logo

Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonidagi yetti maqom tarifini o‘rganish

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

106.5 KB
Mavzu:   Alisher   Navoiyning   “Lison   ut-tayr”
dostonidagi yetti maqom tarifini o‘rganish 
  
                                      MUNDARIJA 
KIRISH……………………………………….………………………………… 
I–BOB. Lison ut tayr asari haqida umumiy ma’lumot …………………….
1.1.  “Lison ut tayr” asarining yaratilish tarixi…………………………………..
1.2.  Dostonning tarkibiy tuzilishi . ………………………………………..……..
II–BOB. Asardagi yetti maqom ta’rifining  ahamiyati ..………………..………...
2.1. Dostonning g’oyaviy xususiyatlari………………………………………….
2.2. Ramziy timsollar tahlili…………………………………………………...
Xulosa………………………………………………………………… …………
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘ yxati……………………………………………… KIRISH 
Alisher  Navoiyning  she’riy  dahosi 15-asr oxirlariga kelib yana jo’sh urdi.
U   2   yil   mobaynida   2   ta   asar   –   “Lison   ut   -   tayr”   (“Qushlar   tili”)   dostonini   va
“Muhokamat ul – lug’atayn”(“Ikki til muhokamasi”) nomli ilmiy asarini yaratdi.
“Lison   ut-tayr”   dostoni     shoir     umrining     so’nggi     yillarida,   1499-yilda
yozib  tugatilgan. Mazkur   nashrda  doston hajman 193 bob, 3666 baytdan  iborat.
“Lison ut-tayr” dostoni   falsafiy-tasavvufiy mavzuda yaratilgan bo’lib, ulug’ fors-
tojik   adibi   Fariddin   Attorning   “Mantiqu-t-tayr”   dostoniga   javoban   yozilgan.
Dostonning     asosiy     qismi   14   –   bobdan     boshlanadi.   Bir       kuni   barcha   qushlar
majlis   qurmoq   uchun   yig’ilibdilar.Lekin   majlisda   o’rin   talashib,   janjallashib
qolibdilar   shunda   ular   bir   adolatli   podsho   bo’lganda,   bahsga   hojat   qolmagan
bo’lardi,   deb   o’ylabdilar.   Shu   vaqt     Hudhuh   degan   qush   shunday   podshoh
borligini,   uning   nomi   Simurg’   ekanligini   va   Simurg’ning   huzuriga   bormoqchi
bo’lganlar   uzoq   hamda   mashaqqatli   yo’lni   bosib   o’tishlari   zarurligini   aytadi:
Qushlar   Hudhuh   boshchiligida   yo’lga   tushadilar.   Bir   necha   kun   yo’l   yurgach,
mashaqqatli safar ularni toliqtiradi.
“Lison   ut-tayr”   dostoni   an’anaviy   tarzda   muqaddima,   asosiy   qism   va
xotimani o’z ichiga oladi. Muqaddima 13 bobdan iborat.
Dostonning   birinchi   bobi   Alloh   hamdiga   bag’ishlangan.   Navoiy   Alloh   bu
olamni   aniq   bir   reja   asosida   bunyod   qilganligi   haqida   yozar   ekan,   unda   hech   bir
narsa   tasodifiy     yaratilmaganligini   aytadi.   Allohning   mo’jizasi   sifatida   bir-biriga
zid bo’lgan to’rt unsur (suv, olov, tuproq va havo)ni inson vujudida bir butun holda
birlashtirganini   ta’kidlab,   butun  olamni   yaratishdan   maqsad   ham   inson   ekanligini
aytadi:
O’ ylakim dushman yarotib o’tqa suv,
Yelni ham tufroqqa aylab aduv.
Sun’idin ko’rgilki mundoq to’rt zid,
Bo’lub inson xilqatida muttahid.
Ofarinishdin qilib inson g’araz,
2 Oni aylab xalq ichinda beevaz.
Mazkur   bobda   Navoiyning   tabiat   va   ilohiyotning   bir   butunligi   (vahdati
vujud)   nazariyasiga   asoslangan   konsepsiyasi   ham   o’zining   qisqacha   poetik
ifodasini   topgan.   Shoirning   fikricha,   olamdagi   barcha   narsa   hodisa   va
o’zgarishlarning ijodkori bo’lgan Xudo o’zi yaratgan narsalardan tashqarida emas,
balki   ular   bilan   birga,   bir   butun       holda   mavjuddir.   Shunga   ko’ra   ilohiyot   va
tabiatni bir-biridan ajratib qarash mumkin emas. 
Bobda,   shuningdek,   inson   va   shayton   ziddiyati   qalamga   olinib,   Alloh
Odamni  o’z  siridan xabardor  qilib, xalifalik toji  bilan yuksaltirgan, shaytonni  esa
unga   sajda   qilishdan   bosh   tortgani   uchun   mardudu   la’in   (rad   etilgan   va
la’natlangan) qilganligi haqida ham aytib o’tiladi:
Ham qilib o’z sirri bilan ganji roz,
Ham xilofat birla aylab sarfaroz.
Bo’ldi sarkashlikdin oning ofati,
Ajzu tufrog’liq bu birning rofati.
Birga ul masjudlug’ bergan o’zi,
Birga bu mardudlug’ bergan o’zi.
Dostonning   2-bobida   munojotni   o’z   ichiga   oladi.     Bobda   Alisher   Navoiy
o’tgan   umrini   sarhisob   qilar   ekan,   Yaratgan   qoshida   o’zini   behad   gunohkor   deb
hisoblaydi.
3-bobda   payg’ambar   Rasuli   akram   madhi-na’tni   o’z   ichiga   oladi.   Bobda
Navoiy   “Nuri   Muhammadiya”     haqida       fikr   yuritar   ekan,   bu   nur   olam
yaratilishidan   ham   ilgari   mavjud   bo’lganligini,   Odam       Atodan       Shis
payg’ambarga   va   shu   orqali   ko’plab   nasllarga   o’tib,   rasuli   akramning       otalari
Abdullohga   yetib   kelganligi   va   nihoyat   uning   farzandi   chehrasida   payg’ambarlik
nuri       sifatida   zohir   bo’lganligini   yozadi.   Bobda   shuningdek,   Rasuli   akramning
payg’ambarlik   davrlaridagi   faoliyatlari:   kofirlarga   qarshi   kurashganlar,   Lot
butining   holini   xarob   qilganlari,   xalqqa   Allohdan   boshqa   iloh   yo’qligi   haqidagi
haqiqatni yetkazganliklariga to’xtalib o’tiladi. Bob so’ngida Rasuli  akram  va ular
3 orqali   barcha   yaqinlari:   sahoba   va   tobeinlar   ham   pok   ekanliklari   aytilib,   ularga
salom yo’llanadi:
O’zi pok, azvoj ila avlodi pok,
Zoti pok, as’hob ila ahfodi pok.
Anga har dam yuz durudu ming salom,
Olam ahlidin ila yovsul qiyom.
4-bob   me’roj   tuni   ta’rifiga   bag’ishlangan.   Unda   payg’ambarimizning
huzurlariga   “Ruh   ul-amin”   (Jabroil   farishta)   kelib,   Yaratganning   xabarini
yetkazgani   va   rasuli   akramning   Buroq   otini   minib,   Alloh   huzuriga
ko’tarilganliklari, orasigi yetmish qavat parda ko’tarilib, bor-yo’q to’siqlar bartaraf
bo’lganligi,  payg’ambarimiz  Allohdan    ummatlarining      gunohini    so’raganliklari
va Alloh o’z habibining barcha istaklarini qabul qilgani haqida fikr yuritiladi. 
Dostonning 5 – bobi to’rt   xalifaning   birinchisi   Xazrat Abu Bakr Siddiq
madhiga       bag’ishlangan.   Alisher   Navoiy   bu   zotni   “sodiqu   siddiq”   deb   atab,
tashbeh   san’ati   vositasida   payg’ambarimizni   g’or   ichidagi   xazinaga   ,   Abu   Bakr
(r.a.) ni esa shu xazinani qo’riqlab yotgan ajdahoga o’xshatadi.
6-bob   Hazrat   Abu   Bakr   Siddiq   haqidagi   hikoyani   o’z   ichiga   oladi.
Hikoyatda   aytilishicha,   Abu   Bakr   Siddiq   xalifalik   taxtiga   o’tirganlarida   dindan
qaytgan bir guruh kishilar     islom farzlaridan     biri bo’lgan zakotni bekor qilishni
talab   qiladilar.   Shunda   xalifa   g’azab   bilan:   “Payg’ambar   qonunida   biror   ip
miqdoricha  narsani   ham   o’zgartirish      mumkin  emas.   Kimki       bunga  qarshi   bosh
ko’tarsa, ularga javob qilich va o’qdir”  deb javob beradilar.
Dostonning   7-bobi   Hazrat   Umar   Foruq   madhiga   bag’ishlangan,   Alisher
Navoiy   islom   olamida   haqni   xatodan     farq   qilishda   bu   kishiga   teng   keluvchi
boshqa inson yo’q edi, deydi:
Haqni botildin birovkim qildi farq,
Adli birla ravshan etti g’arbu sharq.
Ondin o’zga yo’q edi ofroq aro,
Balki ushbu qasri oliy toq aro.
4 8-bob   Hazrat   Umar   Foruqqa   bag’ishlangan   hikoyatdan   iborat.   Hikoyatga
ko’ra, hazrati Umar Madoyinni egallaganlarida, juda  katta xazina yig’iladi. Hazrat
Umar bu xazina va mol-mulkka  ko’z qirlarini ham tashlamaydilar: barcha xazinani
g’azotga chiquvchilar uchun bo’lib berishni buyuradilar.
9-bob- Hazrat Usmon (r.a) madhidadir. Hazrat Usmon payg’ambarimizning
ikki   qizlariga     uylanganliklari   uchun   “zunnurayn”   laqabini   olganlar.   Alisher
Navoiy   bu   zotning   Qur’oni   Karimni   to’plaganlari,   xalq   Usmon   ibn   Affon   deb
atashi haqida shunday yozadi:
Tengri aylab jome’i “Qur’on” oni,
Xalq deb Usmon bin Affon oni.
10-bob   Hazrat     Usmon   haqidagi   hikoyatni   o’z   ichiga   oladi.   Hikoyatga
ko’ra, payg’ambarimiz bir kuni eldan farog’at istab, xilvatga   kirib. Bir oyoqlarini
uzatib   o’tiradilar.   Ularning     huzurlariga   ba’zi   zodagon   sahobalar,   ayrim   aziz   va
sharif   kishilar   kirganlarida   ham   ularning   holatlarida   o’zgarish   bo’lmaydi.   Lekin
xonaga hazrat Usmon kirgach, rasuli akram uzatgan oyoqlarini yig’ib oladilar. Bu
payg’ambarimizning hazrat Usmonga bo’lgan cheksiz hurmatlari ifodasi edi. 
11-bob     mo’minlar   amiri     Hazrat     Ali   (r.a)   madhiga         bag’ishlangan.
Navoiy   bu   zotning     payg’ambarimizga       farzand       darajasida     bo’lganliklarini
aytib, ular orasida “men senikiman, sen menikisan” degan ahd mavjudligiga ishora
qiladi:
Anbiyo sarxayliga farzand ul,
Xayli odam ichra bemonand ul...
Ittihodida nubuvvat sham’ining
So’zi bukim sen meningsen, men sening.
12-bob   Harat   Aliga   bag’ishlangan   hikoyatni   o’z   ichiga   oladi.   Hikoyatga
ko’ra,   g’azot   janglaridan   birida   Hazrat   Aliga   o’q   tegadi.   O’qning   uchi   ularning
suyaklarigacha   botib,   tortib   olishning   iloji   bo’lmaydi.   Shunga   sahobalar
payg’ambarimizdan   bu   ishning   chorasini   so’raganlarida,   rasuli   akram   “U   namoz
o’qiyotgan paytda o’qni tortib olish payida bo’lingiz. U namozga shunday berilgan
bo’ladiki,   o’qni   tortib   olganlaringni   bilmay   qoladi”,   -   deydilar.   Sahobalar
5 aytilgandek qiladilar va Alloh kushoyish berib, bir lahzada jarohatdan na dardu na
o’q uchi qoladi.
13-bobda buyuk fors adib Farididdin Attor madhiga bag’ishlangan. Alisher
Navoiy so’z o’yini vositasida shoir taxallusiga majoziy nisbat  berib, bu do’konda
olamdagi   barcha   boyliklar:   duru   gavharlar,   gulobu   mushki   anbarlar,   shirinliklar
jam’ ekanligini aytadi:
Har ne gardun bahr ila konida bor,
Oncha yuz Attor  do’konida bor.
  Dostonning   asosiy   qismi   14-bobdan   boshlanadi.   Bir   kuni   barcha   qushlar
majlis   qurmoq   uchun   yig’ilibdilar.   Lekin   majlisda   o’rin   talashib,   janjallashib
qolibdilar. Shunda ular agar bir adolatli podsho bo’lganda, bahsga hojat qolmagan
bo’lardi, deb o’ylabdilar. Shu vaqt Hudhud degan qush shunday podshoh borligini,
uning   Simurg’   ekanligi   va   Simurg’ning   huzuriga   bormoqchi   bo’lganlar   uzoq
hamda mashaqqatli yo’lni o’tishlari zarurligini aytadi. 
Borcha olam qushlariga shoh ul,
Holingizdin mo’-bamo’ ogoh ul.
Ul yoqin sizga-yu siz ondin yiroq,
Vasl-anga oyin, vale sizga firoq.
Yo’lida yetsa talabdin ming taab,
Ham anga yetmas kishi qilmay talab.
Lekin ul vodiy nihoyatdin uzun,
Qat’ida ofat nihoyatdin fuzun.
Umrlar urmoq kerak tinmay qanot,
Necha karkas umricha bo’lsa hayot.
Qushlar   Hudhud   boshchiligida   yo’lga   tushadilar.   Bir   necha   kun   yo’l
yurgach,   mashaqqatli   safar   ularni   toliqtiradi.   Ular   ortga   qaytmoqchi   bo’ladilar   va
birn-ketin   Hudhudga   o’z   uzrlarini   ayta   boshlaydilar.   Dastlab   to’ti   uzr   aytadi.
Hudhud   unga   javoban   “Hiylagarlikni   kasb   qilgan   yashil   chakmonli   kishi”   bilan
bog’liq   hikoyatni   keltiradi.   To’tidan   so’ng   Tovus   uzr   aytib,   “Tangri   meni
atrofdagilar   ko’rib,   husnimga     tahsin   aytishlari   uchun   yaratgan,   shunay     ekan,
6 menga   bu   safardan   ne   hojat”,   -   deydi.   Hudhud   unga   javoban   masxaraboz   bir
hinduning o’zini turli naqshu nigorlar bilan bezab, maydonda tomosha ko’rsatgani,
uning atrofi bir gala beboshlar to’dasi bilan to’lgach, nazoratchilar tomonidan tutib
olinib, darra bilan savalangani haqidagi hikoyani keltiradi. Undan so’ng Bulbul uzr
aytadi.  U o’z chamanidagi bir gulga oshiqligini, guldan ayriliqqa chiday olmasligi
va bu safar unga cheksiz  hajr  azobini olib kelayotganligini bayon qiladi. Hudhud
unga   bir   podshohga   oshiq   bo’lib   qolgani   haqidagi   lof   urgan   gado   hikoyatini
keltiradi.   Shu   tariqa   Qumri,   Kabutar,   Kabki   dariy   (Tog’   kakligi),   Tazarv,
Qarchig’ay,   Shunqor,   Burgut,   Kuf   (Boyo’g’li),   Humoy,   O’rdak,   Tovuq   (Xo’roz)
kabi  qushlar  o’z uzrlarini  aytadilar. Hudhud  ularning har  biriga mos  holatda  turli
hikoyalar bilan javob qaytaradi.  
Dostonda ijtimoiy  ruhdagi hikoyalarning aksariyati mana shu boblarda aks
etgan.Ushbu     munozaralar   41   bobni   (32-73-boblar)   tashkil   etadi.   Qushlar   va
Hudhud   munozarasining   diqqatga   sazovor   tomoni   shundaki,   bu   o’rinda   Navoiy
qushlar   obrazidan   mohirlik   bilan   foydalanib,   ma’naviy   kamolotga   to’siqnlik
qiluvchi   To’ti   xudbinlik   va   shaxsiyatparastlik   timsoli,   Tovus   va   Tazarv   tashqi
go’zallik   bilan  mag’rurlanish,   Kabki   davriy  va   Kuf   shaxsiy   boylik   va   mol-dunyo
yig’ishga   mukkasidan   ketish,   Qarchig’ay   johillik   va   shuhratparastlik   kabi
illatlarning   majoziy   timsollari   hisoblanadi.   Hudhud     ularni   tanqid   qilar   ekan,
kishilarni bu xil illatlardan qutulishga chaqiradi.
Qushlar    yo’llarida davom etadilar. Ular    Hudhu d dan Simurg’ga yetishish
yo’li haqida so’raydilar. Hudhud ularga dostondagi eng katta va alohida mavqega
ega bo’lgan “Shayx San’on” haqidagi hikoyatni so’zlab beradi. 
Hikoyatda   keltirishicha,   Shayx   San’on   ismli   avliyo   Ka’badagi   barcha
shayxlarga   murshid-   ustoz   darajasida   edi.   Uning   400ga   yaqin   muridi   bo’lib,
ularning   har   biri   Junayd   va   Boyazidlarga   teng   edi.   Shayx   San’on   tushida   biror
narsani   ko’rsa   bu   voqea   o’ngida   ham   yuz   berardi.   Bir   kuni   u   tushida   Rum
mamlakatida   buxton   ichida   mast   holda   sayr   qilib   yurganligini   ko’radi.   Uyg’onib,
bu holiga tavba qiladi. Lekin bu tush  bir  necha  bor  takror  bo’lgach,  uning ta’biri
taqdiri   bilan   aloqador   ekanligini   his   qilib,   o’z   muridlari   bilan   Rum   sari   yo’lga
7 tushadi.   Nihoyat   Rum   o’lkasiga   yetib   kelishadi.   U   yerda   g’aroyib   bir   butxonani
ko’radilar.   Shayx   butxonaga   kirgach,   holatida   o’zgarish   sodir   bo’ladi,   ko’ngli
iztirobdan betoqat bo’la boshlaydi. Shunda beixtiyor uning qarshisida yuziga parda
tortgan   tarso   (xristian   diniga   mansub)   qiz   paydo   bo’ladi.   Shamol   ko’tarilib,
go’zalning  yuzidagi  parda  ochilgach, Shayx o’zidan ketib, tuproqqa yiqiladi. Shu
tariqa   Shayx   ishq   dardiga   mubtalo   bo’ladi.   Navoiy   uning   iztirobli   holatini   shayx
tilidan shunday tasvirlaydi:
Kim:- “Bo’lur har lahza ranj afzun manga,
Ne edimkim qilding, ey gardun, manga!
Ofiyatdin ishq sori boshlading,
Yuz yonar o’t ichra olib boshlading...
Alloh! Alloh! Ne kechadur bu kecha!
Sa’b mundog’, yo rab, o’lg’aymu kecha!
O’tkaribmen ko’p suubat kechalar,
Ko’rmadim mundog’ uqubat kechalar!..
Do’stlar, netti madad yetkursangiz,
Jam’ o’lub men zorni o’ltursangiz.
To qutulsa dahr orimdin mening,
Dahr eli afg’onu zorimdin mening.
Jonima, as’hob, tig’i qatl urung.
Kuydurub, haryon kulumni sovurung.
To jahonda bo’lsa rasvo bo’lmayin,
Bir o’lay, yuz qatla hardam o’lmayin!”
Shayxning   bu   musibatli   holatini   ko’rib,   muridlari   nasihatlar   bera
boshlaydilar.   Ular   Shayxga   aql   mezoni   bilan   xitob   etadilar,   Shayx   esa   ishq
yo’sinida   javob   qaytaradi.   Muridlar   unga   tahorat   olib   ibodat   qilmoqni   maslahat
berganlarida, Shayx ularga shunday javob qaytaradi:
Shayx deb: “yo’q ko’z yoshimdin o’zga suv,
Qon kelur hardam bog’irdin ko’zga suv”.
8 Muridlardan birining Ka’bani ziyorat qilmoq darkor degan da’vatiga Shayx
tomonidan shunday javob bo’ladi:
Shayx debkim: “Onda qilg’onni talab,
Munda topmadim, ne chekay ul yon taab”.
Shu   tariqa   Shayx   muridning   kuyinib   aytgan   o’gitlariga   ishq   so’zi   bilan
javob qaytaradi.
Butxonadagi   kishilar   esa   din   ahlining   bu   holatini   mazax   qilib,     o’z
dinlarining   ustunligini   gumrohlarcha   ta’kidlay   boshlaydilar.   Bu   hol   tong
yorishgunga qadar davom etadi. Muridlar nomusga chiday olmay, Shayxni yolg’iz
tashlab   ketadilar.   Shayx   butxonadagi   bolalarga   ham   masxara   bo’ladi.   Shu   tariqa
oradan   bir   oy   o’tadi.     Nihoyat,   tarso   qizi   yana   butxonada   paydo   bo’ladi   va
islomdek   buyuk   din   peshvosi   Shayxning   kofirlar   butxonasida   bu   tarzda
yashashidan   maqsadi   ne   ekanini   so’raydi.   Shayx   tarso   qiziga   o’z   holini   bayon
qilib,   bularning   barchasiga   sababchi   sening   orazing,   deb   javob   beradi.   Tarso   qizi
Shayx ishqining dalili sifatida unga to’rt shartni bajarishi va ikki jurmona  (jarima)
to’lashi kerakligini aytadi.  Aytilgan to’rt shart quyidagilar edi:
1. May ichmoq
2. Zunnor bog’lamoq
3. Qur’onni o’tda kuyd i rmoq
4. Butaparastlar diniga kirmoq.
Jurmona   sifatida     bir   yil   davomida     cho’chqaboqarlik   qilish   va   otashgohda
o’t   yoqishni   buyuradi.   Shayx   bu   shartlar   va   jurmonalarni   ortig’i   bilan   ado   etadi.
Shu tariqa oradan bir yil o’tadi. 
Shayxning   Ka’bada   bir   foniy   muridi   bo’lib,   Shayx   Rumga   otlanganida   u
boshqa bir mamlakatda safarda edi. Safardan qaytgach, Shayxni  topolmay, bo’lib
o’tgan voqealar haqida surishtiradi. Muridlar  unga ahvolni bayon qiladilar. Foniy
murid ularga ta’na qilib, shunday deydi:
9 Shayxkim, pir erdiyu, sizlar murid,
Borchag’a irshodidin behbud umid...
Shayxingizga bevafoliq boshlabon,
Qiblangizni dayr ichinda tashlabon...
Odami bo’lsa, vafo andin yiroq,
It vafo bobida andin yaxshiroq...
Shu   tariqa   shogird   bu   yerda   o’tirish   bilan   ish   bitmaydi,   deb   barcha
muridlarni Rum sari yo’lga boshlaydi.  Y etib borib ko’radilarki, Shayxda na islom,
na imon maslagidan asar qolmagan edi. Sodiq shogird bu holni ko’rib, oh urdi va
kecha kunduz Yaratganga munojot qilib, Shayxning haqiga duo o’qiydi va nihoyat,
Alloh   uning   duosini   qabul   etadi.   Shayxga   g’oyibdan   ogohlik   yetib,   ko’zlaridan
xijolat   yoshlarini   to’kib,   sadoqotda   bemisl   bo’lgan   shogirdiga   uzrxohlik   qiladi.
Shayx yana egniga poklik xirqasini kiyib, o’z muridlari bilan Ka’ba sari yo’l oladi.
Rumda   qolgan   tarso   qizi   tush   ko’radi.   Tushida   Iso   (a.s)dan:   “Shayx
San’ondek   buyuk   murshid   sening   huzuringa   mehmon   bo’lib   kelsayu,   sen
mezbonlik   odatini   bilmasdan   uning   boshiga   ne   kunlarni   solding?!   Endi   vaqtni
g’animat   bili b   uning   ortidan   bor,   diniga   musharraf   bo’l”,   -degan   xabar   keladi.
Tarso qizi oh urgancha, ko’zlaridan nadomat yoshlarini to’kib Ka’ba tomon yo’lga
tushadi.   Yo’lda   unga   xastalik   va   ojizlik   yuzlanib,   tuproq   ustida   hushidan   ketadi.
Shayxga bu hol ayon bo’lib, muridlari bilan ortga qaytadi va tarso qizining so’nggi
lahzalarda   inmon   sohibasi   bo’lib,   jon   berishiga   shohid   bo’ladi.   Alisher   Navoiy
hikoyat so’ngida ishqqa shunda y  ta’rif beradi:  
Ishq bahredurki, yo’q poyon anga,
Har hubobi gunbadi gardon anga...
Olamedur ishq, lekin  bas vase’,
Toramedur ishq, lek asru rafe’...
Shu o’rinda Navoiy unga Alloh umr bersa, o’z ishqi sharhini nazmga solib,
bir doston yozish niyati borligini aytadi:
10 Bir necha kun umrdin topsam amon, 
Sharhi ishqim nazm etay bir doston.
Anda bilgay kimdakim insofdur
Kim, so’zum chinmudurur yo lofdur.
Ma’lumki,   tasavvufda   Haqni   tanishning   ikki   yo’li   mavjud.   Birinchisi,
hayajonli, ruhiy kechinmalari oshkora izhor etish mayli bo’lsa, ikkinchisi osoyishta
, ichki dardni yashirish maylidir. Birinchi mayl “sukra” (mastlik) yo’li deb atalib,
uning   yirik   namoyondalari   sifatida   Boyazid   Bistomiy,   Mansur   Halloj,   Abu   Sa’id
Abulxayr,     FAriddin   Attor,   jaloliddin   Rumiy,   Boborahim   MAshrab   nomlarini
keltirish mumkin.
Ikkinchi   mayl   sahv   (xushyorlik)   yo’li   deb   nomlanib,   uning   tarafdorlari
qatorida   Junayd   Bag’dodiy,   Sa’diy   Sheroziy,   BAhouddin   NAqshband   kabi
ijodkorlarni sanab o’tish mumkin.
Adabiyotshunos   olim   N.   Komilovning   fikricha,   Shayz   San’onning   barcha
diniy   ilmlari   va   Qur’onni   unutishi   bu   Haqqa   yetish   uchun   dunyoviylikdan,
jumladan, aql  va aqliy narsalardan qutilish , o’zligini  unutishga ishoradir.   Uning
xotirasi  qaytishi  esa, sukradan sahvga qaytish hisoblanadi.Haqiqiy baqo esa sahv,
ya’ni   xushyorlikka   qaytishdan   keyin   boshlanadi.   Sukradagi   solik   bamisoli
dengizga sho’ng’ib, g’arq bo’lgan kishi bo’lsa, sahvga qaytgan dengizga shio’ng’ib
, gavhar donalarini olib qaytib chiqqan g’avvos kabidir.
Mazkur   hikoyatdan   so’ng   tolib   qushlar   ruhiyatida   keskin   o’zgarish   sodir
bo’ladi.Endi ular yo’ldan qaytish emas, Simurg’ga qanday qilib tezroq yetib olish
to’g’risida   savollar   bera   boshlaydilar.Dostondagi   shu   o’rindan   boshlab,   muallif
qushlarning   nomini   aytmaydi,   balki   hammasini   “bir   qush”   taqrzida   nomlaydi.
Dostondagi  falsafiy va tarixiy shaxslar  hayotidan olingan ibratli  hikoyatlar tasviri
shu o’rindan boshlanadi. Bu savol-javoblar 68 bobni (80-148-boblar) tashkil etadi.
Qushlar   va   Hudhuh   o’rtasidagi   savol-javoblar   tasavvuf   ta’limoti   bilan   bog’liq
ayrim nazariy va amaliy masalalar (pir va murid munosabatlari, tariqat va uni ado
etish, tavba , gunoh va boshqalar) muhokamasiga bag’ishlanish bilan birga ularda
11 ahloqiy illat va insoniy fazilatlar haqidagi qarashlar ham aks etadi. Xususan, nafsni
tiyish   ,   mol-dunyo   va   siymu   zarga   hirs   qo’ymaslik,   himmat,   insof   kabi   inson
ma’naviy   takomilida   muhim   o’rin   tutuvchi   axloqiy   xislatlarning   Hudhud   tilidan
qilingan   bayoni   mazmun   jihatidan   shoirning   “Hayrat   ul-abror”,   “Saddi
Iskandariy”,   “Mahbub   ul-qulub”   va   boshqa   asarlarida   shu   hususda   keltirgan
fikrlariga hamohangdir.
Hudhud hikoyatdan so’ng asl manzilga yetish uchun 7 vodiyni bosib o’tish
kerakligini   aytadi.   Dostonda   qushlar   bosib   o’tishi   mumkin   bo’lgan   bu   vodiylar
(Talab,   Ishq,   Ma’rifat,   Istig’no,   Tavhid,   Hayrat,   Faqru   Fano   vodiylari)   tasavvuf
yo’liga kirgan soliq riyozat chekib bosib o’tishi lozim bo’lgan tariqat maqomining
yetti   bosqichidir.Bu   vodiylarni   bosib   o’tish   uchun   otlangan   yuzlab   qushlardan
qancha-qanchasi   dosh   berolmay   halok   bo’ladi,   cho’lu   biyobonlarda   qolib   ketadi.
Bu   esa   so’fiylik   yo’liga   kirgan   solik   o’zining   ulug’   maqsadiga   yetish   uchun
hamma narsaga , hatto jondan kechishga ham tayyor turishi lozimligini aytadi. Yeti
vodiy tavsifi munozara va savol-javob epizodlarining mantiqiy davomi bo’lib, asar
kompozitsiyasida   muhim   o’rin   tutadi.   Navoiy   inson   oily   darajadagi   ma’naviy
poklikka  erishish   uchun   faqat   axloqiy   illatlardan   qutilishning   o’zi   kifoya   emas,   u
jamiyatdagi   ijtimoiy   illatlarni   ham   bartaraf   etishi,   ulardan   ustun   turishi   kerak,
degan fikrni  ilgari  surar  ekan,  inson haqiqatni  tashqaridan,  o’zga  joylardan emas,
balki  o’zligini anglab o’zidan qidirishi zarurligini ta’kidlaydi:
O’z vujudingg’a tafakkur aylagil,
Har ne istarsen – o’zungdin istagil
Qushlar vodiylardan o’ta boshlaydilar:
1. Talab   vodiysi   –   qushlarning   Simurg’   vasliga   talabgorligi   bilan   bog’liq
bo’lib, Navoiy bu vodiyga shunday ta’rif beradi:
Chun talab vodiysiga qo’ysang qadam,
Ollinga kelur har dam yuz ming alam…
Istamak ranji ko’ngulni zor etar,
12 Topmoglig’ ruhni afg’or etar…
Lam’a ko’rg’uzg’an soyi mehri visol,
Aylag’ay shoming saharga intiqol…
Ajdahodin yetmagay ko’nglungda ranj,
O’yla bo’lmish bo’lg’ay ul mash’uf ganj.
Alisher   Navoiy   har   bir   vodiy   ta’rifidan   so’ng   shu   vodiy   mohiyatini   ochib
beruvchi   hikoyat   ham   keltiradi.   Jumladan,   asarda   talab   vodiysi   bilan   bog’liq
quyidagi hikoyat beriladi:
Qadimda   bir   qudratli   podshohning   Yusufdek   go’zal   bir   o’g’li   bo’lgan
ekan.Butun olam ahli unga oshig’u shaydo bo’lib, agar u qatl etmoqchi bo’lsa ham,
kishilar bundan g’am chekishmas ekan.Bir kuni u sahroda aylanib yurib, minglab
oshiqi zorlarning uning ishqida iztirob chekayotganligini ko’radi.Ular orasida ikki
devona   shaxzodaning   diqqatini   tortadi.Mulozimlar   ularni   ushlab   qasr   tomon   olib
keladilar.Shoh   ulardan   birini   zindonga   tashlab,   ikkinchisini   o’ziga   itboqar   qilib
tayinlaydi.Shunda   ulardan   biri   ikkinchisidan   bu   azob-uqubat   ichida   holi   qanday
ekanligini   so’raganida   u   bu   holat   mashaqqat   emas,   balki   oshiq   uchun   rohat
ekanligini   aytadi.Ikkinchisi   ham   bu   so’zlarni   tasdiq   etib,   oshiq   o’z   ma’shuqi
vasliga   talabgor   ekan,   bu   azoblar   unga   faqat   mamnunlik   baxsh   etishini   bayon
qiladi.Bu  so’zlarni   pana  joydan eshitib  turgan shaxzoda   benihoya  xursand  bo’lib,
ularni o’zining yaqin mahramalariga aylantiradi.
Hikoyatdan kelib chiqadigan xulosa shuki, talab vodiysiga qadam qo’ygan
solik   oshiqlikdan   keladigan   jami   sinovlarga   ,   mashaqqat   va   uqubatlarga   tayyor
turishi,   ma’shuq   vasli   yo’lidagi   qiyinchiliklarni   baxtu   saodat   deb   qabul   qilishi
kerak. Zero, bu vodiydan maqsad Yaratganning vaslidir.
2. Ishq  vodiysi  – bu vodiyda qushlarning qalbini Simurg’ning ishqi band
etadi,   ular   o’zlarini   va   dunyoni   unutadilar.   Alisher   Navoiy   bu   vodiyni   shunday
ta’riflaydi:
Ishq keldi masha’li g’etifuro’z,
Dema mash’al shulayi ofoqso’z.
13 Ishq aro har kimsa darxur bo’lmagay,
O’tqa loyiq juz samandar bo’lmagay…
Qo’ymagan ishq ichra ermas ishqboz,
Oshiq ermas, ulki ermas jong’udoz.
Mazkur   vodiy   tavsifi   uchun   xazrat   Alisher   Navoiy   Asma’iy   bilan   bog’liq
hikoyatni   keltiradi.Hikoyatga   ko’ra,   Asma’iy   haj   tomon   ketayotib,   bir   chashma
boshida yozuv bitilgan toshni ko’radi. Toshda shunday deb yozilgan edi: “Ey Hijoz
ahli!   Bir   sirning   chorasini   topsangiz:   agar   kishi   ishqqa   mubtalo   bo’lib,   ishq   uni
sabru qaroridan juda etgan bo’lsa, nima qilsin?”
Asma’iy qo’liga qalam olib, yozuv tagiga shunday so’zlarni bitadi: “Kimki
bu   halokatli   yo’lga   kirgan   bo’lsa,   undan   qo’rqmasin”.   Bu   so’zlarni   yozib   bo’lib,
Asma’iy   yana   yo’lida   davom   etadi.   Ertasiga   yana   shu   joyga   kelib   qarasa,   toshda
yangi   yozuv   paydo   bo’lgan   ekan:   “Agar   oshiq   pok   bo’lsa-yu,   ishqini   yashirin
saqlasa, lekin muhabbat shiddatidan toqati toq bo’lib, vaslga ehtiyoj sezsa, buning
ilojini   topmasa,   nima   qilsin?”   Asma’iy   bu   so’zlarni   o’qib   ,   qalami   bilan   shu
so’zlarni yozib qo’yadi: “Agar o’sha dardli inson nasihatlarimizdan o’z maqsadiga
erishmagan bo’lsa, o’lsin va ishq o’tidan o’zini xalos qilsin!”
Oradan   bir   kun   o’tib,   oshiqning   javobini   bilish   uchun   o’sha   joyga   kelgan
Asma’iy   chashma   yonida   boshini   toshga   urib,   halok   bo’lgan   bir   kishini   ko’radi.
Asma’iy   bu   holdan   azoblanib,   xalok   bo’lgan   oshiq   uchun   motam   tutadi   va
marhumni qabrga qo’yadi.
3. Ma’rifat  vodiysi –  bunda qushlar Simurg’ haqidagi bilimlar , g’oyalar
cheksizligini his etadilar, Simurg’ni taniy boshlaydilar.
Kimki bu vodiyg’a bo’ldi muttasif,
Topti anda hollarni muxtalif.
Vodiyedur, yuz tuman ming onda yo’l,
Ul bu bir kelmay, oningdekkim bu ul…
Gar suluk atvorida tag’yir edi,
Maqsadi lekin borining bir edi.
14 Vodiy ta’rifiga ilova tarzida quyidagi hikoyat keltirilgan: Aytishlaricha, bir
kuni   bir   guruh   ko’rlar   taqdir   taqozosi   bilan   Hindistonda   bir   muddat   yashab,   o’z
yurtlariga   qaytibdilar.   Shunda   bir   kishi   ulardan:   “Hindistonda   filni
ko’rdilaringmi?” – deb so’rabdi. Ko’rlardan tasdiq javobini olgach, filning qanday
hayvon   ekanini   ta’riflashlarini   iltimos   qilibdi.   Shunda   ko’rlarning   har   biri   filning
ma’lum   bir   a’zosini   paypaslab   hosil   qilgan   tasavvuri   asosida   filni   ustunga,
ajdaxoga,   ikkita   suyakka   ,   osilib   turgan   ilonga   ,   choqqiga,   qimirlab   turgan   ikki
yelpig’ichga   o’xshatibdi.   Ularning   ta’rifini   tinglab   turgan   filbonlikdan   xabari
bo’lgan   bir   kishi   ko’rlarga   tanbeh   bermasdan,   shunday   debdi:   “Garchi   ular   ‘z
bilganlaricha   so’z   aytib,   bir-birlariga   zid   fikrlarni   keltirgan   bo’lsalarda,   ularning
aytganlari kechirarlidir. Chunki ular aytgan bu sifatlarning barchasini bir yerga jam
qilsa, bu javoblardan fil haqidagi muayyan tasavvur paydo bo’ladi”.
4. Istig’no   (ehtiyojsizlik)   vodiysida   qushlarning   ehtiyojmand,
Simurg’ning esa ehtiyojsizligi  tasviri bayonida solikning mana shu ehtiyojsizlikni
anglab yetish zamiridagi holati ifodalanadi. Navoiy vodiyni shunday tasvirlaydi:
Vodiy ondin so’ngra istig’nodurur,
Onda teng a’lovu gar adnodurur…
Yeti kishvar ichra shohi qahramon,
Bir gado onda hamonu ul hamon…
Onda teng ko’r gumrahu ogohni,
Dayr ko’yi birla Baytullohni.
Vodiy mohiyatini yoritish uchun Alisher Navoiy shatranj uyini bir bog’liq
hikoyatni   keltiradi.Unga   ko’ra,   ikki   shatranj   uctasi   ikki   tomong’a   o’tirib,   o’rtaga
taxtani qo’ygan holda unga shatranj donalarini terib chiqishadi.Ikki o’rtada kurash
boshlanadi.Bunda   shatranj  taxtasi  o’rab olingan  qal’aga,  undagi   kurash   esa  xuddi
haqiqiy   urush   maydoniga   o’xshab   qoladi.Agar   o’yin   tugab,   shatranj   o’ynovchi
taxtaning   bir   chetini   ko’tarsa,   bularning   barchasi   bir   zumda   yo’qqa   chiqadi.
Chunki shatranj o’ynovchi   usta uchun o’yin tugagach, shatranj donalarining hech
qanday   farqi   qolmaydi.   Shatranj   donalari   xalta   ichiga   solingach,   “shoh”   quyi
tushishi, “piyoda” esa yuqoriga ko’tarilishi mumkin.
15 5. Tavhid     (birlik)   vodiysi.   Butun   borliq   yagona   ruh-   Simurg’dan   iborat
ekanligini tushunish:
Chun bu vodiy sori sayring qo’ydi gom,
Fardu yaktolig’ sang’a bo’ldi maqom…
Birda birdin hosil o’ldi bir adad,
Yo’q xiradqa munda dam urmoqqa had…
Bir bo’lu, bir ko’ru, bir de, bir tila,
Mayl qilma bunda ikkilik bila.
6. Hayrat   vodiysi   –   Simurg’ning   ulug’vorligidan   hayratga   tushib,   aqldan
mahrum bo’lish.
Alisher Navoiy mazkur vodiy haqida shunday deydi:
Hayrat aylar tilni gungu lol ham,
Aql zoyil, hushni pomol ham…
Yo’qni bilmas, borini ham onglamas,
Ne bularni tonglaru, ne tonglamas…
Foniy erkanniyu boqiylig’ni ham,
Mast erkanniyu soqiylig’ni ham.
Alisher Navoiy mazkur vodiy bilan bog’liq qarashlarini ifodalash uchun bir
bora vasl sharobidan mast bo’lib, o’zini yo’qotgan va hajrda qolgan yigit haqidagi
hikoyatni   ilova   qiladi.   Unga   ko’ra,   bir   podshohning   husnda   yagona   qiziz   tushida
bir   yigitni   ko’rib,   hushidan   ayriladi.Yigit   ham   qizni   ko’rib,   ishqda   yona
boshlaydi.Podshohning qizi o’ziga yaqin bo’lgan ikki mahram kanizagiga o’z sirini
ochib,   dardiga   davo   topishlarini   o’tinadi.   Bu   ikki   kanizak   juda   ustomon   va   aqlli
bo’lib, o’z malikalarining hajr o’tini bartaraf etish uchun yigitni izlab topib, u bilan
do’st tutinadilar. So’ng podshohning qiziz huzuriga yigitni eltadilar. Yigit u yerda
ham   may   ichadi,   aqlni   olguvchi   bazmda   mast   bo’ladi,   mutlaqo   o’zini   unutadi…
nihoyat   hushi   o’ziga   qaytgach,   ma’shuqa   vaslining   tushmi,   o’ngmi   ekanini   fahm
etolmay,   parishon   bo’ladi.   Atrofdagilar   uning   holini   so’rashsa,   men   hajr   o’tida
yonayapman,   yana   holimni   so’rab   ,   azobga   solmang,   deb   javob   beradi.   Buyuk
shoir bu hikoyatni aynan hayrat vodiysi bilan bog’lab keltirar ekan,  Haq vasli sari
16 intilgan   solik   hali   chinakam   visolga   erishmay   turib,   undan   benihoya   hayratga
chulg’anib,   o’zligini   unutishiga   ishora   qilyapti.   Bu   esa   o’z   o’rnida   chinakam
diydor uchun solik ruhini tayyorlash bosqichini o’taydi.
7. Faqru   fano vodiysida   o’zlikdan   voz   kechib,   Simurg’   bilan   birlashish,
abadiylikka   qaytish   mohiyati   mujassam.   Navoiy   bunga   shunday   ta’rif
beradi:
Yo’q bu vodiy ichra juz xomushluq,
Gungu kar bo’lmog’lig’u behushluq…
Har nekim qilsang gumon topg’on vujud,
Budi yo’q, bu nav’ erur bori namub.
G’ayri haqqim, qodiri barhaqdur ul,
Borcha foniy , boqiyi  mutlaqdur ul.
Ushbu vodiy sharhida Navoiy bir emas, to’rt hikoyat keltiradi.Ular orasida
“Parvonalar va sham” hikoyati alohida ahamiyatga ega.Hikoyatga ko’ra, bir kecha
parvonalar   jam   bo’lib,   shanga   yetishmoqni   maqsad   qilishibdi.   Qanotlarini   o’tda
yoqishga   hozirlab   ,   o’z   hollarini   izhor   qilmoqchi   bo’libdilar.   Parvonalardan   biri
qanotlarini   qoqib,   shamda   yona   boshlabdi,   va   sham   haqidagi   so’zlarni   boshqa
parvonalarga ayon qilibdi. Parvona har qancha ravshan so’zlamasin, eshituvchilar
uni   anglay   olmabdilar.  Shunda   boshqa   parvonalar   ham   bu   holni   anglamoq   uchun
urinib   ko’ribdilar   va   o’z   qanotlarini   kuydiribdilar.   So’nggi   parvona   qo’rqmasdan
o’zini shu’laga urib, pok bo’libdi va o’zi ham shu’laga aylanibdi. U   o’z maqsadi
ichra nobud bo’libdi va fanoda ayni muddaoga erishibdi.  
D ostonning   syujeti   majoziy   bo’lgani   kabi,   undagi   timsollar   ham
majoziydir. Simurg’- Haqqa yetishish timsoli, Xudhud murshid, piri komil ramzi,
qushlar-tariqat   yo’liga   kirishga   otlangan   soliklardir.   Navoiy   Simurg’ni   eng   oliy
borliq   deb   e’tirof   etar   ekan,   Xudoni   olamdan   tashqarida   emas,   balki   shu   olamni
o’zida,   butun   koinot   va   mavjudotda   mujassamlashgan,   har   bir   kimsa   va   narsada
zuhur   etgan   oliy   moya-substansiya   deb   tushunadi.   Hudhud   rahnamoligidagi
qushlarning   ulug’   maqsadi   Simurg’ga   yetish   ekan,   bu   majozi   mazmun   zamirida
solikning Haq vasliga yetishish uchun chekkan azob-uqubatlarini anglash mumkin.
17 Dostondagi   asosiy   g’oyaning   ochib   berilishida   ulardan   o’rin   olgan   turli
hajmdagi   hikoyalar   asosiy   o’rin   tutadi.   Dostonda   65ta   hikoyat   keltirilgan   bo’lib,
ularning   51   tasi   Navoiyning   original   ijodi   bilan   bog’liq,   qolgani   esa   Attor
dostonidan   olingan  hikoyatlardir.   Hikoyatlarning  jami   bayt   miqdori   (1800  baytga
yaqin) doston umumiy hajmining teng yarmini tashkil qiladi.
Yuqorida   ko’ringanidek,   “Lison   ut-tayr”   dostoni   Farididdin   Attorning
“Mantiq   ut-tayr”   dostoniga   javob   tarzida   yozilgan.   Bir   qarashda     bu   ikki
dostondagi   voqealar   rivoji   ham,   undagi   qahramonlar   ham   bir   xildek   tasavvur
uyg’onadi.   Aslida,   har   ikki   muallif   g’oyaviy   nutqai   nazar   hamda   qahramonlar
zimmasidagi   badiiy   yuk   jihatidan   bir-birlaridan   farqlanadilar.   Adabiyotshunos
Z.Mamadaliyeva   o’zining   “Alisher   Navoiy   “Lison   ut-tayr”   dostonidagi   ramziy
obrazlar tizimi” nomli tadqiqotida mazkur ikki dostondagi ramziy tisollarni talqin
qilish   asnosida   Navoiy   dostonidagi   Hudhudning   o’ziga   xos   bir   necha
xususiyatlarini ko’rsatib o’tadi:
Navoiy   talqinidagi   Hudhud     komil   inson   ramzi   bo’lishi   bilan   birga
muallifning dostondagi birinchi raqamli tisoli hamdir.
Shoir   tasvirlagan   Hudhud   yuksak   irfoniy   masalalarni   har   bir   qushning
darajasiga   mos   ravishda   sodda   hayotiy   voqealar   va   misollar   bilan   tushuntirib
beradi. 
Farididdin   Attor   o’z   dostonida   asar   syujetini   hech   bir   voqeasiz   qushlarni
ta’riflash   bilan   boshlaydi,   “Lison   ut-tayr”da   esa   qushlarni   ta’riflash   vazifasi
Hudhudga yuklanadi;
“Mantiq   ut-tayr”da   yetti   vodiy   ta’rifi   kelganda   Hudhudning   vazifasi
tugaydi,   lekin   Navoiy   dostonidagi   Hudhud   qushlarni   so’nggi   vodiy-faqru   fano
vodiysida ham qo’llab-quvvatlaydi.
Dostondagi   ba’zi   qushlarni   ramziy   timsollar   sifatida   quyidagicha   talqin
qilish mumkin.
Tovus- dunyo go’zalligiga mahliyolik,
Qarchig’ay- hokimlik qilish istagi,
Bulbul- foniy dunyo oshig’i,
18 Kaklik- o’z raftoru amallariga mahliyo bo’lish,
Burgut- maksadsiz kuch-qudrat,
Tovuq- fikriy, ma’naviy parvozdan mahruslik.
Shuningdek,   tadqiqot   muallifining   fikricha,   “Mantiq   ut-tayr”dagi   g’oyaga
ko’ra.   Undagi   qushlar   Simurg’ning   soyasi,   xolos.   Ya’ni   ular   Simurg’ga
intilganlaridagina   ahamiyatli,   Qushlar   (insonlar)ning   bu   dunyodagi   hayoti   hijron
va   ayriliqda.   Navoiyda   esa   ularning   yaratilishi   hijron   va   ayriliqda   emas,   balki
Yaratganing   hikmatidadir.   Shu   ma’noda   ikki   dostonda   vahdat   ul-vujud
falsafasining   ikki   xil   talqini   aks   etganligini   ko’ramiz.   Attor   dostonida   qushlar
so’nggi   vodiyda   Simurg’   bilan   birlik   kasb   etadilar,   Navoiy   dostonida   esa   riyozat
chekish asnosida poklanib, o’zlaridagi Simurg’ni kashf etadilar.
Xulosa o‘rnida,   Alisher  Navoiy ham  adabiy va  ilmiy asarlari  ham  go’zal
insoniy   fazilatlari   bilan   barchaga   o’rnak   bo’lib   kelayotgan   Alisher   Navoiyning
rang-barang   ijodi   barcha   siyosatu   rayosatlardan   ustun   kelib,   Vaqt     atalmish   oliy
hakamni   ham   o’z   izmiga   bo’ysundirilganligi   dunyodagi   eng   oliy   mo’jiza   -   So’z
qudrati va uning go’zal o’zbekona ifodasi sohibi sifatida umumbashariyat mulkiga
aylanganligi rad etib bo’lmas haqiqatlardan hisoblanadi. Shu bois ma’naviyatning
umrboqiy   sarchashmalariga   doimiy   ehtiyoj   sezadigan   bashariyat   farzandlari
bugungi   kunda   ham   Navoiyning   o’lmas   satrlarida   tajassum   topgan   hayotiy
hikmatlardan  ko’proq bahramand  bo’lishga  harakat  qiladi. Navoiyning “Lison-ut-
tayr”   dostonidan   faqatgina   bitta   narsaga   amin   bo’lish   kerakki,     Allohni   tanish   va
bilish   yo’li   har   bir   solik   uchun   o’ziga   xos   bo’lib,   bu   yo’llar   qanchalik   xilma-xil
bo’lmasin,   ularning   maqsadi   bir-Yaratganni   anglashdir.   Haqqa   yetishish   da’vosi
bilan   sulukka   kirishi   mumkin,   lekin   hamma   ham   bu   yo’ldagi   imtihon   va
sinovlardan o’ta olmaydi.
19 FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR :
1. Alisher Navoiy “Lisonut-tayr”: Mukammal  sarlar to’plami. 20-jildlik.-1994.-
12-jildi.
2. D.Yusupova.   “O’zbek   mumtoz   va   milliy   uyg’onish   adabiyoti”:   (Alisher
Navoiy davri).-2016.-304 b.
3. Navoiy   Alisher.   Lisonut-tayr   (nasriy   bayoni   bilan).-T.:G’.G’ulom   nomidagi
nashriyot-matbaa uyi, 2005.
4. N.Komilov. Tasavvuf. – T.: Movarounnahr-O’zbekiston, 2009.
20

Mavzu: Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonidagi yetti maqom tarifini o‘rganish MUNDARIJA KIRISH……………………………………….………………………………… I–BOB. Lison ut tayr asari haqida umumiy ma’lumot ……………………. 1.1. “Lison ut tayr” asarining yaratilish tarixi………………………………….. 1.2. Dostonning tarkibiy tuzilishi . ………………………………………..…….. II–BOB. Asardagi yetti maqom ta’rifining ahamiyati ..………………..………... 2.1. Dostonning g’oyaviy xususiyatlari…………………………………………. 2.2. Ramziy timsollar tahlili…………………………………………………... Xulosa………………………………………………………………… ………… Foydalanilgan adabiyotlar ro‘ yxati………………………………………………

KIRISH Alisher Navoiyning she’riy dahosi 15-asr oxirlariga kelib yana jo’sh urdi. U 2 yil mobaynida 2 ta asar – “Lison ut - tayr” (“Qushlar tili”) dostonini va “Muhokamat ul – lug’atayn”(“Ikki til muhokamasi”) nomli ilmiy asarini yaratdi. “Lison ut-tayr” dostoni shoir umrining so’nggi yillarida, 1499-yilda yozib tugatilgan. Mazkur nashrda doston hajman 193 bob, 3666 baytdan iborat. “Lison ut-tayr” dostoni falsafiy-tasavvufiy mavzuda yaratilgan bo’lib, ulug’ fors- tojik adibi Fariddin Attorning “Mantiqu-t-tayr” dostoniga javoban yozilgan. Dostonning asosiy qismi 14 – bobdan boshlanadi. Bir kuni barcha qushlar majlis qurmoq uchun yig’ilibdilar.Lekin majlisda o’rin talashib, janjallashib qolibdilar shunda ular bir adolatli podsho bo’lganda, bahsga hojat qolmagan bo’lardi, deb o’ylabdilar. Shu vaqt Hudhuh degan qush shunday podshoh borligini, uning nomi Simurg’ ekanligini va Simurg’ning huzuriga bormoqchi bo’lganlar uzoq hamda mashaqqatli yo’lni bosib o’tishlari zarurligini aytadi: Qushlar Hudhuh boshchiligida yo’lga tushadilar. Bir necha kun yo’l yurgach, mashaqqatli safar ularni toliqtiradi. “Lison ut-tayr” dostoni an’anaviy tarzda muqaddima, asosiy qism va xotimani o’z ichiga oladi. Muqaddima 13 bobdan iborat. Dostonning birinchi bobi Alloh hamdiga bag’ishlangan. Navoiy Alloh bu olamni aniq bir reja asosida bunyod qilganligi haqida yozar ekan, unda hech bir narsa tasodifiy yaratilmaganligini aytadi. Allohning mo’jizasi sifatida bir-biriga zid bo’lgan to’rt unsur (suv, olov, tuproq va havo)ni inson vujudida bir butun holda birlashtirganini ta’kidlab, butun olamni yaratishdan maqsad ham inson ekanligini aytadi: O’ ylakim dushman yarotib o’tqa suv, Yelni ham tufroqqa aylab aduv. Sun’idin ko’rgilki mundoq to’rt zid, Bo’lub inson xilqatida muttahid. Ofarinishdin qilib inson g’araz, 2

Oni aylab xalq ichinda beevaz. Mazkur bobda Navoiyning tabiat va ilohiyotning bir butunligi (vahdati vujud) nazariyasiga asoslangan konsepsiyasi ham o’zining qisqacha poetik ifodasini topgan. Shoirning fikricha, olamdagi barcha narsa hodisa va o’zgarishlarning ijodkori bo’lgan Xudo o’zi yaratgan narsalardan tashqarida emas, balki ular bilan birga, bir butun holda mavjuddir. Shunga ko’ra ilohiyot va tabiatni bir-biridan ajratib qarash mumkin emas. Bobda, shuningdek, inson va shayton ziddiyati qalamga olinib, Alloh Odamni o’z siridan xabardor qilib, xalifalik toji bilan yuksaltirgan, shaytonni esa unga sajda qilishdan bosh tortgani uchun mardudu la’in (rad etilgan va la’natlangan) qilganligi haqida ham aytib o’tiladi: Ham qilib o’z sirri bilan ganji roz, Ham xilofat birla aylab sarfaroz. Bo’ldi sarkashlikdin oning ofati, Ajzu tufrog’liq bu birning rofati. Birga ul masjudlug’ bergan o’zi, Birga bu mardudlug’ bergan o’zi. Dostonning 2-bobida munojotni o’z ichiga oladi. Bobda Alisher Navoiy o’tgan umrini sarhisob qilar ekan, Yaratgan qoshida o’zini behad gunohkor deb hisoblaydi. 3-bobda payg’ambar Rasuli akram madhi-na’tni o’z ichiga oladi. Bobda Navoiy “Nuri Muhammadiya” haqida fikr yuritar ekan, bu nur olam yaratilishidan ham ilgari mavjud bo’lganligini, Odam Atodan Shis payg’ambarga va shu orqali ko’plab nasllarga o’tib, rasuli akramning otalari Abdullohga yetib kelganligi va nihoyat uning farzandi chehrasida payg’ambarlik nuri sifatida zohir bo’lganligini yozadi. Bobda shuningdek, Rasuli akramning payg’ambarlik davrlaridagi faoliyatlari: kofirlarga qarshi kurashganlar, Lot butining holini xarob qilganlari, xalqqa Allohdan boshqa iloh yo’qligi haqidagi haqiqatni yetkazganliklariga to’xtalib o’tiladi. Bob so’ngida Rasuli akram va ular 3

orqali barcha yaqinlari: sahoba va tobeinlar ham pok ekanliklari aytilib, ularga salom yo’llanadi: O’zi pok, azvoj ila avlodi pok, Zoti pok, as’hob ila ahfodi pok. Anga har dam yuz durudu ming salom, Olam ahlidin ila yovsul qiyom. 4-bob me’roj tuni ta’rifiga bag’ishlangan. Unda payg’ambarimizning huzurlariga “Ruh ul-amin” (Jabroil farishta) kelib, Yaratganning xabarini yetkazgani va rasuli akramning Buroq otini minib, Alloh huzuriga ko’tarilganliklari, orasigi yetmish qavat parda ko’tarilib, bor-yo’q to’siqlar bartaraf bo’lganligi, payg’ambarimiz Allohdan ummatlarining gunohini so’raganliklari va Alloh o’z habibining barcha istaklarini qabul qilgani haqida fikr yuritiladi. Dostonning 5 – bobi to’rt xalifaning birinchisi Xazrat Abu Bakr Siddiq madhiga bag’ishlangan. Alisher Navoiy bu zotni “sodiqu siddiq” deb atab, tashbeh san’ati vositasida payg’ambarimizni g’or ichidagi xazinaga , Abu Bakr (r.a.) ni esa shu xazinani qo’riqlab yotgan ajdahoga o’xshatadi. 6-bob Hazrat Abu Bakr Siddiq haqidagi hikoyani o’z ichiga oladi. Hikoyatda aytilishicha, Abu Bakr Siddiq xalifalik taxtiga o’tirganlarida dindan qaytgan bir guruh kishilar islom farzlaridan biri bo’lgan zakotni bekor qilishni talab qiladilar. Shunda xalifa g’azab bilan: “Payg’ambar qonunida biror ip miqdoricha narsani ham o’zgartirish mumkin emas. Kimki bunga qarshi bosh ko’tarsa, ularga javob qilich va o’qdir” deb javob beradilar. Dostonning 7-bobi Hazrat Umar Foruq madhiga bag’ishlangan, Alisher Navoiy islom olamida haqni xatodan farq qilishda bu kishiga teng keluvchi boshqa inson yo’q edi, deydi: Haqni botildin birovkim qildi farq, Adli birla ravshan etti g’arbu sharq. Ondin o’zga yo’q edi ofroq aro, Balki ushbu qasri oliy toq aro. 4

8-bob Hazrat Umar Foruqqa bag’ishlangan hikoyatdan iborat. Hikoyatga ko’ra, hazrati Umar Madoyinni egallaganlarida, juda katta xazina yig’iladi. Hazrat Umar bu xazina va mol-mulkka ko’z qirlarini ham tashlamaydilar: barcha xazinani g’azotga chiquvchilar uchun bo’lib berishni buyuradilar. 9-bob- Hazrat Usmon (r.a) madhidadir. Hazrat Usmon payg’ambarimizning ikki qizlariga uylanganliklari uchun “zunnurayn” laqabini olganlar. Alisher Navoiy bu zotning Qur’oni Karimni to’plaganlari, xalq Usmon ibn Affon deb atashi haqida shunday yozadi: Tengri aylab jome’i “Qur’on” oni, Xalq deb Usmon bin Affon oni. 10-bob Hazrat Usmon haqidagi hikoyatni o’z ichiga oladi. Hikoyatga ko’ra, payg’ambarimiz bir kuni eldan farog’at istab, xilvatga kirib. Bir oyoqlarini uzatib o’tiradilar. Ularning huzurlariga ba’zi zodagon sahobalar, ayrim aziz va sharif kishilar kirganlarida ham ularning holatlarida o’zgarish bo’lmaydi. Lekin xonaga hazrat Usmon kirgach, rasuli akram uzatgan oyoqlarini yig’ib oladilar. Bu payg’ambarimizning hazrat Usmonga bo’lgan cheksiz hurmatlari ifodasi edi. 11-bob mo’minlar amiri Hazrat Ali (r.a) madhiga bag’ishlangan. Navoiy bu zotning payg’ambarimizga farzand darajasida bo’lganliklarini aytib, ular orasida “men senikiman, sen menikisan” degan ahd mavjudligiga ishora qiladi: Anbiyo sarxayliga farzand ul, Xayli odam ichra bemonand ul... Ittihodida nubuvvat sham’ining So’zi bukim sen meningsen, men sening. 12-bob Harat Aliga bag’ishlangan hikoyatni o’z ichiga oladi. Hikoyatga ko’ra, g’azot janglaridan birida Hazrat Aliga o’q tegadi. O’qning uchi ularning suyaklarigacha botib, tortib olishning iloji bo’lmaydi. Shunga sahobalar payg’ambarimizdan bu ishning chorasini so’raganlarida, rasuli akram “U namoz o’qiyotgan paytda o’qni tortib olish payida bo’lingiz. U namozga shunday berilgan bo’ladiki, o’qni tortib olganlaringni bilmay qoladi”, - deydilar. Sahobalar 5