RAUF PARFI SHE’RIYATIDA LIRIK QAHRAMON
RAUF PARFI SHE’RIYATIDA LIRIK QAHRAMON MUNDARIJA KIRISH........................................................................................................3 I BOB.RAUF PARFI IJODI VA ADABIY-TANQIDIY QARASHLAR...........................................................................................10 1-fasl. Shoir she’riyati va adabiy-tanqidiy qarashlar..................................10 2-fasl. Shoir she’riyatida Vatan mavzusi....................................................19 II BOB. SHOIR SHE’RIYATDA TURKISTON MAVZISI VA UNING TALQINI .....................................................................................30 1-fasl. Shoir she’riyatida makon ifodasi va ma’no ifodalash xususiyati.....30 2-fasl. Rauf Parfi she’riyatida lirik qahramon talqini.................................38 III BOB. SHOIR SHERIYATIDA BADIIYLIK FUNKSIYASI...........51 1-fasl. Badiiylik funksiyasi va lirik kechinma talqini.................................51 2-fasl. Badiiy san’atlardan foydalanish usullari..........................................55 Xulosa… ………………………………………………………………….61 Adabiyotlar ………………………………………………………………63 1
KIRISH Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon adabiyotshunosligida zamonaviy lirikaning faol janrlari, poetik shakllarning yangilanishi, voqelikni badiiy idrok etishdagi y etakchi tamoyillar tadqiqiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bu, birinchi galda, she’riyatdagi neorealizm yo‘nalishining psixopoetika, poetik stilistika kabi usullar vositasida o‘rganilishi mahsuli bo‘lsa, ikkinchi tomondan, badiiy tafakkur yutuqlarining jahondagi ilg‘or adabiy-estetik an’analar bilan sintezlashishi tadqiqi samarasidir. Dunyo xalqlari she’rshunosligida poetik talqinning tobora siqiq, sof adabiy hodisa sifatida o‘rganilishi, muammo talqinining o‘ziga xos ifodasini ko‘p hollarda she’riyatning yangilanishini namoyon etmoqda. Zamonaviy she’riyat takomilida odam va olam munosabatlarining tutgan o‘rni tadqiqiga e’tibor har qachongidan kuchaydi. O‘zbek adabiyotshunosligida she’riyatni jahoniy darajaga ko‘tarilishi yuz berganligini ham alohida qayd etmoq lozim. Shoir olam-u odam muammolarini, uning qalb kechinmalarining she’rga aylantirilishi, bashariyat oldida turgan qator masalalarga uyg‘unlashuv, takomili she’riyat tadqiqiga yangicha yondashuv uchun zamin yaratdi. Shu bois “Adabiyot va san’atga, madaniyatga e’tibor – bu, avvalo, xalqimizga e’tibor, kelajagimizga e’tibor ekanini, shoir Cho‘lpon aytganidek, adabiyot va madaniyat yashasa, millat yashashi mumkinligini unutishga bizning aslo haqqimiz yo‘q” 1 . Muayyan davr adabiy-estetik tafakkuri taraqqiyotida o‘sha davr adabiyotida munosib o‘rin tutgan ijodkorlar muhim o‘rin tutadi. 70- yillardayoq adabiyotimizda o‘z ovoziga ega bo‘lgan bir qator ijodkorlar Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi kabi shoirlarning poetik izlanishlari yangi sahifalarni bu jarayonda ocha oldi. Iste’dodli bu ijodkorlar she’riyatida olam va odam ruhiyati talqini, hayotiy muammolarni badiiy-falsafiy tadqiq etish 1 ЎзбекистонРеспубликаси Президенти Шавкат Мирзи ё евнинг « Ўзбек мумтоз ва замонавий адабиётини халқаро миқёсда ўрганиш ва тарғиб қилишнинг долзарб масалалари » мавзусида ги халқаро конфер e нция иштирокчиларига йўллаган табриги. www.xabar.uz. 2
jarayoni o‘ziga xos ifodalangan. Har bir ijodkorning o‘z uslubi bo‘lgani kabi o‘zbek she’riyatining ham yorqin namoyondalari hisoblangan bu ijodkorlar, adabiyotimizda takrorlanmas iz qoldirdi. Mustaqillik tufayli boshqa sohalar qatorida ma`naviy hayotimizda ham ulkan o‘zgarishlarga, yangilanishlarga keng imkoniyatlar ochdi. Ma`naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan muhim hayotiy omil – ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilm-u ma’rifat, ta’lim va tarbiyaning inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb belgilanishi ham bejiz emas edi. Yurtimizda yoshlarning ta’lim-tarbiya olishiga katta ahamiyat qaratilgan. Barkamol va komil insonni tarbiyalash mamlakatimizda muhim masalalardan biridir. Biz komil inson deganda, avvalo, ongi yuksak fikrlay oladigan bilimli, ma`rifatli kishilarni tushunamiz. Eng avvalo, yoshlarni kafolatlangan ta`lim- tarbiyaga yo‘naltirish uchun o‘zligimizni anglashni o‘rgatmog‘imiz lozim. O‘zlikni anglash milliy qadriyatlarni hurmatlash, ona tilimizni qadrlash va eng avvalo, adabiyotimizga e’tibordan boshlanishi barchamizga juda yaxshi ma’lum. Adabiyotimizda yirik iste’dodli yozuvchi va shoirlar bisyordir. Har qanday ijodkorning badiiy mahorati u yaratgan badiiy asarlar tilida namoyon bo‘ladi. Adibning hayotdagi voqea-hodisalarga munosabati, o‘ziga xos dunyoqarashi, teran idroki, tabiatdagi boshqalar ko‘ra olmagan ranglarni nozik his etishi hamda uni go‘zal shaklda kitobxonga yetkazib bera olishi va yana ko‘pgina boshqa jihatlar birgalikda badiiy asarning jozibadorligini tashkil qiladi. Ijodkorning xalq tilini chuqur bilishi, cheksiz so‘z boyligiga ega bo‘lishi, so‘zning ta’sir qudratini his eta olishi, har bir so‘zni ma`no nozikligini ilg‘ab olishi, so‘z o‘yinlaridan ustalik bilan foydalana olishi alohida o‘rin tutadi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek adabiyotining istedodli shoirlaridan biri Rauf Parfining go‘zal misralari, qator tarjimalaridagi o‘ziga xos xususiyatlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ijodkorning badiiy mahoratini boshqalardan ajratib turadigan yorqin qirralaridan biri ham tilidagi o‘ziga xoslikdir. Uning ijodida Ona Vatan, Turkiston mavzulari etakchilik qiladi. Bu poetik talqinlar bir 3
qator adabiyotshunoslar tomonidan o‘rganilganligini ham alohida qayd etish lozim. 2 Shoirning she’riyatidagi poetik talqinlardagi ifoda shakllari, ijodkorning lirik qahramon va kechinmalar ifodasini talqini o‘ziga xos tarzda tahlil qilinganligini ham kuzatish mumkin. Shoir she’riyatidagi talqinlarni tahlil qilganligini ham qayd etib o‘tamiz. 3 Iste’dodli o‘zbek shoiri Rauf Parfi she’riyat osmonida tutgan o‘rni beqi- yosdir. Uning she’rlarida ilgari surilgan g‘oyalar va so‘z qo‘llash mahorati e’tirofga sazovordir. Shoir ijodini, uning so‘z qo‘llash mahoratini o‘rganish uchun Rauf Parfi she’riyatidagi badiiy san’atlarni, misralarda ifodalangan kechinmalar ifodasini ham alohida qayd etish lozim. Bunda Rauf Parfi she’riyatida qo‘llangan lafziy va ma’naviy san’atlar hamda bir bandning o‘zida bir nechta she’riy san’atlardan foydalanganligini tahlil qilish, shu asosida kechinmalar ifodasidagi qarashlarni yaxlit mohiyatini anglash mumkin. She’riy sanatlar yuzasidan talaygina ishlar qilingan. A Hojiahmedov, T Boboyev, B Zaripov kabi tadqiqotchilar ishida bu o‘z aksini topgan. Rauf Parfi ijodining adabiy merosi o‘rganilgan, ammo uning asarlaridagi lirik kechinmalar yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Mazkur bitiruv ishida shu muammo o‘zimizning diqqatimizni qaratamiz. Biriruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi Rauf Parfi she’riyatining badiiy xususiyatiga e’tibor qaratish, ijodkor she’riyatidagi badiiy san`atlarni tahlil qilib sharhlash. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirdik: - Rauf Parfi ijodi bilan tanishish; - Shoir she’riyatining o‘ziga xos tamoyillarini asoslash; - Ijodkor she’rlaridagi g‘oyalar va fikrlarni idrok qilish; - Rauf Parfi ijodidagi lirik kechinmalar ifodasini izohlash ; - Shoir ijodidagi lirik qahramon xarakterining badiiy talqinlari haqida so‘z yuritish; -Rauf Parfi ijodi va unda qo‘llangan she’riy san`atlar haqida 2 Rahimjonov N. istiqlol va bugungi adabiyot. – Toshkent, O‘qituvchi, 2012. – 296 bet. 3 G‘aniyev I. Rauf Parfi O‘zturk dunyosi. Monografiya. – Toshkent, Muharrir nashriyoti, 2021. – 732 bet. 4
xulosalar chiqarishdan iborat. Biriruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi . Bitiruv malakaviy ishining yangiligi shundan iboratki, mazkur ishda Rauf Parfi she’riyatidagi lirik kechinma va lirik qahramon va badiiy san’atlarning matndagi o‘rnini tahlil qilishdan iborat. Biz Rauf Parfining ajoyib so‘z ustasi, mohir ijodkorligini yaxshi bilamiz. Ko‘p tadqiqotlar, ilmiy ishlar ijodkor asarlarini adabiy jihatdan o‘rganishga qaratilgan, ammo shoir ijodining qayd qilingan xususiyatlari yetarlicha tahlil qilinmagan. Tadqiqotning manbalari . Tadqiqot vazifalari va tahlil mavzu taqozosiga ko‘ra ishda quyidagi asosiy manbalarga tayandik: she’riy asarlaridagi lirik qahramon, lirik kechinma va badiiy san’atlar, Turkiston mavusining badiiy talqinlariga doir turli ilmiy adabiyotlar, darsliklar, qo‘llanmalar, maqolalar hamda internet ma’lumotlaridan foydalandik. Shuningdek, shoirning “Saylanma” asari asosiy manba vazifasini o‘tadi. 4 Tadqiqotning predmetini ob y ekt sifatida olingan shoirlar she’rlaridagi janriy xususiyatlar, badiiy tafakkur va falsafiy mushohada , lirik voqelikni badiiy idrok etish va ifodalashdagi y etakchi tamoyillar, obraz va obrazlilik masalalari tashkil etadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat : - Zamonaviy o‘zbek she’riyatida mumtoz Sharq lirikasidagi an’anaviy mavzular bilan jahon intellektual she’riyati yutuqlarining milliy poetik tafakkur kontekstida o‘zaro sintezlashishi natijasida ijodkorlarning badiiy idrok ko‘lami kengayib, she’riyatdagi lirik qahramon va kechinmalarning badiiy ifodasini anglash; - Hozirgi o‘zbek she’riyatidagi voqeaband lirikaga xos shakliy-uslubiy izlanishlarda ramziy-falsafiy tafakkur tarzi xalqona usullar bilan qorishiq holda talqin qilinishi ustuvor ijodiy tamoyil darajasiga ko‘tarilganligi dalillangan; - She’riyatda lirik kechinmani anglatishning asosiy vositasi sifatida keng qo‘llaniluvchi “ko‘ngil” poetik obrazi ham shakliy, ham mazmuniy jihatdan asarning badiiy yaxlitligini ta’minlaydigan yetakchi unsurga aylanganligi ko‘rsatib 4 Parfi Rauf. Saylanma. – Toshkent, Akademnashr, 2013. 41-bet. 5