Alisher Navoiyning “Xamsa” asarida “do‘st” obrazi
Alisher Navoiyning “Xamsa” asarida “do‘st” obrazi Mundarija Kirish: Bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi………….3 I BOB: Xamsachilik an’anasi va Alisher Navoiy “Xamsa”si ……………………………………………………7 1.1. Xamsanavislik tarixiga bir nazar…………………………7 1.2. Alisher Navoiy “Xamsa”si va uning o‘ziga xos xususiyati………………………………………………….14 II BOB: Alisher Navoiy “Xamsa”sida obrazlar talqini………………………………………………..21 2.1.”Xamsa” dostonlarida “do‘st” obrazining poetik vazifasi…………………………………………….21 2.2.Dostonlardagi “do‘st” obrazining qiyosiy tahlili………………………………………………………..73 III. Umumiy xulosalar………………………………………. 83 IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………….87 2
Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘, Yor o‘ling bir-biringizgaki, erur yorliq ish. 1 (A.Navoiy) KIRISH Mavzuning dolzaarbligi. O‘tgan asrning 90-yillaridan e’tiboran o‘zbek xalqi o‘z tarixining yangi bosqichiga kirdi. 1989-yil 21- oktabrda o‘zbek tiliga “ Davlat tili “ maqomining berilishi xalqimiz ma’naviy hayotida yangi o‘zgarishlar, tub burilishlar yasadi. Ajdodlarimiz yaratgan o‘lmas va boqiy asarlar o‘z mohiyati nuqtayi nazaridan talqin-u tahlil etila boshlandi. Millatimizning qadriyatlari, urf-odatlari, din-u e’tiqodlari, ularga hurmat qonun bilan mustahkamlab qo‘yildi. Yosh avlodning ulug‘ ajdodlar hayoti va ijodidan saboq olishi, ular yozib qoldirgan hayotiy hikmatlardan bahramand bo‘lishi uchun jamiyat rivoji va mamlakat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan komil insonlarni tarbiyalash maqsadida adabiyotimiz tarixida o‘rganilmagan qirralarga alohida e’tibor berildi. Xususan, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Boborahim Mashrab kabi ajdodlarimiz yaratgan durdonalardan bahramand bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldik. Eng asosiysi, Navoiy dahosiga bo‘lgan biryoqlama munosabat o‘zgardi. O‘zbekistonning Birinchi prezidenti 1999-yil Navoiy shahrida buyuk shoir va mutafakkir yodgorlik majmuiga bag‘ishlangan tantanali marosimda shunday degan edi: “Hazrat Navoiy shunday buyuk zot ekan, uning tafakkur durdonalari bo‘lmish boqiy satrlari zamonlar osha yashab kelayotgan ekan, bu ulug‘ merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak, ma’naviyatni yuksaklikka ko‘tarishda, insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz”. 2 Dunyo miqyosida yuz berayotgan o‘zgarishlar - bugungi globallashuv zamonida - jamiyatlar va xalqlar hayotida minglab yangidan yangi tushuncha va tasavvurlar paydo qilmoqda. Ular hech qanday to‘siqni pisand qilmay, sur’at bilan dunyoning turli burchaklariga yetib bormoqda. Hali hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan, bo‘layotgan jarayonlarning tashqi “qobig‘i”nigina ko‘ra oladigan , kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni moddiy boyliklar bilan 1 A. Navoiy.G‘aroyib us-sig’ar. www.ziyo.uz kutubxonasi. 152-bet 2 Abadiyat gulshani (maqolalar, she’rlar ). T.: Sharq, 2013. 4-bet˗ 3
qarichlaydigan zamondoshlarimiz, ming afsuslar bo‘lsinki, ko‘pchilikni tashkil eta boshlagani yashirib bo‘lmas haqiqat. Shunday paytda ularga ma’naviy ko‘mak beruvchi, iymon- e’tiqoddan saboq beruvchi asarlarning tub mohiyatini anglatuvchi qarashlarning yuzaga kelishi ayni muddao desak, xato bo‘lmas deb o‘ylaymiz. Navoiyning lirik va epik asarlaridagi “do‘st “ obrazi haqida qanchadan-qancha ilmiy asarlar yozilgan bo‘lsa ham, “Xamsa“ asaridagi “do‘st“ obrazi haqida o‘z nuqtayi nazarimiz bilan oshno etmoqchimiz. Hazrat Navoiy asarlari misoli ummon. Qancha o‘rgansang ham, uning hech kim payqamagan, e’tiborsiz qolgan jihatlari topilaveradi. Ana shu jarayon bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqotning maqsadi. Badiiy adabiyotda inson timsoli u yashayotgan jamiyat va undagi jarayonlar bilan, uni o‘rab olgan tabiat, ijtimoiy muhit, narsa- hodisalar bilan birgalikda, ular bilan chambarchas aloqada tasvirlanadi. Chunki inson hamisha shular qurshovida bo‘ladi. Biroq bularning hammasi inson timsolini yo o‘ziga xosligini ko‘rsatishga, yoki uning ham boshqalarga o‘xshash tomonlari borligini ta’kidlashga, yoxud inson obraziga hissiy ta’sirchanlik bag‘ishlashga, yoinki uning biror jihatini to‘ldirishga xizmat qiladi. Demak, ular yordamchi vositalardir. Inson yolg‘iz o‘zi mavjud bo‘la olmaydi. Odam odamday yashashi va o‘z insonligini namoyish etishi uchun juda ko‘p narsalar kerak. Badiiy adabiyotda inson bilan bir qatorda, narsa-hodisalar tasviri ham zarurdir. Faqat ularning badiiy adabiyotdagi tasviri inson holati, kechinmalariga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Insonni tasvirlash, avvalo, uning ichki dunyosini, kechinmalarini tasvirlash demakdir. Odam odamlar orasida, ya’ni jamiyatda yashaydi. Insonning kechinmalari jamiyatga oid turli-tuman masalalar bilan chambarchas aloqador bo‘ladi. 3 O‘zi yashagan davr ijtimoiy muammolarini hal etish ul zotning hayotining mazmuni, “xalq g‘ami “ uning “g‘ami “dir. Shoirlik esa qismatidir. “Shoir qaysi zamonda, qaysi yurtda yashamasin, birinchi galda o‘z qalbining holatini ayon etadi va agar bu holat minglarning, millionlarning qalbiga esh bo‘lsa, shoir nidosi umumxalq, umumbashariy nidoga aylanadi. Shoirlik hamma zamonda qismat bo‘ldi “. 4 Darhaqiqat, bolaligida shayx Fariduddin Attor ruhi poklari sarchashmasidan bahramand bo‘lgan Alisher pirining ishqi o‘tida samandar, uning xirmani olovi kulidan paydo bo‘lgan qaqnuscha bo‘lib, Jamshid jomi 3 Q.Yo’ldoshev,B.Qosimov,V.Qodirov,J.Yo’ldoshbekov. Adabiyot (umumiy o’rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik). —T.: Sharq, 2013. 159-bet 4 Э. Воҳидов. Шоиру, шеъру шуур: Адабий эсселар.Т.: Ëш гвардия, 1987. 76-бет. 4
va Xizr suyini bir umr o‘ziga hamroh qildi. Navoiyning o‘zi bu haqida “G‘aroyib us-sig‘ar”ning 16- g‘azalida shunday deydi: Jomi jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom, Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga. 5 Biz ushbu ishimizda “do‘st”ning qanday mashaqqatlar chekkani evaziga do‘st maqomiga erishgani, Navoiy ijodida tasavvufning tutgan o‘rni, uning botiniy mohiyati, ramziy ifodalar va ularga yuklangan “yuklama” lar haqida to‘xtalishga harakat qilamiz. Zero, Navoiy ijodi ko‘ksidagi jomi kabi zohiriy va botiniy sirlar bilan limmo-lim. Ushbu sinoatdan bilimimiz, salohiyatimiz darajasida mushohada qilamiz. Bu yo‘lda bizga Navoiy bobomizning ruhi poklari madad bo‘lgay! Inshoolloh! Biz yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqqan holda, quyidagi vazifalarni o‘z oldimizga qo‘yamiz: -“Xamsa” tarkibidagi dostonlarni sinchiklab o‘qish; - bu mavzu bo‘yicha adabiyotshunoslar fikri bilan tanishish ; -“Xamsa” asari bo‘yicha tadqiqotlarni o‘rganib chiqish ; -asarga dunyoviy va tasavvufiy jihatdan yondashib, ramziylikni ochishga harakat qilish; -“do‘st” atamasining barcha qirralariga e’tibor berish; -dostonlardagi “do‘st”obrazini qiyosiy o‘rganish; -“do‘st” obrazining poetik vazifasini aniqlash. Mavzuning o‘rganilish darajasi. Bugungi kungacha bu mavzu bir qancha olimlar: N. Mallayev, V. Rahmonov, B. To‘xliyev, B. Qosimov, S. Olimov, A. Hayitmetov, S. Hasanov, M. Hasanov, O. Jo‘rayev, Q. Yo‘ldoshev, I.Haqqul, M. Imomnazarov, Z. Hamidov, Sh. Sharipov, O. Usmon, I.Abdulloh, A. Zohid. S. Rafiddinov, A.Abduqodir kabilar tomonidan o‘rganilgan. Yuqorida aytganimizdek, Navoiy asarlari qancha ko‘p o‘rganilsa ham, olmos yanglig‘ jilolanadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda yuqorida maqsad qilingan jihatlarga e’tibor qaratishga harakat qilamiz. Mavzuning ilmiy yangiligi. “Xamsa” asaridagi ”do‘st ”obrazining barcha qirralarini, shuningdek, ramziy ifodalar mohiyatini izohlashga harakat 5 A. Navoiy.G‘aroyib us-sig‘ar. www.ziyo.uz kutubxonasi. 22-bet 5
qilishdan iborat. Tadqiqotning metodologik asosi va tadqiq usullari. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda qo‘yilgan barcha muammolarni tadqiq etishda tasavvufiy va yangi davr ilmiy -estetik mezonlariga tayanildi. Yuqorida nomlari zikr qilingan olimlarimizning fikr va mulohazalariga asoslanib, ularning adabiyotshunoslikka oid qarashlari ishimizga ilmiy-nazariy asos bo‘lib xizmat qildi. Tadqiqot jarayonida analitik va qiyosiy-tipologik tadqiqot usulidan foydalanildi. Ishning tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishimiz kirish, ikki bob, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati kabi qismlardan tashkil topgan. Har ikki bobdan olingan umumiy xulosalar ishimizning xulosa qismida o‘z ifodasini topdi. Bitiruv malakaviy ishini yozish davomida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati to‘liq keltiriladi. 6