logo

O‘ZBEK TILIDA FRAZEMALASHUV

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

107.9521484375 KB
O‘ZBEK TILIDA FRAZEMALASHUV
MUNDARIJA
KIRISH  ……………………………………………………… …………      3
I BOB. O‘ZBEK TILIDA FRAZEMA VA UNING TADQIQI   …….      6
1.1.O‘zbek frazeologiyasi taraqqiyoti ……………………………………     6
1.2.O‘zbek tilida frazema va unga yondosh hodisalar ………………… ..     9
Bob bo‘yicha xulosalar……………………………………………………  27
II BOB. TILDA FRAZEMALASHUV HODISASI VA UNING O‘ZIGA
XOS JIHATLARI  ……………………………………………………………..   28
2.1. Frazemalashuv va uning mohiyati  …………………………………..   28
2.2. Frazemalashuvning til va nutqqa munosabati  ………………………   34
2. 3 . So‘z birikmasining frazemalashuvi  …………………………………   40
2.4. Qiyosiy konstruksiyalarning frazeologizatsiyasi  ……………………   45
Bob bo‘yicha xulosalar……………………………………………………  55
III   BOB.   FRAZEMALASHGAN   BIRLIKLARNING   MORFEM-
GRAMMATIK JIHATLARI  …………………………………………………  56
3.1. Frazemalashgan fe’lli birikmalar  ……………………………………   56
3.2. Frazemalashgan otli  birikmalar  …………………………………….   63
Bob bo‘yicha xulosalar……………………………………………………  67
Umumiy xulosalar  …………………………………………………..…..  68
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati …………………………………….   70
1 KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi  mavzusining asoslanishi  va uning dolzarbligi.
Til   umumbashariy   qadriyat,   insoniyatga   ato   etilgan   ulug‘   ne mat.   Chunki   tildaʼ
unda   so‘zlashuvchi   xalqning   taqdiri,   yashash   tarzi,   ma naviy   boyligi,   millatning	
ʼ
saviyasi,   ruhiyati   aks   etadi.   Frazeologizmlar   ham   xalq   tilida   faol   qo‘llanuvchi
birliklar   hisoblanadi,   ularda   xalq   hayotining   ajralmas   qismi   bo‘lgan   turmush
tarziga oid barcha tushunchalar o‘zining yorqin ifodasini topadi.
Mustaqillikdan   keyingi   yillarda   tilning   leksik   qatlami ,   asosan ,   sistem
yondashuv yo‘nalishida o‘rganildi. O‘zbek tilshunosligida frazeologik birliklarning
semantik,   stilistik   xususiyatlari   Sh.Rahmatulla y ev,   А.Ho j iyev,   B.Yo‘ldoshev,
А.Mamatov,   А.Rafi y ev   kabi   olimlar   tomonidan   jiddiy   o‘rganildi.   Shuningdek,
frazeologizmlarning   shakllanishi,   komponent   tarkibi,   ularning   shaklan   va
mazmunan   tarkib   topishidagi   ayrim   qonuniyatlarni   tadqiq   etish   muhimdir.
Frazeologizmlar   leksik-semantik,   funksional-uslubiy   va   semantik   vazifalarni
bajarishiga   ko‘ra   murakkabdir.   Bu   jihatdan   ular   ikkinchi   til   birligi   sifatida
semantik hodisa  ko‘rinishi da namoyon bo‘ladi.  
Keyingi   yillarda   o‘zbek   tilshunosligida   frazeologik   birliklarni   o‘rganishda
jiddiy yutuqlarga erishildi. Shuningdek, frazeologiyaga aylanayotgan birliklarning
milliy-psixologik va etnomadaniy aspektlarini tadqiq etish  o‘zbek tilshunosligining
muhim   vazifalaridan   biriga   aylandi.   Zero,   Prezidentimiz   tomonidan   «ona
tilimizning boyligini, unga hurmat va muhabbatimizni tilimizni dunyoga tarannum
etish bilan ko‘rsatishimiz kerak» 1
ligi alohida ta kidlangani bejizga emas.	
ʼ
Frazeologiyaning   predmeti   frazeologik   birliklarning   kategorik   belgilarini
o‘rganish   bo‘lib,   ular   asosida   frazeologik   birliklarning   asosiy   belgilari   aniqlanadi
va frazeologik birliklar tilning maxsus birliklari sifatida mohiyati haqidagi masala
hal qilinadi.   S huningdek, frazeologik birliklarning nutqda ishlash qonuniyatlari va
ularning shakllanish jarayonlarini aniqlash   ham muhim. O‘zbek tilida   frazeolog ik
1
  //https://www.xabar.uz/jamiyat/shavkat-mirziyoyev-o‘zbek-tilining-xalqaro-nufuzini (December, 2017)
2 birliklarning   shakllanishi,   nutqda   qo‘llanishiga   doir   bir   qancha   t adqiqot lar,   ilmiy
ishlar   yaratilgan.   Shunga   qaramay,   frazemalashuv   hodisasiga   bag‘ishlangan   yirik
tadqiqotlar nisbatan kam. Hodisaga t urli olimlar tomonidan taklif qilingan ta’riflar
bir-biridan shunchalik  farq qiladiki, biz biron bir  sababga  ko‘ra tadqiqot  mavzusi
bo‘yicha turli xil, ko‘pincha qarama-qarshi, hatto bir-birini inkor etuvchi qarashlar
haqida   gapirishimiz   mumkin.   Shu   sababdan   ham   o‘rganilayotgan   mavzu   har
jihatdan dolzarblik kasb etad i.
Tadqiqot   obyekti   va   predmeti.   Tadqiqot   obyekti   o‘zbek   tilshunosligida
frazemalashuv   hodisasining   mohiyatini   asoslash   jarayoni.   Tadqiqot   predmeti   esa
frazemalashuv hodisasining yuzaga chiqish qonuniyatlarini o‘rganish.
Tadqiqot   maqsadi   va   vazifalari.   Tadqiqotimiz   maqsadi   o‘zbek
tilshunosligida frazemalashuv hodisasining   ahamiyatini asoslashdan iborat.   Ushbu
maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
 f razemalashuv va uning mohiyati  masalasini tahlil qilish;
 f razemalashuvning til va nutqqa munosabati ni aniqlash;
 t ilda frazemalashuv hodisasi va unga yondosh hodisalarni  o‘rganish;  
 f razemalashgan   birliklarning   morfem-grammatik   jihatlari ni   badiiy
asardan olingan misollar asosida tahlil qilish.
Tadqiqotning yangiligi.
–   f razemalashuv va uning mohiyati  masalasi tahlil qilingan;
–  f razemalashuvning til va nutqqa munosabati ni aniqlangan;
–  t ilda frazemalashuv hodisasi va uning o‘ziga xos jihatlari ni asoslangan;
–  f razemalashgan birliklarning morfem-grammatik jihatlari ni badiiy asardan
olingan misollar asosida tahlil qilingan.
T adqiqot   mavzusi   bo‘yicha   adabiyotlar   sharhi .   Frazeologiya   mustaqil
lingvistik fan sifatida 40- yillarda vujudga kelgan. A.A.Potebnya, I.I.Sreznevskiy,
A.A.Shaxmatov va F.F.Fortunatovlarning asarlarida dastlabki frazeologik nazariya
qonuniyatlari o‘z ifodasini topgan. Frazeologiya sohasi rivojida fransuz tilshunosi
Sh.Ballining   (1865-1947)   xizmatlari   katta.   G arbiy   Yevropa   va   Amerikaʻ
tilshunosligida frazeologiya tilshunoslikning alohida bo limi sifatida  ajratilmagan.	
ʻ
3 Tilshunoslikning   maxsus   bo‘limi   –   frazeologiyada   so‘zlarning   turg‘un
birikmalarini   o‘rganish   masalasi   o‘quv   adabiyotlarida   (E.D.Polivanov,
S.I.Abakumov, L.A.Bulaxovskiy asarlarida) 20-40- yillarda qo‘yilgan. 50- yillarga
kelib   so z   va   so z   birikmasi   bilan   frazeologik   birliklarning   o xshash   va   farqliʻ ʻ ʻ
tomonlari   masalalariga   asosiy   e tibor   berildi;   frazeologiya   muammosi,   asosan,	
ʼ
frazeologizm   mezonlarini   oydinlashtirish   va   frazeologik   birliklarni   tasniflash
asoslarini   yoritib   berish   bilan   chegaralangan   edi.   50-   yillarning   oxiridan   boshlab
frazeologiya muammolariga tizimli yondashish tendentsiyasi kuzatildi, frazeologik
birliklarni   tilning   tarkibiy   birliklari   sifatida   tavsiflash   masalalari   ishlab   chiqildi
(A.I.Smirnitskiy, O.S.Axmanova). 60-70- yillar frazeologiyaning rivojlanishida til
faktlarini tizimli darajada tahlil qilish g‘oyalari ta’sir ko‘rsatdi. V.L.Arxangelskiy,
N.N.Amosova,   V.P.Jukov,   A.V.Kunin,   M.T.Tagiyevlar   frazeologik   tarkibning
hosil   bo‘lish   usullarini   o‘rganishdi.   I.I.Chernisheva,   N.M.Shanskiy,
V.N.Mokienko,   F.N.Popov,   A.I.Fedorovlar   esa   va   frazeologik   birlik   shallanishi,
yasalishi   haqida   uning   tilda   taraqqiy   etishi   masalalari   bilan   shug‘ullanishdi.
Keyingi   yillarda   frazeologik   birliklarning   semantikasi   va   uning   nominativ   jihati
(V.N.Teliya),   dinamikasidagi   frazema   yasalishi   (S.G.Gavrin,   Yu.A.Gvozdarev),
so‘z   komponentlarining   birikish   belgilari   (M.M.Kopylenko,   Z.D.Popov)   qiyosiy-
tipologik jihatdan o‘rganildi.
T adqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi .   Mavzu yuzasidan misollar
to‘plashda   adabiyotlarni   o‘rganish,   grammatik   tahlil,   leksik   tahlil,   qiyosiy   tahlil,
umumlashtirish  metodlaridan foydalanilgan.
Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   Dissertatsiya
natijalarining   ilmiy   ahamiyati   mavzu   doirasidagi   izlanishlar   natijasida
frazemalashuv   hodisasi   mohiyatini   yoritilganligi   izohlanadi.   Tadqiqot
natijalarining   amaliy   ahamiyati   esa   “Matn   lingvistikasi”,   “Frazeologizlarning
shakllanishi   va   taraqqiyoti”,   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili”   fanlarini   mazmunini
takomillashtirishda samarali foydalanish mumkin.
Dissertatsiya   ishining   tuzilishi.   Tadqiqot   ish i   kirish,   uch   bob,   xulosa   va
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning hajmi  78  bet.
4 I BOB. O‘ZBEK TILIDA FRAZEMA VA UNING TADQIQI
1.1. O‘zbek frazeologiyasi taraqqiyoti
Leksikologiyada   turg‘un   so‘z   birikmalari   frazeologizmlar,   ularni
o‘rganuvchi fan frazeologiya deb nomlanadi. Frazeologiya o‘tgan asrning birinchi
yarmidan   boshlab   o‘zbek   tilshunoslari   (Sh.Rahmatullayev,   H.Berdiyorov,
E.Umarov,   А.Mamatov,   B.Yo‘ldoshev   kabilar)   tomonidan   struktur,   semantik,
grammatik,   uslubiy,   sintaktik   va   funktsional   kabi   aspektlari   atroflicha   keng
o‘rganildi.   Yevropa   va   Аmerika   davlatlarida   frazeologiyaning   turli   aspektlariga
qiziqish orta boshladi va 1999- yil Yevropa frazeologiya jamiyati (EUROPHRAS)
ga asos solindi. Tilshunoslikda frazeologiya doirasi tor va keng tushuniladi. 
Frazeologiya   obyekti   sanalgan   frazeologik   birliklar   (FB)   muayyan   til
egalarining   yuksak   tafakkuri   natijasida   yuzaga   kelgan   birliklardir.   U lar   zakovat
egalarining   lisoniy   mushohada   mahsuli   bo‘lib,   unda   xalq   donoligi
muja ss amlashgan. Bu birliklar tilimizda ko‘p asrlar davomida yuz bergan ijtimoy-
tarixiy   voqeliklar,   turmush   tajribalarini   insonlar   tomonidan   obrazli   tarzda   aks
ettirish ehtiyoji natijasida yuzaga kelgan. 
O‘tgan asr frazeologiya sohasini o‘rganish bo‘yicha o‘zbek tilshunosligining
“oltin   davri”   bo‘ldi   desak   mubolag‘a   bo‘lmas.   Tilshunosligimizda   bu   borada
ko‘plab dissertatsiyalar himoya qilindi, ilmiy monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari
nashr   qilindi,   maqolalar   e lon   qilindi,   frazeologik   lug‘atlar   yaratildi.   Аytishʼ
mumkinki,   XX   asr   o‘zbek   tilshunosligida   frazeologizmlarning   til   xususiyatlari,
ya ni   tuzilishi,   semantik-pragmatik,   funksional-uslubiy   jihatlari   ancha   mukammal	
ʼ
o‘rganilgan   bo‘lsa-da,   hali   soha   bilan   bog‘liq   hal   etilishi   lozim   bo‘lgan
muammolar   mavjud   edi.   Аna   shunday   muammolardan   birini   А.Mamatov
quyidagicha   ko‘rsatadi:   “Bu   frazeologik   shakllanish   (frazoobrazovaniya)
masalalaridir.   Frazeologik   shakllanish   til   unsurlarining,   xususan,   ikki   yoki   undan
ortiq   so‘zlarning   o‘zaro   uyushib,   yangi   til   birligini   yuzaga   keltirish   jarayonidir”. 2
2
  Маматов   А.   Лексик   интеграция   асосида   фразеологизмларнинг   шаклланиши   //   Ўзбек   тили   ва   адабиёти.   –
Тошкент, 1999. №6. 29-33 бетлар .
5 Darhaqiqat, frazemalar o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi, uni shakllanishiga, muayyan
obrazlilikni ifodalashiga turtki bo‘luvchi leksemalar asosida shakllanadi.
B.Yo‘ldoshev frazeologiya obyekti tor doirada tushunilsa “frazeologiyaning
o‘rganish   doirasi   nisbatan   aniqroq   namoyon   bo‘ladi,   undan   haqli   ravishda
bo‘linmas   leksik   birliklar,   jumladan,   maqol,   matal,   hikmatli   so‘z   va   aforizmlar
chiqib   ketadi,   chunki   ular   struktural   jihatdan   yaxlit   holda   qo‘llanuvchi   sintaktik
birliklardir”,   –   degan   fikrni   olg‘a   suradi. 3
  А.E.Mamatov   frazeologiyani   “tor”   va
“keng”   ma noda   tushunish   noto‘g‘riligi,   til   birliklari   tuzilish   jihatdan   so‘zʼ
birikmasi yoki gapga teng, leksik elementlari qisman yoki to‘liq ko‘chma ma noga	
ʼ
ega,   obrazli   bo‘lsa,   lug‘atlarda   qayd   etilgan   har   qanday   turg‘un   leksik-semantik
birliklar   frazeologik   birliklar   qamroviga   kiritilishi   shart   deb   hisoblaydi. 4
  Boshqa
tilshunos   olimlar   frazeologiyani   paremiologiyaning   bir   qismi   sifatida   tushunish
kerakligini ta’kidlaydi. 5
Tilshunoslikda   frazeologiya   tadqiqot   obyektlarini   turlicha   tushunish   va
tavsiflash   kuzatiladi,   tilshunoslikka   oid   adabiyotlarda   frazeologizmlar,   turg‘un
leksemalar,   frazeologik   ifoda,   frazeologik   birlik,   frazeologik   ibora,   turg‘un   so‘z
birikmasi, turg‘un frazalar va hak. atamalar uchraydi. 
Ushbu   ishda   turg‘un   birliklarga   nis b atan   “ frazeologik   birlik ”   termin idan
foydalanildi.   Jahon   tilshunosligida   ilk   bor   frazeologizmlarni   uch   turga   ajratgan
olim   V.Vinogradov   frazeologik   birliklar   mohiyati   ularning   shakliy   turg‘unligida,
deb hisoblaydi. FBlar nutq jarayonining har bir aktida alohida so‘z shaklida paydo
bo‘lmaydi,   balki   inson   ongida   tayyor   holda   in’ikos   etadi,   muloqotda
qo‘llaniladigan kamida ikkita mustaqil so‘zning tabiiy qotishmaga o‘xshab ma no	
ʼ
jihatdan yaxlitlanishini yuzaga keltiradi. Biz FBga nisbatan А.V.Kunin taklif etgan
quyidagi   ta rifni   qo‘llab-quvvatlaymiz:   “frazeologik   birlik   –   qisman   yoki	
ʼ
to‘laligicha ko‘chma ma noli so‘zlarning barqaror birikmasidir”.	
ʼ 6
3
  Йўлдошев  Б . Ўзбек фразеологияси ва фразеографияси масалалари . – Тошкент, 2013, 15- бет.
4
  Маматов А.Э. Ҳозирги замон ўзбек адабий тилида лексик ва фразеологик норма муаммолари. – Тошкент,
1991. – 212- б.
5
  Бердиёров Ҳ., Расулов Р.  Ўзбек тилининг паремиологик луғати. - Тошкент, Ўқитувчи, 1984. – Б. 10.  
6
  Кунин А.В . Теория фразеологии Шарля Балли // Иностранные языки в школе, 1970, № 3. – С. 210.
6 FBlarning   asosiy   belgilari   sifatida   muallif   tomonidan   turg‘unlik   hamda
ma noning   to‘liq   va   qisman   ko‘chishi   ajratildi.   FBlar   semantik   strukturasi   ikkiʼ
o‘zaro   bog‘langan   plandan   iborat:   o‘z   va   ko‘chma   ma no.   Ushbu   planlar	
ʼ
o‘rtasidagi o‘xshashlik munosabati bor (dastlab o‘quvchi va tinglovchiga semantik
plan ta sir ko‘rsatadi – biron narsaning obrazi, keyin uning ongida ko‘chma ma no	
ʼ ʼ
gavdalanadi).
Frazeologik   birliklar   tilning   eng   ko‘p   madaniy   ma lumotlar   tashuvchisi	
ʼ
hisoblanadi,   chunki   ular   xalqning   madaniyati,   tasavvuri,   odatlari,   qadimiy
an analari,   obrazli   tafakkuri   va   o‘ziga   xos   xulq-atvori   bilan   chambarchas	
ʼ
bog‘langan.   “Tilning   frazeologik   tarkibi   –   ko‘zgu   bo‘lib,   unda   lingvomadaniy
jamoa o‘zini milliy anglashini identifikatsiyalaydi” . 7
 FBlarda xalq donishmandligi,
etnosning   qadriyatlar   olami   manzarasi   muhrlanib   qolmasdan,   predmetlarning
zohiriy tartibi hamda inson botiniy olami haqidagi faol va passiv bilimlar yig‘indisi
aforistik shaklda ifodalanadi.
FBlarning ma noviy strukturasi o‘ziga bir qancha aspektlarni qamrab oladi:	
ʼ
frazeologik ma no, komponent tarkib, grammatik struktura. Olamning frazeologik	
ʼ
manzarasi   tadqiqi   ikki   yo‘nalishda   amalga   oshadi:   birinchidan,   o‘zbek
lingvomadaniyati uchun alohida ahamiyat kasb etuvchi kontseptlar tadqiq qilinadi.
Ikkinchidan,   tilga   xos   bo‘lgan   yaxlit   va   olamga   “sodda”   qarashlarni   izlash   va
rekonstruktsiya  o‘tkaziladi; imkon qadar  to‘laligacha milliy o‘ziga xoslik hisobga
olinadi va asosiy e tibor yaxlit shakldagi olamning lisoniy manzarasiga qaratiladi.	
ʼ
7
  Телия В.Н.  Фразеология // Теоретические проблемы советского языкознания. - М., Наука, 19 99 . – С.  156
7 1.2. O‘zbek tilida frazema va unga yondosh hodisalar
O‘zbek xalqining madaniy nutqiga xos asosiy unsurlaridan biri hisoblangan
frazemalarni tadqiq etish, ularga yondosh hodisalar ni o‘rganish hamda bu xususda ,
tilshunoslik   nuqtayi   nazaridan   nazariy   xulosalar   chiqarish   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.   O‘zbek   tilshunosligida   frazeologizmlar   tadqiqiga   bag‘ishlangan   ishlar
talaygina.   Xususan,   ularning   ayrimlarida   frazemalar ga   yondosh   hodisalar   ham
tadqiq etilgan.
Tabiati   murakkab   bo‘lgan   til   birligi   hisoblanuvchi   frazemalar   mazmuni
leksemaga,   tuzilishi   esa   birikmaga,   gapga   teng   kelishi   tufayli   segment   birlik
sanaladi.   O‘zbek   tilshunosligida   frazemalar ga   yondosh   hodisalar   alohida   tadqiqot
obyekti   sifatida   o‘rganilmagan   bo‘lsa-da,   ammo   frazeologizlarning   shakllanish
masalalarini tadqiq etgan olim A. Mamatov bu borada asosli fikrlar bildirgan. 
F raze malashuv   va   leksemalashuv   munosabati.   Lingivistik   adabiyotlarda
tuzilishiga   ko‘ra   so‘z   birikmasi,   gapga   teng,   semantik   jihatdan   bir   butun,
umumlashgan   ma no   anglatadigan,   nutqqa   tayyor   olib   kiriladigan   lug‘aviy   birlikʼ
ekani,   obrazli,   ko‘chma   ma noga   ega   bo‘lishi,   masalan,  	
ʼ tomdan   tarasha
tushganday,   oyog‘ini   qo‘liga   olmoq,   sichqonning   ini   ming   tanga   kabilar
frazeologik birlik hisoblanishi aytiladi. Yoki “bittadan ortiq leksik negizdan tarkib
topgan,   tuzilishi   jihatdan   birikmaga,   gapga   teng,   mazmunan   so‘zga   muqobil,
yaxlitligicha   ustama   ko‘chma   ma no   anglatuvchi   lug‘aviy   birlikka   ibora	
ʼ
(frazeologik birlik) deyiladi”. Biz ham FB termini ostida tilda tayyor holda mavjud
bo‘lgan   va   nutqqa   boricha   olib   kiriladigan,   shaklan   so‘z   birikmasi   yoki   gapga
o‘xshaydigan, ko‘chma ma no ifodalaydigan birliklarni tushunamiz. 	
ʼ
Bu o‘rinda FBlar nutq birligimi yoki til birligi, degan masala mavzu nuqtayi
nazaridan   muhimligi   uchun   ushbu   masalaga   munosabat   bildirish   lozim.   FBlarga
berilgan   aksar   ta riflarda   ular   nutqqa   tayyor   holda   kiritiladigan   lug‘aviy   birlik	
ʼ
sifatida   talqin   etiladi.   “FBlar   birikma   yoki   gapdan   yaxlitligicha   anglashiladigan
frazeologik ma no uni sintaktik birlik (nutq birligi) deb emas, balki semantik birlik	
ʼ
(til birligi) deb qarashga undaydi”.
8 Demak, FBlar muayyan nutqqa kiritilgunga qadar ham mazmun, ham ifoda
planida   yaxlitlangan   va   shu   tilda   so‘zlashuvchilar   tomonidan   shu   holatda   anglab
yetilgan   hamda   qabul   qilingan   bo‘ladi.   Buning   ma nosi   shuki,   FBlarning   nutqdaʼ
tayyor holda foydalanilishi ularni lisoniy birlik sifatida e tirof etishni taqozo etadi.	
ʼ
Ko‘plab   tilshunoslar   FBlarni   til   birligi   deganda,   masalaning   ana   shu   jihatini
e tiborga   olganlar.   F.de   Sossyur   ham   tilda   shunday   tayyor   birikmalar   borligini,	
ʼ
ularning   uzual   xarakteri   ma nosi   va   sintaktik   xususiyatidan   kelib   chiqishini…,	
ʼ
bunday birikmalar tayyor holda, an anaga ko‘ra qo‘llanishini aytgan edi.	
ʼ
Quyida   FBlarlarning   leksemalashuv   hodisasiga   munosabati   haqida   so‘z
yuritamiz.   FBlarga   til   hodisasi   sifatida   qarashning   o‘ziyoq   uning
leksemalashuvdan uzoqlashtiradi. FBlar til hodisasimi yoki nutq hodisasimi? 
FBlar   tilda   turg‘unlashib,   ma lum   bir   ma noni   ifodalaydigan   va   til	
ʼ ʼ
iste molchilari   uchun   tushunarli   holiga   kelgunga  qadar   qandaydir   o‘zaro  birikish,	
ʼ
sintaktik   munosabat   jarayonini   o‘tagangan   bo‘ladi.   O‘z-o‘zidan   ma’lumki,   bu
birikish faqatgina nutqda amalga oshadi. Turg‘unlashish va nutqda tayyor holda til
birligi   sifatida   ishtirok   etish   esa   bu   birliklar   shakllanishidagi   ikkinchi   bosqichdir.
Demak,   ular   mana   shu   shaklga   kelgunga   qadar,   ya ni   til   hodisasiga   aylangunga	
ʼ
qadar ham nutqiy jarayonda qatnashish vazifasini o‘tagan.
Аsosiy   masalaga   o‘tishdan   oldin   frazeologizmlar   ko‘lamini   belgilab   olish
ham   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   B.Yo‘ldoshevning   fikricha,   qozoq   tilshunosi
S.Kenesboyev  frazeologizmlar  doirasiga  keng ma noda barcha turg‘un birikmalar	
ʼ
(maqollar,   matallar,   idiomatik   birikmalar,   so‘zlarning   noidiomatik,   turg‘un
frazeologik   guruhlari   va   juft   so‘zlar)ni   kiritib,   ularni   birlashtiruvchi   umumiy
xususiyat turg‘unlik va tilda tayyor holda mavjudlikdir, deb hisoblagan. 8
А.E.Mamatov   shunday   deydi:   “…frazeologiyani   “keng”   va   “tor”   ma noda	
ʼ
tushunish   noto‘g‘ri,   uni   bitta   ma noda   tushunish   kerak.   Ular   qanday   til   birliklari	
ʼ
deb   tasnif   qilinishidan   qat iy   nazar,   aforizmmi,   maqol   yoki   matalmi,   turg‘un	
ʼ
so‘zlashuv   formulalarimi,   “qanotli   so‘zlar”mi,   xullas,   agar   ular   frazeologizmning
biz   bergan   ta rifiga   mos   tushsa,   undagi   talablarni   bajara   olsa,   ya ni   tuzilishi	
ʼ ʼ
8
  Йўлдошев  Б . Ўзбек фразеологияси ва фразеографияси масалалари . – Тошкент, 2013, 11- бет .
9 jihatidan so‘z birikmasiga  yoki gapga teng bo‘lgan, obrazli, umumlashgan ma noʼ
anglatadigan, leksik elementlari qisman yoki to‘liq ko‘chma ma noga ega bo‘lgan,	
ʼ
lug‘atlarda   qayd   etilgan   har   qanday   turg‘un   leksik-semantik   birliklar   frazeologik
birliklar doirasiga kiritilishi shart”. 9
Yuqorida   aytilgan   barcha   fikrlardan   xulosa   shuki,   yaxlit   holda   ko‘chma
ma no anglatadigan barcha lug‘aviy birliklarni FBlar sanaladi. Аmmo har xillikdan	
ʼ
qochish   va   aniqlikka   intilish   maqsadida   bu   borada   Sh.Rahmatullayev   aytgan
quyidagi fikrga tayanib ish ko‘ramiz, ya ni FBlarning 2 guruhiga e tibor qaratamiz:	
ʼ ʼ
“Frazemadan   yaxlitligicha   anglashiladigan   ma no   bilan   uning   tarkibidagi	
ʼ
leksemalar anglatadigan ma nolar orasidagi munosabat asosida frazemalarning ikki	
ʼ
semantik turi farq qilinadi: 1) frazeologik butunlik, 2) frazeologik chatishma.
Ma nosi   tarkibidagi   leksemalarga   xos   ma nolar   asosida   izohlanadigan,   shu	
ʼ ʼ
leksik ma nolarning umumiy maxraji sifatida gavdalanadigan frazema frazeologik
ʼ
butunlik deyiladi.
Quyidagi misollarni qiyoslang: 
1) Turg‘un ota uzoq bosh qashir, keyin birdan yengin shimarar (O).
2)   Shunday   qilib,   Tojiboyning   raislik   davri   tamom   bo‘ldi.   Oyimxon
Sovetning  pechatini  undan  olib,  ko‘krak  cho‘ntagiga  solib  qo‘ydi.  Oyimxon  yeng
shimarib ish boshladi. (P.T.)
Ma nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma nolar asosida izohlanmaydigan, bu
ʼ ʼ
leksemalarga   xos   leksik   ma nolarni   hisobga   olmaydigan   frazemaga   frazeologik	
ʼ
chatishma deyiladi.
Masalan,   Hadeb   to‘ningizni   teskari   kiyavermang   (N.S.),   Ovchi   uzoqdan
o‘pkasini qo‘ltiqlab chopib keldi (Ertakdan) .
Frazeologik   chatishmaning   tildagi   ikkinchi   nomi   idioma   bo‘lib,   u   o‘zbek
tilshunosligida shunday tavsiflanadi: “Idioma – shaklan bo‘laklarga ajralmaydigan,
maxraji   birikma   tarkibidagi   so‘zlarning   to‘g‘ri   va   konkret   ma nosi   bilan   talqin	
ʼ
qilinmaydigan,   ko‘chma   ma no   anglatuvchi   barqaror   so‘z   birikmasidir”.	
ʼ
9
  Маматов А.Е. ҳозирги замон ўзбек адабий тилида лексик ва фразеологик норма муоммолари. – Тошкент,
1991,  212-  б.
10 “Idiomalar   bitta   so‘zga   teng   bo‘lib,   turg‘un   xarakterga   ega   ekanligi   bilan   ham
boshqa so‘z birikmalaridan farq qiladi”.
Ma lum   bo‘ladiki,   ta riflarda   ziddiyat   yo‘q,   aksincha   ular   bir-biriniʼ ʼ
to‘ldiradi.
B.Yo‘ldoshev   frazeologizmlarning   turkiyshunoslikda   o‘rganilishini   tahlil
qilar   ekan,   bunday   birikmalarning   funktsional   jihatdan   so‘zga   yaqin   ekanligini
hisobga olib, А.N.Kononov, Y.I.Ubryatova, N.А.Baskakov kabi tilshunoslar ularni
leksik so‘z birikmalari yoki leksik birliklar (leksik birlashmalar) deb bilgani hamda
sintaksis yoki so‘z yasalishi bo‘limlarining o‘rganish obyekti doirasiga kiritganlari,
boshqa   tadqiqotchilar   esa   (masalan,   E.V.Sevortyan)   bunday   birikmalarni
leksemalashgan birikmalar yoki leksik ma noga ega bo‘lgan yumuq birikmalar deb	
ʼ
hisoblab,   ular   sintaksisga   ham,   so‘z   yasalishiga   ham   tegishli   bo‘lmay,
tilshunoslikning   mustaqil   o‘rganish   obyekti   bo‘lishi   kerak,   degan   fikrni   olg‘a
surganligini qayd etadi.
Bizni   bu   o‘rinda   mavzu   e tiboridan   kelib   chiqib,   FBlar   tilshunoslikning	
ʼ
qaysi   sohasida   o‘rganilishi   emas,   balki   u   sintaktik   birlikmi   yoki   leksik   birlikmi,
uning so‘z yasalishiga munosabati qanday, degan masalalar qiziqtiradi.
FB   ham   tildagi   barcha   birliklarda   bo‘lgani   singari   mazmun   va   ifoda
tomoniga   ega.   Ifoda   planida   uning   qurilishi   va   ko‘chma   semasi   tushuniladi.   Bu
qurilmada   kamida   ikkita   mustaqil   so‘z   (leksema)   ishtirok   etib,   o‘zaro   sintaktik
bog‘langan bu so‘zlar mohiyatiga ko‘ra birikma yoki gapga teng bo‘ladi. Demak,
ifoda   planida   ular   so‘z   birikmasi   yoki   gap   shaklida   bo‘lsa,   mazmun   planida
leksemaga   teng   bo‘ladi   (ma no   hamma   vaqt   ham   aniq   konkretlashavermasligi	
ʼ
mumkin).   Tadqiqotchilar   leksik   so‘z   birikmalari   deganda,   FBlarning   ana   shu
xususiyatlarini nazarda tutganlar: Mazmunan FBlar leksik birlik (so‘z)larga yaqin
tursa,   qurilishi   jihatidan   ular   sintaktik   birlik   (so‘z   birikmasi,   gap)larga   yaqindir.
Аmmo   FB   so‘zga   ham,   so‘z   birikmasiga   ham,   gapga   ham   to‘la   ma noda   teng	
ʼ
emas.   Bu   aytilgan   fikrlarning   mohiyatini   chuqurroq   anglash   ham   FBlarning
leksemalashuvga   munosabatini   aniqlashda   ma lum   ahamiyatga   ega.   Bu	
ʼ
birliklarning so‘z yasalishiga bo‘lgan aloqasi ham ana shundan kelib chiqadi.
11 FBlarning   mohiyatini   anglashga   bo‘lgan   intilish   jarayonida   bir-biriga   zid
bo‘lgan   fikrlar   ham   yuzaga   kelgan.   Ularni   tahlil   qilish   bu   o‘rinda   bizning
vazifamizga   kirmaydi.   Shuning   uchun   faqatgina   mavzuga   aloqador   bo‘lgan
fikrlarga to‘xtalamiz. FBlarga oid ko‘pchilik ta riflarda ular lug‘aviy birlik sifatidaʼ
talqin   qilinadi.   Lug‘aviy   birlik   sanalar   ekan,   demak,   ular   lug‘aviy   ma noga   ham	
ʼ
ega   bo‘lishi   lozim.   B.Yo‘ldoshev   S.N.Muratovning   “Turkiy   tillarda   turg‘un   so‘z
birikmalari”   monografiyasini   tahlil   qilib,   uning   muhim   fikrlariga   to‘xtalgan.
Masalan,   turg‘un   so‘z   birikmalari   qatoriga:   a)   qo‘shma   so‘zlarning   turli   tiplari;
b)   leksemalashgan   so‘z   birikmalari;   v)   grammatikalizatsiyalashgan   so‘z
birikmalari;   g)   frazeologik   birikmalarni   kiritganini   eslatib,   quyidagilarni   bayon
qilgan:   “FBning   konkret   lug‘aviy   ma noga   ega   yoki   ega   emasligi   nuqtayi	
ʼ
nazaridan   S.N.Muratov   ularni   ikki   guruhga   ajratadi:   a)   leksik-frazeologik   tipdagi
idiomalar (konkret lug‘aviy ma noga ega bo‘lgan FBlar); b) sof frazeologik tipdagi	
ʼ
idiomalar (konkret lug‘aviy ma noga ega bo‘lmagan FBlar).
ʼ
Leksik-frazeologik   tipdagi   idiomalar   S.N.Muratov   tasnifiga   ko‘ra   ikki
guruhdan   iborat.   Birinchi   guruhga   leksemalashgan   yoki   terminlashgan   so‘z
birikmalari kiradi. Masalan shayton chirog‘i, Yangi yer kabi. Ikkinchi guruhga esa
birinchi   komponenti   mustaqil   lug‘aviy   ma noga   ega   bo‘lmagan,   faqat   shu	
ʼ
frazeologik   matndagina   qo‘llanadigan   turg‘un   so‘z   birikmalari   mansubdir:   shim
bol (toza asal), quyma yomg‘ir kabi”. 10
Tushunishimizcha,   bu   kabi   guruhlarga   bo‘linish   FBlarning   mohiyatini
yanada chuqurroq anglashga intilish yo‘lidagi sa y-harakatlar samarasidir. Аslida,	
ʼ
ularning   ma lum   bir   lug‘aviy   ma noga   ega   bo‘lmasligi   mumkin   emas.   Lekin   bu	
ʼ ʼ
ma nolarning  bir   o‘rinda aniq,  boshqa  bir  o‘rinda  biroz  mavhumroq ifoda etilishi	
ʼ
haqidagi fikr haqiqatga yaqindir.
Frazeologiya   tadqiqiga   oid   adabiyotlarda   FBlar   turg‘un   birikmalar   sifatida
talqin   qilinadi,   o‘zbek   tilshunosligida   ham   shunday   tushuniladi.   Lekin   o‘zbek
tilshunosligida  boshqacha  qarashlar   ham   mavjud.  Masalan,  M.Mirtojiyev  birikma
atamalar,   parafrazalar   va   frazeologizmlar   haqida   mulohaza   yuritib,   quyidagilarni
10
  Йўлдошев  Б . Ўзбек фразеологияси ва фразеографияси масалалари . – Тошкент, 2013, 13- бет .
12 yozadi:   Birikma   atamalar   ma nosi   tarkibidagi   so‘zlar   ma nosi   sintezidan   kelibʼ ʼ
chiqqan bo‘ladi. Parafrazalar turg‘un birikmalardan iborat. Ularning ma nosi ham	
ʼ
tarkibidagi   so‘zlar   ma nosi   sintezidan   kelib   chiqadi.   Biroq   tarkibidagi   so‘zlar	
ʼ
birikma   atamalardagi   kabi   nomlovchi   (nominativ)   ma nosi   bilan   emas,   balki	
ʼ
majoziy   (figural)   ma nosi   bilan   ishtirok   etadi.   Frazeologizmlar   erkin   birikmadan	
ʼ
iborat.   Lekin   uning   tarkibidagi   so‘zlar   ma nosi   frazeologizm   ma nosida	
ʼ ʼ
ahamiyatga   ega   bo‘lmaydi.   U   birikma   holida   qandaydir   so‘zga   teng,   majoziy
ko‘chma ma no beradi.	
ʼ
Sh.Rahmatullayev ham ibora tarkibidagi so‘zlar orasida sintaktik bog‘lanish
o‘z   kuchini   saqlaydi,   o‘lmaydi,   faqat   ichki   bo‘ladi,   degan.   Masalan,   ko‘ngl(i)
og‘ridi   iborasi   ichki   sintaktik   qurilishi   jihatidan   gapga   teng   (ega-kesim
munosabatidan   tashkil   topgan),   ayni   iboraning   ko‘ngl(i)ni   og‘ritmoq   varianti   esa
birikmaga   teng   (to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish   munosabatidan   iborat).   Ko‘rinadiki,   bir
komponentdagi   grammatik  o‘zgarish   ikkinchi   komponentda   ham   shunga   muqobil
o‘zgarishni   talab   qiladi,   natijada   gapga   teng   holat   birikmaga   teng   holatga   o‘tadi.
Bunday ikki xil sintaktik qurilish shaklida bo‘la oluvchi iboralar anchagina:  ko‘z(i)
ko‘r,   qulog‘(i)   kar   bo‘ldi   –   ko‘z(i)ni   ko‘r,   qulog‘(i)ni   kar   qilmoq;   ko‘z(i)ni
moshdek ochmoq – ko‘z(i) moshdek ochildi  kabi.
Sh.Rahmatullayevning   tahlillaridan   shu   ma lum   bo‘lmoqdaki,   nutq	
ʼ
jarayonida   FBlar   qurilishi   tarkibiga   qisman   o‘zgartirishlar   kiritish   mumkin.
“Nutqqa   yaxlit   holda   kiritilib,   nutqdan   tashqarida   ham   o‘z   yaxlitligini
yo‘qotmasligi   sababli   ibora   turg‘un   bog‘lanma   deb   yuritiladi”.   Masalaning
murakkabligi shundaki, iboralarga erkin birikma sifatida qaralsa, ibora tarkibidagi
sintaktik   munosabatlarni   ham   tan   olish   lozim.   O‘zaro   grammatik   aloqadorlikda
bo‘lgan   birliklar   o‘rtasida   sintaktik   munosabat   mavjudligi   leksemalashuv
to‘g‘risida   gapirishga   imkon   bermaydi.   Masala   esa   chigallikni   yechishni   va
aniqlikni   talab   qiladi.   Shunday   qilib,   FB   erkin   birikmami   yoki   turg‘un,   degan
masalani hal qilish zarur.
Sh.Rahmatullayev   va   M.Mirtojiyevlarning   yuqoridagi   fikrlaridan
anglashiladiki,   FBlarga   daxldor   erkinlik   va   turg‘unlik   tushunchalari   sirtdan
13 qaraganda   bir-biriga   zid   tushunchalar   sanalsa-da,   mohiyatga   chuqurroq   kirib
borilganda   ular   bir   hodisaning   ikki   jihati,   shu   bilan   birga,   bir-birini   to‘ldiruvchi
tushunchalar   ekanligi   ma lum   bo‘ladi.   Ya ni   erkinlik   deganda,   nutq   ehtiyoji   vaʼ ʼ
vaziyatdan kelib chiqib, ayrim FBlar tarkibidagi elementlar va sintaktik qurilmaga
juz iy o‘zgartirishlar kiritish mumkinligini, turg‘un birikma deganda esa, ularning	
ʼ
inson   tafakkurida   qanday   o‘zgarishga   uchraganligidan   qat i   nazar   nutqqa   tayyor	
ʼ
holda olib kiritilishini tushunish maqsadga muvofiqdir.
K.M.Gyulumyants   “Polyak   tilidagi   ayrim   turg‘un   birikmalar
semantikasining evolyutsiyasi” nomli ma ruzasida quyidagilarni bayon qilgan edi:	
ʼ
“Erkin   birikmalarning   turg‘un   birikmalarga   ko‘chish   sabablaridan   biri
leksemalashuv   jarayoni   sanaladi.   Frazeologiya   sohasidagi   leksemalashuv   deb   biz
birikma   tarkibidagi   alohida   komponentlar   semantik   ma nolarining   asta-sekin	
ʼ
sezilmaydigan   darajaga   kelishini,   frazeologizmlarning  birikma  qismlari   ma nolari	
ʼ
ustida turadigan umumiy ma noga ega bo‘lishini aytamiz”.	
ʼ
Masalani   shu   tarzda   tushunish   FBlarning   leksemalashuvga   munosabatiga
yana-da   oydinlik   kiritadi.   Zero,   FBlar   qismlari   o‘rtasida   sintaktik   munosabat
mavjud   holatlar   ulardagi   leksemalashuv   hodisasining   amal   qilish   doirasini   ham
chegaralaydi,   ham   ravshanlashtiradi.   Mavjud   leksemalashuv   qoidalariga   muvofiq
kelgan holatlardagina FBlar leksemalashuvi haqida gapirish mumkin bo‘ladi.
Masalani   shunday   qo‘yadigan   bo‘lsak,   o‘zbek   tilidagi   barcha   FBlarga   ham
leksemalashuv talabini qo‘ya olamizmi? Yo‘q, albatta.
Yuqorida   keltirganimiz   Sh.Rahmatullayev   tasnifidan   kelib   chiqib,   dastlab
frazeologik   butunliklarni   ko‘zdan   kechiramiz.   Qoidaga   muvofiq   frazeologik
butunlikning   ma nosi   uning   tarkibidagi   birliklar   leksik   ma nolarining   umumiy	
ʼ ʼ
ma nosidan   kelib   chiqadi   va   ular   tilda   mavjud   bo‘lgan   ma lum   bir   leksemaning	
ʼ ʼ
muqobili   bo‘ladi.   Masalan:   avj   olmoq   –   a)   rivojlanmoq.   Brigadada   agrotexnika
qoidalariga   to‘la   rioya   qilingani   uchun   g‘o‘zalar   barq   urib   avj   olmoqda
(R.Fayziy);   b)   zo‘raymoq,   kuchaymoq.   Otishmalar   tamom   bo‘layotgandek   bir
nafas   pasayar   va   yana   avj   olar   edi   (P.Tursun);   azob   chekmoq   –   qiynalmoq .
14 Brigadir   ko‘p   vaqtlardan   buyon   jigar   kasalidan   azob   chekardi   (Sh.Rashidov).
(O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati, 23-bet).
Misollar   mazmunidan   ko‘rinadaki,   avj   olmoq   frazemasining   ma nosiʼ
avjlanmoq/avjlanish   so‘zlarining,   azob   chekmoq   esa   azoblanmoq   so‘zi
ma nosining   xuddi   o‘zi.   Biroq   uning   ta sirchanroq,   orbazliroq   ko‘rinishi,   xolos.	
ʼ ʼ
Leksemalashuv   hodisasi   oldiga   qo‘yiladigan   talablar   ishning   avvalgi   qismlarida
aytilganlardan   ma lum.   Bu   hodisa   tufayli   tilda   yangi   tushunchani   anglatadigan	
ʼ
yangi birlik hosil bo‘lishi lozim. Bu yerda shu talab bajarilyaptimi? Savolga ijobiy
javob   berish   qiyin.   Аmmo   mavjud   narsa-hodisa   yoki   tushunchaning   yangicha
ifodasi   hosil   bo‘lganligini   inkor   etib   bo‘lmaydi.   Birgina   bosh   komponentli   boshi
aylanmoq,   boshiga   ko‘tarmoq,   boshidan   kechirmoq,   boshi   bukilmoq,   boshi
egilmoq, boshiga yetmoq, boshiga kelmoq, boshiga chiqmoq, boshidan kechirmoq,
boshini achitmoq, boshini yemoq, boshini suqmoq, boshini tiqmoq, bosh qotirmoq,
boshi   qotmoq,   boshini   qotirmoq,   boshi   shishmoq/g‘ovlamoq,   bosh   qo‘shmoq,
boshini qo‘shmoq  kabi Fblarni sanab o‘tish kifoya.
“O‘zbek   tilining   izohli   frazeologik   lug‘ati”dagi   “А”   va   “B”   harflar
doirasidagi   aynan   shu   qolipdagi   boshqa   FBlarga   murojaat   qilamiz:   avra-astarini
ag‘darmoq   –   barcha   kirdikorlarini   ochib   tashlamoq   (lug‘atning   24-28-betlari.
Bundan   keyin   faqat   betlar   ko‘rsatiladi);   ammamning   buzog‘i   –   landavur,
lapashang   (26),   anqoning   urug‘i   –   topilishi   qiyin,   kamyob   (27),   aravani   olib
qochmoq – maqtanmoq   (27),   arpasini xom o‘rmoq – yomonlik qilmoq   (27),   belga
tepmoq/beliga tepmoq – istamagan, kutilmagan o‘rinda xalal yetkazmoq   (36),   bel
bog‘lamoq   –   shaylanmoq,   otlanmoq,   astoydil   kirishmoq   (35),   beli   og‘rimoq/beli
og‘rimaydi   –   og‘rinmaydi   (36),   bel   ushlashmoq/bel   bog‘lashmoq   –   kuch
sinashmoq   (36-37),   bel   og‘ritmoq   –   mashaqqat   chekmoq   (37),   bir   yostiqqa   bosh
qo‘ymoq – oilaviy hayot kechirmoq  (39),  bir o‘q bilan ikki quyonni urmoq – aynan
bir   vaqtda   ikki   narsani   ko‘zlab   ish   tutmoq   (40,44),   boshi   aylanmoq   –   behud
bo‘lmoq,   muvozanatni   yo‘qotmoq   (45),   boshdan   oyoq   –   to‘la   to‘kis,   bus-butun
(15),   bosh og‘riq – ortiqcha tashvish, dahmaza   (55)  va boshqalar. Bu kabi  FBlar
lug‘atda   anchagina.   Lekin   ular   avval   tahlil   qilingan   avj   olmoq,   azob   chekmoq
15 tipidagi   FBlardan   nimasi   bilan   farqlanadi?   Birinchidan,   ularning   ma nosi   birʼ
so‘zgagina   teng   emas.   Boshqacha   aytganda,   ularning   muqobili   bir   so‘zga   ham,
boshqa   bir   FBga   ham   teng   bo‘lishi   mumkin.   Ikkinchidan,   ulardagi   ko‘chimga
asoslangan ma nolar aynan ikki so‘zning birikuvi natijasidagina kelib chiqmoqda.	
ʼ
Biz   uchun   xuddi   ana   shu   narsa   muhim.   Chunki   leksemalashuv   hodisasida   ham
shunday jarayon kechadi. Tahlil esa bizga FBlarning bu tipini ham til birliklarining
leksemalashuvi   samarasi   deb   hisoblashimizga   asos   bo‘ladi.   Uchinchidan,   bu
tipdagi   birikuvlarning   o‘zbek   tilida   dastlab   to‘g‘ri   ma no   anglatganligi,   ko‘chma	
ʼ
ma no   anglatish   esa   birikma   holidagi   til   birligi   ma no   taraqqiyotining   ikkinchi	
ʼ ʼ
bosqichi   ekanligini   ko‘rsatadi.   Ularning   ayrimlari   hozir   ham   to‘g‘ri   ma nosida	
ʼ
qo‘llanmoqda:   yeng   shimarmoq,   yoqadan   tutmoq,   og‘zini   ochmoq,   og‘zini
yopmoq   kabi.   Qiyoslang:   Аmmamning   buzog‘ini   yetaklab   bozorga   olib   bordim
(So‘zlashuvdan)   –   Bu   ishni   Keldiyevga   topshirdim.   Taniysiz-a,   ammamning
buzog‘i.   Shunaqa   mayda-chuydani   topshirmasam,   jiddiy   ishlarni   eplay   olmaydi.
(Tohir   Malik.   Shaytanat),   Ot   hurkib,   aravani   olib   qochdi   (So‘zlashuvdan)   –
Аravani   olib   qochding,   og‘ayni.   Gapga   ham   amirkon   moyi   surtib,
g‘irchillatvoradigan bo‘psan-da   (S.Аhmad. Oriyat),   O‘tgan yili arpa xom o‘rildi,
natijada ularning  aksariyat   qismi  panglab  ketdi   (So‘zlashuvdan)   – Nimaga  unga
osilasan,  arpangni  xom  o‘rganmi?  –  dedi  Аnvar,  qorini   kuzatib  qaytgach.   (Tohir
Malik. Shaytanat) kabi.
FBlar   tufayli   tilda   yangi   leksema   paydo   bo‘ladimi   yoki   u   mavjud
leksemaning   muqobili   bo‘lib   qoladimi,   degan   savolga   bu   o‘rinda   biroz   kengroq
tarzda   javob   berish   imkoniyati   tug‘iladi.   Tilda   lapashang,   landavur   ma nolarini
ʼ
anglatish uchun amma va buzoq so‘zlarining o‘zaro birikuvidan foydalanilayotgan
ekan, uni leksemalashuv mahsuli bo‘lgan yangi birlik sifatida e tirof etishga to‘g‘ri	
ʼ
keladi.   FB   sifatida   esa   u   tilda   avvaldan   mavjud   bo‘lgan   va   shu   ma noni	
ʼ
anglatadigan boshqa bir birlikning muqobili bo‘lishi ham mumkin.
Endi   FBlarning   frazeologik   chatishma   deb   nomlanadigan   qismining
leksemalashuvga   munosabatini   ko‘rib   chiqamiz.   Qoidaga   binoan   bu   tipdagi
FBlarning   ma nosi   uning   tarkibidagi   leksemalar   asosida   izohlanmaydi,   ya ni	
ʼ ʼ
16 ma nosi   o‘z   tarkibidagi   so‘zlarning   ma nosidan   kelib   chiqmaydi.   Hatto   unga   zidʼ ʼ
ma no   ham   ifodalanishi   mumkin.   Masalan:  
ʼ dunyoni   suv   bossa   to‘pig‘iga
chiqmaslik   –   o‘taketgan   beg‘am,   haddan   tashqari   beparvo   (76),   yerga   kirib
ketmoq   –   qattiq   izza   bo‘lmoq,   o‘sal   bo‘lmoq   (81),   yer   tagida   ilon   qimirlasa,
bilmoq   –   nihoyatda   ziyrak,   sezgir   (84),   yostig‘ini   quritmoq   –   butun   oilasi   bilan
o‘ldirib yubormoq   (89),   jonini hovuchlamoq – biror falokatning voqe bo‘lishidan
benihoya   qo‘rqqan   holda   tashvishlanmoq   (100 ),   zardasi   qaynamoq   –  jahllanmoq
(106),   ikki   oyog‘ini   bir   etikka   tiqmoq   –   juda   qiyin   ahvolga   tushmoq   (111),   ikki
qo‘lini   og‘ziga   tiqmoq   –   hovliqib,   lozim   bo‘lgandan   ko‘ra   ortiqroq   narsani
ro‘yobga   chiqarish   (shunga   erishish)   uchun   intilmoq   (113),   ichini   it   tirnamoq   –
yashirin   holda   ruhan   bezovtalanmoq,   tashvishlanmoq   (116),   ichi   qora   –   yomon
niyatli, boshqalarga yaxshilikni ravo ko‘rmaydigan  (117),  kulini ko‘kka sovurmoq
– butunlay yemirmoq, yo‘q qilmoq   (129),   ko‘zining paxtasi chiqmoq/ko‘zi qinidan
chiqmoq/ko‘zi   kosasidan  chiqmoq  – g‘azabi   ko‘zida aks   etib, ko‘zi   chaqchaymoq
(145),   oyog‘ini   qo‘liga   olmoq   –   yugurmoq,   chopmoq,   to‘nini   teskari   kiymoq   –
o‘chakishgan   holda   qaysarlik   qilmoq   (238),   o‘pkasini   qo‘ltiqlamoq   –   hovliqmoq
kabi.
Bunday FBlarning ma nosi uning tarkibidagi komponentlarning ma nosidan	
ʼ ʼ
kelib   chiqmasligi   leksemalashuvga   uchragan   murakkab   birikmalarni   eslatadi.
Hosila   ma noning   birikmalar   tarkibidagi   so‘zlar   ma nosidan   kelib   chiqmasligi	
ʼ ʼ
haqidagi   mulohaza   faqat   ularning   to‘g‘ri   ma nosiga   tegishli   ekanligi   unutmaslik	
ʼ
lozim   bo‘ladi.   Hatto   hosilada   zid   ma nolarning   ifodalanishi   haqidagi   fikr   ham	
ʼ
(А.Hojiev)   komponentlarning   birikuvidagi   leksemalashuv   va   ko‘chimga
asoslangan.
Keltirilgan FBlarni to‘g‘ri ma noda tushunish mantiqan xato. Ularning hech	
ʼ
birini  real  hayotda amalga  oshirib bo‘lmaydi. Аmmo amalga oshirilgan harakatni
biroz bo‘rttirib, mubolag‘ali tarzda ifoda etish ehtiyoji til birliklarining shu tarzda
birikuvini   taqozo   etmoqda.   Ularni   to‘g‘ri   ma noda   tushunish   qanchalik   mantiqqa	
ʼ
zid   bo‘lmasin,   harakatlarni   o‘zaro   bog‘lab   turuvchi   umumiy   yaqinlik   va
o‘xshashlik bor. Biz uni klassema tushunchasi orqali izohlashga harakat qilganmiz.
17 Shunday   qilib,   FBlarning   bu   ko‘rinishida   ham   leksemalashuv   hodisasini
kuzatamiz   va   ularning   umumiy   jihatlari   quyidagi   holatlarda   namoyon   ekanligini
ta kidlaymiz:ʼ
1. Tadqiqotchilar FBlardan anglashiladigan ma no ular tarkibidagi so‘zlarga	
ʼ
xos leksik ma nolarning shunchaki yig‘indisi bo‘lmay, ustama ma no sifatida, shu	
ʼ ʼ
bilan   birga,   ko‘chma   ma no   sifatida   gavdalanishini   qayd   etganlar.   Bu   holatni	
ʼ
leksemalashuv   jarayonida   ham   kuzatamiz.   Har   ikki   holatda   ham   birikma
tarkibidagi leksemalar o‘z mustaqilligini yo‘qotadi.
2.   Iboralashuv   (frazeologizatsiya)   va   leksemalashuv   jarayonida   bir   so‘z
emas, balki birikma hamda uning tarkibida ikki va undan ortiq leksema qatnashadi.
3.   Iboralashuv   va   leksemalashuv   hodisalari   tufayli   yangi   hosila   ma nolar	
ʼ
yuzaga   keladi.   Ular   butunlay   yangi   yoki   mavjud   leksemalarning   muqobili
sanaladigan lug‘aviy birliklar bo‘lishi ham mumkin.
4. Har ikki holatda ham hosila shakl gapda bir vazifani bajaradi.
Аna shu aytilganlar FBlarning yuzaga kelishini ham nutqiy jarayon hisoblab,
uni   iboralashuv   deb   atashimizga   hamda   bu   jarayonning   leksemalashuv   hodisasi
bilan   mushtarak   tomonlari   biz   sanab   o‘tgan   holatlarda   mavjud   ekanligini   qayd
etishimizga imkon beradi.
Xulosa   qilib   aytish   mumkinki,   leksemalashuv   tufayli   bir   butun   holatga
kelgan   birlik,   albatta,   ma lum   bir   so‘z   turkumiga   tegishli   bo‘ladi,   kontekstdagi	
ʼ
pozitsiyasiga   mos   sintaktik   vazifada   keladi,   shunga   mos   ravishda   unga   sintaktik
nuqtai   nazardan   ham   bitta   birlik   sifatida   qaraladi.   Shuning   uchun   ham
leksemalashuv   mahsuli   bo‘lgan   birliklarni   so‘z   turkumlari   doirasida   o‘rganish
ularning lingvistik tabiatini o‘rganishga ko‘maklashadi.
Frazemalashuv   va   terminlashuv   munosabati.   Tilshunos   olimlar   va
tadqiqotchilar   tomonodan   bizga   ma’lumki,   muayyan   sohaning   batafsil   sharhi   tub
va qo‘shma, yasama leksemalar vositasi bilangina ifodalash imkonsiz. Bu jarayon
tabiiy   ravishda   so‘z   birikmalaridan   keng   foydalanilish   imkoniyatini   taqdim   etadi.
Terminologiya   sohasidagi   ilmiy-bahsli   vaziyatlar   taqozosida   ham   mazkur
birikmalar yechim  sifatida o‘rni muhim ekanligi qayd etilgan. Birikma shaklidagi
18 terminlar   masalasi   doimo   terminologiyaning   dolzarb   va   bahstalab   masalalaridan
biri   bo‘lib   kelgan.   Boisi,   hozirgi   ijtimoiy   jamiyatda   ilmiy   va   texnikaviy
terminologiyada   birikma   terminlarning   salmog‘i   boshqa   turdagi   terminlardan
ancha ko‘p ekanligi bilan izohlanadi.
Birikma   terminlarni   o‘rganishga   bag‘ishlangan   tadqiqotlar   ko‘pligiga
qaramay,   bu   masala   hozirgi   kunda   ham   o‘z   ahamiyatini   yo‘qotgan   emas.
Hozirgacha   bo‘lgan   turli   manbalarda   mazkur   birliklar   turlicha   talqin   etilgan.
Manbalarda   “ko‘p   komponentli   terminlar”,   “frazeologik   terminlar”,   “so‘z
birikmasi   shaklidagi   terminlar”,   “polileksem   terminlar”,   “birikma   terminlar”,
“terminologik   komplekslar”,   “sintaktik   usulda   yasalgan   terminlar”   kabi
nomlanishlarni uchratamiz.
Tadqiqotimizda   biz   mazkur   birliklarni   sintaktik   birliklar   deb   nomlashni
maqsadga   muvofiq   deb   bildik.   “Sintaktik   derivasiya   so‘z   birikmalaridan   boshlab
matngacha bo‘lgan xududda voqelanuvchi derivasiyadir”. R.A. Budagov sintaksis
xaqida shunday deydi: “Sintaksis o‘zining semantik kategoriyasiga ega. Semantik
kategoriyalar   sintaksisda   ham   markaziy   maqomda   bo‘ladi.   Mazmuniy
kategoriyalardan   tashqarida   sintaksis   o‘zining   “ruhi”   ni   yo‘qotadi   va   shartli
qoidalarning jonsiz majmuasiga aylanadi”. Tibbiyot terminlari ustida tadqiqot olib
borgan   G.   Bejenar   ko‘p   qismli   terminlarni   tayyor   qoliplar   asosida   yasalishini
ko‘rsatgan holda, barcha birikma terminlar aslida frazeologik birikmalardir,– deya
ta’kidlaydi. Til belgilarining sintaktik aspektda gapda o‘zaro birikuvi til qoidalarini
hosil   qiladi.   So‘zlarning   qo‘shilishi,   unda   qismlarning   tartibi   ma’lum   bir
ma’nolarni   ifoda   etadi,   masalan,   hayot   va   sug‘urta   so‘zlarining   har   xil   tartibda
qo‘shilishidan   har   xil   xarakterdagi,   har   xil   ma’nodagi   belgilar   xosil   bo‘lishi
mumkin.   Lekin   frazeologik   birlik   turg‘un   birikma   hisoblanadi,   shunday   ekan   biz
G.Bejenarning   fikriga   qo‘shila   olmaymiz.   Bizningcha,   A.N.Kononov   so‘z
birikmalari   deganda,   “ma’lum   bir   ma’no   anglatuvchi   va   sintaktik   jihatdan   o‘ziga
xos  shakliy  butunlikka ega  bo‘lgan ikki   yoki   yoki  bir  necha  mustaqil  so‘zlarning
19 birikuvidan   tashkil   topgan   predmet,   xarakat   va   belgi   ifodasini   bera   oladigan
birikmalarni tushunadi”, degan fikri asosli edi. 11
Frazemalashuv va evfemizmlar munosabati.  Axloqiy va madaniy jihatdan
qo‘llanilishi   mumkin   bo‘lmagan   yoki   noqulay   deb   topilgan   tushunchalarni   bir
qancha   evfemik   tarzdagi   birikmalar   bilan   ifodalash   ehtiyoji   asosida   ham
frazeologizmlar   shakllanishi   mumkin:   xotin   –   umr   yo‘ldoshi,   jufti   haloli   kabi,
uylanmoq   –   uylik   bo‘lmoq,   boshini   ikkita   qilmoq,   turmush   qurmoq,   bo‘yniga
olaxurjun tushmoq, xotin olmoq  kabi,  bo‘g‘oz – ikkiqat, og‘iroyoqli, yukli bo‘lmoq
kabi, tug‘moq – farzand ko‘rmoq, ko‘zi yorimoq, bolali bo‘lmoq  kabilar evfemistik
frazeologizmlarga   misol   bo‘la   oladi.   Ayrim   misollar   oraqli   ko‘rib   chiqadigan
bo‘lsak,   “o‘lmoq”   leksemasini   mantiqiy   asosiga   ko‘ra   qator   evfemistik
frazeologizmlar   yuzaga   keladi.   Garchi   ilmiy   matnda   leksema   bemalol
qo‘llanaversada,   nutqda ishlatish   ma’lum   darajada  noqulaylik  tug‘diradi. Shuning
uchun ham “o‘lmoq” leksemasi anglatgan tushunchani evfemistik tarzda ifodalash
zarurati   tug‘iladiki,   natijada   quyidagi   frazeologizmlar   shakllangan:   dunyodan
o‘tmoq,   dunyodan   ketmoq,   ko‘zini   yummoq,   olamdan   o‘tmoq,   olamdan   ketmoq,
nafasi   tindi,   engak   tashlamoq,   nobud   bo‘lmoq,   qaytish   qilmoq,   yuragi   urishdan
to‘xtadi,   oxirgi   yo‘lga   kuzatmoq,   paymonasi   to‘ldi,   mazasi   bo‘lmadi,   jonini
jannatga   yubormoq,   jannati   bo‘lmoq,   bandalikni   bajo   keltirmoq,   dunyodan   ko‘z
yummoq, dunyodan ko‘zi ochiq ketmoq, vafot qilmoq, vafot etmoq, oradan ketmoq,
qazo   qilmoq,   halok   bo‘lmoq,   jon   bermoq,   shahid   bo‘lmoq,   xudoning   hukmini
bajarmoq,   xazon   bo‘lmoq   kabilar.   “Erga   bermoq”   tushunchasini   ifodalash   uchun
quyidagi   evfemistik   frazeologizmlar:   boshini   bog‘lamoq,   egasiga   topshirmoq,
kuyovga   bermoq,   tengiga   uzatmoq,   kishisiga   bermoq   kabilar   shakllanishini   aytib
o‘tishimiz   mumkin.   Balog‘at,   balog‘atga   yetganlik,   jismoniy   еtilganlik
tushunchasini   ifodalash   uchun   quyidagi   evfemistik   shakllangan   frazeologizmlar
ishlatiladi:   y еtilib   qolmoq,   ko‘zga   ko‘rinib   qolmoq,   bo‘yi   yеtmoq,   bo‘yi   cho‘zilib
qolmoq, balog‘atga yеtmoq  kabilar. Quyudagi evfemistik frazeologizmlar turmush
qurmaganlik   ma’nosini   anglatuvchi   tushunchani   ifodalash   maqsadida
11
  Кононов А.Н. Грамматика современного узбекского литературного языка. – М.Л., 1960. – 246 с.
20 shakllantiradigan:  boshi ochiq, boshi bo‘sh, turmush ko‘rmagan, eshik ko‘rmagan,
o‘n gulidan bir guli ochilmagan  va b.
O‘zbek tilidagi  evfemizmlarni tadqiq etgan olim  A.Omonturdiyev sanaladi.
Olim   “Evfemik   ma’noni   mezonlash,   uni   yondosh   hodisalardan   chegaralash,
avvalo,   tasviriy   vositalarning,   chunonchi,   ko‘chim,   troplar,   sintaktik   yoki   nutqiy
figuralarning   qay   darajada   ishlanganligi   bilan   bog‘liq.   Bu   sohada   katta   yutuqlar
qo‘lga   kiritilgan   bo‘lsa-da,   hali   qator   masalalar,   chunonchi,   adabiy   uslubning
vazifaviy   tasnifi   (so‘zlashuv,   rasmiy,   ilmiy,   publisistik,   badiiy)   mezon   va
chegaralari, emotsional-ekspressivlik darajasi (yuqori, o‘rta, quyi uslub darajalari),
professional   nutq   turlari   yoki   sotsial   qatlam   nutqi   (o‘qituvchi,   imom-xatib,
shifokor,   yurist,   chorvador,  savdogar,   ovchi,   baliqchi,  binokor),   kabilar   nutqining
ekstralingvistik,   sotsiolingvistik,   psixolingvistik,   etik-estetik,   intonatsion   asoslari
tadqiqot talabdir” deganda mutlaqo haq edi. 12
Yuqoridagi  fikrlardan shuni  anglash mumkinki, yondosh hodisa deyilganda
biz   avvalo,   frazemalarning   shakllanishi   natijasida   hosil   bo‘ladigan   evfemizmlar
haqida so‘z yuritamiz.
Yuqorida   aytilganidek,   o‘zbek   tilida   majoziy   iboralarning   ma’no   me’yori,
mundarijasi   va   o‘ziga   xos   xususiyatlari   qat’iy   aniqlanmaganligidan,   ba’zilar,
maqol, matal, topishmoq, aforizm, qanotli so‘zlar va iboralarni ham frazeologiyaga
kiritadilar,   ba’zilar   esa   frazeologiyani   bunday   kengaytirishga   e’tiroz   bildiradilar.
Biz   keyingi   fikr   tarafdori   bo‘lish   bilan   birgalikda,   yuqoridagi   iboralarning
(jumladan   evfemizmlarning   ham)   mushtarakligini,   ayrim   holatlarda   ularning
uchrashishini   e’tirof   etamiz.   Bundan   qat’iy   nazar,   ular   o‘zlariga   xos   xususiyatga,
o‘z   obyektlariga   ega   bo‘lganliklari   uchun   alohida   hodisalar   sifatida   o‘rganilishi
zarur,   deb   hisoblaymiz.   Bu   haqda   yana   ba’zi   olimlarning   yo‘l-yo‘lakay   aytgan
fikrlarini keltiramz. Sh.Rahmatullayev “Frazeologik sinonimlarda stilistik bo‘yoq”
masalasini   talqin   qilish   munosabati   bilan   sinonimiya   uyalarini   ijobiy   va   salbiy
mundarijali frazeologik birliklarga ajratadi va quyidagicha yozadi: salbiy voqelikni
anglatuvchi   sinonimiya   uyalarining   ba’zisi   evfemizmdir.   Evfemizm   salbiy
12
  Омонтурдиев А.   Ўзбек тилининг қисқача эвфемик луғати. – Тошкент: Фан, 2006. – 64 б. 
21 voqelikni atashdan qochish, shunday voqelikning salbiy ta’sirini yumshatish uchun
xizmat   qiladi.   Bunday   evfemizm   iboralarda   go‘yo   ijobiy   stilistik   bo‘yoq
mavjuddek   tuyuladi.   Masalan,   dunyodan   o‘tmoq,   dunyodan   ketmoq,   ko‘zini
yummoq   sinonimiya   uyasida   har   uch   ibora   evfemizm   bo‘lib,   atalayotgan
voqelikning   salbiy   ta’sirini   yumshatish   darajasi   uchinchisida   eng   kuchli
ifodalanadi   deyish   mumki. 13
  Evfemalarni   yondosh   hodisalar   bilan   qiyoslab
o‘rganish   masalaning   mohiyatini,   o‘ziga   xos   xususiyatini   yanada   aniqroq
tushunishga,   lisoniy   birliklarning   ma’no   qirralarini,   nutqiy   qimmatini,   ularning
o‘zaro   farqini   ochishga,   mezon   belgilashga   imkon   beradi.   Masalan,   adabini
bermoq, beti ochilmoq, balog‘atga yеtmoq, boshini ikkita qilmoq, bir yoqli qilmoq,
boshiga   yеtmoq,   don   olishmoq,   dunyodan   o‘tmoq,   yostig‘ini   quritmoq,   javobini
bermoq, ko‘zi yorimoq, otdan tushsa ham egardan tushmaslik, og‘iz urmoq, og‘iz
solmoq,   qo‘li   egri,   qo‘lga   tushmoq   kabi   birikmalar   tarkibidagi   so‘zlarning   o‘z
ma’nosidan   emas   balki   ko‘chma   majoziy   bir   tushuncha   anglatish   tomonidan
frazema   bo‘lsa   voqelikning   salbiy   ta’sirini,   noxush   xabarni   yumshatishi,   nutqiy
beozorlikka   odob   doirasida   muomala   qilish   nuqtayi   nazaridan   evfemik   vosita
hisoblanadi.   Evfemik   ma’noli   leksemalar   munosabatidagi   o‘zaro   farqlanish
tamoyili,   ayniqsa,   quyidagi   birliklarda   yorqin   ko‘zga   tashlanadi.   Boshqacha
aytganda,   unashtirmoq  (uylantirmoq)   (qo‘llanilishi   andisha,   tarbiya   bilan   bog‘liq)
leksemasi   o‘rnida   qo‘llaniluvchi   beshikkerti   qilinmoq,   atalmoq,   patir
ushatmoq/non   sindirmoq,   fotiha   bo‘lmoq   evfemik   sinonim   qatoridagi   leksemalar
semantikasida   amalga   oshirilayotgan   harakat   (fe’l)ning   kuchayib,   harakatning
oddiy   bosqichidan   boshlab,   harakatning   jiddiy   tus   olish   jarayonida   ma’no   va
mazmun  kuchayishini   kuzatish  mumkin.  Bu  esa  evfemik  sinonim  qatorlarda  ham
darajalanish   jarayoni   mavjudligini   ko‘rsatib   turibdi.   Bunday   graduonimik
qatorlardagi   evfemik   sinonimlardan   o‘rinli   foydalanishda   tilimizning   o‘ziga   xos
xususiyatlarini   yanada   yaqqol   his   etishimiz   mumkin.   Ularni   nutqimizda   qo‘llash
nutqiy  vaziyatga   nisbatan   evfemik   darajalanuvchi   har   bir   birlikni   o‘z  mazmuniga
mos   tarzda   tog‘ri   ishlatish   lozimligiga   olib   keladi.   Xuddi   shunday,   evfemik
13
  Омонтурдиев А.   Ўзбек тилининг қисқача эвфемик луғати. – Тошкент: Фан, 2006. –  18 б.
22 sinonimlar   qatorida   ham   oraliq   holatning   mavjud   bo‘lishi   farqlilikni   yuzaga
keltiradi.   Masalan,   bo‘g‘oz   (qo‘llanilishi   o‘zaro   hurmatsizlik   bilan   bog‘liq   juda
ham   qo‘pol)   so‘zi   o‘rnida   uning   yumshoq   ifodasi   sifatida   qo‘llaniladigan
boshiqorong‘u   bo‘lmoq   →   ikkiqat/homilador   →   yukli/og‘iroyoq   sinonimik
qatorida   ikkiqat   va   homilador   birligi   oraliq   mavqeni   egallaydi.   Yoki   ersiz   so‘zi
o‘rnida   qo‘llaniladigan   boshi   ochiq   →   beva   →   tul   sinonimik   qatorida   beva
leksemasi   oraliq   holatda   turibdi   deb   aytish   mumkin.   Frazeologik   shakllanish
jarayonida   u   yoki   bu   frazeologizm   uchun   mantiqiy   asos   bo‘lgan   til   birligini
aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Frazemalashuv va disfemizmlar munosabati.   Shaxsning o‘ziga xos xatti-
harakatlari,   xarakteri,   yurish-turishi   va   boshqa   xususiyatlari   qo‘pol,   vulgar   tarzda
ifodalash   ehtiyoji   bilan   ham   frazeologizmlar   shakllanishi   mumkin.   Evfemistik
shakllanishning  aksi  bo‘lgani  uchun  bu  jarayonni   disfemistik  shakllanish  deymiz.
Shu   asosda   shakllangan   frazeologizmlarga   it   fe’l,   eshakmiya,   tovuqmiya,
toshyurak,   it   yurak,   bir   vinti   kam   kabilar   misol   bo‘la   oladi.   Yuqorida   “o‘lmoq”
leksemasining   mantiqiy   asosida   evfemistik   shakllangan   frazeologizmlardan
namunalar   keltirgan   edik.   Shu   bilan   birga   mazkur   leksema   ifodalaydigan
tushuncha   qator   qo‘pol,   vulgar   birikmalar   bilan   ham   ifodalanish   hollari   uchrab
turadi.   Masalan:   yostig‘i   quridi,   joni   uzildi,   joni   chiqdi,  imonsiz   ketdi,   kuni   bitdi,
jonini   olmoq,   jonini   jahannamga   yubormoq   kabilar.   Turmush   ko‘rmaganlikni
anglatuvchi   tushunchani   qo‘pol,   vulgar   birikmalar   bilan   ifodalash   maqsadida,
qaymog‘i   buzilmagan,   er   qilmagan,   xotin   olmagan,   erga   chiqmagan,   ko‘zi
ochilmagan, to‘shak ko‘rmagan   kabi  frazeologizmlar  shakllangan. Shunday qilib,
o‘zbek   tilida   ko‘pgina   frazeologizmlar   ayrim   leksemalarning   mantiqiy   asosiga
ko‘ra shakllanganligini kuzatish mumkin. Bunda mantiqiy asos bo‘lgan leksemalar
va shu asosda shakllangan frazeologizmlar aynan bir denotativ ma’noni kasb etadi.
Ammo   shu   tarzda   frazeologizmlar   mantiqiy   asos   bo‘lgan   leksemalardan
o‘zlarining   ma’no   qirralari   hamda   obrazli   ifodalanishi   bilan   ajralib   turadi.
23 Frazeologizmlarning   leksemalar   asosida   shakllanishi   bilan   differentsiatsiya,   ya’ni
leksemaning parchalanishi yuz beradi va yangi, kengaygan shakl yuzaga keladi. 14
Darajalanish   leksemalararo,   frazemalararo   va   leksema   hamda
frazemalarning   oralarida   (bog‘lanishlarida)   voqe   bo‘lishi   mumkin. 15
  Shularga
asoslanib,   leksik,   frazeologik,   leksik-frazeologik   graduonimiya   haqida   gapirish
o‘rinli.   Lug‘aviy   darajalanish   maxsus   graduonimik   qatorlarda   aks   etadi.   Shuning
uchun   darajalanish   qatori,   qator   a’zolari   hamda   ushbu   birliklar   orasidagi
munosabatlar   haqida   fikr   yuritish   lozim   bo‘ladi.   Darajalanish   qatorining   eng
muhim qurilish belgisi  unda bir  umumiy belgining ortib yoki  kamayib borishidir.
Demak,   leksema   va   frazemalar   bir   umumiy   belgining   ozlik-ko‘plik   darajalari
bo‘yicha   o‘zaro   semantik   bog‘lanishlar   hosil   qiladi.   Graduonimik   qatorlarda
ko‘pincha muayyan bir belgininggina emas, balki, u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa
hamroh belgilarning ham izchil oshib (kamayib), shunigdek, evfemik qo‘llanilishi
yuqorilab(madaniylashib)   borishi   anglashilish   mumkin.   Masalan:   ijtimoiylikka
munosabat   kabi   qo‘shimcha   belgilarning   ham   tadrijiy   ravishda   oshib   borishi   aks
etadiki bular, asosan, kontekstda yuzaga chiqadi.
Xullas,   yuqoridagi   umumiy   belgilardan   shuni   ko‘rish   mumkinki,   lug‘aviy
darajalanish   leksik   va   frazeologik   birlikar   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   semantik
hodisalarning turlaridan biri hisoblanadi. Evfemik, frazeologik, leksik-frazeologik
graduonimiyani chuqur tadqiq etish tilning yaxlit bir tizim ekanligini tushunishga
keng   yo‘l   ochish   bilan   birgalikda   uning   ayrim   ochiqlanmagan   xususiyatlarining
yuzaga chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu esa insonlar o‘rtasidagi nutqiy madaniyatning
takomiliga bevosita katta xizmat qiladi.
Frazemalashuv   va   so‘z   birikmalari   munosabati .   Leksemalar   tuzilmasi,
ayrim   erkin   bog‘lanmalar   frazeologizmlarning   shakllanishi   uchun   mantiqiy   asos
bo‘lib xizmat qiladi. Tilshunoslikda leksemalarning frazeologik shakllanishi uchun
mantiqiy   asos   bo‘la   olishi   haqida   turli   mulohazalar   bildirilgan.   Tilshunos,
L.I.Royzenzon,   “Frazeologizmlar   leksemalar   asosida   emas,   balki   sintaksis
14
  Маматов А.Э.   Ҳозирги замон ўзбек адабий тилида лексик ва фразеологик норма муаммолари. - Тошкент,
1991. – Б. 158. 
15
  Неъматов Ҳ., Бозоров О.   Тил ва нутқ. – Тошкент: Ўқитувчи, 1993. –  158  б.
24 frazeologik   shakllanish   uchun   “qurilish   maydoni”   sanaladi”,   –   deb   ta’kidlaydi. 16
Bu   mulohazaga   N.M.Shanskiy   e’tiroz   bildirb,   “Sintaksis   mavhum   modellar   va
qurilmalar   asosiga   emas,   balki   konkret   so‘z   birikmalariga   asoslanadi”,   –   degan
fikrni   o‘rtaga   tashlaydi. 17
  Darhaqiqat   frazeologizmlar   erkin   birikmalar   singari
harakatchanlikka ega bo‘lmaydigan gap qurilishi jarayonida fikrning talabiga qarab
tashkil   topavermaydigan   til   birligidir.   Shuningdek   frazeologizmlar   konkret
tushunchalarni   ifodalashdan   mavhum   tushunchalarni   ifodalashga   qarab   harakat
qiladigan   til   hodisasidir.   Shu   ma’noda   frazeologizmlar   leksik   qatordagi
kombinatsiyalardan   tashkil   topadi.   Frazeologik   shakllanishda   alohida   olingan
leksemalar   mantiqiy   asos   sifatida   qatnashishi   mumkin.   Bunda   frazeologik
differentsiatsiya yuz beradi, ya’ni so‘zning ma’no asosi birikmaning shakllanishiga
sabab   bo‘ladi.   Boshqacha   aytganda,   leksemaning   ichki   bo‘linishi   asosida
frazeologizmlar shakllanadi. Frazeologik differentsiatsiyada bir sememali so‘zning
ma’nosi birikma shaklida namoyon bo‘ladi. Demak,  frazeologik differentsiatsiyada
alohida   so‘zning   ichki   bo‘linishi   yuz   beradi.   Bunda   yangi   shakl   paydo   bo‘ladi,
ammo ma’no o‘zgarmaydi. Masalan,  zarar ko‘rmoq  frazeologizmining shaklanishi
uchun “zararlanmoq” leksemasi mantiqiy asos bo‘ladi. “Imzolamoq” leksemasi esa
“ imzo   chekmoq ”   frazeologizmi   uchun   mantiqiy   asosdir.   Bunda   “zararlanmoq”   va
“imzolamoq”   leksemalari   differentsiatsiyaga,   ya’ni   ichki   bo‘linishga   uchraydi.
Leksemalar   ifodalagan   ma’nolar   yangi   shakllangan   frazeologizmlar   uchun
mantiqiy   asos   bo‘lib,   ularning   denotativ   ma’nolari   frazeologik   birikmada   ham
ifodalanaveradi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   frazeologik   differentsiatsiya   jarayoni
natijasida leksemalarning ichki parchalanishi asosida, ya’ni birikmali shakl yuzaga
keladi. Denotativ ma’no esa deyarli o‘zgarishga uchramaydi. Ko‘rinadiki, mantiqiy
asos bo‘lgan leksema va yangi shakllangan frazeologizm o‘rtasida ma’no jihatidan
farq   borligi   sezilmaydi.   Ammo   yuzaga   kelgan   ma’no   ko‘chma   ma’no   bo‘ladi.
Bunda   frazeologizmning   bir   komponenti   ko‘chma   ma’noda   qo‘llanadi.   Masalan,
“oyoqlanmoq”   leksemasining   mantiqiy   asosiga   ko‘ra,   oyoqqa   turmoq
16
  Ройзензон Л.И., Авалиани Ю.Ю.   Современные аспекты изучения фразеологии // Проблемы фразеологии и
задачи ее изучения высшей и средней школе. - Вологда, 1967. – С.  49-50 .  
17
  Шанский Н.М.   Фразеология современного русского языка. Издание третье. - М.: Высшая школа, 1985 – С.
75 .
25 frazeologizmi  shakllanadi.  Shakllangan frazeologizm  “turmoq”  fe’lining ko‘chma
ma’nosi   asosiga   qurilgan.   Leksamalarning   mantiqiy   asosiga   ko‘ra   shakllangan
frazeologizmlarning   bir   komponenti   metonimiya   yoki   metafora   yo‘li   bilan
ko‘chirish   asosida   mazmun   tomoni   shakllanadi.   Masalan,   “oyoqlanmoq”
leksemasining   mantiqiy   asosida   shakllangan   oyoqqa   turmoq   frazeologizmi
metonimik   ko‘chirilish   asosida   mazmuni   shakllangan.   Yuzaga   kelgan   birikma
faqatgina   turg‘un   bog‘lanma   bo‘lib   qolmasdan   balki   ko‘chma   ma’noli
frazeologizm hisoblanadi. Leksemaga xos bo‘lgan denotativ ma’no birikmada ham
saqlanadi. Shakli esa o‘zgaradi, yani leksema shaklidan birikma shakliga aylanadi.
Birikma   shakliga   qo‘shilgan   yangi   so‘zlar   (asosan   fe’llar)   yangi   shakllangan
birikmaning tarkibidagi ma’nosiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Masalan, “tashvishlanmoq”
leksemasining   mantiqiy   asosidan   tashvish   tortmoq   frazeologizmi   hosil   bo‘lgan.
Ibora   tarkibidagi   “tortmoq”   leksemasi   birikmaning   denotativ   ma’nosiga   deyarli
ta’sir   ko‘rsatmaydi.   Leksema   ham,   birikma   ham   “tashvishlanish,   bezovtalanish”
kabi   denotativ   ma’noni   ifoda   qilaveradi.   Shuni   alohida   ta’kidlash   lozimki,
shakllangan   frazeologizmlar   ma’noni   obrazli   ifodalashi   bilan   leksemalardan
farqlanadi,   chunki   “tortmoq”   leksemasi   qo‘shilishi   bilan   obrazlilik,
frazeologizmlarga xos xususiyatlar shakllanadi.
I bob yuzasidan xulosalar
O‘zbek xalqining madaniy nutqiga xos asosiy unsurlaridan biri hisoblangan
frazemalarni tadqiq etish, ularga yondosh hodisalar ni o‘rganish hamda bu xususda ,
tilshunoslik   nuqtayi   nazaridan   nazariy   xulosalar   chiqarish   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.   O‘zbek   tilshunosligida   frazeologizmlar   tadqiqiga   bag‘ishlangan   ishlar
talaygina.   Xususan,   ularning   ayrimlarida   frazemalar ga   yondosh   hodisalar   ham
tadqiq etilgan.
Tabiati   murakkab   bo‘lgan   til   birligi   hisoblanuvchi   frazemalar   mazmuni
leksemaga,   tuzilishi   esa   birikmaga,   gapga   teng   kelganligi   tufayli   segment   birlik
sanaladi.   Leksemalar   qatori   ayrim   erkin   bog‘lanmalar   frazeologizmlarning
shakllanishi uchun mantiqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
26 II BOB. TILDA FRAZEMALASHUV HODISASI VA UNING O‘ZIGA
XOS JIHATLARI
2.1. Frazemalashuv va uning mohiyati
Frazeologizatsiya,   frazeoobrazavaniye   (frazemalashuv)   hodisasi   xususida
jahon   va   rus   tilshunosligida   talaygina   ishlar   qilingan   hamda   tildagi   bu   jarayonga
turlicha ta’riflar berilgan. L.I.Royzenzon fikricha, “Frazeologizatsiya – bu ma’lum
bir   til   jamoasining   nutq   amaliyotida   tayyor   shaklda   so‘zlovchilar   xotirasidan
olingan   (har   safar   yangidan   yaratilmagan),   barqarorlashgan   til   birliklaridir.
Frazeologizatsiya   jarayoni   aktualizatsiya   hodisasi   bilan   bog‘liq:   “Erkin   nutq
ahamiyatsizdan dolzarbga aylanadi (ya’ni, ma’lum bir tarixiy davrda ma’lum bir til
uchun muloqot qilish uchun juda muhim va zarur bo‘ladi). Aktualizatsiyada erkin
aylanishning erkin bo‘lmaganga (nutq aktida takrorlanadigan barqaror til birligiga)
o‘zgarishiga olib keladi”.
Frazeologizatsiya   jarayonida   frazeologik   birlik   (FB)lar   shakllanar   ekan,
ularning shakllanishiga asos, turtki nima degan savol tug‘iladi?  Shakllanishga asos
bu  iboraning metaforizatsiyasi va metaforalashuv bilan birga keladigan so‘zlarning
semantik   siljishidir.   “Frazeologizatsiya   jarayoni   frazeologik   abstraktsiyaga   -   so‘z
birikmasini   ularning   leksik   va   grammatik   ma’nolaridan   tabiiy   abstraktsiyaga
aylanishiga   asoslanadi   (Melerovich   A.M.,   Fokina   A.M.,   Yakimov   A.E.,   1996).
Tilning   tarixiy-tadrijiy   taraqqiyoti   davomida   erkin   so‘z   birikmalarining
turg‘unlashib,   ko‘chma   ma’nosining   kuchayib   borishi   natijasida   frazeologizatsiya
hodisasi   vujudga   kelgan.   Frazeologizatsiya   dunyodagi   barcha   tillar   taraqqiyotida
yuz   beruvchi   umumlisoniy   hodisalardan   biri   bo‘lib,   bu   jarayonda   so‘z
birikmalarining   semantik   qayta   shakllanishi   natijasida   turg‘unlashib,   yaxlitligicha
ko‘chma   ma’no   ifodalashi,   tayyor   holda   mavjud   bo‘lib   obrazlilikni   vujudga
keltiruvchi   maxsus   belgilarga   ega   bo‘ladi.   Tilshunoslikda   frazeologizatsiya
hodisasi   asrlar   davomida   shakllanganligi   sababli   jahon   tilshunoslarining   doimiy
diqqatida   bo‘lgan   masalalardan   biriga   aylangan.   O‘zbek   tilshunosligida
frazeologiya,   FBlar   xususida   ko‘plab   tadqiqotlar   yaratilgan   bo‘lsa-da,   aynan
27 frazeologizatsiya   hodisasining   o‘zgaruvchan   lingvistik   tabiati   muntazam
tadqiqotlar markazida bo‘lishni talab qiladi.
Ta’kidlash joizki, frazeologizmlar obrazli ifoda vositasi sifatida  ming yillar
davomida   umumxalq   tilidan   badiiy   adabiyotga   yoki   badiiy   matnda   yaratilgandan
so‘ng   xalq   tiliga   “ko‘chib”   yuradi.   Ijod   mahsuli   sifatida   muayyan   tushunchani
obrazli   ifodalashga   yo‘naltirilgan   frazeologizmlar   asrlar   davomida   ma’lum
o‘zgarishlarga   uchragan,   ishlov   berilgan   va   qayta   ishlanishi   natijasida   yangi
ma’nolar   kasb   etgan.   Albatta   “kimdir”   tomonidan   “qachondir”   shakllantirilgan
FBlar  tilimizning oltin zaxirasini muntazam boyitib borishga imkon bo‘lgan.
Frazeologizmlar   ikki   yoki   undan   ortiq   leksemaning   o‘z   leksik   ma’nosidan
chekingan   holda   ustama,   ko‘chma   ma’no   hosil   qilishidir.   Akademik
A.Hojiyevning   “Lingvistik   terminlarning   izohli   lug‘ati”da   FBlarga   shunday   ta’rif
beriladi:   “tuzilishi   jihatdan   so‘z   birikmasiga,   gapga   teng,   semantik   jihatdan   bir
butun, umumlashgan ma’no anglatadigan, nutq prosessida yaratilmay, balki nutqqa
tayyor holda kiritiladigan lug‘aviy birlik, turg‘un birikmalarning obrazli, ko‘chma
ma’noga ega turi”.
O‘zbek   tilshunosligida   FBlarning   lingvistik   tabiati   xususida   ko‘p   yozilgani
bois   bu   bo‘limda   frazeologizatsiya   hodisasi   xususida   to‘xtalamiz.
Frazeologizatsiya hodisasining mohiyati – birdan ortiq so‘zdan iborat birikmaning
turg‘unlashib,   semantik   qayta   tiklanib,   obrazli   ustama   ko‘chma   ma’no
ifodalashidir. “Erkin so‘z birikmasi yoki gap sintaktik birliklarining turg‘un obrazli
birikmaga   aylanish   jarayonini   frazeologizatsiya   jarayoni   deb   e’tirof   etamiz”,   -
deganda   A.Mamatov   hodisaning   yuzaga   kelish   jarayoniga   e’tibor   qaratishni
uqtiradi.
Frazeologizatsiya   hodisasi   sintaktik   birikma   yoki   tuzilmalarning   semantik-
struktur   tabiatidan   kelib   chiqqan   holda   turli   tarkibiy   va   ma’noviy     o‘zgarishlari
orqali   obrazli   ko‘chma   ma’no   anlatish   uchun   ikkinchi   bir   tuzilma   hosil   qilishdir.
Ya’ni, til elementlarining muayyan qonuniyatlar asosida o‘zgarishi, qayta tuzilishi
natijasida   frazeologizatsiya   hodisasi   yuzaga   keladi.   Ya’ni,   “Avvalo
frazeologizmlarni n g   ma’nosi   tarkibidagi   so‘zlarga   xos   ma’nolar   asosida
28 izohlanmaydi.   Erkin   bog‘lanmaga   xos   ma’no   frazeologizmlashtirilishi   asosida
yangi   ma’no   yuzaga   keladi.   Chunonchi,   “yeng   shimarmoq”   birikmasi   erkin
bog‘lanma   tarzidagina   ularni   tashkil   etgan   “yeng”   va   “shimarmoq”   so‘zlarining
o‘zaro   ma’noviy   birikuvidan,   “kiyimning   yengini   shimarish   bilan   bog‘liq
harakatni”   ifodalovchi   ma’no   kasb   etadi.   Faqat   birlamchi   ma’no   so‘zlarga   xos
ma’nolar   asosida   izohlanadigan   ma’no   bo‘ladi.   Bu   erkin   bog‘lanma
frazeologizmlashtirilgandan   keyin   esa   erkin   bog‘lanmaga   xos   ma’no   butunlay
o‘zgarib,   tarkibidan   so‘zlarga   xos   bo‘lmagan   “astoydil   ishga   kirishmoq”   ma’nosi
shakllanadi. Shuning uchun ham frazeologizmlarni so‘zlarga xos ma’nolar asosida
izohlanadigan   va   izohlanmaydigan   kabi   tasniflash,   bizningcha,   o‘zini   oqlamaydi.
Rus   tilshunoslari   A.Molotkov   va   V.Ogolsevlar   ham   FBlarning   shakllanishini
frazeologizmlashtirish   jarayoni     deb   baholaydi.   Frazeologik   turg‘un   birikmalar
shakllanishi zamiridagi bog‘lanish frazeologizmlashtirish orqali ravshanlashadi.
Ma’limki,   o‘zbek   tili   frazeologizmlari   quyidagi   to‘rt   derivatsion   baza
asosida shakllanadi:
1) faol leksemalarning mantiqiy (motivatsion) asosi;
2) erkin bog‘lanmalar va gaplar;
3) umumtil frazeologizmlari;
4) o‘zga til materiallari.
Derivatsion   asos   bilan   birga,   quyidagi   uch   frazeologik   shakllanish   jarayoni
mavjud:
1)   frazeologik   integratsiya   va   frazeologik   differentsiatsiya,   ya niʼ
leksemalarning   o‘ziga   xos   kombinatsiyasi.   Kombinatsiya   asosida   til   birligi
(nominativ birlik) yuzaga keladi;
2)   semantik   qayta   shakllanish   yoki   frazeologik   transpozitsiya,   ya ni   erkin	
ʼ
bog‘lanma yoki gapni o‘ziga xos bo‘lmagan ma noda va vazifada qo‘llash;	
ʼ
3) umumtil frazeologizmlari asosida yangi frazeologizmlarning shakllanishi
yoki frazeologik modernlashtirish. Individual-muallifli frazeologizmlar   h am xuddi
uzual frazeologizmlardagi kabi til qonuniyatlari asosida shakllanadi.
29 Yuqorida   keltirilgan   А.Mamatovning   fikrlariga   e tibor   qaratsak,   olimʼ
frazemalashuv jarayonini “frazeologik shakllanish” deb nomlab, jarayonning hosil
bo‘lishining   asosiy   omillarini   sanab   ko‘rsatgan.   Darhaqiqat,   tilimizdagi
frazeologizmlarning shakllanishi leksemalarnikidan tubdan farq qilmasa-da, ammo
ular   o‘rtasida   ma lum   farqlar   ham   bor.   Leksemalashuv   jarayonini   yuqorida	
ʼ
frazemalashuv   jarayoniga   yondosh   hodisa   sifatida   e tirof   etdik.   Leksemalashuv	
ʼ
albatta frazemalarning shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi tayin. Chunki
tilga tayyor holda kirib keladigan frazealarning asosini, albatta, leksemalar tashkil
etadi. Shu o‘rinda frazemalarning nutq hodisasimi yoki til hodisasimi degan asosli
savol   tug‘iladi.   Shunday   frazemlar   borki,   ular   xalq   tilida   ma lum   maqsadlarda	
ʼ
fikrni  obrazli   tarzda  ifodalashga  xizmat   qiladi.  Jonli   xalq tilidagi   frazemalar   nutq
hodisasi   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Jonli   so‘zlashuvdagi   frazemalarni   alohida
o‘rganish   va   ularning   shaklllanish   jarayonini   tadqiq   etish   hozirda   tilshunoslikda
o‘rganilmagan   masaladir.   Jonli   xalq   tilidan   tilga   tayyor   o‘tgan   va   adabiy   tilga
qabul   qilingan   frazemalar   esa   til   hodisasi   sifatida   e tirof   etiladi.   Tarkibining	
ʼ
nisbatan   barqarorligi   va   turg‘unligi   ularning   asosiy   belgilari   sanalishi   sabab   ham
frazemalarni til hodisasi sifatida e tirof etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.	
ʼ
O‘zbek   tilidagi   frazemalashuv   jarayoni   rus   va   jahon   tilshunosligida
frazeologizatsiya,   frazoobrazovaniye   deb   ataladi.   А.Mamatovning   bu   xususda
quyidagi   fikrlari   e tiborga   molik:   “Tilshunoslikning   so‘z   yasalishi   sistemasini	
ʼ
o‘rganuvchi bo‘limi odatda so‘z yasalishi termini bilan ataladi. Frazeologik sathda
esa   frazeologik   shakllanish   terminidan   foydalangan   ma qul.   Fikrimizcha,	
ʼ
frazeologizmlar   yasalmaydi,   balki   shakllanadi,   chunki   ular   yasalgan   so‘z
formalaridan   iboratdir.   Frazeologizmlar   tarkibidagi   leksemalar   so‘z   yasalish
bosqichini   o‘tagan   bo‘ladi.   Demak,   olim   rus   tilidagi   frazeologizatsiya,
frazoobrazovanie terminlarini o‘zbek tiliga frazeologik shakllanish deb nomlashni
ma qul ko‘rgan.	
ʼ 18
Frazemalashuv   hodisasi,   frazeologik   shakllanish   masalalari   rus
tilshunosligida   Y.А.Gvozdarev,   А.V.Kunin,   G.G.Sokolova,   А.G.Nazaryanlar
18
 А.Mamatov.  Frazeologizmlarning shakllanishining nazariy asoslari . - Toshkent, Navro‘z, 1997.
30 tomonidan   atroflicha   tadqiq   etilgan.   Y.А.Gvozdarev   «Основы   русского
фразообразования» nomli asarida frazeologik shakllanishini alohida soha sifatida
talqin   qilib,   rus   tili   frazeologizmlarining   shakllanish   derivatsiyasi   asoslarini,   ayni
hodisaning asosiy jarayonlari va an analarini tahlil qiladi. Аmmo olim frazeologikʼ
shakllanish   jarayonida   semantik   holatning   muhim   o‘rni   bor   ekanligiga   e tiborni	
ʼ
qaratmaydi.
А.G.Nazaryan   o‘zining   «Фразеология   современного   французского
языка»  nomli   kitobida  frazeologik  shakllanishning  asosiy  omillari   sifatida  ma no	
ʼ
ko‘chirish,   komponentlar   leksik   ma nolarining   kuchsizlanishi,   arxaizmlar,   ellipsis	
ʼ
tilga   olinadi.   А.V.Kunin   ham   А.Nazaryan   fiklarni   qo‘llab-quvvatlagan.   Fransuz
tilidagi frazeolоgik shakllanish jarayonini o‘rgangan yana bir olima G.G.Sokolova
esa frazeologik shakllanishning bosqichlarini ajratadi va asosiy bosqichlari sifatida
birlamchi va ikkilamchi transpozitsiyalarni ko‘rsatadi.
O‘zbek tilshunosligida frazeologik shakllanish  masalalari  bilan А.Mamatov
atroflicha shug‘ullangan. Olimning nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari aynan
frazeologizmlarning shakllanishi,  ularning shakllanishiga  omil  bo‘luvchi  vositalar
tadqiqiga bag‘ishlangan.
O‘zbek tilida so‘z birikmalarining (SB) o‘zgaruvchanlik asosida frazeologik
birlik(FB)larga   o‘tishi   frazema   shakllanishining   eng   samarali   usullaridan   biri
hisoblanadi.   Sintaktik   aloqa   asosida   birlashtirilgan   ikki   yoki   undan   ortiq
so‘zlarning   o‘zaro   birikishidan   tuzilgan   SBlari   FB   shakllanishining   hosilaviy
asosidir.   Frazeologik   birliklarning   hosil   bo‘lishida   asos   bo‘lib   xizmat   qiladigan
so‘z   birikmalarining   qismlari   asosan   og‘zaki   nutqda   s o‘zlashuv   hamda   boshqa
hollarda badiiy  uslubda shakllanadi.
- Nima-nima? -  dedim  men.  -  Darrov   pul  quturtirdimi?  O‘zing  so‘qqa
joningni   boqolmaysan-u   to‘qlini   qanday   qilib   boqasan?   Yoki   dadang   Tursunboy
akaning to‘qliga  ko‘zi uchib turibdimi ?
- Azbaroyi Xudo; borim shu, boshqa pulim bo‘lsa,  ko‘zim ko‘r bo‘lsin .
31 “Bu mozorga sig‘ingan, bu buloq suvidan ichgan yoki cho‘milgan kishi pes
bo‘lsa - tuzaladi, shol bo‘lsa - yuradi. Ko‘r bo‘lsa -   ko‘zi ochiladi ”, deb ishonar
edilar.
Yuqoridagi   misollarda   keltirilgan   “ko‘zi   uchmoq”,   “ko‘zi   ko‘r   bo‘lmoq”,
“ko‘zi ochilmoq” FBlari SB asosida shakllangan.  Mazkur frazeologik birliklarning
hosilaviy   asosi   bo‘lib   xizmat   qilgan   so‘z   birikmalari   qismlari   dastlab   og‘zaki
s o‘zlashuv   nutqida   shakllangan   va   keyinchalik   badiiy   uslubga   ko‘chgan.   Og‘zaki
so‘zlashuvda   hosil   bo‘lgan   frazeologik   birliklarning   ko‘pchiligi   shaxsning
jismoniy   sifatlari,   xulq-atvori,   his-tuyg‘ulari   bilan   bog‘liq   jarayonlar   natijasida
hosil   bo‘ladi.   Iboralar   shakllanishida   azaldan   xalq   tilining   o‘rni   va   roli   katta.
Аslida   xalq   yaratgan   FBlar   asta-sekin   adabiy   tilga   badiiy   asarlar   orqali   kirib
boradi.   Shunday   bo‘lishiga   qaramay,   adabiy   tilga   kirib   bormagan   va   mavjud
lug‘atlarda   uchramaydigan   sheva   ta sirida   shakllangan   FBlar   ham   mavjuddir:ʼ
“ maymundek   o‘ynatmoq ”,   “ko‘kdan   to‘ygan   kurraday”,   “taroziga   posongi
bo‘lmoq”, “kalapo‘shni dol qo‘yib”, “madaniyatni molga yedirmoq”, “umrbodlik
nafaqaga chiqmoq”, “suxani sinmoq”, “suvdan holva yasamoq”, “og‘ziga cho‘p
o‘lchatmoq”, “burganing oyog‘iga taqa yasamoq”, “kallasini yo‘qotib qo‘ymoq”,
“kalla pishirmoq”, “tomiriga tushmoq”, “belni yeti  joydan bog‘lamoq”, “pataki
paytava   bo‘lmoq”   kabi.   Mazkur   FBlar   frazeologizmlarning   mavjud   izohli
lug‘atlarida n   o‘rin   olmagan.   U larni   sheva   ta sirida  	
ʼ og‘zaki   so‘zlashuv   uslubida
shakllangan   deyishimizga   FB   tarkibida gi   “ burga ”,   “ holva ”,   “tarozi”,   “kurra”,
“kalapo‘sh”, “kalla”   leksema lar asos b o‘lgan.
F razeologik   birliklarining   derivativ   yasalishini   yana   badiiy   uslubga   oid
asarlar da   uchratish   mumkin:   “suvdan   holva   yasamoq”,   “og‘ziga   cho‘p
o‘lchatmoq”, “burganing oyog‘iga taqa yasamoq”   kabi. 
Xalq ning   asrlar   davomida   kuzatishlari   asosida   to‘plangan   boy   hayotiy
tajribasi  tilidagi  frazeologik birliklarda o‘z aksini topadi. Bunday FBlarning paydo
bo‘lishi uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi.
32 2.2. So‘z birikmasining frazemalashuvi
SB   va   FB   o‘rtasidagi   munosabatni   inkor   etmagan   holda   qurilishi ga   nazar
tashlaymiz.   Frazemaning   turg‘un   erkin-sintaktik   tuzilmasi   bo‘lgan   frazeologik
genotip   doirasida   ko‘p   tomonlama   o‘zaro   tasir   mavjud.   N.F.Alefirenko,   “til
tizimining   elementlari   o‘rtasidagi   bog‘lanishning   shunday   universal   shaklini
tushunamizki,   bunda   ularning   o‘zaro   ta’siri   birgalikda   mavjud   bo‘lgan   til
hodisalarida o‘zaro shartli o‘zgarishlarga olib keladi”.
Frazeologik   birlik   va   so‘z   birikmalari   o‘rtasidagi   o‘zaro   tasir   ularning
genetik, struktur-semantik va funksional munosabatlari bilan belgilanadi.
Frazeologizmlar komponentlari ham xuddi so‘z birikmalari kabi grammatik
jihatdan shakllanish, yashash, o‘zgarish xususiyatlariga ega. So‘z birikmalari kabi
frazeologik   birliklar   ham   doimo   alohida   urg‘uga   ega   bo‘ladi.   Masalan,   odam
miyasining  ichi  suyuqlikdan  iborat  bo‘lishi   ma lum.  Аna shu  suyuqlik  xalq  tilidaʼ
qatiq deyiladi va “qatiq” miya leksemasi bilan yonma-yon kelib “miyaning qatig‘i”
shaklidagi so‘z birikmasini va frazeologik birikmani hosil qiladi. 
1)   so‘z   birikmasi   shaklidagi   “miyasining   qatig‘ini   chiqarmoq”:   Ruxsat
bo‘lsa-da, peshanasiga shundoq tirab o‘zvorsang, oqayotgan  miya qatig‘ini  maza
qilib tomosha qilsang. (internetdan) 
2)   frazeologik   birikma   shaklidagi   “miyasining   qatig‘ini   chiqarmoq”:   Аy,
jo‘ra,   bilasan-ku   shu   paxanlarni,   eskirgan   odamlar,   “do‘pposlab   ketishadi,
o‘ldirib   ketishadi”   deb,   miyaning   qatig‘ini   chiqarvorishadi .   (M.Nizanov,
Odamning   eskisi);   Yo‘limdan   uchrasa   miyasini   qatig‘ini   chiqarib   tashiman .
Dunyo tomonidan tan olingan jinoyatchi o‘ldirishi lozim (internet); Keyin quloqni
batang   qilib,   miyaning   qatig‘ini   chiqarib   yuboradigan   musiqaga   tok   urgandek
qaltirab, titrab raqsga tusha boshladik.
N.Ismoilovning “Mafiya sardori” asarida shunday parcha bor:
–   Bevafo,   xotinchangiz   sal   uzoqlashishi   bilan   menga   yomon   qarash
qilayapsizmi? 
–   Xotincham   yonimda.   Аgar   xotinchamga   birov   shunaqa   muomala
qilganida, urib  miyasining qatig‘ini chiqarardim , – javob qildi Shohruh.
33 –   Unda   siz   o‘tirib   turing,   men   borib   Oksananing   miyasining   qatig‘ini
chiqarib kelayin. (N.Ismoilov, Mafiya sardori)
E tibor   qilinsa,   matnda   keltirilgan   “miyasining   qatig‘ini   chiqarmoq”ʼ
birikmasi avvaliga erkin so‘z birikma shaklida qo‘llangan va keyinchalik “nihoyat
qattiq   darajada   urmoq”   ma nosiga   teng   keluvchi   FBga   o‘tgan,   ya ni	
ʼ ʼ
frazemalashgan.
Sh.Rahmatullayevning   “O‘zbek   tilining   izohli   frazeologik   lug‘ati”da   “qo‘l
siltamoq”   iborasiga   quyidagicha   ta rif   berilgan:   QO‘L   SILTАMOQ.   Diqqat-	
ʼ
e tiborga   noloyiq   deb   topmoq.   Varianti:   qo‘lni   siltamoq;   qo‘lini   siltamoq   (303).	
ʼ
“Qo‘l   siltamoq”   iborasi   kishining   ma lum   ruhiy-psixologik   holati   bilan   bog‘liq.	
ʼ
Chunki   inson   biror   bir   holatga,   narsaga   o‘z-o‘zidan   qo‘l   siltamaydi.   Bunga   uni
nimadir   (jarayon,   hodisa)   majbur   qiladi   va   inson   unga   yoqmagan   jarayonga
beparvo bo‘lishga ahd qiladi (qo‘l siltaydi). Masalan:  Brigadir yo‘rig‘iga yurmasa,
bore deb hammasiga  qo‘l siltab  ketib ham qolardi (Z.Qurolboy qizi, 26).
Bugun ham namozshomda kelarmikan? – oshxonayu molxonalarni galmagal
qirtishlayverishdan   charchagan   ona   hammasiga   qo‘l   siltab ,   ko‘cha   eshik   oldiga
chiqib yo‘lga ko‘z tikdi (Z.Qurolboy qizi, 121).
So‘z   birikmasining   frezamalashuv   asosida   iboraga   ko‘chishi   frazeologik
sintezning asosini tashkil etuvchi leksik va grammatik semantikaning ko‘chishi, bir
lisoniy   hodisaning   boshqasiga   o‘tishi,   ularning   o‘zaro   almashishi   bilan
tavsiflangan elementlarning o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. FB ko‘p darajali
til birliklarining murakkab va xilma-xil kombinatorik o‘zaro ta’siri natijasida, ya ni	
ʼ
erkin sintaktik birlikning leksik va grammatik komponentlari asosida shakllanadi.
Birgina   N.Eshonqulning   “Farishta”   hikoyasi   tarkibidagi   iboralar   tahlil
etilganda,   og‘iz   leksemasi   asosida   shakllangan   quyidagi   iboralar   topildi:   ona   suti
og‘zidan ketmagan, ona suti  og‘ziga keldi, og‘iz ermagiga aylanmoq, biror  og‘iz
ortiqcha   gap   qilmaslik,   og‘zini   ochib   qo‘ymoq,   og‘zi   qulog‘ida.   Mazkur   iboralar
shakllanishi jarayonida  og‘iz  leksemasi asosiy komponent vazifasini bajargan.
Masalan,   tilimizda   “ona   suti   og‘zidan   ketmagan”   iborasi   mavjud.   Mazkur
ibora   dastlab   so‘z   birikmasi   shaklida   qo‘llangan,   3   yoshgacha   onasini   emib   katta
34 bo‘lgan   bolalarga   nisbatan   qo‘llangan   frazema   keyinchalik   ma nosi   kengayishiʼ
natijasida   yoshi   kattalarga   nisbatan   ham   “hali   bu   bola-ku”   degan   ma no   ifodasi	
ʼ
sifatida   qo‘llanadi.   Yozuvchi   N.Eshonqul   hikoyada   bu   iborani   qo‘llash   bilan
cheklanmay   yonidan   uning   bir   so‘zga   teng   sinonimi   bo‘lgan   “jipiriq”   lesemasini
keltiradi.   Natijada   ibora   ma nosi   yanada   konkretlashadi:  	
ʼ Sancho   cholni   ham
hamisha   shu   yerda   –   bolalar   orasida,   xuddi   bolalarning   biriday,   o‘zi   ham  xuddi
boladay,   ular   bilan   goh   chillak   o‘ynagan,   goh   to‘p   tepgan,   gohida   yoshiga
yarashmagan   tarzda   ona   suti   og‘zidan   ketmagan   jipiriqlar   bilan   kimo‘zarga
chopqillashib yurgan yoki tabiat hukmi bilan kurasha-kurasha ayoz chekinganini,
qishning   ado   bo‘lganini   qishloqqa,   bani   odamzodga   isbotlab   berishmoqchiday,
qor   ostidan   boychechak   izlayotgan,   ko‘klamda   esa   qirni   to‘ldirib,   xuddi   orzu-
umidlarini uchirma qilayotgandek varrak uchirayotgan bolalar orasida uchratish
mumkin edi.
“Og‘iz”   komponenti   asosida   shakllangan   yana   bir   ibora   “ona   suti   og‘zidan
kelmoq”   dir.   “Farishta”   hikoyasida   ona   suti   og‘ziga   keldi   iborasi   onasini   emib
o‘rgangan   bolaning   sutdan   ajrash   holati   tasviri   qo‘llangan   jumlada   keltirilgan.
Dastlab   ibora   qo‘llanadi   va   muallif   ibora   ma nosini   ochib   berish   uchun   ikki	
ʼ
nuqtadan  so‘ng  izoh  keltiradi:   Uning  ona  ko‘kragi  xumorini   bosish   uchun  qavm-
qarindoshlarning   ona   suti   og‘ziga   keldi :   onasini   emib   o‘rgangan   bolani   sutdan
ajratib olishga shu paytgacha eng sutparast go‘daklarda ham ish bergan hech bir
tajriba, hech bir amaliyot, qariyayu keksalarning ming yillik maslahatlari ham kor
qilmadi  – chaqalog‘ini  olti  oyligidayoq ajratib tashlab,  bir  hovli  jujuqlarni  katta
qilgan manaman degan onalarningu ko‘pni ko‘rgan, ko‘pni bilgan kampirlarning
bilgan-kechirganlari yaroqsiz bo‘lib qoldi.
“Lol   qoldirmoq,   hayron   qoldirmoq”   ma nolariga   teng   keluvchi   “og‘zini
ʼ
ochib   qo‘ymoq”   iborasi   hikoyada   yangi   o‘yinning   tasviri   keltirilgan   parchada
qo‘llangan.   E tibor   qilinsa,   dastlab   mazkur   ibora   ham   so‘z   birikmasi   ko‘rinishida	
ʼ
shakllangan,   sababi   inson   nimagadir   hayron   qolgan   vaqtida   lablari   bir-biridan
uzoqlashib,   og‘iz   ochilishi   ro‘y   beradi.   Аna   shu   jarayon   ta siri   ostida   so‘z	
ʼ
birikmasidan   frazemaga   ko‘chgan   mazkur   ibora   hikoyada   o‘z   o‘rnida   o‘rinli
35 qo‘llangan:   O‘yin   nomining   o‘ziyoq   bolalarda   birdan   favqulodda   qiziqish
uyg‘otgan,   shu   paytgacha   o‘zlarining   bu   to‘qaydagi   ermaklariga   o‘xshamagan
nom   hammaning   og‘zini   ochib   qo‘ygandi :   nabira   esa   bolalarni   o‘ziga   qarata
olganidan   xursand   bo‘ldi   va   “Shuni   ham   bilmaysizlarmi?!”   degandek   pisanda
bilan o‘yin shartlarini tushuntira boshladi.
Og‘zaki   nutqda   bir   og‘iz   so‘z,   bir   og‘iz   jumla,   bir   og‘iz   gap   kabi
birikmalarni   tez-tez   qo‘llaymiz.   Ya ni   og‘iz   vositasida   aytiluvchi   jumlaningʼ
qisqaligi, kam vaqt talab qilishi ma nosi aks etgan mazkur birikmalar asta-sekinlik	
ʼ
bilan   frazemalashuv   hodisasi   asosida   iboraga   aylangan.   Xuddi   shu   jarayon
“Farishta”   hikoyasida   yozuvchi   og‘iz   va   ermak   lesemalarining   birikuvidan
shakllangan   “og‘iz   ermak”   ot   iborasi   misolida   sodir   bo‘lgan.   Mazkur   ibora
hikoyada   bolalarning   og‘zidan   tushmaydigan,   ular   tinmay   iste mol   qiladigan	
ʼ
turshaklar, qoqilar, qurtlarga ishora qilgan:  Er-xotin yozda tayyorlagan o‘rik, olma
qoqilari   qishda   doston   eshitishga   kelgan   bolalarning   og‘iz   ermagiga   aylanardi,
kelin   tayyorlagan   sho‘rtak   qurtlarning   dovrug‘i   esa   qo‘shni   qishloq
kampirlarining ham havasini keltirardi.
Kulish natijasida og‘izning ikki yonga qarab cho‘zilishi uni quloqlarga yaqin
olib   boradi.   Inson   xursandchilik   tufayli   beixtiyor   lablarini   gorizontal   holatda   ikki
yonga qarab cho‘zadi, kuladi va bu kulgi, xursandchilik kuchaygan sari lablarning
cho‘zilishi   ham   kuyib   boradi.   Tilimizda   ana   shu   holatning   ifodasi   sifatida   so‘z
birikmasidan   frazemaga   aylangan   og‘iz   komponentli   “og‘zi   qulog‘ida”   ravish
iborasi   shakllangan.   N.Eshonqul   mazkur   frazemani   hikoyada   bosh   qahramon
Sanchoning   oilali   bo‘lgandan   keyingi   kunlarining   ijobiy   tasvirini   o‘quvchiga
bildirish   maqsadida   qo‘llagan:   Sancho   esa   o‘sha-o‘sha   edi:   o‘zini   nima   deb
chaqirishlarining   farqi   yo‘q,   u   uylangandan   so‘ng   og‘zi   qulog‘ida   yurar,   uyi
bolalar   bilan   hamisha   liq   to‘la   edi:   ular   oshiq,   to‘piq,   oqsuyak   o‘ynashar,   kelin
esa   bir   chetda   erining   boladay   qiliqlaridan   zavqlanib,   ba zida   eriga   bolalarning	
ʼ
yashiringan   joyini   ko‘zi   bilan   imo   qilib,   zimdan   o‘zi   ham   o‘yinga   qo‘shilib
o‘tirardi.
36 Frazemalashuv   hodisasiga   til   dialektikasidagi   o zaro   ta sirlar,   turliʻ ʼ
darajadagi   elementar   ma nolarning   kirib   borishi   ham   ta sir   qiladi.   Shuningdek,	
ʼ ʼ
frazema   yasovchi   komponentlar   tarkibidagi   ayrim   FB   xususiyatlarining   yo qolib	
ʻ
ketishi   va   oddiyning   murakkabga,   eskining   yangiga   aylanishi   natijasida
boshqalarning   paydo   bo‘lishi   jihatidan   farq   qiladi.   Bunda   yana   erkin   so‘z
birikmalari FBlarning shakllanishi uchun genetik asos vazifasini bajaradi.
Masalan,   Sh.Rahmatullayevning   “O‘zbek   tilining   frazeologik   lug‘ati”da
“burgaga   achchiq   qilib   ko‘rpasini   kuydirmoq”   iborasi   keltirilgan.   Bu   iboraning
shakllanish   jarayonida,   albatta,   o‘z   ma noda   anglashilgan   voqea   sodir   bo‘lgani	
ʼ
seziladi.   Keyinchalik   esa   “arzimagan   ishga   vahima   solish”,   “ignadek   narsaga
tuyadek qarash” ma nolari shakllanib, birlik ibora sifatida qo‘llana boshladi. Ya ni	
ʼ ʼ
kimdir ishingga burnini suqsa-yu, ishing o‘ngidan kelmay qolsa, u odamga achchiq
qilib o‘z ishingni  barbod qilma, chunki  ziyoni  faqt  o‘zingga tegadi, degan ma no	
ʼ
anglashiladi.   Dialektik   ta sir   natijasida   esa   mazkur   ibora   xаlq   tilida   “burgaga	
ʼ
achchiq qilib ko‘rpasiga olov yoqmoq”, “burgani deb po‘stinni olovga tashlamoq”,
“burgaga   kek   qilib   ko‘rpaga   o‘t   qo‘ymoq”   tarzida   ham   qo‘llanadi.   Mazkur   ibora
tarkibiga   so‘z-komponent   qo‘shish   natijasida   uni   kengaytirish   yoki   aksinicha
komponent   qisqartish   holatlari   og‘zaki   so‘zlashuv   va   badiiy   uslub   negizida   hosil
bo‘ladi. “Burgaga achchiq qilib ko‘rpasini  kuydirmoq” va “burgaga achchiq qilib
ko‘rpasiga  olov yoqmoq” iboralari  o‘rtasida  shakllanish  jihatidan farq kuydirmoq
leksemasi va olov yoqmoq birikmalari o‘rtasida sodir bo‘lgan. E’tibor qilaylik:
Burga+ga + achchiq +qilib + ko‘rpa+si+ni+kuydirmoq
Burga+ga + achchiq +qilib + ko‘rpa+si+ni+yoqmoq
Burga+ga + achchiq +qilib + ko‘rpa+si+ni+o‘tga+otgan
Burga+ga + achchiq +qilib + ko‘rpa+si+ga+olov + yoqmoq
Burga+ga + kek + qilib, ko‘rpa+ ga + o‘t + qo‘ymoq
Burga+ga + achchiq +qilib + ko‘rpasiga+olov qo‘ymoq
Burga+ni +deb +po‘stin+i+ni olov+ga tashlamoq
E tibor   qilinsa,  	
ʼ kuydirmoq   fe lining  	ʼ olov   yoqmoq   shakliga   o‘zgarishi
natijasida birikuvda ham -ni tushum kelishi qo‘shimchasining -ga jo‘nalish kelishi
37 qo‘shimchasiga  o‘zgarishi  sodir  bo‘lgan. Demak, leksemaning  birikma shaklidagi
variantida   fe lning   o‘timli-o‘timsizlik   shakli   qoidasi   amal   qilarkan.   Leksemaʼ
o‘zidan oldin -ni qo‘shimchali  otni, birikma esa  o‘zidan oldin -ga shaklidagi  otni
talab qilmoqda.
Publitsistik   uslub   namunasi   bo‘lgan   “Ma rifat”   gazetasida   e lon   qilingan	
ʼ ʼ
maqolalardan birida mazkur ibora qo‘llangan:  .... d) psixologik omilni-da nazardan
qochirib   bo‘lmaydi,   yillar   davomida   moliyaviy   majburlab   kelingan   o‘qituvchilar
burgaga achchiq qilib, ko‘rpasini ham yoqdi . 
“Ishonch”   gazetasida   e lon   qilingan   “Sindor   tog‘a   qaydasiz?   Yoxud	
ʼ
mahallaning vijdoni” sarlavhasi  ostidagi maqolada mazkur ibora tarkibiga boshqa
leksemalar   hisobiga   kengaytirilgan   variantda   shakllantirilib   qo‘llangan:   Аmmo
hozirgi   yoshlar   nasihatni   haqorat   sifatida   qabul   qiladi.   Bir   og‘iz   gapirib
bo‘lmaydi. Аchchig‘i burnining ustida . Burgaga achchiq qilib nafaqat ko‘rpaga,
kerak bo‘lsa xonumoningga ham o‘t qo‘yadiganlari  bor ular orasida. 
Yoki
Burgaga   kek   qilib,   ko‘rpaga   o‘t   qo‘yasanmi ?   (O.Yoqubov,   Аytsam   tilim
kuyadi, aytmasam dilim);
Аksincha,   uni   o‘g‘ri-kissovurlardan   ehtiyot   qilib,   karmoningizda   bekitib
yurasiz! ... Bu amalingiz   burgaga achchiq qilib, ko‘rpasini o‘tga otgan   dallining
amalidir! (Gazetadan)
Yuqorida   keltirilgan   misollardan   ko‘rinib   turibdiki,   mazkur   ibora   og‘zaki,
badiiy, publitsistik usulbda turli ko‘rinishlarda qo‘llanar ekan. Dadaxon Nuriyning
“Niqobsiz   Аmerika   va   boshqa   manzilgohlar”   nomli   ma rifiy-siyosiy   romanining	
ʼ
15-bobi   “Burgaga   achchiq   qilib”   tarzida   nomlangan.   Ibora   xalq   o‘rtasida
ommalashganidan   uning   qisqargan   varianti   ham   barcha   uchun   birdek   tushunarli.
Ikkinchi   qismi   bo‘lmasa-da,   ibora   bilan   muallifning   nima   demoqchi   bo‘lgani,
maqsadi aniq-ravshan ko‘rinib turibdi.
38 2.3. Frazemalashuvning til va nutqqa munosabati
Frazeologik   birliklarning   shakllanishi,   tafakkur   ehtiyoji   bilan   tilning
resurslari   o‘rtasidagi   munosabat   natijasida   hosil   bo‘ladi.   Frazemalarning   paydo
bo‘lishi   nafaqat   bir   sababga   ko‘ra   yoki   yuzaga   kelgan   narsalar,   hodisalar   va
vaziyatlarning   tashqi   (ekstralingvistik)   aksini   hissiy   va   ekspressiv   vositalar   bilan
ifodalash  zarurati   bilan   bog‘liq,  balki   atrofdagi  voqelik  obyektlari   va  hodisalarini
belgilash   zarurati   bilan   bog‘liq.   Frazeologik   birliklarning   vazifasi   atrofdagi
dunyoning   ayrim   elementlarini   nomlash   emas,   balki   ularga   munosabatimizni
bildirishdir.   Shuning   uchun   ular   ikkilamchi   nominatsiyaning   maxsus   birliklari   -
bilvosita olingan nomlar.
Hodisalar   va   vaziyatlarning   tashqi   (ekstralingvistik)   aksini   hissiy   va
ekspressiv   vositalar   bilan   ifodalash   zarurati   yuzaga   kelganda   frazemalar
munosabatni  ifodalash  sababli  tug‘iladi. Munosabat  esa  o‘z  navbatida ijobiy yoki
salbiy   xarakterga   ega   bo‘ladi.   Sifat   so‘z   turkumiga   oid   so‘zlar   mustaqil   so‘z
turkumlari ichida baholash vazifasini (ijobiylik, salbiylik) bajaradi. Ular o‘rtasidagi
antonimlik   munosabati   esa   o‘z   navbatida   ayrim   frazeologizmlarning   shakllanishi
uchun asos bo‘ladi.
Masalan,   uzun   va   qisqa   zid   ma noga   ega   sifat   leksemalar   asosida   “qo‘liʼ
uzun”   va   “qo‘li   qisqa(kalta)”   iboralari   shakllangan.   Bunday   sifat   xarakteridagi
frazeologik birliklar tilimizda talaygina:
Qo‘li gul – qo‘li siniq
Oyoq-qo‘li chaqqon - qo‘li siniq
Qo‘li yengil-qo‘li qattiq
Qo‘li   gul   ganchkor   usta   mo‘jizga   o‘xshar   edi.   (S.Аxmad   “Qishda   qolgan
qarg‘alar”, 38-bet)
Ko‘pchilik   uni   qo‘li   yengil   dallol   deb   ta riflasa,   ilkini   tutqazib,   narx	
ʼ
talashgan   kishi:   “qo‘li   temirdanam   qattiq   ekan”   deydi   aftini   burishtirib…
(G‘.Shermuhammad, Barakasini bersin)
39 Nutqimizda   ikki   so‘z   birikmasining   o‘zaro   qo‘shilishidan   shakllangan
iboralar   ham   bor:   qo‘li   kosov,   sochi   supurgi;   ko‘z   ko‘rib   quloq   eshitmagan,
ko‘rpaga qarab oyoq uzatmoq  kabi.
Tilimizda “qo‘li kosov, sochi supurgi” frazemasi ko‘proq og‘zaki so‘zlashuv
uslubida keng qo‘llanadi. Bu ibora salbiy baho – munosabatni ifodalaydi va gender
xususiyatga   ega.   Uning   genderlik   xususiyati   ayollarga   qarata   aytilishi   bilan
izohlanadi.   Oilada   farzandlarining   qo‘lidan   yumush   kelishiga   qaramay,   barcha
yumush   o‘z   zimmasida   bo‘lgan   ayollarga   nisbatan   og‘zaki   nutqda   “qo‘li   kasov,
sochi supurgi” iborasi qo‘llaniladi.
Keksaygan   chog‘ida   qo‘lini   sovuq   suvga   urmay,   huzur-halovatda   yashash
o‘rniga, to‘ng‘ich o‘g‘li bilan kelinining ro‘zg‘orini bo‘lak qilib, o‘zi hali hamon
qo‘li   kasov,   sochi   supurgi   bo‘lib   yurganini   o‘ylab   gohida   Buvgul   ena   xit   bo‘lib
ketadi... (Z.Qurolboy qizi, 121).
T.Murodning   “Otamdan   qolgan   dalalar”   romanida   mazkur   ikki   tarkibli
ibora, alohida-alohida ko‘rinishda shakllantirilgan:   Meni-da ayolim bor-u bir etak
farzand   tug‘ib   berdi.   Bir   etak   farzandlarim   onasi   bo‘lmish   ayolimiz,   men   uchun
qo‘li   kosov   ayolimiz,   men   uchun   sochi   supurgi   ayolimiz   aybimdan   o‘tsin   –   ayol
aralashmish ish ochiq mozor bo‘ladi .
“Ko‘z   ko‘rib   quloq   eshitmagan”   iborasi   ikki   tarkibli   ibora   sifatida   ko‘z
ko‘rib+quloq   eshitmagan   birikuvi   asosida   shakllangan.   E tibor   qilinsa,   birinchiʼ
birikuv   fe li   bo‘lishli   (ko‘rib),   ikkinchisi   esa   bo‘lishsiz   (ko‘rmagan)   shaklida	
ʼ
qo‘llangan.   Demak,   bo‘lishli-bo‘lishsiz   shaklidagi   ikki   tarkibli   birikmalar
qo‘shiluvi yangi to‘rt komponentli frazemani hosil qilmoqda:   ....ko‘z ko‘rib quloq
eshitmagan   xayollar   dunyosiga   boshlab   borar,   goh   Аlpomishni   yetti   yillik
zindondan qutqarar, goh Go‘ro‘g‘lini go‘rdan olib chiqib, xuddi o‘zi kabi uni ham
yomon   ko‘radigan,   “zotsiz”   deb   mayna   qiladigan   dunyoga   qarshi   qo‘yib
yuborar...., adolat uchun, or uchun, toptalgan sha n uchun Аlpomish-u Go‘ro‘g‘li	
ʼ
qiyofasida   jangu   jadallarda   ishtirok   etar,   so‘ng   bu   azaliy   urushda   yaralangan,
zadalangan qalbini sudragancha gulxan atrofida Аbdulla baxshini butun vujudlari
40 bilan   tinglab   o‘tirgan   o‘zi   kabi   ozurda,   o‘zi   kabi   umidbaxsh,   o‘zi   kabi   xayollar
mahkumi bo‘lgan olomon orasiga qaytib kelardi  (N.Eshonqul, Farishta).
“Ko‘rpaga qarab + oyoq uzatmoq” ikki tarkibli birikma asosida shakllangan
maqol   va   maqol   asosida   shakllangan   ibora   mavjud.   Mazkur   ibora   tilimizda   keng
qo‘llanadi.  Аyrim   badiiy adabiyotlarda  bu ibora  tarkibidagi   leksemalar   o‘zgargan
holda “bo‘yiga qarab to‘n bichmoq” shaklida ham qo‘llanadi.
Lazizbek   Аnvarjon   o‘g‘lining   “Ertaklarda   yashagim   kelar”   nomli   qissasida
mazkur   iboraning   ellipsisga   uchragan   holda   “ko‘rpaga   qarab   oyoq”   tarzida
qo‘llaganini  ko‘ramiz. Demak, iboraning shakllanish  ma nosi  xalq orasida  yaxshiʼ
tarqalgani   va   barcha   uchun   tushunarli   bo‘lgani   sababli   ham   u   tarkibidagi
“uzatmoq”   fe lisiz   ham   kela   oladi:  	
ʼ Bir   hisobdan   gaplaring   to‘g‘ri,   onasi,   –   dedi
yon bosgancha Аbdulloh aka, – faqat sen ham bir narsani hisobini olsang yaxshi
bo‘lardi. Sen aytgan o‘sha ayol, nomlari nima edi?! Dilorom To‘lqinovna edimi?
Xullas,   ana   o‘shalar   ...   Biz   har   qanaqasiga   ularga   teng   kela   olmaymiz,   xotin.
Nima   qilgandayam   ular   “ Baland   oxur ” ,   bo‘yimiz   yetmaydi.   Bu   kunday   ravshan
narsa- ku. Аxir xalqimizda “Ko‘rpaga qarab oyoq” degan gap bor.
Yuqoridagi   misollar   tahlillaridan   shu   narsa   aniqlanadiki,   tilning   leksik
tizimida   turli   hosila   olish   usullari   natijasida   vujudga   kelgan   so‘zlardan   farqli
o‘laroq,   frazeologik   birliklar   til   tizimida   maxsus   lingvo-ijodiy   jarayon   –   ma’lum
erkin so‘z birikmalarilarning frazeologizatsiyasi tufayli hosil bo‘ladi.
Darvoqe,   biz   bu   bilan   frazeologizmlarni   paralingvistik   vositalardan,
to‘g‘rirog‘i, paralingvistikadan keskin farq qiluvchi hodisa deyishga ham ojizmiz.
Chunki   frazeologizmlarning   shakllanishida   til   birliklari   bilan   bir   qatorda
paralingvistik   vositalarning   qo‘llanilishi   ko‘plab   kuzatiladi.   Kim   bilsin,   balki   bu
soha   bilan   qiziquvchi   olimlar   bunga   nuqta   qo‘yishar.   Biz   imkon   qadar   ishimizga
aloqador   bo‘lgan   adabiyotlarni   ko‘zdan   kechirishimizda   frazeologizmlar   bilan
paralingvistik   vositalarni   farqlovchi   biror-bir   manba   topa   olmadik.   Biroq
frazeologizmlarning   yuzaga   kelishida   paralingvistikaning   o‘rni   benihoya   katta
ekanligi ma'lum bo‘ldi. Shuning uchun ham bu maqolaning tadqiqi ekstralingvistik
vositalar asosida yuzaga keluvchi, aynan paralingvistik vositalar bilan shakllangan
41 frazeologizmlarning   mazmun   va   mohiyatiga   qaratilgandir.   Yuqorida
ta’kidlanganidek,   paralingvistika   ham   shakllanishi,   tuzilishi,   mohiyati   jihatidan
matnda   qo llanilishi   bilan   frazeologik   birliklar   qatoriga   kiradi.   Aytmoqchimizki,ʻ
paralingvistika   ham   turg unlik   asosida   ma no   kasb   etadi.   Paralingvistika   (imlo-	
ʻ ʼ
ishoralar)  aloqa-ralashuvida muhim  vazifa bajardi, ya ni har  qanday fikrga obraz,	
ʼ
tasviriy   ifoda   baxsh   etishi   bilan   frazeologizmlarga   o xshab   ketadi.   Demak,   imo-
ʻ
ishoralar   ham   frazeologik   birliklarning   bir   qismi,   biroq   ularning   til   va   nutqqa
bo lgan   munosabati,   fikrni   ifodalash   jarayoni,   ayrim   sintaktik   xususiyatlari   bir-	
ʻ
biridan o zaro farqlanadi. 	
ʻ Shunga ko ra ularning har ikkisi ham alohida o rganilishi	ʻ ʻ
lozim   bo lgan   lisoniy   hodisalardir.   Umumiy   tilshunoslikda   paralingvistika	
ʻ
hodisasiga   frazeologiyalashgan   aforizmlar   sifatida   qarab   kelinmoqda.   Bu
munosabat   imlo-ishoralar   tabiatiga   mos   keladi.   Biroq   ularning   barchasini   ham
frazema   ko rinishida   deb   bo lmaydi.   Masalan,   qoshini   uchirmoq   birikmasi   ayni
ʻ ʻ
vaqtda   paralingvistik   vosita   hisoblanadi.   Birikmaning   birinchi   qismi   asl(o z)	
ʻ
ma nosida,   ikkinchi   qismi-uchirmoq   so zi   esa   ko chma   ma noda   qo llanilmoqda.	
ʼ ʻ ʻ ʼ ʻ
Ushbu   tuzilishga   ega   bo lgan   imo-ishoralarnigina   frazemalashgan   deb   atash	
ʻ
mumkin   bo ladi.   Qiyoslang:  	
ʻ yelkasini   uchirmoq,   ko zini   o ynatmoq,   boshini	ʻ ʻ
irg itmoq, ensasini qotirmoq, qoshini qoqmoq	
ʻ  kabi. Ammo  labini burmoq, ko zini	ʻ
qismoq,   yelkasini   qimirlatmoq,   peshonasini   tirishtirmoq,   boshini   qimirlatmoq,
boshini   silkitmoq   kabi   imo-ishoralarni   frazeologiyalashgan   birikmalarga   qo shib
ʻ
bo lmaydi.   Chunki   bu   birikmalardagi   har   ikki   so z   komponentlari   ham   o z-asl	
ʻ ʻ ʻ
ma nosini   saqlab   qolmoqda.   Shuni   aytish   kerakki,   bu   imo-ishoralar   so z
ʼ ʻ
birikmalariga   juda   yaqin   turadi.   So z   birikmalari   esa   erkin   birikmalardir.   Xo sh,	
ʻ ʻ
unda imo-ishoralarni so z birikmalaridan qanday farqlash lozim. Birinchidan, imo-	
ʻ
ishoralar noverbal vositalardir. So z birikmalar esa noverbal harakatlar o rnida fikr	
ʻ ʻ
asosi   leksemalarga   suyanadi.   Ikkinchidan,   imo-ishoralar   matn   talabi   bilan
turg unlashish   imkoniyatiga   ega.   Masalan,  	
ʻ holdan   toyib   turgan   odamga   pashsha
og irligi ham bir talay: xira pashshadan qutulish uchun chalqancha yotib ko rdi,
ʻ ʻ
boshini   qimirlatdi,   qo llarini   qimirlatdi,   quvvati   yetmaganidan   baqirib   ham	
ʻ
cho chitmoqchi   bo ldi.	
ʻ ʻ   Misoldagi   boshini   qimirlatmoq,   qo llarini   qimirlatmoq	ʻ
42 birikmasi   haydashni   ifodalovchi   so z   o rnida   qo llanilgan   (kontekstdaʻ ʻ ʻ
frazeologiyalashgan)   imo-ishoralardir.   So z   birikmalarida   bunday   xususiyat	
ʻ
mavjud   emas.   Ko rinadiki,   paralingvistik   vositalar   so z   birikmalariga   ham   juda	
ʻ ʻ
yaqin   turadi.   Ammo   farq   shundaki,   so z   birikmalari   fikr(tovush)   asosli	
ʻ
leksemalarga,   imo-ishoralar   esa   harakat   asosli   ishoralarga   tayanadi.
Kuzatishimizcha,   turkiyshunoslikda,   hatto   umumtilshunoslikda   ham
frazeologizmlarni   imo-ishoralardan   farqlamaslik   haligacha   davom   etmoqda.
Ularning   har   ikkalasi   ham   monografik   planda   tadqiq   etilishiga   qaramay
hanuzgacha   ularga   bir   manba   sifatida   qaralib   kelinmoqda.   Aytilganidek,
frazeologizmlar   ko chim   asosli   turg un   birikmalardir.   Ular   so z   ma nosining	
ʻ ʻ ʻ ʼ
ko chish   usuli   metafora   asosida   voqelashadi.   Masalan:  	
ʻ Chunonchi,   bevosita
qo shni   bo lgan   xonadonlarning   oshini   oshab,   yoshini   yashagan   kampirlari   ham
ʻ ʻ
chiqishdilar  (Cho lpon. “Kecha va kunduz”). 	
ʻ Muddaosiga yetolmagan, qo liga erk	ʻ
beruvchilarning   nahotki   hech   kim   mushugini   pisht   demasa   (“Turkiston”   ro z.).	
ʻ
Frazeologizmlar   ma nosi   (frazeologik   ma no)   iboralar   tarkibidagi   so‘z	
ʼ ʼ
komponentlarining ko chma ma nosiga asoslanadi: 
ʻ ʼ ilonni yog ini yalamoq	ʻ  – ayyor,
to nini teskari kiymoq	
ʻ  – g azablanmoq, 	ʻ suvga tushgan bo lka nondek	ʻ  – bo sh kabi.	ʻ
Paralingvistik   vositalar,   ya ni   imo-ishoralar   asosan   harakat   va   holatlardan   tashkil	
ʼ
topadi. To g rirog i, ular faqat badiiy matnlardagina so z vositasida beriladi. Mana	
ʻ ʻ ʻ ʻ
shunday   qo llanilishi   asar   qahramonining   xarakterini   ochib   berishda   juda   qo l	
ʻ ʻ
keladi.   Shuningdek,   ular   kitobxonni   o ylashga,   kuzatishga   va   mushohada   qilib	
ʻ
ko rishga   majbur   etadi:     Bugun   chiqarilsa   kerak,   borasizmi?-deb   so zladi	
ʻ ʻ
Usmonov. – Ha,  deb bosh qimirlatdi  (U. Umarbekov). Ko rinadiki, imo-ishoralar	
ʻ
matnda   asar   qahramoni   tilidan   emas,   balki,   muallif   tomonidan   beriladi.   Bu   imo-
ishoralarning o ziga xos tomonlaridan yana biridir. 	
ʻ
Demak, paralingvistikaning yashash makoni – dialogik nutq. Tadqiqot tahlili
shuni   ko rsatadiki,   imo-ishoralar   asosan   to g ri   ma noda   qo llaniluvchi   so z   va	
ʻ ʻ ʻ ʼ ʻ ʻ
birikmalardan   hosil   bo ladi.   Ularning   voqelanishida   so z   ma nosining   ko chishi	
ʻ ʻ ʼ ʻ
deyarli   yuz   bermaydi:   tishini   g ichirlatmoq,   qo lini   ko ksiga   qo ymoq,   labini	
ʻ ʻ ʻ ʻ
tishlamoq   kabi.   To g ri,   ba zi   imo-ishoralarda   ko chimning   mavjudligi   seziladi,	
ʻ ʻ ʼ ʻ
43 biroq   imo-ishoralardagi   ko chim   frazeologik   birliklarda   yuz   beradigan   ma noʻ ʼ
ko chishidan   farq   qiladi.   Frazeologizmlar   tarkibidagi   barcha   so z   komponentlari	
ʻ ʻ
ko chimga   asoslansa,   imo-ishoralarda   esa   faqat   bir   so z   hosila   ma noga   ega
ʻ ʻ ʼ
bo ladi.   Qiyoslang:  
ʻ yelkasini   qismoq,   qoshini   uchirmoq,   qo lini   paxsa   qilmoq	ʻ
kabilar. Bunday ishoralar tilimizda ozchillikni tashkil etadi. Lekin nima bo lganida	
ʻ
ham   imo-ishoralar   frazeologik   birliklarga   tuzilishi   jihatidan   juda   yaqin   turadi.
Xulosa   o rnida   shuni   aytish   kerakki,   frazeologizmlar   barqarorlashgan   ko chim	
ʻ ʻ
asosli   til   birliklari   bo lsa,   imo-ishoralar   esa   matn   talabidan   kelib   chiqib   shartli	
ʻ
ravishda frazeologiyalashadigan nutq birliklaridir. Har ikkisining voqelanishi ham
ekstralingvistik vositalar asosida amalga oshadi. Bu jihati bilan ular bir-biriga juda
o xshash ko rinadi.	
ʻ ʻ
2.4. Qiyosiy konstruksiyalarning frazeologizatsiyasi
Har bir xalq, millatning o‘ziga xos tabiati, ruhiyati va mentaliteti uning tilida
aks etadi. Ayni qs a, iboralar xal q ning mental o‘ziga xosligi namoyon etuvchi vosita
sanaladi.   “Xalqning   madaniyati   va   mentaliteti   haqidagi   ma’lumotlarning   eng
qimmatli   manbasi   frazeologizmlar,   metaforalar,   ramzlar   va   sh.k.lardir,   ularda
asotirlar,   afsonalar,   urf-odatlar   go‘yoki   konservatsiyalangan   holatda   saqlangan
bo‘ladi”. Demak, har bir millatning tarixi, madaniy hayoti, etnik shakllanishi aynan
o‘sha  xalq  tilidagi   iboralarda  yashaydi.  Iboralarning  shakllanishida  esa  qiyoslash,
o‘xshatish katta o‘rin tutadi.
Tushunchalar   o‘zaro   o‘xshash   yoki   farqli   jihatlarini   aniqlash   maqsadida
qiyoslanadi.   “Tilshunoslikda,   odatda,   qiyoslashning   maqsadidan   kelib   chiqib,
uning ikki turi farqlanadi. Agar ikki predmet yoki tushuncha ular o‘rtasidagi farqni
ko‘rsatish   maqsadida   qiyoslangan   bo‘lsa,   sof   qiyosiy   konstruksiya   shakllanadi
(masalan, yer toshdan qattiq), qiyoslash o‘xshatish maqsadini ko‘zda tutganda esa
o‘xshatish konstruksiyasi shakllanadi (masalan, yer toshday qattiq).
O‘xshatishlar   asosida   shakllangan   frazeologik   birliklarda   sof   qiyosga
qaraganda o‘xshatishlar nutqda ko‘proq uchraydi. Bu FBlarning badiiy-uslubiy va
lingvopoetik imkoniyatlarga egaligi bilan izohlanadi.
44 FBlar   tarkibidagi   turg‘un   o‘xshatishlarda   o‘xshatish   etalonida   ifodalangan
obraz   barkarorlashgan   bo‘ladi.   Ulardagi   ma’no   vaqt   o‘tishi   bilan   tila   ko‘p
qo‘llanishi   natijasida   umumxalk   tilidan   joy   oladi.   Natijada   o‘xshatishlar   asosida
shakllangan FBlar tayyor birliklar singari nutqqa olib kiriladi.
Yozuvchi   va   shoirlar   asarlari   tilidagi   o‘xshatishlar   asosida   shakllangan
iboralar   tahlili   shuni   ko‘rsatdiki,   ularning   juda   ham   oz   qismi   tilda   turg‘unlashar
ekan.   Prof.   V.M.Ogolsev   rus   tilidagi   turg‘un   o‘xshatishlar   lug‘atini   yaratgan.
Olimning   fikricha,   turg‘un   o‘xshatishlarning   erkin   o‘xshatishlardan   farqi   turg‘un
o‘xshatishlarning   aksariyati   ko‘p   ma’noli   xarakterga   ega   ekanligidadir.
Shuningdek,   agar   e’tibor   qilinsa,   turg‘un   o‘xshatishlar   o‘rtasida   o‘zaro   ular
sinonimik va antonimik katorlar ham mavjud.
Tildagi   o‘xshatishlarni   tadqiq   etgan   tilshunoslarning   aksariyati   turg‘un
o‘xshatishlarning   idiomalarga   yaqin   turishini   yoki   idioma   maqomida   bo‘lishini,
ular   ko‘p   asrlar   mobaynida   kishilar   nutqida   qo‘llanish   natijasi   sifatida
turg‘unlashib,   so‘zlovchilar   ongida   muayyan   modellar   shaklida   mustaxkamlanib
qolishini,   o‘xshatish   etalonining,   ya’ni   o‘xshatish   asosidagi   obrazning   muayyan
belgi-predmet bilan muntazam va qat’iy bog‘lik bo‘lishini ta’kidlaydi.
Quyida   o‘xshatishlar   asosida   shakllangan,   turli   darajadagi   ekspressivlik
bo‘yog‘iga   ega   bo‘lgan,   nutqning   ta’sirchanligini   ta’minlovchi,   so‘zlovchining
kommunikativ-estetik   niyatiga   uyg‘un   xolatda   tanlanib,   nutqiy   jarayonda
qo‘llanuvchi FBlar tahlilga tortiladi.
Sh.Rahmatullayevning   “O‘zbek   tilining   frazeologik   lug‘ati”da   jamlangan
iboralar ichidan 11 ta komparativ ibora berilgani aniqlandi. Vaholanki, besh jildli
“O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   ham   tildagi   barcha   o‘xshatishlar   o‘z   ifodasini
topmagan.   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   200ga   yaqin   turg‘un   o‘xshatish
etalonlari va turg‘un o‘xshatish iboralari berilgan.
Ammo-lekin jo‘nash kerak bu yerdan. Mahallaga otning qashqasiday bo‘lib
qoldi. Umuman, bu tumanda, iloji bo‘lsa bu shahardan butunlay gumdon bo‘lish
kerak.  (A.Muxtor. Insonga qulluq qiladurmen).
45 –   Obbo,   –   deya   peshonasiga   shapatiladi   u   bir   payt.   –   Tullakni   qochirib
qo‘yding-ku?!   Hammamizni   avrab   ketdi-ya!!   Men   ham   baqadek   qotib   qolibman!
(L.Bo‘rixon. Sirli muallim)
Ulardagi   Vatan,   ozodlik,   bag‘rikenglik   haqidagi   ezgu   tushunchalar
miyamga   qo‘rg‘oshindek   quyilib   qolyapti.   Bu   shoirlar   she’ridagi   soddalik,   hatto
to‘porilik menga juda qadrdon bo‘lib qolyapti.  (ilmiy-ma’rifiy jurnaldan)
Garchi o‘qib-yeshitganlarimning atomga daxli bo‘lmasa-da, maktabda tarix
fani   o‘qituvchimizning   Xirosima   va   Nagasakida   sodir   etilgan   dahshatlar   bilan
bog‘liq mavzudagi saboqlari xotiraga qo‘rg‘oshindek quyilganidanmi, Kunchiqar
yurtning   har   ikki   shahri   kaminaga   mas’uma   va   jafokash   bo‘lib   tuyulaveradi
(N.Ochilov).
Defrazeologizatsiya .   Gazeta   aloqasi   kontekstida   o‘zgartirilgan   frazeologik
birliklarning   semantik   va   stilistik   imkoniyatlarini   amalga   oshirish:
defrazeologizatsiya   hodisasi   zamonaviy   matbuot   tilining   muhim   uslub   yaratuvchi
komponenti   sifatida   tasdiqlanadi   va   defrazeologizatsiyaning   faol   usullari   tahlil
qilinadi.
Defrazeologizatsiya   –   nutq   amaliyotida   frazeologik   me’yorning   (alohida
shakl,   majoziy-metaforik   qayta   ko‘rib   chiqish,   barqarorlik,   takroriylik)
beqarorlashishi.
Defrazeologizatsiya   hodisasi   murojaat   qiluvchi/adresant   tafakkurining
ijodkorligi (o‘ziga xoslik, uzoq assotsiatsiyalar yaratish qobiliyati), oddiy shakl va
ma’nolarni   qurish   va   o‘zgartirish   sohasidagi   til   imkoniyatlarini   amalga   oshirish
istagi   bilan   tavsiflanadi;   niyatlilik-ijodkorlik   uchun   sozlash,   barqaror   og‘zaki
kompleks   ustida   tajriba.   Defrazeologizatsiyaning   harakatlantiruvchi   kuchi   til
o‘yinida   yotadi.   “Til   o yinining   ijodiy   tabiati   va   uning   o ziga   xosligi   bir   nechtaʻ ʻ
talqinga   ega   bo lgan   tuzilmalarning   paydo   bo lishida,   belgi   tomonlaridan   biri:	
ʻ ʻ
shakl   yoki   mazmunning   ko pligini   yaratishda   namoyon   bo ladi.   Kontekst	
ʻ ʻ
tomonidan   qo‘zg‘atilgan   belgining   semantik   ikkiligining   turli   xil   misollari   til
o‘yinlarining keng tarqalgan turidir.
46 Strukturaviy   va   semantik   o‘zgarishlarga   qo‘shimcha   ravishda,   frazeologik
iboralar   mavjud   bo‘lishni   to‘xtatganda,   to‘plam   iboralarini   bunday   yo‘q   qilish
mumkin.   Ushbu   hodisa   uchun   ilmiy   adabiyotlarda   defrazeologizatsiya
(destruktsiya,   ishora,   parchalanish)   atamasi   qo‘llaniladi.   Bu   hodisani   V.P.   Jukov
(1986),   A.G.   Nazaryan   (1987),   V.M.   Mokienko   (1990),   A.G.   Lomov   (1998)   va
boshqalar.   Defrazeologizatsiya   –   kontekstda   an anaviy   tuzilma,   doimiy   leksikʼ
tarkib,   frazeologik   birliklarning   odatiy   shakllari   bo lmagan   transformatsiya	
ʻ
darajasi. Bu jarayon bilan frazeologiyaning individual xususiyatlari, shu jumladan
barqarorlik va mashhurlik yo‘qoladi.
G.N.Abreimova defrazeologizatsiyani tarkibiy va semantik o‘zgarishlar deb
hisoblaydi.   Ko‘pincha   buzilish   strukturaviy   deformatsiyalar   natijasida   yuzaga
keladi: yangi so‘zlarning kiritilishi, tarkibiy qismlarning morfologik qayta tuzilishi,
ularning   ketma-ketligining   o‘zgarishi.   Abreimovaning   so‘zlariga   ko‘ra,   yo‘q
qilishning eng tipik usuli bu aylanmaning leksik tarkibini qisqartirishdir.
A.G.Lomov ham xuddi shunday nuqtayi nazarga amal qiladi. Uning fikricha,
strukturaviy   darajada   destruksiya   3   turdagi   transformatsiyalarni   o‘z   ichiga   oladi:
frazeologik birliklarning I tur qisqarishi, frazeologik birliklarning II tip qisqarishi,
frazeologik birliklarning III toifa qisqarishi 19
.
I turdagi qisqartirishda  alohida qismlar  mavjud emas,  qolgan komponentlar
esa   o‘zlarining   semantik   aloqasini   va   me’yoriy   so‘z   tartibini   saqlab   qoladilar.
Masalan:
Ikki   tomonlama   buxgalteriya   hisobiga   kelsak,   menimcha:   siz,   ruhoniylar,
Xudo   va   Qaysar   hisoblari   bilan   ikki   tomonlama   buxgalteriyaga   egasizlar   va
materializm, siz aytganingizdek, bu qo‘shaloq hisobni to‘g‘rilaydi  
II   turdagi   qisqarishda   aylanmadan   qolgan   komponentlar   kontekstda
tarqalgan. Frazeologiyaning chuqur transformatsiyasi mavjud:
Dushmanlar yo‘q edi, – javob qildi Ilya, – endi ular bizning dushmanlarimiz
kimligini tushunishadi. Ma’lumki, kim: kapitalistlar. Akkordeonchi  va skripkachi:
– Vayronagarchilikda, chang va janjalda!  (Prishvin).
19
  Саломов Ғ.  Тил ва таржима. – Тошкент: Фан, 1966   31 б.
47 Turg un   birikmadan   III   tur   qisqarish   bilan   kontekstda   faqat   bitta   leksemaʻ
qoladi lekin u frazeologik birlik ma nosini (g oyasini) yetkaza oladi.	
ʼ ʻ
Artyushka,   savdo   agenti   va   siz   ko‘z   yumishga   vaqtingiz   bo‘lmaydi,   sizni
o‘ziga   xos   tarzda   aylantiradi   va   sizda   hech   narsa   yo‘q   -   na   mahsulot,   na   odam
(Prishvin).
Cheklovchi   qisqartirishdan   keyin   qolgan   frazeologik   birliklarning   o‘xshash
so‘z elementlari ilmiy adabiyotlarda frazeologik fragmentlar deyiladi.
Defrazeologizatsiya   frazeologizatsiyaning   teskari   jarayonidir.   Agar
frazeologizatsiya   natijasida   so‘z   semantik   va   funksional   jihatdan   o‘zgarib,
frazeologik   birlikning   tarkibiy   qismiga   aylansa,   defrazeologizatsiya
komponentning   avvalgi   sifatiga   -   qoida   tariqasida,   yangi   olingan   ma’noga   ega
bo‘lgan so‘zga qaytishni o‘z ichiga oladi. frazeologik birlikdan.
P.Jukov   defrazeologizatsiyani   maxsus   jarayon   sifatida   tavsiflaydi,   uning
davomida   ilgari   semantik   jihatdan   bo‘sh   bo‘lgan   komponentlar   mustaqil   majoziy
ma’nolarga   ega   bo‘ladi. 20
  Demak,   chalkashmoq   frazeologik   birligi   tarkibida
birinchi  komponent  “biror   holatda   bo‘lmoq”  ma’nosini  oladi.  Jukovning   fikricha,
defrazeologizatsiya   komponentlar   to‘liq   semantik   mustaqillikka   ega   bo‘lib,
mavhum tizimli ma’noli so‘zlarga aylanganda sodir bo‘ladi.
Kitobning   bir   qismi   A.G.Nazaryan   “Hozirgi   fransuz   tili   frazeologiyasi”.
Muallif defrazeologizatsiyani “frazeologik birlikning o‘z tarkibiy qismlarida yangi
mustaqil   ma’nolar   paydo   bo‘lishi   natijasida   frazeologiyaning   asosiy   xususiyatini
yo‘qotadigan hodisa” deb hisoblaydi. 21
  Komponentning eski, asl va yangi ma’nosi
o‘rtasidagi   bog‘liqlik   qanchalik   uzoq   bo‘lsa,   defrazeologizatsiya   jarayoni
shunchalik   faol   kechadi.   Defrazeologizatsiya   muqarrar   ravishda   frazeologik
birlikning parchalanishiga olib keladi.
Defrazeologizatsiya   til   tadqiqotchilarining   diqqatini   tortadi.   O‘zining
murakkabligi   tufayli   u   qarama-qarshi,   ko‘pincha   hatto   qarama-qarshi   ilmiy
tushuntirishni oladi. Defrazeologizatsiya  frazeologik aylanishning buzilishiga olib
20
  Жуков В.П .  Школьный фразеологический словарь русского языка. – М.: Просвещение, 1980. –  20  с.
21
  Назарян А.Г .    Фразеология современного французского языка. - М.: Высшая школа, 1987. – С.  220 . 
48 keladi.   Biroq,   ba’zi   tadqiqotchilar   uni   frazeologik   so‘z   yasashning   maxsus   usuli
sifatida   yoqlab   chiqishni   taklif   qilishadi.   O‘zining   buzg‘unchi   yo‘nalishiga
qaramay,   defrazeologizatsiya,   qoida   tariqasida,   frazeologik   birlikning   tuzilishini,
semantik   yaxlitligini   va   barqarorligini   bo‘shatadi,   lekin   uni   hech   narsaga
aylantirmaydi. Kichik matnda frazeologik birlikning rasmiy belgilari (tuzilmasi va
hatto frazeologik fragmentlar) bo‘lmasa, tilshunoslar ishora atamasini qo‘llashadi.
Shu   bilan   birga,   matn   fragmentining   tegishli   mazmuni   o‘ylash   mumkin   bo‘lgan
aylanmaning   semantikasiga   yaqin.   Bu   “nol”   ishora   vazifasini   bajaradi,   ammo
frazeologik   birlikning   yo‘q   qilinishi   haqiqatini   ko‘rsatmaydi.   Shunday   qilib,
defrazeologizatsiya   –   bu   o‘zgarishning   chuqur   darajasi   bo‘lib,   unda   matn   faqat
frazeologik   burilishning   ishorasini   o‘z   ichiga   oladi.   To‘liq   bo‘lmagan
defrazeologizatsiya   frazeologik   birliklarning   alohida   qismlari   saqlanib   qolgan   va
turg‘un   birikmalarning   tarkibiy   qismlari   o‘rtasidagi   semantik   bog‘liqlik
buzilmagan   misollar   bilan   ifodalanadi,   to‘liq   defrazeologizatsiya   “frazeologik
bo‘laklar” deb ataladigan narsalardan iborat. “nol” ishorasi.
  Defrazeologizatsiya   usullari.   Defrazeologizatsiya   usullarining   ikkita
asosiy turlari tahlil qilinadi: 1) semantik va 2) strukturaviy-semantik. Muallifning
niyatlari gazeta tilidagi frazeologik birliklarning o‘zgarishining tabiatini belgilaydi:
sensatsiya,   o‘ychanlik,   paradoksallik,   ko‘pincha   mavzu   bilan   nomutanosiblik,
nomunosiblik,   xushmuomalalik,   beadablik,   qo‘pollik:   Televizorga   maktublardan:
“Bizga   ochiq   haqiqatni   ko‘rsating.   Va   yaxshisi   yaqindan  va   musiqaga   ...;   Barcha
samolyotlar   sevgiga   bo‘ysunadi.   Frazeologik   me’yordan   chetga   chiqish,   bizning
fikrimizcha,   o‘zgartirilgan   frazeologik   birliklarni   estetik   idrok   etishga,   “estetik
jihatdan qimmatli og‘zaki tasvirni yaratishga” asoslanishi kerak.
L.I.Reyzenzon   frazeologiza t siyaga   barqaror   til   birliklarining   ma’lum   bir   til
hamjamiyatining   nutq   amaliyotida   tayyor   holda   barqarorlashgan   va
mustahkamlangan   ko‘rinishi   ta’rif   beradi 22
.   Ta’rifdan   tilda   har   safar   qaytadan
yaratilmagan,   so‘zlovchilar   xotirasida   tayyor   holda   saqlanadigan   birliklar
frazeologiza t siya   natijasida   hosil   bo‘ladi   degan   fikr   anglashiladi.   Demak,
22
  Ройзензон Л.И . Лекции по общей и русской фразеологии.   – Самарканд, 1971. – С. 48  
49 frazeologizatsiya natijasida nutqda amaliyotida vujudga kelgan, sinovdan o‘tgan va
tilda ommalashgan birliklar til birligiga aylanadi.
Yuqoridagilarga   asoslanib,   frazeologizatsiyani   nutqda   sodir   bo‘ladigan
jarayon, hodisa sifatida izohlash mumkin. Bu jarayonga derivativ nuqtai nazardan
yondashsak,   so‘z   birikmasining   morfologik   shakllarini   semantik   o‘zgarishi
frazeologik birlikni yuzaga keltiradi. Yuzaga kelgan frazeologik birlik nutqiy aloqa
ehtiyojlarini   qondirishga   xizmat   qiluvchi,     semantik   yaxlitlikka   va   distributiv
xususiyatlarga   ega   bo‘lgan,   o‘zining   “o‘z”   leksik   muhitini   shakllantirgan   birlik
sifatida   nutqda   yashaydi.Vaqti-vaqti   bilan   nutqiy   o zgarishlar   paytida   frazeologikʻ
birliklarning   semantik   o zgarmasligi   (barqarorligi,   semantik   tuzilishining	
ʻ
turg unligi,   semantik   o zgarmasning   o ziga   xosligini   ta minlovchi   variantlar   –	
ʻ ʻ ʻ ʼ
nutqdagi   invariantning   moddiy   timsoli)   buzilmasa,   frazeologizatsiya   jarayoni
tugallangan   deb   hisoblanadi,   shuningdek,   frazeologik   birliklarning   ma’nosi
lug‘atda yagona lug‘at ta’rifi bilan ifodalanishi mumkin.
Murakkab   diaxronik   jarayon   bo‘lgan   frazeologizatsiya,   bizning
kuzatishlarimizga ko‘ra, uch bosqichda amalga oshiriladi:
I.   Frazeologik   birikmalarning   grammatik   o‘zgarishlarini   belgilovchi
frazeologik semantikaning shakllanishi.
II. Turg‘unlik va takrorlanuvchanlikning kategorik belgilarining frazeologik
birikmasi   orqali   o‘zlashtirilishi,   o‘ziga   xos   sintagmatik   va   paradigmatik
munosabatlarning shakllanishi, tilning frazeologik tizimiga kirishi.
III. Til birligi sifatida tilda fiksatsiya.
I bosqichga quyidagilar kiradi:
a) frazeologik semantikaning shakllanishi.
b) frazeologizatsiyalashgan iboraning grammatik o‘zgarishlari.
Frazeologik   birliklarning   ijodiy   harakati   insonning   ijtimoiy-majoziy
tafakkuriga,   uning   obyektlar,   hodisalar   o‘rtasidagi   o‘xshashlikni   aloqadorlik
asosda  aniqlash, ular  o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatish qobiliyatiga asoslanadi. Shu
bilan   birga,   so‘zlovchi   kommunikativ   maqsadidan   kelib   chiqib,   predmetlarni,
hodisalarni, harakatlarni, sifatlarni va hokazolarga majoziy baho berib, assosiativ-
50 majoziy tafakkur tuzilmalarini bilvosita hosilaviy verballashtirishning eng adekvat
vositalarini   izlaydi.   Obyektlar   o‘rtasidagi   o‘xshashlikni   ifodalovchi   yaratilgan
assotsiativ   tuzilmalar   allaqachon   ma’lum   bo‘lgan   nomni   nomlangan   ob y ektga
o‘tkazish   uchun   asos   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Masalan,   tilimizda   “uzilmoq”   fe’li
mavjud.   Mazkur   fe’l   asosida   “oyog‘i   uzilmoq”,   “rizqi   uzilmoq”,   ,   “nasibasi
uzilmoq”, “joni uzilmoq” kabi iboralar shakllangan.
Joni uzilmoq
Oyog‘i uzilmoq
Rizqi uzilmoq
Yuragi uzilmoq
Ichagi(ichi, qorni) uzilmoq
Ilik uzildi
Erkin   so‘z   birikmasi   tarkibida   majhul   nisbatda   kelishi   mumkin   bo‘lgan
uzilmoq   (bargi   uzilmoq)   fe’li   O‘TILda   ko‘p   ma’noli   so‘z   sifatida   izohlangan:
1.“Kuch   bilan   tortib   butundan   ajratmoq”.   2.Aloqasi,   bog‘liqligi   yo‘q   bo‘lmoq.
3.Davom   etishdan   to‘xtamoq.   4.Kasali   qaytalamoq,   qayta   og‘irlashmoq.   5.Jon
bermoq, jon taslim qilmoq, o‘lmoq [O‘TIL, 266-267].
E’tibor qilinsa, mazkur daraxtning bargi uzilmoq, ip uzildi, aloqasi uzilmoq
kabi   birikmalar   tarkibidagi   uzilmoq   fe’li   ajratmoq   ma’nosini   izohlab   kelgan.
Ammo   mazkur   so‘z   birikmasidan   ibora   shakllantirganimizda   esa   jon,   oyoq,   rizq,
nasiba leksemalari bilan birikib frazeologik birlikni shakllantiradi.
O‘zbek   tilidagi   “ochmoq”   fe’li   ham   ko‘plab   frazemalar   shakllanishida
ishtirok   etgan.   Masalan,   avra-astarini   ochmoq,   bahri-dilini   ochmoq,   beti   ochilib
ketmoq   kabi   frazeologik   birliklarda   fe’l   so‘z   turkumi   grammatik   tayanch
komponent   vazifasini   bajaradi.   Xuddi   shu   fe’l   leksema   asosida   bahrini   ochmoq,
ko‘zi   moshdek   ochilmoq,   chehrasini   ochmoq,   yuzini   ochmoq,   yuragini   ochmoq,
og‘zini ochmoq kabi FBlar ham shakllangan. Bularning deyarli barchasida ot+fe’l
birikuvi   asosida   ibora   shakllangan.   Demak,   fe’l   so‘z   turkumiga   oid   so‘zlarning
turli so‘zlar bilan birikishi natijasida bir qancha fe’l FBlar shakllanar ekan.
51 U.Tursunov to‘g‘ri  ta’kidlaganidek, “Fe’llarda uyushtiruvchanlik xususiyati
kuchli bo‘lib, ko‘pincha boshqa so‘zlarni o‘zga ergashtirib, uni boshqarib keladi”.
Fe’l so‘z turkumiga oid bu so‘zlarning bunday xususiyati FBlar shakllanishida ham
ahamiyat   kasb   etadi.   Sh.Rahmatullayev   ham   o‘zining   ko‘p   yillik   izlarishlari
natijasida   o‘zbek   tilida   iboralar   tarkibida   fe’l   FBlar   boshqalariga   nisbatan   ko‘p
miqdorni tashkil etishini ta’kidlagan. 23
II   bosqich.   Komponentlarning   grammatik   o zgarishlari   bilan   kechadiganʻ
ma no hosil bo lish bosqichi	
ʼ ʻ
  a)   frazeologik   birliklarning   strukturaviy   turg unlashuv   bosqichiga,   uning	
ʻ
tarkibiy barqarorligi va takrorlanuvchanligiga ega bo lish bosqichiga o tadi;
ʻ ʻ
b)   alohida   komponentlarning   ham,   butun   frazeologik   birliklarning   frazema
hosil qiluvchi paradigmatik munosabatlarini o‘rnatish bosqichida;
v) maxsus sintagmatik bog‘lanishlar o‘rnatish va frazeologik ahamiyatga ega
leksik-sintaktik   muhitni   shakllantirish   bosqichiga   (hamroh   so‘zlar,   o‘ziga   xos
semantik tarqalish va sintaktik munosabatlar.
A)   Frazeologizatsiyaning   dastlabki   bosqichida   frazeologik   birlik   prototipi
o‘zgaruvchan   birikma,   nutq   birligidir.   “Frazeologik   birlik,   avvalo,   nutq   tartibi
hodisasi, so‘ngra ijtimoiy ma’qullangan til fakti sifatida namoyon bo‘ladi, chunki
tilga kirgan hamma narsa nutqda oldindan sinovdan o‘tadi” 24
.
Demak,   yangi   shakllangan   frazeologik   birlikning   til   tizimiga   kirishi   uning
qo‘llanishda barqarorlik belgisini egallashi bilan birga kechadi, buning ko‘rsatkichi
nutqda   tayyor   shaklda   takrorlanishidir.   Frazeologik   birliklarning   yaxlit
a ss imilyatsiyasi tasviriy fazilatlarni saqlab qolish zarurati bilan belgilanadi, chunki
noto‘g‘ri takrorlash uning a ss otsiativ-majoziy tuzilishining o‘ziga xosligini buzadi.
Masalan, “po‘stagiga somon tiqmoq” FBning birorta komponenti ham o‘ziga
xos   bo‘lgan   ma’noni   inkor   etmaydi.   Bunda   leksemalar   o‘zlarining   xususiy
ma’nolarini   yo‘qotgandir.   Demak,   FBlar   tarkibidagi   komponentlar   o‘zlarining
23
 Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилида феъл фраземаларнинг боғлашуви. -Тошкент: Ун-т, 1992. -126 бет.
24
 Соссюр де Ф. Труды по языкознанию / Курс общей лингвистики. – М.: Прогресс, 1977. – С. 203. 
52 xususiy   ma’nolarini   saqlab   qolishi   yoki   qolmasligi   uning   tarkibidagi
komponentlarning o‘zaro bog‘lashuviga bog‘liq bo‘ladi.
B)   Frazeologizatsiya   jarayonida   uning   ikkinchi   bosqichida   leksik
komponentlarning   semantik   qayta   tug‘ilishi   alohida   komponentlar   ham,   butun
frazeologik   birliklar   bilan   ham   boshqa   paradigmatik   munosabatlarning
o‘rnatilishini taqozo etadi. Demak, frazeologik birliklar polisemiyani rivojlantirib,
omonim, sinonim va antonimik munosabatlarga kirishishi mumkin.
Odatda,   paradigmatik   shakl   flektik   qurilishga   ega   bo‘lgan   tillarga   xos
xususiyat   sanaladi.   Biz   bilamizki,   paradigmatika   so‘zlarga   xos   xususiyat   bo‘lib,
turlanish,   tuslanish   ko‘rinishlarida   namoyon   bo‘ladi.   FBlarning   paradigmatik
shakllari   deyilganda,   ularning   nutq   jarayonida   boshqa   til   birliklari   bilan   o‘zaro
aloqaga kirishishi natijasida shakliy o‘zgarishlari tushuniladi.
Masalan, ishi tushdi, mehri tushdi, ishqi tushdi, og‘irligi tushdi kabi FBlarda
kimning kimga so‘rog‘iga javob bo‘luvchi to‘ldiruvchili bog‘lanish yuzaga kelgan.
Bu kabi FBlar vositali to‘ldiruvchi jo‘nalish kelishigida, fe’l leksemasi esa o‘timsiz
shaklda o‘zaro sintaktik munosabatga kirishgan holda shakllangan.
Yoki   achchig‘i   keldi,   ko‘ngli   qoldi,   yuragi   og‘ridi   kabi   FBlar   kimning
nimadan   so‘rog‘iga   javob   bo‘luvchi   vositali   to‘ldiruvchini   chiqish   kelishigida
shakllangan. Bunda fe’l leksema sanalgan: keldi, qoldi, og‘ridi kabilar o‘timsiz fe’l
shaklida kelgan.
Ma’lumki, fe’l FBlar qurilishi jihatdan birikmaga teng kelsa, tuslanadi, agar
gapga teng kelsa, tuslana olmaydi.
Qiyoslang:  og‘iz ochmoq  – birikmaga teng FB.
O g‘iz ochdim, og‘iz ochding, og‘iz ochdi;  og‘iz ochsam – gapga teng FB.
Tadqiqotchilar   FBlardan   anglashiladigan   ma no   ular   tarkibidagi   so‘zlargaʼ
xos leksik ma nolarning shunchaki yig‘indisi bo‘lmay, ustama ma no sifatida, shu	
ʼ ʼ
bilan   birga,   ko‘chma   ma no   sifatida   gavdalanishini   qayd   etganlar.   Bu   holatni	
ʼ
leksemalashuv   jarayonida   ham   kuzatamiz.   Har   ikki   holatda   ham   birikma
tarkibidagi leksemalar o‘z mustaqilligini yo‘qotadi.
53 II bob yuzasidan xulosalar
Frazeologizatsiya   (frazemalashuv)   hodisasi   xususida   jahon   va   rus
tilshunosligida   talaygina   ishlar   amalga   oshirilgan   hamda   tildagi   bu   jarayonga
turlicha   ta’riflar   berilgan.   Frazeologizatsiya   jarayoni   aktualizatsiya   hodisasi   bilan
bog‘liq.   Ya’ni   so‘z   birikmasi   aktualizatsiyada   erkin   aylanishning   erkin
bo‘lmaganga (nutq aktida takrorlanadigan barqaror til birligiga) o‘zgaradi (yaxshi
ko‘rmoq, og‘zi ochilmoq, og‘zi qulog‘iga yetmoq kabi).
Frazeologizasiya   hodisasi   sintaktik   birikma   yoki   tuzilmalarning   semantik-
struktur   tabiatidan   kelib   chiqqan   holda   turli   tarkibiy   va   ma’noviy   o‘zgarishlari
orqali   obrazli   ko‘chma   ma’no   anlatish   uchun   ikkinchi   bir   tuzilma   hosil   qilishdir.
Ya’ni, til elementlarining muayyan qonuniyatlar asosida o‘zgarishi, qayta tuzilishi
natijasida frazeologizasiya hodisasi yuzaga keladi.
Frazeologik   birlik   va   so ‘ z   birikmalari   o ‘ rtasidagi   o‘zaro   ta ’ sir   ularning
genetik,   struktur-semantik   va   funksional   munosabatlari   bilan   belgilanadi.
Frazeologizmlar   komponentlari   ham   xuddi   so ‘ z   birikmalari   kabi   grammatik
jihatdan shakllanish, yashash, o‘zgarish xususiyatlariga ega. So ‘ z birikmalari kabi
frazeologik   birliklar   ham   doimo   alohida   urg‘uga   ega   bo ladi.   Masalan,   odamʼ
miyasining  ichi  suyuqlikdan  iborat  bo‘lishi   ma lum.  Аna shu  suyuqlik  xalq  tilida	
ʼ
qatiq deyiladi va “qatiq” miya leksemasi bilan yonma-yon kelib “miyaning qatig‘i”
shaklidagi so‘z birikmasini va frazeologik birikmani hosil qiladi. 
54 III BOB. FRAZEMALASHGAN BIRLIKLARNING MORFEM-
GRAMMATIK JIHATLARI.
3. 1 . Frazemalashgan fe’lli birikmalar
Ma’lumki,   yozuvchi   va   shoirlarimiz   tomonidan   tilimizda   mavjud   ko‘plab
frazeologizmlarni qayta ishlanib, ijodiy o‘zlashtiriladi, o‘rni bilan yangi frazemalar
yaratiladi.   Ayrim   erkin   bog‘lanmalar   yozuvchilar   tomonidan   semantik   qayta
shakllantirilib,   frazema   hosil   qilingan.   Masalan:   “tomog‘iga   tiqilmoq”
birikmasidagi “tomoq” va “tiqilmoq” leksemalari erkin birikma tarzida bog‘lanib,
leksemalar   o‘z   ma’nosida   qo‘llanilmoqda.   Ya’ni,   inson   tana   a’zosi   bo‘lgan
“tomoq”da   fiziologik   jihatdan   tupuk   “tiqilishi”   bilan   bog‘liq   harakat   sodir
bo‘layapti. 
Birdaniga qisildi ko‘krak,
Birdaniga yo‘qoldi orom.
Bir luqma osh – ichida so‘ngak,
Tomog‘iga tiqildi, tamom.
A.Oripovning   “Boyqaro”   she’ridan   olingan   parchada   tomog‘iga   tiqilmoq
erkin birikmasi qo‘llangan. 
– Iye? Haliyam yemadingmi?
– Yo‘q, men oyimga olib qo‘ydim, – deya asta javob qildi qiz.
– Oyingga? – ming‘illadi Isabekov. Issiq bir nima tomog‘iga tiqildi.
 – To‘g‘ri, uni oyingga olib boramiz. 
Ch.Aytmatovning   “Qizil   olma”   hikoyasida   keltirilgan   matnda   “tomog‘iga
tiqildi”   birikmasi   semantik   qayta   shakllanib,   turg‘unlashib,   so‘zlarning   to‘g‘ri
ma’nosidan kelib chiqmaydigan frazeologik ko‘chma ma’noni yuzaga keltirmoqda.
Ushbu   birikmadan   “gapira   olmay   qolish”   obrazli   mazmunini   anglatuvchi
frazeologik   ma’no   namoyon   bo‘lmoqda.   Chunki   issiq   narsaning   tomoqqa   tiqilib
qolishi   o‘z-o‘zidan   kechadigan   jarayon   emas.   Jarayon   yozuvchi   tomonidan   yangi
shakllantirilgan FB orqali obrazli ko‘chma ma’no ifodalamoqda. 
Qo‘lini   siltadi.   Qizning   qo‘lida   gul   bor   edi.   Biladi,   gulni   qiz   bolaga   bejiz
bermaydilar. Telefonini qidirdi. Sumkasini titib tashladi. Sumkani olib, stol ustiga
55 ag‘dardi.  Ha, buyoqda ekan, yomg‘irpo‘shi  cho‘ntagida. Ketma-ket  raqam terdi:
“Telefon   vag‘tinchalik   ulanib   berilmaydi...”   M.Ahmedovaning   “Alam”   nomli
hikoyasida   titib  tashlamoq   erkin  birikmasi   qo‘llangan.   Keltirilgan   matndagi   “titib
tashladi” erkin bog‘lama tarkibidagi “titmoq” va “tashlamoq” so‘zlarining sintaktik
birikuvidan   “personajning   biror   narsani   qidirishi   bilan   bog‘liq   harakat”
ifodalanmoqda.
–   Bizga   endi   ruxsat,   kuyov!   Lekin,   bu   safar   xursand   qilmading…   Ilgari
kartadan   “durak”,   “beshko‘tarar”larni   titib   tashlarding.   Bugun   esa,   xayoling
ham   joyida   emas?!   Kuyov   degani   baribir   “yov”   bo‘larkanda-a?!   Mazzang
bo‘lmasa   ayt,   do‘xtir-so‘xtirga   ko‘rsatay!   Yana   bu   kishim   muxbir,   tipografiyada
ishlarmish?! He, o‘sha seni siylagan... (M.Ochil, Hali boplaydi)
Keltirilgan   gapdagi   ajratilgan   birikma   obrazli   ko‘chma   ma’no   ifodalab,
frazeologizatsiyalashmoqda. Birikma tarkibidagi so‘z – komponentlar mazmuniga
xos   bo‘lmagan   “zo‘r   o‘ynamoq,   yutqazmaslik”   obrazli   FBga   xos   bo‘lgan   ma’no
shakllangan.
Demak,   erkin   birikmalar   badiiy   uslubga   oid   matnlarda   yozuvchilar
tomonidan   individual   yaratilib,   semantik   qayta   tarkiblantirish   asosida
frazeologizmlashtiriladi.   Natijada   yangi   frazeologizmlar   yasalishi   orqali   bu
birliklarining pragmatik imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi.
Asarlarida shoir hamda yozuvchilar erkin so‘z birikmalarini semantik qayta
shakllanish   orqali   turg‘un   birikmaga,   FBga   aylantirish   usulidan   unumli
foydalanishadi.  Masalan,  “to‘riga tushmoq” birikmasini  tashkil  etgan “to‘riga” va
“tushmoq”   so‘zlari   erkin   birikma   holatida   “biror   jonzotning   qo‘yilgan   to‘rga,
tuzoqqa   tushish   holatini   ifodalovchi   harakat”   mazmuni   tushuniladi.   “Teorema”
romanida   esa   Tursunoy   Tavakkalning   to‘riga   tushdi   gapidagi   “to‘riga   tushdi”
birikmasida   esa   erkin   bog‘lanma   holatidagi   ma’nosini   qisman   yo‘qotib,   ko‘chma
ma’no   sifatida   sekin-asta   turg‘unlashish,   frazemalashish   jarayoni   boshlanganini
ko‘rishimiz   mumkin.   Ya’ni,   Tavakkal   Tursunoyni   tutib   olganini,   qo‘lga
tushirganini ifodalovchi FB hosil bo‘lmoqda. Yuzaga kelgan ushbu FBning hozirgi
paytda   badiiy,   publisistik   va   so‘zlashuv   uslublarida   faol   qo‘llanilayotganligi
56 (ichkilikning   to‘riga   tushibdi,   muhabbatning   to‘riga   tushibdi)   frazemalashish
jarayonining yuqori bosqichida ekanligini bildiradi.
A.Qahhorning   “Asror   bobo”   hikoyasidan   olingan   parchaga   diqqat   qilsak.
Kampir   o‘zi   to‘lib   turgan   ekan,   ko‘z   yoshi   qildi.   Mazkur   gapdagi   “to‘lib”   va
“turgandi”   komponentlari   erkin   birikma   holatida   “biror   idishning   suyuqlikka
to‘lish   holatini   ifodalaydigan   harakat”   mazmuni   tushunilsa,   FB   sifatida   ko‘chma
ma’noda   personajning   dard-u   dunyosi   qorong‘u   bo‘lib   turgan   hasratli   holatini
obrazli  ifodalamoqda. Gapdagi  erkin birikma frazeologizmlashib, ko‘chma ma’no
hosil   qilib,   frazeologik   birikma   sifatida   shakllangan.   Sh.Rahmutullayev
ta’kidlaganidek: “Frazeologik birlik bo‘lish uchun so‘zlarning turg‘un birlashmasi
obrazli ma’no, ko‘chma ma’no anglatashi shart”.
S .Ahmadning   “To‘yboshi”   hikoyasida   shunday   jumla   bor:   Bor,   toshingni
ter, kim kataysa qilgan bo‘lsa, benzinni o‘sha bersin! ”   Traktorchilar bilan bo‘lsa
doim g‘ijillashgani-g‘ijillashgan.
Hikoyadagi qo‘llangan toshingni ter barqaror birikmasi tarkibidagi toshingni
va   ter   erkin   birikmasidan   “maydondan   keraksiz   toshlarni   olib   tashlash”
anglashiladi.   Ammo   yozuvchi   shu   o‘rinda   bu   erkin   birikmani   asl   holidagi
ma’nosida emas, balki personaj tomonidan buyruq mazmunida “bor, ishingni qil”
degan ma’noni ifodalash uchun frazeologik birikma sifatida ishlatmoqda. To‘g‘ri,
“tosh” yerdan teriladi. Lekin buyruq ohangida qo‘llanganda “ket, boshqa ish bilan
shug‘ullang i n,   menga   xalaqit   berma”   degan   butunlay   boshqa   ma’noni
ifodalamoqda.
O‘zbek   tili   so‘zlashuv   nutqida   faol   qo‘llanuvchi   “aravani   baravar   tortmoq”
iborasi   mavjud.   Mazkur   ibora   erkin   birikma   shaklida   “ichiga   ma’lum   bir   yuk
solingan   aravani   tortmoq,   sudramoq”   ma’nosini   beradi.   Odatda   aravaning   ikkita
shotisi bo‘l i b, ularning har ikkalasi baravar tortilganda arava tekis va yengil yuradi.
Ichiga   ma’lum   bir   yuklar   mavjud   bo‘lgan   aravani   baravar   tortmoq   deganda,
birikma  o‘z  ma’nosida  qo‘llaniladi.  Ammo frazemalashgan  ko‘rinishda  esa   oilani
iqtisodiy jihatdan barqaror qilish maqsadida tinmay mehnat qilib kelayotgan er va
xotin   kishilarning   baravar   ro‘zg‘or   tebratishi   anglashiladi.   Demak,   mazkur
57 frazeologizmning asosi aynan shu ma’no bilan bog‘liq:   “Oilamizda uchinchi kishi
paydo   bo‘ldi.   Avval   ro‘zg‘or   aravasini   keliningiz   bilan   ikkovlashib   tortardik”
(Gazetadan).
Arava   leksemasi   yordamida   shakllangan   yana   bir   ibora   bor:   aravani   olib
qochmoq. Bu ibora aravani quruq olib qochmoq, arava olib qochmoq ma’nolarida
qo‘llanadi.   Ya’ni   erkin   birikma   shaklida   asosiy   mehnat   qilishga
ko‘maklashayotgan   aravani   olib   qochmoq   ma’nosi   anglashilsa,   milliy   xarakterga
ega   frazema   shaklida   “balandparvoz   gap   qilmoq”,   “behuda   maqtanmoq”
ma’nolarida qo‘llanadi. Arava yuk tortmasdan qo‘ruqdan quruq yurgizish eshakka
ham, egasiga ham zarar. Aravaning quruqligi, uning bo‘shligi hech narsadan hech
narsa yo‘q maqtanish bilan teng. Demak,  quruqdan  quruq yurish maqtanish  bilan
tenglik   behudalik   holatiga   o‘xshatilyapti.   Kuzatishlar   shuni   ko‘rsatdiki,   mazkur
frazemalashgan   ibora   publisistik   uslubda   juda   keng   qo‘llanar   ekan.   “Xalq   so‘zi”
gazetasining   2021-yil   15-aprel   sonida   katta   maqolaning   sarlavhasi   tarkibida
qo‘llangan:   “Aravani   quruq   olib   qochish   vaqti   o‘tdi,   endi   chinakamiga   ishlash
kerak”.   Maqola   tarkibidagi   birinchi   gapda   ham   aynan   sarlavha   mazmuniga
oydinlik kiritish maqsadida mazkur ibora qo‘llangan: Yurtimizda davom etayotgan
yangilanishlar shu qadar shiddatliki, undan orqada qolish yoki “aravani quruq olib
qochish” bilan hech qanday muddaoga erishib bo‘lmaydi.
Badiiy   uslubga   oid   M.Hazratqulovning   “Halovat”   hikoyasida   ham   shu
iborani uchratdik:  Tuman hokimi Komil Qayumov uyqudan biroz lanjroq uyg‘ondi.
Soatga qaradi: to‘rt bo‘pti. U hali-hamon kecha oqshom viloyat hokimi o‘tkazgan
selektor yig‘ilishi ta’sirida edi. Hokim juda kuyinib gapirdi. Hech kimni, yoshidan,
tajribasi   va   lavozimidan   qat’iy   nazar,   ayamadi.   Talab   barchaga   bir   xil   –   natija
kerak.   Aravani   quruq   olib   qochmoqchi   bo‘lgan   bir-ikki   rahbarni   qattiq   koyidi.
Shundan keyin yig‘ilish ruhi ham o‘zgardi – biroz asabiy tus oldi.
Tarkibida   xalq   hayoti   bilan   bog‘liq   leksemalar   qatnashgan   frazemalar
aksariyat hollarda erkin birikma shaklidan ibora shakliga o‘tadi. Masalan, “arpasini
xom   o‘rmoq”   iborasi   erkin   birikma   shaklida   ziyon   keltirishni   anglatadi.   Chunki
hali   pishib   yetilmagan   arpani   o‘rish   noto‘g‘ri.   Frazema   shakliga   o‘tganda   ham
58 ibora shu ma’nodan uzoqlashmagan holda “ziyon keltirmoq”, “yomonlik qilmoq”
ma’nolarini   beradi:   Nima   bu   hadeb   tutun   qaytaradi,   arpasini   birov   xom
o‘ribdimi?  (A.Q.)
Ba’zi   so‘z   birikmalari   biron   harakat-hodisaning   sababi   (natijasi)   sifatidagi
harakat-hodisani   bildiradi.   Keyinchalik   bunday   harakat-hodisaga   sabab   bo‘luvchi
harakat-hodisani   bildiruvchi   so‘z   yoki   so‘z   birikmasi   qo‘llanmaydigan   bo‘lishi
mumkin.   Uning   ma’nosi   esa   sababdan   kelib   chiqadigan   harakat-hodisani
bildiruvchi   so‘z   birikmasidan   anglashiladigan   bo‘ladi.   Natijada   bu   so‘z   birikmasi
frazeologizmga   aylanadi.   Bunday   frazeologizmlarning   ma’nosini   ham   tarkibidagi
so‘zlar ma’nosidan keltirib chiqarib bo‘lmaydi.
Xalqimiz tilida  “tepa  sochi   tikka bo‘lmoq” iborasi   qo‘llanadi.  Ya’ni  birdan
jahli  chiqib g‘azablanish  harakati  natijasi  silli q   turgan sochning  ko‘tarilishi, tikka
bo‘lishi   tabiiy   hol.   Bu   erkin   birikma   shaklida   ifodalagan   ma’nosiga   ko‘ra
frazemalashgan.   Sabab   (asos)   sifatida   esa   g‘azablanish   holati   yotibdi:
Turobjonning   tepa   sochi   tikka   bo‘ldi:   –   Hay,   sening   dimog‘-firog‘ing   kimga,
xo‘sh,   nima   deysan?   ( A.   Qahhor,   Anor )   Sezgan   zamon   tepa   sochim   tikka   bo‘ldi.
Men Yo‘lchini durust yigit deb o‘ylardim.  (Oybek , Qutluq qon )
Ma’lumki, yozuvchi tilimizdagi ayrim frazeologizmlar mazmuniga tayangan
holda,   yangi   strukturali   FB   shakllantirib,   o‘zining   uslubiga   mos   individual
kontekstual ma’nodosh variantlarini yaratgan. Masalan:  To‘qlivoyning tepa tuklari
tikkaydi. Tepa tuklaridan tashqarisiyam tikka turib, tanasining terisini tortishtirdi
(T.To‘raboyev)   jumlasida   qo‘lalngan   “tepa   tuklari   tikkaydi”   frazeologizmi
O‘TFILda “bir lahzaning o‘zida qattiq g‘azablanmoq” ma’nosidagi “tepa sochi tika
bo‘ldi” (O‘TIFL, 225) frazeologizmiga sinonim sifatida yasalgan.
Tilimizdagi har bir birikma va iboraning yaratuvchisi xalqdir. Xalq o‘zining
turmushi   va   hayotiy   ehtiyojlari   asosida   til   boyliklaridan   o‘z   o‘rnida,   keragicha
foydalanadi.   Xalq   hayotiy   tajribasi   asosida   yangi   tushunchalar,   fikrlar   ifodasi
sifatida   erkin   birikmalar   frazemalashadi.   Tilimizda   “arqonni   uzun   tashlab
qo‘ymoq”   iborasi   mavjud.   Mazkur   ibora   qo‘y-echki   va   boshqa   hayvonlarning
yayrab yurishi uchun arqonni ataylab uzun tashlab qo‘yish harakati  bilan bog‘liq.
59 Frazeologizm   shakllanganda   esa   birikma   ma’nosidan   uzoqlashmagan   holda
“birovning   noo‘rin,   nojo‘ya   xatti-harakati   uchun   tanbeh   berishda,   qo‘lga   olishda
shoshmay,   o‘ziga   qo‘yib   berib   ish   tutmoq”   ma’nolari   kelib   chiqadi:   “Dadasiga
maslahat solsa, “Payti kelib o‘zi oqni qoradan ajratib oladi. Arqonni uzun tashlab
qo‘yaver”,   deydi.   Arqonni   uzun   tashlasa,   mabodo   o‘ralib   qolsa-chi?”
(S.Anorboyev. Sayli).
Agar   frazeologizatsiya   jarayonida   unga   sabab   (asos)   bo‘lgan   harakat-
hodisani bildiruvchi komponent ishtirok etsa, bunday turdagi frazeologizmlar erkin
so‘z   birikmasi   holatida   bo‘ladi   yoki   uning   frazeologizmlik   xususiyati   juda
kuchsizlanadi.   Masalan,   tishini   tishiga   qo‘ymoq   iborasini   olaylik.   Qachon   tish
tishga   qo‘yiladi?   Inson   qaysidir   hayotiy   hodisaga   chidashga   majbur   bo‘lganda.
Mazkur   birikma   iboraga   o‘tganda   ham   ma’nodan   uzoqqa   ketilmaydi,   ya’ni
chidamoq   ma’nosi   saqlanadi.   Bunday   holat   do‘ppisini   osmonga   otmoq,   yoqasini
ushlamoq   birikmalarining   frazeologiza t siyasi   jarayonida   ham   sodir   bo‘ladi.
Bektemirov bu tepkilarning zarbasidan tanasi qanchalik zirqirab og‘rimasin o‘zini
tutdi,   tishini   tishiga   qo‘yib   chidadi   (Said   Ahmat).   Bu   yerda   ikki-uch   kun   ovora
bo‘lib  ish  bitirgan  odam  do‘ppisini  osmonga  otib  xursand  bo‘ladi.   (“Mushtum”.)
Axir   pushaymon   bo‘lipti-da,   go‘rso‘xta,   –   dedi   Yo‘lchi   hayratda   yoqasini   ushlab
(O ybek ).
Yozuvchi   va   shoirlar   badiiy   asar   yaratar   ekan,   unda   o‘zbek   tilining
umumfrazeologik   fondidan   o‘rin   olgan,   tilimiz   boyligi   hisoblangan   va   doimiy
foydalanishda   bo‘lgan   FBlardan   ham   unumli   foydalanishga   harakat   qilishadi.
Masalan,   “ter   to‘kmoq”   umumxalq   frazeologizmini   olaylik.   Sh.Rahmatullayev
tomonidan   tuzilgan   “O‘zbek   tilining   izohli   frazeologik   lug‘ati”ida   “ter   to‘kmoq”
frazeologizmiga   “mashaqqatli   jismoniy   mehnat   qilmoq”   deb   ta’rif   berilgan.
Mazkur   birikma   shaklidan   ibora   shakliga   o‘tgan   frazema   maqollar   tarkibida   ham
unumli   qo‘llanadi:   Ter   to‘kib   mehnat   qilsang,   yerdan   zar   unar   (Maqol);   Ter
to‘kmasa   – er  emas,  Qo‘l   tegmasa  – yer   emas.   (Maqol).  Publisistik  uslubda   ham
mazkur   iboraning   maqola   sarlavhasi   sifatida   qo‘llanganini   uchratish   mumkin:
60 Lempard:   “Men   “Chelsi”ga   ter   to‘kib   ishlash   uchun   keldim”
(https://uff.uz/uz/article/5007/).
Tarvuzi   tushmoq,   tarvuzi   qo‘ltig‘idan   tushmoq,   qovun   tushirmoq   kabi   fe’l
birikmalar ham frazemalashuv jarayoni natijasida ibora shakliga o‘tgan.
Ayrim   yozuvchilar   o‘z   uslublaridan   kelib   chiqib,   frazema   tarkibiga
struktural   o‘zgartirishlar   kiritgan,   so‘zlarni   almashtirgan,   ijodiy   ishlov   bergan.
Masalan:   Tiyrani   tutib,   tepalab   Toshsoyga   tashlashga   tayyor   turgan   to‘daning
tarvuzi   Toshsoyga   tushdi;   To‘qlivoyning   tomirlari   tortishdi.   Tarofati   tirishdi.
Tutamlari   tugildi.   Tarvuzi   tushib,   to‘rt   tilimga,   to‘rt   tilimmas,   to‘qqiz   tilimga,
to‘qqizammas,   to‘qson   tilimga   tilimlandi.   Keltirilgan   matnlar   T.To‘raboyevning
“Teorema”   romanida   qo‘llangan   bo‘lib,   “umidi   puchga   chiqib,   bo‘shashmoq”
ma’nosida   ishlatiluvchi   “tarvuzi   qo‘ltig‘idan   tushdi”   (O‘TIFL,   222)
frazeologizmini   yozuvchi   o‘z   ijod   uslubiga   moslashtirib   qo‘llagan.   Roman   “t”
harfli   so‘zlar   asosida  yozilganligi  sababli   frazema  tarkibidagi  “qo‘ltig‘idan”  so‘zi
maqsadli   tejalgan.   Yozuvchi   o‘zbek   kitobxoni   til   xotirasida   mazkur   frazeologizm
to‘lig‘icha turg‘unlashganini  inobatga olib. Ushbu qisqartirishlarni  muvaffaqiyatli
ravishda amalga oshirgan.
Sh.Shomaqsudov  va S.Dolimovning “Qayroqi  so‘zlar” kitobida “osmondan
oyog‘ini uzatib tushganmi?” frazemasi  quyidagicha izohlangan: “Xalq hammadan
ham   takabbur,   gerdaygan,   hech   kimni   mensimaydigan   odamni   yomon   ko‘radi.
Bunday   fe’l-atvor   o‘zini   bilmay,   xalqni   nazar-pisand   qilmaydigan   shaxslarda,
ahmoq, nodon odamlarda mavjud bo‘ladi. Xalq shunday odamlarni yomon ko‘radi.
Ularga nisbatan xalq “oyog‘ini osmondan uzatib tushganmi?” iborasini ishlatadi”.
Yozuvchi   ushbu   frazeologizmning   kitobxon   xotirasidagi   mazmuniga   tayangan
holda,   quyidagi   variantini   yaratgan:   Tepakalni   to‘sib   to‘xtatayotgan   “tomdan
tushgan   tarasha”   tolni   tagida   turganmidi-yu   tepadan   tushdi-mi?!   Jumladagi
“tepadan   tushdimi?”   frazemasi   “oyog‘ini   osmondan   uzatib   tushganmi”
frazeologizmi ma’nosini ifodalamoqda.
61 3.2.  Frazemalashgan  otli  birikmalar
Tilimizdagi   ko‘plab   erkin   so‘z   bog‘lamalari   semantik   maydonida   yuz
berayotgan   evolyusion   o‘zgarishlar   natijasida   yuzaga   keladigan   yangi
frazeologizmlar  uchun  “qurilish  materiali”  vazifasini  bajaradi.  Ya’ni,  ayrim   erkin
so‘z   birikmalari   o‘zining   to‘g‘ri   ma’nosi   bilan   birga   ba’zi-ba’zida   frazeologik
ko‘chma   ma’no   namoyon   etadi.   Mazkur   ko‘chish   natijasida   nafaqat   fe’lli
birikmalar,   balki   otli   birikmalar   ham   shakllanadi.   Masalan,   ko‘zining   oqu   qorasi,
tabiati   tabiatiga   tushadigani,   tabiatlari   tabiatlariga   telba-teskari,   taqdir   toshida
tanho topilma ta’mizi totimli kabilar.
Iboralar   tarkibida   faol   qo‘llanuvchi   ko‘z   leksemasi   ot   so‘z   turkumi   bilan
birikib   ot   frazeologizmlar   shakllanadi.   Ot   frazeologizmlar   asosan   gapga   teng
qurilishli   bo‘ladi:   ko‘zining   oq-u   qorasi,   qo‘z   qorachig‘i,   ochilgan   ko‘zi,   tikkan
ko‘zlar, ko‘z qiri kabilar.
Xalqimiz   tilida   farzand   shunchalik   sevimli,   suyukliki,   uning   inson   tana
a’zosining   qimmatlisi   bo‘lgan   ko‘zning   nuriga,   ko‘zning   qorachig‘iga,   ko‘zning
oq-u qorasiga tenglashtiramiz. Mana shu o‘rinda erkin birikma tarkibidagi so‘zlar
ko‘chma   ma’noda   qo‘llanib   iboraga   aylanadi.   Masalan,   Xalq   so‘zi   gazetasining
2022-   yil   23-   may   sonidagi   maqolalardan   biri   shunday   nomlangan:   Qalb   qo‘ri,
ko‘z nuri, qo‘l sehri nomli maqola Xalq so‘zi gazetasi.
Eng   yaqin   kishi,   ko‘pincha   yolg‘iz   farzandlarga   nisbatan   ko‘zning   oq-u
qorasi   sifati   ishlatiladi.   Inson   ko‘zini   juda   avaylaydi,   uning   oq   va   qora   qismlari
ko‘rish   vazifasini   bajarishga   moslashgani   uchun   ham   doimiy   ravishda
himoyamizda. Himoya, asrash, avaylash ma’nolari bilan birga eng qadrli, suyukli,
qimmatli,   nodir   ma’nolarida   “ko‘zining   oq-u   qorasi”   otli   birikmasi   frazemaga
aylanadi:   Nainki,   bitta   shu   qizi   deb   umrini   o‘tkazsa,   ko‘zimning   oq-u   qorasi   deb
avaylasa..  o‘stirsa-yu, u  yuziga  tik qarasa.   (O‘.Hoshimov,  Qalbingga  quloq sol);
Otamning   ham,   onamning   ham   bitta - yu   bitta   ko‘zining   oq - u   qorasi   men   edim.
(G .Rasul, Adolat). ʻ
Milliy   xarakterga   ega   bo‘lgan   ko‘z   tegmoq,   yomon   suq   kirmoq   iboralari
tilimizda tez-tez qo‘llanadi. Mazkur  iboralarning shakllanishida esa yomon nazar,
62 o‘tkir   nazarga   ega   bo‘lgan   shaxslarning   borligi   va   ularning   nigohi   tushishi
natijasida kimgadir shikast  yoki ziyon yetadi  degan teshuncha  shakllangan.  Erkin
so‘z birikmasi sifatida “yomon ko‘z” bitishuv munosabatidagi otli birikma. Ammo
birikma tarkibidagi so‘zlar ko‘chma ma’no kasb etib frazemalashganda, ular diniy
tushunchalarga   ko‘ra,   “zarar-zahmat,   musibat   keltiruvchi   nazar,   qarash”,   “yomon
buzuq   niyat”   ma’nolarini   beradi:   Lutfiniso   dam   o‘tmasdan   kelib,   goh   “yomon
ko‘zdan   saqlasin”   uchun,   isiriq   tutattirar,   goh   qizini   quchib   yig‘lar   edi   (Oybek,
Tanlangan asarlar). Yana aytaman, faqat ehtiyot bo‘l, yomon ko‘zdan o‘zi asrasin.
(T.Ashurov,   Oq   ot);   O‘z   qadrini   bilgan   xotinga   erkak   kishi   yomon   ko‘z   bilan
qaragani botinolmaydi (A.Qahhor, Xotinlar).
Jo‘ra   Fozil   hikoyalaridan   biri   “Ko‘zimning   oqu   qorasi”   deb   nomlanadi.
Demak,   mazkur   frazemalashgan   ibora   badiiy   asarlarda   ham   katta   ma’noni   o‘z
zimmasiga   olgan   asarlar   nomlanishida   ham   faol   ishtirok   etar   ekan.   Hikoyadan
parcha   keltiramiz:   Chida,   Bo‘ynoqjon,   chida!   Mana,   meni   ko‘r,   bir   umr   shu
xonadonga   bog‘langanman.   Ipsiz,   zanjirsiz.   Hech   qayoqqa   ketolmayman.   Hatto
omonatini topshirishga ham jur’at yo‘q. Axir, mensiz nima qilasizlar? Ko‘zimning
oq - u   qorasi   Saodatginam   qanday   yashaydi?   Bu   yetimchaning   g‘amini   kim
yeydi?!”;   Zanjirband   esa-da,  bechora   Bo‘ynoq  o‘zining   azaliy   vazifasini   sidqidil
ado   etar,   hovlidagi   ikki   mushtiparni   ko‘zining   oqu   qorasidek   asrardi.   Lekin
jonivorning bir qusuri bor edi.
Yurak   somatik   leksemasi   ishtirokida   tilmizda   bir   qancha   ot   iboralar
shakllangan.   Masalan,   yurak   g‘ashi,   yurak   o‘ynashi,   yurak   betlashi   kabi.   Bosh
somatizmi   ot   va   otlashgan   so‘zlar   bilan   birikuvidan   ot   frazeologizmlar
shakllangan:   bosh og‘riq, egilmagan bosh, boshining g‘ovlashi, boshi berk ko‘cha
kabilar.
Sodda   leksemasi   bilan   kishilarning   ijobiy   xarakterlarini   ifodalash   uchun
xizmat   qiladigan   sodda   dil,   sodda   dillik,   sodda   dil   ekanligi,   sodda   kungil,   sodda
ko‘ngil ekanligi  kabi ot frazeologizmlar yaratilgan.
63 Sof   leksemasi   vositasida   ijobiy   ma’no   ifodalovchi   sof   dil,   sof   dillik,   sof
ko‘ngil, sof  yurak,  sof  fikrlovchi   kabi  ot  frazeologizmlar,   sof  ko‘ngilli, yuragi  sof
singari sifat frazeologizmlar yuzaga keltirilgan.
Qattiq leksemasi bilan salbiy ma’noli   bag‘ri qattiq, ko‘ngli qattiq   kabi sifat
frazeologizmlar,   qattiq   ko‘ngil,   qattiq   qo‘l,   qattiq   qo‘llik   kabi   ot   frazeologizmlar
shakllangan.
Ma lumki,   frazeologizmlar   lingvomadaniy   jamoaning   kundalik-empirik,ʼ
tarixiy   yoki   ruhoniy   tajribasini   aks   ettiruvchi   voqelikni   obrazli   tasavvur   etish
asosida   tilda   paydo   bo‘ladi.   Ushbuni   N.I.Tolstoy   lo‘nda   va   obrazli   quyidagicha
tavsiflagan:   frazeologizmlar   “milliy   madaniyat,   psixologiya   va   falsafaning
ko‘zgusi.   Til   va   madaniyatning   o‘zaro   munosabatining   murakkab   tabiatini   FB
misolida yoritish sermahsul hisoblanadi. Birinchidan, salmoqli frazeologik birliklar
milliy-madaniy   o‘ziga   xos   xususiyatlari   bilan   xarakterlanadi.   Ikkinchidan,
frazeologizmlarning   matnlararo   aloqasi   u   yoki   bu   madaniy   kod   sifatida   tilda
jamoaviy   g‘ayrishuuriy   shaklda   saqlanib   turadi   va   bu   til   egalarining   til   va
madaniyatning   o‘zaro   dialogini   ta minlashda   bog‘lovchi   tugun   rolini   o‘ynovchi	
ʼ
madaniy   konnotatsiyada   iz   qoldiradigan   madaniy   mansublikni   o‘zlashtirish
layoqatida   aks   etadi.   Uchinchidan,   frazeologizmlarni   qayta   in ikos   etish   layoqati	
ʼ
madaniy   muhim   imperativlarning   avloddan   avlodga   uzatilishiga   xizmat   qiladi   va
shuning   uchun   ham   individ   ham   yaxlit   bir   millat   sifatida   o‘z-o‘zini   anglash
shakllanishini   ta minlaydi	
ʼ 25
.   Madaniy   belgililikning   asosiy   tamoyili   denotatning
muayyan   xalq,   davlat   yoki   davrga   mansublik   hisoblanadi.   Madaniy   o‘ziga   xos
ma no faqatgina ma lum jamiyat uchun xarakterli va tavsiflovchi hayot tarzinigina	
ʼ ʼ
emas,   qolaversa   tafakkur   obrazini   ham   aks   ettiradi.   Borliqni   idrok   etish   va   aks
ettirish   nuqtai   nazaridan   turg‘un   so‘z   birikmalarining   uch   guruhi
differentsiyalanadi:   a)   o‘zida   olamni   idrok   etishning   umuminsoniy   tajribasini
biriktiruvchi; b) u yoki bu lingvomadaniy jamoaning hayot tarzi bilan bog‘langan
turli  vaziyatlarda  orttirilgan  tajribani   biriktiruvchi;   v)  muayyan  millatning  olamni
idrok   etish   tajribasi,   olamni   milliy   o‘ziga   xos   ko‘rishini   aks   ettiruvchi   so‘z
25
  Телия В.Н.   Фразеология // Теоретические проблемы советского языкознания. - М., Наука, 1968. – С.  10
64 birikmalar.   Birinchi   va   ikkinchi   guruhlar   vaziyatga   nisbatan   borliqni
kontseptuallashtirishga   asoslangan.   Uchinchi   guruhning   lingvistik   ko‘rsatgichi
tajribani boshqa tilga tavsiflashga asoslanadi.
FBlarning madaniy komponentlari ham bir necha guruhga ajratiladi. Birinchi
guruhga   FBlarning   obrazli   asosi   bilan   bog‘lanmaydigan   denotativ-signifikativ
mazmunli madaniy komponentlar kiradi. Ikkinchi guruhga FBlarning obrazli asosi
bilan   metoforik   uzayish   hisobiga   bog‘lanadigan   denotativ-signifikativ   mazmunli
madaniy   komponentlar   kiradi.   Uchinchi   guruhga   ham   frazeologik   ma no   sathidaʼ
ham   ichki   shakl   sathida   qo‘llanadigan   madaniy   komponentlar   kiradi .
Frazeologizmlar tahlilida lingvomadaniy jamoaning olamni idrok etishining o‘ziga
xos  xususiyatlari,   xalq  tajribasi,  tafakkurini  aks   ettiruvchi   frazeologizmlar   milliy-
madaniy   xususiyatlar   aks   etgan   alohida   leksemalarni   ham   o‘z   lug‘aviy   doirasiga
qamrab   olgani   sababli   alohida   ahamiyatga   ega.   Til   va   madaniyaning   o‘zaro
munosabatini   frazeologizmlarning   lisoniy   shakli   va   madaniyatni   tarkib
etuvchilarning mazmunda voqeligida ko‘ramiz.
Masalan,   etnosotsium   tajribasi   asos i da   shakllangan   tili   bir   qarich,   chillada
sug‘orilgan bog‘, qor-osh bilan non, alifni kaltak deyolmaslik  kabilar shakllangan.
Masalan,  alifni kaltak deya olmaslik  iborasi “g‘irt savodsiz bo‘lmoq”, “hech
narsa   bilmaslik”,   “ma’lumoti   yo‘q”   kabi   ma’nolarni   bildiradi.   Uning   tarkibidagi
birinchi komponent alif arab tilidan o‘zlashgani ma’lum. Qolgan komponentlar esa
turkiy   qatlamga   oid.   Sh.Rahmatullayev   lug‘atida   bu   ibora   “alifni   kaltak
deyolmaslik” shaklida  keltirilgan  bo‘lib, uning “alifni  tayoq deyolmaslik”, “alifni
tayoq   demoq”   kabi   variantdoshlari,   “qornini   yorsa   alif   chiqmaydi”   shaklidagi
sinonimi mavjudligi ko‘rsatilgan.
Mazkur   frazeologizm   o‘zbek   tilidagi   shakllangan   va   ona   tilimizda   fikr
almashish   vositasi   bo‘lib   xizmat   qiladi.   O‘TILda   alif   so‘zi   arab   alifbosining
birinchi harfi ekanligi ta’kidlangan. Kaltak esa urish, savalash uchun ishlatiladigan
yog‘ochdir.   Bu   frazemaning   birikmadan   iboraga   o‘tishida   alifning   kaltakka
o‘xshashligi   asos   qilib   olingan.   Ma’lumki,   alif   tayoqcha   shaklidagi   tik
ko‘rinishdagi chiziqlar bilan ifodalanadi. Shuningdek, u arab alifbosining birinchi
65 harfidir.   Bu   harfni   bilmaslik,   anglamaslik,   uning   shaklini   tayoqqa   o‘xshata
olmaslik   g‘irt   savodsizlik   ekanligiga   ishoradir.   Shu   asosda   erkin   birikmadan
obrazli frazema hosil bo‘lgan.
“Yetti   iqlim”   gazetasining   maqolalaridan   biri   “Alifmi   yoki   kaltak”   deb
nomlangan 26
. Bu sarlavha frazemaning qisqargan shaklidir. Maqola tarkibida ham
ibora   qo‘llangan:   Nafaqat   radioboshlovchi,   balki   mening   ham   yelkamdan   tog‘
ag‘darildi.   Maktablarimizda,   ana   shunday,   “alifni   kaltak”   deydigan   o‘quvchilar
borligiga   qattiq   achindim.   “Xo‘p,   bir-ikkita   o‘quvchi   Navoiyni   tanimasa,   osmon
uzilib   yerga   tusharmidi”,   deguvchilar   topilar.   Bu   fikrga   raddiya   tayyor:
ajdodlarini   tanimaydigan,   xalqining   o‘tmishiga   bepisand   qaraydigan   odam
o‘zligini anglashi mumkinmi?
Bugungi kunda mazkur iboraning yangi neologizm shakli qo‘llanadi:  a desa
b demoq . Agar iboralar taqqoslansa uning semantikasi saqlanib qolgani kuzatiladi.
III bob yuzasidan xulosalar
Qayd   etish   lozimki,   o‘zbek   tilidagi   frazeologizmlarning   ko‘pchiligi   kasb-
hunarga   oid   so‘zlar   bilan,   shaxs   psixologiyasi,   inson   tana   a’zolari   nomi   bilan
bog‘liq holda shakllangan. Ba’zi somatik leksemalar yordamida faqat ayrim leksik-
grammatik guruhlarga tegishli frazeologizmlar shakllanganligi ham e’tiborga olish
lozim.   Masalan,   ayrim   somatik   komponentlar   tirnok,   teri,   o‘pka,   bo‘yin,   suyak
ishtirokida   faqat   fe’l   va   ravish   frazeologizmlar   shakllanib,   sifat   va   ot
frazeologizmlar   umuman   shakllanmaydi.   Dalillar   o‘zbek   tilida   ot   frazeologizmlar
kam   shakllanganligini   tasdiqlaydi.   Bu   holat,   nazarimizda,   frazeologizmlarning
nominativlik vazifasidan ko‘ra tasviriylik vazifasi ustun ekanligi bilan asoslanadi.
26
 https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/oila-va-jamiyat/alifmi-yoki-kaltak
66 UMUMIY XULOSA
1.   O‘zbek   tilining   boyib   borishidagi   asosiy   omillardan   biri   iboralar
ma’nosidagi   semantik-uslubiy   siljishlardir.   Til   birligining   turli   sintaktik
qurshovlarda,   turlicha   nutqiy   vaziyatlarda   qo‘llanishi   uning   ma’no   ko‘lami
kengayishiga   asos   bo‘ladi.   Narsa-hodisalar,   tushunchalar   o‘rtasidagi   yaqinlik,
ularning ifodasi bo‘lgan so‘zlarning qo‘llanish doirasini, binobarin, ma’no hajmini
ham   kengaytiradi.   So‘zlarni   keyin   yuzaga   kelgan   ma’nolarda   qo‘llashning
uzuallashuvi, me’yorlashuvi tilning umumiy taraqqiyot qonunlariga mos keladi.
2.   Frazemalashuv   hodisasi   o‘zbek   tili   frazeologik   fondini   boyitish   bilan
birga   tilning   uzluksiz   boyib,   rivojlanib   borishida   alohida   o‘ringa   ega.   U   o‘zbek
tilining oldingi taraqqiyot bosqichlarida ham tushunchani nomlashning o‘ziga xos
ko‘rinishi   sifatida  faol   amal   qilgan   va  tilimizning  hozirgi   taraqqiyot   davrida   ham
ushbu   jarayon   mahsuli   bo‘lgan   birliklar   mavjud.   U   tilning   muntazam   rivojlanish
jarayonida   ishtirok   etganligi   sababli   ham   diaxronik,   ham   sinxronik   aspektda
o‘rganilishi lozim.
3.   Yozuvchi   va   shoirlarimiz   tomonidan   umumtil   frazeologizmlari   qayta
ishlanib,   ijodiy   o‘zlashtiriladi,  ko‘plab  individual   frazeologizmlar   shakllantiriladi.
Natijada   hosil   bo‘lgan   individual-muallif   frazeologizmlari   asarga   o‘zgacha
emosional-ekspressiv  ruh  bag‘ishlashga   xizmat   qilgan.  Ularning  ko‘pchiligi   erkin
so‘z birikmasidan iboraga o‘tgan.
4.   Xalqimizning   ko‘p   asrlik   tajribasi   asosida,   badiiy   asarlarda   qo‘llangan
individual   tarzda   yaratilgan   FBlar   va   frazeologizatsiya   hodisasining   yuz   berish
mexanizmini   o‘rganish   natijasida   bu   jarayonni   uch   bosqichda   yuz   bergani
kuzatildi.   Yozuvchining   frazeologizatsiyaga   yondashuvini   bosqichma-bosqich
(asosan,  uch  bosqichli:   boshlang‘ich, oraliq  va so‘nggi)  qonuniyatlariga  muvofiq,
ya’ni,   birinchi   bosqichda   frazeolashayotgan   birliklar,   ikkinchi   bosqichda
frazeolashgan birliklar, uchinchi bosqichda tub frazeologizmlar yaratiladi.  
5.   Har   bir   yozuvchi   FBlarni   shakllantirishda   badiiylikni   obrazli   tasvirlash
mezoni   asosida   yondashadi.   Asarlarda   personajlarning   ruhiy   holatini,   ichki
kechinmalari,   xarakterini,   o‘zgalarga,   atrof-muhitdagi   hodisalarga   bo‘lgan
67 munosabatlarini   bo‘rttirib,   obrazli   tavsirlash   maqsadida   ko‘plab   somatik   asosli
muallif   frazologizmlari   shakllantirilgan.   Bu   birliklar   har   bir     yozuvchilar
tomonidan   o‘ziga   xos   tarzda   qo‘llaniladi.   Shunga   ko‘ra   har   bir   asardagi
frazeologizmlar   boshqalaridan   ma’no   xususiyatlari   va     uslubiy   bo‘yog‘dorligiga
ko‘ra keskin farqlanadi.
68 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
I. Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik
nashrlar 
1. Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ш.М.Мирзиёевнинг
“Ўзбекистон   Республикасининг   “Давлат   тили   ҳақида”ги   Қонуни   қабул
қилинганининг   ўттиз   йиллигини   кенг   нишонлаш   тўғрисида”ги   ПҚ-4479-сон
Қарори.
2. Ўзбекистон Республикасининг   1995 йил 21 декабрда янги таҳрирда
қабул қилинган  “ Давлат тили ҳақида ” ги  Қонуни.
3. “Лотин   ёзувига   асосланган   ўзбек   алифбосини   жорий   этиш
тўғрисида” Ўзбекистон Республикаси Қонуни. 2003 йил 2 сентябрь.
4. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 17-февралдаги
ПҚ-2789   сонли   Фанлар   академияси   фаолияти,   илмий   тадқиқот   ишларини
ташкил   этиш,   бошқариш   ва   молиялаштиришни   янада   такомиллаштириш
чора-тадбирлари тўғрисидаги Қарори.
II. Monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy to‘plamlar
5. Акобиров   С.   Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғатида   қўшма   сўзлар   //
Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1965. №5. – Б.35 -38; 
6. Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi.
O‘quv qo‘llanma. – Samarqand, 1999. – 146 b.
7.   Бафоев Б.  Кўҳна сўзлар тарихи. – Тошкент: Фан, 1991. – 152 б.
8. Виноградов В.В. Стилистика. Теория поэтической речи. Поэтика. –
М., 1963. – С.6.
9.   Гайгер   Р.М.   Деминутивлар   лексемалашуви   масаласига   доир   //
Вопросы   структуры   и   функционирования   русского   языка.   –   Томск,   1984.
Вып.5. – С. 3 14. 
10.   Гюлумянц   К.М.   Эволюция   семантики   некоторых   устойчивых
сочетаний   польского   языка   /   Материалы   всесоюзной   конференции   по
общему   языкознанию   « Основные   проблемы   эволюции   языка».   Часть   II.   –
Самарканд: Фан, 1966. – С.239-242.
69 11. Даниленко В.П. К соотношению научной и языковой картин мира //
http://www.islu.ru/danilenko/ articles/sootnoshenij ...
12. Есперсен О. Философия грамматики. – М.,1958.
13.   Иброҳимов   С.,   Бегматов   Э.,   Аҳмедов   А.   Ўзбек   тилининг   имло
луғати. – Тошкент, 1976. – 632 б.
14.   Йўлдошев   Б.   Фразеология   тарихидан   лавҳалар.   –   Самарқанд:
Суғдиёна, 1998. – 110 б.
15.   Каримова   Г.   Грамматикалашиш   ҳодисасига   доир   //   Ўзбек   тили   ва
адабиёти. – Тошкент, 2002. -№4. – Б.74-75.
16. Каримов   С.А.   Зулфиянинг   фразеологизмларни   қўллашдаги
маҳорати   //   Ўзбек   тили   стилистикасидан   кузатишлар.   –   Самарқанд:   СамДУ
нашри, 1983. 6 б.
17. Каримов   С.А.   Абдуллаева   М.Фраземалар   таркибида
боғловчиларнинг иштироки ҳақида // Истиқлол ва тилшунослик муаммолари.
Проф.   Б.Ўринбоевнинг   70   йиллигига   бағишланган   илмий-назарий
конференция   материаллари.   –   Самарқанд:   СамДУ   нашри,   2006,   103-107-
бетлар. (Ҳаммуаллиф).
18. Каримов   С.А.,   Рашидова   У.   Ўзбек   тилидаги   айрим   соматик
фраземаларнинг   услубий   бўёқдорлиги.   “Таълимда   филологияни
ривожлантиришнинг глобал масалалари” мавзусидаги халқаро илмий-амалий
анжумани   материаллари   (Жиззах,   2021   йил   3   май,   Ўзбекистон).   -   Жиззах.
2021. -Б.59-62.
19. Кенесбаев   С.К.   Қос   создердiң   кейбiр   жасалу   жолдары   /   « Ученные
записки КазГУ», т. 11. – Алма-Ата, 1946
20. Ким И.Т. Лексикализация нутқ ҳодисаси сифатида // Ўзбек тили ва
адабиёти. – Тошкент, 2005. -№2. – Б.102.
21.  Кононов А.Н. Грамматика современного узбекского литературного
языка. – М.Л., 1960. – 446 с.
22.   Конявская   С.В.   Ўзбек   тили   грамматикаси.   –   Тошкент,   1977.   –
Б.432.
70 23.   Кузнецова   А.И.   Лексикализация   грамматических   явлений.
Спецкурс .  http://www. philol.msu.ru/rus/kaf/otipl/ stud/sc98 .
24. Мадалиев   Б .   Ҳозирги   ўзбек   тилида   қўшма   сўзлар . –   Тошкент :   Фан ,
1966. – 182  б .
25.   Маматов   А.Э.   Ҳозирги   замон   ўзбек   адабий   тилида   лексик   ва
фразеологик норма муаммолари. – Тошкент, 1991. – 274 б.
26.  Маматов Н. Қўшма сўзлар қўшиб ёзилади // Ўқитувчилар газетаси.
1981 йил 23 сентябрь;
27.  Маматов Н. Ўзбек тилида қўшма сўзлар. – Тошкент, 1982;
28.  Маматов А. Этимологик кузатишлар. – Тошкент, 2013. – 123 б.
29.  Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси.
– Тошкент, 1995. – 232 б.
30.   Маҳмудов   Н.,   Одилов   Ё.   Сўз   маъно   тараққиётида   зиддият.   –
Тошкент:  Akademnashr , 2014, – 284 б.
31. Миртожиев   М.   Ўзбек   тили   лексикологияси   ва   лексикографияси.   –
Тошкент: ЎзМУ, 2000. – 80 б.
32. Неъматов Ҳ., Бозоров О.   Тил ва нутқ. – Тошкент: Ўқитувчи, 1993. –
32 б.
33.   Неъматов   Ҳ.,   Расулов   Р.   Ўзбек   тили   систем   лексикологияси
асослари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. – 128 б.
34.   Неъматов   Ҳ.   Сўз   ясаш   қолипи,   ясалган   ва   ясама   сўз   хусусида   //
Ўзбек тили ва адабиёти. – Т.,  2007. – № 1. – Б.16.
35.   Новиков   А.А.   Лексикализация   форм   числа   существительных   в
русском   языке   //   Научные   доклады   высшей   школы.   Филологические   науки,
1963. I. – С.31-41.
36.   Нурмонов А.,   Маҳмудов Н.   Ўзбек тили сўз ясалишига бир назар //
Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1987. -№3. – Б.36-38.
37.   Нурмонов   А.   Айюб   Ғуломовнинг   морфемик   қарашлари   /
Тилшуносликнинг долзарб масалалари. VI китоб. Илмий мақолалар тўплами.
– Тошкент: Академ нашр, 2012. – Б. 52-56.
71 38.   Основные   проблемы   эволюции   языка,   часть   II.   //   Материалы
всесоюзной конференции по общему языкознанию. – Самарканд, 1966. – 514
с.
39.   Пинхасов   Я.Д.   Ўзбек   тили   фразеологиясининг   баъзи   бир
масалаларига доир // Фразеология масалалари, СамДУ асарлари, янги серия,
106-чиқиши. – Самарқанд, 1961.
40.   Покровская   Л.А.   Термины   родства   в   тюркских   языках   //
Историческое развитие лексики тюркских языков. – М., 1961. С. 11-81.
41.  Раҳматуллаев Ш. Нутқимиз кўрки. – Тошкент, 1970. – 59 б.
42.  Саломов Ғ.  Тил ва таржима. – Тошкент: Фан, 1966.
43.   Севортян   Э.В.   Соотношение   грамматики   и   лексики   в   тюркских
языках // Вопросы узбекского языкознания. – Ташкент, 1953. – С. 60-81.
44.   Соболева   П.А.   Лексикализация   множественного   числа   и
словообразование // Лингвистика и поэтика. – М., 1979. – С. 47-85.
45.  Соссюр де Ф. Труды по языкознанию / Курс общей лингвистики. –
М.: Прогресс, 1977. – С.157.
46.   Суник О.П. Общая теория частей речи. – М.Л.: Наука, 1966. – 132
с.
47.   Татаринцев Б.И. Смысловые связи и отношения слов в тувинском
языке. – М.: Наука, 1987. – 200 с.
48.  Тарихий сўз ясалишининг назарий масалалари. – Б.289-290.
49.   Тимофеев   К.А.   Сўз   ясалишида   вариантлилик   (ўзак   морфемалар
вариантлилиги / Вариативные отношения в лексике. – Новосибирск, 1986. –
С. 3-13.
50.  Тожиев. Ё.Ўзбек тилида қўшма сўзларнинг ясалишига доир / ЎзМУ
илмий ишлар тўплами. -  Тошкент, 2011. – Б.11-14.
51.   Тожиев   Ё.     Яна   сўз,   лексема,   сўзшакл,   морфема   ҳақида   //   Ўзбек
тили ва адабиёти.  – Т., 2008. – № 6. – Б. 43-50.
52.  Усмонов К. Тарихий ўзак масаласи. – Т.: Ўқитувчи, 1994. – Б.14-42.
72 53.   Усмонов   С.   Ўзбек   тилида   сўзнинг   морфологик   тузилиши.   –   Т.,
1964. – Б. 16-65.
54.  Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий
тили.   Олий   ўқув   юртлари   филология   факультетлари   талабалари   учун
дарслик.   Қайта   ишланган   ва   тўлдирилган   учинчи   нашри.   –   Тошкент:
Ўқитувчи, 1992. – 400 б.
55.   Фозилов   Э.   Ўзбек   тилининг   тарихий   морфологияси.   –   Тошкент,
1964. – 144 б. 
56.   Элтазаров   Ж.   Грамматикализация   ҳодисаси   //   Ўзбек   тили   ва
адабиёти, 1992, 5-6-сон. 61-67-бетлар.
57.  Элтазаров Ж.  Фразеологик бирликларнинг лексемалашуви ҳақида  //
Актуальные   проблемы   фразеологии.   Материалы   республиканской
конференции. – Самарканд, 1995. 82-83-бетлар.
58.   Шанский Н.М.   Лексикология современного русского языка.               –
М.: Просвещение, 1964. 
59.  Шукуров Ж.Ш. Кыргыз тилиндеги татаал сөздер. – Фрунзе, 1955; 
60.   Ўзбек   тили   грамматикаси.   I   том.   Морфология.   –   Тошкент:   Фан,
1975. – 612 б.
61.   Қўнғуров   Р.   Субъектив   баҳо   формаларининг   семантик   ва
стилистик хусусиятлари. – Тошкент: Фан, 1980. – Б.117-138.
62.  Қўнғуров Р.   Ўзбек тилида тасвирий сўзлар. – Тошкент: Фан, 1966.
– 154 б.
63.   Қўнғуров   Р.   Ўзбек   тилида   ўзгармайдиган   сўзлар.   I,   II   қисмлар.   –
Самарқанд, 1978, 1980.
64.   Қўчқортоев   И.,   Низомхонов   Х.   Бадиий   асарнинг   текстуал
вариантлари   лингвостилисик   тадқиқот   объектларидан   бири   //   Ўзбек   тили   ва
адабиёти, 1983. 6-сон, 15-19-б.
65.   Ғуломов   А.   Cўз   ясалиши   //   Ўзбек   тили   грамматикаси,   I   том.   –
Тошкент: Фан, 1975. 7-52-бетлар.
73 66.   Ғуломов   А.Ғ.   Ўзбек   тилида   келишиклар   //   Фанлар   академияси
Ўзбекистон филиалининг асарлари. Серия 2, китоб 2.   – Тошкент, 1941. 3-85-
бетлар.
67.  Ғуломов А. Ҳозирги замон ўзбек тилида қўшма сўзларнинг имлоси
ҳақида   (рус   тилида)   /   «Ученные   записки   ТашГПИ»   им.   Низами.
Фиологический сборник, вып. 2. – Ташкент, 1954;
68.   Ғуломов   А.Ғ.   Ўзбек   тили   морфологиясига   кириш.   –   Т.,   ЎзФА
нашри, 1953. – Б.15-28.
69.   Ҳамдамов   Ж.   Ўзбек   тили   тарихи.   Иккинчи   қисм.   Тарихий
морфология. Биринчи бўлим. – Самарқанд, 2003. – 180 б.
70.   Ҳожиев   А.   Ўзбек   тилида   қўшма,   жуфт   ва   такрорий   сўзлар.   –
Тошкент: Фан, 1963. – 145 б.
71.   Ҳожиев А. Сўз  ясаш усуллари //  Ўзбек  тили ва адабиёти,  1975. 4-
сон. 43-48-бетлар.
72.  Ҳожиев А. Сўзнинг морфологик ва сўз ясалиш структураси // Ўзбек
тили ва адабиёти, 1976. 3-сон. 29-33-бетлар.
73.   Ҳожиев А. Совет  даврида  ўзбек адабий  тилининг тараққиёти.  Т.3.
Сўз ясалиши ва лексика. – Тошкент: Фан, 1991. – 188 б.
74.  Ҳожиев А. Ҳозирги ўзбек тилида форма ясалиши. – Тошкент, 1979.
– 80 б.
75.  Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши. – Тошкент, 1989. – 112 б.
76.   Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши тизими. – Тошкент: Ўқитувчи,
2007.
77.  Холмухамедов Б. Ўзбек тилида лексемалашув. – Самарқанд, 2021. –
158 б.
III. Foydalanilgan boshqa adabiyotlar: dissertatsiya va avtoreferatlar 
78.   Адилов   М.И.   Сложные   слова   в   азербайджанском   языке.
Автореф.дисс...канд.филол.наук. – М., 1958.
79.  Асадов Т. Сўз туркумлари тизимида равиш: Филол.фан.ном...дисс.
– Тошкент, 2009.
74 80.   Бердыев   Р.   Сложные   слова   в   туркменском   языке.
Автореф.дисс...канд.филол.наук. – М., 1955;
81.   Гулямов   А.   Проблемы   исторического   словообразования
узбекского языка: Автореф.дисс. ... д-ра филол.наук.. – Т., 1955. – С.3-50. 
82.   Йўлдошев   Б.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тилида   фразеологик
бирликларнинг   функционал-услубий   хусусиятлари:   Филол.фан.д-ри   …дисс.
автореф. – Тошкент, 1994. – 47 б.
83.   Кунгуров   Р.   Изобразительные   слова   в   современном   узбекском
языке: Автореф.дисc… канд.филол.наук. – Ташкент, 1962. – 25 с.
84.   Маматов   А.   Ўзбек   тили   фразеологизмларининг   шаклланиши
масалалари: Филол.фан.д-ри …дисс.автореф. – Тошкент, 1994. – 56 б.
85.   Мадалиев   Б.   Сложные   слова   в   современном   узбекском   языке:
Автореф.дисс.канд.филол.наук. – Ташкент, 1956
86.   Мирзақулов   Т.   Ўзбек   тили   морфем   парадигматикаси   ва
синтагматикаси   масалалари:   Филол.фан.д-ри   …дисс.автореф.   –   Тошкент,
1994. – Б.42.
87.   Михалева Е.В. Явление лексикализации внутренней формы слова:
дисс.канд.филол.наук. Томск, 1994. – 274 с.
88.   Сайфуллин   Ч.Г.   Устойчивые   словосочетания   в   современном
уйгурском языке: Автореф.дисс...канд.филол.наук. – СПб, 1953;
89.   Топорова   Е.Н.   Лексическая   мотивированность   в   говорах   Русского
Севера: Дисс…канд.филол.наук. – Екатеринбург, 2001. – 192 с.
90.     Шемаева   Е.В.   Когнитивные   основы   лексикализации   форм
множественного числа имени существительного (на материале английского и
русского языков). дисс.канд.филол.наук. – Белгород, 2014. – 162 с.
91.   Шодиев   Ф.Т.   Ҳозирги   ўзбек   тилида   бир   бўғинли   сўзларнинг
структур-семантик талқини ва деривацион хусусиятлари: Филол. Фан. номз...
дисс. автореф. – Т., 2008. – 24 б.
75 92.   Яковлева   Е.Б.   Просодия   атрибутивной   синтагматики   в
современном   англиском   языке:   Автореф   дисс.канд.филол.наук.   –   Москва,
1976. – 23 с.
93.   Хайруллаев   Х.З.   Тил   ва   нутқ   бирликларининг   иерархик
муносабат лар и: филол фан д-ри. дисс. автореф. – Тошкент, 2018. – 76 б.
IV . Lug‘atlar
94.   Ахманова   О.С.   Словарь   лингвистических   терминов.   –   М.:
Советская энциклопедия, 1969. – 608 с.
95.   Кошғарий   Маҳмуд.   Девону   луғотит   турк.   Таржимон   ва   нашрга
тайёрловчи С.М.Муталлибов.   Уч томлик.   I том. – Тошкент: Фан, 1960. – 499
б.; II том. – Тошкент: Фан, 1961.– 421 б.; III том. – Тошкент: Фан, 1963.– 457 
96.   Лингвистический   энциклопедический   словарь.   –   М.:   Советская
энциклопедия, 1990. – 682 с.
97. Марузо Ж.  Словарь лингвистических терминов. – М.: Изд-во иност.
лит-ры, 1960. – 436 с.
98. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати.        –
Тошкент: Ўқитувчи, 1978. – 408 б.
99. Раҳматуллаев Ш., Қодиров М.   Ўзбек тилининг қисқача этимологик
луғати. Иккинчи қисм. – Тошкент, 1998. – 108 б.
100. Раҳматуллаев   Ш.,   Қодиров   М.   Ўзбек   тилининг   қисқача
этимологик луғати. Учинчи қисм. – Тошкент, 1999. – 144 б.
101.   Раҳматуллаев   Ш.   Ўзбек   тилининг   қисқача   этимологик   луғати.
Тўртинчи қисм. – Тошкент, 1999. – 144 б.
102. Раҳматуллаев   Ш.   Ўзбек   тилининг   этимологик   луғати   (Туркий
сўзлар). – Тошкент: Университет, 2000. – 600 б.
103. Раҳматуллаев   Ш.   Ўзбек   тилининг   этимологик   луғати.   Иккинчи
қисм. – Тошкент: Университет, 2003. – 591 б.
104.  Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки томлик. – М.: Русский язык,
1981. I том. – 631 б.; II том – 717 б.
76 105. Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати.   5   жилдли.   А.Мадвалиев   таҳрири
остида. I жилд. – Тошкент: ЎзМЭ, 2006. – 680 б.
106. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. II жилд. – Тошкент: ЎзМЭ, 2006.
– 671 б.
107. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. III жилд.– Тошкент: ЎзМЭ, 2007.
– 687 б.
108. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. IV жилд.– Тошкент: ЎзМЭ, 2007.
– 641 б.
109. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. V жилд. – Тошкент: ЎзМЭ, 2008.
– 591 б.
110.   Қўнғуров   Р.,   Тихонов   А.   Ўзбек   тилининг   чаппа   луғати.   –
Самарқанд, 1968. – 240 б.
111. Ғуломов А., Тихонов А., Қўнғуров Р. Ўзбек тили морфем луғати.
– Тошкент: Ўқитувчи, 1977. – 464 б.
112.   Ғуломов   А.   Ўзбек   тили   морфем   луғати.   -   Т.,   Ўқитувчи   1977.   –
Б.3-14.
113. Ғуломов   А.,   Алиқулов   Т.   Ўзбек   тили   омонимларининг   изоҳли
луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1984.
114. Ҳожиев А.,  Раҳматуллаев  Ш.  Қўшма  сўзлар  имлоси  ва луғати.  –
Тошкент: Ўқувпеднашр, 1961. – 215 б.
115. Ҳожиев   А.   Тилшунослик   терминларининг   изоҳли   луғати.   –
Тошкент: Ўзбекистон Миллий энцеклопедияси, 2002. – 168 б.
116. Panasenko   E . D .,   Umarov   E . A .   O ‘ zbek   tilining   imlo   lug ‘ ati .   –
Toshkent :  Iqtisodiyot   va   huquq   dunyosi , 1998. – 192  b .
117. Ўзбек   тилининг   морфем   луғати.   –   Тошкент:   Ўқитувчи,   1977.   –
Б.442.
77

O‘ZBEK TILIDA FRAZEMALASHUV MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………………… ………… 3 I BOB. O‘ZBEK TILIDA FRAZEMA VA UNING TADQIQI ……. 6 1.1.O‘zbek frazeologiyasi taraqqiyoti …………………………………… 6 1.2.O‘zbek tilida frazema va unga yondosh hodisalar ………………… .. 9 Bob bo‘yicha xulosalar…………………………………………………… 27 II BOB. TILDA FRAZEMALASHUV HODISASI VA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI …………………………………………………………….. 28 2.1. Frazemalashuv va uning mohiyati ………………………………….. 28 2.2. Frazemalashuvning til va nutqqa munosabati ……………………… 34 2. 3 . So‘z birikmasining frazemalashuvi ………………………………… 40 2.4. Qiyosiy konstruksiyalarning frazeologizatsiyasi …………………… 45 Bob bo‘yicha xulosalar…………………………………………………… 55 III BOB. FRAZEMALASHGAN BIRLIKLARNING MORFEM- GRAMMATIK JIHATLARI ………………………………………………… 56 3.1. Frazemalashgan fe’lli birikmalar …………………………………… 56 3.2. Frazemalashgan otli birikmalar ……………………………………. 63 Bob bo‘yicha xulosalar…………………………………………………… 67 Umumiy xulosalar …………………………………………………..….. 68 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………………………. 70 1

KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Til umumbashariy qadriyat, insoniyatga ato etilgan ulug‘ ne mat. Chunki tildaʼ unda so‘zlashuvchi xalqning taqdiri, yashash tarzi, ma naviy boyligi, millatning ʼ saviyasi, ruhiyati aks etadi. Frazeologizmlar ham xalq tilida faol qo‘llanuvchi birliklar hisoblanadi, ularda xalq hayotining ajralmas qismi bo‘lgan turmush tarziga oid barcha tushunchalar o‘zining yorqin ifodasini topadi. Mustaqillikdan keyingi yillarda tilning leksik qatlami , asosan , sistem yondashuv yo‘nalishida o‘rganildi. O‘zbek tilshunosligida frazeologik birliklarning semantik, stilistik xususiyatlari Sh.Rahmatulla y ev, А.Ho j iyev, B.Yo‘ldoshev, А.Mamatov, А.Rafi y ev kabi olimlar tomonidan jiddiy o‘rganildi. Shuningdek, frazeologizmlarning shakllanishi, komponent tarkibi, ularning shaklan va mazmunan tarkib topishidagi ayrim qonuniyatlarni tadqiq etish muhimdir. Frazeologizmlar leksik-semantik, funksional-uslubiy va semantik vazifalarni bajarishiga ko‘ra murakkabdir. Bu jihatdan ular ikkinchi til birligi sifatida semantik hodisa ko‘rinishi da namoyon bo‘ladi. Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida frazeologik birliklarni o‘rganishda jiddiy yutuqlarga erishildi. Shuningdek, frazeologiyaga aylanayotgan birliklarning milliy-psixologik va etnomadaniy aspektlarini tadqiq etish o‘zbek tilshunosligining muhim vazifalaridan biriga aylandi. Zero, Prezidentimiz tomonidan «ona tilimizning boyligini, unga hurmat va muhabbatimizni tilimizni dunyoga tarannum etish bilan ko‘rsatishimiz kerak» 1 ligi alohida ta kidlangani bejizga emas. ʼ Frazeologiyaning predmeti frazeologik birliklarning kategorik belgilarini o‘rganish bo‘lib, ular asosida frazeologik birliklarning asosiy belgilari aniqlanadi va frazeologik birliklar tilning maxsus birliklari sifatida mohiyati haqidagi masala hal qilinadi. S huningdek, frazeologik birliklarning nutqda ishlash qonuniyatlari va ularning shakllanish jarayonlarini aniqlash ham muhim. O‘zbek tilida frazeolog ik 1 //https://www.xabar.uz/jamiyat/shavkat-mirziyoyev-o‘zbek-tilining-xalqaro-nufuzini (December, 2017) 2

birliklarning shakllanishi, nutqda qo‘llanishiga doir bir qancha t adqiqot lar, ilmiy ishlar yaratilgan. Shunga qaramay, frazemalashuv hodisasiga bag‘ishlangan yirik tadqiqotlar nisbatan kam. Hodisaga t urli olimlar tomonidan taklif qilingan ta’riflar bir-biridan shunchalik farq qiladiki, biz biron bir sababga ko‘ra tadqiqot mavzusi bo‘yicha turli xil, ko‘pincha qarama-qarshi, hatto bir-birini inkor etuvchi qarashlar haqida gapirishimiz mumkin. Shu sababdan ham o‘rganilayotgan mavzu har jihatdan dolzarblik kasb etad i. Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti o‘zbek tilshunosligida frazemalashuv hodisasining mohiyatini asoslash jarayoni. Tadqiqot predmeti esa frazemalashuv hodisasining yuzaga chiqish qonuniyatlarini o‘rganish. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqotimiz maqsadi o‘zbek tilshunosligida frazemalashuv hodisasining ahamiyatini asoslashdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar qo‘yilgan:  f razemalashuv va uning mohiyati masalasini tahlil qilish;  f razemalashuvning til va nutqqa munosabati ni aniqlash;  t ilda frazemalashuv hodisasi va unga yondosh hodisalarni o‘rganish;  f razemalashgan birliklarning morfem-grammatik jihatlari ni badiiy asardan olingan misollar asosida tahlil qilish. Tadqiqotning yangiligi. – f razemalashuv va uning mohiyati masalasi tahlil qilingan; – f razemalashuvning til va nutqqa munosabati ni aniqlangan; – t ilda frazemalashuv hodisasi va uning o‘ziga xos jihatlari ni asoslangan; – f razemalashgan birliklarning morfem-grammatik jihatlari ni badiiy asardan olingan misollar asosida tahlil qilingan. T adqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi . Frazeologiya mustaqil lingvistik fan sifatida 40- yillarda vujudga kelgan. A.A.Potebnya, I.I.Sreznevskiy, A.A.Shaxmatov va F.F.Fortunatovlarning asarlarida dastlabki frazeologik nazariya qonuniyatlari o‘z ifodasini topgan. Frazeologiya sohasi rivojida fransuz tilshunosi Sh.Ballining (1865-1947) xizmatlari katta. G arbiy Yevropa va Amerikaʻ tilshunosligida frazeologiya tilshunoslikning alohida bo limi sifatida ajratilmagan. ʻ 3

Tilshunoslikning maxsus bo‘limi – frazeologiyada so‘zlarning turg‘un birikmalarini o‘rganish masalasi o‘quv adabiyotlarida (E.D.Polivanov, S.I.Abakumov, L.A.Bulaxovskiy asarlarida) 20-40- yillarda qo‘yilgan. 50- yillarga kelib so z va so z birikmasi bilan frazeologik birliklarning o xshash va farqliʻ ʻ ʻ tomonlari masalalariga asosiy e tibor berildi; frazeologiya muammosi, asosan, ʼ frazeologizm mezonlarini oydinlashtirish va frazeologik birliklarni tasniflash asoslarini yoritib berish bilan chegaralangan edi. 50- yillarning oxiridan boshlab frazeologiya muammolariga tizimli yondashish tendentsiyasi kuzatildi, frazeologik birliklarni tilning tarkibiy birliklari sifatida tavsiflash masalalari ishlab chiqildi (A.I.Smirnitskiy, O.S.Axmanova). 60-70- yillar frazeologiyaning rivojlanishida til faktlarini tizimli darajada tahlil qilish g‘oyalari ta’sir ko‘rsatdi. V.L.Arxangelskiy, N.N.Amosova, V.P.Jukov, A.V.Kunin, M.T.Tagiyevlar frazeologik tarkibning hosil bo‘lish usullarini o‘rganishdi. I.I.Chernisheva, N.M.Shanskiy, V.N.Mokienko, F.N.Popov, A.I.Fedorovlar esa va frazeologik birlik shallanishi, yasalishi haqida uning tilda taraqqiy etishi masalalari bilan shug‘ullanishdi. Keyingi yillarda frazeologik birliklarning semantikasi va uning nominativ jihati (V.N.Teliya), dinamikasidagi frazema yasalishi (S.G.Gavrin, Yu.A.Gvozdarev), so‘z komponentlarining birikish belgilari (M.M.Kopylenko, Z.D.Popov) qiyosiy- tipologik jihatdan o‘rganildi. T adqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi . Mavzu yuzasidan misollar to‘plashda adabiyotlarni o‘rganish, grammatik tahlil, leksik tahlil, qiyosiy tahlil, umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Dissertatsiya natijalarining ilmiy ahamiyati mavzu doirasidagi izlanishlar natijasida frazemalashuv hodisasi mohiyatini yoritilganligi izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati esa “Matn lingvistikasi”, “Frazeologizlarning shakllanishi va taraqqiyoti”, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanlarini mazmunini takomillashtirishda samarali foydalanish mumkin. Dissertatsiya ishining tuzilishi. Tadqiqot ish i kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning hajmi 78 bet. 4

I BOB. O‘ZBEK TILIDA FRAZEMA VA UNING TADQIQI 1.1. O‘zbek frazeologiyasi taraqqiyoti Leksikologiyada turg‘un so‘z birikmalari frazeologizmlar, ularni o‘rganuvchi fan frazeologiya deb nomlanadi. Frazeologiya o‘tgan asrning birinchi yarmidan boshlab o‘zbek tilshunoslari (Sh.Rahmatullayev, H.Berdiyorov, E.Umarov, А.Mamatov, B.Yo‘ldoshev kabilar) tomonidan struktur, semantik, grammatik, uslubiy, sintaktik va funktsional kabi aspektlari atroflicha keng o‘rganildi. Yevropa va Аmerika davlatlarida frazeologiyaning turli aspektlariga qiziqish orta boshladi va 1999- yil Yevropa frazeologiya jamiyati (EUROPHRAS) ga asos solindi. Tilshunoslikda frazeologiya doirasi tor va keng tushuniladi. Frazeologiya obyekti sanalgan frazeologik birliklar (FB) muayyan til egalarining yuksak tafakkuri natijasida yuzaga kelgan birliklardir. U lar zakovat egalarining lisoniy mushohada mahsuli bo‘lib, unda xalq donoligi muja ss amlashgan. Bu birliklar tilimizda ko‘p asrlar davomida yuz bergan ijtimoy- tarixiy voqeliklar, turmush tajribalarini insonlar tomonidan obrazli tarzda aks ettirish ehtiyoji natijasida yuzaga kelgan. O‘tgan asr frazeologiya sohasini o‘rganish bo‘yicha o‘zbek tilshunosligining “oltin davri” bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmas. Tilshunosligimizda bu borada ko‘plab dissertatsiyalar himoya qilindi, ilmiy monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari nashr qilindi, maqolalar e lon qilindi, frazeologik lug‘atlar yaratildi. Аytishʼ mumkinki, XX asr o‘zbek tilshunosligida frazeologizmlarning til xususiyatlari, ya ni tuzilishi, semantik-pragmatik, funksional-uslubiy jihatlari ancha mukammal ʼ o‘rganilgan bo‘lsa-da, hali soha bilan bog‘liq hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar mavjud edi. Аna shunday muammolardan birini А.Mamatov quyidagicha ko‘rsatadi: “Bu frazeologik shakllanish (frazoobrazovaniya) masalalaridir. Frazeologik shakllanish til unsurlarining, xususan, ikki yoki undan ortiq so‘zlarning o‘zaro uyushib, yangi til birligini yuzaga keltirish jarayonidir”. 2 2 Маматов А. Лексик интеграция асосида фразеологизмларнинг шаклланиши // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1999. №6. 29-33 бетлар . 5