logo

Ravishlarning semantik-stilistik xususiyatlari

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

56.8095703125 KB
Mavzu: Ravishlarning semantik-stilistik xususiyatlari. 
Reja :
Kirish.
I bob. 1.1. Ravishlarning o‘zgarmasligi
           1.2. Ravishlarda sinonimiya
II.bob.2.1.   Ravishlarda   daraja   va   ularning   uslubiy
xususiyatlari
           2.2. O‘zaro sinonimik munosabatlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish.
Ravish.   Ravishlarga   xos   bo‘lgan   grammatik   xususiyatlar   va   bu
xususiyatlarga   bog‘liq   holda   sodir   bo‘ladigan   leksik-semantik   o‘zgarishlar
o‘zbek   tilshunosligida   o‘rganilgan   va   o‘quv   adabiyotlariga   kiritilgan.   Bu
tadqiqotlar   orasida.   S.Fuzailovning   ushbu   so‘z   turkumini   o‘rganishga
bag‘ishlangan   nomzodlik   dissertatsiyasini   va   «O‘zbek   tilida   ravishlar»   nomli
asarini   alohida   ko‘rsatishimiz   mumkin. 1
  Lekin   shu   paytga   qadar   ravishlar
semantik-stilistik   va   funktsional-stilistik   yo‘nalishda   tadqiqot   ob`ekti   bo‘lgan
emas.   Yozilgan   ayrim   maqolalar   esa   bu   vazifalarni   talablar   darajasida   hal   etib
bera olgan emas. 2
Bu   singari   birliklarning   grammatik   xususiyatlari   haqida   deyarli   barcha
darsliklar   va   o‘quv   qo‘llanmalarida   so‘z   yuritilgan.   Ammo   ularning   stilistik
xususiyatlari to‘g‘risidagi fikrlarni deyarli uchratmaymiz. O‘zbek tilida ravishlar
uslubiyati   va   me`yori   haqida   olimlarimiz   haligacha   o‘z   mulohazalarini
bildirishgan   emas.   Buning   sabablari   bor,   albatta.   Sh.Shoabdurahmonov   va
boshqlar  tomonidan  yaratilgan «Hozirgi  o‘zbek  adabiy  tili»  darsligida  shunday
fikrlar   bayon   etilgan:   «Ravishlar   mustaqil   so‘z   turkumi   sifatida   o‘ziga   xos
morfologik   belgilarga   ega.   Bunday   belgilardan   biri   ravishlarning
o‘zgarmasligidir:   ravishlar   biror   so‘zga   bog‘langanda,   formasi   o‘zgarmaydi.
Ular   tarkibida   uchraydigan   ko‘plik,   egalik   va   kelishik   affikslari     ham   forma
yasovchi sifatida qatnashmaydi. Bu affikslar ravishning o‘z xiliga kiradi. Ya`ni
shu affiks bilangina u so‘z ravish hisoblanadi.
Masalan:   birdan,   birga,   kunda,   chalqanchasiga,   birdaniga,   yonlamasiga,
qatorasiga     kabi   ravishlardagi   kelishik   va   egalik   affikslari   o‘z   asl   ma`no   va
vazifasini yo‘qotgan». 3
 
1
  Фузаилов   С.   Наречие   в   современном   узбекском   языке:   Автореф.   дис...   канд.филол.наук.-   М.,1953.
Шу   муаллиф.     O‘збек   тилида   равишлар.   Hозирги   замон   o‘збек   тили   курсидан   материаллар.-   Тошкент:
Фан, 1953.
2
  Каримов С., Бo‘риев С.  O‘збек тилида пайт равишининг услубияти // O‘збек тилшунослиги 
масалалари. – Самарqанд: СамДУ нашри, 2001,  65-67-бетлар.
3
  Шоабдураhмонов Ш. ва бошq.  Hозирги o‘збек адабий тили,  I  qисм. – Т.: O‘qитувчи, 1980,  -бет. «Ravishning asosiy belgisi  uning o‘zgarmasligidir,-  deyiladi  «O‘zbek tili
grammatikasi»da,-   ya`ni   ravish   biror   so‘z   bilan   bog‘lanib,   birikma   hosil
qilganda,   o‘z   formasini   o‘zgartirmaydi,   hech   qanday   so‘z   o‘zgartuvchi   affiks
olmaydi». 4
Mana   shu   masala   olimlarimizning   ravishlar   stilistikasini   tahlil   etishdan
cho‘chishlariga sabab   bo‘lgandir. Buning  ustiga  ravishlarning ma`no  anglatishi
birmuncha   aniq   bo‘lib,   sinonimik   xususiyatlari   ko‘zga   kam   tashlanadi.   Bu
masalaning   ikkinchi   tomoni.   Ammo   qanday   mushkulliklar   bo‘lishidan   qat`iy
nazar, o‘zbek tilidagi  ravishlar stilistikasi  xususida  so‘z yuritish lozim va unga
zaruriyat deb qaraymiz.
Ravishlardagi belgini, xususan harakatning belgisini ifoda etish xususiyati
va   bu   jarayonda   belgilarni   darajalab   ko‘rsatish   imkoniyatining   mavjudligi
hamda   buning   natijasida   vujudga   kelgan   sinonimik   variantlar   va   uslublararo
funktsional   chegaralanishlar   ushbu     so‘z   turkumining   ham   stilistik   resurslari
etarli   darajada   ekanligidan   dalolat   berali   va   bu   resurslarni   kelajakda   tadqiqot
ob`ekti sifatida o‘rganish dolzarb masala bo‘lib turadi. 
Ravishlardagi  ana shu o‘zgarmaslik uning qo‘llanishidagi  uslubiy xilma-
xillik   bo‘lishini   chegaralaydi.   Shu   bilan   birga,   ularning   nutq   jarayonidagi
me`yorlashishini, turg‘unlashishini osonlashtiradi.
Ilmiy   adabiyotlarda   ravishlar   anglatgan   ma`nolari   jihatidan   holat-tarz,
o‘rin,   payt,   maqsad,   miqdor   daraja   ravishlariga   ajratilgan   va   shu   tarzda   talqin
qilingan.   Biz   ham   an`nani   buzmasdan,   ushbu   tartib   asosida   ularni   qarab
chiqamiz.
Holat   ravishi.   O‘zbek   tilida   ish-harakatning   bajarilish   tarzini
ko‘rsatadigan bir qancha ravishlar mavjud va ular miqdor jihatdan ravishlarning
boshqa   turlariga   nisbtan   ko‘pchilikni   tashkil   etadi.   Ulardagi   uslubiy
imkoniyatlarni tahlil etish maqsadida A.Hojievning “O‘zbek tili sinonimlarining
izohli lug‘ati” (Toshkent,1974) ga murojaat qilamiz.
4
 O‘збек тили грамматикаси, 1 том, 528-бет. O‘zbek   tilida   abadiy,   mangu,   umrbod,   toabad,   ilalabad     ravishlarining
ma`nolari bir-biriga yaqin va shuning uchun bir sinonimik qatorni tashkil etadi.
Ular   orasida   abadiy     stilistik   jihatdan   neytral   va   barcha   uslublarda   baravar
qo‘llaniladi:  Shu ko‘zlar yulduzday  abadiy  kulsin, / Bahor yo‘llaringga to‘shasin
chechak   (Zulfiya.Kelinchak).   Gaz   esa   abadiy   muzliklar   qa`rida   yotgan
o‘simliklar   va   daraxtlar   qoldiqlarini   chirishi   oqibatida   paydo   bo‘lgan.
(«Zarafshon» gaz.).   Umrbod     ravishi haqida ham shuni  aytish mumkin:   Sening
dillaringga   bergay   ul   orom,   /   Sevgim   armug‘oni   bo‘lur   umrbod .     (Zulfiya,
Palak).   Qo‘shiqday   Osiyo,   qaynoq   Afrika   /   Qo‘lga-qo‘l   berganin   mahkam
umrbod .   (Zulfiya.  Salom,  Misr).  Ammo  keyingi  paytlarda  huquq  sohasida  olib
borilayotgan   islohotlar,   jazoni   liberallashtirish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   tadbirlar
umrbod     so‘zining   Jinoyat   kodeksiga   atama   sifatida   kirib   kelishini   va   rasmiy
uslubga   xoslanishini   taqozo   etdi:   Mazkur   Farmonga   binoan   mamlakatimizda
2008 yilning 1 yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilinadi va
uning o‘rniga  umrbod  yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy
qilinadi.  («Zarafshon» gaz.).
Mangu, toabad, ilalabad   ravishlarida ekspressivlik ottenkasi kuchli bo‘lib,
bu   ularning   tarixiyligi   bilan   bog‘lik   va   badiiy   matnlarda   faol   qo‘llaniladi:   Bir
tasalli:   Mangu   sarg‘ayish   bilmay   /   Dilda   bir   bahor   ochib   har   so‘zing   (Zulfiya.
Otashparastlar).   –Faqir   ham   rozimen,   ustod,   toabad   rozimen...   Tabarruk
boshlariga qo‘ngan humo qushi bul zoti sharifni  toabad  tark etmagay. Tegsang...
ota qarg‘ishiga uchrab  toabad  badnom bo‘lursen!  (OYO).
Garchi   bu   rvishlar   bir   sinonimik   qatorda   deb   hisoblansa   ham,   ularning
stilistik   qiymati   bir   xilda   emas.   Abadiy   muzliklar     o‘rnida   mangu   muzliklar
deyish mumkin bo‘lgani holda ilmiy matnlarda bu tarzda qo‘llanilmaydi. Chunki
bayonning   axborot   xarakterida   ekspressiv   ottenkasi   bo‘lgan   so‘zni   qo‘llashga
ehtiyoj yo‘q.  Umrbod qamoq jazosi   o‘rnida  abadiy qamoq jazosi  ni ham qo‘llab
bo‘lmaydi.   Chunki   umrbod     so‘zida   abadiyga   nisbatan   aniqlik   ottenkasi   bor.
Toabad,   ilalabad     so‘zlarida   yuqori   uslubga   xos   ohang   mavjud   va   uni   asosan
badiiy uslubda qo‘llash mumkin. Shoshilinch   sememasi   ostida   birlashadigan   apil-tapil,   naridan-beri,
shosha-pisha   juft   so‘zlari   ham   harakatning   tarzini   ifoda   etadi   ( Apil-tapil   o‘ng
cho‘ntagini   kovladi.   T.Murod)   va   o‘zro   sinonim   bo‘ladi:   apil-tapil   -     shosha-
pisha :  O‘lim dahshatidan qo‘rqib – o‘z jonini  apil-tapil  topshirib qo‘yadi  (TM) -
O‘lim   dahshatidan   qo‘rqib   –   o‘z   jonini   shosha-pisha   topshirib   qo‘yadi.   Ulrga
shoshilib   so‘zi   ham   sinonim     bo‘ladi:   Shoshilib   ketayotganingizda   oyog‘ingiz
ostida   allaqayoqdan   sakrab   tushgan   chigirtka   paydo   bo‘ladi   (O‘X) .   Ammo   bu
sinonimlik   odamlarning   harakatiga   nisbatan   qo‘llanganda   amalga   oshishi
mumkin.   Shahnoza   shoshilib   uyga   kirdi-da,   boshiga   harir   ro‘mol   yopib   chiqdi
(O‘X).   Shuning   uchun   ham     e rga   bahordan   bo‘tana   bo‘lib,   shosha-pisha ,
qirog‘iga sig‘may oqqan ariqlar  tiniqlashadi   (O‘.X)  bu harakat  belgisi  ariqning
oqishiga   ko‘chirilgan   bu   holat   yuz   bermaydi.   Yana   shoshilinch     so‘zi   sinonim
bo‘ladi:   —   Xex!   -   dedi   kulib,   Qur`onni   shoshilinch   varaqladi   (O‘X).   U   tibbiy
atamaga   aylanganda   bu   holat   yuz   bermaydi:   Yo‘lda   borayotgan   kolonnaga
shoshilinch   yordam   kerakdir   (O‘X) -   Yo‘lda borayotgan kolonnaga   shoshilinch
yordam  kerakdir.  Bu sinonimik munosbatlarda ayrim stilistik nozikliklr mavjud.
Masalan,   shoshilmoq  da harakatning tezligi, shu bilan birga, bu harakatda tartib
mavjud. Bunga qarama qarshi tarzda   shosha-pisha     va   apil-tapil   tezlikni, ammo
bu tez harakatda pala-partishlik mavjudligini anglatadi.   Bu stilistik munosabatlar
ularning   nari-beri   bilan   bo‘lgan   munosabatida   ayniqsa   sezildi:   Snaryad
qutilariyu   toshlardan   naridan-beri   qo‘nqaytirib   yasalgan   “uycha”dan   turib,   har
kuni   bir   xil   manzarani   ko‘rasan   (O‘X) .   Naridn-beri   ga   shunchaki,   yuzaki,
zo‘rama-zo‘raki, nomiga     so‘zlari sinonim bo‘lishi mumkin:   Snaryad qutilariyu
toshlardan   shunchaki   qo‘nqaytirib   yasalgan   “uycha”dan   turib,   har   kuni   bir   xil
manzarani   ko‘rasan   -     Snaryad   qutilariyu   toshlardan   yuzaki   qo‘nqaytirib
yasalgan   “uycha”dan   turib,   har   kuni   bir   xil   manzarani   ko‘rasan   -   Snaryad
qutilariyu   toshlardan   zo‘rama-zo‘raki   qo‘nqaytirib   yasalgan   “uycha”dan   turib,
har   kuni   bir   xil   manzarani   ko‘rasan   -   Snaryad   qutilariyu   toshlardan   nomiga
qo‘nqaytirib   yasalgan   “uycha”dan   turib,   har   kuni   bir   xil   manzarani   ko‘rasan.
Ammo   ular   harakatning   bajarilishini   ifoda   etishdagi   nozikliklarga   ko‘ra   o‘zaro farqlanadi:   shunchaki,   yuzaki,   zo‘rma-zo‘raki,   nomiga     so‘zlarida   harakatning
tashqi ta`sir, tazyiq ostida bajarilishi anglashilsa,   naridan-beri   da vaqt tig‘izligi,
erinchoqlik,   dangasalik   ottenkalari   mavjud.   SHuning   uchun   ham   bu   sinonimik
munosabat   hamma   vaqt   amalga   oshavermaydi.   Masalan:   SHunchaki   gap-da!
esimdan ham  chiqib ketdi... (O‘X) deyish mumkin bo‘lgani holda    Naridan-beri
gap-da! esimdan ham chiqib ketdi...  deb bo‘lmaydi.
Ravishlrning   ushbu   turida   sub`ektiv   munosabat   ifodalash   kuchli
bo‘lganligi   sababli   ular   ko‘pincha   so‘zlashuv,   badiiy   va   ommabop   uslublar
doirasida faoldir.
Arang,zo‘rg‘a,     zo‘rg‘atdan,   bazo‘r,   zo‘rba-zo‘r,   o‘lib-tirilib     sinonimik
qatorida     arang     va   zo‘rg‘a     sinonimiyasi   kuchli:   O‘zini   kulgidan   arang   tiydi.
(TM).   U   qaltirar,   oyog‘ida   zo‘rg‘a   turar   edi   (OYO).     Bazo‘r   ham   sinonim
bo‘ladi:   Parda   ochilganda   bir   kishi   zo‘rg‘a   sig‘adigan,   raxlariga   mis   tasma
qoqligan kichiqroq eshik ko‘rindi - Parda ochilganda bir kishi  bazo‘r  sig‘adigan,
raxlariga   mis   tasma   qoqligan   kichiqroq   eshik   ko‘rindi..   "Nihoyat   bu   qari   tulki
ko‘nglidagi   bor   gapni   ayt-di!"–Ali   Qushchi   vujudini   qamrab   olgan   titroqni
zo‘rg‘a   bosib,   cholga   yuzlandi   -   "Nihoyat   bu   qari   tulki   ko‘nglidagi   bor   gapni
ayt-di!"–Ali   Qushchi   vujudini   qamrab   olgan   titroqni   bazo‘r   bosib,   cholga
yuzlandi   (OYO) .   Ammo   bazo‘r   ning o‘zga til elementi ekanligi va talaffuzdagi
zo‘rg‘a     ga nisbatan noqulaylik uning qo‘llanishilini chegaralaydi. Bu so‘zlarda
kitobiylik   ottenkasi   mavjud.   Ularga   sinonim   bo‘ladigan   bir   amallab     esa,
aksincha,   so‘zlashuv   uslubiga   xoslangan:   Oralarida   Budyonniy   qilichidan   bir
amallab   jon   saqlab   qolgani   qanchaykin?   Bir   amallab   qaddini   rostladi   (O‘X).
SHunday   bo‘lsa-da,   revolyutsionerlar   kechasi   soat   bir   yarimlarda   bir   amallab
darvozani ochadi. Mo‘min-musulmonlar o‘ris jallodlari zulmi ostida bir amallab
kun   kechirdi   (TM).   Lekin   bir   amallab     ham   inson   harakatiga   nisbatan
qo‘llanilishi   bilan   o‘ziga   xoslik   kasb   etadi   va   bu   harakatning   oxirgi   kuchni
sarflab amalga oshirilganligini ifoda etadi.
Bir   sinonimik   uyada   turadigan   atroflicha,   har   tomonlama,   har   taraflama,
batafsil,   mufassal,   mukammal,   to‘la,   to‘liq,   to‘la-to‘kis     ravishlari   kitobiy uslublarga moyilligi  bilan  ajralib turdi. Ular    ayniqsa  rasmiy va ilmiy bayonda
qo‘l   keladi:   atroflicha :   Sud   hay`ati   ishni   atroflicha   ko‘rib   chiqib,   I.Qarshievni
1.959.000   so‘m   jarimaga   tortdi   hamda   ikki   yil   muddatga   ahloq   tuzatish   ishlari
tayinlanishi   lozim   topdi .   («Zarafshon»   gaz.).   Bir   o‘quvchi   yoki   talabaga
atroflicha   tavsifnoma   yozish   (DTS);   har   tomonlama:   Mustaqil   O‘zbekiston
davlatini   har   tomonlama   rivojlantirish,   iqtisodiy   mustaqilligini   ta`minlash   ko‘p
jihatdan   zamon   talabiga   javob   beradigan   rahbar   va   mutaxassislarni   tayyorlash
sifatiga bog‘liq. U rahbarlar tashkilotni odamlar, tarkibiy masalalar, texnologiya,
resurslar   kabi   har   tomonlama   o‘zaro   bog‘liq   elementlar   to‘plami   deb   qarashni
nazarda   tutadilar.   (R.Valijonov);   mukammal:   Darhaqiqat,   Navro‘z   xalq
pedagogikasi, an`analari, boshqacha so‘z bilan aytganda, xalq odobnomasi, xalq
odatnomasining   har   tomonlama   mukammal ,   yorqin   ifodasidir.   Ikkinchidan,
qamoqqa   olishga   sanktsiya   berish   vakolatini   sudlarga   o‘tkazish   insonning
shaxsiy   huquqini   yanada   mukammal   ta`minlashga   erishishimizga
ko‘maklashadi.  («Zarafshon» gaz.);   to‘la, to‘liq: Quyidagi tajribaga ega bo‘lishi
kerak:- - matnni   to‘liq  tarjima qilish.   Oliy ta`lim muassasasi quyidagilar uchun
mas`uliyatni  to‘la  o‘z zimmasiga oladi  (DTS)
Bu ravishlarning badiiy matnlarda uchashi ham ifodadagi ana shu rasmiy
ohang   bilan   bog‘liq:   Demokratiya   —   qonun-qoidalarni   to‘la-to‘kis   bajarish
demakdir,   qonun-qoidalar   chegarasidan   chiqmaslik   demakdir   (TM).   Handasa
ilmining   asoslariga   bag‘ishlangan   bu   qismda,   Ali   Qushchi   nuqta,   chiziq,   sath,
to‘g‘ri   va   egri   chiziq,   mutasavi,   to‘g‘ri   mutasavi   chiziqlar   va   nihoyat   doira
tushunchalariga   batafsil   to‘xtagan,   lekin   tabiat   masalalariga   doir   ikkinchi
qismini hali boshlay olmagan edi  (OYO).
Bir   tizimni   tashkil   etadigan   bemalol,   bamaylixotir,   bafurja,   bahuzur
so‘zlari orasida  bemalol   og‘zki nutqda ko‘p uchrashi, qolganlari esa kitobiyligi,
ayni   paytda,   badiiy   uslub   samarali   qo‘llanilishi   bilan   ajralib   turadi:   Batamom
bemalol  o‘tdi. Boisi, it… bog‘loqlik bo‘ldi. – Bizga... besh yulduz yaxshi! – deb
yubordi. - Xo‘p, siz omonatingizni   bemalol   topshirib kelavering. endi,   bemalol
oyoq   uzatsam   bo‘ladi     (TM).   Agar   unga   inonsalar,   inonib   ilmu   idrok   bilan bamaylixotir  shug‘ullanishga qo‘yib bersalar, u hozir ham vafosiz hokimiyat, bu
toju   taxtdan   bajonu   dil   voz   kechar   erdi...   (OYO).   Harakatning   belgisi   va
xulosaning qat`iy ifodasi sifatida ilmiy uslubda ham faol qo‘llaniladi:   Masalan,
Yoqutiston o‘rmonlarida o‘sadigan tilog‘och daraxti 52 daraja sovuqqa   bemalol
chidaydi  (S.Mustafaev) .  Bizning sharoitda  bemalol  qo‘llasa bo‘ladiganlari “to‘rt
maqsad” va “7-S” tamoyillaridir.  (R.Valijonov).
Betma-bet,   yuzma-yuz,   ro‘para,   bo‘baro‘,   baqamti     sinonimik   tizimida
betma-bet,   yuzma-yuz,   ro‘para     so‘zlari   og‘zaki   nutq   uchun   xoslangan:   Vrach
bilan   betma-bet   bo‘lib o‘tirdi. Raykom  esonov Mirzaxo‘jaeva bilan   yuzma-yuz
o‘tirdi.   YUzma-yuz   o‘tirdi.   Bir-biriga   tikildi.   KPSS   bilan   olov...   yuzma-yuz
bo‘ldi!   SHu   qizlari   qurg‘ur,   o‘ylamay-netmay,   nomahram   erkaklarga   ro‘para
qiladi-da   (TM).   Bo‘baro‘,   baqamti     birliklari   boshqa   til   elementlari   bo‘lganligi
tufayli kam qo‘llaniladi v asosan badiiy nutqda uchraydi.
Ravishlarning   sinonimik   qatorini   tashkil   qiladigan   va   harakatning
bajarilishida keskinlikni, aniqlikni va qat`iyatni  ifoda etadigan  butunlay, butkul,
batamom,   tamomila,   tamoman,   tamom,   mutlaqo,   paqqos,   birato‘la,   kushod
so‘zlar   doirasida   ham   funktsional   chegralanish   mavjud.   Masalan,   tamomila,
mutlaqo   rasmiy   uslubda     ( Keyin,   Opol   nomi…   tamomila   g‘oyib   bo‘ldi!   —
Xonimlar   va   janoblar!   —   dedi   Madiev.   —   Keyingi   yillarda   iqtisodiy   va
ma`naviy, siyosiy turmushimizdagi tarixiy o‘zgarishlar, ulkan burilishlar o‘zbek
xalqi hayotini   tamomila   o‘zgacha baholashga ehtiyoj uyg‘otmoqda.     T.Murod).
Shuning   uchun   biror   mamlakat   joriy   etish   uchun   boshqa   biror   davlatning
modelini   ko‘chirib   olish   mutlaqo   noto‘g‘ri   ekanligi   xaqiqatga   mos   tushadi
(R.Valijonov);   batamom,   tamom,   butkul   badiiy   uslubda:   U   tor   xonani   ohista
aylanib   falak   ilmining   murakkab   qonunlarini   idrok   etarkan,   hibsda   yotgani
batamom   esidan chiqar, ko‘nglidagi barcha tashvish, barcha g‘am-anduh go‘yo
to‘zg‘ib ketar, hatto qalbidagi so‘nmas dard, enasi Tillabibi to‘g‘risidagi notinch
o‘ylar   ham   xayolidan   ko‘tarilar   edi.   SHundan   keyin   hazratning   chehrasi
batamom   ochilib ketib, yana bir istak bildirdi: shahzoda tunu kun Ko‘ksaroyda
o‘ltiravermay,   goho   -goho   fuqaroga   ham   ko‘rinib   turmog‘i   darkor.   (OYO).   U hamon   ko‘zini   yumib   turar,   issiq   hammom   va   yaxshi   taomdan   keyin   uning
a`zoyi   badani   tamom   bo‘shashgan,   zirqirab   og‘rigan   oyoqlariri   qaltirar,   ko‘z
oldini   tuman   bosib,   xayoli   chuvalib   borar,   agar   shahzoda   ijozat   bersa,   u   hozir
"shilq"   etib   yiqilardi-yu,   uyquga   ketardi...   Ma`yus   xayollarga   cho‘mgan
Xurshida bonu qo‘lidagi og‘uni   tamom  esidan chiqargan edi, dahlizda ship-ship
oyoq tovushini eshitib hushiga keldi   (OYO).   Ikkisi oldiga rost kelsang   butkul , /
Tashbihga   mazmunni   juftlash   ham   mahol   (Zulfiya.   Qo‘shiq).   Bu   kuychiga   tan
berib,   butkul   /   Qo‘shig‘ini   kutdi   bulbul .(Zulfiya.Uni   Farhod   der   edilar)   faol
uchraydi.  Tamom   va  butkul   ravishlri poetik matnlarga xoslangan.
Ushbu   olmoshning   butunlay     og‘zaki   nutqda   ko‘proq   uchraydi   va   unda
ekspressiv ottenka kuchli:  Orol nomi  butunlay  yo‘qoldi. U —  butunlay  yangi uy
(TM) .   Ravish   yasovchi   qo‘shimcha   –lay     tushib   qolganda   ham   ba`zan   ma`no
anglashilaveradi,   ammo   ravishning   bu   qisqargan   shakli   hatto   ozg‘aki   nutqda
ham   kam   qo‘llaniladi:   Ahmedovni   maqtayvrib   butun   ko‘kka   ko‘tarib   yubordi
kabi .   Ushbu   qo‘shimchada   so‘z   yasashdan   tashqari,   belgini   kuchaytirish
xususiyati ham sezildi. SHu tufayli u badiiy uslubda mahsuldor qo‘llaniladi:  Ha,
mavlono   Muhiddin   rasadxonaning   eng   pastki   oshyonasida   o‘tirib,   bu   g‘aroyib
olat   va   usturloblar   yordamida   ko‘kka   tikilganda   foniy   dunyo   tashvishlari
xayolidan   butunlay   ko‘tarilar,   dili   bo‘lakcha   bir   zavq   va   hayratga   to‘lar,
nazarida,   hududsiz   koinot   bilan,   allaqanday   ilohiy   kuchlar   bilan,   milt-milt
yongan sirli sitoralar bilan uzoq va osuda suhbat qilar edi...  (OYO). Harakatning
bajarilishidagi   qat`iyatni   ifoda   etish   maqsadida   ilmiy   va   ommabop   uslublarda
ham qo‘llaniladi:   Moddiy ne`matlar yaratish, mahsulot  ishlab chiqarish, xalqda
xizmat   ko‘rsatish   tizimlarida   yakka   hokimlikni   butunlay   yo‘qotish   va   ular
orasida   haqiqiy   iqtisodiy   ishlab   chiqarish   raqobatini   vujudga   keltirish   zarur
(R.Valijonov).   Birov   arab   mamlakatlarida   xotin-qizlar   hayotini   ko‘klarga
ko‘tarsa, boshqasi  butunlay  aksini gapiradi . («Zarafshon» gaz.).
O‘zaro   sinonimik   munosabatda   bo‘lgan   daraksiz,   bedarak     ravishlari
so‘zlashuv   nutqida   faol   qo‘llaniladi.   Ularning   dostonlar   matnida   ko‘p   uchrashi
ham ana shu bilan izohlnadi:  Yolg‘iz bolam  bedarak  bo‘p ketarmi, / Bunda yurti vayron bo‘lib yotarmi   (Alpomish).   YUrting No‘g‘oyda, san   bedarak   emassan, -
deb bir so‘z dedi   (Kuntug‘mish).   Kunbotir bilan   q ir q   yigitning “ovga boramiz”,
deb   daraksiz   ketganiga xavotir bo‘lib, bir necha amaldor bularni axtarib, tovda
chiq q an   edi   (Oysuluv).   Otlarga   qo‘shilib,   predmet   yoki   harakat   blgisini
ko‘rsatadigan   be-     va   –siz     qo‘shimchalari   ushbu   holatda   mavhumlikni   ifoda
etayotgan bo‘lsa, so‘z o‘zagining qavatlanishi  yo‘qlik ma`nosining qat`iy ifoda
etilishiga ko‘mklashadi:   Qabrlarni   nom-nishonsiz   qoldirganlari  kamday, «Yana
shunday   takrorlasam,   jinoiy   javobgarlikka   tortinglar»,   degan   tilxat   yozdirib
olardi.   Nom-nishonsiz   ko‘mib tashlaydilar   (TM).   Yo‘q, bu ko‘rayotganlari tush
emas, u chindan ham go‘rday sovuq, yarim qorong‘i g‘orda turar, atrofini qora
chakmon kiyib, yuz-ko‘zlarini qora mato bilan tang‘ib olgan, soqol-mo‘ylovlari
o‘sib   ketgan   qaroqchisifat   odamlar   qurshab   olgan,   ular   orasida   uch   oydan   beri
dom-daraksiz  ketgan devqomat Qalandar Qarnoqiy ham bor edi...  (OYO)
Harkatning   amalga   oshirilish   tarzini   ifodalaydigan   darrov,   darhol,   tez,
tezdan,   birpasda,   bir   zumda,   bir   lahzada,   zumda,   lahzada     birliklari
semantikasida   qat`iyat   mavjud.   Qo‘llanilishida   esa   uslublararo   chegaralanadi.
Darrov     so‘zlashuv uslubiga xoslangan:   — ey, bizning   molimiz shu vaqtgacha
zakot   bo‘lmagan,   endi   akamiz   o‘g‘illi   kishi     bo‘lib,   darrov   bizning   molimizni
zakot   qiladigan   bo‘libdi-da!   Kalma   aytib   darrov   bo‘lgin   musurmon,   /   Hiyla
qilsang, men bo‘l boshing olarman   (Alpomish) .   Kampiri   darrov   turdi   (TM).   Bir
zumda,   bir   lahzada     va   darhol     ravishlarida   darrov   ga   nisbatan   eksprssivlik
kuchli   va   kitobiy   xarakterda.   SHuning   uchun   ham   badiiy   uslubda   faol
qo‘llaniladi:   Shahriyori falak-iqtidor Mirzo Ulug‘bek Ko‘ragoniy hazratlari amr
etmishlarkim,   Ko‘ksaroyda   darhol   hoziru   nozir   bo‘lg‘aysiz!   Siz   otliq   hirovul
bilan   darhol   yo‘lga   chiqqaysiz!..   Bir   zumda   tog‘u   tosh   orasida   jilg‘alar
sharqiradi.   Qal`a   katta   emas,   undagi   hamma   o‘ylar,   tor   ko‘chalar   bir-biriga
tutashib ketar, tomda o‘ynagan bolalar  bir zumda  butun qal`ani aylanib chiqishar
edi   (OYO).   Lekin   Ali   Qushchi   uzangini   topib,   tipirchilagan   otga   o‘zi   sapchib
mindi-da,   jilovini   qo‘liga   oldi:   u   «qushchi»   nomini   bekorga   olmagan,
a`lohazratlari bilan ovga chiqqan paytlarida, ne-ne asov tulporlarni jilovlab,   bir lahzada   o‘ziga o‘rgatib olardi!..   Bir lahzada   uylari to‘yxonaga aylandi.   (OYO).
Darhol   rasmiy   ohangga   ega: Unda,   o‘sha   ustalaringizni   chaqirib,   darhol
tuzattiring!  (TM).
Tez,   ildam,   jadal,   shitob,   shaxt,   zudlik   bilan     sinonimik   qatorida   tez
barcha uslublarda uchraydi. So‘zlashuv uslubida:  tez bo‘l; tez-tez bo‘l, imillama.
Badiiy   uslubda:   Nima   uchun   to‘da   tez   e`tibor   qozonadi,   tez   ko‘zga   ko‘rinadi?
(TM).   Ilmiy   uslubda:   Hozirgi   davr   boshqaruvida   iqtisodiy   demokratiyaga
asoslangan   ishlab   chiqarish   raqobati   qanchalik   tez   rivojlansa,   shunchalik   tez
bozor iqtisodiyoti samaradorligi ko‘zga tashlana boshlaydi  (R.Valijonov) kabi.
Tez     asosida   yasalgan   tezda,   tezlik   bilan     ravishlari   ham   faol:   1983   yili
angliyalik   matematik   Ch.   Bebbidj   horzirgi   zamonaviy   hisoblash   texnikasi   —
“analitik   mashinalar”   namunasi   loyihasini   ishlab   chiqdi   va   uning   yordamida
o‘sha   davrda   boshqarish   qarorlari   tezlik   bilan   qabul   qilina   boshlandi
(R.Valijonov).   Tezda   qaytamen.   Dadangizga   shikast   etmaydi,   tezda   qaytadi,
degan   edingiz   (OYO).   U   daraja   ko‘rsatkichi   bilan   ham   qo‘llaniladi:   Bizni
shahrimizni   ko‘rgan   odam...   tezroq   omonatimni   topshirib...   shu   shahardan
makon topsam deydi!  (TM).
Sinonimik   munosabatga   kirishuv   jarayonida   shakldagi   moslik   ham
saqlanadi.   Masalan,   tezlik   bilan   –   shitob   bilan   –   shaxt   bilan   :   Mirzo   Ulug‘bek
shitob   bilan   o‘rnidan   turdi.   Bog‘larni   shovullatgan   sovuq   izg‘irin,   go‘yo   uni
to‘xtatmoqchi   bo‘lganday   shitob   bilan   ko‘ksiga   urilar,   chang-to‘zon   va
charxpalak   xazonlar   yuz-ko‘zlarni   ayovsiz   savalar   edi!..   Amir,   elkasida   qora
xurjun,  oysimon  egri   qilichini  eshikka  sharaqlatib  urib,   shaxt   bilan   kirib keldi-
da, poygakka tiz cho‘kib, sajda qildi   (OYO). Lekin keyingi  ikki birlikda   tezlik
bilan   ga   nisbatan   ekspressivlik   kuchli.   Buning   ustiga   tez     o‘zagi   asosidagi
ravishlar umuman harakatning belgisini anglatsa,  ildam, shitob, shaxt   ravishlari
insonning   harakat   tarzi   bilan   bog‘langan:   Xurshida   bonu   dadasini,   xususan   bir
kundayoq egik qaddini rostlab, burungiday  ildam  odimlab, nufuzli mehmonlarni
o‘zi kutib olib, o‘zi kuzatib qo‘yayotgan buvasi Salohiddin zargarni ko‘rganida,
negadir   qayta-qayta   Qalandarning   gaplari   esiga   tushar   va   mavlono   Ali Qushchini o‘ylar edi... Oysiz, zim-ziyo tunda yurish qiyin, oyoq ostidagi toshlar
g‘achir-g‘uchir   qilar,   ariq   bo‘yidagi   tol   shoxlari   yuzlariga  urilar,   Qalandar   esa,
hech   narsaga   parvo   qilmay   tobora   jadallab   borardi   (TM).   Shuning   uchun   ular
o‘rtasidagi sinonimiyada bu ottenkalar payqaladi.
Jadal     ravishi   ilmiy   va   ommabop   uslublarda   qo‘llaniladi:   Ularga   o‘zini
obro‘sizlantirib qo‘ygan ma`muriy-buyruqbozlik tizimi tuzoqdan qat’iyan xalos
bo‘lishning, jadal o‘zgarib borayotgan iqtisodiy sharoitlarga mos bo‘lgan yangi
muassasalar   tizimini   tezlik   bilan   joriy   etishni   birdan-bir   yo‘li   deb   qaraldi
(R.Valijonov). SHunday   qilib,   xorijiy   va   mahalliy   sarmoyadorlar   qo‘lni-qo‘lga
berishib, jadal ishga kirishdilar  («Zarafshon» gaz.).
To‘satdan,   to‘sindan,   qo‘qqisdan,   bexosdan,   birdan,   birdaniga,
dabdurustdan,   nogahon,   kutilmaganda,   banogoh,   ittifoqo,   daf`atan,   ilkisdan,
tuyqusdan, tuyuqsindan, favqulodda, lop etib   sinonimik qatori ravishlar tizimida
eng samarali bo‘lib, kutilmaganda sodir bo‘lgan voqeani anglatadi. Ular orasida
birdan   ravishi   eng   faol   hisoblanadi   va   barcha   uslublarda   qo‘llaniladi:   Birdan
qoziqday qoqilib qoldi. Botir firqa  birdan  sergak bo‘ldi. Birdan esini yig‘ib oldi
(TM).   A.Hojiev   ilkisdan,   tuyqusdan,   tuyuqsindan   ravishlarini   dialektal   deb
ko‘rsatadi:   Etay   deganda   chap   soldi,   /   Ilkisdan   burilib   ketib   (Alpomish).   Lop
etib   da   kutilmaganlikdan   tashqari   harakatning   juda   tezlik   bilan   amalga
oshganligi   ottenkasi   ham   ifoda   etiladi:   Bonuning   esiga   lop   etib   otasi   bergan
risola tushdi   (OYO).
  Birdaniga,   bexosdan,   lop   etib,   qo‘qqisdan     ravishlari   og‘zaki
so‘zlashuvda,     to‘satdan,   dabdurustdan,   nogahon,   kutilmaganda,   banogoh,
ittifoqo,   daf`atan,   favqulodda   ravishlari   kitobiy   uslublarda   qo‘llaniladi.
To‘satdan     rasmiy ottenkaga ega. Masalan,   to‘satdan vafot etmoq     kabi. Badiiy
uslubda:   Uni   dabdurustdan   tanimay   qolgan   a`lohazratlari   shayxulislomning:   –
Amir   Jondor   tarxon?–deganini   eshitib,   bir   sapchib   tushdi.   Nogahon,   daf`atan,
banogoh,   ittifoqo   singari   eskirgan   ravishlar   ham   badiiy   matnlarga   xoslanib
qolgan:   G‘orga   hayrat   bilan   tikilib   qolgan   Ali   Qushchining   esiga...   nogahon
Urgut   tog‘larida   Mirzo   Ulug‘bek   bilan   ov   qilib   yurganlarida   ko‘rgan   bir   g‘or tushdi.   Bobosi Amir Temur bunday holatlarda g‘animning hirovul qo‘shinlarini
oldinga o‘tkazib yuborar, so‘ng  banogoh  jarong‘ir va barong‘ir suvoriylari bilan
qurshab   olib,   qopqonga   tushirar   edi.   Banogoh   ko‘zi   ushatilgan   patirga   tushib,
ko‘nglidan   yana   o‘sha   fikr   o‘tdi:   "Og‘u   "...   Hozir   kitobni   ochganda   daf`atan
ko‘zi tushgan ilk misralar... tushida ko‘rgan qonli kalladan ham dahshatli  edi...
Uning  kasalmand   chehrasida   teran   bir   mahzunlik   aks   etdi,  ovozi   kutilmaganda
g‘amgin   va   samimiy   ohanglar   kasb   etib,   qaltirab   ketdi:   –Ammo...-sizdan
yashirmaymen, mavlono  (OYO).
Haddan   tashqari,   juda,   g‘oyatda     ma`nolarini   beruvchi   favqulodda
ravishida   mubolag‘a   ottenkasi   mavjud:   Favqulodda   qaqqayib   qoldi   (TM) .
Undagi   bu   ottenka   qo‘llanish   ko‘lamini   kengaytirgan.   Ravishdagi   va   sifatdagi
ma`noni   kuchaytirishga   xizmat   qilgan:   SHu   boisdan   bilmoqchimen:   siz   faqirni
kim   deb   bilasiz?–shahzodaning   ovozi   favqulodda   g‘amgin   eshitildi.   Barvasta
gavdasini sipohiy liboslarga siqib kiyinarkan, Qashqirning  favqulodda  yumshoq,
muloyim ovozini eshitdi  (OYO).
Xomush,   ma`yus     ravishlari   ham   o‘zaro   sinonimik   munosabatda.
Xomushlik   umuman   insonning   ruhiy   holatini   ifoda   etsa,   ma`yuslik   tushkunlik,
umidsizlik   ma`nosida   bo‘lib,   asosan   yuzda   aks   etgan   ifodani   bildiradi:   Lekin
ertalabdan   qovog‘i   ochilmay,   xomush   yurgan   Mirzo  Ulug‘bek  toqqa   chiqqach,
peshanasidagi  ajinlari yozilib, labiga kulgu yugurdi. Ali Qushchi bu serhasham
va   serjilo   xonani   tomosha   qilarkan,   xayoliga   bir   fikr   kelib,   ma`yus   kulimsirab
qo‘ydi.  Mirzo  Ulug‘bek,  dedi-yu,  xayoliga  yana  bir   fikr   kelib   ma`yus   jilmaydi
(OYO). SHuning uchun ham   ma`yus yuz    va   ma`yus     tikilmoq    kabi holatlarda
gapda aniqlovchi ham, hol ham bo‘lib kelaveradi.
  T.Murod   uni   inson   qalbiga   nisbatan   ham   qo‘llagan:   Botir   firqani
ko‘ngli... shomdan-da  ma`yus  bo‘ldi, shomdan-da  mungli  bo‘ldi.  
A.Hojiev   lug‘atida   berilgan   yaxshi,   durust,   tuzuk,   binoyi,   binoyidek,
joyida,  soz,   nozanday   (noppa-nozanday),  (noppa-nozin),   bop,  bopta,   ajabtovur,
avlo, poshshaxon, qoyil, qoyilmaqom   so‘zlarida ham harakat belgisini anglatish
xususiyati  mavjud.  Ular   orasida  eng faol   qo‘llaniladigani     yaxshi     so‘zi  bo‘lib, ham   predmetning,   ham   harakatning   belgisini   ko‘rsatadi:   yaxshi   bola   yaxshi
o‘qiydi    kabi. U uslubiy jihatdan neytral so‘z hisoblanadi:   Qorovullar biladi-da,
archa   yog‘och   yaxshi   yonadi.   –   Hali-hozircha,   oblastni   yaxshi   o‘rganganim
yo‘q.   —   Yig‘ilish   yaxshi   o‘tdimi?   Masalan,   intellektuallar   izg‘irin   shamol
nimaligini   yaxshi   biladi   (TM).   A.Hojiev   binoyi,   nozanday,   poshshaxon,
qoyilmaqom     so‘zlarining   oddiy   so‘zlashuvga   xos   ekanligini   aytadi.   Misol:   –
Binoyi   qilibsiz,   xo‘p   binoyi   qilibsiz   (TM) .   Ajabtovur   ni   ham   shu   qatorga
qo‘shish   mumkin:   Ha,   odam   mavzoleydan   chiqib...   ajabtovur   bo‘lib   qoladi!
(TM).    Qoyil   so‘zi  bo‘lmoq, qolmoq   so‘zlari bilan mustahkam birlashib ketgan
va   frazeologik   birlikning   tarkibiy   qismiga   aylangan:   —   Men   sizning   aql-
zakovatingizga... obkomdayoq    qoyil   bo‘lib edim! O‘raga qarab o‘tirdi-o‘tirdi...
o‘ziga-o‘zi   qoyil   bo‘ldi   (TM).   Durust,   tuzuk     so‘zlarida   kitobiylik,   rasmiylik
ottenkasi mavjud.
O‘rin   ravishi.   Harakatning   boshlanish   nuqtasini,   yo‘nalish   tomonini
ko‘rsatadigan   o‘rin   ravishlari   o‘zbek   tilida   tarz   ravishlaridek   ko‘p   emas.
«Umuman,   narsa-predmetning   biror   erda   mavjud   bo‘lishini   bildirganda,   -     deb
qayd   etiladi   «O‘zbek   tili   grammatikasi»da.   –   ravish   harakat   ma`nosini
bildiradigan so‘zlarga taalluqli bo‘lishi shart emas». 5
  Bu esa payt ravishlarining
gapda bir qadar avtonom ekanligidan va predikativlik vazifasini o‘z zimmasiga
olishi   mumkinligidan   dalolat   beradi   va   bu   o‘z   navbatida,   ravishlarning   bu
turining stilistik imkoniyatlarini kengaytiradi. Ta`kidlanganidek, ko‘p miqdorni
tashkil   etmasa-da,   o‘rin  ravishlari   o‘rtasida   ham   sinonimik  munosabat   mavjud.
Ularning ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz. Masalan:
A.Hojiev lug‘atida qayd etilgan   old(ida), huzur (ida), yon(ida), qosh(ida)
sinonimik   qatorida   oldida     ravishi   uslubiy   jihatdan   neytral   hisoblanadi:
Raykomni   mashinasi   bahaybat   darvoza   oldida   bel   bo‘ldi.   eron   xotin-qizlari
ushbu   qarorni   eshitib,   Tehrondagi   Frantsiya   elchixonasi   oldida   namoyish
o‘tkazibdi     (TM) .   Ushbu   ravishning   uslubiy   neytralligi   va   faol   qo‘llanishi   uni
aniq   o‘rinni   anglatish   doirasidan   tashqariga   olib   chiqib,   umuman   harakatning
5
 O‘збек тили грамматикаси,  I  том. – Т: Фан, 1975, 538-б. bajarilgan   o‘rnini   mavhum   tarzda   ifoda   etadi.   Biz   Gippokrat   oldida   qasam
ichganmiz. Butun partaktiv   oldida , afkor omma   oldida   shunday qildi   (TM). Bu
holat   sinonimik   munosabatlarda   ham   seziladi.   Masalan,   aniq   o‘rinni
ifodalaganda   old     ravishiga   qosh     so‘zini   sinonim   sifatida   qo‘llash   mumkin
bo‘lgani   holda,   u   mavhum   ma`noni   anglatganda   bu   sinonimiya   stilistik
g‘alizlikni   keltirib   chiqaradi.   Masalan:   Kolxoz   idorasi   qoshida   oyoq   ildi.
Choynak  qoshida  o‘tirdi (TM) -  Kolxoz idorasi  oldida  oyoq ildi. Choynak  oldida
o‘tirdi.   Qiyoslaymiz:   Gippokrat   oldida   qasam   ichganmiz   -   Gippokrat   qoshida
qasam ichganmiz.  O‘rin ma`nosi umuman ifoda etilganda  old  va  yon    ravishlari
vazifadoshlik   nuqtai   nazaridan   bir-biriga   juda   yaqinlashadi:   Botir   firqani
yonidan   joy  oldi   -  Botir   firqani   oldidan   joy  oldi;  Butun   partaktiv   oldida ,  afkor
omma   oldida   shunday   qildi   -   Butun   partaktiv   qoshida ,   afkor   omma   qoshida
shunday  qildi;  Bir   mahallar   Mirzo  Ulug‘bekning  farmoni  bilan  bu qasri  oliyga
ilk   bor   qadam   qo‘yganida   vujudini   shunday   zo‘r   bir   hayajon   chulg‘ab   olgan
ediki,   boyagi   marmar   hovuzlarning   yonidan   o‘tayotganda   oyoqlari   qaltirab
ketgan   edi   (OYO) -   Bir   mahallar   Mirzo   Ulug‘bekning   farmoni   bilan   bu   qasri
oliyga   ilk   bor   qadam   qo‘yganida   vujudini   shunday   zo‘r   bir   hayajon   chulg‘ab
olgan ediki, boyagi marmar hovuzlarning  oldidan  o‘tayotganda oyoqlari qaltirab
ketgan edi.
Harakat   bajarilgan   o‘rinni   mavhum,   umumiy   tarzda   ifoda   etish   old
so‘zini   ko‘makchiga   aylantirgan:   oldini,   oldiga,   oldida,   oldidan   kabi.   Bunday
paytda   uning   sinonimik   munosabatga   kirishish   imkoniyatlari   ham   torayadi.
Oldiga,   oldida,   oldidan     variantlariga   rasmiylik   ottenkasi   va   obrazlilik   mavjud
bo‘lgan   huzuriga,   huzurida,   huzuridan     so‘zlari   sinonim   bo‘la   oladi:     Bir   zum
go‘zallikning   huzurida     jim / Samoviy hislarga bo‘lib qoldim band   (A.Oripov).
Mana, kun botib, namozi asrga azon aytildi hamki, hanuz  huzuriga  taklif qilmadi
(OYO) .  Ilmiy va rasmiy uslublarda u  oldiga qo‘ymoq  tarzida turg‘unlashgan va
uni   boshqa   ma`nodosh   so‘zlar   bilan   almashtirib   bo‘lmaydi:   Ilmiy
atamashunoslikda   menejment   deganda   shunday   ijtimoiy-iqtisodiy   jarayon
tushuniladiki,   uning   natijasida   o‘z   oldiga   qo‘yilgan   maqsadlarga   firma resurslariga   rahbarlik   qilish   orqali   erishiladi.   “7-S”   tamoyili   korxona,   firma,
xo‘jalik   o‘z   oldiga   qo‘ygan   iqtisodiy   natijaga   erishish   uchun   qo‘yidagi
yo‘nalishlarda ish olib borishini nazarda tutadi  (R.Valijonov).
Oldin  ravishi  ilgari, olg‘a   so‘zlariga sinonim bo‘lishi mumkin:
U   ideal   hokimlik   tiplariga   tavsif   berdi   va   qoidalar   asosida   tarkib   topgan
tartib   kishilarni   tashkil   qilishning   eng   samarali   shakli   —   byurokratiya
(to‘rachilik)   degan   g‘oyani   ilgari   surdi.Hozirgi   birinchi   o‘ringa   mustaqillik,
tashabbuskorlik,   ongli   tavakkalchilikka   tayyorgarlik   ilgari   surilayotgan   bir
davrda   yangi   xo‘jalik   yuritish   sharoitida   rahbar   mehnatining   mohiyat   va
ahamiyatiga   uning   roli   va   tabiatiga   munosabatni   o‘zgartirish   kerak
(R.Valijonov).  Ilgari   ravishining  ilgari surmoq   tarzda turg‘unlishishi uning ham
ma`nosida   mavhumlashish   sodir   bo‘lganligidan   va   ko‘makchiga   o‘tganligidan
dalolat   beradi.   Oldin,   ilgari     so‘zlariga   nisbatan   olg‘a   kitobiy   xarakterga   ega:
Yo‘q   qorinni   olg‘a   surdi.   Yo‘q   qorinni   olg‘a   suraman   deya...   ketiga   chalqayib
qoldi.   Yo‘q   qorinni   tag‘in-da   olg‘a   surdi.   Ko‘kragini   olg‘a   shishirdi.   Olg‘a ,
o‘zbek xotin-qizlari,  olg‘a ! Orolpanoh Madiev bir o‘ngga ta`zim etdi, bir chapga
ta`zim etdi, bir  olg‘a  ta`zim etdi  (TM)
  Old     negizida   hosil   bo‘lgan   so‘zlarning   o‘rin   ma`nosini   anglatish
doirasidan   chiqib,   payt   ma`nosini   berishi   ham   ularning   tilimizda   semantik
ma`nolarining   kengaya   borayotganligidan   dalolat   beradi.   Bunday   paytda   ular
avval  o‘zakli so‘zlarga sinonim bo‘ladi:  Plazmolizga uchragan hujayra suv bilan
ta`minlansa,   darhol   u   oldingi   holatiga   qaytishi   mumkin.   Xromasomalarning
reduplikatsiyasi   tufayli,   ularning   soni   yangi   hosil   bo‘lgan   hujayralarga
taqsimlangunga   qadar   ikki   barobar   ortadi   Reduktsion   bo‘linish   sporalar   hosil
bo‘lishi   oldidan   sporangiylar;   jinsiy   gametalar   hosil   bo‘lishi   oldidan
gametangiylar   va   nihoyat   urug‘lanish   vujudga   kelgan   zigotaning   bo‘linishidan
sodir bo‘ladi  (S.Mustafaev).
Biror   narsaning   nihoyasi,   so‘nggini   ifodalovchi   oxir     so‘zi   negizida
yasalgan  oxirda, oxirigacha   so‘zlari ham ravish sanaladi:  Yo‘q, men  oxirigacha
boraman. Men  oxirigacha  kurashaman!  Oxirigacha  chida, xudo bergan kungacha chida!  (TM). Unga sinonim bo‘ladigan  intiho  so‘zi ekspressiv ottenkaga,  nihoya
kitobiy   xarakterga   ega:   Odamzotni   ibtidosi-da   g‘oyibda   bo‘ladi,   intihosi-da
g‘oyibda bo‘ladi   (TM).   U hatto hind munajjimlari yaratgan mashhur "Sidhaita"
ning tarjimasini ham  nihoyasig a etkazolmadi...  (OYO).
Xuddi   shu   sinonimik   munosabatlar   ravish   turkumi   doirasidagi
baland/yuqori/yuksak,   uzoq/olis/yiroq;   orqa/ket/ort;   past/quyi;   o‘rta/ora,
to‘g‘ri/qarshi,ro‘para   birliklarida   ham   mavjud   va   ular   ham   tadqiqot   uchun
qiziqarli materiallar bera oladi. 
Payt ravishi.     Grammatikaga oid darslik va qo‘llanmalarda payt ravishiga
ham   ravishlarning   ma`no   turlaridan   biri   sifatida   qaraladi   va   uning   harakat,
harakatning   bajarilishi,   yuzaga   kelish   paytini   bildirishga   xizmat   qilib,   qachon?
qachondan beri?   singari   savollarga javob bo‘lishi, gapda ko‘pingcha hol – payt
holi   va ba`zan kesim vazifasida kelishi ta`kidlab o‘tiladi. Masalan:   men bugun
kutubxonaga boraman = kutubxonaga boradigan kunim – bugun   kabi.
SHu ma`noda tilimizdagi   endi, so‘ng, keyin, ilgari, hanuz, ertalab, tunov
kun,   haligacha,   kecha,   bugun,   allaqachon,   avval,   qadim,   hamon,   kechasi,
kunduzi,   indinga,   har   kuni,   kuni   bilan,   yildan   yilga,   qishin-yozin     kabi   so‘zlar
ravishlar sanaladi.
Payt   ravishlarida   ham   sinonimik   imkoniyatlar   mavjud   va   bu   holatning
nutq   jarayonida   ahamiyati   katta.   Masalan,   so‘ng   (so‘ngi),   axir   (oxirgi),   keyin
(keyingi)  so‘zlarini olib qaraylik.  Yig‘ilish so‘ngida gapir, yig‘ilish oxirida gapir
deyish   mumkin,   ammo   adoq,   nihoya,   piravord,   intiho   singari   payt   ma`nosini
ifoda   etuvchi   ravishlarni   ular   o‘rnida   qo‘llab   bo‘lmaydi.   Bu   ushbu   so‘zlardagi
semantik-stilistik ottenkalar va ularning eksprssivlik darajasi bilan bog‘liq.
Ravishlardagi bu kabi son va sifat jihatdan ko‘plik va rang-baranglik, o‘z
navbatida,   ularning   funktsional   tanlanish   va   chegaralanishlarini   keltirib
chiqaradi.   Masalan,   piravord     rasmiy   uslubda,   intiho     va     nihoya     badiiy,
ommabop uslublarda ko‘proq qo‘llanilishining sababi ham ana shunda.
Ilgari, avval, oldin, qadim, burun    ravishlarini olib qaraylik. Bu ravishlar
umumiy   ma`noda   ish-harakatning   nutq   so‘zlanib   turgan   paytgacha   sodir bo‘lganini   yoki   bo‘lmaganini   bidirsa   ham,   ana   shu   sodir   bo‘lganlik   yoki
bo‘lmaganlikni   anglatish   nuqtai   nazaridan   matnda   farqlanishini   payqash   qiyin
emas.   Masalan,   A.Hojievning   «O‘zbek   tili   sinonimlarining   izohli   lug‘ati»
kitobida   bu   haqda   shunday   yozilgan:   « Avval ,   oldin   so‘zlari   kontekst   yoki
boshqa  biror   vosita  yordamisiz  o‘tmish  ma`nosini  aniq  ifodalay  olmydi.   Ilgari,
burun,   qadim     so‘zlari   esa   o‘tmish   ma`nosini   aniq   ifodaly   oladi.   Ilgari     so‘zi
ko‘pincha    avval, oldin    so‘zlariga nisbatan uzoqroq o‘tmishni ifodalash  uchun
qo‘llanadi.   Oldin    ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos.   Burun   so‘zi    ilgari    so‘ziga
nisbatan ham uzoqroq o‘tmishni bildiradi. Lekin     ilgari, avval, oldin    so‘zlariga
nisbatan   kam   qo‘llanadi.   Qadim     so‘zi     burun     so‘ziga   nisbatan   ham   uzoq
o‘tmishni   bildiradi». 6
  Mana   shu   aytilganlar   aynan   ravishlar   uslubiyatining
o‘zidir. 
Sinonimik   munosabatlar   doirasida   oldin   va   avval 7
    ravishlari   bir-biriga
yaqin   turadi:   Oldin   ko‘zlarini   cho‘qib   uydi,   keyin   qanoti   bilan   uyadan   surib
chiqardi.  Risqul.  Buyragingni  qo‘y,   oldin   xabaringni   ayt!   (Zulfiya.  Oy   tutilgan
tunda).   Avval   Zubarjadning boshiga o‘ng qo‘lini qo‘yadi.   (Zulfiya. Oy tutilgan
tunda).   Ali   Qushchi   avval   tortinib,   keyin   esa   xiyol   dadillanib,   hamma
so‘roqlarga   javob   berdi.   Bobosi   esa   avval   uning   peshonasidan   cho‘lp-cho‘lp
o‘pdi   (OYO).   Ularga   sinonim   bo‘ladigan   burun   so‘zi   so‘zlashuv   nutqida   faol.
SHuning   uchun   ham   xalq   og‘zaki   ijodi   namunalarida,   badiiy   matnlarda
uchraydi: Darvesh.  Tashlatishdan  burun  bir hikoya eshit... Devona. Oqyigit bilan
eshmirza   o‘ylanmaslaridan   burun   qanday   yaxshi   odamlar   edi-ya,   hech   qachon
yig‘laganini   ko‘rgan   emasman   (Zulfiya.   Oy   tutilgan   tunda).   Burungi   kunimiz
ham   tuzuk   ekan,   ishimiz   sop   zo‘rga   tushdi.   Alpomishga   ko‘rinmay   ketdi.
6
  Hожиев А.  O‘збек тили синонимларининг изоhли луg‘ати.- Т.: O‘qитувчи, 1974, 8-б.
7
  М.Миртожиев   бу   hолатни   оддий,   лингвистик   метафорлар   деб   баhолайди:
«Умуман,   метафораларда   hосила   маънонинг   юзага   келиши   экстралингвистик
сабабга   кo‘ра   hам,   интралингвистик   сабабга   кo‘ра   hам   бo‘лади.
Экстралингвистик   сабабга   кo‘ра   асосан   оддий   метафора   ва   жонлантириш   содир
бo‘лади.   Масалан,   Аввал   таом,   кейин   калом   (маhол)   гапидаги   аввал     сo‘зи   пайт
маъносини   берган.   У   асли   o‘рин   маъносини   берарди.   Бу   hосила   маъно
экстралингвистик   сабабга   кo‘ра   юзага   келган».   ( Миртожиев   М.   O‘збек   тили
лексикологияси ва лексикографияси. – Тошкент: Университет, 2000, 11-бет). Alpomishdan   burun   Qultoyga   etdi.   SHu   yomon   chubir   bilan   bizdan   burun
kelibsan  (Alpomish).  Ilgari   esa bir ma`nosida ularga sinonim bo‘ladi:  Bu so‘zni
eshitib:   —   Ahmoq   qalmoq,   ilgari   meni   ko‘ribmiding,   yo   mening   bilan
bo‘lsuhbat   bo‘libmiding,   yo   bizing   ko‘zini   boqib,   biznikida   etim-metim
yuribmiding? Poyganing boshida  tortib boylasang,  O‘n besh  kun   ilgari   berman
haydasang  (Alpomish).
Bemahal,   bevaqt,   bemavrid     sinonimik   qatoridagi   so‘zlar   semantik
ottenkalariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi.   Bemahal     ravishi   kerak bo‘lmagan vaqtda
ma`nosini bilan ajralib turadi:  SHu sabab, shizofreniya – partiya-hukumat uchun
bamisoli   bemahal   qichqirgan   xo‘roz   bo‘ladi   (TM).   Musofirman,   qirq   gaz
cho‘kdi ko‘ngilim,  Bemahal  etmadi qaytayin o‘lim    (Alpomish) .  Bunday vaqtda
u   bemavrid   so‘ziga  sinonim   bo‘ladi:   Bemavrid   shodlikdan  qaynadi,  toshdi!   Va
dedi:   “Ko‘ringiz,   mana,   oliy   zot,   Spitamen   o‘ldi!   Qirqildi   boshi!”   (M.Ali.
Spitamen).   So‘zlari   bemavrid   ekanini   bilib,   darrov   xatosini   tuzatdi   (O‘X).
Bemahal     so‘zi   odatdagi   vaqtdan   kech   bo‘lganda   bevaqt     so‘ziga   sinonim
bo‘ladi:   YOlg‘iz   yurib   ko‘p   yo‘llarni   olaman,   Xorib-charchab   bemahalda
kelaman.   Kun   bevaqt   bo‘ldi,   bemahal   borgan   mehmonning   izzati,   obro‘yi
bo‘lmaydi, bugun men sizlarning qo‘shxonalaringda yotayin, ertangi so‘ng turib
ketayin.   Tun   qorong‘i,   bevaqt   bo‘lib   boradi,   Qo‘nar   fursat   endi   yaqin   keladi.
Bevaqt   borib   baxmal   uyga   kiradi,   SHul   zamonda   Barchinoyni   ko‘radi
(Alpomish). Lekin   bevaqt     so‘zi o‘limning aniqlovchisi bo‘lib kelganda buning
aksini,   ya`ni   e rta     ma`nosini   bildiradi:   Quruq   tuhmatdan,   bevaqt   o‘limdan
saqlashni Tangridan iltijo qildi   (O‘X).
Payt   ravishlari  sinonimlari  qatorida   doim,  doimo,  hamisha,  hamma  vaqt,
har  doim, har  mahal, har  vaqt, nuqul, mudom, birday,  yakkash, yalang,  hadeb,
o‘ngkay     so‘zlari   ham   salmoqli   o‘rin   tutadi.   Ular   orasida   doim     so‘zi   og‘zaki
nutqqa   xos.   Badiiy   nutqda   ham   poetik   talab   bilan   qo‘llaniladi:   Garchand   men
tug‘ilgan   ermas   bu   tuproq,   /   Lekin   xotirada   yashaydi   doim .   (Zulfiya.   Jasorat).
Uning   varianti   hisoblanadigan   doimo   da   rasmiylik,   ko‘tarinkilik   ottenkasi
mavjud, shuning uchun ilmiy va rasmiy matnlarda aynan shu tarzda qo‘llaniladi: Bundan esa shunday xulosa chiqadi: bunday xodimni  doimo  majburlash, nazorat
qilish,   jazolash   va   jarima   solish   bilan   qo‘rqitib   turish   zarur.   Rahbarlar   va
ishchilarning taqdiri bir deb qaraladi, ular hatto bir oshxonada ovqatlanadilar va
doimo   birga   bo‘ladilar.   Boshqarish   haqidagi   fan   doimo   harakatda   bo‘ladi
(R.Valijonov).   Nuqul     so‘zi   ham   so‘zlashuv   uslubida   faol:   nuqul   kuladi,nuqul
iljayadi,   nuqul   gapiradi,   nuqul   ovqat   eydi   kabi.   U   gapda   holdan   ko‘ra   ko‘proq
aniqlovchilik   vazifasini   bajaradi:   Nuqul   go‘daklar   bilan   /   Qolgan   kunlar   ham
bitdi   (Zulfiya. Ikki o‘rtoq).   Nuqul   asl, qimmatbaho mol. / O‘n sidirg‘a ko‘ylak,
besh ro‘mol  (Zulfiya. Zaynab va Omon).  Xonaqohning eshigida,   nuqul  oq joma
kiygan   muridlar   davrasida...   oppoq   soqoli   ko‘ksiga   tushgan,   baland   bo‘yli,
nihoyatda ko‘hlik bir chol unga o‘tkir ko‘zlarini qadab turardi  (OYO).
Mudom, yakkash     ravishlarida obrazlilik kuchli va ular badiiy matnlarga
xos:   Mudom   jo‘shqin   umrim   hukmida   yurgan,   /   Qadriga   etmagan   pinhon
she`rimdir   (Zulfiya.   ekrandagi   yurak).   Botir   firqa   endi...   yakkash   o‘zi   o‘yladi.
(TM).   Hadeb   o‘tirishi   joniga   tegdi   (TM).   Unga   quyosh,   chechak   va   dengiz   /
Kuylar  yakkash , «Sen janub yoqda!»  (Zulfiya. Rus ayollari).
Harakatning   bajarilishidagi   uzluksizlikni   ifoda   etuvchi     hamisha   so‘zida
kitobiy   ottenkasi   kuchli   vash   u   tufayli   rasmiy   va   ilmiy   uslublarda   ko‘proq
ishlatiladi. Badiiy uslubda ham ana shu uslublarga xos bo‘lgan vaziyat ifodasida
qo‘llaniladi:   Ku-ku-luks-klanlar   hamisha   boshdan-oyoq oppoq libosga burkanib
yuradi.   SHu   sabab,   o‘zlarini   hamisha   men   haq     deb   biladi.   To‘da   hamisha
aybdor izlaydi… hamisha gunohkor izlaydi. Ana shu ikki toifa  hamisha  kurashib
keladi. el-yurt  hamisha  g‘oyalarga ishonib keldi, g‘oyalarga suyanib keldi  (TM).
Iqtisod aniq fan sifatida iqtisodiy nuqtai nazardan to‘la axborotlarga ega bo‘lib,
har qanday holatda o‘zini aqlli tutadigan sun`iy shaxs sifatida gavdalanadi va u
iqtisodchilar uchun  hamisha  sajdagoh bo‘lib xizmat qiladi  (R.Valijonov).
Tarkibida   olmoshlar   ishtirok   etadigan   hamma   vaqt,   har   vaqt,   har   doim
ravishlarida amaldagi  harakatni ta`kidlash ottenkasi  kuchli:   Hamma vaqt   bedor
suv!  Kuydor   shalola.  /  Sen  bu tuproqda jonsan,  hayotsan   (Zulfiya.  So‘roqlaydi shoirni   she`rim).   Sarkardalar   ichida   yashar   u   har   vaqt .   /   Xotiradan   silinmas
shuhrati, shoni!  (Zulfiya. Knyaginya M.N.Volkonskaya).
Miqdor-daraja   ravishlari   sifatida   qaraladigan   so‘zlarning   aksariyat   qismi
nafaqat   ravishlarga,   balki   sifatlarga   ham   tegishli   bo‘lib,   ulardagi   belgining,
ya`na   harakat   yoki   narsa-hodisa   belgisining   oz-ko‘pligini   ifoda   etadi.   Shuning
uchun   bu   o‘rinda   ularning   faqat   harakat   bilan   bog‘liq   jihatlariga   e`tibor
qaratiladi.
Ravishlarga   qo‘shilib,   amalga   oshayotgan   harakatni   biroz   mubolag‘ali
tarzda ifodalashga, bajarilishini kuchaytirib, ta`kidlab o‘tishga, miqdorning ko‘p
yoki ozligini  ko‘rsatishga xizmat  qiladigan    ayni, avji, rosa,  juda, eng     so‘zlari
tizimida e ng, juda, rosa   birliklari og‘zaki nutqqa xosligi bilan ajralib turadi: e ng
ko‘p   gapirgan   shu   bo‘ldi,   juda   maza   qildik,   rosa   kulishdik,   eng   keyin     kabi .
Keyingi   ikki   holatda   ham   ular   aslida   ravishlarga   qo‘shilgan:   juda   ko‘p   maza
qildik,   rosa   ko‘p   kulishdik   kabi.   Ammo   kuchaytirish   ottenkasi   ravishlar   tushib
qolib, ularning vazifasini ham bu kuchaytiruvchi vositalar o‘z zimmasiga oladi.
Yana:   Juda   bo‘ladi-da!   SHunday   qo‘li   gul   ustalarimiz   bor,   boplab   tashlaydi.
Juda  bo‘lsa – vatanga ona so‘zini qo‘shib aytsa bo‘ladi  (TM).
Daraja-miqdor ravishi payt, o‘rinni, tarzni ifodalvchi ravishlardagi belgi-
xususiyatlarni   kuchaytiruvchi   vosita   sifatida   qatnashadi   va   nutqda   qavatlangan
ravishlar   paydo   bo‘ladi:   payt   ma`nosining   kuchaytirilishi:   SHu   boisdan-da,
odamzotni joni e ng   oldin... oyoqdan uziladi   (TM) -   Shu boisdan-da, odamzotni
joni oldin... oyoqdan uziladi . e ng  oldin qorovulxonaga kirib boradi  (TM)-   Oldin
qorovulxonaga kirib boradi . Miqdorni ifodalovchi ravishlarga qo‘shilganda ham
ma`noni   kuchaytiradi:   Ular   zeb-ziynatlarini   ko‘rsatmasinlar,   magar   erlariga   yo
otalariga,   yo   erlarining   otalariga,   yo   o‘g‘illariga,   yo   erlarining   o‘g‘illarnga,   yo
o‘zlarining   og‘a-inilariga,   yo   o‘zlarining   og‘a-inilariga,   yo   og‘a-inilarining
o‘g‘illariga,   yo   opa-singilarining   o‘g‘illariga,   yo   o‘zlari   kabi   ayollarga,   qo‘l
ostidagi cho‘rilarga, yo ayollardan behojat bo‘lgan, ya`ni   juda   keksayib qolgan
yoki   aqlsiz-devona   erkak   xizmatkor   qo‘llarga,   yo   ayollarning   avratlaridan
xabardor   bo‘lmagan   go‘daklargagina   ko‘rsatishlari   joizdir.   (TM) .   So‘zning takrorlanishi   ma`noni  yanada  kuchaytiradi:   O‘ylari  esa  hayotdan  juda-juda olis
bo‘ladi   (TM).   Harakatga   nisbatan   sub`ektiv   munosabat   ifodalanadi:   Odamzot
ayni  pishib, etilib ko‘z yummaydi  (TM) .  Bu ottenka  rosa   orqali biroz kuchlirok
va   mubolag‘aliroq   beriladi   va   maqtanchoqlik,   mag‘rurlanish   ottenkasi   yuzaga
chiqadi:   Ukrainada   ocharchilikka   qarshi   kurashib,   rosa   tajriba   to‘plaganmiz
(TM).
Harakat   belgisining   kuchaytiruvchi   va   ravish   vazifasini   bajaruvchi   har
qancha,   harchand,   qancha     so‘zlari   o‘zaro   sinonimik   munosabatda   bo‘ladi:
Ammo-lekin   biz   sovet   xalqi   shugina   qisqa   vaqt   mobaynida   olamshumul
muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdik, bu bilan butun sovet xalqi, shu jumladan, ozod
SHarq   xotin-qizlari   har   qancha   faxrlansalar   arziydi...   ozod   SHarq   xotin-qizlari
har   qancha   faxrlansalar   arziydi...   (TM).   e nasining   bu   qiliqlaridan   uyalgan   Ali
Qushchi   harchand   iltimos   qilmasin,   yalinib-yolvormasin,   hatto   qattiq-quruq
so‘zlamasin,   foyda   bermas,   Tillabibi:   "Bo‘talog‘im!"   deb   qichqirganicha
orqasidan   yugurgani   yugurgan   edi...   (OYO).   Ammo   har   qancha     uslublararo
neytralligi,   harchand     badiiy bo‘yoqdorligi bilan o‘zaro farqlanadi. Bir ma`nosi
bilan   ularga   sinonim   bo‘ladigan   qancha     so‘zi   ham   uslubiy   jihatdan   neytral
hisoblanadi:   Ha,   u   o‘z   umrida   qancha   xatolar   qilmasin,   qancha   yanglishmasin,
ilm-ma`rifat yo‘lida qirq yil qilgan mehnati zoe ketmabdi  (TM) .
Harakatning   belgi-xususiyatlarini   anglatuvchi   ravishlar   silsilasida   hech,
aslo,   asti,   sira,   mutlaqo,   zinhor,   butunlay,   hargiz,   taqir,   zarracha,   tirnoqcha
sinonimik qatori ham salmoqli o‘rin tutadi. Ulardan  hech   barcha uslublarda faol
qo‘llaniladi:   Bahorimga   yog‘gach   hech   erimas   qor,   /   Gulday   she`r   yozmadim
atrlar   sochib... (Zulfiya.   Kechir   yoshlik).   Hech   bahor,   tuproqda   uyg‘onish   /
O‘tdimi   qalbimning   yonidan?   (Zulfiya.   Kechir,   bahor).   U   ko‘ngliga   tugib
qo‘ygan gaplarini aytishga iymanar, bu gaplar usiz ham arang o‘tirgan otasining
o‘ksik   ruhiga   ozor   berishidan   cho‘chir,   ayni   zamonda   Qalandar   Qarnoqiyning
so‘zlari yodidan   hech   ko‘tarilmas edi   (OYO).   Aslo, hargiz     poetik uslubga,   asti
so‘zlashuv uslubiga xos:   Derdim   aslo  o‘lmas burgut bosgan iz. / SHu qayrilmas
qanotlarda uchaber  (Zulfiya. Qishloq vrachi).  Qaro er bag‘riga essiz, bu do‘stga alvido   denglar,   /   CHirog‘ing   uchmagay   hargiz ,   yashaysan   biz   aro   denglar
(Zulfiya.   Do‘stga   marsiya).   e ndilikda   u   sharmanda   qiz,   /Kelinlikka   yaramas
hargiz !   (Zulfiya. Zaynab va Omon). –   Asti   qo‘ying, ming shukur, /Tug‘adi ofat
– urush  (Zulfiya. Ikki o‘rtoq).
Hech,   aslo,   sira,   hargiz   so‘zlari   o‘zaro   sinonim   bo‘ladi:   Umri   jovid
yo‘qdir   aslo   ustivor   olam   aro,   Ketdi   ko‘plar,   biz   keturmiz,   topqusen   sen   ham
fano   (OYO) -   Umri   jovid   yo‘qdir   hargiz   ustivor   olam   aro,   Ketdi   ko‘plar,   biz
keturmiz,   topqusen   sen   ham   fano..  U   Amir   Kamoliddinga  ishonar,   uning  qal`a
kalitini shahzodaga qarshiliksiz topshirishini  sira  kutmagan, chunki uni o‘zining
eng   sodiq   amirlaridan   biri   deb   o‘ylardi!..   (OYO)   -   U   Amir   Kamoliddinga
ishonar,   uning   qal`a   kalitini   shahzodaga   qarshiliksiz   topshirishini   hech
kutmagan, chunki uni o‘zining eng sodiq amirlaridan biri deb o‘ylardi  -  U Amir
Kamoliddinga ishonar, uning qal`a kalitini shahzodaga qarshiliksiz topshirishini
aslo  kutmagan, chunki uni o‘zining eng sodiq amirlaridan biri deb o‘ylardi.  
Zinhor   badiiy   uslubga   xoslangan:   Nigohim   yo‘ldadur,   kelgaymi   deb,
zinhor   bilmaysen, Ko‘ngil  ohin bilurmi  deb, kutarmen, yor, bilmaysen   (OYO) .
Bu   so‘z   takror   qo‘llanib,   juftlashganda   inkor   ottenkasi   yana   ham   kuchayadi:   –
Amir Temur toshlari... ehtiyot bo‘lmoq kerak...  zinhor-bazinhor  ehtiyot bo‘lmoq
kerak  (OYO) . 
Butunlay     va   mutlaqo     ravishlari   sinonimik   munosabatda   bo‘ladi,   ammo
butunlay   og‘zaki,   mutlaqo   esa kitobiy mazmunga ega:   Ha, mavlono Muhiddin
rasadxonaning   eng   pastki   oshyonasida   o‘tirib,   bu   g‘aroyib   olat   va   usturloblar
yordamida   ko‘kka   tikilganda   foniy   dunyo   tashvishlari   xayolidan   butunlay
ko‘tarilar, dili  bo‘lakcha  bir   zavq  va hayratga  to‘lar,  nazarida, hududsiz  koinot
bilan, allaqanday ilohiy kuchlar bilan, milt-milt yongan sirli sitoralar bilan uzoq
va osuda suhbat qilar edi...   (OYO) -   Ha, mavlono Muhiddin rasadxonaning eng
pastki   oshyonasida   o‘tirib,   bu   g‘aroyib   olat   va   usturloblar   yordamida   ko‘kka
tikilganda foniy dunyo tashvishlari  xayolidan   mutlaqo   ko‘tarilar, dili bo‘lakcha
bir   zavq   va   hayratga   to‘lar,   nazarida,   hududsiz   koinot   bilan,   allaqanday   ilohiy kuchlar   bilan,   milt-milt   yongan   sirli   sitoralar   bilan   uzoq   va   osuda   suhbat   qilar
edi...
O‘zaro sinonimik munosabatda  bo‘lgan   juda, g‘oyat, g‘oyatda, bag‘oyat,
nihoyatda, benihoya, ashaddiy, o‘tketgan, toza, rosa, xo‘p(xo‘b), biram, chunon,
beqiyos, mislsiz, obdan, o‘bdan, chandon, zap, ko‘p, o‘ta, uvvlo, bisyor, yomon,
kamoli,   kiroyi,   o‘lgu(n)day,   o‘larday,   o‘larcha,   qattiq   so‘zlari   ham   harakatga
bog‘liq   bo‘lgan   belgi-xususiyatlarni   kuchaytirib,   oshirib   ko‘rsatishga   xizmat
qiladi:     Ammo   SHarof   Rashidovni   gaplaridan   g‘oyat   ta`sirlandi   (TM) .   Kim
bo‘lsa-da,   xo‘p   aytib edi   (TM) .   Bu ravishlar ba`zan og‘zaki nutqda qavatlangan
holda   yoki   yuklamalar   bilan   birgalikda   keladi   va   ular   yordamida   harakat
belgisining   ekspressivligi   yana   ham   ortadi:   Suvi   toza   ham   tiniq   oqdi.   Juda
yomon  yaralandi! – dedi Botir firqa  (TM)
Payt   ma`nosini   ifoda   etadigan   birpas,   bir   oz,   ozgina,   andak,   sal,   picha
so‘zlarida ham belgining darajasini ko‘rsatish xususiyati  mavjud. Masalan:   O‘z
el-yurtingiz emasmi, odamga  picha  botar ekan. - Vaqt  picha  o‘tibdi, – dedi Botir
firqa.   –   Pichagina   o‘tibdi.   -   Men   picha   ayta   olaman,   o‘ptoq   Rashidov.   -   Picha
tiyilsang-chi, qanaqa bolasan, o‘zi? Anig‘i,  picha  o‘tirgisi keldi  (TM).
O‘zbek   tilidagi   ataylib,   atay,   atayin,   ataydan,   jo‘rttaga,   jo‘rtta,   maxsus,
qasddan,   azza-bazza     so‘zlari   harakatning   nima   maqsadda   amalga
oshirilganligini   bildiradi.   Ulardan   atay   negizidagi   ravishlar   va   jo‘rttaga   ravishi
og‘ziki   nutqqa,   maxsus   va   qasddan     esa   kitobiy   nutqqa   xoslangan.     Sinonimik
munosabatlar   esa   quyidagicha:   atay,   ataylab   –   jo‘rttaga:   Och   nigohing   tushsin
deb   atay ,   /   Alanganing   guliday   chaqnay   (Zulfiya.   Yo‘ldagi   insonga).   Ataylab
tosh emagandir, axir! Qurbonoy xola atay gapni boshqa yoqqa burdi.   (O‘X). U
jo‘rttaga   "sultoni   sohibqiron",   dedi   va   bu   gapi   shahzodaga   yoqqanini   sezib,
davom   etdi   (OYO).   Maxsus   va   qasddan     so‘zlari   ham   sinonimik   munosabatga
kirishadi.   Ammo   qasddan   ning   o‘rnida   maxsus   ni   qo‘llashi   mumkin   bo‘lgan
holda,  maxsus  ning o‘rnida  qasddan   qo‘llab bo‘lmaydi: e rta-indin sovuq tushsa,
o‘quvchilar   o‘rtasida   norozilik   kayfiyatini   tug‘dirish   uchun   qasddan   shunday
qildi.   Basharti   sovet   pechkasini   qasddan   buzgan   taqdirda   ham   uni   tarbiyalash kerak   (O‘X).   U   to‘rtinchi   kurs   davomida-umumkasbiy   va   ixtisoslik   fanlarini
o‘rganish jarayonida, shuningdek, mazkur standartdagi uni bajarishga ajratilgan
maxsus   vaqt   mobaynida   bajariladi   (DTS).   O‘lik   tashiydigan   maxsus   samolyot
bo‘ladi, deyishadi. O‘lik tashiydigan  maxsus  samolyot bo‘ladi, deyishadi  (O‘X).
SHuning   uchun   ham   ma`no   ottenkasiga   ko‘ra   qasddan     ko‘proq     atay     o‘zakli
so‘zlarga   yaqin:   -   Yig‘lama,   -   dedi   rahmi   kelib.   -   Ataylab   qilmadim-ku,   jinni!
Oting   nima?   (O‘X)   -   -   Yig‘lama,   -   dedi   rahmi   kelib.   -   Qasddan   qilmadim-ku,
jinni! Oting nima?   Ammo bu qoidani hamma holatlarga ham qo‘llab bo‘lmaydi:
Qizcha ham iltijo qiladi  chunon. – / Rahmat  Huriliqqo,   atay   kelamiz . (Zulfiya.
Quyoshli   qalam).   Ataylab     so‘zi   maxsus   ga   sinonim   bo‘lishi   mumkin:   Hovli
o‘rtasida   bir   vaqtlar   dadam   ataylabdan   Beshariqdan   qavas   qilib   oldirib   kelgan
qo‘qongullar yashnab yotibdi  (O‘X) -  Hovli o‘rtasida bir vaqtlar dadam   maxsus
Beshariqdan qavas qilib oldirib kelgan qo‘qongullar yashnab yotibdi.
Ayrim misollar tahlilida ravish so‘z turkumiga oid yasama so‘zlarda ham
sinonimik   munosabatlar   mavjudligini   kuzatish   mumkin.   Masalan   bu   holat     -
larcha, - larchasiga   qo‘shimchalari  o‘rtasida kuzatiladi. Bu imkoniyat fors-tojik
tilidan   kirib   kelgan   – ona     qo‘shimchasining   bu   safga   qo‘shilishi   bilan   yanada
kengayadi   Bu   qo‘shimchaning   o‘zbek   tilidagi   – lar     va         –chasiga
qo‘shimchalariga   teng   kelishi   ilmiy   adabiyotlarda   qayd   qilib   o‘tilgan. 25
25
Dabdurustdan qaraganda shundayligi ham to‘g‘ri. Ammo qator misollarni tahlil
qilib,   til   faktlarini   me`yor   prizmasidan   o‘tkaza   boshlagandan   so‘ng   bu
qarashning   ayrim   izohtalab   o‘rinlari   ham   ma`lum   bo‘lib   qoladi.   Misollarga
murojaat qilamiz:  ayyorona – ayyorlarcha – ayyorcha - ayyorchasiga, beadabona
–   beadablarcha,   birodarona   –   birodarlarcha,   bahodirona   –   bahodirlarcha,
botirona   –   botirlarcha   –   botirchasiga,   go‘dakona   –   go‘daklarcha   –
go‘dakchasiga,   do‘stona   –   do‘stlarcha   –   do‘stchasiga,   zolimona   –   zolimlarcha,
iblisona   –   iblischasiga   –   iblislarcha,   mag‘rurona   –   mag‘rurlarcha,   mardona   –
mardlarcha   –   mardchasiga,   mastona   –   mastcha,   mag‘rurona   –   mag‘rurchasiga,
mohirona   –   mohirlarcha   –   mohirchasiga,   pahlavonona   –   pahlavonlarcha,
25
25
  O‘збек тили грамматикаси, 1 том, 532-бет. tajavvuzkorona   –   tajavvuzkorlarcha,   firibgar   –   firibgarlarcha   –   firibgarchasiga,
faqirona – faqirlarcha, xoinona – xoinlarcha, qahramonona – qahramonlarcha –
qahramonchasiga     kabi   variantlar   tilimizda   yashab   kelayotganligi   imlo
lug‘atlarda   qayd   etilgan.   Ammo   adibona,   badbaxtona,   betarafona,
donishmandona,   dilbarona,   dilovarona,   devkorona,   johilona,   jinoyatkorona,
jasurona,   zohidona,   zaifona,   ig‘vogarona,   isyonkorona,   kamtarona,   lutfkorona,
muloyimona,   ma`sumona,   majnunona,   muzaffarona,   makkorona,
mutakabburona, mug‘ombirona, ma`yusona,  namoyishkorona, ojizona, odilona,
oshkorona,   oqilona,   payg‘ambarona,   razilona,   riyokorona,   sitamkorona,
san`atkorona,   tashabbuskorona,   takabburona,   fidokorona,   xoloskorona,
xiyonatkorona,   xolisona,   ehtiyotkorona,   g‘oyibona,   g‘olibona,   g‘aribona       kabi
so‘zlarga  – larcha, -chasiga   qo‘shimchalarining qo‘shilishini o‘zbek tili va   imlo
va   morfem   lug‘atlarida   uchratmadik.   Bundan   ana   shu   so‘zlar   doirasida   ular
sinonim   emas   ekan,   degan   xulosa     kelib   chiqmaydi.   Faqatgina   shu   narsani
ta`kidlash  zarur  bo‘ladiki, misollar  tahlilida bu uch qo‘shimcha sinonimiyasida
nutqiy me`yor asosiy o‘ringa chiqishi ma`lum bo‘lib qoladi. 
Boshqacha   aytganda,   bu   so‘zlarning   deyarlik   barchasiga,   faqatgina
oshkor       va   g‘oyib     so‘zlarini   istisno   qilgan   holda,   - larcha     qo‘shimchasini
qo‘shish   to‘g‘ri   bo‘ladi   va   ularning   ishlatilishini   me`yor   hisoblash   mumkin.
Lekin   – chasiga   qo‘shimchasi   haqida   bu   gapni   aytish   hamma   vaqt   ham   to‘g‘ri
emasday   ko‘rinadi.   Masalan,   biz   nutqimizda   so‘zlarni,   garchi   grammatik
jihatdan   qo‘pol   xato   hisoblanmasa-da,   badbaxtchasiga,   betarafchasiga,
go‘dakchasiga,   dadilchasiga,   johilchasiga,   zaifchasiga,   muhibchasiga,
muloyimchasiga,   mas`umchasiga,   muzaffarchasiga,   ma`yuschasiga,
namoyishkorchasiga,   ojizchasiga,   oshkorchasiga,   oqilchasiga,   olimchasiga,
razilchasiga,   sitamkorchasiga,   tajavvuzkorchasiga,   xoinchasiga,   xolischasiga,
g‘oyibchasiga,   g‘aribchasiga     tarzida   qo‘llashga   odatlangan   emasmiz.   Ayrim
holatlarda   ba`zi   shaxslar   va   badiiy   adabiyot   tilida   qo‘llanganda   ham   ularni
ommalashgan, binobarin, me`yorlashgan deb aytish qiyin.  Bu   qo‘shimchalarning   ishlatilishida   ba`zan   yuqorida   aytilganlarning
aksini   ko‘rish   ham   mumkin.   Mas.:   dehqonchasiga,   dehqonlarcha     tarzida
tilimizda faol ishlatilishi bilan birga  dehqonona   deyish me`yorlashgan emas. 
Ularga   ayrim   misollar   keltirish   bilan   chegaralanamiz:   Uchala   o‘g‘il   ham
seniki-ku!   (Tangabekaga   makkorona   jilmayib   qaraydi)   (Zulfiya.   Oy   tutilgan
tunda).  Bu ko‘rgiliklardan yuragi laxcha cho‘g‘ bo‘lgan Qalandar, o‘rnidan turib
ketdi,   telbalarcha   atrofiga   tikilib,   yana   o‘tirdi   (OYO).   –Xushomadni   bilasen,
tulki!–dedi shahzoda  mastona  kulimsirab  (OYO) .
  Bu   qo‘shimchalar   yordamida   yasalgan   so‘zlarda   uslubiy   chegaralanish
mavjud.  –larcha, -chasiga   og‘zaki,  -ona   kitobiy ottenkaga ega. Masalan, rasmiy
uslubda:   Ya`ni,   birovga   ko‘r-ko‘rona   ishonib,   ko‘r-ko‘rona   kafillik   bera
olmaydi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Mudofaa   va   Sog‘liqni   saqlash   vazirliklari,
Davlat   test   markazi   bilan   birgalikda   joylardagi   chaqiruv   komissiyalarining
samarali
ishlashini tashkil qilsinlar,
chaqiruvchilarning sifatli va  xolisona  tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini,
ularning   ma`naviy-ruhiy   fazilatlari   va   intellektual   rivojlanish   saviyasi
qonunchilikda   belgalangan   tanlovning   harbiy-kasbiy   mezonlariga   qat`iy
muvofiq   ravishda   o‘rganib   chiqilishini   ta`minlasinlar   («Zarafshon»).   Badiiy
uslubda:  Abdullatif a`zoyi badaniga rohatbaxsh bir narsa taralayotganday bo‘lib,
mastona   suzilgan   ko‘zlarini   ochdi,   ochdi-yu,   hayron   bo‘lib   qoldi.   Bu   qiyomat-
qoyim   bosilguncha   shahardan   chiqib,   g‘aribona   kun   o‘tkazib   turmoq   darkor,   –
Miryusuf   Xilvatiy   shunday   dedi-da,   elkasidagi   xurjunini   to‘g‘rilab,   qarshidagi
tor ko‘chaga kirib ketdi. SHahzoda bir necha bor rasadxonaga  pinhona  borib, bu
kitoblarni ko‘zdan kechirgan edi  (OYO) .
Tahlillardan shu narsa ma`lum bo‘ladiki, ravishlarda harakatning alohida
belgi-xususiyatlarini   ko‘rsatish   bilan   birgalikda,   bu   xususiyatlarni   so‘zlovchi
yoki   yozuvchining   bu   harakatlarga   sub`ektiv   munosabatini   ifoda   etuvchi
imkoniyatlar   ham   mavjud.   Bir   harakat   belgisini   ko‘rsatadigan   yoki   ravishlar
yasaydigan   qo‘shimchalarning   bir   necha   variantlari   mavjud   bo‘lishi   ularning sinonim   tarzda   qo‘llanilishi   va   bu   qo‘llanilishda   stilistik   ottenkalarning
farqlanishi hamda uslublararo xoslanishini ko‘rsatadi.
Lug'atning   semantik   va   stilistik   o'ziga   xosligi   bizning   davrimiz   uchun   juda
dolzarb   bo'lgan   ommaviy   axborot   vositalarining   tilida   aniq   ko'rinadi.   Bu
zamonaviy   jurnalistika   matnlarining   mavzulari   va   maqsadi   xilma-xilligi   bilan
bog'liq.
Jurnalistik   uslubning   janr   o'ziga   xosligi   tilning   tematik   va   stilistik   jihatdan
heterojen   vositalaridan   foydalanishdadir.   Gazeta   va   jurnal   maqolalarida   turli
uslublar  (badiiy, ilmiy,  ishbilarmonlik,  notiqlik va  boshqalar)  xususiyatlarining
uyg‘unlashuvi   uslub   jihatidan   har   xil   so‘z   va   grammatik   vositalardan
foydalanishga   olib   keladi.   Turli   stilistik   rangdagi   so'zlar   va   matn   qismlari
oldindan   aytib   bo'ladigan   chegaralar   ichida,   chunki   jurnalistik   matnlarning
hajmi,  qoida   tariqasida,   kichikdir.   Tilning  uslubiy   vositalarining   xilma   -   xilligi
publitsistik   nutq   ustalariga   maqola   yoki   eslatmaning   yorqin   sarlavhalari   bilan
o'quvchi   e'tiborini   jalb   qilish,   uni   zamonaviy   hayotning   dolzarb   muammolari
bilan qiziqtirish imkonini beradi.
Atrofimizdagi   dunyoning   spektral   xilma-xilligi   rus   tilining   derivativ
imkoniyatlari bilan birgalikda rangning juda keng leksik va semantik maydonini
shakllantirdi, bu jurnalistik uslubning semantik va stilistik o'ziga xosligiga ta'sir
qila   olmadi.   Kolorativlarning   ulkan   semantik   va   ekspressiv   salohiyati   ularning
kundalik   nutqda   erkin   ishlatilishiga   va   ommaviy   axborot   vositalari   matnlarida
faol ishlatilishiga olib keldi. Bunga rangning leksik-semantik sohasi elementlari
nisbatining   tarixiy   o'zgaruvchanligi,   uning   tarkibi,   semantikasi   va   tuzilishi
yordam beradi. Ranglovchilarning semantikasining o'zgarishi va rivojlanishining
natijasi   zamonaviy   rus   tilida   ularning:   1)   to'g'ridan-to'g'ri,   2)   majoziy   va   3)
ramziy   ma'nolarining   birgalikda   mavjudligidir,   chunki   rang   nafaqat   insonning
vizual   idrokining   atributi,   balki   rang.   shuningdek,   shaxs   etnolingvistik   ong   va
tasavvurining ajralmas qismidir. bitta.
Kolorativlar sifat sifatlari bo‘lganligi uchun ularning bevosita leksik ma’nosi
predmetning rang xususiyatini tavsiflashdan iborat. Ommaviy   axborot   vositalari   matnlarida   bunday   ranglar   bizning   leksik
kartotekamizdagi   rang   belgilarining   umumiy   sonining   30%   ni   tashkil   qiladi.
Bunday   rang   beruvchilar   qo'shimcha   (ijobiy   yoki   salbiy)   ekspressiv-majoziy
ma'nolarni   yaratishi   mumkin,   chunki   rang   belgilarining   semantikasi   dastlab
qo'shimcha,   modal-baholovchi   impulsni   olib   yuradi.   Masalan,   AiF-dagi
maqolalardan   birining   muallifi   rang   -baranglikdan   foydalanib   ,   o'z   tug'ilgan
shahridagi tashvishli ekologik vaziyat haqida o'z tasavvurini shunday ifodalaydi:
Shahar ulkan kuldonga o'xshaydi, kulrang va tutun (AiF. 2005). № 13). 2.
ma'nosi   ko'pincha   frazeologik   jihatdan   bog'liq   bo'lib   chiqadi:   u   so'zlarning
barqaror   birikmalarining   bir   qismi   sifatida   amalga   oshiriladi   [1,   251].   Bu
ranglarning aksariyati - ommaviy axborot vositalarining matnlarida uchraydigan
rang  belgilarining  umumiy  sonining  55%:   qora  hasad  (AiF  2005.  No  50),  ko'k
tush   (AiF   2005.   No   45).   Shunday   qilib,   masalan,   turg'un   birikmada   ko'k   tush
ko'rsatkichi   frazeologik   jihatdan   bog'liq   bo'lgan   "qadrlangan,   amalga
oshirilmaydigan" ma'nosini ifodalaydi. 3.
Rang belgilari murakkab tabiiy va madaniy hodisa bo'lib, yorqin baholovchi,
majoziy va ramziy mazmun bilan ajralib turadi. Arxaik tafakkurdan boshlangan
rangning   ramziy   ma'nolari   ma'lum   bir   etnik-madaniy   jamoaga   o'xshash   hissiy
fon asosida tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalarni tartibga solish funktsiyasini
bajaradi.   Rang   belgilari   unchalik   ko'p   emas   -   belgilar   -   ranglarning   umumiy
sonining 15% : jigarrang vabo - "fashizm", qora lola - "o'lgan askarning jasadi
bilan tobut".
paronimiya ) o'z ichiga olgan ranglar va kombinatsiyalarning tizimli-semantik
xususiyatlari zamonaviy gazetalar sahifalarida ommaviy o'quvchi uchun mavjud
bo'lgan   eng   muhim   stilistik   vosita   sifatida   tez-tez   yangilanadi.   Shunday   qilib,
media   matnlardagi   antonimlar,   birinchi   navbatda,   qarama-qarshi   taqqoslash
funktsiyasini   bajaradi,   ularning   asosiy   kategorik   xususiyati   -   qarama-
qarshiliklarni   ifodalash   qobiliyatini   amalga   oshiradi   [1,   227].   Qora   -   oq
antonimik juftlikka oraliq havola kulrang qo'shilishi mumkin. Jurnalistik   matnlardagi   qora   rangni   inkor   etish   va   norozilikning   eng   yorqin
ramzi   deb   hisoblash   mumkin,   bu   frazeologik   birliklarning   semantikasi   va
emotsional-ekspressiv fonida o‘z aksini  topadi: yomg‘irli kunga yo‘l qo‘ying –
“bir   narsaga   zahira”   (AiF.   2005.   No   16).   ),   qora   bozor   -   "noqonuniy
muomaladagi tovarlar" (AiF. 2005. No 50). Qora - oq antonimik juftligida oraliq
bo'g'in   bo'lib,   kul   rang   o'zining   stilistik   jihatdan   neytral   ko'rinishiga   qaramay,
barqaror   kombinatsiyalarda   aniq   salbiy   hissiy   ma'noga   ega   bo'ladi:   kulrang
import  - "Rossiyaga  yarim  qonuniy yo'l  bilan olib kiriladigan telefonlar" (AiF)
2005 yil. № 35), kulrang sichqoncha - "kamtar, sokin qiz".
hissiy   zaryadi   uning   antonimining   hissiy   ranglanishidan   keskin   farq   qiladi.
Rus  xalqi  uchun etnik ustuvor  rang bo'lib , ommaviy axborot  vositalaridagi  oq
rang poklik, yuksaklik, xotirjamlik va tinchlikni anglatadi: oq tunlar (AiF. 2005.
№ 25), oq xalatdagi odam "shifokor" (AiF. 2005 yil. 48-son).
Kontekstli   antonimiya,   ayniqsa,   media   matnlarda   samarali.   Shunday   qilib,
qora rang belgisi bo'lgan frazeologik birliklarda salbiy fonning aniq ustunligiga
qaramay, neytral va hatto ijobiy ekspressiv rangga ega bo'lgan iboralar mavjud.
Ifoda orqa eshik (AiF. 2005. No 6) neytral va keng tarqalgan bo'lib foydalaniladi
va   allaqachon   barqaror   bo'lib   qolgan   kombinatsiya   qora   ikra,   farovonlik   va
farovonlikni anglatadi, qarang. : Endi men bir bo'lak non haqida o'ylamayman -
sariyog' va murabbo bilan. Va menga qora ikra kerak emas (AiF. 2005. No 40).
Oq   rangdan   foydalanishda   shunga   o'xshash   narsa   kuzatiladi   .   Kontekstual
muhitga   qarab,   uning   alohida   kombinatsiyalarda   ijobiy   hissiy   ranglanishi
diametral qarama-qarshi bo'lishi mumkin - salbiy, qarang: oq tunlar - oq o'lim -
"tuz", delirium tremens - "alkogol sindromi".
20-asr   oxiridagi   Rossiyadagi   siyosiy   vaziyat   rus   tili   lug'atida   aniq   aks
ettirilgan.   Yigirmanchi   asr   tarixining   xususiyatlarining   ajralmas   qismi   qizil
rangdir .
Qizil rang har doim isyonning, inqilobning rangi bo'lib kelgan, chunki qon rangi
inson ongida qadimgi ov instinkti, kuch va pulga ega bo'lish istagini uyg'otadi. Ommaviy   axborot   vositalari   tilining   leksik   tarkibi   uchun   an'anaviy   bo'lib,
barqaror   birikmalarda   qizil   rangdan   foydalanish   hisoblanadi.   Qiyoslang:
tarixning   qizil   davri   -   "1917   yildan   1991   yilgacha   -   "kommunizm   hukmronlik
davri" (AiF. 2005. No 47),
Qizil   Armiya   (AiF.   2005.   No   25).   Ushbu   rang   beruvchi   rus   tiliga   xos
bo'lmagan   yangi   antonimik   munosabatlarni   shakllantirdi:   qizil   (o'ta   radikal
partiyaga mansub shaxs) - oq (marksizm-leninizm nazariyasiga qarshi). So'nggi
paytlarda  ijtimoiy-siyosiy   ta'limotning  o'zgarishi   munosabati   bilan   oq  rangning
stilistik ranglanishida o'zgarishlar yuz berdi ( u siyosiy belgilarga ega bo'ladi ).
Ma'lumki, oq harakat qizil rangga qarshi edi, so'zlashuv nutqi bilan salbiy ifodali
baholashning   tashuvchisi   edi.  Ammo   zamonaviy  jamiyatdagi   o'zgargan   siyosiy
vaziyat   va   qizil   rang   salbiy   ifodali   va   majoziy   semantik   aura   beradi.   Bunday
antonimik   substantivlashtirilgan   ranglar   zamonaviy   jurnalistik   matnlarda   keng
tarqalgan.   So'zlarni   shakllantirishning   bu   morfologik   bo'lmagan   usuli   sintaktik
qurilishni "engillashtiradi", rang bilan frazeologik birikmani bitta rang belgisiga
qisqartiradi,   bu   otning   kategorik   semantikasini   oladi.   Bunday   substantivlar
ommaviy axborot vositalaridagi matnlarda oq (oq terisi bo'lgan odamlar) - qora
(qora  terililar)   kabi   antonimik  juftlarni   juda  samarali  tashkil   qiladi:  Bu   holatda
"oq"   "qora"   aka-ukalarga   buyruq   beradi.   Antonimik   qarama-qarshilik   vektori
o'zgaradi:   oq   rang   salbiy   hissiy   ekspressiv   rangga   ega   bo'ladi,   qora   esa   ijobiy
rangga   ega   bo'ladi.   Buni   quyidagi   misol   ham   tasdiqlaydi   :   U   erda   (AQShda)
yomon   odamlar   juda   ko'p.   Albatta,   istisnolar   mavjud,   asosan   qora   tanlilar
orasida   (AiF.   2005,   №   42).   Ushbu   kontekstli   muhitda   rangli   qora   rangning
semantikasi aniq ijobiy baho oladi .
Bunday asosli sifatlarning uslubiy bo‘yoqlari kamaygan holda paydo bo‘lishi
va ishlatilishi tilimizga xos emas edi.
Ularni   ingliz   tilidan,   aniqrog'i,   uning   Amerika   versiyasidan   semantik   qarz   deb
hisoblash   kerak.   Rus   tilidagi   qarzga   olingan,   stilistik   jihatdan   qisqartirilgan
lug'atning to'siqsiz ishlashi rangli tilda polisemiyaning rivojlanishiga olib keldi .
Shunday   qilib,   qora   tanlilar   nafaqat   afro-amerikaliklarni   chaqiradi.   Rus   tilida Gruziya   va   Ozarbayjondan   kelganlarni   qora   deb   atashadi.   Ushbu   so'zning
qisqartirilgan   stilistik   rangi   to'liq   o'chirilmagan   bo'lsa-da   ,   jurnalistik   uslubda
bunday   mazmunli   foydalanishni   kontekstli   asosli   deb   hisoblash   mumkin,
qarang   :   Cherni   bir   necha   kun   ishladi.   Birorta   ham   mahalliy   olinmagan   (AiF.
2005.   No   4).   Asoslangan   rang   belgilarining   morfologik   shakllari   ekspressiv
semantik   siqish   bilan   tavsiflanadi.   Ko'rinib   turibdiki,   shuning   uchun   ham   qarz
olish fonida omonimlar  bu shakllarda hech qanday to'siqsiz paydo bo'ladi:  oq1
(ochiq   teriga   ega   odam)   -   oq2   (marksizm-leninizm   nazariyasiga   qarshi)   -   oq3
(kimyoviy  kelib  chiqishi   giyohvand   moddasi);   yashil1  (AQSh  milliy  valyutasi,
dollar) - yashil2 (atrof-muhitni muhofaza qilish harakati ishtirokchilari) - yashil3
(yosh).
Zamonaviy   jurnalistikada   juda   ko'p   sonli   sinonimlar,   shu   jumladan   rang
beruvchilar qo'llaniladi , bu fikrni eng aniq ifodalashga yordam beradi [2, 281].
Rangli turg un birikmalar ko pincha semantik jihatdan ekvivalent, lekin tuzilishiʻ ʻ
jihatidan   farq   qiluvchi   leksemalar   orasida   sinonimik   qatorda   o rin   egallaydi:	
ʻ
dollar  – dollar – bucks – yashil  ;  oq xalatli  odam  - shifokor  - shifokor. Ammo
kamdan-kam   hollarda   rang   beruvchilar   bilan   barqaror   kombinatsiyalar
o'zlarining   sinonim   qatorlarini   yaratishi   mumkin:   jigarrang   vabo   -   qora   tartib
(fashizm).
Yashil   chiroqni   berish   (AiF.   2005.   No   31)   kabi   yaxshi   tashkil   etilgan
frazeologik birikmalar bilan birga - 'ruxsat berish'; qulog'iga qizarib (AiF. 2005.
No   42)   -   "uyalish",   zamonaviy   jurnalistik   uslubda   rang   beruvchilardan
foydalangan   holda   yangi   to'plam   iboralari   paydo   bo'ladi   .   Bu   zamonaviy
jamiyatda   yangi   voqeliklarning   yuzaga   kelishi   va   keskin   siyosiy   kurash
natijasidir.   Demak,   allaqachon   barqaror   bo‘lib   qolgan   “to‘q   sariq   inqilob”
iborasi   (AiF.   2005.   No   37)   2004-yilda   Ukrainadagi   muxolifat   qarama-
qarshiligida   V.Yushchenko   tarafdorlarining   saylovoldi   tashviqotida   apelsindan
foydalangan   g‘alabasini   anglatadi.   Malinali   kurtkalar   (AiF.   2005.   No   50)
badavlat, ammo kam ma'lumotli odamlar deb ataladi. Demak,   kolorativlarning   to‘g‘ridan-to‘g‘ri,   ko‘chma   va   ramziy   ma’nolarda
keng qo‘llanilishi zamonaviy publitsistlarning etnik-lingvistik ongi bilan bog‘liq
bo‘lib,   u   bevosita   semantik   jihatdan   to‘liq   va   stilistik   jihatdan   rang-barang
matnlar yaratishda namoyon bo‘ladi. Rangli atamalardan foydalanish zamonaviy
voqelikning rang-barang va jonli rasmini qayta tiklashga yordam beradi. O'zbek
tilida   ravishlarning   grammatik   uslubiyati   turli   uslublarda   qo'llanilib,ma'no
ekspressivlikni   ko'chaytiradi.Fikrni   ifoda   etishda   ravishlarning   ishlatilishi
qo'shimcha ma'no kasb etadi.
 
Adabiyotlar 1. Asadov A.  Ravish so‘z turkumi va uning tarkibi haqida // O‘zbek
tili va adabiyoti, 2005, 2-son, 53-55-betlar.
2. Abdullaev   A.   Ma`noni   kuchaytirishning   morfologik   usuli   //
O‘zbek tili va adabiyoti, 1970, 1-son.
3. Asadov   T.   So‘z   turkumlari   tizimida   ravish:   Filol.fan.nomz.   …
dis.avtoref. – Toshkent, 2009. –23 b.
4. A`lamova   M.   Orttirma   daraja   formalarining   semantik-stilistik
xususiyatlari  // ToshDU ilmiy asarlari  to‘plami, №  648. – Toshkent, 1980, 61-
65-betlar.
5. Kononov   A.N.   Grammatika   sovremennogo   uzbekskogo
literaturnogo yazika.  Morfologiya – M.L., 1960.
6. Fuzailov S.   Hozirgi zamon o‘zbek tilida ravish yasalishi // O‘rta
Osiyo Davlat universitetining ilmiy asarlari. Filologiya fanlari, II kitob, “O‘zbek
tili masalalari”. – T.: SAGU nashriyoti, 1957.
7. Fuzailov   S.   Azaliy   (tub)   ravishlar   haqida   //   Nauchnie   trudi
TashGU, vip.260, Yazikoznanie. – Tashkent, 1964.
8. Fuzailov   S.   Narechie   v   sovremennom   uzbekskom   yazike:
Avtoref. dis... kand.filol.nauk.- M.,1953.
9. Fuzailov   S.   O   narechii   v   sovremennom   uzbekskom   yazike   //
Trudi   Sredneaziatskogo   gosuniversiteta,   Novaya   seriya,   vip.   XXIV ,
Filologicheskie nauki, kn 1. – Tashkent, 1952.
10. Fuzailov   S.   O‘zbek   tilida   ravish   va   uning   sifat   bilan
munosabati // Sovet maktabi, 1956, 1-son.
11. Fuzailov   S.   O‘zbek   tilida   ravishlar.   Hozirgi   zamon   o‘zbek   tili
kursidan materiallar.-  Toshkent: Fan, 1953.
12. Xo‘jaev   T.   Yaxshi     tipidagi   so‘zlarning   adverbializatsiya
protsessiga doir // O‘zbek tili va adabiyoti masalalari, 1961, 3-son.
13. O‘zbek tili grammatikasi, I tom. – Toshkent: Fan, 1975. –612 b. 14. Hamdamov  P.   O‘zbek  tilidagi   o‘lchov-miqdor   so‘zlari  haqida  //
Leninobod   pedagogika   institutining   ilmiy   asarlari,   XXIII.   Til   va   adabiyot
masalalari. – Leninobod, 1967.
15.     Karimov   S.A.   O'zbek   tilining   grammatik   uslubiyati.(Ma'ruzalar   matni)-
Samarqand  2012.

Mavzu: Ravishlarning semantik-stilistik xususiyatlari. Reja : Kirish. I bob. 1.1. Ravishlarning o‘zgarmasligi 1.2. Ravishlarda sinonimiya II.bob.2.1. Ravishlarda daraja va ularning uslubiy xususiyatlari 2.2. O‘zaro sinonimik munosabatlar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish. Ravish. Ravishlarga xos bo‘lgan grammatik xususiyatlar va bu xususiyatlarga bog‘liq holda sodir bo‘ladigan leksik-semantik o‘zgarishlar o‘zbek tilshunosligida o‘rganilgan va o‘quv adabiyotlariga kiritilgan. Bu tadqiqotlar orasida. S.Fuzailovning ushbu so‘z turkumini o‘rganishga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini va «O‘zbek tilida ravishlar» nomli asarini alohida ko‘rsatishimiz mumkin. 1 Lekin shu paytga qadar ravishlar semantik-stilistik va funktsional-stilistik yo‘nalishda tadqiqot ob`ekti bo‘lgan emas. Yozilgan ayrim maqolalar esa bu vazifalarni talablar darajasida hal etib bera olgan emas. 2 Bu singari birliklarning grammatik xususiyatlari haqida deyarli barcha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida so‘z yuritilgan. Ammo ularning stilistik xususiyatlari to‘g‘risidagi fikrlarni deyarli uchratmaymiz. O‘zbek tilida ravishlar uslubiyati va me`yori haqida olimlarimiz haligacha o‘z mulohazalarini bildirishgan emas. Buning sabablari bor, albatta. Sh.Shoabdurahmonov va boshqlar tomonidan yaratilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» darsligida shunday fikrlar bayon etilgan: «Ravishlar mustaqil so‘z turkumi sifatida o‘ziga xos morfologik belgilarga ega. Bunday belgilardan biri ravishlarning o‘zgarmasligidir: ravishlar biror so‘zga bog‘langanda, formasi o‘zgarmaydi. Ular tarkibida uchraydigan ko‘plik, egalik va kelishik affikslari ham forma yasovchi sifatida qatnashmaydi. Bu affikslar ravishning o‘z xiliga kiradi. Ya`ni shu affiks bilangina u so‘z ravish hisoblanadi. Masalan: birdan, birga, kunda, chalqanchasiga, birdaniga, yonlamasiga, qatorasiga kabi ravishlardagi kelishik va egalik affikslari o‘z asl ma`no va vazifasini yo‘qotgan». 3 1 Фузаилов С. Наречие в современном узбекском языке: Автореф. дис... канд.филол.наук.- М.,1953. Шу муаллиф. O‘збек тилида равишлар. Hозирги замон o‘збек тили курсидан материаллар.- Тошкент: Фан, 1953. 2 Каримов С., Бo‘риев С. O‘збек тилида пайт равишининг услубияти // O‘збек тилшунослиги масалалари. – Самарqанд: СамДУ нашри, 2001, 65-67-бетлар. 3 Шоабдураhмонов Ш. ва бошq. Hозирги o‘збек адабий тили, I qисм. – Т.: O‘qитувчи, 1980, -бет.

«Ravishning asosiy belgisi uning o‘zgarmasligidir,- deyiladi «O‘zbek tili grammatikasi»da,- ya`ni ravish biror so‘z bilan bog‘lanib, birikma hosil qilganda, o‘z formasini o‘zgartirmaydi, hech qanday so‘z o‘zgartuvchi affiks olmaydi». 4 Mana shu masala olimlarimizning ravishlar stilistikasini tahlil etishdan cho‘chishlariga sabab bo‘lgandir. Buning ustiga ravishlarning ma`no anglatishi birmuncha aniq bo‘lib, sinonimik xususiyatlari ko‘zga kam tashlanadi. Bu masalaning ikkinchi tomoni. Ammo qanday mushkulliklar bo‘lishidan qat`iy nazar, o‘zbek tilidagi ravishlar stilistikasi xususida so‘z yuritish lozim va unga zaruriyat deb qaraymiz. Ravishlardagi belgini, xususan harakatning belgisini ifoda etish xususiyati va bu jarayonda belgilarni darajalab ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi hamda buning natijasida vujudga kelgan sinonimik variantlar va uslublararo funktsional chegaralanishlar ushbu so‘z turkumining ham stilistik resurslari etarli darajada ekanligidan dalolat berali va bu resurslarni kelajakda tadqiqot ob`ekti sifatida o‘rganish dolzarb masala bo‘lib turadi. Ravishlardagi ana shu o‘zgarmaslik uning qo‘llanishidagi uslubiy xilma- xillik bo‘lishini chegaralaydi. Shu bilan birga, ularning nutq jarayonidagi me`yorlashishini, turg‘unlashishini osonlashtiradi. Ilmiy adabiyotlarda ravishlar anglatgan ma`nolari jihatidan holat-tarz, o‘rin, payt, maqsad, miqdor daraja ravishlariga ajratilgan va shu tarzda talqin qilingan. Biz ham an`nani buzmasdan, ushbu tartib asosida ularni qarab chiqamiz. Holat ravishi. O‘zbek tilida ish-harakatning bajarilish tarzini ko‘rsatadigan bir qancha ravishlar mavjud va ular miqdor jihatdan ravishlarning boshqa turlariga nisbtan ko‘pchilikni tashkil etadi. Ulardagi uslubiy imkoniyatlarni tahlil etish maqsadida A.Hojievning “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati” (Toshkent,1974) ga murojaat qilamiz. 4 O‘збек тили грамматикаси, 1 том, 528-бет.

O‘zbek tilida abadiy, mangu, umrbod, toabad, ilalabad ravishlarining ma`nolari bir-biriga yaqin va shuning uchun bir sinonimik qatorni tashkil etadi. Ular orasida abadiy stilistik jihatdan neytral va barcha uslublarda baravar qo‘llaniladi: Shu ko‘zlar yulduzday abadiy kulsin, / Bahor yo‘llaringga to‘shasin chechak (Zulfiya.Kelinchak). Gaz esa abadiy muzliklar qa`rida yotgan o‘simliklar va daraxtlar qoldiqlarini chirishi oqibatida paydo bo‘lgan. («Zarafshon» gaz.). Umrbod ravishi haqida ham shuni aytish mumkin: Sening dillaringga bergay ul orom, / Sevgim armug‘oni bo‘lur umrbod . (Zulfiya, Palak). Qo‘shiqday Osiyo, qaynoq Afrika / Qo‘lga-qo‘l berganin mahkam umrbod . (Zulfiya. Salom, Misr). Ammo keyingi paytlarda huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar, jazoni liberallashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar umrbod so‘zining Jinoyat kodeksiga atama sifatida kirib kelishini va rasmiy uslubga xoslanishini taqozo etdi: Mazkur Farmonga binoan mamlakatimizda 2008 yilning 1 yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilinadi va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy qilinadi. («Zarafshon» gaz.). Mangu, toabad, ilalabad ravishlarida ekspressivlik ottenkasi kuchli bo‘lib, bu ularning tarixiyligi bilan bog‘lik va badiiy matnlarda faol qo‘llaniladi: Bir tasalli: Mangu sarg‘ayish bilmay / Dilda bir bahor ochib har so‘zing (Zulfiya. Otashparastlar). –Faqir ham rozimen, ustod, toabad rozimen... Tabarruk boshlariga qo‘ngan humo qushi bul zoti sharifni toabad tark etmagay. Tegsang... ota qarg‘ishiga uchrab toabad badnom bo‘lursen! (OYO). Garchi bu rvishlar bir sinonimik qatorda deb hisoblansa ham, ularning stilistik qiymati bir xilda emas. Abadiy muzliklar o‘rnida mangu muzliklar deyish mumkin bo‘lgani holda ilmiy matnlarda bu tarzda qo‘llanilmaydi. Chunki bayonning axborot xarakterida ekspressiv ottenkasi bo‘lgan so‘zni qo‘llashga ehtiyoj yo‘q. Umrbod qamoq jazosi o‘rnida abadiy qamoq jazosi ni ham qo‘llab bo‘lmaydi. Chunki umrbod so‘zida abadiyga nisbatan aniqlik ottenkasi bor. Toabad, ilalabad so‘zlarida yuqori uslubga xos ohang mavjud va uni asosan badiiy uslubda qo‘llash mumkin.

Shoshilinch sememasi ostida birlashadigan apil-tapil, naridan-beri, shosha-pisha juft so‘zlari ham harakatning tarzini ifoda etadi ( Apil-tapil o‘ng cho‘ntagini kovladi. T.Murod) va o‘zro sinonim bo‘ladi: apil-tapil - shosha- pisha : O‘lim dahshatidan qo‘rqib – o‘z jonini apil-tapil topshirib qo‘yadi (TM) - O‘lim dahshatidan qo‘rqib – o‘z jonini shosha-pisha topshirib qo‘yadi. Ulrga shoshilib so‘zi ham sinonim bo‘ladi: Shoshilib ketayotganingizda oyog‘ingiz ostida allaqayoqdan sakrab tushgan chigirtka paydo bo‘ladi (O‘X) . Ammo bu sinonimlik odamlarning harakatiga nisbatan qo‘llanganda amalga oshishi mumkin. Shahnoza shoshilib uyga kirdi-da, boshiga harir ro‘mol yopib chiqdi (O‘X). Shuning uchun ham e rga bahordan bo‘tana bo‘lib, shosha-pisha , qirog‘iga sig‘may oqqan ariqlar tiniqlashadi (O‘.X) bu harakat belgisi ariqning oqishiga ko‘chirilgan bu holat yuz bermaydi. Yana shoshilinch so‘zi sinonim bo‘ladi: — Xex! - dedi kulib, Qur`onni shoshilinch varaqladi (O‘X). U tibbiy atamaga aylanganda bu holat yuz bermaydi: Yo‘lda borayotgan kolonnaga shoshilinch yordam kerakdir (O‘X) - Yo‘lda borayotgan kolonnaga shoshilinch yordam kerakdir. Bu sinonimik munosbatlarda ayrim stilistik nozikliklr mavjud. Masalan, shoshilmoq da harakatning tezligi, shu bilan birga, bu harakatda tartib mavjud. Bunga qarama qarshi tarzda shosha-pisha va apil-tapil tezlikni, ammo bu tez harakatda pala-partishlik mavjudligini anglatadi. Bu stilistik munosabatlar ularning nari-beri bilan bo‘lgan munosabatida ayniqsa sezildi: Snaryad qutilariyu toshlardan naridan-beri qo‘nqaytirib yasalgan “uycha”dan turib, har kuni bir xil manzarani ko‘rasan (O‘X) . Naridn-beri ga shunchaki, yuzaki, zo‘rama-zo‘raki, nomiga so‘zlari sinonim bo‘lishi mumkin: Snaryad qutilariyu toshlardan shunchaki qo‘nqaytirib yasalgan “uycha”dan turib, har kuni bir xil manzarani ko‘rasan - Snaryad qutilariyu toshlardan yuzaki qo‘nqaytirib yasalgan “uycha”dan turib, har kuni bir xil manzarani ko‘rasan - Snaryad qutilariyu toshlardan zo‘rama-zo‘raki qo‘nqaytirib yasalgan “uycha”dan turib, har kuni bir xil manzarani ko‘rasan - Snaryad qutilariyu toshlardan nomiga qo‘nqaytirib yasalgan “uycha”dan turib, har kuni bir xil manzarani ko‘rasan. Ammo ular harakatning bajarilishini ifoda etishdagi nozikliklarga ko‘ra o‘zaro