logo

NAZAR ESHONQULNING “URUSH ODAMLARI” ASARIDA AYOL OBRAZI

Yuklangan vaqt:

20.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

112.7412109375 KB
NAZAR ESHONQULNING “URUSH ODAMLARI” ASARIDA AYOL
OBRAZI
M   U   N   D   A   R   I   J   A
Kirish.............................................................................................................................4
I bob. Nazar Eshonqul asarlarida ayolga bo‘lgan 
munosabti……………………………………………………………………………10
1.1. O‘zbek adabiyotida  “ayol” abrazining tutgan  o‘rni............................................10
1.2. “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasida ayol ruhiyati…………………………..16
II bob. “Urush odamlari”  qissasida ayol obrazining 
o‘rni…………………………………………………………………………………24
2.1. Biydi momo – tipik obraz sifatida ……………………………………………...26
2.2. Anzirat xarakterini  yoritishda ijtimoiy muhitning o‘rni…………………….…36
Xulosa........................................................................................................................57
Foydalanilgan    adabiyotlar    ro‘yxati.................................. .................................... 60
  
1 Kirish
Mavzuning   dolzarbligi.   Adabiyot   hayot   ko‘zgusi,   hayot   darsligi
deyiladi.chunki u kishilik jamiyati hayotida ro‘y bergan kattami- kichikmi har qanday
o‘zgarish   va   evrilishlarning   aks-sadosi   tarzida   namoyon   bo‘ladi,   ularni   badiiy
asarlarida aks ettiradi. Xalqimiz azal-azaldan adabiyotga insonning ma’naviy olamini
kashf   ettiruvchi   bir   kuch   sifatida   baho   berganlar.   Shu   sabadan   adabiyotni
insonshunoslik   deb,   shoir   va   yozuvchilarni   esa   inson   ruhiyatining   muhandislari   deb
ta’riflanishi   ajab   emas,   albatta.   Prezidentimiz   sh.mirziyoyev     “adabiyot,   san’at   va
madaniyat   yashasa,   millat   va   xalq   butun   insoniyat   bezavol   yashaydi   e’tibor”
mavzusidagi   xalqaro   konferensiyada   bugungi   kunda   adabiyotning   jamiyat
taraqqiyotida tutgan o‘rni hamda yozuvchining   asosiy vazifasi haqida to‘xtalar ekan
shunday   ta’kidlaydi:   “muhtaram   do‘stlar!   Bundan   yuz   yil   muqaddam   buyuk   o‘zbek
shoiri   abdulhamid   sulaymon   o‘g‘li   –   cho‘lpon   «adabiyot   yashasa,   millat   yashar!»
degan otashin  da’vat  bilan maydonga  chiqqan edi.hayot  va tarix sinovlaridan o‘tgan
teran   ma’noli   bu   so‘zlar   bugun   ham   o‘z   ahamiyati   va   qimmatini   yo‘qotgan   emas.
Darhaqiqat,   adabiyot,   san’at   va   madaniyat   yashasa,   millat   va   xalq,   butun   insoniyat
bezavol yashaydi. Mana shunday ezgu va sharafli ishga o‘z hayotini bag‘ishlagan siz,
azizlarga   sihat-salomatlik,   ijodiy   yutuqlar,   baxt   va   omad,   konferensiya   ishiga
muvaffaqiyat tilayman.”   
. 1
Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti olam hodisalari va odam ruhiyati qirralariga
xilma- xil qarash, olamning mavjudlik yo‘sini va undagi tartibotlarni turlicha izohlash
imkoniyati   mahsuli   bo‘lgan   adabiyotdir.   Bugungi   o‘zbek   adabiyoti   o‘z   ko‘ngliga
qarshi   bormaydigan   uning   royishlariga   zug‘um   o‘tkazmaydigan   kishilar   tomonidan
yaratilayotir.   Bugungi   o‘zbek   adabiyoti   millat   ahlining     ko‘ngli,   sezimlari   va
ruhiyatini   tasvirlashga   e’tibor   qaratishi   natijasida   inson   asosiy   badiiy   qadriyatga
1
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Sh.Mirziyoyevning  O‘zbekiston ijodkor ziyolilari  vakillari  bilan uchrashuvidagi
“Adabiyot va san’at; madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir”
nomli ma’ruzasi // Xalq so‘zi. – 2017, 4 avgust 
2 aylandi.mustaqillik   davri   adabiyoti   chinakamiga   xilma-xil   adabiyot   bo‘ldi.   Unda
sinab   ko‘rish,   ochilmagan   yo‘llardan   yurish,   hatto,   xato   qilish   imkoniyati   bor.   Bu
adabiyotga   qanday  yozish   kerakligi   tog‘risida   ko‘rsatma   berilmaydi.  Bu   hol   birovga
o‘xshamaydigan,   o‘zgalarni   takrorlamaydigan   o‘ziga   xos   iste’dodlarning   dunyoga
kelishiga   imkon   yaratdi.   Xilma-xil   yo‘nalishdagi   asarlarning   vujudga   kelishi   badiiy
didi   har   xil   bo‘lgan   o‘quvchilarni   paydo   qiladi.   Bugungi   kun   adabiyoti   kechagi
adabiyotdan   bir   qancha   xususiyatlari   bilan   farq   qiladi.   Ya’ni   odamning   qalb
iztiroblari,   quvonchlarining   betakror   tahlili   va   ruhiyatining   turfa   ko‘rinishlari
inkishofi hamda voqea-hodisalar tasvirining batafsilligi, ularning har biri maqsad sari
yo‘naltirilganligi,   qahramonlarning   o‘ta   milliy   va   individuallashganligi   bozor
iqtisodiyotining   mohiyatini   ochib   berishi   bilan   o‘ziga   xoslikka   ega.   Agar
umumlashtirib   aytsak,   voqea-hodisadan   ko‘ra,insonning   uning   qalbi   tahlili   birinchi
o‘ringa chiqqanligi bilan ajralib turadi.
Mustaqillik   yillari   o‘zbek   adabiyoti   ravnaqida   jiddiy   o‘sish-o‘zgarishlar   yuz
berdi. Jahon adabiyotiga xos ilg‘or ijodiy an’analarni   realistik yo‘sinda tasvirlovchi,
badiiy tadqiq etuvchi asarlar bilan bir qatorda yangicha talqin uslubi va yangi shakliy
izlanishlar   yuzaga   keldi.   Adabiyotimizda   xilma-xil   falsafiy   zaminga   asoslangan
adabiy-ijodiy   tamoyillar   paydo   bo‘ldi.   Ularning   ildizlari   80-90-yillar   adabiyotiga,
o‘sha  davr   hayotiga  bog‘lanadi.   Aniqrog‘i,  o‘z   mafkurasini  odamlar  ongiga  “mixlab
tashlagan”   jamiyatning   yaroqsizligi,   tanazzuli   oqibatlari,   fojialari   milliy
adabiyotimizda ham xilma-xil insonlar taqdiri orqali ochib berildi .   Saksoninchi yillar
oxiri-to‘qsoninchi   yillar   boshlaridagi   vaziyat   adabiyotda   yangicha     inson   obrazining
tug‘ilishi uchun zamin hozirladi . Shunday davr ijodkorlaridan biri nazar eshonquldir.
Yozuvchining   asarlarida   qahramonlar   ichki   olami,   ijtimoiy   muhit   va   badiiy
prixologizm   mohirona   tasvirlanadi.   Ayniqsa,   modernizm   ruhidagi   asarlari   o‘zining
ramz   va   istioralarga   boyligi,   metaforikligi   bilan   boshqa   asarlardan   ajralib   turadi.
Ammo   adibni   dastlab   yozuvchi   sifatida   tanitgan   va   uning   o‘z   uslubini   yaratishga
zamin   bo‘lgan   asarlari   –   realistik   ruhdagi   asarlari   sanaladi.     Nazar   eshonqulning
3 dastlabki asari 1989-yilda “urush odamlari” nomi bilan chop     etilgan. Qissa nomining
o‘ziyoq   urush   va   uning   ortidagi   hayot,   frontda   kurashgan   erkaklar   va   front   ortida
kurashgan   ayollarning   ayanchli   qismatlari   alohida   o‘rin   tutganini   ko‘rsatadi.   Ushbu
qissa   uning   realistik   uslubdagi   asarlaridan   biri   hisoblanib,   uning   “shamolni   tutib
bo‘lmaydi” hikoyasi ham ayni shu ruhdadir. Biz ham tadqiqot manbayi qilib adibning
o‘ziga   xos   uslubini   shakllantirishga   zamin   yaratgan   dastlabki   realistik   ruhdagi
asarlarini oldik. “urush odamlari” asarida ikkinchi jahon urushining daxshatli fojialari
chekka   bir   qishloqdagi   insonlarni   ham   chetlab   o‘tmaganligi   asar   qahramonlari
fojialari bilan ko‘rsatib berilgan. Garchi urush ishtirokchilari erkaklar bo‘lsa-da, urush
ortida   qoluvchi   ayollar   ham   bu   urush   zahmatini   erkaklardan   kam   ko‘rmaganligini,
qiyinchiliklar,   og‘ir   sharoit   va   mehnatlar,   umr   yo‘ldoshlari   va   farzandlarining
mehrisiz   ayollar   qalbining   quroqlashib   ketganligi   yozuvchi   tomonidan   mohirona
ochib  berilgan.   Asar   kompozitsiyaning   birinchi   planida   aynan,   ayollar   obrazi   turadi.
Chunki urushda eng og‘ir ish – kutish , chiqmagan jondan umid qilib kutish – kutish
ayollar   zimmasiga   tushgan   edi.   Shu   sabab   ham   yozuvchi   asarda   ayollar   obraziga
ko‘proq   urg‘u   bergan   va   son   jihatdan   ham   asarda   ayollar   obrazi   ko‘pdir.   Nazar
eshonqulning     modernistik   va   realistik   ruhdagi     asarlari   ko‘plab   tadqiqotchilar
tomonidan o‘rganilgan ammo aynan “urush odamlari” asaridagi ayollar obrazi tavsifi
borasida   maxsus   yirik   tadqiqot   ishi   olib   borilmagan     nazar   eshonqulning   “urush
odamlari”   asaridagi   ayollar   obrazidagi   ichki   konfliktlar,   ruhiyat   ular   xarakteriga
ijtimoiy   muhitning   ta’sirini   o‘rganish   orqali   adibning   obraz   yaratish   mahoratini
ko‘rsatib berish dolzarb ilmiy masaladir.
Mavzuning   o‘rganilish   darajasi.   Nazar   eshonqul   ijodi   ham,   asarlarining
milliy   adabiyotimizda   tutgan   o‘rni   borasida   ham   qator   maqolalar,   ilmiy   tadqiqotlar
yaratilmoqda.   Yozuvchi   asarlaridagi   qahramon   va   tasvir   masalasining   o‘ziga   xosligi
adabiyotshunos   olimlar   u.normatov   (“umidbaxsh   tamoyillar”),   q.yo‘ldoshev   (“yoniq
so‘z”,   “dastlabki   dovon   belgilari”,   “yirik   shaxslar   tasviri   yo‘lida”),   a.rasulov
(“badiiylik   –   bezavol   yangilik”),   u.hamdam   (“yangilanish   ehtiyoji”)   ,   u.o‘ljaboyev
4 (“adabiyot – ko‘ngil ko‘zgusi”) a.ulug‘ov (“qissachiligimiz qirralari”) 2
singari kitob va
adabiy-tanqidiy   maqolalarida   o‘rganilgan,   tahlilga   tortilgan.   Barcha   ilmiy
tadqiqotlarni o‘rgangan holda va ularga tayanib, “urush odamlari” asarini va asardagi
aynan ayollar obrazi talqinini tadqiqot obyekti qilib oldik.
Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari.  Nazar eshonqulning nasriy
asarlarini   o‘rganish   va   ayniqsa,   asarlaridagi   qahramonlarning   o‘ta   milliyligi,   urush
ayollari   fojeali   hayotining   qabariq   tasvirlarini   o‘rganish   ishning   asosiy   maqsadini
tashkil etadi. Ana shu maqsadlarni amalga oshirishda vazifalar belgilandi:
  –   o‘zbek   adabiyotida   “ayol”   obrazining   tutgan   o‘rnini   xalq   og‘zaki   ijodi
namunalarida va nasriy asarlar misolida ochib berish;
–   nazar   eshonqul   asarlarida   (“shamolni   tutib   bo‘lmaydi”   ,   “urush   odamlari”)
ayolga   bo‘lgan   munosabat,   ayollar   ruhiyatini   ochishda   ijtimoiy   muhitdan,   turli
detallardan mohirona foydalanganligini, yozuvchi badiiy mahoratini namoyon qilish ;
    –  nazar eshonqul asrlarida  hayot hodisalari va inson ruhiyatini xolis kuzatish
hamda   badiiy   tadqiq-u   tahlil   qilish   orqali   yozuvchilar   o‘tmishdagi   urush   va   u
yetkazgan   fojialarni   insonlar   dunyosidagi   inqirozga,   ziddiyatga   bog‘lab   yoritilgan.
Natijada insonning har  lahzada ming bir  qiyofa kasb etuvchi  rango-rang ichki olami
namoyon   bo‘ladi.   Natijada,   xayolot   bilan   ruhiyat,   hayotiy   hodisalar   bilan   inson
borlig‘i   uzviylikda,   bor   ko‘lami   va   turfa   ranglari   bilan   tasvirlanmoqda,   sharqona
milliy ruhni, o‘ziga xos hayot falsafasini ifoda qilgan;
–     asarni   tahlil   qilish   orqali     yozuvchining   qahramon   yaratishdagi
individuallik   masalasiga   e’tibor   qaratish;   ayollar   obrazi   tavsifida   asar   badiiyatining
o‘rnini aniqlash;  
2
  Q.Yo’ldoshev. Yoniq so’z. – Toshkent: Akademnashr, 2006. O.Sharafiddinov. Ijodni anglash baxti. – Toshkent: Sharq,
2004;   U.Normatov. Umidbaxsh tamoyillar. – T oshkent. Ma’naviyat – 2000     Q.Yo‘ldoshev.Dastlabki dovon belgilari.   –
Toshkent   2007   Q.Yo‘ldoshev. Yirik   shaxslar   tasviri   yo‘lida //   O‘zbek   tili   va   adabiyoti//-   1998   4-son;
A.Rasulov .Badiiylik – bezavol yangilik,Toshkent “Sharq”- 2007; U.Hamdam. Yangilanish ehtiyoji –  Toshkent, “Fan” -
2007  , U.O‘ljaboyev Adabiyot – ko‘ngil ko‘zgusi.  Toshkent Turon zamin – 2017; 
5   –     urush   ayollari   obrazlarini   boshqa   yozuvchilar   asarlari   misolida   qiyosiy-
tahliliy   o‘rganib,   yozuvchi   yaratgan   obrazlar   bilan   qiyoslash   va   bu   orqali   yozuvchi
yaratgan obrazlaridagi yutuqlar va qusurlarni aniqlash;
–   asarda   badiiylik   komponentlarining   qo‘llanilishi   va   yozuvchi   g‘oyaviy
maqsadini   tadqiq   etish   ,   ayollar   obrazi   xarakterlari   talqinida   yozuvchi
mahoratini asoslovchi badiiy   unsurlarni aniqlashtirish kabilardan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi.    Bitiruv malakaviy ishimizda o‘zbek
milliy   nasrining     istiqlol   davri   nosiri   –   nazar   eshonqul   “urush   odamlari”   qissasidagi
ayollar   obrazlarining   o‘ziga   xosliklari,   yozuvchining   obrazlarni   yaratishdagi
mahoratini   tahlilga   tortildi.   “urush   odamlari”   ,   “shamolni   tutib   bo‘lmaydi”
asarlaridagi   tipik   obraz   darajasiga   ko‘tarilgan   bayna   momo,   biydi   momo   ,   anzirat
timsollarining   ruhiy   kechinma lari   va   psixallogik   olam i       chuqur   o‘rganildi.
Yozuvchining   badiiy   mahorati   asarlaridagi   badiiy   tilning   o‘ziga   xos   jihatlari   orqali
ham   ko‘rsatib   berildi.   Nazar   eshonqul   ijodi   talqini   o‘zbek   nasri     tahlil   etilib,
yozuvchining   badiiy   obraz   yaratish   mahoratini   o‘rganish,   tahlil   va   talqin   etish,   shu
orqali ijodkorning mahoratini ochib berishga ham e’tibor qaratildi; 
- Adib hikoyalaridagi ayol obraziga e’tibor qaratilib, uning ruhiyati tahlil etiladi;
- Qissadagi   ayollar   obrazining   xarakterini   ochishda   ijtimoiy   muhitning   rolini
ko‘rsatib berish;  
- Muallifning tipik obraz yaratishda qo‘llagan badiiy mahorati ochib beriladi;
Yozuvchining   modernistik   ruhdagi   asarlari   mustaqillik   davri   tanqidchilari   va
yosh   tadqiqotchilari   tomonidan   ko‘p   o‘rganilgan.   Ammo   uning   realistik   ruhdagi
dastlabki  asarlari haqida maxsus  yirik tadqiqot ishining mavjud emasligini  va aynan
ushbu asarlaridagina yozuvchining asl obraz yaratish mahorati namoyon bo‘lganligini
ochib   berishga   harakat   qilindi.   Bitiruv   malakaviy   ishning   ilmiy   yangiligi   ham
shundadir.   Bitiruv   malakaviy   ishda   qo‘yilgan   natija   asosan   urush   ayollari
obrazlarining   ruhiyati   va   xarakteri   masalasini   imkon   darajada   to‘laqonli   ravishda
o‘rganilishi bilan izohlanadi.  
6 Malakaviy   bitiruv   ishining   tadqiq   usullari .   Mavzuni   yoritishda   hozirgi
kunda o‘zbek adabiyotshunosligi qo‘lga kiritgan yutuqlardan, bayon qilingan nazariy
fikrlardan, qiyosiy-tipologik, germeniftik, tavsifiy, qiyosiy metoddan foydalanildi 
Bitiruv   ishining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   Bitiruv   ishidan   chiqarilgan
ilmiy   xulosa   va   qarashlardan     zamonaviy     o‘zbek   adabiyoti   bo‘yicha   qilinadigan
tadqiqotlarda   foydalanish   mumkin.   Umumiy   o‘rta   ta’lim   tizimida   adabiyot   fanida
“mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti” mavzusini o‘qitishda  hamda akademik litsey va
kasb-hunar   kollejlarining   3-kursida   nazar   eshonqul   ijodini   o‘rganishda   amalga
oshirilgan   ilmiy-nazariy   qarashlarni   qo‘llash   mumkin.   Oliy   ta’limda   “istiqlol   davri
adabiyoti”   ni   o‘rganishda   va   “adabiyotshunoslik   nazariyasi”   fanida   obrazlar
mavzusini o‘rganishda ishdan foydalanish mumkin.
Bitiruv   malakaviy   ishining   manbalari .     Keyingi   yillarda     o‘zbek   nasrining
asosiy   tamoyillari   tahlil   etilgan   adabiy-nazariy   hamda   tanqidiy   maqolalar,   kitoblar
ishning   manbasi   vazifasini   o‘tadi.   Yozuvchi   nazar   eshonqulning   turli   yillarda   nashr
etilgan hikoya va qissalardan tarkib topgan “shamolni tutib bo‘lmaydi”,  “yalpiz hidi”
“urush   odamlari”   va   kitoblari   bitiruv   malakaviy   ishining   manbasini   tashkil   etadi.
Adabiyotshunosligimizda   nazar   eshonqul   asarlari   yuzasidan   bildirilgan   fikrlar,
yozuvchi  ijodiga doir tadqiqotlardan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi.   Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch asosiy
bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan  tarkib topgan.
7 I bob . Nazar eshonqul asarlarida ayolga bo‘lgan munosabat
1.1. O‘zbek adabiyotida ayol obrazining tutgan o‘rni
Ayol   bo‘lmasa,   adabiyot   bo‘lmas   edi.   Adabiyot,   avvalo,   ayolga   atab,   ayol
uchun,   uning   ko‘nglini   olish,   dilidagini   bilish,   ayol   degan   xilqat   ne   o‘zi   -   shuni
anglash   uchun   yaralgan.   Abdulla   qahhor   aytganidek,   qushning   ham   erkagi   sayraydi.
So‘z san'ati avval boshi er kishining ijodidir, demak, erkakni qiziqtirgan bosh masala
adabiyotning   asosiy   muammosi   bo‘ladi.   Erkakni   esa,   tabiiyki,   eng   avvalo   ayol
qiziqtiradi.   Shu   bois,   adabiyotning   asosiy   qahramoni,   bosh   mavzui   -   ayoldir.
Darhaqiqat,   deyarli   barcha   qalam   mahsullarida   ayol   obrazi   asosiy   o‘rinni   egallaydi.
Umuman olganda, asli hayot erkak va ayol munosabatlari ustiga qurilgan. U istalgan
jihatdan   bo‘lsin,   ana   shu   ikki   insonning   munosabati   zamirida   mavjud   bo‘ladi.
Adabiyot esa inson va uning qalbini o‘rganuvchi fandir. Aytish mumkinki, adabiyotda
turli mavzu va qarashlar ko‘p, ammo ularning tag zamirini qarasak, barchasi ayol va
uning   tevaragida   aylanadi.   Hatto   mavzusi   hayotni   anglashga   qaratilgan   asarlarning
ham mag‘zi  birinchi  navbatda, ayolni anglashga qaratiladi. to‘g‘ri, so‘z san'atida ota-
onaga   muhabbat,   tabiat   go‘zalligi,   halollik,   bolalarni   sevish,   yovlarga   nafrat...   Kabi
o‘nlab   mavzular   bor,   bularning   har   biri   ming   yillardan   beri   yuzlab   xalqlarning   so‘z
san'atida   chuqur,   har   taraflama   ishlangan.   Ammo   baribir,   ularning   hech   biri   ayol
tasvirichalik   mavqe   kasb   etmaydi.   Shu   ma'noda,   insonshunoslik   bo‘lmish   adabiyot
birinchi   navbatda   ayolshunoslik,   ya'ni   ayolni   o‘rganish,   inkishof   etish   ilmidir 3
.
Ayollar   obrazi   kirib   bormagan   san'at   sohasining   o‘zi   bo‘lmasa   kerak,   nazarimizda.
Badiiy adabiyot, haykaltaroshlik,  rassomchilik,  miniatyura, raqs, teatr, kino va hozir
esimizga   kelmayotgan   qanchadan-qancha   san'at   turlarining   barchasida   ayol   obrazi
markaziy   o‘rinda   turadi.xususan,   mavjud   ilmiy   materiallarning   mazmun-mundarijasi
3
 Z.Isomiddinov.Ikki ayol.//Tafakkur,2007,4-son
8 shuni ko‘rsatmoqdaki, ayol obrazining san'at va adabiyotdagi badiiy talqini, ularning
jamiyatda   tutgan   o‘rni   masalasi   adabiyotshunoslik,psixologiya,   falsafa,   tarix,
siyosatshunoslik,   san'atshunoslik   kabi   turfa   fanlarning   ham   o‘rganish   ob'ekti
bo‘lganini   ko‘rish   mumkin.   Jumladan,   arab   tadqiqotchisi   a.a.xalaf   “arab   san'atida
ayollar   obrazi”   nomli   maqolasida   shunday   yozadi:   “sharq   san'atida   ayol   obrazi
markaziy   o‘rinni   egallaydi.   Ammo   bu   obraz   ko‘p   ma'nolarga   ega   bo‘lib,   turlicha
talqin   qilinadi.   Bir   tomondan,   u   ayolni   ma'naviy   yuksak   darajada   bo‘lsa-da   “narsa”
sifatida,   ammo   dunyoviy   sevgining   timsoli   sifatida   tasvirlaydi.   Ikkinchi   tomondan,
ayol   nisbatan   dunyoviy   sevgi   allohga   muhabbat   ramzini   ifodalaydi.   Bu   ikkinchi
xususiyatda   ayol   tasviri   ayniqsa   she'riyat   va   tasviriy   san'at   sintezida   keng
qo‘llanilgan”   4
  o‘zbek   adabiyotshunosligida   abdulla   qodiriyning   “o‘tkan   kunlar”
hamda   cho‘lponning   “kecha   va   kunduz”   romanlaridagi   ayollar   obrazi   va
yozuvchining   estetik   ideali   masalasi   bo‘yicha   ish   olib   borgan   adabiyotshunos   olima
x.lutfullayevaning   dissertatsiyasida   “kumush”   va   “zebi”   obrazlarini   yozuvchining
estetik ideali sifatida yaratilganini ikki bobda keng tahlil qilgan holda “insoniyatning
tamal   toshi   asosini   tashkil   qiluvchi   ayol   va   uning   obrazi   hamda   estetik
idealmuammolarini   tadqiqotimiz   uchun   mavzu   qilib   olar   ekanmiz,   uning
muhimligiayniqsa,hozirgihayotimiz   uchun   dolzarblik   kasb   etadi.   Chunki   ayol   yer
yuzidagi   jamiki   insoniyatni   tug‘ib,   voyagayetkazgan,   bashariyatning   davomiyligini
ta'min etuvchi zotdir”  5
, degan fikrni ilgari suradi    kuzatsak, eng qadimgi asarlar ham
ayolga   bag‘ishlangan,   ular   konfliktini   ayol   va   unga   aloqador   narsalar   tashkil   etadi.
Hatto, aytish mumkinki, adabiyot taraqqiyoti ayol mavzusining badiiy tadqiqi, uning
teranlasha borishi bilan chambarchas bog‘liq. Shu boisdan bu mavzu har bir zamonda
dolzarb va muhim masala sanaladi.
4
  Халаф   А . А .  Образ   женщины   в   Арабским   исскустве . //  Вестник   ВГУ .  Серия   филология   
и   журналистика . 2012. № 1. –  С . 118.
5
 X.Lutfiddinova  Yozuvchining estetik ideali va ayollar obrazi: (“O‘tkan kunlar” va “Kecha  
va kunduz” romanlari asosida): Filol. fan. nomz. ... diss. – Toshkent: 1994.
9 Ayol   obrazining   adabiyotda   mavjud   bo‘lishi   xalq   og‘zaki   ijodining   qadimiy
davrlariga borib taqaladi. Bu ayniqsa, diniy hikoyatlarda yorqinroq namoyon bo‘ladi.
Islomgacha   bo‘lgan   davrda   ham,   undan   so‘ng   ham   ayol   kishi   masalasiga   alohida
e’tibor   beriladi.darhaqiqat,   islomgacha  bo‘lgan  davrda  ayollar,  pari  kampirlar   obrazi
mavjud   bo‘lsa,   islom   dini   jamiyatida   esa   eng   katta   hurmatga   loyiq   zot   bu   turmush
ko‘rgan ayol, ya’ni ona hisoblanadi. Bu payg‘ambar alayhissalomning “jannat onalar
oyog‘i   ostidadir”   ,   degan   hadislarida   ham   yaqqol   namoyon   bo‘ladi.   Bundan
ko‘rinadiki,   ayol   masalasi   hech   bir   davrda   quyi   o‘ringa   tushgan   emas,   doimo   bosh
masala hisoblanadi. Chunki, insoniyat ibtidosidan boshlab odam bolasini ona dunyoga
keltiradi   va   atrof-olam   bilan   tanishtiradi.   Shuning   uchun   deyarli   ko‘p   hikmat,
rivoyatlarda asosiy obraz shaklida ayollar turadi. Ulardan eng qadimiylari umay ona,
momo   havo   obrazlaridir.   Umay   ona   qadimgi   turkiy   qavmlarning   onasi,   yaratuvchisi
hisoblanadi.   “bu   kult   onalarni,   bolalarni   himoya   qiluvchi   iloh.   Qadimgi   turkiylarda
tangri   (xudo)ning   umr   yo‘ldoshi   deb   tasavvur   qilingan”   6
  darhaqiqat,   bu   narsani
mahmud   koshg‘ariy   ham   o‘zining   “devon”ida   yozib   o‘tadi.   Umayni   yo‘ldosh,
ya’nibolaga   yopishib   yuruvchi   narsa   deya   ta’riflaydi.   Demak   ona   obrazi,   ayol
qiyofasi,   turmush   o‘rtoq   shaklida   ham   azaldan   mavjudbo‘lgan.   Shu   tariqa   ayol,   ona
obrazlari   afsona   va   rivoyatlardan   o‘sib,   shakllanib   kelgan.yuqoridagilar   badiiy
adabiyot namunalari bo‘lib, badiiy talqinda kirib kelsa, o‘rta asr tarixiy asarlarida ham
afsonaviy ayol yoki ona obrazlariga murojaat etilgan. Buni mirzo   ulug‘bekning “to‘rt
ulus   tarixi”   asarida   ko‘ramiz.   Asarning   ikkinchi   bobida   “turk-mo‘g‘ul   xalqlarining
afsonaviy onasi alanquva va undan tarqalgan avlod”   2
  haqida so‘z boradi. Bitta katta
bob onaga bag‘ishlangan. Bu narsani taniqli adib pirimqul qodirov o‘zining “yulduzli
tunlar. Bobur” tarixiy romaniga ham mohirona olib kiradi. Asarga bobur nutqi orqali“
–   ana   shu   yulduzxonning   nevarasi   –   afsonaviy   ayol   alanquva   qurlos   urug‘idan
ekan.qurlos   barlosga   qon-qarindosh.   Nomi   ham   uyqash.   Men   buni   mirzo
ulug‘bekning   “to‘rtulus   tarixi”   kitobidan   o‘qidim.   Ilohiy   ruhdan   homilador   bo‘lib
6
 N.Rahmonov.O‘zbek adabiyoti tarixi.Toshkent,”Sano-standart” nashriyoti-2017
10 o‘g‘il   tuqqan   alanquva   turkey   qavmlarning   afsonaviy   onasi   sanalar   ekan”   7
shaklida
kiritiladi. Momo havo esa islom va uning aqidalarida kirib kelgan. U shayton hiylasi
tufayli   odam   atoga   ta’qiqlangan   mevani   yedirib   qo‘yadi.   Bunda   ayol   obrazining
o‘ziga   xos   jihatlarinamoyon   bo‘ladi.   Ya’ni,   odam   ato   bilan   munosabati,   unga   o‘z
ta’sirini   o‘tkaza   olishi   va   shubilan   birga   uning   ajralmas   maslakdoshi   bo‘lishi
ko‘rsatiladi.bu leytmotiv dunyo dinlarining deyarli barchasida mavjud.
Xalq   og‘zaki   ijodiyoti   janrlarining   har   qaysisida   ayol   obrazi   bor.   Ertaklarda
asosiy   o‘rinda   ayol   obrazi   turadi.   Bunda   ayollarning   turli   jihatlari,   xil-xususiyatlari,
xarakterlari   ochiladi.   Ularning   ba’zilarida   qalbi   mehrga   to‘la,   farzandi   uchun   jonini
beruvchi,   samimiy   ona   qiyofasida   ko‘rsak,   ayrimlarida   qahrli,   makkor,   o‘z   manfaati
uchun   hech   narsadan   qaytmaydigan   yovuz   qiyofada   ko‘ramiz.   Lekin   e’tiborli   jihati
shundaki, ertaklarning ham asosiy qahramonlari ayollar hisoblanadi. Bundan tashqari,
xalq og‘zaki ijodining gultoji bo‘lmish dostonlarda ham ayol obrazi va uning qiyofasi
alohida   qabariq   holatda   tasvirlanadi.   O‘zbek   xalqining   mumtoz   dostoni   –
“alpomish”da barchinoy, qaldirg‘ochoyim obrazlari ana shunday obrazlar hisoblanadi.
Dostonda   ayol   obrazining   badiiy   talqini   ham   asosiy   o‘rinni   egallaydi.   “alpomish”
dostonida   ayollarga   xos   bo‘lgan   fazilatlar,   ularning   ijtimoiy-siyosiy   hayotda   tutgan
o‘rni barchin obrazi  orqali nozik badiiy bo‘yoqlarda go‘zal va ehtirosli tasvirlangan.
Nafaqat   barchin   obrazi   orqali   balki,   qaldirg‘ochoyim   obrazi   orqali   ham   ayollarning
mardligi,   qat’iyatliligi,   va’daga   vafoli   bo‘lish   kerakligi,   or-nomus   masalasi   yorqin
ifodasini   topgan.   Ularning   aql-farosati,   donoligi   namoyon   etiladi.barchinning   ayol,
ona   pozitsiyasida   to‘g‘ri   qaror   qabul   qila   olishi   ham   diqqatga   sazovor.   Dostonda
“barchin   alplarga   qarshi   vafo,   sadoqat,   insoniy   huquq,   elat   nomi   bilan   jang
qilib,qalmoq alplarining ma’naviy jihatdan tubanliklarini isbot qiladi. Barchinning o‘z
erki,huquqi   uchun   mardlik   va   jasurlik   ko‘rsatishi   alp   qizning   jamiyatdagi   ijtimoiy-
siyosiy   mavqeining   aks   etishidir.   Chunonchi,   “alpomish”   dostonidagi   har   bir   voqea,
7
 N.Rahmonov.O‘zbek adabiyoti tarixi.Toshkent,”Sano-standart” nashriyoti-2017
 
11 har bir obraz,o‘z xususiyatlariga ko‘ra, xalqning ma’naviy barkamolligini, uning teran
va   keng   miqyosli   dunyoqarashini   aks   ettiradi,   ayolning   sadoqatli   muhabbatini
tarannum   etadi”   birgina   bu   dostonda   emas,   barcha   xalq   dostonlarimizda   bu   jihatlar
mushtaraklik   kasb   etadi,asosiy   leyitmotiv   hisoblanadi.ayol,   ona   obrazi
yuqoridagilarda   og‘zaki   aks   etib,   bugungi   kungacha   yetib   kelgan   bo‘lsa,   yozma
adabiyotda   ham   ahamiyatli   o‘rinni   ishg‘ol   etadi.   Uning   kurtaklari   ilk   turkiy   yozma
adabiyotning namunasi bo‘lmish o‘rxun-enasoy bitiklarda uchraydi. “moyin churotasi
kul   dono   xoqon   bilan   birga   turk   xoqonligi   qo‘shinini   itoat   ettirganini   hikoya
qiladi.qo‘y yili (745-yili) o‘zmish tiginni asir olgani va uning xotinini o‘ziga olganini
hikoya qilarekan, uch qarluq xalqi baribir, moyin churga itoat etmasdan, g‘arbiy turk
xoqonligiga   qo‘shilib   ketgani   haqida   xabar   beradi”   8
    bitiktosh   xuddi   to‘nyuquq
bitigidato‘nyuquq   og‘zidan   yozilgani   kabi   moyin   churning   shaxsan   o‘zi   tomonidan
hikoya   qilinadi.   Jang   tafsilotini   keltirish   mobaynida   dushmanining   xotiniga   ham
to‘xtalib   o‘tishi   o‘sha   davr   jamiyatidagi   ayollarning   o‘rnidan,   mavqeidan   darak
beradi.  Shu  tariqa  ayollar   alohida  obraz  sifatida  shakllanib   kelgan.  Bundan   tashqari,
xi-xiii   asrlar   adabiyotida   ham   mavjud   bo‘lgan,ammo   u   avvalgi   afsona   va
rivoyatlarning   negizida   ekanligi   bilan   xarakterlanadi.   Xv-   xvi   asr   adabiyotiga   kelib
ayol obrazi asarning asosiy qahramoni darajasiga   ko‘tarila bordi. Bu davrda obrazlar
mukammallashdi va asardagi ijodkorning badiiy   g‘oyasini yuzaga chiqarishda muhim
ahamiyat   kasb   eta   boshladi.   Alisher   navoiyning   ijodida,   tarixiy   asarlarida,   “xamsa”
dostonlarida   ko‘ramiz.   “xamsa”ning   ilk   dostoni   “hayrat   ul-abror”da   keltirilgan   20
hikoyatning   ko‘p   qismida   ayol   obraziga   duch   kelsak,   keying   dostonlarda   ular   bosh
qahramon   darajasiga   ko‘tariladi.   Sharq   mumtoz   adabiyotining   ulkan   an’anasiga
aylangan xamsanavislikda ayol obrazi bosh qahramonlar sirasiga kiradi .
Realizm   oqimi   yuzaga   kelgachgina,   adabiyotda   inson   ichki   olamini   tadqiq
etish, qahramonning "tashqi" faoliyatini "ichki", psixologik jihatdan asoslash beqiyos
darajada teranlashdi va bu realizmning bosh xususiyatiga aylandi. Binobarin, har bir
8
 Аҳмедов Б. Тарихдан сабоқлар. Тошкент,“Ўқитувчи”-1994. 
12 adabiy   obrazning   alohida   individ,   o‘ylovchi   bir   inson   sifatida   ko‘rsatilishi   ana   shu
davrga   to‘g‘ri   keladi.   Unga   qadar   yaratilgan   obrazlar   (masalan,   sharq   adabiyotidagi
majnun, farhod, layli, shirin... Yoki g'arb so‘z san'atidagi olijanob ritsarlar...) Adabiy
qahramon sifatida har qancha shuhrat topmasin, ular o‘quvchi ko‘z o‘ngida jonli, o‘z
ichki   olamiga,   faqat   o‘ziga   xos   fe'l-atvorga   ega   inson   sifatida   gavdalanmaydi,
binobarin,  o‘z  davrining kitobxoni  ayni  obrazni  emas,   u ifodalayotgan estetik   ma'no
va g‘oyani baholashi mumkin edi, xolos.har bir yaxshi badiiy asar unda tasvirlangan
hayot   ustidan,   har   bir   to‘laqonli   obraz   -   o‘z   ob’ekti   ustidan   chiqarilgan   hukmdir,
ammo   realistik   asarning   boshqalaridan   farqi   shuki,   u   hukm   o‘rniga   kitobxonga   tirik
insonning  o‘zini   takdim   etadi.  Bu  inson   bilan   tanishish,   unga  baho  berish  va  xulosa
chiqarish   mumkin.   Shu   tariqa,   adabiyot   taraqqiy   etgani   sari   nasihat-didaktika   ham,
naqlga ilova - "qissadan hissa" tamoyili ham barham topa boradi.
Endi,   har   bir   milliy   adabiyotdagi   ayollar   obraziga   kelsak,   u   shu   millatning
fitratiga,   davr   ruhiga   muvofiq   aks   etadi   va   idrok   qilinadi.   Shu   bois   ham,   bir   xil
sharoitda bir xil harakat qiladigan xarakterlar har qaysi adabiyotda har xil gavdalanadi
(buning soddaroq bir misoli - har bir xalq folklorida o‘ziga xos "zumrad va qimmat"
bor,   bu   ertaklarning   hech   biri   ikkinchisini   takrorlamaydi).   Shunga   qaramay,   asar
markazida   turgan,   voqealar   kulminatsiyasida   xarakteri   namoyon   bo‘ladigan   ayollar
obrazi   istalgan   xalq   adabiyotida   asosan   ikkiga   ajraladi.   Ammo   realizm   tamoyiliga
ko‘ra bir inson ichida 2 shaxs yashaydi va doimiy shu ikki shaxs orasida kurash olib
boriladi.   Aynan   adabiyotdagi   ayollar   obrazlarida   ham   mana   shu   ikki   shaxsni   yoritib
berish har  bir yozuvchining yuksak mahoratiga bog‘liq sanaladi. 
Istiqlol   davri   adabiyotida     esa     ayol   obraziga   yangicha   tahlil   yo‘llari   bilan
yondashildi.   Ayollarning   ichki   kechinmalari,   inja   tuyg‘ulari   va   ularning   ruhiyati
masalasiga   alohida   e‘tibor   qaratildi.   Ayollarning   xarakterini   shakllanishida   ijtimoiy
muhitning ta’sirini ham ko‘rsatib berishdi.
13 Xullas, o‘zbek adabiyotida  xalq og’zaki ijodida tortib hozirgi davr adabiyotida
ham   ayol   obrazi   markaziy   o‘rinda   turadi.   Buning   isboti   sifatida     o‘zbek   adabiyoti
manbalarini   davrlarga   bo‘lib   qarab   chiqdik   va   har   bir   davrda   ayol   obrazini   yaratish
muhim   masala   bo‘lib   kelgan   ekan.   Istiqlol   davri   adabiyotida   ham   bu   an’ana   davom
etgan   va   hatto   to‘ldirilgan   ham   deyish   mumkin.   Bu   davr   adabiyotida   endi   ayol
suvratidan ko‘ra siyrati masalasiga ko‘proq e’tibor qaratildi.  
1.2 . “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasida ayol ruhiyati
Adabiyot   yo‘nalishida   3   ta   buyuk   mavzu   bor.   Muhabbat,   urush   va   tinchlik.
Jamiki   asarlar shu mavzular atrofida bitiladi. Ammo shu 3 yirik mavzular ichida ham
doimo   ayol   obrazlari   muhim   o‘rin   tutadi.   Sharq   madaniyatida   ayollarga   qadim-
qadimdan   hurmat   va   e’tibor   ko‘rsatib   kelingan.   Muqaddas   islom   dinimizda   ham
ayollarning xavfsizligi ularning oila boshliqlariga ya’ni erkaklarga yuklatilgan. 
Nazar   eshonqulning   nasriy   yo‘nalishdagi   asarlarida   sodda   va   to‘pori   qishloq
ayollarining taqdirlari va ularning psixologiyasi yozuvchi tomonidan mohirona ochib
berilgan.nazar   eshonqulning   dastlabki   asari   1989-yilda   “urush   odamlari”   nomi   bilan
chop     etilgan.   Qissa   nomining   o‘ziyoq   urush   va   uning   ortidagi   hayot,   frontda
kurashgan   erkaklar va front ortida kurashgan ayollarning ayanchli qismatlari alohida
o‘rin   tutganini   ko‘rsatadi.   Ushbu   qissa   uning   realistik   uslubdagi   asarlaridan   biri
hisoblanib,   uning “shamolni  tutib  bo‘lmaydi”  hikoyasi   ham  ayni   shu  ruhdadir.  Adib
ko‘p asarlarida qishloq ayollarining ayanchli hayotini, ularning ichki kechinmalarini,
turmush tarzini yoritib beradi. Bundan tashqari uning modernizm  uslubidagi  asarlari
ham   talaygina   bo‘lib,   ularda   mavzu   ko‘lami   mutlaqo   o‘zgaradi.   Ushbu   hikoyada
badiiy   psixologizmdan   foydalanilgan.   Badiiy   psixologizm   d е yilganda   p е rsonaj
ruhiyatining   ochib   b е rilishi,uning   xatti-harakatlari,   gap-so‘zlarining   psixologik
jihatdan   asoslanishi   tushuniladi   va   u   mazkur   vazifalarni   amalga   oshirishga   xizmat
qiluvchi   qator   usul,   vositalarni   o‘z   ichiga   oladi.istiqlol   davri   hikoyanavisligida
yozuvchi nazar eshonqul hikoyalari kechinma tavsifining ustunligi bilan ajralib turadi.
14 Nazar   eshonqul   asarlarida   insonning   qalbi,   ichki   dunyosi,   ruhiy   olami   ramz   va
metaforalar   orqali   betakror   chizgilarda   aks   ettiriladi.   Bunday   ijod   namunalari
adabiyotimizning o‘ziga xos yangi yonalishi sifatida e’tirof etilmoqda.  Yozuvchining
dastlab   yaratgan   va   e’lon   qilgan   hikoyalaridan   shu   davrga   qadar   yaratilgan   asarlari
ijodi   shakllanishi   uchun   yetarli,   asos   bo‘ladigan   darajada   mazmunlidir.   Bugungi
kunda nazar eshonqul ijodini o‘rganilishiga asos bo‘ladigan ayrim asarlarni ko‘rsatib
o‘taylik: 
Birinchidan,   yozuvchi   har   bir   hikoyani   ramzli   va   ma’lum   bir   belgi   kashf.Etuvchi
sarlavha   ostida   boshlaydi.   Chunonchi,   uning   “shamolni   tutib   bo‘lmaydi”   Hikoyalari
ramzlar   orqali   shakllantirilgan.   Ikkinchidan,   yozuvchi   nazar   eshonqul   asarlari   ijodiy
tajribalar   qilish,Kutilmagan   holatlarni   shakllantirilishiga   hikoyanavislikda   guvoh
bo‘ldik.   Nazar   Eshonqul   milliy   istiqlol   davri   o‘zbek   nasriga   yangi   ohang   olib   kira
oldi.   Uning   “shamolni   tutib   bo‘lmaydi”   hikoyasi   ifodaning   qabariqligi,   tasvir
markaziga     Olingan   shaxs   tabiatining   mutlaqo   kutilmagan   va   yangiligidan   tashqari
ohangning  O‘zgachaligi bilan ham kishini hayratga soladi. “nazar nasrimizni shunday
ohang   Bilan boyitdiki, bu ohang o‘zbek millatiga xos bo‘lgan jihatlarni aks ettirish.
Imkoniyati jihatidan tengsizdir” 9
  “O‘zbekiston   adabiyoti   va   san’ati”   gazetasida   1996-iyul   (30-soni)da   e’lon
qilingan   “shamolni   tutib   bo‘lmaydi”   hikoyasi   esa   o‘zbek   hikoyachiligida   muhim
yangilik   bo‘ldi.   U   jamoatchilik   e’tiborini   o‘ziga   tortdi.   Yozuvchilar   uyushmasining
maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.
       Yozuvchi   mazkur   asar   qahramoni   bayna   momoning   uzoq   davom   etgan
fojeaviy,   motamsaro,   ayni   paytda  mardona  hayot   yo‘lini  o‘ziga  xos   yo‘sin,   ohangda
hikoya   qiladi.   Unda   momo   qismati   bilan   bog‘lik   ibratli   voqealar,   chunonchi   u   bilan
qishloq   ahli,   olomon   orasidagi   ziddiyat   bir-ikki   detallar,   chizgilar,   ixcham   lavhalar
orqali eslatiladi. Masalan, asardagi quyidagi jumlaga e’tibor qaratsak:  “bayna momo
tirikligida,   garchi   bu   ayolni,   erining   polvonlik   lash-lushlari   va   kiyim-kechaklari
9
 Q.Yo‘ldoshev. Yoniq so‘z.Toshkent,2007
15 yotgan,   o‘lgandan   so‘ng   hech   qachon   yonmagan,   tuynugi   shuvab   tashlangan   ana   u
xujra   kabi   qorong‘u,   musibat   to‘la   uyi   ichkarisiga   kirmagan   bo‘lsa-da,   ular   qahr   va
g‘azabni sitam bilan ichiga yutib kelgan bu kampirni hurmat bilan eslashardi. Mazkur
jumlaning o‘ziyok, bayna momoning hayoti, uning ayollik sadoqati haqidao‘quvchiga
tushuncha   beradi.   Inson   yashayotgan   xonadonning   tuynugi   qachon   suvaladi,
qachonki, unda hech kim yashamagan  taqdirda. Yozuvchi  shu jumlalar orqali bayna
momoning   umri   ham   eri   va   o‘g‘li   bilan   birga   so‘nganligiga   ishora   qiladi.   Bundan
tashqari hatto hikoyadagi eng jiddiy to‘qnashuv-olishuv – momoning eri va o‘g‘lining
qotili   zamon   otboqardan   qasos   olishi,   uni   chavaqlab   qonli   barmoqlaridan   judo   etish
voqeasi   sahna   ortida   yuz   beradi.   Bu   mudhish   voqeani   xhm   muallif   imo-ishora,
detallar   orqali   ayon   etadi.   Asarni   mutolaa   qilayotganda   g‘am-g‘ussaga   to‘la   va   ayni
paytda mardonavor og‘ir bir kuyni tinglayotganday buo‘asiz. Momoning ruhiy holati
va hayoti go‘yo shu kuy pardalari orqali tarannum etiladi.
       Bayna   momo   bir   paytlar   faqat   qishloq   emas,   butun   tog‘li   xalqning   obro‘sini
ko‘tarib nom chiqargan eri rayim polvonni quloq deya takib qilish, mol-mulkini tortib
olish,   so‘ng   itday   xor   kilib   otib   tashlashga   yo‘l   qo‘ygan   va   o‘g‘li   bilan   erini   yangi
zamonning   egalari   –   zamon   otboqarlar   ixtiyoriga   berib   qo‘ygani   uchun
hamqishloqlarini   aslo   kechirolmaydi.   Uning   ruhiy   olami   yolg‘izlikda   o‘tgan
mashaqqatli hayoti yozuvchi tomonidan mahorat bilan gavdalantiriladi.
  Adabiyotshunos   q.yo‘ldoshev   o‘zining   “yirik   shaxslar   tasviri   yo‘lida”   nomli
maqolasida mazkur hikoyaning badiiy xususiyatlari haqida to‘xtalib  shunday yozadi:
“shamolning   tutib   bo‘lmaydi”   hikoyasidagi   bayna   momo   milliy   adabiyotimizda
mutlaqo   tasvir   etilmagan   obraz.   Hikoya   chinakam   insonga,   butun   shaxsga   bitilgan
madhiyadir.  Nomusli   odamni,  g‘ururli  insonni,   chinakam  shaxsni  yengib  bo‘lmaydi.
Uni   qiynash,   chalish,   yiqitish,   boringki,   o‘ldirish   mumkin,   lekin   mag‘lub   qilish
mumkin emas. Shaxsligi shakllanmagan yoxud sindirilgan kimsada g‘urur bo‘lmaydi.
E.fromm   aytmoqchi:   “...eng   ulug‘   fazilat   –   itoatkorlik   va   eng   katta   gunoh   –
16 bo‘ysunmaslikdir”.   10
“Bayna   momo   o‘z   yolg‘izligi   musibatini   hayotning   badbo‘y,
zabun,xor   etilgan   hidlari   anqib   yotgan   yillar   dahlizidan   yetaklab   o‘tdi.
Qishloqdoshlari   bahor   kelishi   bilan   eski   yaylovlarga   ko‘chib   chiqishar   va   yer
shudgorlar, har kim o‘z tashvishiga berilib ketardi. Qishloqda qolgan bayna momo esa
bu paytda yolg‘izlik dashtini shudgorlar,   u yerga har yili zamon otboqar bilan kelib
eri va o‘g‘lini otib tashlagan oqshomni ekar va so‘ng yolg‘iz o‘zi hosilini ham yig‘ib
olardi.   Bayna   momo   har   kech   ko‘z   yoshlari   bilan   to‘lgan   qayiqda   yillar   qoyalari
orasida   qolib   ketgan   eri   bilan   o‘g‘lining   ilma-teshik   bo‘lgan   murdasi   va   zamon
otboqarning   muzaffar   qamchisi   yotgan   qonli   xalqob   bilan   to‘lgan   ayvonga   suzib
borar,   ertalablari   xo‘l   bo‘lib   uyining   oldidagi   oradan   yillar   o‘tgach,   uyini
buzayotganlar   qo‘porib   tashlashga   kuchlari   yetmagach,   kovlab   olishga   majbur
bo‘lgan baland tolga osib, oftobda quritardi”. Yana bir misol: “qish paytlari g‘amlab
qo‘ygan   o‘tini   yetmagan   kunlari   u   ko‘rpaga   oyog‘ini   tiqqancha   xotirasiga   isinib   jon
saqlardi” 11
,   “...uning   shu   turishi   azob-uqubatning   bir   to‘plam   uyumiga   o‘xshardi”.
Qahratonda   “xotirasiga   isinib   jon   saqlash”,   motamsaro   ayolning   holatini   “azob-
uqubatning bir to‘plam uyumi”ga o‘xshatish sahifalarga chizilgan dramatik sahnalar,
oh-u faryodlardan  ko‘ra qahramon ruhiy holatini  aniqroq va ta’sirchanroq ifodalashi
bilan   yuqori   baholandi.   Badiiylikda   bunday   tasvirlarni   qabariq   tasvirlar   deyish
mumkin.
  “Bayna momo shaxs: besh-olti echkining ortidan yuradigan, o‘ziyam echkiday
bo‘lib   qolgan   mushttakina,   qoqsuyak   kampir–favqulodda   g‘urur   egasi.   Ichida   hurlik
tuyg‘usi   ufurgan,   tomirlarida   erkinlik   qoni   oqib   turgan   bu   ko‘rimsiz   kayvoni–taqdir
zarbalariga   dosh   berishi   jihatidan   mislsiz   odam.   Momo   zimmasiga   mas’uliyat   ola
biladi   va   shu   bois   boshqalardan   ham   shuni   talab   qiladi.   G‘urursizlarni,   orsizlarni
mutlaqo kechira olmaydi. U – murosasizlik timsoli” 12
.
10
  Q.Yo‘ldoshev.Yirik shaxslar tasviri yo‘lida// O‘zbek tili va adabiyoti//- 1998 4-son;
11
 N.Eshonqul. Yalpiz hidi.(Qissa va hikoyalar) – Toshkent, 2009.
12
 Q.Yo‘ldoshev. Yirik shaxslar tasviri yo‘lida.O‘zbek tili va adabiyoti.  1998, 4-son,10-bet
17 Hikoya   qahramoni   shu   xil   iztirob,   g‘am-alamlarga   qaramay   o‘z   g‘ururini,
sha’nini baland tutadi. Bu holat o‘quvchiga quyidagicha bayon etiladi: “bayna momo
qishloqdoshlariga   ko‘z-ko‘z   qilmoqchiday   va   bu   uyning   erkagi   va   oriyati   o‘lmagan
deya takidlayotganday eri va o‘g‘lining polvonlik yaktaklarini har oyning oxirida 
Shusiz   ham   hammaning   ko‘ziga   tashlanib   turadigan   uyning   shapatgayiga   osib
qo‘yadi”. 13
  Ifodadagi     zalvor,     serqatlam     estetik     bosim,     ruhiy     holat   manzaralari
tasvirining     ayni     shu     tarzda     zanjirsimon     va     boloxonador   qilib   berilishining   o‘zi
hikoyada   o‘ziga   xos   ohang   paydo   qilgan.   Bu   ohang   momoning     yolg‘izligi     va
baxtsizligi     miqyoslarini     tuyish     va     tushinish   imkonini   bergan.   “Shamolni   tutib
bo‘lmaydi”   hikoyasining   bosh   qahramoni   Bayna   momo   “Urush   odamlari”   nomli
hikoyaning   bosh   qahramoni   biydi   momoga   tabiatan     o‘xshaydi.   Bayna   momo   ham
Biydi   momo   ham   hayotdan   charchagan,   qo‘lini   yuvib   qo‘ltig‘iga   artgan,   parvoyi
falakka   o‘xshasa-da   qalbida   qasos   yashirin   obrazlardir.bayna   momo   eri   va   o‘g’lini,
qishloqdoshlarining   qasosini   olgan.biydi   momo   esa   amalda   qasos   olmasa-da   qalban
qishloqdagi   barcha   erkaklardan   nafratlanar   kezi   kelsa   haqorat   ham   qilar   edi.   Bu
qahramonlar xatolikka yo‘l qo‘yganlar deya olmaymiz. Sababi, ular ilojsiz qolganlar.
Qasos esa qiyomatga qolmasligi kerak. 
Bayna momo esa qasos, o‘ch, qasd olami bilan yashadi. Bu qahramon tabiatan
beg’ubor  emas. U umri davomida bor sitamlarini,   qahr-g’azablarini bor  alamlari  va
ichki   kechinmalarini   ichiga   yutib   kelgan   qahramon   timsolida   gavdalanadi.Bayna
momoni yaxshi xotiralar bilan eslashardi. U jiddiylikni o‘ziga o‘rtoq  Qilib olgan edi.
O‘g’li   va   erining   murdasi   tepasida   turgan   bayna   momo   madad   izlab,   uylarining
tuynuklarini   yopib   turgan   qora   pardalarga   bir-bir   ko‘z   tikdi,   biroq   U   yerda   sovuq
sukutdan   boshqa   hech   narsa   ko‘rinmas,   zulmatga   cho‘kkan   Tuynuklar   bu   misli
ko‘rilmagan qotillikni jimgina tomosha qilib turardi.  Bayna momo o‘zining qanchalar
bardoshli   ekanligini   zamonning   va   zamon   Otboqarning   kaltaklariga   baholi   qudrat
13
  N.Eshonqul. Yalpiz hidi.(Qissa va hikoyalar) – Toshkent, 2009
18 chidaganligi bilan namoyon qildi. O‘z-o‘zidan o‘zini, or-nomusini, diyonatini saqlab
qola oldi. Og’ir kunda qolganda ham Dushmani oyog’iga bosh urmadi.  Bayna momo
shu darajada zardali ayolki, hattoki bu zardaning ta’sirida Yelkasiga bug’doyni ortib
o‘zi   tegirmonga   boradi.   Uning   bug’doy   ko‘tarib   yurishidan   ori   kelgan   ollomurod
tegirmonchi bayna momoni insofga chaqiradi. 
–   Siz   bunday   ovora   bo‘lib   yurmang,-   dedi   u.-   biron   erkakdan   berib   Yuborsangiz,
tortib, o‘zim  uyingizga olib borib tashlayman.   14
  Bayna  momoning g’ashini  keltigan
bu gaplar jahlini ham chiqardi. U ba’zida qishloqdoshlarni ochiq masxara qilardi: “e,
senmisan,   salom   Chavandoz,   xotiningning   ishtonini   kiyib   yuribsanmi   deyman”   15
bayna momoning  Bunday o‘zini tutishi bora-bora uni butumlay yakkalanib qolishiga
sabab   bo‘ldi.   Qish   paytlari   uchun   g’amlab   qo‘yilgan   o‘tini   yetmagan   kunlari   ham
bo‘lardi.     Shunda   u   ko‘rpaga   oyog’ini   tiqib,   xotirasiga   isinib   jon   saqlardi.   Bayna
momoni Hayot kaltaklari hayron qolarli darajada murakkab tabiatdli ayolga aylantirib
Qo‘ygan   edi.   Eri   va   o‘g’lining  o‘limi   unga   yigirma   uch  yil   tinchlik  bermadi.  Bayna
Momo   baribir   oriyatinnig,   erining,   o‘g’lining,   tersotaliklarning   qasosini   olishni
Ko‘ngliga tugib yashardi.  Shunday  bo‘lsa-da,  zamon otboqarning o‘limi  ham  Bayna
momoning qalbini yumshata olmadi: uning o‘limi to‘g’risidagi xabarni keltirishganda
bayna   momo   o‘z   hujrasida   kelinlik   sandig’i   yonida   cho‘kka   tushgancha   musibat-u
g’amga   ko‘milib   o‘tirardi.   Uning   shu   turishi   azob-uqubatning   bir   to‘plam   uyumiga
o‘xshardi.Xujraga   bosh   suqqan   Roziya   momo   unga   zamon   otboqarning   o‘limi
Haqidagi   xabarni   etkazdi.   Ushbu   suhbatdan   keyin   bayna   momo   o‘zini   xalqi   bilan
o‘rnatilajak barcha muloqot eshiklarini taqataq yopdi. Qaysi ma’nodaki, bayna momo
fikricha   uni   hech   kim   tushunmas   edi.   U   ana   shu   holatni   o‘zi   ustidan   bo‘layotgan
kulgu deb tushunadi. Boshqa hechkim anglashga qodir bo‘lmagan o‘z dunyosiga kirib
ketishni   afzal   bilardi   va   shunday   qildi   ham.   Bayna   momo   so‘nggi   nafasigacha   o‘z
nafratiga   sodiq   qoldi.   Bayna   momo   qasos   olgan   o‘sha   kun   uning   uchun   qanday
14
 N.Eshonqul. Yalpiz hidi.(Qissa va hikoyalar) – Toshkent, 2009.142-bet
15
 N.Eshonqul. Yalpiz hidi.(Qissa va hikoyalar) – Toshkent, 2009.
19 kechganini   hech   kim   tasavvur   qila   olmaydi.   Endi   esa   oradan   yana   yigirma   yetti   yil
o‘tdi. Jami ellik yil bo‘ldi hamki, bayna momo yolg’iz qolgandi. Umrining oxirida Bu
o‘jar   kampir   baribir   o‘zlarinikiga   ko‘chib   bormasligini   sezgach,   singlisi   bilan
Kuyovining   o‘zlari   ko‘chib   kelishdi,   ammo   bu   paytda   bayna   momo   butunlay
Oyoqdan   qolgan,   faqat   kun   uzog’i   ko‘zini   shiftga   cho‘zilib   yotishga   yarardi.
Qishloqqa   laparlar   yig’ish   uchun   kelgan   qizlar   zamon   otboqarnikidagi   to‘yga
qo‘shilib ketgan bazmga emas bayna momonikiga kela solib, kir yuvishga tushadilar
–   bayna   momo   yoqtirmagan   ichko‘ylak,   ro‘mol,   shimlarini   shundoq   hammaga
ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yishgan edi. Mirshablar  zamon otboqardan ayrilib qolgan
xalq   dardini   yengillashtirish   maqsadida   har   bir   erkak   bilan   birma-bir   suhbatlashib
kelishdi   va   navbat   yigirma   uch   yil   ilgari   zamon   otboqar   tomonidan   eri   va   o‘g’li
o‘ldirilgan   bayna   momoga   keldi.   Uning   bu   ishni   qilishga   jur’ati   qay   darajadaligi
mirshablarning   hayoliga   ham   keltirmay   faqatgina   bayna   momoni   ko‘rishgandagina
bunga ishonch hosil qildilar. Ya’ni uloqlar ichida uloqdan ham kichik jussali, yuziga
yillarning beshavqat muhri bosilgan hamda yolg’izlikka mahkum etilgan.  
Har bir soniyaning musibat-u anduhi asorati porlab turgan kichkina, jimjitday,
sochlari   oppoq   bo‘lib   qolgan   kampirni   ko‘rishgach,   negadir   botinisholmadi.   Ular
qarshilaridagi   ramaqijon   kampir   bilan   devday   zamon   otboqarni   qiyoslashib,   o‘z
shubhalaridan uyalib ketishadi., chog’i indamay iziga qaytadilar. Ular, garchi, Bayna
momoni so‘roq qilganlarida ham hech narsaga erisha olmasdilar – u keyingi Yillarda
bir   og’iz   ham   gapirmagan,   so‘zlar   va   ularning   ma’nosi   uning   xotirasidan   Chiqib
ketganday   yoki   o‘z   mohiyatini   yo‘qotganday,   o‘z   qayg’u   va   azobi   bilan   kunlarni
zo‘rg’a   yengib   yashayotgan   edi.   Bayna   momo   to‘y   bo‘lmish   xonadonga   bugun   aza
bo‘layotganini   zavq   bilan,   qutlug’   bir   vazifani   bajarayotgan   ma’suldek,     hamda
armoni qolmagandek, 23 yil ham oilasiga ham tersotaliklarga soya solgan tosh haykal
kabi   qilt   etmasdan   tamoshabinlik   qilardi,   kuzatardi.   Nihoyat   bu   kampirnnig   ham
sitamgar kitobi o‘qib bo‘lindi – u laylatulqadr kutilayotgan oqshom yog’och va ko‘p
yillik anduhlar hidi o‘tirib qolgan, sodiq qo‘shinday ellik yilning biron kuni ham tark
20 etilmagan   g’amnok   va   alamli   saltanati   –   kelinlik   to‘shagida   jimgina   joni   uzuldi   –
faqat   o‘lishi   oldidan   singlisini   chaqirib   yigirma   yildan   buyon   ochilmagan,   oltmish
yetti yil oldin teraklilik ko‘r safar usta yasagan, yarim vayrona sandiqqa imo qildi va
bir   so‘z   ertasiga   tushga   yaqin   chiqarishdi.   Hikoya   so‘ngida   bayna   momo   chin
ma’nodagi jasur ayol, o‘zbek ayoli ekanligiga ishonch hosil qilamiz. U vafodor ayol.
Eri   va   o‘g’liga   bo‘lgan   mehri,     vafosini   asray   bildi.   Hikoyaning   yakunida   zamon
otboqar   barmoqlarining   Sandiqdan   chiqqani   esa   u   chin   ma’nodagi   qahramon   ayol
darajasiga   ko‘tarildi.   Bayna   momoning   aynan   laylatulqadr   kechasi   vafot   etishi
qaysidir   ma’noda   xosiyatli   hamdir.   Chunki,   ushbu   ulug’   kunda   hamma   ollohga
sig’inib,   joynomozga   bosh   qo‘yib,   faqat   shirin   so‘zlarni,   niyatlarni   bildirayotgan
tilayotgan   muborak   kunda   bayna   momo   shiftga   qarab   o‘z   umrini   tugashini,
shamolning   esishini   kutib   turardi.   Bu   kun   uning   umriga   nuqta   qo‘ydi.   Xullas,   nazar
eshonqul hikolarining deyarli barchasida obrazlar shunday 
tasvirlanadiki,   ularning   hayotiy   ekanligiga   ishonadi   kishi.   Yuqorida   ko‘rib
chiqayotgan   hikoyalardan   hech   biri   qiziqishsiz   qolgani   yo‘q.   Sababi,   bu   hikoyalar
Kichik hajmli bo‘lishiga qaramay, keng qamrovli qahramonlar ruhiy olamini singdira
olgan.   Mana   shu   ruhiy   olam   ta’sirini   his   qilib   o‘qigan   kitobxonning   fikri   ham
faollashadi, taassurotida o‘zgacha bir yangilanish holati yuz beradi. Bu esa yangi bir
kitobxon   qatlamini   vujudga   kelishiga   turtki   bo‘ladi.   Nazar   eshonqul   yaratgan
qahramonlarning   deyarli   barchasi   real   voqelikda   harakatlanadiga   hamda   kundalik
turmush tashvishlari bilan hamnafas insonlardir.
21 II bob.  “Urush odamlari”  qissasida ayol obrazining o‘rni
Urush   davri   hayotiga   bag’ishlangan   qator   asarlarda   tasvir   o‘sha   og’ir   yillarga
daxldor voqealar bilan hozirgilarni bir-biridan ajratish ancha mushkul  bo‘lib qolgan.
Shu ma’noda “Urush odamlari” qissasida endilikda ko‘pchilik uchun tarixga aylanib
borayotgan   urush   davri   hayotiga   nisbatan   muallif   pozitsiyasining   Tiniqligi,
maqsadining aniq va lo‘ndaligi, shuningdek, tasvirda izchillik ko‘zga tashlanib turishi
kishini  quvontiradi.  E’tiborni  jalb qiladigan ikkinchi  jihat, bizningcha, yozuvchining
bu   asarni   yaratishda   hozirgi   kunning   talabidan   kelib   chiqqanligi,   odamlarning   bu
mavzudagi   asarlarga   nisbatan   bo‘lgan   ehtiyojini   e’tiborda   tutganligidadir.
adabiyotshunos   u.o‘ljaboev   ta’kidlaganidek:   “qissada   qahramonlarga   yengillik
beradigan   aylanma   yo‘llar,   vaziyatga   chap   berish   uchun   turli   sabab   va   bahonalar
axtarib   o‘tirilmaydi.   Ularni   imkon   qadar,   qanchalik   og’ir   bo‘lsa-da,     haqiqat   bilan
yuzma-yuz   qilish,   muhimi,   shu   haqiqatni   qahramonlarning   o‘zlariga   anglatish
yo‘lidan   boriladi.   Shuning   uchun   bo‘lsa   kerak,   goh   pinhon,   gohida   esa   oshkora   bir
fojia   ohangi   asarning   boshidan   oxirigacha   uzluksiz   davom   etadi.     Ayniqsa,   bosh
qahramonlar taqdiri bilan bog’liq dramatizm tasvirini berishda boshqa vositalar bilan
birgalikda,   masalan,   ota-ona   va   farzandlar   o‘rtasidagi   munosabat   tasviriga
bag’ishlangan  epizodlar  ham  muhim  badiiy vazifani  o‘taydi” 16
   ya’ni  yozuvchi  bosh
qahramonlar   ruhiyati   va   turfa   holatlari   tasvirini     ifodalashda   dramatizm   holatlari
ifodasida  kitobxonga u haqidagi batafsil    ma’lumotlarni  muallif  va personajlar  nutqi
qahramonlar xatti-harakatlari orqali berishga harakat qiladi. nazar   eshonqulning
dastlabki asari 1989-yilda “urush odamlari” nomi bilan chop  etilgan. Qissa nomining
o‘ziyoq   urush   va   uning   ortidagi   hayot,   frontda   kurashgan     erkaklar   va   front   ortida
kurashgan   ayollarning   ayanchli   qismatlari   alohida   o‘rin    tutganini   ko‘rsatadi.   Ushbu
qissa   uning   realistik   uslubdagi   asarlaridan   biri   hisoblanib,     uning   .   Adib   ko‘p
asarlarida     qishloq   ayollarining   ayanchli   hayotini,   ularning   ichki   kechinmalarini,
turmush tarzini   yoritib beradi. Ushbu qissada badiiy psixologizmdan   foydalanilgan.
16
  U.O’ljaboev. Adabiyot – ko‘ngil ko‘zgusi. Toshkent.,Turon zamin ziyo,2017
22 Badiiy   psixologizm   dеyilganda   pеrsonaj   ruhiyatining   ochib   bеrilishi,     uning   xatti-
harakatlari, gap-so‘zlarining psixologik jihatdan asoslanishi tushuniladi va   u mazkur
vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi qator usul, vositalarni o‘z ichiga oladi.
Biz   bilamizki,   haqiqiy   badiiy   asarga   xos   xususiyat   bu   ko„p   qatlamlilik   hisoblanadi.
Nazar   eshonqulning   ushbu   qissasida   shu   hodisaga   duch   kelishimiz   mumkin   bo‘ladi.
Ushbu qissadagi ayollar obrazlari statistikasiga e’tibor qaratsak ulardagi turlichalikni
ko‘rishimiz   mumkin.     Asarda   ayollar   obrazining   son   jihatdan   ko‘pligi   va
yozuvchilarni   ayol   qalbini,   uning   ichki   kechinmalarini   go‘yo   ayollar   kabi   yoritib
bergani   kitobxonni   o‘ziga   jalb   qiladi.   Qissada   oddiy   qishloq   ayollarining   turmush
kechinmalari   mohirona   tasvirlangan.   Bosh   qahramonlar   anzirat   va   biydi   momo
ta’riflari   va   ularning   ruhiyatini   ochishda   ijtimoiy   muhit   va   atrofdagilarning   ta’siri.
Aynan   ularning   taqdiridagi   muhim   nuqtalarda   yondosh   ayollar   obrazining
ahamiyatlari   ochib   berilgan.   Bosh   qahramonlardan   tashqari   zubayr   boybicha,   tiniq
kampir,   masil,   qudurat   kampir,   tursunoy   guj-guj,   boston   momo,   muslim,   norbi
kampir, hojar, rohat, xanipa, oyxol, roziya, oydana, tojik kelinchak, anziratning Onasi.
Ushbu   epizodik   qahramonlar   hayoti   garchi   batafsil   berilmasa-da,   muallif   ular   nutqi
orqali bu ayollarga xos xislatlarni birdan anglab olishiga kitobxonga ko‘maklashgan.
Muallif   bu   ayollarning   aksariyatiga   xos   shoshqaloqlik,   qo‘pollik,   gapdonlik,
mastonlik kabi qusrlarni ifodalashi bilan birga ulardagi barcha qusrni yopib ketuvchi
bir   xislat   –   bardoshlilik,   sabr   va   matonatllik   ,   orkashlikni   oldingi   planga   chiqaradi.
Bu   “urush   ayollari”   ning   o‘sha   davrdagi   dard-u   hasrati   o‘xshash   barchasining   dardi
bir edi. Shu sabab ular bir-biriga ermak edilar. Barchasida suyanadigan orqa tog’ yo‘q
,   barchasi   bir-biriga   tirgak.   Urush   paytida   barcha   boshiga   tushgan   bir   xil   dard
ba’zilarni   yaqinlashtirgan   bo‘lsa,   ba’zilarni   haqiqiy   yuzi   ochilib   bir-biridan
uzoqlashtirdi. Ammo baribir yozuvchi qalamga olgan bu urush ayollari matonat, sabr
va bardosh timsollari bo‘lib  qolaveradi.
          
23 2 .1. Biydi momo – tipik obraz sifatida
“Urush   odamlari”   qissasida   ham   adibning   “shamolni   tutib   bo‘lmaydi”
hioyasining   bosh   qahramoni   bo‘lgan   bayna   momoga   o‘xshash   tajang   va   qaysar
kampir biydi momo obrazi aks ettirilgan.  Asarda bu obrazga oid tafsilotlar ancha keng
va   chuqur   ifodalangan.   Asar   ekspozitsiyasidagi   normatning   uyidagi   yig‘inda   biydi
momo   tanishtiriladi.   –   Buncha   sasimasang!..   –   tashqaridan   to‘yga   ham   bakavulik,
ham kayvonilik qilib yurgan biydi momoning zaharli tovushi eshitildi. Ertalabdan beri
kelinlarga   ish,   yumush   buyuraverib,   tanbeh   beraverib   charchagan,   shekili,   tovushi
juda   horg’in   chiqdi   va   gapirib   bo‘lib   oxirida   uflab   qo‘ydi.   –   bolang   tengiga   ham
shunday tegsanmi, uyatsiz. Sizlarda o‘zi  bet degan narsa qolmadi.   17
   Asar  boshidan
bu   obraz   tajang,   jahldor   va   cho‘rtkesar   ayol   sifatida   gavdalantirildi.     Lekin   mazkur
qahramon   nutqining   juda   beparda   qilib   yuborilgani,   uning   leksikasi   har   xil   shallaqi
so‘zlar bilan to‘lib ketgani unga nisbatan kitobxonda nafrat tuyg’usini uyg’otadi.
  Biydi  momo - butun tersota  qishilog'iga berdi  shukur  bobo tomonidan amma
bo‘lardi. Aslida, qishloq bir avlodning uncha uzoqlashib ketmagan shaxobchalari edi.
Shu   sababli   har   bir   uyda   azami,   to‘ymi,   kampirning   o‘rni   bor,   har   bir   narsaga,   xoh
janjal bo‘lsin, xoh to‘polon - hammasiga aralashishga  haqim bor, deb hisoblar, hech
bir   narsa   uning   ishtirokisiz   yoki   maslahatisiz   o‘tmasdi.   Mabodo   uning   yo‘qligida
biron   majoro   yoki   qiz   uzatish   maslahatlari   bo‘lib   qolsa,   u   bundan   o‘zini   juda
xo‘rlangan hisoblar, o‘sha qizning ota-onasi bilan gaplashmay qo‘yar yoki maslahatni
qaytadan   boshlab,   hamma   shov-shuviga   o‘zi   aralashib,   yana   o‘zi   tinchitib   qaytardi.
Usiz hech kim sovchi jo‘natolmas, kimning zoti past, kimning tog'asi o‘g'ri, kimning
otasi  xotinchalish, kimdan yaxshi  qaynona yoki  qaynota, kimdan yaxshi  kuyov yoki
kelin   chiqadi   -   hammasini   bilar,   hammasini   hal   qilardi.   Uning   bu   kayvoniligiga
tersotaliklar ham o‘rganib qolgan, uning arazidan qo‘rqibmi yoki u har bir ishni juda
oson hal qilishiga ishongani uchunmi, har qalay, ular bu katta ammalarini eng kichik
oilaviy   yig'inlardan   ham   quruq   qoldirishmas,   hurmatini   joyiga   qo‘yib,   chaqirib
17
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
24 borishardi. Ko‘pgina xotinlar uning achchiq so‘zlaridan, koyishlaridan bezor bo‘lgan
bo‘lsa ham uni ichida yomon ko‘rishsa ham sirtlarida jilmayib turishar, uni ko‘rganda
yugurib borib, ko‘rishishar va shunda ham undan biron koyish eshitish- dan cho‘chib
turishardi.   Hamisha   uni   kimgadir   tanbeh   berayotgan   yoki   kimnidir   urishayotgan
qiyofada uchratish mumkin edi. “shular ham ayolmi! - derdi u ayollar haqida. - ayol
degan   ro‘zg'orni   santday   qilib   yurishi   kerak,   bular   esa   ovlarini   ko‘rsatib   ko‘chada
o‘tirishni   yaxshi   ko‘radi”.   “erkak   degan   erkakday   bo‘lishi   kerak,   -   derdi   u   erkaklar
haqida. Xotinga o‘xshab mijg'ov bo‘lmasin. Bizning davrlarda erkaklarning izidan bir
hafta yurib ham bir og'iz so‘z eshitmasdik. Hozirgilar esa gap chaynab yurishadi” 18
.
  Biydi   momo   qishloqda   har   bir   narsaga   aralashishga   haqim   bor   deb
hisoblaydigan   ayollardan   edi.   Uning   bu   ishi   bir   tomondan   ammaligi   bo‘lsa,
ikkinchidan   ko‘pni   ko‘rgan,   boshidan   ko‘p   narsalarni   o‘tkazgan   qishloqdagi   eng
keksa   kampir   ekanligi   edi.   Boshiga   tushgan   qiyinchiliklar,   kulfatlar   uning   qaddini
bukishdan   ko‘ra,   tik   qilib   qo‘ygan,   u   hali   ham   qarilikni   bo‘yniga   olgisi   kelmas,
g'ayratli   edi.   Ba'zi   chollar:   “biydi,   kundan-kunga   yasharib   boryapsan,   ke,   sovchi
qo‘yib,   senga   uylana   qolay,   yurasanmi   o‘g'illaringdi   eshigida   sarg'ayib” 19
,   deya
tegishardi.   Bu   hazildan   ko‘ra   uning   chindan   ham   yosharib   borayotganligiga   ishora
ham   edi.   “rahmatli   buxos   polvonning   polvonligi   u   o‘lgandan   keyin   xotinida   qoldi”,
deyishardi chollar. 
Avvallari ancha tortinchoq ayol bo‘lgan , eri o‘lgandan keyin birdan qishloqqa
aralashib, to‘y-azasida bel bog'lab xizmat qilib, elning arzandasiga aylangandi. Buxor
polvondan ikki  o‘g'il  bilan juda yosh qolgan bo‘lishiga qaramay, boshqa er  qilmadi.
Butun kuchini shu o‘g'illarini odam qilishga sarfladi. U o‘roq o‘rar, o‘tin yorar, beda
tashir,   bug'doy   yanchar,   tegirmon   tortar,   og'il   qurar,   navbatida   mol   boqar,   to‘ylarda
erkaklardan   qolishmay   xizmat   qilar   edi.   Odamlar   doim   uni   erining   eski   qora
choponini   kiyib,   belini   chilvir   bilan   bog'lab,   o‘g'illari   yonida   biron   ish   bilan
18
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
19
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
25 shug'ullanayotgani- ni ko‘rishardi. Uning katta-katta toshlarni ko‘chirib, tomorqasiga
suv   haydayotganini,   buxor   polvonning   barkashday   ketmonini   baland   ko‘tarib,   loy
qoriyotganini,   eshakka   bog'-bog'   qilib   o‘tin   ortib   kelayotganini   ko‘rishib,   uning
bunchalik   kuch-qudratni   qayerdan   olayotganiga   hayron   qolishardi.   Bo‘lmasa,
jikkakkina ayol edi. “butun gavdasini bitta un xaltaga joylasa bo‘ladi, lekin o‘zi butun
qishloqqa joy bo‘lmaydi” 20
, - derdi  asarda rajab ko‘sa.
Hamma   bosmachidan   qo‘rqib,   o‘tin   terishga   chiqmay   qo‘yganda,   u   bemalol
qari eshagini yetaklab o‘tin terib kelardi. Ocharchilik boshlanib, bir burda non topish
uchun boshqalar makkaga borib kelishga ham rozi bo‘lgan paytlar uning dasturxonida
non   bo‘lardi.   Hech   kim   uning   nima   uchun   bunchalik   jonini   jabborga   berib,   kuyib-
pishayotganini   bilmasdi.   Qo‘lini   so‘rab   kelgan   sovchilarni   bir   xil   javob   bilan
qaytarardi: “meni erim taloq qilmagan, hali ham uning nikohidaman”. Hech kim uni
bu   fikridan   qaytarolmadi.   Oradan   yillar   o‘tib,   kelinli,   nevarali   bo‘lgandan   so‘ng   u
nima uchun o‘sha paytlar bunchalik kuyib-pishganini  va bironta o‘ziga to‘q odamga
tegib   olib,   umrini   tashvishsiz   o‘tkazmaganini   kelinlariga   ayon   qilgandek   bo‘ldi:
“qaynotalaring qanday odam edi- ya, har bir yelkasiga to‘rttadan odam o‘tirardi, ikki
beti qip-qizil, ko‘zlari burgutnikiday. Undan hatto amir olimxon ham qo‘rqar- di” 21
...
Biydi momo kabi bunday orkash va erini nomusi uchun o‘zini fido qiladigan ayollar
kamdan   kam   edi.   Yozuvchi   mana   shunday   ayollarni   namuna   sifatida   tipiklashtirgan
edi.  Biydi  momo  obrazidagi   har   bir  ta’rif   mubolag’asiz  hayotiy  edi.  O‘sha   davrning
bir ayoli umridan lavha.  
Biydi momo buxor polvonning qanday o‘lganini gapirib berib charchamasdi. U
haqidagi   va   uning   avlodlari   haqidagi   rivoyatlarni   bot-bot   aytib,   faxrlanib   yurardi.
Yana   boshqa   tomondan   esa   farzandlarini   ham   shunday   insoblar   bo‘lishga   undardi.
Mana bu hislat haqiqiy bobolarga mos avlod yetishtirib beruvchi ayollarga xos hislat
edi.
20
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
21
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
26   Buxor   polvon   avlodi   azaldan   polvonligi   va   chavandozligi   bilan   dovruq
qozongan   qadim   avlodlardan   bo‘lgan.   Bu   avlod   ota-bobomiz   ayiq   bo‘lgan   deb
faxrlanishardi.   Buxorogacha   dovrug'i   ketgan   buxor-mergan   shu   avlodning   yagona
so‘nggi vakili edi. Undan faqat boshqa urug'liklar emas, shahrisabz begi ham cho‘chib
muomala qilgan. U uchib borayotgan chum- chuqning ko‘zidan urgan. O‘chakishgan
odamidan   o‘chini   olmay   tinchimagan.   Uning   davrida   o‘troq   qo‘ng'irot   qishloqlarda
biron   marta   ham   bosmachilar   bostirib   kirmagan,   qo‘rboshilar   buxor   mergan   bilan
o‘chakishishni  istamaganlar.  Amir  olimxonning o‘zi  uning qo‘lidan kaklik, tustovuq
ottirib yegan. Uning hurmati. Ni doimo saqlagan. Amir buxoroga chorlab, unga odam
qo‘ygan. Da, u: “amiringda mening ishim  yo‘q, agar ishi  bo‘lsa, o‘zi  kelsin” degan.
Shunday  odam   kichkina,   bor-yo‘g'i   kalladay   keladigan   toshning  ostida   qolib   o‘lgan.
Toshni kim dumalatganini, kim uni boqirchining zovi ustida yarim kechagacha poylab
o‘tirganini   choryetimliklar   hozirgacha   bilishmaydi.   Bilganlari   shuki,   tosh   uning   qoq
ko‘kragini   ezib   yuborgan.   Buxor   polvon   o‘limi   aniqligi   ni,   shu   tosh   azroilning
xabarchisi ekanligini bilib, uyigacha zo‘rga yetib kelgan, yetib kelgan-u, aytgan oxirgi
gapi  shu bo‘lgan:  “χοtin, uyning chirog'ini  o‘chirma, bolalarimni  birovga xor  qilma,
agar uyimning chirog'i o‘chsa, toabad sendan rozi emasman” 22
.....
Biydi momo bu hikoyani necha marta aytgan bo‘lsa ham, yana aytaveradi. Har
aytganda qo‘shib-chatib aytadi. U, kelinlarim bilsin, ayiq avlodining chirog'i mendan
keyin   ham   o‘chmasin   deb   ataylab   qayta-qayta   aytadi.   Ayiq   avlodini
o‘stirayotganlaridan,   bu   avlodga   kelin   bo‘lganlaridan   faxrlanishlarini   istaydi.
Kelinlaridan   nevaralarini   oriyatli,   nomusli   qilib   o‘stirishlarini,   hech   kimga   xor   qilib
qo‘ymaslikni   talab   qiladi.   U   nabiralarining   bobolariday   polvon   bo‘lib   o‘sishini
istaydi, chunki o‘zi bolalarini shunday qilib tarbiyalagandi. U o‘g‘illarini odam qilish
uchun qo‘lidan nima kelsa, odamzod nima qilishi  mumkin bo‘lsa, hammasini  qiladi.
Bolalariga birovning bir qoshiq sutini ichirmay, hech kimga xor qilmay o‘stirdi. O‘zi
tilandi,   o‘zi   yamoq   kiydi,   o‘zi   xo‘rlandi.   Lekin   bolalarini   tilantirmadi,   yamoq
22
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
27 kiygizmadi,   xo‘rlatmadi.   Bolalari   ham   o‘zi   o‘ylagandek   oriyatli,   nomusli,   ziyrak
yigitlar bo‘lib voyaga yetishdi. Kattasi  otasining izidan bordi, to‘ylarda olishib, nom
qozondi.   Kichigi   -   mo‘minrog‘i   chavandozlikdan   nom   oldi.   O‘g‘illari   birinchi
zotlarini   keltirib   tashlaganda,   u   shuncha   chekkan   zahmatlari   bekorga   ketmaganini
anglab, eri o‘lgandan beri birinchi marta to‘yib-to‘yib yig'ladi.
Biroq   uning   orzusi   endi   amalga   oshib,   chorshanbi   oqsoqolning   qiziga
sovchilikka   boraman   deb   turganda,   katta   o‘g'li   teraklidan   pirnazar   pechkachining
qizini   olib   qochib   keldi.   Biydi   momo   qanchalik   o‘jar   bo‘lmasin,   o‘g‘li   undan   ham
o‘jarroq edi - so‘zidan qaytmadi. Pirnazar qizini oq qildi. Katta o‘g‘lida yetishmagan
orzusiga kichik o‘g'lida yetishdi. Mulla tashanning kenja qizini kelin qilib oldi.
Biydi   momoning   katta   kelini   oqqo‘ngil   bo‘lgani   bilan   uquvsiz,   bo‘sh-bayov,
biron   nojo‘ya   ish   qilib   qo‘yishdan   cho‘chib   yuradigan   soddagina   ayol   edi.   O‘gay
onaning   hamisha   boshiga   mushtlab   qarg'ashidan   qilpanchiq   bo‘lib   qolgandi.   Tezak
terish,   molxona   ku-   rash,   suv   tashish,   o‘choq   yoqish   kabi   qora   ishlarni   qilib   yurib,
qo‘li   ovqat   qilish,   tikish-bichish,   uy   tutish   ishlaridan   uzoqlashib   qolgandi.   “sen
mening   suqsurday   o‘g‘limni   xor   qilding,   -   derdi   unga   biydi   momo.   -   sen   ko‘zingni
suzib, ishtoningni tagingga to‘shaganingdan keyin u nima qilsin? Agar sendan boshqa
bo‘lganda,   menga   kelin   bo‘lganidan   minnatdor   bo‘lib,   qo‘limni   sovuq   suvga
urdirmasdi. Sen bo‘lsa, izingdan birov ishingni qaytadan qilib yurishi kerak”. 23
Biydi   momo   toki   kenja   kelin   tushguncha   katta   kelinning   kunini   bermadi.   Uni
koyir, yig'latar, yig'lasa, yana koyir, uning ojizligini ko‘rib, g'ashi kelar, chunki uning
o‘zi hech qachon ojizlik qilgan emas, gap qaytarsa, o‘g'liga aytib urdirardi. “sen buxor
polvon   avlodining   davomchisisanmi?   Bu   holda   buxor   polvonning   sho‘ri   quriydi.
Burningni   tortishni   bilmaysan,   qanday   qilib   bola   o‘stirasan?”   Yoki   javragisi   kelib
turganda,   qarg'ishning   quyunini   chiqarib   tashlardi:   “iloyo   u   dunyo-bu   dunyo
o‘nglanma.   Sen   mening   butun   yigirma   yil   chekkan   zahmatimni   bir   etagingni
ko‘tarishing   bilan   chippakka   chiqarding,   mening   xonumonimni   kuydirding.   Buxor
23
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
28 polvonning arvohini  chirqillatding. Bu avlodning kushandasi  bo‘lding. Iloyo, ajaling
o‘zingdan bo‘lsin. Sen buxor polvonning avlodini xor qiladigan bo‘lding” 24
.
Biydi   momo   shunday   javragani   bilan   uning   bir     xususiyatini   eriga   sodiqligini
yoqtirardi.   Biydi   momoni   zamon,   muhit   shunday   holga   keltirib   qo‘ygan   edi.   Balki
buxor   polvon   vafot   etmaganda,   u   ham   boshqa   ayollar   kabi   eri   bag’rida   tinch
qiynalmasdan yashaganda bunday tajang, qo‘pol, qo‘rs ahvolga tushmas edi. 
  momoning   suvrati   shunday   ko‘ringani   bilan   siyratda   g‘amxo‘r,   mehribon   ayol
yashiringan   edi,   ammo   katta   kelinining   bo‘sh-bayovligidan   achig’i   chiqardi   buni
misolini kichik kelin tushgandan keyin u negadir yana o‘sha uquysiz, o‘zining orzu-
umidiga zomin bo‘lgan kelin bilan qolganida ko‘rishimiz mumkin.  
Kichik kelin - o‘zi orzu qilib olgan kelini kelishgan, shirinso‘z, xushmuomala
chiqdi. Biydi momoning aytganini aytgan, deganini degan qilib bajarar, uning ishidan
biron   qusur   topish   qiyin,   shun-   day   bo‘lsa   ham   nomiga   uning   bunday   epchilligini
koyib qo‘yardi, kichik kelin odobli, farosatli, odamning ichiga kirib ketay derdi. Biroz
kerilib   yurishga   moyil   bo‘lsa   ham,   biydi   momoning   oldida   o‘l   desa,   o‘sha   zahoti
o‘lardi. Hammaga mehribon, odamning ko‘nglidan chiqadigan kelin edi. Katta kelin
tushganidan beri un- cha bordi-keldisi yo‘q qishloqdoshlari bilan u bir oyda chiqishib
ketdi, xuddi azaldan shu qishloqda tug'ilganday. Hamma kichik kelinni yoqtirib qoldi.
Katta kelin esa hali ham hurkak, o‘z soyasi-  dan cho‘chiygandek yurar, bu esa biydi
momoning   g'ashini   keltirardi.   O‘g‘liga   necha   marta   buningni   olib   borib   tashla
otasinikiga,   desa   ham   o‘g'il   gapga   kirmadi.   Izma-iz   tug'ilgan  bolalardan   keyin  biydi
momo ham taqdirga tan berdi. U “hamma umidim kenja kelindan, buxor polvonning
davomchilarini shu tarbiyalaydi”, derdi. 25
Biydi   momoning   o‘g‘illarini   urushning   birinchi   yiliyoq   bir   paytda   olib
ketishgandi. Kelinlar endi biydi momoning qaramog‘ida qoldi. Kenja kelin bu paytda
bu   uyga   tushganiga   endi   bir   yil   bo‘lgandi.   Boshida   onda-sonda   kelib   turadigan   xat
24
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
25
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
29 keyin   taqqa   to‘xtadi.   Bir   yil   burun   esa   uning   uyiga   abdulla   pochtachi   bilan   sho‘ro
kotibi   panji   cho‘loq   kirib   kelishdi.   “ular   anchagacha   jim   o‘tirishdi.   Go‘yo   bu   uyga
nega   kelganini   ham   eslaridan   chiqargandek   edi.   Ikkita   kelin   ham   pechka   ortida
quloqlarini   ding   qilib   turishardi.   Biydi   momo   esa   dasturxonning   popugini   o‘ynab,
ulardan   gap   kutib   turardi.   Oxiri   u   chidolmadi.   Abdullaga   qahrli   ko‘zlarini   tikdi.
Abdulla uning qarashidan dovdirab qoldi.
- Momo, o‘zi yaxshi yuribsizmi? Obbo, sizey... - dedi u titrab- qaqshab. - gapni
cho‘zma!   -   O‘sha   ohangda   dedi   biydi   momo.   –   nima   bo‘ldi?   Abdulla   ham   yerga
qaradi,  qiynaldi.   -   Kattangizdan   qoraxat   keldi.  Biydi   momo   seskanib   ketdi-yu,  lekin
o‘zini   yo‘qotmadi.   Pochtachi   bilan   cho‘loq   kirib   kelganda   u   namoz   o‘qiyotgan   edi.
O‘sha   paytdayoq   bular   behudaga   kelmaganini   sezgan   va   o‘zini   har   narsaga   tayyor
turishga   hozirlagandi.   Bu   ayolmijozlar   oldida   o‘zini   yo‘qotib   qo‘ymaslikka   -
chidashga qaror qilgan edi. Katta kelin, voy, deb yubordi-yu, devorga suyanib qoldi
uning rangi oqarib ketgandi. Kichik kelinning yuzi  qizarib, hech kimdan yashirmay,
erkin nafas oldi: yuzida xursandlik alomati yarq etib ketdi. - voy, akajonim, - deya u
ovoziga yasama tus berib, yig'lab yubordi.
Biydi momo xuddi namoz o‘qiyotgandek, yana uzoq ko‘z yumib turdi. Yig'lab
yuborgan   kelinlariga   o‘qrayib   qaradi.   So‘ng   yana   bardam,   xuddi   hech   narsa   yuz
bermagandek   abdulla   sa-   riqqa   tikildi.   Ikkovi   ham   boshini   egib   o‘tirardi.   “yo‘q,   bu
yerda yana boshqa sir ham bor, agar faqat shu gap bo‘lsa, sariqning o‘zi ham keltirib
beraverardi.   Cho‘loq   bu   yerda   nima   qilib   yuribdi?”   -   shumi?   Yo‘q,   senlar   yana   bir
narsani   yashiryapsizlar.   Aytinglar,   menga   hech   narsa   qilmaydi...   Mendan
yashirsalaring, tiriklay o‘ldirasilar... Gapir, gapir!.. Abdulla sariq gapiraymi dekandek
panji cho‘loqqa qaradi. Eggancha o‘tirardi.
Panji cho‘loq boshini  biydi  momo bo‘g'zidagi  kuyikni  zo‘rg'a yutdi. O‘zini  yo‘qotib
qo‘yishdan   qo‘rqqandek,   bir   qo‘liga   suyanib,   abdulla   sariqqa   yana   yeb   qo‘ygudek
qaradi:
30 - Voy, churra-yey, voy churra-yey, otang sipochilik qilmagan, enang sipochilik
qilmagan,   sho‘rliklar   bir   parcha   nonga   zor   bo‘b,   bir   ishtonni   almashtirib   kiyib
yurishardi...   Senga   kim   qo‘yibdi   sipogarchilikni,   churra..!   Aytavermaysanmi
to‘g'risini?!.
Kichik   kelin   yig'lashdan   to‘xtab,   ularga   quloq   soldi.   Panji   cho‘loq   og'rindi.
Hatta sho‘ro idorasida ham unga panji turdiye- vich deb muomala qilishsa-yu, uning
qo‘l   ostidagi   bir   isqirt   kampir   uning   nozik   kasalini   eslatib,   haqorat   qilib   o‘tirsa...
Boshqa payt bo‘lganda u kenglik qilgan bo‘lardi. Biroq hozir u o‘zini xo‘rlan- gan va
haqoratlangan,   deb   hisobladi.   Buning   uchun   o‘zining   kim   ekanini   eslatib,   alamini
olmoqchi bo‘ldi.
-   Bo‘lmasa,   momo,   ko‘pga   kelgan   to‘y   ekan...   Azani   ikkita   qiling.
Kichigingizdan olti oy oldin qoraxat kelgan ekan. Abdulla aka sizga berishga qo‘rqib
yurgan ekan... Kichik kelin o‘kirib o‘zini yerga tashladi. Pechka orqasidan katta kelin
ho‘ngillay boshladi.
Tashqariga   chiqinglar!   O‘shqirdi   biydi   momo   chiq,   ko‘zimga   ko‘rinma!
Kimlarning   oldida   yig'layapsanlar?!   Shu   no-   kaslarga   ko‘rsatib   yig'layapsanlarmi,
chiqinglar,  ikkovlaring  ham   chiq, chiq!.. Kuydirgilar...  Voy...  Sho‘rpeshonam!.. Ikki
kelin   ham   unga   birinchi   marta   quloq   solishmadi:   o‘kirib   yig'lay   boshladilar.   -   voy,
shunqorima!   -   baqirib,   o‘zini   yerga   ura   boshladi   kichik   kelin.   -   voy,   burgutima,
arslonim-ay,   arslonginam-ay...   Meni   tashlab   ketdingmi-ya,   meni   kimga   qoldirib
ketding-a, sen o‘lguncha men o‘lsam bo‘lmasmidi, arslonim-ey!..
Biydi   momo   boshqa   hech   narsa   demadi.   Panji   cho‘loq   yuziga   fotiha   tortdi.
Biydi momo ularning daldasiga ham, chiqib ketayo- tib aytgan gunohkorona “momo,
bizda nima ayb, kattalar borib aytinglar, yaxshi bo‘ladi, deyishgandi”, deb ming'irlab
ketganlariga   ham,   kelinlarning   yig'isiga   ham   e'tibor   bermadi.   Bir   nuqtaga   tikilib
o‘tiraverdi” 26
 
26
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
31 Biydi   momo   shunday   musibatli   vaziyatda   ham   chidadi.     U   kelinlaridek
xo‘ngrab yig’lamadi. Jim turdi, birovga sirtini bermadi. Ammo biydi momo ichdan zil
ketgan edi. Avvalo, eridan so‘ng urush sabab ikki arslonidan ayrilgan momo tamom
bo‘lgan   edi.   U   ich-ichidan   endi   buxor   polvonning   avlodi   quriganidan   va   erining
orzusini   amalga   oshira   olmaganidan   o‘kinib   yig’lardi.   Shu   o‘rinda   ham   u   o‘zini
o‘ylamadi  eni  qariganimda kim boqadi, kimga zor  bo‘lib qolaman demadi. Faqat va
faqat   kelajak avlodlarini o‘yladi. Yozuvchi biydi momo obrazida ko‘plab qusurlarni
keltirgan   bo‘lsa-da,   ammo   bu   fazilatiga   ko‘proq   urg’u   beradi.   Haqiqiy   o‘zbek   ayoli
qanday   vaziyat   bo‘lmasin   ,   ming   tajang,   jahldor   bo‘lsa-da,   ammo     turmush
o‘rtog’ining avlodlarini o‘ylaydi. 
Shundan so‘ng  biydi momo ikki o‘g'liga aza ochdi. Janoza o‘qitib, qora kiydi.
Shundan keyin u qishloqda boshqa ishlarga aralashmay qo‘ydi. Kun bo‘yi uyida, bir
burchakda,   o‘g'illarining   kiyimlarini   titib,   allakim   bilandir   gaplashib   o‘tiradigan   va
odamlarga begonasirab qaraydigan, odamlardan xavflanadigan va ularga adovat bilan
tikiladigan   odat   chiqardi.u   iki   farzandining   ursuh   sabab   bo‘lgan   vafotiga   chiday
olmadi.   Ayniqsa,   erkaklarga   alamzada   qaraydigan.   Go‘yo   farzandlarining   o‘limiga
ular   sababchidek   ularni   jerkadigan   odat   chiqargan   edi.   Hammadan   alamzada   bo‘lib
qolgan bu kampirning normat polvon bilan anzirat fojiasining sodir bo‘lishida asosiy
ishtirokchilardan biri sifatida talqin etilgan. U anzirat haqidagi gap chiqishi zahotiyoq
tursun   guj-gujni   boshlab,   normatning   hovlisiga   boradi,   xalqni   boshiga   to‘plab,
anziratni   sharmanda-yu   sharmisor   qiladi,   erining   kaltaklayotgani   yetmagandek,
boshqalarni   uni   toshbo‘ron   qilishga   chaqiradi.   Uning   gapiga   kirgan   ayrimlar,   hatto
anziratga   qarata   tosh-kesak   otishadi   ham.   Biydi   momoning   normat   polvon
xonadonida hukmronlik qilishiga  sabablar bor, ulardan biri – u qishloqning eng keksa
qariyasi,   ikkinchisi   –   uning   normatga   yaqin   qarindoshligi   –   ammaligi   ham   bor.
Shunga   ko‘ra   u   bu   xonadonning   oriyatiga   o„zicha   javoyugar.   Ikkinchidan,   biydi
momo   –   g’oyat   alamzada,   boshiga   og’ir   musibat   tushgan   kampir.   Bir   kunda,   bir
vaqtning   o‘zida   ikkita   o‘g’ilning   halok   bo‘lgani   haqida   xabar   eshitadi.   Demak,
32 ko‘pchilik   uning   ra’yiga   qaraydi.   Buning   ustiga   hammaning   o‘ziga   yarasha   dard-
alami   bor.   Kimdan   o‘chini   olishni   bilmay   yurgan,   asablari   g’oyat   taranglashgan   bir
payt. Shunday bir paytda sal ishora, arzimagan bahona kifoya.
Biydi   momoning   “hoy,   odamlar,     urushga   ham   mana   shunday   odamlar   sabab
bo‘ladi. Mana shundaylarning dastidan urush kelib chiqadi. Bolalarimiz qon to‘kadi,
bu   esa   buzuqlik   qip   yuradi” 27
,   degan   gaplari   o‘sha   “ayrimlarga”   bir   bahona   bo‘ladi.
Aytish kerakki, bu epizodda biydi  momo bilan bog’liq tasvir shu darajada ishonarli,
tabiiy chiqqan. Shuningdek, bu obrazning keyingi talqinida asoslanmagan,  ziddiyatli
o‘rinlar   ko‘zga   tashlanadi.     Xususan,   bir   o‘rinda   normat   polvonga   g’amxo‘r,
mehribon, uning taqdiriga qayg’uruvchi odam sifatida ko‘rinsa, boshqa bir o‘rinda uni
tushunish, dardiga sherik bo‘lish o‘rniga, haqorat qiladi, nafsoniyatiga og’ir tegadigan
gaplar   aytadi.   Umuman,   ushbu   qahramondagi   ana   shu   alamzadalik   uning   boshqa
qahramonlarning   fojeasiga   sabachi   bo‘lib   xizmat   qilishiga   asos   bo‘ladi.   Hatto   asar
so‘ngida   ro‘y   bergan   anzirat   fojiasiga   ham   vosita   qilib   yozuvchi   aynan   shu   obrazni
tanlagandi.     Momo   o‘z   kelinidan   bexabar   anziratning   ketini   naq   yetmish   uch   kun
poylaydi.   Mirzaqul   xayrlashish   uchun   kelganda   esa   ko‘rib   qoladi   va   normatga
yetkazadi.   Shunda   ham   normatning   origa   tegadigan   gaplar   qiladi   :   “menga   do‘q
qilguncha   borib   xotiningning   etagini   yop!   –   xirillab   shang’illay   boshladi.   –   o‘sha
xotining   qishloqqa   kasofat   keltirdi.   Hamma   baloga   u   sabachi.   Agar   shu   holatda
qo‘ysa,   yaqinda   butun   qishloqni   yer   yutadi.   O‘ldir,   ularning   urug’ini   yo‘qot   bu
dunyodan.   Keyin   kelib   meni   ot,   mayli...men   bechora…bir   qarovsiz   kampirni   ot,
mayliga…”  28
  bu kabi turtkilardan keyin normat jahl va qahr-u g’azab bilan mudhish
fojiaga yo‘l qo‘ydi. Agar biydi momo shu holatni aytib g’azabini toshirmaganda edi,
ular   tinch   hayotlarida   davom   etardi.   Momo   o‘z   baxtsizligiga   chiday   olmay,
boshqalarni ham baxtli yashashiga qo‘yib bermadi.
27
N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
28
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
33 Xulosa   o‘rnida     biydi   momoni   zamon,   muhit   shunday   holga   keltirib   qo‘ygan
edi. Balki buxor polvon vafot etmaganda, u ham boshqa ayollar kabi eri bag’rida tinch
qiynalmasdan   yashaganda   bunday   tajang,   qo‘pol,   qo‘rs   ahvolga   tushmas   edi.
Momoning   suvrati   shunday   ko‘ringani   bilan   siyratda   g’amxo‘r,   mehribon   ayol
yashiringan edi. Urush davrida esa bu kabi ayollar juda ko‘pchilikni tashkil qilar edi
va   yozuvchi   ham   aynan   shunday   ayollarning   tipik   vakilasi   sifatida   bayna   momoni
kiritgan   edi.   Bayna   momo   bu   bir   shaxs   emas,   qo‘pol   va   tajang   bo‘lsa-da,   turmush
o‘rtog’ini va uning avlodlarini o‘ylaydigan vafodor, matonatli ayollar timsolidir. 
2.2 anzirat xarakterini  yoritishda ijtimoiy muhitning o‘rni
Anzirat   xarakteri   asar   voqealar   rivojida   o‘zgarib   bordi.   Uning   kelinlik   orzu-
umidlarining   va   baxtli   hayotining   buzilishiga   izidan   chiqishiga   yozuvchi   dastlab
ijtimoiy   muhitni     va   urushni   asar   so‘nggiga   qarab   eng   katta   aybdor   qilib   urushni
ko‘rsatadi.
Hammasi normat polvon urushga ketganidan bir yil keyin boshlandi. Xolmatni
uyga qo‘yib, kun bo‘yi kolxozchilar bilan birga o‘roq o‘rgani, boshoq tergani, qo‘sh
haydagani,   bug'doy   yanchgani   borar,   ular   erkaklarning   ishlarini   qila   boshlagan,
erkaklar esa qishloqda sanoqligina qolgan edi. Qolganlari qari-qartanglar, mayiblar va
bolalar edi.
U   kun   bo‘yi   tinim   bilmasdi-yu,   beshikdagi   qizchasi   va   xolmatning   ochlikdan
kichrayib   borayotgan   gavdasiga,   ochlikning   dahshatli,   talvasali   qadamiga   qarshi
turolmasdi. Hamma narsa to‘zib bo‘lgan, ikkita sigirning bittasini kolxoz olib ketgan,
ikkinchisini   ilon   chaqib,   shishib   o‘ldi.   Ular   bor-yo‘g'i   kolxozdan   beriladigan   bir
havuch   arpa   uniy-u   uchta   oriq   echkining   sutiga   qarab   qolishgan   edi.   Anzirat   ishlar,
echkilarga   o‘t   olib   kelar,   yozda   molxona   suvar,   o‘tin   g'amlar,   qishda   o‘tin   terar,
molxona   kurar,   bahorda   ham   o‘z   yerida,   ham   kolxoz   uchun   qo‘sh   haydar   edi.
Hammasiga   ulgurar,   ulgurishi   kerak   edi.   Kechasi   esa   ham   erini   qo‘msab,   ham
charchoqdan   toliqqan   vujudi   qaltirab,   tanasini   sovuq   ko‘rpaning   ichiga   nochorgina
34 tiqib yig'lar, keyin yostig'ini ho‘l qilib, uxlab qolar, ertalab yana shu tashvishlar bilan
yuturar edi.
  Bu   yig'ilar   asta-sekin   uni   charchatdi.   U   endi   bu   mashaqqatlarga   yengila
boshladi.   Odamlarga   qo‘shilmay   qo‘ydi.   Xolmat   bilan   ikki   yashar   hojarni   uradigan,
bekordan-bekorga   javraydigan   odat   chiqardi.   Qarg'ishni   o‘rgandi.   Shang'i   bo‘lib
qoldi.   Bu   holatlar   uning   suluv   chehrasiga   mos   kelmasdi;   o‘zi   charchagan,   asablari
charchagan,   shu   vaqtgacha   faqat   o‘z  ishi,   ayollik   tashvishlari   bilan  yurgan,  shundan
boshqasini   ko‘rmagan,   boshqasining   tashvishini   tortmagan   ayolning   boshiga
birdaniga ikkita vazifa tushgan: u endi ham erkak, ham ayol bo‘lib yashashi kerak edi.
U yana dunyoda eng og'ir yumushni bajarishi –  kutishi kerak edi. U hammasidan ham
shu   azobga   toqat   qilolmasdi.   O‘ziga   to‘q   oilada   -   yetti   akasi   va   obro‘li   ota
qaramog'ida tashvish nimaligini bilmay o‘sgan anziratni bu vazifalar holdan toydirib,
dovdiratib   qo‘ygan   edi.   Urush   boshlanganining   uchinchi   yili,   ayniqsa,   unga   og'ir
bo‘ldi. Uning ikkita akasidan qoraxat keldi. Onasi  bu qayg'uni ko‘tarolmadi. U ham
yig'laydigan   odat   chiqardi.   Hamma   ishni   qilib,   bolalarni   joyiga   yotqizardi-da,   tuni
bilan yig'lab chiqardi. Butun vujudi o‘t bo‘lib yonar, qoni tomirdan toshib chiqquday
bo‘lib,   a'zoyi-badani   taranglashar,   vujudida   qo‘msash...   Nimanidir   qo‘msash
tuyg'usini sezardi. Bu qo‘msash ba'zi kunlari aqldan ozdiradigan darajada asabiy qilib
qo‘yar,   avj   olar,   to‘g'ri   uning   yuragini,   butun   tanini   kemirardi.   U   erkak   quchog'ini
ko‘rmagani-   ga   ham   uch   yil   bo‘lgandi...bir   ayolga   bunchalar   iztirob   va   mashaqqat
og’irlik   qilar.   Yozuvchi   aynan   uning   chidamsizligiga   sabab   qilib   uning   to‘q   oilada
katta   bo‘lganini   va   akalari   ardog’ida   o‘sganini   ko‘rsatadi.   Uning   tabiatida   erkalik,
mehrga   mushtoqlik   bor   edi.   Balki   mana   shu   xislatlari   uni   keyinchalik   ulkan   gunoh
qilishiga   poydevor   ham   bo‘lgandir.   Chuni   unga   yupanch,   shuncha   qiyinchiliklarni
birga yengishga ko‘maklashuvchi tirgak tog’ kerak edi. 
   Urush  yillarining oxiriga borib, u ko‘p narsaga chidamsizlik qila boshladi. Eng
katta   chidamsizligi   esa   keyin   sodir   bo‘ldi.   O‘sha   yili   u   o‘sha   eridan   cholg'i   yegan
mirzaqul bilan o‘zi bilmagan holda o‘ralashib qoldi. Mirzaqul gargar bilan anziratning
35 uzoq qarindoshligi ham bor edi. Biroq bu qarindoshlik allaqachon uzilgan, bordi-keldi
qilishmasdi.   Urushdan   oldin   anzirat   uni   faqat   ikki   marta:   bir   marta   to‘yda,   ikkinchi
marta   normat   bilan   qot   ustida   janjalda   ko‘rgandi.   Barvasta,   kelishgan,   yuzidan   jahl
yog'ib   turadigan,   ammo   ayollarni   o‘ziga   chorlaydigan   nimadir,   balkim,   yuzidan
yog'ilib   turgan   hirs   va   surbetlikdir,   bor   edi.   Ana   shu   uzoq   qarindoshi   unga   alohida
e'tibor   bera   boshlagandan   keyin   anziratga   kun   chiqdi.   Avvaliga   uning   e'tibori   erish
tuyuldi,   balkim   erining   cholg'isi   uchun   meni   sharmisor   qilmoqchidir,   deb   o‘yladi.
Lekin   mirzaqulning   ovozidan   hech   bir   yomon   niyat   sezilmasdi,   rais   ko‘p   narsada
unga   qayishadigan,   muloyim   muomala   qiladigan   bo‘ldi.   Asta-sekin   unga   bu
muomalalar   beg'araz   tuyula   boshladi.   Uning   yordamini   bajonudil   qabul   qiladigan
bo‘ldi.   U   ba'zida   anziratnikiga   hozir   tillaga   ham   topib   bo‘lmaydigan   oppoq   bug'doy
uni olib kelar, buning uchun haq ham so‘ramas, "qiynalib ketibsan, olaqol, bolalaring
odam   bo‘lsa,   mening   ham   hojatimni   chiqarishar",   -   deb   jo‘nab   ketardi.   Bu
munosabatga   hayron   qolmasa   ham   bo‘lardi;   bu   yordamlarni   qarindoshchilikka   olib
borib   taqash   mumkin   edi.   Buni   anzirat   beg'araz   yordam,   deb   o‘ylar,   uning   oldida
o‘zini tobora qarzdor his qilib borardi. Uning qanday qilib ko‘nglini olishni bilmasdi.
Raisning   unga   qayishishi,   ayniqsa,   normat   polvondan   qoraxat   kelgandan   keyin
ko‘paydi. Endi uning bahonasi ko‘p edi: «frontovik oilaga yordam», «ko‘ngli yarimta,
ko‘nglini olish kerak» va hokazo. Va hokazo. Anzirat bular uchun faqat mirzaquldan
minnatdor   bo‘lardi.   Uning   nomiga   duolar   o‘qir,   uni   hamma   erkaklardan   va
qarindoshlaridan yaqin tutardi.
O‘tgan yili qish juda og'ir keldi. Qish bilan qo‘shilib normat polvondan qoraxat
keldi.  Noyabrning  oxirida  boshlangan   qish  martning  oxirigacha   zabtiga  oldi.  Kunlar
ayozli, cho‘l   tomondan  izg'irinli  shamol  esardi.  Anziratning yiqqan  o‘tini   fevralning
o‘rta-   larida   tugab   qoldi.   Bug'doy   esa...   Ular   keyingi   haftadan   boshlab   arpa   non
yeyishayotgan,   arpaning   ham   tagi   ko‘rinib   qolgan   edi.   Urush   ular   ishonib   va   umid
qilib   o‘tirgan   yolg'iz   sigirlarini   ham   olib   ketgach,   arpa   nondan   bo‘lak   ilinjlari
qolmadi.   Arpa   non   ichni   surib   ketar,   yegani   yuqmas,   xolmat   bilan   hojar   tez-tez:
36 "ochqa-   yapmiz,   opa,   ochqayapmiz",   deb   turar,   anzirat   ularning   qorin-   larini
to‘yg'izishga   qurbi   yetmas   edi.   Arpa   ham   tugagach,   ular   yolg'iz   kolxozga   umid
bog'lab qoldilar.
Martning boshlarida hojar to‘satdan isitmalab yotib qoldi-yu, anziratni qo‘rqitib
yubordi.   Hojarning   ahvoli   og'ir   edi:   qattiq   shamollagan,   ustiga-ustak,   qorda   oyoq
yalang   yuraman,   deb   o‘zini   sovuqqa   oldirgan   edi.   Anzirat   o‘tin   tilanib   uyma-uy
yugurar,   uy   lari   sovuq,   zax,   ustidan   chakka   o‘tib,   ko‘lmak   bo‘lib   qolgan,   sin-   gan
derazaning   bir   chetidan   huvillab   izg'irin   kirar,   qishning   oxiri   ko‘rinmasdi.
Qishloqdoshlarning ham o‘tini o‘ziga yetmasdi. Erkaklar yetishmas, erkaklari borlari
ham   o‘tin   qiladigan   erkaklar   emas,   o‘zlarini   zo‘rg'a   amallardi.   Hojarga   issiq   ovqat
zarur, lekin yog' ham, go‘sht ham qish bo‘yi tugagan, faqat atalagina kuniga yarardi. -
tovuq sho‘rva ichirsang, madorga kiradi, issiqni o‘zi quvadi, - dedi uni ko‘rgan o‘rol
tabib. - bu turishda ayrilib qolasan... Tovuq go‘sht esa falon pul edi. O‘nta tovuqning
puliga bir sigir sotib olsa bo‘lardi. Anziratda esa pulning o‘zi ham yo‘q, hamma- sini
urushning   boshidayoq   normat   olib   borib   topshirgandi.   Uy-   larida   yegulik   narsani
topish qiyin, sotishga esa... Kim ham suti qurib qolgan echkiga tovuqni almashtirardi?
Echkini   sotay   desa,   kim   ham   echkini   boshchorbog'ga   olib   borib   berardi?!   U   otliqqa
ikki kunlik yo‘l. Piyodaga esa...“anzirat hojarning boshida tuni bilan uxlamay o‘tirib
chiqar,uning   alahsirab,   og'riq   aralash   hushiga   kelolmay   yotishiga   qarab,   O‘t   bo‘lib
yonayotgan   peshonasiga   labini   bosardi.   -   opajon,   meni   qutqaying,   meni   qutqaying,
o‘lib   qolaman?   -   alahsirardi   hojar.   Suv   beying,   suv   ichgim   keyayapti...   Qor   suv
beying, opajon...- Qizim, senga sovuq suv ichish mumkinmas, derdi hojarni bag'riga
bosib anzirat. - ertaga tong otsin, tovuq topib, sho‘rva qip beraman, tuzalib ketasan,
tong   otsin...   -   men   shuypa   ichmiyman...   -   yig'lamsirardi   hojar.   -   suv   ichaman,   suv
beying...Hojar   keyingi   kunlarda   ko‘zini   umuman   ochmaydigan,   och-   ganda   ham   bir
zumga ochib, anziratga yalinchoq alfoz qarab: - opajon, yonib ketyapman... Opajon, -
derdi va yana yumib olardi.
37 - Qizim, qizginam, dardlaringni menga bersin, qizim!.. - yig'lardi anzirat nima
qilishni   bilmay.   -   xudoyimga   sen   nima   qib   eding,   menga   bersa   bo‘lmasmidi   bu
kasalni,  qizginam.   E,  xudo  yim,  shuncha   qilayotganing  kammidi!..hojar   surunkasiga
ikki   kun   ko‘z   ochmadi.   Anzirat   dod-voy   qilib,   u   yoqqa   yugurdi,   bu   yoqqa   yugurdi,
lekin   tovuq   hech   kim-   dan   topilmadi.uchinchi   kuni   anzirat   ertalab   turib   kolxoz
idorasiga - olmaga, mirzaqulni izlab bordi. Oxirgi umidi undan edi. Agar u ham yo‘q
desa,   hojardan   ayrilishi   turgan   gap   edi.   Mirzaqul   uni   ochiq   yuz   bilan   kutib   oldi   va
dardini eshitib, ko‘p afsus chekdi.
Birdan   menga   kelabermabsan-da,   dedi   u   bosh   chayqab,   o‘pkalangandek.
Frontchining   oilasiga   shunday   payt   yordam   bermasak,   qachon   beramiz?   Bizdi
hukumat nima uchun bu yerga qo‘yib qo‘yibdi... Eh, siz xotinlar kimdan talab qilishni
bilmaysilar...   Mirzaqul   kolxoz   otboqarini   qayoqqadir   jo‘natib,   bir   soatlarda   anzirat
uch kun izlab topolmagan tovuqni - yana sariq tovuqni op-oson topib berdi.
-   Xudo   yorlaqasin   sizni!   -   yig'lab   duo   qildi   anzirat.   –   mendan   qaytmasa,
xudodan   qaytsin,   bolalaringizning   rohatini   ko‘ring,   iloyo,   martabangiz   bundan   ham
ulug' bo‘lsin!.. - bo‘pti, bo‘pti, mayli, boraver, ertaga ham kel, yana bitta tovuq topib
qo‘yaman, dedi mirzaqul, so‘ng nimanidir o‘ylab:
- Yaxshisi, ovora bo‘lma, dedi. Xalil otboqarnikiga o‘zing boraqol, men oborib
qo‘yaman... Bor, bor endi. 29
Shu   o‘rinda   yozuvchi   anziratning   foiasining   ilk   chiziqlari   sababini   keltiradi.
Ya’ni asosiy sabab uning o‘zidagi xohish va mayl emas, farzandi edi. Har bir ayol –
ona   farzandi   mana   shunday   ahvolga   kelganda   chiday   olmaydi.   Farzandini   o‘lim
to‘shagidan  saqlab   qolish  uchun  har  qanday  chorani  qo‘llaydi   va  hatto  o‘limga  ham
tayyor bo‘ladi. 
  O‘sha   kundan   keyin   anchagacha   anzirat   bu   voqea   qanday   sodir   bo‘lganini
anglolmay,   garangsib   yurdi.   O‘z   yog'iga   o‘zi   qovrildi.   Har   narsadan   cho‘chiyverib,
29
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
38 tentak   bo‘lib   qolayozdi.   Yigirma   to‘qqiz   yoshida   sochiga   oq   tushdi.   Keyin...
Gunohining   kechirilmasligini   anglash   mirzaqulning   keyingi   kelishiga   zamin   yaratdi.
Eridan   qoraxat   kelgani   uni   biroz   xotirjam   qildi:   gunohi   uncha   katta   ko‘rinmadi.
Anglashilgan va sodir bo‘lgan gunoh ik- kinchi gunohning ostonasidir. Aslida, unga
baribir   edi.   Endi   qanday   qilib   bo‘lsa   ham   yashasa   bo‘ldi,   qiynalmasa   bo‘ldi   edi.
Qiyin-   chiliklar   uning   yuragini   olib   qo‘ygandi.   U   bu   tuyg'uni   tuyishi   bilan   hech
narsaning   unga   qizig'i   qolmadi.   Hammasi   tugagandek,   endi   boshqa   birov   bo‘lib
yashayotgandek sezardi o‘zini. U bolalarimning hayotini saqlab qolish uchun shunday
qildim, bo‘lmasa, ular  o‘lib ketardi, ana, shusiz ham qishloqda ochlikdan kasal bo‘lib
o‘layotganlar  ozmi, deb o‘ylardi va yengil tortganga o‘xshardi. Biroq bu yerda yana
boshqa   birov   bor   edi.   O‘sha   boshqa   birov   boshqa   bir   vujud   har   kuni   mirzaqulning
suyib   erkalashini,   soqoli   olinmagan   chakagi   bilan   bo‘ynini   qitiqlashini,   uch   yildan
beri   erkak   hidini   ko‘rmagan   sochlarini   erkak   qo‘llari   silashini...   Xullas,   erkakni,
erkakning   dag'al   qiliqlarini,   ulardan   keladigan   yoqimli   va   ehtirosni   qo‘zg'aydigan
hidni   qo‘msardi.   U   endi   o‘z   qismatiga   qarshi   gapirolmas,   gapirganda   ham   qismat
uning butun aybini ochib tashlagan, halok qilgan bo‘lardi. U vujudidagi o‘sha boshqa
birovni   bo‘g'ib   o‘ldirolmas,   asta-sekin   unga   taslim   bo‘lgan,   o‘zining   butun   inon-
ixtiyorini,   kelajagini,   orzu-umidlarini   unga   top-   shirgan,   uning   quli,   uning   odami
bo‘lib qolgan edi.
Biroq qishning boshlarida, xuddi momaqaldirogdek, gumburlab normat polvon
urushdan  qaytib  keldi.  Uning  urushdan  qaytishi   anziratning  hayotida  keskin  burilish
yasashga   majbur   qildi. U  erini   xuddi  avvalgiday  kutib olishga,  avvalgiday  muomala
qilishga   urindi.   Erining   bolalari   yoniga   qaytib   kelganini   ko‘rib,   xursand   bo‘lib,
bo‘g'zida   tiqilib   yotgan   alami   tarqaguncha   yig'ladi.   Lekin   kechasi   erining   og'ushiga
kirayotgandagina   bu   odam   uchun   o‘zining   endi   harom   ekanligini,   o‘zi   uchun   endi
chinakam  baxt  harom ekanini  his qildi. Baribir yashash,  normat polvondagi ishtiyoq
unga   ham   ta'sir   qildi.   Bolalarining   chuldirashi,   uyda   erkak   ovozining   borligi   unda
yana yashashga ishtiyoq uyg'otdi. Hammasi uning uchun yaxshi tugagan bo‘lsa ham u
39 hali   bu   narsalarni   xotima   deb   bilmas   edi,   xotimasi   hali   oldinda   ekanini,   keng
dahshatlisi   ham   oldinda   ekanini   his   qilar,   his   qilgan   sayin   qo‘rquvdan   dahshatga
tushar   edi.   Bir   kuni   yuragida   o‘lib   borayot-   gan   o‘sha   birov   birdan   bosh   ko‘tarib,
o‘zining   achchiq   haqiqat   to‘la   nayzasini   uning   qayerigadir,   ehtimol,   yuragiga
sanchishini, undan tirik qolishi dargumon ekanini bilar edi.
“Bir   kuni   normat   qaygadir   chiqib   ketgan,   xolmat   esa   eski   namatning   ustida
hojarga   oshiqlarini   ko‘rsatib   maqtanib   o‘tirar,   -endi   boshingdan   nima   o‘tgan   bo‘lsa,
unut,   -   dedi   otasi   ketish   oldidan   unga   xuddi   ko‘nglini   uqqanday.   -   endi   u   kunlarni
unut. Nima ko‘rgan bo‘lsang, ko‘rmadim de. Urush hammani yo‘ldan ozdirdi. Ering
yaxshi   odam.   Uni   hurmat   qil,   unga   mehr   qo‘y   anzirat   bu   gaplarga   chiday   olmadi,
xo‘rligi   kelganidan   va   alamidan   yalinchoq   ohangda:   -otajon!-dedi-yu,   otasining
og'zini   yopdi.   U   eri   haqida   boshqa   gap   eshitishdan,   o‘zining   bu   gaplarga   bardosh
berolmay   qolishidan   qo‘rqdi.   Otasi   ketgandan   keyin   u   normatga   mehr   qo‘yganga
o‘xshab   yurdi-yu,   baribir,   ko‘nglini   o‘sha   bir   parcha   muz   sovutib   tuha   yana
avvalgiday   goh   issiq,   goh   sovuq   yashay   boshladi.   Asta-sekin   shunday   muallaq
yashashga   ko‘nikdi   ham.   U   bolaligida   katta   daryoning   quyirog'idagi   qishloqlarning
qanday   yonganini,   bolalar   va   odamlarning   qanday   osilganini   ko‘rgan   edi.
Qishloqlariga daryoning narigi betidan bir to‘da miltiq ko‘targan odamlar o‘tib kelar,
qishloqqa   qiy-chuv   solar,   talar,   ketish   oldidan   yoqib,   yana   narigi   qirg'oqqa   o‘tib
ketishardi.u   bolalik   tasavvuri   bilan   qancha   kuzatmasin,   qishloqdoshlariga   o‘lim,
kulfat, yig'i olib keladigan o‘sha odamlar hamisha daryoning narigi qirg'og'idan o‘tib
kelar,   yana   talab,   urib,   yoqib   qaytib   ketishardi.   O‘sha   paytlardan   beri   anziratning
tasavvurida narigi qirg'oq (u "narigi bet" derdi) juda yomon iz qoldirgan, u daryoning
ikki   betidagi   ikki   xil   hayotni   his   qilar,   biri   ter   to‘kib   keitar,   ikkinchisi   talab   ketar   -
nazarida,  narigi   qirg'oq  baxtsizlik   keltiradigan   qirg'oq  edi.  Endi   esa   o‘zining  hozirgi
hayotini   ham   daryoning   ikki   qirg'og'iga   o‘xshatar,   hatto   bu   darajada   o‘xshashlikdan
hayron   ham   qolardi.” 30
  uning   eri   ketgandan   keyingi   hayoti   daryoning   shu   qirg'og'i   -
30
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
40 o‘lim, ocharchilik soya solib turgan, allanechuk serkulfat qirg'oq edi. Bu qirg'oqda u
o‘lib ketishi, butun orzu-umidlaridan ayrilishi, ikki bola bilan yosh, suluv bo‘la turib,
beva qolishi  (u hammasi-  dan ham shu narsadan qo‘rqardi) mumkin edi. U o‘zining
baxtiga   o‘zi   zomin   bo‘lishni   istamasdi.   U   ham   hamma   ayollarga   o‘xshab   yaxshi
yashashni, turmushi farovon bo‘lishini, hayotda hech nar- saning tashvishini tortmay
yashashni   istardi.   U   hamma   go‘zal   ayollar   kabi   o‘z   go‘zalligini   bilar,   bilgani   uchun
ham   o‘zining   ha   yotda   siqilib   yashashi   mumkin   emasday   tuyular,   orzu-umidi   ham
shunga yarasha edi. Biroq u juda ta'sirchan ayol edi. Bu ta'sirchanligi unga otasi. Dan
o‘tgan edi. Mulla xidir o‘jar bo‘lgani bilan ko‘ngli bo‘sh odam edi. U birovni so‘kar,
jerkib   tashlar,   haydab   solardi-yu,   keyin   o‘zi   pushaymon   bo‘lib   yurardi.   Anziratga
otasining   xuddi   shu   fe'li   o‘tgan   edi.normatga   tekkanda   u   qizlik   orzusining   amalga
oshganini  ang-  ladi.  Normat   ham   o‘zi  kabi   o‘t,  olov,  g'ayrati   ichiga  sig'magan,  qoni
qaynoq yigit edi. U yaxshi dehqon, nomi chiqqan chavandoz edi. Topari ham yaxshi,
faqat ko‘pkarining o‘zidan tushgani bilan katta bir oilani boqsa bo‘lardi. Yana kelinlar
uchun bitilguvchi qismat - qaynona va qaynota anziratga ato etmagan, ular sal  oldin
g'oyibga birin-ketin safar qilgan edilar. Normat yolg'iz edi, anzirat ana shu yolg'izning
fayzsiz,   farahsiz   kulbasiga   fayz   va   chiroq   bo‘lib   kirib   keldi.   O‘zi   orzu   qilgandek
xonadonning malikasi bo‘ldi.
Kelinlik   libosini   yechmay,   normatga   o‘rganib   qoldi.   Kechalari   unga   otasi   va
o‘zi o‘qigan ertaklardan aytib berar, "siz kelmasingizdan oldin o‘zimni ertakdagidek
tutar edim, derdi qizlik payt. Larini eslab. - negadir o‘sha sizni ko‘rgan buloq boshiga
kelib,   xayol   surishni   yaxshi   ko‘rardim.   Buloq   boshiga   qandaydir   shahzoda   otini
sug'organi   keladi,   oti   oppoq   bo‘ladi,   u   meni   otiga   mingizib,   o‘z   yurtiga   olib   ketadi,
men malika bo‘laman, deb o‘ylar edim. Siz kulmang, rostdan ham shunday o‘ylardim.
Kulmang,   dedim-ku!   Ana,   kulyapsiz,   chindan   shunday   o‘ylardim,   menga
ishonmayap- siz-a? Ana, kulyapsiz-ku, men esa to‘g'risini aytyapman, siz oq ot minib
borganingizda   sizdan   qo‘rqib   ketganman,   xuddi   yovvoyi   odamga   o‘xshardingiz,
41 rostdan   ham   yovvoyi   edingiz,   hozir   ham   yovvoyisiz.   Nazarimda,   o‘sha   podsho
jodugar   kampirning   gapi-   ga   uchib,   meni   cho‘ldagi   quduqqa   tashlaydi,   men   esa
quduqda   hech   narsani   ko‘rmay,   ko‘p   yillar   yashayman,   bizdan   tug'ilgan   o‘g'il   meni
qutqaradi, deb o‘ylardim. Qarang, jinniman-a, g'irt jinniman!.. Shundaymi, siz mening
ustimdan kulyapsiz, men esa sizga... Ana, ana, kuldingiz" 31
.
  Bular uning eng shirin xotiralari edi. Unga o‘sha paytda - serkulfat qirg'oqda
yolg'iz qolgan paytda xotira emas, mehr, ayol mehridan, odamlar mehridan o‘zgacha-
u   shu   mehrga   tashna   edi.   U   hammasiga   chidashi   mumkin,   biroq   mehrsiz   yashay
olmasdi,   mehrsiz   tobora   o‘z   o‘zaniga   sig   may   borayotgan   edi.shunday   kunlarda
daryoning narigi qirg'og'idan juda ko‘rkam va xuddi ertaklardagi kabi kema kelib, uni
narigi qirg'oqqa olib ketdi. Uning o‘zi ham bir umr faqat g'am, qayg'u, tashvishlarning
zax   soyasida   yashagandan   ko‘ra   bir   kun   bo‘lsa   ham   tashvish-   lardan   yiroq,   qanday
bo‘lishidan   qat'i   nazar,   o‘sha   o‘zi   axtargan   mehr   bor   qirg'oqda   yashashni   istardi.
Buning uchun u o‘zining eski xotiralar libosini yechib tashlashi, yangi, hamisha ta'qib
etib   yuradigan   libos   kiyishi   kerak   edi.   U   shunday   qildi   ham.   Kemaga   o‘tirib,   narigi
qirg'oqqa   bordi.   U   qirg'oqning   garchi   yig'ili,   iztirobli   bo‘lsa   ham,   lekin
qiyinchiliklardan,   yolg'izlik   va   tashnalikdan   yiroq   hayotida   pusib,   cho‘chib   yashay
boshladi.
U odamovi va har bir gapdan hadiksiraydigan bo‘lib qoldi. U istamagani holda
mirzaqulning   boqimandasiga   aylandi.   U   bu   qirg'oqda   qancha   ko‘p   yashasa,
shunchalik tubanlashib, shunchalik nomussiz xotinga aylanib borardi. Ammo yilning
oxirida uni juda ulkan kuch narigi qirg'oqdan tortib olib, o‘zining eski libosi- ni qayta
kiydirdi va avvalgi turmushini izga solib yubordi. Anzirat mix ustida yurganday yurar
ekan, o‘sha o‘zini na- rigi qirg'oqdan tortib olgan kuchga o‘z ixtiyorini topshirdi. Bu
kuch unga tanish, uni baxtiyor qilgan va zor qaqshatib, uch yil (kuttirgan kuch edi bu
kuch   uni   yana   baxtiyor   qilmoqda,   o‘tmish-   dagi   xatosini   o‘chirib   tashlamoqda,
31
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
42 qalbida   hayotga   muhabbat   uyg'otmoqda   edi.   Lekin   bu   muhabbat   uning   qarshisida
mual-   laqligini   eslatib   turardi.   Anzirat   na   eski-yu,   endi   yangi   hayotiga   to‘la   kirisha
olar,   na   uni   tashlab   keta   olardi.   U   o‘zi   bosayotgan   qadamidan   cho‘chib   yashar,   o‘z
xatosidan   qo‘rqardi.   Anzirat   bu   kunlarning   xotira,   ertangi   kun   bo‘lib,   yoxud
qachonlardir bo‘lib o‘tgan yoshlikdagi xatosi bo‘lib qolishni istar, "uxlasam-u, tongda
boshqa   dunyoda,   mutlaqo   begona   odamlar   orasida   uyg'onsam.     Ularning   orasida
cho‘chib   emas,   hayotga,   odamlarga   o‘sha   avval-   gi   halol,   sodiq   ayol   ko‘zi   bilan
qarasam", - deb orzu qilar, ba'zan "boshqa uzoqroq qishloqqa ko‘chib ketsak-chi, axir,
urush bosh- langandan beri qanchadan-qancha uylar egasiz, huvillab yotibdi, keyinroq
urush tugagandan so‘ng o‘zimizga yaxshilab uy qurib olarmiz", - deb o‘ylardi. 32
  biroq
ko‘chish   haqida   normatga   gap   ham   ochish   mumkin   emas,   u   sababini   surishtirib
qolishidan   qo‘rqardi.   U:   "hamma   mening   mirzaqul   bilan   bo‘lgan   munosabatimni
biladi, bilgani uchun ham men bilan avvalgiday, bilintirmay munosabat qiladi, ichida
esa kuladi", deb o‘ylar,  33
unga odamlarning har bir harakati o‘zining gunohiga sha'ma,
piching   bo‘lib   tuyular,   har   bir   odamning   gapini   ko‘ngliga   olar,   o‘ksir,   odamlarni
tobora yomon ko‘rib borar edi.
“Bir kuni biydi momo ularnikiga kelib o‘tirdi-da, ketish oldidan tomdan tarasha
tushganday qo‘llarini duoga ochdi va: 
-   llohi   to‘polonga   ketganlar   omon   qaytsin,   to‘polon   boshla-   ganning   o‘zi
to‘polonning   ostida   qolsin,   bu   yerda   qolib,   askarning   xotinini   buzganlarni   ham
to‘polonli qora yer yutsin, - dedi.” 34
Uning nima uchun shunday deganini na anzirat, na normat anglay oldi. Anzirat
uning   gapini   eshitib,   seskanib   ketdi-yu,   ko‘zini   -   yerga   olib   qochdi   va   endi   nima
bo‘lishini   kutdi.   Biroq   u   kutgan   hech   narsa   sodir   bo‘lmadi.   Biydi   momo   o‘rnidan
32
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
33
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
34
N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
43 turib,   inqillab   bukchay-   gancha,   qarib,   so‘lib   qolgan   gavdasini   zo‘rg'a   sudragancha
ichida nimalardir deb g'o‘ng'illab chiqib ketdi. Saldan keyin uning uyi taraf- dan: «ha,
qora  bosgurlar-ey, uyda hech  turishmaydi, nuqul  erkak isi  bor  joyga yugurishadi», -
degan   javrashi   eshitildi.   U   ketgandan   keyin   ham   anzirat   anchagacha   o‘sha   holatda,
dasturxon boshida o‘tirib qoldi. So‘ng birdan hamma odamni yomon ko‘rib ketdi, bu
yerlardan ketgisi, odamlarning ko‘zidan yiroqroq yashagisi keldi.
"Mayli,   biron   chordevor   bo‘lsa   ham   bo‘lardi,   -   o‘ylardi   u,   -   hammasiga
chidayman, och qolishdan qo‘rqmayman...". Faqat eri, bolalari yonida bo‘lsa bo‘ldi, u
hammasiga   chidaydi,   muzlab   o‘lishga,   tilanchilik   qilishga,   hammasiga   rozi,   yurak
hovuchlab yashamasa bo‘ldi, hamma narsaga toqat qiladi, faqat odamlarning ko‘zidan
nariroq tursa bo‘ldi...
Bu fikrlar unga bir yil kechikib kelayotganiga o‘zi ham ajabla- nardi. Agar bu
tuyg'uni   oldinroq,   aqalli   olti   oy   oldin   his   qilganidami,   bu   voqea   sodir   bo‘lmagan;   u
ham   bu   tariqa   zil   ketib   yashama   gan   bo‘lardi.   Unga   hammasidan   ham   erining
sokinligi   yoqmasdi.   Normat   ham   deyarli   hech   nima   bo‘lmaganday,   sezmaganday,   u
bilan   avvalgiday   dam   qaynoq,   dam   jiddiy   muomala   qilar,   bolalar-   ga   ko‘proq
andarmon bo‘lar, go‘yo ular bilan ovunmoqchiday edi. U uch yil urushda yurib, o‘zi
ham bolaga aylanib qolganday edi. Uning hamma harakatlari xuddi bolanikiday, lekin
beo‘xshov
Ochish mumkin emas, u sababini surishtirib qolishidan qo‘rqardi. U: "hamma mening
mirzaqul   bilan   bo‘lgan   munosabatimni   biladi,   bilgani   uchun   ham   men   bilan
avvalgiday,   bilintirmay   munosabat   qiladi,   ichida   esa   kuladi", 35
  deb   o‘ylar,   unga
odamlarning har bir harakati o‘zining gunohiga sha'ma, piching bo‘lib tuyular, har bir
odamning gapini ko‘ngliga olar, o‘ksir, odamlarni tobora yomon ko‘rib borar edi.
 Anzirat shunday vaziyatlarda hammasiga chidaydi, muzlab o‘lishga, tilanchilik
qilishga,   hammasiga   rozi,   yurak   hovuchlab   yashamasa   bo‘ldi,   hamma   narsaga   toqat
35
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
44 qiladi,   faqat   odamlar-   ning   ko‘zidan   nariroq   tursa   bo‘ldi.   Bu   fikrlar   unga   bir   yil
kechikib kelayotganiga o‘zi ham ajablanardi. Agar bu tuyg'uni oldinroq, aqalli olti oy
oldin his qilganidami, bu voqea sodir bo‘lmagan; u ham bu tariqa zil ketib yashama
gan bo‘lardi. Unga hammasidan ham erining sokinligi yoqmasdi. Normat ham deyarli
hech nima bo‘lmaganday, sezmaganday, u bilan avvalgiday dam qaynoq, dam jiddiy
muomala qilar, bolalarga ko‘proq andarmon bo‘lar, go‘yo ular bilan ovunmoqchiday
edi. U uch yil urushda yurib, o‘zi ham bolaga aylanib qolganday edi. Uning hamma
harakatlari   xuddi   bolanikiday,   lekin   beo‘xshov   bo‘lib   ketgan,   anzirat:   “qani   endi
hamisha   shunday   bo‘lsa?   Yaqinda   urush   tugaydi,   ko‘klam   keladi.   Yana   biz   uchun
hamishagiday   tashvishlar   boshlanadi.   Oydonaning   o‘g'li   galagov   haydaganida
qanchalar havas  qilgandim. Endi menga xuddi shunday havas  qi-  ladiganlar bo‘ladi.
Biz qo‘sh (galagov - qo‘sh haydash) haydaymiz. Xolmat ho‘kizni yetaklab yuradi. U
ham   katta   yigit   bo‘lib   qoldi.   Tavba,   xuddi   otasiga   o‘xshaydi.   Xuddi   quyib
qo‘yganday.   Qishloqda   ham   tinch   hayot   boshlanadi;   qani   endi   men   ham   bolamning
qo‘sh haydab yurganini bir o‘rsam. Dunyoda hech armonim qol- masdi», deb o‘ylardi
xolmat   bilan   hojar   unga   juda   qattiq   ta'sir   qilar,   "erim   urushda   qon   kechib   yurganda
men bu yoqda o‘ynash orttirib, davrimni surib yurdim, qanday no- don va yengiltak
ayolman, xudo shuning uchun ham mening pe- shonamni sho‘r qilib yaratgan!", deb
xilvat-xilvatda yig'lab olardi” 36
 
Shu   o‘rinda   yozuvchi   oddiy   to‘pori   bir   qishloq   ayolining   eng   katta   orzusi   -
o‘g’lining qo‘sh haydashini ko‘rish deya, bu ayoldagi soddalikni ochib beradi. Uning
ruhiy   dunyosi   hali   hamon   o‘sha   yosh   bolalik   davridagi   kabi   sodda   edi.   Anzirat
xarakteri   talqinidagi   o‘zgarishlar   asar   davomida   ketma-ket   ifodalab     boriladi.   Ya’ni
urushdan   qaytib   kelgan   bir   vaqtlar   o‘zi   yaxshi   ko‘rib   tumush     qurgan   erining   xatti-
harakatlarini endi boshqacharoq qabul qiladigan bo‘lib qoladi.  Normatning sokinligi,
“deyarli   hech   nima   bo‘lmagandek,   sezmagandek   u   bilan   dam   qaynoq,   dam   jiddiy
36
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
45 muomala” qilishi unga yoqmaydi. Erining bolalari bilan andarmon bo‘lishi, ularning
esa   otalari   bilan   ko‘proq   bog’lanib   qolayotganligi     Anziratga   yoqinqiramay
boraveradi.   "Menda   nima   gunoh?!   -   o‘ylardi   u   gohida,   -   hamma   ayb   urushda,   agar
urush   bo‘lmaganda,   erim   yonimdan   jilmaganda   men   bunday   qilmasdim.   Butun
mehrimni   erimga,   bolalarimga   bergan,   un-   dan   bahra   olgan,   ularning   quvonchini
quvonch,   sevinchini   sevinch   deb   bilgan,   men   ham   boshqalardek   erimga   sodiq   ayol
bo‘lar   edim". 37
  mana   shu   nuqtada   muallif   barcha   muammolar   yechimini   qahramon
tilidan aytib o‘tadi va muallif ham o‘zi aralashmagan holda anziratni oqlaydi. U ham
agar urush bo‘lmaganda ko‘zi ochib korgan eri bilan tinch-totuv yashar edi.
Niyohat anzirat kutgan kun kelgan edi. Muallif anziratning ichki kechinmalari
tasviri   orqali   kitobxonni   yirik   fojiaga   tayyorlab   boradi.   Anziratning   har   narsadan
qilgan gumonsirashlari va hadiklari orqali kitobxon albatta bir fojiani kutib turar edi
va shu fojia ham bo‘ldi. Bu fojiaga vositachi  qilib tursunov guj-guj va bayna momo
obrazlari   tanlab   olinadi.   Shu   o‘rinda   ham   yozuvchi   anziratning   soddaligini   keltirib
o‘tgan 
-   Ammamga ham qiyin, - yonini oldi anzirat ko‘rpalarni taxlar ekan. - birdan
ikki   o‘g'li...   Tuf-tuf,   xudo   ko‘rsatmasin.   Bu   dunyoda   yolg'iz   shularni   deb   yashab
yuribdi. Endi nimayam qilsin, o‘zini urarga cho‘g' topolmay yuribdi. Kelinlarigayam
ishonmaydi shuning uchun ichini it tirnab yotibdi. O‘x-oh-o‘o‘...ho...........
Anzirat gapini tugatmasdan boshini  ushlab o‘tirib qoldi, bir qo‘li bilan og'zini
ushladi.
-   Voy,   kelin!   -tursunoy   uning   oldiga   keldi.   -   nima   bo‘ldi   sizga?!   Voy,
o‘lmasam... Ketdi. O‘...o‘...o‘!..- anzirat zo‘riqqanidan ko‘zlaridan yosh chiqib
Hech   narsa   demay,   yugurib   ayvonga   chiqdi-da,   bir   burchakka   borib,   "o‘-o‘-
o‘ho",   degancha   sharillatib   qayd   qildi.   Izidan   yugu-   rib   chiqqan   tursunoy   guj-guj
37
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
46 uning   boshini   ikki   qo‘llab   ushladi.   -   voy,   o‘lmasam,   bu   nimasi?!   -   uning   yuziga
cho‘chinqirab nazar tashladi tursunoy.
- Ly... Is... Dedi anzirat. Is ko‘nglimni ko‘tardi. Boshim aylanib ketdi.
-   Kelin?..   Kelin,   bu   nima   deganingiz?   Boshingiz   aylandi?!   U   jang'il   tabibga
o‘xshab,   anziratning   qorniga   kosovday   qo‘llarini   jo‘natdi   va   xuddi   bir   narsa
topmoqchidek, hamma yog'ini ushlab chiqdi.
Lye...hmmmm...   Qani,   uyga   kiring-chi...   Voy,   men   o‘lay,   bo‘yingizda   bor-ku,
yuring... Yuring... Yoting.
Anzirat   zo‘rg'a   o‘rnidan   turdi.  Atrofida   aylanayotgan   tursu-   noyning  gaplarini
deyarli   eshitmadi.   Eshitsa   ham   nima   deyayot-   ganini   tushunmadi...   U   tursunoy   guj-
gujning yordami bilan zo‘rg'a o‘rnidan turdi-da, pechkali xonaga kirdi.
- Qatiq borma, qatiq iching, - dedi tursunoy guj-guj.
Uni yotqizib, qornini  yana sekin  paypaslab ko‘rar ekan, bir-  dan qo‘lini tortib
oldi-yu,   anziratning   yuziga   qarab,   birpas   bez-   rayib   qoldi.   So‘ng   yugurib   katta
kadidan yog'och kosaga qatiq solib kelib, anziratga ichirdi.
-   Iching,   bosadi,   iching,   -   dedi   u   parvona   bo‘lib.   -   qachondan   beri   shunday
bo‘lyapti? Anzirat holsiz va yana ayniyotgan ko‘nglini bosish uchun beixtiyor javob
qaytradi: bir oycha bo‘lib qoldi, shunday deb yana o‘xchidi.
-   Bir   ovozmi?   Tursunoyning   ko‘zlari   ola-kula   bo‘lib   ketdi.   Anziratni   endi
ko‘rayotgandek, angrayib tikilib qoldi. Keyin unga qatiq ichirdi. O‘rin solib berdi-da,
uning   ko‘zini   yumib,   madorsiz   yotganini   birpas   kuzatib,   lip   etib   tashqariga   chiqdi.
Ayvonga chiqib, nima qilishini bilmay, taraddudlanib turdi, so‘ng qishloqning nari- gi
chekkasiga   qarab   shoshib   jo‘nadi.   Tez   yurganidan   ikki   marta   qoqilib   ketayozdi.
Uning yuzida qandaydir tashvish bilan birga bezovtalik aks etmoqda edi. U ichida gap
yotmaydigan   ayol   edi.   Shu   sababli   u   o‘zi   oldin   guvohi   bo‘lgan   voqeani   kimgadir
tezroq   aytib   yorilgisi   kelardi.   Uning   bundan   boshqa   niyati   ham   yo‘q   edi.   Tursunoy
boybicha,   muncha   tirjayasiz,   otangiz   tirilib   keldima?   -   dedi   yo‘lda   uchrashib,
to‘qnashib   ketayozgan   alyar   chol   -   sal   ko‘zga   qarab   yursangiz-chi,   tilla   topganday
47 hovliqmay.   Voy,   tog'a,   ko‘rmay   qopman,   dedi   tursunoy   ishshayib.   Lekin   tilla
topgandanam kattaroq narsa bor. Hali eshitasiz.alyar chol uning gapiga hayron bo‘lib,
to‘xtab   izidan   qarab   turdi.   “sochingdan   osilgur,   bu  hovliqma   yana  nima   mashmasha
topdi?   O‘yladi   chol.   Biydinikiga   boryappa?   Ha,   biydinikiga.   Nima   balo?   Biydining
biron   bolasidan   xat   kep,   o‘lgani   tirik   chiqdi-   mikin?!   Shundayga   o‘xshaydi,   bu
to‘qalakni sharip qanday qilib xotin qip yuribdi ekan, naq tog' echkisining o‘zi-ya!” 38
Shundan so‘ng anzirat kutgan o‘sha fojea ro‘y berdi. Normat uni shu darajada
qahr va g’azab bilan kaltaklagan edi nafaqat u balki olomon ham uni toshbo‘ron qildi.
Shundan so‘ng anzirat ancha vaqtgacha o‘rnidan tura olmadi.
Anzirat   qorlar   erib,   kunlar   isiy   boshlagachgina   zo‘rg‘a   turib   yuradigan,
tashqariga   o‘zi   chiqib   kiradigan   bo‘ldi.   U   ozib   ketgan,   avvalgi   chiroyidan   asar   ham
yo‘q,   sochi   birdan   oqarib,   qa-   rib   qolgandi.   Homilasi   tushganidan   keyin   ko‘p   qon
yo‘qotaverib,   sarak-sarak   kasali   boshlangandi.   Boshini   tik   tutib   yurolmas,   doim
mushtipar   tikilar,   yuzida   qoni   yo‘qligidan   oppoq   yuzi   murdanikidek   sovuq   edi.
Ko‘zlari   cho‘kib   kirtaygan,   kosasi   qorayib   ketgan,   atrofga   ma'nisiz   va   iltijoli   ko‘z
yugurtirar, boshi qaltirayvergandan uning qayerga va nima uchun tikilayotganini bilib
bo‘lmasdi.   Uning   o‘zi   ham   bir   narsani   yaxshilab   ko‘rib   olish   uchun   uzoq   tikilib
turgandan   so‘nggina   anglar   edi.   “xuddi   bir   narsadan   uyalayotganday,   bir   kafti   bilan
tez-tez   yuzini   yashirib,   kaftlari   orasidan   nozlanayotganga   o‘xshab   qarar,   sekin,   zaif
to-   vushda,   voy,   men   o‘lay,   deb   qo‘yardi.   Uning   bu   qilig'i   yarashmasdigina   emas,
kishida   qandaydir   achinish   tuyg'usini   tug'dirar   edi.   Uni   avval   ko‘rgan   kishilar   bu
o‘sha anzirat ekaniga dafatan sira ishongilari kelmasdi.” 39
 uning ko‘zlari shu darajada
beparvo   yiltillardiki,   go‘yo   ikkita   chuqur   g'orda   nochorgina   yonib   tur-   gan
moychiroqlarga   o‘xshardi.   Hatto   xolmat   bilan   hojarni   ham   zo‘rg'a,   ancha   tikilib
turgandan   so‘nggina   tanirdi.   Yurganda   ham   xuddi   surinib   ketishdan   qo‘rqqan   yoki
38
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
 
39
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
48 suv to‘la idish ko‘tarib bo- rayotgan-u, suvning to‘kilishidan qo‘rqib, ataylab sekin va
ehtiyot bo‘lib yurayotgandek qadam tashlardi.
Ikki oydan beri boshida o‘tirib chiqqan xanifa ham unga qarab boshini chayqar
va   labini   qattiq   tishlab,   yig'lab   yubormaslik   uchun   ko‘zlarini   tizzasiga   bosardi.
Ko‘rgani kelgan kelinchak- lar unga ko‘zlari tushishi bilan tashqariga yugurib chiqib
ketar, tom orqasiga o‘tib, yig'lashar, qishloqdoshlari uning ikki oyda bunchalik qarib
va   cho‘p-ustuxon   bo‘lib   qolganiga   ajablanishar,   biroq   hech   kim   biron   narsa   deya
olmasdi.   Mulla   xidir   ham   qi-   zining   kimdandir   bola   orttirganini,   normatning   uyini
tashlab   chiqib   ketganini   eshitgach,   kelmay   turiboq:   “mening   unday   qizim   yo‘q,   oq
qildim”, deb ovoza qildi. Otasining oq qilgani anziratga, ayniqsa, qattiq ta'sir qildi, u
bir   hafta  hech  narsa  yemay,  hech kimga  gapirmay shiftga  tikilib  yotdi. Bir   haftadan
keyin   boshini   ko‘tarib,   "otam   kelmadimi?"   -   deb   so‘radi.   Kelmaganini   eshitgach,
nihoyat,   so‘nggi   bir   oy   ichida   ko‘ziga   yosh   olib:   "men   otam   keldi,   deb,   ko‘zimni
ochibman", dedi-yu, yig'lab yubordi. U o‘rnidan turib yura boshlagach ham madorsiz
edi.   Sal   narsaga   yiqilib   tushay   der,   oyog'ini   sal   ioto‘g'ri   bossa   ham   dovdirab   ketar,
yurganda   qo‘llarini   oldinga   cho‘zib,   xuddi   hech   narsa   ko‘rmayotganday   lapanglab,
zo‘rg'a   yurardi.   Qo‘llari   ham   tinimsiz   qaltirab   turar,   doim   nimanidir   izlayotganday
yoki   kim-   nidir   ko‘rishni   istaganday   atrofiga   ham   qo‘rquv,   ham   umid   bilan
tikilardi.Biroq   u   kundan-kunga   ozib,   madorsizlanib,   holdan   toyib   bo-   rardi.   Ikki   oy
ichida uning tanasi cho‘pga ko‘ylak kiygizib qo‘yilganday qurib qoldi. Ko‘kish tusga
kirgan sochlari  juda tez oqar-  moqda edi. Uni birinchi  ko‘rgan kishi  elliklarga borib
qolgan bo‘lsa kerak deb gumon qilardi.O‘rnidan turib yura boshlagandan bir haftalar
keyin un- ing kasali qayta o‘ringa yotqizib qo‘ydi. Endi uning butun tana- si ko‘kara
boshlagandi.   Dastlab   chakka   tomirlar   ko‘kardi.   So‘ng   tirnoqlarga   o‘tdi.   Shu   hafta
ichida   ko‘rgali   kelgan   sora   degan   tengdosh   kelinchak   unga   ko‘zi   tushar-tushmas,
serrayib qotib qoldi va yugurib ayvonga chiqib, yig'lab yubordi. “- Ayollarning sho‘ri
qurisin!   -   yig'lar   edi   u   devor   mushtlab.   -   ayollarning   boshiga   sho‘r   bo‘lib   tushgan
urushning nomi o‘chsin! Uni o‘ylab topganlarning hammasini qora yer yutsin, iloyim!
49 Ey, xudo, biz senga nima gunoh qib edik, bizga buncha azob yuklay- san!.. Xudoyim,
bu nimasi?! Tirik murdaning o‘zi-ku!.. Shunchayam azob bo‘ladimi?!.” 40
  Anzirat uni
ko‘rgani   kelgan   no‘g'ay   feldsher   dorilar   tashlab   ketgach,   yana   qayta   yura
boshladi.otasining   opasini   urib,   yana   ularni   tashlab   ketib,   o‘zi   biydi   momonikida
yurganiga hech tushunolmagan xolmat juda mulohazali bola bo‘lib qolgan edi. Opasi
kasal bo‘lganidan beri u bolalar bilan o‘ynamas, hojarni ovutar, onasiga issiq suv qay-
natib,   choy   ichirar,   pechka   yoqar,   uy   supurar,   molxona   tozalar,   o‘tin   yorardi.
Kechalari opasining boshida o‘tirib, shu holatda uxlab qolar, opasining yotib qolgani
uni birdan katta odam qilib qo‘ygan edi.
“-   Bolam,   sen   ham   tashqariga   chiqib,   o‘ynab   kelsang-chi,   derdi   anzirat
bolasining yolg'iz o‘ynab o‘tirganidan ezilib. Bormayman, - derdi xolmat xo‘mrayib. -
bolalar   masxara   qiladi.   Anzirat   uning   gaplaridan   uyalib   ketar,   shosha-pisha   o‘zini
ko‘rpa   ichiga   tortar   va   yig'lab   yuborardi.   -   hali   sizlarga   ham   azob   beryapmanmi?!   -
deb xolmatga tikilib, uzoq yig'lardi. - iloyo, bu kunidan onang o‘lsin, o‘g'lim, silarni
sharmanda qilmay, opang o‘lsin... O‘lim tila! Onangga o‘lim tilanglar!..
- Siz buzuq emassiz, shundaymi? Derdi xolmat uning yig'layotganidan o‘zining
ham   yig'lagisi   kelib.   Men   bilaman!   -   yo‘q,   buzuq   emasman,   yig'lardi   ona   xolmatni
quchib. -sen ishonsang... Buzuq emasman.
- Ona, hammasini anavi yalmog'iz qilgan. Bilaman, bizdan otamni tortib olish
uchun   shunday   qilgan.   Men   bilaman.   O‘sha-   ning   nabirasi   birinchi   boshladi   «onasi
buzuq bilan o‘ynamay- man», deb.
-   Ularga   quloq   solma,   -   o‘pkasini   bosolmasdi   anzirat.   -   men-   ga   ishonsang
bo‘ldi. Buzuq emasman, ularning o‘zlari buzuq. - ular bilan hech o‘ynamayman, ular
meni yetimcha ham de- yishadi, yana aytishadiki...” 41
40
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
41
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
50 Anzirat   xolmatni   quchganicha   o‘kirib   yig'lar,   hozir   o‘g'li   o‘zining   boshqa   bir
aybini   aytib   yuborishidan   qo‘rqib,   uning   og'zini   yopardi.   Shu   dialog   asarning   eng
ta’sirli qismi deya olaman. Bir ayol uchun bu darajada azob bo‘lmasa kerak. U qilgan
xato   faqat   o‘zini   emas,   bolalarini   ham,   otasini   va   butun   qishloqning   tilini   qisiq,
sharmanda  qilganini  anglar  va  bunday  no-   musga  chiday  olmay o‘ziga  o‘lim  tilardi.
Yolg'iz   o‘lim...   Bolalarining   tashqariga   chiqmay   qo‘yganini,   ularning   siqilib
o‘tirganini ko‘rgan sayin ezilib, yig'lab, azob va nomus uni tobora yeb, uning butun
ma-   dorini   sug'urib   borar,   uni   yana   to‘shakka   mixlab   tashlardi.u   endi   o‘rnidan   turib
yura   boshlagan   paytlarda   bir   kuni   xolmat   uyga   yugurib   kirib   keldi.   Uning   ust-boshi
ho‘l,   yuzi   qizarib   ketgan,   xuddi   bir   ayb   qilib   qo‘yganday   ko‘zlari   bejo   chaqnar,
tashqariga   qarab-qarab   qo‘yardi.   “   -   nima   bo‘ldi,   o‘g'lim?   -   so‘radi   qo‘rqib   ketgan
anzirat   uning   ayolning   qilgan   gunohining   dahshatli   yuki   farzandlari   gardaniga   ham
kelib   tushadi.   Xususan,   uning   o‘g’li   xolmat   maktabda   yoki   ko‘chada   yurganda
“buzuqning uli”   degan gapni  eshitadi, bolalar uni  ajratadigan, yakkalaydigan bo‘lib
qolishadi. Shu sababli xolmat maktabga bormaydigan bo‘lib qoladi. Chunki unga ham
onasi     haqidagi   yomon   gaplar,   haqoratlar   juda   yomon   ta’sir   qiladi.   Anzirat   esa   bu
gaplarni   eshitganida   “...silardi   sharmanda   qilmay   opang   o‘lsin...”   deya   o‘ziga
yaratgandan    o‘lim   so‘raydi,   bolalari   oldida   o‘zini   oqlaydigan,  o‘zini   oz  bo‘lsa   ham
sharmandalikdan   olib   chiqa   oladigan   birorta   ham   so‘z   topa   olmaydi.   Onasi   bilan
o‘g’li   o‘rtasidagi   gap-so‘zlardan   o‘ziga   yarasha   mazmun-mohiyatni,   psixologik
tasvirni   har   qanday   o‘quvchi   seza   oladi.   Shunday   tasvirlardan   birida   yumush   bilan
chiqib   ketgan   xolmat   oradan   ko‘p   o‘tmay   halloslaganicha   qaytib   keladi.   Ketma-ket
ne’mat uzun deganining xotini kirib, “hali quturib qoldingmi, sen yetimcha”, deya uni
xivich  bilan  savalay   ketadi.  O‘zi   bir  ahvolda  bo‘lgan  anzirat   xolmatni   himoya  qilib,
nima   bo‘lganini   so‘raganida,   “onasi   buzuq”   degani   uchun   qo‘shnining   o‘g’lini
urganini   xolmat   tan   oladi.   Qo‘shni   xotin   esa   ochiqchasiga   unga   shallaqilik   qiladi:
“voy,   o‘rgildim,   sizday   enasining   himoyachisidan!..   Nima,     opangdi   buzuqligi
yolg’onmi? ana, opangdan so‘ra yolg’on bo‘lsa, buzuqdi buzuq,  ko‘rdi ko‘r, kardi kar
51 deydi-da!”   deb   bolaning   oldida   shunday   beandisha     ayblovlarni   aytadi.   “Shu
paytgacha   anzirat   o‘zini   o‘g’lining   oldida   orqavorotdan   aytilgan   gaplardan   himoya
qilishga   urinib   kelayotgan   edi.   Endi   esa   uning   guvohligida   o‘zining   “buzuqligi”
dangal   yuziga   aytilayotir.   Ona   uchun   bundan   dahshatliroq   narsa   bo‘lmasa   kerak.   U
gapni   chalg’itishga   talvasa   qilib   ko‘radi”   Ne’mat   uzunning   xotini   esa   shallaqilikni
battar   avjiga   chiqaradi:   “oho,   hali   men   oppoqman   ham   dersiz,   hali   bolani   ham   sen
tug’ding   dersiz?   Yo‘q,   nega   ham   g‘arlik   qilib,   ham   baland   kelasan...   –   u   birdan
sensiray boshladi. – bolani men emas, sen tug’gansan, buzuqlikni sen qilgansan, yana
bolangdi   ham   buzasan,     birovlardi   ur,   deb   o‘rgatgansan!   O‘ynash   orttirib,   qishloqni
sharmanda qilganing etmaganday bolangni ham bosmachilikka o‘rgatasan, senga kim
qo‘yibdi  gapirishdi... Oldin etagingdagi dog’ni yuvib ol. Keyin gapirasan, tillaringdi
tiyib   tur,   katta   bo‘lsa   bulardiyam   o‘ynashlikka   o‘rgatasan!”.   Asardagi   bu   o‘rinda
shunday   vaziyat   hosil   bo‘ladiki,   undan   o‘zini   himoya   qiladigan   biror   gap-so‘z
aytishning   endi   iloji   yo‘q.   Bu   xotinning   andishasiz,   behayo   gaplari   hali   kaltaklar
zarbidan   o‘ziga   kelolmagan   anziratni   yer   bilan   bitta   qiladi,   o‘g’li   oldida   butun
toatibodatini yo‘qqa chiqaradi. Mana uning natijasi: - “bas qiling! – telbaday o‘kirib
o‘rnidan   turdi   anzirat.   Unga   oxirgi   gap   juda   o‘tib   ketgan,   u   dag’-dag’   titrar   edi.
Ko‘zlaridan yosh quyilib oqar, lekin artishni  xayoliga ham keltirmasdi. – bas qiling,
hozir   chopib   tashlayman!   –   u   Pechka   oldida   turgan   boltaga   tashlandi.   –   chopib
tashlayman...   Jonimdan   to‘yib   “ 42
Ketdim”   mana   shu   dahshatli   lavhadan   har   qanday
kitobxon   ta’sirlanadi,     anziratning   qalbida   ro‘y   berayotgan   iztirobni   his   eta   oladi.
Uning bu holatga   tushishiga elning va farzandlarining oldida yuzi shuvut bo‘lishiga
asosiy sabachi  urush ekanligin ich-ichidan his qilish mumkin.   Anzirat o‘sha xotinni
bolta bilan quvib solgandan keyin, xonani ichidan   yopib, o‘zini pechkaning oldidagi
po‘stakka tashlab ho‘ngrab-ho‘ngrab   yig’laydi. Bu ham uning o‘zining yog’iga o‘zi
qovrilishi,   iztiroblarining   ifodasi     sifatida   tasvirlanadi.Yozuvchi   anziratdagi
42
 N.Eshonqul. Urush odamlari(Qissa va hikoyalar to’plami).Toshkent-2021
52 gunohning asl sababi  – qizi hojarning oddiy   shamollash tufayli o‘lim holatiga kelib
qolishi va uning tirik qolishining birdan-bir   yo‘li sifatida tovuq go‘shtiga pishirilgan
sho‘rvani   ichirish   ekanligini   asosiy   vosita     qilib   keltirish   orqali   asardagi   noilojlik
holatini   tavsiflaydi.   Shu   orqali   anzirat     Mirzaqul   qo‘ygan   tuzoqqa   ilingani   o‘zi   ham
bilmay qoladi. Yozuvchi bunday sabablardan tashqari bunday gunohkorlikka sababni
qahramonning   o‘zining   ichki     kechinmalari   va   murakkab   tuyg’ular   olamidan   ham
ko‘rsatishga   urinadi.   Ya’ni     Anziratning   ichki   olamida   kitobxon   oldin   kuzatmagan
yangi   jihatlar   ham   ko‘rina     boshlaydi.   Xususan,   uning   ichki   olamida   o‘zining   ayol
ekanligini   eslatib   turadigan,     buni   yuqori   qo‘yadigan   hislar   ham   borligi   ko‘rsatib
o‘tilgan   o‘rinlar   ham   mavjud.     “Uning   eri   ketgandan   keyingi   hayoti   daryoning   shu
beti   –   o‘lim,   ocharchilik   soya   tashlab   turgan   allanechuk   serkulfat   qirg’oq   edi.   Bu
qirg’oqda u o‘lib ketishi, butun orzu-umidlaridan ayrilishi, ikki bola bilan yosh, suluv
bo‘la   turib,   beva   qolishi   (u   hammadan  ham   shu   narsadan   qo‘rqardi)   mumkin  edi.   U
o‘zining baxtiga o‘zi zomin bo‘lishni istamaydi. U hamma ayollarga o‘xshab, yaxshi
yashashni,     turmushi   farovon  bo‘lishini,  hayotda   hech   narsaning   tashvishini   tortmay
yashashni istar edi. U hamma go‘zal ayollar kabi o‘z go‘zalligini bilar, bilgani uchun
ham   o‘zining   hayotda   siqilib   yashashi   mumkin   emasday   tuyular,   orzu-umidi   ham
shunga   yarasha   edi”     asardagi   mirzaqulning   hiylasi   va   zo‘rligi   bilan   sodir   bo‘lgan
xiyonatdan   so‘ng,   dastlab   anziratning   “voqea   qanday   sodir   bo‘lganini   anglay   olmay
garangsirab”   yurishi,   har   narsadan   cho‘chiyverib   tentak   bo‘layozgani   va   bularning
hammasining natijasi sifatida yigirma to‘qqiz yoshida sochiga oq tushgani; keyin esa
gunohining   kechirilmasligini   anglab   etgach,   taqdiriga   tan   berib,   bu   ishni   davom
ettirishga   endi   o‘zi   ro‘yxushlik   berishi,   bunda   eridan   qoraxat   olganining   ham   ta’siri
bo‘lgani   va   nihoyat,   “endi   qanday   qilib   bo‘lsa   ham   yashasa   bo‘ldi,   qiynalmasa
bo‘ldi”,   degan   qarorga   kelgani   va   h.k.   Qahramon   qiyofasidagi   bunday   ruhiy
o‘zgarishlar   to‘lqini   uni   shunday   bir   nuqtaga   olib   keladi,   o‘zining   oldingi   holatidan
shunchalik   uzoqlashadiki,   endi   u,   hatto   o‘zi   uchun   ham   xuddi   begonadek,   boshqa
53 birovga   o‘xshab   qolgandek   tuyuladi.   Kundan-kun   bu   tuyg’uning   salmog’i   oshib,
vujudidagi mavqe kuchayib boraveradi. 
Anzirat tobora cho‘kib boradi. Muallif bir gunoh sabab go‘yo o‘z qahramonini
ayovsiz   “kaltaklaydi”.   Asar   so‘ngida   esa   xatto   o‘z   qahramonini   o‘zining   suygani
tomonidan   halok   etilishiga   ham   qo‘yib   beradi.   Shunda   ham   muallif   oddiy   o‘limni
emas, miltiq orqali otilishini tanlagan.
Xullas,   nazar   eshonqul   anzirat   obrazining   ruhiy   dunyosi,   kechinmalarini
yoritishda   ijtimoiy   muhitning   roli   va   ta’sirini   real   voqealar   bilan   tasvirlaydi.   Uning
xarakteridagi   evrilish  sabablarini  ham   aynan  muhit   , eng  asosiysi  –  urush  ekanligini
asoslab beradi.   
                                                    
                                          
54 Xulosa
Istiqlol   davri   o‘zbek   adiblarining   nasriy   asarlari,   xususan,   hikoyanavislik   va
qissanavislik   mahorati   o‘z   davrida   adabiyotshunos   olimlardan   b.nazarov,
U.O‘ljaboev,   u.normatov,   Q.Yo‘ldoshev,   n.rahimjonov   kabi   ko‘plab   tadqiqotchilar
tomonidan o‘rganilgan, ushbu ijod namunalari o‘zining yuksak bahosini olgan. Lekin
adiblarning   urushni   o‘z   ko‘zlari   bilan   ko‘rmagan   inson   sifatida   o‘z   asarlarida   ushbu
mavzuni   qay   darajada   qo‘llaganligi,   asarlarda   qahramon   ruhiyatining   urush   davri
tasviri   bilan   uyg’unligi   holati   kabi   masalalar     zamonaviy   adabiyotshunoslikda   yana
bir   bor   umumlashtirgan   holda   o‘rganilishiga   asos   beradigan   jihatlar   mavjudligi
mavzuni yana bir bor tadqiq etilishiga asos  bo‘ldi. Umuman olganda, hozirgi o‘zbek
nasri   janr   va   badiiy-uslub   jihatdan   nihoyatda   turfa   xil     edi.   Shunday   davr
ijodkorlaridan biri nazar eshonquldir.  Nazar eshonqulning “urush odamlari” asaridagi
ayollar obrazini tadqiq qilishimiz asosida quydidagi ilmiy nazariy xulosalarga keldik:
  1.Yozuvchining   asarlarida   qahramonlar   ichki   olami,   ijtimoiy   muhit   va   badiiy
prixologizm   mohirona   tasvirlanadi.   Ayniqsa,   modernizm   ruhidagi   asarlari   o‘zining
ramz   va   istioralarga   boyligi,   metaforikligi   bilan   boshqa   asarlardan   ajralib   turadi.
Ammo   adibni   dastlab   yozuvchi   sifatida   tanitgan   va   uning   o‘z   uslubini   yaratishga
zamin   bo‘lgan   asarlari   –   realistik   ruhdagi   asarlari   sanaladi.     Nazar   eshonqulning
dastlabki asari 1989-yilda “urush odamlari” nomi bilan chop     etilgan. Qissa nomining
o‘ziyoq   urush   va   uning   ortidagi   hayot,   frontda   kurashgan   erkaklar   va   front   ortida
kurashgan   ayollarning   ayanchli   qismatlari   alohida   o‘rin   tutganini   ko‘rsatadi.   Ushbu
qissa   uning   realistik   uslubdagi   asarlaridan   biri   hisoblanib,uning   “shamolni   tutib
bo‘lmaydi” hikoyasi ham ayni shu ruhdadir. Biz ham tadqiqot manbayi qilib adibning
o‘ziga   xos   uslubini   shakllantirishga   zamin   yaratgan   dastlabki   realistik   ruhdagi
asarlarini oldik. 
2.   “Urush   odamlari”   asarida   ikkinchi   jahon   urushining   daxshatli   fojialari
chekka   bir   qishloqdagi   insonlarni   ham   chetlab   o‘tmaganligi   asar   qahramonlari
fojialari bilan ko‘rsatib berilgan. Garchi urush ishtirokchilari erkaklar bo‘lsa-da, urush
55 ortida   qoluvchi   ayollar   ham   bu   urush   zahmatini   erkaklardan   kam   ko‘rmaganligini,
qiyinchiliklar,   og‘ir   sharoit   va   mehnatlar,   umr   yo‘ldoshlari   va   farzandlarining
mehrisiz   ayollar   qalbining   quroqlashib   ketganligi   yozuvchi   tomonidan   mohirona
ochib berilgan. 
3. Asar kompozitsiyaning birinchi planida aynan, ayollar obrazi turadi. Chunki
urushda eng og‘ir ish – kutish , chiqmagan jondan umid qilib kutish – kutish ayollar
zimmasiga   tushgan   edi.   Shu   sabab   ham   yozuvchi   asarda   ayollar   obraziga   ko‘proq
urg‘u bergan va son jihatdan ham asarda ayollar obrazi ko‘pdir ayollar obrazi nafaqat
o‘zbek   adabiyotshunosligi   arenasida,   balki   dunyo   adabiyotshunosligi   va
san'atshunosligi   hamda   boshqa   ko‘plab   sohalarda   muhim   muammo   sifatida
o‘rganilishi   dalillandi. Ayol dunyoni tebratuvchi, naslni yaratuvchi, go‘zallik, aql va
donishmandlik   timsoli   sifatida   qadim   zamonlardan   beri   o‘rganib   kelinadi.   Hozirgi
o‘zbek nasridagi ayollar mavzusi bilan bog‘liq jarayonlar aslida xalq ijodi bilan ham
bog‘lanadi. 
4.Hozirgi   o‘zbek   nasrida   yaratilgan   ayollar   obrazi   va   uning   inja   ruhiyatini
tadqiq   etish   va   o‘zbek   ayolining   turfa   qiyofalari   turli   davrlarda   turlicha   tasvirlandi.
Masalan, ezilgan, haq-huquqsiz ayollar, mafkuralashgan jamoatchi  
Ayol,   ziyoli,   erkin   fikrli   ayol   qiyofalari   yuz   yildan   ziyod   o‘zbek   nasriy   asarlari
taraqqiyotida namoyon bo‘ldi.
  5.Adiblarning   urush   mavzusidagi   asarlarida   ruhiyat   tasviri   yetakchilik   qilgan
o‘rinlar talaygina. Ya’ni ijodkor o‘limni ham, fojeani ham kechinma tavsifi orali aks
ettirish orqali o‘z qahramonlarini insonlarga, ularning qalb sadolariga  Yaqinlashtiradi
va   kitobxonda   ularga   nisbatan   mehr   uyg’onishiga   sabab   bo‘ladi.     Adiblarning
yuqorida sanalgan asarlari personajlarning monolog va dialoglariga asoslangan badiiy
saviyasi yuqori asarlar sirasiga kiradi. Garchi ular o‘ziga xos  ifoda uslubida yozilgan
bo‘lsa-da,   unda   ko‘tarilayotgan   ijtimoiy   muammolar   juda   jiddiy   va   o‘z   zamonasi
uchun   dolzarbdir.   Yozuvchilar   shunday   uslublar   qo‘llaganki,   kitobxon   urush   degan
baloi ofatdan nafratlanadi, urushni qoralashiga sabab bo‘ladi.
56 Xulosa   qilib   aytganda,   istiqlol   davri   o‘zbek   nasrida   yozilgan   barcha   nasriy
asarlarda   psixologik   tasvir   masalasiga   alohida   urg’u   berilgan.   Urush   mavzusidagi
asarlarda   qahramon   va   sharoit   talqini   masalasi   ham   asarlar   mualliflarining   diqqat
markazida   bo‘lganligi   yuqoridagi   talqinlardan   anglashiladi.   Tahlilga   tortilgan   aksar
asarlarda   personajlar   talqinida   yozuvchi   mahorati   asar   muvaffaqiyatining   garovi
bo‘lgan deyish mumkin. Ushbu mavzudagi asarlar urushning insonlar taqdiriga ta’siri
va salbiy oqibatlari xususida fikr yuritilganligi bilan ajralib turadi.
57 Foydalanilgan adabiyotlar
 I.normativ-huquqiy hujjatlar va metodologikahamiyatga molik nashrlar
1.     Mirziyoev   shavkat   miromonovich.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O‘zbekiston
davlatini   birgalikda   barpo   etamiz.   O‘zbekiston   respublikasi   Prezidenti   lavozimiga
kirishish   tantanali   marosimiga   bag’ishlangan   oliy   Majlis   palatalarining   qo‘shma
majlisidagi nutq. – Toshkent: O‘zbekiston,  2017. - 56 b. 
2.O‘zbekiston   respublikasi   prezidenti   sh.mirziyoyevning   O‘zbekiston   ijodkor
ziyolilari   vakillari   bilan   uchrashuvidagi   “Adabiyot   va   san’at;   madaniyatni
rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir”
nomli ma’ruzasi // Xalq so‘zi. – 2017, 4 avgust - #153(6347)
3.O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev     “O‘zbek   mumtoz   va
zamonaviy   adabiyotini   xalqaro   miqyosda   o‘rganish   va   targ‘ib   qilishning   dolzarb
masalalari”   mavzusidagi   xalqaro   konferensiya   ishtirokchilariga   yo‘llagan     tabrikrik
nutqidan // Xalq so‘zi.–2018, 7 avgust
4.Мирзиёев   Ш.   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб   халқимиз   билан   бирга
қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – б. 241.
 II. Ilmiy-nazariy adabiyotlar (monografiya,patent,ilmiy to‘plamlar)
1.   Adabiyot. Badiiyat. Abadiyat.-Toshkent. “Y a ngi asr avlodi”. 2004. B-234.
2. Do‘stmuhammad   X.   Ijod–ko‘ngil   munavvarligi.   Toshkent,   2011.“Mumtoz   so‘z”.   B-
313.
3. Jo‘rayev T. Modern-ong oqimi. Farg’ona. “Farg’ona”-2009. B-78.
4. Jo‘raqulov   U.   Hududsiz   jilva.   (ilmiy-adabiy   maqolalar)-Toshkent,   2006.   “fan”.   B-
203.
5. N. Eshonqul   “Men”dan “Men”gacha. Toshkent.2014.b-505.
6. N.Eshonqul. Tasavvurga dosh bersang bo‘ldi (Faxriyorning «geometrik bahor»she’riy
kitobiga so‘ngso‘z)-Toshkent, 2004- yil.
7. N.Eshonqul. Maymun yetaklagan odam. Y a ngi asr avlodi. Toshkent, 2003- yil
58 8. Istiqlol,   adabiyot,   tanqid.   (yozuvchi   va   adabiyotshunos   Ulug’bek   Hamdam   savollari
asosida qurilgan suhbatlar)- Toshkent, 2015. B-310.
9. Yo‘ldoshev Q.y o niq so‘z. Toshkent, “Y a ngi asr avlodi”- 2007. B- 546.
10. Yo‘ldosheva   M.   Y a ngilanishlar   manguligi.   (adabiy   tadqiqotlar)-Toshkent.   “adib”-
2011. B-88.
11. Karimov H. Istiqlol davri nasri. Toshkent. “Zarqalam”- 2007. B-96.
12. Qahramonov Q.   adabiy tanqid: Yangilanish  jarayonlari. Toshkent-2009. B-184.
13. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. Andijon, “Hayot”nashriyoti-2002. B-208.
14. Quronov   D.   Mutolaa   va   idrok   mashqlari.   (adabiy-tanqidiy     maqola   va   risolalar)-
Toshkent, “Akademnashr”. 2013. B-334.
15. Mustaqillik davri adabiyoti. Toshkent- nashriyot matbaa ijodiy uyi. 2006. B-287.
16. Normatov U. Ijod sehri. Toshkent, “S h arq” nmk-2007. B-351.
17. Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. Toshkent, “Ma’naviyat”-2000. B-109.
18. Normatov U.tafakkur yog’dusi. Toshkent,  “Universitet”-2005. B-119.
19. Rasulov A. Badiiylik–bezavol yangilik. Toshkent, “Sharq” nmk.-2007. B-334.
20. Rasulov A. Ilmi g’aribani qumsab... Toshkent.  “Ma’naviyat”-1998. B-64.
21. Rasulov A. Tanqid, talqin, baholash.  Toshkent -2006. “fan”. B-220.
22. Yo‘ldoshev  Q. Yirik shaxslar  tasviri  yo‘lida //  O‘zbek tili  va adabiyoti, 1998 yil, 4-
son. 8-12-betlar.
23. Rahimjonov N. Mustaqillik davri adabiyotining asosiy xususiyatlari haqida // o‘zbek
tili va adabiyoti, 2004 yil, 4-son. 10-16-betlar.
24. O‘zbek   nasri   ufqlari   (davra   suhbati)   //   Jahon   adabiyoti,   2007   yil,   noyabr,   154-171-
betlar.
25. Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. Toshkent-2004. B-126.
26. Ulug’ov A. Asl asarlar sehri. Toshkent, nashriyot matbaa ijodiy uyi-2007. B-157.
27. Umurov H. Adabiyot nazariyasi.  Toshkent, “S h arq”nmk-2002. B-252.
28. Hamdamov U. Y a ngilanish ehtiyoji. Toshkent, “Fan”- 2007. B-196.
29. S h arafiddinov O. Dovondagi o‘ylar. Toshkent, “Ma’naviyat”, 2004. B-526.
59 30. S h arofiddinov. Ijodni anglash baxti. Toshkent, “S h arq”nmk-2004. B-237.
31. Jabbor Eshonqul. Ruhiy tahlil metodi xususida. // O‘zbek tili va adabiyoti.-toshkent,
1997, №2.- 42-47-betlar 
32. N. Xudoyberganov  M.  munozara-   to‘g‘ri  xulosa  mezoni   //  O‘zbekiston  adabiyoti   va
san’ati. 2003-yil, 21- fevral 
33. Rustamova   .   Hozirgi   hikoyachilikda     ruhiyat   talqini   //   O‘zbek   tili   va   adabiyoti.-
Toshkent, 2004.-61-63-betlar.  
34. H .Absamiyev . Bir yangilik istaydi ko‘ngil. // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 2003-
yil, 21-fevral.
35.  Isomiddinov Z. Ikki ayol // Tafakkur. -2007. –Toshkent. 4-son. – b. 47. 
36.   Karimov   N.,   Mamajonov   S.,   Nazarov   B.   va   boshq.XX   asr   O‘zbek   adabiyoti   tarixi:
un-tlar va  
37. Ped.in-tlari bakalavr ixtisosini oluvchilar uchun darsli. - Toshkent: o‘qituvchi, 1999.-
544 b. 
38. Lutfiddinova   X.   Yozuvchining   estetik   ideali   va   ayollar   obrazi:   (“O‘tkan   kunlar”   va
“Kecha  va Kunduz” romanlari asosida): filol. Fan. Nomz. ... Diss. – Toshkent: 1994. 
39. Toshboyev O. Abadiy zamondosh. Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodiy faoliyatidan  
Lavhalar.-   Toshkent:   G‘afur   G‘ulom   nomidagi   nashriyot-matbaa   ijodiy   uyi,   2018.   -
480 b.
40. Халаф   А.А.   Образ   женщины   в   арабским   исскустве.   //   вестник   вгу.   Серия
филология  
41. И журналистика. 2012. № 1. – с. 118. 
42. Xolmirzayev Sh. So‘nggi bekat: roman.- Toshkent: yosh gvardiya, 1976.- 246 b. 
43. Hamidova   M.   Hozirgi   o‘zbek   adabiyotida   milliy   qahramon   muammosi   (Shukur
Xolmirzayev  ijodi misolida): monografiya. - toshkent: navro‘z, 2020.-b.106.
44. Аҳмедов Б. Тарихдан сабоқлар. Тошкент,“Ўқитувчи”-1994.
49.Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. –T., O‘qituvchi, 1986, - 407 b. 
50.Yo‘ldoshev Q. So‘z yolqini. – T., G’.G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa 
60 Ijodiy uyi. 2018. - 336-b
III.Badiiy adabiyotlar 
1. Nazar Eshonqul. Shaftoli guli. –Toshkent, O‘zbekiston, 2011-yil. 
2. Nazar Eshonqul. Yalpiz hidi. – Toshkent. Sharq, 2008. -260 b.
3. N.Eshonqul. Urush odamlari(qissa va hikoyalar to‘plami).Toshkent-2021
 
III. Internet saytlari
1. www.e-adabiyot.com     (O‘zbek milliy adabiyotiga doir rasmiy sayt)
2. www.jahonadabiyoti.uz     (“Jahon adabiyoti” jurnali sayti)
3. www.kh-davron.uz      ( S h oir va olim xurshid davron sayti )
4. www.normatov.narod.uz     (Adabiyotshunos umarali normatov sayti)
5. www.quronov.uz     (Adabiyotshunos dilmurod quronov sayti)
6. www.sharqyulduzi.uz     (“S h arq yulduzi” jurnali sayti)
61

NAZAR ESHONQULNING “URUSH ODAMLARI” ASARIDA AYOL OBRAZI M U N D A R I J A Kirish.............................................................................................................................4 I bob. Nazar Eshonqul asarlarida ayolga bo‘lgan munosabti……………………………………………………………………………10 1.1. O‘zbek adabiyotida “ayol” abrazining tutgan o‘rni............................................10 1.2. “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasida ayol ruhiyati…………………………..16 II bob. “Urush odamlari” qissasida ayol obrazining o‘rni…………………………………………………………………………………24 2.1. Biydi momo – tipik obraz sifatida ……………………………………………...26 2.2. Anzirat xarakterini yoritishda ijtimoiy muhitning o‘rni…………………….…36 Xulosa........................................................................................................................57 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.................................. .................................... 60 1

Kirish Mavzuning dolzarbligi. Adabiyot hayot ko‘zgusi, hayot darsligi deyiladi.chunki u kishilik jamiyati hayotida ro‘y bergan kattami- kichikmi har qanday o‘zgarish va evrilishlarning aks-sadosi tarzida namoyon bo‘ladi, ularni badiiy asarlarida aks ettiradi. Xalqimiz azal-azaldan adabiyotga insonning ma’naviy olamini kashf ettiruvchi bir kuch sifatida baho berganlar. Shu sabadan adabiyotni insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarni esa inson ruhiyatining muhandislari deb ta’riflanishi ajab emas, albatta. Prezidentimiz sh.mirziyoyev “adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq butun insoniyat bezavol yashaydi e’tibor” mavzusidagi xalqaro konferensiyada bugungi kunda adabiyotning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni hamda yozuvchining asosiy vazifasi haqida to‘xtalar ekan shunday ta’kidlaydi: “muhtaram do‘stlar! Bundan yuz yil muqaddam buyuk o‘zbek shoiri abdulhamid sulaymon o‘g‘li – cho‘lpon «adabiyot yashasa, millat yashar!» degan otashin da’vat bilan maydonga chiqqan edi.hayot va tarix sinovlaridan o‘tgan teran ma’noli bu so‘zlar bugun ham o‘z ahamiyati va qimmatini yo‘qotgan emas. Darhaqiqat, adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi. Mana shunday ezgu va sharafli ishga o‘z hayotini bag‘ishlagan siz, azizlarga sihat-salomatlik, ijodiy yutuqlar, baxt va omad, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilayman.” . 1 Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti olam hodisalari va odam ruhiyati qirralariga xilma- xil qarash, olamning mavjudlik yo‘sini va undagi tartibotlarni turlicha izohlash imkoniyati mahsuli bo‘lgan adabiyotdir. Bugungi o‘zbek adabiyoti o‘z ko‘ngliga qarshi bormaydigan uning royishlariga zug‘um o‘tkazmaydigan kishilar tomonidan yaratilayotir. Bugungi o‘zbek adabiyoti millat ahlining ko‘ngli, sezimlari va ruhiyatini tasvirlashga e’tibor qaratishi natijasida inson asosiy badiiy qadriyatga 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvidagi “Adabiyot va san’at; madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma’ruzasi // Xalq so‘zi. – 2017, 4 avgust 2

aylandi.mustaqillik davri adabiyoti chinakamiga xilma-xil adabiyot bo‘ldi. Unda sinab ko‘rish, ochilmagan yo‘llardan yurish, hatto, xato qilish imkoniyati bor. Bu adabiyotga qanday yozish kerakligi tog‘risida ko‘rsatma berilmaydi. Bu hol birovga o‘xshamaydigan, o‘zgalarni takrorlamaydigan o‘ziga xos iste’dodlarning dunyoga kelishiga imkon yaratdi. Xilma-xil yo‘nalishdagi asarlarning vujudga kelishi badiiy didi har xil bo‘lgan o‘quvchilarni paydo qiladi. Bugungi kun adabiyoti kechagi adabiyotdan bir qancha xususiyatlari bilan farq qiladi. Ya’ni odamning qalb iztiroblari, quvonchlarining betakror tahlili va ruhiyatining turfa ko‘rinishlari inkishofi hamda voqea-hodisalar tasvirining batafsilligi, ularning har biri maqsad sari yo‘naltirilganligi, qahramonlarning o‘ta milliy va individuallashganligi bozor iqtisodiyotining mohiyatini ochib berishi bilan o‘ziga xoslikka ega. Agar umumlashtirib aytsak, voqea-hodisadan ko‘ra,insonning uning qalbi tahlili birinchi o‘ringa chiqqanligi bilan ajralib turadi. Mustaqillik yillari o‘zbek adabiyoti ravnaqida jiddiy o‘sish-o‘zgarishlar yuz berdi. Jahon adabiyotiga xos ilg‘or ijodiy an’analarni realistik yo‘sinda tasvirlovchi, badiiy tadqiq etuvchi asarlar bilan bir qatorda yangicha talqin uslubi va yangi shakliy izlanishlar yuzaga keldi. Adabiyotimizda xilma-xil falsafiy zaminga asoslangan adabiy-ijodiy tamoyillar paydo bo‘ldi. Ularning ildizlari 80-90-yillar adabiyotiga, o‘sha davr hayotiga bog‘lanadi. Aniqrog‘i, o‘z mafkurasini odamlar ongiga “mixlab tashlagan” jamiyatning yaroqsizligi, tanazzuli oqibatlari, fojialari milliy adabiyotimizda ham xilma-xil insonlar taqdiri orqali ochib berildi . Saksoninchi yillar oxiri-to‘qsoninchi yillar boshlaridagi vaziyat adabiyotda yangicha inson obrazining tug‘ilishi uchun zamin hozirladi . Shunday davr ijodkorlaridan biri nazar eshonquldir. Yozuvchining asarlarida qahramonlar ichki olami, ijtimoiy muhit va badiiy prixologizm mohirona tasvirlanadi. Ayniqsa, modernizm ruhidagi asarlari o‘zining ramz va istioralarga boyligi, metaforikligi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. Ammo adibni dastlab yozuvchi sifatida tanitgan va uning o‘z uslubini yaratishga zamin bo‘lgan asarlari – realistik ruhdagi asarlari sanaladi. Nazar eshonqulning 3

dastlabki asari 1989-yilda “urush odamlari” nomi bilan chop etilgan. Qissa nomining o‘ziyoq urush va uning ortidagi hayot, frontda kurashgan erkaklar va front ortida kurashgan ayollarning ayanchli qismatlari alohida o‘rin tutganini ko‘rsatadi. Ushbu qissa uning realistik uslubdagi asarlaridan biri hisoblanib, uning “shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasi ham ayni shu ruhdadir. Biz ham tadqiqot manbayi qilib adibning o‘ziga xos uslubini shakllantirishga zamin yaratgan dastlabki realistik ruhdagi asarlarini oldik. “urush odamlari” asarida ikkinchi jahon urushining daxshatli fojialari chekka bir qishloqdagi insonlarni ham chetlab o‘tmaganligi asar qahramonlari fojialari bilan ko‘rsatib berilgan. Garchi urush ishtirokchilari erkaklar bo‘lsa-da, urush ortida qoluvchi ayollar ham bu urush zahmatini erkaklardan kam ko‘rmaganligini, qiyinchiliklar, og‘ir sharoit va mehnatlar, umr yo‘ldoshlari va farzandlarining mehrisiz ayollar qalbining quroqlashib ketganligi yozuvchi tomonidan mohirona ochib berilgan. Asar kompozitsiyaning birinchi planida aynan, ayollar obrazi turadi. Chunki urushda eng og‘ir ish – kutish , chiqmagan jondan umid qilib kutish – kutish ayollar zimmasiga tushgan edi. Shu sabab ham yozuvchi asarda ayollar obraziga ko‘proq urg‘u bergan va son jihatdan ham asarda ayollar obrazi ko‘pdir. Nazar eshonqulning modernistik va realistik ruhdagi asarlari ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan ammo aynan “urush odamlari” asaridagi ayollar obrazi tavsifi borasida maxsus yirik tadqiqot ishi olib borilmagan nazar eshonqulning “urush odamlari” asaridagi ayollar obrazidagi ichki konfliktlar, ruhiyat ular xarakteriga ijtimoiy muhitning ta’sirini o‘rganish orqali adibning obraz yaratish mahoratini ko‘rsatib berish dolzarb ilmiy masaladir. Mavzuning o‘rganilish darajasi. Nazar eshonqul ijodi ham, asarlarining milliy adabiyotimizda tutgan o‘rni borasida ham qator maqolalar, ilmiy tadqiqotlar yaratilmoqda. Yozuvchi asarlaridagi qahramon va tasvir masalasining o‘ziga xosligi adabiyotshunos olimlar u.normatov (“umidbaxsh tamoyillar”), q.yo‘ldoshev (“yoniq so‘z”, “dastlabki dovon belgilari”, “yirik shaxslar tasviri yo‘lida”), a.rasulov (“badiiylik – bezavol yangilik”), u.hamdam (“yangilanish ehtiyoji”) , u.o‘ljaboyev 4

(“adabiyot – ko‘ngil ko‘zgusi”) a.ulug‘ov (“qissachiligimiz qirralari”) 2 singari kitob va adabiy-tanqidiy maqolalarida o‘rganilgan, tahlilga tortilgan. Barcha ilmiy tadqiqotlarni o‘rgangan holda va ularga tayanib, “urush odamlari” asarini va asardagi aynan ayollar obrazi talqinini tadqiqot obyekti qilib oldik. Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Nazar eshonqulning nasriy asarlarini o‘rganish va ayniqsa, asarlaridagi qahramonlarning o‘ta milliyligi, urush ayollari fojeali hayotining qabariq tasvirlarini o‘rganish ishning asosiy maqsadini tashkil etadi. Ana shu maqsadlarni amalga oshirishda vazifalar belgilandi: – o‘zbek adabiyotida “ayol” obrazining tutgan o‘rnini xalq og‘zaki ijodi namunalarida va nasriy asarlar misolida ochib berish; – nazar eshonqul asarlarida (“shamolni tutib bo‘lmaydi” , “urush odamlari”) ayolga bo‘lgan munosabat, ayollar ruhiyatini ochishda ijtimoiy muhitdan, turli detallardan mohirona foydalanganligini, yozuvchi badiiy mahoratini namoyon qilish ; – nazar eshonqul asrlarida hayot hodisalari va inson ruhiyatini xolis kuzatish hamda badiiy tadqiq-u tahlil qilish orqali yozuvchilar o‘tmishdagi urush va u yetkazgan fojialarni insonlar dunyosidagi inqirozga, ziddiyatga bog‘lab yoritilgan. Natijada insonning har lahzada ming bir qiyofa kasb etuvchi rango-rang ichki olami namoyon bo‘ladi. Natijada, xayolot bilan ruhiyat, hayotiy hodisalar bilan inson borlig‘i uzviylikda, bor ko‘lami va turfa ranglari bilan tasvirlanmoqda, sharqona milliy ruhni, o‘ziga xos hayot falsafasini ifoda qilgan; – asarni tahlil qilish orqali yozuvchining qahramon yaratishdagi individuallik masalasiga e’tibor qaratish; ayollar obrazi tavsifida asar badiiyatining o‘rnini aniqlash; 2 Q.Yo’ldoshev. Yoniq so’z. – Toshkent: Akademnashr, 2006. O.Sharafiddinov. Ijodni anglash baxti. – Toshkent: Sharq, 2004; U.Normatov. Umidbaxsh tamoyillar. – T oshkent. Ma’naviyat – 2000 Q.Yo‘ldoshev.Dastlabki dovon belgilari. – Toshkent 2007 Q.Yo‘ldoshev. Yirik shaxslar tasviri yo‘lida // O‘zbek tili va adabiyoti//- 1998 4-son; A.Rasulov .Badiiylik – bezavol yangilik,Toshkent “Sharq”- 2007; U.Hamdam. Yangilanish ehtiyoji – Toshkent, “Fan” - 2007 , U.O‘ljaboyev Adabiyot – ko‘ngil ko‘zgusi. Toshkent Turon zamin – 2017; 5