Unli tovushlarni o’rgatish jarayonida o’quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirish
Unli tovushlarni o’rgatish jarayonida o’quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirish Reja: Kirish 1.Boshlang’ich sinfda ona tili ta’limida so’z yasashga doir mashqlarning o’rni.So’z yasashga doir mashqlarning tiplari 2. So’z yasashga doir mashqlar tizimi. 3. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida so’z yasashga doir mashqlarni ta’limga tatbiq etish.1-2-sinflarda so’z yasashga oid mashqlar ustida ishlash. 4. 3-4-sinflarda so’z yasashga oid mashqlar ustida ishlash. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
K i r i sh Mavzuning dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o'ziga xos yo'liga ega bo'ldi. Mustaqillik omili ta'lim sohasini ham tubdan yangilash zaruriyatini yuzaga keltirdi. "Ta'lim to'g’risida" gi qonun, "Kadlar tayyorlash milliy dastur" hamda pedagogik texnologiya ta'limning maqsadi, vazifasi, mazmuni, shakli, vositasi hamda printsiplarini tanlash birinchi darajali ehtiyotga aylandi. Boshlang’ich sinflarda ona tili ta'limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatini kengaytirishga, ularga erkin fikrlay olish, o'zgalar fikrini anglash, o'z fikrini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo'la olish ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda ona tili ta'limiga o'quv fani emas, balki, butun ta'lim tizimini uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qaraladi. Ona tili ta'lim standarti ko'rsatkichlari bolaning fikrlay olishga, ifodalangan fikrni anglashga va o'z fikrini savodli, mantiqiy izchillikka rioya qilgan holda bayon qila olishga o'rgatish nuqtai nazaridan belgilangan. Boshlang’ich sinf o'quvchilari matn ustida ishlash, matn mazmunini ongli bayon qilish, matn topshiriqlarini erkin bajarish, matn asosida fikrni izchil va mantiqiy bayon qilish hamda matnni lisoniy tahlil qila olishlari kerak. O'zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov ta'biri bilan aytganda: "Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir". Mustaqil fikrlaydigan, matn mazmunini to'g’ri tushinadigan o'quvchini nutqi ravon va jozibali bo'ladi. Bugungi kunda ona tili ta'limida matn ustida ishlash dolzarb masalalardan sanaladi. Matn o'z mazmun va talablari bilan ijodiy tafakkur sohibi, erkin va mustaqil fikrlovchi komil insonni tarbiyalaydi. Matn va uning lisoniy xususiyatlarini buguni kun, yangi pedagogik texnologiya va zamon talablariga mos tadqiq etish mavzuning dolzarbligini tashkil etadi. Mavzuning o’rganilish darajasi. Matn, matn turlari va ularni o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy talqini ishning ilmiyligidan dalolat beradi. 4-sinf ona tili darsligidagi matnlar bilan ishlash, o’quvchilarning iste’dodini, bilimini matn asosida rivojlantirish usullari ishning ilmiy-usuliy ahamiyatidur. 2
3
1.Boshlang’ich sinf ona tili ta’limida so’z yasashga doir mashqlarning o’rni. So’z yasashga doir mashqlar tiplari. Til ta’limini so’z yasashga doir mashqlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ulardan ona tili o’qitishning xamma bo’g’inlarida, o’quv-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida foydalaniladi. Garchand, so’z yasashga doir mashqlarning qo’llanish doirasi qancha keng bo’lsa-da, xaligacha ularning xamma e’tirof etgan ta’rifi, tarkibiy qismlari, tiplari va tizimi hususida aniq tasavvurlar mavjud emas. So’z yasashga doir mashqlar o’quvchilarda irodani tarbiyalashning asosiy omillaridan biridir. Iroda, ruxshunoslarning ta’biri bilan aytganda, ko’zlangan maqsadga erishish uchun o’z faoliyatini ongli tashkil etish, faoliyat jarayonida uchragan qiyinchiliklarni bartaraf etish vositalarini, usullarini izlashni taqozo etadi. O’z mexnatining maqsadini tushunish, unga erishish uchun xarakat qilish, intilish bola faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari bo’lib, ular mashq qilish natijasida tarkib topadi. Bunga mashqlarni etarli darajadagi qiyinchilik va murakkablikda o’tkazish yo’li bilan erishiladi. Ammo ona tili metodikasi fanida mashqlarning qiyinligi va murakkabligi masalasi xaligacha o’rganilgan emas. So’z yasashga doir mashqlardan til bilimlarini o’rganish, mustaxkamlash, takrorlash, tekshirish, umumlashtirish maqsadlarida foydalaniladi. SHuningdek, ular bolalarda orfoepik, orfografik, uslubiy, punktuatsion va shu kabi malakalar xosil qilishning etakchi omili sanaladi. Binobarin, so’z yasashga doir mashqlarning moxiyatini to’liq anglagan, ularning qurilishi hususida bilimlarga ega bo’lgan, tiplarini ajrata biladigan, ularni tizimga keltirish tehnologiyasini egallagan o’qituvchigina ulardan unumli foydalanadi. Maktabda tilning fonetika, leksika xamda grammatikaga oid bilimlar va ular asosida turli-tuman nutq ko’nikmalari ustida ish qilinadiki, bularni grammatik mashqlar deyish an’anaviydir. Biroq ular tilning birgina grammatika soxasiga tegishli bo’lganligi bois cheklangandir. Binobarin, uning istiloxi o’rnida “so’z yasashga doir mashq” istiloxi ishlatish ma’quldir. 4
Mashq eng qadimiy o’qish usuli. U inson faoliyatining barcha soxalarida qo’llaniladi. Y.A.Kamenskiy “Pansofiya maktabi” nomli asarida mashqning axamiyatini uqtirib, shunday deb yozgan edi: “Mashq insonni moxir, epchil, barcha narsadan habardor, xamma soxaga qiziquvchan, bilarmon, xar qanday ishga yaroqli kishi qilib etishtiradi. O’quvchilarning barcha sinflarda o’qish va yozish, takrorlash va fikrlashuv, to’g’ri (ona tilidan chet tiliga) va teskari (chet tilidan ona tiliga) tarjima, deklamatsiya (badiiy asarni ta’sirchan o’qish) va disput (ilmiy muboxasa, o’z qarashlarini ximoya qilish) amaliyotida mashq qilishni talab qilamiz” Duradgor teshasiyu, arrani ishlatishni, jarrox kesishu tikishni, sportchi suzishu sakrashni, tikuvchi bichishu qirqishni amaliyotda bajarib mashq qilganidek, o’quvchi xam mashq qilish yo’li bilan ijtimoiy xayotda faol ishtirok etish malakalalarini egallab oladi. Ana shularga ko’ra mashqni umuminsoniy madaniyatning ajralmas qismi deb bilamiz. Zero, yoshlar mashq qilish yo’li bilan ijtimoiy tajribani bekamu-ko’st o’rganishadi, o’z faoliyatlarida ota–bobolar faoliyatini jonlantirishadi, tevarak atrofdagi narsalar, kishilar bilan muomala qilish madaniyatini o’zlashtirishadi. So’z yasashga doir mashq yoshlarni xayotga tayyorlash jarayonining tarkibiy qismi, til ta’limini amalga oshirishning etakchi yo’li xisoblanadi. Mashq ma’lum makonda (sinfda o’qituvchi raxbarligida) va zamonda (darsda) o’tkaziladi. U ongli xayotning aloxida soniyalari, hayotning o’zi demakdir. So’z yasashga doir mashqlarning moxiyatini aniqlash maqsadida ularni yana bir tushuncha o’quv topshirig’i bilan muqoyasa qilamiz. Zero, narsa-xodisalar o’zaro solishtirilganda, ularning moxiyati aniqlanadi. 1-topshiriq . O’n ikkita so’z berilgan (in, oz, es, iz, ov, il, esh, og’, ig’, ek, et). Ularni qanday qilib uch guruxga ajratib yozish mumkin. 2-topshiriq . Sinonimlar qatoridagi so’zlarga zid ma’no anglatadigan antonimlarni topib yozing. 5