logo

ALISHER NAVOIYNING “SAB’AI SAYYOR” DOSTONIDA TIMSOLLARNING G‘OYAVIY-BADIIY UYG‘UNLIGI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

144.521484375 KB
ALISHER NAVOIYNING “SAB’AI SAYYOR” DOSTONIDA
TIMSOLLARNING G‘OYAVIY-BADIIY UYG‘UNLIGI
MUNDARIJA
KIRISH …………………………………………………………………….. 6-11
  I   BOB.   ALISHER   NAVOIYNING   “SAB’AI   SAYYOR”   DOSTONI
HAQIDA …………………………………………………………………….
1.1.”Sab’ai sayyor” dostonining yaratilish tarixi…………………………... 12-16
1.2.Dostonning tarkibiy tuzilishi…………………………………………… 17-32
 Birinchi bob yuzasidan  xulosalar…………………………………………. 33
II   BOB.   ”SAB’AI   SAYYOR”   DOSTONIDA   YARATILGAN
TIMSOLLAR VA ULARNING  G’OYAVIY- BADIIY UYG’UNLIGI
2.1.   ”Sab’ai   sayyor”   dostonida     yaratilgan   shohlar   hamda   ayol   timsollar
tahlili……………………………………………………………………….. 34-47
2.2. Dostonda do’st hamda ijodkor timsollarning yaratilishi……………… 48-53
 Ikkinchi bob yuzasidan  xulosalar…………………………………………. 54
III BOB. “SAB’AI SAYYOR”DOSTONIDAGI RAMZIYLIK
3.1.”Sab’ai   sayyor”   dostonida   qo’llangan   yetti   raqamining   tasavvufona
talqini hamda yeti sayyora timsoli…………………………………………. 55-61
3.2.Dostonda ranglar garmoniyasining aks etishi…………………………. 62-74
 Uchinchi bob yuzasidan xulosalar………………………………………… 75
 Umumiy  xulosalar………………………………………………………… 76
 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………… 77-82
1                                                          KIRISH
  Tadqiqotning   dolzarbligi.   Jahon   miqyosida   insoniyat   tamaddunining
buyuk   siymolari   hayoti   va   ijodini   chuqur   tadqiq   etish,   ular   yaratib   qoldirgan
ma’naviy   merosning   ta’sir   doirasini   o‘rganish   va   keng   targ‘ib   etish
adabiyotshunoslik   fanining   muhim   yo‘nalishlaridan   biri   sanaladi.   Bugungi   kunda
yurtimizda   ajdodlarimiz   yaratib   qoldirgan   ma’naviy   meros   namunalarini   tadqiq
etishda ham shu jihatlarga jiddiy e’tibor qatatish mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim,
ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan islohatlar mazmun –
mohiyatiga   har   taraflama   mos   keladi.   Zero,   “bizning   qanday   buyuk   va   shonli
o‘tmishimiz,qanday   ulug‘   ajdodlarimiz   borligini   yaxshi   bilamiz   va   bu   bilan
hamisha   faxrlanamiz” 1
.   Ayniqsa,   ulug’   bobokalonlarimiz   adabiy   asarlarini
o‘rganish,   ularda   ifodalangan     insonparvarlik   g‘oyalarini   yoshlarga   singdirish
bugungi kunda muhim ahamiyatga ega .
  Darhaqiqat,   hozirgi   globallashuv   sharoitida   har   bir   xalq   va   uning   buyuk
daholari yaratgan ma’naviy merosning butun insoniyat taraqqiyotida tutgan o‘rnini
belgilashga qiziqish va e’tibor ortib bormoqda. Chunki ular qoldirgan nodir asarlar
zamon , makon tanlamay, asrlar osha oz qadr-qimmatini saqlab kelmoqda. Buyuk
ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni o‘qib-o‘rganish va keng ommaga targ‘ib
qilish     adabiyotshunoslik   fani   oldidagi     muhim   vazifalardan   biridir.     Xususan,
bobokalonimiz   Alisher   Navoiyning   betakror     ijodini     o‘rganish,     qo‘lyozmalarni
sharhlash,   asarlarining   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   tadqiq   qilish   bugungi   kun
tadqiqotchilarining asosiy vazifasidir. Ana shunday nodir manbalardan biri Alisher
Navoiyning “Xamsa”sidan   joy olgan “Sab’ai sayyor “ dostonidir. Mazkur doston
M.Muhiddinov,   S.Hasanov,   B.Murtozoyev,   S.Olim   kabi     qator   tadqiqotchilar
tomonidan     o‘rganilgan.   Bu   tadqiqot   ishi   oldingilardan   farqli   tarzda     ,asosan,
asardagi   tasvirlangan   timsollarning   asar   badiiyligini,g’oyasini   ochib   berishda   qay
darajada   uyg’un   qilib   olinganiga,   Navoiy     ijodining   ustunliklarini   kashf   qilishga
1
  Mirziyoyev.Sh.   Adabiyot   va   san’at   ,madaniyatni   rivojlantirish-xalqimiz   ma’naviy   olamini   yuksaltirishning
mustahkam poydevoridir .Xalq so’zi, 2017-yil 4-avgust.
2 imkon   beradi.   Ushbu   tadqiqot   o‘sib   kelayotgan   yosh   avlodning   ong-u   shuurini
o‘stirishda,   ajdodlar   merosining   mohiyatini   anglashga   ,   o‘zaro   sadoqat,   mardlik
kabi insoniy fazilatlar singdirish yuzasidan dolzarblikka ega.
      Istiqloldan   keyingi   davr   tadqiqotlarida   Navoiy   ijodini   tasavvufiy   jihatdan
o‘rganish   barobarida   uning   asarlari   ham   to‘liq   holda   nashr   qilinmoqda.     Uning
ijodidagi asarlarni chuqurroq tahlil qilgannimizda Navoiy nafaqat dunyoviy, balki
diniy   -tasavvufiy   ilmlardan   ham   teran   xabardor   bo‘lganini   bilishimiz   mumkin.
Navoiyning   rasman   tariqatga   kirgani   haqida   ma’lumot   bo’lmasa-da,     lekin
asarlaridan   uning   naqshbandiya   tariqatiga   va   shayxlariga   hurmati   va   ehtiromini
yaqqol sezish mumkin.
       Alisher   Navoiy   umrining   so‘nggi   lahzasigacha   xalq   manfaatini   ko‘zlab
yashadi.   Temuriy   shahzodalarni   o‘zaro   mehr-muhabbatli   bo‘lishga,     taxtni   adolat
bilan   boshqarishga   chorlab   keldi.   Mazkur   doston   ham   aynan   temuriy   shahzoda
Husayn   Bayqaroga   atab   yozilganki,   Navoiy   hukmdor   uchun   har   qachon   el-yurt
manfaati   birinchi   o‘rinda   bo‘lishi   lozimligini   alohida   uqtirgan.   Doston   o‘z   davri
uchun ham juda qimmatli bo‘lgan.
Mavzuning   ijtimoiy   ahamiyati:   Mazkur   ilmiy   ishda   ko’zlangan   asosiy
maqsad   Respublika   fan   va   texnologiyalar   rivojlanishining   “Axborotlashgan
jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy   , huquqiy, iqtisodiy,   madaniy,   ma’rifiy
rivojlantirishda   innovatsion   g‘oyalar   tizimini   shakllantirish   va   ularni   amalga
oshirish yo‘llari”   ustuvor  yo‘nalishiga , asosan,   ushbu g‘oyalarni   Navoiy   ijodi
bilan bog‘lash;
-   buyuk   ota-bobolarimizning   asarlari   boy   ma’naviy   meros   sifatida   katta
ahamiyatga egadir.   Bu dostonni  o‘rganish orqali  Navoiyning ijodkorlik mahorati
qanchalik yuksak ekanligini aniqlash.
Mavzuning ilmiy ahamiyati quyidagilardan iborat:
   -xamsachilik an’analari ichida “Sab’ai sayyor” dostoning o’ziga xos o’rnini
aniqlash;
3    - dostondagi shoh timsollari, ayollar timsollari, do‘st timsollari, shuningdek,
ijodkorlar timsollarining  o‘ziga xos uyg‘unligini ochish;
   -   dostonda   qo‘llangan   ramziy   timsollarni   tasavvufiy   talqin   asosida   tahlil
qilish;
    -   dostonda   qo’llanilgan   timsollarning   Navoiy   g‘oyasini   berishda   qay
darajada xizmat qilganini aniqlash; 
   - mavzu yuzasidan o‘quv qo‘llanma chop etish.
Tadqiqotning   o‘rganilishi.   Navoiy   hayoti   va   ijodiy   merosini   o‘rganish
yuzasidan   bugunga   qadar   ko‘plab   tadqiqotlar   amalga   oshirilgan.   Alisher   Navoiy
“Xamsa”   dostoning   o‘ziga   xosligi,o‘z   salaflaridan   farqli   jihatlari   A.Qayumov,
A.Hayitmetov,   N.Mallayev   ,   M.Muhiddinov   ,   I.Haqqul,   S.Hasanov   kabi   ko’plab
olimlarning   tadqiqoylarida   yoritilgan.   “Sab’ai   sayyor”   doston   M.Muhiddinov,
S.Hasanov,   B.Murtozoyev   kabi     qator   olimlarimiz   tomonidan     o‘rganilgan.
B.Murtozoyev   “Alisher   Navoiy   “Sab’ai   sayyor”   va   Xusrav   Dehlaviy   ”Hasht
behisht”   dostonlarining   qiyosiy   tahlili”   nomli   nomzodlik   dissertatsiyasi   himoya
qilgan.   M.Muhiddinovning “Nurli qalblar gulshani” nomli kitobi “Fan” nashriyoti
tomonidan   Toshkentda   nashr   etilgan.   Saidbek   Hasanovning   “Navoiyning   yetti
tuhfasi “ kitobi nashrdan chiqdi.
   Asarning bosh qahramoni Bahrom obrazi  tarixiy shaxs sifatida Eronning sosoniy
hukmdori   Varaxran   V   (420   –   438   yillarda   podsholik   qilgan)   bilan   bog‘liq.   Bu
hukmdor qulon (yovvoyi kiyik)ni ovlashga nihoyatda o‘ch bo‘lganligi uchun xalq
orasida   Bahrom   Go‘r   (qulon)   laqabi   bilan   shuhrat   topgan.   Sharq   mamlakatlarida
Mars (Mirrix) yulduzi Bahrom deb atalib, jang-u jadallar homiysi sifatida keladi.
Bahrom   timsoli   dastlab   forsiy   adabiyotda   Abulqosim   Firdavsiy   “Shohnoma”sida
tasvirlangan.   “Shohnoma”da   Bahrom   Go‘r   haqidagi   voqea   dostonning   faqat   bir
faslini tashkil etib, unda Bahromning tug‘ilishi, taxtga chiqishi, mamlakatni idora
qilish tadbirlari, ov vaqtida o‘z kanizagi Ozoda bilan to‘qnashuviga doir voqealar
tasvirlangan.
4 “Shohnoma”dagi   Bahrom   Go‘r   va   uning   kanizagi   orasidagi   bu   to‘qnashuv
lavhasi   Nizomiy   tomonidan   qayta   ishlanib,   mashhur   “Haft   paykar”   dostoni
vujudga keladi. Nizomiy Bahromning kanizak bilan bog‘liq hikoyasini qoliplovchi
hikoya qilib olib, unga 7 hikoyat kiritadi.
Nizomiy asaridan keyin 200 yil o‘tgach, Xusrav Dehlaviy unga javob tarzida
“Hasht   behisht”   dostonini   yaratib,   7   hikoyatni   hind   eposidan   oladi.Turkiy   tilda
birinchi bo‘lib bu mavzuni Alisher Navoiy qalamga oladi va o‘z dostonini “Sab’ai
sayyor”   deb   ataydi.“Sab’ai   sayyor”   dostoni   38   bob,   5009   baytdan   iborat   bo‘lib,
shundan 11 bobni muqaddima tashkil qiladi. 2
Tadqiqo tning   maqsadi.   Hamsachilik   an’analari   ichida   “Sab’ai   sayyor”
dostoning   o‘ziga   xos   o‘rnini   aniqlash,   dostondagi   shoh   timsollari,   ayollar
timsollari, do‘st timsollarining o’ziga xos uyg‘unligini ochish, dostonda qo’llangan
ramziy   timsollarni   tasavvufiy   talqin   asosida   tahlil   qilish,   dostonda   qo’llanilgan
timsollarning Navoiy g’oyasini berishda qay darajada xizmat qilganini aniqlash.
Tadqiqotning   vazifalari.   Tadqiqot   maqsadni   amalga   oshirish   uchun
quyidagi vazifalar belgilab olindi:
     - Navoiy ijodiga milliy istiqlol g‘oyasi asosida yondashish;
    - navoiyshunoslik tarixini chuqurroq o‘rganish;
    - istiqlol davrida Navoiy  ijodiga bo‘lgan yangi munosabatlarni aniqlash;
    - “Sab’ai sayyor” dostonida timsollarning uyg ‘unligini aniqlash;
     - ramziy timsollarning tasavvufiy talqin qilish.
   Tadqiqotning ob’ekti . Tadqiqot uchun     Alisher Navoiyning “Xamsa”sidan
joy   olgan   “Sab’ai   sayyor   “   dostoni   asos   qilib   olindi   ,   shuningdek,   Navoiygacha
yozilgan “Hamsa” asarlaridan  ham qiyos uchun foydalanildi .
Shuningdek,   tadqiqot   ishida   mamlakatimizning   yetakchi   navoiyshunos   olimlari
Aziz   Qayumov,   Hamid   Sulaymon,   Saidb е k   Hasanov,   Botirxon   Vali х o‘jay е v   va
boshqalarning     Navoiy   hayoti,   faoliyati   va   m е rosini   o‘rganish   sohasidagi
2
.  Маллаев Н. Ўзбек адабиёти тарихи. – Т .:  Ўқитувчи, 1976 .  594-б.
5 tadqiqotlaridan   o‘rni   bilan   foydalanildi.   Prof essor   Abduqodir   Hayitmetov   va
Abdurashid   Abdug‘afurov   ishlarida   «Sab’ai   sayyora»ning   ayrim   xususiyatlari
ustida   to‘xtalib   o‘tilgan.   Matnshunos   olim   prof.   S.Hasanovning   «Navoiyning   etti
tuhfasi»   kitobida   Hazrat   Navoiyning   ishq   mavzuiga   bag‘ishlangan   «Sab’ai
s ayyor a » dostoni Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy,  Ashraf Marag‘oiy asarlari,
shuningdek,   turk,   hind,   eron   xalqlarining   qadimiy   qo‘lyozma   obidalari   b ilan
qiyosiy   o‘rganilib,   ulug‘   daho   shoirning   jahon   madaniyati   xazinasiga   qo‘shgan
buyuk hissasi qiziqarli   ilmiy va tarixiy ma’lumotlar asosida yoritilgan. 3
Tadqiqotning   predmetini   uchun     Alisher   Navoiyning   “Xamsa”sidan     joy   olgan
“Sab’ai   sayyor   “  dostonida     timsollarga  berilgan   ta’rif  va  tavsiflar  ,    shuningdek,
Nizomiyning “Haft paykar” dostoni , Xusrav Dehlaviy unga javob tarzida “Hasht
behisht” dostoninida  ramziy timsollarga bo’lgan  munosabat  tashkil  qiladi.
Tadqiqotning usullari.  Dissertatsiya ilmiy-tahliliy, qiyosiy-tipologik, matn tahlili,
psixologik metodlardan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
    -   Navoiy   ijodida     shoh,   yor,   do’st   ,   ijodkor   timsollarning   mavqeyini
aniqlash,     bu   bilan   ularning   zamondoshlari   yozgan   asarlari   bilan   qay   darajada
mosliginni qiyoslash;
     -   jahon olimlari va abiyotshunoslarini qiziqtirgan doston timsollarini ochib
berish;
        -     badiiy   adabiyotda     Navoiy   ijodidagi     ramziy   timsollarni   tasavvufiy
nuqtai nazardan ilmiy asosda ochib berish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi  quyidagilardan iborat:
-   Alisher   Navoiyning   “Sab’ai   sayyor”   dostonida   qo’llangan   timsollar
aniqlash;
- ularni shoh timsollari, ayol timsollar , do’st timsoli hamda ijodkor timsollar
sifatida tasniflash;
3
 М.Муҳиддинов, Нурли қалблар гулшани. Тошкент: ФАН, 2007,4-бет
6 -   dostonda   faol   qo’llangan   yetti   raqami   hamda   yetti   xil   rangdagi   qasrlar
ranglarni tasavvufiy nuqtayi nazardan tahlil qilish.  
Tadqiqotni   amaliyotga   joriy   qilish.   Badiiy   adabiyotimizda   Alisher
Navoiyning   hayoti   va   ijodi,   uning   yaratgan   barcha   ijod   namunalari   ko‘plab
olimlarimiz   tomonidan   qiziqish   bilan   o‘rganilgan.   “Sab’ai   sayyor“   dostoni
yuzasidan   ilmiy   maqolalar,   dissertatsiya   ishlari   qilingan. 4
  Mening   mavzuyim
doirasida “Sab’ai sayyor “dostonining avval o‘rganilgan tomonlarinni sinchkovlik
bilan   o‘rganib,   asardagi   ayollar   obarazini   badiiy   adabiyotga   va   jamiyat   bilan
bog‘lagan   holda   o‘rganish.   Hamsachilik   an’analari   ichida   “Sab’ai
sayyor”dostoning   o‘ziga   xos   o‘rnini   aniqlash,   dostondagi   shoh   timsollari,   ayollar
timsollari,   do‘st,     ijodkorlar   timsollarining   o‘ziga   xos   uyg‘unligini   ochish,
dostonda   qo‘llangan   ramziy   timsollarni   tasavvufiy   talqin   asosida   tahlil
qilish,dostonda qo‘llanilgan timsollarning Navoiy g‘oyasini berishda qay darajada
xizmat qilganini aniqlash.
    Dissertatsiyaning tuzilishi.  Dissertatsiya kirish, uch bob ,olti fasl, xulosa va
adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
 
4
  Abdug‘afurov  Abdurashid.   Alisher  Navoiyning  “Sab'ayi   sayyor”  dostoni  va   folklor  asarlari  orasidagi   mushtarak
jihatlarga   doir.   O‘TA-1998.-№5.-B.46.   Muhiddinov   M.     “Bahrom   Go‘r”   va   “Bahom   Gulandom”   syujetlarining
o‘zaro aloqasi. O‘TA -1972.-№1.-B.26 Narziqulova Manzura.“Sab'ai sayyor” dostonining o‘rganilishiga doir. O‘TA
-1997.-№6.-B.41   Sattorov   Ulug‘bek.   “Sab'ai   sayyor”   va   “Bahrom   va   Gulandom”   (O‘zbek   xalq   baxshilari,   asosan
Fozil   Yo‘ldosh   o‘g‘li   dostoni   asosida).   O‘TA   -1999.-№3.-B.29     Fayzullayev   Zavqiyjon   Qobiljon   o’g’li.Nizomiy
Ganjaviyning   “Haft   Paykar”   va   Alisher   Navoiyning     “Sab’ai   Sayyor”   dostonlarining   qiyosiy   tahlili.Magistrlik
dissertatsiyasi.Samarqand 2020.
7 I BOB.ALISHER NAVOIYNING “SAB’AI SAYYOR” DOSTONI HAQIDA
                      1.1.  ”Sab’ai  sayyor” dostonining yaratilish tarixi
        “Xamsa”   –   tengsiz   tilsim.   Islom   aqidalariga   ko‘ra   bir   kecha   –kunduzda
o‘qiladigan besh vaqt namoz “al- Xamsatu” deyiladi. Dinimizning besh ustuni ham
– tavhid (imon), namoz, ro‘za, zakot, haj – o‘ziga xos “Xamsa”(beshlik)ni tashkil
etadi. Demak, Nizomiy dostonlarini “ Xamsa” turkumi sifatida talqin etilishi, unga
Amir Xusrav   va Navoiy javoblari bejiz emas. Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy”
dostonining muqaddima qismida bu masalaga maxsus to‘xtalib, “Xamsa”ning har
bir   dostoni   yozilishini   kunning   ma’lum   vaqtlarida   o‘qiladigan   sahar,   pishin,   asr,
shom   va   xufton   namozlari   bilan   qiyos   etadi   hamda   “Xamsa”   ni   buyuk   tog‘
cho‘qqisiga   ko‘tarilish   mobaynida   besh   o‘rinda   to‘xtab,   nafasni   rostlash   uchun
bino etilgan besh oromgohga o‘xshatadi.  5
Sharq   xalqlari   adabiyoti   tarixida   beshlik   dostonlar   turkumining   bunyod
etilishi    an’anasi     Alisher     Navoiy    dunyoga   kelgunga   qadar   sal    kam    uch  yuz
yillik   jarayonni   boshidan   kechirdi.   Ozar   xalqining   suyukli   va   salohiyatli   farzandi
Ilyos Yusuf o‘g‘li   Nizomiy Ganjaviy   (1141-1205)   «Panj   ganj” («Besh   bebaho
xazina»)     asarining     yaratilishi     musulmon     olami     badiiy   so‘z   san’ati   tarixida
inqilobiy   hodisa,     mo‘jizaviy   voqea   bo‘ldi.     Forsiyda   dunyo     yuzini     ko'rgan   bu
besh     ma’naviy   xazina   qalam   sohiblari   qalbini   junbushga   soldi,   ular   uchun
chinakam ijodiy bahs va mahorat darajasini belgilashning  sinashta  tamal  toshiga
aylandi.     Shunday     qilib,     Nizomiy   Ganjaviyning   mo‘jizakor   qalami   tuhfa   etgan
«Panj ganj»  Sharq xalqlari adabiyoti tarixidan xamsachilik an’anasiga asos bo'lgan
asar sifatida o‘rin oldi.  Xamsa ijod etish besh doston yozish bo‘libgina qolmay, bu
adabiy   janrga   xos   bo'lgan   me’yorlar   bevosita     “Panj     ganj”ning   xususiyatlaridan
5
 Buyuk siymolar,allomalar: Markaziy Osiyodagi mashhur mutaffakkir va donishmandlar)// Nashrga tayyorlovchi va
mas’ul muharrir M.M. Xayrullayev/.-T.:A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,1996.73-bet.
8 kelib     chiqib     belgilandi.     Bunga     ko‘ra,     dostonlaming     nomi,   janri,     vazni,
voqealar   tizimi,   qahramonlari   va   tuzilishi   bilan  Nizomiy   Ganjaviy   beshligi   talab-
tamoyilariga   monand   bo‘lishi,   shuningdek,   yangi   ijod   etilgan   xamsa   ulug‘     ozar
shoiri   shoh   asarining   takrori   yoki   taqlidiy   nusxasi    bo‘lmay, balki  mavzu va
g‘oyalari,   badiiyati   nuqtayi   nazaridan   tamomila   yangi   asar   bo‘lishi   talab   etilardi.
Sharq   adabiyotida   bu     nihoyatda   murakkab   va   o‘ta   talabchan   an’anaga   aylanib
qoldi. Musulmon mintaqa xalqlari adabiyotida bu adabiy janrning vujudga kelishi
sabablarini   taniqli   adabiyotshunos   olim,   akademik   B.Valixo‘jayev   quyidagicha
izohlaydi:     “Xamsa”     deb     ataluvchi     asarlarning     maydonga   kelishigacha,     ya’ni
XII  asrgacha  bo'lgan  davrda  turkum  qissa  va dostonlardan  iborat  “Kalila  va
Dimna”,   “Sindbodnoma”   (Ro‘dakiy), “Shohnoma” (Firdavsiy), “Qutadg‘u bilig”
(Yusuf Xos Hojib) kabi forsiy va turkiy tillarda bitilgan turkum asarlar mavjud edi.
Eslatilgan   asarlaming   ayrimlari   bir   syujetli   (“Qutadg‘u   bilig”)   bo'lsa,   boshqalari
ko'p     syujetli     (“Kalila     va     Dimna”,     “Shohnoma”)     asarlardir.   Xuddi   ana   shu
davrda   xamsa   o'ziga   xos   xususiyatlarga   ega   bo'lgan   badiiy   janr     sifatida
shakllandi.   Shuning   natijasida   u   ham   bir   syujetli, ham   ko‘p   syujetli   hamda
syujetsiz maqolatlardan  iborat  asarlardan tashkil  topdi,  ya’ni  qurilishi jihatidan
ko‘p     qirrali   janr     bo‘ldi.     Uning   asosiy   mavzusi   ham   insonning   ko‘p   qirralari
faoliyatini badiiy obrazlar misolida aks ettirishdan iboratdir 6
  
Navoiy – turkiy tilda birinchi “Xamsa” ni yozgan daho san’atkor. Shoirning
ushbu   buyuk   asari   o‘zidagi   masallar,   mavzular   rang-barangligi,   inson   va   hayot
muammolarini   keng   yoritishi   bilan   yuksak   ahamiyatli.   Navoiy   asarlarining
zamonaviyligi,   barhayotliligi   ham   azaliy   va   abadiy   mavzularni   qalamga
olganligidadir.
Muhabbat, vafo, do‘stlik , insonparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, mardlik,
saxovat, qanoat, adolat, oliyjanoblik, yaxshilik kabi insoniy fazilatlarni ulug‘lagan
6
  Valixo ‘ jayev  B.  Mumtoz siymolar.Toshkent,  2002,  131-bet
9 bo‘lsa , yomonlik, zulmkorlik, nohaqlik, e’tiqodsizlik, bevafolik, yolg‘on, xasislik
singari illatlarni keskin tanqid qilgan. 
      Alisher   Navoiy   o‘z   “Xamsa”   sini   yozishda   Nizomiy   Ganjaviy   an’anasiga
amal   qildi.   Natijada   u   yozgan   besh   doston   alohida   olinsa   ,   har   biri   mustaqil
ravishda     baholanishga   loyiq   asarlarni   hamda   hammasi   jamlansa   yaxlit   “Xamsa”
deb ataluvchi yirik bir majmuani hosil qildi. Eng muhimi, Navoiyning “Xamsa”si
turkiy   tilda   yozilgan   bo‘lib,   undan   turkiyzabon   kitobxonning   to‘la   bahra   olishi
uchun imkon yaratildi.
     “Sab’ai   sayyor”   Alisher   Navoiy   “Xamsa”si   tarkibiga   kirgan   to‘rtinchi
dostonidir.   “Shoir   “Sab’ai   sayyorni   hijriy   889-yilning   jumodiyus-soniy,   milodiy
1484-yilning   iyun   oyida   yozib   tugatgan.   Doston   shoirning   yozishicha   ,   5000
baytdan iborat.
    Ammo   bu   katta   asarni   u     to‘rt   oyda   ,   balki   to‘rt   haftada   yozib   tugatishi
mumkin edi:
      Menga ayyomi garchi yod emas,
      Lek to‘rt oydin ziyod emas.
     Bo‘lsam o‘zga umurdin emin,
    Bor edi to‘rt hafta ham mumkin.
        Alisher   Navoiy   bu   dostonda   ham   salaflari   bilan   musobaqaga
kirishadi.” 7
Asarning   bosh   qahramoni   Bahrom   bo‘lib,   tarixiy   shaxs   sifatida
Eronning   sosoniy   hukmdori   Varaxran   V   (420   –   438   yillarda   podsholik   qilgan)
bilan   bog‘liq.   Bu   hukmdor   qulon   (yovvoyi   kiyik)ni   ovlashga   nihoyatda   o‘ch
bo‘lganligi   uchun xalq  orasida  Bahrom  Go‘r  (qulon)   laqabi  bilan  shuhrat   topgan.
Sharq   mamlakatlarida   Mars   (Mirrix)   yulduzi   Bahrom   deb   atalib,   jang-u   jadallar
homiysi sifatida keladi.
7
  Дилором   Салоҳий.Навоий   эпик   шеърияти.   Университет   таълими   филология   факултетлари
талабалари ва мутахассислари учун қўлланма.-Самарқанд: СамДУ нашри, 2022.22-бет
10        Bahrom   timsoli   dastlab   forsiy   adabiyotda   Abulqosim   Firdavsiy
“Shohnoma”sida tasvirlangan. Bahrom Eron shohi Yazdijurdning o‘g‘lidir . Unga
Ozoda   ismli   go‘zal   bir   kanizni   in’om   etgan   edilar.   Ozoda   yaxshi   soz   chalar,
qo‘shiq   aytar,   umuman,   har   jihatdan   mukammal   edi.   Bahrom   ham   uni   sevar,
yonidan qo‘ymas edi. 
      Bir   kuni   ovga   chiqdilar.   Shahzoda   Ozodaga   mahoratini   namoyish   etib   ,
maqtangisi   keldi.   Undan   ohularni   qanday   otishini   so‘raydi.   Ozoda   unga   chopib
borayotgan  bir  to‘da ohuni  ko‘rsatib, anavi  erkagini  urg‘ochiga , urg‘ochisini  esa
erkakka   aylantir   ,   uchinchisi   bu   holni   ko‘rib   hayron   bo‘lsin,   deydi.   Bahrom
ishorani   tushunadi   va   ikki   o‘q   bilan   erkak   ohuning   shoxini   sindiradi.   Ikki   o‘q
qadab urg‘ochisini shoxlik qiladi. Uchinchisining qulog‘iga yonlama otib yarador
qiladi.   Ondingi   oyog‘i   bilan   qulog‘ini   qashlaganda     navbatdagi   o‘q   bilan   mixlab
qo‘yadi.   Va   mamnun   holda   taqdirlanishini   kutib     Ozodaga   qaraydi.   Ozoda   bu
holatdan kelib chiqib shahzodani yovuz Axramanga o‘xshatadi. Bahrom g‘azabga
minadi   va   Ozodani   otlar   tuyog‘i   ostiga   tashlab   o‘ldiradi.   Shundan   so‘ng   Bahrom
ko‘p sarguzashtlarni boshdan kechiradi. 20 yil adolat bilan mamlakatni boshqaradi.
20   yil   Ollohga   xizmat   qiladi.   So‘ng   o‘g‘liga   saltanatni   topshiradi.   O‘zi   uyquga
ketadi va qaytib uyg‘onmaydi.
     Nizomiy Ganjaviy Bahromning kanizak bilan bog‘liq hikoyasini qoliplovchi
hikoya qilib oladi. Va doston voqealariga bog’lanmaydigan beshta hikoya kiritadi.
Bu   yerda   kanizakning   ismi   Fitna   deb   nomlangan.   Ovdagi   hodisada   u   Bahromni
“yovuz”   deb   atamaydi,   sovuqqina   qilib   ”mashqning   natijasi”   deb   qo’ya
qoladi.Nizomiyning Bahromi uni o‘z qo‘li bilan o‘dirishgacha bormaydi. Bu ishni
sipohlaridan   biriga   topshiriadi.Qiz   tasodif   bilan   omon   qoladi   va   ular   yana
topishadilar.Bahrom   yana   aysh-ishratga   beriladi.Yetti   iqlimning   malikasiga
uylanadi.   Ularni   har   biriga   moslab   bittada   qasr   qurdiradi.   Shoh   Bahrom   har   kuni
malikalarning biridan hikoya tinglaydi. Nizomiy Ganjaviy shu tarrzda shohning bir
haftalik   hayotini   tasvirlab   beradi.   Yettita   bir   biridan   go‘zal   hikoya   keltiradi.
“Shohnoma”da   Bahrom   Go‘r   haqidagi   voqea   dostonning   faqat   bir   faslini   tashkil
11 etib,   unda   Bahromning   tug‘ilishi,   taxtga   chiqishi,   mamlakatni   idora   qilish
tadbirlari,   ov   vaqtida   o‘z   kanizagi   Ozoda   bilan   to‘qnashuviga   doir   voqealar
tasvirlangan.
                “Shohnoma”dagi   Bahrom  Go‘r   va  uning kanizagi   orasidagi   bu to‘qnashuv
lavhasi   Nizomiy   tomonidan   qayta   ishlanib,   mashhur   “Haft   paykar”   dostoni
vujudga keladi. Nizomiy Bahromning kanizak bilan bog‘liq hikoyasini qoliplovchi
hikoya qilib olib, unga 7 hikoyat kiritadi.
         Nizomiy asaridan keyin 200 yil o‘tgach, Xusrav Dehlaviy unga javob tarzida
“Hasht   behisht”   dostonini   yaratib,   7   hikoyatni   hind   eposidan   oladi.   Kanizakning
nomini   Dilorom   deb   qo‘yadi.   Malikalar   aytib   bergan   hikoyatlarni   hind   eposidan
oladi.   Shuningdek,   dostonning   muqaddimasi   yeti   bib,   yakunlovchi   qismi   esa   bir
bobdan   iboratligi   ,   umumiy   boblar   soni   sakkiztaligi   uchun   ham   shunday
nomlanishga sabab bo’lgan , degan qarashlar ham mavjud. Dehlaviy o’z dostonini
Bahromning   taxtga   chiqish   voqeasi   bilan   boshlab   ,   ungacha   bo‘lgan   voqealarni
tushurib qoldiradi.
  Mazkur   mavzuda   yaratilgan   asarlardan   yana   biri   –Ashraf   Marog‘iyning
“Haft   avrang”   dostoni   bo‘lib,   Alisher   Navoiy   “Muhokamat   ul-   lug‘atayn   “   da
Ashrafning   ushbu   dostonini   “Sab’ai   sayyor”   dostoni   uchun   asos   bo’lgan   asar
sifatida   tilga   oladi.   Navoiy   “Ashraf     “Haft   paykar”ning   yeti   hurvashin
peshkashimg’a   yarog‘labtur”,   deb   yozar   ekan,   Nizomiyning     “Haft   paykar”
dostonidagi   yetti   go‘zal   haqidagi   hikoyatlarni   hal   qilishni   Ashraf   unga
topshirganligiga   ishora   qiladi.   Ashraf   dostonida   Bahromning   kanizak   bilan   ovga
chiqishi   va   unuman   uning   oshiq   bo’lishi   bilan   bog‘liq   sahna   yo‘q.   Ashraf   oshiq
podshoh emas, odil podshoh yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Alisher Navoiyning  “Sab’ai sayyor” dostoni  mazkur mavzuda yaratilgan birinchi
turkiy   doston   bo‘lib   ,   Navoiy   o’ziga   qadar   yaratilgan   dostonlar   va   to‘plagan
tajribadan foydalangan holda mazmin –e’tibori   va g‘oyaviy –badiiy xususiyatlari
bilan salaflari asarlaridan farq qiluvchi yangi doston yaratdi.
      
12 I bob.1.2.  ”Sab’ai sayyor” dostonining tarkibiy tuzilishi.
    “Sab’ai   sayyor”   dostoni   an’anaga   ko’ra   hafif   bahrida   ,   ya’ni   (   foilotun
mafoilun fa’uvlun   -v--v -v v--) yozdi. 
             Dostonning muqaddimasi an’anaviy hamd bilan boshlanadi. Navoiy Allohni
olamning yaratuvchisi sifatida madh etar ekan, dostonning mazmuni taqozosi bilan
birinchi bobdayoq yetti raqamiga alohida e’tiborni qaratib, iltizom (bir so‘zni biror
parchaning   barcha   misra   yoki   baytlarida   qo‘llab,   shu   so‘zning   muhimligini
ta’kidlash) badiiy san’ati vositasida falakning yetti qavat ekanligi, yetti gumbazdan
tashkil   topgani,   yer   yuzi   yetti   iqlimga   bo‘lingani,   yetti   ko‘k,   yetti   yulduz   kabilar
haqida   fikr   yuritadi.   Shuningdek,   Bahrom   va   Dilorom   so‘zlarini   asl   va   majoziy
ma’nolarda   qo‘llab,   sayyoralar   olami,   dunyoning   yaratilishi   haqida   o‘z   falsafiy
qarashlarini bayon qiladi va   olamning yaratilishini tasavvufdagi vahdat ul- vujud
falsafasi asosida bayon qiladi:
                   Ishq sensen dog‘i-yu oshiqsen,
                   Yana ma’shuqliqqa loyiq sen.
                   Ayni ma’shuqluqda jilvai zot,
                   O’zini ko‘rgali tilab mir’ot.
                   Husnunga har dam o’zga surt o’lub,
                   Ko’zgu takrori ham zarurat o‘lub.
                   Necha husn ichra  jilva zohir anga,
                   Ko‘zgulik aylabon mazohir anga…
                  Sensen-u sendin o‘zga xud nima yo’q,
                    Gar ko‘runsa  sen o‘lgung ul nima o‘q. 8
8
  Navoiy   Alisher .  To ’ la   asarlar   to ’ plami . G ’ afur   G ’ ulom   nomidagi   nashriyot   matbaa   ijodiy   uyi .2012-
yil .279-280- betlar .
13       Dostonning   2-bobi   munojot   bo‘lib,   bunda   buyuk   shoirning   yaratuvchiga
murojaati, najot umidi, tavba va iltijolari o‘z ifodasini topgan:
                    Qodiro,ul zaifi osiymen,
                    Ki boshimdin ayoq maosiymen. [To’la asarlar to’plami.2012.282-bet]
           Navoiy tashbeh  san’ati  vositasida  o‘zini  toat  vaqtida xasta  chumoliga,  isyon
vaqtida   vahshiy   sherga,   nafsini   bahaybat   filga,   ko‘nglini   nimjon   pashshaga
o‘xshatadi:
               Toat aylarda mo‘ri xasta barin,
               Lek isyon mahali sheri arin.
               Nimjon pasha ko’nglum ayla gumon,
              Zo‘ri nafsim nechukki pili damon.  [To’la asarlar to’plami.2012.282-bet]
        Shuningdek,   munojotda   yaratilayotgan   asarning   shuhratini   olamga   yoyishni
so‘rab qilingan iltijo ham mavjudligini ko‘ramiz:
              Shuhratin olam ichra paydo qil,
              Olam ahlin alarga shaydo qil.  [To’la asarlar to’plami.2012.284-bet]
        Navbatdagi bob Muhammad (s.a.v.) madhiga bag‘ishlanadi. Payg‘ambarning
asli   qurayshiy,   yeri   abtahi,   mazhabi   hoshimiy,   manzili   Yasrib   ekanligi   aytilgach,
uning nuri “Lot” bilan “Uzzo”ni shikastlagani, ismining harflari yechilganda ikkita
“mim”   harfining   etaklari   osilib,   kufr   eli   motamining   zulmatiga,   din   elining   esa
ulug‘vorligiga aylanishi aytiladi.
              Dostonning   to’rtinchi   bobi   me’roj   tuni   ta’rifiga   bag‘ishlanadi.   Bunda
payg‘ambarimiz huzuriga elchi (Jabroil) kelib, Haqning salomini yetkazganligi va
oshiq   o‘z   mahbubining   visoliga   erishmoq   niyatida   ekanligini   xabar   qilgani,
payg‘ambarimiz   yaratuvchining   huzuriga   borganlarida   ummatlarining   gunohini
14 kechirishni   iltimos   qilganlari   va   barcha   istaklari   birma-bir   qabul   qilinganligi
haqida so‘z boradi.
Istabon ummati gunohlarini,
Oq tilab nomai siyohlarin .
Bo’lmay ul hojatidasharmanda,
Karam aylab borini baxshanda.
Chun ne istab borin topib bir-bir,
Yonmog’in oshkor etib taqdir.   [To’la asarlar to’plami.2012.293-bet]
           Beshinchi bob so‘z ta’rifiga bag‘ishlanadi. Navoiy bu bobda so‘zga yuksak
baho berib, shunday yozadi:
So‘z kelib avvalu jahon so‘ngra  ,
Ne jahon, kavn ila makon so‘ngra…  [To’la asarlar to’plami.2012.298-bet]
Alloh,alloh,ne so‘zdurur bu so‘z,
Mundin ortuq yana bol‘urmu so‘z?!
Jism bo‘stonig‘a shajar so‘zdur,
Ruh ashjorig‘a samar so‘zdur.  [To’la asarlar to’plami.2012.298-bet].
Oltinchi   bob   ulug‘   salaflar   Nizomiy   va   Dehlaviy   madhiga   bag‘ishlangan.   Shoir
dastlab badiiy adabiyotdagi ikki adabiy tur, ya’ni nazm va nasr ta’rifiga to‘xtalib,
ularni bir-biriga qiyoslaydi va nazmning nasrdan ustunligini isbotlar ekan, she’riy
asarlarda chiroyli, ta’sirli ibora va badiiy san’atlarni ko‘plab qo‘llash va injuni ipga
tergandek   misralar   tizish   mumkin,   nasr   esa   sochib   yuborilgan   javohirdek
go‘zallikdan mahrum deb yozadi. Shuningdek, nazm shakllari orasida masnaviyga
alohida to‘xtalib, uni keng maydon deb ataydi:
Masnaviykim,burun dedim oni,
15 So‘zda keldi vasi’ maydoni.   [To’la asarlar to’plami.2012.301-bet]
      Alisher Navoiy “Sab’ai sayyor” dostonida Nizomiy haqida so‘z yuritar ekan, u
bu   maydondan   to‘pni   olib   chiqib   ketdi,   ya’ni   go‘y   va   chavgon   o‘yinida   yutdi,
masnaviy yaratishda birinchi bo‘ldi deydi:
   Qoyili xush kalomi zebogo‘y,
    Kim ,bu maydon eliding elitti go‘y…  
Ahli nazm afsahulkalomi ul,
 “Xamsa”ning nozimi Nizomiy ul.  [To’la asarlar to’plami.2012.282-bet]
           Xusrav Dehlaviyni Nizomiy beshligiga javob yozgan ijodkor sifatida ta’riflar
ekan, uni “hind sehrgari, qaro balo, ofati Xudo” kabi tashbehlar bilan madh qiladi.
Shuningdek,   Navoiy   bu   ikki   xamsanavisni   shatranj   o‘yinidagi   oq   otu   (Nizomiy)
qora filga (Dehlaviy), o‘zini oddiy piyodaga nisbat beradi:
Cheksa ,sharranj iki saf oqu qaro,
  Xas ne qilg‘ay, chu tushsa arsa aro.
O‘zni topqay bisot aro payvast ,
Ot ila pil ayog‘i ostida past.  [To’la asarlar to’plami.2012.305-bet]
          Dostonning   7-bobi   “hazrat   shayxulislom   mavlono   Nuriddin   Abdurahmon
Jomiy” madhiga bag‘ishlangan. Navoiy uni fazl koniyu ilm daryosi deb atar ekan,
ustozini   arab   tilidagi   bilimdonligi   jihatidan   “Kofiya”   asarining   muallifi   Ibn
Hojibga, tafsir ilmida yuzta Ibn Hojarga, fiqh ilmida Imomi A’zamga o‘xshatadi.
Jomiyning   bu   sohalarda   yaratgan   asarlari,   devonlari   va   dostonlarining   nomlarini
keltiradi.
Gar tugansun dag’i kutuboti,
Andin ortuq aning kamoloti.
16 Ki,agar muncha yuz kalom o’lg’ay,
Vasfi zoti aning tamom o’lg’ay.  [To’la asarlar to’plami.2012.308-bet]
        Sakkizinchi bob salaflarning nuqsonlari haqida bo‘lib, shoir bob sarlavhasida
ustozlar  asarlariga  mulohaza   bildirayotgani  uchun  uzr   so‘raydi.  Navoiy  bu  bobda
doston yaratishdan oldin tush ko‘rganini, tushida yetti gumbaz, yetti gumbaz ichida
yetti xil rangdagi mutasaddiyni ko‘rganini, shu yerda yetti kun yurib, yetti afsona
tinglaganini,   bir   mo‘ysafid   unga   avvalgi   dostonlardagi   qusurlarni   tuzatishni
so‘raganini,   uyqudan   uyg‘ongach   muabbir   (tush   ta’birchisi)   aytgan   dalillardan
so‘ng   doston   yozishga   kirishganini   aytadi.   Shundan   so‘ng   o‘zigacha   yozilgan
Bahrom   haqidagi   dostonlarni   sinchiklab   o‘qib   chiqqanini   ta’kidlab,   ustozlarning
hurmatini o‘z o‘rniga qo‘ygan holda ularga uchta e’tiroz bildiradi:
Biri bukim yo’q anda moyayi dard,
Qildilar ishq so’zidin ani fard.   [To’la asarlar to’plami.2012.317-bet]
       Shoir fikricha, oldingi xamsanavislarning birinchi aybi dardu g‘amga yetarlicha
ahamiyat bermasdan, uni ishqdan xoli tasvirlaganliklaridadir.
Yana biri buki anda ba’zi ish,
Zohiran nomunosabat tushmish.
Bo’yla tuhmatki,aysh uchun Bahrom,
Yasadi yetti qasr surgali kom.
Yetti iqlim shohidin yetti qiz,
Har biri lutfu husni g’oyatsiz.
Uyqu komin olurg’a mastona,
Sho’hlarg’a buyurdi afsona.
Anga xud g’aflat o’ldi dag’i sifat,
17 Uyqusig’a farsona ne hojat.    [To’la asarlar to’plami.2012.318-bet]
     Bahromning ayshi uchun yettita qasr qurilishi, yetti malikaning o‘zi mastlikdan
g‘aflat   holatiga   yetgan   shohni   uxlatish   uchun   afsonalar   aytishlari   asossiz,   deydi
Navoiy.   Buning   ustiga,   agar   afsona   aytish   zarur   bo‘lsa,   ulardan   boshqa   qissaxon
yo‘qmidi ?-degan savolni ham qo‘yadi.
Salaflarning   uchinchi   kamchiliklari   dardsiz   va   nodon   kishining   sarguzashtlarini
ko‘rsatishni maqsad qilib olganliklarida edi:
Bo’yla nodon uchun yozib avsof,  
Anga qilgaylar o’zlarin vassof.  [To’la asarlar to’plami.2012.319-bet]
   Bob so‘ngida Navoiy g‘oyat kamtarlik bilan o‘zini salaflarning faqir shogirdi deb
atab, men go‘yo pashshadek bo‘lib, fil ishini qilmoqchiman, osmon tomiga narvon,
quyoshga   shamdon   yasamoqchiman,   o‘rgimchak   ipidan   kamand   qilib,   ajdahoni
tutmoqchiman deydi va Alllohdan doston yozishda madad so‘raydi.
To’qqizinchi   bob   Sulton   Husayn   Boyqaro   madhibag’ishlanadi.   Bu   bobda   Navoiy
falakdagi barcha sayyoralarga birma-bir murojaat qilib, ularni o‘z hunarlaridan bir
oz tinmoqqa chaqiradi, shoh madhida qalam surmoqchiligini aytadi. Shohning ikki
tomonlama   xon   avlodi   ekanligini,   ulug‘   otasi   Chingizxon,   onasi   Alanquvo
ekanligini aytadi.
       Navoiy Husayn Boyqaroni cheksiz saxovat, chumoliga ham marhamatli adolat
egasi   deya   ta’riflab,   adolat   bobida   hatto   Anushervon   ham   uning   oldida   xijolat
chekadi deb yozadi:
Anda Nushirvon kerak boqqay,
Boshini erg’atib ovuch qoqqay.
Chun qilib yoq o’z adolatidin,
Mutag’ayyir  bo’lib xijolatidin.   [To’la asarlar to’plami.2012.328-bet]
18 O‘ninchi   Bilqisi   Soniy   –   Xadichabegim   madhiga   bag‘ishlangan   bo‘lib,   Navoiy
talmeh   san’ati   vositasida   Xadichabegimni   payg‘ambarlar   ayollari   Sorai   Uzmo
(Ibrohim   payg‘ambarning   rafiqalari)   va   Xadichai   Kubro   (Muhammad   (s.a.v)ning
ayollari)ga   o‘xshatadi.   Navoiyning   yozishicha,   uning   go‘zalligidan   sunbul   va
nargis   gullari   tashvishda,   nargis   uyatda.   Shuningdek,   Navoiy   Xadichabegimning
ikki  farzandi  Muzaffar  Mirzo  va  Shoh G‘arib  Mirzo  (shoir   G‘aribiy)  haqida  ham
to‘xtalib   o‘tib,   ularni   ikki   saodatli   yulduz,   ularning   onasini   oy-u   quyoshga
o‘xshatadi:
Oyu kun yo’q agarchi monanding,
Ikki sa’d axtar ikki farzanding. [To’la asarlar to’plami.2012.282-bet]
      11-bob   –   Bahrom   tarixi   haqidadir.   Navoiy   Bahromni   sosoniylar   hukmdori
Yazdijurdning   o‘g‘li   bo‘lsa-da,   otasidan   farqli   ravishda   ezgu   ishlar   bilan
shug‘ullandi, otasi nimani buzgan bo‘lsa, u barchasin qaytadan tuzdi deydi:
Har ne ul buzdi,bu borin tuzdi,
Bu borin tuzdi,har ne ul buzdi.   [To’la asarlar to’plami.2012.333-bet]
         Navoiy salaflar bo‘yicha shoh Bahrom tarixini qisqacha bayon etib, endi men
aytadigan   qissa   avvalgilaridan   farq   qiladi   deydi   va   Allohga   shukrona   keltirib,
Bahrom qissasini  boshlaydi.
            Asosiy   voqealar   o‘n   ikkinchi   bobdan   boshlanadi.   Yetti   iqlim   shohi   bo‘lgan
Bahrom ov qilib yurib, rassom Moniyni uchratib qoladi. Moniy Chinda tengi yo‘q
bir go‘zal Dilorom haqida xabar berib, uning o‘zi chizgan suratini shohga taqdim
etadi.   Shoh   suratni   ko‘rishi   bilan   Diloromga   oshiq   bo‘lib   qoladi   va   Chin
mamlakatining   bir   yillik   xirojini   to‘lab,   qizni   saroyga   keltiradi.   Shundan   keyin
Bahrom   qizga   butunlay   mahliyo   bo‘lib,   davlat,   mamlakat   ishlarini   unutadi.
Firdavsiy   “Shohnoma”sida   tasvirlanganidek,   ovda   kiyik   hodisasi   yuz   beradi.
Dilorom   Bahromning   merganlik   mahoratini   “mashqning   natijasi”,   –   deb   aytadi.
Shoh mastlikda qizning oyoq-qo‘lini o‘z sochlari bilan bog‘lab, biyobonga tashlab
19 kelishni buyuradi. Ertasi g‘azab va mastlik tarqab, afsuslanganidan keyin, uni o‘zi
borib izlaydi, lekin topa olmaydi. Hijron azobidan o‘zini butunlay yo‘qotadi :
Joni ikki balo arosinda,
Mo’r ikki ajdaho arosinda .
Ne o’luk erdi,ne tirik soni,
Bo’lmas erdi tirik demak oni.   [To’la asarlar to’plami.2012.369-bet]
    Shohning ahvoli og‘irlasha boradi. Navoiy bu o‘rinda shoh Bahromda endi chin
ma’noda   oshiqlik   sifatlari   paydo   bo‘layotganligiga   e’tibor   qaratadi,   zero   ruhiy
iztiroblar   va   hijron   dardi   ishqning   ortishiga   sabab   bo‘ladi.   Iztirobdan   o‘zini
butunlay yo‘qotgan Bahromning avval falakka, so‘ng xalqi va qo‘shiniga murojaat
qilib,   notavon   jonini   bu   azoblardan   qutqarishini   so‘rab   chekkan   faryodlari
dostonning   16-   va   17-boblarida   nihoyatda   ta’sirli   tarzda   ifodalanganligini
ko‘ramiz:
Manga ne qilding , ey sipehr,oxir,
Yo’q emish senda zarra mehr,oxir!
Mehrsizlik ishim aro qilding,
Ro’zgorim yuzin qaro qilding…    [To’la asarlar to’plami.2012.282-bet]
    Saroy ahli tashvishga tushadilar. 400 hakim va tabib to‘planib, ikki yil davomida
shohni   davolaydilar.   Shoh   bir   oz   o‘ziga   kelganday   bo‘ladi.   Maslahat   bilan   yetti
iqlim   shohi   yetti   qasr   quradilar.   Bu   yetti   qasr   yetti   shohning   mamlakatiga   olib
boradigan   yo‘l   ustida   quriladi.   Rassom   Moniy   uning   har   birini   alohida   bir   rang
bilan   bezaydi.   Bahrom   ularni   tomosha   qilar   ekan,   kasali   tuzala   boshlaydi.   Yetti
rangdagi   yetti   qasr   bitgach,   yetti   iqlim   shohining   yetti   qizi   Bahrom   bilan
nikohlanadi. Yetti  qasrning har  biri  yetti  sayyoradan  birining rangiga mos bo‘lib,
haftaning shu sayyora homiy hisoblangan kuniga xos edi. Yetti qasr tasvirini o‘qir
ekanmiz, Navoiy har bir qasrdagi shoh, malika va musofir hamda jihozlar tasvirini
20 berishda   ranglarning   turfa   xil   nomlanishlaridan   ustalik   bilan   foydalanganligiga
guvoh bo‘lamiz.
      Shanba kuni uchun shu kunning homiysi Zuhal (Saturn) sayyorasining rangiga
mos qora qasr – mushkfom qasrda shoh Bahrom hindistonlik sayyohning Farrux va
Axiy   haqidagi   hikoyatini   tinglaydi.   Unga   ko‘ra,   Hind   mamlakati   podshosi
Jasratxonning   aqlu   husnda   tengsiz   o‘g‘li   shahzoda   Farrux   tushida   bir   parivashni
ko‘rib,   sevib   qoladi.   O‘sha   sanamga   yetishish   ishqida   safarga   chiqqan   shahzoda
Halab   shahrida   tushida   ko‘rgan   mahvashni   uchratib,   hushidan   ayriladi   va   taqdir
taqozosi bilan birgina palosga o‘ranib, og‘ir ahvolda qolganida unga saxovati bilan
nom qozongan Axiy yordam ko‘rsatadi. U bilan suhbatda bo‘lgan Axiy Farruxning
zakovatiga   qoyil   qoladi   va   shahzodaning   dardiga   davo   topishni   chin   dildan
xohlaydi. Nihoyat Farruxning ishqi tushgan go‘zal o‘z ayoli ekanini bilib oladi va
jufti   halolini   taloq   qilib,   Farruxga   nikohlab   beradi.   Farrux   o‘z   yurtiga   qaytadi   va
otasi  vafot  etgani  uchun taxtga o‘tiradi.  Bu orada Axiyning ishlari  orqaga  ketadi,
tuhmatga   uchraydi,   o‘z   yurtidan   qochib,   jon   saqlab   qoladi.   Farrux   uylangach,
Axiyning mardligidan hayratga tushadi, ayolni o‘ziga singil kabi tutadi va do‘stini
izlaydi. Axiy esa Hind mulkiga borib qoladi, shu yerda ikki do‘st topishadi, Farrux
singlim deya Axiyning o‘z ayolini katta to‘y bilan nikohlab beradi. Shu tariqa ular
chin do‘st sifatida, bir-biridan yordam va mehrini ayamay uzoq umr kechiradilar.
Mazkur hikoyat yakunida sayyoh shoh Bahromga o‘zining Axiy avlodidan ekanini
ma’lum qiladi. Shoh uni siylab, saroyda olib qoladi.
     Yakshanba kuni uning homiysi Quyosh sayyorasining rangiga mos sariq qasrda
shoh Bahrom rumlik sayyohning Zayd Zahhob haqidagi hikoyatini tinglaydi. Unga
ko‘ra,   juda   o‘tkir   bilim   egasi   bo‘lgan   Zayd   Zahhob   ismli   zargar   Rum   mamlakati
podshosining   eng   yaqin   do‘sti   edi.   U   shohning   ishonchini   qozongan   bo‘lib,
hukmdor   u   bilan   har   bir   ishda   maslahatlashar   edi.   Bir   kuni   Zayd   Zahhob   shohga
oltin taxt yasab berishni taklif qiladi. Shoh ko‘nadi va xazinadan ikki ming botmon
oltinni   zargarga   olib   beradi.   Zayd   Zahhob   sirti   oltin   bilan   qoplangan,   lekin   ichki
tomoni   kumush   bilan   to‘ldirilgan   taxt   yasaydi.   Qolgan   oltinlarni   esa   o‘zlashtirib
21 yuboradi.   Shoh   bundan   bexabar   bu   hashamatli   taxtga   chiqib,   qoyil   qoladi.   Zayd
Zahhobning   dushmanlari   shohga   uning   firibini   ma’lum   qiladilar.   Shoh   Zayd
Zahhobni   zindonga   tashlaydi.   Zayd   zindondan   qochib,   Qustantaniyaga   borib,
butxonada   rohiblik   qila   boshlaydi.   U   yerda   hammani   o‘ziga   muxlis   qilib,
butxonaning oltindan yasalgan barcha buyumlarini shisha va boshqa metallar bilan
almashtirib   qo‘yadi.   Keyin   o‘z   muxlislariga   bu   yurtni   tark   etishini   aytganda,
hamma   uni   yig‘lab   kuzatadi,   Zayd   keta   turib,   ularga   bir   xat   qoldirganligi   haqida
ma’lum   qiladi.   «Rohib»   ketgach,   muxlislari   uning   xatini   topib,   ko‘zga   surib
o‘qisalar, unda Zaydning hamma kirdikorlari bitilgan bo‘ladi. Butparastlar oh-voh
qilib qolaveradilar. Zayd esa Rumga qaytib, bemor bo‘lib qolgan shohni davolaydi,
qayta   uning   ishonchiga   kirib,   dushmanlarini   jazolaydi.   Hikoya   yakunlangach,
sayyoh o‘zining Rum mamlakatidan, Zayd Zahhobning avlodlaridan biri ekanligini
aytadi. Shoh Bahrom bu sayyohga ham muruvvat ko‘rsatib, saroyda olib qoladi.
         Dushanba kuni shu kun homiysi Oy sayyorasining rangiga mos yashil  qasrda
shoh   Bahrom   misrlik   sayyohdan   Sa’d   haqidagi   hikoyatni   tinglaydi.   Unga   ko‘ra,
misrlik boy xojaning kamolga yetgan o‘g‘li Sa’d otasi  kabi musofirlarni mehmon
qilishni xush ko‘rar edi. Bir kuni uning dargohiga shahrisabzlik ikki sayyoh kelib,
o‘z yurtlaridagi g‘aroyib xususiyatli dayr – butxona haqida aytib beradilar. Mazkur
butxonaning   o‘ziga   xos   tomoni   shu   ediki,   kimki   u   yerda   bir   kun   tunasa,   tush
ko‘radi va tushi, albatta, o‘ng keladi. Sa’d shu butxonaga borish ishqiga tushadi va
otasining   roziligini   olib,   safarga   otlanadi.   Unga   shahrisabzlik   ikki   musofir
hamrohlik qiladilar. Dayrga yetib borgan Sa’d tush ko‘radi. Tush ta’sirida xayolga
botib   o‘tirsa,   eshikdan   bir   mo‘ysafid   kirib   keladi.   Mo‘ysafid   unga   o‘z   taqdirini
aytib beradi va Sa’dni ancha vaqtdan buyon kutayotganligini ma’lum qiladi. Sa’d
bu   donishmand   mo‘ysafidning   maslahat   va   ko‘rsatmalari   bilan   harakat   qiladi.
Uzoq sarguzashtlarni, sinovlarni boshdan kechirib, Gulrux ismli go‘zalning vasliga
yetishadi.   Sayyoh   hikoyatni   yakunlagach,   o‘zining   Shahrisbazdan,   Sa’d
avlodlaridan   biri   ekanligini   ma’lum   qiladi.   Shoh   Bahrom   sayyohni   Shahrisabzga
voliy   etib   tayinlaydi.   Umuman   olganda,   hikoyatning   bosh   qahramoni   Sa’dning
22 sarguzashtlari   Navoiyning   “Farhod   va   Shirin”   dostonidagi   Farhod   bilan   bog‘liq
voqealarni yodga soladi.
Homiysi   Mirrix   (Mars)   bo‘lgan   seshanba   kunida   Mirrix   rangiga   mos   qizil
qasrda   shoh   Bahrom   navbatdagi   sayyohdan   shoh   Juna   va   uning   do‘sti   Mas’ud
haqidagi   qissani   tinglaydi.   Roviy   shohga   Dehlida   sultonlik   qilgan   Junaning
saxovati cheksiz ekanligini hikoya qilish bilan o‘z qissasini boshlaydi. Sulton Juna
shu qadar saxovatli  bo‘lib, uning saxiyligi chegara bilmasdi. Bir kuni bir musofir
uning  mehmoni   bo‘lib,   bir   ko‘zgu   sovg‘a   qiladi.   Ko‘zgu  rost   gapirgan   odamning
yuzini   oq,   yolg‘onchining   yuzini   qora   ko‘rsatar   edi.   Shoh   Juna   musofirni   siylab,
undan mendan ham o‘tadigan saxiy bormi, deya so‘raydi. Yo‘q, deb javob bergan
sayyohning   yuzi   ko‘zguda   qora   bo‘lib,   ko‘rinadi.   Nihoyat   uyalib,   sizdan   ham
saxiyroq   odam   bor,   bu   go‘zal   Taroz   o‘lkasida   yashovchi   Mas’uddir,   deydi.   Shoh
esa   hammaga   ruxsat   berib,   payt   topib,   Tarozga   jo‘naydi.   U   yerda   Mas’ud   bilan
uchrashib,   do‘st   tutinadi.   Mas’udning   fasohatidan   hayratda   qoladi.   Mas’ud   unga
o‘zi   uchun   eng   aziz   bo‘lgan   nimaiki   bo‘lsa,   hammasini   ikkilanmay   hadya   qilib
yuboradi: sevimli, kuy va qo‘shiqda mohir kanizagini, mayi tugamaydigan jomini,
Gulgun   laqabli   otini.   Bundan   ta’sirlangan   shoh   Mas’udni   Tarozga   hokim   qilib
tayinlash   to‘g‘risida   farmon   beradi.   Taroz   hokimi   Jaypur   esa   bundan   bezovta
bo‘lib, Ballu degan qattol vaziri bilan maslahatlashib, Mas’udni yo‘q qilish rejasini
tuzadi.   Unga   ko‘ra,   Jaypur   Mas’ud   bilan   do‘st   tutinadi,   bir   kuni   mast   Mas’udni
mast   qilib,  bir   chohga   tashlatadi.   So‘ng   qayg‘urgan   bo‘lib,   yig‘laydi,   boshqalarni
ham   ishontiradi   va   Masud   uchun   motam   ham   ochtiradi.   Ballu   esa   Mas’udni
azoblay   boshlaydi.   Jaypurning   bir   go‘zal   qizi   bo‘lib,   Mas’udga   oshiq   edi.   U
Mas’ud haqida bilib qoladi va ikki sodiq kanizi yordamida uni qutqarib, davolaydi
va otasining saroyidan Mas’ud bilan qochib ketadi. Jaypur ularga yetolmay dog‘da
qoladi.   Ikki   sevishgan   yo‘lda   ko‘p   qiyinchilik   bilan   Dehliga   borib   qoladilar.
Mas’ud   o‘zi   mehmon   qilgn   Junaning   shoh   ekanini   bilmasdi,   shuning   uchun   pul
topish   ilinjida   shoh   saroyiga   borganda   sehrli   jomini,   kuy   chalib,   qo‘shiq
aytayotgan kanizini, Gulgun otini ko‘rib, avval hayron bo‘ladi, keyin shohni ham
23 Juna   ekanini   bilib   qoladi.   Mas’ud   tanigan   boshqa   mahramlar   bu   haqda   Junaga
aytadilar. Do‘stini yo‘qotib, hajr azobidan qolgan shoh bundan bag‘oyat shodlanib,
do‘stiga mehribonlik ko‘rsatadi, uning yorini ham olib keltiradi, Jaypur va Balluni
esa jazolaydi.
              Hikoyasini   shu   tariqa   yakunlagan   sayyoh   shoh   Bahromga   o‘zini   Tarozdan,
Mas’ud   avlodlaridan   biri   ekanligini   aytadi.   Bahrom   uni   Tarozga   hokim   qilib
tayinlaydi.
         Chorshanba kuni uchun uning homiysi Utorud (Merkuriy) rangiga mos moviy
qasrda   Bahrom   navbatdagi   jahongashtadan   Mehr   va   Suhayl   haqidagi   hikoyani
tinglaydi.   Unga   ko‘ra   Adan   degan   joyda   bir   orolni   o‘z   makoniga   aylantirib,
dengizda   qaroqchilik   qilishni   kasb   qilgan   Jobir   degan   yo‘lto‘sar   Behishti   saro
shahrining go‘zal  malikasi  sayr  qilib chiqqan qayiqni  qo‘lga kiritadi. Lekin Mehr
shu qadar  go‘zal  ediki, Jobir  uni ko‘rib, hushini  yo‘qotardi. Shuning uchun qizga
yaqinlasha   olmay,   o‘zining   baland   devorlar   bilan   o‘ralgan   bog‘ida   yashashiga
ruxsat beradi. Mehrning otasi Navdar shoh Yaman mamlakati shohi No‘’monning
o‘g‘li   Suhaylga   qizini   bermoqchi   edi   shuning   uchun   shoh   No‘’mon   o‘g‘lini
kemaga   chiqarib,   Navdarning   mamlkatiga   yuboradi.   Suhayl   dengizda   Jobirga
yo‘liqadi   va   jangda   yengilib   qoladi.   Suhaylning   jang   qilishiga,   jasoratiga   qoyil
qolgan Jobir uni o‘ldirmasdan o‘z bog‘idagi bir chohga tashlatadi. Shoh Navdar va
No‘’mon   o‘zaro   xat   yozishib,   birgalikda   Jobirga   hujum   qilishga   kelishadilar.
Navdar shoh quruqlikdan, No‘’mon shoh dengizdan Jobir ustiga qo‘shin tortishga
kelishadilar. Quruqlikdan kelayotgan Navdar askarlaridan ajrab, ovga berilib, Jobir
qo‘liga   asir   tushadi.   Dengizda   esa   No‘’mon   shoh   ham   yengilib,   dengiz
qaroqchisiga tutqun bo‘ladi.
      Mehr  visoliga yetisholmagan  Jobir esa ichkilikka zo‘r  beradi. Mehr  bog‘da
aylanib   yurib,   chohda   yotgan   Suhaylni   bilib   qolib,   qutqaradi,   so‘ng   Suhayl   Jobir
bilan   jang   qilib,   uni   yengadi   va   tutqunlikdagi   hamma   ozodlikka   erishib,   murodu
maqsadga   erishadilar.Mazkur   hikoya   poyon   topgach,   shoh   Bahrom   roviyni
munosib taqdirlab, uyquga ketadi.
24       Payshanba kuni homiysi Mushtariy rangiga mos sandal qasrda shoh Bahrom
Muqbil   va   Mudbir   haqidagi   qissani   tinglaydi.   Unga   ko‘ra   Muqbil   va   Mudbir
Boxtar degan yerdan Xovarga yo‘l oladilar. Muqbil ibodatli, rostgo‘y , Mudbir  esa
kazzob   va   pastkash   edi.   Ular   qaynoq   vodiyi   hamimdan   birlikga   o‘tadilar.
Mudbirning bo‘lar-bo‘lmas axmoqona gaplaridan Muqbil ko‘p ozor chekib, undan
voz   kechmoqchi   bo‘lsa,   Mudbir   yalinib,   tavba   qiladi.   Ular   shu   tariqa   safarda
davom etadilar. Dengiz sohiliga borib, bir kemaga chiqadilar. Muqbil odatdagidek
ibodat   qilib,   tasbih   o‘girib   o‘tirsa,   Mudbir   Xudoga   shirk   keltirib,   valdiray
boshlaydi. Shunda to‘fon kelib, ularning kemasini  g‘arq qilib yuboradi. Bu ikkisi
taqdir   taqozosi   bilan   qutulib,   qirg‘oqqa   chiqib,   o‘rmonga   duch   keladilar.   Shu
yerdagi   bir   daraxt   kovagida   buloq   bo‘lib,   u   yerda   buning   suvini   ichgan   odam
mutlaqo   ochiqmaligi,   suvsamasligi   va   yolg‘on   gapirsa   yorilib   o‘lishi   yozilgan
bo‘ladi.   Muqbil   va   Mudbir   bu   suvdan   to‘yib   ichib   olganlari   uchun   yozuvni
o‘qisalar, buloq suvida boshi bilan sho‘ng‘ib cho‘milgan odam g‘aroyib voqealarni
ko‘rishi   aytilgan   ekan.   Faqat   rostgo‘y   odam   cho‘mils   mumkin,   yolg‘onchi   esa
kuyar   ekan.   Natijada,   suvga   Mudbir   tusholmaydi,   Muqbil   buloqqa   sho‘ng‘ib,   bir
qasrga   duch   keladi,   u   yerda   bir   mahvashga   oshiq   bo‘lib   qoladi…   O‘ziga   kelib,
suvdan chiqqanida esa oshiq bo‘lgan go‘zal ishqida o‘zini yo‘qotib bexud bo‘ladi.
Muqbil va mudbir qirg‘oqqa kelsalar, yuir kemaga duch keladilar. Bu kema sandal
daraxti yog‘ochi bilan to‘la bo‘lib, odamlari o‘lib yotardilar. Gap shundaki, Xovar
mamlakati   shohi   qizi   kasalga   chalingan   bo‘lib,   tabiblar   unga   sandal   daraxtidan
yasalgan   qasrda   yashash   davo   degani   uchun   ko‘plab   savdogarlar   shu   daraxt
yog‘ochlarini olib kelayotganlarida dengizda po‘rtanaga tushib, chiqolmay, ochdan
o‘lgan   edilar.   Ular   qirg‘oqqa   borganlarida   Xovar   shohiga   duch   keladilar.   Mudbir
o‘zini savdogar, kema egasi, Muqbilni qulim, deb tanishtiradi va shu zahoti yorilib
o‘ladi.   Muqbil   esa   bor   gapni   yashirmay   aytib   beradi.   Shoh   uni   o‘ziga   kuyov
qilishni   xohlab,   to‘y   beradi.   Malikaning   qasriga   borgan   Muqbil   xuddi   buloqda
ko‘rgan holatiga duch keladi: sandal qasr, go‘zal qizlar va… o‘sha u sevib qolgan
25 mahvash.   Keyin   ma’lum   bo‘ladiki,   bu   go‘zal   Xovar   shohining   qizi   bo‘lib,   unga
jinlar   shohi   oshiq   bo‘lgan   ekan.   Lekin   qizga   yetisholmagan   jinlar   shohi   o‘sha
oroldagi   daraxtdagi   kovakdagi   buloqda   qizning   suvratini,   uning   qasrining
nusxasini  paydo qilib, o‘zini ovutib o‘tirarkan. Muqbil  shunga duch kelgan ekan.
Shu tariqa Xovar shohining go‘zal qizi va rostgo‘y Muqbil vaslga erishadilar.
      Hikoya yakunlangach, xushnud bo‘lgan shoh Bahrom uyquga ketadi.
          Juma   uchun   uning   homiysi   Zuhra   rangiga   mos   oq   qasr   barpo   qilingan   edi.
Nihoyat,   muborak   juma   (odina)   kuni   Bahrom   oppoq   –   kofuriy   kiyimda   oq   qasr
ichida fil suyagidan yasalgan taxt ustida o‘tirib, oq kiyimli go‘zal bilan bilur jomda
oq may ichadi va Chin go‘zali qoshida xorazmlik musofirning hikoyasini tinglaydi.
Musofir  o‘zining Xorazmdan  ekanligini, soz chalishini,  iqlimdagi  barcha  ustozlar
uning   shogirdlari   ekanligini,   kutilmaganda   bir   chinlik   savdogarning   go‘zal
kanizagi   Xorazmga   kelgach,   uning   ishi   kasodga   uchraganini,   kanizak   huzuriga
borib arz qilganini, uning sozini tinglab, uning tarixi bilan qiziqqanini va kanizak
unga   boshidan   o‘tganlarni   so‘zlab   berganini   aytadi.   Shoh   Bahrom   aytilganlardan
bu   kanizak   Dilorom   ekanligini   bilib,   Diloromni   olib   kelish   uchun   Xorazmga
sipohlarini jo‘natadi.
            Ko‘ringanidek,   Bahrom   birinchi   hikoyani   o‘z   ruhiy   holati   kabi   qora   qasrda,
qora   libosda   tinglagan   edi,   chunki   u   o‘z   Diloromidan   ayrilgan,   hijron   zulmatiga
giriftor   bo‘lgan   edi.   Yettinchi   hikoyani   esa   oq   qasrda   oq   libosda   tinglaydi   va   bu
hikoyat   unga   visol   umididan   darak   beradi,   uning   qalbiga   yorug‘lik   olib   kiradi.
Lekin   Bahrom   Diloromni   topgach,   yana   ovga,   aysh-ishratga   beriladi.   Bir   kuni   u
saroy ahli, sonsiz qo‘shin va Dilorom bilan katta ovga chiqqanida, yomg‘ir yog‘adi
va eski botqoqning og‘zi ochilib Bahromni Dilorom va butun arkoni davlati bilan
birga yer yutadi.
Bahrom   bo‘lib   o‘tgan   voqealardan   va   tinglagan   hikoyatlaridan   xulosa
chiqarmaydi: oshiqlik va shohlikni bir qiyofada olib bormoqchi bo‘ladi, aslida esa
chin oshiqlik toj-u taxt va boylik bilan muvofiq kelmaydi:
26 Ishq ila shohlig’ muvofiq emas,
Ishq lofida shoh sodiq emas.   [To’la asarlar to’plami.2012.364-bet]
             Shu bilan birga shoh Bahromning halokatini tasavvuf ta’limotiga ko‘ra yana
shunday   izohlash   mumkin:   Butun   jonzotlar,   tabiat,   hayvonot   va   nabotot   olami
Allohning   zuhuridir.   Ularning   barchasini   Alloh   yaratgan   ekan,   ularga   zarar
yetkazish   Yaratgan   irodasiga   qarshi   borish   bilan   tengdir.   Shu   ma’noda   shoh
Bahromning tabiatga yetkazgan jabr-zulmi uning halokatiga olib keldi.
      Shoir Bahrom timsoli munosabati bilan o‘z davridagi ba’zi dolzarb masalalarga
ham   ishora   qilib   o‘tgan.   Xususan,   haqiqiy   hukmdor   har   qanday   illatlardan   xoli
bo‘lishi   zarurligi,   xalq   ahvolidan   g‘ofillik   va   aysh-ishratga   berilish   oxir-oqibat
shohni va mamlakatni tanazzulga olib borishi mumkinligi shoir aytmoqchi bo‘lgan
muhim g‘oyalardan biridir.
            Shu   ma’noda   Navoiy   dostonning   o‘ttiz   yettinchi   bobida   tush   ko‘rganligini
aytadi.   Tushida   shoirni   shoh   Bahrom   yo‘qlab,   uni   nazm   mulkida   sohibqiron   deb
atab,  yozgan dostoniga  yuqori  baho  beradi  va  farzandi  qatorida sanalmish   Sulton
Husayn   Boyqaroni   ogohlantirishini   iltimos   qiladi   va   unga   quyidagi   so‘zlarni
yetkazishni aytadi:
  Ki jahon kimsag’a vafo qilmas,
Shohlig’ tarkiga kiro qilmas. [To’la asarlar to’plami.2012.629-bet]
  “Sab’ayi   sayyor”da   Navoiy   dahosining   qudrati   shoirning   o‘z   tilidan   aytilgan
o‘rinlarda ham namoyon bo‘ladi. Jumladan, doston yakuniga yaqinlashganda shoir
asarning yozilish muddatiga to‘xtalib deydi:
Bo’ldi chun bu raqam ishi tayyor,
Qo’ydim otini “Sab’ai sayyor”.   [To’la asarlar to’plami.2012.637-bet]
      Doston   xafif   bahrining   xafifi   musaddasi   solimi   maxbuni   mahzuf   (ruknlari   va
taqti’i: foilotun mafoilun failun) vaznida yozilgan. Aslida mazkur vazn 8 ta ritmik
27 variatsiyaga   ega   bo‘lib,   bu   ritmik   variatsiyalar   doston   misralarida   o‘zaro
almashinib   qo‘llanaveradi   va   doston   matni   bilan   munosabatga   kirishadi.   Ritmik
variatsiyalar   tarkibidagi   o‘zgarishlar,   asosan,   birinchi   va   uchinchi   rukndagi
bo‘g‘inlar   sifatini   o‘zgartirish   hisobiga   ro‘y   berib,   ikkinchi   rukn   o‘zgarishsiz
qolaveradi.   Bunda   birinchi   rukn   foilotun   yoki   failotun,   uchinchi   rukn   esa   failun,
failon, fa’lun, fa’lon tarzida o‘zaro almashinib ham qo‘llanaverishi mumkin. 
                 
                                                
28                                                     XULOSA 
       Alisher   Navoiy   o‘zining   o‘lmas   asarlarida   yoshlarni   ma’naviy-axloqiy
tarbiyalash   yo’l-yo’riqlarini   ko’rsatib   bergan.Shoirning   o’zi   bevosita   maktabdor
yoki     mudarris   bo’lib   xizmat   qilmagan   bo’lda-sa,   podshohlar   va   butun   xalqning
ta’lim-tarbiyasi,   ma’naviy   dunyosini   shakllantirish   uchun   xizmati   beqiyosdir.
Uning   asarlaridagi   dono   so’zlar,   o’gitlar,   maqolotlar,   hikoyatlarning   asosiy
mazmuni mehnatsevarlik, odoblilik, go’zallikni sevish, zehnlik, ilm olish, hayotga
va   kishilarga   ,   Vatanga   muhabbat   kabi   buyuk   fazilatlarni   ulug’lashdir.   Yaxshi
fazilatlar mujassamlashgan inson chinakam insondir.
  Alisher Navoiy “Xamsa”  tarkibiga kiruvchi  barcha   dostonlarini o‘ziga xos
originallik asosida yaratgan. Ular ichida “Sab’ai sayyor” hikoyatlaridagi mavzular
alohida   o‘ziga   xos   va   rang-baranglikka   ega.   Ushbu   dostonni   yozishdan   oldin
Alisher   Navoiyning   tush   ko’rganligi   haqidagi   izohi   ham   vaziyatga   monand
bo‘lgan.   Keltirilgan   hikoyatlar   xalq   og‘zaki   ijodi   asosida   yaratilganligi   sababli
voqealar rivoji o’quvchini o‘ziga sehrlab qo’yadi.
      Alisher Navoiyni anglash , his qilish o’zbek xalqining tarixini madaniyatini,
tilini,   qalb   ehtiyojlarini   ,   o‘zligini   anglash   va   his   etish   demakdir.   Uning   beqiyos
ijodi   hamisha   nur   yang’liq   ko‘ngillarga   yorug’lik   baxsh   etaveradi,   ruhiyatga
poklanish   olib   kiradi.   Shunday   ekan   ,   Navoiy   ijodini   o‘rganish   har   bir   o‘zbek
farzandi uchun ham qarz , ham farzdir. 
Alisher   Navoiy   o’zining   “Sab’ai   sayyor”   dostonini   yaratishda   o’z   salaflari
yo’lidan   borgan   bo’lsa-da,   ularni   aynan   takrorlamadi.   Doston   voqealari   rivojida
o‘ziga   xoslikka   erishdi.   Bu   asar   bolalarimiz,   o‘quvchilarimiz,   xalqimiz
ma’naviyati,   dunyoqarashini   shakllantirish,   ularni   komil   insonlar   qilib
tarbiyalashda odob –axloq qomusi bo‘lib qoldi.    
29 II BOB. ”SAB’AI SAYYOR” DOSTONIDA YARATILGAN TIMSOLLAR
VA ULARNING  G’OYAVIY-BADIIY UYG’UNLIGI
2. 1.”Sab’ai sayyor” dostonida yaratilgan shohlar hamda ayol timsollar tahlili
      Alisher   Navoiyning   dostonlarida   podshohlarning   adolatli
bo’lishi,qonunlarning   xalqchil   bo’lishi   lozimligi     Chin   hoqoni,   Bahrom,   Iskandar
badiiy   obrazlari   orqali   talqin   etiladi.”Xamsa”   ning   har   bir   dostonida   Husayn
Boyqaroga   murojaat   etishlari   adolatli   shoh   orzusi   Navoiy   ijodining   bosh
g’oyalaridan   biri   bo’lganligini   ko’rsatadi.   ”Hayrat   ul-abror   “dostonida   shohlarni
adolatga   chaqirish   bilan   birga   xalqni   o’ylamaydigan   ,   tun-kun   aysh-ishratga
berilgan, adolatsiz podshohlarni ayovsiz tanqid qiladi:
Eyki, qaviy ayladi davlat qo’ling,
Zulm sori tushti va lekin yo’ling.
Zulmung emas erdi xaloyiqqa kam ,
Kim qiladursan ani o’zungga ham.
Zulm o’zungga fisqdur,ey hushyor,
Gum qildi ani , bo’lsa sanga hush yor.
Chunki farah bazmig’a jazm aylading,
Ayshu tarab azmig’a bazm aylading. 9
       “Aysh-ishratga berilgan shoh xalqni o’ylamaydi, unga doim adolatsizlik qiladi.
Ammo   u   hushyorligida   o’ylashi   kerak:toj-taxt   abadiy   emas   va   adolatsizliklari
uchun   oxiratda   javob   berishga   mahkum.Birovga   zulm   qilsang   ,   ertaga   o’zingga
ham   u   albatta   qaytadi.   Shuning   uchun   shoh   kimga   zulm   o’tkazgan   bo’lsa,   adolat
bilan   uning   ko’nglini   olishi   lozim.Biroq   shoir   zamonasida   raiyat   haqida
9
 Алишер Навоий , Хайрат ул-аброр,Тошкент, 1991 й.Б. 125
30 qayg’urmaydigan   ,   faqat   o’zining   huzur-halovatini   o’ylaydigan   zolim   podsholar
ko’p edi. Bundaylarni shoir qalam tig’i ayovsiz fosh etadi:
Zulmung erue kunduzi, fisqing kecha,
Zulm ila fisqing necha bo’lg’ay necha?” 10
Alisher Navoiy “Xamsa”sining to’rtinchi dostoni bo’lmish   “Sab’ai sayyor”
dostonining     bosh   qahramoni   Bahrom   shohdir.   U   tarixiy   shaxs   sifatida   Eronning
sosoniy   hukmdori   Varaxran   V   (   420-438-yillarda   podsholik   qilgan)ga   borib
taqaladi.   Alisher   Navoiy   bu   dostonini   yaratishda   o’z   salaflari   an’anasini   davom
ettirgan   bo’lsa-da   ,   asarning   g‘oyaviy-badiiy   xususiyatlariga   ko’ra   uni   originallik
darajasiga olib chiqdi.
          Asardagi   Bahrom   va   Dilorom   sarguzashtlari   qoliplovchi   hikoyat   vazifasini
bajarib   ,   asar   voqealari   zamirida   yuzaga   kelgan   yettita   hikoyat   ham   o’z   o’rnida
mustaqil hikoyatlardir. Har bir hikoyat ichida ham shoh obrazlari namoyon etilgan.
Alisher Navoiy o’z orzusi bo’lgan  adolarni shoh obrazini asarda ko’rsata olgan.
     Adolatli podshoh haq taoloning xaloyiqqa ko’ratgan marhamatidir;bunday shoh
mamlakat uchun tinchlik va faravonlik sababchisidir… 11
   “Sab’ai sayyor” dostonining to’qqizinchi bobi  Sulton Husayn Boyqaro madhiga
bag’ishlangan.Bu bobda Navoiy falakdagi barcha sayyoralarga birma-bir murojaat
qilib   ,ularni   o’z   hunarlaridan   biroz   tinmoqqa   chaqiradi   va   shoh   madhiga   qalam
surmoqchiligini aytadi:
     Ey falak ,xizmat oshkoro qil,
     Mehrning safhasin muhayyo qil.
     Qil davotimni , ey Zuhal,mamlu,
10
  “Алишер   Навоий   ижодий   меросининг   умумбашарият   маънавий-маърифий   тараққиётидаги
ўрнимавзусидаги     ИИИ   анъанавий   халқаро   илмий   конференсия   материаллари   (2019   йил,   Ўзбекистон   ,
Навоий ш.) Одил шоҳ ғояси ( Абдуҳамид Холмуродов, НавДПИ профессори, ф.ф.д.
11
  Навоий Алишер .Маҳбуб ул-қулуб:(Қалблар севгилиси)-Т.:Адабиёт ва саанъат нашриёти,1983.15- bet
31      Xayi ruxsoradin solib qaro suv.
     Mushtariy , yirtqil amoma uchin,
     Men aritmaqqa anda xoma uchin.
          Qing’a solg’in qilichni ey Bahrom,
     Fitna xaylig’a ber dame orom.
     Mehr,safhang yuzin duraxshon et,
     Zarvaraqdin ani zarafshon et.
     Zuhra , bir lahza chalma soz oxir,
     Chekmagil lahni dilnavoz oxir.
      Ey Utorid, o’p ostonimni, 
     Qo’yg’il oldimg’a juzdonimni.
           Ey Qamar , sen qalam taroshin yig’, 
     Qil hilolingning  uchini aylab tez,
           Qilayin safha uzra gavharrez.
            Dur kibi pok nuktaronlig’ etay,
           Shoh madhida durfishonlig’ etay.  [To’la asarlar to’plami.2012.321-322-bet]
Husayn   Boyqaro   madhida   shohning   ikki   tomonlama   xon   avlodi   ekanligini
aytadi:
Ham ato xonu ham anga ano xon, 
Yo’q jahonda aning kibi yano xon.
Anga Chingiz ulug’ ato kelgan ,
32   Anosi xud Alonquvo kelgan. .    [To’la asarlar to’plami.2012.322-bet]
Navoiy   Xusayn   Boyqaroni   cheksiz   saxovatli,     chimoliga   ham   marhamatli
deb   ta’riflaydi.Uning     adolatparvarligidan   ko’pchilik   afv   marhamatiga
erishganligini, raiyat esa osoyishtalikdan bo’lak narsani bilmasligini aytadi:
Adlidin oncha elga baxshoyish,
Kim rayiyat qa yo’q juz osoyish.
Navoiy   yana   bir   o’rinda   Husayn   Boyqaroning   adolar   bobida   Anushirvon
ham xijolar chekishini ta’kidlaydi:
Anda Nushirvon kerak boqqay,
Boshini erg’atib ovuch qoqqay.
Chun qilib yod o’z adolatidin,
Mutag’ayyir bo’lub xijolatidin. .    [To’la asarlar to’plami.2012.328-bet]
     Dostonning o’n birinchi bobi Bahrom shoh tarixi bilan boshlanadi.Alisher
Navoiy   Bahromni   sosoniylar   hukmdori   Yazdijurdning   o’g’li   bo’lsa-da,   otasidan
farqli   ravishda   ezgu   ishlar   bilan   shug’ullandi,   otasi   nimani   buzgan   bo’lsa   ,   u
barchasini qaytadan tuzdi deydi:
  Har ne ul buzdi, bu borin tuzdi,
Bu borin tuzdi, har ne ul buzdi.
Kimni o’lturdi ul qilib majruh ,
Bu qo’yub marham, o’ldi jismig’a ruh.  [To’la asarlar to’plami.2012.321-bet]
   Bahrom saltanatini  oydan oyga , yildan yilga kengaytirib,to Rum va Chin –
Xitoy     o’lkalari   ham;   Chinning   xoqoni-yu   ,   Rumning   Qaysarigacha   uning   hukmi
ostiga   o’tadi.Bahrom   ov   qilib,   baland   bir   tepalikka   ko’tariladi   va   uning   havosi
33 g’oyat   orombaxsh   ekanligidan   may   ichib   shod-u   xurramlik   qilgisi   keladi.So’ng
uzoqdan shoshib kelayotgan musofirga ko’zi tushib , uni huzuriga olib kelishlarini
buyuradi.   Shoh     musofirdan   Diloromning   daragini   eshitadi.   Diloromning   suratini
ko’rishi bilan oshiq-u beqaor bo’lib qoladi.Shoh Bahrom Xitoy mamlakarining bir
yillik     xiroji   hisobiga   Diloromga   ega   bo’ladi.Shoh   o’z   mashuqasi   vasliga   erishib
aysh-u ishratga beriladi. Bir kuni ovga siqib sarxush bo’ladi va yugurib ketayotgan
g’azolni  qanday   qilib  otish  haqida  Diloromning fikrini  so’raydi.  Dilorom   aytgan
kabi   uning   ikki   qo’liga   tushov   solib,   bo’g’izlab   qo’yadi.   Bahrom   Diloromning
maqtoviga   sazavor   bo’lishini   kutgandi,   Dilorom   uning   merganlik   mahoratini
“mashqning natijasi” deb baholaydi:
Dedi:”Har kim bir ishni varzish etar,
 Ish kamolini ko’r, ne yerga yetar”.  [To’la asarlar to’plami. 2012. 366-bet]
  Shoh   mastlikda   qizning  qo’l-oyog’ini   sochlari   bilan  bog’lab   ,  biyobonga   tashlab
ketishni buyuradi.Ertasiga masti tarqab qilgan ishidan pushaymon bo’ladi, uni o’zi
borib izlaydi, lekin topolmaydi. Hijron azobidan o’zini butunlay yo’qotadi:
Joni ikki balo arosinda,
Mo’r ikki ajdaho arosinda.
Ne o’luk erdi, ne tirik soni,
Bo’lmas erdi tirik demak oni.  [To’la asarlar to’plami .2012. 369-bet]
Navoiy   Bahromda   chin     oshiqlik   sifatlarini   paydo   qiladi.Bahrom   hijron
iztiroblaridan o’zini butunlay yo’qotadi.
  Qoldi Bahrom pechu tob ichra,
Furqat o’tidin iztirob ichra.  [To’la asarlar to’plami. 2012. 375-bet]
 Bahromni bu darddan xalos etish  uchun yetti iqlim shohi yetti xil rangga moslab
yettita   qasr   qurdiradi,   go’zal   yetti   malikalarni   shohga   qayliqlik   qilib   berishadi.
34 Shoh  har   bir   qasrda   bir   kundan   tunashga   qaror   qiladi.  Har   bir   qasr   yonidan   o’tib
ketayotgan   musofirni tutib yoniga olib kelishlarini buyuradi.Ular o’zlari eshitgan
hikoyatlardan aytib shohni mamnun etadilar.Bahrom   shoh eng so’nggi xorazmlik
musofirdan   Diloromning   xabarini   eshitadi.   Uni   topib,   yana   aysh-u   ishratga
beriladi. Oxir oqibat Bahrom ,yori Dilorom va lashkar-u navkarlari bilan botqoqqa
g’arq bo’lishadi, barchasini yer yutadi.  
     Dostonning   tarkibiy   qismi   sifatida     kiritilgan   hikoyatlarda   ham   bir   qancha
shoh   va   shahzoda   timsollari   mavjud.Ularga   hind   mamlakati     podshosi
Jasratxon,Rum   mamlakati   podshosi   ,shoh   Juna,No’monshoh,   shoh   Navdar   kabi
shoh timsollarini kiritib o’tadi. 
Dostoning   XXI   bobidan     birinchi   iqlimdan   kelgan   musofir   hikoyati
keltiriladi.Hikoyat   Farrux   va   Axiy   haqida   bo’lsa-da,   unda   Hind   mamlakatining
shohlik ishlarida tengi yo’q podhohi Jasratxon obrazi  ham kiritilgan.
Hind mulkinda bor edi shohe,
Shohlig’ ishlaridin ogohe.
Cherikiga kanora yo’q paydo,
Maxzanig’a shumora yo’q paydo.
Tig’I hindiy chiqorsa kishvargir,
Olibon to Xitoy,bal Kashmir.
Ham falakpar humoi baxti aning ,
  Ham Sarandib poytaxti aning.    [To’la asarlar to’plami. 2012. 396-bet]
  Jasratxonning   ko’ngliga   surur   bag’ishlaguvchi   ,   hind   elining   ko’z   nuri   og’li
Farruxdir.Navoiy uni shunday ta’riflaydi:
Lutf ila xulqi haddu g’oyatsiz,
Faxmi idroki xud nihoyatsiz.
35 Bori ilmi kamol aro mohir,
Zotidin yuz kamol o’lub zohir.
Borcha bir soriyu bu bir sori
Kim, kishiga yetishmay ozori.
Zuhdu taqvo kelibshiori oning ,
Bo’libon poklik hisori aning.    [To’la asarlar to’plami. 2012.  396-bet]
     Jasratxon   qirq   yil   xonlik   qilib,   yoshi   saksonga   yetay   deganda   toj-u   taxtini
o’g’li   Farruxga     topshirmoqchi   bo’ladi,   ammo   Farrux   hali   tayyor   emasligini
bildirib rad etadi.Jasratxon farzandini jonidan ortiq ko’ruvchi ota timsoli hamdir. U
farzandini   shu   qadar   yaxshi   ko’rganidan   bag’ri   tilka   –pora   bo’lsa-da,uning
tilaklariga rozi bo’lib , o’g’liga oq yo’l tilaydi.
    Shoh   Bahromning   yakshanba   kuni   sariq   qasrda   ikkinchi   iqlimdan   kelgan
musofirdan   tinglagan   hikoyasida     Rum   mamlakati   podshosi   bo’lib,uning   Zayd
Zahhob   ismli   bir   zargari   bor   edi.   Shoh   juda   ishonuvchan   bo’lganligidan   Zayd
Zahhobning gaplarini ma’qullar, unga o’zi kabi ishonardi.
Zayd vahmi va lek g’olib edi,
Kim, anga shoh asru tolib edi.  [To’la asarlar to’plami.2012.434-bet]
Zayd   Zahhob   podshohning   unga   bo’lgan   ishonchini   suiste’mol
qilib,podhohga   oltindan   taxt   yasab   berishga   va’da   berib,   ichiga   kumush   quyadi.
Uning   firibini   bilib   qolganlar   almashtirilgan   ikki   to’ti   orqali   sirni   fosh
etadilar.Poshoh   xiyonatkor   Zaydni   chohga   bandi   etishni   buyuradi.   Zayd   imkon
qilib chohdan qutilib, Falanj mulkiga qochib ketadi. Zayd podshohning tabibi ham
bo’lganligidan   uning   qochib   ketgani   tufayli   podshoh   xastalanib   qoladi.   Boshqa
tabiblar dardiga chora qila olishmaydi.Zayd Qustantaniyani  o’ziga manzil qilib, u
yerdagi   oltindan   ishlangan   butxonani   uchratadi.   O’zini   butparast   qilib
ko’rsatib   ,ularning   ishonchiga   kiradi.   Oxir-oqibat   butlarni   qayta   yasab,   oltin
36 butlarning   oddiysiga   almashtirib   kemaga   oltinlarini   ortib   o’z   yurtiga   keladi.
Zaydning   qaytganidan   shoh   xursand   bo’ladi.   U   shohni   darddan   forig’
etadi.Oltinlarni shoh xazinasiga topshiradi.
          Shu   bilan   Alisher   Navoiy   dostonning   XXVII   bobida   shoh   obrazini   kiritadi.
Ushbu bobda Dehli shohi Junaning saxovatpeshaligi aytib o’tiladi:
Xisrave erdi shohlardin toq,
Tahti hukmida kishvari ofoq.
 Maxzani ganjiga nihoyat yo’q,
Mulki xaylig’a haddu g’oyat yo’q.
Charx yo’q mulki arsasig’a adil,
O’zga shahlarning oticha anga pil.
Adlu insof o’lub sifoti aning,
Shohlar ichra Juna oti aning.  [To’la asarlar to’plami. 2012. 483-bet]
Bir   kuni   bir   musofir   Junaning   saxovatiga   tahsin   aytib,   unga   bir   ko’zgu
sovg’a   qiladi.Ko’zgu   rost   gapirgan   odamning   yuzini   oq,   yo’g’onchining   yuzini
qora ko’rsatar edi.Shoh musofirdan o’zidan ham saxiy shishini bor yoki yo’qligini
so’raganida   ,   musofir   yo’q   deb   javob  beradi,   shunda   ko’zguda   yuzi   qora   bo’ladi.
So’ng shohning qistovi bilan go’zal Taroz o’lkasida Mas’ud ismli saxovatli inson
borligini aytadi.Shoh oddiy kishi kabi Tarozga yo’l oadi. Mas’ud bilan uchrashadi.
Mas’ud   unga   o’zi   uchun   eng   aziz   narsalarni   hadya     qilib   yuboradi.Juna   uni
Tarozga   hokim   etib   tayinlaydi.Tarozning   hokimi   Jaypur   va   vaziri   Malli
Mas’udning   yo’q   qilish   payiga   tushadilar.   Jaypurning   go’zal   qizi   ko’magida
Ma’sud omon qolib Juna bilan topishadi. Juna unga ko’p yaxshiliklar ko’rgizadi.
      Dostonning   XXIX   bobidan   beshinchi   iqlimdan   kelgan   musofir     hikoyatida
No’monshoh,   shoh   Navdar   kabi   shoh   obrazlari   keltiriladi.Behishtsaro   shahrining
shohi   Navdar   bo’lib,   Yaman   mamlakati   shohi   shoh   No’mon   bo’ladi.   Navdarning
37 go’zallikda   tengi   yoiq   Mehr   ismli   qizi   ,   shoh   No’monning   esa   tengsiz   bahodir
Suhayl ismli o’g’li bor  esi.  Ikki shoh quad bo’lib orzusida edilae. Suhayl  Mehrni
ko’rgani  yo’lga chiqib , har  ikkisi  qaroqchi  Jobir  tuzog’iga tushib  qolishadi.Shoh
Navdar   va   shoh   No’mon   xat   yozishib   ,   birgalikda   Jobirga   hujum   qilish   rejasini
tuzadilar. Unga ko’ra Navdarshoh quruqlikdan, No’monshoh esa dengizdan Jobur
ustiga   hujum   qilishmoqchi   bo’lishadi.Quruqlikdan   kelayotgan   shoh   Navdar   ovga
bo’lgan ishtiyoqi sabab askarlaridan ajralib Joburga asir tushadi. No’monshoh ham
yengilib asirga olinadi. Suhayl Mehr tufayli chohdan ozod bo’lib, Jobirni yengadi
va ikki shoh va qolgan asirlarni qutqaradi.
     Alisher   Navoiy   dostonga   tilga   olgan  shohlar   katta   saltanat   va  boylikka   ega
bo’lgan   shohlar   bo’lsalarda,   adolat   va   saxovat   bobida   tengsizlar.   Navoiy   ushbu
shohlar timsolida adolatli shohlar qanday yo’l  tutishlari kerakligini uqtirib o’tadi.
                                                                        Yuz tuman nopok erdin yaxshiroq 
                                                                         Pok ayol-xotunlarning oyoq izi. 
                                                                                             (  Alisher Navoiy)
            Ayol - tabiatning buyuk mo’jizasi.Muqaddas dinimiz islomda ayol mo’tabar
bir   zot   sifatida   e’zozlanadi.Alisher   Navoiy   ”Xamsa”sidagi   to’rtinchi   doston
sanalmish   “Sab’ai   sayyor”   dostonida   ham     bir   qator   ayol   timsollar
kiritilgan.Dostonning   o’ninchi   bobida   ham   “Xamsa”   ning   avvalgi   dostonlarida
uchramagan     Bilqisi   Soniy-   Xadichabegim   madhi   berilgan   .Bu   holat   tasodifiy
bo’lmay   ,   shoir   Sulton   Husayn   Boyqaro   saroyida   alohida   mavqega   ega   bo’lgan
malika   Xadichabegimni   ta’riflash   orqali   doston   bosh   qahramoni   shoh   Bahrom
yonidagi   Diloromga   ham   ishora   qiladi   .Malikaning     shoh   taqdirida   muhim   o’rin
tutganligiga   urg’u   beradi.Navoiy   talmeh   san’ati   vositasida     Xadichabegimni
payg’ambarlar   ayyollari   Bilqis   (Sulaymon   payg’ambarimizning   suygan   yorlari),
Sorayi   Uzmo   (Ibrohim   payg’ambarimizning   rafiqalari   )   va   Xadichai   Kubro
(Muhammad  (s.a.v)ning  ayollari) o’xshatadi:
38   Chun Sulaymong‘a yor erur ne ajab,
    Anga Bilqisi soniy o’lsa laqab.
    Qaysi Bilqis,Sorayi Uzmo,
   Qaysi Sora ,Xadichayi Kubro.
     Pok zotiki,ko’rmayin aflok,
          Dahr bahrida o’yla gavhari pok.  [To’la asarlar to’plami.  2012. 329-330-bet]
       Hazrati Xadicha (raziyallohu anho) payg‘ambarimiz Muhammad (sallallohu
alayhi   va   sallam)   hazratlarining   ilk   zavjayi   muhtaramalaridir.   Tadbirkor,   aqlli,
pokiza,   diyonatli   ayol   bo‘lgan.   Ayollardan   eng   birinchi   bo‘lib,   Rasulullohning
(sallallohu   alayhi   va   sallam)   payg‘ambarliklarini   tasdiq   qilgan   va   darhol   iymon
keltirgan   zoti   muhtaramadir.   Payg‘ambarimiz   (sallallohu   alayhi   va   sallam)   og‘ir
damlarida   o‘zlariga   ko‘rsatgan   hamdardligi,cheksiz   mehru   vafosi,   din-u   diyonati
uchun   hazrati   Xadichadan   (r.a.)   rozi   bo‘lganlar   va   vafotidan   keyin   ham   eslab,
davomli duoyi xayr bilan ruhi poklarni shod qilib turganlar. 12
    Shuningdek   ,   Navoiy   Xadichabegimning   ikki   farzandi   Mizaffar   Mirzo   va
Shoh   G’arib   Mirzo   haqida   ham   to’xtalib   o’tib,ularni   ikki   saodatli   yulduz,
Xadichabegimni esa oy-u quyoshga o’xshatadi:
Oyu  kun yo’q agarchi monanding,
Ikki sa’d axtar ikki farzanding.  [To’la asarlar to’plami. 2012. 331-bet]
       “Sab’ai   sayyor”   dostonidan   joy   olgan   xotin-qizlar   obrazlari   Ilg’or
fikrlovchi,o’z   maqsadi   yo’lida   astoydil   kurashuvchi   kishilardir.   Shunday
obrazlardan biri  o’z taqdirini dostonning bosh qahramoni sanalmish Bahrom Go’r
bilan   bog’langan   Xitoy   savdogarining   kanizagi   Diloromdir.Alisher   Navoiy   uni
shunday ta’riflaydi.
12
  Bahriddin Umrzoq. Soloha ayollar.«Mutarjim» Toshkent, 2003 .5-bet
39 Mahvashi lu’bati xitoyizod,
Ko’rib andin Xitou Chin bedod.
Husnicha odami nishon bermay,
Kishi ko’rmay ani jon bermay.
Ko’rgan o’lmakka qilmasa ohang,
Voy ul damki, olsa ilgiga chang.
Changi chun jonfizo sado cheksa,
O’zi ul savt ila navo cheksa.
Ko’rsa yoxud eshitsa kim oni :
Qolmag’ay bir ,gar o’lsa ming joni.  [To’la asarlar to’plami. 2012. 345-bet]
    Shoh   Bahrom     Diloromning   sifatlarini   eshitib   sarhush     bo’lgan   bo’lsa,
suratini ko’rib devona bo’layozdi:
Mavh o’lub  kimsa birla demadi so’z ,
Andin aqshomg’acha ko’tarmadi ko’z.
Tinmayin aylar erdi nazzora,
Shohni qildi ishq bechora.    [To’la asarlar to’plami. 2012. 347-bet]
“Dilorom   husn-u   latofatda   tengsiz   bo’lish   bilan   birga   u   mohir   sozanda
hamdir.Dostonning   so’nggi   hikotatidan   anglashiladiki,u   o’zining   musiqa
chalishdagi  butun mahoratini   pok sevgisini  himoya  qilish  uchun sarf   qiladi, unga
oshiq bo’lgan Xorazm shohining zo’ravonligidan qutulish uchun Dilorom changni
misli yo’q darajada chalib, uni uxlatib qo’yadi”.  13
13
  Ҳасанов С.Навоийнинг етти туҳфаси.-Т.:Адабиёт ва санъат,1991.139-бет
40        Dostonda   Dilorom   Bahromni   chin   dildan   sevib   qolganligidan   sevgilisining
unga   qilgan   nohaqligi,   ya’ni   uni   cho’l-u   biyobonda   yolg’iz   tashlab   ketganligini
yuziga solishga ,o’zini himoya qilishga harakat qilmaydi.Bahrom esa Diloromning
haq, o’zini esa nohaq ekanligini Kofurdan bilib oladi.
     Diloromdan   ayrilgach,   Bahrom   uzlatga   beriladi.   Bahromdagi   savdoyilikni
daf etmoq uchun yetti  iqlim  shohi  yetti qadr quradilar. Bahrom  shanba kuni  qora
qasrda   yo’lovchi   musofirdan   Axiy   haqidagi   hikoyatni   tinglaydi.Hind   shohi
Jasratning husn va xulqda tengsiz Farrux ismli o’g’li tush ko’radi.Tushida  Quddus
yerida   yopingich   yopilgan     bir   kajava   o’tib  borar   va     behosdan   shamol   ko’tarilib
kajava ichidagi pari  ruxsorga ko’zi tushadi:
Ul amorida xud pari erdi,
Ne pari , mehri xovari erdi.
Ul quyosh lam’asi kul ayladi pok.
Notavon jismin o’ylakim xoshok.   14
[To’la asarlar to’plami. 2012 . 398-bet]
  Ul   go’zalga   oshiq-u   beqaror   bo’lib   qoladi.   Nomi   keltirilmagan   go’zal
Halabning   saxiylikda   dong   ketgan     xojasi   Axiyning   ayoli   edi.   Axiy   Farruxni
iztirobdab   qutqarish   uchun   unga   o’z   ayolini   nikohlab   beradi.   Axiyning   ayoli   o’z
yoriga vafodor bo’lganligi va uni chin dilidan sevganligi sababli Farruxni rad etadi
va unga bor haqiqatni aytib ko’z yosh tukadi.Natijada Axiy bilan uning xotini yana
bir-birlarining visoliga erishishga muvaffaq bo’ladilar.
     Dostondagi     to’rtinchi   iqlimdan   kelgan   musofir   so’zlab   bergan   hikoyada
Mas’udni sevib qolgan  yovuz Malluning dovyurak qizi  tasvirlangan:
Bir qizi bor edi aning gulruh,
Talxguftor,bal shakar posux.
Husn birlajahon elide g’ani ,
Vasfdin balki husni mustag’ni.
14
  Navoiy Alisher. To’la asarlar to’plami.G’afur G’ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi.2012-
yil.398-bet
41 Ishq umre solib dimog’ig’a  dud,
O’tining boisi edi Mas’ud.   [To’la asarlar to’plami.2012.505, 506-bet]
        U   otasi   tomonidan   o’limga   mahkum   etilgan   Mas’udni   zindondan   qutqarib
olib, u bilan ketishga qaror qiladi. Malluning qizi  oldida uchrashi mumkin bo’lgan
xavf-xatarlardan qo’rqmay suygani  Mas’ud bilan kemaga o’tirib qochib ketadi va
murodiga   yetadi.Alisher   Navoiy   qiz   boladagi   jasoratni   tasvirlash   orqali   sevgisi
yo’lida uchragan mashaqqatlarni   bardosh bilan yengga olgan   ayol timsolini bera
olgan .
      Shuningdek , beshinchi  iqlimdan kelgan musofir tilidan aytilgan beshinchi
hikoyada     Beshistsaro   shahrining   shohi   Navdarning   chiroyda     tenggi   yo’q   Mehr
ismli qizi tasvirlangan:
Bor  emish go’yiyo anga bir qiz,
Odami o’yla ko’rmagan hargiz.
Qadikim naxli sarfaroz kelib,
Husn bog’ida sarvinoz kelib.
Zulfidin sunbul aylabon yuz pech, 
Og’zidin g’uncha oytmay so’z hech.
Orazi mash’ali jahonafro’z,
Partavi shu’lasi kelib jonso’z.  
Sochi aylab kamand bo’lmoq fan ,
Mehr bo’ynig’a tortar edi rasan.  [To’la asarlar to’plami.2012.505, 520-bet]
   Mehr   husn-u   latofatda   tengsiz   go’zal   sifatida   tasvirlanib,   u   ham   Malluning
qizi   kabi   Suhaylni   zolim   Jobir   zulmidan   qutqarishda   jasorat   ko’rsatadi.   Asirning
42 o’z sevgilisi ekanligidan sevinadi va behush bo’ladi. Suhaylni chohdan qutqatadi ,
zolim Jobir zulmiga yarasha jazo olgach,o’z sevgani Suhayl bilan murodga yetadi.
    Guvohi   bo’lganimizdek,   Alisher   Navoiyning   “Sab’ai   sayyor”dostonidan
o’rin   olgan   ayol   timsollar   husnda   tengsiz,   tadbirli,   shu   bilan   birga   jasoratlidirlar.
Ular   o’rtasidagi   o’xshash   va   mutonosib   jihatlar   bir-biriga   uyg’un   qilib
tasvirlangan.   Bularning   barchasi   Alisher   Navoiyning   ayol   zotiga   nisbatan
samimiyatini   ko’rsatadi.Ular   ojiza   bo’lsalar-da,     vafo   va   sadoqat   bobida
tengsizdirlar.
         2.2.  Dostonda do’st hamda ijodkor timsollarning yaratilishi
       Do’stlik   ,   do’stga   vafoli   bo’lish   borasida   badiiy   adabiyotimizda   juda   ko’p
rivoyatlar to’qilgan,hikmatlar bitilgan.
       Do’stlikning avvali tanishmoqlikdir. Ta’bir joiz bo’lsa , tanishish – do’stlik
manziliga   olib   boruvchi   bir   yo’ldir.   Agar   bu   yo’ldan   to’g’ri   bormay,   poyintar-
soyintar   ,   egri-bugri   qadam   tashlansa,g’iybat,   ig’vo,   hasad   ariqlaridan   suv   ichib
turilsa   ,   o’rtada   dushmanlik   paydo   bo’lishi   shubhasizdir.   Haqiqiy   do’st   boshga
kulfat tushganda bilinadi.  15
15
  Тохир  Малик,  “Одамийлик мулки”.-Т.:”Шарқ “. 2014.154-  bet
43     Hazrat Mir Alisher Navoiy ham o’zining betaktot ijodida do’stlik tushunchasiga
alohida   urg’u   berganlar.Alisher   Navoiy   qalamiga   mansub     “Xamsa”   dostonining
to’rtinchi   dostoni   bo’lmish   “Sab’ai   sayyor”   dostonida   ham   do’stlik   tushunchasi   ,
do’stga   sadoqatli   bo’lish,   o’ziga   ravo   ko’rganini   do’stiga   ham   ravo   ko’rish
tuyg’ulari hikoyatlar zamirida yoritib berilgan.Dostondagi shoh Bahromga aytilgan
birinchi   hikoyat,   ya’ni     hindistonlik   musofir   tomonidan   qora   qasrda   hikoya
qilingan     Farrux   va   Axiy   haqidagi   hikoyatni   olib   ko’raylik.   Shahzoda   Farrux
tushida ko’rgan maxvashni  axtarib Halabga kelishi ,uni bir  bor uchratib hushidan
ayrilishi,saxovatil   bilan   nom   qozongan   Axiyning     g’am-anduhga   chumib,   qora
palosga o’ranib iztirob chekayotgan Farruxni uchratib qolishi, uni uyiga taklif qilib
mulozamat   ko’rsatishi,   u   bilan   suhbat   qurib,   uning   dardidan   voqif   bo’lishi,
Farruxning   ishqi   tushgan   go’zal   o’z   yori   ekanligini   bilishi   va   yorini   taloq   qilib   ,
do’sti   Farruxga   nikohlab   berishi   do’stlikning   ,   oliyjanoblikning   eng   yuqori
bosqichidir.   Bu   kabi   do’stga   nisbatan   oliyjanoblik   ko’rsatish   holatini   Farrux
obrazida   ham   ko’rishimiz   mumkin.Farrux   nikohiga   olgan   go’zal   yorning   g’am-
anduhga   botib   ,   nola   qilishidan   bor   gapni   bilib   oladi.Axiyning   mardligidan
hayratga tushadi.Ayolni o’ziga singil kabi tutadi va do’stini izlaydi.Axiy ham ishi
orqaga   ketib   ,Hind   mulkiga   borib   qoladi.U   yerda   ikki   do’st   topishadi.Farruz
singlim   deya   Axiyning   ayolini   to’y-tomosha   qilib   o’ziga   nikohlab   beradi.Shu
tariqa   ularning   do’stligi   abadiiy   bo’lib,   bir-birlaridan   yordan   va   mehrini   ayamay,
uzoq umr ko’rishadi.
        Dostonga   kiritilgan   ikkinchi   hikoyat   ,   Zayd   Zahhob   haqidagi   hikoyatda   ham
Rum   mamlakati   podshosining   Zayd   Zahhob   ismli   zargari,   yaqin   do’sti
bo’lishi,hukmdor u bilan har bir ishda maslahat  qilishi,shohning ishonchiga kirgan
Zayd   Zahobning  unga   oltin   taxt   yasab   berishini   va’da   qilib,   xazinadan   ikki   ming
botmon oltinni olishi,lekin taxtning faqat sirtini oltin qilib, ichki tomonini kumish
bilan   to’ldirishi,   do’stlikka   xiyonat   qilib   qolgan   oltinlarni   o’zlashtirib   olishi
voqealarini   ko’rishimiz   mumkin.Oxir   oqibat   Zayd   Zahhobning   dushmanlari
shohga  uning  firibini  ma’lum   qiladi.Shoh  Zayd  Zahobni   zindonga  tashlaydi.Zayd
44 Zahhob zindondan qutilib,Qustantaniyaga qochadi va u yerda oxir –oqibat butxona
rohibi   bo’ladi.U   butxonadagi   oltindan   yasalgan   barcha   buyumlarni   o’zlashtirib,
o’rniga shisha va boshqa metallardan yasab qo’yadi.So’ng o’z ixlosmandlariga bir
maktub   yozib,   o’z   yurtiga   qaytayotganini   ma’lum   qiladi.Butparastlar   qo’lidagi
maktubda   esa   Zayd   Zahhobning   barcha   kirdikorlari   bayon   qilingan   edi.   Zayd
Rumga   qaytib  bemor   shohni   davolaydi.Qayda   uning   ishonchiga   kiradi.  Oltinlarni
oshig’i   bilan   qaytarib   beradi,   dushmanlarini   jazolaydi.   Shohga   sadoqatini   izhor
etadi.
          Dostondan   o’rin   olgan   to’rtinchi   hikoyatda   esa     shoh   Bahrom   qizil   qasrda
navbatdagi   sayyohdan   Juna   va   uning   do’sti   Mas’ud   haqidagi   hikoyatni
tinglaydi.Dehli   sultoni   hisoblanmish   Juna   shu   darajada   saxovatli   ekanki,   uning
saxiyligi chegara bilmas ekan:
Adlu insof o’lib sifoti aning,
Shohlar ichra Juna oti aning.
Elga bazlu ato bila mashhur.
Olam ichra saxo bila mashhur.
Elga laklarni bebaho berib,
Gar bahona topib xizona berib.
Bazlae gar debon suxansanje,
Silasig’a ato qilib ganje.   [To’la asarlar to’plami.2012.483-bet]
    Bir   musofir   uning   mehmoni   bo’lib,   unga   rost   gapirgan   odamning   yuzini   oq,
yolg’onchining yuzini qora qilib ko’rsatadigan ko’zgu sovg’a qiladi.Shoh olamda
o’zidan   ham     saxiyroq   kishi   bor-yo’qligini   so’raydi.   Musofir   dastlab   yo’q   deb
javob beradi. Musofirning yuzi qorayib ko’rinadi.Musofir unga ochig’ini aytishga
majbur bo’ladi.Darhaqiqat, Junadan ham saxovatli kishi bo’lib, u Taroz o’lkasidan
yashovchi   Mas’ud   edi.Mas’ud   xabarini   eshitgan   shoh   Tarozga   yo’l   oladi   va
45 Mas’ud   bilan   uchrashib,   do’st   tutinadi.Mas’ud   unga   o’zi   uchun   eng   aziz   bo’lgan
narsalari:   kuy   va   qo’shiqda   mohir   bo’lgan   kanizagini,   mayi   tugamaydigan
jomini,Gulgun   laqabli   otini   hadya   qiladi.Juna   Mas’udni   Tarozga   hokim   qilib
tayinlash   to’g’risida   farmon   beradi,   ammo   o’zining   shoh   ekanligini
bildirmaydi.Farmondan   xabar   topgan   Taroz   hokimi   qattol   vaziri   Mallu   bilan   reja
tuzib , uni chohga tashlatadi. Jaypurning go’zal bir qizi bo’lib, Mas’udga oshiq edi.
Barcha   voqeadan   xabar   topgan   qiz   Mas’udni   qutqarib   ,   birga   saroydan   qochib
ketadi.   Yo’lda   ko’p   mashaqqat   chekkan   ikki   sevishgan   Juna   saltanatiga   kelib
qoladi.Xizmat   yuzasidan   saroyga   kirgan   Mas’ud   o’zi   hadya   qilgan   narsalarni
taniydi.   Juna   bilan   topishadi.   Do’stini   yo’qotib   ,   hajr   azobida   qolgan   shoh   Juna
bag’oyat shodlanib, do’stiga ko’p iltifotlar ko’rsatadi.Jaypur  bilan Malluni  jazoga
tortadi.
        Payshanba   kuni   shoh   Bahromning   sandal   qasrda   Muqbil   va   Mudbir   haqidagi
hikoyatda   ham   Boxtardan   Xovarga   yo’l   olgan   ikki   yo’lovchining   sarguzashti
hikoya qilinadi.
Ul ikov yo’ldin o’lmayin ogoh,
Bo’yla vodida  bo’ldilar hamroh.
Ko’rdilar chunki yo’l suubatini ,
Ul balo dashtining uqubatini
Ki, nechakim aning kanorasi yo’q,
Qat’ qilmoqtin o’zga chorasi yo’q.
 Har balo qo’ysa yuz tahammul etib,
 Kirdilar dasht aro tavakkul etib.  [To’la asarlar to’plami.2012.546-bet]
        Har   bir   davrda   mualliflar   o z   asarlarida   ijodkor   obrazini   turli   qiyofadaʻ
gavdalantirib kelganlar. Bu holatni Alisher Navoiy ijodida ham kuzatamiz. Alisher
Navoiy   ijodida   ijod   dardiga   yo liqqan   insonning   qalb   iztirobi,   orzu-armonlari	
ʻ
46 tasvirlanadi.   Xo sh,   ijodkor   kim   o zi?   Ijodkor   –   rassom,   ijodkor   –   bastakor,u   –ʻ ʻ
xushovoz   sohibi.   …   Ular   inson   ruhiyatidagi   kishi   ilg amas   his-tuyg ularni,   dard,	
ʻ ʻ
iztirob, quvonch va baxtni nozik tasvirlar orqali ifodalovchi san atkorlardir.	
ʼ
        Navoiy   asarlarini   o‘qiganda   uning   san’at   olamidagichuqur   bilimiga,
me’morchilik   va   bog’-oroyishchilik   sohasidagi   yuksak   badiiy   tasavvuriga   tan
beramiz.Shoir o’zining san’atga bo’lgan ixlos-u e’tiqodi ,shavq-u zavqi tufayli o’z
qahramonlarini   ko’pincha   mohir   musavvir,   usta   binokor,   bejirim   naqqosh,zukko
me’mor   ko’rinishlarida   tasvirlaydi.Bu   xil   hol   ,ayniqsa,     Navoining   “Xamsa’
tarkibidagi   dostonlarida  sezilarli  o’rinni   egallaydi.”Farhod va  Shirin”  dostonining
bosh qahramoniFarhod boshdan oxir hunar va bilimga yo’g’rilgan.Shu bilan birga
Navoiyning   “Sab’ai   sayyor”   idagi   bosh   qahramonlardan   biri   Moniyni   olaylik.   U
ham   mohir   musavvir,   tengsiz   naqqosh,go’zallikning   hassos   shaydosi.Navoiy   bu
obrazlarni   g’oyibdan   paydo   qilmaydi.Navoiy   o’zining   “Tarixi   muluki   ajam”
asarida   “Bahrom   binni   Hurmuz   otasi   Hurmuz   vasiyati   bilan   podshoh   bo’ldi   va
Moniy   naqqoshning   millatikim   zindiqa   (dinsiz,   xudosiz)erdi,aning   zamonida
shoyi’   (mashhur)   bo’ldi,   deb   yozadi.Tengsiz   iste’dod   egasi   Kamoliddin   Behzod
Navoiy   zamonasining   “Moniyi   soniy”si   ,   ya’ni   “ikkinchi   Moniy”   si   hisoblanar
edi.Manbalar guvohlik berishicha , Alisher Navoiyning o’zi ham musavvirlik bilan
shug’illangan.Masalan,   shoir   o’zini   “zanjirband   sher”   o’rnida   ko’rib,bu   hodisani
o’zi   chizgan   suratda   tasvirlaydi.Demak,   Navoiy   o’z   qahramonlarining   tarixiy
ildizlariga suyangan holda ish ko’radi.Navoiy o’zining “Xayrat ul-abror” asarida :
      Sa’y ila bu gumbadi bisyor naqsh,
      Har nechakim aylabon izhor naqsh,
yoki shu asarning boshqa o’rnida xitoycha naqsh haqida fikr yuritib :
              Naqshig’a teng tushmay o’zin naqshi Chin
               Olam o’lib ilgida naqshi nigin,-
47 deydi.Navoiy   bu  borada  Sharq   musavvirlik   va   me’morchilik  an’analari   tarixining
zo’r   bilimdoni   ekanini   nafaqat   o’zi   yaratgan   obrazlar   misolida,balki   hayotiy
faoliyatda   ham   chuqur   namoyish   eta   oldi.   Darvoqe,   O’zbekistonda   xizmat
ko’rsatgan   rassom   Latif   Abdullayevning   “Navoiy   –me’mor”   nomli   kartinasining
yaratilishida ham xuddi shu fikr asosiy mavzu bo’lgan bo’lsa ajab emas. 
Ushbu   dostonda   tasvirlangan   yetti   qasr   ziynati   yetti   iqlim   mavzusiga   mutanosib
berilgan:
        “Ki qilib har biri bino bir qasr,
         Har biri zeb ichinda ziynat asr…
         Chun muhandislar ehtimom etti,
        Har biri o’z qasrini tamom etti.
        Qasrlar ziynatiga ohang et,
        Bu yeti  qasrni yeti rang et…
        Har birin o’zga nav’ etti rang,
        Bo’ldi ul yeti qasr yetti rang.
      E’tibor   berib   qaralsa,”Sab’ai   sayyor”   dostonindagi   hikoyalatda   ijod   ahliga
bo’lgan cheksiz hurmatni , o’z kasbini qay darajada sevishlarini  anglamasdan iloj
yo’q.
            Insonning   qalbi,   uning   ruhiyati   va   ko nglining   nozik   torlarini   chertadiganʻ
san at turlaridan biri bu musiqadir. 	
ʼ
        Haqiqiy   ijodkor   o z   san at   asarini   yuksak   iqtidor   va   yurak-yurakdan,   mehrini	
ʻ ʼ
berib   yaratsa,   albatta,   u   o lmas,   tirik   bir   mo jizaga   aylanadi.Ijodkor   shunday   bir	
ʻ ʻ
iqtidor   egasiki,   u   boshqa   insonlarga   nisbatan   hayotni   chuqur   falsafiy   mushohada
48 etib, bu insonlarning qalbidagi tuyg u-kechinmalarni to g ri baholay oladi.Diloromʻ ʻ ʻ
aynan   shunday   iste’dod   egasi   edi.Uning   sehrli   ovozi,   chaladigan   ohangrobo   kuyi
Bahromni unga  ipsiz bog’lagan edi.        
       Sharq turkiy xalqlar adabiyotida qo’shiqchi, sozandalar talqini gender jihatdan
ham   farqlanib,mushoira   va   adabiy   yig’inlarning     to’laqonli   a’zolari   sifatida
ko’rsatiladi.   O’zbek   adabiyotida   ayol   san’atkorlar   timsoliga   kam   o’rin   berilgan.,
asosan   havasmand   san’atkor   sifatida     va   ko’pincha   epizodik   obraz   sifatida   aks
etadi.”Sab’ai sayyor dostonidagi Diloromning bulbuldek ovozi,musiqaga mayli va
iste’dodi   hammani   maftun   qiladi.Ustoz   san’atkorlardan   saboq   olib   kamolga
yetishgan   Dilorom   tutqun   ayol   sifatida   davr   shamolida   bir   yaproqdek
sargardonlikka mahkum bo’ladi va oxiri fojealik go’zallik   va nodir san’atni ham
o’z domiga tortdi.
  Navoiyning   obraz   yaratish   mahorati   o’ziga   xos   bo’lib,   har   bir   timsol   to’laqonli
tasvirlangan.
                                                   Xulosa 
Alisher Navoiy o’zining “Sab’ai sayyor” dostoni orqali ishq va oshiqlikning
shoh   va   shohlikdan   baland   turajagini   o’z   hikoyatlari   va   voqialar   rivoji   orqali
yaqqol   ochib   beradi.Chin   sevgi   aslida   chin   insoniylikning   timsolidir.Shohlik   esa
o’tkinchi martaba , shuning uchun ham u behuda. 16
          Xulosa   sifatida   aytish   mumkinki,   “Xamsa   dostonidagi   ijodkor   obrazlari   bir
necha faoliyat turini  o’zida mujassamlashtira olgan,hayot yo’lini yaratuvchanlik  ,
bunyodkorlik asosida  tashkillab, davr to’zonida fojelikka yuz tutsa-da, mohiyatan
16
  Hasanov . S . Navoiyning   yetti   tuhfasi .- T .: G ’ afur   G ’ ulom   nomidagi   nashriyot - matbaa   birlashmasi ,1991.10- bet .
49 insonga ibratli umr sabog’ini bera olgan insonlardir.Shoir bu bilan ijodiy tafakkur
egasi   INSON   yer   yuzining   gultoji,san’at   va   ijod   esa   ezgulik   mayog’I   ekanligini
ta’kidlaydi.   Navoiy   –   turkiy   tilda   birinchi   “Xamsa”   ni   yozgan   daho
san’atkor.Shoirning   ushbu   buyuk   asari   o’zidagi   masallar,   mavzular   rang-
barangligi,   inson   va   hayot   muammolarini   keng   yoritishi   bilan   yuksak
ahamiyatli.Navoiy   asarlarining   zamonaviyligi,barhayotliligi   ham   azaliy   va   abadiy
mavzularni qalamga olganligidadir.
Muhabbat, vafo, do’stlik , insonparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, mardlik,
saxovat, qanoat, adolat, oliyjanoblik, yaxshilik kabi insoniy fazilatlarni ulug’lagan
bo’lsa   ,   yomonlik,   zulmkorlik,nohaqlik,   e’tiqodsizlik,   bevafolik,yolg’on,   xasislik
singari   illatlarni   keskin   tanqid   qilgan.Bu   asar   bolalarimiz,   o’quvchilarimiz,
xalqimiz   ma’naviyati,   dunyoqarashini   shakllantirish,   ularni   komil   insonlar   qilib
tarbiyalashda odob –axloq qomusi bo’lib qoldi.  
3.1.Dostonda qo’llangan yetti raqamining tasavvufona talqini hamda yetti
sayyora timsoli
  Alisher   Navoiyning   “Sab’ai   sayyor”   dostonida   ham   raqamlardan
foydalanish usuli o’zining yuksak badiiy ifodasini topgan. 
             8-bob salaflarning nuqsonlari haqida bo‘lib, shoir  bob sarlavhasida  ustozlar
asarlariga   mulohaza   bildirayotgani   uchun   uzr   so‘raydi.   Navoiy   bu   bobda   doston
yaratishdan   oldin   tush   ko‘rganini,   tushida   7   gumbaz,   7   gumbaz   ichida   7   xil
rangdagi mutasaddiyni ko‘rganini, shu yerda 7 kun yurib, 7 afsona tinglaganini, bir
mo‘ysafid   unga   avvalgi   dostonlardagi   qusurlarni   tuzatishni   so‘raganini,   uyqudan
50 uyg‘ongach   muabbir   (tush   ta’birchisi)   aytgan   dalillardan   so‘ng   doston   yozishga
kirishganini   aytadi.   Shundan   so‘ng   o‘zigacha   yozilgan   Bahrom   haqidagi
dostonlarni   sinchiklab   o‘qib   chiqqanini   ta’kidlab,   ustozlarning   hurmatini   o‘z
o‘rniga qo‘ygan holda ularga uchta e’tiroz bildiradi:
Biri bukim yo’q anda moyayi dard,
Qildilar ishq so’zidin ani fard.  [To’la asarlar to’plami.2012.317-bet]
       Shoir fikricha, oldingi xamsanavislarning birinchi aybi dardu g‘amga yetarlicha
ahamiyat bermasdan, uni ishqdan xoli tasvirlaganliklaridadir.
Yana biri buki anda ba’zi ish,
Zohiran nomunosabat tushmish.
Bo’yla ttuhmatki,aysh uchun Bahrom,
Yasadi yetti qasr surgali kom.
Yeti iqlim shohidin yeti qiz,
Har biri lutfu husni g’oyatsiz.
Uyqu komin olurg’a mastona,
Sho’hlarg’a buyurdi afsona.
Anga xud g’aflat o’ldi dag’i sifat,
Uyqusig’a farsona ne hojat.  [To’la asarlar to’plami.2012.318-bet]
       Bahromning   ayshi   uchun   yettita   qasr   qurilishi,   yetti   malikaning   o‘zi
mastlikdan   g‘aflat   holatiga   yetgan   shohni   uxlatish   uchun   afsonalar   aytishlari
asossiz,   deydi   Navoiy.   Buning   ustiga,   agar   afsona   aytish   zarur   bo‘lsa,   ulardan
boshqa qissaxon yo‘qmidi ?-degan savolni ham qo‘yadi.
Salaflarning   uchinchi   kamchiliklari   dardsiz   va   nodon   kishining   sarguzashtlarini
ko‘rsatishni maqsad qilib olganliklarida edi:
51 Bo’yla nodon uchun yozib avsof,
Anga qilgaylar o’zlarin vassof.   [To’la asarlar to’plami.2012.319-bet]
    Bob   so‘ngida   Navoiy   g‘oyat   kamtarlik   bilan   o‘zini   salaflarning   faqir
shogirdi   deb   atab,   men   go‘yo   pashshadek   bo‘lib,   fil   ishini   qilmoqchiman,   osmon
tomiga   narvon,   quyoshga   shamdon   yasamoqchiman,   o‘rgimchak   ipidan   kamand
qilib, ajdahoni tutmoqchiman deydi va Alllohdan doston yozishda madad so‘raydi.
     Asarda   “   yetti”   so’zi   “yetti   yo’lovchi”   va   ularning   yetti   hikoyasi,yetti
iqlim,yetti go’zal, yetti shoh,yetti qasr, yetti rang,yetti kun,yetti falak, yetti sayyora
va hokazolarga nisbatan to’qson marta ishlatilgan.Bundan ko’rinib turibdiki, shoir
bu raqamga alohida e’tibor qaratgan.
    Dostonning   XIX     bobi   “Yetti   falakdek   yetti   qastning   tugongoni   va   Moniyi
musavvir   har   qasrni   o’zga   bir   rang   bila   naqshbandliq   qilg’oni,dog’i   yetti   iqlim
salotinining   qizlarin,   ul   yeti   qasrda   Bahrom   bila   aqd   qilg’onlari   va   haftaning   har
kuni Bahrom bir qasrda suhbat tutqoni” 17
 sarlavhasi bilan boshlanadi.
    Yetti   raqamiga   bo’lgan   e’tiqodiy   qarashlarning   tub   ildizi   Qur’oni   karimga
borib taqaladi.Unda “ Yetti samo”(Baqara , 29),”Yetti dengiz”(Luqmon 27),”Yetti
boshoq”(Baqara26;Yusuf,   46),”Yetti   darvoza”   (Hijr   ,   44),   “Yetti   sig’ir”   (Yusuf,
46) singari oyatlarda yetti raqami ishlatilgan. .
     Mumtoz adabiy yodgorliklarda ko’p bor ishlatiladigan “Yetti iqlim”, “Yetti
kishvar”,   ”yetti   gardum”   birikmalari   azaldan   izoh   talab   etadi.   Abu   Rayhon
Beruniyning   “Geodeziya”   asarida   “Ular   (yunonlar)   odam   yashaydigan   yerni
aniqroq   bo’lgan   (kecha   va   kunduz   orasidagi)   tafovutga   muvofiq   bir-biriga
(parallel) bo’lgan chiziqlar bilan yetti iqlimga bo’lganlar. U chiziqlar Mashriqdan
ma’mur   yerlarning   eng   uzog’idan   tortib   Mag’ribning   oxiriga   boradi.   Ularning
tasavvurida yetti kishvar yetti doirada : birinchi doira markazda, qolganlari uning
atrofida   tutash   joylashtirilgan.Markaz   doira   (to’rtinchi   kishvar)   dan   Iroq,   Fors,
Jabal,  Xuroson, Sijiston, Zabuliston, Toxariston  o’lkalari o’rin olgan.
17
Alisher Navoiy, “Sab`ayi sayyor”, G`.G`ulom nomidagi nashriyot matbaa uyi. Toshkent – 2006 .   95-bet
52      Ahmad   al-Farg’oniy   (798-865-yillar)   o’zining   “Kitob   al   –harakat   as-
samoviya va javomi’ ilm an-nujum” (”Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum
kitobi”)   asarida   yetti   iqlim   haqida   batafsil   ma’lumot   berib   o’tadi.Al   –Farg’omiy
esa   ,gapni   rub’i   ma’murning   eng   sharqiy   chetidan   boshlaydi.Risoladagi   tartib
bo’yicha   keyingi   besh   iqlim   tavsifi   diqqatga   sazovorligi   bilan   alohida   ajralib
turadi.   Ularda   Markaziy   Osiyo   hamda   bu   mintaqaga   tutash   yerlarning   viloyat-
shaharlari batafsil tilga olinadi. Mana, ayrim misollar:   “To’rtinchi iqlim Sharqdan
boshlanadi va Tibetdan , so’gra Xurosondan o’tadiki, bunda Xo’jand, Usrushona,
Farg’ona,   Samarqand,   Balx,   Buxoro,   Hirot,   Amuya,   Marvarrud,   Marv,   Saraxs,
Tus, Nishopur shaharlari bor. Undan so’ng Jurjon,  Qumis, Tabariston, Demovard,
Qazvin,   Daylam,   Ray,   Isfaxondan   o’tadi.Yettinchi   iqlim   Sharqda   Yajuj
mamlakatining   shumolidan   boshlanadi,so’ng   turliy   mamlakatlar   (Markaziy
Osiyo)dan,  so’ng  Jurjon     (kaspiy) dengizining shimolidan , so’ng Rum  dengizi
(Qora dengiz)kesib  saqlablar (slavyanlar)   mamlakatidan   o’tadi   va   G’arb
(Atlantika ) dengizida tugaydi.
     Osmonning  Shimoliy  yarim  sharidagi   Yetti   qaroqchi  yulduzni  yetti  homiy
va   yetti   ajdod   sifatida   tushunish   xalq   og’zaki   ijodiyotida   “yetti   raqamining
timsollashtirilishiga   asos   bo’lgan. 18
  Saddi   Iskandariy”da   bu   raqam   ikki   o’rinda
“yetti   ato”,”   yeti   rang”,”yetti   hakim”,uch   martadan   “yetti   yil”,”   yetti   sozanda”,
“yetti   kun”   ,”yetti   iqlim”,   to’rt   martadan   “yetti   ko’k”,   “yeti   charx”,”   yeti
bahr”,’yetti g’ul” , besh martadan yeti kishvar”, yeti daryo”,yeti noqob” shakllarida
,   shuningdek,   “   yeti   baxmal”,yeti   tojir”,yeti   pusht”,yeti   qo’zg’alish”   singari
birikmalarga   nisbatan   bir   martadan   qo’llangan.   Ushbu   raqm   dostonda   jami   ellik
to’rt   o’rinda   ishlatilgan.   Bu   raqam   shoirning   “Sab’ai   sayyor”   dostonida   ham
o’zining   yuksak   badiiy   ifodasini   topadi.   Asarda   “   yeti”   so’zi   “yeti   yo’lovchi”   va
ularning   yeti   hikoyasi,yeti   iqlim,yeti   go’zal,   yeti   shoh,yettti   qasr,   yeti   rang,yeti
18
  Маматқул   Жураев . Ўзбек   халқ   эртакларида  “ сеҳрли ” рақамлар . Тошкент .” Фан ”  нашриёти .1991.
53 kun,yeti   falak,   yeti   sayyora   va   hokazolarga   nisbatan   to’qson   marta
ishlatilgan.Bundan ko’rinib turibdiki, shoir bu raqamga alohida e’tibor qaratgan.
     Yetti raqamiga bo’lgan e’tiqodiy qarashlarning tub ildizi Qur’oni karimga borib
taqaladi.Unda   “   Yetti   samo”(Baqara   ,   29),”Yetti   dengiz”(Luqmon   27),”Yetti
boshoq”(Baqara26;Yusuf,   46),”Yetti   darvoza”   (Hijr   ,   44),   “Yetti   sig’ir”   (Yusuf,
46) singari oyatlarda yetti raqami ishlatilgan. .
      O’zbek   folklori   va   udumlarida   “yetti”   raqamiga   alohida   ahamiyat   berilib
kelingan.   Qadimiy   e’tiqodlarda   “Yetti   o’lchab   bir   kes”,”Yetimning   haqqi   yetti
dunyoni quritar” kabi maqollar, “pak-pakana bo’yi bor, yetti qavat to’ni bor” kabi
topishmoq va Yettisuv,Yettiqashqa,Yettisoy,Yettiqiz kabi toponimlar bilan bog’liq
rivoyatlar ,Yetti qaroqchi yulduzlar haqidagi tasavvurlar saqlanib qolgan.
Alisher Navoiy “Xamsa” si tarkibiga kititilgan “Sab’ai sayyor” dostoni uchun xalq
og’zaki ijodi asos bo’lib xizmat qiladi.”Bahrom Go’r haqidagi rivoyatlar juda ko’p
bo’lib,dastlab Hind-Eron xalqlari tomonidan yaratilgan,keyinchalik Eronga qo’shni
bo’lgan   xalqlar   ,   ayniqsa,   armanlar,   gruzinlar   orasida   ham   keng   tarqala   boshladi.
Bahrom   Go’r   haqida   yozma   adabiyotda   birinchi   bo’lib   doston   yaratgan   ijodkor
fors-tojik klassigi Abulqosim Firdavsiydir. Firdavsiyning bu yangiligi keyinchalik
asos   solingan   xamsachilik   an’anasiga   tamal   bo’luvchi   dostonlarga   beshik
vazifasini   bajardi.Birinchilardan   bo’lib   xamsachilik   an’anasini   boshlab   bergan
Nizomiy Ganjaviy “Shohnoma” asaridagi ma’lumotlardan va xalq og’zaki ijodida
gavdalantirilgan Bahrom Go’r obrazidan ijodiy foydalanib o’zining  “Haft paykar”
dostoniga   bosh   qahramon   sifatida   yaratdi.Uning   salaflaridan   bo’lmish     Xusrav
Dehlaviy esa “Hasht behisht” asarini yozdi. Alisher Navoiy esa o’zigacha bo’lgan
shoh   Bahrom   haqidagi   rivoyatlar,   tarixiy   ma’lumotlar   va   dostonlarni   sinchkovlik
bilan o’rganib , o’zining “Sab’ai sayyor” dostonini turkiy tilda taqdim etdi.
      Dostonda   yettita   hikoya   ichidagi   qoliplovchi   hikoyalar   ham   keltirilgan   bo’lib,
ularning   barchasi   doston   qiymatini   oshirib,   shoirning   asar   yozishdagi   maqsadini
izchillik  bilan   ochib  boradi.Hikoyalarning  barchasi   hafta   kunlariga   va  osmondagi
sayyoralarning homiyligiga o’zaro bog’langan.Doston bosh qahramonlari bo’lmish
54 Bahrom   va   Dilorom   ham   samodagi   ma’lum   bir   sayyoralar   hamkorligi   asnosida
tasvirlanadi.   Shoh   Bahrom   homiysi   –jang-u   jadal   ramzi   Mirrix   (Mars)   sayyorasi
bo’lib,   Go’zal   Diloromga   esa   musiqachilar   homiysi   Zuhra   (Venera)   muholiblik
qiladi.   Firdavsiyda   Ozoda,   Nizomiyda   Fitna,   Xusrav   Dehlaviyda   va   Navoiyda
Dilorom   bo’lib   tasvirlangan   kanizak   asarlarda   Bahrom   kabi   turli   xil   taqdirlarga
duchor   bo’ladi.Ozoda   shoh   Bahronning   buyrug’I   bilan   ot   tuyoqlari   ostida   qolib
vafot   etgan   bo’lsa,   Fitna   bahromning   rafiqasiga   aylanadi.dehlaviyda   ham
Diloromning vafot etishini ko’ramiz.Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” , “Layli va
Majnun” dostonlarida ham so’ngini qahramonlarning o’limi bilan yakunlagan edi.
Ammo   alisher   navoiy   o’limni   faqat   jismonan   yo’q   bo’lish,   ruhan   esa   Haqqa
yetishish   ,   jonning   ma’shuqi   bilan   uzoq   kutilgan   diydori   deb   baholaydi.   Ammo
Bahrom kanizagini qayta topganidan so’ng ham bu haqiqiy ishqni anglamadi, balki
yana   ziyofatga   berildi.   Alisher   Navoiy   esa   doston   so’ngidagi   o’limni   ular   uchun
xatolarni   takrorlaganligining   jazosi   sifatida   tanlagan   ham   bo’lishi
mumkin.Xayolini   Dilorom   band   etganda   davlat   va   xalq,   shon   –shavkat   va
shuhratparastlik     g’olib   kelganda   esa   Dilorom   uning   yodidan   ko’tariladi.   Bu   esa
haqiqiy   ishqning   yuki   bir   mamlakat   taqdirini   yelkaga   olmoq   yuki   bilan   barobar
ekanligini   va   bunday   mas’uliyatni   hamma   ham   bir   vijudga   sig’dira   olmasligini
isbotidir.   Navoiy   “Sab’ai   sayyor”   dostoni   orqali   shu   fikrni   badiiy   mahorat   bilan
tasvirlaydi.   Doton   boshida   Bahromga   Mars   sayyorasini,   Diloromga   esa   Zuhrani
homiy qilib tanlamog’ida ham ularning taqdirlariga nizik ishora va kirobxonga bir
ogohlantiruvchi belgi bermoqchi bo’lgan.
      Koinotda   Mars   va   Venera   sayyoralarining   joylashgan   o’rni   ham   o’zaro
mutanosiblikda   emas.,   ya’ni   Venera   Quyoshga   juda   yaqin   oylashgan   va   unda
harorat   juda issiq.,   Mars  esa  Quyoshdan  juda  olislikda  joylashgan.  Tabiiyki   unda
harorat   juda   sovuq.   Tabiatda   suv   va   olov   bir-biriga   qanday   ta’sir   o’tkazsa,
Navoiyning   doston   qahramonlari   ham   bir-biriga   shunday   ta’sir   ko’rstadi.   Muzni
issiqlikka qanchalik yaqin keltirsak, muz shu darajada erib , bug’lanib ketadi. Bu
55 xulosa   ham   Alisher   navoiy   ilm   zakosining   qay   darajada   chuqur   ekanini   va   bu
ilmlarning badiiy adabiyot bilan nozik bog’ay olganligini ham anglash mumkin. 19
        Mumtoz   adabiyot   namunalarining   aksariyatida   ,ayniqsa   epik   asarlarning
muqaddimasida mualliflarning koinot , uning inson ruhiyati va taqdiri bilan bog’liq
lavhalar,koinotning turfa manzalari borasidagi qarashlar aks etganligining shohidi
bo’lish mumkinki,bu holat mumtoz Sharq adabiyotining deyarli hamma asarlarida
uchraydi.Turkiy   adabiyotning   ibtidosi   bo’lmish   “Qutadg’u   bilik”   muallifi   shoir
Yusuf   Boloso’g’uniy   asarining   hamd   va   na’tlaridan   so’ng   Yaratganning   cheksiz
qudratining   bayonida   yeti   sayyora,   o’n   ikki   burj   haqida   so’z   yuritadi   va   uni
insonning   Ko’k   farzandi   ekani   bilan   bog’laydi.Farididdin   Attor   “Mantiq   ut-tayr”
muqaddimasida   Parvardigorning   Yer   va   Koinotni   yaratishi,Koinotdagi   har   bir
sayyorani   ma’lum   bir   mezon   va   harakatda   bo’lishi,insonning   hayot   va   taqdiri
zamindagi   har   bir   hodisotlar   ayni   koinot   bilan   ,   ayni   shu   sayyoralar   harakati     va
ulardagi   turfa   xil   o’zgarishlar   bilan   bog’liq   ekanligiga     alohida   e’tibor
qaratganligini   ko’rish   mumkin.Aslida   kosmogoniya   –qalamkashlarining   kayxoniy
qarashlarining   ildizi   Qur’oni   karim   va   undagi     ayrim   oyati   karimalarga   borib
taqaladi.Mumtoz   adabiyot   namoyandalarining   birortasi   yo’qki,   ular   Islom   dini
arkonlari,Qur’oni   karim   ,Rasululloh   (s.a.v)sunnatlari,bu   muqaddas   bitiklarning
ma’nolaridan   voqif   bo’lmagan   bo’lsin.Qur’oni   karimdagi   shunga   aloqador   oyati
karimalar ma’nosi va juz’iy tafsirlariga murojaat qilaylik.”Bas, qasamyod eturman
qayta-qayta   chiqib   turuvchi   bilan,yashirinuvchi   sayyoralar   bilan…”[“Takvir”
surasi   ,   15-,16-oyatlar]Mazkur   suraning   15-oyatida   “xunnas”   so’zi   tortilmoq   va
orqaga tisatilmoq’,”Ichiga tortmoq va iziga solmoq” ma’nolarida kelhan.16-oyatda
“yashirinuvchi’ deb tarjima qilingan arabcha kalmia “Kunnos” (“kannas” so’zining
ko’pligi)bo’lib, u harakatdagi jismning uyi,makoniga kirishi yoki uyasiga kiruvchi
va u yerda tashirinuvchi narsalarning muayyan bir yo’lini nazarda tutadi.Yana 16-
19
  Alisher   Navoiy   va   XXI   asr   mavzusidagi   xalqaro   ilmiy-nazariy   anjuman   materiallari   /mas’ul   muharrir   Shuhrat
Sirojiddinov .Toshkent:”MASHHUR-PRESS”. 2020.   “Sab’ai sayyor” dostonida Mirrix va Zuhra sayyoralarining majoziy
vazifasi.  Xudoynazarova Nodira-575-576 betlar.
56 oyatdagi  “Javaar”   so’zi   (“jariyah”so’zing  ko’plik  shakli)ko’chadigan  va  oqadigan
biror   narsani   anglatadi.Shu   ma’nolarni   nazarda   tutgan   holda,   oyatlar
sayyoralarning  tortishish  kuchlari   va  ularning  o’z  orbitalarida   harakat   qilishlariga
ishora qilyapti,deb tushunish mumkin[Xorun Yaxyo. 2006;22]
        “Sab’ai   sayyor”ning   yetti   hikoyasining   har   biri   ma’lum   bir   sayyoralar   bilan
bog’lanadi.   Shanba   kuni   qora   qasrda   aytilhgan   hikoya   Kayvon(Saturn)
sayyorasi,yakshanba  kuni  so’zlangan hikoya mazmuni  Quyosh sayyorasi  bilan va
shu   tariqa   keyingi   hikoyalar   OY,Mirrix   (Mars).   Atorud   (Merkuriy),Mushtariy
(Yupiter),   Zuhro(Venera   )   sayyoralari   bilan   uzviylikda   bayon   qilinadiki,   sirtdan
qaraganda   bunda   hech   bir   aloqa   yo’qdek   tuyuadi.Botinda   esa   shu   hikoyatdagi
taqdirlar sayyoralar va ularning harakatlari bilan bilvosita bog’liq ekanligini anglab
yetish qiyin emas.
           Navoiyning ijodi bamisli hayot qomusi..Unda hayotning har bir jihati ,har bir
sohasiga   munosabatni   ko’rish   mumkin.Umumbashariy   g’oyalarni   rang-barang
mavzularda yonib kuylagan shoir va mutafakkirdir.
         3.2.”Sab’ai sayyor” dostonida ranglar garmoniyasining aks etishi
      Ranglar   jilosi   dunyo   paydo   bo‘libdiki,   insonga   Yaratgan   tomonidan   tortiq
etilgan   eng   go‘zal   ne’matlar   qatorida   zikr   etiladi.     U   hamma   vaqt   o‘zining
ajoyibligi   va   chiroyi   bilan  insonlarda   qiziqish   uyg‘otib   kelgan.   Qadimda  insonlar
muloqot jarayonida “ranglar tili”dan foydalanib kelganlar. Har bir rang ma’lum bir
predmetni,   holatni   va   hodisani   ifodalagan.   Yetti   sayyora,   dunyoning   yetti
mo‘‘jizasi, yetti iqlim, haftaning yetti kuni kabi quyosh nurining ham yetti rangda
jilolanishida   o‘ziga   xos   hikmat   mavjud.   Quyosh   nurining   yetti   rangda   jilonalishi
yetti   sayyoradan   chiqayotgan   nurlarning   qorishmasidan   iborat.   Mirrix
57 sayyorasining   qizil,   Zuxroning   ko‘k,   Merkuriyning   sariq,   Kayvonning   yashil,
Mushtariyning   qirmizi,   Quyoshning   qovoq   rangi,   Oyning   binafsharangi   birlashib
kamalak rangini hosil qiladi.
       Ranglar   nafaqat   sayyoralarning   balki,   insonlarning   ham   ruhiyati   va   fe’l-
atvorini ifodalovchi vositalardan biridir. Ma’lum bir xalqning o‘zi tanlagan, milliy
liboslarida   aks   etadigan,   bayram   tantanalarida   foydalaniladigan   ranglarida   ham
o‘sha xalqning dunyoqarashi aks etadi.
      Tasavvufda   ham   ranglarning   o‘ziga   xos   o‘rni   mavjud   bo‘lib,   Kubraviya
tariqatida   ular   yaqqol   namoyon   bo‘ladi.   Kubraviya   tariqatining   asoschisi
Najmiddin   Kubro   (1145-1221   y.)ning   “Usul   al-ashara”,   “Risolat   at-turuq”,   “fi
Ahbob   as-solikin”   va   “Favoidul   jamol”   kabi   asarlari   bizgacha   etib   kelgan.   U
o‘zining   ko‘plab   shu   kabi   asarlarida   “latoif”   ya’ni,   ranglar   nazariyasi   masalasiga
to‘xtaladi.   Uning   fikriga   ko‘ra,   inson   ruhi   ko‘zga   ko‘rinmas   bir   latif   markazdan
iborat. Bu ong va tuyg‘u, ruh va jism orasidagi bir narsa. U shunday nozikki, uni
ilg‘ab   olish   mushkul.   Ammo   inson   hayotida   bu   “latif”   markazlarning   ahamiyati
katta. Sufiy aynan  shu  markazlarni  yallig‘lantirib,  o‘tkirlashtirib borishi  va  ilg‘ab
olishi darkor.
     Bu   nazariya   mohiyatini   chuqurroq   anglab   etish   uchun   yana   bir   karra
e’tiborni   ranglar   nazariyasiga   qaratamiz.   Kubroning   qarashlariga   ko‘ra,   rang   bu
ruhiy holatning o‘zgarishini ifodalovchi vositadir. Har bir rang ma’lum bir holatni
anglatadi. Sufiy bosqichma-bosqich ushbu holatlarni boshidan kechiradi.
     Uning   fikricha,   inson   ruhiy   holatida   bo‘ladigan   o‘zgarishlar   turli
shakllarda,chunonchi:   nuqta,   dog‘,   doira,   shuningdek,   turli   ranglarda   namoyon
bo‘ladi. Har bir shakl, har bir rangda ma’lum ma’no yashiringan bo‘ladi. Xususan,
doira   –   falakning   aylanib   turishini   ifodalasa,   dog‘   –   dunyo   timsolidir,   nuqta   esa
vahdatdir.   Doira   o‘z-o‘zi   atrofida   aylanib   turgani   uchun   nuqta   tomon   uzluksiz
intiladi.   Shuning   uchun   ham,   nuqta   mohiyatini   anglash   orqali   inson   ilohiy   olam
mohiyatini idrok etadi.
58     Oq   rang   –   Najmiddin   Kubro   nazariyasida   poklanishni   anglatadi.   Murid   poklik,
mas’umlik va to‘g‘rilikni qo‘lga kiritgandagina «tariqat» yo‘liga kirishi mumkin.
   Sariq rang – qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari nazdida quyosh nurlarining rangi,
olov,   oltin   va   boylik   ramzi   sifatida   qaralgan.   Evropaliklar   uchun   esa   sariq   kuz
rangi,   issiq   yoz   bilan   xayrlashish   ramzi   hisoblangan   va   undan   ayriliq,   mahzunlik
va g‘am-anduh kabi tushunchalar kelib chiqadi, Najmiddin Kubro nazdida bu rang
Allohga   bo‘lgan   kuchli   muhabbat,   hayotning   Alloh   nomi   bilan   boshlanishi
ramzidir.
        Ko‘k   rang   –   osmon   va   dengiz   rangidir.   Kubro   nazarida   bu   rang   ehson»-
sahovat, o‘ziga yangi  hayot  bag‘ishlash  demakdir. Bu rang insonning o‘zi haqida
tafakkur qilishi, gunohlardan poklanishi, o‘ziga yaxshilik in’om etishi, oddiy hayot
tarzidan «tariqat» – ma’naviy takomilga qadam qo‘yishini bildiradi.
     Zangori   rang –   Najmiddin  Kubro  nazdida  «tavba» maqomidan  so‘ng,  «imon»
yo‘liga   kirishni   bildiradi.   Bu   rang   yomon   fikrlardan   va   yomon   amallardan-
«harom»dan   qutilish   holati,   Alloh   tomonidan   man’   etilgan   amallardan   tiyilish   va
solih amallar – “halol”ga  o‘tish ramzi bo‘lgan.
Yashil rang – Kubro ta’limotida haqiqiy imon belgisidir. Bu rang murid qalbining
Allohga haqiqiy imon bilan limmo-lim bo‘lish vaqtidagi xolatni ifodalaydi.
      Qizil rang –   bir tomondan, u go‘zallik, shodlik va sevgi ramzi bo‘lsa, ikkinchi
tomondan,   u   qasos,   dushmanlik,   urush,   xunrezlik   ma’nosini   ham   bildiradi.   Qizil
rang   –   Kubro   ta’limotida   ruhning   jismdan   ajralib   chiqishi,   ruh   tarbiyati,   ruhiyat
olamini idrok etish ramzi bo‘lgan.
    Qora   rang   –     zulmat   ramzi,   u   ko‘pgina   xalqlar   uchun   baxtsizlik,   g‘am-anduh,
motam va shunga o‘xshash ma’nolarni bildiradi.
    Najmiddin   Kubro   nazdida   qora   rang   ruhning   maqsadga-ilohiy   olamning
ostonasigacha   yaqinlashishni   anglatadi.   Bu   ilohni   anglash,   ilohiy   olamdan
zavqlanish va xayratlanish demakdir.
   Rangsizlik – bu bo‘shlik degani. Rangsizlik tushunchasi ranglar sirasiga kirmasa-
da,   Kubro   nazariyasida   alohida   o‘rin   tutadi.   Rangsizlik   bu   haqiqat   demakdir.
59 Rangsizlik Xudo va uning haqiqatini anglashni bildiradi. Murid asta-sekinlik bilan
ranglarga   asoslangan   ruhiy   kechinmalarni   bosib   o‘tib,   ichki   tuyg‘ularini   tobora
sayqallab   boradi.   «Latoif»   nazariyasi   bo‘yicha,   murid   qora   rang   tasarrufidan
chiqib,   maqsad-   «haqiqat»ga   etadi.   Ya’ni,   ilohiy   olam   bilan   birlashib
ketadi.Najmiddin   Kubro   ranglarga   asoslangan   ruhiy   bosqichlarni   bir   so‘z   bilan
«Talavvun», rangsizlikka qaratilgan bosqichni esa «Tamkin» deb atagan.
      Solikning ma’naviy darajasini namoyon etuvchi ruhiy kechinmalari, ko‘radigan
tushlari,   ranglar   muhokamasi   Kubraviylikda   doimo   e’tibor   markazida   bo‘lib
keladi. Najmiddin Kubro solikka ta’sir ko‘rsatadigan o‘ylar va timsollar – xavotir
mavzusi hamda ruhiy sezgi a’zolari hisoblanuvchi latoifga katta ahamiyat bergan.
Kubraviylikda   ranglar   ramziy   tizimi   ishlab   chiqilib,   har   bir   rang   solikning   irfon
yo‘lida   egallagan   bosqichini   bildirishi   alohida   e’tiborga   loyiq.   Oq   rang   –   islom,
sariq   –   imon,   to‘q   ko‘k   rang   –   ilohiy   marhamat   (ehson),     yashil   –   hotirjamlik
(itmi’nan),   havo   rang   –   haqiqiy   ishon   (iyqon),   qizil   –irfon,   qora   –   ilohiy   ishq
ramzidir.   Mazkur   ranglar   ramzi   qodiriya,   naqshbandiya,   xalvatiya   kabi   tariqatlar
tomonidan o‘zlashtirilgan.
      Mazkur   tasnifda   ruhning   ko‘tarilishi   ranglar   orqali   muayyanlashadi.   Masalan
ko‘tarilishida u qora rang bo‘lib, yo‘l masofasida qizg‘ishga aylanib, vasl  paytida
yashil tusga kiradi. Kubraviya tariqatining asl va yangi xususiyati ham shunda edi.
Aytish   mumkinki,   mazkur   nazariya   ilk   bor   Najmiddin   Kubro   tomonidan   ishlab
chiqilgan bo‘lib, ungacha tizimli holatda kashf etilmagan edi.
        Boshqa   tariqatlarda   ham   ranglar   masalasi   o‘ziga   xos   o‘rin   tutadi.   Masalan,
nurbaxshiya   tariqatida   shayxning   doimo   qora   rangli   libos   kiyib   yurishi   uning
Imomi Hasanga nisbatan tutayotgan muntazam azasini anglatadi. Uning iztiroblari
va azoblarini yoddan chiqarmaslik va boshqalarga eslatib turish ramzi sifatida qora
rangdan foydalanadilar. 
        Sufiylar   nazdida   yashil   rang   abadiylik   belgisi   sifatida   qaralsa,   kubraviya
tariqatida   bu   rang   valiylik   nishonasidir.   SHu   bois   ham   qiyomatgacha
musulmonlarga yaxshilik ulashuvchi Hizr (a.s.)ni yashil rang timsolida ko‘radilar.
60 Uning   tirikligi   doimo   unib   o‘suvchi,   gullab-yashnovchi   va   tiriklik   ramzi
hisoblanadigan yashillikka qiyoslanadi.
          Qalandarlik   tariqatida   esa   solik   turli   xil   rangdagi   mato  bo‘laklaridan   tikilgan
maxsus   libos   ya’ni   muraqqa   kiyishi   odat   tusiga   kirgan.   Bu   solikdagi   ruhiy
kechinmalarning   turlicha   va   rang-barangligini   anglatgan.   Ular   faqatgina   bayram
kunlari   mazkur   turdagi   kiyimni   kiyib   ko‘chalarda   sayr   qilishni   odat   qilganlar.
Boshqa vaqtda esa tafakkurni, ruhiy jihatdan Yaratgan bilan birgalikni anglatuvchi
qora   yoki   jundan   tayyorlangan   libos   kiyib   yurganlar.Navoiy   she’riyatida   ham
ranglar jilosi o‘ziga xos o‘rin tutadi. Xamsaning tarkibiga kiruvchi uchinchi doston
“Sab’ai sayyor”da Navoiy nafaqat kunlar balki ranglar mo‘jizakorligini ham kashf
etadi.   Unga   ko‘ra,   osmon   etti   qavatdan   iborat   bo‘lib,   har   bir   osmon   qavatiga
ma’lum   hafta   kunlari   to‘g‘ri   keladi.   Osmonning   yettinchi   qavatiga   dushanba,
oltinchi   qavatiga   seshanba,   beshinchi   qavatiga   chorshanba,   to‘rtinchi   qavatiga
payshanba,   uchinchi   qavatiga   juma,   ikkinchi   qavatiga   shanba,   birinchi   qavatiga
yakshanba kuni to‘g‘ri keladi.Navoiyning boshqa dostonlarini ko‘rganimizda ham
darhaqiqat, uning “yetti vodiy”ga asoslanib fikrlayotganiga guvoh bo‘lamiz. Ushbu
tamoyilga asoslanib, “Sab’ai sayyor”dagi  etti kecha va unda aytilgan hikoyatlarni
“Lison ut-tayr”dagi etti vodiy bilan qiyoslab ko‘ramiz.
Birinchi hikoya
shanba
Kayvon (Saturn)                   Talab
Qora rang
Axiy va Farrux
Ikkinchi hikoya
yakshanba
61 Quyosh                                    Ishq
Sariq rang 
Zargar Zayd
Uchinchi hikoya
Dushanba
Oy                                          ma’rifat
Yashil rang
Sa’d va Shahrisabz
To‘rtinchi hikoya
seshanba
Mirrix (Mars)                            Istig‘no
Qizil rang
Ma’sud va shoh Juna
Beshinchi hikoya
chorshanba
Atorid (Merkuriy)              Tavhid
Moviy rang
Mehr va Suhayl
Oltinchi hikoya
payshanba
62 Mushtariy(Yupiter)             Hayrat
Sandal rang
Muqbil va Mudbir
Yettinchi hikoya
juma
Zuhra (Venera)                 Fano
oq 
Dilorom
     Yuqorida   Navoiy   yetti   sonining   ahamiyati   bilan   birga   ranglar   jilvasining
o‘rnini ham ko‘rsatishga urinadi.
Xulosa   o‘rnida   aytish   mumkinki,   Najmiddin   Kubroning   ranglar   va   shakllar   bilan
bog‘liq   ruhiy,   psixologik   tajribalari   keyingi   sufiylar   tomonidan   rivojlantirilgan.
Buni   misoli   sifatida   ko‘plab   tariqatlardagi   o‘ziga   xos   ranglarning   ulug‘lanishi,
ularga e’tiborning yuqoriligini keltirish mumkin.
Navoiy   ijodida   ham   ranglarning   ahamiyati   naqadar   yuqoriligini   uning   asarlarida
kuzatishimiz   mumkin.   Yetti   rangning   tasnifi   shoir   tomonidan   mahorat   bilan
baholangan.   Ranglarni   bosqichma-bosqich   mukammallashuvi   ham   uning
dostonlarida o‘z aksini topgan.
Bugungi   kunda   inson   psixologiyasiga   ta’sir   etuvchi   omillar   sirasiga   kiruvchi
ranglardan   turli   soha   vakillar   keng   foydalanib   keladilar.   Xususan,   reklama
sohasida   mijozlarning   e’tiborini   tortish   maqsadida   yorqin   ranglardan   foydalanish
bugungi   kunda   hech   kimga   sir   emas.     Masalan,   moviy   rang   ishonchli   xabar,
do‘stona   munosabatni   ifodalagani   bois   o‘zaro   aloqalar   jarayonida   ushbu   rangdan
keng   foydalaniladi.   To‘q   ko‘k   rang   esa   inson   diqqatini   pasaytirib   ish   samarasini
sustlashuviga  olib keladi. Shu bois ham  ko‘plab korxona va tadbirkorlik vakillari
o‘z   xodimlarining   ish   samaradorligini   oshirish   maqsadida   vaqti-vaqti   bilan   xona
63 ranglarini  o‘zgartirib turishni  maqsadga  muvofiq deb biladilar. Aksar  hollarda bu
ish natija beradi.
    Insoniyat     paydo     bo‘libdiki,     uning     tabiat     bilan     o‘zaro     munosabati
yaqqol   ko‘zgatashlanadi.   Tabiatda   mavjud   bo‘lgan   ranglar   jilosi   har   qanday
ijodkorning     e’tiborini   tortadi.     O‘zbek     mumtoz     adabiyotining     iqtidorli
vakillaridan     biri     bo‘lgan     Alisher   Navoiy     she’riyatida     ham     tabiatda     mavjud
bo‘lgan     ranglarning     turli     ifodasini   kuzatamiz.   Navoiy     poeziyasi     uchun
xarakterli   bo‘lgan   poetik   usullardan   biri   –   ranglarning ramziy   qo‘llanishidir.
Bu     usul     shoir     lirikasida     bir     tizim     holiga     kirgan     bo‘lib,     o‘zining   ma’lum
qonuniyatiga     ega.     Navoiy     bu     usuldan     lirik     qahramonning     xilma-xil
kechinmalarini     tasvirlashda     boshqa     poetik     vositalar     bilan     birga     unumli
foydalangan. Shoir  muayyan  holat,  kayfiyatini  tasvirlashda  va  ana  shu  holatni
bo‘rttiribko‘rsatishga  yordam  beradigan  biror  rangga  murojaat  qiladi.  Masalan,
lirik   qahramonning     hijron     kunlaridagi     ruhiy     va     jismoniy     holatini     sariq
(oshiqning     hazing   holati),     qora     (baxti     qoralik),     oq     (qora     rangga     kontrast
qo‘yib,  baxti  qoralikni bo‘rttirish) ranglar vositasida yorqin tasvir etadi.
                Alisher     Navoiy     o‘zining     “Sab’ai     sayyor”     dostonida     ham     ranglardan
unumlifoydalangan.     Buni     ko‘proq     har     bir     bob     uchun     yozilgan     maxsus
sarlavhalarda     yaqqolko‘rishimiz     mumkin.     Alisher     Navoiy     har     bir     qasrdagi
shoh,  malikalar,  qasrga  kelibularga  hikoyat  aytib  beruvchi  musofirlar,  qasrda
joylashgan  har  bir  jihozlarningfoydalanadi. 
    Qadim-qadim   zamonlardan   beri   yetti   xil   rang   asl,   asosiy   ranglar   deb
baholangan. “Tahlili  “Haft  paykar”i  Nizomiy”  kitobining  muallifi,  eron  olimi
Muhammad  Muin o‘sha  ranglarning  birinchisi  sifatida  qora  rangni  ko‘rsatadi.
Uning   aytishicha,   qora rang   motam,   cheksizlik,   qorong’ulik,   qo‘rquv,   o‘lim,
mavhumlik   ramzi   hisoblangan. Bundan   tashqari,   qora   rang   inson   hayotining
qiyin   kunlari,   og’ir    damlari,   kurashlar hamda   mashaqqatlarni    ham   bildiradi.
Barcha     zamonlarda     insonlar     qorong’ulikdan   qo‘rqib     yashaganlar.     Inson
hayotining  qiyin  pallalari  ham  uning  “  qora  kunlari” sifatida tilga olinishi bejiz
64 emas.Sariq  rang  esa  ayriliq,  hijron,  ba’zi  o‘rinlarda  esa  bemorlikning  belgisi
sifatida tilga   olinadi.   O‘zbek   mumtoz   adabiyotida   sariq     rang   tasvirini    juda
ko‘p     o‘rinlarda   uchratishimiz     mumkin.     Xalq     orasida     esa     bemor     bo‘lish,
kutish,   intizorlik,   eskirish  ma’nolariga   nisbatan   ham   sariq   rang   qo‘llaniladi.
Ba’zan  esa  bu  rang  tushkunlik, unutish kabi ma’nolarni ifodalab keladi. “Sab’ai
sayyor”     dostonining     ikkinchi     hikoyatiga     “Yakshanba     kuni     Bahromning
quyoshdek  zarbaft  libos  kiyib,  gunbadi  zarnigorga  azm  qilib,  sarig’  hullalig’
hur     bila   bazm     aysh     tuzub,     oltun     sog’arda     asfar     may     ichg’oni,     yo‘qkim
quyoshning  sarig’  guli ochilg’oni  chog’din  oftob  zardig’acha  anga  bir  yilcha
kechgoni”   deb   sarlavha qo‘yilgan   va   unda   sariq   rang   bilan   bog’liq   bo‘lgan
so‘zlar  ishtirok  etgan.  Jumladan,sarlavhadagi  quyosh,  zarbaft,  zarnigor,  oltun,
asfar,   za’faron   kabi   so‘zlar   ham   sariq rangni   ifodalagan.   Quyidagi   baytlarda
sariq  rangning  turli  ma’nolarda qo‘llanganligini ko‘rishimiz mumkin:
Jilva qildi nigori rumiy chehr,
Sarig’ oltun aro nechukkim mehr.  [To’la asarlar to’plami.2012.428-bet]
       Sariq   rangli   qasrda   rum   chehrali   nigor,   xuddi   quyosh   singari,   oltin   rang
liboslarichida     jilvalanib     turar     edi.     Shoh     Bahrom     yakshanba     kuni     rumlik
go‘zal  bilan  sariqrangli qasrda Zayd Zahhob to‘g’risidagi hikoyatni tinglaydi.
Jomi zar ichra bodai asfar,
Ozar ichra edi yana ozar.  
    Shoh Bahrom rumlik mahvash bilan sariq qasrda  hikoyat tinglashdan  avval
oltin rangli  qadahlarda  may  ichadi.  Ana  shu  zar  jom  ichidagi  sap-sariq  may
go‘yo  olov ichidagi   olovga   o‘xshab  jilvanar   edi.   Bunda   sariq   rang  olovning
rangi  ekanligiga ishora etilmoqda. 
Qahrabo rangi gar mufarrih emas,
Ne uchun ul chekar somonniyu bas.  [To’la asarlar to’plami.2012.429-bet]
65      Ularning  yuzi  ham  xuddi  oltin,  qahrabo  kabi  sarg’ayib  ketganini  xalq
ko‘radi.   Qahrabo     sariq     rangli     ma’dan     bo‘lib,     Navoiy     bu     so‘zni     bejizga
qo‘llamagan.   Chunki bu   baytda   sariq   rangning   turli   ma’no   qirralarini   ochib
berishi  kerak  edi.  Bu  tasvir Zayd  Zahhobga  yomonlik  qilgan  dushmanlarining
holatini     aks     ettiruvchi     bayt   hisoblanadi.Yashil     rang     qadimdan     ilohiy
ranglardan   biri   bo‘lib   keladi.   U   qadimda   dunyo tomonlari,   jumladan,   sharq
tomon  shu  rang  bilan  ifodalangan.  Ushbu  rang  hayot, yangilanish,  jonlanish,
umriboqiylik,   ona   tabiat   kabi   ramziy   belgilarga   ega.   Mumtoz adabiyotda esa
yashil   rang   ko‘proq   Xizr   alayhissalom   timsoli   bilan   birga   qo‘llaniladi.   Alisher
Navoiy  ham  o‘z  ijodida  ushbu  rangdan  ko‘p  foydalangan  va  u  bilan bog’liq
g’azallar   ham    yaratgan.   U   “Sab’ai   sayyor”   dostonining   uchinchi   hikoyatini
mana     shu     rang     bilan     bog’liq     baytlar     ila     bezagan.     Jumladan,     asardagi
hikoyatning   sarlavhasi   shunday   satrlar   bilan   boshlanadi:   “Dushanba     kuni
Bahromning     navbahor     monand     axzar     libos     bila     gunbadi   azxarg’a     yuz
qo‘yg’oni  va  sarvi  sabzavorning  sabz  hulla  bila  jomi  zumurrad  fom ichinda
zuloli   hayot   no‘sh   qilg’oni   va   ul   chashmai   zindagoniydin   Xizr   hayoti   kasb
etgoni“.    Bu     o‘rinda     qo‘llanilgan     navbahor     so‘zi     doimo     yashil     rang     bo‘lib
ko‘rinuvchi ma’nosini  bildiradi.  “Axzar”  arabcha  so‘z  bo‘lib,  yashil  rangning
arabchadagi ifodasidir.   Sabzarang   deganda   esa   sabza,   ya’ni   maysaning   rangi
tushuniladi,     bu     so‘z   ham   yashil   rangni   ifodalab   kelgan.   Dostonda   quyidagicha
baytlar ham yashil rang bilan bog’liqdir:
Shah qilib xil’atin rayhoniy,
Rost andoqki, sarvi bo‘stoniy.  [To’la asarlar to’plami. 2012. 450-bet]
     Shohning     kiygan     xil’ati     (kiyimlari)     ham     rayhoniy    rangda    edi,    lekin
to‘g’risini   aytsam,    sarvi     bo‘stoniy    rangda    edi.    Bunda    keltirilgan     sarv    so‘zi
mumtoz     adabiyotda   yorning     tik     qomatidan     tashqari,     doimo     yashil     holda
o‘suvchi  daraxt  ma’nosini  ham ifodalab keladi. Alisher Navoiy sarv so‘zini ham
bejizga qo‘llamagan.
66 Ikkisi jismida nekim asvob, 
Bor edi sarbasar yashil moshob.  [To’la asarlar to’plami.2012. 452-bet]
     Bir     kuni     ikki     g’arib     musofir     Sa’dning     mehmonxonasi     tarafga     kelib
qoldilar.  Ularning   ikkalasining     egnidagi    kiyimlar     ham     boshdan   oyoq   yashil
rangda  edi.  Sa’d ularni nihoyatda izzat-ikrom bilan ziyofat qildi.
 “Ki qayu mulk sizga bo‘ldi maqar?
Nedin o‘ldi libosingiz axzar?”  [To’la asarlar to’plami.2012.453-bet]
      Sa’d   ularning   ko‘nglini   haddan   ziyoda   ko‘tarish   bilan,   ichidagi   ko‘p
gaplarni surishtirish bilan bir qatorda ularning kishvari haqida ham savol-javoblar
qildi. Ya’ni: “Sizning  mamlakatingiz  qaerda?  Xususan,  sizlarning  yashil  libos
kiyibyurishingizning boisi nedur?” - dedi. Ular shunday javob berdilar:
Shahrisabz o‘ldi bizga chun mulkat,
Yo‘q ajab gar yashil durur kisvat.  [To’la asarlar to’plami.2012.453-bet]
  “Kishvarimiz   juda   dilkash    bo‘lib,   u   ham    SHahrisabz    va   ham    Kash
nomi  bilan yuritiladi.  Bu  shahar  xuddi  Xizr  kabi  ko‘m-ko‘k  bo‘lib,  suvi  ham
sabzadek     ko‘k     va   oynadek     tiniqdir.     Yerimiz     yashil     giyohlar-u     ko‘m-ko‘k
daraxtlarga  burkangani  uchun shahrimizning nomi Shahrisabzdir.” 
Xirqasi axzaru, aso axzar,
Go‘yi ul erdi Xizr payg’ambar.   [To’la asarlar to’plami.2012.464-bet]
   Bularning     ikkisi     ham     buning     safarida     xuddi     rost     yo‘lni     ko‘rsatuvchi
Xizrdek borar  edilar. Ushbu baytda talmeh san’atidan  bir namuna ketirilgan.  Xizr
payg’ambar   ko‘proq   yo‘lda   adashgan   insonlar   uchun   yo‘l   ko‘rsatuvchi   sifatida
paydo bo‘ladi.
Yashil aylab libosu, toju, sarir,
67 Olida ikki sabzpo‘sh vazir.    [To’la asarlar to’plami.2012.480-bet]
     Ko‘p o‘tmay shoh ham dunyodan o‘tib, shahzoda Sa’d uning o‘rniga shoh
bo‘lib o‘tirdi.  U  o‘z  libosini  ham,  toj-u  taxtini  ham  ko‘k  bilan  bezagani  kabi,
ikkita  ko‘k kiyimli kishini o‘ziga vazir qilib olgan edi. 
Rangi azxar bahor rangi erur,
Sabzau marg’zor rangi erur.     [To’la asarlar to’plami.2012.480-bet]
    Yashil   rang   bahor   rangidir.   U   sabza   va   o‘tloqzorlar   rangidir.   Yashil
rang   yangilanish   va   yasharish   ramzini   ham   bildiradi.   Qizil     rang     tabiatda     va
mumtoz    she’riyatda     ko‘p     uchrovchi     ranglardan    biri   hisoblanadi.     U     g’alaba,
xursandchilik,     shodlik,     tiriklik,     qon     va     olov     kabi     ramziy   ma’nolarga
ega.“Sab’ai     sayyor”     dostonidagi     barcha     ranglar     har     bir     hikoyatda     tabiat,
muhit   hamda     personajlar     tasviri     uchun     asos     qilib     olingan     rang     bilan
hamohangdir.Shulardan   biri   moviy   rang.   Moviy   rang   ham   ilohiy   ranglardan
biri     hisoblanadi.     U   musaffo     osmonning,     tinchlikning     ramzidir.     Bundan
tashqari,     u     samoviy     jismlarni   anglatuvchi   hamda   yomon   ko‘zdan   asrashni
bildiruvchi rang ham sanaladi. 
            Alisher     Navoiy     bu     rangdan     ham     juda     mohirona     tarzda     foydalangan.
“Sab’ai   sayyor”   dostonining   beshinchi   hikoyati   bo‘lmish   “Mehr   va   Suhayl”
hikoyatida   moviy   rang   bilan   bog’liq   tasvirlar   berilgan.   Uning   sarlavhasi
quyidagicha:   “Chorshanba   kuni   Bahromning     moviy     kisvat     bila     gunbadi
nilufariyg’a     mayl     qilib,     xurshidi     osmoniy   libos     bila     jomi     firuzagun     aro
kabudon     mayidek     boda     solib     no‘sh     qilg’oni     va     no‘shono‘sh   unin   toqi
nilufaridin oshurg’oni”.Bundan  ko‘rinib turibdiki, birgina moviy so‘zini anglatish
uchun Alisher Navoiy bir   necha   so‘zlardan,   jumladan, “nilufariy”, “osmoniy”,”
firuzagun”   kabi    so‘zlardan foydalangan.   Bu   uning   so‘z   qo‘llashdagi    yuksak
mahoratidan     dalolat     beradi.     Asarda   moviy   rang   bilan   bog’liq   quyidagi   baytlar
keltirilgan:
68 Bo‘yla bunyod etib duo roviy,
Dedi: “Bu yetti pardai moviy
Qasr johingga pardai ayvon,
Borgohingga balki shodirvon.
Mehr tojing uza guhar yanglig’,
Charx bog’ingda nilufar yanglig’ ”.  [To’la asarlar to’plami.2012.517-bet]
Ushbu  keltirilgan  baytlar  beshinchi  iqlimdan  kelgan  musofirning  duosi  bo‘lib,
uning     mazmuni     quyidagicha:     “Bu     osmonning     yetti     qavat     moviy     pardasi
sening  saltanating     qasridagi     ayvonning    pardasi,   balki    saroyingning   soyaboni
bo‘lg’ay.   Quyosh     tojing     ustidagi     gavharga,     charx     esa     nilufarzor     bog’ingga
aylansin!”     Bu   duodan   qanoatlangach,   shoh   musofirni   o‘z   hikoyatini   boshlashga
ruxsat berdi.
Nilufargun libos birla sanam,
Tutubon yor hajrida motam.  [To’la asarlar to’plami.2012.524-bet]
    Mehr   erta-yu   kech   nilufar   orasida   aylanar   va   hatto   ustidagi   kiyimlari
ham  shu rangda  edi.  U  sanamning  libosigina  emas,  balki  o‘zi  ham  nilufargun
bo‘lib,   yor hajrida   ko‘kka   belanib   motam   tutar   edi.   Aslida   esa   nilufar   o‘z
motamini  bildirish uchun azadorlarcha ko‘k libos kiyadi.
Har pari chehraiki mahvash erur,
Movi o‘lsa libosi dilkash erur.
Mehr kim gulruhi samoviydur,
Nilufarvash libosi moviydur.  [To’la asarlar to’plami.2012. 543-bet]
69      Mehr  osmonning  yerdagi  quyoshi  bo‘lib,  nilufarzorda  jilvalanar,  uning
to‘ni ham,  ko‘ylagi  ham  nilufar  rangda  bo‘lgani  kabi,  yorining  ust-boshi  ham
shu     rangda   edi.     Nilufar     rangi     kishini     tab’igagina     yoqimli     emas,     hatto
osmondagi  mehri munirning  libosi  ham  shu  rangdadir.  Har  qanday  parichehra
mahvashning     libosi   moviy     rangda     bo‘lsa,     u     dilkashdir.     Osmonning     gulruhi
bo‘lmish  mehr  -  quyoshning nilufarvash libosi ham moviydir. 
Chun tugatti fasonani roviy,
Pardador ochti pardai moviy.  [To’la asarlar to’plami.2012.543-bet]
Roviy  o‘z  afsonasini  tugatar  ekan,  parda  sohibi  ham  o‘zining  moviy  
pardasini ko‘tardi.
Xulosa  qilib  shuni   aytish  mumkinki,   Alisher   Navoiy  she’riyatida  rang
bilan   bog’liq     ramziy-majoziy     timsollarning     turli     xil     ko‘rinishlari     mavjud.
Uning  ijodida rang  bilan  bog’liq  timsollar  faqat  muayyan  rang  va  shoirning
unga     bo‘lganmunosabatini     ifodalabgina     qolmaydi,     balki     shoir     ranglar
vositasida  yangi  timsollar yaratadi. Demak, rang har bir inson ongiga eng yuqori
ta’sir   etuvchi   omillar   qatoridan   joy   olar   ekan   undan   to‘g‘ri   foydalanish   kerak
bo‘ladi.   Buning   uchun   har   bir   rangning   xususiyatini   o‘rganish   foydadan   xoli
bo‘lmaydi.
                                                             XULOSA
      Hazrat   Alisher   Navoiyning   yaratgan   asarlari   bir   necha   yuz   yillar   oldin
yaratilgan   bo’lsa-da,   hozirgi   kunda   ham   millat   taqdiri,   birligi,   el-yurt   qayg’usi,
yoshlarni   mustaqil   fikrlashga   ,   tafakkurini   oshirishga   ,   ularni   insonparvarlik,
batanparvarlik,   el-yurt   manfaati   uchun   xizmat   qilishga   ,   zamonaning   salohiyatli
fuqorosi bo’lib,yetishishga  undaydi.
    Mamlakatimiz   Prezidenti   Sh.   M.   Mirziyoyev   “Yoshlarimizning   mustaqil
fikrlaydigan,yuksak   intellektual   va   ma’naviy   salohiyatga   ega   bo’lib,dunyo
miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib
70 kamol   topishi   ,   baxtli   bo’lishi   uchun   davlatimiz   va   jamiyatimizning   bor   kuch   va
inkoniyatlarini safarbar etamiz”-deb bejiz aytmaganlar.
    O’zbekistonimida kitob targ’ibi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan
biriga aylandi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop
etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madniyatini
oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish tog’risida “ 2017-yil 12-
yanvardagi   F-4789-son   farmoyishi   o’z-o’zidan   qabul   qilingani
yo’q.Yurtboshimizning   2016-yilning   4-noyabr   kuni   Nurota   tumanidagi   Navoiy
viloyati   saylovchilari   vakillari   bilan   uchrashuvdagi   matbuotida
“Mamlakatimizning   javohir   xazinasi”   sarlavhasi   bilan   chop   etilgan   nutqida
shunday   fikrlar   bayon   etilgan.:Odamlarning   ong-u   tafakkuri   ,   dunyoqarashini
o’zgartirish,   ma’naviy   saviyasini   yuksaltirish   haqida   gapiramiz.Lekin   bu   borada
eng   oddiy   va   ayni   paytda   eng   ta’sirchan   vosita   kitob   emasmi?Men   shunga
aminman,   kitobsiz   taraqqiyotga   ,   yuksak   ma’naviyatga   erishib   bo’lmaydi.Kitob
o’qimagan   odamning   ham   ,   millatning   ham   kelajagi   yo’q”Kitob   borasida
millatimiz   merosida   Alisher   Navoiy   asarlaridan   buyukroq   manba   yo’q.   Dunyoda
Navoiydek   buyuk   shoiri   bor   xalqlar   unchalar   ko’p   emas.Bundan   buyun   o’zbek
kitobxonligi umumiy darajasini Navoiyni tushunish darajai bilan o’lchashga to’g’ri
keladi.navoiy ijodiga tasavvufona yondashish shoir g’oyalarini keng ochishga yo’l
beradi.
                                  UMUMIY XULOSA
   `Alisher   Navoiy   o’zining   o’lmas   asarlarida   yoshlarni   ma’naviy-axloqiy
tarbiyalash   yo’l-yo’riqlarini   ko’rsatib   bergan.Shoirning   o’zi   bevosita   maktabdor
yoki     mudarris   bo’lib   xizmat   qilmagan   bo’lda-sa,   podshohlar   va   butun   xalqning
ta’lim-tarbiyasi,ma’naviy dunyosini shakllantirish uchun xizmati beqiyosdir.Uning
asarlaridagi   dono   so’zlar,   o’gitlar,   maqolotlar,   hikoyatlarning   asosiy   mazmuni
mehnatsevarlik,odoblilik,   go’zallikni   sevish,   zehnlik,   ilm   olish,   hayotga   va
71 kishilarga   ,   Vatanga   muhabbat   kabi   buyuk   fazilatlarni   ulug’lashdir.Yaxshi
fazilatlar mujassamlashgan inson chinakam insondir.
Alisher Navoiy o’zining “Sab’ai sayyor” dostonini yaratishda o’z salaflari yo’lidan
borgan   bo’lsa-da,   ularni   aynan   takrorlamadi.   Doston   voqealari   rivojida   o’ziga
xoslikka   erishdi.   Shunday   qilib   ,hech   ikkilanmay   aytishimiz   mumkinki,”Sab’ai
sayyor” dostoni o’zbek mumtoz adabiyotining bebaho namunasidir.
Navoiy asarlarida hamisha va har gal bugunning gapini topaverasiz-da.Sababi – u
hamisha o’z zamonasining oldi fikrini aytgan.Bir zamonda dolzarb bo’lgan masala
aksaran boshqa davr uchun ham ahamiyat kasb etaveradi.  20
Darhaqiqat,   Alisher   N avoiy   hikoyatlarida   keltirilgan     shoh,   ayol,   do’st,
ijodkor   timsol lar bugungi kunimiz uchun ham juda muhim masaladirBirgina do’st
timsoliga   to’xtaladigan   bo’lsak,   inson   hayotidagi   mislsiz   o’ zgarishlar ,   inson
boshiga   qo’nadigan   baxt   qushi   ham   do’stlik   tufa y li   yuzaga   kelishi   mumkin .
Do’stlik   tushunchasi   har   bir   davrda   ,   qolaversa   bugungi   kunimiz   uchun   ham
dolzarb tushunchadir.
Alisher Navoiyni anglash , his qilish o’zbek xalqining tarixini madaniyatini,
tilini,   qalb   ehtiyojlarini   ,   o’zligini   anglash   va   his   etish   demakdir.Uning   beqiyos
ijodi   hamisha   nur   yang’liq   ko’ngillarga   yorug’lik   baxsh   etaveradi,   ruhiyatga
poklanish   olib   kiradi.   Shunday   ekan   ,   Navoiy   ijodini   o’rganish   har   bir   o’zbek
farzandi uchun ham qarz , ham farzdir. 
1. Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati.ʻ
2. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:
3. Адабиёт   ва   санъат,   маданиятни   ривожлантириш-   халқимиз   маънавий
оламини   юксалтиришнинг   мустаҳкам   пойдеворидир.   Ўзбекистон
Республикаси   Президентининг   мамлакатимиз   ижодкор   зиёлилари
вакиллари   билан   учрашувидаги   маърузаси   //   «Жаҳон   адабиёти»   2017.
№ 8 
4. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2016.
20
 Olim.Sultonmurod. “Navoiy –yoshlarga.-Toshkent: 64-bet
72 5. Мирзиёев Ш. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан
бирга қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – 486б.
6. Мирзиёев Ш. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан
бирга қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – 486б.
7. Milliy   istiqlol   g oyasi:   asosiy   tushuncha   va   tamoyillar.   –   Toshkent:   Yangiʻ
avlod, 2001.- 73 b.  
1. II. ILMIY ADABIYOTLAR
8. Алишер   Навоий   ижодий   меросининг   умумбашарият   маънавий-
маърифий   тараққиётидаги   ўрнимавзусидаги     ИИИ   анъанавий   халқаро
илмий конференсия материаллари (2019 йил, Ўзбекистон , Навоий ш.)
Одил шоҳ ғояси ( Абдуҳамид Холмуродов, НавДПИ профессори, ф.ф.д.
9. Азизов   Саидбаҳром.   Алишер   Навоий   асарларида   фалаккиёт   сирлари.-
Тошкент:”Ўзбекистон” НМИЙ,2018.136 б.
10. Bahriddin Umrzoq. Soloha ayollar.«Mutarjim» Toshkent, 2003 .5-bet
11. Бертелс..Е.Навоий   ва   A ттор.   Монография.   Рус   тилидан   Ибодулла
Мирзаев таржимаси.-Тошкент, 2005, 75 б.
12.      Бартолд В.В. Улугбек и его время. Соч. т. И, част ИИ. – М.: Наука,
1964
13.       Дилором   Салоҳий.Навоий   эпик   шеърияти.   Университет   таълими
филология   факултетлари   талабалари   ва   мутахассислари   учун
қўлланма.-Самарқанд: СамДУ нашри, 2022.22-бет
14. Давлатшоҳ   Самарқандий.   Шоирлар   бўстони   («Тазкират   уш-
шуаро»дан). –Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти,
1981
15. Ҳасанов   С.Навоийнинг   етти   туҳфаси.-Т.:Адабиёт   ва   санъат,1991.139-
бет
16. Ҳаққул И. Навоийга қайтиш. – Т.: Фан, 2007-й.
17. Ҳожиаҳмедов   А.Шеърий   санъатлар   ва   мумтоз   қофия.-Т.:Шарқ,1998.-
16- б 
73 18. Ҳамиджон Ҳомидий.Кўҳна шарқ дарғалари.т.:”шарқ “ нашриёт-матбаа
консерни бош таҳририяти.-1999.345 б.
19. Ҳусанбоева Қ. Таҳлил – адабиётни англаш йўли. – Т.: Муҳаррир, 2013.
20. Исъҳоқов Й. Сўз санъати сўзлиги. – Т.: Ўзбекистон, 2014-й.
21. Иззат   Султон.Навоийнинг   қалб   дафтари.Буюк   шоирнинг   ҳаёти   билан
ижоди   ўзининг   ва   замондошларининг   тасвирида.Т.:Ғафур   Ғулом
номидаги бадиий адабиёт нашриёти. 1969.416 б.
22. Жабборов   ,   Нурбой.Маоний   аҳлининг   соҳибқурони
[Матн]:Монография.Нурбой   Жабборов.-Тошкент:”Адабиёт”
нашриёти,2021.-256 б.
23. Комилов Н. Маънолар оламига сафар. Т.: Тамаддун, 2012.  
24.  Комилов Н. Хизр чашмаси. -Т.: Маънавият, 2005
25. Маматқул   Жураев.   Ўзбек   халқ   эртаклари“сеҳрли”   рақамлар.
Тошкент.”Фан” нашриёти.1991.
26.  М.Муҳиддинов, Нурли қалблар гулшани. Тошкент: ФАН, 2007, 15-16-
бетлар
27.      Малик Арипов. Гуманизм Алишера Навои. -Т.: Ўзбекистон, 1991.
28.   Маллаев   Н.   Ўзбек   адабиёти   тарихи.   Биринчи   китоб.   Т.:   Ўқитувчи,
1976.
29. Навоий   асарлари   луғати . -  Т .:  Ғафур   Ғулом   номидаги   адабиёт   ва   санъат
нашриёти , 1972.
30. Мадаев   Омонулла   . Навоий   суҳбатлари . О . Мадаев   /2-   нашри .-
Тошкент :” Ўқитувчи ” НМИУ ,2018.-248  бет
31. Орзибеков   Р.   Ўзбек   лирик   шеърияти   жанрлари.   -   Т.:,   Фан,   2006,   273-
бет.
32. Қаюмов А. Ишқ водийси чечаклари. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги 
Адабиёт ва санъат нашриёти. 1991
33. Қаюмов А., Дилкушо такрорлар ва руҳафзо ашъорлар, Т., Мумтоз сўз,
2011
74 34. Рустамов   А.   Навоийнинг   бадиий   маҳорати.   -Т.:   Ғ.Ғулом   номидаги
Адабиёт ва санъат нашриёти, 1979
35. Sirojiddinov   S,Yusupova   D,Davlatov   O.Navoiyshunoslik.-
T.:Tamaddun,2019.138-bet.
36. Сирожиддинов   Ш.   Навоий   замондошлари   эътирофида.   -   Самарқанд:
Зарафшон, 1996 йил, 32-56 бетлар 
37.   Сирожиддинов   Ш.   Навоий   навосидан   баҳра   олиб.   -Самарқанд:
Зарафшон, 1996.
38. Тохир  Малик,  “Одамийлик мулки”.-Т.:”Шарқ “. 2014.154-  bet
39. Тоҳиров   С.Қ.Темурийлар   даврида   хамсанавислик.Монография.-,2021.-
248 бет
40. Umurov   H , Umurova   G ., Ilmiy   tadqiqot   asoslari ( darslik )- Samarqand : SamDU
nashri ,2020.-196  b .
41. Валихўжаев   Б.   Хамсачилик   анъанасининг   айрим
хусусиятлари   //   Навоий   ва   ижод   сабоқлари.   –   Т.:   Фан,   1981.
29-37 .
42. Валихўжаев   B , Мумтоз сиймолар, Т.: Халқ мероси, 2002. 1-жилд, 198-
199-бет
43. Воҳидов Р. Алишер Навоийнинг ижод мактаби. - Б.: Бухоро, 1994.
44.   Воҳидов   Р.,   Маҳмудов   М.   Маънавият   –   комиллик   саодати.   -Т.:
Маънавият, 1997
45.  Воҳидов Р., Ҳ.Ешонқулов. Мумтоз адабиёт – ҳикмат хазинаси. Бухоро:
2001
46. Юсуф   Бердақ.   Мумтоз   адабий   асарлар   луғати
(Б.Юсуф;муҳар.Қ.Ергашев.Тақризчилар:В.Раҳмонов,А.Ешонбоева   ;Ўзб
екистон   Республикаси   ФА,А.Навоий   номидаги   Тил   ва   адабиёт   ин-ти.-
Т.:”Шарқ”,2010.-528 б.
47. Юсупова Д. Алишер Навоий “Хамса”сида мазмун ва ритмнинг бадиий
уйғунлиги. – Т.: МУМТОЗ СЎЗ, 2011.
75 48. Шомуҳамедов Ш. Форс-тожик адабиёти тарихидан қисқача курс.   Ўқув
қўлланма. -Т. 1987.
III.LUG’ATLAR
49. Алишер Навоий. Қомусий луғат. 1-жилд. – Т.: Шарқ, 2016.
50. Алишер Навоий. Қомусий луғат. 2-жилд. – Т.: Шарқ, 2016.
51. Алишер Навоий асарлари изоҳли луғати.Торт томлик.И.-Т.:”Фан”,1983
52. Алишер Навоий асарлари изоҳли луғати.Торт томлик.И.-Т.:”Фан”,1983
53. Алишер Навоий асарлари изоҳли луғати.Торт томлик.И.-Т.:”Фан”,1983
54. Алишер Навоий асарлари изоҳли луғати.Торт томлик.И.-Т.:”Фан”,1983
IV.BADIIY  MANBALAR
55. Alisher   Navoiy,   “Sab`ayi   sayyor”,   G`.G`ulom   nomidagi   nashriyot   matbaa
uyi. Toshkent – 2006 
56. Navoiy, Alisher. “Sab'ayi sayyor”. Mukammal asarlar to‘plami.   20 jildlik.   –
T.: Fan, 1992. 10-jild .
57. Navoiy   ,Alisher.   “Sab'ayi   sayyor”   (nasriy   bayoni   bilan).   Tahrir   hay'ati:
A.Qayumov va boshq. – T.: Adabiyot va san'at, 1991.
58. Navoiy   ,Alisher.XamsaAlisher   Navoiy.Qisqartirib   nashrga   tayyorlovchi
A.Hojiahmedov;mas’ul   muharrir   V.Rahmonov.-T.:Yangi   asr   avlodi,2016.-
496 b.
59. Алишер Навоий , Хайрат ул-аброр,Тошкент, 1991 й.Б. 125
60. Навоий,   Алишер.   Хамса:   “Ҳайратул-аброр”   ва   бошқа.Қайта
тузувчилар:А.Хайитметов,   М.Мурзааҳмедова.-Қисқартирилган   қайта
нашр.-Т.:Адабиёт ва санъат нашриёти,1986.-424 б.
61. Навоий   Алишер.Сабъаи   сайёр.Насрга   айлантирувчи
И.Махсум.Т.,Адабиёт ва санъат нашриёти,1977.176 б.
62. Навоий   Алишер   .Маҳбуб   ул-қулуб:(Қалблар   севгилиси)-Т.:Адабиёт   ва
саанъат нашриёти,1983.-
76 63. Ганжавий   ,   Низомий   .ХамсаН.Ганжавий.Тошкент.Олмос   Қилич
қошидаги Истиқлол нури.2016.- 684 бет.
64. Фирдавсий   Абулқисим   .Шоҳнома   .Форсийдан   Ш.   Шомуҳаммедов   ва
Ж.Жабборов   таржимаси.Муҳаррир   Ҳ.Ғулом.т.,Адабиёт   ва   санъат
нашриёти.1977.640 б.
                            V. DISSERTATSIYA VA MAQOLALAR
65. Alisher   Navoiy   va   XXI   asr   mavzusidagi   xalqaro   ilmiy-nazariy   anjuman
materiallari /mas’ul muharrir Shuhrat Sirojiddinov .Toshkent:”MASHHUR-
PRESS”. 2020. “Sab’ai  sayyor” dostonida Mirrix va Zuhra sayyoralarining
majoziy vazifasi.  Xudoynazarova Nodira-575-576 betlar.
66. Абдуғафуров   Абдурашид .   Алишер   Навоийнинг   “ Сабъайи   сайёр ”
достони   ва   фолклор   асарлари   орасидаги   муштарак   жиҳатларга   доир .
ЎТА-1998.-№5.-Б.46. .
67. Алиев   Раҳим.   Сайқалийнинг   “Баҳром   ва   Гуландом”   достони   ҳақида.
ЎТА -1960.-№1.-Б.91.
68. Алиев   Раҳим.   Сайқалийнинг   “Баҳром   ва   Гуландом”   достони   ҳақида.
ЎТА -1960.-№1.-Б.91.
69. M амадалиева   Зуҳра   Умаралиевна.   Алишер   Навоийнинг   “Лисон   ут-
тайр”   достонидаги   рамзий   образлар   тизими . Филология   фанлари
номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган    диссертация.   T - 20 10
70. Муҳиддинов   М.     “Баҳром   Гўр”   ва   “Баҳом   Гуландом”   сюжетларининг
ўзаро алоқаси. ЎТА -1972.-№1.-Б.26.
71.   Муҳиддинов   М.  Баҳром  Гўр  ҳақидаги  номаълум   достон.  ЎТА  -1971.-
№1.-Б.50.
72. Нарзиқулова   Манзура.“Сабъаи   сайёр”   достонининг   ўрганилишига
77 доир. ЎТА -1997.-№6.-Б.41.
73.   Сатторов   Улуғбек.   “Сабъаи   сайёр”   ва   “Баҳром   ва   Гуландом”   (Ўзбек
халқ  бахшилари,  асосан  Фозил  Йўлдош  ўғли  достони   асосида).  ЎТА  -
1999.-№3.-Б.29.
74. Соипов Суннатулла. Бир ўхшашлик сабаби. (Сайқалийнинг “Баҳром ва
Гуландом”   ҳамда   форс   тилида   ёзилган   “Қиссаи   Баҳром   ва   маликаи
Дилором” асарларининг ўҳшашлиги ҳақида). ЎТА -1968.-№5.-Б.45
75.   Соипов   Суннатулла.“Қиссаи   Сайқалий”   достони   қўлёзмалари   ҳақида.
ЎТА -2003.-№6.-Б.65. (Собир Сайқалий ( ХВИИИ  аср) достони ҳақида).
76. Орзуқулов   Р.   ва   Комилов   Н.   Форс-тожик   адабиётида   Навоийга
издошлик   тарихидан.   –   Т.:   “Навоий   ва   адабий   таъсир   масалалари”
тўплами, 1968-й.
                                           Internet manba 
1. http://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy/alisher-navoiyning-sabai-sayyor-
dostoniga-bagishlangan-navoiyni-anglash-korsatuvi.html
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Sab%CA%BCai_sayyor
78 79

ALISHER NAVOIYNING “SAB’AI SAYYOR” DOSTONIDA TIMSOLLARNING G‘OYAVIY-BADIIY UYG‘UNLIGI MUNDARIJA KIRISH …………………………………………………………………….. 6-11 I BOB. ALISHER NAVOIYNING “SAB’AI SAYYOR” DOSTONI HAQIDA ……………………………………………………………………. 1.1.”Sab’ai sayyor” dostonining yaratilish tarixi…………………………... 12-16 1.2.Dostonning tarkibiy tuzilishi…………………………………………… 17-32 Birinchi bob yuzasidan xulosalar…………………………………………. 33 II BOB. ”SAB’AI SAYYOR” DOSTONIDA YARATILGAN TIMSOLLAR VA ULARNING G’OYAVIY- BADIIY UYG’UNLIGI 2.1. ”Sab’ai sayyor” dostonida yaratilgan shohlar hamda ayol timsollar tahlili……………………………………………………………………….. 34-47 2.2. Dostonda do’st hamda ijodkor timsollarning yaratilishi……………… 48-53 Ikkinchi bob yuzasidan xulosalar…………………………………………. 54 III BOB. “SAB’AI SAYYOR”DOSTONIDAGI RAMZIYLIK 3.1.”Sab’ai sayyor” dostonida qo’llangan yetti raqamining tasavvufona talqini hamda yeti sayyora timsoli…………………………………………. 55-61 3.2.Dostonda ranglar garmoniyasining aks etishi…………………………. 62-74 Uchinchi bob yuzasidan xulosalar………………………………………… 75 Umumiy xulosalar………………………………………………………… 76 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………… 77-82 1

KIRISH Tadqiqotning dolzarbligi. Jahon miqyosida insoniyat tamaddunining buyuk siymolari hayoti va ijodini chuqur tadqiq etish, ular yaratib qoldirgan ma’naviy merosning ta’sir doirasini o‘rganish va keng targ‘ib etish adabiyotshunoslik fanining muhim yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Bugungi kunda yurtimizda ajdodlarimiz yaratib qoldirgan ma’naviy meros namunalarini tadqiq etishda ham shu jihatlarga jiddiy e’tibor qatatish mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan islohatlar mazmun – mohiyatiga har taraflama mos keladi. Zero, “bizning qanday buyuk va shonli o‘tmishimiz,qanday ulug‘ ajdodlarimiz borligini yaxshi bilamiz va bu bilan hamisha faxrlanamiz” 1 . Ayniqsa, ulug’ bobokalonlarimiz adabiy asarlarini o‘rganish, ularda ifodalangan insonparvarlik g‘oyalarini yoshlarga singdirish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega . Darhaqiqat, hozirgi globallashuv sharoitida har bir xalq va uning buyuk daholari yaratgan ma’naviy merosning butun insoniyat taraqqiyotida tutgan o‘rnini belgilashga qiziqish va e’tibor ortib bormoqda. Chunki ular qoldirgan nodir asarlar zamon , makon tanlamay, asrlar osha oz qadr-qimmatini saqlab kelmoqda. Buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni o‘qib-o‘rganish va keng ommaga targ‘ib qilish adabiyotshunoslik fani oldidagi muhim vazifalardan biridir. Xususan, bobokalonimiz Alisher Navoiyning betakror ijodini o‘rganish, qo‘lyozmalarni sharhlash, asarlarining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish bugungi kun tadqiqotchilarining asosiy vazifasidir. Ana shunday nodir manbalardan biri Alisher Navoiyning “Xamsa”sidan joy olgan “Sab’ai sayyor “ dostonidir. Mazkur doston M.Muhiddinov, S.Hasanov, B.Murtozoyev, S.Olim kabi qator tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. Bu tadqiqot ishi oldingilardan farqli tarzda ,asosan, asardagi tasvirlangan timsollarning asar badiiyligini,g’oyasini ochib berishda qay darajada uyg’un qilib olinganiga, Navoiy ijodining ustunliklarini kashf qilishga 1 Mirziyoyev.Sh. Adabiyot va san’at ,madaniyatni rivojlantirish-xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir .Xalq so’zi, 2017-yil 4-avgust. 2

imkon beradi. Ushbu tadqiqot o‘sib kelayotgan yosh avlodning ong-u shuurini o‘stirishda, ajdodlar merosining mohiyatini anglashga , o‘zaro sadoqat, mardlik kabi insoniy fazilatlar singdirish yuzasidan dolzarblikka ega. Istiqloldan keyingi davr tadqiqotlarida Navoiy ijodini tasavvufiy jihatdan o‘rganish barobarida uning asarlari ham to‘liq holda nashr qilinmoqda. Uning ijodidagi asarlarni chuqurroq tahlil qilgannimizda Navoiy nafaqat dunyoviy, balki diniy -tasavvufiy ilmlardan ham teran xabardor bo‘lganini bilishimiz mumkin. Navoiyning rasman tariqatga kirgani haqida ma’lumot bo’lmasa-da, lekin asarlaridan uning naqshbandiya tariqatiga va shayxlariga hurmati va ehtiromini yaqqol sezish mumkin. Alisher Navoiy umrining so‘nggi lahzasigacha xalq manfaatini ko‘zlab yashadi. Temuriy shahzodalarni o‘zaro mehr-muhabbatli bo‘lishga, taxtni adolat bilan boshqarishga chorlab keldi. Mazkur doston ham aynan temuriy shahzoda Husayn Bayqaroga atab yozilganki, Navoiy hukmdor uchun har qachon el-yurt manfaati birinchi o‘rinda bo‘lishi lozimligini alohida uqtirgan. Doston o‘z davri uchun ham juda qimmatli bo‘lgan. Mavzuning ijtimoiy ahamiyati: Mazkur ilmiy ishda ko’zlangan asosiy maqsad Respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy , huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishiga , asosan, ushbu g‘oyalarni Navoiy ijodi bilan bog‘lash; - buyuk ota-bobolarimizning asarlari boy ma’naviy meros sifatida katta ahamiyatga egadir. Bu dostonni o‘rganish orqali Navoiyning ijodkorlik mahorati qanchalik yuksak ekanligini aniqlash. Mavzuning ilmiy ahamiyati quyidagilardan iborat: -xamsachilik an’analari ichida “Sab’ai sayyor” dostoning o’ziga xos o’rnini aniqlash; 3

- dostondagi shoh timsollari, ayollar timsollari, do‘st timsollari, shuningdek, ijodkorlar timsollarining o‘ziga xos uyg‘unligini ochish; - dostonda qo‘llangan ramziy timsollarni tasavvufiy talqin asosida tahlil qilish; - dostonda qo’llanilgan timsollarning Navoiy g‘oyasini berishda qay darajada xizmat qilganini aniqlash; - mavzu yuzasidan o‘quv qo‘llanma chop etish. Tadqiqotning o‘rganilishi. Navoiy hayoti va ijodiy merosini o‘rganish yuzasidan bugunga qadar ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Alisher Navoiy “Xamsa” dostoning o‘ziga xosligi,o‘z salaflaridan farqli jihatlari A.Qayumov, A.Hayitmetov, N.Mallayev , M.Muhiddinov , I.Haqqul, S.Hasanov kabi ko’plab olimlarning tadqiqoylarida yoritilgan. “Sab’ai sayyor” doston M.Muhiddinov, S.Hasanov, B.Murtozoyev kabi qator olimlarimiz tomonidan o‘rganilgan. B.Murtozoyev “Alisher Navoiy “Sab’ai sayyor” va Xusrav Dehlaviy ”Hasht behisht” dostonlarining qiyosiy tahlili” nomli nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilgan. M.Muhiddinovning “Nurli qalblar gulshani” nomli kitobi “Fan” nashriyoti tomonidan Toshkentda nashr etilgan. Saidbek Hasanovning “Navoiyning yetti tuhfasi “ kitobi nashrdan chiqdi. Asarning bosh qahramoni Bahrom obrazi tarixiy shaxs sifatida Eronning sosoniy hukmdori Varaxran V (420 – 438 yillarda podsholik qilgan) bilan bog‘liq. Bu hukmdor qulon (yovvoyi kiyik)ni ovlashga nihoyatda o‘ch bo‘lganligi uchun xalq orasida Bahrom Go‘r (qulon) laqabi bilan shuhrat topgan. Sharq mamlakatlarida Mars (Mirrix) yulduzi Bahrom deb atalib, jang-u jadallar homiysi sifatida keladi. Bahrom timsoli dastlab forsiy adabiyotda Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”sida tasvirlangan. “Shohnoma”da Bahrom Go‘r haqidagi voqea dostonning faqat bir faslini tashkil etib, unda Bahromning tug‘ilishi, taxtga chiqishi, mamlakatni idora qilish tadbirlari, ov vaqtida o‘z kanizagi Ozoda bilan to‘qnashuviga doir voqealar tasvirlangan. 4

“Shohnoma”dagi Bahrom Go‘r va uning kanizagi orasidagi bu to‘qnashuv lavhasi Nizomiy tomonidan qayta ishlanib, mashhur “Haft paykar” dostoni vujudga keladi. Nizomiy Bahromning kanizak bilan bog‘liq hikoyasini qoliplovchi hikoya qilib olib, unga 7 hikoyat kiritadi. Nizomiy asaridan keyin 200 yil o‘tgach, Xusrav Dehlaviy unga javob tarzida “Hasht behisht” dostonini yaratib, 7 hikoyatni hind eposidan oladi.Turkiy tilda birinchi bo‘lib bu mavzuni Alisher Navoiy qalamga oladi va o‘z dostonini “Sab’ai sayyor” deb ataydi.“Sab’ai sayyor” dostoni 38 bob, 5009 baytdan iborat bo‘lib, shundan 11 bobni muqaddima tashkil qiladi. 2 Tadqiqo tning maqsadi. Hamsachilik an’analari ichida “Sab’ai sayyor” dostoning o‘ziga xos o‘rnini aniqlash, dostondagi shoh timsollari, ayollar timsollari, do‘st timsollarining o’ziga xos uyg‘unligini ochish, dostonda qo’llangan ramziy timsollarni tasavvufiy talqin asosida tahlil qilish, dostonda qo’llanilgan timsollarning Navoiy g’oyasini berishda qay darajada xizmat qilganini aniqlash. Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqot maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: - Navoiy ijodiga milliy istiqlol g‘oyasi asosida yondashish; - navoiyshunoslik tarixini chuqurroq o‘rganish; - istiqlol davrida Navoiy ijodiga bo‘lgan yangi munosabatlarni aniqlash; - “Sab’ai sayyor” dostonida timsollarning uyg ‘unligini aniqlash; - ramziy timsollarning tasavvufiy talqin qilish. Tadqiqotning ob’ekti . Tadqiqot uchun Alisher Navoiyning “Xamsa”sidan joy olgan “Sab’ai sayyor “ dostoni asos qilib olindi , shuningdek, Navoiygacha yozilgan “Hamsa” asarlaridan ham qiyos uchun foydalanildi . Shuningdek, tadqiqot ishida mamlakatimizning yetakchi navoiyshunos olimlari Aziz Qayumov, Hamid Sulaymon, Saidb е k Hasanov, Botirxon Vali х o‘jay е v va boshqalarning Navoiy hayoti, faoliyati va m е rosini o‘rganish sohasidagi 2 . Маллаев Н. Ўзбек адабиёти тарихи. – Т .: Ўқитувчи, 1976 . 594-б. 5