Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda “fidoyilik”, “sabr-qanoat”, “matonat” kabi fazilatlarni shakllantirish
Mavzu: Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda “fidoyilik”, “sabr-qanoat”, “matonat” kabi fazilatlarni shakllantirish Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism: 2.1. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar xulq-atvoriga ta`sirini o`rganishning metodologiyasi 2.2. O’quvchilarda “fidoyilik”, “sabr-qanoat”, “matonat” kabi fazilatlarni shakllantirish. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish
O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o'zining “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” nomli asarida “Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil - bu ta‘lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog'liqligidir. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘Imaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi...Ma naviyatni tushunish, anglash uchun avvaloʼ insonni tushunish, anglash kerak. Shuning uchun ham о‘zligini, insoniy qadr- qimmatini anglab yetgan har qanday odam bu haqda о ylamasdan yashashini ʼ tasavvur qilish qiyin ”, - deb ta’kidlaydi. Inson o‘z qadr-qimmatini va o‘zligini umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonida anglay boshlaydi. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi tomonidan o‘zaro muloqot asosida olib boriladigan quyidagi xususiyatlar negizida o‘quvchilarda muloqot orqali ma’naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari (O.Musurmonova) ifodalangan: • har bir insonning qiziqishlarini ko‘ra bilish, his etish va hurmat qilish; •milliy-ma’naviy madaniyat manbalarini o'rganish, o‘zligini anglashga ehtiyoj; •inson hayotida mehnatning o‘rnini to‘g‘ri tushunish; •insonparvarlik, mehr-oqibat, iymon. e’tiqod, milliy qadriyatlarni e’zozlash; •Vatanga muhabbat, sadoqat, o‘z manfaatlarini jamiyat, xalq manfaatlaridan yuqori qo‘ymaslik; •ota-ona, qarindoshlar va boshqa atrof-muhitidagi kishilarga nisbatan muruvvatli, sahovatli bo‘lish. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakatimizni rivojiantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari haqida o‘z fikrlarini bayon etgan: "Mustaqil O'zbekistonning kuch-qudrat manbai - xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Xalqim iz adolat, tenglik, ahil qo'shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab asrab kelmoqda. O'zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu
an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag‘ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga erishish uchun zarur shart-sharoit yaratishdir”. Darhaqiqat, O‘zbekiston zaminida Sharq ma’naviy madaniyatining muhim jihatlari uyg‘onish davrida rivojlangan bo‘lib, bu davrda yashab ijod etgan al-Xorazmiy, al- Kindiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Umar Xayyom, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Shayx Sa’diy, Tusiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yugnakiy, Lutfiy, Mirzo Ulug'bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ko'plab mutafakkirlarning ijodiy meroslari pedagogik tafakkur taraqqiyotida, insonning ma’naviy-axloqiy kamolotida, umumbashariy ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida muhim bosqich bo‘ldi. Ular Sharqona odob- axloq talablari asosida komil insonni tarbiyalashning ma’naviy asosini yaratishga muvaffaq boldilar. Ushbu davr ma’naviy qadriyatlari mazmunida avvalo, insonning ichki va tashqi holati, hissiyoti, mehnatga, turmushga munosabati, mehr oqibati, muhabbati, sadoqati, bilim o‘rganishga intilishi, ma’naviy kayfiyati, aql-idroki, erki, insonni tabiatning eng buyuk mahsuli sifatida kuylash, tasvirlash, oliy axloqli, yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan adolatli jamoa vakilini tarbiyalash g‘oyasi ilgari surilgan. Ularning yosh avlod ma’naviy madaniyatini tarbiyalashdagi ahamiyati ham naqadar bebaho ekanligini ta’kidlab, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida ma’naviyat tushunchasiga shunday ta’rif beradi: “...Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir, desak menimcha tariximiz va bugungi hayotimizda har tomonlama o ‘z tasdig‘ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan bo'lamiz”. Demak, ma’naviy madaniyat manbalarida ilgari surilgan g'oyalarga amal qilish, ularni yosh avlodga o‘rgatish va ongiga singdirish o‘qituvchining jamiyat va Vatan oldidagi yuksak burchidir.
O'quvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, axloqiy normalarni o'zlashtiradilar. O'quvchi eng yaxshi insoniy fazilatlarni, axloq-odobni, muloqot madaniyatini, asosan, о'qituvchi timsolida anglab olishini unutmaslik kerak. Bola tarbiyasida biz o qituvchilarning o rni beqiyos. Biz yurtimiz farzandiniʻ ʻ tarbiyalar ekanmiz, uning taqdiri hayotdagi o rniga befarq qaray olmaymiz. ʻ Shuning uchun biz o qituvchilar bola tarbiyasida oila bilan hamkorlikni ʻ mukammal o rnatishimiz lozim. Mamlakatimizning asosiy qismini musulmon ʻ oilalari tashkil qiladi. Dinimizda farzand tarbiyasi qanday bo ladi va bu nechog lik ʻ ʻ muhimligini bilmoq uchun Toshkent shahar "Minor" jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh domla Sayfuddinovning«Go‘zal tarbiyadan yaxshiroq meros yo‘q» - Islomda farzand tarbiyasi haqida nomli maqolasiga nazar tashlasak: "Agar murabbiy yoki ota-ona farzandiga bir lahza e'tiborsiz bo‘lsa, farzandlar tarbiyasi buzilib ketadi. Rasuli akram sollalohu alayhi vasallam marhamat qilganlarki, har bir tug‘iladigan bola fitratda tug‘iladi, ya'ni har bir chaqaloq pokiza bo‘ladi, u oq qog‘oz kabidir. Bu hadisni muhaddislarimiz ota-ona bobida keltirmasdan taqdir bobida keltirganlari tarbiyaning taqdirga bog‘liqligini bildiradi. Tarbiyaga kech qolinmasa bo‘ldi... Shariyati Islom farzandga birinchi o‘rinda ota-onani javobgar qilib qo‘ygan. Ota-ona zimmasiga tarbiyani vojib qilib yuklagan. O‘qituvchilar bola hayotining ma'lum qismida uning tarbiyasiga go‘yoki ota-onalar tomonidan yollangan murabbiylar hisoblanadilar. Ularni aybdor qilish hech mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Abu Hanifaning bir o‘g‘li bor edi. Ustozlari Hammod bin Sharaf nomlariga atab o‘g‘liga Hammod deb ism qo‘ygandilar. Imom hazratlari katta savdogar bo‘lganlar. U juda band edi va farzandiga avvalgi Qur'oniy ta'limni berish uchun ustoz yolladilar. Iltimos qildilarki, o‘g‘limizga Qur'on o‘qishni o‘rgatib bering. Ustoz Hammodga surai Fotihani yodlatdi. Ustozning huzurida otasiga Hammod fotiha surasini chiroyli qilib tilovat qilib berdi.
Shunda Imom Hanifa cho‘ntaklaridagi 500 dinorni ustozning oldiga qo‘ydilar. 1 dinor tanga 5 gramm oltindan bo‘ladi. 500 dinor katta pul bo‘lgan. 1 dinorga o‘sha mahalda katta qo‘y berilgan. Bu degani Fotiha surasini o‘rgatgani uchun ustozga 500 ta qo‘y berildi. Shunda ustoz biroz xijolat bo‘ldi. Hazratga juda ko‘p pul berganligi, bitta dinor ham ko‘plik qilishini aytganida, Imom Hanifa bir gap aytdi: «Ustoz, xizmatingizni yengil sanamang. Bu hali yonimda bo‘lganidir. Agar yonimda butun molim bo‘lganida poyingizga qo‘ygan bo‘lardim. O‘g‘limga Fotihani, Qur'onning onasi bo‘lgan surani o‘rgatganingiz uchun». Ko rib turganingizdek, farzand tarbiyasi, aynan, bizning mentalitetimizda faqatʻ ustoz yoki ota-ona(vasiy) emas, ikkalasining birgalikdagi hamkorligi va, albatta, mahallaning o rni beqiyosdir. Jamiyatimizga yetuk, har tomonlama barkamol ʻ shaxsni tarbiyalab, yetishtirib berish bizning bosh maqsadimiz ekan, har birimiz - ota, ona, bobo, buvi, qo ni-qo shni, qarindosh-urug , ustoz-murabbiy, do st-u ʻ ʻ ʻ ʻ dugona, mahalla faollari, ta lim-tarbiya fidoyilari - barchamiz birdek mas ulmiz. ʼ ʼ Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar xulq-atvoriga ta`sirini o`rganishning metodologiyasi Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda ta`lim va tarbiyaning dolzarb roli ortib boradi. Zero, ta`lim O`zbekiston xalqi ma`naviyatidagi yaratuvchanlik faolligini keltiruvchi uzluksiz jarayondir. O`sib kelayotgan avlod vakillarining barcha qulay imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, kasbiy tayyorgarligi, mahorati uzluksiz ravishda takomillashadi, ajdodlarning bebaho tajribasi ularga meros sifatida uzatiladi. Yoshlar, ularning iqtidorlik va bilim olishga layoqati, uquvchanligi ta`lim jarayonida takomillashadi va xulq-atvor, qadriyatlar tushunila boshlanadi. Har bir inson o`zicha takrorlanmasligi tufayli jamiyat har bir shaxsning xarakteri va o`ziga xosligini qo`llab - quvvatlaydi, uning madaniyatni yanada yuksak darajasiga ko`tarishga ta`sir etuvchi yangi fazilatlari va hislatlarini umumlashtiradi. Zero, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o`z xalqiga, uning an`analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o`z xalqini