Badiiy matnlarda nutqning sotsial xoslanishi (T.Murod asarlari misolida)
Mavzu: Badiiy matnlarda nutqning sotsial xoslanishi (T.Murod asarlari misolida). Mundarija: Kirish.Ishning umumiy tavsifi I.Bob. Sotsiolingvistika jamiyat ijtimoiy qatlamini o rganuvchi fan.ʻ 1.1.Sotsial nutqning boshqa muloqot shakllaridan ajralib turuvchi jihatlari. 1.2. Muloqot jarayonida soddalik va tejamlilik zaruriyati 1.3. Milliy muloqot jarayonining o’rganilish bosqichlari. II.Bob. Sotsial qatlam kalit so zlari. İjtimoiy obrazlar da faol qo’llanuvchi lisoniy ʻ birliklarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati. 2.1.Muloqot jarayonida ishtirok etuvchi maqollarning lingvokulturologik tahlili. 2.2. Jamiyat ijtimoiy nutqidagi iboralarning lingvokulturologik tahlili. 2.3.Asardagi obrazlar nutqi( suvchi, qassob, sovchi, sotuvchi, chavandoz) ning o ziga xos jihatlari ʻ III.Bob.Nasriyatda muloqot jarayoning o’ziga xosligi. 3.1.Tog’ay Murod ijodida xalqona ohanglar ustuvorligi. 3.2.Erkak va ayollar nutqida qo’llanuvchi lingvokulturologik birliklar tahlili. Xulosa Lug at ʻ Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati ʻ
KIRISH Mavzuning dolzarbligi va zaruriyati: 1952-yilda Amerikalik tilshunos Kurri tomonidan tilning jamiyat bilan bog liq jihatlarini o rganuvchi termin fanga kiritildi va uʻ ʻ SOTSIOLINGVISTIKA ( lotincha socialic — jamiyat, lingua— til ) deb ataldi. "Sotsiolingvistika o z o rganish obyekti bilan sof lingvistikadan ʻ ʻ farqlanadi. Sof lingvistika lisoniy belgilarni, chunonchi, tovush va uning yozma ifodasini, uning boshqa belgilar bilan o zaro munosabatini, vaqt va ʻ zamonda o zgarishini tahlil qilish bilan shug ullansa, sotsiolingvistika insonlar ʻ ʻ mazkur lisoniy belgilarni ularning yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, bilimi va madaniyatlilik darajasiga ko ra qanday qo llashlarini, ya‘ni ijtimoiy ʻ ʻ muhitning ularning nutqiy muomalasiga qanday ta‘sir qilishini o rganadi".(1) ʻ Psixolingvistika esa ana shu qatlam kishilari nutqi bilan shug ullanadi. Ular ʻ nutqining jamiyatga ta sirini, "nutqiy faoliyatni nutq akti mazmuni bilan ʼ so zlovchining maqsad-niyati orasidagi aloqadorlik nuqtayi nazaridan ʻ o rganadi(2)" ʻ Jamiyatda har birimiz ma lum bir sostial vazifani bajaramiz. Ya'niki ʼ har birimizning o z rolimiz mavjud. O z o rnida bu maqomlar ham turlicha. ʻ ʻ ʻ Kasbiy jihatdan bir boshqa vazifani bajarsak oilaviy jihatdan boshqa vazifaga o tamiz. Masalan bir kishi ishxonada shifokor, oilada farzandlariga ʻ ota, ayoliga turmush o rtoq, singillariga aka, ota-onasiga farzand va h.k. ʻ Shunga ko ra uning psixolingvistik nutqi ham turlicha mohiyat kasb etadi. ʻ Ishxonada bemorlarga samimiy bo lib, oilada qattiqqo l ota, badjahl erga xos ʻ ʻ nutqiy birliklardan foydalanishi ham mumkin. Inson "o z obraziga" mos ʻ ravishda so z qo llaydi va bunda turli xil psixologik motivlardan foydalanadi. ʻ ʻ Jahon tilshunosligida o’zbek tiliga va undagi so’zlarning xilma-xilligiga hamda lingvokulturologik jihatlariga qiziqish tobora ortib bormoqda.Bu bevosita muloqot
jarayonini o’rganishga va undagi faol lisoniy birliklarni qo’llanish o’rinlarini aniqlashga turtki bo’ladi. Bugungi kunda badiiy matnlardagi tilimizda foydalanayotgan o’zbek xalqiga xos bo’lgan muloqotdagi unumli so’zlar qamrovini aniqlash va ularni Tog’ay Murod asarlari bo’yicha tahlil etish esa jarayon zaruriyatiga aylanib kelmoqda. Zero, xalqaro ilg or va zamonaviyʻ lingvistik tadqiqotlarda lisoniy imkoniyatlardan amaliy foydalanish samaradorligi masalasi alohida e tiborga molik muammolar orasida qaraladi. ʼ Tilning nutq jarayonidagi eng mahsuldor qismini o‘zida musajjam qilgan badiiy tasvir vositalari, paremeologik birliklar,takrorlar tadqiqi ko‘p yillardan buyon o‘zbek tilshunoslarining diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda. O‘zbek tilshunosligida badiiy asar tili lingvokulturologik nuqtayi nazardan tadqiqi etilgan ishlar juda ko‘p. O‘zbek tilshunoslari matndagi maqol,ibora, hikmatli so’z aforizmlarni paremeologik birliklar nomi bilan ataydilar. Bu jozibador figuralar nutqni ohangdor, ta’sirchan va jozibador qilish, matnni tinglovchi tomonidan osonlik bilan qabul qilinishida muhim stilistik vosita sanaladi. O‘zbekistonning zabardast yozuvchisi Tog’ay Murod olamida nasriy matnning lingvokulturologik q xususiyatlarini tadqiqotimiz obyekti sifatida tanladik. Ushbu magistrlik dissertatsiyasida Tog’ay Murod poetikasining tahlili natijasida aniqlangan dalillarga tayangan holda adib ijodida foydalanilgan lingvokulturologik birliklarning o‘ziga xosligini aniqlashga harakat qildik. Hammamizga ma’lumki, har bir xalqning tili uning tarixiy taraqqiyotidagi noyob va takrorlanmas boyligidir. Chunki ona tilda aynan shu xalqning tarixi, yashash tarzi, ma’naviy boyligi aks etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev shunday ta’kidlaydilar: “Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb- hunarlarni chuqur egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi” 1 . Shunday ekan, bizning vazifamizda ham tilning o‘rganilishi, tadqiq etilishi, yangi qirralarini kashf etilishi kabi ulkan vazifa turibdi. 1 Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. - Тошкент: Ўзбекистон, 2017. 189-б .
Muammoning ishlanganlik darajasi. Jahon tilshunosligida sotsiolingvistika, lingvokulturologiya muammolariga, nasriy matn qurilishi masalalariga ko pgina tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, V.A. Maslova,ʻ V.N.Teliya, V.V Vorobyov X.Xols, A.Vejbiskaya, G.Brutyan , V.F.Gumboldt tadqiqotlari bunga misoldir. O zbek nasriy matni muammolariga, xususan uning ʻ lingvokulturologiyasi masalalariga bag‘ishlangan bir necha dissertatsiyalar himoya qilingan, monografiyalar nashr etilgan. D.Xudoyberganova, Sh.Usmonova, S.Karimov, A.Nurmonov, M.Saidova, M.Yo‘ldoshevlarning doktorlik dissertatsiyalari, M.Yo‘ldoshev, G.Muhammadjonova, D.Shodiyeva, F.Ibragimova, D.Jamoliddinovalarning nomzodlik dissertatsiyalari 2 va keyingi yillarda yozilgan PhD dissertatsiyalari shular jumlasidandir. Dissertatsiyani yozishda R.Qo‘ng‘urov, S.Mo’minov, N.Mahmudov,D.Xudoyberganova, Sh.Usmonova, S.Karimov, J.Lapasov, G.Rixsiyeva, S.Komilova, G.Keldiyorova, D.Tojiboyeva, F.Husainova, S.Umirova va boshqa ko‘plab tilshunos olimlarning ilmiy izlanishlaridan foydalandik. Magistrlik i sh i ning maqsadi : nasriy matnda jamiyat sotsial qatlamiga xoslangan so zlar va uning turlarini ko‘rib chiqish va uning individualligini ʻ belgilash. Magistrlik ishining va zifalar i: Jahon va o zbek tilshunosligida sotsialingvistik tadqiqotlarni o rganish, ʻ ʻ ularga munosabat bildirish orqali o zbek nasriyatida sotsiolingvistikaning ʻ voqealanishini kuzatish; -nasriy matn qurilishining asosiy xususiyatlarini o rganish; ʻ 2
-nasriy gaplarda ritorik so roq gap va ritorik murojaat gaplarning qaysiʻ qatlam nutqida ko proq qo llanishini matn qurilishidagi ahamiyatini o rganish; ʻ ʻ ʻ -kishilar muloqot nutqida , gap bo laklarining qo llanilishi va nasriy matnda ʻ ʻ gap tartibini o rganish; ʻ -muloqot jarayonidagi murakkablashgan sodda gaplarning nasriy matn tarkibida kelishini o rganish va shu asosda uning o ziga xos xususiyatlarini ochib ʻ ʻ berish; -o zbek tilshunosligida takror, okkozional so’zlar, epitetlarning nasriy matn ʻ tarkibida kelishini o rganish va uning ijodkor poetik individualligini ta minlovchi ʻ ʼ unsur ekanligini tadqiq qilishdan iborat. Tadqiqotning obyekti sifatida nasriy matndagi sotsial qatlamning o ziga ʻ xosligini ifodalovchi so zlar xususiyatlarinini o rganish tanlandi. ʻ ʻ Tadqiqotning predmeti Gaplar va ritorik murojaatlar, nasriy matnda gap bo laklari tartibi, murakkablashgan sodda gaplarning jamiyat sotsial qatlamida ʻ namoyon bo lishini o rganishda yozuvchi Tog’ay Murodning ”Otamdan qolgan ʻ ʻ dalalar “ romani hamda boshqa bir qancha qissalari asos vazifasini o tadi. ʻ Tadqiqotning ilmiy metodlari . Ushbu magistrlik dissertatsiyasi tadqiqoti davomida umumilmiy kuzatish, tavsiflash, taqqoslash, kontekstual, lingvostatistik va stilistlik tadqiqot metodlaridan foydalanilildi. Tadqiqotning yangiligi quyidagilardan iborat: -hozirgi o zbek nasriyatida kam o rganilgan sotsiolingvistik birliklar tadqiqi ʻ ʻ ahamiyatini yozuvchi Tog’ay Murod misolida o rganilgan; ʻ -paremeologik birliklar, xususan, maqol, ibora, hikmatli so’zlar va takrorning poetik individuallikni ochib beruvchi unsurlarning kishilar nutqidagi faolligi tadqiq qilingan; -nasriyatda qolip so zlarning sotsiolingvistik qatlam nutqida davomiyligi, ʻ zamon bilan hamohangligi, avvalda mavjud bo lib hozirda faoliyati tugatilgan ʻ