logo

O‘ZBEK TILIDA YUKLAMALARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

117.412109375 KB
O‘ZBEK TILIDA YUKLAMALARNING SEMANTIK-STILISTIK
XUSUSIYATLARI
Reja:
Kirish ( Ishning umumiy tavsifi)
I BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA YUKLAMALARNING O‘RGANILISHI 
HAQIDA .
 1.1. O‘zbek tilshunosligida yuklamalarning o‘rganilishi
 1.2. Yuklamalar tasnifi va nutqdagi vazifasi haqidagi qarashlar………………
Bob bo‘yicha qisqacha xulosa………………………………………………….
II BOB. SO‘Z-YUKLAMALARNING SEMANTIK-STILISTIK 
XUSUSIYATLARI 
  2.1. So‘z-yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlari 
 2.2. O‘zbek tilida yuklamaga ko‘chayotgan so‘zlar…………………
 Bob bo‘yicha qisqacha xulosa…………………………………………………...
III BOB. QO‘SIMCHA KO‘RINISHIDAGI YUKLAMALARNING USLUBIY 
XUSUSIYATLARI 
3.1. Qo‘simcha ko‘rinishidagi yuklamalar haqida ma’lumot
3.2. Qo‘simcha ko‘rinishidagi yuklamalar stilistikasi 
3.3. Badiiy matnda yuklamalar nutqni voqelantiruvchi vosita 
sifatida…………………………………                                                                     
Bob bo‘yicha qisqacha xulosa…………………………………………………….    
XULOSA…………………………………………………………………………     
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………. DISSERTATSIYA MAVZUSINING TAVSIFI (ANNOTATSIYASI)
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi .
Har bir millatning o‘zligini namoyon etadigan vositalardan biri ularning o‘z
tilidir.   Dono   xalqimizda   shunday   purma’no   hikmat   bor:   ”Tilga   e’tibor   –   elga
e’tibor”.   Shunday   ekan,   bugungi   kunda   jadallik   bilan   rivojlanayotgan   texnika-
texnologiya   asrida   tilga   bo‘lgan   e’tiborni   ham   unutmasligimiz   darkor.   “Hozirgi
kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ezgu intilish va harakatlarimiz
hal   qiluvchi   bosqichga   ko‘tarilmoqda.   Bu   yo‘lda   milliy   o‘zligimiz,   g’urur-
iftixorimiz   timsoli   bo‘lgan   ona   tilimiz,   hech   shubhasiz,   beqiyos   kuch-qudrat   va
ilhom   manbai   bo‘lib   xizmat   qiladi” 1
,-   deya   ona   tilimizga   yuksak   ta’rif   berib,   biz
yoshlarni   yana   ham   ko‘proq   izlanishga   undaganlar   muhtaram   Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev.     Shunday   ekan,   biz,   tilshunoslar,   tilda   bo‘layotgan
o‘zgarishlarni   o‘z   vaqtida   o‘rganishimiz   va   shu   bilan   bir   qatorda   yangiliklardan
xabardor   bo‘lgan   holda   ko‘proq   izlanishimiz   kerak.   Har   qanday   til   rivojlanish
bosqichida   ma’lum   to‘siqlarga   duch   keladi.   Tilshunos   olimlar   mana   shunday
to‘siqlarni   bartaraf   etish   uchun   tillarni   o‘zaro   solishtirishadi,   ularning   farqli   va
o‘xshash   jihatlarini   tahlil   etishadi.   Tilni   chuqur   tadqiq   etish   uchun   o‘sha   tilda
mavjud   bo‘lgan   fonetik,   leksik   qatlam   birliklarining   semantik-struktur   jihatdan
alohida   guruhlarga   ajratib   olingani,   bu   jarayon   dastavval   hind   tilshunosligida
yuzaga   kelgani,   bizning   ajdodlarimiz   ham   yunon   tilshunosligiga   tayangan   holda
tillarni   tasnif   etishgani   sir   emas.   Ammo   XIX   asr   oxiri   XX   asr   boshlarida
tilshunosligimizda     rus   tilshunoslari   tahlillariga   asoslangan   tadqiqotlar   ko‘zga
tashlana boshladi. Tilshunos O. Azizov “ har bir tildagi so‘zlar grammatik belgisi
va   semantik   xususiyatiga   qarab   turli   guruhlarga   bo‘linadi.   Grammatik   qurilish
jihatidan   har   xil   bo‘lgan   tillardagi   so‘zlarning   semantik   xususiyatlari,   qo‘llanish
doirasi, grammatik belgilari, o‘zaro birikishi doim ham o‘xshash bo‘lavermaydi” 2
.
-   degan   fikrlarni   keltiradi.   Har   bir   til   o‘z   strukturasiga   ega.   O‘zbek   tilshunosligi
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga 21 oktabr — o‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrigi.  . 
https://www.gazeta.uz/oz/2021/10/20/tabrik/
 
2
 Азизов О. Тилшуносликка кириш. - Тошкент.: Ўкитувчи 1996. – 176 б. ham dunyo tilshunosligi kabi funksional grammatik jihatidan ancha o‘rganilgan va
buning   natijasi   sifatida   tilimizda   ko‘pgina   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borilgan.
Shuningdek, hali yechimini topmagan, izlanishni talab qiladigan yo‘nalishlar ham
bir   talay.   Shular   jumlasiga   yordamchi   so‘zlar   guruhini   keltirishimiz   mumkin.   Bu
turkumga   kiruvchi   so‘zlar   leksik,   grammatik   va   pragmatik   jihatdan   boshqa   so‘z
turkumlari   kabi   bir   qancha   ustunliklarga   ega.   Tilshunosligimizda   yordamchi   so‘z
turkumlari   Sh.Sh.Shoabdurahmonov,   R.Rasulov,   S.Karimov,   R.Qo‘ng’urov,
M.Qurbonov,   N.Ernazarov,   A.B.Pardayev,   O.Bozorov,   U.Rahimov,   Z.Isoqovlar
tomonidan   tadqiq   etilgan.   Tadqiqotlarda   yordamchi   turkumlar   haqida   turlicha
fikrlar   keltirilgan   bo‘lib,   yordamchi   turkumlarning   grammatik   vazifalari,   turlari
haqidagi   qarashlari   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Bugungi   kunga   qadar   jahon
tilshunosligida   ham,   o‘zbek   tilshunosligida   ham   yuklamalar,   ularning   so‘z
turkumlari,   xususan,   yordamchi   so‘z   turkumlari   o‘rtasidagi   o‘rni   xususida
muayyan   tadqiqotlar   yuzaga   kelgan 3
.   Biroq   yuklamalarning   qo‘shimcha   ma’no
berish   kabi   asosiy   vazifasidan   tashqari,   nutqiy   vaziyatga   qarab   badiiy   matnda
nutqni   voqelantiruvchi   turli   pragmatik   vazifani   ado   etishi   borasidagi   rang-
baranglik ma’no jilolarini berishi boshqa grammatik vositalardan ustun tomonidir.
Garchi o‘zbek tilshunosligida yuklamalarning grammatik xususiyatlarini diaxronik
va   sinxronik   yo‘nalishda   tekshirishga   bag’ishlangan   tadqiqotlar   yetarli   darajada
bo‘lsa-da,   biz   qarab   chiqqan   manbalardan   shu   narsa   ma’lum   bo‘ldiki,   o‘zbek
tilidagi   yuklamalarning   semantikasini   o‘rganishga   oid     kuzatishlarning     barmoq
bilan   sanarliligi,   yuklamalarning   semantik-stilistik   xususiyatlani   o‘rganishga   oid
ishlarning yo‘qligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Tadqiqot   ob’ekti .   O‘zbek   tilining   izohli     lug’ati   va   badiiy   asarlardagi   yuklama
vazifasida   qo‘llanilib   kelayotgan,   yuklamaga   ko‘chayotgan   so‘zlar   hamda
qo‘shimcha   ko‘rinishidagi   yuklamalar   tanlandi.   Ularning   funksional   xususiyatlar
va semantik ma’nolari ochib berildi.
3
 Базаров О. Частицы в узбекском языке: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. - М., 1983. - 22 с.; Раҳимов У. 
Ўзбек тилида юкламалар пресуппозицияси: Филол. фан. номз. …дис.автореф. – Самарқанд, 1994. -25 б.; 
Исоқов З. Ўзбек тилида сўз туркумларининг ўзаро муносабати ва унда юкламаларнинг ўрни: Филол. фан. 
номз. …дис.автореф.–Фарғона, 2005.-22 б. Tadqiqot   predmeti .   Tilimizda   so‘z   va   qo‘shimcha   ko‘rinishida   qo‘llanib
kelayotgan   yuklamalar   va     yuklama   vazifasiga   ko‘chgan   so‘zlarning   badiiy
matndagi semantik-stilistik munosabatini aniqlashdan iborat.
Magistlik   ishining   maqsadi   va   vazifalari .   Magistrlik   dissertatsiyasida
yuklamalarga funksional differensial, vazifaviy chegaralanganlik nuqtayi nazaridan
munosabatda   bo‘lish,   ularga   nafaqat   grammatik   birlik,   balki   nutqiy   ta’sirchanlik
vositasi   sifatida   qarash   hamda   maqsadga   muvofiq   tarzda   tanlash   va
foydalanishning   yo‘llarini   tahlil   qilish,   ularni   nutqdagi   emotsional   –   ekspressiv
ma’no   ottenkalarini   aniqlashga   harakat   qilish   hamda   bunda   nutqning   og’zaki   va
yozma shakllarini o‘rganish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.
Tadqiqotning  ilmiy  yangiligi.   O‘zbek   tilshunosligida  yuklamalarning  funksional
xususiyatlari   o‘rganildi,   bu   jihat   monografik   rejada   tadqiq   etiladi;   o‘zbek
tilshunosligida yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlari yaxlit xolda ilk bor
o‘rganildi;   bugungi   kunda   o‘zbek   tilining   kommunikativ-pragmatik
imkoniyatlarining   kengayib   borayotganligi,   ayniqsa,   so‘zlashuv   nutqining   o‘ziga
xos   kommunikativ   funksiyasining   kuchayishiga   yuklamalarning   alohida   xizmati
yuzaga   kelayotgani   sababli   bu   birliklarning   semantik-stilistik   imkoniyatlarini
yanada   chuqur   o‘rganish   zaruratini   yuzaga   kelganligi   asoslandi;   keyingi   yillarda
yuklamalarning nutq jarayonidagi ta’sirchanlikni oshirishda muhim uslubiy vosita
ekanligi dalillandiIshda quyidagi natijalarga erishildi. 
- O‘zbek tilida yuklamalar maxsus tadqiqot obyekti sifatida o‘rganildi;
- Yuklamalar diaxron va sinxron aspektda tahlil qilindi;
-   So‘z   va   qo‘shimcha   ko‘rinishidagi   yuklamalarning   badiiy   matn(nasr   va   nazm)
tarkibidagi        stilistik, semantik xususiyatlari o‘rganildi;
- O‘zbek tilining izohli lug’ati( 5 tomli) tarkibidagi yuklamalar o‘rganildi, ularning
leksik va grammatik ma’nolari tahlil etildi;
- Yuklamalarda presuppozitsiya hodisasi tahlil etildi;
-   Yuklama   vazifasiga   ko‘chgan   so‘zlarning   semantik-   stilistik   xususiyatlari   tahlil
qilindi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari . O‘zbek tilining izohli lug‘ati asosiy
tadqiqot obyekti vazifasini o‘tadi.   Bulardan tashqari, badiiy asar matnidagi mavzu
bilan   bog‘liq   leksik   birliklarni   tahlil   qilishda   etimologik,   o‘zbek   tili   sinonimlar
lug‘ati,   maktab   darslik   va   o‘quv   qo‘llanmalaridan   foydalandik.   Dissertatsiya
mavzusi Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasining «O‘zbek
tili   birliklarining   funksional-pragmatik   va   semantik-uslubiy   tahlili   (sinxron   va
diaxron   aspekt)»   deb   nomlangan   tadqiqot   rejasi   tarkibiga   kiradi.   Ushbu   mavzu
mazkur   kafedra   tomonidan   magistrlik   dissertatsiyasi   uchun   tavsiya   etilgan   va
fakultet   Ilmiy   kengashida     tasdiqlangan.   Dissertatsiya   Samarqand   davlat
universiteti   filologiya   fakulteti,   “O‘zbek   tilshunosligi”   kafedrasi   yig‘ilishida
muhokama   etilib   tadqiqotning   asosiy   mazmuni   bo‘yicha   respublika   va   xalqaro
miqyosidagi ilmiy jurnal va to‘plamlarda 5ta maqola e’lon qilindi.
Tadqiqot   mavzusi   bo‘yicha   adabiyotlar   sharhi.   Bizga   ma’lumki,   o‘zbek   tilida
yordamchi   so‘z   turkumlari   keng   tadqiq   etilgan   shu   jumladan   yuklamalar   ham
o‘rganilgan.   Yuklamalar   turkiyshunoslarning   doimiy   diqqat   markazida   bo‘lgan
bo‘lsa-da,   bu   boradagi   ilk   tadqiqotlarda   yuklamalarga   bag‘ishlangan   alohida
bo‘limlar   ajratilmaydi   –   ular   modal   va   turli   qo‘shimcha   ma’no   ifodalovchi
vositalar   ichiga   singdirilib   yuborilgan.   Rus   tilshunosligida   yuklamalarning
o‘rganilishi XVIII asrdan boshlab o‘rganila boshlangan. Yuklama atamasining o‘zi
rus   tilshunosi   M.Lomonosov   tomonidan   kiritilgan. 4
  Yuklamalar   butun   bir   jumla,
gap yoki uning alohida bo‘laklariga turli-xil emotsional-ekspressiv, modal ma’noni
yuzaga   keltirish   uchun   ishlatiladigan   so‘zlardir.   Tilimizda   yuklamalar   mavzusida
alohida   qilingan   tadqiqotlar   ham   bor.   O.Bozorov   «O‘zbek   tilida   yuklamalarning
semantik-funksional   xususiyatlari»   nomli   nomzodlik   dissertatsiyasini   himoya
qilgan.  Z.Isoqov   ham   tadqiqot   olib   borgan.   U   «O‘zbek   tilida  so‘z   turkumlarining
o‘zaro   munosabati   va   un   Yuklamalar   presuppozitsiyasi   bo’yicha   U.Rahimov
“O‘zbek   tilida   yuklamalar   presuppozitsiyasi”   mavzusida   nomzodlik
dissertatsiyasini   himoya   qilgan.   Ushbu   ishda   presuppozitsiya   ifodalovchi   ham,
emas, faqat, yana yuklamalar kengroq yoritilgan. O‘zbek   tilshunosligida
4
  ko‘makchilarning   lingvistik   tabiatini   o‘rganishga   bag‘ishlangan   yana   bir   qancha
tadqiqotlar mavjud bo‘lib, magistrlik dissertatsiyasida ulardagi ayrim fikrlar tahlil
qilinadi. 
Tadqiqotda   qo‘llanilgan   metodikaning   tavsifi .   Tadqiqotning   metodologik
asosini   til   hodisalari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   dialektik   ta’limot   va   qiyosiy-tarixiy
metod   tashkil   etadi.   Shuningdek,   ishda   foydalanilgan   manbalardagi   grammatik
qiyosiy   tavsif   usullari   ham   qo‘llanilgan.   Ishda   yana   funksional-semantik   hamda
matniy tahlil metodlaridan ham foydalanildi. Shuningdek, tilimiz tarixini o‘rganish
borasida   tadqiqotlar   olib   borgan   tilshunoslar     V.V.Radlov,   A.N.Samoylovich,
S.E.Malov,   A.M.Shcherbak,   N.A.Baskakov,   E.N.Nadjip,   A.K.Borovkov   kabi
ko‘pgina   rus   olimlarining,   G‘.Abdurahmonov,   E.I.Fozilov,   U.Tursunov,
B.O‘rinboev,   O.Usmonov,   S.Ashirboev,   Q.Sodiqov,   Q.Mahmudov   kabi   o‘zbek
tilshunoslari   shu   yo‘nalishda   olib   borgan   ishlaridagi   tadqiq   metodlariga   ham
asoslanildi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.   Magistrlik ishi ko‘p jihatdan izohli,
etimologik   lug’atlarni   tuzishda   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Tadqiqotning   ilmiy
xulosalari   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   yuklamalar   mavzusida   yaratilgan   mavjud
ishlarni   nazariy   jihatdan   boyitadi.   Tadqiqotning   ilmiy   natijalaridan   o‘zbek   tili
korpusini   yaratishda,   oliy   o‘quv   yurtlarida   yuklamalar   stilistikasi   masalalariga
bag’ishlangan maxsus kurs va seminarlarni tashkil etishda foydalanish mumkin.
Magistrlik   dissertatsiyasi   tuzilmasining   tavsifi .   Dissertatsiya   kirish,   uch   bob,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I.BOB.O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA YUKLAMALARNING
O‘RGANILISHI HAQIDA
Tilshunosligimizda   yordamchi   so‘z   turkumlari   ilk   davrlardanoq   o‘rganib
kelingan.   Bu   to‘g’risida   ma’lumotlar   Mahmud   Koshg’ariyning   “Devonu   lug’atit-
turk”   asarida   uchraydi.   “Devonu   lug’atit-turk”   da   mavjud   bo‘lgan   yordamchi
so‘zlarni   muallifning   o‘zi   alohida   ajratmagan   bo‘lsa-da,   tadqiqotchilar   an’anaviy
uch guruhni  bu o‘rinda ham  ko‘rsatish  mumkinligini  aniqlaganlar  . Ushbu  asarda
yordamchi   so‘zlardan   ko‘makchi,   bog’lovchi   va   yuklamalarga   ham   to‘xtalib
o‘tilgan.   Masalan,   S.Mutallibov   «Devonu   lug’otit   turk»da   uchrovchi   yuklamalar
ikki   xil   bo‘lganini   aytgan:   1.   Ilgaridan   tilda   yuklama   vazifasida   qo‘llanib
kelayotgan   yuklamalar   -chi,   gina,   -o‘q   kabi,   2.   Ilgari   biror   mustaqil   so‘z   turi
bo‘lgani   holda,   so‘ng   yuklama   funksiyasiga   ko‘chganlar:   yolg’iz,   ilal   kabi. 5
«Devonu lug’otit turk» asarida uchragan yordamchi so‘zlar sirasidan quyidagilarni
yuklamalar deb ko‘rsatishimiz mumkin. 
en//än//an   –   ta’kid   va   kuchaytiruv;   biror   narsani   juda   oshirib   maqtalsa:   эn
эзгу нэн – juda yaxshi narsa deyishadi. Juda oq, oppoq narsani   аn-ақ deyiladi. (I,
70.)
(Hozirda   bu   so‘z   belgining   normal   darajasidan   ortiqligi,   kuchliligini
ifodalovchi orttirma darajadagi  sifatni fonetik usul bilan hosil qiluvchi vosita deb
ko‘rsatiladi  6
). 
a б  – «yo‘q emas, na» ma’nolarida qo‘llangan;   аб бу аб ол – na bu, na u. (I,
70.)
уш  – shunday, xuddi;   уш мундағ қil – xuddi shunday qil. (I, 72.) 
o қ   –   holga   yaqin   ma’no   beruvchi   qo‘shimcha   (yuklama)   баjа-оқ   kэlдiм   –
boyayoq keldim. (I, 73.)
o л  – ot va fe’llarga qo‘shiladigan ta’kid qo‘shimchasi; ол мэнiң оғлiм ол  –
u haqiqatda mening o‘g’limdir. (I, 73.)
5
  Муталлибов С.М. Морфология ва лексика тарихидан қисқача очерк (XI аср ёзма ёдгорликлари асосида) – 
Т.: ЎЗФА нашриёти, 1959. 125-126-б.
6
 Шоабдураҳмонов Ш. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1980. – Б. 254 a в   –   buyuruvchining   buyrug’ini   pisand   qilmaslik,   bo‘ysunmaslik   o‘rnida
qo‘llanuvchi «A?!», «Nima deyapsiz?» mazmunidagi yordamchi so‘zdir. (I, 75.) 
aj  – a в   so‘zi  kabi  buyruqni  mensimaslikni, inkor  qilishni  bildiradigan  so‘z.
(I, 75.)  
aбaн – agar; aбaн сэн барсасан  – agar sen borsan. (I, 153.) 
мат  – shunday, xuddi ma’nosini bildiruvchi so‘z;   андағ мат – u shunday. (I,
311.)
таб   –   bop,   etarli   ma’nosini   beruvchi   yuklama;   бу   аш   мэнä   таб   –   bu   osh
menga bop, etarli;   таб болдï – mos bo‘ldi, bop bo‘ldi. (I, 308.) 
қоб   –   ta’kidlash,   puxtalash,   oshirish   ma’nolarida   qo‘llanadigan   yuklama:
Оғул қоб бадудï – o‘g’il juda katta bo‘lib ketdi;   қоб эзгÿ нэн – juda yaxshi narsa.
(I, 309.) 
jah – xuddi, shunday, ha ma’nolaridagi so‘z. (III, 128.)
Шу   –   fe’llar   o‘zagiga   qo‘shilib,   buyruq   ma’nosini   kuchlatuvchi   –ч и
qo‘shimchasi  o‘rnida qo‘llanuvchi qo‘shimcha;  барғiл шу – albatta bor, borsang-
chi!   Кэl шу – albatta kelsang-chi. (III, 228.)
Yuqoridagilardan keltirilgan misollardan ko‘rinadiki, bugungi kundagi inkor
ma’nosini ifodalovchi na (ab), xuddi (ush,jah,mat) yuklamalarining variantlari, -oq
ta’kid yuklamasining aynan o‘zi qadimgi turkiy tilda uchragan ekan. 
XIII – XIV asr turkiy til tarixiga oid noma’lum muallif tomonidan yozilgan
«At-tuhfatuz   zakiyatu   fillug’atit   turkiya»   («Turkiy   til   haqida   noyob   tuhfa»)
kitobida   ham   yuklamalarga   qisman   «Ta’kid   bo‘limi»da   to‘xtalgan.   «At-tuhfa»da
gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari, xususan, so‘roq gaplar va so‘roqni ifodalash
yo‘llari,   gap   bo‘laklarining   tartibi   haqida   ham   ma’lumot   beriladi.   So‘roq   gaplar
quyidagi   so‘roq   vositalari   orqali   ifodalanishi   bayon   qilinadi:   1)   -mi   yuklamasi
orqali. Bu yuklamaning qo‘llanilishi ikki xil ekanligi ko‘rsatiladi. Birinchi holatda
so‘roq yuklamasi gap oxirida, kesim tarkibida keladi. Masalan, Biylar keldilarmi?
«Beklar   keldimi?»   Bunday   holatda   so‘roq   yuklamasi   bilan   shaxs
qo‘shimchalarining   joylashish   o‘rni   turlichadir.   O‘tgan   zamon   fe’lida   zamon
qo‘shimchasidan   so‘ng   shaxs   qo‘shimchasi,   undan   so‘ng   esa   so‘roq   yuklamasi keladi:   Keldingmi?  Keldingizmi?  kabi.  Hozirgi   va  kelasi   zamon  fe’llarida  zamon
qo‘shimchalari   bilan   so‘roq   yuklamalari   o‘rni   almashinib   qo‘llanishi   mumkinligi
ko‘rsatiladi.   Ba’zan   shaxs   qo‘shimchalari   oldin,   so‘roq   yuklamalari   undan   keyin
keladi.   Masalan,   kelirmanmi   ?   kelirbizmi   ?   kelayimmi   ?   kelalimmi   ?   kelalikmi?
kelgaymanmi?   kelgaybizmi?   kabi.   Ba’zan   esa,   aksincha,   so‘roq   yuklamasi   oldin,
shaxs qo‘shimchalari keyin keladi. Masalan, kelirmisan? kelirmisiz? kelamidirsan?
kelamidirsiz?   kelgaymisan?   kelgaymisiz?   kabi.   So‘roq   yuklamalarining   bunday
joylashuvi,   ehtimol,   o‘sha   davrdagi   qabilalar   tillari   o‘rtasidagi   farq   bo‘lishi
mumkin.   Ikkinchi   holatda   so‘roq   yuklamasi   mantiqiy   urg’u   tushgan   bo‘lak
tarkibida, aktual bo‘linish jihatdan rema tarkibida keladi. Bu vaqtda -mi ko‘pincha
kesimdan   oldingi   bo‘laklarda   keladi.   Masalan,   Biymi   keldi?   «Bek   keldimi?»,
Manmi   keldim?   Bizmi   keldik?   Sanmi   kelding?   Sizmi   keldingiz?   kabi.   Bu
xususiyat   hozirgi   ayrim   turkiy   tillarda,   jumladan,   hozirgi   qorachoy-balqar   tilida
adabiy   meyor   sanaladi.Ushbu   asarda   yana   na   yuklamasining   so‘roq   ma’nosini
taajjub orqali ifodalashi aytiladi. («At-tuhfa», 124-bet). Masalan, Бий на курукли
кичидир? «Bek qanday ko‘rkam kishidir.  На ямандир ? «Bu qanday yomondir». 7
Tilshunos   olimlarimizdan   Abdurauf   Fitrat   o‘zining   asarlarida   so‘z
turkumlariga   to‘xtalib,   mustaqil   so‘zlardan   ot,   sifat,   son   va   olmoshni   keltirib,
yordamchi   so‘z   turkumlaridan   faqat   ko‘makchilarga   to‘xtaladi.   Olim   tilimizda
mavjud   bo‘lgan   modal,   taqlid,   yuklama,   bog’lovchi,   undov     so‘zlarni   ham
ko‘makchilar   sirasiga   kiritgan.   Bunday   so‘zlar   ma’nolariga   ko‘ra   bir   necha   turga
tas- niflanadi: 
1   )   kuchaytirish   ko‘makchilari:   asru,   juda,   hech,   albatta,   aslo,   sira,   eng,
butkul, xuddi; 
2 ) o‘rin ko‘makchilari: ora, ichra, uza, uzra; 
3) qavatlov ko‘makchisi: tag’in, daxi, bilan, -la, yana, ham,-da;
 4) shart ko‘makchilari: yo‘qsa, agar, agarchi; 
5) aniqsizlik ko‘makchilari: balkim, yo, yoki, yoxud; 
6 ) orzu ko‘makchilari: koshki, shoyad;
7
 Нурмонов А., Маҳмудов Н. Ўзбек тилшунослиги тарихи. – Тошкент, 2000. – Б. 69.  7) hasrat-armon ko‘makchilari: essiz, afsus, attang; 
8 ) hol ko‘makchilari: ayniqsa, xususan, umuman, zotan; 
9) nisbat ko‘makchisi: sayin; 
1 0 ) cheklash ko‘makchilari: -gina, -g’ina,-kina,-faqat;
 1 1 ) chiqarish ko‘makchilari: biroq, lekin; 
1 2 ) tafsir-izoh ko‘makchilari: -kim,-ki; 
13) sabab ko‘makchilari: uchun, chunki;
 14) chama ko‘makchisi: -cha (yigirmatacha); 
15) tuyg‘u ko‘makchilari: oh, uy, oy va boshqalar. Yuqoridagilardan shunday
xulosaga   kelish   mumkinki,   hali   yordamchi   so‘zlar,   modal   va   undov   so‘zlarning
o‘ziga   xos   xususiyatlari   farqlanmaydi.   Fitrat   hozirgi   o‘zbek   tilshunosligida
otlarning kelishik kategoriyasi  tarkibida o‘rganiladigan kelishik shakllarini barcha
so‘z   turkumlaridan   keyin   alohida   belgilar   atamasi   ostida   beradi   va   ular   orasiga
so‘roq yuklamasi ham kiritiladi:   -mi so‘rov belgisi; -ning qarash belgisi; -niki,-niqi
qarash   belgisi;   -ga,-ka,-g’a,-qa   borish   belgisi;   -ni   tushish   belgisi;   -dan   chiqish
belgisi;   -da   urin   belgisi.   Asarda   so‘roq   olmoshlari   va   so‘roq   yuklamalari   hamda
ularning o‘rinlari haqida ham batafsil ma’lumot beriladi.
Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   -mi   yuklamasi   mantiqiy   urg‘u   qaysi   bo‘lakka
tushishidan qat’i nazar, doimo kesim  oxiriga qo‘shiladi. Ana shu xususiyati  bilan
eski   o‘zbek   tilidan   va   ayrim   hozirgi   turkiy   tillardan   (masalan,   qorachoy-bolqar,
tatar   tillari)   farq   qiladi.   Fitrat   esa   bu   yuklamani   gapning   mantiqiy   urg‘u   tushgan
bo‘lagiga qo‘shilishini ta’kidlaydi. U bu hakda shunday yozadi: «So‘rash gapning
qaysi bo‘lagiga yo‘nalgan esa, -mi belgisi shul bo‘lakka yopishib keladir:
Karim bu kun o‘z cho‘ponini bozorga yubordimi? 
Karim bu kun o‘z nuponini bozorgami yubordi?
 Karim bu kun o‘z cho‘poninimi bozorga yubordi ?
Karim bu kunmi o‘z cho‘ponini bozorga yubordi ? 
Karimmi bu kun o‘z cho‘ponini bozorga yubordi?» 
Fitrat   -da,   ham   yordamchilari   ishtirokida   teskari   shartli   gapning   hosil
qilinishini   ta’kidlaydi:   «Shartli   gapning   shart   fe’lidan   keyin   -da,   ham   qo‘shilsa teskari   shartli   gap   bo‘ladir:   Aytmasang   ham,   bilaman.   Quvsang-da,   borarman.
Domlangiz   bu   xatolarga   ko‘pda   ishonmasa   ham   keyinrak   o‘ylay   boshladi».
Ko‘rinib   turibdiki,   olim   ergash   gaplar   orasidagi   bog’lanishda   yuklamalarning
ishtirokiga ham e’tibor bergan .Shunday qilib, Fitrat «Sarf» asarida o‘zbek tilining
morfologiyasini mumkin qadar izchil yoritishga harakat qiladi. Biroq bu ilk tajriba
bo‘lganligi   sababli   bir   qator   hodisalar   talqinida   yanglish   fikrlar   uchraydi,   ayrim
morfologik   kategoriyalar   esa   o‘z   talqinini   topmaydi.   Lekin   bu   kamchiliklardan
qat’i   nazar,   mazkur   asarning   yaratilishi   o‘zbek   ilmiy   tilshunosligining
shakllanishida, so‘zsiz, poydevor vazifasini bajardi. 8
 
Tilshunos   olima   A.Ibragimova   XIII-XIV   asrlarga   oid   yozma   yodgorliklarda
uchrovchi   yuklamalar   haqida   qimmatli   ma’lumot   bergan.   U   bu   davrdagi
yuklamalarni ikki guruhga ajratadi: 1) affiks ko‘rinishida bo‘lgan sof  yuklamalar;
2)   mustaqil   so‘z   shakliga   ega   bo‘lgan   funksiyadosh   yuklamalar.   Olima   sof
yuklamalar   sifatida   –mu//-mi,   -qi:na/-kina//-g’i:na/-gina,   -oq/θk   yuklamalarini
ko‘rsatadi.   Eski   o‘zbek   tilining   XIII-XIV   asrlardagi   turkiy   yozma   yodnomalarda
qo‘llanilgan   ma   (bu   so‘z   asli   bog’lovchi),   emə   (bog’lovchi),   ush   (olmosh),
taqi/daqi/dahi   (bog’lovchi)   kabi   funksional   yuklamalarni   ko‘rsatadi.   Bundan
tashqari, magar, kashke, illa, hatta, bale, axir, bas, ham, alqissa, almaqsud, filjumla
kabi fors-tojik va arab tillaridan o‘zlashgan yuklamalarni ham  tahlil qilgan. 9
 
  Shuni   aytish   mumkinki,   o‘zbek   tilshunosligida   yuklamalarning
o‘rganilishiga oid ko‘plab ma’lumotlar mavjud. Yuklamalar ham  tilshunoslarning
doimiy e’tiborida bo‘lgan grammatik vosita bo‘lib, bu boradagi tadqiqotlar davom
etmoqda.   Yuklamalar   tadqiqi   yuzasidan   dissertatsiyalar,   qator   maqolalar   e’lon
qilingan. Bu boradagi to‘liq ma’lumotlar A.Pardayevning «Til tizimida yordamchi
so‘zlar» monografiyasida keng va batafsil tahlil qilingan. 10
      
1.2. Yuklamalar tasnifi va nutqdagi vazifasi haqidagi qarashlar
8
 Нурмонов А., Маҳмудов Н. Ўзбек тилшунослиги тарихи. I қисм. – Тошкент, 2000. – Б. 148-159.
9
 XIII – XIV асрлар туркий адабий ёдгорликлар тили (Морфология).  – Т.: Фан, 1986. 264-267-б
10
 Пардаев А.Б. Тил тизимида ёрдамчи сўзлар. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2011. 117-134-бетлар. Yordamchi so‘z turkumlaridan bo‘lgan yuklamalar matn tarkibida kelib, so‘z
yoki   gap   mazmuniga   qo‘shimcha   ma’no   jilolarini   beruvchi   so‘z  yoki   qo‘shimcha
ko‘rinishidagi   yordamchi   vositalardir.   O‘zbek   tilining   izohli   lug’atida   unga
shunday  ta’rif  beriladi:   “Mustaqil   so‘z  yoki  gapga  turli   qo‘shimcha   ma’no  berish
yoki turli grammatik munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladigan yordamchi
so‘z yoki qo‘shimcha” 11
 .
Adabiyotlarda  yuklama haqidagi quyidagi ta ’ riflar uchraydi: 
«Yuklamalar   ayrim   so‘z   yoki   gapga   turli   ma’no   ottenkasi   berish   uchun   xizmat
qiladigan yordamchi so‘zlardir». 12
 
«Yuklama   gap   mazmuniga   har   xil   qo‘shimcha   ma’no   kiritish,   ayrim   gap
bo‘laklarini kuchaytirish uchun xizmat qiladi».  13
«Yuklamalar   yordamchi   so‘zlar   razryadiga   taalluqli   bo‘lib,   ayrim   so‘z   yoki   gap
bo‘laklaridan biri bilan ishlatiladi va fikrning ba’zi modallik xususiyatini ifodalash
uchun xizmat qiladi». (M.Sodiqova, 1966.)    
«Ayrim   so‘z  yoki   gapga  qo‘shimcha   ma’no  jilosi  berish  uchun  xizmat     qiladigan
yordamchi so‘zlar yuklamalardir». (Sh.Shoabdurahmonov, 1975)
«Ayrim so‘z, so‘z birikmasi yoki butun gapga turli modal ma’no qo‘shadigan, so‘z
o‘zgarish xususiyati bo‘lmagan so‘zlar yuklama deb ataladi». (S.Usmonov, 1978.)
«Ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no berish uchun qo‘llanadigan yordamchi
so‘zlar yuklama deyiladi». (Sh.Shoabdurahmonov, 1980.)
«Yuklama har xil qo‘shimcha ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi». (U.Tursunov,
1992.)
«Mustaqil   so‘z   va   gaplarga   qo‘shimcha   ma’no   beradigan   yordamchilar   yuklama
deyiladi». (Ona tili darsligi. 6-7-sinf. 1985, 1990, 1995.)
«Yuklamalar   so‘zlarga   yoki   gapga   so‘roq,   ta’kid,   kuchaytirish,   ayirish,
chegaralash,   o‘xshatish,   qiyoslash   kabi   qo‘shimcha   ma’nolar   kiritishga   xizmat
qiladi». (H.Ne’matov, 2000.)
11
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати  А.Мадвалиев таҳрири остида (2006 - 2008)   wwwziyouz . uz
12
 Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. I қисм. Тошкент: Ўқитувчи. 1980. – 
448 б.
13
 Турсунов У. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – 400 б. «   Yuklamalar   so‘z   yoki   gapga   so‘roq,   ta’kid,   kuchaytiruv,   ayirish,   chegaralash
o‘xshatish kabi qo‘shimcha ma’no beradi». 14
Yuklama   haqidagi   turli   adabiyotlarda   keltirilgan   ma’lumotlarni   qarab   chiqib,
so‘nggi   keltirilgan   malumotlar   nisbatan   to‘liq   yuklamaning   ta’rifini   yoritib   bera
olgan   deyishimiz   mumki.   Negaki,   oxirgi   keltirilgan   ta’riflarda   yuklamalarning
bajaradiga   vazifasi   va   ifodalanishi   ,   ya’ni   so‘z   yoki   qo‘shimcha   ko‘rinishida
bo‘lishi aytilgan.
 Yuqoridagi adabiyotlarda yuklamalar to‘g‘risida keltirilgan ma’lumotlarga tayanib
tilshunosligimizda bugungi kunda yuklamalar tuzilishiga ko‘ra ikki xilga :
  1)   qo‘shimcha shaklidagi yuklamalar;    2)   so‘z shaklidagi yuklamalar ga ajratilgan
deyishimiz mumkin .  Ammo R.Sayfullayeva va boshqalar muallifligida yaratilgan 
Hozirgi  o‘zbek  adabiy   tili  darsligida  esa  yuklamalarni  tuzilishiga  ko’ ra  uch  turga
ajratib ko’rsatadi. Yuklama shakliy jihatdan uch xil ko‘rinishga ega: 
1. Qo‘shimchasimon yuklama ([-mi], [-chi], [-a]. [-ya]). 
2. Sof yuklama ([xuddi, [faqat], [axir] ... ).
3. Nisbiy yuklama ([yolg'iz. [ba'zan], [tanho], [bir] ... ) kabi. 15
 
Bu yerda nisbiy yordamchi so‘z atamasi  ostida boshqa turkumga mansub bo‘lgan
so‘zning  yordamchi   vazifasida   qo‘llanilishi   yoki   tabiatida   «shakldoshlik»   mavjud
bo‘lgan   birlik   tushunilishi   aytilgan.   Masalan,   (yolg’iz)   sifat   turkumiga   oid   so'z
yuklama   o‘rnida   (   Yolg‘iz   senga   suyanaman)   ishlatiladi   deyilgan.   Bu   darslikda
so‘z ko‘rinishidagi yuklamalarning o’zini ikkiga (sof va nisbiy) ajratib berishgan.
Boshqa hozirgi o‘zbek adabiy tili darsliklarida esa ularni umumiy so‘z yuklamalar
nomi ostida berib o‘tishgan. 
Tilshunoslar   orasida   so‘z   turkumlari   ichida   eng   munozaraga   sabab
bo‘luvchilardan   biri,   shubhasiz,   yuklamadir.   -ki,   -chi,   -da,   -a(-ya),   -u(-yu),   -mi,   -
oq(-yoq),   -gina(-kina,   -qina),   axir,   hatto,   nahot,   faqat   kabi   qator   yuklamalar
14
  SayfulIayeva   R . R .,  Mengliyev   B . R .,  Boqiyeva   G . H .,  Qurbonova   M . M .,  Yunusova   Z . Q .,  Abuzalova   M . Q .  Hozirgi  
o ' zbek   adabiy   tili .  O ' quv   qo ' lIanma . -  T ., « Fan   va   texnologiya ., 2009. - 277  b . 
15
 SayfulIayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi 
o'zbek adabiy tili. O'quv qo'lIanma. - T., «Fan va texnologiya., 2009. - 278 b. mavjudki,   ularning   so‘z   yoki   so‘z   emasligining     o‘ziyoq   davomli   munozaralar
uchun asos bo'lib kelmoqda.                     
Shuningdek,   -xon,   -oy,   -bek,   -jon,   -aloq,   -choq   kabi   qo'shimchalar   ham   mavjud
bo'lib, odatda, nokategorial atamasi bilan izohlab kelinuvchi bu xil birliklarning til
tizimidagi   mavqeyini   aniqlash   ham   bevosita   yuqorida   qo‘yilgan   savollar   yechimi
bilan   bog‘lanadi   qo‘shimcha   ko‘rinishidagi   yuklamalar   ustida   turli-xil   qarashlar
mavjud.   Sh.Shahobiddinova   -jon,   -xon,   -oy,   -cha,   -chak-(a)loq,   -choq   kabilarni
yuklamalar qatoriga qo‘shish mumkinligini aytgan. 16
Hozirgi  o‘zbek adabiy  tilidagi  yuklamalarni  Sh.Shoabdurahmonov   maxsus
tadqiq etgan .   Sh.Shoabdurahmonov 1957 yilgi nashrda -gina yuklamasi haqida:    
«a) ot, olmosh, son, -(i)b li ravishdosh va ko‘makchilardan so‘ng kelib ayirib
ko‘rsatish,   chegaralash   ma’nosini   anglatadi:   ...shu   ko‘chanigina   «kamennaya»
deyishadi. 
b)   holat   ravishlaridan   so‘ng   kelib,   harakatni   ayirib   ko‘rsatadi:   Shirintoy
salqinga o‘tib, savatni erga ohistagina qo‘ydi. 
v) aniq fe’llardan so‘ng kelib, harakatni ayirib ko‘rsatish mazmunini va shu
bilan birga degan ma’noni anglatadi: Salim o‘qiydigina emas, o‘qitadi ham. 
Eslatmalar: 
1)-gina (-kina, -qina) sifatlarga qo‘shilib kelganda, yuklama hisoblanmaydi.
Bunday choqda ularni «subyektiv baho» affiksi deb qaramoq kerak. 
2) otlarga qo‘shilib kelib, erkalash, kichraytirish ma’nosini   anglatmog‘i
ham  mumkin.  Bunday  choqda  u urg‘u  oladi  va  affiks  hisoblanadi.  O‘zidan  keyin
egalik ham qabul qiladi: bolaginam kabi».
Sh.Shoabdurahmonov 1975, 1980 yilgi nashrlarda: 
«-gina yuklamasi: 
a) mustaqil so'zlar (ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish va ayrim fe’l formalari
hamda   ayrim   ko‘makchilar)   bilan,   tufayli,   uchun   va   sh.k.dan   so'ng   kelib,   ayirib
ko'rsatish,   chegaralash   ma’nolarini   bildiradi:   So‘nagul   arzon   bo'lsa   ham
shinamgina past poshnali bir tufli olib kiydi. 
16
 Шаҳобиддинова Ш. Айрим қўшимчаларнинг мавқеи хусусида // Ўзбек тили ва адабиёти, 2000. №5. – Б.27 v) predmet yoki harakat belgisini bildiruvchi so'zlardan so'ng kelib predmet
yoki   harakat   belgisini   ayirib   ko'rsatish   bilan   birga   o'sha   belgida   kamlikni,
kuchsizlikni ham ifodalaydi. Shipi past, devorlari yupqa, torgina do‘konxona. O‘zi
ham ko‘rkamgina». 
Bu   o‘rinda   sifatlardagi   shakl   yasovchimi?   Yuklama   deb   qaralmayaptimi?
Negaki   boshqa   adabiyotlarda   (1957   y.,   Sh.Shoabdurahmonov.)   sifatlardagi   -gina
yuklamaga kiritilmagan-da! 1966 yilgi nashrda  M.Sodiqova: «Sifatlarga qo‘shilib
kelgan   -gina   yuklama   hisoblanmaydi,   bunday   choqda   ularni   subyektiv   baho
ifodalovchi   affiks   deb   qaramoq   kerak.   Odatda,   yuklamalar   so'z   tarkibida   hamma
xildagi   affikslardan   keyin   keladi»   deb   sifatlardagi   -gina   shaklini   yuklama
sanamaydi.
Tilimizda   yuklamalar   mavzusida   alohida   qilingan   tadqiqotlar   ham   bor.
O.Bozorov   «O‘zbek   tilida   yuklamalarning   semantik-funksional   xususiyatlari»
nomli   nomzodlik   dissertatsiyasini   himoya   qilgan.   O.Bozorov   ushbu   nomzodlik
dissertatsiyasida yuklamalar sirasiga quyidagilarni kiritadi: -ki, da, -u(-yu), ham, -
ku,   -mi,   -chi,   -a(-ya),   balki,   emas(mas),   faqat,   esa,   bo‘lsa,   na...na,   tugul,   negaki,
sababki, nega desang, bo‘lmasa, yo‘qsa, aksincha, -oq(yoq), -gina, -dir, -gin, -in, -
cha, qip-, yop-, (yap-), kap-, xolos, naq, ayni, qoq, zora, shoyad, koshki, koshki edi
(koshkiydi),   qani   endi,   qani   edi   (qaniydi),   ishqilib,   hatto,   aqalli   (loaqal),   nahot,
nahotki, oxir, yana, tag’in, to, agar, mabodo, basharti, bordi-yu, garchand, garchi,
go‘yo,   xuddi,   bamisoli,   albatta,   baribir,   demak,   xullas,   aytmoqchi,   aytganday,
aytgandek, ayniqsa, xususan, atigi, nihoyati, avvalo, avvali, avvalambor, hech, sira,
aslo,   mutlaqo,   zinhor,   juda,   eng,   g’oyat,   nihoyatda,   o‘lgur,   tushgur,   tushmagur,
qurgur, bo‘lgani, bo‘ladimi, bo‘lsa ham, boringki, qo‘yingki, qo‘ying-chi, kel (ke),
keling,   kelinglar,   kelib-kelib,   deyman,   degin,   deng,   aytginaytgin,   bildingmi,
bilasizmi, yolg’iz, naq, yaxshisi, bir, birinchidan, ikkinchidan, kimsan, mana, ana,
bu, shu, nima, qani, o‘zi, qanday, -e(e), -ay, -ey, ha, xayriyat, xayriyatki, xo‘sh, asli
(aslida),   afsus   (afsuski),   taajjub   (taajjubki),   bor,   yo‘q,   bormi,   bor-yo‘g’i,   tim,   liq,
lim, g’irt, qir, shir, g’arq, jiqqa.    Bu   borada   yana   Z.Isoqov   ham   tadqiqot   olib   borgan.   U   «O‘zbek   tilida   so‘z
turkumlarining   o‘zaro   munosabati   va   unda   yuklamalarning   o‘rni»   mavzusida
nomzodlik dissertatsiyasini  himoya  qilgan.    U yuklamalar   sirasiga  -ki,  -ku, -da, -
u(-yu),   ham,   -mi,   -chi,   -a(-ya),   faqat,   na...   na,   tugul,   -oq(-yoq),   -gina,   -dir,   -gin,
qoq,   aqalli,   nahot,   nahotki,   agar,   mabodo,   basharti,   atigi,   nihoyati,   tim,   liq,   lim,
g’irt,   g’arq,   jiqqa,   -jon,   -oy,   -xon,   -bek,   -poshsho,   -   bonu,   xuddi,   naq,   naqadar
kabilarni   kiritib,   quyidagi   semantik   guruhlarga   ajratadi:   1)   kuchaytiruv-ta’kid
yuklamalari: -ki, -da, -u(-yu), -a(-ya), aqalli, ham, -ku, naqadar, atigi, nihoyati, tim,
liq,   lim,   g’irt,   g’arq,   jiqqa;   2)   ayiruv   yuklamalari:   faqat,   -gina;   3)   taajjub
yuklamalari:   nahot,   nahotki;   4)   shart   yuklamalari:   agar,   mabodo,   basharti;   5)
sub’ektiv   baho   yuklamalari:   -jon,   -oy,   -xon,   -bek,   -poshsho,   -gin;   6)   inkor
yuklamasi: na... na, tugul; 7) so‘roq yuklamalari: -chi, -mi; 8) aniqlov yuklamalari:
xuddi,   naq,   qoq;   9)   gumon   yuklamasi:   -dir. 17
  Olim   yana   «O‘zbek   tilining   izohli
lug’ati»da (1981)  yuklama sifatida berilib, boshqa ilmiy manbaalarda uchramagan
e, xo‘sh, ha, ey, bu, bor-yo‘g’i, ana, oriy, tugul, aksincha, xolos, yana, tag’in, zora,
zoraiki kabi  yuklamalarni  sanaydi va lug’atdagi o‘z, qani, shu, mana, kimsan, bir,
ayni, aqalli, qoq kabi so‘zlarni yuklamamalik xususiyatlarini tahlil qiladi.  
Yuklamalar   presuppozitsiyasi   bo’yicha   U.Rahimov     “O‘zbek   tilida
yuklamalar   presuppozitsiyasi”   mavzusida   nomzodlik   dissertatsiyasini   himoya
qilgan.   Ushbu   ishda   presuppozitsiya   ifodalovchi   ham,   emas,   faqat,   yana
yuklamalar kengroq yoritilgan.
Yuklamalar   rus   tilshunosligida   ham   batafsil   o‘rtanilgan.   Bu   borada
T.M.Nikolaevaning   yuklamalar   tadriji   borasidagi   monografiyasidan   keng
ma’lumot olish mumkin. Bu so‘zlar xususida M.Lomonosov ham to‘xtalib o‘tgan.
A.Shaxmatov   yuklamalarni   sintaktik   ob’ektda   o‘rganish   tarafdori   bo‘lgan.
V.Vinogradov   yuklamalarni   ekspressiv–stilistik   funksiyalariga   alohida   urg’u
bergan.   U   yuklamalar   qatoriga   yana   bog‘lovchilarni,   predloglarni   ham   so‘zlarni
kiritgan.   F.F.Fortunatov   ham     yuklamalarning   sintaktik   xususiyatiga   alohida
17
  Исоқов З.С. Ўзбек тилида сўз туркумларининг ўзаро муносабати ва унда юкламаларнинг ўрни: Филол. 
фан. номз. …дис.автореф. – Фарғона, 2005. 14-б. e’tibor   qaratgan.   Rus   tilshunosligida   asosan   yuklamalar   bahsida   A.Shaxmatov   va
F.Fortunatovlar fikri tayanch hisoblanadi. XX asrda turkologiyada ham yuklamalar
  tadqiqot  ob’ektiga aylangan. Jumladan, F.Kenjebaeva qozoq tilidagi, F.Zeynalov
ozarbayjon   tilidagi,   K.Amiraliev   qozoq   va   qoraqalpoq   tilidagi,   K.Axmerov
boshqird tilidagi yuklamalarni tadqiq etgan. 18
    Umuman, yuklamalar barcha ilmiy
manbalarda so‘zlarga yoki gapga so‘roq, ta’kid, kuchaytirish, ayirish, chegaralash,
o‘xshatish,   qiyoslash   kabi   qo‘shimcha   modal   ma’no   beruvchi   yordamchi   so‘zlar
deya   talqin   etilgan.     Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili   darsliklarida   yuklamalar
quyidagicha tasnif qilingan: 1. So‘roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a(-ya). 2.
Kuchaytiruv   va   ta’kid   yuklamalari:   -ku,   -u(-yu),   -da,   -oq(-yoq),   -ki,-kim,     axir,
hatto,   hattoki,   nahot,   nahotki,   tim,   shir,   g’irt,   liq,   lim,   g’raq,   jiqqa.   3.   Ayiruv   va
chegaralov   yuklamalari:   -gina   (-kina,   -qina),   faqat,   faqatgina,   yolg’iz.   4.   Aniqlov
yuklamalari:   xuddi,   naq.   5.   Gumon   yuklamasi:   -dir.   6.   Inkor   yuklamasi:   na...   na.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz kerakki, hozirgi o‘zbek tilida yuklamalar matnga
qo‘shimcha   emotsional-ekspressiv   jilo   berishga   xizmat   qiluvchi   muhim
vositalardir.
Bob bo’yicha qisqa с ha xulosa
1.   Yordamchi   so‘zlar   mustaqil   so‘zlar   kabi   o‘zining   tadrijiy   o‘rganilish   tarixiga
ega.   «Devonu   lug‘otit   turk»,   «At-tuhfatuz   zamoniyatu   fil   lug'atit   turkiya»   kabi
asarlarda turkiy yordamchi so‘zlarni o‘rganishning tamal toshi qo‘yilgan.
2.   O‘zbek   tili   yordamchi   so‘zlarining   o‘rganilishida   Fitratning   qarashlari   alohida
ahamiyatga ega. Uning yordamchi (ko‘makchi) so‘zlarning o‘n besh a’zoli tasnifi
va   yuklamalar   haqidagi     fikrlari   so‘nggi   davr   yordamchi   so‘zlar   ta’limotiga   katta
ta’sir ko‘rsatdi.
3.   Hozirgi   o‘zbek   tilshunosligida   yuklamalarning   aniqlanish   mezoni,   tarkibi,
boshqa   so‘z   turkumlariga   munosabati   kabi   masalalar   bo‘yicha   munozarali
qarashlar mavjud. 
18
  Пардаев А. Тил тизимида ёрдамчи сўзлар. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2011. –Б.117-134 4.   Yordamchi   so‘zlar   xususan,   yuklamalar   tadqiqotida   oraliq   uchinchi   hodisaga
jiddiy e’tibor berilishi kerak.
II BOB. SO‘Z-YUKLAMALARNING SEMANTIK-STILISTIK
XUSUSIYATLARI
2.1. So‘z-yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlari
Tilshunosligimizda   yordamchi   so‘zning   leksema   va   qo‘shimcha   orasida   «oraliq
uchinchi»   bo‘lib,   ham   leksema,   ham   grammatik   morfema   xususiyatini   o‘zida
mujassamlashtirishi   to‘g‘risida   aytilgan. 19
  Ko‘pchilik   tilshunoslar   yuklamalarni
shaklan   leksemaga,   mazmunan   esa   qo‘shimchaga   o‘xshatishadi   (qiyos:   Gullarni
onamga/onam uchun oldim.) Shu sababli  ham   til tizimida yordamchi  so‘zlarning
o‘rni   turlicha   baholanadi   -   ayrim   olimlar   ularni   qo‘shimchaga,   ayrimlari   nutq
bo‘lakchasiga,   ba’zisi   yordamchi   so‘zga   kiritishadi.   Yordamchi   so‘zning   so‘zmi,
qo‘shimchami   yoki   mustaqil   so‘zning   yordamchi   so‘z   bilan   bog‘lanishi   so‘z
birikmasimi   ekanligi   hanuzgacha   munozarli   mavzu   bo‘lib   qolmoqda.   Buning
sababi   shundaki,   yordamchi   so‘z   guruhi   ichida   shunday   birliklar   borki,   ular   ham
«ma’noviy   mustaqillik»,   ham   «ma’noviy   nomustaqillik»   xususiyatiga   ega.
Masalan,  tortib  mustaqil so‘z sifatida ravishdosh kabi qo‘llaniladi: Baliq qarmoqni
bir   tortib,     qochib   ketdi.   Maktab   o‘qituvchisidan   tortib   olimgacha   —   hammasi
«dono!»   Hammasi   —   «daho!»   ( O‘.Hoshimov )   gapida   yordamchi   so‘z   vazifasida
kelgan.   Tortib   mustaqil   va   yordamchi   ma’noga   ega   bo‘lishiga   qaramay,   mustaqil
leksema   qatoriga   kiradi.   Uchun,   sayin,   uzra,   kabi,va   ga   o‘xshagan   yordamchi
so‘zlar esa aniq bir tushunchani ifodalay olmaydi, ammo turli munosabatni yuzaga
chiqarib,   yordamchi   so‘z   guruhidan   joy   oladi.   Yuqoridagilardan   anglashiladiki,
alohida qo‘llanila olish yordamchi so‘zni mustaqil  so‘z bilan yaqinlashtirsa, turli-
tuman   munosabatni   ifodalash   kabi   umumlashgan   ma’no   uni   morfemaga,
qo‘shimchaga   yaqinlashtiradi,   so‘z   va   qo‘shimcha   ziddiyatida   «oraliq   uchinchi»
19
 SayfulIayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi 
o'zbek adabiy tili. O'quv qo'lIanma. - T., «Fan va texnologiya., 2009. – 266 b. vazifasida keladi. Yordamchi so‘zni mustaqil so‘zga quyidagilar yaqinlashtiradi: a)
shaklan   alohida   ajralib   turish;   b)   lug‘aviy   ma’noning   mavjudligi   (ot-ko‘makchi,
fe’l ko‘makchida); d) ko‘pincha ularning mustaqil so‘zlarga yaqinlashishi, ulardan
kelib   chiqishi.   Yordamchi   so‘zning   grammatik   qo‘shimchaga   o‘xshash   tomoni
ularning   morfema   kabi   mustaqil   nominativ   funksiya   bajarmasligi   (ammo,   va,
sayin, kabi), qo'shimchasimon shaklda bo'lishi (-u, -yu, -da; -ki/-kim) va boshqalar.
Biroq yordamchi so‘zning grammatik morfemadan farqli tomoni shundaki: 1) ular
ajralgan   holda   gap   bo‘lagi,   so‘z   birikmasi   va   gapda   sintaktik   xarakterdagi   vazifa
bajaradi.  Bu   xususiyat,   ayniqsa,   ko‘makchi   uchun   xos.   2)   gap   bo‘lagi   yoki   gapni
o‘zaro   bog‘laydi.   Bunday   funksiyada,   asosan,   bog‘lovchi   va   yuklama   keladi;   3)
so‘roq, inkor kabi gap ma’nosini ifodalashga xizmat qiladi (yuklama). Yordamchi
so‘z mustaqil so‘z va so‘z-gap oralig‘ida «oraliq uchinchi» maqomini oladi. 
O‘zbek   tilida   so‘z   shaklidagi   yuklamalar   sifatida   quyidagilarni   ko‘rsatish
mumkin:  faqat, axir, hatto, hattoki, nahot, nahotki,  xuddi, na... na kabi sof hamda
aqalli, atigi, aksincha, ana, aynan, ayni,yolg‘iz, tugul va b.kabi nisbiy yuklamalar
kiradi.
FAQAT.  Bu  yuklama matndagi  o‘zi  bog‘lanib kelgan  so‘zlarni  chegaralab,
ajratib   ko‘rsatish   uchun   ishlatiladi.   Masalan:   -   Yangi   odammiz.   Qo‘ni-qo‘shnilar
bilan   kirish-chiqishimiz   yo‘q   hisob.   Faqat   Qurbonoy   xolani   tanirdik.
(O‘.Hoshimov).   Bu   misolda   faqat   yuklamasi   o‘zi   bog‘lanib   kelgan   so‘zni
chegaralab   kelayapti,   ya’ni   ular   Qurbonoy   xoladan   boshqa   hech   kimni
tanimasligini   faqat   Qurbonoy   xolanigina   tanishini   ayirib   chegaralab   ko’rsatyapti.
Faqat yuklamasi  –gina, yolg‘iz, xolos yordamchilari bilan sinonimlik qatorda tura
oladi.   Masalan:   1)   yolg‘iz   bilan:   -   Shahnoza   yana...   shuni   sezdiki...   Rustam   akasi
raqs   tushayotgani   yo'q...   nola   chekyapti...   Alamli,   iztirobli   nola!   Faqat   o'zi-yu
Shahnoza tushunadigan nola..   (O‘.Hoshimov). Qiyoslang:   Shahnoza yana... shuni
sezdiki... Rustam akasi raqs tushayotgani yo'q... nola chekyapti... Alamli, iztirobli
nola!   Yolg‘iz   o'zi-yu   Shahnoza   tushunadigan   nola.. ;   Yillar   o‘tib,   odamning
qiyofasi, gavdasi, hatto gapirish ohangi ham o‘zgarib ketishi mumkin. Faqat ko‘zi
o‘zgarmaydi   (O‘.Hoshimov).   Qiyoslaymiz:   Yillar   o‘tib,   odamning   qiyofasi, gavdasi,   hatto   gapirish   ohangi   ham   o‘zgarib   ketishi   mumkin.   Yolg‘iz   ko‘zi
o‘zgarmaydi;   2)   –gina   bilan :   Qurbonoy   ayvon   o‘rtasida   to‘xtab   qolgan,
shapkalining   niyati   nimaligiga   aqli   yetmas,   hamon   qo‘rquvdan   yuragi   gursillab
urar,   faqat   bir   narsani   aniq   bilar   edi:   bu   yomon   odam..   (O‘.Hoshimov).
Qiyoslang:   Qurbonoy   ayvon   o'rtasida   to'xtab   qolgan,   shapkalining   niyati
nimaligiga   aqli   etmas,   hamon   qo'rquvdan   yuragi   gursillab   urar,   bir   narsanigina
aniq   bilar   edi:   bu   yomon   odam .   3)   xolos   bilan   Ichkaridan   sado   chiqmas,   faqat
ahyon-ahyonda   qog‘ozlarning   shitir-shitiri   eshitilib   qolardi…   (O‘.Hoshimov).;
Qiyoslang:   Ichkaridan   sado   chiqmas,   ahyon-ahyonda   qog‘ozlarning   shitir-shitiri
eshitilib   qolardi,   xolos.;   Paxtadagi   voqeadan   keyin   meni   o‘qishdan   haydashga
va’da   bergan   komsomol   sardori   Sanjar!   O‘zgarmabdi.   Sal   to‘lishibdi,xolos. ;
Qiyoslang:   Paxtadagi   voqeadan   keyin   meni   o‘qishdan   haydashga   va’da   bergan
komsomol   sardori   Sanjar!   O‘zgarmabdi.   Faqat   sal   to‘lishibdi.     4)   bir   bilan:
Komissar   kechasi   bilan   to‘lg‘anib   chiqdi.   Uyda   bir   o‘zi   qolgan.   (O‘.Hoshimov).
Qiyoslang:   Komissar   kechasi   bilan   to‘lg‘anib   chiqdi.   Uyda   faqat   o‘zi   qolgan.   5)
bor-yo‘g‘i so‘zi bilan: Bola onasi boshini opichlab bordi. Ovoz berib, yig‘lay, dedi.
Onasidan qo‘rqdi. Onasi oyoqlarini chimchilab olishidan qo‘rqdi. Bola bor-yo‘g‘i
ing-ing   etib   bordi.   (T.Murod).   Qiyoslang:   Bola   faqat   ing-ing   etib   bordi.   6)   atigi
bilan:   –   Bolangning   qilig‘ini   endi   ko‘ryapsanmi?   A,   endi   ko‘ryapsanmi?   Hech
nima   bo‘lgani   yo‘q.   Hamma   yoq   tinch.   Atigi   to‘y   buzildi,   kuyovning   chakkasi
yorildi.   (Said   Ahmad).   Qiyoslang :   –   Bolangning   qilig‘ini   endi   ko‘ryapsanmi?   A,
endi   ko‘ryapsanmi?   Hech   nima   bo‘lgani   yo‘q.   Hamma   yoq   tinch.   Faqat   to‘y
buzildi, kuyovning chakkasi yorildi.   Demak, faqat yuklamasi yolg‘iz, xolos, -gina,
atigi,   bor-   yo‘g‘i   kabi   yordamchi   vositalar   bilan   ma’nodoshlikni   hosil   qila   olar
ekan. Ammo ushbu birliklar bir-birining o’rnida qo’llanganda aynan bir xil ma’no
nozikliklarini   bera   oladi   deya   olmaymiz.   Ularning   har   biri   nafaqat   jumladagi
qo‘llanish   o‘rniga   ko‘ra,   balki   ayirish,   chegaralash   ma’nosini   ifodalashiga   ko‘ra
ham farqlanadi. 
HATTO.   Matndagi ta’kid va kuchaytiruv ma’nolarini o‘ta kuchli ifodalashi
bilan   boshqa   kuchaytiruv-ta’kid   yuklamalaridan   ajralib   turuvchi   bu   yuklama   shu xususiyatiga   ko‘ra   boshqa   yordamchi   vosiatalar   bilan   ma’nodosh   bo‘la   olmaydi.
Ya’ni   bu   yuklama   ifodalagan   ma’noni   boshqa   hech   qaysi   birlik   yuzaga   chiqara
olmaydi   deyishimiz   mumkin.   Faqatgina   hatto   yuklamasini   o‘zining   ekvalenti
hattoki   bilan   almashtirib   qo‘llash   mumkin:   Shu   kuni   nima   yumush   buyurishsa,
oyog‘im   olti,   qo‘lim   yetti   bo‘lib   yugurib   yurdim.   Yong‘oqqa   bog‘lab   qo‘yilgan
echkini ikki marta sug‘ordim, hovlidagi supaga to‘shalgan bo‘yra ustiga yoyilgan
turshaklarni   qush   talamasin   deb   qo‘riqlab   o‘tirdim...   Hatto   rogatkamning
rezinkasini   uzib,   ukamga   ishtonbog‘   qilish   uchun   berdim.   (O‘.Hoshimov).
Qiyoslang:   Shu   kuni   nima   yumush   buyurishsa,   oyog‘im   olti,   qo‘lim   yetti   bo‘lib
yugurib   yurdim.   Yong‘oqqa   bog‘lab   qo‘yilgan   echkini   ikki   marta   sug‘ordim,
hovlidagi   supaga   to‘shalgan   bo‘yra   ustiga   yoyilgan   turshaklarni   qush   talamasin
deb   qo‘riqlab   o‘tirdim...   Hattoki   rogatkamning   rezinkasini   uzib,   ukamga
ishtonbog‘ qilish uchun berdim.   Bu keltirilgan misollarda hatto yuklamasi o‘rnida
hattokini   qo‘llasak   bo‘ladi.   Ammo   shu   haqiqatni   rad   eta   olmaymizki,   hattoki
yuklamasi hattoga nisbatan gap mazmuniga kuchliroq ta’kid ma’nosini ifodalaydi.
Lekin bunday almashtirish hamisha ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi:   Hozir hech kimni,
hatto   onamni   ham   ko‘rishga   ko‘zim   yo‘q   edi.   (O‘.Hoshimov).   misolida   hattoni
hattokiga   almashtirish   g‘alizlikni   yuzaga   keltiradi.   Ba’zan   matn   tarkibida   bu
yuklamalarni   ayrim   yordamchi   vositalar   bilan   almashtirish   mumkindek   tuyuladi.
Masalan   ta’kid   ma’nosini   ifodalovchi   nahot,   nahotki   yuklamalari   bilan.   To‘g‘ri,
nahot,   nahotki   yuklamalari   ham   jumladagi   ta’kid   ma’nosini   ifodalab   kelish   bilan
birga matn mazmuniga tajjub ma’nosini ham qo‘shadi: 1.  Nega shunaqa? Nahotki,
go‘dak tushungan narsaga biz tushunmasak?    (O‘.Hoshimov). 2.   Nega shunaqa?
Hattoki, go‘dak tushungan narsaga biz tushunmasak?   Bu keltirilgan misollarning
birinchisida nahotki yuklamasi qo‘llanilib, ritorik so‘roq gapni yuzaga keltib, o‘ta
kuchli   norozilik   kayfiyatidagi   tajjubni   ifodalayapti.   Ikkinchi   misoldagi   hattoki
yuklamasi   ifodalagan   ma’noda   ham   kuchaytiruv,   ta’kid   ma’nolari   bor,   ammo
kuchli   tajjub   yo’q.   Hatto   yuklamasining   matndagi   vazifasi   ham   har-   xildir.   Ba’zi
o‘rinlarda   jumladagi   ta’kidni   anglatsa,   ba’zilarida   esa   ta’kidlash   bilan   birga
uyushiq   bo‘laklarni   yoki   qo‘shma   gap   qismlarini   mantiqan   bog‘lab   ham   keladi. Masalan:   Uni   har   ko‘rganda   oyim   aytib   bergan   Xizr   esimga   tushadi.   Nega
deganda  Ermon  buvaning  sochi   ham,  soqoli  ham,  hatto  ko‘ziga  qayrilib   tushgan
o‘siq   qoshlarigacha   oppoq .   (O‘.Hoshimov).   Bu   gapda   hatto   yuklamasi   mantiqan
uyushiq bo’‘laklarni bog‘lab kelayapti deyishimiz mumkin. Qiyoslaymiz:   Uni har
ko‘rganda oyim aytib bergan Xizr esimga tushadi. Nega deganda Ermon buvaning
sochi  ham, soqoli  ham, hatto ko‘ziga qayrilib tushgan o‘siq qoshlari  ham oppoq .
Xulosa o‘rnida shuni ayta olamizki, hatto yuklamasi nutqimizda faol qo‘llanuvchi
o‘ziga xos yordamchilar sirasiga kiradi. 
XUDDI .   Bu   yuklamani   ba’zi   tilshunoslarimiz   aniqlov   yuklamalari   sirasiga
kiritishsa 20
,   ba’zilari   o‘xshatish-qiyoslash   yuklamalari   deya   tasnif   berishgan. 21
  Bu
tasniflardagi   ikki   xillik   uning   semantik   maydoni   kengligidan   dalolat   beradi.
Shuning   uchun   xuddi   yuklamasi   jumla   mazmunini   aniqlashga   ham,   o‘xshatishga
ham,   qiyoslashga   ham   xizmat   qiladi.   Xuddi   yuklamasi   aniqlash   mazmunida
qo‘llanadi:   Xuddi   o‘sha   ma’rakadan   uch   kunmi-to‘rt   kun   ilgari   g‘alati   voqea
bo‘ldi .;  Bir mahal otin xola (Sepkilli xolaning qo‘li egriligidan shikoyat qilgan, biz
bilan   folbinnikiga   borgan   xuddi   o‘sha   semiz   otin   xola)   oq   sholro‘mol   yopingan,
atlas   ko‘ylagi   ustidan   oldiga   uqa   tutilgan   nimcha   kiygan   kelinchakni   yetaklab
ostonaga   olib   chiqdi.   (O‘.Hoshimov).U   o‘zi   mansub   bo‘lgan   so‘zning   ma’nosini
aniqlab ko‘rsatishda naq yuklamasi va aynan so‘zi bilan ma’nodosh bo‘la oladi. 1)
aynan   bilan :     Ehtimol,   oradan   ikki   oycha   o‘tib   Sepkilli   xola   tilla   tish
qo‘ydirmaganida,   buning   ustiga   xuddi   o‘sha   kuni   ammam   yana   kelib
qolmaganida, zirak   ham, bu  gaplar  ham unutilib  ketgan bo‘lardi .(O‘.Hoshimov).
Qiyoslang:   Ehtimol,   oradan   ikki   oycha   o‘tib   Sepkilli   xola   tilla   tish
qo‘ydirmaganida,   buning   ustiga   aynan   o‘sha   kuni   ammam   yana   kelib
qolmaganida,   zirak   ham,   bu   gaplar   ham   unutilib   ketgan   bo‘lardi.   2)   naq   bilan:
Uning   moli   xuddi   magazindagi   singari   qat’iy   narx   bilan   sotiladi.   Qiyoslaymiz:
Uning   moli   naq   magazindagi   singari   qat’iy   narx   bilan   sotiladi.   Ushbu   yuklama
qiyoslash,   chog‘ishtirish,   o‘xshatish   ma’nolarini   ifodalab   kelganda   quyidagi
20
  Ўзбек тили граматикаси.1 -  том. - Б.580 -581 . ;  Шоабдураҳмонов Ш. Ва бошқ. Ҳозирги Ўзбек адабий тили. 1-
қисм. – Б.437; Турсунов У. Ва бошқ.  Ҳозирги Ўзбек адабий тили. – Б.390
21
 SayfulIayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi 
o'zbek adabiy tili. O'quv qo'lIanma. - T., «Fan va texnologiya., 2009. – 278 b. yordamchi vositalar bilan ma’nodoshlik hosil qila oladi. 1) go‘yo bilan :   Akam bilan
ketma-ket   xuddi   quvlagandek,   qop-qora   lo‘li   xotin   kirib   keldi .   (O‘.Hoshimov).
Qiyoslaymiz:   Akam bilan ketma-ket   go‘yo   quvlagandek, qop-qora lo‘li xotin kirib
keldi.   2)   go‘yoki   bilan :   Endi   qo‘rquv   o‘rnini   allaqanday   qiziqish   egalladiyu
angrayib   qoldim.   Hammamiz   xuddi   mo‘jiza   kutgandek   qotib   qolgandik.
(O’.Hoshimov).   Qiyoslang:   Endi   qo‘rquv   o‘rnini   allaqanday   qiziqish   egalladiyu
angrayib qoldim. Hammamiz   go‘yoki   mo‘jiza kutgandek qotib qolgandik.   3)   ayni,
aynan   bilan :   Qarasam,   xuddi   o‘zim   o‘ylagandek:   o‘rindiqning   yarmi   loyga
belanibdi. ;   Xuddi   shu   chiybaxmal   zamonlar   o‘tishi   bilan   butun   Yevropaga   moda
bo‘lishini   dadam   xayoliga   ham   keltirmagan   bo‘lsa   kerak.   Uning   uchun
chiyduxoba   «kambag‘albop   kiyim»   edi,   xolos .   (O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:
Qarasam,   aynan   o‘zim   o‘ylagandek:   o‘rindiqning   yarmi   loyga   belanibdi. ;   Ayni
shu   chiybaxmal   zamonlar   o‘tishi   bilan   butun   Yevropaga   moda   bo‘lishini   dadam
xayoliga ham keltirmagan bo‘lsa kerak. Uning uchun chiyduxoba «kambag‘albop
kiyim»   edi,   xolos .   4)   aftidan   so‘zi   bilan :   Oyim   ham   toliqib   ketdi   shekilli,   nuqul
atrofga   javdiraydi.   —   Dallol   topmasak   bo‘lmaydi   shekilli,   o‘g‘lim,   —   dedi   ruhi
tushib. Xuddi shuni kutib turgandek, telpagining quloqchinini kuya yegan, paxtali
shimining   tizzasigacha   go‘ng   bo‘lib   ketgan   kishi   paydo   bo‘ldi.   (O‘.Hoshimov).
Qiyoslaymiz:   Oyim ham toliqib ketdi shekilli, nuqul atrofga javdiraydi. — Dallol
topmasak   bo‘lmaydi   shekilli,   o‘g‘lim,   —   dedi   ruhi   tushib.   Aftidan   shuni   kutib
turgandek,   telpagining   quloqchinini   kuya   yegan,   paxtali   shimining   tizzasigacha
go‘ng bo‘lib ketgan kishi paydo bo‘ldi.  5)  misli, misoli bilan :  Akamning allaqaysi
kitobida olti qo‘lli odamning rasmini  ko‘rgan edim. G‘ira-shirada  jiydalar xuddi
o‘shanaqa   vahimali   maxluqlardek   qing‘ir-qiyshiq   «qo‘llari»ni   cho‘zib   turishar,
yugurgan sayin ustimga bostirib kelayotganga o‘xshar edi.   Qiyoslang:   Akamning
allaqaysi   kitobida   olti   qo‘lli   odamning   rasmini   ko‘rgan   edim.   G‘ira-shirada
jiydalar   misoli   o‘shanaqa   vahimali   maxluqlardek   qing‘ir-qiyshiq   «qo‘llari»ni
cho‘zib   turishar,   yugurgan   sayin   ustimga   bostirib   kelayotganga   o‘xshar   edi. ;
Tarzanni   bilasizmi?   misli   maymundek   daraxtdan-daraxtga   sakraydi.   6)   baayni
so‘zi bilan :   Gap-so'zlariga qaraganda, bular hali saylov yakuniga bag‘ishlangan tor   doiradagi   tikturma   bazmda   ham   uncha-munchasini   urib   olgan,   shu   tobda
Akushinning   boshi   naqd   osmonda,   Akobirov   emas,   xuddi   o‘zi   rais   etib
saylangandek masrur edi u.   (E.A’zam). Qiyoslaymiz:   Gap-so‘zlariga qaraganda,
bular   hali   saylov   yakuniga   bag‘ishlangan   tor   doiradagi   tikturma   bazmda   ham
unchamunchasini   urib   olgan,   shu   tobda   Akushinning   boshi   naqd   osmonda,
Akobirov emas,  baayni  o‘zi rais etib saylangandek masrur edi u.
Xuddi   yuklamasi   matn   tarkibida   o‘xshatish-qiyoslash   ma’nosini   ifodalab
keladigan   -dek,   -day,   -dayin,   -aqa   kabi   qo‘shimchalar   hamda   singari,   o‘xshash
so‘zlari  bilan birga qo‘llanilgan o‘rinlarga ham duch kelamiz. 1) – dek bilan :   Har
yili   dam   olishga   borganimda   onamga   gilam   paypoq   olib   kelaman.   Kavkaz
tomonda   ko‘p   bo‘ladi.   Juba   deyishadi,   jurabi   deyishadi.   Oyim   xuddi   noyob
narsaga ega bo‘lgan dek , uzundan-uzoq duo qiladi.  (O‘.Hoshimov). 2)  –day bilan:
Onam   norozi   qiyofada   yelkasini   qisdi.   —   Mana   shu   bolamga   pufayka   olib
bermoqchiman. Adasi besh yuzdan kamiga ko‘nma deganlar. — Gapga pasmatri!
—   dallol   xuddi   onam   gunoh   ish   qilib   qo‘ygan day   qo‘lini   silkitdi.   —
Odamlardayam   diyonat   qolmapti   o‘zi!   (O‘.Hoshimov) .   3)   - aqa   bilan:   Akamning
allaqaysi   kitobida   olti   qo‘lli   odamning   rasmini   ko‘rgan   edim.G‘ira-shirada
jiydalar   xuddi   o‘shan aqa   vahimali    qing‘ir-qiyshiq  «qo‘llari»ni  cho‘zib  turishar,
yugurgan   sayin   ustimga   bostirib   kelayotganga   o‘xshar   edi. (O‘.Hoshimov).   4)
singari  bilan:   Uning moli   xuddi   magazindagi   singari   qat’iy narx  bilan sotiladi.;
Dalavoyning   ko‘zlarida   rosmana   vahshiy   o‘t   yonar,   o‘zining   labi   ham   xuddi
otiniki  singari  ko‘pirib ketgan edi. (O’.Hoshimov). 5)  o‘xshash so‘zi bilan:   Xuddi
o‘zimning   gurji   kuchugimga   o‘xshash   kichkina,   faqat   qora   emas,   oppoq   ekan.
(O‘.Hoshimov). Yuqoridagi  keltirilgan misollardan shunday xulosa  qila olamizki,
xuddi   yuklamasi   o‘xshatish-qiyoslash   ma’nosini   ifodalab   keluvchi   turli   vositalar
bilan   yonma-yon   kelganida   jumla   tarkibidan   anglashilayotgan   o‘xshatish,
qiyoslash   ma’nosini   ta’kidlab,   bo‘rttirib,   kuchaytirib   keladi.   Bu   yuklama   nutq
uslublaridan   so‘zlashuv,   badiiy,   publitsistik   uslublarda   faol   qo‘llanilib,   ilmiy
uslubda   esa   xuddi   yuklamasi   nisbatan   kam   ishlatiladi.   Rasmiy   uslubda   deyarli
ishlatilmaydi desak ham bo‘ladi.   NAQ   (naqd).   Bugunga   kelib   til   tizimimizda   naq   yuklamasining   ham   xuddi
yuklamasi   kabi   semantik   maydonining   faollashganini   ko‘rishimiz   mumkin.
Mazkur   yuklama   nutq   jarayonida   biron   bir   hodisa   yoki   predmetni   aniqlash,
ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari, bu yuklama o‘zi  qo‘llangan jumla
mazmuniga   chog‘ishtirish,   o‘xshatish   va   kuchaytirish   kabi   semantik   ma’nolarni
ham   ifodalab   keladi.   Ayrim   o‘rinlarda   naq   yuklamasi   emotsional-ekspressivlikni
ifodalashda   xuddi   yuklamasidan   kuchliroq   otenkani   ifodalaydi.   Masalan,   Ishdan
chiqqach jimgina uyingga ketaversang-ku olam guliston edi-ya! Ketolmading-da –
uyga borsang, naqd yorilib o‘lgudek bo‘laverarding. (E.A’zam). Qiyoslang: Ishdan
chiqqach jimgina uyingga ketaversang-ku olam guliston edi-ya! Ketolmading-da –
uyga   borsang,   xuddi   yorilib   o‘lgudek   bo‘laverarding.   Naq   yuklamasi   ham   matn
tarkibida   turli   ma’nolarni   ifodalashda   bir   qancha   vositalar   bilan   sinonimlikni
yuzaga chiqaradi. Masalan, alohida olib ajratib ko‘rsatish ma’nosini ifodalaganda:
1)   xuddi   yuklamasi   bilan :   –   Ovozingiz   naqd   Ivan   Grozniyniki-ya,   Gleb
Aleksandrovich!  – dedi u allanechuk mutelik bilan iljayib.   (E.A’zam). Qiyoslang:
– Ovozingiz  xuddi  Ivan Grozniyniki-ya, Gleb Aleksandrovich! – dedi u allanechuk
mutelik bilan iljayib.  2)  to‘g‘ri so‘zi bilan :   Bir gal buloq boshida “holatga kirib”,
“Motor!”   deyilishiga   ilhaq   o‘tirgan   aktrisaning   kelib-kelib   naqd   ko‘z   milkidan
(yirik   plan!)   chivin   chaqsa   bo‘ladimi!   Bir   zumda   qovog‘i   qizarib,   shishib   chiqdi.
(E.A’zam).   Qiyoslaymiz:   Bir   gal   buloq   boshida   “holatga   kirib”,   “Motor!”
deyilishiga ilhaq o‘tirgan aktrisaning kelib-kelib  to‘g‘ri  ko‘z milkidan (yirik plan!)
chivin chaqsa bo‘ladimi! Bir zumda qovog‘i qizarib, shishib chiqdi.  3)  ayni,  aynan
so‘zi   bilan:   Aldamayapsizmu?   Qarang,   turibmen   /   Naq   shundoq   uzlatning
bo‘sag‘asida, Rostini eshitsam, yomon bo‘lmag‘ay... /   Har holda kimligim bilsam,
yaxshi-da!   (U.Azim).   Qiyoslang:   Aldamayapsizmu?   Qarang,   turibmen   /   A yni
shundoq   uzlatning   bo‘sag‘asida,   Rostini   eshitsam,   yomon   bo‘lmag‘ay.../     Har
holda kimligim bilsam, yaxshi-da!  
O‘xshatish,   qiyoslash   ma’nolarini   ifodalab   kelganda   naqd   yuklamasi   quyidagi
vositalar   bilan   ma’nodosh   bo‘lib   kela   oladi:   1)   go‘yoki   bilan :   Uchrashuvda
bobomiz   kechagi   gaplarini   aynan   –   biror   so‘zini   qoldirmay,   biror   so‘zida adashmay, ohang-ohangigacha bir xil qilib takrorlab berdilar.  Naqd  bulbuligo‘yo
deysiz!   (E.A’zam).   Qiyoslang:   Uchrashuvda   bobomiz   kechagi   gaplarini   aynan   –
biror so‘zini qoldirmay, biror so‘zida adashmay, ohang-ohangigacha bir xil qilib
takrorlab   berdilar.   Go‘yoki   bulbuligo‘yo   deysiz !   2)   go‘yo   bilan :   Ilojim   yo‘q,
Farhod,   azizim,   naqd   ignaning   ustida   turibman!   (E.A’zam).   Qiyoslang:   Ilojim
yo'q, Farhod, azizim,   go‘yo   ignaning ustida turibman!   3)   misli  bilan :   Xullas, biz
Farhod   bilan   apoq-chapoqlashib,   bir   kundayoq   naqd   qiyomatli   og‘a-iniga
aylandik-qoldik.   (E.A’zam).   Qiyoslaymiz:   Xullas,   biz   Farhod   bilan   apoq-
chapoqlashib, bir kundayoq  misli  qiyomatli og‘a-iniga aylandik-qoldik.  
Kuzatishlarimizga   asoslanib   shuni   ayta   olamizki,   naq   yuklamasining   naqd
variant   ham   mavjud   bo‘lib,   ular   badiiy   uslubda   faol   qo‘llaniladi.   Kundalik
hayotimizda,   ya’ni   so‘zlashuv   uslubida   ham   bu   yuklamaning   naq   variantiga   ko‘p
murojaat   qilar   ekanmiz.   Publitsistik   uslubda   bu   yuklamalar   nisbatan   kam
qo‘llanilib,   rasmiy   va   ilmiy   uslubda   deyarli   umuman   ishlatmaymiz   desak   ham
bo‘ladi.
Tilimiz   taraqqiyotida   so‘zlarning   bir   turkumdan   boshqa   turkumga   ko‘chish
hodisasi   kuchaydi.   Bu   jarayon   ayniqsa   yordamchi   so‘zlar   doirasida   keng
kuzatilmoqda   deya   olamiz.   Xususan,   yordamchi   so‘zlarda   uchraydigan
grammatikalizatsiya   hodisasi   bo‘yicha   alohida   ishlar,   qator   maqolalar   ham   nashr
etilgan. 22
Bugungi  kunda grammatikalizatsiya hodisasi  yuklamalarda ham  nisbatan
ko‘p uchramoqda. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida shu paytgacha bog‘lovchilar deya
ta’rif   berib   kelingan:   agar,   agarda,   garchi,   garchand,   basharti,   mobodo,   bordi-yu
22
  Пардаев   А.   Ёрдамчи   сўз   туркумларида   транспозиция   ҳодисаси   /   Тил   ва   адабиѐт   муаммолари.   Илмий
мақолалар тўплами.–Самарқанд,2015.; Пардаев А. Лингвистик таълим тизимида конверция ҳодисаси ва 
  унинг ѐрдамчи сўзларда воқеланиши хусусида // Узлуксиз таълим сифат ва самарадорлигини оширишнинг
назарий-услубий   муаммолари:   Республика   илмий-назарий   конференцияси   материаллари.   –   Самарқанд:
СамДУ,   2013.:   Пардаев   А.   Тилимиздаги   айрим   мустақил   сўзларнинг   кўмакчи   вазифасида   қўлланиши
хусусида   //   Нутқ   лингвистикаси:   Халқаро   илмий-назарий   конференция   материаллари.   –Самарқанд:
СамДЧТИ, 2006; Пардаев А. Ўзбек тилшунослигида грамматикализация ходисасининг ўрганилиши // Бухоро
давлат   университети   илмий   ахбороти.   -   Бухоро,   2012.;   Пардаев   А.   «Грамматикализация»   тушунчаси
ҳақида // ЎзМУ   хабарлари.  – Тошкент, 2011.;  Пардаев  А. Тилимиздаги  айрим  функционал  кўмакчиларнинг
семантик 
- услубий хусусиятларига доир // Тил ва адабиѐт таълими. – Тошкент, 2010. kabi shart bog‘lovchilarini bugungi kunda jumla tarkibida bajaradigan vazifasidan
kelib chiqib shart ma’nosini ta’kidlovchi yuklamalar desak ham bo‘ladi. 23
NAHOT(KI).   Bu   so‘zga   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   yuklama   deya
ta’rif berilib, so‘roq, taajjub, shubha ma’nolarini ifodalashi aytilgan. 24
U.Tursunov,   J.Muxtorov   va   Sh.Rahamtullayev   muallifligida   1992-yil
yaratilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida ham bu yordamchilar  so‘roq va
taajjub   yuklamalari   safiga   kiritilgan. 25
  Ammo   bashqa   barcha   adabiyotlarda   bu
yuklamalarni kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari safida berishadi.
Nahot  /   nahotki  yuklamasi  o‘zi   qatnashayotgan  jumla  mazmuniga quyidagi
ma’nolarni   ifodalaydi:   1)   taajjub  ma’nosi:   Nahotki,   odam  tirik   qolish   uchun   ham
pora berishi kerak bo‘lsa!; Nahotki, oliy ma’lumotli vrach o‘zini chayqovchi bilan
tenglashtirsa!   (O‘.Hoshimov);  2)    so‘roq va taajjub ma’nosi:   Nahotki  tirik  qolish
uchun   majburan   birovga   pora   berish   ham   jinoyat   hisoblansa?;   Nahotki,   o‘lim
to‘shagida   yotgan   odamdan   nimadir   tama   qilish   imon   degan   tushunchaga   sal
bo‘lsayam   to‘g‘ri   kelsa?!;   (O‘.Hoshimov);   Farhod   “Zuzi   deganlari   nahotki   shu
bo‘lsa?” deya taajjubda turganida ichkariga ko‘zi tushdi-yu hammasini angladi.;
3) so‘roq ma’nosi:  Bu isqirt xonadon, undan-da isqirt kimsalar orasida unga nima
bor?   Nahotki   shulardan   bunyod   bo‘lgan   u? (E.A’zam);   Quralay   ko‘zlari   suzilib
ketdi. Chehrasida:  «Nahotki  shundoq odamni tanimasangiz?»  degan ifoda paydo
bo‘ldi. (O‘.Hoshimov);   4)   kuchayturuv-ta’kid   ma’nosi:   Men   kechirdim,   nahotki,
sen   /   Kechirmaysan,   kelajak...;   Yog‘dular   yoqqancha   yuzu   ko‘zingdan,   /   Qizning
qo‘llarini   qaltirab   tutding,   /   Hozir   sen   kechasan   tamom   o‘zingdan.../   Nima   gap?
Aytsang-chi? Nahot unutding?!; Nahot, qalbda qolib ketadi ammo, / Shunday kun
Vatanga  atalgan so‘zlar!;   Qaydasan  yuragim  –  ey, mo‘ysafid  she’r,  /   Nahot,  uni
bitmak bizlarga armon!   (U.Azim)
23
    Пардаев   А.   Ўзбек   тилида   ѐрдамчи   сўз   туркум лар ининг   лисоний   тизимдаги   ўрни   ва     лингвопрагматик
таҳлили .  –  Т. :  Фан нашриёти , 2013. – 261  б.
24
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати  Н  ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz.uz
25
 Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш.  Ҳ озирги ўзбек   адабий тили. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – 400
б. Nahot yuklamasi bilan nahotki yuklamasi matn tarkibida bir birining o‘rnida
erkin   almasha   olib,   sinonimlikni   hosil   qilsa-da,   ammo   ular   ham   o‘z   ma’no
nozikliklariga   ega.   Nahot   yuklamasiga   ko‘ra   nahotkida   emotsionallik   va
ta’sirchanlik   kuchliroqdir.   Masalan:   Angrayib   qoldim.   Nahot   tanimagan   bo‘lsa?
Ikki   hafta   oldingi   dahanaki   «jang»   nahot   yodida   bo‘lmasa! (O‘.Hoshimov);
Qiyoslaymiz:   Angrayib   qoldim.   Nahotki   tanimagan   bo‘lsa?   Ikki   hafta   oldingi
dahanaki «jang» nahot yodida bo‘lmasa!
Yuqorida   keltirilgan   ma’lumotlar   va   tahlil   qilingan   misollar   asosida
nahot(ki)   yuklamasi   to‘g‘risida   shuni   ayta   olamizki,   bu   yuklamaning   semantik
maydonini   chegaralab   so‘roq-taajjub   yuklamasiga   yoki   kuchaytiruv-ta’kidga
kiritishimiz   kerakmas   degan   xulosaga   keldim.   Sababi   bu   yuklama   matn   tarkibida
ritorik   so‘roq,   so‘roq   taajjub,   she’riy   matnlarda   esa   ko‘proq   kuchaytiruv-ta’kid
ma’nolarini ifodalab keladi. 
AGAR.   Shart   yuklamalarining   ichida   eng   faol   qo‘llaniladigani   agar
yuklamasidir.   Bu   yuklama   -sa   shart   mayli   qo‘shimchasi   bilan   shakllangan   shart
munosabatli qo‘shma gaplarda qo‘llanilib gap mazmunidagi shartlik tushunchasini
ta’kidlab,   oshirib,   bo‘rttirib   ko‘rsatish   uchun   xizmat   qiladi.   Shart   ma’nosini
ta’kidlovchi yuklamalar ham jumla tarkibida bir-biri bilan ma’nodoshlikni yuzaga
keltira   oladi:   1)   mobodo   bilan:   Agar   chindan   ham   biz   bilan   ketmoqqa   tobingiz
bo‘lmasa,   mana   –   kalit,   menikiga   borib   yotaqoling .   (E.A’zam).   Qiyoslaymiz:
Mobodo   chindan   ham   biz   bilan   ketmoqqa   tobingiz   bo‘lmasa,   mana   –   kalit,
menikiga   borib   yotaqoling .   2)   agarda   bilan:   Vikaning   qasam   yo‘sinida
ta’kidlashicha,   u   agar   bu   yil   ham   o‘tolmasa,   VGIK   binosiga   shaxsan   o‘zi   o‘t
qo‘ymoqqa   tayyor   –   Vitalik   chunonam   iste’dodli   emish-da!   (E.A’zam).
Qiyoslaymiz:     Vikaning   qasam   yo‘sinida   ta’kidlashicha,   u   agarda   bu   yil   ham
o‘tolmasa, VGIK binosiga shaxsan o‘zi o‘t qo‘ymoqqa tayyor – Vitalik chunonam
iste’dodli   emish-da!   3)   bordi-yu   bilan:   Agar   sen   tuhmat   qilayotgan   bo‘lsang,   u
dunyoyu   bu   dunyo   kun   ko‘rgin-u,   kuni   ro ‘ shnolik   ko ‘ rmagin!   (O‘.Hoshimov).
Qiyoslaymiz:   Bordi-yu sen  tuhmat  qilayotgan bo‘lsang, u dunyoyu bu dunyo kun ko‘rgin-u,   kuni   ro‘shnolik   ko‘rmagin !   Keltirilgan   misollardan   shunday   xulosa
qilishimiz   mumkinki,   agar   yuklamasi   –sa   shart   mayli   qo‘shimchasidan
anglashilgan ma’noni ta’kidlamoqda.
Agar   yuklamasi   barcha   uslublarda     qo‘llaniladi.   Bu   yuklamaning   nutq
jarayonida faol qo‘llanishi hamda she’riy vazn talabi bilan bir necha xil variantlari
yuzaga   kelgan.   Jumladan:   1)   agarchi:   Agarchi   o‘shal   holat   tag‘in   bir   muddat
cho‘zilganida,   yo   bir   sharmisorlik,   yo   bir   kor-hol   ro‘y   bermog‘i   muqarrar   ediki,
unisi   endi   Sahroyi   Kabirni   anchayin  namlamoq   emas,   gunohi   kabiraga   tobin   bir
amal   sanalgusidir!   (E.A’zam);   2)   garchi:   Farhod   garchi   Kamolovani   unchalik
yaqin olmasa-da, bu gapdan noqulay sezdi o‘zini.;   3) gar:   Bir boqmas bu gulro‘,
har   kun   shu   sazo,   /   Qaysi   bir   gunohim   uchun   bu   jazo?   /   To‘yarmi   oshiqlar
xilxonasi,   ayt,   /   Tag‘in   bir   oshiqqa   yetsa   gar   qazo?;   It   aytmish,   shu   qishdan
chiqsam gar omon, / Yozda suyaklardan quraman makon. / Yoz kelar, makon yo‘q,
o‘tib ketar yoz, / Qish kelar, bizning it matal aytar boz.  (U.Azim).
MOBODO.   Ushbu   shart   ma’nosini   ta’kidlovchi   yuklama   ham   shunday
ma’noni yuzaga keltiruvchi boshqa shart yuklamalari bilan ma’nodosh bo‘lib kela
oladi.   Masalan:   1)   agar   bilan:   Hozir   nimagadir   shu   gap   esiga   tushdi.   «Mobodo
militsiya bilib qolib uyga qidirib kelsa, o‘zimni  shu erdan tashlayman . (T.Malik).
Qiyoslaymiz:   Hozir   nimagadir   shu   gap   esiga   tushdi.   «Agar   militsiya   bilib   qolib
uyga qidirib kelsa, o‘zimni shu erdan tashlayman.  2) bordi-yu bilan:   Mobodo ular
Asror   aytgan   gaplarning   mag‘zini   chaqishsa   bormi... (   T.Malik).   Qiyoslaymiz:
Bordi-yu   ular   Asror   aytgan   gaplarning   mag‘zini   chaqishsa   bormi... ;   3)   basharti
bilan:   Mobodo   gapiradigan   bo‘lsam,   shu   paytgacha   Xorazmiyni   bilmaganinglar
uchun   tanqid   qilaman.   (T.Malik).   Qiyoslaymiz:   Bordi-yu   gapiradigan   bo‘lsam,
shu   paytgacha   Xorazmiyni   bilmaganinglar   uchun   tanqid   qilaman.
Kuzatishlarimizga   asosan   shunday   deya   olamizki,   mobodo   yordamchisi   agar,
basharti,   bordi-yu   kabi   vositalar   bilan   bir   sinonimik   qatorni   tashkil   qila   oladi.
Bulardan   agar   yuklamasi     bilan   doimiy   o‘rin   almasha   olsa-da,   ammo   ularning
anglatgan   semantik   ma’nosi   doim   ham   bir   xil   bo‘la   olmaydi.Ya’ni   agar   shart ma’nosini   ta’kidlab   kelsa,   mobodo   yuklamasi   shart   tushunchasi   bilan   birga
taxminlash,   gumonsirash   kabi   semalarni   ham   yuzaga   chiqarishga   xizmat   qiladi.
Masalan:   Mobodo   bu   bola   Mirtillaevning   qotillaridan   biri   bo‘lib   chiqsa,   unda
nima   qilishadi?   (T.Malik).   Mobodo   yordamchisi   jumla   tarkibida   gumon,   taxmin
ma’nolarini   ifodalab   kelganda   shunday   ma’noni   ifodalovchi   modal   so‘zlar   bilan
sinonim   bo‘la   oladi.   Demak,   bu   so‘zni   nisbiy   yuklamalar   safiga   kiritsak   bo‘lar
ekan.   Sababi   bir   o‘rinda   funksional   yuklama,yana   bir   o‘rinda   esa   modal   so‘z
vazifasini   bajara   olar   ekan.   Qaysi   o‘rinda   qanday   vazifada   bajarayotganligi   esa
jumla   mazmunidan   anglashiladi.   Mobodo   yuklamasi   so‘zlashuv,   badiiy,
publitsistik   uslublarda   qo‘llanish   doirasi   keng   bo‘lsa,   ilmiy   va   rasmiy   uslublarda
nisbatan   tor,   ya’ni   kam   uchraydi.   So‘zlashuv   uslubida   mobodo   yordamchisining
mobada, movada, novada shakillari ham bor. 26
  Xulosa o‘rnida shuni ayta olamizki,
bu yuklama hamma nutq uslublarida qo‘lana olar ekan.
BASHARTI.   Bu   yordamchi   so‘zga   o‘zbek   tilining   izohli   lug‘atida   shart
ergash   gapli   qo‘shma   gaplarda   ergash   gapni   bosh   gapga   bog‘lash   uchun   xizmat
qiladi   va   shart   ma’nosini   kuchaytiradi   deya   ta’rif   berilgan. 27
Ushbu   berilgan
ta’riflarga   asoslanib   basharti   yordamchisining   semantikasida   bog‘lovchilik
xususiyati  bilan  birga  yuklamalik xususiyati   ham  bor  deya  olamiz.  Basharti  so‘zi
qo‘shma gap qismlarini bog‘lash uchun xizmat qilsa bog‘lovchi vazifasini bajarsa,
jumla   tarkibida   shart   ma’nosini   kuchaytirishga   xizmat   qilganida   esa   kuchaytiruv
yuklamasi   vazifasini   bajaradi.   Masalan,   Men   kuldim...   "Hozircha   tegim   quruq,
basharti tegimga suv kelsa, bo‘zchiliqni o‘rgatasizmi?" deb so‘radim.  (A.Qodiriy)
Basharti   so‘zi   ham   ba’zi   so‘zlar   bilan  ma’nodoshlikni   yuzaga   keltira   oladi.
Ular quyidagilar, 1) agar-da yordamchisi bilan:   Basharti shu gunohlarning yuvilib
ketishini   tilasangiz,   sizga   bir   xizmat   bor,   ham   sizning   uchun   eng   oson   xizmat:
ertaga   chahorshanba   kechqurun,   tilasangiz   —   ochiqcha,   tilamasangiz   —
yashirincha   bo‘lsa   ham   biznikiga   kelingiz,   men   bilan   oxirg‘i   martaba
26
 Пардаев А. Ўзбек тилида ѐрдамчи сўз туркумларининг лисоний тизимдаги ўрни ва  лингвопрагматик 
таҳлили. – Т.: Фан нашриёти, 2013. – 230 б.
27
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати  Б ҳарфи  А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz.uz vidolashingiz.   (A.Qodiriy); 2) agar bilan:   Uning endigi taraddudi uchrashish yoki
uchrashmaslik   borasida   emas,   Ra’noning   oldig‘a   ochiqcha   borishmi,
yashirinchami   to‘g‘risida   edi.   Basharti   ochiq   borsa,   maxdumning   shubhalanishi,
Ra’noni chetka qoqib yoki ularni ta’qib etib, yarag‘a tuz sepishi, Anvarning izzati
nafsiga to‘qunishi aniq.  (A.Qahhor); 3) mobodo so‘zi bilan:   Ra’no bir necha vaqt
javob   beralmay   turdi.   O‘zini   to‘xtatib   olish,   hayajonini   tindirish   og‘ir   edi.   —
Haligi...   haligi   so‘zingiz   chin   bo‘lsa,   men   ham   siz   bilan   ketishni   xohlayman...
Basharti   sizga   og‘ir   oshmasam...   (A.Qodiriy);   4)   bordi-yu   so‘zi   bilan:   Mulla
Abduraxmonning   o‘zi   ham   o‘ylab   ko‘rsin,   basharti   Sultonali   do‘stliq   yuzasidan
Anvarni   qochirib   yuborg‘anda   ham   unga   hech   bir   zarar   yo‘q   edi.   (A.Qodiriy).
Kuzatishlarimizga ko‘ra shuni ayta olamizki, basharti yordamchi vositasi  ko‘proq
badiiy   uslubda,   xususan   tarixiy   asarlarda   juda   ko‘p   qo‘llanganiga   guvoh   bo‘ldik.
Birgina   A.Qodiriyning   “Mehrobdan   chayon”   romanining   o‘zida   basharti   so‘zi   31
o‘rinda  qo‘llangani bu fikrlarimizning  tasdiqidir.
Bugungi   kunda   bog‘lovchining   yuklamaga   ko‘chish   holatini   o‘xshatish,
chog‘ishtirish   bog‘lovchisi   go‘yo,   go‘yoki   so‘zlariga   nisbatan   ham   davom   ettira
olamiz.   Sababi   bu   so‘z   gap   bo‘laklari   yoki   gaplarni   bog‘lash   uchun   emas,   balki
o‘xshatish , qiyoslash ma’noli qurilmalar (-dek, -day, kabi) bilan qo‘llanganda shu
ma’noni   ta’kidlash   uchun   ham   xizmat   qiladi,   o‘xshatish,   qiyoslash   ma’nosi   esa
boshqa   vosita   bilan   ifodalanadi: 28
  Go‘yoki   oldin   ham   bu   xonadonga   kelgandek,
mana shu oshxonada ko‘p bora bo‘lgandek, uy sohibasi ham unga eskidan tanish,
sinashtadek   tuyuladi   goho.;   “Do‘xtirimizning   aytishicha,   sizda   o‘zgarish   bor,   –
deb   qo‘yadi   tarjimon   chol   go‘yo   quloq-miyadagi   shovqinni   o‘zi   ham   chamalab
ko‘rgan   kabi   ruhlantirib. (E.A’zam).   Ushbu   misollarda   o‘xshatish,   qiyoslash   –dek
qo‘shimchasi   va   kabi   so‘zi   bilan   ifodalanyapti,   go‘yo   esa   shu   ma’noni
ta’kidlamoqda.   Demak,   go‘yo,   go‘yoki   ma’noni   kuchaytirib   ta’kidlab   kelmoqda
28
 SayfulIayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi 
o'zbek adabiy tili. O'quv qo'lIanma. - T., «Fan va texnologiya., 2009. – 275 b. shunga asosan bu o‘rinda ularni o‘xshatish-chog‘ishtirish ma’nolarini ta’kidlovchi
yuklamalarga kiritsak bo‘ladi. 29
Go‘yo   va   go‘yoki   yordamchi   so‘zlari   matn   tarkibida   turli   o‘xshatuvchi
vositalar bilan qo‘llanganda xuddi, misli so‘zlariga ma’nodoshlikni yuzaga keltirib,
o‘xshatish-qiyoslash  yuklamasi  vazifasini  bajarib keladi. Masalan:   Go‘yoki  uning
ko‘nglidan   kechganini   payqagandek,   Kamolova   g‘alatiroq   tumtayib   nari   jildi.
(E.A’zam).     Bu   yordamchi   vositalar   o‘xshatish-qiyoslash   ma’nolarini   ifodalovchi
vositalarsiz   qo‘llanilib,   gap   qismlarini   bog‘lashga   xizmat   qilgan   o‘rinlarda   esa
bog‘lovchilik xususiyatini namoyon qiladi. Masalan:  Sevgi – xatda naqadar yaqin,
/   Qalamga   sir   pichirlagan   lab.   /   Go’yo   hozir   portlaydi   –   chaqin...   /   Lablarimda
o’tdan qolgan taft. (U.Azim).
 Keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, bu yordamchi so‘zlarni bugungi kunda
ham bog‘lovchi, ham yuklama vazifasini bajarib kela oladigan vositalarga kiritsak
bo‘ladi ekan.
Go‘yo va go‘yoki so‘zlari matn tarkibida bir-biri bilan o‘rin almashib deyarli
bir-xil ma’noni ifodalab kelsa-da, ammo ular ham o‘ziga xos ma’no nozikliklariga
ega: goyo o‘xshatish-qiyoslash yuklamasiga ko‘ra go‘yokida ta’sirchanlik bo‘yog‘i
ustunroqdir.   Masalan:   Cho‘qmorbardorlar   o‘zini   ovsarlikka   solib,   go‘yoki
nimanidir ko‘zdan kechirayotgan kabi bir lahza sahna shiftlariga alanglab turdi-
da, so‘ng asta chekinib, chiqib ketdi   (E.A’zam ); Agar aortaga tegsa bormi, hozir
yashikda   yotgan   bo‘larding...   —   Go‘yo   men   jarrohlik   ilmini   suv   qilib   ichib
yuborgandek tushuntirdi  (O‘.Hoshimov). 
O‘xshatish-qiyoslash   ma’nosini   ta’kidlab   keluvchi   go‘yo   /   go‘yoki
yuklamalari  shu ma’nolarni  ifodalovchi  turli  so‘zlar:  xuddi, misli, misoli, bamisli
kabilar   bilan   bir   sinonimlik   qatorni   yuzaga   keltira   oladi.   Bu   yordamchi   so‘zlar
ko‘proq   badiiy   va   publitsistik   uslublarda   qo‘llaniladi.   So‘zlashuv   uslubida   ham
qo‘laniladi. Ilmiy va rasmiy uslublarda deyarli uchramaydi. 
29
 Пардаев А. Ўзбек тилида ѐрдамчи сўз туркумларининг лисоний тизимдаги ўрни ва  лингвопрагматик 
таҳлили. – Т.: Фан нашриёти, 2013. – 232 б. Rivojlanishda   bo‘lgan   til   tizimimizda   bugungi   kunda   so‘zlarning   semantik
maydoni   kengayib,   bir   turkumda   boshqa   bir   turkumga   ko‘chishi   kuzatilmoqda.
Balki yordamchisi haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Balki  so‘zini biz zidlov
bog‘lovchisi deb o‘rganib kelganmiz. Bugungi kunda esa balki yordamchisini ba’zi
xususiyatiga ko‘ra, zidlov bog‘lovchisidan farq qiladi  deya olamiz. Sababi  zidlov
bog‘lovchisi   ko‘pincha   qo‘shma   gap   qismlarini   bog‘laydi,   balki   yordamchisi
bunday vazifani bajarmaydi:   Osmonda qat-qat bulutlar ohista suzib borar, baland-
balanddan   turnalarning   horg‘in   nolasi   eshitilar,   ammo   (lekin,   biroq)   o‘zi
ko‘rinmasdi   (O‘.Hoshimov).   Bu   keltirilgan   misolda   zidlov   bog‘lovchisining
o‘rnida balki yordamchi so‘zini qo‘llay olmaymiz. Balki  so‘zi  gumon mazmunini
ifodalovchi   gaplarda   qo‘llanganda   gumon   ma’nosini   ta’kidlash   uchun,   zid
mazmunli   qismlarga   ega   bo‘lgan   gaplarda   esa   qarama-qarshilik   ma’nosini
ta’kidlash uchun qo‘llaniladi. Masalan:   Balki Nazira hov o‘shanda — to‘ng‘ichini
tug‘ish   arafasida   ko‘p   qarg‘ish   olganmisiz,   deb   so‘ragani   bejiz   emasdir?   Balki
o‘zi   ham   jinday   haddidan   oshib   ketgandir?   (O‘.Hoshimov).   Bu   gap   menga
yoqmas,   balki   baltar   jahlimni   chiqarardi .   Demak,   balki   so‘zi   sof   bog‘lovchi
bo‘lolmaydi,   bog‘lovchi   funksiyasini   bajarayotgan   yuklama   sirasidan   joy   oladi.
Qisqasi,   bir   turdan   ikkinchi   turga   o‘tish   va   bog‘lovchi-yuklama,   ko‘makchi-
bog‘lovchi kabi oraliq hodisa hosil qilish - yordamchi so‘z tabiatiga xos xususiyat,
ularning ichki manba asosida boyishining bir yo‘lidir. 30
 
AQALLI . Bu so‘zga “O‘zbek tilining izohli lug’ati”da yuklama deya ta’rif
berilgan,   “eng   oz,   juda   kam”   degan   semantik   ma’noni   anglatishi   hamda   matn
tarkibida   kelganda   “juda   bo‘lmaganda”,   ”hech   bo‘lmasa”   kabi   ma’nolarga   to‘g‘ri
kelishi   aytilgan. 31
  Shu   keltirilgan   ma’lumotlarga   asoslanib,   aqalli   so‘zini
kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari qatoriga qo‘shsak bo‘ladi.
30
 SayfulIayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi 
o'zbek adabiy tili. O'quv qo'lIanma. - T., «Fan va texnologiya., 2009. – 276 b.
31
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати  А  ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008)  wwwziyouz . uz “O‘zbek   tili   sinonimlarining   izohli   lug‘ati”da   aqalli   so‘zining   sinonimik
qatoriga   loaqal,   jillaqursa,   jilla,   jilla   bo‘lmasa   so‘zlari   kiritilgan.   Bu   sinonimik
qatorda jillaqursa oddiy so‘zlashuvga xos. 32
 
Aqalli   yordamchisi   matn   tarkibida   bir   qancha   so‘zlar   bilan   manodoshlikni
yuzaga keltira olar ekan. Masalan:   Onang-chi, onang hech qachon xiyonat qildimi
senga!   Biron   marta,   aqalli   bir   marta   xiyonat   qildimi?   (Dunyoning   ishlari.O‘tkir
Hoshimov). Ushbu  badiiy  asardan  keltirilgan  parchamizda  qo‘llangan  aqalli   so‘zi
matn   mazmunidan   anglashilib   turibdiki,   yuqorida   biz   keltirib   o‘tgan   aqalli
so‘zining   ma’nolaridan   “hech   bo‘lmasa”   semasiga   to‘g‘ri   kelyapti.   Onang-chi,
onang hech qachon xiyonat qildimi senga! Biron marta, hech bo‘lmasa bir marta
xiyonat   qildimi?   Matn   tarkibida   kelgan   aqalli   yuklamasi   ma’noni   kuchaytirishga
xizmat   qilyapti.   Shunga   o‘xshash   yana   bir   misol   ko‘raylik:   Ayollar   havas   bilan
tomosha   qilishar,   ammo   birontasi   aqalli   narxini   so‘rashga   jur’at   qilolmas   edi
(Dunyoning ishlari. O‘tkir Hoshimov).Bu keltirgan misolimizdagi aqalli yuklamasi
ma’noni  ta’kidlab kuchaytirib ifodalashga  xizmat  qilyapti  va   hattoki   kuchaytiruv-
ta’kid yuklamasi bilan ma’nodoshlikni yuzaga keltiryapti. Masalan:   Ayollar havas
bilan   tomosha   qilishar,   ammo   birontasi   aqalli   narxini   so‘rashga   jur’at   qilolmas
edi   //   Ayollar   havas   bilan   tomosha   qilishar,   ammo   birontasi   hattoki   narxini
so‘rashga jur’at qilolmas edi  (O‘.Hoshimov).  
Aqalli   yuklamasi   loaqal   so‘zi   bilan   ham   ma’nodosh   bo‘lib   kela   oladi:   O‘z
uyini   chet   el   mebeli   bilan   to‘ldirib   qo‘yganida   onasiga   aqalli   bo‘yradekkina
gilamcha   sovg‘a   qilishni   unutmadimikan?   Qizini   tug‘ilgan   kunida   atlas   ko‘ylak,
o‘g‘lini velosiped bilan qutlaganida onasiga oddiy bir paypoq olib berishni esidan
chiqarmadimikan? (O‘.Hoshimov)
Aqalli yuklamasi gap mazmuniga qo‘shimcha ma’no yuklashga, muallifning
his-tuyg’ularini ta’sirli qilib ifodalashga   xizmat qiladi. Masalan:   Faqat... Hamma
gap yomg‘irda bo‘lsa, yana aqalli uch kungina onamning umri cho‘zilsa-yu, keyin
yomg’ir   emas,   muttasil   tosh   yog’sa   ham   rozi   edim... Keling,   ushbu   keltirilgan
misolni   bir   o‘rinda   aqalli   yuklamasini   qatnashtirib,   yana   bir   o‘rinda   esa   tushirib
32
 А.Ҳожиев. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. Т.: Ўқитувчи, 1974. 43-б. tahlil   qilamiz.     Faqat...   Hamma   gap   yomg‘irda   bo‘lsa,   yana   aqalli   uch   kungina
onamning   umri   cho‘zilsa-yu,   keyin   yomg‘ir   emas,   muttasil   tosh   yog‘sa   ham   rozi
edim… //  Faqat... Hamma gap yomg’irda bo‘lsa, yana uch kungina onamning umri
cho‘zilsa-yu,   keyin   yomg’ir   emas,   muttasil   tosh   yog’sa   ham   rozi   edim… Ikkala
keltirilgan misol  ham bir xil, ammo birinchisida  yuklama qatnashgan  va bu matn
mazmuniga qo‘shimcha ta’kid, kuchaytiruv ma’nolarini yuklayapti. Ikkinchi matn
ham   xuddi   shu   so‘zlardan   iborat,   lekin   unda   yuklama   tushirib   qoldirilgani   uchun
matndan   anglashilgan   ma’no   birinchisidagidek   tasirli   emas.     Bundan   ko‘rinib
turibdiki,   ushbu   jumla   tarkibida   qo‘llangan   aqalli   yuklamasi   kuchli   emotsional-
ekispressivlikni   ifodalashga   xizmat   qilyapti.   Xulosa   o‘rnida   aqalli   yuklamasi
haqida   shunday   deya   olamizki,   bu   yuklama   kuchaytiruv-ta’kid   yuklamasi   bo‘lib
ko‘proq   badiiy   va   publitsistik   uslublarda   qo‘llanib,   ilmiy   va   rasmiy   uslublarda
deyarli   qo‘llanmaydi.   So‘zlashuv   uslubida   esa   aqalli   yuklamasi   nisbatan   kamroq,
bu   yuklamaning   sinonimlaridan   bo‘lgan   loaqal,   jilla,   jillaqursa   so‘zlari   esa
mahalliy shevalarda ko‘proq qo‘llanar ekan. 
LOAQAL .   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   loaqal   yordamchisi   arabcha
so‘z   bo‘lib,   o‘zbek   tilida   “hech   bo‘lmasa”,   “hech   bo‘lmaganda”,   “aqalli”   kabi
so‘zlar ma’nolariga teng kelishi aytilgan. 33
 Loaqal so‘zi gap tarkibida qo‘llanganda
gap   mazmuniga   kuchaytiruv,   ta’kid   kabi   qo‘shimcha   ma’no   yuklashga   xizmat
qiladi. Masalan:   Biroq Gulyaning rahmdilligi-yu Sur’atni deb bunday kuyinishlari
Farhodga   erish   tuyuldi:   axir,   uning   kimligini   loaqal   bugun   o‘zi   ko‘rdi-ku!
(E.A’zam);     “Sobirjon   Mansurovich”   deydi-ya   kasofat!   Mushtakkina   boshiga!
“Buva”   demoqqa   tiling   kira   tilasa   yoki   tarbiyang   yo‘l   bermasa,   loaqal
“dedushka”   degin,   mayli,   ruxsat.   “Sobirjon   Mansurovich”   emish-a!   Nima,   sen
huv komsomol qiz Barfina Akobirovamisan? (E.A’zam).
“O‘zbek   tili   sinonimlarining   izohli   lug‘ati”da   loaqal   so‘zining   aqalli,   jilla,
jillaqursa,   jilla   bo‘lmasa   so‘zlari   bilan   bir   sinonimik   qatorni   tashkil   qilishi
aytilgan. 34
Demak,   loaqal   so‘zi   jumla   tarkibida   quyidagi   so‘zlar   bilan
ma’nodoshlikni   yuzaga   keltira   olar   ekan:   1)   aqalli   so‘zi   bilan:   Rustam   akasining
33
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати  Л  ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008)  wwwziyouz . uz
34
 А.Ҳожиев. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. Т.: Ўқитувчи, 1974. 43-б. boshiga   yoqqan   qorni   sidirib   tashlaydi.   Mana   shu   qo‘llari   bilan!   Bu   dunyoda
rohat ko‘rmadi, aqalli u yoqda tinch yotsin sho‘rlik   ( O‘.Hoshimov ) ; Qiyoslaymiz:
Rustam   akasining   boshiga   yoqqan   qorni   sidirib   tashlaydi.   Mana   shu   qo‘llari
bilan! Bu dunyoda rohat ko‘rmadi, loaqal u yoqda tinch yotsin sho‘rlik. ; 2)   hech
bo‘lmaganda   so‘zi   bilan:   Uyatdan   o‘zini   qo‘yarga   joy   topolmay   loaqal   yuzini
yashirmoqchi   bo‘ldi   (U.Hamdam).;   Qiyoslaymiz:     Uyatdan   o‘zini   qo‘yarga   joy
topolmay   hech   bo‘lmaganda   yuzini   yashirmoqchi   bo‘ldi.   3)   hech   bo‘lmasa   so‘zi
bilan:   Loaqal   qo‘ng‘iroq   qilib,   bundoq   hol   so‘ramaysiz?   (U.Hamdam);
Qiyoslaymiz:  Hech bo‘lmasa qo‘ng‘iroq qilib, bundoq hol so‘ramaysiz?
Kuzatishlarimizga   asoslanib   shuni   ayta   olamizki,   loaqal   yordamchisi
kuchaytiruv-takid   yuklamasi   bo‘lib,   ko‘proq   badiiy   uslubga   xosdir.   Bu   yuklama
hech   bo‘lmasa,   hech   bo‘lmaganda   so‘zlari   bilan   ma’nodoshlikni   yuzaga   keltira
olsa-da,   jumla   tarkibida   qo‘llanganda   loaqal   yuklamasida   emotsionallik   bu
so‘zlarga nisbatan kuchliroq ifoda etiladi.
TUGUL . Bu so‘zga O‘zbek tilining izohli  lug‘atida inkor-ta’kid yuklamasi
deya   ta’rif   berilib,   narsa,   kimsanigina   emas,   balki..;   u   yoqda   tursin,   hatto…kabi
ma’nolarni ifodalab kela olishi aytilgan. 35
 Keling, tugul so‘z yuklamasining badiiy
matnda qo‘llangan o‘rinlaridan misollar ko‘raylik.   Masalan,   Paxta   tugul   padbo‘r
ham   qolmagan,   ammo   yomg‘ir   tinishi   bilan   ularni   dalaga   haydashar,   talabalar
biydek   paxtazorda   tentirab   yurishar,   har   qadamda   etikka   botmon-botmon   loy
yopishib, marzalarning u yer-bu yerida to‘kilib qolgan ko‘rak aralash kir paxtani
loydan   ajratib   etakka   tiqishar   edi. ;   Ehtiyot   bo‘l,   mina   bo‘lishi   mumkin…«Mina
emish!   Мina   tugul   atom   bombasi   bo‘lmaydimi! »   (Tushda   kechgan   umrlar.O‘tkir
Hoshimov);   Qorabotir   yurtning   erkasi,   jo‘ralarning   serkasi   edi   //   Boy   edi   yegani
go‘sht-u moy edi.// Alp edi, lekin nozik qalb edi.// Erta-yu kech jo‘ralariga  bazm
berar,   ammo   buni   hech   kimning   yuziga   solmas:”Do‘stlarimdan   molim   tugul
jonimni ham ayamayman”, der edi  (U.A’zim).
35
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати Л ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz.uz Tugul   so‘z   yuklamasi   o‘zi   qatnashgan   jumla   tarkibida   inkor   mazmunini
ta’kidlab, kuchaytirib ifodalaydi. Buni yuqorida keltirilgan misollarda ko‘rishimiz
mumkin.
2.2. O‘zbek tilida yuklamaga ko‘chayotgan so‘zlar
Tilshunosligimizda   yordamchi   so‘zlar   sirasi   masalasi   hali   ham   oxiriga
yetgan   emas.   Ayrim   birliklarning   qaysi   guruhga   kirishi   haligacha   munozarali
bo‘lib   kelmoqda.   Ba’zi   so‘zlarni   muayyan   guruhga   kiritsak-da,   ba’zilarining
vazifasi o‘z guruhining umumiy vazifasiga mos kelmay qoladi. Bu xil muommoni
hal   etishda   tronspozitsiya   yoki   transformatsiya   yoki   omonimiya   hodisasi   deyish
an’anaga   aylandi.   Ammo   H.Nematov     bu   xildagi   birliklarni   ko‘chishlar
emas,”oraliqdagi birliklar” deyishni ma’qul topdi.
Rivojlanishda bo‘lgan til tizimimizda so‘zlarning bir turkumdan ikkinchi bir
turkumga ko‘chishi, ya’ni  ba’zi bir  so‘zlarning bugungi  kunda semantik maydoni
kengayib   bormoqda.   Bu   jarayon   yordamchi   so‘zlarda   ham   kuzatilmoqda.   Ushbu
jarayon   tilshunoslar   tomonidan   o‘rganilib,   bu   borada   turli   xulosalar   berilgan:
yordamchi   so‘z   mustaqil   so‘z   va   so‘z-gap   oralig‘ida   “oraliq   uchinchi”   maqomini
oladi. …yordamchi so‘z mustaqil so‘z hisobidan ortib boradi. Yordamchi so‘zning
boyishida yana bir yo‘l - ulaming ichki tomondan bir turdan ikkinchi turga o‘tishi,
aniqrog‘i,   “oraliq   hodisa”   xususiyatiga   ega   bo‘lgan   ko‘makchi   bog‘lovchi,
bog‘lovchi-yuklamaning mavjudligi. 36
 
Yuqorida   to‘xtalib   o‘tganimizdek,   yuklamalarni   ikki   turga:   1)   qo‘shimcha
ko‘rinishidagi   yuklama;   2)   so‘z   yuklamaga   ajratgandik.   So‘z   yuklamaning   o‘zini
esa sof  so‘z yuklama va nisbiy (vazifadosh)  so‘z yuklama deb tasnif qilgan edik.
Ilmiy   ishimizning   ushbu   bandida   aynan   nisbiy   ya’ni   vazifadosh   yuklamalar
xususida so‘z boradi.
36
  SayfulIayeva   R . R .,  Mengliyev   B . R .,  Boqiyeva   G . H .,  Qurbonova   M . M .,  Yunusova   Z . Q .,  Abuzalova   M . Q .  Hozirgi  
o ' zbek   adabiy   tili .  O ' quv   qo ' lIanma . -  T ., « Fan   va   texnologiya ., 2009. – 276  b . Bugungi   kunda   til   tizimimizda   o‘z   semantik   maydonini   kengaytirib
yuklamalashayotgan,   ya’ni   bir   o‘rinda   boshqa   so‘z   turkumi   vazifasida,   yana   bir
o‘rinda esa yuklama vazifasida kela oladiga so‘zlar mavjud bo‘lib, bunday so‘zlar
qatoriga  quyidagilarni  kiritsak  bo‘ladi:  1)  olmoshdan  ko‘chgan:  ana, mana, nima,
bu,   qani,   ayni…2)   sifatdan   ko‘chgan:   sho‘rlik,   bechora,   yomon(yomonam),…..3)
ravishdan ko‘chgan: atigi, yolg‘iz, aynan kabilar.
ANA.   Bu   so‘zning   “   O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   ikki   ma’noda
qo‘llanishi   keltirilgan.   Bir   o‘rinda   ko‘rsatish   olmoshi   vazifasida   kelsa,   yana   bir
o‘rinda   ko‘rsatish,   ta’kid   ma’nolarini   ifodalovchi   yuklama   bo‘lib   kela   olishi
aytilgan. 37
Nutqda   relyativ   munosabatlarni   shakllantiradigan   element   hisoblanuvchi
olmoshlar   o‘zining   leksik-grammatik   vazifasidan   tashqari   nutqiy   vaziyatga   qarab
diskursiv   yuklamalar   sifatida   qo‘llanilib,   har-xil   stilistik   vazifalarni   bajaradi   va
matnga o‘ziga xos ekspressiv ma’no bera oladi. 38
 
Ana   olmoshi   yuklamaga   ko‘chganda   ko‘rsatish,   ta’kidlash   ma’nolaridan
tashqari   matnda   ifodalanayotgan   axborotga   qo‘shimcha   ravishda   tan   berish,
ajablanish, baho berish kabi semantik ma’nolarni ham yuzaga chiqarishga xizmat
qiladi.   Buni   matndan   olingan   parchalar   misolida   ko‘rib   chiqaylik.   Masalan:
Pishmagan   yong‘oqning   bitta   yaxshi   tomoni   bor:   og‘ir   bo‘ladi.   Uchi   bilan   dum
tomonini   yaxshilab   ishqalab   yog‘lasangiz,   zoldirdek   sipsilliq   soqqaga   aylanadi.
Ana   undan   keyin   “soqqa   quvar”   o‘ynayverasiz   (Dunyoning   ishlari.   O‘tkir
Hoshimov). Matnda  qo‘llangan ana so‘zi bu o‘rinda yuklama vazifasida kelyapti.
Sababi   bu   misolimizda   ana   so‘zi   biror   narsani   ko‘rsatish   uchun   emas,   balki
ma’noni   tasdiqlash,   ta’kidlab   ko‘rsatish   uchun   xizmat   qilyapti.     Keling   bu
yuklamani yana bir qancha o‘rinlarda qo‘llanilishini tahlil qilaylik. 
Masalan,   Ana!   —   Kelinoyi   tag‘in   shang‘illadi.   —   Sizning   eringiz
o‘tiningizgacha   yorib   beradi.   Maniki   bo‘lsa,   bir   paqir   suv   olib   kelmaydi…
37
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати  A  ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008)  wwwziyouz . uz
38
 Пардаев А. Ўзбек тилида ѐрдамчи сўз туркумларининг лисоний тизимдаги ўрни ва  лингвопрагматик 
таҳлили. – Т.: Фан нашриёти, 2013. – 168 б. ( Dunyoning  ishlari.  O‘tkir   Hoshimov).  Keltirilgan  bu  misolimizda   ana  yuklamasi
bildirilgan fikrning tasdiqini ta’kidlab kelyapti.
Kuzatishlarimizga tayanib shunday deya olamizki, ana vazifadosh yuklamasi
mana   vazifadosh   yuklamasi   bilan   matn   tarkibida   bir   o‘rinda   qo‘llanganda   gap
mazmuniga   kuchaytirish-ta’kidlash   ma’nosi   bilan   birgalikda,   matndan
anglashilgan   biror   narsa   yoki   voqeaga   baho   berish   ma’nosini   ham   yuklab   keladi.
Masalan,
1 . Shibilg‘oni deysizmi, shakarangur deysizmi, echkiemarmi - hammasi shu bog‘da
bo‘lardi. Ana uzumu mana uzum.
2. Ana rohat-u mana rohat! Usti  muzday, ichi issiq. Bir burdasini  o‘zim yeyman,
bir burdasini kuchugimga beraman.
3. Nihoyat mol bozoriga keldik. Ana bozor-u mana bozor.  (O‘.Hoshimov)
Ana yuklamasining tasdiq ma’nosini ta’kidlab, kuchaytirib keladi:  Menday paytida
otni egarlab o‘zi choptirgan. Jo‘raboshimizday bo‘lganida ketmon bilan bir tanob
yerni   hashpash   deguncha   ag‘darib   tashlagan.   Oltmishvoy   ana   shunaqa   yigit!
(O‘.Hoshimov);   Bir   maza   qilaylik.   Ana   ko‘rdinglarmi   paxtaning   xosiyatini,
tasadduqlar. 
Bu   so‘z   vazifadosh   yuklama   vazifasida   kelganda   tasdiq,   ta’kid   ma’nolari   bilan
birgalikda qahramon kayfiyatidagi  quvonchini, hayajonini  ifodalalashda  ham qo‘l
keladi. Masalan:  Kichkina akamning oyog‘iyam bir joyda turavermaydida. O‘sadi,
etik   sig‘maydi.   Ana   endi   etik   bizniki!   (O‘.Hoshimov);   Ana   bunisi   boshqa   gap!
Xayriyat-e, bo‘yniga oldi oxiri. ;   Yemakxonaga kirganda u taom tanlab o‘tirmaydi,
to‘g‘ri   kelganini   ikki-uch   hissa   qilib   urib   chiqaveradi.   Ana   shuning   uchun   ham
qaddi-qomati hamon shopdek, biror joyidan shikoyati yo‘q.  (E. A’zam); 
Ana vazifadosh yordamchisi matn tarkibida oldin aytilgan fikrning tasdiqini
kuchaytirib   ifodalashga   xizmat   qiladi.   Oqposhsho   keladi   –   ana   endi   keladi!
(Otamdan   qolgan   dalalar.Tog’ay   Murod);     Kinobobomiz   ana   shundayin   dono,
donishmand!  (E.A’zam)
MANA .   Bu   so‘zning   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   bir   qancha
vazifalarda kela olishi ko‘rsatilgan: 1) ko‘rsatish olmoshi vazifasida; 2) ko‘rsatish olmoshlari   oldidan   qo‘llanib,   kuchaytiruv   va   ta’kidni   ifodalab   keladi;   3)   alohida
ta’kidni   ifodalovchi   yuklama;   4)   undov   gapda   hayrat,   kinoya,   tajjub   kabi
ma’nolarni ifodalay olishi keltirilgan. 39
Tilshunos   professor   A.   Pardayev   bu   olmoshni   diskursiv   yuklamalar   safiga
kiritib,  mana olmoshi gapda o‘zining an’anaviy deyktiv belgisiga ko‘ra ko‘rsatish
ma’nosida   emas,   balki   matnga   ma’lum   bir   harakat,   jonlantirish   kiritishga   xizmat
qiladi deya aytib o‘tadi. 40
Keltirilgan   ushbu   ma’lumotlarga   asoslanib,   biz   ham   ikkilanmasdan   mana
so‘zini   kuchaytiruv-   ta’kid   ma’nolarini   ifodalab   keluvchi   vazifadosh   yuklama
sirasiga kiritsak bo‘ladi. 
Mana   vazifadosh   yuklamasi   ko‘rsatish   olmoshlari   oldidan   qo‘llanib,
kuchaytiruv   va   ta’kidni   ifodalab   keladi.   Masalan:     Maktabda   oddiy   muallima
bo‘lgan   eski   xotinining   qo‘lida   bir   qizu   mana   shu   o‘g‘li   Baxtiyor   qoldi .;   Filmni
ovozlashtirganda binoyidekkina o‘zbekcha sayrab berishadi-yu, o‘zaro gap-so‘zga
kelganda  mana   shu  ahvol! ;  Bari  mana bu  arboblik savlatiga, shu savlatni bergan
mayda-chuydalarga   almashtirildi,   qurbon   berildi. ;   Ustoz   deganlari   –
kinochilarimizning   piri,   mana  shu   dargohga   ham   ko‘p  yillar   rahnamolik   qilgan,
ikkitami-uchta   “kartina”si   bilan   mashhuri   jahon   bo‘lgan   yetmish   yoshlardagi
chol .(E.A’zam)
Mana alohida ta’kidni ifodalovchi yuklama vazifasini ham bajaradi:    Mana ,
endi   boshqa   g‘oliblar   qatori   xalqaro   kinoko‘rikka   otlangan. ;   Mana,   necha   yil
bo‘ldiki,   mansab   kursisiga   mahkam   yopishib   olgansan,   arzirli   biror   nima
yozganing yo‘q.;  Mana,  u halidan beri eski charm kresloda Valentina Grigorevna
Samoxinaning qovog‘ini poylab o‘tiribdi.;   Mana,  bordingiz deylik. Chol bog‘dagi
biror daraxt soyasida albatta esnab o‘tirgan bo‘ladi.; Mana, endi sizni tabriklasak
bo‘lar,   o‘rtoq   muallif!;   Mana ,   nihoyat,   ustozu   shogird   o‘sha   o‘rik   tagida
o‘tiribmiz.; Beixtiyor sigaretni labiga qistirib, gugurt chaqdi: “ Mana , hammayoq
kislorod!”;   Mana ,   o‘zing   “iste’dod”   deyapsan,   to‘ng‘ich   o‘zbekcha   kartina
39
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати  M  ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008)  wwwziyouz . uz
40
 Пардаев А. Ўзбек тилида ѐрдамчи сўз туркумларининг лисоний тизимдаги ўрни ва  лингвопрагматик 
таҳлили. – Т.: Фан нашриёти, 2013. – 168 б. ekanini,   anovi   shov-shuvlarni   tilga   olyapsan   –   baloni   bilgich   kinoshunos
bo‘laturib,   filmning   nomiga   kelganda   bunday   bepisand   tusmollab   so‘zlashing
nimasi!  (E.A’zam).
Xulosa   o‘rnida   shuni   ayta   olamizki,   mana   vazifadosh   yuklamasi   o‘zi
qatnashgan   gap   mazmuniga   kuchaytiruv,   ta’kid,   tajjub,   hayrat   kabi   qo‘shimcha
ma’no   yuklab   keladi.   Bu   vazifadosh   yuklama   olmosh   turkumidan   ko‘chgan
yuklama   bo‘lib,   ko‘proq   badiiy,   publitsistik   hamda   oddiy   so‘zlashuv   uslublarida
qo‘llaniladi. Rasmiy va ilmiy uslublarda deyarli uchramaydi.
NIMA . Bu olmoshga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da so‘roq olmoshi deya
ta’rif  berilib, yana bir  nechta ma’nolarni  ifodalab kelishi  aytilgan. Masalan,  nima
olmoshi   so‘roq   gaplar   tarkibida   yana   boshqa   so‘roqni   ifodalovchi   vositalar   bilan
birgalikda kelib, so‘roq mazmunini kuchaytiradi va ta’kidlaydi. 41
Nima olmoshi  nutqiy jarayonda pragmatik imkoniyatini  kengaytirib, so‘roq
mazmundagi   grammatik   vazifasidan   chekingan   holda,   ta’kid   ma’nosini
kuchaytirishga   xizmat   qiladi. 42
  Buni   misollar   asosida   ko‘raylik:   «Nima,   buningni
boshida   shoxi   bormi,   ishlasin-da»,   deydi...   ;   Nima,   or   qilyapsanmi?   —   dedi   bir
muddat   xomush   o‘tirgach.;   Nima,   sen   kinoyulduzmisan?   Jahonshumul
shaxsmisan?;   Sizga   ham   Acha   xoladan   yuqqan   shekilli,   —   dedim   yarim   hazil,
yarim   kinoya   qilib.   —   Nima,   fol   ochyapsizmi?   (O‘.Hoshimov).   Keltirilgan   ushbu
misollardagi   so‘roq   ma’nosi   –mi   so‘roq   yuklamasi   orqali   shakillangan.   Nima
olmoshi esa taajjubni kuchaytirish va so‘roq mazmunini ta’kidlash bilan birgalikda
nutqni   jonlantirishga,   uni   harakatli   qilishga   xizmat   qilmoqda.   Keling,   jumla
tarkibidagi   nima   nisbiy   yuklamasini   bir   o‘rinda   qatnashtirib,   boshqa   bir   o‘rinda
tushirib ko‘raylik:  Nima, vrach sizdan rostdan ham pul so‘radimi?  (O‘.Hoshimov)
Qiyoslaymiz:   vrach sizdan rostdan ham pul so‘radimi?  Ushbu misolda qo‘llangan
nima   diskursiv   yuklamasi   vositasida   matn   odiy   axborot,   xabar   berishga   nisbatan
birmuncha   ta’sirliroq,   yorqinroq   va   jonliroq   obrazli   faoliyatni   yuzaga   keltirishga
41
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати  Н  ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz.uz
42
 Пардаев А. Ўзбек тилида ѐрдамчи сўз туркумларининг лисоний тизимдаги ўрни ва  лингвопрагматик 
таҳлили. – Т.: Фан нашриёти, 2013. – 168 б. xizmat   qilmoqda.   Nima   yuklamasi   tushirilgan   qismi   esa,   oddiy   so‘roq   mazmunli
gap bo‘lib kelyapti. 
BU.  “O‘zbek tilining izohli lug’ati”da bu so‘zini omonim so‘z safiga kiritib,
ikki   ma’noda:   1)   ko‘rsatish   olmoshi;   2)   kuchaytiruv-   ta’kid   yuklamasi   bo‘lib
kelishi aytilgan. 43
Tilshunosligimizda   yaratilgan   bir   qancha   ilmiy   ishlarda   ham   bu   so‘zining
yuklama vazifasida kelishi ta’kidlangan. 44
Bu   vazifadosh   yuklamasi   gapdagi   ma’noni   kuchaytirish,   ta’kidlash   uchun
xizmat qiladi. Masalan:   Bu deyman, do‘kongayam chiqmaysan, — dedi yana ham
ingichkaroq   tovushda.;   Bu   diyman,   uka,   gazetlaringga   bizniyam   yozsa
bo‘lavuradimi?   Yo   buniyam   «ohoni»   bormi?;   Bu   Maskov   degani   xo‘pam   katta
shahar   ekan.   (O‘.Hoshimov)   matnlarida   bu   olmoshi   yuklama   ko‘chib,   muloqot
jarayonida   tinglovchi   diqqatini   tortish,   ifodalanayotgan   fikrlar   ketma-ketligini
ta’minlash maqsadida qo‘llanilgan.
Olmosh   turkumidan   ko‘chgan   bu   vazifadosh   yuklamasi   ko‘proq   badiiy
uslubda qo‘llaniladi.
QANI .   Bu   so‘zga   izohli   lug‘atda   so‘roq   olmoshi   deya   ta’rif   berilib,
so‘zlovchining   ko‘z   o‘ngidagi   shaxs   yoki   narsaning   qayerda   ekanligi   haqidagi
so‘roqni   bildirgan   o‘rinlarda   so‘roq   olmoshi   vazifasini   bajarib   kelishi
ta’kidlangan. 45
 Masalan:  Nima bo‘ldi? — dedi oyim tipirchilayotganimni ko‘rib. —
Soqqam   qani ?; Dalavoy shiddat bilan otdan sakrab tushdi. —   Qani   qog‘ozingiz?
(O‘.Hoshimov)
Qani   so‘zi   so‘roq   manosidan   tashqari   yana   o‘zi   qo‘llangan   jumla   tarkibiga
etiborni   jalb   etish,   undash,   da’vat   ma’nolarini   ham   yuklab   keladi.   Ushbu
ma’nolarni   ifodalab   kelgan   o‘rinlarda   esa   yuklama   vazifasini   bajarib   keladi.
Masalan:   Qani   ayting, nimaga ishonish kerak, kimga ishonish kerak?» ; Iya, ana,
Shayx kelib qoldi! — dedi allakim tantana bilan. —  Qani , samovarga o‘zing qaray
43
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати  Б  ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz.uz
44
 Исоқов З. Ўзбек тилида сўз туркумларининг ўзаро муносабати ва унда юкламаларнинг ўрни: Филол. фан. 
номз. …дис.автореф.–Фарғона, 2005.-22 б.; Пардаев А. Ўзбек тилида ѐрдамчи сўз туркумларининг лисоний 
тизимдаги ўрни ва  лингвопрагматик таҳлили. – Т.: Фан нашриёти, 2013. – 169 б.
45
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати  Қ  ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz.uz qol.;   Iye-iye,   qoravoylar,   kep   qopsizlar-da!   —   deydi   quvonib.   —   Qani ,   kampir,
chodirni   opchiq.;   Qani ,   kela   qoling,   —   dedi   oyim   ayvon   tomonga   yurib.;   Qani
uyga,   —   dedi   dadam   qo‘lini   ko‘ksiga   qo‘yib.   —   Bir   piyola   choyimiz   bor.;   Qani ,
tuyog‘ingni shiqillat! — dedi tahdid bilan.;   Qani   chertib ko‘rchi. Yetti pushtingni
quritib   yuboraman!;   Qani,   tura   qol,   bolam,   echkini   haydashib   borasan.;   Qani ,
bo‘yniga   olmay   ko‘rsin-chi.;   Qani,   otlan!   —   dedi   odatdagidek   shoshilib.   —
Jizzaxga  ketdik.   (Dunyoning ishlari. O‘.Hoshimov).! (   Qani , tuyog‘ingni  shiqillat-
chi!   —   dedi   Grisha   tishini   g‘ijirlatib.;   Qani,   nonga   qara.   Oyimlarning   nonlarini
sog‘ingansan  Tushda kechgan umrlar. O‘.Hoshimov)  
Qani   vazifadosh   yuklamasi   istak-xohish   mazmunli   gaplar   tarkibida
qo‘llanib,   istak-xohish   ma’nosiga   alohida   ta’kid   hamda   urg‘u   beradi.   Masalan:
Shahnoza   chirqillab   erining   yelkasidan   tortqilashga   tushdi.   Qani   kuchi   yetsa!;
Qani   shunaqalardan   o‘n   mingi,   boring,   ana   mingtasi   bo‘lsa!;   Grisha   derazani
yopdiyamki,   qulog‘i   tinchisa   qani ?;   U   yoqqa   ag‘darildi,   bu   yoqqa   ag‘darildi.
Qani   uyqu kelsa!;   Uyqu kelsa,   qani ! Xayol ming ko‘chaga olib kiradi.; Komissar
g‘azabdan qaltirab qoldi. Tili kalimaga kelsa qani!  (O‘.Hoshimov)
AYNAN. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da aynan so‘zini bir o‘rinda ravish
turkumidagi so‘zga, yana bir o‘rinda esa yuklamaga kiritgan. 46
Aynan   so‘zi   matn   tarkibida   qo‘llanganda   “xuddi   o‘zi,   qanday   bo‘lsa
shunday, o‘zgarishsiz” kabi ma’nolarni ifodalab kelgan o‘rinlarda ravish vazifasini
bajarib   keladi.   Masalan:   Andak   tanaffusdan   so‘ng   axborot   matni   aynan
takrorlangach, irg‘ib o‘rnidan turdi.
Aynan   so‘zi   yuklam   vazifasini   bajarib   kelganda   jumla   mazmuniga
kuchaytirish,   ta’kid   manosini   yuklaydi.   Shunga   asosan   bu   vazifadosh   yuklamani
kuchaytiruv-ta’kid     yuklamalari   safiga   kiritsak   bo‘ladi.   Masalan:   Gazetada
o‘qidim:   Xitoy   tomonlarda   aynan   shuni   davolaydigan   usullar   chiqqanmish.
Uyg‘uristonga   ijodiy   safarga   bormog‘i   zarurligini   bayon   etib   markaziy
uyushmaga   ariza   yo‘lladi;   shoir   haqidagi   dastlabki   “Furqat”   filmi   aynan   o‘zi
dunyoga   kelgan   yili   (kim   tekshirib   boryapti!)   ishlanganiniyu   uning   ijodiga,
46
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати A ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz.uz demakki,   murakkab   taqdiriga   qiziqishi   g‘oyat   zo‘rligini   pisanda   qilmoqni   ham
unutmagan   edi. ;   Aynan   shunisi   boshqa   birovga   qiziq   tuyulgan   bo‘lsa   ham   ajab
emas. ;   Nega   endi   o‘zbek?   Aynan   o‘zbek?   Men-chi?   Oyim-chi?   –   deydi   Vika
kutilmaganda begona tusga kirib. ;  Aynan  mana shu o‘rinda biz ham bekinmachoq
o‘ynamay,   qo‘shtirnoqsiz   atasak   yarashardi   uni! ;   Goho   yetti   uxlab   tushingizga
kirmagan girdob yo mag‘zavalarga yo‘liqasiz, ammo ularni chetlab-aylanib emas ,
aynan   kechib   o‘tmog‘ga   mahkumsiz!   (E.A’zam);   Nega   endi   aynan   «o‘ldirib
ketishgan»   deyapsiz?;   Soatning   ro‘parasida   aynan   To‘laganning   o‘zi   turar   edi.;
Hozir...   Kapalak   qanotidek   bir-ikki   silkinadi-yu...   aynan   yurakning   o‘zini   so‘rab
turgan   ko‘zlardan   yosh   oqadi...;   Xuddi   pana-panada   dushmanlar   yashirinib
olgandek, avtomatini  aynan  menga o‘qtalib turgandek, boshimni ichimga tortdim.;
Keyin   majlis   bo‘ldi.   Uch   kecha...   Darsdan   keyin...   Aynan,   darsdan   keyin...
RayONOdan odamlar keldi.; O‘sha kuni aynan Shomatovning podezdi ro‘parasida
nima   qilayotgan   edingiz?;   Aynan   o‘sha   kuni   eshik   qulflanib   qolganmidi-yo‘qmi?
(O‘.Hoshimov).;   O‘tgan   yili   Armanistonda   bo‘lib   o‘tgan   yig‘ilishda   navbatdagi
forum   aynan   Samarqandda   o‘tkazilishini   hohlagandik.;   Daniyaning   sharqiy
Yutlandiyasidagi Norrea vodiysidagi yer qismi   aynan   shu harf bilan nomlangan.;
Qizig‘i,   uni   faqat   aynan   shu   markadagi   kartoshka   chipslari   qiziqtiradi .
(Zarafshon)
Yuqorida   keltirilgan   misollarda   qatnashgan   aynan   so‘zi   jumla   mazmuniga
ta’kid ma’nosini kuchaytirib ifodalab kelayotgan nisbiy yuklamadir. 
Aynan   vazifadosh   yuklamasi   so‘zlashuv,   badiiy   va   publitsistik   uslublarda
faol qo‘llanilib, ilmiy va rasmiy uslublarda deyarli qo‘llanilmaydi.
AYNI . O‘zbek tilining izohli lug‘atida ushbu so‘zni narsa va hodisaga ishora
qiluvchi olmoshga hamda ta’kid-kuchaytirishni ifodalovchi yuklamaga kiritgan. 47
Ayni   olmoshi   yuklama   vazifasini   bajarib   kelganda   o‘zi   qatnashgan   jumla
mazmuniga   kuchaytiruv-ta’kid   ma’nosini   yuklab   keladi.   Masalan:     Hozir   ayni
siyosiy   mashmashalar   avjiga   chiqqan   zamon!;   Ayni   tobda   Farhodning   xayoli
ketgan,   uncha-muncha   gap   qulog‘iga   kirmas,   g‘ala-g‘ovurdan   bezor   bo‘lgan   edi
47
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати A ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz.uz u.;; Ammo shularning bari-barida allaqanday bir xo‘jako‘rsinchilik,   ayni   choqda
odatiylik   ruhi   ham   sezilardi .   (E.A’zam).;   Ayni   qahatchilik,   urush,   birov   birovga
holing   nima   kechdi,   deyishi   mahol...;.;   Choponli   kishi   echkining   ikkala   biqiniga
shapillatib qo‘ydi. — Xudo xohlasa,   ayni   qish chillasida bolalarning og‘zi oqarib
qoladi, birodar!;  Ayni  yoz chillasida ammam tag‘in keldi. (O‘.Hoshimov)
Ayni   vazifadosh   yuklamasi   matn   tarkibida   bir   qancha   so‘zlar   bilan
sinonimlik   qatorni   tashkil   qila   oladi:   1)   rosa   so‘zi   bilan:   Ish   ayni   qiziganda,
kutilmagan   voqea   ro‘y   berdi (O‘.Hoshimov).   Qiyoslaymiz :   Ish   rosa   qiziganda,
kutilmagan  voqea   ro‘y   berdi. ;   2)   aynan   so‘zi   bilan:   Kim   bo‘ldi   ekan-a?  Indamay
yotaveray   desa,   eshikni   buzib   kirmoqdan   ham   toymaydigan!   Boya   chiroqni
o‘chirib   qo‘ysa   bo‘larkan,   derazada   shu’la   ko‘ringan-da.   Jin   ursin,   kelib-kelib
ayni   nozik   paytda!.. (E.A’zam).   Qiyoslaylik:   Kim   bo‘ldi   ekan-a?   Indamay
yotaveray   desa,   eshikni   buzib   kirmoqdan   ham   toymaydigan!   Boya   chiroqni
o‘chirib   qo‘ysa   bo‘larkan,   derazada   shu’la   ko‘ringan-da.   Jin   ursin,   kelib-kelib
aynan  nozik paytda!.. 
ATIGI .   Bu   so‘zning   O‘zbek   tilining   izohli   lug‘atida   ravish   turkumiga   kirishi
aytilgan. 48
 
Atigi   so‘zining   “O‘zbek   tili   sinonimlarining   izohli   lug‘ati”da   bor-yo‘g‘i,
bori, bo‘lgani, nihoyati, faqat(gina)  so‘zlari bilan bir sinonimik qatorda tura olishi
keltirilgan.  49
Atigi   so‘zi   matn   tarkibida   qo‘llanganda   miqdor-daraja   ravishi   bo‘lib   kelish
bilan   birgalikda,   matn   mazmunidan   anglashilgan   fikrga   ayirish,   chegaralash
ma’nolarini   ham   yuklab   kela   oladi.   Aynan   jumla   mazmuniga   ayirish-chegaralash
ma’nolarini   yuklab   kelgan   o‘rinlarda   bu   so‘zni   vazifadosh   yuklamalar   safiga
kiritsak   bo‘ladi.   Masalan,   Shu   bilan   birga,   Rossiyada   atigi   7   ta   kon   mavjud   va
ularning   deyarli   barchasi   Baykal   ortida   joylashgan.   ..   Amerikalik   egizaklar   Jim
Lyuis va Jim Springer atigi uch haftalik bo‘lganida, 15 yoshli onasi  rad javobini
yozgan, bolalar ajratilib, ularni turli oilalar asrab olgan .(Zarafshon).
48
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати A ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz.uz
49
 А.Ҳожиев. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. Т.: Ўқитувчи, 1974. 39-б. Atigi   so‘zi   quyidagi   so‘zlar   bilan   ma’nodoshlikni   yuzaga   keltira   oladi:   1)
faqat(gina) so‘zi bilan:  Ermon buva yana bitta afsona aytib berdi. Bu cho‘pchakni
atigi   bir   marta   aytgan   bo‘lsa   ham   negadir   xotiramda   saqlanib   qoldi
(O‘.Hoshimov) .   Qiyoslaymiz :   Ermon   buva   yana   bitta   afsona   aytib   berdi.   Bu
cho‘pchakni   faqatgina   bir   marta   aytgan  bo‘lsa   ham  negadir   xotiramda   saqlanib
qoldi. ;   O‘zining kelganiga atigi bir hafta bo‘libdi-yu, Toshkentda nima gapligini,
kinochilar   orasida   nima   mishmishlar   yurganini   ijikilab   surishtiraveradi.
(E.A’zam).   Qiyoslaymiz:   O‘zining   kelganiga   faqat   bir   hafta   bo‘libdi-yu,
Toshkentda nima gapligini, kinochilar orasida nima mishmishlar yurganini ijikilab
surishtiraveradi. ;     Dunyoga  hirs   qo‘ysa   atigi   bir  uy,  bir   ayvonga  qanoat  qilmay,
qo‘sha-qo‘sha   imoratlar   soldirgan   bo‘lardi. (O‘.Hoshimov).   Qiyoslaymiz:
Dunyoga   hirs   qo‘ysa   faqat   bir   uy,   bir   ayvonga   qanoat   qilmay,   qo‘sha-qo‘sha
imoratlar  soldirgan  bo‘lardi .2)   bor-yo‘g‘i   so‘zi  bilan:     Vallamat  Mirzo  Ramazon
atigi   ellik   to‘rt   yoshida   to‘satdan   dunyoni   tark   etdi   (E.A’zam).   Qiyoslaylik:
Vallamat   Mirzo   Ramazon   bor-yo‘g‘i   ellik   to‘rt   yoshida   to‘satdan   dunyoni   tark
etdi. ; Atigi vazifadosh yuklamasi  miqdorni bildiruvchi so‘zlar oldidan qo‘llanilib,
shu   matndan   analashiladigan   miqdor   bilan   bog‘liq   ma’noni   kuchaytirib   ta’sirli
qilib ifodalashga xizmat qiladi. Masalan,  Tag‘in bir daqiqa,  atigi  bir daqiqa o‘tsa,
o‘zimni idrok etolmay qolishimni sezib turardim  (O‘.Hoshimov). 
Atigi vazifadosh yuklamasi badiiy, publitsistik hamda so‘zlashuv uslublarida
qo‘llaniladi. Ilmiy va rasmiy uslublarda deyarli ishlatilmaydi desak ham bo‘ladi.
AXIR.  Bu so‘zning O‘TILda ikki xil so‘z turkumida kelishi, ya’ni ravish va
yuklama   vazifalarida   qo‘llana   olishi   aytib   o‘tilgan.   Axir   so‘zi   ravish   vazifasida
kelganda   “oxiri,   provardida,   nihoyat”   kabi   ma’nolarni   ifodalaydi,   yuklama
vazifasida qo‘llanganda esa ma’noni kuchaytirish va ta’kidlash uchun qo‘llanadi.
Masalan:   Qazisan,   qartasan,   axir   zotingga   tortasan!   -dedi   kampir   omborni
qulflayotib.(A.Qahhor).     Ushbu   keltirilgan   misolda   axir   so‘zi   ravish   bo‘lib
kelyapti.    Axir   so‘zi   yuklama vazifasida  kelganda  o‘zi  bog‘lanib  kelgan sintaktik
qismga   ko‘proq   ta’kid   ma’nosini   beradi.   Bu   yuklama   so‘zlovchining   voqelikka
munosabatini   aniqlashda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  yuklamaning jumladagi ahamiyatini   bilish   uchun   u   ishtirok   etgan   jumlani   qo‘llangan   va   qo‘llanmagan
holda   qiyoslab   ko‘rishning   o‘zi   kifoya.   Bu   yuklama   o‘zi   ishtirok   etgan   matndagi
gumon   ma’nosini   ta’kidlaydi:   -   O‘zi   qayoqda   ekan?   —   Unisini   bilmadim.   O‘sha
xatga   bitgandir   axir,   qayerdaligini.     (Said   Ahmad);   Mayli,   baxtingizni   sinab
ko‘ring. Bu kunlar  ham  o‘tib ketadi.  Biron yorug‘  kun bordir  axir.(Said Ahmad).
Axir   yuklamasi   o‘zi   qatnashgan   jumladagi   so‘roq   mazmunini   ta’kidlab   keladi:   -
O‘ylasang-chi,   Dildor,   dadam   qarib   qolgan   narsa.   Besh   kunligi   bormi,   yo‘qmi,
nima qilay, tashlab ketaymi, axir? (Said Ahmad); Yutqazganni «taka» qilib xarrak
tagidan   o‘tkazadilar.   («Vaqtni   o‘ldirish»   kerakmi   axir?).   (O‘.Hoshimov).;   Puli
bilan   nima   ishing   bor!   —   U   qo‘lini   paxsa   qildi.   —   Pskentning   o‘ziga   borasanmi
axir?   Matn   tarkibida   –ku   bilan   birgalikda   qo‘llanganda,   ta’kid   ma’nosini
kuchaytiradi:   Jonholatda   o‘zimni   orqaga   tashladim.   Axir   bu...   Shahnoza-ku.
(O‘.Hoshimov);   Tanidim!   Axir   bu   —   o‘zimizning   «vojak»-ku.;   Axir...   Axir   bu
o‘zimning   tomorqamdagi   daraxt-ku.   Mana   qarang,   qurib   qolgan.;   Endi   ko‘z
o‘ngimga   Risolat   opa   keldi.   Axir   maktabdagi   eng   chiroyli,   eng   shirinso‘z
o‘qituvchi   shu   —   o‘zimizning   Risolat   opamiz-ku!;   Dallol   shu   yerning   odami-ku.
Topilar   axir,   —   derdi   oyim   menimi,   o‘zinimi   yupatib.   (O‘.Hoshimov).   kabilar.
Axir   yuklamasi   -ku   endi   kabi   ayrim   vositalar   bilan   sinonimlikni   hosil     qiladi.
Ammo   shunga   alohida   to‘xtalib   o‘tish   kerakki,   matndagi   ta’kid   ma’nosini
ifodalashda axir yuklamasi o‘ziga xos xususiyatini namoyon qiladi.  
YOLG‘IZ .   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   yolg‘iz   so‘zining   bir   nechta
ma’nolarda   kela   olishi   to‘g‘risida   ma’lumotlarni   uchratamiz.   Shunga   asoslanib
ayta olamizki, yolg‘iz so‘zining semantik maydoni keng bo‘lib, bu so‘z bir o‘rinda
sifat   turkumiga   mansub   so‘z   bo‘lib   kelsa,   yana   bir   o‘rinda   yordamchi   so‘z
turkumlaridan   biri   yuklama   bo‘lib   kela   oladi   ekan.   Yana   bir   adabiyotda   yolg‘iz
so‘zini sifat turkumidan ko‘chgan nisbiy yuklamalar safiga kiritishgan. 50
 
  Shu   sifat   turkumiga   xos   bo‘lgan   bu   so‘z   yuklama   vazifasini   bajaruvchi
mustaqil   so‘z   hisoblanadi.   Bu   so‘z   yuklama   sifatida   yakka,   yagona,   tanho,   bir,
birgina,   faqat   so‘zlari   bilan   ma’nodoshlikni   yuzaga   keltira   oladi:   1)   faqat   so‘zi
50
  SayfulIayeva   R . R .,  Mengliyev   B . R .,  Boqiyeva   G . H .,  Qurbonova   M . M .,  Yunusova   Z . Q .,  Abuzalova   M . Q .  Hozirgi  
o ' zbek   adabiy   tili .  O ' quv   qo ' lIanma . -  T ., « Fan   va   texnologiya ., 2009. – 267  b . bilan:   Qarasam,   yonimda   hech   kim   yo‘qmish.   Bir   o‘zim   qolibman.   Yolg‘iz   o‘zim.
(O‘.Hoshimov);   Qiyoslaylik:       Qarasam,   yonimda   hech   kim   yo‘qmish.   Bir   o‘zim
qolibman .   Faqat   o‘zim. ;   2)   yagona,   yakka   so‘zlari   bilan:   Poshshoning   Xudodan
tilab-tilab   olgan   yolg‘iz   o‘g‘li   bor   ekan. (O‘.Hoshimov).   Qiyoslaymiz:
Poshshoning Xudodan tilab-tilab olgan  yakka(yagona)  o‘g‘li bor ekan. ; 3) birgina
so‘zi bilan:  Kech kirgan sayin yuragi siqilaveradi.  Yolg‘iz  ovunchog‘i — televizor.
(O‘.Hoshimov).   Qiyoslaymiz:   Kech   kirgan   sayin   yuragi   siqilaveradi.   Birgina
ovunchog‘i — televizor .
Yolg‘iz   so‘zining   semantik   maydonining   kengligini,   uning   matn   tarkibida
ko‘p   o‘rinlarda   ayiruv-chegaralov   yuklamasi   vazifasida   kela   olishini   ko‘rishimiz
mumkin. 
  Umuman   olganda,   faqat,   faqatgina,   tanho,   yolg‘iz,   yolg‘izgina,   yakka,
yagona,   bir,   birgina   kabi   sof   va   funksional   yuklamalari   o‘zaro   ma’nodoshlik
munosabatda   bo‘lsa-da,   ya’ni   jumla   tarkibida   biri   ikkinchisi   o‘rnida   bemalol
qo‘llanilib   kela   olsa-da,   ammo   ular   ham   o‘zaro   bir-biri     xususiy   farqlanishlariga
ega.   Bu   yuklamalarning   ushbu   o‘ziga   xosliklari   matn   mazmunidan   anglashilib
turadi.   Shunga   ko‘ra   ular   ba’zi   o‘rinlarda   bir-biri   bilan   o‘rin   almasha   olsa,   ba’zi
o‘rinlarda   buning   imkoni   bo‘lmaydi.   Matnda   ularning   qaysidan   foydalanish   esa
uslubiy imkoniyatdan kelib chiqib tanlanadi. 
TIM.   Bu   so‘zga   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   bir   nechta   ma’nolarni
ifodalab   keluvchi   omonim   so‘z   deya   ta’rif   berilgan.   Lug‘atda   bu   so‘zni   “qora”,
“qorong‘ulik” so‘zlari oldidan ishlatiladigan kuchaytiruv yuklamasiga kiritgan. 51
Demak,   tim   so‘zi   yuklama   vazifasida   kelganda   o‘zi   qatnashgan   jumla
tarkibidagi rang bildiruvchi qora va qorong‘ulik so‘zlari oldidan kelib, shu so‘zlar
ma’nosini kuchaytirib ifodalashga xizmat qiladi. Masalan,  
AKSINCHA.   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   aksincha   so‘zini   bir   necha
vazifada,   ya’ni   ravish,   kirish   so‘z   hamda   yuklama   bo‘lib   kela   olishi   aytilgan.
Lug‘atda   bu  so‘zni   zidlash   ma’nosini   ifodalovchi   vazifadosh   yuklamaga  kiritgan.
Masalan:   Xo‘sh,   u   bir   vaqtlar   Ilmen   ko‘li   bo‘yida   o‘zini   entiktirgan   bu
51
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати   Т  ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008)  wwwziyouz . uz tamannodan shu tariqa alamini olmoqchi bo‘ladimi? Yo‘q, yo‘q, aslo!  Aksincha  –
o‘sha   xotiralar   beorlarcha   savdoga   qo‘yilgani   uning   ensasini   qotiradi,   xolos.
(E.A’zam).   Misolda   qo‘llanilgan   aksincha   yordamchisi   o‘zi   qo‘llangan   jumla
mazmuniga   shunchaki   zidlikni   emas,   balki   zidlik   bilan   birga   kuchaytiruv,   ta’kid
ma’nolarini ham  yuklab kelmoqda. Masalan,   Ovozida na ta’na, na pushaymonlik
bor.   Aksincha!   Ilk   luqmasi   bilan   Farhodning   mubhamlik   in   qurgan   dilini   ostin-
ustin qilib yubordi: – Kelmaysanmi? (E.A’zam)
NA...   NA .   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   bu   yordamchi   vositaga   ayiruv
bog‘lovchisi   deya   ta’rif   berilgan.   Yordamchilar   borasidagi   dastlabki   izlanishlarda
na... na yordamchisi  teng bog‘lovchining bir  turi bo‘lgan inkor bog‘lovchisi  deya
o‘rganilib   kelingan.   Keyingi   yillardagi   izlanishlarda,   xususan   tilshunos   G‘.
Abdurahmonov esa uni ham inkor bog‘lovchisi, ham yuklamalik xususiyatiga ega
bo‘lgan so‘z deb ko‘rsatadi.
R.Rasulov   bu   yordamchini   maxsus   o‘rganib   chiqib,   asosan   ikki   xil
pozitsiyada kelishini aytadi: 1) uyushgan gap bo‘laklaridan oldin, 2) qo‘shma gap
tarkibidagi   sodda   gaplarda.   Na…na   ning   uyushiq   bo‘laklardan   oldida   kelishi,   u
uyushiq   bo‘lakning   gapda   tutgan   o‘rni,   bajarayotgan   vazifasiga   qarab   farqlash
mumkin.   U   uyushgan   ega,   kesim,   aniqlovchi,   to‘ldiruvchi   va   hollarning   oldida,
asosan,   takrorlangan   holda   kelib,   gapning   umumiy   mazmuniga   va   ayrim   gap
bo‘laklariga   ta’kid,   kuchaytirish,   inkor,   noaniqlik   kabi   ma’nolarni   berish   uchun
xizmat qilishini aytadi. 52
Umuman   olganda,   bu   na…na   yordamchisining   ham   vazifasi   keng   bo‘lib,
birinchi vazifasi matn tarkibida inkor, ta’kid, bo‘lishsizlik ma’nolarini ifodalovchi
yuklama   bo‘lsa,   ikkinchi   vazifasi   esa   gap   qismlarini   bog‘lashga   xizmat   qila
olishidir.
Na…na   inkor   yuklamasi   xuddi   shunday   inkor   ma’nosini   ifodalovchi   bir
qator  so‘zlar bilan manodoshlikni  yuzaga keltira oladi. Masalan,  1) ham…ham…
yo‘q so‘zi bilan:  Ovozida na ta’na, na pushaymonlik bor  (E.A’zam).; Qiyoslaymiz:
Ovozida   ta’na   ham,   pushaymonlik   ham  yo‘q. ;   2)   yo‘q  so‘zi   bilan:   To‘rt   mucham
52
 Расулов Р. Ўзбек тилида ёрдамчи с ў зларнинг семантик-грамматик хусусиятлари. – Т.: Фан, 1983. –Б.79. sog‘,   do‘stlarim   bor   havas   qilgulik   /   Nolimayman   na   kelajak,   na   o‘tmishimdan
(A.Oripov).;   Qiyoslaymiz:   To‘rt   mucham   sog‘,   do‘stlarim   bor   havas   qilgulik   /
kelajagimdan, o‘tmishimdan noliganim yo‘q  kabi.
Ba’zan she’riy matnlarda na…na yuklamasi bilan -da yuklamasi yonma-yon
qo‘llanilishida   duch   kelamiz.   Buni   shoir     ta’sirchanlikni   kuchaytirish   maqsadida
qo‘llagan bo‘lsa kerak. Masalan: Yuragimda na havas bor, na-da bir hayrat, / Falak
sari   bo‘yingni   cho‘z,   daraxt,   bir   fursat!   (U.A’zim).Ushbu   keltirilgan   misollarga
birida inkor yuklamasi na…na qatnashyapti, bittasida esa inkor ma’nosini ifodalab
keluvchi   so‘zlarni   qo‘llayapmiz.   E’tibor   qaratadigan   bo‘lsak,   yuklasasi   orqali
ifodalangan   inkor   boshqa   vositalar   bilan   yasalgan   inkor   ma’nosiga   nisbatan
kuchriroq va ta’sirliroq chiqadi.
 Bob bo‘yicha qisqacha xulosalar
 
1.   Ishimizning   bu   qismida   yordamchi   so‘zlarning   leksema   va   qo‘shimcha
orasida   «oraliq   uchinchi»   hodisani   yuzaga   keltira   olishi,   ularning   ham   leksema,
ham   grammatik   morfema   xususiyatini   o‘zida   mujassamlashtirishi,   matn   tarkibida
alohida qo‘llanila olish yordamchi so‘zni mustaqil  so‘z bilan yaqinlashtirsa, turli-
tuman   munosabatni   ifodalash   kabi   umumlashgan   ma’no   uni   morfemaga,
qo‘shimchaga   yaqinlashtiradi.   Yordamchi   so‘zlar   so‘z   va   qo‘shimcha   ziddiyatida
«oraliq uchinchi» vazifasida kela olishiga to‘g‘risidagi fikrlar keltirilgan. 
2.   Hozirgi   o‘zbek   tilida   yuklamalar   eng   faol   grammatik   vositalardan
hisoblanadi.     O‘zbek   tilida   so‘z   shaklidagi   yuklamalar   sifatida   quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin:  faqat, axir, hatto, hattoki, nahot, nahotki,  xuddi, na... na kabi
sof   hamda   aqalli,   atigi,   aksincha,   ana,   aynan,   ayni,yolg‘iz,   tugul   va   b.kabi   nisbiy
yuklamalar   kiradi   va   ishda   shu   yuklamalarning   semantik-stilistik   jihatlariga
to‘xtalganmiz. 
3.   So‘z   ko‘rinishidagi   faqat,   yolg‘iz,   yakka,   yagona,   tanho,   bir,   faqatgina,
yolg‘izgina,   birgina   kabi   yuklamalari   va   funksional   yuklamalari   o‘zaro
ma’nodoshlik munosabatda bo‘lsa-da, ya’ni matnda biri ikkinchisi o‘rnida bemalol qo‘llanib kela olsa-da, biroq ular o‘zlarining xususiy farqlanishlariga ega. Ularning
ushbu   o‘ziga   xosliklari   matndan   anglashilib   turadi.   Shunga   kura   ular   ba’zan   bir-
birlarining o‘rnilarida  erkin almashsa,  ba’zan  buning imkoni  bo‘lmaydi. Ularning
matnda tanlab ishlatilishi uslubiy talab bilan amalga oshiriladi. 
  4.   Sof   yuklamalar   ham,   so‘z   ko‘rinishidagi   vazifadosh   yuklamalar   ham
kommunikativ   nutq   jarayonida   o‘ziga   xos   semantik-stilistik   xususiyatlarini
namoyon   qiladi   va   so‘zlovchi   yoki   muallifning   pragmatik   maqsadini   yuzaga
chiqarishda   muayyan   vazifalarni   amalga   oshiradi.   Bu   vositalar   jumla   mazmuniga
jiddiy   ta’sir   ko‘rsatib,   nutq   jarayonida   taajjublanish,   ta’kidlash,   kuchaytirish
ma’nolarini   ifodalashda   alohida   faollik   ko‘rsatib,   o‘ziga   xos   semantik-stilistik
xususiyatlarini namoyon etadi. 
5.   Ushbu   bobda   olmosh   turkumidan   ko‘chgan:   ana,   mana,   nima,   bu,   qani,
ayni;   ravish   turkumidan   ko‘chgan:   aksincha,   atigi,   aynan   funksionak
yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlari misollar asosida tahlil qilingan. 
6.   Yordamchi   so‘zlar   sirasi   masalasi   hali   ham   oxiriga   yetgan   emas.   Ayrim
birliklarning   qaysi   guruhga   kirishi   haligacha   munozarali   bo‘lib   kelmoqda.Ba’zi
so‘zlarni   muayyan   guruhga   kiritsak-da,ba’zi   vazifalari   o‘z   guruhining   umumiy
vazifasiga   mos   kelmay   qoladi.   Bu   xil   muommoni   hal   etishda   tronspozitsiya   yoki
transformatsiya   yoki   omonimiya   hodisasi   deyish   an’anaga   aylandi.Ammo
H.Nematov   bu xildagi birliklarni ko‘chishlar emas,”oraliqdagi birliklar” deyishni
ma’qul topdi. 
7.Xulosa   o‘rnida   aytishimiz   mumkinki,   “oraliq   uchinchi”ga   oid   fikrlar
doimiy   munozarali   bo‘lib,   bugungi   kunda   badiiy   matnda   transpozitsiya   hodisasi
natijasida sezilarli ko‘paygan. Bu qarashlar, albatta, amaliyotda, ya’ni badiiy matn
tarkibida yana-da aniqrog’ namoyon bo‘ladi.
III BOB. QO‘SIMCHA KO‘RINISHIDAGI YUKLAMALARNING
USLUBIY XUSUSIYATLARI 3.1. Qo‘simcha ko‘rinishidagi yuklamalar haqida ma’lumot
Yuklamalar   so‘z   yoki   qo‘shimcha   ko‘rinishida   bo‘lishini   yuqoridagi
boblarda   ta’kidlab   o‘tgandik.   Bugungi   kunda   qo‘shimcha   ko‘rinishidagi
yuklamalar sirasiga -mi, -chi, -a, -ya so‘roq va taajjub yuklamalari, ku, -u(-yu), -da,
-oq(-yoq),   -ki,   -kim   kabi   kuchaytiruv   va   ta’kid   yuklamalari,     -gina   (-kina,   -qina)
kabi   ayiruv   va   chegaralov   yuklamalari   hamda   -dir   gumon   yuklamasini
ko‘rsatishimiz   mumkin.   Ushbu   bobda   ana   shu   yuklamalar   haqida   va   bu
yuklamalarning   o‘zaro   va   boshqa   grammatik   vositalar   bilan   sinonimik   aloqasiga
to‘xtalamiz.
Tilshunoslarimiz   yordamchi   so‘z   turkumlaridan   biri   bo‘lgan   yuklama
borasida   bir   qancha   baxs-munozara   yuritishdi.   Asosiy   masala   esa   yuklamalarni
so‘zga kiritish kerakmi, yoki qo‘shimchaga degan savol edi.  
                  Ko‘pchilik   tilshunoslar   yordamchi   so‘zlarni   “so‘z”   doirasidan
chiqaruvchilar   ishonarli   dalillarini   keltirishdilar,   xususan,   yuqorida   aytib
o‘tilganidek   ularning   shaklan   va   mazmunan   so‘zga   yaqin   kelmasligi   aniq.   Biroq
ularning   qo‘shimchalar   emasligini   ko‘rsatuvchi   omillar   ham   uchraydi.   Bu
omillardan   asosiysi   sifatida   doimo   so‘z   oxiriga   ko‘chuvchi   so‘z   urg‘usining   bu
birliklarga ko‘chmasligini ko‘rsatish mumkin. Ammo bu omilni kuchsizlantiruvchi
keyingi jihat ham mavjud bo‘lib, ularning “o‘z” urg‘usining yo‘qligidir. Ammo bu
fikrga qarshi qarashlar ham yo‘q emas. Xususan, Sh.Shahobiddinova -jon, -xon, -
oy, -chak, -loq, -choq kabi qo‘shimchalar haqida so‘z yuritib ular haqida shunday
deydi. Aslida mustaqil va yordamchi so‘zlarning o‘zaro munosabatiga doir bo‘lgan
muammo   “qo‘shimcha”dir.   Demak,   ular   qo‘shimchalardan   urg‘u   olmasligi,
so‘zlardan   esa   urg‘usi   yo‘qligi   bilan   farqlanar   ekan. 53
  Yuqoridagi   aytilgan   fikrlar
“yuklamalar”   deb   atalgan   birliklarga   aloqador   bo‘lganda   yanada   keskinlashadi.
Ularning,   ko‘rib   o‘tganimizdek,   so‘zga   o‘xshamasligi   qanchalik   aniq   bo‘lsa,
qo‘shimchaga   ham   mos   kelmasligi   shunchalik   aniq.   Yuklamalarning   so‘zga
o‘xshamasligi   borasida   bildirilgan   fikrlar   anchagina.   Xususan,   o‘zbek
tilshunosligida   ham:   “   Yuklama   morfemalar   urg‘usiz   bo‘lib,   leksik   morfemaga
53
   Шаҳобиддинова Ш. Айрим қўшимчаларнинг мавқеи хусусида // ЎТА. – 2000. – №5. – Б. 27. enkliza   holida   qo‘shiladi.   Urg‘u   leksik   morfemaning   oxirgi   bo‘g‘inida   qolib,
yuklama   morfemaga   o‘tmaydi.   Bog‘lovchilar   esa   bir   so‘z   shaklini   ikkinchi   so‘z
shakli bilan munosabatini bildirish bilan birga gaplar o‘rtasidagi munosabatni ham
bildiradi   va   o‘zaro   bog‘lanib   kelayotgan   lisoniy   birliklar   bilan   fonetik   yaxlitlikni
tashkil etmaydi. Bu esa yordamchi morfemalarning yuklama va bog‘lovchi turlari
bilan   affiks   morfemalar   zidlanishining   ikki   chegara   qutbiga   ega   ekanligini,
ko‘makchilar esa bu ikki qutbning oralig‘ida ekanligini ko‘rsatadi. Lekin yuklama
va bog‘lovchilar so‘z shakl sinfiga (morfologik so‘zga) kirmaydi. Chunki yuklama
va   bog‘lovchilar   qurilmalik   xususiyatiga,   tarkibi   morfemalarga   bo‘linish
xususiyatiga ega emas”. 54
Adabiyotlarda   bir   qancha   qo‘shimcha   yuklamalar   to‘g‘risida   quyidagicha
ma’lumotlar   uchraydi.   Xususan,   ayiruv-chegaralov   yuklamasi   bo‘lga   –gina
qo‘shimcha yuklamasi haqida.
Sh.Shoabdurahmonov   -gina   yuklamasi   haqida   to‘xtalib,   bu   yuklama
omonimlik   xarakteriga   egaligini,   ya’ni   bu   qo‘shimcha   ot,   olmosh,   son,   -(i)b   li
ravishdosh   va   ko‘makchilardan   so‘ng   kelib   ayirib   ko‘rsatish,   chegaralash
ma’nosini anglatganda,   holat ravishi, aniq fe’llardan so‘ng kelib, harakatni ayirib
ko‘rsatish mazmunini va shu bilan birga degan ma’noni anglatib kelgan o‘rinlarda
yuklamalik   xususiyatini   namoyon   etadi.   Bu   qo‘shimchaning   –kina,   -qina
variyantlari   bilan   sifatlarqa   qo‘shilib   kelish   o‘rinlari   ham   duch   kelamiz   bunday
o‘rinlarda  bu  qo‘shimchani   “subyektiv   baho”  affiksi   deb  qaramoq   kerak.  Bundan
tashqari otlarga qo‘shilib kelib, erkalash, kichraytirish ma’nosini anglatmog‘i ham
mumkin. Bunday choqda u urg‘u oladi va affiks hisoblanadi. O‘zidan keyin egalik
ham qabul qiladi: bolaginam kabi. 55
U.Tursunov va J.Muxtorovlar: “-gina yuklamasini  sifatlarga, ba’zan otlarga
qo‘shilib,   suyish   ma’nosini   bildiruvchi   -gina   affiksi   bilan   aralashtirmaslik
kerak”ligini ta’kidlab, -ginaning omonimligini uqtiradi. Shu adabiyotda ravishlarda
shakl yasalishi haqida gapirilganda, -gina ravishlardagi harakat va holat belgisining
54
 Нурмонов А. ва бошқ. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. Морфология. – Тошкент, 2001. – Б. 49.
55
 Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М.,  Ҳ ожиев А., Расулов И.,Дониёров Х. Ҳозирги ўзбек тили. – Тошкент: 
Ўқитувчи, 1980. – 146 б. kuchsizlanganligini,   ta’kidlanganligini   anglatadi:   Komila   qoshlarini   chimirib,
o‘rtog‘ining   bilagini   sekingina   chimchiladi.   Otlardagi   -gina   shakldan   so‘ng
qo‘shimcha   qo‘shilsa   (bolaginamni)   modal   shakl,   -ginadan   oldin   qo‘shilsa
(bolamnigina)   bu   yuklama   hisoblanishi   ayon   (S.Usmonov.   O‘zbek   tili,   1978,
B.150.), ammo sifat va ravishlarga qo‘shilgan formani farqlash ancha qiyin ekan. 56
A.Hojiyev   o‘zining   «-gina   elementi   forma   yasovchi   affiks   bo‘la   oladimi?»
nomli maqolasida yuqorida keltirilgan munozaralarni davom ettirib, -gina elementi
faqat yuklama, u forma yasovchi emas, deb xulosa chiqaradi: “Birinchidan, hozirgi
o‘zbek   tilida   -gina   elementi   ifodalaydigan   ayirish   (chegaralash),   ta’kid   va
subyektiv baho ma’nolari o‘rtasida ma’lum bog‘lanish (aloqa) bor. Bu narsa -gina
elementi   hozirgi   o‘zbek   tilida   ikki   xil   funksiyadagi   (yuklama   va   forma   yasovchi
affiks   bo‘lgan)   til   hodisasi   deb   qarashga   imkon   bermaydi.   Ikkinchidan,   -gina
elementining ayirish (chegaralash) ma’nosi bilan uning boshqa ma’nolari o‘rtasida
aloqa   bo‘lmagan   (uzilgan)   taqdirda   ham,   hozirgi   o‘zbek   tilidagi   -gina   ham
yuklama,   ham   forma   yasovchi   affiks   deyishga   asosimiz   yo‘q.   Chunki   ko‘rib
o‘tganimizdek,   -gina   elementining   ayirish   (chegaralash)   ma’nosidan   boshqa
ma’no,   ya’ni   subyektiv   munosabat   ifodalashi   barcha   so‘z   turkumlari   doirasida
umumiy holat. Demak, subyektiv munosabat ifodalovchi vosita sifatida ham -gina
yuklamadan boshqa narsa bo‘la olmaydi. 57
Sh.Shoabdurahmonov   -ki,   -kim   yordamchilari   haqida   to‘xtalib,   ularni
aniqlov   bog‘lovchisi   hisoblab,   ergash   gaplarni   bosh   gapga   bog‘lash   uchun
ishlatilishini,   bosh   gapda   ifodalangan   fikrni   aniqlab,   izohlab   ko‘rsatishini
ta’kidlaydi.   “Ba’zan   -ki   ot   turkumidagi   so‘zlar   bilan   kelib,   ta’kidlash   –   uqtirish
ma’nolarini   anglatadi.   Bunday   choqda   u   bog‘lovchi   emas,   yuklama   vazifasini
bajaradi: ...Shunday zamondamizki, ilm, texnika yo‘li hammaga ochiq”. 58
 Shu fikr
asosida   muallif   darslikning   434-betida   -ki(-kim)   morfemalarini   otga   bog‘langan
o‘rinda kuchaytiruv va ta’kid yuklamasi hisoblaydi.
56
 Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек   адабий тили. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – 400
б.
57
  Ҳ ожиев А. -гина элементи форма ясовчи аффикс бўла оладими? // Ўзбек тили ва адабиёти. – 1978. – №5. – 
Б. 41-43.__
58
 Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М., Ҳожиев А., Расулов И.,Дониёров Х. Ҳозирги ўзбек тили. – Тошкент: 
Ўқитувчи, 1980. – 431 б. M.Sodiqova   ham   Sh.Shoabdurahmonov   fikrlarini   qo‘llab-quvvatlab   ushbu
yordamchilarni   aniqlash   bog‘lovchisi   hamda   kuchaytiruv,   ta’kid   yuklamasi,   deb
ko‘rsatadi (1966 yilgi nashrning 349-, 362-betlari).
U.Tursunov (1992), S.Usmonov  (1978)lar  -ki  shaklini  aniqlov bog‘lovchisi
deb yuklama safidan mutlaq chiqaradilar.
M.Sodiqova   (1966   yil,   351-betda):   «Gumon   yuklamasi   -dir   hamma   so‘z
turkumlariga   qo‘shilib   kela   oladi   va   u   so‘zlarga   gumon   ma’nosini   berish   uchun
ishlatiladi:   Nasimjon...   bolalardan   bittasining   qulog‘iga   nimadir   shivirladi.   Bola
uqdim, deganday boshini qimirlatib qayergadir o‘qday uchdi. (Oybek.)
Bu   yuklama   tarixan   3-shaxs   kesimlikni   ko‘rsatuvchi   forma   bo‘lib,
etimologik   jihatdan   u   asli   durur   fe’lidandir.   Bu   affiks   boshqa   turkiy   tillarda
uchragani   kabi,   o‘zbek   tilida   faqat   kesimlik   affiksi   vazifasidagina   emas,   balki
o‘ziga xos ma’no xususiyatiga ega bo‘lgan bir yuklama vazifasida ham ishlatiladi.
Bu   yuklama   hozirgi   kunda   kesimlikni   ko‘rsatuvchi   affiksga   shaklan
o‘xshasa ham vazifasi va ma’nosiga ko‘ra, undan farq qiladi, -dir olgan so‘z kesim
bo‘lib   kelganda,   gumonni   bildirmay,   balki   aniqlik,   qat’iylik   ma’nosini   ham
anglatadi: Bu studentdir kabi».
Bu studentdir, o‘quvchi emas deganda esa gumon yuklamasi bo‘lib kesimga
gumon ma’no yuklaydi.
Sh.Shoabdurahmonov   1975   yil   nashrining   361-betida   «Qayergadir
bormoqchilar» misolida qayergadir so‘zini gumon olmoshi desa, 581-betida «Bola
uqdim, deganday boshini qimirlatib, qayergadir o‘qday uchdi» misolida qayergadir
so‘zini gumon yuklamasi sanaydi.
3.2. Qo‘simcha ko‘rinishidagi yuklamalar stilistikasi
-MI.   Qo‘shimcha ko‘rinishidagi  so‘roq mazmunini ifodalovchi yuklamadir.
Bu   yuklamaning   kelib   chiqishini   shunday   izohlar   uchraydi:   “-mi   yuklamasining
etimologiyasi juda aniq emas. Fin turkolog olimi G.I.Ramstedtning ko‘rsatishicha,
turk tillarida qadim «nima» ma’nosini mi olmoshi mavjud bo‘lib, bu yuklama shu
olmoshdan   kelib   chiqqan.   Bizning   taxmin   qilishimizcha,   -mi   yuklamasi   va   uning turli variantlari turkiy tillardagi  na//ne//ni (nima) so‘roq olmoshidan hosil bo‘lgan.
Turkiy tillarda n//m//b//p va a// e//u//i - ma’lum hodisa, izohni talab qilmaydi. -mi
elementi dastlab na//ne//ni so‘roq olmoshi bilan bir xil formaga ega bo‘lgan, ya’ni
na//ne//ni   so‘roq   olmoshi   o‘z   shaklini   o‘zgartirmagan   holda,   so‘roq   obyektini
bildiruvchi  so‘zdan   so‘ng  qo‘llanib,  yuklama  vazifasini   bajargan  …  -mi  elementi
va uning turli variantlari, taxminimizcha, turkiy tillardagi na//ne//ni (nima) so‘roq
olmoshidan   hosil   bo‘lgan”. 59
  Ushbu   so‘roq     yuklamasi   o‘zi   bog‘lanib   kelayotgan
so‘zdan   so‘ng   kelib,   so‘zga   qo‘shib   yoziladi.   So‘zlashuv   nutqida   –mi
yuklamasining   –ma   /   -ba   shakliga   ham   duch   kelamiz:   bordingma,   so‘radingma,
ayttingba, ko‘rdingba kabi.
  -mi   so‘roq   ma’nosini   yuzaga   keltirishiga   ko‘ra   quyidagi   vositalar   bilan
o‘zaro   ma’nodoshlik   munosabatida   bo‘ladi.   Masalan:   1)   -a   yuklamasi   bilan:
Xudoyligingizni aytsangiz: qanaqa odamlar o‘zi, tag-zoti qanaqa, asli shu yerlikmi
yo   boshqa   joydan   kelishganmi?   (O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   Xudoyligingizni
aytsangiz:   qanaqa   odamlar   o‘zi,   tag-zoti   qanaqa,   asli   shu   yerlik   –a   ?;     Ana
ko‘rdinglarmi   paxtaning   xosiyatini,   tasadduqlar. (O‘.Hoshimov).   Qiyoslaymiz:
Ana   ko‘rdinglar-a   paxtaning   xosiyatini,   tasadduqlar. ;     Uch   yildan   buyon   na
o‘ligini bilaman, na tirigini. Joni omonmi ishqilib?   (O‘.Hoshimov). Qiyoslaymiz:
Uch   yildan   buyon   na   o‘ligini   bilaman,   na   tirigini.   Joni   omon-a     ishqilib? .   –mi
yuklamasi bilan hosil qilinayotgan so‘roq mazmuni xayrixohlik orqali ifodalansa, -
a   yuklamasi   vositasida   shakllangan   so‘roq   mazmunida   shu   holatni   tasdiqlash   va
shu   tasdiqqa   tinglovchini   (suhbatdoshni)   ham   ko‘ndirish   kabi   pragmatik   hosila
ma’no ifodalanadi. Yoki:   Qo‘li egriligini bilasiz, o‘lasizmi  ehtiyot bo‘lsangiz?   —
(O‘.Hoshimov) matnidagi –mi yuklamasini –a bilan almashtirsak:   Qo‘li egriligini
bilasiz,   o‘lasiz-a   ehtiyot   bo‘lsangiz?   Gapida   so‘roq   mazmuni   saqlanib   qoladi,
ammo –a yuklamasi bilan hosil qilingan so‘roqdan shu narsa ma’lumki, tinglovchi
uning  qo‘li   egriligini   biladi,  chunki   -a  yuklamasi   semasida   uning   bilishiga   ishora
bor.   Bu   misolda   –a   yuklamasi   bilishga   ishora   qilish   bilan   birgalikda   bu   ishni
ataylab bila turib qilganligi to‘g‘risidagi semantik ma’no ham anglashilmoqda. –mi
59
 Аҳмедов А. –ми юкламаси ва унинг қўлланишига доир// Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1961. - №3. – 
Б.45-49. yuklamasi  qo‘llangan o‘rinda bu mazmun  yo‘q. Bu  holat  mazkur  yuklamalarning
xususiy   jihatdan   semantik   farqlanishini   ko‘rsatadi.   2)   –mi   yuklamasi   –dir   bilan
ma’nodosh   bo‘lishi   mumkin:   Faqat   ona   o‘z   bolasiga   hech   qachon   xiyonat
qilmaydi .   Ehtimol,   inson   hayotining   shuncha   yillardan   buyon   davom   etib
kelayotgani   shundanmi.   (O‘.Hoshimov).   Qiyoslaymiz:   Faqat   ona   o‘z   bolasiga
hech qachon xiyonat qilmaydi. Ehtimol, inson hayotining shuncha yillardan buyon
davom etib kelayotgani shundandir. ;   Ertasiga choy ustida oyim vahimali   xabarni
dadamga aytib berdi: - Zebi opa sho‘rlik bir holatda yotibdi. Ajina ko‘rdim, deydi.
Og‘zidan   olov   sochib   bechoraga   daf   qilganmish.   Yo   ko‘ziga   ko‘ringanmi ...
(O‘.Hoshimov). Qiyoslaymiz:   Yo ko‘ziga ko‘ringandir... kabi.    
So‘roq   mazmunini   hosil   qilishda   3)   –mi   yuklamasi   –chi   bilan   ma’nodosh
bo‘ladi:     Xudo   urib   Akobirov   qandaydir   ariqqa   tushib   ketsami   deng!   (E.A’zam).
Qiyoslang:   Xudo urib Akobirov qandaydir ariqqa tushib ketsa-chi deng! ;   Shunda
“Gorbachyov” o‘zi bilib-bilmay bashorat qilsami deng: – Erta-indin sizning ham
ahvolingizni   ko‘ramiz!   (E.A’zam).;   Qiyoslaymiz:   Shunda   “Gorbachyov”   o‘zi
bilib-bilmay   bashorat   qilsa-chi   deng:   –   Erta-indin   sizning   ham   ahvolingizni
ko‘ramiz! ;   Kamera   oldida   aktyor   tayyor   matn   qolib,   “holat”   deganlari   bahona,
og‘ziga   kelganini   valdirayveradi.   “Nega   so‘zimni   buzasan?”   deya   da’vo   qilib
ko‘ring-chi,   rejissyori   vishillab   yuboradi:   “Da   kakaya   raznitsa!   Hey,   bu   yoqqa
o‘tib  turing siz, ishga xalal beryapsiz!”  (E.A’zam). Qiyoslang: … deya da’vo qilib
ko‘ring-mi,   Yoki   O‘zing-chi?   O‘zingning   ham   o‘sha   bo‘shang,   omadsiz
oshnangdan   farqing   qolmagan,   Farhod   Ramazon!   Mana,   necha   yil   bo‘ldiki,
mansab kursisiga  mahkam yopishib  olgansan, arzirli  biror  nima yozganing  yo‘q.
(E.A’zam).   Qiyoslang:   O‘zing-mi?   Bu   ma’nodoshlik   bir   oz   semantik   jihatdan
farqlanadi.   Binobarin,   -chi   so‘roq   mazmuniga   qo‘shimcha   ta’kid   ohangini
yuklaydi, -mida esa bunday emas. –mi da ehtimollik ottenkasi seziladi. 
-mi   yuklamasi   so‘roq   yuklamalaridan   tashqari   ya’na   –ku   yuklamasi   bilan
ham   ma’nodoshlikni   yuzaga   keltira   oladi.   Masalan,     Nega   jinoyat   bo‘larkan?
Rabochiy klass dam olishi kerakmi axir?  (O‘.Hoshimov). Qiyoslang:  Nega jinoyat
bo‘larkan?   Rabochiy   klass   dam   olishi   kerak-ku,   axir. ;   Eshigingizni   taqillatgan grajdanin Shomatovning boshiga araq shishasi bilan urmoqchi bo‘lgansizmi axir?
(O‘.Hoshimov).   Qiyoslaymiz:?   Eshigingizni   taqillatgan   grajdanin   Shomatovning
boshiga araq shishasi bilan urmoqchi bo‘lgansiz-ku axir.
-mi so‘roq yuklamasi matn tarkibida o‘rni-o‘rni bilan taajjub ma’nosini ham
ifodalab keladi : O‘tmishni ideallashtirish emasmi bu!  (O‘.Hoshimov).
Bu   yuklama   so‘roq-taajjub   ma’nosidan   tashqari   boshqa   pragmatik
ma’nolarni   ham   yuzaga   chiqarishga   xizmat   qiladi.   Masalan,   Tuvakka
o‘tqazmaysanmi   Shomatovning   xotinini!   Sayramaydimi   bulbuligo‘yo   bo‘lib!
(O‘.Hoshimov).Bu   keltirilgan   misolimizda   –mi   yuklamasi   maslahat,   taxmin   kabi
ma’nolarni yuklab kelyapti desak bo‘ladi. Buni qiyoslaylik:  Shomatovning xotinini
tuvakka   o‘tqazganingda   bulbuligo‘yo   bo‘lib   sayrar   edi   kabi   mazmun   kelib
chiqyapti.
-mi   yuklamasi   matn   tarkibida   bog‘lovchi   vazifasida   ham   kela   olishi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham uchrayd: “…bog‘lovchi va yuklama vazifasida kela
oladigan   -u/-yu,   -da,   -mi   qo‘shimchasi   mansub.   -u/yu,   -da   qo‘shimchasining
bog‘lovchi   vazifasini   to‘la-to‘kis   bajarishi   qator   manbada   qayd   etilgan   ,-mi
qo‘shimchasida   ham   bog‘lovchilik   xususiyati   borligini:   1.Yomg‘ir   yog‘dimi,
hamma   joy   nam   bo‘ladi.   2.Karim   keldimi,   to‘polon   boshlanadi   tipidagi   gaplar
tasdiqlaydi.   Ushbu   gaplarda   qo‘llangan   -mi   qo‘shimchasi   ta’kid   ma’nosini
voqelantirgan   holda   sodda   gaplarni   bir-biriga   bog‘lash   vazifasini   bajarmoqda. 60
Yuqorida keltirilgan:  Yomg‘ir yog‘dimi, hamma joy nam bo‘ladi  gapida qo‘llangan
–mi   yuklamasi   sabab   bog‘lovchisi   vazifasini   bajarib   kelmoqda.   Qiyoslaylik:
Yomg‘ir   yog‘ganligi   sababli   hamma   joy   nam   bo‘ladi   kabi.   Bundan   tashqari   –mi
yuklamasi   bog‘lovchiga   ko‘chganda   yana   goh…   goh,   yo…yo,   yoki..yoki,   xoh…
xoh     ayiruv   bog‘lovchilari   bilan   ham   ma’nodoshlik   munosabatini   ham   yuzaga
keltira   oladi.   Masalan:   a)   goh…,goh   bilan:   Tank   zirxiga   oskolkalarmi,   toshlarmi
charsillab   urilayotganini     his   etib   turardim.   (O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   Tank
zirxiga   goh   oskolkalar,   goh   toshlar   charsillab   urilayotganini   his   etib   turardim. ;
Radioda   «Munojot»mi,   «Cho‘li   Iroq»mi   yangrar,   nomini   eslay   olmasdim-u,
60
 SayfulIayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi 
o'zbek adabiy tili. O'quv qo'lIanma. - T., «Fan va texnologiya., 2009. – 274 b. yig‘lagim   kelardi.   (O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   Radioda   goh   “Munojot”,   goh
“Cho‘li   Iroq”   yangrar,   nomini   eslay   olmasdim-u,   yig‘lagim   kelardi.   2)   yo…yo
bilan:   Kechqurun   qahvaxonadan   kotletmi,   bifshteksmi   olib   keladi .(O‘.Hoshimov).
Qiyoslang:   Kechqurun qahvaxonadan yo kotlet, yo bifshteks olib keladi .;  Mabodo
Tangri   marhumlarga   qayta   jon   ato   qilsa-yu   onalar   tirilib   qolsa,   hayot   paytida
mehr   berganmi,   bermaganmi   -   baribir   farzandlarini   maqtab   gapirgan   bo‘lardi.
(O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   Mabodo   Tangri   marhumlarga   qayta   jon   ato   qilsa-yu
onalar   tirilib   qolsa,   hayot   paytida   mehr   bergan   yo   bermagan   -   baribir
farzandlarini   maqtab   gapirgan   bo‘lardi. ;   Bu   matnlarda   ayiruv   bog‘lovchilar   ikki
holatdan   biriga   aniq   ishora   qilsa,   –mi   yuklamasi   qatnashgan   o‘rinda   qo‘shimcha
taxmin yoki gumon ottenkasi seziladi.     Ba’zan matnda ikki yoki undan ortiq –mi
yuklamasi   yordamida   bog‘lanayotgan   uyushiq   bo‘laklarni   bitta   yoki   bog‘lovchisi
bilan almashtirish mumkin. Masalan: -   Mabodo avlodidan o‘g‘rimi, nashavandmi
chiqmaganmi?   -   Beixtiyor   og‘zimdan   onamning   savoli   chiqib   ketdi.
(O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   -   Mabodo   avlodidan   o‘g‘ri   yoki   nashavand
chiqmaganmi?   Shunda  kichik   akammi,   menmi   birontamiz   cho‘nqayib  uning   orqa
oyoqlaridan   mahkam   ushlab   turishga   majbur   bo‘lardik.   (O‘.Hoshimov).
Qiyoslang:   Shunda   kichik   akam   yoki   men   birontamiz   cho‘nqayib   uning   orqa
oyoqlaridan   mahkam   ushlab   turishga   majbur   bo‘lardik .;   Onamni   tushimda
ko‘rdimmi   —   o‘ngimdami,   bilmayman .   (O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   Onamni
tushimda ko‘rdim yoki o‘ngimda, bilmayman.   kabilar. 3) -mi yuklamasi xoh…xoh
ayiruv   bog‘lovchisi   bilan   ham   ma’nodosh   bo‘la   oladi.   Masalan:   Katta   uzumzori
bo‘lardi. Shibilg‘oni deysizmi, shakarangur deysizmi, echkiemarmi - hammasi shu
bog‘da   bo‘lardi.   ( O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   xoh   shibilg‘oni,   xoh   shakarangur,
xoh echkiemar - hammasi shu bog‘da bo‘lardi.    Umuman, -mi yuklamasi muloqot
jarayonida faol qo‘llanilib, uslubiy-pragmatik ma’nolarni yuzaga keltiradi
-CHI .   -chi   yuklamasi   jumladagi   ta’kid,   buyruq,   so‘roq,   do‘q,   iltimos,
xohish,   uqdirish,   maslahat,   qistash   kabi   semantik   munosabatlarni   yuzaga
keltirishga   xizmat   qiladi:   1)   iltimos   ma’nosi:     Birov   har   kuni   yaratgan   egamdan
omonatingni   olsang-chi,   deb   iltijo   qiladi.(O‘.Hoshimov).;   2)   so‘roq-taajjub ma’nosi:   Ayting-chi,   o‘rtoq   prokuror!   Respublika   Oliy   Sovetining   kamida   yuz
ming   odam   saylagan   deputatini,   saylovchilar   chaqirib   olmasdan   turib,   shunchaki,
bir kechada KPZga tiqib qo‘yish mumkinmi? (O‘.Hoshimov).; 3) buyruq ma’nosi:
Dotsent yorug‘ chehrali odam ekan. Iymanib turganimni ko‘rib, Tursunboy akaga
imo   qildi:   —   Tomosha   bormi   senga?   Chiq-chi,   qani!(O‘.Hoshimov).;   4)   ta’kid
ma’nosi:   Vrach   bo‘lganidan   keyin   burchini   bajarsin!   —   dedi   Rustam   pinagini
buzmay.   Sanjarning   jahli   chiqdi.   —   O‘zing-chi!   —   dedi   baqirib.(O‘.Hoshimov).;
Biz-chi,   biz   qanday   edik?..(E.A’zam).;   5)   maslahat   ma’nosi:   Sen,   bola,   hadeb
ko‘zingni   lo‘q   qilavermay,   qo‘lingdagi   anovi   dardisarga   “oq   yo‘l”   undirmoq
payidan   bo‘lsang-chi,   nodon!(E.A’zam).;   Qani,   mashhur   kinodramaturgimizning
turish-turmushi qanday ekan, bilaylik-chi!(E.A’zam).; 6) do‘q ma’nosi: Qani, endi
aralashib ko‘ring-chi!(O‘.Hoshimov).; Tuyog‘ingni shiqillatib qol-chi!(E.A’zam).;
7) xohish ma’nosi: Yosh yigit, qani, bir sinab ko‘ray-chi, de dim-da.(E.A’zam).; 8)
qistash   ma’nosi:   Ko‘rasiz,   bilmagan   narsasi   yo‘q...   Vika,   aytsang-chi,   kiraqolsin!
(E.A’zam).
Bu yuklama quyidagi vositalar bilan ma’nodoshlikni yuzaga keltira oladi: 1)
so‘roq mazmunini bildirganda ba’zan -ya yuklamasi  bilan ma’nodosh bo‘la oladi.
Masalan:   Ish   ravon   yurib,   epizod   ko‘ngildagidek   tasvirga   olinganda   hamma   bir-
birini qucha ketadi, bitta-yarimtasi  sizniyam qutlab qo‘yadi. Teskarisi  bo‘lsa-chi,
kata-kichik   bari   yeb   qo‘ygudek   vajohatda   sizga   –   bu   dahmazalarni   boshlagan
odamga   qarab   o‘qraygani   o‘qraygan .(E.A’zam).   Qiyoslaylik:   Ish   ravon   yurib,
epizod   ko‘ngildagidek   tasvirga   olinganda   hamma   bir-birini   qucha   ketadi,   bitta-
yarimtasi   sizniyam   qutlab   qo‘yadi.   Teskarisi   bo‘lsa-ya,   kata-kichik   bari   yeb
qo‘ygudek   vajohatda   sizga   –   bu   dahmazalarni   boshlagan   odamga   qarab
o‘qraysa.;   Latofatxonning   hovlisini   topib,   eshigini   taqillatayotganida   ko‘nglidan
bir   gap   o‘tdi:   bordi-yu,   Latofatxon   degani   suvi   qochib,     shoxida   mayiz   bo‘lgan
kampirsimon bir xotin bo‘lsa-chi?  (A.Qahhor). Qiyoslang: … bordi-yu, Latofatxon
degani suvi qochib, shoxida mayiz bo‘lgan kampirsimon bir xotin bo‘lsa-ya?  kabi.
2)   -chi   yuklamasi   -mi   bilan   ta’kidni   bildirganda   ma’nodosh   bo‘ladi.   Masalan:
Ammam juda chiroyli, yuzida xoli bor, qosh-ko‘zi chaqmoqdek xotin. Ammo juda shaddod.   Har   gapini   xuddi   mix   qoqqandek   tarsillatib   gapiradi.   Oyim   undan
qo‘rqadi.   Kelganda   hurmatini   joyiga   qo‘ymasin-chi,   o‘zini   qaerda   ko‘rarkan.
(O‘.Hoshimov). Qiyoslang:   kelganda hurmatini joyiga qo‘ymasami, o‘zini qaerda
ko‘rarkan. ;   He,   shu   odamni   jinimdan   ham   battar   yomon   ko‘raman-a!   –   dedi   qiz
oyoqqa turarkan, tishlari takillay-takillay. – Meni-chi? (E.A’zam). Qiyoslang:   He,
shu odamni jinimdan ham battar yomon ko‘raman-a! – dedi qiz oyoqqa turarkan,
tishlari takillay-takillay. – Menimi?
3)   -chi   -   a   yuklamasi   bilan   ham   so‘roq   ma’nosida   emas,   balki   ta’kid
ma’nosida   sinonim   bo‘ladi.   Masalan:   Xafa   bo‘lmay,   mudom   o‘ynab-kulgin-chi,   /
Qaddingdan, buvishim, berman kelgin-chi, / Shukrilillo, yaxshi tushni ko‘ribsan, /
Bu tushingga,  oyim, bergin suyunchi.  («Alpomish»  dostonidan). Qiyoslang:  Xafa
bo‘lmay, mudom o‘ynab-kulgin-a, / Qaddingdan, buvishim, berman kelgin-a. -chi
yuklamasi ham tilimizda faol qo‘llanilib, ko‘plab uslubiy ma’nolarni ifodalaydi. 
    -A.   Bu   yordamchi   vositaga   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   yuklama
vazifasida   kelishi   so‘roqni,   kuchaytiruv-ta’kid,   taajjubni,   g‘azabni   ifodalaydi
deyilgan. 
-A   yuklamasi   matn   tarkibida   quyidagi   ma’nolarni   ifodalab   kela   oladi:   1)
kuchaytiruv-ta’kid: Rahmatullaga aytuvdim-a tog‘angning qizini ol, ot tepkisi otga
o‘tmaydi deb.(O‘.Hoshimov).; Bora-bora jo‘jalari ko‘payib, “Simurg‘” bo‘ladi; “si
murg‘”,   ya’ni   jo‘jalar   soni,   iya,   uyat-a,   sanog‘i   deganimiz   ma’quldir   –   ishqilib,
o‘ttizga   yetadi.(O‘.Hoshimov).;   Bunday   azob   chekib   yurishingizni   qarang!
Yoshgina   yigit-a!   Sizning   so‘zlaringizdan   mening   ham   miyamga   bir   balo
kirgandek   g‘uvillay   boshlaganini   aytmaysizmi!   Dunyosiga   sig‘may   ketarkan-a
odam!..(E.A’zam).; Qandoq zo‘r iste’dod-a! Chinakam faxrimiz u! (E.A’zam).; 2)
So‘roq   va   taajjub   ma’nolarini   ifodalab   keladi:   Rostdan   ham   bilmasmidingiz
mening   o‘zbekligimni?   –   dedi   finjonlarni   shaq-shuq   etkazib   qahva   hozirlayotgan
Gulya. – Chalaroq bo‘lsayam o‘zbekman axir. Elmira aytmaganmidi? Sur’at ham-
a?   (E.A’zam).;   3)   so‘roq   ma’nosini   ifodalaydi:   Siz   Zuziga   ko‘rinishingiz   kerak,
Zuziga!   Mashhur   ekstrasens!   Eshitgansiz-a?   (E.A’zam).;   4)   g‘azabni   ifodalaydi:
Nima-a?! Nimalar deb valdirayapsan sen o‘zi? (E.A’zam).; Sobirjon Mansurovich” emish-a!   Nima,   sen   huv   komsomol   qiz   Barfina   Akobirovamisan?   (E.A’zam).;   5)
so‘roq-ta’kid ma’nosi: Ravshan Akobirov ham sizlar bilan emish-a? – deb qoldi bir
vaqt   Gulya.(E.A’zam).;   6)   tasdiq   ma’nosini   kuchaytirish   uchun   ishlatiladi:   Rang-
ro‘yi   mana   shu   buloq   suvidan   ham   toza,   tinig‘-a!;   Kechadan   buyon   tuz   ham
tatiganingiz yo‘g‘-a! (E.A’zam). 
Bu   yuklama   matn   bilan   bog‘liq   turli   ma’nolarda   –mi,   -ya   kabi   yuklamalar
bilan o‘zaro ma’nodosh bo‘la oladi. Masalan: 1) -mi bilan: Eshigimning kaliti bor-
a sizda? (E.A’zam). Qiyoslang: Eshigimning kaliti bormi sizda?; Endi Bolat bilan
suhbat   qilmoqchiman.   Bolat   Yesdauletovni   bilasiz-a,   qozog‘istonlik?(E.A’zam).
Qiyoslang:   Endi Bolat bilan suhbat qilmoqchiman. Bolat Yesdauletovni bilasizmi,
qozog‘istonlik?   kabi.   Bu   vositalarning   matndagi   o‘ziga   xos   uslubiy   xoslanishi
muayyan   farqlanishlarni   yuzaga   keltiradi.   Yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   -a   da
tasdiq, ifodalanayotgan mazmundan xabardorlik ma’nolari sezilsa, -mi faqat so‘roq
ma’nosini   anglatadi.   Demak,   -a   yuklamasining   bu   jihatiga   ko‘ra   mazmunan   –
midan   boyroqligi   ma’lum   bo‘ladi.   2)   -ya   bilan:   -   O‘zi,   shu   to‘dalarga   nima
yetmayapti-a? (T.Murod). Qiyoslang: - O‘zi, shu to‘dalarga nima yetmayapti-ya? –
Shundaqa   gaplarni   ochiq   gapirishadimi-a?   (A.Qahhor).   Qiyoslang:   –   Shundaqa
gaplarni   ochiq   gapirishadimi-ya?;   unday   erkin   muomaladan   ruhlanib   Farhod
beixtiyor   Otello   qiyofasiga   kirdi:   –   Ro‘molcha-a!   Qani   mening   ro‘molcham?!
Ro‘molchamni   topib   ber,   Dezdemona!(E.A’zam).   Qiyoslang:   unday   erkin
muomaladan   ruhlanib   Farhod   beixtiyor   Otello   qiyofasiga   kirdi:   –   Ro‘molcha-ya!
Qani   mening   ro‘molcham?!   Ro‘molchamni   topib   ber,   Dezdemona!;   Sulaymonov
bedananing   suvxo‘rligiday   kichkina   xurmachani   oldiga   tortdi   va   bo‘lak   gap
topolmay,   qaymoqning   ta’rifini   qildi:   –   Bir   shaharning   qaymog‘i   boshqa
shaharning   qaymog‘idan   farq   qiladi-a?   (A.Qahhor).   Qiyoslang:   –   Bir   shaharning
qaymog‘i   boshqa   shaharning   qaymog‘idan   farq   qiladi-ya?   kabilar.   Keltirilgan
misollardan   shuni   ayta   olamizki,   –a   yuklamasida   so‘roq   ottenkasi   kuchli,   -ya
yuklamasida esa nisbatan taajjub ma’nosi ustivor. 
3)   -da   bilan:   Sizning   so‘zlaringizdan   mening   ham   miyamga   bir   balo
kirgandek   g‘uvillay   boshlaganini   aytmaysizmi!   Dunyosiga   sig‘may   ketarkan-a odam!..(E.A’zam).   Qiyoslang:   izning   so‘zlaringizdan   mening   ham   miyamga   bir
balo kirgandek g‘uvillay boshlaganini aytmaysizmi! Dunyosiga sig‘may ketarkan-
da   odam!..Gulistonjon,   seni   yana   Ko‘rmoq   bo‘larmi   nasib?   Oh,   onamga
o‘xshaysan-a,   Jonim,   ko‘zim   qorasi...»   (A.Suyun).   Qiyoslang:   Oh,   onamga
o‘xshaysan-da,  Jonim,   ko‘zim  qorasi...   Ko‘ryapmizki,  bu  vositalar  ko‘proq  ta’kid
mazmuniga ko‘ra sinonim bo‘la oladi. 
Matn   tarkibida   a   yordamchisi   bog‘lovchi   bo‘lib   kelganda   zidlash
munosabatini  anglatishiga ko‘ra zidlovchi bog‘lovchilar bilan ma’nodosh bo‘ladi.
O‘TILda a yuklama sifatida ko‘rsatilgan (turli darajadagi talaffuz bilan) Taajjubli,
e’tirozli   va   shu   kabi   mazmundagi   so‘roqni   bildiradi:   Nima?   Nima   deding?   Nima
dedingiz?   O‘n   to‘rt   so‘m   berasiz?   –   A.,   o‘n   to‘rt   so‘m?   Oybek,   Tanlangan
asarlar. 61
Ammo   bu   vosita   «O‘zbek   tili   grammatikasi»ida   bog‘lovchi   sifatida
izohlangan:   “O‘zbek   adabiy   tili   uchun   norma   darajasiga   ko‘tarilmagan   bo‘lishiga
qaramay,   a   bog‘lovchisi   og‘zaki   nutq   va   badiiy   adabiyotda   uchramoqda.   Bu
bog‘lovchi   sodda   yoki   qo‘shma   gaplarni   bog‘lab,   ular   orasidagi   qiyos,   zid
munosabatlarni   ifodalaydi.   Masalan:     -   Qovun   tanlashda   didim   yo‘q.   A   siz-chi?
(Oybek.   Oltin   vodiydan   shabadalar)   kabilar”.   Qiyoslang:   -O‘ktamjon,   mening
o‘rtog‘im juda epchil ayol… kotletni u pishirsinda, ammo o‘zimizning taomlarni –
kabob va palovdan tortib, to halimgacha do‘ndirib yuboradi. Bu vositani rus tilidan
o‘zlashgani xususidagi qarashlarda chalkashlik mavjud. Ya’ni a yordamchisi bizga
rus   tilidan   o‘zlashmagan,   u   avvaldan   ham   mavjud   bo‘lgan.   Faqat   qiyos,   zid
munosabatlarini ifodalovchi bog‘lovchilik xususiyati rus tili grammatikasi asosida
shakllangan, desak xato bo‘lmas. 
61
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати, I жилд, -Б.25-б.

O‘ZBEK TILIDA YUKLAMALARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI Reja: Kirish ( Ishning umumiy tavsifi) I BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA YUKLAMALARNING O‘RGANILISHI HAQIDA . 1.1. O‘zbek tilshunosligida yuklamalarning o‘rganilishi 1.2. Yuklamalar tasnifi va nutqdagi vazifasi haqidagi qarashlar……………… Bob bo‘yicha qisqacha xulosa…………………………………………………. II BOB. SO‘Z-YUKLAMALARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI 2.1. So‘z-yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlari 2.2. O‘zbek tilida yuklamaga ko‘chayotgan so‘zlar………………… Bob bo‘yicha qisqacha xulosa…………………………………………………... III BOB. QO‘SIMCHA KO‘RINISHIDAGI YUKLAMALARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI 3.1. Qo‘simcha ko‘rinishidagi yuklamalar haqida ma’lumot 3.2. Qo‘simcha ko‘rinishidagi yuklamalar stilistikasi 3.3. Badiiy matnda yuklamalar nutqni voqelantiruvchi vosita sifatida………………………………… Bob bo‘yicha qisqacha xulosa……………………………………………………. XULOSA………………………………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………….

DISSERTATSIYA MAVZUSINING TAVSIFI (ANNOTATSIYASI) Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi . Har bir millatning o‘zligini namoyon etadigan vositalardan biri ularning o‘z tilidir. Dono xalqimizda shunday purma’no hikmat bor: ”Tilga e’tibor – elga e’tibor”. Shunday ekan, bugungi kunda jadallik bilan rivojlanayotgan texnika- texnologiya asrida tilga bo‘lgan e’tiborni ham unutmasligimiz darkor. “Hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ezgu intilish va harakatlarimiz hal qiluvchi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu yo‘lda milliy o‘zligimiz, g’urur- iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch-qudrat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi” 1 ,- deya ona tilimizga yuksak ta’rif berib, biz yoshlarni yana ham ko‘proq izlanishga undaganlar muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev. Shunday ekan, biz, tilshunoslar, tilda bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida o‘rganishimiz va shu bilan bir qatorda yangiliklardan xabardor bo‘lgan holda ko‘proq izlanishimiz kerak. Har qanday til rivojlanish bosqichida ma’lum to‘siqlarga duch keladi. Tilshunos olimlar mana shunday to‘siqlarni bartaraf etish uchun tillarni o‘zaro solishtirishadi, ularning farqli va o‘xshash jihatlarini tahlil etishadi. Tilni chuqur tadqiq etish uchun o‘sha tilda mavjud bo‘lgan fonetik, leksik qatlam birliklarining semantik-struktur jihatdan alohida guruhlarga ajratib olingani, bu jarayon dastavval hind tilshunosligida yuzaga kelgani, bizning ajdodlarimiz ham yunon tilshunosligiga tayangan holda tillarni tasnif etishgani sir emas. Ammo XIX asr oxiri XX asr boshlarida tilshunosligimizda rus tilshunoslari tahlillariga asoslangan tadqiqotlar ko‘zga tashlana boshladi. Tilshunos O. Azizov “ har bir tildagi so‘zlar grammatik belgisi va semantik xususiyatiga qarab turli guruhlarga bo‘linadi. Grammatik qurilish jihatidan har xil bo‘lgan tillardagi so‘zlarning semantik xususiyatlari, qo‘llanish doirasi, grammatik belgilari, o‘zaro birikishi doim ham o‘xshash bo‘lavermaydi” 2 . - degan fikrlarni keltiradi. Har bir til o‘z strukturasiga ega. O‘zbek tilshunosligi 1 Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga 21 oktabr — o‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrigi. . https://www.gazeta.uz/oz/2021/10/20/tabrik/ 2 Азизов О. Тилшуносликка кириш. - Тошкент.: Ўкитувчи 1996. – 176 б.

ham dunyo tilshunosligi kabi funksional grammatik jihatidan ancha o‘rganilgan va buning natijasi sifatida tilimizda ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Shuningdek, hali yechimini topmagan, izlanishni talab qiladigan yo‘nalishlar ham bir talay. Shular jumlasiga yordamchi so‘zlar guruhini keltirishimiz mumkin. Bu turkumga kiruvchi so‘zlar leksik, grammatik va pragmatik jihatdan boshqa so‘z turkumlari kabi bir qancha ustunliklarga ega. Tilshunosligimizda yordamchi so‘z turkumlari Sh.Sh.Shoabdurahmonov, R.Rasulov, S.Karimov, R.Qo‘ng’urov, M.Qurbonov, N.Ernazarov, A.B.Pardayev, O.Bozorov, U.Rahimov, Z.Isoqovlar tomonidan tadqiq etilgan. Tadqiqotlarda yordamchi turkumlar haqida turlicha fikrlar keltirilgan bo‘lib, yordamchi turkumlarning grammatik vazifalari, turlari haqidagi qarashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunga qadar jahon tilshunosligida ham, o‘zbek tilshunosligida ham yuklamalar, ularning so‘z turkumlari, xususan, yordamchi so‘z turkumlari o‘rtasidagi o‘rni xususida muayyan tadqiqotlar yuzaga kelgan 3 . Biroq yuklamalarning qo‘shimcha ma’no berish kabi asosiy vazifasidan tashqari, nutqiy vaziyatga qarab badiiy matnda nutqni voqelantiruvchi turli pragmatik vazifani ado etishi borasidagi rang- baranglik ma’no jilolarini berishi boshqa grammatik vositalardan ustun tomonidir. Garchi o‘zbek tilshunosligida yuklamalarning grammatik xususiyatlarini diaxronik va sinxronik yo‘nalishda tekshirishga bag’ishlangan tadqiqotlar yetarli darajada bo‘lsa-da, biz qarab chiqqan manbalardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o‘zbek tilidagi yuklamalarning semantikasini o‘rganishga oid kuzatishlarning barmoq bilan sanarliligi, yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlani o‘rganishga oid ishlarning yo‘qligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqot ob’ekti . O‘zbek tilining izohli lug’ati va badiiy asarlardagi yuklama vazifasida qo‘llanilib kelayotgan, yuklamaga ko‘chayotgan so‘zlar hamda qo‘shimcha ko‘rinishidagi yuklamalar tanlandi. Ularning funksional xususiyatlar va semantik ma’nolari ochib berildi. 3 Базаров О. Частицы в узбекском языке: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. - М., 1983. - 22 с.; Раҳимов У. Ўзбек тилида юкламалар пресуппозицияси: Филол. фан. номз. …дис.автореф. – Самарқанд, 1994. -25 б.; Исоқов З. Ўзбек тилида сўз туркумларининг ўзаро муносабати ва унда юкламаларнинг ўрни: Филол. фан. номз. …дис.автореф.–Фарғона, 2005.-22 б.

Tadqiqot predmeti . Tilimizda so‘z va qo‘shimcha ko‘rinishida qo‘llanib kelayotgan yuklamalar va yuklama vazifasiga ko‘chgan so‘zlarning badiiy matndagi semantik-stilistik munosabatini aniqlashdan iborat. Magistlik ishining maqsadi va vazifalari . Magistrlik dissertatsiyasida yuklamalarga funksional differensial, vazifaviy chegaralanganlik nuqtayi nazaridan munosabatda bo‘lish, ularga nafaqat grammatik birlik, balki nutqiy ta’sirchanlik vositasi sifatida qarash hamda maqsadga muvofiq tarzda tanlash va foydalanishning yo‘llarini tahlil qilish, ularni nutqdagi emotsional – ekspressiv ma’no ottenkalarini aniqlashga harakat qilish hamda bunda nutqning og’zaki va yozma shakllarini o‘rganish kabi masalalarga e’tibor qaratildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O‘zbek tilshunosligida yuklamalarning funksional xususiyatlari o‘rganildi, bu jihat monografik rejada tadqiq etiladi; o‘zbek tilshunosligida yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlari yaxlit xolda ilk bor o‘rganildi; bugungi kunda o‘zbek tilining kommunikativ-pragmatik imkoniyatlarining kengayib borayotganligi, ayniqsa, so‘zlashuv nutqining o‘ziga xos kommunikativ funksiyasining kuchayishiga yuklamalarning alohida xizmati yuzaga kelayotgani sababli bu birliklarning semantik-stilistik imkoniyatlarini yanada chuqur o‘rganish zaruratini yuzaga kelganligi asoslandi; keyingi yillarda yuklamalarning nutq jarayonidagi ta’sirchanlikni oshirishda muhim uslubiy vosita ekanligi dalillandiIshda quyidagi natijalarga erishildi. - O‘zbek tilida yuklamalar maxsus tadqiqot obyekti sifatida o‘rganildi; - Yuklamalar diaxron va sinxron aspektda tahlil qilindi; - So‘z va qo‘shimcha ko‘rinishidagi yuklamalarning badiiy matn(nasr va nazm) tarkibidagi stilistik, semantik xususiyatlari o‘rganildi; - O‘zbek tilining izohli lug’ati( 5 tomli) tarkibidagi yuklamalar o‘rganildi, ularning leksik va grammatik ma’nolari tahlil etildi; - Yuklamalarda presuppozitsiya hodisasi tahlil etildi; - Yuklama vazifasiga ko‘chgan so‘zlarning semantik- stilistik xususiyatlari tahlil qilindi.

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari . O‘zbek tilining izohli lug‘ati asosiy tadqiqot obyekti vazifasini o‘tadi. Bulardan tashqari, badiiy asar matnidagi mavzu bilan bog‘liq leksik birliklarni tahlil qilishda etimologik, o‘zbek tili sinonimlar lug‘ati, maktab darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalandik. Dissertatsiya mavzusi Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasining «O‘zbek tili birliklarining funksional-pragmatik va semantik-uslubiy tahlili (sinxron va diaxron aspekt)» deb nomlangan tadqiqot rejasi tarkibiga kiradi. Ushbu mavzu mazkur kafedra tomonidan magistrlik dissertatsiyasi uchun tavsiya etilgan va fakultet Ilmiy kengashida tasdiqlangan. Dissertatsiya Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti, “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi yig‘ilishida muhokama etilib tadqiqotning asosiy mazmuni bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy jurnal va to‘plamlarda 5ta maqola e’lon qilindi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Bizga ma’lumki, o‘zbek tilida yordamchi so‘z turkumlari keng tadqiq etilgan shu jumladan yuklamalar ham o‘rganilgan. Yuklamalar turkiyshunoslarning doimiy diqqat markazida bo‘lgan bo‘lsa-da, bu boradagi ilk tadqiqotlarda yuklamalarga bag‘ishlangan alohida bo‘limlar ajratilmaydi – ular modal va turli qo‘shimcha ma’no ifodalovchi vositalar ichiga singdirilib yuborilgan. Rus tilshunosligida yuklamalarning o‘rganilishi XVIII asrdan boshlab o‘rganila boshlangan. Yuklama atamasining o‘zi rus tilshunosi M.Lomonosov tomonidan kiritilgan. 4 Yuklamalar butun bir jumla, gap yoki uning alohida bo‘laklariga turli-xil emotsional-ekspressiv, modal ma’noni yuzaga keltirish uchun ishlatiladigan so‘zlardir. Tilimizda yuklamalar mavzusida alohida qilingan tadqiqotlar ham bor. O.Bozorov «O‘zbek tilida yuklamalarning semantik-funksional xususiyatlari» nomli nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Z.Isoqov ham tadqiqot olib borgan. U «O‘zbek tilida so‘z turkumlarining o‘zaro munosabati va un Yuklamalar presuppozitsiyasi bo’yicha U.Rahimov “O‘zbek tilida yuklamalar presuppozitsiyasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ushbu ishda presuppozitsiya ifodalovchi ham, emas, faqat, yana yuklamalar kengroq yoritilgan. O‘zbek tilshunosligida 4