O‘ZBEK SHE’RIYATINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI
O‘ZBEK SHE’RIYATINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI MUNDARIJA: Kirish ………………………………………………………………………………3 I bob. Lingvokulturologiyaning rivojlanish tarixi …………………………….7 1.1. Lingvokulturologiya fanining rivojlanishiga qadar bo‘lgan davrda madaniyat terminining taraqqiyoti……………………………………………………….........7 1.2. Madaniyat va tilning o‘zaro bog‘liqlik asoslari…………...........................12 1.3. Lingvokulturologiyaning zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni………….…......19 II. Bob. Lingvokulturologik birliklar madaniy sema ifodalovchilari ……....27 2.1. Realiya va uning she’riyatda ifodalanishi……………………………………27 2.2. Lingvomadaniy birlik bo‘lgan urf-odat va marosimga doir so‘zlarning lingvokulturologik xususiyatlari……………………………………………..…....41 III. Bob. She’riyatda lingvokulturologik vositalar ……………………………53 3.1. Metaforalar – lingvokulturologiyaning bir bo‘lagi sifatida……………..……53 3.2. O‘xshatishlar – milliy madaniyat ko‘rsatkichi…………………………..…...60 3.3. She’riyatda rang va qaldirg‘och ramzlarining ifodalanishi…………………..69 Umumiy xulosa ….……………………………………………………………….83 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati …………………………………………….85 2
KIRISH Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi . Geografik va lingvistik chegaralarning kengayishi, xalqlarning xulq-atvori va muloqotining universal va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarurati, chet tillarini jadal o‘rganish madaniy muloqotlarning yaqinlashishiga va bu o‘z-o‘zidan xalqning ruhiyatini bilish qiziqishiga olib keladi. Lingvokulturologiya esa madaniyat va tilning o‘zaro bog‘liqligi va faoliyatidagi o‘zaro ta’sirni o‘rganadigan va bu jarayonni tizimli usullardan foydalangan holda ularning lingvistik va ekstralingvistik mazmuni birligida, birlikning ajralmas tuzilishi sifatida aks ettiruvchi sintezlovchi tipdagi murakkab ilmiy fan. Uning shakllanishi esa XX asrning so‘nggi choragiga borib taqaladi va uning yuzaga kelishida V.Teliya va F.fon Gumboldt nomlari bilan bog‘liq. Hozirgi kunda dunyo tilshunosligida lisoniy birliklarni etnolingvistika, psixolingvistika, pragmalingvistika, neyrolingvistika, lingvokulturologiya kabi lingvistik tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiq etishga ko‘pgina kuch va bilim sarflanmoqda. Chunki bugungi kun tilshunosligining har bir yo‘nalishlari kun sayin emas, balki soat sayin taraqqiy etib bormoqda. Buning natijasida esa lingvomadaniyatshunoslik, lingvoma’naviyatshunoslik, kognitiv tilshunoslikda yangiliklar ko‘paymoqda va omma e’tiboriga taqdim etilmoqda. Bu esa dunyo miqyosida til hodisalariga yangicha qarash, zamonaviy yondashuv va turli aspektlar bo‘yicha tadqiq etish yo‘l-yo‘riqlarini ham ko‘rsatmoqda. Tilshunoslikda til va nutq hodisalarini lingvomadaniyatshunoslik asosida tadqiq etish, har bir xalqning moddiy va ma’naviy madaniyatini uning tili bilan bevosita bog‘liq tarzda tadqiq etish, shu asosda muayyan millatga tegishli olamning lisoniy manzarasini yaratishga nihoyatda katta e’tibor qaratilmoqda. Bugungi jahon siyosatida har bir millatning dunyoda yashab qolishi, o‘zining borligini ko‘rsatishi, tarixiy, ma’naviy, madaniy va boshqa turli sohalarda milliy, hech kimga o‘xshamagan jabhalarini ko‘rsatishi, o‘zini dunyo miqyosida namoyon etishi muhim bo‘lib, bu esa tadqiqotchi tilshunoslardan tilni izchil o‘rganishni va uni dunyo tilshunosligiga taqdim eta olishni talab qilmoqda. 3
Bugungi globallashuv davrida turli xil millat va elatlarning dunyoda o‘zining madaniyatini saqlab qolishga intilishi, ma’rifiy, ta’rixiy, etnik sohalarda milliy o‘ziga xosligini namoyon eta olishi juda muhim bo‘lib, shuning uchun ham lingvokulturologiya sohasining yangi bo‘lsa-da, o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgani juda muhimdir. Demak lingvokulturologiyaning ahamiyati uning shaxs va madaniy omillarni tadqiq etishida namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ushbu so‘zlari bugun har jabhada tasdig‘ini topmoqda: “Mamlakatimizda kechayotdan “…bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada, avvalo, o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi” lozim.” 1 O‘zbek xalqning boy madaniyati, milliy tafakkuri, tarixi, ruhiyati, uning til birliklaridan foydalanish ko‘lami, ma’naviy dunyosi, asrlar davomida shakllangan o‘ziga xos urf-odatlarida aynan xalqning butun bir borlig‘ini ko‘rsatish lingvokulturologiyaning vazifasi sanaladi va bu ushbu magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqot ob yekti va predmetining belgilanishi . Ilmiy tadqiqot obyekti sifatida til va madaniyat, lingvokulturemalar, metafora, ramz, realiyalar olingan bo‘lsa, Sirojiddin Sayyid, Ikrom Otamurod, G‘ulom Mirzo, Jamol Kamol, Muhammad Yusuf she’riyati tadqiqitning predmetini tashkil etadi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari . Ilmiy tadqiqot ishining maqsadi lingvokulturologiyaning o‘ziga xos jihatlarini o‘zbek she’riyati misolida tadqiq etib, madaniy til birliklarining she’riyatda ifodalanishini ko‘rsatib berish. Tadqiqot vazifalari: madaniyat va tilning o‘zaro bog‘liqlik asoslarini o‘rganish; lingvokulturologiyaning she’riyatda ifodalanishini ko‘rsatib berish; lingvokulturologik birliklarning madaniy sema ifodalovchilarini tadqiq etish. 1 Ў збекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 21 октабрдаги ПФ -5850- сонли “ Ў збек тилининг давлат тили сифатидаги нуфу з и ва мавқеини ошириш чора - тадбирлари т ў ғрисидаги ” фармони //htpp://lex.uz/docs/4561730. 4
Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili . Lingvokulturologiya termini V.Teliya rahbarligidagi Moskva frazeologik maktabi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ldi. 2 Lingvokulturologiyaning yuzaga kelishi F.fon Gumboldt bilan bog‘lanadi. Bu sohaning shakllanishida D.Xaymz, A.Potebniya, X.Glints, L.Vaysgerber, X.Xolts, U.Uitni D.Pauel, E.Seper, B.Uorf, G.Brutyan kabi tilshunoslarning qarashlari muhim rol o‘ynaydi. O‘zbek tilshunosligida lingvokulturologiyaning o‘rganilishi, uning talqin qilinishi, madaniyatning tilda aks etishiga doir tadqiqotlar sifatida M.Mirtojiyev va N.Mahmudovlarning “Til va madaniyat” asarini, S.Mo‘minovning “O‘zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari”, F.Usmonovning “O zbek tilidagiʻ o xshatishlarning lingvomadaniy tadqiqi”, G.Nasrullayevaning “Antroposentrik ʻ metaforaning lingvomadaniy, kommunikativ, pragmatik aspekti”, N.Sayidrahimovaning “Lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishiga doir ayrim mulohazalar”, D.Rustamovning “Leksemalar milliy-madaniy xoslangan sememasining lingvomadaniy aspekti”, Y.Nurmuhammedovning “Milliy-madaniy dunyoqarashning frazeologik sath aspektidagi tahlili”, N.Mirzayevaning “XX asr she’riyatida metaforik obraz muammosi”, D.Toshevaning “Zoonim komponentli maqollarning lingvokulturologik xususiyatlari”, D.Ashurovning “Alpomish dostonining lingvokulturologik xususiyatlari”, A.Hasanovning “O‘zbek adabiy tilidagi leksik lakunalarning dialektal asoslari” kabi dissertatsion ishlarini, A.Nurmonovning “O‘zbek tilida lingvokulturologik yo‘nalish”, D.Xudoyberganovaning “Matnning antroposentrik tadqiqi”, A.Mamatov, B.Boltayevalarning “Frazeologik birliklarning lingvomadaniy va semantik- pragmatik tadqiqi” nomli monografiyalarini, N . Mahmudov va D.Xudoyberganova muallifligida tuzilgan “O zbek tili o xshatishlarining izohli lug ati”ni, ʻ ʻ ʻ D.Xudoyberganovaning “Lingvokulturologiya terminlarining qisqacha izohli lug ati”ni, Z.Sabitovaning “Lingvokulturologiya” nomli darsligini hamda ʻ N.Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab” va “O xshatishlar ʻ – obrazli tafakkur mahsuli” maqolalarini keltirish mumkin. 2 Худойберганова Д. Лингвокультурология терминларининг қисқача изоҳли луғати: – Тошкент : Турон замин зиë, 2015. 5-б. 5
Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi . Ilmiy tadqiqot ishini yoritishda tavsiflash, qiyoslash, komponent tahlil, lingvokulturologik tahlil usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati . Tadqiqotda yoritilgan lingvokulturologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari ochib berilgan qismlaridan talabalarga lingvokulturologiya fanidan o‘tiladigan ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlari o‘tishda foydalanish va bakalavr va magistratura ta’lim yo‘nalishlarida o‘tiladigan darslik va qo‘llanmalarda foydalanish mumkin. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: lingvokulturologiyada ifodalangan lingvokulturologik til birliklari tushunchalari she’riyatda ochib berilgan; she’riy misollar maqollar, frazeologizmlar va izohli lug‘at orqali tavsiflangan; lingvokulturologik vositalar orqali o‘zbek xalqi an’analari tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalarning e’lon qilinganligi. Dissertasiya mavzusi bo‘yicha jami 8 ta ilmiy ish, jumladan, xorijiy jurnallarda 4 ta maqola, xalqaro konferensiyada 1 ta tezis va mahalliy konferensiyalarda 3 ta tezis e’lon qilingan. Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. Dissertatsiya kirish, uch asosiy bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Dissertatsiyaning umumiy hajmi 86 sahifani tashkil etadi. 6