QO‘SHMA GAPLARNI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALARNING O‘RNI
QO‘SHMA GAPLARNI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALARNING O‘RNI Mundarija: KIRISH I BOB.Tilshunoslikda qo‘shma gaplarni o‘rganilishi 1.1. Tilshunoslikda qo‘shma gaplarni o‘rganilish tarixi. 1.2. Maktabda qo‘shma gaplarni o‘rganilishi. Bob bo‘yicha xulosa II BOB.Bog‘lovchisiz hamda bog‘langan qo‘shma gaplar haqida ba’zi mulohazalar. 2.1. Bog‘langan qo‘shma gaplarni hosil qiluvchi vositalar. 2.2. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar o‘rtasidagi munosabatlar. Bob bo‘yicha xulosa III BOB. Ergashgangan qo‘shma gaplarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish 3.1. Mavzuni o‘qitishda zamonaviy yondashuv. 3.2. Ergashgangan qo‘shma gaplarni “Klaster” metodi orqali o‘qitish. Bob bo‘yicha xulosa Umumiy xulosa Adabiyotlar ro‘yxati 1
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi hamda dolzarbligi O‘zbekistonning 2017-2021–yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi”da ham IV bo‘lim “Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar”da qayd etilganidek: ” Biz yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash borasida ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunni yangi tahrirda qabul qildik”. 1 Zero, Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” nomli asarida ta’kidlaganlaridek, “Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan , mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi”. 2 Tom ma’noda to‘g‘ri aytilgan yuqoridagi fikrlarning isboti o‘laroq, mamlakatimizda til ta’limiga ham katta e’tibor berilmoqda. 2017-yildan boshlangan ta’limni tubdan isloh qilish, amaldagi darsliklar sifatini qaytadan ko‘rib chiqqan holda jahon standartlari talablariga moslashtirish borasidagi harakatlar natijasi sifatida umumiy o‘rta ta’limda eski davlat ta’lim standarti o‘rnini bosadigan va ta’limgao‘zgartirish kirita oladigan Umumiy Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqilmoqda. Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi o‘z ichiga fanlarning o‘quv reja va dasturlarini,o‘qitish metodologiyasi va baholashni qamrab oladi. Bu dastur bo‘yicha yaratilayotgan yangi darsliklar, o‘qituvchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar, mavzularning mustahkam egallanishi uchun yaratilayotgan mashq daftarlari, o‘quv-uslubiy materiallar ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyayevning Oliy majlisga murojaatnomasi.- Toshkent: “O’zbekiston” N.M.U.I, 2018, 72-b. 2 Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz.Toshkent: “O‘zbekiston” N.M.I.U, 2017, 485-b. 2
Ma’lumki, bugungi kungacha til materiallari semantik-gammatik maqsadga ko‘ra o‘rganildi. Biroq ularning nutqqa ko‘chirilishi bilan masalalar nazardan chetda qoldi. Masalan, gap va unung sintaktik shakllanishi qonun qoidalari ana shunday muammolardan biridir. Zero, gap nutqda shakllanadi va shu sababli uo‘zida tilning nutqda qo‘llanilishini taqozo etadi Shunday ekan, dissertatsiyamiz mavzusini tashkil etgan qo‘shma gaplarning sintaktik shakllanishi qonun-qoidalarini o‘rganish ham hozirgi tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biridir. Tadqiqot obyekti. O‘zbek tilida qo‘shma gaplarning birikish yo‘llari, ularda ifodalangan mazmuniy munosabatlar, qo‘shma gaplarni o‘qitish muammolari, ularni o‘qitishga zamonaviy yondashuv masalalari tadqiqot obyekti sifatida olingan. Tadqiqot predmeti. O‘zbek tilshunosligi fanini o‘qitishda qo‘shma gaplarning grammatik xususiyatlari, semantik sinonimiyasi va ularni izchil yoritish, darsliklarda berilish holati, mavzuni o‘qitishda yuzaga keladigan muammolarni interfaol metodlardan foydalangan holda bartaraf etish. Tadqiqot ishining maqsadi. Qo‘shma gaplarning tilshunoslik fanida o‘rganilishi ma’lum darajada yangilikdir. Shunga asoslangan holda, dissertatsiyamizning maqsadini belgiladik: o‘zbek tilidagi qo‘shma gaplani o‘qitishda yuzaga keladigan muammolarni interfaol metodlardan foydalangan holda bartaraf etish, o‘zlashtirish samaradorligini oshirish. Tadqiqot vazifalari: 1.O‘zbek tilida qo‘shma gaplarning, jumladan, ergashgangan, bog‘langan, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning tadqiqi holatini o‘rganish. 2.Qo‘shma gaplarning shakllanishi qonun-qoidalari nazariyasini o‘rganish. 3.Qo‘shma gaplarning darsliklarda berilish holatlarini yoritish. 3
4.Qo‘shma gaplarni o‘qitishda samara beradigan interfaol metodlarni tanlash va ta’lim jarayonida qo‘llab ko‘rish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tahlil etilgan faktik materiallarga tayangan holda qo‘shma gaplarning grammatik xususiyatlarini o‘quvchiga innivatsion va xorijiy tajribalar asosidagi interfaol metodlar bilan tez, oson va qulay usulda o‘qitish. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazi. Qo‘shma gaplarni shakllantiruvchi vositalar, ularda ifodalangan mazmuniy munosabatlar, bunday gaplarni o‘qitishda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda zamonaviy yondashuvlarga munosabat bildirish. Tadqiqotning metodologik asosi. Hozirgi kunda tadqiqot olib borilayotgan ilg‘or metodlar, tilshunoslikda o‘z o‘rnini topayotgan yangicha nazariyalar asos sifatida olinib, zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanildi. Tadqiqotda qo‘llaniladigan metodikaning tavsifi. Ma’lumki, har bir darsning maqsadi, vazifasi bo‘ladi. Darsda muayyan topshiriqni bajarib biror natijaga erishish uchun ma’lum usullar majmuasidan foydalaniladi. U turli vositalar orqali amalga oshiriladi. Badiiy matnlarni lisoniy tahlil qilish, undagi qo‘shma gaplarning qanday yo‘l bilan tuzilganini sharhlash, ijodiy tafakkurni rivojlantirish bilan birga nutqiy mahoratning shakllanishiga ham yordam beradi. Darsliklarimizda qo‘shma gaplarning tahlili ancha murakkab. Ona tili o‘qitish metodikasida qo‘shma gaplarnio‘rganish yuzasidan an'anaviy darslikdagi mashqlar, savol va topshiriqlar hozirgi kunga qadar amalda qo‘llanilayotgan dastur doirasida qolib ketgan edi. o‘zbek tilshunosligining so‘nggi yillarda qo‘lga kiritgan yutuqlariga tayangan holda yangi interfaol metodlarga asoslanib o‘rganishni tavsiya qilamiz. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Turkiy tillarning qo‘shma gaplari haqida fikr yuritilar ekan, bu tilning o‘z ichki xususiyatidan kelib chiqish zarur bo‘ladi. Tilshunoslik taraqqiyotidagi 4
erishilgan yutuqlar ta’limning samaradorligini oshirish uchun xizmat qiladi. Ta’limning uzluksizligini ta’minlash uchun nazariy tadqiqotlar, tahlillar muhimdir. Bugungi kunda tayyorlanayotgan mutaxassislar jahon andozalariga javob bera oladigan, chuqur bilimli, bilimini amaliyot bilan bog‘lay oladigan yetuk kadrlar bo‘lishi lozim. Ta’lim jarayonida qo‘shma gaplarnio‘qitishda innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar, mavzuni o‘qitishga zamonaviy yondashuv materiallarni puxtao‘zlashtirish uning samaradorligini ta’minlaydi. Ana shu nuqtayi nazardan magistrlik dissertatsiyasi materiallaridan talabalar kurs ishi, referat yozish va mustaqil ish jarayonlarida foydalanishlari mumkin. 5