NUTK TEXNIKASI VA MADANIYaTI - PEDAGOGIK TEXNIKANING ASSOSIY OMILLARIDAN BIRI
« NUTK TEXNIKASI VA MADANIYaTI - PEDAGOGIK TEXNIKANING ASSOSIY OMILLARIDAN BIRI » mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY IShI
BITIRUV MALAKAVIY IShINING MUNDARIJASI Kirish .............................................................................................................. 1 BOB. Pedagogik texnikani shakllantirishning nazariy masalalari. 1.1. Pedagogik texnikani shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari. pedagogik muammo sifatida. 1.2. Pedagogik texnikani shakllantirishda nutq texnikasi va madaniyatining o‘rni. 2 BOB. “Pedagogik mahorat” fanidan ELEKTRON O‘QUV MODULI IShLANMASI 2.1. O‘quv fani dasturining qisqacha tavsifi (Sillabus) 2.2. Ma’ruza matni 2.3. Fan yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar. 2.4. Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar. 2.5. Fan mavzulari yuzasidan taqdimotlar. 2.6. Xulosa va tavsiyalar
Kirish. Mavzuning dolzarbligi . Ijtimoiy-siyosiy mustaqillikka erishish O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Bu davrda, barcha sohalarda bo‘lgani kabi, ta’lim va tarbiya soxasida ham yosh avlodga jahon ta’limi andozalariga muvofiq bilim berish va uni milliy qadriyatlarimiz negizida tarbiyalashning ijtimoiy-xuquqiy asoslari ishlab chiqildi. Prezidentimiz I.A.Karimov “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” mavzusidagi ma’ruzalarida shunday deydilar: “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Ana shunday buyuk vazifalar va ularni amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablag‘lar haqida gapirar ekanmiz, ertangi kunimiz uchun, bolalarimiz, farzandlarimizning baxti uchun mehnat qilish, fidoyilik ko‘rsatish – bu barchamizning muqaddas burchimizdir, desam, o‘ylaymanki, butun xalqimizning fikrini ifoda qilgan bo‘laman”. 1 Bozor iqtisodiyoti munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilgan hozirgi davrda shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni yaqqol namoyon bo‘la boshladi. Endi Davlat va jamiyat o‘z hayotida yetakchi mavqeni egallaydigan shaxsning ma’rifiy-madaniy qiyofasini shakllantirish, uni har tomonlama uyg‘un rivojlantirish haqida g‘amxo‘rlik qilmoqda. Bu g‘amxo‘rlik natijasida ta’lim O‘zbekiston Respublikasining Davlat siyosatida ustuvor bo‘ldi. Xuddi mana shu siyosat natijasida mustaqil mamlakatning ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish jarayoni boshlandi. Bu jarayon, birinchi navbatda, pedagogika fanining tadqiqot ob’ektini kengaytirdi. Ushbu sohada mavjud bo‘lgan ichki qarama-qarshiliklarni bartaraf etish zaruriyatini qo‘ydi. Pedagogika fanining muhim vazifalaridan biri – ta’limning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, uning maqsad va vazifalari, ta’lim darajalari, ta’lim-tarbiyani amalga 1 Каримов И.А. Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. Халқ сўзи. 2010 йил 30 январь, № 21.
oshirish mexanizmlari, uzluksiz ta’lim tizimi komponentlari, ta’lim jarayonining mazmuni, ta’lim natijasiga qo‘yiladigan talablarning shaxs, Davlat hamda jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan yondashilgan holda ishlab chiqilishida namoyon bo‘ladi. Ta’limning maqsad va vazifalari, uning mazmunini aniqlaganda, pedagogika fani, birinchi navbatdagi masalaga shaxsni rivojlantirish, uning manfaatlarini Davlat va jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashtirish, shaxs faoliyati, dunyoqarashini Davlat va jamiyatni rivojlantiruvchi omil darajasiga ko‘tarishga erishishni nazarda tutmog‘i lozim. Bunda ta’limni shaxs va jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi mexanizm darajasida asoslash nazarda tutiladi. Pedagogik faoliyatda muloqot ta’lim oluvchilarga zamon talablari asosida ta’lim berish vazifalarini hal qilish vositasi, tarbiyaviy jarayonlarni ijtimoiy- pedagogik jihatdan ta’minlash tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Ta’lim jarayonida pedagogik va nutqiy texnika, madaniyat sohibi bo‘lishga undaladi, o‘qituvchi esa bu jarayonni faollashtiruvchisi sifatida maydonga chiqadi, uni tashkil etadi va boshqaradi. Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi Qonuni, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa hujjatlarda o‘qituvchining mahoratini belgilovchi pedagogik texnikaga ham alohida e’tibor berilgan. Shu sababli nutq texnikasi va madaniyatini o‘z ichiga oluvchi pedagogik texnikani shakllantirishni dolzarb masala deb belgiladik. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Nutq madaniyati, so‘zlashish odobi haqida buyuk allomalar, mutafakkirlarimizning fikr-mulohazalari, asarlari bizgacha yetib kelgan va tarbiyaviy ahamiyatini hanuzgacha saqlagan. Shuningdek, ma’rifatparvar yozuvchi-shoirlarimiz, arboblarimiz ham bu borada katta meros qoldirganlar. Zamondoshlar ichida ham ushbu mavzu ustida qator ilmiy ishlar, izlanishlar olib borilgan. T.Qudratovning “Nutq madaniyati asoslari”, .Maxmudovning “O‘qituvchi nutqi madaniyati”,
S.Mo‘minovning “So‘zlashish san’ati”, E.Begmatov, A.Boboevalarning “O‘zbek nutqi madaniyat “ ocherklari, N.Maxmudovning “Ma’rifat manzillari” risolasi, A.Xoliqovning “Pedagogik mahorat”, X. Ibragimov, X.Ibragimov, Sh.Abdullaevalarning “Pedagogika” o‘quv qo‘llanmalari shular jumlasidandir. Bundan tashqari kompetentlik, kasbiy kompetentlik, kommunikativ, nutqiy kompetentlik, uni yoshlarda shakllantirish haqidagi ilmiy tadqiqot natijalari Rus olimlaridan Markova A.K., Golovko Ye.A., Zimnyaya I.A., Zyabkina I.G. kabilar ham mazkur mavzuni keng yoritib berganlar. (Adabiyotlar ro‘yxatiga qarang). N. Muslimovning “ Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi” monografiyasi, , N. Muslimov, M.Mutalipovalarning “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligini shakllantirish texnologiyasi” metodik qo‘llanmasi ham shular jumlasidandir. Tadqiqotning maqsadi: Bo‘lajak o‘ qituvchilarda pedagogik texnika omillaridan nutq texnikasi va madaniyatini shakllantirish uslublarini aniqlash. Tadqiqotning ilmiy farazi: Agar bo‘lajak o‘ qituvchidagi pedagogik texnikani shakllantirish uslublari aniqlansa: - ta’lim va tarbiyaning birligiga erishiladi; - bo‘lajak o‘ qituvchining pedagogik texnikasi, muloqot texnikasi va muomala madaniyati tarbiyasi, nutqiy kompetentlik samaradorligi ortadi; - bo‘lajak o‘qituvchilarning nutqiy kompetentlik haqidagi bilimlari kengayadi. Tadqiqotning ob’ekti: Bo‘lajak o‘ qituvchidagi nutq texnikasi va madaniyati, pedagogik texnikani shakllantirish jarayoni. Tadqiqotning predmeti: Bo‘lajak o‘ qituvchidagi nutq texnikasi va madaniyati, pedagogik texnikani shakllantirish mazmuni. Tadqiqotning vazifalari: 1. Bo‘lajak o‘ qituvchidagi pedagogik texnikani shakllantirishga oid ijtimoiy, pedagogik va metodik manbalarni tahlil qilish.