ATOV GAPLARNING LISONIY VA NUTQIY TAHLILI
A TOV GAPLARNING LISONIY VA NUTQIY TAHLILI MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………………. 5 I BOB. SINTAKTIK TARKIBI QISQARGAN GAPLAR ……………………...7 1.1. Sintaktik tarkibi qisqargan gaplar haqida umumiy ma’lumo t … ………............7 1.2. Bir tarkibli gaplar tasnifi: atov gaplar, so‘z-gaplar, to‘liqsiz gaplar …………24 II BOB. ATOV GAPLARNING NUTQDA QO‘LLANISHI ………………….35 2.1. Til va nutq haqida ma’lumot. .………………. ………………………………...35 2.2. Atov gaplarning nutqda qo‘llanishi. (Shukur Xolmirzayev hikoyalari asosida) … ……………………………………………………………………........42 XULOSALAR ………………………………………………………………………........ 57 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………………………….. 59
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa, o zbek tilining Davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirishʻ bo yicha qabul qilingan Qonun va qarorlar tilshunoslik sohasida ilmiy-tadqiqot ʻ ishlarining yangi bosqichga ko tarilishiga sabab bo ldi ʻ ʻ . Zero, “Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir” 1 . Shu boisdan o‘zbek tilshunosligini taraqqiy etishiga hissa qo‘shadigan tadqiqotlarning yuzaga kelishini davr taqozo etmoqda. Ayniqsa, tilshunoslikning sintaksis sohasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bu sohadagi muammolarning yechimiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, sintaktik tarkibi qisqargan gaplarni, xususan, atov gaplarni alohida tadqiqot obyekti sifatida badiiy matn doirasida maxsus o‘rganish, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib berish muhim ahamiyat kasb etadi. Atov gaplarning badiiy matnda qo‘llanilishi, obrazlar nutqida tutgan o‘rni, badiiy asardagi voqelik, obyektiv olamni aks ettirishdagi funksiyalariga oid ma’lumotlarni yoritishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Atov gaplar G‘arb tilshunosligida keng tadqiqi qilingan. Ayniqsa, rus tilshunoslari bu sohada katta yutuqlarga erishgan. Sh.Balli, A.M.Peshkovskiy, A.S.Popov, G.Akomova, N.S.Valgina 2 kabi olimlar atov gaplarga oid tadqiqotlar olib borishgan. O‘zbek tilshunoslikgida ilk marta atov gaplarni H.G‘ofurov 3 tadqiq qilgan. Shuningdek, atov gaplarga oid nazariy ma’lumotlar Sh.Rahmatullayev, G‘Abdurahmonov, N.Mahmudov, N.Nurmonov, 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5850-son Farmoni. Manba: http://lex.uz/docs/4561730. 2 Балли Ш. Общая лингвистика и вопросы французского языка. – М.: И-Л.Издательство Иностранной литературы, 1955.Пешковский А.М. Русский язык в научном освещении. – М.,1956. Попов А.С. Развития грамматики и лексики современного русского языка. – М.: Наука, 1964. 3 Ғофуров.Ҳ. Ҳозирги замон ўзбек тилида номинатив гаплар: Филол. фан. номз. ... дисс. –Тошкент, 1962. 2
R.Sayfullayeva, I.Rasulov, M.Abuzalova 4 singari tilshunos olimlarning ishlarida ham uchraydi. Malakaviy bitiruv ish i ning metodologik asosi va metodlari. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ilm-fan, ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari, soha mutaxassislarining mavzuga doir fundamental asarlari ishimizning metodologik asosini belgilaydi. Shuningdek, taqqoslash, tavsiflash kabi metod va usullardan foydalaniladi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi atov gaplarni lisoniy va nutqiy tahlil qilishdan iborat. Bitiruv-malakaviy ishning vazifalari: Sintaktik tarkibi qisqargan gaplar haqida umumiy ma’lumot berish ; nutqda atov gaplarning o‘rnini o‘rganish; Shukur Xolmirzayev asarlari matnida atov gaplarning tutgan o‘rnini aniqlash; badiiy asar matnida atov gaplarning vazifasini o‘rganish. Tadqiqotning obyekti sifatida Shukur Xolmirzayevning hikoyalari olingan. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Atov gaplarning ona tili darsliklarida o‘rganilish darajasi aniqlangan; atov gaplarning til va nutqdagi o‘rni aniqlangan; 4 Маҳмудов Н. Ўзбек тилидаги содда гапларда семантик-синтактик асимметрия. – Тошкент: Ўқитувчи, 1984. – 148 б.; Маҳмудов Н., Нурмонов Н. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. – 232 б.; Нурмонов А., Маҳмудов Н., Аҳмедов А., Солихўжаева С. Ўзбек тилининг мазмуний синтаксиси. – Тошкент: Фан, 1992. – 296 б. Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар. – Тошкент: Фан, 1974. –235 б.; Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги адабий ўзбек тили. Иккинчи китоб. – Тошкент: Mumtoz so ‘ z , 2010. – 212 б.; Абузалова. М. Ўзбек тилида содда гапнинг энг кичик қурилиш қолипи: Филол. фан. номз. ... дисс. – Тошкент, 1994. – 110 б. 3
nutqda atov gaplarning bajaradigan vazifalari Shukur Xolmirzayev hikoyalari orqali yoritilgan; atov gaplarning semantik xususiyatlari aniqlangan. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Mazkur mavzu yuzasidan jami 1 ta ilmiy maqola respublika jurnalida nashr etilgan. 4
I BOB. SINTAKTIK TARKIBI QISQARGAN GAPLAR 1.1. Sintaktik tarkibi qisqargan gaplar haqida umumiy ma’lumot Tilshunoslikning eng murakkab bo‘limlaridan biri sintaksis sanaladi. Mazkur atama yunon tilidan olingan bo‘lib, “ syntaxis” – t uzilma, tartib degan ma’nolarni anglatadi. Sintaksis – siktaktik qurilmalar va ularni hosil qiluvchi sintaktik aloqalarni o‘rganuvchi bo‘limdir. Sintaksis sintaktik qurilmalarning so‘z, so‘z birikmasi, gap va matn ko‘rinishida namoyon bo‘lishini o‘rganadi. Sintaktik qurilmalarda birikish, bog‘lanish, tartiblanish-qo‘shilish qonuniyatlarini tekshiradi. Ma’lumki, sintaktik aloqaning ifodalanish yo‘llari to‘rtta sanaladi. Ular quyidagilar: 1) grammatik vositalar; 2) yordamchi so‘zlar; 3) gap bo‘laklari tartibi; 4) intonatsiya. Sintaksisning tekshirish obyektini sintaktik qurilmalar tashkil etgani bois bu birliklar haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Sinatktik qurilmalar deyilganda ma’lum grammatik qoidalar asosida hosil bo‘lgan birikmalar nazarda tutiladi. Masalan: tirishqoq talaba, Vatanning taqdiri, shaharga bormoq. Dastlab sintaktik qurilmalarning tuzilishiga ko‘ra turlari haqida fikr yuritamiz. Sintaktik qurilmalar tuzilishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) bir so‘zli qurilmalar; 2) ikki so‘zli qurilmalar; 3) ko‘p so‘zli qurilmalar. 5