logo

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SODDA GAPLARNING O‘RGANILISH TARIXI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

655 KB
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SODDA GAPLARNING
O‘RGANILISH TARIXI
                                                MUNDARIJA  
  Kirish.  Ishning umumiy tavsifi……………………………………….…………3
I   BOB.   JAHON   TILSHUNOSLIGIDA   SODDA   GAPLARNING
O‘RGANILISHI
1.1.   Sodda gap va uning turlari bo‘yicha ma’lumot…………………………….7
1.2.   Jahon tilshunos olimlarining sodda gaplar bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari
1.3. Turkiy tilshunoslikda sodda gaplarning o‘rganilishi……………………….14
I bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………………..32
II   BOB.   SODDA   GAPLARNING   O‘ZBEK   TILSHUNOSLIGIDA
O‘RGANILISHI
2.1.    Sodda gap va uning turlarining o‘zbek tili  darslik va o‘quv qo‘llanmallarida
o‘rganilishi  ………………………………………………………………………..34
2.2.    Sodda gap va uning turlarining alohida tadqiqot obyekti sifatida monografik
tarzda o‘rganilishi…………………………………………………………………40
2.3.    Sodda gap va uning turlariga yangicha qarashlar aks etgan ilmiy tadqiqotlar
haqida……………………………………………………………………………..44
II bob  bo‘yicha xulosa…………………………………………………………….54
III   BOB.   O‘ZBEK   TILSHUNOSLIGIDA   SODDA   GAPLARNING
DIALEKTAL,   STILISTIK   VA   LINGVOPOETIK   JIHATDAN
O‘RGANILISHI    
3.1.      Sodda gap va uning turlarining til tarixi va dialektal jihatdan o‘rganilishi 
…………………………………………………………………………………….56
3.2.     Sodda   gap   va   uning   turlarining   uslubshunoslik   nuqtayi   nazaridan
o‘rganilishi………………………………………………………………………...59
3.3.       O‘zbek lingvopoetikasida sodda gaplarning o‘rganilishi………………...66
III bob  bo‘yicha xulosa……………………………………………………………70
1 Xulosa  ……………………………………………………………………………71
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………………………………74
   
Kirish. Ishning umumiy tavsifi
      Magistrlik   dissertatsiyasi   mavzusining   asoslanishi   va   uning
dolzarbligi.     Hozirgi kunda xalqimizning milliy o‘zligi, ma’naviyati, madaniyati,
dunyoqarashi,   yashash   tarzi   o‘z   aksini   topgan   o‘zbek   tiliga   e’tibor   yanada
kuchaytirilmoqda.   D avlat   ahamiyatiga   molik   yirik   uchrashuvlar,   xalqaro
anjumanlar da   o‘zbek   tili ning   faol   qo‘llanil ayotganligi,   o‘zbek   tilida
gaplashuvchilar   soni   ortganligi   ham   tilimiz   rivojining   bir   ko‘rinishidir.   “Hozirgi
vaqtda   o‘zbek   tilida   sozlashuvchilar   soni   jahon   miqyosida   50   million   kishiga
yaqinlashib   qoldi.   Bu   ona   tilimizning   dunyodagi   yirik   tillardan   biriga   aylanib
borayotganidan   dalolat   beradi.   Bugungi   kunda   xalqaro   maydonda   obro‘-e’tibori
tobora   yuksalib   borayotgan   O‘zbekistonimizni   dunyoga   tarannum   etishda   ona
tilimiz ham katta hissa qo‘shmoqda”,   1
 – degan yurtboshimizning faxr bilan aytgan
gaplari   fikrimizning   yaqqol   isboti   sanaladi.   O‘zbek   tili   o‘zining   keng
imkoniyatlarini     eng   murakkab   fan   sohalarida   to‘liq   namoyon   qil ayotganligi,
o‘ zbek   tili   ta’limi ga   e’tibor   qaratilyotganligi   tilshunoslarimiz   oldiga       tilimiz
ravnaqiga   daxldor  yangidan yangi vazifalarni qo‘ymoqda.    O‘zbek tili   fonetikasi,
leksikasi,   grammatikasi   bo‘ yicha   hozirga   qadar   yaratilgan   ishlarni   o‘rganib,   bu
sohalarda   navbatda   qilinishi   zarur   bo‘lgan   muammoli   jihatlarni   ajratib   olish   va
yangicha qarashlar, nazariyalar, yo‘nalishlar asosida qayta o‘rganish bugungi davr
o‘zbek   tilshunosligi   oldidagi   navbatdagi   vazifalardan   sanaladi.     “ O‘zbek
tilshunosligida sodda gaplarning o‘rganilish tarixi” magistrlik tadqiqot ishi ana shu
vazifani bajarish yo‘lidagi bir qadam sanaladi. Sodda gaplarning jahon va o‘zbek
tilshunosligida  o‘rganilish tarixi  alohida monografik tarzda tadqiq qilinmaganligi
mavzuning dolzarbligini belgilaydi.  
1
  Президент   Шавкат   Мирзиёевнинг     ў збек   тилига   давлат   тили   мақоми   берилганининг   ўттиз   йиллигига
бағишланган тантанали маросимдаги нутқи.  http://xs.uz/uz/  –Toshkent, 2019. 
2                   Muammoning o‘rganilganlik darajasi.   O‘zbek tilshunosligida sodda gap
va   uning   turlari   bo‘yicha   qator   tadqiqotlar   olib   borilgan   va   ushbu     tadqiqotlarda
tadqiqotchilar   o‘z   mavzu   doirasida   muammoning   o‘rganilish   darajasi   xususida
ma’lumot   berib   o‘tganlar.   Masalan,   N.Rahmatovaning   “Ikki   tarkibli   sodda
gaplarning nutqiy voqealanishi” deb nomlangan dissertatsiyasida A.G‘ulomovning
“Sodda   gap”   nomli     tadqiqoti,   shuningdek,   A.Abdulla y еv,   G‘.Abdurahmonov,
X.Abdurahmonov,   X.Boltabo y еva,   I.Rasulov,   A.Safo y еv,   A.Sulaymonov,
O.Turdi y еv,   B.Egambеrdi y еv,   I.Xayrulla y еv,   E.Shodmonov,   B.O‘rinbo y еv,
H.G‘ofurov,   A.Hazratqulov   kabi   olimlarning   sodda   gapning   qurilishiga   doir
masalalar ko‘rib chiqilgani haqidagi fikrlar  bildirib o‘tilgan 2
.  Biroq  sodda gap va
uning   turlarining   o‘zbek   tilshunosligida   kimlar   tomonidan,   qay   darajada   tadqiq
etilgani  alohida tarzda   o‘rganilmagan.          
Tadqiqotning   maqsadi   va   vazifalari .   O‘zbek   tilshunosligida   sodda
gaplarning   o‘rganilishi   tarixini   monografik   planda   yoritib   berish   ishning   asosiy
maqsadini tashkil etadi.
Tadqiqotda quyidagi vazifalarni bajarish ko‘zda tutildi: 
– s odda gap va uning turlari haqida qisqacha ma’lumot  berish;
– sodda gap turlarining jahon tilshunosligida o‘rganilishiga e’tibor qaratish;
– turkiyshunoslikda   sodda   gap   va   uning   turlarining   o‘rganilish   darajasiga
ahamiyat qaratish ;
– o‘zbek   tilshunosligida   sodda   gap   va   uning   turlari     o‘rganilgan   darslik   va
qo‘llanmalarni tadqiq etish;
–   o‘zbek   tili   sintaktik   qurilishining   an’anaviy   talqinida   sodda   gap   masalasi
o‘rganilishini sharhlash; 
– sodda gap va uning turlari bo‘yicha qilingan ilmiy tadqiqotlarni o‘rganish;
–sodda   gaplar   dialektal   hamda   tarixiy   jihatdan   yoritilgan   ishlarga   e’tibor
qaratish va tadqiq etish;
2
 Rahmatova N. Ikki tarkibli sodda gaplarning nutqiy voqelanishi: Filol.fan.nomz….diss.–Buxoro, 2012. –B.3-4. 
3 –funksional-stilistik, lingvopoetik nuqtayi nazardan sodda gap va uning turlari
o‘rganilish holatini tahlil etish;   
                   Tadqiqotning obyekti.   O‘zbek tilida sodda gaplarning   o‘rganilish tarixi
ilmiy  ishning tadqiq obyektini belgilaydi. 
  Tadqiqotning predmeti.  Sodda gap va uning turlari tilshunosligimizda qay
darajada o‘rganilganligi tahlili ishning predmetini tashkil qiladi.    Ishning   obyekti
va   predmetini   ochib   berishda   o‘ zbek   tilshunosligida   sodda   gap   va   uning   turlari
o‘rganilgan dissertatsiyalar, monografiyalar,   darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy
maqolalar  material vazifasini o‘tadi.  
Tadqiqotning metodologik asosi  va qo‘llanilgan metodlar.   Tadqiqotning
metodologik   asosi   sifatida   dialektikaning   umumiylik-xususiylik,   shakl-mazmun
tamoyillari tanlandi. Ishda tavsifiy, qiyosiy,  diaxron va sinxron tahlil metodlaridan
keng   foydalanildi.   Shuningdek,   A.   G‘ulomov,   N.Mahmudov,   A.Nurmonov,
M.Qurbonova    va boshqalarning     shu  yo‘lda  olib borgan kuzatishlaridagi  nazariy
qarashlar va tadqiq metodlariga ham tayanildi. 
         Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
– sodda   gap   turlarining   jahon   va   turkiy   tilshunosli k da   o‘rganilishiga   e’tibor
qarati ldi;
– o‘zbek   tilshunosligida   sodda   gap   va   uning   turlari     o‘rganilgan   darslik   va
qo‘llanmalar, ilmiy tadqiqotlar, yangicha qarashlar  tahlil etildi; 
– sodda   gaplar   dialektal   hamda   tarixiy   jihatdan   yoritilgan   ishlarga   ahamiyat
berildi;
– funksional-stilistik,   lingvopoetik   nuqtayi   nazardan   sodda   gap   va   uning
turlari   o‘rganilish holati tahlil etildi.
      Tadqiqotning   nazar iy   va   amaliy   ahamiyati.   Ushbu   tadqiqotda
umumlashtirilgan   nazariy   xulosalar   sodda   gaplarni   umumiy   yaxlit   tizim   sifatida
o‘rganilishini   oydinlashishiga   xizmat   qiladi.     Shu   sababli   tadqiqotda   erishilgan
natijalardan   sodda   gap   va   uning   turlari   bo‘yicha   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borishda
foydalanish   mumkin.   Ayni   paytda   dissertatsiya   natijalari   “Hozirgi   o‘zbek   tili”,
4 “Tilshunoslik   nazariyasi”,   “Nazariy   tilshunoslik   masalalari”   kabi   kurslarni
o‘qitishda,   darsliklar,   o‘quv-uslubiy   qo‘llanmalar,   ilmiy   risolalar   yaratishda
ahamiyat   kasb   etadi.   Shuningdek   dissertatsiya   ishining   asosiy   natijalari   va
materiallaridan   oliy   ta’lim   muassasalarining   o‘zbek   filologiyasi   fakultetlari
talabalari   uchun   va   magistratura   yo‘nalishlarida   o‘tiladigan   sintaksis   darslarida
keng foydalanish tavsiya etiladi. 
    Natijalarning e’lon qilinganligi.   Tadqiqot bo‘yicha ilmiy to‘plamlarda   4
ta maqola e’lon qilindi.
       Ishning   tuzilishi   va   hajmi.     Dissertatsiya   kirish,   III   asosiy   bob,   xulosa,
foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxatidan   iborat.   Ishning   umumiy   hajmi     81   sahifani
tashkil etadi.  
       
5 I BOB. JAHON TILSHUNOSLIGIDA SODDA GAPLARNING
O‘RGANILISHI
1.1. Sodda gap va uning turlari bo‘yicha ma’lumot
        Obyektiv borliq va unga bo‘lgan munosabatni ifoda qilib, nisbiy tugal fikr yoki
his-tuyg‘u anglatib, tugal intonatsiyaga ega bo‘lgan so‘z hamda grammatik qonun-
qoidalar   asosida   o‘zaro   birikkan   so‘zlar   bog‘lanmasi ni   biz   gap   de b   ataymiz .
Gapning grammatik kategoriyasi gapni gap bo‘lmagan boshqa birliklardan farqlab
turgan kategorial ma’no va bu ma’noni ifodalovchi shakllar tizimi sifatida, birinchi
navbatda,   gapning   grammatik   kategoriyasi   sifatida   predikativlikdir.   Predikativlik
bir   butunlik   sifatida   bir   necha   uzvlardan:   grammatik   shaxs,   zamon,
kommunikativlik, ifoda maqsadi, modallik kategoriyalaridan  tashkil topadi.
                Gaplar     kommunikativ   maqsadga   ko‘ra,   emotsionallikka,   voqelikka,   bosh
bo‘laklar   ishtirokiga     ko‘ra,   tuzilishiga   ko‘ra   tasnif   qilinadi.   Tasnifda   gapning
tashqi tomoni – tuzilishi va ichki tomoni – mazmuni hisobga olinadi. 
           Gaplar tuzilishiga ko‘ ra   ikki  turga bo‘linadi:  sodda gaplar va qo‘shma  gaplar.
Sodda gaplarning struktura asosi bitta bo‘lib, ma’lum bir fikrni ifodalaydi. Qo‘shma
gaplarning   struktura   asosida   esa   ikki   yoki   undan   ortiq   gap   bo‘lib,   bir   murakkab
fikrni   ifodalaydi.   Ammo,   gap   deganda,   odatda   sodda   gap   tushuniladi:   “Biz   gap
deganda   asosan   sodda   gapni   nazarda   tutamiz.   U   odatda   grammatik   jihatdan   so‘z
birikmasiga   qarama-qarshi   qo‘yiladi.   Qo‘shma   gaplar   –   sodda   gaplarning   sintaktik
aloqa   asosidagi   o‘zaro   birikishidan   tashkil   topadi.   Demak,   sodda   gap   alohida
sintaktik birlik bo‘lsa, qo‘shma gap esa boshqa bir alohida sintaktik birlikdir”. 3
              Sodda gaplar   eganing ishtirok  etish  etmasligiga  ko‘ra  2   ga bo‘ l in adi:  Egasi
mavjud   gaplar   va   egasiz   gaplar:   Biz   kecha   konsertga   bordik   –   kecha   konsertga
bordik .   Sodda   gaplar   ikkinchi   darajali   bo‘laklarning   ishtirok   etishiga   ko‘ra   2   ga
3
  Нурмонов   А.,   Аxмедов   А.,   Махмудов   Н.,   Солиxўжаева   С.   Ўзбек   тилининг   мазмуний   синтаксиси.   –
Тошкент:  Фан, 1992.   –Б.7.
6 bo‘linadi:   sodda   yig‘iq   gap   (Malika   kirib   keldi),   sodda   yoyiq   gap:     (Malika
darvozadan   shoshilgancha   kirib   keldi).   Sodda   gaplar   eganing   ishtirok   etish   yoki
etmasligiga   ko‘ra   esa   ikkiga   bo‘linadi:   egasi   mavjud   gaplar   (Biz   yangi   kinoni
tomosha qildik.) va   egasiz gaplar   (Yangi kinoni tomosha qildik).
                        Sodda   gaplar   ikkinchi   darajali   bo‘laklarning   ishtirok   etgani   yoki
etmaganiga   ko‘ra:   sodda   yig‘iq   gaplar   (Kamola   kirib   keldi.),   sodda   yoyiq
gaplarga        (Kamola   darvozadan   shoshilib   kirib   keldi.)   bo‘linadi.   Gapda   so‘zlar
o ‘ zaro   grammatik   munosabatga   kirishib ,   gap   bo ‘ laklarini   hosil   qiladi.   Gap
bo‘laklari vazifasini mustaqil so‘zlargina bajaradi. Har bir gap bo‘lagi boshqa gap
bo‘laklari bilan bo‘lgan grammatik munosabatlariga ko‘ra belgilanadi, ya’ni har bir
gap   bo‘lagi   o‘zi   munosabatga   kirishgan   so‘z   bilan   ma’lum   sintaktik   aloqada
bo‘ladi.   Masalan,     “ Muxlisa   kecha   uchrashuv   haqida   zavqlanib   gapirdi        -   gapida
quyidagi gap bo‘laklari mavjud:   Muxlisa   (kim?) - ega,   kechagi   (qachongi? qaysi?)
-   aniqlovchi,   uchrashuv   haqida   (nima   haqida?)   –   to‘ldiruvchi,   zavqlanib   (qay
tarzda?) - hol,   gapirdi   (nima qildi?) - kesim. So‘zlar quyidagicha sintaktik aloqaga
kirishgan:   1)   Muxlisa gapirdi ; 2) zavqlanib gapirdi; 3)   uchrashuv haqida gapirdi .
Kesim   xususida   so‘z   borar   ekan,   kesim   gapning   asosini   tashkil   qiluvchi
markaz   hisoblanadi.   Ega   kesimga   ergashib,   kesimda   ifodalangan   ish   harakatning
bajaruvchisini   ko‘rsat ib   kela di.   Kesim   qaysi   so‘z   turkumi   bilan   ifodalanishiga
ko‘ra 2 xil bo‘ladi: fe’l kesim  va   ot kesim ga bo‘linadi . Tuzilishiga ko‘ra esa sodda
kesim va murakkab kesimga bo‘linadi.     Murakkab kesim ikki yoki undan ortiq so ‘ z
bilan ifodalanadi: Ayozli kunlar asta-sekin o ‘ tib boryapti. 
Murakkab   ot   kesimlar   ot+bog‘lama   vazifasida   kelgan   yordamchi   fe’l   yoki
ko‘makchi   fe’l   tarzidagi   qo‘shilishdan   hosil   bo‘ladi.   Bunda   asosiy   ma’no   otdan
anglashiladi.   Bog‘lama   kesim   bilan   egani   bog‘lovchi   so‘zlardir.   Ular   mustaqil
ma’nosini   to‘la   yoki   qisman   yo ‘ qotib,   yordamchi   vazifaga   ko ‘ chgan   so ‘ zlardir.
Bularning vazifasi fe’l bo‘lmagan so‘zlar bilan qo ‘ shilib, kesimni shakllantirishdir,
ya’ni   mayl,   zamon,   shaxs   son   ma’nolrini   ifodalashdan   iborat.   Kesimni
shakllantirishga   hizmat   qiladigan   bunday   bog‘lamalar   bo‘l,   qil,   edi,   ekan,   emish,
7 hisoblan, sana kabi yordamchilardir.   Kerak, zarur, darkor   so‘zlari ham bog‘lama
vazifasida qo‘llanadi.
Xursand   edi,   qiziqarli   bo‘ldi,   yaxshilik   qildi,   obod   qildi,   ozod   bo‘ldi,   oz
emish, xursand bo ’ldi, to‘g‘ri chiqdi, ko‘p edi. 
             Kesim birikmalar va iboralar bilan ham ifodalanadi. Kengaygan birikma va
iboralar   gapda   yaxlit   holda   bitta   gap   bo‘lagi   bo‘lib   keladi   va   o‘z   ichida   boshqa
bo‘laklarga   ajratilmaydi:   Vazifamiz   –   bilim   maskanlarida   hamisha   a’lo   o‘qish.
Tarixni   o ‘ rganishdan   asosiy   maqsad   –   milliy   o‘zligimizni   chuqurroq   anglash.
Baquvvat   xotiraning   mohiyati   –   unutmaslik.   Komil   insonlardagi   olijanob   xislat   –
o‘tmishni  unutmaslik.   Gapning sintaktik qatlami  tahlil  qilinganda gapda  ega yoki
kesimning muhim ahamiyatga ega ekanligi ham ayrim bahslarning kelib chiqishiga
sabab   bo‘ladi.   A.   G‘ulomov   va   M.   Asqarovalar   bu   haqda   shunday   deydi:   “Bosh
bo‘laklar   gapning   asosini   tashkil   etadi:   ular   gap   konstruksiyasining   asosidir,
markazidir-gapdagi ikki uyushtiruvchi markazdir. Lekin bosh bo‘laklarning yolg‘iz
o‘zi   ham   mustaqil   gapni   tashkil   qiladi,   biroq   ba’zi   o‘rinlarda   ularning   o‘zidan
to‘liq   fikr   ifodalanmaydi”,   deb   yozadilar.   Bu   olimlar   egani   hokim   tarkibning
grammatik   markazi,   shuningdek,   uni   tobe   tarkibdagi   bosh   bo‘lakka   –     kesimga
ham hokimdir, deb ta’kidlashadi 4
. Kesim haqidagi bunday talqin 1980-yillargacha,
ya’ni   fanimizga   sistem-struktur   sintaktik   tadqiqotlar   kirib   kelgunga   qadar   davom
etib   keldi.   Ammo   H.   Ne’matov,   N.   Mahmudov,   A.   Nurmonov,   R.   Sayfullayeva,
M.   Abuzalova   kabi   o‘zbek   hamda   boshqa   xorijiy   tadqiqotchilarning   ishlarida
kesimning mavqyei yangicha baholandi  –   kesim  gap qurilishidagi  mutloq hokim
bo‘lak, gap markazi sifatida talqin etildi". 5
              Formal   grammatikada   (fanimiz   asoschisi   profеssor   A. G ‘ ulomov   bo‘lgan
yo‘nalishda)   gap   bo‘laklarni   bosh   bo‘laklar   (ega   va   kеsim),   ikkinchi   darajali
bo‘laklar   (aniqlovchi,   to‘ldiruvchi,   hol)   va   gap   bo‘laklari   mavqеida   bo‘lmagan,
lеkin   uni   murakkablashtirishga   xizmat   qiluvchi   undalma,   kirish,   kiritma   hamda
4
  Ғ уломов А., Ас қа рова М.  Ҳо зирги  ў збек адабий тили. Синтаксис. – Тошкент:  Ўқ итувчи, 1987. –   Б . 72-77.; 
Жигадло В.Н., Иванова И.П., Иофик Л.Л. Современный английский язык (теоретический курс грамматики). 
- М.: Лит. на иностр. языке, 1956. –  С . 244.
5
 Теньер Л. Основа структурного синтаксиса: Перевод с франц. – Редкол.: Г.В.Степанов (Предисловие) и др. 
- Вступ. статья и общ. ред. В.Г. Гака. - М.: Прогресс, 198. - 656 с.  ;  Ne ' matov   H .,  Mahmudov   N .,  Sayfullaeva  
R .,  G ‘ ulomov   A .,  Abduraimova   M .  Ona   till . 8- sinf   uchun   darslik . –  Toshkent , 2002. –  B . 37.
8 ajratilgan   bo‘laklar   sifatida   tasnif   etish   qabul   qilindi.   A.Sayfullaеv   tadqiqotlarida
esa   undalma   va   kiritmalar   uchinchi   darajali   bo‘laklar   sifatida   talqin   etilgan   edi.
Dеmak,   formal   grammatikada   gap   bo‘laklari   quyidagicha   joylashtirilgan   holda
o‘rganilgan:
             1.Bosh bo‘laklar(ega, kеsim ).
            2.Ikkinchi darajali bo‘laklar (aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol).
            3.Uchinchi darajali yoki murakkablashtiruvchi bo‘laklar (undalma, kiritma,
ajratilgan bo‘laklar).
                        Formal   grammatikada   gap   bo‘laklarini   bеlgilashda   nutq   voqеlangan
gapning   zaruriy   va   qo‘shimcha   -   zaruriy   qismni   to‘ldiruvchi,   uni
muayyanlashtiruvchi  qismlarga ajratish tamoyiliga tayaniladi.  Nutqda voqеlangan
va so‘zlar kеtma-kеtligidan iborat bo‘lgan gap bo‘laklarini zaruriy va qo‘shimcha
(to‘ldiruvchi,   muayyanlashtiruvchi,   murakkablashtiruvchi)   qismlarga   ajratish   va
shu jihatdan gap bo‘laklarining yuqoridagi  iеrarxiyasini  bеrish o‘z ichida ma’lum
bir   mantiqiy   qarama-qarshilikka   egadir.   Chunki,   A.Sayfullaеv   to‘g‘ri
ta’kidlaganidеk,   voqеlangan   qismlar   kеtma-kеtligidan   iborat   bo‘lgan   bir   yaxlit
sistеmada   -   nutqiy   gapda   zaruriy   va   nozaruriy   bo‘laklarni   ajratish   to‘g‘ri   emas.
Voqеlangan   gapda,   ma’lum   bir   matn   ichida   gap   uchun   kеraksiz   qism   bo‘lishi
mumkin   emas.   Agar   gap   dеganda   nutqiy   voqеlangan   gap   emas,   balki   fikrni
shakllantirish, uni uzatish va qabul qilishning eng kichik birligi qurilishi, ya’ni gap
qolipi (modеli) tushunilsa, tabiiyki, unda holat tamoman o‘zgaradi. Gapning kichik
qolipi nutqda voqеlanganda, albatta, uning tarkibida ham zaruriy, ham qo‘shimcha
qismlar bo‘lishi, tabiiy. Agar  formal  grammatika bosh bo‘laklar  dеganda gapning
eng   kichik   qurilish   qolipining   zaruriy   qismlarini   nazarda   tutgan   bo‘lsa,   unda   bu
qarash   bugungi   tilshunosligimizda   formal-funksional   (shakl-   vazifaviy)   sintaksis
namoyandalari   asoslab   bеrganidеk,   ega   kеsim   bilan   bir   darajada,   hatto   kеsimdan
yuqori   mavqеda   bo‘lishi   mumkin   emas.   Shuning   uchun   grammatikada   gap
bo‘laklari   va   ularning   iеrarxiyasini   izchil,   mantiqiy   nuqtai   nazardan
muayyanlashtirish vazifasi kun tartibida turadi.
9   Gapning   bosh   bo‘laklaridan   bo‘lgan   kesim   va   uning   mavqeyi   haqida
keyingi   yillarda   o‘zbek   tilshunosligida   qator   tadqiqotlar   yuzaga   keldi.   Ayniqsa,
V.Egamberdiyev,   J.Omonturdiyev   tadqiqotlaridan   so‘ng   va   ular   asosida
substansial   tadqiq   usullarida   ish   olib   borgan   M.Abuzalova,   R.Sayfullayeva,
L.Raupova, R.Bobokalonov kabi tadqiqotchilarning ishlarida, oliy va o‘rta maktab
darslik  va  qo‘llanmalarida  ham   maxsus   bo‘lmasa-da,   yo‘l-yo‘lakay   kesim  haqida
bahs   bordi.   Mazkur   olimlarning   tadqiqotlarida   kesimning   o‘ziga   xos   morfologik
belgilarga   ega   ekanligi,   kesimni   ifoda   etadigan   so‘z   o‘zining       grammatik
strukturasi bilan boshqa bo‘laklardan ajralib turishi, ba’zi bir gaplarda ega maxsus
so‘z   bilan   ifodalanmasa-da,   kesim   orqali   egani   aniqlash   mumkinligi   alohida
ta’kidlandi. Shuningdek, faqat kesimdan iborat so‘z-gap bo‘lib kelishi mumkinligi,
buning uchun u kesimlik maqomiga ega bo‘lishi lozimligi bayon qilindi.  
            Tadqiqot   ishimiz   bo‘yicha   olib   borilgan   kuzatishlar   mobaynida   kesimni
o‘rganish   borasida   bir   qancha   ilmiy   ishlar   olib   borilganiga   guvoh   bo‘ldik.
Jumladan, S.Nurmonovaning “O‘zbek tili gap qurilishida struktur va chiziqli tartib
munosabati”   deb   nomlangan   nomzodlik   dissertatsiyasida   predikatlarning
konstitutiv   bo‘lmagan   aniqlovchilarining   ikki   ma’nosi:   xarakterlovchi   va   situativ
ma’nolarining qarama-qarshi qo‘yilishi sintaktik qimmatga ega: birinchi turi kesim
bilan   chambarchas   bog‘lansa,   ikkinchi   turi   kesim   bilan   juda   kuchsiz   bog‘langani
holda,   gapning   umumiy   mazmuni   bilan   bog‘langani   va   shuning   uchun   bunday
bo‘laklarni   V.V.Vinogradov   “gapni   yoyiq   tusga   kirituvchilar”   deb   hisoblaydi
degan   fikrlarni   aytadi.   Shuningdek   N.Yu.Shvedova   esa   mazkur   fikrni
determinantlar haqidagi ta’limotida yanada rivojlantirganligini keltirib o‘tadi. 6
Ba’zan   gap   bo‘laklarini   belgilashda   uning   qaysi   so‘z   turkumiga   taalluqli
ekanligi ham e’tiborga olinadi. Lekin bu usul ham to‘liq asos bo‘la olmaydi.       
Ega   va   kesim   gapning   grammatik   asosi   hisoblanadi .   Gapni   gap   bo‘laklariga
ajratishda   bir   necha   usullardan   foydalaniladi.   Ulardan   ko‘p   qo‘llaniladigani   gap
tarkibidagi   so‘zlarga   so‘roq   berish   usuli dir.   Biroq,   bu   usul   har   doim   ham   o‘zini
oqlamaydi.   Chunki   gapda   so‘roqqa   javob   bo‘la   oladigan,   ammo   gap   bo‘lagi
6
  S.Nurmonova .   O‘zbek   tili   gap   qurilishida   struktur   va   chiziqli   tartib   munosabat i :   Филол .фан.номз….дисс.–
Andijon , 2014. –Б.55.
10 vazifasida   kelmaydigan   bo‘laklar   –   undalmalar   ham   ishtirok   etadi.   Masalan:
Bolalar,   ilm   olish   –   yuksalishdir.   Gapida   bolalar   so‘zi   so‘roqqa   javob   bo‘lsada
lekin   gap   bo‘lagi   vazifasida   kelmagan.   S h uningdek   gapni   gap   bo‘laklariga
ajratishda   ularning   grammatik   shakliga   ham   e’tibor   beriladi.   Ammo   bu   usul   ham
to‘liq   o‘zini   oqlamaydi.   Masalan,   qaratqich   kelishigidagi   so‘z   qaratqichli
aniqlovchi   vazifasini   bajarishi   mumkin,   ammo   jo‘nalish,   o‘rin-payt,   chiqish
kelishigidagi so‘zlar to‘ldiruvchi ham, hol ham bo‘lishi mumkin.       
S.Nurmonova,   shuningdek,   V.A.Beloshapkovaning   gap   bo‘laklari   haqidagi
fikrlarini umumlashtirib,  quyidagi chizmani beradi:  7
            O‘zbek   tilshunosligida  bosh   bo‘laklarning  xususiyatlari   mukammal   darajada
tadqiq etilgan va bu masalaga bag‘ishlangan bir qator ilmiy ishlar mavjud. Ushbu
7
  Nurmonova .  O‘zbek tili gap qurilishida struktur va chiziqli tartib munosabat i :  Филол .фан.номз….дисс. – Andijon ,
2014. – B .56.
11Predikativ   asosga   kiruvchi 
bo‘laklar
Nominativ 
minimumga 
kirmaydigan 
bo‘laklar  
( konstitutiv 
bo‘lmagan 
bo‘laklar )Predikativ   asosga   kirmaydigan 
bo‘laklarGAP BO‘LAKLARI
Predikativ  
kategoriyani 
tashuvchi bo‘lak Predikativ  
kategoriya mavjud 
bo‘lmagan bo‘lak Nominativ 
minimumga 
kiruvchi bo‘laklar  
( konstitutiv 
bo‘laklar )
Predikat 
bo‘lmagan  
aniqlovchilar
iKesim 
Predmet 
otlar
(aktantlar) Predikatning 
konstitutiv  
aniqlovchilar
i Predikat 
aniqlovchilar
iBir sostavli 
bosh gap 
bo‘lagi
Situativ 
ma’no 
ifodalovchi
larXarakterlov
chilar“ o‘ng ”“ chap ” “ o‘ng ”
“ chap ” tadqiqot   ishlarida  eganing  tarkibi,  tuz ilishi   haqida  fikr-mulohazalar   bayon  etiladi.
Xususan,   A.R.Sayfullayev   gap   bo‘laklarining   semantik-leksik   xususiyatlarini
tadqiq   etar   ekan,   egani   tuzilishiga   ko‘ra   uch   turga   bo‘ladi:   sodda,   qo‘shma   va
murakkab   egalar.   Shuningdek,   ega   leksik-semantik   belgilariga   ko‘ra   olti   guruhga
ajratiladi:   shaxs;   predmet;   belgi;   miqdor;   harakat-holat;   o‘rin-joy   tushunchasini
bildiruvchi   egalar. 8
  A.Safayev   o‘zbek   tilidagi   gapning   bosh   bo‘laklarini   tadqiq
etgan   bo‘lsa-da,   tilshunos   eganing   tuzilishiga   ko‘ra   turlarini   farqlamagan   edi.
Chunki tilshunos gapning bosh bo‘laklarini ularning ishtirok etish-etmasligi nuqtai
nazaridan tadqiq etgandi. 9
 
        Sodda   gap   tarkibida   kesimlik   shakllariga   ega   bo‘lgan   bitta   kesim   mavjud
bo‘ladi.   Sodda   gap   tarkibidagi   barcha   bo‘laklar   shu   kesim   atrofida   birlashadi.
Qo‘shma   gap   tarkibida   esa   ikki   va   undan   ortiq   (uyushmagan)   kesim   bo‘ladi.
Grammatik   asoslarning   miqdoriga   ko‘ra   gaplar   sodda   (bir   grammatik   asosli)   va
qo‘shma (ikki va undan ortiq grammatik asosli) gaplarga bo‘linadi. Qiyoslang:   Bu
shaharda   tanish-bilish   yo‘qligi   Mardonovga   shu   bugun   bilindi.   Kampirning
ko‘zlari   allanechuk olayib        ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.
Sodda gaplar eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: egasi
mavjud gaplar   (Biz yangi filmni tomosha qildik.) va   egasiz gaplardan iborat   (Yangi
filmni tomosha qildik).
          Sodda   gaplar   ikkinchi   darajali   bo‘laklarning   ishtirok   etgani   yoki   etmaganiga
ko‘ra:   sodda   yig‘iq   gaplar   (Muxlisa   kirib   keldi.),   sodda   yoyiq   gaplarga        (Muxlisa
darvozadan shoshilib kirib keldi.)   bo‘linadi. 
              Sodda   gaplar ning   nutqda   murakkablashish   xususiyati   mavjud .   Bu
murakkablashuv  undalmalar (murojaat shakllari), kirish bo‘laklar, kirish gaplar va
boshqa vositalar orqali amalga oshadi. Mazkur murakkablashuv jarayoni sintaktik
qurilma   sanalmish   sodda   gapga   mazmunan   emotsionallik,   badiiylik,   ta’sirchanlik
baxsh   etadi.   Ushbu   birliklarning   gap   qurilishi   bilan   bog‘liq   jihatlari     o‘zbеk
tilshunosligida kеng tadqiq etilgan.   
8
 Сайфуллаев   A .Р. Семантико-грамматическые особенности членов предложения в современном узбекском 
литературном языке. – Ташкент: Фан, 1984. –С.37-42.
9
  C афаев  A . Главные члени предложения в современном узбекском языке. – Ташкент:  С A Г U , 1958.
12               Ma’lumki,   undalma   so‘zlovchi   bilan   tinglovchining   o‘zaro   munosabatini
bildiradi.   U   gap   tarkibida   kelib,   o‘zi   ishtirok   etgan   gapning   mazmuniga   tegishli
bo‘ladi. Undalma gap bo‘laklaridan farqli ravishda maxsus intonatsiya bilan ajratib
aytiladi. Undalmaning umumiy tasnifi, leksik-semantik xususiyatlari,  morfologik-
sintaktik   ifodalanishi,   tarkibi,   gapdagi   o‘rni   va   undalmada   ohang   maxsus   tadqiq
qilingan.  Shuni ham ta’kidlash lozimki, murojaat shakli xalqning o‘zligini anglashi
qay   darajada   ekanligini   ko‘rsatuvchi   mеzonlardan   biridir.     Kiritmalar   ham   sodda
gap   tarkibini   murakkablashtiruvchi   hamda   muayyanlashtiruvchi   bo‘laklardan
sanaladi. Darsliklarda kirish bo‘lak(kiritma)ning so‘zlovchining aytilayotgan fikrga
bo‘lgan munosabatini ifodalovchi quyidagi ichki bo‘linishlari -  ma’nolari bеriladi:
1)ishonch   yoki   tasdiqni   ifodalaydi   (albatta,   shubhasiz,   darhaqiqat...);   2)g umonni
ifodalaydi   (balki,   ehtimol...);   s hodlikni   ifodalaydi   (baxtimizga,   tolеimizga...);
a fsus, taajjubni ifodalaydi (afsus, attang, esiz...) va hk.
Xullas,   sodda   gap   va   uning   turlari   sintaksisning   bir   bo‘limi   sanaladi   va
matnda eng ko‘p qo‘llaniladigan birliklar ham sodda gaplardir.
1.2.Jahon tilshunos olimlarining sodda gaplar bo‘yicha olib borgan
tadqiqotlari.
              Sintaksisning     asosiy   birligi   gapdir.   Gap   fikrni   shakllantirish,   ifodalash   va
bayon     qilishning     asosiy     vositasi,     muayyan     tilning     qonun-qoidalari     asosida
shakllangan  sintaktik  birligidir.  Gapning  asosiy  belgisi  ya’ni  fikr  ifodalash  va
bayon     qilish     vazifasidir.   Barchamizga   ma’lumki,   sodda   gap   va   uning   turlarini
nafaqat o‘zbek, balki jahon tilshunosligida ham  tadqiqotning obyekti  sifatida olib
o‘rganilgan.   A.Mеyе,   O.Еspеrsеn,   A.Smirnitskiy,   V.Admoni,   L.Tеnyеr ,
V.Gak,   A.Shaxmatov,   A.M.Peshkovskiy,   M.N.Peterson,   Evha   Nazalatus
Sa’adiyah   Sai ,   Xoyrul   Huda ,   Sharif   Hidoyatulloh   kabi   qator   jahon   tilshunos
olimlari ham sodda gap va uning turlari bo‘yicha bir qancha tadqiqot ishlarini
olib   borganlar   va   darslik,   o‘quv   qo‘llanma,   dissertatsiyalar   yozgan.   Tadqiqot
ishimizning   mazkur   qismida   shunday   tadqiqot   ishlarining   ba’zilarini   keltirib
o‘tishga harakat qildik. 
13 Ingliz   tilshunosligidagi   sintaksisning   o‘rganilish   tarixiga   nazar
tashlaydigan   bo‘lsak,   ingliz   tilshunosligida   sodda   gaplarning   o‘rganilishi
ingliz tili  grammatikalarining paydo  bo‘lish  davriga,  asosan,  XVI   asrning oxiriga
borib   taqaladi.   O‘rta   asrlar   antik   va   lotin   grammatikalari   gap   haqida   mukammal
ta’limotni yaratmagan edilar. Mantiq fani ta’sirida gapning tugal fikrni ifodalovchi
shakl ekanligi haqida ta’rifi vujudga keldi. Birinchi ingliz grammatikasida (155)
sintaksis   bo‘limi   yo‘q   edi.   Gap   haqidagi   fikr   bog‘lovchilar   bobida,   ularning
ta’rifida berib o‘tiladi. 
            B.Djonson  va  Butlerlarning  (XVII  asrning  birinchi  yarmi)   grammatikalarida
punktuatsiya qoidalariga bog‘liq ravishda  gap haqida tushuncha  keltiriladi,  xolos.
XVII   asr   ikkinchi   yarmida   K.Kuper   tomonidan   yaratilgan   grammatika   va   o‘quv
qo‘llanmada   punktuatsiya   qoidalari   izohlanishida   sodda   va   tarkibli   gaplar
tushunchalari   haqida   fikrlar   keltiriladi.   Kuper   bu   yangi   tushunchalar   bilan   bir
qatorda bosh gap, tobe gaplar yoki gap qismlari kabi tushunchalari bilan ishlaydi.
Sodda   va   tarkibli   gaplar   tushunchalari   qo‘shma   gap   haqidagi   ta’limotda   XIX
asrning   o‘rtalarigacha   yashaydi,   tobe   qismlar   va   gaplar   hamda   bosh   gaplar   va
fe'llar   tushunchalaridan   XIX   asrning   o‘rtasidan   ingliz   grammatiklari   foydalana
boshlaydilar. 
            Dj.Braytlend yaratgan  va  XVIII  asrning  boshida  chop etilgan  grammatikada
asos   sifatida   gap   va   uning   sodda   hamda   tarkibli   gaplarga   bo‘linishi   haqidagi
ta’limotlar   olindi.   Shu   davr   grammatiklari   Grinvud   va   Ferrou   Dj.Braytlendning
izdoshlari   bo‘lib,   yangi   tasnifga   uncha   ko‘p   o‘zgartirishlar   kiritmadilar.   Ularning
fikricha,   sodda   va   birgina   gap   (a   single   sentence)   mavjud;   birgina   (edinichnmy)
gap belgisi - birgina fe’l tashkil etgan; tarkibli gap esa - sodda gaplardan   tuzilgan
[made up or composed) dir. Bu ta’limotning asosida XVII -XVIII asrda Angliyada
mantiq bo‘yicha  chop etilgan  qo‘llanmalar   yotganini  tilshunos  olim   L.L.Iofik o‘z
vaqtida   qayd   etgan   edi. 10
  V.G.Admonining   fikricha,   bu   davr   olimlari   gap
strukturasini   tushunishda   sodda   va   tarkibli   gaplar   ta’limotida   grammatik
bo‘lmagan   tushunchalarga   tayanib   ritorika   va   mantiqning   tushunchalarini   asosga
10
  Иофик Л.Л. Сложное предложение в новоанглийском язьже. – ЛГУ, 1968.  
14 olganlar   va   bu   grammatiklarga   nutqiy   bo‘linishda   mazmundan   shaklga   qarab
borish yo‘lini ko‘rsatgan. XVIII asr ikkinchi yarmining yetakchi grammatigi Lout
1762-yilda   nashr   etgan   grammatikasida   gapga   grammatik   shakllanishni   hisobga
olib,   gap   haqidagi   o‘zining   fikr   va   mulohazalarini   atroflicha   bayon   qilib   o‘tadi. 11
R.Loutning izdoshi  L.Murriy 1795-yil  chop etgan asarida Loutning gapga bergan
ta’rifini   qisqartirgan.   Olimning   Lout   grammatikasi   matni   asosida   yaratgan
grammatikasi   keng   tarqaldi.   Bu   grammatika   XIX   asr   birinchi   yarmi   tilshunoslari
uchun   namuna   mavqeida   edi,   balki   shuning   uchun   ham   ularning   asarlarida
sintaktik nazariya rivojlantirilmagandir. XVIII  asr  ikkinchi  yarmida  grammatiklar
tarkibli   gap   ta’limotiga   clauses   tushunchasini   kiritadilar.   Lout   bu   tushunchadan
foydalanmagan.   Punktuatsiya   bo‘limida   sodda   va   tarkibli   gaplar   qismlari   haqida
fikr   yurita   turib,   ularni   members   (bo‘laklar)   deb   ataydi,   bu   tushuncha   periodning
bo‘linishi   bilan   bog‘liq   edi.   Clauses   atamasi   XIX   asrning   birinchi   yarmida   o‘z
terminologik   ma’nosiga   ega   emas   edi   va   olimlar   unga   nimalarni   {bog‘lovchi   -
tarkibli   gaplar   -   bir   nechta   gaplar   ...)   kiritish   mumkinligi   haqida   turli   fikrlar
bildirardilar.
          XIX asr oxiridan boshlab klassik ilmiy grammatika rivojlana boshlaydiki, XX
asr   normativ   grammatika   ingliz   tilshunosligida   grammatikaning   yagona   tipi
bo‘lmay   qoladi.   Bu   ikki   grammatika   bir   davrda   yashay   olganining   sababi   shuki,
XX asrda XIX asrda yaratilgan asarlar qayta ishlanib, bir necha marta nashr etiladi.
Masalan,   XIX   asr   oxirida   chop   etilgan   Nesfild   grammatikasi   XX   asrda   qayta
ishlanib,   ko‘p   marta   chop   etildi.   Struktural   yo‘nalishdagi   grammatikalarda   ayrim
olimlar   an’anaviy   trixotomik   tasnifni   saqlab   qoladilar,   ayrimlari   uni
chetlashtiradilar-u,   ammo   bu   chetlashtirishning   nazariy   asosini   keltirmaydilar,
ba’zilarida esa terminologiya yangilangan, ammo sistema  an’anaviyligicha qolgan.
Struktural   lingvistikaning   ayrim   vakillari   qo‘shma   gap   nazariyasiga   sodda   va
qo‘shma   gaplarning   farqli   tomonlarini   yo‘qotishga   yo‘naltirilgan   fikrni
singdirmoqchi edilar.
11
  Lowth R, A short introduction to English grammar. – London, 1783.  –P. 118.
15          Demak, normativ grammatika vujudga keltirgan sodda gap - teng tarkibli gap
tobe   tarkibli   gaplar   o‘rtasida   farqlarning   yo‘qligini   targ‘ib   qilib,   gaplarning
umumiy   trixotomik   tasnifini   o‘zgartirmoqchi   bo‘lganlar.   Xullas,   ilmiy
grammatikada   boshlangan   va   struktural   lingvistikada   rivojlangan   sodda   va
qo‘shma   gaplar   o‘rtasidagi   struktur   chegaralarning   bartaraf   etilishi   Xarrisning
transformatsion   grammatikasida   o‘z   nihoyasiga   yetdi.   Xarrisning   maqsadi
nutqning   tahliliga   xalaqit   bermasligi   uchun   transformatsiya   yordamida   matnni
normaga   solish   (me’yorlashtirish)   edi.   Uningcha,   gap   va   uning   qismlarini   bir   xil
strukturaga   keltirish   zarur.   Demak,   muallifni   “so‘z   birikmalari”   komponentlari
yoki   gaplar   “ketma-ketligi”ning   o‘xshashligi   (struktur   emas,   balki   mantiqiy
o‘xshashlik)  ko‘proq qiziqtirgan, ularning farqlari, o‘ziga xos xususiyatlari diqqat
markazida   bo‘lmagan,   shuning   uchun   ham   gap   mavqeyi   uyushiq   bo‘laklar   ham,
izohlovchi (aniqlovchi) va fe’lning shaxssiz shakllariga ham berilgan edi. 
        Ingliz   tilshunosligidagi   sodda   gap   borasida   qilingan   ishlarni   tahlil   qilgan
tadqiqotchilardan   biri   R.M.Asadovning   “Ingliz   tili   sodda   gap   qurilmalarida
monovalentli   va   poliavalentli   komponentlarning   sintaksem   tahlili”   nomli
doktorlik   dissertatsiyasida   ingliz   tili   sintaksisida   gap   bo‘laklarini   o‘rganish   va
ular   o‘rtasidagi   aloqalarni   tahlil   qilgan   qator   olimlarning   tadqiqot   ishlariga
to‘xtalib,   ular   haqida   ma’lumotlar   berib   o‘tadi.   Shunday   tilshunoslardan   biri   A.I.
Smirnitskiy   sintaktik   aloqalarni   to‘rtta   turga   bo‘lib   o‘rgangan:   1)   Atributativlik
(aloqa turning eng qisqa turi) – hokim va tobe bo‘laklarni bir kompleks doirasidagi
o‘rganuvchi   aloqa;   2)   Predikativlik   (eng   mustaqil   aloqa   turlari)   –   gapning   bosh
bo‘laklari   o‘rtasidagi   aloqa;   3)   Kompletivlik   (tuslanuvchi   aloqa   turi)   –   gapning
ikkinchi   darajali   bo‘laklari   o‘rtasidagi   aloqa;   4)   Kopulyativ   –   gapning   uyushiq
bo‘laklari   o‘rtasidagi   aloqa.   Aloqalarning   oxirgi   turi,   kopulyativlik   aloqasi   eng
oddiy   aloqa   turiga   kiradi.   Gapdagi   kopulyativ   aloqasi   orqali   gapning   uyushiq
bo‘laklari   boshqariladi,   kopulyativ   aloqa   gapni   alohida   bo‘laklarga   ajratadi.
A.I.Smirnitskiy tomonidan aniqlangan atributivlik aloqasi hokim va tobe bo‘laklar
o‘rtasidagi   aloqa   bo‘lib,   u   sintaksis   bo‘limiga   taalluqli   hisoblanadi.   Atributivlik
16 aloqasini   ko‘pchilik   tilshunoslar   o‘z   ilmiy   ishlarida   turlicha   tadqiq   etishgan. 12
Gapda   ishtirok   etadigan   aloqalardan   eng   asosiylari   predikativlik   va   kompletivlik
aloqalaridir.   N.P.Gaman   ham   aloqalarni   tovush   tonlari   asosida   yoritib,   o‘z
tadqiqotida predikativ aloqasi ustida chuqurroq to‘xtalgan. Gaman aloqalarini ikki
turga   bo‘ladi:   1)   Formal   grammatika   (grammatik   ot   va   grammatik   kesim
o‘rtasidagi   aloqa);     2)Kommunikativ   –   dinamik   (leksik   ot   va   leksik   kesim
o‘rtasidagi   aloqa).   O.   Dolgova   ham   aloqalar   haqida   o‘z   nazariyasida   ish   olib
borgan.   O.V.   Dolgova   aloqalar   o‘rtasida   ishlab,   asosan   kompletivlik   aloqasiga
ko‘proq   e’tibor   qaratgan.   Dolgovaning   fikricha,   she’rda,   uning   oxirgi   qatorida
kollokatsiya   va   kolligatsiya   birligi   esa   sintaksis   bo‘limida   o‘rganiladi.   Demak,
O.V.   Dolgova,   M.X.   Chxarishvili.   N.P.   Gaman,   O.S.   Axmanova,   M.   Begliyeva
kabi   olimlar   o‘z   tadqiqotlarida   aloqalarni   to‘rt   turga   ya’ni,   atributivlik,
predikativlik,   kopulyativlik   va   kompletivlik   aloqalariga   ajratishgan.   Olimlar   bu
aloqalarni she’r va prozalar orasida o‘rganib chiqib, ularni ma’lum bir pauza yoki
diorama   asosida   bo‘lishgan   va   bir-biridan   farqlashgan.   Jumladan,   sintaktik-
semantik   tahlil   mavzusida     ko‘plab     tadqiqotlar     olib     borilgan,     chunonchi     bu
mavzuda   professor   A.M. Muxin,   V.   Ilyish, M.A. Ganshinalar tadqiqot ishlarini
olib borishgan. B. Ilyishning “Zamonaviy ingliz tili strukturasi” (“The structure of
modern English”) asarini yozgan. 13
          Gapning   qurilishida   elementar   sintaktik   birliklarning   ikki   turi   –   gapning
komponentli strukturasini, ikkinchisi esa gapning sintaksemali strukturasini tashkil
etadi.   U   yoki   boshqa   birliklarning   xarakterli   tomoni   ularning   sintaktik
bo‘linmasliklari   hisoblanadi,   shuning   natijasida   u   elementar   sintaktik   birlik   deb
nomlanadi.   Tilshunos   olim   A.M.   Muxin   gapda   ishtirok   etgan   mustaqil   leksik
ma’noga   ega   bo‘lgan   har   bir   so‘zga   leksema   deb   ta’rif   berib,   ularga   alohida
komponent   sifatida   qaraydi.   A.M.   Muxin   nazariyasiga   tayanib   shuni   aytsih
mumkinki   gapdagi   komponentlar   ma’lum   bir   sintaktik   bog‘lanish   asosida   bir-biri
bilan   birikadi.   Professor   A.M.   Muxin   nazariyasiga   ko‘ra   oltita   sintaktik-semantik
12
  Смирницский   А . И .  – Синтаксис английского языка .
13
 Ilysh B.A.  –  The structure of Modern English. – M., 1959.
17 bog‘lanish   mavjud   bo‘lib,   ular:   1.   Yadroviy   predikativ   bog‘lanish   (Nuclear
Predicative   Relation)   –   NP   2.   Noyadroviy   predikativ   bog‘lanish   (Non-nuclear
Predicative Relation) – NPR   3. Subordinativ bog‘lanish (Subordinative Relation)
–   SR   4.Koordinativ   bog‘lanish   (Coordinative   Relation)   –   CR   5.   Appozitiv
bog‘lanish   (Appositive   relation)   –   AR   6.   Introduktiv   bog‘lanish   (Introductive
Relation)   –   IR1. 14
  Predikativ   bog‘lanish   ikki   turga   bo‘linadi:   1.   Yadroviy
predikativ   bog‘lanish;   2.   Noyadroviy   predikativ   bog‘lanish;   Yadroviy   predikativ
bog‘lanish – gapning asosini  tashkil etadi va o‘z-o‘zidan gap (jumla) hosil qiladi.
Ular shunday ikkita gap komponentlari orasida mavjud bo‘lib (ega va kesim), ular
o‘zaro   birlikda   bir-birlari   bilan   bog‘liqlik   hosil   qiladilar,   ya’ni   ikki   tomonlama
yo‘nalish hosil qiladi.
                   Umuman olganda, kesim bosh bo‘laklarning biri sifatida barcha tillarda
universal   harakterga   ega   bo‘lishiga   qaramasdan,   u   ifodalanishiga   ko‘ra
tasniflanganda   tilshunoslarning   kesim   haqidagi   fikri   turli-tumanligining   guvohi
bo‘lamiz.   Masalan,   ingliz   tili   nazariy     grammatikalaridan     birida     kesim
quyidagicha tasniflanadi:  sodda  fe’l kesim, tarkibli fe’l kesim. Tarkibli kesim ikki
ko‘rinishga ega: 1) tarkibli ot-kesim; 2) tarkibli fe’l-kesim 15
. Ularning ifodalanishi
haqida   fikr   yuritilganda,   sodda   fe’l-kesim   nafaqat   yaxlit,   yagona   fe’l   yordamida,
balki   fe’lning   murakkab   shakli   orqali   ham   ifodalanishi   qayd   etilgan.   Bundan
tashqari, tarkibli ot-kesim bog‘lama fe’l hamda predikatni ifodalovchi ot, sifat, son,
olmosh, sifatdosh, holatni ifodalovchi so‘zlar, infinitiv, gerundiy yoki ravish orqali
ifodalanadi, deb ta’kidlanadi.   V.D. Arakinning fikricha, kesim bir komponentli va
ikki komponentli kesimlarga bo‘linib, bir komponentli kesim ikki turga ajratiladi:
a)   ega   bilan   moslashadigan;   b)   ega   bilan   moslashmaydigan.   Ikki   komponentli
kesimlar   ham   ikki   turga   ajratiladi:   a)   ot   kesim;   b)   murakkab   kesim 16
.   Kesimning
bunday   tasniflanishi   B.A.   Ilyishning   fikrini   ham   tasdiqlaydi,   ya’ni   u   ingliz   tili
nazariy  grammatikasida  kesimni   ikki  katta   guruhga  bo‘ladi:   fe’l  kesim,   ot  kesim,
14
  Muxin   A . M .,  –  Синтаксемний анализ и проблемы уровней языка. –  M ., 1980.
15
Жигадло   В.Н.,   Иванова   И.П.,   Иофик   Л.Л.   Современный   английский   язык   (теоретический   курс
грамматики). –  М.: Лит. на иностр. языке, 1956. –  С . 24 6 .
16
  Аракин     В.Д.   Сравнительная     типология       английского   и   русского   языков.   –     Л.:   Просвещение,   1979.   –
С.189-190
18 shuningdek,   ularning   har   birini   yana   ikkiga   bo‘ladi:   sodda   fe’l-kesim,   qo‘shma
fe’l-kesim; sodda ot-kesim, qo‘shma ot-kesim 17
.
           Ingliz tili amaliy grammatikasida kesim quyidagicha tasniflanadi: 1) Sodda
kesim (Simple predicate); 2) Qo‘shma kesim (The compound predicate) 18
. Birinchi
kesim turi fe’lning shaxsli shakli bilan ifodalanadi, ammo uning tarkibi frazeologik
birliklar   yordamida   ifodalanganini   hisobga   olib,   u   frazeologik   kesim   deb
nomlanadi. Masalan:  I’ll get a divorce   (Th.Dr.p.4). 
  Kesimning   ikkinchi   turi   ifodalanishiga   ko‘ra   ikki   qismdan   iborat   bo‘ladi,
birinchi   qismi   fe’lning   shaxsli   shakli   bilan   ifodalansa,   ikkinchi   qismi   esa   ot,
olmosh,   sifat,   sifatdosh,   gerundiy   va   infinitiv   yordamida   ifodalanadi.   Qo‘shma
kesimning   o‘zi   ikki   guruhga   bo‘linadi:   1)   qo‘shma   ot-kesim;   2)   qo‘shma   fe’l
kesim.   Qo‘shma   ot-kesim   bog‘lama   fe’l   va   boshqa   so‘z   turkumlari   yordamida
ifodalanadi.   Bu   borada   shuni   ta’kidlash   lozimki,   ingliz   tilida   juda   ko‘p   fe’llar
borki,   ular   gapda   bog‘lama,   mustaqil   va   yordamchi   fe’llar   vazifasida   ishlatiladi.
Bunday   hol   ingliz   tilini   o‘rganuvchilar   uchun   ma’lum   qiyinchiliklar   tug‘diradi.
Everyone   was   the   king     (   R.P.Warren,   p.239).   Qo‘shma   fe’l-kesim   ifodalanish
usuliga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1) Qo‘shma modal fe’l-kesim; 2) qo‘shma aspekt
fe’l-kesim.   Qo‘shma   modal   fe’l-kesim   asosan,   modal   fe’llar   yoki   ularning
muqobillari hamda fe’lning infinitiv shaklini qo‘shish bilan ifodalanadi:   We shall
have   to   exirt   ourselves   (J.   Galsworthy,   p.12).     Kesimning   bu   turi   haqida   ham
ayrim qiyinchiliklarga duch kelamiz. Masalan, gap tarkibida  to hope, to expect, to
intend,   to   attempt,   to   try,   to   want   kabi   fe’llarni   infinitiv   yoki   gerundiy   bilan
birikib   kelsa   ham   qo‘shma   modal   fe’l-kesim   deyish   mumkin,   lekin   bu   uni
chuqurroq tahlil qilishga undaydi.  Masalan,  I don’t want to take it to anybody  (M.
Wilson, p.313) gapiga e’tibor qilaylik. Bu gapga shunday savol qo‘yish mumkin:
What don’t you want?    Yana, ikkinchi bir gapni olaylik:   He tried to open the tin
with   a   pocket   knife .   Bu   gapga   esa   Why   did   he   try?   deb,   savol   qo‘yish   mumkin.
Mazkur   gaplarning   birinchisiga   qo‘yilgan   savol   to‘ldiruvchiga   mos   bo‘lsa,
ikkinchisidagi   esa,   maqsad   holiga   mos   keladi.   Yoki   ba’zi   darsliklarda   qayd
17
 Ilyish B.A. The structure of Modern English. –  Л .:  Просвещение , 1971. –  С . 207-208.
18
 Каушанская В.Л., Ковнер Р.Л. и др. Грамматика английского языка. – Л.: Просвещение, 1973. – С.230.
19 etilganidek, gapda kesim o‘rnida   to be obliged, to be bound, to be anxious, to be
capable   kabi birikmalar infinitiv bilan kelsa ham qo‘shma   modal fe’l-kesim deb
atalishi mumkin. 
                     Qo‘shma aspekt fe’l-kesim haqida to‘xtalsak, u gapda kesim o‘rnida    to
begin,   to   start,   to   continue,   to   stop   kabi   fazali   fe’llar   bilan   infinitiv   yoki
gerundiyning birikib kelishi yordamida ifodalanadi.  He  began to speak ; He  began
speaking .   Har   ikkala  gapga   bir   xil   savol,   ya’ni     to‘ldiruvchiga   beriladigan   savol
mos   keladi,   What   did   he   begin?     E’tibor       berib       qaralsa,       bu       kesim       turini
alohida       ajratishda   fe’llarning   leksik   ma’nosi   asosiy   o‘rinni   egallaydi.
Boshqalarida esa ifoda planiga qarab ajratilgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Yuqorida
qayd etilganlardan ma’lum bo‘ladiki, aspekt kategoriyasi qaysi qatlamda,     ya’ni
morfologik,      sintaktik     yoki    leksik    qatlamda o‘rganilishidan    qat’iy    nazar
izohtalabdir.       Aspekt      kategoriyasi      L.S. Barxudarovning   fikricha,     fe’lning
zamon       shakllariga     qarab       o‘rganilib   davomsizlik       (non—continuous   aspect)
va       davomlilik       (continuous   aspect)   aspektlariga   ajratiladi,   ya’ni   tilning
morfologik qatlamida o‘rganiladi 19
.
               Ingliz tilshunosligida so‘nggi yillarda ham sintaksis qator ilmiy izlanishlar
olib   borilgan   bo‘lib,   shulardan   biri   Amsterdam   universitetining   german
tilshunosligi   faxriy   professori   Olga   Fischer   (ingliz   tilining   Kembrij   tarixiga
muallif,   “Dastlabki   ingliz   tili   sintaksisi”(2000)   kitobiga   hammualliflik   qilgan,
“Morfosintaktik   o‘zgarish:   funksional   va   rasmiy   istiqbollar”   muallifi),   Hendrik
De   Smet,   Vim   van   der   Vurf(Buyuk   Britaniyadagi   Nyukasl   universititetidagi
tilshunoslik   bo‘yicha   katta   o‘qituvchisi,   “Dastlabki   ingliz   tili   sintaksisi”   kitobi
hammualifi,   u   modallik,   buyruq   gaplar,   diaxronik   sintaksis,   sintaksisning   paydo
bo‘lishi   va   unga   turli   tipdagi   omillarning   ta’sir   qilgan   omillarni   o‘rganib
19
 Бархударов Л.С. Очерки по морфологии современного английского языка.   –    М .:   Высшая   школа , 1975. – 
С .113-116.
20 chiqqan)lar bilan birgalikda “Ingliz sintaksisining qisqacha tarixi” deb nomlangan
asari ahamiyatga molikdir. Bu kitobni yozish uchun ko‘p vaqt talab qilingan va u
9   bobdan   iboratdir.   Mazkur   kitob   keng   qamrovli   bo‘lib,   1500   yillik   tarixi
davomida   katta   o‘zgarishlarga   uchragan   ingliz   tili   grammatikasidagi   asosiy
o‘zgarishlar, jumladan so‘z tartibidagi, ot iborasi va fe’l so‘z birikmasi hamda gap
bo‘laklari tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zgarishi va yangi tobe
konstruksiyalarning   rivojlanishi   kabilar   haqida   ma’lumot   beradi.   Kitobda   bu
ma’lumotlar   hozirda   mavjud   bo‘lgan,   eng   so‘nggi   adabiyotlarga   tayangan   holda
va   asosiy   nazariy   modellarga   murojaat   qilgan   holda   yozilgan.   Ushbu   kitobdan
ingliz   tili   sintaksisidagi   o‘zgarishlariga   qiziquvchilar   ham   foydalanishlari
mumkin. 20
  
          Bundan tashqari Pensilvaniya universiteti  tadqiqotchisi  Syuzan Pintzuk   ingliz
tilidagi   so‘z   tartibining   o‘zgarishiga   doir   bo‘lgan   “Raqobatdagi   frazeologik
tuzilmalar:   Eski   inglizcha   so‘z   tartibining   o‘zgarishi   va   variantlari”   nomli
dissertatsiyasini   yozgan.   Ushbu   dissertatsiya   IX   asrdan   XII   asr   boshigacha   eski
inglizcha   so‘z   tartibidagi   o‘zgarishlarni   o‘rganib,   fe’lning   holatiga   alohida   urg‘u
beradi .   Ushbu   tadqiqotdan   shu   narsa   ayon   bo‘ladiki,   yuzaki   so‘zlar   tartibining
o‘zgarishi   asosan   iboralar   tarkibidagi   sinxron   o‘zgarishning   ta’siridir.   Bunda
shuningdek, eski inglizcha sintaksisning strukturaviy tahlili ko‘rib chiqiladi. Ushbu
tadqiqotdan   eski   ingliz   tilining   tahlili   O‘rta   ingliz   davrida   sodir   bo‘lgan   sintaktik
o‘zgarishlarning   mohiyatini   anglab   yetish   uchun   asos   bo‘lib   xizmat   qilishi
haqidagi ma’lumotlarni olamiz. 21
          Ingliz   sintaksisida   Noam   Chomskiyning   hissasi   katta   bo‘lib,   “Sintaksis
nazariyasi   aspektlari”   (Aspects   of   the   Theory   of   Syntax),   “Sintaktik   strukturalar”
(Syntaktik structures) kabi asarlarida nazariy sintaksis masalalari yoritilgan. 22
20
  Olga Fischer, Hendrik De Smet. Wim van der Wurff. A Brief History of English Syntax. United Kingdom, 
Cambridge University Press – 2017.  www.cambridge.org/9780521747974
21
 Susan Pintsuk. Phrase structures in competition: Variation and change in Old English word order.  University of 
Pennsylvania – 1991.
22
  Chomsky, N.  Aspects of the Theory of Syntax. The Massachusetts Institute of Technology, United States of 
America–1965.
21      Jahon tilshunosligida bizning tadqiqot ishimiz bosh masalasi bo‘lgan sodda gap
va uning turlari bo‘yicha juda ko‘p tadqiqotlar  yaratilgan. Biz o‘z tadqiqotimizda
so‘nggi   yillarda   qilingan   ayrim   ishlarga   e’tibor   qaratish   bilan   chegaralanamiz.
Yaqin   yillarda   qilingan   tadqiqotlar   orasida   Indoneziyadagi   Madura   universiteti
Evha   Nazalatus   Sa’adiyah   Sai   tomonidan   2019-yil   nashr   ettirilgan   “Sodda
gaplarning sintaktik tahlili” nomli tadqiqot ishi diqqatga   molikdir .   Ushbu tadqiqot
Kembhang   Bobur   kitobidagi   sodda   gaplarning   sintaktik   tuzilmalarini   tavsiflash
asosida yozilgan. Shuningdek ushbu tadqiqotda Kembhang Bobur kitobidagi sodda
gaplarning uch xil tasnifi: (a) tasdiq gaplar, (b) inkor gaplar (c) so‘roq gaplardagi
farqlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. 23
      Lamongan Dorul Ulum Islom Universiteti tadqiqotchisi Xoyrul Huda ingliz va
indoneziya   tilidagi   “So‘roq   gaplarning   qiyosiy   tahlili”   deb   nomlangan     tadqiqot
ishini   yozdi.   Ushbu   tadqiqotda   ingliz   tilidagi   so‘roq   gaplarni   tahlil   qilib,   uning
indoneziya   tillaridan   farqli   jihatlari   o‘rganib   chiqilgan.   Ingliz   tilini   o‘rganishda
duch   kelinadigan   qiyinchiliklar   hisobga   olinib,   ikki   tildagi   farqlar   bir-biri   bilan
qiyosan o‘rganilgan. Ushbu tahlil asosida ma’lum bo‘lishi mumkinki, ingliz tili va
Indoneziya   tilidagi   so‘roq   gaplar   orasida   biroz   farqlar   mavjud.   Bunday   farqlar
asosan   savol   strukturasi,   so‘roq   so‘zlarning   qo‘llanilishida   va   tasdiq   so‘roq
gaplarda uchrashi tadqiqotdan ma’lum bo‘ladi.  24
          Jakartadagi   Davlat   Islom   Universitetining   Sharif   Hidoyatulloh   nomidagi
Adabiyot   va   gumanitar   fanlar   fakulteti   ingliz   tili   xati   bo‘limi   xodimi   Novalinda
Puspita   ham   “Generativ   transformatsion   grammatikadan   foydalangan   holda
Akramulla ertaklaridagi gap strukturasini tahlil qilish” nomli dissertatsiyasida sifat
tahlilidan   foydalangan   holda   ertaklarda   foydalaniladigan   gap   turlarini   hamda
asosiy turi qaysi ekanligini aniqlashni maqsad qilgan. Tadqiqot savollariga analitik
usulda   javob   beriladi   va   ertaklardan   yig‘ilgan   gap   turlari   tuzilishiga   qarab
tavsiflanadi. Gap turlari Noam Chomskiyning strukturani tahlil qilish uchun ishlab
chiqilgan   jadval   va   daraxt   diagrammasi   nazariyasi   asosida   tahlil   qilinadi.
23
 Evha Nazalatus Sa’adiyah Sy. A syntactical analysis of simple sentences in Kembhang Babur. Indonesia, 2019.
24
 Khoirul Huda. A contrastive analysis of interrogative sentences in English and Indonesian language. Darul Ulum 
Islamic University of  Lamongman. 
22 Tadqiqotda ertaklardan yigirma beshta ma’lumot to‘plangan. Ushbu tadqiqot shuni
ko‘rsatadiki,   gapning   turlari   gapni   tushunishni   osonlashtiradi   va   o‘quvchi
yaxshiroq tushuna oladi. 25
            Jakartadagi   Davlat   Islom   Universitetining   Sharif   Hidoyatulloh   nomidagi
Tarbiya va Ustozlar tayyorlash kafedrasi tadqiqotchisi Shri Rosmavatining “Oddiy
hozirgi zamonning darak gap shaklini inkor va so‘roq gapga o‘zgartirishdagi xato
tahlillar”   deb   nomlangan   ishida   o‘quvchilarning   darak   gaplarni   inkor   va   so‘roq
gapga   o‘zgartirishdagi   ba’zi   bir   qiladigan   xatolarini   aniqladi.   Ushbu   tadqiqotda
yozuvchi   20   ta   o‘quvchini   tanlab   oladi   va   tavsifiy   tahlildan   foydalangan   holda
ularni   ishini   kuzatib,   tekshirib,   yig‘ilgan   ma’lumotlarni   tahlil   qildi   va   ularga
tegishlicha sharhlar berib o‘tadi. 26
             Nigeriya Semerang universiteti tadqiqotchisi Mashlihatul Umami ham sodda
gap   turlaridan   biri   bo‘lgan   so‘roq   gapni   ingliz   va   indoneziya   tillarida   ishlatilishi
bo‘yicha tadqiqot olib borgan va “Ingliz va indoneziya tillaridagi so‘roq gaplarning
qiyosiy tahlili” deb nomlangan tadqiqot ishini yozgan. Bu tadqiqot ishida ingliz va
indoneziya   tillaridagi   savol   turlarini   o‘rganish   va   ulardagi   o‘xshash   va   farqli
jihatlarni   aniqlagan.   Qiyosiy   tahlilda   lingvistik   tuzilmalarga   ikki   xil   qarash
mumkin:   taxmin   qilish   kuchi   va   oydinlashtirish   ta’siri.   Shuningdek   ushbu
tadqiqotda   talabalarning     ingliz   tilini   o‘rganishda   so‘roq   gaplarni   o‘rganishning
ahamiyatini   hamda   ikki   til   o‘rtasidagi   o‘xshash   va   farqli   jihatlarini   aniqlab
chiqilgan. 27
          Alparslan   turkiya   fan   va   texnologiya   universiteti   professori   Duygu   Ispinar
Akchayo‘glu   “Ko‘plab   talabalarning   ingliz   tilidagi   so‘roq   gaplarni   tahlil   qilishi”
nomli tadqiqot ishini yozgan. Ushbu tadqiqotda so‘roq jumlasi berilishidan maqsad
taxminni   to‘g‘ri  yoki  yo‘qligini  bilish   uchun  berilishini,   argument  mantiqiy  tahlil
qilib,   noma’lum   narsani   bilib   olishga   qaratilgan   bo‘lishini   keltirib   o‘tadi.   Hattoki
25
 Novalinda Puspita. A syntactical analysis of sentence structure on a fairy tales by Akramulla using generative 
transformational grammar.  – Jakarta, 2017.
26
Sri   Rosmawati.   Error   analysis   on   transforming   affirmative   to   negative   and   interrogative   sentences   of   simple
present tense. – Jakarta, 2014
27
  Mashlihatul   Umami.   A   contrastive   analysis   of   interrogative   sentences   in   English   and   Indonesian.   Universitas
Negeri Semerang
23 faylasuflar   ham   ma’ruza   qilish   o‘rniga   savol   berib   talabalarni   mantiqiy   xulosa
chiqarishga   undaganligi   aytib   o‘tilgan.   Ushbu   tadqiqotda   o‘qituvchilarning
mashg‘ulotlar jarayonida foydalanadigan so‘roq konstruksiyasi va o‘quvchilarning
bunga   e’tibori   va   savollarni   shakllantirishda   duch   kelinadigan   qiyinchiliklar
o‘rganib chiqish uchun Tarjima fakultetining 30 nafar talabasiga rasmlar tarqatilib
rasmlar   asosida   iloji   boricha   ko‘proq   savol   tuzishi   kerakligi   aytildi.   Shuningdek
ushbu   mavzu   bo‘yicha   so‘rovnoma   o‘tkazildi.   Natijalar   talabalar   asosan   Wh-
so‘roq   konstruksiyasidan   foydalanishgan   hamda   savollarni   tuzishda   so‘z   tartibi
hamda fe’lda xato qilganliklarini va o‘qituvchilar bunga yechim topishi kerakligini
ko‘rsatdi. 28
Ganesha   ta’lim   universitetidagi   bir   guruh   tadqiqotchilar,   jumladan,   Ida
Bargus Putrayasa, Deva Putu Ramendra va Ida Bagus Putra Manik Aryanalar “Bali
provinsiyasidagi   boshlang‘ich   maktablarning   VI   sinf   o‘quvchilarining   yozish
jarayonidagi   gap   strukturalarini   tahlil   qilish”   deb   nomlangan   tadqiqot   ishini   olib
borishdi   va   ba’zi   xulosalarga   kelishdi.   Talabalar   o‘z   fikrlarini   yozma   ravishda
bayon   etish   uchun   jumla   tuzishlarida   ba’zi   qiyinchiliklarga   duch   kelishadi.
Tuzilgan gaplar tuzilish jihatdan aniq emas, shu sababli bildirilgan fikrlarni yaxshi
tushunib   bo‘lmaydi.   Shunga   asoslanib,   ushbu   tadqiqotning   asosiy   maqsadi
o‘quvchilar foydalanadigan gaplar tuzilishini tavsiflash edi. Yig‘ilgan ma’lumotlar
Burton-Roberts   tahlil   modeli   orqali   tahlil   qilindi.   Natijalar   Bali   provinsiyasidagi
o‘quvchilarning insholarida mavjud sodda va qo‘shma gaplarning tuzilishi  xilma-
xil   ekanligini   ko‘rsatdi   va   o‘quvchilarga   insho   yozishda   gap   tuzilishiga   ko‘proq
e’tibor berishlari lozimligi bildirib o‘tildi. 29
                      Indoneziyadagi Persada Bunda Pekanbaru chet tillari kolleji tadqiqotchisi
Silviya   Utamining   “Ingliz   tili   adabiyotidagi   talabalarning   dissertatsiyaning
annotatsiyasini  yozishda foydalanadigan gaplar tuzilishi” deb nomlangan tadqiqot
ishida   ham   gaplar   strukturasiga   qanday   e’tibor   berish   kerakligi   aytib   o‘tilgan.
28
 Duygu Ispunar Akcayoglu. An analysis of English major students’ interrogative constructions. Journal of the 
Faculty of Education. Vol 20, No 2, 2019. 
29
  Ida Bagus Putrayasa, Dewa Putu Ramendra, Ida Bagus Putra Manik Aryana. The analysis of sentences’ structure 
of students’ compositions at grade VI of elementary schools in Bali province. – Ganesha University of Education. 
ICLLE,  2018. 
24 Xususan,   dissertatsiyaning   annotatsiyasini   yozishda   tadqiqotning   umumiy
mazmunini qisqa qilib yetkazish eng muhim vazifa hisoblanadi va u 200 dan kam
bo‘lgan   so‘zdan   foydalanish   talab   etiladi.   Bu   tadqiqotning   asosiy   maqsadi   ham
ingliz   adabiyotida   yaratilgan   gaplar   strukturasini   tasniflash   edi.   Natijalar   shuni
ko‘rsatdiki,   61   foizi   grammatik   bo‘lmagan   va   39   foizi   grammatika   jihatdan
tuzilgan   gaplardan   tashkil   topadi.   Grammatik   bo‘lmagan   gaplar   asosan   ot   bilan
bog‘liq   artikl,   predloglar,   kelishiklarni   qo‘llashdagi   muammolar   sabab   yuzaga
keladi. Ushbu tadqiqot talabalar gap tuzilishi haqidagi lingvistik tushunchalarni va
uning   ma’noga   ta’sirini   o‘rganish   orqali   lingvistik   malakasini   oshirishlari   lozim
degan xulosaga keldi. 30
                        Chexiyaning   Olomouts   universiteti   filologiya   fakulteti   Ingliz-amerika
kafedrasi   tadqiqotchisi   Leo   Heji   2014-yilda   “Gap   bo‘laklari   tushunchasining
evolyutsiyasi”   deb   nomlangan   ilmiy   ishini   yoqladi.   Ushbu   tadqiqot:   Kirish   qism;
Gap   bo‘laklari:   evolyutsiya;   Gap   bo‘laklari:   asosiy   masalalar   deb   nomlangan
bo‘limlardan iborat. Ushbu kitobida Leo Heji gap bo‘laklari haqida turli qarashlar
mavjud   bo‘lib,   har   bir   davr   tilshunoslari   o‘zlarining   nuqtayi   nazarlari   bilan
yondashganligini   va   u   sintaktik   analizning   fundamental   tushunchasi   sifatida
qaralishi haqida fikr yuritadi. Shuningdek, gap bo‘laklari muhim qism hisoblanadi,
chunki   ular   tilshunoslarga   umumiy   xulosalarni   chiqarishda   yordam   beradi   degan
fikrlar   hamda   bir   tomondan   ular   sintaksisning   asosiy   qismi   bo‘lib,   so‘z   bilan
aloqadorlikda bo‘ladi, yana boshqa qarashlarda ular asos bo‘lib xizmat qilolmasligi
sababi   ularga   berilgan   ta’riflar   sintaksisning   boshqa   qismlarini   tushunishni   talab
etadi   degan   qarashlar   haqida   ushbu   tadqiqotda   aytiladi.   Gap   bo‘laklari   haqidagi
nazariyalarning kelib chiqishi qadimgi Gretsiya va Rim grammatikachilariga borib
taqaladi   va   ularning   qarashlari   lotin   grammatikachilarining   fikrlash   tarziga   va
boshqa   shu   soha   vakillariga  o‘z   ta’sirini   o‘tkazgan   bo‘lib,  natijada   gap  bo‘laklari
haqidagi ma’lumotlar lotin tiliga asoslangan edi va bu XX asrgacha davom etadi.
Lotin   tiliga   asoslangan   bunday   tushunchalar   sekinlik   bilan   bo‘lsa-da   zamonaviy
tushunchalarga   o‘z   o‘rnini   ingliz   tilidagi   tushunchalarga   bo‘shatib   bermoqda   va
30
 Silvia Utami. Sentence structure on the English literature students’ thesis abstract. Indonesia.
25 so‘zlarni   turkumlashtirish   yevrosentrik   qolip   asosida   amalga   oshishini,   lekin   har
bir   til   o‘z   ichki   imkoniyatlaridan   kelib   chiqqan   holda   ko‘rib   chiqilishi   va
tasniflanishi   kerak   deya   ta’kidlaydi   Gil   o‘z   qarashlarida.     Ikkinchi   bo‘limda
nutqning   turli   qismlarini   farqlashga   yordam   beradigan   qanday   mezonlar   bor,   gap
bo‘laklari   umumiy   yoki   tilga   xos   kategoriyami,   gap   bo‘laklarini   qanday   aniqlash
mumkin, prototip (yadro) va periferik toifaning roli qanday degan savollarga javob
izlaydi.   Asosiy   e’tibor   gap   bo‘laklari   so‘z   tushunchasiga   asoslanishi   haqida   so‘z
yuritiladi. 31
             
         1.3. Sodda gaplarning turkiy tilshunoslikda o‘rganilishi                  
     XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab XX asr boshlariga qadar g‘arb qiyosiy-
tarixiy   tilshunosligining   ta’sirida   mashhur   ajnabiy   va   rus   turkshunos   tilshunos
olimlari   turkiy   tillarni   qiyosiy   o‘rganish   sohasida   ham   samarali   izlanishlar   olib
borganlar.   Ayniqsa,   bu   sohadagi   izlanishlar   XX   asr   tilshunosligida   keng   yoyildi:
Rossiya   fanlar   akademiyasining   Tilshunoslik   instituti   turkiy   tillar   bo‘limi,   uning
Peterburg   va   Sibir   bo‘limlari   tilshunoslari   tomonidan   turkiy   xalqlar   yashovchi
hududlardagi   barcha   turkiy   elat   va   xalq   tillari   yetarli   o‘rganib   chiqildi;   barcha
hozirgi   turkiy   tillarning   tovushlar   tizimi,   lug‘at   boyligi   va   grammatik   qurilishini
o‘rganish   bo‘yicha   chuqur   ilmiy-tekshirish   ishlari   olib   borildi;   shu   asosda
hozirgacha   ko‘plab   ilmiy   maqolalar,   monografiyalar,   turkiy   tillarning   qiyosiy
lug‘atlari yaratildi. Turkiy tillarning mukammal qiyosiy grammatikalari asosan XX
asrning   II   yarmida   Rossiya   fanlari   akademiyasi   Moskva   va   Sankt-Peterburg
tilshunoslik   institutlari   olimlari   tomonidan   yaratildi. 32
  N.A.Baskakov,
B.A.Serebrennikov,   N.Z.Gadjiyeva,   A.M.Shcherbak   kabi   rus   tilshunos
olimlarining   ko‘p   yillik   samarali   izlanishlari   natijasida   turkiy   tillarning   bir   necha
jildlik ilmiy tarixiy grammatikalari va monografiyalari yaratildi 33
.  
31
 Leo Hejl. Evolution of the Conception of Parts of Speech. Czech, Olomouc 2014.
32
 Abdurasulov Y. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. –Toshkent:  Fan, 2008. – B.79.
33
  Гаджиева   Н.З.   Основн ы е   пути   развития   синтаксической   структуры   тюркских   языков.   –   Москва,   1973 ;
Серебренников Б.А., Гаджиева Н.З. Сравнительно-историческая грамматика тюркских яз ы ков. –Баку, 1979.
26           Turkiy   tillarda   sodda   gaplarning   strukturasi   va   tiplarini   o‘ rganish,
asosan,  20-yillardan kеyin boshlangan  bo‘lib, unda M.A.Kazеmbеk,   G.Sa’diy,
Q.Nosiriy,   M.Korbagaliyеv   va   X.Badigi,   G.Alparov,   E. J a k u b o v   k a b i
t i l s h u n o s l a r   a s a r l a r i d a   g a p n i n g   l o g i k   t a s n i f i   bilan   struktural   tasnifi
aralashtirilganligi   uchun   sodda   gap   turlicha   tasnif   qilingan.   Bu   o‘ rinda   bir
guruh   tilshunoslarning   fikri   diqqatga   sazovor:   “... turkiy   tillarning
birortasining   sintaktik   sistеmasi   to‘liq   va   h a r   t o m o n l a m a   i s h l a b
c h i q i l m a g a n .   Q u m u q ,   o l t o y ,   s h o r ,   t u r k ,   q o z o q ,   boshqird,       o‘ zbеk     va
boshqa     tillarning     mavjud   grammatikalarida   faqat   gap   strukturasi   masalan,
A.N.Kononovning   o‘ zbеk   va   turk   tillariga   oid   ishlarida   ifodalanadi 3 4
  yoki
sintaksisning   ayrim   muhim   masalalarigina   bayon   etiladi.   Masalan,
N.K.Dmitriyеvning   “Boshqird   tili   grammatikasi”   asarida   bu   qism   “Sodda   gap
sintaksisining asosiy masalalari” dеb nomlangan. 
                  I.Rasulovning   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   bir   sostavli   gaplar”
monografiyasida ham turkiy tillarda sodda gaplar sintaksisini o‘rganish borasidagi
dastlabki   ishlar   va   so‘ nggi   yillardagi   tadqiqotlar   haqida   so‘z   yuritib
quyidagilarni   bayon   qiladi:   “Turkiy   tillarning   sintaktik   qurilishini
o‘rganishga   yetarli   ahamiyat   berilmaganligini   turk   tilshunosi   V.   Qilich   o‘g‘li
ham   qayd   qiladi.   U   “Turk   tili”   jurnalining   1953-yil   21-sonida   e’lon   qilgan
“Turk   grammatikasi   bo‘yicha   yangi   asarlar”   nomli   asarida   turkologlarning
sintaksisga   yetarli   e’tibor   bermayotganliklarini   ko‘rsatadi.   N.   A.   Baskakov
shu   jurnal   sahifalarida   ham   1957 - yillargacha   si n taktik   masalalarga   oid
maqolalar kam bosilganligini aytadi. 35
  Lekin so‘nggi yillarda tilning sintaktik
qurilishi   ko‘pgina   tilshunoslarimizning   diqqatini   o‘ziga   jalb   qila   boshladi.
“ Turkiy tillarning sintaksisini  keng ko‘lamda o‘rganish endi boshlanyapti ” ,—
deb   ta ’ kidlagan   edi   Ye.   I.   Ubryatova. 36
  Keyingi   vaqtlarda   turkiy   tillarning
sodda   gap   sintaksisi   bo‘yicha   anchagina   ilmiy   maqolalar,   monografiyalar
34
 А.Н.Кононов. Грамматика современного узбекского-литературного языка.- M ., 1960  
35
 Н.А.Баскаков. Обзор лингвистических статей в журнале «Турецкий язнк», ВЯ, 1957, № 4.
36
 Е.И .   У б р я т о в а .  Исследования по синтаксису якутского язика, М.-Л., 1950, стр. 16.
27 yuzaga   keldi.   Masalan,   K.Axmerovning   boshqird   tili,   M.B.Balakayevning
qozoq   tili,   I.Budagovning   ozarbayjon   tili,   M.Zakiyevning   tatar   tili,   A.
Safayevning   o‘zbek   tili,   E.F.Tenishevning   salar   tili,   N.Gadjiyevaning   turkiy
tillar   sintaktik   qurilishi   bo‘yicha   yoqlagan   doktorlik   dissertasiyalari   shular
jumlasidandir. 37
  Bular  sodda  gap sintaksisini  o‘rganish  sohasida  o‘zining boy
ilmiy xulosalari bilan muhim ahamiyatga   ega bo‘ldi.”
          Bir bosh bo‘lakli gaplar ikki bosh bo‘lakli gaplarga qaraganda nutqiy tejamli
sintaktik   tuzilmadir.   Bunday   gaplar   biron   hodisa   yoki   o‘ta   ahamiyatli   bo‘lgan
axborot   (harakat,   holat,   belgi,   predmet   va   hodisalar)ni   faollashtiradi.   Bu   esa   ikki
bosh   bo‘lakli   gaplar   singari   tarkibiy   va   ma’no   xususiyatlarni   ifoda   qilishda   tilda
teng   xizmat   qila   olishini   namoyon   etadi.   Biz   S. Ashirboyev,   I.Azimovlarning
“O‘zbek   tilining   tarixiy   grammatikasi”   deb   nomlangan   kitobida   qadimgi
bitiktoshlarda   ham   sodda   gapning   uchrashi   haqida   quyidagilarni   aytib   o‘tadi
“Turkiy   tilshunoslikda   ham   bir   bosh   bo‘lakli   gaplar   til   taraqqiyotining   barcha
davrlariga xos bo‘lgan sintaktik hodisa hisoblanadi. Bunga turkiy xalqlarning eng
qadimgi   yodgorligi   bo‘lgan   “Kul   tigin”   bitiktoshidan   ko‘plab   misol   keltirishimiz
mumkin: “... ilg ә r ү  k ү n tog‘siqqa, birg ә r ү  k ү n ortusIng‘aru, qurig‘aru k ү n batisi ң a,
yirg‘aru   tun   ortusing‘aru,   anta   ichr ә ki   buduni   qop   m(ancha   k ә r ү r,   anch)a   budun
qon   etdim”.   Bunday   gaplar   yodgorliklarda   ko‘p   uchraydi”. 38
  Bir   bosh   bo‘lakli
gaplar   turkiy   tilshunoslikda   ancha   mukammal   tadqiq   qilingan,   ammo   ularning
ichki   tasnifida   har   xilliklarni   uchratish   mumkin.   M.Z.Zakiyev   bir   bosh   bo‘lakli
gaplar bosh bo‘lagining qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga qarab fe’lli, otli va
so‘z-gaplarga ajratadi. I.Jakipov esa egasiz gap, egasiz shaxsli  gap, shaxsi  noaniq
egasiz   gap,   shaxsi   umumlashgan   egasiz   gap   kabi   turlarga   ajratadi,   biroq   qozoq
tilshunoslari bir bosh bo‘lakli gaplar sirasida shaxsi  aniq gapni sanab o‘tmaydilar
va  shaxsi noaniq gap  hamda  shaxssiz gap larnigina qayd etadilar, shuningdek,  atov
37
К.3.Ахмеров.   Исследоваиня   ло   синтаксису   башкирского   язнка,   Уфа,   1962;   М.Б.Балакаев.   Основние
вопроси   сиитаксиса   простого   предложения   в   современном   казахском   язнке,   АДД,   Алма-Ата,   1950;   3.;
М.3.3акиев.   Сннтакспческий   строй   тагарского   язмка,   АДД,   Казань,   1963;   А.С.Сафаев.   Исследования   по
синтаксису  ўзбекского  язмка,  Ташкент, 1968;  Э.  Ф.   Т е н и ш е в .   Строй   саларского  язмка,  АДД,  М., 1969;
Н.3. Г а д ж и е в а .  Основнме пути развития синтаксической структурн тюркских язнков, АДД, М., 1970.
38
  Аширбоев  C ., Азимов   И.   Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси . –  Тошкент :  2012. – Б.74.
28 gap,   undov   gap   tiplarini   bir   bosh   bo‘lakli   gap   sifatida   qaramaydilar. 39
  O‘zbek
tilshunosligida   ham   G.Abdurahmonov,   A.G‘ulomov,   Asqarova   M,   A.Safoyev,
A.X.Sulaymonov,   E.Shodmonov,   B.O‘rinboyev,   X.G‘ofurov,   I.Rasulovlarning
tadqiqotlarida bir bosh bo‘lakli gaplar va ularning nazariy asoslari ochib berilgan.
Ayniqsa,   I.Rasulov   bir   bosh   bo‘lakli   gaplarni   shakliy   jihatdan   chuqur   tahlil   qilib
bergan.      
         Prof. A.N.Kononov o‘zbek va turk tillariga oid grammatikalarida uyushgan bosh
va   ikkinchi   darajali   bo‘laklarni   alohida-alohida   qayd   qilib   o‘tadi.   Tilshunos   turk
tiliga oid asarida gapning uyushiq bo‘laklarining ifodalanishi, bog‘lovchi vositalar
bilan   qo‘llanishi,   bundagi   ayrim   xususiyatlar   kabi   masalalar   haqida   mulohaza
yuritadi. 40
 
        Prof. M.B.Balakayev   hozirgi   zamon  qozoq tilining sodda  gap  sintaksisiga  oid
kitobida   gapning   uyushiq   bo‘laklari   to‘g‘risida   ancha   keng   ma‘lumot   beradi.
Muallif uyushiq bo‘laklarning tiplari, ularning shakllanishi, yoyiq va yig‘iq bo‘lib
kelishlari,   bog‘lovchi   vositalar   bilan   qo‘llanishi   kabi   masalalarni   alohida   yoritib
beradi. 41
            D.Mayrikov   qirg‘iz   tilidagi   gapning   uyushiq   bo‘laklarini   maxsus   tekshirib,
ularning o‘ziga xos grammatik xususiyatlarini ancha batafsil bayon qilib berdi. 
      Turk tilshunosligida ham sodda gap va uning turlari bo‘yicha ko‘plab tadqiqot
ishlari   olib   borilgan   bo‘lib,   ularning   ayrimlariga   to‘xtalamiz.   Masalan,
Z.Xudoyberganova “O‘zbek va turk tilshunosligida ega talqini” nomli maqolasida
turk tillarida eganing o‘rganilishiga  doir tadqiqot ishlari haqida ma’lumot bergan.
Unda, turk tilshunosligida ega kesimdan keyingi ikkinchi bo‘lak bo‘lib, kesimdan
anglashilgan   harakat-holatning   bajaruvchisini   bildiruvchi   bo‘lak   ekanligi,   ega
kesimdan   anglashilgan   ish-harakatning   amalga   oshiruvchisi,   reallashtiruvchisi
hisoblanishi  aytib o‘tilgan. 42
 
39
  Qozoq tilining grammatikasi. – Alma-ata,  1967. – B.126.
40
А.Н.Кононов. Грамматика современного узбекского-литературного языка. – M., 1960. 
41
 Балакаев   М.Б.. Современный казакский язык. – Синтаксис.  – Алма-ата, 1959.
42
  Xudoyberganova Z. O‘zbek va turk tilshunosligida ega talqini.  –Turkiya,  2019. 
29       Turk   tilshunoslaridan   O‘sman   Bo‘lulu   egani   mavjud   bo‘lgan   tasniflardan
birmuncha   boshqacha   tartibda   guruhlarga   ajratadi.   Bunda   eganing   o‘n   turi   qayd
etiladi:   1)   bajaruvchi   ega(yapıcı   özne)   tub   fe’l   bilan   ifodalangan   kesimning
bajaruvchisini   bildiradi;   2)   ta’sirlovchi   ega   (etkileyici   özne)ning   kesimi   o‘timli
fe’llar   bilan   ifodalanadi;   3)   ta’sir   o‘tkazmaydigan   ega   (etkisiz   özne)   kesimi
o‘timsiz   tub   fe’llar   bilan   ifodalangan   gaplarning   egasidir;   4)   egasiz
gaplar(öznesizlik   –   egasizlik)ning   kesimi   -(y)ıl,   -(ı)n   affikslari   bilan   yasalgan
fe’llar   bilan   ifodalanadi.   Bu   o‘rinda   majhul   nisbatdagi   fe’l   bilan   ifodalangan
kesimli  gaplar e’tiborda tutiladi; 5) ta’sirlangan ega(etkilenen özne) kesimi o‘zlik
nisbat   shaklidagi   gapning   egasi;   6)   birgalik   egali(imeceli   özne)   gap   kesimi
vazifasida   birgalik   nisbatdagi   fe’llar   qo‘llaniladi;   7)   bajartiruvchi   ega(yaptırıcı
özne)   o‘timlidan   o‘timsizga   aylangan   fe’l   bilan   ifodalangan   kesimning   egasidir.
Masalan,   «Anne çocuğu bahçede gezdirdi – Ona bolasini bog‘da kezdirdi»   gapida
harakat   bajaruvchi   ona   emas,   boladir;   8)   bavosita   ega(aracılı   özne);   9)   tazyiq
o‘tkazuvchi ega(baskıcı özne); 10) majburlovchi ega(zorlayıcı özne). 43
 
     M.Bilgin, yana bir turk tilshunosi, turk tilidagi eganing to‘rt qo‘llanish shaklini
ajratadi:   umumiy   ega,   kuchaytirilgan   ega,   izohli   ega,   murojaatli   ega. 44
  Umumiy
ega, boshqa tilshunoslar qayd etganidek, uyushgan kesimlarning umumiy egasidir.
O‘zlik   olmoshi   yoki   -ki   yuklamasi   ishtirokidagi,   xususan,   takroriy   shaklda
qo‘llangan   ega   kuchaytirilgan   ega   turini   yuzaga   keltirib   chiqaradi.   Izohli   ega
o‘zbek   tilidagi   ajratilgan   egaga,   murojaatli   ega   o‘zbek   tilidagi   undalmaga   teng
keladigan sintaktik birlik hisoblanadi.
     Shu jumladan O‘.Demirjan ham turk tilida fe’lning tuslanish tizimini tadqiq etar
ekan, fe’lning nisbat shakllariga teng keluvchi grammatik ko‘rsatkichlar vositasida
yuklanuvchi   valentliklar   masalasini   tahlil   qiladi.   O‘.Demirjan   U.Bo‘lulu   singari
fe’l   nisbatlarining   ko‘rsatkichlari   vositasida   gapdan   anglashilgan   voqea-hodisa
ishtirokchilarini   ifodalaydigan   gap   bo‘laklarini   bayon   etadi.   Xususan,   fe’lning
nisbatlari   asosida   bajaruvchi,   bajartiruvchi,   yuzaki   bajartiruvchi,   vositachi-
43
  Bolulu O. Türkçede Eylemin ve Gerçekleştiricinin Özellikleri. Eylemler ve Özneler Üzerinde Bir Anlam 
İncelenmesi. Türk Dili-1992, 46-52.
44
  Bilgin, M. Anlamdan Anlatıma Türkçemiz. Ankara-2006. Anı Yayıncılık. 459-461
30 bajartiruvchi,   majburlovchi   ega   turlarini   farqlaydi. 45
  R.Anderxill   ham   nisbat
ko‘rsatkichlari yangi ega turini yaratadi, deya e’tirof etadi. 46
        Z.Xudoyberganova   turkshunoslarning   ega   borasidagi   tadqiqot   ishlarini   tahlil
qilib   quyidagi   xulosalarni   beradi:   “O‘zbek   va   turk   tillarida   sodda   gapning   bosh
bo‘laklaridan biri bo‘lgan ega har ikki tilda deyarli bir xil ta’riflansa-da, ammo ular
turlarining   ajratilishi(turk   tilida),   ifoda   materiallarining   sharhlanishiga   ko‘ra
tafovutlanadi.   Turk   tilshunoslari   tomonidan   taqdim   etilgan   ega   tasniflarida
morfologik   tasnif   va   tahlillardagi   farqli   qarashlarning   sintaksisga   ham   bevosita
ta’sir   ko‘rsatganligi,   ba’zi   stilistik   hodisalar   sintaktik   hodisa   sifatida
baholanganligi,   tamomila   boshqa   sintaktik   hodisa   ega   turi   deb   ajratilganligi,
xususan,   ayrim   adabiyotlarda   transformatsion   grammatika   me’yorlari   asosida
yangi   ega   turlari   tasniflanganligi   ayon   bo‘ladi.   Birinchi   holatda,   avval
ta’kidlanganidek,   ega   turlari   ba’zi   sintaktik,   stilistik   hodisalarning   aralashtirib
yuborilishi   natijasida   tasniflangan   bo‘lsa,   ikkinchi   holatda   fe’l   bilan   ifodalangan
kesimning nisbat shakllari eganing yangi turlari farqlanishiga sabab bo‘lgan. Zero,
mantiqiy sub’ekt har ikki tilda umumiy bo‘lishi mumkin, ammo ularni ifodalovchi
vositalar o‘rtasida tafovutlar kuzatiladi. Shu bois, o‘zbek va turk tillaridagi eganing
universal va relevant belgilarini aniqlash uchun gap bo‘laklarining tuzilishiga ko‘ra
tasnifiga asoslanish qulay. 47
 
                              Birinchi bob bo‘yicha xulosalar
           Gap –   obyektiv borliq va unga bo‘lgan munosabatni  ifoda qilib, nisbiy
tugal   fikr   yoki   his-tuyg‘u   anglatib,   tugal   intonatsiyaga   ega   bo‘lgan   so‘z   hamda
grammatik   qonun-qoidalar   asosida   o‘zaro   birikkan   so‘zlar   bog‘lanmasi   deyiladi.
Har   qanday   gap   shakl   va   mazmun   birligidan   iborat   bo‘lgan   bir   butunlikdir.
Gapning bu ikki tomoni o‘zaro dialektik aloqda bo‘lsa ham, bir butunlikni tashkil
etuvchi alohida tuzilmadir.  Sodda gaplar eganing ishtirok etish etmasligiga ko‘ra 2
xil bo‘ladi: Egasi mavjud gaplar va egasiz gaplar: Biz yangi filmni tomosha qildik
45
  Demircan, Ö. (2003). Türk Dilinde Çatı. İstanbul: Papatya. 11-17.
46
 Underhill, R. (1976). Turkish Grammar. The MIT press.
47
  Xudoyberganova Z. O‘zbek va turk tilshunosligida ega talqini. – Turkiya, 2019. 
31 –   yangi   filmni   tomosha   qildik.   Sodda   gaplar   ikkinchi   darajali   bo‘laklarning
ishtirokiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi: sodda yig‘iq gap (Madina kirib keldi), sodda yoyiq
gap:  (Madina darvozadan shoshilib kirib keldi).
            Jahon   tilshunosligida   sodda   gap   va   uning   turlari   ko‘plab   tadqiqotchilar
tomonidan   o‘rganilgan   bo‘lib,   jumladan,   ularga   A.Mеyе,   O.Еspеrsеn,
A.Smirnitskiy,   V.Admoni,   L.Tеnyеr,   V.Vinogradov,   A.A.Shaxmatov,   Xoyrul
Huda, Novalinda Puspita, Mashlihatul Umami, Shri Rosmavatining, Duygu Ispinar
Akchayo‘glu,     V.A.Beloshapkova   va   E.A.Brizgunova   kabi   olimlar   ilmiy
tadqiqotlar olib borishgan.
        Turkiy   tilshunoslikda   ham   sodda   gap   va   uning   turlari   bo‘yicha   bir   qator
tadqiqotlar   olib   borilgan.   Bu   tadqiqotchi   olimlar   qatoriga   quyidagi
M.A.Kazеmbеk,   G.Sa’diy,   Q.Nosiriy,   M.Korbagaliyеv   va   X.Badigi,
G.Alparov,   E. J a k u b o v ,   A.N.Kononov,   M.B.Balakayev,   D.Mayrikov,   turk
tilshunosligidan   O‘sman   Bo‘lulu,   M.Bilgin,   O‘.Demirjan   k a b i   olimlarni   aytib
o‘tish ahamiyatga molikdir .
II BOB.  SODDA GAPLARNING O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA
O‘RGANILISHI
2.1.Sodda gap va uning turlarining  o‘zbek tili  darslik va o‘quv
qo‘llanmallarida o‘rganilishi
              Sodda   gap   va   uning   turlari     dastlab     kollektiv   tomonidan   yozilgan   “Til
saboqligi”   darsligiga,   keyinchalik   Munavvar   Qori   va   boshqalar   tomonidan
32 yaratilgan   “O‘zbekcha   til   saboqlig‘i”       va   Sh.Zunnunning   “Til   qoidalari”,
H.G‘oziyevning “Sintaksis” asarlarida  sodda gap haqida fikrlar bildirilgan. 48
 
   A.Fitratning “Nahv” asarida sodda gap  haqida  ilmiy ma’lumotlar berilgan.
Asarda   gap   ta’rifi,   gap   bo‘laklari,   so‘zlarning   gapdagi   vazifasi,   gaplarning
tuzilishiga ko‘ra turlari, ega va kesim orasidagi sintaktik munosabat hamda ega va
kesimning shaxs va sonda moslashishi, kirish so‘zlar, bir tarkibli gaplarning ayrim
turlari   haqida,   gap   bo‘laklarining   tushib   qolishi   haqida   fikrlar   keltirilgan.   Bu
fikrlarni   o‘rganish   M.Qurbonova   ta’kidlaganidek,  sintaksis   tarixi   uchun,   xususan,
sodda   gap   sintaksisini   o‘rganish   uchun   qimmatli   materiallar   beradi. 49
  Fitrat   bosh
bo‘laklar   haqida   gapirganda   tahlilni   kesimdan   boshlab,   so‘ng   egaga   to‘xtaladi.
Fitratning   bosh   bo‘laklar   to‘g‘risidagi   fikrlari   an’anaviy   tilshunoslikdan
boshqacharoq   hal   etilgan   bo‘lib,   yangicha   yo‘nalishlarga   mos   keladi.   Bu   haqida
A.Nurmonov   va   N.Mahmudovlar   quyidagi   fikrlarni   keltiradi:   “Fitrat   so‘zlar
qo‘shilmasining   gap   bo‘lishida   kesimning   mazmuniy-mantiqiy   jihatdan   hal
qiluvchi   ahamiyatga   molik   ekanligini,   garchi   bugungi   zamonaviy   grammatik
tushunchalar   asosida   bo‘lmasa-da,   alohida   ta’kidlagan,   ayni   kesim   terminini
yasagan   va   qo‘llagan   birinchi   o‘zbek   tilshunosidir”. 50
  Darhaqiqat,   Fitrat   sintaksis
sohasida   salmoqli   ishlarni   amalga   oshirgan.  Masalan,   “hol”   atamasi   ham   birinchi
bor Fitrat asarlarida qo‘llangan.
Sodda   gap   nazariyasiga   oid   ilk   qarashlar   prof.A.G‘ulomov   tomonidan
o‘rtaga     tashlangan 51
  va   1937-yilda   uning     “O‘zbek   tili   sintaksisi”   darsligi   chop
etilgan.   A.G‘ulomovning   “Sodda   gap”   darsligi   1948-yilda   shu   nom   bilan   bosib
chiqarilgan   darslikning   qayta   ishlangan   nashri   bo‘lib,   unda   gap   va   uning     turlari,
gap   bo‘laklari,   gap   bo‘laklari   tartibi,   uyushiq   bo‘laklar,   gap   bo‘laklari   bilan
grammatik   jihatdan   bog‘lanmagan   so‘zlar   kabi   mavzular   nazariy   jihatdan
48
Тил сабоқлиғи. Самарқанд –Тошкент, 1924 ;  Мунаввар Қори ва б. Ўзбекча тил сабоқлиғи. Тошкент, 1925; 
Зуннун Ш.Тил қоидалари. Самарқанд –Тошкент, 1929;  Ғозиев Ҳ. Синтаксис. Тошкент,1938.
49
  Фитрат. Наҳв. Самарқанд – Тошкент, 1930; Қурбонова М. Абдурауф Фитрат ва ўзбек тилшунослиги.–
Тошкент: Университет, 1997. –Б.30-43.
50
 Ма ҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек илмий тилшунослигининг ёрқин намояндаси // Ўзбек тили ва адабиёти. 
2014.№1.–Б.53-63.
51
 Ғуломов А. Содда гап. – Тошкент: Фан, 1955 .
33 o‘rganilgan. 52
  Olimning   “Gapning   asosiy   grammatik   belgisi   predikativlikdir”
degan   mulohazasi   bugungi   kunda   ham   o‘z   ahamiyatini   yo‘qotgan   emas.
A.G‘ulomovning   yuqoridagi   fikrlari   va   “Intonatsiya   predikativlikni   ifodalashdagi
vositalarning   eng   muhimidir,   og‘zaki   nutqimizda   gapning   fikriy   grammatik   bir
butunligini   intonatsiya   ifodalaydi”   degan   mulohazalari   bugungi   kunda   maktab
darsliklaridan   o‘rin   olgan. 53
  A.G‘ulomov   gapni   fikriy   jihatdan   darak,   so‘roq,
buyruq,   undov   gaplarga   ajratgan.   U   bugungi   kunda   adabiyotlarda 54
  istak   gap   deb
atalayotgan gapni ham nazardan qochirmagan, faqat bunday gapni darak-istak gap
deb   atagan. 55
  Olim   so‘roq   gap   haqida   gapirganda   so‘roq   yuklamalari   bilan   hosil
qilingan gaplarning javobi ha yoki yo‘q so‘zidan tuzilgan darak gap bo‘lishi, biroq
har   vaqt   gapning   bu   tarzda   ifodalanmasligi,   bu   so‘zlardan   keyingi   so‘zning
o‘zigina   qo‘llanishi   mumkinligini   ta’kidlagan.   A.G‘ulomov   undov   gapni   darak,
so‘roq,   buyruq   gaplar   qatoriga   kiritgani   bilan   undov   gap   shu   gaplarga   maxsus
undov intonatsiyasining qo‘shilishi  bilan hosil  bo‘lishini aytib o‘tadi. U tasdiq va
inkor   gaplarni   bo‘lishli   va   bo‘lishsiz   gap   deb   atagan.   Sodda   gapning   ikki   xili:
yig‘iq   va   yoyiq   gaplar   haqida   mulohaza   bildirgan.   Bundan   tashqari   u   kesimning
qaysi   so‘z   turkumi   bilan   kelishiga   qarab,   ikkiga:   fe’lli   va   otli   gaplarga   ajratadi.
Gapdagi   so‘zlarning   bog‘lanishi   haqida   gapirganda   so‘z   birikmasi   va   sintagma,
ularning farqi  misollar  bilan yoritilgan. 56
  Olim  kesimlarni tuzilishiga ko‘ra ikkiga
ajratadi:   sodda   kesim   va   qo‘shma   kesim.   A.G‘ulomov   to‘ldiruvchini   to‘ldiruchi
deb   nomlab   uni   ikkiga   to‘g‘ri   (vositasiz)   to‘ldiruvchi   va   vositali   to‘ldiruvchiga
bo‘lgan.   To‘g‘ri   to‘lduruchi   tushum,   ba’zan   chiqish   kelishigidagi     so‘z   bilan
ifodalanishi,   chiqish   kelishigi   bilan   ifodalansa,   harakatning   predmetga   tamoman
emas, qisman o‘tishi aytib o‘tilganki, bu fikr hozirgi kunda litsey darsligidan ham
52
 Ғуломов А.Содда гап. Т.: ЎзФА нашриёти, 1955. 99 б.
53
  Қодиров М., Неъматов Ҳ., Абдураимова М., Сайфуллаева Р. Она тили. (8-синф учун дарслик) Т.: Чўлпон 
номидаги НМИУ, 2014. –Б.46.
54
Ма ҳмудов Н., Нурмонов А., Собиров А ва бошқ. Она тили. (5-синф учун дарслик) Т.: Маънавият, 2007. –
Б.34.. Қодиров М., Неъматов Ҳ., Абдураимова М., Сайфуллаева Р. Она тили. (8-синф учун дарслик) Т.: 
Чўлпон номидаги НМИУ, 2014. –Б.46.
55
  Ғуломов А.Содда гап. Т.: ЎзФА нашриёти, 1955. –Б.12.
56
  Шу асар.–Б.13-35.
34 o‘rin   olgan. 57
  Asarda   aniqlovchi,   uning   turlari;   hol,   uning   turlari   haqida   batafsil
ma’lumot   berilgan.   Holni   o‘ziga   qaratgan   hokim   so‘z   doim   kesim   vazifasida
kelishi   shart   emasligi,   ba’zan   boshqa   vazifada   bo‘lishi   ham   mumkinligi
aytilganki 58
,   bugungi   kunda   bu   fikr   mustaqil   va   nomustaqil   hol   deb
ta’riflanmoqda. 59
  Darslikda   gap   bo‘laklari   tartibi,   tartibning   grammatik   holatga
ta’sir   etish   o‘rinlari,   so‘zlar   tartibining   o‘zgarish   sabablari   (logik-grammatik,
stilistik   talab   bilan,   poetik   talab   bilan   o‘zgarishi)   o‘rganilgan. 60
  Olim     to‘liq   va
to‘liqsiz   gaplar,   shaxsli   va   shaxssiz   gaplar,   uyushiq   bo‘lakli   gaplar   haqida   ham
to‘xtalib, ayrim o‘rinlarda ularning stilistik xususiyatlari haqida ham fikr bildirgan.
Darslikda   sodda   gapning   grammatik   jihati   yoritilib,   sintaktik   birliklarning   ayrim
uslubiy xususiyatlari haqida qisqacha aytilish zarur bo‘lgan o‘rinlardagina (bu ham
she’riy   asarlar   misolida)   fikr   bildirilgan.   A.G‘ulomov   sodda   gap   haqidagi
qarashlarini   keyinchalik   boshqa   darsliklarida   kengaytirdi,   mukammallashtirdi. 61
Masalan, M.Asqarova bilan hamkorlikda chiqarilgan, bir necha bor nashr qilingan
“Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili.   Sintaksis”   kitobi   fikrimiz   dalilidir.   Biz
foydalanganimiz   shu   kitobning   qayta   ishlangan   va   to‘ldirilgan   uchinchi   nashri
bo‘lib,   darslikning   “So‘z   birikmasi”,   “Gap”,   “Sodda   gap”   qismlari   A.G‘ulomov
tomonidan   yozilgan   bo‘lib,   avvalgi   nashrlardan   yangi   nazariy   ma’lumotlar
kiritilgani   (mualliflar   o‘tgan   yillar   davomida   lingvistika   fani   erishgan   yutuqlar
tufayli   deb   izohlashadi.),   gapni,   uning   struktura   va   mazmun   xususiyatlarini,
bo‘laklarini   o‘rganishda   uning   dinamikasi   ham   ko‘zda   tutilgani,   hozirgi   o‘zbek
adabiy tilining sintaktik me’yorlarini ko‘rsatishga alohida e’tibor berilgani kabi bir
qancha     kiritilgan   o‘zgarishlar   mualliflar   tomonidan   aytib   o‘tilgan. 62
  Darslikda
A.G‘ulomov   bosh   bo‘laklardan   egani   hokim   bo‘lak   deb   olgan   bo‘lsa   ham,   gapga
57
 Nurmonov A., Mahmudov N., Sobirov A., Yusupova Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. (Akademik litseylar va kasb-
hunar kollejlarining 3-bosqich talabalari uchun darslik) T.: 2011.–B.36.
58
  Ғуломов А.Содда гап. Т.: ЎзФА нашриёти, 1955. –Б.82.
59
 Nurmonov A., Mahmudov N., Sobirov A., Yusupova Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. (Akademik litseylar va kasb-
hunar kollejlarining 3-bosqich talabalari uchun darslik) T.: 2011.–B.63.
60
  Ғуломов А.Содда гап. Т.: ЎзФА нашриёти, 1955. –Б.5-89.
61
  Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили: Синтаксис. –Т . : Ўқитувчи , 1961,1967,  1987 .
62
  Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили: Синтаксис. – Т.: Ўқитувчи, 1987.–Б.3. 
35 xos   belgilarni   ko‘rsatishda   kesimning   o‘rni     kuchli   ekanligini,   modallik,   zamon,
shaxs-son ko‘rsatkichlari, intonatsion tugallik kesimda bo‘lishini ta’kidlab o‘tgan. 63
Demak,   bugungi   kunda   gapning   markazi   va   hokim   bo‘lak   etib   kesimning
olinishiga   yuqoridagi   mulohazalar   ham   turtki   bo‘lgan   bo‘lsa   kerak. 64
  Gapda
eganing   qatnashuvi   yoki   qatnashmasligi,   kesimning   qo‘llanmasligi   yoki   takror
qo‘llanilishi   nutqning   mazmun   tomonidan   yo‘nalishi   bilan,   grammatik,   stilistik
xususiyatlar   bilan   bog‘liq   bo‘lishi   aytilib,   barcha   grammatik   xususiyatlariga
to‘xtalgan.
Xullas, “Sodda gap sintaksisi” (1948), “Sodda gap” (1955), “Hozirgi zamon
o‘zbek   tili.   Sintaksis”   (1961,   1967,   1987)   kitoblarining   nashr   etilishi
tilshunosligimizda   nazariy   sintaksisning   shakllanishida   muhim   ahamiyatga   ega
bo‘ldi.   Nafaqat   sintaksis   sohasida,   balki   o‘zbek   tilshunosligi   rivojida
A.G‘ulomovning   xizmatlari   beqiyoski,   N.Mahmudov,   A.Nurmonovlarning
quyidagi   e’tiroflari   fikrimizni   tasdiqlaydi:   “O‘zbek   tilining   fonetikasidan   tortib
sintaksisiga   qadar   eng   dolzarb   masalalar   bo‘yicha   qalam   tebratib,   o‘zbek   ilmiy
tilshunosligining yalovbardoriga aylandi. ...uning nomi tilshunoslik tarixidan haqli
ravishda   o‘zbek   ilmiy   tilshunosligining   asoschisi   sifatida   o‘rin   oldi”. 65
  1966-yili
G‘.Abdurahmonov   tahriri   ostida   nashr   etilgan   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili.
Sintaksis”   asari   ikki   qismli   kitobning   ikkinchi   qismi   bo‘lib,   unda   o‘zbek   adabiy
tilining   sintaktik   qurilishi,   gap   turlari,   gap   bo‘laklari,   murakkab   hamda   qo‘shma
gap   sintaksisi,   ularning   grammatik   xususiyatlari     yoritilgan. 66
  Asarda   gaplar
strukturasiga   ko‘ra   uch   xilga   sodda,   murakkab,   qo‘shma   gaplarga   bo‘lingan.
Boshqa darsliklarda sodda gap tarkibida qaraladigan ajratilgan bo‘laklar, undalma,
kirish   bo‘lak   va   birikmalari   bo‘lgan   gaplar   murakkab   gap   deb   nomlangan.
63
  Шу асар.–Б.74.
64
 Ма ҳмудов Н., Нурмонов А., Собиров А ва бошқ. Она тили. (5-синф учун дарслик)  –   Т.: Маънавият, 2007.
–Б.3 9;   Қодиров М., Неъматов Ҳ., Абдураимова М., Сайфуллаева Р. Она тили. (8-синф учун дарслик)   – Т.:
Чўлпон номидаги НМИУ, 2014. –Б.57; Nurmonov A., Mahmudov N., Sobirov A., Yusupova Sh.   Hozirgi o‘zbek
adabiy tili. (Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining 3-bosqich talabalari uchun darslik) – T.: 2011.–B.46.
65
  Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек илмий тилшунослигининг ёрқин намояндаси  //  Ўзбек тили ва адабиёти.
2014.№1.–Б.53-63.
66
  Ҳозирги ўзбек адабий тили, II том.Синтаксис. – Т.: Фан,1966. – 504 б. 
36 A.G‘ulomov   “O‘zbek   tili   sintaksisining   ba’zi   masalalari”   maqolasida   mana   shu
murakkab   gaplarga   ham   to‘xtalib,   bunday   gaplar   murakkab   gap   atamasi   bilan
emas,   murakkablashish   atamasi   bilan   sodda   gap   tarkibida   qolishi,   sintaksisning
ikki   qismli   traditsion   sxemasi   saqlanishi     kerakligini   aytib   o‘tgan. 67
G‘.Abdurahmonov   tahriri   ostida   nashr   etilgan   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili.
Sintaksis”   asarida   eganing   ifodalanishida   birikmali   ega   haqida   alohida   mavzu
ajratilganki,   bu   hozirgi   maktab   va   litsey   darsliklarida   juda   qisqa   izoh   berib
ketayotgan   fikrni     to‘ldirishga           bemalol   asos   bo‘la   oladi.   Umuman   olganda,
asarda   gap   bo‘laklari,   uyushiq   bo‘laklar,   bir   tarkibli   gaplar,   so‘z-gaplar,   to‘liqsiz
gaplarning   grammatik   xususiyatlari   batafsil   yoritilgan. 68
  1976-yilda   yaratilgan
“O‘zbek   tili   grammatikasi”     kitobida   o‘zbek   tilining   sintaktik   xususiyatlari
mukammal   tarzda   tahlil   qilingan   bo‘lib,   sintaksisning   ko‘pgina   masalalari,
jumladan,   sodda   gap   va   uning   turlari   batafsil   yoritib   berilgan   asosiy   darslikdir. 69
G‘.Abdurahmonov,   A.Sulaymonov,   X.Xoliyorov,   J.Omonturdiyevlar   1979-yil
nashr   etilgan   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili.   Sintaksis”   qo‘llanmasida   ham
sintaksisning   muhim   jihatlari   nazariy   jihatdan   yoritilishidan   tashqari,   sintaktik
birliklarning uslubiy xususiyatlari ham aytib o‘tilgan. 70
O‘zbek   tilshunosligida   sistemaviy   tadqiq   usullarining   ommalashuvi
natijasida   yana   bir   yangi   yo‘nalish     –     mazmuniy   sintaksis   vujudga   keldi.   Bu
yo‘nalishga N.Mahmudov va A.Nurmonovlar asos solgan.   Bu yo‘nalishning asosiy
tamoyillari   A.Nurmonov,   N.Mahmudov,   A.Ahmedov,   S.Solixo‘jaevalarning
“O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi” kitobida o‘z aksini topgan. Monografiyada
o‘zbek tilidagi sintaktik birliklarning tarkibi, eng muhim sintaktik birliklar – sodda
gap   hamda   qo‘shma   gaplarning   mazmuniy   tuzilishi,   uning   shakliy-grammatik
tuzilishga munosabati, bundagi muvofiqlik va nomuvofiqlik tahlil etilgan. Bundan
67
  Ғуломов А.Ўзбек тили синтаксисининг баъзи масалалари  //  Ўзбек тили ва адабиёти.1968. №2. –Б.9-10.
68
  Ҳозирги ўзбек адабий тили, II том.Синтаксис. – Т.: Фан, 1966. –Б.68-74 ; –Б.142; –Б.182.
69
  Ўзбек тили грамматикаси .  II том.   2-том. Синтаксис. – Тошкент: Фан , 1976. 
70
Абдураҳмонов Ғ., Сулаймонов А., Холиёров Х., Омонтурдиев Ж. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. –
Тошкент:    Фан, 1979.
37 tashqari     kitobning   so‘zboshisida   aytilgan   quyidagi   fikrlar   bevosita   mazmuniy
sintaksisning o‘rganish obyekti   hamdir. “Ushbu kitobda sintaksis nutq jarayonida
funksiyalashishga   tayyor   turgan   va   nutqiy   faoliyatda   imkoniyatlarini   o‘zlarining
sistem   ma’nolari   asosida   turli   shakllarda   namoyon   qiluvchi   vertual   birliklar
sistemasi sifatida talqin qilinadi va ularning namoyon bo‘lish shakllari o‘rganiladi.
Gapning   mazmuniy   aspekti   qismining   mundarijasi   gap     hosil   qilish   bosqichlarini
ko‘rsatish   niyatida   onomasiologik   tarzda   tuzildi.   Shu   bilan   birga,   nutqiy   faoliyat
hosilasi  bo‘lgan lingvistik birliklar – jumlalar semasiologik jihatdan o‘rganildi va
ular   umumlashgan   ma’nolariga   ko‘ra   tiplarga   birlashtirildi.   Shunday   qilib,   nutqiy
faoliyatdagi   ikki   tomonlama   yo‘nalish   dialektikasini   yoritishga   harakat   qilindi”. 71
Keyinchalik   A.   Nurmonov   va   N.Mahmudovlarning   qarashlari   “O‘zbek   tilining
nazariy grammatikasi (Sintaksis)” da yanada batafsil bayon qilindi. 72
  Biz yuqorida
aytib   o‘tgan   yangi   yo‘nalishlar   asosida   yaratilgan   darslik,   monografiya,   tadqiqot
ishlarida   sodda   gap,   sodda   gap   turlarining   funksional-stilistik,   lingvopoetik
xususiyatlariga   e’tibor   qaratilmagan.   Bu   holatni   ularda   ilgari   surilgan   tamoyillar
bilan   hamohang   kela   olmasligida   deb   sharhlash     mumkin,   bizningcha,   chunki   bu
ishlarda sintaktik birliklar, jumladan, sodda gap, sodda gap turlari sistem-strukrur
va mazmuniy jihatdan yoritilganligidadir.
2.2.  Sodda gap va uning turlarining  alohida tadqiqot obyekti sifatida
monografik tarzda o‘rganilishi
A.G‘ulomov,   A.N.Kononov,   F.Kamol,   S.N.Ivanov,   G‘.Abdurahmonov,
M.Asqarova,   A.Sulaymonov, A.Ahmedov, I.Rasulov, A.Sayfulla y ev, F.Uba y eva,
H.Boltabo y eva,   U.Tursunov,   A.Berdiali y ev,   I.Tursun,   S h .S h oabdurahmonov,
S h .S h ukurov,   J.Omonturdi y ev,   M.Mirtoji y ev,   A.Nurmonov,   N.Mahmudov,
H.Ne’matov,   X.Abdurahmonov,   R.Sayfulla y eva,   M.Qurbonova,   N.Turniyozov,
A.Bobo y eva,   X.Ismatulla y ev,   O.Toji y ev,   S.Usmonov,   B.O‘rinbo y ev   hamda
ularning yuzlab shogirdlari va izdoshlari tadqiqotlarida sodda gap sintaksisi chuqur
o‘rganildi. 
71
 Нурмонов А., Маҳмудов Н., Аҳмедов А., Солихўжаева С. Ўзбек тилининг мазмуний синтаксиси. – Т.: Фан,
1992. –Б 4. 
72
 Нурмонов А., Маҳмудов Н. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси.   (Синтаксис).  – Т.: Ўқитувчи, 1995.
38 Sodda   gap   nazariyasiga   oid   ilk   qarashlar   prof.A.G‘ulomov   tomonidan
o‘rtaga     tashlandi. 73
  nashr   etilgan   1940-yilda   olimning   1-monografiyasi   “O‘zbek
tilida   aniqlovchilar”   bo‘lib,   bu   ish   A.G‘ulomovning   filologiya   fanlari   kandidati
ilmiy   darajasini   olish   uchun   yozgan   dissertatsiyasidir. 74
  Ishda   qaratqich
aniqlovchilarning  belgili  va  belgisiz  shakllari   haqida fikr  bildirilib,   ba’zan  ikkisi
ham   (qaratqich   va   qaralmish)   qo‘shimchasiz   bo‘lishi,   bu   holatning   she’riy
asarlarda   va   jonli   xalq   tilida   ko‘p   uchrashi,   qaratqich   va   qaralmishning   shaxs-
sonda   mosligi,   ba’zan   biri   tushib   qolganda   mos   kelmasligi   (bizning   Ashur   chol,
o‘zimizning   dunyo),   bunda   uslubiy   ma’nolar:   ta’kid,   mensimaslik   yoki   hurmat
ma’nolari   anglashilishi,   qaratqich   va   qaralmish   tartibi   ko‘p   o‘zgarmasligi,
she’rlarda   vazn,   ohang,   qofiya   talabi   bilan   yoki   hayajonli   nutqlarda,   kuchli
ifodalarda o‘zgarishi, qaratqich va qaralmish orasida  qaralmishga  bog‘liq bo‘lgan
so‘zlar kirib qolishi, bundan qaratqich va qaralmish aloqasini anglash og‘irlashishi,
bunday qo‘llash uslubning ochiq bo‘lishiga biroz xalal berishi aytilgan. 75
  Gapning
ifoda   maqsadiga   ko‘ra   turlari     darsliklarda   yoritilishdan   tashqari   alohida   tadqiqot
obekti qilib olingan. 76
Bundan tashqari gap bo‘laklari, shaxsi ma’lum, shaxsi umumlashgan, shaxsi
noma’lum, atov gaplar bir tarkibli gaplar nomi ostida alohida tadqiqot obyekti qilib
olindi. 77
  XX   asrning   keyingi   yillarida   ham   bu   masalalar   tilshunoslikning   dolzarb
masalalari qatoridan tushmagan. Sh. Akromovning “O‘zbek tilining gap qurilishida
73
 Ғуломов А. Содда гап. – Тошкент: Фан, 1955 .
74
 Айюб Ғуломовнинг илмий мероси. (4-китоб)  Ўзбек тилида аниқловчилар.  –  Т., 2008. 
75
  Шу асар. –Б.22-43.
76
  Аҳмедов А. Ҳозирги замон ўзбек тилида сўроқ гаплар: Филол.фан.номз. ...дисс. –Тошкент, 1965; Аҳмедов
А.       Ўзбек   тилида   гапнинг   коммуникатив   турлари.   –Тошкент:   Фан,   1979;   Ҳайназарова   М.  Сўроқ   гапларда
шакл ва мазмун номувофиқлиги: Филол.фан.номз. ...автореф.дисс. –Тошкент, 1999. –26 б. 
77
  Акромов Т. Именное сказуемое в современном узбекском литературном языке. –Тошкент, 1967. -27 б; 
Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар. – Тошкент: Фан, 1974.
39 to‘ldiruvchi   va   hol”,   N.Dosanovning   “O‘zbek   xalq   ertaklari   tilida   aniqlovchilar”
kabi tadqiqotlari fikrimizning yaqqol dalilidir. 78
                        I.Rasulovning   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   bir   sostavli   gaplar”
monografiyasida   ham   tadqiqot   ishimizning   mavzusi   haqidagi   masalalar   tahlil
qilingan. Monografiyada sodda gap sintaksisining muhim problemasi – bir sostavli
gaplar   yoritilgan   bo‘lib,   sodda   gaplarni   ikki   sostavli   va   bir   sostavli   gaplarga
ajratishda   gap   struktura   asosining   sostavi   asosiy   kriteriya   qilib   olingani   xususida
so‘z   yuritiladi.   Ushbu   monografiyada,   shuningdek,   bir   sostavli   gaplar,   ularning
logik-grammatik xususiyatlari, bir sostavli gaplarning klassifikatsiyasi, bir sostavli
gap   tiplarining   o‘xshash   va   o‘ziga   xos   tomonlari,   ularning   to‘liqsiz   va   so‘z-
gaplardan farqi, bir sostavli gaplarning stilistik xususiyatlari kabi masalalar boy til
materiallari asosida chuqur analiz qilingan. 79
  1955-yilda   G‘.Abdurahmonovning   “Ajratilgan   ikkinchi   darajali   bo‘laklar”
nomli monografiyasi e’lon qilinаdi. Bu ish o‘zbek tilida ajratilgan bo‘laklarni   va
ularning   xilma-xil   ko‘rinishlarini   ilmiy   asosda   ko‘rsatib   berishga   urinishning
dastlabki   natijasi   bo‘ldi.   Olim   mazkur   ishida   ajratilgan   bo‘laklarning   ergash
gaplardan   farqini,   ularning   bir   turdan   ikkinchi   turga   aylantirish   usullarini   to‘la
yoritib   ber а di.   G‘.Abdurahmonovning   fikricha,   ajratilgan   bo‘laklar   o‘zining
semantik   funksiyasi   va   shunga   muvofiq   o‘ziga   xos   intonatsiyasi   bilan   ajralib
turuvchi   alohida   sintaktik   qurilmadir. 80
    Keyinchalik     D.Ashurova,   F.Uba y eva,
H.Boltabo y evalarning     “Gapning   uyushgan   va   ajratilgan   bo‘laklari”   kitobi   nashr
etiladi. Bu kitobda uyushiq va ajratilgan bo‘laklarning  rus va turkiy  tilshunoslikda
o‘rganilish   tarixi   to‘liq   bayon   qilingan.   Ajratilgan   bo‘laklar,   gap   bo‘laklarining
ajralish   usullari,   ajratilgan   bo‘laklarning   grammatik   vositalariga   ko‘ra   tiplari   va
ularning   ahamiyati,     ajratilgan   izohlarning   semantik   xarakteristikasi,   ularning
78
  Акрамов   Ш.   Ўзбек   тилининг   гап   қурилишида   тўлдирувчи   ва   ҳол( [ WPm ]   валентлиги   аспектида:
Филол.фан.номз.   ...автореф.дисс.   –Тошкент,   1999.   –21   б;     Досанов   Н.   Ўзбек   халқ   эртаклари   тилида
аниқловчилар. –Тошкент: 1994. -25 б. 
79
 Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар. – Тошкент: Фан, 1974.
80
  Абдураҳмонов Ғ. Ажратилган иккинчи даражали бўлаклар. –Тошкент, 1955.
40 grammatik   xususiyatlari,   turlari,     ajratilgan   izohlarning   intonatsion   xususiyatlari
ochib berilgan. 81
 
    H.Boltaboyevaning   “O‘zbek   tilida   murakkablashgan   sodda   gaplar”
monografiyasida   ajratilgan   bo‘laklarning   grammatik   xususiyatlari   batafsil
izohlangan.   Kitobda   ajratilgan   bo‘laklar   muhim   stilistik   vosita   ekanligi   aytilib,
yozuvchi   bu   stilistik   vositadan   nima   maqsadda   foydalanishi   haqida   bir   qancha
fikrlar bildirilgan: “1.Yozuvchi ma’lum voqelik yoki obraz, xarakter yoki qiyofani
chizishda   uning   asosiy   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   ifodalovchi   gap   bo‘laklarini
o‘quvchiga shu asosiy xususiyatlarni anglatish maqsadida ajratadi, ya’ni o‘ziga xos
so‘z tartibini tuzadi. 2. Yozuvchi ba’zan obrazni yoki hodisani o‘quvchiga yaxshi
tanishtirish maqsadida uni ikkinchi biror narsa va hodisaga yoki holatga o‘xshatish
orqali   ifodalaydi,   ya’ni   obrazli   gap   bo‘laklarini,   oborotlarni   qo‘llaydi.   3.Ta’sirni
kuchaytirish,   kuchli   emotsiya   yaratish,   ritordatsiya   uchun   ajratilgan   bo‘laklar
ishlatiladi.   4.Yozuvchi   yordamchi   so‘zlar   vositasidagi   tayyor   nutq   formalarini
asosiy   hukmga   tirkab   ishlatadi.” 82
  I.Toshaliyevning   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida
kiritma   konstruksiyalar”   nomli   monografiyasida   kiritma   konstruksiyalar   gap
strukturasini   murakkablashtiruvchi   sintaktik   kategoriya   sifatida   nazariy   jihatdan
tasvirlab   berilgan,   ularning   struktur   jihatdan   turlari   hamda   leksik-grammatik
xususiyatlari o‘rganilgan. 83
  Ajratilgan bo‘laklar va kiritmalarga o‘xshab ketadigan,
biroq   butunlay   boshqa   bir   hodisa   parsellyativ   va   ilova   qurilmalar   ham   sodda
gaplarning bir ko‘rinishi bo‘lib, A.G‘afforovning nomzodlik dissertatsiyasi o‘zbek
tilida   parsellyativ   va   ilovali   qurilmalarning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   haqida
ma’lumot   berilgan. 84
  A.G‘afforov   bu   hodisa   haqida   quyidagi   fikrlarni   keltiradi:
“Parsellyatsiya   hodisasi   ma’lum   bir   fikrning   alohida   bo‘laklar   orqali   berilishini
taqozo qilsa, ilovali  qurilmalar asosiy fikrga qo‘shimcha  tarzda yangi  xabar  ilova
81
  Ашурова Д., Убаева Ф., Болтабоева Ҳ.  Гапнинг уюшган ва ажратилган бўлаклари. Т.: ЎзФА, 1962. –Б.109-
178.
82
  Болтабоева Ҳ. Ўзбек тилида мураккаблашган содда гаплар. Т.: Фан, 1969. –Б.31 ; –Б.155-160.
83
  Тошалиев И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида киритма конструкциялар.  –  Т.: Фан, 1976.  –  121   б.
84
  Ғаффоров   А.   Ҳозирги   ўзбек   тилида   парцеллятив   ва   иловали   қурилмаларнинг   синтактик   диревацияси:
Филол.фан.номз… дисс.автреф. – Самарқанд, 1997. –26 б.
41 qilinishini  anglatadi.  Parsellyatsiya  hodisasi   yolg‘iz  bir   gap  doirasida  ifodalanishi
mumkin  bo‘lgan  fikrning  bo‘linib,  parchalanib   berilishini  taqozo   etadi.  Parsellyat
yetakchi   gapsiz   mustaqil   qo‘llanilmaydi.   Parsellyatlarni   transformatsion   sintez
yo‘li  bilan yetakchi  gap tarkibiga singdirib yuborish mumkin. Yetakchi  gap bilan
ilova qurilmalar nutq materiallari sifatida ma’lum bir semantik-sintaktik butunlikni
tashkil etsa-da, til materiallari sifatida alohida bo‘laklardir. 85
  Ushbu hodisa haqida
yana   bir   tadqiqot   ishi   yaratilib,   ushbu   tadqiqotda   to‘ldiruvchi   bilan   ifodalangan
ilovali elementlarning funksiyalari ochib berilgan. 86
Bizga   ma’lumki,   tasdiq   va   inkor   gaplar   harakatning   bajarilgani   yoki
bajarilmagani,   voqeaning   yuz   bergani   yoki   yuz   bermagani   haqidagi   xabarni
ifodalaydi.   D.Lutfullayeva     “Tasdiq   gaplarda   inkor   va   shakliy-mazmuniy
nomuvofiqlik” nomli tadqiqot ishida tasdiq va inkor gaplarning farqlanish asoslari
haqida   fikr   yuritib,   tasdiq   gaplarning   voqelikning   predmet   va   hodisalari   orasida
aloqa   bog‘lanishning   mavjudligini,   inkor   gaplarning   esa   bunday   aloqa
bog‘lanishning   mavjud   emasligini   aytib,   tasdiq   va   inkor   gaplarning   hosil   bo‘lish
yo‘llari,   nutqda   tasdiq   orqali   inkor,   inkor   orqali   tasdiq   gaplar   shaklanishi,   uning
sodir   bo‘lish   sabablari,   yo‘llari   haqida     fikrlar   bildiradi,   har   bir   fikr-mulohazani
misollar   bilan   asoslaydi.   Gapning   tasdiq   va   inkor   shaklda   bo‘lishi   uning   hamma
turiga   xosligi,   lekin   logik   jihatdan   qaralganda,   tasdiq   va   inkor   hodisasi   xabar
berishning   eng   xarakterli   xususiyatlaridan   ekanligi,   bu   jihatdan   uning   darak   gap
bilan   yana   ham   zich   bog‘liqligi,   gapning   tasdiq   va   inkor   shaklda   bo‘lishi
borliqning   turli   hodisalari   orasidagi,   har   xil   tushunchalar   orasidagi
munosabatlarning   xarakteriga   asoslanishi,   gap   shu   munosabatlarni   til   materiallari
vositasi bilan ifodalashi kabi fikrlar tadqiqot ishida aytib o‘tiladi.  87
   
85
  Шу манба. – Б.12,13,15,16,18.
86
  Бегматов   М.   Тўлдирувчилар   билан   ифодаланган   иловали   элементларнинг   функциялари:
Филол.фан.номз… дисс.автреф. – Тошкент, 1999. –24 б.
87
  Лутфуллаева Д.  Тасдиқ гапларда инкор ва шаклий-мазмуний номувофиқлик:  Ф илол. фан. номзоди...дисс. 
автореф. – Тошкент, 1997.–Б.7. 
42 2.3.Sodda gap va uning turlariga  yangicha qarashlar aks etgan ilmiy
tadqiqotlar haqida.
Ma ’lumki, tilning o‘z ichki qonuniyatlari mavjud bo‘lib, u nafaqat shaxsga,
hattoki   jamiyatga   ham   bo‘ysunmaydi   va   u   tilshunoslarning   talqin   hamda
hukmlariga   ham   mutlaqo   befarqdir.   Shuningdek,   u   tilni   bilmagan   kishini     o‘ziga
bo‘ysundiradi.   Shu   o‘rinda   tilshunos   olim   A.Peshkovskiyning   “grammatikani
bilmagan kishi tilni boshqarmaydi, aksincha, uni til boshqaradi” 88
 - degan iborasini
eslashimiz   kifoya.   O‘zbek   tilshunosligi   tom   ma’nodagi   mustaqil   fan   sifatida
o‘zbek   tilining   o‘zbekona   tabiatini   ochiq-oydin   o‘rganib,   uni   milliy   g‘oya   va
milliy   mafkurani   targ‘ib   qilishning   tarkibiy   qismiga   aylantirdi.   Bugungi   kunda
morfologiyada   grammatik   kategoriya   va   shakllarning,   so‘z   turkumlarining
yangicha   tasnifi,   sintaktik   hodisalarning   yangi   nuqtayi   nazardan   tadqiq   qilinishi
natijasida   ta’limga   olib   kirilayotgan   ilmiy   yangiliklar   –   gapning   markazi   sifatida
kesimning   qaralishi,   gap   va   so‘z   kengaytiruvchilarining   farqlanishi,   gap
bo‘laklarining darajalanishi, sodda va qo‘shma gap oralig‘ida uyushgan gaplarning
ajratilishi,   gap   markaziga   tayangan   holda   qo‘shma   gaplarning   yangicha
tasniflanishi   kabilar   fikrimizning   dalilidir.   Rus   tili   darsliklari   namunasi   asosida
tuzilgan   qo‘llanmalar   XX   asrning   90-yillarigacha   amalda   bo‘ldi.   XIX   asrning
ikkinchi   yarmidan   boshlangan   Yevropa   tilshunosligi   me’yorlarida   o‘zbek   tilini
o‘rganish   tilshunoslarimiz   oldiga   o‘zbek   tili   me’yorlarini   belgilash   va
ommalashtirish,   “ona   tili   ta’lim   mazmunini   yangilash,   o‘zbek   tili   grammatik
qurilishini   rus   tili   grammatik   meyorlari   chizmasi   asosida   baholash   asoratidan
qutqarish”    kabi  maqsadlarni  qo‘ydi.   Bu  masalalar   bilan  XX  asrning  90-yillariga
kelib,   o‘zbek   sistemaviy   tilshunosligi   shug‘ullandi.     O‘zbek   sistemaviy
tilshunosligining   vakillari   bo‘lgan   H.Ne’matov,   R.Sayfullayeva,   B.Mengliyev,
S.Nazarova,   M.Qurbonova,   M.Abuzalovalar   hamda   ularning   shogirdlari   o‘z
tadqiqotlarida   o‘zbek   tilshunosligida   ham   sintaktik   hodisada   substansial   va
aksidensial jihatni farqladi,  gap va so‘z birikmasining lison-nutq nuqtayi nazaridan
izchil   tavsifini   berdi   va   o‘z   “tadqiqotlarida   so‘z   birikmasi,   sodda   gap,   qo‘shma
88
 Пешковский А.М. Русский  синтаксис в научном освещении. – М.: Учпедиздат,  1956. –  C .511. 
43 gap,   an’anaviy   so‘z-gaplarning   substansial   mohiyati,   lisoniy-sintaktik   qoliplarini
ishlab   chiqishdi”.   Bu   tadqiqotchilar   gapning   eng   kichik   qurilish   qolipini   lisoniy
birlik sifatida olishdi. 
Bugungi   kunda   an’anaviy   tilshunoslik   vakillari   rivojlantirgan   qonun-
qoidalarga,   yaratilgan   nazariy   qarashlarga   asoslanib,       bu   tilshunoslik   negizida
sistem   tilshunoslik   va     mazmuniy   sintaksis   shakllandi.   Bu   haqida
M.Qurbonovaning   “Bosh   bo‘laklar   talqiniga   doir”   risolasida   quyidagi   fikrlar
keltirilgan: “Takidlash joizki, A.G‘ulomov talimoti o‘sha davr uchun ham keyingi
davr tilshunosligi uchun  ham shubhasiz katta ilmiy qimmatga ega. Bu tilshunoslik
o‘sha davr uchun yagona tahlil asoslarini yaratgan bo‘lsa,   o‘zidan keyingi sistem
tilshunoslik   uchun   zaruriy   bosqich   vazifasini   o‘tadi”. 89
  O‘zbek   tilshunosligida
sistem-struktur   talimotlarni  prof.  S.N.Ivanov  boshlab   berdi.  Olim  lisoniy  birliklar
mohiyatini   ochishda   dialektik   falsafa,   tadqiq   manbai   haqida   ilmiy-nazariy   hukm
chiqarish   jarayonida   dialektik   gnoseologiya,   jumladan,   dialektologik
kategoriyalardan   onglilik   va   izchillik   bilan   foydalanish   (metodologiya)
masalalarini   o‘rtaga   qo‘ydi.   Bu   yondashuv   dialektikaning   umumiylik-xususiylik,
mohiyat-hodisa,   imkoniyat-voqelik,   sabab-oqibat   kategoriyalarining   til   tizimi
birliklariga   bevosita   amaliy   tatbig‘idan   iborat   edi.   Bu   yo‘nalish   H.   Ne’matov,
R.Sayfullaeva,   M.Qurbonova,   M.Abuzalova,   R.Bobokolonov,   L.Raupova,
S.Muhamedova,   B.Yorov,   H.Shokirova,   Sh.Akramov,   S.Inoyatov,
N.Yuldashevalar   tomonidan   izchil   davom   ettirildi   va   sistemaviy   tahlil   usullari
chuqurlashtirildi. 90
  Bu   yo‘nalishning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   quyidagi   fikrlar
89
 Қурбонова М. Бош бўлаклар талқинига доир.  – Т., 1998.  –Б. 17.
90
  Неъматов   Ҳ.Тажалли   тасаввуф   билиш   назарияси   ва   тилшуносликда   синтаксисни   ўрганиш   масалалари   //
Ўзбек   тили   ва   адабиёти.   1993.   №2.–Б.12-16;   Сайфуллаева   Р.,   Абузалова   М.   Гапнинг   энг   кичик   қурилиш
қолиплари   ҳақида.   Ўзбек   тили   ва   адабиёти,   1991,   №4.   б.42-44;     Абузалова   М.Ўзбек   тилида   содда   гапнинг
энг   кичик   қурилиш   қолипи   ва   унинг   нутқда   воқеланиши:   Ф илол.   фан.   номзоди...дисс.   автореф.   Тошкент,
1994.–Б.21 ;   Акрамов   Ш.   Ўзбек   тилининг   гап   қурилишида   тўлдирувчи   ва   ҳол:   Ф илол.   фан.   номзоди...дисс.
автореф.   Тошкент,   1997.–Б.22 ;   Раупова   Л.   Ўзбек   тилида   номустақил   кесим   масаласи   ва   [WPm   –>     WPm]
қурилишли   гаплар:   Ф илол.   фан.   номзоди...дисс.   автореф.   Тошкент,   1999.–Б.26 ;   Иноятов   С.   Ўзбек   тилида
предикатив   муносабат:   Ф илол.   фан.   номзоди...дисс.   автореф.   Тошкент,   1999.–Б.22 ;   Муҳамедова   С.   Ўзбек
тилида йўналма ҳаракат феълларининг предикативлиги ва валентлиги:  Ф илол. фан. номзоди...дисс. автореф.
Тошкент,   1999.–Б.22 ;   Бобоколонов   Р.Ўзбек   тилида   семантик-функционал   шаклланган   сўз-гаплар.   Ф илол.
фан. номзоди...дисс.  Тошкент, 2000 ; Қурбонова М. Ўзбек тилшунослигида формал-функционал йўналиш ва
содда гап қурилишининг талқини: Ф илол. фан. доктори...дисс. автореф. Тошкент, 2001.–Б.51 ; Ёров Б.Уюшиқ
кесим:   унинг   зотий   (субстанциал)   табиати   ва   гапдаги   мавқеи:   Ф илол.   фан.   номзоди...дисс.   автореф.
44 orqali   bilib   olishimiz   mumkin.   “O‘zbek   tili   sintaksisini   bu   yo‘sinda   tadqiq   qilish
formal-funksional   (shakl-vazifaviy)   tadqiq   deyilmoqda.   Hozirgi   kunda   formal-
funksional   talqinga   ko‘ra   gap   deganda   so‘z   formasi   va   unga     qo‘shilib   kelgan
kesimlik   ko‘rsatkichlari   tushuniladi.   Bu   esa   fanimizda   sodda   gapning   eng   kichik
qurilish   qolipi   degan   tushunchaning   vujudga   kelishiga   sabab   bo‘ladi.   Sodda
gapning   minimal   qolipi   [WPm]   deb   belgilandi.   Bu   erda     [W]-atov   birligi   +[Pm]
kesimlik ko‘rsatkichlari= hukm”. 91
                    Formal-funksional   talqinda   yasama   so‘zlar   va   sintaktik   hosilalar   (so‘z
birikmalari,   gaplar)   nutqiy   birliklar   sifatida   faqat   ularning   qoliplari   (modellari)
qabul   qilinadi.   Lisoniy   qolip   (model)   matematik   tenglama   tabiatiga   ega   bo‘lib,   u
ikki   tarkibiy   qismdan   iborat.   Lisoniy   qolipning   shakli   va   mazmuni.   Lisoniy
qolipning   shakliy   tomonini   bu   qolipning   tuzuvchilari   tashkil   etadi.   Lisoniy   qolip
hosilasining   ma’naviy   (vazifaviy)   qiymati   esa   bu   qolipning   mazmun   tomonini
tashkil etadi. [WPm]ning o‘zbek tilshunosligida vujudga kelishi sintaksis bobidagi
ko‘pgina   masalalarni   yangidan   ko‘rib   chiqishga   zamin   yaratdi.   Endi   sodda   gap
deganda   [WPm]   va   uning   kengayish   imkoniyatlari   tushuniladigan   bo‘ldi.   Eng
kichik gap qolipi [WPm] ning nutqda kengayishi shuni ko‘rsatadiki, gapning asosi-
markazi   kesimdir.   C h unki   kesimlik   ko‘rsatkichlari   bilan   shakllangan
(predikativlikni   ifodalagan)   atov   birligi   bu   kesim   demakdir.   [WPm]   va   uni
nutqning   talabi   bilan   xohlaganga   kengaytirishimiz   va   ifodalanayotgan   fikrni
to‘ldirishimiz mumkin. Formal-funksional talqinda kesim gapning markazi (asosi)
qolgan   barcha   bo‘laklar   uning   kengaytiruvchilaridir.   Formal-funksional
yo‘nalishda   gapning   tarkibiy   qismlari   tahlil   qilinganda   ananaviy   yo‘nalishdan
farqli   o‘laroq   boshqacha   atamalar   asosida   ish   ko‘riladi.   Bu   yo‘nalishda   sintaktik
qoliplarning   shakliy   tamonlarining   tarkibiy   qismlari   ham   alohida   zot
(substansiya)dir.   S h uning   uchun   ularning   har   biri   o‘zida   malum   bir   belgilarni
mujassamlashtiradi.   Bu   esa   sintaktik   sathda   zotiy   yondashuv   bilan   tilshunoslikda
Тошкент,   2001.–Б.23 ;   Шокирова   Ҳ.   Ўзбек   тилида   кесимлик   категорияси:   шахс   актанти     ва   унинг   нутқий
воқеланиши:   Ф илол.   фан.   номзоди...дисс.   автореф.   Тошкент,   2009.–Б.27 ;   Юлдашева   Н.   Йиғиқ   гапнинг
формал-функционал талқини: Ф илол. фан. номзоди...дисс. автореф. Тошкент, 2010.–Б.23 .
91
  Сайфуллаева   Р.,   Абузалова   М.   Гапнинг   энг   кичик   қурилиш   қолиплари   ҳақида.   Ўзбек   тили   ва   адабиёти,
1991, №4. б.42-44.
45 keng   ommalashgan   valentlik   nazariyasining   birlashishiga   olib   keladi.
[WPm=hukm] qolipida atov birligi – [W] – leksema va [Pm] – grammatik formalar
alohida   zotlar   sifatida   nutqda   kengayishi,   boshqa   birliklar   bilan   munosabatlarga
kirishish  qobiliyatiga egadir. Bu yo‘nalishda ega [WPm]ning [Pm]qismi  valentlik
aktanti deb qaraladi va gap kengaytiruvchi sifatida baholanadi.  
Tildan foydalanish fikrni shakllantirish va bayon qilishdan iboratdir. Bu esa
gap orqali amalga oshar ekan, demak, til yaxlit vujud sifatida sintaksisda namoyon
bo‘ladi.  Sintaksis sistemaviy-struktur asoslarda o‘rganila boshlangandan so‘ng shu
tahlil asosida turli nazariya vujudga keldi. Jahon tilshunosligidagi sistemaviy oqim
zaminida o‘zbek sistemaviy tilshunosligi ham shakllandi va taraqqiy etdi. O‘zbek
tilshunosligida  tilga sistema   sifatida  yondashilib,  lison  va  nutq hodisasi   farqlandi
va gapning til sathidagi eng kichik qolipi ishlab chiqildi. “Nutqimizda berilgan va
an’anaviy sintaksisimizda atroflicha tahlil etilgan gap uning shakl va vazifa turlari
til   sathida   ongimizda   mavjud   bo‘lgan   umumiylikning,   gap   eng   kichik   qolipining
turli   lug‘aviy   qurshov   va   nutq   sharoitlarida   minglab   muayyan   shakllarda   yuzaga
chiqishida namoyon bo‘lishi aniqlandi”.
O‘zbek   tilining   sintaktik   qurilishi   o‘rganila   boshlangandan   so‘ng,
tilshunoslar gapning faqat tashqi tomoniga emas, balki ichki tomoniga ham e’tibor
qarata   boshladi.   Formal   tilshunoslikda   esa   til   yopiq   tizim   sifatidagi   sathlarga
ajratilib, “lisoniy birliklarning o‘zi ifodalayotgan obyektiv borliq bilan munosabati
tadqiqotdan chetda qoldi”.  Formal sintaksis bevosita kuzatishda berilgan og‘zaki,
yozma shakllarda voqelangan hodisani o‘rganishga e’tiborni qaratdi va uning tahlil
asosini   bevosita   kuzatishda   berilgan   nutqiy   sintaktik   hodisa   tashkil   etdi.   Formal
tilshunoslikda   lison   va   nutq   hodisasini   farqlamaslik,   imkoniyat   va   voqelik,
umumiylik   va   xususiylik   kabi   tushunchani   chalkashtirish   sintaktik   hodisaning
substansial  mohiyatini ochishga to‘siq bo‘ladi. Shu asosda “an’anaviy sintaksisda
gapning bir va ikki tarkibliligi, asosan, sodda gap materiali asosida  o‘rganiladi” 92
va sodda gaplar yig‘iq va yoyiq turlarga  bo‘linadi.  
92
 Qurbonova M. Hozirgi zamon o‘zbek tili.  –T.: 2002. – B 53. 
46 O‘zbek  tilshunosligi     rus     tilshunosligi   zamirida   rivojlanganligi,
shuningdek, logik oqimning ta’siri tufayli sodda gap [S-P] qolipida tasvirlandi va
talqin   etildi.   Gap   haqidagi   formal   ta’limotning   o‘zbek   tili   grammatik   qurilishini
talqin   qilishida   ko‘proq   rus   tilining   grammatik   qurilishiga   xos   meyor   va   qoidaga
tayanilgan.   Bu   fikr   asosini   tilshunos   A.G‘ulomovning   quyidagi   qarashida   ko‘rish
mumkin:   “Sintaksis   asosida   gap   haqida   ta’limot   yotadi”.   “So‘zlarning   predikativ
munosabati   (predikat–kesim),   odatda,   gapni   hosil   qiladi.   Predikativ   bog‘lanish   -
ega va kesim munosabati gapning yadrosidir”. “Gapning asosini tobelanish tashkil
qiladi,   busiz   gap   maydonga   kelmaydi.   Gapning   asosi   bo‘lgan   ega   va   kesimning
o‘zaro   aloqasi   ham   tobelanish   yo‘li   bilan   bo‘ladi”.   A.G‘ulomovning   bu   fikri
o‘zbek   tilining   substansial   talqinida   boshqacha   ahamiyat   kasb   etadi.   Chunki
“gapning   asosi   va   yadrosi   ega   va   kesim”   degan   fikrga   zid   o‘laroq,   “gap
tushunchasi kesim tushunchasi bilan zich bog‘langan”. 93
Gap  – kishilarning bir-biriga  fikr, axborot  uzatish   uchun ishlatadigan  asosiy
birlik bo‘lib, fikr ifodalashning eng oddiy va tipik ko‘rinishidir. Gapni gap qilib
turgan asosiy belgi uning kesimlik (predikativlik) belgisi ekanligidan xabaringiz
bor.   Gapning   kesimlik   belgisi   kesimlik   ma’nolarini   [zamon,   shaxs   son,   tasdiq,
inkor,   modal   (mayl)lik]   ifodalovchi   kesimlik   shakillari   orqali   ifodalanadi.
Kesimlik ma’nosini ifoda etgan har qanday sintaktik birlikgap sanaladi. Masalan,
Borma+sa(y)+di+m.   Ko‘m-ko‘k   dala.   Bu   gaplarning   birinchisida   kesimlik
ma’nolari   alohida-alohida   kesimlik   shakllari:   tasdiq   inkor   ma’nosi   -ma   shakli
orqali, modal (mayl) ma’no  -sa(y)  shakli orqali, zamon ma’nosi -di shakli orqali,
shaxs ma’nosi esa -m shakli orqali ifodalanmoqda. Ikkinchi gapda ham shu  [WPm]
kesimlik ma’nolarining hammasi: tasdiq, aniqlik (modal ma’no), hozirgi zamon,
III   shaxs   ma’nolari   anglashiladi,   lekin   ular   moddiy   ko‘rsatkichlarga   ega   emas.
Nol ko‘rsatkich orqali umumiy tarzda ifodalangan. Ana shu ma’nolar mavjudligi
uchun   ham   u   sintaktik   birlik   gap   sanaladi.   Gap   uchun   muhim   belgi   sanalgan
kesimlik belgisining miqdori gaplarni sodda va qo‘shma gaplarga bo‘lishga asos
93
  Sayfullayeva R. Hozirgi o‘zbek tilida qo‘shma gaplarning formal-funksional talqini: monografiya.  –T.: Fan, 1994.
– B. 47. 
47 bo‘ladi.   Bitta   kesimlik   belgisiga   ega   bo‘lgan   gap   sodda,   ikki   va   undan   ortiq
kesimlik belgisiga ega bo‘lgan gap esa qo‘shma gap sanaladi. Qo‘shma gap ikki
va undan ortiq sodda gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan
tashkil   topadi.   Demak,   har   qanday   gapning   tuzilish   jihatidan   turlarini   uning
grammatik asosi belgilab beradi. Gapning grammatik asosini bosh bo‘laklar: ega
va   kesim   tashkil   etadi.   Gap   tarkibidagi   grammatik   asos   (ega   va   kesim)   ning
ishtirokiga   ko‘ra   gaplar   tuzilish   jihatidan   ikki   turga   bo‘linadi:   sodda   gaplar   va
qo‘shma   gaplar.   Bitta   grammatik   asosiga   ega   bo‘lib   ma’lum   bir   fikr   va   his-
hayajonni ifodalovchi gaplar sodda gaplar deyiladi.   Hozirgi kunda, gapning eng
kichik   qurilish   qolipi   [WPm]   sifatida   o‘rganiladi.     Bu   yerda   W   -   atov   birligi,
lug‘aviy asos, Pm - kesimlik ko‘rsatkichi. Shundan kelib chiqib,  bordim   so‘zi bu
ramzda  W- bor-, Pm-dim  sifatida belgilanadi.
O‘zbek   tilshunosligida   boshqa   turkiy   tilda   bo‘lgani   kabi,   shaxs-son
kategoriyasi   mustahkam   o‘ringa   ega   bo‘lib,   bu   bilan   shakllangan   kesim,   harakat
(holat),   (belgi)ning   qaysi   shaxs-songa   oidligiga   ishora   qilib   turadi.   Bu   esa   gap
tarkibida ega mavqeining pasayishiga, ko‘p holda ega tushib qolishiga olib keladi.
Demak, o‘zbek tilida zarurat bo‘lmasa, ega tushirib qoldiriladi va kesimning o‘zi
gapni tashkil etadi:  O‘qituvchiman. 
           Gap bo‘lagi  ikki  va  undan ortiq morfemalarning sintagmatik  munosabatidan
tashkil   topgan   ma’lum   sintaktik   vaziyatdagi   butunlik   –   so‘z   shakli   sanaladi.   XIX
asrga   qadar   dunyo   tilshunosligida   sintaksisning   asosiy   o‘rganish obyekti   gap
hisoblanadi.  Uning  tarkibidagi  so‘zlarning  o‘zaro  aloqasi  gap bo‘laklari sifatida
o‘rganiladi. Shuning  uchun  sintaksis  gap  va  uning  bo‘laklari  haqidagi  ta’limot
sifatida e’tirof etildi. Sintaksisning  asosiy birligi gapdir. Gap fikrni shakllantirish,
ifodalash   va     bayon     qilishning     asosiy     vositasi,     muayyan     tilning     qunun–
qoidalari  asosida shakllangan  sintaktik  birligidir.  Gapning  asosiy  belgisi  ya’ni
fikr   ifodalash    va bayon   qilish   vazifasidir.   Til  kishilar   o‘rtasida   eng   muhim
fikr  ifodalash  vositasi ekan,  demak,  tilning  bu  vazifasini  yuzaga  chiqaruvchi
asosiy    vosita   gap  hisoblanadi.  So‘z ham, so‘z birikmasi  ham  bu vazifani  bajara
olmaydi.
48     Gap   mohiyatini   [WPm]   sifatida   bеlgilash   nafaqat   gapning   tildagi
mohiyatini   ochib   bеrishga,   balki   tilshunoslikdagi   qator   chigal   muammolarni
yеchishga,   sodda   va   qo‘shma   gaplar   orasidagi   farqlarni   to‘g‘ri   bеlgilashga,
tilshunosligimizda   nihoyasiga   yеtkazilmagan   qator   fikrlarni,   kuzatishlarni   asosli
ravishda xulosalashga imkoniyat yaratib bеradi. 
                    Gapning   sintaktik   qatlami   tahlil   qilinganda   gapda   ega   yoki   kesimning
muhim   ahamiyatga   ega   ekanligi   ham   ayrim   bahslarning   kelib   chiqishiga   sabab
bo‘ladi. A. G‘ulomov va M. Asqarovalar bu haqda shunday deydi: “Bosh bo‘laklar
gapning   asosini   tashkil   etadi:   ular   gap   konstruksiyasining   asosidir,   markazidir-
gapdagi  ikki  uyushtiruvchi  markazdir. Lekin bosh bo‘laklarning yolg‘iz o‘zi  ham
mustaqil   gapni   tashkil   qiladi,   biroq   ba’zi   o‘rinlarda   ularning   o‘zidan   to‘liq   fikr
ifodalanmaydi”,   deb   yozadilar.   Bu   olimlar   egani   hokim   tarkibning   grammatik
markazi, shuningdek, uni tobe tarkibdagi bosh bo‘lakka – kesimga ham hokimdir,
deb   ta’kidlashadi 94
.   Kesim   haqidagi   bunday   talqin   1980-yillargacha,   ya’ni
fanimizga   sistem-struktur   sintaktik   tadqiqotlar   kirib   kelgunga   qadar   davom   etib
keldi.   Ammo   H.   Ne’matov,   N.   Mahmudov,   A.   Nurmonov,   R.   Sayfullayeva,   M.
Abuzalova   kabi   o‘zbek   hamda   boshqa   xorijiy   tadqiqotchilarning   ishlarida
kesimning   mavqyei   yangicha   baholandi   –   kesim   gap   qurilishidagi   mutloq   hokim
bo‘lak, gap markazi sifatida talqin etildi”. 95
    Uning   eng   ixcham   shakli   moddiy   jihatdan   [P
m ]   ko‘rsatkichlariga   ega
bo‘lgan   bir   so‘zga   tеng   bo‘ladi.   Chunonchi,   “Yoz!”,   “Yozgin!”,   “Kеldim”,
“Bahor”,   “O‘qituvchiman”,   “Borish   kеrak”,   “O‘qisa   bo‘ladi”.   Ixcham   sodda
gaplarning   mohiyati   shundan   iboratki,   bunday   gaplar   faqat   bitta   so‘z   bilan
ifodalangan bo‘lib, bir markazdan iborat bo‘ladi. Shu bir so‘z yoxud bir markazda
gapning   gap   bo‘la   olishi   uchun   zarur   va   majburiy   bo‘lgan   barcha   elеmеntlar
mujassamlangan bo‘ladi.
94
  Ғ уломов А., Ас қа рова М.  Ҳо зирги  ў збек адабий тили. Синтаксис. – Тошкент:  Ўқ итувчи, 1987. – Б. 72-77.; 
Жигадло В.Н., Иванова И.П., Иофик Л.Л. Современный английский язык (теоретический курс грамматики). 
- М.: Лит. на иностр. языке, 1956. -  С . 244.
95
 Теньер Л. Основа структурного синтаксиса: Перевод с франц. -Редкол.: Г.В.Степанов (Предисловие) и др. 
- Вступ. статья и общ. ред. В.Г. Гака. - М.: Прогресс, 198. - 656 с.  ;  Ne ' matov   H .,  Mahmudov   N .,  Sayfullaeva  
R .,  G ‘ ulomov   A .,  Abduraimova   M .  Ona   till . 8- sinf   uchun   darslik . -  Toshkent , 2002. -  B . 37.
49     Ixcham   gaplar   nutq   sharoitida   fikr   almashtirish   jarayoni   talablariga   ko‘ra
kеngayishi mumkin. Bu kеngayish ikki omil hisobida bo‘lishi mumkin:
1.[WP
m ]ning   fikr   va   hukmga   aloqador   bo‘lgan   tasdiq/inkor,   mayl/zamon,
shaxs/son ma’nolari, ya’ni [P
m ]  asosida. 
2.   Kеsimning   lug‘aviy   ma’nosini   ifodalab   kеlayotgan   so‘zning   valеntligi
(ma’noviy kеngaytiruvchilari) asosida.
    Ma’lumki,   [P
m ]ning   ma’no   tarkibi   tasdiq/inkor,   mayl/zamon,   shaxs/son
kabi     tarkibiy   qismlardan   iborat.   Bu   tarkibiy   qismlarning   har   biri   asosida   [WP
m ],
uning nutqdagi eng qisqa ko‘rinishi – ixcham gaplar kеngayishi mumkin. [P
m ]ning
har bir ma’no tarkibi asosida ixcham gaplarning kеngayishi o‘z xususiyatlariga ega
va   ko‘pincha,   mayl,   zamon   shakllarining   ma’nolari   bilan   aloqadordir.   Lеkin   [P
m ]
tarkibidagi   bir   ma’no   turi,   aniqrog‘i,   shaxs-son   ma’nosi   asosida   ixcham   gapning
kеngayishi   gap   qurilishida   muhim   ahamiyat   kashf   etadi.   Bu   ham   bo‘lsa,   gap
tarkibida eganing bo‘la olishi yoki bo‘la olmasligi masalasidir.
                        Ma’lumki, ega  gap  qurilishida  aniqlovchi,  to‘ldiruvchi, hollardan  ko‘ra
boshqacharoq mavqеga ega. Formal  tilshunoslikda  ikkinchi darajali  bo‘laklar dеb
ataladigan   bu   bo‘laklarning   in’ikosi   (aksi,   simvoli,   qandaydir   ishorasi)   [WP
m ]
tarkibida yo‘qdir. Lеkin egaga ishora [P
m ] tarkibida mavjud.
    Qandaydir   ishoraning   gapning   markazi,   bosh   bo‘lagi   bo‘lgan   kеsimda
bo‘lishligi   egani   gap   qurilishida   boshqa   gap   bo‘laklaridan   farqli     o‘rin   tutishini
ko‘rsatadi.   Ega   gapning   qurilishi   uchun   majburiy,   zaruriy   bo‘lak   mavqеini
egallamasa   ham,   aniqlovchi,   to‘ldiruvchi,   hollardan   ko‘ra   yuqori   mavqеga   ega,
chunki   uning   bеlgilari   [WP
m ]   tarkibida   mavjuddir.   Shuning   uchun   biz   [WP
m ]
ixcham   ko‘rinishda   bo‘lgan   kеsimni   gap   markazi,   gapning   bosh   bo‘lagi   dеb
baholasak,   egani   gapning   birinchi   darajali   bo‘lagi   dеb   baholashimiz   mumkin.
Ixcham sodda gaplarda  eganing bosh bo‘lakda  ishora orqali tiklash mumkin yoki
mumkin   emasligiga   ko‘ra   ixcham   sodda   gaplar   ikki   turli   bo‘ladi   (ot   markazli
gaplar ham, fе’l markazli gaplar ham):a) ikki tarkibli gaplar; b) bir tarkibli gaplar;
Ikki   tarkibli   ixcham   sodda   gaplarda   kеsim   tarkibidagi   shaxs/son   ko‘rsatkichlari
asosida gapning egasi tiklanishi mumkin:
50 “Kеldim”                    “Mеn kеldim”
“Boradi”  “U boradi”
    Bir   tarkibli   ixcham   sodda   gaplarda   kеsim   tarkibida   III     shaxs   birlik   son
ma’nosiga   ishora   bo‘lsa   ham,   gapning   egasini   tiklash   mumkin   emas.   C h unonchi,
“Boriladi”, “O‘qisa bo‘ladi”, “Aytish mumkin”, “Bahor edi” va h.k.
    Eganing   gapda   ifodalangan   va   ifodalanmaganligiga   ko‘ra   ikki   tarkibli
sodda   gaplarning   o‘zi   yana   2   turli   bo‘ladi:   a)   ikki   tarkibli   egali   sodda   gaplar;   b)
ikki tarkibli egasiz sodda gaplar.
   Faqat ega bilan kеngaygan ikki tarkibli sodda gapga nisbatan sodda yig‘iq
gap an’anaviy tushunchamizni ishlatishimiz mumkin.   [W] asosida kеngayish [W]
vazifasida   kеlgan   so‘zning   sеmantik   valеntligi   asosida   kеngayishidir.   [W]ning
kеngaytiruvchilari   mohiyatan   so‘z   valеntligining     aktantlari   bo‘lganligi   sababli,
gap   qurilishida   ma’lum   bir   o‘rinni   egallaydigan   bu   kеngaytiruvchilarning     tabiati
[W] o‘rnida qanday so‘z kеlganligi bilan bog‘liq. Shuning uchun [W] vazifasida ot
yoki fе’lning kеlishi gap qurilishida qanday bo‘laklarning bo‘la olishini bеlgilaydi.
[W]   ot   bilan   ifodalangan   hollarda   gapda,   asosan,   aniqlovchilar   va   qisman   hollar,
fе’llar   bilan   ifodalangan     taqdirda   esa   hollar   va   to‘ldiruvchilar   bilan   birga,
kеyingilar,   ya’ni   hol   va   to‘ldiruvchi   tarkibida   aniqlovchilar   ham   kеla   oladi.   [P
m ]
ifodasi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   ega   vazifasida   kеlgan   so‘zning   ham   o‘z
kеngaytiruvchilari   bo‘la   olishini   hisobga   olsak,   [WP
m ]   tarkibining   [P
m ]   asosida
kеngayishi   ega,   hol   va   kirish   bo‘laklarni   olib   kеlsa,   [W]   asosida   kеngayishi
to‘diruvchi va aniqlovchilarni, ular tarkibida boshqa bo‘laklarni olib kеladi. Agar
ega   yoki   [W]ning   kеngaytiruvchilaridan   biri   sifatdosh,   ravishdosh,   harakat   nomi
kabi   oborotlar     bilan   ifodalangan   bo‘lsa,   ular   murakkab   (G‘.Abdurahmonov
tеrmini)   yoki   murakkablashgan   (H.Boltaboyеva)   sodda   gap   tiplarini   bеradi.   Bu
gaplar ham ikki turli: a) umumiy bajaruvchili murakkab sodda gaplar; Chunonchi,
“Uyga   qaytgach,   uni   ko‘rdim”   –   ikki   tarkibli,   fе’l   markazli,   yig‘iq   kеsimlikli,
egasiz,   yoyilgan,   umumiy   bajaruvchili   murakkab   sodda   gap.   b)     xususiy
bajaruvchili murakkab sodda gaplar.
51           N.Turniyozov,   K.Turniyozova   va   X.Xayrullayevlarning   “Struktur   sintaksis
asoslari”   deb   nomlangan   monografiyasida   struktur   tilshunoslik   va   uning
shakllanishi,   sintaktik   strukturalar   va   sintaktik   munosabat,   gapning   bevosita
ishtirokchilar   va   transformatsion   metodlar   asosidagi   tahlili   hamda   gap
komponentlarining   struktur-funksional   tahlili   haqida   keng   ma’lumot   beriladi.   Bu
monografiyada   struktur   tilshunoslik:   uning   shakllanishi   va   til   materialining   tahlil
metodlari,   sintaktik   munosabat   va   sintaktik   strukturalar,   gapning   bevosita
ishtirokchilari   va   transformatsion   metodlar   asosidagi   tahlili,   gap
komponentlarining   struktur-funksional   tahlili   haqidagi   masalalar   ko‘rib   chiqiladi.
Monografiyada   sintaktik   strukturalar   doirasida   gapning   lingvistik   maqomi,
applikativ   usulda   shakllangan   gap,   tranformatsiya   asosida   shakllangan   gap,
sintaktik derivatsiya nazariyasining ish mexanizmlari haqida fikr yuritiladi.  96
                 N.Yuldashevaning “Ona tili ta’limida sodda gapning substansial  talqini va
undagi   muammolar”   nomli   maqolasida   ona   tili   ta’limidagi   sodda   gapning
substansial   talqini   va   unda   duch   kelinayotgan   muammolar   hamda   o‘zbek
tilshunosligida   bir   tarkibli   gaplar   maslasining   to‘g‘ri   qo‘yilishi,   ya’ni   sodda
gapning   eng   kichik   qurilish   asosiga   [WPm]   ning   olinishi   va   hal   qilinishi   o‘zbek
substansial   sintaksisining   yutug‘i   sintaktik   qurilishni   formal-funksional
tekshirishning   asosi   ekanligi   haqida   so‘z   boradi.   Shuningdek,   mazkur   maqolada
sodda gap va qo‘shma gaplarning bir-biridan farqi xususida ham fikr yuritilgan.
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa
           Sodda gap va uning turlari haqida dastlabki darslik va o‘quv qo‘llanmalarida
fikr   va   mulohazalar   keltirilgan   edi.   Keyinchalik   esa   Fitratning   “Nahv”   kitobidan
o‘zbek   tili   sintaksisiga   oid   bo‘lgan   nazariy   qarashlarni   uchratish   mumkin   va
bundagi yangicha qarashlar sintaksisni  o‘rganish uchun, xususan bizning tadqiqot
ishimizning   mavzusi   bo‘lgan   sodda   gap   va   uning   turlari   bo‘yicha   biz   uchun
qimmatli bo‘lgan ma’lumotlarni olishimiz mumkin. 
96
  Турниёзов Н., Турниёзова К., Хайруллаев Х. Структур синтаксис асослари. – Тошкент: Фан, 2009. – 138 б.
52            Tilshunosligimizning yuksak faxrli darg‘alaridan bo‘lgan A.G‘ulomov ham
sodda gap bo‘yicha ko‘plab ilmiy izlanishlar olib brogan bo‘lib, ularning barchasi
bu   sohani   o‘rganishda   katta   ahamiyat   kasb   etadi   desak   mubolag‘a   bo‘lmaydi.
Shuningdek,   G‘.Abdurahmonov,  A.Sulaymonov, X.Xoliyorov, J.Omonturdiyevlar
ham bu yo‘nalishga o‘zlarining olib borgan tadqiqotlari bilan hissalarini qo‘shgan.
Sodda gap va uning turlarining  alohida tadqiqot obyekti sifatida monografik
tarzda   o‘rganilishi da   A.G‘ulomov,   A.N.Kononov,   F.Kamol,   S.N.Ivanov,
G‘.Abdurahmonov,   M.Asqarova,     A.Sulaymonov,   A.Ahmedov,   I.Rasulov,
A.Sayfulla y ev,   F.Uba y eva,   H.Boltabo y eva,   U.Tursunov,   A.Berdiali y ev,   I.Tursun,
S h .S h oabdurahmonov,   S h .S h ukurov,   J.Omonturdi y ev,   M.Mirtoji y ev,
A.Nurmonov,   N.Mahmudov,   H.Ne’matov,   X.Abdurahmonov,   R.Sayfulla y eva,
M.Qurbonova,   N.Turniyozov,   A.Bobo y eva,   X.Ismatulla y ev,   O.Toji y ev,
S.Usmonov,   B.O‘rinbo y ev   hamda   ularning   yuzlab   shogirdlari   va   izdoshlari
tadqiqotlarida sodda gap sintaksisi  atroflicha  o‘rgan ganligini ko‘rishimiz mumkin.
Bizning   tilshunosligimizda   dastavval,   rus   tilshunosligi   namunasi   asosidagi
qo‘llanmalar   amalda   bo‘lgan   bo‘lsada,   XX   asrning   90-   yillaridan   keyin   faoliyat
olib   borgan   o‘zbek   sistemaviy   tilshunosligining   vakillari   bo‘lgan   H.Ne’matov,
R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, S.Nazarova, M.Qurbonova, M.Abuzalovalar hamda
ularning shogirdlari o‘z tadqiqotlarida o‘zbek tilining ichki imkoniyatlaridan kelib
chiqqan   holda   sintaktik   hodisada   substansial   va   aksidensial   jihatni   farqladi   va   bu
tilshunos olimlar gapning eng kichik qurilish qolipini lisoniy birlik sifatida olishdi.
53 III BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SODDA GAPLARNING
TARIXIY, DIALEKTAL, STILISTIK VA LINGVOPOETIK JIHATDAN
O‘RGANILISHI  
3.1.   Sodda gap va uning turlarining til tarixi va dialektal jihatdan
o‘rganilishi.
Samixon   Ashirboyevning   “Alisher   Navoiyning   nasriy   asarlaridagi   sodda
gaplarning   tarkibiy   va   ma’no   xususiyatlari”   deb   nomlangan   doktorlik   ishining
kirish   qismida   tadqiqotning   ilmiy   yo‘nalishi   undan   qo‘llangan   yangi   atamalar,
tadqiqot   obyekti   bo‘lgan   manbalardagi   gaplarning   chegarasini   aniqlash   masalasi,
nasriy asarlarda gapning boshlanishi, sodda gaplarning mazmunga ko‘ra turlari, bir
bosh bo‘lakli gaplarning asosiy xususiyatlari, Alisher Navoiy tili sintaksisi va jonli
so‘zlashuv   tili   kabi   masalalarga   o‘rin   berilgan.   Ushbu   tadqiqotning   birinchi   bobi
gap   bo‘laklari,   ularning   tarkibiy   va   ma’no   xususiyatlariga   bag‘ishlangan   bo‘lib,
54 unda   sodda   bo‘lak,   yoyiq   bo‘lak,   tarkibli   bo‘lak   va   ega   va   uning   turlari,   kesim,
to‘ldiruvchi,   hol   va   ularning   tasnifi   haqidagi   masalalar   ko‘rib   chiqiladi.   Ishning
ikkinchi   bobida   esa   murakkablashgan   sodda   gaplar   haqida   so‘z   boradi   va   unda
sodda   gaplarning   kirish   so‘zlar   va   kirish   iboralar,   izoh   va   kiritma   iboralar,
ajratilgan   bo‘laklar   va   ilova   iboralar   bilan   murakkablashishi   kabi   masalalar
atroflicha   ko‘rib   chiqiladi.   Shuningdek   tadqiqotda   Alisher   Navoiyning   nasriy
asarlari   tili   sintaktik   qurilishiga   fors-tojik   tili   kuchli   ta’sir   qilgan   gaplarning
xususiyatlari   ko‘rsatib   berilgan   hamda   qo‘shma   gap   ko‘chimidagi   gaplarning
tarkibiy,   mazmun   va   ulardagi   aloqa   (kommunikatsiya)   xususiyatlarini   ko‘rsatib
berdi. 97
    
Dialektologiya   tilshunoslikning   bir   sohasi   bo‘lib,   u   biror   tilning   mavjud
dialektlarini, ya’ni mahalliy lahja va shevalarini o‘rgatadi. O‘zbek dialektologiyasi
O‘zbekiston   territoriyasidagi   va   qardosh   respublikalardagi   (Qozog‘iston,
Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Qoraqalpog‘istondagi) o‘zbek tilining turli
dialekt, lahja va shevalarini tekshiradi. 98
 
       O‘zbeklar hozirgi O‘zbekiston Respublikasi, Markaziy Osiyo mamlakatlarida,
Afg‘oniston,   Turkiya,   Saudiya   Arabistoni,   Avstraliya,   Xitoy   Uyg‘uristonida   va
boshqa mamlakatlarda istiqomat  qiladilar. Albatta, ularning tili o‘zbek tili bo‘lsa-
da,   o‘ziga   xos   mahalliy   xususiyatlarga   ega.     O‘zbek   shevalarining   sintaktik
xususiyatlari   kam   bo‘lsa-da,   o‘rganilgan.   Masalan,   Mashhura   Turopovaning
“O‘zbek   shevalari   sintaksisi   (qarluq   lahjasi   materiallari   asosida)”   deb   nomlangan
monografiyasi   o‘zbek   tilshunosligida   emas,   balki   turkologiyada   ham
o‘rganilmagan   sohalardan   biri   –   dialekt   va   shevalar   sintaksisini   yoritishga
bag‘ishlangan.   Ushbu   monografiyada   dialekt   va   shevalar   sintaksisi   o‘ziga   xos
konstruksiya   va   oborotlarga   egaligi   sababli,   ularni   tahlil   qilish   uzoq   o‘tmishga
aloqador   bo‘lgan   qadimiy   formalarni   aniqlash   imkonini   berishi   haqida   aytib
o‘tilgan.   Shuningdek,   unda   keyingi   yillarda   prozaik   va   publisistik   asarlarda
ko‘plab   uchrayotgan   turli   konstruksiya   va   gap   bo‘laklari   tartibini   o‘zgartirgan
97
  Аширбоев  С.  Алишер   Навоий   насрий  асарларидаги  содда   гапларнинг  таркибий-маъновий  хусусиятлари :
Филол.фан.докт. ...дисс.автореф .  –Тошкент, 1990 . – 44б.
98
 Решетов В., Абдура ҳ монов Ш.  Ўзбек диалектологияси. –Тошкент: Ўқитувчи, 1978.    –Б. 6 . 
55 holda   qo‘llash   kabi   hodisalarning   tub   mohiyatini   ochishga   hamda   hozirgi   o‘zbek
adabiy  tilida  mavjud bo‘lgan  gap qurilishi  haqidagi  grammatik qoidalarni  yanada
batafsilroq   yoritishga   yordam   berishi   borasidagi   fikrlar   keltiriladi.   Mazkur
monografiya 5 bobdan iborat bo‘lib, ushbu boblarda gap bo‘laklari, yig‘iq gaplarda
bo‘laklar   tartibi,     murakkablashgan   sodda   gaplar,     adabiy   til   bilan   shevalarning
o‘zaro sintaktik munosabatlari haqidagi masalalar ko‘rib chiqiladi. 99
B.Egamovning   “O‘zbek   xalq   shevalarida   bir   sostavli   sodda   gaplar”   deb
nomlangan   maqolasida   sodda   gaplarning   o‘zbek   xalq   shevalarida   qo‘llanilishiga
doir   masalalarni   ko‘rib   chiqadi.   Mazkur   maqolada   Samarqand   viloyatidagi   ayrim
tumanlarning   nutqida   qo‘llaniladigan   bir   sostavli   sodda   gaplarning   qurilishi,
ulardagi   gap   bo‘laklarining   ifodalanishi   masalalari   yoritilgan.   Shuningdek,   bunda
bir   sostavli   sodda   gaplarning   shaxsi   aniq,   shaxsi   nomalum   gap,   shaxsi
umumlashgan gap va to‘liqsiz gap kabi turlarini olingan shavalarda qo‘llanilishiga
doir masalalarni misollar yordamida o‘rganib chiqiladi. 100
                  B.Egamovning   yana   bir   “O‘zbek   shevalarining   sintaktik   qurilishi”   deb
nomlanuvchi   maqolasida   xalq   shevalarining   rus   tilshunosligida   o‘rganilganligini
aytib   o‘tadi   va   bunga   misol   qilib   A.B.Shapiro,   N.Yu.Shvedovalarning   rus   xalq
shevalari haqidagi yirik monografiyalari haqida aytib o‘tadi. Maqolada, jumladan,
xalq   shevalarining   sintaktik   qurilishiga   aloqador   masalalar   ko‘rib   chiqilishi
lozimligi   aytib   o‘tiladi   va   shevalardagi   sintaktik   hodisalar   “kitobiy”   nutqqa
nisbatan  ma’lum darajada turli-tuman bo‘lib shu sababli shevalarning sintaksisisni
o‘rganish   kitobiy   nutq   adabiy   til   sintaksisining     ko‘pgina   hodisalarga   juda   ko‘p
foyda   yetkazadi,   badiiy   adabiyot   tilining   vositalarini   boyitish   va   kuchaytirishga
xizmat qiladi degan fikrlarni bildirib o‘tadilar. 101
  
X.Abdurahmonovning  “Sodda gap sintaksisi xususiyatlarining o‘rganilishiga
doir”   qo‘llanmasida   gapning   bosh   bo‘laklari,   ikkinchi   darajali   bo‘laklari,   bir
tarkibli gaplar, gapning parselyasion birliklari, so‘zlarning takror qo‘llanilishi, gap
99
    Туропова М. Ўзбек шевалари синтаксиси (қарлуқ лаҳжаси материаллари асосида). – Тошкент:  Фан, 1984.
100
  Ўзбек тили сўзлашув нутқи синтаксиси масалалари. – Самарқанд, 1973. –Б.84-97.
101
  Ўзбек тили сўзлашув нутқи синтаксиси масалалари. – Самарқанд,  1973. –Б.113-120.
56 bo‘laklari   tartibi   maqol,   matal,   topishmoq   materiallari   asosida   tahlil   qilingan. 102
Qo‘llanmada xalq poetik ijodi tilning eng ta’sirchan vositalardan biri sanalishi, shu
sababdan   unda   gap   bo‘laklarining   ifodalanishi,   uning   struktura-sintaktik
xususiyatlari   birmuncha   boshqacharoq   shakllanishi,   shu   jihatdan   adabiy   til
modellari hamma vaqt ham xalq og‘zaki ijodining funksional-stilistik xususiyatlari
bilan   mos   tushavermasligi,   unda   asosan   ixchamlikka,   soddalikka   intilish
tendensiyasi   kuchliligi,   bu   bilan   xalq   og‘zaki   ijodi   namunalarining   ta’sirchanligi
yanada   ortishi   aytib   o‘tilgan. 103
  M.Saparniyazovaning   “O‘zbek   xalq
topishmoqlarining sintaktik-semantik  xususiyatlari”  dissertatsiyasida   adabiy til   va
xalq   tilining   ayrim   hodisalaridagi   o‘xshash   va   farqli   o‘rinlar   xalq
topishmoqlarining     sintaktik   xususiyatlarini   tadqiq   qilish   orqali   ochib   berilgan,
topishmoqlarning     sintaktik   jihatdan   o‘ziga   xos   tomonlari     yoritilgan.
Topishmoqlarda   predikativ   munosabat,   gap   bo‘laklarining   qo‘llanish
imkoniyatlari,   ularda   qo‘llanilgan   gapning   mazmun   munosabatiga   ko‘ra   turlarida
o‘ziga   xos   tomonlarni   aniqlash,   bir   tarkibli   gaplarning   topishmoqlardagi
ko‘rinishlari,   gap   bo‘laklari   tartibining   qat’iyligi   o‘rganilgan.   Biroq
topishmoqlardagi   mana   shu   o‘ziga   xos   sintaktik   qurilishning   sababi,   uning
ekspressivlikka xizmati batafsil yoritilmagan. 104
 
3.2.   Sodda gap va uning turlarining uslubshunoslik nuqtayi nazaridan
o‘rganilishi.
  O‘zbek tilshunosligida o‘zbek tilining funksional stilistikasi haqida bir qator
risolalar,   adabiyotlar   yaratilgan,   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borilgan.   Milliy
stilstilistikaning   mundarijasi   birmuncha   keng   bo‘lib,   u   tilning   barcha   stilistik
sistemasini   tekshiradi,   –   degan   edi   soha   tadqiqotchilaridan   biri   I.Rasulov.   Shu
102
  Абдураҳмонов Х. Содда гап синтаксиси хусусиятларининг ўрганилишига доир.  – Т.: Ўқитувчи, 1976.  - 197
б.
103
  Абдураҳмонов Х. Содда гап синтаксиси хусусиятларининг ўрганилишига доир. Т.: Ўқитувчи, 1976. –Б.56-
57.
104
Сапарниязова   М.   Ўзбек   халқ   топишмоқларининг   синтактик-семантик   хусусиятлари:
Филол.фан.номз...дисс.   – Т., 2005. 23 б.
57 ma’noda   uslubshunoslar   har   bir   uslubning   o‘ziga   xos   jihatlarini   tilga   olganda,
uning   sintaktik   tomoniga   ham   e’tibor   qaratadi.   Rus   olimi   M.Verli   “Umumiy
adabiyotshunoslik”   asarida   “Stilistika   so‘zga   qaraganda   ko‘proq   gapda   namoyon
bo‘ladi”, – deya ta’kidlagan edilar. I.R.Galperin esa uslubning o‘ziga xos belgilari
uning   sintaktik   qurilishidadir,   –   deb   qayd   etadi.   A.Yefimov   V.Belinskiyning
individual   belgilar   ko‘proq   nutqda   ko‘rinadi   degan   fikrini   davom   ettirib,   “oliy
sintaksisning”   stilistika   uchun   ahamiyatini   alohida   ta’kidlab   o‘tadi. 105
  Umuman
olganda,     vazifaviy   uslublarning     shakllanishida   sintaksis   muhim   o‘rin   egallaydi.
Ifoda   maqsadi,   mazmuni,   ifoda   shaklini   belgilaydi.   Ayrim   sintaktik   hodisalar
stilistik   vosita   sifatida   funksional   chegaralanganligi   bilan   o‘ziga   xos   xususiyatga
ham   egadir.   Masalan,   sifatdosh   va   ravishdosh   shakllari,   bog‘lovchilarning   ayrim
turlari  kitobiy uslubga xos  bo‘lib, to‘liqsiz  gaplar, kesimi  harakat  nomi  va undov
bilan   ifodalangan   gaplar   ko‘proq   so‘zlashuv   nutqiga   xosligi   bilan   ajralib   turadi.
Poetik sintaksis vositalari esa ko‘proq badiiy uslubga xosdir. 
So‘zlovchi   yoki   yozuvchi   biror   fikrni   ro‘yobga   chiqarishda   turli   sintaktik
birliklardan maqsadga muvofig‘ini tanlab ishlatadi. Shu asosda  aytilayotgan fikrni
ta’sirchan   va   ma’noli   bo‘lishini   ta’minlaydi.   Buning   uchun   sintaktik   uslubiy
vositalar: sintaktik sinonimiya, sintaktik omonimiya, she’riy sintaksisdagi  uslubiy
figuralarga   murojaat   qiladi.   So‘zlashuv   uslubi   o‘ziga   xos   sintaktik   tabiati   bilan
ajralib turadi. Mazkur  uslubda gaplar ixcham, qisqa, aniq aytiladi. Ayniqsa, sodda
gaplarning qo‘llanishi o‘ziga xosdir. Bir tarkibli gaplarning turli ko‘rinishlari keng
qo‘llanadi. Badiiy uslub uchun struktural jihatdan gaplarning faqat bir turi xos deb
keskin   aytish   qiyin,   ayrim   asarlarda   gaplarning   ma`lum   turlari   qo‘llanishda
ustunlik qilib turishini  sezish mumkin. Ilmiy uslubda bayon etilayotgan mat nning
sintaktik   qurilishi     fikriy   tugallikka,   mantiqiy   izchillikka   xizmat   qil adi   hamda
bayonning   tabiatidan   kelib   chiqib,   bir   tarkibli   gaplarning   shaxssiz,   shaxsi
umumlashgan   turlari   faol     qo‘llanadi.   Bir   bosh   bo‘lakli   gaplarning   faolligi
ommabop uslubga xos xususiyat sana ladi.
105
   Е фимов А. Стилистика руского языка.    – M. , 19 69.  –Б. 5 .
58           Rus   olimi   M.Verli   “Umumiy   adabiyotshunoslik”   asarida   “Stilistika   so‘zga
qaraganda   ko‘proq   gapda   namoyon   bo‘ladi”,   –   deya   ta’kidlagan   edilar.
I.R.Galperin   esa   uslubning   o‘ziga   xos   belgilari   uning   sibtaktik   qurilishidadir   deb
qayd   etadi.   A.Yefimov   V.Belinskiyning   individual   belgilar   ko‘proq   nutqda
ko‘rinadi   degan   fikrini   davom   ettirib,   “oliy   sintaksisning”   stilistika   uchun
ahamiyatini   alohida   ta’kidlab   o‘tadi 106
.   Gapda   so‘zlarning   oddiy   tartibining   o‘zi
turli variantlarni hosil  qiladi, turli ma’no yoki   ekspressiv ottenkalarni ifodalaydi.
Umuman funksional stillarning shakllanishida sintaksis muhim rol o‘ynaydi. Ifoda
maqsadi,   mazmuni,   ifoda   shaklini   belgilaydi.   Ayrim   sintaktik   hodisalar   stilistik
vosita   sifatida   funksional   chegaralanganligi   bilan   o‘ziga   xos   xususiyatga   ham
egadir. Masalan, sifatdosh va ravishdosh shakllari, bog‘lovchilarning ayrim turlari
kitobiy   uslubga   xos   bo‘lib,   to‘liqsiz   gaplar,   kesimi   harakat   nomi   va   undov   bilan
ifodalangan   gaplar   ko‘proq   so‘zlashuv   nutqiga   xosligi   bilan   ajralib   turadi.   Poetik
sintaksis   vositalari   esa   ko‘proq   badiiy   uslubga   xosdir.   Turli   uslublarning   stilistik
vositalari   haqida   yoki   sintaktik   vositalarning   funksional   stilga   munosabati   haqida
fikr   yuritilganda,   birinchi   navbatda,   u   yoki   bu   sintaktik   birlikning   qo‘llanish
me’yori, stilistik bo‘yoq olgan-olmaganligi ko‘zda tutiladi.  
Badiiy   nutqning   ta’sirchanligini   ta’minlashda   sintaktik   usuldan   keng   va
samarali   tarzda   foydalaniladi.   Ekspressivlikning   namoyon   bo‘lish   shakllarini
chuqur   tarzda   tadqiq   qilgan   tilshunos   Adham   Abdullayev   “sintaktik   gradatsiya
sintaktik   sinonimiya,   bog‘lovchilarning   maxsus   qo‘llanishi,   antiteza,   monolog,
sukut, inversiya, takroriy gaplar, ritorik so‘roq” singari uslubiy figuralar “fikrning
o‘ta   ta’sirchanifodalanishi”ga   xizmat   qiladi   deya   ta’kidlab   o‘tadi. 107
  “Badiiy
matnning   lingvistik   tahlili”   kitobi   mualliflari   O‘rinboyev   B.,   Qo‘ng‘urov   R.,
Lapasov   J.   kabi   tilshunoslar   sintaktik   figuralarning   quyidagi   asosiy   ko‘rinishlari
mavjudligini   bayon   qilishadi:   “anafora,   epifora,   takror,   gradatsiya,   antiteza,
alliteratsiya, ellipsis, ritorik so‘roq kabilar” shular jumlasidan. Bu uslubiy vositalar
106
   A .  Ефимов. Стилистика руского яз ы ка .  –  М., Просвеодение ,   1969.  – Б. 5 .
107
  Ўринбоев Б., Қўнғуров Р., ЛапасовЖ.  Бадиий текстнинг лингвистик таҳлили. – Т.1990. –Б.34.
59 mavzuga   aloqador   bo‘lgan   deyarli   barcha   adabiyotlarda   uchrashini   ko‘rishimiz
mumkin.   Yuqorida   nomlari   tilga   olingan   olimlar   shular   yuzasidan   tahlillar   olib
borganlar.    
      Bu soha bilan shug‘ullangan deyarli barcha taniqli olimlar funksional uslublarga
o‘z   munosabatlarini   bildirishgan,   ularning   tasnifini   berishga   harakat
qilishgan,xususan,   V.V.Vinogradov,I.A.Yefimov,   M.N.Kojina,   N.A.Baskakov,
I.V.Gorelov,   X.Kurbatov,   I.V.Xovanskaya   kabilar   tadqiqotlarida   ko‘rishimiz
mumkin. A.Sulaymonovning “Til stillari” haqida nomli maqolasida “Stilistikaning
vazifasi   u   yoki   bu   stilda   yoki   nutq   formasida,   ya’ni   og‘zaki   va   yozma   nutqda
qanday til hodisalari ko‘proq qo‘llanishini aniqlashdan iboratdir” degan gaplaridan
tushunish   mumkinki,   u   til   yoki   nutq   uslublarini   yozma   va   og‘zaki   uslublarga
ajratgan.   Akademik   G‘.Abdurahmonov   ham   “Stilistik   normalar   haqida”   nomli
maqolasida ham bu masalaga to‘xtalib o‘tgan. B.O‘rinboyev “Funksional uslubiyat
va   uning   mohiyati”   asarida,   S.Muhammedov   “O‘zbek   tili   funksional   stillarini
belgilash   to‘g‘risda”   nomli   maqolasida   o‘zbek   tilidagi   uslublar   sonini   3   ta   deb
ko‘rsatgan:   rasmiy-ish funksional uslubi, ilmiy va publisistik uslublarga ajratgan.
I.Qo‘chqortoyev   “O‘zbek   adabiy   tilining   stilistik   ixtisoslashuvi,uning   funksional
uslublari   ilmda   ham   qat’iy   chegaralab   berilgan   emas.   Shuning   uchun   bu   masala
yuzasidan xozirchalik izchil bir fikr aytish qiyin, albatta. Lekin o‘zbek adabiy tili
doirasida   badiiy,   ilmiy,   ijtimoiy-siyosiy   uslublarning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,
ularni   bir-biridan   farqlaydigan   belgilar   ma’lum   darajada   aniq   sezilib   turadi”,
deyish   bilan   bu   masalaga   ancha   ehtiyotkorlik   bilan   yondashganligi   sezilib   turadi.
O‘zbek   tilshunosligida  1987-yilda  D.Babaxonova  “Hozirgi   o‘zbek   adabiy  tilining
rasmiy-ish   uslubi”   mavzusida   nomzodlik   dissertatsiyasini   himoya   qilgan. 108
Dissertatsiya   muallifi   o‘zbek   tilshunosligida   birinchi   bo‘lib   rasmiy   uslub
doirasidagi   hujjatlar   ro‘yxatini   batafsil   keltiradi   va   ularning   har   birini   bir   uslub
ichida yana o‘z shakllanish  uslubi  (podstillari)  mavjudligini  ta’kidlaydi. Masalan,
hukumat   qarorlari,   farmonlar,   farmoyishlar,   chaqiriqlar,   qonunlar,   buyruqlar,
108
  Бабаханова   Д.А.   Официально -деловой   стиль   современного   узбекского   литературного   языка:
Канд.филол.наук. ….автореф.дисс. –Ташкент, 1987.
 
60 nizomlar,   yo‘riqnomalar,   diplomatik,   hujjatlar,   xalqaro   shartnomalar,   kelishuvlar,
rasmiy xabarlar, notalar, ultimatumlar, elchilik konvensiyalari, kodekslar, chaqiriq
qog‘ozlari,   ishonch   qog‘ozlari,   ijro   varaqalari,   ajrimlar,   sud   varaqalari,   yuridik
dalolatnomalar,   raddiyalar,   tavsiyanomalar,   tilxat,   ayblov,   tashqariga   chiqmaslik
haqida   tilxat,   ayblov   nutqi,   sudning   alternativ   qarori,   hukm,   davlat   tashkilotlari
o‘rtasidagi   yozishmalar,   dalolatnoma,   bayonnoma,   tushuntirish   xati,
ma’lumotnoma,   tarjimai   hol,   tavsifnoma,   ariza   va   boshqalar.   Mazkur
dissertatsiyada   rasmiy   hujjatlarning   har   birining   o‘ziga   xos   va   umumuslubiy
xususiyatlarini   leksik-semantik,   morfologik   va   sintaktik   jihatdan   tahlil   etganligi
bilan   ilmiy   ahamiyatga   ega.     Mazkur   dissertatsiyada   sintaktik   jihatdan   tahlil
qilinganda   rasmiy   uslubda   so‘roq,   undov   mazmunidagi   gaplar   uchramasligi,
shuningdek     eganing   ishtirokiga   ko‘ra   shaxsi   ma’lum,   shaxsi   noma’lum   gaplar
mazkur   uslubga   xos   emasligi   ta’kidlab   otilgan   bo‘lsa-da,   ammo   rasmiy   uslubda
sodda gaplarning qurilishi haqida ma’lumotlar ko‘p keltirilmagan. Mazkur tadqiqot
ishi   yuzaga   kelganligiga   ham   chorak   asrdan   ko‘proq   vaqt   o‘tdi   va   tadqiqot   ishi
sobiq   kommunistik   mafkura   davrida   yozilganligini   ham   e’tiborga   olish   lozim.
Mazkur tadqiqot ishida o‘zbek rasmiy uslubining shakllanishida rus tilining ta’siri
mavjudligi qayd etilganligini ko‘rishimiz mumkin. Mustaqillikka erishganimizdan
so‘ng   esa   ona   tilimizning   rasmiy   uslub   doirasidagi   hujjatlarda   qo‘llanishi   o‘ziga
xos ma’no kasb etdi. 
O‘zbek   tili   sintaksisi   uslubiy   tomondan   o‘rganilgan   qator   tadqiqotlar
mavjud.   Bu   tadqiqot   ishlarida   sodda   gap   va   uning   turlarining   stilistikadagi
ahamiyati haqida bir qancha fikrlarni bayon etganlar.   A.Shomaqsudov, I.Rasulov,
R.Qo‘ng‘urov,   H.Rustamov larning     “O‘zbek   tili   stilistikasi”   asarida   sintaktik
stilistikaning   maqsad   va   vazifalari,   sintaksisning   stilistik   imkoniyatlari,   vazifaviy
uslublarda   sintaktik   o‘ziga   xosliklar,   sodda   gap   va   uning   turlarining   stilistik
xususiyatlari   yoritilgan   bo‘lsa,   keyinchalik   olimlarimiz   tomonidan     har   bir
vazifaviy uslub alohida o‘rganildi. 109
109
  Шомақсудов А., Расулов И., Қўнғуров Р., Рустамов Х. Ўзбек тили стилистикаси. – Тошкент: Ўқитувчи,
1983. – 248 б.
61 M.Mukarramovning   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilining   ilmiy   stili”
monografiyasida   ilmiy   uslubning   sintaktik   xususiyatlari   atroflicha   yoritilgan
bo‘lib,  uni  o‘rganib  chiqqanimizda,   bizning  tekshiruv obyektimiz  bo‘lgan  badiiy
matnda   qo‘llaniladigan   sintaktik   birliklar,   xususan,   sodda   gap   va   uning   turlariga
aynan   zid   bo‘lgan   birliklar   qo‘llanilishining   guvohi   bo‘ldik.   Masalan,   badiiy   va
so‘zlashuv   nutqida   ma’lum   maqsadlarda   yoki   nutq,   vaziyat   talabi   bilan
qo‘llaniladigan ritorik so‘roq gaplar, undov gaplar, tasdiq orqali inkor, inkor orqali
tasdiq   gaplar,   atov   gaplar,   to‘liqsiz   gaplar,   so‘z-gaplarning   ilmiy   uslubda   deyarli
qo‘llanilmasligi,   darak   gaplarning,   sodda   yoyiq   gaplar,   shaxssiz,   shaxsi
umumlashgan   gaplarning  ko‘p  qo‘llanilishi,  inversiyaga   yo‘l   qo‘yilmasligi,   kirish
so‘z, kiritmalarning qo‘llanilishdagi o‘ziga xosligi asarda qayd etib o‘tilgan. 110
   
B.O‘rinboyevning   “Hozirgi   o‘zbek   tilining   so‘zlashuv   uslubi”
monografiyasida   so‘zlashuv uslubi, uning o‘ziga xos fonetik, intonatsion, leksik,
frazeologik,   morfologik   va   sintaktik   xususiyatlari   tahlil   qilingan.   Asarning
“So‘zlashuv   nutqi   uslubining   sintaktik   xususiyatlari”   qismida   so‘zlashuv   nutqi
sintaksisining alohida jihatlari: gaplarning o‘ziga xos ritm va melodika bilan ajralib
turishi,   izoh bo‘laklarning gap ichida ko‘p qo‘llanishi, so‘zlovchi nutqida muhim
hisoblangan   fikrni   ifodalovchi   gapni   yoki   biror   qismini   takrorlanishi,   xulosa
xarakteriga   ega   bo‘lgan   gaplarning   ko‘p   ishlatilishi,   qo‘shma   gaplarga   nisbatan
sodda   gaplarning   qo‘proq   qo‘llanilishi,   bir   tarkibli   sodda   gaplar,   to‘liqsiz   gaplar,
so‘roq   gaplarning   ko‘proq   ishlatilishi,   gaplarning   qisqa,   ixcham   bayon   etilishi,
yig‘iq   gaplar,   bo‘lingan   (bir   kishi   tomonidan   aytilayotgan   fikrning   boshqasi
tomonidan bo‘linishi) gaplar  uchrashi aytib o‘tilgan. 111
 
S.Karimov     “O‘zbek   tilining   badiiy   uslubi”   nomli   monografiyasida   sodda
gap   turlari   o‘rganiladi.   Monografiyada   badiiy   uslubda   so‘z   tartibi,   sodda   va
qo‘shma   gaplarning   qo‘llanilishi,   to‘liqsiz   gaplar,   atov   gaplar,   so‘z-gaplarning
ishlatilishi,   uyushiq   bo‘laklar,   kiritma   gaplarning   janr   imkoniyatiga   qarab
keltirilishi   haqida   fikrlar   bildirilib,   gapning   ifoda   maqsadiga   ko‘ra   turlarining
110
 Мукаррамов М. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг илмий стили. – Т.: Фан, 1984.–Б.111-131 .
111
  Ўринбоев Б., Ўринбоева Д. Ҳозирги ўзбек тилининг сўзлашув услуби. – Т.: Фан, 1991 . –  Б.146-160.
62 uslubiy  qo‘llanishi  haqida  quyidagi  fikrlarni   bildiradi :   “Gapning  ifoda  maqsadiga
ko‘ra turlari – darak, so‘roq va buyruq gaplarning funksional uslublarda ishlatilishi
ham bir xil emas.   Darak gaplarning ishlatilishi barcha uslublarda aktiv. So‘roq va
buyruq gaplarning qo‘llanilishi  esa chegaralangan. Masalan,  ilmiy nutqda bunday
gaplarga   faqat   kitobxonning   diqqatini   tortish   kerak   bo‘lgan   holatlardagina
murojaat   qilinadi.   Badiiy   asarlarda   ular   matn   sintaksisining   ajralmas   qismini
tashkil qiladi.” 112
 Shuningdek ushbu monografiyada  so‘zlovchining o‘ziga ma’lum
bo‘lmagan   narsalarni   bilishga   intilishini   yoki   kuchli   his-hayajonni   ifodalashda
so‘roq gaplarning ketma-ket  kelishi  mumkinligi, shunday  so‘roq gaplar  badiiy va
so‘zlashuv uslubiga xosligi aytib o‘tiladi va misollar bilan isbotlanadi. 113
  
H.Xoliqovning  “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida murakkablashgan sodda gaplar
uslubiyati”   dissertatsiyasi   gap   strukturasini   murakkablashtiruvchi   qismlar   –
uyushiq bo‘laklar, ajratilgan bo‘laklar, undalmalar, kirish va kiritmalarning uslubiy
xususiyatlariga   bag‘ishlangan   bo‘lib,   o‘zbek   tili   uslubshunosligi,   sintaktik
uslubshunoslik   bo‘yicha   bajarilgan   ishlardan   biridir.     Unda   murakkablashgan
sodda gaplar A.Qahhor asarlari asosida o‘rganilgan. 114
 
     A.Musayеv  “O‘zbеk so‘zlashuv nutqi uslubida gap bo‘laklari tartibi” mavzudagi
tadqiqotida   o‘zbеk   so‘zlashuv   nutqi   uslubida   to‘ldiruvchi,   payt,   maqsad,   shart,
to‘siqsiz   ergash   gapli   qo‘shma   gaplarda   invеrsiya   hodisasi   ko‘p   uchrab   turishi,
lеkin   ergash   gapli   qo‘shma   gapning   aniqlovchi,   ega,   kеsim,   sabab,   natija,   ravish,
qiyos   kabi   turlarida   gaplarning   joylashish   o‘rni   turg‘un   bo‘lib,   ularda   invеrsiya
hodisasi dеyarli yuz bеrmasligini ta’kidlab o‘tgan edilar. 115
  Invеrsiya hodisasining
sodda gaplar tarkibida ham uchrashini quyidagi misollar isbotlaydi:   Bu muhitda u,
baliq   suvda   suzganday,   huzur   qilib   suzdi   (N.). Mardonbеk,   orqadan   qaroqchilar
quvgandеk., otini qattiq haydab kеtdi  (N.). 
112
 Каримов C.   Ўзбек тилининг бадиий  услуби. – Самарқанд: Зарафшон, 1992. –Б.78 ; 128.
113
  Ў збек тили стилистикаси. –Б.156.
114
Холиқов   Ҳ.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тилида   мураккаблашган   содда   гаплар   услубияти.
Филол.фанлар.номз...дисс.Тошкент, 1993.–Б.122.
115
  Мусаев  А. Ўзбек  сўзлашув нутқи  услубида  гап  бўлаклари  тартиби:  Филол.фан. номз. ..дисс.  автореф.  –
Самарқанд, 2000. -25 б.
63      N.Hojiyevaning “Sodda gaplarning uslubiy qo‘llanishi” dissertatsiyasida  sodda
gap   tasnifi   va   talqini   zaminida   turli   asoslarning   olinganligi   hamda   o‘zbеk   tili
sodda   gap iga uning   mohiyatidan kеlib chiqib yondashilganini tahlil etish,   o‘zbеk
tilidagi  sodda   gap lar   talqinidagi o‘xshash hamda farqli tomonlarini ochish,  s odda
gap larning   uslubiy   alomatlarini   sintaktik   bеlgilar   asosida     qiyoslash, o‘ziga xos
xususiyatlarini ko‘rsatish kabi qator masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tadi. 116
Xullas, o‘zbek uslubshunosligida  sodda gap va uning turlari atroflicha
o‘rganilgan.   Faqat   ayrim   tadqiqotlar   davrdagi   o‘zgarishlar,   til   taraqqiyotidagi
o‘zgarishlar sabab yangicha tadqiqotlarni talab etadi. 
3.3.   O‘zbek lingvopoetikasida sodda gaplarning o‘rganilishi  
Keyingi   yillarda   ma’lum   bir   sintaktik   birliklarning   lingvopoetik   tadqiqi
amalga   oshirilgan   ayrim   tadqiqotlar   yaratildiki,   bu   ishlar   sintaktik   birliklar   ham
boshqa   til   birliklari   singari   badiiy   matnda   o‘ziga   xos   alohida   o‘ringa   egaligini
isbotladi.   Jumladan,   I.Mirzayevning   “She’riy   matnni   lingvopoetik   talqin   qilish
muammolari” nomli doktorlik dissertatsiyasida she’riy nutqning leksik, morfologik
xususiyatlari   o‘rganilish   bilan   bir   qatorda,   uning       sintaktik   tuzilishi   unsurlari:
misra ko‘chishi, so‘z birikmasi yoki gapning keyingi misraga ko‘chgan holatlarda
misra   ko‘chishining   o‘ziga   xos   ko‘rinishlari   tahlil   qilingan.   She’riy     nutqda
kiritmalarning   qo‘llanilish   xususiyatlari   uch   aspektda   –   tarkibiy-sintaktik,
mazmuniy-uslubiy,   ritm-qofiya   yasash   aspektida   o‘rganilgan.   Bundan   tashqari
ishda   she’riyatda   so‘z   tartibi,   uning   ikki   asosiy   turi   (to‘g‘ri   va   teskari   turi)   tahlil
qilinib,   har   ikkalasi   usluban   betaraf   va   funksional   nuqtayi-nazardan   teng
qimmatlidir, degan xulosalar bayon qilingan 117
Sodda   gap   va   uning   turlarining   lingvopoetik   xususiyatlari   bo‘yicha
atroflicha qilingan tadqiqot bu –  M.Yo‘ldashevning  “Badiiy matnning lingvopoetik
116
  Hojiyeva N.  Sodda gaplarning uslubiy qo‘llanishi . Fil...fan. .nom…diss… – Buxoro, 2013.
117
  Мирзаев И.К. Шеърий матннинг лингвопоэтик таҳлили муаммолари:  Филол.фан.д-ри… дисс.автореф.   –
Тошкент,1992. 
64 tadqiqi”   nomli   doktorlik   dissertatsiyasi   sanaladi.   Dissertatsiyaning   260-287-
sahifalarida   sintaktik   vositalarningbadiiy   matndagi   estetik   ifoda   imkoniyatlari
ochib   berilgan   bo‘lib,   hatto   tilda   sintaktik   vositalarning   tasviriy   ifoda
imkoniyatlarini   o‘rganadigan   alohida   soha,   ya’ni   ekspressiv   sintaksis   yuzaga
kelganligini aytib o‘tadi.  M.Yo‘ldoshev olimlar keltirib o‘tgan  ekspressiv  sintaktik
vositalarni     umumlashtirib,   ularga   sintaktik   parallelizm,   emotsional   gap,     ritorik
so‘roq   gap,   inversiya,   ellipsis,   gradatsiya,   antiteza,   farqlash,   o‘xshatish   kabilarni
kiritib, ularning har biriga alohida to‘xtaydi.    118
  D.Jamoliddinovaning  tadqiqot ishida  nasriy asarlar misolida  kiritmalarning
gap   va   matnga   munosabati,   semantik-grammatik   xususiyatlari,   ekspressiv
sintaksisdagi   o‘rni   ochib   berilgan   bo‘lsa,   F.Ibragimovaning   dissertatsiyasida
tejamkorlik   tamoyilining   sintaktik   sathda   voqelanishi,   shuning   natijasi   o‘laroq,
ellipsis   hodisasining   yuzaga   kelishi,     uning   lingvopoetik   xususiyatlari     hamda
tejamkorlik   hodisasiga   qarshi   qo‘yiladigan   ortiqchalik   tamoyili   –   antiellipsisning
lingvopoetik xususiyatlari yoritilib, ularning badiiy matnda qo‘llanish nisbati tahlil
qilingan. 119
 
Z.Choriyevaning   tadqiqotida,   asosan,   sodda   gaplarda   uyushiq   bo‘laklarning
poetiklikni   shakllantirishdagi   roliga   e’tibor   ko‘proq   qaratilgan   bo‘lsa,   Gap   –
obyektiv borliq va unga bo‘lgan munosabatni ifoda qilib, nisbiy tugal fikr yoki his-
tuyg‘u   anglatib,   tugal   intonatsiyaga   ega   bo‘lgan   so‘z   hamda   grammatik   qonun-
qoidalar   asosida   o‘zaro   birikkan   so‘zlar   bog‘lanmasi   deyiladi.   Har   qanday   gap
shakl va mazmun birligidan iborat bo‘lgan bir butunlikdir. Gapning bu ikki tomoni
o‘zaro   dialektik   aloqada   bo‘lsa   ham,   bir   butunlikni   tashkil   etuvchi   alohida
tuzilmadir.   Sodda   gaplar   eganing   ishtirok   etish   etmasligiga   ko‘ra   2   xil   bo‘ladi:
Egasi   mavjud   gaplar   va   egasiz   gaplar:   Biz   yangi   filmni   tomosha   qildik   –   yangi
filmni   tomosha   qildik.   Sodda   gaplar   ikkinchi   darajali   bo‘laklarning   ishtirokiga
118
 Юлдашев М. Бадиий матннинг лингвопоэтик тадқиқи: Филол.фан.д-ри …дисс. – Тошкент, 2009. – Б.260 -
287.
119
  Жамолиддинова   Д.   Бадиий   нутқда   парантез   бирликларнинг   семантик-грамматик   ва   лингвопоэтик
хусусиятлари:   Филол.фан.   номз.   ...дисс.автореф.   –   Тошкент,   2009.   –26   б.;   Ибрагимова   Ф.   Бадиий   матнда
эллипсис ва антиэллипсис: Филол.фан. номз. ..дисс. – Тошкент, 2011.–26 б.
65 ko‘ra   2   ga   bo‘linadi:   sodda   yig‘iq   gap   (Madina   kirib   keldi),   sodda   yoyiq   gap:
(Madina darvozadan shoshilib kirib keldi).
Sh.Haydarovning   “Badiiy   matnda   parsellyativ   konstruksiyalarning
qo‘llanilishi” nomli nomzodlik dissertatsiyasida 120
 badiiy matnning shakllanishi va
asar   badiiyatini   ta’minlashda   parsellyativ   qurilmalarning   o‘rni   o‘rganilgan,
ularning   lingvistik   mohiyati   ochib   berilgan,   ilova   hamda   boshqa     sintaktik
qurilmalardan farqli jihatlari izohlangan. 
T.Allayorov   o‘z   tadqiqotida     badiiy   matnda   so‘roq   va   buyruq   gaplarning
nutqni individuallashtiruvchi vosita sifatidagi imkoniyatlarini ochib bergan bo‘lsa,
A.Sobirovning   “She’riyatda   so‘z   tartibi”   mavzusidagi   tadqiqot   ishida   so‘z   tartibi,
uning   turlari,   yondosh   hodisalarga   munosabati   o‘rganilgan.   She’riyatda   so‘z
tartibining   to‘g‘ri,   o‘zgargan,   kontakt,   distant   va   aralash   turlarining   birlamchi   va
ikkilamchi   vazifalari   aniqlangan.   Xullas,   inversiyaning   asosiy   vazifalari   hozirgi
o‘zbek she’riyati misolida tadqiq etilga n. 121
R.Yusubovaning   “ Tejamlilik     va   ortiqchalikning   lingvopoetik   xususiyatlari ”
mavzusidagi   tadqiqot   ish ida   s intaktik   sathdagi   tejamlilikning   lingvopoetik
imkoniyatlari   so‘z-gaplar,   tasdiq-inkor   mazmunining   semantik-sintaktik
nomuvofiqligi   hamda   ellipsis   turlarining   badiiy   kommunikatsiyada   qo‘llanish
ko‘lamidan   kelib   chiqib     tahlil   qilingan.   Tadqiqotning   e’tiborli   tomoni   unda
mumtoz   she’riyatda   lisoniy   ortiqchalikning   lingvopoetik   imkoniyatlari   yoritib
berilganligidir.
O.Yusupovaning     “O‘zbek   tilida   sodda   gaplar   sotsiolingvistikasi   va
lingvopoetikasi”   nomli   monografiyasi     2020-yil   Germaniyaning   “Lambert”
nashriyotida chop etildi. O‘zbek tili sintaksisining o‘ziga xos jihatlari,   so‘zlashuv
nutqi   sintaksisi   va   sintaktik   birliklarning   lingvopoetik   xususiyatlari,   badiiy
imkoniyatlari,   emotsional-ekspressivligi       yoritilgan   ushbu   monografiya   dastlab
olti   tilga,   so‘ng   jahonning   boshqa   tillariga   tarjima   qilindi.   O‘zbek   tili   ifoda
120
  Ҳайдаров Ш.   Бадиий  матнда парцеллятив конструкцияларнинг қўлланилиши: Филол.фан. номз. ...дисс.
автореф. – Тошкент, 2011.–26б.
121
  Аллаёров Т. Ўзбек тилида буйруқ ва сўроқ конструкцияларининг лингвопоэтик хусусиятлари: Филол.фан.
бўйича   фалсафа   д-ри   (РhD)   дисс.   автореф     –Гулистон,   2020.   –   58   б ;   Собиров   А.   Шеъриятда   сўз   тартиби:
Филол.фан. бўйича фалсафа д-ри (РhD) дисс. автореф. – Самарқанд, 2020. – 47 б.
66 imkoniyatlariga   benihoya   boy   tillardan   bo‘lib,   uning   beqiyos   go‘zalligi,   ta’sir
qudrati, bir so‘zning turli ko‘rinishlarda tovlana olishi, bir necha ma’no anglatishi
so‘zlashuv   nutqida,   ayniqsa,   badiiy   matnlarda   yaqqol   namoyon   bo‘ladi.
Monografiyada tilimizning mana  shu tomonlari  sintaktik birliklar  misolida tadqiq
qilingan bo‘lib, bunday kuzatishlar ona tilimiz qa’rida yashiringan ulkan xazinadan
dunyo   xalqlarining   bahramand   bo‘lishiga   sabab   bo‘ladi,   o‘zbek   tilini   jahonda
tadqiq   va   talqin   qilayotgan     chet   el   tilshunos   olimlari     uchun   bir   manba   bo‘lib
xizmat qiladi. 122
O.Yusupovaning   ham   bir   qator   maqolalari   ham     sodda   gap   va   uning
turlarining badiiy matndagi ahamiyati va o‘rni hamda ularning xususiyatlari haqida
o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tganlar. Jumladan, “Badiiy matnda istak gaplar”
tadqiqotida   istak   gaplarning   badiiy   matndagi   ahamiyati   va   adiblarning   istak
gaplardan   qanday   foydalanishlari   xususida   tahlillarini   misollar   asosida   yoritib
beradilar.   Masalan,   istak   gaplar   barcha   asarlarda   qo‘llanilsa-da,   ammo   hamma
asarlarda   ham   lingvopoetik   vazifa   bajaravermasligi,   A.Qodiriy,   Cho‘lpon,
A.Qahhor,   P.Qodirov,   O.Yoqubov,   O‘.Umarbekov,   O‘.Hoshimov,   T.Murod,
E.A’zam,   Sh.Xolmirzayev,   N.Eshonqul,   U.Hamdam   kabi   adiblarning   asarlarini
sinchiklab   o‘rganlarida   O‘.Hoshimov   asarlarida   bunday   faolligi,   oddiy   darak,
so‘roq   yoki   buyruq   gaplar   o‘rnida   ham   istak   qo‘llanilishining   guvohi
bo‘lganliklarini   misollar   keltirib   aytib   o‘tadilar. 123
  Bundan   tashqari,   “She’riy
matnlarda   sodda   yig‘iq   gaplarning   o‘rni”   maqolasida   sodda   yig‘iq   gaplarning
lingvopoetik   vazifa   bajarishi   badiiy   matnning   barcha   turlarida   uchrashi,   ayniqsa,
qisqalik   va   ixchamlikka   asoslangan   she’riy   nutqda   bu   tipdagi   gaplar   keng
qo‘llanilishi borasidagi qrashlarini U.Azim she’rlari misolida tahlil qilib beradi. 124
O.Yusupovaning   yana   bir   “Badiiy   matnda   atov   gaplarning   lingvopoetik
122
  Yusupova   O.   S.   Sociolinguistic       linguopoetic   of   simple   sentences   in   uzbek   language.     –   Germaniya:   LAP
LAMBERT Academic Publishing nashriyoti,  2020. – 58 p.
123
  Юсупова   О.   Бадиий   матнда   истак   гаплар.   // Филология   ва   уни   ўқитиш   соҳасидаги   фундаментал   ва
инновацион тадқиқотлар. (Республика илмий-назарий анжуман  материаллари) –Нукус, 2019. –Б. 128-129
124
  Юсупова О.  Шеърий матнларда содда йиғиқ гапларнинг ўрни  // Таълимда “Устоз-шогирд тизими – сифат
ва   самарадорлик   кафолати.   (Республика   илмий-амалий   онлайн   конеренция   материаллари)   –   Навоий,   2020.
20-апрель. –Б.294-296.  
67 xususiyatlari” nomli maqolasida atov gaplarning badiiy matndagi o‘ziga xos o‘rni
misollar   yordamida   tahlil   etilib,   atov   gaplarning   badiiy   uslubda   emotsional-
ekspressivlikni ta’minlovchi vositalardan sanalib, mabodo bu vazifani bajarmagan
taqdirda   ham   ular   nutqiy   samaradorlikka   –   lo‘ndalik,   qisqalik,   ixchamlik,   kabi
stilistik   ottenkalarning   yuzaga   chiqishiga   xizmat   qilishi   haqidagi   xulosalarni
keltirib   o‘tganlar. 125
  “Gap   bo‘laklari   lingvopoetikasiga   doir   ayrim   mulohazalar”
nomli maqolasida esa badiiy asar  matnida barcha sintaktik birliklar, xususan, gap
bo‘laklari   ham   estetik   vazifa   ado   etishi   mumkin   bo‘lsa-da,   ularning   tasviriylik
darajasi bir xil emas. Garchi badiiy matndagi voqea-hodisalar bayon etilishida gap
bo‘laklari faol ishtirok etsa-da, lingvopoetik nuqtai nazardan sodda gap tarkibidagi
ikkinchi   darajali   bo‘laklar,   ayniqsa,   aniqlovchi,   izohlovchi   hamda   ravish   holi
muayyan ahamiyat kasb etadi degan mazmundagi fikrlarni bayon etadi. 126
                                    Uchinchi bob bo‘yicha xulosa 
            O‘zbek   tilshunosligida     bir   qator   tadqiqotchilar   tomonidan   o‘zbek   tilining
dialektologiyasi  tadqiq etilgan bo‘lib, bu tadqiqotlarda sodda gap va uning turlari
xususida   ham   ilmiy   kuzatishlarni   uchratishimiz   mumkin.   Shular   jumlasiga
Samixon   Ashirboyev,   B.Egamov,   M.Turopova,   X.Abdurahmonov,
M.Saparniyazovlarning ilmiy ishlaridan bilib olishimiz mumkin.
              O‘zbek tilshunosligida o‘zbek tilining funksional  stilistikasi  haqida ham  bir
qator   risolalar,   adabiyotlar   yaratilgan,   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borilgan   bo‘lib,   bu
tadqiqot ishlarida sodda gap va uning turlarining stilistikadagi ahamiyati haqida bir
qancha   fikrlarni   bayon   etganlar.   A.Shomaqsudov,   B.O‘rinboyev,   I.Rasulov,
R.Qo‘ng‘urov,   H.Xoliqov,   A.Musayеv,   H.Rustamov,   M.Mukarramov,   S.Karimov
kabi   tilshunoslarning   monografiya   va   dissertatsiyalarida   bu   kabi   masalalar   tahlil
qilib chiqilgan.
                      So‘nggi   yillarda   ma’lum   bir   sintaktik   birliklarning   lingvopoetik   tadqiqi
amalga  oshirilgan  ayrim   tadqiqotlar  yaratilganki,  bu  ishlar  sintaktik  birliklar  ham
125
  Yusupova   O.   Badiiy   matnda   atov   gaplarning   lingvopoetik   xususiyatlari.//SamDU   “Ilmiy   axborotnoma”   –
Samarqand: SamDU nashri, 2015. №2. –B.118-120. 
126
  Yusupova   O.   Gap   bo‘laklari   lingvopoetikasiga   doir   ayrim   mulohazalar .//   Til   va   adabiyot   muammolari   (Ilmiy
maqolalar to‘plami) – Samarqand,  2016. –B. 74-75.
68 boshqa   til   birliklari   kabi   badiiy   matnda   o‘ziga   xos   alohida   o‘ringa   egaligini
isbotladi.     Bu   singari   tadqiqotlarni   I.Mirzayev,   M.Yo‘ldashev,   D.Jamoliddinova,
F.Ibragimova,   Z.Choriyeva,   Sh.Haydarov,   T.Allayorov,   R.Yusubova   kabi
tilshunoslar tomonidan olib borilgan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
          O‘zbek   tilshunosligida     sodda   gap   va   uning   turlarining   o‘rganilishi     tarixini
tadqiq etishimiz mobaynida  quyidagi xulosalarga kelindi:
            1.   Gaplar   kommunikativ   maqsadga   ko‘ra,   emotsionallikka,   voqelikka,   bosh
bo‘laklar   ishtirokiga     ko‘ra,   tuzilishiga   ko‘ra   tasnif   qilinadi.   Tasnifda   gapning
tashqi   tomoni   –   tuzilishi   va   ichki   tomoni   –   mazmuni   hisobga   olinadi.   Gaplar
tuzilish   jihatdan   ikki   turga   bo‘linadi:   sodda   gaplar   va   qo‘shma   gaplar.   Sodda
gaplarning   struktura   asosi   bitta   bo‘lib,   ma’lum   bir   fikrni   ifoda   qiladi.   Qo‘shma
gaplarning   struktura   asosida   esa   ikki   yoki   undan   ortiq   gap   bo‘lib,   bir   murakkab
fikrni ifoda qiladi. 
                2.   Jahon   tilshunosligida   sodda   gap   va   uning   turlari   ko‘plab   tadqiqotchilar
tomonidan   o‘rganilgan   bo‘lib,   jumladan,   ularga   A.Mеyе,   O.Еspеrsеn,
A.Smirnitskiy,   V.Admoni,   L.Tеnyеr,   V.Vinogradov,   A.A.Shaxmatov,   Xoyrul
Huda, Novalinda Puspita, Mashlihatul Umami, Shri Rosmavatining, Duygu Ispinar
Akchayo‘glu,     V.A.Beloshapkova   va   E.A.Brizgunova   kabi   olimlar   ilmiy
tadqiqotlar olib borishgan.   
              3.   B.Djonson   va   Butlerlarning     grammatikalarida   punktuatsiya   qoidalariga
bog‘liq   ravishda   gap   haqida   ma’lumot   berilganligi,     K.Kuper   ( XVII )     tomonidan
yaratilgan   grammatika da   yangi   tushunchalar   bilan   bir   qatorda   bosh   gap,   tobe
gaplar yoki  gap qismlari  kabi tushunchalar   berilganligi,   Dj.Braytlend yaratgan va
XVIII asrning boshida chop etilgan grammatikada asos sifatida gap va uning sodda
hamda   tarkibli   gaplarga   bo‘linishi   haqida   ta’limotlar   berilganligi,     XVII   -XVIII
69 asrda Angliyada mantiq     asosida grammatikalar chop etilishi,        XIX asr oxiridan
boshlab   klassik   ilmiy   grammatika   rivojlana   boshla ganligi ,   XIX   asr   oxirida   chop
etilgan Nesfild grammatikasi XX asrda qayta ishlanib, ko‘p marta chop etil ganligi
o‘rganib chiqildi. 
4.Olga   Fischer ning   va   boshqa   olimlar   tomonidan   yaratilgan   “Ingliz
sintaksisining qisqacha tarixi” deb nomlangan asar da  ingliz tili grammatikasidagi
asosiy   o‘zgarishlar,   jumladan   so‘z   tartibidagi,   gap   bo‘laklari   tarkibiy   qismlari
o‘rtasidagi   munosabatlarning   o‘zgarishi   va   yangi   tobe   konstruksiyalarning
rivojlanishi  haqida   ma’lumot  berilgan bo‘lib, bu ma’lumotlar o‘rganib chiqildi va
o‘zbek   tilidagi   sodda   gaplar   haqidagi   fikrlar   bilan   solishtirildi .   Syuzan   Pintzuk
ingliz   tilidagi   so‘z   tartibining   o‘zgarishiga   doir   tadqiqoti,   Evha   Nazalatus
Sa’adiyah   Sai   tomonidan   2019-yil   nashr   ettirilgan   “Sodda   gaplarning   sintaktik
tahlili” ,     Xoyrul   Huda   ingliz ,   va   indoneziya   tilidagi   “So‘roq   gaplarning   qiyosiy
tahlili”   deb   nomlangan     tadqiqot   ishi ,   Mashlihatul   Umamining   sodda   gap
turlaridan biri bo‘lgan so‘roq gap haqidagi fikrlari,    Leo Heji ning     g ap bo‘laklari
evolyutsiyasi   xususiyatlari   haqidagi   ma’lumotlari   o‘rganildi   va   o‘rni   bilan   bu
tadqiqotlarga mulohaza bildirildi.
5. Turkiy   tilshunoslikda   ham   sodda   gap   va   uning   turlari   bo‘yicha   bir   qator
tadqiqotlar   olib   borilgan.   Bu   tadqiqotchi   olimlar   qatoriga   quyidagi
M.A.Kazеmbеk,   G.Sa’diy,   Q.Nosiriy,   M.Korbagaliyеv   va   X.Badigi,
G.Alparov,   E. J a k u b o v ,   A.N.Kononov,   M.B.Balakayev,   D.Mayrikov,   turk
tilshunosligidan   O‘sman   Bo‘lulu,   M.Bilgin,   O‘.Demirjan   k a b i   olimlarni   aytib
o‘tish ahamiyatga molikdir.
       6 . O‘zbek tilshunosligida sodda gaplarning o‘rganilishi   XX asrning 20-30-
yillaridan boshlangan.  Bu davrda yaratilgan qo‘llanma va darsliklardagi sodda gap
bo‘yicha   fikrlar   o‘rganildi.   A.G‘ulomovning   “Sodda   gap   sintaksisi”   (1948),
“Sodda gap” (1955), M.Asqarova bilan hamkorlikda nashr ettirgan “Hozirgi zamon
o‘zbek   tili.  Sintaksis”  (1961,  1967,  1987)  kitoblari,    1966-yili  G‘.Abdurahmonov
tahriri   ostida   nashr   etilgan   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili.   Sintaksis”   asari,
A.G‘ulomovning   “O‘zbek   tili   sintaksisining   ba’zi   masalalari”   maqolasi,
70 G‘.Abdurahmonov   tahriri   ostida   nashr   etilgan   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili.
Sintaksis”   asari,     1976-yilda   nashr   etilgan   “O‘zbek   tili   grammatikasi.   Sintaksis”
asari,   G‘.Abdurahmonov,   A.Sulaymonov,   X.Xoliyorov,   J.Omonturdiyevlarning
“Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili”   darsligi   kitobi,     A.Nurmonov,   N.Mahmudov,
A.Ahmedov,   S.Solixo‘jaevalarning   “O‘zbek   tilining   mazmuniy   sintaksisi”   kitobi
va ulardagi sodda gap bo‘yicha qarashlar o‘rganib chiqildi. 
7.Sodda   gap   va   uning   turlarining     alohida   tadqiqot   obyekti   sifatida
monografik   tarzda   o‘rganilishida   A.G‘ulomov,   A.N.Kononov,   F.Kamol,
S.N.Ivanov,   G‘.Abdurahmonov,   M.Asqarova,     A.Sulaymonov,   A.Ahmedov,
I.Rasulov, A.Sayfullayev, F.Ubayeva, H.Boltaboyeva, U.Tursunov, A.Berdialiyev,
I.Tursun,   Sh.Shoabdurahmonov,   Sh.Shukurov,   J.Omonturdiyev,   M.Mirtojiyev,
A.Nurmonov,   N.Mahmudov,   H.Ne’matov,   X.Abdurahmonov,   R.Sayfullayeva,
M.Qurbonova,   N.Turniyozov,   A.Boboyeva,   X.Ismatullayev,   O.Tojiyev,
S.Usmonov,  B.O‘rinboyev  hamda  ularning  yuzlab shogirdlari   va izdoshlari   ishari
ahamiyatga ega. 
8.   O‘zbek   tili   sintaksisi,   xususan,   sodda   gaplar   formal-funksional   (shakl-
vazifaviy)   jihatdan   tadqiq   qilingan   H.   Ne’matov,   R.Sayfullaeva,   M.Qurbonova,
M.Abuzalova,   R.Bobokolonov,   L.Raupova,   S.Muhamedova,   B.Yorov,
H.Shokirova,   Sh.Akramov,   S.Inoyatov,   N.Yuldashevalarning   ishlari   o‘rganib
chiqildi,  o‘rni bilan ayrim ishlarga munosabat bildirildi. 
             10 .  Samixon Ashirboyev tadqiqotida  sodda gap va uning turlarining tarixiy
taraqqiyoti   o‘rganilgan.   Bu   birliklarning   dialektologiyada   o‘rganilishi
M.Turopova,   B.Egamov   ishlari   bilan,     xalq  o‘g‘zaki  ijodiga  xos  matnlarda  sodda
gap   qurilishi   va   turlarining   o‘rganilishi   X.Abdurahmonov,   M.Saparniyazovalar
ishlari asosida o‘rganildi.  
      11 .   O‘zbek tilshunosligida o‘zbek tilining funksional stilistikasi haqida ham
bir qator risolalar, adabiyotlar yaratilgan, ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, bu
tadqiqot ishlarida sodda gap va uning turlarining stilistikadagi ahamiyati haqida bir
qancha   fikrlar   bayon   etilgan.   Tadqiqotimizda   A.Shomaqsudov,   B.O‘rinboyev,
I.Rasulov,   R.Qo‘ng‘urov,   H.Xoliqov,   A.Musayеv,   H.Rustamov,   M.Mukarramov,
71 S.Karimov   kabi   tilshunoslarning   monografiya   va   dissertatsiyalarida   sodda   gap   va
uning turlari haqida berilgan muhim ma’lumotlarga  e’tibor qaratildi. 
                  12.   So‘nggi   yillarda   I.Mirzayev,   M.Yo‘ldashev,   D.Jamoliddinova,
F.Ibragimova,   Z.Choriyeva,   Sh.Haydarov,   T.Allayorov,   R.Yusubova   kabi
tilshunoslar   olimlar   tomonidan   ma’lum   bir   sintaktik   birliklarning   lingvopoetik
tadqiqi   amalga   oshirilgan     tadqiqotlar   yaratilib,   ularda     sodda   gaplar     boshqa   til
birliklari kabi badiiy matnda o‘ziga xos alohida o‘ringa egaligi asoslangan.   Sodda
gap va uning turlarining badiiy, estetik, emotsional-ekspressiv xususiyatlari tadqiq
etilgan.  Ishimizda ushbu ishlarning eng muhim jihatlari yoritib berildi.
         
72      
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
     I.  Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar:
          1. 1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Олий таълим тизимини
янада ривожлантириш чора-тадбирлари     тўғрисида (Халқ сўзи 2017 йил, 21
апрел) 
1.2. 2019-yil 21-oktyabrdagi  “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va
mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. –Toshkent, 2019.
1.3.Президент Шавкат Мирзиёевнинг  ў збек тилига давлат тили мақоми
берилганининг  ўттиз йиллигига бағишланган  тантанали  маросимдаги  нутқи.
http://xs.uz/uz/  –Toshkent, 2019. 
II. Monografiya, dissertatsiya, ilmiy maqola va ilmiy to‘plamlar :
1. Абдуллаев   А.   Ўзбек   тилида   экспрессивликнинг   ифодаланиши.   –
Тошкент: Фан, 1983. – 8 б.
2. Абдураҳмонов   Ғ.,   Шукуров   Ш.,   Маҳмудов   Қ.   Ўзбек   тилининг
тарихий   грамматикаси.   Тошкент:     Ўзбекистон   файласуфлари   миллий
жамияти нашриёти,  2008. –Б.323-35.
3. Абдураҳмонов   Х.   Содда   гап   синтаксиси   хусусиятларининг
ўрганилишига доир.  – Тошкент: Ўқитувчи, 1976. –197 б.
4. Акрамов   Ш.   Ўзбек   тилининг   гап   қурилишида   тўлдирувчи   ва
ҳол([WPm]   валентлиги   аспектида:   Филол.фан.номз.   ...автореф.дисс.   –
Тошкент, 1999. –21 б.   
73 5. Аллаёров   Т.   Ўзбек   тилида   буйруқ   ва   сўроқ   конструкцияларининг
лингвопоэтик   хусусиятлари:   Филол.фан.   бўйича   фалсафа   д-ри   (РhD)   дисс.
Автореф .   –Гулистон, 2020. – 58 б.
6. Аширбоев   С.   Алишер   Навоийнинг   насрий   асарларидаги   содда
гапларнинг таркибий ва маъно хусусиятлари: Филол.фан.д-ри …дис.автореф.
– Тошкент, 1990. – 44 б.
7. Аширбоев С. Алишер Навоий насрий асарларидаги содда гапларнинг
таркибий ва маъно хусусиятлари. –Тошкент: Ўқитувчи, 1990. –150 б. 
8. Ашурова   Д.,   Убаева   Ф.,   Болтабоева   Ҳ.     Гапнинг   уюшган   ва
ажратилган бўлаклари. Т.: ЎзФА, 1962. 
9. Аҳмедов А.  Ўзбек тилида гапнинг коммуникатив турлари. –Тошкент:
Фан, 1979.
10. Аҳмедова   Н .   Ўзбек   тилида   мурожаат   бирликларининг   семантик-
коннотатив   тадқиқи:   Филол.фан.   номз.   ...дисс.   автореф.   –   Тошкент,   2008.   –
Б.26.
11. Аракин     В.Д.   Сравнительная     типология       английского   и   русского
языков. - Л.: Просвещение, 1979. - С.189-190.
12. Бабаханова   Д.А.   Официально -деловой   стиль   современного
узбекского   литературного   языка:   Канд.филол.наук.   ….автореф.дисс.   –
Ташкент, 1987.
13. Балакаев М.Б.. Современный казакский язык. – Синтаксис.  – Алма-
ата, 1959 .
14. Бегматов   М.   Тўлдирувчилар   билан   ифодаланган   иловали
элементларнинг   функциялари:   Филол.фан.номз…   дисс.автреф.   –   Тошкент,
1999. –24 б.
15. Белошапковой В.А.  Современный русский язык .   –   М., 1981. 
16. Бобоева   А.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тилида   тўлиқсиз   гаплар.   –
Тошкент: Фан, 1978.
17. Буслаев   Ф.И.   Историческая   грамматика   русского   языка.   Москва,
1959.
74 18. Bo‘ronov J.B.  – Ingliz va o‘zbek tillari qiyosiy  grammatikasi. 
19. Bolulu   O.   Türkçede   Eylemin   ve   Gerçekleştiricinin   Özellikleri.
Eylemler ve Özneler Üzerinde Bir Anlam İncelenmesi. Türk Dili-1992
20. Bilgin,   M.   Anlamdan   Anlatıma   Türkçemiz.   Ankara-2006.   Anı
Yayıncılık. 
21. Гаджиева   Н.З.   Основные   пути   развития   синтаксической
структуры тюркских языков. – Москва, 1973. 
22. Досанов   Н.   Ўзбек   халқ   эртаклари   тилида   аниқловчилар.   –
Тошкент ,  1994. -25 б. 
23. Demircan, Ö. (2003). Türk Dilinde Çatı.  İstanbul: Papatya. 11-17.
24. Duygu   Ispunar   Akcayoglu.   An   analysis   of   English   major   students’
interrogative   constructions.   Journal   of   the   Faculty   of   Education.   Vol   20,   No   2,
2019.
25. Evha   Nazalatus   Sa’adiyah   Sy.   A   syntactical   analysis   of   simple
sentences in Kembhang Babur.  Indonesia–2019 .
26. Жамолиддинова   Д.   Бадиий   нутқда   парантез   бирликларнинг
семантик-грамматик   ва   лингвопоэтик   хусусиятлари:
Филол.фан.номз. ...дисс.автореф. – Тошкент, 2009. –26 б.
27. Жигадло В.Н., Иванова И.П., Иофик Л.Л. Современный английский
язык (теоретический курс грамматики). – М.: Лит. на иностр. языке, 1956.   –
С . 24 6 .
28. Жамолиддинова   Д.   Бадиий   нутқда   парантез   бирликларнинг
семантик-грамматик   ва   лингвопоэтик   хусусиятлари:   Филол.фан.
номз. ...дисс.автореф. – Тошкент, 2009. –26 б.
29. Ибрагимова   Ф.   Бадиий   матнда   эллипсис   ва   антиэллипсис.
Филол.фан.н омз.  ...дисс.автореф. – Тошкент, 2011.  – 26 б.
30. Ilysh B.A.  –  The structure of Modern English. – M., 1959
31. Йўлдошев   М.   Бадиий   матн   ва   унинг   лингвопоэтик   таҳлили
асослари. – Т ошкент : Фан, 2006. – 75 б.
75 32. Йўлдошев   М.   Бадиий   матн   лингвопоэтикаси.   –   Тошкент:     Фан,
2008.  –  160 б. 
33. Khoirul   Huda.   A   contrastive   analysis   of   interrogative   sentences   in
English and Indonesian language.  Darul Ulum Islamic University of Lamongman. 
34. Лутфиллаева   Д.   Тасдиқ   гапларда   инкор   ва   шаклий-мазмуний
номувофиқлик: Филол.фан.номз. …дис.автореф. – Тошкент, 1997. –  26  б.
35. Leo   Hejl.   Evolution   of   the   Conception   of   Parts   of   Speech.   Czech,
Olomouc 2014.
36. Махмудов   Н.   Эл липсис   в   узбекском   языке:   Автореф.дис.   …
канд.филол.наук. – Ташкент, 1978. – 20 с.
37. Маҳмудов   Н.   Ўзбек   тилидаги   содда   гапларда   семантик-синтактик
ассиметрия. – Тошкент, 1984.
38. Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси.
– Тошкент: Ўқитувчи, 1995. –228 б.
39. Mashlihatul Umami. A contrastive analysis of interrogative sentences
in English and Indonesian.  Universitas Negeri Semerang .
40. Mengliyev B. O‘zbek tilining struktur sintaksisi.- Qarshi, 2003. - B. 27.
41. Мирзаев   И.К.   Шеърий   матннинг   лингвопоэтик   таҳлили
муаммолари: Филол.фан.д-ри… дисс.автореф.  – Тошкент,1992. – 40 б.
42. Миртожиев   М.   Гап   бўлакларида   семантик-синтактик
номутаносиблик. – Тошкент:  Университет , 2008. –200 б.
43. Мусаев А. Ўзбек сўзлашув нутқи услубида гап бўлаклари тартиби:
Филол.фан. номз. ..дисс. автореф. – Самарқанд, 2000. -25 б.
44. Muxin A.M.,  –  Синтаксемний анализ и проблемы уровней языка. M.,
1980.
45. Мусаев А. Ўзбек сўзлашув нутқи услубида гап бўлаклари тартиби:
Филол.фан. номз. ..дисс. автореф. – Самарқанд, 2000. -25 б.  
46. Муҳаммаджонова   С.   Уюшган   гаплар:   Филол.фан.номз.   …
дисс.автореф. – Самарқанд, 1999.
76 47. Неъматов Ҳ., Сайфуллаева Р., Қурбонова М. Ўзбек тили структурал
синтаксиси асослари. –Тошкент: Университет, 1999. – 55 б. 
48. Нурмонов   А.,   Маҳмудов   Н,   Аҳмедов   А.,   Солихўжаева   С.   Ўзбек
тилининг мазмуний синтаксиси. – Тошкент: Фан, 1992. –292 б. 
49. Нурмонов А. Айюб Ғуломнинг синтактик қарашлари // Ўзбек тили
ва адабиёти. – Тошкент, 2005. –№1. –Б.41.
50. Novalinda   Puspita.   A   syntactical   analysis   of   sentence   structure   on   a
fairy tales by Akramulla using generative transformational grammar.  Jakarta–2017.
51. Омонтурдиев   Ж.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тилида   гап   бўлаклари
типологияси.  – Тошкент: Фан, –210 б.
52. Olga Fischer, Hendrik De Smet. Wim van der Wurff. A Brief History
of English Syntax.  United Kingdom, Cambridge University Press ,  2017. 
53. Qurbonova M. Hozirgi zamon o‘zbek tili.  –T.: 2002. 
54. Расулов   И.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тилида   бир   составли   гаплар.   –
Тошкент: Фан, 1974.
55. Решетов   В.,   Абдура ҳ монов   Ш.   Ўзбек   диалектологияси.   –Тошкент:
Ўқитувчи, 1978.   
56. Сапарниязова   М.   Ўзбек   халқ   топишмоқларининг   синтактик-
семантик хусусиятлари: Филол.фан.номз...дисс.   – Т., 2005.  – 23 б.
57. Сайфуллаева   Р.,   Менглиев   Б.,   Боқиева   Г.,   Қурбонова   М.,   Юнусова
З., Абузалова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили.  Синтаксис. – Тошкент, 2006. –
172 б.
58. Сайфуллаев   А.Р.   Ҳозирги   ўзбек   тилида   ундалма.   Тошкент:   Фан,
1968.
59. Сайфуллаева   Р.,   Абузалова   М.   Гапнинг   энг   кичик   қурилиш
қолиплари ҳақида. Ўзбек тили ва адабиёти, 1991, №4.  – Б .42-44.
60. Серебренников   Б.А.,   Гаджиева   Н.З.   Сравнительно-историческая
грамматика тюркских яз ы ков. –Баку, 1979.
61. Собиров А. Шеъриятда сўз тартиби: Филол.фан. бўйича фалсафа д-
ри (РhD) дисс. автореф. – Самарқанд, 2020. – 47 б. 
77 62. Содиқов Б.   Ҳозирги ўзбек адабий тилида боғлама. –Тошкент: Фан,
1984. –86 б.
63. Sri   Rosmawati.   Error   analysis   on   transforming   affirmative   to   negative
and interrogative sentences of simple present tense.  Jakarta–2014 .
64. Susan Pintsuk. Phrase structures in competition: Variation and change
in Old English word order. University of Pennsylvania– 1991.
65. Тошалиев   И.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тилида   киритма
конструкциялар. –Т.: Фан, 1976. -121б.
66.   Тошалиев   И.   Ҳозирги   ўзбек   тили.   Синтаксис.   Синтактик   ва
синтагматик қайта бўлиниш. Парцелляция. – Тошкент: Zar qalam, 2004. – 145
б.
67. Турниёзов   Н.,   Турниёзова   К.,   Хайруллаев   Х.   Структур   синтаксис
асослари. – Тошкент: Фан, 2009. – 138 б.
68. Туропова   М.   Ўзбек   шевалари   синтаксиси.–Тошкент:   Фан,   1984.   –
143 б.
69. Тўйчибоев   Б.   Ҳозирги   ўзбек   тилида   синтактик   синонимика.   –
Тошкент: Фан, 198.
70. Underhill, R. Turkish Grammer. The MIT press –1976.
71. Холиқов   Ҳ.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   мураккаблашган   содда   гаплар
услубияти   (А.Қаҳҳор   асарлари   материаллари   асосида):   Филол.фан.номз.   …
дисс. – Тошкент, 1993. 
72. Xudoyberganova   Z.   O’zbek   va   turk   tilshunosligida   ega   talqini.   Turkiya-
2019. Turklad .  
73. Шомақсудов   А.,   Расулов   И.,   Қўнғуров   Р.,   Рустамов   Х.   Ўзбек   тили
стилистикаси. – Тошкент: Ўқитувчи,  1983. – 248 б.
74. Шорасулова   Ш.   Содда   гап   таркибидаги   сифатдошли
қурилмаларнинг семантик-синтактик хусусиятлари: Филол.фан.номз.   …дис.
автореф. – Тошкент, 2005. - 22 б.
75. Юлдашев   М.   Бадиий   матннинг   лингвопоэтик   тадқиқи:
Филол.фан.д-ри …дисс. – Тошкент, 2009. -313 б.
78 76. Юсубова   Р.Тежамлилик   ва   ортиқчаликнинг   лингвопоэтик
хусусиятлари: филол.фан.доктори(ДSc)дисс.автореф.  – Самарқанд, 2021. –б.
77. Юсупова   О.   Бадиий   матнда   истак   гаплар.   // Филология   ва   уни
ўқитиш   соҳасидаги   фундаментал   ва   инновацион   тадқиқотлар.   (Республика
илмий-назарий анжуман  материаллари) –Нукус, 2019. –Б. 128-129 .
78. Yusupova   O.   S.   Sociolinguistic       linguopoetic   of   simple   sentences   in
uzbek language.  – Germaniya: LAP LAMBERT Academic Publishing nashriyoti,
2020. – 58 p.
79. Yusupova O. Gap bo‘laklari lingvopoetikasiga doir ayrim mulohazalar .//
Til va adabiyot muammolari (Ilmiy maqolalar to‘plami) – Samarqand,   2016. –B.
74-75.
80. Юсупова   О.   Шеърий   матнларда   содда   йиғиқ   гапларнинг   ўрни
//Таълимда   “Устоз-шогирд   тизими   –   сифат   ва   самарадорлик   кафолати.
(Республика   илмий-амалий   онлайн   конеренция   материаллари)   –   Навоий,
2020. 20-апрель. –Б.294-296.
81. Yusupova   O.   Badiiy   matnda   atov   gaplarning   lingvopoetik
xususiyatlari.//SamDU  “Ilmiy  axborotnoma”   –  Samarqand:  SamDU   nashri,  2015.
№2. –B.118-120.
82. Ўзбек   тили   грамматикаси .   II   том.     2-том.   Синтаксис.   –   Тошкент:
Фан, 1976. – 560 б.
83. Qurbonova M. Hozirgi zamon o‘zbek tili. –T.,  2002. –B 53. 
84. Ғуломов А .  Содда гап. –Тошкент, 1955. –100 б.
5. Айюб   Ғуломовнинг   илмий   мероси.   (4-китоб)     Ўзбек   тилида
аниқловчилар.  –  Т., 2008. 
86. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. –
Тошкент:Ўқитувчи, 1987. –256 б.
87. Ғуломов   А.   Ўзбек   тили   синтаксисининг   баъзи   масалалари   //   Ўзбек
тили ва адабиёти –Тошкент, 1968. –№2. –Б.9-13.
79 8. Ғаффоров   А.   Ҳозирги   ўзбек   тилида   парцеллятив   ва   иловали
қурилмаларнинг синтактик деривацияси: Филол.фан. номз. ...дисс. автореф. –
Самарқанд, 1997. -Б.26.
89. Ҳайдаров   Ш.     Бадиий   матнда   парцеллятив   конструкцияларнинг
қўлланилиши: Филол.фан. номз. ...дисс. автореф. – Тошкент, 2011. -Б.26.
90. Ҳайназарова   М.   Сўроқ   гапларда   шакл   ва   мазмун   номувофиқлиги
ҳақида: Филол.фан. номз. ...дисс. автореф. – Тошкент, 1999. –26 б
III.  Internet sahifalari:
    1.  http://www.Ziyonet .     
    2. Uz/ru/library/book/779/libid/20703.
    3.  http://en.wikipedia.org/wiki/Structuralism
    4. http://www.eng.fju.edu.tw/Literary_Criticism/structuralism
     5.   www.google.uz  
     6.    www.filfak.uz  
     7.    www.ziyonet.uz
     8.    www.ziyo.uz .
 
80

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SODDA GAPLARNING O‘RGANILISH TARIXI MUNDARIJA Kirish. Ishning umumiy tavsifi……………………………………….…………3 I BOB. JAHON TILSHUNOSLIGIDA SODDA GAPLARNING O‘RGANILISHI 1.1. Sodda gap va uning turlari bo‘yicha ma’lumot…………………………….7 1.2. Jahon tilshunos olimlarining sodda gaplar bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari 1.3. Turkiy tilshunoslikda sodda gaplarning o‘rganilishi……………………….14 I bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………………..32 II BOB. SODDA GAPLARNING O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA O‘RGANILISHI 2.1. Sodda gap va uning turlarining o‘zbek tili darslik va o‘quv qo‘llanmallarida o‘rganilishi ………………………………………………………………………..34 2.2. Sodda gap va uning turlarining alohida tadqiqot obyekti sifatida monografik tarzda o‘rganilishi…………………………………………………………………40 2.3. Sodda gap va uning turlariga yangicha qarashlar aks etgan ilmiy tadqiqotlar haqida……………………………………………………………………………..44 II bob bo‘yicha xulosa…………………………………………………………….54 III BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SODDA GAPLARNING DIALEKTAL, STILISTIK VA LINGVOPOETIK JIHATDAN O‘RGANILISHI 3.1. Sodda gap va uning turlarining til tarixi va dialektal jihatdan o‘rganilishi …………………………………………………………………………………….56 3.2. Sodda gap va uning turlarining uslubshunoslik nuqtayi nazaridan o‘rganilishi………………………………………………………………………...59 3.3. O‘zbek lingvopoetikasida sodda gaplarning o‘rganilishi………………...66 III bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………………70 1

Xulosa ……………………………………………………………………………71 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………………………………74 Kirish. Ishning umumiy tavsifi Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Hozirgi kunda xalqimizning milliy o‘zligi, ma’naviyati, madaniyati, dunyoqarashi, yashash tarzi o‘z aksini topgan o‘zbek tiliga e’tibor yanada kuchaytirilmoqda. D avlat ahamiyatiga molik yirik uchrashuvlar, xalqaro anjumanlar da o‘zbek tili ning faol qo‘llanil ayotganligi, o‘zbek tilida gaplashuvchilar soni ortganligi ham tilimiz rivojining bir ko‘rinishidir. “Hozirgi vaqtda o‘zbek tilida sozlashuvchilar soni jahon miqyosida 50 million kishiga yaqinlashib qoldi. Bu ona tilimizning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi. Bugungi kunda xalqaro maydonda obro‘-e’tibori tobora yuksalib borayotgan O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etishda ona tilimiz ham katta hissa qo‘shmoqda”, 1 – degan yurtboshimizning faxr bilan aytgan gaplari fikrimizning yaqqol isboti sanaladi. O‘zbek tili o‘zining keng imkoniyatlarini eng murakkab fan sohalarida to‘liq namoyon qil ayotganligi, o‘ zbek tili ta’limi ga e’tibor qaratilyotganligi tilshunoslarimiz oldiga tilimiz ravnaqiga daxldor yangidan yangi vazifalarni qo‘ymoqda. O‘zbek tili fonetikasi, leksikasi, grammatikasi bo‘ yicha hozirga qadar yaratilgan ishlarni o‘rganib, bu sohalarda navbatda qilinishi zarur bo‘lgan muammoli jihatlarni ajratib olish va yangicha qarashlar, nazariyalar, yo‘nalishlar asosida qayta o‘rganish bugungi davr o‘zbek tilshunosligi oldidagi navbatdagi vazifalardan sanaladi. “ O‘zbek tilshunosligida sodda gaplarning o‘rganilish tarixi” magistrlik tadqiqot ishi ana shu vazifani bajarish yo‘lidagi bir qadam sanaladi. Sodda gaplarning jahon va o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish tarixi alohida monografik tarzda tadqiq qilinmaganligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi. 1 Президент Шавкат Мирзиёевнинг ў збек тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи. http://xs.uz/uz/ –Toshkent, 2019. 2

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek tilshunosligida sodda gap va uning turlari bo‘yicha qator tadqiqotlar olib borilgan va ushbu tadqiqotlarda tadqiqotchilar o‘z mavzu doirasida muammoning o‘rganilish darajasi xususida ma’lumot berib o‘tganlar. Masalan, N.Rahmatovaning “Ikki tarkibli sodda gaplarning nutqiy voqealanishi” deb nomlangan dissertatsiyasida A.G‘ulomovning “Sodda gap” nomli tadqiqoti, shuningdek, A.Abdulla y еv, G‘.Abdurahmonov, X.Abdurahmonov, X.Boltabo y еva, I.Rasulov, A.Safo y еv, A.Sulaymonov, O.Turdi y еv, B.Egambеrdi y еv, I.Xayrulla y еv, E.Shodmonov, B.O‘rinbo y еv, H.G‘ofurov, A.Hazratqulov kabi olimlarning sodda gapning qurilishiga doir masalalar ko‘rib chiqilgani haqidagi fikrlar bildirib o‘tilgan 2 . Biroq sodda gap va uning turlarining o‘zbek tilshunosligida kimlar tomonidan, qay darajada tadqiq etilgani alohida tarzda o‘rganilmagan. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari . O‘zbek tilshunosligida sodda gaplarning o‘rganilishi tarixini monografik planda yoritib berish ishning asosiy maqsadini tashkil etadi. Tadqiqotda quyidagi vazifalarni bajarish ko‘zda tutildi: – s odda gap va uning turlari haqida qisqacha ma’lumot berish; – sodda gap turlarining jahon tilshunosligida o‘rganilishiga e’tibor qaratish; – turkiyshunoslikda sodda gap va uning turlarining o‘rganilish darajasiga ahamiyat qaratish ; – o‘zbek tilshunosligida sodda gap va uning turlari o‘rganilgan darslik va qo‘llanmalarni tadqiq etish; – o‘zbek tili sintaktik qurilishining an’anaviy talqinida sodda gap masalasi o‘rganilishini sharhlash; – sodda gap va uning turlari bo‘yicha qilingan ilmiy tadqiqotlarni o‘rganish; –sodda gaplar dialektal hamda tarixiy jihatdan yoritilgan ishlarga e’tibor qaratish va tadqiq etish; 2 Rahmatova N. Ikki tarkibli sodda gaplarning nutqiy voqelanishi: Filol.fan.nomz….diss.–Buxoro, 2012. –B.3-4. 3

–funksional-stilistik, lingvopoetik nuqtayi nazardan sodda gap va uning turlari o‘rganilish holatini tahlil etish; Tadqiqotning obyekti. O‘zbek tilida sodda gaplarning o‘rganilish tarixi ilmiy ishning tadqiq obyektini belgilaydi. Tadqiqotning predmeti. Sodda gap va uning turlari tilshunosligimizda qay darajada o‘rganilganligi tahlili ishning predmetini tashkil qiladi. Ishning obyekti va predmetini ochib berishda o‘ zbek tilshunosligida sodda gap va uning turlari o‘rganilgan dissertatsiyalar, monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar material vazifasini o‘tadi. Tadqiqotning metodologik asosi va qo‘llanilgan metodlar. Tadqiqotning metodologik asosi sifatida dialektikaning umumiylik-xususiylik, shakl-mazmun tamoyillari tanlandi. Ishda tavsifiy, qiyosiy, diaxron va sinxron tahlil metodlaridan keng foydalanildi. Shuningdek, A. G‘ulomov, N.Mahmudov, A.Nurmonov, M.Qurbonova va boshqalarning shu yo‘lda olib borgan kuzatishlaridagi nazariy qarashlar va tadqiq metodlariga ham tayanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: – sodda gap turlarining jahon va turkiy tilshunosli k da o‘rganilishiga e’tibor qarati ldi; – o‘zbek tilshunosligida sodda gap va uning turlari o‘rganilgan darslik va qo‘llanmalar, ilmiy tadqiqotlar, yangicha qarashlar tahlil etildi; – sodda gaplar dialektal hamda tarixiy jihatdan yoritilgan ishlarga ahamiyat berildi; – funksional-stilistik, lingvopoetik nuqtayi nazardan sodda gap va uning turlari o‘rganilish holati tahlil etildi. Tadqiqotning nazar iy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqotda umumlashtirilgan nazariy xulosalar sodda gaplarni umumiy yaxlit tizim sifatida o‘rganilishini oydinlashishiga xizmat qiladi. Shu sababli tadqiqotda erishilgan natijalardan sodda gap va uning turlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishda foydalanish mumkin. Ayni paytda dissertatsiya natijalari “Hozirgi o‘zbek tili”, 4

“Tilshunoslik nazariyasi”, “Nazariy tilshunoslik masalalari” kabi kurslarni o‘qitishda, darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy risolalar yaratishda ahamiyat kasb etadi. Shuningdek dissertatsiya ishining asosiy natijalari va materiallaridan oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek filologiyasi fakultetlari talabalari uchun va magistratura yo‘nalishlarida o‘tiladigan sintaksis darslarida keng foydalanish tavsiya etiladi. Natijalarning e’lon qilinganligi. Tadqiqot bo‘yicha ilmiy to‘plamlarda 4 ta maqola e’lon qilindi. Ishning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, III asosiy bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 81 sahifani tashkil etadi. 5