logo

O‘ZBEK SHE’RIYATINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

130.51171875 KB
O‘ZBEK SHE’RIYATINING LINGVOKULTUROLOGIK   XUSUSIYATI
                                                         Reja:
Kirish………………………………………………………………………….
I bob. Lingvokulturologiyaning rivojlanish tarixi
1.1 .   Lingvokulturologiya   fanining   rivojlanishiga   qadar   bo‘lgan   davrda   madaniyat
terminining taraqqiyoti…………………………………………………
1.2. Madaniyat va tilning o‘zaro bog‘liqlik asoslari
1.3. Lingvokulturologiyaning zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni
II. Bob. She’riyatda lingvokulturologik o‘xshatishlar……………………..
2.1. Metaforalar – lingvokulturologiyaning bir bo‘lagi sifatida………………
2.2. O‘xshatishlar – milliy madaniyat ko‘rsatkichi……………………………
2.3. She’riyatda rang va qaldirg‘och ramzlarining ifodalanishi……………….
III. Bob. Lingvokulturologik birliklar madaniy sema ifodalovchilari ……
3.1. Realiya va uning she’riyatda ifodalanishi………………………………...
3.2.  Lingvomadaniy birlik bo‘lgan urf-odat va marosimga doir so‘zlarning 
       lingvokulturologik xususiyatlari…………………………………………...
Xulosa…………………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………... 
                                                      
                                                            
Kirish           Mavzuning   dolzarbligi:     Geografik   va  lingvistik   chegaralarning  kengayishi,
xalqlarning   xulq-atvori   va   muloqotining   universal   va   o‘ziga   xos   xususiyatlarini
hisobga   olish   zarurati,   chet   tillarini   jadal   o‘rganish   madaniy   muloqotlarning
yaqinlashishiga va bu o‘z-o‘zidan xalqning ruhiyatini bilish qiziqishiga olib keladi.
Lingvokulturologiya   esa   madaniyat   va   tilning   o‘zaro   bog‘liqligi   va   faoliyatidagi
o‘zaro ta’sirni o‘rganadigan va bu jarayonni  tizimli  usullardan foydalangan holda
ularning   lingvistik   va   ekstralingvistik   mazmuni   birligida,   birlikning   ajralmas
tuzilishi   sifatida   aks   ettiruvchi   sintezlovchi   tipdagi   murakkab   ilmiy   fan.   Hozirgi
kunda   dunyo   tilshunosligida   lisoniy   birliklarni   etnolingvistika,   psixolingvistika,
pragmalingvistika,   neyrolingvistika,   lingvokulturologiya   kabi   lingvistik   tadqiqot
yo‘nalishlari  bo‘yicha ilmiy tadqiq etishga  ko‘pgina kuch va  bilim  sarflanmoqda.
Chunki   bugungi   kun   tilshunosligining   har   bir   yo‘nalishlari   kun  sayin   emas,   balki
soat   sayin   taraqqiy   etib   bormoqda.   Buning   natijasida   esa
lingvomadaniyatshunoslik,   lingvoma’naviyatshunoslik,   kognitiv   tilshunoslik   va
lingvokulturologik   tilshunoslikda   yangiliklar   ko‘paymoqda   va   omma   e’tiboriga
taqdim   etilmoqda.   Bu   esa   dunyo   miqyosida   til   hodisalariga   yangicha   qarash,
zamonaviy yondashuv va turli aspektlar bo‘yicha tadqiq etish yo‘l-yo‘riqlarini ham
ko‘rsatmoqda.               Tilshunoslikda   til   va   nutq   hodisalarini
lingvomadaniyatshunoslik     asosida   tadqiq   etish,   har   bir   xalqning   moddiy   va
ma’naviy   madaniyatini   uning   tili   bilan   bevosita   bog‘liq   tarzda   tadqiq   etish,   shu
asosda   muayyan   millatga   tegishli   olamning   lisoniy   manzarasini   yaratishga
nihoyatda katta e’tibor  qaratilmoqda. Bugungi  jahon siyosatida  har  bir  millatning
dunyoda yashab qolishi, o‘zining borligini ko‘rsatishi, tarixiy, ma’naviy, madaniy
va boshqa turli sohalarda milliy, hech kimga o‘xshamagan jabhalarini ko‘rsatishi,
o‘zini   dunyo   miqyosida   namoyon   etishi   muhim   bo‘lib,   bu   esa   tadqiqotchi
tilshunoslardan   tilni   izchil   o‘rganishni   va   uni   dunyo   tilshunosligiga   taqdim   eta
olishni   talab   qilmoqda.   Buning   sababi   olimlarning   hisob-kitobiga   ko‘ra   ushbu
asrning   so‘nggiga   qadar   hozirgi   kunda   amalda   bo‘lgan   6-7   ming   til   hamda
shevalardan   faqat   50   tasi   saqlanib   qoladi,   bu   95   foiz   qisqaruvning   sababi   aksar tillarning   hozirgi   kommunikatsiya   va   umumjahon   iqtisodiy,   informatsion
integratsiyasi   jarayonlarida   faol   qo‘llanmaganligidir,   bunday   tillarning   aksariyati
iste’moldan   chiqadi,   yoxud   unutiladi. 1
  Bu   haqiqatga   aylanmasligi   uchun,   har   bir
shu millat fuqarosi o‘z tilini mukammal bilishi, shu tilda ish yuritishi, tilshunoslar
esa   shu   tilning   naqadar   kerakli   ekanligini     sezib,   tadqiqotlarida   uni   dunyo   ahliga
chiroyli  yetkazib berish usullarini tadbiq etishlari kerak. Amerikalik Kennet  Xayl
har bir tilning yo‘qolishi, u katta xalqning yoki kichik bir elatning tili bo‘lishidan
qat’iy nazar, insoniyat uchun Parijdagi Luvr muzeyidan ajralib qolish kabi fojeadir,
deb   aytib   o‘tgan.   Tilda   millat   yoki   etnik   guruh   yashayotgan   tabiiy   va   madaniy
muhitning o‘ziga xosliklari aks etadiki, agar bu xususiyatlar aks etgan til yo‘qolsa,
uni   na   sun’iy   yaratish   va   na   qayta   tiklash   amalda   mumkin   emas.   Bu   esa   har   bir
ijtimoiy   qatlam   nutqida   foydalanishda   alohidalik   kasb   etadigan   lingvomadaniy
birliklarni tadqiq etish muhimligini ko‘rsatadi hamda uning xususiyatlarini chuqur
o‘rganishga imkoniyat beradi.
         Bugungi  globallashuv davrida turli xil millat  va elatlarning dunyoda o‘zining
madaniyatini   saqlab   qolishga   intilishi,   ma’rifiy,   ta’rixiy,   etnik   sohalarda   milliy
o‘ziga   xosligini   namoyon   eta   olishi   juda   muhim   bo‘lib,   shuning   uchun   ham
lingvokulturologiya sohasining yangi bo‘lsa-da o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgani
juda muhimdir. Demak lingvokulturologiyaning ahamiyati uning shaxs va madaniy
omillarni tadqiq etishida namoyon bo‘ladi. 
          O‘zbekiston   Respublikasi   prezidentining   ushbu   so‘zlari   bugun   har   jabhada
tasdig‘ini   topmoqda:   “Mamlakatimizda   kechayotdan     “…bugungi   globallashuv
davrida har bir xalq, har  qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash,
bu borada, avvalo, o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash
va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi” lozim.” 2
          O‘zbek   xalqning   boy   madaniyati,   milliy   tafakkuri,   tarixi,   ruhiyati,   uning
so‘zlardan foydalanish  ko‘lami, ma’naviy dunyosi  va shu ma’naviy dunyoga olib
1
 Eltazarov J.D. O‘zbekistonda 20-asrda amalga oshirilgan yozuv va imlo islohatlari tarixidan.SamDU nashri. 
Samarqand-2017. 4-bet. 
2
  Ӯ збекистон   Республикаси   Президентининг  2019  йил  21   октабрдаги   ПФ -5850- сонли  “ Ӯ збек   тилининг   давлат
тили   сифатидаги   нуфуси   ва   мав қ еини   ошириш   чора - тадбирлари   т ӯғ рисидаги ”   фармони
//htpp://lex.uz/docs/4561730. kiruvchi   til   birliklarida,   o‘ziga   xos   asrlar   davomida   shakllangan   urf-odatlarida
aynan xalqning butun bir borlig‘ini ko‘rish mumkin.
          Muammoning   o‘rganilganlik   darajasi:     Xalqimiz   madaniyatini   ifodalagan
juda ko‘p adabiyotlar  taraqqiyot  bosqichiga qadam  qo‘ygan yurtimizning siyosiy,
ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy hayotining kecha va bugunini  yoritib beruvchi
ekanligi   uchun   ham   ularni   tadqiq   etish,   madaniyatning   bir   bo‘lagini   tadqiq   etish
demakdir.   O‘zbek   she’riyatining   lingvokulturologik   tadqiqotlari   she’riyat   asosida
tadqiq   qilingan   bo‘lsa   ham,   biroq   bu   sohada   hali   ko‘rilishi   kerak   bo‘lgan,
yoritilishi   dolzarb   hisoblangan   ochilmagan   qo‘riqlar   juda   ko‘p.   She’riyatda
lingvokulturologiyaning   keng   qirralarini   yoritib   berish,   uning   lingvokulturologik
xususiyatlarini ochib berish, shular asosida o‘zbek tilining boy va serqirra tillardan
biri   ekanligini   dalillash   tilshunoslikning   muhim   vazifalaridan   biridir.   2019-yil   4-
oktabrdagi   PQ-4479-son   “O‘zbekiston   Respublikasining   “Davlat   tili   haqida”gi
qonuning   qabul   qilinganligining   o‘ttiz   yilligini   keng   nishonlash   to‘g‘risida”,
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   21-oktabrdagi   PF-5850-son
“O‘zbek   tilining   davlat   tili   sifatidagi   nufuzi   va   mavqeini   tubdan   oshirish   chora-
tadbirlari   to‘g‘risida”,   2020-yil   20-oktabrdagi   PF-6084-son   “Mamlakatimizda
o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi   farmonlari,   PQ-5040-son   “Ma’naviy-ma’rifiy   ishlar   tizimini   tubdan
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   qarorlarida   belgilab   qo‘yilgan
vazifalarning   amalda   tadbiq   etilishida   ushbu   ish   ham   o‘z   xissasini   qo‘shadi   va
xalqqa tushunarli taqdim etilishida ma’lum darajada xizmat qiladi.
          O‘zbek   tilshunosligida   lingvokulturologiyaning   o‘rganilishi,   uning   talqin
qilinishi,   madaniyatning   tilda   aks   etishiga   doir   tadqiqotlar   sifatida   Nizomiddin
Mahmudov   va   D.Xudoyberganova   boshchiligida   tuzilgan   “O zbek   tiliʻ
o xshatishlarining   izohli   lug ati”     N.Mahmudovning   “Tilning   mukammal   tadqiqi	
ʻ ʻ
yo‘llarini   izlab   ”   maqolasini   va   “O xshatishlar   –   obrazli   tafakkur   mahsuli”	
ʻ
maqolalarini, M.Mirtojiyev, N.Mahmudovlarning “Til va madaniyat”, F. Usmonov
“O zbek   tilidagi   o xshatishlarning   lingvomadaniy   tadqiqi”   dessertatsiyasini,   G.	
ʻ ʻ
Nasrullaevaning   “Antroposentrik   metaforaning   lingvomadaniy,   kommunikativ, pragmatik   aspekti”   dessertatsiyasini,     N.Sayidrahimovaning
“Lingvokulturologiyaning   ilmiy   asoslanishiga   doir   ayrim   mulohazalar”,
M.Saparniyazova     “O zbek   xalq   topishmoqlarining   sintaktik-semantikʻ
xususiyatlari”   dessertatsiyasini,     A.Nurmonovning   “O‘zbek   tilida
lingvokulturologik   yo‘nalish”,   D.Xudoyberganovaning   “Matnning   antroposentrik
tadqiqi”   mavzusidagi   monografiyasini,   “Lingvokulturologiya   terminlarining
qisqacha   izohli   lug ati”ni,   D.   Rustamovning   “Leksemalar   milliy-madaniy	
ʻ
xoslangan   sememasining   lingvomadaniy   aspekti”   dessertatsiyasini,
Y.SH.Nurmuhammedovning   “Milliy-madaniy   dunyoqarashning   frazeologik   sath
aspektidagi   tahlili”   dessertatsiyasini,   A.Mamatov,   B.Boltayevalarning
“Frazeologik   birliklarning   lingvomadaniy   va   semantik-pragmatik   tadqiqi”   va
Sh.Safarovning   “Kognitiv   tilshunoslik”   kitobini,   N.B.   Mirzayevaning   “XX   asr
she’riyatida   metaforik   obraz   muammosi”   dessertatsiyasini,   D.   Toshevaning
“Zoonim   komponentli   maqollarning   lingvokulturologik   xususiyatlari”
dessertatsiyasini,   S.M.Mo‘minovning   “O‘zbek   muloqot   xulqining   ijtimoiy-lisoniy
xususiyatlari”,   A.M.Hasanovning   “O‘zbek   adabiy   tilidagi   leksik   lakunalarning
dialektal   asoslari”   dessertatsiyasini,   D.A.Ashurovning   “Alpomish   dostonining
lingvokulturologik   xususiyatlari”   dessertatsiyasini,     va   Z.K.Sabitovaning
“Lingvokulturologiya” darsligini keltirish mumkin.
          Tadqiqotning   obyekti   va   predmeti:   Ilmiy   tadqiqot   obyekti   sifatida   til   va
madaniyat, lingvokulturemalar, metafora, ramz, realiyalar olingan bo‘lsa, predmeti
tadqiqotga   tortilgan   Sirojiddin   Sayyid,   Ikrom   Otamurod,   G‘ulom   Mirzo,
Muhammad Yusuf she’riyati.
          Tadqiqotning   maqsad   va   vazifalari:   Ilmiy   tadqiqot   ishining   maqsadi
lingvokulturologiyaning   o‘ziga   xos   jihatlarini   o‘zbek   she’riyati   misolida   tadqiq
etib, madaniy til birliklarining she’riyatda ifodalanishini ko‘rsatib berish.
          Tadqiqotning   metodologik   asoslari   va   tadqiqot   usullari:   Ilmiy   tadqiqot
ishini   yoritishda   tavsiflash,   qiyoslash,   komponent   tahlil,   lingvokulturologik   tahlil
usullaridan foydalanilgan.           Tadqiqotning   ilmiy   ahamiyati:   Tadqiqotda   yoritilgan   lingvokulturologik
birliklarning   lingvomadaniy   xususiyatlari   ochib   berilgan   qismlaridan   talabalarga
lingvokulturologiya fanidan o‘tiladigan ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlari
o‘tishda foydalanish va bakalavr va magistratura ta’lim yo‘nalishlarida  o‘tiladigan
darslik va qo‘llanmalarda foydalanish mumkin.
            Ilmiy   yangiligi:   Lingvokulturologiya   ifodalangan   lingvokulturologik   til
birliklari   tushunchalarining   aynan   she’riyatda   ochib   berilganligi   va   she’riy
misollarning maqollar, frazeologizmlar va izohli lug‘at orqali tavsiflanganligi.              I Bob. LINGVOKULTUROLOGIYANING RIVOJLANISH TARIX
1.1. LINGVOKULTUROLOGIYA FANINING RIVOJLANISHIGA QADAR
       BO‘LGAN DAVRDA MADANIYAT TERMININING TARAQQIYOTI
        
         Tilshunoslik ilmi XXI asrda yanada jadal sur’atlar bilan rivojlanib, fan oldiga
yangi muammolarni hal qilish vazifasini qo‘ymoqda. Ana shunday muammolardan
biri   til   tizimini   antroposentrik   paradigma   tamoyillari   asosida   tadqiq   etishdir.
Antroposentrik  paradigma  tilni  quruq  struktura  sifatida  emas,  balki  jonli   muloqot
va   kommunikatsiyaga   asoslangan   ochiq   sistema   sifatida   o‘rganuvchi,   boshqa
sistemalar     jamiyat,   inson,   madaniyat,   ruhiyat   kabilar   bilan   uzviy   aloqadorlikda‒
tahlil etuvchi, insonni til ichida yoki tilni inson ichida tahlil etishga yo‘naltirilgan
qarashlar,   g‘oyalar   va   ta’limotlar   majmuidir. 3
  Antroposentrik   paradigmaning
yetakchi   yo‘nalishi   aynan   lingvokulturologiyadir.   U   tilshunoslik,
madaniyatshunoslik,   etnografiya,   psixolingvistika   sohalari   hamkorligida   yuzaga
kelgan,   tilning   madaniyat,   etnos,   milliy   mentallik   bilan   kesishuvini   va   ta’sirini
antroposentrik   paradigma   tamoyillari   asosida   o‘rganuvchi   sohadir.   Shu   fan   bilan
shug‘ullanuvchilarning   aytishicha,   bu   fan   XX   asrning   so‘nggi   choragida
shakllangan.   “Lingvokulturologiya”   termini     V.N.Teliya   rahbarligidagi   Moskva
frazeologik   maktabi   tomonoidan   olib   borilgan   tadqiqotlar   bilan   bog‘liq   ravishda
paydo   bo‘ldi. 4
  Lingvokulturologiyaning   yuzaga   kelishi   F.fon   Gumboldt   bilan
bog‘lanadi.   Bu   sohaning   shakllanishida   D.   Xaymz,   A.A.   Potebniya,   X.   Glints,
L.Vaysgerber, X.Xolts, U.D. Uitni D.U. Pauel, E.Seper, B.L.Uorf, G.Brutyan kabi
tilshunoslarning qarashlari muhim rol o‘ynaydi.
              Madaniyat,   xalqning   tafakkuri,   uning   olamni   idrok   etishidagi   o‘ziga   xos
jihatlarining   tilda   aks   etishini   o‘rganish   lingvokulturologiyaning   asosiy
maqsadlaridan   biridir. 5
  Lingvokulturologiyada   madaniy   axborot   tashuvchi   til
birliklari tadqiq etiladi. Bunday til birliklari lingvomadaniy birliklar termini ostida
3
 Худойберганова Д. Лингвокулътурология терминларининг қисқача изоҳли луғати: Тошкент, Турон замин 
зиë, 2015. 4-б.  
4
  Худойберганова Д. Лингвокулътурология терминларининг қисқача изоҳли луғати: Тошкент, Турон замин 
зиë, 2015. 5-б.  
5
 Сабитова З.К. Лингвокултурология: учебник. – Флинта: Наука, 2013-  C .10. birlashadi.   Ramz,     mifologema,   etalon,   metafora,   realiya,   paremiologik   birliklar,
lakunalar,   stereotiplar,   nutqiy   etiketlar   eng   asosiy   lingvomadaniy   birliklar
hisoblanadi.   Olamning   lisoniy   manzarasini,   madaniyatning   asosiy   konseptlari
majmui   bo‘lgan   konseptosferani,   lisoniy   ongni   tavsiflash,   hamda   til   egalarining
milliy-madaniy   mentalligini   aks   ettiruvchi   lisoniy   birliklarni,   insoniyatning
qadimiy  tasavvurlariga  muvofiq  keluvchi  madaniy   arxetiplarni,  nutqiy  muloqotga
xos   bo‘lgan   milliy   ijtimoiy-madaniy   stereotiplarni   aniqlash
lingvokulturologiyaning asosiy vazifalari  hisoblanadi. 6
 
            Richard   Djonsan   o‘zining   “Madaniyatshunoslik   nima?”   degan   maqolasida
madaniyatni   uchga  bo‘ladi:   Birinchisi,  madaniyat    ma’daniy  jarayonlar,  ijtimoiy‒
munosabatlar, ayniqsa sinfiy munosabatlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib sinfiy
tuzilmalar,   gender   bo‘linishlari,   ijtimoiy   munosabatlarning   irqiy   tuzilishi   va
boshqalarga   qaramlikning   yosh   jihatlari   bilan   chambarchas   bog‘liq.   Ikkinchidan,
madaniy   jamiyat   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   shaxslar   va   ijtimoiy   guruhlarning   o‘z
ehtiyojlarini   aniqlash   va   qondirish   qobiliyatiga   yordam   beradi.   Uchinchisi   esa,
yuqoridagi ikkitasidan kelib chiqqan holda madaniyat na avtonom, na tashqaridan
belgilangan hudud emas, balki ijtimoiy tafovutlar va kurashlar maydonidir. 7
 
          Tarixdan   ma’lumki,   madaniyatning   kelib   chiqishi   “tabiat”   bilan   bog‘liqdir.
Uning   asl   ma’nolaridan   biri     “o‘stirish”   yoki   tabiiy   narsaning   o‘sishiga
qarashishdir.   Madaniyat   bilan   bir   ildizga   ega   bo‘lgan   “culture”   ingliz   so‘zi
“shudgor”   ma’nosini   bildiradi.   Bu   so‘zning   asl   kelib   chiqishi   mashaqqatli   inson
faoliyatining bir ko‘rinishi bo‘lgan qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liqdir. 
          Frenses   Bekon   asarlarida   madaniyat   so‘zi   “faoliyat”   ma’nosini   bildirgan.
Madaniyat,   avvalo,   butunlay   moddiy   jarayonni   bildiradi,   keyinchalik   majoziy
jihatdan   ma’noviy   ishlarga   o‘tadi.   Shunday   qilib   bu   so‘z   o‘zining   semantik
rivojlanishida tarixiy o‘tishni ifodalaydi.
6
  Худойберганова Д. Лингвокулътурология терминларининг қисқача изоҳли луғати: Тошкент, Турон замин 
зиë, 2015. 7-б.  
7
 Ричард Джонсон. Так что же такое кулътурные исследования? Логос №1 [85] 2012. 
Перевод с английского Артема Смирнова.          “Madaniyat” so‘zining lotincha o‘zagi “colere” har qanday ma’noni anglatishi
mumkin.   “o‘stirish”   va   “o‘rnashib   olish”dan   tortib,   “sig‘inish”dan   to   “himoya”
qilishgacha. 8
 
     “Colare” lotincha “cultus” so‘zidan olinib “kult” diniy atamasiga ham aylanadi.
Bugungi kundagi madaniyat atamasi ana shunday ilohiy va ko‘p ma’noli so‘zning
unutilgan ma’nolarini o‘zida mujassam etadi. Agar madaniyat, dastlab, yetishtirish,
tabiatni   o‘zgartirishni   anglatgan   bo‘lsa,   bugungi   kunda   tartibga   solish   va   o‘z-
o‘zidan   rivojlanishni anglatadi. 
         Raymon Uilyams “madaniyat” so‘zining murakkab tarixini kuzatib uning 3 ta
asosiy zamonaviy ma’nosini ajratib ko‘rsatadi. Ularning etimologiyasiga muvofiq
“madaniyat” so‘zi o‘zining ildizi qishloq mehnatidan kelib chiqqan holda, dastlab,
“svilizatsiya”   kabi   ma’noni   anglatgan   bo‘lsa,   keyinchalik   XVIII   asrda   umumiy
intellektual   ma’naviy   va   moddiy   taraqqiyot   ma’nosida   shu   so‘zning   u   yoki   bu
ma’nosini   o‘zida   mujassam   etgan.   Svilizatsiya   g‘oya   sifatida   odob-axloqning
ko‘rinishlarini   ham   ifodalagan.   Ulardan   gilamga   tupurmaslik   yoki   bo‘lmasam
gunohkorlarning boshini uzmaslik.  Svilizatsiya so‘zining o‘zi “yaxshi xulq-atvor”
va   “axloqiy   xulq-atvor”   o‘rtasidagi   bog‘liqlikni   ham   anglatadi.   Svilizatsiya
sinonimi sifatida “ madaniyat” shaxsning dunyoviy va ilg‘or rivojlanishi bilan ham
bog‘liq. 
          19-asrning   oxirida   madaniyat   tushunchasi   bilan   3   ta   narsa   sodir   bo‘ldi.
Birinchidan, svilizatsiya atamasi  uning sinonimligidan chiqib antonimiga aylandi.
Bu   juda   kam   uchraydigan   semantik   siljish   bo‘lib   u   katta   tarixiy   burilishni   aks
ettiradi.   “Madaniyat”   singari   “svilizatsiya”   ham   yarim   tavsif,   yarim   me’yoriy
atamadir.   U   hayotning   ma’lum   bir   shakli   neytral   belgisi   bo‘lishi   mumkin   (Inklar
svilizatsiyasi).   Yoki,   aksincha,   insoniylik   darajasi   o‘sib   borishi,   ma’rifat   va
mukammallik   darajasini   ko‘rsatishi   mumkin.   Bugungi   kunda,   bu   ayniqsa
“madaniyatli”   sifatdoshida   yaqqol   namoyon   bo‘ladi.   Agar   svilizatsiya   san’at,
shahar   hayoti,   fuqorolik   siyosati,   murakkab   texnologiya   va   shunga   o‘xshash
narsalar   bo‘lsa   va   bularning   barchasi   ilgari   bo‘lgan   narsalarga   nisbatan   yutuqlar
8
 Терри Иглтон. Идея културы. Второе издание. Высшая ш. 2018.  deb   hisoblansa,   demak,   chindan   ham   svilizatsiya   ham   tavsifiy,   ham   me’yoriy
atamadir. Bu biz bilgan hayotni anglatadi va o‘tmishdagi hayot bilan taqqoslashga
imkon   beradi.   Bunda   ko‘rinadiki,   svilizatsiya   nafaqat   rivojlanishning   alohida
bosqichi, balki doimo rivojlanib boradigan hodisa hamdir. 
     Dunyo svilizatsiyasining tavsifiy va me’yoriy jihatlari turli yo‘nalishlarda talqin
etilgan.   Bu   atama   sanoatgacha   bo‘lgan   Yevropa   o‘rta   sinfining   lug‘atiga   ishora
qiladi.   U   odob-axloqni,   nafosatni,   xushmuomilalikni,   muloqotning   nafis
qulayligini   namoyish   etadi.   Sanoatning   haddan   tashqari   rivojlanishi   va   uning
imperalistik   tus   olishi   svilizatsiya   terminining   ma’no   ko‘lamini   pasaytirdi.   XIX
asrning   oxiriga   kelib   ijtimoiy   hayotni   qanday   bo‘lishi   kerakligini   ifodalovchi
so‘zga   ehtiyoj   sezildi   va   nemislar   birinchilardan   bo‘lib   “madaniyat”   so‘zini
o‘zlashtirganlar. Agar svilizatsiya  dunyoviy termin bo‘lib yaxshi  xulq-atvorlilikni
bildirsa,   madaniyat   undan   ko‘proq   bo‘lgan   mas’uliyatni   ifodalovchi   so‘zdir.
Svilizatsiya     ma’lum   bir   qolipga   solingan   fransuzlarning   tushunchasi   bo‘lsa,
madaniyat   nemislarning   turmush   tarzi   qolipidir.   Garchi   bu   ikki   tushunchaning
siyosiy   mazmuni   qaysidir   ma’noda   bir-biriga   o‘xshash   bo‘lsa-da,   svilizatsiya
burjua uchun, madaniyat esa aristokratlar uchundek izohlanadi.
          Nemis   idealistlaridan   boshlab     “madaniyat”   o‘ziga   xos   turmush   tarzi   sifatida
o‘zining   zamonaviy   ma’nosiga   ega   bo‘ldi.   Herder   uchun   “madaniyat”   deganda
umumbashariy   insoniyatning   katta   hikoyasi   emas,   balki   har   biri   o‘ziga   xos
rivojlanish   qonuniyatiga   ega   bo‘lgan   turli   xil   maxsus   hayot   shakllari   yig‘indisi
hisoblangan.   Madaniyat   deganda   ta’lim   va   san’at   ya’ni   odamlarning   kichik   bir
qismi   shug‘ullanadigan   faoliyat   tushunila   boshlagach,   madaniyat   g‘oyasi   ham
mustahkamlandi va uning mazmuni o‘z-o‘zidan qashshoqlashdi. 
         Madaniyatni, taxminan, ma’lum bir guruhning turmush tarzini tashkil etuvchi
qadriyatlar,   urf-odatlar,   e’tiqodlar   va   amaliyotlar   yig‘indisi   sifatida   ta’riflash
mumkin.   Madaniyat   E.B.   Taylorning   mashhur   asari   “Ibtidoiy   madaniyat”ida
o‘zining   butun   bilimlari,   e’tiqodlari,   san’ati,   axloqi,   qonuniyatlari,   urf-odatlari   va jamiyat   a’zosi   sifatida   egallagan   boshqa   qobiliyatlari   va   odatlarini   o‘z   ichiga
oladi. 9
 
          Reymond   Uilyams   “Madaniyat   va   jamiyat:   1780-1950”   asarida   madaniyat
so‘zining   to‘rt   ma’nosini   taklif   qiladi:   o‘ziga   xos   bo‘lgan   individual   rivojlanish
holati;   butun   jamiyatning   rivojlanish   me’yorlari;   san’at;   bir   guruh   odamlarning
yaxlit   turmush   tarzi.   Ta’riflarning   birinchisi   juda   tor,   oxirgisi   esa   juda   keng
ma’nolarga   ega.   Reymond   Uilyams   yana   bir   asari   ( Долгой   революции )da
madaniyat   ta’rifiga   ishlab   chiqarishni   tashkil   etish,   oila   tuzilishi,   ijtimoiy
munosabatlarni   ifodalovchi   yoki   boshqariladigan   munosabatlar   tuzilishini   o‘z
ichiga   oluvchi   jamiyat   deb   mulohaza   yuritgan.   Shu   asarining   boshqa   sahifalarida
madaniyatga   bu   xuddi   tuyg‘ularning   tuzilishi   ( структура   чувства )   bo‘lib,   bu
oksimoronga   o‘xshab   madaniyatning   ham   hamma   uchun   tushunarli,   ham
tushunarsiz ekanligini anglatadi. 
          Uilyams   va   E.P.Tompsan   madaniyat   haqida   butun   hayot   tarzi   yoki   hayotda
bo‘ladigan   butun   bir   kurashlar   qarama-qarshiligi   deb   fikr   bildiradi.   Umuman
olganda ular madaniy shakllar va moddiy hayotning birligi va bir xilligini qamrab
oluvchi   har   tomonlama   aniq   tavsifning   muhimligini   ta’kidlaydi.   Shuning   uchun
ular   madaniyatlar   yoki   madaniy   harakatlarning   ijtimoiy-tarixiy   yo‘nalishlarini,
etnografik-madaniy tavsiflarni yoki ijtimoiy tajribani qayta tiklaydigan yozuvning
barcha   turlarini   (masalan,   avtobiografiya,   og‘zaki   yoki   tarixiy   adabiyotning   real
shakllari) ma’qullaydi.
          Madaniyat   nafaqat   individual   ijodkorlik   masalasi   sifatida,   balki   ijtimoiy
mahsulot   sifatida  ham   tushunilgan.   Shu  bois   ham   u  oldin   kapitalistik  davlat   yoki
ijtimoiy muxolifat partiyalari tomonidan siyosiy tashkilotlarga bo‘ysundirilgan. 
     
9
  Тайлор Э.Б. Первобытная кулътура.М.,1989. С 18.       1.2. MADANIYAT VA TILNING O‘ZARO BOG‘LIQLIK ASOSLARI    
           Lingvokulturologiyaning o‘rganilishi ayniqsa jahon tilshunosligida XX asrda
eng   ko‘p   o‘rganilgan   sohalardan   biri   hisoblanadi.   Til   va   madaniyatning
ajralmasligi   va   birligini   tushunish   haqida   so ‘ zlar   o‘tgan   asrning   30-40-yillarida
mashhur Sapir-Uorf gipotezasiga asoslangan edi .   Inson ongi doimo etnik jihatdan
shartlangan   bo‘lib,   bir   xalqning   dunyo   haqidagi   tasavvurlarini   oddiy   “qayta
kodlash”   orqali   boshqa   xalq   madaniyati   tiliga   tarjima   qilib   bo‘lmaydi.
Lingvokulturologiya   nuqtai   nazaridan,   etnomadaniyatning   o‘ziga   xosligini
tushuntirishni   bilish   mumkin   bo‘lgan   narsa   va   hodisalarning   tasvirlarini
mustahkamlovchi   so‘zlardan   izlash   kerak.   Nega   so‘z   bilan?   Chunki   bunday   so‘z
harakatdan   o‘sib,   o‘zining   yashirin   energiyasini   (madaniy   harakatning   potentsial
modelini) o‘zida olib yuradi. Madaniy jihatdan belgilangan so‘z yordamida, inson
yashaydigan   koordinatalar   tizimi,   dunyo   qiyofasi   etnik   madaniyatning   asosiy
elementi  sifatida  shakllanadi.  Har   bir   xalq o‘z  dunyosidan  kelib chiqib  narsalarni
nomlaydi.   Ism   berish   ma’lum   bir   ma‘no   berish,   ma’lum   bir   ma’no   berish   –
tushunish, o‘z ongiga kiritish demakdir.
          Bu   sohaning   tadqiqi   Maslovaning   ishlarida   atroflicha   o‘rganilgan.   Tilshunos
olima   lingvokulturologiya   millatning   asrlar   davomida   shakllanib   kelayotgan
an’ana va urf-odatlari, og‘zaki ijod namunalari, shu bian birga xalqlarning  mental
(o‘ziga   xos)   jihatlarini   o‘zida   aks   ettiruvchi   zamonaviy   nutq   hodisalarini   ham
bildirishini aytib o‘tgan. V.A.Maslova – til ajdodlardan avlodlardan qolgan bebaho
meros sifatida madaniyatning bir  bo‘lagi  ekanligini va aynan til orqali madaniyat
o zlashtirilishini,   til   barcha   madaniy   hodisalar   ichida   eng   ahamiyatli   ekanligini,ʻ
agar   biz   madaniyat   –   fan,   din,   adabiyot   mohiyatini   tushunishni   istasak,   bu
hodisalarga til  kabi  shakllanuvchi  kod sifatida qarashimiz kerakligini  ta’kidlagan.
Bundan bilsa bo‘ladiki, til nafaqat madaniyatning tarkibiy qismi, balki madaniyat
mavjudligining   shartlaridan   biri   ham.   Shu   bilan   birga,   til   o zi   mansub   bo lgan	
ʻ ʻ
mana   shu   madaniyatni   aks   ettiruvchi   muhim   vositadir. 10
  Tilda   milliy   madaniyat
to g ridan   to g ri   aks   etmaydi,   balki   unga   insonning   xalq   madaniyati   haqidagi	
ʻ ʻ ʻ ʻ
10
  Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. – 
М.: Издательский центр «Академия», 2001. tasavvur   va   qarashlari,   hissiy   kechinmalari,   bilimlari   ham   qo shiladi.   Bundanʻ
tashqari   N.F.Alifirenkoning   “Lingvokulturologiya:   tilning   qiymatli   semantik
maydoni”   ( Лингвокультурология :   ценностно - смысловое   пространство   языка )
o‘quv   qo‘llanmasida   ham   lingvokulturologiyaning   asosiy   jihatlari   ko‘rsatib
berilgan.   Qo‘llanma   14   bobdan   iborat   bo‘lib,   unda   lingvokulturologiyaning
tadqiqot   metodlari,   til,   madaniyat,   mentallik   tushunchalari,   olamning   lisoniy
manzarasi,   tilda   ramzlarning     o‘rni   haqida   va   dunyoning   etnolingvistik   rasmi,
dunyo   qiyofasi,   lingvistik   ong,   tilning   madaniy-kognitiv   makonining
xususiyatlarini   tushunish   bilan   bog‘liq   muammolarning   turli   tomonlari   haqida
tushunchalar berilgan. 
          N.F.Alefirenko eng avvalo madaniyatning asosini  tashkil  qiluvchi  qadriyatlar
haqida   shunday   fikrlarini   aytib   o‘tgan:   “Tilning   qadriyat-semantik   makonining
zamirida   qadriyatlar   deb   ataladigan   maxsus   madaniy   kategoriyalar   mavjud.
Qadriyatlar   etnik   madaniyatning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   yaratadigan   hamma
narsani   o‘z   ichiga   oladi.   Trubetskoy   madaniyat   o‘tmish   va   hozirgi   avlodlarning
tarixiy   jamoaviy  birgalikdagi   ijodi   mahsulidir,  deb   yozgan.     Quyidagi   qadriyatlar
lingvokulturologiya nuqtai nazariga kiradi: hayotiy qadriyatlar;  ijtimoiy qadriyatlar
(ijtimoiy mavqe, maqom, mehnatsevarlik, boylik, kasb, oila, bag‘rikenglik, gender
tengligi va boshqalar kiradi); siyosiy qadriyatlar: so‘z erkinligi, fuqarolik erkinligi,
qonuniylik, fuqarolar tinchligi va boshqalar;  axloqiy qadriyatlar; diniy qadriyatlar:
Xudo,   ilohiy   qonun,   iymon,   najot   va   boshqalar;   estetik   qadriyatlar:   go‘zallik,
uyg‘unlik.
         Tilda ifodalanish darajasiga ko‘ra ma’naviy qadriyatlar umuminsoniy, milliy,
guruhga   xos,   oilaviy,   individual-shaxsiy   bo‘lishi   mumkin.   Milliy   qadriyatlar   har
bir xalq hayotida eng muhim o‘rinni egallaydi. Umuminsoniy qadriyatlardan farqli
o‘laroq, milliy qadriyatlar yanada o‘ziga xos va moddiylashgan. Masalan Rus xalqi
uchun ular shunday so‘zlar va iboralar bilan ifodalanadi (Kreml maydoni, Pushkin,
Tolstoy,   birinchi   sun’y   yo‘ldosh   va   boshqalar);   fransuzlar   uchun   –   Luvr   muzeyi,
Versal   saroyi,   Eyfel   minorasi   va   hokazo.   Boshqacha   aytganda,   milliy   qadriyatlar etnik   madaniyatning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   yaratadigan   hamma   narsani   o‘z
ichiga oladi.
          Tilshunos   Z.Sabitovaning   “Lingvokulturologiya”   darsligida
lingvokulturologiyaning   asosiy   o‘rganish   obyekti   bo‘lgan   til   va   madaniyat,
madaniy   kod   tushunchasi,   olamning   konseptual   manzarasi,   olamning   lisoniy
manzarasi,   lingvokulturemalar,   metafora,   ramz,   obraz   haqida   boblar   bor.
Z.K.Sabitova   til   va   madaniyatni   bugungi   kun   nuqtai   nazaridan   tahlil   qilishga
harakat qilgan. 
          Olmon   tilshunosi   Vilgelm   fon   Gumbold   “Tillarning   xilma-xilligi   faqat
tovushlarning   turlichaligida   emas,   balki   har   bir   millatdagi   dunyoni   ko‘rishning
farqliligi   natijasidir”   degan.   Chindan   ham   har   bir   millatning   o‘ziga   xos   ko‘rish
tarzi   bor,   o‘ziga   xos   tafakkuri   bor.   Shu   bois   “milliy   tuyg‘u”,   “milliy   ong”   degan
tushunchalari insonga uning qalbidagi olmosga jilo baxsh etib kelmoqda. 
      Tilning mohiyati judayam sodda talqin etiladi. Unga eng muhim aloqa vositasi
bo‘lgan   ijtimoiy   hodisa   sifatida   qaraladi.   Aslida   esa   til   dunyoni   ko‘rish,   uni
anglash,   idrok   etish   vositasidir.   Til   –   xalq,   millat   ruhining   betakror   va   hech   bir
zamon va makonda xira tortmaydigan, sayqallangan ko‘zgudir. Har bir tilda shu til
egasi bo‘lgan millatning butun bir borlig‘i aks etadi. Shuning uchun ham bolaning
tili ona tili sifatida kamol topgandagina uning shuurida milliy ruh barqaror bo‘ladi.
     Madaniyat, xalqning tafakkuri uning olamni idrok qilishdagi o‘ziga xos jihatlari
lingvokulturologiyaning   maqsadi   bo‘ladigan   bo‘lsa,   uning   obyekti   til   va
madaniyat, predmeti  esa  har  bir  xalqning madaniy semantikasini  ifoda etuvchi  til
birliklari   hisoblanadi.   “...Madaniyatning   haqiqiy   mazmuni   –   bu   shaxsning   o‘zini
ijtimoiy   shaxs   sifatida   kamol   toptirish,   uning   ijodiy   kuchlari,   munosabatlari,
ehtiyojlari,   qobiliyatlari,   muloqot   shakllarining   rivojlanishidir.” 11
  Madaniyat,
ehtimol, tarixdagi eng murakkab va hamma narsani qamrab oluvchi kategoriyadir.
Deyarli barcha tadqiqotchilar madaniyatni shunday qayd etishadi: shaxsning, butun
jamiyat   guruhining   hayotiy   faoliyatini   tavsiflaydi;   shaxs   bo‘lishning   o‘ziga   xos
usulini  ko‘rsatadi;  o‘zining fazoviy va vaqt  chegaralariga ega;  xulq-atvor, ong va
11
 Николай Федорович Алефиренко Лингвокультурология. Ценностно-смысловое пространство языка: 
учебное пособие. : Флинта, Наука; Москва; 2010. inson faoliyati xususiyatlari orqali ochiladi, shuningdek buyumlar, san’at asarlari,
asboblar   orqali,   lingvistik   shakllar   orqali,   belgilar   orqali   namoyon   bo‘ladi.   O‘rta
asrlarda   odam   ikkita   qarama-qarshi   tamoyilning   kombinatsiyasi   sifatida
tushunilgan:   ilohiy   va   tabiiy.   Ammo   hozirgi   zamonda   atrofdagi   dunyoda   bu   ikki
dunyodan tashqari, insonning o‘zi tomonidan yaratilgan yana bir dunyo bor, degan
fikr   bor.   Bu   “madaniyat”     deb   ataladigan   muhit.   O‘shandan   beri   dunyo   shartli
ravishda   ikki   qismga   bo‘lingan:   tabiat   va   madaniyat.   Tabiiy   bo‘lmagan   hamma
narsa madaniyatga tegishli hisoblanadi. “Madaniyat” tushunchasining ma’nosi: bu
inson tomonidan yaratilgan dunyo.   Madaniyat  jamoa yoki qabila tomonidan amal
qiladigan turmush tarzidir.
          B.Malinovskiy   madaniyatga   shu   ruhda   ta’rif   beradi,   unga   ko‘ra   madaniyat
ixtirolar,   narsalar,   texnik   jarayonlar,   g‘oyalar,   urf-odatlar   va   qadriyatlar   meros
bo‘lib qoladigan yo‘l.
          V.Bekket:   “Madaniyat   –   bu   ijtimoiy   aloqalarni   tartibga   soluvchi   va   hayot
tajribasini umumiy talqin qilishga imkon beruvchi kuchli e’tiqodlar, qadriyatlar va
xatti-harakatlar   normalaridir”.   Madaniyat,   D.Reginning   fikricha,   ong   ostiga   ildiz
otgan va jamoat ongiga olib kirilgan ramziy ifodadir.
          Til   ham   madaniyat,   ham   tabiat   hodisasi   sifatida   aks   etadi.   Demak,   til
madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, insoniyatning ijtimoiy tarixidagi eng muhum
yutuqlaridan biri hisoblanadi. Til va madaniyat bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib,
unga   har   bir   kasb   egasi,   masalan:   tilshunos,   madaniyat   bilan   shug‘ullanadigan
tarixchi,   etnograf,   adabiyotshunos,   psixolog   har   xil   yondashadi.   Shunga   ko‘ra
turlicha   savol   paydo   bo‘ladi:   1)   turli   madaniy   jarayonlar   tilga   qanday   ta’sir
ko‘rsatadi;   2)   madaniyatga   til   qanday   ta’sir   etadi?   Mashhur   rus   tilshunosi   G.O.
Vinokurning “tilni o‘rganayotgan har qanday tilshunos, albatta, tanlagan tili uning
mahsuloti   bo‘lgan   o‘sha   madaniyatning   tadqiqotchisiga   aylanadi”   degan   tezisi
tilshunoslikning   shakllanishidan   boshlab   tasdiqlanib   kelmoqda. 12
  I.Gerderning
1770-yilda   yozilgan   “Tilning   kelib   chiqishi   haqida   talqin”   asarida   inson
faoliyatidagi to‘rt asosiy hodisa: til, madaniyat, jamiyat va milliy ruh bir-biri bilan
12
 Xalimova M. T. Olam milliy lisoniy manzarasi tasvirida til va nadaniyat mushtarakligi. Academic research in 
educational sciences. 2021. www.ares.uz. uzviylik   kasb   etgan.   Til   o‘zining   kelib   chiqishiga   ko‘ra   madaniyat   bilan   bog‘liq
bo‘lib,   u   jamiyat   bilan   bilan   birga   o‘sadi.   Tilning   bunday   madaniyat   bilan
bog‘liqligi   uni   milliy   ruhning   muhim   tarkibiy   qismiga   aylantiradi.   Tilda   aks
ettirilgan   olamgina   mavjud   bo‘ladi.   Til   madaniyatning   dalilidir.   U   biz   qadimgi
ajdodlarimizdan   meros   qilib   olgan   madaniyatning   bir   bo‘lagi.   Til   madaniyatni
o‘zlashtirishning   asosiy   quroli.   U   barcha   madaniy   hodisalarning   eng   muhimi.
Demak,   til   madaniyatning   tarkibiy   qismi   va   uning   vositasidir.   U   ruhimizning   ,
madaniyatimizning   ko‘rinishi   va   milliy   mentalitetning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini
ifodalay oladi. 
            Tilshunos,   professor   Nizomiddin   Mahmudov     “Tilning   mukammal   tadqiqi
yo‘llarini   izlab”   maqolasida   bu   ikki   tushuncha   haqida   shunday   deydi:   “Til   va
madaniyat   deganda,   ko‘pincha,   “nutq   madaniyati”   deyiladigan   muammo
assotsiativ  holda  esga  tushsa-da,  bu  ikki   o‘rindagi  madaniyatning  aynanligini  aso
ko‘rsatmaydi.   Til   va   madaniyat   deyilganda,   odatda,   til   orqali   u   yoki   bu
madaniyatni   yoki   aksincha,   madaniyatni   o‘rganish   orqali   u   yoki   bu   tilni
tushuntirish   nazarda   tutiladi,   aniqroq   aytadigan   bo‘lsak,   lingvokulturologiyadagi
madaniyatning ma’nosi “aqliy-ma’naviy yoki xo‘jalik faoliyatida erishilgan daraja,
saviya   (nutq   madaniyati)”   emas,   balki   “kishilik   jamiyatining   ishlab   chiqarish,
ijtimoiy   va   ma’naviy-   ma’rifiy   hayotida   qo‘lga   kiritgan   yutuqlari   majmuyi
( madaniyat tarixi, o‘zbek madaniyati ) demakdir.”  13
 
              Inson   nafaqat   madaniyatni   o‘zida   tashuvchi   shaxs,   balki,   o‘z   navbatida
madaniyat insonning o‘zi yaratgan hamma narsalarda mujassamdir. 14
 
           TIL- etnik madaniyatning xazinasi. Lekin har  bir tilda boshqa bir millatning
madaniyati   haqida   gapirib   berish   mumkin   bo‘lsa-da,   shunga   qaramay,   har   bir   til
birinchi   navbatda   o‘z   ona   tilining   madaniy  jarayonlarini   axborot   bilan   ta’minlash
va tartibga solish uchun mo‘ljallangan. Har bir tilning ortida shu xalqning ruhiyati
yotadi. Muayyan tilda nutqni  to‘g‘ri tushunish uchun uning birliklari etnik o‘ziga
13
  Ма ҳ мудов   Н .  Тилнинг   мукаммал   тад қ и қ и   йӯлларини   излаб …//  Ӯзбек тили ва адабиëти.- Тошкент, 2012.   
№5.
14
 Гашимов Э.А., Куровская А.Е. Язык и култура. От общего к частному.  Современный  лингвистический 
взгляд //  Современный наукоемкие технологии. № 7. 2010. xosligini,   shu   til   semantikasidagi   denotativ   va   konnotativ   ma’nolarni   aniq
tushunish, shuningdek, asosiy bilimlarga ega bo‘lish kerak.    
            Bir   asrdan   ko‘proq   vaqt   davomida   til   va   madaniyat   o‘rtasidagi   o‘zaro
tortishuvlar   ko‘plab   olimlarni   jalb   qilmoqda.   Ba’zilari   til   madaniyat   bilan
butunlikning   bir   qismi   sifatida   mavjud   deb   hisoblasa,   boshqalari   til   faqatgina
madaniyatni   ifodalash   shakli   deyishsa,   uchinchi   taraf   olimlari   til   madaniyatning
shakli ham, elementi  ham emas deb aytib o‘tishgan. Misol tariqasida Amerika va
Rossiya   etnolingvistika   maktablarining   asoschilari   bo‘lgan   ikki   mashhur
shaxslarning   so‘zlarini   keltirish   mumkin.   E.Seperning   fikricha   “   Madaniyat
jamiyatning   nima   haqda   o‘ylashi,   nima   qilishi   bo‘lsa,   til   esa   qanday   fikrlashi
xolos”. “Madaniyat va til o‘rtasidagi munosabat,-deb yozadi N.I. Tolstoy, - butun
va   uning   qismining   munosabati   deb   hisoblanishi   mumkin.   Tilni   madaniyatning
tarkibiy   qismi   yoki   madaniyat   quroli   sifatida   qabul   qilsa   ham   bo‘ladi,   ayniqsa,
adabiy til yoki  folklor tili haqida gap ketganda. Biroq, til bir vaqtning o‘zida butun
madaniyatga   nisbatan   avtonom   bo‘lib,   uni   madaniyatdan   alohida   yoki   madaniyat
bilan   taqqoslaganda   ekvivalent   va   teng   hodisa   sifatida   ko‘rish   mumkin.   Til
madaniyat   mahsuli,   uning   muhim   tarkibiy   qismi   va   madaniyat   mavjudligining
shartidir.   U   bundan   tashqari,   madaniyatning   o‘ziga   xos   yashash   usuli,   madaniy
kodlarni shakllantirish omilidir. Ko‘rinib turibdiki, har bir ona tilida so‘zlashuvchi
madaniyat   tashuvchisi   bo‘lsa,   lingvistik   belgilar   madaniyat   belgilari   vazifasini
bajarish   qobiliyatiga   ega   bo‘ladi   va   shu   bilan   madaniyatning   asosiy   muhitini
ifodalash   vositasi   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Shuning   uchun   ham   til   o‘z
so‘zlovchilarining   madaniy   va   milliy   mentalitetini   aks   ettira   oladi.   Til   nafaqat
madaniyat   bilan   bog‘liq,   balki   u   o‘zida   madaniyatning   o‘sishini   ham   ko‘rsatib
beradi.   Til   ayni   vaqtda   o‘zida   yaratish   quroli,   madaniyatning   rivojlanishi   va
saqlanishini   ta’minlovchi   uning   bir   bo‘lagidir,   shuning   uchun   til   yordamida
ma’naviy madaniyat hamda borliqdagi ishlab chiqarish, materiallari real yaratiladi. 
            Til   va madaniyatning  chambarchas  bir-biriga bog‘liqligi  va  bir-birini   taqazo
etishi,   madaniyatning   tilda   aks   etishi   kabi   masalalarning   metodologik   asosi   ko‘p
yillardan   beri   o‘rganilib   kelinmoqda.   Ularning   asosi   sifatida   N.V.   Alefirenko, V.V.Vorobyev,   V.fon   Gumbold,   M.L.Kovshova,   V.V.Krasnix,   V.A.Maslova,
Y.Stepanov,   V.N.Teliya,   E.A.   Gashimov,   Noam   Xomskiy,   A.T.Xrolenkolarni
aytish mumkin. 15
          Lingvokulturologiya   tarixiy   va   zamonaviy   til   faktlarini   ma’naviy   madaniyat
ko‘zgusi   ortidan   tekshiradi.   V.N.Teliya   lingvokulturologiya   til   va   madaniyat
munosabatlarini faqat sinxron aspektda o‘rganadi deb fikr bildirib: u jonli axborot-
aloqa   jarayonlarini   va   xalqning   hozirgi   mentalitetiga   mos   til   ifodalarning   nutqda
qo‘llanishidagi aloqani tadqiq etadi deb hisoblaydi.
          Har   bir   tilda   uning   butun   borlig‘i,   uning   ruhi,   milliy   madaniyati,   o‘ziga   xos
dunyoni ko‘rish, idrok etish tarzi aks etishi bilan birgalikda, o‘zaro tillar o‘rtasida
obraz   yaratishdagi   shunday   umumiy   jihatlar   borki,   bular   umumbashariy   tafakkur
mahsuli   sifatida   yuzaga   chiqadi.   Tilshunos   A.Nurmonovning   fikriga   ko‘ra,   til   va
madaniyatni tadqiq etgan olimlar uch guruhga bo‘linadi. Ulardan birinchi guruhi til
va tafakkur, til va madaniyat munosabatida tilni belgilovchi kuch ekanligini olg‘a
suruvchi     V.Gumboldt,   B.Uorf   va   E.Sepir   kabilardir.   A.Nurmonov   bunga   qarshi
chiqib,   o‘z   fikrini   shunday   ta’kidlaydi:   “…Nominatsiyaga   asos   bo‘lgan   obraz
markazini   idrok  qilishda   turli   tipdagi   tillarda  o‘ziga   xos   umumiy   jihatlardan  ham
ko‘z   yumib   bo‘lmaydi.   Bu   ham   lingvistik   nisbiylik   nazariyasining   olamni   idrok
15
  Алефиренко Н.Ф. Современные проблемы науки о языке: Учеб. пособие. — 2-е изд. — М.: Флинта: Наука,
2009. .  Алефиренко, Н.В. Лингвокультурология. Ценностно-смысловое пространство языка : учеб. пособие /
Н.В. Алефиренко. – М. : Флинта : Наука, 2012. – 288 с   Воробьёв В.В. Лингвокультурология: Монография.
—   М.:   Изд-во   РУДН,   2008.     Воробьёв   В.В.   Лингвокультурология   (теория   и   методы):   монография.   —   М.:
Изд-во  РУДН,  1997. Воробьёв  В.В.  О статусе   лингвокультурологии  //  Материалы  IX  Конгресса   МАПРЯЛ.
Доклады и  сообщения российских ученых. — Братислава,  1999.   Гак  В.Г. О контрастивной  лингвистике //
Новое в зарубежной лингвистике. — Вып. XXV. Контрастивная лингвистика. — М., 1989. — С. 5—17.  Гак
В.Г.   Сравнительная   типология   французского   и   русского   языков:   Учебник.   Изд.   4-е.   —   М.:   Книжный   дом
«ЛИБРОКОМ», 2010. — 288 с. (Из лингвистического наследия В.Г. Гака.) Методы сравнительного изучения
языков. — М.: Наука, 1988. Гумбольдт, В. фон. Избранные труды по языкознанию / В. фон Гумбольдт. – М. :
Прогресс,   1984.   –   397   с.         Стернин   И.А.   Контрастивная   лингвистика.   Проблемы   теории   и   методики
исследования.   —   М.,   2007.   Ковшова,   М.Л.   Словарь   лингвокультуроведческих   терминов   /   М.Л.   Ковшова,
Д.Б.  Гудков.  –  М.  :   Гнозис,  2013.  –  192  с.     Красных,  В.В.  Этнопсихолингвистика  и   лингвокультурология  :
курс   лекций   /   В.В.   Красных.   –   М.   :   Гносис,   2002.   –   284   с.     Маслова,   В.А.   Лингвокультурология   :   учеб.
пособие / В.А. Маслова.–  М. : Академия, 2010. – 208 с. Степанов, Ю.С. Константы : слов. рус. культуры /
Ю.С.   Степанов.   –   М.,   1997.   –   990   с.     Телия,   В.Н.   Русская   фразеология:   семантический,   прагматический   и
лингвокультурологический   аспекты   /   В.Н.   Телия.   –   М.,   1996.   –   284   с.   9.   Хроленко,   А.Т.   Основы
лингвокультурологии : учеб. пособие / А.Т. Хроленко. – М. : Флинта : Наука, 2005. – 184 с.   Вежбицкая А.
Язык.   Культура.   Познание:   Пер.   с   англ.   -   М   .:   Русские   словари,   1997.Гашимов   Э.А.,   Савицкий   В.М.
Лингвокультурный  код. М.:  Изд-во МГПУ, 2005. Гашимов Э.А.  Лингвокультура  и потребностный  код. С.;
Изд-во СФ ГОУ МГПУ, 2007.Хомский Ноам. О природе и языке. Пер. с англ. - М.: КомКнига, 2003. qilishda tilning roli yetakchi ekanligi haqidagi xulosa faqat biryoqlama ekanligidan
dalolat beradi.” 16
 
          A.Nurmonovning   fikricha,   til   va   madaniyat   munosabati   haqidagi   ikkinchi
nuqtai   nazarda   bu   ikki   hodisa   o‘rtasidagi   munosabat   tamoman   inkor   etiladi.
Professor A.Nurmonovning nuqtai nazariga ko‘ra, ushbu masala haqidagi uchinchi
qarashda   yuqorida   aytib   o‘tilgan   qarama-qarshi   fikrlar   o‘zaro   sintezlanadi.   Olim
fikrlarini davom ettirib til va madaniyat o‘zaro bog‘liq va ayni paytda farqli hodisa
bo‘lib, til va madaniyat munosabatida tilning roli katta ekanligini aytib o‘tadi.  Har
bir   xalqning   o‘ziga   xos   etnomadaniyati   uning   tili   orqali   namoyon   bo‘ladi.   Lekin
obyektiv  borliqda  ana   shu   etnomadaniyat   mavjudligi   uchun   ham   tilda   o‘z  o‘rnini
topadi. Bundan kelib chiqadiki, til va madaniyat kesishuvida ham obyektiv borliq –
ong –    til munosabati amal qiladi. 
       Lingvokulturologiya (madaniy tilshunoslik)   bu til va madaniyatning faoliyat‒
jarayonida   o‘zaro   ta’sirini   o‘rganadigan   murakkab   ilmiy   fan.   U   til   birliklarining
milliy-madaniy   semantikasini   butun   bir   mazmuniy   yaxlitlikda,   biror   bir   til   va
madaniyatdagi   so‘zlashuvchi   kishilar   tushunishiga   imkon   qadar   yaqin   bo‘lgan
darajada   o‘rganadi.   Lingvokulturologiyaning   o‘rganish   obyekti   madaniy
ma’lumotlarni   yetkazuvchi   til   va   bu   madaniyatni   til   yordamida   yaratuvchi
shaxslarning   o‘zaro   ta’siri   bo‘ladigan   bo‘lsa,   tadqiqot   predmeti   –   rivoyatlar,
afsonalar,   folklor   namunalari   va   diniy   tushunchalardir.   Lingvokulturologiyaning
eng asosiy maqsadi tilda saqlanib kelinayotgan madaniyatni o‘zida mujassamlash,
yig‘ish, saqlash va uzatish usullarini o‘rganishdir. Umuman olganda til, madaniyat
va  etnik   kelib  chiqish   bir-biri   bilan   chambarchas   bog‘langan.   Lekin   eng  muhimi,
shubhasiz,   etnik   madaniyatni   ifodalovchi,   milliy   ma’naviy   madaniyatni
ifodalovchi-  bu  til.  Til  xalq  mentalitetining  shakllanishi  va  namoyon  bo‘lishining
eng qimmatli manbai bo‘lib, u orqali madaniyat saqlanib qoladi va keyingi davrga
yetkaziladi.   Til   va   madaniyat   o‘rtasidagi   munosabatlar   ajralmas   va   xilma-xildir.
Ularning   munosabatini   butun   va   qism   sifatida   ko‘rish   mumkin.   Chunki   til   aynan
madaniyatning   tarkibiy   qismi   va   uning   qurolidir.   Lingvokulturologiya   insonning
16
  Худойберганова Д. К рсатилган адабиëт – Б. 14.	
ӯ tabiat, jamiyat, tarix, san’at  va boshqa madaniy va ijtimoiy borliq sohalarida o‘z-
o‘zini   anglash   xususiyatlarini   o‘rgansa,   tilshunoslik   tilda   dunyo   lisoniy
manzarasining   mental   modellari   sifatida   aks   etuvchi   dunyoqarashni   o‘rganadi. 17
Lingvokulturologiyaning   eng   muhim   tadqiqot   predmeti   esa   doimiy   o‘zaro
ta’sirlashish   holatida   bo‘lgan   ham   til,   ham   madaniyat   hisoblanadi.   Madaniyat
judayam   katta   qamrovga   ega   bo‘lib,   u   inson   yashayotgan,   amalga   oshirayotgan
kommunikativ   faoliyatni,   moddiy   qadriyatlarning   ijtimoiy   ishlab   chiqarilishini,
ularning turli xil insonlar  aro taqsimlanishi  va iste’mol  qilinishini  ham  o‘z ichiga
oladi.   Madaniyat   insonniyatning   makon   va   zamonda   faoliyat   yuritishiga   imkon
beruvchi   maxsus   shakl   hisoblanadi.   U   bir   butun   o‘ziga   xos   umumiy   g‘oya   va
uslubga   ega   bo‘lib,   hayot   bilan   mamot,   ruh   bilan   moddiylik   orasida   turadi.
Shaxsning   nafas   olishidan   tortib,   uning   har   kungi   retuallari,   shaxsga   tegishli
bo‘lgan   barcha   xususiyatlari   madaniyat   orqali   jamiyat   ichida   ro‘yobga   chiqadi.
Bundan   bilish   mumkinki,   jamiyatning   bir   bo‘lagi   bo‘lgan   insonning   madaniy
faoliyati   uning  o‘ziga   bog‘liq,   shu   bois   madaniyat   jamiyatning   ajralmas   qismi   va
uni   o‘rganish   jamiyatni   ham   o‘rganish   ham   demakdir.   Madaniyatni   o‘rganish
davomida   har   bir   lingvokulturolog   uning   inson   fikrlash   tarzi   bilan   bog‘liqligini
sezadi.   Lingvokulturologiyaning   eng   muhim   vazifasi   til   va   madaniyatning
bog‘liqligini,   madaniyatga   oid   tushunchalarning   tilda   va   uning   turli   vositalarida
aks etish usullarini tadqiq etish, til va xalq mentaliteti o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni
tavsiflashdan iborat. 
17
 М ӯ минова А. Лингвокулътурологиянинг замонавий тилшуносликдаги  ӯ рни хусусида.  Ӯз бекистонда 
хорижий тиллар. №4.2014.                1.3. LINGVOKULTUROLOGIYANING ZAMONAVIY
                                TILSHUNOSLIKDAGI  O‘RNI
          Lingvokulturologiya     tilshunoslik,   madaniyatshunoslik,   tilda   butun   bir‒
xalqning   ruhiy   olami,   turmush   tarzining   aks   etishi   va   unda   mustahkamlanishini
o‘rganuvchi   eng   yangi   bo‘lgan   tilshunoslikning   bir   yo‘nalishidir.
Lingvokulturologiya   xalqlarning   turmush   tarzi,   ularning   kelib   chiqishini
o‘rganuvchi   etnolingvistika   va   tilning   jamiyatdagi   tutgan   mavqeyini   o‘rganuvchi
sotsiolingvistika   bilan   shunchalik   bog‘langanki,   tilshunos   B.N.Teliya   uni
etnolingvistikaning   bir   ko‘rinishi   deb   hisoblaydi.   Yaxshiroq   qaralsa   va   bu   ikki
fanning   mazmuniga   borib   taqalsa,   ular   ikki   xil   fan   ekanligini   ko‘rish   mumkin.
V.A.Zveginsev etnolingvistikaga tilning madaniyat, milliy urf-odatlar, jamiyatning
ijtimoiy jihatlari bilan aloqalarini o‘rganuvchi yo‘nalish sifatida aytib o‘tgan. Xalq
 insonlarning an’anaviy va madaniy mushtarak jamoasi bo‘lib, insonlarning kelib	
‒
chiqishlari,   tarixiy   va   til   belgilari,   madaniy   tegishlilik   xususiyatlari,   ruhiyati
yaqinligi, o‘zaro bir guruhga mansublik haqida tasavvurlari bilan ta’riflanadi. 
        Milliylik tanlanmaydi, hech bir elat uni tanlolmaydi, balki meros bo‘lib o‘tadi.
Insoniyat   madaniyati   turli   milliy   madaniyatlar   birlashmasini   anglatadi,   ular   shu
bois   ham   xilma-xilki,   u   orqali   turli   millatlarning   azaliy   orzu-intilishlarini,
ehtiyojlarini   va   turmush   tarzini   ifodalash   mumkin.   Milliy   o‘ziga   xoslik   barcha
jabhalarda ko‘zga  tashlanib  turadi:   mehnat,  hordiq,  ovqatlanish,  turli  vaziyatlarda
qanday   so‘zlashishlarigacha.   Oddiygina   bir   misol   keltiradigan   bo‘lsak,   rus
xalqining eng muhim belgisi   jamoaviylik bo‘lib, shu boisdan ham ruslar ma’lum	
‒
jamoaga tegishlilik hissi bilan ajralib turadi, ularning munosabatlarida samimiylik
va   emotsianallik   aks   etib   turadi.   A.   Vejbitskiyning   aytishicha,   rus   tili   ko‘proq
hissiyotga   diqqat   qaratadi   va   aynan   shu   tilda   hissiyotni   farqlovchi,   ularni   aks
ettiruvchi lug‘aviy va grammatik ifodalarning butun bir to‘plamiga ega. 
          N.Xomskiy   o‘zining   “Tabiat   va   til   to‘g‘risida”gi   asarida   shunday   savolni
o‘rtaga   tashlaydi:   Tilni   bilish   nima?   Til   qanday   o‘zlashtiriladi?   Til   va   madaniyat o‘rtasida   bog‘liqlik   qanday?   Har   bir   inson   tilni   o‘rganayotganda   mana   shu
savollarga duch keladi. 
     XX asr oxirida lingvokulturologiya sohasida 4 ta ilmiy maktab mavjud edi:
1. Y.S.Stepanovaning madaniy tilshunoslik maktabi. Madaniyat konstantalarini
diaxronik jihatdan tavsiflash bilan shug‘ullangan.
2. N.D.   Arutyunova   maktabi.   Turli   davrlar   va   xalqlar   matnlaridan   olingan
umumbashariy   madaniyat   atamalarini   o‘rgangan   (tashqi   kuzatuvchi
pozitsiyasida).
3. V.N.Teliya maktabi. Uning maktabi frazeologizmlarning lingvokulturologik
tahlili bilan shug‘ullangan.
4. E.M.   Vereshagina   va   V.G.   Kostomorovaning     konsepsiyani   ishlab
chiqaruvchi madaniy tilshunoslik maktabi. 
          Bu   maktablarning   barchasi   oldiga   shunday   maqsadlar   qo‘yishgan   edi:   til
tushunchalarini   shakllantirish   jarayonida   madaniyatning   o‘rnini   ochib   berish;
“Madaniy ma’no” tashuvchi so‘zning tilning qaysi qismida saqlanishini o‘rganish;
“Madaniy   ma’no”   tashuvchi   bunday   so‘zlarning   ma’nolarini   so‘zlovchi   va
tinglovchi   tushunadimi   yoki   yo‘qmi   va   ular   nutq   srtategiyalariga   qanday   ta’sir
qiladi degan savolga javob topish; Til egalarining va shu tilda so‘zlashuvchilarning
madaniy   va   lingvistik   huquqlarining   (   компетенции )   mavjudligini   aniqlash;
Madaniyatning   mohiyatini   tushuntirib   berish;   Ushbu   fanning   asosiy
tushunchalarini   tizimlashtirish,   til   va   madaniyatning   o‘zaro   ta’siri   muammosini
tahlil   qilish   imkonini   beradigan   ,   hamda   ushbu   ilmiy   paradigma   doirasida   o‘zaro
tushunishni ta’minlaydigan antropologik va antroposentrik paradigmani yaratish.
          XXI   asr   boshlarida   yana   ikkita   yirik   lingvistik   maktab   paydo   bo‘ldi:   V.I
Karasik   nomi   bilan   bog‘liq  bo‘lgan   Volgograd   ilmiy  maktabi   va  V.M.   Savitskim
boshchiligidagi Samara ilmiy maktabi.Ushbu ilmiy maktablarning oldiga qo‘ygan
vazifalari   quyidagilardan   iborat:   til   tushunchalarini   shakllantirish   jarayonida
madaniyatning   o‘rnini   aniqlash;   bir   madaniyat   egalarining   konsepsiya   sohalarini,
til sohalarini, madaniyat va til diskurslarini aniqlash va tavsiflashdan iboratdir.           Lingvokulturologiyaning   obyekti   juda   ham   ko‘p.   U   TIL,   MADANIYAT,
INSON,   MADANIYATNI   YARATUVCHILAR   bo‘lishi   mumkin.   Ular   tildan
faqatgina   muloqot   maqsadida   emas,   balki   madaniyatni   dekodlash   uchun   ham
foydalanishadi. Chindan ham til lingvokulturologiyaning eng muhim yo‘nalishidir.
Inson nafaqat madaniyatni o‘zida tashuvchi shaxs, balki, o‘z navbatida madaniyat
insonning o‘zi yaratgan hamma narsalarda mujassamdir. 18
 
         Til madaniy jihatdan juda muhim bo‘lgan turli xil  millat  va elatlarga tegishli
bo‘lgan   xabarlarni   yig‘ish   va   ularni   to‘plash   vositasi   ham   hisoblanadi.   Til
birliklarida   joylashgan   madaniy   axborotlarni   ajratib   olish   uchun   lingvokulturolog
bir   qancha   o‘ziga   xos   usullarni   ishlatadi.   V.N.Teliya   lingvokulturologiyaning
obyekti   nafaqat   milliy,   balki   umuminsoniy   madaniy   axborotlar   hamdir   deb   aytib
o‘tgan. 
          Volgograd   maktabida   tilshunoslari   V.I.   Karasik,   E.I.   Sheeygallar   til   va
madaniyatni  o‘zaro qiyoslashga  harakat  qiladilar. Lingvokulturologiyaning asosiy
birligi   sifatida   ular   madaniy   konseptni   oladi.   Ushbu   tushuncha   aniq   va   mavhum
nomlarning mundarijasini o‘z ichiga oladigan ostki, tag ma’no bo‘lib, qaysi xalqni
tasvirlayotgan   bo‘lsa,   o‘sha   xalqning   madaniyati   haqida   qo‘shimcha   ma’lumot
olishni   talab   qiladi.   E.I.Sheygal   va   V.A.Buryakovskaya   lingvokulturologiyani
“olam   konseptual   manzarasining   alohida   obyektlari   va   akslanuvchi   obyekt
tomonidan ularning jamoa ongi hamda tilda idrok qilinishi” deb ta’riflaydi.  19
         Hozirgi vaqtda lingvokulturologiya dunyo, shuningdek rus tilshunosligida eng
rivojlangan   sohalardan   biri   bo‘lib,   bu   fan   yuzasidan   juda   ko‘plab   tadqiqotlar
yaratilgan   va   yaratilib   borilmoqda.   Chunki   xalqning   madaniyati   uning   turmush
tarzini,   dunyoqarashini,   shu   xalqning   butun   bir   olam   manzarasini   o‘zida   aks
ettiradi.   Bu   sohaga   oid   ishlarda   tadqiqotchilarning   olamning   lisoniy   manzarasi,
lingvomadaniy   konseptlar,   lisoniy   ong,   barqaror   birliklarning   lingvomadaniy
xususiyatlari  kabi masalalarga  katta e’tibor  qaratayotganliklarini  ko‘rish mumkin.
18
 Гашимов Э.А., Куровская А.Е. Язык и култура. От общего к частному. Современный лингвистический 
взгляд //  Современный наукоемкие технологии. № 7.  2010.
19
 Shayxislamov   N. Lingvokulturologiyaning fanlar sistemasidagi maqomi va uning…Academic Research in  
Educational sciences. Vol .1.  № 2,2020. Bu kabi tadqiqotlarda tilning barcha sathlari birliklari, xususan,  so‘z va matnning
tamoman   yangicha   talqini   va   tahlili   ustuvorlik   qiladi.   Bunda   lisoniy   birliklarning
nafaqat til qonuniyatlari, balki jamiyat, inson, madaniyat, ruhiyat, milliy mentalitet
kabi   omillar   nuqtai   nazaridan   ham   tadqiq   etilishi   til   ilmida   yangi   g‘oyalar,   yangi
ilmiy qarashlar va tamoyillarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. 
        XXI   asrning   dastlabki   yillaridan   o‘zbek   tilshunosligida   ham   shunday
antroposentrik   tahlil   ko‘rinishlarini   namoyon   qiluvchi   tadqiqotlar   yuzaga   kelishi
ko‘paydi.   Bu   ishlar,   asosan,   tilshunoslikning   boshqa   fanlar   bilan   kesishmasidan
paydo   bo‘lgan   sotsiolingvistika,   kognitiv   tilshunoslik,   lingvistik   pragmatika   va
psixolingvistika   sohalari   bo‘yicha   bajarildi.   Ushbu   tadqiqotlar,   garchi   ularda
antroposentrik   paradigmaga   munosabat   bildirilmagan   bo‘lsa-da,   o‘zida   ushbu
paradigma   tamoyillarini   aks   ettirilgan   eng   dastlabki   ishlar   hisoblanadi.
Shuningdek, ularda tilimizning milliy xarakter, urf-odat, qadriyat va an’analarimiz
bilan   bog‘liq   jihatlari   haqida   ham   ayrim   fikrlar   bildirilganki,   ularni
lingvokulturologiya   nazariyasiga   oid   qarashlarning   ilk   namunalari   sifatida
baholash   mumkin.  Shulardan  biri   sifatida   tilshunos   S.M.   Mo‘minovning  “O‘zbek
muloqot   xulqining   ijtimoiy-lisoniy   xususiyatlari”   deb   nomlangan   doktorlik
dessertatsiyasida   o‘zbeklarning  o‘ziga  xos   muloqot  xulqi  ularning  ijtimoiy  hayoti
va lisoniy dunyosi nuqtai nazaridan tadqiq etilgan. S.M.Mo‘minov o‘zining ushbu
dessertatsiyasida   muloqot   xulqi   muammosini     milliy   xarakter,   millat   aholisining
o‘ziga xos urf-odatlari, ularning butun bir turmush tarzi mohiyatining asosi bo‘lgan
qadriyat   va   ming   yillardan   beri   saqlanib   kelayotgan,   ajdoddan   avlodga   meros
bo‘lib o‘tiladigan an’analarini hisobga olmasdan turib mutlaqo o‘rganish, uni tahlil
etish,   muhokama   qilish   mumkin   emasligini   aytadi.   Chunki   muloqot   xulqi   ham
milliy xarakterning uzviy bir qismi bo‘lib, ular bir-biri bilan chambarchas aloqada
va bir-birini taqozo etadi. 20
 
          Til   va   madaniyat   butun   bir   xalqning   ijtimoiy   ahamiyatga   ega   bo‘lgan
ma’lumotlarni   saqlash,   avloddan   avlodga   uzatish,   madaniyatlararo   muloqotni
yuzaga keltirish va uni  rivojlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan mukammal hodisa.
20
  Худойберганова Д. Кӯрсатилган адабиëт – Б. 10.  Bundan   kelib   chiqadiki,   u   ham   madaniyat   mahsuli,   ham   uning   mavjudligining
asosiy sharti sifatida madaniyat qiyofasini belgilovchi vosita vazifasini bajaradi .
          Lingvokulturologiya   tarixiy   va   zamonaviy   til   faktlarini   ma’naviy   madaniyat
ko‘zgusi   ortidan   tekshiradi.   V.N.   Teliya   lingvokulturologiya   til   va   madaniyat
munosabatlarini faqat sinxron aspektda o‘rganadi deb fikr bildirib: u jonli axborot-
aloqa   jarayonlarini   va   xalqning   hozirgi   mentalitetiga   mos   til   ifodalarning   nutqda
qo‘llanishidagi aloqani tadqiq etadi deb hisoblaydi .
         Lingvokulturologiyaning eng muhim tarkibiy qismi bu   dunyoning lingvistik‒
manzarasidir. Har bir tilda dunyoning o‘ziga xos rasmi, shakl-shamoyili bor bo‘lib,
har bir inson nutq mazmunini shu shakl-shamoyilga mos ravishda tartibga solishga
zarurat   sezadi.   Dunyoning   lingvistik   manzarasi,   tasviri   tushunchasi   V.fon
Gumbold   va   unga   ergashgan   neogumboldchilarning   tilning   ichki   shakli   haqidagi
g‘oyalariga borib taqaladi. Dunyoning lingvistik manzarasi xususiyatlari va uning
tabiati   til   bilan   belgilanadi,   chunki   aynan   shu   til   insonning   atrofidagi   dunyoni
shakllantirish   va   bilishning   eng   muhim   usuli   bo‘lib,   inson   atrofidagi   olamni   shu
tafakkur   orqali   anglaydi   va   bu   bilimlarini   til   orqali   boshqalarga     yetkazadi.
Lingvistik   shaklda   ifodalangan   ushbu   bilimlarning   yig‘indisi   aynan   dunyoning
lisoniy manzarasi bo‘lib, u lingvistik oraliq dunyo ham deyiladi.  21
          Frazeologizmlar   dunyoning   lingvistik   manzarasini   yaratishda   muhim   rol
o‘ynaydi.   Ular   xalq   hayotining   ko‘zgusidir.   Frazeologizmlar   ma’nolari   shaxs
tajribasi,   ma’lum   bir   tilda   so‘zlashuvchi   xalq   folklori,   an’analari   bilan   chuqur
bog‘langan.   Frazeologik   birliklar   tomonidan   yaratilgan   dunyoning   lingvistik
manzarasining   eng   muhim   tomoni   u   inson   bilan   bog‘liq   holda   paydo   bo‘lishidir.
Bir   qator   asosiy   so‘z   va   frazeologik   birliklarning   ma’nosi   olamni   antroposentrik
tushunish   asosida   shakllangan.     Bunday   frazeologik   birliklar   dunyoning   madaniy
va   milliy   manzarasini   yaratadi,   unda   odamlarning   necha   ming   yillik   tarixi,
udumlari,   urf-odatlari   va   xatti-harakatlari   ,   dunyoga     va   bir-birlariga   munosabati
aks etadi. 
21
  Дзагова З.В. Языковая картина мира с совремменной лингвокулътурологи. Гуманитарные науки  № 11. 
2018.           Dunyoning   lingvistik   manzarasi   insonning   dunyoga   munosabatini
shakllantiradi. Bu dunyodagi inson xatti-harakatlarining normalarini belgilaydi va
uning atrofidagi dunyoga munosabatiga ta’sir qiladi. Har bir til dunyoni idrok etish
va tartibga solishning ma’lum bir  usulini  aks ettiradi. Unda ifodalangan ma’nolar
ma’lum   bir   yagona   qarashlar   tizimini   keltirib   chiqaradi,   bu   esa   o‘sha   tilda
so‘zlashuvchilar   uchun   majburiy.   Bundan   bilish   mumkinki,   til   nafaqat   xabar
yetkazadi,   balki   tartibga   ham   soladi.     Tilda   mustahkamlangan   dunyo   haqidagi
bilimlar, til jamoasining etnik-madaniy tajribasi bilan uzviy bog‘liqdir. 
          “Dunyoning   lisoniy   manzarasi”   degan   atama   19-asr   oxiri   20-asr   boshlarida
paydo   bo‘lgan.   Uni   birinchilardan   bo‘lib   nemis   fizigi   German   Gerts   dunyoning
fizik manzarasiga nisbatan qo‘llagan bo‘lib, u tashqi obyektlarning ichki tasvirlari
to‘plami sifatida talqin qilgan. Taxminan yigirmanchi asrning o‘rtalaridan boshlab
bu tushuncha filologiya fanida ishlatila boshlangan. Dunyoning lingvistik tasviri ‒
bu bizning dunyoni va undagi o‘zimizni qanday idrok qilishimiz va atrofimizdagi
hodisalarni   ongda  aks   etishi,  shu   bilan  birga  bu  bizning  atrofimizdagi   olam   bilan
o‘zaro   munosabatimiz   natijasi   hamdir.   V.A.Maslova   unga   inson   mavjudligini
tavsiflovchi asosiy tushuncha deb izoh beradi.  22
 
     Keyingi yillarda xalqlarning etnik madaniyatini o‘rganish ancha jadallashdi. Bu
butun   dunyoda   yuz   berayotgan   globallashuv   jarayonlari   bilan   ham   uzviy   bog‘liq.
Globallashuv   etnomadaniyatlarga   bo‘lgan   qiziqishni   kuchaytirdi.   Demak,   til  
‒
madaniyatning ajralmas qismi va uning asosiy vositalaridan biri bo‘lib, dunyoning
etnik manzaralarini ifodalashda ham, uni shakllantirishda  ham katta rol  o‘ynaydi.
Til     shaxs   va   butun   xalqning   tarkibiy   qismi,   uning   borligini   ifodalovchi   muhim	
‒
belgisi.   Bu   esa   madaniyat   bilan   bog‘liq,   chunki   til   undan   kelib   chiqadi   va   uni
ifodalaydi.   Shu   bilan   birga,   til   madaniyatni   yaratish,   rivojlantirish   va   uni   matn
shaklida   saqlash   vositasi.   Aynan   shu   g‘oyalar   zamirida   yangi   fanning   vujudga
kelishi  yuz tutadi. Lingvokulturologiya shu fanlardan biri hisoblanadi. Biz tillar va
madaniyatlarni qiyosiy o‘rganishda ularning eng muhim xususiyatlari  ochiladigan
22
 Дзагова З.В. Языковая картина мира с совремменной лингвокулътурологи. Гуманитарные   науки   № 11. 
2018. nuqtai   nazarga   amal   qilamiz.   Lingvokulturologiya   nuqtai   nazaridan   biz   faqat
madaniyatning   o‘ziga   xosligini   inson   hayotining   barcha   sohalaridagi   yutuqlari
majmui sifatida cheklanamiz. Madaniyatning etnik va ijtimoiy navlari haqida gap
ketganda  xulq-atvor  va   faoliyatning  o‘ziga  xos  shakllari,   dunyoni   idrok  etishning
qadriyatlarga   boy   namunalari   ko‘z   oldimizda   gavdalanadi.   Va   shu   orqali
madaniyat tushunchasi paydo bo‘ladi. 
          V.V.   Krasnh   “ Этнопсихолингвистика   и   лингвокулътурология ”     asarida
lingvokulturologiyaga “tilda va diskursda madaniyatning namoyon bo‘lishi va aks
etishini  o‘rganuvchi   fan  bo‘lib,  dunyoning  milliy  manzarasi,   lisoniy  idrok,  ruhiy-
lisoniy   yig‘indining   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   o‘rganish   bilan   bevosita   bog‘liq
bo‘ladi” deb ta’riflaydi. 23
          Tildagi   madaniy   belgilarni   o‘rganish   tilshunoslikning   bugungi   kunga   qadar
erishgan   yutuqlari   samarasidir.   Frazeologizm   va   paremiyalar   tilda   madaniy
belgilarni aks ettiruvchi asosiy birliklar sifatida tadqiq etilmoqda. 
            Til,   madaniyat,   etnos   o‘rtasidagi   chambarchas   aloqa   va   munosabatlar
sotsiologiya   va   falsafadan   to   etnolingvistika   va   lingvokulturologiyagacha   bir-
birining uzviy kesishmasini tashkil qiladi. 
      Til madaniyat bilan bog‘liq, u madaniyatning ichida rivojlanadi. 
           Professor  D.Ashurova lingvokulturologiyaning eng muhim  vazifalaridan biri
sifatida   metodologik   shart-sharoitlarni   aniqlashtirish,   tadqiqotlarning   konseptual
qonun-qoidalari     hamda   madaniyat   nuqtai   nazaridan   ajratib   olingan   til   birliklari
bo‘lgan   lingvokulturemalarni   tizimga   solish   va   tasniflash   muammolarini   ishlab
chiqish hisoblanadi deb qayd etib o‘tgan. 24
          V.N.   Teliya   lingvokulturologiyani   “til   va   madaniyat   korrespondetsiyalarini
o‘zaro sinxron ta’sirlashuvlari miqyosida o‘rganish va talqin etish” deb nomlangan
tadqiqotida uni etnolingvistikaning bir qismi sifatida talqin etgan. 25
23
 Shayxislamov   N. Lingvokulturologiyaning fanlar sistemasidagi maqomi va uning…Academic Research in  
Educational sciences. Vol .1.  № 2,2020.
24
 Ашурова Д.У. Преспективы научных исследований в свете новых направлений лингвистики // Филология 
масалаларию – 2014, - № 4
25
 Телия В.Н. Метафоризация и ее ролъ в создании языковой картины мира.  ‒  М.: Наука, 1999.           Xalqimiz madaniyatini ifodalagan juda ko‘p adabiyotlar taraqqiyot bosqichiga
qadam   qo‘ygan   yurtimizning   siyosiy,   ijtimoiy,   iqtisodiy   hamda   madaniy
hayotining   kecha   va   bugunini   yoritib   beruvchi   ekanligi   uchun   ham   ularni   tadqiq
etish,   madaniyatning   bir   bo‘lagini   tadqiq   etish   demakdir.   O‘zbek   she’riyatining
lingvokulturologik tadqiqotlari she’riyat asosida tadqiq qilingan bo‘lsa ham, biroq
bu sohada hali ko‘rilishi kerak bo‘lgan, yoritilishi dolzarb hisoblangan ochilmagan
qo‘riqlar   juda   ko‘p.   She’riyatda   lingvokulturologiyaning   keng   qirralarini   yoritib
berish, uning lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berish, shular asosida o‘zbek
tilining   boy   va   serqirra   tillardan   biri   ekanligini   dalillash   tilshunoslikning   muhim
vazifalaridan   biridir.   2019-yil   4-oktabrdagi   PQ-4479-son   “O‘zbekiston
Respublikasining   “Davlat   tili   haqida”gi   qonuning   qabul   qilinganligining   o‘ttiz
yilligini   keng   nishonlash   to‘g‘risida”,     O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
2019-yil   21-oktabrdagi   PF-5850-son   “O‘zbek   tilining   davlat   tili   sifatidagi   nufuzi
va   mavqeini   tubdan   oshirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”,   2020-yil   20-oktabrdagi
PF-6084-son “Mamlakatimizda  o‘zbek tilini  yanada rivojlantirish va  til  siyosatini
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   farmonlari,   PQ-5040-son
“Ma’naviy-ma’rifiy   ishlar   tizimini   tubdan   takomillashtirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilab qo‘yilgan vazifalarning amalda tadbiq etilishida
ushbu ish ham o‘z xissasini qo‘shadi va xalqqa tushunarli taqdim etilishida ma’lum
darajada xizmat qiladi.
          O‘zbek   tilshunosligida   lingvokulturologiyaning   o‘rganilishi,   uning   talqin
qilinishi,   madaniyatning   tilda   aks   etishiga   doir   tadqiqotlar   sifatida   Nizomiddin
Mahmudov   va   D.Xudoyberganova   boshchiligida   tuzilgan   “O zbek   tiliʻ
o xshatishlarining   izohli   lug ati”     N.Mahmudovning   “Tilning   mukammal   tadqiqi	
ʻ ʻ
yo‘llarini   izlab   ”   maqolasini   va   “O xshatishlar   –   obrazli   tafakkur   mahsuli”	
ʻ
maqolalarini, M.Mirtojiyev, N.Mahmudovlarning “Til va madaniyat”, F. Usmonov
“O zbek   tilidagi   o xshatishlarning   lingvomadaniy   tadqiqi”   dessertatsiyasini,   G.	
ʻ ʻ
Nasrullaevaning   “Antroposentrik   metaforaning   lingvomadaniy,   kommunikativ,
pragmatik   aspekti”   dessertatsiyasini,     N.Sayidrahimovaning
“Lingvokulturologiyaning   ilmiy   asoslanishiga   doir   ayrim   mulohazalar”, M.Saparniyazova     “O zbek   xalq   topishmoqlarining   sintaktik-semantikʻ
xususiyatlari”   dessertatsiyasini,     A.Nurmonovning   “O‘zbek   tilida
lingvokulturologik   yo‘nalish”,   D.Xudoyberganovaning   “Matnning   antroposentrik
tadqiqi”   mavzusidagi   monografiyasini,   “Lingvokulturologiya   terminlarining
qisqacha   izohli   lug ati”ni,   D.   Rustamovning   “Leksemalar   milliy-madaniy	
ʻ
xoslangan   sememasining   lingvomadaniy   aspekti”   dessertatsiyasini,
Y.SH.Nurmuhammedovning   “Milliy-madaniy   dunyoqarashning   frazeologik   sath
aspektidagi   tahlili”   dessertatsiyasini,   A.Mamatov,   B.Boltayevalarning
“Frazeologik   birliklarning   lingvomadaniy   va   semantik-pragmatik   tadqiqi”   va
Sh.Safarovning   “Kognitiv   tilshunoslik”   kitobini,   N.B.   Mirzayevaning   “XX   asr
she’riyatida   metaforik   obraz   muammosi”   dessertatsiyasini,   D.   Toshevaning
“Zoonim   komponentli   maqollarning   lingvokulturologik   xususiyatlari”
dessertatsiyasini,   S.M.Mo‘minovning   “O‘zbek   muloqot   xulqining   ijtimoiy-lisoniy
xususiyatlari”,   A.M.Hasanovning   “O‘zbek   adabiy   tilidagi   leksik   lakunalarning
dialektal   asoslari”   dessertatsiyasini,   D.A.Ashurovning   “Alpomish   dostonining
lingvokulturologik   xususiyatlari”   dessertatsiyasini,     va   Z.K.Sabitovaning
“Lingvokulturologiya” darsligini keltirish mumkin.                                                              II.BOB.
    2. SHE’RIYATDA LINGVOKULTUROLOGIK O‘XSHATISHLAR.
2.1.METAFORALAR – LINGVKULTUROLOGIYANING BIR BO‘LAGI
                                                          SIFATIDA
          Tilimizda   shunday   obrazli   ifodalar,   turg un   birliklar   borki,   ularniʻ
lingvomadaniy   yondashuvda   tadqiq   etish   o zbek   tilining   ochilmagan   qirralarini	
ʻ
ochib berishga xizmat  qiladi.     O‘xshatish  – badiiy tasvir  vositalaridan biri  bo‘lib,
obyektni obrazli, ta’sirchan, konkret va ixcham ifodalash xususiyatlari bilan ajralib
turadi. O‘xshatishla r  orqali har bir ijodkor o‘zigagina ma’lum bo‘lgan dunyoni, o‘z
dunyoqarashidan kelib chiqib boshqalarga ham ilinadi. Kitobxonni o‘z dunyosiga
olib   kirmoqchi   bo‘ladi.   O‘xshatish   deb,   bir   predmet   yoki   hodisani   ikkinchi   bir
predmet  yoki hodisa bilan taqqoslaganda ularning shakli yoki mazmun tomondan
obrazli   o‘xshashiga   aytiladi.   O‘xshatishlar   o‘ziga   xos   obrazli   tafakkur   tarzining
mahsuli   sifatida   yuzaga   keladi.   Shuning   uchun   ham   ular   nutqda   hamisha   badiiy-
estetik   qimmatga   ega   bo‘lib,   nutqning   emotsional-ekspressivligi,   ifodaliligi,
ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qiladi.  Tilimizda   o‘xshatishga   nisbatan     ham
metafora atamasi  ko‘p qo‘llaniladi. Lekin metafora va o‘xshatish  orasida ma’lum
farqlar bor. Bu farqlarni “Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari” asari
muallifi   M.Yo‘ldoshev   shunday   taqqoslaydi:   “Metafora   doimo   ko‘chma   ma’noga
asoslanadi;   o‘xshatishda   esa   so‘z   o‘z   ma’nosida   keladi;   metaforada   maxsus
ko‘rsatkichlar   bo‘lmaydi;   o‘xshatishda   esa   o‘xshatilayotganda   maxsus   vositalar
ko‘rsatkich   sifatida   ishtirok   etadi;   metafora   bir   komponentli   bo‘ladi   ya’ni   unda
faqat   o‘xshovchi   obyektning   o‘zi   metaforani   hosil   qiladi;   o‘xshatishda   ham
o‘xshatiluvchi   obyekt,   ham   o‘xshovchi   obyekt   keladi;     metafora   kengayish
imkoniyatiga   ega   emas;   o‘xshatish   esa   kengayishi   mumkin. 26
  A.   Potebnya
metaforaga   nisbatan   qisqargan   o‘xshatish   ta’rifini   beradi.   Arastu   esa   siqiq
o‘xshatish   degan   ta’rifni   ishlatadi.     Metafora   narsa-buyum,   voqea-hodisalar,
belgilar   o‘rtasidagi   o‘zaro   o‘xshashlikka   asoslangan   ma’no   ko‘chishi,   ya’ni
metafora ko’chma ma’no hosil qilishning eng keng tarqalgan usullaridan biridir 27
.
26
  Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари. –Тошкент: Фан, 2007.
27
 Шомақсудов А., Расулов И., Қўнғуров Р, Рустамов Ҳ. Ўзбек тили стилистикаси.Т.: Ўқитувчи, 1983,–Б.246.  Boshqacha aytganda ko‘chma ma’noning keng tarqalgan turi metaforadir. O‘zbek
tilida   metafora   leksik   ma’no   taraqqiyot   yo‘llaridan   biri   sifatida   qaraladi,   hamda
ko‘chimning o‘xshashlikka  asoslangan  turi  sifatida baholanadi.   Metafora asosida
nom ko‘chishi predmet, belgi, harakat, holatlarning keng ma’nodagi o’xshashligiga
asoslanadi.   Ko‘chma   ma’nolarni   atroflicha   tadqiq   etgan   M.   Mirtojiyev
metaforalarning denotat  o‘xshashligi  belgisiga ko‘ra uch guruhga bo‘ladi 28
: oddiy
metafora,   personifikatsiya,   sinesteziya.   Bunda   oddiy   metafora   belgilarga   qarab
oddiy qiyoslash, personifikatsiya – jonlantirish orqali qiyoslash, sinesteziyada esa
subyektiv   holatda   qiyoslash   o‘xshatish   uchun   asos   bo‘ladi.     Metafora   shoirga
dilidagilarni   kutilmagan   o‘xshatishlar   orqali   kitobxonga   yetkazish   uchun   yordam
beradi.   She’riyatda   badiiy   metaforadan   unumli   foydalaniladi.   Metafora   usulida
ma’no   ko‘chishini   izohlash   uchun   komponent   tahlil   usulining   ahamiyati   juda
muhimdir.   Bu   leksemalar   tarkibini   semalarga   bo‘lib   o‘rganish   usuli   bo‘lib,
metafora   hodisasini   izohlashda   muhim   rol   o‘ynaydi.   Shuning  uchun   ham     asosan
shoirlar o‘xshatishning bir turi bo‘lgan metaforalarga ko‘p to‘xtaladi. 
         Lingvokulturologiyaga asoslangan ko‘plab darsliklarda tilning lingvomadaniy
birliklari   bo‘lmish   maqol,   ibora,   o‘xshatishlar   bilan   bir   qatorda   metaforalar   ham
tilga olinadi. 
     Durdona Xudoyberganova metaforaga shunday ta’rif beradi: “Metafora – (yun.
Metaphora   –   ko‘chirish)   Bir   obyekt   nomini   ikkinchi   obyektga   o‘xshatish   asosida
ko‘chirish,   konseptuallashtirish   turlaridan   biri.   Metaforalar   nutqda   so‘z,   birikma,
gap   va   matn   shaklida   ifodalanadi”. 29
Metaforalardagi   obrazli   so‘zlar   madaniy
semani  o‘zida  mujassamlashtiradi.  Lingvokulturologiyada  aynan   shu  jihat  muhim
hisoblanadi.   Madaniy   semalar   –   bu   muayyan   bir   so‘zning   o‘sha   madaniyatga
tegishli bo‘lgan va ularning ongida madaniy kod sifatida saqlanadigan sema ya’ni
ma’nolardir.   Shoirlarning   she’rlarida   ana   shunday   madaniyatga   xos   bo‘lgan
so‘zlarni ko‘rib chiqamiz:
                                 Umr – uchqur tulpor erur,
28
  Миртожиев М. Лингвистик метафоралар таснифи. // Ўзбек тили ва адабиѐти. – Т., 1973.- № 4. – Б. 33-37  .
29
 Худойберганова Д. Лингвокультурология терминларининг кискача изохли лугати. Тошкент.Turon zamin 
ziyo. 2015. 31-бет.                                  Umr  otdir – shoshag‘on.
                                 Inson asli chavandozdir,
                                 Inson asli – chopag‘on. 
                                 Nechun kelib-ketdi bilmas,
                                 Kimsalarning ko‘plari.
                                  Hayot asli bir  uloq dir,
                                  Yashamoq – bir  ko‘pkari . (Sirojiddin Sayyid)
     Metaforaga olingan so‘zlar o‘zbek xalqining milliy o‘yinlari bo‘lmish “uloq” va
“ko‘pkari”. O‘zbek tilining izohli lug‘atida “uloq”ga shunday ta’rif berilgan: “ Har
bir otliq o‘rtaga so‘yib tashlangan uloqni (odatda echki yoki kichikroq bir buzoqni)
bir-biridan kuch bilan tortib olib, tezroq marraga eltib tashlash uchun kurashishdan
iborat   milliy   sport   o‘yini;   ko‘pkari”.   Bu   yerda   hayotning   tinmay   harakatlanishi
“uloq”qa   mengzanib,   yashashdagi   gohi   yutish,   gohi   yutqazish   ko‘pkaridagi   ot
choptirishga o‘xshatilmoqda. O‘zbek millatining milliy o‘yini bo‘lgan “uloq” katta
tarixiy   maqomga   ega.   Abulqosim   Firdavsiy   “Shohnoma”   asarida   “uloq”   so‘zini
juda   ko‘p   tilga   olgani   tarixdan   ma’lum.   Mahmud   Koshg‘ariy   o‘zining   eng
qimmatli   asarida   chavandozlik   va   tirandozlikka   doir:   o‘q   otishga   usta   odam   –
mergan,  ot  poygasida va chavgon  o‘yinida maydon qirg‘og‘idagi  otlik otni  qattiq
choptirdi   –   yo‘rtdi,   ot   anjomi   –   yo‘gan   kabi   so‘zlarni   keltiradi.   Tarixdan   uloq
(ko‘pkari) o‘yini asosan chorvadorlar orasida keng tarqalgan. 30
 
     Beshik ham xalqning asriy va milliy o‘zligini namoyon etadigan buyum bo‘lib,
u metafora sifatida shoirlarning ijodida ko‘p qo‘llaniladi:
                         Buxoroi sharif, muqaddas beshik,
                         Ne-ne allomalar dunyoga kelgan.
                         Bunga shohlar kirgan kavushin yechib,
                         Bu joyga amirlar piyoda kelgan. ( Muhammad Yusuf)
30
  Usmanxodjayev   T . S .,  Isroilov   Sh . X .,  Pulatov   A . A .  Milliy   va   harakatli   o ‘ yinlar .  Toshkent.miqtisod-moliya. 2015. 20-
bet.          Buxoro qadimdan ilm-fan, san’atning   markazi bo‘lib kelgan. Buxorodan Abu
Ali ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Imom al-Termiziy, Abu Bakr Narshaxiy kabi juda
ko‘plab   dunyoga   ilm   ta’mal   toshini   qo‘ygan   allomalar   yetishib   chiqqan.   Bundan
tashqari   islom   dinining   keng   tarqalishida   Buxoro   juda   katta   o‘ringa   ega   bo‘lgan.
Shoir   Buxoro   va   beshik   so‘zlarida   umumiylik   ko‘rib,   shu   umumiylikni   beshikka
ko‘chiradi.   Shuning   uchun   ham   shoir   ko‘chma   ma’noda   Buxoroni   beshikka
mengzamoqda. 
         Sirojiddin Sayyid ijidida ham “beshik” metaforasi o‘zgacha izohlangan bo‘lib,
uning   misralarida   metafora   orqali   beshik   “sharq”   ma’nosini   ham   bildirib
kelmoqda:
                           Sariosiyo osmonlari, meni unuting,
                           Ammo esda tuting qaytaman.
                           Onamga tiriklik salomin ayta,
                           Singillarim – gul-rayhonlarim.
                           Quyosh  beshigidan  uyg‘ongan paytda.
          V.A.Maslova   metaforalar   haqida   shunday   degan:   “Metaforalar   –   madaniy
qadriyatlarni   aks   ettiradi   chunki   u   milliy   dunyoqarashga   asoslangan   bo‘ladi”.
Yuqoridagi   she’rda   Buxoroni   beshikka   metaforik   o‘xshatishda   ham   aynan   shu
milliy   dunyoqarash   ustun   kelmoqda.   Chunki   metafora   xalqning   tafakkuri   bilan
ham bog‘langan.  
          Metafora  –   obyektiv  (   yoki   subyektiv )   borliqdagi   o ‘ xshashlikning   lisoniy   aksi
bo ‘ lmish   mutanosib   semalar   asosida   bir   narsa   nomining   ikkinchi   bir   narsa   nomi
o ‘ rnida   qo ‘ llanilishi . 31
       Metafora asosida nom ko‘chishi predmet, belgi, harakat, holatlarning bir-biriga
o‘xshashligiga  asoslanadi.  Metaforada o‘xshashlikdan tashqari  so‘zlovchi  mansub
bo‘lgan   jamiyatda   tafakkur   qilish,   madaniyat,   tarix,   atrof-muhitning   ta’siri   ham
muhim   hisoblanadi.   Ana   shunday   metaforaga   madaniyatning   ta’siri   ushbu
misralarda ko‘rinadi:
31
 Qobuljonova G.K. Metaforaning sistemaviy lingvistik talqini. Filol. Fan. Nomz. 2000.                           Boshing uzra chotqol tog‘dek viqoring,
                          Bo‘zsuving bor, Soloring bor, Anhoring.
                          Kuzing   atlas,  kelinchakdir bahoring,
                          Bahoringda ajab atru iforing,
                          Yer yuzida yagonasan, Toshkentim,
                          Turkistonda taronasan, Toshkentim. ( Jamol Kamol)
          Kuzning   milliy   matomiz   bo‘lmish   atlasga   metaforik   holda   o‘xshatilishi
atlasning   rang-barang   ipak   matolardan   to‘qilishidan   kelib   chiqmoqda.   Bu
misralarda   metaforaga   asos   bo‘lgan   milliy   mato   metaforaning   tushunilishini
obrazli holda milliy semada ifodalamoqda.  
          Shoir   Ikrom   Otamurod   o‘zbekka   xos   bo‘lgan   milliy   kiyim   bo‘lgan   to‘nni
she’rida o‘zgacha qo‘llaydi:
                             “Poyida sog‘inchlar uxlagan uyning,   
                              Eshigi g‘iyqillab ochilar bir kun.
                               Yirtilib sog‘inchning qirq yamoq to‘ni,
                              Baridan tirqirab sachraydi sukun”.
     
          Millatimizga   xos   bo‘lgan   milliy   kiyimlar   orasida   to‘n-choponlar   eng   ko‘p
tarqalgan.   To‘nlar   tikilishiga   ko‘ra   avra   to‘n,   astarli   to‘n,   paxtali   to‘n   deb
ajratilgan.   Tikilgan   matosiga   qarab   ular   kalami   to‘n,   banoras   to‘n,   beqasam   to‘n,
kimxob to‘n deb atalgan. Shoir aynan to‘n tasvirini milliy sema orqali she’riga olib
kirgan.     Sog‘inchning   to‘ni   tasvirida,   shoir   qalbidagi   sog‘inch,   ilinj   kabi
tuyg‘ularini   his   qilish,   to‘nning   yirtiqligi,   uning   qirq   yamoqligi   obrazida   esa
sog‘inishning   naqadar   azobligini   ko‘rish   mumkin.   Bu   yerdagi   metaforik   ifoda
sog‘inchning qirq yamoq to‘ni  orqali, kitobxonni  o‘sha holatga  olib kiryapti. Uni
his   qildirishga   urinyapti.   Parchadagi   sog‘inchlar   uxlagan   uy,   sog‘inchning   qirq
yamoq   to‘ni   so‘zlari   betakror   bir   tarzda   metaforik   qo‘llangan.   She’rdagi   yaxlit
badiiy mazmunning tugal ifodalanishida bu so‘zlardagi metaforalar badiiy ustunlar vazifasini   bajargan.   “To‘n”   milliy   kiyim   bo‘lganligi   sababli,   shoir   aynan   milliy
sema   orqali   fikrini   o‘zbekona   ifodamab   bermoqda.   Shoir   to‘n   tasvirini   yana   bir
misrada,   yangicha   ma’noda   beradi.   Bu   safar   u   tunga   nisbatan   qora   chopon
metaforasini ishlatadi:
                             “Uzoq cho‘zildi o‘n besh kun,
                               O‘n besh kun cho‘zildi uzoq.
                                O‘n besh kun osmon kiydi,
                               Tunning qora choponin”.
          Bu   yerda   zaminga   tun   kirishini   osmonning   qora   chopon   kiyishi   orqali   aks
ettiryapti.   Yana   bu   misralarda   “Oyning   o‘n   beshi   yorug‘   bo‘lsa,   o‘n   beshi
qorong‘u”   maqoliga   ham   ishorat   bor.   Metafora   mohiyatan   o‘xshatish   bo‘lgani
tufayli,   unda   o‘xshatilayotgan   narsa   tilga   olinmasa   ham,   uning   ma‘nosini
o‘xshatayotgan   narsa,   uni   ifodalayotgan   so‘z   orqali   ham     anglash   mumkin.
Yuqoridagi misralarda ham aynan shuni ko‘rish mumkin. 
          She’riyatda   metaforaning   qo‘llanilishi   uch   xil   unsurni   talab   qilib,   ulardan
birinchisi   obyektiv   yoki   subyektiv   borliqdagi   narsalar   o‘rtasida   o‘xshashlik,
ikkinchisi   o‘xshashliklarning   lisoniy   aksi   bo‘lgan   bir-biriga   yaqin   bo‘lgan   ma’no
ya’ni semalar va o‘xshatilayotgan ikki narsaning birining nomi yo‘qligi. Quyidagi
misrada   aynan   birinchi   obyektiv   borliqdagi   narsalar   o‘xshashligi   metaforada   aks
etgan:
                           Yobonlarda uxlar bir bola, oyning choponiga o‘ralib,
                           Olislarda, qadim o‘zani nola – Qashqadaryo yotar buralib. 
                                                                                           ( Ikrom Otamurod)
           Oyning qop-qora tunda nur  sochishi,  o‘zbek  xalqining milliy kiyimi  chopon
orqali   aks   etmoqda.   Choponda   milliy   sema   bor   bo‘lib,   uning   she’rda
ishlatilayotganligi   shoirning   shu   xalqqa   mansubligi   va   xalqning   milliy   qiyofasini
aks ettirmoqda.
     Jamol Kamol she’rida ham “chopon” metaforasini ko‘rish mumkin:
                                     Elim rizqi, mudom sening,                                      Peshonangning terida,
                                     Elim rizqi yetilgaydir,
                                     Yuragingning qo‘rida.
                                     Savlat to‘kib o‘tirganim,
                                     Qurultoylar to‘rida.
                                     Beqasam choponim mening ,
                                     Bobodehqonim mening.
                   Beqasam  – yo‘l-yo‘l gazmol bo‘lib, undan erkak, ayollar uchun kundalik
kiyiladigan   chopon,   to‘n   tikishdan   foydalanilgan.   Dehqonga   nisbatan   “beqasam
chopon”   metaforasining   ishlatilayotganligi   dehqonlarning   sodda,   hashamga   o‘ch
emasligi semasini ham yuklamoqda.
          Ikrom   Otamurodning   ijodida   metaforalar   alohida   e’tiborga   loyiq.   She’rlarida
individual, hech bir ijodkorda kuzatilmagan   metaforalarni ko‘rishimiz mumkin. 32
Xususiy-muallif   metaforalari   yangi   va   okkazional,   kutilmagan   bo ‘ ladi.   Ularni
yozuvchining   o ‘ zi   estetik   maqsad,   ya ’ ni   borliqni   subyektiv   munosabatini   ham
qo ‘ shib   obrazli   ifodalab   nomlash   asosida   yaratadi.   Ular   uslubiy   jihatdan
bo ‘ yoqdorlikka   va   voqelikni   obrazli   tasvirlash   xususiyatiga   ega   bo ‘ ladi.   Shuning
uchun   ham   badiiy   matnda   qahramonning   his-tuyg ‘ ularini   ta’sirchan,   yorqin
bo ‘ yoqlarda, aniq va ixcham ifodalashga xizmat qiladi.  B unday   metaforalar
badiiy   matnning   lingvopoetik   va   lingvokulturologik   tahlilida   favqulodda   muhim
o ‘ rin   tutadi.   Chunki   har   bir   yozuvchi   o‘z   mentaletidan   kelib   chiqib,   o‘z   tasavvur
dunyosi doirasidan foydalanib o‘xshatishlar qiladi.  Xususiy-muallif metaforalarida
hamisha konnotativ ma’no aniq holda ifodalanadi.     Metaforalar ham yozuvchilar
mahoratini   yaqqol   ko‘rsatadigan   oynaga   o‘xshaydi.   Yozuvchi   o‘zining   badiiy
tasvir maqsadiga  muvofiq ravishda xilma-xil metaforalar  yaratadi, bu metaforalar
kutilmaganligi, oxorliligi bilan o‘quvchini rom etadi, muayyan ruhiy yoki jismoniy
holat-xususiyat   –   predmetlarni   o‘quvchi   ko‘z   o‘ngida   yaqqol   gavdalantiradi.
32
  Икром Отамурод. Харитага тушмаган жой. –Тошкент: Шарқ, 2011.  Metaforik munosabat ma’lum sharoitda, ma’lum voqea-hodisani tasvir etishda ikki
predmet yoki hodisa o‘rtasidagi umumiy ko‘rinishlar, hislatlar biridan ikkinchisiga
ko‘chiriladi.       Ikrom   Otamurod   bir   she’rida   “dunyo”ni   “ Dunyo   –   qadimgi   roviy,
dunyo   –   ruhimning   sasi ”   deya   izohlaydi.   “Roviy”   so‘zi   o‘zbek   tilining   izohli
lug‘atida   “hikoya qiluvchi, naql aytuvchi, qissa aytuvchi” sifatida talqin etilgan. 33
Agar bolaligimizni eslasak, buvilarimiz tunlari hammamizga ertaklar aytib bergan.
Bu ertaklarda buvilarimizning yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlari ham aks
etgan.   Chunki   ham   ularning   yoshi,   ham   hayot   tajribasi   katta   bo‘lgan.   Bu   yerda
shoir   dunyoni   ana   shunday   keksa   hikoya   aytuvchiga   o‘xshatyapti.   Yana   dunyoni
ruhimning sasi  ham deyapti. “Sas” o‘zbek tilining izohli lug‘atida “ovoz, tovush”
sifatida   izohlangan.   Shoir   bu   dunyo   mening   ichki   olamim   ovoziga   o‘xshaydi
demoqchi.   Yana   o‘sha   she’rida   “   Sochar   dashtlar   ustinda,   yulduzlarini
osmon,//Dunyo   –   yamoq po‘stinda, dunyo   –   uzilgan   paymon”   misrasida metafora
insonning dunyoni anglashida qanchalik ahamiyatli ekanligini ko‘rish mumkin. U
shoirning   ichki   olamini,   keng   fantaziyasini   ochib   berishga   xizmat   qilyapti.   Nega
aynan   dunyoga   nisbatan   yamoq   po‘stin   metaforasi   ishlatilyapti?   Buning   boisi,
inson bu dunyoda yashar ekan, uning hamma istaklari ham amalga oshavermaydi.
Shuning   uchun   ham   “birkam   dunyo”     iborasi   ko‘p   ishlatiladi.   Bundan   tashqari
po‘stinning   yamoqligi,   dunyoning   qadimiyligiga   ham   ishora.     “ Dunyo   –   uzilgan
paymon”   jumlasida     “paymon”   izohli   lug‘atda   “fors.-   va’da,   bitim,   ahd” 34
  deb
izohlangan. Demak, bu dunyo o‘z va’dasida turmaydi. Qur’oni karimda “Bu dunyo
hayoti, faqat g‘urur (aldov) matohidir” deyilgan ( “Oli imron” surasi, 185).  Navoiy
esa   ilohiy   hikmatni   nazmga   solib   shunday   deydi:   “Dunyo   erur   mazra’an   foxira,//
Ad-dunyo   mazra’atul-   oxira”. 35
  Ya’ni   ko‘zimizga   ko‘rinib   turgan   dunyo   chiroyli,
faxrlansa arzigulik ekinzorga o‘xshaydi, aslida esa bu dunyo u dunyoning polizidir.
Bu   dunyoda   yaxshilik   ekinini   eksang,   u   dunyoda   jannat   mevalarini   terasan.   Bu
dunyo   poliziga   yomonlik   urug‘ini   qadasang,   Qiyomatda   do‘zaxning   otash
toshlarini   yutasan.   Bu   yerda   poetik   metafora   –   dunyo   obrazni   shakllantiryapti.
33
  Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. А.Мадвалиев таҳрири остида.  II  жилд. – Тошкент: ЎзМЭ, 2006. 
– 59-b.
34
 Yuqorida keltirilgan asar. 66-b. 
35
  Муталлибов С. Алишер Навоий.  Ҳикматлар. –Тошкент, 1968 .42- b .   Shoir dunyo haqida fikrlarini davom ettirib “ Dunyo   –   nishlagan g’uncha, dunyo   –
yangi   chiqqan   oy ”   metaforalarini   ham   ishlatadi.   G‘uncha   so‘zi   izohli   lug‘atda   (f.
kurtak, shona) hali ochilmagan, gulbarglari hali yozilmagan gul tarzida izohlangan.
Bu   yerda   ijodkor   endi   dunyoni   eski,   qadimiy   emas,   balki   yangi   hali   kurtak   ham
ochmagan   g‘unchaga   qiyos   etyapti.   Ikrom   Otamurodning   yutug‘i   shundaki,   u
birgina   dunyoni   ham   keksa,   ham   yosh   kontrasti   asosida   ko‘z   oldimizda
gavdalantira   olyapti.   Yana   dunyoni   yangi   chiqqan   oyga   mengzayapti.   Tilimizda
go‘zal   qizlarni   oyga   qiyoslash   juda   ko‘p   qo‘llanilgan,   lekin   dunyoga   nisbatan
“ Dunyo   –   yangi   chiqqan   oy ”   o‘xshatishining   berilishi   shoirning   ijodiy   original
mahsulidir.
            Sirojiddin   Sayyidning   ijodida   ham   ana   shunday   go‘zal   misralar,   metaforik
o‘xshatishlar   bisyor. 36
  U   ham   Ikrom   Otamuroddan   qolishmagan   holda   shunday
misralarni bitgan:
                                 Dunyo nadir? Oshiqlarning o‘tinchidir,
                                 Oshiqlari bu dunyoda o‘tinchidir.
                                 Tushlar o‘chdi, hushlar uchdi, qushlar ko‘chdi,
                                 Ko‘ksimdagi dil ham bukun ko‘chkinchidir.
           Sirojiddin Sayyid uchun dunyo oshiqlarning o‘tinchi kabidir. Oshiqlar esa bu
dunyoda   shunchaki   oddiy   bir   daraxt   kesib   kun   ko‘ruvchi   o‘tinchi.   Mumtoz
adabiyotda   bir   so‘zni   ikki   xil   ma’noda   ishlatish   va   undan   original   ma’nolar
chiqarish,   shoirning   yuksak   mahoratidan   dalolat   bergan.   Sirojiddin   Sayyid   esa
aynan   mana   shu   mahoratini   “o‘tinch”   va   “o‘tinchi”   so‘zlari   orqali   ko‘rsatmoqda.
Aynan   ushbu   she’rida   dunyoga   nayrang   sifati   berilib,   uning   momosini   aldovga,
enagasini esa makru hiylaga qiyoslaydi:
                                   Eh, sen sodda inson, eh nodon zuryod.
                                   Munchoq kimsaga hech ko‘z bo‘lgan emas.
                                   Mehr nima qilsin?  Bu nayrang dunyo ,
                                   Birovga hech qachon do‘st bo‘lgan emas.
                                   Qo‘l siltab yo‘lingdan ketaver yayov,
36
    Сирожи ддин Саййид. Асарлар.   I - II - III  жилд.−   Тошкент : Шар к, 2018 .                                    Taqdir ham mug‘ombir bo‘lsang siylaydir.
                                   Bilsang –  bu dunyoning momosi aldov,
                                      Enagasi esa makru hiyladir.  
          Shoirning   dunyo   haqidagi   o‘ylari,   fikrlari   tugamaydi,   dunyoning   qandayligi,
uning nima uchun yaratilganligi haqidagi savollari she’rdan she’rga ko‘chadi:
                               Men  dunyoni ne deb aytay?
                               Bu bir ko‘hna bog‘,
                               O‘z bilganin sayrar bunda,
                               Har qumri, har zog‘.
       Yuqorida Ikrom Otamurodning ham misralarida dunyoni “qadimgi roviy” deb
aytgan   misralarini   aytib   o‘tgan   edik,   Sirojiddin   Sayyid   esa   dunyoni   shunga
o‘xshash   “ko‘hna   bog‘”   deya   metaforik   o‘xshatish   qilmoqda.   Chunki   dunyoning
yaratilganligi   juda-juda   qadimga   borib   taqaladi.   Kitoblarda   ham   uning   million
ming   yillar   oldin   yaratilganligi,   musulmon   kishilarining   ishonchiga   ko‘ra   esa
“Ollohning   “yaral”   so‘zi   orqali   7   kunda   yaralganligi”   yozib   qo‘yilgan.   Demak
dunyo   chindan   ham   shunchalik   ko‘hna   bog‘ki,   uning   qachon   yaratilganligi-yu,
qachon adog‘ topishi noma’lum.
            Bu   misollarda   keltirilgan   o‘xshatishlarning   ko‘pchiligi   metafora   xarakterli.
Badiiy   adabiyotda   metafora   o‘xshatishning   qisqargan   formasi   bo‘lib,   u
predmetning   nomi   bo‘lish   vazifasini   bajarmaydi.   Chunki   bunda   shu   nutqiy
parchada ilgari  hech qachon anglatmagan  predmet  yoki  hodisani  anglatadi. Ya’ni
so‘zni   hamma   bilgan   ma’noda   emas,   boshqa   bir   ma’noda   qo‘llaydi.   Professor
L.I.Timofeyev badiiy metaforaning ana shu xususiyatini  ko‘rsatib shunday deydi:
“Metaforada...o‘xshashlikka yoki zidlikka ko‘ra real  (voqea) aloqa va bog‘liqlikka
ega bo‘lmagan asosiy va qo‘shimcha ma’nolar kesishgan bo‘ladi”. 37
            Sirojiddin   Sayyid   she’rlarining   o‘z   tashbehlari   bor.   U   goh   hayot
go‘zalliklaridan   so‘zlasa,   goh   umr   o‘tkinchiligidan   ozorlanadi.   Tiriklik   hayot
gultoji ekanligini his etgan holda, ba’zida u insonni turli xil vaziyatlarda qoldirishi
mumkinligini ham nazardan qochirmaydi:
37
  Усмонов С. Метафора // Ўзбек тили ва дабие?ти. – 1964. - № 4. – Б. 34-36. 
                                      Hayot ostonasin bosmagay xazon,
                                     Tiriklik goh tuproq, goh osmoniydir.
                                    Salomlar abaddir, onajon,
                                    Vidolar foniydir, foniydir.
          Andrey   Voznesenskiy  aytganiday:  “Metafora   –  shakl  motori.”  Uning  qanday
yaratilganligini   bilmay ham   qoladi, ba’zan  shoir. Shoir  qalbdan  jo‘shib  yozganda
metaforalar orqali original o‘xshatishlar yuzaga keladi.
          Andrey   Voznesenskiy   aytganiday:   “   She’r   yozilmaydi,   ro‘y   beradi.   Xuddi
voqea   misol,   his-tuyg‘u   kabi,   kun   botishi   yanglig‘   she’r   ham   sodir   bo‘lmog‘i
kerak.”     She’riyat   –   birinchi   navbatda   mo‘jiza,   tuyg‘ular   mo‘jizasi,   tovush   va
ohang mo‘jizasi. Ana shunday mo‘jiza orqali olamning tarovatini his qilish, idrok
etib anglash mumkin.                    
          Ikrom   Otamurod   ijodida   o‘z   qishlog‘ini   sog‘inish,   unga   talpinish,   o‘zbek
madaniyatining   bir   bo‘lagi   bo‘lgan   turli   xil   buyumlarni   aks   ettirish   ham   muhum
o‘rin   tutadi.   Shoir   bir   she’rida:   “ Mehr   –     momolarim   to‘qigan   tumor,   oqibat–
bobolar   yigirgan   tasbeh”   deydi.   Qadimda   momolarimiz   turli   xil   balo-qazolardan
nabiralarini asrash, ularga ko‘z tegishini oldini olish maqsadida, har xil qalampir-u
munchoqlarni   olib,   o‘z   qo‘llari   bilan   tumorlar   yasaganlar.   Bu   tumorlarda
momolarning mehri jo bo‘lgan. Bobolarning qo‘llarida  esa doimo tasbeh bo‘lgan.
Kimgadir   oqibat   qilinsa,   u   aylanib   qaytishi   bobolar   qo‘lidagi   tashbehga   qiyos
qilinyapti. O‘zbek tilining izohli lug‘atida “tumor” – “o‘rog‘liq xat; noma; yozuv”
ma’nolarini bildirib, xalqona tasavvurga ko‘ra, go‘yo egasini ko‘z tegishidan, balo,
ofat,   ins-jinsdan   saqlaydigan,   ichiga   duo   bitilgan   qog‘oz   joylangan   uchburchak
narsa deyilgan. Odatda bo‘yinga taqilgan. 
              Arastu   yaxshi   metafora   yarata   olish,   o‘xshashlikni   ko‘ra   olish   iste’dodning
belgisi deb bejiz aytmagan. Chunki o‘xshashlik voqelikda mavjud bo‘lsa, uni ko‘ra
olish   ijodkor   shaxsi   bilan   bog‘liq,   yaxshi   metafora   esa   shu   ikkisining
hamjihatligida yaratiladi. Bundan tashqari ham shoirning juda ko‘plab ana shunday
metaforalarini     misol   qilib   keltirish   mumkin.   U   osmonni   mijiqlab   tashlangan
quroq;  xotiralarni  chaqilgan vujud, qaytarilmas tush;  ruhni darchalari  darz ketgan xona; mehrni momolari to‘qigan tumor; oqibatni bobolari yigirgan tasbeh; ko‘ksini
armonlarning   tosh   bandargohi;   bardoshni   lolagun;   sabrni   qoq;   diyonatni     tomiri
kesilgan   paykon;   vaqtni   sandiq;   o‘limni   darcha;   tunni   basir;   dardni     tog‘;   oftobni
Xudoning o‘ti deya metaforik o‘xshatish qiladi. Bu metaforik o‘xshatishlarning har
biri muallifning ijodiy izlanishlari mahsulidir.                             2.2. O‘XSHATISHLAR – MILLIY MADANIYAT
                                                     KO‘RSATKICHI .  
            Insonlarning   dunyoni   anglashlarida   o‘xshatishlarning   o‘rni   juda   muhim
hisoblanadi. Ikkita predmetni yoki inson tafakkurida hosil bo‘lgan tushunchani bir-
biriga   tamoman   o‘xshash   yoki   bir-biridan   farq   qiluvchi   jihatlarini   aniqlash
maqsadida   qiyoslash,   taqqoslash   bu   olamni   bilishning   eng   faol   tarqalgan
usullaridan biri  sifatida  inson  faoliyatining  barcha  jabhalarida  foydalaniladi  va  til
orqali   ifoda   etiladi.   “Qiyoslash   vositasida   bilingan   narsa-xususiyat,   bilinmagan
narsa-xususiyatni   osonlik   bilan   anglash   imkoniyatini   beradi.   Masalan   toshning
qattiqligi bilingan xususiyat bo‘lsa, endi boshqa narsalarning shu xususiyati toshga
qiyosan   (toshdan   qattiq)   yoki   toshga   o‘xshatish   orqali   (toshday   qattiq)   osonlik
bilan idrok etilaverishi mumkin.” 38
          Nizomiddin   Mahmudov   shunday   deydi:   “Tilshunoslikda   qiyosning   ikki   turi
farqlanadi.   Agar   ikki   predmet   yoki   tushuncha   ular   o‘rtasidagi     farqni   ko‘rsatish
maqsadida qiyoslangan bo‘lsa, sof qiyosiy konstruksiya shakllanadi  (masalan, yer
toshdan   qattiq),   qiyoslash   o‘xshatish   maqsadini   ko‘zda   tutganda   esa   o‘xshatish
konstruksiyasi shakllanadi (masalan, yer toshday qattiq). Eramizdan oldingi IV asr
Panini   grammatikasidan   boshlab     qadimgi   hind   poetik-grammatik   traktatlarida
o‘xshatishlar   poetik   figura   sifatida   o‘rganilgan   va   uning   doimiy   to‘rt   unsurdan
tarkib   topishi   ta’kidlangan:   1)   o‘xshatiladigan   narsa   yoki   subyekt;   2)   unga
o‘xshash  bo‘luvchi narsa yoki obyekt; 3) o‘xshatish belgisi yoki o‘xshatish asosi;
4)   o‘xshatishning   formal   ko‘rsatkichi.   O‘zbek   tilida   ham,   boshqa   barcha   tillarda
bo‘lgani   kabi   o‘xshatishlar   to‘rt   unsurli:   o‘xshatish   subyekti,   o‘xshatish   etaloni,
o‘xshatish   asosi   va   o‘xshatish   ko‘rsatkichi.”   O‘xshatishlar   obrazli   o‘ylash   orqali
yuzaga   keladi.   O‘xshatishlarning   ikkiga   bo‘linadi.   Biri   muallif   o‘xshatishlari
bo‘lsa,   ikkinchisi   turg‘un   o‘xshatishlardir.   Muallif   o‘xshatishlari   o‘zining
kutilmaganligi,   originalligi   bilan   ajralib   turadi.   Turg‘un   o‘xshatishlar   esa,   asosa,
bir   qolipga   tushib   qolgan   bo‘lib,   u   ijodkorlar   tomonidan   o‘z   asarlarida   qalamga
olinsa-da, vaqtlar o‘tib til egalarining hayotida qo‘llanilib, doimiy ifodalar sifatida
38
 Низомиддин Махмудов. Тил тилсими тад.  Toshkent   mumtoz   so ‘ z .2017. qotib   qolib,   xalq   ichida   aynan   o‘zi   beradigan   ma’noda   qo‘llanilaveradi.   Eng
asosiysi   ular   tayyor  birliklar   sifatida ishlatilinadi.  Ularga tulkiday  ayyor, qo‘yday
yuvosh,   zahari   chayonday,   itday   sadoqatli,   cho‘chqaday   nafsi   buzuq   an’anaviy
o‘xshatishlari kiradi.  
          O‘zbek   tilidagi   turg‘un   o‘xshatishlar   millatning   o‘ziga   xos   ko‘rish   va   idrok
yo‘sini, obrazli fikrlash chegaralarini ham ko‘rsatadi. Shuning uchun ham obyektiv
olamdagi   narsa-hodisalar   o‘rtasidagi   komparativ   aloqalarni   ijodkorlar   obrazli
qiyoslash   asosida   son-sanoqsiz   va   xilma-xil   o‘xshatishlar   yaratsalar-da,   ularning
juda ham oz qismi tilda turg‘unlashadi, chunki bunday o‘xshatishlar tilda xalqning
tajribalari,   urf-odatlari,   madaniyati   va   tarixining   o‘ziga   xosliklariga   muvofiq
saralanadi, ana shunga ko‘ra ham turg‘un o‘xshatishlar milliy o‘ziga xosdir.  39
          Muomila   jarayonida   qo‘llanilgan   o‘xshatishlar   vositasida   so‘zlovchi   o‘zi
mansub   bo‘lgan   xalqning   milliy   va   ma’naviy   xususiyatlarini,   yashash   tarzi   va
dunyoqarashi,   e’tiqodi,   milliy   an’analari   va   qadimiy   urf-odatlari   bilan   bog‘liq
jihatlari ham aks etadi. 
          Tilimizda   o‘xshatish   hosil   qiluvchi   leksik   va   grammatik   va   hatto   sintaktik
vositalar   bor.   Leksik   vositalarga   kabi,   singari,   qadar,   yanglig‘,   bamisoli,   bamisli,
misoli,   monand,   misli,   xuddi,   go‘yo,   naq,   teng,   o‘xshatmoq,   ayni,   o‘zi   kiradigan
bo‘lsa, grammatik vositalarga -dek, -day, -dag‘, -dayin, -dan, -dir, -noma, -simon, -
ona,   -li,   -cha,   (-larcha,   -chalik,   -chasiga),   sintaktik   vositalarga   izohlovchi-
izohlanmish munosabatli qurilmalar kiradi.
     Badiiy ifodalanayotgan shoir nutqida qo‘llanilgan o‘xshatishlar asarning badiiy-
estetik   qimmatini   oshirib,   uning   ifodaviyligini   ta’minlab   beradi.   Nizomiddin
Mahmudov   bu   haqda   shunday   degan:   “   O‘xshatishlarning   musichadek   beozor
odam, ayiqday qo‘pol yigit, toshday qattiq bosh, muzdek sovuq suv, qorday oppoq
rang kabi qo‘llanilishi tilimizga singib qolgan, hammaga ma’lum bo‘lgan turlardan
ko‘ra nutq yaratuvchining, ijodkorning o‘zi tomonidan yaratilgan, xususiy-muallif
o‘xshatishlari ahamiyatli”.  40
39
 Низомиддин Махмудов. Тил тилсими тад.  Toshkent   mumtoz   so ‘ z .2017. 
40
Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқининг маданияти.-Тошкент, 2009, 171-бет.          “Lingvokulturologiya” darsligi muallifi Shoira Usmonova o‘xshatishlar haqida
shunday deydi: “ O‘xshatishlar tashqi dunyoni bilishning eng qadimiy usullaridan
biridir.   O‘xshatishlar   muayyan   xalqning   ilk   tafakkur   tarzini   va   tasavvurlarini
o‘zida   aks   ettiradi.   O‘rta   Osiyo   xalqlarining   Qoraxoniylar   davridagi   hayotini   har
tomonlama   yoritib   bergan   Yusuf   Xos   Hojibning   “Qutadg‘u   bilig”   asarida
hoqonlarga   xos   fazilatlarni   namoyon   etadigan   quyidagi   o‘xshatishlar   qayd
qilingan:   “   Hoqon…jangda   arslonning   yuragiga   ega   bo‘lishi   lozim…yovvoyi
to‘ng‘izdek   qaysar;   bo‘ridek   kuchli;   ayiqdek   jasur   bo‘lishi   kerak;   ho‘kizdek…,
hakkadek…,   qarg‘adek…,   tuyadek…,   tulkidek…,   arslondek…   va   boyqushdek…
bo‘lishi lozim.” 41
         O‘xshatish tasvir obyektini boshqa narsa-hodisaga o‘xshatish orqali yorqin va
bo‘rttirib   tasvirlashga   asoslangan   badiiy   tasvir   vositasi   bo‘lib,   bunda
o‘xshatilayotgan   narsa   va   hodisalar   uchun   bir   umumiy   belgi-xususiyatlarga
tayaniladi deb fikr bildirgan tilshunos Nizomiddin Mahmudov. 
         She’riyatda shoir ichki ruhiyatini ochishda, uning tashqi olamni qay yo‘sinda
ifodalashini   ko‘rsatishda   ham   o‘xshatishlar   muhim   hisoblanadi.
Lingvokulturologik   jihatdan   olib   qaraganda   shoirning   tanlagan   so‘zi   nimani
ifodalashga   xizmat   qilishi,   nimaga   o‘xshatilayotganligi,   unda   qanday   o‘xshatish
hosil qiluvchi vositalar ishtirok etayotganligi muhim hisoblanadi.  
          She’riyatda   qaysidir   ma’noda   qofiyaga   tushish,   she’rning   ohangdorligi   va
eshitilishga   yoqimli   bo‘lishi   uchun   “kabi”   leksik   vositasi   keng   qo‘llaniladi.
Ko‘plab grammatik kitoblarda “kabi”, “singari” yordamchi so‘zlarning o‘xshatish-
qiyoslash   ma’nolarini   ifoda   eta   olishi   aytib   o‘tilgan.   “Kabi”   leksik   vosita
o‘xshatishning   asosiy   komponentidan   biri   –   o‘xshovchi   obrzadan   keyin
qo‘llaniladi. “Kabi” orqali ifodalangan o‘xshatishning o‘xshovchi obrazini ifodalab
kelgan   so‘z   ko‘plik,   egalik   qo‘shimchalarini,   fe’lning   sifatdosh,   harakat   nomi
lug‘aviy shakllarini ham oladi. Boshqacha qilib aytganda o‘xshatish hosil qiluvchi
to‘rt   unsur   o‘xshatish   subyekti,   o‘xshatish   etaloni,   o‘xshatish   asosi   va
41
 Shoira Umonova. Lingvokulturologiya. Ma’ruzalar matni. Toshkent. Universitet. 2014. o‘xshatishning   shakliy   ko‘rsatkichini   oladigan   bo‘lsak   “kabi”   o‘xshatish   leksik
shakli o‘xshatish asosidan keyin keladi:
                                 Tog‘larda  ohu kabi  o‘ynoq shamoldir,
                                 Tog‘lar aro baxmal libos bog‘larda boldir,
                                 Bog‘larida tunlar barqut, tonglar ziloldir,
                                 Tonglarida Shirin navo, nurli xayoldir. (G‘ulom Mirzo)
          Keltirilgan   misolda   o‘xshatilgan   predmet   shamol   (subyekt),   o‘xshatilayotgan
predmet   ohu(etalon),   o‘xshatish   asosi   o‘ynoqi   ekanligi   (asos),   o‘xshatish   vositasi
kabi (shakily ko‘rsatkich).
         “Go‘yo” leksik vositasi o‘xshatish-chog‘ishtirish bog‘lovchisi bo‘lib keladi. U
boshqa   vositalar   bilan   kelib,   o‘xshatishni   kuchaytirishga,   bo‘rttirishga   yordam
bersa,   bir   o‘zi   qo‘llanganda   o‘xshatish   munosabatini   yuzaga   chiqarib,
o‘xshatishning   boshqa   leksik   vositalari   bo‘lgan   “bamisli”,   “xuddi”ga   sinonim
bo‘adi:
                                  Lo‘kidon – go‘yoki
                                   To‘yxonaga ochiq darvoza,
                                  Barcha to‘zonlarga tarqab ovoza,
                                  Chang-chung kirib kelar
                                  Bashing, serhasham.
                                  Joy band qilib changxonimu,
                                  Changchalarga ham. (G‘ulom Mirzo)
          “Bamisli”   o‘xshatish   vositasi   doim   o‘xshovchi   obraz   kelgan   so‘zdan   oldin
keladi, ba’zan esa  o‘xshatishni  ifodalovchi  asosiy  vosita  sifatida xizmat  qiladi. U
“-day”, “-dek”, “kabi”, “singari”, “xuddi” leksik va grammatik vositalarga sinonim
bo‘la oladi:
                                  Sochlaring  bamisli zimiston  ko‘chki,
                                  Boshingda qoyalar mag‘rurligi bor.
                                  Kel, mendan kechgan sen – 
                                 Men senga hech kim,
                                 Ustimdan ko‘chkingni ag‘darib yubor.          “Misli”   leksik  vositasi  “go‘yo”,  “xuddi” o‘xshatishning  leksik  vositalari  kabi
o‘xshovchi obrazdan keyin kelib, o‘xshatishning ma’nosini yanada kuchaytirishga,
uni bo‘rttirib ifodalashga xizmat qiladi: 
                                 Yashnab yonar ko‘k sahnida,
                                 Yulduz misli oq lola,
                                 Xayol surib ostonada,
                                 O‘ltiribdi bir bola. ( Jamol Kamol)
          Xalqlarning   tiynati   va   tabiati,   uning   ruhiyati   va   mentalligi   tildagi   birliklar
bo‘lmish   obrazli   so‘z,   metafora,   o‘xshatishlarda   ifodalaniladi.   Chunki   bunday
obrzli  ifodalar   xalqning  obrzali  nigohi,  idroki   va  tafakkuri  orqali   yuzaga  chiqadi.
Lingvokulturologik   jihatdan   o‘xshatishlarning   aynan   turg‘unlashgan   ko‘rinishlari
asosiy   obyekt   bo‘ladi.   Chunki   V.A.Maslova   aytganiday:   “   Turg‘un   o‘xshatishlar
milliy ong jumbog‘ini yechishga yordam beradigan yorqin obrazli vositalardan biri
hisoblanadi   va   dunyoni   o‘ziga   xos,   milliy   tarzda   ko‘rish     uning   o‘xshatish
semantikasida aks etadi”. 
          Turg‘un   o‘xshatishlar   tarkibida   o‘xshatish   obrazi,   ya’ni   o‘xshatish   etaloni
muhim   hisoblanadi.   Bu   unsur   o‘xshatishning   markazini,   mag‘zini   tashkil   qilib,
boshqa   unsurlar   (o‘xshatish   subyekti,   o‘xshatish   asosi)   ayni   shu   etalon   atrofida
birlashadi.   Unda   lingvokulturologiyada   eng   muhim   bo‘lgan   xalqning   dunyoni
ko‘rishi va milliy-konnotativ ma’lumotlari shu etalonda aks ettiriladi. 
          O‘zbek   xalqi   ayyorlik   obrazini   tulkida   ko‘radi.Buni   Muhammad   Yusufning
quyidagi misralarida ko‘rish mumkin:
                                  Tulkidayin  tutqich bermas tullakni,
                                  Tulki quvib tutolmagan o‘rdakni,
                                   O‘rdak qo‘ngan sahrodagi ko‘lmakni,
                                   Hovuzni ham vatani bor dunyoda,
                                   Nega yig‘lat qrim-tatar dunyoda.
         Tulkining ayyorlik, aldoqchilik, chopqirlik kabi salbiy sifatlari uning tasavvur
olamida   saqlanib   qolgan.   Shuning   uchun   ham   “tulkiday   ayyor”,   “tulkiday
tilyog‘lama”   iboralarivujudga   kelgan.     Tulki   obrazi   nafaqat   bizda,   balki   rus   va ingliz   xalqlarida   ham   xuddi   shunday   salbiy   munosabatni   ifodalash   uchun
ishlatiladi. 
          Sirojiddin   Sayyid   ijodida   ham   tulkining   ana   shunday   salbiy   obrazda   ifoda
etilganligini ko‘rish mumkin:
                               Xudoyim, quyoshu yerlar yaratding,
                               Ming bir sinoatu sirlar yaratding.
                               Chittaklarga mute soru burgutlar,
                               Tulkilar singari  sherlar yaratding.
          Turli   lingvomadaniyatlarda   hayvon   obrazlari   ba’zan   turli   xil   qarama-qarshi
obrazlarda gavdalanishi mumkin. O‘zbek xalqi ongida “it” o‘xshatishi ham salbiy,
ham ijobiy tarzda ifoda etiladi:
                               Siz itlar birovni sevsangiz agar,
                               Itdek  sodiqdirsiz, balki bir umr.
                               Bizlar-chi, eh, qara, qo‘llarim titrar,
                               Bo‘yningni qisvordim, shekilli, uzr. (Muhammad Yusuf)
          Ushbu   misralarda   itning   sodiqligi   hatto   insonlardan   ham   a’loroq   ekanligi,
misralardagi “itdek” o‘xshatishi orqali ifodalanyapti. O‘zbek xalq maqollarida “it”
ishtirok etgan juda ko‘p o‘rinlarni ko‘rish mumkin: “It – vafo, xotin – jafo; El tinsa
ham, it tinmas; etning yaxshisi – qazi, itning yaxshisi – tozi”. Bundan tashqari itlar
xonadonni   qo‘riqlashda   juda   katta   yordam   beradi.   Tilimizda   it   bilan   birgalikda
kuchuk,   ko‘ppak   so‘zlari   ham   aynan   bir   xil   ma’noda   ishlatiladi.   Quyidagi
misralarda itga sinonim bo‘lgan kuchuk o‘xshatishini ko‘rish mumkin:
                                Oftobsan, sendan bir soyaman ota,
                                Sochda oq, bag‘rimni esa bosar g‘am.
                                Ona, senga nafim tegmadi hatto,
                                Ostonang qo‘rigan kuchuging kabi .
                    It   o‘xshatishi   nafaqat   ijobiy,   balki   salbiy   ma’noda   ham   she’rlarda   ifoda
etiladi.   Salbiylik   haqida   gap   ketganda   ularning   qopog‘onligi,   ba’zan   insonlarga
tashlanib qolishi ko‘zda tutiladi:
                                Egasiga tashlangan qopog‘on  itdek,                                 Tongga qadar talab chiqdi
                                Meni tushlarim.
         Boshqa  g‘arb xalqlarda itlar  har  xil  ma’nolarda ishlatiladi. Yahudiylar  uchun
itlar   faqatgina  uyni   qo‘riqlaydigan  hayvon,   Xitoyliklar   uchun   esa   u  xuddi   o‘zbek
xalqi   kabi   sodiqlik,   cheksiz   sadoqat.   Qadimgi   Xitoy   hujjatlarida   ma’lum
qilinishicha ular keying dunyoda hayotning davomchilari ekan. 
     Eshak o‘zbek xalqi dunyoqarashida “eshakdek”, “eshak kabi” o‘xshatishlari bor
va   bu   orqali   eshakning   qaysarligi,   mehnatsevarligi   aks   etadi.   U   salbiy   ma’noda
tinmay mehnat qilib, lekin hech nimaga erishmagan kimsalarni ham ifodalaydi:
                                Musulmonlar, - dedi Eshonqul,
                                Shu ham insofdanmi?
                                Bir umr  eshak kabi  ishlab yag‘ir eshakdan,
                                Boshqa narsa orttirmagan bo‘lsam?
                                Bola-chaqam o‘zimniki, mayli.
                                Biroq…
                                Qirza etik kabi eskiribman,
                                Qarang:
                                Shunday xarobmanki,
                                Go‘yo bir umr kimdir meni
                                Eshak qilib minganga o‘xshar. (Sirojiddin Sayyid)
     Rus xalqlarida eshak axmoqlik va o‘jarlik ramzi bo‘lib, u moslashuvchanlik shu
bilan birga dangasalikni ham o‘zida mujassamlashtirgan.      
          Shoirlar   she’rlar   orqali   gaplashganda   so‘zlarida,   o‘xshatishlarida   o‘zi
yashayotgan   muhitning   ta’siri   sezilib   turadi.   She’rlarda   milliy   ruhning   aks   etishi,
uning ta’sirchanligini oshirib qolmasdan, shoirning millatga bo‘lgan mehrini  ham
ifodalaydi.   Sirojiddin   Sayyid,   G‘ulom   Mirzo,   Muhammad   Yusuf   ,   Jamol   Kamol kabi shoirlarning she’rlarida ona tilining keng imkoniyatlaridan foydalanilib, xalq
tilida   qo‘llanilib   kelayotgan   milliylik   ufurib   turgan   so‘zlar   keng   qo‘llanilgan.
Milliylik,   har   bir   xalqning   yashash   sharoiti,   an’ana   va   marosimlari   shu   xalqning
tarixiy kelib chiqishi davomida shakllanib, shu xalqqa mansub bo‘lgan milliy belgi
va xususiyatlarining muhim jihatlarini o‘z ichiga oladi. Turmushning an’analari va
ijtimoiy hayotning bir qismi bo‘lgan ust-bosh, urf-odat, milliy oziq-ovqatlarda shu
xalqning   qaysidir   ma’noda   o‘zligi   aks   etadi.   O‘xshatishlarda   ham   shunday   milliy
kaloritni ko‘rish mumkin:
                       Chaqnar samo yulduzlari, tun yarimmi yo sahar.
                       Hasanjonning sho‘x ko‘zlari, ochiladi bir mahal.
                      Ochilaru… to‘nib-to‘nib, boqar o‘ngu so‘liga.
                      Derazaning oynagida lovillaydi shu’lalar
                      Yaproq-yaproq yog‘dudandir, oluchaning butog‘i.
                      Atlas kabi  jivir-jivir, paxsaning loy suvog‘i. (Jamol Kamol)
         Atlas – bu tekis, silliq, ipakdan to‘qilgan o‘zbek ayollarining eng sevimli shu
bilan   birga   eng   qimmatbaho   matosidir.   Unga   shunchalik   ko‘p   ishlov
berilganligidan u tovlanib, ko‘zni qamashtiradi. Atlas uchun barcha ranglar tabiiy,
bo‘yoq beruvchi giyohlar orqali tayyorlanadi. Shoir ham shunga ishora qilib “atlas
kabi   jivir-jivir,   paxsaning   loy   suvog‘i   demoqda.”   She’rda   o‘xshamish   (subyekt)
“paxsaning   loy   suvog‘i”,   o‘xshatilmish   (etalon)   “atlas”,   o‘xshatish   belgisi   (asos)
“jivir-jivirligi”,   formal   ko‘rsatkichi   (vosita)   “kabi”.   Xuddi   shunday   ifodani
Sirojiddin Sayyid ijodida ham ko‘rish mumkin:
                              To‘kiladi, to‘kiladi, o‘kinchlar to‘kiladi
                              Iztiroblar, pushaymonlar, o‘tinchlar to‘kiladi.
                              Qora atlas   kabi  asta, daraxtlardan sirg‘alar,
                              Gala-gala bo‘lib yerga, to‘kilmoqda qarg‘alar.       Milliy-ma’naviy qadriyatlarni, yillar davomida shakllangan urf-odatlarni o‘zida
aks   ettirgan   ona   tilimizning   lug‘at   boyligini   shoirona   ong   bilan   tafakkur   qilgan
shoir   o‘zining   har   bir   she’rida   ana   shunday   so‘zni   qo‘llashga   harakat   qiladi.
Shoirning   favqulotda   hosil   qilgan   obrazli   ifodalari   o‘quvchini   o‘ziga   jalb   qilmay
qolmaydi.   O‘zbekona   va   ayni   paytda   xalqona   mahalliy   kaloritni   ifodalovchi
g‘oyalar va tushunchalar shoirlarning ichki dunyosi nozikliklarini ochib beradi. 
                               Baqo.
                               Abadiyat – yulduz, yo  do‘ppidek.
                               Shundoqqina bosh uchingdaki
                               Qo‘l uzatsang kifoya. (G‘ulom Mirzo)
          Do‘ppi   –   qadimdanoq   eron   va   turkiy   xalqlar   orasida   keng   tarqalgan.
O‘zbekiston   va   Tojikiston   hududlarida   milliy   kiyim   hisoblanadi.   Do‘ppi   uch
qismdan   iborat   bo‘lib,   tepa   –   aylana   va   to‘rtburchak   shaklida   bichiladi;   kizak   –
gardish shaklida bo‘ladi va jiyakdan iborat. Do‘ppi asosan baxmal, sidirg‘a shoyi,
ipak, zar ipdan tikiladi. Do‘ppi ishtirok etgan do‘ppisini osmonga otmoq, do‘ppisi
tor   kelmoq   iboralari   ham   mavjud.   Shoir   ushbu   misralarda   “do‘ppi”   so‘zini
milliyligimizni   ko‘rsatuvchi   leksema   sifatida   ko‘rsatadi   o‘xshatish   orqali.   Do‘ppi
bizning milliy-ma’naviy qadriyatimizni eslatib turadi.
     Shoirlar ijodida qo‘llanilgan milliy qadriyat va urf-odatlarni ifodalovchi so‘zlar,
tushunchalar   millatning   asrlar   davomida   shakllangan,   meros   bo‘lib   kelayotgan
milliy   xususiyatlarini   to‘laligicha   ko‘rsatib   beradi.   Quyidagi   misrada   ham   milliy
kiyim-bosh bo‘lgan “yaktak” o‘xshatish etaloni bo‘lib kelmoqda:
                                Oq yaktaklar misol  suzib kelar edi bulutlar,
                                Tepalar ko‘p edi bunda.
                                Yana kichik bir tepa,
                                Paydo bo‘lib qolganini ko‘rdi ko‘kda burgutlar.          Yaktak – bir qavatli astarsiz kiyim bo‘lib, uzun erkaklar ko‘ylagi hisoblanadi.
O‘zbek   va   tojiklar   uni   “yaxtak”   han   deyishgan.   Qozoqlarda   “jeyde”,   “jegde”,
“jelde” deyilib, ular yaktakka o‘xshab bichilgan. U sidirg‘a, oq rangli, ba’zan gul
bosilgan   ipli   gazlamadan   tikilgan.   Bugungi   kunda   milliy   kiyimlar   hayot   tarzimiz
va   iqlim   sharoitlarimizga   moslangan   bo‘lganligi   sababli,   qishloq   xo‘jaligi   bilan
mashg‘ul kishilar hozirgacha yaktakdan ish kiyimi sifatida foydalanadilar. 42
 
         An’anaviy  o‘zbek  libosi,  asosan,   ustki   ko‘ylak,  ishton  va chopondan,  boshga
do‘ppi,   oyoqqa   mahsi-kalish   yoki   etikdan   iborat   bo‘lgan.   Chopon   ochiq   yoqali,
yaktak   shaklida   astarli   va   paxtali   qilib   tikilgan.   Odatda,   chopon   belidan   belbog‘
bilan   bog‘langan.   O‘zbek   choponlari   rangi,   uzunligi,   kengligi   va   kiyish   uslubiga
ko‘ra   farqlangan.   Buxoro,   Qashqadaryo,   Surxandaryoda   paxta   yoki   yarim   ipak
rangli   matoli   chopon,   Farg‘ona   va   Toshkentda   yashil   va   ko‘k   chopon   kiyilgan.
Keyinchalik   qora   chopon   keng   tarqalgan.   Aynan   shu   milliy   ust   kiyim   Sirojiddin
Sayyid ijodida o‘xshatish etaloni bo‘lib kelgan:
                                 Meni kuy uyg‘otdi –
                                 Abadiy umid.
                                 Bir zum bu kuy ichra ko‘zimni yumib,
                                 So‘ng ayvonga chiqdim.
                                 Ravoqlar – nigun,
                                 Choponday  qorayib turar edi tun.
      Misralarda o‘xshatilayotgan subyekt – bu tun, etalon – bu chopon, vosita ya’ni
formal  ko‘rsatkich  – bu “-day” grammatik vositasi,  asos  esa qoraymoqdir. Xuddi
shu milliy o‘xshatish ushbu misrada ham bor:
                                 Ota, bu dunyoda har so‘z sotildi,
                                 Begona sotildi har do‘st sotildi.
                                 Yaxshilik istabon o‘tgan umringiz,
42
 Rahmatullayeva D., Xodjayeva U., Ataxanova F. Libos tarixi. Sano-standart nshriyoti. Toshkent-2015. 195-bet.                                  Choponday eskirdi,  to‘zdi, sitildi.
          Shoirlarning   ijodida   milliy   qadriyatlar,   urf-odatlarni   ifodalovchi   so‘z   va
iboralarning   qo‘llanilganligi,   ma’lum   bir   tarixiy   voqealar,   xalq   ruhiyatida   sodir
bo‘layotgan   o‘zgarishlar   va   hatto   milliy   qahramonlarning   nomlarini   keltirilishi
ham milliy kaloritni aks ettiradi:
                                Bunda shodsan, dunyoda zor kutganing,
                                 Bor mehrlar nogoh shunda balqqanday.
                                 Qayga borsang,  Alpomishday  yigitlar,
                                 So‘zlashadi o‘z tug‘ishgan akangday.(Sirojiddin Sayyid)
         Nizomiddin Mahmudov 1998-yilda yozilgan “Til” risolasida shunday deydi: “
Alpomish   alp   bo‘lganligi   sababli   ming   yillardan   beri   xalqning   yuragida   yashab
keladimi?   Aslo.   Alplik   Alpomish   obrazining   bir   qirrasi,   xolos.   Alpomish   aslida
ma’naviyat   qahramonidir.   U   Vatan   mustaqilligi,   xalqning   ma’naviy   birligi   uchun
ozodlik,   ezgulik,   tinchlik   uchun   kurashgan   qahramon.   Ma’naviyat   qahramoni
bo‘lganligi   tufayli   ham   u   xalqning   ideal   qahramoniga   aylandi.   Shuning   uchun
o‘zbek   xalqi   eng   qorong‘u   kunlarda   ham   Alpomish   va   Barchinlarni   esga   olib,
ularday farzandlarni voyaga yetkazdi.” 43
 Shoir aynan  shunday millat qahramonini
o‘xshatish   etaloni   sifatida     olgan.   Bu   misralarda   qisqargan   o‘xshatish   ishlatilgan.
O‘xshatish   asosi   (aynan   qaysi   xususiyat   o‘xshashligi   tushib   qolgan.   Muhammad
Yusuf ijodida ham Alpomish obrazi uchraydi:
                                Alpomishday  kelbatidan gapirmay,
                                O‘n sakkiz yoshga ham kirib yo kirmay.
                                O‘n gulidan bir guli ham ochilmay,
                                Umri xazon bo‘lib ketgan o‘g‘lonlar.
     Quyidagi misrada ham shu o‘xshatish qo‘llanilgan:
                                 Ne qilardi  Alpomishdek  akam bo‘lsa,
43
 Низомиддин Махмудов. Тил. Ёзувчи нашими. Т. 1998.                                  Yaxshi-yomon kunlarimda hamdam bo‘lsa.
          Ushbu   shoirlar   ijodini   sinchiklab   o‘rganadigan   bo‘lsak   ularning   milliy-urf-
odatlarimiz va ma’naviy qadriyatlarimizni yaxshi bilishi va ularni o‘z   she’rlarida
mahorat bilan qo‘llay olganligining guvohi bo‘lamiz.    3. LINGVOKULTUROLOGIYADA MILLIY RAMZLAR VA ULARNING
                                                         AHAMIYATI
             3.1.REALIYA VA UNING SHE’RIYATDA IFODALANISHI
      Tilshunoslikning jadal rivojlanishi natijasida XX asrning 90-yillarida yangi bir
yo‘nalish   lingvokulturologiya   vujudga   keldi.   Bu   fan   tilshunoslik   va
madaniyatshunoslikning   integratsiyasidan   paydo   bo‘lib,   til   va   madaniyatni   uzviy
bog‘liqlikda o‘rganmoqda. Bugungi kun tilshunosligida antroposentrik yo‘nalish til
egalarining qiziqishlari, ruhiyati, ichki olamini to‘liq aks ettirgani uchun ham katta
e’tirof qozonmoqda. Antroposentik yo‘nalishlardan biri esa lingvokulturologiyadir.
Til   xabar   yetkazish,   ta’sir   etish,   o‘zgalarning   ruhiyatini   so‘z   orqali   anglash
xususiyatiga ega. Til va madaniyatning asosiy tushunchalaridan biri bu – realiya. 
          Realiya   –   moddiy   madaniyat   predmetlarini   yoki   hodisalarini,   etnomilliy
xususiyatlarni,   urf-odatlarni,   marosimlarni,   shuningdek   tarixiy   fakt   yoki
jarayonlarni   bildiruvchi   leksemalar   bo‘lib,   bunday   leksemalar   boshqa   bir   tilda
ekvivalentga   ega   bo‘lmaydi.   Odatda,   boshqa   tilga   bir   so‘z   bilan   tarjima
qilinmaydigan   va   boshqa   madaniyatlarda   o‘xshashi   bo‘lmagan   tushunchalarni
belgilashga xizmat qiladi. Realiyalarni voqelikka munosabatiga ko‘ra qisqartmalar,
so‘zlar,   so‘z   birikmalari   va   jumlalarga   bo‘lish   mumkin.   Ular   ijtimoiy-siyosiy,
geografik,   etnografik   xarakterdagi   ma’nolarni     o‘zida   aks   ettirib,   turli   davrlarga
tegishli bo‘lishi ham mumkin.
      Har bir xalq ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarini chuqurroq anglashga, o‘z tarixini
bilishga   intiladi,   shuningdek   har   bir   millat   va   elatning   o‘ziga   xo   surf-odatlari,
an’analari,   milliyligi,   qadriyati   o‘sha   xalqning   xalq   bo‘lib   shakllangan   davridan
boshlab taraqqiy etgandir. Xalqning xalqligi uning urf-odatlari, ajdodlaridan meros
milliy   an’analari   bilan   ko‘rinadi.   O‘zbek   xalqi   uch   ming   yillik   tarixga   ega.   Tilda
milliy madaniyat  shunchaki  to‘g‘ridan to‘g‘ri  aks etmaydi, unga  o‘sha  so‘zlovchi
gapirayotgan   tilining   madaniyat   haqidagi   tasavvur   va   qarashlari   ,   his-tuyg‘ulari,
bilimlari, ko‘nikmalari ham qo‘shiladi. Til nafaqat madaniyatning bir bo‘lagi, balki
uni   inson   tasavvurlari   bilan   bog‘lovchi   hodisa.   Tilda   millatning   madaniy qadriyatlarini   aks   ettiruvchi   birliklar   bo‘ladi.   Bu   birliklarga   muayyan   xalqqa   xos
etnik,   ijtimoiy-madaniy   qarashlar,   milliy   an’analar,   urf-odatlar,   udumlar,   odob-
axloqni   ham   ifodalaydigan   so‘zlar   kiradi.   Aynan   shular   milliy-madaniy   birliklar
hisoblanadi.   V.V.Varobyev   ularni   lingvokulturema   deb   ataydi.   Chunki   bu   termin
til   birligining   nafaqat   lisoniy   ma’nosini,   balki   madaniyat   segmentini   ham   o‘z
ichiga oladi.  44
 Millatga xos madaniy qadriyatlar milliy so‘z tasviridagi madaniy iz
bo‘lib, shu xalqning tasavvurida yotadi. 
         Durdona Xudoyberganova milliy realiyaga shunday ta’rif bergan: “ Muayyan
xalqning hayoti, turmushi, madaniyati, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti uchun xarakterli
bo‘lgan   predmetlar,   hodisalar   va   obyektlarni   nomlovchi,   boshqa   xalqlar   uchun
unchalik   tanish   bo‘lmagan   yoki   begona   bo‘lgan,   ularning   tillarida   aniq   muqobili
bo‘lmagan,   milliy   koloritni   ifodalovchi   so‘zlar   yoki   so‘z   birikmalari;   muqobilsiz
leksika turlaridan biri.” 45
          R.Fayzullayev   realiyaga   quyidagicha   izoh   beradi:   “Realiya   –   bir   xalq   tilida
paydo   bo‘lib,   millatning   turmush   tarzi,   tarixi,   madaniyatini   o‘zida   aks   ettiradi   va
o‘zga   tilda   uning   aniq   muqobili   bo‘lmaydi” 46
.   Realiyalar   ma’lum   bir   xalqqa   xos
bo‘lgan   milliy-madaniy   jihatlarni   aks   ettiruvchi   birlik   bo‘lib,   ularda   xalqning
ijtimoiy kelib chiqishi, milliy ruhi, tarixi va madaniyati bilan bog‘liq axborot zohir
bo‘ladi.   Realiya   lotincha   so‘z   bo‘lib,   buyumga,   predmetga   oid   degan   ma’noni
bildiradi.   Realiyalar   haqida   ko‘plab   tadqiqotlar   olib   borgan   S.Vlaxov   va   S.
Florinlar unga shunday ta’rif berishadi: “Realiyalar – muayyan bir xalqning hayoti,
turmushi,  urf-odati, madaniyati,  ijtimoiy taraqqiyotiga oid  narsa,   predmet,  voqea-
hodisalarni ifodalovchi so‘zlar bo‘lib, milliy va davriy xususiyatga egadirlar” 47
.
         Milliy-madaniy birliklarga har bir xalqqa xos bo‘lgan etnik va boshqa xalqda
kuzatilmagan   jihatlar,   uning   o‘z   millatidan   kelib   chiqib   shakllangan   milliy
dunyoqarashi,   urf-odat   va   an’analari,   ota-bobolaridan   meros   qolgan   xalq   og‘zaki
44
  Воро б ьев В.В. Лингвокультурология (теория и методы). – М.: РУДН, 1997. 76– С.
45
  Худойберганова Д.  Лингвокультурология терминларининг кискача изохли лугати. Тошкент. Turon zamin 
ziyo. 2015. 32- б.
46
  Файзуллаева   Р.   К   проблеме   передачи   национальново   колорита   художественном
переводе: Дисс. …канд.филол. наук. – Ташкент, 1972. −93 с.
47
  Влахов С., Флорин С. Непереводимое в переводе. − М.: «Международные отношения»,
1980. − 343 с. ijodi, milliy qadriyatlari, muloqot me’yorlari, maqol, matal, ibora, majoziy ifodalar
kiradi.   Lekin   bu   birliklarning   har   birida   milliy   belgi   turlicha   ifodalaniladi.
Ba’zilarida to‘g‘ridan to‘g‘ri milliylik belgisi ko‘rinib turadigan bo‘lsa, ba’zilarida
bu   belgi   o‘sha   xalqning   ongida   aks   etadi.   Biz   uchun   non   farovonlik,   to‘kinlik,
azizlik   bo‘lsa,   boshqa   millat   uchun   u   shunchaki   taom   bilan   yeyiladigan   hamir.
Yoki   beshik   so‘zi.   Bu   so‘z   o‘zbek   xalqining   ongida   oilaning   yana   bir   insonga
ko‘payishi,   xursandchilik,   milliy   urf-odat   bo‘lib   gavdalanadi   va   milliy-madaniy
birlik   hisobiga   kiradi.   Bunday   so‘zlarga   xos   madaniylik   belgisi   uning   lug‘aviy
atash   ma’nosi   orqali   anglashiladi.   Bu   kabi   birliklar   millatning   o‘zligini
assotsatsiyalaydi   va   boshqa   xalqda   kuzatilmaydi.   Bular   lingvokulturologiyada
realiyalar   yoki   ekvavalentsiz,   o‘rnini   bosib   bo‘lmaydigan   so‘zlar   sifatida
o‘rganiladi.   Xalqimizda   qadimdan   “beshik”   chaqaloqni   uxlatish   uchun   maxsus
yog‘ochdan tayyorlangan. Beshikni buyum realiyasi sifatida qabul qilish mumkin.
Uning atrofida esa turli-tuman milliy udumlarimiz aylanadi.
                             Sevinch birlan ochilsalar eshiklar,
                             Uyingizni tor aylasa  beshikl ar .
                             Yangrasalar armon bo‘lgan qo‘shiqlar,
                             Qiqirlasa ko‘rgan qizu o‘g‘lingiz.
                             To‘larmidi hech to‘lmagan ko‘nglingiz. ( Sirojiddin Sayyid)
          O‘zbek   tilining   izohli   lug‘atida   “beshik”   so‘zi   chaqaloqni   belab   va   tebratib
uxlatish uchun tut yoki tol yog‘ochidan yasalgan yo‘rg‘a oyoqli maxsus moslama
deb   izohlanadi. 48
  Beshik   aynan   o‘zbeklarning   bolajo‘yligini   ko‘rsatib   beradigan
milliy   realiyadir.   Bu   misrada   beshik   “farzand”   ma’nosida   kelgan.   Beshik
realiyasini quyidagi misralarda “tilak” ma’nosida ham ko‘rish mumkin:
                           Ko‘chalardan ko‘tarib o‘tganing  beshik  bo‘lsin,
                           Uyingdan chiqqan ovoz alla ham qo‘shiq bo‘lsin.
                           Qiz ko‘rsang, Shirin kabi, shirin  bo‘lsin ozoda.
                           O‘g‘il ko‘rsang, kamida, Farhodday oshiq bo‘lsin.
48
  Ўзбек тилининг изоҳли луғати (2007). – Тошкент.           Muhammad   Yusuf   ijodida   ham   xuddi   Sirojiddin   Sayyid   ijodida   bo‘lganidek,
“beshik” realiyasini “ yaxshi tilak” ifodasida kelganini ko‘rish mumkin:
                            Beshikla rga to‘lib ketsin bir o‘zbeklar,
                            Tili chiqmay ko‘zi chaqnar hur o‘zbeklar.
         “Beshik”  leksimasining o‘zbek xalqi ongida gavdalanishi  va uning tilda keng
tarqalishi   va   unda   bolajonlik,   quvonch,   shirin   tashvish   semalarining   berilishi,   bu
realiyaning   o‘zbek   xalqi   hayotida   juda   keng   tarqalganligini   ko‘rsatadi.   Hattoki
o‘zbek   xalq   maqollarida   beshik   realiyasi   ishtirok   etgan   o‘rinlar   juda   ko‘p:   “Ona
yurting – oltin beshiging; Mard muhtoj beshigi, elga ochiq eshigi; Kimxob to‘ning
bo‘lguncha, oltin beshiging bo‘lsin; Inoq oilada beshik bo‘shamas;  Eshik ko‘rgan
yurt buzar, beshik ko‘rgan yurt tuzar; Eshik ko‘rganni  emas, beshik ko‘rganni ol;
Eshikli   bo‘lding   beshikli   bo‘lding;   Bola   beshikdan   yiqulguncha,   podsho   taxtidan
yiqilsin; Bola bo‘lsa beshik topilar; Beshikdagi  bolaning bek bo‘lishini  kim bilar;
Beshikdagiga tegma, betingni yular; Beshikda tekkan, kafanda ketar. 49
          O‘zbek   xalqi   uchun   bu   so‘z   muqaddas   bo‘lib,   asosan   bu   so‘z   “Vatan”
ma’nosida   ishlatiladi.   “Beshik”   so‘zi   milliy   ruh   bilan   sug‘orilgan   bo‘lib,
lingvomadaniy birlik hamdir.
       O‘zbek xalqi uchun “beshik” xursandchilik. O‘zbek xalqi duoga qo‘l ochganda
ham aynan shu realiya orqali o‘zining ezgu niyatini bildiradi. “Yaxshiliklar shahri”
she’rida ham shu quvonchni ko‘rish mumkin:
                             Tiriklik bu – yarmi alvon,
                             Yarmi nafarmon qo‘shiq.
                              Har bir nasl o‘z navosin,
                              Bunga ketgaydir qo‘shib.
                              Nevaralar qulluq bo‘lsin,
                              Yangajon, oching eshik.
                              Rais buva bozorlardan,
                              Ko‘tarib kelgay  beshik.  (S.Sayyid)
                               Sen – G‘afur G‘ulomning hayot qo‘shig‘i,
49
  O ‘ zbek   xalq   maqollari .  T .  Mirzayev ,  A . Musoqulov ,  B . Sarimsoqov .  Sharq . 2005 .                               Oybek, Shayxzodaning ko‘ngil eshigi.
                               Beshiklarg a to‘lsin uylaring, shahrim,
                              Ey ulug‘ zotlarning mangu  beshigi.
      Yuqoridagi misrada “beshiklarga to‘lsin uylaring” birikmasida uying farzandlar
bilan   to‘lsin   yaxshi   niyati   mujassam.   Chunki   o‘zbek   millati   boshqa   xalqlardan
bolajonligi va ko‘p farzandligi bilan yuqori turadi.  
          She’riyatda   shoirning   ijod   maydoni   juda   keng   qirrali   bo‘lib,   u   o‘zining   ijod
sarhadida turli xil falsafiy ma’nolarni ham bera oladi:
                                 Beshikdan  boshlansa kimlar-chun hayot,
                                Kimlar uchun esa go‘rdan boshlanar.
          Ushbu   misrada   beshik   “tug‘ilish”   ifodasini   anglatib,   chaqaloqning   tug‘ilishi,
uning   unib-o‘sishi   beshik   orqali   berilib,   ba’zi   insonlarning   hayoti   esa   go‘rdan
boshlanishi qarama-qarshi fikrlarni ifodalamoqda. Muhammad Yusuf ijodida ham
aynan shu “tug‘ilish” ma’nosida kelgan:
                                 Hayot – manzil, mamot ham.
                                 Biriga – beshikda, biriga – tobutda,
                                 Boramiz, oshnam. 
          Sirojiddin   Sayyidning   quyidagi   misralarida   ham   shu   falsafiy   fikrni   ko‘rish
mumkin:
                                Bizlar kechagina  beshikda  edik,
                                Barcha uy ichra, biz eshikda edik.
                                Nechun ketmoqdamiz, ne uchun keldik.
                                Qolar yaxshi nomu yaxshiligimiz.          Shoirlar beshik realiyasiga shunchalik ko‘p ma’no berganki, uni ba’zan oddiy
o‘z   ma’nosida   chaqaloqni   belab   uxlatadigan   buyum   deb   ko‘rsa,   ba’zan   Vatan
ma’nosida kelganini ko‘rish mumkin:
                               Qadim oltin beshik avlodi maskanisan,
                               Alisherlar, Ulug‘beklar Vatanisan.
                               Yashnagani – o‘z asliga qaytganisan,
                               Turon yurtda yonsin qayta so‘ngan chiroq, Inshoolloh.
                                                                                      (Muhammad Yusuf)
      “ Xalq” ma’nosida kelganini ham ko‘rish mumkin:
                                Sen tebratgan beshigini Sohibqiron,
                                Sening bolang yulduzlarga qo‘ygan narvon.
                                Bir mayizni qirqqa bo‘lgan bir tanu jon,
                                Kunlaringga qaytay desang – xalq bo‘l elim.     
                                                                                        (Muhammad Yusuf)
          Do‘ppi,   atlas,   yaktak,   karnay-surnay   leksemalarida   madaniy   sema   ularning
lug‘aviy ma’nosi bilan gavdalanadi. Bu orqali o‘zbek xalqining milliy-urf odatlari
ochib   beriladi.   Shunday   urf   odatlardan   birida   o‘zbekning   eng   shoh   taomi   palov,
boshqacha   aytganda   oshdir.   Qay   bir   millat   egasidan   so‘ramang,   O‘zbekistonning
eng   yoqqan   jihati   va   esda   qolarli   bo‘lgani   bu   uning   oshi   ekanligini   yuzida
tabassum bilan aytib beradilar. O‘zbek tilida osh ko‘p ma’noli so‘z bo‘lib u izohli
lug‘atda shunday izohlanadi: osh – fors. 1. Yovg‘on sho‘rva, xo‘rda; 2. Umuman,
har   qanday   ovqat,   taom;   3.   Palov;   4.   Ba’zi   munosabatlar   bilan   o‘tkaziladigan
ziyofatlar nomining tarkibiy qismi, masalan, qiz oshi, maslahat oshi, arvoh oshi. 
                                Kirib keldik, boshimizdan,
                                 Onam sochdi tangalar .                                 Taomil deb, doyra chaldi,
                                 O‘lan aytdi yangalar .
                                Otam avval arazlab so‘ng,
                                Ag‘dardilar ho‘kizni.
                                Ma’lum qilib  osh berdilar ,
                                Chaqirib el-ulusni. 
     Sirojiddin Sayyidning “Bir muhabbat qissasi” she’ridan olingan ushbu parchada
o‘zbekning   go‘zal   urf-odati   aks   etmoqda.   Shoirning   “ma’lum   qilib   osh   berdilar,
chaqirib el-ulusni” misralarida o‘zbek xonadonida ikki yoshning nigohini el-ulusga
ma’lum   qilish   oldidan   osh   berilishi,   oshning   xursandchilik   kunlarida   shoh   taom
sifatida   katta   qozonlarda   pishirilishi,   uning   o‘zbek   xonadonida   katta   ahamiyatga
ega   ekanligidan   dalolat   beradi.   Bu   faqatgina   o‘zbek   xonadoniga   xos   bo‘lgan   sof
urf-odatdir.   Ayniqsa   o‘zbeklar   to‘yini   nahor   oshsiz   tasavvur   qilib   bo‘lmaydi.
Xuddi shu realiyani quyidagi misrada ko‘rish mumkin:
                                Dunyo cho‘lu tog‘u toshdan iboratdir,
                                Hayot asli qari, yoshdan iboratdir.
                               Kecha-kunduz yugurasan, ey odamzod,
                               Umring go‘yo nahor oshdan iboratdir. ( S.Sayyid)
         Hatto o‘zbek xalq maqollarining ichida ham osh leksemasi ishtirok etgan juda
ko‘p   o‘rinlarni   ko‘rish   mumkin:   Doshqozonda   pishgan   osh   xom   bo‘lmas;
Eringanning   oshi   pishmas;   Elda   osh   yesang,   elga   osh   ber;   Yomonga   osh
berguncha,   yaxshiga   bosh   ber;   Osh   kutsa   ham,   ish   kutmas;   Omon   bo‘lsang   osh
yeysan,   yomon   yursang   tosh   yersan;   Yaxshi   og‘izga   osh,   yomon   og‘izga   tosh;
Hunar   oshxo‘rga   osh   berar,   nonxo‘rga   non;   Ko‘rdingmi   osh,   ko‘tarma   bosh;
Umringdan   bir   kun   qolguncha   osh   ye,   pulingdan   bir   tiyin   qolguncha   osh   ye;
Bardoshliga  yog‘lik  osh,  sabrsizga  osh   ham   tosh;  Elda  er   atalsang,  el   senga  oltin tovoqda osh berar; Osh – avliyo, non – payg‘ambar; Yo‘qcha guruch osh bo‘ladi,
mehmon ko‘ngli shod bo‘ladi.
          Ba’zan   maqollarda   osh   realiyasining   o‘rnida   “palov”   so‘zi   kelganini   ko‘rish
mumkin: Pulingdan bir puling qolsa palov ye, kuningdan bir kuning qolsa xotin ol;
Palov desang payshanbaga, do‘lma desang dushanbaga; Har kun yema palovni, har
kun   yoqqin   olovni;   Uzoqning   palovidan,   yaqinning   sho‘rvasi   yaxshi;   Mehmon
kelsa pastga tush, palov bermoq ahdga tush; Boy bo‘lsang sholg‘om ye, kambag‘al
bo‘lsang   palov;   Pazandaning   go‘jasidan   osh   chiqar,   Noshudning   palovidan   tosh
chiqar;   Nomardning   palovidan,   mardning   yuvg‘on   oshi   yaxshi.   Izohli   lug‘atda
palovga   shunday   ta’rif   berilgan:   “Palov   –   fors.   asosiy   masallig‘i   guruch,   yog‘,
go‘sht   va   sabzidan   iborat   ,   qovurib,   qaynatib,   damlab   tayyorlanadigan   quyuq
ovqat; osh.” Etimologik lug‘atda unga milliy taom sifati beriladi. Palovning paydo
bo‘lishi Ibn Sino nomi bilan bog‘liq ekanligi tarixda aytib o‘tilgan. Aslini olganda,
palov so‘zi taom tarkibiga kiruvchi masalliqlarning qisqartmasidan tashkil topgan:
P-piyoz,   A-ayoz   –   sabzi,   L-lahm   –   go‘sht,   O-olio   –   moy,   B-vet   –   tuz.   Uning
milliyligi   dunyo   tomonidan   tan   olingan   bo‘lib   2016-yilda   palov   tayyorlash
madaniyati   va   an’anasi   YUNESKOning   nomoddiy   merosi   qatoriga   kiritilgan.
Palov o‘zbek xalqidan tashqari hind (pulaka), qozoq (palau), qirg‘iz (paloo), qrim-
tatar   (pilav),   tojikcha   (oshi   palov),   tatarcha   (pilau),   turkcha   (pilav),   turkman
(palov), uyg‘ur (polou)  xalqlarida ham  tayyorlanadi. Lekin ular o‘zbek palovidan
milliy semalari bilan farq qiladi.
     Madaniyat bilan bog‘liq realiyalar jamiyat taraqqiyotidagi barcha o‘zgarishlarga
tezda   ta’sir   qiladi.   Realiyalarda   til   va   madaniyat   o‘rtasidagi   bog‘liqlik   yaqqol
ko‘zga tashlanadi. Realiyalarning boshqa so‘zlardan farqi u ifodalayotgan predmet,
tushuncha, hodisaning bir tomondan xalq bilan va boshqa tarafdan vaqtning tarixiy
bo‘lagi bilan bog‘lanishidadir. 
         Realiyaning eng asosiy xususiyati , u faqat qaysi  madaniyatga tegishli bo‘lsa,
o‘sha   madaniyatda  o‘ziga   yuklatilgan  vazifani   bajara  olishida   ko‘rinadi.   Shunday
realiyalardan biri bu – chopon:
                           O‘zgarmadi sira yirtiq choponing,                            Zirqiraydi goh o‘ng, goh chap yoning.
                           Paykalga suv tarading kechalar,
                           Oyni nonu, ko‘kni dasturxon ko‘rding. ( S. Sayyid)
       Yuqorida keltirilgan misrada kelgan “chopon” so‘zi kiyim ustidan kiyiladigan,
ichiga   paxta   solib   qavilgan   uzun   milliy   ust-boshni   bildiradi.   Bu   milliy   kiyim
nafaqat xalqning milliyligi, balki tildagi o‘ziga xos madaniyatni ham aks ettiradi:
                            Saboq oldim yanchilmagan somonlardan,
                            Umr isi kelib turgan choponlardan. (S. Sayyid)
Chopon   so‘zi   izohli   lug‘atda   “to‘n”   sifatida   ham   keltirilgan:   “   Beqasam   chopon.
Paxtali   chopon.   Bir   choponi   (yoki   to‘ni)   ikki   bo‘lmadi.   Qashshoqlikda   kun
kechiradi.   Kosasi   oqarmadi.   Chponini   teskari   kiymoq.   ayn.   To‘nini   teskari
kiymoq. 50
” Muhammad Yusuf ijodida aynan shu to‘n realiyasini ko‘rish mumkin:
                            Alla aytsang ayvoningda uxlar quyosh,
                            Senga mudom iymon yo‘ldosh, islom yo‘ldosh.
                            Bor bo‘lsin shu qirq o‘rim soch, o‘smali qosh,
                            Oq yaktagu beqasam to‘n, shohi belbog‘, Inshoolloh. 
         Ushbu misralarda shoir oq yaktak, beqasam to‘n, shohi belbog‘ orqali o‘zbek
xalqi   erkaklarining   ko‘rinoishini,   umuman   olganda   o‘zbeklarni   ifodalamoqda.
Shoir   keyingi   misralarida   o‘zbek   xalqining   mehribonligini,   mehmondo‘stligini
aynan “to‘n” orqali ko‘rsatib bergan: 
         Bir qo‘lda belanchak, bir qo‘lda Qur’on, bir yelkada ketmon, birida iymon.
         Barchaga barobar bir oftobsimon, yashnasin olam deb yashaydi o‘zbek. 
         Momolari tetik yuzga kirsa ham, bobolari qaysi yigitlardan kam?
         Nabirasi bo‘lsa bitta uyga jam, to‘shak yetmay to‘nin to‘shaydi o‘zbek.
                                                                                                         (M.Yusuf)
50
  Ўзбек тилининг изоҳли луғати (2008). 5-жилд. – Тошкент.          G‘ulom Mirzoning quyidagi misralarida to‘n orqali kuzning kirib kelgani aks
etmoqda:
          Olislarda ko‘rinib oppoq qoyalar, dildiray boshladi hatto soyalar.
          Dalalarda qolgay go‘zapoyalar, dehqon xayolini buzmoqda endi.
          Kuz ochar sandiqning eshiklarini, olaman to‘n, telpak, etiklarimni.
          Hatto moslayapmam bitiklarimni, axir, izg‘irinlar esmoqda endi. 
          Jamol   Kamol   she’rida   esa   ham   to‘n,   ham   chopon   realiyalarini   uchratish
mumkin:
         Necha bir to‘ning bor, ko‘rdim barchasin,
         Choponim bitta deb turmaysan qarab.
         Birini sha rt yechib tashlab boshqasin,
         Kiyib olish senga bir lahzalik gap.
         Men esam qishmi-yoz, issiqmi -sovuq,
         Egnimda shu eski, juldur choponim.
         Uni yechar bo‘lsam, boshqa to‘nim yo‘q,
         Qahratonda qolib, qaqshaydi jonim.  
         O‘zbek xalq maqollarida choponning aynan “to‘n” variant ishlatilgan o‘rinlari
juda   ko‘p   ko‘zga   tashlanadi:   “Bo‘yga   qarab   to‘n   bich;   Keng   bichilgan   to‘n
to‘zimas; Maslahatli to‘n tor kelmas; Ot minmagan ot minsa, chopa-chopa o‘ldirar,
To‘n kiymagan to‘n kiysa, qoqa-qoqa to‘zdirar;  Otim ketsa toycham  bor, To‘nim
ketsa,   parcham   bor;   Har   kimning   bo‘yiga   qarab   to‘n   bich;   To‘nni   ayagan   to‘n
kiyar;   Yaxshi   to‘n   to‘y   savlati;   Otga   boqma,   to‘nga   boq,   Ichidagi   jonga   boq;
Kiygan   to‘ning   eskirar,   Kiydirganing   eskirmas;   To‘n   kiyganniki,   ot   minganniki;
Onadan ko‘rgan to‘n bichar, otadan ko‘rgan o‘q yo‘nar; Yomondan to‘n kiysang,
to‘yda “to‘nim ber“ deydi; It itligini etar, to‘n etagini yirtar; Oqko‘ngilning oti ham horimas, to‘ni ham to‘zimas; Hunar to‘yg‘izar, ot mindirib to‘n kiygizar; El egasiz
bo‘lmas, to‘n yoqasiz; Tekin to‘n qimmatga tushar”. 
            Butun   dunyoga   o‘zbek   xalqining   o‘ziga   xosligini   bildirib   turuvchi   kiyimlar
ham   bor   bo‘lib,   ularga   chopon,   do‘ppi,   atlas,   belbog‘,   yaktak   kabilar   kiradi.
Chopon xalqimizning eng qadimiy kiyimlaridan biri. Sirojiddin Sayyid bir she’rida
bu milliy realiyaga shunday jon kirgizadi:
                            Choponingda   tuprog‘u,  zahmatlarning izi bor.
                           Yuzlaringda ming tashvish, qismatlarning izi bor.
                            Olam Atodan qolgan, hikmatlarning izi bor.
                            Bu hikmatni bilmagan, o‘z yurtiga sag‘indir.
                            O‘zbekiston, onajon, mangu issiq bag‘irdir.
       Bu misralar “Dehqon madhiyasi” she’ridan parcha bo‘lib, shoir uchun dehqon
tinmay   mehnat   qiladigan   halol,   pokdamon   inson.   Uning   egnidagi   kiyim   ya’ni
chopon   uning   doimiy   hamrohi.   Shuning   uchun   ham   shu   chopon   dehqonning
yaxshi-yomon   kunini   ko‘rgan   milliy   ust-boshdir.   Xuddi   shu   ma’noni   ushbu
misralar ham tasdiqlaydi:
                            Saboq oldim yanchilmagan somonlardan,
                            Umr isi kelib turgan  choponlar dan.
                            G‘arib paxsa devorlardan oldim savod,
                            Bildim nadir nadomatu nadir savob.
            Demak,   shu   misralardan   shuni   ham   bilish   mumkinki   nafaqat   chopon   milliy
kiyim,   balki   o‘zbek   dehqonlarining   qaysidir   ma’nodagi   ramzidir.   Realiyalarning
boshqa   tushunchalardan,   so‘zlardan   farqi   ularning   predmet-narsa   ma’nosiga   ega
bo‘lganidadir.   Realiyaning   dastlabki   ma’nosi   ham   narsa-buyum   haqidagi
tushunchadir.   Realiya   so‘zining   o‘zi   ham   “moddiy”   degan   tushunchadan   o‘sib
chiqqan.   Bundan   realiyalarni   moddiy   madaniyat   belgilari   sifatida   aks   ettirish
mumkin   degan   xulosaga   kelish   mumkin.   Realiyalar   o‘z   xususiyatiga   ko‘ra
atamalarga   va   atoqli   otlarga   yaqin   turadi.   Lekin   realiyalar   ma’lum   bir   xalqning madaniyati   bilan   bog‘lanib,   aynan   shu   xalq   tilida   ishlatiladigan   va   boshqa
xalqlarda   mavjud   bo‘lmagan   narsa-buyum   nomlaridir.   D.E.Rozental,
M.A.Telenkovalar   uni   “so‘zning   nominativ   ma’nosi   uchun   asos   bo‘lib   xizmat
qiluvchi,   mavjud   madaniyat   predmetlari”   deb   ta’riflaydi.   N.Sobolev   esa   unga
ekvavalentga   ega   bo‘lmagan   maishiy   va   milliy   so‘zlar   hamda   boshqa   tillarda
mavjud   bo‘lmagan   milliy   turmush   tarzi   deb   izoh   bergan.   Eng   to‘g‘ri   ta’rifni
A.V.Fedorov berib, u realiya deganda “ijtimoiy hayot va o‘ziga xos turmush tarzini
anglatuvchi   mahalliy   ifodalar   va   boshqa   millatlarning   hatto   tushunchasida   ham
bo‘lmagan so‘z”   deb aytadi. Boshqa bir tilshunos esa realiyani muayyan millatga
xos urf-odatlar, maishiy predmetlar sifatida talqin qiladi. Shunga ko‘ra realiyalarni
milliy   va   tarixiy   kaloritni   o‘zida   mujassamlagan   so‘z   deyish   mumkin.   Shunday
so‘zlardan biri esa dasturxondir.
          Sirojiddin   Sayyid   ijodida   “ona   portreti”   she’rida   aynan   ushbu   “dasturxon”
realiyasining ishlatilganligini ko‘rish mumkin:
                           Ko‘rpachada o‘tirgan quyosh,
                           Choynak to‘la za’faron umr.
                           Piyolada issiq xotira, hali sovimagan.
                           Atrofda gular, dasturxonda gular, guldir pardalar.  
          Dasturxon   forscha-tojikcha   so‘z   bo‘lib,   o‘zbek   madaniyatini   belgilovchi
realiyadir.   Xalqimiz   orasida   “dasturxonga   qaramoq,   dasturxonga   o‘tirmoq”
metonimiyasiga asoslangan ko‘chma ma’noli so‘zlar ham uchrab turadi. Dasturxon
so‘zi yana ko‘chma ma’noda “mamalakat, jamiyat boyligi”, “rizq-ro‘z” ma’nosida
ham   kelib,   “xalqimiz   dastuirxoni”,   “fayzli   xonadonning   to‘kis   dasturxoni”
iboralarida   ham   o‘z   aksini   topadi.   Dasturxon   so‘zi   ibora   tarkibida   “yoymoq”
ma’nosida   ham   ishlatiladi.   Masalan:   “Dardini   dasturxon   qilmoq”.   Bu   realiyada
mato,   taom,   ovqatlanish,   yoyish,   boylik,   qadriyat   ma’nolarini   ko‘rish   mumkin.
Bundan   tashqari   “O‘zbek   xalq   maqollari”   kitobida   “Yomonning   dasturxonidan,
yaxshining   ustixoni   yaxshi;   Mehmon   ko‘rki   –   dasturxon;   Dasturxonga   boqqan do‘st   emas;   Dasturxon   ustida   dushman   ham   do‘st   ko‘rinar”   maqollarini   uchratish
mumkin.  
         Dasturxon o‘zbek xalqi  uchun xontaxta ustiga yoziladigan, oila a’zolarini bir
doira ustida birlashtirib turuvchi buyum:
                           Oftob o‘zi rizq sochar dalalaringga,
                           Maktablar qur, uylar qur bolalaringga.
                           Dasturxonda quyoshday nonu oshga gap yo‘q,
                           Vatanni sevish kerak, boshqa gap yo‘q.  
       Xalqimizda oila juda muqaddas bo‘lib, ularning birlashishi, suhbat qurishi, bir-
biri   bilan   diydorlashishi   “dasturxon”   realiyasi   bilan   uzviy   bog‘liq.   Xalqimizda
dasturxon  uchun   alohida   udumlar   bor.   Masalan,   katta   yoshli   kishilar   dasturxonga
qo‘yilgan   taomdan   birinchi   tanovul   qilishlari   kerakligi,   kichik   yoshdagilar
taomlanib   bo‘lganidan   so‘ng   faqatgina   katta   yoshli   keksalar   ruxsat   bersagina
undan   turib   ketishi   mumkinligi,   dasturxon   yig‘ishtirishda   alohida   duo   qilinishi,
dasturxonning   rizqni   saqlovchi   ekanligi   sababdan,   uni   pokiza   joyda   saqlanishi
aynan shu realiyaning boshqa madaniyatdan ajratib turadigan xususiyatidir. Shoir
aynan shularni hisobga olib, unga o‘zgacha joziba beradi: 
                   Tashqarida titraydi kech kuz,  Dasturxonda  – kechki uzumlar.
                   Ular so‘zlar, tinglayman beso‘z, Ko‘z o‘ngimdan o‘tar uyurlar.
      Yana bir she’rida aynan shu realiyani keltiradi:
                              Qushlar bunda oq  dasturxon  tuzatgaydir,
                             Qismat yana ne o‘yinlar ko‘rsatgaydir.
                             O‘choqdagi olov sizni isitgaydir, 
                             Men shu yongan qo‘rchalik bo‘lolmadim.          Dasturxon xalq qadriyati darajasiga ko‘tarilgani bois u alohida ahamiyatga ega
va   uni   nopok   joyga   qo‘yish,   ovqat   yeb   bo‘lgandan   so‘ng   unga   qo‘l   artish
ta’qiqlangan   va   dasturxonga   har   bir   xonadonda   baraka,   fayz   sifatida   qaralgan.
Dasturxon   realiyasida   mato,   taom,   boylik,   qadriyat,   ma’nolarini   ko‘rish   mumkin.
Jamol   Kamolning   “Xivani   ko‘rdim”   misralarida   ham   “dasturxon”   realiyasining
kelganini ko‘rish mumkin:
                             Dasturxonda Shirin, issiq noni bor,
                             Mehnat ila shuhrati bor, shoni bor,
                             Taxt ustida Feruz degan xoni bor,
                             Ko‘rdim-ko‘rdim, og‘a, anqoni ko‘rdim,
                             Xorazmga borib, Xivoni ko‘rdim. 
           Realiyalar ma’lum bir xalq turmush tarziga oid tushunchalarni ifodalab, vaqt
o‘tgach semantik ma’nosida madaniy munosabatlarni, kognitiv belgilarni, qadriyat
va bahoni namoyon etadi. 
           V.fon.Gumbold aytganiday tilda xalq ruhi aks etadi. Tilda xalqning urf-odati,
yashash tarzi, iqtisodiy ahvoli, xalqning qadimdan to shu paytgacha o‘zida saqlab
kelayotgan bebaho boyliklari bor bo‘yi bilan aks etadi. Muayyan bir xalqning tilini
bilish uning butun borlig‘ini anglash demakdir. Muayyan  xalq tilining mazmun-u
mohiyatini idrok etish, uni o‘rganish, tadqiq va tashviq etish o‘sha xalqning tarixi-
yu kelajagini idrok etish bilan barobardir. Til xalqning eng buyuk, bebaho xazinasi.
Xalqning har bir  asl  farzandi  o‘z tilida sobit  va o‘z tiliga sodiq bo‘lishi  ajdoddan
avlodgacha qarz ham farz. Nemis tilshunosi Yakob Grim aytganiday “Xalq haqida
saqlanib qoladigan eng jonli guvoh bu uning suyagi, foydalangan ish-qurollari yoki
qabri emas, balki uning tilidir”. Xalq o‘zining tili haqida, uning paydo bo‘lishidan
tortib   to   hozirgi   kunigacha   ma’lumotga   ega   bo‘lsa,   bu   tilning   jilolanishi-yu   asl
mohiyatini anglay olsa, o‘zining uzoq va murakkab tarixini biladi va his eta oladi,
undan faxrlana oladi, har bir tilning o‘z o‘rni borligini, e’zozga loyiqligini anglay oladi. Bu esa  avvalo   millatni  anglash,  millat orqali esa o‘zligini anglash va kashf
etishdir. 
         Filologiya va psixologiya fanlari doktori A.A.Leontev aytgan: “ Bizning ko‘p
millatli   Vatanimizning   yaxshi   bir   fuqorosi   bo‘lish   uchun   o‘z   ona   tilini,   milliy
madaniyatini   sevish   va   bilish   juda   muhim.   Kishi   o‘z   tug‘ilgan   uyini   qanday
sevmasligi mumkin.” 
            Realiyalarga   milliy   taomlar,   kiyim-kechaklar,   milliy   cholg‘u   asboblari,
ro‘zg‘or   anjomlari,   taxalluslar,   nomlar,   shahar   va   qishloq   xususiyatlari,
me’morchilik,   geografik   nomlar,   tabiat   manzaralari,   diniy   marosimlar   va   boshqa
etnografik   belgilarni   ifodalovchi   so‘z   va   iboralar   kiradi 51
.   Shunday   milliy
realiyalardan   biri     ayollarning   eng   sevimli   matosi,   ularning   ko‘rkiga   ko‘rk
qo‘shadigan   bir   tomoni   yaltiroq,   mahalliy   gazlama   bu   –   atlas.     O‘zbek   tilining
izohli lug‘atida “atlas” arabcha “tekis, silliq, ipakdan to‘qilgan mayin mato”, “Bir
tomoni yaltiroq, guldor, mahalliy ipak gazlama” sifatida izohlangan.   O‘zbek xalq
maqollarida   ham   atals   so‘zi   ishtirok   etgan   maqollar   bor:   “Atlas   yamog‘i   atlasga,
shol yamog‘i sholga; Yomon atlas bilan ham yomon;  Eshakka atlas to‘qim ursang
ham baribir eshak. ” Shoir aynan shu atlas matosini she’rida aks ettiradi: 
                           Sarg‘arib qizlar sarig‘ las kiydilar, 
                           Tovlaniblar so’ngra  atlas  kiydilar. (S. Sayyid)
          Shoirning   boshqa   bir   misralarida   esa   atlas   realiyasining   o‘z   va   ko‘chma
ma’nolarida kelganini ko‘rish mumkin:
                           O‘zbek atlas to‘qir ko‘kdan olib rang,
                          Juhud atlas deydi asl zotini.
                          O‘zbek kuy yaratar, samoviy ohang,
                        “Mo‘g‘ulchayi dugoh” qo‘yar otini.
                          Xalqim, saxovating bir olam-jahon,
                          Lekin o‘z-o‘zidan savol kelgusi:
                          O‘zbekcha, deb atlas to‘qiysan qachon?
                          O‘zbekchayi dugoh qachon bo‘lgusi?
51
  Fayzullaeva   R .   Yo ‘ llar   yiroq , ko ‘ ngillar   yaqin   //   Tarjima   san ’ ati   ( maqolalar   to ‘ plami ).   –
Toshkent . 1973. −257 б .          O‘zbek xalqining milliy bosh kiyimlaridan biri bu “do‘ppi”. Asrlar davomida
do‘ppining   turli   xillari   vujudga   kelgan.   Baxmalga,   satinga,   sidirga,   shoyiga,   ip,
ipak,   zar   bilan   do‘ppi   gullari   tikilgan.   O‘zbekistonda   Toshkent,   Chust,   Buxoro,
Samarqand,   Boysun,   Shahrisabz   do‘ppilari   mashhur   bo‘lib   ular   o‘zaro   bir-biriga
o‘xshaydi.   Uning   iroqi,   cho‘st   do‘ppi,   gilam   do‘ppi,   chakma   to‘r,   qizil   gul,
piltado‘zi,   zardo‘zi   deb   nomlanadigan   turlari   bor.  O‘zbek   tilining   izohli   lug‘atida
“do‘ppi”  quyidagicha  izohlangan:   “Avra-astarli,  ko‘pincha  qavima,  pilta urilgan ,
tepa,   kizak   va   jiyakdan   tarkib   topadigan   guldor   yoki   gulsiz,   to‘garak   yoki
to‘rtburchak shakldagi  bosh kiyim”. Shavkat Rahmatullayevning “O‘zbek tilining
frazeologik   lug‘ati”da   do‘ppi   ishtirok   etgan   ko‘p   o‘rinlarni   ko‘rish   mumkin:
“Do‘ppisini   ol   desa,   kallasini   olmoq;   Do‘ppisini   yarimta   qilmoq;   Do‘ppisini
osmonga   otmoq;   Do‘ppisi   tor   kelmoq;   Do‘ppisi   yarimta”.     “O‘zbek   xalq
maqollari”   kitobida   quyidagi   do‘ppi   ishtirok   etgan   o‘rinni   ko‘rish   mumkin:
“Yomon   o‘g‘il   boqquncha,   etagingni   qoq,   yomon   qizni   boqquncha,   do‘ppingni
qoq.”   Sirojiddin   Sayyidning   “Bolalik   balladasi”   she’rida   ushbu   realiya   ishtirok
etgan o‘rinlarni ko‘rish mumkin:
                                  Sirli o‘rmon edi ertaklar unda,
                                  Qarg‘alar  do‘ppimni  olib qochdilar.
     Muhammad Yusuf ijodida ham bu realiya ishtirok etgan:
                                 Do‘ppi  kiymay qo‘ydi odamlar, bir shoir, bir nosirdan boshqa.
                                 Sochlar silliq, silliq qadamlar, u og‘irlik qilyapti boshga.
         Buyum  realiyalari ichida o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan “so‘zana” bezak buyum
bo‘lib, u forscha “so‘zani” deb ham atalgan bo‘lib “igna bilan tikilgan” ma’nosini
beradi va u xonani bezatish uchun devorga ilib qo‘yiladigan buyum. So‘zana satin,
baxmal, shoyi yoki bo‘z matolarga kashta urib tayyorlanadi. Sirojiddin Sayyidning
quyidagi misralarida shu realiyani ko‘rish mumkin:
                                  Otangning uyida yig‘lar devorlar,
                                  Onangning yuzida selu seborlar.
                                  Bunchalar munglidir nechun “ Yor-yor ”lar?
                                  Baxting ochildimi, xolamning qizi.                                   Bir naqshin faryodga o‘xshar  so‘zana ,
                                  Topilmas onangday jigardo‘z yana.
                                  Armonu ayriliq ko‘zma-ko‘z yana,
                                  Baxting ochildimi, xolamning qoizi.
          So‘zana   o‘ziga   xos   badiiy   ko‘rinishga   ega.   So‘zana   qadimdan   har   bir   bo‘yi
yetgan qizi  bor xonadonda bo‘lgan, chunki har  bir qiz turmushga  chiqish oldidan
o‘zi   uchun   so‘zana   tikkan.   So‘zana   bu   kelinlarning   sepi.   So‘zana   o‘rtasiga
ko‘pincha   doirasimon   gul   tikilib   atrofi   guldor   islimiy   naqshlar   bilan   bezatilgan.
Samarqand,   Nurota,   Buxoro,   Farg‘ona,   O‘ratepa,   Shahrisabz,   Toshkentda
so‘zanalarning   bir-biridan   go‘zal   turlari   bor.   Aytishlaricha   san’atning   bu   turi
O‘zbekiston va Toshkent, Tojikiston territoroyalarida keng tarqalgan. 52
     Ko‘p yillar davomida umrini Amerika realiyalarini o‘rganishga bag‘ishlagan va
mintaqaviy   tadqiqotlar   bo‘yicha   mualliflik   qo‘llanmasini   ishlab   chiqqan   G.D.
Tomaxin   realiyalarga   faqat   bir   millatga   xos   bo‘lgan   obyektlar,   tarixiy   jarayonlar,
milliy va xalq qahramonlarining nomlari, mifalogik mavjudotlarni bildirgan o‘ziga
xos nomlar deb ta’rif bergan 53
 . Demak, xalqimizda qadimdan e’zozlanib keladigan
milliy   qahramonlarimiz   Alpomishu   Barchinlar,   buyuk   sarkardamiz   Amir   Temur,
Zahiriddin   Muhamma   Boburlar   ham   realiyalar   bo‘la   oladi.   Sirojiddin   Sayyid
“Polvon”   she’rida   aynan   tariximizda   o‘chmas   iz   qoldirgan,   buyuk   sarkarda,   o‘rta
asrlar islohatchisi, adolat uchun tolmas kurashchi, ilm-fan va madaniyat rahnamosi
Amir Temur nomini keltiradi: 
                          Tuprog‘ida daryolari qo‘sh oqqan,
                          Boshlaridan zar yoqqan, kumush yoqqan.
                          Azal  Temur  buvalarga xush yoqqan, 
                          Polvonlarning yuragidan or ketmas.
     Muhammad Yusuf ijodida ham “Alpomish” nomini keltiradi:
                           Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,
52
  Bulatov   S . S .   O ’ zbek   xalq   amaliy   bezak   san ’ ati .  T .: 1991.
53
  Томахин Г. Д. Реалии – Американизмы, пособие по страноведению, М.: Высшая школа,
1988. − 239 с.                           Qumlar bosib qurimasin daryolarim.
                          Alpomishga alla  atgan momolarim,
                          Ruhini shod etay desang – xalq bo‘l elim. 
          Ikrom   Otamurodning   ushbu   misralarida   ham   milliy   qahramon   nomlari   aks
etgan:
                          Alpomishmi, Shiroqmi  dovli,
                          Bir sohib sog‘inchi yemirar.
                           Yo‘l bo‘yidagi eski hovli,
                           Armonini simirar.
          Alpomish   milliy   qahramon   bo‘libgina   qolmay   u   xalqning   mardligini,   yorga
sadoqatini ko‘rsatadigan timsol hamdir:
                            Alpomish yig‘laydi qo‘llari bandi,
                            Yosumanning makri tig‘lab parchadi.
                            Vaqt – ruhim izosi taxlangan sandiq,
                            Yuragimda mehr yig‘lab charchadi. 
     Milliy adabiyotimiz qahramonlari ham realiya bo‘la oladi:
                              Marg‘ilonda Kumushni ko‘rdim, ko‘ziga yosh to‘lib turibdi.
                             Sochlarini maydalab o‘rib, Otabekni izlab yuribdi.
          Durdona   Xudoyberganova   lingvokulturologiyaga   oid   lug‘atida   biror   xalq
lingvomadaniyatiga   xos   bo‘lgan,   nutqning   turli   ko‘rinishlarida   ko‘p   murojaat
qilinadigan mashhur nomlarni “milliy pretsedent nomlar” deydi. Ularga misol qilib
Amir Temur, Afrosiyob, Navoiy, Alpomish, Tohir, Zuhra, Nasriddin Afandi, Bog‘i
Eram kabi o‘zbek lingvomadaniyatiga xos bo‘lgan nomlarni keltirib o‘tadi.  54
          Jamol   Kamolning   she’rlarida   esa   O‘zbekistonning   eng   qadimiy   shaharlari
nomlari aks etgan:
                             Gohi  Toshkent  aro sayron gohi  Farg‘onaga  hayron,
                             Gohi shod, gohida giryon – tug‘ishgn elni ko‘rgaysiz.
                              Samarqandga  shitob aylab,  Buxoroni  tavof aylab,
                             Gohi  Urganch , gohi  Surxon  tomonga yo‘lni burgaysiz .
54
 Худойберганова Д.  Лингвокультурология терминларининг кискача изохли лугати. Тошкент. Turon zamin 
ziyo. 2015.31-б.        Tilshunos olim, rus tarjima maktabining vakili L.S.Barxudarov realiya haqida:
“Boshqa   tilda   so‘zlashuvchi   kishilarning   amaliy   tajribasida   mavjud   bo‘lmagan
narsa,   tushuncha,   voqea-hodisalarni   bildiruvchi   so‘zlar”   deya   ta’rif   beradi 55
.
Sirojiddin Sayyid she’ridagi bir misraga qaraymiz:
                            Kecha Samarqandda sochib iforlar, 
                            Zangor gumbazlardan yuvding g‘uborlar.
                            Erta bo‘y taratib Andijonlarga, 
                            Atlas kiyguzurlar Marg‘ilonlarga, -   
misralaridagi   qadimiy   va   hamisha   navqiron,   yer   yuzining   sayqali   deb   e’tirof
etiladigan   Samarqand,   Andijon,   Marg‘ilon   nomlari   boshqa   bir   tilda   uchramaydi.
Uchrashi   mumkin   ham   emas.   Demak   ushbu   faqat   o‘zbek   millatiga   xos   bo‘lgan
nomlar, tarixiy shaharlar, o‘tmishning bir bo‘lagi sifatida tilimizda aks etaveradi. 
        Xulosa   sifatida   yuqorida   aytilganidek   realiyalar   –   u   yoki   bu   xalqning   tarixi,
madaniyati,   maishiy   hayoti   yoki   yashash   davriga   xos   predmet,   tushuncha   va
voqea-hodisalarni ifodalovchi so‘zlar bo‘lishi  mumkin. Realiyalarda milliy o‘ziga
xoslik,   tarixiy   kalorit   o‘z   aksini   topadi.  Realiyalar   bu   –  shunday   milliy   so‘zlarki,
ular   boshqa   tillarda   yo‘q,   chunki   ular   anglatadigan   tushunchani,   ma’noni   boshqa
tilda   topib   bo‘lmaydi.   Lekin   realiya   sifatida   olingan   so‘zlar   o‘sha   madaniyat
doirasida   ma’lum   ma’noni   anglatadi.   Realiya   birliklari   tadqiqi   leksemalarning
semantik taraqqiyotini tahlil etishda ahamiyatli. Realiya birliklari ma’lum bir xalq
turmush   tarziga   oid   tushunchalarni   anglatar   ekan,   vaqtlar   o‘tib   semantik
mundarijasida   madaniy   munosabatlarni,   kognitiv   belgilarni   qadriyat   va   bahoni
namoyon etaveradi. 
55
  Бархударов Л.С. Текст как единица перевода // Лингвистика текста: Материалы научной
конференции. Ч . 1. −  М ., 1974. – 280  с .        3.2.SIROJIDDIN SAYYID SHE’RIYATIDA RANG RAMZLARINING
                                                   IFODALANISHI
          She’riyat   –   bu   obrazlar   orqali   o‘ylashdir.   She’riyatda   aks   etadigan   ma’lum
voqealar, har bir ijodkorning o‘z yo‘nalishi orqali yuzaga keladi. 
          Olamning   lingvistik   manzarasini   anglashda   rang   bildiruvchi   so‘zlarning
ishtiroki   ularning   shoirlar   tomonidan   she’riyatda   qayta   va   qayta   ishlatilishidan
namoyon   bo‘ladi.   Olimlar   ranglar   olamni   his   etish   va   unda   badiiy   matnlarda
foydalanishda   lingvokulturologik   va   antroposentrik   yondashuvlarning   ahamiyatli
ekanligini qayd etadi. Tadqiqotchilar  ranglar olamine idrok etish va undan badiiy
matnlarda   foydalanishda   lingvokulturologik   va   antroposentrik   yondashuvlarning
ahamiyatli ekanligini aytib o‘tgan.
          Ranglar,   rang   ramzlari   qadimdan   boshlab,   to   hanuzgacha   maxsus   o‘rganilib
kelinmoqda.   Xalqning   hayotida,   adabiy   dostonlarida,   she’rlarida,   badiiy
adabiyotda   7   xil   asosiy   rang   aks   etadi.   Ularga   oq,   sariq,   qizil,   ko‘k,   yashil,   jigar
rang   va   qora.   Bu   ranglar   his-tuyg‘uni   ifodalovchi,   holatni   bildiruvchi   ranglardir.
Xalqning eng qadimiy qarashlari asosida har bir rang o‘ziga xos ma’no kasb etgan.
Masalan: oq – ezgulik, qizil – quvonch, yashil – tiriklik, sariq – ayriliq.
          Ranglar   turfa   xil   xalqlarning   ijtimoiy-madaniy   hayoti,   urf-odati,   marosimi,
qadimiy   qarashlarini   ham   ifoda   etadi.   Qadimda   dunyoning   qutblari   4   xil   rangda
tasavvur   etilgan:   sharq   –   yashil,   janub   –   qizil,   shimol   –   qora,   g‘arb   –   oq   rangda.
Shu bois shu mintaqalarda yashovchilar uchun bu ranglar muqaddas hisoblangan.
          Tilimizda   oq,qora,   qizil,   ko‘k,   zangori,   yashil,   moviy   kabi   so‘zlar   alohida
leksik-semantik   guruhni   tashkil   etadi.   Ranglar   belgi   bildirishi   bilan   birga   turli
ramziy ma’nolarni ham anglatadi. She’riyatda ranglarning ramziyligi yanada turfa
ma’nolarda ifoda etiladi. Ranglar – bu har bir xalqning o‘z boshidan kechirganlari,
yashash tarzi, urf-odatlari, milliy udumlari, olam haqidagi tasavvurlari orqali ham
bog‘lanib,   ularning   turmush   hayoti   chambarchasligini   ham   aks   ettiradi.   Buni
ranglardagi   ifodaviylik   orqali   ham   ko‘rish   mumkin.   Eng   qadimgi   kitob   bo‘lmish
Avestoda   oq   –   yaxshilik,   ezgulik   ramzi   bo‘lsa,   qora   –   zulmat,   qorong‘ulik ma’nolarini   aks   ettirgan. 56
    Navoiy   esa   qora   rangni   buyuklik   sifatida   bilgan.
Qadimdan     “ Qoraxoniylar ” davlatining butun bir  shakl-shamoyili  shu buyuklik
rangini   beruvchi   qora   rang   orqali   xalqning   ongiga   singdirilgan.   Buni   Navoiyning
“ Sabbai sayyor ” dostonidan olingan ushbu parcha orqali ham bilib olish mumkin:
                                             Qora rang elga toji tarakdur, 
                                             Kim bu rang ichradur, muborakdur.  57
            Ya’ni   qora   rang   saltanatning   ramzi   ekanligi   va   qora   rangda   kiyinganlar
saltanatni   boshqarishga   aloqador   bo‘lgan   shohlarning   avlodiligi   ushbu   misralarda
keltirilmoqda.   Umuman   olganda,   she’riyatda   ranglardan   foydalanish   shoirga   o‘z
fikrini   teranroq   ifodalashiga   yordam   beradi.   She’riyatdagi   rang   va   unda
ifodalanuvchi   yana   bir   boshqa   olam   shoir   nigohi   o‘tkirligi,   uzoqni   ko‘ra   bilishi,
o‘zgalardan bir qadam oldinda ekanligidan dalolat. 
          O‘zbek   tilshunosligida   ranglar   sifatlar   tarkibida   o‘rganilib   M.Sodiqova,
Z.Pardayev, R.Qo‘ng‘irov, H.Tojimatov kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan.  58
 
          Ranglar   turli   madaniyatlarda   turlicha   ifodalanishi   mumkin.   Shoir   Sirojiddin
Sayyid ijodida ranglar alohida o‘rin tutadi. Uning she’rlarini o‘qigan she’riyatning
chinakam   ixlosmandi,   shoirning   “oq”,   “qora”,   “yashil”,   “zangori”   ranglar
palitralarini ishlatganligini bee’tibor qoldira olmaydi. Shoirning :
                                       “Yoshlik o‘tdi−ketdi, ul oppoq tulpor, 
                                        Undan qirlar aro qolmish oq g‘ubor”, 59
−
misralarini   o‘qiganda   yoshlikning   beg‘uborligi,   yoshlik   faslining   butun   inson
hayoti davomidagi eng go‘zal xotiralari muxrlangan davr ekanligi, undagi eng pok
tuyg‘ularning   mavjlanishi   shu   palla   bilan   uzviy   bog‘liqligi   kitobxon     ko‘z   oldida
gavdalanadi.   Oq   rang   azaldan   poklik,   xotirjamlik   ramzi   bo‘lib   kelgan.   Bundan
tashqari  bu rang kamtarlik, oddiylik, soddalik ramzi hamdir. Oq rang, shuningdek
56
  Ibrohim Haqqul. Yana qora rang talqini haqida. Xurshid Davron kutubxonasi. 2017.  https://kh-
davron.uz .
57
  Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. Yigirma jildlik. 10-jild. Toshkent, 1992. 
58
  Содиқова   М .  Ҳозирги   ўзбек   тилида   сифатлар .  Т.: Фан,1974. Пардаев З.Н. Ўзбек тилида 
сифатларнинг семантик-услубий  хусусиятлари. Филол. фанлари номз. ... дис. автореф. 
Самарқанд.  
59
  Sirojiddin   Sayyid .  Asarlar .  I ,  II   jild . –  T .:  Sharq , 2018. tenglikni   ham   ifodalay   oladi,   aynan   shu   rangdan   boshqa   barcha   ranglarni   hosil
qilish mumkin. 
     “O‘zbek tilining izohli lug‘atida” oq sifati qor, sut, paxta ranglarini bildirib, oq
doka, oq qog‘oz, oq non kabi narsa va predmetlarning belgisini bildirishi qayd etib
o‘tilgan. 60
  Oq   so‘zi   ibora,   matal,   maqollarda   ko‘chma   ma’noda   qo‘llaniladi:   oq
ko‘ngil,   oq   qilmoq;   oq   yuvib,   oq   taramoq,   oq-qorani   tanigan;   ko‘zining   oq-u
qorasi;   manglayi   oq   bo‘lsin;   oq   sutini   oqqa,   ko‘k   sutini   ko‘kka   sog‘moq;   kosasi
oqarmagan; oq   degani olqish, qora degani qarg‘ish; Ig‘vogarga oq sut ham qora;
Oq ko‘ngilning oti ham ozmas, to‘ni ham to‘zimas. 
       Shoirning yoshlikni oq tulporga mengzashida yuqoridagi ma’nolardan tashqari
uning go‘zalligiga, shiddatkorligiga ham ishorat bor. 
       Z.Pardayev oq rangning semalari qatorida eng birinchi bo‘lib, uning ramziylik
ma’nosi   ustunligini   aytib   o‘tadi   va   “oq   sut”ni   poklik,   halollik   ramzi   sifatida
ko‘rsatadi. Bundan tashqari ma’noni kuchaytirish (oppoq bo‘zalar); yurt-mamlakat
(oq   podsho);   beg‘ubor,   pokiza   (Ertasi…   Ishongum,   baxt   kabi   oppoq);   pok,
beg‘ubor   (o‘n   sakkiz   yoshimda   oppoq   singlim);   yorug‘lik   (oq   oqpar
kunduzlarqorong‘u   bo‘ldi)   ma’nolarini   anglatishini   dessertatsiyasida   qayd   etib
o‘tgan. 61
qiladi,   shuning   uchun   ham   u   shunday   so‘zlar   topishi   kerakki,   xatto   afsonalarda
ham   bunday   so‘zlar   uchramagan   bo‘lsin.   Shoir   aynan   shu   o‘rinda,   yorining
kulishlarini   oppoq   kaptarlarga   o‘xshatadi.   Beg‘ubor,   samimiy   va   kaptarlar   kabi
betakror.   Kulishga   nisbatan   oq   rangning   berilishi,   uning   ijobiyligini   yanada
oshirgan.
          Shoir   Sirojiddin   Sayyid   boshqa   bir   misralarida   tariximizda   o‘chmas   iz
qoldirgan,   o‘tmish   tarixining   eng   katta   zalvorini   tashkil   etgan   sohibqiron   Amir
Temur   qurdirgan   Oqsaroy   me’moriy   yodgorligini   ham   oppoq   bulutlarga
o‘xshatadi.   Bunda   aynan   oqlikka   urg‘u   berilishi,   oy   nurida   saroyning   old   tomoni
va gumbazlari ranglari o‘zgarib turishi orqali yuzaga kelgan.
60
   Ўзбек тилининг изоҳли луғати (2007). – Тошкент .
61
 Пардаев З.Н. Ўзбек тилида сифатларнинг семантик-услубий  хусусиятлари. Филол. 
фанлари номз. ... дис. автореф. Самарқанд .                                        Turarding abadiy shavkatu shonday,
                                       Osmonlar qa’ridan bo‘lib osmonday.
                                       Keksaygan, nuroniy sohibqironday,
                                       Bir oq bulut tushdi banogoh, saroy.
          Sirojiddin   Sayyid   uchun   oq   rang   umidbaxshlik,   oppoq   orzular,   oppoq   ezgu
niyatlar   ramzi.   U   oq   rangni   misralarida   keltirar   ekan   uni   goh   oqqoq   yuzlar,   goh
oppoq shamollar siymosida ko‘radi. Oq rang haqida ijobiy fikrlarni davom ettirgan
holda shoir “Laylakqor” haqidagi she’rida shunday misralarni qalamga oladi:
                                        Qordayin oppoq tilaklar birla siz, 
                                        Oq umidlar, pok yuraklar birla siz.
                                        Yuz ochingiz yorug‘ istiqbolga,
                                        Yor bo‘lingiz baxt ila iqbolga. 
          She’rdagi   oq   umidlar   jumlasida   aynan   oq   rangning   umidlar   so‘zi   bilan
birgalikda keltirilganligi, oq so‘ziga juda ko‘plab ijobiy fikrlarni yuklab kelmoqda.
                                      Bir kun bahor kelar oq va nofarmon.
                                      O‘z dilim tog‘ida daryoday toshgum,
                                      Shunda senga boqib, shod va bearmon,
                                      Ustingdan bir quchoq boychechak sochgum. 
         Bahorning oq va nofarmon rangda kelishi, daraxtlarning oppoq bo‘lib gullashi
bilan bog‘liq hamdir. Oq rang yana bir bor yangilanish, yangidan dunyoga kelish
mohiyatini   ham   anglatmoqda.   She’rdagi   muhabbatning   tasviri   oq   rangning   tasvir
ko‘lamini oshirib, unga o‘zgacha joziba bermoqda. 
     Xalqimizda keksalardan biror ishni boshlashdan oldin “fotiha olish” udumi bor.
Bu   kattalarning   rozi-rizoligini   olib   biror   yangi   ishni   boshlash,   yoki   yangi   bir
hayotga qadam qo‘yish demakdir. 
                                       Men bunda har dildan navolar oldim,
                                       Har giyoh, har guldan sabolar oldim.
                                      Oq fotiha oldim, oppoq tog‘lardan,
                                      Azim chinorlardan duolar oldim.       She’rda ifoda etilgan oq fotiha oldim misralari va shu misra tarkibida keltirilgan
fotiha   olmoq   iborasi   oldidan   oq   rangning   keltirilishi   misra   mazmunini   yanada
kuchaytirgan. Ijobiylikka ijobiylik qo‘shib, oq rangning ifoda ko‘lamini oshirgan.
Ushbu misralarda ham shunday ma’noni ko‘rish mumkin:
                                   Esayotgan barcha yellar oq,
                                   Qumlaringiz oqdir, sahrolar.
                                   To‘lqinlarning oppoq duolarida, 
                                   Dalalarning orzusi bordir,
                                   Yo‘ling oydin bo‘ladi daryo.
                                   Ikki sahifaday ochilgan kaftlar 
                                   Yuzlarga silaydi oq bir duoni.
          She’rda   keltirilghan   “oq   duo”   duoning   ijobiyligidan,   uning   yaxshiliklarga
yog‘rilganligidan nishon bermoqda.
         Xalqimizda  dasturxon  alohida ahamiyatga  ega.  Chunki   o‘zbek xalqi   o‘zining
mehmonnavozligi-yu   mehmondo‘stligi,   shirinsuxanligi-yu   qo‘li   ochiqligi,
dasturxoni   hamisha   to‘kin-   sochinligi   bilan   boshqa   xalqlar   orasida   katta   hurmat
qozongan.   Dasturxonning   to‘kisligi   mehmonga   bo‘lgan   hurmatni   ham   bildirgan.
Shoir “Mehr” she’rida aynan shu udumga ham alohida e’tibor qaratgan.
                                    Bugun sizga oq dasturxon to‘shar hayot,
                                   Taronani tog‘oraga qo‘shar hayot,
                                   Ham singil, ham yoringizga o‘xshar hayot,
                                   Mehringizni qizg‘onmang bir-biringizdan.
          Hayotning   insonlar   oldiga   oq   dasturxon   to‘shashida   ramziylik   bor.
Dasturxonning   oppoqligi   uning   muqaddasligidan,   pokligidan   dalolat.   Hayotning
har   bir   inson   oldiga  aynan   oq   dasturxon  to‘shashi   va  har   bir   inson   o‘zi   xohlagan
nozu ne’matlar bilan uni to‘ldirishi bor gap. Demak oq dasturxon tenglikning ham
ramzi. 
      Qora rang oqning zidi bo‘lib, har doim oq rangni assotsialashga xizmat qilgan.
O‘zbek   tilida   qora   so‘zining   eng   ko‘p   qo‘llanganligini   qadimiy   yozma
yodgorliklardan   ham   bilsa   bo‘ladi.   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   “qora”ga rang-tusi   mavjud   ranglarning   barchasidan   to‘q,   shu   tusga   moyil,   to‘q   rangli
qoramtir;   is-qurum   bosgan;   qoraygan   yoki   oqlanmagan,   pardozlanmagan;
qorong‘u,   nursiz,   ziyosiz   kabi   yana   bundan   boshqa   o‘ndan   ortiq
ma’nolarnibildiruvchi so‘z sifatida izohlaydi. 62
  
      O‘zbek xalq maqollarida ham qora so‘zi ishtirok etganjuda ko‘p paremiyalarni
uchratish   mumkin:   Dili   qoraning   –   tili   qora;   Dili   qoraning   qilmishi   –   qiyiqlik;
Yomonga   yaqinlashsang,   balosi   yuqar,   qozonga   yaqinlashsang   qorasi;   Ko‘ngli
qoraning yuzi qora; Oq degani – olqish, qora degani – qarg‘ish; Oq it, qora it, bari
– bir it; Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas.
          Sh.   Rahmatullayevning   “O‘zbek   tilining   frazeologik   lug‘ati”da   ham   “qora”
so‘zi ishtirok etgan o‘rinlarni ham ko‘rish mumkin: Oq-qorani tanimoq; oq-qorani
tushunmoq,   yuragi   qora;   qorasini   ko‘rsatmaslik;   qorasi   o‘chmoq;   qora   terga
botmoq; qora yurak; yuragi qora.        
      Rus tilshunosligida A. Kononov qora rangning ma’nolarii tadqiq etib, shu so‘z
bilan   “katta”,   “yirik”,   “muhtasham”,   “ulug‘”,   “qudratli”,   “kuchli”,   “pokiza”,
“musaffo” kabi mazmunlar ifodalaganini ko‘plab misollar bilan izohlab bergan.   63
Qora   rang   bilan   bog‘liq   ramziylik   qadimdan   qo‘llanilib,   aksariyat   hollarda   qora
rang   yovuzlik,   qo‘rqinch,   tun,   umidsizlik   ma’nolarini   iste’foda   etgan.   Bugungi
kunda qora rang she’riyatda shoirning mahoratiga qarab salbiy yoki ijobiy ma’noni
o‘zida tashimoqda. 
                                   Siymin yulduzlarning jaranglarida,
                                   Dunyoning vidoli yalanglarida,
                                   Oyning yarqiragan yalanglarida,
                                   Qora sochlaringni suzib ber menga. 
          Shoir   uchun   yorning   sochlari   qoraligi   uning   go‘zalligi,   yoshligidan   dalolat.
Sirojiddin   Sayyid   ijodida   qora   rang   yorning   qoshi,   ko‘zi,   sochiga   nisbatan   ko‘p
tilga olingan: 
                                  Qoshlaring qarosida, bilmam ne fasod bo‘lgay.
62
  Ўзбек тилининг изоҳли луғати (2007). 3-жилд. – Тошкент
63
 Кононов А.Н. Семантика цветообозначений в тюркских языках// Тюркские сборник. 
Москва, 1978.                                    Sochlaring bozorida, bozorim kasod bo‘lgay. 
          Ijodkorning   ayni   she’rida   qoshning   qaroligi   navqironlik   ramzi   bo‘lib   kelgan.
Mumtoz   adabiyotda   qora   soch,   qora   qosh,   qora   ko‘zlar   go‘zallikning   o‘lchovi
bo‘lib, hozirgacha yorning go‘zallik mezoni  qora rang bilan o‘lchanadi.
                               Bog‘larim mung‘aydi orzularimni,
                               Qarolig‘ chulg‘adi uyqularimni.
                               Quvnab, to‘y-to‘ylashib qayg‘ularimni,
                               Ey siz, qaro sochlar, yulduz qarog‘lar,
                               Nima topdingiz. 
      O‘zbek tilshunosi Z.Pardayevning “O‘zbek tilida sifatlarning semantik-uslubiy
xususiyatlari” dessertatsiyasida qora rang haqida “Qora leksimasi” so‘zlovchi yoki
yozuvchining   o‘z   nutqi   qaratilgan   shaxsga   bo‘lgan   munosabati   nuqtai   nazaridan
matnga bog‘liq holda ijobiy yoki  salbiy ekspressivlikni  ifodalashi  mumkin”,-  deb
aytadi.
                             Qaro zulfing qaro qildi, kunimni, tunlarimni ham,
                             Kuyuk ko‘ngil isi kelgay tunim ham, kunlarimdan ham.
     She’riyatda eng azaliy o‘xshatishlar qora rang bilan bog‘liq. Yorning zulfi qora
va shu zulfi oshig‘ining kun-tunini qaro qilgan. Tilshunos Z.Pardayev qosh, ko‘z,
soch   kabi   a’zolarga   nisbatan   qora   leksemasi   epitet   sifatida   qo‘llanilganda   ijobiy
munosabat semasi ma’lum darajada aks etishini ifoda etgan. 64
     Mana shunday she’rlarda rang bilan bog‘liq ramziy obrazlar o‘zbek she’riyatida
inson   ruhiyat   dunyosida   yuz   berayotgan   turfa   holatlarini,   talotumlarini,
o‘zgarishlarini,   evrilishlarini   his   qilish   mumkin   bo‘lgan   darajada   ifodalay   oladi.
Qora   rang   misralarda   ko‘rilganday   buyuklik,   qosh-ko‘z   tasvirini
mukammallashtiruvchi   yoshlik,  nafosat   epkinlarini  beruvchi,  ba’zida  alam,  hasrat
tuyg‘ularini   anglatuvchi   rang   bo‘lishi   bilan   birgalikda,   uning   salbiyligi   ushbu
misralarda yanada ko‘rinadi: 
                              Men bu olam ahvolining har rangiga tushunmadim, 
                              Men bu odam avlodining nayrangiga tushunmadim.
64
  Пардаев З.Н. Ўзбек тилида сифатларнинг семантик-услубий  хусусиятлари. Филол. 
фанлари номз. ... дис. автореф. Самарқанд.                              Men bu ichi to‘la riyo ko‘ngli qaro yoronlarning,
                             Kiyib yurgan choponining zar rangiga tushunmadim. 
          Xalqimizning     “ichi   qora”   iborasi   azaldan   bor.   Bu   ibora   zamirida   keltirilgan
qora rang yaxlit bir kompozitsiyaning yuzaga kelishiga imkon bergan.   Qora rang
ko‘rolmaslik,   g‘azab   kabi   salbiy   illatlarning   birlashmasi   bo‘lib,   ma’noni   yanada
konkretlashtirgan.   Z.Pardayev   qora   rangning   motam,qayg‘u,   kun,   shom,   holat,
daraja, yorug‘lik-qorong‘ulik darajasi, bid’at, zararli, yomon, gunohkor semalarida
ham kela olishini alohida qayd etib o‘tgan. 65
                            Do‘stlarim, bor edi mening bir shahrim,
                            Bir parcha o‘tlog‘i bor edi yashil. 
                            Bir parcha o‘tlog‘i ichra bir davrim,
                            Yashil davrim qoldi, do‘stlarim, axir.  
         Dunyoning deyarli barcha madaniyatlarida yashil bitta umumiy ma’noga ega.
Avvalo,   u   tiriklik   va   farovonlik   ramzi.   Aynan   shu   ongimizda   tabiatning   bahor
uyg‘onishi tushunchasi bilan bog‘liq. 
          Insoniyat   paydo   bo‘libdiki,uning   tabiat   bilan   aloqasi   har   jabhada   ko‘zga
tashlanadi.   Tabiatda   mavjud   bo‘lgan   ranglar   jilvasi   har   qanday   ijodkorning
e’tiborini   jalb   etmasdan   qolmaydi.   Rang   –   bu   odamlar   tevarak-   atrofini   o‘rab
turgan   va   alohida   his-tuyg‘ularni   keltirib   chiqaradigan   hodisa.   Yashil   rang   –
tiriklik,   hayot,   tabiat,   uyg‘unlik   va   muvozanat   ramzi.   Bu   rang   bahor   kabi   qayta
tug‘ilish   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   shu   rang   orqali   tabiatning   yangilanishi,   qaytadan
yangi davrni boshidan kechirayotganligini ifodalash mumkin. 
          Qadimgi   Misrda   yashil   rang   tirilish,   o‘lim   ustidan   g‘alaba   qozonish   ramzi
bo‘lgan.   Hindistonda   esa   yashil   rang   tinchlik   va   umidni   bildirgan.   Qadimgi
Yunonistonda   yashil   va   ko‘k   ba’zan   bir-birining   o‘rnida   ishlatilib   va   bir   xil   so‘z
orqali   ifoda   etilib,   ba’zan   dengiz   rangini   ham,   ba’zan   esa   daraxtlarning   rangini
ifodalay olgan. Ko‘pgina xalqlarning asriy dunyosida yashil rang betakror yoshlik
va hayotning quvonchini ham anglatgan. Xitoy e’tiqodlarida tushida yashil rangni
ko‘rish yaxshilik alomati hisoblangan. 
65
  Пардаев З.Н. Ўзбек тилида сифатларнинг семантик-услубий  хусусиятлари. Филол. 
фанлари номз. ... дис. автореф. Самарқанд.          Umuman olganda, o‘zbek she’riyatida ham yashil rang ijobiylik ottenkalariga
ega   bo‘lib,   bu   rang   assotsiativ   ravishda     tabiatga   bo‘lgan   muhabbatni,   u   bilan
samarali harakat qilish qobiliyatini ham anglatishi mumkin.
                             Do‘stlarim, bor edi mening bir shahrim,
                             Bir parcha o‘tlog‘i bor edi –yashil.
                             Bir parcha o‘tlog‘i ichra bir davrim,
                             Yashil davrim qoldi, do‘stlarim, axir.
         Yoshlikning bunday rang bilan tarannum etilishi umrning eng gullagan pallasi
bilan   mushtarak.   Har   odamning   umri   gurkiragan   davri   bo‘ladi.   Bu,   shubhasiz,
yoshlik   davri.   Hayotimizning   mazmun-mohiyati,   ildizimizning   tiriklik   zamiriga
chuqur   ketishi   shu   davrning   qanchalik   gullashi   bilan   bog‘liq.   Shoir   uchun   umr
go‘yoki bir yashil bog‘. 
                             Nechun munglug‘dirsan, ey yashil bog‘im,
                             O‘tmish mening faslim, mening gul chog‘im.
                             Endi chirqiragan qushchalaringga,
                             Bittadan in bo‘lgay har bitta dog‘im.
            Yashil   rang   qanchalik   navqironlik   rangi   bo‘lmasin   undan   ham   boshqa
ma’nolarni hosil qilish, uning ustiga yuklash mumkin.                   3.3.  SHE’RIYATDA QALDIRG‘OCH RAMZI VA UNING
                                                MA’NO QIRRALARI
     Insonning ko‘plab ehtiyojlari orasida uni hayvonlardan keskin ajratib turadigan
narsa   bu   –   timsolga   bo‘lgan   ehtiyoj.   Inson   shunchaki   jismoniy   muhitda
yashamaydi,   u   ramziy   olamda   yashaydi.   Ramzlar   orqali   olinadigan   bilimlar,
tushunchalar   madaniyatni   egallash   darajasini   va   shaxsning   ijtimoiy   ahamiyatini
belgilab   beradi.   Ularning   to   paydo   bo‘lgandan   hozirgacha   bo‘lgan   davriga
qaraydigan   bo‘lsak,   ramzlar   o‘z-o‘zidan   paydo   bo‘lgan   emas,   balki   u   inson
ongining mahsuli  ekanligining  guvohi   bo‘lishimiz  mumkin.  Inson  katta  olamning
kichik   bir   qismi   sifatida   –   dunyoning   tasvirini,   o‘zi   yashayotgan   olamni,
ko‘rayotgan   narsalarini   o‘z   dunyoqarashidan   kelib   chiqib   ramzlarga   soladi.   Bu
orqali esa dunyoni anglashi oson kechadi. Ramz so‘zining o‘zida insonlar orasida
bo‘lgan   o‘zaro   aloqa   mavjud.   Bunga   qadimda   ramz   so‘zining   do‘stona
munosabatlar belgisi bo‘lib xizmat qilganidan bilish mumkin.  Gyote ramzni ilohiy
ma’noni bilishning bir usuli sifatida talqin qiladi. 66
 
         O‘zbek  tilida  ramzga  bo‘lgan qiziqish  madaniyat  doirasi  bilan chegaralanadi,
shu   nuqtai   nazardan   ramzni   har   qanday   madaniyatga   xos   bo‘lgan   stereotep
hodisalariga bog‘lash mumkin. Turli madaniyatlarda ramzlar turlicha ma’noga ega
bo‘ladi.   A.F.Losev   aytganiday   ramz   –   axborotni   ijtimoiy-madaniy   kodlashning
o‘ziga   xos   omili   va   ayni   paytda   ushbu   ma’lumotni   uzatish   mexanizmi   sifatida
qaralishi   mumkin.   M.Lotman   madaniyatning   ramziyligiga   ishorat   qilib   u   bir
tomondan   ma’lum   miqdordagi   irsiy   matnlar,   ikkinchi   tomondan   irsiy   belgilar
ekanligini ta’kidlaydi. 
     “Ramz” atamasini adabiyotshunoslar, tilshunoslar turlicha tushunib, uni turlicha
talqin qilishadi. Y.S.Stepanov ramz ilmiy tushuncha emas, balki poetik tushuncha
ekanligiga urg‘u beradi. Ramz har jihatdan ma’lum bir she’riy tizim doirasidagina
mazmunli   bo‘lib,   aynan   she’rda   o‘zi   anglatgan   ma’noning   to‘liq   aksini   topishini
66
 Маслова В.А. Лингвокулътурология. Учебное пособие для студентов высших учебных заведенийю – М.: 
Изд. Центр “Академия”, 2001. 65- стр. aytib   o‘tadi.   She’riyatda   ramziylik   go‘zal   misralar   orqali   she’riyat   ixlosmandlari
qalbiga yetib boradi. 
      Qaldirg‘ochni o‘zbek madaniyatida bahor, omad, baxt, trinchlik, xursandchilik
ramzi sifatida qadrlashadi. Boshqa xalqlarda esa qaldirg‘och ezgulik, baxt, ibtido,
umid,  ijobiy  o‘tish,   qayta   tug‘ilish,   tong,  bahor,  quyosh   chiqishi,   mehnatsevarlik,
xonadon   farovonligi,   otalik   merosining   xabarchisi   ramzi   sifatida   ifodalanar   ekan.
Hatto   Ermitaj   muzeyida   saqlanayotgan   yunon   idishida   qaldirg‘och   tasvirining
borligi,   bu  qushning   turli   xalqlar   uchun   ramziyligi   borligidan   dalolat.   67
  ko‘pgina
slavyan   xalqlari   qaldirg‘och   uyni   balo-qazolardan   himoya   qilishiga   ishonishadi.
Ko‘plab qo‘shiqlarida uni uyning bekasi sifatida ifodalaganini ko‘rish mumkin. U
dengizning narigi tomonidan oltin kalitlarini olib kelib, bahor darvozalarini ochib,
qishning darvozalarini yopadi deb ham bilishadi.   68
  U   kirgan xonadonda hamisha
tinchlik, xotirjamlik bo‘lishiga o‘zbek xalqi ishonadi. Qaldirg‘ochni xosiyatli qush
sifatida e’zozlashadi. Shuning uchun ham agar kimningdir xonadonida qaldirg‘och
in   qurayotgan   bo‘lsa,   bundan   faqat   va   faqat   xursand   bo‘lishib,   uyimizga   baraka
olib   kelayapti   deb,   qushni   alqab   ham   qo‘yishadi.   Keksa   bobo-buvilarimiz
bahorning   ilk   kunlarida   qaldirg‘ochni   ko‘rsa,   xuddi   yangi   to‘lin   oy   chiqqanida
qanday   qo‘llarini   juftlab   duo   qilgan   bo‘lsa,   xuddi   shunday   bu   bahorning
darakchisini ko‘rib shukronalik duosini ado etadilar. Sirojiddin Sayyid she’rlarida
qaldirg‘och bahorning darakchisi ekanligi shunday keltiriladi: 
                           Bahor.  Qaldirg‘och lar xas, loy cho‘qiydi,
                           O‘rgimchak yangi bir gilam to‘qiydi.
                           Gulzor tepasida bir mulla to‘rg‘ay,
                           Bulbul bilan gulag nikoh o‘qiydi. 
         Qaldirg‘ochning bahor bilan assotsialanishi, bahorning yosharish, yangilanish,
yangidan   tug‘ilish   ma’nosi   bilan   birgalikda   qaldirg‘ochning   aynan   o‘z   inini
qurishga harakat qilishi bilan ham ifodalanyabti: 
                            Qaldirg‘ochlar  tinmaydi, ko‘zga qo‘yib surmalar,
67
 Гура А.В. Ласточка//Славянская мифология. Энциклопедическая словаръю – М.: Междур. Отношения, 
2002. 87-стр.
68
 Топоров В. Ласточка // Мифы народов мира.  Энциклопедия : в 2-х т. / Гл. ред. С. Токарев. – М: “Сов. 
Энциклопедия”, 1991.  T .                             Tashigani tashigan, faqat loy-u guvalak, -  
deb qaldirg‘ochning mehnatkashligiga “Qushlar olami” nomli yuqoridagi she’rida
ishora qilyapti. Yana bir to‘rtligida shoir shunday deydi:
                            Kiygin eng chiroyli ko‘ylaklaringni,
                            Ifor et umrimning yo‘laklarini.
                            Bu tong  qaldirg‘ochlar  ayvonimizga,
                            Keltirgay qalbimning bo‘laklarini. 
            Shoir   ushbu   misralarida   yoriga   murojaat   qilib   bugun   eng   chiroyli
ko‘ylaklaringni men uchun kiy, eng xo‘shbo‘y iforlar bilan iforlan deya yangi oila
qurilishiga   shama   qilyapti.     Bu   yerda   qaldirg‘ochning   ayvonlarga   in   qurishi,
qaldirg‘ochning   ini   mustahkam   bo‘lishi,   doimo   uyiga   nimadur   tumshug‘ida   olib
kelishi   yangi   uyning   bunyod   bo‘layotganligiga   dalolat.   Demak   qaldirg‘och   bu
o‘zbeklar uchun nafaqat bahor ramzi, balki doimo uyim-joyim deydigan, topganini
uyiga tashiydigan o‘zbek xalqining ajoyib xislatlaridan biri bo‘lgan “oilaparvarlik”
ramzi hamdir. Sirojiddin Sayyidning “Pushaymon ayvonida” she’rida:
                           Qaldirg‘ochlar  bunda hargiz in qurmas,
                          Imoratmi va yo ko‘ngil vayroni,
                          Na aynondir pushaymonning ayvoni?! – 
degan   misralarini   ko‘rish   mumkin.   O‘zbek   xalqi   tushunchasiga   ko‘ra   qaldirg‘och
hech qachon urush bo‘ladigan, oilasi notinch bo‘ladigan xonadonning ayvoniga in
qurmaydi.   Shu   bois   kimning   xonadoniga   qaldirg‘och   in   qursa,   demak   ularning
xonadoni   pokiza   va   mehr-muhabbatli   ekanligi   tushuniladi.   Demak   qaldirg‘ochni
“pokizalik”   ramzi   ham   deyish   mumkin.   Qaldirg‘och   qarasak   juda   kichkina   va
nimjon  ko‘rinadi.  Uning  shu  jussasi   bilan  loy,  xas  tashiyotganligini   ko‘rib  ularga
rahmingiz ham kelib ketadi. Qaldirg‘ochlarning bitta in qurishi qanchadan qancha
azob-uqubatlar   orqali   amalga   oshadi.   Shoir   shuning   uchun   ham   qaldirg‘ochda
“sabr” timsolini ko‘radi:
                               Hayot esa goh osh tutar, goh qirmoch,
                               Suygandan ham kuygandan ham so‘rar boj.
                               Shiftingizga kelgan bir juft  qaldirg‘och ,                               Tortgan azob-uqubatdan o‘rganing. 
      Muhammad Yusuf esa qaldirg‘ochda “dard”ni ko‘radi:
                              G‘ussam mening g‘ussamdir, ayvonimda yashaysan,
                              Qarab tursam, sen ham bir dardli qushga o‘xshaysan.
                              Ko‘nglingda ne savoling, nega aytmay yig‘laysan?
                              So‘ra, so‘ra  qaldirg‘och , ko‘zi qora  qaldirg‘och .
          Sirojiddin   Sayyid   xatto   qaldirg‘ochning   go‘zalligi,   uning   o‘zoiga   xosligini
e’tirof   etib,   endi   bo‘yi   yetib   kelayotgan,   qalbida   muhabbat   kurtak   otayotgan,
go‘zalligidan   oylar   ham   hijolat   bo‘ladigan   qalamqosh,   bir   qayrilib   qarashi   uchun
minglab   oshoiqlar   yo‘lida   intizor   bo‘ladigan   “bo‘yi   yetgan   qizlar”   ramzi   sifatida
ham ko‘radi:
                             Hijronlarga to‘liq she’riy daftarimni,
                             Sen varaqlab, shamo meni axtardingmi?
                             Bir boychechak, bir qalamqosh  qaldirg‘ochga,
                             Almashdim men bor alam, bor dardlarimni. 
              Muhammad   Yusuf   esa   aynan   qaldirg‘ochda   “yoshlik,   yetuklik”   ramzini
ko‘radi:
                             Sabo silab sochini, bir juft  qaldirg‘ochini,
                             Qirq yonga uchirgan qiz, o‘n sakkizga kirgan qiz. 
      Qadimdan qora soch yoshlik ramzi bo‘lib kelgan. Shoir bitta qaldirg‘och ramzi
orqali   ham   sochning   qoraligini,   ham   qizning   oshiqlari   qirq   yonda   saf   tortib
turganligini   ifodalamoqda.   Shoir   qaldirg‘ochda   hayotning   ma’nosi   bo‘lgan,
qalblarga iliqlik olib kiradigan, unga ega bo‘lganlar hatto tog‘larni talqon qilishga
qurbi yetadigan, Farhod-u Shirinlarni, Layli-yu Majnunlarni asir etgan “muhabbat”
ga qiyos etadi. Qaldirg‘ochda “muhabbat” ramzini ko‘radi:
                           Bahor payti asta silkinib, tuyg‘ularing ko‘targanda bosh,
                           Qutlar seni birinchi bo‘lib, erta kirib kelgan  qaldirg‘och .
         Mutaxassislar bu qushni o‘rganib chiqibuning ko‘plab g‘aroyib xususiyatlarini
kashf   etganlar,   ulardan   biri   uning   sadoqatli   ekanligidadir.   Sadoqat   bobida
oqqushlardan   so‘ng   qaldirg‘ochlar   turar   ekan.   Ular   o‘zlari   in   qurgan   xonadonni sedan   chiqarmas,   qishda   uchib   ketgan   qaldirg‘ochlar,   bahorda   yana   o‘sha
xonadonlariga   adashmay   qaytib   kelishar   ekan.   Sirojiiddin   Sayyid   aynan
qaldirg‘ochning shu xislatini o‘zining to‘rtligida aks ettirgan:
                            Dunyoda eng aziz, ko‘zu qoshlarday,
                            Har bir hovling menga qarindoshlarday,
                           Ko‘nglimni ming bo‘lib olamga sochsam,
                           Yana qaytib kelgay  qaldirg‘ochlarday .
          O‘zbek   xalqi   uchun   hurlik,   ozodlik   eng   qadimdan   eng   katta   ne’mat   bo‘lib
kelgan.   Bizning   qon-qonimizga   bo‘yin   egmaslik,   hurlik   uchun   doimo   kurashda
bo‘lish   singib   ketgan.   Sirojiddin   Sayyid   “Egasi   bor   yurt”   she’rida   aynan   shu
ma’nolarni   qalamga   olib,   qaysidir   ma’noda   hurlik   ramzini   shu   mitti
qaldirg‘ochlarda ko‘radi:
                            Qaldirg‘ochlarga  ber ayvonlaringni, 
                           Qushning ham bek bilan bekasi bordir.
                           Singiljon, ekaver rayhonlaringni,
                           Egasi bor yurtning –  ertasi bordir.
                       Qaldirg‘och o‘zbek xalqi  uchun muqaddas  hisoblangan  Vatanning ham
ramzi:              
                           Sening beshigingni tebratdi yellar,
                           Giyohlar bezatdi uyqularingni.
                           Anov cho‘qqilardan ohular tongda,
                           Ko‘rdi labingda ilk kulgularingni.
                           Bularning barchasi Vatandir, Vatan.
                           Tovoning o‘pajak har bir tosh – Vatan.
                           Sen hali bilmaysan – yangi ayvonning,
                           Shiftini tanlagan qaldirg‘och – Vatan. (S.Sayyid)                 Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   qaldirg‘och   xalqimizning   va
she’riyatimizning   eng   go‘zal   ramzlaridan   biri.   Uning   kichik   bir   tilsim   ekanligi,
nega   aynan   ahil   oilalar   xonadonlarida   in   qurishi,   uning   bahorni   o‘z   yelkasida
boshlab kelishi-yu turli  xalqlarda  turlicha ramzlar  orqali  unga  tavsif  berilishi  hali
ko‘plab izlanishlar olib borilishi kerakligidan dalolat beradi.                              Lingvomadaniy   birlik   bo‘lgan   urf-odat   va   marosimga   doir
so‘zlarning 
                                    lingvokulturologik xususiyatlari
         Mamlakatimiz tarixan juda qadimiy davlatlardan bo‘lib, uning o‘tmishi o‘zida
juda   katta   madaniy   merosni   egallaydi.   Bunday   madaniy   merosimiz
lingvokulturologiyada   lingvomadaniy   birliklar   deyiladi.   Lingvokulturologiyada
lingvomadaniy   birliklarlar   madaniyatning   asosiy   madaniy   sema   tashuvchilari
hisoblanadi va ular madaniy makonda mavjud bo‘ladi. 
      Madaniy makon – madaniyat vakillari ongidagi madaniyatning mavjud bo‘lish
shakli hisoblanadi.
          Lingvomadaniy   birlik   –   lisoniy   belgining   ma’nosi   va   madaniy   mazmun
birikuvidan   tarkib   topuvchi,   semantikasida   madaniy   axborot     yaqqol   namoyon
bo‘luvchi   til   birligidir.   Frazeologizm,   etalon,   ramz,   metafora,   turg‘un   o‘xshatish,
milliy   realiyalar   bilan   bir   qatorda   urf-odat   va   marosimga   doir   so‘zlar   ham
lingvomadaniy   birlik   hisoblanadi.   Urf-odat   va   marosimlarga   amal   qilish,   shu
madaniy qadriyatlarni ajdoddan avlodga yetkazish har bir o‘zbekman degan inson
uchun madaniy vorislik hissini beradi. 
          Insoniyatning   ming   yillik   tarixi   davomida   turli-tuman   madaniyatlar
shakllangan. Turli madaniyatlar ichida an’anaviy (arxaik) madaniyat ajralib turadi.
An’anaviy   madaniyat   deyilganda   asrlar   davomida   bir   necha   avlod   vakillarining
say-harakatlari   bilan   bir   joyga   to‘plangan,   unutilmagan   urf-odatlar   majmui
tushuniladi.   Urf-odat   kishilarning   turmushiga   singib   ketgan,   ma’lum   muddat
takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor
qoidalari   ko‘nikmasidir.   Har   qanday   urf-odat   va   marosimlar   muayyan   bir
millatning boshqa bir millatdan farqlanib turishini belgilaydi.
      O‘zbek xalqining asrlar davomida sayqal topib, xalqning hayotida ajralmas bir
qism   bo‘lib   kelayotgan   urf-odatlar,   ularga   amal   qilish,   ularni   ajdoddan   avlodga
yetkazish o‘zbek millatining tashkil topishida katta o‘rin tutadi. Ular xalqimizning
boy   madaniy   merosini   tashkil   qiladi.     Madaniy   meros   –   madaniyat   uchun
ahamiyatli   bo‘lgan   madaniy   boyliklarni,   informatsiyalarning   berilishi.   Bunday qadriyatlar,   milliy   an’analar   madaniy   universiyalar   sifatida   lingvokulturologiyada
muhim o‘rin tutadi.  69
          Xalqning   urf-odatlari   uni   xalq   sifatida   tanitadi.   Izohli   lug‘atda   “urf”   so‘ziga
shunday   ta’rif   berilgan:   “Urf     –   [a.   e’tirof,   baho   berish;   rasm,   odat,   taomil;
o‘rganish]   Umum   tomonidan   qabul   qilingan   va   amal   qilinadigan   tartib-qoida;
rasm,   taomil.   Har   bir   xalqning   o‘z   urfi   bor.   Biz   ko‘pincha   ajoyib,   ko‘rilmagan,
haligacha urf bo‘lmagan rango-rang gullarni dastalaganda…qaysi  bog‘da bitgan-u
bog‘boni   kim?   deb   surishtirib   o‘tirmaymiz.   Gazetadan.”   70
  “Odat”   so‘zi   esa
shunday izohlanadi: “[ a. udum, taomil; o‘rganish; malaka,odatlanish] 1. O‘rganish
bo‘lib qolgan harakat, qiliq. 2. Ota-bobodan qolib kelayotgan va kishilarga singib
ketgan yoki yangitdan singib borayotgan rasm-rusum, udum, tartib.”
          Marosim   esa   shunday   izohlanadi:   1.“   [a.   urf-odatlat,   udum]   Diniy   yoki
an’anaviy   urf-odatlar   munosabati   bilan   o‘tkaziladigan   tadbir,   yig‘in.   Diniy
marosim.   To‘y   marosimi.   2.   Tantanalar   bilan   o‘tkaziladigan   rasmiy   yig‘in.
Kanalning   ochilish   marosimi.” 71
  Bundan   kelib   chiqadiki,   urf-odat   marosimga
qaraganda   kengroq   tushuncha.   Chunki   urf-odat   xalqning   hayotidagi   barcha   rasm-
rusm,   udum,   marosimlarni   ham   qamrab   oladi.   Marosimda   faqatgina   xalq
hayotining   ma’lum   sohalari   aks   etadi.   Ya’ni   u   maxsus   kishilar   tomonidan
uyushtirilgan   namoyishlardan   iboratdir.   Ya’nada   tushunarli   qilib   izohlansa,   urf-
odat   ma’lum   muddat   takrorlanib   turuvchi,   ko‘pchilik   tomonidan   qabul   qilingan
xulq-atvor qoidasi va urf-odatda ko‘pchilik ishtirok etadi, marosimda esa faqatgina
belgilangan   shaxslar   ishtirok   eta   oladi.   Urf-odat   muayyan   xalq   uchun   o‘zgarmas
qoida bo‘lsa, marosim hududiy farqlanishi mumkin. Demak, marosim urf-odatning
tarkibiy qismi. “Marosim folklori” kitobida ikkisining farqi shunday farqlanadi: “
Har qanday marosim urf-odat, lekin har qanday urf-odat marosim bo‘la olmaydi. 72
”
69
 Худойберганова Д.  Лингвокультурология терминларининг кискача изохли лугати. Тошкент. Turon zamin 
ziyo. 2015. 37- б.
70
   Ўзбек тили изоҳли луғати. 1-5-томлар. Тошкент: Ўзбекистон
миллий энциклопедияси, 2006-2008.
71
  Ўзбек тили изоҳли луғати. 1-5-томлар. Тошкент: Ўзбекистон
миллий энциклопедияси, 2006-2008.
72
 Sarimsoqov B. Marosim folklori. – T.: Fan, 1986.  12- bet .       Ma’lumki, rasm-rusm – madaniy g‘oyalar, me’yorlar, tasavvurlar, qadriyatlarni
o‘zida   aks   ettirgan   jamoada   ma’lum   bir   hissiyotlarni   uyg‘otadigan   jamoaviy
harakatlarning   yig‘indisi   bo‘lsa,   urf-odat   –   ma’lum   bir   jamoada   ishlab   chiqilgan,
o‘tmishdan   davom   etib   kelayotgan,   shu   jamoaning   a’zolari   uchun   odatiy
hisoblangan,   insonlarning   faoliyati   va   o‘zaro   munosabatini   ijtimoi-madaniy
jihatdan   tartibga   solish   shakli   hisoblanadi.   O‘zbekning   xonadonini   esa   to‘y-
tomoshasiz   tasavvur   qilib   bo‘lmaydi.   Sirojiddin   Sayyidning   “Bir   muhabbat
qissasi” she’rida o‘zbekning urf-odatlari chiroyli aks etgan:
                                Kirib keldik, boshimizdan,
                                 Onam sochdi tangalar .
                                Taomil deb, doyra chaldi,
                                 O‘lan aytdi yangalar .
                                Otam avval arazlab so‘ng,
                                Ag‘dardilar ho‘kizni.
                                Ma’lum qilib  osh berdilar ,
                                Chaqirib el-ususni. 
      Urf-odatlarimizga ko‘ra o‘lan xalq og‘zaki ijodi janri bo‘lib, ayollar tomonidan
childirma jo‘rligida ijro etilgan. Izohli lug‘atda shunday izohlangan: “O‘lan – Xalq
og‘zaki ijodida, odatda to‘y, gap-gashtak va sh.k.da ijro etiladigan ashula, qo‘shiq.
“O‘lan aytmoq. Qora-qora qo‘zilar kuyni boshlar, yor-yor. Qalam qoshli yangalar
O‘lan boshlar yor-yor.” O‘lan aytuvchi “o‘lanchi” deyiladi. O‘lan bilan birgalikda
“yalla” ham ishlatilgan.  Yalla – F.(yalali, yallali) – raqs bilan ijro etiladigan yengil
va   sho‘x   qo‘shiq,   ashula.   Yalla   qilmoq   –   1)   yengil   va   sho‘z   qo‘shiq   aytmoq.
O‘rmonjon   Qurbon   ota   bilan   Sidiqjonni   sozandalar   yalla   qilayotgan   davradan
topdi.   A.Qahhor.   2)   ko‘chma   vaqtini   o‘yin-kulgi   bilan   o‘tkazmoq,   beg‘am   va
beparvo   yurmoq.   Yallachi   –   to‘y-tomoshalarda   qo‘shiq   aytib,   o‘yinga   tushib
yurishni kasb qilib olgan shaxs. 73
         O‘lan  xalq og‘zaki  ijodida  madaniy  konnotatsiyani   ko‘rsatib  turadi.  Madaniy
konnotatsiya – madaniyat kategoriyalaridagi denotativ yoki majoziy-motivlashgan
73
  Ўзбек тили изоҳли луғати. 1-5-томлар. Тошкент: Ўзбекистон
миллий энциклопедияси, 2006-2008. 107- bet . ma’no   jihatlarining   talqini.   Madaniy   konnotatsiya   til   belgisidagi   madaniyat
darajasining   ko‘rsatkichini   ifodalaydi. 74
  O‘lan   yangragan   ijro   davomida   kelin-
kuyovning ustidan turli xil sochqilar, tangalar  sochiladi. Buning ma’nosi  tangalar
badavlat bo‘lishlari uchun chiroyli tilak bo‘lsa, shirinliklar baxtli yashashlari uchun
niyatdir. 
                            Ota uyning eshigiday eshik yo‘q,
                            Olamni kez Farhodingday oshiq yo‘q.
                            Bu kech toshu devorlaring sel bo‘lar,
                            Bu dunyoda “  Yor-yor ” ingday qo‘shiq yo‘q.
                            Mayli, 7 iqlimlarda to‘y bo‘lsin,
                            Har qarich yer  o‘lan  bo‘lsin, kuy bo‘lsin.
                            Olamni kez,  beshigingday beshik yo‘q ,
                            Bu dunyoda “ Yor-yor”ingday  qo‘shiq yo‘q. ( S.Sayyid)
          Ushbu   she’rdagi   madaniy   semalar   yor-yor,   o‘lan,   beshik,   to‘y   orqali
ifodalanmoqda. Va bu so‘zlar orqali  o‘zbek xalqining milliy urf-odatlariga ishora
qilinmoqda.   To‘y keng ma’noda quyidagi ma’nolarni o‘z ichiga oladi: “To‘y – 1.
Uylanish,   turmushga   chiqish,   xatna   qilish   va   b.  munosabatlar   bilan  ziyofat   berib,
bazm-tomoshalar bilan o‘tkaziladigan xalq marosimlarining umumiy nomi. Nigoh
to‘yi.   O‘g‘il   (xatna,   sunnat)   to‘yi.   Beshik   to‘yi.   To‘y   qilmoq.   Ma’raka   mardniki,
to‘y – xalqniki. Maqtanganning uyiga bor, kerilganning to‘yiga bor.
2.   Qudalar   o‘rtasidagi   kelishuvga   muvofiq,   kuyov   tomondan   qiz   tomonga
beriladigan pul, sarpo, masalliq va sh.k majmui.
3. Shu narsalar yuborilishi munosabati bilan kuyov xonadonida, kelishi munosabati
bilan qiz xonadonida o‘tkaziladigan marosim. To‘y bermoq 1) qudalar o‘rtasidagi
kelishuvga   muvofiq   belgilangan   pul,   sarpo,   masalliq   va   b.   ni   kelin   tomonga
yubormoq; 2) yurtga osh, ziyofat bermoq. 
74
 Худойберганова Д.  Лингвокультурология терминларининг кискача изохли лугати. Тошкент. Turon zamin 
ziyo. 2015. 37- б. 4.   Biror   voqea-hodisaga   bag‘ishlab   ziyofat   va   o‘yin-kulgilar   bilan   o‘tkaziladigan
tantanalar.   Hovli   to‘yi.   Hosil   to‘yi.   Ko‘pga   kelgan   to‘y.   ko‘pchilikning   boshiga
tushgan ish, tashvish va sh.k haqida aytiladigan ibora.” 75
 
                            Osmon yerga engashib, bulut sog‘di kun bo‘yi,
                           Yolg‘onchi yor  to‘yida , yomg‘ir yog‘di kun bo‘yi.
                           Yomg‘ir emas, bu halqob, kelinchak ko‘z yoshidir,
                           Yig‘lama yor, qiz bola, palaxmonning toshidir. (M.Yusuf)
                           Buxoroning to‘yi  bo‘ldi …  Hasharga
                           Kelgan-kelmaganning eslandi nomi.
                           Lekin eslamadik Qadim shaharga,
                           Birinchi tosh qo‘ygan Elarslonni. ( Jamol Kamol)
                          Yorug‘ yuzim , ko‘k yorishib,
                          Ketgaydir bir jilmaysang.
                          Dunyolarni oqqa o‘rab, qo‘yganingni bilmaysan.
                          Uyingda ham, to‘yingda ham,
                          Paykalingni o‘ylaysan,
                          Soddadil iymonim mening,
                          Bobodehqonim mening. (M.Yusuf) 
                          Qismat menga
                           bo‘ron misol bir tulporni ep ko‘rganida,
                        chavandozlik shuhratini etganda ato – 
                         seni o‘g‘irlardim, olib ketardim.
75
  Ўзбек тили изоҳли луғати. 1-5-томлар. Тошкент: Ўзбекистон
миллий энциклопедияси, 2006-2008.  107-bet.
 229-bet.                          Seni o‘g‘irlardim qismatlaringdan
                         To‘yingdan.
                         To‘yinga aytilgan
                        “Yor-yor”  lardan olib ketardim,
                          Seni o‘g‘irlardim hasratlaringdan. (S.Sayyid)
                          Shaftolilar bargidan ranglar ketar  yor-yor,
                          Hovlimizda oppoq, oydin tonglar otar yor-yor,
                         Yoshlik ham bir  to‘y  singari, o‘tar-ketar yor-yor,
                          Siz kelsangiz ko‘nglimizdan zanglar ketar yor-yor.
      O‘zbek xalq maqollari ichida ham to‘y haqida aytilganlari anchagina salmoqni
tashkil   qiladi:   “   O‘lanni   to‘y   ko‘tarar,   semizlikni   qo‘y;   Atala   bo‘lsa   ham   to‘y
bo‘sin; Kelinning keldisi yaxshi, to‘yning bo‘ldisi yaxshi; Siyrak elak kunda kerak,
paxta elak to‘yda kerak; To‘y ginasiz bo‘lmas; To‘y – to‘nliniki; To‘y siltovi bilan
to‘n   bitar;   To‘yga   borsang,   to‘yib   bor,   yomonliging   qo‘yib   bor;   To‘yga   borsang
burun bor, burun borsang, o‘rin bor;  To‘ylikning to‘ycha tashvishi  bor, uylikning
uycha   tashvishi   bor;   To‘yning   bo‘di-bo‘ldisi   qiziq;   O‘g‘ilning   to‘yi   –   o‘yin,
qizning   to‘yi   –   qiyin;   Har   kim   to‘ygan   to‘yini   maqtar;   Xasis   to‘y   qilsa,   bakovul
bo‘lma;   Dong   tortganning   to‘yini   ko‘r,   mang   urganning   uyini   ko‘r;   Kerilganning
to‘yiga   bor,   maqtanganning   uyiga;   To‘y   o‘pkasiz   bo‘lmas,   yor   –   firoqsiz;   Shavla
ketsa qo‘lingdan, ketganiga rozi bo‘l, obro‘ qolsa o‘zingda, xursand bo‘lib to‘ylar
qil; Egachili qizga to‘y qayda, echkili qo‘yga suv qayda; O‘lganiga chidasang qo‘y
qil, yeganiga chidasang to‘y qil.”
          O‘zbek   xalqining   bunday   qimmatli   urf-odatlari,   udumlari,   nigoh   to‘yi,   xatna
to‘yi,   fotiha,   sovchilik,   nigoh   to‘yidagi   urf-odatlar   va   to‘ydan   keying   urf-odatlar
haqida   izlanishlar   olib   brogan   olimlar   sirasiga   I.Jabborov,   M.Ibragimova,
S.Davletova, X.Ismoilov, A.Ashirov, O.Bo‘riyevlar kiradi.      Shunday to‘ylarda ijro etiladigan milliy qadriyat va milliy udumlardan biri yor-
yordir.   “Yor-yor”   asli   xalq   qo‘shig‘i.   Izohli   lug‘atda   yor-yorga   shunday   ta’rif
berilgan:   “Kelin   uzatishda   ijro   etiladigan,   har   bayti   “yor-yor”   iborasi   bilan
tugaydigan   qo‘shiq   nomi.”Qadimdanoq   turkiy   xalqlar   ichida   keng   tarqalgan.
Misralarida kelinning, shu xonadon egalarining xususiyatlari aytilib, yosh kelinga
yaxshi   niyatlar   tilanib   qutlanadi.   Yor-yorning   ta’sirchanligi   shundaki,   unda   ham
mungli ohang, ham ko‘tarinki ruh aks etadi.  
     G‘ulom Mirzoning ushbu misralarida esa yor-yor har bir yoshning taqdirida bor
bo‘lgan marosimni ifodalamoqda:
                           Ibtidosi bordir olamning
                           Va olamning intihosi bor.
                           Shu ikki tut belanchagida,
                           Ulg‘aymoqda avlodim  yor-yor .
          Shoirlarning   she’rlarida   “yor-yor”   oshiqning   ohu   nolasini   tarannum   etuvchi
qo‘shiq sifatida tarannum etiladi:
                           Hay-hay o‘lan, jon o‘lan,
                           Jonim qaqshar  yor-yor.
                           Qayda bo‘lsang sen bilan,
                           Sevgim yashar, yor-yor. (M.Yusuf)
     Ushbu misralarda esa Vatanning bir bo‘lagi sifatida “yor-yor” tilga olinadi:
                           Sokingina yonayotgan gulxanlar – Vatan,
                            “Yor-yor”lar  ham o‘lanlar – Vatan.
          Sirojiddin   Sayyidning   quyidagi   misralarida   ota   uyini   ko‘z   yoshlar   bilan   tark
etayotganda hatto devorlarning ham yig‘lashi aks etgan:
                           Otangning uyida yig‘lar devorlar,
                           Onangning yuzida selu seborlar.                            Bunchalar munglidir nechun “ Yor-yor”lar?
                           Baxting ochildimi, xolamning qizi.
         Qadimdan yor-yorlar o‘zida juda katta ma’naviyatni jamlab kelmoqda. Aslida
turliy   to‘ylar   tangriga   atalgan   marosimlarning   yig‘indisidan   iborat   bo‘lgan.   Unda
kelin-kuyovlarga atalgan yor-yorlar muhim o‘rin egallagan. Yor so‘zi polisemantik
bo‘lib, dastlabki  ma’nosida “jar”, ya’ni to‘y haqida xabar bersa, ikkinchidan, ikki
yorning   bir-biriga   bog‘lanishini   anglatgan.   Uchinchi   ma’nosi   ham   bor   bo‘lib,   bu
ma’nosi   “yor”   so‘zining   qadimgi   turkiylarning   an’anaviy   diniy   e’tiqodida
muqaddaslashtirilgan   so‘zlardan   biri   bo‘lib,   shimol   xalqlarining   quyoshga   yoki
shimol yog‘dusiga sig‘inishi bilan bog‘liq hisoblangan. Tangrichilik dinida “Yor”
tangrining   ismlaridan   biri   bo‘lib,   undan   “yaratgan”   (jaratqan),   yaratuvchi
(jaratuvchi)   kabi   teonim   paydo   bo‘lgan. 76
  Yor-yorning   mantiqiy   davomi   sifatida
kelinlarning yuz ochdi marosimini olish mumkin. Bu qadimiy urf-odatimiz she’riy
misralarda  shunday keladi:
                            Yuzin ochsa kelinchaklar ayvonlarda ,
                            Quyosh o‘zi tushib kelar osmonlardan.
                            Boj so‘raydi zulflari yuz ming jonlardan,
                            Zulf ostida xollarining qorasi bor. ( S.Sayyid)
          O‘zbek   oilasining   asosiy   o‘ziga   xos   xususiyatlaridan   biri   bo‘lgan
mehmondo‘stligi   aynan   shunday   milliy   urf-odatlarda   ko‘rinadi.   Izohli   lug‘atda
shunday   ta’rif   berilgan:   “Yuz   ko‘rar   marosimi   –   nigohning   ertasi   kuni   ko‘rmana
bilan kelin ko‘rish marosimi.” Yuz ko‘rdi – nigohning ertasi kuni ko‘rmana bilan
kelin ko‘rish, shuningdek, yangi chaqaloqni ko‘rish (ko‘rsatish) marosimi.  77
       Bu marosimda to‘ydan keyingi kun kuyov xonadoniga qarindosh-urug‘, qo‘ni-
qo‘shnilar yig‘ilib, o‘zlari olib kelgan sovg‘ani kelin yuzini ko‘rib berishadi. “Yuz
ochdi”   yana   “Yuz   ko‘rsatar”,   “Bet   ochar”,   “Ro‘kushon”   (t.   ro‘   –   yuz,   kushon   –
ochar)   deb  ham   ataladi.   Kelinning  yuzi   oq  ro‘mol   bilan  berkitilgan,  uning   yuzini
o‘qlov   yoki   mevali   daraxtning   shoxi   bilan   yosh   bola   ochgan.   Mevali   daraxtning
76
 Bo‘ronov A. Yorga yetar kun bormu, yoronlar? Maqola. Ma’naviy hayot jurnali. 2022. 3-son.  
77
  Ўзбек тили изоҳли луғати. 1-5-томлар. Тошкент: Ўзбекистон
миллий энциклопедияси, 2006-2008. 147- bet . shoxidan   foydalanishdan   maqsad,   daraxtning   serpushtligi   kelinga   ham   o‘tsin,
serfarzand bo‘lsin degan yaxshi niyatning bir ko‘rinishi.
          O‘zbek   xalqi   bola   tug‘ilishi   bilan   turli   xil   marosimlarni   o‘tkazadi.   Ularga
qulog‘iga azon ayttirish, aqiqa to‘y, soch (kokil to‘yi), beshik to‘yi va yana bir eng
muhimlaridan   biri   bu   “o‘g‘il   to‘yi.”   Bu   marosimlarda   ko‘plab   an’analar   saqlab
qolingan. 
       O‘g‘il to‘yni nishonlash milliy mentalitetdan kelib chiqadi. Milliy mentalitet –
millat an’analari, madaniyati, ijtimoiy tuzilmasi, turmush tarzi asosida shakllangan
milliy ong va faoliyatning o‘ziga xos xarakteri. Chunki o‘zbek xalqi uchun o‘g‘il
bu millatning, avlodning davomiyligi.
                               Do‘stlar kelib ul kun bag‘rim tilsalar,
                               Bo‘g‘zim yulib, andin bir nay qilsalar.
                               Hammalari qatorlashib chalsalar,
                               Ovozalar bo‘lsa,  o‘g‘il to‘yingiz,
                               To‘larmidi hech to‘lmagan ko‘nglingiz. ( S.Sayyid)
     O‘g‘il to‘yi madaniy an’ana bo‘lib, toq yoshlarda, ya’ni uch, besh, yeti, to‘qqiz
yoshlarida   o‘tkazilishining   sababi,   toq   yosh   bolaning   umri   uzoq   bo‘lishi   va   ota-
onaning   xursandchiligi   davomiy   bo‘lsin   degan   niyatning   ifodasi   hamdir.   Chunki
toq narsa doimo juft bo‘lishga intiladi. Juftlikka to‘lish esa kamolot va ayni paytda
intihoning   ramzi   hamdir. 78
  Xatna   to‘yi   yana   chipron   to‘yi,   chupron,   chukron,
qo‘lini   halollash,   musulmonlikka   kirish   deb   ham   ataladi.   Xatna   to‘yida
to‘ybolaning ona tarafidan bobosi va buvisi bolaning otasi taraf qarindoshlarini har
xil   toy   va   sarpolar   bilan   siylaydi   va   toybola   kelajakda   shu   yurtga   xizmat   qilishi,
xalqning   duosini   olish   uchun   katta   dasturxon   yozib,   doshqozonlarda   osh   ham
tayyorlab, elga tarqatadi. 
          Shoira   Usmonova   “Lingvokulturologiya”   darsligida   “Madaniy   an’ana”   ga
shunday   izoh   bergan:   “Jamiyatda   to‘planadigan   va   qayta   tiklanadigan   ijtimoiy
78
  Ashirov A. O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. Alisher Navoiy nomidagi  O‘zbekiston Milliy 
kutubxonasi nashriyoti. T .: 2017. 82- bet . stereotiplashgan   guruhlar   tajribasini   ifodalaydigan   integral   hodisa.   Madaniy
an’analar – ijtimoiy va madaniy merosning qimmatli unsurlari majmuyi.”
          Lingvokulturologiyada   xalq   madaniyatining   tilda   aks   etishi   muhim   o‘rinda
turishini   oladigan   bo‘lsak   xalq   an’ana   va   qadriyatlari,   udumlari,   urf-odatlari
chindan   xalqning   madaniy   tafakkrini   ko‘rsatib   beradi.   Milliy   qadriyatlar   –
muayyan  xalq,  millat,  elat  hayoti,  turmush   tarsi,  o‘tmishi,   kelajagi,  ayni  vaqtdagi
ijtimoiy   muhiti   bilan   bog‘liq   bo‘lgan,   insonlar   o‘rtasidagi   munosabatlar   uchun
foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, hatti-harakatlar majmui. Shaxslar va ijtimoiy
guruhlar   faoliyatini   tegishli   me’yorga   soladigan   ma’naviy   hodisa.   79
  Har   bir
xalqning dunyoni anglash darajasi, uni tilda ifodalay olish imkoniyati turli xil ifoda
etiladi.   Aynan   xalqqa   xos   bo‘lgan,   uning   an’ana   va   marosimlari,   urf-odatlari
milliyligini yaqqol ko‘rsatadi. Milliylik esa ijtimoiy, ruhiy tafovutlarni ko‘rsatishga
qaratilgan   ya’ni:   Milliylik   –   tarixan   tashkil   topgan   millat   va   elatlarni,   barqaror
ijtimoiy-etnik   birliklarni,   aynan   millatlar   va   elatlarni   boshqa   barqaror   ijtimoiy
birliklardan   farqlovchi   ma’naviy,   ruhiy   va   madaniy   ,   ma’naviy   tomondan
farqlovchi o‘ziga xosliklar va tafovutlar majmui. Tarix davomida yillardan yillarga
o‘tib shakllanib kelayotgan urf-odat, marosim va an’analarimiz xalqning o‘zligini
ko‘rsatishga haliham xizmat qilmoqda. 
     
79
 Худойберганова Д.  Лингвокультурология терминларининг кискача изохли лугати. Тошкент. Turon zamin 
ziyo. 2015.  32- б .

O‘ZBEK SHE’RIYATINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATI

Reja: Kirish…………………………………………………………………………. I bob. Lingvokulturologiyaning rivojlanish tarixi 1.1 . Lingvokulturologiya fanining rivojlanishiga qadar bo‘lgan davrda madaniyat terminining taraqqiyoti………………………………………………… 1.2. Madaniyat va tilning o‘zaro bog‘liqlik asoslari 1.3. Lingvokulturologiyaning zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni II. Bob. She’riyatda lingvokulturologik o‘xshatishlar…………………….. 2.1. Metaforalar – lingvokulturologiyaning bir bo‘lagi sifatida……………… 2.2. O‘xshatishlar – milliy madaniyat ko‘rsatkichi…………………………… 2.3. She’riyatda rang va qaldirg‘och ramzlarining ifodalanishi………………. III. Bob. Lingvokulturologik birliklar madaniy sema ifodalovchilari …… 3.1. Realiya va uning she’riyatda ifodalanishi………………………………... 3.2. Lingvomadaniy birlik bo‘lgan urf-odat va marosimga doir so‘zlarning lingvokulturologik xususiyatlari…………………………………………... Xulosa………………………………………………………………………….. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………... Kirish

Mavzuning dolzarbligi: Geografik va lingvistik chegaralarning kengayishi, xalqlarning xulq-atvori va muloqotining universal va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarurati, chet tillarini jadal o‘rganish madaniy muloqotlarning yaqinlashishiga va bu o‘z-o‘zidan xalqning ruhiyatini bilish qiziqishiga olib keladi. Lingvokulturologiya esa madaniyat va tilning o‘zaro bog‘liqligi va faoliyatidagi o‘zaro ta’sirni o‘rganadigan va bu jarayonni tizimli usullardan foydalangan holda ularning lingvistik va ekstralingvistik mazmuni birligida, birlikning ajralmas tuzilishi sifatida aks ettiruvchi sintezlovchi tipdagi murakkab ilmiy fan. Hozirgi kunda dunyo tilshunosligida lisoniy birliklarni etnolingvistika, psixolingvistika, pragmalingvistika, neyrolingvistika, lingvokulturologiya kabi lingvistik tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiq etishga ko‘pgina kuch va bilim sarflanmoqda. Chunki bugungi kun tilshunosligining har bir yo‘nalishlari kun sayin emas, balki soat sayin taraqqiy etib bormoqda. Buning natijasida esa lingvomadaniyatshunoslik, lingvoma’naviyatshunoslik, kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologik tilshunoslikda yangiliklar ko‘paymoqda va omma e’tiboriga taqdim etilmoqda. Bu esa dunyo miqyosida til hodisalariga yangicha qarash, zamonaviy yondashuv va turli aspektlar bo‘yicha tadqiq etish yo‘l-yo‘riqlarini ham ko‘rsatmoqda. Tilshunoslikda til va nutq hodisalarini lingvomadaniyatshunoslik asosida tadqiq etish, har bir xalqning moddiy va ma’naviy madaniyatini uning tili bilan bevosita bog‘liq tarzda tadqiq etish, shu asosda muayyan millatga tegishli olamning lisoniy manzarasini yaratishga nihoyatda katta e’tibor qaratilmoqda. Bugungi jahon siyosatida har bir millatning dunyoda yashab qolishi, o‘zining borligini ko‘rsatishi, tarixiy, ma’naviy, madaniy va boshqa turli sohalarda milliy, hech kimga o‘xshamagan jabhalarini ko‘rsatishi, o‘zini dunyo miqyosida namoyon etishi muhim bo‘lib, bu esa tadqiqotchi tilshunoslardan tilni izchil o‘rganishni va uni dunyo tilshunosligiga taqdim eta olishni talab qilmoqda. Buning sababi olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra ushbu asrning so‘nggiga qadar hozirgi kunda amalda bo‘lgan 6-7 ming til hamda shevalardan faqat 50 tasi saqlanib qoladi, bu 95 foiz qisqaruvning sababi aksar

tillarning hozirgi kommunikatsiya va umumjahon iqtisodiy, informatsion integratsiyasi jarayonlarida faol qo‘llanmaganligidir, bunday tillarning aksariyati iste’moldan chiqadi, yoxud unutiladi. 1 Bu haqiqatga aylanmasligi uchun, har bir shu millat fuqarosi o‘z tilini mukammal bilishi, shu tilda ish yuritishi, tilshunoslar esa shu tilning naqadar kerakli ekanligini sezib, tadqiqotlarida uni dunyo ahliga chiroyli yetkazib berish usullarini tadbiq etishlari kerak. Amerikalik Kennet Xayl har bir tilning yo‘qolishi, u katta xalqning yoki kichik bir elatning tili bo‘lishidan qat’iy nazar, insoniyat uchun Parijdagi Luvr muzeyidan ajralib qolish kabi fojeadir, deb aytib o‘tgan. Tilda millat yoki etnik guruh yashayotgan tabiiy va madaniy muhitning o‘ziga xosliklari aks etadiki, agar bu xususiyatlar aks etgan til yo‘qolsa, uni na sun’iy yaratish va na qayta tiklash amalda mumkin emas. Bu esa har bir ijtimoiy qatlam nutqida foydalanishda alohidalik kasb etadigan lingvomadaniy birliklarni tadqiq etish muhimligini ko‘rsatadi hamda uning xususiyatlarini chuqur o‘rganishga imkoniyat beradi. Bugungi globallashuv davrida turli xil millat va elatlarning dunyoda o‘zining madaniyatini saqlab qolishga intilishi, ma’rifiy, ta’rixiy, etnik sohalarda milliy o‘ziga xosligini namoyon eta olishi juda muhim bo‘lib, shuning uchun ham lingvokulturologiya sohasining yangi bo‘lsa-da o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgani juda muhimdir. Demak lingvokulturologiyaning ahamiyati uning shaxs va madaniy omillarni tadqiq etishida namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ushbu so‘zlari bugun har jabhada tasdig‘ini topmoqda: “Mamlakatimizda kechayotdan “…bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada, avvalo, o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi” lozim.” 2 O‘zbek xalqning boy madaniyati, milliy tafakkuri, tarixi, ruhiyati, uning so‘zlardan foydalanish ko‘lami, ma’naviy dunyosi va shu ma’naviy dunyoga olib 1 Eltazarov J.D. O‘zbekistonda 20-asrda amalga oshirilgan yozuv va imlo islohatlari tarixidan.SamDU nashri. Samarqand-2017. 4-bet. 2 Ӯ збекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 21 октабрдаги ПФ -5850- сонли “ Ӯ збек тилининг давлат тили сифатидаги нуфуси ва мав қ еини ошириш чора - тадбирлари т ӯғ рисидаги ” фармони //htpp://lex.uz/docs/4561730.

kiruvchi til birliklarida, o‘ziga xos asrlar davomida shakllangan urf-odatlarida aynan xalqning butun bir borlig‘ini ko‘rish mumkin. Muammoning o‘rganilganlik darajasi: Xalqimiz madaniyatini ifodalagan juda ko‘p adabiyotlar taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘ygan yurtimizning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy hayotining kecha va bugunini yoritib beruvchi ekanligi uchun ham ularni tadqiq etish, madaniyatning bir bo‘lagini tadqiq etish demakdir. O‘zbek she’riyatining lingvokulturologik tadqiqotlari she’riyat asosida tadqiq qilingan bo‘lsa ham, biroq bu sohada hali ko‘rilishi kerak bo‘lgan, yoritilishi dolzarb hisoblangan ochilmagan qo‘riqlar juda ko‘p. She’riyatda lingvokulturologiyaning keng qirralarini yoritib berish, uning lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berish, shular asosida o‘zbek tilining boy va serqirra tillardan biri ekanligini dalillash tilshunoslikning muhim vazifalaridan biridir. 2019-yil 4- oktabrdagi PQ-4479-son “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuning qabul qilinganligining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”, 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari, PQ-5040-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilab qo‘yilgan vazifalarning amalda tadbiq etilishida ushbu ish ham o‘z xissasini qo‘shadi va xalqqa tushunarli taqdim etilishida ma’lum darajada xizmat qiladi. O‘zbek tilshunosligida lingvokulturologiyaning o‘rganilishi, uning talqin qilinishi, madaniyatning tilda aks etishiga doir tadqiqotlar sifatida Nizomiddin Mahmudov va D.Xudoyberganova boshchiligida tuzilgan “O zbek tiliʻ o xshatishlarining izohli lug ati” N.Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi ʻ ʻ yo‘llarini izlab ” maqolasini va “O xshatishlar – obrazli tafakkur mahsuli” ʻ maqolalarini, M.Mirtojiyev, N.Mahmudovlarning “Til va madaniyat”, F. Usmonov “O zbek tilidagi o xshatishlarning lingvomadaniy tadqiqi” dessertatsiyasini, G. ʻ ʻ Nasrullaevaning “Antroposentrik metaforaning lingvomadaniy, kommunikativ,