logo

MAKTAB DARSLIKLARIDA “SAB’AI SAYYOR” DOSTONI MATERIALLARI TAHLILI (GERMENEVTIK YONDASHUV)

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

533.5 KB
MAKTAB DARSLIKLARIDA “SAB’AI SAYYOR” DOSTONI
MATERIALLARI TAHLILI (GERMENEVTIK YONDASHUV)
MUNDARIJA
ISHNING UMUMIY TAVSIFI 5
I   BOB   ALISHER   NAVOIY   “SAB’AI   SAYYOR”
DOSTONINING   YARATILISHI   HAMDA   TAHLILI
MASALALARI
1.1.   “Sab’ai   sayyor”   dostonining   yaratilish   tarixi   va   ushbu   sikldagi
dostonlarning genezisi, o‘zaro qiyosiy tahlili 8
1.2. “ Bahromnoma” hikoyatlari tahlili 23
I bob bo‘yicha xulosa 32
II   BOB.   ADABIY   TAHLILDA   GERMENEVTIK
YONDASHUV
2.1.  Adabiyot darslarida germenevtik tadqiq metodi 34
2.2.   Alisher   Navoiy   asarlarini   tahlil   etishda   germenevtik
yondashuvning ahamiyati 41
II bob bo‘yicha xulosa 49
III BOB.  MAKTAB TA’LIMIDA ALISHER NAVOIY “SAB’AI
SAYYOR” DOSTONINING O‘RGANILISHI
3.1.  “Sab’ai sayyor” dostonining maktab darsliklarida berilishi 51
3.2.   Maktab   ta’limda   “Mehr   va   Suhayl”   hikoyatining   savol   va
topshiriqlar asosida o‘rganilishi 66
III bob bo‘yicha xulosa 73
UMUMIY  XULOSA 75
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 78
1      ISHNING UMUMIY TAVSIFI
KIRIS H
Mavzuning   asoslanishi   va   uning   dolzarbligi :   Har   bir   inson   u   yoki   bu
ma’noda   ma’nan   va   aqlan   yuksalish   uchun   adabiyot   deb   atalgan   ulkan   ustoz
qarshisida   saboq   oluvchi   talaba   qatorida   bo‘lishi   lozim.   Aks   holda     insonning
moddiyatchidan   farqi   qolmaydi.     “Tafsir   va   ta’vil,   buyuk   mutafakkirlarimizning
asarlariga sharhlar bizning eng katta ma’naviy boyligimizdir” 1
. Adabiyot va san’at
yaratuvchi ijodkor o‘zi yaratgan obrazlar orqali olam va odam, ular orasidagi ichki
aloqa   va   bog‘liqlik   kabilarni   badiiy   idroki   orqali   badiiy   obrazga   singdiradi.   Ana
shu   obrazda   esa   ikki   jihat   birlashadi.   Bular   aql   bilan   hisdir.   Shu   boisdan   ham
obrazni   ham   ratsional,   ham   emotsional   birlik   sifatida   talqin   etish   mumkin.
Ijodkorning fikr dunyosi singdirilgan, ma’naviy va ruhoniy olami aks etgan badiiy
asar   “olam   va   odamni   badiiy   idrok   etish   vositasi,   badiiyatning   umumiy
kategoriyasidir” 2
.   Xuddi   shunday   ruhoniyati   kuchli,   fikr   dunyosi   keng
ijodkorlardan biri, dunyo adabiyotining eng yirik vakillaridan biri Alisher Navoiy
hayoti va ijodiyotiga oid ko‘plab ilmiy izlanishlar  amalga oshirilgani  hech kimga
sir   emas.   Ammo   Navoiy   ijodi   haqidagi   izlanishlar   qanchalik   kengqamrovli
bo‘lmasin, baribir Navoiy dahosi bugungacha to‘liq ochilgani va o‘rganilgani yo‘q.
Uning   epik   va   lirik   asarlaridagi   falsafiy-ijtimoiy,   tasavvufiy   qarashlari   hali-
haligacha   adabiyot   ixlosmandlarini   hayratga   solib   kelmoqda.   Timsollarning   tag
ma’nolari,   ular   anglatgan   mazmun-g‘oyalarni   anglashda   bugungi   kun
tadqiqotchilari uchun Germenevtika metodi katta yordam bermoqda. Navoiy ijodi
besh   asrdan   oshiq   vaqt   mobaynida   davrlar   sinoviga   dosh   berib   o‘z   qudratini
namoyish   etishda   davom   etaveradi.   Zero,   Birinchi   Prezidentimiz
ta’kidlaganlaridek,   “Alisher   Navoiy   xalqimizning   ongi   va   tafakkuri,   badiiy
madaniyati   tarixida   butun   bir   davrni   tashkil   etadigan   buyuk   shaxs,   milliy
adabiyotimizning   tengsiz   namoyandasi,   millatimizning   g‘ururi,   sha’n-u   sharafini
dunyoga   tarannum   qilgan   o‘lmas   so‘z   san’atkoridir.   Ta’bir   joiz   bo‘lsa,   olamda
1
 Shukur Jabborov. Germenevtika. Hurriyat gazetasi. Ziyouz.com kutubxonasi, 2006.
2
  Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: Akademnashr ,  2010. 56-bet.
2 turkiy   va   forsiy   tild a   so‘zlovchi   biron-bir   inson   yo‘qki,   u   Navoiyni   bilmasa,
Navoiyni   sevmasa,   Navoiyga   sadoqat   va   e’tiqod   bilan   qaramasa.   Agar   bu   ulug‘
zotni   avliyo   desak,   u   avliyolarning   avliyosi,   mutafakkir   desak,   mutafakkirlarning
mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”. 3
Navoiy asarlari bag‘rida jo bo‘lgan milliy va umuminsoniy qarashlar, fikrlar
har bir inson uchun ne qadar zarur va ahamiyatli bo‘lsa, ularning zargarona ifodasi,
bemisl   mahorat   natijasi   o‘laroq   tarkib   topgan   go‘zal   shakli   shu   qadar   jozibali,
hayratlanarli. “Qadimgi turkiy tilda barakali ijod qilib, uni adabiy til, madaniyat va
saltanat tili darajasiga ko‘targan barcha asarlari umumbashariy gumanistik g‘oyalar
bilan   sug‘orilgan   Alisher   Navoiyni   shuning   uchun   ham   barcha   turkiy   xalqlar   o‘z
shoiri   sifatida   alohida   mehr   bilan   o‘qib-o‘rganadi   va   u   bilan   faxrlanadi”. 4
  Ularni
o‘qigan kishi, agar tom ma’noda uni tushunish, anglash   baxtiga musharraf bo‘lsa,
shoirning   ulug‘   donishmandligi   oldida   lol   qolsa,     yozmishlari   badiiyati,   ularning
nafosati   qarshisida   dong   qotadi.   Shuning   uchun   adib   asarlarning   mazmuni,
g‘oyaviy jihatlari tadqiqi ne chog‘lik dolzarb bo‘lsa, ularning badiiyatini o‘rganish,
mahorat qirralarini ochib berish ham birdek zarur.  Bunda asar tahlili eng muhim va
asosiy omil sanaladi. Shu bois ham magistrlik dissertatsiyamizda “Sab’ai sayyor”
dostonining   maktab   ta’limi   darsliklaridagi   materiallarini   germenevtik   asosda
tahlilga tortish muhim sanaladi. 
Magistrlik   dissertatsiyasi ning   ob y ekti   va   predmeti:   Ishning   asosiy
tadqiqot ob y ektini Alisher   Navoiyning “Sab’ai sayyor” asari tashkil qiladi. Bundan
tashqari   mavzuni   ochishga   bevosita   qaratilgan   tarixiy   hamda   istiqlol   davrida
yaratilgan   ilmiy   adabiyotlardan   ham   foydalaniladi.   Shu   jumladan,   mavzuga
aloqador   ilmiy   maqolalar,   adabiyot   darsliklari   ham   ma’lum   joylarda   ishga   jalb
etiladi.
Magistrlik dissertatsiyasining   maqsad va vazifalari:   Magistrlik dissertat-
siyasi ning   maqsadi   Navoiy   ijodi ni   tahlil   qilish ni   o‘rganishdan   iborat   bo‘lib,   uni
amalga oshirishda quyidagi   vazifalarni o‘z oldimizga belgilab oldik:
3
  Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч.  –  Т.: Маънавият, 2008. Б – 30.
4
  Mirziyoyev. Sh. M. Alisher Navoiy asarlarining Istanbul kutubxonalaridagi tasviriy nusxalari. 2020. 286-bet.
3 –   “Sab’ai sayyor” dostonini  germenevtik yondashuv asosida tahlil qilish;
–   “Sab’ai sayyor”  dostonining maktab darsliklaridagi parchalarni tahlil qilish ;
–   kuzatishlarimizdan   kelib   chiqib   o‘rganilgan   mavzu   yuzasidan   xulosalar
chiqarish.
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi:   Tadqiqotda   berilyotgan   muammo   ilmiy
jihatdan   o‘rganilgan   ishlarni   tekshirish   asosida   xulosalarga   kelish   va
o‘rganilmagan   jihatlariga   e’tibor   qaratish .   Bugunning   globallashuv   jarayonida
badiiy   asar   mazmunini   to‘la   ochib   berish   asar   tahlili   bilan   bog‘liq.   Asarning
ma’lum   qismini   germenevtik   yondashuv   asosida   har   bir   bayt   va   misraning
ma’nolarini  ochib berilishi va undan muayyan xulosalar chiqarilishi ishning asosiy
ilmiy yangiligi hisoblanadi.
Mavzu bo‘yicha adabiyotlar sharhi:  Adabiyotshunosligimizda Navoiyning
lirik   va   epik   asarlari   nisbatan   keng   tadqiq   qilingan,   adabiy-estetik   qarashlari
o‘rganilgan.  Xususan, “Sab’ai sayyor” dostoni ham.  Ularning ayrimlariga to‘xtalib
o‘tamiz. Shoir asarlarining badiiyatiga   bag‘ishlangan   ko‘plab   maqolalar, bir qator
risolalar   yozilgan.   Xususan,   professor   Muslihiddin   Muhiddinovning   “Ko‘ngil
hayratlari”,   Saidbek   Hasanovning   “Navoiyning   yetti   tuhfasi”,   Aftondil
Erkinovning   “Alisher   Navoiy   “Xamsa”si   talqini   manbalari”   asar larini   shular
qatoriga   kiritish   mumkin.   Navoiyning   adabiy,   estetik   qarashlarini   A.Hayitmetov,
H.Qudratullaev,   M.   Muhiddinov,   S.   Hasanov,   A.   Qayumov,   O.   Davlatov,   Z.
Mamadaliyeva   kabi   olimlar   tekshirganlar .   Shuningdek,   Navoiy   asarlari   talqini   va
tahliliga bag‘ishlangan kitob va to‘plamlar ham bor.  
Tadqiqot   metodikasining   tavsifi:   Germenevtika   metodi   –   tushunishning
asosiy   tamoyili   bo‘lib,   qadimda   matnlarni   boshqa   tilga   mazmunan   talqin   qilish
sifatida qo‘llanilgan. 
Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati:   Ushbu   tadqiqot
ishida   asar   tahliliga   doir   nazariy   masalalar   yoritiladi   hamda   amaliyotga
yo‘naltiriladi.
Magistrlik   dissertatsiyasi ning   tuzilishi:   Ushbu   tadqiqot   ish i   kirish,   uch
asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
4 I BOB. ALISHER NAVOIY “SAB’AI SAYYOR” DOSTONI YARATILISHI
HAMDA TAHLILI MASALALARI
1.1.  “Sab’ai sayyor” dostonining yaratilish tarixi va ushbu sikldagi
dostonlarning genezisi, o‘zaro qiyosiy tahlili
Xamsachilik an’anasiga ko‘ra, to‘rtnchi doston shoh Bahrom haqida hikoya
qilishi   lozim.   Alisher   Navoiyning   “Sab’ai   sayyor”   (“Yetti   sayyora”)   asari
“Xamsa”ning to‘rtinchi dostoni bo‘lib ,  1483-84-yillar (hijriy 889-yil jumadussoniy
oyi)da yozib tugallangan. Bu doston Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar” (“Yetti
go‘zal”) hamda Xusrav Dehlaviyning “Hasht behisht” (“Sakkiz jannat”) asarlariga
javob   tariqasida   yaratilgan.   Asarning   bosh   qahramoni   shoh   Bahrom   real   tarixiy
shaxs   sifatida   Eronning   sosoniy   hukmdorlaridan   biri   Varaxran   V   bo‘lib,   u   otasi
Yazdigurddan   keyin   taxt   uchun   bo‘lgan   kurashda   g‘olib   chiqadi   va   otasi   davrida
deyarli   vayron   bo‘lgan   mamlakat   hayotini   yaxshilab,   izdan   chiqqan   davlatni
tartibga   keltiradi.   U   haqdagi   ilk   yozma   manbalarni   eron   shohlari   tarixidan
so‘zlovchi   “Tarixi   rusul   va   muluk”,   “Xudoynamak”   kabi   tarixiy   kitoblarda
uchratish   mumkin.   420-438-yillarda   (Sh.     Sirojiddinov,   D.   Yusupova,   O.
Davlatovlar hammuallifligida yaratilgan “Navoiyshunoslik” kitobidan) hukmronlik
qilgan   ushbu   shaxs   qariyb   18   yillik   hukmronligi   davrida   boshqa   hukmdorlardan
deyarli   farq   qilmaydigan   siyosat   yuritdi,   ammo   u   tarixiy   asarlarda   o‘z   otasiga
qarshi   turganligi   qayd   etilganligi   bilan   ajralib   turadi.   Shoh   Bahromning   ovga
ishqibozligi,   mayparastligi   hamda   fojiali   o‘limi   tarixiy   kitoblardan   ham   o‘rin
olgan. Ammo bu qo‘llanmalarda real tarixiy fakt to‘la namoyon bo‘lmagan.
Biron ijodkorning asarini o‘rganish uchun, avvalo, shu ijodkor yashab o‘tgan
tarixiy   davr,   tuzum,   ijtimoiy-ma’naviy   hayot   haqida   bilimga   ega   bo‘lish   lozim.
Alisher Navoiyning “Xamsa”siga  kiruvchi  to‘rtinchi  doston “Sab’ai sayyor” asari
yaratilishiga turtki bo‘lgan salaflari Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy hamda
Ashraf   Marog‘iylar   yaratgan   Bahromnomalar   ham   o‘z   navbatida   ijtimoiy   yuk
tashishi shubhasiz.   Ammo yuqoridagi salaflar uchun ham asos vazifasini o‘tovchi
asar   bor.   Bu   asar   Abulqosim   Firdavsiyning   “Shohnoma”sidir.   “Xamsa”   bitish
5 haqida   so‘z   ketganda,   Firdavsiyning   yodga   olinishi   bu   –   epik   she’riyat
an’anasining   Firdavsiydan   boshlanganligiga   ishoradir.   Aniqrog‘i,   “Xamsa”
qahramonlari muayyan qismining adabiy ildizlari Firdavsiy “Shohnomasi”ga borib
tutashadi.   “Hayrat   ul-abror”   dostoni   hikoyatlaridagi   ayrim   obrazlar,   jumladan,
No‘shiravoni   odil,   Bahrom,   Iskandar,   “Farhod   va   Shirin”   dostonidagi   Xusrav,
“Sab’ai   sayyor”dagi   Bahrom,   “Saddi   Iskandariy”   dostonidagi   Iskandar   obrazlari
dastlab   yozma   adabiy   manba   –   “Shohnoma”da   uchraydi.   Shu   bois,   Navoiy
“Xamsa”   yozish   haqida   so‘z   yuritganda,   birinchi   navbatda   Firdavsiyni   tilga
oladi”. 5
  Adabiyotdagi   ushbu   fikr   yana   davom   ettirilib   quyidagi   fikrlar   keltiriladi:
“Sayid   Hasan   Ardasherga   bitgan   she’riy   maktubida   bunday   asar   yozishga
rag‘batim   paydo   bo‘lsa,   Xudo   menga   quvvat   beradi,   Firdavsiy   o‘ttiz   yilda
yozganini men o‘ttiz oyda yozib tugataman, degan fikrni bayon qiladi, ya’ni o‘zida
katta epik asar yaratishga qobiliyat borligini his qiladi. Biroq “Xamsa”ni yozishni
boshlar ekan, bu yo‘lning mashaqqatlarini har doim his qilib turadi” . 6
   Eron hukmdorlari tarixiga bag‘ishlangan ushbu asarda real tarixiy hukmdor
Varaxran   V   badiiy   talqin   asosida   Bahrom   obrazi   shaklida   gavdalanadi.   Bahrom
bilan bog‘liq xalq naqllari, afsona va rivoyatlar dastavval eron adabiyotida vujudga
kelgan va davrlar o‘tishi bilan Sharq xalqlari orasida keng tarqalib ketadi 7
. Xuddi
ana shu obraz va uning kanizagi Ozoda bilan bo‘lgan voqealar haqida hikoya qilish
keyinchalik   “Xamsa”chilikdagi   o‘ziga   xos   shartlardan   biriga   aylandi.   Ushbu
mavzudagi   ilk   doston   Firdavsiyning   “Shohnoma”sidir.   Unda   Bahromning
tug‘ilishidan   tortib   to   o‘limigacha   bo‘lgan   voqealar   badiiy   hikoya   qilib   beriladi.
Bahromning   tarbiyalanishi,   otasi   o‘limidan   so‘ng   kurash   olib   borib   taxtga   egalik
qilishi, hukmdor bo‘lgach tez-tez ovga chiqishi, insof-adolat, baxillik va saxiylik,
to‘g‘ri-no‘to‘g‘ri   siyosatlar   haqida   eshitishi   yoki   o‘zi   bularning   guvohi   bo‘lishi
kabilar tasvirlanar ekan, Bahromning adolatparvar hukmdor bo‘lishi uchun ijodkor
uni   tayyorlab   boradi.   Asar   rivoji   davomida   Bahrom   Hind   yurtiga   qiyofasini
o‘zgartirib elchi niqobida boradi hamda shoh qizini nikohiga olib, Hindistonni o‘z
5
  Алишер Навоий. Қомусий луғат. Эркинов А.  II   жилд. Т.: Шарқ, 2016. Б – 98.
6
  Алишер Навоий. Қомусий луғат. Эркинов А.  II   жилд. Т.: Шарқ, 2016. Б – 98-99.
7
 Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. – T.: Tamaddun, 2019. 132-bet.
6 hukumronligi  ostiga oladi. Chin xoqoni bilan kurashib uni  mag‘lub etadi. Doston
yakunida esa Bahrom o‘z qasrida vafot etadi. Ushbu doston va dostonning atigi bir
faslini   tashkil   etuvchi   shoh   Bahrom   tarixi   hikoyati   o‘zidan   keyingi   eron
dostonchiligiga   ulkan   hissa   qo‘shdi.   Ko‘p   ijodkorlar   “Shohnoma”dan   ta’sirlanib
undagi   voqealar   silsilasiga   ergashib   yangidan   yangi   she’riy   va   nasriy   asarlar
yaratganlar.   “Shohnoma”da   Bahrom   va   uning   o‘z   kanizagi   Ozoda   o‘rtasidagi
voqealar   qalamga   olingan.   Unda   Bahrom   kanizagi   bilan   go‘r   (kiyik)   oviga
chiqqanda   Ozodaga   kiyikni   qanday   otay,   sen   aytganingday   ota   olaman,   deya
maqtanadi va kanizagining istagiga binoan kamon o‘qi bilan kiyiklarning erkagini
urg‘ochiga, urg‘ochisini esa erkakka aylantirib, boshini oyog‘iga chatib tashlagan.
Ammo shunday merganlik va iqtidor uchun kanizagidan maqtov o‘rniga kiyiklarga
berahmlik   qilgani   uchun   ta’na-ma’lomatlar   qilingan   Bahrom   g‘azab   otiga   minadi
va   kanizini   tuya   oyoqlari   ostiga   tashlab   yanchtirib   yuboradi.   Umuman   olganda,
Firdavsiy   bu   o‘rinda   kanizagi   Ozodaga   sira   ham   achinmagan.   Uni   qiziqtirgan   va
diqqat markazida turgan obraz Bahrom edi. Sha’nining toptalishiga jim qarab tura
olmagan   hukmdor   o‘z   mahbubasini   ayab   o‘tirmasligi   va   keyinchalik   bu
qilmishidan afsuslanmasligi, nafaqat achinmaslik, balki Ozodani butunlay yodidan
chiqarib yuborishi Bahromda mujassamlashgan ijobiy va salbiy xislatlarning bo‘y
ko‘rsatishida yordam bergan. Firdavsiy Bahromni, avvalo, g‘uruli shoh edi va shu
bois  uni  o‘z  darajasiga  ko‘ra  hurmatlamaganlarning  holi  shu   taxlid  yakun  topishi
kerak,   deya   hisoblaydi.   Navoiy   va   Firdavsiyning   yaratgan   Bahrom   obrazlari
orasidagi   farqni   solishtirib   ko‘rgan   A.   Qayumov   shunday   degan   edi:   “Bahrom
shohlikdagi parokandalikni sezgach, uning oldida ikki savol tug‘iladi: ishqmi yoki
shohlik?   Bahrom   dastavval   shoh   edi.   Har   bir   shoh   uchun   eng   muhim,   eng   qadrli
narsa   uning   toj-u   taxti.   Podshohlar   uchun   asosiy   narsa   hokimiyat.   Bu   maqsad
ulardagi   insonlik   hissini   yo‘qqa   chiqaradi…   Eng   muhimi,   deb   o‘ylaydi   Bahrom,
shohlik   qo‘ldan   ketmasin…” 8
  Firdavsiyning   Bahromi   ishq   deya   mamlakatning
hayotini parokanda qilmadi, Navoiyda esa aksincha. Biroq Firdavsiyning yaratgan
lavhasidan   ta’sirlangan   Nizomiy   Ganjaviy   voqeani   qayta   ishlaydi   va   mashhur
8
 Қаюмов А. Асасрлар.III жилд. – Т.: Мумтоз сўз, 2019. Б – 323.
7 “Haft   paykar”   dostonini   yaratadi.   Ammo   Nizomiy   Firdavsiydan   farqli   o‘laroq,   u
Bahromni   nafaqat   shoh,   balki   oshiq   ham   qilib   gavdalantirgan.   “Shohnoma”da
Bahrom va Ozoda sarguzashti kichik bir sahna sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, “Haft
paykar”da   u   butunboshli   asar   yaralishiga   sabab   edi.   Ganjaviyning   asarida   Ozoda
Fitna,   (Xusrav   Dehlaviyning   “Hasht   behisht”   va   Alisher   Navoiyning   “Sab’ai
sayyor”ida   Dilorom)   nomi   bilan   ataladi.   Nizomiy   Firdavsiy   ta’riflagan
Bahromning hukmdorlik, mohir sarkardalik, jasurlik kabi asosan ijobiy xislatlarini
olib o‘zidan yana ko‘plab voqealar qo‘shadi, badiiy to‘qimalar asosida bu gal ishq
tarannum   etilgan   sevgi   dostonini   yaratadi.   Firdavsiyning   “Shohnoma”sidan   farqli
o‘laroq, Nizomiyning “Yetti go‘zal”ida Bahrom asosiy qahramon rolini o‘ynaydi.
Shoir   Bahrom   haqidagi   afsonani   mukammalroq   bayon   etishga   harakat   qiladi.
Bahrom to‘g‘risidagi rivoyatlar “Shohnoma”da ko‘proq tarixiy ruhda bayon etilgan
bo‘lsa, Nizomiy uni o‘z g‘oyaviy-badiiy didiga moslab qayta yaratadi. 
Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar”i bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan yetti
hikoyatdan iborat. Bahrom Go‘r to‘g‘risidagi afsonaning birinchi bobi dostonning
kirish   qismi   hamda   Bahromning   tavalludiga   bag‘ishlangan.   Shoir   sosoniylar
hukmdori   Yazdigird   hamda   uning   o‘g‘li   Bahrom   misolida   yomon   otadan   ham
yaxshi   farzand   tug‘ilishi   mumkinligini   ko‘rsatadi.   Dostonda   yigirma   yildan   beri
farzandlari   turmayotgan   Yazdigirdga   omad   kulib   boqadi   va   u   o‘g‘illi   bo‘ladi.
Munajjimlar   maslahati   bilan   Bahromni   tarbiyalash   uchun   Nu’mon   huzuriga,
Yamanga   yuboradilar.   Oradan   to‘rt   yil   o‘tib   Nu’mon   Yamanning   issiq   iqlimi
Bahromning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan xavfsirab unga o‘g‘li Munzir
bilan   havosi   yaxshi   bir   tepalikda   saroy   qurib   berish   uchun   joy   qidiradilar.
Dostonning   ikkinchi   bobi   “Simnor   ta’rifi   va   Havarnaq   qasrining   qurilishi”   deya
nomlanadi   hamda   saroy   qurilishi   ishlari   tasnifidan   boshlanadi.   Simnor   qasr
qurilishi   topshirilgan   binokor   bo‘lib,   qadimgi   Bobil   tilidan   kelib   chiqqan.   Ayrim
olimlarning   ta’kidlashicha,   Havarnaq   Mesopotamiyada   xarobalari   bugungacha
saqlanib kelayotgan qasr  ekan. Bu qasrni  Nizmomiy Mesopotamiyadan  Yamanga
ko‘chiradi.   Ibn   Qutaybaning   ma’lumotiga   asoslanib,   Havarnaq   fors   tilidan
olinganligi   va   “Hurangon”   ya’ni   “ichkilik   qasri”   yoxud   “ichkilik   ichadigan   joy”
8 degan   ma’noni   anglatishini   bilib   olishimiz   mumkin.   Simnor   saroy   qurilishini
tamomlagach uning san’atidan ta’sirlangan Nu’mon Simnorni o‘zi kutganidan ham
ortiq   taqdirlaydi.   Bunchalar   ulkan   e’tibordan   hayratlangan   Simnor   shunday
mukofotga   sazovor   ko‘rilishini   bilganida   edi   bundan   ham   ajoyibroq   qasr   qurib
berishini   aytadi.   Simnordek   buyuk   usta   haqiqatan   ham   boshqa   biron   odamga
bundan chiroyli saroy qurib berishi mumkinligidan xavfsiragan Nu’mon Simnorni
o‘zi   bunyod   etgan   Havarnaq   qasrining   tepasidan   uloqtirib   o‘ldirishlariga   buyruq
beradi,   ammo   keyinchalik   Nu’mon   qilmishidan   afsuslanadi,   biroq   vaqt   o‘tib
bo‘lgan edi. Nu’mon endi darveshlik xirqasini kiyib vatanini tark etadi va shu bilan
asar   kompozitsiyasidan   chiqib   ketadi.   Bahrom   tarbiyasi   bilan   esa   Nu’monning
o‘g‘li   Munzir   shug‘ullanadi.   Munzir   unga   turli   fanlarni   o‘zlashtirishda
ko‘maklashadi.   Mudarrislar   Bahromga   yunon   va   arab   tillarini   o‘rgatishadi.
Shunday   qilib   Bahrom   kuchli,   dovyurak,   ilmli,   turli   qurollardan   mohirlik   bilan
foydalana oladigan jangchi bo‘lib voyaga yetadi. U ov qilish, ayniqsa, go‘r, ya’ni
kiyiklarni ov qilishni juda suyar edi.
Uchinchi   bob   Bahromning   kiyiklarni   ovlash   holatiga   bag‘ishlanadi.
Kiyiklarni faqat to‘rt yoshga to‘lganlarini ovlab, undan kichiklariga o‘z tamg‘asini
bosib qo‘yib yuborar, bu ushbu kiyik Bahromga tegishli ekanligini anglatar edi. 
Keyingi   to‘rtinchi   va   beshinchi   boblar   Bahromning   ko‘rsatgan
qahramonliklariga   bag‘ishlanadi.   Xususan,   u  bir   o‘q  bilan   ham   sher,   ham   kiyikni
o‘ldirgani,   ajdaho   bilan   jangi,   xazina   topgani   tasvirlanadi.   So‘ngra   u   Havarnaq
qasrini   tomosha   qiladi   va   oldin   umuman   kirmagan   bir   xonada   yetti   go‘zal   qiz
hamda ular  orasida  o‘tirgan o‘zining suratini  ko‘rib qoladi. Bu qizlar  keyinchalik
Bahromga yetti hikoyani aytib beradigan malikalar edi. 
Navbatdagi   bobda   Nizomiy   Yazdegird   vafoti   va   taxt   uchun   kurashgan
Bahrom   holatini   tasvirlaydi.   Yazdegird   vafot   etgach   saroy   ahli   uning   o‘g‘li
Bahromni emas, Yazdegirdning uzoq qarindoshi Xusravshohni taxtga o‘tqazadilar.
Chunki   Bahrom   taxtga   o‘tirsa,   xuddi   otasi   kabi   mamlakatni   vayron   qilib   xalqni
talashi   mumkinligidan   cho‘chiydilar.   Bahrom   katta   qo‘shin   to‘plab   Eron   ustiga
yurish   qilib   kelayotganligini   eshitishgach   Bahromga   noma   yo‘llaydilar.   Bahrom
9 javob   xatida   mamlakatni   adolat   bilan   boshqarishga,   xalq   farovonligini
ta’minlashga va’da beradi.  Shundan so‘ng u ikki sher orasiga qo‘yilgan tojni oladi
va hukmdorlik taxtini egallaydi. Bu voqealar Firdavsiyning “Shohnoma”sida ham
keltirilgan,   chunki   voqealar   shu   qadar   o‘zaro   tadrijiy   bog‘langanki,   ulardan   voz
kechib   bo‘lmas   edi.   Navbatdagi   ikki   bobda   Bahromning   mamlakatda   adolat
o‘rnatishi, xalqni ocharchilik kulfatidan qutqarib qolish uchun mamlakat xazinasini
ochishi   kabi   holatlari   tasvirlangan.   Shuni   ta’kidlab   o‘tish   joizki,   Xusrav
Dehlaviyning   “Hasht   behisht”ida   ham,   Alisher   Navoiyning   “Sab’ai   sayyor”ida
ham bu boblar mavjud emas. 
  Ushbu   voqealardan   so‘ng   Bahrom   va   uning   kanizagi   Fitna   bilan   bog‘liq
sarguzashtlar   boshlanadi.   Firdavsiydan   farqli   o‘laroq,   Nizoimiy   kanizak   Fitnani
o‘ldirmaydi, chunki u Bahromni shoh deya ta’riflash bilan birga oshiq ham qilishi
kerak edi. Ganjaviy Bahrom va Fitna obrazlarini tasvirlash uchun ketma-ket kelgan
ikki   bobni   ajratadi.   Ular   “Bahrom   va   uning   kanizagi   haqida   doston”   hamda
“Bahromning ovdan qaytayotib sarkardaning oromgohida mehmon bo‘lishi” deya
nomlangan. Voqealar rivojida “Shohnoma”da bo‘lgani kabi Bahrom Go‘r kanizagi
bilan ovga chiqadi va go‘rlarni shunchalar mohirlik bilan otadiki, o‘zi ham bunga
hayron   qoladi.   U   o‘q   yordamida   kiyikning   oyog‘ini   qulog‘iga   bog‘lagan   edi.
Ammo kanizak buni maqtov-u hamd-sanolar bilan e’tirof etmay, shunchaki mashq
natijasi,   deb   aytgani   uchun   g‘azab   otiga   minib   uni   o‘ldirmoqchi   bo‘ladi.   Ammo
saroy   a’yonlari   Bahromdek   ulug‘   hukmdorga   bir   ojiza   ayolning   qonini   to‘kish
yarashmaydigan   ish,   deb   bunga   qarshi   chiqishgach   Bahrom   Fitnani   o‘ldirishni
sarkardasi   Sarxangga   topshiradi.   Fitnaga   rahmi   kelgan   lashkarboshi   Sarxang   uni
o‘ldirmay   qishlog‘idagi   boloxonali   qasriga   eltib   qo‘yadi.   Fitna   shu   yerda   yashay
boshlaydi.   Bu   yerda   tug‘ilgan   bir   buzoqchani   kichkinaligidan   boshlab   har   kuni
oltmish   zinali   narvonga   olib   chiqib,   yana   qayta   olib   tushadigan   bo‘ladi.   Bu   hol
buzoqcha tug‘ilganidan to katta ho‘kiz bo‘lgungacha muttasil davom etadi. So‘ng
Fitna Sarxangga ziragini berib uni sotishini va puliga ziyofat qilib ziyofatga shohni
ham  chaqirishini  iltimos qiladi. Ziyofatga kelgan Bahrom  Sarxangning qasrini  va
oltmish   zinalik   boloxonasini   maqtaydi.   Sarxang   shu   zinalardan   bir   qiz   katta
10 ho‘kizni   hech   qiynalmay   ko‘tarib   chiqib,   yana   qaytarib   tushira   olishini   aytib
Bahromni   qiziqtirib   qo‘yadi.   Keyin   Fitna   haqiqatan   ham   ho‘kizni   boloxonagacha
ko‘tarib olib chiqib, qaytarib olib tushadi. Bahrom esa bunga qoyil qolish o‘rniga
buni   uzoq   vaqt   shug‘ullanilgan   mashq   natijasi,   deb   qo‘ya   qoladi.   Shunda   Fitna
Bahromga  avvalgi  o‘zi  bilan  bo‘lib  o‘tgan  voqeani   eslatadi.  Bahrom   ham  Fitnani
tanib,  Sarxangdan   minnatdor   bo‘ladi   va  Fitnani   o‘zi   bilan  birga   olib   ketadi.   Asar
syujeti rivojida kanizakni qayta topgan shoh yana ov va maishatparastlikka berilib
ketadi. Natijada, davlat ishlari qo‘ldan chiqadi, xalq ahvoli og‘irlashadi. Bu orada
Chin   xoqoni   Bahrom   qo‘shini   ustiga   yurish   qilib   kela   boshlaydi.   Bahrom   ovga
chiqqanida   bir   cho‘pon   bilan   uchrashib   qoladi.   Cho‘pon   tozi   itini   daraxtga   osib
qo‘yib jazolaganini  ko‘rib xulosa chiqaradi. Ortga qaytgach, vaziri  Rostravshanni
zindonga   tashlatadi.   Nohaq   qamalganlarni   ozod   qilib,   ularni   so‘roqlab   bor
haqiqatni   bilib   oladi   va   xalq   ahvolini   yaxshilashga   erishadi.   Chin   xoqoni   ham
bundan   xabar   topadi   va   Rostravshanning   yolg‘oniga   ishonib   Eron   ustiga   yurish
qilmoqchi   bo‘lgani   uchun   Bahromdan   uzr   so‘raydi   va   ortiga   qaytib   ketadi.
Shundan   keyin   Bahrom   aysh-ishratni   bas   qiladi,   ammo   ovdan   voz   kechmaydi.
Navbatdagi   ovlarning   birida   kiyik   ortidan   quvlab   bir   g‘orga   kirib   ketganicha
bedarak yo‘qoladi. Shu bilan Bahrom Go‘r sarguzashti ham o‘z nihoyasiga yetadi.
  Xusrav   Dehlaviy   shoh   Bahrom   sarguzashti   uchun   atab   yaratilgan   asarini
“Hasht   behisht”,   ya’ni   “Sakkiz   jannat”   deya   ataydi.   Bu   dostonda   endi
Firdavsiyning   Ozodasi   Diloromga   aylanadi.   Umuman   olganda,   Dehlaviyning
maqsadi   o‘zaro   bog‘liq   bo‘lgan   yetti   hikoya   yaratish   emas,   balki   bir-biridan
mustaqil   sakkizta   qiziqarli   turli   hikoyalar   ijod   qilish   bo‘lgan.   Shuning   uchun
Nizomiyning “Haft paykar”idan uning “Hasht behisht”ining eng birinchi farqi ham
aynan   nomlanishida   kuzatiladi.   Voqealar   rivojini   yoritar   ekan,   shoir   Bahrom
hayotidagi ko‘plab voqealarni qisqartirgan yoki butunlay olib tashlagan. Xususan,
Bahromning   tarbiyalanishi,   qahramonliklari,   yetti   qasrning   qurilishi   kabi   o‘rinlar
qisqartirilgan   bo‘lsa,   cho‘pon   bilan   uchrashuv,   xoin   vazir   Rostravshanning
jazolanishi kabi o‘rinlarni butunlay olib tashlangan. 
11 Endi   Bahromning   kanizak   Dilorom   bilan   ovga   chiqishi   sahnasi
gavdalantiriladi.   Bu   voqea   Firdavsiyning   “Shohnoma”si   va   Ganjaviyning   “Haft
paykar”ida   bo‘lgani   kabi   tasvirlanadi.   Go‘rlarni   ovlash   bilan   mashg‘ul   bo‘lgan
Bahrom   Diloromga   san’ati   kuchini   ko‘rsatib   maqtanish   uchun   undan   kiyiklarni
qanday otishni so‘raydi. Diloromning istagiga ko‘ra, u ota kiyik shoxini ko‘chirib
ona kiyikka o‘tkazishi, ya’ni ota kiyikni ona kiyikka, ona kiyikni esa, ota kiyikka
aylantirishi   kerak   edi.   Shoh   Bahrom   buni   muvafaqqiyatli   uddalaydi   va   buning
evaziga Diloromdan maqtov so‘zlari kutadi. Ammo Dilorom kutilganidek maqtov
yog‘dirish   o‘rniga   hozirgi   ov   haqiqatda   ajoyib   bo‘lganligini,   ammo   bundan-da
zo‘rrog‘ini   ko‘z   oldiga   keltirish   qiyin   emasligini   aytib   qo‘ya   qoladi.   Bundan
darg‘azab   bo‘lgan   Bahrom   o‘zidan-da   zo‘rroq   boshqa   birov   bu   olamda
topilmasligini, agar topilguday bo‘lsa, Diloromga o‘shaning oldiga ketishini aytib,
uni   otdan   uloqtirib   yuboradi   va   bir   o‘zini   sahroda   yolg‘iz   tashlab   ketadi.   Shu
o‘rinda   diqqat   qilish   kerakki,   Dehlaviyning   Bahromi   shafqatsiz   emas.   To‘g‘ri,   u
kanizkani   sahroga   tashlab   ketdi,   lekin   shohlik   g‘ururi   poymol   etilib,   qahri   kelib
turgan   bir   paytda   qizni   faqat   sahroda   qoldirish   bilan   cheklanadi,   o‘ldirish,   qon
to‘kish   kabi   ishlardan   chekinadi.   Sahroda   yolg‘iz   qolgan   Dilorom   aytgan
gaplaridan   ko‘p   pushaymon   bo‘lib,   afsuslanadi.   O‘ziga   boshpana   izlash   asnosida
qishloqqa   borib   qoladi.   Bu   yerda   uni   bir   dehqon   o‘ziga   farzand   qilib   oladi   va
ko‘plab   fanlarni   o‘rgatadi.   Dilorom   shu   bilan   birga   qo‘shiq   aytish,   soz   chalish
ishida   tengsiz   mahoratga   ega   bo‘ladi   hamda   san’ati   bilan   el   orasida   mashhur
bo‘ladi.   Dilorom   barbat   chalishni   shu   darajada   maromiga   yetkazar   ediki,   u   hatto
hayvonlarni   ham   o‘ldirib-tiriltira   olarlik   qudratga   ega   edi.   Bundan   xabar   topgan
Bahrom Diloromni sotib olish uchun uning oldiga keladi. Kanizak yuzini chachvon
bilan   berkitgan   holda   unga   o‘z   san’atini   namoyish   qiladi.   Shoh   Bahrom   bundan
qanchalik   hayratga   tushsa-da,   o‘z   tuyg‘ularini   bildirmasdan   dunyoda   har   bir
odamning   ham   o‘ziga   yarasha   qoyil   qoldirarli   iste’dodi   bo‘lishini,   bu   kabi
iste’dodlar   har   bir   mamlakatda   borligini,   ammo   hammasidan   ustun   bo‘lgan
yagonasi   bo‘lishi   mumkin   emasligini   aytadi.   Bu   yerda   hammasidan   ustuni   faqat
Alloh   degan   sof   islomiy   g‘oya   ham   yotadi.   Dilorom   esa   bunga   javob   tariqasida
12 hunar   o‘rgangan   har   kim   ham   bizdan   yaxshidir,   ammo   shoh   Bahromdan   emas.
Hukmdor   ota   kiyikni   ona   kiyikka   aylantirar   ekan,   bu   ishni   o‘zidan   ziyoda   qila
oladigan boshqa biron bir zot yo‘q, deya hisoblaydi, ammo o‘likni-da tiriltiruvchi
Zot jamiki mavjudotlardan ulug‘ emasmi, insof-u adolat haq yo‘li bo‘lsa, unda ayt-
chi,   shu   adolatdanmi,   deya   fikr   bildiradi.   Shunda   Bahrom   o‘z   Diloromini   tanib
yuzidagi pardani olib tashlaydi. Undan uzr so‘rab o‘zi bilan birga olib ketadi. 
Xusrav Dehlaviyning “Hasht behisht”ida asosiy e’tibor Bahromga malikalar
tomonidan   so‘zlab   beriladigan   hikoyatlarga   qaratilgan.   Natijada,   Bahrom   va
Dilorom   orasida   bo‘lib   o‘tgan   voqealar   ikkinchi   darajali   o‘ringa   tushib   qolgan.
Kanizakning ishq yo‘lida faolligi, muhabbati uchun kurashi bo‘rttirib ko‘rsatilgan.
Shunday qilib, bu hikoya qolgan hikoyalar kabi oddiy bir kichik hikoyaga aylanib
qolgan   va   ularning   sakkizinchisi   sifatida   dostondan   o‘rin   olgan.   Avvalgi   yetti
hikoyaga   to‘xtaladigan   bo‘lsak,   ular   hech   bir   zaruriy   talqin   bilan   asoslanmagan
ham,  asar   syujetga   aytarli   qo‘shilmagan   ham.   Qasr   qurilish   ishlari   esa   Bahromda
hech   qanday   kurash   hissi   bilan   bog‘lanmagan.   Aynan   shu   sababdan   ham
qoliplovchi   hikoya   ikkinchi   darajali   o‘ringa   tushib   qolgan   va   asosiy   e’tibor
yuqoridagi   yetti  hikoyaga  qaratilgan. Dehlaviyning  asosiy   maqsadi   ham, ehtimol,
shunday bo‘lgan. Syujet jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lmasa ham, ammo o‘ta qiziqarli
turli syujetli hikoyatlar vujudga kelganki, bu shoirning ijod olami, xayolot dunyosi
nechog‘lik kengligidan darak berib turadi. Dostondagi hikoyatlar hind xalq og‘zaki
ijodi   namunalaridan   olingan   bo‘lib,   turli   mavzularni   bayon   etadi.   Chunonchi,
dostonda sanskrit adabiyotidagi kabi afsonaviy va g‘ayritabiiy voqea-hodisalarning
ko‘pligi   fikrimizning   dalili   bo‘la   oladi.   Ehtimol,   shu   boisdan   ham   ayrim   olimlar
Dehlaviyning   ushbu   dostonini   shunchaki   ko‘ngil   ochish   uchun   yozilgan   asar
sifatida   e’tirof   etishar.   Ammo   shuni   alohida   ta’kidlab   o‘tish   joizki,   shoir   so‘fiy
olim   ham   edi.   Dostonning   aynan   sakkiz   qismdan   iboratligi   hm   bunga   dalil   bo‘la
oladi.   Olim   S.   Hasanov   kitobida   “Bu   raqam   N.   I.   Prigarinaning   fikriga   ko‘ra,
dunyoni   bilish   to‘g‘risidagi   so‘fizm   ta’limoti   bilan   chambarchas   bog‘liqdir 9
”   –
degan fikrini keltiradi. Asarning kirish qismi yetti bobdan iborat. Sakkizinchi bob
9
  Ҳасанов С. Навоийнинг етти туҳфаси. – Тош.: Ғафур Ғулом, 1991. Б –  115.
13 esa   xotima   qismi   hisoblanib,   shoirning   ustozi   Shahobiddin   Badayuniyga
bag‘ishlangan.   Shunda   doston   umumiy   sakkiz   bob   qilib   tuzilgan   bo‘ladi.
Yuqoridagi   yetti   hikoya   esa   Bahromni   elparvarar   shoh   sifatida   tarbiyalash   uchun
bayon etilgan.
Dehlaviy   Bahrom   Go‘rning   shohlikdan   ko‘ra   oshiqlik   holatini   bo‘rttirib
ko‘rsatishga harakat qiladi. Ammo u baribir Bahromni ko‘kka ko‘tarib ulug‘lash-u
unga   madhiyalar   o‘qishga   ko‘proq   berilib   ketadi.   Ammo   asar   so‘ngida   Bahrom
quduqqa   tushib   o‘lishi   fojiasi   ko‘rsatilganki,   bu   nafsni   jilovlay   olmagan   har   kim
ham ana shunday dahshatli jazo bilan jazolanishi mumkinligiga ishoradir.
  Sharq   xalqlari   tarixida   xamsachilikda   o‘zini   sinab   ko‘rgan   ijodkorlar
ko‘pchilikni   tashkil   qiladi.   Xususan,   Kotib   Turshiziy,   Abdurahmon   Jomiy,
Badriddin Hiloliy, Abdullo Xotifiy, Shahobiddin Jomiy, Ashraf Marog‘iylar shular
jumlasidandir 10
. Bulardan Kotib Turshiziy hamda Abdurahmon Jomiylar Nizomiy
va Dehlaviy “Xamsa”sining uchta dostoniga javob-nazira bitgan bo‘lsalar, Ashraf
Marog‘iy har  beshala  dostonga javob yozgan ijodkor hisoblanadi. Ammo negadir
Marog‘iyning ushbu “Xamsa”si  el orasida yoyilib ketmagan. Bunga o‘sha davrda
turkiy tilda Navoiy “Xamsa”sining yaratilishi hamda fors tilidagi ushbu mavzudagi
xamsalarning   mavjudligi   ham   sabab   bo‘lgan   bo‘lishi   mumkin.   Ashraf   Marog‘iy
haqida   Alisher   Navoiy   bir   qancha   asarlarida   eslab   o‘tadi.   Masalan,   “Muhokamat
ul-lug‘atayn”   asarida   “Yana   chun   “Sab’ai   sayyor”   rasadin   zamirim   bog‘labtur.
Ashraf “Haft paykar”ining yetti hurvashini peshkashimg‘a yarog‘labtur 11
”, – deya
Marog‘iyning   “Haft   avrang”   (“Yetti   taxt”)iga   yuksak   baho   beradi.   Umuman
olganda,   Navoiy   Marog‘iy   ijodiga   katta   baho   beradi   va   uni   salaflari   qatoriga
qo‘shadi.   Alisher   Navoiy   yana   “Layli   va   Majnun”,   “Majolis   un-nafois”   kabi
asarlarida ham Ashraf Marog‘iy haqida qisqacha to‘xtalib o‘tgan o‘rinlar mavjud.
Endi  savol  tug‘iladi:  nega adabiyot  olamida Marog‘iy haqida deyarli  ma’lumotga
ega emasmiz, u nima sababdan xamsachilik an’anasiga asosan besh dostonni to‘la
yakunlagan   bo‘lsa   ham   xalq   e’tiboridan   chetda   qoldi   va   eng   muhimi,   Navoiydek
10
  Qaran g :  Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. T.: Tamaddun, 2019.
11
 Алишер Навоий. Муҳокамат ул - луғатайн. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик. Т . : Фан, 2000.   16-жилд.
Б – 22.
14 buyuk siymo uning ijodi haqida shunchalar yaxshi fikrda bo‘lsa-da uning asarlari
nega   haligacha   ochilmagan   sirlarga   to‘la?   Marog‘iy   haqida   yana   “Majolis   un
nafois” asarida shunday deyilgan: “Ashraf – Abu Ali Husayn ibn Hasan Marog‘iy.
Darvesh   Hasan   xiyoboniy   nomi   bilan   tanilgan.   1436-1440-yillar   mobaynida
“Xamsa”   an’anasini   davom   ettirgan.   “Minhoj   ul   abror”,   “Riyoz   ul   oshiqayn”,
“Shirin   va   Xusrav”   “Ishqnoma”   yoki   “Layli   va   Majnun’   “Haft   avrang”   va
“Zafarnoma”   nomli   “Xamsa”   tarkibidagi   dostonlarni   yozgan.   Shoirning   to‘rtta
she’rlar devoni va “Sad pandi Ali” nomli Hazrat Ali hikmatlarining tarjimasi ham
bo‘lgan   manzumasi   ham   mavjud ” 12
.   Ashraf   Marog‘iy   haqida   qisqacha   ma’lumot
ozarbayjonlik   olim   Tohir   Muharramovning   “Ashraf   Marog‘iy   va   uning   noyob
“Xamsa”sining qo‘lyozmasi haqida” maqolasida e’lon qilingan. Uning “Xamsa”si
tarkibidagi to‘rtinchi dostoni  “Haft avrang” deya nomlanadi va u Bahrom tarixini
madh   etuvchi   asar   hisoblanadi.   Ashraf   Marog‘iyning   yagona   qo‘lyozma   nusxasi
Londondagi Bodlean kutubxonasida saqlanmoqda 13
. Endi “Haft avrang”da Bahrom
oshiq hukmdor emas, balki adolatli podshoh sifatida gavdalanadi. Ashraf talqinida
Bahrom   haqidagi   epizodlar   qisqartirilgan.   Shoir   bunda   asosiy   e’tiborni
hikoyatlarga   qaratadi.   “Yetti   taxt”   Bahromning   tug‘ilishi   hamda   tarbiyalanishi
uchun   Yamanga   yuborilishidan   boshlanadi.   Bunda   ham   Nu’mon   Bahrom   uchun
Havarnaqni qurdiradi. Keyingi bob Yazdegird vafoti, Bahromning sherlar orasidan
tojni   olib   hukmdor   bo‘lishi   tasvirlariga   bag‘ishlanadi.   Bu   dostonda   ham   Bahrom
kiyiklarni ovlashga ishqibozligi sababidan “Go‘r” laqabini olgan. Ashraf Bahromni
oshiq emas, adolatli shoh qiyofasida ko‘rishni istaydi. Bahrom xalqni odillik bilan
boshqaradi,   keyinchalik   yetti   rangdagi   yetti   qasrni   qurdirishga   kirishadi   va
qurilishga   Shod   Shernajodni   mas’ul   qilib   tayinlaydi.   Qasrlar   ikki   yil-u   uch   oyda
qurib   bitkaziladi.   Keyin   yetti   iqlim   podsholariga   ularning   qizlariga
uylanmoqchiligini   bildirib   xat   yo‘llaydi.   Yetti   iqlim   hukmdorlari   to‘y-tomoshalar
bilan qizlarini  Bahromga nikohlab beradilar. Ashraf  dostonda Firdavsiy, Nizomiy
va   Dehlaviydagi   kabi   Bahromning   kanizak   bilan   bo‘lgan   sarguzashtlarini
12
 Алишер Навоий. Мажолис ун - нафоис.   Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик. Т . : Фан, 1997.   13-жилд. Б –
126 .
13
  Ҳасанов С. Навоийнинг етти туҳфаси. – Тош.: Ғафур Ғулом, 1991. Б – 21.
15 kiritmaydi.   Har   tun   saroylarda   eshitadigan   hikoyalari   ham   uni   uxlatish   yoki
dardiga   shifo   bo‘lish   uchun   emas,   aksincha   uni   g‘aflat   uyqusidan   olib   qolish
maqsadida aytilar edi. Har bir hikoya Bahromni odil podshoh bo‘lishi uchun pand-
nasihat, yo‘l-yo‘riq vazifasini o‘tashi kerak edi. Ayni shu jihati bilan Marog‘iyning
“Haft avrang”i o‘zidan oldin yaratilgan shu ruhdagi asarlardan keskin farq qiladi.
Ammo dostondagi hikoyalar syujeti, badiiy to‘qimalar, xalq eposlariga boyligi, jin-
u sehrli kuchlar ishtiroki ko‘pligi jihtidan avvalgi asarlarga yaqin turadi.     
Alisher   Navoiyning   “Sab’ai   sayyor”   esa   kuchli   kompozitsion   yaxlitlikka
egaligi   bilan   Nizomiy,   Dehlaviy   va   Marog‘iylarning   dostonlaridan   ajralib   turadi.
Navoiyning   ushbu   dostoni   mazkur   mavzuda   o‘zigacha   bitilgan   asarlar   orasidagi
birinchi turkiy doston edi. Asarning asosiy voqealari o‘n ikkinchi bobdan boshlab
hikoya   qilinadi.     Dostonda   Bahrom   va   Dilorom   haqidagi   afsona   yetti   hikoyani
o‘zida   qoliplovchi   sevgi   haqidagi   asarning   ajralmas   qismiga   aylantirilgan.   Shu
boisdan   ham   Navoiy   an’anaviy   kirish   qismlarini   tugatishi   bilanoq   ovga   chiqqan
Bahromning   rassom   Moniy   bilan   uchrashuvi   va   surat   orqali   Diloromni   sevib
qolishi   tasvirini   boshlab   yuboradi.   Navoiyda   ham   Bahrom   kiyiklarni   ovlashga
qiziqqanligi   uchun   “Go‘r”   laqabini   oladi.   Bahrom   Chinning   bir   yillik   xirojini
to‘lash   evaziga   Diloromga   erishadi.   Shundan   so‘ng   Bahrom   qizga   butunlay
bog‘lanib   qoladi   va   davlat   ishlarini   unutib   yuboradi.   “Shohnma”dagi   kabi   ovda
Bahrom   o‘z   mahoratini   ko‘rsatish   uchun   kiyikni   qanday   otishini   so‘raydi   va
Diloromning   xohishiga   ko‘ra,   kiyikning   to‘rt   oyog‘ini   bir   o‘q   bilan   bog‘lab,
ikkinchi   o‘q   bilan   kiyikni   bo‘g‘izlaydi.   Dilorom   esa   boshqa   dostonlardagi   kabi
buni faqatgina mashqning natijasi deya e’tibor bermaydi. Darg‘azab bo‘lgan shoh
Bahrom   mastlikda   Diloromni   oyoq-qo‘lini   bog‘lab,   sahroga   tashlab   kelishga
buyruq beradi. Keyin esa mastlik tarqab o‘ziga kelgach qilgan ishidan afsuslanadi,
sahroga borib Diloromini izlaydi, ammo topa olmay g‘am-alamga botadi. Ish shu
darajaga   borib   yetadiki,   Bahrom   butunlay   betob   bo‘lib   qoladi.   Navoiyning
Bahromi,   avvalo,   oshiq   edi.   Diloromdan   ayrilgach   u   chinakam   jununga   beriladi,
xalq uni  hatto Majnun deya ataydi. To‘rt  yuz olim  Bahromning sog‘ayishi  uchun
chora-tadbir   ko‘radilar.   U   biroz   o‘ziga   kelgandan   keyin   yetti   iqlim   shohi   yettita
16 go‘zal qasr qurdiradi. Bu saroylar Bahromning saroyidan har bir iqlimga boradigan
yo‘l ustida qad ko‘taradi. Rassom Moniy qasrlarni bezash ishiga boshchilik qiladi.
Bahrom   saroylarni   tomosha   qilar   ekan,   o‘zida   biroz   yengillik   sezadi.   Qasrlar
bitgach yetti iqlim hukmdorlarining qizlari Bahromga nikohlanadi. Har biri o‘ziga
atalgan   qasrga   kirib   Bahromga   may   tutadi.   Ammo   Bahrom   bir   dam   bo‘lsa-da
Dilorom yodini xayolidan chiqarmaydi. Ayni shu jihati bilan Navoiyning Bahromi
Nizomiy   va   Dehlaviylarning   Bahromidan   ajralib   turadi.   Chunki   u   haqiqiy   oshiq.
Nizomiy va Dehlaviyda kanizaklar Bahromdan ayrilgach qayta visol uchun faolroq
harakat   qilishadi.  Xususan,  Fitna  oltmish  zinalik  boloxonaga   ho‘kizni  olib  chiqib
qayta   tushirsa,   Dehlaviyning   Diloromi   musiqa   va   qo‘shiqchilikda   tengi   yo‘q
san’atkorga   aylanib   Bahromni   o‘zlariga   yaqinlashtiradilar.   Shoh   Bahrom   esa
shunchaki   o‘z   kanizagidan   uzr   so‘rab   u   bilan   qasriga   qaytadi.   “…bu   qizlarni
haqiqiy oshiq deb bo‘lmaydi. Ular firoq alamidan o‘rtanmaydilar, yor ishtiyoqida
qiynalib   yurmaydilar.   Ularning   intilishlari   yorga   yetish   uchun   emas,   balki   go‘yo
Bahromdan   o‘ch   olish,   uni   mulzam   qilish   va   qobiliyatlarini   ko‘rsatish   uchunday
tuyiladi 14
”.   Aks   holda   Bahrom   bilan   qayta   uchrashgach   har   ikkalalari   Bahromga
ta’na-malomat   yog‘dirib   o‘zlarining   haqliklarini   pesh   qilmagan   bo‘lar   edilar
(Nizomiyning   Fitnasi   Bahromga   ta’na   qilgandek   bo‘lib   o‘tgan   voqeani   eslatishi,
Dehlaviyning   Diloromi   aytgan   “O‘likni-da   tiriltiradigan   Haq   bor   ekan,   adolat
uchun   ayt-chi,   kim   ham   undan   zo‘rroq   bo‘la   olardi?”,   degan   gapi   fikrimizning
dalili bo‘la oladi).
Nizomiy   va   Dehlaviy   dostonlarida   Bahrom   g‘amginligini   biroz   bo‘lsa-da
tarqatish   uchun   musofir   keltirishlarini   va   keltirilgan   musofir   biron   bir   qiziqarli
voqeani   aytib   berib   qissaxonlik   qilishini   buyuradi.   Buyruqqa   binoan   keltirilgan
qissago‘ylar   Bahromga   bir-biridan   ajoyib   hikoyatlar   aytib   berishadi.   Ushbu
hikoyatlarning   so‘ngisida   aytilgani   Bahromni   o‘z   Diloromiga   yetishishi   uchun
ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi. Hikoyatda aytilishicha, bir qiz musiqa ilmida jahonda
qiyosi  yo‘q darajada  mahoratga ega ekan. U  soz chalganida  odamlar  bir  o‘lib bir
tirilar   ekanlar.   Bu   holat   Dehlaviynikidan   biroz   farq   qiladi.   Xususan,   Dehlaviy
14
  Муҳиддинов М. Кўнгил ҳайратлари.  – Тош.: Тамаддун, 2021. Б –  260.
17 yaratgan   Dilorom   soz   chalganda   hayvonlar   o‘lib   tirilar   edi,   deyilgan.   Navoiy   bu
yerda   biroz   mantiqiylikka   yaqin   keladi,   ya’ni   “san’at   hayvonga   emas,   insonga
ta’sir   etadi 15
”.   Musofir   qizning   doim   qayg‘uli   qiyofada   kofuriy   libos   kiyib
yurishining   sababini   so‘raydi.   Qiz   agar   bu   yerlardan   ketishga   va   boshqa   hech
kimga bu haqida aytmasligiga va’da bersa, boshidan o‘tganlarini so‘zlab berishini
aytadi.   Musofir   rozi   bo‘lgach   qiz   boshidan   o‘tganlarini   aytib   beradi.   Musofir   esa
Bahromga jami olamdagi eng ulug‘   podshoh bo‘lganligi uchun bu voqealarni aytib
berganligini   izhor   etadi.   Musofir   hikoyati   orqali   Bahrom   Diloromning   daragini
topadi va hushini yo‘qotadi. Bahrom qanchalik jidd-u jahd aylab Dilorom tomonga
qanot chiqarib uchib borishga shay bo‘lsa-da bunga tabiblar norozilik bildirishadi.
“Tog‘ning odati o‘z yerida istiqomat qilib turishdir, agar u qo‘zg‘aladigan bo‘lsa,
qiyomat qo‘porilur. Bir necha g‘amni ichga yutib, sabr etib, shu yerda tur-da, olam
tartibini   buzma 16
”,   –   deyishadi   ular.   Shundan   so‘ng   ilojsiz   qolgan   Bahrom   axiyri
xat   yo‘llashga   majbur   bo‘ladi.   Bahromdek   ulug‘   hukmdor   sevgilisiga   yo‘llagan
maktubida   tezroq   yoniga   qaytishini   qattiq   o‘tinib   so‘raydi,   agar   kechiksa,
Bahromning   uzilgan   joni   uning   gardanida   qolishini   aytib,   pichoqsiz   so‘ymaslikni
o‘tinadi. Xorazmshohga  ham xat  yo‘llab unga Xorazmning bir yillik xirojini yo‘l
xarajati   uchun   berishini,   Diloromni   bu   yerga   yuborishini   tayinlaydi.   Qosid   ya’ni
elchilar zudlik bilan Diloromning huzuriga borishadi va uning xojasini topib xatni
berishadi. Xoja nomani o‘qigach sajdaga bosh qo‘yadi, Dilorom esa xatdan darak
topgach boshi  quyoshdan  ham  balandga ko‘tarildi, deya ta’riflanadi. Xorazmshoh
esa   xirojni   to‘plab,   o‘z   xazinasidan   ham   ulush   ajratib   Diloromni   Bahromning
huzuriga jo‘natadi. 
Bu   o‘rinda   yana   shu   narsaga   guvoh   bo‘lamizki,   Alisher   Navoiy   xalqdan
ko‘mak olish  uchun ba’zan ulardan olinadigan soliqlardan voz kechib  turish ham
zarurligini uqtiradi. 
Ular biron yerda to‘xtamay Bahrom tomon kela boshlaydilar. Bu orada ishq
va   firoq   o‘tida   azob   chekayotgan   Bahrom   ham   ularning   yo‘liga   peshvoz   chiqqan
15
  Муҳиддинов М. Кўнгил ҳайратлари.  – Тош.: Тамаддун, 2021. Б –  260.
16
  Alisher Navoiy. “Sab’ai sayyor” nasriy tabdili.  Tabdil va izohlar muallifi: Abdulxayr M. Tosh.: Yangi asr avlodi, 
2021. 251-bet.  
18 edi. Diloromning yetishiga bir manzil qolgach, hamma uyquda ekanligida Dilorom
tomonga   boradi.   Bu   vaqtda   Diloromni   olib   kelayotgan   karvon   ham   nihoyatda
holdan toyib oxiri dam olish uchun to‘xtagan edilar. Subhidam vaqti bir chashma
bo‘yida chodiri tikilgan Dilorom odatiga ko‘ra, tong otishi bilan uyg‘onib, avvalo,
Tangriga sajda qilib ibodat  qildi, so‘ng chashma  bo‘yidagi  ichini yashin kuydirib
kovak   bo‘lib   qolgan   chinor   oldiga   borib   soz   chalib   qo‘shiq   ayta   boshlaydi.   U
Bahrom   yozgan   xatdagi   so‘zlarni   qo‘shiqqa   solib   aytar,   har   lahza   ko‘zidan   qonli
yosh to‘kar edi. Shu vaqtda Bahrom ham ayni shu chinor ichida Diloromning nola-
yu alamlaridan tuzilgan qo‘shiqni eshitib turar, axiyri o‘zi ham bardosh bera olmay
daraxt ichidan chiqib keladi. Ular bir-birlarini ko‘rishgach har ikkalasi ham hushini
yo‘qotadi. Shoir visolni ta’riflar ekan, xuddi osmon yerga tushib, osmon oyog‘iga
quyosh   ham   bosh   qo‘ygandek   holat   yuzaga   kelganini   shoirona   tashbeh   qiladi.
Ularning bu holatidan voqif bo‘lgan el tepalariga yig‘ilashadi. Xoja esa baxt qushi
qayta   boshiga   qo‘nganini   bilib   xursand   bo‘ladi   va   qolganlarni   bu   yerdan
uzoqlashtirib   ular   tepasiga   chodir   tiktiradi.   Shoh   va   kanizak   o‘zlariga   kelishgach
Bahrom xojani ham o‘ziga vazir qilib tayinlashi, xoja ham savdogarchilik ishidan
qutilgani, qolganlar esa o‘z yumushini davom ettirish uchun shaharga qarab ravona
bo‘lganlari qayd etiladi. 
Shu   o‘rinda   ta’kidlash   joizki,   Nizomiyda   ham,   Dehlaviyda   ham   hukmdor
kanizakka   xat   yo‘llamaydi.   Ularda   shoh   kanizaklari   bilan   uchrashganda,   hatto
qarshisida   turgan   qiz   o‘z   kanizagi   ekanligini   ham   bilmaydi.     Bahromni   o‘z
qilmishidan   afsuslanishga   majbur   bo‘lgandan   so‘ng   o‘zlarini   tanitadilar.
Maqsadlari   xuddiki   Bahromni   qilgan   qilmishidan   pushaymon   bo‘lishiga   majbur
qilishdek   tuyilib   qolgan,   vaholanki,   ular   hukmdorning   marhamatiga   qayta
musharraf bo‘lganlaridan xursand bo‘lishlari kerak edi.
Bir   qarashda   “Sab’ai   sayyor”da   sevishganlar   uzoq   ayriliqdan   so‘ng   visolga
erishganday   tuyiladi.   Darhaqiqat,   shunday,   Bahrom   Diloromni   topadi,   ular
qovushadilar.   Lekin   ularning   baxti   uzoqqa   cho‘zilmaydi:   Bahromning   sevgilisi
Diloromni lashkar-ashyolari bilan yer yutadi – xotima yana fojiaviy. Buning sababi
19 shuki,   shoir   o‘z   zamonida   oxiri   fojia   bilan   tugamagan   baxtiyorlikni   ko‘ra
olmagan 17
.
1.2. “Bahromnoma” hikoyatlari qiyosiy tahlili
Badiiy   adabiyotda   Bahrom   Go‘r   obrazi   ilk   bor   Abulqosim   Firdavsiyning
“Shohnoma”   asarida   tilga   olinadi.   She’riy   usulda   yaratilgan   eron   hukumdorlari
tarixidan   so‘zlovchi   ushbu   asar   faqatgina   tarixiy   qo‘llanma   emas.   Yozuvchi   o‘z
oldiga   buyuk   badiiy   asar   yaratishni   maqsad   qilib   olgan   edi   va   shu   bois   ijodkor
tarixiy   voqelikka   badiiy   to‘qimalar,   xalq   og‘zaki   ijodi   namunalari,   miflar,
rivoyatlar,   o‘z   xayoloti   mahsullarini   ham   kiritib   borgan.   Bu   o‘rinda   u   tarixiy
hukmdorlar obraziga ma’lum detallar qo‘shadi. Xususan, Bahrom Go‘r obrazi ham
bundan mustasno emas.  Asarda Bahrom Yazdigrdning o‘g‘li Varaxran sifatidagina
emas, balki adolatli podsho sifatida gavdalanadi. Yozuvchi o‘z idealidagi hukmdor
sifatida   Bahromni   yaratgan   bo‘lishi   ehtimoli   bor.   Chunonchi,   Bahrom   Go‘r
timsolida   xalqparvarlik,   adolatparvarlik,   qahramonlik   kabi   xislatlarni
mujassamlashtirganki, ijodkor asil hukmdor o‘zida mujassam etishi lozim bo‘lgan
barcha   sifatlarni   ushbu   asarga   kiritadi.   Bundan   tashqari   Eron   va   unga   qo‘shni
hududlar   mifologiyasida   mavjud   bo‘lgan   chaqmoq   ilohi   xususiyatlari   ham   aynan
Bahrom   obrazida   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.   Xususan,   Bahrom   uddaburon
lashkarboshi,   oliy   nasabli   podshoh,   yengilmas   quvvatga   ega   pahlavon   sifatida
gavdalanadi   va   bu   hatto   uning   Go‘r   deb   berilgan   laqabida   ham   o‘z   ifodasini
topgan. Navoiyning “Sab’ai sayyor”ini rus tiliga tarjima qilgan olim S. Lipkin asar
so‘zboshisida   doston   ildizlari   hind-eron   xalqlarining   chuqur   tarixiga   borib
taqalishini,   asardagi   Bahrom   obrazi   hind-eron   xalqlari   mifologiyasida   katta   o‘rin
tutuvchi   iloh   hisoblanmish   Veretragn,   ya’ni   chaqmoq   va   momaqaldiroq   xudosi,
deya   ta’kidlaydi.   Bundan   tashqari   Sharq   mamlakatlarida   Mars   (Mirrix)   yulduzi
ham   aynan   Bahrom   nomi   bilan   atalib   u   urush,   jang-jadal   homiysi   sifatida   e’tirof
etiladi.   Bu   qahramon   Turkman   xalq   eposlarida   Shobehram,   armanlarda   Vahagn,
gruzin   xalq   poemalarida   Vaxtang   Go‘rgasol,   rus   yodnomalarida   Georgiy
17
  Муҳиддинов М. Кўнгил ҳайратлари.  – Тош.: Тамаддун, 2021. Б – 242-243.
20 Pobedonosets   deb   yuritiladi 18
.   Bahrom   obrazi   hatto   rus   adabiyotlarida   ham
uchrashi   g‘ayritabiiydek   tuyilishi   mumkin,   ammo   yuqorida   nomi   qayd   etilgan
qahramon   ko‘plab   shaxsiy   sifatlari   bilan   biz   tahlilga   tortayotgan   shoh   Bahromga
o‘xshab   ketadi.   Olim   Ferdinant   Yusti   Bahrom   nomi   kelib   chiqishini   juda   qadim
tarixga   bog‘laydi.   “Olim   bu   nomni   qadim   zamonlardan   beri   toat-ibodat   qilib
kelingan   momaqaldiroq   va   chaqmoq   xudosi   Indra   Veritragn   bilan   bog‘lab,   uning
sanskrit   adabiyotida   uchrashini   qayd   etadi. 19
  Bundan   tashqari   adabiyotda
Yazdigirdning o‘g‘li Bahrom V gacha Bahrom nomi bilan o‘n uch nafar hukmdor
o‘tganligi,   ularning   birinchisi   Bahrom-g‘olib,   ikkinchisi   Bahrom-mergan,   boshqa
biri Bahrom-shernajot, ayrimi Bahrom-zolim kabi laqablar bilan tanilganligi qayd
etiladi.   Keyinchalik,   biz   bilgan   Bahrom   V   tarix   sahnasiga   chiqib   keladi.   Bundan
tashqari   sosoniylar   saroyidagi   “feodal   doiralar,   zardushtiylarning   ruhoniylari
Bahromni juda hurmat qilgan holda uni ideallashtirishga harakat qilganlar. Buning
asosiy   boisi   Bahromning   zardushtiylarning   manfaatlariga   har   tomondan   madad
berib,   nasroniylarni   tazyiq   ostiga   olganligi   bilan   izohlanadi.” 20
  Xususan,   u   taxtga
chiqishining   ilk   kunlaridanoq   zardushtiylarga   keng   imkoniyatlar   ochib   berib   ular
bilan   yaqinlashgan.   Zardushtiylar   esa   o‘z   navbatida,   Bahromni   ideallashtirib,   uni
iloh   darajasiga   ko‘tarishdan   manfaatdor   ham   edilar.   Bahrom   haqida   Alisher
Navoiy   ham   o‘zining   “Tarixi   mulki   ajam”   asarida   to‘xtalib   shunday   degan:
“Bahrom   binni   Yazdijurd   chun   otasidin   so‘ngra   saltanat   taxtiga   o‘lturdi,   otasi
buzg‘onlarni   tuzdi   va   aning   zulmiga   adolat   ko‘rguzdi.   Va   ani   Bahrom   Go‘r
dedilarki,   go‘rni   shersayd   qilg‘onda   aning   o‘qi   egnidan   o‘tib   yerga   tegdi.   Ba’zi
depturlarkim, go‘r ovig‘a ko‘p moyil erdi” 21
. 
Akademik   I.   Orbelining   fikriga   qaraganda,   Bahromning   “Go‘r”   laqabi
qadimgi Vavilon, Eron va Kavkaz xalqlari mifologiyasida mavjud bo‘lgan “Gurg”
(bo‘ri) laqabidan kelib chiqqan. Bu afsonada ko‘rsatilishicha, Bahrom tanasi odam,
boshi   bo‘ri   (gurg)   shaklida   tasvirlangan   va   u   o‘zining   shijoati,   bahodirligi   bilan
18
 Ҳасанов С. Навоийнинг етти туҳфаси. – Тош.: Ғафур Ғулом, 1991. Б – 118-119.
19
  Ҳасанов С. Навоийнинг етти туҳфаси. – Тош.: Ғафур Ғулом, 1991. Б – 119.
20
  Ҳасанов С. Навоийнинг етти туҳфаси. – Тош.: Ғафур Ғулом, 1991. Б – 119.
21
 Алишер Навоий. Тарихи мулки ажам.  Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик. 13-жилд.  – Т.:  Фан, 2000. 
Б – 231-232.
21 yovuz kuchlarni yengib borgan.  Hozir ham kurd xalq afsonalarida Bahrom “Gurg”
laqabi bilan tilga olinadi. Olim “Go‘r” so‘zi “Gurg” so‘zining tarixiy o‘zgarishidan
paydo   bo‘lgan,   deb   ta’kidlaydi 22
.   Biroq   Firdavsiy   “Shohnoma”sida
tasvirlanishicha,   Bahrom   qulon   (go‘r)   oviga   ishqiboz   bo‘lganligi   sababli   “Go‘r”
laqabini   olgan.   Firdavsiy   Bahrom   Go‘r   va   uning   kanizagi   sarguzashtlari
to‘g‘risida Firdavsiy ijodida ilk bor qalamga olinadi, ammo Nizomiy Ganjaviy uni
qayta   ishlab   hikoyatlar   bilan   boyitib   “Haft   paykar”   nomli   badiiy   obida   yaratadi.
Firdavsiydan   farqli   o‘laroq   Ganjaviy   ham,   Dehlaviy-u   Navoiy   ham   Bahromni
ko‘proq oshiq qilib tasvirlashga urg‘u berganlar. Hikoyatlardagi ranglar-u raqamlar
timsoli,   so‘z   o‘yinlari   kishini   o‘ziga   qaratmay   qolmaydi.   Xamsanavislarning
asarlaridagi   qasr   ranglari,   hafta   kunlari   bir   xilda   yoritilgan,   ya’ni   birinchi   hikoya
shanba   kuni   qora   qasrda   tinglansa,   ikkinchisi   yakshanba   kuni   zarrin   saroyda,
uchinchisi   dushanbada   sabz   rangi   bilan   bog‘lansa,   to‘rtinchi   hikoyat   qizil   rang
qasrda   seshanba   kuni,   beshinchisi   nilufariy   (ko‘k)   qasrda   chorshanba   kuni
so‘zlanadi,   oltinchi   kun   sandaliy   (jigarrang)   qasrda   payshanba   kuni   va   nihoyat
yettinchi   –   yakunlovchi   hikoyat   kofuriy   (oq)   saroyda   juma   kuni   aytiladi.   Bu
xususda   dostonlar   bir-biriga   o‘xshasa-da,   ulardagi   hikoyatlar     va     qissanavisla r
tamomila   boshqacha.   Xususan,   Nizomiy   va   Dehlaviy   yetti   iqlim   malikalarini
qissago‘yga   aylantirsa,   Navoiyda   shohning   buyrug‘iga   ko‘ra   keltirilgan   mutlaqo
noma’lum   va   notanish   sayyoh   hikoyatchilik   qiladi.   Navoiy   bu   borada   salaflari
izidan   bormaganligini   professor   M.   Muhiddinov   quyidagicha   izohlaydi:   “Shoh
qizlari   qissaxon   bo‘ladimi?   G‘aflatda   qolgan   mast   odamga   afsona   nima   kerak,   u
busiz ham uxlab qoladi-ku! Shoh qizlari nozik, shirinso‘z, erkalash, suyish uchun
yaratilgan,   ularni   hukm   etish,   ularni   tahqirlash   mumkin   emas.   Faraz   qilaylik   –
shunday   hodisalar   yuz   bergan   bo‘lsa   ham,   uni   badiiy   asarga   kiritish   va   nazmga
tizib   xalqqa   taqdim   qilish   aqlga   xilofdir” 23
.   Navoiy   asarining   salaflarinikidan
yagona   ajralib   turuvchi   jihati   bu   emas,   albatta.   So‘zlangan   hikoyatlarning   reallik
darajasi   ham   boshqalarnikidan   sezilarli   darajada   farqlanadi.   Xususan,   Nizomiyda
22
 Муҳиддинов М. Кўнгил ҳайратлари.  – Тош.: Тамаддун, 2021. Б – 234.
23
 Муҳиддинов М. Кўнгил ҳайратлари.  – Тош.: Тамаддун, 2021. Б – 247.
22 birinchi   hikoyat   Kashmir   malikasidan   eshitiladi.   Malika   baxtli   podshoh   va   uning
Chin   mamlakatida   ko‘rgan-kechirganlari   haqida   qissa   aytib   beradi.   Qissa
g‘ayritabiiy   voqealar   va   xayoliy   uydirmalar   asosida   vujudga   keltiriladi.
Dehlaviyning   ilk   hikoyati   nisbatan   ishonchliroq   va   didaktik   maqsad   tashishga
yo‘naltirilgan.   Sarandib   hukmdori   hamda   uning   uch   o‘g‘li   haqidagi   hikoyat
insonga   hech   qachon   boylik   ketidan   quvmaslik,   ahil,   bahamjihat,   ilmli   bo‘lish
insonga   doim   tirgak   bo‘lishi   kabilarni   o‘rgatadi.   Ashraf   Marog‘iyda   sehrli
kuchlarga   keng   urg‘u   beriladi.   Jin-u   parilar,   hatto   Xizr   payg‘ambar   obrazi   ham
ustalik bilan kiritiladi. Marog‘iyda hikoyatlar qolgan uch xamsanavisnikidan farqli
o‘laroq, Bahromni uxlatish uchun emas, balki uni g‘aflat uyqusidan qaytarib qolish
uchun   hikoya   qilinadi.   Marog‘iy   o‘z   dostonida   kanizak   obraziga   ham   o‘rin
ajratmaydi. Chunki u oshiq emas, odil hukmdor portretini yaratmoqchi edi va buni
uddalaydi.   Navoiyning   ilk   qissasi   ham   didaktik   g‘oya   tashiydi.   Qissa   shahzoda
Farrux,   uning   chin   do‘sti   Axiy   va   Axiyning   rafiqasi   boshdan   o‘tkazgan   qiziqarli
hamda ibratomuz voqealar haqida bo‘lib uni Axiyning avlodidan bo‘lmish sayyoh
hikoya   qilib   beradi.   Hikoyat   orqali   sahovat,   do‘stlik,   sadoqat,   sof   sevgi   kabi   oliy
tuyg‘ularning   inson   kamolotida   tutgan   o‘rni   haqida   yana   bir   bor   mulohaza   va
mushohada qilish mumkin. 
Ikkinchi   kun   hikoyatida   Nizomiy   haqgo‘ylik   sifatini   ulug‘laydi.   Buning
uchun   Sulaymon   payg‘ambar   va   uning   rafiqasi   Bilqis   haqida   hikoyat   ichida
hikoyat   keltirib   so‘zlab   bergan   malika   qissasi   tinglanadi.   Dehlaviy   esa   malika
tilidan   zargar   Hasan   sarguzashtini   so‘zlab   beradi.   Zargar   qanchalik   o‘g‘ri,
xiyonatkor bo‘lmasin, oxirida podshoh baribir uning aqliga lol bo‘lib o‘z xizmatiga
qaytarib oladi. Bu hikoyat orqali shoir aql-zakovat har qanday holatda ham kishiga
yordam   bera   oladi,   degan   g‘oyani   ilgari   suradi.   Shu   o‘rinda   yana   bir   narsaga
e’tibor qaratish kerakki, Hasanning kirdikori uning xotini tomonidan beixtiyor fosh
qilinadi, bundan afsuslangan xotini zindonda yotgan erini ko‘rish uchun kelib hatto
uning   o‘rniga   zindonda   qolib   ketadi.   Hasan   tilining   kasofatidan   zindonda   endi
uning   o‘zi   qolajagini   aytib   hatto   uning   ustidan   masxaraomuz   kulib   ketadi.
Dehlaviy   dostonda   ayollarning   qiymatini   qanchalik   yerga   urgan   bo‘lsa,   Navoiy
23 ayollar obro‘sini shunchalik ko‘kka ko‘taradi. Buni ham ikki ijodkorning ijodidagi
farq   deyish   mumkin.   Ashraf   hikoyatida   chinlik   Salim   va   Solim   ismli   ikki   do‘st,
ularning sevgani Siymbar haqida so‘zlab beriladi. Do‘stlikka xiyonat qilmaslik va
pok   sevgi   madh   etiladi.   Navoiyning   qissago‘yi   esa   Zayd   Zahhob   haqidagi
hikoyatni   aytib   beradi.   Ushbu   hikoyat   Dehlaviyning   ikkinchi   hikoyati   syujetiga
juda   o‘xshash,   ammo   undan   badiiy   yuksakligi   bilan   ajralib   turadi.   Xususan,
Dehlaviyning   hikoyatida   zargar   xotini   sabab   zindonband   etiladi,   Navoiyda   esa
bunga   dushmanlar   sabab   bo‘ladi.   Bundan   tashqari   Zayd   g‘ayridinlarga   qarshi
shunday   hiylalar   ishlatadiki,   natijada   ularning   rahnamosiga   aylanib   barcha   oltin
butlarini   eritib   oladi   va   ularning   o‘rniga   temirdan   va   boshqa   metallardan   butlar
yasab joyiga qo‘yadi. Ga’yridinlarga bergan firibi, podshohga yana ko‘plab xazina
keltirganligi   hamda   uni   o‘limdan   qutqarib   qolganligi   uchun   shoh   uni   yana   qayta
xizmatiga oladi. Bu qissada aql tantanasi madh etiladi. 
Navoiyning   Zahhobi   hamda   Dehlaviyning   Hasani   haqidagi   hikoyatlarning
ildizi   haqida   quyidagi   fikr   keltirilgan:   “…ayrim   lavhalarning   tipologik
o‘xshashligini   qadimgi   hind   hikoyasi   “Katxasaritsagara”ning   (1063-1081)   ayrim
lavhalarida   ko‘rish   mumkin.   Xususan,   “Shiva   va   Madxava   tarixi”   hikoyasidagi
bosh qahramonlar Xusrav Dehlaviyning Hasani va Navoiyning Zayd Zahhobi kabi
oltin va qimmatbaho toshlarni soxtalashtirish orqali Uddaini shahrining bosh diniy
peshvosi   Shankarasvamiini   shilishadi.” 24
  Tarixiy   ildizlar   bir   bo‘lgan   taqirda   ham
Dehlaviy   ham,   Navoiy   ham   ushbu   hikoyani   qayta   ishlab,   syujet   jihatdan
takomillashtirgan holda o‘z dostonlariga olib kirganlar.
Uchinchi hikoyada Nizomiy tomonidan rumlik Bishr va uning yomon xulqli
hamrohi   Malixa   haqida   so‘z   boradi.   Pokdomonlik,   halollik   kabi   xislatlar
ulug‘lanadi.
Xusrav   Dehlaviy   dushanba   kuni   Hindistonning   oqil   va   mehmondo‘st
hukmdori   haqida   ertakni   keltiradi.   Hikoyada   ilmli   podshoh,   sotqin   vazir,   ruhini
24
 Ҳасанов С. Навоийнинг етти туҳфаси. – Тош.: Ғафур Ғулом, 1991. Б – 68-69.
24 boshqa   jonivorlarga   ko‘chirib   o‘tkaza   oladigan   sayyoh,   shohning   oqila   turmush
o‘rtog‘i orqali qiziqarli syujet vujudga keltiriladi.  
Marog‘iy   zangor   qasrda   misrlik   davlatmandning   Shazoda   ismli   o‘g‘li
boshidan   kechirgan   g‘aroyib   sarguzashtlar   hikoyatini   keltiradi.   Hikoyada   dev-u
yalmog‘iz kabi mifik obrazlarni ham keltirgan. 
Navoiyning uchinchi iqlim darveshi Sa’d haqida gapirib beradi va o‘zi ham
Sa’d avlodidan ekanligini aytgach Shahrisabz voliysi etib tayinlanadi.
Nizomiyning   “Haft   paykar”ida   to‘rtinchi   kun   slavyanlar   mamlakatidagi
chiroyli shahar va undagi go‘zal malika haqida hikoya qilinadi.
Dehlaviy   seshanba   kuni   Multon   shahridan   sayohatga   chiqqan   besh   yigit   –
shahzoda, savdogar, yer kovlovchi, bog‘bon va duradgor hamda shahzoda yoqtirib
qolgan go‘zal qiz haqida hikoyani keltiradi.
Marog‘iy   qizil   qasrda   Xitoy   hokimi   bo‘lmish   odamning   Navjahon   ismli
xizmatchisi   haqidagi   hikoyatni   keltiradi.   Hikoyada   hech   qanday   sehr-jodu   yoki
mifik obrazlar mavjud emas.
  Navoiy   la’lrang   qasrda   to‘rtinchi   iqlim   sayyohi   tilidan   Juna,   sahovatda
tengsiz Mas’ud, hasadgo‘y Jaypur va uning noibi Ballu haqida hikoya qiladi. 
Nizomiy dostonida moviy qasrda beshinchi iqlim malikasi Misrda yashagan
savdogar   Mohonning   dev-u   jinlar   nayranglari   sabab   ko‘rgan   qiyinchiliklari,   Xizr
yordamida ortiga qaytganligini hikoya qilib beradi. 
“Hasht bihisht”da chorshanba kuni sehr-jodu va jinlarning nayranglari sabab
ko‘plab   qiyinchilik   va   sarguzashtlarni   boshidan   kechirgan   rumlik   savdogar
hikoyati aytiladi. Ushbu hikoyat Nizomiyning birinchi hikoyasi syujetiga o‘xshab
ketadi. 
Marog‘iyning   “Haft   avrang”ida   beshinchi   kuni   Misr   podshohi   bo‘lgan
yigitning qanday qilib jinlar asiri bo‘lganligi, taxtidan ajrlib qolganligi va sarkarda
Bazorgon yordamida yana mamlakat podshosi bo‘lganligi hikoya qilib beriladi.
25 “Sab’ai   sayyor”da   moviy   rang   qasrda   Mehr   va   Suhayl   hikoyati   so‘zlanadi.
Qaroqchi   Jobir,   Navdarshoh   va   Nu’mon   shoh   kabi   obrazlar   taqdiri   haqida   so‘z
boradi.
Oltinchi  kun  sandaliy  qasrda  Nizomiy ‘Haft  pakar”ida  Xayr  va  Sharr  ismli
yigitlar   sarguzashtlarini   keltiradi.   Bu   hikoyat   didaktik   ruhda   bo‘lib   to‘g‘rilik   va
egrilik   kabi   sifatlar   haqida   so‘z   boradi,   Xayrning   ezguligi   ulug‘lanib,   Sharrning
yovuzligi o‘z boshiga balo bo‘lganligi aytiladi.
Xusrav   Dehlaviyning   “Hasht   bihisht”ida   payshanba   kuni   Yamanda   o‘tgan
adolatli   shoh,   uning   xiyonatkor   xotini,   vaziri,   shohning   o‘g‘li   va   unga   yordam
bergan uch muhandis yigit voqeasi hikoya qilinadi. 
Ashraf Marog‘iy “Haft avrang”da oltinchi hikoyat uchun bir vaqtlar Yaman
podshosining vaziri bo‘lgan, tuhmatga uchrab zindonband etilgan va yaqinlarining
yordamida   qochishga   erishgan   mo‘ysafid   va   turli   sarguzashtlarni   boshidan
kechirgan uch yigit voqeasini keltiradi. Asar davomida ular bir-biriga tirgak bo‘lib
o‘z murod-maqsadlariga yetadilar.
Navoiy   “Sab’ai   sayyor”da   sandaliy   qasrda   Muqbil   va   Mudbir   hikoyatini
keltiradi.   Ushbu   hikoyat   g‘oyaviy   jihatdan   Nizomiyning   Xayr   va   Sharr   haqidagi
hikoyatiga biroz o‘xshab ketadi.
Yettinchi   kuni   Nizomiy   yaratgan   malika   oq   qasrda   bog‘bon   yigit   va   uning
bog‘iga   kirib   olgan   notanish   qizlar   bian   bo‘lgan   voqeani   bayon   qiladi.   Hikoyat
halollikka chorlovchi da’vat vazifasini o‘taydi.
Xo‘tanlik   faylasuf   yasagan   g‘aroyib   haykalcha   va   u   orqali   o‘ziga   sadoqatli
qayliq   tanlab   olgan   podshoh   hikoyati   Dehlaviy   yaratgan   “Hasht   bihisht”
dostonining yakunlovchi hikoyasi vazifasini o‘taydi. 
Marog‘iyning   “Haft   avrang”ida   Bahrom   juma   kuni   oq   qasrda   so‘nggi
hikoyani eshitishdan avval oq ajdaho bilan jang qiladi va uni yengadi. Malika esa
unga Eronda o‘tgan Xo‘ja ismli bir donishmand odam haqida aytib beradi.
Navoiyning   “Sab’ai   sayyor”ida   juma   kun   oq   saroyda   Bahrom   Xorazmdan
kelgan   sayyoh   hikoyati   orqali   sevimli   kanizi   Diloromning   daragini   topadi.
Shohning oromi yo‘qolib darhol Dilorom tomon oshiqa boshlaydi, ammo tabiblar
26 unga   sog‘ligi   yomonligi   bois   bormaslikni   maslahat   berishadi.   Shoh   maktub   bitib
uni Diloromga jo‘natadi. Xo‘ja esa bundan benihoya shod bo‘lib darhol Diloromni
olib   yo‘lga   tushadi   va   Bahrom   bilan   Dilorom   uzoq   ayriliqdan   so‘ng   yana   birga
bo‘lishadi. 
Lekin   ularning   baxti   uzoqqa   cho‘zilmaydi.   Chunki   Navoiy   Bahromning
o‘limini   kengroq   fojiaviylik     yo‘sinida   va   qolgan   salaflaridan   ishonchliroq   qilib
tasvirlaganki, bu Navoiyning yana bir ulkan yutug‘i desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xususan,   Bahrom   ov   vaqtida   halok   bo‘lar   ekan,   yolg‘iz   o‘zi   emas,   butun   boshli
qo‘shini-yu   otlari,   hatto   Dilorom   ham   nobud   bo‘lishadi.   Navoiy   ushbu   fojianing
sababi   sifatida   haddan   ziyod   ko‘p   to‘kilgan   qon   avvaldan   botqoqlik   bo‘lgan
yerning   o‘pirilishi   va   bunga   yomg‘irning   ham   qo‘shilishini   ko‘rsatadi.   Panteizm
yo‘nalishida   bo‘lgan   Navoiy   bu   bilan   tabiatga   yetkazilgan   har   bir   zarar   hech
qachon   javobsiz   qolmaydi,   hamma   bir   kun   kelib   qilmishlari   uchun   javob   beradi,
demoqchi   bo‘ladi   go‘yo.   Yoki   Diloromga   yetishgan   Bahrom   yana   mamlakat
g‘amini   unutib,   qayta   boshdan   ovga   berilib   ketishi   va   shu   sabab   o‘lim   topishini
ijodkor bir ko‘ngilga ham shohlik, ham oshiqlik sig‘masligini, agar har ikkalasini
birdek   tutishga   harakat   qilinsa,   oxiri   halokatli   bo‘lishini   nazarda   tutgan   bo‘lishi
ham   mumkin.   Navoiy   shoh   Bahrom   orqali   zamona   hukmdori   sulton   Husayn
Boyqaroga   ham   bir   yo‘la   nasihat   qilgan.   Vaqtni   faqat   aysh-ishrat-u   ov   bilan
o‘tkazmay,   fuqarolar   holidan   xabar   olish,   davlatni   adolat   bilan   boshqarish
hukmdorning   asosiy   vazifasi   ekanligini   eslatib   o‘tmoqchi   bo‘lgan.   Nizomiy   va
Dehlaviylarda   ham   shoh   Bahromning   o‘limi   nafsni   jilovlash,   odil   hukmdor
xislatlarini   podshohlarga   eslatish   kabi   vazifalarni   tashishi   turgan   gap,   ammo
Bahromning   o‘limi   har   uchala   ijodkorda   turlichadir   va   ularning   ishonarlilik
darajasi ham har xil. Xususan, Nizomiyning Bahromi ov ketidan quvib qandaydir
noma’lum g‘orga kirib ketib shu bilan dom-daraksiz yo‘qoladi. Uning ortidan izlab
sarkardalari   g‘orga   kirib   Bahromning   izini   hech   yerdan   topa   olishmaydi,   ya’ni
Bahrom shu bilan dom-daraksiz ketadi.  Xo‘sh, Bahromga nima bo‘ldi? Nega uning
ortidan   kelgan   mulozimlariga   hech   narsa   qilmadi?   Endi   Xusrav   Dehlaviyda   u
yaratgan Bahrom obrazi quduqqa tushib halok bo‘lishi hodisasi   kuzatiladi.  Ashraf
27 Marog‘iy   yaratgan   shoh   Bahrom   ham   shu   sababdan   halok   bo‘lgan   edi.   Alisher
Navoiyning   “Sab’ai   sayyor”i   qolgan   xamsanavislarnikidan   nafaqat   ishonchliligi
bilan, balki fojiaviy ko‘lami kengligi bilan ham ajralib turadi. Nizomiy, Dehlaviy
va   Marog‘iylarda   yolg‘iz   Bahromning   o‘zi   halok   bo‘lsa,   Navoiyda   Bahrom   bilan
birga   uning   suyukli   kanizagi   ham,   qo‘shini   ham   qo‘shilib   halokatga   uchrashadi.
Natijada, qurbonlar soni oshib, tragik ruh kuchaygan.  
Endi  asarning yana bir tomoniga e’tibor qaratamiz:  “Navoiy “ X amsa”sidan
boshqa   biron   bir   asarida   “Saba’ i   sayyor”da   bo‘lgani   kabi   ustozlariga   nisbatan
keskin   tanqid   bildirmagan:   ularning   kamchiligini   ro‘y-rost   ko‘rsatmagan.   “Sab’ai
sayyor”   Nizomiy   va   Xusrav   asarlaridan   eng   ko‘p   farq   qiladigan,   eng   ko‘p
o‘zgarishlarga   uchragan   asar   hisoblanadi”,–     deb   yozadi   professor   M.
Muhiddinov 25
.     Navoiy   ustozlari   sharaflab   asar   yaratgan   Bahromni   ishratparast,
sevgisi   uchun   kurashmaydigan   obraz   sifatida   ko‘radi.   Bundan   tashqari   u   shoh
qizlarining qissago‘ylik qilishlarini ham haqiqatdan yiroq holat, deya e’tirof etadi.
Faqat   izzat-ikrom   og‘ushida   yashagan   malikalar   ajoyib   hikoyalar   aytib   berishlari
joiz   emas,   deya   hisoblaydi.   Umuman,   bular   Navoiyning   ustozlari   yo‘l   qo‘ygan
xato   deb   emas,   uning   badiiy-estetik   qarashlari   sifatida   talqin   qilsak   ham   bo‘ladi.
Navoiy   o‘z   asarida   yuqoridagilarni   takrorlamasdan,   o‘zgartirishlar   kiritib,   badiiy
takomillashtirgan holda xalqqa taqdim etadi.
Nizomiy   dostonining   o‘ziga   xosligi   haqida   shuni   aytish   mumkinki,   unda
malikalarning   asosiy   yetti   hikoyasidan   so‘ng   vazir   Rostravshan   tomonidan
qamalgan yetti mahbus hikoyasi ham keltiriladi. So‘ng Bahromning o‘limi va asar
xotimasiga   navbat   beriladi.   Nizomiy   va   Marog‘iy   dostonlari   so‘ngida   shoh   go‘r
ketidan   quvib   borib   g‘orga   kiradi   va   shu   bilan   izsiz   ketadi.   Nizomiy   g‘ordan
“Barchangiz   uyingizga   qayting.   Bu   yerda   shohingiz   ish   bilan   band”   degan   ovoz
keldi,   deya   ta’riflaydi.   Dehlaviyda   esa   Bahrom   ov   paytida   quduqqa   tushib   ketib
halok bo‘lganligi keltirilsa, Navoiyda ov vaqtida shu qadar ko‘p qon to‘kilganidan
avval   botqoq   bo‘lgan   yer   o‘rni   yumshab,   botqoqning   ko‘zi   ochilib   ketganligi
25
 Муҳиддинов М. Кўнгил ҳайратлари.  – Тош.: Тамаддун, 2021. Б – 243.
28 natijasida Bahromni ham, Diloromni ham, hatto qo‘shin-u otlarni ham yer yutishi
manzarasi chizilgan. 
Nizomiy,   Dehlaviy   va   Marog‘iy   hikoyatlarida   qanchalik   sehrli   kuchlarga
ko‘p   murojaat   qilinsa,   Navoiy   hikoyatlarida   shunchalik   reallikka   yaqin   kelinadi.
Ayniqsa   buni   Marog‘iy   hikoyatlari   orqali   yaqqol   sezishimiz   mumkin.   Bundan
tashqari   Navoiy   ko‘proq   didaktik   yo‘nalishni   tanlagan   bo‘lsa,   qolgan
ijodkorlarning   hikoyatlari   vaqtni   zerikarli   o‘tmasligi   uchun   to‘qilagan   ertaklarga
o‘xshab qolgan. Buni Saidbek Hasanov ham o‘z asarida qayd etib o‘tgan. “Lekin,
–   deydi   olim,   –   Navoiy   dostoni   syujetining   soddaligi   shundan   iboratki,   unda
tarixiylik   o‘rnini   ko‘proq   psixologik   tasvir   egallaydi.” 26
  Navoiyning   oldiga
qo‘ygan   bosh   maqsadi   ham   shudir,   ehtimol,   ya’ni   psixologiya   –   insonning   ichki
dunyosiga ko‘z tashlash asosiy maqsadi bo‘lgan deb ham aytishimiz mumkin.
1.3. Bob bo‘yicha xulosa
Yuqorida Bahrom Go‘r haqidagi dostonlarning paydo bo‘lishi va hikoyatlari
tahlili haqida qilingan mulohazalar nihoyasiga yetdi. Ulardagi hikoyalar  qanchalik
bir-biriga   o‘xshash   yoki   farqliligiga   to‘xtaladigan   bo‘lsak,   har   bir   ijodkor   qay
ma’noda   folklordan   yoki   bir-birining   hikoyatlaridagi   syujetlardan
foydalanganligini   sezishimiz   mumkin.   Xususan,   Dehlaviyning   beshinchi   hikoyasi
Nizomiyning   birinchi   hamda   beshinchi   hikoyalarini   birlashtirish   orqali   vujudga
kelganini   aytish   mumkin.   Yoki   Alisher   Navoiyning   Sa’d   haqidagi   hikoyati
Nizomiy   yaratgan   to‘rtinchi   hikoyatdan   oziqlangan.   Yana   bir   misol:   Nizomiy
yaratgan   uchinchi   hikoyadagi   Bishr   va   Malixa   hamda   oltinchi   ertakdagi   Xayr   va
Sharr   syujeti   Navoiy   yaratgan   oltinchi   hikoyat   –   Muqbil   va   Mudbir
sarguzashtlariga   juda   o‘xshash.   Demak,   xamsanavislar   salaflarining   asarlaridan
foydalangan, ammo shunchaki  ko‘chirib olmagan, balki qayta ishlab original asar
yaratgan,   deb   aytishimiz   mumkin.   Bu   o‘rinda   faqat   Marog‘iyning   hikoyatlari
o‘xshashliklardan   nisbatan   holi.   Bundan   tashqari   faqat   Marog‘iyda   hikoyatlar
26
 Ҳасанов С. Навоийнинг етти туҳфаси. – Тош.: Ғафур Ғулом. 1991. Б – 117.
29 Bahromni   uyqudan   olib   qolish   uchun   aytilgani   holda   qolgan   ijodkorlarda   ular
shohga orom bag‘ishlash maqsadida aytiladi. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki,
Marog‘iyning   Bahromi   ishq   o‘tida   kuyib-yonmaydi.   Marog‘iy   ham   bu   borada
Firdavsiyga   ergashgan   holda   hukmdorni   faqat   qat’iyatli   va   adolatli   podshoh
sifatida   ko‘rishni   istaydi   va   muhabbat   qismiga   e’tibor   qaratmaydi.   Firdavsiy
kanizak   Ozoda   o‘limiga   Bahromni   qanchalik   bee’tibor   tutsa,   Marog‘iy   o‘z
Bahromini   sevgiga   shunday   e’tiborsiz   ko‘rsatadi,   ammo   bu   shohni   insoniylikdan
chiqarib   qo‘ymaydi,   aksincha   odil   hukmdor   bo‘lishiga   yordam   beradi.   Bu
Marog‘iy kiritgan o‘zgartirishlar edi. Endi Navoiy hikoyatlariga diqqat qaratsak, u
hikoyatlarni   malikalar   tilidan   aytilishini   mantiqsizlik,   deya   qabul   qiladi   va
qissago‘ylikni   sayyohlar   zimmasiga   yuklaydi.   Bundan   tashqari   Nizomiy   va
Dehlaviyda   hikoyatlar   o‘zaro   yaxlit   vazifa   uchun   bog‘lanmaydi,   Navoiyda   esa
so‘nggi   –   yakunlovchi   hikoyat   Diloromni   topishda   kalit   bo‘lib   xizmat   qiladi.
Navoiy   va   Dehlaviy   hikoyatlarida   ayollar   xarakteristikasi   ham   diqqattalab.
“Dehlaviy   hikoyatlarida   bevafo   ayollar,   ularning   makr-u   hiylalari   va   axloqiy
buzuqliklari   orqali   ko‘proq   ayollarning   salbiy   xususiyatlari   fosh   qilinsa,   Navoiy
o‘quvchilarda  xotin-qizlarga  nisbatan  olijanob tasavvurlarni   shakllantirishga  katta
e’tibor   bergan.   Navoiyning   deyarli   hamma   hikoyalarida   ularni   vafodor   mahbuba,
g‘amxo‘r   ona,   tabiatning   ulug‘   tuhfasi   sifatida   e’zozlaydi.   Bu   bilan   Navoiy
ayollarning haq-huquqlarini himoya qiladi…”  27
 
27
 Ҳасанов С. Навоийнинг етти туҳфаси. – Тош.: Ғафур Ғулом. 1991. Б – 109.
30 II BOB. ADABIY TAHLILDA GERMENEVTIK YONDASHUV
2.1 .  Adabiy ta’limda germenevtik tahlil metodi
Yurtimiz mustaqillikka erishgach, ko‘plab sohalar bilan bir qatorda ta’limda
ham  tub  burilishlar   yuz berdi.  Umidli   avlodni  tarbiyalash  va  shakllantirish  davlat
siyosati   darajasiga   ko‘tarildi.   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   qonun   hamda   “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” kabilar qabul qilingach davlat ta’lim standartlari, o‘quv
dasturlari   va   boshqa   metodik   vositalarni   yana-da   takomilashtirish   masalalari
vujudga   keldi   va   bosqichma-bosqich   ijobiy   tomonga   hal   etildi.   Barcha   fanlar
qatorida adabiyotga ham e’tibor kuchaydi. Birinchi Prizedentimiz ta’kidlaganidek,
“Insonni,  uning   ma’naviy  olamni   kashf   etadigan   yana   bir   qudratli   vosita   borki,   u
ham   bo‘lsa,   so‘z   san’ati,   badiiy   adabiyotdir.   “ Adabiyotning   insonshunoslik   deb,
shoir   va   yozuvchilarning   esa   inson   ruhining   muhandislari   deb   ta’riflanishi   bejiz
emas,   albatta”. 28
  Adabiyot   borasida   zamon   va   jahon   bilan   hamnafas   holda   turli
yangiliklar vujudga keldi yoki avval mavjud bo‘lgan metodlar rivojlandi. Xususan,
germenevtika bunga misoldir.
Germenevtika   –   bu   matnni   tushunish   hamda   tushuntirish   haqidagi   ilmdir .
Germenevtika,   avvalo,   muqaddas   kitoblarga   sharh   sifatida   vujudga   kelgan.
Xususan,   G‘arbda   germenevtikadan   “Injil”   matnlarini   izohlashda   foydalanishgan
bo‘lsa,   Sharqda   “Qur’on”   oyatlari   sharhlangan.   “Sh.   Jabborov   “Germenevtika   –
tushuntirish ilmi” maqolasida shunday yozadi: “XVIII-XIX asrlarda nemis olimlari
tomonidan   fan   sifatida   tafakkur   maydoniga   tashlangan   falsafiy   germenevtika
boshqa   ko‘rinishda   azaldan   Sharqda   ham   mavjud   bo‘lgan   bilish,   tushunish,
sharhlash   va   izohlash   bilan   bog‘liq   ta’limotdir.   Germenevtika   metodi   bilan
G‘arbda   Injil   matnlarini   izohlaganlaridek,   bizda   ham   Qur’oni   karim   oyatlarini
tafsir   va   ta’vil   qiladigan,   hadisi   sharif   ma’nolarini   izohlaydigan,   mutafakkir
ajdodlarimizning   asarlarini   sharhlaydigan   mufassirlar,   muhaddislar,   faqihlar   ilmi
azaldan   shakllanib,   rivojlanib   kelgan” 29
.   Ushbu   muhaddis,   mufassir-u   faqihlar
28
  Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. Б – 85.  
29
 Zohidov R. Sharh ilmi ildizlari.  Oltin bitiklar  maqola materiallari. – Tosh. 2019.  37 -bet.
31 yaratgan   asarlar   turli   darajalarda   adabiyot   sohasi   rivojiga   o‘z   hissasini   qo‘shgani
tayin.   Misol   tariqasida   birgina   dunyoga   mashhur   Imom   al - Buxoriyning   “Sahihi
Buxoriy”   hikmatlar   to‘plamini   keltirishimiz   mumkin.   Yoki   biz   ayni   ishda
o‘rganish obyektiga olgan Alisher Navoiyning ko‘pgina asarlari aynan dini islomni
afkor omma orasida kengroq tushinilishi uchun yaratilgan “Arbain” asari misolida
ham  ko‘rishimiz  mumkin.  Umuman olib  qaralganda,  Navoiyning  hech  bir   asarini
islomdan   yiroq   shaklda   tasavvur   eta   olmaymiz.   Adibning   bitiklarini   tushunish
uchun, albatta, Qur’on ilmidan xabardor bo‘lish talab etiladi. 
Adabiyot   istilohini   biz   keng   va   tor   ma’nolarda   qo‘llashimiz   mumkin.   Tor
ma’noda   yozilgan   badiiy   adabiyot,   keng   ma’noda   esa,   umuman   mavzu
yo‘nalishidan, shakli va hatto foydali yoki zararliligidan qat’iy nazar yaratilgan har
qanday   asar.   Endi   biz   bu   atamani   o‘rta   yoki   oliy   ta’lim   shakllarida   o‘qitiladigan
predmet,   ya’ni   fan   sifatida   olib   foydalanamiz.   Xo‘sh,   bugungi   kunda   adabiyot
darslari   qay   yo‘sinda   olib   borilmoqda   va   qay   darajada   naf   keltirmoqda?   Deylik,
sovet   Ittifoqi   davrida   adbiyot   darsligida   berilgan   biron   hikoya   yoki   qissa   haqida
o‘quvchilar   fikr   yuritishlari,   uni   tahlil   etishlari   kerak.   Yaqin-yaqingacha   badiiy
asar   qahramonlari   ijobiy   hamda   salbiy   kabi   ikki   turga   ajratilib   tahlil   etilar   edi.
Xususan, istiqlol davriga qadar Navoiy dostonlarining qahramonlari ham.   Bu esa,
shubhasiz,   sovet   davri   asorati.   Avvalo,   ijobiy   qahramon   qanday   xislatlarga   ega
bo‘lishi kerak, salbiy qahramon-chi? Shubhasiz, ijobiy roldagi qahramon hammaga
yaxshilik   qilishi,   o‘z   manfaatlaridan   ko‘ra   xalq   manfaatlarini   ustun   qo‘ya   olishi,
har   qanday   sharoitda   ham   og‘ir-vazminlikni   qo‘ldan   boy   bermasligi   va   yana   bir
olam mas’uliyatlar. Endi salbiylik haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, atrofga yomonlik
urug‘ini sochish, qo‘pollik qilish, yolg‘onchilik, fahsh, nafrat, qotillik… Buni ham
yakuniga   yetkazish   qiyin   masala.   Ammo   biz   ayni   damda   adabiyot,   adabiyot
bo‘lganda ham badiiy adabiyot haqida so‘z yuritmoqdamiz. Badiiy adabiyot tahlili
haqida   fikr   ketar   ekan,   uni   faqat   bir   yoqlama   tushuntirish   o‘rinli   emas.   Deylik,
Alisher   Navoiyning   “Sab’ai   sayyor”   dostonidagi   yakshanba   kuni   ikkinchi   iqlim
yo‘lidan   kelgan   musofir   tilidan   hikoya   qilib   beriladigan   Zayd   Zahhob   hikoyatini
olaylik.   Hikoyatda   Zayd   Rum   mamlakati   podshohining   zargari   bo‘lib   har   ishda
32 mohir bo‘lgani bois shohning eng ishongan odamlaridan biriga aylanadi-yu, ammo
o‘g‘irlik   qilish   odati   sabab   zindonband   etiladi.   Lekin   u   g‘aroyib   qahramonliklar
ko‘rsatib   g‘ayridinlarga   zarba   berib,   ularning   boyliklarini   olib   podshoh   huzuriga
qaytgach o‘lim to‘shagida yotgan hukmdorni davolab, yana uning eng yaqin odami
bo‘lib   qoladi.   Endi   asarni   har   qanday   o‘quvchiga   o‘qiting   va   undan   Zayd   haqida
qanday   fikrda   ekanligini   so‘rang,   u   alal-oqibat   Zayd   Zahhobning   cheksiz   aqliga,
har   qanday   sharoitda   ham   yomon   vaziyatlardan   eson-omon   chiqib   keta   olish
qobiliyatiga lol   qoladi  va  uni  ijobiy qahramon  sifatida ko‘ra boshlaydi.  O‘quvchi
qay   bir   ma’noda   to‘g‘ri   qiladi   ham.   G‘ayridinlarni   laqillatdi,   sultonga   to‘plagan
boyliklarini olib borib topshirdi, so‘ngida hatto podshohni o‘limdan ham qutqarib
qoldi.   Bu   ishlari   tahsinga   loyiq.   Ammo   u   o‘g‘ri   edi-ku.   Hukmdor   ishonib
topshirgan   oltinlarni   o‘z   mulkiga   aylantirib,   o‘rniga   kumushga   oltin   qoplab
yuboradi va bu bilan nafaqat o‘g‘irlik, balki xiyonat ham qiladi.   Biroq bu tarafini
inobatga olish hech kimning xayoliga ham kelmaydi. Xo‘sh, endi u salbiy obrazmi
yo ijobiy? O‘zi shu salbiy yoki ijobiy degan sifatlashga biz qanchalik muhtojmiz, u
bizga   shu   qadar   kerakmi?  Zayd   Zahhob   nega   kumushning   yuzasiga   oltin  qopladi
va yana nega sultonning yoniga qaytib unga butun boyliklarini nisor qilib yubordi?
Mana bu savolga endi Zaydning shaxs sifatidagi ruhiy ichki kechinmalarini tahlil
qilish   orqali   javob   topishimiz   mumkin.   Bunda   ruhiy   ichki   kechinmalar   tasviri
asosiy   o‘rinda   turadi.   Demak,   o‘z-o‘zidan   ijobiy   yoki   salbiy,   yaxshi   yo   yomon
degan   sifatlar   haminqadar   bo‘lib   qoladi.   Germenevtik   yondashuv   esa   adabiyot
darslarida   badiiy   asarning   yaratilish   sababidan   tortib   asarning   eng   kichik
detaligacha bo‘lgan qismlarini qamrab oladiki, bu o‘quvchini asar haqida to‘laroq
va   ishonchliroq   ma’lumotga   ega   bo‘lishiga   yordam   beradi.   Umuman,
germenvtikada asarni to‘la tushunish uchun, avvalo, uning qismlarini anglab olish
zarur.   Qismlar   yetarlicha   tushunilgach,   butun   asar   mohiyati   ochilib   boradi.
Qismlarni   tushunish   esa   o‘z-o‘zidan   butunni   bilishdan   boshlanadi.   Xullas,   bo‘lak
va   butun   munosabati   chambarchas   bog‘liqdir.   Bir   qarashda   germenevtikani
tushunish   biroz   murakkabdek   ko‘rinadi,   ammo   sira   unday   emas.   Biz   biror   asar
mutolaasi   bilan   mashg‘ul   bo‘lar   ekanmiz,   o‘zimiz   sezmagan   holda   ma’lum   bir
33 lavhaning   kuzatuvchisiga   aylanamiz.   Bu   o‘sha   o‘zimiz   o‘qiyotgan   asarning   bir
qismi.   Borib-borib   ana   shu   qismga   boshqa   qismlar   qo‘shilib   yaxlit   bir
kompozitsiyani   tashkil   qiladi   va   qarshimizda   butun   boshli   asar   gavdalanadi.
Mutolaa jarayonida ko‘z oldimizda gavdalangan voqeotlar birlashib yaxlit syujetni
tashkil  qiladi. Ana endi  biz  o‘qigan asarimizdagi  zarur  detallarni  yig‘ib uni  tahlil
eta boshlashimiz mumkin bo‘ladi. 
  Asar   mohiyatini,   uning   badiiy-estetik   xususiyatlarini   ochib   berishning
yagona   yo‘li   bu   –   asar   matni,   tili   va   til   birliklari   assotsiatsiyasi,   badiiy   matn
arxitektonikasi   orqali   aks   etgan   ijodkor   g‘oyasini,   “so‘zi”   va   induvidualizmni
sharhlash,   ya’ni   asar   matni,   uning   g‘oyasi   orqali   badiiy   tafakkurning   yangi
jilolarini   anglab   yetishdir.   Bu   o‘rinda   aytib   o‘tish   lozim   bo‘lgan   xususiyatlardan
yan biri  bu – badiiy matnga  nafaqat  ijodkor  aytmoqchi  bo‘lgan g‘oyani  aniqlash,
balki u aytolmagan va hatto uning o‘zi fahmlay olmagan g‘oyani ham kashf qilish
masalasidir. 30
  Adabiyot   darslarida   germenevtik   tadqiq   metodidan   foydalanish
o‘quvchilarni   badiiy   asar   bilan   yuqori   darajada   ishlashga   o‘rgatishdir.   Badiiy
asarlarni   yetarli   darajada   tahlil   qilish   borasida   bilimga   ega   emaslik   adbiyot
darslarini samarasiz qilib qo‘yadi. Umuman, o‘zbek adabiyotida adabiy asarlarning
tahlili borasida dunyo adabiyotshunosligidan anchayin ortda qolishlik sezilmoqda.
Bunga   sabab   esa   tahlil   jarayonida   yangicha   va   samarali   yondashuvlardan
foydalanilmayotganligi,   matn   tahlili   haligacha   ijtimoiy   talqin   yoki   syujetni   qayta
hikoya   qilib   berish   yo‘lida   asarga   yondashish   va   uning   mohiyatini   ilmiy
yo‘sinlarda   yetarlicha   yoritib   berilmayotganligidir.   Vaholanki,   badiiy   asar   tahlili
qadim   zamonlardanoq   olimlar   fikrini   o‘ziga   jalb   qilib   kelgan   masallardan   biri
hisoblanadi.   Deylik,   Alisher   Navoiy   asarlarini   tahlil   qilishda   islomiy-turkiy
dunyoqarash yetakchi o‘rinda turgan va Qur’on hamda hadislarga tayanilgan holda
asarlar   sharhlangan.   Ammo   bugunga   kelib   negadir   bu   sharhlash   jarayoni
oqsayotganligi   va   hatto   fojiaviy   tus   olib   borayotganligi   yaqqol   ko‘zga
tashlanmoqda.   Sababi   maktablarda,   nafaqat   maktablarda,   balki   oliy   ta’lim   o‘quv
yurtlarida   ham   dars   beradigan   o‘qituvchilarning   o‘zlari   hali   asar   tahlil   qilish   u
30
 Tojiboyev M. Badiiy matnda inson va olam munosabatining germenevtikasi. – Tosh.: Sharq yulduzi jurn, 2012. 4-
bet.
34 yoqda   tursin,   hatto   asarning   o‘zi   bilan   bevosita   tanishlik   ko‘p   hollarda   me’yor
darajasida   bo‘lmaydi.   Asarning   o‘zi   bilan   durustroq   tanish   bo‘lmagan
o‘qituvchidan   saboq   olayotgn   o‘quvchilarning   keyingi   ahvoli   esa   achinarli   bo‘lib
qoladi.   Adabiy   asar   bilan   sifatli   tanishmagan   va   uni   tahlil   etib   asardan   ma’naviy
ozuqa   ola   bilmagan   auditoriya   borib-borib   faqat   moddiy   olam   muammolari   bilan
o‘ralashib   yashaydigan   qatlamni   hosil   qilishi   aniq.   Badiiy   asarni   yuqori   darajada
tahlil   qila   oladigan   adabiyotshunoslar   ham   yo‘q   emas,   albatta.   Ammo   yaqin-
yaqingacha ularning tahlil borasidagi tayanadigan ilmiy tamoyilllari, malakalari va
qo‘llaydigan   usullari   ilmiy   g‘oyaga   aylantirilmagan   edi.   Maktab   darslarida   esa
o‘qituvchilar,   odatda,   badiiy   asarni   qayta   hikoya   qilib   berish   yo‘lidan
borishmoqda.   Bu   esa,   shubhasizki,   o‘quvchini   zeriktiradi   va   darsga,   adabiyotga
bo‘lgan   qiziqishini   susaytiradi.   Qachonki,   bo‘lajak   filolog   badiiy   asarlarni   tahlil
etish   yo‘llarini   fan   darajasida   o‘rganmas   va   har   qanday   janrdagi   estetik   yaratiqni
tahlil   qila   olish   malakasiga   ega   bo‘lmas   ekan,   adabiy   ta’limdan   ko‘zlangan   asl
maqsadga   to‘liq   erishish   mumkin   emas.   Adabiyot   o‘qituvchisi   nochorligicha,
adabiyot   darslari   zerikarliligicha,   asardan   chiqariladigan   xulosa   “ijtimoiy
nasihat”liligicha qolaveradi. Tahlil g‘arib bo‘lganligi uchun o‘rta va oliy ta’limda
adabiyot   o‘qitish   jarayoni   oldiga   qo‘yilgan   bosh   maqsad   –   ma’naviy   barkamol
shaxsni   shakllantirishga   erishilmaydi,   adabiy   ta’limda   badiiy   asarning   butun
jozibasini  ochish   ilmiy  asoslarda   yo‘lga  qo‘yilmaganicha  qolaveradi. 31
  O‘z   bilimi
haminqadar   bo‘lgan   pedagog   soha   bo‘yicha   aynan   nimani   o‘qitish   keragu,
o‘quvchilardan   o‘qitilgan   narsani   qanday   so‘rab   olishni   tushunmaydi.   Deylik,
Alisher   Navoiyning   “Xamsa”si   haqida   taxminan   quyidagi   ma’lumotlar   beriladi:
“Xamsa”ning   qachon   yaratilganligi,   hajmi,   vazni,   boshqa   xamsanavislarning
“Xamsa”lari   haqida   qisqacha   nazariya   va   shunga   o‘xshash   narsalar.   O‘quvchilar
ham o‘z-o‘zidan shular bilan cheklanib qo‘ya qolishni afzal bilishadi va “Xamsa”
o‘zi aslida nima ekanligi haqida hatto tayinli tushuncha ham olinmaydi. O‘qituvchi
ham asarning ichidan savol bermaydi. Shunchaki asar tashqarisida aylanib-aylanib
naq besh akademik soat havoga uchiriladi. Natijada, asosiy olinishi kerak bo‘lgan
31
  Йўлдош Қ, Йўлдош Қ. Бадиий таҳлил асослари. Тош. :  2016. Б –  14.
35 estetik zavq va ma’naviy ozuqa bir chetda qolib ketadi. Qozoqboy Yo‘ldoshev o‘z
asarlarida   buni   qisqa   qilib   “estetik   shabko‘rlik” 32
  deya   atagan   edi.   Endi   savol
tug‘iladi: shundoq ham insoniyat badiiy asar o‘qimayotgan, o‘qiganda ham “sariq
adabiyot”ga mukkasidan ketib o‘qiyotgan yoki biron badiiy saviyasi yuqori asarni
o‘qib turib uni tushunmayotgan bir paytda bizdagi adabiyot o‘qitishning ahvoli qay
darajada? Adabiyot insoniyat  bilan birga paydo bo‘lgan bo‘lsa ham haligacha o‘z
qadr-qimmatini   topgani   yo‘q.   Moddiy   olam   ma’naviy   olamni   quyi   pog‘onaga
tushirib qo‘yganiga ancha bo‘ldi. Shunday bir paytda hatto badiiy asar nima degan
savolga   yaxlit   bir   aniq   javob   berilmayotganligi   esa   ahvolni   yana-da
murakkablashtirmoqda.   Balki,   bu   savolga   hech   qachon   yaxlit   bir   butun   javob
berilmas   ham.   Bunda   har   kimning   o‘z   dunyoqarashi   va   dididan   kelib   chiqib
turlicha javoblar hosil bo‘lishi tayin. Badiiy asarning yaxlit qoidasi haqida yagona
to‘xtamga   kelina   olmayotgan   bir   paytda   badiiy   asar   deb   ataluvchi   matnni   talqin
qilishdan   qanday   maqsad   ko‘zlanganligi   haqidagi   savol   kelib   chiqsa,   javob
taxminan quyidagicha bo‘ladi: “Badiiy matn talqini, diskursning maqsadi majoziy-
timsoliy   ifodalar   vositasida   borliqning   xususiyatlari   va   bu   boradagi   muallif
dunyoqarashi   haqida   axborot   olishdir.   Ushbu   axborot   muallif   shaxsining
xususiyatlari,   ijodiy   faoliyati,   davr   madaniyati,   janr,   uslubi   bilan   birlashadi.
Ontologik   ma’nolar   turli   asarlarda   turli   timsollarda   aks   etsa-da,   asosi   bitta.
Ma’lumki,   Alisher   Navoiy   dunyoqarashining   shakllanishiga   nafaqat   islom   dini,
balki   nasroniylik   hamda   yahudiylik,   zardushtiylik   g‘oyalari,   qadimgi   yunon   va
hind-u   xitoy   faylasuflari   asarlari   ham   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatgan.   Bu   uning   borliq
ilmini yaxlit anglashga bo‘lgan intilishidan nishonadir”. 33
  Ulug‘ adibimiz Abdulla
Qodiriy:   “Har   qanday   asarda   yozuvchining   xarakteri   u   yoki   bu   shaklda   bo‘y
ko‘rsatadi”,   –   degan   edi.   Yaratiqni   anglash   uchun   yaratuvchidan   ham   qisman
bo‘lsa-da   xabardorlik   talab   etilishi   tayin.   Demak,   germenevtika   ham   ijodkorni,
ham asarning mazmunini tushunishga ko‘maklashar ekan.
32
  Йўлдош Қ, Йўлдош Қ. Бадиий таҳлил асослари. Тош.: 2016. Б – 16.
33
 Toshniyozova R. Ontologik poetika — badiiy matnni o rganishda yangi yondashuv sifatida. Oltin bitiklar maqola ʻ
materiallari. – Tosh. 2019.107-bet.
36 Adabiyotshunos   olim   Aftondil   Erkinov   shunday   yozadi:   “…   Navoiy
“Xamsa”si talqinida uni tashkil etgan syujet, motiv, bo‘lak kabi tarkiblarni o‘zaro
beshlik   solishtirish   yoki   Navoiyning   boshqa   asarlaridagi   shunday   jihatlar   bilan
qiyoslasa bo‘ladi. Shunga ko‘ra ikki xil yo‘nalish mavjud bo‘ladi:
1. Ichki qiyos.
2. Tashqi qiyos.” 34
Olim   fikrini   dalillash   uchun   islomshunoslikda   Qur’onni   Qur’on   bilan   sharhlash
uslubi   mavjudligini   qayd   etadi.   Navoiy   ijodini   ham   shu   usul   orqali   o‘rganish
o‘rtaga tashlangan 35
. 
Ichki   qiyosda   “Xamsa”ning   dostonlari,   har   bir   dostondagi   syujet,
kompozitsiya   va   obrzlar   qiyoslanishi   nazarda   tutiladi.   Tashqi   qiyos   esa   “Xamsa”
dostonlari Navoiyning boshqa asarlari bilan solishtirilishi demakdir.  
Ushbu  usul   maktab darslarida  ham   anchayin samarali  bo‘lishi   turgan  gap.
O‘quvchi xotirasida solishtirish orqali dostonlardagi voqealar aniq yodda qoladi va
tushunilishi   ham   osonlashadi.   Masalan,   “Taqqoslang”   o‘yini   orqali   “Farhod   va
Shirin”   dostonidagi   Farhod   obrazi   bilan   “Sab’ai   sayyor”   dostonidan   o‘rin   olgan
“Farrux va Axiy” hikoyatidagi Farrux obrazlari qiyosiy tahlilga tortiladi. Olim A.
Erkinov ushbu qiyoslarni quyidagicha sharhlagan 36
:
“Sab’ai   sayyor”,   “Farrux   va   Axiy
hikoyati “Farhod va Shirin”
1. Farrux   hikoyati   bilan   bog‘liq   asosiy
motivlar Farhod   hikoyati   bilan   bog‘liq   asosiy
motivlar
2. Taklif etilgan taxtdan voz kechish Taklif etilgan taxtdan voz kechish
3. Vosita (tush) orqali qizni sevib qolish Vosita (tush) orqali qizni sevib qolish
4. Yor   yuzidagi   parda   ko‘tarilgach,
uning   jamolidan   oshiq   hushini
yo‘qotishi Yor   yuzidagi   parda   ko‘tarilgach,   uning
jamolidan oshiq hushini yo‘qotishi
5. Hijrondan   azoblanib,   ma’shuqaga Hijrondan   azoblanib,   ma’shuqaga
34
 Эркинов А. Алишер Навоий “Хамса”си талқини манбалари. Тош.: Тамаддун. 2018. Б – 148.
35
 Олимов С. Ишқ, ошиқ ва маъшуқ. – Т.: Адабёит ва санъат, 1992, Б – 7.
36
  Эркинов А. Алишер Навоий “Хамса”си талқини манбалари. Тош.: Тамаддун. 2018. Б –  150-151.
37 yetishishga intilish yetishishga intilish
6. Otaning   o‘g‘ilga   g‘amxo‘rligi
(qo‘shin qo‘shib yuborishi) Otaning   o‘g‘ilga   g‘amxo‘rligi
(davolanishga olib boorish)
7. Oshiq   siri   mastlikda   oshkor   bo‘ladi
(Farrux – Axiy) Oshiq   siri   mastlikda   oshkor   bo‘ladi
(Farhod – Shopur)
8. Sirdan   xabardor   bo‘lgan   do‘stning
oshiqqa   yordami   (Axiy   o‘z   xotinini
Farruxga beradi) Sirdan   xabardor   bo‘lgan   do‘stning
oshiqqa   yordami   (Shopur   Farhodni   u
izlayotgan Armanistonga olib boradi)
Ushbu   qiyoslov   jadvalini   o‘quvchining   o‘zi   mustaqil   toldirishi   uning
badiiy   asar   bilan   qay   darajada   tanishligini   ko‘rsatib   berish   bilan   birga   undagi
kamchiliklarni   ham   yuzaga   chiqaradi   va   bu   orqali   o‘quvchi   shu   kamchiliklarini
to‘g‘irlashga   harakat   qiladi.   Ushbu   qiyosda   ikki   obraz   motvlari   solishtirmasi
berilgan.   Bundan   tashqari   syujetlar   solishtirmasi   ham   mavjud.   Z.   Mamadaliyeva
“Sab’ai   sayyor”dagi   yetti   qasr   bilan   “Lison   ut-tayr”dagi   yetti   vodiy   solishtirmasi
orqali   ulardagi   o‘xshash   tomonlarni   ochib   berganligini   ko‘rishimiz   mumkin 37
.
Bundan tashqari hatto ranglar jilosi va raqamlar olami solishtirmasi haqida ham bir
muncha   ishlar   olib   borilgan.   Masalan,   sakkiz   raqami   Aisher   Navoiy   va   Xusrav
Dehlaviyda   ikki   xil   ma’noda   ishlatilgan.   Biz   buni   S.Hasanovning   ba’zi
adabiyotlarini o‘qish orqali bilib olishimiz mumkin.
2.2.  Alisher Navoiy asarlarini  tahlil etishda germenevtik yondashuvning
ahamiyati
Alisher   Navoiy   asarlaridan   “Sab’ai   sayyor”ning   germenevtikasi   haqida
to‘xtaladigan   bo‘lsak,   u   o‘zbek   adabiyotining   eng   buyuk   asari   hisoblanmish
“Xamsa”ning   tarkibiy   qismidir.   “Xamsa”ning   ko‘lami   Sharq   va   G‘arb   olimlari
tomonidan   Alisher   Navoiy   ijodini   keng   miqyosda   o‘rganishlariga   turtki   bo‘ldi.
Navoiy   ijodi,   xususan,   “Xamsa”   o‘rganilar   ekan,   o‘z-o‘zidan   uning   to‘rtinchi
dostoni bo‘lmish “Sab’ai sayyor” asari  ham bu o‘rinda chetda qolib ketmaganligi
37
  Мамадалиева З. Алишер Навоийнинг “Лисон ут тайр” достонидаги рамзий образлар тизими.  –  Т., 2011.
38 tabiiy.   Navoiy   va   uning   ijodiga   qiziqish   shoirning   hayotlik   chog‘idayoq
boshlangan edi. Navoiy shaxsiyati va ijodi haqida ma’lumot beruvchi ilk manba bu
uning   o‘z   asarlari,   desak   mubolag‘a   bo‘lmaydi,   albatta.   Shoir   u   yoki   bu   asarni
yozar ekan, o‘z ijodiy prinsiplari, ijtimoiy qarashlari, ijodiy holati haqida muayyan
fikrlar   berib  o‘tadi.  Deylik,  “Sab’ai   sayyor”  dostoni  yakuniga   borganda   shoir   o‘z
tilidan:
…Tortqonda bu turfa savt-u maddin,
Bayti besh mingga tortti addin.
Manga ayyomi garchi yod ermas,
Lek to‘rt oydin ziyod ermas .
Bo‘lsam o‘zga umurdin emin,
Bor erdi to‘rt hafta ham mumkin 38
, 
–   deydi.   Shu   uch   bayt   orqali   biz   shoir   doston   hajmini   o‘zi   besh   ming   bayt
hisoblanaganligi, yozilish muddati to‘rt  oy davom  etganligi, agar  “o‘zga umurdin
emin”,   ya’ni   boshqa   ish-tashvishlardan   ozod   bo‘lganida   to‘rt   haftadayoq   tugata
olishi   mumkinligidan   voqif   bo‘lamiz.   Sh.   Sirojiddinov,   D.   Yusupova   va   O.
Davlatovlar   hammuallifligida   nashrdan   chiqqan   “Navoiyshunoslik”   kitobida   esa
asar hajmi aniq 5009 bayt ekanligi qayd etilgan 39
. Shoir asarning yozilish vaqtiga
ham alohida to‘xtalib o‘tishni unutmaydi.
Garchi tarixi erdi sekkiz yuz,
Sekson o‘tmish edi yana to‘qquz.
Oyi oning jumodi us-soniy,
Pajshanba yozildi unvoni. 40
38
  Alisher Navoiy. Sab’ai sayyor. – Tosh.: G‘afur G‘ulom, 2020. B –  367.
39
 Sirojddinov Sh,Yusupova D, Davlatov O. Navoiyshunoslik.  – Tosh.: Tamaddun. 2019.B – 134. 
40
 Alisher Navoiy. Sab’ai sayyor. – Tosh.: G‘afur G‘ulom.  2020.  36 9- bet .
39 Demak, asar hijriy 889-yil jumadussoniy oyida yozilgan. Bu milodiy 1484-
85-yillarga   to‘g‘ri   keladi.   Alisher   Navoiy   ijodi   haqidagi   manbalar   orasida   uning
zamondoshlari   tomonidan   berilganlari   alohida   ahamiyatga   molik.   Navoy   haqida
ma’lumot   beruvchi   ilk   manba   Abdurazzoq   Samarqandiyning   “Matla’i   sa’dayn   va
majmai   bahrayn”   (“Ikki   baxtli   sayyoralarning   kelib   chiqishi   va   daryolarning
qo‘shilishi”) asari bo‘lib, u 1467-1470-yillarda yaratilgan. “Soflik bog‘i” asari ham
mavjud.   Unda   Alisher   Navoiy   haqidagi   ma’lumot   asarning   so‘nggi   yettinchi
qismida  keltirilgan.  Bu  qismda   sulton  Husayn   Boyqaro  saltanati   davri  va  Navoiy
haqidagi   ma’lumotlarr   jamlangan.   Tazkiralar   orasida   esa   Davlatshoh
Samarqandiyning   “Tazkirat   ush-shuaro”   (“Shoirlar   tazkirasi”)   asari   Navoiyning
nomi   qalamga   olingan   ilk   tazkira   hisoblanadi.   Asarning   xotima   qismida
Samarqandiy   o‘ziga   zamondosh   shoirlar   haqida   ma’lumot   beradi.   Navoiy   haqida
ham aynan shu qismda yozilgan. Bundan tashqari Navoiyning ustozi Abdurahmon
Jomiy   o‘zining   “Haft   avrang”,   “Bahoriston”,   “Nafahot   ul-uns”;   sulton   Husayn
Boyqaroning   “Risola”,   Zahiriddin   Muhammad   Boburning   “Boburnoma”,
Xondamirning “Habib us-siyar”, Zayniddin Vosifiyning “Badoye ul-vaqoye” kabi
asarlarida   hamda   boshqa   ko‘plab   adabiyotlarda   Navoiy   haqida   qimmatli
ma’lumotlar berib o‘tilgan.  
Gap Navoiy ijodi tadqiqi haqida ketar ekan akademik A. Erkinov tanlagan
yo‘l   eng   to‘g‘ri   yo‘ldir.   “…bunda   dastlab   tadqiqot   obyektining   makoni   va
zamonini   chegaralab   olish   kerak   bo‘ladi.   Tadqiqotda   asosiy   e’tibor   davr
masalasiga   qaratiladi”,   –   deb   yozadi   olim. 41
  Olim   fikrini   davom   ettirar   ekan,
Navoiy   “Xamsa”sini   tahlilga   tortish   uchun,   avvalo,   makon   masalasiga   diqqatni
qaratadi va o‘zbek xalqining asosiy yashash joyini makon sifatida oladi. “Chunki,
–   deydi   olim,   –   muayyan   xalqning   o‘z   klassik   adibi   asarini   talqin   etishi   boshqa
xalq va hudud yondashuvlariga nisbatan markaziy va asosiy o‘rin tutadi. Lekin bu
Navoiy   “Xamsa”si   talqinida   boshqa   turkiy   va   Sharq   xalqlari   (masalan,   eroniy
xalqlar,   uyg‘urlar…)   qarashlarini   yoki   G‘arb   oriyentalistlari   munosabatlarini
41
  Эркинов А. Алишер Навоий “Хамса”си талқини манбалари. Тош.: Тамаддун. 2018. Б – 63.
40 chetga surib qo‘yish kerak, degan ma’noni anglatmaydi. Aksincha, biz ularga ham
e’tibor qaratishimiz va foydalanishimiz lozim” 42
. 
    Endi zamon masalasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, olim Navoiy ijodini 
o‘rganishni ikki bosqichga bo‘ladi:
1. XV asrdan XX asr boshlarigacha bo‘lgan bosqich. 
2. XX asr boshidan bugungacha bo‘lgan bosqich.  
    Bu   bosqichlarning   birinchisi   shartli   ravishda   sharqona,   ikkinchisi   g‘arbona
yondashuvni anglatadi.  
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: maktab ta’limida ushbu yo‘nalishlarni qamrab
olish qay darajada? Javob berish asnosida adabiyot fan sifatida juda yomon holatga
kelib   qolganligini   ko‘rishimiz   mumkin.   Germenevtik   yo‘nalish   haqida   esa   aytib
o‘tirishning   hojati   yo‘q.   Navoiy   asarlari   nomini   tuzuk   bilmagan   pedagog   va
Navoiy   kimligini   anglamagan   o‘quvchilar   silsilasi   ma’naviyat   ildiziga   bolta
urishda   davom   etaveradi.   Kichik   bir   misol:   “Farhod   va   Shirin”   asaridagi   Xusrav
bilan   Farhod   o‘rtasidagi   bahs   tasvirida   juda   ko‘p   bor   qo‘llanilgan   “Dedi”   so‘zi
shaklmi yoki mazmun? Tilning turg‘un bir holati, nutqning ifodasi, asar qurilishida
muhim o‘rin tutadigan unsur sifatida bu so‘z shaklga tegishli bo‘lishi kerak. Ayni
vaqtda   bu   so‘z   muallifning   niyatini   hamda   qahramonlarning   o‘sha   vaziyatdagi
holati, tabiati, kayfiyati, sezimlarini ham aks ettiradi. Bular esa mazmunga dahldor
jihatlar.   Boshqa   ma’noli   qismlarga   bo‘linmaydigan   birgina   so‘zda   mazmun   bilan
shakl bir-biridan ajratishga urinish imkonsiz yumushdir.   43
  Birgina so‘z shu qadar
tahliltalab ekan, endi butun boshli asar tahlilini tasavvur qilib ko‘raylik.  
Quyida Bahromnomalardagi  raqamlar  olamiga bir nazar  tashlab olsak. Bu
bilan germenevtik tahlilning ahamiyati haqida amaliy tushunchaga ham erishamiz.
Masalan,   bir   raqamiga   to‘xtalganda   olim   S.   Hasanovning   ushbu   fikriga   diqqatni
qaratish   lozim:   “Sharq   badiiy   adabiyotida   bir   raqami   olamning   zohiran   turli-
tumanligidan   qat’iy   nazar,   uning   yagona   ekanligini   bildiradi   va   mutlaq   borliq
42
  Эркинов А. Алишер Навоий “Хамса”си талқини манбалари. Тош.: Тамаддун. 2018. Б – 63-64.
43
 Йўлдош Қ, Йўлдош Қ. Бадиий таҳлил асослари. Тош.: 2016. Б – 84.
41 ramzi   sifatida   ishlatiladi” 44
.   Ikki   raqami   yer   va   osmonga,   uch   uch   xil   yaratiqqa
nisbatan va qolgan raqamlar ham shu shaklda u yoki bu ma’noni anglatgan.
  Raqamlar orasida yetti alohida ahamiyat kasb etadi. Sababi, turli dinlarda
ushbu   raqam   ostida   turli   xil   tabiat   g‘aroyibotari   mavjudligi   nazarda   tutilgan.
Xususan, buddizmda xudolar yetita bo‘lgan va inson ham yetti marta tug‘ilib, yetti
marta o‘ladi, degan qarash mavjud bo‘lgan. 
Otashparastlikda   yetti   raqami   ezgulik   va   yovuzlikning   eng   ulug‘
farishtalarini anglatgan. 
Qadimgi shumerliklar yetti sayyorani yetti nom bilan atashgan. Aynan shu
nomlar natijasida bugungi kundagi kalendarning hafta kunlari nomi kelib chiqqan.
Shu shaklda qolgan raqamlar ham ma’lum ma’no kasb etishgan. 
Dars   jarayonida   raqamlar   anglatgan   ma’nodan   ham   foydalanib   metodlar
amalga   oshirish   mumkin.   Masalan,   o‘quvchi   chiqib   yashirin   konvertlardan   birini
tanlaydi   va   shu   konvertdagi   raqamni   ochib   asar   ichida   shu   raqamga   oid   joylarni
keltiradi.   Deylik,   yetti   raqami   “Sab’ai   sayyor”da   qasrlar   soni,   yetti   iqlim,   yetti
hikoya, yetti hikoyanavis, yetti rang, sayyora, kun, malikalar soni kabilarni bildirib
keladi. Qo‘shimcha o‘rnida esa “Lison ut tayr”dagi yetti vodiy haqida aytib o‘tish
mumkin bo‘ladi. 
             Yo‘l yururg‘a o‘zimni chun tutum,
Yetti bu nav’ aqbadin o‘ttum.
Ne yeti aqba, yetti manzili biym,
Biymdin esmay ul damang‘a nasim.
Yetti ko‘kning balo Makoni ul,
Rustami Zol haftxoni ul. 45
Navoiy ushbu baytlarni “So‘z g‘oyati va nazm nihoyati va g‘oyatsiz xijolat izhori
va   nihoyatsiz   jur’at   e’tirozi   va   o‘qur   elga   nasoyihi   sanoyih   o‘qumoq   va   bitir
44
  Ҳасанов С. Навоийнинг етти туҳфаси. – Тош.: Ғафур Ғулом. 1991. Б – 152 .
45
  Alisher Navoiy. Sab’ai sayyor. – Tosh.: G‘afur G‘ulom, 2020.  360-361-bet.
42 xaylg‘a mavoiz ajzosi bitmak va tarixining tabyini va abyoti adadining ta’yini” deb
nomlanuvchi XXXVIII bobida qayd etadi. Baytlar ma’nosiga ko‘ra, Navoiy “Yetti
sayyora”   dostonining   yozib   tugallanishini   go‘yo   Rustami   Zolning   yetti   kecha-yu
yetti kunduz yo‘l yurib olib borgan yetti jangiga qiyos etadi. Umuman, yetti raqami
dostonning boshidan oxirigacha jami to‘qson marta qo‘llanganligi ma’lum. 
Navoiy   asarlari,   xususan,   “Sab’ai   sayyor”da   ranglar   ham   ma’lum   bir
mantiq   asosida   maydonga   keladi.   Bunda   har   bir   kun   uchun   mo‘ljallangan   rang
shoh   Bahromning   ruhiy   holatidan   darak   berib   turuvchi   asosiy   unsurlardandir.   Ilk
tun shanba kuni qora qasrda hikoya tinglanishi ham shundan. Bahromning ko‘ngli
ham,   toleyi   ham   shu   mushk   singari   qora,   deyilmoqda.   Sevgilisi   Diloromdan
ajralgandan   so‘ng   Bahromning   boshiga   qora   kunlar   tushadi   va   shohlikdan   endi
majnunlik   holatiga   tushdi.   Ushbu   kundagi   bo‘lib   o‘tgan   voqealarni   shoir
quyidagicha   nomlaydi:   “Shanba   kuni   Bahromning   mushkfom   liboslar   kiyib,
gumbazi mushkinga xirom qilib, g‘izoli  mushkbo‘  bila bodai  mushkin ichkani va
bu mashg‘ulliq bilan hijron o‘tining dudi qaro qilg‘on kunin shomg‘a yetkurgani”.
Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki, Navoiy qora rangni faqat bir ma’noda
ishlatmagan.   Hikoya   avvalida   bu   rang   g‘am-anduhni   anglatsa,   yakunga   borib   u
yoshlik, ulug‘vorlikni bildirib kelgan. 
Qaro rang elga toji torakdur,
Kim bu rang ichradur – muborakdur. 46
Asarning   XXI   bobi   yakunida   yozilgan   ushbu   bayt   yuqoridagi   fikrimizning   dalili
bo‘la oladi. Demak, shoir qoralikni el boshidagi toj, deb bilmoqda. Zotan yoshlik
sochlarning qoraligi bilan o‘lchanishi ham bor gap.
Asarda   yo‘q   narsa   izlanmaydi,   bor   narsa   berkitilmaydi 47
”   –   degan   edi   B.
Karimov.   Shoir   o‘z   asarida   ko‘rib   turgan   tushuncha   boshqalar   tomonidan   ham
ko‘rilishi tayin. O‘zgalar anglagan tushunchani esa shoir ham anglaydi. Ammo bu
ikki   holat   u   yoki   bu   ma’noda   boshqacharoq   shaklda   anglanishi   mumkin.
Tushunilishi   zarur   bo‘lgan   obyekt   bir,   lekin   tushunchalar   biroz   yoxud   butunlay
46
  Alisher Navoiy. Sab’ai sayyor. – Tosh.: G‘afur G‘ulom, 2020.  157-bet.
47
 Karimov B. Abdulla Qodiriy germenevtik tafakkur. – T.: Akademnashr, 2014. 5-bet.
43 turlicha.   Germenevtikaning   asosiy   maqsadi   ham   aynan   shu   turlicha
tushunchalarning   negiz-sababiyatini   aniqlashdir.   Navoiy   ijodida   ramziylik   hamda
timsollarning   o‘rni   beqiyosdir.   Syujetdagi   voqelikni   libos   deb   oladigan   bo‘lsak,
uning   aynan   tag   zamiridagi   ramziy   timsollarga   katta   yuk   yuklatilgan   bo‘ladi.
“Germenevtikada   badiiy   asarga   tadqiqiy   yondashuv   ustuvorlik   qiladi.   Tahlilchi
badiiy   matnning   qatlaridagi   birlamchi   g‘oyadan   tashqaridagi   yashirin   ma’nolarni
bugungi qarashlar tufayli paydo bo‘lgan anglamlarni topishga intiladi. 48
Navoiy ijodini germenevtik tahlilga tortishning birlamchi sabablaridan biri
–  ruhiy  tomonlama   kuchli   insonlarning   nafs   qutqusiga   qarshi   kurashish   yo‘llarini
o‘rganish hamdir. “Sharqlik buyuk shoir va adib borki, deyarli  hammasi  o‘zining
nafs   va   xarakteriga   bir   san’at   asari   yanglig‘   sayqal   berib,   uni   butun   shaxsiyat
holiga   ko‘targan.   Mutasavvuf   san’atkorlar   uchun   bunday   shaxsiyat   orzusi
insonning   bashariy   irodasini   ilohiy   iroda   maqomiga   yuksaltirib,   ularni   o‘zaro
birlashtira   olishidir 49
”   –   deya   qayd   etgan   edi   olim   I.   Haqqul.   Biz   tahlilga   tortgan
“Sab’ai   sayyor”   dostoniga   nazar   tashlasak   ham   ushbu   fikr   nechog‘lik   to‘g‘ri
ekanligiga   guvoh   bo‘lamiz.   Zero   asardagi   shoh   Bahrom   obrazi   ham   nafs,   ham
ulug‘   xarakter   umumlashmasi   yanglig‘   maydonga   chiqadi.   Umuman   olganda,
Navoiy   o‘z   ijodi   markaziga   yetuk,   ma’naviy   barkamol   insoni   shakllantirish
maqadini qo‘ygan va har bir asarida bunga chin dildan harakat qilgan. 
Germenevtika   oldida   bir-biriga   bog‘liq   ikkita   vazifa   turadi:   birinchisi   –
matndagi lisoniy ifodani muayyan til tizimining uzvi sifatida o‘rganish, ikkinchisi
–   uning   ortida   turgan   betakror   subyektni   anglash 50
.   Bu   bilan   anglashiladiki,
asarning   mazmuniy   ma’nosi   asarning   tiliga   nisbatan   birlamchi   hodisa.   Lekin   har
qanday   mazmun   til   izmidan   xoli   bo‘la   olmaydi.   Til   va   ruh   tushunchalari   butkul
alohida ikki  atama bo‘lsa-da, biri  ikkinchisisiz  mavjud ham  bo‘la olmaydi. Biroq
germenevtika   rivojga   salmoqli   hissa   qo‘shgan   olmon   faylasufi   G.   Gadamer
yaratgan ta’limotga ko‘ra, til birlamchi o‘rinda turadi. Sababi til tufayligina an’ana
48
  Йўлдош Қ, Йўлдош Қ. Бадиий таҳлил асослари. Тош.: 2016. Б –  224.
49
 Haqqulov I. Badiiy matn tahlili va talqin muammolari. – T.: 2012.  1 3 -bet . 
50
 Quronov D. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: Akademnashr, 2013.   80 -bet . 
44 tirik,   til   ruhiyatida   esa   “harakatdagi   tarixiy   ong   voqe   bo‘ladi:   tushunmoqchi
bo‘yotganimiz tarixiy asar, u bizdan qanchalik uzoq bo‘lmasin, biz bilan dialogga
kirishadi,   shu   asno   o‘sha   asar   ham,   biz   amalga   oshiryotgan   talqin   ham   “an’ana
hodisa”ning uzviga aylanadi”. 51
Ulug‘   adib   I.   Haqqulov   “Insonni   kamolga   yetkazish,   avvalo,   axloqni
kamolga   yetkazish,   ya’ni   axloq   go‘zalligiga   erishish   demakdir” 52
,   –   degan   edi.
Navoiyning   barcha   asari   kamolotga   chorlovchi   chaqiriq   yanglig‘   sado   taratishi
hech  kimga  sir  emas.   Xususan,  “Sab’ai   sayyor”  ham.  Dostondagi  har   bir  hikoyat
va   Bahrom   qismati   ham   didaktik   mazmun   tashiydi.   Xususan,   XXIII   “Ikkinchi
iqlimyo‘lidin keturgan musofir hikoyati” bo‘limida Zayd Zahhob butxonadagi tilla
butlarni   o‘g‘irlab   ularni   temirga   almashtirib   qo‘yganida   quyidaagi   baytlar
keltirilgan:
Muddate bo‘yla erdi oning ishi, 
Ishiga voqif ermas erdi kishi.
Toki, kuffor ilohidin bir iloh
Qolmadi “Lo iloha illolloh” 53
Bayt   ma’nosi   quyidagicha:   “kofirlarning   ilohidan,   ya’ni   butidan   umuman   iloh
qolmadi,   yolg‘iz   Allohdan   boshqa   iloh   yo‘q”.   Qur’oni   Karim   oyatlarini   hayotiy
maslagiga aylantirgan ijodkor Zayd Zahhob obrazining qilgan ishi orqali ham asar
voqeasini chizib ko‘rsatmoqda, ham hayotiy haqiqatni yoritib bermoqda. Allohdan
o‘zga iloh mavjud emasligi eng ulkan, eng buyuk va eng oddiy haqiqatdir. Navoiy
asarlarini   o‘qish   barobarida   bunga   amin   bo‘la   boramiz.   “Obraz   adabiyot   va
san’atning fikrlash shakli, olam va odamni badiiy idrok etishvositasi, badiiyatning
umumiy   kategoriyasi” 54
.   Demak,   ijodkor   o‘zi   anglagan   tushunchalarni   o‘zi
yaratgan obrazlarga singdirib yuboradi, ya’ni obraz – yozuvchining anglami.
51
 Quronov D. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: Akademnashr, 2013.   80 -bet .
52
 Haqqulov I. Taqdir va tafakkur.  – T.: Sharq. 2007. 296-bet.
53
  Alisher Navoiy. Sab’ai sayyor. – Tosh.: G‘afur G‘ulom, 2020.  170-bet.
54
 Quronov Q, Mamajonov Z, Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. T.: Akademnashr. 2010. 69-bet.
45 Tab’i gar sof-u zihni pok o‘lg‘ay,
Shak emasturki, zavqnok o‘lg‘ay.
Anda shoyadki, aylabon tahsin,
Anga qilg‘ay duoni dog‘i qarin.
Yo Rab, andoq kishiga rahmat qil!
Oxir oromgohi jannat qil. 55
Navoiy   ushbu   baytlarni   asar   yakuniga   kiritar   ekan,   o‘z   yaratig‘ini   o‘qiguvchi
o‘qirmandan   qay   bir   ma’noda   insof   ham   tilab   qoladi.   Navoiy   go‘zal   bir   buyuk
obida   yaratganligini   o‘zi   juda   yaxshi   anglagan   va   shu   obidasidan   lazzatlangan
insonlardan   duo   tilab   qoladi.   Yana   kotiblar   haqida   ham   to‘xtalib   quyidagicha
yozadi:
Yana kotibki, tez etib xoma, 
Istagay naqsh qilsa bu noma.
Neki, men yozdim uyla sursa qalam,
Ne raqam qildim oni qilsa raqam.
Baytlarda taxalluf aylamasa,
Lafzlarda tasarruf aylamasa. 56
Asarning   “kamchiligini”   to‘g‘irlayman   deb   ma’noni   butunlay   o‘zgartirib
yuboradigan yoki xato ko‘chirib qo‘yadigan xattotlarni qattiq tanqid qiladi.
Bir   so‘z   bilan   aytganda,   germenevtika   bizga   ham   shoirni,   ham   she’rni   har
tomonlama tushunishga yordam beradi.
2.3 Bob bo‘yicha xulosa
55
  Alisher Navoiy. Sab’ai sayyor. – Tosh.: G‘afur G‘ulom, 2020.  365-bet.
56
  Alisher Navoiy. Sab’ai sayyor. – Tosh.: G‘afur G‘ulom, 2020.  366-bet.
46 Injil   talqini   va   tahlili   asosida   vujudga   kelgan   germenevtika   Sharqda
keyinchalik Qur’on sharhi o‘laroq maydonga chiqdi. Diniy kitoblar shrhidan
to   bugungi   matnlar   tahliligacha   bo‘lgan   uzoq   muddatli   masofani   bosib
o‘tgan   germenevtik   metodologiya   asar   talqini   borasida   qat’iy   intizom   va
keng   imkoniyatlarga   ega.   Shu   sababdan   Alisher   Navoiy   ijodini   aynan   shu
germenevtik   metodologiya   asosida   talqin   etish   maqsadga   muvofiq.
Germenevtika   matnning   lisoniyati   orqali   matnning   mazmuniy   ma’nosini
ochib   beruvchi,   subyektni   tushunishga   yordam   beruvchi   omildir.
Germenevtika   ichiga   ijodkor   ruhiyati,   u   yashagan   davr   va   muhitni   qamrab
olgani uchun ham qimmatli hisoblanadi..
Germenevtika   butun-qism   va   qism-butun   munosabatlari   orqali
voqelikni   tushunish,   tushuntirish,   anglash,   anglatish   kabi   xususiyatlarni
qamrab   olganligi   uchun   ham   alohida   qimmatga   egadir.   Dostonning
kompozitsion   qismlarining   umumiy   jihatlarini   topish,   adibning   asardagi
bosh konsepsiyasini anglashga yordam beradi. 
Bir   so‘z   bilan   aytganda,   germenevtika   zamonlar   chig‘irig‘idan   o‘tib
bugungi   kungacha   sayqallanib   kelgan.   Shuning   uchun   ham   ushbu
metodologiya ancha samarali hamda ishonchlidir. 
47 III BOB. MAKTAB TA’LIMIDA ALISHER NAVOIY “SAB’AI
SAYYOR” DOSTONINING O‘RGANILISHI
3 . 1. “Sab’ai sayyor” dostonining maktab darsliklarida berilishi
Alisher   Navoiyning   hayoti   va   ijodi   hamda   asarlari,   xususan,   “Xamsa”
turkumiga   kiruvchi   dostonlari   haqida   ma’lumot   umumiy   o‘rta   ta’limning   barcha
sinflarida  u  yoki   bu fanlar  kesimida  o‘qitilib kelinmoqda.  O‘rta  ta’limning aynan
Adabiyot   darslarida   berilgan   Navoiy   ijodi   qamroviga   to‘xtaladigan   bo‘lsak,   5-
sinfda   “Xamsa”ning   birinchi   dostoni   bo‘lmish   “Hayrat   ul-abror”   dostonidan
“Rostlik   ta’rifida”   deb   nomlanuvchi   o‘ninchi   maqolati   keltirilgan.   Albatta,   bu
beshinchi   sinf,   ya’ni   taxminan   o‘n   bir   yoshli   bola   uchun   ayni   mos   keladigan,
qiziqarli   syujetli   va   tushunulishi   bir   muncha   osonroq   bo‘lgan   hikoyatning
berilganligi o‘rinlidir. Endi oltinchi sinf adabiyot darsligida Alisher Navoiy hayoti
va   ijodi   nisbatan   kengroq   yoritilib,   Navoiyning   Porso   Shamsiyev   tabdilidagi
“Mahbub   ul   qulub”   (“Ko‘ngillarning   sevgani”)   nasriy   asari   berilgan.   Bu   sinfda
o‘quvchilar   tahlil   va   tabdil   o‘rtasidagi   farq   haqida   yana-da   kengroq   tushunchaga
ham  ega  bo‘lib olishlari   mumkin.  Bir-biridan qiziqarli  va  hikmatga  boy maqollar
o‘quvchilarni  befarq qoldirmasligi  aniq. Umumiy o‘rta ta’limning 7-sinf adabiyot
darsligida   bizga   Alisher   Navoiy   hayoti,   yaratgan   asarlari   va   olimligi   xususida
nisbatan   kengroq   ma’lumot   berilgan   hamda   “Xamsa”ning   to‘rtinchi   dostoni
hisoblanmish “Sab’ai sayyor”dan olingan parcha, ya’ni “Mehr va Suhayl” hikoyasi
keltirilgan.   O‘n   uch-o‘n   to‘rt   yoshlar   orasidagi   o‘spirin   bola   uchun   endi   og‘irroq
mavzu   –   ishq-muhabbat   mavzusi   o‘rtaga   tashlanmoqda.   Yangi   tahriridagi   7-sinf
Adabiyot   darsligida   esa   biz   Navoiyning   Lutfiy   bilan   uchrashuvini,   Navoiy
qi’alarini,   xususan,   “Tuzlukka   moyil   o‘lki,   ishing   borg‘ay   ilgari”,   “Kamol   et
kasbkim,   olam   uyidin…”,   “Kimki   o‘zluk   imoratin   buzdi…”,   “Kimki   maxluq
xizmatig‘a kamar” kabi qit’alarini o‘qishimiz mumkin.  8-sinf adabiyotida Navoiy
hazratlarining   turli   asarlari,   xususan,   ruboiy,   tuyuq,   farddagi   betakror   yutuqlari
haqida tushuncha berib o‘tilgan. Uning “Gardun gah manga jafo-u dunliq qildi…”,
48 “Ahbob,   yigitlikni   g‘animat   tutunguz…”,   “Ey   umri   aziz”,   “Bo‘lmas   emish”   kabi
ruboiylari   tahlillari   bila   berilgan.     Har   gal   yuqori   sinfga   o‘tganda   o‘quvchilarga
murakkablashib borayotgan sistemadagi ma’lumotni o‘qib o‘rganib borishga turtki
berilmoqda. 9-sinf adabiyotida o‘quvchilar Navoiy ijodi bilan bir qatorda “Xamsa”
asarlari genezisi  hamda xamsachilik an’anasi, xamsanavislar haqida umumlashma
bilimga   ega   bo‘lishadi.   Bunda   Nizomiy   Ganjaviy,   Amir   Xusrav   Dehlaviy,
Abdurahmon   Jomiy   va   nihoyat   Amir   Alisher   Navoiy   yaratgan   “Xamsa”larning
nomlanishi,   kimga   bag‘ishlanganligi,   necha   yil   davomida   yozib   tugallanganligi
kabi ma’lumotlar bilan bir qatorda Navoiy hazratlari yaratgan “Xamsa” dostonlari,
xususan,   “Farhod   va   Shirin”ning   boshqa   salaflarinikidan   farqli   va   yutuqli
tomonlarini   ko‘rsatib   berish   uchun   o‘n   soat   vaqt   ajratilgan.   Yosh   jihatiga   e’tibor
qaratadigan   bo‘lsak,   o‘n   beshlar   atrofidagi   yigit-qizlar   uchun   sevgi   mavzusi   va
aynan   ana   shu   muhabbat   orqali   komillikka   yetishish   targ‘ib   qiluvchi   ushbu
“Farhod   va   Shirin”   dostonining   berilishi   ayni   muddao   bo‘lgan,   desak   mubolag‘a
bo‘lmaydi.   10-sinfda   biz   Navoiy   hazratlari   “Xamsa”sining   yakunlovchi   dostoni
“Saddi   Iskandariy”   mutolaasiga   tutinamiz.   Aynan   shu   dostonning   ushbu   sinfda
berilishi   katta   hayot   ostonasida   turgan   o‘quvchilarga   shohlik   va   odillikdan   saboq
berishi   ko‘zda   tutilgan.   11-sinf   “Adabiyot”   darsiligida   Navoiyning   hayot   va   ijod
yo‘li   haqidagi   quyi   sinflarda   to‘la   tushuntirib   berilmagan   yoxud   to‘xtalmagan
qismlariga   o‘rin   ajratilgan.   Bu   darslikda   endi   o‘quvchilar   mustaqil   fikr   egasi
sifatida harakat olib borishlari talab etilgan. Yillik ish rejada esa Navoiy mavzusi
uchun   olti   soat   vaqt   ajratilgan.   Kitobda   Xondamirning   “Makorim   ul   axloq”
asaridan   parcha   keltiriladi,   so‘ng   “Saddi   Iskandariy”ning   XXXIX   bobi,   ma’lum
parchalardan keyin doston haqida nazariy ma’lumot berilgan.
Endi Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi to‘rtinchi doston hisoblanmish “Sab’ai
sayyor”   dostoni   va   uning   maktab   darsliklarida   berilishi   haqida   kengroq   to‘xtalib
o‘tamiz.   Ta’limda   ushbu   doston   ilk   bor   7-sinf   adabiyot   darsligi   orqali   o‘qitiladi.
Darslikning   168   –   172-sahifalari   shoirning   hayoti   va   ijodiy   ishlari   haqidagi
ma’lumotlar   uchun   ajratilgan   bo‘lsa,   173-dan   to   219-betgacha   bo‘lgan   qirq   olti
sahifalik   qism   dostonning   berilishi   hamda   unga   bag‘ishlangan   savol   va
49 topshiriqlarga ajratilgan. 220 – 222-sahifalarda esa “Tashbih, tanosub, irsoli masal
san’atlari” mavzusi berilgan. Bu mavzu ham bir ma’noda Alisher Navoiy ijodining
o‘rganilishidagi   davomiy   ish   hisoblanadi.   Chunki   she’riy   san’atlar   haqida
ma’lumot berib tushuntirilgach aynan “Sab’ai sayyor”dan olingan baytlar bo‘yicha
misollar   keltirilgan.   Shunday   qilib,   qariyb   ellik   to‘rt   sahifalik   ma’lumot   bizga
Alisher   Navoiy   hayoti,   ijodi,   dostoni,   ba’zi   she’riy   san’atlar   haqida   ma’lumot
berish   va   ularga   oid   savol   va   topshiriqlarni   bajarish   uchun   ajratilgan   ekan.   Bu,
albatta,   yaxshi.   Endi   “Sab’ai   sayyor”ning   berilishi   haqida   to‘xtalsak.   Avvalo,
doston   matni   to‘satdan   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   berilmagan.   Dostonni   quyi   sinfda
tanishilgan   “Hayrat   ul-abror”   asari   bilan   solishtirilgan   holatda,   shakily   jihatdan
aynan ijodkor  yozganidek emas,  balki  o‘quvchilar  tushunishi  va voqealar  rivojini
chalkashtirib   yubormasligi   uchun   maxsus   sarlavha   bilan   ajratilgan   holda
berilganligi   o‘quvchilarning   tushunish   va   tahlil   qilishlari   uchun   foydali   bo‘lgan.
“Agar   –   deydi   kitob   mualliflari,   –   “Hayrat   ul-abror”da   yaxlit   bir   voqea   hikoya
qilinmay,   u   fikr-mulohaza,   kichik   hajmli   hikoyatlardan   tuzilgn   bo‘lsa,   bu   doston
keng   qamrovli   voqealarni   o‘z   ichiga   olgan   yirik   epik   asardir.   Bunday   asarlarda
tasvirlar o‘zgarishi, voqealar almashinuvi o‘ziga xos tarzda bo‘ladi. Ya’ni voqealar
bir   makondan   boshqasiga   o‘tganda,   lavhalarning   biri   ikkinchisiga   ko‘chganda
zamonaviy   epik   asarlarda   bo‘lganidek   boblar,   bo‘limlar   yoxud   sarlavhalar   bilan
ajratilmaydi…   Garchi   dostonning   o‘zida   bo‘lmasa-da…   tushunishni   yengillatish
uchun   voqealar   almashinuviga   qarab,   biz   ushbu   parchani   shartli   ravishda   olti
qismga   ajratib   taqdim   etdik”. 57
  Darslikda   berilgan   “Mehr   va   Suhayl”   hikoyati
dostonda “Chahorshanba kuni Bahromning moviy kisvat bila gunbadi nilufariyg‘a
mayl qilib, xurshedi osmoniy libos bila jomi firuzagun aro kabudon mayidek boda
solib no‘sh qilg‘oni va no‘sho-no‘sh unin toqi nilufariydin oshurg‘oni” 58
 sarlavhasi
bilan   boshlanadi.   Bunda   Bahromning   chorshanba   kungi   holati,   sayyoralar   haqida
qisqacha   to‘xtalib   o‘tilib,   so‘ngra   “Beshinchi   iqlim   yo‘lidin   kelgan   musofirning
dostonorolig‘i”ga navbat beriladi. Darslikda ham aynan shu musofir dostonchiligi
57
 Yo‘ldoshev Q.  va b.   Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. – T.:  Sharq 2017. 173-
bet.
58
 Alisher Navoiy “Sab’ai sayyor”. Nashrga tayyorlovchi: Rahmonov V. – Tosh.: G‘afur G‘ulom. 2020. 245-bet.
50 berilgan   va   “dostonorolig‘”   so‘ziga   ham   ta’rif   berilib,   “dostonchilik,   doston
aytuvchilik”   deb   izoh   berib   ketilgan 59
.   Bundan   tashqari   darslikda   berilgan   parcha
jami olti qismga bo‘lingan va dastlabki uch qismning asliyatdagi shakli bilan birga
uning tabdili berilgan bo‘lsa, keyingi uch qismda faqat asliyatning o‘zi berilganki,
bu o‘quvchilarni avval dostonni o‘qib tushunishlari uchun yengillik bo‘lsa, borib-
borib   o‘quvchi   o‘zi   mustaqil   holda   she’riy   asarni   o‘qishi   va   uni   tushunishga
harakat   qilishiga   undaydi.   Bu   ham   fikrlash   qobiliyatini,   ham   so‘z   boyligini,   ham
tasavvur   kuchini   oshirishga   yordam   berishi   tayin.   Bu   haqida   darslikning   o‘zida
quyidagi izoh berib o‘tilgan: “…ushbu parchani shartli ravishda olti qismga ajratib
taqdim   etdik.   Avvalgi   uch   qismda   har   bir   baytning   satrma-satr   ma’nosini
bermoqdamiz.   Bundan   maqsad:   Sizda   oldingi   mashg‘ulotlar   orqali   baytlarni
tushunish va tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish… E’tibor bering: tushunilishi
qiyin   so‘zlar   ma’nosi   chiziq   (defis)   yoki   “ya’ni   so‘zidan   keyin   keltirildi.   Agar
bunday   so‘zlar   bir   necha   marta   takrorlansa,   ma’nosi   izohlanmay   o‘z   holicha
qoldirildi… Agar shu uch qism orqali bayt mazmunini chiqarishni puxta o‘rganib
olsangiz,   keltirilgan   parchaning   qolgan   qismini   o‘zingiz   mustaqil   tushunib,   tahlil
qila   olasiz”.   Olti   qismning   har   bir   baytidagi   tushunilishi   qiyin   yoxud   hozirda
iste’molda   bo‘lmagan   so‘zlarning   ma’nosi   izohlanib   keltirilgan.   Dastlabki   uch
qismda   ham   alohida   olingan   so‘zning   izohi,   ham   umumiy   baytning   ma’nosi
berilgan bo‘lsa, 4-,5-,6-qismlarda faqatgina so‘zlarning izohi berib ketilgan. Bunga
sabab   yuqorida   mualliflar   fikrida   ta’kidlanganidek,   1-,2-,3-qismlarni   diqqat   bilan
o‘qib,   uqib   o‘zlashtirib   olgan   o‘quvchi   keyingi   qismlarning   ma’nosini   o‘zi
mustaqil   tushunib   olaveradi.   Umuman   olganda,   o‘quvchiga   keragidan   ortiq
yengillik berilganda ham maqadga muvofiq kelmasdi. Bu holat o‘quvchilar o‘zlari
shaxsiy   shug‘ullanishlari   uchun   ajoyib   mashq   va   tajriba   vazifasini   ham   o‘taydi.
Tushunmagan joyini guruh bilan tahlil qilish va shunda ham ikkilanish yoki to‘la
ma’nosi   chiqmagan   bo‘lsa,   undan   keyin   o‘qituvchi   bilan   birga   ishlansa,   natija
yuqoriroq bo‘ladi. 
59
  Yo‘ldoshev Q.  va b.   Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. – T.:  Sharq 2017.173-bet.
51 Darslikda   dostonning   “Mehr   va   Suhayl”   hikoyatning   shartli   qismlarining
nomlanishlari quyidagicha:
I.   Suv   vaquruqlikda   zulmni   o‘ziga   kasb   qilib   olgan   zolim   qaroqchi   va   uning
makoni ta’rifi.
II.   Sohibjamol   Mehr   vasfi   va   uning   tasodif   bo‘roni   tufayli   Jobir   qo‘lida   asira
bo‘lganligi bayoni.
III.   Ko‘rkam   Suhay   ta’rifi,   tutqunlikdagi   Mehr   iztiroblari   tasviri   va   to‘y
taraddudida dengizdan yo‘lga chiqqan Suhaylning hiyla domiga bandi bo‘lganligi
to‘g‘risida. 
IV.   Qizining   boshiga   tushgan   kulfatni   eshitib,   Navdarshohning   shoh   Nu’monga
maktub yo‘llagani hamda ikki shohning Jobir tomon qo‘shin tortgani bayonida.
V. Ov ketidan quvib sipohidan ajralgan Navdarshohninng Jobir odamlari tuzog‘iga
ilingani,   to‘fon   ofatidan   halokatga   uchragan   shoh   Nu’monning   Jobirga   asir
tushgani haqida.
VI.   Mehrning   o‘z   qallig‘ini   chohdan   chiqarib   parvarish   qilgani   va   Suhaylning
yuzma-yuz   olishuvda   Jobirni   yengib,   so‘ngida   barchalarining   murodga
yetganliklari to‘g‘risida. 60
 
Vahob Rahmonov nashrga tayyorlagan “Sab’ai sayyor” dostonida beshinchi iqlim
musofiri hikoyati:
Chun anga bu duosi yettikim, 
Oxir o‘lg‘och, ravon ettikim … 61
 – 
deya   boshlanadi.   Biroq   asar   so‘ngidagi   sharh   va   izohlarda   qayd   etilishicha,
“Tanqidiy   matnda   bu   bayt   avvalgi   bobning   oxirida   berilgan.” 62
  “Sab’ai
sayyor”ning   nasriy   tabdilini   amalga   oshirgan   Manzar   Abdulxayr   ham   bu   baytni
hikoyat   boshlangan   XXIX   bobda   emas,   balki   hikoyatga   kirish   qismi   vazifasini
o‘tovchi   XXVIII   bobning   so‘ngida   “Bu   duodan   shoh   qanoatlangach,   musofir   o‘z
hikoasini boshlab yubordi” shaklida bergan. 63
 7-sinf maktab darsligida ham parcha
60
  Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. 7-sinf adabiyot darsligi.  Tosh.: Sharq 2017. 211-bet.
61
  Alisher Navoiy “Sab’ai sayyor”. Nashrga tayyorlovchi: Rahmonov V. Tosh.: G‘afur G‘ulom, 2020. 247-bet .
62
  Alisher Navoiy “Sab’ai sayyor”. Nashrga tayyorlovchi: Rahmonov V. Tosh.: G‘afur G‘ulom, 2020. 393-bet.
63
  Alisher Navoiy. “Sab’ai sayyor” nasriy tabdili.  Tabdil va izohlar muallifi: Abdulxayr M. Tosh.: Yangi asr avlodi, 
2021. 192-bet.
52 ham   tanqidiy   matndagi   kabi   Adan   diyorida   jabr-sitamni   o‘ziga   kasb   qilib   olgan
kishi bo‘lganligi ta’rifi bilan boshlanadi:
Bor ekan Adanda javr fane,
Javr qilmoq fanida safshikane .
Darslikda   baytdagi   “Adan”,   “javr”,   “fan”,   “safshikan”   so‘zlari   alohida   izohlab
berilgan.   Xususan,   “Adan”   Arabistondagi   kichik   mamlakat   nomi.   Bu   hududning
aynan   qayerdaligi   haqida   Vahob   Rahmonov   mas’ul   muharrirligida   nashrdan
chiqqan “Sab’ai sayyor”da kengroq ma’lumot berilgan. Unda aytilishicha, Adan –
hozirgi Saudiya Arabistoniga qarashli shahar, Yamanning janubida joylashgan. 64
Javr  – jabr, azob.
Fan  – hunar.
Safshikan  – saflarni buzuvchi qahramon. 65
Bayt mazmuni pastda boshqacha yozuv turida ko‘rsatilgan. Xususan, quyidagicha:
Bor ekan Adanda javr fane,
Javr qilmoq fanida safshikane .
Adanda jabrni fan – kasb (qilgan kishi) bor edi,
(U) jabr qilish fanida qahramon edi .
Darslikning shartli ravishda I qism deya ajratilgan bobida Jobirning ta’rifi
haqida   ma’lumot   berilgan.   U   “suv   va   quruqlikda   zulmni   o‘ziga   kasb   qilib   olgan
qaroqchi” deya tanishtiriladi.
Bori manzil o‘lub savohil anga,
Sohili bahr o‘lub manozil anga.
Ham tanumand-u ham shujo-u daler,
Ul sifatkim jazira ichkari sher . 
Ushbu  ikki  baytda  shoir  Jobirning,  avvalo,   suvdagi  barcha  manzillar  uning  sohili
bo‘lganligi,   dengiz   sohillari   manzillari   bo‘lganligini   aytsa,   keyingi   ikki   misrada
64
 Alisher Navoiy “Sab’ai sayyor”. Nashrga tayyorlovchi: Rahmonov V. Tosh.: G‘afur G‘ulom. 2020. 393-bet.
65
  Yo‘ldoshev Q.  va b.   Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. – T.:  Sharq, 2017. 174-
bet.
53 quruqlikda  kuchli  va  botir   bo‘lganligi   boisidan  to‘qaydagi  sherdek  edi,  demoqda.
Darslikda ushbu ikki baytdagi “savohil”, “manozil”, “tanumand”, shujo”, “daler”,
“jazira” kabi so‘zlar ma’nosi izohlangan. Bulardan: 
Savohil  – sohillar
Manozil  – manzillar
Tanumand  – norg‘il, gavdasi yirik
Shujo  – botir 
Daler  – qo‘rqmas 
Jazira  – orol 66
  deya   berilgan.   Shu   asnoda   174-178-sahifalar   to‘liq   Jobir   ta’rifi,   uning   suvda
nahang kabi, quruqlikda sher kabi tengsiz ekanligi ta’rifiga bag‘ishlanadi. Endi II
qism   haqida   so‘z   yuritsak,   u   sohibjamol   Mehr   tavsifi   hamda   uning   qanday   qilib
qaroqchi Jobir qo‘lida asira bo‘lib qolganligi bayoniga bag‘ishlanadi. Ushbu qism
Go‘yiyo andagi jazoir aro,
Shahre emish oti “Bihishtsaro” , – 
misralari   bilan   ochib   berilgan.   “Bihishtsaro”   so‘zi   jannatmakon   degan   izoh   bilan
berilgan. Bayt mazmuni quyidagicha sharhlanadi:
Deydilarki, boshqa bir orollar orasida 
            “Behishtsaro” nomli shahar (bor) edi .
II qismdagi voqealar silsilasida Mehr ta’rifi haqida so‘z ketar ekan,
Yuzig‘a mehr banda-vu oti Mehr,
O‘yrlub mehridek boshig‘a sipehr.
 
             Yuziga quyosh banda bo‘lgan(ning) oti Mehr,
             Falak boshi uzra quyoshdek aylanardi , – 
deyiladi. Bunda qahramonning yuzi  quyoshga o‘xshashi  aytilmoqda, ammo Mehr
ismining   ma’nosi   ham   aynan   “quyosh”   ekanligi,   bundan   tashqari   yana   boshqa
ko‘plab   ma’nolarni   ham   anglatishi   haqida   hech   narsa   deyilmagan.   “Mehr”
66
  Yo‘ldoshev Q.  va b.   Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. – T.:  Sharq, 2017. 174-
bet.
54 ismining   quyosh,   oftob   ma’nosi   bilan   birga   sevgi-muhabbat,   ishq   ma’nolari   ham
bor.   To‘g‘ri,   o‘quvchi   buni   o‘zi   bayt   ma’nosidan   ham   bilib   olsa   bo‘ladi   yoki
o‘qituvchi   yordamida   yoxud   o‘zi   qo‘shimcha   manbalarni   o‘qib-o‘rganish   orqali
ham   bu   ma’lumotga   ega   bo‘lishi   mumkin.   Ammo   darslikda   berilgani   to‘g‘riroq
bo‘lar edi.
Hikoyatning III qismi Suhaylning ta’rifi, asiraga aylangan Mehr iztiroblari
hamda   to‘y   taraddudida   safarga   chiqqan   Suhaylning   hiyla   sababli   bandiga
aylanishi tasvirlariga bag‘ishlangan. 
…Go‘yiyo ham jazirada bir shahr, 
O‘zi firdavs-u Salsabil anga nahr.
Xuddi shunday (boshqa) orolda (ham) bir shahar (bo‘lib),
             O‘zi jannat bog‘iday, ariqlari jannatdagi Salsabil kabi edi.
             Bor emish ravzadek havosi aning,
Charxi minu kabi fazosi aning.
Uning havosi jannatdek emish, 
Fazosi zangori osmon kabi keng ekan.
Anda bir shoh hokim-u voliy,
Mulki ma’mur-u himmati oliy.
Unda bir shoh hokimlig-u boshqaruvchilik (qilar),
Mamlakati obod-u, (o‘zining) himmati baland (edi).
Oti Nu’mon-u Mulki oti Yaman,
Adilidin Mulki guliston-u chaman .
(O‘zining) oti Nu’mon, mulkining nomi Yaman,
55 Adolatidan mamlakati guliston ham chaman. 67
Ushbu   to‘rt   bayt   III   qismning   boshlanish   baytlari   hisoblanadi.   Bu   yerdagi
“Salsabil”, “ravzadek”, “charxi minu”, “ma’mur” kabi so‘zlar izohi berilgan. 
Salsabil  – jannatdagi buloqning nomi.
Ravzadek  – jannatdek.
Charxi minu  – zangori osmon.
Ma’mur  – obod.
Suhayl   ta’rifiga   bag‘ishlangan   ushbu   qismda   ham   negadir   Suhayl   ismining
ma’nosi   to‘la   ochib   berilmagan.   Bunda   yukning   ko‘p   qismi   har   doimgidek
o‘qituvchi   zimmasiga   tushib   qolmoqda.   Suhaylning   ma’nosi   quyidagicha
izohlangan: Suhayl – eng yorug‘ yulduz. Afsonalarda bu yulduz baxt keltiradi deb
talqin qilingan. U Yaman tomondan yaxshiroq va ravshanroq ko‘zga ko‘rinar ekan.
Suhaylning Yaman shahridan ekanligi ham shundan. 68
 
Endi   har   ikkala   shohning   o‘zaro   xat   almashinuvi   va   kelishib   farzandlarini
qutqarish   uchun   safarga   chiqishlari   hamda   har   ikkalalarining   Jobir   tomonidan
qo‘lga olinganligi haqidagi IV qism boshlanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, IV, V,
VI   qismlari   darslikda   tabdilsiz   berilgan.   Biroq   eskirgan   so‘zlarning   ma’nolari
izohda keltirilgan.
Andakim Mehrni qilib noshod,
Qavm-u xaylini ayladi ozod.
Ul ulus jondin ayru el yanglig‘,
Sayr etib suv yuzida yel yanglig‘.
Kunduz-u kecha po‘ya ettilar,
Toki kishvarlarig‘a yettilar…
Dastlabki uch baytda ikki so‘z ma’nosiga izoh berilgan:
Qavm-u xayl  – yaqinlar, atrofdagilar
67
  Yo‘ldoshev Q.  va b.   Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. – T.:  Sharq 2017. 186-
187-bet.
68
 Alisher Navoiy “Sab’ai sayyor”. Nashrga tayyorlovchi: Rahmonov V. Tosh.: G‘afur G‘ulom. 2020. 394-bet.
56 Po‘ya  – tez yurish
Ushbu qismda quyidagi bayt diqqat talabdir:
Ul Zuhalvash jazog‘a xos o‘lg‘ay,
Mehr ham uqdadin xalos o‘lg‘ay .
Bu yerda Zuhalvash va uqda so‘zlariga ta’rif berilgan.
Zuhalvash   –   Zuhalga   o‘xshagan.   Zuhal,   ya’ni   Saturn   sayyorasi   yomonlik   timsoli
bo‘lgan. Bu yerda Jobirga nisbat berilmoqda.
Uqda – bandlik, tutqun.  
Aynan Jobirning Zuhalga o‘xshatilyotganligi va Zuhal ya’ni Saturnning yomonlik
timsoli ekanligi yaxshi ma’lumot hisoblanadi.
V   qism   shoh   Nu’mon   va   shoh   Navdarning   qanday   qilib   Jobir   qo‘liga   asir
tushib qolganliklari bayoniga bag‘ishlanadi.
Qoldi Navdarg‘a chunki bir manzil,
Besha ichra murur edi mushkul.
Vahm oldi qarorini shahdin,
Ki, aduv chiqmag‘ay kamingahdin.
Kestirib beshani ochilg‘ali yo‘l, 
Cherigin eltur erdi ilgari ul …
Bu boshlanish uch baytda quyidagi ikki so‘z izohi berilgan:
Murur  – o‘tish, yurish.
Kamingah  – pana, pistirma joy.
Ushbu qismdagi voqealar rivojida shoh Navdar o‘zini qiziqtirib qolgan maral ya’ni
kiyik   ortidan   quvib   oxir-oqibat   o‘z   qo‘shinidan   ajralib   qoladi   va   Jobir   odamlari
qo‘liga asir tushib qoladi. Bu bilan shoir shoh qo‘shini bo‘lsagina shoh, aks holda
unday   shohning   shohligi   uzoqqa   bormaydi,   demoqchi.   Ijodkorning   bu   haqidagi
fikri asarda quyidagicha izohlangan:
     Shohni derlar sipoh bira shoh,
57      Shoh emasdur yo‘q esa anda sipoh.
Darslikda   berilgan   so‘nggi   oltinchi   qism   Mehr   Suhaylni   chohdan   ozod   qilishi   va
Suhaylning   Jobir   bilan   jang   qilib   uni   yengishi,   so‘ngida   barchalari   bir-birlarini
topishib murodga yetganliklari bayoniga bag‘ishlanadi. 
Mehr gul yanglig‘ aylabon yaqo chok,
Nilufarzor aro kezib g‘amnok.
Yosh to‘kun bahri mavjvar yanglig‘,
Ko‘k libos ichra nilufar yanglig‘.
Yuziga bas taponcha urg‘onidin,
Nilufarlar ochilib gulistonidin… 
Ushbu kirish vazifasini o‘tagan olti misrada quyidagi so‘zlar izohlangan:
Bahri mavjvar – mavjlangan dengiz
Taponcha – shapati, tarsaki
So‘nggi ikki misra ma’nosi kishi diqqatini o‘ziga tortmay qolmaydi. Misra ma’nosi
quyidagicha izohlanadi: yuziga ko‘plab tarsaki uraverganidan yuzi ko‘karib ketdi.
Bu xuddi gulistonda nilufarlar ochilishiga o‘xshatiladi.
Endi   darslikda   ma’nolari   izohlanmagan   ba’zi   baytlarni   o‘zimiz   mustaqil
ravishda tahlil qilib ko‘ramiz. 
Shoh Nu’mon o‘qug‘och ul noma,
Bildikim, bo‘lmish o‘zga hangoma.
Yig‘labon bo‘ldi asru ko‘p g‘amnok,
Bu sitamdinki, ayladi aflok.
Ushbu   misralarda   shoh   Nu’monning   safarga   –   Mehrning   yoniga   ketgan   o‘g‘li
Suhaylning   ham   manzilga   yetib   bormaganligini   bilgandan   keyingi   ruhiy   holati
tasvirlangan. Bizning diqqat-markazimizda turuvchi bayt ikkinchi baytdir. Birinchi
baytning mazmuni ancha oson tushuniladi.
Shoh Nu’mon o‘qug‘och ul noma,
58 Bildikim, bo‘lmish o‘zga hangoma.
(Shoh Nu’mon noma (shoh Navdardan kelgan xat)ni o‘qigach
Ish boshqacha bo‘lganligini bildi). 
Bizning diqqat-markazimizda turuvchi bayt ikkinchi baytdir.
Yig‘labon bo‘ldi asru ko‘p g‘amnok,
Bu sitamdinki, ayladi aflok.
  Baytda qo‘llangan “asru” so‘zi “juda, g‘oyat” kabi ma’nolarda ishlatiladi. “Aflok”
esa “falaklar” degani. Ushbu baytning ma’nosini  chiqarish uchun misralar o‘rnini
almashtirib   izohlash   lozim.   Aks   holda,   ish   murakkablashadi.   Misralarni   ketma-
ketlikda olib tahlil qilsak, quyidagicha shaklga keltirish mumkin:
Juda ko‘p g‘amnok bo‘lib yig‘ladi,
Bu sitamniki, falaklar qildi.
Mazmun   g‘aliz   chiqdi.   Ma’no   birozgina   tushunarlidek   tuyiladi,   ammo   bari   bir
g‘alizlik ham yaqqol ko‘rinib turibdi. Endi misralar o‘rnini almashtirib ko‘ramiz.
Falakning qilgan bu ishidan
Juda g‘amnok bo‘lib yig‘ladi.
Endi   mazmun   ham   aniq   tushunarli   bo‘ldi   va   g‘alizlik   ham   qolmadi.   “Sab’ai
sayyor”ning nasriy bayonida ham ushbu ikki bayt quyidagicha sharhlangan: “Shoh
Nu’mon bu nomani o‘qigach, hangoma boshqacha bo‘lganini fahmladi. Falakning
bu   sitamidan   benihoya   g‘amnok   bo‘lib   yig‘ladi” 69
.   Endi   yana   bir   boshqa   baytni
olib xuddi shunday tahlilga tortamiz.
Mehrkim, charx xokrohi edi,
Nilufarzor jilvagohi erdi. 
Darslikdagi shartli ravishda bo‘lingan so‘nggi qismdan keltirilgan ushbu baytdagi
“xokroh” so‘ziga izoh berilgan. Unga ko‘ra xokroh kamtar, xokisor degan ma’noda
ishlatiladi. Shamsiyev P. hamda Ibrohimov S. tomonidan tuzilgan “Navoiy asarlari
lug‘ati”   kitobida   ham   bu   so‘z   forschadan   olingan   bo‘lib   aynan   “xokirah”   yoki
69
  Alisher Navoiy. “Sab’ai sayyor” nasriy tabdili.  Tabdil va izohlar muallifi: Abdulxayr M. Tosh.: Yangi asr avlodi, 
2021. 201-bet.
59 “xokiroh”   shaklida   qo‘llanishi   ko‘rsatilgan   va   ma’nosi   “o‘zini   past   tutuvchi,
kamtar”, “Xokirah bo‘lmoq – o‘zini past, kamtar tutmoq” 70
  deya izohlangan. Har
ikkala   manbada   ham   so‘zlar   ma’nosi   deyarli   bir   xil.   Endi   bayt   mazmunini
sharhlaymiz. 
Mehrkim, charx xokrohi edi,
Nilufarzor jilvagohi erdi.  
(Mehr charxning kamtari, xokisori edi,
Nilufarzorning jilvagohi edi).
Ammo   bu   kabi   tahlil   badiiy   asarni   haqiqiy   badiiyatdan   ayirib   qo‘yishi   mumkin.
Shu   boisdan   ham   misralar   yoki   baytlar   aynan   so‘zma-so‘z   yoxud   baytma-bayt
tabdil   qilinavermaydi.   Ba’zan   yuqorida   ko‘rganimizdek   misralarning   o‘rni
almashinishi   yoki   hatto   so‘z   ma’nolari   ham   biroz   o‘z   mazmunidan   chetlanishi
mumkin.   Biz   yuqorida   keltirgan   baytning   tahlili   “Sab’ai   sayyor”ning   nasriy
bayonida   shunday   berilgan:   “Bu   Mehr   deganimiz   osmonning   yerdagi   quyoshi
bo‘lib,   nilufarzorda   jilvalanar   edi”. 71
  Xokisorlik   mazmuni   bu   yerda   “osmonning
yerdagi   quyoshi”ga   aylangan.   Albatta,   bunday   izoh   uchun   Mehr   ismining
ma’nosidan   kelib   chiqilgan.   Ma’lumki,   Mehr   quyosh   degani.   Ya’niki,   quyosh
ko‘kda   bo‘lsa,   Mehr   yerdagi   quyoshdir.   U   xokisorlik,   kamtarlik   qilib   yerga
tushgan.   Shundan   kelib   chiqib   bayt   ma’nosi   aynan   so‘zma-so‘z   emas,   mantiqan
olib tahlil qilinganda biroz o‘zgarishga duch kelgan.
Yana bir necha baytni tahlil qilib ko‘ramiz.
Bo‘ldilar ikki shoh musta’jil,
Biri daryo, biri sohil.
Necha kun aylabon masofat qat’,
Sohili bahr ichinda ofat qat’.
70
  Шамсиев П., Иброҳимов С. Навоий асарлари изоҳли луғати. Т.: Ғафур Ғулом, 1972. Б – 659.
71
  Alisher Navoiy. “Sab’ai sayyor” nasriy tabdili.  Tabdil va izohlar muallifi: Abdulxayr M. Tosh.: Yangi asr avlodi, 
2021. 211-bet.
60 Bo‘ldi paydo aduv bo‘lur besha, 
Tushti ikki tarafqa andesha.
Ishni,   avvalo,   notanish   so‘zlar   ma’nosini   sharhlashdan   boshlaymiz.   Quyida
ularning izohi berilgan:
Musta’jil  – shoshilish.
Masofat –  masofa, yo‘l.
Qat’ –  bosish, yurish.
Besha  – o‘rmon.
Yuqoridagi   izohtalab   so‘zlarning   ma’nosini   aniqlashtirib   oldik.   Endi   ishning   ikki
qismiga   o‘tamiz.   Bu   baytlar   har   ikkala   shoh   o‘zaro   xat   almashinib   Mehr   va
Suhaylning   yo‘qolganligini   bilishgach,   dushmanga   qarshi   hujumga   o‘tish   uchun
birlashishga kelishganlaridan keyingi holatni tasvirlab kelgan. 
Bo‘ldilar ikki shoh musta’jil,
Biri daryo, biri sohil.
Ikki shoh (shoh Navdar hamda Nu’mon shoh) shoshildilar,
Biri daryo, biri sohil bo‘ylab.
Necha kun aylabon masofat qat’,
Sohili bahr ichinda ofat qat’.
Necha kun masofalarni bosib,
Dengiz sohili ichidagi ofatlarni yengib.
Bo‘ldi paydo aduv bo‘lur besha, 
Tushti ikki tarafqa andesha.
Dushman turgan o‘rmonga yetib keldilar,
Ikki tarafga ham (qanday ish tutish haqida) o‘ylov tushdi.
61 Baytlar   mazmuni   tushunildi,   faqat   misralar   tartibini   birozgina   o‘zgartirish   kerak
xolos.   Shoir   badiiyat   talabidan   kelib   chiqib   inversiyadan   foydalanishi   zaruriy
holatligi   sir   emas.   Shu   inversiyani   o‘z   tilimizdagi   odatiy   shaklga   keltitib   tahlil
qilish   esa   hech   qanday   xato   ish   emas.   Demak,   misralar   ma’nosini   quyidagicha
bersak bo‘ladi: “Binobarin, ikki shoh shoshilinch yo‘lga tushib, biri dengiz va biri
quruqlik bo‘ylab ketdilar. Ular bir necha kunlab sohil va dengizlarni kechib, yo‘lda
uchragan   ofatlar   bilan   kurashib,   dushman   joylashgan   o‘rmonga   yaqin   yetdilar   va
ikki tarafdagilar ham ishni qanday boshlash haqida o‘ylab qoldilar”. 72
Germenevtik   tahlil,   umuman,   tahlil   qilishda   masalaga   faqat   bir   tomonlama
qarash   noto‘g‘ri   bo‘ladi.   Har   tomonlama,   atroflicha   o‘rgsnilgan   ish   doimo
samaralidir.   Biz   yuqorida   tahlilga   tortgan   baytlarimiz   ham   tahlil   qilinishi   u
darajada   murakkab   emas   edi,   biroq   osondan   murakkabga   qarab   borish   an’anasi
ishonchliroqdir. O‘quvchi ham avval biroz yengilroq misralarni o‘zi mustaqil tahlil
etib   o‘rganib   olsa,   borib-borib   murakkbroq   ishlarni   ham   yolg‘iz   o‘zi   mustaqil
sharhlay   olishi,   ham   o‘zi   tushunib,   anglab   idrok   qila   olishi   mumkin   bo‘ladi   ham
boshqalarga ham tushuntirib bera oladigan bo‘ladi. 
  “Sab’ai   sayyor”   dostonining   hajmi   jami   5009   bayt   ekanligini   yuqorida
ta’kidlab   o‘tgan   edik.   Shundan   384   bayti   aynan   beshinchi   kuni   moviy   qasrdagi
Bahrom holati va hikoyatga bag‘ishlangan. Darslikda esa jami 362 bayt keltirilgan.
Shulardan 140 bayti I, II hamda III qismlarda, ya’ni darslik mualliflari tomonidan
baytlar ma’nosi izohi bilan keltirilgan. Qolgan 222 bayt esa IV, V va VI qismlarni
tashkil   etadi.   Ularning   ma’nosi   sharhlanmagan,   ammo   notanish,   o‘quvchi   uchun
mazmuni   tushunarsiz   bo‘lgan   so‘zlarning   ma’nosi   berib   ketilgan.   Bundan   kelib
chiqadiki,   o‘quvchilar   o‘zlari   mustaqil   shug‘ullanmoqchi   bo‘lsalar   ham   hech
qanday   to‘siqqa   uchramaydilar.   Qo‘shimcha   adabiyot   yoki   internet
ma’lumotlaridan ham foydalanish ziyon keltirmaydi. 
72
  Alisher Navoiy. “Sab’ai sayyor” nasriy tabdili.  Tabdil va izohlar muallifi: Abdulxayr M. Tosh.: Yangi asr avlodi, 
2021. 203-bet.
62 3.2. Maktab ta’limda “Mehr va Suhayl” hikoyatining savol va topshiriqlar
asosida o‘rganilishi
“Mehr   va   Suhayl”   hikoyatidagi   darslikda   berilgan   savol   va   topshiriqlar   ham
alohida   diqqatga   sazovor.   Dostondagi   savol-javoblarga   fikr   qaratishdan   avval
Navoiy   hazratlarining   hayoti   va   ijodi   haqidagi   ma’lumotlardan   so‘ng   berilgan
ushbu   birinchi   savolga   to‘xtalsak:   Navoiyning  “shams   ul-millat”   (millat   quyoshi)
deb ulug‘lanishi sababini ayting 73
 deyiladi topshiriqda. Ushbu topshiriqning yutuqli
tarafi   shundaki,   unda   ham   ma’lumot   berilyapti   (Navoiy   –   shams   ul-millat   ham
deyilar ekan), ham vazifa yuklatilyapti (xo‘sh, nega bunday ataladi, fikrlash vaqti
keldi).   Qolgan   ikki   savol   esa   avval   olingan   bilimlar   yuzasidan   o‘quvchilarning
fikrlash   qobiliyatini   ishga   solgan   holda   javob   qaytarishlariga   mo‘ljallangan.   Endi
dostondagi savol va topshiriqlarga to‘xtalamiz. Avvalo, shuni ta’kidlash joizki, har
ikki qism yakunida umumlashtiruvchi savollar berilgan, ya’ni savollar har bir qism
so‘ngida emas, deylik, II, IV va VI qism oxirida keltirilgan. Bunda o‘z-o‘zidan II
qism   oxiridagi   savol   va   topshiriqlar   I   qismni   ham   qamrab   olgan.   Bu,   albatta,
yaxshi,   chunki   asar   mutolaasiga   kirishgan   o‘quvchi   uning   bir   qismini   tugatishi
bilanoq darhol savolga javob berishga o‘tib ketsa, xayoli chalg‘ishi mumkin edi. 
1. Asarda   Jobir   qanday   tasvirlangan?   Uning   aqli   va   tadbirkorligi   qaysi   o‘rinlarda
namoyon bo‘ladi?
Savol   juda   o‘rinli   berilgan.   Jobirni   garchi   qaroqchi   sifatida   tanigan   bo‘lsa
ham o‘quvchilar undagi aql-zakovat va shijoatga havas qilsalar arziydi. Ammo ana
shu   qudratni   to‘g‘ri   yo‘lda   sarflash   eng   asosiysi   ekanligini   tushunib   yetishlari
zarur.
2-savol   ham   1-savolning   mantiqiy   davomi   deyish   mumkin.   Bunda   Jobirning
ma’naviy qiyofasi haqida fikrni bayon etish so‘ralgan. 
2.   Asarda   Jobirning   “moli   harom”   maqsadi   bilan   yashashi   aytiladi.   Harom   mol,
harom rizq tushunchasini izohlang.
Bu   endi   keng   qamrovli   topshiriq.   Alisher   Navoiy   deganda,   aslida,
“Qur’on”ning   sharhlovchisini   tushunishimiz   mumkin.   O‘quvchilar   bu   savolga
73
Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. 7-sinf adabiyot darsligi. Tosh.: Sharq 2017. 172 -bet .
63 javob   berishda   diniy   bilimdan   ham   xabardor   bo‘lishlari   ko‘zda   tutiladi.   Aslini
olganda,   Navoiyni   uqish   uchun   diniy   ilm   mustahkam   bo‘lishi   talab   etiladi.   Aks
holda asarlardagi ko‘zlangan asil ma’no anglashilmay qoladi. 
3. Jobirning botir va qaytmasligi yorqin ak etgan: 
“Karvona agar o‘n-u, gar yuz,
Barchasig‘a harif edi yolg‘uz”  tasvirini sharhlang.     
Harif so‘zining ma’nosi izohda   “Harif   – bu yerda: raqib, bas kelguvchi, dushman
ma’nosida”   deb   berib   ketilgan.   Bayt   mazmuni   ham   yoritilgan:   “Yo‘lda   karvon
odamlari   agar   o‘n,   agar   yuz   (bo‘lsa-da),   barchasiga   yolg‘iz   o‘zi   bas   kela   olardi.”
Ana   shularga   tayangan   holda   o‘quvchi   Jobirning   shaxsiy   sifatlari   haqida   o‘z
fikrlarini   ochiq   bayon   etaverishi   mumkin.   Ushbu   savolga   javob   uchun   deyarli
barcha   material   bor;   lug‘at   mavjud,   bayt   izohi   bor.   Faqat   fikrni   ifodalashga
tortinish yo ikkilanishmasa bo‘lgani. 
4. Navdarshohning   shaxsiy   fazilatlari,   mamlakatining   nomlanishi,   go‘zal   tabiati
tasviri hamda uning xalqi to‘g‘risida tasavvur beradimi?
Savolga   javob   topish   uchun   Navdarshoh   ta’rifi   haqidagi   qismni   topib   olishimiz
zarur.   Bu   baytlar   esa   II   qismda   keltirilgan.   Demak,   5-savoldan   boshlab   Jobir
haqida ajratilgan savollar tugatiligan.
Go‘yiyo andag‘i jazoir aro, 
Shahre ermish oti “Bihishtsaro”
Deydilarki, boshqa bir orollar orasida
“Bihishtsaro” nomli shahar (bor) edi.
Anda shohi saxiyu donishvar, 
Qabzai hukm ichra ul kishvar.
Unda shohi saxiyu donishmand bo‘lib,
U mamlakat (shu shoh) hukmi ichida, ya’ni qo‘li ostida edi.
64 Oti Navdar va lek o‘zi nodir,
Tab’i har nodir ish aro qodir.
(Shohning) oti Navdar, o‘zi nodir,
Tab’i ham har nodir ishga qodir edi. 
Demak,   uch   bayt,   ya’ni   olti   misra   orqali   biz   Mehrning   otasi   Navdarshohni   tanib
oldik. U “Bihishtsaro” atalgan mamlakatida juda adolatli siyosat yuritar, har ishda
nodir-u qodir hukmdor ekan. Lug‘atlarga qaraymiz:
Bihishtsaro   – jannatmakon
Donishvar  – dono, donishmand
Qabzai hukmi  – qo‘l ostidagi, tasarrufidagi.
Hadislarda aytiladiki, xalq o‘zi qanday bo‘lsa, unga o‘ziga loyiq podshoh beriladi.
Shoh Navdarki, shu qadar adolatli ekan, uning qo‘l ostidagi xalq ham farovon va
tinch   bo‘lishi   tabiiy.   Navoiy   doimo   zamona   hukmdoriga   qarata   o‘z   idealidagi
adolatli podshoh qanday bo‘lishi kerakligi haqida ishorlar qilib kelgan. Xususan, u
shunday yozadi:
Bo‘rini dag‘i galadin dur qil,
Suv beribon bog‘ni ma’mur qil.
Bo‘ridek   talovchilardan   galadek   xalqni   ozod   qil,   suvdek   zarur   adolat   bilan   bog‘
kabi   xalqni   obod   qil,   degan   ma’no   anglashiladi   ushbu   baytdan.   Demak,   shu
talablarga javob bera oladigan nodir Navdar shohning xalqi ham obod va farovon.
   Endi diqqattalab qiluvchi oltinchi savolga o‘tsak.
6. Navoiy sakkiz baytda Mehrning beqiyos go‘zalligini chizib ko‘rsatadi. Mazkur
baytlarda qaysi badiiy tasvir vositalari qo‘llanganini toping.
Bu   savolga   javob   berish   uchun,   birinchidan,   Mehr   tasviri   baytlarini   topib   olish
zarur va badiiy san’atlardan ham xabardorlik talab etilmoqda. 179-betdagi so‘nggi
ikki bayt va 180-sahifadagi jami baytlar aynan Mehr tasviriga bag‘ishlangan.
Bor emih go‘yiyo anga bir qiz,
Odami o‘yla ko‘rmagan hargiz.
65 Navdarshohning   qizi   (ya’ni   Mehr)   kabi   go‘zalni   odamzod   boshqa   hech   ham
ko‘rmagan (mubolag‘a).
Qaddikim naxli sarafroz kelib,
Husn bog‘ida sarvinoz kelib. 
Qaddining   tikligi   niholga   mengzalgani   holda   tashbeh   qo‘llanyotgan   bo‘lsa,
chiroyda   u   bog‘dagi   yagona   sarvinoz   deyilishi   bilan   husni   talil   yuzaga   kelgan.
Qad,   nihol,   bog‘,   sarvinoz   kabi   uyadosh   so‘zlar   esa   tanosub   san’atini   vujudga
keltirmoqda. Shunday qilib tanosub, tashbeh, husni talil, mubolag‘a, tajnis va yana
bir   qancha   san’atlar   jamlanmasi   orqali   go‘zallikda   tengsiz   Mehr   timsoli
gavdalangan. 
Zulfidin sunbul aylabon yuz pech,
Og‘zidin g‘uncha aytmay so‘z hech.
Zulfini ko‘rib sunbul (rashkdan) yuz buralib ketadi,
Og‘zini ko‘rgach g‘uncha (uyatdan) hech so‘z aytolmay qoladi.
Demak, sunbulning rashkdan buralib ketishi tashxis, ya’ni insoniy sifatlarni narsa-
buyumga  ko‘chirish   yuzaga  kelgan.  G‘unchada  ham   xuddi  shu   holat   va  bu  yerda
chiroyli dalillash san’ati ham mavjud, ya’ni husni talil.
Orazi mash’ali jahonafro‘z,
Partavi shu’lasi kelib jonso‘z.
Yuzi jahonni yorituvchi mash’ala bo‘lsa,
(Undan taralyotgan) nur shu’lasi jonga o‘t qo‘yuvchi edi…
Yuz mash’alaga, undagi nur o‘tga qiyoslanib tashbeh yuzaga kelmoqda.
So‘nggi 7-savol endi ruhiy holatga qaratilgan:
7.Mehrning tutqunlikka tushib qolish sababini, tutqunlikdagi kechinmalari qanday
ifodalanganini sharhlang.
    Savol   inson   uchun   birlamchisi   vujud   emas,   ko‘ngil   ekanligini   yana   bir   bor
eslatmoqchi go‘yo.
66 III   va   IV   qismlarda   savol-topshiriqlar   nisbatan   ko‘p,   ya’ni   o‘ntani   tashkil
qiladi   va   1-4-savoldan   tashqari   qolgan   barcha   savollarda   dostondan   parcha
keltirilgan holda topshiriq beriladi. Shulardan 3-savolga to‘xtalsak.
3.Dostondan   olingan :   “O‘ylakim,   Mehrning   xarobi   Suhayl,   Mehrg‘a   ham
Suhayl sori mayl. Maylni qo‘yki, vola-u zor ul, jon berib vaslig‘a xaridor ul”
tasvirini izohlang.
  Bunga javob berishda ham ikki oshiqning ruhiy holatiga to‘xtalish mumkin, ham
ulug‘   daho   qalamidan   yaralgan   so‘zlar   ohangi   orqali   vujudga   kelgan   she’riy
san’atlarga to‘xtalish mumkin, ya’ni ham ruhiy, ham ilmiy boyishga mo‘ljallangan
savol va topshiriqlar ko‘paytirilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 
5. Jobirning :   “Men   bu   zavraqni   suvga   to   surdim,   Ming   seningdekni   suvda
o‘lturdim.   Birida   sencha   ko‘rmadim   jur’at,   Jur’ating   bo‘ldi   maxlasingg‘a
jihat”  tarzidagi iqroriga qarab, qaroqchining ichki olamini izohlang.
Mardlik   oldida   har   qanday   yovuz   inson   ham   tan   bermay   iloji   yo‘q.   Bunga
Chingizxonning Jaloliddin Manguberdi  haqidagi  fikri  ham  dalil  bo‘la  oladi. Jobir
ham Suhaylning jasurligi oldida o‘zi istamasa-da bosh egadi. Suhaylni o‘ldirishni
istamay   bandi   etadi.   Savol   o‘quvchilar   diqqat-e’tiborini   shunday   ruhiy   kuchli
bo‘lishga chaqirishi bilan ham ajralib turadi.
8 -va   9-savollar   o‘zaro   bir-birining   mantiqiy   davomi   desak,   yanglishmagan
bo‘lamiz. Xususan, 8-savol quyidagicha :
8. Navdarshohning bo‘lajak qudasi shoh Nu’monga yozgan:  “Lek Haqkim g‘am-
u   balo   bermish,   Dard   bermish,   vale   davo   bermish.   Chora   bormu   bu   ishga
intiqom durur, yo‘qsa bo‘lmoq tirik harom durur”  tarzidagi fikrlarini izohlang.
9. “ Bo‘lsa ul dushman ilgida mahbus, Manga nomus erur, sanga nomus”   deb
yozganda Navdarshoh nimani ko‘zda tutadi deb o‘ylaysiz?
Har   ikkala   savol   asirlikdagi   Mehrni   qutqarish   o‘tida   yonyotgan
Navarshohning   holati   va   so‘zlari   orqali   berilgan   va   ularda   oriyat   masalasi
ko‘tarilgan. Qizning tutqunlikda bo‘lishi  faqat ota uchun emas,  balki quda tomon
uchun  ham   sharmandali   holda  ekanligi,   bu   o‘limdan   ham   yomon   ekanligi   ko‘zda
67 tutilmoqda.   Sharq   xalqlaridagi   “Nomus   o‘limdan   qattiq”   maqoli   bekorga
aytilmagan axir.
V va VI qismlar uchun mo‘ljallangan savol-topshiriqlar ham o‘ntani tashkil
qiladi.   Shulardan   1-,   2-,   3-,   4-   va   5-   savollar   o‘zaro   chambarchas   bog‘liq,   ya’ni
ularning   barchasi   bir   obaz   –  Navdarshoh   haqida.   Har   qancha   o‘z   nafsini   tiyishga
urinmasin,   baribir   sayd   (ov)   ishqi   g‘olib   kelib   qo‘shindan   ayrilib   qolgan
hukmdorning   ahvoli   ko‘rsatilgan   o‘rinlarga   ko‘proq   diqqat   qaratilgan.   Bu   bilan
yana bir bor Navoiy haqiqiy shohning shohligi o‘zini ba’zi odatlaridan tiya bilishi
va   sipoh   bilan   bo‘lishi   zarurligiga   ishora   qilgan.   Darslik   mualliflari   ham   aynan
kerakli mazmunni topa bilishgan. Xususan, 4-savolga e’tibor qaratsak.
4. Shoirning   “Shohni derlar sipoh birlan shoh, Shoh emasdur yo‘q ersa anda
sipoh”  misralari kimga nisbatan aytilgan? Baytni u bilan aloqador voqeaga bog‘liq
holda izohlang. 
Javob: Navdarshoh haqida. U saydga berilib ketib qo‘shinidan uzoqqa ketib
qoldi   va   asirlikka   tushdi.   Bu   o‘rinda   Navoiy   saydni   xuddi   nafsga   qiyoslagandek.
Nafsi   hukmiga   bo‘ysunish   alaloqibat   ana   shunday   fojiali   bo‘lishi   tayin.   5-savol
ham e’tibortalab.
5.Avval Mehr, keyinchalik shoh Nu’monning to‘fon tufayli bandi bo‘lib qolishiga
kim aybdor? Yoki bu taqdir hukmimi? 
Qazo-yu   qadar   borligiga   ishonish   va   inson   o‘z   peshonasiga   yozilganidan
qochib   qutula   olmaslik   bor   gap.   Faqat   buni   o‘n   uch-o‘n   to‘rt   yoshlardagi
o‘spirinlarga   tushuntirish   biroz   mushkul   kechishi   mumkin.   “Sab’ai   sayyor”   kabi
mukammal   asarlar   mutolaasi   va   o‘qilgan   asarni   uqish   bolada   katta   hayotga
tayyorlov bosqichini o‘tab beradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
6.   Tutqunlarning   ozod   bo‘lishida   kimning   xizmati   ko‘proq   deb   o‘ylaysiz?
Mehrningmi yo Suhaylning?
Asosiy   g‘ov   bo‘lmish   Jobir   bilan   jang   qilib   yengish   Suhaylning
qahramonligi   bo‘lsa-da,   ammo   shu   qahramonlikkacha   yetib   borishga   Mehr
sababchi bo‘lganligini asarni o‘qish davomida har bir o‘quvchi tushunib oladi. Bu
68 xuddi   qay   bir   donishmandning   “Har   qanday   qahramonlik  ortida  bir   ma’sum   ayol
turgan   bo‘ladi”   degan   hikmatomuz   fikrining   tasdig‘i   o‘laroq   jaranglaydi.   Bu
savolga javob topish o‘quvchilarda faqat bo‘lgan va bo‘layotgan voqealarga emas,
shu   voqelikning   yuzaga   kelishiga   sabab   bo‘lgan   voqeaga   ham   e’tibor   qaratish
ko‘nikmasini   shakllantiradi.   Ya’ni   daraxt   daraxt   bo‘lishi   uchun   ildizi   bo‘lishi
zarurligini   tushunishdek   va   uni   e’tirof   eta   bilishdek   muhim   holatni   anglashga
ko‘mak beradi.
7.   “Sen   agar   zohir   etding   itlikni,   Men   senga   ko‘rguzay   yigitlikni”   so‘zlari
kimga tegishli? “Itlik” va “yigitlik” xislatlarini sharhlang.
Suhayl   tilidan   Jobirga   qarata   aytilgan   otashin   so‘zlar   hech   kimni   befarq
qoldirmasa   kerak.   Mehr   yordamida   chohdan   qutulib   chiqib   kuch   to‘plab   olgan
Suhayl   Jobirni   jangga   chorlaydi.   Jobir   avvalroq   kuch   bilan   Suhaylni   yenga
olmagach   hiyla   ishlatib   kemasini   teshgani   “itlik”   –   qo‘rqoqlik   deyilgan   bo‘lsa,
Suhaylning bu ishni javobsiz qoldirmasligi  “yigitlik” – jasurlik deyilmoqda. Endi
har   kim   o‘z   xulosasini   chiqarib   olishi   mumkin.   Qay   biri   yaxshi?   “Itlik”   yo
“yigitlik”?
8.   Asar   qahramonlari:   Mehr,   Suhayl   va   Jobir   ismlariga   diqqat   qiling.     Bu   ismlar
ma’nosini   egalari   xarakteri,   amallari   hamda   ma’naviy   qiyofasiga   muvofiqligini
sharhlang. 
“Mehr”ni   quyosh.   “Suhayl”ni   omad   keltiruvchi   yulduz,   “Jobir”ni   jabr   qiluvchi
sifatida  yuqorida   tanib  olgan   o‘quvchi   uchun   bu  savolga   javob   berish   qiyinchilik
tug‘dirmaydi. Mehr haqiqatan ham otasi, suygan yori va yorining otasi uchun zarur
paytda quyosh kabi nur taratib barchani qutqardi. Suhayl esa eng yovuz qaroqchini
yengdi.   Jobir   ham   quruqlik,   ham   suvda   mislsiz   yovuzliklar   qilib   dong   taratgan
qaroqchi,   barchaga   jabr   qiluvchi   rahmsiz   edi.   Shoir   har   bir   ismga   uning   egasi
shaxsiyatini to‘la ochib bera oladigan ismlar tanlay olgani ham tahsinga loyiq.
9. Nima deb o‘ylaysiz, Jobir hammadan ko‘proq kimga jabr qildi?
Javob   oddiy:   o‘ziga.   Endi   buni   sharhlah   kerak.   Xo‘sh,   kimgadir   yomonlik
qildik.   Deylik   o‘quvchilar   misolida,   birontamiz   sherigimizning   ruchkasini   olib
bekitib   qo‘ydik.   U   ruchkasini   qidiradi,   qidiradi,   ammo   topa   olmaydi.   To‘satdan
69 kimdir   o‘sha   ruchka   menda   yo   sizda   ekanligini   ko‘rib   qoldi.   Nima   bo‘ladi   endi?
O‘g‘ri   degan   nom   olamiz.   Buni   birov   bilmagan   taqdirda   ham   vijdonimizga   oz
bo‘lsa-da  qoralik  tushadimi.   Albatta,   shunday.   Xo‘sh,   Jobir-chi?   U   kichik   ruchka
emas, butun boshli karvonlarning molini talab, insonlarni o‘ldirar edi. Har qanday
ish   xoh   u   yaxshilik   bo‘lsin,   xoh   yomonlik,   baribir   u   yoki   bu   shaklda   o‘zimizga
qaytadi. Bu esa Jobir obrazi orqali yaqqol ko‘rsatib berilgan.
10. Asardan qirq misra yod oling.
Ushbu   topshiriq   xotirani   mustahkamlashga   yordam   beradi.   Yoshlikda   olingan
bilim – toshga o‘yilgan naqsh deb bekorga aytishmagan. Ba’zi o‘quvchilar qiziqib
qirq misra ya’ni yigirma baytdan ham ko‘proq yod olishlari mumkin. Bu holda ular
qo‘shimcha imtiyoz bilan mukofotlansalar maqsadga muvofiq bo‘ladi.
3.3. Bob bo‘yicha xulosa
Xulosa   qilib   aytadigan   bo‘lsak,   ulug‘   shoirimizning   “Xamsa”siga   kiruvchi
“Sab’ai   sayyor”   dostonidagi   beshinchi   hikoyat   “Mehr   vaSuhayl”   asari   7-sinf
adabiyot darsligida berilishi juda o‘rinli bo‘lgan. Darslikda ushbu mavzu yuzasidan
tuzilgan   savol   va   topshiriqlar   berilgan   bo‘lib,   ularni   pedagoglar   o‘z   ijodkorlik
qobiliyati   bilan   boyitishlari,   qayta   ishlab   kengaytirishlari   mumkin.   Ta’lim
o‘quvchilarni nafaqat ilmli kadr, balki o‘z dunyoqarashiga ega, fikrini ochiq bayon
eta   oladigan   mustaqil   shaxs   sifatida   jamiyatga   yetkazib   berishi   kerak.   Buning
uchun esa yuqorida biz tahlil  etgan asar  kabi  yuksak did va olimona saviya bilan
yaratilgan   asarlarni   o‘qitish,   uqish,   ularga   nisbatan   qiziqishni   oshirish   birlamchi
vazifa   bo‘lib   hisoblanadi.   Bunda   asosiy   yuk,   shubhasizki,   o‘qituvchi   yelkasiga
tushadi,   o‘qituvchi   esa   ma’lumot   manbayi,   tarqatuvchi   funksiyalarini   axborot
texnologiyalari   zimmasiga   yuklashi   yoki   uni   an’anaviy   dars   shaklida   tushuntirib
berishi   mumkin.   Muhimi,   o‘quvchilar   diqqatini   darsga   qarata   olishi   va   ularda
qiziqish uyg‘ota bilishi lozim. Aytish joizki, Navoiy hazratlari “Xamsa” turkumiga
kiruvchi   qolgan   asarlardan   ko‘ra   ko‘proq   aynan   “Sab’ai   sayyor”da   o‘zgarishlarni
yaratganki, bu qolgan salaflardan Navoiyni yana bir pog‘ona yuksakka ko‘targan.
70 Nega o‘zgartirish kiritganligi, qanday o‘zgarishlar kiritganligi kabi savollar esa har
bir o‘quvchini qiziqtirishi shart. Bunga esa o‘qituvchining mahorati orqali yetiladi.
Darslikda   berilgan   parcha   va   uning   tahlili   ham   shunga   mos   berilgan.   Savol   va
topshiriqlar  ham  talab darajasida  ekanligi  esa  yana-da quvonchli. Ushbu mavzuni
o‘qitishda   fanlararo   integratsiyadan   ham   hech   bir   qiyinchiliksiz   foydalanish
mumkin.   Ulug‘   Navoiy   dahosi   nafaqat   adabiyot,   balki   tilshunoslik,   dinshunoslik,
geografiya, rassomlik, astronomiya, muhandislik va yana ko‘plab boshqa sohalarni
chambarchas bir-biriga bog‘laganki, ularni asarda aslo ayri tasavvur qilib bo‘lmas
darajaga yetkazgan. Didaktika, ya’ni  tarbiya fani istaymizmi, yo‘qmi, albatta, har
bir misra tahlilida bo‘y ko‘rsataveradi. Dars bilan tarbiya bir-biridan farq qilsa-da,
ammo   ular   o‘zaro   ajralmaydigan,   bir-birini   to‘ldirib   turadigan   kuchdir.
O‘quvchilarning ma’naviy olamini boyitadigan, yaxshi inson qilib tarbiyalaydigan
fan   bu,   shubhsiz,   adabiyot   fanidir.   Ushbu   fan   har   bir   hodisaga   o‘z   shaxsiy   fikri
bilan yondashishga, ravon nutqli bo‘lishga, yaxshi va yomonni ajratishga o‘rgatadi
va shunisi bilan qimmatlidir. Hali o‘spirin yoshidagi yigit-qizlar uchun esa “Mehr
va   Suhayl”   hikoyatidagi   har   bir   obraz   namuna   qilib   ko‘rsatsa   bo‘ladigan   o‘ringa
ega   hatto   salbiy   obraz   sifatida   gavdalangan   Jobir   ham.   Mehrning   oqilaligi,   ham
tashqi   (Mehrning   chohdagi   Suhaylni   o‘zining   uzun   sochlari   bilan   chiqarib   olish
sahnasini eslashning o‘zi kifoya), ham ichki dunyosi go‘zal bo‘lgan qlli, iffatli qiz
timsoli har bir o‘quvchi qizning hvasini keltirsa, Suhayldagi mardlik, jasurlik, bir
yurtning   odil   podshohi   bo‘larlik   salohiyati   yigit   bolalarni   befarq   qoldirmaydi.
Hatto   qaroqchi   Jobirning   jangdagi   mahorati   ham   tahsinga   loyiq.   Ammo   yuqorda
ta’kidlanganidek   ana   shu   mahoratni   ezgulik   yo‘lida   ishlata   bilish   eng   asosiy
omildir. 
             Umumiy xulosa 
71 Alisher   Navoiy   ijodi,   xususan,   “Xamsa”   tarkibidagi   “Sab’ai   sayyor”
dostonini   chuqur   va   tushunarli   tahlil   etishda   Germenevtik   metodalogiyadan
foydalanish   samarali   natijaga   erishishda   katta   yordam   beradi.   Adib   asarga
singdirgan bosh ma’noni anglash uchun, avvalo, u markazga qo‘ygan asosiy obraz
va uning atrofidagi yondosh timsollarni teranroq tushunish, obraz yelkasida turgan
badiiy   yukni   ko‘ra   olish   lozim.   Ana   shunda   asarning   shu   kungacha   ochilmagan
qirralari   ham   o‘zini   namoyish   etadi.   Navoiyning   birgina   obrazini   chuqur   tahlil
etishga   kirishgan   tahlilchidan   uning   deyarli   barcha   asarlari   bilan   tanish   bo‘lishi
talab etiladi.   Deylik, “Sab’ai sayyor”dagi shoh Bahrom obrazi nafaqat shu doston
tarkibida   uchraydi,   balki   “Xamsa”   tarkibidagi   boshqa   dostonlarda   ham   ko‘zga
tashlanadi. “Hayrat ul abror” dotoni bunga misol bo‘la oladi.   Alisher Navoiy ijodi,
“Xamsa”   asarlari,   xususan,   “Sab’ai   sayyor”ni   o‘qish   va   o‘qitishda   germenevtik
metodologiyaning o‘rni beqiyos. Ushbu metod dostonni teranroq anglash imkonini
beradi. Solishtirma qiyos natijasida Alisher  Navoiy hamda boshqa xamsanavislar,
shu   jumladan,   Bahrom   obrazining   adabiyotdagi   ilk   yaratuvchisi   bo‘lmish
Abulqosim   Firdavsiy   asarlaridagi   o‘xshash   va   farqli   jihatlarini,   yetuk   hamda
nomukammal o‘rinlarini anglab olish nisbatan osonroq kechadi. Mumtoz asarlarni
o‘qitish   aksar   hollarda   qiyinchilik   tug‘diradi.   Ammo   mahoratli   pedagog
adabiyotimizning   eng   nodir   namunalari   aynan   shu   mumtoz   adabiyotda   ekanligini
o‘quvchilar   ongiga   yetkaza   olishi   shart.   Ushbu   darslarni   tashkillashtirishda   ba’zi
narsalarga e’tibor qaratilsa, ayni muddao bo‘lar edi. Avvalo, har bir dars muayyan
maqsadga   yo‘naltirilgan   bo‘lishi   lozim.   Darsni   boshqa   fanlar   bilan   qo‘shib   o‘tish
jarayonida   qo‘shimcha   materiallar   o‘tiladigan   mavzuga   bog‘liq   bo‘lishi   shart.
Sinfdagi   har   bir   o‘quvchi   bilan   ishlay   olis   lozim.   Shunda   nofaol   o‘quvchilarning
ham qiziqishi ortishi evaziga dars yana-da samarali tashkil etiladi.
Germenevtik   yondashuv   bundan   tashqari   mavjud   matnning   til   vositalari
orqali   ijodkor   yashirgan   tag   zamirdagi   ma’nolarni   anglash   orqali   tushunishni
maqsad   qilgan   va   buning   uchun   biz   adibning   diniy   va   dunyoviy   dunyoqarashi,
ilmi,   u   yashagan   davrdagi   ijtimoiy   muhitini,   shoir   shaxsiyatini   ham   qamrab   olib
tahlilga tortishimiz zarur bo‘ladi. Yuqoridagi jihatlarni yaxshi bilmay turib tahlilga
72 tortish   esa   yo   nomukammal   yoki   butkul   noto‘g‘ri   xulosani   keltirib   chiqaradi.
“Navoiy o‘zbek mumtoz adabiyotining barcha taraqqiyot bosqichlarida ustoz shoir
va   xalqning   benihoya   katta   hurmatiga   va   muhabbatiga   sazovor   bo‘lgan   so‘z
san’atkori hisoblanadi. Keyingi asrlarda qalam tebratgan ahli shuaro uchun Navoiy
ijodi eng katta mahorat maktabi bo‘ldi” 74
, – deydi olim Husan Maqsud. Navoiy va
ayni   zamon   o‘quvchisi   oralig‘ida   vaqt   degan   ulkan   to‘siq   paydo   bo‘lgan,   ammo
aynan o‘qituvchining o‘qitish mahorati bu to‘siqni ko‘prikka aylantirishi mumkin.
Biz   Navoiyni   adabiyot   darslarida,   nafaqat   adabiyot   darslarida,   balki   umuman
hayotiy harakatlarimiz mobaynida ham o‘qish va uqish payida bo‘lishimiz hamda
bu o‘qish jarayonida, shubhasiz, qalb va his-tuyg‘ularimiz birlamchi o‘rinda turishi
lozim. Ana shundagina biz Navoiy istagan va to‘xtovsiz targ‘ib qilgan Komil inson
maqomiga   yetishishimiz   mumkin.   O‘quvchilarga   berilyotgan   ta’lim   tarbiyadan
ajralmasagina natijaga erishamiz. Zero, ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan
ajratish   hech   qanday   samaraga   olib   bormasligini   bugungi   kunda   G‘arb   olimlari
ham   bir   ovozdan   e’tirof   etishayotir.   Navoiy   ijodi   va   hatto   uning   hayot   yo‘li   ham
bugungi kun odami uchun nechog‘lik tarbiya o‘chog‘i ekanligi hech birimizga sir
emas.   Birgina   Navoiyning   uch   bora   haj   safariga   otlanib   uch   bora   ham   xalq   va
millat  taqdiri, uning osoyishtaligi  uchun safarga ketolmay ortga qaytishga majbur
bo‘lganligi voqeasining tag zamirida qancha-qancha ma’no va o‘rnak yotibdi. Xalq
farovonligini   o‘z   xohishidan   yuqori   qo‘ya   olish   har   kimda   ham
uchrayvermaydigan xislatdir. Navoiy o‘zi ega bo‘lgan, ega bo‘lishni istagan barcha
yaxshi   hislatlarni   o‘z   asarlari   zamiriga   singdirib   yuborgan.   Xususan,   “Sab’ai
sayyor”dagi   shoh   Bahrom   ham   eng   adolatli   hukmdor   edi,   ammo   bora-bora
oshiqlik,   ya’ni   faqat   o‘z   ko‘ngli   mayliga   bo‘ysunib   ish   tutishlik   ham   shohning
o‘zini,   ham   suyukli   mahbubasini,   ham   qo‘shinini   va   hatto   gunohsiz   jonivorlarni
ham  chohga tortib ketdi. Navoiy inson yo oshiqlik, yo shohlikning  faqat  bittasini
eplay oladi, bir ko‘ngilga ikki ish sig‘maydi, har ikkisiga birday chirmashgan inson
oxirida aro yo‘lda halok bo‘ladi, demoqchi go‘yo. Demak, har kim qo‘lidan kelgan
74
 Husan Maqsud. Oshiq sharhi holi ifodasida badiiy san’atlarning o‘rni (Navoiyning “G‘aroyib us sig‘ar” devoni 
g‘azallari misolida) 2015. www.kh-davron.uz.
73 ishni   sidqidildan   qilmog‘i   va   qo‘ldan   kelmaganiga   behuda   chiranmasligi   lozim
ekan. Hali biz Navoiydan anglashimiz kerak bo‘lgan ilm, olishimiz zarur bo‘lgan
tarbiya   nihoyasiga   yetgani   yo‘q.   germenevtik   metod   esa   bu   ishda   bizga   yordam
beradi. 
74 FOYDALANILAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:
1. Mirziyoyev. Sh. M. Alisher Navoiy asarlarining Istanbul kutubxonalaridagi
tasviriy nusxalari.  2020. 
2. Каримов   И.   А.   Юксак   маънавият   –   енгилмас   куч.   –   Т.:   Маънавият,
2008.
Manbaalar:
3. Alisher   Navoiy   “Sab’ai   sayyor”.   Nashrga   tayyorlovchi:   Rahmonov   V.
Tosh.: G‘afur G‘ulom, 2020.
4. Alisher Navoiy. “Sab’ai sayyor” nasriy tabdili.   Tabdil va izohlar muallifi:
Abdulxayr M. T.: Yangi asr avlodi, 2021.
5. Алишер   Навоий.   Сабъаи   сайёр.   Мукаммал   асарлар   тўплами.   20
жилдлик. –Т.: Фан, 1992. 10-жилд.
6. Алишер   Навоий.   Хамса:   Сабъаи   сайёр.   ТАТ.   10жилдлик.   –   Т.:   Ғафур
Ғулом номидаги НМИУ, 2001. 7-жилд.
7. Алишер Навоий. Сабъаи сайёр (насрий баёни билан). Таҳрир ҳайъати:
Қаюмов А. ва бошқ. – Т.: Адабиёт ва санъат, 1991.
8. Алишер Навоий. Мажолис ун-нафоис. Мукаммал асарлар тўплами. 20
жилдлик. – Т.: Фан, 1997. 13-жилд.
9. Алишер Навоий. Муҳокамат ул-луғатайн.  Мукаммал асарлар тўплами.
20 жилдлик. –   Т.: Фан , 2017.  16-жилд.
10. Алишер  Навоий. Тарихи мулки ажам.   Мукаммал асарлар тўплами. 20
жилдлик. –   Т.:  Фан, 1992. 16-жилд.
11. Алишер Навоий. Қомусий луғат.  II   жилд. Т.: Шарқ, 2016.
Ilmiy-nazariy adabiyotlar:
12. Абдулхайров   M.   Навоий   асарлари   матни   табдилини   амалга   ошириш
усуллари,   тамойиллари   ва   амалий   масалалари.   ф.ф.д.   дис.
автореферати. – Т.: 2020.
13. Абдуқодиров   А.   “Сабъаи   сайёр”:   адабий   анъаналар   ва   янгиликлар.
Ўзбек тили ва адабиёти. 2017. 2-сон.
75 14. Эркинов   А.   Алишер   Навоий   “Хамса”си   талқини   манбалари.   Тош.:
Тамаддун, 2018.
15. Haqqulov I. Badiiy matn tahlili va talqin muammolari. – T.: 2012.
16. Haqqulov I. Taqdir va tafakkur.  – T.: Sharq ,  2007 .
17. Ҳасанов С. Навоийнинг етти туҳфаси. – Тош.: Ғафур Ғулом, 1991.
18. Husan   Maqsud.   Oshiq   sharhi   holi   ifodasida   badiiy   san’atlarning   o‘rni
(Navoiyning   “G‘aroyib   us   sig‘ar”   devoni   g‘azallari   misolida)   2015.
www.kh-davron.uz.
19. Karimov   B.   Abdulla   Qodiriy   germenevtik   tafakkur.   –   T.:   Akademnashr,
2014.
20. Мамадалиева   З.   Алишер   Навоийнинг   “Лисон   ут - тайр”   достонидаги
рамзий образлар тизими. – Т., 2011.
21. Муҳиддинов М. Нурли қалблар гулшани. – Тошкент: Фан, 2007.
22. Муҳиддинов М. Кўнгил ҳайратлари.  – Тош.: Тамаддун, 2021.
23. Олимов С. Ишқ, ошиқ ва маъшуқ. Т.: Адабиёт ва санъат, 1992.
24. Қудратиллаев   Ҳ.   Навоийнинг   адабий-эстетик   олами.   –   Тош.:   Ғофур
Ғулом нашриёти, 1991. 
25. Қаюмов А. Асасрлар.  III  жилд. Т.: Мумтоз сўз, 2019.
26. Sirojiddinov   Sh.,   Yusupova   D.,   Davlatov   O.   Navoiyshunoslik.   T.:
Tamaddun, 2019. 
27. Zohidov R. Sharh ilmi  ildizlari. Oltin bitiklar maqola materiallari. – Tosh.
2019.    
28. Tojiboyev   M.   Badiiy   matnda   inson   va   olam   munosabatining
germenevtikasi. – Tosh.: Sharq yulduzi jurn, 2012.
29. Тожибоева О. Навоий “Хамса”сининг насрий баёнлари: принциплари,
мезонлари,   усуллари.   10.00.02   –   Ўзбек   адабиёти   филология   фанлари
бўйича   фалсафа   доктори   (Phd)   диссертацияси   автореферати,   Тошкент
– 2019.
30. Toshniyozova   R.   Ontologik   poetika   —   badiiy   matnni   o rganishda   yangiʻ
yondashuv sifatida. Oltin bitiklar  maqola materiallari. – Tosh. 2019.
76 31. Quronov D. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: Akademnashr, 2013. 
32. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. T.:
Akademnashr ,  2010.
33. Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J . Umumiy o‘rta
ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik.  Tosh.: Sharq, 2017.
34. Йўлдошeв Қ, Йўлдошeва М. Бадиий таҳлил асослари. Тош. 2016.
35. Шамсиев П., Иброҳимов С. Навоий асарлари изоҳли луғати. Т.: Ғафур
Ғулом, 1972.
36. Jabborov   Sh .   Germenevtika.   Hurriyat   gazetasi.   Ziyouz.com   kutubxonasi,
2006.
37.   Жабборов   Ш.   Герменевтика   тадқиқ   методи   ҳақида.     Ўзбек   тили   ва
адабиёти, 2012, 4 сон.
O‘z maqola va tezislari:
1. Pirmamatov   M .   Alisher   Navoiy   “Sab’ai   sayyor”   dostonining   germenevtik
tahlili   haqida   dastlabki   mulohazalar//Xalqaro   ilmiy   forum   –   2022   ilmiy-amaliy
anjuman. 2022.
2.   Pirmamatov   M .   “Sab’ai   sayyor”   dostonidagi   shoh   Bahrom   obrazining
genezi   va   o‘zaro   qiyosiy   tadqiqi   masalasiga   doir   mulohazalar   //   Educational
Research in Universal Sciences. 2023.
Internet saytlari :
1. www.ziyonet.uz.  
2. www.ziyouz.com
3. www.kh-davron.uz.
4. ziyouz.com kutubxonasi. 
5. hhtps||azkurs.org .
6. http://library.navoiy-uni.uz.
77

MAKTAB DARSLIKLARIDA “SAB’AI SAYYOR” DOSTONI MATERIALLARI TAHLILI (GERMENEVTIK YONDASHUV) MUNDARIJA ISHNING UMUMIY TAVSIFI 5 I BOB ALISHER NAVOIY “SAB’AI SAYYOR” DOSTONINING YARATILISHI HAMDA TAHLILI MASALALARI 1.1. “Sab’ai sayyor” dostonining yaratilish tarixi va ushbu sikldagi dostonlarning genezisi, o‘zaro qiyosiy tahlili 8 1.2. “ Bahromnoma” hikoyatlari tahlili 23 I bob bo‘yicha xulosa 32 II BOB. ADABIY TAHLILDA GERMENEVTIK YONDASHUV 2.1. Adabiyot darslarida germenevtik tadqiq metodi 34 2.2. Alisher Navoiy asarlarini tahlil etishda germenevtik yondashuvning ahamiyati 41 II bob bo‘yicha xulosa 49 III BOB. MAKTAB TA’LIMIDA ALISHER NAVOIY “SAB’AI SAYYOR” DOSTONINING O‘RGANILISHI 3.1. “Sab’ai sayyor” dostonining maktab darsliklarida berilishi 51 3.2. Maktab ta’limda “Mehr va Suhayl” hikoyatining savol va topshiriqlar asosida o‘rganilishi 66 III bob bo‘yicha xulosa 73 UMUMIY XULOSA 75 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 78 1

ISHNING UMUMIY TAVSIFI KIRIS H Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi : Har bir inson u yoki bu ma’noda ma’nan va aqlan yuksalish uchun adabiyot deb atalgan ulkan ustoz qarshisida saboq oluvchi talaba qatorida bo‘lishi lozim. Aks holda insonning moddiyatchidan farqi qolmaydi. “Tafsir va ta’vil, buyuk mutafakkirlarimizning asarlariga sharhlar bizning eng katta ma’naviy boyligimizdir” 1 . Adabiyot va san’at yaratuvchi ijodkor o‘zi yaratgan obrazlar orqali olam va odam, ular orasidagi ichki aloqa va bog‘liqlik kabilarni badiiy idroki orqali badiiy obrazga singdiradi. Ana shu obrazda esa ikki jihat birlashadi. Bular aql bilan hisdir. Shu boisdan ham obrazni ham ratsional, ham emotsional birlik sifatida talqin etish mumkin. Ijodkorning fikr dunyosi singdirilgan, ma’naviy va ruhoniy olami aks etgan badiiy asar “olam va odamni badiiy idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy kategoriyasidir” 2 . Xuddi shunday ruhoniyati kuchli, fikr dunyosi keng ijodkorlardan biri, dunyo adabiyotining eng yirik vakillaridan biri Alisher Navoiy hayoti va ijodiyotiga oid ko‘plab ilmiy izlanishlar amalga oshirilgani hech kimga sir emas. Ammo Navoiy ijodi haqidagi izlanishlar qanchalik kengqamrovli bo‘lmasin, baribir Navoiy dahosi bugungacha to‘liq ochilgani va o‘rganilgani yo‘q. Uning epik va lirik asarlaridagi falsafiy-ijtimoiy, tasavvufiy qarashlari hali- haligacha adabiyot ixlosmandlarini hayratga solib kelmoqda. Timsollarning tag ma’nolari, ular anglatgan mazmun-g‘oyalarni anglashda bugungi kun tadqiqotchilari uchun Germenevtika metodi katta yordam bermoqda. Navoiy ijodi besh asrdan oshiq vaqt mobaynida davrlar sinoviga dosh berib o‘z qudratini namoyish etishda davom etaveradi. Zero, Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda 1 Shukur Jabborov. Germenevtika. Hurriyat gazetasi. Ziyouz.com kutubxonasi, 2006. 2 Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: Akademnashr , 2010. 56-bet. 2

turkiy va forsiy tild a so‘zlovchi biron-bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”. 3 Navoiy asarlari bag‘rida jo bo‘lgan milliy va umuminsoniy qarashlar, fikrlar har bir inson uchun ne qadar zarur va ahamiyatli bo‘lsa, ularning zargarona ifodasi, bemisl mahorat natijasi o‘laroq tarkib topgan go‘zal shakli shu qadar jozibali, hayratlanarli. “Qadimgi turkiy tilda barakali ijod qilib, uni adabiy til, madaniyat va saltanat tili darajasiga ko‘targan barcha asarlari umumbashariy gumanistik g‘oyalar bilan sug‘orilgan Alisher Navoiyni shuning uchun ham barcha turkiy xalqlar o‘z shoiri sifatida alohida mehr bilan o‘qib-o‘rganadi va u bilan faxrlanadi”. 4 Ularni o‘qigan kishi, agar tom ma’noda uni tushunish, anglash baxtiga musharraf bo‘lsa, shoirning ulug‘ donishmandligi oldida lol qolsa, yozmishlari badiiyati, ularning nafosati qarshisida dong qotadi. Shuning uchun adib asarlarning mazmuni, g‘oyaviy jihatlari tadqiqi ne chog‘lik dolzarb bo‘lsa, ularning badiiyatini o‘rganish, mahorat qirralarini ochib berish ham birdek zarur. Bunda asar tahlili eng muhim va asosiy omil sanaladi. Shu bois ham magistrlik dissertatsiyamizda “Sab’ai sayyor” dostonining maktab ta’limi darsliklaridagi materiallarini germenevtik asosda tahlilga tortish muhim sanaladi. Magistrlik dissertatsiyasi ning ob y ekti va predmeti: Ishning asosiy tadqiqot ob y ektini Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” asari tashkil qiladi. Bundan tashqari mavzuni ochishga bevosita qaratilgan tarixiy hamda istiqlol davrida yaratilgan ilmiy adabiyotlardan ham foydalaniladi. Shu jumladan, mavzuga aloqador ilmiy maqolalar, adabiyot darsliklari ham ma’lum joylarda ishga jalb etiladi. Magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari: Magistrlik dissertat- siyasi ning maqsadi Navoiy ijodi ni tahlil qilish ni o‘rganishdan iborat bo‘lib, uni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni o‘z oldimizga belgilab oldik: 3 Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. Б – 30. 4 Mirziyoyev. Sh. M. Alisher Navoiy asarlarining Istanbul kutubxonalaridagi tasviriy nusxalari. 2020. 286-bet. 3

– “Sab’ai sayyor” dostonini germenevtik yondashuv asosida tahlil qilish; – “Sab’ai sayyor” dostonining maktab darsliklaridagi parchalarni tahlil qilish ; – kuzatishlarimizdan kelib chiqib o‘rganilgan mavzu yuzasidan xulosalar chiqarish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Tadqiqotda berilyotgan muammo ilmiy jihatdan o‘rganilgan ishlarni tekshirish asosida xulosalarga kelish va o‘rganilmagan jihatlariga e’tibor qaratish . Bugunning globallashuv jarayonida badiiy asar mazmunini to‘la ochib berish asar tahlili bilan bog‘liq. Asarning ma’lum qismini germenevtik yondashuv asosida har bir bayt va misraning ma’nolarini ochib berilishi va undan muayyan xulosalar chiqarilishi ishning asosiy ilmiy yangiligi hisoblanadi. Mavzu bo‘yicha adabiyotlar sharhi: Adabiyotshunosligimizda Navoiyning lirik va epik asarlari nisbatan keng tadqiq qilingan, adabiy-estetik qarashlari o‘rganilgan. Xususan, “Sab’ai sayyor” dostoni ham. Ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz. Shoir asarlarining badiiyatiga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalar, bir qator risolalar yozilgan. Xususan, professor Muslihiddin Muhiddinovning “Ko‘ngil hayratlari”, Saidbek Hasanovning “Navoiyning yetti tuhfasi”, Aftondil Erkinovning “Alisher Navoiy “Xamsa”si talqini manbalari” asar larini shular qatoriga kiritish mumkin. Navoiyning adabiy, estetik qarashlarini A.Hayitmetov, H.Qudratullaev, M. Muhiddinov, S. Hasanov, A. Qayumov, O. Davlatov, Z. Mamadaliyeva kabi olimlar tekshirganlar . Shuningdek, Navoiy asarlari talqini va tahliliga bag‘ishlangan kitob va to‘plamlar ham bor. Tadqiqot metodikasining tavsifi: Germenevtika metodi – tushunishning asosiy tamoyili bo‘lib, qadimda matnlarni boshqa tilga mazmunan talqin qilish sifatida qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Ushbu tadqiqot ishida asar tahliliga doir nazariy masalalar yoritiladi hamda amaliyotga yo‘naltiriladi. Magistrlik dissertatsiyasi ning tuzilishi: Ushbu tadqiqot ish i kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. 4

I BOB. ALISHER NAVOIY “SAB’AI SAYYOR” DOSTONI YARATILISHI HAMDA TAHLILI MASALALARI 1.1. “Sab’ai sayyor” dostonining yaratilish tarixi va ushbu sikldagi dostonlarning genezisi, o‘zaro qiyosiy tahlili Xamsachilik an’anasiga ko‘ra, to‘rtnchi doston shoh Bahrom haqida hikoya qilishi lozim. Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” (“Yetti sayyora”) asari “Xamsa”ning to‘rtinchi dostoni bo‘lib , 1483-84-yillar (hijriy 889-yil jumadussoniy oyi)da yozib tugallangan. Bu doston Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar” (“Yetti go‘zal”) hamda Xusrav Dehlaviyning “Hasht behisht” (“Sakkiz jannat”) asarlariga javob tariqasida yaratilgan. Asarning bosh qahramoni shoh Bahrom real tarixiy shaxs sifatida Eronning sosoniy hukmdorlaridan biri Varaxran V bo‘lib, u otasi Yazdigurddan keyin taxt uchun bo‘lgan kurashda g‘olib chiqadi va otasi davrida deyarli vayron bo‘lgan mamlakat hayotini yaxshilab, izdan chiqqan davlatni tartibga keltiradi. U haqdagi ilk yozma manbalarni eron shohlari tarixidan so‘zlovchi “Tarixi rusul va muluk”, “Xudoynamak” kabi tarixiy kitoblarda uchratish mumkin. 420-438-yillarda (Sh. Sirojiddinov, D. Yusupova, O. Davlatovlar hammuallifligida yaratilgan “Navoiyshunoslik” kitobidan) hukmronlik qilgan ushbu shaxs qariyb 18 yillik hukmronligi davrida boshqa hukmdorlardan deyarli farq qilmaydigan siyosat yuritdi, ammo u tarixiy asarlarda o‘z otasiga qarshi turganligi qayd etilganligi bilan ajralib turadi. Shoh Bahromning ovga ishqibozligi, mayparastligi hamda fojiali o‘limi tarixiy kitoblardan ham o‘rin olgan. Ammo bu qo‘llanmalarda real tarixiy fakt to‘la namoyon bo‘lmagan. Biron ijodkorning asarini o‘rganish uchun, avvalo, shu ijodkor yashab o‘tgan tarixiy davr, tuzum, ijtimoiy-ma’naviy hayot haqida bilimga ega bo‘lish lozim. Alisher Navoiyning “Xamsa”siga kiruvchi to‘rtinchi doston “Sab’ai sayyor” asari yaratilishiga turtki bo‘lgan salaflari Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy hamda Ashraf Marog‘iylar yaratgan Bahromnomalar ham o‘z navbatida ijtimoiy yuk tashishi shubhasiz. Ammo yuqoridagi salaflar uchun ham asos vazifasini o‘tovchi asar bor. Bu asar Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”sidir. “Xamsa” bitish 5