logo

MUHAMMAD ALI (XON) HAYOTI VA LIRIK MEROSI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

205.42578125 KB
         
MUHAMMAD ALI  (X ON ) HAYOTI VA LIRIK MEROSI  
                                                     MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB. MUHAMMAD ALIXON HAYOT  YO ‘ LI.
1.1.Muhammad   Alixonning   hayoti   va   ijodiga   doir   ilmiy   asarlar   va
maqolalar tasnifi……………………………………………………………….8
1.2.Nodira   ijodida   Muhammad   Alixon   timsolining   ifodasi   (oltin   beshik
voqeasi  misolida)…………………………………………………………….15
Bob bo ‘ yicha xulosalar………………………………………………………29
II BOB.  SHOIRNING  POETIK  MAHORATI
2.1.Xonning lirik merosi…………………………………………………….32
2.2.Muhammad  Alixon  lirikasining  janr   va  mavzu  ko‘lami   va  uning  ijodida
badiiy san’atlar in’ikosi……………………………………………………...37
Bob bo ‘ yicha xulosalar………………………………………………………51
III
 BOB. XON IJODIDA AN’ANA VA ADABIY TA’SIR MASALASI
3.1.Shoir ijodida mumtoz adabiy an’analar……………………………………….53
3.2.  Shoir ijodida Fuzuliy ohanglarining tarannum etishi………………………...60
Bob bo yicha xulosa………………………………………………………………71ʻ
XULOSA…………………………………………………………………………72
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..75
1                                                KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi .   Adabiyotshunoslikda   mumtoz   turkiy
adabiyot   qiziqish   bilan   o ‘ rganilib   kelinadi.   Mumtoz   adabiyotda   badiiyat
masalasi,   adabiy   muhit   va   adabiy   tanqidning   o‘rni   haqidagi   tekshirishlarni
amalga   oshirish   dolzarb   vazifalarni   keltirib   chiqarishi   bilan   birga   tadqiqotlarning
ko‘lamini kengaytirish zaruratini ham ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda
  ilm-fan   sohasida   istiqlol   yillarida   amalga   oshirilayotgan
islohotlar   zamirida   “o ‘ zbek   mumtoz   va   zamonaviy   adabiyotini   xalqaro   miqyosda
o‘rganish   va   targ‘ib   qilish,   ko‘p   qirrali   bu   mavzuni   bugungi   kunda   dunyo   adabiy
makonida   yuz   berayotgan   eng   muhim   jarayonlar   bilan   uzviy   bog‘liq   holda   tahlil
etib, zarur  ilmiy-amaliy xulosalar   chiqarish  katta ahamiyatga  ega” 1
  bo‘lib, mazkur
ilmiy   jarayonlar   natijasida   ijodi   nisbatan   kam   o‘rganilgan   Muhammad   Alixon
adabiy  merosini  monografik  planda o‘rganish  adabiyotshunosligimizni  yangi   tahlil
va qarashlar bilan boyitishga xizmat qiladi.
Xalqimizning   asrlar   davomida   shakllangan   ma’naviyati,   uning
taraqqiyot   bosqichlari,   o‘tmish   va   kelajak   bilan   bog‘liq   jihatlarini
o‘rganish,   yosh   avlodga   ajdodlarimiz   asarlarida   ilgari   surilgan   g‘oya   va
mavzularning   tub   mazmun-mohiyatini   anglatish,   mutafakkir   bobolar
merosiga   vorislik,   izdoshlik,   ularni   Vatanga   muhabbat,   kelajakka   ishonch
1
 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг «Ўзбек мумтоз ва замонавий адабиётини
халқаро   миқёсда   ўрганиш   ва   тарғиб   қилишнинг   долзарб   масалалари»   мавзусидаги   халқаро   конференция
иштирокчиларига йўллаган табриги // Халқ сўзи. 2018 йил 8 август. 
2 ruhida   komil   insonlar   qilib   tarbiyalash   ehtiyoji   Muhammad   Alixon   kabi
shoirlarimiz ijodini o‘rganishning nechog‘li dolzarb ekanini anglatadi. 
            Muammoning   o‘rganilganlik   darajasi.   Ajdodlarimiz   qoldirgan   boy
ma’naviy   merosga,   ularning   hayoti   va   ijodiy   faoliyatiga   bo‘lgan   qiziqish
yurtimizda   yildan   yilga   ortib   bormoqda.   Zero,   mustaqillik,   eng   avvalo,
o‘zlikni   anglash   demakdir.   Har   bir   xalq   o‘z   mustaqilligini   qo‘lga   kiritar
ekan,   o‘z   o‘tmishi,   urf-odatlari   va   qadriyatlarini   tiklash   hamda   ularni
saqlab   qolish   uchun   qayg‘uradi.   Mustaqillik   tufayli   o‘zbek   xalqi   qo‘lga
kiritgan   eng   katta   ne’matlardan   biri–   bu   ma’naviyat   sohasida   ro‘y   bera
boshlagan   istiqloliy   jarayonlar   bo‘lib,   zero,   har   qanday   jamiyatdagi
ijtimoiy-siyosiy   voqelik,   avvalo,   uning   ma’naviy   jihatdan   mushohada
etilishi   bilan   izohlanadi.   Qo‘lga   kiritilgan   milliy   istiqlol   milliy   o‘zlikni
anglashgagina   emas,   balki   uning   butun   hayotiy   faoliyatiga,   xususan
ma’naviy   turmushiga   sifat   jihatidan   yangi   tus   berdi.   Ayniqsa,   bu   holat
uning   nodir   xazinasi,   ya’ni   ma’naviy   merosiga   bo‘lgan   e’tiborda   yaqqol
ko‘zga   tashlanadi.   Darhaqiqat,   madaniy-ma’naviy   merosimiz,   asriy
an’analar   –   o‘tmishdan   avlod-   ajdodlarimizdan   bizlarga   yetib   kelgan,
bugungi   hayotimiz   uchun   xizmat   qilayotgan   eng   katta   boylik   ma’naviy
boylik, buyuk xazinadir. 2
 
“ Ma’naviyat,   –   degan   edi   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.   A.
Karimov,   –   taqdirning   ehsoni   emas.   Ma’naviyat   inson   qalbida   kamol
topishi   uchun   qalban   va   vijdonan,   aql   va   qo‘l   bilan   mehnat   qilishi   kerak.
Bu   hazina   insonga   hayotda   barqarorlik   bag‘ishlaydi,   uning   qarashlari
2  Туленов Ж.  Ғ афуров З. Муста қ иллик ва миллий тикланиш. Т., 1996. – 189 б.
3 shunchaki   boylik   orttirish   yo‘lida   kun   ko‘rishga   yo‘l   qo‘ymaydi,   fojialar
vaqtida   omon   saqlab   qoladi   va   moddiy   qiyinchilik   kunlarida   irodani
mustahkamlaydi” 3
.  
Mazkur   fikrlardan   kelib   chiqib   aytish   mumkinki,   hayoti   va   ijodi   kam
o‘rganilgan   ajdodlarimiz   asarlarini   o‘rganish   davr   talabi   sanaladi.   Xuddi
shu   ma’noda   Muhammad   Al i(   Xon )   ijodini   o‘rganish   ham   muhim
masalalardan biridir. 
Muhammad   Alixon   ijodini   o‘rganish   shoirning   hayotlik   vaqtidayoq
boshlangan.   Shoirning   onasi   mashhur   shoira   Mohlaroyim   Nodira   o‘z
she’rlarida   o‘g‘li   Muhammad   Alixon   timsolini   aks   ettirgani   ma’lum.
P.Qayumov   o‘zining   “Tazkirai   Qayumiy”   asarida   Muhammad   Alixon
haqida   qisqacha   to‘xtalib   o‘tgan.   Shuningdek,   shoirning   hayot   yo‘li   haqida
O‘zbekiston  tarixi yoritilgan ko‘pgina asarlarda ham  ma’lumotlar  uchraydi.
Jumladan,   Is’hoqxon   to‘ra   Ibratning   ”Tarixi   Farg‘ona”,   Mirzoolim
Mushrifning   “Ansobus- salotin   va   tavorix   ul-xavoqin”   asarlarida,
adabiyotshunos   olim   Sh.Yusupovning   “Tarix   ummoni   sirlari”   asarida,
shuningdek,   O‘zbekiston   Milliy   ensiklopediyasining   5-jildida,   Nodirbek
Ahatovning   “Ko‘hna   marg‘ilon   ziyoratgohlari”   asarida,   Eshonqulova
Surayyoning   “Nodira   she’riyatida   tarixiy   obrazlar   talqini”   mavzuidagi
nomzodlik   dissertatsiyasi   kabi   o‘nlab   ilmiy   asarlarda   ham   Ma’dalixon
hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar uchraydi.
3  Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли.Т.: Ўзбекистон 992.- 72 б.
4 Bu   ishlarda   Muhammad   Alixon   ijodining   ayrim   qirralari   yuzasidan
ba’zi   fikrlar   bayon   etib   o‘tilgan   bo‘lsa-da,   hozirga   qadar   shoir   ijodi   to‘la
tadqiq etilgan emas.
Tadqiqotning   maqsadi.   Muhammad   Alixon   ijodining   o‘zbek
adabiyoti   tarixida   tutgan   o‘rni,   shoirning   poetik   fikrni   ifoda   eta   olish
mahorati,   shoir   lirikasi   mavzu   ko‘lami,   shoir   ijodiga   aloqador   manbalar,
ularning   mazmun-mohiyati,   shoir   ijodidagi   o‘ziga   xos   jihatlari,   shoir
lirikasi   badiiyatini     tadqiq   etish   va   ilmiy-nazariy   umumlashmalar   chiqarish
dissertatsiyamizning maqsadi  hisoblanadi. 
Tadqiqotning vazifalari : 
-   Muhammad   Alixon   hayoti   va   ijodiga   aloqador   materiallarni
to‘plash;  
- Muhammad Alixon lirikasining mavzu ko‘lamini tadqiq etish;  
-  shoir ijodida salaflarining ta’siri masalasini  atroflicha yoritish;
-   shoir   ijodida   tasvirlangan   obrazlarning   mazmuni   va   poetik   fikr
uyg‘unligi,   badiiy   tasvir   vositalarining   ijodkor   tafakkurini   aks   ettirishdagi
o‘rni, ijodkor badiiy mahorati masalalarini tahlildan o‘tkazish;
-   magistrlik   dissertatsiyasi   natijalaridan   nazariy   umumlashmalar
chiqarish.
                      Tadqiqotning   obyekti   Qo‘qon   xonligining   madaniy   va   siyosiy,   adabiy
hayotida   alohida   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   ham   xon,   ham   ijodkor   bo‘lmish
Muhammad Alixon shaxsi va u tomonidan tuzilgan devon hisoblanadi.
           Tadqiqotning predmeti ni Xonning Qo‘qon xonligida adabiyot va madaniy
hayot sohalari jumladan, maorif, musiqa-qo‘shiqchilik, teatr, askiya, me’morchilik
va   xalq   amaliy   san’ati,   tarixnavislikning   rivojlanishiga   qay   darajada   hissa
5 qo‘shganligini   izchil   o‘rganish   va   tahlil   qilish,   yozuvchi   ijod   namunalarini   keng
miqyosda o‘rganishni tashkil etadi.
         Tadqiqot usullari  Tadqiqotni amalga oshirishda eng, avvalo, tanlab olingan
manbalarning   tadqiqot   predmetiga   mosligi,   tarixiylik,   obyektivlik,   ilmiylik
tamoyillariga asoslanilgan holda taqqoslash, analogiya,qiyosiy tadqiqot metodlari,
xronologik  tahlil  kabi  tadqiqot  usullaridan  foydalanildi.  Nazariy  fikr   va  xulosalar
nazariy bilish usullaridan biri bo‘lgan ideallashtirish orqali Xon shaxsiyati  hamda
ijodini   kamchiliklarsiz   ochib   berish   va   bunda   psixologik,   biografik,   sotsiologik,
germenevtik   metodlardan   foydalaniladi.   Biografik   metod   orqali   esa,   yozuvchi
shaxsiyati ijtimoiy hayotini o‘rganish va hayot tarzining ijodiga ta’sirini aniqlashda
katta   yordam   beradi.   Ko‘pchilik   manbalarda   Muhammad   Alixon   shaxsi   haqida
salbiy   fikrlar   keltiriladi.   Uning   maishatga   o‘chligi,   mayparastligi,   ayollarga
qiziqishi   haqida   manbalarda   aytib   o‘tiladi.Shunga   qaramasdan   u   ikki   tomondan
ijodkorning   farzandi   Nodira   va   Amiriyning.   Shunday   ajoyib   ijodkorlarning
farzandi   noqobil   va   mas’uliyatsiz   bo‘lishi   mumkin   emas.   Xon   obodonlashirish
ishlariga   ilm   -fan   rivojiga   ulkan   hissa   qo‘shganligini   tasdiqlovchi   manbalardan
ko‘rinadiki   uning   shaxsini   ideallashtirish   lozim.   She’rlaridagi   ko‘chimlar   va
ma’nolarini, uning g‘oyasini aniqlashda taqqoslash va analogik tahlil metodi katta
yordam   beradi.   Ikki   ijodkorning   g‘azallaridagi   o‘xshashlik   va   farqlar   yonma-yon
aspektda   tahlil   qilinsa   oydinroq   ko‘rinadi.   Sotsiologik   tahlil   metodi   nuqtayi
nazaridan   qaralganda   Xon   ijodida   ijtimoiy   hayot   muammolari   aks   etishi   haqida
tasavvurga   ega   bo‘lamiz.   Abdulla   Qodiriy   o‘zining   “Mehrobdan   chayon”
romanining “Amir Umarxonning kanizi “qismida Muhammad Alixon va shaxsiyati
haqida   ma’lumot   bera   turib,   otasining   kanizagiga   uylangani   uchun   Buxoro   xoni
o‘rtasida tafovud yuz berganligi haqida aytib o‘tilgan.”Is’hoqxon Ibratning “Tarixi
Farg‘ona”   asarida   esa   tarix   nuqtayi   nazardan   ijobiy   fikrlarni   ,   uning   muhabbat
kishisi   bo‘lganligi   adolatli   hukmdor   bo‘lgangi   haqida   uni   aholi   G‘oziy   hukmdor
sifatida   aytib   o‘tadi   bu   kabi   muammolarni   psixologik   bva   badiiy   metodlar   orqali
aniqlashimiz mumkin.
6 Tadqiqot   natijalarining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati.     Ushbu
tadqiqot   natijalari   o‘zbek   mumtoz   adabiyotidagi   yana   bir   kemtik   o‘rinni
to‘ldirish   uchun   xizmat   qiladi.   Magistrlik   dissertatsiyasi   natijalari   asosida
Qo‘qon   adabiy   muhitida   yashab   ijod   qilgan,   biroq   ijodi   keng   monografik
aspektda   o‘rganilmagan   Muhammad   Alixonning   hayoti   va   ijodi   mustaqillik
mafkurasi  asosida o‘rganiladi
Bizning   ushbu   magistrlik   ishimiz   mavzusining   amaliy   ahamiyati
shundaki,   u   bu   borada   qilinadigan   katta-katta   tadqiqotlar   debochasi   bo‘lib
qoladi.
               Tadqiqotning yangiligi .   Mazkur dissertatsiyada   ilk bor Muhammad Alixon
ijodi   to ‘ liq   holda   talqin   va   tahlil   etiladi.   Bugungacha   bu   mavzu   bo‘yicha   uning
she’riyati ko‘lami, undagi badiiy tasviriy vositalarning qo‘llanilish darajasi va o‘rni
,badiiy san’at turlaridan foydalanish xususiyatlari, uning ijodiga kim va nima ta’sir
ko‘rsatganligi haqida fikr ma’lumotlar mavzuning bir qisminigina adabiy tahlil va
talqin   qilgan   va   biz   buni   umumiy   qilib     o‘rganishdan     iborat.   Xonning   ijod
namunalarini devonida chop etilmagan, teginilmagan g‘azallarni aniqlash va ularni
ilmiy maydonga chiqarishdir.
Ish   tuzilmasining   tavsifi.   Ushbu   ilmiy   tadqiqot   “Kirish”   va   uchta
asosiy   bob:   “Muhamma   Alixon   hayot   yo‘li ”,   “Shoirning   poetik   mahorati”,
“Shoir   ijodida   an’ana   va   adabiy   ta’sir   masalasi”,   “Xulosa”,   “Foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati” qismlaridan iborat bo‘lib, 80 sahifani tashkil  etadi. 
                 
       
I BOB . MUHAMMAD ALIXON  HAYOT YO ‘ LI
1.1. Muhammad   Alixonning   hayoti   va   ijodiga   doir   ilmiy   asarlar   va
maqolalar tasnifi
7             Muhammad   Alixonning   shaxsiyatiga   oid   manbalarni   ko ‘ rib   chiqar   ekanmiz
unda   ijobiy   fikrlar   bilan   bir   qatorda   salbiy   ma’lumotlar   borligi   ham   ko ‘ zga
tashlanadi.   Shu   bilan   birga   undagi   she’riyatni   sevishi,   adolatli   bo ‘ lish,   shoirlarga
keng   yo ‘ l   ochib   berishi   kabi   oliyjanob   tuyg ‘ ular   ham   mujassam   ekanligini
ko ‘ rishimiz   mumkin.   Is’hoqxon   Ibratning   “Tarixi   Farg’ona   “     asarida   quyidagi
ma’lumotlar   berilgan.”Umarxon   vafotidan   so ‘ ng   Muhammad   Alixon   o ‘ g ‘ li   o ‘ n
besh   yoshlarinda   taxtga     julus   etdi.   Xalq   muni   sifati   madh   ilan   Ma’dalixon   deb,
ya’ni   manbai   adl-u   adolat   deb   zikr   qilur   erdilar.   Bul   vaqtda   Jahongirxo ‘ ja
g ‘ alabasida   bul   kishi   ham   Qoshg ‘ arga   Xitoy   ilan   g ‘ azot   qilmoq   bo ‘ lub   borib,
Gulbog ‘   degan   mavze’da   Xitoy   ilan   muhoraba   qilib,   g ‘ oziylik   laqabiga   sodiq
bo ‘ lubdurki, Xo ‘
qand xonlaridan mundan bo ‘ lak  hech kishi kuffor bilan muhoraba
qilmay   g ‘ oziylik   laqabiga   noyil   o ‘ lmag ‘ on   ekan.   Ushbu   ma’lumotlardan
ko ‘ rinadiki   Muhammad   Alixon   shaxsining   naqadar   bilimli   va   yurt   tinchligini
o ‘ ylaydigan xon ekanligi.
      Abdulla   Qodiriyning   “Mehrobdan   chayon”   romanining   “Amir   Umarxonning
kanizi   “   qismida   ham   Madalixon   shaxsiyati   va   tarixiga   oid   ma’lumot   ham
keltirilgan   .   Shu   bo ‘ yicha   Abdulla   Qodiriy   alohida   roman   yozmoqchi   bo ‘ lib
manbalar   to ‘ plagani   ham   ma’lum.   Uvaysiyning   “Voqeayi   Muhammad   Alixon”
manzumasida ham Muhammad Alixonning ijodiga to ‘ xtalib o ‘ tgan.
Tarix   va   adabiyot   bir-biriga   chambarchas   bog‘liq.   Zero,   ular   biri
ikkinchisini   to‘ldirib,   jamiyat   manfaatlariga   xizmat   qiladi.   Tarix   muayyan
makon   va   zamon,   ma’lum   shaxslar   hayoti   bilan   bog‘liq   voqealar   haqidagi
real   ma’lumotlarni   o‘zida   mujassam   etsa,   badiiy   adabiyotning   vazifasi
o‘zgacharoq.   Chunonchi,   badiiy   adabiyot   muayyan   tarixiy   hodisa   yoki
shaxslar   kechmishini   badiiy   jihatdan   sayqallab,   ohorli   tashbeh   va
metaforalar   orqali   tasvirlaydi.   Ijodkor   asarida   tarixiy   jarayon   va   tarixiy
shaxs   faoliyati   bilan   bog‘liq   tasvirlarda   o‘ta   mubolag‘ali   chizgilardan   ham
8 foydalanishi   mumkin.   Natijada   tasvir   ob’ekti   bo‘lgan   hodisaning   o‘quvchi
ongi   va   shuuriga   ta’sir   kuchi   bir   necha   barobar   oshadi,   tarixiy   shaxs
obraziga nisbatan ijobiy yoki salbiy fikr shakllanishiga zamin yaratiladi.
Qo‘qon   adabiy   muhitining   rivojlanishiga   katta   hissa   qo‘shgan
Umarxon   –   Amiriy   va   Nodirabegimlarning   farzandi   ham   hukmdor   va   ham
ijodkor   sanalmish   Muhammad   Alixonning   hayoti   va   ijodiga   bag‘ishlangan
ilmiy   va   badiiy   asarlar   talaygina.   Ma gistrlik   dissertatsiyasining   ushbu
faslida ana shu asarlarni tasnif etishga harakat  qilamiz.
Dastlab  “Tazkirai  Qayumiy”dagi  qaydlar  bilan tanishaylik.  Unda Xon
haqida   quyidagicha   ma’lumot   berilgan:   Xon   –   bu   shoir   Shohruhiylar
sulolasidan   bo‘lub,   Xo‘qand   shahrida   tug‘ilmishdur.   Nomi   Muhammad   Ali
bo‘lib,   Umarxonning   katta   o‘g‘lidur.   Onasi   sobiqqo‘zik   shoira   Komila
xonim   Nodiradur.     1822   yili   otasidan   so‘ngra   xonliq   mansabiga   o‘lturub
1842   yilda   o‘ldirildi.   (bu   voqea   “Xo‘qand   tarixi”   asarimizda   to‘la   bayon
etilgan). Dahmai  shohonda madfundur (Qo‘qon shahrida. A.Q.).
Bu shoir Fuzuliyga ergashib yozmishdur... 4
“Tazkirai   Qayumiy”da   mazkur   ma’lumotlardan   so‘ng   shoir
she’rlaridan ayrimlari keltirib o‘tiladi.
Muhammad   Alixon   haqida   xabar   beruvchi   yana   bir   manba
O‘zbekiston   Milliy   ensiklopediyasidir.   Unda   Xonning   hayoti   va   ijodi
haqida shunday yoziladi:
4 Пўлотжон   Домулла   Қаюмов.   Тазкираи   Қаюмий.   Тошкент.   ЎзРФА   қўлёзмалар   институти
таҳририй нашриёт бўлими. 1999. 720 бет. 170-бет.
9 Muhammad   Alixon   (taxm.   1803/   06-1842,   Qo‘qon)   –   Qo‘qon   xoni
(1822-41).  Umarxon  va  Nodiranmng   o‘g‘li. Otasi  Umarxon vafotidan keyin
17   yoshida   taxtga   o‘tirgan.   Hukmronlik   davrida   xonlik   hududini
kengaytirishga   uringan.   Janubiy   Olay   tog‘   etagidagi   tojiklar
bo‘ysundirilgan.   Qorategin   butunlay,   Darvoz,   Shug‘non,   Roshan,   Vohon
faqat   nomigagina   zabt   etilgan.   1829   yil   Qashqarga   yurish   qilgan.   Uning   bu
harakatidan   foydalangan   Qashqar   musulmonlari   xitoylarga   qarshi   bosh
ko‘targan.   Mag‘lub   bo‘lgan   uyg‘urlardan   70   mingi   Muhammad   Alixon
bilan   birga   qaytib,   Qo‘qon   xonligidagi   shaharlarga   (jumladan,   Toshkentga)
joylashtirilgan.   Muhammad   Alixon   Qashqarga   qilgan   qayta-qayta   hujumi
natijasida   Sharqiy   Turkiston   shaharlaridan   boj   yig‘ish   huquqini   olgan.
Muhammad   Alixon   hukmronligi   davrida   sug‘orish   ishlari   yo‘lga   qo‘yilgan.
Toshkent   yaqinida   Xonariq   qazilgan.   Toshkent   hokimi   Lashkar   qushbegi
Muhammad   Alixonning   yaqin   maslahatchisi   bo‘lib   qolgan.   Rossiya   bilan
savdo   va   diplomatik   aloqalar   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilgan.   1828   yil   Qo‘qondan
Sankt-Peterburgga   elchilar   boradi   va   ular   yaxshi   kutib   olinadi.   1830   yil
Qo‘qonga Rossiya elchisi  xorunjiy Potanin keladi.
Muhammad   Alixonning   hukmronlik   davrida   Qo‘qon-Buxoro
munosabatlari   keskin   yomonlashadi.   Ular   orasida   bo‘lib   o‘tgan   urushlar
natijasida   Buxoro   amiri   Nasrullaxon   Qo‘qon   qo‘shinini   tor-mor   qiladi.
Muhammad   Alixon   o‘zini   noiloj   amirning   noibi   deb   e’tirof   qiladi.   Oradan
ikki   yil   o‘tgach,   1841   yil   oktyabrda   Qo‘qonda   xon   zulmiga   qarshi   xalq
qo‘zg‘oloni ko‘tariladi.
10 Muhammad   Alixon   ichkilikbozlik   va   axloqsizlikka   beriladi.   Buxoro-
Qo‘qon   o‘rtasidagi   munosabatlar   yomonlashuvi   va   tez-tez   takrorlanib
turadigan   harbiy   to‘qnashuvlar   shunga   olib   keldiki,   Muhammad   Alixon
1841   yilning   noyabrida   ukasi   Sulton   Mahmud   foydasiga   taxtdan   voz
kechadi,   shunday   bo‘lsa   ham   1842   yil   aprelda   Buxoro   amiri   Nasrullaxon
Qo‘qonni   zabt   etdi   va   Muhammad   Alixonni,   ukasi   Sulton   Mahmudxonni,
onasi Nodira begimni qatl ettiradi 5
.
Tarix   zarvaraqlarida   qora   hariflar   bilan   muhr   etilgan   bu   mudhish
voqea   juda   ko‘p   tarix   asarlarida   yoritilgan 6
.   Mazkur   manbalarga   asosan   bu
voqeani quyidagicha aks ettirish mumkin 7
.
XIX   asrning   birinchi   va   ikkinchi   choragidagi   voqealarga   nazar
tashlasak,   Chor   Rossiyasi   hukmron   doiralari   bu   xonliklarga   savdogar,
sayyoh niqobida ketma-ket josuslar  yo‘llab, xonliklardagi haqiqiy ahvoldan
puxta   xabardor   bo‘lgach,   ularning   bosqinchilik   rejalarida   aldam-qaldam
deplomatsiyasi   tobora   ko‘proq   o‘rin   egallay   boshlaydi.   Bunda   ular,   bir
tomondan,   Qo‘qon,   Buxoro   va   Xivadan   Rossiyaga   yuborilgan   elchilardan
o‘z   yovuz   maqsadlarini   yashirib,   xonliklarga   yaqin   hududlarda   harbiy
istehkomlar   qo‘rish,   daryo   portlarini   kelajakdagi   hujumlari   uchun
muvofiqlashtirish   kabi   nomatlub   ishlarini   go‘yo   xonliklar   manfaati   yo‘lida
qilinayotgan   ishlar   sifatida   ko‘rsatmoqchi   bo‘ldilar.   Ikkinchi   tomondan,
5
Ўзбекистон   Миллий   энциклопедиясидан   олинган   ушбу   маълумотлар   қуйидаги   адабиётлар   асосида
ёритилган: Мирзоолим    Мушриф,     Қўқон хонлиги тарихи, Т.,  1995; Бобобеков  Ҳ. Н., Қўқон тарихи, Т.,
1996;  Набиев Р. Н., Из истории Кокандского ханства, Т., 1973.  Ҳайдарбек Бобобеков
6
  Бу   воқеа   Исҳоқхон   тўра   Ибратнинг   «Тарихи   Фарғона»,   Мирзоолим   Мушрифнинг   “Ансобус-салотин   ва
таворихул-хавоқин”   асарларида,   шунингдек,  адабиётшунос   олим  Ш.Юсуповнинг  “Тарих  уммони  сирлари”
асарларида батафсил ёритилган.
7  Қуйидаги маълумотлар Ш.Юсуповнинг «Тарих уммони сирлари» асаридан олинди.
11 Turonzaminga   bosqin   onlari   yaqinlashgani   sari   bu   yerdagi   xonlar   orasidagi
nizoni   ataylab   kuchaytirishga   qaratilgan   manfur   diplomatiyani   imperator
va uning eng yaqin a’yonlari ishtirokida amalga oshirishga erishadilar. 
Bu   aldam-qaldam   diplomatiyaning   namunalaridan   biri   1842   yil
bahorida   Qo‘qon   xonligi   amir   Nasrullo   tomonidan   bosib   olingach,   tez
orada   Rossiya   impiratori   Nikolay   birinchining   amirga   yo‘llagan   maktubi
edi.   Ikki   xonlik   o‘rtasidagi   bu   adolatsiz   urushning   bosh   sababchisi   amir
Nasrullo   ekanligini   yaxshi   bilgan   imperator   amirning   Qo‘qondagi
g‘alabasidan   mamnun   ekanini   bildiradi.   Unga   go‘yo   iltifot
ko‘rsatayotgandek   bunday   deb   yozgan   edi:   “Qo‘qondagi   taxt   uchun
kurashlarni   bartaraf   qilish   zarur.   Shundan   keyin   Turkiston   va   Toshkent
bilan   Sirdaryo   bo‘yigacha   bo‘lgan   yerlar,   Jizzaxdan   boshlab   O‘ratepa,
Xo‘jand, Qo‘qon, Marg‘ilon va Qoshg‘ar chegarasigacha  bo‘lgan yerlar Siz
Hazrati oliylarining qo‘llarida bo‘lib, hukmronlik qilishingizni istaymiz”.
Vaholanki,   bu   maktubdan   atigi   uch   oy   chamasi   avval,   1842   yil   25
fevralda   xonlik   elchisi   Muhammad   Halil     Sohibzoda   orqali   Muhammad
Alixonga   yo‘llangan   maktubida   Nikolay   birinchining   xuddi   o‘zi:   “Sizning
qudratli   Rossiya   davlati   bilan   muntazam   ravishda   do‘stona   aloqalarda
bo‘lish   istagingizni   bilish   Biz   uchun   g‘oyat   yoqimli   bo‘ldi.   Sizning   bu
yaxshi   niyatlaringizni   Biz   o‘z   tomonimizdan   kamoli   ehtirom   ila   qabul
aylaymiz.   Biz   ishonamizki,   Sizning   o‘zaro   do‘stona   qo‘shnichilik
aloqalarini   yo‘lga   qo‘yish   haqidagi   samimiy   g‘amxo‘rligingiz   kelgusi
12 muvaffaqiyatli   natijalarga   olib   keladi.   Sizga   barcha   ezguliklarni   tilab
qolamiz”, -deb yozgan edi 8
. 
Rossiyadek   olamga   tanilgan   qudratli   davlatning   imperatori   uch
oygina   avval   dunyoning   barcha   yaxshiliklarini   tilab   qolgan   Qo‘qon
xonligiga   endi   yomonliklarni   ravo   ko‘radi.   Lekin   oradan   birmuncha   vaqt
o‘tib   xuddi   shu   amirlik   va   Xiva   xonligi   impiratorlikning   vassaliga
aylantirilishidan   tashqari   Qo‘qon   xonligining   nomi   jahon   harpitasidan
butunlay o‘chirildi.
Yuqorida   amir   Nasrullo   tomonidan   1842   yilda   Qo‘qon   xonligida
amalga oshirilgan ishlar  sof  ma’nodagi  adolatsiz urush bo‘lganligi  borasida
so‘z   yuritgan   edik.   Nega?   Shuning   uchunki,   o‘sha   vaqtdagi   Qo‘qon
hukmdori   o‘z   yurtining   amirlik   tomonidan   shafqatsizlarcha   bosib   olinishi
o‘zi,   ukasi,   volidasi,   farzandlari   va   boshqa   yaqinlari   bilan   tumonat   oldida
ochiqchasiga qatl etilishiga arziydigan biror ish qilmagan edi.
O‘sha   davrning   halol   muarrixlari   bu   xususda   bizga   aniq   ma’lumotlar
qoldirishgan.   Ular   barchasi   bu   mudhish   bosqinni   katta   va   tuzatib
bo‘lmaydigan   tarixiy   xato   sifatida   baholashgan.tarixiy   manbalardan
ma’lumki,   amir   Nasrullo   o‘z   bosqinchilik   yurishini   oqlash   uchun   go‘yo
Muhammad   Alixon   otasi   uylanmoqchi   bo‘lgan   kanizakni   nikohga   olib,
shariatga   xilof   ish   tutdi,   degan   da’vo   bilan   chiqqan.   Is’hoqxon   Ibrat
“Tarixi   farg‘ona”   nomli   asarida   amir   Nasrulloning   bu   ishiga   aslida   nimalar
sabab   bo‘lgani   xususida   quyidagichi   yozadi.   Muhammad   Alixon   onasini
oldi,   degan   so‘z   rost   bo‘lmay,   buxoriylar   qatllarini   aybini   satri   uchun
8  Ўзбекистон Республикаси Марказий Давлат архиви, 715-жамғарма, 1-қайд, 4-иш, 16-саҳифа
13 qilg‘an   qabihlarini   tavjig‘a   chiqarilmish   so‘zlari   ekan.   Asl   muddao   bo‘lak
ekan.   Chunonchi,   Umarxon:   “Olaman”   degan   Podshohxon   oyimning
husnuni   eshitub   g‘oyibona   maftuni   jamol   bo‘lub,   muni   anga   sabab   qilib
kelgan   ekan...   muhammad   Alixonni   xalqni   ko‘ziga   osiyu   gunahkor
ko‘rsatib,   shariatni   poyimol   qildi,   tanbih   darkor,   tanbih   darkor,   deb   kelib,
qancha   xonzodau   mazluma   oyimlarni   qatli   bag‘ayri   Haq   qilib   oxirul   amr
murod o‘shal oyim ekan, olub, muddaosig‘a yetib, Buxorog‘a olib ketti”.
Mirzo   Olim   Mushrifning   “Ansobus- salotin   va   tavorixu-l-xavoqin”ida
esa   amir   Nasrullo   bosqinining   boshqa   bir   sababiga   urg‘u   beriladi.   “1252
sanada   Farg‘ona   xoni   Muhammad   Alixon   birla   amir   Nasrullo   oralarida
Bashog‘ir   nom   qal’a   ta’miri   xususida   munozaat   bo‘ldi...   Bashog‘ir   qal’asi
munze’i   va   ham   boshqa   sabablar   ila   amir   Nasrullo   Bahodirxon   qo‘shin
jamlab farg‘ona o‘lkasiga yurish qilib, nizomiy askarlari birla osonlik bilan
Bashog‘irg‘a   istilo   qilib,   andin   O‘ratepa   va   Xo‘jand   shaharlarig‘a   doxil
bo‘lub, andin dorul mulki Farg‘ona bo‘lub turgan Xo‘qand ustiga kelib qatl
aylab Buxoroga jo‘nadi”.
O‘sha   davrdagi   boshqa   muarrixlarning   asarlarida   ham   amir   Nasrullo
qo‘qonga   qilgan   bu   bosqin   sabablari   xususida   hamfikrlik   ko‘zga
tashlanadi.   Ular   barchasi   bosqin   sababini,   avvalo,   Muhammad   Alixon
Qo‘qon   xonligi   sarhadlarini   mustahkamlash   uchun   amirlikka   chegaradosh
Bashog‘ir   qal’asini   yangilaganida,   qolaversa,   Muhammad   Alixon   nikohiga
olgan   kanizak   Podshohxonning   husn-jamoli   ta’rifini   eshitgan   amir   unga
g‘oyibona “oshiq” bo‘lib qolganida ko‘radilar.
14 Amir   Nasrulloning   bu   vahshiyona   bosqini   va   boshqa   ko‘pdan-ko‘p
nojo‘ya   ishlari   borasida   gap   borganida   o‘sha   davrning   tarixchilari   xalq
undan   qattiq   norozi   bo‘lib   amirni   o‘z   ismi   bilan   emas,   balki   “botir   qassob”
laqabi bilan atay boshlaganini  qayd etadilar.
Xonning   hayoti   va   ijodi   sobiq   ittifoq   davrida   ham   ayrim   asarlarda
yoritilgan.   Biroq   unda   anchagina   salbiy   bo‘yoqlar   ustunlik   qiladi.   Olimjon
Sharofiddinov   tomonidan   1940   yilda   yozilgan   “O‘zbek   adabiyoti
xristomatiyasi”da  shunday ma’lumotlar bor:
Ma’dalixon   Umarxon   o‘g‘li   1808   yilda   Qo‘qonda   tug‘ilgan.   Uning
onasi   mashhur   shoira   Nodiradir.   Ma’dalixon   yoshligidan   boshlab   Umarxon
saroyining   dabdabali   muhitida   tarbiyalanadi.   Aysh-ishrat   majlislariga   ,
adabiy   o‘tirishlarga   qatnashib   o‘sdi.   Bu   adabiy   majlislar   unga   jiddiy   ta’sir
qoldirgan   va   yosh   ma’dalixonni   “majnun   sifat”   bir   shoir   o‘laroq
tarbiyalanishiga sababchi  bo‘lgan edi. 
Ma’dalixon   otasi   o‘lgach,   uning   o‘rniga   1822   yilda   xon   ko‘tarildi   va
yigirma bir yil hukm surdi.
Ma’dalixon   to‘g‘risida   yozgan   tarixchilarning   ko‘pchiligi   uni   tentak
va   o‘ta   ketgan   maishatparast   xon   sifatida   tasvirlaydilar.   Chindan   ham
olgan   tarbiyasining   halokatli   natijasi   uning   shaxsiy   hayotida   o‘zini   ochiq
ko‘rsatadi.   Ma’dalixon   ham   otasi   singari   aysh-ishratga   qattiq   berilgan,
kaptarbozlikni,   xo‘roz   va   tuya   urishtirishni   sevar,   shu   ishlarning   ahllarini
saroyga   tortgan   ham   edi.   Biroq,   uning   xonlikni   idora   qilishda   aytib   o‘tish
15 lozim   bo‘lgan   va   idora   ishlarida   u   qadar   tentak   emasligini   ko‘rsatadigan
ishlari ham bor.
1.2.Nodira   ijodida   Muhammad   Alixon   timsolining   ifodasi   (Oltin   beshik
voqeasi misolida)
            Nodira   she’riyatida   “Oltin   beshik”   voqeasi   bilan   bog‘liq   qarashlarga
bir   qancha   o‘rinlarda   duch   kelinadi.   Bu   voqea   tafsilotiga   ko‘ra,   Oltin
beshik   Zahiriddin   Muhammad   Bobur   avlodidan   bo‘lib,   Qo‘qon   xonlarining
shajarasi   undan   boshlanadi.   Nodirabegimning   Umarxon   va   uning
xonadonini   vasf   etuvchi   baytlarida   mazkur   voqeaning   aks   sadolari   qizil   ip
bo‘lib o‘tadi. Chunonchi, shoira quyidagi baytida:
Siyodat xonadoni, shohi Bobur nasli  pokiman, 
Xudoyo,   rahmat   ayla,   barcha   ajdodi   izomimni,-deb
o‘zining ham Bobur avlodidan ekanligini aytib faxrlanadi 9
.      
9 Нодира-Комила. Девон. –Т.: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 2001. –Б. 297.; 
Shuningdek,   o’zini   Bobur   orqali   temuriylar   shajarasiga   bog’lash   holati   Umarxon   devoni   debochasida   ham
uchraydi.   Debochada   Amiriy   mana   bunday   yozadi:   “ Bu   oshufta   tasvidot   roqimi   va   bu   parishon   abyot   nozimi
andoq   bayoni   hol   va   sharhi   mofi   al-bol   qilurkim,   vujudum   gulbuni   Temur   Ko’ragon   gulistonining   shajarasi
samarasidindur,  asolat  bo’lstonida izzat  bahorining obu havosi  tarbiyati  birla bosh chekib  nash’u  namo paydo
qildi.   Va   xilqatim   niholikim,   Bobur   Sulton   chamanining   navbodasidur”.Амирий.   Дебоча.   ЎзРФА   Алишер
Навоий номидаги Давлат адабиёт музейи қўлёзмалар фонди. 403-рақамли қўлёзма. 25а-б-варақлар.
16 Bu   bayt   mashhur   bo‘lgan.   Shu   bois   bir   qator   tadqiqotchilar   unga
e’tibor   qaratganlar.   Jumladan,   A.Qayumov:   “Qo‘qon   xonlarining   Bobur
avlodi   ekani   ular   uchun   ayon   edi.   Shu   bilan   faxr   etar   edilar.   Qo‘qon   xoni
Umarxonning   rafiqasi   Mohlar   oyim   Nodira   bu   to‘g‘rida   yozgan” 1 0
,-deb
yuqoridagi baytni havola qiladi. 
Nodiraning   “Oltin   beshik”   voqeasi   bilan   bog‘liq   orzu-istaklari   14
banddan   iborat   “Saltanat   bahrida   paydo   bo‘ldi   yakto   gavhare”   deb
boshlanuvchi muhammasida ham ko‘rinadi. Muhammasda  bir shahzodaning
tug‘ilganligi   aytilgan   bo‘lsa-da,   uning   kimligi   qayd   qilinmagan.
Fikrimizcha,   muhammas   shoiraning   Umarxon   bilan   birgalikdagi
turmushining   dastlabki   yillarida   Muhammad   Alixonning   dunyoga   kelishi
munosabati bilan yozilgan ko‘rinadi. Zero, uning oxirgi bandida:
Keldi chun dunyog‘a ul shahzodai  oliy guhar, 
Nodira 1 1
 qildi duoyi xayr ila so‘z muxtasar,
Ravshan o‘ldi sham’i  bazmi hazrati sulton Umar,
Do‘stlar  dilshodu dushman xotiri zeru zabar,
Shohdur oyini iqbolni ravshangariy 1 2
.
misralari   bo‘lib,   ular   ushbu   fikrni   quvvatlaydi.   Muhammasning   birinchi
bandida shoira bunday yozadi:  
Saltanat bahrida paydo bo‘ldi yakto gavhare,
Subhi davlatdin tulu’ etti humoyun axtare,
10  Қаюмов А. Асарлар. 5-жилд. –Т.: Мумтоз сўз, 2009. –Б. 14. 
11  Нодира шеърларининг 2001 йилги нашрида тахаллуси “Комила” деб ўзгартирилган.
12 Нодира.   Асарлар.   Биринчи   жилд.   –Т.:   Адабиёт   ва   санъат,   1968.   –Б.   264.   (Бундан   кейинги   шоиранинг
ўзбек тилидаги ғазаллари шу нашрдан олинади ва саҳифаси қавс ичида (А деб) кўрсатилади).
17 Munfaildur mahruxidin oftobi xovariy,
Sa’di akbardur haridori jamoli mushtari,
Kim erur oliynasab – shahzodalarni sarvari. (262 A) -
Ma’lum   bo‘ladiki,   muhammasning   ilk   bandida   dunyoga   kelgan
shahzodaning   otasi   ham,   onasi   ham   shohlar   avlodidan   bo‘lganligi   sababli
aslzoda   ekanligiga   urg‘u   beriladi.   Shundan   keyin   oltinchi   bandga   qadar
tug‘ilgan   shahzoda   ko‘pchilik   orzu   qilgan   farzand   ekanligi,   bundan   hamma
xursandligi  aytilib, uning umri uzoq bo‘lishi tilangan. Oltinchi bandda:
Bahri davlatdin bashorat sizga, ey ahli jahon,
Bir humoyun tifl Bobir naslidin bo‘ldi ayon,
Navniholi bo‘stoni  Temuri sohibqiron,
Umrdin bar topqay ul shahzodai  oliynishon.
Jilvagar mohi jamolidin asolat javhari. (263 A)
-deydi   va   bu   bilan   shoira   yangi   mehmonning   oliynasab   deyilishiga   asos
bor,   chunki   u   Temur   avlodidan   bo‘lgan   Bobur   naslidan,   buni   jahon   ahli
bilib qo‘ysinlar, deydi. Chaqaloqning oliynasabligi keyingi banddagi:
Tifl erur shahzoda, sultoni muzaffar bo‘lg‘usi,
Shohi davron o‘g‘lidur, olamg‘a sarvar bo‘lg‘usi,
Lutfi haqdin davlati uzmo muyassar  bo‘lg‘usi,
Xonadoni saltanat  andin munavvar bo‘lg‘usi,
Soyai taxti falak, xurshidi tobon afsari. (263 A)
misralari   bilan   yana   bir   bor   tasdiqlanadi.   Ko‘rinayotganidek,   bandda   yangi
tug‘ilgan   shahzodaning   otasi   ayni   zamonda   hukmdor   ekanligi,   kelgusida   u
18 ham   otasi   singari   taxt   sohibi   bo‘lishi   uqdirilmoqda.   Albatta,   bu
keltirilganlarda   shoiraning   ham   turmush   o‘rtog‘iga,   ham   o‘g‘liga   bo‘lgan
cheksiz   muhabbati,   ularning   xalq   xotirasida   yaxshi   nom   bilan   qolishini
nihoyatda   qattiq   istashi   badiiy   talqin   etilgan.     Shu   bois   bo‘lsa   kerak,   bu
istak   va   tilaklar   uning   “Keldi”   radifli   g‘azaliga   ham   ko‘chgan.   Jumladan,
g‘azalning   matla’ida     yuqorida   aytib   o‘tganimiz   kabi,   yangi   tug‘ilgan
chaqaloqning   ota-bobolari   barchasi   toju   taxt   egasi   bo‘lib,   yurt
boshqarganligi “xon ibni xon” so‘zlari orqali ifodalangan:
Zamona ahlidin g‘am ketti, ayshi  jovidon keldi, 
Adamdin olami ijod aro xon ibni xon keldi.
Nodira g‘azalning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi baytlarida:
Bashorat  sizga, ey ahli jahonkim, mulki dunyog‘a
Charog‘i mahfili Oltinbeshik, Bobirnishon keldi,
Zihi tifli humoyunfar, muborak ro‘y, farrux rux,
Jahon ahlig‘a andin mujdai ruhi ravon keldi,
Asolat bahrida zohir bo‘lib mavji karam andin,
Duri yakto tirozi domani oxirzamon keldi.  (228 A)
Muxammasda   bo‘lgani   singari,   g‘azalda   ham   chaqaloqning   nasl- u
nasabi   “Oltin   beshik”   voqeasi   orqali   Boburga   borib   taqalishi   aytilib,
“asolat   bahri”   –   “aslzodalik   dengizi”dan   olingan   dur 1 3
  ekanligi
ta’kidlanadi.    
Bu   voqea   tafsilotlari   Qo‘qon   xonligi   tarixnavisligining   doimo   diqqat
markazida   bo‘lgan.   Ayni   chog‘da   hozirgi   zamon   vatanimiz   va   chet   el
13   Нодира. Асарлар. Биринчи жилд. –Т.: Адабиёт ва санъат, 1968. –Б. 228-229. 
19 olimlarining   tadqiqotlarida   ham   mazkur   voqeaga   turlicha   munosabat
bildirilgani   kuzatiladi.   Mazkur   munosabatlarni   Oltin   beshik   voqeasini
tarixiy   haqiqat   deb   hisoblovchi   birinchi   va   afsona   deb   hisoblovchi   ikkinchi
guruhga bo‘lish mumkin. 
Ibrat   “Tarixi   Farg‘ona”   asarida   Oltin   beshik   bilan   bog‘liq   “Tarixi
Shohruxiy”da   berilgan   tafsilotlarning   bayonini   keltiradi.   O‘z   navbatida
Ibratning   qayd   qilishicha,   Oltin   beshikning   obro‘sini   xalq   orasida   oshirish
maqsadida turli xil so‘zlar o‘ylab topilgan 1 4
.
N.Abdulhakim   va   T.Alimardonovlar   Mulla   Olim   Maxdum   Hojining
“Tarixi   Turkiston”   asarida   Oltin   beshik   voqeasi   keltirilgani   haqida   yozar
ekan,   Qo‘qon   tarixiga   oid   ilmiy   adabiyotlarga   havolalar   berib:   “Bu
faktlardan   shunday   xulosa   qilish   mumkinki,   Qo‘qon   xonlari   shajarasining
ildizi   Boburga   borib   taqaladi”,   degan   xulosaga   keladilar 1 5
.   Ko‘rinadiki,   bu
ikki olim Oltin beshik voqeasini tarixiy haqiqat, deb hisoblaydi.
Q.Ergashev   ushbu   voqea   haqidagi   qarashlarga   qandaydir   kechmish
sabab   bo‘lgandir,   degan   fikrni   bayon   qiladi.   U   ham   Oltin   beshik   voqesini
tarixiy haqiqat deyishga moyillik bildiradi 1 6
.  
SH.Yusupov   mazkur   voqea   Qo‘qon   tarixiga   oid   bir   qancha   tarixiy   va
ilmiy   asarlarda   bayon   etilgani,   ularda   hech   qanday   manfaat
14   Ибрат. Тарихи Фарғона. –Т. Камалак, 1991.  –Б. 286.  О.М.Масалиеванинг “Тарихи Шоҳруҳий”га баҳо
бериб   ўша   давр   воқеаларининг   бевосита   гувоҳи   бўлган   шахс   ёзганлиги   билан   қимматлидир   дейди.
Қаранг: Масалиева О.М. ХХ аср инглиз-америка тарихшунослигида Бухоро, Хива ва Қўқон хонликлари.
Тарих фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. Т., 1999. –Б. 106. 
15   Абдулҳаким   Н.,   Алимардонов   Т.   “Агар   тарих   сори   айлагунг   майл...”.   –   Мулла   Олим   Махдум   Ҳожи.
Тарихи Туркистон. Қарши, “Насаф” нашриёти, 1992, 3-4-бетлар.
16   Эргашев   Қ.   Нодирабегим   ва   Олтинбешик   афсонаси.   //Ўзбекистон   адабиёти   ва   санъати,   1992   йил   4
сент.  
20 ko‘zlanmaganligini   qayd   qilib,   tarixiy   haqiqat   sifatida   qabul   qilinishini
ma’qullaydi 1 7
.   Olim   o‘z   o‘rnida   aytilganlardan   yuqorida   Qo‘qon   xonligi
tarixnavisligida   Oltin   beshik   voqeasi   borligiga   qaramay,     “Boburnoma”     va
unga   zamondosh   bo‘lgan     ko‘plab   tarixchilarning   asarlarida   nima   sababdan
uchramasligiga   ham   izoh   beradi.   Uningcha,   agar   bunday   ma’lumot   o‘sha
davr   asarlarida   uchraganda,   Boburning   dushmani   bo‘lgan   shayboniylar
farzandini omon qo‘ymasliklari aniq bo‘lgan 1 8
.  
Xususan,   T.Ye.Beysembiyev   “Tarix-i   Shaxruxi”   kak   istoricheskiy
istochnik”   mavzuidagi   nomzodlik   dissertatsiyasida   “Oltin   beshik”
voqeasining   ikki   og‘zaki   varianti   mavjudligini   aytgan.   Uning   birinchisi
mana   bunday:     Bir   zamonlar   Qo‘qon   atrofida   qandaydir   bir   podshoh   ov
qilib   yurgan   edi.   Shohruxxon   o‘sha   paytda   18   yoshda   bo‘lib,   u   o‘zining
ovchilik   mahorati   bilan   mashhur   bo‘lgan.   U   nayza   bilan   yo‘lbarsni   yarador
qilib   qo‘lga   oladi.   Shundan   keyin   podshoh   unga   o‘sha   atrofdagi   yerlarning
hokimligini   beradi.   Umrining   oxirigacha   Shohrux   Targava   va   Chamashbiy
degan   joylarda   yashaydi.   Uning   Abdurahimbiy,   Abdukarimbiy   va   Shodibiy
degan o‘g‘illari bo‘lgan. U Eski qo‘rg‘on degan ariq va qal’a qurgan. 
Afsonaning   ikkinchi   variantiga   ko‘ra,   Qo‘qon   atroflarida   Targava,
Chamashbiy,   Jonkent,   Palaxon,   To‘qaytepa,   Partak,   Tepaqo‘rg‘on,   Qaynar
va   boshqa   qishloqlar   bo‘lgan.   Ularda   o‘zbek   va   sartlar   yashagan.   O‘sha
qishloqning   o‘zbeklari   Chodak   xojalaridan   ozod   bo‘lish   maqsadida
17   Юсупов Ш. Тарих ва адаб бўстони. –Т.: Маънавият, 2003. –Б. 87. 
18   Яна ўша китоб, -Б. 86. 
21 Shohruxxonni   –   Boburning   o‘g‘li   “Oltin   beshik”   avlodidan   deb   e’lon
qiladilar 1 9
. 
Qo‘qon   xonlari   tarixi,   shohruxiylar   sulolasini   o‘rganishda   Fazliy
Farg‘oniyning   “Umarnoma”   asari   ham   muhim   manba   hisoblanadi 2 0
.     Asar
42   bobdan   iborat   bo‘lib,   debocha   muqaddimadan   keyin   “Xoni
sohibqironning   nasli   va   Temur   avlodidan   bo‘lganligining   bayoni”   bobi
mavjudligi   uning   bu   voqeaga   munosabatini   ko‘rsatib   turibdi.     Asarning
yagona   nusxasi   Sankt-Peterburg   shahrida   saqlanadi.   Biz   asarni   ko‘zdan
kechirish   imkoniyatiga   ega   bo‘la   olmadik.   Lekin   shunga   qaramay,
Sh.Vohidovning   dissertatsiyasida   berilgan   tavsifga   ko‘ra,   asarda   xon
avlodining   temuriylarga   borib   ulanishini   ko‘rsatishga   u   qadar   katta   o‘rin
ajratilmagan.   Tadqiqotchining   e’tiroficha,   unda   “Oltin   beshik”   voqeasi
uchramaydi.   Shu   bois   “Umarnoma”   o‘z   davrida   e’tibor   topmagan 2 1
.
Olimning   fikricha,   Qo‘qon   tarixnavisligida   birinchi   bo‘lib   Mushrif   ming
qabilasining   kelib   chiqishini   “Oltin   beshik”   afsonasi   asosida   bayon
qilgan 2 2
.
Fazliy   Farg‘oniy   Umarxonga   bag‘ishlab   yozgan   va   “Majmuai
shoiron”ga kirgan qasidasida  bunday yozadi: 
Vasfi tu ro kardaam  zevari husni xayol,
19   Бейсембиев   Т.К.   Тарих-и   Шахрухи   как   исторический   источник.   Диссертация   на   соискание   ученой
степени кандидата исторических наук. –Т.:  1983.  –С. 126. 
20   Ш.Воҳидов   ушбу   асарни   Қўқон   тарихнавислигига   оид   илк   ёзма   асар   сифатида   қайд   қилган.   Қаранг:
Воҳидов   Ш.   Ҳ.   XIX-ХХ   аср   бошларида   Қўқон   хонлигида   тарихнависликнинг   ривожланиши.   Тарих
фанлари доктори илмий даражасини олиш учун тақдим этилган диссертация. –Т.: 1998. –Б. 114.  
21  Воҳидов Ш. Қўқон тарихчилари Фазлий ва Мушриф. –Т.: 1996. –Б. 10-11. 
22 Yana shu asar. – Б. 134-135. 
22 Madhi turo soxtam zebi  arusi  suxan.
Zubdai oli nabi, sarvari xalqi jahon,
Mohiyi zulmu bade’, homiyi shar’u sunan.
Yofta sad obru az qadamat Toshkand,
Mardumi in mamlakat gasht  xalos az huzan.
Mamlakati du jahon peshi bu manzur nist,
Saydi dili xalq bud maqsud az in omadan 2 3
.
Mazmuni:
Sening vasfingni xayoliy go‘zallik zevari qildim,
Sening madhingni so‘z kelinchagining bezagi qildim.
Payg‘ambar oilasining mag‘zi, jahon xalqining sarvari,
Zulm va yomonlikni yo‘q  qiluvchi, shariat  va sunan homiysi.
Toshkent  sening qadamingdan yuz bor obro‘ topdi,
Bu mamlakat xalqi g‘am-g‘ussadan  xalos bo‘ldi.
Ikki dunyo mamlakati sening nazaringda manzur emas,
Xalqning ko‘nglini olish edi dunyoga kelishingdan maqsad.
  Qo‘qon   xonlari   shajarasiga   oid   keyingi   davrlarda   yaratilgan   “Tarixiy
Shohruxiy”   asari   ham   qimmatli.   Chunonchi,   ushbu   asarda   ham   shajaraning
shakllanish   jarayonlari   biroz   boshqacha   talqinga   ega.   Unga   ko‘ra,
temuriylardan   bo‘lgan   Bobur   Farg‘ona   vodiysi   qo‘ldan   ketayotganda
chaqaloq   o‘g‘lini   qamalda   o‘z   odami   Iskandar   xojaga   topshirib,   uni   shu
yerlik   aholi   topib   olib   ketmaguncha   kuzatib   turishni   buyuradi.   Bolani
23 Фазлий   Намангоний.   Мажмуаи   шоирон.   ЎзР   ФА   Алишер   Навоий   номидаги   Давлат   адабиёт   музейи
қўлёзмалар фонди. 3-рақамли босма китоб. –Б. 35.
23 bo‘lajak   Qo‘qon   atrofidagi   Targava,   Saroy,   Jonkent   qishloqlarining
odamlari   topib   oladilar.   Bola   bilan   birga   qoldirilgan   qimmatbaho   buyumlar
(jumladan   oltin   beshik)ga   qarab,   uning   biror   oliy   nasab   oila   farzandi
ekanligini   anglagan   o‘zbeklar   uning   narsalarini   o‘zaro   chek   tashlash
asosida   uchga   bo‘ladilar:   bolani   Targava   qishlog‘i,   narsalarini   Saroy
qishlog‘i,   beshikni   Jonkent   qishlog‘i   odamlari   oladi.   Targava   o‘zbeklari
bolani   bir   porso   ayolga   tarbiyalash   uchun   topshiradilar.   Qo‘qon   xonlari
shajarasiga   asos   solgan   bolaning   ismi   Oltin   beshik   edi.   Oltin   beshikning
chevarasi   Muhammad   Amin   Sulton   bo‘lib,   u   o‘zini   sulton   deb   atashiga
Boburning   bola   bilan   birga   qoldirgan   taqinchog‘i   ichidagi   muhr   bilan
tasdiqlangan   xatda   aytilganlari   asosi   bo‘lgan.   Unga   ko‘ra,   bolaning   oliy
nasab   oila   farzandi   ekanligi   tasdiqlangan   va   avlodlari   o‘zlarini   sulton,   xon
yoki mirzo deb atashlari  mumkinligi aytilgan 2 4
.  
Oltin   beshik   voqeasiga   Mirza   Olim   ibn   Mirza   Rahim   Toshkandiyning
“Ansob   us-salotin   va   tavorix   al-xavoqin”   asarida   ham   alohida   o‘rin
ajratilgan.   U   “Oltin   beshik   haqidagi   bob”   deyilgan.   Ungacha   Zahiriddin
Muhammad   Boburning   Movarounnahr   siyosiy   hayotidagi   ishtiroki   va
Ubaydullaxondan   yengilib,   yashirin   tarzda   Farg‘onaga   kelishi,   o‘sha
vaqtda   xotini   farzand   kutayotganligi   aytiladi 2 5
.   A.Qayumovning
“Zahiriddin   Muhammad   Bobur   ijodiyoti”   kitobida   Mirza   Olim   ibn   Mirza
24 Бейсимбиев   Т.К.   “Тарих-и   Шахрухи”   как   исторический   источник.   Диссертации   на   соискание   ученой
степени кандидата исторических наук. –Т.: 1983. –С. 117. 
25 Qarang:   Мирзоолим   Мушриф.   Қўқон   хонлиги   тарихи.   –Т.:   Ғафур   Ғалом   номидаги   Адабиёт   ва   санъат
нашриёти,   1995.     –Б.1.     Мирза   Алим   ибн   Мирза   Рахим   Тошканди.   Ансаб   ас-салатин   ва   таварих   ал-
хавакин. Т., 2007.  –С. 78. 
24 Rahim   Toshkandiyning   “Ansob   us- salotin   va   tavorix   al-xavoqin”   asaridagi
o‘sha   voqealar   tafsiloti   berilgan.   Ushbu   o‘rinda   masala   mohiyatini
chuqurroq   anglash   uchun   zarur   bo‘lganligi   sababli   Oltin   beshik   voqeasi
tafsilotini   keltiramiz:   “Boburxon   o‘z   dushmani   Buxoro   podshohi
Ubaydullohxon   bilan   bo‘lgan   urushda   mag‘lubiyatga   uchradi 2 6
.   Shunda
Bobur   Farg‘ona   o‘rmonlarining   bir   joyida   yangi   tug‘ilgan   o‘g‘ilchasini
Oltin   beshikka   belangan   holda   qoldirmoqqa   qaror   qildi.   Beshikka   oltin
to‘la   bir   hamyon   ham   qo‘yib   ketilgan   edi.   Chunki   Bobur   va   uning
hamrohlari   og‘ir   yo‘l   mashaqqatlarini   kechirmoqda   edilar.   Yangi   tug‘ilgan
chaqaloq bu qiyinchiliklarni ko‘tarolmay dunyodan o‘tish xavfi bor edi.
Kunlardan   bir   kun   yozni   o‘tkazish   uchun   joy   izlayotgan   Farg‘ona
o‘zbeklardan   bir   guruhi   tasodifan   shu   tarafga   yo‘l   oladilar.   Ular   beshik
qoldirilgan   tomonga   keldilar   va   daraxt   ostida   turgan   beshikni   ko‘rdilar   va
bolaning   yig‘i   ovozini   eshitdilar.   Yaqin   kelib   qarasalar   bir   beshik   turibdi.
Uning   yog‘ochdan   ishlangan   qismlari   oltin   ila   bezatilgan.   Beshikda
chaqaloq   yotibdi.   Uning   boshi   yoniga   oltin   to‘la   hamyon   qo‘yilgan.   Bola
qimmatbaho   matolar   bilan   yo‘rgaklangan.   Yo‘rgaklar   qimmatbaho   toshlar
va   gavharlar   bilan   bezatilgan.   Chaqaloq   shunday   go‘zal   ediki,   yuzidan   nur
yog‘ilar edi.
Ming   urug‘i,   chankatlik   urug‘i,   qirg‘iz   va   qipchoq   urug‘lari   o‘zaro
kelishib   beshikdagi   oltin   va   qimmatbaho   boyliklarni   bo‘lib   oldilar.   Ular
26 Bu yerda noaniqlik bor. Bobur o’z dushmani Ubaydullohxondan emas, balki Shayboniyxondan mag’lubiyatga
uchragan. Ushbu izoh A.Qayumovga tegishli. 
25 shunday   fikr   qildilarki,   bu   bola   shahzodadir.   Bu   urug‘lar   o‘zaro   kelishib
bir   poktiynat   va   xudojo‘y   ayolni   topdilar   va   unga   bola   tarbiyasini
topshirdilar.   Bu   ayol   jonu   dil   bilan   bolani   tarbiyalay   boshladi.   Bola
kundan-kunga   o‘sa   bordi   va   elga   ma’lum   mashhur   bo‘ldi.   Bir   urug‘   unga
Oltin   beshik   deb   ot   qo‘ydilar.   Boshqa   bir   urug‘   uni   Humoyun   deb   atadi,
uchinchi   urug‘   unga   Amir   eli   deb   ot   qo‘ydi,   to‘rtinchi   urug‘   esa   unga
Ollohberdi nomini berdilar. Barchalari  katta muhabbat va qiziqish bilan uni
shunday   turli   nomlar   bilan   atadilar.   Ko‘p   vaqtlar   ular   bola   tarbiyasi   bilan
mashg‘ul bo‘ldilar.
Mirzo   Boburxon   chaqaloqni   Farg‘ona   o‘rmonlarida   qoldirib,   jadal
Hindistonga   keldi   va   Xudoning   shafqati   va   marhamati   bilan   bu
mamlakatning bir dangiga podshoh bo‘ldi. Bu mamlakatning xalqiga adolat
bilan   hukmronlik   qildi.   Xalq   uning   adolati   va   olijanobligini   ko‘rdilar,
shuning   uchun   Boburxon   ozgina   harajat   bilan   butun   Hindistonning
mustaqil hukmroni bo‘lib qoldi.
Shunda   u   o‘zining   Farg‘ona   o‘rmonlarida   Oltin   beshikda   qoldirib
ketgan   bolasini   esladi.   U   tomonga   bir   aqlli   kishini   xat   va   ko‘p   sovg‘alar
bilan   elchi   qilib   yubordi.   Elchi   havas   va   mamnuniyat   bilan   yo‘lga   tushib,
Farg‘onaga   yetib   keldi.   U   so‘rab-so‘rab   o‘sha   bolani   topdi.   Farg‘ona
o‘zbeklariga   xatni   va   sovg‘alarni   topshirdi.   Ular   bir   necha   kun   davomida
elchiga   izzat-hurmatlar   ko‘rsatib,   ziyofat   qildilar.   Shundan   so‘ng   xalqlar
yig‘ilib   va   o‘zaro   maslahatlashib,   Boburxonga   iltimosnoma   yozdilar.
Uning   mazmuni   bundaydir:   Bu   shahzodani   biz   tarbiyaladik,   umidimiz   uni
26 mamlakatimizga   xon   qilmoqlikdir.   Siz   janobi   oliylaridan   o‘tinib
so‘raymizki,   bu   shahzodani   o‘zimizda   olib   qolmoqqa   jasorat   qildik.
Elchingizni   qaytarib   jo‘natmoqdamiz.   Bu   ezgu   maqsadimizni   bayon   etar
ekanmiz,   bizning   iltimosimizni   Siz   qabul   qilgaysiz,   vassalom.   Shundan
so‘ng,   ular   elchiga   ushbu   xatni   topshirdilar   va   sovg‘alar   berib   kuzatib
qo‘ydilar.   Elchi   ko‘p   yo‘llar   va   manzillar   osha   Hindistonga   qaytib   keldi   va
Boburxonga   Farg‘onada   bo‘lgan   voqealar   to‘g‘risida   gapirib   berdi   va
iltimosnomani   topshirdi.   Boburxon   o‘g‘li   sog‘-salomat   ekanligini   eshitib
behad   shodlandi,   Allohga   cheksiz   minnatdorliklar   izhor   etdi   va   Farg‘ona
o‘zbeklarining iltimosini qabul qildi. 
Shundan   so‘ng   butun   Farg‘ona   xalqi   yig‘ildilar.   Olimlar   va   fozillar,
oqsoqollar   o‘zaro   kelishib   Boburxonning   o‘g‘lini   xon   qilib   ko‘tardilar.
Ammo   bu   Humoyunxon   el   o‘rtasida   Oltin   beshikxon   nomi   bilan   shuhrat
topdi.   Uning   shuhrati   har   yonga   yoyila   bordi.   Uning   martabasi   va   shohlik
fazilati   osha   bordi.   Xalq   unga   itoat   qildi   va   bo‘ysundi.   Uning   shohligini
o‘zining ulkan muvaffaqiyati deb bildi”.
Bu   paytda   Buxoroda   Abdulazizxon   shoh   edi.   Ba’zi   manbalarda   esa
Ubaydullohxon   shoh   bo‘lgan   deb   ko‘rsatiladi.   Oltin   beshikxon   bilan
Abdulazizxon o‘rtalarida mustahkam  do‘stlik  barqaror  edi. Oltin beshikxon
Ming   urug‘i   boshlig‘ining   qizi   Qutlug‘xonimga   uylandi.   Undan   o‘g‘il
ko‘rdi.   Bu   o‘g‘il   Tangriyorxon,   Xudoyor   sulton   va   Sultonilikxon   nomlari
bilan   atalgan.   Oltin   beshikxon   vafot   etgach,   uning   o‘g‘li   Sultonilikxon
Axsikentda   taxtga   o‘ltirdi.   U   6   yoshda   edi.   Sultonilikxon   avliyo   Maxdumi
27 A’zamning   diqqat   e’tiboriga   sazovor   bo‘lgan.   Bu   avliyo:   “Sening
avlodlaring   urug‘dan   uruqqa,   avloddan   avlodga   shohlik   qilsinlar”,   -   deb
duo   qilgan.   Sultonilikxon   adolatli   va   marhamatli   shoh   edi.   Uning   ikki
o‘g‘li   bo‘lgan.   Muhammadaminxon   va   Yormuhammadxon.   Otasi
Yormuhammadxonga   ko‘proq   mayl   ko‘rsatar   edi,   boshqa   o‘g‘li
Muhammadaminxonga   esa   kamroq.   Shu   tufayli     Muhammadaminxon   xafa
bo‘ldi   va   o‘zining   bir   necha   navkarlari   bilan   Buxoroga   qochdi.   972   (1564-
1565)   yili   bu   yerga   keldi.   Imomqulixon   bilan   uchrashdi   va   uning   huzurida
o‘rnashdi.   Muhammadaminxon   Buxoroda   6   yil   yashadi.   978   (1570-1571)
yili   Imomqulixon   o‘ldi.   Uning   o‘g‘li   Iskandar   Jonibek   xon   bo‘ldi.   U
Muhammadaminxonni   ko‘p   navkarlari   bilan   Xorazmga   yubordi,   shu
mamlakatga   xon   qildi.   Muhammadaminxon   Urganch   taxtida   qoyim   o‘ltirdi
va o‘n ikki yil davomida adolat  bilan shohlik qildi.
Tangriyor   sultonning   vafotidan   so‘ng   uning   o‘rniga   sevikli   o‘g‘li
Yormuhammadxon   Farg‘ona   taxtiga   o‘ltirdi.   U   otasining   yo‘lidan   ketmadi.
Maishat   va   mayxo‘rlik   bilan   mashg‘ul   bo‘ldi.   Xalq   arzini   tinglamadi,
sipohlar   va   fuqarolarni   ahvoli   bilan   qiziqmadi.   Shuning   uchun   arkoni
davlat,   ulamo,   sipoh   va   fuqaro   toqatlari   toq   bo‘ldi.   Ular   til   biriktirib
Yormuhammadxonni   taxtdan   tushirdilar   va   uni   Hindistonga   Akbarshoh
huzuriga   jo‘natdilar.   Taxtga   8   yashar   Abulqosimxon   Muhammadaminxon
o‘g‘lini   ko‘tardilar.   Xalq   uning   shohligini   yaxshi   qabul   qildi.   Uni   Sulton
kuchakxon   deb   atar   edilar.   U   18   yoshida   dunyodan   o‘tdi.   Sulton
kuchakxonning   3   yashar   o‘g‘li   bor   edi.   Uning   otlari   uchta   Asilzodaxon,
28 Ubaydullohxon,   Tubchakxon.   Ko‘pchilik   bir   bo‘lib   32   yil   xon   bo‘ldi   va   35
yoshida   dunyodan   o‘tdi.   Uning   bir   fazilatli   o‘g‘li   bor   edi.   Nomi   Shaxmast
valiy.   U   bolalikdan   avliyo   Lutfulloh   Chustiy   qo‘lida   tarbiya   oldi.   10
yasharlik paytida taxtga o‘ltirdi. Adolat bilan hukm surdi. Xalqning ko‘ngli
tilagan   shohi   bo‘ldi.   Shaxmast   valiyxon   40   yoshida   Xudo   rahmatiga
yetishdi.   Uning   bitta   o‘g‘li   bor   edi.   Nomi   Shoxruhbiy.   U   otasining   taxtini
egallab,   adolat   bilan   ish   tutib   23   yil   shohlik   qildi.   56   yoshida   dunyodan
o‘tdi.   So‘ngra   taxtga   uning   o‘g‘li   Rustamxon   o‘ltirdi.   U   Buxoro   xoni
Abdulazizxon   bilan   birga   hajga   bordi.   Shuning   uchun   uni   Hojixon   der
edilar.   Hojixondan   so‘ng   ikki   o‘g‘li   qolgan   edi.   Amirquli   otaliq   va   Fozil
otaliq.   Xalq   Amirquli   otaliqni   taxtga   o‘ltirgizdi.   Undan   so‘ng   o‘g‘li
Shoxruhbiy   xonlik   taxtiga   o‘ltirdi.   13   yil   shohlik   qilib   40   yoshida
dunyodan   o‘tdi.   Shohruxbiy   Ko‘k   to‘nli   otada   qal’a   qurgan   va   o‘sha   yerda
taxtga o‘ltirgan edi. 1121 yil hijriy (1709-1710)”. 
Bulardan   keyin   olim   mazkur   voqea   asosida   mana   bu   xulosani
bildirgan:   “Aytilganlardan   ko‘rinib   turibdiki,   Bobur   avlodi   Oltinbeshikxon
bolalari   orqali   Farg‘onada   hukmronlik   qilgan.   Shuning   uchun   XIX   asr   I
yarmidagi   Qo‘qon   xonlari   o‘zlarini   Bobur   avlodi   deb   hisoblaganlar.   Shu
avlodning   vakili   Muhammadaminxon   Buxorodagi   o‘zbek   xonlarining
yordami   bilan   Xorazmda   ham   xonlik   qilgan.   Shunday   qilib,   Bobur   avlodi
XVI   asrdan   boshlab   Hindistondan   tortib   to   Xorazmgacha   hokimiyatga   ega
bo‘lganlar. Ular mamlakatni adolat bilan boshqarishga harakat qilganlar” 2 7
.
27 Қаюмов   А.   Асарлар.   5-жилд.   Заҳириддин   Муҳаммад   Бобур   ижодиёти.   –Т.:   Мумтоз   сўз,   2009.   –   Б.   15-
18. 
29 T.K.Beysembiyev,   shuningdek,   Oltin   beshik   avlodidan   bo‘lgan
Chamashbiy   ismining   paydo   bo‘lishi   bilan   bog‘liq   afsonaning   ham   ikki   xil
variantini  keltirgan. Uning birinchisiga  ko‘ra, Oltin beshikxon  nabirasining
farzandi   asli   ismi   Tangriqulibiy   bo‘lgan   yigit   o‘sha   davrning   mashhur
so‘fiylaridan   biri   bo‘lgan   Lutfulloh   Chustiy   shogirdi   bo‘ladi.   U   o‘zining
tundagi   ibodatlari   bilan   shab- mast-biy   nomini   oladi.   Keyinchalik   bu   nom
Chamashbiy shakliga kelgan. 
Ikkinchi   talqinga   ko‘ra,   O‘shga   Taxti   Sulaymon   ziyoratiga
borayotgan   Abdullaxon   Qaynar   qishlog‘ida   to‘xtaydi.   U   yerga   hokimlik
qilayotgan   kishi   o‘z   xizmati   bilan   Abdullaxonga   yoqib   qoladi.   Shu   sababli
xon   unga   “Shoh   bosh”   “(Shoh   bo‘lgin”)   deydi.   Ziyoratdan   qaytayotib,
Abdullaxon   mazkur   kishiga   qimmatbaho   kiyim   va   xon   bo‘lishga   haqi
borligini   bildiruvchi   yorliq   topshiradi.     Abdullaxonning   aytganini   yaxshi
eshitmay   qolganlar   uning   so‘zini   “Shamash”   deb   talqin   qilishgan.
O‘zbeklar   uni   “Shamasbiy”   deb   atay   boshlaydilar.   Bora-bora   bu   so‘z
Chamashbiy deb aytila boshlangan 2 8
. 
O‘z   navbatida   T.K.Beysembiyev   “Oltin   beshik”   voqeasi   talqinidan
quyidagi maqsadlar ko‘zga tashlanishini  e’tirof etadi:
1. Qo‘qon   xonlari   shajarasini   temuriylar   orqali   Chingizxonga   ulash
(Qo‘qon   xonlari   shajarasini   boshlovchisi   Boburning   o‘g‘li   Oltin
beshik,   temuriylarning   bobosi   Bartanxon   Chingizxonning
bobosidir).
28 Бейсимбиев   Т.К.   “Тарих-и   Шахрухи”   как   исторический   источник.   Диссертация   на   соискание   ученой
степени кандидата исторических наук. –Т.: 1983. – С. 118. 
30 2. O‘zbek   qishloqlari   Targava,   Saroy   va   Jonkentlarning   Oltin   beshik
taqdiriga bog‘liqligi;
3. So‘fiylar,   shu   jumladan   Farg‘onaning   mashhur   so‘fiylaridan
Lutfulloh   Chustiyning   Oltin   Beshikning   ajdodlari   taqdiriga
aloqadorligi;
4. Shayboniylardan   bo‘lgan   Abdullaxonning   Oltin   beshik
avlodlaridan   bo‘lgan   Chamashbiy   taqdiriga   aloqadorligini
ko‘rsatish. 
Bular   bilan   birga,   T.K.Beysimbiyevning   Oltin   beshik   avlodlari   bilan
bog‘liq   keyingi   talqinlarda   Chamashbiyning   Maxdumi   A’zamdan   keyin
Farg‘ona   vodiysida   naqshbandiya   tariqatining   eng   ta’siri   katta,   hattoki
hukumat   doirasigacha   bo‘lgan   shayxlaridan   biri   bo‘lgan   Lutfulloh
Chustiyning   shogirdi   bo‘lganligi   hamda   temuriylar   orqali   Chingizxonga
shajaraviy   tomondan   ulanishiga   urg‘u   berilganligi,   uning   avlodlari
kelajakda   Farg‘ona   taxtiga   to‘la   haqli   ekanligini   asoslashga   qaratilgan,
degan xulosani  o‘rtaga tashlaydi 2 9
. 
Qo‘qon   xonligi   tarixiga   oid   yana   bir   mo‘’tabar   tarix   kitobi   “Tuhfat
ul-tavorixi   xoniy”   (muallifi   Avaz   Muhammad   bin   Mulla   Ro‘zi   Muhammad
so‘fiy   Attor)da   ham   otasi   Umarxon   vafot   etgach,   Qo‘qon   taxtiga   chiqqan
Muhammad   Alixonni   “Bobur   avlodidan,   ya’ni   temuriylar   oilasiga   mansub
ekanligi”   3 0
 aytiladi.
29 Ko’rsatilgan manba. – С. 118-120. 
30 Қаюмов   А.   Асарлар.   5-жилд.   Заҳириддин   Муҳаммад   Бобур   ижодиёти.   –Т.:   Мумтоз   сўз,   2009.   –   Б.   18-
19. 
31 Oltin beshik voqeasini  afsona deb hisoblovchi tadqiqotchilar fikricha,
Umarxon   davriga   kelib   Qo‘qon   xonligida   temuriylarga   bog‘lanishni
isbotlash,   ifodalash   va   buni   asoslashga   bo‘lgan   ehtiyoj   kuchaygan.   Ular   bu
fikrlarini   “Majmuai   shoiron”ning   ayni   shu   davrda   tuzilishi,   unda   markaziy
o‘rinni   Umarxonga   qasidalar   va   uning   she’rlariga   ergashib   yozilgan
g‘azallar   egallashi,   Ado,   Fazliy   hamda   Dabirning   Navoiyu   Jomiyga
o‘xshashga   da’vo   qilishi,   nihoyat,   Oltin   beshik   bilan   bog‘liq   afsonaning
tarixiy   faollashuvi   aynan     shu   davrga   –   XIX   asrning   10-30   yillarigacha
to‘g‘ri kelishi” 3 1
 kabi omillar bilan izohlaydilar. 
Bob   xulosasida   shuni   ta’kidlash   lozimki,   yuqorida   bu   voqeaga
Nodiraning   munosabati   lirik   she’rlarida   qanday   aks   etgani   haqida
to‘xtalindi.   Shoiraning   nazmiy   asarlarida   “Oltin   beshik”ka   tayangan
holdagi qarashlari ba’zan ochiqdan-ochiq, ayrim  hollarda misralar zamirida
ifodalangan.   Xususan,   Umarxonning   vafotidan   keyin   bitilgan   “Firoqnoma”
turkumida   yozilgan   “Xating   ishtiyoqin   savod   ayladim”   misrasi   bilan
boshlanuvchi   tarji’bandda   mavjud.   Tarji’banddan   olingan   mana   bu
parchaga e’tibor beraylik:
Jahon shohi  erding Faridun kabi,
Xazoyin zari ganji Qorun kabi.
Salobatda Skandari Rumdek
Fatonat yerida Falotun kabi.
31 Эркинов   А.   “Гар   Навоийдан   Адо   сўзини   ўткарса...”   ёки   Адо   Навоийдан   устун   бўлмоқчимиди?   /
Ўзбекистон адабиёти ва санъати, 6 феврал, 2009 йил. 
32 Niholi qading gulbuni noz edi,
Nasab bog‘ida sarvi  mavzun kabi.... (344-345 N)
Band   boshidan   boshlab   xonning   kuch-qudrati,   boyligi,   salobati   vasf
etilib,   uning   nasabi   sarv   daraxti   singari   asl   ekanligiga   alohida   urg‘u
berilgan.   Shoiraning   Umarxonni   ulug‘lovchi,   naslu   nasabining   buyukligini
ko‘rsatuvchi   misralari   “Zi   gulgushti   in   gulshani   bemador”   misrasi   bilan
boshlanuvchi   qasidasining   mana   bu   baytida   uning   ota-bobolari   ham
hukmdor bo‘lganligi bilan bog‘lab poetik talqin qilingan:
Ba iqlimgiriyu jang ovari,
Padar to padar xusravi  tojdor.
Mazmuni:
Jahongirlik hamda jangavorlikda ota-bobolari
ham shunday tojdor shoh edilar.   (135-137 N1)
Umuman,   Nodira   asarlarida   Oltin   beshik   bilan   bog‘liq   qarashlar
o‘ziga   xos   talqin   etilgan   va   unga   ko‘ra,   Qo‘qon   xonlari   shajarasi   Boburga
borib   ulanadi.   Har   holda.   Bizningcha,   Amir   Umarxonga   ham,   Nodiraga
ham   buni   zo‘rma-zo‘raki   dalillashga   hech   qanday   ehtiyoj   bo‘lmagan.
O‘zlarining   Bobur   orqali   Amir   Temur   nasliga   mansub   ekani   haqida
uydirma   to‘qish   iymonli   ajdodlarimiz   atvoriga   ziddir.   Shu   jihatdan,
bizningcha,   bu   voqea   talqinida   Mohlaroyim   Nodira   fikriga   qo‘shilish
mumkin.
                   Birinchi bob bo‘yicha xulosa
33 Mazkur   bobda   Muhammad   Alixon   hayot   yo ‘lini   tadqiq   qila   turib
quyidagi xulosalarga kelindi:
1.Ma’dalixon   o‘z   hukmronligini   Xitoy   Turkistoniga   yoyish
maqsadida   bir-ikki   marotaba   u   o‘lkaga   safar   qildi   va   Xitoy   hukumatini
Qashqarning   xirojini   Qo‘qon   xonligiga   berishga   majbur   qildi.   Qoratigin
oblastini   Qo‘qon   xonligiga   qo‘shdi.   Buxoro   xonligi   bilan   birmuncha   tinch
munosabat   bog‘ladi.   Hatto   Turkiyaga   elchilar   yuborib,   elchilar   qabul   qildi.
Uning   davrida   ham   qurilish,   ariq   qazish   ishlari,   madaniy-adabiy   ishlar
davom   etdi.   Qo‘qondagi   bir   katta   madrasa   va   Xonariq   nomli   kanal
Ma’dalixonning nomi bilan bog‘langan.
2. Ma’dalixonning   qilgan   ishlari   orasida   kishining   diqqatini   o‘ziga
tortadigan   bir   jihat,   uning   ruhoniylar   bilan   chiqisha   olmaganidir.
Ma’lumki,   Ma’dalixondan   ilgari   Qo‘qon   xonligida   xo‘jalar,   sayyidlar,
umuman   ruhoniylarning   roli   juda   katta   edi.   Xonlikning   siyosati   shu
guruhning   qo‘lida   bo‘lib,   Umarxon   davrida   ular   ayniqsa   avj   olgan,
hukumatning   turli   mansablarini   o‘z   qo‘llariga   olgan   edilar.   Ma’dalixon
mana   shu   guruhga   qarshi   siyosat   tutdi.   Ularning   ko‘plarini   mansabdangina
emas,   mamlakatdan   ham   quvdi.   U   yerda   Ma’dalixonga   qarshi   “Ma’dali   o‘z
o‘gay   onalaridan   birini   xotinlikka   olgan.   Bu   kofirdan   Farg‘onani   qutqarish
kerak”   deb   tashviqot   olib   bordilar   va   fitna   uyushtirdilar.   Shu   asosda
Buxoro   xoni   Amir   Nasrullaga   ariza   berdilar.   Xalq   o‘rtasida   Nasrulla
qassop   deb   nom   chiqargan   bu   xon   shu   qutqularni   bahona   qilib   Farg‘onaga
hujum   qiladi.   Ma’dalixon   atrofidagilar   qocha   boshladilar.   Natijada
34 Ma’dalixon yengilib, Amir Nasrullaning qo‘liga tushdi. Ukasi, o‘g‘li, onasi
Nodiralar bilan birlikda 1842 yilda o‘ldirildi.
                3. Ma’dalixon   o‘z   zamonasining   yaxshi   shoirlaridan   hisoblanar   edi.
U,   she’rda   xon   taxallusini   ishlatar   edi.   Undan   bir   kichik   devon   qolgan   va
she’rlarining   bir   qismi   turli   bayozlarda   bosilgan.   Xon   bundan   boshqa   yana
Fuzuliyning   “Laylo   va   Majnuni”ga   o‘xshatib   “Laylo   va   Majnun”   nomli   bir
doston   yoza   boshlagan   bo‘lsa   ham   tamomlay   olmagan.   Umuman   Xon
Fuzuliy she’rlarining qattiq ta’siri ostida yozar edi 3 2
.
Darhaqiqat,   Muhammad   Alixon   g‘azallar   yozgan,   uning   buyrug‘iga
binoan,   xattotlar   Alisher   Navoiy   asarlarini   miniatyuralar   bilan   bezatib
ko‘chirishgan,   ko‘plab   tarixiy   asarlar   fors   va   arab   tillaridan   o‘zbek   tiliga
tarjima   qilingan.   Muhammad   Alixon     davrida   maktab   va   madrasalar
qurilgan   (maye,   Madalixon   madrasasi),   Qo‘qonning   eski   o‘rdasi
ta’mirlangan.
                4.Muhammad   Alixon   Qo‘qon   xoni   sifatida   faoliyat   yuritdi.   Shuning
bilan   birga   ijod   bilan   ham   shug‘ullandi.   Uning   ijodida   salaf   ijodkorlarga
ergashganlik   holati   ham   ko‘rinadi.   Muhammad   Alixon   hayot   yo‘li   haqida
yozilgan   maqolalar   deyarli   bir   xil   mazmunda.   Ammo   O.Sharofiddinov
qaydnomalarida   Muhammad   Alixon   biroz   maishatparast   sifatida   ko‘zga
tashlanadi.  Bu go‘yo o‘quvchiga shoirni  salbiy  bo‘yoqlar  bilan yoritgandek
ko‘rinadi.   Chuqurroq   mushohada   etib   qaralsa,   buning   aksini   ko‘rish
mumkin.   Chunki   olim   Ma’dalixon   shaxsiyatini   butunlay   yoqlash
32   О.Шарофиддинов.   Ўзбек   адабиёти   тарихи   христоматияси   (XV-XIX   асрлар).   Тошкент:
Ўздавнашр, 1945, 217-бет
35 qoralangan   bir   davrda   bu   maqolasini   yozganini   e’tibordan   qochirmasak,
chigallik o‘z-o‘zidan oydinlasha boradi.
5. Ushbu   fasldagi   ilmiy   kuzatishlardan   quyidagi   umumlashmalarga
kelish mumkin:
Oltin   beshik   voqeasi   Qo‘qon   adabiy   muhitining   boshqa
namoyandalari   singari   Nodira   she’riyatida   ham   betakror   badiiy   talqin
etilgan.   Shoira   Amir   Umarxon   hamda   Xon   o‘g‘li   Muhammad   Alixonlarni
nasab   jihatdan   temuriylardan   ekani   bilan   iftixor   qiladi.   Bu   tuyg‘u   uning
she’rlarida o‘ziga xos badiiy talqinini topgan.  
Adabiyotshunoslar   va   tarixchilar   Oltin   beshik   voqeasini   turlicha
talqin   etib   kelgani   ma’lum.   Ulardan   ayrimlari   bu   voqeani   afsona   deb
hisoblasa,   aksariyati   tarixiy   haqiqat   deb   sanaydilar.   Bizningcha,
Nodirabegim   va   Amir   Umarxondek   fozil   va   mutafakkir   shaxslar   o‘z
nasablari   haqida   yolg‘on   to‘qishi   mantiqqa   zid.   Shuning   uchun   bu
masalada ular fikriga qo‘shilish maqsadga muvofiqdir.
36 II BOB. SHOIRNING POETIK MAHORATI
2.1.Xonning lirik merosi. 
              XIX   asr   birinchi   yarmiga   mansub   iste’dodli   o‘ zbek   shoirlaridan   biri
bo‘lmish   Muhammad   Alixonning   she’rlari   mavjud   qo‘lyozmalar   u   qadar
ko‘p emas. Hozirgi kunga qadar aniqlanganlari quyidagilar:
            1.Rossiya   FA   Sank-Peterburg   sharq   qo‘lyozmalari   instituti   fondi   D400
raqamli   qo‘lyozma.   Bu   terma   devonlar   majmuasi   bo ‘ lib,   unda   Navoiy,
Fuzuliy   va   Xon   she’rlaridan   saylanma   qilingan.   Qo ‘ lyozmaning   xati
chiroyli   nastaliq,   sahifalar   rangli   va   zarhal   jadvalga   olingan.   Taxminan
1830-1840   yillar   oralig ‘ ida   ko ‘ chirilgan.Paleografik   xususiyatlariga   ko ‘ ra
va   boshqa   manbalarga   qiyoslanganda   kotibini   mashhur   xushnavis   xattot
Muhammad Sharif Dabir deya taxmin etish mumkin.
                Ahamiyatli   jihati   shundaki,   avvalo,   u   Muhammad   Alixonning
buyrug ‘ i   bilan   tartib   berilgan,   dastlabki   uch   sahifada   nasriy   debocha
berilgan.Qolaversa,   uni   Xon   ijodiyotidan   namunalar   jamlangan   ilk
qo ‘ lyozma,deyish   mumkin.   Bu   manbada   Xonning   o ‘ zbekcha   20   g ‘ azal
(to ‘ liq, noto ‘ liq)  va 2 muxammas, forscha 1 ruboiy va 3ta fardi o ‘ rin olgan.
Shu   bilan   birga,   debochada   Xonning   she’riy   iqtidori,   Navoiy   va   Fuzuliyni
ko ‘ p   o ‘ qigani   haqida   ma’lumot   berilgan.   Jumladan   “…Va   bu   sultoni
oliqadrning   muborak   xotirig ‘ a   barcha   musannifotlardan   devonlarikim
37 alfozi   turkiy   bilan   tasnif   topgan   bo ‘ lsa   marg ‘ ubroq   edi.   Va   bu   nav
devonlardin,xususan,musannifoti   janobi   Amiri   kabir   hazrat   Amir   Alisher
jannatmasir   va   devoni   donoyi   arjumand   Fuzulii   xiradmand   mahbubroq   edi.
Bu   jihatdin   bu   ikki   azizning   devonlaridin   oncha   g ‘ azaliyotkim   husni   ishq
avsofida   sabt   topgan   bo ‘ lsa,   bu   avroqda   bir   sabil   intixob   maktub   o ‘ ldi.   Va
andin   so ‘ ng,ancha   g ‘ azaliyotkim   muxammasotkim,   zodai   ta’bi   salim   va
hamin mustaqim ul olihazrat kayvoni manzilatdur marqum bo ‘ ldi.
      2.O ‘ zR   FA   Alisher   Navoiy   nomidagi   Davlat   adabiyot   muzeyi   fondi,   157
raqamli   qo ‘ lyozma   “Ash’ori   Fuzuliy   va   Xon”   deya   nomlanadi.   Bunda   har
ikki   ijodkor   she’rlardan   namunalar   o ‘ rin   olgan.   O ‘ ziga   xosligi   shumdaki
bundagi   Fuzuliy   g ‘ azallariga   Xon   tatabbu   (javobiya)lari   ketma-ket
joylashtirilgan.   qo ‘ lyozma   Qovqon   novvotrang,   nafis   qog ‘ oziga   nastaliq
xati   bilan   ko ‘ chirilgan.Har   sahifasi   jadvalga   olingan.U   ham   1835-1840-
yillarda   ko ‘ chirilgan   bo ‘ lib,   otibini   Muhammad   Sharif   Dabir,   deya   taxmin
qilamiz.Muqovasi   ham   juda   kam   uchraydigan   qizil   rangli,   tamg ‘ ali
muqovadir. Manbada Xonning o ‘ zbekcha bitilgan 36 ta g ‘ azali kiritilgan.
   3.Parijdagi Fransiya Milliy kutubxonasi 1446 raqamli qo ‘ lyozma. 3 3
 
Chiroyli   nastaliq   xatida   hijriy   1251   (milodiy   1836)   yil   ko ‘ chirilgan.   Matn
rangli   jadvalga   olingan.   Kotib   Muhammad   Sharif   Dabir.   Bayoz   shaklidagi
bu   kichik   qo ‘ lyozmada   Xonning   ikki   o ‘ zbek   g ‘ azali,   Dabirning   fors   tilida
yozilgan   Muhammad   Alixonga   bag ‘ ishlangan   qasidai-   muammosi   va
33
 Erkinov A. Un temoin important du mecenat de Muhammad Ali Khan, le manucript suppelement person 1446 de 
la BNF//Studia Iranica tom 37.2008.Pp 129-138.
38 Abdurahmon   Jomiyning   Sulton   Husayn   Boyqaroga   bag ‘ ishlangan   qasidai-
muammosi o ‘ rin olgan.
        4.O ‘ Zr   FA   Beruniy   nomidagi   Sharqshunoslik   instituti   fondi   1808
raqamli   qo ‘ lyozma.   Ko ‘ chirilgan   joyi,   kotibi   va   yili   ma’lum   emas.   Yashil
rangli   fabrika   qog ‘ oziga   qora   siyoh   bilan   ravon   nasta’liq   xatida
ko ‘ chirilgan.(Taxminan   XX   asr   birinchi   yarmi).   Bu   manba   “Devoni   Xon   “
deya   yuritilsa- da,   unda   Xon   ijodidan   ayrim   namunalar   devon   tartibida
joylashtirilgan,xolos.   O ‘ zbek   tilidagi   48   ta   g ‘ azal   va   1ta   muxammasi
berilgan.
              5.O ‘ zR   FA   Davlat   adabiyot   muzeyi   fondi,401   raqamli   qo ‘ lyozma.XIX
asr   ikkinchi   yarmiga   mansub   ushbu   bayozning   209-210   varoqlarida
Xonning Fuzuliy g ‘ azallariga ikki taxmisi o ‘ rin olgan.
            6.   G ‘ afur   G ‘ ulom   nomidagi   Qo ‘ qon   adabiyot   muzeyi   fondi,   256
raqamli   qo ‘ lyozma.   XIX   asrga   mansub   ushbu   bayozning   173-174
varoqlarida   “Muxammasi   hazrati   Muhammad   Alixon   marhum   sarlavhasi
bilan   “Ajab   yorlardur,   ajab   yorlar“   she’rining   to ‘ liq   (10   band)   nusxasi   bor.
Yana   1907-yil   Toshkentdagi   Yakovlev   Tipo-litografiyasida   chop   etilgan
“Bayozi   maa   gulshani   ash’or”   to ‘ plamining   143-144   sahifalarida   ham
yuqoridagi   muxammas   o ‘ rin   olgan.   Lekin   unda   va   boshqa   manbalarda   bu
she’r noto ‘ liqdir.
            Vozeh   ham   o ‘ z   tazkirasida   Xon   haqida   qisqa   boshqa   manbalarda
bo ‘ lmagan   qiziq   ma’lumot   1   ta   o ‘ zbekcha   g ‘ azal   va   2   ta   ruboiysini   bergan.
39 So ‘ ngra,   Po ‘ latjon   Qayumiyning   “Tazkirayi   Qayumiy”   tazkirasi   va
“Xo ‘ qand   tarixi   va   uning   adabiyoti”   asarlarida   Xon   haqida   ma’lumot   va
she’rlaridan namunalar berilgan. 3 4
 
                Ta’kidlash   zarurki,   yuqoriroqda   zikr   etilgan   dastlabki   uch   qo ‘ lyozma
manba   bevosita   Xonning   ishtiroki   va   tahriri   bilan   amalga   oshgan.   Shu
jihatdan   ham   ular   matn   nuqtai   nazaridan   ishonchli   bo ‘ lib   shoir   asarlarining
nashriga   to ‘ la   asos   bo ‘ la   oladi.   Yana   ulardagi   she’rlarning   hammasi   ham
o ‘ zaro   aynan   qaytariq   emas.Birida   berilgan   she’r   keyingisida   yo ‘ q.Misol
uchun   D400   raqamli   qo ‘ lyozmadagi   Xon   asarlari,   ayniqsa,   forscha
manzumalari   boshqalarida   uchramaydi.   Ma’lum   bo ‘ ladiki   Xonning
kichikroq   hajmda   devoni   bo ‘ lgan.   Fikrimizcha,   mazkur   manbalardagi
Xonning   ijod   namunalari   aynan   shu   devondan   olingan. 3 5
  Ayniqsa,1808
raqamli   qo ‘ lyozmaning   tuzilishi   shunday   tasavvur   beradi.   Negaki,   undagi
Xon   g ‘ azallari   bir-   ikkitadan   bo ‘ lsa-da,   mumtoz   devon   an’anasiga   ko ‘ ra
sirasi  bilan joylashtirilgan.”Tazkirayi Qayumiydagi  “Inju dishi  jon qulzumi
ichra   guharimdur…”   misrasi   ila   boshlanuvchi   6   bandli   muxammasi   boshqa
manbalarda   kelmaydi.   Bundan   tashqari   Muhammad   Alixonning   qalamiga
mansub     ikki   maktub   ma’lum   bo ‘ lib,   ulardan   biri   axloqiy,   ikkinchisi
siyosiy-diplomatik mavzudadir. 
          Mustabid   tuzim   davrida   Xon   ijodi   deyarli   o ‘ rganilmagan.   Faqat
asarlaridan   bir   ikkita   namunalar   berilgan   “O ‘ zbek   adabiyoti
34
 Qayumiy P.D. Tazkirai Qayumiy.Toshkent,1998.170-174-betlar.
35  
О.Журабоев.Хон адабий меросига доир.//Узбек тили ва адабиёти,2017.6-сон, -Б.125  
40 xrestomatiyasi”   va   “O ‘ zbek   adabiyoti”   kitoblariga   kiritilgan,   xolos.
Fuzuliyga taqlidan “Layli va Majnun “ dostonini  yozganligi ham aytiladi.
          Mustaqillik   davrida   esa,   A.Qayumov,   M.Qodirova   ,   A.Erkinovning
ba’zi   ishlarida   shoir   va   uning   asarlari   haqida   ayrim   fikrlar   bildirilgan.
Biroq,   Qo‘qon   xonligi   tarixiga   oid   tadqiqotlarda   uning   siyosiy-ijtimoiy
faoliyati   hamon   biryoqlama   baholanib   kelmoqda.   Xonning   ijodidiga   ijobiy
fikrlar bilan yozilgan ishlar ham mavju.  Ular quyidagilar:
1) Dabirning qasidai  muammosi;
2) Jahonotin   Uvaysiyning   “Voqeoti   Muhammad   Alixon”   dostoni   va
Xonga   bag ‘ ishlangan   “Oshkor   o ‘ lur   bu   kun   tab’i   sh’eri   pinhonlar…”
deb boshlanuvchi  muxammasi;
3) Niyoziyning madhiya-qasidasi  (Tazkirayi Qayumiy, 180-bet)
4) Dilovarning marsiyasi(Xo ‘ qand tarixi va adabiyoti 117-118-betlar);
5) Maxmurning   bag ‘ ishlovlari     5   ta   “Sitoyishu   madxat   Muhammad   Ali
Xoni   G ‘ oziy   salorallohu”,   “Ta’rixi   baxususi   podshohzodai   jahon
Muhammad   Alixon”,   “Dar   madhi   Xoni   G ‘ oziy”,   “Sitoyishi   hazrati
Muhammad   Alixon”,   “Masnaviyi   bobi   shukru   sitoyish   hazratlari
Xoni G ‘ oziy xaladalloxu mulkaxu”.
    Mazkur asarlarning har birida Muhammad Alixon yaxshi  sifatlar
bilan ta’riflangan,ezgu ishlari maqtalgan.
     Demak, shu kunga qadar aniqlangan Xon ijodiy merosi 100 ta atrofidagi
she’r  va  bir   necha  maktubdan iborat.  G ‘ azal,  muxammas,  musaddas,   ruboiy
va   fard   janridagi   bu   she’rlar   Xonning   iqtidoridan   darak   berib,   o ‘ ziga   xos
41 iste’dod egasi  ekanligini ko ‘ rsatib beradi. Ruboiy va fardlarigina fors tilida
bo ‘ lib, qolgan she’rlari o ‘ zbekcha.
              U   ko’p   she’rlarida   Fuzuliy   an’analarini   davom   ettirgan   bo ‘ lsa-da,
Alisher   Navoiy   ijodini   ham   qadrlagani   ma’lum.   Rossiya   FA   Sank-
Peterburg   sharq   qo‘lyozmalari   instituti   fondi   D400   raqamli   qo‘lyozmadan
o‘rin olgan bir  g‘azalida  “Navodir  un-nihoya” dagi  mashhur  93-g‘azal:  “Ey
sabo,   holim   borib   sarvi   xiromonimg‘a   ayt…”   misrasini   tazmin   sifatida   o‘z
she’rlarida   keltiradi.   Yana,   u   Navoiy   ijodiyotini   keng   miqyosda   targ‘ib
ham   etgan.1838-yilda   uning   maxsus   farmoyishi   bilan   “Xazoyin   ul-maoniy”
asarini 300 nusxada ko‘chirtirilib, xonlikning turli shaharlariga tarqatilgan.
            Muhammad Ali(Xon)  ning adabiy merosiga  hozirgi  adabiyotshunoslik
bir   oz   befarq   qarab   keldi.   Uning   she’rlaridan   namunalar   Olim
Sharafiddinovning   “O‘zbek   adabiyoti   xrestomatiyasi”   da   va   Po‘latjon
domulla   Qayumovning   “Tazkirayi   Qayumiy   “kitobida   bosilgan,   xolos.
1998 yili   Qo‘qondagi   ilmiy  anjumanda  Aftondil   Erkinov Xon  ijodiy merosi
to‘g‘risida doklad bilan chiqdi.   Ammo bu ish o‘z davomini topmadi. 3 6
          Jaho   otin   Uvaysiy   Xon   o ‘ ldirilgandan   so ‘ ng   yozilgan   “Voqeoti
Muhammad Alixon” dostonini yozgan. Unda shoira deydi:
     Xon erdi ajab shoir bir to ‘ tiyi shakkor kor,
     Bazmi shuaro ichra mazmuni  suxan ketdi.
36
  Қайюмов А. Қўқон адабий муҳити (XVIII – XIX асрлар). – Тошкент: ЎзФА нашриёти, 1961.  б.
42 Muhammad   Alixon   qatlidan   so ‘ ng   unga   zamondosh   va   Xon   xizmatida
bo ‘ lgan   shoirlardan   biri   Dilovar   kattagina   marsiya   yozgan.   Unda   shoir
Muhammad Alixon hukmronlik qilgan davrni bunday tasvirlaydi:
                Topib davrinda mulk orom,
                Ichar suv barcha oltin jom,
                Birikmay ishqi qildi xom,
                Shahidi begunoh xonim.
                  Bo ‘ lib bazm ahliga ustod,
                  Zamoni xon shahar  obod,
                  Tarab angez, mardum shod,
                  Shahidi begunoh xonam…
        Bunda   shoir   Dilovar   o ‘ z   xoniga   sadoqat   va   hurmatini   tan   olish   kerak.
Bundan   tashqari   Dilovar     o ‘ z   xonini   “Salim   erdi,yo ‘ q   ozori”   deb   ham
ta’riflaydi.
            Xonning   lirik   merosi   kichik   to ‘ plamlarda   bo ‘ lsa-da   anchagina
salmoqlidir.   Shu   maqsadda   uning   ijodi   ko ‘ p   jihatdan   ham   badiiy   ,ham
tarixiy nuqtayi nazaridan chuqurroq o ‘ rganilishi  lozim. 
        
                  2.2.Muhammad   Alixon   lirikasining   janr   va   mavzu   ko‘lami   va
uning ijodida badiiy san’atlar in’ikosi  .
Ma’lumki,   har   qanday   adabiyot   o‘zining   rivojlanishi   bosqichida   o‘z   badiiy
tizimiga   ega   bo‘ladi.   Shu   bois,   adabiyotning   ma’lum   bir   bosqichdagi   poetikasini
tadqiq etishi  barobarida mavjud barcha adabiy-badiiy tizim  evolyusiyasini  adabiy
shakllarning   merosiyligi   nuqtai   nazaridan   o‘rganish   juda   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.      
43           Taniqli   rus   adabiyotshunosi   A.N.   Veselovskiy   she’riyatning   vujudga   kelish
jarayonini   o‘rganishda   diqqat-e’tiborni   kuyidagi   masalalarga   qaratadi:   a)   inson
faoliyatining muhim sohasi sifatida alohida mavqe kasb etishi, xalq she’riyatining
ilk   sinkretizmidan   poetik   janrlarning   ajralib   chiqishi,   poetik   qismlarning
diferensiyalashuvi;   b)   shoirning   jamiyatdagi   o‘rni   va   she’riyatning   ijtimoiy
vazifasi; v) poetik tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, poetik uslub evolyusiyasi;
g) syujetlar poetikasi 37
. 
       Muhammad   Alixon   lirikasi   xususida   so‘z   yuritilganda   ,   avvalo,   mavjud
badiiy   tizim   usqurtmasi,   undagi   yo‘nalishlarning   xususiyatini   keltirib
o‘tish   lozim.   Sharq   mumtoz   she’riyatining   badiiy   tizimi   ustqurmasi   asosini
aruz   vazni   tashkil   etsa,   uning   kengayib   borishi   bahrlar   evolyutsiyasi
evaziga  yuz  beradi.  Sharq  xalqlari  islomdan  keyingi   davrda  milliy adabiyot
tizimlarini   hukmron   g‘oya,   hukmron   adabiy   ta’sir   doirasida   o‘zlashtirib,
o‘z   adabiy   jarayonlarini   yangilashga   muvaffaq   bo‘ldilar.   Uning   yadrosini
aruz   bilan   almashtirdilar.   Ona   tillari   qonuniyatlari   –   so‘z   boyligi,   fonetik
jihatlari,   semantik   xususiyatlari   talablaridan   kelib   chiqib   aruzning   ko‘plab
bahrlaridan   eng   moslarini   tanlab   oldilar   va   uni   avvalgi   badiiy   tizimning
mukammallik kasb etgan fazilatlari bilan rivojlantirishga erishdilar.
Turkiy   mumtoz   adabiyotda   tamsil,   tashbih,   syujetli   obrazlar
mohirona   qo‘llangan   tengi   yo‘q   adabiyot   hisoblanadi,   xususan,   badiiy
tafakkurning   namoyon   bo‘lishi   shakllari   janrlar   badiiy   tizimining   rang-
barangligi,   go‘zalligi,   jozibasini   belgilab   beruvchi   qonun-qoidalar   tizimi
ekanligidan   tashqari,   badiiy   tizim   taraqqiyotiga   xizmat   qiluvchi,
37
 Проблемы исторической поэтики литератур Востока.  –  Москва: Наука, 1988. – 311 ст. 3-
ст.
44 iste’dodning   imkoniyatlarini   o‘zida   aks   ettiruvchi   mezonlar   vazifasini   ham
o‘taydi.                     
Mumtoz adabiyotimizda 16 ta janr shakllangan bo‘lsa 38
, ularning barchasida
janr   qonuniyatlariga   bo‘ysungan   holda   ijodkorning   nuqtai-nazari,   qarashlari,
munosabati, individualligi, mahorati bo‘y ko‘rsatadi. Janr badiiy tizim ustqurtmasi
tevaragida   mustaqil   harakatlanuvchi,   lekin   undan   aslo   uzilib   ketmaydigan   umum
yaxlitlikning   qismidir.   Mustaqil   harakatlanuvchi   qism   –   janr,   albatta,   sifat
o‘zgarishlariga   uchrashi   tabiiy.   Lekin   bu   o‘zgarishlar   ichki   evolyusiya   tarzida
kechadi.
Tadqiqotimiz   ob’ekti   –   Muhammad   Alixon   –   Xon   ijodi   mumtoz
adabiyotimizning   ushbu   qonuniyatlari,   badiiy   tizim   an’analarini   qamrab
olgan,   o‘z   qarashlari   va   iste’dodi   darajasida   uni   qayta   jonlantirgan   ijoddir.
U   o‘z   devoniga   bir   necha   janrga   oid   asarlarni   kiritgan.   Diqqatga   sazovor
jihati   shundaki,   ushbu   devonlarda   aks   etgan   asarlar   shoirning   arab,   fors   va
turkiy   she’riyat   tajribalaridan   shunchaki   foydalanib   yozilgan   emas.   Bu
asarlarda   keskin   o‘zgarayotgan   ijtimoiy   makonning   yangi   talablari:   she’riy
obrazlar   hissiy-emotsional   yukining   orttirish,   mavzuning   tezkor   talqini   va
yengil   qabul   qilinishi   uchun   ohangdor   illyustratsiyalar   kiritilgan   va   boshqa
zamonaviy   poetik   tasvir   vositalari   mahorat   bilan   qo‘llanilgan.   Garchand
shoir   lirikasida   g‘oya   ba’zi   o‘rinlarda   tasvir   pardalari   orasiga   yashirinib
qolsa-da,   uning   sirliligi   va   ko‘p   ma’noda   tovlanib   turishi   kishini
hayratlantiradi.   Muhammad   Alixon   poetik   maqsadini   janrlar   qonuniyati
asosida ifoda etish uchun juda ko‘p badiiy usullarga murojaat qiladi. 
         Xonning g‘azal  va muxammaslari go‘zal, jarangdor, nurma’nodir.
38
  Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси («Хазойинул маоний» асосида) .  –Тошкент : Фан, 1983 .  – 
168 б. 19-бет.
45  
              Yuzu qaddinga ermas bu chamanning sarv ra’nosi,
              Suv hayvon chashmasiga bo ‘ lsa, bil, Isoning anfosi.
           
           Jununim har dam afzun o ‘ lsa, ey xush ahli, ayb etmang,
           Ajab muhlik emasmu,olloh-olloh,ishq savdosi.
        Bu   g ‘ azal   sharq   she’riyatiga   xos   bo ‘ lgan   baxtsiz   sevgi   mavzuiga
Xonning   qo ‘ shgan   bir   ulushi.   Lekin   har   bir   baytda   shoirning   o ‘ ziga   xos
ifoda   uslubi,   jarangi,   dardlihayajonlari   sezilib   turadi.   Shoirning   biror
mavzuni   takrorlashi   emas,   bu   takrorning   qanday   amalga   oshirganligi
muhim.
              Birinchi   baytda   yorning   sarv   qomati   to ‘ g ‘ risida   fikr   yuritiladi.   Bizga
ma’lumki,   mumtoz   adabiyotda   sarv   daraxti   tik   va   chiroyli   bo ‘ lganligi
yorning   qaddi   –   qomatiga   mengzaladi.   Chaman   sarvlari   unga   tenglasha
olmaydilar.Agar   hayot   chashmasining   suvi,   Iso   nafasi   qanchalar
hayotbaxsh bo ‘ lsa, yorning yuzi va qadami ham shunchalar.
          Ana   shunday   go ‘ zal   mahbuba   yo ‘ lida   lirik   qahramoning   jununi   avj
olmoqda.   Buning   ajablanarli   joyi   yo ‘ q.   Axir   ishq   savdosi,   sevgi
sahrosining Olovi oshiq kishining tobini qochirishi  tabiiy.
            Demak,   mahbubaning   go ‘ zalligi   oshiqning   jununi   oshmog ‘ iga   sabab
bo ‘ ladi.   Ana   endi   oshiqning   qaro   ro ‘ zg ‘ ori   ayriliq   tufayli   paydo   bo ‘ lagani
ma’lum bo ‘ ladi. Sababi esa o ‘ sha surtma surtgan go ‘ zalning shahlo ko ‘ zlari
oshiq sari bir qiyo boqmasligida.
46           Keyingi   ikki   baytda   ul   mahvashining   o ‘ rnashgan   yeri   falakni   bezab
turgani,oshiqning   osmonini   qoplagan   ohlari   Surayyodan   yuqori   ko ‘ tarilib
ketgani   to ‘ g ‘ risida   so ‘ z   boradi.   Xonning   charx   paymo   ohi   shunchalar
kuchli.
                Bu   besh   baytli   g ‘ azalda   oshiq   ko ‘ nglini   to ‘ ldirgan   behisob   ohi
faryodlari   o ‘ z   aksini   topgan.   Boshqa   bir   g ‘ azal   ham   shu   mavzuda.Unda
lirik qahramon deydi:
    
              Solur hijrona cho ‘ x zulmi ila charxi kiynavor bilmam,
              Magarkim, ko ‘ rsatur yuz ming sitam bir notavon ko ‘ rgach.
              Qiyomat bo ‘ lmaguncha chaqmayur jon bulbuli nogah,
              Gulistonlar sari ko ‘ yingga o ‘ xshash bo ‘ ston ermas.
Yorning yuzini quyoshga o ‘ xshatish ifodasini  Xon topgan:
              Munavvar orazing tobina betob o ‘ ldug ‘ im andin,
              Ki,qilmas zarracha orom xurshidi  jaqon ko ‘ rgach.
        Ammo   o ‘ sha   nomehribon   agarda   sevguchi   yigitning   ahvolini   so ‘ ragudek
bo ‘ lsa,   bu   so ‘ z   Xon   uchun   saltanat   havosidan   ham   balabdroq   va
qimmatliroq bo ‘ lar edi.
Ta’kidlaganimizdek,   Muhammad   Alixon   ijodida   muxammaslar   bilan
birgalikda   g‘azal   janri   yetakchi   sanaladi.   Biz   xonning   she’rlari   to‘liq   nashr
etilmagani   bois,   biz   ushbu   dissertatsiyani   bajarish   jarayonida   Muhammad
47 Alixon   she’rlar   to‘plamining   Toshkent   Davlat   adabiyot   muzeyida   157
inventar   raqami   ostida   saqlanayotgan   nusxasidan   foydalandik.   To‘plam
asosan Fuzuliy va Xon she’rlaridan tarkib topgan. 
To xirom etding gulsiton ichra, ey rashki chaman,
Arg‘ivonu sarvi shamshodi  qading hayronidur.
Yorning   xirom   etishi-da   go‘zal.   Uning   bir   bora   chaman   aro   xirom
etishi   chamanzordagi   barcha   gullarning   rashkini   qo‘zg‘atadi.arg‘ivon,   sarv
va   shamshoddek   tik   o‘suvchi   daraxtlar   esa   sening   (yorning)   qadi
go‘zalligiga hayronu loldirlar.
Ko‘rinib   turibdiki,   Xon   mazkur   baytda   bira   to‘la   ikkita   san’atni
ustamonlik   bilan   qo‘llagan.   Dastlabki   san’at   husni   ta’lil.     Yorning   go‘zal
xirom   etishi   chamanzorning   rashkini   qo‘zg‘agan.   Aslida   chamanzor   uchun
yorning   nazokatli   xiromiga   hech   qanday   e’tibor   yo‘q.   Uning,   ya’ni
chamanzorning   rashk   qilishi   esa   tashhis   san’atini   hosil   bo‘lishiga   omil
bo‘lgan.   Arg‘uvon,   sarv   va   shamshodlarning   hayron   bo‘lishlari   ham   ayni
tashhisning ko‘rinishidir.
Nola naqdi jon ila cheksam  sirishkim guharin,
To xayoli la’likim ko‘nglum uyi mehmonidur.
Ma’shuq   la’li   labining   xayoli   Oshiq   qalbining   mehmonidir.   Uning
hajrida   jon   naqdi   bilan   nola   chaksa,   har   tomchi   ko‘z   yoshi   gavharga
aylanadi.   Bu   baytda   shoir   labni   la’l   shaklida   qo‘llash   orqali   istiora
san’atini namoyon etgan.
Otashin ohim sharori, lolagun ashkim suyi,
48 Orzuyi  qaddi shamshod labi xandonidur.
Ohim   uchqunlari   nihoyatda   otashin,   ko‘z   yoshlarim   esa   lolaning
rangi  misol  qip-qizil. Oshiqning orzusi  yorning shamshoddek  tik qomati  va
kulgi to‘la labidir.
Sonma kun yoninda ikki axtari raxshandadur,
Kim banogushinda har yon guhari g‘altonidur.
Sen   uni   quyoshning   ikki   yonida   porlab   turgan   yulduz   deb   o‘ylama,
ular   yorning   ikki   qulog‘i   uzra   porlab   turgan   dur   donalaridur.   Shoir   obrazli
tasvir   usulidan   mohirona   istifoda   etgan.   Ya’ni   yor   yuzi   –   quyosh,   ikkita
porlab turuvchi yulduz, yorning quloqlaridagi xalqalari. 
O‘tlug‘ ohi toji sardur, qon yoshi  taxti ravon,
Bu hasham  birla malomat  kishvarining xonidur.
G‘azal   maqtasida   Xon   o‘zining   holati   suvratini   chizadi.   Ya’ni
shoirning   tasviricha,   uning   –   Xonning   o‘tlig‘   (otashin)   ohi   boshidagi   toji,
qon   yoshi   esa   doimiy   harakatdagi   taxtidir.   Ana   shuncha   hasham   bilan   u
malomat mamlakatining Xonidir.
          Qo‘qon adabiy muhitining iste’dodli vakili Muhammadalixon davriga qadar
murakkab   taraqqiyot   yo‘lini   bosib   o‘tdi.   Islomgacha   bo‘lgan   turkiy   she’riyat
poetikasida   xalq   og‘zaki   ijodi   ohanglari,   xususan,   ohang   va   tovushning   bir-birini
to‘ldirib   kelishiga   asoslangan   asarlar   ustunlik   qilsa,   keyinchalik   uning   tizimidagi
asarlarda   o‘xshatish,   epitet,   metafora,   allegoriyaning   mohirona   qo‘llanishi,
asotirona syujetlarning kiritilishi uning betakror go‘zalligini bunyod etdi.      
Xon   poetikasi   xususida   so‘z   yuritilganda   ,   avvalo,   mavjud   badiiy   tizim
usqurtmasi,   undagi   yo‘nalishlarning   xususiyatini   keltirib   o‘tish   lozim.   Negaki,
badiiy   tizim   ustqurmasi   ma’lum   bir   asosdan   kengayib   boradi.   Sharq   mumtoz
49 she’riyatining   badiiy   tizimi   ustqurmasi   asosini   aruz   vazni   tashkil   etsa,   uning
kengayib borishi bahrlar evolyusiyasi evaziga yuz beradi. Sharq xalqlari islomdan
keyingi   davrda  milliy  adabiyot  tizimlarini   hukmron  g‘oya,  hukmron  adabiy  ta’sir
doirasida   o‘zlashtirib,   o‘z   adabiy   jarayonlarini   yangilashga   muvaffaq   bo‘ldilar.
Uning yadrosini aruz bilan almashtirdilar. Ona tillari qonuniyatlari – so‘z boyligi,
fonetik jihatlari, semantik xususiyatlari  talablaridan kelib chiqib aruzning ko‘plab
bahrlaridan   eng   moslarini   tanlab   oldilar   va   uni   avvalgi   badiiy   tizimning
mukammallik kasb etgan fazilatlari bilan rivojlantirishga erishdilar.              
Turkiy   mumtoz   adabiyotda   tamsil,   tashbih,   syujetli   obrazlar   mohirona
qo‘llangan tengi yo‘q adabiyot hisoblanadi, xususan, badiiy tafakkurning namoyon
bo‘lishi   shakllari   janrlar   badiiy   tizimining   rang-barangligi,   go‘zalligi,   jozibasini
belgilab   beruvchi   qonun-qoidalar   tizimi   ekanligidan   tashqari,   badiiy   tizim
taraqqiyotiga   xizmat   qiluvchi,   iste’dodning   imkoniyatlarini   o‘zida   aks   ettiruvchi
mezonlar vazifasini ham o‘taydi.                     
Xon  she’rlarining  aksari   aruzning  ramal,  hazaj   va  rajaz   bahrlarida  bitilgan.
Va   albatta   ularni   bezashda   mavjud   lafziy,   ma’naviy   va   mushtarak   san’atlardan
unumli foydalangan. 
Taniqli   adabiyotshunos   Yo.Is’hoqov   “Navoiy   poetikasi”   asarida   klassik
poetikaning badiiy san’atlarini quyidagi tartibda tasniflaydi: 
1.   Istioraviy   ramziy   tasvir   usullari   (majoz,   istiora,   kinoya,   barooti   istihlol,
ranglar ramzi kabi).
2.   Qiyosiy   –   assotsiativ   usullar   (tashbih,   talmeh,   tansiqus-sifat,   tamsil
ko‘rinishlari, laffu nashr, murooti nozir kabi).
3.   Fikrni   dalillash   (motivirovka)   yo‘llari   (husni   ta’li,   tamsil,   irsoli   masal,
tasdir kabi).
4.   Emotsional   –   mubolag‘ali   tasvir   usullari   (mubolag‘a   (tablig‘,   ig‘rok,
g‘uluv), tashbehning ayrim  turlari  (ma’kus, izmor), ruju’, murojaat, savolu javob,
ritorik so‘roq).
50 5.   Sintaktik   –   stilistik   usullar   (tarse,   tardi   aks,   raddul   ajz   ilas-sadr,
tashobihul-atrof,   murabba,   mudavvar,   muzdavaj,   mumosila,   tashtir,   tajziya,   tasre,
tazmin, tasme, tardid, takror, tajdidi matla kabi).
6.   a)   so‘zning   ichki,   tashqi   formasi   bilan   aloqador   san’atlar   (tajnis,   iyhom,
ittifoq, ishtiqoq, qalb, mutazalzil kabi);
        b)   ayrim   so‘z   emas,   umuman   tugal   tekst   (misra,   bayt)   bilan   aloqador
stilistik   usullar   (tavjeh,   ta’kidul-madh   bimo   yashbahuzzam,   idmoj,   ta’liq,   tajahuli
orif, hazlun murodu bihil-jidd kabi).
7. Kontrast (tazod) san’ati.
8.   Murakkab   san’atlar   (muammo,   ta’rix,   hijoi   huruf,   harf   bilan   bog‘liq
usullar).  
9.   Stilistik   mutanosiblik   (jam,   tafriq,   taqsim,   jamu   tafriq,   jamu   taqsim   va
boshqalar).
10. Qofiya bilan aloqador san’atlar (e’not, iyto) (radul-qofiya), hojib, tajnisli
qofiya,   zulqofiyatayn,   musajja,   tasmit   kabi).   Shuningdek,   tarse,   tashtir,   tajziya,
tasre kabi stilistik usullar ham bevosita qofiya bilan aloqador 39
.
Xon   zamonasining   mahoratli   zullisonayn   shoiri   sifatida   ikki   tilda   –   o‘zbek
va fors-tojik tilida devonlarni tartib berishga erishdi. O‘z davri ijodkorlari singari
sharq   mumtoz   she’riyati   taraqqiyoti   va   ommalashuviga   munosib   hissa   qo‘shdi.
G‘azallaridagi   orifona,   oshiqona   va   ijtimoiy   mavzularni   ta’sirchan   obrazlar   va
go‘zal   tasvirlar   bilan   boyitdi.   Demakki,   o‘zining   poetik   iste’dodini   yorqin
namoyon eta oldi.
Xon   lirikasining   asosiy   qismini   g‘azal   janri   tashkil   etadi.   Xonning
g ‘ azallarida   ayrim   tarixiy,   badiiy,   afsonaviy   obrazlar   badiiy   timsol   vazifasini
bajargan   o‘rinlar   anchagina.   Shunday   timsollardan   biri   Yusuf   alayhissalom
timsolidir.   Sharq   adabiyotida   Yusuf   timsoli   mumtoz   shoirlarimizning   muhim
ijtimoiy-siyosiy,   estetik   qarashlarini   ifodalashda   keng   qo‘llanilgan.   Jumladan
Xonning:
Ko ‘ z yumib ikki jahondin, bir guli ra’noya och,
39
  Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси («Хазойинул маоний» асосида) .  –Тошкент : Фан, 1983 .  – 
168 б. 106 – 107-бетлар
51 Husn bozorin qizitgon Yusufi barnoya och (42).
Falaklar uzra chiqib yaxshi nom anga mih,
Agarchi Yusufi Misri jahonda shuhrati bor (29).
Ishq bozorida Yusufdek o ‘ zingni  sotmasang,
Dilda sodiq bo ‘ lmag ‘ uncha tilda iqroring g ‘ alat   (100)   – misrali g ‘ azallarida
shoir Yusuf alayhissalomning Misr bozoriga keltirib sotuvga qo ‘ yilgani voqeasiga
ishora   qiladi   va   o ‘ z   fikrini   tamsil   hamda   talmih   san’atlari   orqali   asoslashga
harakat   qiladi.   Ushbu   g ‘ azalning   keyingi   baytlarida   esa   Fariduddin   Attorning
«Mantiq   ut-tayr» 40
  hamda   Navoiyning   “Lison   ut-tayr”   dostonlarida   mavjud   sujet,
ya’ni ishq yo ‘ lida zunnor bog ‘ lagan Shayx San’on qismati tasvirlanadi:
Xirqai sajjoda tashlab, xo ‘ kbonlig ‘  qilmasang,
Shayx San’on surati bo ‘ yningda zunnoring g ‘ alat (100).
Karbalo   dashtida   shahid   bo ‘ lgan   Imom   Hasan   va   Imom   Husayn   voqeasi
tafsiloti shoirning boshqa bir g ‘ azalida tilga olinadi:
Karbalo dashtida qolg ‘ on tashnalarni yod etib,
“Vo Husayno” ,  “vo shahido”, deb qaro qon yig ‘ lagin (143) .
Shoirning yana bir g ‘ azalida esa, Mansur Xallojning vafoti bilan bog ‘ liq fojea
tafsiloti beriladi:
Jon berib Mansurvor o ‘ lmay fano dorig ‘ a toj,
Chun sipohi ishq maydonidagi javlon g ‘ alat  (100) .
Quyidagi  g ‘ azalda  esa  «Qissasi  Rabg’uziyda»gi  Sulaymon payg ‘ ambar  bilan
chumoli o ‘ rtasida bo ‘ lib o ‘ tgan suhbat voqeasi keltiriladi 41
:  
Aftoda mo ‘ r holin so ‘ rmas edi Sulaymon,
Haqdin payom J i bril anga keturmaguncha [17; 166-b ].
Xonning   yana   bir   g ‘ azalida   mashhur   tabib   Abu   Ali   ibn   Sinoning   «ayn   ul-
hayot» (hayot – tiriklik bulog’i), ya’ni boqiy hayot siriga ishora ko ‘ zga tashlanadi.
Ayn ul-hayot sirrini bilmas Abu Ali,
40
Аттор   Фаридиддин.   Мантиқ   ут-тайр.   –   Тошкент:   Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт-матбаа   ижодий   уйи,
2006.– Б. 143-144.
41
 Bu voqe y a tafsiloti Qur’oni karimning “Naml”  surasida ham keltirilgan .
52 Kim ko ‘ rdi sayd bo ‘ ldi, bu tarz sharofati  (189) .
Xon   she’rlarining   mavzuiy,   g ‘ oyaviy   jihatdan   kengligi   va   ularda   falsafiy,
didaktik   va   ijtimoiy   jihatlarning   kuchli   bo’lishiga   alohida   e’tibor   qaratadi.   Buni
shoirning   “Oqilo,   xush   qil   hamisha   do ‘ stlik   guftorini”,   “Xayoli   nahmdin   o ‘ tti
urujlik   safari”,   “Fanog ‘ a     kelding,   emdi   ko ‘ rmasun   bir   mur   ozore”,   “Nogahon
keldi   mashomimg ‘ a   sahar   rayhon   isi”,   “Bitib   chu   kotibi   taqdir   muncha   xush
raqami”   misralari   bilan   boshlanuvchi   g ‘ azallarida   ko ‘ rish   mumkin .   Uning
“ Nechuk bo’lg’ay muning holi tutubdur nafsining domi”, “Nafsi jamoli  bo ‘ lib lof
safo   urgan   g ‘ alat”   misrali   g ‘ azallarida   esa   tasavvuf   adabiyotida   insonning   eng
katta dushmani sifatida ta’riflanuvchi nafs qoralanadi. Xon g ‘ azallarining ayrimlari
sof   didaktik   ruhda   bo ‘ lib,   ularda   yaqinlar   o ‘ rtasidagi   munosabatlar   o ‘ z   ifodasini
topadi:
Hamqarinlar birla doim bu dunyo tor o ‘ lmading,
Ahli dunyolarni ko ‘ r ,  kun-kundin ortar hasrati (76) .
Shoirning   ijtimoiy   mavzuda   yozilgan   she’rlari   ham   bor.   Mana   bu   baytda
ijtimoiy   tenglik   masalasiga   alohida   e’tibor   berilgan.   Alloh   huzurida   shoh   ham,
gado   ham   teng   ekani,   ro ‘ zi   mahsharda   har   kim   o ‘ z   a’moliga   ko ‘ ra   javob   berishi
ta’kidlanadi:
Shohlar birla gado farq o ‘ lmag ‘ ay mahshar kuni,
Barcha o ‘ z holig ‘ a qilg ‘ ay nola afg ‘ on, yig ‘ lagin (93). 
G ‘ azallardan  birida:
Bo ‘ ldi zamona kulfatidin siyna chok-chok,
Ohim   sharoridin   dilu   jon   o ‘ ldi   dardnok   –   deya   zamona
kulfatidan   shikoyat   qilsa,   boshqa   g ‘ azalida   «Zamona   qozisidek   bo ‘ lmagil   do ‘ zax
xaridori»   deb,   –   adolatsiz   qozilarni   tanqid   ostiga   oladi.   Umuman   olganda,   Xon
devonida   ijtimoy,   falsafiy,   didaktik   g ‘ oyalarni   o ‘ zida   mujassam   etgan   she’rlar
salmoqli o ‘ rin tutadi.
.       Bu baytda ma’shuqaning ko ‘ zlari, yuzi, xirom aylab yurishi go ‘ zal  tashbehlar
bilan   tasvirlangan.   Ma’shuqaning   xiromon   yurishi   esa   kaklikka,   undan-da
go ‘ zalroq   ohuning   sollanib,   kishi   ko ‘ zini   quvontiradigan   qadam   bosishiga
53 qiyoslanayapti.   Shu   bilan   birga   baytda   laff   va   nashr   san’ati   ham   mavjudligini
ko ‘ rish mumkin.
Kokil  parishonlar hama sarv sayri bo g ‘   o ‘ lub,
La’li shakarborin qilib, chun g ‘ uncha xandon bir taraf( 105) .
Ma’shuqa   sochlarini   yoyib   yurganida   go’yo   sarvlar   bog ‘ da   sayr   qilib
yurgandek bo ‘ ladi. Yorning la’l lablaridan shakar  olgan g ‘ unchalar xandon kulib,
lab   ochadi.   Bu   baytda   an’anaviy   t ashbihlar   yangicha   bir   timsolda   namoyon
bo ‘ layotganligini   ko ‘ ramiz.   Shoir   birinchi   misrada   tashbih   san’atidan
foydalangan   bo ‘ lsa,   ikkinchi   misrada   « la’li   shakarborin »,   «g ‘ uncha   xandon»
birikmalari orqali  ochiq istiora  san’atini qo ‘ llaydi . 
Majnuni rasvo bir taraf, Farhodu shaydo bir taraf,
Layli nozon bir taraf, Shirin suxandon bir taraf ( 105) .
G ‘ azalning   uchinchi   bayti   qofiyalanishiga   ko ‘ ra,   matla’ga   o ‘ xshab   ketadi.
Baytda  talmih  san’atining qo ‘ llanishi (Majnun, Farhod, Layli, Shirin) uning badiiy
qimmatini   oshirgan   va   shoir   maqsadini   yaqqol   tasvirlab   bergan.   Baytda,
shuningdek,  tajnis  va  sifatlash  san’atlaridan ham foydalanilgan. 
Xunrez xanjar qoshlari, sunbul parishon sochlari,
Bo ‘ lsun salomat boshlari bir jam’i xubon bir taraf( 105) .
Bu   baytda   ma’shuqaning   siymosi   bor   go ‘ zalligi   bilan   gavdalantirilgan.
Mumtoz   adabiyotimizda   ma’shuqaning   qoshlarini   tasvirlashda   kamon,   mehrob,
nun harflari timsollaridan foydalanilgan. Biroq uni  xanjar  deb tasvirlash kamdan-
kam   uchraydi.   Shoir   tansiq   as-sifat   (shu   bilan   birga   sifatlash )   san’ati   vositasida
xanjar   qoshlarning   parishon   sochlar   qurshovida   tasvirlanishi   orqali   go ‘ zal   badiiy
timsol  yaratgan. Ikkinchi  misra  esa oshiqning  kokillari  bilan yuzini  to ‘ sib, xanjar
(qoshlari)   bilan   hamla   qilgan,   ya’ni   joni   qasdida   bo ‘ lgan   ma’shuqaning   boshi
salomat bo ‘ lishini tilab, duo qilishi g ‘ azalning badiiyligini oshirgan.
Naxli malohat o ‘ zlari, dar fosh  aylar so ‘ zlari,
Naqshi olma, bilmom yuzlari, bog ‘   ichra javlon bir taraf ( 106) .
Yuqoridagi   baytda   shoir   ma’shuqaning   butun   go ‘ zalligini,   malohatini
tasvirlashda   tansiq   as-sifat   san’ati   bilan   birga   tajohuli   orifona   san’atidan   ham
54 o ‘ rinli   foydalangan.   Ma’shuqaning   har   bir   so ‘ zi   dardlarga   shifo   beradi,   naqsh
olmaday yuzlari bilan bog ‘ da kezib yurganida bog ‘  uning chiroyidan mavjlanadi.
To ‘ ti shakkarafshon bo ‘ lub, shirin qilib el komini,
Chun bulbuli xushxon bo’lub, bir necha jonon bir taraf  (106).
Keltirilgan   baytda   ham   shoir   tashbih   san’atidan   mohirona   foydalanganini
ko ‘ rishimiz   mumkin.   Yorning   shirinsuxanligi,   go ‘ zal   o ‘ xshatishlar   orqali
ifodalanadi.   Ushbu   g ‘ azalning   yana   bir   e’tiborli   tomoni   shundaki,   u   boshdan
oxirigacha  musajja’  usulida qofiyalangan.
Yuqorida   ta’kidlab   o ‘ tganimizdek,   mumtoz   adabiyotning   o ‘ ziga   xosligini,
rang-barangligini, jozibadorligi va ta’sirchanligini ifodalovchi tasvir vositalari bu –
badiiy   san’atlardir.   Fikrni   badiiy   ifodalashda   ularning   o ‘ rni   beqiyos.   Buni
adabiyotshunos   olim   Yo.Is’hoqovning   quyidagi   “…g ‘ azallarda   shoirning   his-
tuyg ‘ ulari,   nozik   kechinmalari   xilma-xil   tashbehlar,   original   istioralar   va   avtor
maqsadi, munosabatining ochilishiga imkon beruvchi ma’naviy va lafziy san’atlar
o ‘ zining go ‘ zal va tabiiy ifodasini topgan” 42
, – degan fikri ham tasdiqlaydi. Badiiy
san’atlar   ma’naviy   va   lafziy   san’at   turlaridan   iborat.   Xon   ham   o ‘ z   she’riyatida
ularni samarali istifoda etgan.
Tashbih  ma’naviy san’ati o ‘ xshatishga asoslangan bo ‘ lib, uning namunalari
Xon   lirikasida   go ‘ zal   tarzda   qo ‘ llanilganini   ko ‘ rish   mumkin.   Masalan,   quyidagi
baytga murojaat qilsak:
Orazing davrida yurgan sargirondur kokulung,
Ganjga bir ajdahodek posbondur kokulung (118) .
Ushbu   baytda   shoir   tashbih   san’atiga   murojaat   qiladi.   Ma’lumki,   qadimgi
afsona   va   rivoyatlarda   ajdaho   boylik   (ganj)larni   qo ‘ riqlovchi   posbon   sifatida
tasvirlanadi.   Shoir   ham   yorning   kokillarini   uning   orazini   balolardan   qo ‘ riqlovchi
posbon tarzida ifodalagan.
Xon   murakkab   tashbihlarni   ham   mahorat   bilan   qo ‘ llagan.   Jumladan,   uning
quyidagi bayti bunga misol bo ‘ ladi: 
Ochildi g ‘ uncha kabi la’li durafshon alfoz,
42
Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси («Хазойинул маоний» асосида) .  –Тошкент :  Фан, 1983. – 1 27 б.
55 Mashom jong ‘ a berib bo ‘ yi gul chunon alfoz (102) .  
Mazmuni:   Yor   shunchalik   chiroyli   so ‘ zlaydiki,   uning   labi     xuddi
g ‘ unchaning ochilishiga o ‘ xshaydi. Gul ochilganda hidlari dimoqqa urilgani kabi
yor ham so ‘ zlash uchun labini ochganda (atrofga) gul bo ‘ ylari taraladi.  
Baytning   birinchi   misrasida   tashbihi   sareh   (to ‘ liq   tashbih)   san’ati   qo ‘ llangan.
Shoir yorning labini la’l deb atagan, bu –  ochiq istioradir .
Tashbih   san’ati   haqida   Said   Nasafiy   yozadi:   “Har   bir   shoirning   katta
mahorati   tashbihlarda   ko ‘ rinadi.   Tashbihda   qudratliroq   bo ‘ lgan   har   bir   shoir
jahongirroqdir” 43
.   Shu   o ‘ rinda   aytish   mumkinki,   Xon   ham   o ‘ z   lirikasida   mazkur
san’at   turini   mohirona   qo ‘ llagan.   Jumladan,   shoir   quyidagi   g ‘ azalida   yorni
ta’riflash uchun  tashbihi mutlaq dan foydalanadi:
Oshiq o ‘ ldim  yuzi gul ,  qomati sarvoso ,
La’li xandon ila  to ‘ ti kabi  shakarxavo (104).
Baytning   birinchi   misrasida   yorning   yuzi   gulga,   qomati   sarv   daraxtiga
o ‘ xshatilgan   bo ‘ lsa,   ikkinchi   misrada   ma’shuqaning   tabassumli   labi   o ‘ xshatish
vositasi orqali to ‘ tiga qiyoslangan. Baytda, shuningdek,   laff va nashr   san’ati ham
mavjud.
Ey pariruxsor, vaslinga giriftor o ‘ lmasun,
Men kibi  bir ko ‘ rgali ushshoqlar zor o ‘ lmasun.
Goh  laylivash , gahi  shirinzabon   shakkarshikan ,
San kabi   bir sho ‘ xivash,   la’li shakarbor  o ‘ lmasun (149) .  
Yuqoridagi g ‘ azalda musalsal tashbihlar qo ‘ llanilgan. Shu bilan birga, shoir
ma’shuqa   labini   bir   vaqtning   o ‘ zida   (la’li   shakarbor)   ham   la’lga,   ham   shakarga
o ‘ xshatgan. Bu  “tashbihi jam”  deb ataladi.
Xon   lirikasida   arab   harflarining   shakliy   ko ‘ rinishlariga   o ‘ xshatilgan
tashbihlar ham uchraydi. Bunga  quyidagi baytlarni misol qilib  keltirish mumkin:
Qoldim zalolat o ‘ rtasida misli nuqtai “nun”,
Go ‘ yo ihota ayladi dunyoni Ko ‘ hi Qof (104).
43
 Рудаки ва замон ў. Сталинобод, 1958, саҳ, 113.  
56 Arab   alifbosida   “nun”( ن )   harfi   o ‘ rtasida   bir   nuqta   joylashadi.   Yuqoridagi
baytda   shoir   oshiqni   xuddi   o ‘ sha   nuqtaga   o ‘ xshatmoqda.   Go ‘ yoki   dunyoni   Ko ‘ hi
Qof tog ‘ i o ‘ rab turibdi-yu undan chiqishning imkoni yo ‘ q. 
Shoirning quyidagi she’rida esa,
“Alif” dek jon aro olsam muhabbat bog ‘ i naxlini,
Ko ‘ kortirsam ko ‘ ngul bo ‘ stoni ichra sarvi ra’noni (176). 
Shoir   mazkur   baytda   ( kitobat   san’ati   orqali)   yorni   muhabbat   bog ‘ ining   niholiga
qiyoslaydi.   “ Jon”   ( ﻦﺍﺟ )   “alif”ni o’z ichida avaylab, asragani kabi, oshiq ham yorni
ko’ngil bustonida parvarish qiladi. Ya’ni yor oshiqning jismiga jon bag ‘ ishlaydi.
Tajohilu orif   ma’naviy   san’at   turlaridan   biri   sanaladi.   Tajohul-ul   orif
shunday   san’atki,   “so’zlaguvchi   bir   nimani   bilur,   ammo   bir   nukta   bila   o ‘ zni
bilmagandek   ko’rsatur” 44
.   Bu   san’at   turiga   shoirning   quyidagi   baytlari   misol
bo’ladi: 
May nash’asi ekanmu, yo gul yuzida shabnam,
Avroqi safha uzra durdonaso muborak (118) .  
Yoki:
Xoli ruxsori ekan, yo bo ‘ ston ichra Bilol,
Yoki lu’lu’ ganjina hindu nigohbonim mani (178) .  
Yoki:
Lol o ‘ ldi aqlu idrok, so ‘ zlarga yo ‘ q majoli,
Husni kamoli bilmam, yo anda yo ‘ q zaboni (184).
Ma’naviy   san’at   turlaridan   yana   biri   tazoddir .   She’rda   bir-biriga   zid,
qarama-qarshi   ma’noli   so ‘ zlarni   qo ‘ llash   bu   san’atning   asosini   tashkil   etadi.   U
mumtoz   adabiyotimizda   mutobaqa,   tiboq,   takofu,   ittizod,   muttazod   kabi   nomlar
bilan ham atalib kelingan. Mumtoz asarlar tahlilida boshqa san’atlar singari tazod
san’atini   ham   alohida   kuzatmasdan   biron   shoirning   uslubini,   so ‘ z   qo ‘ llash
mahoratini belgilash qiyin. Bilamizki, u barcha Sharq mumtoz shoirlarining ijodida
44
Ҳусайний А. Бадойиъу-с-санойиъ. Форсчадан Алибек Рустамов таржимаси. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 
1981.– 239 б.
57 keng   qo ‘ llanilgan.   Xon   ijodi   ham   bundan   mustasno   emas,   albatta.   Ushbu   san’at
namunasini shoirning quyidagi baytida ham ko ‘ rishimiz mumkin:
Bir tabassum birla olamni munavvar aylagan,
Zulmati ko ‘ nglumni qilg ‘ on duri charog ‘ onimg ‘ a arz (99) .
Bu baytdagi   zulmat   so ‘ zining   charog ‘ on   antonimi poetik fikrni ixchamgina
ifodalab   qolmasdan,   matn   mazmunini   teranlashtirgan .   Shoir   she’rlarida,   ba’zan
ma’noni   kuchaytirish   maqsadida   ikki   yoki   undan   ortiq   qarama-qarshi   ma’noli
so ‘ zlarni birgalikda keltiradi:
O ‘ ngu so ‘ ldin  bilmading avvalda  oqdur yo qaro ,
Odam o ‘ g ‘ lisan  qolib merosi so ‘ zon yig ‘ lagin ( 133 ) .  
Yuqoridagi   baytning   birinchi   misrasida   ostiga   chizilgan   so ‘ zlar   o ‘ zaro
qarama-qarshi   ma’noli   bo ‘ lib   tazod   san’atini   hosil   qilgan.   Ushbu   baytda   yana
boshqa   badiiy  san’at   turlari   ham   mavjudligini   ko ‘ rish   mumkin.   Masalan,   birinchi
misrada qo ‘ llangan   oqdur yo qaro   birikmasi orqali   tajohuli orif   ma’naviy san’ati
yuzaga kelgan. Ikkinchi misrada ostiga chizilgan birikma vositasida  iyhom san’ati
(birinchi   ma’nosi   odam   o ‘ g ‘ li,   ya’ni   inson   farzandi,   ikkinchi   ma’nosi   esa,   Odam
Ato 
Tanosub, talmih, tajohuli orif, husni ta’lil, iyhom, ruju’, tazod kabi usullar Xon
ijodida   shunday   bir   latofat   kasb   etadiki,   ko’z   orqali   qabul   qilingan   asar   qalb
ko ‘ zgusida jilolanib ta’sirchan, mazmundor va o ‘ z musiqasi, ranglari mavjud asarga
aylanadi. 
                               Bob bo‘yicha xulosalar.
             Xulosa  qiladigan  bo‘lsak,  shuni   aytish  kerakki,  Xon  o‘z  zamonasining
iste’dodli   va   san’atkor   shoirlaridan   biridir.   Uning   ijodida   badiyat
jilolarining turli ranglardagi ko‘rinishlari o‘z ifodasini  topgan.
  Qo ‘qon   hukmdorlarining   qator   namoyondalari   temuriylar
an’analarini   davom   ettirib,o ‘ zlari   ham   ilm-ma’rifat   bilan   ilm-   ma’rifat
bilan   shug‘ullanib   bu   sohani   ravnaq   topdirishga   katta   sa’y-harakat
58 qilganlar.Ayniqsa,   bunda   Qo‘qon   xonlaridan   Umarxon   va   Muhammad
Alixon davrlari yaqqol ajralib turadi.
           
O‘zbek   badiiyati   takomilida   janrlarning   rivojlanish   masalasi   hamisha
ahamiyat   berilishi   lozim   jarayon   sifatida   e’tirof   etiladi.   Ayniqsa,   sharq   mumtoz
poetikasi   uchun   an’anaga   aylanib   qolgan   g’azal   janri   va   uning   shakllanishi,
takomili Qo ‘ qon Musulmon mualliflari va ular  qatorida Qo ‘ qon tarixnavislarning
maktabi   vakillari   tarixni   boshidan,   ya’ni   olamning,   Yer   va   unda   hayotning
yaratilishidan,   Odam   Ato   va   Momo   Havoning   paydo   bo ‘ lishidan   to   o‘zlari
yashagan   davrgacha   yoritish   zarur   deb   hisoblaganlar.   Shuning   uchun   ham
ko’pincha   Qo’qon  xonligi  tarixiga  bag‘ishlangan  asarlar  olamning  yaratilishi  dan
boshlanib,  ularda  payg‘ambarlar,  xalifalar,  davlatlar   tarixi  sulolaviy   –  xronologik
tartibda   bayon   etiladi   va   asarning   so’nggi   fasllarida   bevosita   xonlik   tarixi
yoritiladi. Qo’qon xonligi muarrixlari o‘z asarlarini yaratishda oldingi zamonlarda
musulmon adabiyoti uchun ham xos hodisa.
           
XIX asr o ‘ rtalarida yaratilgan asarlarning mazmun va mavzularini tahlil etish
borasidagi xulosalar qilish imkoniyatini beradi. Birinchidan, mazmun jihatidan bu
asarlar   hukmdorlarning   taxtga   chiqishi   va   taxtga   chiqishi   va   taxtga   da’vogar
bo ‘ lgan   shaxslarning   olib   borgan   kurashi,   markaziy   hokimiyatning   qipchoqlarga
qarshi   kurashi,   rus   qo ‘ shinlariga   qarshi   dastlabki   janglar,   xonlikka   qarashli
Turkiston, Avliyota, Chimkent, Toshkent, Jizzax, O ‘ ratepa, Xo ‘ jand singari shahar
va   qalalarni   mudofaa   qilish   masalalariga   bag ‘ ishlangan.   Bu   masalalar   “Tarixi
Jahonnoyi”,   “Tarixi   Alimquli   amirlashkar”,   “Tarixi   Shohruhiy”   nomli   asarlarda,
shuningdek “Xulosat ul-ahvol” nomli avtobiografik asarida yoritilgan.  
           
XIX   asrning   ikkinchi   yarmida   Qo ‘ qon   xonligi   tarixi   haqida   yozilgan
manbalardan   yana   biri   Mulla   Niyoz   Muhammad   Ho ‘ qandiyning   “Tarixi
Shoxruhiy”   asaridir.   Muhammad   Niyoz   Ho ‘ qandiy   saroy   amaladorlari   safiga
kirganligi   uchun   Sheralixon   hukmronligidan   XIX   asrning   70-yillarigacha   yuz
bergan siyosiy jaroyonlarda bevosita ishtorok etgan. 
                    
59 III BOB. XON IJODIDA AN’ANA VA ADABIY TA’SIR MASALASI
3.1. Shoir ijodida mumtoz adabiy an’analar.
      Xon ijodiy uslubining yana bir xususiyati uning sharq shoirlari adabiy merosiga
an’analariga   bo ‘lgan   munosabatida   ko‘rinadi.   Bu   ham   bevosita   shoir   ijodining
g‘oyaviy-badiiy   qiyofasi,   uslubini   namoyon   etadi.   Adabiyotshunos   olim
A.Xayitmetov   ta’kidlaganidek,   Sharq   klassiklari   ijodida   an’anaviy   tasvir   va
talqinlar   qancha   ko‘p   bo‘lmasin,   ularning   har   biri   o‘z   badiiy   uslubi   estetik
pozitsiyalariga   ega   bo‘lishgan.   ”Chunki   ijodiy   ish   hamma   vaqt,   hamma   yerda
individual xarakterga ega bo‘lib kelgan va bundan keyin ham doim shunday bo‘lib
qoladi. Haqiqiy san’atkor o‘z ona tilidagi adabiyotni, jahon adabiyotini ma’lum bir
tarixiy   davrdagi   ijtimoiy   voqea   va   hodisalarga,   ilg‘or   g‘oya   va   intilishlariga,   shu
davr   kishilarining   his-tuyg‘u   va   qarashlariga   individual   munosabatda   bo‘lib,   uni
o‘z qarashi, o‘z hayotiy tajribasi, o‘z ovozi, o‘z xarakteri orqali badiiy aks ettirish
tufayligina boyitishi, uning taraqqiyotiga ulushini qo‘shish mumkin. Shu jihatdan
o‘zbek adabiyoti tarixida Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Navoiy, Bobur, Turdi, Mashrab,
60 Ogahiy,   Munis,   Muqimiy   qanday   xususiyatlarga   ega   bo‘lmasin,   ularning   har   biri
boshqasidan yaqqol ajralib turadi.  Ularning ijodidagi bu farq esa ,avvalo, ularning
badiiy uslubida, so ‘ z ishlatish san’atida ko ‘ zga tashlanadi 45
.
                    Shu   nuqtayi   nazardan,   Xon   badiiy   uslubining   ham   o ‘ ziga   xosligi,
originalligini isbotlab berish, uning she’riyatini Sharq klassik poeziyasi an’analari
bilan o ‘ zaro qiyoslagandagina yaqqol namoyon bo ‘ ladi.
            Xon   iste’dodli   shoir   sifatida   adabiy   an’analarini   davom   ettirishda   o ‘ z   ovozi
bilan   ishtirok   etgan.   Chunki   XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   -   XX   asr   boshlarida
Qo ‘ qon adabiy muhiti vakillari ijodida mumtoz adabiyotda uchraydigan bir qancha
unsurlarni o ‘ z ijod namunalariga singdirgan, so ‘ z san’atini puxta egallash maktabi
shakllangan edi.    
           XV asr adabiy muhitida muammo san’atiga qiziqish yuksak darajada bo ‘lgan
bo‘lsa, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib muvashshah bitish an’anasi kuchaygan.
       Ma’lumki, mutafakkir daho Alisher Navoiy o ‘zidan keyin adabiyot bo‘stoniga
qadam   qo‘ygan   har   bir   ijodkorni   betimsol   badiiy   ijod   mahsullari   vositasi   bilan
tarbiyaladi.  Bu ne’matdan madrasa ta’limini olgan shoir Xon ham, albatta, bebahra
bo ‘ lmagan.   Xon   ham   o ‘ z   g ‘ azallarida   uning   shaklini,   ya’ni   vaznini,   qofiyalash
sistemasini   qabul   qilib   olgan   va   ularning   romantizm   printsiplari   bilan   bog`liq
boshqa bir qancha qonuniyatlarini qabul qilib olgan . Shoir g ‘ azallarining aksariyati
an’anaviy   aruz   qoidalari   asosida   yozilgan.   Muxammaslari   va   g ‘ azallari da
samimiyat,   pok   sevgi,   inson   ruhiy   kechinmalari,   orzu-umidlari,   do ‘ stlik
mavzularini qamrab olgan satrlar she’rxonni o`ziga sehrlab qo ‘ yadi.
                 Mumtoz she’riyatda oshiq dardlari  ong va qalb orqali qabul qilinadi. Ong
shoirning   dunyoqarashi,   tafakkurining   salmog ‘ i   hisoblansa ,   qalb   she’riyatning
san’atidan, sehridan bahramand bo ‘ ladi. Navoiy ijodi ong uchun ham, yurak uchun
ham   cheksiz   xazinadir.   Ustoz   olg ‘ a   surgan   o ‘ lmas   umuminsoniy   g ‘ oyalar   bizni
hanuzgacha tarbiya qilsa, uning ijodiga xos buyuk san’at  bizni  har  safar  hayratga
soladi.   Navoiy   she’riyati   sehrining   qudrati   shu   qadarki,   gohida   bunday   satrlarni
bitish   inson   qo`lidan   keladigan   ishga   o ‘ xshamaydi.   Navoiyning   buyukligini
45
  Ҳайитметов А. Шарқ адабиётининг ижодий методи тарихидан. – Т.: Фан, 1970. - Б. 11
61 anglash   uchun   o ‘ ta   murakkab   tahlil   talab   etilmaydi.   Hazratning   bir   baytini
o ‘ qishning   o ‘ zi   kifoya.   She’riyatni   tushungan   kishi   bu   so ‘ zlarni   faqat   Navoiy
aytishi mumkinligiga qanoat hosil qiladi. Shoirni qadrlash uni anglashdir. Shoirni
qadrlash   uning   ijodini   qalbga   singdirish,   undan   bahramand   bo ‘ lish   demakdir.
Bizning   ota-bobolarimiz   so ‘ zning   qadriga   yetgan.   Ularning   suhbatlari   baytlari
bilan   muzayyan   bo ‘ lgan.   Alisher   Navoiy   milliy   madaniyatimiz   timsoli   bo ‘ lishi
barobarida beqiyos boyligimiz hamdir. Sharq she’riyati ijodkorlari ijodida ko ‘ ngil
tirin   va   mave’ni   egallagan .   Ko ‘ ngil   istiloh   va   timsol   sifatida   Alisher   Navoiy   va
Fuzuliy g ‘ azallarida juda ko ‘ p qo ‘ llanilgan. Navoiyshunos olim Yo.Is’hoqov xuddi
saboga o ‘ xshab ko ‘ ngilga murojaat qilish Sharq lirikasida an’anaga aylanib qolgan
bir usul bo ‘ lib, ko ‘ ngil sevgining asosiy sababchisi  sifatida talqin qilinishini qayd
etgan. Demak, Navoiy ijodining ilk bosqichlaridan boshlaboq bu usuldan mohirlik
bilan   foydalangan.   Bundan   tashqari   Sharq   shoirlari   qalb   va   ko ‘ ngilni   inson
ma’naviy hayotining mahzani va bosh markazi deb bilishgan. Ko ‘ ngilni poklash va
uni ishq, go ‘ zallik oynasiga tenglashtirishni kamolot yo ‘ lidagi asosiy vazifalardan
hisoblaganlar.   Chunki   oshiqlik,   oriflik,   odillik,   komillik   –   barchasining   istiqboli
ko ‘ ngilga   bogliq.   Olloh   vujuddagi   qalbdan   boshqa   biror   a’zoga   ma’rifat
mushohadasiga berilmoq, g ‘ oyibiy sirlarni kashf etmoq salohiyatini nasib etmagan.
          Muhammad   Alixonning   aruz   vaznida   yozilgan   g ‘ azallarida   mumtoz   so ‘ z
san’atkorlari   Navoiy,   Fuzuliy   va   boshqa   ko ‘ plab   ijodkorlar   ijodidagi
an’anaviylikni   qiyosan   o ‘ rganish,   undagi   obrazlar   xilma-xilligini   g ‘ oyaviy-badiiy
jihatdan   keng   tahlil   qilish   va   teran   ilmiy   yoritish   ishning   asosiy   maqsadi   sifatida
tanlandi. Ayni shu maqsadda Xon ijodini adabiyotshunoslikda o`rganilishini   ilmiy
tahlil etish , shoir ijodida mumtoz adabiyot an’analarini qanday saqlab qolganligini
qiyosan   o ‘ rganish,   Navoiy,   Fuzuliy   g ‘ azallaridagi   g ‘ oya   ko ‘ lamdorligining
Xon   ijodidagi   badiiyati ,   o ‘ ziga   xos   xususiyatlarini   ilmiy   umumlashtirish ,   Sharq
she’riyatiga   xos   bo ‘ lgan   o`ynoqilikning   Muhammad   Alixon   ijodidagi
davomiylik   masalasiga   munosabat   bildirish ,   shoir   g ‘ azallarda   yetakchi   mavzuni
tashkil   etuvchi   yor   madhini   tasvirlashda   gul   timsollari ,   osmon   jismlarining
aloqadorlik va bog ‘ liqlik mohiyatini aks ettiruvchi hamda badiiy vosita vazifasini
62 ado   etganligini   qator   she’riy   parchalar   yordamida   yoritish ,   turli   davrlarda
yaratilgan   g ‘ azallarda   qo ‘ llangan   badiiy   san’atlarning   g ‘ azal   badiiyatini
oshirishdagi   o ‘ rnini   qiyosan   belgilashga   urinish ,   shoir   ijodidagi   mumtoz   adabiyot
an’analarini   o ‘ rgangan   holda,   o ‘ ziga   xos   jihatlarini   yoritish   kabi   bir   qator
vazifalarni aniqlashdir.
                 Bobokalonimiz she’ri kirgan qalbga jaholat va yovuzlik kirmaydi. Navoiy
ijodi insonni yuksakka ko ‘ taruvchi buyuk qudratga  Shuning uchun shoirning qator
she’rlarida   Navoiy   ruhi   ufurib   turadi.   Xususan,   shoirning   “   Vola   o ‘ ldum   men
o ‘ shal   mohi   malaksiymoya”   deb   boshlanuvchi   g ‘ azaliga   e’tibor   qaratadigan
bo ‘ lsak,   unda   shoir   Hazrat   Navoiy   kabi   lirik   qahramon   ruhiyatining   ifodasi   asta-
sekin avj nuqta sari ko ‘ taradi.
                      
                 Vola o ‘ ldum men o ‘ shal mohi malaksiymoya,
                Yetkurung arzimi ul mehri jahonoroya. 
Bu   matla’da   shoir   o ‘ zining   dodlarini   ul   malaksiymo   eshitar   ekanmi   deya   nola
chekadi.   Arzlarini   ul   malak   eshitsa   zora   ko ‘ ngli   yumshab   qolar   degan   niyatda
keying baytda yorning go ‘ zalligini ta’riflaydi.
               
              Orazi uzra dushub silsilai mushki tare,
              Qayd etish ko ‘ nglumi ul sunbuli anbarsoya.
      Yorning  go ‘ zalligi   shu  qadar  beqiyoski,   u  oshiqni  o ‘ ziga  mushki  anbar  singari
tortadi.   Keyingi   baytda   oshiqning   hijron   dardidan   shikoyati   yana   bir   parda
balandga chiqadi:
           
                   Oya yetdi buncha ohi saharam hajri duni,
                   Yetdi nolai afg ‘ on edirim ul loya. 
   
            Muhammad   Alixon   Navoiy   she’riyatidagi   kinoya,   kesatiq,   o ‘ pka-   gina
ohanglarini juda yaxshi ilg ‘ agan va bu narsani quyidagi baytiga mohirona singdirib
bergan:
                  Ichiram bodai nob o ‘ rnig ‘ a xunobi jigar, 
63                  Berdebon ko ‘ nglumi bas sho ‘ xi  qadahpaymoya.
Ushbu   baytda   oshiq   yorga   ochiqchasiga   ta’na-dashnom   qiladi,   uni   odamiylik
rasmini   bilmaslikda   ayblaydi.   Bu   yerdagi   bayt   g ‘ azalning   avj,   kulminatsion
nuqtasi   bo ‘ lib,   bu   Navoiyona   uslubda   yozilganligini   yana   bir   bor   isbotlab
bergan.Yor-qotil   va   shafqatsiz,   ammo   oshiq   ham   el   qatori   bo ‘ lib  osongina   taslim
bo ‘ lib   ketaveradiganlardan   emas.U   yorga   o ‘ z   sadoqatini   namoyish   etish,   o ‘ lim
tufayli   undan   ajralmaslik   uchun   qatli   omdan   ham   omon   qoladi,   yorni   hayron
qoldiradi.
   
    Ahli dardam, nolishim yetkurma , E gul, bulbula,
    Ondin ortiq ishq ichinda chashmining xunobi bor. 
     Nolishlari qalb paymonasidan shu qadar limmo-lim to ‘ lib toshganidan dardini u
gulag bulbul yetkarmasa ko ‘ ngil qadahi chil-chil bo ‘ lib sinishini aytadi. Oshiqning
bundan   ortiq   sabr-u   toqati   qolmagan.   Shunchalik   ko ‘ p   dard   chekkan   oshiqning
ko ‘ zlaridan endi oddiy yosh emas qon oqmoqdaligini ifolamoqda.
                  Dema ,ey vozeh, vale qutqarmaking  mushkil degil,
        Kim jigarga halqa-halqa zulfining qullobi bor.
 
             Keyingi  baytda oshiqning ishq  dardidan qutqarmoqligi  mushkil, endi  uning
dardiga faqat yorning visoli davo ekanligini aytadi.
                 Bodii rohim shabi hijrona chashmimdur nam,
       Har taraf kezdu gado o ‘ dlu ashkidan mahtobi bor.
     Yuqorida Xonning uncha katta bo ‘ lmagan devoni haqida ma’lumot bergan edik.
Devon   tuzish-   Sharq   mumtoz   she’riyatining   oliy   nuqtasi,   ijodkorning   o ‘ ziga   xos
kamoloti darajasini belgilab beradigan “hujjat” idir. Devon tuzish an’anasi qadimiy
tarixga   ega.   Bu   an’ana   XI-XII   asrlarda   shakllanib,   XV   asrda   yanada   yuksak
darajaga   yetdi.   Chunonchi,   Alisher   Navoiy   o ‘ zi   tuzgan   ilk   devoni   “Badoye   -ul
64 bidoya” da devon tartiboti qonun-qoidalarini yangicha tarzda yaratgandan so ‘ ng 46
 ,
o ‘ zbek   mumtoz   she’riyati   ijodkorlari,   aynan   Navoiy   yo ‘ lidan   yurdilar,   aniqroq
aytadigan bo ‘ lsak, turkey yo ‘ sindagi devon tartibotini qabul qildilar .  XIX asrda esa
Navoiy   an’anasi   shitob   bilan   Qo ‘ qon   adabiy   muhitida   rivojlanish   yuz   tutdi.
Xususan,   Qo ‘ qon   adabiy   maktabining   Amiriy,   Nodira,   Uvaysiy,   Ado,   Majzub,
Azimiy,   Muhyi,   Muqimiy,   Qoriy,   Furqat,   Muhsiniy,   Yoriy,   Nihoniy,   Xon   kabi
ellikdan ortiq vakillari devon yaratganlar.
      Xonning boshqa bir g ‘ azalida oshiq kishining dard-u xasratlari saltanat ishidan
ham muhim ekanligini ko ‘ rishimiz mumkin.
         Havoyi saltanatdin Xonga afsunroq bu so‘z qadri,
Muruvvat birla so‘rgach, holin ul nomehribon, ko‘rgach.
Xonning bu  gaplari  Zahiriddin  Muhammad  Boburning “Nisbat  yo‘qtur   deb
ijtinob aylamakim, shohmen elga, lekin senga quldurmen” deganlariga hamohang
jaranglaydi.   Chunki,   ham   yorning   ahvol   so‘rab   ko‘rsatgan   muruvvatli   so‘zi,   Xon
uchun saltanat havosidan afzun (ortiqroq)dir.
Xonning   Fuzuliyga   ergashib   ijod   etgani   ma’lum   va   mashhur.   Shuni
ko‘rsatuvchi   olti   banddan   iborat   muxammasning   ikki   (birinchi   va   oxirgi   oltinchi)
bandlarini keltiramiz:
Inju dishi jon qulzumi ichra guharimdur,
Ikki labi dil mahzanida la’llarimdur,
Bul juzviya mahrum alardin nazarimdur,
Namyau edajak domanimi chashmi tarimdur.
Pur la’l edan chashmimi xuni jigarimdur...
Ishq ichra buyuk rutba emish holi tabohliq,
Osori ulug‘ himmat emish baxti siyohliq,
Bas ayla banga ogaqi ishq ichra siyahliq,
Xon shu’lai ohim boshima toji sarimdur!
Ushbu   muxammasda   ham   Xonning   lirik   qahramoni   Fuzuliyvor   ifodalarda
o‘z   sevgilisiga   sadoqatini   izhor   etadi,   bu   sevgining   uni   qanday   ayanch   ahvolga
46
  Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. Йигирма томлик, биринчи том. Бадойиъ ул-бидоя –  
Тошкент :  Фан ,  1987 .  –  724 б.
65 solganini   tasvirlaydi.   Garchi   u   shoh   bo‘lsada,   o‘zining   aslida   sevgi   diyorida
shohlikka   erishganini   aytadi.   Boshidagi   toji   esa,   asosan   chekkan   ohlaridan
chiqayotgan shu’lalardan iboratligini bildiradi. 
Xon   qalamiga   mansub   yana   bir   muxammas   she’r   muxlislari   o‘rtasida   keng
shuhrat topgan edi. 
Bu   muxammas   sakkiz   banddan   iborat.   “Tazkirai   Qayyumiy”da   bu
muxammas   to‘g‘risida   bunday   deb   yozilgan:   “Bu   ash’orning   Xon   O‘ra-tepaga
safarida   xotuni   bilan   bo‘lgan   mojaro   tufayli   so‘nggi   bandini   a’yonlar   demishdur.
Keyin takmil etmish” (173 b).
O‘sha she’rdan ayrim bandlarini keltiramiz:
Qadim xamligi qoshlari yosidin,
Xarob o‘lmag‘im chashmi shahlosidin,
Ko‘zum qoni la’li tamannosidin,
Jununim o‘shal zulfi savdosidin,
Nigunsorlardur, nigunsorlar.
Ko‘zingdur menga fitna barpo qilan,
Boshim uzra yuz sho‘r paydo qilan,
Meni olam ahliga rasvo qilan,
Ko‘ngul maqzani ichra yag‘mo qilan,
Bu ayyorlardur, bu ayyorlar.
Taajjubki, bu bir necha dilrabo,
Demaslarki, bu shoh erur yo gado,
Agarchandi Xoni zamonam bango,
Hama eldin ortuq qilurlar jafo,
Ajab yorlardur, ajab yorlar 47
.
           Bu she’r bir voqeiy hikoya kabi. Unda Xon – lirik qahramon o‘shal qoshlari
yo, ko‘zlari shahlo, qora zulfining savdosi jununga eltuvchi dilrabo tavsifini qiladi.
47
Қаюмов А. Асарлар. Қўқон адабий муҳити. 7-жилд, 1-китоб. Т.: Мумтоз сўз, 2010. – Б. 235.
66 So‘ngra   esa   ana   shunday   mahbubaning   zamona   xonini,   ortiq   gado   sifatida   ham
ko‘rmasligidan noliydi, unga hammadan ham jafo qilayotganidan shikoyat qiladi.
         
        
            3.2.Muhammad Alixon ijodida Fuzuliyga izdoshlik  
XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   –   XX   asr   boshlarida,   Toshkent,   Buxoro,
Xorazm,   Kattaqo‘rg‘on   adabiy   maktabi   namoyandalari   singari,   Qo‘qon
adabiy   muhiti   vakillari   ham   o‘zbek   adabiyotining   barhayot   an’analarini
muvaffaqiyatli   davom   ettirishdi.   Shubhasiz,   bu   jarayonlar   Muhammad
Alixon   ijodiga   ham   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatdi.   Muhammad   Alixon   mumtoz
she’riyatning   ko‘pgina   janrida   qalam   tebratdi.   G‘azalnavislik   uning   ijodida
asosiy   o‘rin   tutdi.   G‘azaliyoti,   mazmun   va   shakliga   ko‘ra,   Navoiy,   Fuzuliy
she’rlariga   yaqin   turadi.   Muhammad   Alixonning   deyarli   barcha   janrlardagi
asarlarida   ham   an’analar   ta’siri   aks   etdi.   Biroq   shoir   o‘z   salaflari   ta’sirida,
an’ana   qobig‘ida   qolib   ketmadi,   ulkan   iste’dod   sohibi   sifatida   tashbihu
timsollarga boy badiiy barkamol asarlar yarata oldi. 
Ushbu   magistrlik   dissertatsiyasining   asosiy   maqsadi   Muhammad
Alixonning   she’rlarini   g‘oyaviy-badiiy   tahlil   va   talqin   etish,   shu   tariqa
uning   nechog‘li   muvaffaqiyatga   erishganini   ko‘rsatish,   she’rlarning
67 axloqiy-ma’rifiy,   badiiy-estetik   jihatlarini,   tamoyillarini   aniqlash,   shular
orqali   shoirning   o‘zbek   adabiyoti   tarixidagi   o‘ziga   xos   mavqei,   nufuzi,
ta’sirini isbotlab berish va asoslashdan  iborat.
Bundan   Tashqari   Muhammad   Alixon   haqida   Uvaysiy   ham   bejizga
“Voqeati   Muhammad   Alixon”   manzumasini   yaratmagan.   Ushbu
manzumada   XIX   asrning   birinchi   yarmida   yuz   bergan   tarixiy   voqealar   aks
ettirilgan.[1,172-b]
                        Muhammad   Alixon   g‘azallar   yozgan,   uning   buyrug‘iga   binoan,
xattotlar   Alisher   Navoiy   asarlarini   miniaturalar   bilan   bezatib
ko‘chirishgan,   ko‘plab   tarixiy   asarlar   fors   va   arab   tillaridan   o‘zbek   tiliga
tarjima   qilingan.   Muhammad   Alixon     davrida   maktab   va   madrasalar
qurilgan   (maye,   Madalixon   madrasasi),   Qo‘qonning   eski   o‘rdasi
ta’mirlangan.[1,123-b.]
              Muhammad   Alixon   ijodida   Navoiy   va   Fuzuliyga   tatabbu’lar   yozadi.
Shoir   ijodida   Navoiy   va   Fuzuliy   an’analari   yaqqol   sezilib   turadi.   Fuzuliy
g‘azallariga tazmin va taxmislar bitadi. 
            Xon   she’riyatining   tasavvufiy   asoslari   naqshbandiylik   tariqatiga   borib
taqaladi.U   o‘z   ijodida   turli   tasavvufiy   timsollarni   qo‘llab,   badiiy   pishiq
g‘azallar 
         
Vadud   Mahmud   ushbu   tahliliy   maqolada   adabiy   ta sir   masalasiga   alohidaʼ
e tibor   qaratadi.   Maqolaning   “Fuzuliyning   Turkistonga   ta siri”   bo limida   aynan	
ʼ ʼ ʻ
shu   haqda   ma lumot   berilgan.   Fuzuliyning   turkistonlik   shoirlar   ijodiga   kuchli	
ʼ
ta siri,   uning   asarlari   eng   “ma ruf   kitoblardan   biri”   sifatida   keng   tarqalganligi,	
ʼ ʼ
Fuzuliyning ta sirida ikki tillilik paydo bo lgani haqida alohida qayd etadi.Bu shoir	
ʼ ʻ
68 Fuzuliyga   ergashib   yozmishdur.   Bu   tubandagi   g’azal   va   muxammaslar   Xonning
nashidan tab’iadandur:
      Muxammaslardan: (Mavlono Fuzuliy Bag ‘d odiyga ergashib)   
           Inju dishi jon qulzumi ichra guharimdur ,
           Ikki labi dil mahzanida la’llarimdur,
           Bu juzvaya mahrum alardin nazarimdur,
           Namlu edajak domanimni chashmi tarimdur, 
           Pur la’l edan chashmimi xuni jigarimdur.
  
            Shoir ushbu misralarda yorning tishlari inju ekanligi, shoirning joni ichidagi
guhari   ekanligini,   yori   ikki   labi   oshiq   yorning   dil   mahzanida   xuddi   la’ldek,   men
yorning   bunday   go ‘ zalligini   ko‘rib,   ayniqsa,   ikki   labining   la’l   ekanligidan
jigarimda   qon   misoli   chashm   singari   oqajak.   Shoir   bu   misralarida   shevadagi
so ‘ zlaradan   foydalanganining   ifodasini   ko ‘ rishimiz   mumkin:tishi   o ‘ rniga   dishi
buning isboti.
   
              Manzilgoh o ‘ lub zor tanim kulbasi jona,
             Ko ‘ z yoshi ko ‘ ngil qoni ravon o ‘ ldi jahona,
             Gar vajhin ani so ‘ rsangiz, ey ahli zamona,
              Xuni dilimni seli sirishk ila ravona,
              Har lahza edan yod ruhi siymbarimdur.
              Ul mahliqo tark etib alqati mehri,
              Yoshurdi solib zulfi parishon ila chehri,
              Ohim o ‘ ti tutdi necha ruxsorini mehri,
              Ul o ‘ t  boroqub tutti tamomila spehri,
              Mahri ruhidan shul’ai ohir samarimdur.
                Ul   mahqilo,-   deb   ataydi   shoir   go ‘ zal   yorini.   Mehrini   mendan   tark   etdi.
Ma’shuqam   mendan   zulfini   yuziga,   oyday   chehrasiga   soldida,   yashirdi.   Mening
ohim o ‘ ti necha ruxsorining mehrini tutdi, mahri shunday bo ‘ lsa ham, yor mening
shul’ai samarim,- deydi oshiq.
69             Shoir   g ‘ azallarida   uning   yori,   ma’shuqasini   go ‘ zal   ifodalar   bilan   maqtaydi.
Masalan, uning quyidagi g ‘ azali bunga misol bo ‘ la oladi:
        Yuz-u qadingga ermas bu chamanning sarv ra’nosi
         Suv havon chashmasiga bo ‘ lsa bil Isoning anfosi.
       
        Shoir matla’dayoq ma’shuqasining go ‘ zal o ‘ xshatish keltirib, bu chamanning
sarv-u ra’nosi ham sening qading kabi emas, sening qading chamandagi gullardan
ham   go ‘ zal   deydi.   Ikkinchi   misrasida   esa ,   talmeh   san’atidan   foydalanib,   Iso
alayhissalomning nomini zikr etadi. Mavjud adabiyotlarda Iso alayhissalom tiriklik
ramzi hisoblanadi.
              Jununim har dam afsun o ‘ lsa ey, xush ahli ayb etmang,
     Ajab muhlik emasmu Olloh-olloh ishq sahrosi.
           Yorimning go ‘ zalligidan mening jununim,vujudim efsun bo ‘ sa, ayb qilmang,
deydi shoir. Olloh bu ishq sahrosi shunday ajab muhlik emasmu?
              
             Qoraysa ro ‘ zg ‘ orim hajr shomidek tong ermaskim,
             Qiyo boqmas menga ul surma tortgan chashm shahlosi.
        Mening ro ‘ zg ‘ orim qoraysa, xuddi hajrning shomidek qora rangga kirib oladi
va   mening   tonggim   ham   o ‘ sha   hajrning   shomiga   o ‘ xshab   qoladi.   Uning   ko ‘ zlari
ham ya’ni surma tortgan chashm shahlosi qiyo boqmaganligi sababli ham mening
tonglarim shunday shom kabi qorayadi, deb ajoyib o ‘ xshatish keltiradi shoir.
              Muzayyan aylagan aflok taxti sori boqsam kim,
              Mukallal obi qasri zangoridur ul mahvashni ma’vosi.
          Mening taxtim xuddi aflok holga qolib ketganday, ul mahvashning ma’vosi
esa, obi qasri zangoridir.
          Manga kim har zamona yuz qatla javringni ravo ko ‘ rma,
           Surayyodan oshar Xoningni ohi charx paymosi.
              Shoir   maqta’da   yoriga   iltimos   qiladi,   menga   bunchalar,   yuz   marta   javr-u
jafolaringni   menga   ravo   ko ‘ rma,   deydi,   o ‘ zini   yorining   mulkiga   aylanib
70 bo ‘ l ganligini aytib, Xoning deydi va mening paymoyim hattoki, Surayyodan ham
oshadi, deb ta’kidlaydi.
            Muhammad   Alixon   xon   bo ‘ lishdan   tashqari   ajoyib   shoir   bo ‘ lganligini
yuqoridagi   misralar   orqali   bilib   olishimiz   mumkin.   Uning   g ‘ azallarida   she’riy
san’atlar: o ‘ xshatish, talmeh, husni ta’lil va bir qancha she’riy san’atlarni ko ‘ ramiz.
Bularning barchasi Xonning ajoyib, ma’shuqasining ishqiga oshno, tashna bo ‘ lgan
shoirni ko ‘ ramiz.
            Shu   o‘rinda,   Sh.Yusupovning   adabiy   ta’sir   haqida   aytgan   fikrlaridan
ayrimlarini   keltirib   o‘taylik.   She’riy   kashfiyot   zavqi   har   qanday   shoir
ijodiga   kuchli   turtki   berishi   barobarida,   uning   yangi   qirralarini   yuzaga
chiqarishga   ko‘maklashadi,   mahoratini   charxlaydi,   badiiy   ko‘nikmalarini
yuksaltirishga   undaydi.   Shunday   ekan,   adabiy   ta’sir   jarayonida   nafaqat
avvalgi   davrlar   shoirlari,   balki   zamondoshlar   ham   ishtirok   etishi   –   uning
bir   emas,   ikki   va   undan   ko‘p   ko‘rinishlarda   faol   harakatlanishini
ta’minlaydi.
Qo‘qon   adabiy   muhiti   vakillariga,   ayniqsa,   Navoiy   va   Fuzuliy   ijodi
ulkan   ta’sir   o‘tkazgan.   Voqean,   Muhammad   Alixon   adabiy   merosida
Fuzuliy   ta’sirida   bitilgan   she’rlarning   borligi   uning   buyuk   shoir   ijodidan
oziqlanganligi, ruhlanganligini  tasdiqlaydi.  Darhaqiqat,  Muhammad  Alixon
ijodida,   ta’kidlaganimizdek,   ozar   shoiri   Fuzuliyning   ta’sir   ko‘lami   keng.
O‘zbek   adabiyoti   tarixida,   umuman,   Fuzuliy   XVII   asr   va   undan   keyingi
o‘zbek   adabiyoti   tarixida   salmoqli   mavqe   egallaydi.   Taniqli
adabiyotshunos   To‘xtasin   Jalolov   bu   haqda   shunday   deb   yozadi:   «Fuzuliy
ulug‘   bobomiz   Navoiydan   ko‘p   ta’sirlanganidek,   o‘z   navbatida,   o‘zbek
adabiyotiga   zo‘r   ta’sir   ko‘rsatgan   san’atkordir.   Hech   bir   shoir   o‘zbek
71 klassik   adabiyotiga   Fuzuliychalik   kuchli   ta’sir   ko‘rsatgan   emas.   Buning
uch   sababi   bor:   birinchisi   –   Fuzuliy   tilining   o‘zbek   tiliga   yaqinligi;
ikkinchisi   –   Fuzuliyning   xushlafz,   shirin   zabonligi;   uchinchisi   –   Fuzuliy
asarlarining   badiiy   barkamolligi…   O‘zbek   shoirlari   qariyb   ikki   asrdan   beri
Fuzuliy   asarlariga   maftun   bo‘lib   keladilar.   Bizning   shoirlarimiz   uchun
Fuzuliy   badiiy   balog‘atning   simvolidir.   Shunga   ko‘ra,   XVIII   va   XIX   asrlar
davomida   yashab   ijod   etgan   ko‘p   zabardast   shoirlar   Fuzuliy   g‘azallariga
muhammaslar   bog‘laganlar.   Bu   an’anani   Furqat,   Muqimiy,   Zavqiylar
davom ettirganlar» 4 8
Shu   o‘rinda   Muhammad   Alixonning   Fuzuliyga   ergashib,   uning   vazni
va   qofiyasini,   ba’zan   esa   radifini   ham   saqlagan   holda   yozgan   g‘azallarini
qiyosan ko‘rib chiqamiz.
Fuzuliy   devonida   uning   quyidagi   bayt   bilan   boshlanuvchi
mashhur g‘azali bor:
Har kitobakim, labi la’ling hadisin yozalar,
Rishtai  jon birla zavq ahli ani  sherozalar. (Fuzuliy)
G‘azal   nihoyatda   ko‘tarinki   ruh   bilan   boshlanadi.   Unda   oshiq
ma’shuqaning   nafaqat   o‘zi   balki,   uning   nomi   yozilgan   sahifani   ham
muqaddas   sanashi   haqida   so‘z   boradi.   Shoirning   yozishicha,   yorning
yoqutrang   labidan   chiqqan   har   bir   so‘z   yozilgan   kitobni   zavq   ahli   –   ishq
ahli ardoqlab, jon ipi bilan mustahkam  bog‘lab qo‘yadilar.
Mushafi ruxsoru yoquti labingni yozalar,
48  Ж а л о л о в Т. Гўзаллик оламида: мақолалар, адабий тадқиқотлар. – Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти,
1979. – 328 б. (310-311-бетлар).
72 Dambadam jon rishtasi  birla ani sherozalar. (Xon)
Xonning   Fuzuliyga   ergashmish   shoirlardan   ekani   haqida   juda   ko‘p
adabiyotlarda   bot-bot   ta’kidlab   o‘tilgani   ma’lum.   Shoirning   ushbu   g‘azali
ham   fuzuliyning   yuqoridagi   g‘azaliga   tatabbu’   tarzida   dunyoga   kelgan.
Fuzuliyda ham, Xonda ham  g‘azal  baytlari soni  beshtadan.  Har  ikala g‘azal
ham   aruzning   ramali   musammani   mahzuf   vaznida   bitilgan.   Shuningdek,
g‘azallar   matlasida   ham   mazmun       uyg‘unligi   mavjud.   Fuzuliy   yorning
og‘zidan   chiqqan   so‘z   yozilgan   kitobni   zavq   ahli   jon   ipi   bilan   mahkam
bog‘lab   qo‘yadi,   desa,   Xon   yorning   yuzini   mushafga,   labini   yoqutga   qiyos
etadi   va   yorning   yuzi   va   labi   haqida   yozilgan   (she’r,   bayt)larni   oshiqlar
dambadam   jon   ipi   bilan   mahkamlab   bog‘lab   qo‘yaveradilar,   deydi.   Fuzuliy
va   Xon   baytlaridagi   ozgina   farq   shundaki,   Fuzuliy   be   vosita   yor   labidan
to‘kilgan   so‘zni,   Xon   esa   yorning   labi   va   yuzi   haqida   yozilgan   so‘zni   ishq
ahli ulug‘lashini  aytadi.
Bu na sirdur, sirri ishqing demadan bir kimsaya,
Shahra dushmish man sani  sevdim  deyan ovozalar. (Fuzuliy)
Fuzuliy   nazmiy   ma’noni   baytdan-baytga   oshirib   boradi.   Ishq   sirining
ilohiy   bir   hislatga   ega   ekanini   ta’kidlaydi.   Bu   sirni   esa   tutub   turishning
sira-sira iloji yo‘g‘. U o‘z-o‘zidan oshkor bo‘lib boraveradi.
Oyu kun ermas falakda orazing timsolidur,
Charx naqqoshi  jamolingdan olur andozalar. (Xon)
Xonda   esa   ikkinchi   bayt   ma’no   jihatdan   kuchliroq.   U   bu   baytda   ham
yorning   yuz   iva   uning   nihoyatda   go‘zalligini   tashbihli   ifoda   etadi.   Yor
73 timsoli   shu   qadar   ko‘rkamki,   hatto   falak   uzra   suzib   yurgan   oyu   quyosh
ham   bu   ko‘rkamlikni   o‘zida   kasb   eta   olmaydi.   Charx   naqqoshi   esa   yor
jamolidan andoza olishni  istaydi.
Shayxlar mayxonadan yuz do‘ndirarlar masjida,
Betariqatlarni ko‘rkim, do‘g‘ri yo‘ldan ozalar. (Fuzuliy)
Hazrat   Navoiy   ham   soxta   shayxlar   haqida   yozarkan:   Magarkim
qilmam   xascha   hisob,   suv   uza   solsa   sajjoja   shayx,   -   degan   edi.   Tariqat
tasavvuf   ichidagi   yo‘llardan   biri,   deb   qaraydigan   bo‘lsak,   ana   shu   yo‘lni
yo‘qatgan shayxlar mayxonadan masjidga yuz buradilar, ya’ni mayxonadan
chiqib   masjid   sari   yo‘l   oladilr.   Bular   betariqat   kishilardir.   Bunday   kishilar
albatta yo‘ldan ozib, o‘zga yo‘lga kirib ketishlari tayin, deydi Fuzuliy.
Qo‘rqaramkim yonmasun udlora barqi ohdan,
Ishq sahrosi  guzargohida qurdim kozalar. (Xon)
Oshiqning   ohidan   chiqqan   uchqun   udni   (xushbo‘y   hid   taratib   yonuvchi
yog‘och)   yondirishidan   qo‘rqib,   ishq   sahrosiga   o‘tuvchi   yo‘l   ustida
chodirlar qurdim.
Choklar ko‘ksimda, sonmang kim ochibdur tig‘i ishq,
Ko‘ngliming shahrina mehring kirmaka darvozalar. (Fuzuliy)
Fuzuliy   baytda   jonlantirish   san’atining   go‘zal   namunasini   yaratgan.   uning
tasviricha,   ishqning   tig‘i   ko‘ksi   uzra   choklar   paydo   qilgan.   U   choklarning
sanog‘ini   sanashga   hojat   yo‘q.   Chunki   bu   choklarning   har   biri   bir   darvoza.
U shunday darvozaki, undan ko‘ngil shahriga yorning mehri ichkari kiradi.
Ey bahori noz, aksi  orazingdurkim mudom,
74 Suv olib gulzor aro gullar jamolin yozalar. (Xon)
Xon   esa   yorning   yuzini   «bahori   noz»   deya   ta’rif   etadi.   Bu   yuz   suvda
akslanib,   gulzordagi   gullarga   suv   baxshlaydi.   Natijada   barcha   gullar   o‘z
jamollarini kuz-kuz etadilar.
Ey Fuzuliy, yor agar javr etsa, andin injima,
Yor javri oshiqa har dam muhabbat  tozalar. 
G‘azal   mazmunidan   anglashilganidek,   yor   jabru   sitam   qilsa,   undan
ranjima,   chunki   yorning   jabru   sitamlari   oshiq   uchun   muhabbat   mayog‘idir,
- deya g‘azalga yakun yasaydi  Fuzuliy
Xone, yoring zulfini savdosidur  Xonigakim,
Soldi majnuntek balo vodiysida ovvozalar.
Xon   maqtasi   ham   o‘ziga   xos.   Yor   zulfining   qoraligi   Xonni   Majnun   holiga
keltirdi. Uni balo vodiysiga surgun etti va barcha sirlarini ovoza ayladi.
Agar   diqqat   qilib   qaralsa,   Xon   Fuzuliyga   ham   vazn,   ham   ohang,   ham
qofiya   va   ham   mazmun   jihatidan   baytma-bayt   ergashganini   ko‘rish
mumkin.   Maqtadagi   yakdil   xulosa   shuki,   oshiq   ma’shuqa   oldida   ishq
qurboniga   aylanishi   vash   u   ishni   to‘g‘ri   deb   bilmog‘i   lozim.   Chunki,
ma’shuqdin yetgan ozor ham oshiq uchun lazzatlidir.
Xon   va   Fuzuliy   she’riyatidagi   o‘xshashliklarni   bundan   boshqa   g‘azallar
misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Fuzuliy devonida: 
Bulbuli dil gulshani ruxsoring aylar orzu,
To‘tiyi jon la’li shakkarboring aylar orzu. 49
49
Фузулий Муҳаммад. Асарлар. Икки жилдлик (Озарбайжончадан нашрга тайёрловчи Холид Расул). – 
Тошкент: Бадиий адабиёт, 1968. – 384 б. 262-бет.
75 bayti   bilan   boshlanadigan,   aruzning   ramali   musammani   mahzuf   vaznida   bitilgan
g‘azal  mavjud. Xudi shu radif vash u vaznda yaratilgan g‘azalni xon ijodida ham
uchratdik. Xonning g‘azali matla’si quyidagicha:
Chu har jon la’li guharboring aylar orzu, 
Guhari ashkim dar shahvoring aylar orzu.
Ta’kidlash   lozimki   Fuzuliy   ijodi   o‘z   ta’siri   jihatidan   Alisher   Navoiydan
keyingi   ikkinchi   o‘rinda   turadi.   Ayni   shu   Qo‘qon   adabiy   muhitining   zabardast
namoyandalaridan   ko‘plari   Fuzuliyning   mazkur   g‘azali   ta’sirida   bo‘lganlar.   Shu
ta’sir   natijasi   o‘laroq   yangi   g‘azal   va   muhammaslar   dunyo   yuzini   ko‘rdi.
Fikrimizni   isbotlaymiz.   Xuddi   shu   g‘azalga   Muhammad   Aminxo‘ja   Muqimiy
tomonidan vazni va radifi saqlangan holda muhammas bog‘langani ma’lum.
Muhyi   esa   Fuzuliy   g‘azalining   vazni   va   radifidangina   foydalangan,   xolos.
Demak,   Fuzuliyning   mazkur   «Aylar   orzu»   radifli   g‘azaliga   Muqimiy   muhammas
bog‘lash   yo‘li   bilan,   Muhyi   esa   nazira   qilish   bilan   ergashishgan.   Bu   esa,
fikrimizcha,   har   ikki   shoirning   ham   Fuzuliy   ijodidan   ta’sirlanganligi,   unga   ijodiy
ergashganligini anglatadi.
Muhyining   nazira   muhammasi   muvashshah   san’ati   asosida   yaratilgan.
Bilamizki,     u   muvashshah   yaratish   sohasida   o‘z   davri   adabiy   an’analariga   to‘la
amal   qilgan   holda   uni   takomillashtirdi.   Buni   Muhyining   O‘zFASHI   qo‘lyozma
asarlar   fondida   11126-inventar   raqami   bilan   saqlanayotgan   «Majmuoti   ash’ori
Muhyi»   nomli   qo‘lyozma   asaridagi   «Mulla   Soatjon»   ismiga   qilingan
muvashshahda   ko‘rish   mumkin.   Ushbu   muvashshah   g‘azal   janrida   emas,   balki
muhammas   janrida   yozilgan.   Aruzning   ramali   musammani   mahzuf   vaznida
bitilgan muvashshah-muhammas quyidagi bandlar bilan boshlanadi:
Mehri  anvor charx uza nochorni aylar orzu,
Zuhra birla Mushtariy diydorni aylar orzu,
Xizru Iso la’li gavharborni aylar orzu, 
Bog‘ aro sarvi sihiy raftorni aylar orzu,
Gul chamanda nargisi xunxorni aylar orzu.
76 Shoir   muhammasning   dastlabki   bandida   quyosh   va   nochor   kishi,   Zura   va
Mushtariy, Xizr va Iso, gul  va chamandagi  nargis timsollarini chizar  ekan, ularni
jonli tarzda (tashhis) tasvirlaydi. Shoir nazarida, quyosh o‘z nurlarini yer yuzidagi
nochorlar   ustiga   sochishni,   Zuhra   va   Mushtariy   yudlduzlari   diydor   ko‘rishishni,
Xizr   va   Iso   yorning   gavhar   labiga   yetishishni,   tik   qomatli   sarv   bog‘   aro   kezib
yurishni, gul esa chamandagi nargis(i xunxor) vasliga yetishni orzu qiladi.
Lolazoru  gulshanu g‘ayri guliston naylasun,
Jo‘yboru chashmasoru bog‘u bo‘ston naylasun,
Yosumonu nargisu nasrinu rayhon naylasun,
Sidrau to‘biyu kavsar, huru g‘ilmon naylasun,
Kimki sayri gulshani diydorni aylar orzu 50
.
Diydor gulshanida sayr etishni orzu qilgan kimsani lolazor, gulshan, ariqlar,
chashmalar, bog‘u bo‘stonlar, yosuman, nargis, nasrin, rayhon, sidra, to‘bi, kavsar,
hur va g‘ilmonlar (ta’did) ham o‘z ahdidan qaytara olmaydilar.
Muyi  muhammasning  bu bandida Haq vasliga  yetishni  istagan  komil  inson
timsolini yaratadi. Uni dunyo zebu ziynatlariga aldanmaydigan, o‘z nafsini yenga
olgan g‘olib shaxs sifatida tasvirlaydi.
Muhammas   10   banddan   iborat   bo‘lib,   uning   har   bandi   avvalidagi   harflar
qo‘shib   o‘qilsa,   talab   qilingan   ism   kelib   chiqadi.   Aslida,   Mulla   Soatjon   so‘zi   12
harfdan iborat  bo‘lsa-da,   muhammas bandlari 12 tani emas, balki  10 tani  tashkil
etgan.   Mazkur   nomutanosiblik   ham,   yuqorida   ta’kidlab   o‘tganimizdek,   joriy
alifbomiz bilan arab yozuvi qoidasi o‘rtasidagi tafovut tufaylidir.
Xonning   Fuzuliyning   mazkur   g‘azaliga   ergashib   yozgan   g‘azali   ham
o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Baytlarga diqqat qiling:
Chun bango bir zarra yo‘x tobi tamannoyi visol,
Zor ko‘nglum otashin ruxsoring aylar orzu.
50
  Муҳйиддин Муҳйи. Мажмуъоти ашъори Муҳйи. Қўлёзма. ЎзФАШИ қўлёзма асарлар бўлимида
№11126   инвентар   рақами   билан   сақланаётган   нусха.   69   варақдан   иборат.   Ўзбек   ва   форс-тожик
тилларидаги   ушбу   асар   1305   йилда   Қўқонда   Муҳйи   томонидан   настаълиқ   хатида   кўчирилган.
Ўлчами: 11х17 см. 16-бет.
77 Oshiq   yorning   vasliga   erishish   istagida.   Biroq   vasldan   darak   yo‘q.
Oshiqning zor ko‘ngli esa, otashin ruxsorni orzu qiladi.
Gar visoling vermasa ko‘z yoshima taskin nula,
Shevai ul qaddi xush raftoring aylar orzu.
Demak   oshiq   ko‘zyoshlariga   faqatgina   yorning   vasli   iloj   eta   oladi.   Oshiq
qalbi esa, yorning tik qadiyu guzal yurishlarini umid qiladi.
Lahza-lahza jonini dardu balodan injidur,
Dambadamkim nargisi bemoring aylar orzu.
Ma’shuq   ko‘zlari   ham   ishq   dardidan   bemor   bo‘lgan.   Oshiq   esa   jonini
ranju balo bilan tez-tez ranjitib turuvchi ana shu bemor ko‘zni istagida.
Sham’ boshindan uyurmaz o‘zni jon berur oni,
Sho‘’lai ruxsor pur anvoring aylar orzu.
Sham   yonib   ado   bo‘lgancha   ham   o‘z   sho‘’lasidan   ayro   tushmaydi.   Shuning
uchun   ham   men   (oshiq)   sening   (ma’shuqning)   shu’lalanib   turgan   nur   to‘la
yuzingni istayman.
Duna-duna notavon jismim kamoli shavqidan,
Vora-vora jon veran guftoring aylar orzu.
Oshiqning   notavon   jismi   kundan-kun   zavolga   yuz   tutmoqda.   Zavol   –
ulimga   yetaklaydi.   Oshiq   esa   o‘lishni   istamaydi,   shu   sabab   u   ma’shuqning
jon baxsh etuvchi  guftorini (yoqimli so‘zlarini) orzu qiladi.
Orzu aylar ko‘ngul gar xoli mushking ko‘rib,
Jon, vaxe, ul zulfi anbarboring aylar orzu.
78 Yorning   qora   xolini   ko‘rgan   oshiq   ko‘ngli   uni   orzusiga   tushadi.
Oshiqning joni esa ma’shuqning xushbuy zulfi asiriga aylangan.
G‘unchavu gul shod edub ochmaz dutulmish ko‘nglum,
Orazingla la’li shakarboring aylar orzu.
Oshiq   yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   vasl   ilinjida,   uning   tutulgan   ko‘nglini
gulzorning gulu g‘unchalari shod eta olmaydi. Unga faqatgina yorning yuzi
va shakar labigina iloj qila oladi.
O‘la bilmaz chini zulfungdan judo ko‘z mardumi,
Xon kabikim manzili totoring aylar orzu.
Ma’shuqning   zulfi   xalqalaridan   ko‘z   qorasini   judo   etish   mushkil.   Chunki
ko‘z   qorachig‘i   ham   Xon   kabi   sening   haqiqiy   manziling   gadosiga
aylangan.
Xonning   Fuzuliyning   mazkur   g‘azaliga   ergashib   yozgan   g‘azali
ham o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.  Baytlarga diqqat qiling:
Chun bango bir zarra yo‘x tobi tamannoyi visol,
Zor ko‘nglum otashin ruxsoring aylar orzu.
Oshiq   yorning   vasliga   erishish   istagida.   Biroq   vasldan   darak   yo‘q.
Oshiqning zor ko‘ngli esa, otashin ruxsorni orzu qiladi.
Gar visoling vermasa ko‘z yoshima taskin nula,
Shevai ul qaddi xush raftoring aylar orzu.
Demak   oshiq   ko‘zyoshlariga   faqatgina   yorning   vasli   iloj   eta   oladi.   Oshiq
qalbi esa, yorning tik qadiyu g o ‘zal yurishlarini umid qiladi.
                               Bob bo‘yicha xulosa.
79               Xulosa   o‘rnida   shuni   aytish   kerakki,   Fuzuliy   she’rlari   turkiy
adabiyotimizga   ta’sir   maydoni   juda   ham   keng.   Biz   buni   nafaqat   Qo‘qon
adabiy   muhiti   balki   barcha   adabiy   muhit   shoirlarida   ko‘rishimiz   mumkin.
Shuning   uchun   ham   magistrlik   dissertatsiyasi   jarayonida   Xondan   tashqari
Muqimiy va Muhyilarning tatabbu’ va naziralari haqida ham so‘z yuritdik.
            Xonning   Fuzuliyning   mazkur   g‘azaliga   ergashib   yozgan   g‘azali   ham
o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.  Baytlarga diqqat qiling:
Chun bango bir zarra yo‘x tobi tamannoyi visol,
Zor ko‘nglum otashin ruxsoring aylar orzu.
Oshiq   yorning   vasliga   erishish   istagida.   Biroq   vasldan   darak   yo‘q.
Oshiqning zor ko‘ngli esa, otashin ruxsorni orzu qiladi.
Gar visoling vermasa ko‘z yoshima taskin nula,
Shevai ul qaddi xush raftoring aylar orzu.
Demak   oshiq   ko‘zyoshlariga   faqatgina   yorning   vasli   iloj   eta   oladi.   Oshiq
qalbi esa, yorning tik qadiyu guzal yurishlarini umid qiladi.
         Xonning Fuzuliyga ergashishi  natijasida  dunyoga kelgan  g‘azallari  ham
badiiy  jihatdan  yuksak.   Xonning  ayrim  tatabbu’larida   Fuzuliy  mazmunidan
o‘zgacha   mantiqning   ifodalanganini   ko‘rish   mumkin,   biroq   tatabbu’larning
aksari   vazn,   qofiya,   radaf   va   mazmun   jihatidan   Fuzuliyga   juda   yaqin
turadi.
80                                             XULOSA
O‘zbek   adabiyoti   vakillari   asrlar   davomida   avloddan-avlodga   o‘tib
kelayotgan   turkiy   va   musulmon   xalqlari   tarixiga   oid   materiallardan
foydalangan holda o‘z fikrlarini ifodalashga intilganlar. 
  Muhammad   Alixon   lirik   asarlari   tahlili   shuni   ko‘rsatadiki,   ijodkor
ularda  g‘oyaviy yaxlitlikka intiladi, matla’dagi  fikrni  g‘azal  so‘ngiga qadar
izchil   davom   ettirishga,   boshlama   misrada   aytilgan   g‘oyani   baytma-bayt
ochib,   dalillab   borishga   va   ohorli   umumlashma   bilan   yakunlashga   harakat
qiladi. 
XIX   asrda   mumtoz   adabiyotimiz   –   Buxoro,   Xiva,   Kattaqo‘rg‘on,
Qo‘qon     adabiy   maktablarining   iste’dodli   vakillari   ijodiy   faoliyati
natijasida   yangi,   original   mushohada   usuliga   ega     haqsizlik   va   zulmga
ma’naviy   yuksalish   bilan   javob   qaytarishga   moyil   shiddatli,   umummilliy
adabiy jarayonga asos soldi. 
Bulardan,   shu   davrdagi   Qo‘qon   adabiy   muhiti   keskin   ajralib   turadi.
Bu   keskin   badiiy   munozaralarda   ishtirok   etgan   va   o‘z   ijodi   va   siyosati
orqali   davr   bilan   bog‘liq   munosabatlarning   yechimini   topishga   uringan
iste’dodli   shoir     Muhammad   Alixonning   hayoti   va   faoliyati   keyinchalik
mustabid   tuzumning   g‘oyaviy   ta’qiqlariga   uchradi.   Vaholanki,   u   o‘z
zamonasining   yetuk   intellektual   salohiyatga   ega   vakili   va   zabardast   davlat
arbobi edi. 
Muhammad   Alixon   serqira   ijodkor,   tafakkur   olami   keng,   sinchkov   va
ziyrak,   har   bir   so‘zning   benazir   mahorat   bilan   ishlata   oladigan,   uning
81 semantik, stilistik strukturaviy o‘zgarishlarini, istilohlarini chuqur va puxta
bilar edi. 
Muhammad   Alixon   dunyoqarashi,   g‘oyalari,   bashariyat   haqidagi
hikmatona   fikrlari,   badiiy   talqinlari   bugungi   tarbiya   jarayonida   ham
ma’lum   ahamiyat   kasb   etadi.   U     butun   ijodi   bilan   otasi   va   onasi   izidan
borib,   inson   manfaatlarini   kuyladi,   vatanparvarlik   va   insonparvarlikning
sharqona axloqiy poklikka asoslangan  tizimini yaratishga harakat  qildi.
Inson   qalbiga   ezgulikni   jo   aylash,   oqil   va   fozil   kishilarni   tarbiyalash
deyarli   barcha   jamiyatlar   uchun   dolzarb   masala   bo‘lib   kelgan.   Bu   kabi
qarashlarning   asl   manbai   sharqona   qadriyatlar,   ajdodlar   an’analari   va
tajribalari,   diniy-axloqiy   mezonlar   bo‘lib,   Muhammad   Alixon   o‘z   ijodiy
faoliyatida   bu   sarchashmalardan   ilhom   olgan,   undan   bor   iste’dodini   ishga
solib foydalangan.
Qo‘qon   adabiy   muhiti   o‘zbek   so‘z   san’ati   tarixida   alohida   o‘rin
tutadi.   Bu   maktab   vakillari   o‘zbek   adabiyotining   barhayot   an’analarini
muvaffaqiyatli   davom   ettirdi,   yangicha   munosabatlar   kontekstida
rivojlantirdi.   Har   biri   iste’dodi   darajasida   mumtoz   she’riyat   xazinasini
yangi   usullar,   tashbihu   timsollar   bilan   boyitdi.   Shubhasiz,   bu   jarayonlar
Muhammad   Alixon   ijodiga   ham   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatdi.   U   xususan,   Navoiy
Fuzuliy   ijodiga   ko‘proq   ergashdi.   Ayniqsa   Fuzuliy   ijodiga   oshuftalik   Xon
she’rlarida   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.   Bu   holatni   biz   dissertatsiyaning
maxsus faslida misollar va dalillar bilan ko‘rsatishga harakat qilganmiz.
82 Fuzuliy   she’rlari   turkiy   adabiyotimizga   ta’sir   maydoni   juda   ham
keng.   Biz   buni   nafaqat   Qo‘qon   adabiy   muhiti   balki   barcha   adabiy   muhit
shoirlarida   ko‘rishimiz   mumkin.   Shuning   uchun   ham   dissertatsiya   Xondan
tashqari   Muqimiy   va   Muhyilarning   tatabbu’   va   naziralari   haqida   ham   so‘z
yuritdik.
Xonning   Fuzuliyga   ergashishi   natijasida   dunyoga   kelgan   g‘azallari
ham   badiiy   jihatdan   yuksak.   Xonning   ayrim   tatabbu’larida   Fuzuliy
mazmunidan   o‘zgacha   mantiqning   ifodalanganini   ko‘rish   mumkin,   biroq
tatabbu’larning   aksari   vazn,   qofiya,   radaf   va   mazmun   jihatidan   Fuzuliyga
juda yaqin turadi.  
Muhammad   Alixon   mumtoz   she’riyatning   ko‘pgina   janrida   qalam
tebratgan   bo‘lsa-da,   g‘azalnavislik   uning   ijodida   asosiy   o‘rin   tutdi.
Muhammad   Alixon   g‘azaliyoti   mazmun   va   shakliga   ko‘ra,   Navoiy,   Fuzuliy
she’rlariga   yaqinlashadi.   Ammo   ayrim   o‘rinlarda   ulardan   ishqi   majoziy,
ishqi   haqiqiy   g‘oyalari   talqinida   soddaroq   va   erkinroq   qarashlari   bilan
farqlandi.   Nazarimizda,   bunda   yutuq   ham,   jindak   yutqizish   ham   bor.   Ayni
masala – alohida o‘rganishni taqozo etadigan mavzu.
Muhyining   boshqa   janrlarda   bitgan   asarlarida   ham   an’analar   ta’siri
aks   etadi.   Masnaviy,   murabba’,   muhammas   janrlarida   yaratilgan   asarlari
ustidagi kuzatishlar shoirning bu borada ham o‘zbek mumtoz she’riyatidagi
yetakchi   an’ana   va   tajribalardan   unumli   foydalanganligini   tasdiqlaydi.
Biroq   shoir   o‘z   salaflari   ta’sirida,   an’ana   qobig‘ida   qolib   ketmadi,   ulkan
83 iste’dod   sohibi   sifatida   tashbihu   timsollarga   boy   badiiy   barkamol   asarlar
yarata oldi.
Buyuk   salaflaridan   badiiyat   saboqlarini   o‘zlashtirib,   mahorat   va
fasohat   cho‘qqilari   sari   yo‘l   tutgan   shoir   kishini   hayratga   soluvchi   she’rlar
bitdi.   An’anaviy   timsollardan   butun   ijodi   davomida   unumli   foydalangan
shoir   o‘rni   kelganda   ulardan   voz   kechib,   yanada   ta’sirchan,   ko‘p   ma’noli,
ko‘p   suvratli   tasvirlar   yaratdi.   Ayniqsa,   uning   so‘zga   bo‘lgan   munosabati,
so‘z   tanlash   mahorati   diqqatga   sazovor.   U   xalqona   so‘z   va   iboralarni
asarlariga   mahorat   bilan   kiritdi.   Bular   esa   o‘z   navbatida   shoir   she’rlarining
badiiy yetukligi, chuqur samimiyati  va xalqchilligini ta’minladi.
Shoir   o‘zidan   salmoqli   badiiy-ma’naviy   meros   qoldirdi.   Yuksak
iste’dod   va   did   bilan   yaratilgan   betakror,   hayotbaxsh   she’rlari
ma’naviyatimiz   xazinasiga   munosib   hissa   bo‘lib   qo‘shildi.   Uning
ma’naviy-ma’rifiy   qarashlarini   aks   ettirgan   asarlari   zamonaviy   o‘zbek
she’riyatida   kechayotgan   uslubiy   o‘zgarishlar   jarayonida   muhim   ahamiyat
kasb etadi. 
     
    
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:
1. Адабиёт   ва   санъат,   маданиятни   ривожлантириш-   халқимиз
маънавий   оламини   юксалтиришнинг   мустаҳкам   пойдеворидир.   Ўзбекистон
Республикаси  Президентининг  мамлакатимиз  ижодкор  зиёлилари вакиллари
билан учрашувидаги маърузаси // «Жаҳон адабиёти» 2017. № 8 
84 2. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият,
2016. – ... б.
3. Мирзиёев   Ш.   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб   халқимиз
билан бирга қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – 486   б.
4. Мирзиёев   Ш.М.   Андижондаги   «Бобур   ва   жаҳон   маданияти»
музейига қилган ташрифидаги нутқи // www.uza.uz .  2017 йил, 2-июнь. 
5. Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Шавкат   Мирзиёевнинг
Олий Мажлисга Мурожаати // Халқ сўзи. 2020 йил, 29 декабрь. 
                       
II. Ilmiy-nazariy adabiyotlar :
1. Абу Наср Фаробий. Шеър санъати. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1979. –
186 б.
2.   Аристотель.   Поэтика.   (Поэзия   санъати   ҳақида).   –   Тошкент:   Адабиёт   ва
санъат, 1980. – 152 б.
3. Атоуллоҳ   Ҳусайний.   Бадойиъус-   санойиъ.   Т.:   Ғ.Ғулом   номидаги
Адабиёт ва санъат нашриёти, 1981.-Б.174.
4. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Тошкент: Ўзбекистон, 2002.        –
557 б.
5.   Валихўжаев   Б.   XIX   асрнинг   2-ярмидаги   ўзбек   поэмачилигида   Алишер
Навоийнинг традициялари // Адабиёт ва ҳаёт. – Самарқанд, 1969. 13-20-б.
6.   Валихўжаев   Б.   Ўзбек   эпик   шеърияти   тарихидан.   –   Тошкент:   Фан,   1974.
– 151 б.
7. Воҳидов   Ш.   Қўқон   тарихчилари   Фазлий   ва   Мушриф.   –Т.:   1996.   –Б.
10-11.
8.   Жалолов   Т.   Гўзаллик   оламида   (мақолалар,   адабий   тадқиқотлар).   –
Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1979. – 326 б.
9.  
Ибрат. Танланган асарлар (Ибрат. Сидқий Ажзий. Сўфизода) / Тўпловчи,
нашрга   тайёрловчи,   сўз   боши   ва   луғат   муаллифлари:   Б.Қосимов,
С.Аҳмедов,   У.Долимов.   таҳрир   ҳайъати   О.Шарофиддинов   ва   бошқ.   –
Тошкент: Маънавият, 1999. – 239 б.
85 10. Ибрат. Тарихи Фарғона. –Т. Камалак, 1991.  –Б. 286
11.  Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси («Хазойинул маоний» асосида) .  –Тошкент :
Фан, 1983 .  – 168 б.
12. Каримов   Ғ.   Ўзбек   адабиёти   тарихи.   3-китоб.   –   Тошкент:   Ўқитувчи,
1987. – 320 б.
13. Мирза   Алим   ибн   Мирза   Рахим   Тошканди.   Ансаб   ас-салатин   ва
таварих ал-хавакин. Т., 2007.  –С. 78. 
14. Мирзоолим   Мушриф.   Қўқон   хонлиги   тарихи.   –Т.:   Ғафур   Ғалом
номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1995.  –Б.1
15.   Муҳиддинов М.Қ.  Комил инсон – адабиёт идеали.  –  Тошкент: Маънавият,
2005.  –  208 б.
16.  Муҳиддинов М.Қ.  Нурли қалблар гулшани. –  Тошкент: Фан, 2007. – 168 б.
17.   Орзибеков Р.  Туюқ поэтикаси.  –  Тошкент: Ўзбекистон,   1985 . – 23 б.
18.   Орзибеков   Р.   Ўзбек   адабиёти   тарихи   (миллий   уйғониш   даври).
–   Самарқанд: СамДУ нашри, 2003. – 238 б.
19.   Орзибеков Р. Ўзбек лирик шеърияти жанрлари . –     Тошкент :  Фан , 2006. – 352
б.
20.  Раҳмонов В. Шеър санъатлари. – Тошкент: Ёзувчи, 2001, – 72 б.
21.     Раҳмонов Ш. Мусаммат, ташаккул ва таҳаввули он.   –   Душанбе: Дониш,
1987.  –  172 с.
22.   Салоҳий  Д .  «Бадоеъ ул-бидоя» малоҳати .  –   Тошкент :  Фан ,  2004. –  135 б.
23.  Султонов И. Адабиёт назарияси. –   Тошкент :  Ўқитувчи ,  1980.   –   392 б.
24.  Умуров Ҳ. Адабиёт назарияси.  Дарслик .–  Тошкент: Шарқ,  200 2 .   –  256 б.
25.   Ҳазиний. Асарлар. Сўз боши, луғат-изоҳлар муаллифлари А.Мадаминов,
О.Жўрабоев. Махсус муҳаррир, сўнг сўз муаллифи Ш.Юсупов. – Тошкент.
Маънавият, 1999. – 176 б.
26.  Юсупов Ш. Тарих ва адаб бўстони.  –  Тошкент: Маънавият, 2003.  –  167 б.
27.  Юсупов Ш. Фурқат йўлларида .  –  Тошкент: Адабиёт ва санъат , 1984.  –  224 б.
86 28. Абдуғафуров   А.  Ўзбек   демократик  адабиётида  сатира.   Т:  Фан,  1961.  Б.  –
148.
29. Ўзбек   классик   адабиёти   асарлари   учун   қисқача   луғат.   –   Тошкент:   ЎзФА
нашриёти, 1953. – 454 б.
30.   Ўзбекистон   Миллий   Энциклопедияси.   5 -том.   –   Тошкент:   Давлат   илмий
нашриёти, 2003.  704  б.
31.   Қайюмов П. Тазкираи Қайюмий.  III  жилдлик, 3-жилд. Тошкент – 1998. 
32.   Қайюмов   А.   Қўқон   адабий   муҳити   ( XVIII   –   XIX   асрлар).   –   Тошкент:
ЎзФА нашриёти, 1961.  –  361 б.
33. Қаюмов А. Асарлар. 5-7-жилдлар. –Т.: Мумтоз сўз, 2009. –Б. 14. 
34. Қосимов   Й.   Қўқон   хонлиги   тарихи   очерклари.   –Тошкент-
Наманган, 1994. –Б. 9.
35.   Қосимов   Б.   ва   бошқалар.   Миллий   уйғониш   даври   ўзбек   адабиёти.   –
Тошкент: Маънавият, 2004. –  464 б.
36.  Ҳаққулов И. Навоийга қайтиш. – Тошкент :  Фан ,  2007. –   224 б.
37.    Ҳожиаҳмедов А. Шеърий санъатлар ва мумтоз қофия. – Тошкент: Шарқ,
1998.
38.  Ҳожиаҳмедов А. Ўзбек арузи луғати. – Тошкент: Шарқ, 1998. – 224 б.
39.   Ҳожиаҳмедов   А.   Мумтоз   бадиият   малоҳати.   –   Тошкент:   Шарқ,   1999.
– 240 б.
40.   Ҳожиаҳмедов  А.  Ҳусни таълил  санъати.   Т.:   Янги  аср  авлоди, 2008
.-Б.156-158.. 
41. Ҳусайний   А.   Бадоеъу- с-саноеъ.-Т.:   Адабиёт   ва   санъат   нашриёти,
1981. -Б. 225. 
III.   Lug‘atlar :
87 42.  Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати., тўрт томлик (I, II, III,
IV томлар). Фозилов Э.И. таҳрири остида. – Тошкент: Фан, 1983. – 656; –
644; – 624; – 636 б.
43.   Навоий   асарлари   луғати .   Тузувчилар :   П .   Шамсиев   ва   С .   Иброҳимов .   –
Тошкент :   Ғафур   Ғулом   номидаги   Бадиий   адабиёт   нашриёти,   1973.   -782
бет.
II. Badiy adabiyotlar
44.   Абу   Абдуллоҳ   Муҳаммад   ибн   Исмоил   ал-Бухорий.   Ал-жомиъ   ас-саҳиҳ
(Ишонарли тўплам). Тўрт томлик.   – Тошкент :   Қомуслар бош таҳририяти ,
1997.
45.  Абу Абдуллоҳ Муҳаммад ибн Исмоил ал-Бухорий. Ал – адаб ал – муфрад
(Адаб дурдоналари). – Тошкент: Ўзбекистон, 1990. – 199 б.
46.  Алишер Навоий. Бадойиъ ул-бидоя. Мукаммал асарлар тўплами. Йигирма
томлик, биринчи том. –   Тошкент :  Фан ,  1987 .  –  724 б.
47.   Алишер   Навоий.   Хазойинул   маоний.   Мукаммал   асарлар   тўплами.
Йигирма томлик,  бешинчи  том.  – Тошкент: Фан, 1990. –   542 б.  
48.   Абдураҳмон   Жомий.   Мақсуди   дил:   ғазаллар,   рубоийлар,   ҳикматлар:
Тўпловчи А. Шаропов. – Тошкент, Адабиёт ва санъат, 1989. – 208 б.
49.   Амирий.   Девон.   (Ўзбек   тилидаги   шеърлар).   Сўз   боши.   Нашрга
тайёрловчи   М.   Қодирова,   Масъул   муҳаррир   Х.   Расул.   –   Тошкент:   Фан,
1972. – 360 б.
50.  Аҳмад Яссавий. Ҳикматлар. –Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1991.–256 б.
51. Муқимий. Асарлар тўплами. Икки томлик, 2-том, – Тошкент: Ўзбекистон
бадиий адабиёт, 1960. – 194 б.
52.   Нодира.   Асарлар.   Икки   жилдлик.   И   китоб.   –   Т.:   Ғафур   Ғулом
номидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1968.;  
53. Нодира.   Асарлар.   Икки   жилдлик.   ИИ   китоб.   –   Т.:   Ғафур   Ғулом
номидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1971.
88 54. Нодира   (ғазал),   нашрга   тайёрловчи   А.   Қаюмов.   -Т.:
Ўзадабийнашр. 1958. 
55. Нодира.   Девон   (ўзбекча   ва   форс-тожик   тилидаги   ғазаллари),
нашрга тайёрловчи М. Қодирова, -Т: ЎзР ФА нашриёти, 1963. 
56.
57. Собир   Абдулло.   Муқимий.   Асарлар,   IV   томлик,   3-том.   –     Тошкент:
Адабиёт ва санъат ,  1978.   –  440 б.
58.   Фурқат.   Танланган   асарлар.   Икки   томлик   (нашрга   тайёрловчи   Холид
Расул). – Тошкент: Бадиий адабиёт, 1960. – 232 б.
III. Dissertatsiya va avtoreferatlar
59.   Воҳидов   Ш.Ҳ.   ХИХ-ХХ   аср   бошларида   Қўқон   хонлигида
тарихнависликнинг   ривожланиши.   Тарих   фанлари   доктори   илмий
даражасини олиш учун ёзилган диссертация. -Т., 2007. -305 б.
60.   Деҳқонов   А.   Муҳаййирнинг   ҳаёти   ва   ижоди.   Филология   фанлари
номз. ...дис. автореф. –  Тошкент : 200 7 . – 25 б.
61. Жўрабоев   О.   Ҳазиний   Хўқандий   ҳаёти   ва   ижодий   мероси:   Филология
фанлари номз. ...дис. автореф. – Тошкент: 2003. – 24 б.
62.   Эшонова   С.   XX   аср   бошларидаги   Қўқон   шоиралари   (Нисо   ва   хоний):
Филология фанлари номз. ...дис. автореф. – Тошкент: 2006. – 26 б.
IV. Gazeta va jurnallar
63. Қаюмов   А.   Нодира.//Ўзбек   тили   ва   адабиёти   масалалари,   1958.   1-
сон,  –Б. 138. 
64. Қобилова   З.   Б.   Амирий   ва   унинг   адабий   фаолияти.   Филол.   фан.
ном. ...дисс.  -Т.: 2007.    
89 65. Қодирова   М.   Нодира   ҳаёти   ва   ижоди.   Филол.   фан.   ном.   ...дисс.   –   Т.,
1961 
66. Раҳимова   Б.   Тарихий   шахс   ва   бадиий   талқин.   //   Адабиёт   кўзгуси.
-Т.:  2004. №8   138-142-бетлар. 
67. Эргашев   Қ.   Нодирабегим   ва   Олтинбешик   афсонаси.   //Ўзбекистон
адабиёти ва санъати, 1992 йил 4 сент.  
68. Қодирова М.  Моҳларойим маҳорати. / Маърифат, 1993. 24 апрел.
90

MUHAMMAD ALI (X ON ) HAYOTI VA LIRIK MEROSI MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….3 I BOB. MUHAMMAD ALIXON HAYOT YO ‘ LI. 1.1.Muhammad Alixonning hayoti va ijodiga doir ilmiy asarlar va maqolalar tasnifi……………………………………………………………….8 1.2.Nodira ijodida Muhammad Alixon timsolining ifodasi (oltin beshik voqeasi misolida)…………………………………………………………….15 Bob bo ‘ yicha xulosalar………………………………………………………29 II BOB. SHOIRNING POETIK MAHORATI 2.1.Xonning lirik merosi…………………………………………………….32 2.2.Muhammad Alixon lirikasining janr va mavzu ko‘lami va uning ijodida badiiy san’atlar in’ikosi……………………………………………………...37 Bob bo ‘ yicha xulosalar………………………………………………………51 III BOB. XON IJODIDA AN’ANA VA ADABIY TA’SIR MASALASI 3.1.Shoir ijodida mumtoz adabiy an’analar……………………………………….53 3.2. Shoir ijodida Fuzuliy ohanglarining tarannum etishi………………………...60 Bob bo yicha xulosa………………………………………………………………71ʻ XULOSA…………………………………………………………………………72 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..75 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Adabiyotshunoslikda mumtoz turkiy adabiyot qiziqish bilan o ‘ rganilib kelinadi. Mumtoz adabiyotda badiiyat masalasi, adabiy muhit va adabiy tanqidning o‘rni haqidagi tekshirishlarni amalga oshirish dolzarb vazifalarni keltirib chiqarishi bilan birga tadqiqotlarning ko‘lamini kengaytirish zaruratini ham ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda ilm-fan sohasida istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida “o ‘ zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘p qirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish katta ahamiyatga ega” 1 bo‘lib, mazkur ilmiy jarayonlar natijasida ijodi nisbatan kam o‘rganilgan Muhammad Alixon adabiy merosini monografik planda o‘rganish adabiyotshunosligimizni yangi tahlil va qarashlar bilan boyitishga xizmat qiladi. Xalqimizning asrlar davomida shakllangan ma’naviyati, uning taraqqiyot bosqichlari, o‘tmish va kelajak bilan bog‘liq jihatlarini o‘rganish, yosh avlodga ajdodlarimiz asarlarida ilgari surilgan g‘oya va mavzularning tub mazmun-mohiyatini anglatish, mutafakkir bobolar merosiga vorislik, izdoshlik, ularni Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг «Ўзбек мумтоз ва замонавий адабиётини халқаро миқёсда ўрганиш ва тарғиб қилишнинг долзарб масалалари» мавзусидаги халқаро конференция иштирокчиларига йўллаган табриги // Халқ сўзи. 2018 йил 8 август. 2

ruhida komil insonlar qilib tarbiyalash ehtiyoji Muhammad Alixon kabi shoirlarimiz ijodini o‘rganishning nechog‘li dolzarb ekanini anglatadi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosga, ularning hayoti va ijodiy faoliyatiga bo‘lgan qiziqish yurtimizda yildan yilga ortib bormoqda. Zero, mustaqillik, eng avvalo, o‘zlikni anglash demakdir. Har bir xalq o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritar ekan, o‘z o‘tmishi, urf-odatlari va qadriyatlarini tiklash hamda ularni saqlab qolish uchun qayg‘uradi. Mustaqillik tufayli o‘zbek xalqi qo‘lga kiritgan eng katta ne’matlardan biri– bu ma’naviyat sohasida ro‘y bera boshlagan istiqloliy jarayonlar bo‘lib, zero, har qanday jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy voqelik, avvalo, uning ma’naviy jihatdan mushohada etilishi bilan izohlanadi. Qo‘lga kiritilgan milliy istiqlol milliy o‘zlikni anglashgagina emas, balki uning butun hayotiy faoliyatiga, xususan ma’naviy turmushiga sifat jihatidan yangi tus berdi. Ayniqsa, bu holat uning nodir xazinasi, ya’ni ma’naviy merosiga bo‘lgan e’tiborda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Darhaqiqat, madaniy-ma’naviy merosimiz, asriy an’analar – o‘tmishdan avlod- ajdodlarimizdan bizlarga yetib kelgan, bugungi hayotimiz uchun xizmat qilayotgan eng katta boylik ma’naviy boylik, buyuk xazinadir. 2 “ Ma’naviyat, – degan edi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov, – taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun qalban va vijdonan, aql va qo‘l bilan mehnat qilishi kerak. Bu hazina insonga hayotda barqarorlik bag‘ishlaydi, uning qarashlari 2 Туленов Ж. Ғ афуров З. Муста қ иллик ва миллий тикланиш. Т., 1996. – 189 б. 3

shunchaki boylik orttirish yo‘lida kun ko‘rishga yo‘l qo‘ymaydi, fojialar vaqtida omon saqlab qoladi va moddiy qiyinchilik kunlarida irodani mustahkamlaydi” 3 . Mazkur fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, hayoti va ijodi kam o‘rganilgan ajdodlarimiz asarlarini o‘rganish davr talabi sanaladi. Xuddi shu ma’noda Muhammad Al i( Xon ) ijodini o‘rganish ham muhim masalalardan biridir. Muhammad Alixon ijodini o‘rganish shoirning hayotlik vaqtidayoq boshlangan. Shoirning onasi mashhur shoira Mohlaroyim Nodira o‘z she’rlarida o‘g‘li Muhammad Alixon timsolini aks ettirgani ma’lum. P.Qayumov o‘zining “Tazkirai Qayumiy” asarida Muhammad Alixon haqida qisqacha to‘xtalib o‘tgan. Shuningdek, shoirning hayot yo‘li haqida O‘zbekiston tarixi yoritilgan ko‘pgina asarlarda ham ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, Is’hoqxon to‘ra Ibratning ”Tarixi Farg‘ona”, Mirzoolim Mushrifning “Ansobus- salotin va tavorix ul-xavoqin” asarlarida, adabiyotshunos olim Sh.Yusupovning “Tarix ummoni sirlari” asarida, shuningdek, O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasining 5-jildida, Nodirbek Ahatovning “Ko‘hna marg‘ilon ziyoratgohlari” asarida, Eshonqulova Surayyoning “Nodira she’riyatida tarixiy obrazlar talqini” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasi kabi o‘nlab ilmiy asarlarda ham Ma’dalixon hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar uchraydi. 3 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли.Т.: Ўзбекистон 992.- 72 б. 4

Bu ishlarda Muhammad Alixon ijodining ayrim qirralari yuzasidan ba’zi fikrlar bayon etib o‘tilgan bo‘lsa-da, hozirga qadar shoir ijodi to‘la tadqiq etilgan emas. Tadqiqotning maqsadi. Muhammad Alixon ijodining o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rni, shoirning poetik fikrni ifoda eta olish mahorati, shoir lirikasi mavzu ko‘lami, shoir ijodiga aloqador manbalar, ularning mazmun-mohiyati, shoir ijodidagi o‘ziga xos jihatlari, shoir lirikasi badiiyatini tadqiq etish va ilmiy-nazariy umumlashmalar chiqarish dissertatsiyamizning maqsadi hisoblanadi. Tadqiqotning vazifalari : - Muhammad Alixon hayoti va ijodiga aloqador materiallarni to‘plash; - Muhammad Alixon lirikasining mavzu ko‘lamini tadqiq etish; - shoir ijodida salaflarining ta’siri masalasini atroflicha yoritish; - shoir ijodida tasvirlangan obrazlarning mazmuni va poetik fikr uyg‘unligi, badiiy tasvir vositalarining ijodkor tafakkurini aks ettirishdagi o‘rni, ijodkor badiiy mahorati masalalarini tahlildan o‘tkazish; - magistrlik dissertatsiyasi natijalaridan nazariy umumlashmalar chiqarish. Tadqiqotning obyekti Qo‘qon xonligining madaniy va siyosiy, adabiy hayotida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ham xon, ham ijodkor bo‘lmish Muhammad Alixon shaxsi va u tomonidan tuzilgan devon hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti ni Xonning Qo‘qon xonligida adabiyot va madaniy hayot sohalari jumladan, maorif, musiqa-qo‘shiqchilik, teatr, askiya, me’morchilik va xalq amaliy san’ati, tarixnavislikning rivojlanishiga qay darajada hissa 5