ALISHER NAVOIYNING “BADOE’ UL-BIDOYA” DEBOCHASI MISOLIDA NAVOIY LIRIKASINING O‘RGANILISHI
ALISHER NAVOIYNING “BADOE’ UL-BIDOYA” DEBOCHASI MISOLIDA NAVOIY LIRIKASINING O‘RGANILISHI AN N OTATSIY A Mumtoz adabiyotning zabardast vakili Mir Alisher Navoiy umri davomida o‘lmas asarlar yaratib, nomini tarix zarvaraqlarida muhrladi . Bizga shoirdan ulkan meros qolgan bo‘lib, nafaqat adabiyot balki turli fan tarmoqlariga oid asarlar yaratgan. Bilamizki, Alisher Navoiy bir nechta devon tartib bergan sohibi devon ijodkordir. Hukmdor do‘sti Temuriyzoda Husayn Boyqaro topshirig‘i bilan “Badoe’ ul-bidoya” devoniga tartib beradi. Ushbu magistrlik ishida shoirning ilk rasmiy devoni “Badoe’ ul-bidoya” devoni va uning tuzilish tarkibi, debochasi badiiyati va unda keltirilgan devon tartib berish mezonlarining keyingi tartib berilgan tadvinlaridagi (“Xazoyin ul-maoniy”) amaliy tatbiqi haqidagi masalalarga bag‘ishlanadi. Yana Navoiygacha bo‘lgan devonchilik tadriji qay tarzda bo‘lgan va shoirdan keyingi davrdagi devonchilik taraqqiyoti kabi muhokamalar ham ilova qilindi. Har bir bobda va ish so‘nggida umumiy xulosalar berildi. AN N OTATION Mir Alisher Navoi, a zabardast representative of classical literature, created immortal works throughout his life and sealed the name in the jewels of history. We have a huge legacy from the poet, creating works not only on literature, but also on various branches of science. We know that Alisher Navoi is the owner Devonian creator, who gave several Devonian procedures. The ruler orders the “Badoe’
ul-bidoya” dynasty with the commission of his friend Temuriyzoda Husayn Boyqaro. In this master’s work, the first official office of the poet is devoted to the issues of the “Badoe’ ul-bidoya” office and its structural composition, the art of debocha, and the practical application of the fevon ordering criteria contained therein in the later ordinated tadvins (“Khazoyin ul-maoniy”). Again, discussions were also attached, such as the manner in which the pre-Nawab devotional teaching took place, and the progress of devotionalism in the post-poet period. General conclusions were made in each chapter and at the end of the work. MUN DA RIJ A KIRISH…………………………………………………………………………4 I BOB. MUMTOZ ADABIY OTDA DEBOCHA N A VISLIK AN ’A N A SI 1.1. Alisher Navoiygacha bo‘lgan davrda devonchilik……………………… 11 1.2. Navoiydan keyingi davrda devonchilikning badiiyati…………………..16 II BOB. “ BA DO E ’ UL-BIDOY A ” DEBOCHA SIN IN G ADA BIY - ESTETIK MOHIY A TI 2.1. “Badoye’ ul-bidoya” debochasida Navoiy adabiy-estetik qarashlarining in’ikosi ………………………………………………………………………….21 2.2. Debochada qo‘yilgan adabiy masalalarning devon miqyosidagi
amaliy tatbiqi…………………………………………………………………...27 III BOB. NA VOIY N IN G KEY IN GI DEVON LA RIDA “ BA DOE’ UL- BIDOY A ” DEBOCHA SIDA GI A DA BIY QA RA SHLA RN IN G AMA LIY IFODA SI 3.1. “Badoye’ ul-bidoya” va “Xazoyin ul-maoniy” debochalarining umumiy va farqli jihatlari …………………………………………………………........................34 3.2. “ Badoy e’ ul-bidoy a” debochasidagi adabiy qarashlarning “ X azoy in ul-maoniy ” k ompozit siy asidagi amaliy tatbiqi…………………………………………………………………………..46 3.2.1. “Xazoyin”dagi devonlar ning umumiy tatbiq i…………………………..46 3.2.2. “Xazoyin”dagi lirik janrlar miqyosidagi tatbiq …………………………53 X ULOSA … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … ...75 FOY DA LA N ILGA N ADA BIY O T LA R RO‘Y X A TI … … … … … … … … … 77 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbek adabiyoti tarixidagi mumtoz asarlar boy xazinadir. Bu xazinani o‘rganish, tadqiq va talqin etish, yoshlar ma’naviy dunyosining milliylik va insonparvarlik zaminida shakllanishiga g‘oyat kuchli ta’sir ko‘rsatadigan vositadir. Mustaqillik sharofati ila milliyligimiz, o‘zligimizni namoyon etadigan barcha sohalar rivoj topib bormoqda. Xususan, milliy va jahon adabiyotini o‘rganishda bu soha eng avvalidadir. O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Mamlakatimizda barcha soha tarmoqlari qatori madaniyat va san’at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari 3
rivojiga katta e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, keyingi paytda bu soha ravnaqini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda”. 1 Ana shu talablar adabiy-badiiy jabhada ham yangicha badiiy tafakkur va tamoyillarni zarurligini isbotlamoqda. Bundan tashqari yoshlarni kitob o ‘ qishga, xalq savodxonligini oshirish, madaniy merosimizni asrab-avaylash zaruriyati tug ‘ ilmoqda. O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning davlat oldiga qo‘ygan vazifalaridan biri ham aynan kitob chop etishni oshirish haqida : “Kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishdir. Bu o‘rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda” 2 . Ayni paytda o‘zbek mumtoz adabiyoti va o‘zbek milliy ma’naviyatining shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini anglash yo‘lida ochqich - kalit vazifasini bajaradigan Navoiy ijodini o‘rganish orqali yoshlarda sog‘lom tafakkur tarzini shakllantirishda muhim omildir. Turkiy xalqlarning “shams ul-millat”i bo‘lgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy jahon adabiyoti xazinasini o‘zining hassos she’riyati, buyuk “Xamsa”si, fan sohalarining turli tarmoqlariga bag‘ishlangan boy ilmiy merosi bilan boyitgan so‘z san’atkoridir. Navoiyning maktabdosh do‘sti, hukmdor Husayn Boyqaro o‘zining “Risola”sida hazrat Navoiyning turkiy tildagi ijodi, xususan, she’riyati hamda “Xamsa” asariga yuksak baho berib, buyuk shoirni “so‘z mulkining kishvaristoni, sohibqironi” deb ulug‘laydi. Alisher Navoiy haqidagi ma’lumotlar XV asrdan keyingi tazkira, tarixiy va badiiy asarlarda ham keltirib o‘tiladi. Xususan, Hasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” tazkirasi Navoiyning “Majolis un- nafois” tazkirasi asosida yaratilgan bo‘lib, tazkiraning birinchi bob, to‘rtinchi faslida “Amir Haydar Alisherning muqaddas yodi” sarlavhasi ostida buyuk 1 1. Mirziyoyev Sh.M. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. //Xalq so‘zi gazetasi. – Toshkent, 2017 yil. 4 - avgust 2 2. Мирзиёев Ш . М . Танқидий таҳлил , қатъий тартиб интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак . – Т .: Ўзбекистон , 2017. 4
shoirning “Xamsa”si va turkiy g‘azallarining umumiy hajmi, forsiy tildagi she’rlaridan parcha keltiriladi. Ya’ni Hasanxo‘ja Nisoriy hazrat Navoiyni tushida ko‘rish sharafiga muyassar bo‘lganligini va Navoiyning “Bizning ash’orimizdan biror narsa yod bilurmisan?” – degan savoliga javoban quyidagi maqta’ni o‘qiganini aytadi: Ey Navoiy, sen kimu mehrob-u masjid istamak, Qaydakim, xo‘blar ayog‘in qo‘ysa, sen boshingni qo‘y! “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga kiritilgan she’rlar orasida mazkur maqta’ bilan yakunlanuvchi she’r uchramaydi. 3 Aslida Navoiy qalamiga mansub ko‘pgina she’rlari ilk devon va keyingi devonlarda takrorlangan. Nisbatan oldingi devonlariga qaraganda kullliyot yirik va mukammal. O‘z davridanoq juda mashhur bo‘lgan ushbu asarni Qo‘qon xoni Muhammadalixon 1838-yilda 300 nusxada ko‘chirtirib, xonlikning turli shaharlariga jo‘natgan. 4 Alisher Navoiy yaratgan asarlar navoiyshunoslikda ko‘p jihatdan tadqiq etilgan bo‘lishiga qaramay, uning hali ko‘plab asarlari badiiyati, xususan, devonlari uchun yozilgan maxsus muqaddimalar, ya’ni debochalar va ularning badiiyati, debochalardagi qoidalarning devon miqyosidagi amaliy tatbiqi to‘liq tadqiq etilmagan. Debochalar va ularning badiiyati va devondagi ahamiyati, mazmun- mohiyati to‘liq ochib berilmaganligi ishimizning dolzarbligini belgilaydi. Mavzuning o‘rganilish darajasi . Adabiyotshunoslikda buyuk daho Alisher Navoiy devonlari va ulardagi debochalarni tadqiq etish bilan bog‘liq masalalar birmuncha ishlar amalga oshirilgan. Bilamizki, mumtoz adabiyotda barcha asarlar an’anaviy muqaddima bilan boshlanib, ular maxsus istiloh - “debocha” atamasi bilan yuritilgan. Debocha istilohi keng ma’noda umuman muqaddimani, tor ma’noda esa devonlarga yoziladigan kirish so‘zlarini anglatgan. Bizning magistrlik ishimizda debochaning 3 3.Sh.Sirojiddinov, D.Yusupova, O.Davlatov Navoiyshunoslik 1-kitob, Toshkkent-2018- 8b, 4 4“Akademik Vohid Abdullayev va Samarqand adabiyotshunoslik maktabi taraqqiyoti” mavzusidagi ilmiy-amaliy materiallari. Samarqand-2022 Quysinova Sh. Alisher Navoiyning devon tartib berishda mezonlari ,maqola 127-bet. 5