Sharq mumtoz adabiyotida Layli va Majnun haqidagi sujetlar
Mavzu: Sharq mumtoz adabiyotida Layli va Majnun haqidagi sujetlar Reja: Kirish. I bob. Navoiy davrigacha bo'lgan adabiyotda "Layli va Majnun" haqidagi dostonlar sujeti I.1. Ganjaviy va Dehlaviy ning "Layli va Majnun " haqidagi dostonlari I.2. Navoiy "Layli va Majnun"ning o‘ziga xos jihatlari II bob. Navoiydan keyingi davrda yozilgan "Layli va Majnun" haqidagi sujetlar II.1. Navoiy va Fuzulining "Layli va Majnun"dostonlarida bosh qahramonlar portreti II.2. "Layli va Majnun" haqidagi boshqa sujetlar III. Xulosa FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
Kirish Mavzuning dolzarblig i. Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari adabiyotida Layli va Majnun mavzusiday keng tarqalgan boshqa bir ishq qissasini topish qiyin. Mana on uch asrdirki, ushbu mavzuda adabiyot olamida she‘r va dostonlar bitib kelinadi. Ushbu qissaning kelib chiqish manbai qadim arablar hayoti bilan bogliq voqealarga borib taqaladi.Alisher Navoiy ijodi cheksiz ummon kabidir. Taniqli adabiyotshunos Abduqodir Hayitmetov Navoiy sheriyatini o`rganish bo`yicha muhim mulohazalarni bayon etib, shunday yozadi: Navoiyning lirik merosini bundan buyon ma ' lum bir tematik qismlarga bo`lib o`rganish ular bo`yicha muayyan xulosalarga kelishni osonlashtiradi. Navoiy Xamsasini o`rganish va o`rgatishda ham bu qimmatli fikrlarga suyanish lozim. Alisher Navoiyning Xamsa asari bebaho manaviy xazina. Uning tarkibidagi har bir dostonning o`zi bir mo`jiza. Ana shu mo`jizalardan biri bo`lmish Layli va Majnun dardchil, mungli ishq haqidagi qissa hisoblanadi. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimov: «Insonni olam gultoji deb ulug`lagan hazrat Navoiyning butun hayoti, butun ijodi zamirida ezgulik, adolat, nafosat kabi yuksak tuyg`ular dunyoni obod va munavvar qiladi, bashariyatni ma’naviy halokatdan qutqaradi, degan qat’iy ishonch mujassam» deb bejiz aytmaganlar. Navoiy Nizomiyning do‘stinini qalaga, Dehlaviynikini yaxshi bezakli qasrga o`xshatib, o`zining dostonini esa qala va qasr atrofidagi shahar va bog`larga qiyos etadi. Shoir o`z asarini Firoqnoma, Nomai dard deb ham ataydi. Bu dostonning asosiy g`oyasi ham, qahramonlari ham, syujeti ham Nizomiy qanday bo`lsa, Xusrav Dehlaviy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy va boshqalarda ham shundaydir. Shunga qaramay, bu avtorlarning hammasi original asar yozgan. Chunki bu qissani har qaysi sanatkor o`zi yashagan tarixiy sharoitdan kelib chiqib, o`z individual stili va shoirlik temperamenti bilan kuylagan. Kurs ishining dolzarbligi esa ularni qiyosan yortganligidadir. Mavzuni o’rganilganlik darajasi. Alisher Navoiyning Layli va Majnun dostoni turkiy tilda ushbu mavzuda yaratilgan ilk doston bolib, Navoiy uni yaratishdan avval arab rivoyatlari bilan bir qatorda Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Ashraf Marogiy va Shayxim Suhayliy dostonlarini chuqur o'rganadi. U xamsanavislikda o ' zigacha mavjud an ' analardan ijodiy foydalangan holda o ' z dostoniga yangicha ruh bag'ishlaydi, o ' z davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, afsonaga yangi libos ki y gizadi. Layli va Majnun haqidagi sujetlarning ko‘pchiligi ayro tarzda o‘rganilganligi sababli o‘zaro uyg‘unlashtirish borasida ushbu kurs ishi yanglik sanaladi.
Mavzuning maqsadi . Kurs ishining asosiy maqsadi Layli va Majnun haqidagi ayrim sujetlarni qiyosiy tahlil qilish va misollar asosida yoritish. Kurs ishi predmeti. Kurs ishining predmeti sifatida quyidagilar tanlab olindi: - Layli va Majnun haqidagi sujetlarni yoritish; -ularning farqli jihatlarini ochib berish; -Ganjaviy "Layli va Majnun"ini o‘rganish; -Dehlaviy "Majnun va Layli"sini tahlil qilish -Navoiy davrigacha bo‘lgan "Layli va Majnun" sujetlarinh yig‘ish; -Navoiy "Layli va Majnun" asarini o‘ziga xosliklarini aniqlash; - Navoiy davridan keyingi ushbu mavzudagi sujetlarni to‘lassh. Kurs ishi obyekti. Alisher Navoiy va boshqa ijodkorlarning "Layli va Majnun"haqidagi asarlari, ular bilan bog‘liq quyidagi qo‘llanma va maqolalar kurs ishining obyekti sifatida tanlab olindi. Tahliliy asosda yoritildi.: Ganjaviy "Layli va Majnun" asari, Dehlaviy "Majnun va Layli",Муҳаммад Фузулий "Лайли ва Мажнун" , Alisher Navoiy "Layli va Majnun", Mukammal asarlar to`plami, Ahmedov T. "Alisher Navoiyning Layli va Majnun dostoni", Маллаев Н. "Сўз санъатининг гултожи", Tohirov S. " Xamsanavislik an'anasi va Alisher Navoiy "Xamsa"si" qo‘llanmasi. Kurs ishining ilmiy uslubiy jihatlari. Kurs ishida O’zbekiston Respublikasida chop ettirilgan me’yoriy huquqiy hujjatlardan, ilmiy adabiyotlardan gazeta va jurnallardan, internet ma ' lumotlaridan foydalanilgan. Kurs ishini hajmi va tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish II ta bob, xulosa va takliflar va foydalingan adabiyotlardan iborat.
I bob. Navoiy va uning davrigacha bo'lgan adabiyotda "Layli va Majnun" haqidagi dostonlar I.1. Ganjaviy va Dehlaviyning "Layli va Majnun" dostonlari haqida Layli va Majnun” dostoni o‘zining uzoq tarixiga egadir . Uning tub ildizlari, mashhur adabiyotshunos-matnshunos dan biri akademik I.Krachkovskiy ta’kidla b o‘tkanidek, VII asrning ikkinchi yarmiga borib ulanadi . “Layli va Majnun” nomi zamiridagi sujet XII asrgacha arab xalq adabiyotida ertak shaklida namoyon bo‘lgan edi . Keyinchalik bu nday mavzudagi asar larning Bobil (Iroq) adabiyotida nomi keltirib o‘til gan bo‘lsada , lekin asar haqidagi ma’lumotlar saqlan ib qolmagan . Yozma shakldagi dostonlarning ko‘pligi hamda asar g‘oyasining yetukligidan dostonlar xususiyatini va kelib chiqish genezisini o‘rganishga doir Yevropa adabiyotida XX asr o‘rtalarida yaratilgan tadqiqotlar ham alohida yangilik sifatida paydo bo‘lgan. Badiiy adabiyotda bu qissa doston
shaklida lk bor Nizomiy Ganjaviy tomonidan 1188-yilda yozilgan ed i. Nizomiy xalq orasida tarqalgan rivoyatlardan ijodiy foydalangan holda “Layli va Majnun” qissasini g‘oyaviy jihatdan mukammal va badiiy jihatdan yuksak asar darajasiga ko‘tardi. Keyinchalik Nizomiy an’anasini davom ettirgan bir qancha, Sharq adabiyotida, salaflar paydo bo‘ldi.Ushbu maqolada “Layli va Majnun” turkumidagi dostonlarning kelib chiqish tarixi, undagi obrazlarning tarixiy jihatlari, genezisi haqida mulohaza yuritiladi. Majnun obrazining tarixiyligi, u real hayotda mavjud inson bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar maqolada keltiriladi. Shuningdek, “Layli va Majnun” turkumidagi dostonlarni o‘rgangan olimlarning ishlari ham tahlilga tortilgan. Layli va Majnun” jahon adabiyotida sevgi haqida yaratilgan eng g‘amgin qissalardan biridir. Biz, boshqa biron-bir sevgi asarining “Layli va Majnun”chalik fojiaviy, sevishganlar ma’naviy-ruhiy olamining chuqur va o‘ta ta’sirli ochilganini bilmaymiz. Shuning uchun ham Alisher Navoiy o‘z “Layli va Majnun”ining so‘ngida quyidagi baytni keltirgan: So‘gin nechakim uzatdim oxir, Yig‘lay-yig‘lay tugatdim oxir. [15:208] “Layli va Majnun” ko‘p asrlik tarixga ega. Uning ildizlari, mashhur adabiyotshunos-matnshunos akademik I.Krachkovskiy ta’kidlaganidek, VII asrning ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Ayrim arab manbalarining ma’lumotiga ko‘ra, Majnun tarixiy shaxs. U Bani Omar qabilasidan chiqqan, uning asl nomi Qays ibn Mulavvah (yoki Qays ibn Muod ) bo‘lgan. U qabiladoshi Laylini sevgan va o‘z sevgisi, hijron azoblari haqida mungli she’rlar bitgan. Bunday ma’lumot ibn Qutaybaning "Kitobutshe’r va shuaro" asarida ham keltiriladi. Shu bilan birga, boshqa manbalar bu ma’lumotlarni rad etadi. Jumladan, arab olimi Avon ibn Hakim al-Qalbiy (764 yilda vafot etgan), arab tarixchisi Hishom al-Qalbiy (819 yilda vafot etgan)lar Majnun tarixiy shaxs emas, uning nomi majoziy, sevgi, hijron she’rlari esa umaviy xonadoniga mansub bir oshiq yigit tomonidan bitilgan va asl nomini oshkor etmaslik uchun Majnun taxallusini qo‘llagan, deyishadi. Shu tariqa VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab arab poeziyasida Majnun taxallusli mungli she’rlar ko‘payib, keng tarqalib boradi. Vaqtlar o‘tishi bilan ko‘plab afsonalar, rivoyatlar to‘qiladi va ular turli manbalardan joy ola boradi. “Layli va Majnun” nomi ostidagi sujet XII asrgacha arab xalq adabiyotida ertak shaklida namoyon bo‘lgan. Keyinchalik bu mavzudagi asar Bobil (Iroq) adabiyotida nomi keltirib o‘tilsa-da, lekin asar haqidagi ma’lumotlar saqlanmagan. [16:17] XI asrning