PRESUPPOZITSIYA HODISASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI O ZBEK FILOLOGIYASI YO‘NALISHI ʻ O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI ERGASHEVA GULSHOD SALOMIDDIN QIZI BITIRUV MALAKAVIY ISHI 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi Ilmiy rahbar f.f.f.d. Sulaymonov B. Rasmiy taqrizchi o’qit. Turobov A. Bitiruv malakaviy ishi o‘ zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasining 2017-yil 25- maydagi majlisida muhokama qilingan va YaDAK himoyasiga tavsiya etilgan ( ____-son bayonnoma). Kafedra mudiri dots. Mahmadiyev Sh Malakaviy bitiruv ishi YaDAKning 2022-yil ____ iyundagi yig‘ilishida himoya qilingan va ____ foiz bilan baholangan. ( ___ -son bayonnoma ) YaDAK raisi prof. Pardayeva.A A’zolari: _________________ __________________ __________________ SAMARQAND - 20 22 1
MUNDARIJA I. KIRISH ............................................................... 3-6-betlar II. ASOSIY QISM ................................................... 7-18-betlar 1-BOB PRESUPPOZITSIYA HODISASI HAQIDA 1.1 Presuppozitsiya hodisasining o‘rganilish tarixi……………… 7-11-betlar 1.2 Presuppozitsiya hodisasi haqidagi ilmiy qarashlar…………… 12-15-betlar 1.3 Yordamchi so‘z turkumlarida presuppozitsiya hodisasi……… 16-18-betlar 2-BOB O‘ZBEK TILIDA YUKLAMALARNING PRESSUPOZITSION XUSUSIYATLARI II.1 Ayiruv-chegaralov yuklamalar presuppozitsiyasi……………19-26-betlar II.2 Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalarining presuppozitsiyasi……… 27-45-betlar II.3 So‘roq yuklamalarning presuppozitsiyasi……………………. 46-49-betlar 3-BOB PRESUPPOZITSIYA VA AKTUAL BO‘LINISH O‘RTASIDAGI ALOQADORLIK 3.1 Gapning aktual bo‘linishidagi presuppozitsiyaning ahamiyati…… 50-51-betlar 3.2 Aktalizatorlar – gapdagi tema va remani ajratuvchi vositalar……. 52-56-betlar 3.3 Bob bo‘yicha umumiy xulosalar…………………………………. 57-59-betlar III. XULOSA …………………………………………………….. 60-67-betlar IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………….68-70-betlar 2
KIRISH Mamlakatimizda bugungi kunda ona tilimizga bo‘lgan e’tibor yana bir karra yuqoriladi. Bularning prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarida ham ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF- 5850-son Farmoni ning ishlab chiqilishi bunga misol bo‘la oladi. 1 Tilshunoslikda presuppozitsiya hodisasining o‘rganilishi ancha oldin boshlangan bo‘lib, o ‘zbek tilshunosligida presuppozitsiya hodisasining o‘rganilishi Usmonjon Raximov 2 tomonidan keng amalga oshirilgan, ammo bu hodisa hali to‘liq o‘rganilgan emas. Bitiruv malakaviy ishida tilshunoslarni jalb qilgan presuppozitsiya hodisasi haqida fikrlar bildiriladi. Ushbu hodisa sintaktik semantikaning dolzarb muammolaridan sanaladi. Demak, presuppozitsiyaning o‘rganilishi gap qurilishining semantik-sintaktik jihatlarini hamda u bilan bog‘liq muammolarni birmuncha hal qilishga xizmat qiladi. Bugungi kunda tilning sistemaliligi to‘g‘risidagi nazariya tilshunoslikdan muqim o‘rin egalladi. 1 Mirziyoyev Sh. M. Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida., PF-5850-son . 2 Рахимов У. Э. Ўзбек тилида юкламаларнинг прессупозицияси. Филол. Фан. Док. DSc ( дисс ) . – Самарқанд.:1994. 3
Tilda kuzatilgani kabi, sintaksisda ham mazmun kategoriyasi markaziy kategoriya hisoblanadi. Bu haqida Bugadov , “ mazmun kategoriyasisiz sintaksis o‘z jonidan mahrum bo‘lib, o‘lik tanaga aylanadi”, - deya ta’kidlagan. 3 Bunda tilga sistemalilik bilan qarash tildagi barcha elementlarni o‘zaro aloqadorlikda o‘rganishni taqozo etadi. Bundan tashqari, sitaksisning semantikadan ajratilishiga chek qo‘yildi. Ammo sintaktik semantikaning o‘rganilishi ko‘lami masaladiga bir xulosaga kelingani yo‘q. 4 Yuklamalarning presuppozitsiyasi haqida gapirishdan oldin so‘zimizni yuklamlar tarixidan boshlab olamiz. Hozirgi tilimizda keng qo‘llanilayotgan –mi, -chi, -oq, -yoq, -gina kabi yuklamalar tarixan (yo shaklda, yo ma’noda, yo qo‘llanishda) juz’iy yuklamalargagina uchragan bo‘lsa, -mat, -qad, -ko‘b, -ush, - qiya, kabi yuklamalar hozirgi tilimizgacha yetib kelmagan. Aksincha, bugungi kunda iste’molda bo‘lgan yuklamalar keying davr tilshunosligida yuzaga chiqqan mahsulidir. 5 O‘zbek tili leksikasi qanchalik boy bo‘lsa, undagi badiiy ifodalash vositalari ham shu qadar ko‘pdir. Badiiy asardagi mazmun va xususiyatni kuchaytirib beruvchi vositalarga ko‘makchilar va yuklamalarni kiritishimiz mumkin. 6 Ikki sememaning semantik bog‘lanishida ulardan har biriga xos semalar sostavi muhim rol o‘ynaydi. Semantik bog‘lanish imkoniyati ana shu semalarning munosabatidan kelib chiqadi. 7 Presuppozitsiyani to‘liq tahlil qilishda ana shu semantik bog‘lanishlarga alohida e’tiborimizni qaratishimiz zarur hisoblanadi. Aynan pragmatikada presuppozitsiyaning o‘rganilish imkoniyati semantika bilan aloqada olib boriladi. Bu o‘z navbatida ma’no ottenkalarini tahlil qilishni taqozo etadi. 3 Будагов Р.Э К теории синтаксических отношений. Москва .: 1973. , №1.15 -стр. 4 Нурмонов А. Гап ҳақида синтактик назариялар. Тошкент.:1988. , 58-64-б. 5 Шукуров. Ш. Юкламалар тарихидан. // Ўзбе тили ва адабиёти. 1963., №-2. 37-38-б. 6 Содиқова. М. Ўзбек тилида кучайтирув воситалари . // Ўзбек тили ва адабиёти. 1974., №1. 36-37-б. 7 Рахматуллаев Ш. Юнусов. Р. Семемаларнинг семантик боғланиш масаласи. // Ўзбек тили ва адабиёти. 1974., №1. 50-51-б. 4
Mavzuning dolzarbligi. Bugun tilshunoslikda presuppozitsiya hodisasiga e’tibor birmuncha ortdi. Rus tilshunosligida presuppozitsiyaning tadqiqi yuqori darajada o‘rganilgan bo‘lsa, o‘zbek tilshunosligida hali bu mavzu to‘liq yoritib berilgan emas. Bu mavzuning o‘rganilishi lingvistikaning ochilmagan qirralarini ochishga, yuzaga keladigan muammolarning oldini olishga xizmat qiladi. Presuppozitsiya hodisasi bugungi tilshunoslik bilan mantiqiy semantika o‘rtasidagi ko‘prik hisoblanadi. Mavzuning o ‘ rganilganlik darajasi. Hozirgacha presuppozitsiya hodisasining o‘rganilishiga oid turli tadqiqotlar olib borildi. Xusussan, Samarqand davlat universitetida yuklamalarning tadqiqi bo‘yicha Usmonjon Raximovning “O‘zbek tilida yuklamalarning presuppozitsiyasi” mavzusidagi dissertatsiyasi , hamda N. Mahmudovning “Presuppozitsiya va gap”, A. Nurmonovning “Ko‘makchili kontruksiyalar presuppozitsiyasi”, O. Bozorovning “O‘zbek tilining yuklama kategoriyasi” kabi maqolalarida ko‘rib o‘tishimiz mumkin bo‘ladi. Tadqiqotning maqsadi. Tilshunoslikda presuppozitsiyaning o‘rganilganlik ko‘lamini kengaytirish. Yuklamalarda ko‘zga tashlanayotgan presuppozitsiyaning o‘ziga xosliklarini ko‘rsatib berish, ushbu mavzuda yoritilgan ilmiy asar va maqolalar bilan chuqurroq tanishtirishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari. Presuppozitsiya hodisasidagi quyidagi masalalarga to‘xtalindi. - yuklamalardagi presuppozitsiya hodisasi va uning ahamiyati xususida ma’lumotlarni jamlash; - yordamchi so‘z turkumlarida kuzatiladigan presuppozitsiya hodisasiga alohida e’tibor qaratish; - gapning aktual bo‘linishida kuzatiladigan presuppozitsiya hodisasining ahamiyatini ochib berish; - Yuklamalaring ma’no ottenkalarini tahlil qilish, undagi o‘ziga xosliklari xususida umumiy xulosalar chiqarish. 5