Alisher Navoiyning “ Lison ut- tayr” dostonida obrazlar talqini








![“Lisonu-t-tayr” dostoni falsafiy-tasavvufiy mavzuda
yaratilgan bo‘lib, ulug‘ fors-tojik adibi Farididdin Attorning
“Mantiq ut-tayr” dostoniga javoban yozilgan. Alisher Navoiyning
o‘zi shu dostonida bolalik davridayoq “Mantiqu-t-tayr”ni ishtiyoq
bilan o‘qiganligi va yod olganligini aytadi:
Yodima mundoq kelur bu mojaro,
Kim tufuliyat chog‘i maktab aro.
Kim chekar atfol marhumi zabun,
Har tarafdin bir sabaq zabtig‘a un…
Manga ul holatda tab’i bulhavas,
“Mantiqu-t-tayr” aylab erdi multamas.
Topti sokin-sokin ul takrordin,
Soda ko‘nglum bahra ul guftordin.
Tab’ ul so‘zlarga bo‘lg‘och oshno,
Qilmadi mayl o‘zga so‘zlarga yano. [ Lison ut-tayr. 328b]
“Lisonu-t-tayr” dostoni an’naviy tarzda Muqaddima, asosiy
qism va Xotimani o‘z ichiga oladi. Muqaddima 13 bobdan iborat.
Dostonning birinchi bobi Alloh Hamdiga bag‘ishlangan.
Navoiy Alloh bu olamni aniq bir reja asosida bunyod qilganligi
haqida yozar ekan, unda hech bir narsa tasodifiy
yaratilmaganligini aytadi. Allohning mo‘’jizasi sifatida bir-biriga
zid bo‘lgan to‘rt unsur (suv, olov, tuproq va havo)ni inson
vujudida bir butun holda birlashtirganini ta’kidlab, butun olamni
yaratishdan maqsad ham inson ekanligini aytadi:
Uylakim dushman yarotib o‘tqa suv,
Yelni ham tufroqqa aylab aduv.
Sun’idin ko‘rgilki mundoq to‘rt zid,
Bo‘lub inson xilqatida muttahid.
Ofarinishdin qilib inson g‘araz,
Oni aylab xalq ichinda beevaz. [Lison ut-tayr.4b]
Bobda, shuningdek, Alisher Navoiy Alloh insonni o‘z siridan
xabardor qilib, xalifalik toji bilan yuksaltirdi, shaytonni esa unga
sajda qilishdan bosh tortgani uchun mardudu la’in (rad etilgan va
la’natlangan) qildi, deydi:
9](/data/documents/e671dcb5-f309-4968-994f-d5f551507018/page_9.png)
![Ham qilib o‘z sirri birla ganji roz,
Ham xilofat birla aylab sarfaroz.
Bo‘ldi sarkashlikdin oning ofati,
Ajzu tufrog‘liq bu birning rofati.
Birga ul masjudlug‘ bergan o‘zi,
Birga bu mardudlug‘ bergan o‘zi. [Lison ut-tayr.6b.]
Dostonning II-bobi munojotni o‘z ichiga oladi. Bobda Alisher
Navoiy o‘tgan umrini sarhisob qilar ekan, Yaratgan qoshida o‘zini
behad gunohkor deb hisoblaydi:
Alloh, Alloh, o‘lturur sharmandaliq,
Yodima kelsa bu yanglig‘ bandaliq.
Yuz qarolig‘ oncha bo‘lmish jahl aro,
Kim ko‘zimga qildi olamni qaro.
Qilmadim umrumda bir rak’at namoz,
Sar-basir mahzi niyoz, ey beniyoz.
Hargiz andoq qo‘ymadim tufroqqa bosh,
Kim keraklik bo‘lmag‘ay boshimg‘a tosh.
Bermadim hargiz gadog‘a bir diram,
To o‘zumni ko‘rmadim sohib karam.
Tutmadim oting qilib farzonaliq,
Sabha eldin osmayin yuz donaliq.
Bir amal hargiz riyosiz qilmadim,
Zarqsiz hargiz o‘zumni bilmadim.
O‘ylakim mendurmen inson bo‘lmasun,
Yo‘qki inson – devu shayton bo‘lmasun. [Lison ut-yatr.9b]
III-bob payg‘ambar Rasuli akram madhi – na’tni o‘z ichiga
oladi. Bobda Navoiy “Nuri Muhammadiya” haqida fikr yuritar
ekan, bu nur olam yaratilishidan ham ilgari mavjud bo‘lganligini,
Odam Atodan Shis payg‘ambarga va shu orqali ko‘plab nasllarga
o‘tib, rasuli akramning otalari Abdullohga yetib kelganligi va
nihoyat uning farzandi chehrasida payg‘ambarlik nuri sifatida
zohir bo‘lganligini yozadi.
10](/data/documents/e671dcb5-f309-4968-994f-d5f551507018/page_10.png)
![Bobda shuningdek, Rasuli akramning payg‘ambarlik
davrlaridagi faoliyatlari: kofirlarga qarshi kurashganlari, Lot
butining holini xarob qilganlari, xalqqa Allohdan boshqa iloh
yo‘qligi haqidagi haqiqatni yetkazganliklariga to‘xtalib o‘tiladi.
Bob so‘ngida Rasuli akram va ular orqali barcha yaqinlari: sahoba
va tobeinlar ham pok ekanliklari aytilib, ularga salom yo‘llanadi:
O‘zi pok, azvoj ila avlodi pok,
Zoti pok, as’hob ila ahfodi pok.
Anga har dam yuz durudu ming salom.
Olam ahlidin ila yovmul qiyom. [Lison ut-tayr.13b]
IV-bob me’roj tuni ta’rifiga bag‘ishlangan. Unda
payg‘ambarimizning huzurlariga “Ruhu-l-amin” (Jabroil farishta)
kelib, Yaratganning xabarini yetkazgani va rasuli akramning
Buroq otini minib, Alloh huzuriga ko‘tarilganliklari, oradagi
yetmish qavat parda ko‘tarilib, bor-yo‘q to‘siqlar bartaraf
bo‘lganligi, payg‘ambarimiz Allohdan ummatlarining gunohini
so‘raganliklari va Alloh o‘z habibining barcha istaklarini qabul
qilgani haqida fikr yuritiladi.
Dostonning V-bobi to‘rt xalifaning birinchisi Hazrat Abu
Bakr Siddiq madhiga bag‘ishlangan. Alisher Navoiy bu zotni
“sodiqu siddiq” deb atab, tashbeh san’ati vositasida
payg‘ambarimizni g‘or ichidagi xazinaga, Abu Bakr (r.a)ni esa shu
xazinani qo‘riqlab yotgan ajdahoga o‘xshatadi:
Sodiqu siddiqu hamrozi oning,
Har yomon-yaxshida damsozi oning…
Ganjkim g‘or ichra pinhonlik qilib,
Ajdahodek ul nigahbonlik qilib. [Lison ut-tayr.18b]
Abu Bakr Siddiqning payg‘ambarimizdan keyin xalifa imom
bo‘lib qolganliklarini go‘yo quyosh ketib, oy qolganligiga nisbat
beradi:
O‘rnig‘a oni rasul aylab imom,
Oy bo‘lib xurshidg‘a doim maqom. [Lison ut-tayr. 19b]
VI-bob Hazrat Abu Bakr Siddiq haqidagi hikoyatni o‘z ichiga
oladi. Hikoyatda aytilishicha, Abu Bakr Siddiq xalifalik taxtiga
11](/data/documents/e671dcb5-f309-4968-994f-d5f551507018/page_11.png)
![o‘tirganlarida dindan qaytgan bir guruh kishilar islom farzlaridan
biri bo‘lgan zakotni bekor qilishni talab qiladilar. Shunda xalifa
g‘azab bilan: “Payg‘ambar qonunida biror ip miqdoricha narsani
ham o‘zgartirish mumkin emas. Kimki bunga qarshi bosh
ko‘tarsa, ularga javob qilich va o‘qdir” deb aytadilar.
Dostonning VII-bobi Hazrat Umar Foruq madhiga
bag‘ishlangan. Alisher Navoiy islom olamida haqni xatodan farq
qilishda bu kishiga teng keluvchi boshqa inson yo‘q edi, deydi:
Haqni botildin birovkim qildi farq,
Adli birla ravshan yetti g‘arbu sharq.
Ondin o‘zga yo‘q edi ofoq aro,
Balki ushbu qasri oliy toq aro. [Lison ut-tayr.20b]
VIII-bob Hazrat Umar Foruqqa bag‘ishlangan hikoyatdan
iborat. Hikoyatga ko‘ra, Hazrati Umar Madoyinni egallaganlarida,
juda katta xazina yig‘iladi. Hazrati Umar bu xazina va mol-mulkka
qo‘z qirlarini ham tashlamaydilar: barcha xazinani g‘azotga
chiquvchilar uchun bo‘lib berishni buyuradilar.
IX-bob – Hazrat Usmon (r.a.) madhidadir. Hazrat Usmon
payg‘ambarimizning ikki qizlariga uylanganliklari uchun
“zunnurayn” laqabini olganlar. Alisher Navoiy bu zotni Qur’oni
Karimni to‘plaganlari sabablari xalq Usmon ibn Affon deb atadi
deydi:
Tengri aylab jome’i “Qur’on” oni,
Xalq deb Usmon bin Affon oni. [Lison ut-tayr.22b]
X-bob Hazrat Usmon haqidagi hikoyatni o‘z ichiga oladi.
Hikoyatga ko‘ra, payg‘ambarimiz bir kuni eldan farog‘at istab,
xilvatga kirib, bir oyoqlarini uzatib o‘tiradilar. Ularning
huzurlariga ba’zi zodagon sahobalar, ayrim aziz va sharif kishilar
kirganlarida ham ularning holatlarida o‘zgarish bo‘lmaydi. Lekin
xonaga hazrat Usmon kirgach, rasuli akram uzatgan oyoqlarini
yig‘ib oladilar. Bu payg‘ambarimizning hazrat Usmonga bo‘lgan
cheksiz hurmatlari ifodasi edi.
XI-bob mo‘minlar amiri Hazrat Ali (r.a) madhiga
bag‘ishlangan. Navoiy bu zotning payg‘ambarimizga farzand
12](/data/documents/e671dcb5-f309-4968-994f-d5f551507018/page_12.png)
![darajasida bo‘lganliklarini aytib, ular orasida “men senikiman,
sen menikisan” degan ahd mavjudligiga ishora qiladi:
Anbiyo sarxayliga farzand ul,
Xayli odam ichra bemonand ul…
Ittihodida nubuvvat sham’ining
So‘zi bukim sen meningsen, men sening. [Lison ut-tayr.23-
24b.]
XII-bob Hazrat Aliga bag‘ishlangan hikoyatni o‘z ichiga oladi.
Hikoyatga ko‘ra, g‘azot janglaridan birida Hazrat Aliga o‘q
tegadi. O‘qning uchi ularning suyaklarigacha botib, tortib
olishning iloji bo‘lmaydi. Shunda sahobalar payg‘ambarimizdan
bu ishning chorasini so‘raganlarida, rasuli akram “U namoz
o‘qiyotgan paytda o‘qni tortib olish payida bo‘lingiz. U namozga
shunday berilgan bo‘ladiki, o‘qni tortib olganlaringni bilmay
qoladi”, — deydilar. Sahobalar aytilgandek qiladilar va Alloh
kushoyish berib, bir lahzada jarohatdan na dardu na o‘q uchi
qoladi.
XIII-bob buyuk forsi y go‘y adib Farididdin Attor madhiga
bag‘ishlangan. Alisher Navoiy so‘z o‘yini vositasida shoir
taxallusiga majoziy nisbat berib, bu do‘konda olamdagi barcha
boyliklar: duru gavharlar, gulobu mushki anbarlar, shirinliklar
jam’ ekanligini aytadi:
Har ne gardun bahr ila konida bor,
Oncha yuz Attor do‘konida bor. [ Lison ut-tayr.26b]
Alisher Navoiy Attorning yozgan asarlari xalq uchun
gulqand kabi foydalidir deydi va shu munosabat bilan uning
asarlari ro‘yxatini keltiradi: “Musibatnoma”, “Ilohiynoma”,
“Ushturnoma”, “Lujjai hilol”, “Tazkiratu-l-avliyo”, “Mantiqu-t-
tayr” va boshqalar. Bob so‘ngida Navoiy agar Haq madad bersa,
mendek gado Shayx ruhidan yordam olib, qushlar nutqini izhor
qilsam, ya’ni “Mantiqu-t-tayr”ga javob yozsam deydi:
Lek haq tavfiq bersa, men — gado,
Shayxning ruhig‘a aylab iqtidoO‘yla qushlar nutqini izhor
etay,
Bulbulu to‘ti kibi g‘uftor etay.
13](/data/documents/e671dcb5-f309-4968-994f-d5f551507018/page_13.png)
![Kim xaloyiq chun tarannum aylagay,
Qush tili birla takallum aylagay.
Lek surmak nuktani to‘ti misol,
Budur insof o‘lsa, ey farxunda fol.
Kim bu to‘ti to‘’masi bo‘lg‘oy shakar,
Ul shakar fikr aylasang bo‘lg‘ay magar.
Tengrining lutfu inoyat xonidin,
Ya’ni, ul Attorning do‘konidin. [Lison ut-tayr.29b]
Dostonning asosiy qismi 14-bobdan boshlanadi. Bir kuni
barcha qushlar majlis qurmoq uchun yig‘ilibdilar. Lekin majlisda
o‘rin talashib, janjallashib qolibdilar. Shunda ular agar bir adolatli
podsho bo‘lganda, bahsga hojat qolmagan bo‘lardi, deb
o‘ylabdilar. Shu vaqt Hudhud degan qush shunday podshoh
borligini, uning nomi Simurg‘ ekanligi va Simurg‘ning huzuriga
bormoqchi bo‘lganlar uzoq hamda mashaqqatli yo‘lni bosib
o‘tishlari zarurligini aytadi:
Borcha olam qushlariga shoh ul,
Holingizdin mo‘-bamo‘ ogoh ul.
Ul yoqin sizga-yu siz ondin yiroq,
Vasl – anga oyin, vale sizga – firoq. [Lison ut-tayr.32b]
Yo‘lida yetsa talabdin ming taab,
Ham anga yetmas kishi qilmay talab.
Lekin ul vodiy nihoyatdin uzun,
Qat’ida ofat nihoyatdin fuzun.
Umrlar urmoq kerak tinmay qanot,
Necha karkas umricha bo‘lsa hayot. [Lison ut-tayr.37b]
Qushlar Hudhud boshchiligida yo‘lga tushadilar. Bir necha
kun yo‘l yurgach, mashaqqatli safar ularni toliqtiradi. Ular ortga
qaytmoqchi bo‘ladilar va birin-ketin Hudhudga o‘z uzrlarini ayta
boshlaydilar. Dastlab To‘ti uzr aytadi. Hudhud unga javoban
“Hiylagarlikni kasb qilgan yashil chakmonli kishi” bilan bog‘liq
hikoyatni keltiradi. To‘tidan so‘ng Tovus uzr aytib, “Tangri meni
atrofdagilar ko‘rib, husnimga tahsin aytishlari uchun yaratgan,
shunday ekan, menga bu safardan ne hojat”, — deydi. Hudhud
14](/data/documents/e671dcb5-f309-4968-994f-d5f551507018/page_14.png)

![Ofiyatdin ishq sori boshlading,
Yuz yonar o‘t ichra olib toshlading…
Olloh! Olloh! Ne kechadur bu kecha!
Sa’b mundog‘, yo rab, o‘lg‘aymu kecha!
O‘tkaribmen ko‘p suubat kechalar,
Ko‘rmadim mundog‘ uqubat kechalar!..
Do‘stlar, netti madad yetkursangiz,
Jam’ o‘lub men zorni o‘ltursangiz.
To qutulsa dahr orimdin mening,
Dahr eli afg‘onu zorimdin mening.
Jonima, as’hob, tig‘i qatl urung.
Kuydurub, haryon kulumni sovurung.
To jahonda bo‘yla rasvo bo‘lmayin,
Bir o‘lay, yuz qatla hardam o‘lmayin!» [Lison ut-tayr.115b]
Shayxning bu musibatli holatini ko‘rib, muridlari nasihatlar
bera boshlaydilar. Ular shayxga aql mezoni bilan xitob etadilar,
shayx esa ishq yo‘sinida javob qaytaradi. Muridlar unga tahorat
olib, ibodat qilmoqni maslahat berganlarida shayx ularga
shunday javob qaytaradi:
Shayx deb:— «Yo‘q ko‘z yoshimdin o‘zga suv,
Qon kelur hardam bog‘irdin ko‘zga suv».
Muridlardan birining Ka’bani ziyorat qilmoq darkor degan
da’vatiga Shayx tomonidan shunday javob bo‘ladi:
Shayx debkim: “Onda qilg‘onni talab,
Munda topdim, ne chekay ul yon taab”. [Lison ut-tayr.117b]
Shu tariqa Shayx har muridning kuyinib aytgan o‘gitlariga
ishq so‘zi bilan javob qaytaradi.
Butxonadagi kishilar esa din ahlining bu holatini mazax
qilib, o‘z dinlarining ustunligini gumrohlarcha ta’kidlay
boshlaydilar. Bu hol tong yorishgunga qadar davom etadi.
Muridlar nomusga chiday olmay, shayxni yolg‘iz tashlab
ketadilar. Shayx butxonadagi bolalarga ham masxara bo‘ladi. Shu
tariqa oradan bir oy o‘tadi. Nihoyat, tarso qizi yana butxonada
16](/data/documents/e671dcb5-f309-4968-994f-d5f551507018/page_16.png)
![paydo bo‘ladi va islomdek buyuk din peshvosi Shayxning kofirlar
butxonasida bu tarzda yashashidan maqsadi ne ekanini so‘raydi.
Shayx tarso qiziga o‘z holini bayon qilib, bularning barchasiga
sababchi sening orazing, deb javob beradi. Tarso qizi shayx
ishqining dalili sifatida unga to‘rt shartni bajarishi va ikki
jurmona (jarima) to‘lashi kerakligini aytadi. Aytilgan to‘rt shart
quyidagilar edi:
1) may ichmoq;
2) zunnor bog‘lamoq;
3) Qur’onni o‘tda kuydirmoq;
4) butparastlar diniga kirmoq.
Jurmona sifatida esa bir yil davomida cho‘chqaboqarlik
qilish va otashgohda o‘t yoqishni buyuradi. Shayx bu shartlar va
jurmonalarni ortig‘i bilan ado etadi. Shu tariqa oradan bir yil
o‘tadi.
Shayxning Ka’bada bir foniy muridi bo‘lib, Shayx Rumga
otlanganida u boshqa bir mamlakatda safarda edi. Safardan
qaytgach, Shayxni topolmay, bo‘lib o‘tgan voqealar haqida
surishtiradi. Muridlar unga ahvolni bayon qiladilar. Foniy murid
ularga ta’na qilib shunday deydi:
Shayxkim, pir erdiyu, sizlar murid,
Borchag‘a irshodidin behbud umid…
Shayxingizga bevafoliq boshlabon,
Qiblangingizni dayr ichinda tashlabon….
Odami bo‘lsa, vafo andin yiroq,
It vafo bobida andin yaxshiroq… [Lison ut-tayr.136b]
Shu tariqa shogird bu yerda o‘tirish bilan ish bitmaydi, deb
barcha muridlarni Rum sari yo‘lga boshlaydi. Yetib borib,
ko‘radilarki, Shayxda na islom, na iymon maslagidan asar
qolmagan edi. Sodiq shogird bu holni ko‘rib, oh uradi va kecha-
kunduz Yaratganga munojot qilib, Shayxning haqiga duo o‘qiydi
va, nihoyat, Alloh uning duosini qabul etadi. Shayxga g‘oyibdan
ogohlik yetib, ko‘zlaridan xijolat yoshlarini to‘kib, sadoqatda
bemisl bo‘lgan shogirdiga uzrxohlik qiladi. Shayx yana egniga
poklik xirqasini kiyib, o‘z muridlari bilan Ka’ba sari yo‘l oladi.
17](/data/documents/e671dcb5-f309-4968-994f-d5f551507018/page_17.png)
![Rumda qolgan tarso qizi tush ko‘radi. Tushida Iso (a.s.)dan:
“Shayx San’ondek buyuk murshid sening huzuringga mehmon
bo‘lib kelsayu, sen mezbonlik odatini bilmasdan uning boshiga
ne kunlarni solding?! Endi vaqtni g‘animat bilib, uning ortidan
bor, diniga musharraf bo‘l”, – degan xabar keladi. Tarso qizi oh
urgancha, ko‘zlaridan nadomat yoshlarini to‘kib, Ka’ba tomon
yo‘lga tushadi. Yo‘lda unga xastalik va ojizlik yuzlanib, tuproq
ustida hushidan ketadi. Shayxga bu hol ayon bo‘lib, muridlari
bilan ortga qaytadi va tarso qizining so‘nggi lahzalarda iymon
sohibasi bo‘lib jon berishiga shohid bo‘ladi. Alisher Navoiy
hikoyat so‘nggida ishqqa shunday ta’rif beradi:
Ishq bahredurki, yo‘q poyon anga,
Har hubobi gunbadi gardon anga…
Olamedur ishq, lekin bas vase’,
Toramedur ishq, lek asru rafe’… [Lison ut-tayr. 147b]
Shu o‘rinda Navoiy agar unga Alloh umr bersa, o‘z ishqi
sharhini nazmga solib, bir doston yozish niyati borligini aytadi:
Bir necha kun umrdin topsam amon,
Sharhi ishqim nazm etay bir doston.
Anda bilgay kimgakim insofdur,
Kim so‘zum chinmudurur yo lofdur. [Lison ut-tayr.148b]
Ma’lumki, tasavvufda Haqni tanishning ikki yo‘li mavjud.
Birinchisi hayajonli, ruhiy kechinmalarni oshkora izhor etib borish
mayli bo‘lsa, ikkinchisi osoyishta, ichki dardni yashirish maylidir.
Birinchi mayl “sukra” (mastlik) yo‘li deb atalib, uning yirik
namoyandalari sifatida Boyazid Bistomiy, Mansur Halloj, Abu
Sa’id Abulxayr, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Boborahim
Mashrab nomlarini keltirish mumkin.
Ikkinchi mayl sahv (hushyorlik) yo‘li deb nomlanib, uning
tarafdorlari qatorida Junayd Bag‘dodiy, Sa’diy Sheroziy,
Baxouddin Naqshband kabi ijodkorlarlarni sanab o‘tish mumkin.
Adabiyotshunos olim N.Komilovning fikricha, Shayx
San’onning barcha diniy ilmlari va Qur’onni unutishi bu Haqqa
yetish uchun dunyoviylikdan, jumladan, aql va aqliy narsalardan
qutulish, o‘zligini unutishga ishoradir. Uning xotirasi qaytishi esa,
sukradan sahvga qaytish hisoblanadi. Haqiqiy baqo esa sahv,
18](/data/documents/e671dcb5-f309-4968-994f-d5f551507018/page_18.png)
![ya’ni hushyorlikka qaytishdan keyin boshlanadi. Sukradagi solik
bamisoli dengizga sho‘ng‘ib, g‘arq bo‘lgan kishi bo‘lsa, sahvga
qaytgan dengizga sho‘ng‘ib, gavhar donalarini olib qaytib
chiqqan g‘avvos kabidir.
Hudhud hikoyatdan so‘ng asl manzilga yetish uchun 7
vodiyni bosib o‘tish kerakligini aytadi. Qushlar vodiylardan o‘ta
boshlaydilar:
1. Talab vodiysi – qushlarning Simurg‘ vasliga talabgorligi
bilan bog‘liq bo‘lib, Navoiy bu vodiyga shunday ta’rif beradi:
Chun talab vodiysig‘a qo‘ysang qadam,
Ollinga har dam kelur yuz ming alam…
Istamak ranji ko‘ngulni zor etar,
Topmomog‘lig‘ ruhni afgor etar…
Lam’a ko‘rguzgan soyi mehri visol,
Aylagay shoming saharg‘a intiqol…
Ajdahodin yetmagay ko‘nglungda ranj,
O‘yla bo‘lmish bo‘lg‘ay ul mash’uf ganj [Lison ut-tayr.238b]
Alisher Navoiy har bir vodiy ta’rifidan so‘ng shu vodiy
mohiyatini ochib beruvchi hikoyat ham keltiradi. Jumladan,
asarda talab vodiysi bilan bog‘liq quyidagi hikoyat beriladi:
Qadimda bir qudratli podshohning Yusufdek go‘zal o‘g‘li
bo‘lgan ekan. Butun olam ahli unga oshiqu shaydo bo‘lib, agar u
qatl etmoqchi bo‘lsa ham, kishilar bundan g‘am chekishmas
ekan. Bir kuni u sahroda aylanib yurib, minglab oshiqi zorlarning
uning ishqida iztirob chekayotganligini ko‘radi . Ular orasida ikki
devona shahzodaning diqqatini tortadi. Mulozimlar ularni ushlab
qasr tomon olib keladilar. Shoh ulardan birini zindonga tashlab,
ikkinchisini o‘ziga itboqar qilib tayinlaydi. Shunda ulardan biri
ikkinchisidan bu azob-uqubat ichida holi qanday ekanligini
so‘raganida u bu holat mashaqqat emas, balki oshiq uchun rohat
ekanligini aytadi. Ikkinchisi ham bu so‘zlarni tasdiq etib, oshiq o‘z
ma’shuqi vasliga talabgor ekan, bu azoblar unga faqat
mamnunlik baxsh etishini bayon qiladi. Bu so‘zlarni pana joydan
eshitib turgan shahzoda benihoya xursand bo‘lib, ularni o‘zining
yaqin mahramlariga aylantiradi.
19](/data/documents/e671dcb5-f309-4968-994f-d5f551507018/page_19.png)
![Hikoyatdan kelib chiqadigan xulosa shuki, talab vodiysiga
qadam qo‘ygan solik oshiqlikdan keladigan jami sinovlarga,
mashaqqat va uqubatlarga tayyor turishi, ma’shuq vasli yo‘lidagi
qiyinchiliklarni baxtu saodat deb qabul qilishi kerak. Zero, bu
vodiydan maqsad Yaratganning vaslidir.
2. Ishq vodiysi – bu vodiyda qushlarning qalbini Simurg‘ning
ishqi band etadi, ular o‘zlarini va dunyoni unutadilar. Alisher
Navoiy bu vodiyni shunday ta’riflaydi:
Ishq keldi masha’li getifuro‘z,
Dema mash’al shu’layi ofoqso‘z.
Ishq aro har kimsa darxur bo‘lmag‘ay,
O‘tqa loyiq juz samandar bo‘lmag‘ay…
Kuymagan ishq ichra ermas ishqboz,
Oshiq ermas, ulki ermas jongudoz. [Lison ut-tayr.244b]
Mazkur vodiy tavsifi uchun hazrat Alisher Navoiy Asma’iy
bilan bog‘liq hikoyatni keltiradi. Hikoyatga ko‘ra, Asma’iy haj
tomon ketayotib, bir chashma boshida yozuv bitilgan toshni
ko‘radi. Toshda shunday deb yozilgan edi: “Ey Hijoz ahli! Bir
sirning chorasini topsangiz: agar kishi ishqqa mubtalo bo‘lib, ishq
uni sabru qaroridan judo etgan bo‘lsa, nima qilsin?”
Asma’iy qo‘liga qalam olib, yozuv tagiga shunday so‘zlarni
bitadi: “Kimki bu halokatli yo‘lga kirgan bo‘lsa, undan
qo‘rqmasin”. Bu so‘zlarni yozib bo‘lib, Asma’iy yana yo‘lida
davom etadi. Ertasiga yana shu joyga kelib qarasa, toshda yangi
yozuv paydo bo‘lgan ekan: “Agar oshiq pok bo‘lsayu, ishqini
yashirin saqlasa, lekin muhabbat shiddatidan toqati toq bo‘lib,
vaslga ehtiyoj sezsa, buning ilojini topmasa, nima qilsin?” Asma’iy
bu so‘zlarni o‘qib, qalami bilan shunday deb yozib qo‘yadi: “Agar
o‘sha dardli inson nasihatlarimdan o‘z maqsadiga erishmagan
bo‘lsa, o‘lsin va ishq o‘tidan o‘zini xalos qilsin!”
Oradan bir kun o‘tib, oshiqning javobini bilish uchun o‘sha
joyga kelgan Asma’iy chashma yonida boshini toshga urib, halok
bo‘lgan bir kishini ko‘radi. Asma’iy bu holdan azoblanib, halok
bo‘lgan oshiq uchun motam tutadi va marhumni qabrga qo‘yadi.
20](/data/documents/e671dcb5-f309-4968-994f-d5f551507018/page_20.png)
![Ushbu hikoyatdan kelib chiqadigan xulosa shuki, oshiqning
asosiy maslagi – ishq yo‘lida jismdan voz kechish va yor uchun
o‘lmoqlikni arzimas ish deb bilish.
3. Ma’rifat vodiysi – bunda qushlar Simurg‘ haqidagi
bilimlar, g‘oyalar cheksizligini his etadilar, Simurg‘ni taniy
boshlaydilar.
Kimki bu vodiyg‘a bo‘ldi muttasif,
Topti anda hollarni muxtalif.
Vodiyedur, yuz tuman ming onda yo‘l,
Ul bu bir kelmay, oningdekkim bu ul…
Gar suluk atvorida tag‘yir edi,
Maqsadi lekin borining bir edi. [Lison ut-tayr.251b]
Vodiy ta’rifiga ilova tarzida quyidagi hikoyat keltirilgan:
Aytishlaricha, bir kuni bir guruh ko‘rlar taqdir taqozosi bilan
Hindistonda bir muddat yashab, o‘z yurtlariga qaytibdilar.
Shunda bir kishi ulardan: “Hindistonda filni ko‘rdinglarmi?” – deb
so‘rabdi. Ko‘rlardan tasdiq javobini olgach, filning qanday hayvon
ekanini ta’riflashlarini iltimos qilibdi. Shunda ko‘rlarning har biri
filning ma’lum bir a’zosini paypaslab hosil qilgan tasavvuri
asosida filni ustunga, ajdahoga, ikkita suyakka, osilib turgan
ilonga, cho‘qqiga, qimirlab turgan ikki yelpig‘ichga o‘xshatibdi.
Ularning ta’rifini tinglab turgan filbonlikdan xabari bo‘lgan bir
kishi ko‘rlarga tanbeh bermasdan, shunday debdi: “Garchi ular
o‘z bilganlaricha so‘z aytib, bir-birlariga zid fikrlarni keltirgan
bo‘lsalar-da, ularning aytganlari kechirarlidir. Chunki ular aytgan
bu sifatlarning barchasini bir yerga jam qilsa, bu javoblardan fil
haqidagi muayyan tasavvu paydo bo‘ladi”.
Hikoyatdan kelib chiqadigan xulosa shuki, Allohni tanish va bilish
yo‘li har bir solik uchun o‘ziga xos bo‘lib, bu yo‘llar qanchalik
xilma-xil bo‘lmasin, ularning maqsadi bir – Yaratganni anglashdir.
4. Istig‘no (ehtiyojsizlik) vodiysida qushlarning ehtiyojmand,
Simurg‘ning esa ehtiyojsizligi tasviri bayonida solikning mana shu
ehtiyojsizlikni anglab yetish zamiridagi holati ifodalanadi. Navoiy
vodiyni shunday tasvirlaydi:
Vodiy ondin so‘ngra istig‘nodurur,
Onda teng a’lovu gar adnodurur…
21](/data/documents/e671dcb5-f309-4968-994f-d5f551507018/page_21.png)
![Yetti kishvar ichra shohi qahramon,
Bir gado onda hamonu ul hamon…
Onda teng ko‘r gumrahu ogohni,
Dayr ko‘yi birla Baytullohni. [Lison uy-tayr.254b]
Vodiy mohiyatini yoritish uchun Alisher Navoiy shatranj
o‘yini bilan bog‘liq hikoyatni keltiradi. Unga ko‘ra, ikki shatranj
ustasi ikki tomonga o‘tirib, o‘rtaga taxtani qo‘ygan holda unga
shatranj donalarini terib chiqishadi. Ikki o‘rtada kurash
boshlanadi. Bunda shatranj taxtasi o‘rab olingan qal’aga, undagi
kurash esa xuddi haqiqiy urush maydoniga o‘xshab qoladi. Agar
o‘yin tugab, shatranj o‘ynovchi taxtaning bir chetini ko‘tarsa,
bularning barchasi bir zumda yo‘qqa chiqadi. Chunki shatranj
o‘ynovchi usta uchun o‘yin tugagach, shatranj donalarining hech
qanday farqi qolmaydi. Shatranj donalari xalta ichiga solingach,
“shoh” quyi tushishi, “piyoda” esa yuqoriga ko‘tarilishi mumkin.
Xulosa shundaki, Haq nazdida barcha insonlar shatranj donalari
kabi “hayot o‘yini”dan so‘ng teng daraja kasb etadilar.
5.Tavhid (birlik) vodiysi. Butun borliq yagona ruh –
Simurg‘dan iborat ekanligini tushunish:
Chun bu vodiy sori sayring qo‘ydi gom,
Fardu yaktolig‘ sanga bo‘ldi maqom…
Birda birdin hosil o‘ldi bir adad,
Yo‘q xiradqa munda dam urmoqqa had…
Bir bo‘lu, bir ko‘ru, bir de, bir tila,
Mayl qilma munda ikkilik bila. [Lison ut-tayr.260b]
Vodiy mohiyatini yanada aniq ifodalash uchun Alisher
Navoiy Mansur Xalloj bilan bog‘liq voqeani keltiradi. Unga ko‘ra,
Mansur Xalloj doim tilida “Anal Haq” jumlasini takrorlab yuradi.
Din arboblari: “Senga yuzlangan holat suluk ahlining ko‘piga
ayon, lekin ular odob saqlab, o‘z da’volarini oshkor qilmaganlar.
Sen ham nafsingni dorga sazovor qilma”, – deb nasihat qiladilar.
Lekin Mansur Xalloj bu jumlani takrorlashdan to‘xtamaydi. Bir
kuni u tushida Rasululloh (s.a.v.)ni ko‘radi. Rasululloh (s.a.v.)
uning dilidagi “Nega Muhammad (s.a.v.) me’roj kechasi faqat
islom ummatining gunohini so‘radi, barcha osiylarning gunohini
22](/data/documents/e671dcb5-f309-4968-994f-d5f551507018/page_22.png)
![tilaganda nima bo‘lardi” degan o‘y-xayoli uchun unga tanbeh
beradi:
Onda menlikning xayoli yo‘q edi,
Balki bu lafz ehtimoli yo‘q edi.
Eltgan ul erdi boshlag‘on ham ul,
Istag‘on ham ul, bag‘ishlag‘on ham ul…
Ul edi degon o‘zi, berg‘on o‘zi,
Bazl aro sochqon o‘zi, terg‘on o‘zi. [Lison ut-tayr.263b]
Hikoyatdan kelib chiqadigan xulosa shuki, Mansur Xalloj
tavhid mohiyatini to‘la anglab yetmagani uchun “menlik” xayoli
bilan “Anal Haq” jumlasini takrorlab yurar edi. Aslida tavhid
vodiysida “menlik”ka yo‘l yo‘q.
6. Hayrat vodiysi – Simurg‘ning ulug‘vorligidan hayratga
tushib, aqldan mahrum bo‘lish.
Alisher Navoiy mazkur vodiy haqida shunday deydi: Hayrat
aylar tilni gungu lol ham,
Aql zoyil, hushni pomol ham…
Yo‘qni bilmas, borini ham onglamas,
Ne bularni tonglaru, ne tonglamas…
Foniy erkanniyu boqiylig‘ni ham,
Mast erkanniyu soqiylig‘ni ham. [Lison ut-tayr.265b]
Alisher Navoiy mazkur vodiy bilan bog‘liq qarashlarini
ifodalash uchun bir bora vasl sharobidan mast bo‘lib, o‘zini
yo‘qotgan va hajrda qolgan yigit haqidagi hikoyatni ilova qiladi.
Unga ko‘ra, bir podshohning husnda yagona qizi tushida bir
yigitni ko‘rib, sevib qoladi. Bir kuni otasining bazmida u yigitni
ko‘rib, hushidan ayriladi. Yigit ham qizni ko‘rib, ishqda yona
boshlaydi. Podshohning qizi o‘ziga yaqin bo‘lgan ikki mahram
kanizagiga o‘z sirini ochib, dardiga davo topishlarini o‘tinadi. Bu
ikki kanizak juda ustomon va aqlli bo‘lib, o‘z malikalarining hajr
o‘tini bartaraf etish uchun yigitni izlab topib, u bilan do‘st
tutinadilar. Suhbatlarda yigit o‘z ishqi haqida ularga aytib beradi.
Ikki kanizak bazm uyushtirib, yigitni chorlaydilar, qo‘shiq aytib,
may bilan mast qiladilar. So‘ng podshohning qizi huzuriga yigitni
eltadilar. Yigit u yerda ham may ichadi, aqlni olguvchi bazmda
23](/data/documents/e671dcb5-f309-4968-994f-d5f551507018/page_23.png)
![mast bo‘ladi, mutlaqo o‘zini unutadi… Nihoyat hushi o‘ziga
qaytgach, ma’shuqa vaslining tushmi, o‘ngmi ekanini fahm
etolmay, parishon bo‘ladi. Atrofdagilar uning holini so‘rashsa,
men hajr o‘tida yonyapman, yana holimni so‘rab, azobga
solmang, deb javob beradi. Buyuk shoir bu hikoyatni aynan
hayrat vodiysi bilan bog‘lab keltirar ekan, Haq vasli sari intilgan
solik hali chinakam visolga erishmay turib, undan benihoya
hayratga chulg‘anib, o‘zligini unutishiga ishora qilyapti. Bu esa
o‘z o‘rnida chinakam diydor uchun solik ruhini tayyorlash
bosqichini o‘taydi.
7.Faqru fano vodiysida o‘zlikdan voz kechib, Simurg‘ bilan
birlashish, abadiylikka qaytish mohiyati mujassam. Navoiy bunga
shunday ta’rif beradi:
Yo‘q bu vodiy ichra juz xomushluq,
Gungu kar bo‘lmog‘lig‘u behushluq…
Har nekim qilsang gumon topg‘on vujud,
Budi yo‘q, bu nav’ erur bori namud. [Lison ut-tayr. 278b]
Ushbu vodiy sharhida Navoiy bir emas, to‘rt hikoyat
keltiradi. Ular orasida “Parvonalar va sham” hikoyati alohida
ahamiyatga ega. Hikoyatga ko‘ra, bir kecha parvonalar jam
bo‘lib, shamga yetishmoqni maqsad qilishibdi. Qanotlarini o‘tda
yoqishga hozirlab, o‘z hollarini izhor qilmoqchi bo‘libdilar.
Parvonalardan biri qanotlarini qoqib, shamda yona boshlabdi va
sham haqidagi so‘zlarni boshqa parvonalarga ayon qilibdi.
Parvona har qancha ravshan so‘zlamasin, eshituvchilar uni anglay
olmabdilar. Shunda boshqa parvonalar ham bu holni anglamoq
uchun urinib ko‘ribdilar va o‘z qanotlarini kuydiribdilar. So‘nggi
parvona qo‘rqmasdan o‘zini shu’laga urib, pok bo‘libdi va o‘zi
ham shu’laga aylanibdi. U o‘z maqsadi ichra nobud bo‘libdi va
fanoda ayni muddaoga erishibdi. Hikoyatdan kelib chiqadigan
xulosa shuki, kuymay turib, sham bilan birlikka erishib bo‘lmaydi.
Solik fano bo‘lmay turib, abadiylikka, Haq visoliga erisholmaydi.
Shoir hikoyat so‘ngida Foniy taxallusini qo‘llash bilan vodiy
mohiyatini yanada teranroq, chuqurroq anglatadi:
Foniyo, lofi fano urmog‘ni qo‘y,
Vasl esa koming, fano o‘tig‘a kuy.
24](/data/documents/e671dcb5-f309-4968-994f-d5f551507018/page_24.png)
![Evrulub sham’ o‘tig‘a parvonavor,
O‘zni tashla shu’lag‘a devonavor. [Lison ut-tayr.288b]
Nihoyat vodiylar so‘ngida faqat o‘ttiz qush qolganligi
ma’lum bo‘ladi. O‘ttiz qush forschada “Si murg‘” degani. Bu
qushlar qayerga boqmasinlar, u yerda o‘zlarining akslarini ko‘ra
boshlaydilar:
Ko‘rdilar o‘zni qayonkim tushti ko‘z,
Olloh-Olloh ne ajoyibdur bu so‘z.
Kim qilib Simurg‘ni o‘ttiz qush havas,
O‘zlarin ko‘rdilar ul Simurg‘ bas. [Lison ut-tayr.300b]
Doston so‘ngida qushlar o‘zlaridagi Simurg‘ni kashf etadilar.
Tasavvuf falsafasiga ko‘ra, bu dunyo Haqning tajalliysi –
Allohning jilolanishidir. Dunyodagi barcha mavjudot Allohning
zuhuridir. Shu ma’noda inson ham o‘zidagi mana shu zarrani
kashf etmog‘i, buning uchun esa juda uzun va mashaqqatli yo‘lni
bosib o‘tmog‘i kerak. Bu yuqorida keltirilganidek, yetti vodiydir.
So‘nggi vodiy faqru fano vodiysi, ya’ni yo‘qlikka aylanib, Ollohga
qo‘shilmoqdir.
Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, Simurg‘ – Haqqa
yetishish timsoli. Qushlar – Haq vasliga talabgor soliklar timsoli.
Yuqorida ko‘ringanidek, “Lisonu-t-tayr” dostoni Farididdin
Attorning “Mantiqu-t-tayr” dostoniga javob tarzida yozilgan. Bir
qarashda bu ikki dostondagi voqealar rivoji ham, undagi
qahramonlar ham bir xildek tasavvur uyg‘onadi. Aslida, har ikki
muallif g‘oyaviy nuqtai nazar hamda qahramonlarga zimmasidagi
badiiy yuk jihatidan bir-birlaridan farqlanadilar. Adabiyotshunos
Z.Mamadaliyeva o‘zining “Alisher Navoiy “Lisonu-t-tayr”
dostonidagi ramziy obrazlar tizimi” nomli tadqiqotida mazkur
ikki dostondagi ramziy timsollarni talqin qilish asnosida Navoiy
dostonidagi Hudhudning o‘ziga xos bir necha xususiyatlarini
ko‘rsatib o‘tadi:
1) Navoiy talqinidagi Hudhud komil inson ramzi bo‘lish bilan
birga muallifning dostondagi birinchi raqamli timsoli
hamdir;
2) Navoiy tasvirlagan Hudhud yuksak irfoniy masalalarni har
bir qushning darajasiga mos ravishda sodda hayotiy
25](/data/documents/e671dcb5-f309-4968-994f-d5f551507018/page_25.png)











Alisher Navoiyning “ Lison ut- tayr” dostonida obrazlar talqini MUNDARIJA: KIRISH. I BOB. ALISHER NAVOIYNING HAYOTIY FAOLIYATI VA ADABIY MEROSI 1.1 Alisher Navoiy ijodi va uning Sharq adabiyotida tutgan o’rni 1.2 “ Lison ut-tayr”ning yaratilish tarixi va badiiy jihatdan boyitilishi II BOB. ALISHER NAVOIY IJODINING G’OYALARI 2.1 Obrazlarning tasavvufiy talqini, qushlar timsolining ramziy- majoziy mohiyati 2.2 Tasavvufiy g’oyalar va obrazlar o’rtasidagi bog’liqlikni ochib berish XULOSA. 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Istiqlolimizning dastlabki kunlaridan to hozirga qadar ajdodlarimiz merosini har tomonlama o’rganish, shu asosda millatning kelajagi bo’lgan yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasiga katta e’tibor berib kelinmoqda. Hozirgi kunda bu masala davlat siyosatining ustuvor sohalarida biriga aylangani hech kimga sir emas. Bu boradagi vazifalarni amalga oshirishda Navoiyning hayoti va ijodini o’rganishda katta ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.O’zbek adabiyoti tarixida o’zining go’zallik tajassumidan iborat g’azallari bilan katta shuhrat qozonganshoir ijodiyoti ulkan ma’naviy xazinadir. Navoiy xususan, mazmunan yuksak va shaklan go’zal g’azalllar yaratib g’azallar mohiyatini hayot zavq-shavqlari, tabiat go’zallilaridan bahramand bo’lish, sevgi- sadoqatni ulug’lash, ezgulikni targ’ib etish g’oyalari tashkil qiladi. Xalq og’zaki ijodi boyliklaridan bahramand bo’lgan shoir she’rlari go’zal badiiy san’atlar bilan ziynatlangan. Shoir tuyuq janrining ustasi sifatida tanilgan so’z san’atkoridir. Shu ma’noda shoirning badiiy barkamol she’riyati badiiyatni o’rganish, mavzuga doir manbalarga ma’lumotlarni umumlashtirish, shoirning poetik mahoratini yoritib berish dolzarblik kasb etadi. Mavzuning o’rganilish tarixi. Alisher Navoiy ijodiga qiziqish o’z davridayoq boshlangani ma’lum. Davlatshoh Samarqandiy, Xondamir, Abdulloh Kobuliy va boshqalarning asarlarida shoir va uning ijodi haqida ma’lumotlar uchraydi. Alisher Navoiyning ilmiy merosini “Majolis un-nafois”, “ Muhokamat ul-lug’atayn”, “ Holoti Pahlavon Mahmud”, “ Nasoyim ul-muhabbat” “Lison ut-tayr” va “ Xamsa” asarlarisiz tasavvur qilish qiyin. Navoiy hayoti va ijodi, idodiy merosi, shoirning poetik mahorati masalarini o’rganish sohasida anchagina ishlar qilingan. Aziz Qayumov, professor Vohid Zohidov, professor Natan Mallayev, professor Hodi Zarif, professor A.Hayitmetov, professor Erkin Rustamov, professor Sodir Erkinov kabi olimlarning kurs ishlari, darslik va qo’llanmalarida shoir hayoti va ijodiy faoliyati, 2
she’riyatining g’oyaviy- badiiy xususiyatlari, badiiyati kabi masalalar tadqiq etilgan. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Mavzuni yoritish orqali quyidagi maqsad va vazifalar belgilandi; -Alisher Navoiy ijodi haqida ma’lumotlarni umumlashtirish; -shoirning adadiy merosi masalasi xususida fikr yuritish; - shoirning devoni va uning janrlar tarkibini o’rganish; - shoir lirikasining mavzu va g’oyalar ko’lamini tahlil qilish; - “Lison ut- tayr” dostoni haqida ma’lumotlar; - obrazlar yaratilishi tarixi; - obrazlarning tasavvufiy talqini; - “Lison ut-tayr” dostonida “Mantiq ut-tayr” dostonining tutgan o’rni; - Navoiy g’azaliyotida qo’llangan ma’naviy san’atlarni aniqlash va ularni sharhlash; - obrazlar orqali Navoiy ijodining buyukligi va badiiy yuksakligi - dostonning inson ma’naviyatini yuksaltirishdagi o’rni; Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishida Alisher Navoiy ijodiga soir ma’lumotlar, shoir lirikasi va uning mavzu hamda g’oyalar olami, xususan, she’riy san’atlarni qo’llashdagi shoir mahorati masalalari tadqiq etilgan. Shuningdek, “Lison ut- tayr” dostoni yaratilishi tarixi, obrazlarning qanday ma’no ifodalashi, Navoiyning bu asarda nimani ifodalashi, “ Lison ut-tayr”ning o’zbek adabiyotidagi ahamiyati masalalari ko’rib chiqiladi. Shuningdek, manbalarda ma’lumotlar umumlashtirilgan va xulosalar chiqarilgan. Bular uning ahamiyatini belgilaydi. Navoiy tarixiy asarlarining yaratilishi o’zbek adabiyotida yuz bergan yuksalishga,xususan, o’zbek nasridagi jonlanish, uning taraqqiy 3
topishiga ulkan hissa qo’shgan. Mazkur kurs ishida tarixiy nasrning yaratilishi,taraqqiyoti, shakllanish bosqichlari va bunda Navoiyning o’rni haqida mulohaza yuritiladi. I BOB. ALISHER NAVOIYNING HAYOTIY FAOLIYATI VA ADABIY MEROSI 1.1.Alisher Navoiyning ijodi va uning Sharq adabiyotida tutgan o’rni Alisher Navoiy hayoti va ijodini chinakam ilmiy tamoyillar asosida o’rganish XX asrning 20-yillaridan boshlandi. Ulug’ shoirning “Xamsa”sini ilmiy, ilmiy-ommabop yo’sinda o’rganish sohasidagi dastlabki dadil qadamni o’zbek xalqining serqirra adibi va birinchi professori Abdurauf Fitrat qo’ydi. Uning “Farhod va Shirin” dostoniga doir qiyosiy tahlil asosida yaratilgan “Farhod va Shirin” dostoni to’g’risida” nomli salmoqli maqolasi shu yo’nalishdagi jiddiy tadqiqotlardan biridir. Sobiq ittifoq hukumatining 1938-yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligini 1941-yilda nishonlash to’g’risida qaror qabul qilishi navoiyshunoslik borasidagi ishlarning yanada jonlanishiga sabab bo’ldi. Sadriddin Ayniy Alisher Navoiy “Xamsa”sining nazmu-nasrdan iborat qisqartirilgan nusxasini yaratdi va mazkur ish lotin yozuvida 1939-yilda nashr bo’ldi. Besh asrlik yosh to’yi munosabati bilan ulug’ shoirning “Chor Devon”, “Muhokamat ul- lug’atayn”, “Mahbub ul-qulub” va yana bir qator asarlari ham chop etildi. Taniqli adib va olim M.Shayxzoda “Genial shoir” nomli asarini yozdi. V.Abdullayev esa Navoiyning Samarqanddagi hayoti va faoliyati haqidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1941-yilda sobiq ittifoq hududining II jahon urushi janggohlariga aylanishi tufayli Alisher Navoiy yubileyini keng miqyosida tantana qilish kechiktirildi. Shunday bo’lsa-da, nafaqat O’zbekistonda, balki Moskva va hatto qamalda qolgan Sankt-Peterburgda ham I.A.Orbeli, I.Y.Krachkovskiy, E.E.Bertels, A.A.Boldirev, A.N.Kononov, B.B.Piotrovskiy, B.T.Rudenko singari olimlar tomonidan Alisher Navoiy merosini o’rganish ishlari qizg’in davom ettirildi. Ulug’ mutafakkir shoir tavalludining 500 yilligi 1948-yil may oyida tantanali suratda o’tkazildi. Shu yili taniqli yozuvchi Oybek tahriri ostida “Ulug’ 4
o’zbek shoiri” nomli ikkita maqolalar to’plami E.E.Bertels, Sadriddin Ayniylarning ilmiy risolalari chop qilindi. Adabiyotshunos olim Yo.Is`hoqov sobiq sovet hokimiyati yillarida Navoiy lirikasini o’rganish borasidagi ishlarning, asosan, ikki yo’nalishda olib borilganligini qayd etadi : birinchi yo’l tekstologik tadqiq qilish yoki to’liq nashrini yaratishgacha bo’lgan bosqichlardan iborat. Ana shu sohada amalga oshirilgan ishlarni shunday umumlashtirish mumkin: a) Navoiy she’rlarining to’plam, xrestomatiya va antologiyalar tarkibida berilishi; b) alohida majmua yoxud tanlangan asarlar tarzidagi nashrlari; v) akademik nashri. Navoiy lirik merosining qariyib qirq yil davomida yuzaga kelgan turli nashrlari o’z xarakteriga ko’ra yutuq va kamchiliklarga ega, albatta. Biroq muhimi shundaki, ana shu ilmiy tadqiqotlar Navoiy lirikasining ilmiy-tanqidiy matnini yaratish uchun asosiy zamin bo’la oladi. Alisher Navoiy lirikasini tekshirishning ikkinchi yo’li esa nazariy xarakterdadir. Bu sohadagi tadqiqot ishlari, asosan, 40-yillarda boshlangan bo’lib, shoirning lirik merosi turli aspektdagi tadqiqotlar manbai bo’lib kelmoqda. Avvalo, Navoiyning lirik merosi shoir ijodining bir qator nazariy masalalariga bag’ishlangan asarlar tarkibida u yoki bu masala bilan bog’liq holda tadqiq etilgan. Navoiyning falsafiy-ijtimoiy qarashlari, uning satirasi, ijodiy metodi hamda mahorati masalalariga bag’ishlangan monografik tadqiqotlar ana shular jumlasidandir. Bir qator tadqiqotlar bevosita shoir lirik merosini turli aspektlarda tekshirishga bag’ishlangan. Shuningdek, M.Yunusov, E.Rustamov, O.Nosirov, I.Haqqulov, R. Orzibekovlarning o’zbek klassik poeziyasining ba’zi janrlariga bag’ishlangan maqola va risolalarida ham Navoiy lirikasiga katta o’rin berilgan. Uyg’unning “Xazoyin ul-maoniy” haqidagi maqolasi obzor xarakterida bo’lib, keng o’quvchilar ommasida Navoiyning ulkan lirik merosi va uning mohiyati haqida ma’lum tasavvur paydo qiladi. Maqola muallifi Navoiy g’azallari, ruboiylari, shuningdek, shoir she’riyatining gumanistik mohiyati, uning axloqiy-ijtimoiy qit’alarga murojaat qiladi. 5