logo

Ot uslubiyati

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

48.7607421875 KB
Mavzu: Ot uslubiyati
Reja:
Kirish
 Morfologik stilistika haqida umumiy tushuncha
 Ot formalarining stilistik xususiyatlari
 Ko‘plik kategoriyasining stilistikasi
 Kelishik affikslarining stilistik xususiyatlari
 Egalik kategoriyasining stilistik xususiyatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Kirish 
      O‘zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar o‘zbek tili o‘qitish metodikasi fanida
uslub   va   uslubiyat   masalalari,   o‘quvchi   va   talabalarda   nutqiy   mahoratning
shakllantirilishiga   yetarlicha   e’tibor   qilinmadi.   Bu   esa   o‘z   navbatida   shu   tilda
so‘zlovchi   kishilar   nutqiy   taraqqiyotining   susayishiga   sabab   bo‘ldi.   O‘zbek
tilshunoslarining   uslubiyat   sohasida   olib   borgan   ilmiy   izlanishlari   asosan
A.G‘ulomov, G‘. Abdurahmonov, I. Qo‘chqortoyev, A.Shomaqsudov, H.Doniyorov,
R.Qo‘ng‘urov,   Y.Tojiyev,   E.Qilichevlar   qalamiga   mansub   bo‘lib,   ulardan   ko‘proq
tilshunoslik fani doirasida foydalanib kelindi. 
     Yoshlarda nutqiy ma’daniyatni shakllantirish, so‘zlarni to‘g‘ri tanlash, har bir so‘z,
so‘z   birikmasi,   gap   va   iboralarni   nutq   sharoitiga   mos   ravishda   to‘g‘ri   o‘rinli   ishlata
olishni o‘rgatish uslubiyatning bosh vazifasidir.
          Chuqur   bilimga   ega   bo‘la   turib   uni   ravon   va   go‘zal   tilda   ifodalay   olmaslik
nihoyatda   achinarli.   Nutqiy   va   mantiqiy   g‘alizlikning   oldini   olishning   birdan   bir
to‘g‘ri   yo‘li   –  har   bir   shaxsning   faqat   o‘zigagina   xos   bo‘lgan   uslubda   fikr   ifodalash
mahoratini shakllantirish mahoratidir. Buning uchun shaxsni uslubiy imkoniyatlardan
voqif   qilish,   ularda   so‘z   tanlash,   gap   qurish,   matn   yaratish,   ushbu   jarayonda   bor
imkoniyatlardan   foydalana   olish,   ko‘nikma   va   malakalarni   hosil   qilish   muhim
ahamiyat kasb etadi.
MORFOLOGIK STILISTIKA
Ma’lum   bir   fikrni   ifodalash   uchun   morfologik   formalarning   va   sintaktik
konstruksiyalarning stilistik variantlaridan foydalanish va tilda ana shunday sintaktik
va   morfolo-gik   sinonimiyaning   mavjudligi   grammatik   stilistika   haqida   ham   so‘z
yuritishga   asos   bo‘ladi.   Masalan,   Men   kecha   qishlog‘imizga   kelgan   Ahmedov   bilan
tanishman.   Men   qishlog‘imizga   kecha   kelgan   Ahmedov   bilan   tanishman.   Kecha qishlog‘imizga   kelgan   Ahmedov   bilan   men   tanishman   gaplarining   uchalasi   ham
grammatik   jihatdan   sodda,   yoyiq,   darak   gap.   Stilistik   jihatdan   esa   ular   fikr
nozikliklariga   ega.   Shunga   ko‘ra   ularga   stilistikada   bir   xil   hodisa   sifatida   befarq
qarash   mumkin   emas.   Stilistika   har   bir   gapning   ma’lum   maqsadda   ishlatilishiga
alohida aha-miyat beradi va ularni tanlash imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi o‘zbek tilida kelishik affikslarining, zamon, mayl formalarining, ayrim
yasovchi   affikslarning   bir-biriga   nisbatan   sinonimik   munosabatda   bo‘lishi,   ularning
biri   o‘rnida   ikkinchisini   ishlatish   imkoniyati   masalasi   ham   grammatik   stilistikaning
o‘rganish obyektidir.
Tilning u yoki bu grammatik formasi ma’lum davr uchun eskirgan bo‘lishi yoki
faqat   ayrim   stillar   uchungina   xarakterli   bo‘lib   qolishi   mumkin.   Shu   sababli   zarur
grammatik   formani   tanlayotganda,   uning   to‘g‘ri   yoki   noto‘g‘ri   tanlanganligini
tekshirayotganda   tekst   mazmuni,   uning   qanday   janrga   tegishli   ekanligi,   qaysi   davr
voqyeahodisasi bayoniga bag‘ishlanganligi yoki umumiy stilistik yo‘nalishini albatta
hisobga olish lozim.
Sintaktik   vositalarning   va   so‘z   turkumlarining   stilistik   maqsadda   qo‘llanishi
faqat   ularning   ma’nosi   bilangina   emas,   balki   ayrim   konstruksiya   va   grammatik
formalarning   bir   necha   xil   variantlarga   ega   bo‘lishi,   u   yoki   bu   konstruksiya   va
formaning   birini   ozroq,   birini   esa   ko‘proq   qo‘llanishi   adabiy   til   normalaridan
chekinish holatlari bilan ham bog‘liqdir.
                        OT FORMALARINING STILISTIK XUSUSIYATLARI
Ot so‘z turkumining stilistik xususiyatlari, eng avvalo, ulardagi ko‘plik, egalik,
kelishik   kategoriyalari   va   subyektiv   baho   formalarida   ko‘rinadi.   Tarixiy   taraqqiyot
jarayonida   bu   kategoriyalarning   ba’zi   bir   ko‘rsatkichlari   eskirgan,   muomalada
eskirganlari   o‘rnida   yangi   formalarning   qo‘llanishi   natijasida   turli   xil   parallellar, variantlar   maydonga   kelgan.   Bu   va-riantlar   o‘rni   bilan   o‘zaro   sinonim   sifatida
qo‘llanishi mumkin.
Hozirgi   o‘zbek   tilida   grammatik   kategoriyalar,   jumladan,   otning   grammatik
kategoriyalari stilistik xususiyati haqida gapirganda ularning faqat sinonimiyasi emas,
balki   boshqa   holatlarda   ham   qanday   stilistik   qiymat   kasb   eta   olishiga   e’tibor   berish
lozim.
Otlarning ko‘plik qo‘shimchasi -lar ni ola olish yoki ola olmasligi, bu affiksni
olgan   so‘zlarning   ma’no   nozikligi,   egalik,   tegishlilik   tushunchasining   qabatlanishi,
kelishik   qo‘shimchala-rining   otlarda   saqlanishi   yoki   tushib   qolishi,   bu
kategoriyalarning   uyushiq   bo‘lakli   gaplarda   uyushiq   bo‘laklardagi   ma’no
nozikliklarini aniqlash grammatika bilan birga stilistikaning ham vazifasidir.
Morfologiyaning   stilistik   resurslari   “tilda   bir   qator   sabablarga   ko‘ra:   til
taraqqiyotining   ichki   jarayonlariga   bog‘liq   tarzda,   og‘zaki-yozma   va
kitobiyso‘zlashuv,   shuningdek   turli   funktsional   uslublar,   va   nihoyat,   ma`noviy   va
emotsional-ekspressiv   ottenkalarni   ifodalash   zaruriyatidan   paydo   bo‘ladi.   Ammo
morfologiyaning sinonimik vositalari hamma vaqt ham aynan stilistik xarakter kasb
etmaydi”. Demak,   o‘zbek   tilida   kelishik   qo‘shimchalarining   turli   formada   kelishi
funksional stillar nuqtai nazaridangina ahamiyatlidir. 1
Xuddi   shunday   fikrni   ko‘plik   affiksi   to‘g‘risida   ham   aytish   mumkin.   Lekin
bundan   otning   kelishik,   ko‘plik,   egalik   kategoriyalari   stilistik   ottenkalarga,   stilistik
qiymatga ega emas ekan, degan xulosa kelib chiqmaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan kate-
goriyalargina   emas,   hatto   atoqli   va   turdosh   otlarning   o‘zaro   biri   o‘rnida
ikkinchisining  qo‘llanishi,   atoqli   otlarning  ayrim   qo‘shimchalar   bilan  ishlatilmasligi
ham stilistik ahamiyat kasb etishi mumkin.
1
  Кожина М.Н.  Стилистические ресурсы русского языка как предмет исследования лингвистической
стилистики. Глава вторая. Дата индексирования: 30.11.2004. 120 Kb - http://syrrik.narod.ru/ kozhina.htm.     KO‘PLIK  KATEGORIYASINING   STILISTIKASI
O‘zbek tilida birdan ortiqlik – ko‘plik ma’nosi morfologik, leksik va sintaktik
yo‘llar bilan ifodalanadi.
Ba’zi   so‘zlar   hech   qanday   morfologik   ko‘rsatkichsiz,   boshqa   miqdor
bildiruvchi   so‘zlar   bilan   birgalikda   kelmagan   holda   ham   o‘z   leksik   ma’nosi   bilan
ko‘plik   tushunchasini   ifodalaydi:   xalq,   el,   qo‘shin,   poda,   armiya,   generalitet,   jamoa
kabi.   Bu   so‘zlarda   jamlik   ma’nosi   kuchli.   Bu   ham   uning   leksik   ma’nosidan   sezilib
turadi. Bu jihatdan ko‘pchilik, ozchilik kabi  so‘zlar  ham  shu ma’noga yaqinlashadi.
Ammo   bu   so‘zlar   grammatik   jihatdan   shakllangan   jamlikni   ko‘rsatadi:   Yo‘lchi
chetroqdan   bir   oz   qarab,   so‘ng   olomon   ichiga   kirdi.   (0.)   Xalqning   turmushi
ilgarigidek   emas,   tanqislik,   ularning   ham   yozga   yetar-yetmas   donlari   qolgan...   (Ch.
A.) Onasi bilan poda ketidan yurib, o‘zi ham tog‘da o‘sdi. (Akopyan.)
Hozirgi o‘zbek tilida ko‘plik tushunchasi sintaktik yo‘l bilan ham ifodalanadi.
Bunday   forma   ko‘plik   affiksini   olgan   sinte tik   forma   bilan   sinonimik   munosabatga
kirishi mumkin.  Qiyoslang: o‘nta daftar // daftarlar, beshta qalam /I qalamlar, uch  tup
daraxt // daraxtlar, dasta-dasta gul // gullar kabi. Bu  juftlar predmetning konkret sonini
va noaniq ko‘plikni ko‘rsatishi bilan bir-biridan farqlanadi.
Ba’zan   bu   tipdagi   birikmalar   oxirida   -lar   affiksi   ham   qo‘shilib   keladi:   ko‘p
bolalar,   yuzta   kemalar   kabi.   Bunday   qo‘llash   stilistik   nuqtai   nazardan   xato
hisoblanadi.  Chunki   ot   oldidagi   so‘z  shu  predmetning  ko‘pligini  anglatadi.  Shuning
uchun -lar af-fiksini ishlatish ortiqcha, o‘rinsizdir.
-lar   hozirgi   o‘zbek   tilida   ko‘plikni   ko‘rsatuvchi   asosiy   morfologik
ko‘rsatkichdir.
-lar affiksining asosiy vazifasi predmetlarning birdan ortiqligini ko‘rsatishdir O‘zi   uchun   tipik   bo‘lmagan   konstruksiyalarda   boshqa   ma’no   nozikliklarini
ifodalashi uning stilistik xususiyati, funksiyasidir.
-lar   affiksi   predmetlarning   birdan   ortiqligini   ko‘rsatishdan   tashqari,   yana
quyidagi  ma’nolarni  ifodalaydi 2
:
1.   Hurmat   ma’nosi.   -lar   gapning   kesimiga   qo‘shilib   kelganda,   birlikdagi   ega
orqali   ifodalangan   shaxsga   nisbatan   hurmat   ma’nosi   anglashiladi:   Pochcham,
rahmatlik,   soatni   so‘fi   degan-lari   bilan   namoz   o‘qimas   edilar.   (A.   Q.)–Kelin
ishga.ketgai-larmi?–   deb   so‘radi   Sur’at   suhbat   orasida.   To‘ychimurod   piyolaga
tikilganicha javob berdi:– Hali u kishining o‘zlari hovlimizga kelganlari yo‘q.
Bu   ma’no   (hurmat   ma’nosi),   ayniqsa,   kesim   bor   va   yo‘q   so‘zlari   bilan
ifodalanganda   yaqqol   seziladi:   Ug‘illari   Halimjon   bormilar?–   Borlar,   kiravering!–
dedi   xotin   va   yurib   ichkari   hovliga   kirib   ketganini   eshitdim.   (J.   Ikromiy.)–
Boyvachcha-ku yo‘klar, tag‘in nimani talashadi bular.  (J. Ikromiy.)
2.   Kinoya,   piching   ma’nosi.   Ba’zan   fe’llar,   ba’zan   olmosh   va   otlar   ko‘plik
affiksini   olib,   piching,   kesatish,   kinoya   ma’nolarini   ifodalaydi.   Bunday   vaqtda
intonasiya,   turli   xil   imo-ishora   va   mimikalar–ekstrolingvistik   vositalar   yordamchi
vosita sifatida xizmat qiladi: Demak, fyurer Gitler juda g‘am-xo‘rlik qilibdilar-da. (y.
Sh.)
Hozirgi o‘zbek tilida quyidagi otlar faqat birlik formasida qo‘llanadi.
1.   Abstrakt   otlar   (yoshlik,   muhabbat,   orzu,   do‘stlik,   uyqu,   tu-
shuncha   kabi).   Ba’zan   stilistik   maqsadda,   ya’ni   kuchaytirish,
mubolag‘a   qilish   maqsadida   ularga   ko‘plik   affiksi   qo‘shilishi
mumkin:
2
    G‘уломов   А.   Кo‘плик   категорияси.   –   Т.,   1944;   O‘збек   тили   грамматикаси,   I   том.   –   Т.,   1975;   Зулфиев
Я.   –лар   аффиксининг   сo‘з   таркибида   qo‘лланиш   хусусиятлари   //   O‘збек   тили   ва   адабиёти,   1972,   5-сон;
Абдуллаев А.  O‘збек тилида экспрессивликнинг ифодаланиши. – Т., 1983 Chor atrof bog‘u rog‘... Tushmi yo o‘ngi?
 Bari rost ekan-a! Chekinmish qumlar... 
Chekinmish saroblar, qora samumlar... 
Yarqiraydi shahar – uzoq yo‘l so‘nggi.  (Mirtemir.)
2. Sanash  mumkin bo‘lmagan   predmetlarni ko‘rsatuvchi otlar (un, guruch, suv, 
yer, qum, yog‘, benzin, kerosin kabi). Ular ko‘plik formasida kelganda shu 
predmetlarning tO‘rin i (masalan, yog‘lar: saryog‘, paxta yog‘i, kungaboqar yog‘i, 
makkajo‘xorining yog‘i kabi) xamda kuchaytirish ma’nolarini anglatadi.
3.   Atoqli   otlar   ko‘plik   affiksini   olganda   ma’lum   affiks
qabul   qilgan   so‘z   orqali   ifodalangan   joy   yoki   kishining   birdan
ortiqligini   emas,   balki   boshqa   ma’nolarni   ifodalash   uchun   xiz-
mat   qiladi:   Biz   ana   shu   Shirin   shaharchasidagi   Sirdaryo   GRESini
qurayotgan farhodl arni ng biri haqida hikoya qilamiz.
Kishi,   hayvon   va   jonivorlarning   juft   organlarini   ko‘rsatuvchi   so‘zlar   odatda
birlik   formada   ishlatiladi.   Bunday   so‘zlar   ko‘plik   affiksi   -lar   ni   qabul   qilganda,
mubolag‘a,   kuchaytirish   kabi   ma’nolarni   ifodalaydi:   Bulardan   ayniqsa,   otam
o‘lishiga   bag‘ishlab   aytgani   hali   ham   quloklarimdan   ketmaydi.   (G‘.   G‘.)   Surma
qo‘ymay buncha ham, jonon, qarodur ko‘zlaring. (Muqimiy.)
 KELISHIK AFFIKSLARINING STILISTIK XUSUSIYATLARI
O‘zbek tilida kelishiklar o‘zining turli xil territorial va fonetik variantlarining
ko‘pligi,   turli   kelishik   formalarining   biri   o‘rnida   ikkinchisini   sinonim   sifatida
almashtirib   ishlatish   imkoniyatlarining   mavjudligi   bilan   boshqa   grammatik
kategoriyalardan farqlanadi. Kelishik   affikslari   o‘zaro   sinonimik   munosabatga   kirishishdan   tashqari,
boshqa  grammatik  formalar,  ko‘makchilar  bilan  ham  sinonimik   munosabatda  bo‘la
oladi.   Bular   ma’lum   fikrni   aniq,   tushunarli   ifodalash   uchun   yozuvchi   yoki
so‘zlovchiga   ko‘rsatilgan   turli   vositalardan   eng   lozimini   tanlab   ishlatish   imkonini
be radi.
Umuman,   affiksal   morfemalarning,   jumladan,   kelishik   af-fikslarining
semantikasi,   odatda,   o‘zi   qo‘shilib   kelgan   negiz,   leksikogrammatik   qurshov   bilan
bog‘liq.
Kelishik affikslarining pleonastik ravishda qo‘llanishi (o‘n so‘mdanga pulladi,
20 tiyindanga to‘g‘ri keladi kabi), ularning‘ belgili yoki belgisiz ishlatilishidan kelib
chiqadigan   ottenkalar,   shu   bilan   .bog‘liq   ravishda   kelishik   affiksini   ba’zan   tushirib
qoldirish,   ba’zan   esa   tushirib   qoldirish   mumkin   emasligi   masa-lalari   ham   stilistik
qiymatga   ega.   Masalan,   Ilon   yutgan   odam   gapida   odam   ilonni   yutganmi   yoki   ilon
odamni   yutgan-mi?   aniq   tushunib   olish   qiyin,   fikr   aniq   emas.   Agar   odam   ilonni
yutgan bo‘lsa, ilon so‘zi tushum kelishigi affiksini qabul qilishi kerak, agar odamni
ilon   yutgan   bo‘lsa,   odam   so‘zi   tushum   ke-lishigi   affiksini   qabul   qilishi   kerak.
Demak,   keltirilgan   misolda   tushum   kelishigi   affiksini   tushirib   qoldirish   mumkin
emas.
Jumladan,   qaratqich   kelishgini   olib   qaraylik.   Bu   kelishikning   eski   o‘zbek
tilida
–niŋ   /   -niŋ,   -nuŋ   /   -ngŋ,   -iŋ   /   -iŋ,   -gŋ   /   -gŋ   shakllari,   og‘zaki   nutq   va   mumtoz
adabiyotda, sheva va dialektlarda  –ning, -ting, -ting, -ding, -ding, -ti, -ti, -di, -i  ,  -in, -
nung, -dung, -ing, -mi, -pi  kabi shakllari mavjudligi ilmiy manbalarda qayd etilgan.8
Ularning   bunday   turlicha   fonetik   variantlarda   ishlatilishining   sababi,   -   deb
ko‘rsatishadi   G‘.Abdurahmonov   va   SH.SHukurovlar,   -   asosan   shu   affiksni   qabul
qilgan so‘zning xarakteriga, fonetik qurilishiga bog‘liqdir. 3
3
  Абдураhмонов G‘., Шукуров Ш.  O‘збек тилининг тарихий грамматикаси, 36-б. Jonli   so‘zlashuvda   qaratqich   kelishigi   birinchi   va   ikkinchi   shaxs   kishilik
olmoshlarining birligiga, dialektlarda, til tarixida uchinchi shaxs egalik affnkslaridan
so‘ng   -i   formasida   qo‘shiladi.   Bu   formada   u,   men,   sen   olmoshlaridan   so‘ng
qo‘shilgan   tushum   kelishigi   qo‘shimchasi   hamdaundosh   bilan   tugagan   so‘zlarga
qo‘shiluvchi uchinchi shaxs egalik affiksining birligi -i bilan omonimik munosabatda
bo‘ladi.   Qiyoslang:   Meni   kitobim   (qaratqich   –   dialektal),   meni   shersiz   deding...
(tushum), makoni (egalik affiksi).
Qaratqich   kelishigi   poetnk   nutqda   -n   formasida   ham   ishlatiladi,   ana   shu
ko‘rinishda   ham   qaratqich   kelishigi   tushum   kelishigi   bilan   omonimiya   hosil   qiladi:
Yer kurrasin boshin tang‘idik Va tarixning tomirlariga quydik erigan temir (G‘. G‘.)
ga-pida kurrasin qaratqich kelishigi, boshin tushum kelishigidagi so‘zlardir.
Bu o‘rinda birgina -n formasi  ikki kelishik vazifasini  bajaryaptimi yoki -ning
va   -ni   affikslarining   alohida-alohida   shakliga   kelgan   omonimik   holatmi?   Keyingisi
haqiqatga   yaqin:   ular   ikki   xil   vazifadagi   va   boshqa-boshqa   ma’no   anglatuvchn
omonimik affikslardir. Qyeltirilgan misoldagi kurrasin va bishin so‘zlarining o‘rnini
almashtirish   mumknn   emasligi   ham   ular-ning   ikki   boshqa-boshqa   kelishiklar
ekanligini,   biri   aniqlovchi,   ikkinchisi   aniqlanmish   ekanligini   ko‘rsatadi.
Qaratqichnnng -n formasi poetik nutqda boshqa nutq formalarida ishlatilmaydi.
Qaratqich   kelishigi   affiksi   qarashlilik   ma’nosinn   anglatganda   xuddi   shu
vazifani   bajaruvchi   -niki   affiksi   bilan   sino-nimik   munosabatga   kirishadi.   Bunday
vaqtda   -ning   va   -niki   affikslari   funksiyadosh   bo‘ladi.   Bu   esa   ularning
transpozisiyasiga     imkon     beradi.    -niki     va     -ning    affikslarining     sinonimik   vosita
sifatida   ishlatilishi   ham   ko‘proq   hozirgi   poetik   nutq   uchun   xosdir:   Bag‘ringga   tort,
quchoqla, bahor, Jozibalar barchasi sening. (H. 0.) 
R.Qo‘ng‘urov Alisher Navoiy asarlarida qaratqich kelishigi vazifasida boshqa
kelishik   qo‘shimchalari,   masalan,   qaratqich   o‘rnida   chiqish   va   jo‘nalish   kelishiklari ishlatilganligini   ko‘rsatib   o‘tgan:   Ishq   bog‘i   holatin   so‘r   oshiqu   ogohdin,     Kim
fazosinda tafovut yo‘q gadog‘a shohdin   (Chor devon),  La`ligun har mayki ichdim ul
mayilab   hajridin   /   Ko‘zdin   ashki,   la`ligun   yonglig‘   ravona   aylaram   (Chor   devon).
Olim   shoir   asarlari   matnida   epizodik   holatlarda   u   ning   ham   qaratqich   vazifasida
kelganligini payqagan:  Soyil menu maqsadim erur, naqdi visoling buxl aylama jona...
(Chor devon). 4
Qaralmish konkret ot bilan ifodalanganda, qaratqich-qaralmish birikmasidagi -
ning   affiksini   -niki   bilan   almashtirish   doim   mumkin   bo‘la   bermaydi:   Ikki   yuz   yil
yelkang sening Ezdi lordu, taxtu toj. (M.)
Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   aniqlovchining   aniqlanmishdan   oldin   kelishi
norma   hisoblanadi.   Bularning   o‘rnini   almashtirish   yozuzchi   yoki   so‘zlovchining
maqsadi   bilan   bog‘liq.   Lekin   shuni   ham   aytish   kerakki,   qaratqich   va   qaralmishning
o‘rnini   faqat   qaratqich   belgili   bo‘lgandagina   almashtirish   mumkin.   Bu   ham   asosan
poetik nutq uchun xos. Masalan:
Ey muqaddas gul diyorim, gulshanim jonim mening,
Men sening   bag‘ringda o‘sdim, yo‘qdir armonim mening! (U.)
Qaratqich belgisiz bo‘lganda, qaratqichni qaralmishdan keyin qo‘yish mumkin
emas, chunki bunday paytda ma’no tamoman buziladi: kutubxonasi Navoiy, ko‘chasi
Pushkin,   uyi   Hamid   Olimjon.   Ammo   bundan   bog‘i   Bobir,   bargi   gul   kabi   izofali
konstruksiyalar mustasno.
Ammo   uyushiq   bo‘laklarning   qachon   qaysi   birini   belgili,   qaysi   birini   belgisiz
ishlatishni bilish kerak. Chunki buni bilmaslik ma’noga, aytilmoqchi bo‘lgan fikrning
aniqligi va kon-kretligiga salbiy ta’sir qiladi. Masalan, Tohir, Salim va Odilning otasi
keldi 1
  gapini bir necha xil tushunish mumkin. Ya’ni ota bitta bo‘lib, Tohir va Salim
4
  Qo‘нg‘уров Р.  O‘збек тили стилистикасидан очерклар, 58-б. bilan   kelgan   bo‘lishi   (birgina   ota)   yoki   har   uchala   bolaning   otasi   kelgan   bo‘lishi
mumkin.
Ko‘rganimizdek,   qaratqich   kelishigining   belgili   va   belgisiz   qo‘llanishi   ayrim
stilistik   nozikliklarni   keltirib   chiqaradi.   Ya’ni   belgili   qaratqich   aniq   qarashlilik,
xususiy   xoslikni   ko‘rsatsa,   belgisiz   qaratqich   umumiy   xoslikni   ko‘rsatadi.   Atoqli
otlarda   qaratqich   kelishik   affiksi   tushirib   qoldirilganda   ham   xususiy   xoslik   ma’nosi
anglashilib turadi.
Hatto   ba’zi   konstruksiyalarda   stil,   ma’no   qaratqichning,   albatta,   belgisiz
bo‘lishini   talab   qiladi.   Jumladan,   qaratqich   qaralmish   uchun   ham   logik,   ham
grammatik   aniqlovchi   bo‘lsa,   u   qaralmishdan   anglashilgan   predmetni,   joyning
qaratqich   anglatgan   so‘z   bilan   atalishini   ko‘rsatganda,   qaratqich,   albatta,   belgisiz
qo‘llaniladi.   Masalan,   Gorkiy   bulvari,   Pushkin   bog‘i,   Hamza   ko‘chasi   kabi
birikmalarni   Gorkiyning   bulvari,   Pushkinning   bog‘i,   Hamzaning   ko‘chasi   tarzida
ishlatish   mantiqqa   va   stilga   xilofdir.   Dushanba   kuni,   fevral   oyi   kabi   birikmalar
sostavidagi qaratqichni ham belgili ishlatish yuqoridagi kabi xatoni keltirib chiqaradi.
Qaratqich   I   –   II   shaxs   kishilik   olmoshlari   hamda   o‘zlik   olmoshi   bilan
ifodalansa,   qaralmishda   shaxs   ko‘rsatuvchi   egalik   affiksi   saqlansa,   qaratqich
affiksigina   emas,   bu   qo‘shimchani   ol-gan   so‘z   ham   tushib   qolishi   mumkin.   Bunday
tipdagi   birikmalarni   bir-biriga   sinonim   sifatida  o‘zaro  almashtirib   ishlatish   mumkin:
o‘zimning   uyim//o‘z   uyim   //   uyim   kabi.   Ammo   bizning   kolxoz,   bizning   Oygul
tipidagi   qaralmish   belgisiz   holatda   bo‘lgan   birikmalarda   na   faqat   qaratqich   affiksini
olgan so‘zni, hatto qaratqich affiksini ham tushirib qoldirish mumkin emas. Qaratqich
kelishigi   affiksi   o‘zi   qo‘shilib   kelgan   so‘z   bilan   birgalikda   konkret   xoslik,   umuman
xoslik,   butunning   bo‘lagi,   to‘dadan   ajratilganlik,   o‘xshatish,   qiyos   qilish,   nomiga
qo‘yilganlik  kabi  bir  qancha  grammatik-semantik   ma’nolarni  ifodalaydi. U  to‘dadan
ajratilganlik   ma’nosini   anglatganda,   chiqish   keli-shigi   (xuddi   shunday   ma’no
anglatuvchi) affiksi bilan sinonim bo‘ladi.  Tarixiy   temada   yozilgan   ba’zi   bir   prozaik   asarlar   tilida,   ba’zan   hozirgi   poetik
asarlar tilida kishilik olmoshlarining birinchi shaxs birlik va ko‘pligiga qaratqich -im
formasida   qo‘-shiladi.   Bunda   -im   qaratqich   kelishigi   affiksining   sinonimi   sifatida
ishlatiladi.   Misollar:   Io‘q!   Siz   bilasiz!   Manim   peshanamga   nelar   yozilgan,
saltanatning taqdiri na bo‘lur– bari-ni bilasiz. Ona xalqim, jon-tanim manim, O‘zbek
iston, Vatanim manim. («Sharq yulduzi».)
Tushum kelishigi affiksining saqlanishi  yoki tushirib qoldirilishi ko‘p jihatdan
uni   boshqarib   kelgan   so‘zning   xarakteriga   bog‘liq.   Masalan,   suv   ichdim   deyish
mumkin, ammo suv sevaman deyish mumkin emas.
R.Qo‘ng‘urov   mumtoz   adabiyotda,   ba`zan   shevalarda   ushbu   kelishikning   -
i/-i   shakllari yordamida ifodalanishini qayd etgan:   Xonim suyukli soching vor, na sud
shonasi yo‘q, / Ochib desam so‘zimi ma`rifat nishonasi yo‘q  (So‘fizoda). 5
Tushum  kelishigi bilan chiqish kelishigi funksiyasi  ba’zan boshqa o‘rinlarda
ham   bir-biriga   yaqinlashishi   mumkin.   Masalan,   daryoni   kechib   o‘tdi   //   daryodan
kechib   o‘tdi   misollarini   qiyoslang.   Har   ikki   misolda   ham   daryodan   o‘tish   harakati
haqida   gap   boradi,   ammo   nimaga   ahamiyat   berilishi   jihatidan   ularning   ma’nosida
nozik farq mavjud. Misol: Hayot daryodan kechib o‘tish emas.– Shu daryoni qanday
kechib   o‘tganini   hisoblash   mumkinmikan.   («Begonalar   baxti».)   Demak,   tushum
kelishigi affiksi ayrim va riantlari bilan ba’zi affikslar bilan omonimik va jo‘nalish,
o‘rin,   chiqish   kelishiklari   affikslari   bilan   kontekstual   sinonimik   munosabatga
kirishadi.
Bundan   tashqari,   tushum   kelishigi   affiksi   ba’zi   hollarda   ko‘makchilar   bilan
ham   funksiyada,   ham   anglatgan   ma’noda   yaqin lashadi   va   o‘zaro   sinonimik
munosabatda   bo‘ladi.   Q i y o s l a n g :   Muhabbatini   so‘zladi   //   muhabbati   hasida
(to‘g‘risida) so‘zladi.  Ko‘rpachani oyog‘iga yopdi // ko‘rpacha bilan oyog‘ini yopdi.
5
  Qo‘нg‘уров Р.  O‘збек тили стилистикасидан очерклар, 77-б. Hozirgi   o‘zbek   tilida   jo‘nalish   kelishigining   ko‘rsatkichi   -ga.   U   bir   qancha
fonetik   (-ka,   -qa,   -ko),   dialektal   va   tarixiy   (-ga,   -a,   -na,   -garu,   -karu,   -nar   kabi)
variantlarga ega.
Eski o‘zbek tilida, ba’zi bir shevalarda jo‘nalish kelishigi affiksi o‘rin kelishigi
affiksi   bilan   sinonim   sifatida   ishla-tiladi.   Masalan,   «Boburnoma»da:   Manko   fursat
bo‘lmadi   jum-lasida   jo‘nalish   kelishikdagi   manko   so‘zi   Menda   fursat   bo‘lmadi
gapidagi   o‘rin   kelishigi   ifodalagan   ma’noni   anglatadi.   Biroq   o‘zbek   tilining
Samarqand,   Buxoro   shevalarida   jo‘nalish   va   o‘rin   kelishiklarini   farqlamasdan
ishlatilishi stilistik xatodir.  Masalan: Registonga (Registonda) non beropti; Registonda
(Re- gistonga)   boramiz;   Bolani   (bolaga)   azob   bermang.   Bunday   holat   ba’zi   badiiy
asarlarda ham uchraydi:– Voydod, ilgari mushtga musht bilan javob qaytarilmas edi,
javobgar bo‘lardi. Sudda shikoyat qilaman. («Mushtum».) 
Jo‘nalish   kelishigi   affiksi   fe’ldan   anglashilgan   harakatning   obyektga   to‘la
o‘tganligini  (voqyeaga tushundi  – voqeani tushundi) ifodalaganda, tushum  kelishigi
bilan, harakat predmet-ning qismiga yoki  qismi  orqali  butunga o‘tganligi ma’nosini
anglatganda,   chiqish   kelishigi   bilan   sinonimik   munosabatda   bo‘la-di:   Qo‘ltig‘idan
kirib,   oyog‘ini   yerga   tegizmay   olib   keta   berdi   («Kuntug‘mish»dan.).
Q i y o s l a n g :     qo‘ltig‘idan // qo‘ltig‘iga.
Bundan   boshqa   holatlarda   ham   jo‘nalish   va   chiqish   kelishiklari   affikslarini
sinonim   sifatida   biri   o‘rnida   ikkinchisini   ishlatish   mumkin.   Masalan,   Elga   el,
yomonga   olisligimdan,   Do‘st   bo‘ldik,   oppog‘im,   o‘la-o‘lguncha.   (S.   Zunnunova.)
Mehr-muhabbatga to‘ymaydi inson (S. Zunnunova.) gaplarida yomonga, muhabbatga
so‘zlarini chiqish kelishigiformasida ham ishlatish mumkin (hatto lozim ham). Mana
bu   misollarda   esa   chiqish   kelishigi   affiksi   jo‘nalish   kelishigi   anglatadigan   ma’noni
ifodalagani   sababln   chiqish   kelishigi   affiksi   o‘rnida   jo‘nalish   kelishigi   affiksini
qo‘llash   imkoniyati   bor:   Kimdir   shunday   kichkina   teshikdan   ho‘kiz   sig‘ishiga   aql ishonmasligi   to‘g‘risida   kishilarga   gap   ma’qullaydi.   (A.   Q.)   J e y m s   T e y l o r .
Maqsaddan keling?! (S. Azimov.)
Aksincha, jo‘nalish kelishigi narx, qiymat ma’nosini angla tish uchun 
ishlatilganda, chiqish kelishigi bilan antonimik muno-sabatda bo‘ladi:    Bu 
daftarlarni bir so‘mga oldim    (bir   necha daftar bir so‘mga olingan – jamlik) – Bu 
daftarlarni bir so‘m dan oldim  (har bir daftar uchun bir so‘mdan to‘langan – 
partitivlik). 
O‘zbek   tilida amal, lavozim bildiruvchi otlar jo‘nalish kelishigidagi so‘zlarni
ham,   o‘rin   kelishigidagi   so‘zlarni   ham   bosh-qara   oladi.   Bunday   vaqtda   jo‘nalish
kelishikli   birikma   va   o‘rin   kelishikli   birikma   bir-biriga   nisbatan   sinonimik
munosabatda   bo‘ladi:   zavodda   direktor   //   zavodga   direktor;   kolxozda   rais     //
kolxozga rais kabi.
Bularni   ikki   formada   qo‘llash   birikma   ma’nosiga   keskin   ta’sir   qilmasada,
formalar bir-biridan ma’lum jihatlari bilan farq qiladi. Ya’ni bu birikmalarning qaysi
formasini   qo‘llash   so‘zlovchining   maqsadiga   bog‘liq:   agar   diqqat   markazida
shaxsshshg   lavozimini   aniqlash   tursa,   tobe   so‘z   o‘rin   kelishigida   bo‘ladi.
Q i y o s l a n g : Institutda kim bo‘lib ishlaydi?–  Institutda dosent bo‘lib ishlaydi. Agar
diqqat-e’tibor   lavozim   egasishshg   faoliyat   ko‘rsatish   obyektiga   qaratilgan   bo‘lsa,
tobe   so‘z   jo‘nalish   kelishigi   affiksini   qabul   qiladi:   kolxozga   rais,   zavobga   direktor
kabi. Lekin bunday so‘zlar boshqaruvidan yuzaga kelgan birikmalarning hammasini
ham   ikki   xil   formada   qo‘llay   berish   mumkin   emas.   Masalan,   zavodda   injener,
rayvodxo-da   texnik,   kolxozda   brigadir,   maktabda   o‘qituvchi   kabi   birikma-larning
tobe   so‘zini   ham   jo‘nalish   kelishigida   qo‘llash   mumkin   emas.   Ya’ni   kolxozga   rais,
maktabga   direktor   deyish   mumkin,   ammo   kolxozga   brigadir,   maktabga   o‘qituvchi
deyish   mumkin   emas.   Chunki   brigadir   va   o‘qituvchining   faoliyat   ko‘rsatish   doirasi
kolxoz va maktabni to‘la   qamrab olmaydi. Jo‘nalish   kelishigi   maqsad,   sabab   ma’nolarini   anglatganda   ko‘makchilardan
(uchun,   ko‘ra)   tashqari,   boshqa   so‘zlar   (sababli,   maqsadida)   bilan   ham   sinonimik
munosabatga   kirisha   oladi.   Ba’zan   jo‘nalish   kelishigi   affiksi   maqsad   yoki   sabab
ma’nosidan   boshqa   ma’noni   anglatib,   jo‘nalish   va   bosh   kelishikdagn   otni   fe’l   bilan
munosabatga   kiritganda   ham   ko‘makchilar   bilan   grammatik   sinonim   bo‘la   oladi.
Misollar: Yakka va tarqoq xo‘jalik-lar uyushib, kollektiv oilalar tuzishga kirishdilar.
(H.   0.)   //   tuzish   uchun;   Qo‘sha   qarimoqqa   muhr   bo‘ladi   –   Hayotda   ikki   lab   qo-
vushgan bir zum. (G‘. G‘.) // qo‘sha qarimoq uchun; Ma’rifat insonga xos Go‘yo ko‘z
qarog‘idir. (G‘. G‘.) Inson uchun.
Jo‘nalish kelishigi  vosita, o‘rin ma’nolarini  anglatganda,  bilan ko‘makchisiga
sinonim   bo‘la   oladi.   Bunday   vaqtda   jo‘nalish   kelishigidagi   so‘z   ko‘pincha   to‘lmoq
fe’li   tomonidan   boshqarila-di.   Misollar:   Ko‘nglim   quvonchlarga   to‘ldi   limmo-lim...
(«As. M.») IIquvonchlar bilan. Samarqand shikoyatga to‘lib ketdi. (H. 0.) II shikoyat
bilan.
Umuman,   jo‘nalish   kelishigi   o‘zining   ko‘p   xususiyatlari   jihatidan   bilan
ko‘makchisiga yaqinlashadi. Bu esa ko‘p hollarda ularning bnri o‘rnida ikkinchisini
ishlatish   imkonini   beradi.   Qiyosl   a   n   g:   Doim   tongga   yo‘ldosh   bo‘lgani   uchun
Quyosh chehrasidan ari-mas xanda. (S. Zunnunova.) S tong bilan; Toshmoqda borsh
bilan limmo-lim qozon, Gitarada bir kuyni Vanya timdalar.  (G‘. G‘.)
Jo‘nalish   kelishigidagi   so‘z   fikr   biror   shaxs,   predmet   haqida   borayotganligi
ma’nosini   anglatganda,   haqida   (haqda),   xusus,   to‘g‘ri   kabi   ko‘makchi   otlar   bilan
sinonimik   munosabatga   kirishishi   mumkin.   Bunday   vaqtda   ma’noga   ayrim   juz’iy
konkret-lilik   kiritishni   hisobga   olmaganda   hyech   qanday   o‘zgarish   yuz
bermaydi:   ...eski   shahzodalardan   biriga   qasida   yozib,   murojaat   qilishni   taklif   etdi.
(0.) // biri haqida qasida yozib... Jo‘nalish kelishigi affiksi harakat yuz bergan o‘rin ma’nosini anglatish uchun
ishlatilganda   uzra   ko‘makchisi   bilan   funk-siyadosh   bo‘la   oladi.   Misollarni
Q i y o s l a n g :  Oy quyuq barglarni oralab, Tangalab nur sochdi qizning boshiga. (S.
Zunnunova.)   /I   boshi   uzra...   Borliq   uzra   tushganda   oqshom,   Zaynab   qo‘ydi   dalaga
qadam. (H. 0.) // borliqqa tushganda.
Chiqish   kelishigining   grammatik   ko‘rsatkichi   –dan   bo‘lib,   uning   mumtoz
adabiyotda   va   shevalarda   -din/-don,   -tan/-ton,   -nan/non   kabi   ko‘rinishlari
mavjudligi haqida ilmiy manbalarda ma`lumotlar mavjud. 6
Chiqish kelishigi ham o‘zi qo‘shilib kelgan so‘z tabiati, kontekst bilan bog‘liq
ravishda   qaratqich,   jo‘nalish,   o‘rin   kelishiklari   affikslari,   so‘ng   ko‘makchilar   va
boshqa konstruksiyalar bilan sinonimik munosabatga kirishadi. Bu esa kerak bo‘lgan
o‘rinda tanlash imkoniyatini yaratuvchi variativ va parallel konstruksiyalarni yuzaga
keltiradi.
Chiqish   kelishigidagi   so‘z   to‘dadan   ajratilganlik   ma’nosini   anglatish   uchun
ishlatilganda   qaratqich   kelishigining   xuddi   shunday   ma’no   qirrasi   bilan   sinonimik
munosabatga   kirishadi.   Bun-day   vaqtda   chiqish   yoki   qaratqich   kelishigidagi   so‘z
individlar   to‘dasini   ko‘rsatadi,   ajratilgan   predmet   esa   bosh   kelishikda   bo‘-ladi.
Misollar:   Sekretar   o‘zining   Saodati   abadiya   yo‘liga   bosh-lab   tarbiya   qilgan
jujuqlardan biri Javdat Naim edi. (A. Q.) /I jujuqlarning biri;– Hu, bolalar, yangi yil
endi kirdi-ku, nega bahor kelsin deyapsiz?–degan edi, bolalardan tetikrog‘i:– Amaki,
bahor kelsa, qushlar ham keladi,– dedi.
Demak,   qism   bildiruvchi   so‘z   son   yoki   sifatdan   bo‘lmaganda,   ular   egalik
affiksini   qabul   qilmaganda   chiqish   va   qaratqich   kelishiklari   faqat   funksiyadoshlik
jihatdan   yaqinlashadi,   al-mashtirib   ishlatish   esa   mumkin   bo‘lmaydi.   Almashtirish
uchun yuqoridagidek boshqacha transformatsiyani  ishga solish, ya’ni ularning birini
6
  G‘уломов А.  O‘збек тилида келишиклар // O‘зФА филилали асарлари, II серия, II китоб. –
Т.,1941. ikkinchisi   bilan   almashtirishga   imkon   beruvchi   gram-matik,   kontekstual   sharoit
yaratish kerak.
Quyidagi   misolda   o‘rin   kelishigi   o‘rnida   chiqish   kelishigi   affiksining
ishlatilishini   individual   stilga   xos   holat   deb   qarash   lozim:   Men   o‘zimga   ham,
Yegorga   ham   yorug‘   kelajak,   porloq   taqdir   yaratishga   harakat   qilmoqdaman.   Bu
to‘g‘ridan kampir tinch  bo‘lishi mumkin. (G‘. G‘.)
Kelishikli  (-ni, -dan)  konstruksiyalar  ko‘proq og‘zaki  so‘zlashuv  nutqi  uchun,
ko‘makchili   konstruksiya   esa   yozma   nutq   uchun   xosligi   bilan   xarakterlanadi:   Abror
kelib   otasini   so‘radi   va   uyga   mehmon   kelganligidan   xabar   beradi.   (A.   Q)//
kelganligidan xabar berdi // kelganligi haqida xabar berdi.
Chiqish   kelishigi   affiksi   sifat   yoki   ravishning   qiyosiy   daraja   formasi   bilan
birgalikda chog‘ishtirish ma’nosi uchun ishlatilganda, -ga + qaraganda, -ga + nisbatan
konstruksiyalari   bilan   sinonim   bo‘ladi:   bundan   kattaroq   Sbunga   qaraganda   (bunga
nis-batan)   kattaroq;   bundan   tezroq   //   bunga   qaraganda   (bunga   nis-batan)   tezroq.
Xuddi   shu   ma’noda   ko‘ra   ko‘makchisi   bilan   ham   sinonimik   munosabatga   kirishadi:
Kampir odatdagidan chaqqonroq harakat qilar edi. (A. Q) // odatdagidan ko‘ra.
Chiqish   kelishigi   affiksi   sabab   ma’nosini   anglatganda,   uni   sababli,   tufayli
so‘zlari   bilan   almashtirib   ishlatish   mumkin:   Kasalligimdan   kela   olmadim   //
kasalligim   sababli   kela   olma-dim;   G‘oyati   nozikligidan   suv   bila   yutsa   bo‘lur   //
nozikligi tu-fayli suv bila yutsa bo‘lur.
-dan   egalik,   qarashlilik   ma’nosini   anglatganda,   -niki   (bu   qo‘ylar   kimdan   //
kimniki)   morfemasi   tegishlilik,   o‘rin   ma’nosini   bildirganda,   -lik   morfemasi   bilan
(Samarqanddan   //   samar-qandlik);   tartib   sonlarga   qo‘shilib,   kirish   bo‘lak   vazifasida
kelganda, -si morfemasi bilan sinonim bo‘ladi. -dan va -si li konstruksiyalar ko‘proq
so‘zlashuv   nutqida   ko‘p   ishlatilishi   bi-lan   xarakterlanadi:   Qo‘klam   kelishi   bilan   bir
necha   ishlarni   amalga   oshirish   lozim:   birinchidan,   ariq-zovurlarni   qazish, ikkinchidan,   toklarni   ochish,   uchinchidan,   o‘simliklarning   ortiqcha   va   quruq
shoxlarini qirqish // birinchisi, ikkinchisi, uchinchisi.
Hozirgi   o‘zbek   tilida   chiqish   kelishigi   affiksining   ilgari,   avval,   oldin,   burun,
so‘ng,   keyin,   beri,   buyon,   boshqa   kabi   ko‘makchilar   bilan   ishlatilishi   shartlangan.
Beri,   buyon   ko‘makchila-ridan   boshqa   ko‘rsatilgan   ko‘makchilar   chiqish   kelishigi
affiksi   bilan   ishlatilganda,   kelishik   affiksini   yoki   ko‘makchini   tushurib   qoldirish
mumkin   emas.   Aks   holda   ma’no   o‘zgarib   ketadi.   Q i y o s l a n g :   Hammadan   avval
ishga   kirishdi   //   hamma...   (?)   avval   ishga   kirishdi   //   hammadan...   (?)   ishga   kirishdi;
Oshdan   keyin   achchiq   ko‘k   choy   damladi   //   osh...   (?)   keyin   achchiq   ko‘k   choy
damladi // oshdan...  (?) achchiq ko‘k choy damladi kabi.
Ba’zi   ko‘makchilar   esa   chiqish   kelishigi   bilan   sinonimik   vo-sita   sifatida
ishlatilishi   mumkin.   Masalan,   bilan   ko‘makchisi   kontekst   bilan   bog‘liq   ravishda
harakatning   ma’lum   yuza   bo‘yicha   bajarilganligini   ko‘rsatishi   mumkin.   Bu   bilan
ko‘makchisining qo‘shimcha ma’nosi bo‘lib, shu ma’nosi vositasida -dan affiksi bilan
sinonimik munosabatga kirishadi: Tosh yo‘l bilan yur/1 Tosh yo‘ldan yur.
Chiqish kelishigi  o‘zining asosiy ma’nosidan tashqari, ko‘zidan akasi, jonidan
akasi   tipidagi   birikmalarda   ekspressivlikni;   yaxshilardan   yaxshisi,   go‘zallardan
go‘zali   tipidagi   kons-truksiyalarda   qiyos,   kuchaytirish;   uni   yelkasidan   quchdi   kabi
ho-latlarda   qism   orqali   butunni   anglatish   kabi   qo‘shimcha   ma’nolarni   ifodalaydi.
Hatto   kontekst   bilan   bog‘liq   ravishda   -dan   o‘zinyang   asosiy   ma’nosi   –   harakatning
boshlanish o‘rni yoki paytiga qarama-qarshi bo‘lgan ma’noni – borib yetganlikni ham
ifodalay oladi
O‘rin     kelishigi   «statik»,   jo‘nalish   kelishigi   «dinamik»   harakatni   ko‘rsatadi.
Lekin   shunga   qaramay   og‘zaki   nutqda,   shevalarda,   hatto   yozma   nutqda   ham
ko‘pincha   o‘rin   va   jo‘nalish   kelishik-larini   farqlamay   ishlatish   hollari   mavjud.
Masalan: To jil-va qildi ul pari, men mubtalo kayda boray, Emdi degaykim, bor nari, men   mubtalo   kayda   boray.   (Muqimiy.)   Bu   misollarda   jo‘nalish   kelishigi
qo‘shimchasini qo‘llash lozim edi. Quyidagi misollarda esa jo‘nalish kelishigi emas,
o‘rin   kelishigi   affiksi   qo‘llansa   maqsadga   muvofiq   bo‘lardi:   Tog‘larga   «qizillar»
bekingan... (H. b.) Qorinlar ham piyoz bo‘lib to‘xtabdu, nonushtani qayerga qilamiz,
Shahriyor. (A. Qod.)
Ba’zan   jo‘nalish   va   o‘rin   kelishiklaridan   qaysi   birini   ishlatish   lozimligini
aniqlash   juda   qiyin.   Misollar:   Va   o‘rnidan   qo‘zg‘alib   xomush,   sekin   kelib   joyiga
yotdi.  (H.  0.)   Turobjon  ham   daricha  yoniga  o‘tirdi.  (A.  Q.)  Bunday   holatni   olimlar
o‘rin   va   jo‘nalish   kelishigining   tarixan   –   genetik   bir   kelishik   bo‘lganligi   bilan
izohlaydilar.
Xuddi   shu   sabablarga   ko‘ra   bo‘lsa   kerak,   o‘zbek   tilida   chiqish   va   o‘rin
kelishiklarini   ham   farqlamasdan   ishlatish   holatlari   uchraydi:   Lekin   orada   bir   necha
kun   o‘tgach   Xayriddin   bunga   javoban   Minorka   shahrini   bosib   oldi.   («Fan   va   tur-
mush».)
Avvalo,   birinchi   misoldagi   o‘rtamizda   so‘zi   noo‘rin   ishlatilgan.   Chunki   gap
ikki   yoki   ko‘p   kishi   munosabati   haqida   borganda   o‘rta   so‘zini   emas,   ora   so‘zini
qo‘llagan   ma’qul.   Ikkinchidan,   o‘rtamizda   so‘zi   harakat   fe’li   bilan   bog‘langan.
Shuning  uchun   o‘rin  kelishigi   emas,   balki   chiqish   kelishigi   affiksini   ishlatish   kerak.
Ikkinchi   gapda   ham   chiqish   kelishigini   ishlatish   zarur-ligi   sezilib   turnbdi,   quyidagi
misollarni   ham   kuzating:   Kampirning   yuzidan   kulgiga   o‘xshagan   bir   narsa   aks   etdi.
(A. Q.)  Asrorqulning... yuzidan soxta  tabassum  aks etdi. (A. Q.)–aks etdi– n i  m  a?
aks etdi tabassum aks etdi; tabassum qayerda (yoki  n i m a d a ) ?  aks etdi (q a ye r d a
n emas) yuzida aks etdi.
Ayrim   hollarda   o‘rin   kelishigi   maqsadni   bildiradi   va   nima   u c h u n ? ,   nima
m a q s a d d a ? ,   n i m a g a ?   kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi. Bunday vaqtda u bilan,
uchun   ko‘makchilariga   sinonim   bo‘lishi   mumkin.   Masalan,   bilim   olish   maqsadida, o‘qish niyatida universitetga kirgan edim // bilim olish maqsadi bilan I/ o‘qish niyati
bilan // bilim olish uchun // o‘qish uchun kabi: Sen deganda bir yor topilur. (H. 0.) S
sening uchun bir yor topilur.
O‘rin   kelishigining   qo‘shimchasi   ba’zan,   ko‘makchili   konstruksiyaning
vazifasini bajaradi: Juda ham holdan ozdim, Sandiq-da o‘layozdim. (H. 0.) // sandiq
ichida...; Qalandar kiyimida Bo‘lsa hamki, qilichi Ko‘rinardi shimida. (H. 0.) // shimi
ichida...
Agar   ot   ost,   ust,   ich,   o‘rta   tipidagi   ko‘makchilar   bilan   birga   kelsa,   o‘rin
kelishigi   qo‘shimchasi   ko‘makchiga   qo‘shiladi.   Ko‘makchi   tushirilib   qoldirilsa,   u
endi otga qo‘shiladi va birikma ang-latgan ma’noni berishga xizmat qila beradi: Tog‘
boshida qonga botib, shoir o‘ladir. Tog‘ boshida bir umrga paymon to‘ladir. (H. O.)
Qiyos:   Tog‘da   qonga   botib   shoir   o‘ladir,   Tog‘da   bir   umrga   paymon   to‘ladir.   Farq
faqat   shundaki,   ko‘makchili   konstruksiyada   harakat   yuz   bergan   o‘rin   aniq,   konkret:
tog‘da   tog‘ boshida.
O‘rin     kelishigi   affiksi   vosita   ma’nosini   anglatish   uchun   ishlatilganda   orqali
ko‘makchisi   bilan   sinonimik   munosabatga   ki-rishadi.   Masalan:   Kolxozchilarning
bugungi   vazifasini   kolxoz   raisi   radioda   e’lon   qildi   //   radio   orqali   e’lon   qildi.   Shu
xususiyati   bilan   o‘rin   kelishigi   affiksi   chiqish   kelishigi   bilan   funksiyadosh   bo‘ladi:
Kolxozchilarning bugungi vazifasini kolxoz raisi radiodan e’lon qildi.
-da o‘rin va payt ma’nosidan tashqari, kontekst bilan bog‘liq ravishda quyidagi
kabi qo‘shimcha ma’nolarni ham ifodalaydi:
Sabab   ma’nosini:   Ishqingda   men   bahorlar   topdim,   Bahor   ichra   nahorlar
topdim. (H. 0.) – ishqing sababli.
Shart   ma’nosini   reallashtiradi:   Majlisda   katta-kichik   degan   gap   bo‘lmaydi,
qofiyasi kelganda otangni ham ayama. (A. Q.) – qofiyasi kelsa...   EGALIK   KATEGORIYASINING   STILISTIK  XUSUSIYATLARI
Hozirgi   o‘zbek   tilida   egalik   kategoriyasi   ko‘rsatkichlarining   morfologik
variantlari   uncha   ko‘p   emas.   Ikkinchi   shaxsning   ko‘pligi   uch   morfologik   variantga
ega:   -ingiz,   -inglar,   -laring.   Uchin-chi   shaxs   ko‘rsatkichining   esa   ikkita   morfologik
varianti bor: -i, -si.
-i,   -si   variantlarining   qo‘llanishi   qat’iy   qonuniyatga   asoslangan.   Ularni   biri
o‘rnida ikkinchisini ishlatish ko‘pincha adabiy til normasining buzilishiga olib keladi.
Ba`zan poetik nutqda – she`r texnikasi talabi bilan bo‘lgan bo‘lishi mumkin –
egalik   qo‘shimchalari   tushirib   qoldiriladi   va   fikrning   qaysi   shaxsga   tegishliligi
qaratqich   kelishigida   kelgan   olmoshlardan   anglashiladi:   sening   bunkerda,   mening
yoshlik  kabi. eski o‘zbek tilida ham abstrakt egalik ma`nosi qaratqich kelishigi shakli
bilan   ifodalangan   va   ba`zan   zamonaviy   poeziyada   ham   ko‘zga   tashlanib
turadi. Qaratuvchi   qo‘llanmagan   holatda   tegishlilik,   xoslik   ma’nosi   egalik   affiksini
olgan   qaralmishdan   sezilib   tursa,   bu   morfologik   yo‘l   bilan   egalikning   ifodalanishi
hisoblanadi 7
.
O‘zbek     tilida,   umuman   turkiy   tillarda   ham   egalik   affiks-larining   kishilik
olmoshlariga aloqadorligi, ya’ni egalik affiksining har biri o‘zi qo‘shilib kelgan so‘z
orqali ifodalangan predmetning ma’lum shaxsga tegishli ekanlipshi ko‘rsatishi xuddi
shu   shaxslarni   ko‘rsatuvchi–   kishilik   olmoshlari   bilan   ifodalangan   qaratuvchini
tushirib   qoldirish   imkoniyatini   tug‘diradi.     Q i y o s l a n g :   mening   kitobim   //
kitobim, sening kitobing I/ kitobing.
7
  Абдураhмонов G‘., Шукуров Ш.  O‘збек тилининг тарихий грамматикаси. – Т.: Фан, 1973, 32-б.;
Qo‘нg‘уров Р.  O‘збек тили стилистикасидан очерклар. – Самарqанд, 1975, 60-б. “O‘zbek   tili   stilistikasi”   kitobida   egalik,   qarashlilik   ma`nosi   e ga,   qarashli,
tegishli,   shaxsiy,   xos,   o‘z   kabi   maxsus   so‘zlar   yordamida   ifodalanishi   haqida   ham
ma`lumot beriladi 8
.
O‘zbek     tilida   tegishlilik   ma’nosi   Sen   irodang   bilan   hammani   qoyil   qilding.
Men qalbim, jonim bilan partiya ishiga sodiqman. U Vatani oldidagi burchini oqladi
tipida ham faqat egalik affiksi vositasida ifodalanadi. Hatto bunday konstruksiyalarda
olmoshlarni qaratqich kelishigi bilan qo‘llash mumkin emas. Uni qaratqich kelishigi
bilan Mening qalbim, tanim bilan partiya ishiga sodiqman. Sening irodang bilan qoyil
qilding.   Uning   Vatani   oldidagi   burchini   oqladi   tipida   qo‘llash   g‘aliz,   noaniq
fikrlarning   kelib   chiqishiga     sabab     bo‘ladi.     Bu, ayniqsa, uchinchi gapda yaqqol
seziladi. Qiyoslang: birinchi ko‘rinishda (U Vatani oldidagi burchini oqladi) uchinchi
shaxs   Vatani   oldidagi   o‘z   burchini   oqladi   ma’nosi   anglashilsa,   keyingi   holatda
tamoman   bunga   qarama-qarshi   ma’no   –   subyekt   o‘z   Vatani   oldidagi   emas,   balki
boshqa   birovning   Vatan   oldidagi   burchini   ado   etdi   ma’nosi   anglashiladi.   Bunday
holatlarda   ay-tilmoqchi   bo‘lgan   fikr   konkretligini,   aniqligini   saqlash   uchun,   albatta,
kishilik   olmoshlaridan   so‘ng   o‘zlik   olmoshini   ham   (o‘z)   keltirish   lozim   bo‘ladi.
Kishilik   olmoshi   belgisiz   bo‘lishi,   o‘zlik   olmoshi   esa   kerakli   shaxsni   ko‘rsatuvchi
egalik affiksini  olishi  yoki  u ham  belgisiz bo‘lishi  mumkin. Ammo har  ikki  holatda
ham   egalik   affiksini   olgan   so‘z   orqali   ifodalangan   predmet   o‘zlik   olmoshi   birga
kelgan   so‘z   ko‘rsatgan   shaxsga   tegishli   ekanligi   anglashiladi.     Q i y o s l a n g :   Sen
o‘z   irodang   bilan   hammani   qoyil   qilding   //   Sen   o‘zingning   irodang   bilan   hammani
qoyil qilding. Men o‘z qalbim, jonim bilan partiya ishiga sodiqman /I Men o‘zimning
qalbim, jonim bilan partiya ishiga sodiqman. U o‘z vatani oldidagi burchini oqladi //
U o‘zining Vatani oldidagi burchini oqladi kabi.
8
Шомаqсудов ва бошq.  O‘збек тили стилистикаси. – Т.,1983, 98-б   Egalik   affiksi   ba’zi   so‘zlarga   qabatlangan   holda   qo‘shiladi,   ya’ni   bir   negizda
egalik   affiksi   pleonastik   ravishda   takrorlanadi.   Bunday   vaqtda   ta’kidlash,   ajratib
ko‘rsatish ma’nosi anglashiladi: Mana bunisinimi, u barmog‘i bilan nuqib ko‘rsatdi. 
Qaralmish   atoqli   otlar   bilan   ifodalanganda,   I   shaxs   egalik   affiksining   ko‘plik
formasi   tushirilib   qoldirilishi   mumkin:   bizning   Lenin,   bizning   Vatan,   bizning
Toshkent, bizning Oygul kabi.
Bunda   egalik   affiksi   tushirib   qoldirilganligi   qaratqichdan   bilinib   turadi.
Qaratqich qaralmishli birikmaning bu ko‘rinishi poetik nutq uchun xos.
3. Qaratqich   qaralmish   orqali   ifodalangan   predmet   yoki   bel-
gi   bilan   faxrlanganda,   mag‘rurlanganda   III   shaxs   egalik   affik-
sining   ko‘pligi   tushirilib   qoldirilishi   mumkin:   Biznikg   xotin-
larga   hayo   fazilat,   Vafo   hunaridir,   mehnat   odati.   (G‘.   G‘.)   Biz-
ning keksalar, bizning o‘g‘il, bizning yor kabi birikmalar ham
Egalik   affiksini   olgan   so‘zlar   sof   egalik   (real   qarashlilik),   qarashlilik
ma’nosidan tashqari, quyidagi ma’no nozikliklarini ifodalaydi:
1.   Erkalatish,   ilhomlantirish   ma’nosini.   Bu   ma’no   ko‘proq   egalik   affiksini
olgan so‘zni erka, xushro‘y, jon, ona kabi so‘zlar yoki subyektiv baho formalari bilan
birga ishlatish nati-jasida kelib chiqadi, bu so‘zlar va subyektiv baho formalari egalik
affiksining   shu   ma’noni   ifodalashida   aktualizator   rolini   bajaradi.   So‘zlovchi   yoki
yozuvchi egalik affiksini bunday qo‘llashda shu affiksni olgan so‘z orqali ifodalangan
predmetga yoki voqyea-hodisaga befarq qaramaydi, unga o‘z munosabatinn bildiradi.
Bu   munosabat,   asosan,   ijobiy   xarakterga   ega   bo‘ladi.   Biroq,   shuni   unutmaslik
kerakki,   intonasiya   vositasida   har   qanday   ijobiy   ma’no   bildiruvchi   yoki   neytral
ma’noli   so‘zga   ham   konkret   situasiyada   salbiy   ottenka   berish   mumkin.   Qizim,
qizginam,   bolam,   bolajonim,   ona   qizim,   erka   qizim,   erkao‘g‘lim   tipidagi   so‘zlar   va
birikmalarning   ekspressivlik   jihatdan   farqini   chog‘ishtirib   ko‘ring:   qizim   so‘zi intonasiya   yordamida   erkalatish   ma’iosini   beradi.   Lekin   qizginam,   bolajonim,   ona
qizim   kabi   so‘z   va   birikmalar   alohida   intonasiyasiz   ham   erkalatish   ma’nosini   bera
oladi: Barakalla, bolajonlarim, ko‘ngillaringga nima yoqsa, shuni qilinglar, – dedi u.
(S. Anor-boyev.)
Erkalash,   ilhomlantirish   ma’nosini   kuchaytirish   niyatida   ba’zan   egalik   affiksi
oldidagi   subyektiv   baho   formalari   birdan   ortiq   qo‘shiladi:   Oyijonginam,   sizni
qanchalar   yaxshi   ko‘ri-shimni   bilsangiz   edi,–   deya   uning   yuzlaridan   o‘pdi.   (S.
Karoma-tov.) Bu ma’no egalik affiksi va ekspressiv xarakterdagi so‘zlarni takrorlash
bilan ham ifodalanadi: Jon bolam, o‘rgilay... ikkovini xijolatga qo‘yma! (A. Q.)
Ko‘rinadiki, erkalatish, ilhomlantirish ma’nosi ko‘proq egalik affikslari qavm-
qarindoshlik   terminlariga   qo‘shilganda   anglashiladi.   Ular   boshqa   so‘zlarga
qo‘shilganda – Ilohi tilgi-nangizdan o‘rgilay!– dedi xotin va yana erkalab o‘g‘lining
boshi-ni  silab  qo‘ydi. (J.  Ikromiy.)   gapidagi   kabi  ba’zan  erkalash   ma’nosini  bildirsa
ham, ko‘proq kichraytish ottenkasini ifodalash uchun xizmat qiladi.
Koyish, nolish, norozilik ma’nosini. Bunday ma’noni aniqlashda kontekstning
ahamiyati   katta:–Sho‘rginam   qursin...   Ko‘rmaysizlarmi...   Besh-olti   yildan   beri   bitta
paypoq olib ber-gani  yo‘q-ku... hamma kiyimlarimga kerosin sepib o‘t  qo‘ydi.... (L.
Q.)
Tinchlantirish,   achinish   ma’nosini.   Bunda   ham   intonasiya,   kontekst   hal
qiluvchi   rol   o‘ynaydi:–Bolaginam,   bu   ahvolda   o‘zingni   o‘zing   yeb   qo‘yadiganga
o‘xshaysan-ku!  («Guldasta»-)
Kinoya, kesatiq ma’nosini. Sovqotib qoldinglarmi?– Sovuq, oshnam, qishloqqa
tez  yetamizmi  deyapman? (D. Furmanov.)
Egalik   affiksini   olgan   so‘z   undalma   vazifasida   kelib,   tinglovchining   diqqatini
o‘ziga   tortish   uchun   ishlatiladi.   Shu   bilan   birga   ogohlantirish,   ta’kid,   mensimaslik ma’nosini   bil-diradi:   Inim,   sen   hali   yoshsan,   endi   yigirma   ikkiga   qadam   qo‘yding...
(J. Sharipov.)
Faxrlanish, kamtarinlik ma’nosini bildiradi. Qamtarinlik ma’nosi, asosan, ilmiy
stil   uchun   xos   bo‘lib,   egalik   affiksining   ko‘plik   formasi   uning   birligi   o‘rnida
qo‘llanganda   yuz   beradi.   Misol:   Ishimizda   yirik   turkologolimlarning   fikrlariga
asoslanganmiz   (ishimda   deyilmoqchi).  Faxrlanish   ma’-nosini   anglatish   uchun   egalik
affiksidan foydalanish og‘zaki nutqda ham, badiiy asar tilida ham uchraydi: Olaxo‘ja
tushuntirdi:
    – Bu, bizning o‘g‘limiz, mulla, buni o‘zingiz alohida e’tibor berib o‘qitasiz. (P. T.)
Xulosa   qilib   aytadigan   bo‘lsak,   hozirgi   o‘zbek   tilida   kelishik   affikslarining,
zamon,   mayl   formalarining,   ayrim   yasovchi   affikslarning   bir-biriga   nisbatan
sinonimik   munosabatda   bo‘lishi,   ularning   biri   o‘rnida   ikkinchisini   ishlatish
imkoniyati masalasi ham grammatik stilistikaning o‘rganish obyektidir.
Tilning   u   yoki   bu   grammatik   formasi   ma’lum   davr   uchun   eskirgan   bo‘lishi
yoki faqat ayrim stillar uchungina xarakterli bo‘lib qolishi mumkin. Shu sababli zarur
grammatik   formani   tanlayotganda,   uning   to‘g‘ri   yoki   noto‘g‘ri   tanlanganligini
tekshirayotganda   tekst   mazmuni,   uning   qanday   janrga   tegishli   ekanligi,   qaysi   davr
voqyeahodisasi bayoniga bag‘ishlanganligi yoki umumiy stilistik yo‘nalishini albatta
hisobga olish lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Abdullaev A.  O‘zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi. – T., 1983.
2.  Abdurahmonov G‘., SHukurov SH.  O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. –
T.: Fan, 1973.
3.  G‘ulomov A.  Ko‘plik kategoriyasi. – T., 1944; O‘zbek tili grammatikasi, I
tom. – T., 1975.
4.  G‘ulomov A.  O‘zbek tilida kelishiklar // O‘zFA fililali asarlari, II seriya, II
kitob. – T.,1941.
5.  G‘ulomov A., Tixonov A., Qo‘ng‘urov R.  O‘zbek tili morfem lug‘ati. –
Toshkent, 1977.
6.  Zulfiev Y. –lar  affiksining so‘z tarkibida qo‘llanish xususiyatlari // O‘zbek
tili va adabiyoti, 1972, 5-son.
7.  Tojiyev Y.  O‘zbek tilida shaxs otlari yasovchi affikslar sinonimiyasi. –
Toshkent, 1987.
8.  SHomaqsudov A. va boshq.  O‘zbek tili stilistikasi.
9.  SHomaqsudov va boshq.  O‘zbek tili stilistikasi. – T.,1983.
10. Qo‘ng‘urov R.  O‘zbek tili stilistikasidan ocherklar. – Samarqand, 1975.
11.Qo‘ng‘urov R. Sub`ektiv baho formalarining semantik va stilistik
xususiyatlari. – T.: Fan, 1980.
12. Karimov S. O‘zbek tilining funksional stilistikasi – Samarqand: 
SamDU nashri, 2012.
13. O‘zbek tili grammatikasi. I tom – Toshkent, 1975.
                                                II tom - Toshkent, 1975.
14. Qo‘ng‘urov R. “O‘zbek tili stilistikasi va nutq madaniyati” to‘plami. – 
Samarqand, 1982.

Mavzu: Ot uslubiyati Reja: Kirish  Morfologik stilistika haqida umumiy tushuncha  Ot formalarining stilistik xususiyatlari  Ko‘plik kategoriyasining stilistikasi  Kelishik affikslarining stilistik xususiyatlari  Egalik kategoriyasining stilistik xususiyatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish O‘zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar o‘zbek tili o‘qitish metodikasi fanida uslub va uslubiyat masalalari, o‘quvchi va talabalarda nutqiy mahoratning shakllantirilishiga yetarlicha e’tibor qilinmadi. Bu esa o‘z navbatida shu tilda so‘zlovchi kishilar nutqiy taraqqiyotining susayishiga sabab bo‘ldi. O‘zbek tilshunoslarining uslubiyat sohasida olib borgan ilmiy izlanishlari asosan A.G‘ulomov, G‘. Abdurahmonov, I. Qo‘chqortoyev, A.Shomaqsudov, H.Doniyorov, R.Qo‘ng‘urov, Y.Tojiyev, E.Qilichevlar qalamiga mansub bo‘lib, ulardan ko‘proq tilshunoslik fani doirasida foydalanib kelindi. Yoshlarda nutqiy ma’daniyatni shakllantirish, so‘zlarni to‘g‘ri tanlash, har bir so‘z, so‘z birikmasi, gap va iboralarni nutq sharoitiga mos ravishda to‘g‘ri o‘rinli ishlata olishni o‘rgatish uslubiyatning bosh vazifasidir. Chuqur bilimga ega bo‘la turib uni ravon va go‘zal tilda ifodalay olmaslik nihoyatda achinarli. Nutqiy va mantiqiy g‘alizlikning oldini olishning birdan bir to‘g‘ri yo‘li – har bir shaxsning faqat o‘zigagina xos bo‘lgan uslubda fikr ifodalash mahoratini shakllantirish mahoratidir. Buning uchun shaxsni uslubiy imkoniyatlardan voqif qilish, ularda so‘z tanlash, gap qurish, matn yaratish, ushbu jarayonda bor imkoniyatlardan foydalana olish, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. MORFOLOGIK STILISTIKA Ma’lum bir fikrni ifodalash uchun morfologik formalarning va sintaktik konstruksiyalarning stilistik variantlaridan foydalanish va tilda ana shunday sintaktik va morfolo-gik sinonimiyaning mavjudligi grammatik stilistika haqida ham so‘z yuritishga asos bo‘ladi. Masalan, Men kecha qishlog‘imizga kelgan Ahmedov bilan tanishman. Men qishlog‘imizga kecha kelgan Ahmedov bilan tanishman. Kecha

qishlog‘imizga kelgan Ahmedov bilan men tanishman gaplarining uchalasi ham grammatik jihatdan sodda, yoyiq, darak gap. Stilistik jihatdan esa ular fikr nozikliklariga ega. Shunga ko‘ra ularga stilistikada bir xil hodisa sifatida befarq qarash mumkin emas. Stilistika har bir gapning ma’lum maqsadda ishlatilishiga alohida aha-miyat beradi va ularni tanlash imkoniyatini yaratadi. Hozirgi o‘zbek tilida kelishik affikslarining, zamon, mayl formalarining, ayrim yasovchi affikslarning bir-biriga nisbatan sinonimik munosabatda bo‘lishi, ularning biri o‘rnida ikkinchisini ishlatish imkoniyati masalasi ham grammatik stilistikaning o‘rganish obyektidir. Tilning u yoki bu grammatik formasi ma’lum davr uchun eskirgan bo‘lishi yoki faqat ayrim stillar uchungina xarakterli bo‘lib qolishi mumkin. Shu sababli zarur grammatik formani tanlayotganda, uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tanlanganligini tekshirayotganda tekst mazmuni, uning qanday janrga tegishli ekanligi, qaysi davr voqyeahodisasi bayoniga bag‘ishlanganligi yoki umumiy stilistik yo‘nalishini albatta hisobga olish lozim. Sintaktik vositalarning va so‘z turkumlarining stilistik maqsadda qo‘llanishi faqat ularning ma’nosi bilangina emas, balki ayrim konstruksiya va grammatik formalarning bir necha xil variantlarga ega bo‘lishi, u yoki bu konstruksiya va formaning birini ozroq, birini esa ko‘proq qo‘llanishi adabiy til normalaridan chekinish holatlari bilan ham bog‘liqdir. OT FORMALARINING STILISTIK XUSUSIYATLARI Ot so‘z turkumining stilistik xususiyatlari, eng avvalo, ulardagi ko‘plik, egalik, kelishik kategoriyalari va subyektiv baho formalarida ko‘rinadi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida bu kategoriyalarning ba’zi bir ko‘rsatkichlari eskirgan, muomalada eskirganlari o‘rnida yangi formalarning qo‘llanishi natijasida turli xil parallellar,

variantlar maydonga kelgan. Bu va-riantlar o‘rni bilan o‘zaro sinonim sifatida qo‘llanishi mumkin. Hozirgi o‘zbek tilida grammatik kategoriyalar, jumladan, otning grammatik kategoriyalari stilistik xususiyati haqida gapirganda ularning faqat sinonimiyasi emas, balki boshqa holatlarda ham qanday stilistik qiymat kasb eta olishiga e’tibor berish lozim. Otlarning ko‘plik qo‘shimchasi -lar ni ola olish yoki ola olmasligi, bu affiksni olgan so‘zlarning ma’no nozikligi, egalik, tegishlilik tushunchasining qabatlanishi, kelishik qo‘shimchala-rining otlarda saqlanishi yoki tushib qolishi, bu kategoriyalarning uyushiq bo‘lakli gaplarda uyushiq bo‘laklardagi ma’no nozikliklarini aniqlash grammatika bilan birga stilistikaning ham vazifasidir. Morfologiyaning stilistik resurslari “tilda bir qator sabablarga ko‘ra: til taraqqiyotining ichki jarayonlariga bog‘liq tarzda, og‘zaki-yozma va kitobiyso‘zlashuv, shuningdek turli funktsional uslublar, va nihoyat, ma`noviy va emotsional-ekspressiv ottenkalarni ifodalash zaruriyatidan paydo bo‘ladi. Ammo morfologiyaning sinonimik vositalari hamma vaqt ham aynan stilistik xarakter kasb etmaydi”. Demak, o‘zbek tilida kelishik qo‘shimchalarining turli formada kelishi funksional stillar nuqtai nazaridangina ahamiyatlidir. 1 Xuddi shunday fikrni ko‘plik affiksi to‘g‘risida ham aytish mumkin. Lekin bundan otning kelishik, ko‘plik, egalik kategoriyalari stilistik ottenkalarga, stilistik qiymatga ega emas ekan, degan xulosa kelib chiqmaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan kate- goriyalargina emas, hatto atoqli va turdosh otlarning o‘zaro biri o‘rnida ikkinchisining qo‘llanishi, atoqli otlarning ayrim qo‘shimchalar bilan ishlatilmasligi ham stilistik ahamiyat kasb etishi mumkin. 1 Кожина М.Н. Стилистические ресурсы русского языка как предмет исследования лингвистической стилистики. Глава вторая. Дата индексирования: 30.11.2004. 120 Kb - http://syrrik.narod.ru/ kozhina.htm.

KO‘PLIK KATEGORIYASINING STILISTIKASI O‘zbek tilida birdan ortiqlik – ko‘plik ma’nosi morfologik, leksik va sintaktik yo‘llar bilan ifodalanadi. Ba’zi so‘zlar hech qanday morfologik ko‘rsatkichsiz, boshqa miqdor bildiruvchi so‘zlar bilan birgalikda kelmagan holda ham o‘z leksik ma’nosi bilan ko‘plik tushunchasini ifodalaydi: xalq, el, qo‘shin, poda, armiya, generalitet, jamoa kabi. Bu so‘zlarda jamlik ma’nosi kuchli. Bu ham uning leksik ma’nosidan sezilib turadi. Bu jihatdan ko‘pchilik, ozchilik kabi so‘zlar ham shu ma’noga yaqinlashadi. Ammo bu so‘zlar grammatik jihatdan shakllangan jamlikni ko‘rsatadi: Yo‘lchi chetroqdan bir oz qarab, so‘ng olomon ichiga kirdi. (0.) Xalqning turmushi ilgarigidek emas, tanqislik, ularning ham yozga yetar-yetmas donlari qolgan... (Ch. A.) Onasi bilan poda ketidan yurib, o‘zi ham tog‘da o‘sdi. (Akopyan.) Hozirgi o‘zbek tilida ko‘plik tushunchasi sintaktik yo‘l bilan ham ifodalanadi. Bunday forma ko‘plik affiksini olgan sinte tik forma bilan sinonimik munosabatga kirishi mumkin. Qiyoslang: o‘nta daftar // daftarlar, beshta qalam /I qalamlar, uch tup daraxt // daraxtlar, dasta-dasta gul // gullar kabi. Bu juftlar predmetning konkret sonini va noaniq ko‘plikni ko‘rsatishi bilan bir-biridan farqlanadi. Ba’zan bu tipdagi birikmalar oxirida -lar affiksi ham qo‘shilib keladi: ko‘p bolalar, yuzta kemalar kabi. Bunday qo‘llash stilistik nuqtai nazardan xato hisoblanadi. Chunki ot oldidagi so‘z shu predmetning ko‘pligini anglatadi. Shuning uchun -lar af-fiksini ishlatish ortiqcha, o‘rinsizdir. -lar hozirgi o‘zbek tilida ko‘plikni ko‘rsatuvchi asosiy morfologik ko‘rsatkichdir. -lar affiksining asosiy vazifasi predmetlarning birdan ortiqligini ko‘rsatishdir