logo

O‘ZBEK TILIDA “SUV” LEKSEMASINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

153 KB
 
O‘ZBEK TILIDA “SUV” LEKSEMASINING LINGVOMADANIY
XUSUSIYATLARI
MUNDARIJA
ISHNING UMUMIY TAVSIFI
I BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA “SUV” LEKSEMASI VA UNING 
O‘RGANILISHI MASALALARI
1.1. Jahon tilshunosligida “suv” leksemasining o‘rganilishi.
1.2. O‘zbek tilshunosligida “suv” leksemasi va uning o‘rganilishi.
Birinchi bob bo‘yicha xulosalar.
II BOB. O‘ZBEK TILIDA “SUV” LEKSEMASI ASOSIDA 
SHAKLLANGAN BARQAROR BIRIKMALARNING FUNKSIONAL-
SEMANTIK VA USLUBIY XUSUSIYATLARI
2.1.  O‘zbek tilida “suv” leksemasi asosida shakllangan birikmalar. 
2.2. O‘zbek tilida “suv” leksemasi asosida shakllangan birikmalarning funksional-
uslubiy xususiyatlari. 
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar.
III BOB. O‘ZBEK TILIDA “SUV” LEKSEMASINING LINGVOMADANIY 
XUSUSIYATLARI
3.1. O‘zbek tili milliy-madaniy semasida “suv” leksemasining ifodalanishi.
3.2. “Suv” leksemasi asosida shakllangan lingvokulturemalar.
Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
ILOVA
1 ISHNING UMUMIY TAVSIFI
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Mamlakatimiz   mustaqilligining   dastlabki   yillaridan   boshlab   jamiyatning   barcha
sohalarida   izchil   islohotlar   amalga   oshirilib,   ilm-fanni   ham   jadallik   bilan
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Boshqa sohalarda bo‘lgani singari o‘zbek
tilshunosligida   ham   dunyo   tilshunosligining   yangi   ilmiy   paradigmalari   asosida
tadqiqotlar   olib   borish,   tilimizning   qo‘llanish   doirasini   kengaytirish,   uni   har
tomonlama   rivojlantirishga   kirishildi.   Bu   holatni   keyingi   yillardagi   lingvistik
tadqiqotlarda nutqiy hodisalarning til egasi bilan boG liq jihatlariga alohida e’tiborʻ
qaratilayotganligida   ham   ko‘rish   mumkin.   To‘plangan   tajribalarimiz   va
qadriyatlarimiz   negizida   milliy   istiqlol   mafkurasining     yangicha   tamoyillari
yaratildi.   Ozod   va   obod   Vatan,   erkin   va   farovon   hayot   barpo   etishdek   pirovard
maqsadimizdan   kelib   chiqib,   ta’lim-tarbiya,   ma’naviy-ma’rifiy   sohalardagi
faoliyatimizni   ulkan   bir   vazifaga   –   xalqimiz   ongiga   milliy   istiqlol   G oyasini	
ʻ
singdirish, ularda uzoq yillar davomida shakllangan va uluG langan umuminsoniy	
ʻ
va   milliy   qadriyatlarni   qayta   o‘zlashtirish,   e’zozlash   hamda   uning   aqidalarini
hayotda qo‘llashga qaratmoqdamiz.
Suv   tabiatning   buyuk   ehsoni,   yerda   hayotning   asosi.   Suv   qishloq   xo‘jaligi,
elektroenergiya, tashkilotlar, transport va boshqa juda ko‘p sohalarning qon tomiri.
Suv   yerlarni   sug‘   oradi   va   ekinlarga   hayot   bag‘   ishlaydi.     Inson,   hayvonot   olami,
o‘simliklar dunyosi suvsiz yashay olmaydi. Insoniyat uchun suvdan qadrli, suvdan
aziz,   suvdan   muqaddas   narsa   yo‘q,   suv   oltindan   ham   qimmat   ne’mat   desak
adashmaymiz.   Xalqimizda   suv   bergan   savob,   degan   hikmatli   bir   gap   bor.   Chunki
suvning hayot uchun zarurligini bilib, kishilar uning azizligini shunday hikmatlarda
ulug‘ lashgan.
2 Qadimgi   zamon   donishmandlari   tabiat   yaratgan   barcha   ne’matlarning
hammasini     ko‘zdan   kechirib,   inson   uchun   eng   qimmatbaho   boylik-suv   degan
xulosaga kelganlar. Yuqorida aytilganidek, suv hamma narsanig tarkibida uchraydi.
Mashhur tabiatshunos olim, V.I. Vernadskiy “Tabiiy suv insonning butun hayotini
yaratadi   va   qamrab   oladi.   Uning   jamiyatda,   tabiatda,   turmushda,   insonning
mavjudligida   tutgan   o‘rnini   shu   darajada   aniqlab   beradigan   birorta   boshqa   tabiiy
jism   bo‘lmasa   kerak”,-   deb   yozgan   edi.     O‘zbek   xalqi   suv   qadrini   yer   bilan
o‘lchamaydilar.   Aksincha,   yer   qadrini   suv   bilan   o‘lchaydilar.   Suv  hayot-manbayi.
Suvsiz yer bormi? Yer-xazina, suv oltin. Yuqoridagi maqollarda juda katta ma’no
mujassam.   Yer   bo‘lsa-yu,   suv   bo‘lmasa,   bunday   ulug‘     xazinadan   foydalanib
bo‘lmaydi. 
Demak,   sharqda,   jumladan,   O‘zbekistonda   suvning   qishloq   xo‘jaligida   va
insonlarning kundalik hayotida ahamiyati beqiyos. Shu sababli ham ona xalqimiz:
“Suvsiz   hayot   bo‘lmas”,   “Hosilning   onasi-suv”,   “Suv-yerning   qon   tomiri”,   “Yer
emas   suv   tug‘adi”,   “Suv   sensiz   yashaydi,   sen   suvsiz   yashay   olmaysan”   kabi
ko‘plab   maqollar   ham   yaratganki,   bu   maqollarda   suvning   barcha   xususiyatlari
yaqqol ifoda etilgan.
Mavzuning   dolzarbligi.   O‘zbek   tili   dehqonchilik   leksik   sistemasi   (DLS)
tarkibida   yetakchi   so‘zlardan   biri   bo‘lgan   suv   leksemasi   va   bu   so‘z   asosida
yaratilgan   qo‘sh,   birikmali   terminlar   miqdoran   ko‘pligi,   qo‘llanishi   jihatidan
chegaralanmaganligi   bilan   alohida   ajralib   turadi.   Bunday   so‘zlarning   o‘zbek   tili
lug‘ at tarkibida o‘z o‘rni, o‘z salmog‘i bor. Chunki suv insonning yashashi uchun
hayot manbayi hisoblanadi. dehqonchilikda esa dehqonning ishi yer bilan , yerdan
mo‘l   hosil   olish   esa   suv   bilan   belgilanadi.   Shu   sababli   ham   o‘zbek   tili   lug‘at
boyligida   bunday   so‘zlarning   ko‘pligi   xalqimizning   suvga   bo‘lgan   kundalik
zarurati   va   hayotiy   ehtiyoji,   qolaversa,   qishloq   xo‘jaligining   dehqonchilik
tarmoqlarida   xalqimizning   asrlar   bo‘yi   ekinlarni   sug‘orish   va   undan   hosil   olish
jarayonida bir-biriga bo‘lgan aloqasi, muomalasi natijasidir. Shuning uchun bo‘lsa
kerak,   xalqimiz   suv   haqida   juda   ko‘plab   maqollarni   yaratganlar.   Shunday   ekan,
professor E.Begmatov har bir tilda ba’zi so‘zlarning ko‘proq yoki kamroq bo‘lishi
3 xususida   quyidagicha   yozadi:   “Konkret   biror   tilda   u   yoki   bu   tip   so‘zlarning   bor
bo‘lishi  yoki aksincha kam  bo‘lishi til egasi  bo‘lgan xalqning obyektiv ehtiyojiga
bog‘liq. Bunday ehtiyojni o‘sha xalq yashab turgan tabiiy muhit, iqtisodiy-ijtimoiy
sharoit,   madaniy   va   ma’naviy   talablar   belgilaydi”.   Masalan,   o‘zbek   tilida
dehqonchilik, suvchilik va boshqa xil kasb-kor bilan bog‘liq terminlar ko‘p. Uzoq
shimolda   yashovchi   xalqlar   tilida   esa   qor   va   sovuq   bilan   bog‘liq,   bug‘uchilik   va
baliqchilik xo‘jaligi bilan aloqador terminlar ko‘p uchraydi.
Demak,   O‘zbekistonning   janubiy   vohalari   bo‘lgan   Qashqadaryo   va
Surxondaryo   viloyatlarining   issiq   iqlimli   sharoitida   dehqonchilik   qilish   uchun,
albatta,   suv   zarur.   Insoniyat   olamining,   qolaversa,   bobodehqonlarimizning
dehqonchilikda ekin maydonlarini sug‘ orish jarayonida suv, unga aloqador bo‘lgan
juda ko‘plab qo‘shma, birikmali, murakkab so‘zlarning yaratilishiga asos bo‘ldi.
Ushbu   ishimiz   o‘zbek   tilidagi   va   u   bilan   bog‘liq   suv   leksemasining
qo‘llanilishi,   vazifasi,   lug‘aviy-ma’noviy   xususiyatlarini   ilmiy-lisoniy   jihatdan
tadqiq etishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda bu so‘zning paydo bo‘lishi, shakllanishi,
qo‘llanishi,   rang-barang   ma’no   xususiyatlari   haqida   so‘z   yuritadi.   Mazkur   ishni
yoritishda   qadimgi   va   hozirgi,   tarixiy-badiiy,   etnografik-geografik,   lisoniy   yozma
va   og‘zaki   manbalar,   turkiy   va   noqardosh   tillardagi   ikki   tilli   lug‘atlar,   sug‘orma
dehqonchilikka   oid   kitoblar   o‘rganib   chiqildi.   Janubiy   Ozbekistonning
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining shahar va qishloqlaridagi aholi nutqidan
to‘plagan   materiallarimiz   asosida   suv   leksemasini   va   bu   so‘z   zamirida   yaratilgan
xalq   maqollari,   iboralari,   hikmatli   so‘zlari   ham   to‘planib,   tartiblanib,   ular   to‘g‘-
risida fikrlar yuritishga ham harakat qilindi. 
Ma’lumki,   o‘zbek   tilidagi   so‘zlarning   ma’nolari,   qo‘llanishi,   tarkibi
nihoyatda   xilma-xil   va   rang-barangdir.   Bu   esa,   ayniqsa,   leksikaning   ayrim   yoki
yakka holda olingan leksemalarga oid so‘zlar to‘g‘risida fikr yuritganda, yaqqolroq
namoyon bo‘ladi. shuning uchun ham  suv leksemasi, bu so‘z ishtirokida yasalgan
so‘zlar,   uning   o‘zbek   tilining   lug‘at   tarkibidagi   o‘rnini   misollar   asosida   berishga
harakat   qilindi.     Umuman   olganda,   ushbu   tadqiqot   o‘zbek   tili   DLS   da   markaziy
o‘rinda   turuvchi   lug‘aviy   birliklardan   biri   bo‘lgan   suv   leksemasining   fonetik,
4 leksik,   so‘z   yasalishi,   grammatik   fazilatlarini   o‘rganishga   bag‘ishlangandir.
Tadqiqotning   asosiy   maqsadi   o‘zbek   va   jahon   tilshunosligida   suv   leksemasi
ishtirok   etgan   barqaror   birikmalar,   maqollar,   matallar,   rivoyatlar,   iboralar   va
boshqa   til   birliklarini   lingvomadaniy,   etnolingvistik   jihatdan   keng   tadqiq   etish.
Ularning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   aniqlash,   bir   tizimga   solish,   mavzuviy
guruhlarga ajratish. Suvning nafaqat insoniyatning kundalik hayotidagi, balki uning
tilda ham naqadar mustahkam o‘rin egallaganligini ko‘rsatishdan iboratdir.
Muammoning     o‘rganilganlik   darajasi .   Har   qanday   tilda   shu   tilga   xos
bo‘lgan har bir so‘zning shakllanish taraqqiyoti, tadrijiy takomili va tarixini bilmay
turib,   shu   tilni   o‘rganib   bo‘lmaydi.   Tilning   tarixini   o‘rganishda   har   bir   so‘zning
kelib   chiqish   tarixini,   bunday   so‘zlarning   tarixiy   yodgorliklar   tilidagi   holatini
hozirgi   tillar   orasidagi   mushtarak   va   farqli   xususiyatlarini   qiyosiy   yo‘sinda
o‘rganish tarixiy va qiyosiy tilshunoslik uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbek   tili   lug‘at   boyligining   asosiy   qismini   shu   xalqning   barcha   a’zolari   uchun
umumiy   bo‘lgan,   ayniqsa,   qo‘llanishida   na   hudud,   na   biror   faoliyat   sohalari   bilan
cheklanmagan so‘zlar tashkil etadi. Bunday so‘zlarga insonning kundalik tirikchilik
faoliyatidagi   aloqa-aralashuvi,   o‘zaro   munosabatlari,   ishlab   chiqarish   tarzi   uchun
zarur bo‘lgan terminlar kiradi. Masalan, DLSdagi yer, suv, quyosh, havo, dehqon,
dala,   maydon,   suvchi,   bog‘     kabi   so‘zlar   qo‘llanishi   jihatidan   chegaralanmagan
so‘zlar hisoblanadi. 
Turkiy   tilshunoslik,   xususan   o‘zbek   tilshunosligi,   ko‘p   yillik   tarixga   ega
bo‘lsa-da,   umumiste’moldagi   alohida   (yakka)   olingan   so‘zlar,   jumladan   suv
leksemasi   va   uning   ma’nolari,   bu   so‘z   vositasida   yaratilgan   qo‘shma,   birikmali,
murakkab so‘zlar, suv so‘zining gidronimlar, toponimlar, xalq maqollari, hikmatli
so‘zlari,   iboralari,   tarkibida   qo‘llanishi   kabi   lisoniy   va   nolisoniy   fazilatlarini
o‘rganishga   bag‘ishlangan   maxsus   ish   yo‘q.   Suv   leksemasi   o‘rganilmagan,
olimlarning   diqqatini   jalb   etmagan   deyishimiz   xatodir.   Chunki   kuzatishlarimiz
shuni   ko‘rsatdiki,   turkiyshunoslikda,   o‘zbek   tilshunosligida,   qardosh   bo‘lmagan
tillar tilshunosligida toponimlar, gidronimlarning tadqiqi jarayonida suv leksemasi
5 va   bu   so‘zning   onomastik   va   appelyativ   birlik   sifatidagi   ma’nolari   va   qo‘llanishi
xususida yo‘l-yo‘lakay fikrlar yuritilgan. 
Ma’lumki,   turkiy   tilshunoslikda,   jumladan,   o‘zbek   tilshunosligida,   o‘zbek
sohaviy   leksikasi,   o‘zbek   shevalari   leksikasi,   o‘zbek   nomshunosligi,   o‘zbek
gidronimikasiga bag‘ishlangan ishlar anchagina. Hatto noqardosh tillarda ham suv
leksemasi   va   u   anglatgan   tushunchalarni   ifodalovchi   leksemalar   tadqiqiga
bag‘ishlangan   ilmiy-lisoniy   ishlar   ham   mavjud.   Turkiyshunoslikda,   jumladan,
o‘zbek   tilshunosligida   suv   leksemasining   lug‘aviy-ma’noviy   xususiyatlarini
o‘rganishga   bag‘ishlangan   ishlar   yo‘qligi   yuqorida   aytilgan   edi.   ammo   shuni
alohida   ta’kidlash   kerakki,   suv   so‘zi   noqardosh   tillardan   fors-tojik   tilida   maxsus
o‘rganilgan.   Bu   D.T.   Tojiyevning   rus   tilida   yozilgan   asaridir.   Bu   asarda   Tojiyev
fors-tojik   tili   materiallarini   rus   tilidagi   suv   va   u   bilan   bog‘liq   so‘zlar   asosida
qiyoslab,   tojikcha   “ob(suv)”   so‘zining   leksik-semantik,   so‘z   yasalishi
xususiyatlarini   bayon   etgan.   U   ushbu   ishida   suv   so‘zining   anglatgan   ma’nolari
xususida   quyidagilarni   yozadi:   “Ob   so‘zi   eng   qadimgi   davrlardan   tilning   asosiy
lug‘at     tarkibiga   kirib,   tojik   tilining   asosiy   lug‘at   tarkibini   boyitishda   katta
miqdordagi   so‘zlar,   iboralar,   terminlar   yaratishda   asos   bolib   xizmat   qilgan.
Qadimgi   forsiy   ar   (suv)ning   ko‘chma   ma’noda   qo‘llanishi   batamom   obyektiv
qonuniyatlarga   asoslangan   bo‘lib,   yarqiroq   ma’nosini   kuchaytirgan.   Qadimgi
yozma   obidalar   bo‘lgan   “Avesto”,   “O‘rxun-Enasoy”   yodgorliklarida,
M.Koshg‘ariy,   Yusuf   Xos   Hojib,   A.Beruniy,   Xorazmiy,   Ahmad   Farg‘oniy,   Az-
Zamaxshariy,   Z.M.   Bobur,   Haydar   Mirzo   va   shu   kabilarning   asarlarida   ham   suv
haqida, bu tushunchani ifodalovchisi bo‘lgan suv leksemasi anglatgan tushunchalar
haqida so‘z yuritilgan. 
Magistrlik   dissertatsiyasining   ilmiy-tadqiqot   ishlari   rejalari   bilan
bo g liqligi.  ʻ Magistrlik   dissertatsiyasi   Samarqand   Davlat   universiteti   o‘zbek
tilshunosligi kafedrasining «Suv leksemasining lingvokulturologik xususiyatlari” »
mavzusi doirasida bajarildi. 
6          Tadqiqot obyekti va predmeti  sifatida suv leksemasi asosida shakllangan til
birliklari olingan.     Til birliklarini   iboralar, maqollar, hikmatli so‘zlar, birikmali va
murakkab terminlar tashkil etadi.
Tadqiqotning   vazifalari.   - suv   leksemasining   boshqa   tillardagi
ko‘rinishlarini aniqlash va o‘zaro qiyoslash;
-sinonimlik, omonimlik, ko‘p ma’nolilik hodisalarini o‘rganish;
-o‘zbek   tilida   suv   leksemasining   funksional-stilistik   va   etnolingvistik
xususiyatlarini aniqlash;
-badiiy uslubda qo‘llanilishi;
-suv ifodalaydigan ramziy ma’nolar;
-suv leksemasi asosida shakllangan konseptlarni aniqlash;
-suv leksemasi va xalqning urf-odatlarining o‘zaro munosabati;
-suv   leksemasi   asosida   shakllangan   barqaror   birikmalarni   mavzuviy   guruhlarga
bo‘lish;
-suv so‘zi ishtirok etgan gidronim, toponimlarni aniqlash, to‘plash.
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi   Tadqiqot   natijasida   o‘zbek   tilshunosligida
“suv”   leksemasi   asosida   shakllangan   barcha   til   birliklari   keng   o‘rganiladi,   tadqiq
qilinadi.   Ularning matndagi  va umumxalq tilidagi ma’nolari umumlashtiriladi, bir
tizimga   solinadi.   Natijada   esa   barcha   suv   leksemasi   asosida   shakllangan   barcha
birliklar lingvomadaniy jihatdan tadqiq qilinadi.
Tadqiqotning   metodologik   asosi   va   qo‘llanilgan   metodlar.   Tadqiqot
mavzusini   yoritishda   tasniflash,   tavsiflash,   qiyoslash,   statistik,   kognitiv   tahlil
metodlaridan  foydalanildi.   Mamlakatimizda  milliy-ma’naviy  qadriyatlarni  tiklash,
ona   tilimizni   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   bildirilayotgan   fikr-mulohazalar
magistrlik   dissertatsiyamizga   metodologik   asos   bo‘lib   xizmat   qildi.   Bundan
tashqari, o‘zbek tilshunos olimlari Sh.Shoabdurahmonov, U.Tursunov, A.Hojiyev,
R.Qo‘nG urov,   E.Begmatov,   B.O‘rinbyoev,   N.Mahmudov,   S.Karimov,ʻ
B.Yo‘ldoshev,   B.Umurqulov,   M.Yo‘ldoshev,   T.Qurbonovlarning   badiiy   asar   tili,
badiiy   matnlarni   o‘rganish   bo‘yicha   olib   borgan   tadqiqotlaridagi   ilmiy-nazariy
7 xulosalar   ham   e’tiborga   olindi.   Asosan,   komponent   tahlil,   tavsiflash,   qiyoslash,
lingvopoetik va pragmalingvistik tahlil usullaridan foydalanildi.
Ish   tuzilmasining   tavsifi.     Magistrlik   dissertatsiyasi   kirish,   uch   asosiy   bob,
xulosalar   va   foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxatidan   iborat.   Magistrlik
dissertatsiyasining umumiy hajmi  …   sahifani tashkil etadi.
8 I BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA “SUV” LEKSEMASI VA UNING
O‘RGANILISHI MASALALARI
Har   qanday   tilda   shu   tilga   xos   bo‘lgan   har   bir   so‘zning   shakllanish   taraqqiyoti,
tadrijiy takomili  va tarixini  bilmay turib, shu tilni  o‘rganib bo‘lmaydi. Tilning tarixini
o‘rganishda   har   bir   so‘zning   kelib   chiqish   tarixini,   bunday   so‘zlarning   qadimgi
yodgorliklar   tilidagi   holatini,   hozirgi   tillar   orasidagi   mushtarak   va   farqli   jihatlarini
qiyosiy yo‘sinda o‘rganish tarixiy va qiyosiy tilshunoslik uchun muhim ahamiyat kasb
etadi. 
O‘zbek tili lug‘at boyligining asosiy qismini shu xalqning barcha a’zolari uchun
umumiy   bo‘lgan,   ayniqsa   qo‘llanishida   na   hudud,   na   biror   faoliyat   sohalari   bilan
cheklanmagan so‘zlar tashkil etadi. Bunday so‘zlarga insonning bir-biri bilan insonning
kundalik tirikchilik faoliyatidagi aloq-aralashuvi, o‘zaro munosabatlari, ishlab chiqarish
tarzi   uchun   zarur   bo‘lgan   terminlar   kiradi.   Masalan:   DLS   yer,   suv,   quyosh,   havo,
dehqon, dala, maydon, suvchi, bog‘ kabi so‘zlar qo‘llanishi jihatidan chegaralanmagan
leksika hisoblanadi. Ma’lumki, tildagi mavjud so‘zlar iste’mol doirasiga ko‘ra xilma-xil
bo‘lib,   ularning   asosiy   qismini   ko‘pchilik   aholi   bir   xil   qo‘llab,   bir   xil   tushunsa,
ba’zilarini   faqat   muayyan   kasbdagi   kishilargina   tushunadilar   va   qo‘llaydilar.   Masalan,
o‘zbek adabiy tilidagi odam, yer, havo, tosh, qum, suv, aytmoq, osmon, uxlamoq kabi
so‘zlarni   barcha   kishilar,   bir   xil   tushunadilar   va   qo‘llaydilar.   Ammo,   darak-suv
bo‘luvchi   joy,   surjuna-suv   darvozasi,   iyrim-girdob   kabi   so‘zlarni   ma’lum   hududda
yashovchi kishilargina tushunadilar va qo‘llaydilar / shuning uchun ham tildagi so‘zlar
qo‘llanishiga   ko‘ra   chegaralangan   va   chegaralanmagan   so‘zlar   guruhiga   bo‘linadi.
Mana   shunday   iste’mol   doirasi   chegaralanmagan   leksemalardan   biri   qadimgi
umumturkiy (o‘zbek) tilidagi suv leksemasidir.
Turkiy  tilshunoslik,  xususan,   o‘zbek  tilshunosligi   ko‘p  yillik  tarixga  ega  bo‘lsa-
da,   umumiste’moldagi   alohida   (yakka)   olingan   so‘zlar,   jumladan,   suv   leksemasi   va
uning   ma’nolari,   bu   so‘z   vositasida   yaratilgan   qo‘shma,   birikmali,   murakkab   so‘zlar,
suv   so‘zining   gidronimlar,   toponimlar,   xalq   maqollari,   hikmatli   so‘zlari,   iboralari
9 tarkibida   qo‘llanishi   kabi   lisoniy   va   nolisoniy   fazilatlarini   o‘rganishga   bag‘ishlangan
birorta   ish   yo‘q.   Shu   sababli   ham   bizning   bu   ishimiz   suv   leksemasining   lisoniy   va
nolisoniy   fazilatlarini   baholi   qudrat   o‘rganishga   bag‘ishlandi.   Suv   leksemasi
o‘rganilmagan,   olimlarning   etiborini   jalb   qilmagan   deyish   xatodir.   Chunki
kuzatishlarimiz   shuni   ko‘rsatdiki,   turkiyshunoslikda,   o‘zbek   tilshunoslikda,   qardosh
bo‘lmagan   tilar   tilsunosligida   toponimlar,   gidronimlarning   tadqiqi   jarayonida   suv
leksemasi   va   bu   so‘zning   onomastic   va   appelyativ   birlik   sifatidagi   ma’nolari   va
qo‘llanishi   xususida   yo‘l-yo‘lakay   fikrlar   yuritilgan.   Ma’lumki,   turkiy   tilshunoslikda 1
,
jumladan, o‘zbek tilshunosligida 2
, o‘zbek sohaviy leksikasi, o‘zbek shevalari leksikasi,
o‘zbek   nomshunosligi,   o‘zbek   gidronimikasiga   bag‘ishlangan   ishlar   anchagina.   Hatto
noqardosh   tillarda   ham   suv   leksemasi   va   u   anglatgan   tushunchalarni   ifodalovchi
leksemalar   tadqiqiga   bag‘ishlangan   ilmiy-lisoniy   ishlar   ham   mavjud.   Bu   ishlarda   ham
ta’kidlanganidek,   o‘zbek   va   noqardosh   tillar   leksikasi,   toponimlari   va   gidronimlari
tadqiqi   jarayonida   suv   leksemasi   va   u   bilan   aloqador   so‘zlar   xususida   ham   fikrlar
yuritilgan.   Biz   shu   o‘rinda   suv   leksemasining   ma’nosi   xususidagi   va   bu   so‘z   bilan
aloqador   ilmiy-lisoniy   ishlarning   ba’zilariga   o‘z   munosabatimizni   bildirishga   harakat
qilamiz. 
Turkiyshunoslikda, jumladan, o‘zbek tilshunosligida suv leksemasining lug‘aviy-
ma’noviy   xususiyatlarini   o‘rganishga   bag‘ishlangan   maxsus   ishning   yo‘qligi   yuqorida
aytilgan edi. Ammo shuni alohida ta’kidlashni istardikki, suv so‘zi noqardosh tillardan
fors-tojik   tilida   maxsus   o‘rganilgan.   Bu   D.T.Tojiyevning   rus   tilida   yozilgan   «Слово
«об»(вода)   в   современном   таджикском   языке»   nomli   tadqiqotidir.   Muallif   o‘zi
ta’kidlaganidek,   ushbu   tadqiqot   1941-yilda   yozilgan   bo‘lib,   professor   I.I.Zarubin
rahbarligidagi diplom ishining qayta ishlangan va kengaytirilgan maqola sifatida qayta
ishlangan. 
D.T.Tojiyev bu ishida fors-tojik tili materiallarini rus tilidagi вода(suv) va u bilan
bog‘liq   so‘zlar   asosida   qiyoslab,   tojikcha   ob(suv)   so‘zining   leksik-semantik,   so‘z
yasalish xususiyatlarini bayon etgan. 
1
 Қаранг: Абдурагимов А. Создадим единую сельскохозяйственную терминологию. Сельского-хозайства  
Азербайджана. -Баку. 1952, №4
2
 Абдулҳамидов А. Из истории народной ирригационной практики в зоне предгорий Узбекистана в XIX 
начале XX вв. -Т: Фан, 1981;
10 U ushbu ishida suv(ob) so‘zining anglatgan ma’nosi haqida quyidagilarni yozadi.
“Ob   so‘zi   eng   qadimgi   davrlardan   tilning   asosiy   lug‘at   tarkibiga   kirib,   (Qiyos.
“Avesto”da ar, qadimgi forsiyda ari) tojik tilini asosiy  lug‘at tarkibini boyitishda katta
miqdordagi so‘zlar, iboralar, terminlar yaratishda asos bo‘lib xizmat qilgan” 3
.
Qadimgi   forsiyda   ar(suv)ning   ko‘chma   ma’noda   qo‘llanishi   batamom   obyektiv
qonuniyatlarga asoslangan bo‘lib, yarqiroq ma’nosini kuchaytirgan. 
Hozirgi   tojik   tilida   ob(suv)   so‘zi,   uning   ko‘plab   ma’nolari   bilan   birgalikda
yaltiroq ma’nosi ham xuddi bir so‘zdek idrok qilinadi.
Bizning   fikrimizcha,   suv   leksemasining   ma’nosi   qadimgi   turkiy   tildagi   arig‘,
arimoq,   pokiza,   sof,   tiniq   ma’nosida   bo‘lib,   u   suyuq,   ya’ni   “oqib   o‘zi   ishg‘ol   qilib
turgan idish shaklini olish xusussiyatiga ega bo‘lgan 4
 ”   ma’nodagi suyuq, M.Qoshg‘ariy
DLTda   “suvuq-har   bir   suyuq   narsa 5
”   so‘zidagi   “q”   undoshining   tushishi   natijasida
suvuq>suyuq>suyu>suvu>suv   holiga   kelib   qolgan   bo‘lishi   mumkin.   Chunki   suv
so‘zining   xitoycha   shuy(suy)-suv   daryo   ma/nosidagi   shakli   tasodifiy   hol   bo‘lmasa
kerak 6
.   N.A.Baskanov   “Turkiy   tillarda   xitoycha   o‘zlashmalar   muammosiga   doir”
maqolasida   turkiy   sug~suw   “ вода ”<xum.   Shuj~shuei   “ вода ”   ekanligini   ta’kidlaydi.
Ko‘rinadiki   qadimgi   turkiy   tilde   “vodorod   bilan   kislorodning   kimyoviy   birikuvidan
iborat   tussiz,   shaffof   suyuqlik”ni   (Hamma   suv   deb   talpinar,   hamma   suvga   intilar   edi.
M.Ismoiliy) anglatgan bu ot asli sub tarzida talaffuz qilingan, keyinroq “b” undoshi “v”
undoshiga   almashgan.   Sub>suv[>su] 7
  hosil   qilishi,   qo‘llanishi   xususida   quyidagilarni
yozadi:   “suv   so‘zi   adabiy   tilimizda   keng   ma’noda   qo‘llaniladi.   Ammo   bu   atamaning
suv-   H2O,   ya’ni   suvning   vodorod   bilan   kisloroddan   tashkil   topgan   texnik   va   ximik
ma’nosidagi   tussiz,   shaffof   suyuqlik   ekanligi   aniqlangandan   so‘ng   (1790-yilgacha   bu
termin   ximik,   texnik   ma’noda   ma’lum   emas   edi)   bu   termin   distillangan,   “ximik   toza
suv” ma’nosidagi termin sifatida ishlatila boshlandi. Bu umumadabiy tildagiga nisbatan
3
  Д.Т.Тожиев.  Кўрсатилган асар. стр.121.
4
  Ўзбек тилининг изоҳли луғати.– Москва: Рус тили,  2 том, 1981, 90-бет.
5
 Кошғарий М. Девону луғотит турк. - Тошкент: Фан  1963,  3 -том,   179-бет.
6
  . 
Мурзаев Э. Словарь народных географических терминов. - Москва: Мысль1984, стр. 653.
7
  Раҳматуллаев Ш. «Ўзбек тилининг этимологик луғати». 1– том. Тошкент: Университет 2000, 301-бет.
11 chegaralangan ma’noda qo‘llanila boshlandi. Hatto suv leksemasi yordamida yaratilgan
suv   birikmalari   terminologiyada   va   umumadabiy   tildagi   qo‘llanishida   keskin   farq
qilishini aytib quyidagi misollarni keltiradi 8
 :
terminologiyada:                               umumadabiy tilda:
og‘ir suv                                            sovuq suv
qattiq suv                                           tiniq suv
yumshoq suv                                      sho‘r suv
suv gazi                                              suv oqimi
Demak,   so‘zlar   ma’lum   sohadagina   ishlatilib,   iste’mol   doirasi   chegaralangan
ma’noda qo‘llanilgandagina terminlarga aylanadi. 
XX-XXI   asrlar   tilshunosligi   tildagi   inson   omilini   o‘rganishga   bo‘lgan   katta
qiziqish   bilan   tavsiflanadi,   bu   esa   lingvistik   tadqiqotlar   ilmiy   paradigmasining
o‘zgarishiga olib keldi. 
II bob 39-bet
Suv   umuminsoniy   ramzlardan   biri   bo‘lib,   turli   bilim   sohalari   olimlarining
e’tiborini   o‘ziga   tortib   kelmoqda.   Gumanitar   fanlarda   suv   madaniyatning   asosiy
tushunchasi   sifatida   turli   xil   nuqtayi   nazarlardan,   jumladan,   mifologik,   she’riy   va
kulturologik   jihatlardan   o‘rganilgan.   Shu   bilan   birga,   tadqiqot   materiallarida   “suv”
leksemasi   ishtirok   etgan   alohida   madaniy   matnlar,   badiiy   asarlarda   va   xalq   tilida
ishlatiladigan   barqaror   frazeologik   va   metaforik   birikmalar,   suvning   lingvistik   va
ramziy   tasvirlari,   xususiyatlari   keng   o‘rganildi.   Demak,   “suv”   madaniy   tushuncha
sifatida   tilda   obyektivlashgan   yoki   ongsizlikning   universal   arxitipik   belgisi   sifatida
gumanitar fanlar, falsafa, psixologiya, adabiyotshunoslik, tilshunoslik, kulturologiya va
semiotikaning turli sohalariga kiritilgan.  
O‘zbek tili dehqonchilik leksik sistemasi tarkibida yetakchi so‘zlardan biri bo‘lgan suv
leksemasi va bu so‘z asosida hosil bo‘lgan qo‘shma, birikmali terminlar, ibora, hikmatli
8
  Мадвалиев   А.   Узбекская   химическая   терминология   и   вопросы   ее   нормализации:   АКД.   –     Тошкент,1986,
стр. 53.
12 so‘z,   matal   va   maqollar   miqdorining   ko‘pligi,   qo‘llanish   doirasining
chegaralanmaganligi,   deyarli,   barcha   vazifaviy   uslublarda   birdek   ishlatilishi   bilan
alohida ajralib turadi. Bunday so‘zlarning o‘zbek tili lug‘at tarkibida o‘ziga xos o‘rni va
ahamiyati bor. Chunki suv insonning yashash manbayi, uning farovon hayot kechirishi
uchun   asosiy   ta’minotchi   ham   hisoblanadi.   Suv   insonlar   kundalik   hayotida   qanchalik
ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, bu narsa ularning tilida ham o‘z aksini topdi, xalq orasida
keng qo‘llanadigan birliklarning asosiy komponenti bo‘ldi, ularning tarkibida xilma-xil
ma’no   qirralarini   ifoda   etdi.   Hatto   ba’zi   til   birliklari   tarkibida   o‘zining   asl,   tub
ma’nosidan   uzoqlashish   holatlari   ham   kuzatildi.   “Suv-   qadim-qadimdan   o‘zbekning
dunyoqarashida,   fikrlash   tarzida   asosiy   timsollardan   biri   bo‘lib   xizmat   qilgan.   Chunki
suvsiz   hayot   yo‘q.   Xususan,   O‘zbekistonimizda   suvning   ahamiyati-har   yerdagidan
ortiq”. 9
  Olam   yaralishining   asosi   hisoblanadigan   to‘rt   unsurdan   biri   bo‘lgan   suv
muqaddas   hisoblangan,   uning   har   bir   tomchisini   ham   zoye   ketkazmaslik,   isrof
qilmaslik,   oqar   suvlarga   har   xil   narsalarni   tashlamaslik   va   undan   tejamkorlik   bilan
foydalanish   insoniy   burch   sanalgan.   Shunday   ekan,   asosiy   hayot   manbamiz   bo‘lgan
“suv” so‘zini, uning kelib chiqish tarixini, ishlatilish o‘rinlarini, og‘zaki nutqda yuzaga
chiqadigan ma’no nozikliklarini va albatta, o‘zining tub ma’nosi bilan birga xalq tilida
ifodalaydigan   ma’nosini   keng   tadqiq   etish,   ularni   bir-biriga,   hatto   boshqa   tillardagi
variantlariga qiyoslab o‘rganish muhim hisoblanadi. Bu orqali biz insoniyatning suvga
bo‘lgan   munosabatini   va   bu   munosabatlar   orasidagi   farqli   jihatlarni   o‘rganishimiz
mumkin.     Dastlab,   ishni   bu   so‘zning   lug‘atlardagi   ma’nolariga   e’tibor   qaratishdan
boshlaymiz. O‘TILda bu so‘z quyidagicha izohlanadi: “Suv-vodorod bilan kislorodning
kimyoviy   birikmasidan   iborat   rangsiz,   hidsiz,   shaffof   suyuqlik;   tabiatda   muz   va   bug‘
holida   uchraydi,   barcha   tirik   organizmlarning   va   ko‘pgina   moddalarning   tarkibiy
qismini tashkil qiladi”. Ko‘rinib turibdiki, O‘TILda suv so‘zining ma’nosi ko‘proq fan
nuqtayi   nazaridan,   aniqlikka   asoslanib,   uning   xalq   tilida   qo‘llanadigan   ko‘chma
ma’nolarini   izohlashdan   chekingan   holda   ochib   berilgan.   Bunda   diqqat   faqat   uning
borliqdagi real holatini ko‘rsatib berishga qaratilgan. Shavkat Rahmatullayev tomonidan
9
  Олимов С. Сув илоҳий неьмат.  - Тошкент :  Академнашр , 2009.
13 tuzilgan O‘zbek tilining etimologik lug‘atida esa suv so‘zining asl kelib chiqish tarixiga
e’tibor   qaratiladi   va   quyidagicha   izohlanadi.   “Qadimgi   turkiy   tilda   ham   shunday
ma’noni anglatgan bu ot asli “sub” tarzida talaffuz qilingan; keyinroq “b”  undoshi “v”
undoshiga   almashgan,   hatto   “v”   undoshi   talaffuz   qilinmagan   ham.   Sub>suv>su”.
Etimologik   lug‘atda   suv   leksemasining   fonetik   taraqqiyoti,   davrlar   osha   uning   tovush
tarkibida   ro‘y   bergan   o‘zgarishlar   va   ularning   bir-biridan   farqi   yetarlicha   izohlab
berilgan. Ammo bu lug‘at  ham uning ko‘chma ma’nolarni ifodalay olish imkoniyatiga
baho bermagan.
  Suv   leksemasiga   berilgan   ta’riflardan   ham   ko‘rinib   turibdiki,   suvning
insoniyat hayotida tutgan o‘rni beqiyos, u tabiatning buyuk xazinasi va kashfiyotidir.
Ba’zan esa kishilarni tiriklik bilan ta’min etgan suv mislsiz darajada katta talafotlarga
olib kelishi, ayrimlarning hayotiga bevaqt nuqta qo‘yishi ham mumkin. Xalq orasida
keng tarqalgan maqollar-u, iboralarda suvning aynan yaratuvchanlik xususiyati bilan
birga   vayron   qilish   xususiyati   ham   o‘z   ifodasini   topgan.   Kishilar   gapirayotgan   har
gapida   suvning   qaysidir   jihatini     tilga   olganlar,   shu   asosda   o‘xshatishlar   qilganlar.
“O‘zbek tilidagi suv so‘zi boshqa turkiy tillardagi suv leksemasi kabi xalq ijodiyotida
keng   ko‘lamda   qo‘llaniladi.   Fikrni   ixcham   va   lo‘nda,   ravon   va   tushunarli   hamda
mazmunli   va   shirador   qilishda   suv   so‘zi   boshqa   so‘zlarga   o‘zaro   bog‘lanib,   ularga
singib   ketib   turli   xil   maqol   va   hikmatli   so‘zlar,   frazeologik   birliklar,   topishmog‘-u
qo‘shiqlar tarkibida keladi”. 10
 Masalan, birgina suv leksemasi ishtirok etgan quyidagi
iboralarni sanab o‘tish mumkin: bir qoshiq suv bilan yutgudek, boshiga suv quymoq,
og‘zining suvi keldi, siqib suvini ichmoq, boshidan suv o‘girib ichsang arziydi, suvi
qochmoq   va   hokazo.   Bunday   iboralarda   obrazlilik,   tasviriylik,   emotsionallik   kuchli
bo‘lganligi uchun, ayniqsa, so`zlashuv va badiiy uslubda boshqa vazifaviy uslublarga
nisbatan   keng   qo‘llanishiga   guvoh   bo‘lamiz.   Albatta,   har   qanday   til   birligi   badiiy
uslubda, aynan badiiy asar tarkibida qo‘llanganda muayyan bir badiiy maqsad uchun
xizmat   qiladi.   Muallif   ulardan   o‘z   qahramonining   xarakterini   individuallashtirishda,
uning boshqalarnikiga o‘xshamagan xususiyatlarini ochib berishda, eng muhimi, uni
xalqqa yaqinlashtirishda ustalik bilan foydalanadi. Ba’zan esa qahramon nutqida o‘zi
10
  Jabborov   X . O ‘ zbek   tilida   suv   leksemasining   lug ‘ aviy - ma ’ noviy   xususiyatlari .- Qarshi , 2006.  
14 ifodalaydigan   ma’nosidan   tashqari   boshqa   xil   ma’no   qirralarini   ham   ifodalashi
mumkin.   Badiiy   asarda   xilma-xil   uslub   namunalarining   uchrashi   ham   uning
mazmuniy   ko‘lamini   yanada   kengaytiradi.   Bu   esa,   albatta,   yozuvchining   badiiy
mahoratiga   ham   bog‘liq.   Xususan,   Murod   Muhammad   Do‘st   asarlari   mana   shu
jihatdan   badiiy   topilmalarga   nihoyatda   boy.   Yozuvchining   “Galatepaga   qaytish”
qissasida   ham   xalqona   iboralarni   ko‘plab   uchratish   mumkin.   Ularning   o‘nga   yaqini
suv   leksemasi   asosida   shakllangani   bizning   e’tiborimizni   yana   ham   o‘ziga   tortadi.
Ularning   ayrimlari   xalq   tilida   qanday   bo‘lsa,   shundayligicha   qo‘llangani   holda,
ayrimlari muallifning badiiy tafakkur  mahsuli  o‘laroq qahramon nutqida ishlatilgan.
Biz   esa   ana   shu   iboralarning   izohini   Sh.Rahmatullayevning   “O‘zbek   tilining
frazeologik lug‘ati”dan unumli foydalangan holatda keltirib o‘tamiz.  
Qo‘ltiqqa   suv   purkamoq-biror   ishni   qilishga   o‘chakishtirmoq,   gij-gijlamoq.
Odamzod aqldan ozgan-netgan bo‘lmasa, o‘zining toshini  o‘zi  biladi. Qo‘ltiqqa suv
purkab nima qilasiz, men shu bilan yaxshi bo‘lib qolarmidim!.. (88-bet)   Muallif o‘z
qahramonining   nutqini   individuallashtirish,   uning   xarakter   xususiyatlarini   ochib
berish   maqsadida   bu   iboradan   foydalanmoqda.   Aynan   shu   bois   ham   fikr   salmog‘i
oshmoqda.  
Suvday   bilmoq-miridan-sirigacha   besh   qo‘lday   bilmoq,   yodlab   olmoq.
Sinonimlari:   suvday   ichmoq,   suv   qilib   ichmoq.     Raim   oqsoqolning   to‘ng‘ich   o‘g‘li
arabchani   suvday   biladigan,   Qur’onning   yetti   xil   qiroatini   keltiradigan   odamdan
iymanishadi.   (41-bet)   Suv   kundalik   hayotimizda   muhim   o‘rin   tutadigan   hayotiy
unsurlardan   biri.   Uni   bilmagan,   ko‘rmagan,   ta’mini   totmagan   odam   yo‘q.   Shuning
uchun   ham   yozuvchi   “juda   yaxshi   biladi”   birikmasining   o‘rniga   obrazli   ifoda
semasiga   ega   bo‘lgan   “suvday   bilmoq”   birligidan   foydalanmoqda   va   ma’noni   yana
ham kuchaytirib, bo‘rttirib ko‘rsatishga harakat qilmoqda. 
Sirtiga   suv   yuqtirmaslik-   o‘zining   sha’niga   dog‘   tushiradigan   xatti-harakat
qilmaslik.   Sinonimi:   sirtiga   kir   yuqtirmaslik.   Mulla   Chori   sirtiga   suv   yuqtirmay
shunchaki   iljayib   qo‘ydi.   (25-bet)   O‘z   qadr-qimmatini   oyoqosti   qildirmaydigan,
o‘zini   juda   ham   hurmat   qiladigan,   har   qanday   noxush   vaziyatdan   ham   o‘zini   oqlab
15 chiqib   keta   oladigan   kishilarga   nisbatan   bu   ibora   qo‘llaniladi   va   yuqorida   aytilgan
ma’nolarni yana ham kuchaytirib ifodalaydi.
Tegirmoniga   suv   quymoq-qo‘llab-quvvatlamoq,   fikriga   qo‘shilmoq,   qiyin
vaziyatda   yordam   bermoq.   G‘aybarov   o‘zi   istamagan   holda   mulla   Soatning
tegirmoniga   suv   quyganini   angladi.   (25-bet)   Bu   ibora   kimnidir   qo‘llab-quvvatlash,
bildirilgan   fikrga   hamfikr   bo‘lish   yoki   mushkul   vaziyatda   kimgadir   ko‘mak   berish
kabi   ma’nolarni   anglatadi.   Uning   tarkibida   “tegirmon”   va   “suv”   konseptlarining
qo‘llanishi esa frazeologik birlikning chuqur tarixiy ildizga egaligini ko‘rsatadi.  
Suv   urmoq-   hovli   yuziga   birdek   qilib   suv   sepib   chiqish.   Kechki   payt,   epkin
yo‘q,   tuproqqa   suv   urilgan,   kechki   payt   ekani   shundan   ham   bilinadiki,   havoda   jun
hidi   aralash   issiq   va   nam   hovur   kezadi…(181-bet)   Keng   yuzaga   salqinlatish
maqsadida suv sepish ma’nosida yuqoridagi ibora qo‘llaniladi.
Ichgani suv bo‘lmoq- yeyishini tayini bo‘lmaslik, qorni to‘yib ovqat yemaslik.
Raim   oqsoqol   beixtiyor   iljayadi,   u   bilan   bir   bo‘lmada   yotgan,   yegani   yovg‘on
sho‘rva,   ichgani   qaynoq   suv   bo‘lgan   mahbusning   lafzidan   bunday   g‘alati   gaplar
chiqayotganiga   ishonmaydi.   (66-bet)   “Ichgani   suv   bo‘lmoq”   iborasi   yeyish-ichish
yaxshi   bo‘lmayotganlik,   qorni   to‘yib   ovqat   yemaslik   holatiga   nisbatan   qo‘llaniladi.
Keltirilgan   parchada   ham   ayni   shu   holatni   yana   ham   kuchaytirib,   bo‘rttirib
ko‘rsatishga xizmat qilyapti.   
Yuqorida   izohlangan   iboralar   tarkibida   suv   leksemasining   turli-tuman   ma’no
qirralari yuzaga chiqayotganiga guvoh bo‘ldik. Buning o‘ziyoq bu leksemaning ko‘p
ma’noli   ekanligini,   matn   tarkibida,   nutq   jarayonida   turli-tuman   ma’nolarni
ifodalashini ko‘rsatadi. Bunga “suv” leksemasi asosida shakllangan barqaror birliklar,
maqollar, hikmatli so‘zlarni o‘rganish va izohlash orqali yanada ishonch hosil qilish
mumkin. Biz bugun tadqiqot markazimizga faqatgina bir asar doirasida qo‘llanilgan
iboralarnigina   tortdik,   ularning   matn   tarkibidagi   ma’nolarini   izohladik.   Bundan
keyingi   izlanishlarimizda   esa   tadqiqot   maydonini   yana   ham   kengaytirib,   barcha
uslublarda   qo‘llanadigan,   ayniqsa,   so‘zlashuv   nutqida   keng   ishlatiladigan   iboralarni
va boshqa barqaror birikmalarni hamda ularning ma’nolarini  o‘rganib tadqiq etishga
harakat qilamiz.  
16 O‘zbek tili lug‘at tarkibidagi suv so‘zi boshqa turkiy tillardagi suv leksemasi
kabi   xalq   ijodiyotida   ham   keng   miqyosda   qo‘llaniladi.   Fikrni   mazmunli   va   shirador,
estetik bo‘yoqdor qilib ifodalashda suv leksemasi boshqa so‘zlar bilan bog‘lanib, ularga
mazmunan   singib   ketib   maqol-u   hikmatli   so‘zlar,   iboralar   va   tasviriy   so‘zlar,
shuningdek,   topishmog‘-u   qo‘shiqlar   tarkibida   keladi.   [1;91]   Suv   leksemasi   asosida
shakllangan barqaror birikmalar nafaqat turkiy tillarda, balki, bir qator yevropa tillarida,
xususan, ingliz tilida ham uchraydi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollar ifodalayotgan
ma’nosiga   ko‘ra   bir-biriga   yaqinmi?   Har   ikki   xalqning   suv   borasidagi   qarash   va
tasavvurlarida   mushtaraklik   bormi?   Shu   kabi   savollardan   kelib   chiqib   bugungi
tadqiqotimizda o‘zbek va ingliz tillaridagi suv leksemasi asosida shakllangan bir qancha
maqollarni   qiyosan   o‘rganishga,   ularni   lingvokulturologik   jihatdan   tadqiq   etishga
harakat   qildik.   Bu   orqali   tadqiq   etayotgan   tillarimizdagi   maqollarning   bir-biriga
o‘xshash   va   farqli   jihatlarini,   shu   til   egasi   bo‘lgan   xalqning   o‘ziga   xos   madaniyati   va
mentalitetini   ko‘rsatib   berishga   bel   bog‘ladik.   Biz   ushbu   maqolamizda   asosiy   manba
sifatida K.M.Karomatova va H.S.Karomatovlarning “Proverbs. Maqollar.   Пословиц ы ”
kitobidan   foydalandik.   Bu   kitobda   2000   ga   yaqin   o‘zbek,   ingliz   va   rus   tillaridagi
maqollar   keltirilgan   bo‘lib,   ularning   orasidan   tarkibida   “suv”   leksemasi   qatnashgan
ingliz va o‘zbek tillaridagisini ajratib oldik. Ularning umumiy soni 84 tani tashkil etdi.
Quyida ana shunday maqollardan ayrimlarini namuna sifatida keltirdik hamda ularning
ma’nosini izohlashga harakat qilib ko‘rdik.  
Inglizcha maqol O‘zbekcha tarjimasi O‘zbekcha varianti
1 Atlantic with a broom,
Try to sweep back the. Alantika okeanini 
supurgi bilan quritishga 
urinmoq. Suv o‘pirib ketgan 
to‘g‘onni do‘ppi bilan 
bekitib bo‘lmas.
2 Blood is thicker than  Qon suvdan quyuq. Urug‘-aymog‘im-quyuq
17 water.  qaymog‘im.
3 Bridges before you
 come to them,
Don’t cross
the. Ko‘prikka kelmasdan
 uni kechib o‘tma. Suvni ko‘rmay, etik
 yechma.
4 Deepest   water   is   the
best fishing, In the. Eng chuqur yerda baliq 
ovi zo‘r bo‘ladi. Baliq suvnin chuqurini,
Mard ishning qiyinini
 izlar.
5 Dirt into that fountain of
 which thou hast
 sometime drunk, never
 cast. Suv ichib turgan 
favvoraga aslo axlat 
tashlama. Quduqqa tupurma,
 qaytib icharing bor. 
6 Dog fears cold water,
 the scalded. Kuygan it sovuq suvga 
ham puflar. Olovdan qo‘rqqan 
tutundan ham qochar.
Og‘zi kuygan qatiqni 
ham puflab ichar.
7 Know the worth of
 water till the will is dry,
 We never. Quduq qurimaguncha
 biz hech qachon
 suvning
 qadriga yetmaymiz. Oldingdan oqar suvning
 qadri yo‘q. 
8 Leak will sink a great
 ship, A small. Arzimagan suv 
tomchilashidan katta 
kema cho‘kishi  Tomchi tosh teshar.
18 mumkin.
9 Moonshine in the water. Suvdagi oy shu’lasi. Tushingni suvga ayt. 
10 Still waters run deep. Sokin suv chuqur oqar.  Suvning tiniq
oqqanidan qo‘rq,
 Odamning
 yerga boqqanidan
 qo‘rq.
11 Water in a sieve, to
 carry. Elakda suv tashimoq. G‘alvirda suv turmas. 
Inglizcha: Atlantic with a broom,
                         Try to sweep back the.
maqolini   o‘zbek   tiliga   tarjima   qilsak   -   Alantika   okeanini   supurgi   bilan   quritishga
urinmoq-   ma’nosini   beradi.   Bu   esa   o‘zbek   tilida:   Suv   o‘pirib   ketgan   to‘g‘onni   do‘ppi
bilan bekitib bo‘lmas” maqoli orqali ifodalanadi.
Ingliz maqolida keltirilgan Atlantika okeani dunyoda hajmi bo‘yicha ikkinchi
o‘rinda   turadigan   suv   havzasi   hisoblanadi.   Bu   okean   bir   qancha   davlatlar,   xususan,
Buyuk   Britaniya   qirg‘oqlarini   ham   yuvib   turadi.   Mamlakat   aholisi   necha   ming   yillar
davomida uning suvlaridan foydalangan, dengiz mahsulotlarini iste’mol qilgan, ba’zan
esa   aynan   mana   shu   okean   tufayli   misli   ko‘rilmagan   talafotlarga,   suv   toshqinlariga
duchor bo‘lgan. Bularning barchasi vaqtlar o‘tib xalqning madaniy ongida ham aks etdi,
tilda   esa   mana   shunday   maqollar   tarkibida   o‘z   ifodasini   topdi.   Demak,   “Atlantika
okeanini   supurgi   bilan   quritishga   urinmoq”   ma’nosini   berayotgan   bu   maqol,   bir
tomondan, okeanning naqadar katta va ulug‘ ekanligiga ishora qilsa, boshqa tomondan
behuda   va   foydasiz   ishga   urinib,   vaqtni   bekorga   sarflamaslik   kerakligini   uqtirmoqda.
Uning   tilimizda   variantidagi   “to‘g‘on”   va   “do‘ppi”   so‘zlariga   diqqatimizni   qarataylik.
Nima  uchun   xalqimiz   bu  maqolda   “to‘g‘on”   so‘zini   qo‘llayapti?  Daryo,   ko‘l   yoki   soy
19 nomini   keltirib   o‘tmayapti?   Chunki   yurtimiz   okeanlardan   ancha   uzoqda   joylashgan.
Shuning uchun ham ko‘p miqdordagi suvlarni to‘plash uchun to‘g‘onlar barpo etilgan.
Qadim zamonlarda esa katta-katta to‘g‘onlar ham faqat inson qo‘l mehnati bilan barpo
etilgan. Uning bunyod bo‘lishi qanchalik mashaqqatli bo‘lsa, barbod bo‘lishi shunchalik
oson   bo‘lgan.   Agarda   uni   suv   o‘pirib   ketsa,   hech   narsa   bilan   to‘xtatishning   iloji
bo‘lmagan.   Demak,   uni   do‘ppi   bilan   to‘xtatishga   urinishning   o‘zi   aqlga   sig‘maydi.
“Do‘ppi”   milliy   bosh   kiyim,   allaqachonlar   milliy   madaniyatimizning   bir   bo‘lagiga
aylanib   ulgurgan.   Bu   so‘zning   maqol   tarkibida   qo‘llanishining   o‘zi   ham   xalqimizga,
milliy-madaniy an’analarimizga ishora qiladi. Har ikkala maqolda qo‘llanilgan so‘z va
tushunchalar   turlicha   bo‘lsa-da,   ularning   ifodalayotgan   ma’nosida   bir-biriga
mushtaraklik ko‘zga tashlanmoqda.       
Inglizcha: Moonshine in the water. 
Bu maqol esa o‘zbek tiliga- Suvdagi oy shu’lasi,- deb tarjima qilinadi. Uning
tilimizdagi   varianti:   “Tushingni   suvga   ayt”-   maqolidir.   Har   ikkala   maqoldan   ham   bir-
biriga   yonma-yon   bo‘lmagan   ikki   xalqning   tafakkuri   va   tasavvurida   o‘xshashlik
borligini sezish, ular orasidagi umumiylikni ilg‘ash qiyin emas. Bir-biriga yaqin bo‘lgan
fikr     ikki   xil   vosita   orqali   yuzaga   chiqyapti.   Suvdagi   oy   shu’lasi   xuddi   qimir
etmayotgandek tuyulsa ham, aslida u soniyasiga suv oqimi bilan birga yangilanib turadi.
Demak,   suvdagi   oyning   aksi   aldamchi,   u   hech   qachon   aslining   o‘rnini   bosa   olmaydi.
“Tushingni   suvga   ayt”   maqolida   ham   yuqoridagi   mazmun   bor.   Agar,   biz   tushimizni
suvga   aytadigan   bo‘lsak,   suv   hammasini   oqizib   ketadi,   go‘yoki   ko‘nglimizdagi
g‘uborlarni yuvib ketadi. 
Inglizcha: Dog fears cold water, the scalded.
 “Kuygan it sovuq suvga ham puflar”, -deb tarjima qilinadigan bu maqolning
tilimizdagi   ma’nodoshlari:   “Olovdan   qo‘rqqan   tutundan   ham   qochar”   yoki   “Og‘zi
kuygan  qatiqni   ham   puflab   ichar”   maqollaridir.   Ingliz   maqolida  uy   hayvonlaridan  biri
itning tilga olinishi  o‘sha xalqning bu hayvonga bo‘lgan munosabatini, itning inglizlar
turmush   tarzida   qanday   ahamiyat   kasb   etishini   ham   ko‘rsatmoqda.   O‘zbek   maqolida
“qatiq”   so‘zining   tilga   olinishi   xalqimizning   kundalik   mashg‘ulotlari   bilan   bog‘liq.
Azaldan chorvachilik bilan shug‘ullanib kelgan xalqimiz sutlarni kadilarda ivitishgan va
20 muzdek qilib ichishgan. Demak, bir marta og‘zi kuygan inson hatto sovuq narsani ham
ichishga   qo‘rqib   qolar   ekan.   Albatta,   bu   ma’nolar   bir   qarashda   tushuniladigan
mazmundir.   Kengroq   nazar   tashlaydigan   bo‘lsak,   uning   mazmun   maydoni   yana   ham
kengayadi, ijtimoiylik, falsafiylik kasb etadi. Ya’ni bir marta pand yegan odam ikkinchi
marta biror ish qilayotganda chuqur o‘ylab, mulohaza qilib, keyin ish boshlaydi. 
O‘zbek   va   ingliz   maqollarining   lingvokulturologik   jihatlarini   tahlil   qilish
jarayonida   har   ikkala   xalq   tili   va   madaniyatining   bir-biriga   bog‘liq   ekanligi   juda
muhimdir. Ularda ingliz va o‘zbek xalqining barcha o‘y-fikrlari, dunyoqarashi, turmush
tarzi,   fe’l-atvori   va   e’tiqodi   aks   etadi.   [4;   68]   Tilda   mavjud   bo‘lgan   birliklarni
madaniylik,   milliy   mentalitet   nuqtayi   nazaridan   tadqiq   etish   bizga   o‘sha   xalq,   uning
lisoniy   tasavvuri   haqida   ma’lumotga   ega   bo‘lishimiz   uchun   imkon   beradi.Keyingi
tadqiqotlarimizda   bu   mavzuga   yana   qaytishga   va   uni   kengroq   yoritishga   harakat
qilamiz. 
Har   bir   millat   o‘zida   ma’lum   bir   milliy   an’analarni   aks   ettiradi.   Ya’ni   har   bir
xalqning, millatning o‘z milliy an’analari, urf-odatlari mavjud. Bu ma’noda har bir inson
ana   shu   milliylikni   o‘zida   aks   ettiruvchi   muayyan   madaniyat,   til,   tarix,   adabiyotga
aloqador bo‘ladi. Ma’lumki, til  ijtimoiy hodisa bo‘lish bilan birgalikda madaniyat  bilan
ham   uzviy   bog‘liqdir.   Bugungi   kunda   insonlar,   xalqlar,   mamlakatlar   o‘rtasidagi
iqtisodiy-siyosiy,   madaniy   hamda   ilmiy   aloqalar,   xalqaro   madaniy   kommunikativ
jarayonlar   tilshunoslik   sohasida   tillarning   o‘zaro   munosabati   va   til   madaniyati   hamda
tilning milliy o‘ziga xos ko‘rinishi kabi qator va madaniyatshunoslik o‘rtasidagi alohida
spetsifik   yo‘nalishi   va   predmetiga   ega   bo‘lgan   yangi   soha   -   lingvokulturologiyaning
yuzaga   kelishiga   sabab   bo‘lmoqda.   Natijada   XX   asr   oxirlariga   kelib,   til   va   madaniyat
muammosini   o‘rganishni   maqsad   qilgan–tilshunoslikning   yangi   sohasi
lingvokulturologiya   jadal   rivojlandi.       Ma’lumki,   madaniyat   tushunchalar   sistemasi,
muayyan   xalqning   hayot   obrazi,   milliy   xarakter,   milliy   mentalitet   sifatida   keng
etnografik   mazmun   kasb   etadi.   N.S.Trubetskiyning   yozishicha:   “Madaniy
konnotatsiyalarsiz   biror   so‘z   bo‘lishi   mumkin   emas,   ya’ni   qiyosda,   solishtirishda
qandaydir   umumiy   qismlar   bo‘lishi   shart” 11
.   Til   va   madaniyatning   ana   shunday   o‘zaro
11
 Трубецкий Н.С. Поведения и мышления к языку. в кн.:НЛ.в.1.М.,1960. 
21 yaqinligi   va   aloqadorligi   ularni   yagona   metodologik   asosda   o‘rganish   imkonini   berdi.
Ya’ni,   til   va   madaniyat.   “Til   va   madaniyat”   muammosining   o‘rganilishida   bir   qancha
yondoshuvlarni   belgilash   mumkin:   birinchi   yondashuv   faylasuf   olimlar
(S.A.Atanovskiy,   G.A.Brutyan,   E.S.Markaryan)lar   tomonidan   ishlab   chiqilgan   bo‘lib,
unda   madaniyatning   tilga   bir   tomonlama   ta’siridan   borliqning   o‘zgarishi   natijasida
milliy-madaniy   tipiklashtirish   va   tilda   o‘zgarish   yuz   beradi,   degan   g‘oya   yotadi 12
.
tilshunos   olima   D.Xudoyberganova   bu   borada   o‘zining   “Matnning   antroposentrik
tadqiqi”   monografiyasini   yaratadi 13
.   U   o‘zbek   tilidagi   matnlarning   lingvokultutrologik
xususiyatlarini   o‘rganishni   ochib   berdi.   Unda   pretsedent   birliklar   va   lingvomadaniy
birliklarning   matn   yaratilishidagi   o‘rni,   o‘xshatish   mazmunli   matnlar,   metaforalarga,
jonlantirish   asosida   matnlarning   lingvokulturologik   xususiyatlariga   alohida   e’tibor
berildi.  
Mana shunday jarayonlarda yuzaga kelgan milliy til hodisalari –  lingvokulturemalar  
esa o‘z navbatida hozirgi kun tilshunosligida yechimini kutayotgan dolzarb 
masalalardan biri sanaladi.  Ma’lumki, lingvokulturologiya fanining obyektini xalq 
madaniyatining tilda yorqin ifodasini o‘zida namoyon etuvchi noekvivalent leksika va 
lakunlar, tilning stilistik jamlanmasi, til birliklarning miflashgan ko‘rinishlari: arxitip va
miflar (asotir va rivoyatlar), tilda o‘z aksini topgan rasm-rusum va odatlar, tilning 
paremiologik fondi, til etalonlari, imo-ishora va ramzlar,  tildagi o‘xshatish va 
metaforalar hamda o‘zbek nutq odatlari va nutqiy etiket shakllari tashkil etadi. . V. V. 
Vorobev lingvokulturema birliklarining manbayi quyidagicha bo‘lishi mumkinligini 
ta’kidlaydi:
1) xalq milliy madaniyatining eng ahamiyatli qismi bo‘lgan, sivilizatsiyani va 
madaniyatni bilishning muhim manbayi, millat ijtimoiy ongining in’ikosi bo‘lgan xalq 
poetik ijodi,
2) tarix va ijtimoiy fikr yodgorliklari, shuningdek, maxsus tarixiy, falsafiy, 
adabiyotshunoslik. lingvistik, estetik va boshqa tadqiqotlar;
3) millat va shaxsning eng muhim baholari saqlanib qolgan
12
 Bu haqda qarang: Сепир Э. Отношение норм. Поведения и мышления к языку в кн.: НЛ.в.1.М.,1960. 
13
 Xudayberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi. Monografiya. – Toshkent: Fan.. 2013. 
 
22 atoqli kishilar: fan, madaniyat va adabiyot namoyandalarining
fikrlari;
4) badiiy asarlar va publitsistika;
5) atoqli shaxslar milliy shaxsning modeli sifatida;
6) barcha narsalarning o‘ziga xos xususiyatini yaqqol ajratib ko‘rsatuvchi bir millat va 
uning madaniyatining qiyosiy foni sifatida chet elliklarning fikrlari va mulohazalari” 
Biz   mazkur   kichik   tadqiqotimizda   fanning   obyekti   bo‘lgan   lingvokulturemalar
sifatida   tarkibida   suv   bilan   bog‘liq   jarayonlar   bo‘lgan     milliy   urf-odat   va   marosim
nomlarini oldik. Chunki ularning tarkibida suv bosh etalon vazifasini bajarmoqda.  
Ma’lumki,   o‘zbek   etnosi   tarkibiga   kirgan   urug‘   va   qabilalar   juda   qadim
zamonlardan   qishloq   xo‘jaligining   ikki   shakli:   chorvachilik   hamda   dehqonchilik   bilan
shug‘ullanib   kelganlar.   Lalmikor   dehqonchilik   va   chorvachilik   bilan   shug‘ullanuvchi
aholi   uchun   bahor   hamda   yozning   dastlabki   oylarida   yomg‘ir   yog‘ishiga   katta   ehtiyoj
seziladi. Ana shunday paytlarda xalqimiz yomg‘ir chaqirish uchun bir qator marosimlarni
o‘ylab topishgan. Hozirgi kunda bu marosimlar har doim ham amalga oshirilmasa ham,
lekin   xalqimizning   madaniy   fondida   saqlanib   kelmoqda.   Quyida   ulardan   ayrimlarini
izohlab   o‘tamiz.   Biz   yon   atrofimizda   sharqirab   oqayotgan   soylarni,   mavjlanib
qirg‘oqlarni   yuvib   borayotgan   daryolarni   ko‘p   ko‘ramiz   va   suv   biz   uchun   arzimas
narsadek tuyuladi. Aslida esa bunday emas. “Suv-hayot uchun eng zaruriy narsa; suvsiz
hayot   bo‘lmaydi.   Shu   boisdan   ham   inson   suvni   muqaddaslashtirgan,   unga   sig‘ingan.
Ulkan   irrigatsiya   shahobchalari   taraqqiy   etmagan,   qurg‘oqchilik   dahshati   butun-butun
qabila   va   elatlarga   xavf   slogan   o‘tmishda   kishilar   suv   haqida   juda   ko‘p   afsona-yu
rivoyatlar,   ertak   va   dostonlar,   maqol-u   matallar,   qo‘shiqlar   to‘qishgan;   rang-barang
marosimlar vujudga kelgan”. 14
 
O‘zbek   xalqining   farzandlar   tarbiyasiga   alohida   e’tibor   berishi   bolaning   ilk   bor
mustaqil qadam qo‘yishiga bag‘ishlangan “Birinchi qadam” marosimida ham  o‘z aksini
topgan. Ajdodlarimiz bu marosimda “To‘q bo‘lsin, ocharchilikni bilmasin!” deb mazali
kulchalarni   kichkintoylarga   tarqatishgan,   “Suvdek   serob   bo‘lsin”   deb   marosim
o‘tkazilayotgan vaqtda bolaning qadam bosgan yerlariga suv sepishgan, “Bolaning hayoti
14
 
23 shirin   bo‘lsin”   deb   marosim   qahramonining   boshidan   shirinliklar   sochishgan,   “Chiroyli
bo‘lsin”   deb   yurayotgan   bolaning   yo‘llariga   gullar   sochishgan,   “Boy   bo‘lsin”   deb
bolaning boshidan pullar sochishgan, “Kinna kirmasin” deb duolar qilishgan va hokazo.
Demak, yuqoridagi go‘dakning endi qadam tashlayotgan paytda o‘tkaziladigan marosim,
uning yo‘llariga suv sepilishini lingvokulturologik hodisa sifatida qarash mumkin. Uning
zamirida   ota-bobolarimizning   azal-azaldan   suvni   e’zozlashi,   undan   yaxshiliklar   istashi
yaqqol ko‘rinib turibdi. 
 
24 25 26 27

O‘ZBEK TILIDA “SUV” LEKSEMASINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI MUNDARIJA ISHNING UMUMIY TAVSIFI I BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA “SUV” LEKSEMASI VA UNING O‘RGANILISHI MASALALARI 1.1. Jahon tilshunosligida “suv” leksemasining o‘rganilishi. 1.2. O‘zbek tilshunosligida “suv” leksemasi va uning o‘rganilishi. Birinchi bob bo‘yicha xulosalar. II BOB. O‘ZBEK TILIDA “SUV” LEKSEMASI ASOSIDA SHAKLLANGAN BARQAROR BIRIKMALARNING FUNKSIONAL- SEMANTIK VA USLUBIY XUSUSIYATLARI 2.1. O‘zbek tilida “suv” leksemasi asosida shakllangan birikmalar. 2.2. O‘zbek tilida “suv” leksemasi asosida shakllangan birikmalarning funksional- uslubiy xususiyatlari. Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar. III BOB. O‘ZBEK TILIDA “SUV” LEKSEMASINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI 3.1. O‘zbek tili milliy-madaniy semasida “suv” leksemasining ifodalanishi. 3.2. “Suv” leksemasi asosida shakllangan lingvokulturemalar. Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ILOVA 1

ISHNING UMUMIY TAVSIFI Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab jamiyatning barcha sohalarida izchil islohotlar amalga oshirilib, ilm-fanni ham jadallik bilan rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Boshqa sohalarda bo‘lgani singari o‘zbek tilshunosligida ham dunyo tilshunosligining yangi ilmiy paradigmalari asosida tadqiqotlar olib borish, tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, uni har tomonlama rivojlantirishga kirishildi. Bu holatni keyingi yillardagi lingvistik tadqiqotlarda nutqiy hodisalarning til egasi bilan boG liq jihatlariga alohida e’tiborʻ qaratilayotganligida ham ko‘rish mumkin. To‘plangan tajribalarimiz va qadriyatlarimiz negizida milliy istiqlol mafkurasining yangicha tamoyillari yaratildi. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdek pirovard maqsadimizdan kelib chiqib, ta’lim-tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi faoliyatimizni ulkan bir vazifaga – xalqimiz ongiga milliy istiqlol G oyasini ʻ singdirish, ularda uzoq yillar davomida shakllangan va uluG langan umuminsoniy ʻ va milliy qadriyatlarni qayta o‘zlashtirish, e’zozlash hamda uning aqidalarini hayotda qo‘llashga qaratmoqdamiz. Suv tabiatning buyuk ehsoni, yerda hayotning asosi. Suv qishloq xo‘jaligi, elektroenergiya, tashkilotlar, transport va boshqa juda ko‘p sohalarning qon tomiri. Suv yerlarni sug‘ oradi va ekinlarga hayot bag‘ ishlaydi. Inson, hayvonot olami, o‘simliklar dunyosi suvsiz yashay olmaydi. Insoniyat uchun suvdan qadrli, suvdan aziz, suvdan muqaddas narsa yo‘q, suv oltindan ham qimmat ne’mat desak adashmaymiz. Xalqimizda suv bergan savob, degan hikmatli bir gap bor. Chunki suvning hayot uchun zarurligini bilib, kishilar uning azizligini shunday hikmatlarda ulug‘ lashgan. 2

Qadimgi zamon donishmandlari tabiat yaratgan barcha ne’matlarning hammasini ko‘zdan kechirib, inson uchun eng qimmatbaho boylik-suv degan xulosaga kelganlar. Yuqorida aytilganidek, suv hamma narsanig tarkibida uchraydi. Mashhur tabiatshunos olim, V.I. Vernadskiy “Tabiiy suv insonning butun hayotini yaratadi va qamrab oladi. Uning jamiyatda, tabiatda, turmushda, insonning mavjudligida tutgan o‘rnini shu darajada aniqlab beradigan birorta boshqa tabiiy jism bo‘lmasa kerak”,- deb yozgan edi. O‘zbek xalqi suv qadrini yer bilan o‘lchamaydilar. Aksincha, yer qadrini suv bilan o‘lchaydilar. Suv hayot-manbayi. Suvsiz yer bormi? Yer-xazina, suv oltin. Yuqoridagi maqollarda juda katta ma’no mujassam. Yer bo‘lsa-yu, suv bo‘lmasa, bunday ulug‘ xazinadan foydalanib bo‘lmaydi. Demak, sharqda, jumladan, O‘zbekistonda suvning qishloq xo‘jaligida va insonlarning kundalik hayotida ahamiyati beqiyos. Shu sababli ham ona xalqimiz: “Suvsiz hayot bo‘lmas”, “Hosilning onasi-suv”, “Suv-yerning qon tomiri”, “Yer emas suv tug‘adi”, “Suv sensiz yashaydi, sen suvsiz yashay olmaysan” kabi ko‘plab maqollar ham yaratganki, bu maqollarda suvning barcha xususiyatlari yaqqol ifoda etilgan. Mavzuning dolzarbligi. O‘zbek tili dehqonchilik leksik sistemasi (DLS) tarkibida yetakchi so‘zlardan biri bo‘lgan suv leksemasi va bu so‘z asosida yaratilgan qo‘sh, birikmali terminlar miqdoran ko‘pligi, qo‘llanishi jihatidan chegaralanmaganligi bilan alohida ajralib turadi. Bunday so‘zlarning o‘zbek tili lug‘ at tarkibida o‘z o‘rni, o‘z salmog‘i bor. Chunki suv insonning yashashi uchun hayot manbayi hisoblanadi. dehqonchilikda esa dehqonning ishi yer bilan , yerdan mo‘l hosil olish esa suv bilan belgilanadi. Shu sababli ham o‘zbek tili lug‘at boyligida bunday so‘zlarning ko‘pligi xalqimizning suvga bo‘lgan kundalik zarurati va hayotiy ehtiyoji, qolaversa, qishloq xo‘jaligining dehqonchilik tarmoqlarida xalqimizning asrlar bo‘yi ekinlarni sug‘orish va undan hosil olish jarayonida bir-biriga bo‘lgan aloqasi, muomalasi natijasidir. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xalqimiz suv haqida juda ko‘plab maqollarni yaratganlar. Shunday ekan, professor E.Begmatov har bir tilda ba’zi so‘zlarning ko‘proq yoki kamroq bo‘lishi 3

xususida quyidagicha yozadi: “Konkret biror tilda u yoki bu tip so‘zlarning bor bo‘lishi yoki aksincha kam bo‘lishi til egasi bo‘lgan xalqning obyektiv ehtiyojiga bog‘liq. Bunday ehtiyojni o‘sha xalq yashab turgan tabiiy muhit, iqtisodiy-ijtimoiy sharoit, madaniy va ma’naviy talablar belgilaydi”. Masalan, o‘zbek tilida dehqonchilik, suvchilik va boshqa xil kasb-kor bilan bog‘liq terminlar ko‘p. Uzoq shimolda yashovchi xalqlar tilida esa qor va sovuq bilan bog‘liq, bug‘uchilik va baliqchilik xo‘jaligi bilan aloqador terminlar ko‘p uchraydi. Demak, O‘zbekistonning janubiy vohalari bo‘lgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining issiq iqlimli sharoitida dehqonchilik qilish uchun, albatta, suv zarur. Insoniyat olamining, qolaversa, bobodehqonlarimizning dehqonchilikda ekin maydonlarini sug‘ orish jarayonida suv, unga aloqador bo‘lgan juda ko‘plab qo‘shma, birikmali, murakkab so‘zlarning yaratilishiga asos bo‘ldi. Ushbu ishimiz o‘zbek tilidagi va u bilan bog‘liq suv leksemasining qo‘llanilishi, vazifasi, lug‘aviy-ma’noviy xususiyatlarini ilmiy-lisoniy jihatdan tadqiq etishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda bu so‘zning paydo bo‘lishi, shakllanishi, qo‘llanishi, rang-barang ma’no xususiyatlari haqida so‘z yuritadi. Mazkur ishni yoritishda qadimgi va hozirgi, tarixiy-badiiy, etnografik-geografik, lisoniy yozma va og‘zaki manbalar, turkiy va noqardosh tillardagi ikki tilli lug‘atlar, sug‘orma dehqonchilikka oid kitoblar o‘rganib chiqildi. Janubiy Ozbekistonning Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining shahar va qishloqlaridagi aholi nutqidan to‘plagan materiallarimiz asosida suv leksemasini va bu so‘z zamirida yaratilgan xalq maqollari, iboralari, hikmatli so‘zlari ham to‘planib, tartiblanib, ular to‘g‘- risida fikrlar yuritishga ham harakat qilindi. Ma’lumki, o‘zbek tilidagi so‘zlarning ma’nolari, qo‘llanishi, tarkibi nihoyatda xilma-xil va rang-barangdir. Bu esa, ayniqsa, leksikaning ayrim yoki yakka holda olingan leksemalarga oid so‘zlar to‘g‘risida fikr yuritganda, yaqqolroq namoyon bo‘ladi. shuning uchun ham suv leksemasi, bu so‘z ishtirokida yasalgan so‘zlar, uning o‘zbek tilining lug‘at tarkibidagi o‘rnini misollar asosida berishga harakat qilindi. Umuman olganda, ushbu tadqiqot o‘zbek tili DLS da markaziy o‘rinda turuvchi lug‘aviy birliklardan biri bo‘lgan suv leksemasining fonetik, 4

leksik, so‘z yasalishi, grammatik fazilatlarini o‘rganishga bag‘ishlangandir. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘zbek va jahon tilshunosligida suv leksemasi ishtirok etgan barqaror birikmalar, maqollar, matallar, rivoyatlar, iboralar va boshqa til birliklarini lingvomadaniy, etnolingvistik jihatdan keng tadqiq etish. Ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, bir tizimga solish, mavzuviy guruhlarga ajratish. Suvning nafaqat insoniyatning kundalik hayotidagi, balki uning tilda ham naqadar mustahkam o‘rin egallaganligini ko‘rsatishdan iboratdir. Muammoning o‘rganilganlik darajasi . Har qanday tilda shu tilga xos bo‘lgan har bir so‘zning shakllanish taraqqiyoti, tadrijiy takomili va tarixini bilmay turib, shu tilni o‘rganib bo‘lmaydi. Tilning tarixini o‘rganishda har bir so‘zning kelib chiqish tarixini, bunday so‘zlarning tarixiy yodgorliklar tilidagi holatini hozirgi tillar orasidagi mushtarak va farqli xususiyatlarini qiyosiy yo‘sinda o‘rganish tarixiy va qiyosiy tilshunoslik uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek tili lug‘at boyligining asosiy qismini shu xalqning barcha a’zolari uchun umumiy bo‘lgan, ayniqsa, qo‘llanishida na hudud, na biror faoliyat sohalari bilan cheklanmagan so‘zlar tashkil etadi. Bunday so‘zlarga insonning kundalik tirikchilik faoliyatidagi aloqa-aralashuvi, o‘zaro munosabatlari, ishlab chiqarish tarzi uchun zarur bo‘lgan terminlar kiradi. Masalan, DLSdagi yer, suv, quyosh, havo, dehqon, dala, maydon, suvchi, bog‘ kabi so‘zlar qo‘llanishi jihatidan chegaralanmagan so‘zlar hisoblanadi. Turkiy tilshunoslik, xususan o‘zbek tilshunosligi, ko‘p yillik tarixga ega bo‘lsa-da, umumiste’moldagi alohida (yakka) olingan so‘zlar, jumladan suv leksemasi va uning ma’nolari, bu so‘z vositasida yaratilgan qo‘shma, birikmali, murakkab so‘zlar, suv so‘zining gidronimlar, toponimlar, xalq maqollari, hikmatli so‘zlari, iboralari, tarkibida qo‘llanishi kabi lisoniy va nolisoniy fazilatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus ish yo‘q. Suv leksemasi o‘rganilmagan, olimlarning diqqatini jalb etmagan deyishimiz xatodir. Chunki kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, turkiyshunoslikda, o‘zbek tilshunosligida, qardosh bo‘lmagan tillar tilshunosligida toponimlar, gidronimlarning tadqiqi jarayonida suv leksemasi 5