BAHODIR QOBULNING “ENA SHAMOL” QISSASI TILINING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATI
BAHODIR QOBULNING “ENA SHAMOL” QISSASI TILINING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATI MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………….3-5 I BOB. BAHODIR QOBUL QISSALARIDA SO‘Z KO‘CHMA MA’NOSINING LINGVOPOETIK IMKONIYATLARI………………6-21 1.1. Yozuvchining metafora va metonimiyalardan foydalanish mahorati……………………………………………………………………..6-14 1.1.1 Ot-metaforalar………………………………………………………..6-10 1.1.2 Sifat metaforalar……………………………………………………...10-14 1.2. Yozuvchining metonimiyalardan foydalanish mahorati……………..14-16 1.3. Yozuvchining sinekdohalardan foydalanish mahorati……………….16-19 Birinchi bob bo‘yicha xulosalar……………………………………...19-21 II BOB. BAHODIR QOBULNING “ENA SHAMOL” QISSASIDA CHEGARALANGAN LEKSIKANING LINGVOPOETIK IMKONIYATLARI………………………………………………………...22-52 2.1. Yozuvchining eskirgan so‘zlardan foydalanish mahorati……………….22-23 2.1.1. Tarixiy so‘zlar………………………………………………………....23-26 2.1.2 Arxaizmlar……………………………………………………………...26-28 2.2. Yozuvchining noadabiy qatlamga oid leksik birliklardan foydalanish mahorati………………………………………………………………………28-51 2.2. 1. Dialektizmlar………………………………………………………….28-39 2.2.2. Etnografik so‘zlar………………………………………………….......39-41 2.2.3. Og‘zaki nutqqa oid so‘z va iboralar……………………………….......41-45 2.2.4. Vulgarizm va varvarizmlar…………………………… ………….......45-51 Ikkinchi bob bo ‘ yicha xulosalar............................................................51-52 III BOB. BAHODIR QOBULNING SEMANTIK-STILISTIK VOSITALARDAN FOYDALANISH MAHORATI. ASAR TILIGA DISKURSIV YONDASHUV ……………………………………………...53-66 3.1 O‘xshatish………………………………………………………………..53-56 3.2. Jonlantirish………………………………………………………………56-57 3.4. Badiiy takror va kinoya………………………………………………….57-59 3.5. Asardagi personajlar muloqotida kommunikativ vaziyatni yuzaga keltiruvchi birliklar. Diskursiv yondoshuv………………………………….59-65 Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar………………………………………..65-66 XULOSA ……………………………………………………………………67-69 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ……………………69-73 0
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: XX -asr o‘zbek adabiy tilining umummilliy adabiy til darajasiga ko‘tarilishi va rivojlanishida o‘ziga xos davr bo‘ldi. O‘zbek milliy ongi, tafakkuri, dunyoqarashi, adabiy tili, adabiyoti va madaniyatining shakllanishi va taraqqiy etishida badiiy adabiyot tili eng boy manba bo‘lib hizmat qiladi. Adabiy tilning badiiy mukammallika, milliy xarakterlar yaratishdagi o‘ziga xoslikka erishishida so‘z san’atkorlarining mashaqqatli xizmaatlarini alohida ta’kidlash lozim. Shu boisdan ularning asarlari tili va uslubini lingvistik jihatdan o‘rganish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda “Bahodir Qobulning “Ena shamol” qissasi tilining semantik-stilistik xususiyati” mavzusi dolzarb va o‘rganish uchun muhim obyekt sanaladi. Tadqiqot ob y ekti: . Bahodir Qobilning “Ena shamol” to‘plamidagi “Ena shamol”, “Oqdala”, “O‘spirinlik” qissalari. (qo‘shimcha manba yozuvchining “Otachiroq” to‘plamidan “Otachiroq” hikoyasi) Tadqiqot predmeti: Qissadaning semantik-stilistik jihatlari talqini. Mazkurdagi so‘z ko‘chma ma’nolarining hamda chegaralangan leksikaning talqini. diskursiv qarashlar izohi. Tadqiqot ishining maqsadi: - Mavzuga doir o‘quv adabiyotlari bilan tanishib chiqish jarayonida yangidan-yangi ilmiy xulosalar chiqarish; - Bahodir Qobulga xos lingvistik mahoratni belgilashda yozuvchining “Ena shamol” qissasi tilining badiiyatini ta’minlovchi leksik-stilistik vositalarni lingvopoetik hamda pragmalingvistik jihatdan tahlil qilish dissertatsiyaning asosiy maqsadi. - Sheva unsurlarini yig‘ish va uni to‘g‘ri taqsimlash, undagi areal hududlardan kelib chiqqan holda shevalarning xususiyatlarini o‘rganish etib belgilandi. Qissaning barcha tomonlari rejaga muvofiq ochib berilgach maqsadga yetiladi. 1
- Olib borilgan izlanishlar yuzasidan taklif, metodik tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berish. Tadqiqotning vazifalari: - tilshunoslikda badiiy so‘z semantikasi masalalari hamda ularn ing xususiyatlarini o‘rganish; - badiiy so‘zga ixtisoslashish jarayoniga doir qarashlarning tayanch nuqtalarini topish; - Mavzuga doir o‘quv adabiyotlari bilan tanishib chiqish jarayonida yangidan-yangi ilmiy xulosalar chiqarish , badiiy asar tili semantikasi va stilistikasi yuzasidan aniq xulosalar chiqarish, tegishli mutaxassisliklar uchun badiiy asar tili stilistikasining sintaktik funksiyalarining ilmiy metodologik asoslarini ishlab chiqish hamda o lib borilgan izlanishlar yuzasidan taklif, metodik tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi : - Grammatikaning semantika va stilistika bo‘limi, ularning badiiy asar tili bilan aloqasiga doir ilmiy-nazariy qarashlar tahlilga tortildi;. - Semanlarinintikaning badiiy asar tilining o‘ziga xos xususiyatlari, tarkibiy tuzilmasi, qoidalari sintaktik nuqtayi nazardan o‘zaro qiyoslandi; - So‘zlarning morfologik, semantik va sintaktik xususiyatlaridan yuzaga keladigan mazmuniy munosabatlari asoslab berildi; - gap bo‘laklariga ixtisoslashish jarayonining tayanch nuqtalari aniqlandi hamda tegishni mulohazalar asosida ochib berildi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Tadqiqot ishida badiiy asar tiliga doir tadqiqotlar ko‘lamini yanada kengaytirish, bu borada samarali natijalarga erishish mumkin, agar: 1. o‘zbek tilshunosligida badiiy asar tili so‘zining shakllari, tuzilishi va mazmuni o‘rganilsa; 2. mazvuning jahon tilshunosligi bilan o‘zaro umumiy va xususiy jihatlari tahlilga tortilsa 2
3. badiiy asar tili semantikasi tafsifi jihatidan umumiy, barcha uchun universal bo‘lgan qoidasining yaratilishi yuzasidan xulosalar berilsa; 4. mazkur mavzu yuzasidan chiqarilgan xulosalar, tavsiyalar hamda tajribalarni ta’lim jarayoniga tadqiqot predmeti sifatida olib kirilsa. Tadqiqot mavzusi bo yicha adabiyotlar sharhi (tahlili).ʻ Tilshunoslikning sematika stilistika bo‘limi yuzasidan juda ko‘plab tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. N.A.Baskakov, S.Karimov, A.S.Sodiqov, G‘.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, E.Fozilov, U.Tursunov, B.O‘rinboyev, A.Hojiyev, A.G‘ulomov, I.Azimov, N.Abdurahmonov, A.Nurmonov, M.Boshmonov, J. Eltazarov kabi olimlarning yaratgan ilmiy asarlari bu jihatdan xarakterli. Tadqiqotda qo llanilgan metodikaning tavsifi. ʻ Mazkur tadqiqot ishida tavsifiy, qiyoslash, tahliliy, statistik metodlardan foydalanilgan. Tadqiqotning nazariy ahamiyati: hozirgi o‘zbek tilida semantika- stilistikaning badiiy asar tili nuqtayi nazaridan xususiyatlari,tavsiflarini qamrab oluvchi grammatik tadqiqotlartning ilmiy-nazariy tavsifi borasida izlanishlar olib borish hamda tegishli xulosalar chiqarish. Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Magistrlik dissertatsiyasida yoritilgan nazariy va amaliy masalalardan tilshunoslik, umumkasbiy, pedagogik, metodik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, uslubiy tavsiya va ishlanmalar yaratish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish jarayonida bundan tashqari dialektologik amaliyotlarni olib borish jarayonlarida samarali foydalanish mumkin. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan tavsiyalar o‘quvchilarni ongli ravishda ilmiy izlanishlar olib borishlariga ham ko‘maklashadi. Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasi tuzilish jihatdan kirish, 3 ta bob, 6 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat . 3
I BOB. BAHODIR QOBUL QISSALARIDA SO‘Z KO‘CHMA MA’NOSINING LINGVOPOETIK IMKONIYATLARI 1.1. Yozuvchining metafora va metonimiyalardan foydalanish mahorati 1.1.1. Ot –metaforalar Til insonlarga xizmat qiladigan, Yer yuzining yaratuvchisi tomonidan odamzodga ato etilgan eng buyuk ne’matlardan biridir. Kishi jamiyatga ta’sir etar ekan, bu borada tilning ahamiyati, o‘rni haqida uzoq gapirishga hojat ham yo‘q. negaki, til orqali jamiyat ravnaq topsa, til ham jamiyat orqali mavjud bo‘ladi. Tilning qudrati shu darajadaki, u kishini hayolot olamining eng yuqori cho‘qqisiga olib chiqishi, istasa, undan pastga qulatishi ham mumkin. Dunyo yaralibdiki, til butun bashariyatga xizmat qilib kelish barobarida barcha insonlar undan o‘z ehtiyojlari yo‘lida foydalanib kelmoqdalar. Til doimiy rivojlanishda bo‘lganligi sabab har davrning o‘ziga xos bo‘lgan so‘zlashish usuli, unda yaratilgan manbalar turli xillikni tashkil etadi. Preziden Sh.Mirziyoyev tilning ahamiyati to‘grisida to‘xtalar ekan, quyidagi fikrlarni aytib o‘tadi: “ Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar” 1 . XX -asr o‘zbek adabiy tilining umummilliy adabiy til darajasiga ko‘tarilishi va rivojlanishida o‘ziga xos davr bo‘ldi. O‘zbek milliy ongi, tafakkuri, dunyoqarashi, adabiy tili, adabiyoti va madaniyatining shakllanishi va taraqqiy etishida badiiy adabiyot tili eng boy manba bo‘lib hizmat qiladi. Adabiy tilning badiiy mukammallika, milliy xarakterlar yaratishdagi o‘ziga xoslikka erishishida so‘z san’atkorlarining mashaqqatli xizmaatlarini alohida ta’kidlash lozim. Shu boisdan ularning asarlari tili va uslubini lingvistik jihatdan o‘rganish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Zero, “o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkur ifodasi, avlodlar o‘rtasidgi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namayon bo‘ladi. Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy so‘zlari bilan aytganda, “Har boir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘an oyinai hayoti til va adabiyotdur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qatmakdur”. 1 O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi, 22 oktabr 2019. 4