logo

Alisher Navoiyning nutq odobiga oid qarashlarining pedagigik ahamiyati

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

532 KB
Alisher Navoiyning nutq odobiga oid qarashlarining pedagigik ahamiyati  
M U N D A R I J A
KIRISH ....................................................................................................................3
ANNOTATSION. ………………………………………………………………...9
I   BOB.   O‘RTA   ASRLAR   NOTIQLIK   SAN’ATI   VA   UNDA   NAVOIYNING
O‘RNI
1.1. Nutq odobining xalqimiz ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni..................................14
1.2. Qadimgi Sharqda nutq odobiga doir qarashlar......................... .......................  2 9
Bob bo yicha qisqacha xulosa.................................................................................40ʻ
II   BOB.   ALISHER     NAVOIYNING     NUTQ   MADANIYATI   RIVOJIGA
QO‘SHGAN HISSASI
2.1.   Alisher   Navoiy     asarlarida   voizlik   san’ati,   nutq   odobiga   oid     fikrlarning
berilishi… …………………………………………………………………….….. 42
2.2. Umumta’lim maktablarida Navoiyning  uslubshunoslik rivojida tutgan o‘rnini 
o‘rganish...................................... .................................... ...................... ........... .....  49
Bob bo yicha xulosa...............................................................................................59
ʻ
III   BOB.     ALISHER   NAVOIY   IJODIDA     NUTQ   MADANIYATI   VA
ODOBINI     SHAKLLANTIRUVCHI   MANBALARNING     PEDAGOGIK
AHAMIYATI 
 3.1. Alisher Navoiy  ijodida nutq madaniyati va odobining talablari....... ............. 6 0
3. 2 .  Alisher Navoiy ijodida  nutq madaniyatini o‘rganishning pedagogik 
asoslari . ................................................................................................................ .. .  6 8
Bob bo‘yicha qisqa xulosa....... ....... ....................... .. .................................. ............. 78
UMUMIY XULOSALAR .....................................................................................80
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ..............................................................83 ANNOTATSIY А
Magistrlik   ishi  mavzuni qamrab olgan reja asosida ishning tavsifi, 3 asosiy
bob,   xulosalar,   foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxatidan   tuzilgan.   Har   bir   bo b
bo‘yicha   o‘rtaga   tashlangan   muammoga   oid   xulosalar   chiqarilib,   shu   asosda   ish
so‘ngida   umumiy   xulosalar     keltirilgan.   Fikrlarni   dalillash   uchun   foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
Ishining kirish qismida mavzuning     dolzarbligi, ilmiy izlanishning maqsad
va   vazifalari,   tadqiqot   predmeti   va   obyekti,   tadqiqotning   amaliy   ahamiyati
yoritilgan. 
Ishda   Alisher   Navoiyning   nutq   madaniyatiga   doir   fikrlarini   o‘rganish,   uning
asarlarida   nutq   madaniyatiga   oid   fikrlarning   berilishi,   ularning   pedagogik
ahamiyatini ko‘rsatib berish dissertasiyada asosiy maqsad qilib belgilangan. 
Mazkur   dissertatsiya   ishida   nutq   odobining   xalqimiz   ijtimoiy   hayotida
tutgan   o‘rni,   qadimgi   Sharqda   nutq   odobiga   doir   qarashlar,   Alisher   Navoiy
asarlarida   voizlik   san’ati,   nutq   odobiga   oid     fikrlarning   berilishi,   umumta’lim
maktablarida   Navoiyning     uslubshunoslik   rivojida   tutgan   o‘rnini   o‘rganish
masalalari   alohida   tahlil   qilingan.   Shuningdek,   Alisher   Navoiy     ijodida   nutq
madaniyati   va   odobining   talablari,   Alisher   Navoiy   ijodida   nutq   madaniyatini
o‘rganishning   pedagogik   asoslari   kabi   asosiy   jihatlar   misollar   orqali   yoritib
berilgan.
ANNOTATION
The   master's   thesis   is   composed   of   a   description   of   the   work,   3   main
chapters, conclusions, and a list  of  used literature based on the plan covering the
topic. In each chapter, conclusions are made about the problem raised, and on this
basis,   general   conclusions   are   presented   at   the   end   of   the   work.   The   list   of
literature used to prove the ideas is given.
2 In the introductory part  of  his work, the relevance of  the topic, the goals
and tasks of scientific research, the subject and object of research, and the practical
importance of research are highlighted.
The main goal of the thesis is to study Alisher Navoi's thoughts on the culture of
speech, to present thoughts on the culture of speech in his works, and to show their
pedagogical significance.
In   this   dissertation,   the   role   of   speech   etiquette   in   the   social   life   of   our
people, the views on speech etiquette in the ancient East, the art of preaching in the
works of Alisher Navoi, the presentation of opinions on speech etiquette, the place
of Navoi in the development of stylistics in general education schools are separate
issues. analyzed. Also, the main aspects such as the requirements of speech culture
and   manners   in   Alisher   Navoi's   work,   the   pedagogical   foundations   of   studying
speech culture in Alisher Navoi's work are highlighted through examples.
3 K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi.  Mustaqillik  yillarida    xalqimiz hayotining barcha
sohalarida   tub   burilishlar   sodir   bo‘ldi,   ta’lim   tizimi,   ilm-fanga   zamonaviy
pedagogik texnologiyalar  kirib keldi va amaliyotga joriy etildi.   Yurtimizning o‘z
mustaqilligiga   erishishi   hayotimizning   barcha   ko‘rinishlarida   o‘z   ifodasini
topmoqda.   Eng   asosiysi,   milliy-ma’naviy   qadriyatlarimiz   tiklandi,   ajdodlarimiz
tomonidan   asrlar   davomida   yaratilgan   ma’naviy   merosimizni   zamonaviy   talablar
asosida o‘rganishimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratildi.  
Prezidentimiz   Sh.M.Mirziyoyevning:   « Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda
Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz,
buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va
Boburlarni   tarbiyalab   beradigan   muhit   va   sharoitlarni   yaratishimiz   kerak.   Bunda,
avvalo,   ta’lim   va   tarbiyani   rivojlantirish,   sog‘lom   turmush   tarzini   qaror   toptirish,
ilm-fan   va   innovasiyalarni   taraqqiy   ettirish   milliy   g‘oyamizning   asosiy   ustunlari
bo‘lib   xizmat   qilishi   lozim.   Ushbu   maqsad   yo‘lida   yoshlarimiz   o‘z   oldiga   katta
marralarni   qo‘yib,   ularga   erishishlari   uchun   keng   imkoniyatlar   yaratish   va   har
tomonlama   ko‘mak   berish   –   barchamiz   uchun   eng   ustuvor   vazifa   bo‘lishi   zarur.
Shundagina   farzandlarimiz   xalqimizning   asriy   orzu-umidlarini   ro‘ѐAbga
chiqaradigan   buyuk   va   qudratli   kuchga   aylanadi” 1
  degan   so‘zlari   ajdodlarimiz
merosini   o‘rganish,   ta’lim-tarbiyada   yoshlarimiz   ongiga   bu   merosga   hurmat,
milliy-ma’naviy   qadriyatlarimizga     qiziqish   ruhini   singdirish   borasidagi
ishlarimizda dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi. 
Ma’lumki, mamlakatimizda Alisher Navoiyning hayoti va   ijodini o‘rganish
bo‘yicha   turli   yo‘nalishdagi   bir   qator   ilmiy   ishlar   amalga   oshirilgan.
Olimlarimizning   ko‘p   yillik   izlanishlari   natijasida     Navoiy   asarlari   puxta
o‘rganilib,   ularning   ilmiy-tanqidiy   matni   yaratildi,   shoir   asarlari   jamlanib,
mukammal asarlar to‘plami shaklida nashr etildi. Shu kunga qadar Alisher Navoiy
asarlarining   deyarli   har   biri   tadqiqot   ob’yekti   sifatida   o‘rganildi,   dissertatsiyalar
1
  Ўзб	
ѐкистон Р	ѐспубликаси Пр	ѐзид	ѐнти Шавкат Мирзиё	ѐвнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси.  
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/751
4 himoya   qilindi,   qator   monografiyalar,   maqolalar,   ilmiy-uslubiy   qo‘llanmalar
yaratildi.   Bu     ishlar   Alisher   Navoiy   ijodini   o‘rganish   bo‘yicha   salmoqli   ishlar
amalga   oshirilganidan   dalolat   beradi.   Shunday   bo‘lsa-da,   tilshunoslikda   Alisher
Navoiyning   nutq   madaniyatiga   oid   qarashlarini   o‘rganish   bo‘yicha   sanoqli   ishlar
yaratilgan. Darslik va qo‘llanmalarda bu haqda yo‘l-yo‘lakay fikr bildirilgan.  
Bu   esa   mazkur   mavzuni   alohida   o‘rganish   zaruratini   keltirib   chiqarmoqda.
Shu bois Alisher Navoiyning nutq madaniyatiga oid qarashlarini pedagogik nuqtai
nazardan o‘rganish mazkur tadqiqotning dolzarbligini ko‘rsatadi.  
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil       21-oktabrdagi   PF-5850-
son «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi mavqeini tubdan oshirish chora –
tadbirlari   to‘g‘risida»gi   Farmoni,   2018-yil   5-iyundagi   PQ   3775-son   «Oliy   ta’lim
muassasalarida   ta’lim   sifatini   oshirish   va   ularning   mamlakatda   amalga
oshirilayotgan   keng   qamrovli   islohotlarda   faol   ishtirokini   ta’minlash   bo‘yicha
qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida»   2019-yil   4-oktabrdagi   PQ   4479-son
«O‘zbekiston  Respublikasining  “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul  qilinganining
o‘ttiz   yilligini   keng   nishonlash     to‘g‘risida»gi     qarorlari,   2020-yil   21-oktabrdagi
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat
tili   maqomi   berilganining   o‘ttiz   yilligiga   bag‘ishlangan   tantanali   marosimdagi
nutqi, 2020-yil 19-oktabrdagi PQ-4865 sonli   “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher
Navoiy     tavalludining   580   yilligini   keng   nishonlash   to‘g‘risida”gi   Qarori   hamda
boshqa   me’yoriy-huquqiy   hujjatlarda   belgilangan   vazifalarni   amalga   oshirishda
ushbu dissertatsiya tadqiqoti ma’lum darajada xizmat qiladi.  
                    Muammoning   o‘rganilganlik   darajasi.   Alisher   Navoiyning   nutq
madaniyati   va   nutq   odobiga   oid   fikrlari   tilshunoslikda     juda   kam   o‘rganilgan.
Tilshunoslikda     o‘zbek   tili   nutq   madaniyati   va   uslubiyatiga   oid   tadqiqotlarda,
xususan, R. Qo‘ng‘urov, E.Begmatov, Y. Tojiyevlar tomonidan yaratilgan   “Nutq
madaniyati   va   uslubiyat   asoslari”   kitobida   nutq   madaniyati   kursining   mazmun-
mohiyati,   mundarijasi,   maqsad   va   vazifalari   to‘liq   yoritib   berilgan. 2
  Keyingi
2
  Қўнғуров Р. , Бѐгматов Э., Тожи	ѐв Ё. Нутқ маданияти ва услубият асослари: – Тошк	ѐнт: Ўқитувчи, 1992. –
Б. 20-24. 
5 yillarda   tilshunoslikda   nutq   madaniyati   va   notiqlik   san’atini   o‘rganishga
bag‘ishlangan   ishlarda       o‘tmish   Sharq   notiqligini   tadqiq   etishga   qiziqish
kuchayganligi   ko‘zga   tashlanadi.   Tilshunoslikda   bu     mavzu   bo‘yicha
S.Inomxo‘jayevning  O‘tmish sharq notiqligi”, “Notiqlik san’ati asoslari”, “Badiiy
so‘z   san’ati”   kabi   asarlari   yaratilgan. 3
.   H.Jalilovning     “Notiqlik   san’ati”   kitobida
o‘tmishda   notiqlik   san’atining   rivojlanishi   to‘g‘risida   ma’lumotlar   berilgan. 4
Professorlar   B.   O‘rinboyev     va   A.Soliyevlarning     “Notiqlik   san’ati”   kitobida   esa
ajdodlarimizning   nutq   madaniyatiga   qo‘shgan   hissalari,   madaniy   nutq   oldiga
qo‘yiladigan   talablar   yoritib   berilgan. 5
  E.   Begmatov,   M.Tursunpo‘latovlarning
“O‘zbek nutqi madaniyati asoslari” 6
, T.Qudratovning “Nutq madaniyati asoslari”, 7
R.Rasulov.,   N.Husanov,   Q.Mo‘ydinovlarning   “Nutq   madaniyati   va   notiqlik
san’ati” 8
  kitoblarida   nutq   madaniyatining   ilmiy-nazariy   masalalari   to‘g‘risida   fikr
yuritilgan bo‘lsa, atoqli tilshunos N.Mahmudovning “O‘qituvchi nutqi madaniyati”
kitobida     nutq   madaniyatining   ta’lim-tarbiya,   pedagogika   bilan   bog‘liq   jihatlari
yoritib berilgan. 9
  Buxorolik olimlar  E.Qilichev  va B.Qilichevlar ham bu boradagi
kuzatishlarini   “Nutq   madaniyati   va   uslubiyati   asoslari”   kitobida
umumlashtirganlar. 10
  Mazkur   mavzu   bo‘yicha   “Notiqlik   san’ati” 11
  kitobini
yaratgan   A.Orifova   o‘z   tadqiqotlari   natijalarini   nomzodlik   dissertasiyasida   bayon
qilgan. 12
  Bundan   tashqari,   o‘zbek   tilshunosligida   yaratilgan   yuzlab   maqolalarda
Sharqda   nutq   madaniyatining     yuzaga   kelishi,   nutq   madaniyati   rivojiga   hissa
qo‘shgan   ajdodlarimiz   to‘g‘risida   ma’lumotlar   keltirilgan   bo‘lib,   ularda   Alisher
Navoiyning   so‘zga   munosabati,   notiqlik,   so‘z   odobiga   doir   qarashlari   to‘g‘risida
ham fikr yuritilgan.
3
  Иномхўжаѐв С. Ўтмиш шарқ нотиқлиги. – Тошк	ѐнт: Ўқитувчи, 1972. ; Нотиқлик санъати асослари. – 
Тошк	
ѐнт: Ўқитувчи, 1982. – 160 б.; Иномхўжа	ѐв С., Хўжа	ѐва Л. Бадиий сўз санъати. – Тошк	ѐнт: Адабиёт ва 
санъат, 1992. – 112 б.
4
 Жалилов Ҳ. Нотиқлик санъати. – Тошк	
ѐнт, 1976.
5
 Ўринбо	
ѐв Б., Соли	ѐв А. Нотиқлик санъати. – Тошк	ѐнт, 1984.
6
 Б	
ѐгматов Э.,Турсунпўлатов М. Ўзб	ѐк нутқи маданияти асослари. – Тошк	ѐнт: Ўқитувчи, 1991.
7
 Қудратов Т. Нутқ маданияти асослари. – Тошк	
ѐнт: Ўқитувчи, 1993.
8
 Расулов Р., Ҳусанов Н., Мўйдинов Қ. Нутқ маданияти ва нотиқлик санъати. – Тошк	
ѐнт, 2006.
9
 Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқи маданияти. – Тошк	
ѐнт: Ўзб	ѐкистон Миллий кутубхонаси, 2009.
10
 Қилич	
ѐв Э., Қилич	ѐв Б. Э. Нутқ маданияти ва услубияти асослари. – Бухоро, 2002.     
11
 Орифова А. Нотиқлик санъати. – Тошк	
ѐнт, 1984.
12
 Орифова А. Нотиқлик нутқининг лисоний-услубий воситалари: Филол. фанлари номзоди ... дисс. автор	
ѐф.
–  Тошк	
ѐнт, 2001.
6 Dissertatsiyaning   maqsad   va   vazifalari.   Alisher   Navoiyning   nutq
madaniyatiga   doir   fikrlarini   o‘rganish,   uning   asarlarida   nutq   madaniyatiga   oid
fikrlarning berilishi, ularning pedagogik ahamiyatini ko‘rsatib berish dissertasiyada
asosiy   maqsad   qilib   belgilangan.       Bunga   erishish   uchun   dissertasiyada   quyidagi
masalalar bo‘yicha kuzatish olib borish belgilandi: 
 - Sharq notiqlik san’ati rivojlanishi bosqichlarini o‘rganish; 
                      - Nutq madaniyati rivojiga hissa qo‘shgan ajdodlarimiz qarashlarini tahlil
etish; 
-   Alisher   Navoiyning   nutq   madaniyatiga   oid   fikrlarining   bugungi   ta’lim
tizimi uchun ahamiyatini belgilash;
           -   Alisher Navoiyning o‘zbek  uslubshunosligiga qo‘shgan ulushi to‘g‘risida
fikr yuritish;
           -  Alisher Navoiyning notiqlik san’atiga doir fikrlarini tahlil qilish;
           - Tilshunoslikda  Alisher Navoiyning nutq madaniyatiga oid qarashlari tahlil
etilgan asarlarni o‘rganib chiqish.
Tadqiqot   obyekti   va   predmeti   sifatida   Alisher   Navoiyning   1987-2003-
yillarda nashr qilingan 20 jildli Mukammal asarlar to‘plami asosiy manba sifatida
tanlandi. 
Tadqiqot   metodlari.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning     milliy-ma’naviy   qadriyatlarimiz,   o‘tmish   ma’naviy
merosimizga   oid   qarashlari   ishning   metodologik   asosini   tashkil   qiladi.
Dissertatsiyada   tarixiy-qiyosiy   metod,   semantik-stilistik   izoh   metodlaridan
foydalanildi.     Ishda,   shuningdek,   R.Qo‘ng‘urov,   E.Begmatov,   Y.Tojiyev,
S.Inomxo‘jayev, B.O‘rinboyev, A.Soliyev, E.Begmatov, N.Mahmudov, E.Qilichev
kabi   olimlarning   asarlariga   hamda   institutning   Z.Pardayev,   H.Berdiyev   kabi
tilshunos olimlarning ilmiy-nazariy fikrlariga asoslanildi.  
Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar:
1. Nutq madaniyatiga oid qarashlarning o‘tmish Sharqda o‘rganilishi
va ajdodlarimiz tomonidan talqin qilinishi. 
7 2. O‘tmishda   ajdodlarimizning   nutq   odobi   me’yorlarini   belgilashga
oid qarashlari va notiqlik san’atiga  qo‘shgan hissasi.
3. Alisher   Navoiyning   nutq   odobiga   oid   qarashlarining   pedagogik
ahamiyati.
4. Ta’lim tizimida Alisher Navoiyning nutq madaniga oid qarashlarni
o‘rganish.
Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi:
–   o‘tmish   Sharq   notiqlik   san’ati   rivojida   ajdodlarimizning   tutgan   o‘rni   va
ularning qarashlari  tahlil qilindi;
– nutq   madaniyatiga   oid   qarashlarning   o‘tmish   Sharqda   o‘rganilishi   va
ajdodlarimiz tomonidan talqin qilinishi tahlil qilindi; 
– Alisher   Navoiyning   uslubshunoslik,   so‘zdan   foydalanish,   nutq   odobi
me’yorlarini   belgilashga   oid   qarashlari   va   notiqlik   san’atiga     qo‘shgan
hissasi o‘rganildi;
– Alisher Navoiyning  nutq odobiga oid qarashlarining maktab darsliklarida
berilishi ko‘rib chiqildi; 
– Ta’lim   tizimida   Alisher   Navoiyning   nutq   madaniga   oid   qarashlarni
o‘rganishning   pedagogik   jihatdan   muhim   ahamiyatga   ega   ekanligi
asoslandi.
Mavzuning   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   Mazkur   magistrlik
dissertatsiyasining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati   shundaki,   bu   ishda   o‘zbek
tilshunosligida   Alisher   Navoiyning   nutq   madaniyati,   notiqlikka   qo‘shgan   hissasi
ilmiy, pedagogik jihatdan tahlil qilishshda ko‘rinadi. 
Dissertasiyada   qo‘lga   kiritilgan   natijalar,   to‘plangan     materiallar   Alisher
Navoiy   ijodini   o‘rganishda   ilmiy   tadqiqotchilarga     manba   sifatida   xizmat   qilishi
mumkin. 
Shuningdek,   ulardan     oliy   ta’lim   dargohlarining   filologik   yo‘nalishlarida
o‘zbek   nutq   madaniyati,   notiqlik   san’ati,   nutq   madaniyati   va     uslubiyat   asoslari
fanlaridan ma’ruza va amaliy darslarni o‘tishda, mazkur fanlar bo‘yicha darslik va
8 qo‘llanmalar   yaratishda,   turli   badiiy   kechalar   o‘tkazishda   foydalanish   maqsadga
muvofiq.   
Ishning   tuzilishi   va   tarkibi.   Ushbu   magistrlik   dissertatsiyasi   kirish,   uch
asosiy bob, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib,
87 sahifani tashkil etadi.
9 ANNOTATION
Relevance of the topic.  In the years of independence, fundamental turns took
place   in   all   spheres   of   life   of   our   people,   the   educational   system,   modern
pedagogical   technologies   entered   science   and   were   introduced   into   practice.   The
attainment of  our  country to its independence is reflected in all manifestations  of
our   life.   The   main   thing   is   that   our   national-spiritual   values   have   been   restored,
new opportunities have been created for us to explore our spiritual heritage, created
by our ancestors for centuries, on the basis of modern requirements.
Our   President   Sh.M.Mirziyoyev   said:   "Since   we   set   ourselves   the   great
goal of establishing the foundation of the third renaissance in our country, for this
we   need   to   create   environments   and   conditions   that   will   educate   the   new
Khwarazmians,   Berunians,   Ibn   Sina,   Ulugbek,   Navoi   and   Babur.   In   this,   first   of
all, the development of education and upbringing, the decision-making of a healthy
lifestyle,   the   development   of   Science   and   innovation   should   serve   as   the   main
pillars of our national idea. On the way to this goal, it is necessary to create wide
opportunities   and   provide   comprehensive   support   so   that   our   young   people   can
make great strides for themselves and achieve them – a top priority for all of  us.
Only   then   will   our   children   become   a   great   and   powerful   force   that   drives   the
centuries-old aspirations of our  people,” the program  works in our  work to study
the   heritage   of   our   ancestors,   to   instill   in   the   minds   of   our   youth   the   spirit   of
respect for this heritage, interest in our national-spiritual values in education.
It is known that a number of scientific works in different directions have been
carried out in our country to study the life and work of Alisher Navoi. As a result
of many years of research of our scientists, Navoi's works were thoroughly studied,
their scientific and critical text was created, the works of the poet were summed up
and published in the form of a collection of perfect works. To date, almost every
work   of   Alisher   Navoi   has   been   studied   as   a   research   object,   dissertations   have
been   defended,   a   number   of   monographs,   articles,   scientific   and   methodological
manuals   have   been   created.   These   works   indicate   that   significant   work   has   been
10 carried out on the study of the work of Alisher Navoi. Nevertheless, in linguistics,
a number of works have been created on the study of Alisher Navoi's views on the
culture of speech. The textbook and manual provide a round-the-clock view of this.
This makes it necessary to study this topic separately.  Therefore, the study
of   Alisher   Navoi's   views   on   speech   culture   from   a   pedagogical   point   of   view
shows the relevance of this study.
PF-5850   of   the   president   of   the   Republic   of   Uzbekistan   dated   October   21,
2019   "measures   to   radically   increase   the   status   of   the   Uzbek   language   as   a   state
language   –   decree   "on   measures",   PQ   No.   3775   of   June   5,   2018"   on   additional
measures to improve the quality of education in higher education institutions and
ensure   their   active   participation   in   the   comprehensive   reforms   carried   out   in   the
country "on October 4, 2019, PQ No. 4479 "on the comprehensive celebration of
the   thirtieth   anniversary   of   the   adoption   of   the   law"on   the   state   language"of   the
Republic   of   Uzbekistan",   The   solemn   speech   of   the   president   of   the   Republic   of
Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev on October 21, 2020, on the thirtieth anniversary
of the granting of the status of the state language to the Uzbek language, PQ-4865
on   October   19,   2020,   the   decision   “on   the   wide   celebration   of   the   580th
anniversary of the birth of the great poet and thinker Alisher Navoi”, as well as this
dissertation study will serve to a certain extent.
The   degree   of   study   of   the   problem.   Alisher   Nawai's   views   on   speech
culture   and   speech   etiquette   have   been   little   studied   in   linguistics.   In   linguistics,
the   Uzbek   language   is   used   in   studies   on   the   culture   and   style   of   speech,   in
particular,   R.   Qoğurov,   E.Begmatov,   Y.   The   book   “Fundamentals   of   speech
culture and methodology”, created by the tajievs, fully covers the content, content,
goals   and   objectives   of   the  course   of   speech   culture.  In  later   years   in   linguistics,
work devoted to the study of the culture of speech and the art of oratory shows an
increased interest in the study of the eastern oratory of the past. S. on this topic in
linguistics.Inomkhojayev's works such as the past eastern oratory, the foundations
of oratory, The Art of artistic speech were created. . H.Jalilov's book” The Art of
Public Speaking " provides information about the development of public speaking
11 in   the   past.   Professors   B.   Yushboyev   and   A.And   in   the   soliev   book”   The   Art   of
public   speaking",   the   contributions   of   our   ancestors   to   the   culture   of   speech,   the
requirements  for   cultural  speech   are  highlighted. E. Begmatov,  M."Fundamentals
of   Uzbek   speech   culture   “of   tursunpolatov,   T.“Fundamentals   of   the   culture   of
speech " by kuchatov, R.Rasulov.,  N.Husanov, Q.Mo  “while the ydinovs 'books”
speech culture and oratory art" reflect on the scientific-theoretical issues of speech
culture, the apt linguist  N.Mahmudov's Book” Culture of teacher  speech " covers
aspects   of   speech   culture   related   to   education,   pedagogy.   Bukharan   scholars
E.Sabrev   and  B.The   sabreves   also   summarized   their   observations   on  this   in  their
book   “Fundamentals   of   speech   culture   and   methodology”.   He   created   the   book
“The Art of Public Speaking” on this topic A.Orifova described the results of her
research   in   her   dissertation.   In   addition,   hundreds   of   articles   created   in   Uzbek
linguistics contain information about the emergence of speech culture in the East,
about our ancestors who contributed to the development of speech culture, and also
reflect on the attitude of Alisher Navoi to speech, oratory, speech etiquette.
Objectives and objectives of the dissertation.   The study of Alisher Navoi's
thoughts on the culture of speech, the issuance of thoughts on the culture of speech
in   his   works,   the   indication   of   their   pedagogical   significance,   was   established   as
the   main   goal   in   the   dissertation.   To   achieve   this,   the   dissertation   established
observation on the following issues:
- Study of the stages of the development of Oriental oratory;
- Analysis of the views of our ancestors who contributed to the development
of speech culture;
-   To   define   the   importance   of   Alisher   Navoi's   thoughts   on   the   culture   of
speech for today's educational system;
- Reflection on the contribution of Alisher Navoi to Uzbek stylistic studies;
- Analysis of Alisher Navoi's views on the art of public speaking;
- Study of works in linguistics, in which Alisher Navoi's views on the culture
of speech are analyzed.
12 As   an   object   and   subject   of   research ,   Alisher   Navoi's   20   -   volume
collection   of   Perfect   Works,   published   in   1987-2003,   was   chosen   as   the   main
source.
Research   techniques.   President   Of   The   Republic   Of   Uzbekistan
Sh.M.Mirziyoyev's   views   on   our   national-spiritual   values,   our   past   spiritual
heritage form the methodological basis of the work. The dissertation used methods
of   historical-comparative   method,   semantic-stylistic   explanation.   The   work   also
includes   the.Qoğurov,   E.Begmatov,   Y.Tagiyev,   S.Inomkhojayev,   B.Yakhibayev,
A.Soliyev,   E.Begmatov,   N.Mahmudov,   E.To   the   works   of   such   scientists   as
sabrev, as well as  the Institute's Z.Pardayev, H.It was  based on the scientific and
theoretical opinions of such linguistic scientists as Berdiyev.
The main circumstances under protection:
1. The study and interpretation of views on speech culture in the past East by
our ancestors.
2. The views of our ancestors in the past on the definition of norms of speech
etiquette and their contribution to the art of oratory.
3. The pedagogical significance of Alisher Navoi's views on speech etiquette.
4. In the educational system, the study of Alisher Navoi's views on the culture
of speech.
Scientific novelty level of research results:
- the role of our ancestors in the development of Oriental oratory in the past
and their views were analyzed;
-   the   study   of   views   on   the   culture   of   speech   in   the   past   East   and   its
interpretation by our ancestors was analyzed;
- Alisher Navoi's views on methodological, use of the word, setting the norms
of speech etiquette and his contribution to the art of oratory were studied;
- It was considered that Alisher Navoi's views on speech etiquette should be
given in school textbooks;
–   In the educational system, it was founded that the study of Alisher Navoi's
views on the culture of speech is of pedagogical importance.
13 Theoretical   and   practical   significance   of   the   topic.   The   theoretical   and
practical   significance   of   this   master's   thesis   is   that   the   contribution   of   Alisher
Navoi   to   speech   culture,   oratory   in   Uzbek   linguistics   in   this   work   is   visible   in
scientific, pedagogical analysis.
The results obtained in the dissertation , the collected materials can serve as
a source for scientific researchers in the study of the work of Alisher Navoi.
They are also intended to be used in philological areas  of higher education
in   the   subjects   of   Uzbek   speech   culture,   oratory,   speech   culture   and
methodological foundations, in the course of lectures and practical  classes,  in the
creation of textbooks and manuals on these subjects, in conducting various artistic
evenings.
Structure   and   composition   of   work.   This   master's   thesis   consists   of   an
introduction, three main chapters, a general conclusion and a list of used literature,
and is 87 pages long.
14 I BOB. O‘RTA ASRLAR NOTIQLIK SAN’ATI VA UNDA NAVOIYNING
O‘RNI
           1.1.Nutq madaniyatining xalqimiz ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni.     
Ma’lumki,   o‘zining   ko‘p   asrlik   tarixiga   ega   bo‘lgan   hozirgi   o‘zbek   adabiy
tili   turkiy   tillar   doirasidagi   eng   taraqqiy   etgan   tillardan   biri   hisoblanadi.
Respublikamizning   o‘z   mustaqilligini   qo‘lga   kiritishi,   mamlakatimizning
rivojlanayotgan davlat sifatida Uchinchi Renessans davriga qadam qo‘yishi, tilimiz
respublikamiz hududida Davlat tili sifatida amalda bo‘lishini ta’minlovchi bir qator
qonunlarning   e’lon   qilinishi   tilimiz   rivoji   uchun   hissa   qo‘shgan   ajdodlarimiz
merosini   o‘rganishga   keng   imkoniyatlar   ochib   berdi.   Respublikamiz   Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev   Oliy   Majlisga   Murojatnomasida   “Buyuk   mutafakkir   shoirimiz
Mir   Alisher   Navoiy   o‘z   davrida   yoshlarga   murojaat   qilib,   “Quyoshliq   istasang,
kasbi kamol et” , deb yozganlar. Chindan ham, odamlarga quyoshdek beminnat nur
taratishni, yaxshilik qilishni istaydigan inson, kamolotga intilib, turli ilm va kasb-
hunarlarni   o‘zlashtirishi   lozim.Hozirgi   davrda   xorijiy   tillarni   mukammal
o‘rganmasdan   turib,   buyuk   bobomiz   aytgan   ana   shunday   marralarga   erishib
bo‘lmaydi,   desak,   adashmagan   bo‘lamiz.” 13
  degan   fikrlarni   bildirgan   edi.
Prezidentimizning   bu   fikrlari   ajdodlarimiz     ma’naviy   merosini   o‘rganishimizda
dasturul amal hisoblanadi.
13
 https://president.uz/uz/lists/view/4057
15   Yurtimizning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi jamiyatda inson faoliyatining
barcha   sohalari   qatori   o‘zbek   tili   rivojida   ham     muhim   burilishlar   yasadi,
mavqeining   tiklanishiga,   oiladan   tortib   turli   rasmiy   doiralarda   muhim   o‘rin
egallashiga   zamin   yaratdi.     Yurtimizda     o‘zbek   tilini   rivojlantirish   masalasining
davlat   til   siyosati   darajasiga   ko‘tarilishi   tilimizning   mamlakatimiz   ichida   va
tashqarisida     qo‘llanish   imkoniyatlarini   kengaytirdi.   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev   2020-yil   23 - sentabr   kuni   Birlashgan   Millatlar
Tashkiloti   Bosh   Assambleyasining   75-sessiyasida   ilk   marotaba   o‘zbek   tilida
so‘zladi.   “ 2020-yil 23-sentabr kuni bu mas’uliyat yanada oshdi yelkamizga sharafli
bir   vazifa   yuklandi.   Shu   sanada   O‘zbekiston   tarixida,   hech   ikkilanmay   aytish
mumkinki,   mustaqillik   yillarida   erishilgan   buyuk   voqeliklardan   biri   ro‘y   berdi.
Bashariyat o‘zining ko‘p ming yillik kechmishi davomida o‘ylab topgan eng yirik,
eng   oliy   tuzilma   –   Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   yuksak   minbaridan   butun
boshli   bir   nutq   o‘zbek   tilida,   sizu   bizning   ona   tilimizda   yangradi.   Uni   tuni
kunduzday   charog‘on   katta   shaharlaru,   hali-hamon   to‘qayzoru   purviqor   tog‘larni
makon   tutgan   kichkina   qishloqlar   aholisi,   mangu   muzliklaru   poyonsiz   sahrolarda
ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar ham tingladi.” 14
            Yurtimiz rahbarining  yuksak minbarlarda o‘z ona tilida so‘zlashi tilimizga
bo‘lgan   hurmat,   ehtirom     ramzi   sifatida   butun   dunyo   hamjamiyati   vakillari
tomonidan   e’tirof   etildi.   O‘tgan   davr   mobaynida   mamlakatimizda   ish   yuritishda,
davlat   tashkilotlari   hujjatlarini   rasmiylashtirishda,   madaniy   va   ma’naviy   tadbirlar
o‘tkazishda,   ta’lim   tizimining   turli   bosqichlarida   barcha   ishlar   davlat   tilida   olib
boriladigan   bo‘ldi.     Endilikda   mamlakatimizdan   tashqarida   ham   turli   rasmiy
aloqalarda   o‘zbek   tilining   Davlat   tili   sifatida   qo‘llanishi   qonuniy   tarzda   belgilab
qo‘yildi.   Mamlakatimizda   o‘zbek   tilining   qo‘llanish   imkoniyatlarini   yanada
kengaytirish,     barcha   muassasa   va   tashkilotlar,   maktabdan   tortib   oliy   o‘quv
yurtlarigacha   o‘zbek   tilining   rolini   kuchaytirishga   ahamiyat   berish,   o‘zbek   tilida
ish yuritishga  qay darajada amal qilinayotganligi nazoratga olindi. Bugungi kunda
butun   dunyoda   O‘zbekistonga,   o‘zbek   tilini   o‘rganishga   qiziqish   kuchaydi.
14
 https://uza.uz/uz/posts/prezident-shavkat-mirziyeevning-bmt-75-sessiyasida-s-zlagan--29-09-2020
16 Dunyoning   ko‘plab   tadbirlari,   ilmiy-nazariy   anjumanlari   yurtimizda
o‘tkazilmoqda.   Ko‘plab   mamlakatlarda     oliy   ta’lim   dargohlarida   o‘zek   tili
o‘qitilmoqda.   Bu   esa   o‘zbek   tilining   ta’lim   tizimidagi   rolini   yanada   kuchaytirish,
chet   elliklarga   o‘zbek   tili,   o‘zbek   nutqi   madaniyatini   o‘rgatish   chora-tadbirlarini
ko‘rish,     tilimizning   qo‘llanishini,   mavqeini       jahon   tillari   darajasiga   ko‘tarishni
taqozo   qilmoqda.   Ana   shu   jihatdan   olib   qaraganda,   o‘zbek   nutq   madaniyati
muammolarini   o‘rganish   va   ularning   ilmiy   yechimini   topish,   hal   qilish,   bugungi
kunda   tilshunosligimiz   oldidagi   eng   dolzarb   masalalardan   biri   bo‘lib   turibdi.
Shuning uchun nutq madaniyati bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratish,
uni  rivojlantirish bilan bog‘liq ishlar bu boradagi muammolar yechimini topishga,
tilimiz rolini yanada oshirishga yo‘naltirilgan.
Keyingi   yillarda   o‘zbek   tilini   har   tomonlama   puxta   o‘rganish,   uning
fonetik,   leksik,   grammatik   qurilishini,   fanning   boshqa   turlari   bilan   bog‘liq
jihatlarini   chuqur   tadqiq   etish   bo‘yicha   darsliklar,   qo‘llanmalar   va   yuzlab
maqolalar yaratildi. Xuddi shuningdek, nutq madaniyatini o‘rganish bo‘yicha ham
ancha ishlar amalga oshirildi. Ta’lim dargohlarida nutqni o‘stirish, notiqlik san’ati
va     nutq   madaniyati   masalalari   bilan   shug‘ullanuvchi   alohida   bo‘limlarning
ochilishi, nutq madaniyatiga oid masalalarning  oliy o‘quv yurtlarida maxsus  kurs
sifatida   o‘qitilishi,   matbuot,   radio   va   televideniye   orqali   tushuntirish   ishlarining
olib borilishi, xalq orasida turli  xil  davra suhbatlarining o‘tkazilishi  hamda ilmiy,
ilmiy-ommabop   xarakterdagi   har   xil   darslik   va   o‘quv   qo‘llanmalari,   maqolalar
to‘plamlarining nashr etilishi ana shular jumlasidandir. 
“Albatta,   til   birliklari   shakl   va   ma’no   yaxlitligidan   iborat.   Ammo   til
madaniyati   ana   shu   ma’noning   ijtimoiy   voqelanishi   bilan   belgilanadi”,   –   deb
yozadi L.Raupova. – Buni yaqqol tasa vv ur qilish uchun til va nutqni farqlash lozim
ma’lum bir millatning eng muhim o‘zaro aloqa-aralashuv vositasi  til  deyiladi.
Uning   ming-ming   yillar   davomida   shakllangan   qonun-qoidalari   shu
tilda   so‘zlashuvchi   barcha   kishilar   uchun   majburiy.   Barchamizda   uzoq
zamonlar   osha   yig‘ilgan   boylik   –   til   imkoniyatidan   foydalanish   ehtiyojimiz   bor.
17 Tilimiz   fikr   almashish   ehtiyojlarimizni   to lʻ a  qondira   olish   darajasida   har   jihatdan
mukammallik kasb etgan. Ana shu   mukammallik  til madaniyati  deyiladi. 15
Bugungi   kunda   nutq   madaniyatining   eng   katta   yutuqlaridan   biri   o‘zbek   tili
me’yorlarining puxtalanganligidir.
Tilimizning   tobora   boyib   taraqqiy   etishida   millatimiz   orasidan   yetishib
chiqqan   ijodkorlar,   so‘z   san’atkorlari,   tilshunos   va   adabiyotshunos   olimlar,
yozuvchi   va   shoirlar,   ommaviy   axborot   vositalari   xodimlarining   xizmatlari   juda
salmoqlidir.Televideniyada nutq madaniyatini rivojlantirishga oid ko‘rsatuvlarning
berilishi soha rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Tilimizda   me’yorlashish   masalasining   ma’lum   bir   echimga   kelganligi,
og‘zaki   va   yozma   nutqda   amal   qilinishi   lozim   bo‘lgan   me’yorlarning   ishlab
chiqarilganligi,  shu  asosda   tilimiz  rivojidagi   ma’lum   bir   muammolarning  bartaraf
etilishi   shubhasiz,   ana   shu   kishilarnig   xizmatlari   bilan   bog‘liq.   Yuqorida   bayon
qilingan   fikrlardan   o‘zbek   tilshunosligida   nutq   madaniyati   sohasida   barcha
muammolar hal etilgan, degan xulosaga kelish xato bo‘ladi.
Biz   o‘ z   mustaqilligimizga   erishmasdan   oldi n gi   davrdagi   holat   bilan
tilimizning   bugungi   kundagi   ahvolini   taqqoslasak,   bu   narsa   aniq   seziladi.   O‘tgan
yillar mobaynida rus tilining kuchli ta’siri oqibatida o‘zbek tili tashqi ko‘rinishdan
turli   xil   kerak-nokerak   so‘zlar   bilan   ancha   boyigan   bo‘lsa-da,   o‘z
imkoniyatlarining cheklab qo‘yilishi hisobiga ma’lum darajada qashshoqlanib ham
qoldi. Hatto “yuqori sinf o‘quvchilari va oliy o‘quv yurti talabalaridan tortib, ilmiy
darajali va unvonli kishilarning nutqlari ham ta’sirsiz, g‘aliz bo‘lib qoldi. Ularning
nutqida izchil l ik  y etishmaydi, xorijiy so‘zlar noo‘rin ishlatiladi. “ 16
Ko‘rinadiki,   rus   tili   bizning   hayotimizga   shu   darajada   singib   ketgan   edi ki,
hatto   bugungi   kunda   o‘z   millatimiz   vakillariga   ham   o‘zbek   tilini   o‘rgatishni
vaziyat taqozo qilmoqda. Muomala jarayonidagi mavjud nutqiy kamchiliklar nutq
madaniyatiga umummilliy muammo sifatida jiddiy munosabatda bo‘lish zaruratini
keltirib   chiqardi.   Insonlar   kundalik   nutqiy   munosabatlarida   til   birliklarning
15
  Raupova L . Nutq madaniyati /darslik/Toshkent: “INNOVATSIYA-ZIYO”, 2019 . В.7.
16
 Ўзб	
ѐк нутқ маданиятининг  долзарб муаммолари.-Tошк	ѐнт, 1990,  -Б.36.
18 noto‘g‘ri   tanlanishi,   varvarizmlar,   vul’garizmlarga   keng   o‘rin   berilishi   nutqning
ta’sirsiz,   g‘aliz   bo‘lishiga   olib   keladi.   Bu   holat   nafaqat   so‘zlashuv   nutqida,   balki
keyingi   yillarda   yaratilgan   bir   qator   asarlarda   ham   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.   Bu
kabi   nutqiy   kamchiliklar   mavjud   ekan,   nutqimiz   madaniyatiga   salbiy   ta’sir
ko‘rsatuvchi   muammo   sifatida   kun   tartibidagi   eng   muhim   vazifalaridan   bo‘lib
qolaveradi.
Til   birliklarining   nutqiy   vaziyat   uchun   eng   kerakli,   zarurini   tanlay   bilish,
nutqning   ifodali,   ta’sirchan   obrazli,   qisqa,   aniq,   lo‘nda,   tushunarli   bo‘lishi,   unda
fikr   takrori,   ortiqchalikning   bo‘lmasligi,   tinglovchi   yoki   o‘quvchida
ifodalanayotgan   fikrga   nisbatan   ma’lum   bir   his-tuyg‘ularning   uyg‘onishi   -
bularning hammasi  nutq madaniyati tushunchasida mujassamlashgan.
Demak,   nutq   tuzishda   tilda   mavjud   bo‘lgan   birliklarni   tanlab   olib,   qo‘llash
usullarini   hamda   adabiy   til   me’yorlarini,   shuningdek,   ularning   nutq   jarayonida
amal qilish sirlarini tahlil etish “o‘zbek nutqi madaniyati” sohasining tadqiq etish
maydoni va vazifasi hisoblanadi.
Me’yor   –“nutq   madaniyati”   sohasining   asosi   hisoblanadi.   O‘zbek   tilshunos
olimlari  E .Begmatov va M.Tursunpo‘latovlarning ko‘rsatishicha, “nutq madaniyati
sohasining   o‘zbek   adabiy   tili   normalarining   o‘rganish   doirasi   quyidagilarni   o‘z
ichiga oladi:
a)   o‘zbek adabiy tilining normativ lisoniy imkoniyatlari tadqiq qilinadi,
uning umumiy holati belgilanadi (til madaniyati);
b)       o‘zbek   adabiy   tilining   normativ   lisoniy   vositalari   nutq   madaniyati
nuqtai nazaridan baholanadi, uning adabiy –badiiylik xususiyatiga ega deb atalishi
mumkin bo‘lgan vositalari aniqlanadi (til madaniyati);
d)       nutq madaniyati  sohasi  o‘zbek adabiy tiliga faol  aralashar  ekan, undagi  jonli
nutq uchun foydali, nafli tavsiyalarni ajratib oladi (til madaniyati);
ye)   o‘zbek   adabiy   tilining   normativ   lisoniy   vositalari   o‘z   vazifasini   qay   darajada
o‘tashi jonli nutqiy jarayonda kuzatiladi ( so‘zlash madaniyati);
19 f)           o‘zbek   tili   normat i v   tizimining   joriy   sistemasi   (til   madaniyati   va   so‘zlash
madaniyati holati)  belgilanadi, tegishli ilmiy xulosalar chiqariladi. Til normasi  va
nutq madaniyati uchun yangi tavsiyalar beriladi.“ 17
Ko‘rinadiki ,   tilda me’yoriy mukammalikka erishish,   shu mavzular doirasida
qaraluvchi o‘qituvchi   nutq i   madaniyatini har tomonlama taraqqiy ettirish, og‘zaki
va   yozma   nutqda   uchraydigan   har   xil   nuqson   va   kamchiliklarni   bartaraf   etish
amalda   bo‘lgan   milliy   adabiy   tilning   boshqa   tillar   orasidagi   mavqeini   belgilab
beruvchi   ijtimoiy   va   siyosiy   masala   sifatida   davlat   ahamiyatiga   egadir.     Nutq
madaniyati   uzluksiz     rivojlanishda.   Tilimiz   asrlar   davomida   boshqa   tillar   bilan
aloqada   bo‘ldi,   ulardan   so‘zlar   qabul   qildi,   lug‘at   tarkibini   boyitdi.   Jamiyat
taraqqiyoti  bilan bab-baravar aholi soni, binobarin, ularning tilga bo‘lgan ehtiyoji
ham  o‘sib  boraveradi. Bu  ehtiyojlarni  qondirish zarurati  esa  o‘z navbatida  tilning
ijtimoiy hodisa sifatidagi tabiatini, mohiyatini, vazifasini o‘rganishni taqozo qiladi,
nutq   jarayonidagi   iste’molda   bo‘lish   xususiyatlarini   kuzatishni   keltirib   chiqaradi.
Agar   mana   shu   aytilganlarni   boshqacharoq   tarzda   izohlash   mumkin   bo‘lsa,   til   va
nutq   me’yorini   o‘rganish,   tahlil   qilish   kuzatuvchilarning   asosiy   muddaosiga
aylanib qoladi. 18
Nutq   madaniyatida   xalq   madaniyati,   axloqi,   dunyoqarashi   aks   etadi.   Bu
soha   til taraqqiyotiga bog‘liq holat muntazam ravishda o‘zgarib turadi, rivojlanib
boradi.   Shuning   uchun   unga     doimiy   rivojlanishda   bo‘lgan   mukammalashib
boruvchi   jarayon   sifatida   munosabatda   bo‘lish   lozim.   Inson   ma’naviyati   bilan
bog‘liq bu jarayonga har bir joyda alohida jiddiy e’tibor berilganligi jahon xalqlari
tarixidan   ma’lum.   Bugungi   kunga   kelib,   fanning   bu   sohasi   paydo   bo‘lishi   va
shakllanishiga   ko‘ra,     olis   davrlarga   borib   taqaladi.     Nutq   madaniyati   va   notiqlik
qadimda     Rim   va   Afinada   tarixning     ma’lum   asrlarida   rivojlandi,   undan   ham
oldinroq   qadimgi   Misr,   Assuriya,   Vavilon   va   Hindistonda   taraqqiy   qilganligi
ma’lum.     Xorijda   nutq   madaniyati   tarixi   Antifont,   Andokid,   Lisiy,   Isokrat,   Isey,
Demosfen, Esxil, Sitseron kabi olimlar nomi bilan bog‘liq bo‘lsa,  Sharq, Markaziy
17
  Бѐгматов Э., Турсунпўлатов М.Ўзб	ѐк нутқи маданияти асослари. Тошк	ѐнт: Ўқитувчи, 1991. Б.12. 
18
 Каримов С.А. Тил таълимй ва м	
ѐъёр. Ўқув қўлланма. - Тошк	ѐнт : Абдулла Қодирий номидаги халқ м	ѐроси
нашриё- ти.2002.Б.10.
20 Osiyoda etishib chiqqan Mahmud Koshg‘ariy, Ahmad Yugnakiy, Xorazmiy, Yusuf
Xos   Hojib,   Alisher   Navoiy   kabi   allomalar   asarlari   ,   ularning   nutq   madaniyati   va
notiqlikka oid qarashlari davrla r  osha o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda.  
Tarixda “so‘z odobi”, “nutq odobi”, “til madaniyati” va keyinchalik “nutq
madaniyati”   deb     yuritilgan   soha   bugungi   kunda   bizning   mamlakatimizda
taraqqiyotning   yangi   pog‘onasiga   ko‘tarildi.   Bu   davrda   nutq   madaniyati
masalalarini   tadqiq   etishga   bag‘ishlangan   qo‘llanmalar,   yuzlab   ilmiy   maqolalar
to‘plamlari,   ilmiy-   ommabop   xarakterdagi   maqolalar   yaratildi.   Bu   davrda   o‘zbek
tilining   uslubiy   jihatlari   keng   tadqiq   etildi.   E.Begmatov,   A.Shomaqsudov,
R.Qo‘ng‘urov,   X.Doniyorov,   I.Mirzayev,   S.Karimov,   B.Yo‘ldoshev   kabi   olimlar
nutq   madaniyatini   rivojlantirishning   nazariy   asoslarini   ishlab   chiqqan   bo‘lsalar,
H.Berdiyev,   Z.Pardayev,   O.Anorqulova   kabi   olimlar   ta’lim   jarayonida   buni
talabalarga o‘rgatmoqdalar.
Lug‘atlarda   qayd   qilinishicha,   nutq   madaniyati ,   nutq   odobi   –   1)   og‘zaki   va
yozma   adabiy   til   me’yorlari   (talaffuz,   urg‘u,   so‘z   qo‘llash,   grammatika,
uslubshunoslik   qoidalari)ni   egallash,   shuningdek,   turli   aloqa-aralashuv
sharoitlarida   tilning   tasviriy   vositalaridan   nutqning   maqsad   va   mazmuniga   mos
ravishda foydalanish mahorati;
2)   tilshunoslikning   tilni   madaniyat   quroli   sifatida   mukammallashtirish
maqsadida  me’yorlashtirish (tartibga  solish)   muammo larini  o‘rganuvchi  bo‘limi.    
G arbʻ   tilshunosligida umumiy ma’noda « til   madaniyati» termini ham qo‘llanadi. 1-
ma’nodagi   «Nutq   madaniyati»   tushunchasi   adabiy   tilni   o‘zlashtirishdagi   ikki
bosqichni   qamrab   oladi:   a)   nutqning   to‘g‘riligi   va   b oshqalar.     b)nutqiy   mahorat.
Nutqning to‘g‘riligi muayyan tilda so‘zlovchilar va yozuvchilar tomonidan «ideal»
yoki   umum   tomonidan   qabul   qilingan   va   an’anaviy   saqlanib   kelayotgan
odatlar,   ibrat   va   namunalar   tarzida   idrok   etiladigan   adabiy   me’yorlar-
ga   amal   qilishdir.   Nutqiy   mahorat   esa   nafaqat   adabiy   me’yorlarga   amal   qilish,
balki   o‘zaro   mavjud   bo‘lgan   variantlardan   mazmunan   eng   to‘g‘ri,   eng
aniq,   uslub   va   vaziyat   nuqtai   nazaridan   eng   maqbuli   va   ifodalisini   tanlab   olish
mahoratidir   (Mas,   aka–   oka   –ako;   kelyapti   –   kevotti   –   kelopti   variantlaridan
21 birining   adabiy   me’yor   sifatida   tanlanishi).   Yuksak   nutq   madaniyati   kishining
umumiy   yuksak   madaniyatini,   fikrlash   madaniyatini,   tilga   nisbatan   ongli   mehr-
muhabbatini   namoyon   qiladi. 19
Nutq   madaniyatining     boshqa   fanlar   bilan   qay   darajada   aloqadorlikda
ekanligini   aniqlamay,   ular   orasida   tutgan   o‘rnini   belgilamay   turib,   bu   sohaning
rivoji,   uning   o‘ziga   xos   qonuniyatlari   to‘g‘risida   so‘zlab   bo‘lmaydi.   Inson
nutqining   mukammal   bo‘lishi   uning   qanday   jamiyatda   yashayotganligi,   borliq,
yon-atrofdagi   kishilar   bilan   munosabati,   ishlab   chiqarish   tizimida   tutgan   o‘rni,
jamiyat boyligidan oladigan ulushi, sog‘lig‘i kabi bir qator jihatlar bilan bog‘liqdir.
Demak,   til   inson   faoliyatining   hamma   sohasi   bilan   aloqador   ekan.   Insoniy
munosabatlarning   orasida   til   orqali   amalga   oshadigan   aloqa   eng   muhimligi   unga
alohida diqqat bilan qarash zaruratini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham nutq
madaniyati   insoniyat   tarixining   deyarli   hamma   davrlarida   o‘ta   dolzarb
masalalaridan biri hisoblanib keldi. 
Tilshunoslikda   yaratilgan   nutq   madaniyati   masalalari   to‘g‘risida   bahs
yurituvchi   bir   qator   darslik   va   o‘quv   qo‘llanmalarida   ushbu   soha   muammolari
alohida   kurs   sifatida   o‘qitilishi   kerakligi   qayd   etiladi.   Ularda   bu   yo‘nalishda
hozirga qadar ko‘plab ishlar amalga oshirilgan bo‘lishiga qaramay, o‘qitilayotgan
kursning   aniq   mazmuni   va   maqsadini   o‘zida   to‘liq   aks   ettiruvchi   mukammal
darslik   yoki   o‘quv   qo‘llanmalari   yo‘qligi   achinish   bilan   e’tirof   etiladi.   Bu   holat
nafaqat o‘zbek  tilshunosligida, balki turkiyshunoslikda va rus tilshunosligida ham
ko‘zga tashlanadi. 
  O‘zbek tilshunos olimlari R.Qo‘ng‘urov, E.Begmatov va Y.Tojiyevlar nutq
madaniyati   deb   yuritilayotgan   hodisaning   tilning   o‘ziga   xos   jihatlari   bilan
aloqadorligidan   kelib   chiqib,  uni   til   hodisasining   nomi,  aniq   nutqiy  ko‘rinishning
nomi,   madaniy   nutq   haqida   kishilar   ongidagi   aniq   me’yoriy   tasavvurlar   nomi,
tilshunoslikning   o‘rganish   ob’yekti,   ilmiy   muammoning   nomi,   nutq   madaniyati
muammosi   bilan   shug‘ullanadigan   tilshunoslik   sohasining   nomi   sifatida   talqin
19
 https://qomus.info/encyclopedia/cat-n/nutq-madaniyati-uz/
22 qiladilar. 20
  Tilshunoslikda nutq madaniyati tushunchasining aniq mohiyatini ochib
beradigan   puxta   ta’rif     bo‘lmaganligi   tufayli   turli   xil   qarashlarni   uchratamiz.
Tilshunos   olim   U.Nosirovning   ko‘rsatishicha ,   olimlar   nutq   madaniyatini   bir   tilda
to‘g‘ri   so‘zlash   va   yozish,   fikrni   aniq   va   tushunarli   ifodalash,   tasviriy   va   obrazli
vositalardan unumli, o‘z   o‘rnida foydalana bilish, nutqning qisqaligi, ixchamligi,
aniqligi,   milliyligi,   nutqning   sodda   va   barcha   uchun   tushun a rli   bo‘lishi   sifatida
tushuntiradilar. 21
  Tilshunos   T.Qudratov  esa   quyidagi   ta’rifni   beradi:   Tor   ma’noda
nutq   madaniyati   –   til   normalarini   egallamoq,   ya’ni   talaffuz,   urg‘u,   so‘z   ishlatish,
gap tuzish qonunlarini yaxshi bilmoq, shuningdek, tilning tasviriy vositalaridan har
xil   sharoitlarga   mos   va   maqsadga   muvofiq   foydalana   olish,   ifodali   o‘qish
madaniyatini   egallash   demakdir.   Nutq   madaniyati   –   tilning   tuganmas   boyligini
egallashdir.   Nutq   madaniyatini   egallash   orqali   kishi   yetuklik   sari   bir   qadam
tashlagan   bo‘ladi.   Insoniyat   umummadaniyatining   katta   tarkibiy   qismini   nutq
madan i yati tashkil etadi. 22
    Yuqorida   qayd   etib   o‘tilgan   ta’riflarning   barchasi   nutq   madaniyati   uchun
xos. Lekin shu o‘rinda  shuni  qayd etish  kerakki,  olimlar  nutq madaniyatiga ta’rif
berishda  nutqning u yoki bu xususiyatiga   asoslanib,  bir yoqlama fikr yuritadilar.
Shuning   uchun   tilshunoslik   hozirga   qadar   nutq   madaniyati   tushunchasining
mohiyati, ta’rifi, tadqiqot ob’yekti masalasi o‘z  ye chimini topgan emas.
O‘ zbek   tilshunosligida   E.Begmatov   va   boshqalar   tomonidan   yaratilgan
“ O‘ zbek nutqi madaniyati ocherklari” qo‘llanmasi da  o‘zbek tilshunosligining nutq
madaniyati   sohasi   oldida   turgan   muammo   va   vazifalar   birmuncha   batafsil   bayon
etilgan. Bu qo‘llanmada ko‘tarilgan muammolarga kengroq to‘xtalamiz.
      Bu   asarda   olimlar   nutq   madaniyatining   umumnazariy   muammolariga
quyidagilarni kiritadilar:
       - nutq madaniyati hodisasi haqidagi ilmiy tushunchani aniqlashtirish ;
20
 Қўнғуров Р.,Бѐгматов Э.,Тожи	ѐв Ё.Нутқ маданияти ва услубият асослари.–Тошк	ѐнт:Ўқитувчи,1992.-Б.20.
21
 Носиров У.  Нутқ маданияти ва давр.Нутқ маданиятига оид масалалар.  – Тошк	
ѐнт:Фан, 1973,  - Б.119-120.
22
  Қудратов Т. Нутқ маданияти асослари.  – Тошк	
ѐнт:”Ўқитувчи”, 1993. - Б.3.
23             - Nutq madaniyati  va til madaniyati  tushunchalarini aniqlash va ular orasidagi
farqlarni belgilash. Nutq madaniyatiga ilmiy tushuncha va ilmiy soha sifatida ta’rif
berish;
-nutq   madaniyati   ob’yektini   belgilash,   unga   aniqliklar   kiritish,   uni
tilshunoslikning boshqa sohalari  ob’yektidan chegaralash;
- nutq   madaniyati   va   notiqlik,   notiqlik   san’ati   orasidagi   umumiy   va   farqli
tomonlarni   aniqlash.   Notiqlik   san’atida   nutqiy   madaniyatning   o‘rni     va   rolini
belgilash;
- nutq madaniyatining lingvistik va ekstralingvistik problemalarini belgilash va
ularni   o‘zaro   chegaralash,   nolingvistik   mezonlarga   munosabatini,   ularni   o‘rganish
lozimligini, buning me’yorini aniqlash;
- “nutq   madaniyati”,   “madaniy   nutq”   tushunchalarini   tadqiq   etish.   Madaniy
deyish   mumkin   bo‘lgan   nutqning   asosiy   lingvistik   belgilari,   mezonlarini   aniqlash.
Madaniy nutq uchun etalon bo‘la oluvchi namunani axtarish;
- nutq   madaniyatini   tadqiq   qilishning   nazariy   va   amaliy   aspektlarini   aniqlash,
bu aspektlarda o‘rganiluvchi lingvistik hodisalarni belgilash;
- adabiy tilning umumrivojlanish qonunlarini yuzasidan kuzatishlar olib borish;
- til   madaniyati   bilan  nutq  so‘zlash  madaniyati   o‘rtasidagi  munosabatni   tadqiq
qilish;
- nutqning uslubiy va situativ turlarini, tiplarini tadqiq qilish va belgilash;
- adabiy tilni normativ planda tadqiq qilish;
- adabiy til  normalaridagi turg‘un va noturg‘un hodisalarni o‘rganish;
- nutq madaniyatining o‘tmish an’analarini o‘rganish;
- imlo   lug‘atlarinining   tuzilishining   ilmiy   prin s iplarini   tadqiq   qilish   va
belgilash;
- alfavitni takomillashtirish;
- punktuatsiyaning   yozma   nutq   uslublaridagi   situativ   vazifalarini   tadqiq
qilish,ularning semantik –uslubiy qimmatini o‘rganish; 
- nutq   madaniyati   sohasida   ishlatiluvchi   ilmiy   atamalarni   tartibga   solish   va
ulardan izchil foydalanishni nazorat qilish;
24 - yozma nutq madaniyati muammolari;
- yozma nutqning mohiyatini ochish;
- yozma nuqt uslublarini tadqiq qilish;
- madaniy   yozma   nutq   namunasini   belgilash,   uning   adabiy   –normativ
talablarini, shartlarini o‘rganish va ilmiy umumlashtirish;
- yozma nutqni namunaviy, madaniy nutq deb atashning universal kriteriylari,
shart va talablarini axtarish hamda ilmiy asoslash;
- imlo qoidalarini takomillashtirish, undagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf
qilish. Imlo qoidalarini yaratishning ilmiy asoslari va metodlarini ishlash;
- imloning   so‘z,   qo‘shma   so‘z,   murakkab   so‘z,   birikmali   termin,   murakkab
termin,   so‘z   birikmasi   singari   tushunchalar   bilan   bog‘liq   o‘rinlarini   chuqurroq   va
ilmiy   asoslarda   ishlash,   ayniqsa,   qo‘shma   so‘zlar   imlosidagi   nuqsonlarni   bartaraf
etish yo‘llarini axtarish .
Og‘zaki nutq madaniyati muammolari:
- og‘zaki   nutqning   mohiyatini   o‘rganish.   Bu   nutq   tipning   o‘ziga   xos
xususiyatini,  adabiy normativ va nonormativ tomonlarini aniqlash;
- neytral adabiy og‘zaki nutqning mezon va ilmiy o‘lchovlarini belgilash;
- og‘zaki   adabiy   nutq   uslublarini,   og‘zaki   nutqning   uslubiy,   situativ
ko‘rinishlarini o‘rganish va ularning muh i m tiplarini belgilash; 
- madaniy,   ya’ni   namunaviy   og‘zaki   nutq   ko‘rinishini   axtarish   va   uning
muhim   universal   lingvistik   va   ekstralingvistik   mezonlarini,   o‘lchovlarini   belgilab
chiqish;
- og‘zaki   nutq   (og‘zaki   nutq,   adabiy   og‘zaki   nutq,   jonli   nutq   va   b.)   bilan
so‘zlashuv nutqi tushunchalari orasidagi farqlarni tadqiq qilish;
- orfo ye pik   qoidalarni   yaratish   va   bu   qoidalarning   ilmiy   prin s iplarini   tadqiq
qilish va asoslash;
- adabiy   tilning   “fonetik   normasi”   va   adabiy   tilning   “talaffuz   normasi”
tushunchalari orasidagi munosabatni, mushtarak va farqli tomonlarni o‘rganish;
- og‘zaki   nutqning   talaffuz   normalarini   eksperimental   usulda   o‘rganishni
yo‘lga qo‘yish ;
25 - adabiy og‘zaki  nutqning radio nutqi, televideniye  nutqi, lektor  nutqi, sahna
nutqi   singari   ko‘rinishlarini   tadqiq   qilish   va   ularning   normativ   xususiyatlarini
belgilash .        
   Nutq madaniyatining ilmiy-amaliy muammolari:
- nutq madanyati hodisasi, uning mohiyati va xususiyatlarini kishilarga ilmiy-
ommabop   uslubda   tushuntirib   berishga   xizmat   qiluvchi   maqolalar,   broshyuralar
yozish; 
- tilshunoslikning   nutq   madanyati   sohasini   maxsus   kurs   yoki   fakultativ
mashg‘ulotlar tarzida o‘qitish ishini yo‘lga qo‘yish va bu jarayonni takomillashtirib
borish;
- “ O‘ zbek   nutqi   madaniyati”   kursi   bo‘yicha   o‘quv   programmasini   tuzish   va
ushbu   asosda   “Nutq   madaniyati”   sohasiga   doir   o‘quv   qo‘llanmalar,   darsliklar
yaratish;
- adabiy   tilni   egallashga,   madaniy   nutq   malakasini   hosil   qilish     va   nutq
texnikasini   takomillashtirishga   xizmat   qiluvchi   maxsus   mashq   kitoblari,
qo‘llanmalar tuzish;
- nutq   madaniyati   va   adabiy   til   me’yorlarini   egallash   va   bunga   doir   shaxsiy
malakalarni takomillashtirishga xizmat qiluvchi lug‘atlar yarat ish ;
- nutq madaniyatiga doir nazariy va normativ tavsiyalarning nutq amal i yotida,
o‘qish-o‘qitish   jarayonida   qanchalik   singayotganligini   kuzatish   va   shu   asosda
nuqsonlarni tugatib borish;
- nutq madaniyati talablari va notiqlik sirlarini targ‘ib qilish;
- matbuot tili, radio va televideniye nutqi yuzasidan kuzatishlar olib borish;
- nutq   madaniyati   mavzuida   ilmiy   konferen s iyalar,   kengashlar,   suhbatlar,
munozaralar, ilmiy konsultatsiyalar uyushtirish va boshqalar. 23
Tilshunoslikda   tilimizni   taraqqiy   ettirish   borasida   ko‘plab   tadqiqotlar   amalga
oshirilayotgan   bo‘lsa-da,     nutq   madaniyati   sohasini   rivojlantirish   bo‘yicha
tilshunosligimiz oldida hali  amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar  ko‘lami kengligi
ma’lum bo‘ladi.
23
  Бѐгматов Э.,Бобо	ѐва А., Ассомиддинова М., Умурқулов Б. Ўзб	ѐк нутқи маданияти оч	ѐрклари. Тошк	ѐнт:Фан, 1988.Б.  
68-72 .
26 Shuni   ham   ta’kidlash   joizki,   tilshunoslikda   nutq   madaniyatiga   bag‘ishlab
yaratilgan   ishlarda   til   madaniyati     va   nutq   madaniyati   atamalari   deyarli
farqlanmaydi.  
Til   madaniyati   tushunchasi   nutq   madaniyati   sohasida   ma’lum   bir   xalqning
amalda   bo‘lgan,   ko‘pchilik   tamonidan   tan   olingan   adabiy   tilini   nazarda   tutadi.
Bunda til madaniyati shu tilning madaniylik uchun kurashi, taraqqiyot bosqichlari,
shuningdek,   o‘rganilayotgan   ma’lum   bir   davrdagi   kamolot   pog‘onasini   ham
ko‘rsatadi. Nutq madaniyati sohasida esa ko‘pchilik olimlar tomonidan tan olingan
uch hodisa, ya’ni tildagi mavjud vositalarning madaniylik darajasi – til madaniyati,
ikkinchidan, shu til birliklaridan adabiy til me’yorlariga mos holda nutq jarayonida
qo‘llash – so‘zlash madaniyati, uchinchidan esa, mazkur hodisalarni tadqiq etuvchi
tilshunoslikning   maxsus   bo‘limi   nomi   farqlanishi   lozim.   Demak,   nutq   tilining
amalda bo‘lish shakli ekan, til madan i yati va nutq madaniyati o‘zaro aloqador, biri
ikkinchisini   inkor   qilmaydigan,   birgalikda   rivojlanadigan   sohalar   hisoblanadi.   Til
madaniyati,   eng   avvalo,   ilmiy   xulosalar   va   ijtimoiy   amaliyot   natijalari   asosida
o‘rnatilgan,   lisoniy   fikrlashning   aniqligini   ta’minlaydigan   til   normalari,   uning
lug‘at boyligi, frazeologik zahirasidir.
Til   madaniyati   hodisasini   uning   taraqqiyoti   nuqtai   nazaridan   o‘rganish
uchun quyidagi tadqiq yo‘nalishlariga murojaat qilish lozim:
1)   orfografiya   (zamonaviy   tizimni   arxaik   xususiyatlardan   tozalash
maqsadida orfografiyani ilmiy asoslarda isloh qilish borasidagi tadqiqotlar);
2)   nutqning   tovush   (ohang)   tomonini   o‘rganishga   oid   tadqiqotlar   (bu
tadqiqotlar   faqat  orfoepiyagagina  doir  emas,   balki  talaffuzning  muloqotni  amalga
oshirishdagi vazifasini ham qamrab oladi);
3)   morfologiya.   Til   madaniyati   muammosi   grammatikaga   ham   daxldordir,
biroq   grammatik   tizimda   til   madaniyati   boshqacha   yo‘nalish   oladi.   Zero,   til
madaniyati nazariyasi mustaqil ravishda morfologik norma yaratishga qodir emas.
Norma   til   tizimining   o‘zida   vujudga   keladi,   til   madaniyatining   unga   ta’siri
bilvositadir;
27 4)   sintaksis.   bu   sohani   til   madaniyati   doirasida   o‘rganishda   og‘zaki   va
yozma nutq sintaksisi o‘rtasidagi farqlarga alohida e’tibor berish talab qilinadi;
5)   til madaniyatini stilistik farqlar nuqtai nazaridan o‘rganish;
6)   til   madaniyatini   semantik   nuqtai   nazardan   o‘rganish   lug‘at   tarkibini
me’yorlashtirish   va   atamalar   tizimini   taraqqiy   ettirish   imkoniyatlarini   aniqlash
bilan bog‘liq. 24
Xuddi shuningdek fikrlarni “nutq odobi”, “so‘z odobi” atamalari haqida ham
bildirish   mumkin.   “So‘z   odobi”   tushunchasiga   nisbatan   “nutq   odobi”   tushunchasi
kengroq   ma’noni   ifoda   etib,   u   fikr   ifodalashning   o‘ziga   xos   bo‘lgan   hamma
x ususiyatlarini   qamrab   oladi.   Shuning   uchun   “nutq   odobi”   atamasi   kengroq
qo‘llanil gan.
Ma’lumki,   qadimgi   davrlardayoq   inson   madaniylash ib   borgani   sayin   tilga
munosabat   o‘zgargan,   insonning   xulqi,   madan i yati   tilda   namoyon   bo‘ladi   deb
hisoblangan .   Inson   faoliyatining   hamma   sohalari   til   bilan   bog‘liq,   kishi   kasbi,
mavqeidan   qat’i   nazar,   tildan   aloqa   vositasi   sifatida   foydalangan.   Kishilar   bilan
muloqotda   til birgina aloqa qilish vositasigina emas, balki odob, axloq ziynati ham
hisoblangan.   Ajdodlarimizning   nutq   odobi   to‘g‘risidagi   qarashlari,   falsafiy
mushohadalari   asrdan   asrga   o‘tib   puxtalanib,   silliqlasha   borgan,   tildan   foydalanib,
o‘z fikrlarini jozibador, go‘zal tarzda ifodalash maxsus san’at darajasiga ko‘tarilgan.
Kishining   tildan   foydalanishda   nimalarga  amal   qilishi   lozimligi   to‘g‘risida   kitoblar
yozilgan,   uning   tartib-qoidalari   maxsus   ishlab   chiqilgan,   ustozlar   tomonidan
shogirdlarga   o‘rgatilgan.   Milliy   mentalitetimizdan   kelib   chiqib,   nutq   so‘zlovchi
oldiga   ma’lum   talablar   qo‘yilgan.     Tildan   foydalanishda   qo‘pol,   beparda   so‘zlarni
ishlatmaslik,   manmanlik,   g‘iybat   qilmaslik   hamda   yolg‘on   so‘zlamaslik   kabi   bir
qancha   talablar   shular   jumlasidandir.     Mahmud   Koshg‘ariyning   “Devonu   lug‘atit
turk” asarida “Yerdam boshi til”, ya’ni odobning boshqa tildir, deyilishida ham ana
shu talablar nazarda tutilgan.
Kishining   so‘zlash   jarayonida   amal   qilishi   lozim   bo‘lgan   qoidalar   haqidagi
fikrlarni   Kaykovusning   “Qobusnoma”,   Ahmad   Yugnakiyning   “Hibatul   haqoyiq”,
24
 https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/9333-2021-01-04-12-14-05
28 Yusuf   Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarlarida, shuningdek, Alisher Navoiyning
deyarli hamma asarlarida ko‘rishimiz mumkin. 
Insonning   nutqiy   madaniyatining   yoshlikdan   rivojlantirish   bilan   bog‘liq
muammolar   bugungi   kunda   nafaqat   soha   xodimlarini,   balki   inson   nutqiy   faoliyati
bilan shug‘ullanuvchi barchani jiddiy tashvishga solmoqda.  
Shu   bois   olib   borilayotgan   tadqiqotlarda   kishining   go‘dakligidan   tortib
ulg‘ayguniga   qadar   o‘tgan   davrda   nutqini   rivojlantirish,   madaniy   nutq   egasi   qilib
tarbiyalash   bilan   bog‘liq   holatlar   tahlilga   tortilib,   bu   borada   olib   boriladigan
ishlarning   ilmiy-nazariy   asoslari   yaratilmoqda.   Bolalar   nutqini   rivojlantirishning
ilmiy-nazariy   asoslari   bo‘yicha   kuzatishlar   olib   borgan   A.Narmanov   bu   haqda
shunday   fikrlaydi:   Ta’lim   muassasalarida,   xususan,   umumiy   o‘rta   ta’lim
maktablarida   o‘quvchilarning   kommunikativ   kompetensiyalarini   shakllantirish,
nutqiy   ko‘nikmalarini   rivojlantirish   kompetensiyaviy   va   shaxsga   yo‘naltirilgan
ta’lim   texnologiyalarining   muhim   masalalaridan   hisoblanadi.   Kommunikativ
kompetensiyalar o‘quv fanini puxta o‘zlashtirish, ijtimoiy munosabatlarga kirishish,
tanqidiy va nostandart tafakkur tarziga erishish, o‘z fikrini aniq va tushunarli bayon
qilish   bilan   bog‘liq   nutqiy   faoliyat   mahsuli   ekan,   o‘quvchilarda   mazkur
kompetensiyalarni   shakllantirish   va   rivojlantirish   masalasiga   maktabgacha   ta’lim
davri  va umumta’lim maktablarining dastlabki  bosqichlaridan katta e’tibor  qaratish
lozim   va   bu,   ayni   paytda,   o‘quvchilarda   shaxsiy   kompetensiyalarni
shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hamdir. 25
Darhaqiqat,   bola   ongida   nutq,   madaniy   nutq   haqidagi   tasavvurlar
maktabgacha   ta’limda   shakllanadi   va   u   bu   jarayonda   turli   didaktik   o‘yinlar,   nutq
o‘stiruvchi   vositalar   yordamida   mustahkamlab   boriladi.   Umumta’lim   maktablarida
esa o‘quvchilarni nutq madaniyatiga o‘rgatish, kitobxonlikka qiziqtirish,   notiqlikka
bag‘ishlangan   to‘garaklar,     mohir   so‘z   ustalari   bilan   o‘tkaziladigan   uchrashuvlar,
davra   suhbatlarida   olib   boriladi.   Bu   davrda   o‘quvchi   o‘zbek   tilining   qonun   –
qoidalari   bilan   yaqindan   tanishadi,   adabiy   til   me’yorlari,     milliy   til   adabiy   til   va
shevalar, ular orasidagi farqlarni anglab,  ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z mustaqil
25
 file:///C:/Users/Domlabobo/Downloads/bolalar-nut-ini-rivozhlantirishning-ilmiy-nazariy-asoslari.pdf
29 fikriga   ega   bo‘ladi.   Umumta’lim   maktablari   o‘quvchilarining   nutqiy   savodxon
bo‘lishi     to‘g‘ridan   to‘g‘ri   o‘qituvchiga   bog‘liq.   Ko‘zlangan   maqsadga   erishish
uchun     avvalo,   o‘qituvchining     o‘zi   nutq   madaniyatini   egallagan   bo‘lishi   talab
etiladi.   O‘qituvchining   dars   jarayonida   nutqi   adabiy   til   me’yorlariga   mos   bo‘lishi,
nutqi   grammatik   jihatdan   to‘g‘ri,   turli   xil   sheva   unsurlaridan,   varvarizmlardan   xoli
bo‘lishi  o‘quvchilarga ham ta’sir qiladi.   Shuning uchun o‘qituvchi dars jarayonida
o‘quvchilarning   nutqida   kuzatiladigan     xatoliklarni   bartaraf   etish   uchun   harakat
qilishi lozim.  To‘g‘ri nutq qoidalarini o‘zlashtirgan, adabiy til me’yorlari to‘g‘risida
tushunchaga   ega   bo‘lgan     o‘quvchining   savodxonlik   darajasi   ham,   nutqining
rivojlanishi ham yaxshi bo‘ladi. 
Nutq   madaniyatini   o‘rgatishning   yuqori   bosqichi   hisoblangan   oliy   ta’limda
mutaxassis tayyorlash bilan birga talabaga  avvalo, til birliklarini tanlashni, ularning
ma’nolaridagi   o‘ziga   xosliklar,   nutq   ko‘rinishlarida   uslubiy   xosliklar   mavjudligi,
ifoda   vositalari,   til   birliklarining   badiiy-estetik   vosita   sifatida     tutgan   o‘rni   kabi
masalalar to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
Yuqorida   aytilganlardan   nutq   madaniyati   tilshunoslikning   maxsus   bo‘limi
ekanligi,   uning   taraqqiy   etishi   adabiy   til   rivojiga,   me’yorlashuviga     bog‘liqligi
ma’lum bo‘ladi.  
1.2.Qadimgi Sharqda nutq odobiga doir qarashlar .
Ma’lumki,   insoniyat     tarixida   so‘zga,   insonning   tildan   foydalanishiga   kishilar
o‘rtasidagi   munosabatlarning   asosi   deb   qaralishi   yuzaga   kelgan   vaqtdan   boshlab
nutq   madaniyatining   ilk   kurtaklari,   notiqlik   haqidagi   qarashlar   yuzaga   kelgan.
O‘tmishda   notiqlikning   ilk   ko‘rinishlarini   tadqiq   etishga   oid   manbalarda   qayd
qilinishicha,   dastlab Misr, Assuriya, Vavilonda   va keyinchalik Hindistonda paydo
bo‘lgan.   Keyinchalik   esa   qadimgi   Yunoniston   va   Rimda   notiqlik,   nutq   madaniyati
birmuncha   taraqqiy   etib,   mamlakatning   ichki   va   tashqi   siyosatida   muhim   o‘rin
tutuvchi   nazariyaga   aylangan.   Bu   davrda   mamlakat   rahbarlari,   harbiy
lashkarboshilar, siyosiy arboblar notiqlik san’atini egallagan bo‘lishlari talab etilgan.
Shu   bois   bu   mamlakatlarda   notiqlik     maxsus     o‘rgatilgan.   Qadimgi   davrda   Misr,
30 Vavilon va Hindiston kabi davlatlarda tildan foydalanishga alohida e’tibor berganlar.
Ular   tilga   insonning   kamolot   darajasini   ko‘rsatuvchi   belgi   sifatida   qaraganlar,
qolaversa,   tinglovchilarni   ishontirish   vositasi   sifatida   munosabatda   bo‘lganlar.
Keyinchalik   esa   arablar   o‘zlari   kiyadigan   kiyimlarni   ham   fikrni   ifodalash   usuli   –
uslubiga mos tarzda tushunadigan bo‘lganligi tarixdan ma’lum. 
Qadimgi Hindistonda nutq madaniyati rivoji “Mahobhorat”, “Ramayana” kabi
afsonaviy   dostonlar   bilan   bog‘liqdir.   Bu   dostonlarda   nutq   madaniyatiga   oid   fikrlar
mavjud.   Hindistonda   qadimgi   vedalar   davr   o‘tishi   bilan   tushunilishi   qiyinlasha
borgan.   Natijada   ularning   tilini   sodda   tarzda   tushunish   va   tushuntirish   uchun
lug‘atlar   tuzishgan,   qiyin   so‘zlar   izohini   berishga,   shuningdek,   vedalar   tili   va
uslubini tadqiq etishga ehtiyoj kuchaygan. Bu esa o‘z navbatida hind notiqlik san’ati
rivojiga yo‘l ochgan.  Natijada hind tilshunosligida bir qator asarlar yaratilgan.
  Qadimgi   Yunoniston   o‘z   davrida   notiqlik   eng   rivojlangan   davlat   bo‘lgan.
Mamlakatda   quldorlik   tuzumining   hukm   surishi   notiqlikning   rivojlanishiga   asos
bo‘lgan.     Notiqlik   sirlarini   bilish   birgina   davlar   rahbaridan   tortib   oddiy   xalqqacha
shart     bo‘lgan.   Bu   o‘sha   davrda   sud   notiqligining   katta   ahamiyatga   ega   bo‘lgan.
Chunki   har   bir   kishi   sud   oldida   o‘zini   chiroyli   nutqi   bilan   himoya   qilish   lozim
bo‘lgan.   Bundan   tashqari,   saroy   uchun   xizmat   qiluvchi     maqtov   notiqligi   ham
bo‘lgan.     Homerning   “Illiada”   va   “Odisseya”   asarlarida   ham   notiqlik   to‘g‘risida
fikrlar mavjud.   Bu asarlarni tadqiq etgan   Rim  notig‘i  Kvintiliam  notiqlik sifatlari
to‘g‘risida qimatli ma’lumotlar mavjudligini qayd etgan.
         Yunonistonlik notiqlardan  biri Demosfendir.
Demosfen     (mil.   av.   384–322)   –   yunon   notig‘i,   siyosiy   arbobi.   Afinadagi
demokratik   kayfiyatdagi   guruhning   yo‘lboshchisi.   Notiqlik
san’atidan   dars   bergan,   sud   mahkamalarida,   yig‘ilishlarda   nutq   so‘zlagan   (61   nutqi,
56   ma’ruzasi   saqlanib   qolgan).   Butun   umri   davomida   Afinaning   mustaqilligi
va   Yunoniston   polislarining   Makedoniyaga   qarshi   birlashishi   uchun
kurashgan.   Makedoniya   podshosi   Filippga   qarshi   qaratilgan   bir   qancha   nutq
31 so‘zlagan   (bu   nutklar   «filippik»   nomi   bilan   mashhur).   Hayotining   so‘nggida,
dushmanlari ta’qibiga uch-rab, Afinadan qochgan va zahar ichib o‘lgan. 26
  Demosfen sudda   o‘zini himoya qiluvchi sud notig‘i darajasidan katta siyosiy
notiq darajasiga ko‘tarilgan. Demosfen hayoti bilan bog‘liq hodisalar barcha notiqlar
uchun   ibratdir.   U     o‘z   ustida   tinimsiz   ishlagan,   nutq   o‘stiruvchi     mashqlar   bilan
shug‘ullangan.   Past   ovozi   va titrab turadigan kiftini  tuzatish  uchun  u og‘ziga  tosh
solish,  kiftiga  qilich  tirab  turish  kabi   mashqlar  bilan  o‘z  jismoniy  kamchiliklaridan
qutulgan.
Demosfendan keyingi davr notiqligi Aristotel nomi ga borib taqaladi.       Arastu
(mil oddan   av valgi   384/383,   Stagira   –   322/321,   Evbeya   o.,   x alqida)   –
Yunonistonning   buyuk   faylasufi.   Mil oddan   av valgi   367   y il da   Afinaga
borib,   Platon   akademiyasida   tahsil   ko‘rdi,   20   y il   uning   ishlarida   ishtirok   etdi.
Mil oddan   av valgi   343   y il dan   e’tiboran   Makedoniya   podshohi   Filipp   taklifi   bilan
shahzoda   Aleksandrta   murabbiylik   qildi.   Mil oddan   av valgi   335   y il da   Afinaga
qaytib, o‘zining Likey maktabini  tashkil  qildi.   Aleksandr   vafotidan so‘ng 323 y il da
xudosizlikda   ayblanib,   Evbeya   Xalqidasiga   qochishga   majbur   bo‘ldi   va   umrining
oxirigacha shu yerda yashadi. 27
U   o‘zining   notiqlik   san’atiga   bag‘ishlangan   “Ritorika”   nomli   asarida   bu
san’atning nozik jihatlari haqida fikr yuritadi.   U avvalombor, notiqning o‘z nutqini
to‘g‘ri  shakllantira   bilishi,   aniqligiga  e’tibor   beradi.  Uning  fikricha,  agar   nut q  aniq
bo‘lmasa,  notiq o‘z  oldiga  qo‘ygan maqsadga  erisha  olmaydi.  U, shuningdek, nutq
jarayonida til birliklaridan, ifoda tasvir vositalaridan me’yoridan ortiq foydalanishni
qoralaydi.   U   o‘z   asarida   bu   san’atning   asosini   tashkil   qiluvchi   besh   jihatga,   ya’ni
notiq   tomonidan   materialning   o‘zini   xotirlab,   nutq   qurilishiga   e’tibor   berish,
o‘rganishga,   so‘z   bilan   ifodalashga,   tasavvur   qilish   orqali   talaffuz   qilishga   alohida
e’tibor beradi.
Siseron Mark Tulliy     (miloddan avvalgi 106.3.1, Arpinum – miloddan avvalgi
43.7.12,   hozirgi   Gaeta   yaqini)   –   Rim   siyosiy   arbobi,   notiq,   yozuvchi.   Rimda   tahsil
26
 https://qomus.info/encyclopedia/cat-d/demosfen-uz/
27
 https://qomus.info/encyclopedia/cat-a/aristotel-uz/
32 olib, notiqlik san’atini egallaydi, so‘ng Afina, Kichik   Osiyo   va Rodosda o‘z bilimini
mukammallashtiradi. 
      Siseronning   58   ta   nutqi,   19   ta   asari   va   800   dan   ziyod   maktublari   saqlanib
qolgan.   Siseron   asarlari   Rimdagi   fuqarolar   urushi   davri   to‘g‘risidagi   ma’lumotlar
manbai   hisoblanadi.   Siseron   jahon  tarixida  notikdik  san’atini  mukammal  egallagan
kishi   sifatida   shuhrat   qozongan.   Uning   turli   sud   jarayonlarida   so‘zlagan   nutqlari
notiklik   san’atining   eng   yuksak   namunalaridir.   Siseron   o‘z   asarlari   («Yaxshilik   va
yomonlikning chegaralari to‘g‘risida», «Davlat to‘g‘risida», «Qonunlar to‘g‘risida»,
«Majburiyatlar to‘g‘risida» va b.) hamda nutqlari bilan Rim mumtoz nasri va adabiy
tiliga   tamal   toshini   qo‘ygan.   Siseronning   «Verresga   qarshi   nutqlar»,   «Katilinaga
qarshi   nutqlar»,   «Orator   haqida»   traktatini   Oybek   o‘zbek   tiliga   tarjima   qilgan. 28
Sitseronning   notiqlik   san’ati   borasidagi   faoliyatini   o‘rgangan   tilshunos   olimlar   B.
O‘ rinboyev va A.Soliyev uning quyidagi xususiyatlariga alohida e’tibor berganligini
ta’kidlaydilar:
1. Notiqning   o‘ziga   ishonchi   mustahkam   bo‘lishi   kerak.   Buning   uchun   esa
notiq o‘z nutqida olg‘a suriladigan fikrga to‘la ishonch hosil qilish lozim.
2. Nutq to‘liq isbotli dalillarga ega bo‘lishi kerak.
3. Materialni to‘plash nutqqa tayyorgarlikning asosidir.
4. Materialni to‘g‘ri joylashtirish – ekspozitsiyaga alohida e’tibor berish lozim.
Joylashtirish   shunday   bo‘lsinki,   u   materialni   butunlay   o‘zlashtirib   olishga   engillik
yar ats in.  Buning uchun esa nutqni aniq qismlarga bo‘lish lozim.
5. Har   qanday   sohada   ham   nutqning   muvaffaqiyatini   bilish   hal   etadi.   Agar
notiq   o‘z   nutqi   qaratilgan   sohani   yaxshi   bilmasa,   u   qanchalik   san’atkor   bo‘lmasin,
o‘z tinglovchisini jalb etolmaydi.
6. Sits eron  n ut qning  tuzilishiga   alohida   e’tibor   beradi.   Uning  fikricha,   har   bir
nutq   talabga   javob   berarli   darajada   qurilgandagina   yaxshi   natija   beradi.   Sits eron
tomonidan ishlab chiqilgan notiqlik nutqi kompozitsiyasi quyidagicha bo‘lgan:
1. Kirish.
2. Ishning mohiyatini bayon qilish.
28
 https://qomus.info/encyclopedia/cat-ts/sitseron-mark-tulliy-uz/
33 3. Planning keyingi qismlarini ifodalash.
4. Dalillar (nutqning eng muhim qismi).
5. Asosiy mazmunni ta’kidlash.
6. Xulosa (yakun yasash). 29
Bu   olimlar     jahon   madaniyati   taraqqiyotiga   katta   ijobiy   ta’sir   ko‘rsatib,
Ye vropada   nutq     madaniyatining   alohida   fan   sifatida   vujudga   kelishi   uchun     hissa
qo‘shgan.
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati tarixida nutq madaniyatining   rivoji o‘ziga
xos   tarzda   kechgan.   IX   asrdan   boshlab   davlat   hukmdorlari   bu   tadbirni   o‘z
ixti yo rlaridagi maxsus so‘z ustalariga yuklab, ularni voizlar deb atay boshlaganlar. –
Voiz   so‘zi   hatto   ularning   ismi-shariflariga   qo‘shib   aytilgan   va   yo zilgan.   Markaziy
Osi yo   voizlik   san’ati   xazinasiga   dastavval   Bahovuddin   Valad   (XII   asr),   Jaloliddin
Rumiy   (XIII   asr),   Husayn   Koshifiy,   Muin   voiz   (XV   asr)   kabi   so‘z   ustalari   g‘oyat
boy hissa  qo‘shganlar. XII asrdan boshlab voizlik san’ati  nazariyasi  va amali yo tini
talqin   va   tavsif   etadigan   ko‘plab   ilmiy,   tarixiy,   uslubiy   risolalar   yo zilgan.   Bular
qatoriga   Muhammad   Rafiq   Voizning   Voiz   Kazviniyning   –   Zilolu   maqol,   Voiz
Shirvoniyning   –   Ahsan   ul-ahodis,   Muhammad   Voizning   –   Hidoyat   ul-taqim,
Quraysh   Saidiyning   –   Anis   ul-voizin ,   Voiz   Samarqandiyning   –Ravozat   ul-voizin,
Qozi   O‘shiyning   –Miftoq   ul-najjix,   Voiz   Koshifiyning   –Dah   majlis,   –Mahzan   ul-
insho   kabi   asarlari   kiradi.   Shuningdek,   tarixchi,   shoir,   muhaddislarning   asarlarida
ham voizlik san’atiga aloqador ba’zi fikrlar ba yo n etilgan. Chunonchi, tarixnavis Ali
Yazdiyning   –Zafarnomasida,   Navoiyning   –Majolis   un-nafois,   –Mantiq   ut-tayr,   –
Mahbub   ul-qulub,   –Xamsa,   –Chor   devon,   asarlarida;   Zaynuddin   Vosifiyning   (XV
asr)   –Badoye   ul-vaqoye;   Xondamirning   –Makorim   ul-axloq   risolasida   atoqli
voizlarning mahorati, iste’dodi, va’zxonlik uslublari haqida mulohazalar  yuritilgan.
Mavlono   Navoiy   voizlar   –minbar   ustida   devonavor   qi yo fada   hamda   otashnafas
harorat   va   his-tuyg‘u   shijoati   bilan   nutqlarini   me’ yo riga   yetkazganliklarini   qayd
etgan. Tarixchilarning shohidlik berishlaricha, sohibqiron Amir Temur, Mir Alisher
29
 Ўринбоѐв Б.,Соли	ѐв А.. Нотиқлик маҳорати.Тошк	ѐнт:Ўқитувчи, 1984.Б.15.
34 Navoiy,   Husayn   Boyqaro,   Bobur,   Mirzo   Ulug‘bek   kabi   davlat   arboblari   voizlik
san’atini puxta egallaganlar va faoliyatlarida undan mohirona foydalanganlar. 30
 
Markaziy   Osiyoda   Abu   Rayhon   Beruniy,   Abu   N a sr   F a robiy,   Ibn   Sino,
Abdulloh   al   Xorazmiy,   Mahmud   K oshg‘ariy,   Yusuf   Xos   Hojib,   Zama x shariy,
Ahmad   Yugnakiy,   Sakkokiy,   Alisher   Navoiy,   Z ahiriddin   M uhammad   Bobur   kabi
allomalar ijodida ham  nutq madaniyatiga oid qimmatli  fikrlar   keltirilgan bo‘lib, bu
yurtimiz ilm-fani, notiqligi rivojida muhim o‘rin tutgan.
Nutq   madaniyatiga   katta   hissa   qo‘shgan   olimlardan   biri   Abu   N as r   F a robiy
nutqning qay darajada mukammal bo‘lishini aql bilan bog‘laydi. U insonning nutq
ifodalash   jarayonida   o‘zini   tutishi,   boshqalar   bilan   muloq o tga   kirishida   e’tibor
berishi  lozim bo‘lgan jihatlar  haqida   fikr yuritar  ekan, asosan,  til  haqidagi  ilmlar,
grammatik va mantiq fanlarining o‘zaro kuchli   bog‘liqlikda e kanligini ko‘rsatadi.
Uningcha,   inson   fikri   ana   shu   uchalasi   tahlilidan   so‘ng g ina   mukammal   bo‘lishi
mumkin .   Olimning ilmfan oldidagi xizmatlaridan biri uning yunon mutafakkirlari
asarlarini sharxlaganligi va ularni yangi g‘oyalar bilan boyitganligidir. Alloma, eng
avvalo,   Arastu   asarlariga   sharhlar   bitgan,   uning   naturfalsafiy   g‘oyalarining
targ‘ibotchisi   va   davomchisi   sifatida   tanilgan.   Forobiy,   shuningdek,
Aflotun,   Aleksandr   Afrodiziyskiy,   Yevklid,   Ptolemey,   Porfiriy   asarlariga   ham
yozganligi   ma’lum.   Bulardan   tashqari,   Gippokrat,   Epikur,   Anaksagor,   Diogen,
Xrisipp, Aristipp, Suqrot,   Zenon   asarlaridan xabardor bo‘lgan hamda epikurchilar,
stoiklar,   pifagorchilar,   kiniklar   maktablarini   yaxshi   bilgan.   Forobiy   o‘rta   asrda
mukammal   hisoblangan   ilmlar   tasnifini   yaratdi.   U   «Ilmlarning   kelib   chiqishi
haqida»,   «Ilmlarning   tasnifi   haqida»   nomli   risolalarida   o‘sha   davrda   ma’lum
bo‘lgan   30   ga   yaqin   ilm   sohasining   tavsifi   va   tafsilotini   bayon   qilib   berdi.
Mutafakkir   tabiat   va   inson   organizmiga   xos   bo‘lgan   tabiiy   jarayonlarni
o‘rganuvchi   ilm   sohalarini   birinchi   o‘ringa   qo‘ydi.   Forobiy   ilmlarni   quyidagicha
tasniflaydi:
1)   til   haqidagi   ilm   (grammatika,   orfografiya,   she’riyat,   to‘g‘ri   yozuv   va   b.   ni
o‘z ichiga oladi);
30
 file:///C:/Users/Domlabobo/Downloads/portal.guldu.uz98.pdf
35 2)   mantiq   (8   bo‘limdan   iborat   bo‘lib,   tushuncha,   muhokama,   xulosa,
sillogistika, dialektika,   sofistika   va b. ni o‘z ichiga oladi);
3)   mat.   (arifmetika,   geom.,   astronomiya,   mexanika,   optika,   sayyoralar,
musiqa va   og‘irlik   haqidagi ilmdan iborat);
4) tabiiy ilmlar, ilohiy ilmlar yoki   metafizika ;
5)   shahar   haqidagi   ilm   (siyosiy   ilm,   fiqh,   ped.,   axloqshunoslik
va   kalom   kiradi).
Forobiy   fanlarni   tasniflashda   borliq   xususiyatlarining   tahlilidan   va   ularning
fanda   aks   etishidan   kelib   chiqadi.   Uning   tasnifi,   eng   avvalo,   tabiatni,   tafakkur   va
nutqni,   til   va   mantiqni   o‘rganishga   qaratilgan   edi.   Forobiyga   kura,   ilmlarning
tasnifidan   maqsad   haqiqatni   o‘rganish   va   tasdiqlashdan,   uni   yolg‘ondan
farqlashdan  iborat. Olimning  fikricha,  fanlar  va  umuman  bilimlar  borliqdan  kelib
chiqib,   borliqni   uzoq   vaqt   o‘rganish   asosida   to‘planib   boradi.   Turli   ilmlar   bir-
birini   inkor   qilmaydi,   balki   o‘zaro   bir-biri   bilan   bog‘liq   holda   rivojlanadi.   Ular
dunyoni   idrok   qilishga va insonlarnkng baxtsaodatga erishishiga qaratilgandir. 31
Ya na   bir   buyuk   alloma   Abu   Ali   ibn   Sino   (980-1037)   esa   notiq   quyidagilarga
amal qilishi lozim ,  deb hisoblaydi. 
1. Nasihat qo‘pol ohangda berilishi kerak emas.
2. Suhbatdoshning ilm darajasini hisobga olish zarur.
3. Nasihatga   (va’zxonlik k a)   ko‘p   berilmaslik   kerak,   uni   o‘rtoqlik   suhbati
tarzida olib borish kerak.
4. Nasihatni muloyim ohangda, yolg‘iz olib borish kerak.
5. Agar   ta’na   qilmoqchi   bo‘lsang ,   boshqalar   kamchiligi   bilan   qiyoslab   ta’na
qil. 
6. Agar   o‘z  e’tiqodingini   aytmoqchi   bo‘lsang,   faqat   bir   faktga   tayanma,   balki
ko‘p masalalar bilan isbotla ,  suhbatdoshingni buni yuragiga yaqin olishga, shu narsa
haqida o‘ylashga va haqiqatni izlashga ishontir. 
31
 https://qomus.info/encyclopedia/cat-f/forobiy-uz/
36 7. Agar   suhbatdoshing   sening   gaplaringga   e’tibor   bilan   quloq   solayotgan
bo‘lsa,   suhbatni   oxirigacha   davom   et t ir   va   hech   nimani   sir   saqlama,   lekin   uning
e’tiborsizligini sezsang, gapni boshqa mavzuga bur” 32
.
Notiqlik   san’ati   tarixida   buyuk   alloma   Kaykovusning   “Qobusnoma”   asari
ham muhim o‘rin tutadi. „Qobusnoma“ asosini Qur oni karim suralari, Muhammadʼ
(sav)ning   faoliyati   va   ko rsatmalarini   ifodalovchi   hadislar,   hikmatli   hikoyatlar	
ʻ
tashkil   etadi.   Asar   44   bobdan   iborat.   Dastlabki   4   bobi   Haqni   tanimoq,
Payg ambarlarning   xilqati   (yaratilishi),   Alloh   ne matiga   shukur   qilmoq   haqida	
ʻ ʼ
bo lib,   qolgan   40   bobi   ota-onani   hurmatlash,   ilmiy   bilimlarni,   san atni   egallash,	
ʻ ʼ
harb,   savdo,   dehqonchilik   ishlari   va   hunarni   o rganish,   odob-axloq   qoidalariga	
ʻ
rioya   etish,   farzand   tarbiyasi,   saxovat   va   juvonmardlik   kabi   ko plab   masalalarni	
ʻ
o z ichiga oladi. Asarda hunar va ilm jamiyat  taraqqiyotining asosiy omillari deb	
ʻ
qaraladi. Odamlar 3 guruhga bo linib, ularning jamiyatda tutgan o rni belgilanadi;	
ʻ ʻ
odamlarning   fazilatlari   ham   3   guruhga   bo linadi:   aqllilik,   haqgo ylik,	
ʻ ʻ
juvonmardlik.
Kaykovus dunyodagi mavjudotni birbiri bilan bog liq va murosasiz deb talqin	
ʻ
qiladi.   U   kishi   ruhiyatini   ham   2   guruhga   bo ladi:   jismoniy   sezgini   modda,   ruhiy	
ʻ
hissiyotni esa „jon“ bilan bog laydi va bularning birini moddiy, ikkinchisini ruhiy	
ʻ
hayot mahsuli deb ko rsatadi. Uning fikricha, dunyodagi hamma narsalar yaralishi	
ʻ
va mohiyat e tibori bilan ilohiydir. Zero, inson Allohni tanimoq uchun avvalambor	
ʼ
o zini   bilmog i,   ya ni   „sozga   qarab   sozandani   tanimog i   lozim“,   deydi.   Bu   kabi	
ʻ ʻ ʼ ʻ
masalalar   kitobda   ixcham   hikoyatlar,   rivoyatlar,   she r   va   latifalar,   maqol   va	
ʼ
hikmatlar  yordamida bayon qilinadi. 33
  Hunar afzunlig‘i   bila baland   qadr va oliy
ta’b     bo‘lmoq   zikrida   deb   nomlanuvchi   oltinchi   “ Nodon   bila   h amsu h bat
b o‘ lma g‘ il,   xususan,   seni   dono   gumon   etg‘on   bila. ,   O‘ z   ja h dingga   xursand
b o‘ lma g‘ il   va   neknom   kishilar   bila   su h bat   tutgil,   neknomlar   su h bati   sharofatidin
neknom   b o‘ l g‘ ung   va   h amisha   sa’y   va   kushish   bilgilki,   olimlar   ma h bubi
b o‘ l g‘ aysan va jo h illar mar g‘ ubi b o‘ lmagaysan ” 34
deb yozadi.
32
 Бу ҳақда қаранг: Ўринбо	
ѐв Б.,Соли	ѐв А. Нотиқлик маҳорати.Тошк	ѐнт:Ўқитувчи, 1984.
33
 https://uz.wikipedia.org/wiki/Qobusnoma
34
 Кайковус.Қобуснома.Тошк	
ѐнт: Ўқитувчи, 2006.Б.43.
37 U bu asarida notiqqa nasihat tarzida bir qator fikrlarni bayon qiladi: 
Kishi   suxandon,   suxango‘y   (notiq)   bo‘lishi   kerak,   ammo   ey   farzand,   sen
suxango‘y   bo‘lg‘il   va   lekin   duro‘g‘go‘y   (yolg‘onchi)   bo‘lmag‘il.   Rostgo‘ylikda
o‘zing   shuhrat   qozongil,   hokim   biror   vaqt   zarurat   yuzidan   yolg‘on   so‘z   desang,
qabul   qilg‘aylar.   Har   so‘z   desang   ham,   rost   deg‘il   va   lekin   yolg‘onga   o‘xshagan
rostni demagilkim, rostga o‘xshagan duro‘g‘ duro‘g‘ga o‘xshagan rostdil yaxshidir,
nedingkim   ul   duro‘g‘   ma’qul   bo‘lar,   ammo   ul   rost   bo‘lmas…   Suxango‘y   shu   kishi
bo‘lg‘ayki,   u   har   so‘zini   desa,   halqqa   ma’qul   bo‘lg‘ay…   Bilmag‘on   ilmdin   dam
urmag‘il va undin non talab qilmag‘il… Gar so‘z demoqchi bo‘lsang, shunday so‘z
degilki,   so‘zingning   rostligiga   guvohlik   bersinlar…   Har   so‘zni   andisha   bilan
bog‘lamag‘il,   toki   aytg‘on   so‘zingdin   pushaymon   bo‘lmag‘aysan…   Sovuq   so‘zlik
bo‘lag‘il. Sovuq so‘z bir tuxumdir, undin dushmandlik hosil bo‘lur… Ko‘p bilib, oz
so‘zlag‘il   va   kam   bilib   ko‘p   so‘z   demag‘il.   Nima   uchunki   aqlsiz   shundog‘   kishi
bo‘ladur  – u ko‘p so‘zlar. 35
  "Qobusnoma"da  Kaykovus  farzandiga shunday  nasihat
qiladi: " Ey farzand, so‘zning yuzin va orqasin bilgil va ularga rioya qilg‘il, har na
so‘z   desang,   yuzi   bila   degil,   to   suxango‘y   bo‘lg‘aysan.   Agar   so‘z   aytib,   so‘zning
nechuk   ekanin   bilmasang,   qushga   o‘xsharsanki,   unga   to‘ti   derlar,   ul   doim  so‘zlar,
ammo so‘zning ma’nosin bilmas. Suxango‘y shul kishi bo‘lg‘ayki, ul har so‘zni desa,
xalqqa ma’qul  bo‘lg‘ay va xalq ham har so‘z desa, unga ma’qul  bo‘lg‘ay. Bunday
kishilar   oqillar   qatoriga   kirgay,   yo‘q   ersa,   ul   inson   suratida   mavjud   bo‘lg‘on   bir
hayvondur ". 36
Tilning fazilati, foyda-zararlari haqida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u biling”
asarida ham qimmatli fikrlar bor. Ulardan ayrimlarini keltirib o‘tamiz:
Tildan foydalanishda ehtiyotkorlik haqida:
So‘zingga   ehtiyot   bo‘l,   boshing   ketmasin,Tilingga   ehtiyot   bo‘l,   tishing
sinmasin…
Sening o‘zing insonlik tilasang,Tilingdan yaroqsiz so‘zingni chiqarma…
Bilib so‘zlasa, so‘z donolik sanaladi,Nodonning so‘zi o‘z boshini eydi…
35
 Кайковус.Қобуснома.Тошкѐнт: Истиқлол,1994.Б.35-40.
36
 Кайковус.Қобуснома.Тошк
ѐнт: Истиқлол,1994.Б.34.
38 Ko‘p so‘zlashning zarari to‘g‘risida:
Ko‘pni   ko‘p   so‘zlama,   bir   ozroq   so‘zla,Tuman   ming   so‘z   tugunini   (ya’ni
jumbog‘ini)   shu   bir   so‘zda   ech…Kishi   so‘z   tufayli   ko‘tariladi,   malik   bo‘ladi,Ko‘p
so‘z boshni  erga egadi…
Qisqa so‘zlash to‘g‘risida:
Tilingni nihoyatda ehtiyot qilgil, bosh saqlanadi,So‘zingni qisqa qilgin,  yo shing
uzaytiriladi.
Yaxshi so‘zlarni so‘zlash haqida:
Kishini o‘zi ikki narsa tufayli qarimaydi:Biri ezgu xulqi, biri ezgu so‘zi.
Kerakli so‘zni qo‘llash haqida:
Hamma  so‘zni   yig‘sa,   aql   sig‘dira   olmaydi,   Kerak  so‘zini  so‘zlaydi,  kishi   (ni)
yashirmaydi.
Xuddi   shunday   fikrlarni   Abul   Qosim   Mahmud   az   Zama x shariyning
asarlarida   ham   uchratamiz.   Uning   mashhur   asarlaridan   biri   -   “Nozik   iboralar”   da
nutq madaniyatiga oid quyidagi fikrlar uchraydi:
O‘ z   birodaringni   yanchilgan   mushkdan   ko‘ra   ham   xushbo‘y   so‘zlar   bilan
maqtab yod et, garchand u sendan uzoq shaharda   bo‘lsa ham.
O‘ z   birodaring   so‘zini   sukut   saqlab   tinglab,   uning   hurmatini   o‘rniga   qo‘y,
garchi uni eshitishga rag‘bating va mayling yo‘q bo‘lsa ham.
Agar   tilingni   ortiqcha   so‘zlashiga   ega   bo‘la   olmasang,   unda   tizgining
jilovini shaytonga topshirgan bo‘lasan. 
Aqlli,   g‘ofil   kishining   (sukut   saqlab)   jim   turish   holati   johil,   parishon
kishining uzridan afzaldir.
Tilingdan   chiqqan   sadaqa   (ya’ni   pandu   nasihatning   va   mav’izayu
hasanang)   ba’zan   qo‘lingdan   (mol-dunyongdan)   chiqqan   sadaqangdan   ko‘ra
hayrliroqdir.
Ko‘pincha   til   bilan   etkazilgan   jarohat   tig‘   bilan   etkazilgan   jarohatdan
og‘irroqdir. 
o‘zi   sazov o r   bo‘lmagan   hamda   sanoyu   maqtovlarni   talab   qilish   uya ts iz,
telba odamlarning odatlaridandir. 
39 Seni   kasodu   inkisorga   uchrashdan   ogoh   qiluvchi   kishiga   lutf   bilan
muomalada   bo‘l,   qo‘rqma,   zarari   yo‘q,   ziyoni   yo‘q,   deb   yupatuvchilardan
uzoqroqda bo‘l. 
Agar   birovni   ayblab   xitob   qilmoqchi   bo‘lsang,   zinhor   yozma   tariqada
(qog‘oz, xat  bilan) qil, chunki birov-birovga qarshi  bo‘lib, ayblash kam aqllilar va
telbalar   ishidir,   shuningdek,   bu   holda   ko‘ngilni   siyoh   qilishga   sabab   bo‘lguvchi
so‘zlar   hisobsiz   aytilishi   muqarrar,   ammo   xat   yozilganda   esa,   emin- ye rkin   o‘ylab,
fikr-mulohaza bilan yoziladi.
   Ko‘p ortiqcha so‘zlashuv eshituvchini ranjitar.
Tiliyu dili to‘g‘ri va haqgo‘y bo‘lgan odamning xatoyu nuqsoni kam bo‘lur.
Ye y bo‘tam ,  t i lagim yomon so‘zlardan saqla n .
Alisher   Navoiy   ijodida   ham   nutq   odob i   to‘g‘risida   g‘oyat   qimmatli   fikrlar
ko‘p.   Alisher   Navoiy   so‘zining   qadrini   juda   ulug‘laydi   va   har   bir   holatda   ham
so‘zdan foydalanishida ehtiyot bo‘lishiga chaqiradi. 
Sobiq   sho‘rolar   davrida   ham   nutq   madaniyati   va   notiqlik   masalasi   muhim
masala   sifatida   o‘rin   tutgan.   Hamza   Hakimzoda   Niyoziy,   Abdulla   Qodiriy,   G afurʻ
G ulom,   Hamid   Olimjon,   Abdulla   Qahhor,   Maqsud   Shayxzoda   va   boshqalarning	
ʻ
asarlarida   bu   borada   qator   fikrlar   bayon   qilingan.   Taniqli   o‘zbek   adibi   Abdulla
Qahhor fikrlari:
Men   hozir   sizlarga   Nizomiy   institutida   bo‘lgan   o‘sha   gapning   asosiy
nuqtalarini   aytib   bermoqchiman.   Agar   bu   gap   ma’qul   bo‘lsa,   radio   ishidagi
kamchiliklar   haqidagi   tanqidiy   mulohazalarimni   davom   ettirib,   yana   bir   necha
og‘iz so‘z aytmoqchiman.
Nizomiyda gapirilgan gapning asosiy nuqtalaridan biri – til masalasidir.
Juda  boy,  chiroyli   tilimiz   bor.  Bu  tilda  ifoda  etib  bo‘lmaydigan  fikr,   tuyg‘u,
holat yo‘q! Bu til ellik yil ichida shunday bir qudrat kasb etdiki, xalqimizni jahon
va rus madaniyatiga sherik qilib qo‘ydi.
Afsuski,   radiomiz   ko‘pincha   xalq   bilan   mana   shu   boy,   chiroyli,   purqudrat
tilda gaplashmaydi.  
40 Odamlarki   bor,   bisotidagi   bir   hovuch   so‘zni   aylantirib   oyligini   olaveradi;
o‘qish-o‘rganish   bilan   o‘zbek   tilining   imkoniyatidan   to‘laroq   foydalanishni
istamaydi yoki bunga farosati  yetmaydi. Mana shunaqa odamlarning dangasaligi
yoki farosatsizligi, chalamulla olimlarning “ilmiy faoliyati” oqibatida shunday bir
til   vujudga   kelganki,   na   muomalada,   na   oilada,   na   suhbatda   hech   kim   bu   tilda
gapirmaydi; na oshiq ma’shuqasiga, na ota bolasiga, na bola onasiga bu tilda xat
yozadi.   Radio   xodimlarining   o‘zlari   ham   o‘zaro   bu   tilda   gaplashmaydi.   Bu   tilni
faqat mikrofon ko‘taradi. Bunga faqat mikrofon toqat qiladi.
Markaziy   radio   har   kuni   matbuot   obzori   beradi.   Diktor   materiallarning
mazmunini   aytadi.   Bosh   maqolani   o‘qib   beradi.   Lekin   bu   til,   negadir   oddiy   xalq
gapiradigan   tilga   sira   o‘xshamaydi.   Bizning   matbuot   va   radio   tili   nima   uchun
kundan-kun   xalq   tilidan   uzoqlashib   borayotibdi?   Nima   uchun   tilimizning   qonun-
qoidalari   buzilayotibdi?   Nima   uchun   ko‘cha   harakati   qoidasini   buzgan   kishiga
milisiya   hushtak   chaladi-yu,   butun   bir   tilni   buzayotgan   odamlarga   hech   kim
hushtak chalmaydi?
Nizomiyda gapirilgan gapning asosiy nuqtalaridan ikkinchisi, radioning ba’zi
eshittirishlarida ko‘zga tashlanadigan noshud-notavonlik, mas’uliyatsizlikdir. 37
Gap qancha yaxshi bo‘lsa, u shuncha qisqa bo‘ladi.
Dunyoda   qalb   harorati   bilan   jon   kirgizilmagan   nutq   –   o‘lik   nutqdan
sovuqroq narsa bormikin!  
Tirik,   ya’ni   yurakdan   chiqqan   jo‘shqin   nutq   o‘likni   tiriltirsa,   o‘lik,   ya’ni
yurakdan chiqmagan sovuq nutq, darhaqiqat, o‘likka ham ozor etkazadi. 
Gapni tonnalab olingu grammlab soting.
Birov gapni yig‘lab gapiradi, birov tikanak bog‘lab gapiradi… kabi. 
Demak,   har   bir     davrda   ham   nutq   madanyatini   rivojlantirish   kun   tartibidagi
asosiy masalalardan biri bo‘lgan, deyish mumkin.
Bob bo‘yicha xulosalar
37
 Тил ва нутқ.   https://oyina.uz/kiril/article/210
41 1. Manbalardan   ma’lum   bo‘lishicha,   o‘tmishda   notiqlikning   ilk
ko‘rinishlari   dastlab   Misr,   Assuriya,   Vavilon   va   Hindiston   mamlakatlarida   paydo
bo‘lgan. Keyinchalik esa qadimgi Yunoniston va Rimda notiqlik, nutq madaniyati
birmuncha   taraqqiy   etib,   mamlakatning   ichki   va   tashqi   siyosatida   muhim   o‘rin
tutuvchi   nazariya   sifatida   asoslangan..   Qadimgi   davrda   Misr,       Vavilon   va
Hindiston kabi davlatlarda tildan foydalanishga alohida e’tibor berganlar. Ular tilga
insonning   kamolot   darajasini   ko‘rsatuvchi   belgi,   qolaversa,   tinglovchilarni
ishontirish vositasi sifatida munosabatda bo‘lganlar. Keyinchalik esa arablar o‘zlari
kiyadigan kiyimlarni ham fikrni ifodalash usuli – uslubiga mos tarzda tushunadigan
bo‘lgan.
2. Yurtimizda   etishib   chiqqan   Abu   Rayhon   Beruniy,   Abu   Nasr   Farobiy,
Ibn   Sino,   Abdulloh   al   Xorazmiy,   Mahmud   Koshg‘ariy,   Yusuf   Xos   Hojib,
Zamaxshariy, Ahmad Yugnakiy, Sakkokiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad
Bobur   kabi   allomalar   nutq   madaniyati   rivojiga   hissa   qo‘shganlar.   Ular   nutqning
aloqaviy   sifatlari,   muomala   jarayonida   tildan   foydalanishning   o‘ziga   xos   tartib-
qoidalarini ishlab chiqqanlar.
3. O‘tmishda nutq madaniyati bilan shug‘ullangan olimlar  insonning nutq
ifodalash   jarayonida   o‘zini   tutishi,   boshqalar   bilan   muloqotga   kirishida   e’tibor
berishi  lozim bo‘lgan jihatlarni tavsiflashda asosan,  til haqidagi  ilmlar, grammatik
va   mantiq   fanlarining   o‘zaro   kuchli   bog‘liqlikda   ekanligiga   e’tibor   qaratganlar.
Shundagina     inson   fikri   ana   shu   uchalasi   tahlilidan   so‘nggina   mukammal   bo‘lishi
mumkin, deb talqin qilganlar.
42 II BOB.  ALISHER  NAVOIYNING  NUTQ MADANIYATI RIVOJIGA
QO‘SHGAN HISSASI
   2.1.   Sharq notiqlik san’atida Navoiyning o‘rni .
Alisher   Navoiyning   notiqlar   haqida   yozib   qoldirgan   ma’lumotlari
shoirning   nima   sababdan   voizlar   bilan   qiziqqanligi,   ular   faoliyatini   o‘rganishga
nima   sabab   degan   savollarni   o‘rtaga   tashlaydi.   Alisher   Navoiyning   o‘zi   ham
davrining   mohir   so‘zamoli,   zabardast   shoiri,   yetuk   suhandonlaridan   biridir.
Notiqlik   masalasi   bilan   qiziqishi   uning   nixoyatda   chuqur   bilim   egasi   ekanligini,
o‘z  bilimini  turli  dunyoviy ilmlarni  o‘rganib oshirib borganligidan dalolat  beradi.
Darhaqiqat,   biror   masalani   o‘rganishdan   oldin,   shu   masala   yuzasidan   nazariy
bilimlarga   ega   bo‘lish   uni   to‘g‘ri   hal   qila   olishni   bildiradi.   Alisher   Navoiy   ham
voizlikni   nazariy   tomondan   tahlil   qilgan.   Shoir   badiiy   so‘z   bilan
shug‘ullanuvchilarni   nadimlar,   qissago‘ylar,   masalgo‘ylar,   badihago‘ylar,
qiroatxonlar,   muammogo‘ylar,   voizlar,   go‘yandalar,   maddohlar,   qasidaxonlarga
ajratadi.   Navoiyning   fikricha,   ular   kuchli,   yoqimtoy   va   jozibali   ovozga   ega
bo‘lishlari   kerak.   Ko‘pchilik   oldida   ehtirosli   nutq   so‘zlay   olish   usullarini   yaxshi
43 bilishlari,   o‘z   so‘zlariga,   nutqlariga   e’tiborni   qarata   olishlari   kerak.   Alisher
Navoiyning nutq madaniyati va notiqlikka oid mulohazalari uning til, nutq, badiiy
so‘z,   nutq   madaniyati,   nutqiy   odob,   nutqiy   nafosat   haqidagi   teran   fikrlarida   o‘z
ifodasini   topgan.   Prof.   Ernst   Begmatov   fikricha,   shoirning   nutq   odobiga   oid
talqinlarida:   1)   nutq,   uning   og‘zaki   va   bitilgan   (yozma)   shakli;   2)   nutqiy
faoliyatning mohir ustalari; 3) nutqning yuzaga chiqish usullari; 4) nutqiy uslublar;
5)   nutqda   ma’no   va   shakl,   ularning   uyg‘unligi;   6)   nutqiy   ohang;   uning
ko‘rinishlari;   7)   nutq   odobi;   8)   nutq   nafosati   (estetikasi),   kabi   muammolar   tilga
olingan.   Ushbu   muallifning   qayd   qilishicha,   A.Navoiy   notiqlarni   ularning   nutqiy
kamoloti   va   notiqlik   maqsadidan   kelib   chiqqan   holda   ikkiga   –   ijobiy   sifatga   ega
notiqlar, hamda salbiy sifatga ega notiqlarga ajratgan. Adib ijobiy sifatli notiqlarni
balog‘at   shior,   bulag‘o,   guharposh,   durbor,   nuqtadon,   sehrso‘z,   xushgo‘y,
shakarlab kabi 80 dan ortiq ibora bilan ta’riflagan. 38
  Ajdodlarimiz o‘tmishda nutq
madaniyati   bo‘yicha   salmoqli   meros   qoldirgan.   Ular   orasida   Alisher   Navoiy
asarlari alohida ajralib turadi. 
Alisher   Navoiy   notiqlik   san’atining   insonni   o‘zgartira   oluvchi     katta   kuch
ekanligiga alohida e’tibor qaratadi. “Mahbubul-qulub” nomli falsafiy asarining 24-
faslini     “Nasihat   ahli   va   voizlar   zikrida”   deb   ataydi   va   bunda   voizlik   san’atiga,
va’zga,   voizga   o‘z   munosabatini   bildiradi.   Alisher   Navoiyning     voizlik   haqidagi
fikrlari hozir ham o‘zining tarbiyaviy ahamiyatini yo‘qotgan emas .
Rost   so‘zlash:   Voiz,   va’z   aytuvchi,   bir   kishiga,   jamoatga   pand-nasihat
qiluvchi   shunday     bo‘lishi   kerakki,   “qolalloh   –   Alloh   dedi”   so‘z   aytsa,   va
“qola   ra sululloh   –   Allohning   rasuli,   ya’ni   Payg‘ambar   dedi”   muxolafatidan,
qarama-qarshiligidan,   ke lishmovchiligidan,   teskarilashishidan   qaytsa,   Xudo
va   rasul   yo‘liga   qadam   ursa,   qadam   bossa.  
Fikrlarni   nasiihat   usulida     berish:   O‘zi   shu   yo‘lga     kirgandan     keyin
nasihat     bila     elni   ham   kivursa,   kiritsa.   O‘zi   yurmagan   yo‘lga   elni
boshqarmoq   –   musofirni   yo‘ldan   chiqarmoqdir   va   biyobonga   keturmak   va
38
 Арипова А.Х.Шарқнинг буюк нотиқлари. SCIENTIFIC  PROGRESS   VOLUME 2   ISSUE 1   2021 ISSN: ǀ ǀ
2181-1601Page 7 45.
44 cho‘lu   sahroda   yo‘qotmoqdir,   yo‘q     qilmoqdir.     Uning     bu       ishi       tarang
mast   odam   elga   hushyorlikni   buyurgandek   –   el   uyquvchidekdurki   elga
uyg‘oqlikni   buyurg‘ay.   Uyqusida   so‘z   degan   jevligon   bo‘lur,   ul   degandek
qilmoq   ne   degon   bo‘lur.   Uyqusirab   gapirganni   bosinqirash   deydilar,
bosinqirashda   aytilgan gapni amalga oshirilgan ishni nima desa  bo‘lur.
Eshituvchini  to‘g‘ri  yo‘lga solish:   Va’z   –   bir   to‘g‘ri   yo‘lga   soluvchi   va
ogoh   etish   ishidir,   bir   komil   ahlulloh     vazifasi,     odatidir   va   uning   nasihatini
qabul   etmoq   ma’qul   ishdir.   Avval   bir   yo‘ldan   bormoq   kerak,   andin   so‘ngra   elni
boshqarmoq   kerak.   Yo‘lni   yurmay   kirgan   izsiz   yo‘q   bo‘lib   ketar   va   boshqa,
teskari   maqsad   yeriga   yetar.
Olim va halol bo‘lish:  Voiz   uldurki,   majlisiga   xoli,   bo‘sh   kirgan   to‘lg‘ay
va   to‘la   kirgan   xoli   bo‘lg‘ay.   Voizkim,   bo‘lg‘ay   olim   va   halol   ish   tutuvchi   –
aning   nasihatidan   chiqqan   buzuqi.   U lki,   buyurib   o‘zi   qilmag‘ay,   h yech kimga
foyda   va   asar   aning   so‘zini   kimsa   qilmag‘ay.   Nazoirxon   –   maddohlik   yo‘lida
so‘z   aytuvchi,   maqola   yozuvchi   –   yugurdagi   bila   qo‘shiq   aytuvchi,
ashulachi,   bari bir go‘r.
Qit’a:
Voizki, yugurdaksiz so‘z ayta olmas,
  Unga   yorodu,  bunga ayolg‘uchi hukmi bor.
Tengri  so‘zin ayolg‘uchi  bo‘lmasa  aytolmas,
  Bittagina asbob  bo‘lsa   ham  zor istar.
(Yorodu   –   musiqa   asbobi.   Ayolg‘uchi   –   kuyning   cho‘ziq   nag‘malarini   ijro
etuvchi.) 39
Alisher   Navoiy   tomonidan   notiq   oldiga   qo‘yilgan   talablar   o‘sha   davrdagi
Sharq     notiqlari   oldiga   qo‘yiladigan   talablarga   juda   mos   keladi.   Alisher   Navoiy
mohir so‘z ustalari haqida so‘zlar ekan, so‘z qudratiga quyidagicha ta’rif beradi:
U   so‘z   san’atkorlarining   boshidagi   toj,   hatto   bahosi   xazinaga   teng   o‘sha
tojning   gavharidir.   U   fazilat   konidagi   gavharlarning   qo‘riqchisi,   kamolot
39
  Н авоий, Алишѐр   Маҳбуб   ул-қулуб.   Муҳокамат   ул-луғатайн:   асар/ўгирувчи   Баҳодир   Қобул.   –   Тошк	ѐнт:  
Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт-   матбаа    ижодий  уйи, 2021. Б.6 0-61.
45 daryosining   qimmatbaho   injusidir.   Uning   ijodxonasi   suvoqlaridan   anbar   hidi
keladi.   Xohaning   to‘rt   tomoniga   esa   sakkiz   jannat   yashiringan.   Garchi   uning   uyi
ko‘ngil kulbasidek ixcham bo‘lsa ham, unda ikki jahon jilvalanadi. Baland osmon
uning   masjidiga   qandil,   nur   sochuvchi   quyosh   esa   o‘sha   qandildagi   sham.   Ka’ba
uyidan doim unga bir eshik ochiq; namoz vaqtida unga bu eshik mehrob vazifasini
o‘taydi. Ganja - uning vatani, ko‘ngli boyliklar koni bo‘lib, fikri xazinasi, tili esa
o‘sha   boyliklarni   ulashuvchidir.   Uning   fikr   tarozusi   «Xamsa»ni,   «Xamsa»   emas,
balki   «Besh   xazina»ni   o‘lcharkan,   unga   Osmon   tarozusi   pallasi,   Yer   kurrasi   esa
botmon tosh bo‘ldi. Aql xazinachisi yuz avlod umri davomida tarozuda tortsa ham
bari bir, uning kichik bir qismini tortib ulguradi, xolos. 40
“Hayratul-abror”da shunday yoziladi: “u’lalari ko‘zga tashlanadi. Fikr haqiqat
o‘tidan bahramand bo‘lgan bo‘lsa, u toshni ham suv qilib eritib yubora oladi. Biroq
fikr   haqiqat   gavharidan   uzoq   bo‘lsa,   unga   ip   topish   to‘g‘risida   so‘zlamagan   ham
yaxshi. Ipni topsangu o‘rish-arqog‘i bilan keltirsang-u, yaxshi dur bo‘lmasa, uning
chiroyli rang va naqshidan ne foyda? 41
Shoir asarda so‘zning qudratini quyidagicha  tasvirlaydi:
So‘z   gavharining   sharafi   shunchalar   yu’ksakki,   gavhardek   qimmatbaho
narsa ham  unga sadaf  bo‘la  olmaydi. To‘rt  sadaf  ichidagi  gavharga  quti  ham  shu
so‘z,   yetti   qavat   osmon   yulduzlarining   burjlari   ham   shu   so‘zdir.   Inson   ko‘ngli
qaysi tomonga boqmasin, jahon bog‘chasida yuz xil yangi gullarni ko‘rarkan, ular
barchasi   bir   vaqtlar   sirli   yo‘qlikning   gulshanida   yashiringan,   g‘unchalar   ham
hammasi   ochilmagan   xolda   edi.   Azaliyat   tog‘idan   mayin   shabada   esa   boshlashi
bilan jahon bog‘idagi shuncha gullar ochilib ketdi. Bu oddiy shabada emas, gullar
sochuvchi  shabada  bo‘lib, u na’matak va undan to‘kilgan gul  yaprog‘iga o‘xshab
ketadi. Shu ikki narsani donishmand odam bir-biriga yopishtirsa, «kofu nun» xosil
bo‘ladi   .   Dunyodagi   hamma   bir-biriga   bog‘liq   va   bog‘liq   bo‘lmagan   narsalar   -
barchasi shu «kof» va «nun»ning bolalari, o‘shandan oavdo bo‘lganlar. Bu bolalar
yana   hisobsiz   bolalar   ko‘rib,   bola   o‘zi   ham   ota,   ham   o‘g‘ilga   aylandi.   Uni   so‘z
40
file:///C:/Users/Domlabobo/Downloads/AlisherNavoiy.%20Xamsa.%20Hayratul     abror%20(nasriy%20bayoni).pdf
41
  f ile:///C:/Users/Domlabobo/Downloads/AlisherNavoiy.%20Xamsa.%20Hayratul  abror%20(nasriy%20bayoni).pdf
46 bilan   qanday   maqtash   mumkin?   Axir,   nima   deyilsa   ham   uning   o‘zini   o‘zi   bilan
maqtalgan bo‘ladi-da! So‘z jon bo‘lib, ruh uning qolipidir. Tanida ruhi bor  odam
doim   unga   extiyoj   sezadi.   So‘z   dunyoda   bor   barcha   ko‘ngillarning   qutisidagi
javhar,   hammaning   og‘iz   qutisidagi   qimmatbaho   gavhardir.   Agar   til   bamisoli   bir
po‘lat   xanjar   bo‘lsa,   so‘z   unga   qadalgan   injulardir.   Til   shu   chamanning   ochilgan
lolasi   bo‘lsa,   so‘z   durlari   unga   qo‘ngan   shabnamlardir.   So‘z   o‘lgan   odamning
tanasiga pok ruh bag‘ishlaydi. So‘zdan tandagi tirik ruh halok bo‘lishi mumkin. 42
Alisher   Navoiyning     “Muhokamatul   lug‘atayn”   asari   so‘z   bilan   bog‘liq
jumlalar   bilan boshlangan:   Takallum   ahli  xirmanining xo‘sha  chini  va  so‘z,  durri
samini   maxzanining   amini   va   nazm   gulistonining   andalibi   nag‘ma   saroyi,   ya’ni
Alisher almutaxallas  bin-Navoiy... mundoq arz qilurkim, so‘z durredurkim, aning
dar’yosi   ko‘nguldur   va   ko‘ngul   mazharedurkim,   jomii   maoniyi   juzv   va   kuldur.
Andoqki,   dar’yodin   gavhar   g‘avvos   vositasi   bila   jilva   namoyish   qilur   va   aning
qiymati javharig‘a ko‘ra zohir bo‘lur. Ko‘nguldin dog‘i so‘z durri nutq sharafig‘a
sohibi   ixtisos   vasilasi   bila   guzorish   va   oroyish   ko‘rguzur   va   aning   qiymati   ham
martabasi  nisbatig‘a boqa intishor va ishtihor topar. Gavhar qiymatig‘a nechukki,
marotib usru ko‘pdur, hattoki, bir diramdin yuz tumangacha desa bo‘lur. 
Qit’a: Injuni olsalar mufarrih uchun, 
Ming bo‘lur bir diramg‘a bir misqol.
  Bir bo‘lur hamki, shah quloqqa solur:
  Qiymati mulk, ibrasi amvol 
So‘z   durrining   tafovuti   mundin   dog‘i   beg‘oyatroq   va   martabasi   mundin
ham benihoyatroqdur. Andoqki, sharifidin to‘lgan badang‘a ruhi pok etar, kasifidin
hayotliq tang‘a zahri halok xosiyati zuhur etar. 
Qit’a: So‘z gavharidurki, rutbasining 
Sharhidadur ahli nutq ojiz.
  Andinki erur xasis muhlik, 
Ko‘rguzgucha durur Masih mu’jiz. 43
42
  f ile:///C:/Users/Domlabobo/Downloads/AlisherNavoiy.%20Xamsa.%20Hayratul  abror%20(nasriy%20bayoni).pdf
43
 http://lib.jizpi.uz/pluginfile.php/15160/mod_resource/content/0/Alisher%20Navoiy%20-%20Muhokamatul
%20lugatayn%20%281%29.pdf
47 “Xamsa”ning   birinchi   dostoni   bo‘lgan   “Hayratul-abror”ning   14-bobi
“Odamzod vujudi osmonning jahon yoritar yulduzlari va inson zotiga xos bo‘lgan
konning   behisob   javohirlari   bo‘lgan   so‘z   ta’rifida...”   deb   boshlanadi   va   bu   bob
to‘lig‘icha so‘z ta’rifiga bag‘ishlanadi.
Alisher Navoiy fikricha, so‘zning qadri qimmatbaho gavhar kabidir: “So‘z
gavharining   sharofati   shunchalar   yuksakki,   gavhardek   qimmatbaho   narsa     ham
unga   sadaf   bo‘la   olmaydi.   To‘rt   sadaf   (suv,   havo,   o‘t,   tufroq)   ichidagi   gavharga
quti ham shu so‘z, etti osmon yulduzlarining burji ham shu suv”.
“Hayratul-abror”da   shunday   yoziladi:   “Nazmda   ham   asosiy   narsa
ma’nodir,   uning   shakli   esa   har   xil   bo‘lishi   mumkin.   Yaxshi   mazmunga   ega
bo‘lmagan   she’r   tushungan   odamlarning   yaxshi   bahosini   olomaydi.   Ham   yaxshi
shaklga ega bo‘lgan, ham go‘zal ma’no asosiga qurilgan she’r haqiqiy she’r”.  
Ayniqsa,   Alisher   Navoiyning   xatlardan   to‘plangan   “Munshaoot”   (“Xatlar
namunalari”)   asari   nutq   odobiga   oid   quyidagi   misralar   bilan   boshlanadi:   Hamdi
mavfur   ul   soni’g‘akim   ilmi   munshiysi   sun’   qalami   bila   kalomi   majid   inshosin
ofarinish avroqig‘a raqam qildi, to ofarinish ahli aning ahkomi bila amal qilg‘aylar
va yaxshini yomondinu qilurni qilmasdin bilgaylar . 
Ul hokimkim omdurur ehsoni, 
Shahlar boshig‘a nofiz aning farmoni, 
Farmonig‘a insho suvari qur’oni, 
Inshosiga e’joz kelib arzoni. 
jalla alouhu va ammat na’mouhu
Va durudi nomahsur ul rofi’g‘akim, 
shar’i muftisi kilki amri bila shariati 
hamid imlosi zamon sahoyifig‘a yozildi, 
to zamon eli aniing amr va nahyisi bila 
ishtig‘ol ko‘rguzib xato paydosidin 
savobi tariqig‘a rosih bo‘lgaylar.
  Ul shohki moyan fasohat keldi,
  Har nukta anga mahzi balog‘at keldi,
48   Haqdin ishi olamg‘a risolat keldi,
Shoni bu risolatda adolat keldi.
  Sallallohu alayhi va alo olihi va ashobihi
  Ammo   ba’d:   ajillai   ashob   ollida   aidoq   ma’ruz   bo‘lur   va   aizzai   ahbob
xizmatida   andoq   arzg‘a   etkurulurkim,   atrok   inshosida   va   bu   ahli   idrok   bayonu
adosidakim, birovdin birovga ruq’a yozg‘ay, yo ul kishi ul ruq’ag‘a javob bitigay,
dag‘i   ruq’a   kelturgan   qosidni   qaytarg‘an   –   alfozi   latofatdin   muarro   va   tarokibi
balog‘atdin   mubarro   erdi   va   adosi   rangin   fiqarotdin   namoyishsiz   va   mazmuni
rangin  abyotdin oroyishsiz   va muqobalada  forsiy  alfozning insholari   dilpisand  va
makotibu   imlolari   arjumand   erdi,   xayolg‘a   andoq   keldikim,   turk   alfozining   dag‘i
ruq’alari   hamul   misol   bila   bitilgay   va   bu   tilning   nomalarini   ham   o‘shul   minval
bilan sabt etilgay. Oz fursatda bu ruq’alar jam’ bo‘lib va nomalar yig‘ilib erdikim,
bu   avroq   zimnida   sabt   bo‘ldi.   Ruboiya:   Har   kimki   ani   o‘qurni   bunyod   etgay,
Roqimni agar duo bila yod etgay, Tengri oni har banddin ozod etgay, Har g‘amdin
aning xotirini shod etgay.
Alisher   Navoiyning   nutq   madaniyati,   so‘z   qo‘llash     to‘g‘risidagi   fikrlari
“Muhokamatul-lug‘atayn”   asaridafe’llar   misolida   ko‘rsatib   berilgan.   Quyida
Navoiyning   bu   boradagi   qarashlari   quyidagicha:   Ammo   turkning   kattadan
kichigigacha,   xizmatkoridan   begigacha   sart   tilidan   bahramanddirlar.   Shundayki,
o‘z   tirikchiliklariga   oid   ahvollar   ustida   so‘zlasha   olurlar,   balki   ba’zilari   adabiy
ravishda   so‘zlashaolurlar.   Hattoki   turk   shoirlari   forsi   tilida   rangdor   she’rlar   va
shirin   hikoyalar   yuzaga   chikaraolurlar.   Andoqki:   quvormoq   va   quruqshamoq   va
usharmak   va   jiyjaymoq   va   o‘ngdaymok   va   chekrimak   va   do‘msaymoq   va
umunmoq   va   o‘sanmoq   va   itirmak   va   egarmak   va   o‘xranmak   va   toriqmoq   va
aldamoq   va   arg‘adamoq   va   ishastmak   va   iglanmak   va   aylanmoq   va   erikmak*   va
igranmak va ovunmoq va qistamoq va qiynamoq va qo‘zg‘almoq va sovrulmoq va
chayqalmoq   va   devdashimoq   va   qiymanmoq   va   qizg‘anmoq   va   nikamak   va
siylanmoq   va  tanlamoq   va   qimirdamoq   va  serpmak   va   sirmamak  va   ganorgamak
va sig‘riqmoq va sig‘inmoq va qilimoq va yolinmoq va munglanmoq va indamak
va   tergamak   va   tevramak   va   qingg‘aymoq   va   shig‘aldamak   va   singramoq   va
49 yashqamoq   va   isqarmoq   va   ko‘ngranmak   va   suxranmoq   va   siypamoq   va
qoralamoq   va   surkanmak   va   kuymanmak   va   intramoq   va   tushalmak   va
mung‘aymoq va tanchiqamoq va tanchiqolmoq va ko‘ruksamak va bushurg‘anmoq
va bo‘xsamoq va kirkinmak va sukadamak, bo‘smoq, burmak, turmak, tomshimoq,
qahamoq,   sipqormoq,   chicharkamak,   jurkanmak,   o‘rtanmak,   sizg‘urmoq,
gurpaklashmak,   chuprutmoq,   jirg‘amoq,   bichimoq,   qikzanmoq,   singurmak,
kundalatmak,   qumurmak,   bikirmak,   ko‘ngurlamak,   kinarkamak,   kezarmak,
do‘ptulmoq, chidamoq, tuzmak, qazg‘anmoq, qichig‘lamoq, gantiramak, yadamoq,
qadamoq,   chiqanmoq,   ko‘ndurmak,   so‘ndurmak,   suqlatmoq.   Bu   4   yuz   lafzdurki,
g‘arib   maqosid   adosida   tayin   qilibdurlarki,   hech   qaysi   uchun   sort   tilida   lafz
yasamaydurlarki,   barchasi   muhtojun   ilayhdurki,   takallum   chog‘ida   kishi   anga
muhtoj bo‘lur. Ko‘pi andoqdurki aslo aning mazmunin tafhim qilmoq bo‘lmas va
ba’ziniki,   anglatsa   bo‘lg‘ay,   har   lafz   tafhimi   uchun   necha   lafzni   tarkib
qilmag‘uncha bo‘lmas, ul dag‘i arabiy alfoz madadi bila. Va turk alfozida bu nav’
lafz   ko‘p   topilur.   Masalan,   bu   mazkur   bo‘lg‘on   yuz   lafzdin   bir   nechaga
mashg‘ulluk   qilib   sobit   qilali,   to   xasm   muqobalada   ilzom   bo‘lsunki,   o‘zgalarni
munga qiyos qilsun. 44
Navoiy   “Muhokamat   ul-lug‘otayn”da   bir-birlariga   nisbatan   sinonimik
munosabatda   bo‘lgan   100   ta   fe’lning   ro‘yxatini   keltirgan,   ularni   o‘zaro   qiyoslab
tahlil qiladi. Ayniqsa, uning yig‘lamoq ma’nosidagi fe’llar haqidagi fikrlari o‘zbek
tilining     naqadar   boy   til   ekanligidan   dalolat   beradi.Alisher   Navoiy   quyidagicha
yozadi:   “Bu   yuz   lafvzdurki,   g‘arib   maqosid   asosida   tayin   qilibdurlar....   barchasi
muxtojun ilayhdurki, aslo aning mazmuning tafxili qilmoq bo‘lmas...”.
  “Muhokamat   ul-lug‘atayn”ning   so‘ngida   o‘zbek   (turkiy)   tilining   stilistik
imkoniyatlari,   so‘z   qo‘llash   imkoniyatlari   haqida     ko‘plab   misollar   asosida   aks
etgan.
2.2.Umumta’lim   maktablarida   Navoiyning     uslubshunoslik   rivojida
tutgan o‘rnini o‘rganish .
Alisher Navoiy o‘zidan keyingi nafaqat o‘zbek yoki turkiy xalqlar adabiyoti,
44
  alisher_navoiy_muhokamatul_lugataynи.pdf
50 balki   butun   Sharq   so‘z   san’atiga   kuchli   ta’sir   o‘tkazgan,   badiiy   tafakkur
taraqqiyotida   alohida   davrni,   yuksak   bosqichni   tashkil   etadigan   favqulodda
iste’dod sohibidir. Sharq so‘z  san’ati  o‘zigacha  erishgan barcha yutuqlarni  o‘zida
mujassam   etgan   va   uni   yanada   rivojlantirib,   betakror   badiiyat   durdonalari   bilan
boyitgan   mutafakkir   shoir   ijodi,   xususan,   turkiy   adabiyot   uchun   etalon   edi.   Bu
samarali   ta’sirdan   biror-bir   turkiy   xal q   adabiyoti   xoli   emas.   Bu   adabiyotlarda
Navoiyni   o‘ziga   ustoz   deb   bilmagan,   unga   ergashmagan,   undan   ta’sirlanmagan,
mahorat   sabog‘ini   olmagan   qalam   ahli   yo‘q,   desak   sira   mubolag‘a   qilmagan
bo‘lamiz. Turklar ham, uyg‘urlar ham, ozarbayjonlar ham, qozoqlar ham, qirg‘izlar
ham, turkmanlar ham, tatarlar ham, boshqirdlar ham, qoraqalpoqlar ham Navoiyni
o‘z shoirlari deb biladilar va o‘z mumtoz adabiyotlarining zabardast namoyandasi
sifatida   o‘rganadilar.   Chunki   u   bu   xalqlardan   barchasining   milliy   so‘z   san’ati
ravnaqiga katta hissa qo‘shgan. 45
 
              Alisher Navoiy o‘zining “Mahbub ul qulub” asari n ing bir bo‘limini  maxsus
ilm-fanga, o‘qituvchilar tavsifiga bag‘ishlagan.   Mudarris,   o‘qituvchi,   dars   beruvchi
shunday   bo‘lishi   kerakki,   mansabga   chiqish   g‘arazi,   niyati,   qasdi,   maqsadi
bo‘lmasa   va   bilmaydigan   ilmni   ayturga      otlanib      gunoh      ish      qiluvchi       bo‘lmasa
va   shuhratparastlik,   maqtanchoqlik   uchun   dars   hovuzin   tuzmasa   va   hamma   narsani
qamrab   olish   kasali,   olg‘irlik   uchun   so‘zlash   va   g‘avg‘o   ko‘rguzmasa.   Jahldin
dastori   uluv   –   baland   va   dastorining   aloqasi   uzun   bo‘lmasa   va   qilsa   ham,   qilmasa
ham   bo‘ladigan   ishlar   uchun   madrasa   ayvoni   bosh-osti   unga   o‘run,   yotar   uchun
o‘rin-joy   bo‘lmasa.   Diniy   ilmlarni   bilsa   va   yaqiniy   masalalardan   elga   ta’lim   qilsa,
bersa.   Bevoshlik,   hayosizlikdan   qo‘rqqan   va   nopokliklardan   qochgan   bo‘lsa,
o‘zini   olim   bilgan   necha   noma’lumga   anvoyi   buzuq,   muboh   ishlarni,   qilsa   ham,
qilmasa   ham   bo‘laveradigan   ishlarni,   balki   halol   qilgay.   Qilmas   ishlarni   qilmoq
andin   ma’lum   bo‘lg‘ay   va   qilur   ishlar   tarki   andin   qoida   va   rusum   bo‘lgay.   Bu
mudarris,   o‘qituvchi   emasdurkim,   bid’at   tarqatuvchidir   va   mundaq   kishi   suhbati
islom   ahlidan   qaytarilgandir,   man   qilingandir.
45
 Очилов Э.Навоий ва туркий халқлар адабиёти.  “Алишер  Навоий  ижодий  меросининг  умумбашарият  маънавий - 
маърифий  тараққиётидаги  ўрни”  мавзусидаги халқаро илмий-амалий  анжумани матѐриаллари. Навоий, 2017.Б.77.
51 Olim   shunday   bo‘lishi   kerakkim   mutaqqiy   –   gunohlardan   saqlanuvchi
taqvodor   bo‘lsa   va   Xudodan   xabardor,   ogoh   va   aytar   gap-so‘zi   Alloh   va
payg‘ambari   gap-so‘zi  bo‘lsa. 46
Bugungi   kunda     umumta’lim   maktablarida   ajdodlarimizning   nutq
madaniyati, notiqlikka qo‘shgan  hissasi,  ularning pedagogik ahamiyati  to‘g‘risida
bir   qator   tadqiqotlar,   metodik   qo‘llanmalar   yaratilgan.   M.Samadovning   “5-10-
sinflarda sinfdan tashqari o‘qish” 47
,
K.Jo‘rayevning   “Adabiyot   kabineti   va   o‘qitishda   ko‘rgazmalilik” 48
,
S.Dolimov, X.Ubaydullayev, K.Ahmedovlarning “Adabiyot o‘qitish   metodikasi” 49
,
F.Badriyevning   “Yuqori   sinflarda   adabiyotdan   sinfdan   tashqari   ishlar” 50
,
O.Musurmonovaning “Adabiyot va axloqiy   tarbiya” 51
, A. Zunnunov va boshqalar 52
xamda   B.To‘xliyevning   “Adabiyot   o‘qitish   metodikasi” 53
  kabilar   shular
jumlasidandir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi 5-11-sinflarida Alisher Navoiyning xayoti va
ijodini   izchillikda   o‘rgatish   davom   ettiriladi.   Buning   uchun   o‘quv   rejasida
kuyidagicha dars soatlari  ajratilgan: 5-sinfda “Hayratul-abror” dostonidan olingan
“Yegrilik va to‘g‘rilik” xikoyasi - 3 soat, 6-sinfda “Maxbubul kulub” dan parcha -
4   soat,   7-sinfda   “Sab’ai   sayyor”   dostonidan   beshinchi   iklim   yulidan   keltirilgan
musofir xikoyasi - 3 soat, 8-sinfda ruboiy, tuyuk, gazallaridan namunalar - 4 soat,
9-sinfda   “Farxod   va   Shirin”   dostoni   -   10   soat,   10-sinfda   shoir   zamondoshlari
xotirasida, lirikasi: gazal, ruboiy. kit’alari taxlili - 6 soat, 11-sinfda xayoti va ijodi,
“Saddi   Iskandariy”   dostoni   -   4   soat.   Akademik   litsey   birinchi   va   ikkinchi
semestrlarida: shoir xayoti va ijodi - 2 soat, lirikasi - 2 soat, epik asarlari - 2 soat,
46
  Навоий, Алишѐр  Маҳбуб   ул-қулуб.   Муҳокамат   ул-луғатайн:   асар/ўгирувчи   Баҳодир   Қобул.   –   Тошк	ѐнт:  
Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт-   матбаа    ижодий  уйи, 2021.Б.40.
47
  Сам ад о в М. 5-10-синфларда синфдан ташқари ўқиш: Ўқитувчилар  учун  м	
ѐтодик
қўлланма.-Т.: Ўқитувчи, 1962.
48
  Жўра	
ѐв К. Адабиёт кабин	ѐти ва уқигишда кўргазмалилик: Ўқитувчилар учун м	ѐтодик
қўлланма. - Т.: Ўқитувчи, 1965. — 140 6.
49
  Долимов С., Убайдулла	
ѐв Х . , Ахм	ѐдов К- Адабиёт  ўқ итиш м	ѐтодикаси. - Т.:  Ўқ итувчи,
1967.-241   6.
50
  Бадри	
ѐв Ф. Юқори синфларда адабиётдан синфдан ташқари ишлар: Ўқитувчилар учун
м	
ѐтодик қўлланма. - Т.: Ўқитувчи, 1969. – 116 6.
51
  Мусурмонова О. Адабиёт ва ахлоқий тарбия. Ўқитувчилар учун м	
ѐтодик қўлланма. - Т.:
Ўқитувчи, 1988.-966.
52
  Зуннунов А. ва бошкалар. Адабиёт ўқитиш м	
ѐтодикаси: Ўқув қўлланма. - Т.: Ўқитувчи, 1992.-329 6.
53
  Тўхли	
ѐв Б.. Адабиёт ўқитиш м	ѐтодикаси: Ўқув қўлланма. - Т.: Баёз, 2 0 1 0 .- 167 6
52 “Xayratul-abror”  dostoni   -   2   soat,   “Farxod  va   Shirin”   dostoni   -   2  soat,   “Layli   va
Majnun”   dostoni   -   2   soat,   “Sab’ai   sayyor”   dostoni   -   2   soat,   “Saddi   Iskandariy”
dostoni - 2 soat.
Alisher Navoiyning nutq madaniyati, til, uslubiyat rivojiga qo‘shgan hissasi
uning  “Muhokamatul   lug‘atayn”     asarida     aniq  ko‘zga   tashlanadi.     Lekin   Alisher
Navoiyning   so‘z   qo‘llash   mahorati,   muomala   jarayonida   tilda   mavjud   bo‘lgan   til
birliklarini   o‘rinli   qo‘llash,   uning   ahamiyati,   funksional   stilning   ayrim
ko‘rinishlari,   poetik   asarda   so‘z   qo‘llashga   doir   fikrlari   “Xamsa”,   “Munshaot”,
“Majolis   un-nafois”   kabi   asarlari   mazmun-mohiyatiga   singdirib   yuborilgan.
O‘qituvchi   ushbu   asardagi   bola   tarbiyasi,   oilaviy   hayot   m u a m m o l a r i n i
s h a r x l a y o t g a n i d a ,   o b z o r   t a r i q a s i d a   quyidagi   dalillarni   o‘quvchi
tasavvuriga   zavola   kiladi:   rus   va   G arb   pedagog   olimlari   bola   tarbiyasigaʻ
qanchalik   ko‘p   e ’tibor   bergan   bo‘lsalar,   Sharq   olimlari   va   pedagoglari   h a m
s h u n c h a l i k   k a t t a   e ’ t i b o r   b e r g a n l a r .  
S h o i r   S h a r q   x a l q l a r i   n u t q   m a d a n i y a t i ,   u s l u b l a r g a   o i d
q a r a s h l a r i n i     «Hayrat   ul-Abror»   («Yaxshi   kishilarning   xayratlanishi»)
dostonida   alohida uqtirib o tadi.	
ʻ
S h a r q   x a l q l a r i g a   x o s   t a ’ l i m - t a r b i y a ,   x a l q   p e d a g o g i k a s i ,
n a s i h a t n o m a s i n i   yangiga   mazmun   bilan   boyitgan   «Mahbub   ul-qulub»   asari
ulkan   allomaning   ta’lim-tarbiyaga   bag‘ishlangan   asari   bo‘lib.   Hozirga   qadar   o‘z
ahamiyatini   yo‘qotgan   emas.   Umumta’lim   maktablarida   Navoiyning
uslubshunoslik   rivojida   tutgan   o‘rnini   o‘rganishga   alohida   e’tibor   berilgan.   2020-
yilda nashr  etilgan 5-sinflarga mo‘ljallangan “Ona tilidan o‘qituvchi kitobi Yangi
nashr” 54
 da    bu bo‘yicha  quyidagicha topshiriq berilgan:
2-topshiriqni   berishdan   avval   monitorda   yoki   doskada   Alisher
Navoiyning   rasmi   va   u   tomonidan   aytilgan   fikr   namoyish   etilib,   unga
o‘quvchilarning   munosabati   so‘raladi.   Bu   topshiriqni   bajarishdan
maqsad   o‘quvchilarning   TINGLAB   TUSHUNISH   ko‘nikmalarini
54
  Ona tilidan o‘qituvchi kitobi yangi nashr.–Т.:  G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot ijodiy uyi, 2020.
53 shakllantirish hisoblanadi.   Bunda Alisher Navoiyning ona tilimizga nisbatan katta
hurmat   va   ye’tibor   bidan   qaragani,   o‘tmishda   va   u  yashagan   davrda   xalqimiz   ish
yuritishda, asosan, arab, fors tillaridan foydalangani, Navoiy millat   fidoyisi, turkiy
tilning   jonkuyari   sifatida   o‘zbek   tilining   jamiyatdagi   mavqeyini   ko‘tarish   uchun
astoydil kurashgani   tushuntiriladi. 
Uning   asarlaridan   parchalar   o‘qib,   izohlanadi,   “Muhokamat   ul-
lug‘atayn”asarining   ona   tilimiz   mavqeyini   ulug‘lashdagi   o‘rni   izohlab   beriladi.
Dunyo   tillarining   rang-barangligi,   ular   ichida   o‘zbek   tilining   tutgan   o‘rni,   oilada,
ko‘chada,   maktabda,   jamoat   joylarida   odamlar   qaysi   tillardan   foydalanayotgani
savol-javoblar   asosida   aniqlanadi.   So‘ng   o‘quvchilarning   e’tibori   1-mashqdagi
rasmga qaratiladi .
O‘quvchilar   rasmdagi   rus,   ukrain,   belorus,   qirg‘iz,   qozoq,   tatar
koreys   va   boshqa   millat   vakillarini   tanib,   ularning   tillari   o‘zbek   tilidan
farqlanishini yoki o‘xshashligini aytadilar.   O‘qituvchi til so‘zining o‘zbek, qirg‘iz,
qozoq   tillarida   bir   xil   “til”   tarzida   aytilishini,   rus,   ukrain,   belorus   tillarida   ham
“yazik”   ko‘rinishida   qo‘llanilishini,   sababi   yuqoridagi   tillar   bir-biriga   qarindosh
ekanligini   tushuntirib   beradi.   Qarindosh   bo‘lmagan   tillarda   bir-biridan   keskin
farq   qilishini   ingliz   tilidagi   “tonguye”,   “linguage”   so‘zlari   misolida
tushuntiriladi.
             2-mashqni ishlashda ham o‘quvchilar faollikka tortiladi. Ularga   1. Ijtimoiy
hodisa deganda nimani tushunasiz? 2. Til ijtimoiy hayotimizning qaysi sohalarida
ishlatiladi?   3.   Respublikamizda   qaysi   tillardan   foydalanamiz?   kabi   savollar
tashlanadi   va   javoblar   olinib,   umumlashtiriladi.   Ushbu   mashq   o‘quvchilarning
GAPIRISH   ko‘nikmasini   shakllantirishga   qaratilgan.   O‘quvchilardan   quyidagi
fikrlarga munosabat bildirish so‘raladi.
1.   Til   bilmasdan   chet   ellarga   borgan   odam   qiyin   vaziyatga   tushib
qoladi.
2. Til yo‘qolsa, millat ham yo‘qolib ketadi.
3. Inson o‘z hayoti davomida ko‘plab tillarni o‘rgana olishi mumkin.
54 4.   Til   –   og‘zaki   so‘zlashuv   quroli.   Uni   o‘qimasdan   turib   ham
o‘zlashtirsa bo‘ladi.
5. Til – millat mulki. Uni e’zozlash va qardlash lozim.
6.   Inson   o‘z   hayoti   davomida   10   tadan   ortiq   tilni   o‘rgana   olmaydi.
Aytilgan   fikr-mulohazalar   asosida   quyidagi   nazariy   fikr   o‘quvchilarga
o‘qitiladi,   3-4   ta   o‘quvchidan   qayta   so‘zlash   so‘raladi.
Til   kishilar   o‘rtasidagi   aloqa-aralashuv   qurolidir.   Shunga   ko‘ra
u   ijtimoiy   hodisa   sanaladi.   Til   vositasida   fikrlaymiz   va   boshqalarga
fikrimizni uzatamiz. Tilni xalq yaratadi va unga sayqal beradi .
“Hayrat   ul-abror”   dostonida   “Rostlik   ta’rifida”   degan   maxsus   bob   ham
ajratgan.Bu   ham   pedagogik   jarayonda   nutqning   aloqaviy   sifatlarini   o‘quvchilar
ongiga singdirishga yordam beradi.  Buning uchun shoir 
Bir buki, tuz bo‘lsa kishining so‘zi,
Yo‘q so‘zikim, ham so‘ziyu ham o‘zi, degan fikr bildiradi.
Kishi yolg‘onchilikdan qochishi, rost gapirishi lozimligi uqtiriladi: 
Har kishi yolg‘onni desa, lek kam,
Bo‘lg‘ay edi kosh bu davronda ham.
Alisher Navoiy “Hayrat   ul-abror”ning bundan keyingi “Durroj va sher” deb
nomlangan bobini yolg‘onchilik asoratlariga bag‘ishlagan. Unda durroj (qirg‘ovul)
yolg‘onchiligi   tufayli   unga   do‘stlikni   taklif   etgan   sherning   ko‘magidan   benasib
qolib, ovchining  tuzog‘iga  ilingani  hikoya  qilinadi. Bobning  oxirida  nima  desang
ham   rostni   gapir,   rostni   kuylagan   ohanglarga   tahsin   ayt,   mazmunidagi   quyidagi
bayt keltiriladi:
So‘zda Navoiy, ne desang, chin degil,
Rost navo nag‘mag‘a tahsin degil.
Umuman,   Alisher   Navoiy   asarlari   ta’lim-tarbiya   jarayonida   o‘quvchilarga
nutq   madaniyati,   uslublarni   o‘rgatishda   muhim   manba   hisoblanadi.   Darslikda
quyidagicha xulosalar berilgan: 
Bu   bilan   hazrat   Navoiy   inson   hayotda   adashishi,   chalg‘ib   qolishi   mumkin,
lekin vaqti bilan o‘z xatosini anglasa va bundan afsuslanib, uni tuzatishga urinsa, u
55 holat kechiriladi, deb tushuntiradi.
Ammo   yolg‘on   gapirish   odatga   aylangan   bo‘lsa,   mana   bu   yomon,
kechirilmaydigan   gunoh.   Agar   majbur   bo‘lib   qolganingda   ham   rost   gapni
aytishning   iloji   bo‘lmasa,   yolg‘onni   ham   gapirma,   deydi.   Shu   tariqa   yolg‘onning
kishilar tabiatidagi  yaramas va badbin illatligini, uning oqibatlarini  qoralab kelib,
muallif   asar   badiiy   qurilmasiga   ko‘ra   bu   o‘rinda   ham   majoziy   bir   hikoyatga
murojaat   qiladi. Ya’ni   «Sher   bilan durroj»  haqidagi  ramziy  rivoyatni   keltirib,  o‘z
fikrlarining yanada ta’sirliroq bo‘lishiga erishadi.
Hikoyatda ko‘rganingizdek, garchi nihoyatda qudratli, qo‘rqinchli bo‘lsa-da,
ona   sher   o‘z   bolalari   himoyasi   uchun,   ularni   sog‘-omon   katta   qilish   uchun   har
narsaga   tayyor.   Bolalarini   tishida   tishlab   olib   yuradi,   hech   kimga   ishonmaydi.
Durroj  bo‘lsa,  sherning bu ahvolini  tushunmaydi,  tushinishni  istamaydi  ham. Uni
insofga   keltirish   uchun   sher   o‘zidan   har   jihatdan   ojiz   durrojga   do‘stlik   qo‘lini
cho‘zadi:   o‘zini   cho‘chitmasligi   evaziga   nima   yordam   kerak   bo‘lsa,   berishga
tayyor ekanini aytadi.
Umumta’lim   maktablari   7 - sinf   o‘quvchilariga   mo‘ljallangan   “Ona   tili”
darsligida  Navoiyning so‘z qo‘llash mahorati haqida shunday misol keltirilgan:
Magazin’’ – bir qarashda ruscha so‘zga o‘xshaydi. Lekin u asli sharqqa oid,
ya’ni   arabcha   bo‘lib,   “maxazin”   shaklida   bo‘lgan   va   boshqa   tillarga   ko‘chgan.
Alisher Navoiyning mashhur Yigitlikda yig‘ ilmning maxzanin, Qarilik chog‘i xarj
qilg‘il   ani...   satrlaridagi   “maxzan”   ham   asli   shu   so‘zga   borib   taqaladi.   Bu
so‘zlarning   shakliga   diqqat   bilan   qaralsa,   ularning   tarkibida   “xazina”   so‘zining
borligini   sezish   mumkin.   “Maxazin”   so‘zining   tub   ildizi   “saqladi”,   “to‘pladi”
degan ma’noni anglatgan. “Mag‘oza” so‘zi  ham  “magazin” so‘ziga yaqin. “Xo‘ja
Nasriddin” filmida “Mag‘oza – “almashtirish” degani” degan gap bor. 55
 
Darslikda   berilishicha,   “Alisher   Navoiy   asarlari   tilining   izohli   lug‘ati”da
“jo‘ya”   so‘zi   “jo‘yak”,   “ariq”   ma’nosini   anglatishi   ta’kidlangan.   Dehqonlar   poliz
arig‘ini   “jo‘ya”   deyishadi.   Tilimizda   ma’noli   gapning   “jo‘yali   gap”,   mantiqsiz
fikrning   “nojo‘ya   fikr”   deyilishi   ham   shundan   kelib   chiqqan.   Jo‘yasiz   ekin
55
  Mavlonova K. M.. Ona tili 7 [Matn]: 7-sinf uchun darslik – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. –224 b.
56 unmaydi,   tez   qurib   qoladi.   Jo‘yasiz   gapning   holi   ham   shu.   Toki   bir   jo‘ya   aro
kesmakta tok, Ayladi oni yilon sanchib halok. (Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr”
asaridan) 56
 
7-sinf   darsligida   Alisher   Navoiy     ijodida   qo‘llanilgan   “mujmal”   so‘ziga
berilgan izoh ham o‘quvchilarning  til bilimini oshirishga mo‘ljallangan:
“Mujmal”   so‘zini   hozirgi   paytda   lanj,   mavhum,   na   u   yoqlik,   na   bu   yoqlik,
tushunarsiz,   tayinsiz   degan   ma nolarda   ishlatamiz.   Lanj,   kesib   gapirmaydigan,ʼ
ezma kishilarga nisbatan “mujmal odam” deymiz. Holbuki, bu so‘zning tub ildizi
“qisqa”,   “lo‘nda”   ma nolarida   keladi.  	
ʼ Bu   ma no   so‘zning   hozirgi   ma nosiga	ʼ ʼ
mutlaqo   zid.   Alisher   Navoiy   asarlarida   ham   “mujmal”   so‘zi   “qisqa”   ma nosini	
ʼ
ifodalagan.   Masalan,   “Sab ayi   sayyor”   dostonida   shunday   misralar   bor:	
ʼ
Dostonlarki  aytdim  mujmal, Manga yo‘q hech anda  bahs-u jadal. Mazmuni:  men
bu   dostonlarni   shunchalik   qisqa   bayon   qildimki,   so‘zlarim   orasida   birorta   ham
bahsga   sabab   bo‘ladigan,   tushunilmaydigan   o‘rin   yo‘q.   Shuningdek,   arabcha
“mujmal” so‘zining “yig‘indi” degan ma nosi ham borki, u “jumla” so‘ziga to‘g‘ri	
ʼ
keladi. Eshqobil Shukur, ‘‘Boboso‘z izidan’’ 57
Darslikning     124-sahifasida   tayr   so‘zi   bilan   bog‘liq   qiziqarli   ma’lumot
berilgan: “Tayr” so‘zi tilimiz tarixida “qush” ma nosini anglatgan. 	
ʼ Bu so‘zning tub
ildizi   “uchish”   mazmunini   ifodalagan.   Alisher   Navoiyning   “Lison   ut-tayr”,   ya ni	
ʼ
“Qush   tili”   degan   mashhur   dostoni   bor.   Xo‘sh,   shakl   jihatidan   bir-biriga   yaqin
bo‘lgan  “tayr” va  “tayyor”  so‘zlari   o‘rtasida  qanday  yaqinlik  bor?  Gap  shundaki,
biror   ishga   hozirlanib,   shay   turish   mazmunida   keladigan   “tayyor”   so‘zining   tub
ildizi “uchadigan”, “uchuvchan” degan ma noni bildiradi	
ʼ . 58
  Shuningdek, darslikda
“El”   va   “qo‘l”   so‘zlariga     berilgan   ta’riflar   o‘quvchilarning     nutq   madaniyatini
rivojlantirish bilan birga   so‘zlar tarixiga oid bilimlarini oshirishga xizmat qilgan:
“El”   so‘zining   xalq,   odamlar,   qabilalar   ittifoqi,   urug‘-aymoq,   tinchlik,   murosa,
do‘stlik,   davlat,   hokimiyat   kabi   ma nolari   bor.  	
ʼ Bu   so‘zning   tarixi,   tub   ildizi
borasida ham olimlar turli fikrlarni bildiradilar. “Turkiy tillar etimologik lug‘ati”da
56
 Ona tili 7 [Matn]: 7-sinf uchun darslik / K. M. Mavlonova. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022.  В.44.
57
 Ona tili 7 [Matn]: 7-sinf uchun darslik / K. M. Mavlonova. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022.В.103.
58
 Ona tili 7 [Matn]: 7-sinf uchun darslik / K. M. Mavlonova. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022.В.124.
57 “el” so‘zi “qo‘l” ma nosidagi “il” so‘zidan kelib chiqqan deyiladi. Qo‘lning al, il,ʼ
ilg,   ilik   shakllari   hozir   ham   tilimizda,   shevalarimizda   bor.   Sabr   aylasang,
murodingga   yetarsan,   Nasib   bo‘lsa,   yor   ilkidan   tutarsan,   –   deyiladi   “Tohir   va
Zuhra” dostonida. Ba zi izohlarda “el” ilgida hokimiyat, boshqaruv, rahbarlik bor
ʼ
degan   ma noni   anglatadi,   deb   aytilgan.   “Qo‘li   uzun”,   “ilgida   tutib   turadi”   kabi	
ʼ
iboralar   ham   qo‘lida   qudrat   bor   ma nosini   ifodalab   keladi.   Alisher   Navoiy   ham	
ʼ
“el”   so‘zini   “qo‘l”   va   “xalq”   ma nosida   qo‘llagan.   Xulosa   qilib   aytsak,   odamlar	
ʼ
birlashgan joyda el paydo bo‘ladi. Demak, qo‘lda barmoqlar birlashadi, “bir musht
holiga kelish” degan ibora ham birlashishni bildiradi. Eshqobil Shukur . 59
Demak, Navoiy ijodi o‘quvchilarni notiqlikka, nutq madaniyatini egallashga
o‘rgatadi. Umumta’lim maktablari 9 sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan “Adabiyot”
darsligida   o‘quvchilar   bilimini   oshirishda   Navoiy   ijodining   ahamiyati   haqida
shunday   yozilgan:   Navoiy   “Xamsa”si   yaxlit   asardir.   Buyuk   shoir   unda
zamonasining   barcha   dolzarb   masalalarini   qalamga   oladi.   Besh   doston   bir-biri
bilan   ich-ichidan   mustahkam   bog‘langandir.   Masalan,   “Hayrat   ul-abror”da   shoir
umr,   uning   mazmuni,   tabiat,   jamiyat   va   inson   munosabatlariga   doir   savollarni
qo‘yadi,   keyingi   dostonlarda   muayyan   taqdirlar,   voqealar   misolida   ularga   javob
berishga  harakat  qiladi. Beshlikni  sinchkovlik bilan o‘qigan kitobxon “Hayrat  ul-
abror”da berilgan 20 maqolatdagi diniy-falsafiy, axloqiy, ma’rifiy mohiyat keyingi
dostonlar   sujet   va   kompozitsiyasiga   yuksak   mahorat   bilan   singdirib
yuborilganligiga   iqror   bo‘ladi.   Shu   nazar   bilan   “Hayrat   ul-abror”   tuzilishi   va
mavzulariga diqqat qilaylik. Doston o‘ziga xos qurilishga ega. U falsafiy-ta’limiy
doston bo‘lganligi uchun mavzu biror voqeani hikoya qilish aso- sida emas, balki
muallif   fikr-mulohazalarining   bayoni   tarzida   yoriti-   ladi.   Shuningdek,   maqolatlar
shu   dostongagina   xos   bo‘lib,   adibning   boshqa   asarlarida   uchramaydi.   Har   bir
maqolatda insonning kundalik hayoti bilan bog‘liq diniy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy,
axloqiy   biror   mavzu   bayon   etiladi,   uning   mazmun-mohiyati   ochib   beriladi.
Maqolat so‘ngi- da mavzuni dalillash, uni hayotiy asoslash maqsadida hikoya yoki
masal keltiriladi. Mazkur hikoya va masallarning bosh qahramoni, asosan, tarixiy
59
 Ona tili 7 [Matn]: 7-sinf uchun darslik / K. M. Mavlonova. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022.В.142.
58 shaxslar,   mashhur   din   va   davlat   arboblaridir.   Ularda   shoir   islomiy   mezonlar,
umuminsoniy   qadriyatlardan   kelib   chiqib   Olam   va   Odam   to‘g‘risidagi   o‘z
mulohazalarini yuksak badiiy shaklda ifoda etadi. Masalan, birinchi maqolat iymon
haqida. Maqolatning birinchi baytidanoq shoir iymonning inson hayoti, insoniylik
mohiyatida tutgan o‘rnini belgilab beradi. 60
Darslikning   “Xamsa”   dostonlari   tahliliga   bag‘ishlangan   qismida   Navoiy
ijodining o‘quvchilar uchun qay darajada ahamiyatli ekanligi quyidagicha berilgan:
Adib   unda   kishi lar   bilan   munosabat   va   muomala   madaniyati,   o‘zini   tuta
bilish,   bola   tarbiyasi   va   boshqalar   to‘g‘risida   o‘z   mulohazalarini   bildiradi.   Odob,
tavozeni alqaydi, o‘zini tuta bilmaslik, o‘rinsiz kulgi kabi salbiy xis- latlarni qattiq
qoralaydi.   Inson   munosabatlarda   har   bir   kishining   ah-   voliga   yarasha   muomala
qilishi, kattalarga xizmat, kichiklarga shafqat etishi lozim deb uqtirgan shoir:  “Har
kishining   tavrig‘a   loyiq   kerak,   Surati   holig‘a   muvofiq   kerak.   Kimki   ulug‘roq
anga xizmat kerak, Ulki kichikroq, anga shafqat kerak”,  – deb ta’lim beradi.
Bugungi   kunda   gap   nutq   madaniyati,   badiiy   ijodda   so‘zning   o‘rni,   so‘z
qo‘llash   san’ati,   umuman,   uslubiyat   to‘g‘risidagi   fikrlar   tarixi   to‘g‘risida,   bunday
gaplarning   o‘zbek   adabiyoti,   tilshunosligi   fanida   paydo   bo‘lishi   va   rivojlanishi
haqida  boradigan  bo‘lsa,   o‘zbek  adabiyotshunosligi  tarixi  o‘zbek  xalqining ancha
qadimgi   tarixi   bilan   bog‘lanishini   mamnuniyat   bilan   qayd   etiladi.   Bu   fikrning
yorqin   isboti   sifatida   buyuk   bobokalonimiz   Alisher   Navoiy   merosiga   murojaat
qilish ham mumkin. Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey,
kasb-hunar   maktabi   va   oliy   o‘quv   yurtlarida   Alisher   Navoiyning   hayoti   va   ijodi
ancha   keng,   chuqur   o‘ganilayotgandek   tuyulsa-da,   bu   sohadagi   amalga
oshirilayotgan   ishlardan   qoniqish   hosil   qilish   qiyin.   Amaldagi   dastur,   qo‘llanma,
darsliklardan   uning   ijodiga   mansub   ijtimoiy-iqtisodiy   hamda   siyosiy   lirikadan
ayrim namunalar, jumladan, ruboiy, g‘azal, ayrim dostonlardan parchalargina o‘rin
olgan. Ba’zi darsliklarga kiritilgan shoir asarlari, sirasini aytganda, o‘quvchilarning
6 0
  Yo‘ldoshev Qozoqboy. Adabiyot: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9- sinfi uchun darslik. /
Q.   Yo'ldoshev,   V.   Qodirov,   J.   Yo'ldoshbekov.   [Mas'ul   muharrir:   V.Rahmonov].   Qayta   ishlangan   4-nashri.
–T.: «O'zbekiston» NMIU, 2019. - 368 b.
59 yoshi, qobiliyati va iqtidoriga mos emas. Buyuk so‘z san’atkori qalamiga mansub
nafis,   go‘zal,   o‘quvchi   va   talabalarda   eng   ezgu   fazilatlar,   his-tuyg‘ularni
tarbiyalaydigan,   badiiy   ijod   siru-asrorlari   bilan   tanishtiradigan   asarlar   dastur   va
darsliklarimizdan   to‘liq   o‘rin   egallagan,   –   deb   aytish   qiyin.   Alisher   Navoiy   ijodi
adabiyotimizning,   badiiy   so‘zning   yuksak   cho‘qqisi   ekan,   binobarin,   uning
ijodiyoti   misolida   o‘quvchilarda   badiiy   va   go‘zal   didni,   nafosatni   his   etish
qobiliyatini tarkib toptirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolaveradi. 61
                                       Bob bo‘yicha xulosalar
1.Navoiy o‘zbek notiqlik san’atiga munosib hissa qo‘shgan. Alisher Navoiy
notiqlik   san’atining   o‘ziga   xos   qirralarini   ko‘rsatib   bergan.     “Mahbubul-qulub”
nomli falsafiy asarining 24- faslini  “Nasihat ahli va voizlar zikrida” deb ataydi va
bunda   voizlik   san’atiga,   va’zga,   voizga   o‘z   munosabatini   bildiradi.   Buyuk
shoirning   voizlik   haqidagi   fikrlari   bugunglik   unda   ham   o‘zining   tarbiyaviy
ahamiyatini yo‘qotgan emas.
 2. Navoiyning “Mahbub ul qulub””, “Munshaot”, “Muhokamatul-lug‘otayn”,
kabi   asarlari   o‘sha   davr   nnotiqlik   san’ati   haqida   ma’lumot   beruvchi   manbalar
hisoblanadi.  Alisher   Navoiyning  nutq  madaniyati,  til,  uslubiyat   rivojiga  qo‘shgan
hissasi   uning   “Muhokamatul   lug‘atayn”     asarida     aniq   ko‘zga   tashlanadi.     Lekin
Alisher   Navoiyning   so‘z   qo‘llash   mahorati,   muomala   jarayonida   tilda   mavjud
bo‘lgan   til   birliklarini   o‘rinli   qo‘llash,   uning   ahamiyati,   funksional   stilning   ayrim
ko‘rinishlari,   poyetik   asarda   so‘z   qo‘llashga   doir   fikrlari   “Xamsa”,   “Munshaot”,
“Majolis un-nafois” kabi asarlari mazmun-mohiyatiga singdirib yuborilgan.
 3. Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar
maktabi   va   oliy   o‘quv   yurtlarida   Alisher   Navoiyning   hayoti   va   ijodi   ma’lum
darajada   o‘rganilayotgan   bo‘lsa-da,     bu   sohadagi   amalga   oshirilayotgan   ishlar
ko‘lamini   kengaytirish   kerak.Shu   bois   bu   borada   umum   ta’lim   maktablarida
61
 Абдуллаѐв, Комилжон Алиш	ѐр Навоий ҳаёти ва ижодини ўргатиш жараёнида фанлараро инт	ѐграциядан 
фойдаланиш [Матн] : монография / К. Абдулла	
ѐв. - Тошк	ѐнт: Nodirabegim, 2021. - Б.16.
60 Navoiyning   nutq   madaniyati,   notiqlikka   qo‘shgan   hissasi     yana-da   kengroq
o‘qitilishi, buning uchun  ta’lim jarayonida amaliy ishlar kuchaytirilishi kerak.
III BOB. ALISHYER  NAVOIY  IJODIDA NUTQ  MADANIYATI VA
ODOBINI   SHAKLLANTIRUVCHI  MANBALARNING    PEDAGOGIK
AHAMIYATI
3.1.   Alisher   Navoiy     ijodida   nutq   madaniyati   va   odobining   talablari.
“Nutqning madaniyligini ta’min etadigan to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik,
boylik,   soflik,   jo‘yalilik   kabi   bir   qator   kommunikativ   sifatlar   mavjud.   Ana   shu
kommunikativ   sifatlarning   barchasini   o‘zida   mujassam   etgan   nutq   madaniy
hisoblanadi.   Har   qanday   nutqning   asosiy   maqsadi   muayyan   axborotni   tinglovchi
(o‘quvchi)ga   etkazish,   shu   yo‘l   bilan   unga   ta’sir   qilishdan   iborat   bo‘lib,   mazkur
sifatlarning   jami   nutqning   ta’sirchanligini   yuzaga   keltiradi” 62
.   Ma’lumki,   ulug‘
so‘z sultonlari adabiy til rivojiga salmoqli  hissa qo‘shadilar. Bundan Navoiy ham
mustasno   emas.   Uning   asarlari   so‘z   san’atining   yuksak   g‘oyalar   ifodalangan   oliy
namunasi   bo‘lishi   bilan   birga   mukammal   adabiy   til   namunasi   hamdir.Navoiy
asarlari   tilining   boy   va   go‘zalligi   shundaki,   unda   oddiy   so‘zlashuvda   kundalik
turmushda   ishlatiladigan   so‘zlardan   tortib   turli   ilmu   fanlarga   oid   atamalargacha
juda   aniq   va   o‘rinli   ravishda   iste’mol   qilingan.Navoiy   tilidagi   so‘zlar   ko‘lam
jihatidangina   emas,   rang-baranglik   jihatidan   ham   diqqatga   sazovordir.   Navoiy
tilning   lug‘aviy   boyligini   oshirishda   turkiy   va   o‘zlashma   so‘zlardan   samarali
62
 Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқи маданияти. – Тошкѐнт: Ўзб	ѐкистон Миллий кутубхонаси, 2009. – Б. 42.
61 foydalangan.Shoirning   tili   siyg‘a   jihatdan   ham   ungacha   yozilgan   turkiy   asarlar
tilidan o‘zining boyligi va rangorangligi bilan keskin farq qiladi.Navoiy turkiyning
rivojida   muhim   bir   davrning   boshlanishi   va   uning   keyingi   tarakkiyoti   uchun
munosib   zamin   hozirlab   berdi.   Bu   Navoiyning   til   taraqqiysiga   qo‘shgan   hissasi
bo‘ldi.   Ammo   u   til   rivojiga   juda   salmoqli   nazariy   hissa   ham   qo‘shdi.   Uning
“Muhokamatul-lug‘atayn”i   ilmiy   asar   bo‘lib,   u   fakat   o‘zbek   tili   nuqtai   nazaridan
emas,   umumiy  tilshunoslik   nuqtai   nazaridan  sinchiklab   o‘rganishga   loyiq  asardir.
Bu   asarda   til   va   uning   nazariy   masalalari   ilmning   bugungi   talablariga   javob   bera
oladigan darajada tahlil qilingan. 63
Adabiy tilning madaniyligi, o‘tmishda “so‘z  odobi”  deb yuritilishi  bevosita
ta’lim-tarbiyaga   borib   taqaladi.   Navoiyning     har   bir   asarida   so‘z   ulug‘lanadi,
notiqlik,   nutq  odobi,     so‘zlash   madaniyati   haqida     shoir     munosabati   ifodalanadi.
Navoiy   “Mahbub   ul   qulub”   asarida   mudarrislar   haqida   fikr   yuritar   ekan,   nutq
madaniyatiga oid fikrlarini keltiradi:
Mudarris,   o‘qituvchi,   dars   beruvchi   shunday   bo‘lishi   kerakki,   mansabga
chiqish   g‘arazi,   niyati,   qasdi,   maqsadi   bo‘lmasa   va   bilmaydigan   ilmni   ayturga
otlanib       gunoh       ish       qiluvchi         bo‘lmasa   va   shuhratparastlik,   maqtanchoqlik
uchun   dars   hovuzin   tuzmasa   va   hamma   narsani   qamrab   olish   kasali,   olg‘irlik
uchun   so‘zlash   va   g‘avg‘o   ko‘rguzmasa.   Jahldin   dastori   uluv   –   baland   va
dastorining   aloqasi   uzun   bo‘lmasa   va   qilsa   ham,   qilmasa   ham   bo‘ladigan   ishlar
uchun   madrasa   ayvoni   bosh-osti   unga   o‘run,   yotar   uchun   o‘rin-joy   bo‘lmasa.   Diniy
ilmlarni   bilsa   va   yaqiniy   masalalardan   e lga   ta’lim   qilsa,   bersa.   Bevoshlik,
hayosizlikdan   qo‘rqqan   va   nopokliklardan   qochgan   bo‘lsa,   o‘zini   olim   bilgan
necha   noma’lumga   anvoyi   buzuq,   muboh   ishlarni,   qilsa   ham,   qilmasa   ham
bo‘laveradigan   ishlarni,   balki   halol   qilgay.   Qilmas   ishlarni   qilmoq   andin   ma’lum
bo‘lg‘ay  va  qilur   ishlar   tarki   andin   qoida   va   rusum   bo‘lgay.   Bu   mudarris,   o‘qituvchi
e masdurkim,   bid’at   tarqatuvchidir   va   mundaq   kishi   suhbati   islom   ahlidan
qaytarilgandir,   man   qilingandir.
63
 Ҳасанов С. Алишѐр Навоийнинг жаҳон маданиятида тутган ўрни. “ Алиш	ѐр  Навоий  ижодий  м	ѐросининг
умумбашарият  маънавий - маърифий  тараққиётидаги  ўрни” мавзусидаги халқаро илмий-амалий  анжумани
мат	
ѐриаллари. Навоий, 2017.  - Б. 39.
62 Olim   shunday   bo‘lishi   kerakkim   mutaqqiy   –   gunohlardan   saqlanuvchi
taqvodor   bo‘lsa   va   Xudodan   xabardor,   ogoh   va   aytar   gap-so‘zi   Alloh   va
payg‘ambari   gap-so‘zi  bo‘lsa.
Bu yerda Navoiy notiqning  rost so‘zlashi, bilimdon bo‘lishi, g‘iybat qilmasligi kabi
nutq   madaniyati   talablarini   keltirmoqda.   Navoiyning   bu   fikrlari   asarning   voizlarga
bag‘ishlangan qismida yana davom ettiriladi:
Voiz,   va’z   aytuvchi,   bir   kishiga,   jamoatga   pand-nasihat   qiluvchi   shunday
bo‘lishi   kerakki,   “qolalloh   –   Alloh   dedi”   so‘z   aytsa,   va   “qola   ra-   sululloh   –
Allohning   rasuli,   ya’ni   Payg‘ambar   dedi”   muxolafatidan,   qarama-qarshiligidan,
ke-   lishmovchiligidan,   teskarilashishidan   qaytsa,   Xudo   va   rasul   yo‘liga   qadam
ursa,   qadam   bossa.   O‘zi   shu   yo‘lga     kirgandan     keyin     nasihat     bila     e lni   ham
kivursa,   kiritsa.   O‘zi   yurmagan   yo‘lga   e lni   boshqarmoq   –   musofirni   yo‘ldan
chiqarmoqdir   va   biyobonga   keturmak   va   cho‘lu   sahroda   yo‘qotmoqdir,   yo‘q
qilmoqdir.    Uning     bu     ishi     tarang     mast   odam  e lga   hushyorlikni   buyurgandek   –
e l   uyquvchidekdurki   e lga   uyg‘oqlikni   buyurg‘ay.   Uyqusida   so‘z   degan   jevligon
bo‘lur,   ul   degandek   qilmoq   ne   degon   bo‘lur.   Uyqusirab   gapirganni   bosinqirash
deydilar,   bosinqirashda   aytilgan gapni amalga oshirilgan ishni nima desa  bo‘lur.
Va’z   –   bir   to‘g‘ri   yo‘lga   soluvchi   va   ogoh  e tish   ishidir,   bir   komil   ahlulloh     vazifasi,
odatidir   va   uning   nasihatini   qabul   e tmoq   ma’qul   ishdir.   Avval   bir   yo‘ldan   bormoq
kerak,   andin   so‘ngra   e lni   boshqarmoq   kerak.   Yo‘lni   yurmay   kirgan   izsiz   yo‘q
bo‘lib  ketar   va   boshqa,   teskari   maqsad  ye riga  ye tar.
Alisher   Navoiy   nutq   madaniyati   va   odobi   haqida   fikr   yuritar   ekan,   ko‘p
holda   nutqni   bezovchi,   uning   to‘g‘ri   va   maqsadga   muvofiq   bo‘luvchi
xususiyatlarini   ta’minlovchi   tomonlarini   ta’kidlashga   alohida   e’tibor   beradi.   Shu
bilan   birga,   adib   nutqning   salbiy   xususiyatlarini   nutq   madaniyati   va   odobiga   zid
holat ekanligini alohida  ta’kidlagan.  
       Sharq xalqlarida  insoniy  munosabatlar orasida eng qoralanadigan illat bu –
yolg‘on so‘zlash. Chunki yolg‘on so‘zlagan odam hech qachon   birovga yaxshilik
qilmaydi,   oilasida,   ishida   baraka   bo‘lmaydi,   deb   hisoblangan.   Alisher   Navoiy
63 “Mahbub   ul   qulub”     asarining     “Munosib   bo‘lmagan     o‘rinbosarlar   haqida”   deb
nomlanuvchi  uchinchi bo‘limida shunday yozadi:
            Yolg‘onchi,   shuhratparast,   maqtanchoq   o‘rinbosar   Musaylamai   kabi
millatning   kazzobi,   o‘ta   yolg‘onchisi   payg‘ambarlik   tuhmatin   o‘ziga   solg‘on   va
Jabroildan   vahiy   oldim   degani   barchasi   –   bori yolg‘on.   Bunga   ham   shoh   haqidagi
yaxshi   izhorlari   yuzaga   chiqmagan   –   voqeada   bo‘lmagan   yolg‘on   bori,   barchasi
yolg‘on.
Yolg‘on   hukm   yetkururlariga,   aytarlariga   sabab   tamai   shum,   shumlik   ortidagi
tama.   Va   yolg‘ondan   ishga   berilganlikka   sabab   o‘zini   ishga   qattiq   beko‘rsatish
–   hirsi   mazlum   zulmga,   ochko‘z likka   berilish.   Birovdan   bir   nima   olurda   yolg‘on
unga   chin   o‘rnida   va   musulmonlarga   nuqson,   zarar   yetkazish   unga   din   o‘rnida,
yolg‘on   borida   chin   demagi, to‘g‘ri gapni aytish og‘ir ish,   mahol   va pora olurda
o‘zga   so‘z   deb   olur,   ammo   ko‘ngilda   boshqa   xayol.   Mundoq   o‘rinbosarki,   bir
bo‘lmagan   fe’liyu   ishi   –   qavli,  shoh  eshigidan gum, yo‘q  bo‘lgani  yaxshi – avli. 64
Alisher   Navoiyning   yuqorida   keltirilgan   fikrlaridan   ma’lum   bo‘ladiki,   yolg‘on
so‘zlash   nafaqat   kishining   o‘ziga,   balki     atrofdagilarga   ham   zarar   yetkazadi.
Shuning uchun bu odat jamiyatni ham izdan chiqarishi mumkin.
“Hayratul   abror”da     so‘z   haqida   aytilgan   ushbu   fikrlar     bevosita   nutq
madaniyatiga, notiqlikka ham aloqadordir.
Bir necha so‘z shu mazmundakim, so‘zning ma’nosi uning jonidir, usiz so‘z
qolipi   jonsiz   qolipdir   va   buni   qanday   qo‘lga   kiritishni   hech   kim   bilmavdi.   Hatto
uni   qo‘lga   kiritgan   odamning   o‘zi   ham   yo‘q,   vaysaqilarning   noinsofligiga   tan
bermoq,   balki   o‘z   behudago‘yligiga   iqror   bo‘lib   ulardan   uzr   so‘ramoq   Kimda
ma’no  gavhari  bo‘lsa,  o‘sha  odam  so‘z  daryosining  g‘avvosidir.   Ma’no mash’ali
kimning yuzini  yoritgan bo‘lsa, fayz haramida jilva etish o‘shanga nasib bo‘ladi.
Kim ma’no durining sadafidan o‘ziga jom qilgan bo‘lsa, so‘z mayini o‘sha odam
to‘la simiradi. Bu shu qadar ajoyib va mazali sharobki, ko‘ngulning eng qorong‘i
joylarini   chiroq   bo‘lib   yoritadi.   Osmon   xumi   ham   shu   sharob   bilan   labigacha
64
  Навоий, Алишѐр   Маҳбуб   ул-қулуб.   Муҳокамат   ул-луғатайн:   асар/ўгирувчи   Баҳодир   Қобул.   –   Тошк	ѐнт:
Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт-   матбаа    ижодий  уйи, 2021.Б.20.
64 to‘latilgan;   u   xumning   og‘zi   esa   quyosh   g‘ishti   bilan   berkitilgan.   Dunyodagi
barcha odamlar bu dengizga g‘arq bo‘lgan; so‘z latofati ularni ko‘zdan yashirgan.
Kimki undan bir qatra ichgan bo‘lsa, kayfidan xum singari qaynagan. Uning fayzi
bilan   olam   qancha   to‘lmasin,   uning   dengizidan   kamaygan   bo‘lsa   bir   qatra
kamaygan   xolos.   Men   shu   mayning   kayfidan   mast   bo‘lsam   ham,   lekin   o‘tkinch
dunyoning odamlariga qo‘ldoshman. Mening dimog‘im nihoyatda qizib, chirog‘im
ham o‘sha so‘z shu’lasidan yongan. Haqiqat jomi qo‘limga tekkan bo‘lsa-da, ko‘p
vaqt   sukut   saqlashni   afzal   ko‘rdim.   Ammo   bir   vaqt   qo‘limdan   ixtiyor   ketib,   may
ixtiyorimni olib olam sahniga sabodek borsam, obod va buzuq yerlarni quyoshdek
axtarsam;   yer.yuzidagi   hamma   narsani   qo‘lga   kiritishning   hisobini   -   faqat   bu
dunyoda emas, eski toqqa yega bo‘lgan to‘qqiz qavat osmonda ham qilolmay, ulfat
sifatida bir bazm qurib, bu mayni ichishga azm qilsam; she’riyatning buyuk taxtiga
chiqib   o‘tirsam,   ming-minglab   nazm   ahllari   oldimda   turishsa;   bazmda   musiqiy
asboblarni   shohona   qilib   tayyorlasam,   nimtarkni   chakkamga   qo‘ysam;   so‘z
mayidan oldimda chuqur daryo paydo bo‘lsa-yu, qo‘limda qayiqsimon ajoyib jom
bilan   har   lahzada   shu   jomni   to‘ldirib   olib,   gulrang   bodadan   sipqarib   tursam,
turkiy ohangga qo‘limni o‘ynatib, «hay tulugim, hay tulum!» deb kuylasam; birov
menga   hamovozlik   qilolmas   ekan,   loaqal   qo‘shiq   aytib,   quvvatlab   tursa;   men
ichgancha ichishga jur’at qila olmasa, loaqal bir-ikki qultum ichib tursa. 65
          Alisher Navoiy namunali nutq oldiga qo‘yiluvchi, ya’ni nutqiy madaniyatni
ta’minlovchi   omillar   haqida   o‘z   asarlarining   turli   sahifalarida   o‘zining
mulohazalarini   bayon   qilgan.   Albatta,   Navoiy   davrida   hozirgi   ma’nodagi   nutq
madaniyatining   terminlari,   undan   talab   qilinuvchi   tamoyillar   haqidagi   ilmiy
ma’nodagi   tushunchalar   shakllanmagan   edi.   Ammo   shunga   qaramasdan,   nutq
oldiga   Navoiy   qo‘yayotgan   talablar   insonning   yaxshi   inson   ekanini,   tarbiyali,
madaniyatli   odam   ekanini,   kishining   tilga   munosabatidan   uning   axloqiy
fazilatlarini     bilish   mumkinligini   ifodalaydi.   Hatto   Navoiy   ba’zi   o‘rinlarda   tilga
bepisandlik     bu   elga,   Vatanga   bepisandlik,   bunday   odam   musulmon   emas,
undaylarni   jamiyatdan   surib   chiqarish     kerak,   degan   fikrlarni   aytadi.   Mana   shu
65
  file:///C:/Users/Domlabobo/Downloads/AlisherNavoiy.%20Xamsa.%20Hayratul  abror%20(nasriy%20bayoni).pdf
65 fikrlarda   Navoiyning   tilning   taqdiriga   kuyunchakligi   yorqin   ifodalangan.   Navoiy
o‘z   asarlarida   shaxsda   nutq   madaniyatini,   tilga   munosabat   odobini   tarbiyalash
lozimligini   qayta-qayta   ta’kidlaydi.   Buning   uchun   tilni,   so‘zni   ko‘klarga   ko‘tarib
maqtaydi, unga insonni hayvonot olamidan farqlashga, undan ustun turishga imkon
bergan   bir   vosita   deb   qaraydi.   Shu   sababli   u   o‘z   asarlarida   tilni,   uning
imkoniyatlarini  ko‘klarga ko‘tarib madh qiladi, so‘z va gapni, nutqni gavhar, dur,
javohir,   ganj,   ganjina   deb   ataydi.   Navoiyning   yuqoridagi   qarashlariga   bir   qator
olimlarimiz o‘zlarining qimmatli fikrlarini o‘z asarlarida bayon etishgan 66
.  
Rost so‘zlash haqida .  to‘g‘rilik yoiini bilmoqchi bo‘lsa, bilsinki, bu ikki xil
bo‘ladi. Biri shuki, kishining so‘zi to‘g‘ri bo‘lsa, uning so‘zi bilan birga o‘zi ham
to‘g‘ri   bo‘lishi   kerak.   Yana   biri   shuki,   yolg‘on   gapni   ba’zilar   taassuf   bilan,
uyalganidan   «to‘g‘ri!»   deydi.   Oldingisi,   hech   shubhasiz,   yaxshi,   lekin   ikkinchisi
ham yomon emas.  Kishi  yolg‘onni  gapirsa  ham kam gapirsa!  Qani  endi  shunday
odam bizning zamonda ham topilsa. Biz shunday qiziq zamon odamlariga mubtalo
bo‘lganmizki,   ularning   oldida   rostgo‘ylikdan   yomon   narsayo‘q.   Ulardan
to‘g‘rilikni  qidirgan kishi  qoshlaridagi  nomi-«Chin», o zi  nochin jingalak mo‘yni
topadi, xolos. «Chin» kofirlar mamlakati bo‘lsa ham, nomi «Chin», ya’ni «to‘g‘ri»
boigani   uchun,   qara,   hatto   jannatning   o‘zi   ham   unga   rashk   qiladi.   Lekin
odamlarga   Xudoning   o‘zi   ato   qilgan   bu   to‘g‘rilik,   qara,   ularning   oldida   xato
bo‘lib   ko‘rinadi.   So‘zlashda   xato   gapirishga   o‘rgangan   odam   noto‘g‘ri   fikrni
to‘g‘ri deb gumon qiladi. Kimki bu davrda to‘g‘ri gapirishga odatlangan bo‘lsa, u
kambag‘allik, yetishmovchilikdan boshqa narsani  bilmaydi. Bu davr istagi egrilik
bo‘lgani uchun, sen haqiqatni talab qilsang, unga yoqmaysan.
Matndan   Alisher   Navoiyning   o‘quvchini   har   qanday   sharoitda   ham   to‘g‘ri
so‘zlashga   undayotganligini   anglashi   mumkin.   Shunisi   e’tiborga   molikki,   Alisher
Navoiy  nutqning asosiy  sifatlari haqida gapirganda o‘z fikrlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri
bayon qilmaydi. Ularni turli badiiy ifodalar, ifoda tasvir vositalari yordamida   aks
66
  Ражабов   Н.   Алишѐр   Навоий   ва   она   тилимиз.   –   Тошк	ѐнт,   1992;   Нурмонов   А.   Ўзб	ѐк   тилшунослиги
тарихи. – Тошк	
ѐнт: Ўзб	ѐкистон, 2002.; Қудратулла	ѐв Ҳ. Навоийнинг эст	ѐтик олами. – Тошк	ѐнт: Адабиёт ва
санъат, 1991. 
66 ettiradi.  Bu holat shoirning  egrilik va to‘g‘rilik  haqidagi quyidagi  fikrlarida ham
ko‘rinadi:
Egrilikning   ham,   to‘g‘rilikning   ham   o‘z   haqiqiy   ta’rifi   bor;   yolg‘on
egrilikdan,   to‘g‘rilik   haqiqatdan   iboratdir.   Sham’   o‘z   to‘g‘riligi   bilan   xursand;
boshdan-oyoq   kuysa   ham,   u   nurga   aylanadi.   Yashin   egrilikni   odat   qilgan   bo‘lib,
hammayoqni   yoritsa-da,   yerning   ostiga   kiradi.   Bog‘bon   o‘z   yeriga   reja   tortmas
ekan,   bog‘ning   ko‘rinishi   changalzorga   o‘xshab   qoladi.   Dehqon   agar   mola
bosmasdan   urug‘   sochsa,   qancha   bir   xil   sochmasin,   ekini,   baribir,   suvni   tekis
ichmaydi.   Oynaning   yuzi   qancha   tekis   bo‘lsa,   oy   yuzlining   yuzi   ham   shuncha
to‘g‘ri ko‘rinadi. Temir qalpoqning yuzi qancha sayqallangan bo‘lmasin, yuzning
aylanasi   unda   cho‘zilgan   xolda   aks   etadi.   Jim   turgan   suvda   quyosh   aks   etadi:
chayqalgan   suvda   esa   egri   ko‘rinadi.   Xato   bilan   yolg‘on   gapirish   hisobga
kirmaydi; chunki uning yolg‘onligi bilingach, undan qochiladi. 67
Alisher Navoiy rost, to‘g‘ri so‘zlashni ulug‘lab, yolg‘on so‘zlashni qoralab,
ularning   ta’rif   va   sifatlarini   keltirar   ekan,   bob   ohirida   o‘z   fikrlarini   quyidagicha
xulosalaydi:
Kimki,   qizishib   turib   ont   ichgan   bo‘lsa,   onti   yolg‘on   bo‘lsa,   aybi   yuvilib
ketadi.   Kimki   o‘zini   yolg‘onchi   sifatida   tanitgan   bo‘lsa,   rost   gapirsa   ham,   xalq
uning hamma gapini yolg‘on hisoblaydi. Bu xususiyat uni doim qiynoqda saqlaydi.
Hech   narsa   bilan   u   bu   qiynoqdan   qutula   olmaydi.   Kimki   yolg‘onchi   deb   nom
chiqargan   bo‘lsa,   o‘zinikilar   ham,   begonalar   ham   uni   shu   ot   bilan   chaqirar
ekanlar, to‘g‘rilik nomi unga hech qaytib kelmaydi. Rost gapirsa ham,, xalq unga
inonmaydi.   Kimning   chin   gapi   el   orasida   yolg‘on   deb   topilar   ekan,   yolg‘onni
chinga  aylantirish   imkoni   bormi?!   Qanday  bir   og‘ir   vaziyatda  qolganingda  ham,
chin gapirishning iloji bo‘lmasa, yolg‘onni ham gapirma.
                    Alisher   Navoiy     nutq   odobini   shakllantirishda   so‘z   tanlash   bilan   birga
muloqotchilarning o‘zaro munosabati, odob-axloq  masalalarini ham yoritib beradi.
                   So‘zlovchi    boshqa  kishilar  bilan munosabatga  kirishar  ekan, albatta, o‘z
kommunikativ maqsadiga erishishni istaydi va nutqiy vaziyatdan kelib chiqib, tilda
67
  Alisher%20Navoiy.%20Xamsa.%20Hayratul-abror%20(nasriy%20bayoni).pdf
67 mavjud   bo‘lgan     birliklardan   foydalanadi.   Bunda     so‘zlovchi   yoki   muallif
tomonidan   tanlab   olingan   birliklar   kommunikativ   maqsadga   bo‘ysundiriladi.
N.Mahmudov, 68
 R.Qo‘ng‘urov 69
 va E.Begmatov 70
larning  o‘zbek nutqi madaniyati,
adabi   til   me’yoriga   bag‘ishlangan   ishlarida   bu   haqda   mufassal   ma’lumotlar
berilgan.   Alisher   Navoiy   o‘z   ijodida   o‘quvchini   doimo   nutq   odobi   qoidalariga
rioya   qilishga   chaqiradi,   buning   uchun   ibratli   misollar   keltiradi.   Alisher
Navoiyning   nutq   madaniyatiga   oid   fikrlarini   umumlashtiradigan   bo‘lsak,
so‘zlovchi   yoki   yozuvchi,   notiq     amal   qilishi   lozim   bo‘lgan   bir   qator   qoidalar
mavjudligi  ma’lum  bo‘ladi. Avvalo, nutq madaniyatiga erishish  uchun so‘zlovchi
yoki   yozuvchi   nutqning   mazmuniga,   ma’nodorligiga   e’tibor   qaratishi   lozim.
Chunki   ma’no   aniq   bilinmasa,   o‘quvchi   zerikadi,   muallif   o‘z   maqsadiga   erisha
olmaydi. Muallif fikr ifodalashda xolis bo‘lib, o‘quvchi ko‘ngliga teguvchi salbiy
ma’noli so‘zlarni qo‘llashdan qochishi kerak.Buning uchun pardali, ijobiy ma’noli
so‘zlardan   foydalanishi   lozim.Muallif   so‘zlarning   ma’no     qirralarini,   zidlik,
ma’nodoshlik,   ko‘p   ma’nolilik   xususiyatlaridan   xabardor   bo‘lishi     kerak.Navoiy
“Muhokamat   ul   lug‘atayn”   asarida   tilimizdagi   yuzta   fe’lni   misol   keltiradi:
Andoqki:   quvormoq   va   quruqshamoq   va   usharmak   va   jiyjaymoq   va   o‘ngdaymok
va chekrimak va do‘msaymoq va umunmoq va o‘sanmoq va itirmak va egarmak va
o‘xranmak va toriqmoq va aldamoq va arg‘adamoq va ishastmak  va iglanmak va
aylanmoq   va   erikmak   va   igranmak   va   ovunmoq   va   qistamoq   va   qiynamoq   va
qo‘zg‘almoq   va   sovrulmoq   va   chayqalmoq   va   devdashimoq   va   qiymanmoq   va
qizg‘anmoq va nikamak va siylanmoq va tanlamoq va qimirdamoq va serpmak va
sirmamak va ganorgamak va sig‘riqmoq va sig‘inmoq va qilimoq va yolinmoq va
munglanmoq   va   indamak   va   tergamak   va   tevramak   va   qingg‘aymoq   va
shig‘aldamak   va   singramoq   va   yashqamoq   va   isqarmoq   va   ko‘ngranmak   va
suxranmoq va siypamoq va qoralamoq va surkanmak va kuymanmak va intramoq
68
  Маҳмудов   Н.   Тил.   –   Тошкѐнт:     Ёзувчи,   1998.   –   Б.   40;   Ўша   муаллиф,   Ўқитувчи   нутқи   маданияти.   –
Тошк	
ѐнт: Ўзб	ѐкистон Миллий кутубхонаси, 2009. – Б.188.
69
  Қўнғуров   Р.,   Б	
ѐгматов   Э.,   Тожи	ѐв   Ё.   Нутқ   маданияти   ва   услубият   асосолари.   –   Тошк	ѐнт:   Ўқитувчи,
1992. – Б 160.
70
  Б	
ѐгматов   Э.,   А.Маматов.   Адабий   норма   назарияси.   –   Тошк	ѐнт,   1999.   –   Б.138;   Б	ѐгматов   Э.   Алиш	ѐр
Навоий   асарларида   нутқ   маданиятига   оид   тушунчалар   тизими   /   Алиш	
ѐр   Навоий   ижоди   ва   маънавий-
маданий тараққиёт масалалари. – Навоий, 2001. – Б. 80-82.  
68 va   tushalmak   va   mung‘aymoq   va   tanchiqamoq   va   tanchiqolmoq   va   ko‘ruksamak
va bushurg‘anmoq va bo‘xsamoq va kirkinmak va sukadamak, bo‘smoq, burmak,
turmak,   tomshimoq,   qahamoq,   sipqormoq,   chicharkamak,   jurkanmak,   o‘rtanmak,
sizg‘urmoq,   gurpaklashmak,   chuprutmoq,   jirg‘amoq,   bichimoq,   qikzanmoq,
singurmak,   kundalatmak,   qumurmak,   bikirmak,   ko‘ngurlamak,   kinarkamak,
kezarmak,   do‘ptulmoq,   chidamoq,   tuzmak,   qazg‘anmoq,   qichig‘lamoq,
gantiramak,   yadamoq,   qadamoq,   chiqanmoq,   ko‘ndurmak,   so‘ndurmak,
suqlatmoq. 71
Bu   fe’llarning   ma’no   qirralarini   bilgan   so‘zlovchi   yoki   yozuvchi   o‘z
fikrlarini tinglovchi yoki o‘quvchiga  qisqa, ta’sirchan, ifodali, mazmundor, shirali
tarzda yetkaza oladi.
           3.2. Alisher Navoiy ijodida  nutq madaniyatini o‘rganishning pedagogik
asoslari .   Alisher   Navoiy   madaniy   nutqni   yuzaga   keltiruvchi   ijobiy   omillarning
pedagogik   jihatlari   haqida   keng   fikr   yuritgan   va   uning   talablariga   alohida     o‘rin
bergan. Bular quyidagilar:
          1. Notiq kam   so‘zlovchi bo‘lishi kerak:   
                    Fano   ahliga,   yo‘q   bo‘ladiganlarga   ko‘p   gapirish   ma’qul   bo‘lmagan,
noma’qul   ishdir   va   eshitmak   orzu   qilingan   va   maqtalgan   yaxshilikdir.   Eshitmak
el     aqlini     to‘la     qilur     va     aytmoq     xoli,     bo‘shatir.   Eshituvchi     va     aytuvchining
budur     holi.     Ko‘p     degan   ko‘p yengilur va ko‘p yegan ko‘p yiqilur.
O‘ ldiradigan   kasalli k larning   asosi   ko‘p yemakdur   va   qalb   kasalliklarining
asli,   asosi,   negizi   –   ko‘p   demak.   Ko‘p   demak   so‘zga   aldanish   va   ko‘p   yemak
nafsga   qullikdir.   Odamiyg‘a,   odam   deganga   bu   sifatlar   ortiqcha,   barchasi
manmanlik   ortidan. 72
             2. Notiq manman bo‘lmasligi kerak.
Takabburlik,   manmanlik   shayton   ishi   va   bi yiklik,   o‘zini   katta,   ulug‘
chog‘lash,   buyuk   hisoblash   ahmoq,   nodon   ishi.   Balanddimog‘,   manman   Tengri
do‘stlari       oldida       aybdor       qilingan       va       Tengri   qoshida       noma’qul       va
71
 file:///C:/Users/Domlabobo/Downloads/768.pdf
72
  Навоий, Алишѐр   Маҳбуб   ул-қулуб.   Муҳокамат   ул-луғатайн:   асар/ўгирувчи   Баҳодир   Қобул.   –   Тошк	ѐнт:  
Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт-   матбаа    ижодий  уйи, 2021. Б.20.
69 la’natlangan.       Manman   ishi   bari   elga   nopisand,   yoqimsizdir.   Bilikiga,   bilimiga
mag‘rur,   aldanganligini,   bilur   elga   aybdorligi   ma’lum.   Va   Tengri   oldida   qahr-
g‘azabga   olingan,   yo‘liqqan.   Butparastlik   yaxshiroqkim   xudparastlik,
manmanlikdan. 73
              3.Notiq qo‘pol bo‘lmasligi kerak:  Ammo   bu   zamon   va   davroni   zamon
o‘zgarish,   inqilob   va   kamchilik,   nuqsonidan   yo   davronning   hushyor,   aqlli   odamlari
va   insoniyat   zaifligi,   shikastaligi,   xarobligidan   shu   paytda   bu   varaq   evrulubtur,
yozilibdur   va   gap-so‘zlarga,   da’volarga,   hukmlarga   aks,   javob   bo‘lubdur.   Yaxshilik
jazosi   –   qattiqlik,   qo‘pollikdan   o‘zga   va   muloyimlik   haqi   to‘lovi,   badali,   evazi
manmanlik   va   tentaklik,   yengiltaklikdan   o‘zga   gul   solmas,   yo‘l   tutmas   va   surat
bog‘lamas.   Har   kimgakim,   bir   xizmat   qilding   –   o‘n   zarbga,   zo‘ravonliqqa   tayyor
turmoq   kerak   va   har   kishiga   yuz   yumshoqlik   ko‘rguzding   –   ming   qo‘pollik,
dag‘allik   va   dilg‘ashlik,   g‘ussa,   ko‘ngul   xiralikka   murojaat   qilmoq,   jar   urmoq,
chaqirmoq   kerak.
Anikim,   bir   duo   qilding   –   ko‘p   qarg‘ish   bilan   qutulmoq   yo‘qdur.
Birovgakim,   bir   madh   deding,   maqtading   –   o‘n   qo‘shish   (zam)   bila   xalos   bo‘lish
yo‘qdur.   Bir   qadah   may   bergandan   ko‘ra   qadah-qadah   qonli   ko‘z   yosh   yutmoq
kerak   va   bir   qadah   shirinlik   ichirgandan,   qadah-qadah,   ayoq-ayoq   zaharg‘a   o‘zini
tayyor   tutmoq   kerak.   Har   nav   xizmatini   qilib,   oqibatda   yuz   jafo   ko‘rsang   ham
yana   xizmat   ko‘z   tutarlar.   Va   har   kimga   vafodorlik   qilib   oldida, qarshisida   azob-
uqubat   cheksang   ham   yana   qullik   qilishingni,   qul   bo‘lishingni   istarlar,   tama’
qilurlar.
Har   bir    vafog‘a    yuz    jafo    tortmasang   aybdorsan   va   har   mehru   muhabbatga
ming   dardu   mehnat,   mashaqqat   qabul   qilmasang   xarob   kunga   qolgansan,   xorlik
kuning   egasisan.   Alarga   jon   fido   qilsang,   shukronai   jong‘a   minnat   qo‘ymoq
tilarlar,   agar   bu   shukronani   ado   qilmasang,   takrorga   boshidan   boshlashni
istarlar.   Yuz   muddaolari   amalga   oshib,   biri   bo‘lmay   qolsa,   boshdin-ayoq   sen
73
  Навоий, Алишѐр   Маҳбуб   ул-қулуб.   Муҳокамат   ул-луғатайн:   асар/ўгирувчи   Баҳодир   Қобул.   –   Тошк	ѐнт:  
Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт-   матбаа    ижодий  уйи, 2021. Б.149-150.
70 aybdorsen.   Yamonlig‘   qilganlarga   necha      ming      marta       yaxshilik      ko‘rguzsang
–   sening   ishingdan   yamonroq   hech     kishining    ishi   yo‘q. 74
 
              4.Notiq yoqimli so‘zlashi kerak:
Shohning   ham   gapiradigan   gapi   yoqimli,   ma’qul   siyosati   orzu   qilingan
bo‘lishi   kerakdur.     Ammo   har   biri   o‘z   mahalida,   vaqti-joyida   yaxshidir.   Shunday
ekan   do‘stdan   dushmanni   farq   etarga   ko‘p   mulohaza,   o‘ylov   kerak   va   farosat   va
yorni   ag‘yordan   tanirga   ko‘p   tajriba   kerak   va   ziyrakligu   ogohlik   ham.
Nechunkim,   andin     barchaga     qo‘rquv     va     umid   bor,   zaruratdurkim,   ko‘rguzgay
o‘zin   qulday.   Yaqin   bo‘lg‘uncha   har     qaysisining     kimligi     haqiqati   xoli   –
nomunosib,   umrning   tugashlik   bor   ehti moli.
Bayt:
Nogohon  gar yaxshi o‘ylovsiz  sursa  bir   yomon hukm,
  Kim, zaif andin kuchli  yoxud  kuchli  bo‘lg‘ay  zaif. 75
Tildan   shirinlik,   totlilik   maqbuldir   va   muloyimlik,   yumshoqlik   foydali.   Chuchuk
tilki,   achchiqlikka   evrildi,   aylantirildi,   zarari   ham-   maga     bo‘ldi.     Qandniki,
muskir     –    may    qildilar  harom   bo‘ldi.   Shirin so‘z   sof ko‘ngillarga   totlidir,   barcha
go‘dak,   yosh   bolalar   ta’biga   muloyim   shirin-   lik  sotuvchidir.
        Bayt:
Yaxshi   so‘zga   kim   bo‘lsa   mastu   behush,   Sharbat   aro
zaharni  qilur totli. 76
            5.Notiq muomalada ehtiyot  bo‘lishi  lozim.    Alisher  Navoiy   kishilar  bilan
munosabatda,   odob-axloq     me’yorlariga   rioya   qilishga,   fikr   ifodalashda     yaxshi-
yomon,   rost-yolg‘on   kabi   tushunchalar   mezonlariga   amal   qilishga   chaqiradi.
Yamonlarg‘a       yaxshi       muomala       qilish,       marhamat   ko‘rsatish,   ehson   qilish
yaxshilarga   zarar   va   hasrat,   alam   kelishiga   sababdir.   Mushukka   mehribon
74
  Навоий, Алишѐр   Маҳбуб   ул-қулуб.   Муҳокамат   ул-луғатайн:   асар/ўгирувчи   Баҳодир   Қобул.   –   Тошк	ѐнт:  
Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт-   матбаа    ижодий  уйи, 2021. Б.152.
75
  Навоий, Алиш	
ѐр   Маҳбуб   ул-қулуб.   Муҳокамат   ул-луғатайн:   асар/ўгирувчи   Баҳодир   Қобул.   –   Тошк	ѐнт:  
Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт-   матбаа    ижодий  уйи, 2021. Б.166.
76
  Навоий, Алиш	
ѐр   Маҳбуб   ул-қулуб.   Муҳокамат   ул-луғатайн:   асар/ўгирувчи   Баҳодир   Қобул.   –   Тошк	ѐнт:  
Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт-   матбаа    ижодий  уйи, 2021. Б.175.
71 bo‘lmoq   –   kabutarga   musibatdir.   Shaqal,   chiyabo‘ri   tarafin,   tomonin,   yonin
olmoq   –   tovuq   tuxmin   qurutmoqdur. 77
6.Notiq yolg‘on so‘zlamasligi kerak:  Zamon   ahlidan   o‘zini   sohibdil   tutgan
–   sof   ko‘ngilli,   toza   ko‘ngilli   tutgan,    hisoblagan   yolg‘on   gapiradigan   va   holsiz
tutganning     ham   so‘zi   yolg‘onlik   sari   qaytar.   Nechunkim,   toza ko‘ngillining   bu
da’vosi   paydo   bo‘lishi   andin   mushkul,   og‘ir.   Va   agar   ul   kishi   zamon   ahlining
bedillig‘iga,   qo‘rqoqligiga,   ruhsizligiga,   dilsizligiga   yuraksizlik   mahmil   –   tuya
ustiga   o‘rnatilgan   usti   yopiq   kajavadek   ortiqcha   yuk,   bu   ko‘ngil sen   xayol  qilgan,
sen   o‘ylagan,   sen   ko‘z   tikkan   ko‘ngil   emas.   Sohibdil   –   ruhsiz,   holsiz,   qo‘rqoq
yurakni ko‘ngil demaydilar, demaslar. 78
Har   kimki,   kimniki   so‘zi   yolg‘on,   yolg‘oni   ochil gach   uyalg‘on.   Yolg‘onni
chindek   aytuvchi   so‘zamol   kumushni   oltun   bilan   teng   qiluvchi   zargar.   Yolg‘on
afsonalarda   uyqu   keltiruvchi   yolg‘onchi   uyquda   so‘z   surguvchi.   Yolg‘on
aytuvchi   g‘aflatdadur.   Beparvodir,   uyqudadir,   karu   ko‘rdir.   So‘zning     turlari,
sinfi,   xillari   judayam   cho‘qdur,   ko‘pdir,   yolg‘ondan   yamonroq   sinfi yo‘qdir.
Kimki,   ulki   yolg‘on   bilan   vaqtini   sarf   etgay,   unga   bu   yamon   kelmagay,
yomonlik   tuyulmagay   yana,   qaytaga   quvonish,   maqtanish,   faxrlanish   baxsh
etgay.   Agar   eshituvchilarni,   tinglovchilarni   g‘ofil   topg‘ay   –   topsa,   tinglovchilarni
uxlagan,   ko‘ru   kar   bilsa,   yolg‘onni   chinga   o‘tkarsa   maqsadin   hosil   topqay.
Tengsiz   Tengriga   yamon   banda,   ne   Tengridin,   ne   xalqdin   sharmanda.   Tengsiz
Tangriga   yomon   banda   na   Tangridan,   na   xalqdan   uyaladigan   sharmandadir.
Mundoq,   bunday   nahs   –   shumning   yuzi   hamisha   yomonlik   saridir.   Bu   shumlik,
baxtsizlik   belgisi  qutlug‘  uydin tashqari  bo‘lgani  yaxshidir. 79
7.Yolg‘onchilar haqida .  Ma’lumki, Sharq xalqlarida yolg‘onchilik, yolg‘on
so‘zlash     asrlar   davomida   qoralab   kelingan.     Shuning   uchun   Alisher   Navoiy   bu
holatni   tasvirlashda     insonning   jismoniy   qusurlari   -ko‘r   va   karlikka   o‘xshatadi.
Har   kimki,   kimniki   so‘zi   yolg‘on,   yolg‘oni   ochil gach   uyalg‘on.   Yolg‘onni
77
  Навоий, Алишѐр   Маҳбуб   ул-қулуб.   Муҳокамат   ул-луғатайн:   асар/ўгирувчи   Баҳодир   Қобул.   –   Тошк	ѐнт:  
Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт-   матбаа    ижодий  уйи, 2021. Б.166.
78
  Навоий, Алиш	
ѐр   Маҳбуб   ул-қулуб.   Муҳокамат   ул-луғатайн:   асар/ўгирувчи   Баҳодир   Қобул.   –   Тошк	ѐнт:  
Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт-   матбаа    ижодий  уйи, 2021. Б.171.
79
  Навоий, Алиш	
ѐр   Маҳбуб   ул-қулуб.   Муҳокамат   ул-луғатайн:   асар/ўгирувчи   Баҳодир   Қобул.   –   Тошк	ѐнт:  
Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт-   матбаа    ижодий  уйи, 2021. Б.175.
72 chindek   aytuvchi   so‘zamol   kumushni   oltun   bilan   teng   qiluvchi   zargar.   Yolg‘on
afsonalarda   uyqu   keltiruvchi   yolg‘onchi   uyquda   so‘z   surguvchi.   Yolg‘on
aytuvchi   g‘aflatdadur.   Beparvodir,   uyqudadir,   karu   ko‘rdir.   So‘zning     turlari,
sinfi,   xillari   judayam   cho‘qdur,   ko‘pdir,   yolg‘ondan   yamonroq   sinfi yo‘qdir.
Kimki,   ulki   yolg‘on   bilan   vaqtini   sarf   etgay,   unga   bu   yamon   kelmagay,
yomonlik   tuyulmagay   yana,   qaytaga   quvonish,   maqtanish,   faxrlanish   baxsh
etgay.   Agar   eshituvchilarni,   tinglovchilarni   g‘ofil   topg‘ay   –   topsa,   tinglovchilarni
uxlagan,   ko‘ru   kar   bilsa,   yolg‘onni   chinga   o‘tkarsa   maqsadin   hosil   topqay.
Tengsiz   Tengriga   yamon   banda,   ne   Tengridin,   ne   xalqdin   sharmanda.   Tengsiz
Tangriga   yomon   banda   na   Tangridan,   na   xalqdan   uyaladigan   sharmandadir.
Mundoq,   bunday   nahs   –   shumning   yuzi   hamisha   yomonlik   saridir.   Bu   shumlik,
baxtsizlik   belgisi  qutlug‘  uydin tashqari  bo‘lgani  yaxshidir.
Bayt:
 Ul   kishini qutluq evdan, tashqari surmak   kerak,   Qutlug‘   ev dunyo
erur,  ya’niki  o‘lturmak   kerak. 80
8.Notiq so‘z tanlashda e’tiborli bo‘lishi, nutq madaniyatiga amal qilishi
kerak:   Tilga   ixtiyorsiz   –   elga   e’tiborsiz.   Valdirov-   chikim,   valjirovchikim   ko‘p
so‘z   so‘zlagay,     so‘z   surgay,   itdekdurkim,   kechasi   bilan   tong   otguncha   hurgay.
Yamon   tillik   andoqkim,   el   ko‘ngliga   jarohat   yetkurur,   o‘z   boshiga   ham   ofat
yetkurur.   Ahmoqning   vahshatga   soluvchi   aljirashiga   bo‘g‘zin   qirmog‘i   –
eshakning   bekordan-bekorga   hangrashi,   qichqirmog‘i.  
K e l t i r i l g a n   u s h b u   t a ’ r i f d a   A l i s h e r   N a v o i y   t i l d a n   n o t o ‘ g‘ r i
f o y d a l a n i s h   h ol a t i   t a s v i r i n i   b e r i s h d a   x a l q i m i z     o r a s i d a   o ‘ z a r o
m u n o s a b a t l a r d a   q o‘ l l a n u v c h i   s o d d a   o ‘ x s h a t i s h l a r n i   q o‘ l l a s h i d a
k o‘ r i n a d i . M a t n d a n   k o‘ p   g a p i r u v c h i   i t g a   o ‘ x s h a t i l i s h i ,   o ‘ y l a m a y   g a p i r i s h
e s h a k k a   q i y o s l a n i s h i     f i kr l a r n i n g   t u s h u n a r l i ,   o br a z l i   b o ‘ l i s h i n i
t a’ m i n l a g a n .
80
  Навоий, Алишѐр   Маҳбуб   ул-қулуб.   Муҳокамат   ул-луғатайн:   асар/ўгирувчи   Баҳодир   Қобул.   –   Тошк	ѐнт:  
Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт-   матбаа    ижодий  уйи, 2021.- Б.175.
73 9 . N ot i q   m uu l o y i m   s o ‘ z l a s h i   k e r a k : Yaxshi   so‘zlovchi   ulkim,   so‘zni
muloyimlik   bilan,   yumshoqlik   va   yoqimli   va   xat   tilida,   yozuv   tilida,   adabiy   tilda,
odob   tilida   aytgay,   ko‘ngilga   yuz   g‘am   keladurgan   bo‘lsa,   aning   so‘zidin   ortiga
qaytgay.   So‘zda   har   yaxshilikning,   barcha   yaxshilikning   imkoni   bordir,   bunda
debdurlarki,   nafasning   joni   bordir.   Masihokim,   nafas   bilan   o‘likka   jon   berdi,
go‘yo   bu   jihatdin   erdi.   Jirkanchdirki,   aljirashi   va   ovozi   ko‘nglini   aynitadigandur,
o‘zi   ul   shu   turishi   bilan   qurbaqaga   o‘xshashdur.   Ahli   saodatlarning   ruhbaxsh
ziloliga   –   jon   bag‘ishlovchi   tip-tiniq   va   shirin   bulog‘iga   manba   ham   til,   ahli
baxtsizlar,   esu   hushi   shumlik,   nahs   bosgan   yulduzning   chiqar   joyi   ham   til.
    Notiqning tili va ko‘ngli bir bo‘lishi kerak: 
Tiliga   iqtidorlig‘,   egalik   –   allomai   donolik;   so‘zga   ixtiyorsiz   –   g‘amlik
keltiradigan   nokaslik,   pastkashlik,   xorlikdir.   Tilki   ochiq,   ravshan   va   yolqinli,
ravon   bo‘lg‘ay   –   yaxshi   bo‘lg‘ayki,   agarki   ko‘ngil bilan bir  bo‘lg‘ay.
Til   va   ko‘ngil   yaxshiroq   a’zolardir   insonda:   gulsapsar   va   g‘uncha
yoqimliroq   hidli   o‘simliklar   bo‘stonida.   Odam   zoti   til   berilishi   bilan   ikki   oyoqda
yuruvchi   hayvondan,   o‘z   boshicha   kezib   yuruvchi   jonzotlardan   ajratildi.   Va
dunyo   kezuvchi   inson   xizmatiga   musharraf   bo‘ldi.   Til   buncha   sharaf   bilan
nutqning   belgisidir,   qurolidir.   Va   yana   nutqdurki,   agar   yoqimsizligi   ochiq-
oshkor   bo‘lsa,   tilning ofatidir.
10.Notiq shirinso‘z  bo‘lishi kerak:  Tildan   shirinlik,   totlilik   maqbuldir   va
muloyimlik,   yumshoqlik   foydali.   Chuchuk   tilki,   achchiqlikka   evrildi,   aylantirildi,
zarari   ham-   maga     bo‘ldi.     Qandniki,     muskir     –     may     qildilar,   harom   bo‘ldi.
Shirin so‘z   sof ko‘ngillarga   totlidir,   barcha   go‘dak,   yosh   bolalar   ta’biga   muloyim
shirinlik  sotuvchidir.
          11.Yolg‘on so‘zning zarari:
Birovkim,   yolg‘on   so‘zni   birovga   bog‘lag‘ay,   o‘z   qaro   bo‘lgan   yuzin
yog‘lag‘ay.   Ul   katta,   zo‘r   jinoyatdir.   Yolg‘on   so‘z   qisqa   bo‘lsa-da,   zahri
o‘ldirguvchidir   agarchi miqdori ozdir.
74 Bayt:
Zaharning  miqdori oz  bo‘lsa-da  baribir
o‘ldirguvchidir,
Ignaning uchi zaif  ersa-da  baribir ko‘r
qilguvchidir. 81
12.Yolg‘onchilar   haqida:   Yolg‘onchi   –   unutuvchi   va   mulohaza   yuritish
va   ehtiyot   bo‘lish   yo‘lidan   chetda   tutuvchi.   Har   kimki,   so‘zi   chin   bo‘lmagay,
to‘g‘ri   so‘zlar   ko‘nglida   ul   so‘z   qabuloyin   (qabul   qilish)   bo‘lmagay.   Yolg‘onchi
so‘zin   bir-ikki   qatla,   marta   o‘tkargay,   o‘ziga   netgay.   Yolg‘oni   ochilib   qolgandan
keyin   unga   rasvolig‘   yetkay   va   so‘zi   e’tibori   el   ko‘nglidin   ketgay.   Ko‘ngil
xazinasining   qulfi   til   va   ul   xazinaning   kaliti so‘z bil.
  Bayt:
Ko‘ngil  holatini  so‘z degach bilinur,  bilgurur,  
Xazinada  yo  javohir,  dur yoki dengiz shillig‘idur . 82
Nutq  odobi   targ‘ibotchisi   bo‘lgan   Navoiy   faqat   “Mahbub   ul   qulub”da  emas,
boshqa   asarlarida   ham   ijtimoiy   munosabatlarga,   nutq   madaniyatiga,   Allohning
nazargohi   bo‘lgan   ko‘ngilga   alohida   ahamiyat   qaratadi,   insonning   ko‘nglini
ranjitishni   og‘ir   gunoh   deb   hisoblaydi.   Shuning   uchun   har   bir   so‘zni   o‘ylab
gapirish lozimligini ta'kidlaydi 83
.
  13. Chin so‘z haqida. Alisher Navoiyning chin so‘zlash to‘g‘risidagi fikrlarini
tahlil qilsak, quyidagi holatlar  namoyon bo‘ladi:
Navoiyning  fikricha, inson so‘zi  rost bo‘lish bilan birga, qisqa bo‘lishi shart,
ko‘p so‘zlash tinglovchini zeriktiradi, malol keladi: Chin   so‘z   –   m o‘ ’ tabar,   yaxshi
so‘z   –   muxtasar,   qisqa.  Ko‘p   deguvchi   –   malol   keltiruvchi.
81
  Навоий, Алишѐр   Маҳбуб   ул-қулуб.   Муҳокамат   ул-луғатайн:   асар/ўгирувчи   Баҳодир   Қобул.   –   Тошк	ѐнт:   Ғафур   Ғулом   номидаги  
нашриёт-   матбаа    ижодий  уйи, 2021. Б.176.
82
  Навоий, Алиш	
ѐр   Маҳбуб   ул-қулуб.   Муҳокамат   ул-луғатайн:   асар/ўгирувчи   Баҳодир   Қобул.   –   Тошк	ѐнт:
Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт-   матбаа    ижодий  уйи, 2021. Б.181.
83
  Бозорова С. “Маҳбуб ул қулуб” асарида нутқ маданияти талқини. “Алиш	
ѐр  Навоий  ижодий  м	ѐросининг
умумбашарият  маънавий - маърифий  тараққиётидаги  ўрни” мавзусидаги халқаро илмий-амалий  анжумани
мат	
ѐриаллари. Навоий, 2017. Б.26.
75   Bir   gapni   qayta-qayta   takrorlovchi   –    hushsiz,     aqli     yo‘q.   Ayb   axtaruvchi
–   ayblangan.   Birovning   aybini   yoyuvchi   –   baxtsiz.   Tuz,   to‘g‘ri   ko‘rguvchi   –   pok
nazar,   hunar   ko‘rguvchi   –   t o‘g‘ri   ko‘z.   U lkim,   dimog‘ida adashish   borning   aqliga
futur   yetish   bor,   so‘zida   bog‘lanish   yo‘q.   Dimog‘i   sog‘lom   –   so‘zlari   ravon.
So‘zi   hisobsiz   –   o‘zi   hisobli.   So‘zida   parishonliq   –   o‘zida   pushaymonliq.   So‘zki
qoidaga   muvofiq   bo‘lish   bezagidan,   ziynatidan   bezangan   emasdur, anga   chinliq,
to‘g‘rilik   ziynati   basdur,   yetarlidur.   Yolg‘onchi   har   necha   so‘zida   chiroyliroq,
fasihroq,   so‘zi   sovuq,   yomon,   qabihroq.   Chunki   so‘z   nechakim   betakalluf,
mashaqqatsiz,   ortiqcha   urinmasdan,   takallufsiz,   qoyil   qolishga   loyiq
soddaligidan   yo‘q    taassuf,     achinish,       kuyish,    afsuslanish.     Gulga  yir tiq   libosdan
ne   ziyon,   durga   beo‘xshov   sadafdan   ne   nuqson.   Yolg‘on   so‘zlik   nazmda
nomaqbul,   yoqimsizlikdir   va   uning   qoyili,   unga   qoyil   qoladiganlar   esa   ahmoq,
aqldan  ozganlardir.
Bayt:
So‘z ichraki yolg‘on  erur   nopisand  (yoqimsiz),
Chu nazm ettilar qildi dono  pisand   (ma’qul). 84
14.Chaqimchilik haqida :  U lki,   kimki   so‘zni   bir   ye r din   yana   bir
yerga yetkurgay,   elning   o‘tgan,   oldingi   gunohin   o‘z   bo‘yniga   indurgay,
olgay.   Chaqimchilik,   gap   tashuvchilik,   munofiqlik   chin   so‘zga,   to‘g‘ri
so‘zlovchiga   man’   etilgandir.   To‘g‘ri   so‘z   odamga   taqiqlangandir.   Agar
zuhur   etgay,   ko‘rinsa   –   xayol   qilki,   yolg‘on   so‘zga   ne   yetkay.   So‘z
terguvchining   –   chaqimchining,   gap   yetkazuvchining,   gap   o‘g‘risining
agar   ulug‘i,   yoshi   kattasi,   agar   kichigi     erurlar   do‘zax   o‘tining   tutrug‘i.
Do‘zax   o‘tining   olovini   yoqishtirib yuboradigan tutunturug‘idir.
Bayt:
Kim so‘zni terib  aytuvchi  og‘ziga bergay,  
Molin ani do‘zax o‘tining dudiga tergay . 85
 
84
  Навоий, Алишѐр  Маҳбуб   ул-қулуб.   Муҳокамат   ул-луғатайн:   асар/ўгирувчи   Баҳодир   Қобул.   –   Тошк	ѐнт:  
Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт-   матбаа    ижодий  уйи, 2021.-Б.182.
85
  Навоий, Алиш	
ѐр   Маҳбуб   ул-қулуб.   Муҳокамат   ул-луғатайн:   асар/ўгирувчи   Баҳодир   Қобул.   –   Тошк	ѐнт:  
Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт-   матбаа    ижодий  уйи, 2021.- Б.176.
76 Navoiy   o‘z   fikrlarini   ifodalashda   tilda   mavjud   bo‘lgan   turli   o‘xshatishlardan,
vositalardan   foydalanadi.   O‘xshatishning   ekspressivlikka   boy,   mantiqiy   kuchga
ega bo‘lgan turi  yashirin o‘xshatishdir. Bunda  so‘zlovchi  (avtor)  avvalo nutqning
badiiy   go‘zalligiga,   qolaversa,   fikrning   o‘ta   ta’sirchanligiga   erishadi.   Yashirin
o‘xshatish yordamida berilgan fikr tinglovchi qalbiga alohida mantiqiy kuch bilan
ta’sir   etadi.   Bu   o‘xshatish   o‘zining   chuqur   mazmundorligi,   fikrning   lo‘nda
ifodalanishi   bilan   xarakterlanadi.   Bu   jihatdan   ular   maqol,   hikmatli   so‘z   va
aforizmlarga   teng   keladi,   ayrim   hollarda   maqol,   hikmatli   so‘z   va   aforizmlar
yashirin   o‘xshatish   hosil   qilishda   asos   bo‘ladi.   Bularning   hammasi   yashirin
o‘xshatish o‘ta ta’sirchan nutq formasi ekanini ko‘rsatadi. 86
           15. Notiq boshqa tillarni bilgani holda o‘z tilini yaxshi egallagan bo‘lishi
kerak:   Forsiygo‘y turk beklar va mirzodalar bo‘xsamoqni forsiy til bila tilasalarki,
ado   qilg‘aylar.   Va   she'rning   bino   va   madori   ishqqa   evrulur   va   oshiqliqda
yig‘lamoqdin   kulliyraq   va   doimiyroq   amr   yo‘qtur   va   anda   tanavvu'   bor:
yig‘lamsinmoq   mazmunidaki,   turk   mundoq   debdurki,   Bayt:   Zohid   ishqin   desaki,
qilg‘ay fosh, Yig‘lamsinuru ko‘ziga kelmas yosh. Va ingramoq va singramoqkim,
dard bila yashurun ohista «ig‘lamoqdur va oralarida tafovut oz topilur. Turkchada
bu matla' borkim, Bayt: Istasam davr ahlidin ishqingni pinhon aylamak, Kechalar
gah ingramakdur odatim, gah singramak. Forsiyda bu mazmunki bo‘lmag‘ay, shoir
ne   chora   qilg‘ay?   Va   siqtamoqkim,   yig‘lamoqda   mubolag‘adur,   turk   bu   nav   ado
qilibdurki,   Bayt:   Ul   oyki,   kula-kula   qirog‘latti   meni,   Yig‘latti   meni   demayki,
siqtatti meni. Yana biyik un bilaki, i'tidolsiz oshub bila yig‘lag‘aylar, ani o‘kurmak
derlar   va   turkchada   ul   ma'nida   ou   matla'   borkim,   Bayt:   Ishim   tog‘   uzra   har'yon
ashk   selobini   surmakdur.   Firoq   oshubidin   hardam   bulut   yanglig‘   o‘kurmakdur.
Chun o‘kurmak muqobalasida forsiy tilda lafz yo‘qtur, forsiygo‘y shoir muningdek
g‘arib   mazmun   adosidin   mahrumdur.   Yana   yig‘lamoqning   o‘kurmaki
muqobalasida inichkirmak dag‘i bor va ul inchka un bila yig‘lamoqdur va ul turk
lafzida   bu   nav'   tarkib   bila   ado   topibdurkim,   Bayt:   Charx   zulmidaki,   bo‘g‘zumni
qirib yig‘larmen, Igirur charx (urar) inchkirib yig‘larmen. Ammo yig‘lamoqta hoy-
86
 Абдуллаѐв А. ЎЗб	ѐк тилида экспр	ѐссивлик ифодалашнинг синтактик усули. Тошк	ѐнт:”Фан”, 1987. Б.46.
77 hoy lafzin (adoda) o‘zlarin turkiygo‘ylarga sharik qilibdurlar va bu lafz ham aslan
turkiy uslubdur, va faqirning bu maqtai mashhurdurkim,
    Bayt: Navoiy ul gul uchun hoy-hoy yig‘lama ko‘p, 
            Ki he deguncha ne gulbun, ne g‘uncha, ne gul bor! 87
 
“Aytish   joizki,   kishi   nutqining   sofligi   uning   ma’naviy-ma’rifiy,   lisoniy-madaniy
saviyasini namoyon etadigan ko‘rsatkichlardan biridir” 88
.
Alisher Navoiy fasohatli (og‘zaki nutq) nutq  haqida gap yuritar ekan, uning
yuzaga   chiqish     vositasi   va   shakli   bo‘lmish   talaffuzga,   ovoz   va   ohangning
maqbulligiga   katta   e’tibor   bergan   va   ularni     nutqning   maqsad   va   vazifasiga   mos
bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan.
Forsiygo‘y turk beklar va mirzodalar bo‘xsamoqni forsiy til bila tilasalarki,
ado   qilg‘aylar.   Va   she'rning   bino   va   madori   ishqqa   evrulur   va   oshiqliqda
yig‘lamoqdin   kulliyraq   va   doimiyroq   amr   yo‘qtur   va   anda   tanavvu'   bor:
yig‘lamsinmoq mazmunidaki, turk mundoq debdurki, 
  Bayt: Zohid ishqin desaki, qilg‘ay fosh,
  Yig‘lamsinuru ko‘ziga kelmas yosh.
  Va ingramoq va singramoqkim, dard bila yashurun ohista «ig‘lamoqdur va
oralarida   tafovut   oz   topilur.   Turkchada   bu   matla'   borkim,   Bayt:   Istasam   davr
ahlidin   ishqingni   pinhon   aylamak,   Kechalar   gah   ingramakdur   odatim,   gah
singramak.   Forsiyda   bu   mazmunki   bo‘lmag‘ay,   shoir   ne   chora   qilg‘ay?   Va
siqtamoqkim, yig‘lamoqda mubolag‘adur, turk bu nav ado qilibdurki, 
   Bayt: Ul oyki, kula-kula qirog‘latti meni,
  Yig‘latti meni demayki, siqtatti meni.
  Yana biyik un bilaki, i'tidolsiz oshub bila yig‘lag‘aylar, ani o‘kurmak derlar
va turkchada ul ma'nida ou matla' borkim,
  Bayt: Ishim tog‘ uzra har'yon ashk selobini surmakdur.
  Firoq oshubidin hardam bulut yanglig‘ o‘kurmakdur.
87
 Муҳокаматул-луғатайн. Алишѐр Навоий www.ziyouz.com kutubxonasi 
file:///C:/Users/Domlabobo/Downloads/768.pdf
88
 Маҳмудов Н. Кўрсатилган асар. – Б. 131.
78   Chun   o‘kurmak   muqobalasida   forsiy   tilda   lafz   yo‘qtur,   forsiygo‘y   shoir
muningdek   g‘arib   mazmun   adosidin   mahrumdur.   Yana   yig‘lamoqning   o‘kurmaki
muqobalasida inichkirmak dag‘i bor va ul inchka un bila yig‘lamoqdur va ul turk
lafzida bu nav' tarkib bila ado topibdurkim, 
Bayt: Charx zulmidaki, bo‘g‘zumni qirib yig‘larmen, 
Igirur charx (urar) inchkirib yig‘larmen. 
Ammo   yig‘lamoqta   hoy-hoy   lafzin   (adoda)   o‘zlarin   turkiygo‘ylarga   sharik
qilibdurlar   va   bu   lafz   ham   aslan   turkiy   uslubdur,   va   faqirning   bu   maqtayi
mashhurdurkim, 
Bayt:Navoiy ul gul uchun hoy-hoy yig‘lama ko‘p,
  Ki he deguncha ne gulbun10, ne g‘uncha, ne gul bor! 89
  Navoiy   nutq   jarayonida   so‘zlarning   talaffuzi,   gapning,   nutqning
ohangdorligi   muhimligini   qayta-qayta   takrorlagan.   Gap   shundaki,   aniq   talaffuz
so‘zlarni   to‘liq   shaklda   aytishga,   ayniqsa,   omonimik   va   paronimik   shakldagi
so‘zlarni   ma’nosiga   ko‘ra   farqlashga,   tinglovchining   bunday   so‘zlarni   tez
fahmlashiga xizmat qiladi. Shuningdek, ravshan, to‘g‘ri talaffuz, yumshoq, mayin,
kerakli   o‘rinlarda   esa   ritorik,   ko‘tarinki   ohang   tinglovchining   diqqatini   tortadi,
hattoki   uni   maftun   qiladi.   Shu   sababli   Navoiy   o‘z   asarlari   sahifalarida   talaffuz,
ohang masalalariga keng to‘xtalgan.
                                      Bob bo‘yicha  xulosalar
1. Notiqlik insoniyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan va asrlar
davomida   takomillashib,   sayqal   topib   kelgan   san’at   turlaridan   biri   hisoblanadi.
Nutq madaniyati va notiqlik  inson faoliyatining barcha sohalari bilan chambarchas
bog‘liq.   Sharqda   va   G arbda   notiqlik   paydo   bo‘lgan   davrdayoq     ijtimoiy-siyosiyʻ
hayotda   yetakchi   o‘rin   egalladi.   U   davlat   boshqaruvi,   harbiy   soha,   diplomatik
munosabatlarda   muhim   o‘rin   tutib,   keyinchalik   badiiy   adabiyotda   ham   o‘z
ifodasini topdi.
89
 file:///C:/Users/Domlabobo/Downloads/768.pdf
79 2. Markaziy Osiyo xalqlari tarixida islom dini ta’sirida nutq madaniyatining
bir ko‘rinishi bo‘lgan voizlik yuzaga keldi. O‘rta asrlarda   notiqlik san’ati voizlik,
notiq – voiz, nutq esa va’z deb atalgan. Markaziy Osiyoda voizlik san’ati, xatoba
nazariyasiga oid salmoqli ishlar amalga oshirildi, yurtimizda butun islom olamiga
mashhur notiqlar yetishib chiqdi.
3. Sharq notiqligi tarixida Alisher Navoiyning o‘ziga xos o‘rni bor.  Alisher
Navoiy   voizlik   san’atida   nom   qozongan   Xoja   Muayyad   Mehnagiy,   Mavlono
Riyoziy, Mavlono Husayn Voiz Koshifiy, Mavlono Muin Voizlar haqida o‘zining
“Majolisun   nafois”   nomli   tazkirasida   qimmatli   ma’lumotar   keltirgan   va   ularning
xalq ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rnini  ko‘rsatib bergan.
4.   Alisher   Navoiy   ijodida   nutq   madaniyatiga   oid   fikrlarni,   shoirning   nutq
madaniyati   va   notiqlikka   qo‘shgan   hissasini   o‘rganish   ta’lim   tizimi   rivojiga,
o‘quvchilarning   ajdodlar   ma’naviy   merosidan   bahramand   bo‘lishiga   yordam
berishi   shubhasiz.   Navoiyning   nutq   madaniyatiga   oid   asarlarini   ta’lim   jarayonida
o‘rganish   o‘quvchilarni   Vatanga   muhabbat,   ajdodlar   merosiga   hurmat   ruhida
tarbiyalashga, ularning nutq madaniyatini egallashiga xizmat qilishi shubhasiz.
80 UMUMIY XULOSALAR
Bugungi   kunda   yurtimizning   o‘z   mustaqilligini   qo‘lga   kiritishi   sharofati
bilan milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimiz va ma’naviy merosimizni
o‘rganishga   bo‘lgan   qiziqish   yanada   ortdi.   Respublikamizda   umumta’lim
maktablarida   ajdodlarimiz   ma’naviy   merosini,   xususan,   Alisher   Navoiy   merosini
o‘qitishda   zamonaviy   pedagogik   texnologiyalardan   foydalanish   barobarida   shoir
asarlarini o‘rganishda  ma’lum muammolar ham mavjudligi ko‘zga tashlanmoqda. 
Alisher   Navoiy   ijodiy   merosini   o‘rganish   bo‘yicha   mamlakatimizda
salmoqli   ishlar   amalga   oshirilgan.   Navoiy   ijodini   tadqiq   etishga   bag‘ishlangan
asarlar,   maqolalar   yozilgan,   qator   doktorlik   dissertasiyalari   himoya   qilingan.
Bularning   barchasida   yagona   maqsad   –   yosh   avlodni     ajodlarimiz   merosi   bilan
yaqindan   tanishtirish,   ta’limda   samaradorlikka   erishish   uchun   Alisher   Navoiy
qarashlari,   asarlarida   bayon   qilingan   fikrlarga   amal   qilish   orqali   ta’limni   isloh
qilish, o‘qitishning zamonaviy usullari biln uyg‘unlashtirish.  
Bugungi   kunda   yurtimiz   taraqqiyotning   yangi   bosqichiga   qadam   qo‘ydi,
dunyodagi   eng   rivojlangan   axborot   texnologiyalari   mamlakatimiz   ta’lim   tizimiga
kirib   keldi   va   ilg‘or   yutuqlar     amaliyotga   joriy   etilmoqda.   Dunyo   tan   olgan
yutuqlar   ijtimoiy   hayotimizdan   mustahkam   o‘rin   egallamoqda,     boshqa
ajdodlarimiz   qatori   Alisher   Navoiy   asarlari     ham   qayta-qayta   nashr   etilmoqda,
ta’lim   tizimi   bo‘g‘inlarida   o‘qitilmoqda.   Darhaqiqat,   bugungi   yosh   avlodni
81 tarbiyalashda   Navoiy   ma’naviy   merosini   o‘rganish   muhim   o‘rin   tutadi.   Zero,
Alisher Navoiy ijodidan  yosh bola tarbiyasidan tortib  insonning yetukligiga qadar
bo‘lgan   jarayon   o‘rin   olgan.   Yoshlar   ongiga   chetdan   tahdidlar   kuchayib
borayotgan   bugungi   kunda   milliy   o‘zlikni,   milliy-ma’naviy   qadriyayatlarimizga
hurmat ruhini saqlab qolishda ta’lim jarayonida Alisher Navoiy ijodini, uning nutq
madaniyati,   odobi   va   notiqlikka   oid   fikrlarini   o‘rganish,   kundalik   hayotimizda,
o‘qish   va   o‘qitishda   unga   amal   qilish     hayotiy   ehtiyojga   aylani   bormoqda.
Xususan,     davlatimiz   rahbari   Shavkat   Miromonovich   Mirziyoyevning  “Ta’lim   va
tarbiya,   ilm-fan,   sog‘liqni   saqlash,   madaniyat   va   san’at,   sportni   rivojlantirish
masalalari,   yoshlarimizning   chuqur   bilimga   ega   bo‘lishi,   chet   tillarini   va
zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash
doimiy   ustuvor   vazifamiz   bo‘lib   qoladi” 90
,   degan   fikrlari   zamirida   ham   ana   shu
ezgu   maqsad     o‘z   ifodasini   topgan.   Hozirda   mamlakatimizda   Alisher   Navoiy
asarlari   umumta’lim   maktablarining   boshlang‘ich   sinflaridan   torib   yuqori
sinflarigacha o‘rganiladi.  
Alisher   Navoiyning   ilmiy   va   badiiy   asarlarida   bayon   qilingan   nutq
madaniyatiga   oid   fikrlarni   sinchiklab   to‘plash   va   tadqiq   qilish   hamda   mavjud
ma’lumotlarni   ilmiy   umumlashtirish,   nutq   madaniyatiga   oid   tushunchalarga
oydinlik kiritadi. Buning uchun avvalo, Navoiyning barcha asarlarida uchraydigan
nutq   madaniyati   va   odobiga   oid   fikrlarni   to‘plash   hamda   mazmuni   va   motiviga
ko‘ra   tasniflash   zarur.   Shuningdek,   -Alisher   Navoiyning   nutq   madaniyati   va
odobiga oid qarashlarining lisoniy, badiiy, etikaviy va estetik asoslarini o‘rganish;
-   Alisher   Navoiyning   nutq   madaniyati   va   odobiga   oid   qarashlarining   o‘zbek
tilshunosligida o‘rganilishi darajasini belgilash va mavzuga oid ilmiy muammolar,
vazifalarni   aniqlash;   -   Alisher   Navoiyning   nutq   madaniyati   va   odobining   ijobiy
fazilatlarini   ta’minlovchi   omillarga   oid   fikrlarini   tadqiq   qilish;   -   Alisher
Navoiyning   nutq   madaniyati   va   odobini   buzadigan   sabab   va   omillarga   oid
fikrlarini   o‘rganish;   -   Alisher   Navoiyning   fasohatli   nutqning   belgilari,   talablariga
90
  Мирзиёѐв   Ш . М .  Миллий   тараққиёт   йўлимизни   қатъият   билан   давом   эттириб ,  янги   босқичга   кўтарамиз . – 
Тошк	
ѐнт : “ Ўзб	ѐкистон ”, 2017.  Б. 16 .
82 oid   qarashlarini   o‘rganib,   ilmiy   umumlashtirish;   -   Alisher   Navoiyning   nutq
madaniyati   va   notiqlik,   uning   talablari,   mohir   notiqlarga   bergan   baholarini
o‘rganish va boshqalar. 91
Ma’lumki,   har   qanday   nutq   madaniy   nutq   talablariga   mos   kelsagina,   unda
ifodalanayotgan   fikr   ham   tinglovchi   tomonidan   yaxshi   qabul   qilinadi.   Badiiy
matnlarda   fikrni   ta’sirchan,   badiiy-obrazli   ekanligini   belgilovchi   asosiy   mezon   -
nutq   madaniyatidir.   Shu   ma’noda,   badiiy   matnda   badiiylik   va   ta’sirchanlikni
uyushtirishda shu matn talablariga mos ifodalardan foydalaniladi, bunday ifodalar
odatda   adabiy   til   me’yorlariga   mos   kelmaydi.   Biroq   ular   badiiy   nutq   talablariga
mosligiga ko‘ra badiiy nutq madaniyatining asosiy belgisidir.
Alisher Navoiy ijodini o‘rganishda uning nutq madaniyatiga oid qarashlarini
tahlil qilish o‘quvchilarning nutqini o‘stirishda, notiqlik sirlarini egallashlarida qo‘l
keladi.   Shuning   uchun     Alisher   Navoiyning   nutq   madaniyatiga   oid   fikrlarini
o‘rganishda  ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan  interfaol usullardan foydalanish
maqsadga muvofiq.
Alisher Navoiy ijodini, uning nutq madaniyatiga oid fikrlarini o‘quvchilarga
o‘rgatish   tilimiz   tarixini,   ajdodlarimizning   tilimiz   rivojiga   qo‘shgan   hissasini
o‘rganishda, kelajak avlod tarbiyasida muhima ahamiyat kasb etadi.
91
  Исламов Ў. Алишѐр Навоий ижодида нутқ маданиятига оид тушунчалар тизими. “Алиш	ѐр  Навоий  
ижодий  м	
ѐросининг  умумбашарият  маънавий - маърифий  тараққиётидаги  ўрни” мавзусидаги халқаро 
илмий-амалий  анжумани мат	
ѐриаллари. Навоий, 2017. Б.14-15.
83                         FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Siyosiy va ijtimoiy adabiyotlar :
1. Mirziyoyev   Sh.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   oliyjanob   xalqimiz   bilan
birga quramiz. T.: O zbekiston. 2017-yil. ʻ
2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik	
ʼ
har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bo lishi   kerak.   O zbekiston.:	
ʻ ʻ
2017-yil. 
3. O zbekiston   Respublikasining   “Ta lim   to g risida”gi   Qonuni.   Barkamol	
ʻ ʼ ʻ ʻ
avlod-O zbekiston   taraqqiyotining   poydevori.   Sharq   nashriyot	
ʻ
matbaakonserni, 1997. 
4. O zbekiston   Respublikasining   Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi.   Barkamol	
ʻ
avlod – O zbekiston taraqqiyotining poydevori. “Sharq” nashriyoti, Toshkent	
ʻ
-1997. 39-b.
5. “O zbek   tilining   davlat   tili   sifatidagi   nufuzi   va   mavqeyini   tubdan   oshirish	
ʻ
chora-tadbirlari   to g risida”gi   O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining	
ʻ ʻ ʻ
Farmoni. Toshkent – 2019. 
6. O zbekiston Respublikasining “Davlat tili to g risida” gi Qonuni. Toshkent –	
ʻ ʻ ʻ
1989. 
84 7. O zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining “Davlat tili to g risida”giʻ ʻ ʻ
qonunni amalga oshirish davlat dasturi to g risida”gi qarori. Toshkent – 1990.	
ʻ ʻ
8. O zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “Davlat   tili   haqida”gi	
ʻ
qonuni yangi tahririning qabul qilinishi haqidagi 311-qarori. Toshkent – 1996.
9. “O zbekiston   Respublikasi   oliy   ta lim   tizimini   2030-yilgacha   rivojlantirish
ʻ ʼ
konsepsiyasini   tasdiqlash   to g risida”gi   O zbekiston   Respublikasi	
ʻ ʻ ʻ
Prezidentining Farmoni. Toshkent – 2019. 
10. O zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “Хalq   ta limi   tizimida	
ʻ ʼ
ta lim   sifatini   baholash   sohasidagi   xalqaro   tadqiqotlarni   tashkil   etish   chora-
ʼ
tadbirlari   to g risida”gi   2018-yil   8-dekabrdagi   997-sonli   qarori.   Toshkent   –	
ʻ ʻ
2019.
11. Ўзб	
ѐкистон   Р	ѐспубликаси   Пр	ѐзид	ѐнти   Шавкат   Мирзиё	ѐвнинг   Олий
Мажлисга   мурожаатномаси.   https://www.uzbekistonmet .uz/uz/   lists/   view/
751.
                                       Ilmiy-nazariy adabiyotlar:
12. Ona   tili   7   [Matn]:   7-sinf   uchun   darslik   /   K.   M.   Mavlonova.   –   Toshkent:
Respublika ta’lim markazi, 2022. 
13. Ona   tilidan   o‘qituvchi   kitobi   yangi   nashr.–Т.:   G‘afur   G‘ulom   nomidagi
nashriyot ijodiy uyi, 2020.
14. Q.   Yo ldoshev,   V.   Qodirov,   J.   Yo ldoshbekov.   [Mas’ul   muharrir:	
ʻ ʻ
V.Rahmonov].   Qayta   ishlangan   4-nashri.   –T.:   «O zbekiston»   NMIU,	
ʻ
2019. 
15. Raupova L . Nutq madaniyati. –Toshkent: “INNOVATSIYA-ZIYO”, 2019 .
16. Yo‘ldoshev   Qozoqboy.   Adabiyot:   Umumiy   o rta   ta’lim   maktablarining   9-	
ʻ
sinfi uchun darslik. –T.:O qituvchi, 2019.	
ʻ
17. Абдулла	
ѐв   А.   Ў з б	ѐк   тилида   экспр	ѐссивлик   ифодалашнинг   синтактик
усули.  – Тошк	
ѐнт:   ”Фан”, 1987. 
85 18. Абдуллаѐв   К.   Алиш	ѐр   Навоий   ҳаёти   ва   ижодини   ўргатиш   жараёнида
фанлараро   инт	
ѐграциядан   фойдаланиш   [Матн]   :   монография   /К.
Абдулла	
ѐв. –Тошк	ѐнт: Nodirabegim, 2021.
19. Бадри	
ѐв   Ф.   Юқори   синфларда   адабиётдан   синфдан   ташқари   ишлар:
Ўқитувчилар учун м	
ѐтодик қўлланма. – Т.: Ўқитувчи, 1969. 
20. Б	
ѐгматов Э., А.Маматов. Адабий норма назарияси. – Тошк	ѐнт, 1999.
21. Б	
ѐгматов   Э.   Алиш	ѐр   Навоий   асарларида   нутқ   маданиятига   оид
тушунчалар   тизими   /   Алиш	
ѐр   Навоий   ижоди   ва   маънавий-маданий
тараққиёт масалалари. – Навоий, 2001. 
22. Б	
ѐгматов   Э.,   Турсунпўлатов   М.Ўзб	ѐк   нутқи   маданияти   асослари.   –
Тошк	
ѐнт: Ўқитувчи, 1991. 
23. Бозорова   С.   “Маҳбуб   ул - қулуб”   асарида   нутқ   маданияти   талқини.
“Алиш
ѐр     Навоий     ижодий     м	ѐросининг     умумбашарият     маънавий   -
маърифий     тараққиётидаги     ўрни”   мавзусидаги   халқаро   илмий-амалий
анжумани мат	
ѐриаллари. Навоий, 2017. Б.26.
24. Ўринбо	
ѐв Б.,Соли	ѐв А. Нотиқлик маҳорати.–Тошк	ѐнт:Ўқитувчи, 1984.
25. Долимов С., Убайдулла	
ѐв Х., Ахм	ѐдов К. Адабиёт ўқитиш м	ѐтодикаси. –
T.:Ўқитувчи, 1967.
26. Жалилов Ҳ. Нотиқлик санъати. – Тошк	
ѐнт, 1976.
27. Жўра	
ѐв К. Адабиёт кабин	ѐти ва ўқитишда кўргазмалилик: Ўқитувчилар
учун м	
ѐтодик қўлланма. – Т.: Ўқитувчи, 1965. 
28. Зуннунов А. ва бошкалар. Адабиёт ўқитиш м	
ѐтодикаси: Ўқув қўлланма.
– Т.: Ўқитувчи, 1992.
29. Иномхўжа	
ѐв С. Ўтмиш шарқ нотиқлиги. – Тошк	ѐнт: Ўқитувчи, 1972.
30. Нотиқлик санъати асослари. – Тошк	
ѐнт: Ўқитувчи, 1982.
31. Иномхўжа	
ѐв С., Хўжа	ѐва Л. Бадиий сўз санъати. – Тошк	ѐнт: Адабиёт ва
санъат, 1992. 
32. Кайковус. Қобуснома.Тошк	
ѐнт: Ўқитувчи, 2006.
33. Каримов   С.А.   Тил   таълимй   ва   м	
ѐъёр.   Ўқув   қўлланма.   -   Тошк	ѐнт:
Абдулла Қодирий номидаги халқ м	
ѐроси нашриёти, 2002.
86 34. Қиличѐв   Э.,   Қилич	ѐв   Б.   Э.   Нутқ   маданияти   ва   услубияти   асослари.   –
Бухоро, 2002.     
35. Қудратов Т. Нутқ маданияти асослари. – Тошк	
ѐнт: Ўқитувчи, 1993.
36. Қўнғуров   Р.,   Б	
ѐгматов   Э.,   Тожи	ѐв   Ё.   Нутқ   маданияти   ва   услубият
асослари: – Тошк	
ѐнт: Ўқитувчи, 1992. 
37. Маҳмудов Н. Тил. – Тошк	
ѐнт:  Ёзувчи, 1998. 
38. Маҳмудов   Н.   Ўқитувчи   нутқи   маданияти.   –   Тошк	
ѐнт:   Ўзб	ѐкистон
Миллий кутубхонаси, 2009.
39. Мусурмонова О. Адабиёт ва ахлоқий тарбия. Ўқитувчилар учун м
ѐтодик
қўлланма.–Т.:Ўқитувчи, 1988.
40. Навоий   Алиш	
ѐр.   Маҳбуб   ул-қулуб.   Муҳокамат   ул-луғатайн:
асар/ўқитувчи   Баҳодир   Қобул.   –   Тошк	
ѐнт:   Ғафур   Ғулом   номидаги
нашриёт-   матбаа    ижодий  уйи, 2021.
41. Носиров У.  Нутқ маданияти ва давр. Нутқ маданиятига оид масалалар.  –
Тошк	
ѐнт: Фан, 1973.
42. Орифова   А.   Нотиқлик   нутқининг   лисоний-услубий   воситалари:   Филол.
фанлари номзоди ... дисс. автор	
ѐф.  –  Тошк	ѐнт, 2001.
43. Очилов   Э.   Навоий   ва   туркий   халқлар   адабиёти.   “Алишер     Навоий
ижодий     меросининг     умумбашарият     маънавий-маърифий
тараққиётидаги     ўрни”   мавзусидаги   халқаро  илмий-амалий    анжумани
мат	
ѐриаллари. – Навоий, 2017.
44. Ражабов Н. Алиш	
ѐр Навоий ва она тилимиз. – Тошк	ѐнт, 1992.
45. Нурмонов А. Ўзб	
ѐк тилшунослиги тарихи. – Тошк	ѐнт: Ўзб	ѐкистон, 2002.
46. Қудратулла	
ѐв   Ҳ.   Навоийнинг   эст	ѐтик   олами.   –   Тошк	ѐнт:   Адабиёт   ва
санъат, 1991. 
47. Расулов   Р.,   Ҳусанов   Н.,   Мўйдинов   Қ.   Нутқ   маданияти   ва   нотиқлик
санъати. – Тошк	
ѐнт, 2006.
48. Самадов М. 5-10-синфларда синфдан ташқари ўқиш: Ўқитувчилар учун
м	
ѐтодик қўлланма. –Т.: Ўқитувчи, 1962.
87 49. Тўхлиѐв   Б..   Адабиёт   ўқитиш   м	ѐтодикаси:   Ўқув   қўлланма.   -   Т.:   Баёз,
2010.
50. Ўзб	
ѐк нутқ маданиятининг  долзарб муаммолари.-Tошк	ѐнт, 1990.
51. Ўринбо	
ѐв Б., Соли	ѐв А. Нотиқлик санъати. – Тошк	ѐнт, 1984.
52. Ҳасанов   С.   Алиш	
ѐр   Навоийнинг   жаҳон   маданиятида   тутган   ўрни.
“Алиш	
ѐр     Навоий     ижодий     м	ѐросининг     умумбашарият     маънавий   -
маърифий     тараққиётидаги     ўрни”   мавзусидаги   халқаро   илмий-амалий
анжумани мат	
ѐриаллари. Навоий, 2017. 
                                               Internet manbalari:  
53. file:///C:/Users/Domlabobo/Downloads/768.pdf
54. file:///C:/Users/Domlabobo/Downloads/768.pdf
55. file:///C:/Users/Domlabobo/Downloads/AlisherNavoiy.%20Xamsa.
%20Hayratul  abror%20(nasriy%20bayoni).pdf
56. file:///C:/Users/Domlabobo/Downloads/AlisherNavoiy.%20Xamsa.
%20Hayratul  abror%20(nasriy%20bayoni).pdf
57. file:///C:/Users/Domlabobo/Downloads/AlisherNavoiy.%20Xamsa.
%20Hayratul  abror%20(nasriy%20bayoni).pdf
58. file:///C:/Users/Domlabobo/Downloads/AlisherNavoiy.%20Xamsa.
%20Hayratul  abror%20(nasriy%20bayoni).pdf
59. file:///C:/Users/Domlabobo/Downloads/bolalar-nut-ini-rivozhlantirishning-
ilmiy-nazariy-asoslari.pdf
60. file:///C:/Users/Domlabobo/Downloads/portal.guldu.uz98.pdf
61. http://lib.jizpi.uz/pluginfile.php/15160/mod_resource/content/0/Alisher
%20Navoiy%20-%20Muhokamatul%20lugatayn%20%281%29.pdf
62. https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/
9333-2021-01-04-12-14-05
63. https://qomus.info/encyclopedia/cat-a/aristotel-uz/
64. https://qomus.info/encyclopedia/cat-d/demosfen-uz/
65. https://qomus.info/encyclopedia/cat-f/forobiy-uz/
88 66. https://qomus.info/encyclopedia/cat-n/nutq-madaniyati-uz/
67. https://qomus.info/encyclopedia/cat-ts/sitseron-mark-tulliy-uz/
68. https://uz.wikipedia.org/wiki/Qobusnoma
69. https://uza.uz/uz/posts/prezident-shavkat-mirziyeevning-bmt-75-sessiyasida-
s-zlagan--29-09-2020ю
70. Муҳокамат   ул-луғатайн.   Алишѐр   Навоий   www.ziyouz.com   kutubxonasi
file:///C:/Users/Domlabobo/Downloads/768.pdf
71. Арипова   А.Х.Шарқнинг   буюк   нотиқлари.   SCIENTIFIC   PROGRESS
VOLUME 2   ISSUE 1   2021 ISSN: 2181-1601Page 7	
ǀ ǀ 45.
72. Тил ва нутқ.   https://oyina.uz/kiril/article/210 .
89

Alisher Navoiyning nutq odobiga oid qarashlarining pedagigik ahamiyati M U N D A R I J A KIRISH ....................................................................................................................3 ANNOTATSION. ………………………………………………………………...9 I BOB. O‘RTA ASRLAR NOTIQLIK SAN’ATI VA UNDA NAVOIYNING O‘RNI 1.1. Nutq odobining xalqimiz ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni..................................14 1.2. Qadimgi Sharqda nutq odobiga doir qarashlar......................... ....................... 2 9 Bob bo yicha qisqacha xulosa.................................................................................40ʻ II BOB. ALISHER NAVOIYNING NUTQ MADANIYATI RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI 2.1. Alisher Navoiy asarlarida voizlik san’ati, nutq odobiga oid fikrlarning berilishi… …………………………………………………………………….….. 42 2.2. Umumta’lim maktablarida Navoiyning uslubshunoslik rivojida tutgan o‘rnini o‘rganish...................................... .................................... ...................... ........... ..... 49 Bob bo yicha xulosa...............................................................................................59 ʻ III BOB. ALISHER NAVOIY IJODIDA NUTQ MADANIYATI VA ODOBINI SHAKLLANTIRUVCHI MANBALARNING PEDAGOGIK AHAMIYATI 3.1. Alisher Navoiy ijodida nutq madaniyati va odobining talablari....... ............. 6 0 3. 2 . Alisher Navoiy ijodida nutq madaniyatini o‘rganishning pedagogik asoslari . ................................................................................................................ .. . 6 8 Bob bo‘yicha qisqa xulosa....... ....... ....................... .. .................................. ............. 78 UMUMIY XULOSALAR .....................................................................................80 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ..............................................................83

ANNOTATSIY А Magistrlik ishi mavzuni qamrab olgan reja asosida ishning tavsifi, 3 asosiy bob, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tuzilgan. Har bir bo b bo‘yicha o‘rtaga tashlangan muammoga oid xulosalar chiqarilib, shu asosda ish so‘ngida umumiy xulosalar keltirilgan. Fikrlarni dalillash uchun foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan. Ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari, tadqiqot predmeti va obyekti, tadqiqotning amaliy ahamiyati yoritilgan. Ishda Alisher Navoiyning nutq madaniyatiga doir fikrlarini o‘rganish, uning asarlarida nutq madaniyatiga oid fikrlarning berilishi, ularning pedagogik ahamiyatini ko‘rsatib berish dissertasiyada asosiy maqsad qilib belgilangan. Mazkur dissertatsiya ishida nutq odobining xalqimiz ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni, qadimgi Sharqda nutq odobiga doir qarashlar, Alisher Navoiy asarlarida voizlik san’ati, nutq odobiga oid fikrlarning berilishi, umumta’lim maktablarida Navoiyning uslubshunoslik rivojida tutgan o‘rnini o‘rganish masalalari alohida tahlil qilingan. Shuningdek, Alisher Navoiy ijodida nutq madaniyati va odobining talablari, Alisher Navoiy ijodida nutq madaniyatini o‘rganishning pedagogik asoslari kabi asosiy jihatlar misollar orqali yoritib berilgan. ANNOTATION The master's thesis is composed of a description of the work, 3 main chapters, conclusions, and a list of used literature based on the plan covering the topic. In each chapter, conclusions are made about the problem raised, and on this basis, general conclusions are presented at the end of the work. The list of literature used to prove the ideas is given. 2

In the introductory part of his work, the relevance of the topic, the goals and tasks of scientific research, the subject and object of research, and the practical importance of research are highlighted. The main goal of the thesis is to study Alisher Navoi's thoughts on the culture of speech, to present thoughts on the culture of speech in his works, and to show their pedagogical significance. In this dissertation, the role of speech etiquette in the social life of our people, the views on speech etiquette in the ancient East, the art of preaching in the works of Alisher Navoi, the presentation of opinions on speech etiquette, the place of Navoi in the development of stylistics in general education schools are separate issues. analyzed. Also, the main aspects such as the requirements of speech culture and manners in Alisher Navoi's work, the pedagogical foundations of studying speech culture in Alisher Navoi's work are highlighted through examples. 3

K I R I SH Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida xalqimiz hayotining barcha sohalarida tub burilishlar sodir bo‘ldi, ta’lim tizimi, ilm-fanga zamonaviy pedagogik texnologiyalar kirib keldi va amaliyotga joriy etildi. Yurtimizning o‘z mustaqilligiga erishishi hayotimizning barcha ko‘rinishlarida o‘z ifodasini topmoqda. Eng asosiysi, milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz tiklandi, ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida yaratilgan ma’naviy merosimizni zamonaviy talablar asosida o‘rganishimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning: « Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovasiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim. Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish – barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘ѐAbga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi” 1 degan so‘zlari ajdodlarimiz merosini o‘rganish, ta’lim-tarbiyada yoshlarimiz ongiga bu merosga hurmat, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizga qiziqish ruhini singdirish borasidagi ishlarimizda dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumki, mamlakatimizda Alisher Navoiyning hayoti va ijodini o‘rganish bo‘yicha turli yo‘nalishdagi bir qator ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Olimlarimizning ko‘p yillik izlanishlari natijasida Navoiy asarlari puxta o‘rganilib, ularning ilmiy-tanqidiy matni yaratildi, shoir asarlari jamlanib, mukammal asarlar to‘plami shaklida nashr etildi. Shu kunga qadar Alisher Navoiy asarlarining deyarli har biri tadqiqot ob’yekti sifatida o‘rganildi, dissertatsiyalar 1 Ўзб ѐкистон Р ѐспубликаси Пр ѐзид ѐнти Шавкат Мирзиё ѐвнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси. https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/751 4

himoya qilindi, qator monografiyalar, maqolalar, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar yaratildi. Bu ishlar Alisher Navoiy ijodini o‘rganish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilganidan dalolat beradi. Shunday bo‘lsa-da, tilshunoslikda Alisher Navoiyning nutq madaniyatiga oid qarashlarini o‘rganish bo‘yicha sanoqli ishlar yaratilgan. Darslik va qo‘llanmalarda bu haqda yo‘l-yo‘lakay fikr bildirilgan. Bu esa mazkur mavzuni alohida o‘rganish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Shu bois Alisher Navoiyning nutq madaniyatiga oid qarashlarini pedagogik nuqtai nazardan o‘rganish mazkur tadqiqotning dolzarbligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850- son «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi mavqeini tubdan oshirish chora – tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni, 2018-yil 5-iyundagi PQ 3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2019-yil 4-oktabrdagi PQ 4479-son «O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qarorlari, 2020-yil 21-oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi, 2020-yil 19-oktabrdagi PQ-4865 sonli “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti ma’lum darajada xizmat qiladi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Alisher Navoiyning nutq madaniyati va nutq odobiga oid fikrlari tilshunoslikda juda kam o‘rganilgan. Tilshunoslikda o‘zbek tili nutq madaniyati va uslubiyatiga oid tadqiqotlarda, xususan, R. Qo‘ng‘urov, E.Begmatov, Y. Tojiyevlar tomonidan yaratilgan “Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari” kitobida nutq madaniyati kursining mazmun- mohiyati, mundarijasi, maqsad va vazifalari to‘liq yoritib berilgan. 2 Keyingi 2 Қўнғуров Р. , Бѐгматов Э., Тожи ѐв Ё. Нутқ маданияти ва услубият асослари: – Тошк ѐнт: Ўқитувчи, 1992. – Б. 20-24. 5