logo

PEDAGOGIK MAHORATNING O‘QITUVChI FAOLIYaTIDAGI O‘RNI” MODULINI O‘QITIShGA TEXNOLOGIK YoNDAShUV

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

360.6318359375 KB
“PEDAGOGIK MAHORATNING O‘QITUVChI FAOLIYaTIDAGI O‘RNI”
MODULINI O‘QITIShGA TEXNOLOGIK YoNDAShUV
MAVZUSIDAGI
BITIRUV MALAKAVIY  IShI  BITIRUV  MALAKAVIY   IShINING 
MUNDARIJASI 
KIRISh ........................................................................................ 3
I  BOB. “UMUMIY   PEDAGOGIKA”   FANINI   O‘QITIShNING
NAZARIY  MASALALARI....................................................... 8
1.1.  Ta’lim   sifatiga   erishish   “Umumiy   pedagogika”   fani
taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari sifatida...................... 8
1.2. Bolonya jarayoni – o‘qitishdagi ilg‘or xorijiy tajriba........ 13
II  BOB. “PEDAGOGIK   MAHORATNING   O‘QITUVChI
FAOLIYaTIDAGI   O‘RNI”   MODULINI   O‘QITIShGA
TEXNOLOGIK   YoNDAShUV   ELEKTRON   O‘QUV
MODULI  IShLANMASI .... ............................................... 24
2.1. “Umumiy pedagogika” fani dasturining qisqacha tavsifi..... 24
2.2. “Pedagogik   mahoratning   o‘qituvchi   faoliyatidagi   o‘rni”
mavzusidagi mashg‘uloti uchun tayyorlangan ma’ruza matni...... 28
2.2.1. “Pedagogik mahoratning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni” mavzusi
bo‘yicha   keyslar   to‘plami,   amaliy   topshiriqlar,
ishlanmalar ................................................................................... 49
2.2.2. “Talabalarda   pedagogik   tafakkurni   shakllantirish”   mavzusida   tadqiqot
xarakteridagi  amaliy mashg‘ulot ishlanmasi............ 56
2.2.3. “Pedagogik mahoratning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni” mavzusi
bo‘yicha glossariy.......................................................... 69
2.4. “Pedagogik   mahoratning   o‘qituvchi   faoliyatidagi   o‘rni”
mavzusidagi   nazorat   topshiriqlari   va   mustaqil   ta’lim   yuzasidan
ko‘rsatmalar.................................................................. 72
2.5. “Pedagogik   mahoratning   o‘qituvchi   faoliyatidagi   o‘rni”
mavzusidagi taqdimot.................................................................. 81
Xulosa va tavsiyalar ................................................................... 94
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………...... 96
2 3 KIRISh
Mavzuning   dolzarbligi.   Zamonaviy   sharoitda   har   bir   jamiyatning
taraqqiyotida   ijtimoiy   omillardan   biri   ta’lim   tizimining   rivoji   deb   e’tirof   etilgan.
Binobarin, yosh avlodning kamoloti bevosita ta’lim tizimining mazmuni va uning
o‘zida qay darajada aks etishiga bog‘liq. O‘qitish tizimining sifat va samaradorlik
holatini   ta’minlashda   esa   yetakchi   asos   o‘qituvchi   shaxsining   ma’naviy-axloqiy
qiyofasi, tafakkuri va kasbiy mahorat sanaladi.
O‘qituvchining   ma’naviyati   va   mahorati   kishilik   jamiyatining   pedagogik
soha   shakllangan   deyarli   barcha   bosqichlarida   shaxs   kamolotini   belgilovchi
yetakchi   mezon   sifatida   e’tirof   etib   kelinmoqda.   Darhaqiqat,   o‘qituvchining
bilimdonligi, boy madaniyati, hissiy  yetukligi, ta’lim  oluvchilarga nisbatan  ijobiy
yondashuvi   va   albatta,   ta’lim-tarbiya   jarayonini   yuksak   mahorat   bilan   tashkil   eta
olishi   yosh   avlodni   har   tomonlama   kamol   topishini   ta’minlashda   hal   qiluvchi
ahamiyatga ega.
Mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda   mahoratli   o‘qituvchilarni   tayyorlashga
bo‘lgan   ijtimoiy   talab   yanada   oshdi.   Zero,   bu   yillar   umumbashariy   globallashuv
jarayoniga   to‘g‘ri   keldi.   Axborotning   katta   oqimi,   shaxslararo   munosabatlarda
axborot almashinuvining tezkorligi o‘z-o‘zidan bugungi kun o‘qituvchi zimmasiga
turli ijtimoiy to‘siqlarga nisbatan bardoshli, immunitetga ega yoshlarni tarbiyalash
vazifasini   qo‘ymoqda.   Ta’lim   maqsadlariga   erishish,   ta’lim   oluvchilarning   turli
(bilish,   tadqiqotchilik,   ijtimoiy   va   b.)   faoliyatlarini   uyushtirish,   ularni   bilimli,
odobli,   e’tiqodli,   mehnatkash,   ishbilarmon,   barkamol   shaxs   etib   tarbiyalash
o‘qituvchilar   zimmasiga   ulkan   mas’uliyatni   yuklaydi.   Yosh   avlod   kamoloti
timsolida  jamiyat  ravnaqi, yurt  istiqboli   ta’minlanadi.  Shunday  ekan, jamiyatning
istiqboli ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning saviyasi, kasbiy tayyorgarligi, fidoyiligi,
yosh   avlodni   o‘qitish   va   tarbiyalashdan   iborat   faoliyatiga   bo‘lgan   munosabatiga
bog‘liq.
4 O‘qituvchilik   sharafli,   lekin   juda   murakkab   kasbdir.   Yaxshi   o‘kituvchi
bo‘lish   uchun   pedagogik   nazariya   asoslarinigina   o‘zlashtirishning   o‘zi   yetarli
emas.   Zero,   pedagogik   nazariya   shaxsni   o‘qitish   va   tarbiyalashning   umumiy
qoidalari,   qonuniyatlari,   tamoyillari,   metodik   g‘oyalarini   nazariy   jihatdan   yoritib
beradi. Ta’lim jarayonini tashkil etish esa amaliy xarakter kasb etadi. Bu jarayonda
kutilmagan tasodif tufayli ba’zan nazariy jihatdan asoslangan g‘oyalar bo‘yicha ish
ko‘rish   ijobiy   natijani   kafolatlay   olmaydi.   Ta’lim   amaliyotida   har   bir   voqea,
hodisa,   jarayonga   uning   mohiyatidan   kelib   chiqqan   holda   individual   yondashish
talab   etiladi.   Bu   esa   o‘z-o‘zidan   o‘qituvchining   bilimdon,   mahoratli,   tadbirli
bo‘lishini zarurligini taqozo etadi.
Pedagogik   faoliyatni   muvaffaqiyatli,   samarali   olib   borish   uchun   o‘qituvchi
o‘z   kasbining   ustasi   bo‘la   olishi   zarur,   qolaversa,   u   soha   muvaffaqiyatini
ta’minlashga   xizmat   qiladigan   sifatlar,   pedagogik   qobiliyat,   jismoniy,   ruhiy   va
amaliy tayyorgarlikka ham ega bo‘la olishi zarur.
Mavzuning   o‘rganilish   darajasi.   Kishilik   tarixi   taraqqiyotidan   yaxshi
ma’lumki, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi hamda keng ko‘lamga ega bo‘lib
borishi bilan birga yosh avlod ta’limi va tarbiyasini tashkil etish, bu borada yuqori
natijalarni   qo‘lga   kiritishga   alohida   e’tibor   qaratila   boshlagan.   Yosh   avlod
kamolotini   ta’minlashda   muhim   rol   o‘ynovchi   sub’ektlar   sirasida   o‘qituvchi   va
uning roli behad qadrlangan. Asrlar davomida o‘qituvchi shaxsiga nisbatan alohida
hurmat ko‘rsatilib qolmasdan, o‘z navbatida uning ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega
bo‘lishiga   alohida   e’tibor   qaratilgan   va   yuksak   talablar   qo‘yilgan.   Ana   shunday
talablar mohiyati ilk yozma manba sanaluvchi «Avesto», Islom dinining muqaddas
manbalaridan   biri   bo‘lgan   «Hadis»,   shuningdek,   ulug‘   mutafakkirlar   –   Abu   Nasr
Forobiy,   Abu   Rayhon   Beruniy,   Abu   Ali   ibn   Sino,   Muslihiddin   Sa’diy,
Abdurahmon   Jomiy,   Alisher   Navoiy,   Jaloliddin   Davoniy,   Abdulla   Avloniy,
Abdurauf   Fitrat   va   boshqalar   tomonidan   yaratilgan     asarlar   mazmunida   ham   o‘z
ifodasini topgan.
5 Shaxs, uning kamoloti hamda ma’naviy-axloqiy qiyofasi borasida yaratilgan
asarlarda   ilgari   surilgan   qarashlar   bevosita   o‘qituvchi   shaxsi   va   uning   qiyofasi
mohiyatini   ham   yoritishga   xizmat   qiladi.   Bu   borada   U.Mahkamov,
O.Musurmonova,   S.Nishonova,   J.Tulenov,   F.Shayxova,   E.Yusupovlar   tomonidan
yaratilgan asarlar alohida ahamiyat kasb etadi.
A.Aliev,   X.Abdukarimov,   A.A.Verbiskiy,   V.K.Dyachenko,   B.R.Jo‘raeva,
N.E.Kuzmina,   S.M.Markova,   V.S.Merlin,   L.M.Mitina,   V.A.Slastenin,
N.E.Shurkova,   D.O.Himmataliev   va   boshqalarning   ishlarida   uzluksiz   pedagogik
ta’lim  tizimida o‘qituvchi shaxsini  kasbiy shakllantirish, o‘quv-tarbiya jarayonida
kasbiy   madaniyatni   milliy   qadriyatlar   asosida   shakllantirish,   pedagogik   turkum
fanlarini   o‘qitish   jarayonida   bo‘lajak   o‘qituvchilarning   pedagogik   madaniyatini
tarbiyalash, shuningdek, pedagogik mahoratni qaror toptirish masalalari yoritilgan
bo‘lsa,   M.Yu.Mahkamova,   B.X.Rahimov,   Ye.I.Passov   va     T.Qudratovlar
tomonidan   olib   borilgan   tadqiqot   ishlarida   bo‘lajak   o‘qituvchilarda   muloqot   va
nutq madaniyatini shakllantirish borasida so‘z yuritiladi.
Bir   qator   tadqiqot   ishlarida   esa   o‘qituvchi   shaxsini   shakllantirishning
psixologik   asoslari,   xususan,   zamonaviy   o‘qituvchi   psixologiyasi   va   pedagogik
faoliyatning   motivatsiyasi   kabi   muammolar   D.N.Arziqulov,   M.G.Davletshin,
V.S.Merlin,   N.E.Qurkovalarning   tadqiqotlarida   o‘z   in’ikosini   topgan   bo‘lsa,
pedagogik   axloq   g‘oyalari   esa   M.O.Ochilov,   B.Z.Vulfov,   N.E.Qurkovalarning
ishlarida qayd etib o‘tilgan.
Yuqoridagi   fikrlarga   asoslanib   bitiruv   (loyiha)   ishimizning   mavzusini
“Pedagogik   mahoratning   o‘qituvchi   faoliyatidagi   o‘rni”   modulini   o‘qitishga
texnologik yondashuv”  deb nomladik.
Bitiruv   (loyiha)   ishining   maqsadi:   texnologik   yondashuv   asosida
“Pedagogik mahoratning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni” modulini o‘qitish.
Bitiruv (loyiha) ishining vazifalari: 
6 1. Texnologik   yondashuv   asosida   “Pedagogik   mahoratning   o‘qituvchi
faoliyatidagi o‘rni” modulining mazmunini ochib berish.
2. Texnologik   yondashuv   asosida   talabalarni   pedagogik   mahoratning
o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni va amaliy ahamiyati bilan tanishtirish.
3. Texnologik   yondashuv   asosida   talabalarning   pedagogik   mahorat,
pedagogik   tafakkur,   pedagogik   kreativlik,   pedagogik   refleksiya   va   pedagogik
madaniyat sifatlarini o‘zlashtirishga nisbatan ehtiyoj hamda qiziqishlarini oshirish.
4. Texnologik yondashuv asosida talabalarni o‘zlarida pedagogik mahorat,
pedagogik   tafakkur,   pedagogik   kreativlik,   pedagogik   refleksiya   va   pedagogik
madaniyat sifatlarini shakllantirishga o‘rgatish.
5. Texnologik   yondashuv   asosida   talabalarning   pedagogik   mahorat,
pedagogik   tafakkur,   pedagogik   kreativlik,   pedagogik   refleksiya   va   pedagogik
madaniyat sifatlariga ega bo‘lishlariga erishish.
Bitiruv   (loyiha)   ishi   predmeti:   “Pedagogik   mahoratning   o‘qituvchi
faoliyatidagi   o‘rni”   modulini   o‘qitishga   texnologik   yondashuvning   nazariy  tavsifi
va amaliy ahamiyatini yorituvchi g‘oyalar.
Bitiruv   (loyiha)   ishining   ob’ekti:   “Pedagogik   mahoratning   o‘qituvchi
faoliyatidagi o‘rni” modulini o‘qitishga texnologik yondashish jarayoni.
Bitiruv   (loyiha)   ishining   amaliy   ahamiyati.   “Pedagogik   mahoratning
o‘qituvchi  faoliyatidagi   o‘rni”  modulini   o‘qitishga   texnologik  yondashish   asosida
quyidagi   natijalarga   erishiladi:   1.   Talabalar   “Pedagogik   mahoratning   o‘qituvchi
faoliyatidagi   o‘rni”   modulining   mazmunini   o‘rganadi.   2.   Talabalar   pedagogik
mahoratning o‘qituvchi   faoliyatidagi   o‘rni   va   amaliy   ahamiyati   bilan   tanishadi.   3.
Talabalarda   pedagogik   mahorat,   pedagogik   tafakkur,   pedagogik   kreativlik,
pedagogik   refleksiya   va   pedagogik   madaniyat   sifatlarini   o‘zlashtirishga   nisbatan
ehtiyoj   va   qiziqish   ortadi.   4.   Talabalar   o‘zlarida   pedagogik   mahorat,   pedagogik
tafakkur,   pedagogik   kreativlik,   pedagogik   refleksiya   va   pedagogik   madaniyat
sifatlarini   shakllantirishga   o‘rganadi.   5.   Talabalarning   pedagogik   mahorat,   pedagogik
7 tafakkur,   pedagogik   kreativlik,   pedagogik   refleksiya   va   pedagogik   madaniyat
sifatlariga ega bo‘lishlariga erishiladi.
8 I  BOB.  “UMUMIY PEDAGOGIKA”  FANINI 
O‘QITIShNING NAZARIY MASALALARI
1.1. “Pedagogika” fani 
taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab butun dunyo bo‘ylab “sifat inqilobi”
sodir bo‘ldi. Dunyoninng yetakchi ishlab chiqarish korxonalari asosiy e’tiborni son
va   miqdorga   emas,   balki   mahsulot   sifatiga   qarata   boshlashdi.   Sifat
raqobatbardoshlikni ta’minlovchi asosiy omil sifatida namoyon bo‘la boshladi.
Sifat  –   umumiy tushuncha sifatida insonlarning ehtiyojlari va talablarini   qondirish
bilan   asoslanuvchi   mahsulot,   material,   ish   turi,   mehnat,   xizmatlar   va   shu   kabilarning
xususiyatlari hamda xususiy belgilarining majmui bo‘lib, ularni qo‘yilgan talablar
va o‘z vazifalariga to‘liq mos kelishi bilan baholanadi.
Bunday   moslik   asosan   standartlar,   shartnomalar,   kelishuvlar,
iste’molchilarning talablari bilan aniqlanadi.
Sifatga   e’tibor   va   uning   rivojlanish   bosqichlarini   mantiqan   quyidagi
davrlarga bo‘lish mumkin:
1. XX asrning 60-yillari :   Bozor raqobatbardoshligi sharoitida asosiy omil –
mahsulot sifati.
2. XX asrning 70-yillari :   mahsulot sifatidan texnologiya va ishlab chiqarish
sifatiga o‘tish bosqichi.
3.   XX   asrning   80-yillari :   texnologiya   va   ishlab   chiqarish   sifatidan   “ sifatni
boshqarish tizimi ”  bosqichiga o‘tish davri.
4.   XX   asrning   90-yillaridan   boshlab :   ta’lim   sifati ,   bevosita   intellektual
resurslar sifati, inson hayoti  darajasi va uning  sifati – asosiy omil sifatida namoyon
bo‘la boshladi.
9Таълим сифати –  ижтимоий категория ҳисобланиб, 
жамиятда таълим жараёнининг ҳолати ва натижасини 
ҳамда шахснинг касбий, маиший ва фуқаролик компетентлигини 
шаклланиши ва ривожланишини жамият талаби ва 
эҳтиёжига мос келишини аниқлайди Bu   holat   ta’lim   muassasasining   o‘quv-tarbiyaviy   faoliyatini   turli   qirralarini
tavsiflovchi   ko‘rsatkichlar   majmui   orqali   baholanadi.   Ushbu   ko‘rsatkichlarga
ta’lim   oluvchilar   kompetentligining   rivojlanishini   ta’minlovchi   ta’lim   mazmuni,
o‘qitish   shakli   va   uslublari,   material-texnik   baza,   xodimlar   tarkibi   kabilar   kiradi.
Qolaversa,   t a’lim   sifati   shaxsning   hayotiy   faoliyati   sifatini   oshirish   va   aniq
maqsadga   erishishda   foydalanish   uchun   zarur   bo‘ladigan,   aniq   sharoitlarda   talab
etilib olingan bilimlar majmui sifatida ham talqin etiladi.
Hozirgi   vaqtda   ta’lim-tarbiya   sifati   o‘ta   muhim,   muammoli   va   dolzarb
masala hisoblanadi. Chunki, boshqa barcha ijtimoiy masalalar, siyosiy muammolar
va iqtisodiy ko‘rsatkichlar aynan ta’lim sifati darajasiga bog‘liq holda rivojlanadi.
Shuningdek ,   ta’lim   sifati   davlat   va   jamiyat   istiqboli ni,   butun   insoniyat   ta q dirini
belgilab   beradi.   Shu   saba b li   ta’lim   sifatini   “ hayot   sifati ”   de ya   izohlash   xato
bo‘lmaydi.
Talabalarning   bilimlari sifati   odatda ta’lim muddati yakuniga yetgach,   ular
tomonidan   o‘zlashtirilgan   bilimlarning   amaliy   ahamiyat,   qiymatga   egaligi, yuqori
darajadaligi va kasbiy faoliyatda qo‘l kelishi bilan belgilanadi.
“Ta’lim   sifati”   tushunchasi   mohiyatida   quyidagi   omillar   birligi   namoyon
bo‘ladi:   oliy   ta’lim   ishtirokchilarining   manfaatlari;   kirish   ma’lumotlari,   ta’lim-
tarbiya   jarayonlari,  chiqish  ma’lumotlari,  maqsad  va   vazifalar kabi tushunchalarning
o‘zaro   nisbati;   baholanadigan   akademik   sohaning   xususiyatlari   yoki   tavsifi;   oliy
ta’limning tarixiy rivojlanish davri.
10Олий таълимнинг сифати  – таълим моделининг умумий 
кўрсаткичлари, ўқув юртининг муассаса сифатида мақсад ва 
вазифалари,  тизим мазмунини ифодаловчи аниқ стандартлар талаблар,
ўқув дастурларида ифодаланган ғоялар ва турли ўқув фанлари ўртасидаги
ўзаро боғлиқ, кўп қиррали, даражали динамик ривожланиш тавсифига эга
ҳолатни белгиловчи баҳо Tushunchaning   o‘zi   turli   bir   necha   holatlarga   berilgan   baho,   munosabat
tarzida   aks   etadi.   Ya’ni,   sifat   –   1)   eng   yuqori   ko‘rsatkich;   2)   maqsadga   to‘liq
erishilgan faoliyat; 3) yanada takomillashtirilgan faoliyat.
O‘qitish   amaliyotida   “ta’lim   sifati”   absolyut   va   nisbiy   tushuncha   sifatida
talqin etiladi.
Absolyut   tushuncha   tarzida   u   ta’lim   muassasasining   maqomi,   mavqei   va
ustunligini   aks   ettirishni   nazarda   tutadi.   Bu   vaziyatda   u   ta’lim   muassasasi
imidjining   yuksalishi,   rivojlanishi   uchun   sharoit   yaratadi.   Absolyut   ko‘rsatkich
tarzida u ta’lim sifati bo‘yicha eng yuqori darajadagi ta’lim standartiga yetishishni
ifodalaydi.
Tushuncha   nisbiy   tarzda   ham   ifodalanadi.   Unga   ko‘ra   sifat   ta’lim
xizmatning   asosiy   atributi   (ajralmas   qismi,   asosiy   xususiyati)   deb   hisoblanmaydi
va ta’lim jarayonini davlat ta’lim standartiga mos kelishi bilan baholanadi. Ana shu
holatga ko‘ra tushuncha ikki xil talqin etiladi:
1) sifat ko‘rsatkichining ta’lim standartiga mos kelishi;
2) sifat ko‘rsatkichining  ta’lim xizmati iste’molchilarining rasmiy talablariga
mos kelishi.
Tushuncha   b irinchi   holatda   ishlab   chiqaruvchi   (ta’lim   muassasasi)   nuqtai
nazaridan   sifatni   belgilasa,   ikkinchi   holda   iste’molchi,   ya’ni ,   ishlab   chiqarish
korxonalari   tomonidan   mutaxassis   kasbiy   tayyorgarligining   e’tirof   etilishini
anglatadi.
Ayni o‘rinda shuni  ham  aytib o‘tish kerak,   ko‘pincha ta’lim xizmati  sohasi
va   iste’molchilarning   manfaatlari   sifat   nuqtai   nazardan   bir-biriga   to‘liq   mos
kelmaydi. Shu sababli   barcha oliy o‘quv yurtl arida ta’lim sifati muammosiga ikki
xil  yondashuv kuzatiladi :
-   ta’lim muassasasi ning yondashuvi (b unda marketing tadqiqotlar i   ta’lim   jarayoni
mavjud holati ni ng  davlat ta’lim standartiga mosligi ni o‘rganatdi);
-   ta’lim   xizmati   iste’molchilarining   yondashuvi   (marketing   tadqiqotlari   ta’lim
xizmati iste’molchilari talablarining qondirilganlik darajasiga ko‘ra baholanadi).
11 Ta’lim   sifatiga   baho   berishda   “ta’lim   samaradorligi”   tushunchasi   ham
e’tiborga   olinishi   zarur.   Binobarin,   ular   bir-birini   taqozo   etadi.   Biroq,   ko‘p
holatlarda   sifat   va   samaradorlik   negizida   aynan   bir   xususiyat   e’tirof   etiladi.   Ular
o‘rtasida keskin farq mavjud.
Xo‘sh,   ta’lim   sifati   va   samaradorligi   tushunchalarini   aniqlovchi   mezonlar
bir-biridan qanday farq qiladi? 
Ta’lim   sifati   va   ta’lim   samaradorligi   jamiyatda   ijtimoiy   sub’ektlarning
turmush   darajasini   ko‘rsatuvchi   asosiy   omillardan   biri   hisoblanadi.   Davlat   va
jamiyat umumiy va kasbiy ta’limga qanchalik ko‘p mablag‘ sarflasa va natijasi eng
yuqori   xalqaro   standartlarga   javob   bersa,   hayot   sifati   shunchalik   yuqori   bo‘ladi.
Ta’lim   samaradorligini   belgilashda   eng   optimal   xarajatlar   hisobida   yuqori   ta’lim
sifatiga erishish talab etiladi.
Ta’lim   sifatini   belgilashda   muayyan   omillar   inobatga   olinadi   hamda
mezonlar ga tayangan holda ish ko‘riladi.
Ta’lim   ijtimoiy   hayotning   muhim   sohasi   hisoblanadi.   Aynan   ta’lim
jamiyatning   intellektual,   madaniy   va   ma’naviy   holatini   shakllantiradi.   Ta’lim
mazmuni   va   uning   yo‘nalishlari   ta’lim   standartlari ,   dasturlarida   o‘z   ifodas ini
topadi.   Ta’lim   sifatini   baholashda   quyidagi   ketma-ketlikdagi   tashkil   etuvchilar
hisobga olinishi talab etiladi:
-  bilim sohibi, tarqatuvchisi;
-  bilimni uzatish texnik vositalari;
-  bilimni uzatish texnologiyasi; 
-  bilim oluvchi;
-  bilimni mustahkamlik darajasi;
-  olingan bilimlarni zarurligi, kerakligi;
-  yangi bilimlar olish zarurligi va imkoniyati.
12Сифат  – олинган натижанинг мақсадга нисбати (ёки тескариси)
бўлса 
самарадорлик  – олинган натижанинг харажатларга нисбати Ta’lim sifati birinchi navbatda bilim  egala r i, uni  tarqatuvchilarining saviyasi
va malakasi bilan belgilanadi.
Ular turli  xil pedagogik texnologiyalar yordamida   ta’lim   oluvchilarga   bilim
berishadi.   Shu   sababli   bilimni   uzatish   texnologiyasining   zamonaviyligi,   ta’lim
oluvchilarni ng   o‘zlashtirish   darajasi,   olingan   bilimlarni ng   mustahkamligi,
asoslanganligi   ham   muhim   rol   o‘ynaydi.   Bitiruvchi   ishlab   chiqarishga   ishga
joylashgach ,   olingan   bilimlarning   nechog‘lik   zarur   yoki   kerakligini   bilishi   ham
talab   etiladi.   Bu   o‘z   navbatida   ta’lim   va   ishlab   chiqarish   integratsiyasini
rivojlantirish zarurligini taqoz o  etadi.
Ilmiy-texnik   taraqqiyot   yangidan-yangi   mehnat   vositalari   va   qurollarini
yuzaga keltiradi. Shu sababli zamonaviy texnologiyalar va texnik vositalarni ishlab
chiqarishga   joriy   etish,   jahon   bozoriga   mos   raqobatbardosh   mahsulot   ishlab
chiqarishni   tashkil   etish   maqsadida,   bitiruvchi   o‘zining   ishlab   chiqarishdagi
mehnat   faoliyatida   yangi   innovatsion   texnologiya,   texnikalarni   ham   uzluksiz
o‘rganib  borishi   talab  etiladi.  Ya’ni   yangi   bilimlar  olish   zaruriyati  yuzaga   keladi.
Natijada  o‘z-o‘zidan  talabaga   bilim  berish   bilan   bir  qatorda  uning  mustaqil  bilim
olish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish ehtiyoji shakllanadi.
Zamonaviy   axborot   va   pedagogik   texnologiyalarini   ta’lim   sifatini
ta’minlashda   muhim   o‘rni   tutadi.   Keng   imkoniyatlarga   egaligi   sababli   t a’lim
sifatini   belgilovchi   asosiy   omillar   tarkibida   zamonaviy   texnik   vositalari   va
texnologiyalar alohida e’tirof etiladi.
Bu   o‘rinda   alohida   ta’kidlash   joizki,   faqat   zamon   talablariga   javob   bera
oladigan   innovatsion   pedagogik   texnologiyalar,   axborot-kommunikatsiya
vositalardan foydalanish, ularni o‘quv jarayoniga faol qo‘llashga erishilgandagina
ta’lim sifati talablar darajasida ta’minlanadi.
13Билим эгалари  муайян олий ўқув юртининг 
профессор-ўқитувчилар таркиби ва уларнинг илмий салоҳияти
Ахборот технологиялари  ахборотларни йиғиш, сақлаш, 
узатиш, қайта ишлаш усуллари ва воситалари мажмуи Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarning uyg‘unligi innovatsion
pedagogik texnologiyalarni shakllanishiga asos yaratadi.
Odatda   pedagogik   texnologiyani   doimo   bir   xil   baholab   bo‘lmaydi.
Boshqacha   aytganda,   pedagogik   texnologiya   bir   qolipga   sig‘adigan,   aniq   bir
o‘zgarmas   loyiha   emas.   Chunki,   har   bir   auditoriya   va   har   bir   guruh   uchun
tinglovchilarning   ma’lumoti,   ilmiy   salohiyati,   yoshi,   jinsi   va   boshqa
ko‘rsatkichlarga   ko‘ra   zarur   bo‘lsa   guruhdagi   har   bir   talaba   uchun   alohida
pedagogik   yondoshuv   va   texnologiya   talab   etiladi.   M:   pedagog   bir   mavzuni
maktab bolalariga boshqa texnologiya asosida, oliy o‘quv yurti talabalariga boshqa
texnologiyada,   ishlab   chiqarishdagi   muhandis-texnik   xodimlarga   boshqa   va   oliy
o‘quv   yurti   pedagoglariga   boshqa   pedagogik   texnologiya   asosida   o‘tishi   talab
etiladi.
Shuningdek,   oldindan   ma’lum   bir   guruhda   dars   o‘tishda,   pedagogning
oldindan   loyihalashtirib   kelgan   dars   o‘tish   texnologiyasi,   auditoriyaning
tayyorgarligi, undagi savol-javoblar natijasida yuzaga keladigan vaziyatlar asosida
o‘zgarishi   ham   mumkin.   Shundagina   pedagog   aniq   ko‘zlangan   natija   –   o‘z
bilimlarini   talabalar   tafakkuriga   yetkazib,   ularda   rivojlanuvchi,   faol   faoliyatni
yuzaga keltira oladi.
Ayni   o‘rinda   aytib   o‘tish   lozim,   o‘qitishdan   maqsad   talabaga   oldindan
aniqlangan   ma’lumotni   o‘rgatish   emas,   balki   uni   mustaqil   o‘qishga   o‘rgatishdan
iborat  bo‘lishi  zarur. Zero, bugun talabalarga tanishtirilayotgan zamonaviy texnik
vositalar,   innovatsion   xarakterdagi   axborot-kommunikatsiya   tizimi   tezkor   davrda
qisqa muddatda ma’naviy jihatdan eskiradi. Agarda bitiruvchi o‘zi mustaqil o‘qib,
yangi   texnik   vositalar   bilan   ishlash   sirlarini   bilsa,   bu   holda   uning   uchun   yangi
14Педагогик технология  инсонга таълим ва тарбия беришнинг илмий
асосланган, инсон тафаккурига, яъни таълим берувчи ва таълим
олувчининг интеллектуал салоҳиятига боғлиқ ҳолда амалга
ошириладиган жараёнлар мажмуидир texnologiyalar   bilan   ishlash   qiyin   bo‘lmaydi.   Qolaversa,   zamonaviy   sharoitda
pedagogik   texnologiyalarning   rivojlanishi,   takomillashib   borishi   bevosita   axborot
texnologiyalari ta’sirida ro‘y bermoqda.
Bunda   ta’lim   sifatini   belgilashda   bilimlarni   uzatishga   xizmat   qiladigan
texnologiyaning zamonaviyligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Har   qanday   holatda   ham   ta’lim   sifatining   yakuniy   bahosi   bitiruvchilarning
kasbiy   tayyorgarligi,   kompetentligi   orqali   belgilanadi.   Zamonaviy   texnologiyalar
va   texnik   vositalarning   ishlab   chiqarishga   joriy   etilishiga   bo‘lgan   zaruriat,   jahon
bozoriga   mos   raqobatbardosh   mahsulot   ishlab   chiqarishga   bo‘lgan   talab
bitiruvchidan   ishlab   chiqarishdagi   mehnat   faoliyatida   ham   yangi   innovatsion
texnologiya   va   texnikalarni   uzluksiz   o‘rganib   borishni   talab   etadi.   Natijada
talabaga   bilim   berish   bilan   bir   qatorda   uning   mustaqil   bilim   olish   qobiliyatini
shakllantirish, rivojlantirish talab etiladi.
Shunday   qilib,   “ta’lim   sifati”   ham   ta’lim   muassasasi   faoliyatining,   ham
bitiruvchining   kasbiy   tayyorgarlik,   kompetentlik   darajasini   ifodalashga   xizmat
qiladi.   Ta’lim   sifatiga   erishish   kuchli   raqobat   mavjud   sharoitda   jahon   ta’limi
darajasiga yetish hamda talabalarning mutaxassis sifatida yuqori darajadagi kasbiy
kompetentlikni   namoyon  eta  olishi  uchun  zarur   shart-sharoitlar  mavjudligini  ham
belgilab beradi. Zamonaviy sharoitda ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish, turli sohalarda
ro‘y   berayotgan   keskin,   inqilobiy   o‘zgarishlar   ta’lim   sifatida   erishishda   ilg‘or
pedagogik   va   innovatsion   xarakterga   ega   axborot   texnologiyalarini   o‘qitish
amaliyotiga tatbiq etishni taqozo etmoqda. Bitiruvchilarning ta’lim davrida qanday
kasbiy   tayyorgarlikka   ega   ekanliklarini   izchil   nazorat,   tahlil   qilib   borish   har   bir
o‘qituvchidan   o‘z   faoliyatida   ilg‘or   pedagogik   va   innovatsion   axoborot
texnologiyalarini samarali qo‘llay olishni taqozo etmoqda.
15Инновацион педагогик технологиялар  айнан таълим-тарбия
жараёнида талабаларга муайян фан (мавзу) бўйича билим бериш ва
шахсини шакллантиришга қаратилган ўқитишнинг замонавий
услублари ва техник воситалари мажмуидир 1.2. “Pedagogika” fanini o‘qitishdagi 
innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar  
So‘nggi   o‘n   yillarda   jahon   ta’limi   tizimida   keskin   o‘zgarishlarning   sodir
bo‘lishi uchun sharoit yaratdi. Ana shunday o‘zgarishlardan biri Yevropada yagona
ta’lim muhitining yaratilganligi sanaladi.
Kishilik   jamiyati   tarixiy   taraqqiyotida   ilm-fan,   texnika   va   texnologiyaning
rivojlanib   borishi,   ishlab   chiqarishning   takomillashishi,   ijtimoiy   munosabatlar
mazmunining boyishi hamda tobora kengayishi turli madaniyatiy birliklar o‘rtasida
o‘zaro   aloqaning   mustahkamlanishiga   olib   keldi.   Ijtimoiy   ongning   tobora
rivojlanishi   esa   shaxs   tomonidan   irqiy,   etnik,   va   diniy   ziddiyatlar,   shuningdek,
o‘zaro  manfaatlar   to‘qnashuvi  insoniyat  hayoti,  mavjudligiga nisbatan  ulkan  xavf
ekanligining   tushunilishini   ta’minladi.   Endilikda   insoniyatning   umumiy   uyi
bo‘lgan   Yer   sharini   omon   saqlashning   yagona   yo‘li   –   bu   ijtimoiy,   iqtisodiy   va
madaniy   sohalardagi   xalqaro   hamkorlik   ekanligi   turli   miqyosda   o‘tkazilayotgan
anjumanlarda ko‘p bor takrorlanmoqda.
Insoniyat   tarixining   dastlabki   bosqichlarida   hududlarni   himoya   qilish,   jang
yoki   urush   harakatlarini   tashkil   etishdagina   turli   urug‘,   elat   va   millat   o‘zaro
hamkorlik, ittifoqchilikka intilgan bo‘lsalar, yangi dunyo (m: Amerika, Avstraliya,
Yangi Zelendiya, Antartika, Grelandiya va boshqalar)ning kashf etilishi, xalqlarni
turmush   tarzi   va   madaniy   rivojlanish   bo‘yicha   bir-biriga   yaqinlashtirdi.   Buning
natijasida   turli   xalqlar   o‘rtasida   diplomatik   va   madaniy   aloqalar   mustahkamlanib
bordi.   Biroq,   tirik   mavjudotga   xos   xususiyat   –   gegemonlik   (etakchilik,
hukmronlik)ka   intilish   hissi   madaniy   rivojlanishning   bugungi   bosqichida   ham
xalqlar   o‘rtasidagi   birlik,   hamjihatlik   va   hamkorlikka   jiddiy   xavf   solmoqda.
Shunday   bo‘lishiga   qaramay   taraqqiyparvar   insoniyat   davlatlar   o‘rtasida   ijtimoiy,
iqtisodiy,   harbiy   va   madaniy   sohalarda   o‘zaro   kelishuvga   erishish,   hamkorlikni
yo‘lga qo‘yishning yangidan yangi yo‘llarini izlashda davom etmoqda. Binobarin,
16 yuqorida   aytib   o‘tilganidek,   insoniyatning   omon   qolishi   va   rivojlanishda   davom
etishining yagona chorasi irqiy, etnik, diniy ziddiyatlarga barham berish va o‘zaro
birlik, hamkorlik, hamjihatlikka erishishdir.
XX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  barcha  sohalarda   bo‘lgani   kabi   oliy
ta’lim   tizimida   ham   xalqaro   hamkorlikka   erishish,   oliy   ma’lumotli,   malakali
kadrlarni   tayyorlashga   yagona   yondashuvni   qaror   toptirish   yo‘lida   amaliy
harakatlar   olib   borilmoqda.   1954   yilning   19   dekabri da   qabul   qilingan   Yevropa
kengashining   Yevropa   madaniyati   konvensiyasi   ham   dastlab   mazkur   mintaqa
davlatlari   miqyosida   oliy   ma’lumotli,   malakali   kadrlarni   tayyorlashga   nisbatan
yagona yondashuvning  qaror  topishi  uchun zamin  tayyorlagan  edi. Hozirda  esa u
jahonning   ko‘plab   mamlakatlari   universitet   (institut,   akademiya)lari   faoliyatining
o‘qitish tizimida yagona malakaviy talablar asosida tashkil etilishida muhim hujjat
bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mazkur   Konvensiya   g‘oyalari   Yevropa   hududida   shaxs   tafakkurini
shakllantirishda   ko‘p   tillikka   asoslanish   uchun   zarur   shart-sharoitlarni   hosil
qilishdan iborat edi. Konvensiyani imzolovchi tomonlar o‘z hududlarida fuqarolar
tomonidan   Yevropa   hududida   mavjud   bo‘lgan   tillar,   turli   millatlarning   tarixi   va
rivojlanish   taraqqiyotini   o‘rganish   hamda   o‘z   hududida   boshqalarga   o‘z   tili   yoki
boshqa tillarni o‘rgatish imkoniyatini yaratib berishlari zarur edi.
Zamonaviy Yevropada yagona kasbiy  ta’lim makonini  yaratilishi  uchun ilk
qadamlar 1949 yilda qo‘yildi. Xuddi shu yili asosiy maqsadi  Yevropada ijtimoiy,
iqtisodiy   jarayonlar   kechishi   va   birligini   ta’minlashdan   iborat   bo‘lgan   birinchi
xalqaro tashkilot – Yevropa Kengashi tashkil etildi.
Bolonya jarayoni yagona Yevropa oliy ta’limi makonini yaratish maqsadida
Yevropa   mamlakatlari   oliy   ta’lim   tizimining   bir-biriga   yaqinlashishi   va   o‘zaro
uyg‘unlashuvi   jarayonidir.   Ushbu   jarayonning   rasman   boshlanish   muddati   1999
yilning   19   iyuni   deb   e’tirof   etilgan.   Binobarin,   xuddi   mana   shu   sanada   29
mamlakat vakillari ishtirokida Bolonya deklaratsiyasi imzolangan edi. Ayni vaqtda
mazkur   tizim   o‘ziga   1954   yilda   Yevropa   Kengashi   tomonidan   qabul   qilingan
17 Yevropa   madaniyati   Konvensiyasini   ratifikatsiya   qilgan   (oliy   davlat   hokimiyati
organi tasdiqlagan) 49 mamlakatdan 47 ishtirokchi mamlakatlarni qamrab olgan.
Bolonya   tizimining   asosiy   maqsadi   ijtimoiy   sub’ektlar   tomonidan   oliy
ma’lumot   olish   imkonini   kengaytirish,   Yevropa   oliy   ta’limining   sifati   va
samaradorligini   istiqbolli   oshirish,   talabalar   hamda   o‘qituvchilarning
harakatchanligi,   faolligini   rivojlantirish,   shuningdek,   akademik   daraja   va   boshqa
kasbiy malakalarning mehnat bozoriga yo‘naltirgan holda oliy ta’lim muassasalari
bitiruvchilarini   ish   bilan   muvaffaqiyatli ta’minlashdan iborat. Bu tizimni qabul qilgan
mamlakatlar   oliy   kasbiy   ta’limni   zamonaviylashtirish,   oliy   o‘quv   yurtlarining
Yevropa   komissiyasi   tomonidan   moliyalashtiriladigan   turli   loyihalarda   teng
huquqlilik,   hamkorlik   asosida   qatnashish,   talabalar   va   o‘qituvchilarni   o‘zaro
akademik almashtirish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda.
Tizimining   umumiy   asoslari   Bolonya   shahrida   imzolangan   deklaratsiyada
o‘z ifodasini topgan. Ular quyidagilardan iboratdir:
1. Diplom   ilovasiga   ko‘ra   fuqarolarni   ishga   samarali   joylashtirish   va
Yevropa   oliy   ta’lim   tizimining   xalqaro   raqobatga   bardoshliligini   oshirish
imkoniyatini   yaratadigan   o‘zaro   muvofiq   keluvchi   akademik   darajalar   tizimni
qabul qilish.
2. Ikki siklli: tayyorgarlik va bitiruv ta’limiga o‘tish. Ta’limning birinchi
sikli uch yil davom etadi. Ikkinchi sikl esa magistrlik va doktorlik darajalarini olish
uchun yo‘naltiriladi.
3. Keng   ko‘lamda   talabalar   almashinuvini   qo‘llab-quvvatlash   uchun
mashaqqatli   sinov   birliklarini   qayta   topshirishning   Yevropa   tizimiga   o‘tish.
Mazkur   tizim   talabalarni   o‘rganiladigan   fanlarni   tanlash   huquqiga   ega   bo‘lishlari
uchun   imkoniyat   yaratadi.   Buning   uchun   asos   sifatida   “Umr   bo‘yi   ta’lim   olish”
konsepsiyasi doirasida qo‘llash imkonini beradigan tizim – YeSBT (Evropa sinov
birliklari tizimi)ni qabul qilish taklif etiladi.
18 4. O‘qituvchilar   almashinuvini   rivojlantirish.   Yevropa   hududida   ishga
sarflanadigan vaqt davrini inobatga olgan holda o‘qituvchilar va boshqa xodimlar
almashuvini kengashtirish. Transmilliy ta’lim standartlarini o‘rnatish.
5. O‘zaro mos mezon va metodologiyalarni ishlab chiqish hamda sifatini
ta’minlashda Yevropa hamkorligini qaror topshirishga ko‘maklashish.
6. Oliy ta’lim muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini ishlab
chiqish va oliy o‘quv yurtlari talabalari va xodimlari faoliyatini tashqi baholashga
tortish.
7. Oliy   ta’limda,   ayniqsa,   o‘quv   rejalarini   takomillashtirish,   oliy   ta’lim
muassasalariaro   hamkorlik,   talaba   va   o‘qituvchilar   almashinuvi   va   birgalikdagi
ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishga oid amaliy tayyorgarlik va ularni
olib   borish   borasida   zarur   yevropacha   nuqtai   nazarlarning   shakllanishiga
ko‘maklashish.
Bolonya deklaratsiyasiga qo‘shilgan bo‘lib, ular ayni vaqtda Yevropa ta’lim
muhitining   teng   huquqli   a’zolari   sanaladi.   Yevropa   ta’lim   muhitiga   a’zo   bo‘lgan
mamlakatlar o‘z zimmalariga quyidagi majburiyatlarni olgan:
1) 2005   yildan   boshlab,   Bolonya   jarayonining   ishtirokchi
mamlakatlari   barcha   bitiruvchilarga   yagona   namunadagi   bakalavr   va   magistr
diplomini bepul berish (bepul o‘qish yo‘lga qo‘yilgan);
2)   2010   yilga   qadar   Bolonya   deklaratsiyasining   asosiy   talablariga   mos
keladigan  milliy ta’lim tizimini isloh qilish.
Bugungi   kunda   sobiq   Ittifoq   respublikalaridan   Latviya   (1999   yil),   Litva
(1999   yil),   Estoniya   (1999   yil),   Rossiya   (2003   yil),   Ukraina   (2005   yil)
Ozarbaydjon   (2005   yil),   Armaniston   (2005   yil),   Gruziya   (2005   yil),   Moldaviya
(2005   yil),   Ukraina   (2005   yil)   va   Qozog‘iston   (2012   yil)   kabilar   Bolonya
deklaratsiyasiga   qo‘shilgan.   Yevropa   Kengashi   a’zosi   bo‘lgani   holda   ushbu
deklaratsiyaga   qo‘shilmagan   mamlakatlar   Belorussiya,   Monako   va   San-Marino
sanaladi.
19 Bolonya   jarayonining   amaliy   harakati   doirasida   har   ikki   yilda   bir   marta
ishtirokchi-mamlakatlar vazirlari ishtirokida konferensiya tashkil etiladi. Unda har
bir  ishtiroki-mamlakatlarning vazirlari oliy ta’lim  tizimida Bolonya deklaratsiyasi
shartlariga rioya etilishi yuzasidan rasmiy axborot beradi.
Hozirga   qadar   Bolonya   deklaratsiyasi   doirasida   jami   8   ta   konferensiya
uyushtirilgan   bo‘lib,   ularda   sifatli   ta’limni   tashkil   etish,   o‘qitish   sohasidagi   dolzarb
muammolar va ularning yechimlari masalalari ko‘rib chiqilgan.
Birinchi   Bolonya   forumi   2009   yilda   Lyovenda   tashkil   etilgan   bo‘lib,
unda   jarayonning   46   ta   ishtirokchi-mamlakatlari,   unga   a’zo   bo‘lmagan
davlatlar   va   nodavlat   tashkilotlardan   vakillar   ishtirok   etdilar.   Forum
doirasida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
1. Uzluksiz   ta’lim   negizida   shakllanadigan   oliy   ta’lim   tizimining
jamiyat taraqqiyotidagi roli.
2. Jamiyatdagi   barcha   aholi   qatlamlarining   ta’lim   olish
imkoniyatlari.
Forum   ishida   iqtisodiy   inqirozning   mavjudligiga   qaramay,   oliy   ta’lim
tizimini davlatlar byudjetlari mablag‘lari bilan qo‘llab-quvvatlash, oliy ta’lim
sohasida talaba va o‘qituvchilarning millatlararo almashuviga erishish hamda
adolatli   hamda   sermahsul   bo‘lishi   uchun   talabalar,   tadqiqotchilar   va
o‘qituvchilar almashinuvini o‘zaro tenglashtirish muhim ekanligi ta’kidlandi.
Ikkinchi   Bolonya   forumi   2010   yilda   Venada   tashkil   etildi.   Unda   47
ishtirok-mamlakat,   8   nafar   maslahatchi,   jarayon   a’zosi   bo‘lmagan   davlatlar
hamda   nodavlat   tashkilotlarning   vakillari   ishtirok   etdi.   Forumda   quyidagi
masalalar muhokama qilindi:
1.   Oliy   ta’lim   tizimi   va   muassasalarining   ijtimoiy   sub’ektlarda   tobora
o‘sib   borayotgan   ehtiyotni   qondirish   va   kutilgan   natijalarga   erishishdagi
ahamiyati.
20 2.   Xalqaro   oliy   ta’limda   o‘zaro   hamkorlik   va   raqobat   o‘rtasida
tenglikni ta’minlash.
Forum   ishida,   shuningdek,   axborot   almashish   va   birgalikdagi
harakatlarning   muvofiqlashuvini   yanada   yaxshilash   maqsadida   jarayonning
har   bir   ishtirokchisi   bilan   aloqa   o‘rnatish   metodlarini   yaratish,   har   bir
ishtirokchi-mamlakat, shuningdek, navbatdagi Bolonya forumini tashkil etish
uchun   mas’ul   shaxsni   belgilash   kabi   masalalar   ko‘rib   chiqildi.   Anjuman
ishtirokchilari   barcha   mamlakatlarning   talabalari   o‘rtasida   global   suhbatni
tashkil etishga yordam berish va rivojlantirishni zarur deb topdi.
Ye takchi xorij mamlakatlarining ta’lim tizimida  innovatsion g‘oyalarni ilgari
surish,   ularni   tezkor   amaliyotga   tatbiq   etish   va   bu   borada   har   bir   o‘qituvchining
faollik   ko‘rsatishi   borasida   boy   tajriba   to‘plangan.   Ularning   amaliyotida   ilg‘or
metodlarni asoslashga urinish ayniqsa ahamiyatlidir.
Ayni   vaqtda   xorijlik   hamkasblar   tomonidan   qo‘llanilayotgan   metodlardan
biri   –   loyihalar   metodi   sanaladi.   Bu   metod   majmuali   uslub   hisoblanib,   hozirgi
vaqtda o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan barcha innovatsion pedagogik uslublarni
o‘zida mujassamlashtiradi.
Hozirgi   kunda   loyihalar   metodi   dunyoda   eng   keng   tarqalgan   pedagogik
texnologiya sifatida AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Finlyandiya,
Germaniya,   Italiya,   Braziliya,   Niderlandiya   va   shu   kabi   ko‘pgina   rivojlangan
davlatlar ta’lim jarayonida keng foydalanilmoqda.
Zamonaviy loyihalar uslubining asosiy shiori:
21Лойиҳалар  методи   – ўқитувчи назоратида янги маҳсулот ва хизматлар
яратиш жараёнида ўқувчининг интеллектуал ва жисмоний имкониятларини,
мустақиллик ва ижодий қобилиятларини  ривожлантириш йўли орқали
шахснинг ўз қобилиятларидан тўлиқ фойдаланишга йўналтирилган ўқув
жараёнини ташкил этишнинг амалий аҳамият касб этувчи, субъектив ва
объектив янгиликларга эга мослашувчан модели ва ўқитиш тизимидир
Мен нимани биламан?
Нимага қобилиятим бор?
Бу менга нима учун керак?
Мен улардан қаерда фойдаланаман?
Мен улардан қандай фойдаланаман? Loyihalar   uslubi   mutaxassislar   tayyorlashda   va   ularda   ijtimoiy   va   kasbiy
kompetentlikni   shakllantirishda   muhim   ahamiyatga   ega.   Binobarin,   oliy   o‘quv
yurtini   tugatgan   mutaxassisga   ishlab   chiqarishda   moslashish   uchun   ma’lum   vaqt
talab etiladi. U birdan murakkab ishlab chiqarish muammolarini yechishga, mas’ul
qarorlar   qabul   qilishga   tayyor   bo‘lmaydi,   qolaversa,   aniq   masalani   yechishda
jamoa faoliyatini hamda o‘z faoliyatini optimal tashkil etishda qiynaladi. U butun
muammoni to‘liq fikrlash, muammo yechimi bo‘yicha yuz berishi mumkin bo‘lgan
oqibatlarni   oldindan   ko‘ra   bilish   va   muqobil   yechimini   topish   qobiliyatlariga   ega
bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, mutaxassis tizimiy va tanqidiy fikrlay olmaydi.
Korxonaning  iqtisodiy  samaradorligi  va ishlab chiqariladigan mahsulotning
raqobatbardoshligi   mutaxassisning   muammolar   bo‘yicha   qanday   qaror   qabul
qilishiga bog‘liq bozor  iqtisodiyoti  sharoitida bitiruvchida bunday kompetentlikni
shakllantirilishi zamonaviy ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Murakkab sharoitda yosh mutaxassisni ishlab chiqarishga moslashishi uchun
vaqt   yo‘q.   Undan   birdan   ishlab   chiqarish   jarayonini   tashkil   etish   va   mahsulot
ishlab   chiqarishga   faol   va   konstruktiv   kirishishi   talab   etiladi.   Ushbu   shart   barcha
ishlab   chiqarish   sohasiga,   shuningdek,   ishlab   chiqarishdan   uzoq   bo‘lib   tuyulgan
tibbiyot   va   pedagogikaga   ham   taaluqlidir.  Albatta   vrach  yoki   pedagog,   muhandis
yoki   dasturchi   muqobil   variantlarni   hisobga   olgan   holda   tezkor   qarorlar   qabul
qilishi,   o‘z   qarori   bo‘yicha   javobgarlik   his   qilishi,   qabul   qilingan   qarorlar
oqibatlarini   oldindan   ko‘ra   bilishi   zarur.   Shu   sababli,   hozirgi   davrda   kadrlar
tayyorlash muammosi dolzarb va muhim sanaladi.
Loyihalar   metodi   ana   shunday   murakkab   didaktik   vazifaning   yechimida
muhim   rol   o‘ynaydi.   Oliy   o‘quv   yurti   talabasi   birinchi   bosqichdayoq   jiddiy
22Мен нимани биламан?
Нимага қобилиятим бор?
Бу менга нима учун керак?
Мен улардан қаерда фойдаланаман?
Мен улардан қандай фойдаланаман? loyihaviy   faoliyat   yuritishi   va   uni   boshqa   bosqichlarda   uzluksiz   davom   ettirishi
zarur. Buning uchun ta’lim tizimiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, uning
shakli   va   mazmunini   qayta   ko‘rib   chiqish   talab   etiladi.   O‘qituvchi   ma’ruzada
materialni   o‘qib   bermasdan,   interfaol   metodlardan   foydalanishi,   talabalarning
faolligini,   mustaqil   fikrlashlarini   rivojlantirishi,   kasbiy   sohadagi   muammoli
vaziyatlardan hayotiy misollar keltirib, “Aqliy hujum” uslubi yordamida muammo
yechimining bir qancha muqobil yechimlarini aniqlashi, xulosalashi zarur.
Shunday qilib, bugungi tezkor rivojlanish, ijtimoiy sohalarning globallashuvi
malakali   mutaxassisni   tayyorlash,   uning   intellektual   imkoniyatidan   samarali
foydalanishni   taqozo   etmoqda.   Zamonaviy   Yevropa   davrning   ana   shu   ehtiyojini
inobatga   olganda   talabalar   almashinuvini   ta’minlash,   bu   borada   tezkorlikka
erishish,   bitiruvchilarni   yagona   namunadagi   diplom   bilan   ta’minlash   maqsadida
Bolonya   deklaratsiyasi   negizida   o‘zining   yagona   ta’lim   muhitiga   ega   bo‘ldi.
Endilikda   jami   47   davlat   o‘zi   ichiga   olgan   ushbu   muhit   talabalarga   bepul   ta’lim
berish,   ularning   ishtirokchi   davlatlar   hududida   birdek   tan   olinishlariga   erishishga
muvaffaq   bo‘ldi.   Asosiy   e’tibor   ortiqcha   o‘rganishlarsiz,   bitiruvchilarning
intellektual imkoniyatlaridan samarali foydalanishga qaratilmoqda.
Yetakchi   xorijiy   mamlakatlarning   o‘qitish   tizimida   bugun   loyihalar
metodidan   keng   foydalanilmoqda.   Bu   metod   bo‘lajak   mutaxassislarni   bevosita
ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlashdek didaktik imkoniyatga egaligi bilan ta’lim
beruvchilarning diqqatini tortmoqda. O‘zbekiston sharoitida bu metoddan o‘qitish
amaliyotida   foydalanish   bitiruvchi-talabalarning   puxta   kasbiy   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarga ega bo‘lishlariga yordam beradi. Qolaversa, respublika uzluksiz ta’lim
tizimining   barcha   bo‘g‘inlarida   ushbu   metoan   samarali   foydalanish   imkoniyati
mavjud. 
23 II BOB.  “PEDAGOGIK MAHORATNING O‘QITUVChI
FAOLIYaTIDAGI O‘RNI” MODULINI O‘QITIShGA 
TEXNOLOGIK YoNDAShUV  
ELEKTRON O‘QUV MODULI  IShLANMASI
2.1.  “Umumiy pedagogika” fanidan o‘quv 
dasturining qisqacha tavsifi (Sillabus)
Fanning qisqacha tavsifi
OTMning nomi va
joylashgan manzili: Sharof Rashidov nomidagi Samarkand
davlat universiteti Universitet xiyoboni-
15 uy
Kafedra: Pedagogika va umumiy psixologiya
Ta’lim sohasi va
yo‘nalishi: 13.00. 0 1 -
O‘qituvchilar
tayyorlash va
pedagogika fani
ta’lim sohasi 5521900- I.A.T ta’lim yo‘nalishi talabalari
uchun mo‘ljallangan
Fanni (kursni) olib
boradigan talaba
to‘g‘risida ma’lumot: Abduvoxidova
Mixogul
Sayidaxmad kizi E-mail : 
mokhigul .e@mail.ru
Dars mashg‘ulotini
o‘tkazishning vaqti va
joyi: O‘quv-uslubiy
boshqarma
tomonidan ishlab
chiqilgan jadval
asosida
universitetning
o‘quv binolarida Kursning
boshlanish va
davom etish
muddati: Ta’lim
mutaxassisligi o‘quv
rejasiga muvofiq  3-
kurs, 
2- semestr i
Individual grafik
asosida professor-
o‘qituvchining
talabalar bilan ishlash
vaqti: Haftaning dushanba, chorshanba kunlari
soat 14.00 dan-16.00 gacha
Fanga ajratilgan o‘quv
soatlarining o‘quv
turlari bo‘yicha
taqsimoti Auditoriya soatlari
Mustaqil ta’lim:
Ma’ruza Amaliy Laboratoriya
38 38 - 18
Fanning boshqa fanlar
bilan uzviy aloqasi “Umumiy   pedagogika”   fani   –   falsafa,   iqtisod,   siyosatshunoslik,
madaniyatshunoslik,   sotsiologiya,   psixologiya,   xuquqshunoslik,
mantiq,   etika   va   estetika,   ma’naviyat   va   ma’rifat   asoslari,   tarixi
o‘quv   fanlarini   o‘qitish   metodikasi   kabi   fanlar   bilan   uzviy   aloqada
24 o‘rganiladi
25 Fanning mazmuni
Fanning
dolzarbligi va
qisqacha
mazmuni: Ma’lumki,   shaxs,   uning   kamoloti   o‘z   taraqqiyotining   yuksak   cho‘qqisiga
intilayotgan   jamiyat   uchun   eng   dolzarb   masalalaridandir.   Mustaqil
taraqqiyot   yo‘lida   borayotgan   O‘zbekiston   Respublikasida   har   bir
fuqaroning   ma’naviy,   shaxsiy   rivoji   va   kamoloti,   shaxs   va   jamiyat
manfaatlarining   uyg‘unligi   har   qachongidan   ham   muhim   qadriyat   sifatida
qaralmoqda.   Barkamol   avlod   tarbiyasi   va   uning   mukammal   ta’lim   va
tarbiya olishi yorqin isbotidir 
Talabalar uchun
talablar
  - professor-o‘qituvchiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
- universitet intizom qoidalariga rioya qilish;
- mobil telefonni dars davomida o‘chirish;
- berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;
- guruhdoshlarga hurmat bilan munosabatlda bo‘lish;
- darsga o‘z vaqtida kelish;
- 4 soatdan ortiq dars qoldirilgan taqdirda, dekanat ruxsati bilan 
darsga kirish
Elektron pochta
orqali
munosabatlar
tartibi Professor-o‘qituvchi   va   talaba   o‘rtasidagi   aloqa   elektron   pochta
orqali   ham   amalga   oshirilishi   mumkin,   telefon   orqali   baho   masalasi
muhokama   qilinmaydi,   lekin   oraliq,   joriy   va   yakuniy   baholash   faqatgina
universitet   hududida,   ajratilgan   xonalarda   va   dars   davomida   amalga
oshiriladi.
Fanga ajratilgan o‘quv soatlarining o‘quv turlari bo‘yicha taqsimoti
№
Mavzu Jami
auditoriy
a  soati Auditoriya
soatlari MT
Shu jumladan
Ma’ruza Amaliy
1
. Pedagogika nazariyasi 
O‘zbekiston   Respublikasining   uzluksiz   ta’lim   tizimi.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli 4 2 2 2
2
. Pedagogika   fan   sifatida.   Pedagogikaning   ilmiy
tadqiqot metodlari 4 2 2
3
. Yagona   pedagogik   jarayon.   Didaktika   –   ta’lim
nazariyasi sifatida 4 2 2 2
4
. O‘qitish metodlari va vositalari 4 2 2
5
. Ta’limni tashkil etish shakllari 4 2 2 2
6
. Tarbiya   jarayonini mazmuni Tarbiya prinsiplari 4 2 2
7
. Tarbiya metodlari 4 2 2
8
. Tarbiya   turlari   (ma’naviy-ahloqiy,   iqtisodiy,   mehnat,
ekologik, estetik, aqliy, jismoniy) 4 2 2 2
9
. Ta’lim muassasasi menejmenti 4 2 2
1
0. Maxsus (korreksion) pedagogika 4 2 2 2
1
1. Pedagogika tarixi
E ng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim – tarbiya 4 2 2
26 va pedagogik fikrlar
1
2 . VII-XIV   asrning   birinchi   yarmida   Movarounnahrda
ta’lim, tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti 4 2 2 2
1
3. XIV-XVII asrlarda Movorounnahrda ta’lim-tarbiya va
pedagogik fikrlar taraqqiyoti 4 2 2
1
4. XVII-XIX   asrning   birinchi   yarmida   maktab,   tarbiya
va pedagogik fikrlar 4 2 2
1
5. XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   va   XX   asrning   90-
yillarigacha bo‘lgan davrda tarbiya va ta’lim tizimi 4 2 2 2
1
6 . Mustaqil   O‘zbekistonda   ta’lim   va   pedagogik   fikr
taraqqiyoti.   (1991   yil   1   sentyabrdan   hozirgi
davrgacha) 4 2 2 2
1
7 . Ja h on  pedagogik fanining rivojlanish tarixi
4 2 2
1
8 . Pedagogik mahorat
Pedagogik   mahorat   haqida   tushuncha,   uning
o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni 4 2 2 2
1
9 . Pedagogik   texnika   va   o‘qituvchi   mahoratini
takomillashtirish yo‘llari 4 2 2
Jami 76 38 38 18
T/r Nazorat turlari Topshiriqla r ning nomlanishi Ball ar
taqsimoti
(maks.) O‘tkazish
vaqti
I . Joriy nazorat Mavzular bo‘yicha so‘rov (og‘zaki, test, yozma 
va b.), daftarlarning yuritilishi va mustaqil ta’lim
topshiriqlarining bajarilishi 50 ball
Reyting
texnologik
xaritasiga
muvofiqII . Oraliq nazorat Yozma ish va test 20 ball
III Yakuniy 
nazorat Yozma ish 30 ball
JAMI: 10 0  ball
Asosiy
adabiyotlar: 1. Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch.   –   T.:
“Ma’naviyat”, 2008.
2. Karimov   I.A.   O‘zbekiston   Mustaqillikka   erishish   ostonasida.
T.: “O‘zbekiston”, 2011.
3. Pedagogika   //   M.To‘xtaxo‘jaevning   umumiy   tahriri   ostida.   –   T.:
“O‘zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati”, 2010.
4. Ibragimov   X.I.,   Abdullaeva   Sh.A.   Pedagogika   nazariyasi.   –   T.:
“Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008. 
5. Yuzlikaeva   E.,   Madyarova   S.,   Yanbarisova   E.,   Morxova   I.V.,
Markendudi M.A. Teoriya i praktika ob щey pedagogika.  –  T.: TGPU, 2013.
6. Hashimov  K, Nishonova  S. Pedagogika  tarixi.  – T.:  “O‘zbekiston
milliy kutubxonasi” nashriyoti, 2005.
7. Hoshimov   K.,   Ochil   S.   O‘zbek   pedagogikasi   antalogiyasi.   –   T.:
“O‘qituvchi”, 1999.
27 8. Hoshimov   K.,   Ochil   S.   O‘zbek   pedagogikasi   antalogiyasi.   –   T.:
“O‘qituvchi”, 2010.
9. Omonov   X.,   Xo‘jaev   N.,   Madiyarova   S..   Eshchonov   Ye.
Pedagogik   texnologiyalar   va   pedagogik   mahorat.   –   T.:   “Iqtisod-moliya”,
2009.
10. Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. – T.: “Iqtisod-moliya”, 2011.
Dasturning
axborot-
metodik
ta’minoti 1. www.    tdpu.uz   
2. www.pedagog.uz   
3. www.    ziyonet.uz   
Qo‘shimcha
adabiyotlar: 1. Kaldыbekova   A.S.   Umumiy   pedagogika   nazariyasi   va
amaliyotidan   laboratoriya   mashg‘ulotlari.   –   T.:   “Fan   va   texnologiya”
nashriyoti, 2013.
2. Niyozov   G‘.,   Axmedova   M.   Pedagogika   tarixidan   seminar
mashg‘ulotlari. – T.: “NOShIR”, 2011.
3. Ismoilova Z. Pedagogikadan amaliy mashg‘ulotlar. – T.: Fan,
2001.
4. Yo‘ldoshev.   J.G‘.,   Usmonov.S.   Ilg‘or   pedagogik
texnologiyalar. – T.: “O‘qituvchi”, 2004.
5. Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati / Talabalar uchun
darslik.   –   T.:   Alisher   Navoiy   nomidagi   O‘zbekiston   Milliy   kutubxonasi
nashriyoti, 2007.
6. Niyozov   G‘ . ,   Ahmedova   N . ,   Pedagogika   tarixidan   seminar
mashg‘ulotlari. – T.:  “ Noshir ” , 2011.
7. Avloniy   Abdulla.   Turkiy   guliston   yoxud   axloq.   –   T.:
“O‘qituvchi” 1993.
8. Kaykovus. Qobusnoma. – T.: “Meros” nashriyoti, 2007.
28 2.2.1.   “Pedagogik mahoratning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni” 
moduli dan ma’ruza matni 
Mashg‘ulotning t exnologi k pasporti
Ma’ruzaga ajratilgan vaqt  – 2  soat   Talabalar soni  – 60 nafar
O‘quv mashg‘ulotining shakli va turi M a’ruza  (Ko‘rgazmali ma’ruza)
O‘ quv
mashg‘ulotinin
g  tarkibiy
tuzil mas i 1.  “Savol-javob” metodi yordamida talabalar tomonidan avvalgi mavzuning
o‘rganilish darajasini aniqlash.
2.   Tashkiliy   masalalarni   hal   qilish,   ma’ruza   mavzusi   va   uning   o‘ziga   xos
jihatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berish.
3. Mavzuga oid tayanch tushunchalarni aniqlash.
4. Ma’ruza mohiyatini “Taqdimot” metodi asosida yoritib berish.
5.   “Qanday?”   grafik   organayzeri   yordamida   talabalar   tomonidan
o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash.
6. Mashg‘ulotni yakunlash
O‘quv
mashg‘ulot
ning maqsadi Talabalarga   pedagogik   faoliyat,   pedagogik   mahorat   tushunchalarining
mohiyati,   pedagogik   mahoratning   tarkibiy   asoslari,   pedagogik   tafakkur,
pedagogik   kreativlik,   pedagogik   refleksiya   va   pedagogik   madaniyat,
pedagogik   madaniyatning   tarkibiy   elementlari   haqidagi   nazariy   bilimlarni
berish orqali ularni o‘zlarida pedagogik mahorat sifatlarini shakllantirishga
o‘rgatish
Pedagogik vazifalar:
1)   talabalarga   pedagogik   faoliyat,   pedagogik
mahorat   tushunchalarining   mohiyatini
tushuntirish;   2)   talabalarni   pedagogik
mahoratning   tarkibiy   asoslaridan   xabardor
qilish;   3)   talbalarni   pedagogik   tafakkur,
pedagogik   kreativlik   va   pedagogik   refleksiya
tushunchalarining mazmuni bilan tanishtirish;
4)   talabalarda   pedagogik   madaniyat   va   uning
tarkibiy   elementlari   haqidagi   tasavvurlarni
hosil   qilish;   5)   talabalarga   nazariy   bilimlarni
berish   orqali   o‘zlarida   pedagogik   mahorat
sifatlarini shakllantirishni o‘rgatish O‘quv faoliyati natijalari:
1)   talabalar   pedagogik   faoliyat,   pedagogik
mahorat   tushunchalarining   mohiyatini
tushunadi;   2)   talabalar   pedagogik
mahoratning   tarkibiy   asoslaridan   xabardor
bo‘ladi;   3)   talbalar   pedagogik   tafakkur,
pedagogik   kreativlik   va   pedagogik   refleksiya
tushunchalarining   mazmuni   bilan   tanishadi;
4)   talabalar   pedagogik   madaniyat   va   uning
tarkibiy   elementlari   haqidagi   tasavvurlarga
ega   bo‘ladi;   5)   talabalar   nazariy   bilimlarini
asosida   o‘zlarida   pedagogik   mahorat
sifatlarini shakllantirishni o‘rganadi
Ta’lim metodlari Ma’ruza,   suhbat,   namoyish,   “Bumerang”   strategiyasi,   “Sxema”   ,
savol-javob
Ta’limni tashkil etish 
shakli Ma’ruza, ommaviy
Didaktik  vositalar Mavzuga doir adabiyotlar, plakatlar, ma’ruza matni, slayd-taqdimot
Ta’limni tashkil etish 
sharoiti Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan xona
Nazorat Joriy nazorat, savol-javob
29 Mashg‘ulotning texnologik xaritasi
Ish
bosqichlari
va vaqti Faoliyat  mazmuni
O‘qituvchi Talaba
1-bosqich. 
O‘quv 
mashg‘uloti 
ga kirish – 
tashkiliy-
tayyorgarlik 
bosqichi
(20 daqiqa) 1. Mavzu, mavzuni o‘zlashtirishdan 
ko‘zlangan maqsad va kutilayotgan 
natijalarni bayon etadi.
2. Kichik guruhlarni shakllantiradi.
3. O‘quv mashg‘ulotining tuzilishli-
mantiqiy sxemasini taqdim etadi.
4. Vaqti-vaqti bilan talabalarni 
hamkorlikka, faollikka undaydi.
5. Talabalar, kichik guruhlar 
faoliyatini nazorat qilib boradi.
7. Mashg‘ulotni tashkil etishdan 
kutilgan natijaga erishilganlik 
darajasini baholaydi.
8. Mashg‘ulotni yakunlaydi 1. O‘qituvchi nutqni tinglaydi, mavzu 
va uning mazmunini yorituvchi 
g‘oyalarni yozib oladi.
2. Kichik guruhlarda ishlaydi. 
3. Taqdim etiladigan sxema, plakat va 
taqdimot bilan tanishadi.
4. Zarur o‘rinlarda savollar bilan 
murojaat qiladi.
5. O‘qituvchi, tengdoshlari bilan 
bahsga kirishib, mavzu bo‘yicha 
o‘zlashtirayotgan bilimlarini 
oydinlashtiradi.
6. Mavzu mazmuni bo‘yicha tasavvur 
va bilimlarga ega bo‘ladi
2-bosqich.
Asosiy qism –
anglash
bosqichi
(50 daqiqa)
  1. Talabalarni mavzu rejasi va asosoiy 
tushunchalari bilan tanishtiradi.
2. Plakatlar mohiyatini yoritadi.
3. Mavzuga doir o‘quv materialini 
kichik guruhlarga tarqatadi.
4. Taqdimot asosida nazariy 
ma’lumotlarni bayon etadi, tayanch 
tushunchalarni ajratib ko‘rsatadi.
5. Guruhlarga topshiriqlar beradi.
6. O‘quv materialining bo‘limlari va 
umumiy mazmuni bo‘yicha yakuniy 
xulosani bayon etadi. 1. Mavzu rejasi va asosiy tushunchalar bilan 
tanishadi.
2. Plakatlar mohiyatini o‘rganadi.
3. O‘qituvchi nutqini tinglaydi, taqdimot bilan 
tanishadi.
4. Mavzuga oid tayanch tushunchalarning 
mazmunini o‘rganadi.
5. Zarur o‘rinlarda savollar bilan o‘qituvchiga 
murojaat qiladi.
6. O‘quv materialining asosiy o‘rinlarini o‘z 
daftarlariga qayd etishadi.
3-bosqich. 
Yakuniy 
qism – 
fikrlash 
bosqichi
(10 daqiqa) 1. Guruhlardan berilgan topshiriqlarni 
bajarishlarini so‘raydi.
2. Guruhlar tomonidan ishlangan klaster 
mazmunini jamoa bilan hamkorlikda tahlil 
qiladi.
3.  Berilgan savollar asosida mavzuning 
yaxshi o‘zlashtirilmagan qismini qayta 
tushuntiradi.
4. Talabalarga mustaqil ishlash  uchun 
topshiriq beradi, topshiriqni baholashga oid 
mezonlari bilan ularni tanishtiradi 1. Guruh tarkibida topshiriqning 
yechimini izlaydi.
2. Guruhning topshiriq borasidagi fikri 
bilan jamoani tanishtiradi.
3. Boshqa guruhlarning yechimlari 
bilan tanishadilar, ularga o‘z fikrlarini 
bildiradi.
4. O‘zlashtirgan bilimlarini 
mustahkamlaydi.
5. O‘qituvchi tomonidan berilgan 
topshiriqni yozib oladi
30 Mavzu: Pedagogik mahoratning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni
Reja:  
1. Pedagogik faoliyat va uning  asosiy yo‘nalishlari.
2.   “Pedagogik mahorat” tushunchasining mohiyati va asosiy kategoriyalari.
3. Pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismlari.
4. Pedagogik tafakkur,  pedagogik kreativlik va pedagogik refleksiya.
5. Pedagogik madaniyat va uning tarkibiy elementlari.
Tayanch   tushunchalar:   pedagogik   faoliyat,   pedagogik   faoliyatning   asosiy
yo‘nalishlari,   pedagogik   mahorat,   pedagogik   tafakkur,   pedagogik   kreativlik,
pedagogik refleksiya, pedagogik madaniyat, pedagogik hamkorlik.
1. Pedagogik faoliyat va uning  asosiy yo‘nalishlari . O‘qituvchining mehnati
mohiyatini   yoritishdan   avval   “faoliyat”   tushunchasining   mohiyatini   anglab   olish
talab qilinadi.
Faoliyat:   1)   anglangan   maqsad   bilan   boshqariladigan   ichki   (psixik)   va
tashqi   (jismoniy)   harakatlar   yig‘indisi;   2)   shaxs   tomonidan   tabiiy   va   ijtimoiy
maqsadga muvofiq tashkil  etiluvchi  kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy  harakatlarning
muayyan shakli, ko‘rinishi sanaladi.
Pedagogik faoliyat  – pedagog tomonidan kasbiy maqsadga muvofiq tashkil
etiladigan tizimli harakatlarning  muayyan shakli bo‘lib, uning  maqsadi  o‘ziga xos
xususiyatga   ega   bo‘lib,   jamiyat   tomonidan   belgilanadi   va   yosh   avlod   shaxsini   har
tomonlama rivojlantirishdan   iborat.   O‘qituvchining   faoliyati   yoshlarni   avlodlarning
o‘zaro ijtimoiy bog‘liq aloqalarini amalga oshirishga tayyorlash, shaxsni o‘z ichki
imkoniyatlarini   jamiyat   ravnaqi   yo‘lida   sarflashga   o‘rgatadi.   O‘qituvchining
faoliyati o‘quvchilarning faoliyatini boshqarish deganidir. 
Boshqalarning   faoliyatini   boshqarish   murakkab   jarayon.   Buni   oqilona
tashkil   etish   o‘qituvchidan   pedagogik   mahoratga   ega   bo‘lishni   taqozo   etadi.
Mahoratli   o‘qituvchilar   kasbiy   faoliyatini   o‘quvchining   ehtiyojlariga   tayanib
belgilaydi.   Pedagogik   faoliyat   mohiyatini   chuqur   o‘zlashtirish,   o‘quvchilar
31 qiziqishlarini   hisobga   olish   holatlari   o‘qituvchi   mehnatining   mazmunini   izchil
yangilab turai.
Pedagogik   faoliyatning   ob’ekti   bo‘lgan   shaxs   tirik   mavjudot.   Shu   sababli   u   turli
ta’sirlarga   turlicha   javob   qaytaradi.   O‘quvchi   o‘qituvchi   faoliyatining   sub’ekti
hamdir.   Shu   sababli   o‘qituvchi   doimo   o‘zgarib   turadigan,   izchil   rivojlanishda
bo‘lgan shaxs bilan muloqotda bo‘ladi. Tabiiyki, turli vaziyatlarda   unga bir xilda, shablon
tarzdagi ta’sir qo‘llay olmaydi. O‘qituvchi faoliyatining  murakkabligi sababli mutaxassis
doimo ijodiy izlanishda bo‘lishi zarur.
O‘quvchiga   pedagogdan   tashqariga   yana   ko‘plab   omillar:   atrof-muhit,
tasodifiy   ta’sirlar,   ko‘p   qirrali   vositalar   ham   “bosim”   o‘tkazadi.   U   esa
o‘qituvchidan   o‘quvchi   shaxsiga   ko‘rsatilayotgan   barcha   ta’sirlarni   “to‘g‘rilab,
tuzatib   turish”   talab   etiladi.   O‘qituvchi   hatto   o‘quvchining   hatti-harakatini,
faoliyatini   maqsadli   yo‘naltirib   turishi,   ya’ni   zarur   bo‘lganda   o‘z-o‘zini
tarbiyalashga, qayta tarbiyalashga yo‘naltirib turishi zarur. 
O‘qituvchining faoliyati quyidagi tamoyillarga muvofiq tashkil etiladi:
- kasbiy faoliyat maqsadi va vazifalarini aniq belgilash;
- faoliyatning maqsadga muvofiq shakl va metodlarini tanlash;
- kasbiy faoliyatni rejalashtirish;
- kasbiy faoliyatni me’yorlashtirish.
2.   “Pedagogik   mahorat”   tushunchasining   mohiyati   va   asosiy   kategoriyalari.
“Pedagogik mahorat” tushunchasi “Pedagogika” va “Pedagogik texnologiya” kabi
fanlarga xos muhim kategoriya bo‘lib, u kategoriya sifatida o‘tgan asrning 80-90-
yillarida ilmiy-pedagogik jihatdan asoslandi. Biroz vaqt o‘tgach, Sharqiy Yevropa,
Qozog‘iston, Kavkaz bo‘yi va Markaziy Osiyo respublikalari hududlarida ta’lim va
tarbiya   jarayonlarini   yuksak   kasbiy   mahorat   bilan   tashkil   etish   ehtiyojining
mavjudligini   inobatga   olgan   holda   “Pedagogik   mahorat”   bir   qator   oliy   o‘quv
yurtlarida   o‘quv   fan   sifatida   shakllandi.   Mazkur   fan   deyarli   20   yil   davomida
pedagogik va madaniy faoliyat yo‘nalishlarda ta’lim ishlarini yo‘lga qo‘ygan oliy
ta’lim muassasalarida o‘qitila boshlandi. XX asrning dastlabki o‘n yilligidan so‘ng
32 ta’lim   tizimida   “Pedagogik   texnologiya”   fanining   o‘qitilishi   yo‘lga   qo‘yilgach,
“Pedagogik   mahorat”   fani   asoslari   uning   negiziga   singdirib   yuborildi.   Endilikda
bo‘lajak   mutaxassislar   pedagogik   mahorat   asoslari   bilan   “Pedagogik   texnologiya”
o‘quv fani negizida tanishtirilmoqda.
Mohiyati   nuqtai   nazardan   pedagogik   mahorat   pedagogga   xos   kasbiy
sifatlarning   majmui   sifatida   ko‘zga   tashlanadi.   Pedagogik   mahorat   “pedagogik
san’at”   sifatida   ham   talqin   etiladi.   Tushunchaning   mohiyatini   chuqur   anglash
uchun dastlab uning lug‘aviy ma’noni tushunib olish lozim.
Manbalarda   “mahorat”   tushunchasi   arab   tilidan   tarjima   qilinganda
“mohirlik,   ustalik,   epchillik   ma’nolarini   anglatishi   ko‘rsatiladi.   Mantiqan   esa
“biror  ish, kasb  uchun zarur  yoki  shu sohada  orttirilgan ustalik, san’at,  mohirlik”
deya ta’riflanadi.
O‘ qituvchi ning   mahorati   bevosita   kasbiy-pedagogik   faoliyatda   ko‘rinadi .
Shu  sababli  o‘qituvchi   pedagogik  jarayonning  umumiy  mohiyatini  chuqur  anglay
olishi,   bu   jarayonda   ustuvor   ahamiyat   kasb   etadigan   qonuniyatlardan   xabardor
bo‘lishi,   shuningdek,   pedagogik   faoliyatni   samarali   tashkil   etish   mexanizmlarini
puxta egallay bilishi lozim. 
Ta’lim   jarayonining   faol   ishtirokichisi   bo‘lgan   o‘qituvchining   pedagogik
mahorati   pedagogik   shaxsini,   uning   ish   tajribasi,   fuqarolik   maqomi,   mutaxassis
sifatidagi   mavqei,   u   tomonidan   pedagogik   texnikaning   yetarli   darajada
egallanganligi,   kasbiy   faoliyatning   individualligidan   dalolat   beradi.   Pedagogik
mahorat   yaxlit   tizim   bo‘lib,   uning   tarkibida   bir   qator   sifatlar   ko‘zga   tashlanadi.
Jumladan (1-rasm):
33Педагогик маҳорат  – ўқитувчининг педагогик жараённи ташкилий,
методик, руҳий ва субъектив жиҳатдан ўта моҳирлик, усталик билан
ташкил этиш ва бошқариш қобилияти, кўникма-малакасига эгалиги; 
таълим-тарбия жараёнига онгли, ижодий ёндашув, методик билимларни
самарали қўллай олиш қобилияти, юксак педагогик тафаккур
Таркибий қисмлар
Педагогик 
билимдонлик Педагогик 
қобилият Педагогик мулоқот 
маданияти
Педагогик 
релаксация Педагогик 
такт Педагогик 
техникаКоммуникатив таъсир 
кўрсатиш қобилияти Педагогик 
одоб Pedagogik mahoratning asosini pedagogik bilimdonlik tashkil etadi.  
Bilimdon   pedagog   mutaxassis   sifatida   pedagogik   jarayon   va   munosabatlarni
maqsadga   muvofiq   samarali   shakl,   usul   hamda   vositalarini   yetarli   darajada
o‘zlashtira olgan bo‘lishi zarur.
Pedagogning kasbiy bilimdonligida talaba bilan sub’ektiv munosabat o‘rnata
olish; pedagogik jarayonlar mohiyati, pedagogik voqelikni izchil idrok qila bilish;
jahon pedagogik madaniyati asoslarini hamda milliy pedagogik tajribani o‘rganish,
ularni   integratsiyalashtirish   asosida   o‘z   faoliyatiga   tatbiq   etish;   innovatsion
yangiliklar   bilan   doimiy   xabardor   bo‘lish;   shaxsiy   tajribalarni   umumlashtirish   va
talabalarga   uzatish;   kasbiy   fidoiylik   hamda   pedagogik   texnologiyalarni   egallash
borasidagi BKMning o‘zlashtirilganligi namoyon bo‘ladi.
Pedagog   faoliyatida   uning   odobi   ham   yaqqol   aks   etadi.   Qolaversa,
pedagogik odob ta’lim va tarbiya jarayonlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi muhim
talab hamda omillardan biri sanaladi. 
34Педагогик 
релаксация Педагогик 
такт Педагогик 
техника
Нутқ 
техникаси Коммуникатив таъсир 
кўрсатиш қобилияти
Педагогик 
маданиятПедагогик 
ижодкорлик
1-расм. Педагогик маҳоратнинг муҳим таркибий қисмлари Педагогик 
тажриба
Педагогик билимдонлик  – педагогнинг касбий фаолиятни мавжуд
ижтимоий талаб, ҳуқуқий меъёр ва стандартларга мувофиқ ташкил этишга
бўлган қобиллиги,   касбий  тайёргарлик даражаси Pedagog   odob   talablarining   tizimi   pedagog   tomonidan   kasbiy   burchni   ado
etish,  jamiyat,  pedagogik   jamoa,  talaba  oldidagi   axloqiy  majburiyatlarini   bajarishida
o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Pedagog faoliyatida ham barcha umuminsoniy va
milliy axloqiy qadriyatlar yetakchi o‘rin tutadi. Biroq, shunday bo‘lishiga qaramay,
pedagogik odob sirasida pedagogik qarashlarni, pedagogik faoliyat va munosabatni
ifodalovchi muhim kategoriyalar asosiy o‘rinni egallaydi (2-rasm): 
1.   Kasbiy-pedagogik   burch.   Ezgulik   va   yovuzlik,   adolat   va   adolatsizlik,
to‘g‘riso‘zlik va yolg‘onchilik, rahmdillik va shafqatsizlik, ko‘ngli oqlik va ko‘ngli
qoralik,   vatanparvarlik   va   vatanfurushlik,   tinchlik   va   urush   kabi   umuminsoniy
axloqiy qadriyatlar insonlar hayoti, turmush tarzi va xatti-harakatlarida o‘ziga xos
o‘lchov   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Pedagog   tomonidan   jamiyat,   uning   a’zolari,
pedagogik   va   talabalar   jamoasi   oldida   qanday   vazifalarni   bajarishi   zarurligini,
kasbiy-pedagogik burchni bajarishda qanday tamoyillarga tayanishni aniq belgilab
olinishi   ham   shaxs,   ham   mutaxassis   va     fuqaro   sifatida     o‘z   mavqeini   mustaqil
belgilash   imkoniyatini   yaratadi.   Agarda   bordi-yu,   pedagog   kasbiy-pedagogik
burchini   anglasa-da,   biroq,   uni   mavjud   axloqiy   talablarga   muvofiq   tashkil   eta
olmasa,   u   holda,   eng   avvalo,   o‘ziga   bo‘lgan   hurmatni   yo‘qotadi,   o‘zini   shaxs
sifatida yuqori baholay olmaydi.
35Педагогик одоб  – педагог олдига унинг ўзига, касбига, 
жамиятга, талабаларга ва ўқув-тарбия жараёнининг 
бошқа иштирокчиларига муносабатда бўлишига 
нисбатан қўйиладиган ахлоқий талаблар тизими
Асосий шакллари
Касбий-педагогик бурч Педагогик адолат
Педагогик мажбурият 
(педагогик деонтология) Педагогик 
обрў
2-расм. Педагогик одобнинг асосий шакллари 2. Pedagogik adolat.   “Adolat tushunchasi  muayyan tarixiy shart-sharoit va
ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlar   bilan   belgilanadi.   Adolatning   axloqiy   jihati
insonlararo   muomalada   bir   xil   munosabatda   bo‘lishni,   bir-birining   izzat-nafsiga
tegmaslikni,   axloq-odob   qoidalariga   rioya   qilishlikni   bildiradi” .   Pedagogik   adolat
o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, u pedagogning pedagogik jarayonga ob’ektiv,
haqqoniy   yondasha   olishi,   uning   talabalar   hulq-atvorini   jamoa   oldidagi
xizmatlariga   muvofiq   baholash   olishdagi   axloqiy   tarbiyalanganlik   darajasi   (ezgu
ishlari, qat’iyati, jiddiyligi, insoniyligi)ni ifodalaydi.  
3. Pedagogik majburiyat  (pedagogik deontologiya).   Pedagogik odobning
muhim   kategoriyalaridan   biri   bo‘lgan   –   pedagogik   majburiyat   tushunchasida
jamiyat   tomonidan   o‘qituvchi   shaxsiga,   u   tomonidan   bir   qator   pedagogik
majburiyatlarning bajarilishiga nisbatan qo‘yiladigan talab va axloqiy yo‘l-yo‘riq,
ko‘rsatmalarni o‘zida jamlaydi. Pedagog kasbiy faoliyatni tashkil etishda quyidagi
majburiyatlarni   bajara   olishi   zarur:   muayyan   mehnat   vazifalarini,   asosan,   aqliy
mehnat   vazifalarini   amalga   oshirish;   talabalar,   ularning   ota-onalari,   hamkasblar
bilan   o‘zaro   munosabatni   to‘g‘ri   tashkil   etish;   tanlagan   kasbiga,   talabalar   va
pedagogik   jamoaga   hamda   jamiyatga   bo‘lgan   shaxsiy   munosabatini   chuqur
anglash.   Pedagogik   majburiyatlar   sirasida,   yana   shuningdek,   kasbiy   faoliyatni
tashkil   etishga   ijodiy   munosabatda   bo‘lish,   o‘ziga   nisbatan   talabchanlik,   kasbiy
bilimlarini   boyitib   va   pedagogik   malakasini   oshirishga   intilish,   talabalar   va
ularning   ota-onalari   bilan   o‘zaro   hurmatga   asoslangan   va   talabchan   munosabatni
o‘rnatish,   murakkab   pedagogik   nizolarni   ijobiy   hal   qilish   ko‘nikmalarini
o‘zlashtirish kabilarni ham ko‘rsatish zurur. 
4.   Pedagogik   obro‘.   Pedagogning   pedagogik   obro‘ga   ega   bo‘lishi   u
tomonidan tashkil etiladigan kasbiy faoliyat samaradorligini kafolatlaydi. 
36Педагогик обрў  – педагогнинг талабалар, уларнинг 
ота-оналари, педагогик жамоа, шунингдек, жамият 
томонидан эътироф этилган  ахлоқий мақоми Pedagogik   o‘zi   tomonidan   qozongan   obro‘ga   tayanib,   talabalarning   hulq-
atvorlarini   boshqaradi,   ularning   ishonchlarini   qozonadi.   Pedagogik   obro‘
pedagogning   ma’naviy-axloqiy   va   pedagogik-psixologik   tayyorgarligini   ham
ifodalaydi.   Pedagog   ega   bo‘lgan   obro‘   darajasini   uning   chuqur   bilimi,   zakovati,
mahorati, o‘z ishiga bo‘lgan munosabati va boshqalar belgilaydi.
Pedagogik   qobiliyat.   Pedagogik   jarayonning   qanchalik   samarali,
muvaffaqiyatli   tashkil   etilishi   o‘qituvchining   pedagogik   qobiliyatga   egaligiga
bog‘liq.   Manbalardan   birida   “qobiliyat”   tushunchasi   shunday   sharhlanadi:
shaxsning osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual
psixologik xususiyat.
F.N.Gonobolin   pedagog   shaxsida   quyidagi   qobiliyatlarning   namoyon
bo‘lishini muhim deb hisoblaydi: 
- o‘quvchini tushuna olish qobiliyati;
- yosh, psixologik jihatdan barcha o‘quvchilar o‘zlashtira 
oladigan materiallarni taqdim eta olish qobiliyati;
- o‘quvchilarning qiziqishlarini rivojlantirish qobiliyati;
- tashkilotchilik qobiliyati;
- pedagogik takt;
- o‘z ishining natijalarini ko‘ra olish va b.
V.A.Kruteskiy   esa   pedagogga   xos   qobiliyatlarni   umumlashtirib,   ularning
turlari quyidagi ekanligini ko‘rsatib o‘tadi: didaktik qobiliyat; akademik qobiliyat;
perseptiv   qobiliyat;   nutq   qobiliyati;   tashkilotchilik   qobiliyati;   avtoritar   qobiliyat;
kommunikativ qobiliyat; pedagogik xayol; diqqatni taqsimlay olish qobiliyati. 
Zamonaviy   sharoitda   har   bir   o‘qituvchi   o‘zida   quyidagi   pedagogik
qobiliyatlarni tarbiyalay olishi kerak:
37Педагогик қобилият  – педагог томонидан педагогик фаолиятни 
оқилона ташкил этилиши ва олиб борилишини, амалий вазифаларнинг
самарали бажарилишини таъминлашда аҳамиятли бўлган хусусиятлар  Qobiliyatli pedagoglarda quyidagi noyob qobiliyatlar ham ko‘zga tashlanadi:
bir   vaqtning   o‘zida   bir   necha   faoliyatni   bajara   olish   (m:   eshitish,   ko‘rish,   o‘qish,
yozish,   fikr   yuritish,   muloqot   qilish   va   b.);   atrofida   kechayotgan   ikki   yoki   bir
necha   voqelikni   birdek   qabul   qilish   (bir   talabaning   ma’ruzasini   eshitgani   holda,
boshqa   talabalarning   faoliyatlarini   kuzata   olish);   o‘ta   qiziquvchanlik   (tabiat   va
jamiyatda   kechayotgan   har   bir   voqea-hodisa   (garchi   ular   eng   ahamiyatsiz,
e’tiborga   tashlanmaydigan   bo‘lsa-da)   mohiyatini   bilishga   intilish,   haddan   ziyod
ko‘p   savollarga   javob   topishga   intilish);   miya   faoliyatining   biokimyoviy   va
elektrik   faolligi   (miya   deyarli   to‘xtovsiz   faoliyat   ko‘rsatib,   nihoyatda   kam   vaqt
“dam   oladi”,   bilish   jarayonida   noaniqliklar   ko‘zga   tashlansa,   ular   tezda   bartaraf
etiladi;   uyquchanlik   qobiliyatli   pedagoglarga   xos   xususiyat   emas);   nutqi   va
fantaziyasining   boyligi   (qobiliyatli   o‘qituvchilarning   aksariyati   nihoyatda   boy
nutqqa ega, ularda fantaziya (tasavvur  qilish)  qobiliyati  beqiyos darajada kuchli);
kuchli   xotira   (yirik   hajmdagi   matnni,   m:   dostonlarni   bir   marta   o‘qish   bilan
to‘laligiga   yodlab   olib,   uni   so‘zma-so‘z   qayta   hikoya   qilib   berish   qobiliyati)ga
egalik kabilar alohida o‘rin tutadi.
Pedagogik   muloqot   madaniyati.   Pedagogga   xos   bo‘lgan   mahorat   asosini
tashkil etuvchi pedagogik muloqot madaniyati uning talabalar jamoasi, ota-onalar,
hamkasblar hamda rahbariyat bilan uyushtiriladigan muloqot jarayonida namoyon
bo‘ladi.   Bunda,   ayniqsa,   pedagogning   talabalar   jamoasi   bilan   o‘zaro   muloqoti
muhim ahamiyatga ega.
381) мулоқотга киришувчанлик;
2) ҳиссий сезгирлик (касбий зийраклик, бошқаларга 
ҳамдард бўла олиш, ички сезгига эга бўлиш);
3) ҳаракатчанлик, таълим жараёни иштирокчиларига иродавий 
таъсир кўрсатиш ва ишонтириш қобилиятига эгалик;
4) ҳиссий барқарорлик (ўз-ўзини тута билиш, 
ўз-ўзини бошқариш, ўз-ўзини назорат қилиш);
5) келажакни мақбул ҳолда башоратлай билиш;
6) касбий мустақиллик, ижодий қобилиятга эгалик Pedagogik muloqot quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi (3-rasm):
Pedagogik   muloqot   ruhiy-psixologik   ta’sir   kuchiga   ega.   Shu   sababli   uni
tashkil   etishda   muloqot   jarayonining   ijobiy   bo‘lishini   ta’minlash   pedagogning
zimmasiga   katta   mas’uliyatni   yuklaydi.   Pedagogik   muloqot   o‘ziga   xos   ijtimoiy-
psixologik jarayon ham sanaladi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalar bajariladi:
Pedagogik   amaliyot   pedagog   tomonidan   tashkil   etilayotgan   muloqotni   bir
necha   turga   ajratish   mumkinligi   ko‘rsatadi.   Pedagoglar   o‘z   faoliyatlarida
muloqotning quyidagi turlariga tayanib ish ko‘radilar:
  Pedagog   tomonidan   jamoa   bilan   muloqotni   uyushtirish   texnikasini   doimiy
ravishda   tahlil   qilib   borish   maqsadga   muvofiqdir.   Ma’lum   vaziyatlarda   pedagog
39Педагогик мулоқот маданияти  – педагогнинг талабалар жамоаси, 
ота-оналар, ҳамкасблар, раҳбарият билан педагогик одоб 
ҳамда мулоқот талабларига мувофиқ ҳолда  уюштириладиган суҳбати
Педагогик мулоқот турлари:
1) ўзаро ижодий фаолиятга қизиқтирадиган мулоқот;
2) ўзаро дўстона муносабатга асосланган мулоқот;
3) муайян масофани сақлаган ҳолда ташкил этиладиган мулоқот;
4) қўрқитиш, таҳдид қидишга асосланган мулоқот;
5) ҳ азил - муто й иба га, юморга асосланган   мулоқотЙўналишлар
Педагогнинг алоҳида 
талаба билан мулоқоти Педагогнинг бутун 
гуруҳ билан мулоқоти
Педагогнинг алоҳида талаба 
орқали гуруҳ билан мулоқоти Педагогни нг гуруҳ орқали 
алоҳида талаба билан мулоқоти
3-расм. Педагогик мулоқот йўналишлари
1) шахсни ўрганиш (билиш);
2) ахборот алмашиш;
3) фаолиятни ташкил этиш;
4) ҳамдард бўлиш rahbar   sifatida   talabalar   faoliyatlarini   boshqaradi.   Bu   jarayonda   ham   muloqot
yetakchi   omil   hisoblanadi.   Biroq,   muloqotning   samaradorligi   rahbar   sifatida
namoyon   bo‘layotgan   pedagog   tomonidan   qanday   muloqot   uslubining
tanlanganligi   bilan   belgilanadi.   Odatda,   pedagogning   rahbar   sifatidagi   muloqot
usullari quyidagi uch turga ajratiladi (4-rasm):
Pedagogik faoliyatni tashkil  etishda  pedagogning nafaqat  o‘zi, balki   uning
ijobiy   ta’siri   asosida   talabalar   ham   muloqot   madaniyatini   o‘zlashtirib   borishlari
lozim. 
  Ta’lim   amaliyoti   pedagogik   muloqot   jarayonida   pedagoglar   tomonidan
quyidagi   kamchiliklarga   yo‘l   qo‘yilishidan   dalolat   beradi:   ehtiyotsizlik,
shaxsiyatparastlik,   suhbatdoshni   ortiqcha   majburlash;   sustkashlik,   o‘zini   juda
yuqori yoki past qo‘yish; haddan tashqari jonbozlik ko‘rsatish.
Pedagogik relaksatsiya.   Pedagog faoliyatida ruhan yoki jismonan toliqqan
talabalarda   ruhiy   hamda   jismoniy   charchoqlarni   bartaraf   etishga   ham   e’tibor
qaratish   talab   qilinadi.   Talabalarda   ruhiy   va   jismoniy   toliqishlarni   bartaraf   etishga
qaratilgan   pedagogik   faoliyat   “relaksopediya”   (lot.   “relaxation”   –   quvvatsizlik,
zaiflashish,   ruhan   yoki   jismonan   holda   toyish;   holdan   toyishni   bartaraf   etish
pedagogikasi) deb nomlanadi. 
40Асосий турлари
Авторитар услуб Демократик услуб Либерал услуб
4-расм. Педагогик мулоқот услублари
Мулоқот маданияти  – мулоқот жараёнини ахлоқий меъёрлар,
ижтимоий талабларга мувофиқ ташкил этиш асосида 
суҳбатдошни тушуна олиш эҳтиёжи ва қобилиятига эгалик  
Педагогик релаксация –  талабаларнинг ҳиссий фаолияти, руҳий-
жисмоний қуввати ва ишчанлик қобилиятини қайта тиклаш     Murakkab   vaziyatlar (imkoniyati cheklangan, fanlarni o‘zlashtira   olmaydigan
yoki   tarbiyasi   og‘ir   talabalar   bilan   ishlash)da   relaksopediyaning   pedagogik,
psixologik imkoniyatlaridan o‘rinli, maqsadli, samarali foydalanish  kutilgan natijalarni
beradi.   Relaksatsiya   sharoitida   bugungi   kunda   keng   ommalashgan   trening   va
avtotreninglar   ijobiy   muhitning   hosil   bo‘lishini   ta’minlaydi.   Relaksatsiya
jarayonida   talabalar   pedagogning   qo‘llab-quvvatlashlarini   his   etishlari,   uning
mehr-muhabbatidan   bahramand   bo‘lishlari,   hamdarligini   his   qilishlari   lozim.
Shundagina   talabalardagi   ruhiy   zo‘riqish,   jismoniy   toliqishlarni   bartaraf   etish
uchun psixologik muhit yuzaga keladi.
Pedagogik nazokat (takt) . Yuqorida aytib o‘tilganidek, mahoratli pedagog
faoliyatida pedagogik takt ham o‘ziga xos o‘rin tutadi: 
Pedagogik   takt   pedagog   faoliyatiga   g‘oyaviy   va   amaliy   jihatdan   bir-biriga
mos   keladigan   pedagogik   axloqning   bevosita   tatbiq   etishning   shakli   sifatida
namoyon bo‘ladi. 
Pedagogik takt o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy izlanishni talab etadigan amaliy
harakatdir.   Pedagogga   xos   bo‘lgan   pedagog   taktning   asosiy   tarkibiy   elementlari
sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin:
41Педагогик (назокат) такт  – педагогнинг талабалар билан турли
фаолият шакллари бўйича ташкил этиладиган мулоқотда мавжуд
ахлоқий тамойиллар, ҳулқ-атвор қоидаларга риоя қилиши, 
уларга тўғри ёндашиш малакаларига эгалиги
1)  шахсга нисбатан ҳурмат билан муносабатда бўлиш;
2) юксак талабчанлик;
3) суҳбатдошни қизиқиш билан тинглай олиш 
ва унга нисбатан қайғуриш малакаси;
4) руҳий барқарорлик, дадиллик ва  оғир вазминлик;
5) муносабатлар жараёнида ишонч билан сўзлай олиш;
6) қатъиятлилик (қайсарлик эмас);
7) талабаларга нисбатан эътиборли ва хушёр бўлиш 4.   Pedagogik   tafakkur,   pedagogik   kreativlik   va   pedagogik   refleksiya .
Yangilangan   ta’lim   mazmuni   hamda   mavjud   talablarga   ko‘ra   talabalarda
pedagogik   tafakkurni   shakllantirish   dolzarb   muammolardan   biri   sanaladi.   Zero,
bo‘lajak   o‘qituvchilar   ta’lim-tarbiya   jarayonini   samarali   tashkil   etish,   mavjud
vaziyatlarni   to‘g‘ri   baholash,   pedagogik   munosabatlar   jarayonida   o‘quvchining
yosh,   psixologik   va   shaxsiy   xususiyatlariga   muvofiq   ish   ko‘rish,   yuzaga   kelishi
mumkin   bo‘lgan   ziddiyatlarning   oldini   olish,   istiqbolni   bashoratlash   kabi
layoqatlarga   ega   bo‘lishlari   zarur.   Bu   kabi   holatlarning   mavjudligi   esa   ularning
o‘ziga xos pedagogik tafakkurga ega bo‘lishlarini taqozo etadi.
Pedagogik   tafakkur   –   maxsus   pedagogik   bilimlarga   ega   hamda   ta’lim-
tarbiya   jarayonini   tashkil   etishda   asosiy   o‘rin   tutuvchi   mutaxassis   aqliy
faoliyatining yuqori darajasi hisoblanadi. 
L.V.Zanina   hamda   N.P.Menshikovalarning   fikricha,   pedagogik   tafakkur   –
bu   pedagogning   o‘quvchilar   xatti-harakatlari   motiv   (sabab)lari,   ularning   asosiy
qiziqishlari,   ehtiyojlari,   shuningdek,   ichki   dunyolarini   tushunishida   aks   etuvchi
tafakkuri   sanaladi.   Pedagog   shu   nuqtai   nazaridan   turli   vaziyatlarda   muayyan
masalalarni   doimo   o‘quvchilarning   manfaatlari   uchun   hal   qiladi   va   ular   bilan
pedagogik   hamkorlikka   erishadi.   Pedagogik   tafakkur   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra
dialektik   xususiyat   kasb   etadi,   shu   jihatdan   pedagog   o‘quvchilarning   xatti-
harakatlari,   xulqi   va   faoliyatlarida   ro‘y   berayotgan   yangiliklarni   ko‘ra   oladi,   o‘z
faoliyatini   o‘quvchilar   shaxsi   taraqqiyotidagi   qarama-qarshiliklarni   anglashga,
ularning yechimlarini topishga yo‘naltiradi. 
Pedagogik   manbalarda   ilgari   surilgan   g‘oyalarga   tayangan   holda   pedagog
ega bo‘lgan tafakkur darajasini quyidagi metodlar yordamida baholash mumkin: 1)
ta’lim-tarbiya   jarayonida   o‘qituvchi   shaxsi   va   faoliyatini   bevosita   o‘rganish
metodlari (pedagogik kuzatish, o‘qituvchining ish hujjatlari va rejalarini o‘rganish,
suhbat   va   boshqalar);   2)   pedagogik   tafakkurni   tashhislashga   yordam   beruvchi
maxsus metodlar (tashxisli vaziyatlar, anketa, reyting, test va boshqalar). 
42 Ta’lim   jarayonini   tashkil   etishga   nisbatan   quyidagicha   yondashuv   talabalik
yillaridayoq ularning pedagogik tafakkurini shakllantirishga xizmat qiladi:
1. Pedagogik   turkum   fanlarini   o‘qitish   jarayoniga   noan’anaviy
yondashuv.
2. Mashg‘ulotlar   chog‘ida   talabalarning   mustaqil   faoliyat
yuritishlari uchun sharoit yaratish.
3. O‘qituvchi   va   talabalar   o‘rtasida   o‘zaro   hamkorlikni   yuzaga
keltirish.
4. Talabalarning ijodiy faoliyatlarini rag‘batlantirish.
5. Mashg‘ulotlarning   qizg‘in   munozaralar   asosida   qiziqarli
bo‘lishiga erishish.
6. Imkon   qadar   guruh   talabalaridan   iborat   kichik   guruhlarni
shakllantirgan   holda   har   bir   mashg‘ulotda   guruhlardan   birining   mashg‘ulotlarni
boshqarishlarini yo‘lga qo‘yish.
7. Mashg‘ulotlar   yakunlari   bo‘yicha   talabalarning   faol
ishtiroklari asosida muayyan xulosalarga kelish.
Talabalarda   pedagogik   tafakkurni   shakllantirish   quyidagi   yo‘nalishlarda
amalga oshiriladi:
1. Ta’lim jarayoni mohiyatini ochib beruvchi tushunchalarni o‘zlashtirish.   
2. Tarbiya   jarayoni   mohiyatini   yorituvchi   tushunchalarni
o‘zlashtirish.
3. Pedagogik   fikr   taraqqiyoti   tarixi   to‘g‘risida   ma’lumot   beruvchi
tushunchalarni o‘zlashtirish 
4. Ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan texnologik yondoshuv
mohiyatini yorituvchi tushunchalarni o‘zlashtirish.
5. Pedagogik   faoliyatni   samarali   tashkil   etish   jarayoni   to‘g‘risida
ma’lumot beruvchi tushunchalarni o‘zlashtirish.
O‘qituvchining pedagogik tafakkuri bevosita uning turli vaziyatlarda yuzaga
keluvchi   masalalarning   yechimini   topishda   ayniqsa   yaqqol   namoyon   bo‘ladi.
43 L.V.Zinina va N.P.Meshikovalarning fikricha, pedagogik masalalarni yechishning
texnologik mohiyati quyidagichadir:
1. Farazlarni ilgari surish:  1) o‘qituvchi harakatining yo‘nalishlari, faoliyat
turlari   hamda   umumiy   tarbiya   metodlarini   tanlash;   2)   ularning   natijaviyligini
bashoratlash; 3) o‘qituvchi harakatining turli variantlarini ko‘rib chiqish.
2.   O‘qituvchi   harakatining   samarali   variantini   tanlash.   1)   pedagogik
ta’sir metodlarini tanlash; 2) muayyan vaziyatlar uchun maqbul metodik usullarni
aniqlash;   3)   faoliyatning   tashkiliy   shakllarini   tanlash;   4)   pedagogik   masalalarni
yechishga mos keluvchi usullarni ajratish.
O‘qituvchi   o‘z   faoliyatida   kreativlik   sifatlariga   egaligini   ham   namoyon   eta
olishi zarur.  Pedagogik kreativlik  (lot., ing. “create   ” – yaratish) – o‘qituvchining
yangi   pedagogik   g‘oyalarni   ishlab   chiqarishga   tayyorlikni   tavsiflovchi   hamda
mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini
ifodalaydi.   Shaxsning   kreativligi   uning   tafakkurida,   muloqotida,   his- tuyg‘ularida,
muayyan faoliyat  turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni  yaxlit  holda yoki
uning   muayyan   xususiyatlarini   tavsiflaydi.   Qolaversa,   kreativlik   zehni   o‘tkirlikni
belgilab beradi.
Kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi (5-rasm):
44Муҳим сифатлар
Рефлексия қобилияти Ҳиссиётга бойликИжодий таъсирчанлик ва 
ташаббускорлик
Мавжуд тажриба ва билимлар асосида янги 
қарорларни қабул қилиш малакаси Бой тасаввур
Ўз ижодкорлигини тўла-
тўкис намойиш этишЭрудиция (билағонлик) Мантиқий фикрлай олишИжодий йўналганлик
5-расм. Креативлик негизида акс этувчи муҳим сифтлар Odatda   kreativlik   bolalarning   faoliyatida   tez-tez   ko‘zga   tashlansada,   biroq,
bu   holat   bolalarning   kelgusida   ijodiy   yutuqlarni   qo‘lga   kiritishlarini
kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko‘nikma, malakalarni
o‘zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. 
Bolalarda   kreativlikni   rivojlantirishda   quyidagi   shartlarga   e’tibor   qaratish
zarur:   ular   tomonidan   ko‘p   savollar   berilishini   rag‘batlantirish   va   bu   odatni
qo‘llab-quvvatlash;   bolalarning   mustaqilligini   rag‘batlantirish   va   ularda
javobgarlikni   kuchaytirish;   bolalar   tomonidan   mustaqil   faoliyatni   tashkil   etilishi
uchun imkoniyat yaratish; bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish.
Quyidagi   omillar   shaxsda   kreativlikni   rivojlantirishga   to‘sqinlik   qiladi:   o‘zini
tavakkaldan   olib   qochish;   fikrlash   va   xatti-harakatlarda   qo‘pollikka   yo‘l   qo‘yish;
shaxs   fantaziyasi   va   tasavvurining   yuqori   baholanmasligi;   boshqalarga   tobe   bo‘lish;
har qanday holatda ham faqat yutuqni o‘ylash.
Pedagogik   kreativlik   bilish   jarayoniga   yo‘naltirilgan   ijodkorlik   bilan
chambarchas   bog‘liq   bo‘lib,   an’anaviy   tafakkur   yuritishdan   farqli   ravishda
tafakkurning   tezkorligi   va   egiluvchanligida,   yangi   g‘oyalarni   yaratish,   qobiliyati,
shuningdek,   shaxs   xarakteriga   xos   jihatlar   –   bir   qolipda   fikrlamaslikda,   o‘ziga
xoslikda,   tashabbuskorlikda,   noaniqlikka   toqat   qilishda,   zakovatli   bo‘lishda   aks
etadi.
Pedagog   kreativlik   potensialiga   ega   bo‘lishi   uchun   kasbiy   faoliyatida
quyidagilarga e’tiborini qaratishi zarur:
Har   bir   pedagogning   o‘zini   o‘zi   rivojlantirishi   va   o‘zini   o‘zi   namoyon   eta
olishi   bevosita   uning   kreativlik   qobiliyatiga   egaligi   bilan   bog‘liq.   Pedagog   o‘z-
o‘zidan   ijodkor   bo‘lib   qolmaydi.   Uning   ijodkorlik   qobiliyati   ma’lum   vaqt   ichida
45- касбий фаолиятига ижодий ёндашиш;
- янги-янги ғояларни яратишда фаоллик кўрсатиш;
- илғор педагогик ютуқ ва тажрибаларни  мустақил ўрганиш;
- ҳамкасблар билан педагогик ютуқлар хусусида фикр алмашиш izchil   o‘qib-o‘rganish,   o‘z   ustida   ishlash   orqali   shakllantiriladi   va   u   asta-sekin
takomillashib, rivojlanib boradi. 
Pedagogik refleksiya   (lot. “ reflexio ” – ortga   qaytish, aks etish) ham ko‘zga
tashlanadi. Manbalarda “refleksiya” tushunchasi  “kishining o‘z xatti- harakatlari va
ularning asoslarini tushunib yetishi, fahmlashiga qaratilgan  nazariy faoliyati; bilishning
alohida   faoliyati”,   “shaxsiy   kechinmalari,   his-tuyg‘ulari   va   o‘y-xayollari
mohiyatini fikrlash orqali anglash” sifatida talqin etiladi. 
5. Pedagogik madaniyat va uning tarkibiy elementlari.  O‘qituvchi   kasbiy
faoliyatni   tashkil   etish   jarayonida   pedagogik   madaniyatni   ham   o‘zlashtira   olishi   zarur.
Pedagogik   madaniyat   kasbiy   nuqtai   nazardan   pedagogik   faoliyatni   olib   boruvchi
mutaxassis umumiy madaniyatining tarkibiy qismi sanaladi. 
Pedagogga xos madaniyat negizida quyidagi sifatlar namoyon bo‘ladi:
1) o‘quvchi   (talaba,   tarbiyalanuvchi)ning   qiziqishlari   va   ehtiyojlarini
tushuna olish, ularga hamdardlik bildirish qobiliyati;
2) ta’lim va tarbiya jarayonini shaxsan boyita olish ko‘nikmasi;
3) o‘quvchi   (talaba,   tarbiyalanuvchi)   shaxsida   ijobiy   “men”lik
(o‘zlik)ni rivojlantirish uchun ijobiy rag‘bat bildirish, yo‘naltira olish;
4) o‘zini o‘zi va o‘quvchi (talaba, tarbiyalanuvchi)larni boshqara olish;
5) o‘quvchi   (talaba,   tarbiyalanuvchilar   bilan   rasmiy   va   norasmiy
muloqotni tashkil etishning turli uslublarini o‘zlashtira olganlik;
6) hissiy barqarorlik, o‘zini tuta bilish, o‘z-o‘ziga ishonch, hayotsevarlik;
46Педагогик рефлексия  – педагогнинг шахс онги моҳияти, 
вазифалари, қадриятлари, қизиқишлари, рағбатлантирувчи 
омиллар, фикрлаш, идрок, қарорлар қабул қилиш, ҳиссий 
таъсирланиш, хатти-ҳаракатлари ва бошқаларнинг 
моҳиятини англаб етиши 
Педагогик маданият  – бу педагогнинг касбий вазифаларни ҳал қилиш усул
ва воситаларини ўзлаштирганлик, педагогик билимдонлик, такт, техника ва
маданиятни намоён қила олишнинг юқори даражаси  7) hech qanday majburlov yo‘llarisiz pedagogik ziddiyatlarni boshqarish;
8) turli diniy g‘oyalar va an’analarga e’tiqod qiluvchi o‘quvchi (talaba,
tarbiyalanuvchi)larga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
9) yaratuvchilik;
10) pedagogik refleksiya qobiliyatiga egalik.
Pedagogik   madaniyat   bir   qator   elementlar   asosida   yagona   tizim   sifatida
namoyon bo‘ladi. Mazkur tizimning tarkibiy elementlari quyidagilardir:
1. Pedagogik loyihalash madaniyati.   U pedagog tomonidan o‘zining ichki
imkoniyatlari   bilan   talab,   xohish-istaklarni   o‘zaro   uyg‘unlashtira   olgan   holda
maqsad   hamda   vazifalarni   to‘g‘ri   belgilay   olish,   pedagogik   jarayonni   bosqichlar
bo‘yicha   rejalashtirish,   rejani   amalga   oshirishda   zarur   vositalarni   tanlab   bilish
malakasi egalikni tavsiflaydi.
2.   Kasbiy   b ilim larni   puxta   o‘zlashtirish   madaniyati.   Mazkur   madaniyat
zamnaviy pedagog tomonidan mavjud pedagogik bilimlarni puxta o‘zlashtirish  yo‘lida amaliy
harakatlarning tashkil etilayotganligini anglatadi.
3. Pedagogik dunyoqarash.   Pedagogik dunyoqarashning muayyan darajasi
pedagog   va   ta’lim   oluvchilar   o‘rtasidagi   o‘zaro   munosabatlari   jarayonining
mazmunini, natijalari belgilaydi.
4.   Fikrlash   madaniyati.   Pedagogning   mavjud   pedagogik   vaziyatlarni
inobatga   ola   bilishi,   ularning   mohiyatidan   kelib   chiqqan   holda   to‘g‘ri   qarorlar
qabul qilishi va ularni amaliyotga samarali tatbiq eta olishini ifodalaydi.
5. His etish madaniyati.  Mazkur madaniyat pedagog tomonidan ta’lim jarayoni
ishtirokchilarining ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari, o‘y-fikrlarini tushuna olishi, ular
bilan samarali muloqotni tashkil etishini bildiradi.
6.   Baholash   madaniyati.   Pedagog   u   yoki   bu   pedagogik   voqelik,   hodisa,
jarayonlar   bo‘yicha   ularning   mohiyatidan   kelib   chiqqan   holda   to‘g‘ri   xulosa
chiqarish, oqilona qaror qabul qilish qobiliyatiga egalikni namoyon eta olishi zarur.
7. Muloqot madaniyati.  Ta’lim va tarbiya jarayonning uning ishtirokchilari
o‘rtasidagi   faol   muloqotga   asoslangandir.   Muloqot   jarayonining   to‘g‘ri,   samarali
47 tashkil   etilishi   ko‘zlangan   pedagog   maqsadga   erishish   imkoniyatini   yuzaga
keltiradi.
8.   Tashkilotchilik   qobiliyati.   Ta’limiy   va   tarbiyaviy   jarayonlarni   ilmiy-
nazariy, metodik  va hissiy   jihatdan to‘g‘ri  tashkil  etilishi  ham   pedagogik faoliyat
samaradorligini   belgilovchi   muhim   omil   sanaladi.   Shu   sababli   har   bir   pedagog
tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur.
Demak, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tizimli tashkil etish yo‘lga qo‘yilgandan
boshlab, o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga xos sifatlarga ega bo‘lishiga nisbatan
ehtiyoj   sezilgan.   Bu   ehtiyojning   qondirilishi   o‘qituvchi   tomonidan   kasbiy
faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil etishga imkon beradigan sifatlar majmuiga, ya’ni
pedagogik mahoratga ega bo‘lishi hisobiga qondirilgan. Bugungi kunda pedagogik
mahoratga ega bo‘lish talabi faqatgina o‘qituvchilarga emas, shu bilan birga jamoa
bilan,   ijtimoiy   sub’ektlar   bilan   ishlaydigan   har   qanday   mutaxassislarga   ham
qo‘yilmoqda.   Binobarin,   tirik   mavjud   bo‘lgan   shaxslarga   ta’sir   ko‘rsatish,   ularni
boshqarish   oson   kechmaydi.   Bu   esa   oliy   ta’lim   muassasalarida   bo‘lajak
mutaxassislarning muayyan darajada pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari zarurligi
taqozo etmoqda.
Nazorat savollari:
1. Pedagogik faoliyat deganda nimani tushunasiz?
2. Pedagogik faoliyatning  asosiy yo‘nalishlari qaysilar?
3. “Pedagogik mahorat” tushunchasi qanday mazmunni anglatadi?
4. Pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismlari qaysilar?
5. Pedagogik tafakkur nima va u qanday shakllanadi?
6. Pedagogik kreativlik nima va u qanday rivojlantiriladi?
7. Pedagogik refleksiya nima?
8. Pedagogning refleksiyaga ega bo‘lishi qanday ahamiyatga ega?
9. Pedagogik madaniyat deganda nimani tushunasiz?
10. Pedagogik madaniyatning tarkibiy elementlarini nimalar tashkil etadi? 
Foydalanish uchun adabiyotlar:
48 1.   Pedagogik   mahorat   va   pedagogik   texnologiyalar   /     Ma’ruzalar   matni.
Tuzuv.:  A.X. Q osimov, F.A. H olikova. – T oshkent : TATU, 2004.  – 132 bet.
2 .   Sayidahmedov   N.   Pedagogik   mahorat   va   pedagogik   texnologiya.   –
Toshkent: Oliy pedagogika instituti, 2003. – 125 bet.
3.   Sultonova   G.A.   Pedagogik   mahorat.   –   Toshkent:   Nizomiy   nomidagi
TDPU, 2005. – 149 bet.
4.   Holiqov   A.         Pedagogik   mahorat   /   O‘quv   qo‘llanma.   –   Toshkent:
“Iqtisod-moliya”, 2010. – 311 bet.    
5.   Husanov   B.,   G‘ulomov   V.   Muomala   madaniyati   /   Darslik.   –   Toshkent:
“Iqtisod-moliya”, 2009. – 156 bet.   
2.3.  “Pedagogik mahoratning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni” 
mavzusi bo‘yicha  keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar
2.3.1. Keyslar to‘plami
1-keys
Shahardagi   kasb-hunar   kollejlari dan   biri .   10-sinf da   ota-onalar
yig‘ilishi   chaqirtirilgan.   Yig‘ilish   boshlanmasdan   avval   Dilbarning   onasi
yonida turgan ayolga dabdurustdan jahl bilan:
-   O‘g‘lingiz   qizimni   tinch   qo‘ysin !   Q achongacha   mening   qizimga
gapiradi. Sizlar bizning tengimiz emassizlar!, - dedi.
-   Nima,   o‘g‘lim   biror   yomon   ish   qilibdimi?,   -   dedi   uning   yonida
turgan   ayol,   -   Gapirsa,   gapirgandir.   Eringiz   katta   bo‘lsa   o‘ziga,   menga
nima!
Ma’lum   bo‘lishicha,   onalarning   bir-birlariga   nisbatan   keskin   munosabatda
bo‘lishlarida guruh rahbarining ham hissasi bor ekan.
Keys savoli:
49 Sizning-cha, guruh rahbarining qanday harakati vaziyatni keskin tus olishiga
sabab bo‘lgan?
Manba:  o‘qituvchi va uning faoliyatiga doir adabiyotlar.
Talabalar uchun ko‘rsatmalar:
1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi variantlarni
aniqlang.
3. Aniqlangan   variantlar   orasidan   muammoga   barchasidan
ko‘proq dahldor bo‘lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajrating.
4. Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga uring.
5. Yechimni bayon eting.
Keysni yechish jarayoni:
1. Talabalar keys mohiyatini u bilan ikki-uch marta tanishish orqali, sherigi
(juftlikda),   guruhdoshlari   (kichik   guruhlarda)   yoki   jamoadoshlari   (jamoada)   bilan
muhokama qilgan holda yetarlicha anglab oladi.
2. Talaba   sherigi   (juftlikda),   guruhdoshlari   (kichik   guruhlarda)   yoki
jamoadoshlari   (jamoada)   bilan   muhokama   qilgan   holda   muammoning   yechimini
topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlaydi.
3. Talaba   (juftlik,   kichik   guruh,   jamoa)   aniqlangan   omillar   orasidan
muammoga barchasidan ko‘proq dahldor bo‘lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajratib
oladi.
4. Talaba   (juftlik,   kichik   guruh,   jamoa)   yechimni   ajratib   olingan   omil
(ikkita omil) asosida bayon etadi.
5. Yechim   individual,   kichik   guruhlar   yoki   jamoa   ishtirokida   muhokama
qilinadi.
O‘qituvchining yechimi
Yig‘ilish   oldidan   guruh   rahbari   Dilbar ning   onasiga   uning   qizi   va   sinfdosh
yigit   K omil   o‘ rtasida   “ sevgi-muhabbat   romani”   boshlangani,   ular   yaxshi
50 o‘qimay   qo‘yganliklarini   ayt gan.   Ustiga   ustak   lo q aydlik ,   kesatiq   bilan:
“ Buning   oldini   olmasangizlar,   nevaralik   bo‘lib   ham   qolishlaringiz
mumkin ” ,   -   de gan .   Ota-onalar   yig‘ilishi   sovuqqina   tashkil   etildi   va
ko‘ngilxiralik bilan yakunlan di.
Dilbar ning onasi uyga kelgach, qizini qattiq koyidi. Garchi Dilbar o‘zining
Komil   bilan   munosabati   oddiy   o‘rtoqchilik   ekanligini   aytsa   ham   onasi   uni
tinglagisi   kelmadi.   Ertasiga   Dilbar   ona-onasiga   endi   kollejga   bormasligini,
o‘qimasligini aytdi.
2-keys
Akademik   litsey   o‘quvchisi   To‘lqin   darslarni   qoldiradigan   odat
chiqardi.   Guruh   r ahbari   bilan   munosabatda   ham   qo‘pollik   qila   b oshladi .   Shu
sababli   guruh   rahbari   “ O ying ga   ayt,   maktabga   kelsin !”,   -   deb   qayta-qayta
tayinlaganiga   qaramay   To‘lqinning   onasi   litsey ga   kelmadi.   Guruh   rahbari
bo‘layotgan voqealarni To‘lqin   onasiga   ochiq-oydin aytish uchun   ularning
uy lar iga   bordi.   Tashrifi   chog‘ida   ma’lum   bo‘ldiki,   To‘lqinning   onasi   og‘ir
betob ekan. Shu sababli guruh rahbari o‘z   fikridan qaytdi.   Aksincha, o nasi ning
ko‘ngligini   ko‘tarish   uchun   To‘lqin   juda   yaxshi   o‘quvchi   ekanligini,   uning
qo‘lidadan   turli   buyumlarni   ta’mirlash   kelishini,   kelgusida   undan   albatta   mohir
usta   yetishishini   aytdi.   So‘ngra   yana   kelib,   ularning   hollaridan   xabar   olishini,
qanday   yordam   kerak   bo‘lsa,   qo‘lidan   kelganicha   yordamga   tayyor   ekanligini
bilirdi.  To‘lqin  onasi va guruh rahbari o‘rtasidagi suhbat ni eshit d i .
Keys savoli:
Sizning-cha, bu vaziyatda To‘lqin qanday yo‘l tutgan?
Manba:  shaxsning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga oid adabiyotlar.
Talabalar uchun ko‘rsatmalar:
1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
51 2. Berilgan   manbalarga   tayangan   holda   muammoning   yechimini
topishga xizmat qiluvchi variantlarni aniqlang.
3. Aniqlangan   variantlar   orasidan   muammoga   barchasidan   ko‘proq
dahldor bo‘lgan variant (yoki ikkita variant)ni ajrating.
4. Ana shu variantlar asosida yechimni asoslashga uring.
5. Yechimni bayon eting.
52 Keysni yechish jarayoni:
1. Talabalar   keys   mohiyatini   u   bilan   ikki-uch   marta   tanishish   orqali,
sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoadoshlari (jamoada)
bilan muhokama qilgan holda yetarlicha anglab oladi.
2. Talaba   sherigi   (juftlikda),   guruhdoshlari   (kichik   guruhlarda)   yoki
jamoadoshlari   (jamoada)   bilan   muhokama   qilgan   holda   muammoning   yechimini
topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlaydi.
3. Talaba   (juftlik,   kichik   guruh,   jamoa)   aniqlangan   omillar   orasidan
muammoga barchasidan ko‘proq dahldor bo‘lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajratib
oladi.
4. Talaba   (juftlik,   kichik   guruh,   jamoa)     yechimni   ajratib   olingan   omil
(ikkita omil) asosida bayon etadi.
5. Yechim individual, kichik guruhlar yoki jamoa ishtirokida muhokama
qilinadi.
O‘qituvchining yechimi
To‘lqin   guruh   rahbari hovli lari dan chiqib ketayotganida   uning oldiga
keldi   va   ko‘zi d a   yosh   bilan   un dan   kechirim   so‘radi .   Bundan   keyin
o‘zboshimchalik,   intizomsizlik   qilmasligini   aytdi .   Darhaqiqat   To‘lqin   va’da
qilganidek,   ertasi   kundan   boshlab,   uning   xatti-harakatlarida   ijobiy   o‘zgarishlar
ko‘rina boshlai. Fanlarni yaxshi o‘zlashtirishga intildi, atrofdagilarga hurmat bilan
munosabatda   bo‘la   boshladi.   O‘ qish i ni   tamomlaganch,   u   shahridagi
zavodlardan biri g a  ishga kirdi. Bugungi kunda u oliy toifali ishchi. 
3-keys
Sanjar   uy   vazifalarini   bajarmaydigan,   darsga   kechikib   keladigan
odat   chiqardi.   5-sinf ning   rahbari   Sanjarning   uyiga   borib   yashash,   dars
tayyorlash   sharoitlarini   bilib   kelish   uchun   ota-onalar   Qo‘mitasi ning
a’zosi   N. Jo‘raevni   u lar ning   uyiga   yubordi.   N. Jo‘raev   Sanjarning   uy
53 sharoitidan   xabardor   bo‘lgach :   “ Bolani   uyda   nima   qilayotganini   otasi
ham, onasi ham nazorat qilmas ekan ”, - dedi. Sinf rahbari bu masalani   ota-
onalar  yig‘ilishiga   olib chiqishni rejalashtirdi.
Ota-onalar   yig‘ilishida   ushbu   masala   ko‘rilganida   Sanjarning   otasi   sinf
rahbariga qarshi keskin norozilik bildirdi :  “Bunday yo‘l tutishga Sizning haqqingiz
yo‘q!  M asala bunday ko‘pchilik orasida o‘rganilmasligi kerak edi”.
Keys savoli:
Mavjud vaziyatda kim haq: sinf rahbarimi yoki otami?
Manba:   muloqot,   muomala   va   ijtimoiy   munosabatlar   mavzusiga   doir
adabiyotlar.
Talabalar uchun ko‘rsatmalar:
1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
2. Berilgan   manbalarga   tayangan   holda   muammoning   yechimini   topishga
xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.
3. Aniqlangan   omillar   orasidan   muammoga   barchasidan   ko‘proq   dahldor
bo‘lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajrating.
4. Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga uring.
5. Yechimni bayon eting.
Keysni yechish jarayoni:
1. Talabalar keys mohiyatini u bilan ikki-uch marta tanishish orqali, sherigi
(juftlikda),   guruhdoshlari   (kichik   guruhlarda)   yoki   jamoadoshlari   (jamoada)   bilan
muhokama qilgan holda yetarlicha anglab oladi.
2. Talaba   sherigi   (juftlikda),   guruhdoshlari   (kichik   guruhlarda)   yoki
jamoadoshlari   (jamoada)   bilan   muhokama   qilgan   holda   muammoning   yechimini
topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlaydi.
3. Talaba   (juftlik,   kichik   guruh,   jamoa)   aniqlangan   omillar   orasidan
muammoga barchasidan ko‘proq dahldor bo‘lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajratib
oladi.
54 4. Talaba   (juftlik,   kichik   guruh,   jamoa)   yechimni   ajratib   olingan   omil
(ikkita omil) asosida bayon etadi.
5. Yechim   individual,   kichik   guruhlar   yoki   jamoa   ishtirokida   muhokama
qilinadi.
O‘qituvchining yechimi
Garchi sinf rahbari otani o‘z o‘g‘lining xulqidan xabaror qilmoqchi bo‘lgan
bo‘lsa-da,   u   nohaq.   Pedagogikada   o‘quvchiga   taalluqli   salbiy,   ayniqsa,   oilaviy
munosabatlar   bilan   bog‘liq   masalalar   dastlab   yakka   hola   o‘rganilishi   zarur.   Sinf
rahbari   masalani   ota-onalar   yig‘ilishida   emas,   balki   Sandarning   otasi   yoki   onasi
bilan individual holda hal qilishga urinib ko‘rishi kerak edi.
4-keys
N.   ismli   qiz   sakkizinchi   sinfda   o‘qirdi.   U   sinfdosh laridan   biri   M.ga
muhabbat izhor qil ib maktub  yozdi.  Biroq, maktubni M.ga berishga ulgurmadi.
Xat   kutilmaganda   sinfdoshlaridan   birining   qo‘liga   tushdi ,   v a   uni   sinfda
ovoz   chiqarib   o‘qiy   boshladi.   Bundan   xabar   topgan   muallim   xatni
bolaning qo‘lidan tortib olib, baland ovoz da,  zaharxanda kulgi bilan sinf
o‘quvchilariga  o‘qib berdi.
Maktab   d irektorning   tarbiyaviy   ishlar   bo‘yicha   o‘rinbosari   qizni   va
onasini   chaqirib,   o‘qituvchilar   xonasida   barcha   o‘qituvchilar   oldida
xatni   o‘qidi.   Onaning   jahli   chiqib ,   tengdoshlari   oldida   qizini   urishdi,
uning sha’niga haqoratli so‘zlar aytdi.  B u mojaro  uy da ham davom etdi.
Tahqirlarga   chiday   olmagan .   O‘z   xonasiga   kirib,   qo‘lining   tomirini   kesib
yubordi va vafot etdi.
Keys savoli:
1. N. o‘z sinfdoshiga maktub yozib sharmandali ish qildimi?
2. Sinf rahbari va direktor o‘rinbosari nahotki pedagogik odob qoidalaridan
xabarsiz bo‘lishgan?
55 Manba:  pedagogik muloqot va muomala mavzusidagi adabiyotlar.
Talabalar uchun ko‘rsatmalar:
1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
2. Berilgan   manbalarga   tayangan   holda   muammoning   yechimini
topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.
3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko‘proq dahldor
bo‘lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajrating.
4. Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga uring.
5. Yechimni bayon eting.
Keysni yechish jarayoni:
1. Talabalar   keys   mohiyatini   u   bilan   ikki-uch   marta   tanishish   orqali,
sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoadoshlari (jamoada)
bilan muhokama qilgan holda yetarlicha anglab oladi.
2. Talaba   sherigi   (juftlikda),   guruhdoshlari   (kichik   guruhlarda)   yoki
jamoadoshlari   (jamoada)   bilan   muhokama   qilgan   holda   muammoning   yechimini
topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlaydi.
3. Talaba   (juftlik,   kichik   guruh,   jamoa)   aniqlangan   omillar   orasidan
muammoga barchasidan ko‘proq dahldor bo‘lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajratib
oladi.
4. Talaba   (juftlik,   kichik   guruh,   jamoa)   yechimni   ajratib   olingan   omil
(ikkita omil) asosida bayon etadi.
5. Ye chim individual, kichik guruhlar yoki jamoa ishtirokida muhokama qilinadi.
O‘qituvchining yechimi
N.ning   o‘z   sinfdoshiga   maktub   yozishi   sharmandali   ish   emas.   Bunday
voqeaning   bo‘lishi   o‘quvchining   yosh   xususiyatlari,   hissiyoti   bilan   bog‘liq.
Qolaversa,   sinfdoshiga   nisbatan   mehrli   bo‘lish   yomon   hodisa   emas,   aksincha,
ijobiy holatdir.
Sinf rahbari va direktor o‘rinbosari nafaqat pedagogik odob talablarini, balki
eng oddiy ijtimoiy-axloqiy talablardan ham xabarsiz. Chunki birovning maktubini
56 o‘qish,   ustiga   ustak   boshqalarga   o‘qib   berish   –   shaxsning   ma’naviy   qashshoq,
tuban ekanligidan dalolat beradi.
2.3.2. “Talabalarda pedagogik tafakkurni shakllantirish” mavzusida  tadqiqot
xarakteridagi  amaliy mashg‘ulot ishlanmasi  
Mavzu: “ Talabalarda pedagogik tafakkurni shakllantirish ”
Vaqti:  4 soat Talabalar  soni:   18 ta
Mashg‘ulot shakli Pedagogik   mahorat   va   uning   tarkibiy   qismlari,
kategoriyalari,   pedagogning   jamiyatda   tutgan   o‘rni   kabi
masalalarni  o‘rganishga doir egallangan  nazariy bilimlarni
mustahkamlash va chuqurlashtirish
Ma’ruza rejasi 1.   Pedagogik   mahorat   va   uning   pedagogik   faoliyatdagi
o‘rni
2. “Pedagogik mahorat” fani, uning maqsadi va vazifalari
3. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari
4. “ Pedagogik mahorat ” fanining kategoriyalari
5.   O‘qituvchi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
6. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashga qo‘yiladigan 
talablar
Mashg‘ulotning   maqsadi:   Mavzu   bo‘yicha   egallangan   nazariy   bilimlarni
chuqurlashtirish va mustahkamlash.                                                                              
Pedagogik   vazifalar O‘ q uv   faoliyati   natijalari
1. M avzuni   mustaqil   o‘rganish
uchun asos yarat ish ;
2. M avzu   bo‘yicha   egallangan
nazariy   bilimlarni mus-tahkamlash  va
chuqur o‘zlashtirish;
3. K ichik   guruhlar ga   bo‘lingan
holda o‘quv jarayonini  tashkil  etish ;
4. Talabalarni   mustaqil   fikrlashga
va   mustaqil   faoliyat   yuritishga
o‘rgatish ; 1. A maliy   mashg‘ulot   rejalari   bilan   oldindan
tanishib chiqib, tayyorgarlik ko‘radi;  
2. Pedagogik   mahorat   va   uning   pedagogik
faoliyatdagi   o‘rni   yuzasidan   egallangan   bilimlar
mustahkamlanadi va chuqurlashtiriladi;
3. Pedagogik   mahoratning   tarkibiy   qismlari
bo‘yicha   egallangan   bilimlar   mustahkamlanadi   va
chuqurlashtiriladi;
4. “ Pedagogik   mahorat ”   fanining   kategoriyalari
bo‘yicha   egallangan   bilimlar   mustahkamlanadi   va
chuqurlashtiriladi;
5.   O‘qituvchi   faoliyatining   asosiy   yo‘nalishlari   va
bo‘lajak “Kasb ta’limi” bo‘yicha pedagogik kadrlarni
tayyorlashga qo‘yiladigan talablarni chuqur o‘rganish
hamda   shu   asosda   kasbga   bo‘lgan   qiziqishlarni
orttirish 
O‘qitish usullari  Amaliy   mazmundagi   t opshiriqlar,   ba h s-munozara,
kichik   guruhlar   bilan   ishlash,   «Pinbord»   texnikasi,
«Klaster» texnikasi
O‘qitish vositalari O‘quv   darsligi ,   amaliy   masalalar,   markerlar,
qog‘ozlar, skotch
O‘qitish shakllari Jamoa va  kichik  guruhlarda ishlash
O‘qitish shart-sharoiti Texnik   vositalar   bilan   ta’minlangan   va   kichik
57 g uruhlar   bilan   ham   ishlash   mumkin   bo‘lgan   o‘quv
xonasi
Monitoring va ba h olash O g‘ zaki   nazorat,   savol-javob,   o‘ z- o‘ zini   nazorat
q ilish,  test savollari
Amaliy mashg‘ulotning texnologik xaritasi 
Faoliyat
bosqichlari Faoliyatning mazmuni
O‘qituvchi Talaba
I . Kirish 
bosqichi.
(10 minut) 1. Amaliy   mashg‘ulot   mavzusi,   maqsadi   va   o‘quv
faoliyati natijalari  e’lon qilinadi   Tinglaydilar  
1.Kichik   guruhlarda   ishlash   metodikasi   va   shu
asosida   o‘quv   jarayoni   amalga   oshirish
tushuntiriladi (1-ilova) Tinglaydilar
3.   Talabalar   faoliyatini   baholash   mezonlari
bilan tanishtir ila di (2-ilova) Tinglaydilar
II . Asosiy 
bosqich
(60 minut) 1.Talabalarni   mashg‘ulot   jarayonidagi   faolligini
oshirish  maqsadida savol - javob o‘tkaziladi ( 3-ilova)
2.Talabalarning   fikrini   umumlashtirib,   ularni   3   ta
kichik guruhlarga bo‘ladi.
3.   Talabalardan   3   tasi   tanlab   olinib,   guruhi   tashkil
etiladi
4.   Mavzu   bo‘yicha   oldindan   tayyorlab   qo‘yilgan
topshiriqlar guruhlarga tarqatiladi (4-ilova)
5.   Guruhlar   faoliyatini   tashkil   kilishga   yordam
beradi,   kuzatadi,   yunaltiradi,   yo‘l-yo‘riqlar
ko‘rsatadi Savollarga   javob
og‘zaki javob  beradi
Kichik   guruhlarga
bo‘linadi
Har   bir   talaba   o‘zi
biriktirilgan   kichik
guruhda   a’zolar   bilan
hamkorlikda
topshiriqni bajara-dilar
6.   Har   bir   guruh   topshiriqlarini   bajarib,   ekspert
guruhiga   topshiradi   Ekspert   guruhi   topshiriqlarni
to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatib beradi 
7. Topshiriqlarning bajarilishini qay darajada to‘g‘ri
ekanligini   diqqat   bilan   tinglaydi.   Topshiriqni
bajarish   jarayonida   yo‘l   qo‘yilgan   xato-
kamchiliklarni   izohlab   tushuntirib   beradi   va
talabalar faoliyatini biholaydi
8.   Har   bir   guruhga   pedagogik   maxorat   kursini
mazmuni,   maksadi,   vazifalari   yuzasidan   «Klaster»
texnologiyasini   ishlab   chiqishlari   topshiriladi(6-
ilova).Bunda   dastlab   “Klaster”   ishlab   chiqish
qoidasini talabalarga tushuntiradi (5 -ilova)
9.   Natijalarni   tekshiradi,   Guruhlarga   topshiriqlarni
bajarishi   uchun   yordam   beradi   va   talabalar   bilan
birgalikda   muhokama   qiladi   hamda   diqqatlarini
kutiladigan   natijaga   jalb   qiladi.   Ularni   baholash
mezonlari bilan tanishtiradi  Har   bir   guruh
topshiriqni bajara-dilar
bahs-munozara
yuritadilar,
qo‘shimchalar
qiladilar,   xulosa
chiqaradilar   va
baholaydilar
Tinglaydilar   va
topshiriqni  bajaradila r
Tinglaydi,
munozorada   faol
ishtirok etadi
III .Yakuniy 1. Ish yakun  yasay di. Faol talabalarni baholash Eshitadi ,
58 bosqich
(10 minut) mezoni orqali rag‘batlantiradi. A niqlaydi
2. Mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi. Yozadilar
2.3.2. “ Talabalarda pedagogik tafakkurni shakllantirish”
Tadqiqot xarakteridagi amaliy mashg‘ulot ishlanmasi
(“Umumiy pedagogika” fanining “Pedagogika tarixi” 
bo‘limi asosida samarali metodlarning qo‘llanilishi)
1. Guruhlashtirish metodi
Talabalar   o‘quv   materialini   mazmunan   yoki   unda   faol   qo‘llanilayotgan
tayanch tushunchalar asosida guruhlarga ajratib oladi. Bu usul o‘quv materialining
kichik   bo‘lagida   ilgari   surilgan   g‘oyalarni   puxta   o‘zlashtirib   olish   asosida
navbatdagi   bo‘lak   matni   bilan   ishlashga   asoslanadi.   Guruhlashtirishda   dastlabki
bo‘lak   o‘quv   materiali   chuqur   o‘zlashtiriladi.   Ajratib   olingan   material
o‘zlashtirilmay   turib,   keyingi   bo‘lak   matni   bilan   ishlashga   yo‘l   qo‘yilmaydi.
Zaruriyat   bo‘lsa,   har   bir   bo‘lak   materiali   talabalar   tomonidan   qayta-qayta
o‘rganiladi.
Mahmud Qoshg‘ariyning pedagogik qarashlari
1. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk” asari va uning 
ommalashish tarixi.
2. Asarda bilim olishning ijtimoiy ahamiyati va bilimli kishilarning shaxsi 
haqidagi qarashlarning yoritilishi.
3. Insoniylik fazilatlari to‘g‘risidagi fikrlar asar mohiyatini ochib beruvchi 
jihatlardan biri ekanligi.
4. Mehmon va uning ijtimoiy mavqeini asarda aks ettirilishi.
5. Asarda mol-mulk va unga munosabat masalalarining bayon etilishi.
6. Xalq maqollarining asar mohiyatini ochib berishdagi o‘rni.
59 2. Reja tuzish
Talabalarni   o‘zlashtirilayotgan   mavzu   bo‘yicha   reja   tuzishga   undash   va
dastlabki   ko‘nikmalarni   hosil   qilish   ular   tomonidan   o‘quv   materiali   mohiyatini
chuqur   anglanishiga   zamin   yaratadi.   Bunda   tinglanayotgan   (o‘qituvchi   hikoyasi)
yoki   o‘qilayotgan  (darslik,  qo‘llanma,   yordamchi  adabiyotlar,  Internet   materiallar
va b.)   o‘quv  materialini   mantiqiy ravishda  guruhlarga  ajratish  va  har  bir  guruhga
kiritilgan   materialning   tub   mazmunini   ochib   berishga   xizmat   qiluvchi   iboralarni
belgilash   talabadan   barqaror   diqqat,   mantiqiy   fikrlash   qobiliyatiga   ega   bo‘lishni
taqozo   etadi.   Usulni   qo‘llashning   asosiy   talabi   rejaning   har   bir   bandi   uchun
belgilanayotgan ibora o‘zida o‘quv materiali muayyan bo‘lagida ilgari surilayotgan
fikr va qarashlar  haqidagi ma’lumotni reja bilan tanishayotgan vaqtdayoq anglata
olishi zarur.
Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning pedagogik qarashlari
Reja:
I . Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy va uning “Odob as-solihin”
asarining umumiy mazmuni.
II. Ruxsat so‘rash va salomlashish qoidalari.
III . Uxlash shartlari va kiyinish madaniyati.
IV. Suhbatlashish odobi.
V. Er-xotin munosabatlari mazmuni.
VI. Bemor holidan xabar olish qoidalari.
VII . Ta’ziya va musibat odoblari.
VIII. Qabristonga bo‘lgan munosabat.
IX. Ziyofat va mehmondorchilik odoblari.
X. Ovqatlanish madaniyati.
XI. Safar yurish odobi.
XII. “Odob as-solihin” asarining bugungi
kundagi ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati.
60 3. Tayanch tushunchalarni aniqlash
Talabalar   ularning   e’tiborlariga   havola   etilayotgan   o‘quv   materialida   ilgari
surilayotgan fikrlar mohiyatini anglatuvchi tayanch tushunchalarni ajratib ko‘rsata
olishlari lozim.
Talabalarning tayanch tushunchalarni aniqlay olishlari ularni o‘quv materiali
mohiyatini   yetarli   darajada   anglay   yoki   o‘zlashtira   olganliklaridan   dalolat   beradi.
Ta’lim   jarayonida   talabalarda   tayanch   tushunchalarni   aniqlash   ko‘nikma   va
malakalarini hosil qilishga ham e’tibor qaratildi va ular bilan hamkorlikda ishlash
asosida bir qator mavzular bo‘yicha tayanch tushunchalar ajratildi.
Sohibqiron Amir Temurning pedagogik qarashlari
Tayanch   tushunchalar:   Xo‘jailg‘or   qishlog‘i   (Kesh   viloyatidagi),   Ko‘ragon,
“Temur   tuzuklari”,   shariat,   davlatni   boshqarish,   kengash   o‘tkazish,   podsho   va
vazirlar, axloq-odob, do‘stlik, shirinsuxanlik.
4. Mavzu ichida kichik mavzularni hosil qilish
O‘qituvchi talabalar e’tiborini o‘rganilayotgan o‘quv materialini mazmuniga
ko‘ra   mustaqil   kichik   mavzularga   ajratishga   qaratadi.   Bu   usulni   qo‘llashdan
ko‘zlangan   asosiy   maqsad   –   talabalarda   berilayotgan   o‘quv   axborotlar   orasidan
eng   muhim   fikrlar   yoki   qarashlarni   ajrata   olish   ko‘nikmalarini   shakllantirishdan
iborat.   Binobarin,   bo‘lajak   o‘qituvchilar   o‘quvchilarga   eng   muhim   axborotlarni
uzata   olish   qobiliyatiga   ega   bo‘lishlari   zarur.   Bu   holat   o‘quvchilarni   jismonan
toliqishdan saqlaydi.
Ta’lim   jarayonida   talabalarda   mavzu   ichida   kichik   mavzularni   hosil   qilish
ko‘nikma   va   malakalarini   hosil   qilishga   ham   e’tibor   qaratildi   va   ular   bilan
hamkorlikda   ishlash   asosida   bir   qator   mavzular   bo‘yicha   mavzu   ichida   kichik
mavzular hosil qilin di.
Unsurul-Maoliy Kaykovusning pedagogik qarashlari
61 I. Unsurul-Maoliy Kaykovus va “Kaykovus” asarining pedagogik fikrlar 
taraqqiyoti tarixidagi o‘rni.
II.   “Kaykovus”   asarida   juvonmardlik   ruknlari   va   odobi   to‘g‘risidagi
qarashlarning yoritilishi.
III. “Kaykovus” asarida bilim olishga bo‘lgan munosabatning ifodalanishi.
IV. “Kaykovus” asarida turli kasb egalari ijtimoiy mavqeining baholanishi.
V . “Kaykovus” asarida axloq tarbiyasi asoslarining bayon etilishi.
VI . “Kaykovus” asarida ota-onaning oiladagi o‘rni masalalarining tahlil 
etilishi.
VII. “Kaykovus” asarida do‘st tutish odobining yoritilishi.
5. Turkumlashtirish .
Pedagogik bilimlarni muayyan yo‘nalishlar, jihatlar yoki muhim belgilariga
muvofiq   turkumlashtirish   ularning   talabalar   tomonidan   ma’lum   tizim   asosida
o‘zlashtirilishiga imkon beradi.
Ta’lim   jarayonida   talabalarda   pedagogik   bilimlarni   turkumlashtirish
ko‘nikma   va   malakalarini   hosil   qilishga   ham   e’tibor   qaratildi   va   ular   bilan
hamkorlikda   ishlash   asosida   bir   qator   mavzular   bo‘yicha   pedagogik   bilimlar
turkumlashtiril di.
Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari
Buyuk mutafakkirning insoniy sifatlar
haqidagi qarashlari
Ma’naviy- axloqiy
sifatlar Salbiy sifatlar O‘qituvchi va uning
odobi
6. Sxemalashtirish
62 Talabalar   o‘rganilgan   o‘quv   materiali   bo‘yicha   o‘zlashtirgan   bilimlarini
mavzu mohiyatini yorituvchi sxema, jadval yoki tasvirlar asosida namoyish etadi.
Ta’lim   jarayonida   talabalarda   sxemalashtirish   ko‘nikma   va   malakalarini   hosil
qilishga   ham   e’tibor   qaratildi   va   ular   bilan   hamkorlikda   ishlash   asosida   bir   qator
mavzular   bo‘yicha   sxemalar   yaratildi.   Shuningdek,   rasm,   shakl   va   tasvirlarning
yaratirilishiga ham erishildi. 
63 Abu Nasr Forobiyning pedagogik qarashlari
7. Qayta bayon etish .
O‘rganilgan  mavzu mohiyatini   yorituvchi   tayanch  so‘zlar  yordamida o‘quv
materiali   mazmunini   o‘z   fikrlari   bilan   qayta   bayon   etish.   Unga   ko‘ra   bilimlarni
o‘rganish jarayonida talabalar tayanch tushunchalar yordamida o‘rganilgan mavzu
mazmunini qayta bayon etadi.
Yan Amos Komenskiyning pedagogik qarashlari
Tayanch   tushunchalar:   1952   yil,   “Ugorskiy   Brod”   (Moraviya),   “Chex
qardoshlari”,   “Tillar   va   hamma   fanlarning   ochiq   eshigi”   (1631   yil),   “Buyuk
didaktika” (1632 yil), “Pan sofiya” ideyasi, “Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan
64Абу Наср Форобий
“ Муаллими соний” (“Иккинчи муаллим”)
1. “Фозил одамлар шаҳри”
2. “Бахт-саодатга эришув тўғрисида”
3. “Ихса-ал-улум”
4. (“Илмларнинг келиб чиқиши”)
“ Ақл маънолари” Асарлари Ахло қий фазилатлар 
Билимлилик
Донолик
Виждонлилик
Камтарлик
Хал қпарварлик
Ҳақиқатгўйлик
Маънавий комиллик
Адолатпарварлик
Билимларни  ўрганиш 
усуллари
1) қаноатбахш, чорловчи,
илҳомлантирувчи
сўзлар билан
рағбатлантириш;
2) мажбур этиш Назарий
шар ҳлар
ўқитиш, тушунтириш асосида 
назарий билим бериш;
  назарий фазилатни эгаллаш учун 
зарур бўлган хулқ нормаларини ва 
амалий малакаларни ўргатиш narsalarning suratlari” (1648 yil), dunyoqarash, tarbiya yo‘nalishlari, yosh davrlari,
didaktik tamoyillar, sinf-dars tizimi, axloqiy tarbiya, o‘qituvchi shaxsi.
8.  Mavjud tushunchalarni boyitish
Mavzu   bo‘yicha   o‘zlashtirilgan   tushunchalarni   mazmunan   ularga   yaqin
bo‘lgan   pedagogik   yoki   psixologik   terminlar   bilan   boyitish.   Quyida   berilaigan
tushunchalar   mohiyatini   o‘rganishda   talabalar   qo‘shimcha   ravishda   komil   inson,
komillikning ijtimoiy ahamiyati, ijtimoiy omillarning shaxs kamolotiga ta’siri
kabi tushuncha va iboralarni ham o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar
“So‘fiylik ta’limotida yetuk inson muammosining talqin etilishi”  
Mavzuni o‘rganishda o‘quv materialining mohiyatini quyidagi tushunchalar
yordamida   yetarli   darajada   anglash   mumkin:   sunniylik,   shialik,   tavhid,   so‘fiylik,
ma’naviy   komillik,   Ahmad   Yassaviy,   Bahouddin   Naqshband,   Naqshbandiya
tariqati.
9.   Pedagogik vaziyatlarni hal qilish
Talabalarda   pedagogik   tafakkurni   shakllantirishda   ularning   turli   pedagogik
vaziyatlar yechimlarini topish layoqatiga ega bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega.
Metodni qo‘llash texnologiyasi
1) talabalar turli mazmundagi pedagogik vaziyatlar bilan tanishtirildi;
2)   ularning   taqdim   etilgan   pedagogik   vaziyat   yuzasidan   mushohada
yuritishlariga imkon berildi;
3)   muayyan  talabaning pedagogik  vaziyatlarning  ijobiy  yechimlarini   topish
borasidagi   shaxsiy   qarashlari   tinglanib,   auditoriyada   pedagogik   vaziyat
yechimining qay darajada to‘g‘ri ekanligiga baho berildi.
Loyiha sxemasi
65 1-pedagogik vaziyat
(O‘quvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatishga oid)
Institutni   bu   yil   tamomlagan   yosh   adabiyot   o‘qituvchisi   IX   sinfga   kirib,
o‘quvchilar   bilan   salomlashdi.   O‘qituvchining   salomiga   javob   sifatida
o‘quvchilardan biri “Nima buyuradilar, malikam, xizmatingizga tayyormiz!” deya
javob berdi.
O‘qituvchi bunday vaziyatda qanday yo‘l tutish lozim?
A. Bunday    javob   bergan   o‘quvchini   sinfdan  chiqarib  yuborishi  va  
 “Xatti-harakating to‘g‘risida o‘ylab ko‘r” deyishi kerak.
V. O‘quvchining bunday javobiga e’tibor bermasligi va darsni boshlashi kerak.
S.   O‘quvchining   javobiga   e’tibor   qilmasligi,   ammo   darsda   kutilmaganda
unga qiyinroq vazifani topshirishi zarur.
66Педагогик вазият мазмуни
Фаразларни 
илгари 
суриш Ул арнинг 
натижавийлигини 
тахмин қилишҲаракат йўналишилар, 
фаолият турлари ва 
методларни белгилашПедагогик вазият ечимини топиш жараёни
Фаолият 
вариантларини
ишлаб чиқишСамарали 
усулларни 
танлаш Ташкилий 
шаклларни 
белгилаш D. O‘quvchining javobiga munosib javob qaytara olishi lozim. M: “Ko‘rinib
turibdi,   sen   chindanam   adabiyot   shaydosi   ekansan.   Menga   darhaqiqat   sening
yordaming kerak. Qani, ... (daftarlar  tarqatib chiq, ko‘rgazmali qurollarni  osishga
yordamlash, yozuv taxtasiga yangi mavzuni yozib qo‘y!).
Ye. Sizning yondashuvingiz.
1-pedagogik vaziyat
(“O‘quvchi shaxsiga hurmat bilan yondashishga oid”)
Kunlardan   bir   kun   maktab-internatda   turli   sabablarga   ko‘ra   bir   necha
o‘qituvchi   ishga   kela   olmadi,   shu   sababli   o‘quv   ishlari   bo‘yicha   direktor
o‘rinbosari   Olga   Vladimirovna   kunning   ikkinchi   yarmida   kichik   o‘quvchilar
guruhiga   kimni   yuborishni   bilmay   qoldi.   Ko‘cha   yomg‘ir   yog‘ayotganligi   bois
o‘quvchilarni   sayrga   chiqarish   mumkin   emas.   Olga   Vladimirovna   bu   vaziyatda
qanday   yo‘l   tutishni   bilmay   turgan   vaqtda   uning   xonasiga   darsda   to‘polon
qilganligi uchun o‘qituvchining talabiga ko‘ra VII sinf o‘quvchisi – tarbiyasi og‘ir
va  doimo   asabiy   yuruvchi   Jenya   kirib  keldi.   Olga   Vladimovnaning  uni   tergashga
vaqti ham, imkoniyati ham yo‘q edi.
Jenyaning   shundoqqina   yonida   –   shkafga   yaqin   joyda   filmoskop   turardi.
Direktor   o‘rinbosarining   xunob   bo‘layotganligini   ko‘rgan   Jenya   birdan   shanday
taklifni   bildirdi:   “Siz   birinchi   sinf   o‘quvchilariga   film   ko‘rsatish   uchun   kimnidir
yuboring!”.
- Gap   shunda-da,   yuboradigan   heya   kim   yo‘q,   -   javob   berdi   direktor
o‘rinbosari. Va birdan qo‘shimcha qildi: - Agar seni yuborsam-chi?
Jenya   direktor   o‘rinbosarining   bunday   deyishini   kutmagan   edi,   shu   sababli
nima deb javob berishni bilmay qoldi.
Shunda Olga Vladimirovnaning o‘zi dedi: 
- Qani, ketdik. Filmoskopni ol. Shkafda qutida diafilmlar turibdi.
Ular   1-sinf   xonasiga   kirib   borishdi.   Olga   Vladimirovna   bolalarni
ogohlantirdi:   “Kimni   o‘rnidan   tursa,   keyin   butun   kun   davomida   devor   oldida
turadi...”,   “Kimki   shovqin   ko‘tarsa,   unga   “2”   baho   qo‘yiladi”,   “Kimki   ...”   va
67 hokazo.   So‘ngra   yana   qo‘shimcha   qilib   Jenyaga   intizomni   buzganlarning   ismi-
sharifini   yozuv   taxtasiga   yozib   qo‘yishni   tayinladi.   Direktor   o‘rinbosari   sinfdan
chiqib ketgach, filoskopni ishga tushirishga tayyorladi va:
- Sizlarga   ruxsat   beraman,   kim   bilan   o‘tirishni   xohlasangiz   u   bilan
o‘tirishingiz   mumkin.   Hatto   bitta   partaga   uch   yoki   to‘rt   kishidan   o‘tirishingiz
mumkin.   Sen,   -   dedi   u   sariq   sochli   bolaga,   -   filmoskopni   ishlatishda   menga
yordamlashasan!. Sen, - dedi u birinchi partada o‘tirgan bolaga, - keyingi diafilmni
qo‘yishga yordamlashasan! 
O‘quvchilar   Jenyadan   bunday   muomalani   kutishmagan   edi,   shuning   uchun
hayratda qolishdi.
Keyingi kuni Jenya direktor o‘rinbosarining xonasiga kirdi va “Mumkinmi,
bugun   ham   1-sinf   o‘quvchilariga   diafilm   ko‘rsatsam?”   deya   ruxsat   so‘radi.
Shundan   keyin   o‘qituvchi   sog‘ayib   ishga   qaytgandan   keyin   ham   1-sinfga   tez-tez
kiradigan va o‘quvchilarga diafilm qo‘yib beradigan bo‘ldi.
Kunlardan   bir   kun   Jenya   qaerdandir   aseton   va   bo‘yoq   topib   apparatini
bo‘yadi   va   uni   xonaga   olib   kirib   qo‘yish   uchun   Olga   Vladimirovna   rosa   bir   soat
kutibdi. Olga Vladimirovna esa:
- Xona eshigi ochiq edi-ku, nega olib kirib qo‘yavermading? –
deb so‘ragan edi u:
- Hech kim yo‘qligida apparatni birov o‘g‘irlab olsa-chi?
Shunda   direktor   o‘rinbosari   Jenyaning   apparatga   ehtiyotkorlik   bilan
munosabatga   bo‘layotganligini,   uni   shkafga   ham   sekingina   qo‘yayotganligini
payqadi.
Jenyaning tug‘ilgan kunida Olga Vladimirovna filmoskop sotib oldi va unga
“Jenya   Mayorovga   tug‘ilgan   kuni   munosabati   bilan   maktab-internat
tarbiyalanuvchilari   va   o‘qituvchilaridan”   degan   so‘zlarni   yozdirib   sovg‘a   qildi.
Jenya   avvaliga   qizarib   ketdi,   so‘ngra   Olga   Vladimirovnaning   quchog‘iga   o‘zini
tashlab, yig‘lab yubordi. Bu uning o‘n to‘rt yillik hayotidagi birinchi sovg‘a edi.
68 Shundan keyin u o‘zining filmoskopi bilan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga
diafilmlar namoyish eta boshladi. U qaysi sinfda bo‘lmasin, u yerda tartib, intizom
o‘rnatilar,   bolalar   u   bilan   ishlashni   yoqtirishar   edi.   Keyinchalik   u   kinoproektor
qurilmasini   ishlatishni   o‘rganib   oldi   va   yuqori   sinflarda   ham   o‘quv   filmlarini
namoyish   eta   boshladi.   Maktab-internatni   bitirish   arafasida   undan:   “Kelgusida
kasb   yoki   hunarni   egallamoqchisan?”,   -   deb   so‘rashganda,   u:   “Men   kinomexanik
yoki o‘qituvchi bo‘laman” deb javob qaytardi.
1.   Sizning   fikringizcha,   Jenyaning   xulq-atvoridagi   bunday   o‘zgarishning
sababi   nimada?   2.   Jenyaning   o‘quvchilar   bilan   ishlashdagi   muvaffaqiyatini   nima
bilan izohlash mumkin? 3. Intizomni buzgan Jenya direktor o‘rinbosarining oldiga
kirib kelganda Olga Vladimirovna uni koyib, tanbeh berganida voqealarning rivoji
qanday   kechishi   mumkin   edi?   Shaxsiy   fikrlaringizni   dalillar   bilan   ifodalashga
urinib ko‘ring.
2-pedagogik vaziyat
(“Oila tarbiyasi va uni to‘g‘ri tashkil etish”)
Ona   besh   yoshli   o‘g‘liga   “Yotadigan   vaqting   bo‘ldi.   O‘yinchoqlaringni
yig‘ishtirginda,   borib   o‘rningga   yot!”   –   dedi.   Ammo   bola   o‘yinni   to‘xtatishni   va
borib   uxlashni   xohlamadi.   Buvisi   esa   nabirasining   yonini   ola   boshladi:   “Mayli,
o‘ynayversin,   uxlashga   hali   ulguradi”.   Buvisining   bu   so‘zlari   bolani   ruhlantirib
yubordi,   u   buvisiga   qarab   kulib   qo‘ydi-da,   oyisining   gaplariga   ahamiyat   bermay
o‘yinni davom ettirdi. Biroq, oyisi o‘g‘lining qo‘lidan tortib, borib yotishini talab
qildi.   O‘g‘li   qarshilik   qila   boshladi,   oyisiga   nafrat   bilan   qaradi   va   oyisining
qo‘lidan   chiqib   ketdi,   o‘zi   qurgan   binolarni   buzib   tashladi,   polga   yotib   baqira
boshladi. Nabirasini jonu dilidan yaxshi ko‘ruvchi buvisi yana uning tarafini oldi. 
1. Bolaning va kattalarning xatti-harakatlarini tahlil qiling.
2. Kattalar oila tarbiyasining qaysi tamoyillarini buzishdi.
3. Ona qanday yo‘l tutishi lozim edi?   
69 “Pedagogik mahoratning o‘qituvchi 
faoliyatidagi o‘rni” mavzusi bo‘yicha  
GLOSSARIY
Mahorat   –   muayyan   ish,   xatti-harakat   yoki   kasbiy   faoliyatning   ustalik,
mohirlik bilan, san’atkorona tashkil etilishiga imkon beradigan bilim, ko‘nikma
va malakalar majmui 
Muloqot   madaniyati   –   muloqot   jarayonini   axloqiy   me’yorlar,   ijtimoiy
talablarga muvofiq tashkil etish asosida suhbatdoshni  tushuna olish ehtiyoji va
qobiliyatiga egalik  
Nutq   madaniyati   –     bu   o‘z   fikrini   nutq   yordamida   mantiqli,   to‘g‘ri,
obrazli, aniq va ifodali yetkazib berish malakalarining o‘zlashtirilganlik darajasi
Nutq   texnikasi   –   nutqni   tinglovchi   yoki   o‘quvchiga   yetkazishda
qo‘llaniladigan vositalar majmui
Pantomimika  – bu gavda, qo‘l va oyoqlarning harakati bo‘lib, u pedagog
tomonidan   bayon   etilayotgan   muayyan   fikrni   alohida   ajratib   ko‘rsatishga,
ma’lum qiyofa orqali gavlantirishga imkon beradi
Pedagogik   bilimdonlik   –   pedagog   tomonidan   mutaxassislik
bilimlarining   puxta   egallanganligi;   pedagogning   bilag‘onligi;   pedagogning
kasbiy   faoliyatni   mavjud   ijtimoiy   talab,   huquqiy   me’yor   va   standartlarga
muvofiq tashkil etishga bo‘lgan qobilligi, kasbiy tayyorgarlik darajasi
Pedagogik ijod   – pedagogning kasbiy jarayonni samarali tashkil etishga
yo‘naltirilgan yaratuvchanlik faoliyati 
Pedagogik   kreativlik   –   pedagogning   an’anaviy   pedagogik   fikrlashdan
farqli   ravishda   ta’lim   va   tarbiya   jarayonini   samaradorligi   ta’minlashga   xizmat
qiluvchi   yangi   g‘oyalarni   yaratish,   shuningdek,   mavjud   pedagogik
muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati 
70 Pedagogik   madaniyat   –   pedagogning   shaxs   va   mutaxassis   sifatida
muayyan   xulq-atvor,   odob,   muomala   va   xatti-harakat   ko‘nikma   hamda
malakalarini   o‘zlashtirish   darajasi;   pedagogning   kasbiy   vazifalarni   hal   qilish
usul   va   vositalarini   o‘zlashtirganlik,   pedagogik   bilimdonlik,   takt,   texnika   va
madaniyatni namoyon qila olishning yuqori darajasi
Pedagogik   mahorat   –   1)   o‘qituvchining   pedagogik   jarayonni   tashkiliy,
metodik, ruhiy va sub’ektiv jihatdan o‘ta mohirlik, ustalik bilan tashkil etish va
boshqarish   qobiliyati,   ko‘nikma-malakasiga   egaligi;   ta’lim-tarbiya   jarayoniga
ongli,   ijodiy   yondashuv,   metodik   bilimlarni   samarali   qo‘llay   olish   qobiliyati,
yuksak pedagogik tafakkur; 2) pedagog tomonidan kasbiy faoliyatning ustalik,
mohirlik  bilan,  san’atkorona  tashkil   etilishini  ta’minlovchi  bilim, ko‘nikma va
malakalar majmui
Pedagogik   muloqot   madaniyati   –   pedagogning   o‘quvchilar   jamoasi,
ota-onalar, hamkasblar hamda rahbariyat bilan pedagogik odob hamda muloqot
talablariga muvofiq holda  uyushtiriladigan suhbati
Pedagogik   novatorlik   –   pedagogik   faoliyatda   ilg‘or   tamoyil   yoki
g‘oyani   asoslash,   yangi   yo‘l,   usul   yoki   vositalarni   tavsiya   qilish,   ularning
amaliyotga tatbiqini ta’minlashgaqaratilgan ijodiy yondashuv
Pedagogik odob  – bu pedagog (o‘qituvchi) oldiga uning o‘ziga, kasbiga,
jamiyatga,   bolalarga   va   o‘quv-tarbiya   jarayonining   boshqa   ishtirokchilariga
munosabatda bo‘lishiga nisbatan qo‘yiladigan axloqiy talablar tizimi
Pedagogik   obro‘   –   bu   pedagogning   o‘quvchilar,   ularning   ota-onalari,
pedagogik jamoa, jamiyat tomonidan e’tirof etilgan axloqiy maqomi
Pedagogik relaksatsiya –   ta’lim oluvchilarn i ng hissiy faoliyatini, ruhiy-
jismoniy quvvatini hamda ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash
Pedagogik refleksiya  – pedagogning shaxs ongi mohiyati va vazifalarini,
shu   jumladan,   qadriyatlari,   qiziqishlari,   rag‘batlantiruvchi   omillar,   fikrlash,
idrok,   qarorlar   qabul   qilish,   hissiy   ta’sirlanish,   xatti-harakatlari   va
boshqalarning mohiyatini anglab yetishi
71 Pedagogik   tajriba   –   kasbiy   faoliyatni   tashkil   etish   jarayonida   pedagog
tomonidan o‘zlashtirilgan orttirilgan  BKM
Pedagogik   takt   (nazorakat)   –  pedagogning   o‘quvchilar   bilan  turli   faoliyat
shakllari   bo‘yicha   tashkil   etiladigan   muloqotda   mavjud   axloqiy   tamoyillar
hamda   hulq-atvor   qoidalarga   rioya   qilishi,   ularga   to‘g‘ri   yondashish
malakalariga egaligi
Pedagogik   t afakkur   –   pedagogik   voqea-hodisalarning   ongda   to‘laqonli   aks
etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli
Pedagogik   texnika   –   pedagogga   alohida   o‘quvchi   (talaba,
tarbiyalanuvchi)   hamda   ta’lim   oluvchilar   jamoalariga   pedagogik   ta’sir
ko‘rsatish metodlarini amalda samarali qo‘llay olish uchun zarur bo‘lgan bilim,
ko‘nikma   va   malakalar   majmui;   pedagogik   faoliyatda   orttirilgan   ko‘nikma   va
malakalar yig‘indisi
Pedagogik   faoliyat   –   pedagog   tomonidan   kasbiy   maqsadga   muvofiq
tashkil etiladigan tizimli harakatlarning muayyan shakli
Pedagogik   qobiliyat   –   pedagogga   xos   bo‘lib,   pedagogik   faoliyatni
oqilona   tashkillashtirish   va   olib   borilishiga   imkon   beradigan,   amaliy
vazifalarning   samarali   bajarilishini   ta’minlashda   ahamiyatli   bo‘lgan
xususiyatlar
Faoliyat   –   shaxsning   moddiy   borliqqa,   tabiatga,   boshqa   shaxslarga
munosabati   shakli   va   ularga   ta’sir   ko‘rsatishga   qaratilgan   hatti-harakatlarining
majmui 
2.4. Nazorat topshiriqlari va mustaqil
ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar
2.4.1. Darajali test topshiriqlari
I . Yopiq testlar
72 1. Pedagogik bilimdonlik negizida yana qanday sifatlar ko‘zga tashlanadi?
a)  pedagogik odob va pedagogik relaksatsiya;  
b)  pedagogik tajriba va pedagogik texnika;
c )  pedagogik kreativlik va pedagogik refleksiya;
d)  pedagogik faoliyat va pedagogik madaniyat.
2.Ta’lim   oluvchilar   (o‘quvchi,   talaba,   tarbiyalanuvchi)larnng   hissiy
faoliyatini,   ruhiy-jismoniy   quvvatini   hamda   ishchanlik   qobiliyatini   qayta   tiklash
nima deb ataladi?
a) pedagogik empatiya;
b) pedagogik refleksiya;
c )  pedagogik relaksatsiya;
d) pedagogik antipatiya.
3.   Pedagogik   kuzatuvchanlik,   pedagogik   xayol   (fantaziya),   xarakter
sifatlarining tarbiyalanishiga bo‘lgan talabchanlik, pedagogik takt, tashkilotchilik  qobiliyatlari,
nutq madaniyatiga egalik. Ular qanay sifatning  turlari sanaladi.
a)  pedagogik qobiliyat;
b)  pedagogik madaniyat;
c) pedagogik texnika;
d) pedagogik tajriba.
4.   Pedagogga   alohida   o‘quvchi   (talaba,   tarbiyalanuvchi)ga   hamda   ta’lim
oluvchilar   jamoalariga   pedagogik   ta’sir   ko‘rsatish   metodlarini   amalda   samarali
qo‘llay   olish   uchun   zarur   bo‘lgan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalar   majmui   qanday
nomlanadi?
a) pedagogik madaniyat;
b) pedagogik mahorat;
c) pedagogik tajriba;
d) pedagogik texnika.
5.   Pedagogik odob, pedagogik bilimdonlik, pedagogik qobiliyat, pedagogik
muloqot   madaniyati,   pedagogik   relaksatsiya,   kommunikativ   ta’sir   ko‘rsatish
73 qobiliyati, pedagogik takt, pedagogik texnika, nutq texnikasi, pedagogik ijodkorlik,
pedagogik   tajriba,   pedagogik   madaniyat.   Ular   qanday   sifatning   tarkibiy   qismlari
sanaladi?
a)  peagogik texnikaning;
b) pedagogik mahoratning;
c) pedagogik malakaning;
d) pedagogik kompetensiyaning.
6.   Shaxsni   o‘rganish   (bilish);   axborot   almashish;   faoliyatni   tashkil   etish;
hamdard bo‘lish. Ular nima? 
a)  pedagogik muloqot vazifalari;
b) pedagogik madaniyat asoslari;
c) pedagogik tajriba elementlari;
d) pedagogik mahorat sifatlari.
II. Ochiq testlar
7.  ...  p edagogning  kasbiy   faoliyatni  mavjud  ijtimoiy  talab,  huquqiy  me’yor
va   standartlarga   muvofiq   tashkil   etishga   bo‘lgan   qobilligi,   kasbiy   tayyorgarlik
darajasi.
a) pedagogik odob;
b) pedagogik bilimdonlik;
c) pedagogik texnika;
d) pedagogik tajriba.
8.   Pedagogik   loyihalash   madaniyati,   kasbiy   bilimlarni   puxta   o‘zlashtirish
madaniyati,   pedagogik   dunyoqarash,   fikrlash   madaniyati,   his   etish   madaniyati,
baholash madaniyati, muloqot madaniyati, tashkilotchilik qobiliyati. Ular umumiy
holda ... sifatlari deyladi?
a) pedagogik mahorat;
b) pedagogik texnika;
c) pedagogik tajriba;
74 d) pedagogik madaniyat.
9.   Kasbiy-pedagogik   burch,   pedagogik   adolat,   pedagogik   majburiyat,
pedagogik obro‘. Ular p edagogik odobning ....
a) turlari; 
b) metodlari; 
c) shakllari ;
d)  vositalari .
10.   Pedagogning   alohida   o‘quvchi   bilan   muloqoti,   pedagogning   alohida
o‘quvchi   orqali   butun   sinf   bilan   muloqati,   butun   sinf   bilan   bo‘lgan   muloqot,
pedagogning   butun   sinf   orqali   alohida   o‘quvchi   bilan   muloqoti.   Ular   pedagogik
muloqot  .... deyiladi.
a) turlari; 
b) metodlari; 
c) shakllari ;
d)  vositalari .
11. Avtoritar, demokratik,  liberal. Ular o‘qituvchi muloqotining ....
a) turlari; 
b) uslublari; 
c) shakllari ;
d)  vositalari .
12.   P edagogga   xos   bo‘lib,   pedagogik   faoliyatni   oqilona   tashkillashtirish   va
olib   borilishiga   imkon   beradigan,   amaliy   vazifalarning   samarali   bajarilishini
ta’minlashda ahamiyatli bo‘lgan xususiyatlar ... deb ataladi?
a) pedagogik madaniyat;
b) pedagogik mahorat;
c )  pedagogik odob;
d) pedagogik qobiliyat.
III. Murakkab testlar:
75 13. Ta’lim metodlarini ularning turlari bilan juftlang.
1) Pedagogik   odobning
asosiy shakllari a) Pedagogning:   alohida   o‘quvchi   bilan   muloqoti;   alohida
o‘quvchi   orqali   butun   sinf   bilan   muloqoti;   butun   sinf   bilan
muloqoti; butun sinf orqali alohida o‘quvchi bilan muloqoti
2) Pedagogik   muloqot
yo‘nalishlari b) Shaxsni   o‘rganish   (bilish);   axborot   almashish;   faoliyatni
tashkil etish; hamdard bo‘lish
3) Pedagogik   muloqot
vazifalar c) Nutq;   paralingvistik   va   ekstralingvistik   tizimlar;
muloqotning   tashkiliy   ko‘lami   va   vaqti;   ko‘z   qarashlar
yordamida   tashkil   etiladigan   aloqa;   belgilarning   optik-
kinetik tizimi
4) Muloqot vositalari d) Kasbiy-pedagogik   burch,   pedagogik   adolat,   pedagogik
majburiyat, pedagogik obro‘
Javob:  1)  d .    2) a.    3) b.   4) c.
14.  1.  Pedagogik  muloqot   vazifalar.   2 .  Pedagogik  muloqot   yo‘nalishlari .   3.
Muloqot   vositalari.   Ko‘rsatilgan   metodlarni   ularga   tegishli   turlar   bo‘yicha
aniqlang:   a)   shaxsni   o‘rganish;   b)   alohida   o‘quvchi   bilan   muloqoti;   c)   nutq;   d)
axborot   almashish;   e )   alohida   o‘quvchi   orqali   butun   sinf   bilan   muloqoti;   f)
paralingvistik   va   ekstralingvistik   tizimlar;     g)   faoliyatni   tashkil   etish;   ‘)
muloqotning   tashkiliy   ko‘lami   va   vaqti;   i)   hamdard   bo‘lish;   j)   butun   sinf   bilan
muloqoti.
Javob:  1. a, d, g, i.    2. b, e, j.    3. c, f, ‘. 
15. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
1. Muloqot jarayonini axloqiy me’yorlar, ijtimoiy talablarga muvofiq tashkil
etish asosida suhbatdoshni tushuna olish ehtiyoji va qobiliyatiga egalik   ...  deyiladi.
2.   Pedagogga   xos   bo‘lib,   pedagogik   faoliyatni   oqilona   tashkillashtirish   va
olib   borilishiga   imkon   beradigan,   amaliy   vazifalarning   samarali   bajarilishini
ta’minlashda ahamiyatli bo‘lgan xususiyatlar  ...  sanaladi.
Javob:  
1. Muloqot jarayonini axloqiy me’yorlar, ijtimoiy talablarga muvofiq tashkil
etish asosida  suhbatdoshni  tushuna  olish ehtiyoji  va qobiliyatiga egalik    muloqot
madaniyati  deyiladi.
76 2.   Pedagogga   xos   bo‘lib,   pedagogik   faoliyatni   oqilona   tashkillashtirish   va
olib   borilishiga   imkon   beradigan,   amaliy   vazifalarning   samarali   bajarilishini
ta’minlashda ahamiyatli bo‘lgan xususiyatlar  pedagogik qobiliyat  sanaladi.
16.   Pedagogik   muloqot   vazifalarini   zarur   ketma-ketlikda   ifodalang:   1)
hamdard   bo‘lish;   2)   faoliyatni   tashkil   etish;   3)   shaxsni   o‘rganish   (bilish);   4)
axborot almashish.
Javob:  3, 4, 2, 1.
17.   Pedagogik   mahoratning   tarkibiy   qismlarini   quyidagi   tartibda
joylashtiring:   1)   pedagogik   odob;   2)   pedagogik   obro‘;   3)   pedagogik   qobiliyat;   4)
pedagogik madaniyat.
Pedagogga xos bo‘lib,
pedagogik faoliyatni
oqilona tashkil etish va
olib borilishiga imkon
beradigan, amaliy
vazifalarning samarali
bajarilishini ta’minlashda
ahamiyatli bo‘lgan
xususiyatlar O‘qituvchi oldiga
uning o‘ziga,
kasbiga, jamiyatga,
bolalarga va o‘quv-
tarbiya jarayonining
boshqa
ishtirokchilariga
munosabatda
bo‘lishiga nisbatan
qo‘yiladigan axloqiy
talablar tizimi Pedagogning
o‘quvchilar,
ularning ota-
onalari,
pedagogik jamoa,
jamiyat
tomonidan e’tirof
etilgan axloqiy
maqomi Pedagogning kasbiy
vazifalarni hal qilish
usul va vositalarini
o‘zlashtirganlik,
pedagogik
bilimdonlik, takt,
texnika va
madaniyatni
namoyon qila
olishning yuqori
darajasi
Javob:
3 1 2 4
18.   Pedagogik   muloqot   vazifalari   va   vositalarini   ajratib   ko‘rsating:   1)
shaxsni   o‘rganish ;   2)   nutq ;   3)   axborot   almashish ;   4)   paralingvistik   va
ekstralingvistik   tizimlar ;   5)   faoliyatni   tashkil   etish ;   6)   muloqotning   tashkiliy
ko‘lami   va   vaqti;   7)   hamdard   bo‘lish ;   8)   ko‘z   qarashlar   yordamida   tashkil
etiladigan aloqa; 9) belgilarning optik-kinetik tizimi. 
Pedagogik muloqot vazifalari va
vositalari Tartib raqami
Pedagogik muloqot vazifalar
Pedagogik muloqot vositalari
77 Javob:
Pedagogik muloqot vazifalari va
vositalari Tartib raqami
Pedagogik muloqot vazifalar 1, 3, 5, 7
Pedagogik muloqot vositalari 2, 4, 6, 8, 9
19. Qaysi javobda pedagogik odob turlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. 10 pedagogik hamdardlik; 2) pedagogik obro‘; 3) pedagogik hamkorlik;
4) pedagogik ijodkorlik.
V.   1)   kasbiy-pedagogik   burch;   2)   pedagogik   adolat;   3)   pedagogik
majburiyat; 4) pedagogik obro‘.
Javob :  V.
20.   Pedagogik muloqot vazifalari: 1) axborot almashish; 2) hamdard bo‘lish;
3) shaxsni o‘rganish; 4) faoliyatni tashkil etish.
2.4.2. Mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar
2.4.2.1. Mustaqil ta’lim mavzulari
1. Pedagogik faoliyat va uning mohiyati. 
2. Pedagogik faoliyatning asosiy yo‘nalishlari.
3. Pedagogik mahorat asoslari.
4. Pedagogik mahoratning asosiy kategoriyalari.
5. Pedagogik mahoratning tarkiiy qismlari.
6. Pedagogik tafakkur.
7. Peagogik kreativlik.
7813
4 2Жавоб: 8. Pedagogik refleksiya.
9. Pedagogik madaniyat.
10.  Pedagogik madaniyatning tarkibiy elementlari.
2.4.2.2. Mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar
Talabalar   mustaqil   ishini   tashkil   etishda   o‘qituvchining   rahbarligi,   nazorati
ostida   muayyan   o‘quv   ishlarini   mustaqil   bajarish   uchun   zarur   bilim,   ko‘nikma,
malakalarni shakllantirish va rivojlantirish maqsadi ko‘zlanadi.
Mustaqil ishini tashkil etishda har bir talabaning bilim, fan asoslarini  puxta
o‘zlashtirish   darajasi   va   qobiliyati   hisobga   olinadi.   Talabalarning   mustaqil   ishlari
quyidagi   shakllarda   tashkil   etiladi:   muayyan   mavzularni   o‘quv   adabiyotlari
yordamida   mustaqil   o‘zlashtirish;   berilgan   mavzular   bo‘yicha   referat   tayyorlash;
nazariy   bilimlarni   amaliyotda   qo‘llash;   seminar   mashg‘ulotlarini   tashkil   etishga
tayyorgarlik ko‘rish; o‘zlashtirilgan bilimlarga tayangan holda muayyan mavzular
mohiyatini yorituvchi maketlar, modellar, ijodiy ishlarni yaratish, ilmiy maqolalar,
nashr ishlarida chop etilgan pedagogik mazmundagi maqolalar yuzasidan taqrizlar
yozish, mualliflik dasturlari, ilmiy loyihalar, dars ishlanmalari, ma’naviy-ma’rifiy
ishlarning ssenariylarini tayyorlash.
Talabalar   mustaqil   ishini   nazorat   qilish   o‘quv   mashg‘ulotlarini   olib
boradigan o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talabalar   uchun   tegishli   fan   bo‘yicha   mustaqil   ish   topshiriqlari   mas’ul
kafedra professori tomonidan o‘quv mashg‘ulotini bevosita olib boruvchi  o‘qituvchi
bilan birgalikda tuzilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. 
Mustaqil ishni bajarish uchun talabalarga axborot manbasi sifatida darsliklar,
o‘quv   va   metodik   qo‘llanmalar,   metodik   ko‘rsatma,   tavsiyanomalar,   ma’lumotlar
to‘plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet materiallari, mavzu
bo‘yicha avval bajarilgan ishlar ro‘yxati, alfavitli katalog kabilar taqdim etiladi.
79 2.5.  “PEDAGOGIK MAHORATNING O‘QITUVChI
FAOLIYaTIDAGI O‘RNI” MODULINI
O‘QITIShGA OID  TAQDIMOT
80 XULOSA VA TAVSIYaLAR
1.   Ta’lim   tizimli   bilim   olishning   eng   muhim   va   ishonchli   usulidir.   Shu
sababli   ta’lim   jarayonining  sifatini   yaxshilash   va   samaradorligini   oshirish   muhim
pedagogik vazifa sanaladi.
2.   Har   qanday   ta’lim   o‘zida   o‘qituvchi   va   talabaning   faoliyati,   ya’ni,
o‘qituvchining   o‘rgatish   hamda   talabaning   o‘rganishga   yo‘naltirilgan   faoliyati,
boshqacha aytganda to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi.
3.   Zamonaviy   ta’limni   tashkil   etishga   qo‘yiladigan   muhim   talablardan   biri
ortiqcha   ruhiy   va   jismoniy   kuch   sarf   etmay,   qisqa   vaqt   ichida   yuksak   natijalarga
erishish hisoblanaldi.
4.   Qisqa   vaqt   orasida   muayyan   nazariy   bilimlarni   o‘quvchilarga   yetkazib
berish asosida ma’lum faoliyat ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, faoliyatini
nazorat   qilish,   ular   tomonidan   egallangan   nazariy   va   amaliy   bilimlar   darajasini
baholash   o‘qituvchidan   yuksak   pedagogik   mahoratni,   ta’lim   jarayoniga   nisbatan
yangicha yondashuvni talab etadi.
5.   Bugungi   kunda   rivojlangan   xorijiy   mamlakatlarda   ta’lim   jarayonining
sifatini oshirish, samaradorligini takomillashtirish borasida salmoqli ishlar amalga
oshirilmoqda.   Bu   borada   boy   tajriba   to‘plangan.   Ta’lim   jarayonining
samaradorligini   ta’minlash   borasida   to‘plangan   mavjud   tajribalar   orasida   modulli
o‘qitish   hamda   ta’lim   jarayonida   interfaol   metodlarni   qo‘llash   tajribasi   alohida
o‘rin tutmoqda.
6.   Rivojlangan   mamlakatlarda   o‘quvchilarning   o‘quv   va   ijodiy   faolliklarini
oshiruvchi,   ta’lim-tarbiya   jarayonining   samaradorligini   kafolatlovchi   pedagogik
texnologiyalarni   qo‘llashga   doir   katta   tajriba   to‘plangan   bo‘lib,   bu   tajriba   asosini
interfaol metodlar tashkil etmoqda.
7. Bu turdagi metodlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim oluvchilarda o‘quv-bilish
faolligini oshirish, ularni kichik guruh va jamoada ishlash, o‘rganilayotgan mavzu,
muammolar   bo‘yicha   shaxsiy   qarashlarini   dadil,   erkin   ifodalash,   o‘z   fikrlarini
himoya   qilish,   dalillar   bilan   asoslash,   tengdoshlarini   tinglay   olish,   g‘oyalarni
81 yanada   boyitish,   bildirilgan   mavjud   mulohazalar   orasidan   eng   maqbul   yechimni
tanlab   olishga   rag‘batlantirish   imkoniyatiga   egaligi   bilan   alohida   ahamiyat   kasb
etadi.
Chiqarilgan   xulosalar   asosida   “Ta’lim   jarayoni”   modulini   o‘qitishda
interfaol   metodlardan   samarali   foydalanish   yuzasidan   quyidagi   tavsiyalarni   ilgari
surish mumkin:
-   ilg‘or   xorijiy   tajribalar   sifatida   ta’lim   jarayonida   interfaol   metodlarni
qo‘llash   orqali   OTMda   o‘qitish   sifatini   yaxshilash   va   samaradorligini   oshirishga
erishish;
-   respublika   oliy   ta’lim   muassasalari   faoliyatiga   rivojlangan   xorijiy
mamlakatlar   ta’limi   amaliyotida   qo‘llanilayotgan   ilg‘or   tajribalar   va   zamonaviy
pedagogik  texnologiyalarni   samarali  tatbiq  etish  orqali  bu  borada  pedagoglarning
ish   tajribalarini   boyitish   va   ularda   ta’lim   jarayonini   samarali   tashkil   etishga
nisbatan ijodiy, innovatsion yondashuvni qaror toptirish;
-   OTMda   talabalarning   o‘quv-bilish   faolligini   oshirishga   alohida   e’tibor
qaratilgan   holda   ta’lim   sifatini   oshirish   va   samaradorligini   ta’minlashga   doir
mahalliy tajribalarni to‘plash, ularni ommalashtirish.
F OYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.  – T.:  O‘zbekiston, 2015.
82 2. O‘zbekiston   Respublikasining   “Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi”   /
Barkamol   avlod   –   O‘zbekiston   taraqqiyotining   poydevori.   –   T.:   Sharq   nashriyot-
matbaa konserni. 1997. 
3. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (1997 yil 29
avgustda   qabul   qilingan   /   Barkamol   avlod   –   O‘zbekiston   taraqqiyotining
poydevori. – T.:  O‘zbekiston, 1997.
4. Karimov   I.A.Barkamol   avlod   orzusi   /   Tuzuvchilar   Sh.Qurbonov,
H.Saidov, R.Ahliddinov. Nashr uchun mas’ul: T.Risqiev. – T.: Sharq NMK Bosh
tahririyati, 1999. 
5. Karimov.   I.A.   Barkamol   avlod   –   O‘zbekiston   taraqqiyotining
poydevori. – T.: O‘zbekiston, 1997. 
6. Karimov   I.A.   O‘zbekiston   XXI   asrga   intilmoqda.   T.   “O‘zbekiston”,
1999. 
7. Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch.   –   T.:   Ma’naviyat,
2008. 
8. Karimov   I.A.   Ona   yurtimiz   baxtu   iqboli   va   buyuk   kelajagi   yo‘lida
xizmat qilish-eng oliy saodat. -T., O‘zbekiston, 2015.
9. Abdurasulov   G‘.R.   “Pedagogik   mahorat”   fanidan   oraliq   va   yakuniy
nazorat savollari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma. – Jizzax:  Jizzax, 2010.
10. Axmedjanov   M.M.,   Xo‘jaev   B.Q.,   Hasanova   Z.D.   Pedagogik   mahorat   /
Darslik. – T.: “Fan va texnologiyalar”, 2008.
11. Karimjonov A. Pedagogik tizimni boshqarish asoslari / O‘quv qo‘ll. – T.:
Nizomiy nomidagi TDPU, 2007.
12.   Mirzaxmedova Sh.A.   “Pedagogik mahorat”   fanida n ma’ruzalar matni. –
T.:   Toshkent avtomobil-y o‘ llar instituti , 2010.
13. Muloqot psixologiyasi / Tuzuv.: X.G‘.Sharafutdinova. – Termez: Termez
DU, 2008.
14.   Pedagogika   /   Darslik   /   Prof.   M..Toxtaxodjaevaning   umumiy   ta’riri
ostida. – T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010. 
83 15.   Pedagogika   /   Nopedagogik   oliy   ta’lim   muassasalari   uchun   darslik.
U.Inoyatov,   N.Muslimov,   D.Ro‘zieva,   M.Usmonboeva.   –   T.:   Nizomiy   nomidagi
TDPU, 2013.  
16.     Pedagogik a:   1000   ta   savolga   10 00  ta   javob   /   Met.   qo‘ll.   U.I.Inoyatov,
N.A.Muslimov,   M.Usmonboeva,   D.Inog‘omova.   –   T.:   Nizomiy   nomidagi
Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2012. 
17.   “P edagogik mahorat” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish / Met.
qo‘ll.  Tuzuv.:  M.Barakaev, J.I.Alimjonova, A.Sodiqova. – T.: TKTI, 2007.  
18.   “Pedagogik   mahorat   va   texnika”   fanidan   ma’ruzalar   matni   /   Tuzuv.:
A.Choriev, B.Xidirova. – Qarshi: Qarshi DU, 2009.
19.   Pedagogik mahorat / O‘quv qo‘ll. Tuzuv.: D.Abdurahimova. – T.: “Fan
va texnologiyalar”, 2007
20.   Rasulova   L.Sh.,   Aripova   Sh.   “Pedagogik   mahorat”   fanidan   ma’ruza,
seminar va amaliy mashg‘ulot ishlanmasi. – Farg‘ona: FarDU, 2008.
21.  Ro‘zieva D., Usmonboeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati
va   qo‘llanilishi   /   Met.qo‘ll.   –   T.:   Nizomiy   nomidagi   Toshkent   davlat   pedagogika
universiteti, 2013.
22.    Salaeva M.S. Pedagogik mahorat asoslari. Muammoli ma’ruzalar kursi.
– T.: TTESI, 2007.
23.   Turg‘unboev K., Tolipov M., Oxunov I. Pedagogik mahorat  asoslari. –
Qo‘qon: Muqimiy nomidagi QDPI, 2006
24.   Erkaboeva   N.,   Usmonboeva   M.,   Irgashova   M.,   Xo‘janazarova   N.
Pedagogik mahorat: sxema va rasmlarda. – T.: “Navro’z”, 2012. 
25.  Qosimova Z. Pedagogik mahorat. – T.: Fan, 2009. 
26.  http://imp.rudn.ru/psychology/pedagogical_psychology/13.html.53. 
27.  http://ziyonet.uz.uzc.education.system.college.
28.   http://www.tdpu.uz . 
84

“PEDAGOGIK MAHORATNING O‘QITUVChI FAOLIYaTIDAGI O‘RNI” MODULINI O‘QITIShGA TEXNOLOGIK YoNDAShUV MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY IShI

BITIRUV MALAKAVIY IShINING MUNDARIJASI KIRISh ........................................................................................ 3 I BOB. “UMUMIY PEDAGOGIKA” FANINI O‘QITIShNING NAZARIY MASALALARI....................................................... 8 1.1. Ta’lim sifatiga erishish “Umumiy pedagogika” fani taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari sifatida...................... 8 1.2. Bolonya jarayoni – o‘qitishdagi ilg‘or xorijiy tajriba........ 13 II BOB. “PEDAGOGIK MAHORATNING O‘QITUVChI FAOLIYaTIDAGI O‘RNI” MODULINI O‘QITIShGA TEXNOLOGIK YoNDAShUV ELEKTRON O‘QUV MODULI IShLANMASI .... ............................................... 24 2.1. “Umumiy pedagogika” fani dasturining qisqacha tavsifi..... 24 2.2. “Pedagogik mahoratning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni” mavzusidagi mashg‘uloti uchun tayyorlangan ma’ruza matni...... 28 2.2.1. “Pedagogik mahoratning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni” mavzusi bo‘yicha keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar ................................................................................... 49 2.2.2. “Talabalarda pedagogik tafakkurni shakllantirish” mavzusida tadqiqot xarakteridagi amaliy mashg‘ulot ishlanmasi............ 56 2.2.3. “Pedagogik mahoratning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni” mavzusi bo‘yicha glossariy.......................................................... 69 2.4. “Pedagogik mahoratning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni” mavzusidagi nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar.................................................................. 72 2.5. “Pedagogik mahoratning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni” mavzusidagi taqdimot.................................................................. 81 Xulosa va tavsiyalar ................................................................... 94 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………...... 96 2

3

KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy sharoitda har bir jamiyatning taraqqiyotida ijtimoiy omillardan biri ta’lim tizimining rivoji deb e’tirof etilgan. Binobarin, yosh avlodning kamoloti bevosita ta’lim tizimining mazmuni va uning o‘zida qay darajada aks etishiga bog‘liq. O‘qitish tizimining sifat va samaradorlik holatini ta’minlashda esa yetakchi asos o‘qituvchi shaxsining ma’naviy-axloqiy qiyofasi, tafakkuri va kasbiy mahorat sanaladi. O‘qituvchining ma’naviyati va mahorati kishilik jamiyatining pedagogik soha shakllangan deyarli barcha bosqichlarida shaxs kamolotini belgilovchi yetakchi mezon sifatida e’tirof etib kelinmoqda. Darhaqiqat, o‘qituvchining bilimdonligi, boy madaniyati, hissiy yetukligi, ta’lim oluvchilarga nisbatan ijobiy yondashuvi va albatta, ta’lim-tarbiya jarayonini yuksak mahorat bilan tashkil eta olishi yosh avlodni har tomonlama kamol topishini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda mahoratli o‘qituvchilarni tayyorlashga bo‘lgan ijtimoiy talab yanada oshdi. Zero, bu yillar umumbashariy globallashuv jarayoniga to‘g‘ri keldi. Axborotning katta oqimi, shaxslararo munosabatlarda axborot almashinuvining tezkorligi o‘z-o‘zidan bugungi kun o‘qituvchi zimmasiga turli ijtimoiy to‘siqlarga nisbatan bardoshli, immunitetga ega yoshlarni tarbiyalash vazifasini qo‘ymoqda. Ta’lim maqsadlariga erishish, ta’lim oluvchilarning turli (bilish, tadqiqotchilik, ijtimoiy va b.) faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatkash, ishbilarmon, barkamol shaxs etib tarbiyalash o‘qituvchilar zimmasiga ulkan mas’uliyatni yuklaydi. Yosh avlod kamoloti timsolida jamiyat ravnaqi, yurt istiqboli ta’minlanadi. Shunday ekan, jamiyatning istiqboli ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning saviyasi, kasbiy tayyorgarligi, fidoyiligi, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalashdan iborat faoliyatiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. 4

O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o‘kituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariya asoslarinigina o‘zlashtirishning o‘zi yetarli emas. Zero, pedagogik nazariya shaxsni o‘qitish va tarbiyalashning umumiy qoidalari, qonuniyatlari, tamoyillari, metodik g‘oyalarini nazariy jihatdan yoritib beradi. Ta’lim jarayonini tashkil etish esa amaliy xarakter kasb etadi. Bu jarayonda kutilmagan tasodif tufayli ba’zan nazariy jihatdan asoslangan g‘oyalar bo‘yicha ish ko‘rish ijobiy natijani kafolatlay olmaydi. Ta’lim amaliyotida har bir voqea, hodisa, jarayonga uning mohiyatidan kelib chiqqan holda individual yondashish talab etiladi. Bu esa o‘z-o‘zidan o‘qituvchining bilimdon, mahoratli, tadbirli bo‘lishini zarurligini taqozo etadi. Pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli, samarali olib borish uchun o‘qituvchi o‘z kasbining ustasi bo‘la olishi zarur, qolaversa, u soha muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat qiladigan sifatlar, pedagogik qobiliyat, jismoniy, ruhiy va amaliy tayyorgarlikka ham ega bo‘la olishi zarur. Mavzuning o‘rganilish darajasi. Kishilik tarixi taraqqiyotidan yaxshi ma’lumki, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi hamda keng ko‘lamga ega bo‘lib borishi bilan birga yosh avlod ta’limi va tarbiyasini tashkil etish, bu borada yuqori natijalarni qo‘lga kiritishga alohida e’tibor qaratila boshlagan. Yosh avlod kamolotini ta’minlashda muhim rol o‘ynovchi sub’ektlar sirasida o‘qituvchi va uning roli behad qadrlangan. Asrlar davomida o‘qituvchi shaxsiga nisbatan alohida hurmat ko‘rsatilib qolmasdan, o‘z navbatida uning ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilgan va yuksak talablar qo‘yilgan. Ana shunday talablar mohiyati ilk yozma manba sanaluvchi «Avesto», Islom dinining muqaddas manbalaridan biri bo‘lgan «Hadis», shuningdek, ulug‘ mutafakkirlar – Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va boshqalar tomonidan yaratilgan asarlar mazmunida ham o‘z ifodasini topgan. 5