. Sher – bu o‘rmonlar  shohi. U hyech narsadan
qo‘rqmaydi. Lekin u o‘z bolalarini o‘ylaydi. Durrojning u yoqdan – bu yoqqa qilgan
tinimsiz   harakatlari   bolalari   tinchligini   buzayapti.   Shuning   uchun   katta   bo‘lishiga
qaramasdan Durroj oldida bosh egib, u bilan do‘stlashdi. Mana shu o‘rinda tarbiyachi
bolalarga o‘z onalarining ular  uchun hamma narsaga  tayyorligini  ta’kidlab, shuning
18 uchun   onalarining   qadriga   yetishi,   ularni   har   doim   yaxshi   ko‘rishi,   ardoqlash,
aytganlarini so‘zsiz bajarishi kerakliligini aytib o‘tsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Durrojning   mahmadonaligi,   o‘zbilarmonchiligi,   yolg‘onchiligi   o‘z   boshiga
kulfat olib kelganligini tarbiyachi obrazli qilib bolalarga yetkazish lozim. Shu o'rinda
o'qituvchi   turli   rolli   o'yinlar   o'kazishi   maqsadga   muvofiq.   Bolalardan   bu   holatga
munosabatlarini   ham   so‘rasa   yaxshi   bo‘ladi.   Shunda   bolaning   yolg‘on   va
yolg‘onchilikka   nafrati   oshadi,   oqibati   yomon   bo‘lishini   sezib   yolg‘on   gapirmaslik
lozim   degan   fikrni   miyasida   mustahkamlaydi.   Boladagi   rostgo‘ylik   xususiyatining
shakllanishi   uning   ma’naviyati   yuksalayotganligidan   dalolat   beradi.   Xullas,   rejada
ko‘rsatilgan har  bir hikoyat singari bola dunyoqarashini  kengaytirib, undagi insoniy
fazilatlarni o‘stirishda ko‘maklashadi.
Bulardan tashqari “Hayrat ul-abror” dostonidagi adablilik odati, qanoat, saxiylik
to‘g‘risidagi   hikoyatlarni   ham   dastur   tarkibiga   kiritish   lozim.   Ularda   aks   etgan
insoniy   sifat   va   xususiyatlar   orqali   bolalar   tafakkuri   shakllantirilsa   maqsadga
muvofiq ish bo‘lar edi. 
19 II BOB. ALISHER NAVOIY MEROSINI BOSHLANG‘ICH
SINFLARDAO‘TISHNING USUL VA METODLARI
2.1. Dars   jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mumtoz adabiyotga olib
kirishning    o‘ziga xos xususiyatlari.
Sharq mutafakkirlari o‘z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri 
masalalariga alohida o‘rin bergan. Xususan,  Abu Nasr Forbiy  inson tomonidan 
borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil 
sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u 
tug‘ilganda mavjud bo‘lgan bo‘lsa, aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhiyati, intellektual va 
axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit 
ta’sirida, odamlar bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi.
Abu Nasr Forobiyning  e’tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan 
yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlarni o‘zlashtirar ekan, borliqda tirik 
mavjudotning yaratilish tarixigacha bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zlashtira oladi, ularni 
yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi.
Allomaning mazkur fikrlarini davom ettirgan holda Abu Rayhon Beruniy 
quyidagilarni ilgari suradi: «Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda 
xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni 
taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib ko‘radi, o‘z bilimlarining chinligini aniqlaydi». 
Mutafakkir, shuningdek, odamlar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirilib borishi yangi 
bilimlarning yaratilishiga olib kelishini aytadi: «Ilmlar ko‘pdir. Ular zamoni iqbolli 
bo‘lib, turli fikr va xotiralar ularga qo‘shilib borsa, ko‘payadi. Odamlarning ilmlarga 
rag‘bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o‘sha iqbolning belgisidir. 
(Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning 
ko‘payishiga sabab bo‘ladi»[16,136]
Abu Ali ibn Sino  o‘z asarlarida bilim tushunchasiga sharh berish bilan birga 
bilimning chuqur o‘zlashtirilishi donishmandlik ekanligini alohida qayd etadi: «Ilm 
narsalarning inson aqli yordami bilan o‘rganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrok 
qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo‘ldan toymasdan turib unga 
20 erishishi kerak bo‘ladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-oydin bo‘lsayu, 
isbotlar chinakamiga bo‘lsa, u holda bunga hikmat – donishmanlik deyildi». 
Ibn   sinoning   aql   va   aqliy   tarbiyaning   tabiiy   va   psixologik   asoslarini
aniqlashga   xarakat   qiladi.   Uning   fikricha,   xayot,   xayotiy   quvvat   uch   shaklda:
o‘simlik, xayvonot va inson shaklida namoyon bo‘ladi  [16,137]. 
Ibn   Sino   bolaning   ilm-fan   yoki   xunar   egallashga   intilishida   o‘qituvchining
unga bilim, xunar o‘rgatishi zarurligini uqtiradi.
Ilm fanga intilish insonning eng oliy ma’naviy yuksaklikka ko‘taradi, jamiyat
ravnaqining asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi
Tarq qil bor narsani, jon barchidin a’lodurur,
Jon kamoli ilmdandir, ilmdandir so‘lu sog‘.
Jon agar bir shisha bo‘lsa, ilm sham chirog‘.
Xikmati insonin bilgil uch chiroqda misli yog‘.
Ul agar ravshan yonar, sen ham salomat ham tirik.
Ul chiroq so‘nsa, sening ham o‘lganingmasmu shu chog‘.
Uning   fikricha,   ta’lim-tarbiya,   avvalo,   aqliy   tarbiyani,   yoshlarga   ilm-fan
o‘rgatishni, jismoniy tarbiyani (bunga tibbiyot ilmi hizmat qiladi), axloqiy tarbiyani,
nafosat tarbiyasini hamda yoshlarni ma’lum hunarga o‘rgatish masalalarini o‘z ichiga
oladi.   Axloqiy   tarbiya   inson   uchun   nixoyatda   muhim   ahamiyatga   ega.   Bolaning
axloqiy tarbiyasi yoshlikdan, bolalikdan boshlanishi kerak.
Yusuf   Xos   Hojibning  «Qutadg‘u  bilig»  («Saodatga   boshlovchi  bilim»)  asari
ta’bir   joiz   bo‘lsa,   bilimning   mohiyati,   uning   ijtimoiy   hayotdagi   ahamiyati,   inson
kamolotini   ta’minlashdagi   roli,   yozuvliklarni   bartaraf   etuvchi   vosita   ekanligi
to‘g‘risidagi   qomus   sanaladi.   Allomaning   fikricha,   bilimli   bo‘lish   ezgu   ishlar
tantanasini   ta’minlovchi   garov   bo‘lib,   uning   yordamida   hatto   osmon   sari   yo‘l
ochiladi:
Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur,
Bilim tufayli, go‘yo ko‘kka yo‘l topiladi.
Ushbu fikrlarni  ifoda etganda alloma naqadar  haq edi. Zero, oradan to‘qqiz-
o‘n   asr   vaqt   o‘tgach,   inson   nafaqat   osmonga   ucha   oldi,   balki   koinotni   ham   zabt
etishga muvaffaq bo‘ldi.
21 Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quvvatini ezgulikka, ilm-
ma’rifatni   rivojlantirishga   yo‘naltirish   yetakchi   o‘rin   tutadi.   Binobarin,   ilm-ma’rifat
zulm   va   bid’atdan   forig‘   bo‘lish   yo‘lidir.   Alloma   tomonidan   ilgari   surilgan   «Xilvat
dar anjuman», «Safar dar vatan» g‘oyalari mavjud bilimlarni suhbat hamda amaliyot
yordamida   o‘zlashtirish   maqsadga   muvofiqligiga   ishoradir.   Zero,   bahs-
munozaralarda, doimiy izlanishlarda hosil bo‘lgan ilm puxta  va mustahkam bo‘ladi.
“Mirzo   Ulug‘bekning   umumbashariy   qadriyatlarga   qo‘shgan   hissasi   beqiyos
bo‘lib,   u   bugungi   kunda   ham   hayotimizda   ulkan   ahamiyat   kasb   etmoqda   va
O‘zbekistonning   xalqaro   obro‘sini   oshirish   yo‘lida   katta   xizmat   qilmoqda.   Buyuk
ajdodimiz   Ulug‘bek   nomi   berilgan   ma’naviyat   maskanlari,   mahallalar,   ko‘chalar   va
shaharlar juda ko‘p. Yurtimizda dunyoga kelib ko‘z ochayotgan har o‘n chaqaloqning
biriga ezgu niyat bilan Ulug‘bekning muborak ismi berilyapti deb aytsak, mubolag‘a
bo‘lmaydi.
Bularning   barchasi   —   millatimizning   buyuk   allomaga   bo‘lgan   cheksiz
hurmati va ehtiromlaridan darak beradi”  [2,97]
Mirzo   Ulug‘bek   xizmatlaridan   yana   biri   shundaki,   u   avvalo   yosh   avlodning
aqliy   va   ma’rifiy   tarbiyasiga   katta   ahamiyat   berib,   ularni   dunyoviy   bilimlarni
egallashga   da’vat   etdi,   har   qanday   johillik   va   bilimsizlikka   qarshi   kurashdi.   U
insonning   imkoniyatlari   cheksiz   ekanligiga   ishora   qilib,   yoshlarni   ilm   egallashga,
insofli va himmatli bo‘lishga, halollik va rostgo‘ylikka da’vat etadi.
Ulug‘bekning   bilimlarini   nafaqat   kitoblardan,   balki   bevosita   hayotning
o‘zidan ham olishni tavsiya etadi.
Ulug‘bek yangi-yangi ilmiy kashfiyotlar qilishni inson uchun oliy fazilat deb
biladi.  U Movarounnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilmu ma’rifat
dargohiga aylantiradi. Ulug‘bek “Bilimga intilish har bir muslim va muslima uchun
farzdir” degan shiorni ilgari suradi va uni madrasaning peshtoqiga yozdirib qo‘yadi.
Madrasada esa ilmning turli sohalarining o‘qitilishiga jiddiy e’tibor beriladi.
Masalan, Samarqand madrasasida ilohiyot ilmlari: qur’on, Hadis, Tafsir, fiqh
bilan birga riyoziyot, handasa ilmi, hay’at (falakiyot), tibbiyot, tarix, geografiya, ilmi
aruz, ilmi qofiya, arab tili kabi dunyoviy ilmlar o‘rgatilgan.
Ulug‘bek   ilm   fani   ravnaqi   uchun   kurashgan,   ta’lim-tarbiya   rivojiga   hissa
qo‘shgan   fuqarolarni   doimo   rag‘batlantirib,   o‘qituvchi-ustoz,   mudarrisga   hurmat
22 ehtirom bilan qarashni targ‘ib etgan. Uning mana shu say’i harakatlari tufayli ta’lim-
tarbiya   sifati   yaxshilana   bordi,   madrasalarda   o‘qish-o‘qitish   ta’limni   jonlantirishga
katta   ahamiyat   berildi.   Madrasadagi   o‘quv   tizimi   isloh   qilinib,   unda   falakiyot,
matematika,   geografiya   kabi   aniq   fanlarni   o‘qitishni   joriy   etdi,  ta’lim   mazmunining
sifatini oshirdi, madrasalarda o‘qish muddatini 15—20 yildan 8 yilga tushirdi.
Ulug‘bek   o‘z   pedagogik   qarashlarida   bolalarning   jismonan   sog‘lom,   harbiy
hunarni puxta egallagan, jasur, mard bo‘lib yetishuviga alohida ahamiyat beradi.
Ulug‘bekning   fikricha,   ta’lim-tarbiyada   matematika,   falakiyot   fanlari
bolaning   aqliy   qudrati   va   qobiliyatini   o‘stirishda   muhim   vosita   bo‘lsa,   tarix   va
adabiyot fanlari esa bolalarning vatanparvar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.
Ulug‘bek   ta’lim-tarbiyada   mudarrislarning   odil   va   halol   bo‘lishiga,   o‘z
pedagogik   mahoratlarini,   bilimlarini   oshirib   borishga,   har   bir   mashg‘ulotni   yuksak
saviyada o‘tkazishga da’vat qiladi, ana shu bilangina o‘quvchilarda bilimga qiziqish
orttirish   mumkinligini   ta’kidlaydi.   Uning   fikricha,   tarbiyachi   avval   o‘zini
tarbiyalashi, bilim va malakalarini egallashi lozim.
Ulug‘bek   bolalarni   tarbiyalashda   uy   sharoiti   va   ota-onalarning   faoliyatiga
yuqori baho beradi, ularni hayotda chidamli, mehnatsevar qilib tarbiyalash juda zarur
deydi.   Buning   dalili   sifatida   “Zij”   ustida   ishlash   paytidagi   qiyinchiliklar   haqida
shunday deydi: “Yulduzlar jadvalini tuzish maqsadida biz kechayu kunduz ishladik,
o‘z mo‘ljallagan maqsadimizga yetguncha biz o‘zimizga qadar yaratilgan jadvallarni
taqqosladik, qayta tuzdik va shu tariqa yuz qaytalab tuzatishlar kiritgach, o‘n sakkiz
yildan so‘nggina o‘z ko‘zlagan niyatimizga yetdik”
23 Biz,   asosan   Davoniyning   insonning   haqiqiy   kamolotga   yetishida   aqliy   va
axloqiy   shakllanishi   masalalariga   to‘xtalamiz.   Avvalo,   Davoniy   va   boshqa
mutafakkirlarga   ergashib   o‘zining   axloqiy   qarashlarini   o‘z   salaflari   kabi   talqin   etdi.
Masalan, Abu Nasr Forobiy, Ibn Miskaveyx, Nasriddin Tusiy, Ibn Sinolar kabi inson
kamolotga erishishda adolat, donolik, shijoat singari yuksak fazilatlarga ega bo‘lishi,
hissiy bilim bilan bir qatorda narsa va hodisalarning mohiyatini idrok qilishni to‘g‘ri
talqin etdi. Davoniy insonning kamolga erishishi uning boshqalar bilan munosabatiga
ham   bog‘liq   ekanligini   ta’kidlaydi,   jamiyatda,   ma’lum   ijtimoiy   muhitda,   boshqalar
bilan aloqada shallanib tarbiya topgan inson o‘zi yashagan jamiyatda adolat hukmron
bo‘lsa,   unda   baxt-saodatga   erishishi   mumkin,   deydi.   Shuning   uchun   u   “Axloqi
Jaloliy”   asarida   jamiyatni   adolatli   —   fozil   shaharga   va   johil   shaharlarga   bo‘ladi.
Forobiy   kabi   Davoniy   ham   fozil   shahar   boshqaruvchisida   o‘nta   eng   yaxshi   fazilat
mujassamlangan   bo‘lishi   kerak,   deydi.   Bular:   birinchisi   —   hukmdor   odamlarni
e’zozlashi;   ikkinchisi   —   davlat   ishlarini   adolatli   ijro   etishi;   uchinchisi   —   hirs   va
shahvatga berilmasligi; to‘rtinchisi — hukmdorlikda shoshma-shosharlik va g‘azabga
yo‘l   qo‘ymasligi,   balki   shafqat   va   muruvvatga   asoslanishi;   beshinchisi   —   xalqning
ehtiyojini   qondirish   uchun   xudoning   irodasidan   kelib   chiqishi;   oltinchidan   —   xalq
ehtiyojini   qondirishga   oid   ishlarni   bajarishga   harakat   qilishi;   yettinchisi   —   halqqa
nisbatan   odil   bo‘lishi;   sakkizinchi   —   har   bir   ishni   maslahatlashib,   kengashib   hal
etishi;   to‘qqizinchisi   —   har   bir   kishini   uning   qobiliyatiga   monand   lavozimga
tayinlashi, qobiliyatsiz kishilarga yuqori lavozim  bermaslikni; o‘ninchisi  — adolatli
farmonlar   chiqarishi,   qonunni   buzishga   yo‘l   qo‘ymaslik   kabilardir.   Shuningdek,
Devoniy hukmdorning diniy majburiyatlarga ham rioya etishi kerakligini ta’kidlagan.
Ko‘rinib   turibdiki,   adolatli   shox   timsoli   Davoniy   istagan   axloqiy   kamol   topgan
shaxsdir.
Davoniy   “Axloqi   Jaloliy”da   ijtimoiy-siyosiy   masalalarga   qayta-qayta
murojaat   etadi.   Chunonchi,   jamiyatning   paydo   bo‘lishi,   davlat   va   uni   boshqarish
masalalari, adolatli  va adolatsiz  podsholar, ilm-fan taraqqiyotining jamiyatda tutgan
o‘rni,   aqliy   va   axloqiy   tarbiya,   insonda   ijobiy   xislatlarni   tarkib   toptirish   masalallari
va boshqalar shular jumlasidan.
24 Davoniy   o‘z   asarida   insonni   ijtimoiy   mavjudot   sifatida   qaraydi,   inson   faqat
jamiyatda,   kishilar   orasida,   ular   bilan   munosabatda   shakllanadi,   degan   fikrni   ilgari
suradi.   U   o‘tmish   olimlarining   ta’lim-tarbiyaga   oid   asarlaridagi   an’analarni
rivojlantirgan holda o‘z qarashlarini o‘tkir ruhshunos olim sifatida ham talqin etadi,
uning   fikricha   bola   yaxshi   fazilatlarni   ta’lim-tarbiya   natijasida   egallashi   mumkin.
Chunki,   bolada   his-tuyg‘u   juda   erta   shakllana   boradi,   u   ulg‘aya   borgan   sari   ayrim
juz’iy   narsalarni   ham   ajrata   boshlaydi,   tana   a’zolari   mustahkamlanadi,   narsa   va
hodisalarni bir-biridan ajrata boshlaydi, yaxshilik va yomonlik to‘g‘risida tasavvurga
ega   bo‘la   boshlaydi,   aqli   to‘lishib,   ongi   o‘sadi,   deydi   olim.  Ana   shu   paydo   bo‘lgan
sezgi va aql orqali tashqi dunyoni bilishi mumkin deydi.
Bola   o‘ta   ta’sirchan   va   taqlirchan   bo‘lishini   ta’kidlar   ekan,   olim   yaxshi
fazilatni   ham,   yomon   fazilatni   ham   u   tezda   qabul   qilaverishi   mumkinligini   alohida
uqtirib   o‘tadi.   Bola   qalbini   naqsh   solinadigan,   sur’atlarni   osonlikcha   tushirish
mumkin bo‘lgan taxtaga o‘xshatadi.
Davoniyning   fikricha   bolaning   tarbiya   olishi,   odob-axloqli   bo‘lishi   uning
keyingi   tarbiyasiga   ham   bog‘liq.   Chunki   hayotda   har   kuni   bola   ko‘radigan,
muloqotda   bo‘ladigan   narsalar   uning   xulqiga   yaxshi   va   yomon   ta’sir   etadi.   Bolada
har kuni kerak bo‘ladigan insoniy xislatlar: yurish-turish qoidalari, xushmuomalalik,
ota-ona   va   boshqa   katta   yoshlilarni   hurmat   qilish,   to‘g‘rilik   va   rostgo‘ylikni
o‘rganish,   shirinsuxanlik,   kamtarlik,   so‘zlashuv   odobiga   rioya   qilish   kundalik
turmushda   o‘rganiladi.   Shunga   ko‘ra   bunday   xislatlarni   bolalarda   har   kuni
tarbiyalanib   borilishi   muhim.   Bunday   tarbiyada   esa   ota-ona   oldiga   katta   vazifalar
qo‘yiladi. Ota va ona bola tarbiyasida bab-baravar mas’uliyatlidir, deydi Davoniy.
Ota   bolaning   yaxshi   fazilatlarni   egallab,   kasb-hunar   o‘rganib   borishi,   ilm-
fanni   chuqur   o‘zlashtirib   olishi   uchun   moddiy   asos,   ya’ni   kiyim-kechak,   kerakli
buyumlar bilan ta’minlaydi.
Ona bola tarbiyasida asosiy qiyinchiliklarni boshidan kechiruvchi sanaladi. U
bolaga yashash uchun quvvat beradi, ehtiyotlab asraydi, mehr-shafqatini ayamaydi.
Bolaga   oddiy   axloqiy   qoidalarni   o‘rgatish,   yurish-turish,   yeyish-ichish
qoidalariga   rioya   etish,   o‘z   qilmishi   oldida   javob   berish   mas’uliyatini   his   etishini
tarkib toptirishda ota va ona burchlidir.
25 Bola   tarbiyasida   ota-ona   bilan   bir   qatorda   maktabga   chiqqandan   so‘ng
muallim   ham   javobgar   sanaladi,   deydi   olim.   Buning   uchun   muallimning   o‘zi   ham
yaxshi   tarbiya   topgan   bo‘lishi   shart.   Shu   o‘rinda   Davoniy   muallimning   xislatlariga,
bola va uning o‘rtasidagi munosabatlarga alohida e’tibor beradi. Davoniy muallimni
“Ma’naviy   padar”   deb   ataydi.   Chunki   ota   bolani   jisman   hayotga   keltirib,   jismonan
tarbiyalasa,   muallim   uni   ma’naviy   jihatdan   kamolotga   yetkazadi,   deydi   olim.   Ruh
qanchalik  badanga   yaqin  tursa,   muallim   ham   tarbiya  borasida   ota-onaga   shunchalik
yaqin   deb   ko‘rsatadi.   U   ota-ona   tarbiyasi   bilan   muallim   tarbiyasini   taqqoslar   ekan,
muallimning   tarbiya   usuli,   metodlari   ota-onanikidan   yuqoriroqdir,   deb   ta’kidlaydi.
Chunki,   ota-ona   tarbiya   usullari,   metodlari   bilan   muallimchalik   qurollanmagan
bo‘ladi,   muallim   esa   tarbiya   berish   bilan   birga   ilm   cho‘qqilarini   egallashda   ham
zahmat chekadi va shogirdning olgan ta’limi va tarbiyasi umrbod uning hayot yo‘lini
belgilab beradi, deb aytadi.
Shu   o‘rinda   Davoniyning   aqliy   tarbiya   haqidagi   qarashlarini   keltirish
o‘rinlidir.   Chunki   olimning   qarashlarida   aqliy   tarbiya   va   bilimlarni   egallash
masalalari   muhim   o‘rinni   egallaydi.   Bolalarga   bilim   berish   yoshlikdan   boshlash
zarurligini ta’kidlaydi. Mutafakkirlarning fikrini davom ettirgan holda Davoniy ham
inson   aqlining   qudratiga,   uning   ijtimoiy   hodisalarni   bilishiga,   aql   ilohiy   ulug‘   bir
ne’mat,   haqiqat   mezoni   ekanligiga   ishonadi.   Chunki   inson   aql   yordamida   o‘z   hatti-
harakatini, faoliyatini boshqaradi.
Davoniyning   fikricha,   aql   ijtimoiy   hayotning   barcha   sohasida,   xoh   davlat
ishida,   xoh   ilmni   o‘rganishda,   xoh   ijobiy   xulq-odob   qoidalarini   egallashda   bo‘lsin,
xoh shirinsuxanlik, she’riyatda bo‘lsin, faol qatnashadi. Uning bu aqidasi, ya’ni aqliy
bilishga   tayanishi   ilm-fan,   ma’rifat,   ta’lim-tarbiya   va   axloq   masalalarini   talqin
etishida ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Davoniy shuning uchun ham bolalarga ta’lim-tarbiya berishda aqliy tarbiyaga
katta o‘rin beradi. Ilm kishilarni yomon odatlardan, razil ishlardan saqlaydi, ilm bilan
shug‘ullanish   har   bir   inson   uchun   hech   qachon   kech   bo‘lmaydi,   deydi   Davoniy.
Aflotundan:   “qancha   vaqtgacha   ta’lim   olish   va   ilm   o‘rganish   yaxshi?   —   deb
so‘rabdilar.   U:   nodonlikning  va   johillikning  ayb   ekanligi   qay   vaqtgacha   bo‘lsa,   ilm
o‘rganish o‘sha vaqtgacha yaxshidir” — deb javob bergan ekan[7,36]. 
26 Alisher   Navoiy   bilimlarni   izchil,   uzluksiz   o‘zlashtirish   zarurligini   uqtiradi.
SHuningdek,   ilm   o‘rganish   mashaqqatli   yumush   bo‘lib,   uni   o‘rganishda   ayrim
qiyinchiliklarni yengib o‘tishga to‘g‘ri kelishi, bu yo‘lda chidamli, qanoatli, bardoshli
bo‘lish   orqaligina   mukammal   bilimga   ega   bo‘lish   mumkinligini       ta’kidAlisher
Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz o‘zlashtirish zarurligini uqtiradi. SHuningdek, ilm
o‘rganish mashaqqatli  yumush bo‘lib, uni o‘rganishda ayrim qiyinchiliklarni yengib
o‘tishga   to‘g‘ri   kelishi,   bu   yo‘lda   chidamli,   qanoatli,   bardoshli   bo‘lish   orqaligina
mukammal bilimga ega bo‘lish mumkinligini   ta’kidlaydi.
Alisher Navoiy o‘z asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ular qiyofasida
namoyon   bo‘luvchi   ma’naviy-axloqiy   sifatlarni   ulug‘lagan   bo‘lsa,   ta’limiy-
axloqiymuammolarni   yorituvchi   asarlarida   esa   komil   insonni   shakllantirish
jarayonining   mazmuni,   ushbu   jarayonning   o‘ziga   xos   jihatlari,   yo‘llari,   shakl   va
usullari borasidagi mulohazalarni bayon etadi.
Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari, shu jumladan, komil insonni
shakllantirish kontseptsiyasining mazmunini o‘rganish muayyan davrlarda dolzarblik
kasb   etgan.   Shu   bois   bu   yo‘lda   bir   qator   tadqiqot   ishlari   olib   borilgan.   Xususan,
navoiyshunos   olimlar   O.Sharafiddinov,   I.Sultonov,   A.Hayitmetov,   N.Mallaev,
T.Jalolov,   V.Zohidov   va   S./anieva   va   boshqalar   tomonidan   samarali   ravishda   olib
borilgan tadqiqotlar shular jumlasidan sanaladi.
Alloma   tomonidan   yaratilgan   asarlar   mazmunidan   anglanadiki,   ularda   ilgari
surilgan   qarashlarning   markazida   inson   va   uning   kamolotini   ta’minlash   g‘oyasi
turadi.   Mazkur   o‘rinda   navoiyshunos   olim   V.   Zohidov   quyidagi   fikrni   ifoda   etadi:
“Navoiy   ijodi   hamda   amaliy   faoliyatining   eng   asosiy,   markaziy   masalasi,   yo‘nalish
nuqtasi har narsadan oldin inson, uning taqdiri, baxti, saodati, uning yaxshi yashashi,
bu uchun zarur jamiyat masalalaridir” [15,56]. 
Alisher   Navoiy   ilm-fanning   inson   kamolotidagi   o‘rni,   bilimlarni   o‘rganish
asosida   hosil   bo‘lgan   aql   va   idrokning   inson   hayotidagi   ahamiyati   hamda   aqliy
tarbiya va uning mohiyatini  yoritishga alohida e’tibor qaratadi. Alloma insonga xos
bo‘lgan ma’naviy-axloqiy xislatlari xususida so‘z yuritadi hamda mazkur sifatlarning
har   biriga   to‘laqonli   ta’rif   berib   o‘tadi.   qanoat,   sabr,   tavoze   (adab),   o‘zgalarga
nisbatan   mehr-muhabbatli   bo‘lish,   ishqda   vafodorlik,   saxovat,   himmat,   karam,
muruvvat, yumshoq ko‘ngillik (hilm) kabi xislatlarni ijobiy fazilatlar sirasiga kiritadi
27 va ularning har biriga ta’rif berganidan so‘ng tanbeh va hikoyatlar vositasida shaxsiy
qarashlarini   dalillar   bilan   to‘ldiradi.   Asarda,   shuningdek,   axloqiy   fazilatlarning
antonimi hisoblangan salbiy illatlar va ulardan qutulish yo‘llari ham bayon etilgan.
Mutafakkir   axloqlilikning   eng   muhim   mezoni   odob   deb   hisoblaydi.   Odobli,
axloqli bo‘lish insonga atrofdagi kishilar o‘rtasida muayyan mavqe hamda hurmatga
sazovor   bo‘lishga   yordam   beradi.   Odobga   ega   bo‘lishning   inson   hayotidagi   rolini
ko‘rsatib   berar   ekan,   Alisher   Navoiy   shunday   fikrlarni   ifoda   etadi:   “Adab   kichik
yoshdagilarni   ulug‘lar   duosiga   sazovor   etadi   va   u   duo   barakati   bilan   umrbod
bahramand   bo‘ladi.   Adab,   kichkinalar   mehrini   ulug‘lar   ko‘ngliga   soladi   va   u
muhabbat ko‘ngilda abadiy qoladi.
Yoshlarni   ko‘zga   ulug‘   ko‘rsatadi.   Ularning   yurish-turishini   xalq   ulug‘vor
biladi.   O‘ziga   qarshi   xalq   tomonidan   bo‘ladigan   hurmatsizlik   eshigini   bog‘laydi   va
kishini   hazil-mazaxdan   va   kamsitilishidan   saqlaydi.   Kishi   tabiatini   insonlik   yo‘liga
soladi   va   odam   mijoziga   odamgarchilik   manzilida   orom   beradi.   Kichiklarga   undan
muncha natija hosil bo‘lgach, kattalarga allaqachon bo‘lishini ko‘rarsan.
Adabdan   muhabbatga   bezak   va   pardoz   yetadi,   adab   tarkidan   do‘stlikning
ravnaq   va   bahosi   ketadi.   Adab   va   tavozu’   do‘stlik   ko‘zgusini   yarqiratadi,   ikki
tomondan yorug‘lik yetkazadi.
Tazozu’li   va   adablilarga   ta’zim   va   hurmat   yetadi   va   u   urug‘ni   ekkan   bu
qimmatbaho hosilni to‘plab oladi. Xalq muomalasida yaxshi axloqning boshlang‘ichi
shu  xislatlar  va  bu  xislat  qattiq  o‘rnashsa,   muhabbatga  xalal  yetishi  maholdir. Agar
har   ikki   tomonda   yaxshi   xulq   bo‘lsa,   adabi   va   tavozu’   evaziga   ta’zim   paydo
bo‘ladi”[9,206-207]
Demak,   yaxshi   xulqning   asosi   bo‘lgan   odob   Alisher   Navoiyning   talqinida
barcha insoniy xislatlarning boh bo‘g‘ini  sanaladi.  g‘anoat, sabr, tavoze,  ishq, vafo,
saxovat,   himmat,   karam,   muruvvat,   hilm   (yumshoq   ko‘ngillik)   kabi   ijobiy
fazilatlarning odobli, axloqli kishilar qiyofasidagina namoyon bo‘lishiga urg‘u berib
o‘tadi.   Mutafakkir   insonga   xos   bo‘lgan   ma’naviy-axloqiy   xislatlar   xususidagi
fikrlarini   ularning   har   biriga   to‘laqonli   ta’rif   berish   asosida   davom   ettiradi.
CHunonchi, “qanoat – buloqdir – suvi olgan bilan qurimaydi.
28 Xazinadir   –   naqdinasi   sochilgani   bilan   kamaymaydir.   Ekinzordir   –   urug‘i
izzat   va   shavkat   mevasi   beradir.   Daraxtdir   –   shoxi   tortinchoqlik   va   hurmat   mevasi
yetkizadi.
Kimki,   qanoatga   odatlansa,   shoh   va   gadoy   bordi-keldisidan   ozod   bo‘ladi
qanoat   qo‘rg‘ondir,   u   yerga   kirsang   nafs   yomonligidan   qutularsan,   tog‘liklardir   –   u
yerga   chiqsang   dushman   va   do‘stga   qaramlikdan   xalos   bo‘larsan;   tubanlashishdir
natijasi   yuksaklik;   zoriqishlikdir   –   foydasi   ehtiyotkorlik   urug‘ining   mevasi
farovonlik”.
Alisher Navoiy qanoatni to‘ldiruvchi insoniy fazilatlar sabr, saxiylik, karam,
muruvvat, himmat ekanligi ta’kidlab o‘tadi. Mazkur xislatlarning bir-biriga yaqinligi
hamda ularni insonning obro‘-e’tiborini yuksak darajaga ko‘tarishga xizmat qiluvchi
xislatlar   sanalishini   aytib   o‘tadi.   Ayni   o‘rinda   sabr   deb   ataluvchi   xislatga   shunday
ta’rif beradi: “Sabr achchiqdir – ammo foyda beruvchi, qattiqdir – ammo zararni daf
etuvchi. Sabr shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir.
U o‘rtoqdir – suhbati zeriktirarli, ammo maqsadga olib boruvchi; u ulfatdir –
umidi uzun, ammo oxiri istakka eltuvchi.
Ulovdir – yurishi taxir, ammo manzilga yetkazuvchi; tuyadir – qadami og‘ir,
lekin bekatga tushirguvchi.
Achchiq   so‘zli   nasihatchiday   tabiat   undan   olinadi,   lekin   zaminida   maqsad
hosil bo‘ladi. Badxo‘r dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, ammo so‘ngida
sog‘liq yuz beradi”[9, 203].
Asarda   saxiylik   sifatiga   esa   insoniylikning   haqiqiy   mezoni   deya   ta’rif
beriladi.   Alisher   Navoiyning   talqinicha,   saxiylik,   saxovat   odamlarning   mushkulini
oson   qilish   maqsadida   ularga   beriladigan   minnatsiz   yordamdir.   Alloma   insonlarni
bir-birlariga   nisbatan   saxovat   ko‘rsatishga   da’vat   etadi.   Himmatlilik,   muruvvat,
karam kabi xislatlar esa saxovatning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ushbu fazilatlarga
ta’rif berar ekan, mutafakkir quyidagi fikrlarni qayd etadi: “Saxiylik (qo‘li ochiqlik)
kishilik   bog‘ining   hosildor   daraxtidir,   balki   u   daraxtning   shirin   mevasidir,
odamgarchilik o‘lkasining to‘lqinli daryosi, balki u to‘lqin daryosining asl gavharidir.
Yaxshilik,   karam   –   bir   jabrlanganning   qattiqchilik   yukini   ko‘tarmoq   va   uni   o‘sha
qiyinchiliklardan   qutqarmoqdir.   Karam   birovning   mashaqqat   tikani   og‘irligini
ko‘tarmoq   va   tikan   uchidan   guldek   ochilmoq   va   o‘sha   qilingan   ishni   qaytib   tilga
29 keltirmaslik, og‘ziga olmaslik, kishiga minnat qilmaslik va uning yuziga solmaslik”.
“Muruvvat   karamning   urug‘-avlodi,   egizak   qarindoshi,   kimki   bu   xislatlarga   ega
bo‘lsa izzat va hurmatga sazovor  bo‘ladi”[9, 210] kabi fikrlar asosida  esa muruvvat
deb   ataluvchi   xislatga   ta’rif   beriladi.   Alisher   Navoiy   karam   va   muruvvat   sifatlarini
ota-onaga   qiyoslasa,   vafo   va   hayoni   esa   egizak   farzandlardir   deya   ta’kidlaydi.
Yuqoridagi fikrlarning barchasi esa , shubxasiz boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining
ma’naviy ongi va dunyoqarashining o‘sishini  ta’minlaydi. Ko‘rsatib o‘tilgan dalillar
mumtoz   adabiyotning   yosh   –   avlod   tarbiyasiga   ta’sir   ko‘rsatish   samarasi   bilan
qimmatlidir.Bundan   tashqari   mumtoz   adabiyotimizning   boshqa   vakillari   asarlarda
ham   kishi   tarbiyasi   va   keljagi   uchun   nihoyatda   foydali   xususiyatlarni   ko‘rishimiz
mumkin.   Jomiy   ,   Firdavsiy   ,   Rudakiy,   Z.M.Bobur   kabi   ijodkorlar   shular
jumlasidandir.
 
Abdurahmon Jomiy o‘zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga
doir   o‘lmas   meros   qoldiradi.   U   o‘z   asarlarida,   ayniqsa,   nasriy   yo‘lda   yozilgan
“Baxoriston” asarida ta’lim-tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi.
Jomiyning   fikricha,   ilm   inson   uchun   xayotiga   yo‘l   ochuvchi   va   uni   o‘z
maqsadiga   erishtiruvchi   omildir.   Ilm   va   hunarni   yoshlikdan   egallash   kerak.   Ilm
insonga   hamma   narsani   oson   va   puxta   anglab   olishga   yordam   beradi,   mehnatni
yengillashtiradi. Jomiy yoshlarni ilmlarni egallashga da’vat etdi:
Jomiy o‘z pedagogic qarashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono
so‘z bilan zulmkorlarga ta’sir etishga da’vat etadi.
Yuqoridagi   misralarda   qilingan   nasihat   da’vat   garchi   shoxlarga   qaratilgan
bo‘lsa ham, xar bir  ish va xolatda tadbir va aql bilan ish tutish, do‘stlarga yaqinroq
bo‘lish, yomonlik qilishdan saqlanish, adolatli bo‘lish xar bir insonga qarata qilingan
xitobdir.
Jomiy manmanlik, kekkayishlarni qoralaydi, g‘ururlikni nodonlikning belgisi
deb   biladi.   Inson   xatto,   boshqalardan   biror   sifati   bilan   yuqori   darajali   bo‘lsa   ham,
kamtar bo‘lishi kerak deydi.
Jomiy manmanlik nodonlik belgisi ekanligini uqtirib, yoshlarni bu illatlardan
xoli, pok bo‘lishga  undaydi. Jomiy to‘g‘ri  so‘zlikni  inson uchun zaruriy eng yaxshi
xususiyat   hisoblaydi,   izxor   etiladigan   fikr   so‘z   va   harakat   bilan   uzviy   birlikda
30 bo‘lmog‘I   kerak.   Shoirning   ta’kidlashicha,   dilkashlik,   shirinso‘zlik,   ochiq   chexralik
va quvnoqlik kishilarga yaxshi, yoqimli kayfiyat baxsh etadi.
Ulug‘   adib   o‘z   asarlarida   hasislikni,   o‘grilikni   keskin   qoralaydi,   oqilona
yashash,   ortiqcha   boylikni   muxtojlarga   berish,   qanoatli   bo‘lish   g‘oyalarini   olg‘a
suradi. Jomiy deydi:
Do‘st   tanlash,   do‘stlikning   samimiyligi   xaqidagi   fikrlarida   Jomiy
odamlarining   o‘zaro   munosabatlariga   e’tibor   berganini   ko‘ramiz.   Ulug‘   mutafakkir
do‘stlarning do‘stligi haqida:
Jomiy   ilmlarni   egallashda   tajribaga   aloxida   e’tibor   beradi,   xayotda
foydalanilmagan   ilmni   jonsiz,   keraksiz   ilm   hisoblaydi.   U   ta’lim   oldigayosh   avlodni
jamiyatga, odamlarga foydali xizmat qiladigan qilib yetishtirishni asosiy vazifa qilib
qo‘yadi.
Jomiycha,   kitob   o‘tmish   donishmand   avlodlar   bilan   o‘z   davri   yoshlari
o‘rtasida vosita, insonga eng yaqin do‘st, erta tongdagi yog‘du, ustoz va marabbiydir.
Jomiyning   bu   fikri   shu   jihatdan   muhimki,   shoir   kitobning   bilim   manbai,   insoniyat
donishmandligi   xazinasi   deyish   bilan   birga,   donishmandlar   o‘z   asarlarini   xayotiy
tajriba   va   kishilar   ijodi   mevasi   sifatida   kelgusi   avlodlar   uchun   qoldirganliklarini
aytadi.   Shu   sababli   ham   yoshlarda   kitobga   muhabbat,   uni   o‘qishga   qiziqish
tarbiyalanishi kerak.
Jomiy   kitobni   bilim   manbai   der   ekan,   muallimni   kelgusi   yosh   avlodga   bu
sifatlarni xosil qiluvchi ustoz sifatida ulug‘laydi, ularni hammadan ko‘ra ortiq hurmat
qilishga da’vat qiladi. Shu bilan birga, Jomiy xar bir muallim chuqur bilim, aql, eng
yaxshi   axloqiy  fazilatlar   sohibi   bo‘lishi   kerakligini   ham   aytadi.   Jomiy   bunday  ideal
o‘qituvchiga   Aleksandr   Makedonskiyning   tarbiyachisi   Arastuni   (Aristotelni)   misol
qilib ko‘rsatadi. 
31 1.2. Alisher Navoiy hikmatlarini boshlang‘ich sinflarda o‘rganishning
ahamiyati va usullari
Aytib o‘tilganidek , Navoiy ijodini o‘rganish davr va yosh talab qilmydi.Zero , 
mutafakkir ijodidan har kim, har qachon o‘ziga munosibini topa oladi.Albatta , dars 
jarayonlarining nechog‘li samarali va mazmunli o‘tishi har jihatdan o‘qituvchining 
malaka va tajribasiga , psixologik mahorati va izlanuvchanligiga bog‘liqdir.Navoiy 
ijodini boshlang‘ich sinflarda o‘rganish ko‘p jihatdan aqliy tarbiyani shakllantirish va
rivojlantirishga borib taqaladi.
Aqliy   tarbiya   o‘quvchilarni   ilm-fan,   texnika,   texnologiya   hamda   ishlab
chiqarish   sohalarida   qo‘lga   kiritilayotgan   yutuqlar   bilan   tanishtirish,   ularda   ijodiy,
erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilishga zamin yaratadi.
Aqliy tarbiya jarayonida quyid a gi  vazifalar  hal etiladi :
Tarbiyalanuvchilarga ilmiy bilimlarni berish.
1. Ularda   ilmiy   bilimlarni   o‘zlashtirishga   nisbatan   ongli   munosabatni
qaror toptirish. 
2. Mavjud   bilimlardan   amaliyotda   foydalanish   ko‘nikma   va   malakalarini
tarkib toptirish.
3. Bilimlarini   doimiy   ravishda   boyitib   borishga   intilish   tuyg‘usini
shakllantirish.
4. Bilimlarni   o‘zlashtirishga   yordam   beradigan   psixologik   qobiliyatlar
(nutq, diqqat,  xotira,  tafakkur,  ijodiy  xayol)   va  xususiyatlar   (aniq   maqsadga  intilish,
qiziquvchanlik,   kuzatuvchanlik,   mustaqil   fikrlash,   ijodiy   tafakur   yuritish,   o‘z   fikrini
asoslash, mavjud ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar
chiqarish va hokazolar)ni rivojlantirish.
Aqliy   ta’lim   va   tarbiya   birligi   asosida   shaxsda   tafakkur   (ijtimoiy   voqea-
hodisalarning   ongda   to‘laqonli   aks   etishi,   inson   aqliy   faoliyatining   yuksak   shakli)
rivojlanadi.   Manbalarning   ko‘rsatishicha,   aqliy   tafakkurning   mavjud   darajasini
belgilash bir qadar murakkab bo‘lib, quyidagi belgilarga ko‘ra aniqlanishi mumkin:
1. Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi.
32 2. Mavjud ilmiy bilimlarni o‘zlashtirib olish jarayoni.
3. Fikrlash ko‘nikmasiga egalik.
4. Bilimlarni   egallashga   bo‘lgan   qziqish   hamda   ehtiyojning   yuzaga
kelganligi.
Aqliy tafakkur uzoq muddat hamda tinimsiz izlanish natijasida yuzaga keladi.
Uning shakllanishida ilmiy qarash va e’tiqod o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bu   jarayonda   turli
usul , metod   hamda   didaktik   o ‘ yinlardan   foydalanish   maqsadga   muvofiqdir . Quyida
ushbu   metodlarning   ba ’ zilarning   haqida   fikr   yuritamiz .
  Suhbat   metodi .   Navoiy   shoir ,   alloma   bo ‘ lgan . Uning   ko ‘ plab   hikoya   va   ibratli
“ Bir   kabutar ”, “ Hotami   toy ”  asarlari   ham   Navoiy   bobomiz   tomonidan   yozilgan .  Yana
“ Ikki   vafoli   yor ”,   “ Marhamatli   Ayub   va   o ‘ g ‘ ri ”   nomli   hikoyalarni   ham   yozgan .
Bobomiz   bolalarning   odob - axloqi   haqida   ham   fikrlar   aytib   qoldirgan .   Ilm
o ‘ rganishning   foydali   xususiyatlari   haqida   ham   gapirib   o ‘ tgan .   Jumladan ,   “ Oz - oz
o ‘ rganib   dono   bo ‘ lur ,  qatra - qatra   yig ‘ ilib   daryo   bo ‘ lur ”.  Bobokalon   shoirimiz   Navoiy
so ‘ zning   yumshoq ,   go ‘ zal ,   nafisligi   va   inson   ruhiyatiga   ta ’ siri   haqida   ham   mulohaza
yuritgan .   “ Tilga   ixtiyorsiz ,   elga   e ’ tiborsiz ”   degan   hikmatli   gaplar   ham   yozib
qoldirgan .   Hazrati   Navoiy   tilning   mazmuni ,   ifodasiga   alohida   e ’ tibor   bergan .   Shu
kabi   Navoiy “ Hotami   toy ”   hikoyasini   bolalarga   asar   asosida   tayyorlangan   sur ’ atlar
yordamida   tushuntirishga   uriniladi .   Hikoyani   shunday   boshlanadi:   “Navoiy
bobomizning aytishicha, qadim zamonda bir o‘tinchi chol bo‘lgan ekan. U har kuni
o‘rmonga borib o‘tin terar va tergan o‘tinlarini bog‘lab yelkasida ko‘tarib kelar ekan.
Mana   shu   jarayonda   biz   bolalarga   nuroniy   cholning   o‘tin   ortmoqlagan   rasmini
bolalarga ko‘rsatib hikoyani davom ettirdik. Chol yashayotgan qishloqda bir hotami
toy,   ya’ni   o‘ta   sahiy,   qo‘l   ochiq,   mehmondo‘st   odam   yashar   ekan.   U   har   doim
muhtojlarga   yordam   berar   ekan,   ularga   dasturxon   yozib   mehmon   qilar   ekan.   Biz
jarayonga   mos   tushadigan   uchinchi   rasmni,   ya’ni   katta   hashamatli   bino   oldida   bir
necha odamlarni kutib olayotgan boy odam tasvirini bolalarga namoyish etdik. Haligi
o‘tinchi   choldan   Hotami   toy   oddiy   odam   qiyofasida   uni   ko‘chada   uchratib   nima
uchun Hotami toyning ziyofatiga bormayotganligining sababini so‘rabdi. Shunda biz
Hotami toy va o‘tinchi chol tasviri tushirilgan sur’atni bolalarga ko‘rsatdik. Hikoyani
davom   ettirdik.   O‘tinchi   chol   hotami   toyga   Hotami   toy   minnatidan,   ya’ni   uning
33 bergan   ziyofatidan   ko‘ra   o‘zining   peshona   teri   bilan   topgan   ozgina   qora   noni
shirinroq ekanligini aytadi. Shunda Hotami toy “aslida Hotami toy men emas,haqiqiy
sahiy   odam   sizsiz”   deya   o‘tinchi   cholga   tan   bergan   ekan”.   O‘qituvchi   hikoyani
tugatib bolalarga hikoya yuzasidan savoar berishi mumkin:
1.O‘tinchi chol qanday mehnat bilan shug‘ullanadi?
2.Hotami toy kim?
3.Hotami toy o‘tinchi cholga nimalar dedi?
Savol-javob   metodi.   “She’r   bilan   Durroj   “   hikoyati   ham   boshlang‘ich   sinf
darsligiga   kiritilganligi   bejiz   emas.Uning   mazmun   –mohiyatini   yetkazib   berish   eng
muhim   masaladir.   Qalin   o‘rmonzorda   bir   bahaybat   sher   yashar   ekan.   Xuddi   o‘sha
o‘rmonda Durroj degan qushham yashar ekan. Durroj u yoqdan bu yoqqa o‘tib sherni
cho‘chitar va bolalariga ziyon yetkazar ekan. Sher bolalariga ozor yetishidan cho‘chir
ekan.   Durroj   esa   sherga   yemak   bo‘lishdan   qo‘rqar   ekan.   Bir   kuni   ular   o‘zaro
gaplashib  do‘st  bo‘lishga  qaror   qilishibdi. Ular   bir-biriga  yordam  berib qalin  o‘rtoq
bo‘lib   qolishibdi.   Kunlar   o‘tib   Durroj   yomon   odat   chiqaribdi.   Yolg‘ondan   “meni
qutqaring,   qutqaring,   menga   yordam   bering”   deya   chaqiradigan   bo‘libdi.   Durrojga
yordam berish maqsadida sher o‘rmonning uzoq burchaklaridan yetib kelibdi. Lekin
necha   marotaba   kelsa   ham,   bu   yolg‘on   ekanligidan,   ya’ni   do‘sti   noo‘rin   bezovta
qilgani uchun undan ranjibdi va endi bunday qilmaslikni maslahat beribdi. Kunlardan
bir   kun   Durroj   haqiqatan   ham   tuzoqqa   tushibdi   va   yordam   so‘rab   baqiribdi.   Lekin
uning do‘sti sher   bu har doimgidek yolg‘on deya o‘ylab bezovta bo‘lmabdi. Natijada
Durroj halok bo‘libdi.
O‘qituvchi hikoyani tugatib bolalarga yana savollar bilan murojaat qiladi:
1. Sher kim bilan do‘st bo‘libdi?
2. Durroj nima deb gapiribdi?
34 3. Shunda sher qanday yo‘l tutibdi?
4. Yolg‘on gapirishning yomon oqibatlari haqida nima deya olasiz?
Bolalarning   savollarga   javob   berish   darajasigfa   qarab   dars   samaradorligi
belgilanadi.To‘rtinchi   savolga   bolalar   o‘z   fikrlarini   erkin   tarzda   bayon   qilishdi.
Jumladan, yolg‘on gapirgan bolaga hyech kim ishonmasligi, u bilan hyech kim o‘rtoq
bo‘lmasligini   shuning  uchun  ular   har   doim  rost  gapirishga   harakat   qilishlarini  aytib
o‘tishdi.   Ularning   fikrlarini   umumlashtirib   qo‘shimcha   fikrlar   bilan   bu     dars
mashg‘ulotiga yakun yasaladi
Ko‘rsatib   o‘tilganlardan   tashqari   quyidagi   metodlar   ham   darsning   turli
o‘rinlarida samaralidir:
          "Kichik guruhlarda ishlash" usuli.
              Bu   usulni   qo‘llash   o‘qituvchidan   mohirlik   talab   qilinadi.Bu   usul   butun   dars
davomida   yoki   darsning   bir   qismida   qo‘llanishi   mumkin.Sinf   o‘quvchilari   o‘z
xohishlari   bo‘yicha   4-6   nafarlik   guruhlarga   ajratiladi.   Negaki,   bir   guruhda   bir-biri
bilan   xarakterlari   to‘g‘ri   kelmaydigan   o‘quvchilar   bo‘lmasligi   kerak.   Har   bir
guruhning   bilim   saviyasiga   qarab  savollar,   mavzular,  misol   va   masalalar   o‘qituvchi
tomonidan tanlanadi va tarqatiladi.
O‘quvchilar   o‘z   savollariga   o‘zaro   hamjihatlikda   javob   izlaydilar.Bunda
o‘quvchilardan quyidagilar talab qilinadi.
1)   guruhdagi   sinfdoshingni   diqqat   bilan   tingla,   uning   fikrlarini   tushunishga   harakat
qil;
2) Agar tushunmasang, yana so‘ra;
3) O‘z fikringni qisqa va tushunarli qilib bayon qilishga o‘rgan;
4) Guruhdagi sinfdoshingning fikriga qo‘shilmasang, sababini asosla;
5) Agar sinfdoshlaring sening fikringa qo‘shilmasa, sababini aniqla;
6)Agar fikringni xatoligi isbotlashsa, xatoyingni tan ol;
7)Masalaning yechimi uchun hamma birday ma`sul ekanligini unutma.
O‘qituvchi o‘quvchilarning to‘g‘ri javoblarni topishni o‘yin davomida  nazorat
35 qilib   boradi.   Masalaning   to‘g‘ri   yechimini   topgan   guruh   sardori,   uni   sinf   doskasida
barchaga yechib ko‘rsatadi. Qaysi guruh  qo‘yilgan savolning javobini  topa olmagan
bo‘lsa   “bo‘sh”   guruh   deb   e’lon   qilinadi   va   boshqa   guruhlardan   ushbu   savolning
javobini toppish talab qilinadi. Qaysi guruh barcha savollaega to‘g‘ri javob bersa, bu
guruh “a’lochi” guruh deb rag‘batlantiriladi va darsni reja asosida davom ettiriladi
"Bir-birini o‘qitish" usuli (10-15 minut).
Sinf o‘quvchilari 6 nafardan qilib guruhlarga ajratildi. Har bir guruhga alohida-
alohida   topshiriq   beriladi.   5   minutdan   so‘ng   guruhlarning   har   biri   yana   ikkitaga
bo‘linadi.   3   kishilik   guruhlarda   bir   o‘quvchi   topshiriqni   boshqasiga   tushuntiradi,
ya`ni   o‘qituvchilik   vazifasini   bajaradi.   Bu   vaqtda   o‘qituvchi   topshiriqlarning
bajarilishini   har   bir   guruh   yoniga   borib   nazorat   qilib   turadi,   kerak   vaqtda   yordam
beradi.   Yana   5   minut   o‘tgach,   o‘rgatadigan   o‘quvchi   va     o‘rganadigan   o‘quvchilar
vazifalarni   almashadilar,   ya`ni   o‘rgangan   o‘quvchi   topshiriqni   boshqatdan   bajaradi
yoki mavzuni aytib beradi. O‘yin   yakunida   o‘qituvchi   barcha   yo‘l   qo‘yilgan
kamchilik va xatoliklarni tuzatadi va dars reja asosida davom ettiriladi.
"O‘zaro savol - javob" usuli. (5-10 minut)
O‘quvchilarga   topshiriq   (mavzu)   beriladi.O‘quvchilar   5   minut   ichida   ushbu
topshiriqni bajaradilar va partadoshlar o‘rganilgan topshiriq (mavzu) bir-birlari bilan
o‘zaro   savol-javob   qiladilar.   Ushbu   o‘yin   davomida   o‘qituvchi   o‘quvchilarning
o‘zlashtirganlik   darajalarini   aniqlab   boradi   va   o‘yin   yakunida   ushbu   bo‘shliqlarni
a`lochi o‘quvchilar yordamida to‘ldiradi. Dars reja asosida davom ettiriladi.
         "Aqliy hujum" usuli (5-6 minut)
Bu   usul   o‘quvchilarni   darsga   tezrok   sho‘ng‘ib   ketishlariga   va   diqqatlarini
asosiy   mavzuga   qaratishlari   uchun   yordam   beradi.   Bu   usuldan   darsning   istalgan
paytida   ko‘proq   darsning   boshlanishida   foydalanish   mumkin   .   Bu   usul   "bir   kalla
yaxshi ,o‘n kalla undan yaxshi " shiori ostida olib boriladi.Buning uchun o‘qituvchi
sinfga   biror-bir   muammoli   savol   tashlaydi.Savolga   berilgan   javoblarning   barchasi
to‘g‘ri   yoki   noto‘g‘riligidan   qat`iy   nazar   o‘quvchilar   tomonidan   aytilgan   ketma   -
ketlikda sinf doskasiga ( vatmanga) yozib boriladi. Barcha fikrlar aytib bo‘lingach ,
36 ularning tug‘ri va notug‘rilari ajratiladi va yakuniy fikrga kelinadi. "Aqliy   hujum"
usulini qo‘llaganda barcha o‘quvchilar o‘z fikrlarini aytishlariga e`tibor berish kerak.
Barcha fikrlarni bir nechta o‘quvchi aytishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.Xato bo‘lsa ham
fikrlarni aytsin.
Usulni   qo‘llashda   hech   bir   o‘quvchining   fikri   tanqid   qilinmaydi   ,
baholanmaydi.   Shunday   qilinsa   ,o‘quvchilar   hech   ikkilanmasdan   o‘z   fikrini
bildiradilar   .   Xatolarini   esa   ,   yakuniy   xulosalar   aytilgach   ,   o‘zlari   anglab   oladilar   .
Dars reja asosida davom ettiriladi .
"Baxs" usuli (10-15 minut)
Bu   usul   barcha   o‘quvchilarni   darsda   faol   ishtirok   etishga   chaqiradi   .Buning
uchun sinf o‘quvchilari 2 guruhga ajratiladi.O‘quvchilar o‘zlarining sardorini saylab
oladilar   .Har   bir   guruhga   chalkash   savollar   beriladi   .Guruh   a`zolarining   har   biri
savolga   o‘z   fikrini   bildirishi   guruh   sardori   tomonidan   nazorat   qilinadi.   Savollar
muhokamasi xuddi "Zakavotchilar " ning bahsi kabi o‘tadiladi. Guruh sardori xar bir
o‘quvchining javobi qisqa va tushunarli ekanligiga e`tibor qaratadi. Bir o‘quvchining
juda   ko‘p   vaqt   gapirishiga   yo‘l   qo‘yilmaydi   ,   agar   ushbu   o‘quvchi   mujmallashib
ketaversa , darrov boshqa o‘quvchining fikri so‘raladi.
Baxs   tugagach   sardori   baxs   tugaganligini   e`lon   qiladi   va   tug‘ri   javobni
sharxlab   beradi   .   Savollarga   tug‘ri   va   aniq   javob   bergan   guruh   g‘olib   deb   e`lon
qilinadi. G‘olib guruh rag‘batlantiriladi. Dars reja asosida davom ettiriladi .
"Klaster" usuli (10-15 minut)
Klaster   ingilizcha   so‘z   bo‘lib,   “Dasta   ,   bog‘lam   ,   shajara ,   tarmoqlash”   degan
tushunchalarni anglatadi.
Bu   usulni   qo‘llash   uchun   sinf   guruhlarga   ajratiladi.Har   bir   guruhga   bittadan
vatman   yoki   plakat,   qalam   va   bittadan   savol   beriladi.   Savol   vatmanning   tepasiga
o‘rtada   yoziladi   .Har   bir   o‘quvchining   javobi   to‘g‘ri   yoki   noto‘g‘riligidan   qat`iy
nazar   yozib   boriladi   .   Javoblar   tugagash   ,   to‘gri   javoblar   strelkalar   orqali   bog‘lab
chiqiladi,   noto‘g‘ri   javoblar   uzilib   qoladi   .   Savol   daraxtning   tanasi   bo‘lsa   ,   javolar
uning shoxlari kabi bo‘ladi . To‘g‘ri va keng ko‘lamli javob topgan guruh g‘olib deb
e`lon   qilinadi   .Javoblar   guruh   sardori   tomonidan   sharxlab   beriladi.O‘qituvchi   esa
o‘quvchilarni yo‘naltirib , ko‘maklashib boradi .  Dars reja asosida davom ettiriladi
37  "Sinkveyn" usuli ( 5-10 minut)
Sinkveyn - frantsuzcha so‘z bo‘lib , "Beshlik" degan ma`noni anglatadi.
Bu usulni qo‘llashda bir savolga beshta mantiqan to‘g‘ri , sinonim javob yozish talab
qilinadi   .   Javoblarni   yozganda   ,   birinchi   qatorga   -   bir   so‘zli ,   ikkincha   qatorga   ikki
so‘zli   ,   uchunchi   qatorga   -   uch   so‘zli   ,   to‘rtinchi   qatorga   to‘rt   so‘zli   va   beshinchi
qatorga yakuniy to‘g‘ri fikr yoziladi.
"Charxpalak " usuli (10-20 minut)
Ushbu   usul   ko‘pincha   o‘quvchilar   bilimini   baholash ,   bo‘shliqlarni   aniqlash
maqsadida   fanning   bir   bo‘limi   tugagandan   so‘ng   o‘tkaziladi   .   O‘quvchilarni
guruhlarga bo‘lib yoki yakka - tartibda topshiriqlar berish mumkin.
O‘qituvchi   tarqatma   materiallarni   guruhlar   (   o‘quvchilar)ga   tarqatadi   .
Tarqatma   materiallarda   10   va   undan   ortiq   savollar   va   ularning   4   tadan   javoblari
beriladi.   (   test   shaklida   yoki   boshqa   ko‘rinishda)   .   Guruh(   o‘quvchi)   tarqatma
materiallarning o‘ng burchagiga o‘z guruhi raqamini qora kalam bilan yozib , tug‘ri
javoblarni   qora   kalam   bilan   belgilaydi   .   Barcha   savollarga   javob   tayyor   guruhlar
(o‘quvchilar   )o‘zlari   tug‘ri   deb   xisoblagan   javoblarni   qizil   kalamda  beligilab   ,  yana
keyingi   guruhga   (o‘quvchiga)   uzatadi   .  Shu   tariqa   o‘z  guruhining  topshirig‘i   o‘ziga
qaytib   keladi.   Shu   asosida   guruh   (o‘quvchi)   o‘zining   xatolarini   ko‘rib   oladi.   Bu
davrda o‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini tekshirib boradi .
Barcha   guruhlar   (o‘quvchilar   )   vazifalarini   bajarib   bo‘lgach   ,   har   bir   guruh
(o‘quvchi   )   ning   topshiriqni   bajarish   foizi   aniqlanadi   va   reyting   asosida   baho
qo‘yiladi . Masalan , 10 ta topshiriq berilgan bo‘lsa , 6 ta to‘g‘ri javobga ( 55% dan
yuqori ) 3 baho ,  8 ta javobga (70% dan yuqori ) 4 baho , 9-10 ta to‘g‘ri javobga (85%
dan yuqori ) 5 baho qo‘yiladi. Dars reja asosida davom ettiriladi.
 "6 x 6 x 6 " usuli (15-20 minut)
  Ushbu usul o‘quvchilar bilimini mustahkamlash va yangi mavzuga poydevor
qo‘yish   maqsadida   qo‘llaniladi.   Buning   uchun   sinf   har   biri   6   nafardan   bo‘lgan   6
guruhga ajratiladi . Guruhlar 1 dan 6 tagacha nomerlangan bo‘ladi .Buning uchun 1
dan   6   tagacha   raqamlar   yozilgan   36   ta   nomerchalar   tayyorlanadi.   Bunda   xar   bir
raqam 6 tadan bo‘ladi .O‘quvchilar nomerchalarni tortib , beligilangan guruhga borib
38 utiradilar.   Guruhlar   o‘zlariga   berilgan   topshiriqni   5-10   minut   ichida   bajaradilar .
Belgilangan   vaqt   nihoyasiga   yetgach   ,o‘qituvchi   6   ta   guruhni   qayta   tuzadi   ,   bunda
avvalgi   6   ta   guruhning   xar   biridan   bittadan   vakil   bo‘ladi   .   Yangi   tashkil   etilgan
guruhning har bir a`zosi o‘zining guruhiga berilgan topshiriqni boshqalarga o‘rgatadi.
Shu tariqa hamma o‘quvchilar 6 ta topshiriqni15-20 minut ichida o‘zlashtirib oladilar
. Bunda har bir o‘quvchi shu vaqt mobaynida ham tinglovchi ,ham munozara etishini
ta`minlaydi. Chunki u, hech bo‘lmaganda o‘zining guruhiga topshirilgan topshiriqni,
keiynchalik yangi guruhga aytib berish uchun , o‘zlashtirib olishga intiladi. Dars reja
asosida davom ettiriladi
"3x4" usuli (10-15 minut)
Sinf   4   ta   guruhga   bo‘lindi.Har   bir   guruhga   yuqori   qismida   savol   yoki   matn
yozilgan varaq tarqatadi. Guruhlar ushbu savolning ostiga 3 tadan javob yozadilar va
varaqlarini qoldirib, o‘zlari 2 guruhning joyiga, 2 - guruh esa 3 - guruhning joyiga ,
3-guruh   esa   4   guruhning   joyiga   utiradilar   .   Shu   tariq,   har   bir   joylarini   3   martdan
almashtirib,   o‘zidan   oldingi   guruhning   javoblariga   yana   3   tadan   javob   qo‘shimcha
qiladilar .O‘z joyiga aylanib kelgan guruh javoblarini umumlashtirib , yakuniy xulosa
yasaydi . Guruh sardori o‘z guruhiniig javoblarini izoxlab , sharxlab beradilar. Ushbu
usulda   guruhlar   joylarini   o‘zgartirmasdan   5   savol   yozilgan   varaqlarni   soat   strelkasi
bo‘ylab   almashtirishlari   ham   mumkin.O‘qituvchi   faol   o‘quvchilarni   baholaydi   va
dars reja asosida davom ettiriladi
"Beshinchisi ( oltinchisi , ettinchisi ,...) ortiqcha " 
usuli (5-10 minut)
  Ushbu   usulni   qo‘llash   uchun   o‘qituvchi   har   bir   o‘quvchiga   kamida   3   tadan
savol va har bir savolga 4 ta to‘g‘ri javob va 1 ta xato javob yozilgan kartochkalarni
tarqatadi  .O‘uvchilar 5 ta javobdan xato javob ( ya`ni ortiqchasi  ) ni aniqlab, uning
yoniga qalam bilan "?" beligisini qo‘yadi. Topshiriq bajarilgach, har bir o‘quvchidan
javoblarini qisqacha izohlash talab qilinadi va shunga qarab baho qo‘yiladi. Dars reja
asosida davom ettiriladi.
 "3/3" ( "4/4" , "5/5 ",...) usuli ( 5-10 minut )
Mazkur usulni qo‘llash uchun o‘qituvchi oldindan bir mavzuga oid 3 ta tug‘ri
va 3 ta noto‘g‘ri tushunchalar yozilgan kartochkalarni guruhlar ( o‘quvchilar) soniga
39 mos   xolda   tayyorlashi   kerak   .   Buning   tushunchalar   yoziladi   .   o‘qituvchi
kartochkalarni   tarqatib ,   usul   shartlari   bilan   o‘quvchilarni   tanishtiradi.   O‘quvchilar
noto‘g‘ri  yozilgan   tushunchalarning   -yoniga   qal а m   bilan  "?"  belgisini   qo‘yadilar   va
javoblarini   shar р lab   beradilar   .O‘qituvchi   o‘quvchilarni   ragbatlantiradi   yoki
baholaydi. Dare reja asosida davom ettiriladi.
 "Videotopishmoq; " usuli ( 5-10 minut)
O‘quvchilarga   hech   bir   izohsiz   bir   nechta   videolavha,   slaydlar   namoyish
qilinadi.   O‘quvchilar   har   bir   lavha   qanday   jarayon   aks   ettirilganligini   izohlaydilar,
jarayonlarning   mohiyatini   daftarlariga   qayd   etadilar,   o‘qituvchi   tomonidan   berilgan
savollarga javob qaytaradilar.Shundan so‘ng dars reja asosida davom ettiriladi.
Navoiyning   mahorati   shundaki   ,   u   har   bir   aytgan   fikrini   dalillaydi   va
O‘quvchida o‘sha mavzu ( narsa , voqea ) haqida tasavvur uyg‘otadi. Masalan, “H а r
bir  ins о n  o‘zig а   to‘g‘rilikni   о d а t   qilm о g‘i  h а qid а   so‘z  yuritib,  kimki  to‘g‘rilik  yo‘li
q а nd а y   ek а nligini   bilm о qchi   bo‘ls а ,   bu   yo‘l   ikki   х il   bo‘l а di.   Birinchisi,   to‘g‘riso‘z
о d а m.  А g а r u to‘g‘ri so‘zli bo‘ls а , uning ishi, o‘zi h а m to‘g‘ri bo‘lishi k е r а k. Ikkinchi
t о if а   kishil а r   а ndish а   bil а n,   b е tg а ch о p а rlik   qil а   о lm а y,   «to‘g‘ri»   d е guvchil а rdir”   ,-
deya   ta’kidlaydi.   N а v о iy   birinchi   t о if а ni   to‘liq   m а ’qull а g а n   h о ld а ,   ikkinchisi   h а m
«yom о n  е m а s» d е ya ink о r qilm а ydi.
O‘tilgan   mavzuni   mustahkamlash   uchun   “Aqliy   hujum”   metodidan
foydalansak
bo‘ladi.   Negaki,   bu   metod   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarining   yosh   xususiyatlariga
ham mos bo‘lib, ularning darsga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi. O‘tilgan mavzu
asosida   tuzilgan   savollar   mavzuni   qanday   darajada   o‘zlashtirganliklarini   aniqlash
uchun xizmat qiladi.
“ Aqliy hujum ” metodi
1.Alisher Navoiy qachon va qayerda tavallud topgan?
2. Navoiyning bolalik yillari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
3. Alisher Navoiyning taxalluslarini sanab bering va ularning ma’nosini izohlang.
4. Mavlono Lutfiy Alisher Navoiyning qaysi satrlar bilan boshlanuvchi she’rini
tinglab, qoyil qolgan?
5.Navoiyning maktabdosh do‘sti Husayn Bayqaro haqida eshitganmisiz?
“Aqliy hujum” metodi o‘quvchilarni biror bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga
40 yordam berib, o‘quvchilarni mavzuga taaluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin esga
olishga yordam beradi. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi
o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda o‘quvchilarni shu mavzu bo‘yicha xulosalar
chiqarishga undaydi. O‘qituvchi yangi mavzuni tushuntirib berish uchun audio
materialdan foydalanishi mumkin. Bundan tashqari “Sher bilan durroj” multfilmidan
parcha qo‘yib berish ham o‘quvchilarning mavzuni yanada yaxshiroq o‘zlashtirishini
ta’minlaydi.   Audio   material   qo‘yib   berilganidan   so‘ng   o‘quvchilarga   turli   xil
savollarni berish, ularni mavzu yuzasidan mulohaza qilishga undaydi.
Yangi   mavzuni   mustahkamlash   uchun   “Voqea-   sabab   –   oqibat”   metodidan
ham foydalanishimiz mumkin. Ushbu metod o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini
rivojlantirishga xizmat qiladi.Aytaylik , She’r bolasini tishida tishlab yurar edi- 
(  Voqea)  Negaki , chumolilar she’r bolasini talab o‘ldirishi mumkin edi. (  Sabab )
She’r seskansa , tishi boasiga boyib ,jarohatlashi mumkin edi.(  Oqibat )
  Birinchi ustunda sodir bo‘lgan voqea aks ettirilsa, ikkinchisida uning sababi,
uchinchisida   esa   oqibati   aks   ettiriladi.   O‘quvchilar   shu   ketma-ketlikda   davom
etishadi. Ushbu metod o‘rganilayotgan mavzu haqida tushuncha va tasavvurlarni
aniqlash imkonini beradi va o‘quvchilar tajribasidan foydalanishni ko‘zda tutadi,
reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o‘tkazish
imkoniyatini yaratadi.
O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning asarni qanchalik e’tibor bilan
o‘qiganliklarini aniqlash hamda asar badiiyatini ochishga katta xizmat qilgan nutqiy
va   ashyoviy   detallarning   qay   darajada   o‘zlashtirilganligini   bilish   maqsadida   ularga
“Chala   xat”   beriladi.   Unda   o‘quvchilar   o‘zlarining   sinchkovliklarini   namoyon
qiladilar va topshiriqni yozma bajaradilar.
Xotirani charxlash usuli
“Sher bilan durroj”
To'qayda bir yirtqich .... bor edi. Vahshatda osmon sheridek qo'rqmas edi. U har safar
bolalaganda zavqqa to'lar, biroq ... uning bolasini talab o'ldirishardi. Shuning uchun u
o'zining ajralmas bu boyligi - farzandini ... asrar edi. O'sha to'qayda bir ... ham bo'lib,
bu yirtqich sherning vahmidan doim qo'rquvda edi. Sher ... pisib yotgan joyga borib
qolsa bu notavon pir etib uchar, sher qo'rqqanidan
seskanib ketar, bolasiga ham ... tishi botib ketardi. Tishi bilan … yarador qilardi .
41 Ushbu metod o‘quvchilarni fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga
imkon   yaratadi.   Bundan   tashqari   o‘quvchilarga   mustaqil   bilimi,   o‘rganilayotgan
mavzu haqida tushuncha va tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi. Negaki, adabiyot
metodikasi   ilmi   har   bir   adabiyot   darsi   oldiga   tarbiyaviy,   ta’limiy,   yo‘naltiruvchi   va
rivojlantiruvchi   maqsadlar   qo‘yilishi   lozimligini   ko‘zda   tutadi.   Bu   xil   maqsadlar
to‘g‘ri belgilab olinsa, dars jarayoni shu asosda tashkil etilsa, o‘quvchilaming ma’nan
sog‘lomlashuvi uchun ulkan imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
42   Xulosa
Respublikamizda   ta’lim-tarbiya   tizimini   tubdan   isloh   qilishda   bolalarga
yoshligidan   ma’naviyatimiz,   ma’rifiy   merosimiz,   udumlarimiz,   urf-odatlarimiz
ruhida ta’lim-tarbiya berishga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi  1-
Prezidenti   I.Karimov  1997 yil   29 avgustda  bo‘lib o‘tgan Oliy  Majlisning  I-chaqiriq
IX-sessiyasida   so‘zlagan   nutqida   «Bolalarga   maktabgacha   ta’limdanoq
ma’naviyatimiz,   boy   merosimiz   ruhida   tarbiya   bermoq   lozim»,   -   deb   ta’kidladilar.
Yana   ushbu   nutqida   yurtboshimiz   bolalarga   yangicha   ta’lim   va   tarbiya   berishga,
tarbiyachi   murabbiylarning   o‘zlari   ham   tayyorlangan   bo‘lmoqlari   lozim,   deb
ko‘rsatib   o‘tdilar.   Zero,   yosh   avlodga   o‘tmishimizdagi   tarixiy   an’analarimiz,
ma’naviy   merosimiz   haqida   ma’naviy   bilim   berish,   ularni   asrlar   bo‘yi   davom   etib
kelgan   insonparvarlik,   xalqparvarlik   g‘oyalari   ruhida   tarbiyalashda   boshlang‘ich
ta’limning ahamiyati kattadir.
Xorijda o zbek mumtoz adabiyotini o rganish boshlanganiga ancha bo ldi. Xususan, ʻ ʻ ʻ
Alisher Navoiy va uning ijodi G arb olimlari diqqat markaziga tushganidan beri bir 	
ʻ
necha asr o tdi. Afsuski, XX asrda sho ro tuzumi siyosati oqibatida ma naviy va 	
ʻ ʻ ʼ
ilmiy aloqalar uzilib qolgani bois xorijdagi o zbek adabiyoti tadqiqotchilarining 	
ʻ
izlanishlaridan, ko p jihatdan, bexabar va bebahra qoldik. Endilikda G arb olimlari va	
ʻ ʻ
ular yaratgan ilmiy asarlar bilan tanishish imkoni kengayib bormoqda. Quyida, 
asosan, Alisher Navoiy ijodi bo yicha shug ullangan ayrim zamondosh g arblik 	
ʻ ʻ ʻ
tadqiqotchilar va ularning ishlari bilan tanishtirmoqchimiz.
Mumtoz adabiyotimiz tadqiqotchilarining keyingi yuz yildagi taniqli vakillari sifatida
kanadalik Mariya Sabtelni va Elizar Birnbaum, germaniyalik Ingeborg Baldauf va 
Zigrid Klaynmihel, Vengriyadan Benedek Peri va Ferench Chirkes, fransiyalik Mark 
Toutant, turkiyalik Fuod Ko prulzoda, Zaki Validi To g on, Kamol Eraslan, Osman 	
ʻ ʻ ʻ
Sertkaya, Tanju Seyhan, ozarboyjonlik Hamid Orasli, Jannat Nag iyeva singari 	
ʻ
olimlarni ko rsatish mumkin.	
ʻ
Ulardan ayrimlarining ilmiy faoliyati to g risida qisqacha ma lumot beramiz.	
ʻ ʻ ʼ
43 Zigrid KlaynmiHel.   Germaniya sharqshunosligida O rta Osiyoni o rganish XIX asr ʻ ʻ
avvallaridan boshlangan. Bundan roppa-rosa 200 yil muqaddam – 1818 yili nemis 
olimi Xammer Purgshtall “Navoiyga oid bitiklar” asarini yaratib, unda Alisher 
Navoiyning nasl-nasabi, ijodi, davlat arbobi sifatidagi faoliyati va bunyodkorlik 
ishlariga to xtaladi. Islomshunos olim Martin Hartmann (1851–1918) XX asr boshida	
ʻ
Turkistonga kelib ketgan. Bu yerda toshbosma kitoblar nashri va tarqalishi haqida o z	
ʻ
kuzatishlari asosida yozgan tadqiqotini 1904 yili Berlinda chop ettirgan.
Umuman, germaniyalik olimlar turkiy tillar tarixi va grammatikasini o rganishga 	
ʻ
ko proq e tibor qaratishgan. Adabiyotshunoslik sohasida esa, professor Ingeborg 	
ʻ ʼ
Baldaufni eslashning o zi kifoya. Berlindagi Humboldt universiteti qoshidagi O rta 	
ʻ ʻ
Osiyo tadqiqotlari markazi rahbari sifatida salkam o ttiz yildan beri ishlab kelayotgan	
ʻ
I. Baldauf nomi o zbek jadid adabiyotini o rganish bilan chambarchas bog liq.	
ʻ ʻ ʻ
Doktor Zigrid Klaynmihel yarim asrdan beri o zbek adabiyoti bilan shug ullanib 	
ʻ ʻ
kelmoqda. O zbek tilida juda ravon so zlasha olishidan tashqari, eski o zbek tilidagi 	
ʻ ʻ ʻ
qo lyozmalar ustida ham ishlaydi. U O zbekistondagi kitobxonlik masalalariga 	
ʻ ʻ
qiziqadi. Keyingi bir yarim asr davomida Farg ona vodiysi va Xorazmdagi o zbek 	
ʻ ʻ
ayollari marosimlarida o qilgan qo lyozma asarlar tahliliga bag ishlangan kitobi 	
ʻ ʻ ʻ
nashr qilingan.
Hozirgi paytda u o zbek adabiyotini tadqiq etayotgan faol olimlardan biri. Bu 	
ʻ
yo nalishdagi ilmiy faoliyatini 1901–1934 yillardagi o zbek adabiyotini o rganishdan	
ʻ ʻ ʻ
boshlagan va shu davr so z san atimizga oid kitobini nemis tilida chop ettirgan. 	
ʻ ʼ
1990–2000 yillarda Z. Klaynmihel Alisher Navoiy ijodi bo yicha maqolalar yozdi. 	
ʻ
Jumladan, “Alisher Navoiy va Ahmad Posho” nomli bir yuz o ttiz besh sahifadan 	
ʻ
iborat tadqiqotini e lon qilgan. Bundan tashqari, Uning “Alisher Navoiy va usmonli 	
ʼ
shoirlari” nomli maqolasi ham chop etilgan. Bu maqolalarda Alisher Navoiy 
ijodining usmonli turk adabiyotiga ta siri, Navoiy asarlarining so nggi besh yuz yil 	
ʼ ʻ
mobaynida usmonli turk tiliga qilingan tarjimalari haqida so z yuritiladi. Olima 	
ʻ
o zbek adabiyotiga doir tadqiqotlarini davom ettiryapti.	
ʻ
Tanju Seyhan.   O z tadqiqotlarini Alisher Navoiy ijodini o rganishga bag ishlagan 	
ʻ ʻ ʻ
olima, professor Tanju Seyhan turkiy tillar, xususan, eski o zbek tili tarixi bo yicha 	
ʻ ʻ
44 tadqiqotlar olib boradi. 1991 yili “Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarining 
chig atoycha tarjimasi” mavzusida doktorlik ishini yoqlagan. Shu ishi doirasida ʻ
mazkur asarning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorladi. Boburning “Mubayyin” asari 
yig ma matnini tayyorlab, so zboshi bilan 2004 yili Turkiyada nashr ettirdi. 2013 yili 
ʻ ʻ
esa unga “Poshshoxojaning “Miftoh ul-adl” asari” nomli tadqiqoti uchun professorlik
unvoni berilgan. “O rta Osiyo turkiy tili manbalari”, “Turkiyadagi Bobur haqidagi 	
ʻ
tadqiqotlar”, “Alisher Navoiy va uning “Hayrat ul-abror” asari” singari mavzularda 
ma ruzalar o qiydi.	
ʼ ʻ
Olima 2015 yili Istanbulda Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asari matni 
bo yicha ikki jildli kitob chiqargan. Birinchi jildda ushbu dostonning qiyosiy matni 
ʻ
berilgan. Ikkinchi jildda esa dostonda qo llanilgan barcha so zlarga izohli lug at 	
ʻ ʻ ʻ
taqdim etilgan. Har bir jild 800 sahifadan iborat. Bundan tashqari, Tanju Seyhan 
2005 yilda Navoiyning “Siroj ul-muslimin” asari matnini, 2010 yilda esa Yusuf Xos 
Hojibning “Qutadg u bilig”idan ayrim qismlarni Istanbulda nashr ettirgan.	
ʻ
 Tadqiqotimizda maktabgacha boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarni tafakkurini 
shakllantirishda mutafakkir merosidan foydalanishning imkoniyatlari , hamda ushbu 
sinflarda Navoiy ijodini o‘tish ahamiyati , usu va metodlarini  o‘rganildi.
 Bolalarning tafakkurini shakllantirishda Navoiy merosidan foydalanish ijobiy 
samara berishi aniqlandi. Shuningdek, bog‘chada o‘tkaziladigan tarbiyaviy 
tadbirlarda ham mutafakkir merosidan foydalanishning imkoniyatlari yetarli ekanligi 
aniqlandi
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya uzluksiz, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan jarayon 
bu’lib, unda barkamol shahsni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Demak, 
pedagogik jarayonning asosiy maqsadi barkamol inson shahsini tarbiyalab voyaga 
etkazishdan iboratdir. Bu borada u’quvchilarga ta’lim va tarbiya berishning asosiy 
vositasi bu’lgan dars jarayonining ahamiyati katta. Dars jarayonida boshlang‘ich sinf 
u’quvchilari “Vatan”, ”Ona”, ”bstiqlol”, ”ustoz”, ”mehr oqibat”, ”sadoqat”, 
“insoniylik”, “orzu”, “kelajak” kabi tushunchalarning mazmunini anglab borishadi.
45 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mirziyoyev Sh.M. ,,Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini 
birgalikda barpo etamiz’’. –T.:“O‘zbekiston”, 2016. 
2. Karimov I.A. ,,Istiqlol va manaviyat’’ 1994.
3. Abdullayev Y. Eski maktabda xat-savod o‘rgatish. -T.: O‘zSSR O‘rta va 
oily maktab. 1960 y.
4. Abdumannotov   A.   Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarida   axloqiy   
xislatlarni shakllantirishda Alisher Navoiy merosidan foydalanish. 
/Pedagogikaning dolzarb muammolari, 1-qism, Samarqand, 1998y.,
5. Abdumannotov A. Navoiy farzand adobi haqida. /Boshlang‘ich ta’lim, 
1996.
6. . Abdurahmonov D., Abdurahmonova M., Usmonova G. Navoiyning til 
sandig‘idan. -T.:/Yoshlik, 1991, №3., 36-37 b.
7. Aliqulov X. Omonboyev R. ,,Jomiy a Dovoniy ta’lim-tarbiya haqida’’ 
Toshkent. O‘q`qituvchi 1981-y
8. Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror» So‘zboshi A.Hayitmetov. -T.: Adabiyot 
vasan’at. 1989 y. -352 b.
9. Alisher Navoiy ,,Mahbub-ul qulub’’ 13-tom Toshkent, Adabiyot va san’at 
nashriyoti 1966
10. Alisher Navoiy mukammal asarlar to‘plami. 7-tom. «Xamsa», «Hayrat ul-
abror»-T.: Fan, 1991 y. -390 b.
11. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori – T: «Sharq», 
1997 y
12. Haqqulov I. ,,Navoiyga qaytish’’ Fan 2008
13. Hayitmetov A. Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari. -T.: O‘zFan.
14. Hayitmetov A. Alisher Navoiyxonlik suhbatlari. -T.:O‘qituvchi, 1993 y. -
211 b.
15. Hayitmetov A. Alisherning yoshligi. /Gulxan, 1987 y. № 12, -20 b.
16. Hoshimov K. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi’’ T.:O‘qituvchi 1995-y
17. Husanxo‘jayev I. Navoiy ta’lim-tarbiya haqida. -T.:O‘rta va Oliy maktab. 
1963 y.
46 18. Imomnazarov M. Milliy ma’naviyatimiz nazariyasiga chizgilar. Mas’ul 
muharrir:
19. Imomnazarov M. Milliy ma’naviyatimiz takomil bosqichlari. - T.: «Sharq», 
1996,
20. Jo‘rayev  A.J.  Tarbiyaviy  darslarni  o‘tish.  Sinf  rahbarlari  uchun  
qo‘llanma.   –
21. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti. Darslik-majmua. -T.: O‘qituvchi, 1994 y
22. Kaykovus. Qobusnoma. -T.:O‘qituvchi, 1986 y.
23. Ma’naviyat darsligi (tuzuvchi S.Nishonova) – T:. O‘qituvchi, 1997 y, 320 b
24. Ma’naviyat yulduzlari (Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar 
adiblar)
25. Mallayev N.M. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti. -T.:G‘.G‘ulom nomidagi 
adabiyot va san’at nashriyoti. 1974 y.
26. Mallayev N.M. O‘zbek adabiyoti tarixi. Alisher Navoiy. 1-kitob.-T.: 
O‘qituvchi,1985 y. 
27. .Maqsudova Alisher Navoiy xotirasiga bag‘ishlangan ertalik. / Boshlang‘ich
ta’lim. 1994 y. 
28. Mirzayev S. Navoiyshunoslikning Samarqanddagi taraqqiyoti.  Alisher 
Navoiy ijodini o‘rganish masallari. -Samarkand. 1981 y. -10 b.
29. Munavvarov A. Pedagogika. -T.: O‘qituvchi, 1996 y. -200 b.
30. Muxtorov O. Navoiy yili. / Sharq yulduzi. 1991 y. №2.
31. Qurbonov Sh. va boshqalar. Barkamol avlod orzusi. -T.: «Shark», 1998,
32. Quronov M. Maktab ma’naviyati va milliy tarbiya. /Monografiya. -T.: Fan, 
1995 y. -127 b.
33. Sharafuddinov O.A. Alisher Navoiy hayoti va ijodi. -T.: O‘zdavnashr. 1984
34. Uchinchi mingyillik bolasi. “Ma’rifat-Madadkor”, T., 2002.
35. Valixo‘jayev B., Vohidov R. Navoiy ijodi ilhom manbai. -T.: 1981 y. -74 b.
36. Vatan tuyg‘usi /A.Ibrohimov, X.Sultonov, N.Jurayev. -T.: O‘zbekiston, 
1997. 
37. Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi: Ped.in-tlarning 
maktabgacha tarbiya fak. Talabalari uchun. –T.: O‘qituvchi, 1993.-264 b.
38. Ziyoyev H Istiqlol-ma’naviyat negizi. T:. Ma’naviyat, 1999y 190 b
47 48 Ilova
 
 
Dars mavzusi :Alisher Navoiyning hayoti va ijodi.
 
Maqsad:
1)   Ta`limiy : O’quvchilarni bobomiz Alisher Navoiy hayoti va ijodi bilan yaqindan
tanishtirish.Mavzu yuzasidan tushuncha berish.
2)   Tarbiyaviy:   O’quvchilarning ajdodlardan qolgan madaniy ,ma’naviy meroslarga
hurmat hissini shakllantirish.
3 ) Rivojlantiruvchi :O’quvchilarning erkin fikrlash,o’z fikrini erkin bayon eta
olish,og’zaki nutq malakalarini rivojlantirish.
Dars jihozi: Adabiyotlar,A.Navoiyning portreti, hayoti tasvirlangan rasmlar,Navoiy
asarlari,slaydlar.
Dars usuli :Tushuntirish,savol-javob,suhbat,klaster.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism   : O’quvchilar darsga tayyorlanib olinadi,navbatchi axboroti
tinglanib,yo’qlama qilinadi.Tashkiliy suhbat uyushtiriladi.
II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash:Oybekning “Bolalik” qissasi yuzasidan savollar
beriladi:
1.Oybekning bu asari qachon yozilgan? 2.Qissa sizda qanday taassurot qoldirdi?
III. Yangi material ustida ishlash.
-Alisher Navoiyni nima uchun g’azal mulkining sultoni deb ataymiz?
-Alisher Navoiy hayoti va ijodi nima maqsadda o’rganiladi?
-Sizningcha,Alisher Navoiyning buyukligi nimada?
-Navoiy merosining qanday ma’naviy ahamiyati bor? Mavzuga oid ma’lumotlar
slaydlar orqali ko’rsatilib tushuntiriladi.
1-sahifa:
Alisher Navoiyning bolaligi
1441-yil 9-fevralda Hirot shahrining Bog’i Davlatxona deb ataladigan joyda tavallud
topgan.
4-5 yoshida Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarini sevib mutolaa qilgan.
8-9 yoshidan boshlab she’rlar mashq qila boshlagan.  
2-sahifa.
Alisher Navoiy 12 yoshida o‘zining
“Orazin yopqoch ko’zimdin sochilur har lahza yosh, Bo’ylakim,paydo bo’lur
yulduznihon bo’lg’och quyosh…”
Matla’si bilan boshlanuvchi g’azali bilan “Malik ul-kalom” mavlono Lutfiy e’tirofiga
sazovor bo’lgan. 
3-sahifa  
A. Navoiy-davlat va jamoat arbobi.
1469-yilda muhrdor.
1472-74-yillarda vazir.
1478-80-yillarda astrobodda hokim lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan.
Uning yaqin do’sti Husayn Boyqaro unga “amirul-kabir”(eng buyuk amir), “amirul-
49 muqarrab” (podshohga eng yaqin amir) unvonlarini bergan.
4-sahifa
A.Navoiy-davlat va jamoat arbobi.
A.Navoiy- ilm ma’rifat homiysi,xalqparvar shoir.U el-yurt tinchligi,xalq farovonligi
yo’lida juda ko’plab xayrli ishlarni amalga oshiradi.
Ko’plab madrasalar, masjidlar, shifoxona, kutubxona, ko’priklar qurdirgan,ariqlar
qazdirgan. Mana shu ishlari bilan xalqqa juda kata yordam ko‘rsatgan
Alisher Navoiy 1483-85-yillarda turkiyda ilk va yagona 5 dostondan iborat bo‘lgan
“Xamsa”  asarini yaratdi.
Alisher Navoiy-tilshunos olim.
A.Navoiy “Muhokamatul-lug’atayin” (Ikki til muhokamasi) asarida turkiy va fors
tillarini qiyoslab,turkiy tilning go’zalligini, nafis va jozibador, boy til ekanligini
isbotlab bergan.
“Mezon ul-avzon” va “Tarixi mulki ajam” asarlari haqida
“Mezon ul-avzon” asari adabiyotshunoslikka bag’ishlangan bo’lib, aruz vazni, uning
ruknlari  va   hijolari  haqida limiy ma’lumot berilgan.
Alisher Navoiy o’zining “Tarixi mulki ajam” (Ajam shohlari tarixi) asarida Eron
shohlari haqida mukammal yoritib bergan.
“Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi,mutafakkir desak
mutafakkirlarning mutafakkiri,shoir desak,shoirlarning sultonidir” .
Islom Karimov.
“Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”.
IV.Mustahkamlash :
50 Ish musobaqa usulida tashkil qilinadi. O`quvchilar “She’ryat” , “g‘azaliyot”,  
“Sharq she`riyati yulduzlari” guruhlariga bo`linadi
 
“ Aqliy Hujum ”
Savollar .
She’riyat  guruhiga:
Navoiyning to`liq ismi? (Nizomiddin)
Butun turk dunyosi Alisher Navoiyni “Shams ul- millat” deb ataydi. Buning ma`nosi
nima? (Millat quyoshi).
“Foniy” taxallusining ma`nosini nima? (“Fano“ - yo`qlik, vaqtincha so`zidan
olingan)
“g‘azaliyot ” guruhiga:
1.”Navo” so`zining ma`nosi ? (Kuy) Alisher Navoiy bolaligida Farididdin Attorning
“Mantiq ut-tayr” asaridan tashqari yana kimning qaysi asarini qiziqish bilan o`qiydi.
(Sa`diyning “Guliston”, “Bo`ston”).
“ Sharq she`riyati yulduzlari” guruhiga;
Navoiy o`z asarida Samarqandni nima deb ataydi? (Firdavsmonand, ya`ni jannat
misol deb ta`riflaydi).
“Hayrat ul- abror” dostonining ma`nosini ayting? (“Yaxshi kishilarning
hayratlanishi”).
Alisher Navoiyning “Xamsa” asari qachon yaratilgan? ( 1483-1485-yillar
oralig`ida ).
Savol- javobdan so`ng “Klaster” usuli orqali guruhlar ishi nazorat qilinadi .
“She’ryat”guruhi Alisher Navoiy asarlari, “Navo” guruhi Alisher Navoiy g`azallarini
klasterga joylashtirib chiqishadi “Sharq she`riyati yulduzlari” guruhi esa “Shoirlar
ijodida Navoiy madhi” sharti bo`yicha bilimlarni namoyish etadi
 
El-yurt baxtin bilgay saodat  
Sinovlarga qilgaydir toqat,
Kamtarlikni aylagay odat  
Navoiyni o`qigan odam.
Vaqt g`animat o`tkazmang bekor,
She`r, g`azalni yod oling takror.
Topar dardi hasratiga kor
Navoiyni o`qigan odam.
Turk nazmida yurg`izib qalam,
Ayladi ul mamlakatni yakqalam.
G`azallari zavol bilmagan
She`riyat sultoni Navoiy bobom
 
Bahs-munozara  
Savollar.
1.” She’riyat “ guruhiga:
Savol: Yurtimizda Alisher Navoiy nomi bilan bog`liq qanday joy va mussasasa
51 nomlarini bilasiz?
Javob: Navoiy viloyati, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, Alisher Navoiy
nomidagi milliy bog`…
2. “g‘azaliyot” guruhiga:
Alisher Navoiy haqida zamondoshlar fikrini keltiring.
3.”Sharq she`riyati yulduzlari” guruhiga:
Savol: Alisher Navoiy sharafiga qayerlarda yodgorlik haykallari o`rnatilgan?
Javob: Toshkent shahrida, Navoiy viloyatida, Ozarboyjon Respublikasi poytaxti
Bokuda, Yaponiya poytaxti Tokioda, Rossiya poytaxti moskva shahrida.
Darsa yakunida “Bugungi darsda siz Alisher Navoiy haqida nimalarni o`rgandingiz?”
degan savolga o`quvchilar javobi olinadi.
Ballar jamlanadi. G`olib guruh aniqlanadi.
 
Savol-javob :
1.Alisher Navoiyning hayoti va ijodini nima uchun o’rganishimiz kerak?
2.Alisher Navoiyni komil insonlar qatoriga qo’shsak bo’ladimi?Nima uchun ?
3.Navoiy asarlarini qanday ma’naviy ahamiyati bor?
V.Darsni yakunlash : O’quvchilar ishtirokiga ko’ra baholanadi.
VI.Uyga vazifa : Navoiy hayoti va ijodini o’rganish,g’azal va ruboiylaridan yod olish
   
Eshkuvatova Zarnigorning
“Alisher Navoiy hayoti va ijodi” mavzusida
tayyorlagan dars ishlanmasi
           
52 53 54

MAVZU : MUMTOZ ADABIYOT VAKILLARIDAN A.NAVOIY IJODI VA HIKMATLARINI BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘TISH KIRISH………………………………………………………………………. 3 I BOB. ALISHER NAVOIY MEROSI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNINGILMIY-NAZARIY JIHATLARI 1.1. Alisher Navoiyning ma’rifiy qarashlarini o‘rganish pedagogik- psixologikmuammo sifatida ………………………………………………………………..... 8 1.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkurini shakllantirishda mutafakkir merosidan foydalanishning imkoniyatlari ……………………………………..13 II BOB. ALISHER NAVOIY MEROSINI BOSHLANG‘ICH SINFLARDAO‘TISHNING USUL VA METODLARI 2.1. Dars jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mumtoz adabiyotga olib kirishning o‘ziga xos xususiyatlari ………………………………………….. 20 2.2. Alisher Navoiy hikmatlarini boshlang‘ich sinflarda o‘rganishning ahamiyati va usullari………………………………………………………………………..32 Xulosa ……………………………………………………………………….4 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ………………..…………………………46 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakat hayotining barcha jabhalarida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ibratlidir. Aslida ham kelajakni ana yoshlar yaratadi. Davlatimiz rahbarining birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XVI sessiyasidagi nutqida “Erkin fuqarolik ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda biz o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan atrofi, atrofda sodir bo‘layotgan voqyea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak.Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, an’analarimizning saqlanishi madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog‘liqdir”, - deb aytdi.Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk shaxs yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi. Birinchi prezidentimiz ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida jamiyatimizda ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib, “Eng asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirishning, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o‘rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan orzu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish va ta’sirchanlikni kuchaytirishdir”, - deb ta’kidlagan. Ma’naviyat – uzluksiz da’vom etadigan jarayon. Ma’naviyat yuksak shaxslar yurtini tanitadi. Shaxsning esa uning ma’naviy qiyofasi tanitadi. Ma’naviyat tarbiyadan boshlanadi. Ta’lim-tarbiyasiz ma’naviyatning bo‘lmasligi ko‘pchilikka ayon haqiqatdir. Milliy pedagogikamizning asoschilaridan 2

biri Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir!”, - degan so‘zlari fikrimizga dalil bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf bolasining ma’naviyatini, tafakkurini shakllantirish- bu doimiy tizimlilik, uzviylikni, davomiylikni talab etadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda buyuk mutafakkir, davlat arbobi hazrat Alisher Navoiy merosidan foydalanishni davr taqozo qilmoqda. Bu borada birinchi yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida alohida to‘xtalib o‘tgani e’tiborga molik. “O‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllariga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan yana biri – bu hazrat Alisher Navoiydir bobomizdir. Biz uning mo‘tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo farxlanib so‘z yuritamiz. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha’ni-sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biror-bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. Agar biz bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”. Inson qalbining quvonch-qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ongu- shuurimizga, yuragimizga Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz, - deb ta’riflagan edi yurtboshimiz. Ibrohim Haqqul “Navoiyga qaytish” asarida: “Alisher Navoiyning buyukligini bilmaslik, o‘zbek millatining madaniyati, tarixi, milliy-ma’naviy kuch-quvvati va jahon badiiy tafakkuriga qo‘shgan buyuk hissasini anglamaslik bilan bilan 3

barobardir”,- degan edi.[12,64] Navoiyni boshqa xalqlarga tanitmoq uchun emas, o‘zimiz yaxshi bilishimiz uchun ko‘proq tashvishlanishimiz zarurga o‘xshaydi. Ochig‘ini aytganda, biz hali Navoiy ijodiyotini kerakli va arziydigan darajada o‘qib- o‘rganganimiz yo‘q. Navoiyni puxta bilish uchun juda jiddiy va puxta tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Alisher Navoiy hamma narsani erkinlik va vobastalikda talqin qilgan, inson qismati bilan bog‘liq, har qanday haqiqatning istiqbolini tafakkur hurligida ekanligini ko‘rgan. Demak, tuyg‘uda, ruhda, ko‘ngil va tafakkurda erkinlikni qaror toptirmay turib, Navoiy asarlarining asl ma’no-mohiyatini chaqishga urinish foydasiz. Navoiy asarlarining g‘oyalarini targ‘ib qilishdan oldin, ularning ma’no-mohiyatini to‘g‘ri anglab olish lozim. Navoiyni bilish boshqa, uni anglash boshqa. Navoiyni anglaydiganlar ko‘payaversagina navoiyshunoslikda juda katta o‘zgarishlar yuz beradi. Har qanday mamlakatning taraqqiyoti faqat uning moddiy boyliklari bilan emas, balki yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlari, intellektual qobiliyatlariga ham bog‘liq. Davlatimizning ilk rahbari I.A.Karimov 2008 yilni mamlakatimizda “Yoshlar yili” deb e’lon qildi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, yoshlar respublikamiz aholisining oltmish foizdan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Erkin fuqarolik jamiyatimizning asosi ko‘p jihatdan ana shu yoshlarimizning ma’naviy- axloqiy tarbiyasiga bog‘liq. Yoshlarimizda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishda ma’naviy birligimizning timsoli bo‘lgan, buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning merosi muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning bevosita sa’yi harakatlari bilan Alisher Navoiy merosini o‘rganish, asarlaridagi g‘oyalarni xalqqa yetkazish davlat siyosati darajasig a ko‘tarrgan edilar. Vashington universiteti professori, mashhur turkiyshunos olim E.Sirtoutas xonim - dunyoning hech bir mamlakatida o‘z shoirlariga O‘zbekistondagidek hurmat va ehtirom ko‘rsatilmaydi. Hattoki, Buyuk Britaniyada ham Shekspir O‘zbekistonda Alisher Navoiy e’tibor qozongandek shuhrat topgan emas. 1991 yilda O‘zbekistonda hazrat Navoiyning 550 yillik to‘yi keng nishonlandi. Aynan shu yili O‘zbekiston uzoq kutilgan mustaqillikni qo‘lga kiritdi. Navoiy mustaqil davlatning ramzi bo‘ldi. Buyuk Temur bilan bir qatorda Navoiy O‘zbekistonning mustaqillik sari intilishlarining ma’naviy ifodachisi hisoblanadi, - degan edi. 4

Kaliforniya universiteti professori, G‘arbning ko‘zga ko‘ringan navoiyshunos olimlaridan biri A.Badrogligeti fikricha - Navoiyni qancha ko‘p o‘qigan kishi ma’naviy jihatdan shunchalik boyib, kamolotga erishib boradi. Sayyoramizda tog‘lar orasida eng baland cho‘qqi Everest bo‘lsa, shoirlar ichra eng yuksagi hazrat Navoiydir - deb ta’kidlagan. Mumtoz adabiyotimizning bilimdoni Ibrohim Haqqul - yoshlarimiz Navoiyni qanalik chuqur va puxta bilsa, ma’rifat, ezgulik, komillik sirlarini o‘shancha kengroq egallaydi. Navoiyning so‘zlari diliga o‘rnashgan odam, o‘zi istasin-istamasin odamiylik sharafi va kuch-quvvatini idrok etadi. Navoiy saboqlariga amal qilgan kishi o‘z-o‘zidan xalq dardu tashvishlarini yengillatishga bel bog‘laydi, fikrni-fikrsizlikka, ilm-ma’rifatni - nodonlik va jaholatga qarshi qurol o‘rnida ishlatadi. Navoiyni yetarli darajada bilish - odamiylik, diyonat va iymon - e’tiqodning kuchiga ishonch demak. Ko‘nglida shu ishonch g‘olib bo‘lgan odamlar soni jamiyatimizda qancha ko‘paysa, insoniy muammolar har qalay kamayib boradi, - deb aytgan edi [12,24]. Demak, bugungi kunda Navoiyning ma’naviy olamini o‘rganishga ehtiyoj sezilayapti. maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar ma’naviyatini shakllantirishda Navoiy merosidan foydalanishni davr talab qilayapti. Shu bois Alisher Navoiyning ijodiga yana bir bor nazar solishni joiz deb topdik. Yosh avlod faqat Navoiy asarlaridan emas, umuman mumtoz adabiyotimiz chashmalaridan bebahra qolayotganligi juda tashvishlanarli. Ahvol shu tarzda davom etaversa, yaqin besh-o‘n yilda o‘tmish adabiyotimizga mutlaqo ehtiyoj sezmaydigan, go‘zallik tuyg‘usidan mahrum, moddiy dunyo g‘am-tashvishidan boshqasini tan olmaydigan yoshlarning butun bir avlodi vujudga kelishi hyech gap emas. Eng yomoni, bunday o‘spirinlar mustaqil fikr, adabiyot, san’at, ma’naviyat, ma’rifatninginson taqdiridagi qimmati, yashashdan asosiy maqsad nima ekanligi to‘g‘risida bosh qotirib o‘tirishni ortiqcha tashvish deb biladi. Shu bois mumtoz adabiyot vakillarini boshlang‘ich sinflarda o‘rganish ahamiyatlidir. Muammoning o‘rganilganlik darajasi: Navoiyning ta’lim to‘g‘risidagi fikrlari I.Husanxo‘jayevning tadqiqot ishlarida ochib berilgan. U o‘zining “Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya haqida”gi o‘llanmasida bu muammoni atroflicha tahlil etdi. Professor A.Zunnunov o‘zining qator asarlarida Alisher Navoiyning “Xamsa” va boshqa asarlarini pedagogik talqin qilib, oliy pedagogik ta’lim va umumta’lim tizimida shoir 5