Qang' davlati moddiy madaniyati
![Qang' davlati moddiy madaniyati
Reja:
Kirish.
1. Qang' davlatining vujudga kelishi
2. Qang' davlati tarixshunosligiga oid ma'lumotlar
3.Qang' davlati moddiy madaniyati
4.Qang' davlati ma'naviy madaniyati
5. Qang' davlatining parchalanib ketishi
6. Xulosa](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_1.png)
![Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Salavkiylar sulolasi bilan doimiy
ravishda olib borilgan kurashlar natijasida mil.avv. III asrning boshlarida Qang`
davlati paydo bo`ldi. Keyinchalik Yunon-Baqtriya davlati hamda ko`chmanchi
qabilalar bilan kurashlar natijasida Qang` davlati yanada mustahkamlandi va ayrim
manbalarda O`rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida eslatiladi. Bu
davlatning asosiy negizini Sirdaryoning o`rta oqimida yashovchi qang`lar tashkil
etganlar. Mil. avv. II asrning boshlariga kelib Qang` davlatining yerlari birmuncha
kengayib sharqda Farg`ona vodiysi (Dovon), shimoli-sharqda usun, yuyechji
qabilalari bilan shimoli-g`arbda Sarisu daryosi, g`arbda, Sirdaryogacha borgan. Bu
katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu vodiysining quyi
oqimidagi yerlarni o`z ichiga olib Qang` davlatining asosiy yerlari hisoblangan,
Mil.aw.II-I asrlarda qang`liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig`idagi yerlarni va
Xorazmni o`zlariga bo`ysundiradilar.Qadiragi manbalarda Qang` davlat hokimiyati
qay tarzda idora qilinganligi haqida aniq ma'lumotlar berilmagan. Katta Xan
sulolasi tarixida (milavv. 202-mil. 25 yy.) faqat bir marta Qang`uy (Qang`)
podshosi o`z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi eslatib o`tiladi.
Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo`lsak, Qang` davlati kengashida
qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol ishtirok etganlar. Podsho saroyi
qoshidagi kengashda davlatning ichki hamda tashqi siyosati va boshqa barcha
muhim masalalar maslahat bilan halqilingan.Qang` davlatiga qarashli yerlar bir
necha viloyatlarga bo`linib ularning har birini alohida hokim boshqargan. Viloyat
boshliqlari jobu yoki yobu (Xitoy manbalarida-chjavou) deb atalgan. Qang`
hukmdorlari mamlakatni ana shu jobularga tayanib idora etgan. Bu viloyatlarning
ko`pchiligi Qang` davlatining kuchaygan davrlarida, ya'ni, milavv. II-I asrlarda
tobe etilgan. Xitoy manbalarida qang`arlarga qarashli beshta: Susye, Fumu, Yuni,
Gu, Yuyechyan viloyatlari eslatib o`tiladi. Tadqiqotchilar ularni qadimgi Toshkent,
Sug`diyona va Xorazm hududlarida joylashgan deb hisoblaydilar.Manbalarda](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_2.png)
![Qang` podsholarining ikkita: yozgi va qishg` qarorgohlari eslatiladi. Ular yozni
o`trorda (hozirgi Qozog`istondagi Arj va Turkiston oralig`ida) qishni esa Qanqa
(Qanxa, hozirgi Toshkem viloyati Oqqo`rg`on tumanida) o`tkazganlar. O`troq
aholidan tashqari Qang` davlatining chegaralarida bir qancha qabilaiar mavjud
bo`lib, uni dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug`ullaninib
kelganlar. Ular bahor va yoz mavsumlarida o`z chorvalari bilan ko`chib yozgi
yaylovlarda yashaganlar. Qishda esa chorvalari bilan o`z an'anaviy qishlov
joylariga qaytib kelganlar. Qang`lar podsholari va beklari yirik chorvadorlar bo`lib,
ular issiq kunlarni yaylov joylarida, yozgj qarorgohlarida
o`tkazganlar.Sirdaryoning O`rta oqimida yashovchi aholining ma'lum qistni
mil.avv. III-milodiy V asrlarda o`troq hayot kechirganlar. Arxeologik tadqiqotlar
natijalariga qaraganda, o`tror, Oqtepa, Qorovultepa, Qovunchi, Choshtepa,
Mingo`rik xarobalari o`rnida qang`arlarning qo'rg`onlari va ko`xna shaharlari
bо`lgan. Shahar va qishloqlarda yashovchi o`troq xalqlar ko`chmanchi va yarim
ko`chmanchi aholiga nisbatan yuqori turganlar. Toshkent vohasida yashovchilar
asosanj dehqonchilik va bog`dorchilik bitan shug`ullanganlar. Ular arpa, bug`doy,
tariq, no`xat, sholi va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar. Mevali daraxtzor va
uzumzorlari ko`p bо`lgan. Sirdaryoning O`rta oqimidaj yashovchi qang`arlar
asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanganlar.Qoramozor, Qurama
va Chotqol tog`larida temirchilik, misgarlik hunarining rivojlanishi uchun kerakli
ma`danlar bо`lgan. Bu joylardan juda ko`plab mis, temir, kumush va boshqa
metallar olingan. Ustalar turli metallarni bir-biriga qo`shib, mustahkam qurollar
yasashni hamj o`zlashtirganlar. Shuningdek, kundalik ehtiyoj buyumlari ishlab
chiqarilib ichki va tashqi savdo uchun turli mahsulotlar tayyorlangan.Qang`
shaharlari qalin va baland devorlar bilan o`ralgan. Devorlarning tashqarisida qal'a
atrofi gir aylantirilib chuqur va keng.qilib handaq qazilgan. Shaharlar ichida
mustahkam istehkom (ark) va shahristonlarning ham baland mudofaa devorlari, bir](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_3.png)
![necha darvozalari bо`lgan. Yirik shaharlardan tashqari, Toshkent vohasida yuzga
yaqin aholi yashaydigan katta va kichik qo`rg`onlar ham mavjud
bо`lgan.Qang`arlarga xos madaniyat Toshkent vohasidagi Qovunchitepadan topib
o`rganilgan bo`lib, fanda Qovulichi madaniyati nomi bilan mashhurdir. Arxeologik
topilmalar ma`lumotlariga qaraganda bu maniyat asosan Toshkent vohasi, Sirdaryo
o`rta oqimi, Yettisuv va Shimoliy Farg`onada keng tarqalgan. Sirdaryoning o`rta
oqimida yashovchi xalqlarning So`g`diyona, Farg`ona va Tyanshan tog`ining
shimoli-sharqiy qismida yashovchi xalqlar bilan yaqin aloqada bо`lganligi tufayli
Qovunchi madaniyati ancha taraqqiy etgan.Milodiy V asr o`rtalariga kelib
qang`arlar yeridagi o`troq va qisman o`troq aholi O`rta Osiyoda yangidan tashkil
topgan Yeftalitlar davlatiga tobe bo`ldilar.Mil. avv. 1 ming yillikning so`nggi
choragida O`rta Osiyoning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida ham qadimgi
(antik) davlatlar rivojlanadi. Xususan, mil. avv. II-I asrlarga oid Xitoy manbalari
dehqonchilik va chorvachilik, ayniqsa yilqichilik keng rivojlangan Dovon (Davun,
Farg`ona) davlati haqida ma'lumotlar beradi. Tadqiqotchilarning fikrlariga
qaraganda, Dovon davlati ma'lum siyosiy uyushmani tashkil etgan bo`lib, davlatni
boshqaravchi hukmdor manbalarda "van" (podsho) unvoni bilan ish yuritgani
ta'kidlanadi. Davlat hukmdori maralakatning siyosiy va diniy hayotida katta
ahamiyatga ega bо`lgan oqsoqollar kengashiga tayanib ish ko`rgan. Oqsoqoliar
urush va sulh tuzish masalalarini hal etishda ishtirok etganlar, ba'zan uiar
hukmdorning taqdirini hal etganlar.Manbalar Dovon davlatining poytaxtlari - bosh
shahar Ershi va ikkinchi shahar Yuchen (davlatning sharqida) haqida ma'lumotlar
beradi. Tadqiqotchilar bosh shaharni Marhamat (Atvdijon vil.) va ikkinchi shaharni
Shurabashot (o`zgand vohasi Qirg`.) o`rnida bо`lgan deb hisoblaydilar. Farg`ona
vohasi hududlarida ko`chib yurgan chorvador va ko`chmanchi qabilalar Dovon
tarixida muhim ahamiyatga ega bо`lganlar. Bu qabilalar uchun Farg`ona madaniy
va hunarmandchillk markazi hisoblangan.Mil. avv. II asrdan boshlab Qashg`ardan](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_4.png)
![Dovonga shimoliy yo`ldan karvon yo`li harakati boshlanadi. Bu yo`ldan ipak va
boshqa mahsulotlarning xatqaro tranzit savdosi amalga osha boshlaydi. Bu paytga
kelib Dovon aholisi ko`paya boshlaydi va ko`plab mustahkamlangan aholi
manzilgohlari paydp bo`ladi. Savdo yo`lida Dovon muhim ahamiyatga ega bo`la
boradi. Tadqiqotchilar fikricha, Yassa va Qoradaryo vohalarida ko`pgina qal'alar
savdo yo`lini qo`riqlash maqsadidabarpo etiladi.Mil. avv. 125-yilda Dovonga
kelgan mashhur Xitoy sayohatchisi Chjan Syan Dovonning qishloq xo`jaligi
haqida ma'-lumot berib, shunday . yozadi: "O`troq aholi yer haydaydi, g`alla va
sholi ekadi, ularda musallas navli uzurn, juda ko`plab yaxshi otlar bor". Bu
ma'lumot qadimgi Farg`onada dehqonchilik madaniyati yuqori darajada
rivojlanganligini isbotlaydi. Xitoyliklarni ayniqsa, o`zlari uchun notanish bо`lgan
beda va uzum hayratga solgan. Manbada yana shunday ma'lumot bor:"Xitoy
elchisi urug` keltirdi, shunda osmon farzandi (Xitoy irnperatori) unumdor yerga
beda va uzum ekdi".Xitoy manbalari, shuningdek, qadimgi Farg`ona
chorvachiligining o`ziga xos tomoni bо`lgan yilqichilikning yuqori darajada
rivojlanganligi haqida ham ma'lumotlar beradi. Dovon o`lkasi qadimgi (antik)
davrda mashhur zotdor otlari bilan shuhrat qozongan edi. Manbalardan ma'lum
bo`lishicha, ularni yetishtirish bilan o`troq aholi shug`ullangan. " Dovonda yaxshi
otlar bo`lib ular Ershi shaharidadir, otlarni yashiradilar va Xan elchisiga berishga
rozi bo`lmaydilar". Dovonning mashhur "samoviy otlari" tasvirlari tushirilgan
qoyatosh suratlari bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan.Xususan, o`shdan 8
km uzoqlikdagi Ayrimchatovdagi qoya adirlarda 30 ta chiroyli zotdor otlarning
tasvirlari bor. Xuddi shunga o`xshash tasvirlar Marhamat yaqinidagi Aravon
qoyasidan, Navqat vohasi va Obishirsoydan ham topilgan. Bu tasvirlar Dovon
o`zining samoviy otlari bilan qadimdan mashhur bо`lganligini tasdiqlabgina
qoJmay, farg`onaliklarning yuksak tasviriy san'at sohiblari bо`lganligidan ham
dalolat beradi.Manbalarning guvohlik berishicha, qo`shni davlatlar, xususan Xitoy](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_5.png)
![imperatorlari Dovon otlarini nihoyatda qadrlaganlar. Otlar va Dovonning serunum
yerlari uchun mil. avv. II asrning oxirlarida Xitoy va Dovon O`rtasida harbiy
to`qnashuvlar ham bo`lib o`tgan. Bu to`qnashuvlarda dovonliklar o`z
mustaqilliklarini saqlab qolishga muvaffaq bо`lganlar.Milodning I-II asrlarga kelib
qadimgi Farg`ona aholisining o`troq dexqonchilik madaniyati yuqori darajaga
ko`tariladi. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Farg`ona vodiysida bu
davrga oid ko`p sonli aholi manzilgohlari, qal'alar, qo`rg`onlar, ko`hna shaharlar
xarobalari aniqlangan. Aholi manzilgohlarini vodiyning turli hududlarida keng
yoyilishi sug`orma dehqonchilik va irrigatsiya ishlarining yuqori darajada
rivojlanishi natijasi edi. Davlatning siyosiy va madaniy rivojlanishida
hunarmandchilik markazlari bо`lgan qadimgi shaharlar ayniqsa katta ahamiyatga
ega bo`ldi.Bu davrga oid arxeologik topilmalar dehqonchilikdan ixtisoslashgan
hunaimandchilikning ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Bu jarayon o`z
navbatida hunarmandchilik va tog`-kon sanoatining (turli ma'danlar qazib olish)
yanada rivojlanishi uehun keng imkoniyatlar yaratdi.Hunarmandchilikning
rivojlanishi va qadimgi yo`llarning mavjudligi tufayli Farg`ona vodiysida Sharqiy
Turkiston bilan olib borilgan tashqi savdo bilan bir qatorda, atrofdagi tog`
vodiylarida yashovchi chorvadorlar bilan ham o`zaro almashinuv rivojlanadi.
Antik davr Farg`ona yodgorliklarining ayriralarida Xitoy tangalari (u-shi) uchrasa
ham mahalliy tangalar uchramaydi. Bu hol natural xo`jalik (mahsulot ayirboshlash)
ustunligidan dalolat beradi.Tarixiy manbalar Yunon-Baqtriya davlati ko`chmanchi
qabilalar tomonidan tor-mor etilganligi eslatiladi. Strabon ma'lutnotlariga ko`ra,
Baqtriyani assiylar, passianlar, toxarlar, sakaravr qabilalari bosib oladilar. Pompey
Trog xabar berishicha, "Baqlriya va So`g`diyonani skif qabilalari sarauklar va
assianlar bosib oladilar". Tadqiqotchilaniing fikricha har ikkala tarixchi bitta qabila
haqida ma'lumot bergan.Qadimgi Xitoy manbalari Baqtriyani yuyechji qabilalari
bosib olganligi haqida ma'lumot beradi. Mil. aw. II asrning ikkinchi choragida](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_6.png)
![(tadqiqotchilar bu sanani mil. aw. 172-16-yillar oralig`ida deb belgilaydilar)
yuyechjilar xunnlardan mag`lubiyatga uchraganidan so`ng O`rta Osiyoning
shimoliy hududlarida ko`chib yuradilar. Bu qabilalar Xitoy raanbalarida "Da-
yuyechji" - "Buyuk" yoki "Katta Yuyechji" deb eslatiladi. Chjan Szyan
ma'lutriotlariga ko`ra, yuyechjilar xunn qabilalaridan mag`lubiyatga uchragach
O`rta Osiyoning janubiga tomon harakat qilib, Dahya (Baqtriya)ni bosib oladilar
va Guyshuy (Amudaryo)ning shimoliy tomonida joylashadilar. To`ng`ich Xan uyi
tarixida ham yuyecbjilar Guyshuy daryosining shimoliy tomonida o`z
poytaxtlariga asos solganliklari ta'kidlanadi.Tadqiqotchilarning fikrlariga
qaraganda, yuyechjilar mil. avv. 140-130 yillar oralig`ida Baqtriyaga bostirib
kirganlar. Oradan ko`p o`tmay Baqtriyada Katta yuyechji davlati tashkil topadi.
Kichik Xan uyi tarixi ma'lumotlariga ko`ra, Katta yuyechji hukmdorlari ko'1 ostida
beshta hokimlik (Xi-xeu) bor bo`lib, ular Xyurai, Shaunmi, Guyshuan, Xise va
Dumilardan iborat edi. Xitoy manbalaridan xulosa chiqargan ko`pchilik
tadqiqotchilar Baqtriya tarixidagi butun yuyechji davrini uchta bosqichga
bo`ladilar.
1. Mil. avv. 139-125-yillar - Katta yuyechji Dahya viloyatini bosib oladi, ammo
ularaing asosiy mulklari Amudaryodan shimol tomonda edi.
2. Mil. avv. 25 yilga qadar - Katta yuyechji davlatining shakllanishi va keyingi
rivojlanishi. Davlatning poytaxti Amudaryodan shimol tomonda bo`lib, janubiy
chegarasi Gibin atroflarida (Kashmtr yoki Qandahor) edi. Yuyechjilar
bo`ysundirgan hududlar Xise, Shaunmi, Guyshuan, Xyumi, Dumi mulklaridan
iborat bo`lib ular xi-xou (yabg`u)j tomonidan boshqarilgan.](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_7.png)
![3. Mil.avv. 125-yilgacha Katta yuyechji davlatining inqirozi va yuqorida eslatilgan
mulklarning mustaqil bo`lishi. Kushon (Guyshuan)j yabg`usi Kiotszyukyu (Kujula
Kadfiz) qolgan to`rtta mulkni birlashtirib Kustion davlatiga asos soldi.Kushon
davlatining paydo bo`lishi haqida ko`proq Xitoy manbalari va tangashunoslik
ma'lumotlari xabar beradi. Umuman, Kushonlar saltanatining paydo bo`lishi va
rivojlanishi uzoq vaqt tadqiqotchiiar orasida bahslarga sabab bо`lgan bo`lsa-da,
so`nggi 20-25 yil ichida bu masalaga juda ko`plab aniqliklar kiritish imkonini
bergan tadqiqotiar olib borildi. Ayniqsa, 1961-yil Londonda o`tkazilgan xalqaro
simpozium, 1968-yil Dushanbeda YUNESKOning konferensiyasi, 1970-yil
Qobuldagi xalqaro anjuman Kushon davlati masalalariga bag`ishlangan bo`lib,
undan j keyin ham bu masala bo`yicha ko`plab xalqaro anjumanlar bo`lib
o`tdi.Mil. avv. I asrning oxiri-mil. asrning boshlariga kelib guyshuan hokimi
Kiotszyukyu barcha mulklarni birlashtirib, Qobuliston va Qandarhorni zabt etadi.
Natijada bu davrga kelib Kushon davlati o`z ahamiyatiga ko`ra antik davr
Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha
oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida
tashkil topdi. Xitoy manbalaridagi "Guyshuan hokimi Kiotszyukyu", ilk kushon
davriga oid topilma tangalarda aks ettirilgan "Kushon podshosi Kudzula Kadfiz"ga
aynan mos tushadi.Tangashunoslik ma'lumotlariga ko`ra, Kadfiz o`z podsholik -
siyosatini davlat yerlarini kengaytirish bilan boshlaydi. Ba'zi bir guruh tangalar
borki, ularning bir tomonida eng so`nggi Yunon-Baqtriya podshosi Germey tasviri
tushirilib, uning norni yozilgan, ikkinchi tomonida esa, Gerakl siymosi va "o`z
ishonchiga qafiy kushonlar yobg`usi Kujula Kadfiz" degan so`zlar bor. Bunday
tangalar zarb etlishini olimlar turlicha talqin etadilar. Ba'zi tadqiqotchilarning
fikricha, Kadfiz I dastlab Yunon-Baqtriya podshosi Germey hokimligini tan oladi
va ular birgalikda tanga zarb etadilar. Boshqa guruh olimlar fikriga ko`ra, Kadfiz I
ning Germey tangalariga o`z ismini qo`yib zarb qilishga sabab, Gerraey tangalari](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_8.png)
![Baqtriyada keng tarqalgan edi.Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, keyinroq Kadfiz I
o`z nomini "yobg`u"dan "shohlar shohi" faxriy unvonigacha ko`tarib tangalar zarb
etadi. Yana bir guruh O`rta Osiyodan (ko`proq Tojikistondan) topilgan tangalarda
"shohlar shohi, buyuk xaloskor" degan yozuv ko`plab uchraydi. Ko`pchilik
olimlarning fikricha, bu tangalarni Kadfiz I zarb etgan.Kudzula Kadfizdan so`ng
taxtga uning o`g`li Vima Kadfiz (Kadfiz II) taxtga o`tiradi, Kadfiz II davlatning
iqtisodiy ahvdlini mustahkamlash vnaqsadida pul islohoti o`tkazib, oltin tangalar
zarb etadi. Shuningdek, Kadfiz II Hindistonning bir qismini Kushon davlatiga
qo`shib oladi va Rim saltanati bilan aloqalar o`rnatadi.Kushon podsholari ichida
eng mashburi Kanishka hisoblanadi. Uning hokimlik davrida Kushonlar sallanati
gullab-yashnashining yuqori cho`qqisiga ko`tariladi. Kanishka davrida Panjob,
Kashmir viloyatlari mamlakatga qo`shib olinadi. Ayrim tadqiqotchilarning
fikricha, davlatning poytaxti Dalvarzindan (Surxondaryo), Peshovar (Afg`oniston)
atroflariga ko`chiriladi. Bu davrda (mil. II asr) mamlakatning hududi Shimoliy
Hindiston, Afg`oniston, O`rta Osiyoning janubi, Sharqiy Turkistondan iborat edi.
Syuan Szyanning yozishicha, "Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon-
shuhrati qo`shni mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning harbiy qudrati ko`pchilik
tomonidan tan olindi. Xitoyning g`arb tomonidagilar ham Kanishkaning
hokimiyatini tan olib, unga o`z garovga qo`ygan odamlarini yuborar
edilar".Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, Kushonlar davri (xususan,
Kanishka hukmronligi davrida) ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar anchagina
rivojlangan davr edi. Bu davrga kelib O`rta Osiyoning deyarli barcha hududlarida
qishloq xo`jaligi yaxshi o`zlashtirib bo`lingan edi. Tekisliklarda sug`orma
dehqonchilik bilan birga chorvachilik hara keng rivqjlanadi. Bu davrda
shuningdek, Xorazrnda, Zarafshonda ko`plab sug`orish inshootlari quriladi.
Dehqonchilik qurollarida ham o`zgarishlar sodir bo`ladi. Samarqand yaqinidagi
Talibarzu yodgorligidan II-III asrlarga oid yer haydaydigan omochning temir uchi](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_9.png)
![topilgan.Kushon davriga oid ko`plab ocbilgan ko`hna shaharlar bu paytda
shaharsozlik madaniyati ayniqsa gullab-yashnaganligidan dalolat beradi. Bu
davrga oid dastlabki ochilgan ko`hna shaharlardan biri Ayritom ko`hna shahri
bo`lib, u Amudaryoning o`ng qirg`og`ida Termizdan 20 km sharqda joylashgan.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda Ayritom ko`hna shahri miLavv. II asrdan
mil. III asrga qadar uch tarixiy bosqichda rivojlanadi. Bular: so`nggi grek-baqtriya
davri, yuyechji-kushon davri va kushonlar davrlaridir. Ayritomda olib borilgan
uzoq yillik (1932 yilda boshlangan) tadqiqotlar natijasida Budda ibodatxonalari
majmualari, qabriston, ko`plab haykallar va baqtriya yozuvi lopilgan va
o`rganilgan. Ayritomdan himoya devorlar qoldiqlari aniqlanmagan.Bu davrda
Afrosiyob ko`hna shahri tuzilishida ham o`zgarishlar bo`lib o`tadi. Xususan,
milodning dastlabki asrlarida bu ko`hna shahar yangitdan devor bilan o`rab olinadi.
Afrosiyobdan topilgan juda ko`plab topilmalar ham aynan mana shu davrga oiddir.
Ammo ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o`zgarishlar tufayli 4-5 asrlarida ko`hna shahar
inqirozga uchraydi.Bu davrga oid yirik ko`hna shaharlardan biri Dalvarzintepadir.
Ko`hna shahar Surxondaryo viloyatining Sho`rchi tumani hududida joylashgan.
Uraumiy maydoni 36 gektardan ziyod bo'lgan bu ko`hna shahar uzunligi 2,5 km,
qalinligi 10 metr bо`lgan himoya devori va chuqur xandaq bilan o`rab olingan.
Devorlarda harbiy maqsadlarni ko`zlab maxsus minoralar qurilgan. Shaharning
markaziy qismida boy shaharliklarning mahallalari, janubiy qismida esa
hunarmandlar yashaydigan kulolchilik mahallasi joylashgan. Bu yerdan topilgan
ko`p sonli topilmalar nafaqat mahalliy ustalar tomonidan tayyorlangan balki,
Yaqin va O`rta Sharqdagi turli viloyatlardan keltirilgan buyumlardir.
Dalvarzintepatiing shahar oldi qismida milodning I asrida bunyod etilgan Budda
ibodatxonasi qoldiqlari ochilib undan diniy qarashlar bilan bog`liq bо`lgan ko`p
sonli topilmalar topilgan. Ko`hna shaharning markazidan milodiy II-III asrlarga
oid yana bir yirik ibodatxona qoldiqlari ochilgan. Ushbu ibodatxonadan loy va](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_10.png)
![gipsdan ishlangan Budda, Bodxisatvlarning yirik haykallari, hukmdor va unga
yaqin kishilarning haykalchalari topilgan. Ko`hna shahardan 11 ta xumdon
ochilgan bo`lib, ular bu hududda sopol hunarmandchiligining rivojlanganidan
dalolat beradi. Uzoq yillik arxeologik tadqiqotlar Dalvarzintepa o`rniga Kushon
daviatining yirik qo`hna shahri (dastlabki poytaxti) joylashganligidan dalolat
beradi.Termiz shahridan 26 km shimoli-g`arbda Zartepa ko`hna shahri joylashgan.
Ko`hna shahar to`rtburchak shaklda (400x400) bo`lib mustahkam himoya devorlari
bilan o`rab olingan. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ko`hna shahar mil.
avv. II-I asrlardan milodiy III-V asrlarga qadar mavjud bо`lgan. Bu yerdan
topilgan turli topilmalar shahar hayotining gullab-yashnaganidan dalolat
beradi.Amudaryoning o`ng qirg`og`i Surxondaryo viloyatining Sho`rob qishlog`i
yonida Kampirtepa ko`hna shahri iovlashgan va bu yodgorlik mil. avv. III-milodiy
III asrlarga oiddir. Ko`hna shaharning umumiy maydoni 4 gektar bo`lib qaPa va
turar-joy inshootlaridan iborat. Yodgorlik 5 metr qalinlikdagi. mustahkam himoya
devori va chuqur xandaq bilan o`rab olingan. Ko`hna shaharning shimoli-g`arbiy
qismida0,5 gektar maydondan o`nta ko`mish marosimiga oid inshootlar (nauslar)
aniqlanib ulardan turli-tuman topilmalar topilgan.Amudaryoning o`ng qirg`og`ida
Termiz shahridan 5 km shimoli-g`arhda Eski Termiz yodgorligi joylashgan.
Umumiy maydoni 500 gektardan iborat bu ko`hna shahar mil. avv. IV-III asrlarda
paydo bo`ladi. mil. avv. III-II asrlarda Yeski Termiz himoya devorlari bilan o`ralib
markazida yirik qal'a bunyod etiladi. Antik davr manbalarida "Tarmit", "Tarmita"
nomi bilan tilga olingan bu ko`hna shahar Kushonlar davriga kelib Shimoliy
Baqtriyaning ma'muriy va mafkurayiy markaziga aylanadi. Yeski Termiz
hududlaridan shu davrga oid Fayoztepa, Qoratepa kabi yirik Budda ibodatxonalari
ochib o`rganilgan.Kushon davri yirik ko`hna shaharlaridan yana biri mashhur
yodgorlik Xolchayon hisoblanadi. Ushbu ko`hna shahar Surxondaryo viloyatining
Denov shahri shimoli-sharqida joylashgan bo`lib mil. avv. IV-III asrlardan - mil.](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_11.png)
![VII asrga qadar mavjud bо`lgan. Yodgorlikning gullab-yashnagan davri Kushon
davriga to`g`ri keladi. Xolchayondan bu davrga oid yirik saroy inshootlari, turar-
joylar ochilgan. Saroyning ayvoni va bosh zali devorlari suratlar bilan
bezaklangan. Sathidan esa "podsho Geray" avlodlariga mansub furli kattalikdagi
haykallar topilgan.
Kushon podsholigi ruhoniylar qo`lidagi davlat bo`lib, bu davlatda podsho
hokimiyatni boshqarish bilan birga bosh kohin ham hisoblangan. -Podsholik
satrapiyalarga bo`lingan bo`lib, ularning boshliqlari ma'lum ma'noda o`zlarini
mustaqil deb hisoblaganlar. Kushon podsholigi quldorlik davlati hisoblansa-da,
davlatda qishloq jamoalarining ahamiyati nihoyatda katta bо`lgan. Tadqiqotlar
natijasida kushonlar davrida hunarmandchilikning turli sohalari, ichki va xalqaro
aloqalar, madaniy hayot gurkirab rivojlanganligi aniqlangan. Pul muomalasida
asosan oltin va mis tangalardan foydalanilgan. Qishioq xo`jaligida dehqonchilik
sun'iy sug`orishga asoslangan bo`lib, qishloq xo`jalik ekinlarining juda ko`p turlari
yetishtirilgan.Milodiy III asrning birinchi yarmida, ya'ni, Vasudeva va Kanishka III
hukmronligi davrlarida Kushon podsholigi bokimiyatida markazdan qochuvchi
kuchlar mavqeyi ortib ular o`zlarini tobora mustaqil hisoblay boshlaydilar.
Ikkinchi toraondan esa, ular o`rtasida o`zaro kurashlar avj ola boshlaydi. Undan
tashqari Kushon davlatining janubi-g`arbiy hududlarida qudratli Sosoniylar davlati
paydo bo`ladi. III asrning ikkinchi yarmidan boshlab Kushon davlatining ko`pgina
yetiari Eron Sosoniylari qo`liga o`etadi. Antik davr O‘zbekiston hududlarida
taraqqiy etgan davlatlardan biri – Qang‘ davlati. Qadimgi Xitoy manbalarida
Qang‘ davlati mavjud bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar mil.avv. III asr oxiri – II
asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Ammo, Qang‘ davlati va qang‘arlar tarixining
mashhur bilimdoni K. Sh. Shoniyozovning fikricha, bu davlat mil. avv III asrning](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_12.png)
![boshlarida paydo bo‘ladi. Keyinroq esa, Yunon-Baqtriya davlati va qo‘shni
ko‘chmanchi kabilalar bilan bo‘lgan kurashlar natijasida Qang‘ davlati yanada
mustahkamlanadi hamda manbalarda O‘rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri
sifatida tilga olinadi. Dalvtning nomi “qang‘”, “qang‘ar”, “qang‘uy” deb
nomlanuvchi kabilaning nomidan olingan bo‘lib, etimologiyasi munozarali
hisoblanadi.Qang‘ davlati asosini tashkil etgan kabilalar Sirdaryoning o‘rta va quyi
oqimlarida istiqomat qilganlar. Davlat tashkil topgan dastlabki davrda uning
hududiy asosini Toshkent vohasi tashkil etgan. Tashqi harbiy hujumlar tufayli
Qang‘ davlati nafaqat mustahkamlanib oladi, balki o‘z chegaralarini ham
kengaytirib boradi. Ya’ni, mil.avv. II va milodiy I asrda Qang‘ davlatining hududi
ancha kengayib Toshkent vohasi, O‘rta Sirdaryo erlari, Talas vodiysi va Chu
daryosining quyi oqimidagi erlarni o‘z ichiga olar edi.Kanka haqida dastlabki
ma’lumotlar Avestoning eng eski qismlari bo‘lgan YAshtlarda Turon
kabilalarining turar-joylari sifatida eslatiladi. Sosoniylar davri (224-651 yy.)
manbalarida bu Shahar «Qandesh» yoki «Qandiz» shaklida tilga olinadi.
Shuningdek, Firdavsiyning «Shohnoma» asarida ham Kanka shahri bir nechta
marta tilga olinadi. Undan tashqari o‘rta asrlar geograflari asarlarida bu ko‘hna
Shahar «Kenkrak», «Xarashkent», «Tarband» nomlari bilan eslatib
o‘tiladi.Mil.avv. II-I asrlarga kelib Qang‘ davlati kuchayishi natijasida bir qancha
viloyatlar unga tobe etiladi. N. YA. Bichurin, Xitoy solnomalarida qang‘lilarga
tegishli qo‘yidagi beshta viloyatlar haqida ma’lumotlar borligini ta’kidlaydi: Suse
(Susye), Fumu, Yuni, Gi, YUegyan. Ushbu viloyatlarning qaysi hududlarda
joylashganligi haqida tadqiqotchilar orasida yagona fikr yo‘q. Ayrim tadqiqotchilar
(V. V. Bartold, M. E. Mason, S. P. Tolstov) Suseni-Kesh (SHaxrisabz), Fumuni-
Zarafshondagi Kushoniya, YUnini-Toshkent, Gini-Buxoro, Yuegyanni-Urganch va
uning atroflari bilan aynan bir deb hisoblaydilar. Ammo, Qang‘ga tobe
viloyatlarning bunday joylashtirish to‘la holda ilmiy asoslanmagan bo‘lib,](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_13.png)
![munozarali hisoblanadi.Qang‘ davlatining etnik tarkibi xilma-xil bo‘lib, uning
anchagina katta hududlarida Sug‘diyona, Xorazm va Toshkent vohasida yashovchi
dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelgan o‘troq
aholi bilan birgalikda ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvadar kabilalar
(saklar, massagetlar, toharlar, alanlar va boshqalar) istiqomat qilganlar.
Sirdaryoning o‘rta oqimida yashagan qang‘lilar Qang‘ davlati tashkil topishida
asosiy o‘rinni egallagan bo‘lib, Qang‘ podsholari asosan qang‘lilar
bo‘lgan.Mil.avv. II – mil. II asrlarda Qang‘ davlati o‘z rivojlanishining Yuqori
cho‘qqisiga ko‘tariladi. Qang‘ podsholariga bo‘ysunuvchi yarim mustaqil
viloyatlarni birlashtirgan bu davlat o‘z vaqtida anchagina kuchli bo‘lib, o‘zbek
davlatchiligi tarixida o‘z o‘rniga egadir. Agarda antik davrda O‘rta Osiyoning
janubida shakllangan Kushon va Parfiya davlatlari Ahamoniylar, Aleksandr
Makedonskiy, Salavkiylar asos solgan davlatlar an’analarini o‘zlashtirib taraqqiy
etgan bo‘lsa, Qang‘ davlati taraqqiyotida ko‘chmanchilar davlatchiligi belgilari
borligi bilan ajralib turadi.
Qang‘ tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, bu davlat madaniyatining Yuqori
darajasi tasodifiy hol emas. YAksart-Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi
qang‘lilarning Sug‘diyona, Farg‘ona hamda daryoning quyi oqimida yashovchi
ko‘plab xalqlar bilan o‘zaro madaniy va iqtisodiy aloqalari Qang‘ davlati
madaniyati taraqqiyotiga asos bo‘lgan edi. Shuning uchun ham ko‘p hollarda ular
madaniyatidagi umumiylik ko‘zga tashlanadi. Undan tashqari Qang‘ davlati
hududlaridan Buyuk ipak yo‘li tarmoqlarining o‘tganligi ham davlatning iqtisodiy
va madaniy rivojiga, qo‘shni davlatlar bilan siyosiy va diplomatik aloqalarning
taraqqiy etishi uchun omil bo‘lib xizmat qilgan edi. Antik davr O‘zbekiston
hududlarida taraqqiy etgan davlatlardan biri – Qang‘ davlati.O’rta Osiyo
hududidagi ilk davlat tizimlari to’g’risida qadimgi yozma tarixning eng noyob](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_14.png)
![manbasi hisoblangan “Avesto” kitobi, qadimshunos olimlarning turli hududlarda
olib borgan arxeologik – qidiruv ishlari, ularning muhim natijalari muhim manba
hisoblanadi.Shuningdek, qadimgi Yunon, Rim va Eron manbalari asosida bu
masalani oydinlashtirish, etarli fikrlarni aytish mumkin bo’ladi. Bu o’rinda Yunon,
Rim mualliflaridan Geradot, Polibiy, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqalarning
asarlari, yodnomalari, Forsiy mixnat yozuvlari, shuningdek, arxeologik izlanishlar
olib brogan Ya.G’ulomov, S.Tolstov, V.Masson, A.Asqarov, E.Rtveladze,
A.Sa’dullaevlarning ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga molikdir.Xorazm
davlati egallagan hududlar hozirda Xorazm erlari chegaralanib qolmay, balki
undan janubga, ya’ni Marv (Turkmaniston), Hirot (Avg’onistonning shimoli)
atroflariga qadar ham yoyilgan.Miloddan avvalgi so’nggi ming yillikning
boshlariga tegishli “Amirobod madaniyati”, Quyi Amudaryo havzasida yuzaga
kelgan o’ziga xos sun’iy sug’orish inshooti tizimi hamda dastlabki shaharsozlik
timsoli bo’lgan shahar – qal’alar- Qal’aliqir, Ko’zaliqir va boshqalar bular Xorazm
vohasida davlat tuzumlari mavjudligidan dalolat beradi – Umumelatlar, qavm –
qabilalar manfaatlariga xizmat qiladigan muhim o’zgarishlar davlat boshqaruv
yo’li bilangina amalga oshirilishi mumkin bo’ladi. Qadimshunos Ya.G’ulomov
tomonidan Xorazmda aniqlangan 200 km uzunlikdagi, eni bir necha metrdan iborat
bo’lgan kanal o’zagi, obod dehqonchilik madaniyati Xorazm davlati qadimdan
insoniyatning yirik madaniy markazlaridan biri sifatida shuhrat topganligidan
dalolat beradi. “Avesto” da Xorazm Markaziy Osiyoda rivoj topgan, o’z hududi,
chegaralariga ega bo’lgan davlatlardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas.
Geradot ma’lumotiga qaraganda, qadimgi Oks daryosi bo’yida 360 dan ziyod
sun’iy sug’orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho’lni, sahroli hududlarga
suv chiqarilib, dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan. Geradot
taassurotlarida Xorazm o’lkasida yashagan aholi dehqonchilikdan katta tajribaga
ega bo’lib, ular donli, dukkakli ekinlar, masalan, bug’doy, arpo, suli, meva –](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_15.png)
![sabzavotchilik mahsulotlarini etishtirganliklarini qayd etib borganlar. Xorazm
shaharsozligida xom g’isht, paxsalardan keng foydalanilgan, binolarning tashqi va
ichki ko’rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning mustahkamligi, o’ziga xos
ko’rkamligi ta’minlangan. Xorazm vohasida huranmandchilik, tog’ – kon ichlari
ancha rivoj topgan. Bu erdan qazib olingan qimmatbaho zumrad toshlarga ishlov
berilib, yuksak sifat ko’rsatgichiga eyganidan keyingina u muhim tayyor mahsulot
sifatida foydalanishga chiqarilgan. Xorazm zumradi, Sharqning bir qator,
jumladan, Eron, Xitoy, Hindiston, Misr singari mamlakatlarga ham
yuborilgan.Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug’ullangan,
ularning tuya, ot, qo’y – echkilardan iborat suruvlari bo’lgan.Xorazm davlatida
hukmronlik qilgan sulolalar to’g’risida ma’lumotlar hozirgacha aniq emas.
Rivoyatlarga ko’ra, Xorazmning qadimiy siyosiy sulolasi Siyovushlar bo’lganligi
zikr etiladi. “Avesto” da ta’kidlanishicha, Siyovush Kaykovusning o’g’li bo’lgan.
Siyovushronning o’limidan so’ng uning nabirasi Kova Xisrav bobosi qotilidan
o’ch olib, Xorazmda birinchi sulolaga asos soladi. Abu Rayhon Beruniyning
“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida ta’kidlashicha, Xorazmga aholi
miloddan avvalgi 1292- yilda kela boshlagan deb ko’rsatadi. Siyovushning
Turonga kirib kelgan sanasi esa miloddan avvalgi 1200- yil belgilangan.Miloddan
avvalgi III asrlarda Xitoyning shimoliy g’arbiy chegaralaridan Sirdaryoning o’rta
oqimi havzalarigacha bo’lgan juda katta maydonda turkey tilda so’zlashuvchi ko’p
sonli chorvador qabilalari yashab kelgan. Ular xunnlar, sak usunlar, yuechjilar va
boshqa nomlar bilan mashhur bo’lganlar. Ular yaylovlar uchun doimo bir – birlari
bilan to’qnash kelganlar. Ayni paytda siyosiy hukmronlik uchun ham kurash
qizg’in edi.
Shimoliy – G’arbiy Xitoy va Sharqiy Turkiston hududlaridan Markaziy Osiyoga
ko’chmanchi chorvador qabilalarning kirib kelishi bu mintaqada muhim siyosiy](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_16.png)
![o’zgarishlarga olib keldi.Hozirgi O’zbekiston hududida Qadimgi Xorazm
davlatidan tashqari Choch, So’g’d hududlarini o’z ichiga olgan qudratli Qang’
podsholigi (Miloddan av. III asr) Parkana –Farg’ona davlati, Baqtriya, Yunon –
Baqtriya davlati tashkil topdi. Yunon – Baqtriya davlatining asosini Baqtriya,
So’g’diyona, Marg’iyona tashkil etadi.Qang’ davlatining joylashgan o’rni haqida
olimlar o’rtasida yangicha qarashlar mavjud. A.Asqarovning fikricha, hozirgi
Toshkent va Sirdaryo viloyatlari ham Janubiy Qozog’iston erlarida yashovchi sak
qabilalarning makedoniyalik Iskandar qo’shinlari va Salavkiylarga qarshi
kurashlari jarayonida miloddan avvalgi III asrda yarim o’troq Qang’ davlati tashkil
topadi degan xulosaga keldi.A.Asqarovning fikricha, Qang’ davlatining asosiy
erlarini Toshkent vodiysi, Talas vodiysi, Chu daryosining quyi oqimlaridan,
daryosigacha bo’lgan joylarni tashkil etgan. Qadimgi Xorazm va So’g’d erlari ham
Qang’ davlatiga tobe bo’lgan.Qang’ davlatining ikkita markazi – Qanxa
(Qang’diz) va O’tror (Turband) shaharlari bo’lgan. Qanxa shahri Toshkent
vohasida, O’tror shahri esa Aris daryosi quyi oqimida joylashgan.Qang’ davlati
haqida Xitoy manbalarda ham ma’lumotlar bor. Xitoy tarixchisi Si – Ma- Syan’
miloddan avvalgi II asrning oxirlarida O’rta Osiyoga kelgan Xitoy elchisi va
sayyohi Ijan’ – Syan’ ma’lumotlariga asoslanib, bu hududda ko’chmanchi
Qang’yuy yoki Qandzyuy davlati mavjudligi haqida yozadi. Uning ta’kidlashicha,
Qang’yuy davlati aholisining urf – odatlari yuechjilar urf– odatlariga o’xshash
ekan.Xitoy manbalaridagi ma’lumotlarga ko’ra, Anvsi (Parfiya) shimolda
Qang’yuy bilan chegaradosh bo’lgan.Bu ma’lumotlarga ko’ra, Qang’yuy yoki
Qanha davlati tarkibiga qadimgi Xorazm, Choch va So’g’diyona ham kirgan.
Miloddan av. II asrda Qang’yuy davlati o’z taraqqiyotining yuksak darajaga
erishadi.Qang’ davlati o’sha davrda vujudga kelgan ilk quldorlik davlatlardan biri
edi.Miloddan avv. I ming yillikning I yarimida Xorazmda patrialxal quldorlik
jamiyati shakllana borib, mil. avv. II asrda ham bu jarayon davom etadi. Bu](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_17.png)
![jamiyat chorvador yarim o’troq jamiyati bo’lib, ularning asosiy mulki boyligi
chorva, chorva mollari boqiladigan yaylovlarda bo’lgan. Boy chorvador toifasi
chorvadorlar harbiy aristokratiyasini tashkil qilgan. Bunday hodisa chorvador
zodagonlarga, patriarxal qullarga bo’linish ro’y bergan. Hunarmandchilikning
qishloq xo’jalikdan ajralish jarayoni yuz berdi.Xorazmda patrialxal quldorlik
jamiyati vujudga kelgan bo’lsada, urug’ - qabilachilik tartiblari saqlanib qoladi.
Jamiyat negizini urug’ tashkil qilgan. Bir necha urug’ birlashmasi qabilani, bir
necha qabilalar birlashmasi qabilalar ittifoqini tashkil qiladi. Urug’ qabila,
qabilalar ittifoqi alohida saylangan oqsoqollar boshliqlari tomonidan saylangan.
Qanha davlatida qurilgan shaharlarning ko’p bo’lishiga qaramay yangi shaharlar
qurilishiga, sug’orish inshootlarini barpo etishga alohida e’tibor berilgan. Jonbos
qal’a shular jumlasidandir.Qang’yuylar davrida Xorazmda pul munosabatlari
vujudga kelib ular o’z tangalarini Kushon podsholari tangalariga taqlid qilib zarb
qila boshlaganlar. Tanganing yuz tomonida shoh tasviri, orqasida esa Xorazmlik
chavandoz tasviri solingan. 1940 – yilda Tuproqqal’adan topilgan “nomsiz
podsho” tasviri tushirilgan tangalar o’sha davrda tanga zarb qilish texnikasi va
tasviriy san’atni yuksak darajada bo’lganligidan darak beradi.Xorazmda miloddan
avvalgi . II – I asrlarda va milodiy I yuz yilliklar davrida harbiy texnika sohasida
ham katta yutuqqa erishilgan. S.P.Tolstovning fikricha, harbiy taktikaning yangi
usuli qo’llannilgan va keyin butun O’rta Osiyoga yoyilgan. Bu yangi texnikaning
mohiyati shundan iboratki, jang vaqtida og’ir sovut kiygan, o’q – yoy, uzun nayza,
qilich va pichoq bilan qurollangan va zixrlangan otga mingan chacandoz zich saf
tortib hujum qilganlar. O’q – yoy uchlari tez va muvozanat saqlash uchun ularning
ketiga burgut paridan ishlangan alohida moslama taqilgan.Arxeologik qazishmalar
natijasida Ural hududidan topilgan ilk Xorazm tangalari kumush buyumlar,
Xorazm davlati Volga bo’yi, Kavkaz oldi va janubiy Ural oldi hududlari bilan keng
iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lganligidan dalolat beradi.Milodiy I asr](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_18.png)
![boshlarida Xorazm davlati Kushonlar imperiyasi tarkibiga kiradi.Xullas, Qanha
davri Xorazm tarixida o’lkaning iqtisodiy, siyosiy, harbiy va madaniy jihatdan
rivojlanishi bilan tasniflanadi. Xo’jalikning eng asosiy tarmog’i dehqonchilik va
chorvachilik hisoblanadi. Bu davrda sug’orish inshootlari qal’a devorlari qurilgan,
sug’orilgan maydonlar kengaytirilgan.
K,Shoniyozovttg fikricha, Qang davlati sharqda Farg ona (Davan, Dayyuan),ʻ ʻ
shim. sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shim. g arbda Sarisu, g arbda Sirdaryoning
ʻ ʻ
quyi oqimi bilan chegaradosh bo lgan. Xitoy manbalariga ko ra, Qang davlatining
ʻ ʻ ʻ
jan. hududiga hoz. O zbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz,
ʻ
Kattaqo rg on va Urganch tumanlari kirgan bo lib, uning chegarasi Amudaryoga
ʻ ʻ ʻ
borib taqaladi. Janubiy da — Dayruziye (Dayuechji) davlati joylashgan. Kushon
podsholigi tashkil topishi va uning hududi kengayishi munosabati bilan Qang
ʻ
davlatining jan. chegarasi o zgargan. Shu tufayli mil. av. 2-asrda Xitoy elchisi
ʻ
Chjan Syan farg onaliklar yordamida Qang davlati orqali Dayruziye (Dayuechji)
ʼ ʻ ʻ
davlatiga borgan. Qang davlatining qishki poytaxt shaharlari Bityan va Sushiye
ʻ
bo lgan. Bityan Binkat shahri (boshqa manbalarga ko ra, Qanqa) o rnida, Sushiye
ʻ ʻ ʻ
esa hoz. Parkent tumanidagi So qoq (Sukeeke) nomli joyga to g ri keladi. Qang
ʻ ʻ ʻ ʻ
davlatining yozgi qarorgohlari Issiqko l bo ylab, hoz. Qoraqo l (Prjevalsk) yonida
ʻ ʻ ʻ
bo lgan. Qang davlatining qo shini 80—90 ming jangchini tashkil etgan. Qang
ʻ ʻ ʻ ʻ
davlati aholisining urf-odatlari Ruziye (Yueszi) davlati aholisi urf-odatidan farq
qilmagan. O z navbatida, ruziyeliklar urf-odatlari hunlarnnkiga o xshash bo lgan.
ʻ ʻ ʻ
Qang davlati hukmdori va Hun xoqonligi tangriquti o rtasida qudachilik
ʻ ʻ
munosabatlari o rnatilgan. Shu tufayli xitoylar hunlar ustidan g olib chiqib, ularni
ʻ ʻ
o z joylaridan siqib chiqarganida, hun xoqoni o z avlodi bilan Qang davlatiga
ʻ ʻ ʻ
ko chib kelgan. Qang davlatining ko chmanchi aholisi chorvachilik, shaharlar va
ʻ ʻ ʻ
ularning atrofida yashagan o troq aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va
ʻ](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_19.png)
![savdosotiqbilan shug ullangan. Ular Buyuk ipak yo litgi xalqaro siyosiy, iqtisodiyʻ ʻ
va madaniy aloqalarda muhim o rin tutganlar. Qang davlati hududida jiddiy
ʻ ʻ
migratsion jarayonlar sodir bo lib turgan. Mil. 5-asrning 2-yarmida Qang davlati
ʻ ʻ
parchalanib, uning hududida Shosh (Shi), Samarqand (Kan), Maymurg (Mi),
ʻ
Shahrisabz (Shi), Kattaqo rg on (Xe), Usrushona (Sao) kabi kichik davlatlar
ʻ ʻ
tashkil topgan.Qadimda Sirdaryoning o’rta havzasida mavjud bo’lgan davlat
(miloddan avvalgi III va milodning V asri o’rtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu
davlat aholisi ham shunday nom bilan ataladi.
Atoqli olim K. Shoniyozovning fikricha, Qang’ davlati sharqda Farg’ona (Davan,
Dayyuan), shimoli-sharqda Usun(Uyshun) davlatlari, shimoli-g’arbda Sirdaryoning
quyi oqimi bilan chegaralangan. Xitoy manbalariga ko’ra, Qang’ davlati hududiga
Toshkent vohasi, Talas va Chu daryolari vodiysi kirgan. Ayrim davrlarda hozirgi
Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqo’rg’on, Urganch shahri va atroflari ham
qaragan bo’lib, chegarasi Amudaryogacha borgan. Aholisi esa taxminan 120 ming
oila yoki 600 ming kishidan iborat bo’lgan.Ba’zi manbalarda u Kengaras davlati
ham deb qayd etilgan. Ammo olimlar bu so’z “Qang’ar-as”, ya’ni Qang’ davlati
ahli degan ma’noni bildiradi, deydilar. O’zbek urug’lari ichidagi “kenagas”lar
nomi o’sha qabila nomi bilan bog’liq, degan taxminlar bor. Ko’k tangriga e’tiqod
qilgan bu davlat aholisini asosan qangli, kengaras, qipchoq, bajnoq urug’lari
tashkil etgan. Shuningdek, bu hududda qarluq va o’g’uz qabilalari ham yashagan.
Turkiy yozuv amalda bo’lgan.Kushon podsholigi tashkil topishi va uning hududi
kengayishi munosabati bilan Qang’ davlatining janubiy chegaralari o’zgargan.
Uning qitttki poytaxt shaharlari Xitoy solnomalarida Bityan va Sushie deb
ko’rsatilgan. K.Shoniyozovning fikricha, Bityan qadimgi sharq manbalarida
uchraydigan Qanxa shahri bo’lib, u Sirdaryoning o’ng irmoqlaridan biri -
Ohangaron(hozirgi Angren) daryosining quyi oqimida joylashgan. Mo’g’ullar](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_20.png)
![davridagi manbalarda bu daryo Ilek deb atalgan. Sushie esa hozirgi Parkent
tumanidagi So’qoq (Sukeeke) o’rnida bo’lgan degan taxminlar bor. Davlatning
yozgi qarorgohlari Issiqko’l sohilida, hozirgi Qoraqo’l (Prjevalsk) yonida
bo’lgan.Qang’ davlatining qo’shini 80-90 ming jangchidan iborat bo’lgan. Bu
davlat aholisining urf-odatlari hunlarnikiga o’xshash bo’lgan. Qang’ davlati
hukmdori va Hun hoqonligi tangriquti o’rtasida qudachilik munosabatlari
o’rnatilgan. Shu tufayli xitoylar hunlar ustidan g’olib chiqib, ularni o’z joyidan
siqib chiqarganida, hun hoqoni o’z avlodi bilan Qang’ davlatiga ko’chib
kelgan.Qang’ davlatining ko’chmanchi aholisi chorvachilik, shaharlar va ularning
atrofida yashagan o’troq aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq
bilan shug’ullangan.Milodiy V asrning 2-yarmida Qang’ davlati parchalanib, uning
hududida Shosh (Xitoy manbalarida Shi), Samarqand (Kan), Maymurg’ (Mi),
Shahrisabz (Shi), Kattaqo’rg’on (Xe), Usrushona (Tsao) kabi kichik davlatlar
tashkil topgan. Bu hudud asta-sekin Eftaliylar davlati tarkibiga qo’shib
olingan.VIII va IX asr boshlarida qarluq, o’g’uzlar tazyiqi va arab istilosi natijasida
qang’li qabila ittifoqi batamom emirilib, bir necha qismga bo’linib ketadi. Bir
qismi shimoli sharqqa - Talas va Chu daryolari oralig’iga kelib joylashadi. Ikkinchi
qismi Kaspiy dengizining shimolidagi Yoyiq (Ural) daryosi atrofidagi
yaylovlardan makon topadi.Uchinchi qismi esa Orol dengizining janubi sharqiy
sohillarida, Sirdaryoning quyi oqimlarida qolib, o’g’uzlarga tobe bo’ladilar.XII -
XIII asrlarda qang’lilar Xorazmning siyosiy hayotida muhim rol o’ynaganlar. Shu
davrda Talas va Chu vodiylarida yashovchi qang’lilardan 60 ming kishi Xorazmga
ko’chib keladi. Mo’g’ullar bosqini arafasida Xorazmda qang’lilardan tuzilgan
qo’shinning soni 90 minggga etgan. Xorazmshoh Tekesh qang’li beklaridan
birining qizi - Turkon xotunga uylanadi. Keyinchalik bu ayolning mamlakat
siyosiy hayotiga aralashuvi, kaltabinligi mo’g’ul bosqiniga qarshi kurashda
kuchlarni birlashtirishga to’sqinlik qilgan.Qanglilarning bir guruhi XII - XIII](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_21.png)
![asrlarda Sibir erlariga borib o’rnashadi hamda bu erdagi Oltoy, Enisey turklari va
yoqutlarga aralashib ketadi. Ikkinchi bir qismi Zarafshon vodiysiga ko’chib keladi.
Mo’g’ullar hujumi arafasida Samarqandda 30 ming qangli bo’lgan.Keyingi
asrlarda qang’lilar o’zbek, qozoq va qoraqalpoq xalqlari tarkibiga kirgan. Xorazm,
Qoraqalpog’iston, Toshkent, Qashqadaryo va boshqa viloyatlardagi “qang’li” so’zi
bilan bog’liq etnotoponimlar bu fikrni tasdiqlaydi.Qang’ davlati davriga oid
yodgorliklar Xorazm vohasidagi Jonbosqal’a, Qo’yqirilgan qal’a, Kichik Qirqqiz,
Qo’narli qal’a, Oq tepa va boshqa qal’alar qazilmalaridan topilgan.Orasida esa 25
foizdan ziyod va shundan xulosa qilish mumkinki, qang'lar hind-yevropa
xalqlaridan biri bo'lgan. Olingan 6 ta mtDNK namunasi esa onaning H6a1a, C4a1,
U2e2a1, U2e2a1, A21.[31h] va H21.[31h] haploguruhlariga tegishli edi. Tadqiqot
mualliflari qang'li va Usunlarda Xiongnu va saklarga qaraganda Sharqiy Osiyo
xalqlarining qoni kamroq ekanligini aniqladilar. Qang'li va Usunlar ham Sibir
ovchi-yig uvchilari va Baqtriya-Marg iyona arxeologik majmuasiga aloqadorʻ ʻ
xalqlar bilan qo shilib ketgan so nggi bronza davrining G arbiy cho l chorvadorlari
ʻ ʻ ʻ ʻ
avlodlaridan bo lganligi taxmin qilingan.Qang‘ va Davan davlatlari tarixiQang‘
ʻ
davlati va uning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o‘rganishga doir bir qator
tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqot ishlarida arxeologik manbalar va Xitoy
solnomalarida keltirilgan ma’lumotlar еtakchi o‘rin tutadi. Qang‘ davlati uning
hududlari haqida S.P.Tolstov, keyinchalik Ya.G‘ulomov, K.Shoniyozov,
Yu.Buryakov va boshqalar izlanishlar olib borishgan. Xitoy tarixchisi Sima Syan
Qang‘ davlatiga oid ma’lumotida, uning aholisi asosan ko‘chmanchilardan iborat
bo‘lganligini yozgan. Lekin uning rivojlangan davrida qang‘lilar o‘rat Sirdaryo
bo‘ylarini egallangan davrlarda dehqonchmilikni ham o‘zlashtirib olganlar. Ular
asosan, kam chorvaga ega bo‘lgan aholining qambag‘al qismi bo‘lgan degan
fitkrlarni berishgan.Qang‘ davlati haqida yozma manbalar ham mil.avv. 2 asrning
ikkinchi yarmiga oid. Xitoy elchisi Chjan Syanning hisobotida va xitoy tarixchisi](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_22.png)
![Si-Syanning “Shi-szi” asarida Qanh davlatining chegaralari qo‘rsatilib o‘tilgan.
Qang‘ davlatiga oid ko‘proq ma’lumotlar keiyngi davrlarga oiddir. Ular Xan-shu,
Vey-shu, Beyshu, Tanshu va bq. asosida davlatning rivojlanishi va qulashi
haqidagi ma’lumotlarni olamiz. Tadqqiotchilar bu davlatning Avesto berilgan
Kanx bilan bir deb hisoblashadi.Qang’ davlati Yuechjilardan keyin ikkinchi yirik
ko’chmanchilar federatsiyasi hisoblanadi. Xitoy manbalariga ko’ra, ular
Qang’yuylar Tyanshandan shimoli-g’arbda , janubda yuechjilar bilan chegaradosh
bo’lgan. Uning hududi Toshkent vohasi, Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida
joylashgan bo’lib, uning markazi Sirdaryoning o’rta oqimida bo’lgan1.Avestoda
bu shaxarga turlar boshliqlarining joyi sifatida tilga olingan. U Sirdaryoning
shimoli sharqida joylashganligi aniqlangan. Bu davlat haqida Firdavsiyning
Shohnomasida ham berilgan. Unda U Kangdez sifatida tilgan olinadi.Qang‘ davlati
O‘rta Osiyoga kirib kelgan qo‘chmanchi qabilalar birga mil.avv. III asrda kirib
kelgan. Milodiy V asrning o‘rtalarigacha mavjud bo‘lgan. Uning rivojlangan davri
milodiy I-II asrlar deb ko‘rsatiladi. Dastlab uning chegarasi faqat Sirdaryoning
o‘ng qirg‘og‘idan, Orol bo‘yigacha xududni egallagan. Rivojlangan davrda uning
xududi- Sharqda Farg‘ona va Yettisuv, Shimoli-sharqda Orol dengizi, g‘arbda Ural
oldi xududigacha, ya’ni sarmatlargacha, shimolda Sirdaryoning orqa tomonidagi
cho‘llargacha, janubda Sug‘dgacha borgan. Bu еrda u Kushan davlati bilan
chegaradosh bo‘lgan. Bu davrda uning tarkibiga O‘zbekistonning asosiy viloyatlari
Buxoro, Toshkent, Xorazm xududlari kirgan.Bu ulkan 9104 li (3,4 ming km)
hududdagi qang‘arlar еrida mil. avv I –milodiy I-II asrlarda 120000 oila yoki
600000 kishi yashagan3.Qang‘ ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanganlari
uchun ularda 2 markaziy shaxar bo‘lgan. Yozma manbalarda Qang‘ davlatining
poytaxti Bityan shaxri bo‘lib, u Loyueni mamlakatida Tayanchi ko‘li bo‘yida
joylashgan deb yozilgan. Podshoning qishqi rezidensiyasi ham bo‘lib, u bu еrdan 7
kunlik yo‘l bo‘lgan. Tadqiqotchilar Bityan shahrini Toshkent viloti Oqqo‘rg‘on](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_23.png)
![tumanida joylashgan Kanqa shaxri deb taxmin qilishgan. Lekin uning geografik
tasviri unga to‘g‘ri kelmaydi. Buni Buxoro xududidagi Poykent ham
deyishadi.Ularning yozgi qarorgohi O‘tror hisoblangan. Qishda Qanha
bo‘lgan.Manbalarda Qang‘ davlatining boshqaruv tizimi haqida ma’lumotlar kam
uchraydi. To‘ng‘ich Xan sulolasi tarixida (mil. avv. 202—milodiy 25 y.) bir
ma’lumotda Qang‘uy (Qang‘) podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish
tutganligi aytiladi. Bu Qang‘ davlatida davlat boshlig‘i jamoa orasidan tanlangan
maslahat kengashi bilan ish tutganligini ko‘rsatadi. Oqsoqollar kengashi asosan
qabila boshliqlari va harbiy sarkardalardan tashkil topib, kengashlarda ularning
fikrlari еtakchi mavqega ega bo‘lgan. Ular boshqaruv tizimi konfederatsiya
bo‘lgan.Qang‘ davlatiga qarashli еrlar viloyatlarga bo‘linib, ularni maxsus
hokimlar boshqargan. Viloyat boshliqlari jabg‘u yoki yobg‘u (Xitoy solnomalarida
chjaovu) deb atalgan. Qang‘arlarga qarashli tub еrlarda jabg‘ular hoqonlarga yaqin
kishilardan, ularning qavmu-qarindoshlari, yirik qabila boshliqlaridan
tayinlangan.Tarixchi Sima-Syan mil. avv. II asrning ikkinchi yarmigaga oid
ma’lumotida Qang‘uy haqida, «Bu ko‘chmanchi xalqlar mamlakati» degan fikrni
bildiradi4. Biroq To‘ng‘ich Xan sulolasining tarixi (Syanxanshuda) ma’lumotlarida
milodiy I asrning boshlarida qang‘uylarning yarim o‘troq xalq bo‘lganligiga ishora
qilinadi. Bu sulola tarixi ma’lumotlariga ko‘ra, qang‘uylarda chorvachilik
rivojlangan bo‘lib, qoramol va qo‘ylari ko‘p bo‘lgan. Ular ko‘plab zotli otlar
еtishtirganlar. Bu davrda mulkiy tabaqalanish kuchayib, chorva mollarining
ko‘pchiligi podsholar va ularning qarindosh-urug‘lari hamda yirik qabila
boshliqlari va harbiylarga tegishli bo‘lgan. Aholining asosiy qismi
ko‘chmanchilardan iborat bo‘lgan davlatda bahor kelishi bilan xoqon va uning
urug‘lari qishgi qarorgohdan yozgi qarorgohga, ya’ni Sirdaryoning quyi oqimidagi
o‘tloq еrlarga borib o‘rnashganlar. Kuzda mollarini orqaga qaytarishib, Keles
cho‘liga va tog‘ yon bag‘irlaridagi yaylovlarga joylashganlar. Chorvasi kam](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_24.png)
![bo‘lgan aholining keng yaylovlar qidirib vohadan chiqib ketishiga ehtiyoj
bo‘lmagan. Ular chorvachilikdan tashqari dehqonchilik va hunarmandchilik bilan
shug‘ullanishgan. Bu vaziyat qang‘lilarning kambag‘al qismini o‘troq, yarim
o‘troq xo‘jalik yuritishga majbur etgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha, Toshkent
vohasida yashagan dehqonlar arpa, bug‘doy, tariq, no‘xat, sholi va boshqa donli
ekinlar еtishtirganlar, mevali daraxtlar va uzumzorlar ko‘p, sut-qatiq mo‘l
bo‘lgan.Miloddan oldingi II asr- milodiy III asr va undan keyingi davrlarga oid
manbalarda qang‘arlar (qang‘uylar) Farg‘onaning shimoli-g‘arbida, unga
chegaradosh rayonlarda joylashganligi eslatib o‘tiladi. Xitoy elchisi Chjan Syan
miloddan avvalgi 128 yili Dovon (Farg‘ona)ning markazi Ershida va Qang‘uy
hududlarida bo‘lgan. Uning ma’lumotida «Qang‘uy Dovon bilan chegaradosh»
bo‘lganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Qadimgi Xitoy solnomalarida qang‘arlarga qarashli
beshta viloyat – Suse (Kesh), Fumu (Zarafshon vohasida, hozirgi Qattaqo‘rg‘on
tumani hududlari Miyonqoldagi Kushaniya shaxri),, Yuni (Toshkent vohasi) Gi
(Buxoro vohasi), Yuegyan (Xorazm vohasi, Urgench) bo‘lganligi aytilgan..Qanxa,
Shoshtepa, Qovunchitepadan topilgan arxeologik manbalar qang‘lar tarixini
o‘rganishda muxim ma’lumotalr bergan.Qang‘ madaniyatining gullab yashnashida
Sirdaryoning o‘rta oqimida yashagan xalqlarning So‘g‘d, Farg‘ona, Tyanshan
tog‘ining shimoli-sharqiy qismida yashagan xalqlar bilan yaqin aloqada bo‘lganligi
samarali ta’sir ko‘rsatgan. Qadimgi manbalarda ko‘rsatilishicha qang‘uylarning
shimoli-sharqiy qo‘shnisi Yansay (alanlar) hamda Buxoro (An, Ansi) aholisining
urf-odati qang‘uylarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Solnomalarda yozilishicha
qang‘uylarning urf-odatlari, turmush tarzi Shimoliy Xitoy va Sharqiy Turkistonda
yashagan katta yuechjilarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Qang‘lilarning qo‘shni xalqlar
bilan moddiy va madaniy aloqalarining kengayib borishida «Ipak yo‘li»ning
ahamiyati katta bo‘lgan.V asr o‘rtalarida Qang‘ davlati eftaliylarning hujumi
natijasida еmirilgan. Oqibatda, Qang‘ davlati tarkibida bo‘lgan ko‘chmanchi va](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_25.png)
![yarim ko‘chmanchi qabilalar (qang‘li, pecheneg)ning katta qismi Sirdaryoning
quyi oqimlariga borib joylashgan. Bu еrda yashagan bir qancha qabilalar birlashib,
yangi qabilalar ittifoqini tashkil etishgan. Yangi qabilalar ittifoqi tarixda qang‘li
(qang‘aras) nomi bilan saqlanib qolgan.Farg‘ona qadimiy tarixga ega bo‘lib, o‘ziga
xos sivilizatsiyani shakllantirgan. Farg‘onaning qadimgi davrdagi tarixi keyingi
yillarda ayniqsa, mustaqillik yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijada yanada
oydinlashgan. Qadimgi Farg‘onaning tarixini yoritishda Yu.A Zadneprovskiy,
Gorbunova, X.Matboboev, A.Anarboevlar ishlari diqqatga sazavordir.Farg‘ona
haqida dastlabki yozma manba Gerodotning "Tarix" asarida uchraydi. Unda
Sug‘diyonaning shimoli-sharqida "parikaniylar yurti" bo‘lganligini eslatib o‘tiladi.
Geradot malumotlariga ko‘ra, Xaumavarka saklari parikaniylarning ajdodi bo‘lib,
«parikaniylar yurti» paxlaviy tekstlarida «Parkan davlati» deb yuritilgan».Farg‘ona
so‘zi so‘g‘d manbalarida “Fraganik” shaklida yozilib, “tog‘lar orasidagi vodiy,
atrofi berk soylik” ma’nosini anglatadi. Xitoy manbalarida “Dayyuan, ya’ni
Davan” deb yuritilgan. Dayyuan ham “tog‘lar orasidagi vodiy”ma’nosini
beradi.Farg‘ona haqida ko‘plab ma’lumotlar Xitoy manbalarida uchraydi. Xitoyda
yilnomalar tuzish an’anasi miloddan avvalgi III asrdan keyin ya’ni Xitoydagi
mayda davlatchalar birlashgandan keyin shakllanadi. Unga ko‘ra har bir imperator
devonxonasida maxsus bo‘lim bo‘lib, uni xodimlari davlat boshqaruvi bo‘yicha
hujjat-materiallarni to‘plashgan. Keyinchalik ular har bir imperatorning
hukmronlik davri yilnomasiga asos bo‘lib xizmat qilgan. Ulardan birortasi hali
xitoy tilidan boshqa tillarga to‘liq tarjima etilmagan. Yevropa tillaridan tashqari rus
tiliga N.Ya. Bichurin, N.V. Kyuner, V.S. Taskin, A.G. Malyavkin kabi
xitoyshunoslar (sinologlar) tarjimalari ma’lum va mashhur. Mamlakatimizda
keyingi paytlarda A.Xo‘jaev, A. Abdurasul o‘g‘li tarjimalari va izohlaridan
foydalanilmoqda.Yilnomalar ichidaSima Syanning “Tarixiy xotiralar”- Shi-szi
(afsonaviy davrlardan to miloddan avvalgi II asr oxirigacha voqealar tafsiloti),Ban](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_26.png)
![Gu (Min Gyan)ning “Ilk Xannoma” – Xan shu (miloddan avvalgi I asrdan to
eramizning 25 yilgacha voqealar bayoni)Fan Ye (Yuy-Szun)ning “Keyingi
Xannoma” – Xouxan shu (milodiy 25 yildan to 220 yilgacha tarixiy jarayonlar
tafsiloti Ilk o‘rta asrlar tarixi Bey-shu ( 7 asr) va Tan-shu (10 asr) yilnomalarida
yozilgan.Bular ichida Sima Syanning “Tarixiy xotiralar” asari katta ahamiyatga
ega. Ushbu asarning 123-bobi Markaziy Osiyoga ikki marta (miloddan avvalgi
136-128 va 115 yillari) tashrif buyurgan elchi Chjan Szyanni hisoboti asosida
bitilgan. Aynan shu shaxsning Xitoydan Farg‘ona orqali Markaziy Osiyoga tashrifi
paytidan e’tiboran – mil. avv. II asrdan Buyuk ipak yo‘liga rasman asos solinadi.
Chjan Szyan o‘z hisobotida “g‘arbiy o‘lkalar” – Ustrushona, Sug‘d, Baqtriya,
Choch va b. to‘g‘risida ma’lumotlar bergan. Xitoylik sayyoh Farg‘ona vodiysi
haqida ham yozib qoldirgan. U ma’lumotlarda Davan yoki Dayuan yuksak
rivojlangan dehqonchilik va hunarmandchilik mamlakati ekanligini, Farg‘ona
vodiysida 70 dan ortiq katta-kichik shaharlar mavjudligi va ulardan Ershi, Yuchen,
Guyshuan (Guyshan) muhim markazlar bo‘lganligi ta’kidlanadi. Xitoy sayyohi va
elchisi Chjan Syan qadimgi Farg‘o na xalqi bilan, uning xulq-atvori, urf-odatlari,
kuch va qudrati, tabiati va hayvonot dunyosi yoritilgan. Xitoy manbalarini
o‘rganishda Bichurinning tarjimasi muxim ahamiyatga ega. Ko‘pgina
tadqiqotchilar qadimgi davr tarixini yortishda uning asaridan keng foydalanadilar.
Bichurin Nikita Yakovlevich (Iakinf) 1777 - 1853 , hoz. RFning Chuvashiya
muxtor respublikasi Chebok-sari tumani —1853.11.5, Peterburg) — xitoyshunos.
Peterburg FA muxbir a’zosi (1828 y.dan), 14 yil (1807—21) Pekindagi rus liniy
missiyasini boshqargan. Rossiya Tashki ishlar vazir-ligida tarjimon bo‘lib
ishlagan. B. ning ilmiy ishlari mo‘g‘ul va turkiy-zabon xalklar tarixi, geografiyasi
va etnografiyasiga oid. Uning Turon xalq-lari qad. tarixiga bag‘ishlangan
«Qadimgi davrda O‘rta Osiyoda yashagan xalklar haqida ma’lumotlar to‘plami»
nom-li uch qismdan iborat asari katta ilmiy qimmatga ega. Bugungi kunda](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_27.png)
![O‘zbekistonda ham xitoy manbalari tarjimasi bilan shug‘ullanayotgan olimlarimiz
bor. Ular A.Xo‘jaev va Abdurasul o‘g‘lidir. Ular «24 tarix»ning Markaziy Osiyoga
tegishli barcha boblarini «Qadimgi Farg‘ona tarixidan» risolasida tarjima qilib
chop etishgan. Ana shu «24 tarix»ning 1-3 jildlaridagi Markaziy Osiyoga tegishli
qismlari 1987 yildan boshlab uyg‘ur tiliga tarjima qilina boshlandi. Natijada
Farg‘ona-Xitoy munosabatlariga doir yangi malumotlar olish imkoniyati tug‘ilgan.
Xitoy manbalarida Farg‘ona Davan-Dayuan (Da-Van-katta Van) tarzda berilgan.
1756-1758 yillarda fransuz xitoyshunos olimi M. Degin dastlab Davanining
Farg‘ona ekanligini isbotlab bergan. Keyingi davrlardagi tadqiqotlar ham buni
tasdiqlagan. Xitoy manbalarida Farg‘ona turli davrlarda turlicha nomlangan.
Milodiy 5 asrda –Lona yoki Polona, 6-7 asrlarda Baxon, 7-8 asrlarda Ninyuan.
Tadqiqotlar davomida bu nomlarlarning barchasi Farg‘ona bilan bog‘liq ekanligini
isbotlangan. Milodiy VII asrga oid xitoy manbasi Bey-shida qadimgi Farg‘ona –
“Pakanna”, “Boxan”, "Feyxan" nomlari bilan tilga olinadi. Bey-shida Feyxan
bekligi poytaxtining aylanasi 4 li (1 li 576 m.ga teng) deyilgan. Bey-shida
"xukmdor taxti oltin qo‘chqor qiyofasida ishlangan" deb tarif beriladi. Boshqa bir
xitoy manbasi Tan-shuda (X asr) "Mamlakatni milodiy III asrdan to VII asrgacha
bir sulola boshqargan"ligi qayd qilinadi. Demak, oltin qiyofasida ishlangan taxtda
o‘tirgan xukmdor mahalliy dehqonzodalardan biri bo‘lib, to‘rt asr davomida
Farg‘ona mulkini boshqarib kelgan va nihoyat VII asrdan boshlab Farg‘ona mulki
turk sulolalari tomonidan boshqarila boshlagan (Asqarov, 2003, 3 sahifa). Arab
tarixchilari Yaqut va Kudamolarning xabar berishiga qaraganda ilk o‘rta asrlarda
nafaqat Farg‘ona mulki, balki uning bosh shahri ham Fraganik deb yuritilgan,
aniqrog‘i viloyat uning bosh shahri nomi bilan yuritilgan. Davan davlatning
chegaralari to‘liq aniqlangan emas. Chjan Szyanning ko‘rsatmasiga binoan, uning
shimoli g‘arbida Qangyuy bilan, janubda yuechjilar bilan, shimolda usunlar bilan
chegaradosh bo‘lganligi yozib qoldirilgan. Davan Xitoy poytaxtidan 10 000 li](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_28.png)
![uzoqda joylashgan. 1 li 576 m.ga tengFarg‘ona xududida ilk davlatchilikning
shakllangan davrni mil.avv. V-IV asrlar bilan bog‘lashadi. Chunki xuddi shu
davrga oid arxeologik yodgorlik –Shurabashatda ilk davlatchilik elementlari
topilgan. Shurabashad O‘zgan shahri yaqinida joylashgan. 70 gektar maydonni
egallagan. Chust madaniyatining oxirgi bosqichida esa, ilk davlatchilik elementlari
- Chifdom shakllangan.Davan haqida ilk ma’lumot mil.avv.II asrga oid bo‘lsa,
oxirgi ma’lumot mil. III asrga oid. Mil. 280-289 yillarda Xitoy elchisi Farg‘onaga
kelgan. Shundan keiyn ma’lumotlar uchramaydi. Faqatgina imperator Vey Du Van
436 yilda Polonaga elchisini yuborganligi qayd etilgan. Bu davrda qadimgi
Farg‘onada siyosiy vaziyat o‘zgargan. Davan davlati 400-500 yil davomida
mavjud bo‘lgan. yozma manbalarga qaraganda aholisining 25 % shaharlarda
iste’qomat qilgan.Qadimgi Farg‘ona podshosini –Van deb atashgan. Bir necha
hukmdorning ismlari saqlanib qolgan- Mosay, Chan Fin, Mugua, Yanlyu.Davlatni
boshqarishda oqsoqollar kengashi muxim o‘rin egallagan. Oqsoqollar Kengashi
hukmdor faoliyatini muhim masalalarda nazorat qilib borgan. Oliy Kengash oldida
hukmdorning huquqi cheklangan. Ayniqsa, urush va tinchlik, diplomatik
masalalarda hal etuvchi kuch va huquqiy oliy Kengash qo‘lida edi. Oliy Kengash
hukmdorni hokimiyatdan tushirishi, uning urniga yangisini saylashi mumkin
bo‘lgan.Hattoki hukmdorning taqdirini ham hal etishgan. Urushdagi mag‘lubiyati
uchun van Mosay aybdor deb topilib, qatl etilgan. Hitoy elchisi ham jahl ustida
oltin ot halkalini otib yuborganda oqsoqollarning jahlini chiqaradi. Uni ham
o‘limga mahkum etadilar.Davan davlatining siyosiy tuzumi shahar-davlat yoki.
voha-davlatlarning erkin ittifoqidan tashkil topgan konfederatsiya edi. Har bir
shaxarni mustaqil faoliyat yurituvchi hokim boshqargan.Miloddan avvalgi II-I
asrlarda, Xitoy manbalarida qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Davanda dehqonchilik
madaniyati avj olgan, yilqichilik rivojlangan. Chjan Syanning ma’lumoticha,
Davanda 70 ga yaqin katta va kichik shaharlar bo‘lgan. Ularning har biri mustaqil](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_29.png)
![o‘z xukmdoriga ega. Davanda 60 ming (300 ming kishi) oila yashaydi, ulardan 60
ming yaxshi qurollangan otliq askar to‘planadi. Ular otda turib kamon otishda,
nayza sanchishda mohir jangchi bo‘lishgan. Qadimgi Farg‘onada qishloq xo‘jaligi
taraqqiy qilgan. Shaharlar sug‘orish sistemasi mavjud xududlarda shakllangan va
rivojlangan. Farg‘ona aholisi eroniy tilda so'zlashgan. Davan aholisi sug‘orma
dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Ular savdoda mohir va
uddaburon, yilqichilikda "qanotli" arg‘umoqlar еtishtirishga katta e’tibor beradilar.
Marhamat yaqinida joylashgan Aravon yaqinida xitoylar ta’rif bergan «uchqur
(samoviy) otlar» tasviri solingan qoya tosh suratlari topilgan. Xitoy manbalariga
ko‘ra esa bunday uchqur tulporlar aynan Davan podsholigida
еtishtirilgan.Bog‘dorchilik, birinchi navbatda uzumchilik keng rivojlangan.
Uzumdan sharbat qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Boy еr egalarining еrto‘lalarida
bir necha 10 yillar avval tayyorlangan vinolar saqlanadi, deydi Chjan Syan. Biroq
ularda Parfiya, Baqtriya, Xorazm, So‘g‘dda bo‘lgani singari tanga pullar zarb etish
bo‘lmagan. Savdoda pulsiz mol ayirboshlash keng yo‘lga qo‘yilgan.
Antik davrda Farg‘onada hunarmandchilik keng rivojlangan. To‘qimachilik va
kulolchilik rivojlangan. Ijtimoiy va siyosiy hayotda ayollarning o‘rni katta bo‘lgan.
Ularga nisbatan hurmat kuchli bo‘lgan. Xitoy tarix chilarining yozishicha, agar ayol
eriga biror topshiriq qilsa, er topshiriqni bajarmaslikni xayoliga ham kelti ra
olmagan. Xitoy tarixchilari qadimgi Farg‘ona aholi sini tashqi qiyofada
qang‘arlarga o‘xshab ketadi. Ular cho‘ziq yuzli va qalin soqolli bo‘lganlar, deb
tariflay di. Chjan Syan Davandan (Farg‘onadan) to An’se (Parfiya)gacha bo‘lgan
hududlarda yashovshi aholining tili xar xil bo‘lsa-da, ammo ular bir- birlarini
tushunishini, ularning urf-odatlari ham bir-birlariga o‘xshash bo‘lganligini
ta’kidlaydi.Davan 60 ming qo‘shinga ega edi. Piyoda askarlar oddiy qurollangan,
otliq qo‘shin harbiy mahoratda tengi yo‘q bo‘lgan. Ularning chopar ot ustida turib,](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_30.png)
![orqaga qayrilib kamondan uzgan o‘qlari dushmanni dog‘da qoldirardi. Ularning
ayollari ham kamondan o‘q uzishda erlaridan qolishmagan.Xitoy yilnomalarida
tilga olingan shaharlarning o‘rni qaerda bo‘lganligi va uning poytaxti masalasi
uzoq yillar davomida tarixchi arxeolog olimlar o‘rtasida ko‘plab baxslarga sabab
bo‘lgan. Bugungi kunda bu masallarga oydinlik kiritilgan bo‘lsa, ba’zi tarixiy
asarlarda ularning turli xil talqini uchraydi. X. Matboboev ularning chuqur taxlil
qilgan. Shaxarlarning joylashuvini ham arxeologik ham yozma manbalarni
solishtirgan holda isbotlab bergan. Davan davlati poytaxti masalasi o‘zoq yillar
davomida bahslarga sabab bo‘lgan. Manbalarda biron bir shahar poytaxt deb tilga
olinmagan. Sababi xitoyliklar poytaxt deganda faqat o‘z poytaxtini tushunganlar.
Qolgan davlatlarni poytaxtlarini du – qarorgoh (rezidensiya) deb ataganlar degan
fikrni qoldirgan Bichurin. Bichurin yozma manbalar asosida uni Guyshan deb
yozgan. Guyshan shahrining o‘rni haqida ham bir fikr yo‘q. Ya’ni u Mug‘qala
(hozirgi Kosonsoy) (Bernshtam A.N., Zadneprovskiy Yu.A.), O‘ratepa
(Tojikiston), O‘sh (Qirg‘iziston) shaharlari (Borovkova L.A.), Namangan viloyati
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Munchoqtepa (Matboboev B.) va Axsiket (Anarboev
A.) bilan taqqoslanadi. Ushbu tadqiqotchilar keltirayotgan dalil-isbotlarning kuchli
tomonlari ham bo‘sh tomonlari ham mavjud. Ammo, bir narsa aniqki, Guyshan
vodiy shimoliy hududida joylashgan bo‘lishi va miloddan avvalgi birinchi asrda
bosh shahar bo‘lgan. Sharqshunos A. Xo‘jaev yaqinda e’lon etilgan maqolasida
poytaxt shahar deb Yuan-cheng degan shahar nomini keltiradi. XX asrning 70-80-
yillarida Sankt-Peterburglik farg‘onashunos Yu.A. Zadneprovskiy yozma
manbalarni diqqat bilan o‘rganib, Davanda xuddi qo‘shni Kanguy davlatiga
o‘xshab ikkita poytaxt mavjud edi va ulardan biri qarorgoh (rezidensiya) bo‘lishi
kerak degan fikrni bildirgan (Zadneprovskiy Yu.A., 2000). Kanguyda yozgi va
qishki qarorgohlar mavjudligi tarixiy fakt. Shu nazardan qaraganda Yuan-cheng
qarorgoh bo‘lishi mumkin. Chunki, tadqiqotchilar N.Ya. Bichurin tarjimalarida](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_31.png)
![Yuan-cheng toponimi “rezidensiya davanskoy” yoki “davanskaya rezidensiya” deb
olinganini ta’kid etadilar (Xo‘jaev A., 2011. S.26). Yuan-cheng shahri haqida
qiziqarli g‘oyani ilgari surayotgan A. Xo‘jaev uni Andijon o‘rnida bo‘lishi mumkin
degan fikrni bildiradi. Eski shahar qismidan aniqlanayotgan arxeologik topilmalar
buni tasdiqlaydi. Hozirda Andijon shahrining100 sm.gacha va undan ziyod
qalinlikdagi quyi qatlamlaridan 2400-2600 yillik arxeologik kompleks topib
o‘rganildi (Matbabaev B.X, Mashrabov Z.Z., 2011). Qadimgi davrda Davanning
poytaxti Ershi shahri bo‘lgan. Ershi bu Andijon viloyatining Marhamat shahri
yonida joylashgan Mingtepa yodgorligidir.1. Mingtepa arxeologik kompleksi
(mudofaa devorlari, ichki va tashqi shahar, sopol buyumlari) davriy jihatdan Xitoy
yilnomalarida keltirilgan vaqt (mil. avv. II) – miloddan avv. 136-115 yillarga
to‘g‘ri keladi va ular salmog‘i ham еtarlicha.. Xitoy manbalari xabar bergan
Ershining «o‘rta shahri» qoldiqlari (bu haqda qarang: Bichurin N.Ya., 1950. S.
165) faqat Mingtepada saqlangan (maydoni yangi ma’lumotlarga ko‘ra40 gektar).
O‘rta shahar ikki qator kuchli mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, ular arxeologik
jihatdan qayd etilgan (Bernshtam A.N., 1948. S. 155-161, ris. 2).3. Ershi
xitoyliklarni vodiyga kirib kelishdagi Yu (Yuchen)dan keyingi shahar edi.
Yodgorlikning yana bir muhim jihati uni geostrategik muhim nuqtada
joylashgan.Hozirda bu shaharning faqat 15-20 foizigina saqlanib еtib kelgan,
xolos. 2011 yildagi samodan olingan surat va o‘tgan asrdagi ma’lumotlar
solishtirilganda yodgorlikning maydoni 150-160 gektar bo‘lgan. Ichki qal’a 40
gektarni egallagan. To‘rtburchak shaklidagi burjlar bilan mustahkamlangan
mahobatli mudofaa devorlari bilan o‘ralgan edi. Ichki shahar markazida hukmdor
qarorgohi bo‘lmish ark qad ko‘targan edi. 1985-1986 yillardagi arkdagi
qazishmalarga ko‘ra unda mahobatli binolar qoldig‘i aniqlangan. Arxeologik
ma’lumotlarga qaraganda u miloddan avvalgi III asrda bunyod etilgan ikki qator
mudofaa devori bilan o‘ralgan ichki hamda tashqi shaharlardan iborat edi.](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_32.png)
![Yodgorlik rejasini o‘rganishda yaqinda muhim yangilik qo‘lga kiritildi. 2011 yili
samodan olingan suratlar tahlil etilganda Mingtepa ichki shahrini rejasi shu
vaqtgacha kitoblardagi to‘g‘ri to‘rtburchakli emas, balki parallelogramma
ko‘rinishdagi ekanligi ayon bo‘ldi. Uning rejasida ko‘plab belgilariga ko‘ra ilk
temir davrinng eng yirik yodgorligi Eylatan bilan o‘xshash tomonlari aniqlangan.
Buni keng o‘rganish yodgorlikning ko‘pgina tarixiy jihatlari yanada
aniqlashtiriladi. Shu maqsadda Xitoy Farg‘ona xalqi ustiga qo‘shin tortib borishga
bahona qidirardi. Miloddan avvalgi 104 yilda bahona ham topildi. Farg‘onaliklar
tomonidan Xitoy fuqarosi She Linning o‘ldirilishi ularga Davanga qo‘shin tortib
borishga bahona bo‘ldi. Qo‘shinga bosh qo‘mondon qilib Li Guangli tayinlangan.
Xitoyliklar Davan ustiga birinchi bor harbiy urushi, mag‘lubiyatga uchrab,
miloddan avvalgi 102 yilda Xitoyga qaytadilar. Birinchi yurishda Xitoy
istilochilari Ershi shahrigaga еtmasdanoq qo‘shinlarining anchasidan ayrilgan.
Yo‘lda charchagan, och qolgan qo‘shin O‘zgan shaxriga bo‘lgan xujumda katta
talafot ko‘rgan. Li Guangli qolgan kuchlari b-n Dungxuangga qaytib kelgan. Xitoy
qo‘shinining Fargonaga 1-yurishi 2 yil da-vom etgan. l-hujum Xitoy askarlari-ning
mag‘lubiyati b-n tamom bo‘lgan. U-dining farmoniga binoan, zudlik b-n qaytadan
urush tayyorgarligi kurilib, bir yildan so‘ng, miloddan avvalgi 101 yilda 60 ming
kishilik qo‘shin bilan Farg‘ona yurtiga ikkinchi marta xarbiy yurish uyushtiradi.
Bu safar urushga maxsus tayyorgarlik ko‘rildi. Bu yurishda xitoyliklar 60 ming
askar, hamda ularni oziq-ovqat va qurol-yaroq bilan ta’minlab turish, shuningdek,
urushda ko‘maklashish uchun yana 130 ming kishi jalb qilingan edi. Qo‘shinga
50dan ortiq tajribali lashkarboshilar boshchilik qilgan. Armiyaga shaharlar qamal
holatga o‘tganda suvsizlikdan taslim etish choralarini ko‘ruvchi mutaxassislar
arg‘umoq otlarni tanlay oladigan mutaxassislar jalb etildi, otlar uchun quruq еm-
xashak g‘amlandi. Birinchi jangdayoq xitoyliklarning qo‘li baland kelib,
davanliklar chekinadilar. Yerli aholi ko‘p sonli Xitoy askarlari bilan ochiq](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_33.png)
![maydonda jang qilishdan qochib, mayda-mayda guruhlarga bo‘linib qal’alarga
yashirinadilar.Tashqi shaharni bosib olgach, ichki shaharga bostirib kira
boshlaydilar. Nihoyat Xitoy qo‘shinlari Ershini qamal qiladilar. 40 kuncha davom
etgan qamaldan so‘ng dushman shahar tashqi devorini buzib, shahar ichiga kiradi
va uning bir qismini egallaydi. Ammo mudofaachilar ham bo‘sh kelmaydilar.
Davan podsholigining oqsoqollar Kengashi o‘z vakillarini xitoyliklar huzuriga
yuborib, dushman oldiga o‘z shartlarini qo‘yadilar. Ular, agar Xitoy armiyasi
xarbiy harakatni to‘xtatsa o‘z hukmdori qaysar Muguani o‘ldirishni hamda bir
necha “samoviy otlarni” va Xitoy armiyasi uchun еtarli oziq-ovqat berishlarini
va’da qiladilar. Agar bu shartlarga ko‘nmasa mudofaachilar qarshilik ko‘rsatishni
davom qildirishini va oldindan kelishuvga ko‘ra, ularga Qang‘uy qo‘shinlari
yordamiga yaqin kunlar ichida kelishini xabar qiladilar. Xitoy qo‘shini, o‘zlariga
eng yaqin hisoblangan Usun xonligidan yordam kelmagandan so‘ng, Qang‘ davlati
qo‘shini Farg‘onaga yordamga ke lib qolishidan xavotirlanib, farg‘onaliklar
qo‘ygan shart b-n sulh tuzishga majbur bo‘lganlar. Holdan ketib, tinkasi qurigan
xitoyliklar bunga rozi bo‘lib, bir necha arg‘umoq otlar va 3ming boshqa turdagi
otlar olib qaytadilar. Xitoy tarixchisi Sima Syanning xabariga ko‘ra, Mugua
o‘ldirilib, uning o‘rniga Farg‘ona davlatining sobiq keksa hukmdori Mosay taxtga
o‘tqaziladi. Shundan so‘ng ikki oradagi urush tuxtaydi va Xitoyning qoldiq
askarlari yo‘l-yo‘lakay kutilmagan to‘sqinliklarga uchrab, Sharqiy Turkistonga
yo‘l oladilar. O‘zgan aholisi xitoyliklar qoldirib ketgan qo‘shinni oziq-ovqat va
еm-xashak bilan ta’minlashdan bosh tortib, butun otryadni qirib tashlaydi. Buni
eshitgan Xitoy qo‘shini yana orqaga qaytib, O‘zganni qattiq jang bilai qo‘lga
kiritadi. Qang‘ davlatiga qochib ketgan shahar hokimi xitoyliklarga topshirishni
talab qiladi va uni qo‘lga kiritgach boshini tanasidan judo etadi. Biroq bu tadbirlar
еrli aholini tinchitmaydi. Xitoy armiyasi Davandan chiqib ketishi bilanoq aholi
Mosayni taxtdan tushi rib, Muguaning inisini, hukmdor qilib ko‘taradi. O‘rta Osiyo](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_34.png)
![hududlarida Efta litlar davlati qaror topgach, qadimgi Farg‘ona davlati o‘z
mustaqilligini yo‘qotgan.Antik davr O‘zbekiston hududlarida taraqqiy etgan
davlatlardan biri – Qang‘ davlati. Qadimgi Xitoy manbalarida Qang‘ davlati
mavjud bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar mil.avv. III asr oxiri – II asr boshlariga
to‘g‘ri keladi. Ammo, Qang‘ davlati va qang‘arlar tarixining mashhur bilimdoni K.
Sh. Shoniyozovning fikricha, bu davlat mil. avv III asrning boshlarida paydo
bo‘ladi. Keyinroq esa, Yunon-Baqtriya davlati va qo‘shni ko‘chmanchi kabilalar
bilan bo‘lgan kurashlar natijasida Qang‘ davlati yanada mustahkamlanadi hamda
manbalarda O‘rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida tilga olinadi. Dalvtning
nomi “qang‘”, “qang‘ar”, “qang‘uy” deb nomlanuvchi kabilaning nomidan olingan
bo‘lib, etimologiyasi munozarali hisoblanadi.Qang‘ davlati asosini tashkil etgan
kabilalar Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimlarida istiqomat qilganlar. Davlat tashkil
topgan dastlabki davrda uning hududiy asosini Toshkent vohasi tashkil etgan.
Tashqi harbiy hujumlar tufayli Qang‘ davlati nafaqat mustahkamlanib oladi, balki
o‘z chegaralarini ham kengaytirib boradi. Ya’ni, mil.avv. II va milodiy I asrda
Qang‘ davlatining hududi ancha kengayib Toshkent vohasi, O‘rta Sirdaryo erlari,
Talas vodiysi va Chu daryosining quyi oqimidagi erlarni o‘z ichiga olar edi.Kanka
haqida dastlabki ma’lumotlar Avestoning eng eski qismlari bo‘lgan YAshtlarda
Turon kabilalarining turar-joylari sifatida eslatiladi. Sosoniylar davri (224-651 yy.)
manbalarida bu Shahar «Qandesh» yoki «Qandiz» shaklida tilga olinadi.
Shuningdek, Firdavsiyning «Shohnoma» asarida ham Kanka shahri bir nechta
marta tilga olinadi. Undan tashqari o‘rta asrlar geograflari asarlarida bu ko‘hna
Shahar «Kenkrak», «Xarashkent», «Tarband» nomlari bilan eslatib
o‘tiladi.Mil.avv. II-I asrlarga kelib Qang‘ davlati kuchayishi natijasida bir qancha
viloyatlar unga tobe etiladi. N. YA. Bichurin, Xitoy solnomalarida qang‘lilarga
tegishli qo‘yidagi beshta viloyatlar haqida ma’lumotlar borligini ta’kidlaydi: Suse
(Susye), Fumu, Yuni, Gi, YUegyan. Ushbu viloyatlarning qaysi hududlarda](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_35.png)
![joylashganligi haqida tadqiqotchilar orasida yagona fikr yo‘q. Ayrim tadqiqotchilar
(V. V. Bartold, M. E. Mason, S. P. Tolstov) Suseni-Kesh (SHaxrisabz), Fumuni-
Zarafshondagi Kushoniya, YUnini-Toshkent, Gini-Buxoro, Yuegyanni-Urganch va
uning atroflari bilan aynan bir deb hisoblaydilar. Ammo, Qang‘ga tobe
viloyatlarning bunday joylashtirish to‘la holda ilmiy asoslanmagan bo‘lib,
munozarali hisoblanadi.Qang‘ davlatining etnik tarkibi xilma-xil bo‘lib, uning
anchagina katta hududlarida Sug‘diyona, Xorazm va Toshkent vohasida yashovchi
dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelgan o‘troq
aholi bilan birgalikda ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvadar kabilalar
(saklar, massagetlar, toharlar, alanlar va boshqalar) istiqomat qilganlar.
Sirdaryoning o‘rta oqimida yashagan qang‘lilar Qang‘ davlati tashkil topishida
asosiy o‘rinni egallagan bo‘lib, Qang‘ podsholari asosan qang‘lilar
bo‘lgan.Mil.avv. II – mil. II asrlarda Qang‘ davlati o‘z rivojlanishining Yuqori
cho‘qqisiga ko‘tariladi. Qang‘ podsholariga bo‘ysunuvchi yarim mustaqil
viloyatlarni birlashtirgan bu davlat o‘z vaqtida anchagina kuchli bo‘lib, o‘zbek
davlatchiligi tarixida o‘z o‘rniga egadir. Agarda antik davrda O‘rta Osiyoning
janubida shakllangan Kushon va Parfiya davlatlari Ahamoniylar, Aleksandr
Makedonskiy, Salavkiylar asos solgan davlatlar an’analarini o‘zlashtirib taraqqiy
etgan bo‘lsa, Qang‘ davlati taraqqiyotida ko‘chmanchilar davlatchiligi belgilari
borligi bilan ajralib turadi.Qang‘ tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, bu davlat
madaniyatining Yuqori darajasi tasodifiy hol emas. YAksart-Sirdaryoning o‘rta
oqimida yashovchi qang‘lilarning Sug‘diyona, Farg‘ona hamda daryoning quyi
oqimida yashovchi ko‘plab xalqlar bilan o‘zaro madaniy va iqtisodiy aloqalari
Qang‘ davlati madaniyati taraqqiyotiga asos bo‘lgan edi. Shuning uchun ham ko‘p
hollarda ular madaniyatidagi umumiylik ko‘zga tashlanadi. Undan tashqari Qang‘
davlati hududlaridan Buyuk ipak yo‘li tarmoqlarining o‘tganligi ham davlatning
iqtisodiy va madaniy rivojiga, qo‘shni davlatlar bilan siyosiy va diplomatik](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_36.png)
![aloqalarning taraqqiy etishi uchun omil bo‘lib xizmat qilgan edi. Antik davr
O‘zbekiston hududlarida taraqqiy etgan davlatlardan biri – Qang‘ davlati.QANGʻ
DAVLATI, Qanhxa (qad. xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy o qilishda
ʻ
Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning o rta havzasida
ʻ
mavjud bo lgan davlat (mil. av. 3 — mil. 5-asr o rtalari). Ayrim adabiyotlarda
ʻ ʻ
ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi.K,Shoniyozovttg fikricha,
Qang davlati sharqda Farg ona (Davan, Dayyuan), shim. sharqda Usun (Uysun)
ʻ ʻ
davlatlari, shim. g arbda Sarisu, g arbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan
ʻ ʻ
chegaradosh bo lgan. Xitoy manbalariga ko ra, Qang davlatining jan. hududiga
ʻ ʻ ʻ
hoz. O zbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqo rg on va Urganch
ʻ ʻ ʻ
tumanlari kirgan bo lib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubiy da —
ʻ
Dayruziye (Dayuechji) davlati joylashgan. Kushon podsholigi tashkil topishi va
uning hududi kengayishi munosabati bilan Qang davlatining jan. chegarasi
ʻ
o zgargan. Shu tufayli mil. av. 2-asrda Xitoy elchisi Chjan Syan farg onaliklar
ʻ ʼ ʻ
yordamida Qang davlati orqali Dayruziye (Dayuechji) davlatiga borgan. Qang
ʻ ʻ
davlatining qishki poytaxt shaharlari Bityan va Sushiye bo lgan. Bityan Binkat
ʻ
shahri (boshqa manbalarga ko ra, Qanqa) o rnida, Sushiye esa hoz. Parkent
ʻ ʻ
tumanidagi So qoq (Sukeeke) nomli joyga to g ri keladi. Qang davlatining yozgi
ʻ ʻ ʻ ʻ
qarorgohlari Issiqko l bo ylab, hoz. Qoraqo l (Prjevalsk) yonida bo lgan. Qang
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
davlatining qo shini 80—90 ming jangchini tashkil etgan. Qang davlati
ʻ ʻ
aholisining urf-odatlari Ruziye (Yueszi) davlati aholisi urf-odatidan farq qilmagan.
O z navbatida, ruziyeliklar urf-odatlari hunlarnnkiga o xshash bo lgan. Qang
ʻ ʻ ʻ ʻ
davlati hukmdori va Hun xoqonligi tangriquti o rtasida qudachilik munosabatlari
ʻ
o rnatilgan. Shu tufayli xitoylar hunlar ustidan g olib chiqib, ularni o z joylaridan
ʻ ʻ ʻ
siqib chiqarganida, hun xoqoni o z avlodi bilan Qang davlatiga ko chib kelgan.
ʻ ʻ ʻ
Qang davlatining ko chmanchi aholisi chorvachilik, shaharlar va ularning atrofida
ʻ ʻ
yashagan o troq aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va savdosotiqbilan
ʻ](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_37.png)
![shug ullangan. Ular Buyuk ipak yo litgi xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniyʻ ʻ
aloqalarda muhim o rin tutganlar. Qang davlati hududida jiddiy migratsion
ʻ ʻ
jarayonlar sodir bo lib turgan. Mil. 5-asrning 2-yarmida Qang davlati parchalanib,
ʻ ʻ
uning hududida Shosh (Shi), Samarqand (Kan), Maymurg (Mi), Shahrisabz (Shi),
ʻ
Kattaqo rg on (Xe), Usrushona (Sao) kabi kichik davlatlar tashkil Shuningdek,
ʻ ʻ
qadimgi Yunon, Rim va Eron manbalari asosida bu masalani oydinlashtirish, etarli
fikrlarni aytish mumkin bo’ladi. Bu o’rinda Yunon, Rim mualliflaridan Geradot,
Polibiy, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqalarning asarlari, yodnomalari, Forsiy
mixnat yozuvlari, shuningdek, arxeologik izlanishlar olib brogan Ya.G’ulomov,
S.Tolstov, V.Masson, A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sa’dullaevlarning ilmiy
tadqiqotlari alohida ahamiyatga molikdir.Xorazm davlati egallagan hududlar
hozirda Xorazm erlari chegaralanib qolmay, balki undan janubga, ya’ni Marv
(Turkmaniston), Hirot (Avg’onistonning shimoli) atroflariga qadar ham
yoyilganMiloddan avvalgi so’nggi ming yillikning boshlariga tegishli “Amirobod
madaniyati”, Quyi Amudaryo havzasida yuzaga kelgan o’ziga xos sun’iy sug’orish
inshooti tizimi hamda dastlabki shaharsozlik timsoli bo’lgan shahar – qal’alar-
Qal’aliqir, Ko’zaliqir va boshqalar bular Xorazm vohasida davlat tuzumlari
mavjudligidan dalolat beradi – Umumelatlar, qavm – qabilalar manfaatlariga
xizmat qiladigan muhim o’zgarishlar davlat boshqaruv yo’li bilangina amalga
oshirilishi mumkin bo’ladi. Qadimshunos Ya.G’ulomov tomonidan Xorazmda
aniqlangan 200 km uzunlikdagi, eni bir necha metrdan iborat bo’lgan kanal o’zagi,
obod dehqonchilik madaniyati Xorazm davlati qadimdan insoniyatning yirik
madaniy markazlaridan biri sifatida shuhrat topganligidan dalolat beradi. “Avesto”
da Xorazm Markaziy Osiyoda rivoj topgan, o’z hududi, chegaralariga ega bo’lgan
davlatlardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. Geradot ma’lumotiga
qaraganda, qadimgi Oks daryosi bo’yida 360 dan ziyod sun’iy sug’orish kanallari,
suv inshootlari barpo etilib, cho’lni, sahroli hududlarga suv chiqarilib,](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_38.png)
![dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan. Geradot taassurotlarida
Xorazm o’lkasida yashagan aholi dehqonchilikdan katta tajribaga ega bo’lib, ular
donli, dukkakli ekinlar, masalan, bug’doy, arpo, suli, meva – sabzavotchilik
mahsulotlarini etishtirganliklarini qayd etib borganlar. Xorazm shaharsozligida
xom g’isht, paxsalardan keng foydalanilgan, binolarning tashqi va ichki
ko’rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning mustahkamligi, o’ziga xos
ko’rkamligi ta’minlangan. Xorazm vohasida huranmandchilik, tog’ – kon ichlari
ancha rivoj topgan. Bu erdan qazib olingan qimmatbaho zumrad toshlarga ishlov
berilib, yuksak sifat ko’rsatgichiga eyganidan keyingina u muhim tayyor mahsulot
sifatida foydalanishga chiqarilgan. Xorazm zumradi, Sharqning bir qator,
jumladan, Eron, Xitoy, Hindiston, Misr singari mamlakatlarga ham
yuborilgan.Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug’ullangan,
ularning tuya, ot, qo’y – echkilardan iborat suruvlari bo’lgan.Xorazm davlatida
hukmronlik qilgan sulolalar to’g’risida ma’lumotlar hozirgacha aniq emas.
Rivoyatlarga ko’ra, Xorazmning qadimiy siyosiy sulolasi Siyovushlar bo’lganligi
zikr etiladi. “Avesto” da ta’kidlanishicha, Siyovush Kaykovusning o’g’li bo’lgan.
Siyovushronning o’limidan so’ng uning nabirasi Kova Xisrav bobosi qotilidan
o’ch olib, Xorazmda birinchi sulolaga asos soladi. Abu Rayhon Beruniyning
“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida ta’kidlashicha, Xorazmga aholi
miloddan avvalgi 1292- yilda kela boshlagan deb ko’rsatadi. Siyovushning
Turonga kirib kelgan sanasi esa miloddan avvalgi 1200- yil belgilangan.Miloddan
avvalgi III asrlarda Xitoyning shimoliy g’arbiy chegaralaridan Sirdaryoning o’rta
oqimi havzalarigacha bo’lgan juda katta maydonda turkey tilda so’zlashuvchi ko’p
sonli chorvador qabilalari yashab kelgan. Ular xunnlar, sak usunlar, yuechjilar va
boshqa nomlar bilan mashhur bo’lganlar. Ular yaylovlar uchun doimo bir – birlari
bilan to’qnash kelganlar. Ayni paytda siyosiy hukmronlik uchun ham kurash
qizg’in edi.Shimoliy – G’arbiy Xitoy va Sharqiy Turkiston hududlaridan Markaziy](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_39.png)
![Osiyoga ko’chmanchi chorvador qabilalarning kirib kelishi bu mintaqada muhim
siyosiy o’zgarishlarga olib keldi.Hozirgi O’zbekiston hududida Qadimgi Xorazm
davlatidan tashqari Choch, So’g’d hududlarini o’z ichiga olgan qudratli Qang’
podsholigi (Miloddan av. III asr) Parkana –Farg’ona davlati, Baqtriya, Yunon –
Baqtriya davlati tashkil topdi. Yunon – Baqtriya davlatining asosini Baqtriya,
So’g’diyona, Marg’iyona tashkil etadi.Qang’ davlatining joylashgan o’rni haqida
olimlar o’rtasida yangicha qarashlar mavjud. A.Asqarovning fikricha, hozirgi
Toshkent va Sirdaryo viloyatlari ham Janubiy Qozog’iston erlarida yashovchi sak
qabilalarning makedoniyalik Iskandar qo’shinlari va Salavkiylarga qarshi
kurashlari jarayonida miloddan avvalgi III asrda yarim o’troq Qang’ davlati tashkil
topadi degan xulosaga keldi.A.Asqarovning fikricha, Qang’ davlatining asosiy
erlarini Toshkent vodiysi, Talas vodiysi, Chu daryosining quyi oqimlaridan,
daryosigacha bo’lgan joylarni tashkil etgan. Qadimgi Xorazm va So’g’d erlari ham
Qang’ davlatiga tobe bo’lgan.Qang’ davlatining ikkita markazi – Qanxa
(Qang’diz) va O’tror (Turband) shaharlari bo’lgan. Qanxa shahri Toshkent
vohasida, O’tror shahri esa Aris daryosi quyi oqimida joylashgan.Qang’ davlati
haqida Xitoy manbalarda ham ma’lumotlar bor. Xitoy tarixchisi Si – Ma- Syan’
miloddan avvalgi II asrning oxirlarida O’rta Osiyoga kelgan Xitoy elchisi va
sayyohi Ijan’ – Syan’ ma’lumotlariga asoslanib, bu hududda ko’chmanchi
Qang’yuy yoki Qandzyuy davlati mavjudligi haqida yozadi. Uning ta’kidlashicha,
Qang’yuy davlati aholisining urf – odatlari yuechjilar urf– odatlariga o’xshash
ekan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Karim Shoniyozov. '' Qang' va qang'lilar ''
2. Arsixovskiy . A. '' Arxeologiya asosolari'' 1970](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_40.png)
![3. Isomiddinov. M. K.''Sopolga bitilgan tarix'' 1984.
4.Jabborov. I.'' Antik madaniyat va ma'naviyat xazinasi ''.
5.Rtveladze.E, Sagdullayev A. '' Pamyatniki miuvshix vekov'' 1986
6. Sagdullayev. A.'' Qadimgi Kesh tarixidan lavhalar '' 1998
7. Internet ma'lumotlari](/data/documents/964ecb7b-6cd0-473b-8a03-c4e68bbb0545/page_41.png)
Qang' davlati moddiy madaniyati Reja: Kirish. 1. Qang' davlatining vujudga kelishi 2. Qang' davlati tarixshunosligiga oid ma'lumotlar 3.Qang' davlati moddiy madaniyati 4.Qang' davlati ma'naviy madaniyati 5. Qang' davlatining parchalanib ketishi 6. Xulosa
Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Salavkiylar sulolasi bilan doimiy ravishda olib borilgan kurashlar natijasida mil.avv. III asrning boshlarida Qang` davlati paydo bo`ldi. Keyinchalik Yunon-Baqtriya davlati hamda ko`chmanchi qabilalar bilan kurashlar natijasida Qang` davlati yanada mustahkamlandi va ayrim manbalarda O`rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida eslatiladi. Bu davlatning asosiy negizini Sirdaryoning o`rta oqimida yashovchi qang`lar tashkil etganlar. Mil. avv. II asrning boshlariga kelib Qang` davlatining yerlari birmuncha kengayib sharqda Farg`ona vodiysi (Dovon), shimoli-sharqda usun, yuyechji qabilalari bilan shimoli-g`arbda Sarisu daryosi, g`arbda, Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu vodiysining quyi oqimidagi yerlarni o`z ichiga olib Qang` davlatining asosiy yerlari hisoblangan, Mil.aw.II-I asrlarda qang`liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig`idagi yerlarni va Xorazmni o`zlariga bo`ysundiradilar.Qadiragi manbalarda Qang` davlat hokimiyati qay tarzda idora qilinganligi haqida aniq ma'lumotlar berilmagan. Katta Xan sulolasi tarixida (milavv. 202-mil. 25 yy.) faqat bir marta Qang`uy (Qang`) podshosi o`z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi eslatib o`tiladi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo`lsak, Qang` davlati kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol ishtirok etganlar. Podsho saroyi qoshidagi kengashda davlatning ichki hamda tashqi siyosati va boshqa barcha muhim masalalar maslahat bilan halqilingan.Qang` davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlarga bo`linib ularning har birini alohida hokim boshqargan. Viloyat boshliqlari jobu yoki yobu (Xitoy manbalarida-chjavou) deb atalgan. Qang` hukmdorlari mamlakatni ana shu jobularga tayanib idora etgan. Bu viloyatlarning ko`pchiligi Qang` davlatining kuchaygan davrlarida, ya'ni, milavv. II-I asrlarda tobe etilgan. Xitoy manbalarida qang`arlarga qarashli beshta: Susye, Fumu, Yuni, Gu, Yuyechyan viloyatlari eslatib o`tiladi. Tadqiqotchilar ularni qadimgi Toshkent, Sug`diyona va Xorazm hududlarida joylashgan deb hisoblaydilar.Manbalarda
Qang` podsholarining ikkita: yozgi va qishg` qarorgohlari eslatiladi. Ular yozni o`trorda (hozirgi Qozog`istondagi Arj va Turkiston oralig`ida) qishni esa Qanqa (Qanxa, hozirgi Toshkem viloyati Oqqo`rg`on tumanida) o`tkazganlar. O`troq aholidan tashqari Qang` davlatining chegaralarida bir qancha qabilaiar mavjud bo`lib, uni dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug`ullaninib kelganlar. Ular bahor va yoz mavsumlarida o`z chorvalari bilan ko`chib yozgi yaylovlarda yashaganlar. Qishda esa chorvalari bilan o`z an'anaviy qishlov joylariga qaytib kelganlar. Qang`lar podsholari va beklari yirik chorvadorlar bo`lib, ular issiq kunlarni yaylov joylarida, yozgj qarorgohlarida o`tkazganlar.Sirdaryoning O`rta oqimida yashovchi aholining ma'lum qistni mil.avv. III-milodiy V asrlarda o`troq hayot kechirganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga qaraganda, o`tror, Oqtepa, Qorovultepa, Qovunchi, Choshtepa, Mingo`rik xarobalari o`rnida qang`arlarning qo'rg`onlari va ko`xna shaharlari bо`lgan. Shahar va qishloqlarda yashovchi o`troq xalqlar ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi aholiga nisbatan yuqori turganlar. Toshkent vohasida yashovchilar asosanj dehqonchilik va bog`dorchilik bitan shug`ullanganlar. Ular arpa, bug`doy, tariq, no`xat, sholi va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar. Mevali daraxtzor va uzumzorlari ko`p bо`lgan. Sirdaryoning O`rta oqimidaj yashovchi qang`arlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanganlar.Qoramozor, Qurama va Chotqol tog`larida temirchilik, misgarlik hunarining rivojlanishi uchun kerakli ma`danlar bо`lgan. Bu joylardan juda ko`plab mis, temir, kumush va boshqa metallar olingan. Ustalar turli metallarni bir-biriga qo`shib, mustahkam qurollar yasashni hamj o`zlashtirganlar. Shuningdek, kundalik ehtiyoj buyumlari ishlab chiqarilib ichki va tashqi savdo uchun turli mahsulotlar tayyorlangan.Qang` shaharlari qalin va baland devorlar bilan o`ralgan. Devorlarning tashqarisida qal'a atrofi gir aylantirilib chuqur va keng.qilib handaq qazilgan. Shaharlar ichida mustahkam istehkom (ark) va shahristonlarning ham baland mudofaa devorlari, bir
necha darvozalari bо`lgan. Yirik shaharlardan tashqari, Toshkent vohasida yuzga yaqin aholi yashaydigan katta va kichik qo`rg`onlar ham mavjud bо`lgan.Qang`arlarga xos madaniyat Toshkent vohasidagi Qovunchitepadan topib o`rganilgan bo`lib, fanda Qovulichi madaniyati nomi bilan mashhurdir. Arxeologik topilmalar ma`lumotlariga qaraganda bu maniyat asosan Toshkent vohasi, Sirdaryo o`rta oqimi, Yettisuv va Shimoliy Farg`onada keng tarqalgan. Sirdaryoning o`rta oqimida yashovchi xalqlarning So`g`diyona, Farg`ona va Tyanshan tog`ining shimoli-sharqiy qismida yashovchi xalqlar bilan yaqin aloqada bо`lganligi tufayli Qovunchi madaniyati ancha taraqqiy etgan.Milodiy V asr o`rtalariga kelib qang`arlar yeridagi o`troq va qisman o`troq aholi O`rta Osiyoda yangidan tashkil topgan Yeftalitlar davlatiga tobe bo`ldilar.Mil. avv. 1 ming yillikning so`nggi choragida O`rta Osiyoning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida ham qadimgi (antik) davlatlar rivojlanadi. Xususan, mil. avv. II-I asrlarga oid Xitoy manbalari dehqonchilik va chorvachilik, ayniqsa yilqichilik keng rivojlangan Dovon (Davun, Farg`ona) davlati haqida ma'lumotlar beradi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Dovon davlati ma'lum siyosiy uyushmani tashkil etgan bo`lib, davlatni boshqaravchi hukmdor manbalarda "van" (podsho) unvoni bilan ish yuritgani ta'kidlanadi. Davlat hukmdori maralakatning siyosiy va diniy hayotida katta ahamiyatga ega bо`lgan oqsoqollar kengashiga tayanib ish ko`rgan. Oqsoqoliar urush va sulh tuzish masalalarini hal etishda ishtirok etganlar, ba'zan uiar hukmdorning taqdirini hal etganlar.Manbalar Dovon davlatining poytaxtlari - bosh shahar Ershi va ikkinchi shahar Yuchen (davlatning sharqida) haqida ma'lumotlar beradi. Tadqiqotchilar bosh shaharni Marhamat (Atvdijon vil.) va ikkinchi shaharni Shurabashot (o`zgand vohasi Qirg`.) o`rnida bо`lgan deb hisoblaydilar. Farg`ona vohasi hududlarida ko`chib yurgan chorvador va ko`chmanchi qabilalar Dovon tarixida muhim ahamiyatga ega bо`lganlar. Bu qabilalar uchun Farg`ona madaniy va hunarmandchillk markazi hisoblangan.Mil. avv. II asrdan boshlab Qashg`ardan
Dovonga shimoliy yo`ldan karvon yo`li harakati boshlanadi. Bu yo`ldan ipak va boshqa mahsulotlarning xatqaro tranzit savdosi amalga osha boshlaydi. Bu paytga kelib Dovon aholisi ko`paya boshlaydi va ko`plab mustahkamlangan aholi manzilgohlari paydp bo`ladi. Savdo yo`lida Dovon muhim ahamiyatga ega bo`la boradi. Tadqiqotchilar fikricha, Yassa va Qoradaryo vohalarida ko`pgina qal'alar savdo yo`lini qo`riqlash maqsadidabarpo etiladi.Mil. avv. 125-yilda Dovonga kelgan mashhur Xitoy sayohatchisi Chjan Syan Dovonning qishloq xo`jaligi haqida ma'-lumot berib, shunday . yozadi: "O`troq aholi yer haydaydi, g`alla va sholi ekadi, ularda musallas navli uzurn, juda ko`plab yaxshi otlar bor". Bu ma'lumot qadimgi Farg`onada dehqonchilik madaniyati yuqori darajada rivojlanganligini isbotlaydi. Xitoyliklarni ayniqsa, o`zlari uchun notanish bо`lgan beda va uzum hayratga solgan. Manbada yana shunday ma'lumot bor:"Xitoy elchisi urug` keltirdi, shunda osmon farzandi (Xitoy irnperatori) unumdor yerga beda va uzum ekdi".Xitoy manbalari, shuningdek, qadimgi Farg`ona chorvachiligining o`ziga xos tomoni bо`lgan yilqichilikning yuqori darajada rivojlanganligi haqida ham ma'lumotlar beradi. Dovon o`lkasi qadimgi (antik) davrda mashhur zotdor otlari bilan shuhrat qozongan edi. Manbalardan ma'lum bo`lishicha, ularni yetishtirish bilan o`troq aholi shug`ullangan. " Dovonda yaxshi otlar bo`lib ular Ershi shaharidadir, otlarni yashiradilar va Xan elchisiga berishga rozi bo`lmaydilar". Dovonning mashhur "samoviy otlari" tasvirlari tushirilgan qoyatosh suratlari bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan.Xususan, o`shdan 8 km uzoqlikdagi Ayrimchatovdagi qoya adirlarda 30 ta chiroyli zotdor otlarning tasvirlari bor. Xuddi shunga o`xshash tasvirlar Marhamat yaqinidagi Aravon qoyasidan, Navqat vohasi va Obishirsoydan ham topilgan. Bu tasvirlar Dovon o`zining samoviy otlari bilan qadimdan mashhur bо`lganligini tasdiqlabgina qoJmay, farg`onaliklarning yuksak tasviriy san'at sohiblari bо`lganligidan ham dalolat beradi.Manbalarning guvohlik berishicha, qo`shni davlatlar, xususan Xitoy