PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI
M U N D A R I J A KIRISH …………………………………………………………………………….3 I.BOB. PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI 1.1.Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Uning mohiyati. Pedagogik mahorat fanining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari……………………………………..6 1.2.Pedagogik mahoratni egallash vositalari…………………………...................16 1.3.O‘qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan о‘rni………………………………………………………………………….……19 II.BOB.O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK MAHORATNI RIVOJLANTIRISHNING METODIKDLARI,AMALIY USULLARI TIZIMI 2.1.O‘qituvchi pedagogik mahoratini rivojlantirishdagi imkoniyatlar……………25 2.2.O‘qituvchi pedagogik mahoratini rivojlantirish jarayoni,usullari………….....28 2.3.O‘qituvchida pedagogik mahoratning amaliy faoliyatidagi rivojlantiruvchi usullarini takomillashtirish ……………………………………………………….31 XULOSA …………………………………………………………..……………..37 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………………. …..…39
KIRISH O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlaming ma’naviy qiyofasiga, aqliy salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida mas’uliyat yuklangan. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak? Mustaqillikdan keyin ushbu muammo ko‘plab olimlaming, ziyoli ahlining, hatto ota-onalarning diqqat- e’tiborida bo‘ldi. O‘qituvchilar uchun zamonaviy, hozirgi kun talablariga javob bera oladigan metodik va o ‘quv qo‘llanmalari, darsliklar yaratila boshlandi. Lekin bu muammo bo‘yicha izlanishlar, ilmiy-tadqiqotlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Hozirgi kundagi global o ‘zgarishlar, fan-texnika va axborot- kommunikatsiya texnologi- yalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr o‘qituvchisidan pedagogik mahoratni, o‘tkir irodani, pedagogik-psixologik bilimlarni, o 'z fanini chuqur bilishni va yuksak tafakkurni, siyosiy savodxonlikni, fikrlash doirasi keng va mulohazali bo‘lishni talab qiladi. Ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar o‘qitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g'oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 –yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy tadqiqot faoliyatini qollab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora –tadbirlari to‘g‘risida” 1 gi P Q - 4963 - qarori ijrosini taminlash, g'oyalarni amaliyotga tatbiq etish, mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta ’ minlash ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi va tarbiyachilaming m a’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ko‘p jihatdan bog'liq. O‘qituvchi - O‘zbekistonning porloq kelajigini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlaming davor chisi bo‘lgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir. 1 (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,18.01.2022-y.,09/22/25/00/33-son ;03.08.2022-y.,09/22/425/0712- son) 2
Shunday ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026 yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” 2 gi farmoni o‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi, uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o‘rtasidagi obro-e’tibori hozirgi zamon talablariga mos bo‘lishi shart. Mavzuning dolzarbligi . Pedagogik mahoratga ega bо‘lish, o‘qituvchi uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlovchi zamin bo‘libgina qolmasdan, ayni vaqtda uning jamiyatdagi obro‘-e'tiborini ham oshiradi, о‘quvchilarga nisbatan hurmat yuzaga keladi. O‘z davrlarida Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Sa’diy Sheroziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Husaj Voiz Koshifiy, Abdulla Avloniy va boshqalar o‘qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, o‘qituvchi shaxsida aks etishi zarur bo‘lgan sifatlar xususida qimmatli ma’lumotlami о‘z asarlarida qizg’in bayon qilishgan. Binobarin, pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo‘lmagan o‘qituvchi ta’lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ham ega bо‘lmaydi. Yuksak pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi bolani tushuna olishi, unga nisbatan insonparvar munosabatda bo‘lishi, har qanday pedagogik vaziyatni to 'g 'ri baholashi, yuzaga kelishi ehtimoli bo‘lgan ziddiyatlami o 'z vaqtida bartaraf etishi, pedagogik faoliyatda hamisha ilg'orligi, jamiyat taraqqiyoti hamda pedagogik jarayonda o‘quvchilar ongiga singdirilayotgan ezgu g'oyalami hayot bilan bog'lay olishi lozim. Tadqiqot vazifalari : 1 . Pedagogik mahoratni egallashning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni mohiyatini yoritib berish. 2 . Pedagogik mahoratni egallashning o‘qituvchi faoliyatidagi xususiyatlarini ochib berish. 3.Pedagogik mahoratni egallashning oqituvchi faoliyatida o‘rni va ahamiyati texnologiyani shakllantirish. 2 (2022 yil 11 maydagi 134-PF.). 3
Tadqiqot ob'ekti – Pedagogik mahoratni egallashning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati jarayoni. Tadqiqot predmeti – Pedagogik mahoratni egallashning o‘qituvchi faoliyatidagi va ahamiyatini mazmuni yo‘llari . Ishning maqsadi - Pedagogik mahoratni egallashning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganish. 4
I.BOB. PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI 1.1.Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Uning mohiyati. Pedagogik mahorat fanining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari Oliy pedagogik ta ’lim muassasalarida ushbu muammolaming yechimini topishda “Pedagogik mahorat” fanini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egallash uchun nimalami bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologivasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, “Pedagogik ensiklopediya"da ta’rif quyidagicha izohlangan: “O 'z kasbining mohir ustasi bo‘lgan, yuksak darajada madaniyatli,o‘z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan.tarbiyalash va o ‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”. Ushbu ta’rifhing mohiyatidan kelib chiqib o‘qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin: 1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko‘rsatkichi. 2. O 'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi. 3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi. 4. O‘quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi. Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o ‘zaro bir-biri bilan bog'liqbo‘lgan asosiy komponentlardan iborat: 1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo‘ysunishi. 2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish. 3. Pedagogik qobiliyatga ega bo‘lish. 4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash 5