HAYDAR XORAZMIYNING «GUL VA NAVRO‘Z» DOSTONI








![I. BOB. XV ASR BIRINCHI YARMI VA HAYDAR XORAZMIY HAYOTI
1. 1. Haydar Xorazmiy hayoti va ijodi
Tarixdan ma’lumki, Temur va Temuriylar davri O‘rta Osiyo madaniy va
adabiy hayotida alohida o‘rinda turadi. Bu davrlar XIV-XVI asrlarni o‘z ichiga
olib, O‘rta Osiyoning mustaqil markazlashgan bir davlat qilib birlashtirilishi,
mamlakatning madaniy, iqtisodiy taraqqiyotiga, ilm-fan, adabiyot va san’at,
hunarmandchilik va boshqa turli sohalarning ravnaq topishiga juda katta ijobiy
ta’sir ko‘rsatdi. Yurt obodonchiligi yo‘lida mahalliy va chet mamlakatlardan ilm
va san’at ahllari to‘plandi va shuningdek, turkiyzabon ziyolilar davlat poytaxti
Samarqand, Buxoro, Turkiston va boshqa shahardagi olimlar, shoirlar va
san’atkorlar bilan o‘zaro yaqin munosabatda bo‘la boshladilar.
Amir Temur hukmronligidan so‘ng davlat ikkiga bo‘linib, …Bu davrda,
ya’ni temuriylar hukmronlik qilgan yillarda qaysi ijodkor o‘ziga qaysi mamlakat
yoki shaharni qulay deb bilsa, o‘sha yerda yashab ijod qildi. 2
[4, 3-4 betlar ]
Temur va uning avlodlari adabiyot va san’atga, ilm-fanga yaqin kishilar edi.
Ba’zilari ijodkor-shoirlar bo‘lib, ular o‘zlari she’rlar yozish bilan birga
ijodkorlarga homiylik ham qilgan. Temuriy shohlar o‘sha davrlarda (XV asrdan
oldin ham) o‘zlariga atab bag‘ishlov va biografik asarlarni yozishni buyurishgan.
Asosan bu davrdagi asarlar mavzu ko‘lamini shohlarga atab bitilgan asarlar, ilohiy
va majoziy ishq, ahloqiy-ma’naviy ruhdagi mavzular boyitdi. Ilm ahli, ijodkor,
san’atshunoslar uchun mazkur davrda e’tibor va ehtirom kuchaydi. Aynan shu
davrda o‘zbek tarjima adabiyoti vujudga keldi. Shu bilan birga ikki tilda ijod
qiluvchi zullisonayn shoirlar, ular tomonidan meros qoldirilgan durdona, o‘chmas
asarlar hozirgacha adabiyotimizni boyitib kelmoqda.
XIV-XV asr davri haqida bizga qimmatli ma’lumotlar beruvchi asarlar bir
qancha bo‘lib, «Ulug‘bek davri fors-tojik va o‘zbek adabiyotlari haqida
Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro», Alisher Navoiyning «Majolis
un-nafois», «Nasoim ul-muhabbat», «Muhokamatu-l-lug‘atayn», Zahiriddin
Muhammad Boburning «Boburnoma», «Muxtasar», Sodiq Kitobdorning
2
А. Ҳайитметов. Темурийлар даври ўзбек адабиёти. Т.; «ФАН», 1996, 3-4 бетлар
8](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_9.png)
![«Tazkirayi Sodiq Kitobdor», Faxri Xirotiy va Muhammad Kazviniyning
«Majolisu-l-nafois» ni forschaga qilgan tarjimalarida …. » 3
[14, 4-bet ] - o‘sha
davrda yashab ijod yuritgan hamda ijtimoiy va siyosiy muhit ta’sirida boshqa
hududlarda yashab yurgan zamondosh shoir-u ulomalar va ularning asarlari haqida
bilib olsak bo‘ladi. Bundan tashqari, Ahmad Taroziyning «Fununu-l-balog‘a»
asarida bu davr haqida shunday deyilgan: «XV asrning birinchi yarmida
Movarounnahrda adabiy hayot qaynagan, badiiy adabiyot ikki tilda rivojlangan,
Samarqanddagina emas, boshqa shaharlarda ham adabiy suhbat va majlislar
qizg‘in edi. Adabiy jarayonlarda shohlar ham, oddiy hunarmand savdogarlar ham,
olim-u ulamolar ham qatnashgan, ya’ni badiiy ijod borasida insonlar teng faoliyat
yuritib, barcha barobar va faol qatnasha olgan. Bu davrda Xuroson va
Movarounnahrda yashab ijod qilgan yirik o‘zbek shoirlaridan Lutfiy, Haydar
Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Yaqiniy, Muqimiy kabilarning
nomlari ma’lum. Keyingi yillarda ularning yoniga, yuqorida aytib o‘tganimizdek,
Hofiz Xorazmiy, Sayyid Qosimiy kabilarning nomlari qo‘shildi. » 4
[4, 4-bet]
XIV-XVI asrlarda O‘rta Osiyo bo‘ylab ilm fan taraqqiyotida mislsiz katta rol
o‘ynagan tabiiy va gumanitar fanlar sohasida bir qancha buyuk olimlar yetishib
chiqdi, jahon fani taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Tabiiy fanlardan astronomiya
fani yuksaldi. Meditsina sohasida esa Ibn Sinoning ta’limoti davom ettirildi.
Gumanitar fanlardan tarix, adabiyotshunoslik, tilshunoslik va boshqalar o‘sdi.
Tarix faniga oid Temur yurishlari tavsilotlari bayon etilgan asarlar: «Zafarnoma»
(Sharafiddin Ali Yazdiy), «Zubdatut-tavorix» (Xofizi Abru), «Ravzatus-
safo» (Mirxond), «Habibus-siyar», «Xulosatul-axbor» (Xondamir), «Badoyiul-
vaqoe» (Zayniddin Vosifiy), «Boburnoma» (Z. Bobur) va boshqalar meros
qoldirilgan. Musiqa ilmi, musavvirlik, kitobat va xattotlik san’ati (bularga doir
yaratilgan asarlarning barchasiga N. Mallayev O‘zbek adabiyoti tarixi kitobida
alohida to‘xtalib o‘tilgan) rivojlanishning yuqori darajasiga yetdi.
3
Шайх Аҳмад Тарозий.Фунуну-л-балоға. Т.; Хазина, 1996, 4-бет
4
Абдуқодир Ҳайитметов. Темурийлар даври ўзбек адабиёти.- Т.; « Фан», 1996, 4-бет
9](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_10.png)

![yetishdi. O‘zbek adabiyoti g‘oyaviy- tematik, badiiy uslub jihatidan takomillashdi,
yangi pog‘onaga ko‘tarildi, lirik va epik poeziyaning hamda badiiy prozaning nodir
va orginal asarlari vujudga keldi. Yozma adabiyot bilan xalq og‘zaki adabiyoti
o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro ta’sir kuchaydi. O‘zbek adabiyoti bilan boshqa xalqlar
adabiyoti o‘rtasidagi aloqa va hamkorlik keng va chuqur ildiz otdi, o‘zbek tarjima
adabiyoti vujudga keldi. Badiiy adabiyotning o‘sishi bilan uzviy bog‘langanligi
holda adabiyotshunoslik ham taraqqiy etdi, qimmatli ilmiy asarlar yaratildi.» 5
[3,
200-bet ]
Ammo, bu davrda ham boshqa davrlarda bo‘lgani kabi mafkuraviy g‘oyalar,
turli ziddiyatlar, diniy qarashlar badiiy adabiyotga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan
qolmadi. Diniy –mistik adabiyot bilan dunyoviy adabiyot o‘rtasida: biri reaksion
feodal-klerikal guruhlarning dunyoqarashini idodalasa, boshqasi esa keng xalq
ommaning manfaatlarini ifoda etgani holda ular o‘rtasida kurash davom etdi .
Bunday jarayon ta’sirida ko‘plab ijod ahli vakillari, shoirlar, bastakorlar,
mashshoqlar azob-u uqubatda, muhtojlik, sargardonlikda qolib, asarlari yoqildi
yoki tarixga muhrlanmay qolib ketti, ba’zilari dorga osildi, o‘limga mahkum etildi.
Bunday tazyiqlar ular hayoti va faoliyatigajuda ko‘p va katta xavf solib turgan .
Xullas, diniy va dunyoviy adabiyot o‘rtasida kurashlar bo‘lib turgan
bo‘lsada, har doim dunyoviy adabiyot ustunda turgan, ya’ni dunyoviy adabiyot
hayotni, Alloh tomonidan yaratilgan barcha mo‘jizalarni sevishi, dunyoqarashning
kengligi va unga bo‘lgan talablarning o‘zgarib va ko‘payib borishi bilan ma’lum
darajada yuqorida turadi. Shunga asoslanib, ko‘proq shahar aholisining ishtirok
etishi, feodal tuzumga ijobiy qarab o‘z davrining peshqadam yozuvchilari yetishib
chiqishi natijasida dunyoviy adabiyot keng ildiz ota takomillashib boradi.
«XIV asrda va XV asrning birinchi yarmida yetishgan Xorazmiy, Xo‘jandiy,
Sayfi Saroiy, Durbek, Haydar Xorazmiy, Amiriy, Yaqiniy, Ahmadiy, Atoiy,
Mavlaviy, Mavlono Qozi Muhsin, Mavlono Ishoq, Sakkokiy va nihoyat Mavlono
Lutfiy kabi shoirlar dunyoviy adabiyotning taraqqiyotida mana shunday muhim rol
o‘ynagan edilar. Bu shoirlar lirikada insonning insonga bo‘lgan sof va samimiy
5 5
Натан Маллаев. Ўзбек адабиёти тарихи ( 1-китоб).«Ўқитувчи » нашриёти, 1965-й, 200-бет
11](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_12.png)
![sevgisini kuyladilar, badbin va tarkidunyochi shayx-zohidlarni achchiq tanqid
qildilar, jannatga qarshi hayot gulshani, hurga qarshi yor, kavsarga qarshi sharob
obrazlarini yaratdilar, Xizr va Masih kabi diniy-afsonaviy obrazlarning sifatlarini
hayot mahbubasiga ko‘chirib, uni Xizr va Masihlardan qudratliroq qilib
tasvirladilar, xalq og‘zaki ijodiyoti, xalq qo‘shiqlari, uning maqol va ta’birlaridan
foydalandilar» 6
[ 3, 205-bet ]
XIV asr oxiri XV asrning birinchi yarmida o‘zbek mumtoz adabiyoti
rivojining bir pog‘ona yuksalishi va gullab yashnashiga kattagina hissa qo‘shgan
buyuk istedod sohiblari qatorida, Haydar Xorazmiy hayot yo‘li va ijodiy faoliyati,
adabiy merosiga nazar tashlar ekanmiz, unga oid ma’lumotlarni nihoyatda oz
o‘rinlarda uchratamiz. Haydar Xorazmiy XIV asr oxirlarida Xorazmda tavallud
topgan. Xorazmiy taxallusi ham aynan shu boisdandir. Bu yerda bir muncha
yashab, so‘ng Navoiy va Davlatshoh Samarqandiy ta’kidlaganidek, (Sherozda)
temuriy shahzodalar Sulton Iskandar hukmdorligida (1409-1415) xizmatda bo‘ladi.
Uni lirikasining katta qismi saqlanmay qolib, undan bizgacha Ozarbayjon shoiri
Xamsanavis Nizomiy Ganjaviy «Maxzanul asror» dostonidan ilhomlanib yozgan
«Maxzanul asror» i va ko‘plab tanqidiy qarashlarga asos bo‘lgan «Gul va Navro‘z»
dostoni, shuningdek, turkiy va forsiyda bitgan go‘zal she’rlari yetib kelgan. U
she’rlarida inson psixologiyasini, ruhiy holatini g‘oyat ta’sirli, yorqin ifoda
etibgina qolmasdan, kishilarni faqat yaxshilik va yaxshi xulq-atvor egasi
bo‘lishga, jamiyatga foyda keltiruvchi amallar bajarib, muruvvat va himmatli
bo‘lishga da’vat etganligi uchun zamonasi, adabiyot ahllarining qalbidan joy
egallagan.
Bir qator manbalarda ta’kidlab o‘tilganidek, shoir haqida Davlatshoh
Samarqandiyning «Tazkirat-ush-shuaro», Shayx Ahmad Taroziyning «Fununul
balog‘a», Alisher Navoiyning «Muhokamat-ul lug‘atayn», «Majolis –un nafois»,
Zahiriddin Muhammad Boburning «Muxtasar», Faxriy Hiraviyning «Ravzat us-
salotin» asarlarida ma’lumotlar uchraydi.
6
Н. Маллаев. Ўзбек ада биёти тарихи (1-китоб). «Ўқитувчи» нашриёти . 1965 й, 205-бет
12](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_13.png)
![Haydar Xorazmiy Shayx Ahmad bilan zamondosh bo‘lib, Shayx Ahmad
uning ijodini juda yaxshi bilgan. Binobarin, uning « Gul va Navro‘z» dostonini
Lutfiyga emas, Haydar Xorazmiyga nisbat berilishi asosli.
… Yasodi tog‘ yang‘lig‘ o‘ngni, so‘lni.
Xirovul turg‘izib, to‘qtotti g‘ulni.
Xama jiylar qo‘ydi, berkitti qunbil.
Qaro tog‘dek yasab tur di muqobil.
Bu she’riy parcha XV asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan o‘zbek
katta shoiri Haydar Xorazmiyning «Gul va Navro‘z» dostonidan keltirilgan bo‘lib,
uning tarkibidagi ikki bayt hozirgi nashrlarda qarang:Lutfiy. Sensan sevarim,
Toshkent, 1987, 427-bet / yo‘q. 7
[14, 207-bet ]
«Funun-ul balog‘a» ni adib zamondoshlari «Latoyifi Tavoyif» deya ehtirom
ila tilga olishar ekan. Mazkur asar o‘z davridagi adabiy hayot va adabiy muhit
talablari asosida yuzaga kelgan. Taroziyning bu asari o‘zbek va turkiy xalqlarning
ma’naviy boyligi va madaniy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘langan deyish
mumkin. Taroziyning ushbu asari yana shunisi bilan ahamiyatliki, unda shu
paytgacha nomlari bizga noma’lum bo‘lgan 50 ga yaqin shoirlar eslatilib, ularning
asarlaridan parchalar keltirilgan. Asarning yagona qo‘lyozma nusxasi Angliyaning
Bodlean kutubxonasida saqlanadi. Xullas, «Funun-ul balog‘a» asarining topilishi
adabiyotshunosligimizda katta yangilik bo‘ldi. Shu jumladan, Taroziy asari
adabiyotshunos olimlar uchun ko‘p yillar davomida muallifi Lutfiy deb
aytilayotgan «Gul va Navro‘z» ni qo‘lyozmaning 110-varag‘ida aslida Haydar
Xorazmiyga tegishli ekanligini asoslab beradi.
«Mavlono Haydarning «Gul va Navro‘z» idintur:
Ushul kunlarki, vahtim erdi darham,
Buzulg‘on bu ko‘ngulda ming tuman g‘am.
Parishonlik bila holim mushavvash,
Tiriklik nomuloyim, umr noxush.
7
Аҳмад Тарозий.Фунун-ул балоға. (Балоғат илмлари) / маъсул муҳаррир Б. Ҳасанов / -Т .; Хазина, 1996,
207-бет
13](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_14.png)
![Na bir mahramkim, ul hamroz bo‘lg‘ay,
Na bir hamdamki, ul damsoz bo‘lg‘ay» 8
[ 14, 187-bet ]
XVI asr yirik vakili tazkiranavis Davlatshoh Samarqandiy «Tazkirat-ush-
shuaro» asarida Haydar Xorazmiy to‘g‘risida shunday yozadi: «Sulton
hukmronligida fozil kishilardan Mavlono Natanziy va Mavlono Haydarlar bor
ekan. Mavlono haydarning turkiy va forsiy tillarda bitgan yaxshi she’rlari bor va u
Nizomiyning «Maxzan-ul-asror» iga o‘zbek tiliga javob yozib shahzoda Iskandar
otiga bag‘ishladi». 9
[15, 81-bet]
Tarixiy ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, H. Xorazmiy ikki tilda she’rlar
bitgan. Ammo ular bizgacha noma’lum bo‘lib qolmoqda. «Tazkirat ush-shuaro»
asarida VII-XV asrlarda yashab ijod etgan 156 shoir haqida qisqacha, lekin o‘ta
muhim va qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Bu asar juda katta davr- qariyb sakkiz
yuz yil mobaynida Eron va Markaziy Osiyoda yashagan adiblar faoliyatini tadqiq
qabzasiga olgan.
Butun o‘zbek adabiyotimiz ma’naviy merosimizning katta xazinasini o‘zida
jam qilgan, nafaqat XV asr balki undan keyingi asrlar adabiyotida ham adabiy
janrlar rang - barangligi nuqtai nazaridan ham eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan
hazrat Alisher Navoiy ham asarlarida o‘zidan oldin yashagan va o‘ziga ustoz deb
bilgan shoirlar va salaflarni ulug‘lab, ularning asarlaridan, she’riy parchalaridan
misollar keltirib, ta’riflar berib o‘tgan. «Majolis un-nafois» tazkirasi bizga
shoirning qaysi hududlarda bo‘lgani va kimlar bilan uchrashgani to‘g‘risida, shu
bilan birga ustozlari, do‘stlari, yaqin kishilari, hamsuhbatlari haqida ham zarur
ma’lumotlarni taqdim etadi. Navoiy tazkirasida nomlari tilga olingan ko‘plab
salaflar , shoirlarning asarlari bizga qadar yetib kelmagan. Bu jihatdan ham
«Majolis un-nafois» g‘oyat nodir manba bo‘lib, adabiyotimiz tarixi va kelajagi
uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Asarning yettinchi majlisida temuriy
shahzodalarni ta’riflab o‘tar ekan, Sulton Iskandarni turkigo‘y shoir sifatida tilga
olib, bir bayt masnaviysidan («Maxzanul-asror» idan) misol keltiradi.
8
Аҳмад Тарозий.Фунун-ул балоға.Т.; «Хазина» 1996, 187-бет
9
Давла тш оҳ Самарқандий. «Тазкират ут-шуаро». - Т.; Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат
нашриёти.1981, 81-бет
14](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_15.png)
![Sulton Iskandar Sheroziy ham (Temurga) nabiradur. Saltanat tajammulini,
derlarkim salotindin ozi oncha qilmish bo‘lg‘ay. Yetti yo sakkiz yilliq saltanatida
go‘yoki uch ganj topibdur. Mavlono Haydar turkigo‘y, aning modihi (madhchisi)
ekandur. Bu aning masnaviysidurkim:
Himmat elidur yadi bayzo degan,
Er nafasidur dami Iso degan. 10
[ 10, 157-bet]
Sulton Iskandarni derlarkim, ta’bi nazmg‘a moyil erdi va bu tuyuqni andin naql
qilurlarkim:
«To‘lin oyg‘a nisbat ettim yorumi,
Ul hijolatdin kam o‘ldi yorumi.
Tori muyungning zakotin men beray,
Yo Misrni yo Halabni yo Rumi» . 11
[10, 157-bet ]
Navoiyning bu ma’lumotlari Haydar Xorazmiyning Sulton Iskandar saroyi
bilan aloqada bo‘lgani, turkigo‘y shoirlardan «xush ta’b» sifatida tanilgani va
e’tirof qilinganini ko‘rsatadi. Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug‘atayn» da turkiy
she’riyatda o‘zidan avval yetishib chiqqan bir necha shoirlarni tilga olib, shunday
yozadi: «Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoiy va Muqimiy va Yaqiniy va
Amiriy va Gadoiy …. va Forsiy bo‘lg‘on shuaro muqobalasida kishi paydo
bo‘lmadi, bir Mavlono Lutfiydin o‘zgakim, bir necha matla’lari borkim, tab’ ahli
qoshida o‘qusa bo‘lur…» 12
[ 11, 32-bet ] «Maxzan-ul-asror» ning «Musannifning
vasfi holi» bobida shoirning ahvoli bayon qilinadi:
Bir kecha birla edim hamnafas,
Munisu damsozim ul erdi-yu bas.
Ko‘z yoshidin boda, bag‘irdin kabob,
Dardu dilim nuqlu fig‘onim rubob.
Charxi falak tashna bo‘lib qonima,
Dunyayu dun qasd qilib jonima.
Sabr binosini bakulliy buzub,
10
Navoiy 20 tomlik. MAT.- T.; «Fan».1997, 13-jild, 157-bet
11
Navoiy 20 tomlik .MAT.- T.; «Fan». 1997.13-jild, 157-bet
12
Navoiy 20 tomlik. MAT. - T.; «Fan». 2000-y. 16-jild, 32-bet
15](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_16.png)
![Hosili yo‘q umrdin umid uzub. 13
[20, 213-bet]
Zahiriddin Muhammad Bobur «Muxtasar» (ayrim adabiyotlarda “Risolayi
aruz» ham deb ataladi) ida Haydar Xorazmiy hayoti va asarlariga bog‘liq
jumlalarni uchratamiz: «Yana Mavlono Haydar Xorazmiy turkigo‘yning «Gulshan
ul-asror» idur, pandu nasihatga yaxshi abyoti bor, nechukkim debtur:
Er kishiga himmat agar bo‘lsa yor,
Oqibat ul amr murodin topar.
Har kishiga himmat agar tush bo‘lur,
Ko‘kni talashquchi uchar qush bo‘lur,
Har g‘alat er o‘g‘lig‘a bir pand erur,
Kim g‘alatin bilsa xiradmand erur» . 14
[21, 194-bet]
«Risolayi aruz» da Bobur 70 dan ortiq ijodkorlarning eng sara asarlaridan
namunalar keltiriladi va eng sara masnaviylar yozilgan vaznlar sarhisob etiladi. Bu
ma’lum darajada dostonchilik borasidagi tasavvurlarimizni ham boyitadi. Asardagi
«Gul va Navro‘z» dostonining Haydar Xorazmiy qalamiga mansubligi kabi ayrim
dalillar, adabiyotshunoslikdagi munozarali masalalarga aniqlik kiritadi.
Haydar Xorazmiyning ulug‘ Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning
«Maxzanul-asror» dostonidan ilhomlanib, unga javob tariqasida turkiy tilda
yozgan shu nomdagi dostonining o‘rni beqiyos bo‘lib, mazkur asardan shoirning
adabiy merosi va o‘zbek klassik adabiyotida tutgan o‘rni haqida chuqur bilimga
ega bo‘lamiz. Bu davrda Xamsa yaratish yoki Nizomiy «Xamsa» sining ayrim
dostonlariga javob yozish katta adabiy an’ana sanalgan. Shu jumladan, Haydar
Xorazmiy ham bu an’anaga qo‘l urdi va «Maxzanul-asror» dostonini yaratdi.
Xorazmiy asarni yozishda Nizomiy ijodiy istedodi va tafakkuridan ma’naviy kuch
oldi. U Nizomiy kabi doston yaratishni niyat qilib uning izidan bordi. Xorazmiy
asari muqaddimasida Nizomiy san’atkorligidan bahramand bo‘lganligini,
ta’sirlanganligini shunday ta’riflarda keltiradi:
Menki pishurdim bu laziz oshni,
13
Муборак Мактублар (тўплам). –Т.; Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1987, 213 -бет
14
Bobur.Muxtasar (nashrga tayyorlovchi S. Hasan) - T.; «Fan» 1971 y, 194-bet
16](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_17.png)
![Shayx Nizomiydan olib choshni.
Shayx Nizomiy damidin jon topib,
Ma’nisidan yarluqu burxon topib. 15
[20, 222-bet]
Taxminlarga ko‘ra asar 1409-1414 yillar oralig‘ida yozilgan. «Maxzanul-
asror» ning bir nechta nusxalari: London, Parij, Vena, Qozon va boshqa joylarda
ham saqlanib kelinayotgan nusxalari fan olamiga ma’lum. Doston dastavval, 7 fasli
an’anaviy muqaddima bilan boshlanib, 639 bayt, 23 bobni o‘z ichiga oladi. Asarda
maqolat va hikoyalar axloqiy –ta’limiy mohiyat kasb etib, undagi voqealar hayotiy,
falsafiy, ijtimoiy-siyosiy masalalarga oid o‘git va pandnoma xulosalarni uqtirib
boradi. Muallif asarda kichik hikoyatlar orqali insoniylikni ulug‘lash,
oliyjanoblikni o‘ziga kasb etish, mehnat va halol mehnat orqali luqma topish,
qiyinchiliklarga yengilmaslik, baxillikning yomon oqibatlarga olib kelishini
yanada yorqin mulohazalarda tarannum etadi.
Oqil agar so‘z bila so‘zni yopar,
Orif o‘shul so‘zda o‘zni top.
Ulki bilur so‘z guhari qiymatin,
So‘zda topar so‘zlaguvchining otin.
Ahli nazar shevasini so‘z bilur,
Nuri basar mevasini ko‘z bilur.
Zohiru botin xabari so‘zdadur,
O‘zgada yo‘q har neki bor o‘zdadur. 16
[20, 213-bet]
Bu hikoyalarda o‘rta asr zulumotida odamiylikni targ‘ib etgan, oddiy inson
va uning tuyg‘usini kuylagan Haydar Xorazmiy o‘zi yashagan jamiyat
voqealarining eng muhim masalalarini dadil ko‘tarib chiqdi. Shu o‘rinda shuni
aytib o‘tishimiz o‘rinliki, Haydar Xorazmiy o‘zidan oldingi ustozlarni va keying
shoirlarning asarlarini yuksak ehtirom ila hurmat qilgan, va she’r va shoirlik
masalasiga doir bir necha o‘rinlarda purma’no fikrlar aytib o‘tganligi diqqatga
15
Муборак Мактублар (тўплам). –Т.; Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1987, 222 -бет
16
Муборак Мактублар (тўплам). –Т.; Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1987, 213 -бет
17](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_18.png)
![sazovordir. Haydar Xorazmiy so‘zga nisbatan kishilarning tafakkurini va fazilati
yoki nuqson, kamchiliklarini aks ettiruvchi asosiy vosita deb qaraydi, so‘zdagi
ma’no va shaklni o‘zaro uzviy bog‘liq deb aytib o‘tadi. Buning dalili sifatida
quyidagi jumlani ko‘rsata olamiz.
« Haydar Xorazmiy ham o‘z salaflari singari badiiy so‘zdagi ma’no haqida
gapirib, mazmundorlikni birinchi o‘ringa qo‘yadi va shu bilan Sayfi Saroiy
tomonidan tanqid qilingan shaklparastlikka u ham qarshi chiqadi. U yozadi:
…Ulki bilur so‘z guhari qiymatin,
So‘zda topar so‘zlaguvchining otin.
Ahli nazar shevasini so‘z bilur,
Nuri basar mevasini so‘z bilur…
Umr garonmoya chu bo‘lg‘ay talaf,
So‘z duru so‘z dunyoda qolg‘ay xalaf…
So‘zda kerak ma’niyu ma’nida zavq,
So‘zlaguchida so‘z uchun dardu shavq .
Muallifning fikricha, asardagi mazmun shoirning kechinmalari bilan
bog‘lanib ketmog‘i kerak, ya’ni u chuqur hissiyot bilan, zavq bilan bayon
etilmog‘i lozim.Haqiqatdan, agar shoir o‘zi tasvir etayotgan voqeadan
zavqlanmasa, unda u o‘quvchisini ham zavqlantira olmaydi.Shuning uchun
tasvirlanayotgan hodisa shoir tomonidan chuqur his etilgan bo‘lishi lozim- deya
uqtiradi Haydar Xorazmiy.» 17
[ 7, 198]
Haydar Xorazmiy hayoti va uning asarlari xususan “Maxzanul asror”
yuzasidan ilmiy tadqiqot va izlanishlar yuritayotgan olimlardan: H. Zarifov, A.
Abdug‘ofurov, A. Hayitmetov, B. Valixo‘jayev, E. Rustamov, J.Sharipov,
qolaversa sharqshunos olim E. E. Bertels va boshqalar nomlari ma’lum.Shunday
qilib, «Gulshan ul-asror» o‘zbek epik she’riyati tarixida muhim hodisa va turkiy
tildagi axloqiy-falsafiy dostonchilikning mukammal namunasi sifatida shuhrat
17
Б. Валихўжаев. Сайланма (И- қисм), Ўзбек адабиёцҳунослиги тарихи, - Самарқанд нашриёти, - 2022 й,
198-бет
18](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_19.png)
![qozondi, asarda ilgari surilgan g‘oyaviy motivlar orqali o‘z zamonasining yirik
bilimdoni hisoblanib turk, arab, fors-tojik tillarini chuqur o‘rgandi va o‘zbek tilini
ravnaq etishida tilning boyligi, qudratini namoyish etishda cheksiz qahramonlik
ko‘rsata oldi. Xorazmiy satirik va didaktik hikoyatlar orqali she’riy hikoyaning
rivoji uchun sezilarli hissasini qo‘shdi. Shu bilan birga, o‘zbek va ozarbayjon
adabiy aloqalarining yanada yaxshilanishiga yana bir imkoniyat yaratdi.
1 .2. Shoirning « Gul va Navro‘z» dostoni borasidagi bahslariga doi r
Asrlar mobaynida adabiy tariximiz xazinasini boyitib kelayotgan shunday
noyob, qimmatbaho, shoh asarlarimiz borki, ular haqida minglab maqola-yu
risolalar chop etilib, kitoblar yozilsada, ularni bot –bot tilimizda aytib dilimizda
saqlasak ham, ularning tub-tubida yashiringan yangicha qirralari, xususiyatlari
tug‘ilaveradi. Va yoki o‘ta nodir manbaalarimizning yetarli materiallari
bo‘lmaganligi boisdan o‘ziga izohlar, tadqiqotlarni talab etib keladi. Shulardan biri
«Gul va Navro‘z» dostonining muallifi masalasi XX asrning 70 yillariga kelib
qator bahslar va munozaralarning tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. (Aslida besh asrlik
tarixga ega bo‘lgan mazkur masalaga bu davr mobaynida ko‘pgina tanqidiy
qarashlar va fikrlar berib o‘tilgan) Bu masalani birinchilardan bo‘lib
adabiyotshunos olim Y. Is’hoqov ilgari surdi. Olimning «O‘zbek tili va adabiyoti»
jurnalida e’lon qilgan «Gul va Navro‘z» ning muallifi Lutfiymi?» nomli
maqolasidan so‘ng 1972-yilning 2, 3, 4, sonlarida S. Erkinov, A. Rustamov, E.
Fozilovlar ushbu munozaraga fikr bildirdilar. Bu haqida Botirxon Valixo‘jayev
ham «Yana «Gul va Navro‘z» bahsiga doir» nomli maqolasida keltirishicha:
«Munozaraning borishi bu haqida so‘z yurituvchi olimlarni ikki guruhga ajratadi:
(S. Erkinov va E. Fozilov) asarni Lutfiy qalamiga nisbat bersalar (bunday fikr
yuritish hozirgacha davom etib kelayotgan aqidaning davomi), ikkinchi guruhdagi
olimlar (Y. Ishoqov va A. Rustamov) esa uning Lutfiyga emas, balki Haydar
Xorazmiy qalamiga mansubligi masalasini o‘rtaga tashlamoqdalar.» 18
[28, 50-bet] -
deyiladi. Har ikki guruh vakillari tomonidan chuqur o‘rganilayotgan mazkur
mavzu yuzasidan turli sabablar ko‘rsatilishi bilan birga yangi manbaalar ham
18
Б. Валихўжаев. Яна “Гул ва Наврўз” баҳсига доир”-1979, №1. –Б. 50
19](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_20.png)

![dan «Abushqa» da keltirilgan parchalar Lutfiyniki emas deydi-yu, biroq uni
isbotlaydigan asosli dalil keltirolmaydi. Bunday dalillarni o‘zi ham yo‘q. Qizig‘i
shuki, «Gul va Navro‘z»dostonini Lutfiy yozib qoldirganligi to‘g‘risida biror- bir
tarixiy yoki adabiy, badiiy manbalarda, aniq qilib aytadigan bo‘lsak, hatto uning
zamondoshi va uni eng yaxshi bilgan Navoiy lirikasida ham biror bir ma’lumot
uchratmaymiz. Lekin shunday bo‘lsada, asar Lutfiyniki, Lutfiy merosi etib turli
darslik yoki qo‘llanmalarda chop etildi. Xo‘sh, «Gul va Navro‘z» ni Lutfiy
qalamiga mansub deb hisoblangan taqdirda ham buni isbotlovchi biror tarixiy
manbaa va dalil yo‘qligi tepada Y. Is’hoqov tadqiqotlariga berilgan keskin tanqidiy
qarashlar behuda so‘zlar ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Bunda adabiyotshunos olim Y.
Is’hoqov ham diqqat e’tiborini ko‘proq asar uslubiga va matniga qaratadi. Olim
Ergash Fozilov ta’kidlaganlaridek, asarni matnshunoslik tomondan o‘rganish
ancha mehnat va chuqur mulohaza talab etishini aytib o‘tganidek, Is’hoqov ham
ilmiy, adabiy haqiqatni aniqlashtirish maqsadida juda izchil izlanib, katta samara
ko‘rsatdi. Har ikki doston ham “Maxzanul asror” va «Gul va Navro‘z»asarlarining
muallifi Haydar Xorazmiydir degan mantiqiy xulosani berib o‘tdi. Yoki boshqa bir
risoladan misol keltiradigan bo‘lsak,, Otaturk Universiteti Adabiyot fakulteti
jurnalining 2018-yil, 60-sonida chop etilgan Sulaymon Efendi o‘g‘luning
«Lutfiyning Gul va Navruz» asari va uning yozma nusxalari» nomi ostidagi
monografiyasida-«Mavlono Lutfiydan ikki ajoyib asar yetib kelgan, birinchisi
«Devon» i «Gul va Navro‘z» masnaviysi bo‘lsa, yana boshqasi «Zafarnoma» dir »,
19
[ 34, 6] - deyiladi. Maqolada Lutfiyning «Gul va Navro‘z» i, Lutfiy asari deb
boshdan oyoq takrorlansada, Lutfiy zamondoshlari yoki boshqa tarixiy asarlarda
unga tegishli ekanligini ko‘rsatuvchi biror misra yoki jumla hatto asar nomini ham
ko‘rsatmaydi.
Bunday yirik manbashunos, tarix hamda abiyotshunos olimlarimizning
qarashlari va bahslarini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb ayta olishga hech qanday
haqqimiz yo‘qligi bois faqat asosli va ishonchli faktlarga tayangan holda nazariya
yoza olamiz.
19
Sulaymon Efendi o’g’li. Lutfiyning «Gul u Navro’z» asari va uning nusxalari. Otaturk universiteti Adabiyot
fakulteti jurnali. 2018, № 60
21](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_22.png)
![Demak, «Gul va Navro‘z» ning Haydar Xorazmiy qalamiga mansubligini
ko‘rsatuvchi dalillarni aytib o‘tadigan bo‘lsak, «Fan olamida «Gul va Navro‘z»
ning 9 qo‘lyozmasi mavjud. Ular Britaniya muzeyida, Venada, Oksford
Universitetining Bodlyan kutubxonasida, Manchestr kutubxonasida va Qozonlik Z.
Maqsudovaning shaxsiy kutubxonasida saqlanmoqda. «Gul va Navro‘z» ning
Britaniya muzeyidagi qo‘lyozma nusxasi 7914 raqami bilan ro‘yhatga olingan va
Charlis Riel katalogida tasvirlangan jurnalga ham kiritilgan. Ushbu jurnalda 12 ta
asar bor: «Bahrul Hudo», «Tuhfat us-salotin», «Gul va Navro‘z», «Maxzan ul-
asror», «Latofatnoma», «Devon ul Lutfiy», «Dahnoma», «Taashuqnoma»,
«Muhabbatnoma», «O‘q va yoy munozarasi», «Asboblar bo‘yicha bahs», «Chog‘ir
va Bang munozarasi». Bu yerda « Gul va Navro‘z» va « Maxzan ul-asror» ketma-
ket joylashgan. 20
[ 29, 59-bet] Bu alohida ahamiyatga ega.
Dastavval ta’kidlab o‘tganimizdek, Shayx Ahmad Taroziyning «Fununul
balog‘a» asarining qo‘lyozma nusxasiga asoslanib, «Gul va Navro‘z» ning muallifi
xususida taniqli adabiyotshunos A. Hayitmetov quyidagilarni bayon etadi: «Bu
asar («Fununul balog‘a») yordamida endi «Gul va Navro‘z» dostonining muallifi
masalasi ham hal etilishi mumkin. Qo‘lyozmaning 110-varag‘ida «Gul va
Navro‘z» dan quyidagi baytlar keltirilib, ularning Mavlono Haydar, ya’ni Haydar
Xorazmiyga tegishli ekanligi aytilgan:
O‘shul kunlarki, vaqtim edi darham,
Buzulg‘on bu ko‘ngulda ming tuman g‘am.
Parishonlig‘ bila holim mushavvash,
Tiriklik nomuloyim, umr noxush.
Na bir hamrohkim, ul hamroz, bo‘lg‘ay,
Na bir hamdamki, ul damsoz bo‘lg‘ay. 21
[14, 187-bet]
Zahiriddin Muhammad Bobur «Muxtasar» irida quyidagi fikrlari bilan
xulosalarni (asarning Lutfiyniki emas ekanligini ) quvvatnaltiradi: «Mavlono
20
Y. Is’hoqov. «Gul va Navro’z» dostonining muallifi masalasi( Doston Lutfiyniki emas, Haydar
Xorazmiyniki.Taxallusi Muhibb ekanligi haqida), -1972.- № -1.- Б . 59 ?
21
Аҳмад Тарозий. Фунунул балоға. – Т.; «Хазина» 1996, 187-бет
22](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_23.png)
![Abdul Haydar Xorazmiyning «Gul va Navro‘z» i deb o‘tgan edi» 22
[4, 25-26-
betlar] ]
Sharq adabiyotida shunday an’ana borki, «Masnaviy» yozgan shoir asarning
boshida yoki oxirida asarning yozilish sabablari, uning holati va tabiati haqida fikr
bildiradi. Shunday ekan «Gul va Navro‘z» masnaviysida Lutfiy ismi bir marta ham
tilga olinmagan. Asar oxiridagi «Sulton va kitob xotima» da muhim ma’lumotlar
keltirilib unda Xorazmiyga nisbatan «Muhhibi» taxallusi qo‘llanilgan.
Sog‘ingaylar muhibbi benavoni,
Duo bila sevindirgaylar oni. 23
[29, 59-bet]
Ya’ni, ilm va hunar egalari yuqoridagi asarni o‘qib, ilhom olishlarini, baxtsiz
Muhibni eslab, ruhini duo bilan shod etishlarini so‘rayotganligi aytilmoqda.
«Muhibb» ning Haydar Xorazmiy taxallusi ekanligini ko‘rsatuvchi yana bir
fakt sifatida «Maxzanul asror» ning «So‘z ibtidosi» bo‘limida keltirilgan ushbu
misralarni ko‘rishimiz mumkin:
…. Dard kerak jondaki ko‘rgay safo,
Me’da kerak, toki singurgay balo
Suvg‘a baliq, o‘tqa samandar kerak,
G‘amg‘a Muhib, dardg‘a Haydar kerak.
Demak, har ikki asarning avtori Haydar Xorazmiy, ushbu misrada ham
“Muhib» shoirning taxallusi o‘rnida qo‘llanilib, shoir ittifoq san’ati vositasida
Muhib va Haydar so‘zlaridan baravar foydalangan.
«Fununul balog‘a» da zikr etilishicha: «Bu she’riy parcha XV asrning
birinchi yarmida yashab ijod qilgan o‘zbek katta shoiri Haydar Xorazmiyning «Gul
va Navro‘z» dostonidan keltirilgan bo‘lib, uning tarkibidagi quyidagi ikki bayt
hozirgi nashrlarda /qarang:Lutfiy. Sensan sevarim, Toshkent, 1987, 427-bet/ yo‘q:
Yasodi tog‘ yang‘lig‘ o‘ngni, so‘lni.
Xirovul turg‘uzub, to‘qtotti g‘ulni.
22
А. Ҳайитметов.Темурийлар даври ўзбек адабиёти, Тошкент, 1996, 25-26-бетлар
23
Y. Is’hoqov. «Gul va Navro’z» dostonining muallifi masalasi ( Doston Lutfiyniki emas, Haydar Xorazmiyniki.
Taxallusi Muhibb ekanligi haqida), - 1972. - № -1.- Б . 59
23](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_24.png)
![Xama jiylar qo‘ydi, berkitti qunbil.
Qaro tog‘dek yasab turdi muqobil.
Haydar Xorazmiy Shayx Ahmad bilan zamondosh bo‘lib, Shayx Ahmad
uning ijodini juda yaxshi bilgan. Binobarin, uning «Gul va Navro‘z» dostonini
Lutfiyga emas, Haydar Xorazmiyga nisbat berishi asosli. Keyingi davr
tadqiqotchilarining bu dostonni Lutfiyga nisbat berganliklari, shu paytgacha uning
asarlari tarkibida nashr etganliklari bundan buyon takrorlanmasligi kerak.» 24
[14,
207-bet]
Guvoh bo‘lganimizdek, ko‘pgina dalillar Gul va Navro‘zning muallifi
Muhib taxallusi bilan qalam tebratgan shoirning ijodiy mahsuli ekanligini
ko‘rsatmoqda. «Gul va Navro‘z» va «Maxzanul asror» masnaviylari o‘zaro uslub
jihatdan bir-biriga juda o‘xshash. Haydar Xorazmiy har ikki dostonda an’anaviylik,
xalq og‘zaki ijodiga oid pafos va o‘z davrining muhim ijtimoiy muammolarini
katta mahorat ila misralarga joylagan holda ustozlari kabi buyuk vazifani ado etish
(beshlik yozishni) istagan.
I. Bob yuzasidan xulosa. Xulosaning mazmuni shundan iboratki, XV
asrning birinchi choragida ham o‘zbek va turkiy xalqlar bir madaniy hayot va
buyuk davlat ostida birlashib, millat rivoji, mahalliy xalq farovonligi va ilm-fan
ravnaqi yo‘lida kurashishda o‘z qahramonliklarini ko‘rsata oldilar. XV asrda Balx,
Hirot yaqinidagi o‘zbeklarning Movaraunnahr o‘zbeklari bilan siyosiy, iqtisodiy va
madaniy yaqinlashuvi o‘zbek xalqi tarixida katta voqea bo‘ldi. Oddiy xalq
orasidan shoir va mutafakkirlar, faylasuf va daholar yetishib chiqdi. Shular
qatorida Haydar Xorazmiy ham temuriylar davrida ko‘zga ko‘ringan adabiyot
ilmiga sezilarli darajada hissa qo‘shgan, shoir, yirik namoyonda sanaladi.
Xorazmiy mumtoz she’riyatda dostonchilik, she’riy hikoyanavislik janrining
rivojini yuqori pog‘onaga ko‘tardi. Mavlono Haydariy biografiyasiga tegishli
materiallar oz bo‘lib, u kishi dunyosi, qarashlari haqida tasavvurlarimiz keng
bo‘lmasada, lek u yaratgan san’at asarlarida xalqparvarlik, qiynalgan, ezilgan
omma uchun kuyinish, ularni bunday ahvolga solyatgan xon va amaldorlarning
24
Аҳмад Тарозий . Фунунл балоға . – Т . ; “ Хазина ”. 1996, 207-бет.
24](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_25.png)






![yuzaga kelishi va taraqqiyotini yozma adabiyot ta’sirisiz tasavvur qilish mumkin
emas. Shuning uchun V. M. Jirmuniskiy va X. T. Zarifovlar xalq baxshilarining
podsholar saroylari va shaharlarga qatnovi, professional xalq ashulachilari
tomonidan klassik lirika namunalarining ijro etilishi, shahar va shahar atrofidagi
qishloqlarda maxsus xonaqolarning mavjudligi bunday o‘zaro ta’sirga asosiy shart-
sharoitlar yaratdi, busiz og‘zaki folklor janri-romantik dostonlarning rivojlanishi
va taraqqiyotiga imkoniyat bo‘lmagan bo‘lar edi, deb ta’kidlagan edilar.
Adabiy- tanqidiy qarashlar, she’r va shoirlik haqidagi mulohazalar dostonlar
yoki dostonlar turkumi bo‘lmish «Panj Ganj», «Xamsa», «Haft avrang» larda ham
ifoda etildi.
So‘zning ahmiyati va shoirlar to‘g‘risida so‘z yuritilganlikni Firdavsiyning
«Shohnoma» si, Nizomiy Ganjaviy «Panj ganj» i, Yusuf xos Hojibning «Qutadg‘u
bilig» i, Alisher Navoiy «Xamsa» si va «Lison ut-tayr» i, Nishotiyning «Husn va
Dil» i, Ochilmurod Miriy dostonlarida kuzatish mumkin.
Jumladan, Alisher Navoiy o‘zining «Xamsa» dostonlarida Nizomiy, Xusrav
Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Ashraf Mirog‘aviy, Shayxim Suhayliy kabi so‘z
san’atkorlari va ularning asarlari haqida asrlardagi, ayrim voqea, timsol talqiniga
munosabatlari to‘g‘risida mulohaza yuritadi, she’r va shoirlikning muhim
masalalari (she’rdagi mazmun va shakl, rost va yolg‘on, ba’zi janrlar, jumladan
an’ana va yangilik yaratish masalalari) qalamga olinib, nihoyatda diqqatga sazovor
fikrlar bayon etiladi. 25
[ 7, 151]
O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotidagi dostonlar yozma adabiyotdagi doston
janrining yuzaga kelishiga katta zamin bo‘ldi. Yozma adabiyotda folklorning
bevosita ta’siri ostida muayyan tarixiy davrdagi ijtimoiy-siyosiy hayot bilan uzviy
bog‘langan, zamonasining muhim masalalarini dadil ko‘tarib chiqqan ajoyib
xilma-xil dostonlar yaratildi. O‘zbek dostonchiligida mavzu, g‘oya, uslub,
kompozitsiya va obrazlar o‘zgarib, lirik-epik janr mohiyat-e’tibori bilan
yangilandi. Lekin yangi doston an’anaviy dostonchilikning qahramonona
hodisalarini kuylash, bosh qahramonni ijobiy fazilatlarda ko‘rsatish, chuqur
25
Б.Валихўжаев. Сайланма (И-қисм) Ўзбек адабиёцҳунослиги. - Самарқанд нашриёти, 2022 й, 151-бет
31](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_32.png)


![Jaloliddin Azud Yazdiy, Mavlono Hasan Koshiy, Jalol Tabib Sheroziy,………» 26
[17, 15] va boshqa bizgacha ismlari noma’lum bo‘lgan olimu fuzalolar haqida zikr
etilgan.
Davlatshoh Samarqandiy «Tazkirat ush-shuaro» dan olingan «Shoirlar
bo‘stoni» bobida Xoja Kirmoniy hayot faoliyatini quyidagicha ta’riflaydi: - «Asl
ismi Abu Ota Mahmud Xojuyi Kirmoniy bo‘lgan xamsachilikda yangi an’ana
yaratishga uringan ulkan forsiy shoir (1280-1341) . Uning « Xamsa» si asosan ikki
romantik doston - « Humoy va Humoyun» hamda « Gul va Navro‘z» dan iborat.
«Shoir bu asarni yaratishda xalq og‘zaki ijodidan barakali foydalangan ekan.
Kirmon buzurgzodalaridan, fozil va xushsuxan kishidur. Davrining fozilu
mo‘tabarlari uni fasohat va balog‘atda tengi yo‘q, shoirlar nahbandi, deb ataganlar.
U Kirmonda turg‘un bo‘lib qolmay, doimo sayohat qilar edi.
Toki men Bog‘dodni qilmay yuz vatan,
O‘zga joy kelmas ko‘zimga, Dajladan. 27
[ 17,94-95-bet]
Kirmoniy o‘sha vaqtda donishmand shayx, muhaqqiqlar yetakchisi, vosillar
sultoni, millatu din suyanchig‘i Alouddin Simnoniy suhbatidan bahra topib, murid
bo‘lib qoldi ham bir muncha yil So‘fiyobodda so‘fiylik bilan mashg‘ul erkan,
shayx Alouddin Simnoniy janoblarining she’rlarini ja’m qiladi….Xojuning devoni
yigirma ming baytdan iborat. Vafoti 1341 (742 hijriy) yili sodir bo‘lgan, deb qayd
qilinadi «Shoirlar bo‘stoni» da.
Shuni aytish o‘rinliki, Xusrav Dehlaviydan so‘ng Navoiygacha bo‘lgan davr
orasida (1302-1483-yillar) ham dostonlar turkumidan iborat beshliklar yaratish
davom etdi. Jumladan, Xoju Kirmoniyning 1332-1348-yillar orasida yaratgan
beshligi, Salmon Sovajiyning, XV asrda esa Jamoliy Tabriziy, Kotibiy, Kavkabiy,
Ashraf kabi shoirlar qo‘l urgan bo‘lsa, bular orasida Xoju Kirmoniyning «Xamsa»
si o‘ziga xos xarakterga ega. Zero, o‘zbek adabiyoti tarixida xamsanavislikka ilk
qadam qo‘ygan Haydar Xorazmiyning «Maxzan ul-asror» hamda “Gul va
26
Давла тш оҳ Самарқанди. Шоирлар бўстони.Тошкент, Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат
нашриёти, 1981, 15-бет
27
Давлатшоҳ Самарқанди. Шоирлар бўстони.Тошкент, Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти,
1981, 94-бет
34](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_35.png)

![nusxa ko‘chirgan. Lekin uning bu qudratiga ajablanmay bo‘lmaydi…, 28
[16,124] -
deydi Davlatshoh Samarqandiy.
Jalol Tabibning she’rlari devoni, aruz haqida forscha va arabcha risolalari,
«Nazhat-ul-Arvoh» nomli asari va albatta «Gul va Navro‘z» manzum dostoni
zamonlar osha bizgacha yetib kelgan. Ushbu manzum doston aruzning hazaji
musaddasi mahzuf vaznida yozilgan. Tahminlarga ko‘ra, baytlar soni 1400 dan
ortiqroq. Jalol Tabibning manzum dostoni an’anaviy Alloh Ta’olo sanosi,
Payg‘ambarning na’ti va munojot bilan boshlanadi. So‘ngra muallif dostonini
nazm rishtasiga tortish sababi unvoni ostida, ushbu kitobni yozishga hukm etgan
Shiroz hukmroni Sulton G‘iyosuddin Kayxusrav va uning ukasi Amir Shayx Abul
– Is’hoq madhida atab bir nechta bayt yozadi. Bularni ng hammasi 65 baytni o‘z
ichiga oladi, so‘ngra doston boshlanadi. Dostonning bosh qahramonlari-Navshod
o‘lkasi podshohi Farruhshohning o‘g‘li «Navro‘z» va Farxor podshohi
Mushkinshohning qizi «Gul» dan iborat. Farruxshoh xonadonida Navro‘z
ayyomida o‘g‘il farzand dunyoga kelib, uning ismini Navro‘z qo‘ydilar.
Falak zin moh xurshide barovard Jahon zon
shoh Jamshide barovard Muborak tala’te,
Farxunda shohe Xujasta toli’e,
Zebanda mohe ba soli xurra m on mohi dil-afro‘z
zi modar dar vujud omad ba Navro‘z.
Navro‘z tezda ulg‘ayadi, ta’lim olib ilm o‘rganishda yuqori cho‘qqilarni zabt
etadi. Barcha hunarlarni o‘rganadi, jumladan, ov bilan shug‘illanadi, qurol-aslahani
yaxshi ishlatishni bilgan mohir ovchi bo‘ladi. Navro‘z navqiron o‘g‘lon bo‘lib
ulg‘ayadi. U bir kecha tush ko‘radi.Tushida sohibjamol malikani ko‘rib, unga
g‘oyibona oshiq bo‘lib, hushidan ayriladi.
Shabe dar xob did on olam afro‘z
Ki bude bomdodi ro‘zi Navro‘zzi
Dar boz omadash sarve xiromon
Ba dastash sog‘are dode ki biston
28
Давлатшоҳ Самарқанди. Шоирлар бўстони.Тошкент, Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти,
1981, 124-бет
36](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_37.png)

![Ham bo yak digar damsoz gashtand
Ba yak sol in hama zahmat kashidand
Ba vaqti gul ba joi xud rasidand….
Jalol Tabib va Xoju Kirmoniylarning «Gul va Navro‘z» laridan tashqari
yana boshqa masalan, Mulla Soqiyning «Gul-u Navro‘z» ini ko‘rsatish mumkin, -
deydi Ergash Fozilov «Lutfiyning «Gul va Navro‘z» i haqida “nomli maqolasida. 29
[ 28, 42-bet] Biroq bu asar bizga yaqindan tanish emas.
«Gul va Navro‘z» turkumidagi boshqa e’tiborga molik dostonlardan
Durbekning «Yusuf va Zulayho», Abdulla Ansoriyning «Xizr va Robi’a»,
Nizomiy Ganjaviyning «Shirin va Farhod», Qutbning “Xisrav va Shirin” dostonlari
bor. Yuqoridagi dostonlarning har qaysisi «Gul va Navro‘z» mavzusining o‘ziga
xos ko‘rinishlarini, ham g‘oyaviy ham shakliy talqinini taqdim etib, u yozilgan
davrning madaniy, ma’rifiy, ijtimoiy va adabiy an’analarini o‘zida namoyon etadi.
Bu jihatlarni birgina Qutbning asari misolida ko‘rib o‘tadigan bo‘lsak, “Xisrav va
Shirin” ham ma’lum jihatlari, kompozitsion ko‘rinishlari, voqeaviy ketma-ketligi
va asar qahramonlarining ramziylik tomonlari bilan bir-biriga o‘xshash. Qutbning
ushbu dostonida turkiy xalqlarning hayotidagi ma’lum bir qirralar aks etadi. Xuddi
«Gul va Navro‘z»asaridagi Navro‘zning dunyoga kelishi va unib o‘sishi, u
yashagan muhit ham Xisrav obrazidagi ko‘rinishlar bilan bir xil. “Xisrav va
Shirin” dagi asosiy voqealar Xisrav va Shirin obrazi sarguzashtlari bayoni bilan
hikoya qilinadi. Xisrav tug‘ilgan kun katta shodiyonali kunga aylanib, u Yusuf
kabi chiroyli bir go‘dak bo‘lib, havas qilsa arziydigan ham aqlan ham jismonan
yetuk bo‘lib ulg‘ayadi. Navro‘z kabi u ham Shiringa g‘oyibdan oshiq bo‘ladi.
Asarning yana bir afsonaviy qahramoni Farhoddir.U xalq orasidan chiqqan oddiy
bir tosh yo‘nuvchi usta bo‘lib, Shirin yashayotgan hudud aholisi uchun sut
arig‘ining qazilishi jarayonida ishtirok etadi. Farhod ham Shiringa oshiq edi. Shu
tarzda voqealar davom etadi. Qutbning mazkur tarjima dostoni “Xamsachilik”
dostonining ilk ko‘rinishlarini dunyoga kelishiga zamin yarata oldi.
29
Ergash Fozilov. Lutfiyning “Gulu Navro’z” I haqida (Doston Lutfiyniki. Y. Ishoqov bu asar Haydar Xorazmiyniki
deb bekorga shov-shuv ko’tarib yurganligi haqida. - 1972. - № 4. 42-b
38](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_39.png)

![3. 1. Dostonning sujeti, timsollar olami, kompozitsiyasi, mavzu va g‘oyasi
«Gul va Navro‘z» XV asr o‘zbek dunyoviy adabiyoti taraqqiyotida muhim
o‘rin tutgan katta va qimmatli adabiy yodgorlik hisoblanib, Movarounnahr va
Xurosonda temuriy shahzodalarning o‘zaro toj-u taxt talashlari avjiga chiqqan,
feodal urushlar davom etayotgan bir paytda, ikkinchi tomondan insoniy sevgi,
muhabbat oyoq osti qilinib, ayollarning haq-huquqlari nazarga ilinmaydigan, ularni
xo‘rlab zo‘rlash, qul qilib sotish zamonining hukm surayotgan bir pallasida shu va
shunga o‘xshash qator asarlar orqali bo‘lib o‘tayotgan turli jarayonlar qattiq tanqid
ostiga olindi, hatto oz muncha bo‘lsada buni cheklashga erishildi ham.
«Gul va Navro‘z» ishqiy- qahramonlik dostonida sevgi temasini feodal
urushlarga xotima berish, ma’rifatparvar hukmdor boshchiligida markazlashgan
hokimiyat vujudga keltirish uchun kurash bilan bog‘laydi, mardona kurashi bilan
turlicha dahshatlarni, hatto o‘limni ham yengib murod -maqsadiga erishgan, el-
yurtni be’mani urushlar girdobidan qutqarib, osoyishtalikni barqaror etgan Gul va
Navro‘zning murakkab sarguzashtlari hikoya qilinadi, 30
[3, 336] - deb uqtirib
o‘tadi doston haqida N. Mallayev.
«Gul va Navro‘z» murakkab syujetli dostondir. U uzoq yillar davomida turli
o‘lkalarda sodir bo‘lgan xilma-xil voqealarni, oddiy hayot lavhalaridan tortib
kishini fantaziya olamiga olib kirib xayratda qoldiruvchi voqealargacha hikoya
qiladi. Asosiy voqea Navshod shohi Farruhning o‘g‘il ko‘rishi - Navro‘zning
tug‘ilishidan boshlanadi. Voqea asta-sekin rivojlanib, uning doirasi kengayadi,
turli-turli personajlar va ularning faoliyati bilan bog‘lanib boradi. Biroq dostondagi
voqealarning barchasi, har bir epizod, har bir lavha Gul va Navro‘zning ishqiy
qahramonlik sarguzashtini yoritishga xizmat qiladi, shu sarguzashtning ma’lum
halqasini tashkil qiladi yoki uni to‘ldiradi, takomillashtiradi. Bu narsa dostonning
izchil va mukammal kompozitsiyasini vujudga keltiradi.
Dostonning mavzusi voqealarning rivojlanishi, turli konflektlarning paydo
bo‘lishi va yechilishi bilan yoritilib boradi. Yaxshilik bilan yomonlik, ijobiy
obrazlar bilan salbiy obrazlar o‘rtasidagi kurash tobora murakkablashib boradi.
30
Натан Маллаев. Ўзбек адабиёти тарихи ( 1-китоб).«Ўқитувчи » нашриёти, 1965-й, 336-бет
40](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_41.png)
![Asar o‘quvchini ma’naviy va ramziy sarguzashtga olib boradigan sayohat sifatida
tuzilgan. Bu tasavvuf va islom ma’naviyatiga chuqur singib ketgan asardir. Doston
mavzulari umumbashariy xususiyatga ega bo‘lib, insonning ahvolidan so‘zlaydi.
«Gul va Navro‘z» dostonida tadqiq etilgan asosiy g‘oyalardan biri muhabbat
g‘oyasidir. Sevgi nafaqat insoniy tuyg‘u, balki koinotni harakatga keltiruvchi kuch
sifatida ham tasvirlangan. Sevgi butun ijodni jonlantiradigan kuchdir va
izlovchining ilohiy bilan ruhiy birlikka erishishi uchun vositadir.
Doston mazmunidan ko‘rinib turibdiki, xalq dostonlaridagi motivlar-
farzandsizlik, tush va safar motivlari mazkur dostonning asosiy syujetini tashkil
qiladi.
XVII asrdan keyin yaratilgan romantik dostonlarning deyarli hammasida
« Gul va Navro‘z» dostonidagi motivlar bor. Jumladan, Nishotiyning «Husnu Dil»
dostonidagi safar motivi bilan «Sanobar» xalq kitobidagi va ko‘plab xalq
dostonlaridagi safar motivi yoki «Gul va Navro‘z», Sayqaliyning «Bahrom va
Gulandom» dostonidagi farzandsizlik motivi bilan «Oshiq G‘arib va Shohsanam»
dostonidagi farzandsizlik motivi uyg‘unligini misol qilib keltirish mumkin. Dalil
sifatida Sharq xalqlari dostonlarining ko‘pida uchraydigan farzandsizlik motiviga
e’tibor qarataylik: «Qissasi Sayfulmuluk» da shoh Osim farzand ko‘rmay, oxiri
Xudodan farzand so‘rab o‘g‘il ko‘radi, o‘g‘lining ismini Sayfulmuluk qo‘yadi;
«Bahrom va Gulandom» dostonida Rum mamlakati podshohi farzand ko‘rmay,
oxiri xudoning marhamati bilan farzandli bo‘ladi va o‘g‘lining ismini Bahrom
qo‘yadi. Bu voqealar har ikkiala dostonning boshida beriladi, har ikkiala dostonda
safar motiviga zamin tayyorlanadi. Shuningdek, mazkur dostonlar « Gul va
Navro‘z» dostoniga bu jihatdan hamohang. Sayfulmuluk otasi hadya qilgan to‘nda
qizning suratini ko‘rib oshiq bo‘lib qoladi. Bahrom ham Gulandomning suratini
ko‘rib oshiq bo‘ladi va hokazo… 31
[ 13, 452]
Shubhasiz, bunday uyg‘unliklar romantik dostonlarning xalq dostonlari
zaminida shakllanganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga Sharq adabiyotida, jumladan,
turkiy xalqlar dostonlarida bu motivlar asosida shakllangan dostonlar bir-biridan
31
Rahmonov N.O’zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi yarmigacha). «Sano-standart»
nashriyoti . – T .; 2017, 452 -bet.
41](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_42.png)

![Iskandar Mirzo u vaqtlarda Fors va Isfahonning hokimi bo‘lgan, Temuriy
shahzodalardan birmuncha farq qilgan hamda qobiliyatli shoir bo‘lgan. 32
[ 3, 337]
Temur va uning avlodlari adabiyot va san’atga, ilm-fanga yaqin kishilar edi.
Ba’zilari ijodkor shoir bo‘lib, ular o‘zlari she’rlar yozish bilan birga ijodkorlarga
homiylik ham qilgan. Temuriy shohlar o‘sha davrlarda (XV asrdan oldin ham)
o‘zlariga atab bag‘ishlov, biografik asarlarni buyurishgan. Jumladan,
ta’kidlaganimizdek, bu an’ana Iskandar Mirzo zamonida ham davom etib, bunday
ulug‘ ishga Haydar Xorazmiy ham qo‘l urgan.
Buyurdikim: «Bu gul faslda darhol
«Gulu Navro‘z» ning afsonasin sol»
Dostonda sevgining to‘siqlarni yengib o‘tish va o‘zgarishlarga olib keladigan
kuch xarakterlanadi. Ikki bosh qahramon, yosh yigit va qiz, dastlab ijtimoiy va
madaniy to‘siqlar bilan ajralib turadi, ammo ularning bir-biriga bo‘lgan sevgisi
oxir oqibat bu to‘siqlarni yengib chiqadi. Ushbu mavzu qahramonlarning his-
tuyg‘ularining chuqurligini va ular duch keladigan qiyinchiliklarni ko‘rsatadigan
bir qator yorqin va ta’sirli sahnalar orqali o‘rganiladi.
«Gul va Navro‘z» mavzusi turkiy va forsiy adabiyotda an’anaviy mavzu -
yigit va qiz o‘rtasidagi muhabbat qissasidir. Biroq, Haydar Xorazmiy o‘zining
ramziy til va obrazlar yordamida bu tanish mavzuni yuksaklarga ko‘tardi.
Dostondagi timsollar olami boy va rang-barang bo‘lib, har bir personaj va predmet
o‘zining lug‘aviy ma’nosidan tashqari biror narsani ifodalaydi.
Asarning ramziy timsollari:
Navro‘z -yangi kun, yangi yil boshlanishidagi dastlabki kun.
Gul- go‘zallik ramzi, bahor faslining darakchisi, chiroyi.
Farruh -go‘zal, qutlug‘, muborak, qutlug‘ yuzli.
Navshod -xalqining go‘zalligi va chiroyi bilan mashhur bo‘lgan shahar nomi.
Farhor -orasta, chiroyli, shinam joy (uning Gul tug‘ilgan mamlakat sifatida talqin
qilinishi bejiz emas)
Mushkin -mushk hidli.
32
Натан Маллаев. Ўзбек адабиёти тарихи ( 1-китоб).«Ўқитувчи » нашриёти, 1965-й, 346-бет
43](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_44.png)

![«Navro‘znoma» deb qaraladi. Bu haqida Hamidjon Homidiyning «Daholar
davrasi» da berilgan quyidagi ma’lumotga ko‘zimiz tushadi.
«Navro‘znoma» asari juda katta tarixiy, ma’rifiy ahamiyatga ega. Zeroki,
unda muallif Sharq xalqlarining qadimiy udumlarini, xususan, Navro‘zning xalq
bayrami sifatida rasm bo‘lishi tarixini batafsil yoritgan, u bilan bog‘liq naql-u
rivoyatlarni keltirgan. «Navro‘znoma» omiyona til –xalq jonli tiliga yaqin bir ibora
ifodalarda yozilgani uchun yengil o‘qiladi. U XII asr forsiy tildagi nasrning eng
yaxshi namunasi hisoblanadi. 33
[23, 102]
Yetuk mutafakkir, ulug‘ zot Alisher Navoiy ijodida ham Navro‘z ta’rifini
ko‘p o‘rinlarda uchratamiz . Jumladan, «Tarixi mulki Ajam», «Mahbub ul qulb»,
«Holoti Pahlavon Muhammad», «Munshoat» kabi nasriy asarlarida ham Navro‘z
bilan bog‘liq fikr-mulohazalar, ta’rif-u tavsiflar, obrazli iboralar, betakror
qofiyalarga duch kelamiz. Navoiyning nasrda yozgan ma’lumotlari Firdavsiyning
«Shohnoma» sida bitgan quyidagi baytlarni yodga soladi.
Yil boshi Xurmuzu edi farvardin,
Dilda na g‘am qoldi, na adovatkin
Bu baxtiyor kunni o‘shandan buyon
Shohlardan yodgor deb bilurlar hamon. 34
[24, 30]
Hazrat Alisher Navoiy o‘z asarlarida bahor fasli bilan bog‘liq tasvirlarni ham
maroq bilan yozar ekan, Navro‘zni ham tilga olgan va buning yorqin misoli «Layli
va Majnun» dostonida bitgan bahor vasfi nomli bobidir. Uni qaysidir ma’noda
ulug‘ shoirning bahor va Navro‘z haqidagi hayratlari deyish mumkin.
Bu damki esib nasimi Navro‘z,
Gul atrini qildi majlisafro‘z.
Bog‘ o‘ldi bahordin gulafshon
Sunbul bu gul uzra kokulafshon,
Bu faslda azmi gulshan etgay,
Bo‘ston haramini maskan etgay. 35
[9, 59]
33
H. Homidiy. Daholar Davrasi. «O’qituvchi» nashriyot – matbaa ijodiy uyi. Toshkent: 2011, 102-bet.
34
Абулқосим Фирдавсий.Шоҳнома.Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти.- Т.; 1984, 30-бет.
35
Alisher Navoiy. 20 tomlik, MAT. Xamsa. Layli va Majnun.T; «Fan», 1992, 59-bet.
45](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_46.png)
![Navro‘z nasimi esib turgan shu damda Majnun o‘zining va jismoniy holatini
birma-bir sharhlaydi.
«Saddi Iskandar» dostoning 19-bobida shoir Navro‘zni butun borliqni birdek
saxiylik bilan yashnatuvchi bahor fasli hamda tog‘-u toshga yog‘uvchi bahorning
serob qut yomg‘irlari va butun xalq umid-u shukrona bilan orziqib kutadigan
yilboshi bayrami ma’nolarida san’atkorona qo‘llagan adolat barchaning tengligidir
degan ijtimoiy fikrlariga tamsil qilib keltirgan va ulug‘ shoir Navro‘z so‘zini
qofiyaga chiqarib «navro‘zdek» «jahonso‘zdek» kabi qofiyalar yaratgan.
Adolat aro fasli Navro‘zdek
Siyosatda balki jahonso‘zdek. 36
[ 10, 81]
Bunday go‘zal o‘xshatish va betakror poetik mahorat faqat Navoiy ijodida
uchraydi. Yana bir o‘rinda Navoiyning eng yetuk, go‘zal g‘azallaridan. U navro‘z
bayrami munosabati bilan hayotsevarlik, yaxshilik, shodlik, quvnoqlik, go‘zallik
targ‘ibiga bag‘ishlab yozilgan.
Muvofiq kiydilar, bo‘lmish magar Navro‘z ila bayram,
Chaman sarvi yoshil xil’at, mening sarvi ravonim ham.
Mazkur g‘azal 20 jildlik Mukammal asarlar to‘plami 6-jildidan o‘rin olgan
«Favoid ul-kibar» devoniga kiritilgan 420-g‘azal. U 7 baytdan iborat. Asar
Navoiyning musajja g‘azallaridan biri. U yuksak mahorat bilan, betakror badiiyat
namunasi sifatida yaratilgan. 37
[8, 261-, 262-b]
Musaffo nafosat va dilkash go‘zallik shaydosi Atoyi «Navro‘zi olam» tashrifini
quyidagi g‘azalda tarannum etadi.
Soqiyo, ketur mayi gulgunki xush damdur bukun
Olami farxundayi Navro‘zi olamdir bukun 38
[6, 175]
Soqiyga murojaat bilan boshlangan mazkur to‘qqiz baytli g‘azalda gulgun may
talab qilinib, bugun qutlug‘ Navro‘z olam ekanligi e’tirof etiladi.
36
Navoiy. 20 tomlik, MAT. Xamsa. Saddi Iskandar. – T .; «Fan», 1992, 81-bet
37
Nusratillo Ataullo o’g’li Jumaxo’ja, I. I. Adizova. O’zbek adabiyoti tarixi. - T. ; «NOSHIR» -2019, 261-262-bet
38
Vohidov R. , Eshonqulov H. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi. - T. ; O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot
jamg’armasi nashriyoti, 2006-yil, 175-bet
46](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_47.png)
![Shu bois bu xush kunni ishqsiz tasavvur etish mumkin emas. Shoir Iso
Masihning jon baxsh etish amolini Navro‘zi olam kelgan kundagi tong shamoliga
ko‘chirib, tabiatning uyg‘onishini go‘zal lavhalarda tasvirlaydi.
Navro‘z obrazi . Endi esa «Gul va Navro‘z» dostonida Navro‘z qanday
xususiyatlarni o‘zida jamlagan va aynan qaysi xislatlari bilan kitobxonga o‘rnak
bo‘la oladi kabi savollarga javob qidiradigan bo‘lsak, darhaqiqat, Navro‘z-
dostonning bosh qahramoni.
Hazrat Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida Farhod obrazi orqali
har tomonlama ideal, komil inson haqidagi gumanistik qarashlarini ifoda etib, unda
eng yuksak insoniy fazilatlarni madh etgan bo‘lsa, Haydar Xorazmiy ham xuddi
shuningdek, Navro‘zning mukammal epik obrazini Farhodga muqoyasa qiladi.
Farhod bilan Navro‘z obrazlari o‘rtasida judayam ko‘p ko‘rinishlarda
o‘xshashliklar kuzatilsada, dostonda Navro‘z ham chin sevgisi uchun ajdarho va
devni yenggan bo‘lsada, ammo Navro‘z Farhodchalik afsonaviy kuch-qudratga ega
emas. Farhod qadimgi mif va afsonalarda ko‘rsatilgan kuchli pahlavon va tog‘-u
toshlarni qalqon qilguchi qahramon.
Dostondagi asosiy voqea Navro‘zning tug‘ilishidan boshlanadi va u bilan
birga o‘sadi, rivojlanadi. Navro‘z yosh bolalik chog‘idanoq yaxshi sifat va
fazilatlar orttira boradi, u turli bilimlarni egallab oladi, ov, sipohiylik ishi va
boshqalar bilan shug‘ullanadi:
Kichik yoshdan qamuq fanlarni bildi,
Ko‘pin o‘z aqli birla fahm qildi.
Ne turdi bir nafas, ne urdi bir dam,
Tamom o‘rgandi, bildi barcha irdam,
Gahe qush qushlamoq, gah ovlamoqda,
Kiyik nemlamoq, arslon quvlamoqda…. 39
[18, 4]
Ammo jahondagi barcha bilimlarni egallash, hunarlardan xabardor bo‘lish
hali yetuk inson bo‘lish degani emas. Navro‘z o‘zini o‘rab turgan muhit ta’siriga
39
Лутфий.Гул ва Наврўз. «Ўқитувчи» нашриёти. Тошкент- 1974, 4-бет
47](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_48.png)
![beriladi va aysh-ishratga, xudbinlik kayfiyatlariga o‘ralashib qoladi. Bu o‘ziga xos
“o‘tish» davri edi. U may kosada o‘z husn-jamolini ko‘rib o‘ziga oshiq bo‘ladi.
Uni bu xoldan chiqarish va ulug‘ maqsadlar sari yo‘naltirish lozim edi. Xorazmiy
shu o‘rinda sevgi qudratidan foydalanadi. Otashin muhabbatgina Navro‘zni
xudbinlik botqog‘idan qutqarishi mumkin edi, shunday bo‘ldi ham. Shundan so‘ng
u ko‘plab mashaqqatlarni boshidan kechiradi, qiyinchiliklarga mardonavor bardosh
beradi. Bora-bora u shoh saltanatidan muhabbatni ustun qo‘yish darajasiga yetadi,
sevgi va sadoqat uning e’tiqodiga aylanadi. Navro‘zning o‘zi bu holni quyidagicha
sharhlaydi:
«Sabotek bu chaman farroshidurmen,
Ne yerga borsa, gul yo‘ldoshidurmen.
Qilib yakruya dunyodin ishimni,
Qo‘yubdurmen oyog‘ina boshimni.
Meni man etmangiz, kirmang qonimga,
Gar o‘lsam yo‘lidaminnat jonima.
Tilosun, gar tilomosun meni Gul,
Qulidurmen bulincha tuprog‘im kul.
Men ul menkim, ayog‘ining izimen,
Agar o‘lsam, busog‘osi tuzimen…» 40
[18, 44]
Samimiy sevgi uni jasoratga, kurashga undaydi, kurashlar uni har
tomonlama chiniqtiradi, nihoyat u adolatparvar, xalqparvar inson bo‘lib yetishadi.
Ezgulik va odamiylik uning eng a’lo sifati bo‘lib qoladi. Navro‘z miskinlarga
mushfiq, dardmanlarga malham bo‘ladi. Asar so‘ngida g‘amxo‘r va ma’rifatparvar
shoh sifatida saltanat tepasiga ko‘tariladi va el-yurtni shod-xurram qiladi. Navro‘z-
muborak « yangi kun » , bahorning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shuvchi fusunkor kun
bo‘lganligi bois, Navshod hukmdoriga baxtli va qutlug‘ kunni baxsh
etadi.Dostonda ham kulminatsion va tadrijiy voqealar ortida turuvchi bosh
qahramon.
40
Лутфий.Гул ва Наврўз. «Ўқитувчи» нашриёти. Тошкент- 1974, 44-бет
48](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_49.png)
![Gul obrazi. Gul aql-farosatda yetuk, husnu malohatda barkamol qiz. U
ma’naviy jihatdan ham taxsinga sazovor. U Farxor mamlakatining malikasi
bo‘lishiga qaramay, aksariyat saroy xonimlari singari axloqan tuban, oqbilak va
tantiq emas. Gul o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ya oladigan va unga erishish yo‘lida
g‘ovlardan hayiqmaydigan jasorat egasi. Gul obrazi nozik did va go‘zal hilqat
egasi bo‘lsada:
Bute, ne but, magar huri parizod,
Tani nozik, bo‘yi, chun sarvi ozod
Parishon sochlari gul yaprog‘inda,
Tuman ming shivalar har boqmog‘inda, 41
[18,6-bet]
mardlik bobida hech qaysi o‘g‘londan qolishmasdi. Demak, “Mehrobdan chayon»
dagi Ra’no jasorati yangilik emas ekan-da. Gul ham o‘z maqsadlariga erishish
yo‘lida Navro‘zdan kam azob-uqubat chekmaydi. U janglarda mardlik ko‘rsatadi,
dushmanga shafqatsiz, o‘z baxt-u saodati uchun kurashuvchi inson sifatida
namoyon bo‘ladi. Xuddi shu fazilatlari tufayli u murod-maqsadiga yetadi.
Navro‘z va Gul shunday ilohiy ishqning asiri ediki, unga erishish yo‘lida
hech qanday to‘siqlarga qaramay o‘z maqsadi sari kurashishdan to‘xtamadi. Yaldo
ismli qonxo‘r zindoniga tushdilar, devlar manziliga duch keldilar, turli daryo
to‘fonlarida bir birlaridan ayro bo‘ldilar, ammo har ikkisi ham segilisi visoliga
yetmoqlik uchun jonini fido qilgudek tavakkal ish tutdilar. Vafo va sadoqat,
mardlik va jasorat, elparvar va oliyjanoblik kabi xislatlarni o‘zida ja’m qilgan bu
muhabbat ikki sevishganni har qanday dahshatli kuchlardan qutqara oldi.
Kishi kim ishq birla oshnodur,
Anga har dam falakdin ming jafodur…,
Balodur sarbasar ishqi jahonso‘z,
Kim o‘rtar mubtalolarni shabu ro‘z.
Er o‘g‘likim qadam qo‘ysa bu yo‘lda,
Qadam boshdin kerakdur, joni qo‘lda.
41
Лутфий.Гул ва Наврўз. «Ўқитувчи» нашриёти. Тошкент- 1974, 6-бет
49](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_50.png)
![Dostonda qo‘llangan barcha timsollar nomlari «Navro‘z», «Gul», «Farruh»,
«Mushkin», «Bahman», Man xoni «Rafi», Adan xoni «Badi», «Yaldo», «Bulbul»,
«Savsan», «Shayx Najdi» va boshqalar ramziylik anglatadi. Ularning har biri
dostondagi asosiy voqea yoki ma’lum epizodning rivojida, konfliktlarning
tug‘ilishi yoki hal etilishida ma’lum o‘rin tutadi, ijobiy yoki salbiy xislatlari bilan
namoyon bo‘ladi. Asarning o‘ziga xos xarakterli jihatlaridan biri shuki, har bir
qahramonga qisqa bo‘lsada xarakteristika berib o‘tiladi, hatto u salbiy obraz
bo‘lsa-da.
Bore di anda bir zangiyi xunxor,
Zuxaldin naxsroq, Mirrixi kirdor.
O‘rininda ichib qon qonmaguvchi
Yonar o‘tdin yuzu rib yonmaguvchi.
Oti Yaldo, yuzi yaldo tunidek,
Ko‘zi do‘zax, bo‘yi mashxar kunitek. 42
[18, 48]
Shoir shu kabi betakror tashbehlarni qo‘llab o‘tadi. Yoki shayx Najdi haqida
shunday yozadi:
Eshikdin utru chiqdi bir azozil,
Muxaqqah loyiqi tayran abobil. 43
[18, 52]
Bundan tashqari, dostonda to‘rt hukmdor obraz ishtirok etgan bo‘lib, ulardan
Navshod shohi Farruh o‘zining adolatparvarligi, ma’rifat yo‘lini ko‘zlovchi
mehribon ota, farzandi uchun har nega tayyorligi kabi qator xususiyatlarga egaligi
bilan ajralib turadi. Farruh qanchalik «adlu dodi mashhur», «cheriki benihoyat»
bo‘lmasin keksaygan chog‘ida bir farzandga, merosxo‘rga zor edi.
Oti Farruh, o‘zi farxunda axtar,
Aning hukminda ul iqlimu kishvar.
Qamuq olamda adlu dodi mashhur,
Cheriki benihoyat, mulki ma’mur.
42
Лутфий.Гул ва Наврўз. «Ўқитувчи» нашриёти. Тошкент- 1974, 48-бет
43
Лутфий.Гул ва Наврўз. «Ўқитувчи» нашриёти. Тошкент- 1974, 52-бет
50](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_51.png)
![Jahondin bir o‘g‘ulg‘a orzumand,
Mungi yo‘q hech nimadin g‘ayri farzand. [18, 3]
Tun-u kun Allohga qilgan iltijolari va aytgan hamdlari natijasida xudo xonga
bir o‘gil farzand ato etdi, farzand ko‘rgan keksa podsho sevinib, el-yurtni shod-u
xurram qilish maqsadida butun xazinasini sochdi, ehson qildi, bandilarni
zindondan xalos etdi.
Sevungandin otosi ganjni ochdi,
Nekim qozg‘ong‘anin olamga sochdi.
Uluq to‘ylar qilib, ishratlar etti,
Yarotqon birla ko‘p niyatlar etti.
Ulusta mustahiqlarni qilib shod,
Ham ul dam bandilarni qildi ozod. [18, 4]
E’tibor beradigan bo‘lsak, dostonining badiiy ko‘lamdorligi va necha asrlar
mobaynida o‘zining mohiyatini yo‘qotmay kelishi xalq og‘zaki ijodining bitmas
tuganmas sarchashmalaridan sug‘orilganligidan dalolat. «Dostonda mavzu va
g‘oya, obrazlarga xos xususiyatlar boshqa dostonlardagi kabi an’anaviylik hamda
xalq og‘zaki ijodining ta’siri yaqqol namoyon bo‘ladi. Gul va Navro‘z»
dostonining kirish qismidan boshlanib asar yakuniga qadar xalq ertak va dostonlari
bilan hamohang bir motivga duch kelamiz. Misol uchun, boy-u badavlat bo‘lgan
Navshod elining shohi Farruhning bir farzandga zorligi, Navro‘z dunyoga kelib
tug‘ma istedod va zehnli bo‘lishi, u ham o‘zini ko‘zguda ko‘rgach o‘ziga oshiq
bo‘lgani yoki sevgi o‘tida yonib hushidan ayrilishi-yu Gulning visoliga yetishish
uchun o‘zini har qanday to‘siqlarga fido qilganini ishqiy qahramonlik
dostonlaridagi voqealar rivojiga muqoyasa qilamiz.
Yuqorida fikr bildirilgan personajlardan tashqari yana boshqa Farxor
hukmdori Mushkin syujeti ham alohida e’tiborga ega timsoldir. U adolatpesha deb
aytilsa-da, biroq o‘z qizining taqdiri uchun zolim va befarqlarcha ish ko‘rgani-johil
ota, u qizi Gulni «yetti parda» ichida saqlaydi va uning istak va orzusi bilan
hisoblashmay Chin xoqoniga tortiq qiladi.
51](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_52.png)



![mamlakatining birlashuvi orqali Temur saltanatining inqirozga yuz tutganligini va
uning kelajagini saqlash, temuriy shahzodalarni birlashtirishga da’vat etadi.
«Navro‘z va Gulning sevgi sarguzashtlari orqali O‘rta Osiyo va Xurosonning XV
asrdagi hayoti uchun nihoyatda muhim bo‘lgan markazlashgan davlat tuzish
g‘oyasi ilgari suriladi. Mamlakatni xarobaga aylantiruvchi g‘oyalar qoralanadi.
Adolatparvarlik, ilm-hunar, ma’rifatparvarlik, do‘stlik ulug‘lanadi.
Dostonda Navro‘z bilan Gul yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan
qahramonlar sifatida gavdalanadilar. Ular butun hikoya davomida johillik,
munofiqlik, riyokorlikka qarshi kurashadilar. Doston xalq og‘zaki ijodiyoti
asarlariga xos optimistik xotima bilan tugaydi. » 44
[19, 8-bet]
«Gul va Navro‘z» dostoni aruzning hazaj bahrida yozilib, asar sodda va
o‘quvchiga tushunarli uslubda yozilgan. Hamda istiora, tashbeh, mubolag‘a va
jonlantirish san’atlarining ishtiroki dostonni yanada adabiy qiymatini oshirgan .
Doston kompozitsiyasi bir necha qismlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning har
biri bosh qahramon sayohatining turli bosqichini ifodalaydi. Birinchi qism
qahramonni tanishtiradi va uning sayohati uchun zamin yaratadi, o‘rta qismda
uning personajlar va to‘siqlar bilan uchrashishi batafsil bayon qilinadi. Dostonning
yakuniy qismi asarning barcha turli mavzularini birlashtirib, dramatik yakun bilan
yakunlanadi. Dostondagi timsollar olami keng va murakkabdir. Shoir Doston
boshidan yakuniy qismiga qadar so‘z qo‘llashi, so‘zni ma’no mohiyatiga etibor
berishi katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki har bir asardan o‘rin olayotgan
qahramonlar va ularning sifatlari, qolaversa joy nomlari ham izchil va muhim
tarkibga ega. Gullar hayot, go‘zallik va poklik ramzi sifatida ishlatilganligi boisdan
Navro‘z bahorning ilk kuni go‘zallikning shaydosi misolida, borliqdan go‘zallikni
qidirayotganga, yo‘lida uchrovchi barcha xunuk yovuzliklarga barham
berayotganiga o‘xshaydi go‘yo. Bunda tikanlar esa qiyinchilik va azob-uqubatlarni
ifodalaydi. Doston zulm va zulmdan xoli ideal dunyoni tasvirlashi bilan mashhur.
Asar shohga xos olijanob fazilatlarni ifodalovchi Navro‘z obrazi atrofida yotadi. U
adolatli mehribon bo‘lib, uning hukmronligi tinchlik, farovonlik bilan ajralib
44
Лутфий. Сенсан севарим.Т. ; Адабиёт ва санъат н.1987, 8-бет.
55](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_56.png)



![Shoir Gul va Navro‘zning go‘zal tashqi qiyofasini tasvirlash bilan ularning
ma’naviy dunyosini boyitsa, Baxmanning beo‘xshov qiyofasi, Shayx Najdining
do‘zaxga o‘xshash ko‘zi tasviri va boshqalar bilan salbiy obrazlarning razilligini
yanada chuqurroq ochadi. U iztirob chekayotgan kishini chala so‘yib tashlangan
parrandaga, jangni qora bulut yoki dahshatli quyunga o‘xshatish kabi soda va
go‘zal badiiy vositalar yaratadi. 45
[ 3, 346-bet ]
Xorazmiy ijodkorligining yana bir qirrasi shundaki, u inson psixologiyasini,
ruhiy holatini tasvirlashga urinadi. Misol uchun, u Gul va Navro‘zning ilk
uchrashuvini shunday tasvirlaydi: Ular bir-birlariga ko‘zi tushgach:
Hamul yerda yiqildiyiqildi zoru madxush,
Yana ondin batar mohi qasabpo‘sh.
Bo‘yi tuproq ichinda bo‘lgashib zor,
Ne og‘zinda, ne ko‘ksinda dami bor.
Ko‘rib qizlar bu ishdan bo‘ldilar mot,
Gulobu royha kelturdilar bot.
Biri navha qilib boshqa sochib xok,
Biri faryot etib ko‘ksin qilib chok.
Shoir qahramonlarning ruhiy kechinmalarini tasvirlashda peyzajdan,
qarshilantirish, jonlantirish, mubolag‘a, tashbeh kabi turli badiiy usullardan
foydalaniladi.Bir vaqtlar Navro‘zni saroy bazmlari ovutgan bo‘lsa, u Gulga oshiq
bo‘lgandan keyin bunday bazmlar ko‘ngil xushi bo‘la olmaydi. Shoir oshiq
Navro‘zning ichki kechinmalarini tasvirlab, jumladan bunday deydi:
…Nigorinomen ul bechoradurmen,
Ki hajring javridin ovoradurmen.
Yonar o‘t ichra o‘rtab xonlig‘imni,
Qulung bo‘ldim, qo‘yib sultonlig‘imni.
Agarchi shoh edim, emdi gadomen,
G‘ariblik dardi birla mubtalomen,
G‘aribu bekasu miskinman, ey jon!
45
Натан Маллаев. Ўзбек адабиёти тарихи ( 1-китоб).«Ўқитувчи » нашриёти, 1965-й, 346-бет
59](/data/documents/6e4b2069-0eef-4de1-b349-22dd6418fe13/page_60.png)











HAYDAR XORAZMIYNING « GUL VA NAVRO‘Z » DOSTONI ANNOTATSIYASI Turkigo‘y Mavlono Haydar Xorazmiy o‘zbek mumtoz adabiyotining zabardast vakili bo‘lib, o‘z asarlari bilan adabiyotimiz tarixini boyitib kelmoqda. Shoir bu ikki merosi - «Gul va Navro‘z» va «Maxzan ul-asror» asari bilan mumtoz adabiyotimizda dostonda hikoyanavislikni go‘zal ko‘rinishlarini qo‘llash orqali dostonchilik janrining rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shish bilan birgalikda, o‘zidan keyingi adiblar, xamsanavislar uchun betakror namuna bo‘lishiga zamin yaratdi. Muallifning «Maxzan ul-asror»ida falsafiy-didaktiklik, axloq-odob haqida taraqqiyparvarlik mulohazalarini va olijanob insoniy fazilatlari ilgari surilganligi bilan ajralib tursa, «Gul va Navro‘z» masnaviyida esa ikki oshiq va ma’shuqa o‘rtasidagi vafo, sadoqat, mehr-muhabbat tuyg‘ularining mujassam etganligi, «ishq» deb atalmish tuyg‘uning mavj urishi va bu ilohiy kuchning ikki sevishgan qalbni birlashtira olishi, ularning sevgi sarguzashtlari, shuningdek, XIV-XV asrda yuz berayotgan feodal urushlar, Temur saltanatining bu urushlar oqibatida darz ketayotganligi yuzasidan tanqidiy fikrlar va mulohazalar o‘z aksini topgan. «Gul va Navro‘z» o‘zining badiiy salohiyatining izchilligi hamda mualliflik masalasi bilan qator o‘zbek va chet el adabiyotshunoslar e’tiborini tortdi. Mazkur magistrlik dissertatsiyasida «Gul va Navro‘z» dostonining badiiylik xususiyatlari, adabiyotimiz olamida tutgan o‘rni, personajlar va ularning ramziyligi, xalq og‘zaki ijodi mahsulidagi va yozma adabiyot namunalari bilan hamohangligi, asar qanday tasviriy ifodalar bilan shakllantirilganligi, yillar davomida bahslarga sabab bo‘lib kelayotgan asar muallifiga oid munozaralar o‘rganildi, shuningdek, boshqa dostonlar bilan tarixiy-qiyosiy, analitik va statistik metodlar asosida tadqiq etildi. 1
HIGHER EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN, MINISTRY OF SCIENCE AND INNOVATION SHARAF RASHIDOV SAMARKAND STATE UNIVERSITY Master's dissertation on the topic "Epic of Haydar Khorezmi's " Gul va Navruz". ANNOTATION A master of the Turkish language Mavlano Heydar Khorazmiy is an outstanding representative of Uzbek classic literature, enriching the history of our literature with his works. The poet made his contribution to the development of the genre of epic by using the beautiful forms of story-writing in our classic literature with these two legacies- “Gul va Navruz” and “Makhzan ul-asror” laid the groundwork for becoming a unique example for subsequent writers. The author’s “Makhzan-ul asror” is distinguished by its philosophical- didacticism, progressive comments on morals and noble human qualities, while in “Gul va Navruz” masnavi loyalty, affection between two lovers and a lover the embodiment of their feelings, “the surge of the feeling called love and the ability of this divine force to unite the hearts of two lovers, their love adventures, as well as the feudal wars that took play in the 14 th and 15 th centuries, the collapse of the Timur kingdom as a result of these wars and opinions reflected. “Gul va Navruz” attracted the attention of Uzbek and foreign literary critics along with the consistency of its artistic potential and the issue of authorship. In this master’s thesis, the artistic features of the “ Gul va Navruz” epic its place in the world of our literature , charakters and their symbolism, their harmony with the axamples of folk art and written literature, what visual expressions the work is formed with , which has been the cause of debate for years discussions about the author of the upcoming work were studied, as well as research with others epics based on historical-comparative, analytical and statistical methods.
M U N D A R I J A : I. KIRISH ( ISHNING UMUMIY TAVSIFI ) …………… … ……….. … …….. 3 II Asosiy qism: I. BOB: XV ASR BIRINCHI YARMI ADABIYOTI VA HAYDAR XORAZMIY IJODI…… . . ……………………………………………………...7 1. 1. Haydar Xorazmiy hayoti va ijodi…………………………………… . . . … ….7 1. 2. Shoirning «Gul va Navro‘z» dostoni borasidagi bahslarga doir . . . . . . . . . . 18 Bob yuzasidan xulosa……………………………………………………. . . . . . . 23 II. BOB. MUMTOZ ADABIYOTDA «GUL VA NAVRO‘Z» SUJETI……. .25 2. 1. Mumtoz adabiyotda ramziy dostonnavislik…………………………………25 2. 2. «Gul va Navro‘z» turkumidagi dostonlar haqida…………………………...31 Bob yuzasidan xulosa……………………………………………. . . . . . . . . . . ...37 III. BOB: HAYDAR XORAZMIYNING «GUL VA NAVRO‘Z» DOSTONI: MAVZU, G‘OYA, POETIKA MASALALARI………………………………..38 3. 1. Dostonning sujeti, timsollar olami, kompozitsiyasi, mavzu va g‘oyasi. . . …38 3. 2. Badiiy tasvir vositalarining doston g‘oyasini ifoda etishdagi o‘rni……. . … .54 Bob yuzasidan xolasa………………………………………………………. . . . . 61 III. UMUMIY XULOSALAR…………………………………………………. 63 IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………….… 6 6
KIRISH ( ISHNING UMUMIY TAVSIFI ) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzalarini, - «Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish-xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir» -degan mazmunga boy so‘zlari bilan boshlab berishlari adabiyotga bo‘lgan e’tiborning oshishi milliy adabiy merosimizni qadrlashga va kelajagini yuksaltirishga bo‘lgan ishonchning isbotidir. Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularning ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitni yaratamiz, - deya katta bir motivatsiya berdi. Bugungi kunda shu qadar jadal tarzda rivojlanib borayotgan fan, texnika va texnologiyalar asrida yashayotgan ekanmiz, xalqimizning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlarimiz hamda milliy o‘zligimizni anglatuvchi tariximizni, adabiyotimizni chuqur isloh qilish, targ'ib etish, yangilash va boyitib borish biz yosh kadrlarning oliy maqsadimizdir. Shuni eslatib o‘tish o‘rinliki, ona tilimizning bugungi kundagi ma’naviy qiyofasini ko‘rsatishda, go‘zal va milliy qadriyatlarimizning o‘z ahamiyatini yo‘qotmasdan aksincha, yangilanib davom etib kelishida va insonning ruhiy, ichki dunyosini, kechinmalarini ifodalab, ma’naviy ongini boyitib turuvchi adabiyotimizning bugunga qadar ravnaq topib borishida ko‘hna tarixda qahramonlik ko‘rsatgan so‘z gavharining sohiblari, shoir-u ulamolarimiz, bobokalonlarimizning nihoyatda o‘rni beqiyos. O‘tmishda yaratilgan mo‘tabar og‘zaki va yozma adabiyotimiz namunalarini chuqur o‘rganish va bilish har bir insonning shu yurtda istiqomat qiluvchi shaxslarning ulug‘ burchidir. Adabiyotimizning asrlar osha davom etib kelayotgan mukammal asarlarini keng xalq ommasiga yetkazishda muhim yutuqlarga erishilmoqda. Shuningdek, hozirgacha ayrim noma’lum bo‘lib kelayotgan qo‘lyozmalarni aniqlab ularni nashr 3
etish borasida bir qancha ikkilanishlarga sabab bo‘layotgan ma’lum bir masalalar diqqatimizni tortadi. Jumladan, «Gul va Navro‘z» masnaviyi muallifi masalasi jiddiyroq o‘rganishga muhtoj muammolardan biri sanaladi. Bugunga kelib ham ba’zi bir adabiyot yoxud uslubiy qo‘llanmalarda Lutfiy asari deb nashr qilingan, aslida Haydar Xorazmiy ijodiy mahsuli hisoblangan «Gul va Navro‘z» dostoni qator adabiyotshunos professor olimlar tomonidan mushohada ostiga olinsa-da, to‘liq ilmiy asosda tasdiqlanmasdan qolmoqda. Mavlono Haydar Xorazmiy davrining zamondosh shoirlari kabi o‘zining ko‘p qirrali va sermahsul ijodi orqali dunyoga tanildi, ikki merosi - biri falsafiy – didaktik ruhda bo‘lsa, biri ishqiy- romantik dostoni bilan “Xamsachilik” ning yangi kurtaklarini namoyish etdi ham dostonnavislik janrining shakllanishiga o‘zining katta bir ulushini qo‘sha oldi. Asarlarida muhim bir mavzular ko‘tarilib, ular tubida qanchadan-qancha dolzarb muammolar hayqirig‘i yangradi. U bo‘lib o‘tayotgan adolatsizliklar, gunohkorlar uchun qon to‘kayotgan begunohlar va feodal urushlarga indamasdan ko‘z yuma olmadi, hech bo‘lganda ijodiy asarlari, lirikasi orqali xalqqa va hukumat egalariga murojaat qildi, shu orqali ma’lum bir natijaga erisha oldi. Turkigo‘y Haydar Xorazmiyning adabiy merosi izchil, tadqiqiy izlanishlar talab etishi va o‘rganilishi mazkur dissertatsiya mavzusining asosiy dolzarbligini belgilab beruvchi omillardan biridir. Muammoning o‘rganilganlik darajasi: O‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganishda keng ko‘lamli ishlar olib borish natijasida nafaqat o‘zbek, balki rus, turk adabiyotshunos olimlari ham o‘zining qator monografiya va risolalarini taqdim etmoqda. Haydar Xorazmiy hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar kam bo‘lsada, ayrimlari «Abushqa», Ahmad taroziyning «Funun ul balog‘a», Alisher Navoiyning «Majolis un- nafois», «Muhokamat ul- lug‘atayn», Boburning «Muxtasar» va boshqalarning asarlarida shoir va uning ijodi haqida ma’lumotlar mavjud. Filologiya fanlar doktori professor, adabiyotshunos olim R. Vohidov, N. Rahmonov, A. Hayitmetov, N. Mallayev o‘zbek adabiyotshunosligida nazariy 4