Ravish so’z turkumining semantik-stilistik xususyatlari.
Mavzu:Ravish so’z turkumining semantik-stilistik xususyatlari. Reja : Kirish. I bob. 1.1. Ravishlarning o‘zgarmasligi. 1.2. Ravishlarda sinonimiya. 1.3. Ravishlarda daraja va ularning uslubiy xususiyatlari. II bob. 2.1. O‘zaro sinonimik munosabatlar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 1
Kirish. Ravish. Ravishlarga xos bo‘lgan grammatik xususiyatlar va bu xususiyatlarga bog‘liq holda sodir bo‘ladigan leksik-semantik o‘zgarishlar o‘zbek tilshunosligida o‘rganilgan va o‘quv adabiyotlariga kiritilgan. Bu tadqiqotlar orasida. S.Fuzailovning ushbu so‘z turkumini o‘rganishga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini va «O‘zbek tilida ravishlar» nomli asarini alohida ko‘rsatishimiz mumkin. 1 Lekin shu paytga qadar ravishlar semantik-stilistik va funktsional-stilistik yo‘nalishda tadqiqot ob`ekti bo‘lgan emas. YOzilgan ayrim maqolalar esa bu vazifalarni talablar darajasida hal etib bera olgan emas. 2 Bu singari birliklarning grammatik xususiyatlari haqida deyarli barcha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida so‘z yuritilgan. Ammo ularning stilistik xususiyatlari to‘g‘risidagi fikrlarni deyarli uchratmaymiz. O‘zbek tilida ravishlar uslubiyati va me`yori haqida olimlarimiz haligacha o‘z mulohazalarini bildirishgan emas. Buning sabablari bor, albatta. SH.SHoabdurahmonov va boshqlar tomonidan yaratilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» darsligida shunday fikrlar bayon etilgan: «Ravishlar mustaqil so‘z turkumi sifatida o‘ziga xos morfologik belgilarga ega. Bunday belgilardan biri ravishlarning o‘zgarmasligidir: ravishlar biror so‘zga bog‘langanda, formasi o‘zgarmaydi. Ular tarkibid uchraydigan ko‘plik, egalik va kelishik affikslari ham forma yasovchi sifatida qatnashmaydi. Bu affikslar ravishning o‘z xiliga kiradi. YA`ni shu affiks bilangina u so‘z ravish hisoblanadi. Masalan: birdan, birga, kunda, chalqanchasiga, birdaniga, yonlamasiga, qatorasiga kabi ravishlardagi kelishik va egalik affikslari o‘z asl ma`no va vazifasini yo‘qotgan». 3 1 Фузаилов С. Наречие в современном узбекском языке: Автореф. дис... канд.филол.наук.- М.,1953. Шу муаллиф. O‘збек тилида равишлар. Hозирги замон o‘збек тили курсидан материаллар.- Тошкент: Фан, 1953. 2 Каримов С., Бo‘риев С. O‘збек тилида пайт равишининг услубияти // O‘збек тилшунослиги масалалари. – Самарqанд: СамДУ нашри, 2001, 65-67-бетлар. 3 Шоабдураhмонов Ш. ва бошq. Hозирги o‘збек адабий тили, I qисм. – Т.: O‘qитувчи, 1980, -бет. 2
«Ravishning asosiy belgisi uning o‘zgarmasligidir,- deyiladi «O‘zbek tili grammatikasi»da,- ya`ni ravish biror so‘z bilan bog‘lanib, birikma hosil qilganda, o‘z formasini o‘zgartirmaydi, hech qanday so‘z o‘zgartuvchi affiks olmaydi». 4 Mana shu masala olimlarimizning ravishlar stilistikasini tahlil etishdan cho‘chishlariga sabab bo‘lgandir. Buning ustiga ravishlarning ma`no anglatishi birmuncha aniq bo‘lib, sinonimik xususiyatlari ko‘zga kam tashlanadi. Bu masalaning ikkinchi tomoni. Ammo qanday mushkulliklar bo‘lishidan qat`iy nazar, o‘zbek tilidagi ravishlar stilistikasi xususida so‘z yuritish lozim va unga zaruriyat deb qaraymiz. Ravishlardagi belgini, xususan harakatning belgisini ifoda etish xususiyati va bu jarayonda belgilarni darajalab ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi hamda buning natijasida vujudga kelgan sinonimik variantlar va uslublararo funktsional chegaralanishlar ushbu so‘z turkumining ham stilistik resurslari etarli darajada ekanligidan dalolat berali va bu resurslarni kelajakda tadqiqot ob`ekti sifatida o‘rganish dolzarb masala bo‘lib turadi. Ravishlardagi ana shu o‘zgarmaslik uning qo‘llanishidagi uslubiy xilma- xillik bo‘lishini chegaralaydi. SHu bilan birga, ularning nutq jarayonidagi me`yorlashishini, turg‘unlashishini osonlashtiradi. Ilmiy adabiyotlarda ravishlar anglatgan ma`nolari jihatidan holat-tarz, o‘rin, payt, maqsad, miqdor daraja ravishlariga ajratilgan va shu tarzda talqin qilingan. Biz ham an`nani buzmasdan, ushbu tartib asosida ularni qarab chiqamiz. Holat ravishi. O‘zbek tilida ish-harakatning bajarilish tarzini ko‘rsatadigan bir qancha ravishlar mavjud va ular miqdor jihatdan ravishlarning boshqa turlariga nisbtan ko‘pchilikni tashkil etadi. Ulardagi uslubiy imkoniyatlarni tahlil etish maqsadida A.Hojievning “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati” (Toshkent,1974) ga murojaat qilamiz. 4 O‘збек тили грамматикаси, 1 том, 528-бет. 3
O‘zbek tilida abadiy, mangu, umrbod, toabad, ilalabad ravishlarining ma`nolari bir-biriga yaqin va shuning uchun bir sinonimik qatorni tashkil etadi. Ular orasida abadiy stilistik jihatdan neytral va barcha uslublarda baravar qo‘llaniladi: SHu ko‘zlar yulduzday abadiy kulsin, / Bahor yo‘llaringga to‘shasin chechak (Zulfiya.Kelinchak). Gaz esa abadiy muzliklar qa`rida yotgan o‘simliklar va daraxtlar qoldiqlarini chirishi oqibatida paydo bo‘lgan. («Zarafshon» gaz.). Umrbod ravishi haqida ham shuni aytish mumkin: Sening dillaringga bergay ul orom, / Sevgim armug‘oni bo‘lur umrbod . (Zulfiya, Palak). Qo‘shiqday Osiyo, qaynoq Afrika / Qo‘lga-qo‘l berganin mahkam umrbod . (Zulfiya. Salom, Misr). Ammo keyingi paytlarda huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar, jazoni liberallashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar umrbod so‘zining Jinoyat kodeksiga atama sifatida kirib kelishini va rasmiy uslubga xoslanishini taqozo etdi: Mazkur Farmonga binoan mamlakatimizda 2008 yilning 1 yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilinadi va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy qilinadi. («Zarafshon» gaz.). Mangu, toabad, ilalabad ravishlarida ekspressivlik ottenkasi kuchli bo‘lib, bu ularning tarixiyligi bilan bog‘lik va badiiy matnlarda faol qo‘llaniladi: Bir tasalli: Mangu sarg‘ayish bilmay / Dilda bir bahor ochib har so‘zing (Zulfiya. Otashparastlar). –Faqir ham rozimen, ustod, toabad rozimen... Tabarruk boshlariga qo‘ngan humo qushi bul zoti sharifni toabad tark etmagay. Tegsang... ota qarg‘ishiga uchrab toabad badnom bo‘lursen! (OYO). Garchi bu rvishlar bir sinonimik qatorda deb hisoblansa ham, ularning stilistik qiymati bir xilda emas. Abadiy muzliklar o‘rnida mangu muzliklar deyish mumkin bo‘lgani holda ilmiy matnlarda bu tarzda qo‘llanilmaydi. CHunki bayonning axborot xarakterida ekspressiv ottenkasi bo‘lgan so‘zni qo‘llashga ehtiyoj yo‘q. Umrbod qamoq jazosi o‘rnida abadiy qamoq jazosi ni ham qo‘llab bo‘lmaydi. CHunki umrbod so‘zida abadiy ga nisbatan aniqlik ottenkasi bor. Toabad, ilalabad so‘zlarida yuqori uslubga xos ohang mavjud va uni asosan badiiy uslubda qo‘llash mumkin. 4
SHoshilinch sememasi ostida birlashadigan apil-tapil, naridan-beri, shosha-pisha juft so‘zlari ham harakatning tarzini ifoda etadi ( Apil-tapil o‘ng cho‘ntagini kovladi. T.Murod) va o‘zro sinonim bo‘ladi: apil-tapil - shosha- pisha : O‘lim dahshatidan qo‘rqib – o‘z jonini apil-tapil topshirib qo‘yadi (TM) - O‘lim dahshatidan qo‘rqib – o‘z jonini shosha-pisha topshirib qo‘yadi. Ulrga shoshilib so‘zi ham sinonim bo‘ladi: SHoshilib ketayotganingizda oyog‘ingiz ostida allaqayoqdan sakrab tushgan chigirtka paydo bo‘ladi (O‘X) . Ammo bu sinonimlik odamlarning harakatiga nisbatan qo‘llanganda amalga oshishi mumkin. SHahnoza shoshilib uyga kirdi-da, boshiga harir ro‘mol yopib chiqdi (O‘X). SHuning uchun ham e rga bahordan bo‘tana bo‘lib, shosha-pisha , qirog‘iga sig‘may oqqan ariqlar tiniqlashadi (O‘.X) bu harakat belgisi ariqning oqishiga ko‘chirilgan bu holat yuz bermaydi. YAna shoshilinch so‘zi sinonim bo‘ladi: — Xex! - dedi kulib, Qur`onni shoshilinch varaqladi (O‘X). U tibbiy atamaga aylanganda bu holat yuz bermaydi: Yo‘lda borayotgan kolonnaga shoshilinch yordam kerakdir (O‘X) - Yo‘lda borayotgan kolonnaga shoshilinch yordam kerakdir. Bu sinonimik munosbatlarda ayrim stilistik nozikliklr mavjud. Masalan, shoshilmoq da harakatning tezligi, shu bilan birga, bu harakatda tartib mavjud. Bunga qarama qarshi tarzda shosha-pisha va apil-tapil tezlikni, ammo bu tez harakatda pala-partishlik mavjudligini anglatadi. Bu stilistik munosabatlar ularning nari-beri bilan bo‘lgan munosabatida ayniqsa sezildi: Snaryad qutilariyu toshlardan naridan-beri qo‘nqaytirib yasalgan “uycha”dan turib, har kuni bir xil manzarani ko‘rasan (O‘X) . Naridn-beri ga shunchaki, yuzaki, zo‘rama-zo‘raki, nomiga so‘zlari sinonim bo‘lishi mumkin: Snaryad qutilariyu toshlardan shunchaki qo‘nqaytirib yasalgan “uycha”dan turib, har kuni bir xil manzarani ko‘rasan - Snaryad qutilariyu toshlardan yuzaki qo‘nqaytirib yasalgan “uycha”dan turib, har kuni bir xil manzarani ko‘rasan - Snaryad qutilariyu toshlardan zo‘rama-zo‘raki qo‘nqaytirib yasalgan “uycha”dan turib, har kuni bir xil manzarani ko‘rasan - Snaryad qutilariyu toshlardan nomiga qo‘nqaytirib yasalgan “uycha”dan turib, har kuni bir xil manzarani ko‘rasan. Ammo ular harakatning bajarilishini ifoda etishdagi nozikliklarga ko‘ra o‘zaro 5